forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Pishiriqlar, shirinliklar => Mavzu boshlandi: Ansora 19 Dekabr 2011, 16:55:08

Nom: Zebra yoki shahmat pechen'yesi
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2011, 16:55:08
                                                        (http://s60.radikal.ru/i169/0905/45/65c941e7e988.jpg)

Kerakli masalliqlar:
300 gr saryog'
150gr shakar
chimdim tuz
kakao 1 osh qq
o'rtacha hamir uchun un
vanilin

Tayyorlanishi:
Saryog' uy haroratiga yumshatiladi.Shakar, vanilin,tuz qo'shib yaxshilab aralashtiriladi. So'ng un q-di. Hamir sal yumshoqligida teng yarmini kakaoli hamir uchun olib qo'yiladi. Olib qo'yilgan hamirga kakao solib aralashtiriladi.


(http://s41.radikal.ru/i093/0905/5d/2bf3cb31a625.jpg)
Tayyor hamirlarni selofanga solib,yupqa qilib yoyiladi.Holadinlikga 1 soatga qo'yib qo'yiladi.

(http://i032.radikal.ru/0905/06/9cb5e26f2e9e.jpg)
Olib ikkala hamirni ustma ust qo'yiladi. Va 2 qismga bo'linadi
(http://i040.radikal.ru/0905/5d/a4e666582fee.jpg)
4 qavat qilib ustma-ust yig'iladi.
(http://i058.radikal.ru/0905/32/e88073c6aed7.jpg)
Va ularni uzunasiga 3 qismga bo'linadi.

(http://s56.radikal.ru/i152/0905/0e/34b73134af52.jpg)
Kesilgan bo'laklar shaxmat shakliga ustma-ust qo'tiladi.

(http://s58.radikal.ru/i162/0905/ea/b3bfb69c9f8b.jpg)
Ingichka qilib kesib 180 gradusda qizarguncha pishiriladi.

(http://i037.radikal.ru/0905/f5/31e080d5a8fa.jpg)

Keyin pechenelar issiq choy bilan, mazza qilib yeyiladi  :)
Yoqimli ishtaha!!
Nom: Re: Zebra yoki shahmat pechen'yesi
Yuborildi: Uvays Koloniy 27 Yanvar 2012, 11:30:05
Машаллоҳ, жуда схши услуб.
Албатта таёрлатиб ксраман.
А аҳмат!
Nom: Re: Zebra yoki shahmat pechen'yesi
Yuborildi: Ansora 03 May 2012, 11:50:09
Машаллоҳ, жуда схши услуб.
Албатта таёрлатиб ксраман.
А аҳмат!

Xabar yarim yil oldin yozilgan ekan, tayyorlatib ko'rdingizmi :D