forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:22:50

Nom: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:22:50
Noza:

Assalomu alaykum azizlar!

Bu mavzuni ochishimizdan maqsad oiladagi turli hil muammolar, ularni qanday, qay tarzda hal qilish, oiladagi ota-ona, qarindoshlar bilan muammolarni hal qilish, ularni hal qilishda maslahat olmoqchi bo'lgan insonlarga yordamdir.

Eslatma: Bu mavzuda siz o'z nomingiz bilan kirishingiz shart emas. Faqatgina sizni qaynayotgan oilaviy masala haqida yozsangiz , biz sizga yordam berishga harakat qilamiz.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:23:00
Shoir:

Wa alaykum assalom Noza!

Juda yaxsjhi mavzu ochibsiz. Men boshlab bersam. Masalan, bizning 2 ta eshik narida bir qo'shnimiz bor. Shu doim ichib kelib, uydagilari bilan urushadi. Hatto biznikigacha urushlari eshitilib turadi. Uylarida sinmagan bironta idish qolmadi, shekilli.

Ichmagan paytda gaplashsangiz, haligi qo'shnimizni umuman, unaqa deb o'ylamaysiz. Lekin ichib olsa sher bo'lib ketadi. Hech kimni tanimaydi. Uni 2-3 ta ulfatlari aynitgan.

O'sha akaga necha marta aytishdi, qishloqdagilar kelib masalahat berishdi, lekin kor qilmayapti. haliyam kechqurun tincjhlik yoq.

Nima qilsa bo'ladi?
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:23:16
Feruza;

Assalomu alaykum.
Hayotda bunaqa voqealar ko'pla uchraydi, lekin achingan kishi bo'lib indamay qo'ya qolamiz. Menimcha faqat gap nasihatlarning foydasi yo'q. Amaliy biror narsa qilish kerak. Masalan, davolatish choralari. lekin bizda hamma bundan qochadi, or qiladi. Bilmadim bunaqada nima bo'ladi?
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:23:27
AbdulAziz:

Judayam aktual muammoni ko'taribsiz.
Shaytonning suvi bo'lgan bu jirkanch suyuqlik necha-necha kishilarning boshini yegan.

Avvalo ularga bir ruhiy taskin deymizmi, zarba deymizmi, bo'lmasa bu yo'ldan qaytishlari amri mahol. Chunki o'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas.
   
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:23:42
Shoir:

Ha, bu insonga kuchli turtki yetishmayapti shekilli. Bi kuni o'g'li otasini ko'chada ichib yumalab qolganini ko'ribdi. Keyin o'g'il otasiga qarata:
- Sizdek otadan aslida hazar qilish keragu, lekin yaxshi ko'raman-da sizni, debdi.
Otasi birdaniga o'ziga kelib, o'shanda ichishni umuman tashlayman, degan ekan.

Bilmadim, keyin, yana o'sha yaramas ulfatlari bilan bir bo'lib, shaytonga malay bo'ldi...
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:23:54
Noza:

Assalomu alaykum!
Ichkilik albatta juda yomon narsa.
Mani ham eng yomon ko’rganim bu ichgan odam.
Inson ichmaganida qanchalar yahshi bo’lmasin, qanchalar aqilli inson bo’lmasin ichganidan keyin u hatto hayvonga ham teng kelmasa kerak.

Mani ham bir tanishimda huddi shunaqa.
Otasi ichadi. Ichganda ham shu darajada me’yorini bilmaydiki hatto uhlamaydi ham, ovqat esa ovqatga to’ymi qoladi ASTAG’FIRLOH !!!
U ham mayli o’zi uhlamaganiga yarasha hammani uhlatmaslikka harakat qiladi.
Baqirib gapiradi gapga tushunmaydiyu, o’zicha aqillikchilik qiladi.
Ayoli ham bezor u insondan.
Farzandlari esa bunaqa otadan allaqachon kechvorgan.
Birga yashasalarda umuman ko’rishga ko’zlari yoq.
Otani otalik hatto odamlik qadrlari ham qolmagan!!!
U insonni necha marta davolatishdi ham.
Ollohdan insof so’rashadi har doim lekin hech o’zgarish yoq.
Bunaqa insonlar allaqachon o’z qadrlarini yoqotganlar.
Farzandalri ularni odam o’rnida ko’rmidiyu, boshqalarni gapirmasa ham bo’ladi.
Yana bir gap. Ichgan odam umuman hudbin bo’b qolar ekan.
Faqat o’zini o’ylaydi.
Ichvoganidan keyin esa, nimagadur o’zini dunyodagi eng baxtsiz insonman deb atidi.
Omadsizman didi, gunohlarim ko’p didyu, ichgani uchun Ollohdan qo’rqmidi.
Ollohim insof bersin iloyim bundaylarga!
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:24:04
Noza:

Manimcha bu insonni biron bir joyi shu ichgan aroqi uchun shikastlansa, yoki kasal bob yotib qolmagunicha ichkilikni tashlamasa kerak.
Lekin bu insonga insof kegunicha qanchadan qancha odamlarni asabi buziladi.
Bilasiz yosh bolalar juda ta'sirli bo'ladilar.
Farzandlari kelajagiga bu juda qattiq ta'sir qilishi mumkin.
Ayniqsa bizni o'zbekchilikda ota onasini kimligini surishtirib keyin qiz yoki o'g'il uylaydilar.
Bu borada farzandlarini o'ylasalar bo'laridi.
U ham mayli, lekin agar farzandlari asablariga bu ta'sir qilsa kelajakda farzand ruhan kuchsiz insonbob qolishi mumkin. Farzandda nafrat uyg'onishi mumkin. Bu esa albatta noxush holatlarni olib keladi...
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:24:35
AbdulAziz:

Otani tark etib yaxshi ish qilishmabdi. Nima bo'lganda ham , kim bo'lganda ham u - OTA! Pushti panohidan farzandni dunyoga keltirgan. Unga baribir mehribonchilkni qilaverish kerak. Insofga chaqiraverish kerak.

Eng asosiysi, farzand duo qilishi kerak. Allohdan otasiga insof tilayverishi kerak. Zora, bir kun duolari tufayli ota yaxshi yo'lga qaytsa. Lekin tark etmaslik kerak.

Bir hikoyat keltiraman. Yaxshilab o'qib chiqinglar.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:24:43
... Bir kuni Muso alayhissalom Allohga nola qilib, mening jannatdagi qo`shilarim haqida xabar ber debdilar. Alloh taolo Muso (as)ning nolalarini qabul qilib bu dunyodayoq u kishining jannatdagi qo`shnilari haqida bildiribdi.
Birinchi qo‘shnilarini qidirib, bir mahallaga boribdilar. Bir qassob bor ekan. O`sha qassobning huzuriga borib, "Meni Alloh yo‘lida mehmon qiling" debdilar. Qassob qabul qilibdi va do`koniga olib kiribdi. Muso a.s. do`konda o`tirar, qassob esa unga parvo ham qilmasdi. Oxiri kech bo`lib, qassob savdonmi tugatdi. Bu yerda Muso a.s. taajjubda edilar: Nahotki, mening jannatdagi qo`shnim shu bo`lsa? Keyin haligi qassob Muso a.s. ni uyiga olib ketibdi. Uyga kirishibdi. Birozdan so`ng qassob qo`lida kichkinagina kosada go`shtmi, nimadir olib kepti-da, Muso a.s. ning oldilariga qo`ymasdan, burchakka borib, tepadagi savatdan qushmi, qandaydir maxluqni olib, unga chaynab beribdi. Muso a.s. tutoqib ketdilar:
— Birodar, men sizning uyingizga mehmon bo`lib kelsam-u, mehmonga hurmat shumi? Qandaydir maxluqqa luqma yedirgandan mehmonga yedirgan afzal emasmi? Hali ham do`konizda meni qabul qizdiz-u, menga qaramay o`zizi dunyo ishiz bilan shug`ullanaverdingiz. Allohning mehmoniga hurmat shumi?
Qassob biroz biroz hijolat bo`pti-da, izohlashga tushibdi:
— Birodarim, mendan aslo xafa bo`lmang, agar hali men do`konimda siz bilan ovora bo`lib go`shga qaramasam, ko`rdingiz kun juda ham issiq edi, go`sht achib qolishi, mening savdom harom bo`lishi mumkin edi. Odamlarga men sifatli va halol go`sht sotib tirikchilik qilaman. Siz bilan gaplashib qolib ketsam odamlar mendan ranjishi mumkin edi. Shuning uchun avvalo halol rizq topishga harakat qildim... Siz maxluqmi, qushmi deb ataganingiz aslida mening - onam. Qarib shu holda kichrayib qolganlar. Bir paytlar men ham shundayin kichkina, holsiz, majolsiz edim. Onam meni odam qildi. Endi nimaga men ham onam shunday muhtoj bo`lgan paytda unga qaramasligim kerak. Men ham yosh bola edim. Na yeyishni bilardim, na chaynashni... Shunda onam menga chaynab beradilar. Hozir men ham onamga chaynab berdim. Qarang ular meni duo qilyaptilar: "Jannatda Muso a.s. bilan birga bo`lgin deyaptilar"...
— Allohu akbar. Birodarim men o`sha Muso bo`laman. Onangizning duosi qabul bo`ldi. Mening jannatdagi qoshnim shundayin olijanob kishi ekanligidan faxrlanaman!..

