forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 09:30:47

Nom: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 09:30:47
Assalamu alaykum aziz birodarim!
Biz bu yerda siz bilan turli insonlarning, bizning zamondoshlarimiz va birodarlarimiz yoki o'zimizning qalbimizni tirnayotgan Armonli hotiralar ila sirlashamiz. Balki bu armonli hayot yo'llaridan bohabar bo'lish shu yerga kiradigan a'zolarimiz va mehmonlarimiz uchun foydali bo'lar. Ular shulardan saboq chiqarib,o'z hayotlarida bunday hatoliklarga yo'l qo'ymaslar.
Avvalo bu yerga biz "Muslima" bo'limiga joylagan bir hayotiy hikoyani sizlarga ham ilindik. Bundagi opamiz meni shahsan birodarim, yaqin sirdoshim. Men bu ayolni juda yahshi va yaqindan taniyman. Shuning uchun bu,hayotda bo'lgan hayotiy hikoya ekanligi uhcun ham sizga ilindim.
Keling, marhamat, biz bilan sirlashing va birga bo'ling!
Sizga Allohning marhamati va rahmatini tilayman!
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 09:37:37
Avvalo men sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman.
Bir oila bor sevib turmush qurishgan.Bir - birlarini behad sevishadi. Lekin Islomda tushunchalari va Iymonlari har hil. Ya'ni ayolning Iymoni mukammalroq va ibodatli. Erkakniki esa aksincha. Sizningcha ular bahtli hayot kechira olishadimi? Ular bahtli bo'lishlari uchun kim nima qilishi kerak? Ular doimo birga yashay oladilarmi yoki oilalari uzoqqa bormaydimi? Shu savollarga javob bersangiz men sizga shu oila tarixini so'zalb beraman. Faqat javoblaringiz olgandan keyin. Javoblaringizni kutib qolaman.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 09:48:55
Maknuna.

Assalamu alaykum!
Manimcha ayol erining haqiga duo qilishi kerak.
Inshaalloh, duolari mustajob bo'lib eri ibodatli bo'ladi.
Tarixda duolari bilan erini hidoyatga eltgan ayollar juda ko'p bo'lgan.
Shundagina ular bahtli yashay olishadi.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 09:52:38
Laylo.

Men ham Maknunahonning fikrlariga qo'shilaman. Ayol astoydil erining iymoni uchun kurashishi kerak.
Shirin so'z,shirin muomala bilan erini hidoyatga keltirgan ayollar ham bor, degandingiz-ku o'zingiz Nargiza opa.
Inshaalloh, ular bahtli hayot kechirishadi.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 10:12:20
Assalamu alaykum Laylo,Maknuna.
Albatta, javoblaringiz juda ham to'g'ri. Lekin bu oilaning tarixi va kechmishlari siz aytganingizdek emas-da, afsus.Albatta, ayolning duoyi iltijolari sabab iymonga kelib bahtli hayot kechirayotgan oilalar ham bor. Lekin ular juda kamchilikni tahskilqiladi. Men sizlarga hikoya qilmoqchi bo'lgan oila esa ana shu kamchilik oilalar safiga kirolmaydi. Bunda bir ayolning achchiq qismati bor. Tavfiq Allohdandir, deganlaridek, uning eri u sababli tavfiqqa kelmagan. Men bu mavzuni ko'tarishimdan maqsadim kimnidir Iymonini tarozuga solish uchun emas,kimning Iymoni qay darajadaligini faqat Alloh bilguvchiroqdir. Mening maqsadim ba'zi SEVGI deb yurgan yigit qizlarimizga, sevib turmush qurish faqatgina baht olib keladi, deb, ko'chalarda nomahram yigit qizlar bilan qo'ltiqlashib yurgan yoshlarimizga saboq bo'lishi uchungizna holos. Buni o'qib, balki ba'zi yoshlarimiz chuqurroq o'ylab ko'rishar.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 10:21:46
Bu mening va menga opadek bo'lib qolgan opahonimning sirlari. Armonlarga, hasratlarga va og'riqlarga to'la hayotning sirlari. Haligacha bu oila sirlaridan hech kimni ogoh  qilmagnaman. Opahonimni ruhsatlari bilan bu sirga sizlarni ham sherik qilmoqchiman. Sizlar opahonimni tanimaganingiz uchun bunga rozi bo'ldilar. Bu hikoyani opaning tillaridan hikoya qilib bersam,menga ham o'quvchiga ham, ham o'qish, ham tushunish oson bo'ladi deb o'ylayman. Ohirida esa har biringizni fikrlaringizni kutib qolaman. Keling, biz bilan sirlashing, bir oila tarixi, bir ayolning achchiq qismati, armonga aylangan orzulari, hayotining eng go'zal onlarini ne hasratlar bilan o'tkazganiga siz ham guvoh bo'ling. Zora bu hikoya ba'zi yoshlarimizga oz bo'lsada saboq bo'lsa.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 10:43:01
Men Islomni o'rtacha tushunadigan,lekin o'ta halol oilada dunyoga keldim. Yoshligimdan Islomga qiziqdim. Yetti yoshimdan Qur'on o'qish uhcun birinchi bosqich kitoblarini o'qiy boshladim. Namoz o'qishni o'rgandim. Lekin Islomni to'la holda tushunmasdim. U paytlarda bunga imkon ham,iloj ham yo'q edi. Maktabda a'lo baholarga o'qidim. Diniy kitoblar bilan birga, badiiy kitoblarni o'qirdim. Qisqasi kitob desa o'zimni tomdan tashlardim. Shuning uchun sevgiga ishonardim. Man Allohga duo qilardim. Hali hech narsani tushunmagan qalbim bilan Undan menga ham sevgini ato qilishini, men ham sevib turmush qurishni va bahtli bo'lishni so'rardim. O'zimni shahzodamni kutardim. Ishonardim uni kelishiga va meni ham sevishiga. Men chiroyli bo'lganim uchun(U kishi haqiqatdan ham juda chiroyli) juda ko'p yigitlar ortimdan yurishgan,lekin hech biri bilan suhbatlashmaganman.Hayo qilardim,onamdan qo'rqardim. Chunki onam juda qattiq qo'l edilar. Agar biror yigit bilan suhbatlashganimni bilsalar, faqat Hudo bilardi nima bo'lishini. Shunday qilib yoshim ancha ulg'ayib bordi. Va men kutgan o'sha shahzoda keldi.
Bir kuni dugonalarim bilan ko'chada ketayosak, bir yigit do'stlari bilan qarshimizdan chiqdi. Meni ismimni so'radi. Albatta unga javob qilmadim. Lekin uni ko'rishim bian yuragim qinidan chiqib ketadigandek urdi. Oldin hech bunaqa holga tushmagan edim. Hullas u meni ismimni va uyimni dugonalarimdan bilib oldimga har kuni keldigan boldi. Men esa u bilan hech qachon gaplashmas uni oldiga chiqmas, doimo undan ozimni olib qochar edim. Uyalardim,onamdan qo'rqardim. Lekin menga uni nimasidir yoqar, doimo uni o'ylardim. Men uni juda sevardim,lekin u meni ham shunday sevishiga uncha ishonolmasdim.U men bilan hech gaplasha olmaganidan keyin dugonalarimni ishga soldi.
Bir kuni u meni uchrashuvga taklif qildi. Oldimga jo'natgan dugonmaga chiqolmasligimni aytdim. Onamni bilgan dugonam buni unga yahshilab tushutiribdi. Shundan keyin u uyimiz oldiga kelmay qo'ydi.Dugonmaga, agar uni oldiga kelishim, uni uyining oldida yurishim unga zarar qiladigan bo'lsa boshqa kelmayman, debdi. Shunday qilib u uyimiz oldiga boshqa kelmadi. Men esa faqat uni o'ylardim. Allohga duo qilardim.Boshqa hech narsani o'ylamasdim.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 10:58:46
Oradan oylar o'tdi. Bir kuni u opasi bilan onamning ish joylariga kelib meni sevishini va menga uylanoqchi ekanligini aytibdi. Men undan buni ketmagan edim. Chnki onamning oldilariga kelish va yana buni yuzlariga aytish, tasavvur ham qilolmasdim. Shunday qilib ular sovchi bo'lib kela boshalshdi. Onam ularni obdon surishtirdilar. Ularni oilasini Islomiy va namozhon deya ta'riflashgan, shuning uchun meni unga unashtirishdi. Shunday qilib meni unga unashtirishdi. Niyatimga yetgandim,lekin meni oldinda nimalar kutib turganini bilmadsdim. Umuman olganda hayotning hamma sinovlariga tayyor edim,chunkibuni menga onam singdirib tarbiya qilganlar. Har qanday holatda sabr va o'zni tuta bilish. Bularni men hayot qonunlari deb bilardim. Lekin meni sabrim qanchaga yetishiga esa aqlim bovar qilmasdi.
U meni shunchalik sevardiki, hatto soyamni ham rashk qilardi. Telefonda javob bersam ham jahli chiqar, agar biror kishi chaqirsa javob berishimni ham hohlamas edi. Agar uyda hech kim bo'lmasa indama,o'zi chaqirib-chaqirib qaytib ketadi derdi. Menga bu og'ir botmas, juda tez o'rganib ketgandim.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Odina 05 Sentyabr 2006, 11:06:21
Assalomu Alaykum
  Nargiza opa  raxmat shunchalik biz yoshlani o`ylap shu mavzuni ochipsiz .Qo`liz dard ko`rmasin.
Xurmat bilan  M
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 11:08:05
Hamma narsani chegarasi bo'lishi lozim ekan, shu jumladan sevgini va rashkni ham. Agar sevgi va rashk chegaradan chiqib ketsa kishini telbalik darajasiga yetkazib qo'yar ekan. Bunday deyishimga sabab bo'lgan bir hodisani sizlarga ham aytib bersam. Bir kuni qo'shnimiz, uning o'g'aynisini to'yi bo'ldi. To'yga kelgan qo'shiqchi men katta bo'lgan mahalladan ekan. Tasodifni qarang-ki, u meni ismim keltiriladigan qo'shiqni aytibdi. Buni eshitgan,uni rashkchiligini bilgan og'aynilari unga:"Bu seni ayolingni mahallasidan ekan, balki uni sevgandir,qo'shiqni ham unga atab aytgandir" deyishibdi. Holbuki men uni hatto tanimas edim. Do'stlarini gapini eshitib, uni jahli chiqib, ashulachi bilan urushib ketgan. Buni menga uyga kelganidan keyin aytib berdi. Buni eshitib nima holga tushganimni sizga ta'riflab berolmayman. O'shanda undan birinchi marta qo'rqdim. Oldinda meni nimalar kutyapti ekan, deb o'ylasam yuragimni vahima bosardi.Bu hodisa bo'lganida to'yimizga hali ko'p bo'lmagan, oradan endi bir necha oy o'tgandi holos.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2006, 11:31:59
Shunday qilib kunlar,oylar bir-birini quvalab o'taverdi. Bizning  dunyoqarashimiz umuman bir-biriga qarshi edi. Fe'l atvorimiz,  fikrlashimiz farq qilardi. Men kunlar o'tgan sayin Allohga yaqinlashdim. Yoshligimdagi qiziqishlarim kuchayib,ilm ola boshladim. Har bir ishimda Allohning roziligini izlardim.U esa namoz o'qimas edi. Mening zo'rlashlarim bilan faqatgina juma namozlariga chiqar va Ramazon ro'zalarini tutardi holos. Ichmasdi,chekmasdi,lekin Allohga ibodat ham qilmasdi. Men uni harakterini shunday o'zlashtirib olgandimki,nima yoqadi, nima yoqmaydi,nima demoqchiligini hatto ko'zidan bilardim. Lekin uning talablari kundan kunga ortib borardi. Men uni namoz o'qishga, ibodat qilishga  chaqirsan ham buni foydasi bo'lmadi,chunki yoshligidan shunga mos tarbiya ko'rmagan. Ota-onasi namoz o'qir,otasi masjidda ishlar,lekin farzandlariga befarq edilar. Hayotda juda qiynaldim. Qaynona va erning har hil injiqliklariga sabr bilan yashadim. Hali bunisa ham holva ekan. Oradan yillar o'tsada biz farzandlik bo'lolmasdik. Bu esa erimga katta bahona bo'ldi, shu jumladan qaynonamga ham. Men Allohga duo qilib Undan, hamma narsaga Qodir Zotdan farzand tilardim. Erim va qaynonamning kamsitishlarini sabr bilan tinglardim. Erim gohida juda yahshi bo'lib qolardi, lekin ba'zan esa uni tanib bo'lmasdi. Ayniqsa har oyda hayz ko'rganimda u quturib ketardi. Meni umuman tug'masga chiqarib qo'ygandi. Shuni bahona qilib meni kaltaklar, hech qanday ayol dosh bera olmaydigan so'zlar bilan haqorat qilardi. O'sha kunlarda Alloh taolo menga shunday sabr berib qo'ygandiki, bu kunlarimni onam tugul, hatto opalarimga aytmasdim. Chunki Alloh bizga farzand bersa hammasi yahshi bo'lib ketadi deb o'ylardim. Allohga iltijo qilardim, unga unsof berishini, bizga farzand berishini so'rardim. Hamma ishimni, shu jumladan hayotimni ham Allohga tavakkul qilgandim. Va Allohdan umid qilib yashardim.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 22:16:34
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Avvalo mana shunday yangi mavzu ochganingiz uchun tashakkur izhor qilaman.
O'ylaymanki, o'quvchilarimiz o'zlarining armonli yillari xotiralarini biz bilan baham ko'radilar.