Muso a.s. ikkinchi qo`shnilarini axtarib, bir mahallaga boribdilar. Odamlardan falonchi odam kim deb so`rasalar, hamma u odamdan ijirg`anarmish. Oxiri topibdilar. Borib ey falonchi debdilar. Uy egasi Muso alayhissalomga bir qarabdi-yu, eshikni yopib qo`yibdi. Muso a.s. "Ey birodar, meni Alloh yo`lida mehmon qiling" debdilar. Hali odam nochor uyiga taklif qilibdi. Ichkariga kiribdilar. O`tiribdilar. Haligi odam hadeb chiqarmish-da, qo`lida jun, nohush hid bilan kirib-chiqib yurardi. Muso a.s. hayron edilar: nahot jannatdagi qo`shnim shu bo`lsa? Oxiri tutoqib ketib so`rabdilar:
— Ey, birodar, men sizning uyingizga mehjmon bo`lib kelsam-u, siz o`zingizning ishingiz bilan mashg`ulsiz. Bir sassiq junni ko`tarib, kirasiz-chiqasiz... Mehmonga hurmat shumi?
— Birodarim, mayli, siz mehmon bo`lganiz uchun, bir sirni sizga oshkor qilaman. Yuring tashqariga chiqamiz.
Muso a.s. bilan hali uy egasi tashqariga chiqb, bir xonaga kirishdi. Xona o`ta nohush hidli, xona o`rtasida bir to`ng`iz turardi. Uy egasi asta sekin to`ng`zining oldiga bordi-da, to`ng`izni qashiy boshladi, oyoqlarini uqalay boshladi, unga taom tutdi. To`ng`izga judayam mehribonlik ko`rsatdi. Shunda uy egasi tushuntirdi:
— Birodarim, mana shu to`ng`iz holiga kelib qolgan maxluq aslida mening - otam. Alloh uni shu kuyga soldi. Lekin baribir u meni otam. Qachonlardir bizning ham qo`limizdan hech narsa kelmasdi. mana shu otam menga mehribonchilik qilgandi. Kasal bo`lganimizda bizning oyoqlarimizni uqalagan, doimo mehribonchilik ko`rsatgan edi. Uning badani doim qichishadi, shuning uchun men uning badanini qashiyman. Ana qarang, uning ko`zidan yosh oqmoqda. U meni duo qilyapti: Iloyim, jannatda Muso bilan qo`shni bo`lgin!!!"
Muso alayhissalaom hayratdan qotib qolibdilar va:
— Alloh o`zing buyuksan! Xushxabarlar bo`lsin, otangizning duolarini Allohim qabul qildi. Siz jannatda men bilan qo`shni bolasiz. Men Muso alayhissalom bo`laman...
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:25:22
Noza:

Ular otani tark etishmagan.
Bunga ilojlari imkonlari ham yoq.
Otasi qaerda bo'lmasin topib boradi...
Ular hali ham birga yashashadi lekin otalarini ko'rishga ko'zlari yoq.
Gap shundaki ota qarzga botgan, ayoli esa uni o'sha vaqtda ham tashlab ketmadi, unga dalda bo'ldi, birga ishlab qarzlarni to'laymiz dedi.
Ular hozir boshqa davlatda pul topish ilinjida.
Uni ustiga hozir farzandlarini ham olib ketishgan.
Farzandlari ham yosh bo'lishiga qaramay ishlashadi.
Lekin ota buni tushunmadi.
Man kotta hatto qildim digan bahonada ichaveradi, ichaveradi...
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:25:40
Shoir;

Ee, bunaqa holatlar juda ko'p bo'lgan, 3-4 marta bolnitsada ham yotib chiqdi. Lekin hech narsa bo'lmagandek o'sha eski yurish...

Abdulaziz aytganlaridek, duo qilaverish kerak...
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:25:51
Noza:

Gaplaringizga qo'shilaman.
Agar bu insonga dard yordam bermagan bo'lsa, Allohdan insof tilashdan o'zga iloj yoq.

Kodirovka degan tushuncha bor ekan ichuvchilar uchun.
Kimdur bu haqida nimadur biladimi?

Mani bir tanishim ukasini kadirovka qilishgan ekan.
Aytishlaricha 3 yilga yoki 5yilga qilinar ekan.
Ukalari shundan so'ng ichishni tashlab yuboribdi.
Hozir namoz o'qirkanlar, juda yahshi bob qolibdilar.
Bu haqida fikrlaringiz qanday?
   
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:26:03
Haromdan ham harom

"œBundan bir necha yillar muqaddam bog’ hovlimizning etagida Ibrohim qori amaki yashardi. U kishi zamonasining mashhur ulamolaridan edi. Adamlarning aytishlaricha, Buhoro madrasalaridan birini bitirgan va ko’p muddat mudarrislik ham qilgan ekan. Qori amakining bog’larida katta hovuz bo’lib, uning labida uch-to’rt kishining quchog’I yetmaydigan qari, sersoya tut daraxti bo’lardi. Amaki tut soyasida sholcha ustidagi ko’rpachada Qur’on tilovat qilar yoki kitob ko’rib o’tirar edi. Soqoli ko’ksiga tushar, oppoq liboslari mo’ysafidni farishtali qilib ko’rsatar edi. Biz bolalar devor orqasida kuzatishni yaxshi ko’rara edik. Har xil savollarning yechimini so’rab kelib-ketuvchilar ko’p edi.
Birda mahallaning ikki sho’x yigiti qori amakidan cho’chib, "œsan kir- san kir" lab kelib qolishibdi. Amaki, nima gap, deb nazar solibdi.
-Qori aka, uzr, ming bor uzr. Uyat bo’lsa ham, bir narsani so’ragani kelgan edik, - deb gap boshlashibdi yigitlar.
-Xosh nima gap ekan?
-Shu desangiz, shu desangiz, ichadigan anu-vi"¦arog’imiz hojatxonaga tushib ketgan edi, amallab tortib oldik. Endi shuni ichsa bo’ladimi, yoqmi?
Ibrohim qori amaki o’rinlaridan turib ketdilar.
-Ho’, yaramaslar, nima uning qopqogi yoqmidi?
-Bor edi, taqsir, hali uni ochmagan edik.
-Hojatxonaga to’kilmadimi?
-Yoq, taqsir, ha, aniq to’kilmadi!
-Xayriyat-e, buningdan bir tomchisi to’kilsa, hojatxonani harom qilardi va uni ko’mib tashlashga to’g’ri kelardi, - deb ularni haydab yubordilar Ibrohim amaki".

Omonulloh Mutal.
Musulmonlar Taqvim kitobi.
2000 yil.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:26:32
AbdulAziz:

Alloh insof bersa hech gap emas, bir kundayoq bu darddan qutulish mumkin.

Bir ichuvchi akaning hidoytaga kelishiga o'g'li sababchi bo'lgan ekan.
O'sha aka ichvolib, hech kimni tanimas ekan. Bir kuni onasini urayotganda (astag'firulloh) kichkina o'g'li kelib qolibdi.
- Qoch, bu yerdan, - deb o'g'lini haydashga urinsa ham u ketmabdi. Keyin o'g'li dadasidan so'rabdi:
- Dada, siz ichasiz-a?
- Ha, nimeydi?
- Manam kotta bo'sam ichaman-a?
- Nima?
- Manam ichvolib, sizi, oyimni uraman-a?
- Nima deyapsan, ey...
Mana shu gapdan keyin akaxon o'ziga kelib, onasining oyog'ini o'pib, endi umuman ichmaslikka qasam ichgan ekan. Shu o'g'li turtki bo'lib, ichishni tashlab, hidoyat yo'liga kirgan ekan.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:26:46
Assalom;

Yana qanaqa muammolar bor.

O'zbek oilasi uchun "qora dog`" bo'lib yoziladigan muammolardan biri - xiyonatdir!

Siz bunga qanday munosabatdasiz?
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:26:58
Shoir:

Xiyonat bu - kechirilmas gunohi azim!

Xiyonat bu - baxtsizlik kaliti.

Xiyonat bu - hayosizlik belgisi.

Xiyonat bu - oilani yemiradigan balo.

Xiyonat bu - muhabbatning kushandasi.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:27:10
Noza:

Xiyonat...

Nafaqat oila, balki oddiy bir tanishimiz orqali bizga nisbatan xiyonat qilinsa bu juda qattiq botadi.
Lekin oiladagi xiyonat...
Buni inson hatto o'ylashni ham hohlamaydi.
Hozir ayrim insonlar Ollohdan qo'rqish, oxiratni o'ylash, dinimizga amal qilgan holda hayot kechirishni umuman unitib qo'yishgan.
Nahot ular ertalarini o'ylashmasa?!
Albatta xiyonatni kechirish qiyin, ayrimlar uchun buni iloji ham yoq.
Man ham o'zimga har doim etaman xiyonatni va sotqinlikni hech qachon kechirmiman deb.
Lekin Allohim kechirimli bandalarini suyadi.
Xiyonatkor insonni kechirishimiz yoki kechirmasligimiz o'zimizga havola.
Faqatgina o'sha insonga xiyonatni qanchalar katta gunohligini tushintirishimiz bu bizning vazifamiz!!!
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:27:22
assalom;

Gaplarizga qo'shilaman, Noza!
Manimcha xiyonat kechirib bo'lmas gunoh.
Chunki oila juda muqaddas dargoh. Uyidagi ma'suma, go'zal ayoli turib, boshqalar bilan "yuradigan", aysh-ishrat qiladigan erkaklar va aksincha ayollar ham hozirgi jamiyatimizda juda ko'p topiladi.
Ba'zilarning ta'rificha, bu "moda"mish.
Bunaqa modalar ko'payib ketsa, oila qayerda qoladi? Iymon qatta qoladi?

Uzr savol uchun, masalan, tasavvur qiling (iloyim, unday bo'lmasin) turmush o'rtog'ingiz sizga xiyonat qildi. Bolalaringizning otasini kechira olarmidingiz? U o'z aybiga iqror bo'lsa-chi? Tavba qilsa-chi?
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:27:32
Noza:

Avvalo Allohim o'zi asrasin bunday holdan.
Har hil odamlar bor, qilar ishni qiladilar, aybilariga ham iqror bo'ladilar, o'zlaricha "tavba" ham qiladilar, lekin ertaga, o'sha ishlarini yana davom ettiradilar. Manimcha bunday insonlarni kechirish hech ham o'rinli emas.

Avvalo agar inson imonli, diyonatli bo'lsa u hiyonat haqida hatto o'ylamaydi ham.
Inson albatta adashishi mumkin.
Agar u haqiqatda ham adashganini tan olib tavba qilsa uni kechirish kerak.

Bir kuni Iso alayhisallom oldilariga bir ayolni olib kelishdi. Ayolni turmush o’rtog’iga hiyonatda ayblashdi. Odamlar u ayolni zinokorlikda ayblashdi, turtkilashdi va ayolni tosh bo’ron qilishlikni talab qilishdi.
Shunda Iso alayhisalloh dedilar: "œAgar kimda kim mening umuman gunohim yoq, umuman begunohman desa, o’rtaga chiqsin va osha odam birinchi bo’lib shu ayolga tosh otsin!"
Hamma jim bo’lib qoldi"¦
Buni Amerikaning "œIsus Hristos" haqidagi filmida ilk marotaba ko’rganidim"¦

Inson o’zini o’sha vaziyatga qo’yishi juda qiyin.
Man hatto tasavurimga ham buni keltira olmiman.
Manimcha kechira olmasam kerak.
Uni ustiga o’ta rashkchiman.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:27:44
Maknuna:

Assalomu alaykum!

Xiyonat -kechirib bo'lmas gunoh. Ayniqsa, oilali insonlarning xiyonatini umuman kechirib bo'lmaydi.
Shuning uchun ham Islom dinida xiyonat qilgan erkak va ayolni toshbo'ron qilishga hukm qilinadi?
Nima uchun?
Bu holatni ko'rib boshqalar ibrat olsinlar deb. Ibrat olmaganlar esa yana o'sha eski yo'llarida yuraveradilar.

Xiyonat qilishga yetaklaydigan yo'llardan avvalo ehtiyot bo'lish kerak.
Aqlli insonlar xiyonatning atrofidan ham o'tmaydilar.

Savol: Nima sababdan xiyonat qiladilar?
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:27:54
Noza:

Assalomu alaykum!

Nima sababdan xiyonat qiladilar?

Manimcha inson ikkinchi bir insondan "o'ziga yetarlicha" ya'ni o'zi hohlagan darajada baxt topa olmasa.
Uni boshqalardan qidiradi...

Kelinlar savolni sal boshqacharoq bersak ya'ni:
1. Erkaklar nima sabab bilan o'z ayollariga xiyonat qilishlari mumkin?

2. Va ayollar nima sababdan turmush o'rtog'lariga xiyonat qiladilar?
   
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:28:05
Maknuna:

1. Agar ayolidan ko'ngli to'lmasa. Bu narsaga sabab ayolda ham, erkakda ham bo'lishi mumkin. Ko'proq erkak xiyonat qilishi mumkin. Chunki u ko'chada ko'p yuradi. Xyoli boshqalarga ko'p sochiladi.

2. Bunisiga javob berishim qiyin. Bu juda isnod. Ayol kishi uchun juda sharmandali holat. Nima bo'lganda ham ayol chidashi kerak, erining muhabbatini qozonishi kerak. har qanday holatda ham xiyonatdan yiroq bo'lishi shart!
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:28:15
Noza:

Maknunahon gaplaringizga qo'shilaman.
Ko'proq erkaklar hiyonat qiladilar.
Lekin bunga sabab nimada?
Ko'pchilik ayol kishilar turmushga chiqish deganda uyda o'tirishni, bola chaqa boqish va uy ishlari bilan shug'ullanish deb tushunishadi.
Bunday ayollar o'zlariga e'tibor bermay qo'yadilar.
Ayniqsa yoshligida juda yasanishga qiziqqan ayollar teskari bob qoladilar. Bu albatta turmush o'rtoqlariga salbiy ta'sir qiladi.
Manimcha xiyonatning yana bir sabablaridan biri shudir
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:28:26
Feruza:

Barchangizning fikringizga qo'shilaman.
Nima bo'lganda, ayollar ayolligini yo'qotmasligi va har doimo o'zlariga e'tibor berib yurishlari lozim.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:28:33
Eri uchun bezanmoq:

Ayol yaratilishi jihatidan go’zal bo’lsa-da, bu go’zallikni ziyoda qiluvchi ziynatdan uzoq bo’lmasligi kerak. Avvalo, bu eri oldidagi vazifasidir.

Ummu Laylo dedilar: "œBizga Rasululloh (s.a.v.) bay’at etdik. Bizga bergan buyruqlari orasida shular bor edi: "œ... oyoqlaringizga xina qo’ying, g’usl qilganda sochlaringizni tarang, qo’llaringizga xina qo’ying. Kuchingiz yetsa, kumush bilakuzuk taqing. Kuchingiz yetsa, qayish (uzun ingichka teri — sirim) ishlating, faqat aslo erkaklarga o’xshamang"62 . Payg’ambarimiz (s.a.v.) ayollarni erlari, mahramlari oldida pardoz-andoz qilib, taqinchoqlar taqib orasta yurishdan qaytarmaganlar, aksincha shunga buyurardilar ham. Faqat ayol eri o’lsagina pardoz qila olmas edi. Bu xususda ushbu hadis kelgan. Ummu Atiyya: "œBiz ayollar o’likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, er o’lsagina 4 oyu 10 kun aza tutmoq mumkin edi. Bu muhlat mobaynida na surma, na atir-upa va na yamaniy kiyim kiyar edik" dedilar .

Mashhur arab adabiyotchisi Asmoiy (749/828) naql etadilar: "œCho’lda bir ayolni ko’rdim, qirmizi ko’ylak kiygan, qo’llariga xina qo’ygan. Ayni zamonda qo’lida tasbehi ham bor, buni ko’rib "œtasbeh ne, bu bezak ne", dedim. Ayol: "œMening bir Allohga oid bo’lgan, bir nafsim va bo’sh vaqtimga oid bo’lgan tarafim bor", degan ma’noda she’r aytdi. Bildimki, u eri uchun bezangan yaxshi xotin ekan".

Shuni ham unutmaslik kerakki, agar bir xotin go’zal bo’lsa, bu bilan erini kamsitmasligi, unga g’urur qilmasligi kerak.
Yana Asmoiy sahro sarguzashtlaridan so’zlaydilar:
«Cho’lga chiqdim. U yerda g’oyat go’zal ayolni ko’rdim, eri juda yoqimsiz edi. "œBunga qanday rozi bo’lding?", dedim. Menga shunday dedi: "œJim bunday gapirma, har holda erim, Allohga xush keluvchi bir ish qilgandirki, mukofot sifatida meni unga berdi. Men Alloh rozi bo’lmaydigan bir ish qilgandirmanki, jazo sifatida uni menga bergandir. Alloh rozi bo’lganiga men rozi bo’lmayinmi?". Men jim bo’ldim". Ayollarimiz masalaga shunday yondosha olsalar edi, turmush muammolari osonroq hal etilardi .

"Ayollarga xos masalalar" kitobidan.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:28:46
Noza:

Juda o'rinli hikoya ekan.
Haqiqatda ham ayollarimiz va nafaqat ayollar balki erkakalar ham masalaga shu yo'sinda yondoshganlarida edi, ko'pgina muammolar hal bo'lar edi.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:29:00
Maknuna:

Oilaning yana qanday muammolari bor?

Noza, mavzuga oid mulohazalardan kutib qolamiz
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:29:13
Noza;

Assalomu alaykum forum azolari!

Yana bir oilaviy muammolardan biri bu farzand tarbiyasi.
Ko’p ota onalar o’z farzandlariga tarbiya berishda ikkilanadilar.
Ya’ni ular tarbiyani bolaga ko’cha yoki maktab beradi, shuni o’zi yetarli deb o’ylashadi.
Man shunday qizlarni bilaman. Uyda otalariga, akalariga umuman gapirishga qo’rqishadi. Ota-onalari juda qattiq qo’l. Ular yoq paytlarida qizlar "œko’cha malikasi" ga aylanib qoladilar.
Yana shunday qizlarni bilamanki, ota onalari ularga nisbatan umuman qattiqqo’llik qilishmaydi. Bu qizlar uyda qanday bo’lishsa ko’chada ham shundaylar.

Yigitlarda ham huddi shunaqa.
Ayrim yigitlar ota-onalari oldida bo’lishsa sipogina bob qolishadi.
Ko’chada do’stlari davrasida esa og’zilariga kegan so’zlar bilan so’kib gapirishadi.
Hatto jamoat transportlarida ham kotta-kichik dimasdan so’kib gapirishadi.

Sizlarni fikringizcha bolaga necha yoshdan va qanday tarbiya berish kerak.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:29:25
Nodi;

Albatta farzand tarbiyasi oila uchun juda muhim.

Bolani ona qornidaligidayoq tarbiya qilish kerak. Chunki onaning ruhiy va jismoniy hatti-harakatlari farzandiga o'tadi.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Chustiy 22 Yanvar 2008, 19:11:26
А­ътибор бериб qарасангиз, дунёда xамма мавжудот жуфт-жуфти билан сратилганининг гувоxи бсласиз. Ана шу жуфтлик давомли xаётнинг бир ибтидоси, десак хато бслмас. xайвонот олами: qушлар балиqлар, xатто ссимлик дунёси xамма-xаммаси жуфт-жуфт бслиб xаёт кечиришади. Уларнинг аёлу сркаги фанда шартли рефлекс деб аталувчи ришта орxали бир-бирлари билан бирлашадилар.

Davomi....http://info.islom.uz/content/view/1106/716/ (http://info.islom.uz/content/view/1106/716/)
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Robiya 03 Iyun 2008, 00:17:03
Assalamu alaykum! Bizda hozir shunga amal qilinyaptimi? Ya'ni, qaysi oilada hali farzand tug'ilmasdan turib unga qanday tarbiya berish haqida o'ylanyapti? Bilganlaringizcha fikr bildirsangiz. Atrof-muhit, mahhala-ko'ydan xabardorligingizcha demoqchiman.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Mahdiyah 14 Oktyabr 2009, 11:04:35
Assalamu alaykum birodarlar!

Bugun ertalabdan "œOILA VA JAMIYAT" bo’limida shunga o’xshash mavzu ochmoqchidim, qarasam o’zim ancha oldin shu mavzuni ochganakanman.

Kelilar shu mavzuda oila buzilishi sabablari, uni oldini olish haqida so’z yuritamiz.
Garchi oramizda ko’pchilik oila atalmish dargohga endigina kirayotgan bo’lsa-da, oiladagi turli sharoitlarni, muammolarni hammamiz ko’cha kuydan, qo’ni-qo’shni, atrof-muhitdan bilamiz.

Shu sababdan oilada bo’ladigan turli tuman tushunmovchiliklarni, muammolarni
Va bu bilan kelajakda turli muammolarga qarshi tura olishni o’rganamiz. InshaAlloh

P.S. Siz ham aynan oila buzilishi sabablari va shunga o’xshash maqolalarni shu mavzuda joylashingiz mumkin.

Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Mahdiyah 14 Oktyabr 2009, 11:05:32
Mani fikrim oila buzilishi sabablaridan biri bu — SOHTALIK.
Ya’ni hozirgi vaqtda ko’pchilik yoshlarimiz SOHTALIKka odatlanganlar.
Ko’cha-kuyda, umuman tengdoshlar, boshqalar orasida o’zlarining asl tabiatlarini emas, balki faqat yaxshi taraflarini ko’rsatadilar.

Bir misol qizlarimiz yo yigitlarimiz oila qurishdan avval tanishadilar, gaplashadilar.
Lekin bunda na qiz, na yigit o’zining asl tabiati (xarakterini) ko’rsatmaydi.
Balki faqat yaxshi taraflarini, gohida esa o’zida yo’q jihatlarni ham oshirib ko’rsatadi, yoki gapiradi.
Qizlarda ham ovozlarini muloyim qilib gapirishlari, o’zlariga ko’chaga chiqishdan oldin juda ko’p oro berishlari, har bir savolga o’z fikrlari bilan emas ko’pchilikka ma’qul fikr bilan javob berishlari bularga misol bo’la oladi.

Shunday yo’l bilan oila quriladi.
1 oy"¦ 3 oy"¦ ana borsin 1-2 yil shu SOHTALIK oilada hukmron bo’lar.
Vaqt keladi yigit ham qiz ham bundan charchashadi.
Va asl basharalarini namoyon qiladilar.
Keyin bir-birlarining XAYOLGA SIG’MAGAN GAPLARI"¦ XAYOLGA SIG’MAGAN ODATLARINI bilib bir birlaridan ko’ngil sovishi yuzaga keladi.

Bunda ko’pchilik oilalar (ayniqsa yosh qurilgan oila) buzilib ketadi, Alloh asrasin.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Oktyabr 2009, 07:15:26
Ko’ngildagidek turmush o’rtoq tanlash

Barcha hamdlar Butun Olamlarning Parvardigori, Marhamatli va duolarni qabul qiluvchi bo’lgan Zot, Allohga bo’lsin va bizning eng sevimli Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga, oilasiga va ashoblariga Allohning salomi, saloti va roziligi bo’lsin!
Bizning asrimizda nikoh haqida so’z ketganda musulmonlarni vahima bosadigan bo’lib qoldi; nikohni belgilash, "œeng afzal" juft topish, nikohning moliyaviy og’irligi qancha ekani va shu kabilar hayollarni band qilib qo’yadi. Aslida esa, Islom mana shu muammolarning yechimi bo’lib kelgan. Afsuski, hali ham milliy urf-odatlarimizni Islom bilan aralashtirib kelmoqdamiz. Shuning uchun uylanish erkak kishiga rohat beruvchi, o’ziga tortuvchi amal bo’lish o’rniga eng katta tashvishga aylanib qolmoqda.
Butunlay buzilgan "œerkin hayot kechirish" deb maqtayotganlari g’arb jamiyatida yosh musulmonlar ayollar bilan aralshib yurish, yuzma-yuz bo’lish va to’qnashishga majbur bo’lish kabi sinov va fitnalarga duchor bo’lmoqdalar. U, ko’chada, matbuotda va ish joylarida o’ziga qarata otilayotgan bunday vasvasa, fitnalarga qarshi har doim kurashmog’i kerak bo’ladi. Mana shu holatda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey yigitlar, kim uylanish sarf-xarjatlariga qodir bo’lsa uylansin. Chunki u ko’zni to’suvchiroq olatni saqlovchiroqdir. Kim qodir bo’lmasa ro’za tutsin. Zero ro’za u uchun axtalikdir.» (Ya’ni haromga tushib qolishdan himoyadir)-deb marhamat qilganlar.
Nikoh (uylanish) tog’risida jiddiy o’ylab ko’riladigan bo’lsa, birinchi o’rinda o’zingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak; qanaqa ayolni xohlaysiz? Islomiy va tinch oila barpo qilish uchun ayolning sifatlari qanday bo’lishi kerak va uni siz qanday bilasiz?
Biz Alloh taolo va Uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi va sallamning maslahatlariga amal qilsak faqatgina muvaffaqiyatga erishamiz.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Oktyabr 2009, 07:16:09
Kimga uylanish kerak

Qanday ayolni izlash kerakligi Islomda ochiq-ravshan ko’rsatilgan. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "œAyol kishiga 4 sababdan biri tufayli uylaniladi: Boyligi, nasabi, husni yoki dini uchun. Shunday ekan, sen dindoriga uylanishga harakat qil, baraka topgur"-deb marhamat qilganlar.
Biz qanday juft tanlashimiz kerakligini bu hadis alohida ta’kidlagan. Agar biz ayolga u dindor, soliha bo’lgani uchun emas, balki boshqa xususiyati uchun uylansak, bizning bu nikohimiz achinarli holatlarga olib keladi. Xaqiqatan ham, husn vo jozibadorlikdan yuz o’girish qiyin, ammo chiroy abadiy turadigan narsa emas va u ayolning itoatgo’y va dindor ekanligiga kafolat bera olmaymiz.
Boshqa bir hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "œButun dunyo (insonga) berilgan ne’matdir va dunyo matolarining eng yaxshisi soliha ayoldir",-deb marhamat qilganlar. Тasavvur qiling! Dunyodagi hech bir narsa soliha ayolchalik qadrga ega emas! Rosululloh sollallohu alayhi va sallam eng yaxshi ko’radigan uch narsalaridan biri soliha ayol ekanini ta’kidlaganlar va bu Rosululloh sollallohu alayhi va sallam tomonidan ko’p marta ta’kidlangan. Quyidagi oyat nozil bo’lganda: "œEy iymon keltirganlar! (Ahli kitoblar ichidagi) ulamo va rohiblarning ko’pchiligi odamlarning mollarini nohaqlik bilan yeydilar va (odamlarni) Alloh yo’lidan to’sadilar. Oltin-kumushni kon (maxfiy xazina) qilib olib, ularni Alloh yo’lida sarf qilmaydiganlarga alamli azob "œxushxabar"ini bering! (O’sha oltin-kumushlar) jahannam o’tida qizitilib, ular bilan peshonalari, yonlari va orqalari kuydirilgan kuni: "œBu o’zlaringiz uchun saqlagan xazinangizdir. Saqalagan xazinangiz (mazasi)ni totinglar" (deyiladi)" (Тavba:34-35). Umar roziyallohu anhu Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib bu oyat sahobalarning miyasiga qattiq o’rnashib qolganini bildirdilar. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam xazina qilib yig’iladigan narsalarning eng yaxshisi, qaraganda ko’zni quvontiradigan, sevimli ayol ekanini aytganlar. Umar roziyallohu anhu Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan xazina qilinishi kerak bo’lgan narsalarning eng yaxshisi haqida so’raganlarida, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "œAllohga shukr qiluvchi qalb, Allohni yodda tutuvchi (zikr qiluvchi) til va oxirat ishlarida yordam beruvchi mo’mina ayolga ega bo’lishingiz",-deb javob berganlar. Alloh nazdida soliha ayol qanday qadrga ega ekaniga bir nazar soling! Shunday ayolsiz kishi qanday hayot kechiradi?!
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Oktyabr 2009, 07:23:25
Soliha ayolning sifatlari

Alloh taolo Qur’onda O’zi yaxshi ko’rgan sifatlarni bayon qilib qo’ygan va hadislarda soliha ayolning bir qancha haqiqiy soliha ekanini bildiruvchi sifatlari sanalgan.
Quyidagi oyatlarda soliha ayolning sifatlari berilgan, shuning uchun bu sifatlarni yaxshilab o’rganib bilib oling:
"œPokiza ayollar pokiza erlar uchundir, pokiza erlar pokiza ayollar uchundir" (Nur: 26).
"œ(Ayollar ichida) solihalari — bu (Allohga) itoatli, g’oibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarning sirlari, mulklari va obro’larini saqlovchi)lardir". (Niso: 34).
"œEhtimol Parvardigori - agar u sizlarni taloq qilsa - unga sizlardan yaxshiroq juftlarni - muslima, mo’mina (Alloh va Uning rosuliga) itoat etuvchi, tavba-tazarru qiluvchi, obida (mudom Alloh yo’lida) yuruvchi juvon va qizlarni almashtirib berur». (Тahrim:5) Ahzob surasida Alloh taolo yaxshi ko’rgan sifatlar sanab o’tilgan. Mazkur sifatlar har bir muslim va muslimaga zarur. Shuning uchun qadrli birodarim, juftingizni quyidagi sifatlarga ko’ra tanlang:
—   Muslima;
—   Iymonli (to’g’ri aqidali);
—   Suyukli;
—   Haqgo’y;
—   Sabr-toqatli;
—   Kamtarin;
—   Qo’li ochiq;
—   Ro’zador;
—   Iffatli;
—   Doim Allohga hamd aytish bilan band bo’lgan ayol;
Eng afzal to’rt ayoldan biri Maryam alayhas-salom o’zining diniy sifatlari bilan Allohga suyumli bo’lgan: "œFarishtalar Maryamga: "œEy Maryam, Alloh seni (fazli uchun) tanlab oldi va (yomon ishlardan) pokladi hamda seni butun olam ayollaridan mumtoz etdi. Ey Maryam, Robbingga itoat et sajda qil va ruku’ qiluvchilar bilan birga ruku’ (ya’ni ibodat) qil!"- deganlarini eslang». (Oli Imron: 42-43)
Yana bir ulug’ ayol Fir’avnning ayoli edi: "œAlloh iymon keltirgan zotlar haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi. O’shanda u: "œEy robbim, o’zing men uchun huzuringda — jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va meni zolimlar qavmidan xalos etgin", dedi". (Тahrim:11).