Siz hikoya qilayotgan opaning xotiralarini o'qib chiqayapman.
Avvaliga quvonchli boshlangan taqdirning asta-sekin tushunmovchiliklar ko'chasiga kirib qolishi...

Rask yaxshi narsa. Lekin o'ta darajada rashk qilish fojea bilan yakunlanishi mumkin. Agar inson har narsadan shubhalanaversa, umrining mazmuni qolmaydi. Nikoh rishtalari o'zaro ishonchni ham bog'ashi zarur. Shayton esa qalblarga har xil g'illu g'ashlarni solaveradi.

Farzandning dunyoga kelishi Allohning taqdirida bitiladi. Agar U bo'l desa bo'ladi, bo'lmasa yo'q. Bunga esa er-xotinni sababchi qiladi. Bola bo'lmasligi ham erning ham xotinning sog'lomligiga bog'liq. Sabr bilan, tekshirtirib, davolanilsa bunday muammolar kelib chiqmasmidi?...

Ayol kishi uchun eng katta haqorat - Sen tug'ymaysan, ona bo'lolmaysan, degan haqoratdir. Aqli joyida bo'lgan er bunday haqoratdan har doim tiyiladi... Opaning sabrlariga tan bermasdan ilojimiz yo'q. Agar boshqa oilada bo'lganida, mana shu gaplarning o'ziyoq oilaning buzilib ketishiga sabab bo'lardi...