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam o’z ayollarini diniy sifatlari uchun sevganlar. Oisha roziyallohu anho onamiz Zaynab roziyallohu anho onamizning chiroyli sifatlari haqida shunday rivoyat qilganlar: "œRosululloh sollallohu alayhi va sallam nazdilarida men bilan Zaynabning dajalarimiz teng edi. Dinga sodiqlik, solihalik, har doim Allohni yodda tutishlik (zikr qilish), haqgo’ylik, qon-qarindoshlardan xabar olish, sahiylik va hayotiy amallarda (kundalik hayotda) tejamkorlik va ko’p sadaqa berishda Zaynabdan o’tadigan va mana shuning uchun Allohga undan ko’ra yaqinroq bo’lgan ayolni ko’rmadim".
Siz bunday ayolni xozir topib bo’lmaydi deb umidsiz bo’lmang. Islom haqiqat bilan shug’ullanadi  xayolot bilan emas. Komila ayol o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. "œAgar ularni yomon ko’rsangizlar, (bilib qo’yinki,) balkim sizlar yomon ko’rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko’pgina yaxshilik paydo qilur». (Niso: 14).
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Oktyabr 2009, 07:24:20
Uning kim ekanini bilish

Soliha ayolni topishning ikki yo’l bor. Birinchisi: o’zingizning baholay olishingiz. "œNur" surasida, Alloh taolo mo’mina ayollardan "œMo’mina ayollarga ham ayting, ko’zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to’ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar hamda ko’rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni, ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko’rsatmasinlar va ko’kraklarini ro’mollari bilan to’ssinlar" (Nur:31) deb talab qildi. Agar ayolning avratini saqlayotganini, yurish-turishida ochiq emasligini (erkaklar yonida ovozini pasaytirish), go’zalligini yashirishga harakat qiluvchi ekanini sezsangiz, unda bu ayol qimmatbaho sifatlar egasi ekanini bilasiz. Ayolning hayosizlarcha muomala qilayotganini, hijobga e’tiborsiz ekanini, erkaklar bilan bemalol, tortinmasdan gaplashayotganini ko’rsangiz, undan o’zingizni uzoqroq tuting, tezroq uzoqlashing! Aminmanki, uylanganingizdan so’ng xotiningiz o’z sevgisini faqat sizgagina (Alloh va rasuliga bo’lgan muhabbatdan tashqari) bag’ishlashini xohlaysiz, boshqa o’nlab "œeng yaxshi do’slar"iga emas albatta.
Oddiygina baholash bilan uning tabiati to’g’risida umumiy tasavvurga ega bo’lasiz; gaplashayotganda o’zini qanday tutishi, ko’zini qaerga tikayotgani, kiyinishi, vaqtini nimaga sarflashi va boshqalar. Ko’proq eng kuchli tomonlarini izlang va zaif tomonlariga katta e’tibor bermang.
Uning hatti-harakatlarini ta’qib qilish uchun maxsus bir kuzatuvchi qo’yib yoki uning "œyondaftar"larini o’qib undagi o’zingiz xohlagan barcha narsani ko’rishingiz mumkin, ammo ey qadrli birodarim, eng muhimi, hali qalbining qanday va nima qilmoqchi ekanini hech kim bilmaydi. Keyichalik uning badxulq yoki yana ham soliha bo’lib qolishini hech kim bilmaydi! Sizlar bir-biringizga mos ekaningizni va tinch-osuda, baxtli hayot kechirib ketishlaringni hech kim bilmaydi. Faqat va faqat Yolg’iz Alloh biladi.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Oktyabr 2009, 07:26:56
Allohga tavakkul qiling

Biz dinga o’zini bag’ishlagan, odobli, xulqi go’zal ayol qidiramiz. Biroq biz faqat shu bilan o’zimizni (bir-birimizni) nikoh bilan bog’lashga harakat qilsak, muvaffaqiyatga erisha olmasligimiz mumkin. Chunki biz g’oybni bilmaymiz .
Alloh taolo O’ziga tavakkul qilib suyangan bandalarini yaxshi ko’radi. Biz uylanmoqchi bo’lganimizda bu amalimiz Allohga bo’lgan ixlosimizni va Uning cheksiz ilm va hikmatini qay darajada bilishimizni shundoq ko’rsatib beradi.
Islom uy misoliga o’xshaydi. Mening fikrimcha, uyni loysiz ushlab turish mumkin bo’lmaganidek Allohga tavakkulsiz Islom bo’lmaydi.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan sahih hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam asxoblarga ularning hayotlariga ta’sir ko’rsatadigan, qilmoqchi bo’lgan har bir ishlarida Allohdan yaxshilik so’rashni Qur’ondan ta’lim berganlaridek ta’lim berganliklari bayon qilingan. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "œMa’lum bir vaziyatda nima qilishni bilmay ikkilanib turganlaringda farzdan tashqari ikki rakat nafl namoz o’qinglar va istixora duosini o’qinglar",-deganlar:
 
عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَلِّمُنَا الِاسْتِخَارَةَ فِي الْأُمُورِ كُلِّهَا كَمَا يُعَلِّمُنَا السُّورَةَ مِنْ الْقُرْآنِ يَقُولُ «إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالْأَمْرِ فَلْيَرْكَعْ رَكْعَتَيْنِ مِنْ غَيْرِ الْفَرِيضَةِ ثُمَّ لِيَقُلْ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ وَأَسْتَقْدِرُكَ بِقُدْرَتِكَ وَأَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ الْعَظِيمِ فَإِنَّكَ تَقْدِرُ وَلَا أَقْدِرُ وَتَعْلَمُ وَلَا أَعْلَمُ وَأَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ اللَّهُمَّ إِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ خَيْرٌ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي أَوْ قَالَ عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ فَاقْدُرْهُ لِي وَيَسِّرْهُ لِي ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ وَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ شَرٌّ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي أَوْ قَالَ فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ فَاصْرِفْهُ عَنِّي وَاصْرِفْنِي عَنْهُ وَاقْدُرْ لِي الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ ثُمَّ أَرْضِنِي» رواه البخاري.

″Ey, Allohim albatta men Sening ilming bilan, Sening O’zingdan yaxshilik talab qilaman va Sening qudrating bilan Sening O’zingdan qudrat-qodirlik talab qilaman va Sendan Ulug’ fazling bilan so’rayman. Sen albatta Qodir Zotsan, men qodir emasman. Sen (hamma narsani) bilasan, men esa bilmayman. Sen g’ayblarnida biluvchi Zotsan. Ey, Allohim agar mana shu ish (shu o’rinda hojatini nomi bilan aytadi (ya’ni, qanday hojati bo’lsa, uylanishmi, safarmi va hokazo...) mening uchun dinimda, maishatimda va ishimning oqibatida (oxirida) — yoki aytsin: ishimning hoziri va kelajagida — yaxshi ekanini bilsang, uni menga taqdir aylab, muyassar qil so’ng uni menga barakotli qil. Agar bu ishni men uchun dinimda, maishatimda (hayotimda) va ishimning oqibatida (oxirida) — yoki aytsaki: ishimning hoziri va kelajagida — yomon (xayrsiz) ekanini bilsang, u ishni mendan va meni u ishdan (chetga) burgin — yiroqlashtir. Qayerda bo’lsa xam, menga yaxshilikni taqdir ayla. So’ng meni bu yaxshilik bilan rozi qil.» Imom Buxoriy rivoyati.
Men ba’zilarning bu duoga e’tiborsiz nazar bilan qarashlaridan ajablanaman. Biz ojiz insonmiz. Zo’rg’a tirikchilik o’tkaza olishimizga yarasha ilmimiz bor, xolos. Shunday ekan nimaga Allohga qaytmaymiz va muhtoj bo’lganimizda ham Uning mukammal yordamini so’ramaymiz. Alloh taolo bandalarining hidoyat va yaxshilik uchun qilgan duolarini qabul qiladi.
Ko’pchilik Istixora to’g’risida noto’g’ri fikrda. Ular istixora duosini o’qiydilar-da kelajakdagi ayolini tushlarida ko’rish va shu kabi g’alati hayollar bilan shoshib o’rinlariga yotadilar. Bu esa namozning asl maqsadi emas.
Istixoraning natijasi turli shakllarda bilinishi mumkin. Avvalo, ichingizdan kelayotgan narsaga amal qiling, ya’ni hozir haqiqatdan ham shu amalni qilishga sizda ishtiyoq bo’lyaptimi yoki yo’qmi? Shu bilan birga, hodisalar sizga nisbatan manfiy yoki musbatga o’zgarayotganiga katta e’tibor bering va nihoyat, ba’zan Alloh subhonahu va taolo tomonidan ne’mat sifatida bir tush bilan siylanishingiz mumkin. Shuni yoddan chiqarmangki, Istixoraning natijasini ta’qib qilishingiz kerak. Aks holda o’zingiz muhtoj bo’lib Allohdan so’ragan narsangizga, Allohning hidoyati va yaxshiligiga qarshi chiqqandek bo’lib qolasiz. Miyangizni butunlay tozalab tashlang, unda avvaldan mo’l yurgan narsalaringiz (o’rnashib) qolmasin. So’ng natijalarni rozi bo’lgan holda ta’qib qiling. Agar yaxshi natajalarga erishsangiz, Alloh meni yaxshilikka muvaffaq qilibdi, deb xursand bo’ling. Aks holda sizdan ishingizning yomonligini burgani uchun Allohga hamd ayting.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Zaynab roziyallohu anhoga sovchi yuborganlarida Zaynab roziyallohu anho bu taklifni rad etgan va Allohga topshirganini bildirib: "œParvardigorimning xohishini bilmagunimcha hech narsa qila olmayman",- degan. Alloh taolo duolarni qabul qiluvchidir. Uning yordam so’rab qilgan iltijolarini eshitdi va nikohni qo’llab-quvvatlovchi oyat nozil bo’ldi. Rosulullohdek zotdan bo’lgan taklifni rad etganidan o’zimizni yo’qotib qo’yishimiz mumkin, ammo u nikohning qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishini yolg’iz Allohgina bilishini ko’rsatib berdi, xolos. Bu amalining mukofoti sifatida ushbu nikohni ma’qullovchi javob muqaddas kitobimiz — Qur’oni Karimda abadul-abad tilovat qilinadigan bo’ldi.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anhoga: "œMen sizni uch kecha bir farishta ipak libosda menga olib kelib: "œMarhamat, bu sening xotining",- deganini va yuzingni ochganimda bu siz ekaningizni tushimda ko’rdim. Shundan so’ng men: "œAgar bu Allohdan bo’lsa, U zot buni ro’yobga chiqaradi",-dedim, - degan edilar.
Uylanish jiddiy masala bo’lib to’g’ri yondashishni talab qiladi. Agar uylanish iymonimizning yarmini to’ldirsa, eng yaxshi yarimni kim xohlamaydi?! Agar ayolga noto’g’ri sabablar bilan uylanilsa, bu faqatgina bir musulmon oilaning zaiflashuviga olib keladi. U sizning umr yo’ldoshingiz va farzandlaringizning onasi va tarbiyalovchisi ekanini yaxshilab o’ylab ko’ring. Unga dunyoviy boyligi uchun emas, balki undagi Islomiy ilm va hikmat uchun uylaning. Dunyoviy boyligi uchun uylansangiz uning obro’si bu dunyodadir. Shuning uchun Alloh huzurida obro’si boridan tanlang. Husn bu yuzakidir, ammo iymon go’zalligi cheksizdir.
Allohdan ayol so’rayotganingizda, bizga buyurilgani kabi, Unga o’zining eng go’zal Ismlari bilan murojat qiling: "œAllohning go’zal ismlari bordir. Bas Uni o’sha Ismlar bilan chorlanglar"
Sevimli, soliha juft so’rang, shoyat o’shanda: "œParvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko’z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin». (Furqon, 74) deb duo qiluvchilardan bo’lsangiz.
Allohga tavakkul qiling deyishdan boshqa xulosa keltira olmayman. Allohning biz uchun bitib qo’ygan taqdiriga va Uning bizga yordam berishiga ishonishingiz va Unga suyanishingiz shart. Alloh taolo aytadi: "œ(Biror ishga) azmu qaror qilsangiz Allohga tavakkul qiling! Alloh tavakkul qiluvchilarni sevadi». (Oli Imron: 159).
"Sizdan (Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), bandalarim Men haqimda so’rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo’ylarning duosini ijobat qilaman. Bas, ular ham Mening (da’vatlarimni) ijobat (qabul) etib, Menga iymon keltirsinlar, shoyad shunda to’g’ri yo’lga tushsalar». (Baqara: 186).
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Oktyabr 2009, 07:28:00
QANDAY QILIB MUVAFFAQIYAТLI ER BO’LISh MUMKIN