Davomini intiqlik bilan kutib qolamiz.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Feruzabegim 05 Sentyabr 2006, 23:11:19
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Hikoyani yozishni boshlab judayam to'g'ri ish qilibsiz. Zero u bizga va boshqalarga yaxshigina saboq bo'ladi. Faqat davomini tezroq yozing.
Sabrsizlik bilan kutib qolamiz.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 06:17:51
Assalamu alaykum, Abdulaziz, Feruzabegim.
E'tiborlaringiz  va fikrlaringiz uhcun tashakkur.
O'ylaymanki bunday hikoyalar hali hayot nimaligini yahshi tushunib yetmagan yigit qizlarimizga saboq bo'ladi.
Alloh barchamizni haq yo'lga boshlasin!
Marhamat hikoyani davomi...
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 06:28:56
Qanchalik sabr bilan va Allohga duolar bilan tilasamda meni farzandim bo'lmasdi. Ko'rsatmagan doktorim qolmadi. Hammasi soppa - sog'siz,albatta farzandli bo'lasiz, deyishardi. Lekin biz farzandlik bo'lolmasdik. Haqoratlar, kamsitishlar,kaltaklar va ho'rliklar davom etardi. Shunda ham men uni sevardim, uni tushunardim, bu yomon odatlari hammasi farzndsizlikdan, erkak kishi uchun farznd ko'rolmaslik ham eng katta bahtsizlik deb o'ylardim. Unga bo'lgan muhabbatim, uni tusuhunishim shu qadar kuchli ediki, har safar kaltaklaganda uni oqlashga meni qalbimda bitta javob doimo tayyor turardi. Usiz yashashni tasavvur qilolmasdim.. Ishonasizmi,hatto bir marta boshi jarohatlanib kasalhonaga tushib qolganida, uni ahvolini ko'rib, huddi yosh bolaga o'hshab ho'ngrab yig'laganman. U to kasalhonadan chiqib kelgunicha ko'zimga uyqu kelmagan. U ham agar men kasal bo'lib qolsam shunaqa mehribon bo'lib ketardiki, hatto obqat yemasam o'z qo'li bilan yedirishga harakat qilardi. Men uning bu mehribonchiliklarini ko'rib, hamma yomon odatlari farzandsizligimizdan, deb o'ylardim. Bir kuni Alloh bizga ham farzand bersa,u Islomga yuzlansa, hammasi yahshi bo'lib ketadi, ungacha men sabr qilishim kerak deb o'ylardim. Shunday qilib oradan besh yil o'tdi. Armonlarga, hasratlarga va ko'z yoshlarga to'la besh yil....
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 07:00:44
Mening achchiq va shirin, totli va zahar, armonlarga, hasratlarga, kamsirishlarga va ko'zyoshu sabrga to'la hayotim. Umrimning eng go'zal va yoshlik chog'larim. Kechalari ko'zyoshlaru Allohga duolar bilan o'tkazgan yillarga teng soatlar. Hayotimda chuqur va hasratli iz qoldirgan yillar. Meni yetolmagan niyatlarim,ushalmagan orzularim...
Men Allohga yaqinlashganim sayin, bu yillar davomida uni menga nisbatan qilgan ishlari nohaq ekanligini va hatto zulm ekanligini tushuna boshladim. Diniy ilmim oshgan sayin uni har bir qilgan ishi menga yoqmaydigan bo'lib bora boshladi.
O'shanda yoz fasli edi.Yoz faslining avgust oyi. Hayotimizga qo'yilgan nuqta.Biz manzilga yetib kelgandik. Mening sabrim kosasi to'lib toshgan edi. Hamma narsaning Alloh taolo belgilab bergan hadlari bor. Biz ana shu hadga yetib kelgan edik. Mening sabrim ham o'z chegarasiga yetib kelgandi.
Honadonimzda yana ikki uch hona qurish uchun ustalarni ishlatardik. Yoz fasli,issiq, 8-9 nafar ustalar uyimizda ishlashar edi. Ovsinim homilador bo'lgani uhcun hamma ish menga qolgan, 10-15 nafar kishining oziq ovqati, kiri deganlaridek, buning ustiga erimning rashki. Yuzimning yarmigacha to'sgan holda tun yarmigacha tinim bilmasdan ishlar edim. Vaqtida ovqatlanmaganim uchun ozib to'zib ketgan, buning ustiga issiqda ko'p yurganim uchun yuzim ham qoraga moyil bo'lib qolgan edi. Ikki uchu oy shu holda o'tdi. Va nihoyat uy bitdi. Avgust oyining 12-kuni. Men o'sha kuni yana hayz ko'rdim. Yuragim ezildi. Bu oy ham umidim puchga chiqqanidan, yana kech tushib erimdan eshitadigan gaplarini o'ylab dunyolarga sig'may ketdim. O'sh kecha u meni shunday so'zlar bilan haqorat qildi-ki, sizlarga hatto aytib ham berolmayman. Ayol kishi chidashi mumkin bo'lmagan so'zlar. Yuragimga hanjardek sanchilgan,ko'zlarimga achchiq yoshlarni to'ldirgan so'zlar. Lekin urmadi. Men esa yana alamimni ko'z yoshimdan olib tong ottirdim. Uhlolmaganim uchun soat 2 larda turib tashqariga chiqdim. Hamir qordim. Ko'cha hovlilarni supurib suv sepdim. Huddi yuragim bir narsani sezgandek. Hamma ishimni bajardim. Non yopdim. quyosh ham chiqdi.Ustalar keladigan vaqt bo'lib qolgani uchun ularga kerakli bo'gan hamma narsani tayyorladim. Ular o'sha kuni ohirgi marta, bitgan uyga elektr tokini tushirish uhcun kelishdigan edi. Meni hamma ishim tuigagani uchun, dasrlarimni tayyorlash uhcun uyga kirdim. U hali uyqudan turmagan edi. Men o'sha paytlarda arab tilini o'rganayotgan edim. Shuning uchun uyga kirib kitob daftarlarimni oldim. Hammasi ana shunda boshlandi....
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 07:26:41
Honamga kirib daftarimni ochganimni bilaman, u boshini ko'tarib menga baqira ketdi:
- Nega bu yerda, meni ro'paramda o'tiribsan, chiq tashqariga, bor ishingni qil.
- Tashqarida ishim tugadi. Bugun o'qishga boraman, darslarim ko'p shularni bajarishim kerak.
- Darsing bilan ishim yo'q, chiq tashqriga,ko'zimga ko'rinma. Hohlasang uingga ketishing mumkin. Seni ko'rishga toqatim yo'q. Menga tug'maydigan hotin kerak emas. Yo'qol.
- Ahir bolalik bo'lishni men ham hohlayman. Farzandni Alloh beradi,meni qo'limdan hech narsa kelmaydi,nega tushunishni hohlamaysiz.Siz ham namoz o'qib Allohdan so'rang, boshingizni sajdaga qo'ying, balki shunda bizga ham farzand berar.
- O'qimayman,so'ramayman. Sen shuncha yioldan beri namoz o'qib so'rading,senga bola berdimi, qani, bergan bo'lsa menga ko'rsat. Avval senga bersin keyin men namoz o'qiyman.
- Bunday gaplarni gapirmang, Allohdan qo'rqing, siz kim bo'libsizki Allohga shart qo'yasiz. Bu gaplaringiz bilan katta gunoh qilyapsiz,- deganimni bilaman yuzimga shapaloq tushdi.
- Menga aql o'rgatma, yo'qol ko'zimdan. Uyingga ket.Sendan boshqa ayolni olganimda bu paytgacha ikki uchtaniu tug'ardi. Sen tug'massan. Seni ko'rishga toqatim yo'q.O'zingga qara,oynaga bir qara, hunuk bo'lib ketgansan olganimda chiqoyli eding,tug'amy turib qrib ketding.
- Issiqda qorayib ketdim. Ish rtugadi uy bitdi, yana o'zimga kelib qolaman.
- To'g'ri aytasan uy bitdi ish tugadi, endi sen menga kerak emassan. Ket,yo'qol, sen tug'maysan, sen sichqon tug'ishni ham bilmaysan.Seni shuncha yildan beri haydayman.Itni ham haydasa ketadi, sen bundan ham battarsan. Sen ketsang men boshqa, tug'adigan hotinga uylanaman. Sen mendan ketib boshqaga tegsang ham tug'maysan. Men boshqaga uylansam to'qqiz oyda tug'ib beradi.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 07:51:50
Shunda o'zimni yo'qotib qo'ydim. Boshimga bir narsa qulagandek bo'ldi. Huddi boshimdan issiq suv quyib yuborilgandek his qildim o'zimni. Men nega yashadim? Shuncha ho'rliklarga nima uchun chidadim? Kim uchun yashadim? Nima uchun ketmadim? Allohning taqdiri ekan deb, oz'imni nega ho'rlatib qo'ydim bunchalar? men sevgan inson, bor muhabbatimni mehrimni, borlig'imni bergan kishim endi menga boshqaga tegishni aytyapti. Shuncha yiol yashab hatto hayolimni bir chetiga ham kelmabdi.Balki ayb menda emasdir,balki boshqaga tegsam farzandli bo'larman. Bu oliy bahtga, ona bo'lish bahtiga men erisharman.Tunlari beshik quchoqlab,alla aytarman bolamga. Yo'q bu narsalar hayolimga kelmagan. Hatto hayolimda ham unga hiyonat qilolmasdim. Endi bo'lsa o'zi ko'zimni ochdi. Aqlimni kigizdi.O'shanda unga birinchi marta tik boqib aytgan so'zlarim hali ham qulog'im ostida jaranglaydi
- Siz qayerdan bilasiz meni tug'masligimni, balki men boshqaga tegsam tyg'arman, siz boshqaga uylanib bolali bo'lolmassiz.
Bu gaplarimni eshitib u biroz o'zini yo'qotib qo'ydi,chunki u mandan buni kutmagan edi. Lekin bildirmadi, zaharhandi qilib kuldi va:
- Men hamma narsani bilaman,sen tug'massan.
Meni sabrim tugadi. Ko'zimga yosh ham kelmadi. o'shanda yuragimda paydo bo'lgan g'alayonni hozir hech qanday so'z bilan tushuntirib berolmayman. Unga tik qarab:
- Ketaman, javobimni bering, meni ham sabrim tugadi, hammasi jonimga tegdi.
- Ketsang hursand bo'laman.Yo'qol meni uyimdan.
- Javobimni bering, ketaman. Uyingizdan ham hayotingizdan ham ketman.Lekin bilib qo'ying, sizni mendek tushunadigan ayolni hech qachon topolmaysiz.
- Ket, mana shu javobing.
- Yo'q menga bunaqa javob kerak emas. Hozir ket deysizda, keyin bir oy o'tganidan keyin ota onamni aldab olib kelasiz.Men sizni juda yahshi bilaman.
- Ket, yo'qol, taloqsan,uch taloqsan.
- Mana endi ketaman. Uyingizni ham, hayotingizdan ham chiqib ketaman. Meni boshqa ko'rmaysiz. Ammo bir kun kelib pushaymon bo'lasiz,meni ko'z yoshlarimni uvoli tutadi, bu dunyoda hech narsa javobsiz qolmaydi.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 08:24:02
Meni gaplarimni eshitib u zaharhanda qilib kuldi.Men ketdim. Uyimni tashlab ketdim. Yoshligimni eng go'zal yillar o'tgan uyimni tashlab ketdim. Bor menrimni, muhabbatimni bergan kishimni tahslab ketdim. Kelganimda ne-ne orzu niyatlar bilan qadam qo'ygan uyimni tahslab ketdim. O'zimdabn-da yahshi ko'radigan, bir joyi og'risa meni jonim og'riydigan, tikon kirsa meni yuragimga hanjar kirgandek qiynaladigan kishimni tashlab ketdim. Hayotimni Allohga tavakkul qilib ketdim....
Men ketganimdan keyin orqamdan bir haftagacha opasini akasini yubordi. Ular meni qaytarishga harakat qilishardi. Opasi:
- Jahl ustida aytibdi. O'zingiz so'rganingiz uchun jahgli chiqib ketib aytib yuboribdi. Biror imom topib gaplashamiz,yo'l topamiz. Sizni qanday yahshi ko'rishini o'zingiz ham bilasiz-ku.
- Yahshi ko'rish shunaqa bo'ladigan bo'lsa, kechdim bunaqa yahshi ko'rishdan. Meni boshimga tushgan narsalar sizni boshingizga tushganida bu paytgacha ketib bio'lgan bo'lardingiz. Sizlar meni boshimga tushnini,men eshitgan gaplarimni mingdan birini bilasizlar, agar hammasini bilganingizda edi,ukangizni o'ldirib qo'ygan bo'lardingiz.
Hullas, meni ko'ndira olishmadi. Ota-onam hayron,chunki ular meni boshimga tushgan ishlarni hech birini bilishmasdi. Lekin meni ko'ndirishga harakat ham qilishmadi. Meni farzandsizlik tufayli yahshlikcha ajralishdi deb o'ylashdi.
Oradan o'n kun o'tib hamma narsamni yig'ishtirib kelish uchun boradigan bo'lishdi. Odatda ancha vaqt o'tganidan keyin olib kelinardi,lekin men tez olib kelasizlar, deb turib oldim. Uyimdagilar meni ham borishimni aytishdi.Avvaliga ko'nmadim,lekin, ular narsalaringni o'zing bilasan bormasang bo'lmaydi, deyishdi. Men rozi bo'ldim.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 08:41:32
Shunday qilib bu honadonga yana va ohirgi marta qadam qo'ydim. Hamma narsalarimni yig'ishtira boshladim. Uni o'shanda ohirgi marta ko'rdim.Hovlini bir burchida boshini yerga egib o'tirgan holda ko'rdim. Meni ovozimni eshitib men tomonga qaradi. Men esa unga orqamni o'girdim. U bilan kechgan hayotim davomida biror marta ham unga orqamni qilmagan edim. Ketayotganimizda opasi va ovsinlarim yig'lab kuzatishdi. Opasi:
- Iltimos, bizdan hafa bo'lmang.Bizdan rozi bo'ling. Hizmatimizni ko'p qildingiz, hurmat ko'rmadingiz, rozi bo'ling.Ukamdan ham hafa bo'lmang,uni kechiring,-dedi.
- Men nega sizlardan hafa bo'laman, bu meni achchiq taqdirim. Mehnatlarimni Allohni roziligi uchun qilganman,mingdan ming roziman. Ukangizni kechiradigan men kim bo'libman. Kechrish faqat Allohga hos. Bunda mening ham ayblarim bordir balki. Balki o'zim shunday hayotga loyiqdirman. Hamma narsani ko'rib bilib turguvchi Alloh taolo bor,hamma narsaga hukmni U chiqaradi. Alloh biz ko'rolmaydigan nuqrtalarni ham ko'radi. Kim kimni nohaq ayblagan va zulm qilgan bo'lsa shunga yarasha hukmni Alloh chiqaradi. Alloh adolatli hukm qiladi.
Ishonasizmi shuncha so'zlarni aytdimu,lekin ko'zimga nam ham kelmadi. Meni odatim hech qachon gapiraolamsdim, agar gapirmoqchi bo'lsam ko'zimga yosh kelib, bo'g'zimga bir narsa tiqilardi. Brinchi marta bu hol bo'lmadi va men qalbimdagi so'zlarni aytdim.
Hamma bilan vidolashib ko'chga chiqdim. Chiqdi-mu, dod solib yig'lagim keldi. Dunyolarga sig'madim. Lekin ovozim ichimga indi,ko'zyoshlarim esa yuzimni yuvdi. O'zim hohlab ajraldim,lekin nima uchun yig'layapman,o'zim ham tushunmasdim....
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 09:03:34
U keyin ham uyimiz oldiga juda ko'p keldi. Har hil bahonalar topib men chaqirtirib har kimni kirgizardi.Men bilan gaplashmoqchiligini aytardi. Lekin men bir marta ham chiqmadim. Uyimiz oldida soatlab tursa ham na o'zim chiqdim,na uyimdagilarni chiqardim. Oradan bir oy o'tar o'tmas menga yana sovchilar kela boshlashdi. Men esa hech kimga ko'rinmas, hamma erkak zotidan nafratlanardim.Hatto uyda dadam bilan ukamni ovozini eshitsam ham asabim buzilar edi. Lekin men malhamni Allohning kalomidan topdim. Bu Ulug' Kalomlar meni yana sabrga chaqirardi. Shunday qilib men o'zimni qo'lga oldim. Bir kuni opamni eri y'ani pochchamning og'aynisidan menga sovchi bo'lib kelishdi. Pochcham o'zi iymonli va ibodatli bo'lgani uchun uni topgan kishisi ham shunday ekanligiga ishonardim. pochcham meni o'z singlisidek yahshi ko'rar, doim onamga shu qizingiz boshqachada, nega boshqalariga o'hshamaydi, derdi.
Shu sovchilar bilan onam ko'p gaplashdilar, kuyov bo'limish bilan esa otam. U otamga, qizingizni oldingi hayotini (farzandsizligini)bilganim holda uylanishga qaror qildim. Hech qanaqa yomon gap chiqmaydi, sizga erkaklik so'zimni beraman, debdi. Shunday qilib bizni ko'rushtirmoqchi bo'lishdi. Men rozi bo'lmadim. Men hijobdaman, yuzimni ham to'sib yuraman, baribir meni ko'rolmaydi, agar hohlasa meni ko'rmasdan uylanadi. To'y esa iddam chiqqanidan keyin olti oydan so'ng bo'ladi. Agar shularga ko'nsa roziman, ko'nmasa hursand bo'laman, dedim. Bunday deyishimdan maqsadim shu ediki, u ko'nmaydi,chunki qaysi erkak ko'rmasdan uylanadi, deb o'yladim. Meni ko'rsa so'zsiz rozi bo'ladi, shuning uchun ko'rinmyman, deb o'ylardim. Lekin u rozi bo'ldi.Iddam chiqqach,olti oydan keyin to'y qilishga kelishib bizni unashtirishdi. Men esa qo'rqardim.Uni qanday kishi ekanligini bilmaganimdan, yana farzand ko'rolmasligimdan,yana haqoratlar eshitishim mumkinligini o'ylab qo'rqardim....
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 09:14:27
Meni tinmay tug'maysan deb qulog'imga quyaverishganiden, bunga o';zim ham ishonib qolgandim. Men baribir tug'masam kerak deb o'ylardim,lekin Allohdan umidim bor edi. tinmay duo qilib, Undan, hamma narsaga Qodir Zotdan farzand so'rardim. Ko'zyoshlarim yuzimni yuvardi. Menga ham farzand berishini, menga ham ona bo'lish bahtini nasib qilishini, tunlarini alla aytib o'tkazishimni tilardim. Hullas,oradan o'n oycha o'tib hayotimda yana to'y bo'ldi.Yuragimni hasratu qo'rquvlarga,ko'zimni esa yoshlarga to'ldirib to'y bo'ldi. Men undan juda qo'rqardim.Unga gapirish tugul,ko'ziga ham qarolmasdim.Lekin u sabr bilan meni o'zgarishimni kutdi va shunga harakat qildi. Hayotim o'zim kutmagan holda o'zgara boshladi. Huddi avval turmush qurmagandek, avval yashamagndek bahtni his qila boshladim.
Va nihoyat men kutgan kun,yillar davomida meni yuragimni kuydirgan,ko'zyoshlarini sel qilib oqizgan kun keldi. Men homilador bo'ldim. To'yimizni birinchi oyida, buni ikki oydan keyin bildim, lekin ishonolmasdim. 
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 09:35:18
Turmush o'rtog'im meni oldingi hayotimda qanday kun kechirganimni hammasini biladi. Har bir nuqtasigacha majburlab so'rab,bilib olgan.Shunga yarasha muomala qiladi. Meni nima ko'nglimni og'ritadi, qaysi gap yuragimga og'ir botadi, avvalgi hayotimni bilgani uchun ham biladi.
Hozir ikki o'g'il ikki qiz farzandim bor. Bahtliman. Ko'nglimdagi boshliqlar to'lgan. Qalbimning tub tubigacha farzandlarim, qorachiqlarim to'ldirishgan. Hozir ularni o'sib borayotgan bo'ylarini ko'rib quvonsam, turmush o'rtog'immenga, bular o'tgan kuningizdagi sabringiz uchun Allohning sizga bergan mukofatlari, deydi. Shunda beihtiyor ko'zimga yosh keladi. Bu balki sevinch ko'zyoshlaridir, balki oldingi hasratlarga to'la hayotimni eslaganim uchun oqqan ko'zyoshlardir.
U esa mendan keyin uchta turmush qildi, lekin hech biridan farzndlik bo'lolmadi. Allohning qudratini qarangki, har bir farzandimni dunyoga keltirish uchun tug'ruqhonaga borganimda,ularning oilasidan kimnidir uchratdim. Goho opasini, gohi kennoyisini. Shunday qilib Yartganni qudrati bilan har bir farzandim dunyoga kelishidan u ham bohabar bo'lib turdi. Men oldin uni farzand ko'rpolmaganini eshitib, Allohning bergan jazosi deb o'yladim. Leki keyinchalik unga rahmim keldi.Hozir ba'zan dularimda unga Allohdan unga insof va farzand berishini tilayman. BAlki bu duolarim ijobatsiz qolar Alloh bilguvchiriqdir.
Men hozir juda bahtliman. Farzandlarim kamolini ko'rib ham bahtliman.Farzandlarim yonimda, meni o'zimdan-da ko'proq tushunadigan va sevadigan hamrohim bor.Ularni duo qilib, Allohga menga shunday baht nasib qilgani uchun shukronalar aytib yashayapman.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 09:50:11
Men hozir ba'zan o'ylab qolaman.Allohning har bir narsaga belgilab qo'ygan hadlari bor. Balki mehr muhabbatni ham hadlari bordir. Men balki shu hadlardan o'tgandirman. Inson bir narsani o'ziga ilohiylashtirib olsa, ana shundan ko'p aziyatlar olar va shu narsa unga vafo qilmas ekan. Balki men shu kishini o'zimga ilohiylashtirib olganim uchun shunday kunlarni ko'rgandirman. Yana shuni aytishim mumkinki, ayol kishi ham o'z hurmatini saqlashi kerak ekan.O'zini bunchalar ho'rlatib qo'yishi mumkin emas ekan. Meni bu hikoyam qizlarimizga ham yigitlarimizga ham oz bo'lsada foyda berar deb umid qilaman.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 09:57:09
Mana aziz birodarim!Bir oila tarixini, bir ayolning shirin va achchiq armonlarga to'la hayotiga siz ham guvoh bo'ldingiz. Uning tog'larga teng sabri,ko'rgan kunlariga va bunga qilgan sabr tufayli olgan mukofatlarini bildingiz. Bu opahonimiz ko'rgan kunlarini ma'lum bir bo'lagini eng zarur va kerakli nuqtalarini siz bilan baham ko'rdim.
Endi bu hikoyaga sizning munosabatlaringizni va fikrlaringizni bilmoqchiman. Balki bu ayol ham hayoti davomida hatoliklarga yo'l qo'ygandir. Balki bu ayolning taqdiri yuzasidan svollaringiz bordir. Marhamat, biz bilan sirlashing. Mulohazalaringzini kutib qolaman.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:00:06
Laylo.