- Ayolingiz uchun chiroyli kiyining, har doim toza va hushbo’ylangan holda bo’ling. Er ayolini har doim chiroyli ko’rinishini xohlagani kabi ayol ham erini u uchun kiyinishini xohlaydi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam har doim uylariga qaytganlarida tishlarini misvak bilan tozalashdan boshlardilar va hushbo’ylanishni yaxshi ko’rardilar.
- Ayolingizga uni erkalaydigan nomlar bilan murojat qiling. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ayollari uchun, ular yaxshi ko’radigan alohida nomlari bor edi. Ayolingizni u eng yaxshi ko’radigan nomlar bilan chaqiring, uning qalbini og’ritadigan nomlarni aytmang.
- Ayolingizga pashshaga qilinadigan munosabatda bo’lmang. Chivin bizni "œchaqib olmagunicha" u haqda hech ham o’ylamaymiz. Xuddi shunga o’xshash, ayol ham kun bo’yi tinmaydi, to u erini "œchaqib oladigan" bir ish qilmagunicha er unga e’tibor bermaydi. Unga bunday munosabatda bo’lmang; u qilgan har bir yaxshiliklarning farqiga boring va e’tibor qaratib turing;
- Agar ayolingizning xatosini ko’rsangiz jim turishga harakat qiling va uni xafa qilmang! Bu Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning usullaridir: ayollari (roziyallohu anhunna) tomonidan biror-bir noma’qul narsani ko’rsalar mana shu usulni qo’llardilar. Bu juda ham ozchilik birodarlar uddalay oladigan usuldir.
- Har doim ayolingizni ko’rganda tabassum qiling va uni quchog’ingizga oling. Тabassum sadaqadir va ayolingiz bunga eng haqlidir. Ayolingiz sizni hamisha tabassumda  ko’rgadigan hayotni bir tasavvur qiling! Rosululloh sollallohu alayhi va sallam namozga chiqib ketayotganlarida ayollarni bir o’parib qo’yardilar, hatto ro’za tutgan bo’lsalar ham.
- Ayolingizning siz uchun qilgan ishlariga tashakkur bildiring! Ayolingiz taom tayyorlaydi, uy tozalaydi va shunga o’xshash o’nlab boshqa ishlarni qiladi. Ba’zan uning barcha qilgan bu ishlari uchun oladigan raxmati: "œOvqatni tuzi kam bo’lib qolibdi",- degan so’z bo’ladi.
Ayolingizga nima rohat berayotganini o’zingiz farqlab olishingiz qiyin. U bilan topishmoq o’ynashga majbur emassiz, undan so’rang va hayotingizda o’sha ishlarni takrorlash uchun harakat qiling.
- Uning xohishlarini kichik sanamang. Ayolingizni ta’minlab qo’ying. Ba’zan erkaklar ayollarining talablariga past nazar bilan qaraydilar. Bu holatda ham Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bizga o’rnakdirlar. Sofiyya roziyallohu anhoga sekin yuradigan tuya berib qo’yilgani uchun yig’layotganlarida Rosululloh sollallohu alayhi va sallam uning ko’z yoshlarini artdilar va unga boshqa tuya keltirib berdilar.
- Xushchaqchaq bo’ling va ayolingiz bilan o’yinlar o’ynang. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam cho’lda Oisha roziyallohu anho bilan quvalashmachoq o’ynaganlar.
- Har doim, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning so’zlarini yodda saqlang: "œSizlarning eng yaxshilaringiz, ahliga yaxshi munosabatda bo’lganlaringdir. Sizlarning ichinglarda ahliga eng yaxshi bo’lgani menman». Erlarning eng yaxshisi bo’lishga harakat qiling!
Alloh azza va jalladan turmushingizni shirin qilishini so’rang.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Oktyabr 2009, 07:31:34
AYOLINIGIZNI QANDAY XURSAND QILASIZ

Quyidagilar shayx Muhammad Abdulhamid Homidiyning “Ayolingizni qanday xursand qilasiz?” nomli kitobining xulosasidir.

Chiroyli ko’rishish: ishdan, ofisdan, sayohatdan va shu kabi biror turli ayriliqdan so’ng ko’rishganda:
-  Yaxshi, iliq salomlashish bilan boshlang;
 -"Assalamu a’laykum" bilan boshlang. Salom berish bu sunnat va ayolingiz uchun eng yaxshi duodir;
-  Unga qo’l berib ko’rishing va yomon xabarlarni keyinga qoldirin.

Shirin suhbat:
- Suhbatlashayotganda ijobiy so’zlarni tanlang va salbiylaridan saqlaning;
- Dona, dona gapiring va agar kerak bo’lsa gapingizni u yaxshi anglab olgunigacha takrorlang;
- Ayolingizga u yoqtiradigan chiroyli nomlar bilan murojaat qiling.

Ulfatlashish va bo’sh vaqtlarni birga o’tkazish:
- Bo’sh vaqtingizni ayolingiz bilan suhbatlashishga bag’ishlang;
- Unga yaxshi yangiliklarni yetkazing;
- Eng yaxshi xotiralaringiz ayolingiz bilan birga bo’lishini har doim yodda saqlang;

O’yinlar va ko’ngil ochish:
- Ayolingiz bilan hazillashing;
- Sport yoki boshqa biror narsada ayolingiz bilan o’zaro musobaqalashing yoki o’ynang;
-  Munkarotlardan xoliy bo’lgan dam olish joylariga olib boring;

Uy ishlarida yordam berish:
- Ayolingiz tomonidan iltimos bo’lishidan oldin ayrim ishlarni o’zingiz bilib qilavering, xususan, ayolingiz charchagan yoki kasal bo’lib qolgan paytlarda.

Maslahatlashish:
- Asosan oilaviy ishlarda;
- Ayolingizning siz uchun muhim bo’lgan qarashlari to’g’risida o’z fikringizni bildiring;
- Uning fikrlarini diqqat bilan o’rganib chiqing;
- O’z fikrlari bilan sizga yordam bergani uchun ayolingizga minnatdorchilik bildiring.

Ziyoratlarga borish:
- Aloqa qilish uchun eng yaxshi odamlarni tanlang. Qarindoshlar va solih kishilarni ziyorat qiluvchilarga katta ajlar va’da qilingan;
- Ziyorat davomida Islomiy odoblarga katta e’tibor bering;
 -Ayolingiz xohlamagan kishini ziyorat qilishga ayolingizni majburlamang.

Safarga ketayotgan bo’lsangiz:
- Iliq xayrlashing va yaxshi nasihatlar qiling;
- Siz uchun duo qilishini so’rang;
- Solih qarindosh va do’stlaringizdan siz yo’qligingizda oilangizdan xabar olib turishlarini iltimos qiling;
- Ehtiyojlariga yetadigan darajada pul bilan ta’minlang;
- Qaerda bo’lishingizdan qat’iy nazar ayolingiz bilan xabarlashib turing: telefon, e-mail, xat va h.k. orqali;
- Iloji boricha tezroq qaytishga harakat qiling;
- Ayolingizga hadya olib kelishni unutmang;
- Kutilmagan vaqt yoki kechasi qaytib kelishdan saqlaning;
- Agar iloji bo’lsa ayolingizni ham birga olib keting;

Moliyaviy yordam:
- Er ayoliga qilgan har bir infoqi uchun hatto ayoliga yedirgan bir luqma noni uchun ham ajr oladi (hadis);
- Er ayoli so’rashidan oldin o’sha narsani tayyor qilib qo’yishga qattiq harakat qilishi kerak;

Xushbo’ylanish va jismoniy go’zallik:
- Qo’ltiq osti va boshqa joylardagi tuklarni tozalashda sunnatga amal qiling;
- Doim toza-pok bo’ling;
- Ayolingiz uchun xushbo’laning;

Sir saqlash:
- Yotoq sirlari, ayolingizning shaxsiy muammolari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni boshqalarga aytishdan saqlaning.

Allohga itoat qilishda yordam berish:
- Ayolingizni kechaning oxirgi uchdan bir qismida “qiyomul layl” namoziga uyg’oting;
- Qur’on va uning tafsiridan bilganlaringizni ayolingizga ham o’rgating;
- Ertalab va kechki zikr-duolarni o’rgating;
- Alloh yo’lida pul sarflashga undang;
- Qurbingiz yetsa, ayolingizni ham haj va umraga olib boring.