Assalamu alaykum!
Nargiza opa hikoyangizni o'qib chiqdim.
Ko'zimda yosh bilan shularni zo'rg'a yozdim...
Uzr, hozir hech narsa yozolmayman...
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:03:20
Va alaykum assalam,Laylo.
Sizni tushunaman.
Bularni o'zim ham zo'rg'a yozdim.
Doimo shu opahonim bilan suhbatlshsam,u kishini ko'zlarida baht aralash armonni ko'raman. Baribir u hasratlarga to'la yillar u kishining ko'zlarida o'z izini beayovlarcha qoldirgan.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:07:24
Shahina.

Assalamu alaykum.
Haqiqtadan juda ham mahzun hikoya ekan.
U opahonimizni sabrlariga tan bermasdan iloji yo'q!
Lekin hozir bahtli ekanlarku.
Ilohim ular ko'rmaganlarini farzandlari ko'rishsin.
Savol:Nega o'shanda erlarini ham tibbiy ko'rikdan o'tkazishmagan? Ahir farzand bo'lishi uchun ikki tomon ham sog'lom bo'lishi kerakku?
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:11:52
Va alaykum assalam.
Fikrlaringiz va niyatlaringzi uchun tashakkur Shahina.
Savolingizga kelsak:U kishi opahonimizni iltimoslari bilan tibbiy ko'rikdan o'tgan.
Kelib men soppa sog' ekanman, degan. Opahomizda esa buni o'zlari surishtishlari uchun imkon ham iloj ham bo'lmagan.
Men bir narsaga hayronman, doktorga borgan kishi hech qachon men sog'lom ekanman, deganini eshitmaganman.Hozirgi doktorlar hammadan kasal topa olishadi, hech bo'lmaganda. shamollashingiz bor ekan,ozgina davolansangiz o'tib ketadi deyishadi.
U kishi qanaqa qilib bunaqa natijaga erishgan, Alloh bilguvchiroqdir.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:22:32
Maknuna.

Assalamu alaykum,Nargiza opa.
Haqiqatan bu hikoyani ko'zyoshsiz o'qib bo'lmaydi.
O'sha kunlarni garchi unutish mumkin bo'lmasada, opa unutishlari lozim.
Hozir bahtli ekanlar, farzandlarining baht oldida u kunlar unut bo'lib ketadi.
Mani yana fikrim:U kishi mehr muhabbatning chegaralaridan o'tmaganlar,faqat, shaytoniy hirs quliga aylangan kishidan aziyat yetgan holos.
Savol:U kishini bu kunlaridan ota-onalari ham habardor bo'lishganmi?
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:26:12
Va alaykum assalam.
Maknuna fikrlaringiz uchun tashakkur.
Savolingizga javob:Opaning b u hayotlaridan ota-onalari behabar bo'lishgan.
U kishi bu hayotlari to'g'risida hech kimga aytmaganlar.
Onalarini yuraklari kasal, balki ularni ayab aytmagandirlar.
Agar aytganlarida bunchalik ho'rliklarni ko'rmagan bo'lardilar.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:46:40
Laylo.

Assalamu alaykum!
Men ham o'z fikrlarimni bildirib o'tsam.

Menimcha yigitning sevgisi shaytoniy bo'lgan. Bu narsa boshidan ham ma'lum edi. Uzoq termulib turish, qo'yarda qo'ymay honadonlariga har kuni kelishi va nikohdan keyingi "mehribonliklar".Yigit opamizning chiroylarini sevgan, qalblarini emas. Agar qalbdan Alloh uchun sevganida bunaqa ishlar bo'lmasmidi. Bu mening shahsiy fikrim.

Yana zulm avjiga chiqqanida opamiz faqat o'zlarini qiynaganlar. Shu paytda erlarining aqlini kirgizib qo'yadigan biror kishiga aytishlari kerak edi, menimcha.Shunda zulmlrning cheki kamayarmidi,Vallohi a'lam.