Ayolning oilasi va do’stlariga hurmat ko’rsatish:
- Ayolingizni ota-onasi va qarindosh-urug’larini ziyorat qilishga olib boring;
- Ularni ayolingizni ziyorat qilishlari uchun taklif qiling va yaxshi kutib oling;
- Munosabatlarda ularga hadiyalar bering;
- Ular (moliyaviy) yordamga muhtoj bo’lganda yordam bering;
- Agar ayolingiz sizdan avval vafot etsa, uning oilasi bilan yaxshi qarindoshchilikni saqlab qoling. Shu bilan birga bunday vaziyatda er sunnatga amal qilishga harakat qilishi kerak, ya’ni ayoli tiriklik paytida oilasi va do’stlariga nimalar berib turgan bo’lsa vafot etgandan so’ng ham shu narsalarni o’z vaqtida berib turishi kerak.

Islomiy tarbiya va nasihat:
Bu quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Islom asosi;
- Burch va huquqlar;
- O’qish va yozish;
- Dars va ilm majlislariga qatnashishga undash;
- Ayollarga talluqli Islomiy hukmlarni o’rgatish;
- Uy kutubxonasiga Islomiy kitoblar va kassetalar sotib olish;

Rashk:
- Uydan chiqishidan oldin hijob kiyishini ta’minlang;
- Nomahram erkaklar bilan erkin aralashib yurishiga ruxsat bermang;
- Ortiqcha rashkdan saqlaning;
Bunga misollar:
- Ayolingiz gapirayotganda har bir so’z va gaplarini tahlil qilish va boshqa ma’noda gapirgan gaplariga ko’p e’tibor berib boshqa ma’noda tushunish;
- Zaruriy sabablar bo’lganda ham uydan tashqariga chiqishiga ruxsat bermaslik;
- Тelefonga javob berishini taqiqlash va h.k.

Sabr va halimlik:
- Тurmushda muammolar bo’lishi oddiy hol. Ammo mana shu muammolarni ortiqcha gap-so’z qilish va kattalashtirish bilan turmushning buzilishigacha olib borish noto’g’ridir;
- G’azabni Alloh taoloning hududlarini buzgandagina ko’rsatish lozim, ya’ni namozlarni vaqtidan kechiktirganda, g’iybatga berilganda, televizorda ruxsat berilmagan ko’rsatuvlarni tomosha qilganda va h.k.;
- Sizga nisbatan qilgan xatolarini kechiring;

Xatolarini to’g’rilash:
- Eng avval bir necha martalab bilvosita va keyin bevosita nasihatlar qiling;
- So’ng yotoqda ayolingizga teskari qarab yotib oling. Bu degani yotog’ingizni boshqa xonaga yoki boshqa uyga ko’chirish yoki u bilan gaplashmaslikni o’z ichiga oladi degani emas;
- Eng so’nggi yechim, ayolingizni lat yedirmaydigan qilib urib qo’yish. Bu holatda er quyidagilarni yodda saqlashi lozim:
- Urishdan saqlanish sunnatga muvofiqdir. Chunki Rosululloh sollallohu alayhi va sallam hech qachon ayollarini yoki hizmatkorlarini urmaganlar;
- Er bu usulni ayoli ortiqcha itoatsizlik qilgan paytda qilishi mumkin. Ya’ni biror bir sababsiz doim jinsiy aloqani rad etsa, namozni doim vaqtidan kechiktirib o’qisa, ruxsatsiz uydan uzoq muddatga chiqib ketsa va qaerda bo’lganini aytishdan bosh tortganda va h.k.;
- Buni yotoqda teskari qarab yotib olishdan va Qur’onda kelgan boshqa holatlardan so’nggina qilish lozim;
- Er ayolni og’ritadigan yoki zarar yetadigan darajada, yuziga yoki tanasining boshqa nozik joylariga urmasin;
- Kamar (yoki boshqa narsalar) bilan urib, ayolning badanini ko’kartirishdan saqlanishi lozim.

Kechirish:
- Ayolingizning faqat katta xatolarinigina hisobga olib qo’ying;
- Sizga nisbatan qilgan xatolarini kechiring, ammo Allohning haqqini ado etishdagi xatolarini hisobga olib qo’ying;
- Хato qilishidan qat’iy nazar uning barcha yaxshiliklarini yodda tuting;
- Har bir inson ko’p xato qiluvchi ekanini esdan chiqarmang, shunday ekan bunday holatlarda uzrlar topishga harakat qiling. Bu xato ayolingizning charchagani, xafaligi, xayz vaqti yoki Islomga bo’lgan kuchli e’tiqodi tufayli bo’lgandir;
- Ayolingizni yaxshi ovqat qilmagani uchun tergamang, chunki Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ayollarini hech qachon ushbu sabab bilan ayblamaganlar va taom haqida hech narsa demaganlar;
- Хatosini aytishdan oldin unga kinoya bilan bildirishga harakat qiling, chunki to’g’ridan-to’g’ri aytishdan ko’ra bu afzaldir;
- Haqorat va unga qattiq botishi mumkin bo’lgan so’zlarni ishlatishdan yiroq bo’ling;
- Biron-bir muammo to’g’risida bahslashish kerak bo’lib qolsa, boshqalardan holi qolguningizcha kutib turing;
- G’azabingizni ketishini kuting, chunki bu, so’zlarni muvozanatda tutib turishga yordam beradi.

So’zimizning so’nggida Allohga hamdu sanolar aytamiz.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Mahdiyah 18 Oktyabr 2009, 06:14:52
Mana yana oila buzilishiga misol...

http://www.youtube.com/watch?v=3x9nFFRAPNI
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Munira xonim 22 Oktyabr 2009, 21:03:09
Assalamu alaykum.
Har bir buzilgan oilani o'ziga yarasha sabablari, bahonalari bo'ladi. Va bular hech qachon bir-birsinikiga o'xshamaydi.
Hammasi har turli bahonalar topadi. Afsuski, bunday ishlar kundan kunga ko'payib ketmoqda...
Oila egalari har xil bahona topishganidek, oilalarni buzilishiga ham har xil narsa sabab bo'ladi...
Eng asosiy sabab, oilada erkak o'z o'rnini va burchini, ayol o'z o'rnini va burchini bilmagandan.
Bir oilaga borsangiz: Oilada ayol hukmron, bunday oila ajrashmagan bo'lsa ham ko'pga borishi qiyin.Erkak "sabr" qilsa ham ayolni joniga tegadi bunday hayot. Kun keladiki eri unga yoqmay qoladi. (bu anchalik qo'pol, lekin haqiqat)
Boshqasida esa: ayol qul o'rnida bo'ladi, uni bir mato o'rnida ko'rishadi...bunga ayol "sabr" qilib yashasa ham, erkak boshqasini xohlab qoladi.
Bundan tashqari yana ko'p ko'p sabablar bor:
Yetishmovchilikka sabrsizlik;
bir-birisini hurmat qilmaslik;
o'z haqqini juda "yaxshi" bilish va buni tinmay talab qilish, ayniqsa bu narsa hozirgi kunda ayollar o'rtasida ko'p uchrayapti;
erni kuchi va puli yetmaydigan narsalarni talab qilish;
kelin tomondan yaxshi sep kelmagani;
otasini yoki akasini yog'lig' joyda ishlamagani;
kuyov bolani boshqa qizni yoqtirib qolgani;
ehhheee sanayversak sabablari juda ko'p...
Hattoki bu narsalar islomni tushungan oilalar o'rtasida ham bo'layotgani kishiga og'ir botadi.
Agar erkak ham, ayol ham o'z o'rnini va burchini, vazifalarini bilsa, kuchi yetganicha shularni bajarishga harakat qilsa, erkak ham ayol ham bir-birini kamchiliklarini kechirib sabr bilan yashasa va bu kamchiliklarni yo'qotishga harakat qilsa, bu oila hech qachon buzilmaydi, InshaAlloh.
Alloh har bir narsada belgilab qo'ygan had - chegaralar mavjud Shu chegaradan chetga chiqmagan bolatda, boshqalarni haqqiga rioya qilgan holatda, Qiyomatni o'ylagan holatda yashagan kishini hayoti ham oilasi ham ibrat bo'ladigan darajada bo'ladi, InshaAlloh....
Alloh barchamizni ahli oilalarimizni ham, o'zimizni ham dinu dunyoyimzini isloh qilsin... Amiyn.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Ansora 23 Oktyabr 2009, 12:31:55
Odam bolasi : "Men nimaga dunyoga keldim, meni kim yaratdi, asosiy vazifam nima", deb so'rab bunga Allohning buyruqlari asosida javob bermagunicha erkak ayoliga, ayol -erkagi va farzandlariga bo'lgan masuliyatini joyiga qo'ya olmaydi.
Bir oilani taniyman, 3 farzandi bor, ajrashishga qaror berishibdi, sababi bir-birimizni tushunmay qoldik. Erda ham xotinda ham agar yetarlicha iymon bo'lganida avvalo ularga berilgan farzandlar uchun ham bundan keyingi umrlarini o'z hoyu-havaslari uchun emas, Allohning rizoligi uchun kechirardilar.
Har kimning iymoni, Alloh bilan bo'lgan munosabati o'ziga yolg'iz Alloh biladi, lekin ajralish sabablarini eshitib turib, shunday hulosaga keldim, afsus.
Butun sabablar o'tkinchi dunyoning sinovlardan iborat bahonalari.
Er va xotin agar namoz o'qisa hech bo'lmasa bir vaqt namozida "o'zidan ketadi", men men degan egoist tushunchalaridan uyalib, Allohga yo'naladi. O'zidan so'raydi, men nima qilyabman, 3 kunlik dunyoda farzandlarimni yetim qilishga arziydimi. Farzandsizlikdan ajrashayotganlar qancha, erimga yoki ayolimga mehr berdim-mi, deb....
Hullas, oiladagi butun muammolarning yechimi yana iymon kuchida...
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Mahdiyah 23 Oktyabr 2009, 14:32:32
Shu mavzuda bir savol o'tkazsam?

Sizning fikringizcha oilada tinchlik totuvlik bo'lmasayu, ota-ona ajrashmoqchi bo'lsa, oilaning saqlab qolingani yaxshimi, yoki ajrashishgani?