Opaning birinchi turmushlarida ohirgi aytgan so'zlari tahsinga loyiq. Haq yo'lida,Islom yo'lida bir munofiqning be'mani so'zlariga haqqoniy javob qilish ancha muncha ayolga ham nasib qilmaydi.U kishini taloqlari ham haqni qaror topdirish uhcun bo'lgan. Alloh sabr berdi. Mana bahtli kunlarni ko'rayotgan ekanlar.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:52:24
Va alaykum assalam,Laylo.
Fikrlaringiz uchun tashakkur. Men ham bu fikrlarni opa bilan bo'lgan birinchi suhbatimizda aytagndim.opa ham hozi shu fikrdalar.
yana bir gap, Allohni bilmagan, Uning uchun ibodat qilmagan kishi Alloh uchun sevishni ham bilmasa kerak, deb o'ylayman.
Opaning boshlariga tushgan kunlardan yigitning ota-oanasi va akalari qisman habardor bo'lishgan. Opaning gaplaricha ular ko'p harakat qilishgan,lekin aqlini kirgizib qo'ya olishmagan.Menimcha o'zi yo'q aqlni birovlar kirgizib qo'yolmasa ham kerak. Aqli bo'lganida uni qo'iga tusgan shunday javohirni qadriga yetgan bo'lardi.
Alloh barchamizni mag'firat qilsin!
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2006, 10:58:31
Yuqorida Laylo,Maknuna va Shahinalarning bu hikoyaga "Muslima" bo'limga joylanganida bildirgan fikrlari bilan tanishdingiz.Endi boshqa ishtirokchilarimiz ham bunga o'z fikrlarini bildirashadi deb umid qilaman.
Sizlarga Allohning rahmatini, marhamatini va mag'firatini tilayman.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Nodi 06 Sentyabr 2006, 11:38:19
Assalomu alaykum nargiza opa!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
O'qib man ham ta'sirlandim.
Opaning boshlariga tushgan kun hech kimga tushmasin!
Ulardagi sabr va bardoshga tan bermasdan ilojimiz yo'q.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: mubashshir 08 Sentyabr 2006, 12:18:07
Assalamu alaykum,Nargiza opa.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Biz yoshlarga juda ham o'rnak bo'ladigan hikoay ekan.
Alloh taolo hammizga har qanday holatda ham sabrni yor qilsin.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:26:22
Assalomu alaykum!
Hikoyani o'qib chiqib dunyoda ayol zotidan ham sabrliroq hech kim bo'lmasligiga amin bo'ldim.
Tashakkur, sizga Nargiza.
Mana shunday hayotiy hikoyalardan ko'p-ko'p yozib turseylar hammaga foydali bo'lar edi.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:03:56
Assalamu alaykum!
yana bir armonli xotira:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=692.msg16230#msg16230
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 07 Noyabr 2006, 07:30:49
Assalamu alaykum, aziz birodar.
Mana ancha tanaffusdan keyin siz bilan yana birgaman. Bu safar men o'z armonlarimni, dardlarimni sizlarga to'kib solmoqchiman. Bu haqda juda ko'p o'yladim. Oxiri yozishga qaror qildim. Bu narsa ko'pchilik uchun ahamiyatsizdir yoki unchalik qiziq emasdir,lekin bu mening armonlarim. Va bunlarni aytishga sizlardan bo'lak inson topmadim. Meni tushunarsiz va meni haqqimga Alloh taolodan sabr tilan duoda bo'larsiz, deb umid qilaman.
Alloh taolo hammaizni O'z rahmati ila burkasin...
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 07 Noyabr 2006, 07:45:38
Armon.... Men hayotda eng yomon ko'rgan so'z. Armon nima o'zi? Ushalmagan orzu - niyatlarmi yoki aytilmagan so'zlar ummoni? Armon nima - u ? Ko'zlarda qotib qolgan azoblarmi yo izhor qilinmagan mehr-muhabbat? Armon- har kimning yetolmagan niyatlarimi yohud tutqich bermagan baxtimi?
Armonni har kim o'zicha tushunadi.Kimgadir boy bo'lolmagani armon, kimdir sevganiga erisholmaganidan armonda. Yana kimdir erta yetim qolganidan armonda,boshqasi esa farzandini yo'qotib armon yog'ida qovriladi. Mening armonim esa bulardan farq qiladi. Yuragimni  8 yildan beri cho'g' bo'lib kuydirgan armonim. Hech kimga ko'rsatolmagan ko'zim yoshlari. Hech kimga aytolmagan, to'g'risi aytishga so'z topolmagan armonlarim. Sizlarga bularni ochmoqchiman. Sizlarga yuragimni tub-tubida yotgan armonlarimni to'kib solmoqchiman. Chunki sizlar meni ko'rmaysiz. Aytishga oson bo'ladi. Agar yonimda bo'lganingizda bu armonlarim eshigini ochardimu, lekin sizni kirgizolmasdim. Sababi ko'zim yoshlari yana bu eshikni taqa-taq yopardi. Sizni ko'rmay turib aytish meng ancha oson. Shuning uchun bu armonlarimga sirdosh qilib sizni tanladim,aziz birodarim. Keling, mening armonlarim, mening dardlarimni tinglang. Zora, yuragimni tog'dek bosib turgan armonim biroz yengillashsa. Buni o'qib, buncha ham sabrsiz ekan, bu gunohku demang. Balki, Alloh taolo menga bergan sabri tufayli shuncha yillardan beri bularni yuragimda asragandirman. Agrda bularni sizga to'kib solayotganim uchun gunohkor bo'lsam, Alloh taolo men avf etar, Inshaalloh. Chunki bu dardlarimni O'zidan boshqa hech kim bilmaydi.
Bu turmush bo'sag'asida turgan qizlarimizga, ayniqsa yigitlarimizga foyda beradi, deb umid qilaman. Keling, mening sirlarimdan, armonu hasratlarimdan ogoh bo'ling.
(Bularni yozish men uchun juda og'ir. Shuning uchun har kuni oz-ozdan yozib boraman. Buning uchun sizlardan uzr so'rayman)
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 07 Noyabr 2006, 08:25:19
Bizning oilamiz uncha katta emas. Ota-onam, opam, men va  bir ukam. Oilada ikki qiz voyaga yetdik.Opam mendan uch yosh katta. Ukam esa uch yosh kichik. Biz opam bilan bir-birimizga juda ham mehribon bo'lib o'sdik. Onamiz ishlagani uchun uyda doimo ikkimiz qolardik. Doimo bir-birmizga yordamlashar va mehr ko'rsatar edik. To'g'risi mahallamizda hamma bizga havas qilar edi. Yoshi katta ayollar hozirgach qizlariga va nabiralariga bizni o'rnak qilib ko'rsatishadi. Bunda opamning hisslari ko'p edi. Chunki ular juda ko'ngli bo'sh hech kimga qattiq gapirmaydigan, hamma narsaga sabr qiladigan edilar. Hatto men biror ayb ish qilib qo'ysam uni men qilganman deya bo'ynilariga olardilar. Yosh bo'lsam hambundan qiynalardim. Ota-onam opamni urushganlarida men birinchi yig'lardim. Bu Alloh taolo tomonida bizga berilgan inoyat deb bilaman.
Shunday qilib oradan yillar o'tdi. Opam balog'atga yetdi. Uni 18 yoshda turmushga berdik. Unda men 15 yoshda edim. Uni kelin bo'lib tushgan honadoi o'rtahca yashar edi. Yigit yetim bo'lgani uchun ota-onam uni ko'nglini yarim qilmaylik deb to'yga rozi bo'lishga. Kichik bir hovlida 10-12 kishi yashashardi. Opam juda sabrli va juda mehnatkash edi. Kelin bo'lib borgach hammani mehrini qozondi. Hatto o'zi borganidan keyin tug'ilganni ham "siz" deb gapirardi. Turmush o'rtog'i ham iymonli, yahshi kishi edi. Lekin ularning bir armoni farzandlari bo'lmayotgandi. Oradan yillar o'tdi. Ikkalsi ham juda ko'p marta davolanishdi. opam sog', faqat turmush o'rtog'ida bir oz shamollash borligi uchun u ham ko'p davolandi. Lekin ancha samarasi bo'lmadi.Turmush o'rtog'ini otasi erta o'lib ketgan, u yetimlikda o'sgan edi. Uni buvisi, onasini onasi boqqan edi. Shuning uhcun opamni ham u kelin qilib olgan edi. U opamga qaynona o'rnida edi. U kishi juda injiq, qarib qolgani uchun juda ham asabiy edi. Lekin opam bunga ham sabr qilar hech kimga ulardan shikoyat qilmas edi.Hullas, bir ayolning boshiga tushadigan hamma narsa opamning boshiga tushdi. Oilada juda ko'p qiynaldi. Erining ishi ko'p vaqt o'nglanmadi.to'g'risi eri sal dangasaroq edi.Shuning uchun ro'zg'orda ancha qiynaldi.Qo'lidan kelgan hamma ishni qildi. Non topolmagan, qozoniga solgani narsa topolmagan vaqtlari ham bo'lgan. Men unga qaraganda sal shaddodroq bo'lganim uhcun bu narsalar meni jahlimni chiqarardi.Opamni qiynalayotganini ko'rib chidab turolmasdim. U hech narsani uyimizga kelib aytmasdi,lekin men unikiga ko'p borgamnim uchun unga qilinayotgan muomalani va sharoitni ko'rib bilib turardim. Shuning uchun onamga bildirib- bildirmay uyga kelganida uning sumkasiga nima topsam solib qo'yar edim.Buni keyinchalikonam ham bilib qodi va oialada bo'lib turadi, erini ishi onglansa hammasi yahshi bo'lib ketar dedilar. unga ochiqchasiga yordam beradigan bo'ldik. Shunday qilib oradan yillar o'tdi. Bu orada biror marta ham, na eridan, ne uyidagilaridan shikoyat qildi. Bir kuni uyiga borsam, uydagi ovsinini bir o'g'li, menga ovqat tayorlab bering, dedi. Opam u aytgan ovqatni tayyorladi. Oradan sal vaqt o'tib ikkinchi o'g'li keldi-da, menga bu ovqat yoqmaydi, menga boshqa narsa tayyorlab bering, deb ovozini ko'tarib baqira ketdi.(Ovsini ishlagani uchun uning bolalariga qarash, ularning injiqliklariga chidash ham opamning zimmasida edi.) Opam shunda ham bu kichik bolaga "Szi,siz" deya aytgan narsasini bir amallab pishirib berdi. Rosa jahlim chiqdi. Qiynalib topsa, uydan ko'traib klesa, yana ularga har hil pishirib bersa-yu, yana baqirishini eshitsa. Vijdonim qaynab ketdi. Agar o'shanda opam ushlab qolmaganida bilmadim nima bo'lardi....
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 07 Noyabr 2006, 08:57:32
Turmushini beshinchi yili shuncha ko'rguliklari yetmagnidek, qaynonasi, ya'ni erini buvisi kasal bo'lib yotib qoldi. Oyoqlari ishlamay yurolmay qoldi. Buning ustiga sal aqlidan adashganmi, emaklab bo'lsa ham ko'chaga chiqib ketadigan bo'lib qoldi. Unga qarash uni toza tutish, ko'chaga chiqarmaslik, ovqatini berish opamni zimmasiga yuklandi. Opam zora shu bilan Allohni roziligni topsam, kasal boqqan savobliku deya sabr bilan chidadi. Buvisi bo'lsa uni haqorat qilar, qo'liga uchragan narsani otib qolardi. Opam bechora uni uyga oilb kirish,uydan olib chiqish uchun ko'tarib yurardi.Lekin opam kasal odamdan ham hafa bo'ladimi, deya bunga jahli ham chiqmasdi. Men ham buni tushunardim, faqat hafa bo'lgan joyim uni boshqa kelinlari, o'zini kelinlar va qizlari ham bor edi. Men ular ham qarashi kerakku, deya jahlim chiqardi holos. Huddi shu yili Alloh taolo opamni shuncha sabri tufayli  mukofatladi. U homilador bo'ldi. Hammamizni quvonchimiz cheksiz edi. Hamma qiynalganlarini unutdik. Homilasi uch oylik bo'lib bo'lmay buvisi vafot topdi. Hammadan ko'p kuygan opam bo'ldi. Shunchalik yig'ladiki, huddi o'zini onasi vafot etgandek edi. Shunady qilib oradan oylar o'ta boshladi. Lekin kuyivda o'zgarish bo'lmasdi. Ayolim besh yilda homilador bo'ldi, endi farzandlik bo'lamiz, deb sal mas'ulaytni his qilish qayoqda deysiz. Bu orada menga ham sovchilar kelishar edi. Meni turmush o'rtog'imga unashtirib qo'yishdi.Opam homiladorlikgida ham juda ko'p qiynaldi. Men bo'lsam uyga ko'p kelishini, shu yerda turishini istar edim. Uni qiynalishini hohlamasdim. Hohlagan narsasini yeyishini hohlar edim. Ahir u homilador edi.Homilasi yetti oylik bo'lganida eri menga unashtirilgan yigit(hozirgi turmush o'rtog'im) bilan birga ish qilish uchun u kishidan 2,500$ miqdorida pul olib Qarshi shahriga ketdi. Keyin ancha vaqt yo'qolib ketdi.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Noyabr 2006, 08:34:10
Opamning eri ketganidan bir-ikki hafta o'tganidan keyin ularning uyiga bordim. Opam uyda yolg'iz ekan,u bilan biroz gaplashib o'tirgandan keyin uni kayfiyati yo'qligini sezib qoldim. "Nima bo'ldi?" deya so'radim. Opam menga:"hech narsa bo'lmadi biroz charchabman shekilli",dedi. Lekin men uni aytishga mejbur qildim."Menga aytmasangiz kimga aytasiz,nima bo'ldi o'zi?"deya yana so'radim. U menga qarab:"Uyimizda hech narsa qolmadi, ovsinimni topgani o'z uyidan chiqmaydi.Men bilan hech kimni ishi yo'q, oldingi ishimni qilib pul topay desam, qiynalyapman o'tirib ish qilishga", dedi. Men esa:"Eringiz hech narsa qoldirmadimi, ahir homiladorsiz, bu nima yeb, nima ichadi ham demadimi?" deya so'radim. Shunda opam ko'ziga yosh keldi.Uni ko'rib men ham yig'lab yubordim.Lekin opam juda bardoshli ayol, uning ko'z yoshlari yuzlarini yuvmadi, balki ichiga oqdi.
"Seni unashtirilgan yigit ho'jayinimga,hotiningiz homilador ekan, siz uzoqqa ketsangiz u yoqda qachon ish bitib qachon kelishingiz noma'lum, shuning uchun mana bu pulni olib kelguningizgacha uning hamma narsasini qilib berib keting, qo'liga ham  pul bering", deb 10.000 so'm beribdi. (U paytlarda bu pulni qdri yahshi edi)Men opamga hayron bo'lib qaradim:"Qani o'sha pul, nima qildingiz", dedim. Opam bo'lsa:"Men hech narsa qilmadim", deya o'rnidan turib karobkaga solingan yangi tuflini oldi. "O'sha pulga mana bu tuflini olib qo'yib, kelsan kiyaman deb ketdilar",dedi. Men o'zimni qo'yishga joy topa olmadim."Eringiz qanaqa odam, nima uchun bunchalik befarq, siz indamadingizmi", dedim. "Men nima ham derdim",dedi bechora opaginam. Meni battar jahlim chiqdi"Olib chiqib tuflini sotib yuboring, pulini ishlatasiz", dedim. Balki men o'shanda bu gaplarni yoshlik qilib, shoshqoloqlik qilib aytgandirman,lekin nima bo'lganda ham opamga achinganimdan aytganman. "Opam bo'lsa shunda ahm erini hafa qilib qo'yishni o'ylab:"Qo'y unaqa dema, meni och qolmayman. Tuflini sotib yuborsam, kelib hafa bo'ladilar", dedi.Men hech narsa deyolmadim. Jahlim chiqqanidan ham opamni hafa qilib qo'ymay, dedimda tilimni tishladim. O'sha kuni opam bilan yotib qoldim. Ertasiga uyga keldimda, opamni ahvolini ota-onamga tushuntirdim. Otam bilan borib opamni uyga olib keldik. Endi ko'nglim ancha hotirjam bo'lib qolgandi. Chunki opam ko'zimizni oldida, biz bilan birga edi....
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 09 Noyabr 2006, 11:08:16
Opam bizni uyimizda, turmush o'rtog'idan esa darakyo'q. Meni to'y kunim esa yaqinlashib kelayorgan edi. Keyinchalik surishtirib bilsak qarzga olib ketgan pulni firibgarlarga aldanib berib qo'ygan va shuning uchun kela olamayotgan ekan. Buni eshitib opam bechora yana qiynaldi. Mart oyini ohirida ko'zi yorishi kutilayotgani uchun meni to'yimni mart oyini boshida o'tkazishga kelishilgan edi. Lekin hamma narsani Alloh bilguvchiroq. Meni to'yimga uch kun qolganida opamni ahvoli yomonlashib kasalhonaga yotqizdik. Onam bechoraga roza qiyin bo'ldi. Bir yoqda to'y, bir yoqda opamni ahvolidan havotirda. Doktorlar hammasi yahshi, tug'ruq sal oldinroq boshlanibdi deyishsada, biz hotirjam o'tira olmasdik. Shunday qilib meni to'yimda meni dunyodagi eng sevimli insonim opam qatnasholmadi. Uni holidan habar olish uchun to'y kuni ertalab kasalhonaga bordim. Uni yuzidan charchagani shunday bilinib turardi. Uning o'sha paytdagi ko'zlarini haligacha unutolmayman. U bilan yolg'iz o'tirib biroz gaplashdik.U menga qanaqadir boshqacha tuyuldi.
- Opa sizga nima bo'ldi?
- Hech narsa, faqat yuragim nimadandir bezovta...
- .....
- Meni eng katta niyatim bolamni bag;rimga bosish,uni oppoq kiyintirib ko'chada yetaklab yurish. Uni menga o'hshashini istamayman. Uni senga o'hshashini istayman.Senga o'hshab o'zini sal himoya qila oladigan bo'lishini hohlayman. Shunda hayotda menchalik qynalmasmidi.
- Yo'q, u sizga o'hshasa yahshi men sizchalik yahshi emasman. Sizni hamma yahhsi ko'radi.Meni ham eng yahshi ko'rgan kishim sizsiz.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 09 Noyabr 2006, 11:33:55
- Nargiz, sen bahtli bo'lishing kerak.Men ko'rmagan bahtni sen ko'rishing kerak. Alloh senga meni bahtimni ham qo'shib bersin. Meni esa bu dunyoda ko'rmagan narsalarimni u dunyoda berishini hohlayman.
Yuragim muzlab ketdi.
- Opa unday gaplarni gapirmang.Hali Inshaalloh hammasi yahshi bo'ladi. Eringizni ishlari ham yahshi bo'ladi.Farzandigizni bag'ringizga bosib tushib ketasiz bu yerdan. Hali bunchalik yahsiligingiz uchun Alloh taolo sizga ikki dunyo bahtini ato qiladi, Inshaalloh.
Opam jilmayib qo'ydi,lekin bu jilmayishida esa faqat mung bor edi. Uni ko'zlarini o'sh kuni ohirgi marta ko'rayotganimni, so'zlarini ohirgi marta eshitayotganimni bilsam edi.Endi uni boshqa hech qachon ko'rolmasligimni bilganimda edi. Uning bu so'zlaridan biror narsani anglaganimda edi. Anglaganimda nima bo'alrdi? Allohning hukmini menqaytara olarmidim. Biz g'ofil bandamiz, bunday narsalarni bilishga aqlimiz yetmaydi.
O'sha kuni uyga opamni oldidan juda hafa holda keldim. To'y ham +tatimadi. Hayolimda faqat opam va uning aytgan so'zlari edi. Allohdan yahshilikni berishni duo qilardim. Lekin bu duolarim ijobat bo'lmadi.  Meni turmush o'rtog'imni otalari yoshliklarida vafot etgan, onalari esa boshqa turmushga chiqqan edilar. Shuning uchun meni alohida hovliga kelin qilib tushirishdi. Uyda ikkimiz yolg'iz qoldik. To'yimizni ikkinchi kuyoq hammalari ketishdi. Kelinligimni uchunchi kuni kechqurun ho'jayinim ishdan keldida ovqatlanib bo'lgach, opangizni ko'zi yoribdi, qiz ko'ribdi, jiyan muborak bo'lsin, dedi. Hursand bo'lib ketdim. Yig'ladim, Allohga shukr qildim.
Ho'jayinimdan:"Siz qachon bildingiz?"dedim.
- To'y kuni kechqurun opangizni eri kelibdi, og'aynilari hotining kasalhonada deb chaqirishibdi. Mendan so'rab kelishdi, men pul nima bo'lgan bo'lsa ham mayli, kelsin hotinini oldida turishi kerakku, degandim. Shuni aytishibdi, keyin kelibdi, ko'zi yoriganini kunduzi eshitdim.
Men o'zimda yo'q hursand edim. Shu orada hufton namozini vaqti kirdi. Vitr namozini o'qiyotganimda, ohirgi qa'dada alovatni o'qib turib, birdan yuragim tez-tez ura boshladi. Ko'zimga hamma joy qorong'u bo'lib ko'rindi. Yuragimni vahima bosdi. Shunda hayolimga o'lim keldi. Birdan hayolimga opamni tuqqan bolasi quynalgan bo'lsachi, o'lib qolgan bo'lsachi, degan fikr keldi. O'z hayolimdan o'zim qo'rqib ketdim. "Astag'firullloh" dedimda, Allohga duo qildim.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 09 Noyabr 2006, 11:54:18
Shunday qilib o'sha tun ham hursandchilikdan ham havotirdan uyqusiz o'tdi. Tong otdi. Nonushtadan keyin ho'jayinim:"Siz tayyorgarlik ko'rib turing, men mashinaga bezin quyib kelama. Keyin kasalhonaga borib, opangizni ko'rib kelamiz",-dedilar. Men ho'p dedimda uyda qoldim. Ho'jayinim chiqqib ketganiga uncha ko'p bo'lmasidan eshik taqqiladi. Hayron bo'ldim, bunchalik tez qaytmasdilarku, deya o'yladim. Borib eshikni ochdim. Qarshimda tug'ilib katta bo'lgan mahallamizdagi qo'shnimiz turardi. Uni ko'rib hayron qoldim. Nima uchun keldi,degan fikr o'tdi. Borib salomlashdim. Hayron bo'lib turganimni ko'rib:
- kecha opangni ko'zi yoridi ,dedi.
- Ha, bildim, kechqurun ho'jayinim aytdilar.
- Ha, tug'ishda qiynalmadi,lekin keyin ahvoli og'irlashib qolibdi. Doktorlar saqlab qolisholmadi, umri shu ekan,- desa bo'ladimi. Meni esa boshimga tog'qulagandek bo'ldi. Shunda ham kechasi huftonda hayolimga kelgan fikrni o'yladimda:
- Bolasimi?O'zi yahshimi?
- Yo'q bolasi yahshi...o'zi... opang...
Ko'zim hech narsani ko'rmadi. Hech narsani idrok qila olmadim. Qanday qilib uydan chiqqanman, qanday qilib uyga yetib kelganman bilmayman. Ho'jayinimni kutish hayolimga ham kelmagan, uyni berkitish ham hayolimga kelmagan ekan.
Uyga bordim. Opamni o'zimizni uyimizga olib kelishganini aytishdi. Mahallamiz ko'chlarida yurib borar ekanman ko'zim hech narsani ko'rmasdi.Oldimdan kimlar chiqdi bilmayman. Hovlimizga kirar ekanman,birinchi ko'zim tushgan kishim onam bo'ldi. Onamni ko'rdimu bag'riga otildim. Uni bag'riga boshimni qo'yar ekanman o'zimni yo'qotdim. Onamni ovozini sal eslayman. Ko'zimni ochsam boshimda onam va ho'jayinim turardi. Onam yig'lar, ho'jayinim bo'lsa og'zimga suv tutardi. Ko'zimni ochganim ko'rib onam:
- Bolam, meni qo'rqitma, bittangniki yetadi,-deya yig'ladi.
Ho'jayinim onamga qaradi. Onam honadan chiqib ketdi. Ho'jayinim bo'lsa meni ko'zimga tik qarab:
- Bu Allohni ishi, Alloh shuni hohlagan. Umri shu qadar ekan. Biz hech narsa qilolmaymiz.Qo'limizda duodan boshqa hech narsa kelmaydi. Siz onangizga mador bo'lishingiz lozim. Siz bunday qilsangiz onangiz battar qiynaladi.O'zingiz qo'ga oling, o'zingiz tushungan ayolsizku, Allohga shukr qiling,-dedilar.
Shu gaplarni aytib chiqib ketdilar. Men honada yolgi'z qoldim Ko'z oldiimda opam, tilimda "Alhamdulillah", ko'zlarimda esa yosh. Yoshlarim yuzimni yuvdi. Agar ovoz chiqarib gunoh bo'lmaganida edi, butun olamni buzib dod solgim kelardi.Lekin buni iloji yo'q....
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 09 Noyabr 2006, 12:19:45
Opamni ko'rdim.U o'lganga ham o'hshamsdi. Jilmayib uhlab yotganga o'hshardi. Uni oldidan hech chiqib keta olmadim. Vaqt o'tib ketayapti, uni joyiga qo'yib kelish kerak, deyishdi. Chiqib ketdm. Ro'paramda esa eri turardi. Uni yuziga tupurgim keldi. Opamni shunchalik qiynagani, havotirga qo'ygani uchun undan shunday nafratlanardimki, buni cheki yo'q edi. Alloh meni kechirsin.
Shunday qilib meni jndan aziz opajonimni, bu hayotda hech narsa ko'rmagan, niyatlariga yeta olmagan, olti yil kutgan farzandini faqatgina bir martagina bag'riga bosgan opajonimni qaro yer bag'riga qo'yishdi.Alloh taolo qabrlarini nurga to'ldirsin. Bu hayotdagi ko'rgan qiyinchiliklarini evaziga u dunyo rohatlarini nasib qilsin.
Opamni o'limiga chora yo'q. Allohning qadari. Bunga qarshilik qilish esa gunohi azim.
Opamni yerga qo'yilganini uchinchi kuni ertalab eri keldi. U uyga kirar ekan, ko'zim uni oyog'idagi tufliga tuhsdi. Ko'zimdan o't chiqb ketdi. Bu o'sha, opamni hech narsasiz qoldirib, uni o'rniga kiyish uchun olingan tufli edi. Uni ostonaga yechib kirib ketdi. u otam va ho'jayinim bilan birg o'tirishar edi. Men esa onam bilan birga edim. O'sha tuflini qo'limga olib oldiga olib kirib otib yuborgim kelardi. Agar o'shanda onam ushlab qolmaganida shu ishni qilarmidim, bilmayman.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 09 Noyabr 2006, 12:46:17
Opamni qizi hozir sakkiz yoshda,bizga opamdan yodgor. Opam hohlagandek menga juda o'hshaydi. Uni tili chiqib birinchi marta "Ona" degan s'o'zni aytganini hali hali unutolamyman. Qizini onam boqdilar ko'z qorachig'idek avaylab o'stirdilar.Bir kuni ho'jayinim bilan onamni ko'rish uchun borganimizda onam jiyanimni olib keldilarda:"Uni tili chiqa boshladi, ona deyapti,lekin uni onasi yo'q. O'g'lim agar siz qarshi bo'lmasangiz,Nargizni ona desa. Ona degan so'zni aytolmasdan bolam bechora armonda o'tmasin",-dedilar. Ho'jayinim, buni mendan so'ramasangiz ham bo'ladi. Albatta bu bizga o'z bolamizdek, biz esa unga ota-ona bo'lishga harakat qilamiz,-dedilar.
Shunday qilib jiyanim meni ona, deya katta bo'ldi. Hozir o'zimni bolalarim bor. Ular ba'zida opam nega biz bilan yashamaydi, deb so'rashadi. Men ham adasi ham ularga, buvingiz yolg'iz bo'lgani uchun uni buvingizga berganmiz,deymiz. Allohni qudratini qarangki, bolalarim ham jiyanimni men opamni yahshi ko'rgandek yahshi ko'rishadi. Agarda adasi ularga biror narsa olib keladigan bo'lsa,opamgachi unga ham oliamzimi, deya so'rashadi.
O'zini otasi esa oldinlari bir haftada, keyinchalik bir oyda keladigan bo'ldi. Hozir esa mana bir necha yildirki kelmaydi. Jiyanim ham oldin ko'rb turganida dadam, deya eslardi. Hozir esa umuman eslamaydi. Meni ho'jayimni dada deyishni boshlaganiga esa hali ko'p bo'lmadi. O'zini dadasini hozir oilasi bor. Opamdan keyin bir ayolga uylandi. u bilan turmushi bo'lmadi. Ozoda emasligi bahona bo'lib ajrashdi. Undan keyin yana bir ayolga, bir qizi bor ayolga uylandi. Unda yaqinda bir o'g'il ko'rdi. Onam ba'zida kelmaydi deya hafa bo'ladilar. Men bo'lsa ularga:"Nima qiladi kelib,endi uni hotini bor, qizi bor, o'gli bor. Unga endi hech narsa kerak emas",deyman. To'g'risi ham shu Vijdoni shu ishni qabil qilganidan keyin biz nima ham qila olardik. Aslida uni kelishi onamni qiynaydi. Uni ko'rib dardlari yangilanadi. Jiyanimni hech narsaga muhtoj qilmay o'stirdik,lekin shunda ham onam becgora o'zini otasida deb o'ylasalar kerakda.
Jiyanim har safar meni ona deya quchganida yuraklarim yonib ketadi. Yig'lagim keladi. Unga namoz o'qishni, Qur'on tilovat qilishni o'rgatdim. Duolaringda meni opam bo'lgan shuni haqqiga ham duo qilgin deya o'rgatdim. Qur'on o'qiganingda uni savobidan meni opamga ham yuborgin, jannatiy qlishini Allohdan so'ragin deyman. Hozircha bu opam unimonasi bo'laganligini aytolmayman,lekin bir kuni kelib buni bilishi kerak deb o'ylayman. Ham shunday deb o'ylayman, ham shu kundan qo'rqaman. Uni holi buni bilganidan keyin nima bo'ladi deya o'ylayman.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Munira xonim 09 Noyabr 2006, 12:58:11
Mana aziz birodarim, meni eng buyuk armonim bialn tanishdingzi. Aslida bu o'lim hammamizni boshimizda bor. Men bu narsaga noshukrchilik qiliayotganim yo'q. Bu narsaga ko'nikish men uchun juda qiyin bo'lsa ham Alloh sabr berdi. Ko'nikdim. Lekin men bir narsaga o'shandoq yahsh, mehnatkash, sabrli opamni qadriga eytishmaganidan kuyaman. Uni niyatlarini amalga oshira olishmaganidan kuyaman. Mayli, Alloh unga shunday taqdirni nasib qilgan ekan. Endi uni joyini Jannatdan qilishini so'rab duo qilishdan boshqa narsa kelmaydi, qo'limizdan.
Men buni yigit-qizlarimizga o'rnak bo'lishi uchun, biroz foydasi bo'lsin, deya yozdim. Erkaklarimiz har qnday holda ham o'z vazifalarini unutmaslilari,o'z ayollariga qo'ldan keganicha yahshilik qilishlari lozim. Agar yahhsi pul topa olishmasa ham yahshi so'z bilan ayollarini ko'nglini ko'tarishlari, unga dalda bo'lishlari lozim.
Sizlardan bir o'tinchim bor. Duolaringizda meni opamjonimni ham eslab, bir marta bo'lsa ham duo qlib qo'ying. Menga esa Allohdan sabr tilab duo qiling.Sizlarni vaqtingizni olgan bo'lsam sizlardan uzr so'rayman.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: SHahinur 06 May 2007, 03:24:12
Assalomu alaykum Nargiza opa hikoyalariz judayam tasirli ekan uqib yiglavordim,sizga ota-onezlaga Allohim uzi sabr bersin.
Yaqin insonini yoqotish judayam ogir bulsa ham sabr qiling.Opezlani shuncha qiyinchilik kurib hammasiga sabr qilganliklarini ajrini Insha Alloh u dunyoda oladilar Ilohim joylari jannatdan bulsin,qizlari aqilli muslima iymonli eng bahtli qizladan bulib opezlaga jiyanizni boqvotgan onajonizlaga yahshi gapla keltiradigan shuni tuqqan onasiga rahmat diydigan gaplani obkeladigan qiz bulib voyaga etsinla.

1-hikoyezdigi opani sabrlariga qoyil qolmaslikni iloji yoq,utgan hamma qayguli kunlarini unutsinla hozir bahtli ekanliklaridan hursanman bahtlari abadiy bosin korgan qiyinchiliklarini farzandlarini rohatini kamolini korish evaziga unutvorsinla,opani uzlari etganlaridek kimgadir qattu mehr berib yahshi korib bolmasligi juda togri kimgadir qattu boglansen Allohni qahri keladi dib eshitgandim shuning uchun ham hamma narsa meyorida bogani yahshi,ular ham iloyim farzandlarini rohatini bahtini korib bahtli bulib usha vaqtda korgan qiyinchiliklari evaziga endi bu yogiga faqat yahshiliklar korib yashasinlar bahtli bosinla.
Faqat va faqat sabr.
Nom: Re: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Abdulholiq 09 Iyul 2007, 20:41:53
Nargiza opa,bir narsa deyishga ham til ojiz.Shunday fazilatli ayollar ham bo'ladimi?!
Nom: Javob: Armonli yillar hotirasi.
Yuborildi: Muxsiya 13 Mart 2013, 15:02:26
lekin bu fazilatlar vaqti kelsa insonning o'ziga jabr bo'ladiku inson o'z qadriniyam bilishi kerak