Yaxshilab o'ylab javob berishingizni istardim.
Deylik ota ichuvchi, oila bilan ishi yo'q....
Bolalarga so'zdagi "ota"dan boshqa otalik qilmaydi...
(bu bir misol)

Fikrlaringiz...
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Oktyabr 2009, 15:00:46
mani fikrim ajrashgani maqulmas!!!!!!!! vaqtim kamligi uchun qisqa qilib javob berib qo'ya qoldim.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Oktyabr 2009, 15:24:05
ota ichuvchi bo'lsa bollari va turmush o'rtog'i sabrli bo'lsa yaxshi bo'lardi. Faqat duoda bo'lishsa bir kun kelib balkim usha ichuvchi ota hidoyatga kirsa na ajab faqat buning uchun sabrli bo'lsa bas. Olloh bandalarini har xil kurinishda imtihon qiladi shu ichivchi otani uy a'zolari ham shu imtihonda bo'lishlari mumkin. Yaxshi tushuntirishlar bilan tushuntirishsin ota o'z bollarini o'ylamasa ham lekin ichib kelib bollardi oldida baqirgani hijolat bo'ladi bollaridan. Eng yaxshi yo'l ollohdan usha otaga hidoyat surash
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Mahdiyah 23 Oktyabr 2009, 15:35:22
Masalaning yana bir tomoni bor.
Siz etganchalik hamma otalar ham xozirda farzandlaridan uyalmaydilar ichib...
Allohdan uyalmagan, ayolidan uyalmagan farzandidan uyaladimi?

Bola tarbiyasichi? Bunaqa muhitda o'sayotgan aksariyat bolalar alamzada bo'lib o'sadilar.
Bu bola ruhiyatiga, uning kelajagiga qattiq ta'sir qilmaydimi?
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Oktyabr 2009, 16:01:11
yo'q unday emas, siz o'ziz shunday holga tushmagansiz to'g'rimi dadez ichmasalar kere ichmasinlar ham. SHuning uchun boshidan kechirgan inson aytish kere bu narsalardi. Yoshligimdan beri mani  bir yaqin do'stim bor va hozirda bir dukonda birga ishlimiz yaqin do'stm 23da  haligacha shu dadasi ichib keladi , lekin shu bola 23 yildan beri ichivchi otani qo'lida o'sib yomon inson bumadi. Otasini ichib kelib mast holatini ko'rgan bola shu otaga o'xshamasligi uchun harakat qilib kotta bo'ldi bunga onasining e'tiqodli ollohga buysungan onasining yordami kotta bo'ldi. Onasi ham 23 yil sabr qildi boshqalar balkim undan kam vaqt sabr qilishar balkim undan ko'p sabr qilishar buni olloh biladi. Ushanchun otalarimizi olloh shunday inson qilib qo'ymagani uchun ollohga shukr qilish kerak.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Robiya 23 Oktyabr 2009, 17:27:16
:as:

Savol ajoyib bo'pti.. Men Jamshidjon birodarni gaplariga qo'shilaman...

Bu yerda juda ko'p oilalar aziyat chekayotgan ichuvchilik illati haqida gapirilibdi. Bunday oila nima qilishi lozim, ajrashish yoki sabr, shunga o'xshash savollar...

Avvalo, otasining ichuvchiligi ham shu oila, unda voyaga yetayotgan farzandlar, ayol uchun bir sinov. Bunday holda janjalu, urushlar, behuda asabbuzarliklar foyda bermaydi. Undan ko'ra Allohga shukr, ichsa ham otamku, erimku, anu ayolni eri o'lgan, yoki u dugonam otasiz, harqalay mani otajonim bor deydiganlar, namozu duolarida g'oyibdan otasini hidoyatli qilishini so'raydigan oilalar yo'q emas...
Eri ichib kelganda ham yuzida kulgi bilan xizmatini qilib, otajonisi, keling, charchamadizmi, yaxshi keldizmi deya kutvoladigan ayolga tasannolar aytsa arziydi...
 Otasi ichganini qo'shnilar ko'rib gap so'z bo'lmasin, ayb qilmasin deya tunlar yig'lab chiqadigan farzandlar oz bo'lsada, bor...
 Yana bir gap: bu hol, ya'ni oiladagi muhit bola ruhiyatiga faqat salbiy ta'sir o'tkazmaydi. Aksincha, Jamshidjon aytganlaridek, bunday oilada tarbiyalanayotgan bola kelajakda men bunday qilmayman, xotin, bola chaqamni xijolatga qo'yadigan ish qilmayman deya to'g'ri yo'lini belgilay boradi..
Ha, yana bir gap, (gapim ham ko'payib ketdida) ota ichsa ham, baribir tarbiya tizgini uni qo'lida bo'ladi, bolalar undan hayiqishadi. Doimiy ichadigan bo'lgan taqdirda ham OTA o'z o'rnini yo'qotmaydi.. Harqalay bor shunday oilalar..

 Endi savolga kelsak, bunday holda ajrashish noto'g'ri. Balki duo qilish va uni ijobatini talab qilish lozim!

Uzr, aancha ko'p gapirvordim, rozi bo'lasizlar :)
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Ansora 23 Oktyabr 2009, 19:53:15
Jamshidjonni gaplariga qo'shilgan holda, men ham bir misol keltirmoqchi edim. Juda yaqin qarindoshlarimizdan birining eri, turmush qurishgan kundan beri ichardi, 4-5 farzandlari ham bo'ldi, uylantirishdi, nabiralari tug'ildi. Lekin er ichishni tashlamadi. Ayol namoz o'qishni yillar oldin o'rgangandi. To'htamay eri uchun duo qildi. Bazan yashirincha yig'lardi, "namozimni endigina o'qib, shirin shirin xayollar bilan duo qilgandan keyin, aroq hidi kelgan xonaga, erimni yoniga kirganimda dunyo ko'zimga tor ko'rinib ketardi," deb ancha siqilardi.
 
Eri ham o'zi dindan uzoq bo'lgani yetmaganday ayolini va endigina namozga boshlagan farzandlarini mashara qilar, ro'zasini "ochasan" deb zug'um qilardi...

Lekin Rabbim suyukli qulining duolarini qabul qildi, ayolning sabrini mukofotini berdi. Bir kun er hayotida 1 chi marta Ro'za tutti, kechga tahorat olib, namozga chiqdi masjidga...
Shu kunlarga ham 6-7 yil bo'libdi...

Alloh sabr-bardosh qilgan ayolga faqat O'zigina mukofotini bera oladi.
Chunki ayolning sabrini hammamiz ham ko'rsata olmaymiz.
Mahdiyaning deganlariday, farzandlarga ham ota ham ona bo'lgan, o'qishlarida, ishlarida ularning tarbiyalarida "bosh" yana mushtipar ona bo'ldi.

Mahalla ko'ydagilar: "Hay falonchi qarang eringiz yana gandiraklab kelyabdi", deganida ko'z yosharini ichiga yutib, erini "hush kelibsiz dadajonisi" deb kutib olgan yana ayol bo'ldi...

Farzandlari : "Aya, dadamni yomon ko'raman," deb zor qaqshaganda "bolam dadang haqida bunday xayolga borishlaringga aslo yo'l qo'ymayman, deb butun qiyinchiliklarga bardosh bergan yana muborak ayol bo'ldi"....

Sabr, sabr yana sabr....
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Munira xonim 25 Oktyabr 2009, 12:37:40
Shu mavzuda bir savol o'tkazsam?

Sizning fikringizcha oilada tinchlik totuvlik bo'lmasayu, ota-ona ajrashmoqchi bo'lsa, oilaning saqlab qolingani yaxshimi, yoki ajrashishgani?

Yaxshilab o'ylab javob berishingizni istardim.
Deylik ota ichuvchi, oila bilan ishi yo'q....
Bolalarga so'zdagi "ota"dan boshqa otalik qilmaydi...
(bu bir misol)

Fikrlaringiz...

Assalamu alaykum.
Ajoyib savol bo'libdi, Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Alloh bandasini sabri yetmaydigan sinovni bermaydi hech kimga.
Hamma ham sabri yetib yashashi kerak, degan fikrda emasman.
Lekin iloji boricha, ayniqsa oilada farzand bo'lsa oilani saqlab qolishga harakat qilish lozim.
Chunki bola uchun baribir ota shart. Agar ONA haqiqiy muslima bo'lsa, farzandlarini shu otaga o'xshamasligi uchun harakat qilib go'zal tarbiya beradi. Erini haqqiga o'zi ham bolalar ham chiroyli duolar qilsa, Allohdan so'rasa, duolari bir kun ijobat bo'ladi, InshaAlloh.
Bunday oiladagi bolalarga juda qiyin, lekin ko'p narsa onaga bog'liq.
Onam biz turmushga chiqqanimizdan keyin doim shu gapni takrorlardila:"Bolam, ayol kishi farzand korgunicha o'zi uchun yashaydi, farzandli bo'lganidan keyin esa bolasi uchun yashaydi. Bolaga go'zal tarbiya berib, uni haqiqiqy inson qilib tarbiyalash uchun ona o'zini qurbon qilishi kerak".
Bu gaplarni farzandli bo'lganimdan keyin yaxshi tushundim. Har qanday holatda ham, men bolamga ota bo'lolmayman, deb sabr va go'zal xulq va duo bilan yashasa ayol ikki dunyoda mukofatini oladi, InsahAlloh.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Mahdiyah 31 Oktyabr 2009, 07:20:49
Har bir inson avvalo o'sha ahvolga tushmagunicha boshqaning gapini uningchalik tushunmasligi mumkin albatta.
Uning vaziyatiga tushish uchun u kechirganlarni kechirishi ham shart emas albatta.
Alloh taolo bandaga mehr, shavqat kabi tuyg'ularni bergan.

Biz bandalar ana shu bilan boshqalarning dardini, axvolini tushunamiz, ular uchun kuyunamiz, duo qilamiz, ishlari hayrli bo'lishini Undangina so'raymiz.

Har bir oilada o'ziga yarasha muammolar bor.
Muammo yo'q oilaning o'zi yo'q.
Faqat muammolarni tog'ri va oson yechish yo'li bor.

Yana bir savol:

Shunday oilalar borki eri zulmkor, yana shunday oilalar borki (biz balki kam guvohi bo'lgandurmiz) ayoli zulmkor.

Biz o'rganib qolganimiz, ko'pincha erkak zulmkor, yoki o'z bilganidan qolmaydigan erkak bilan yashayotgan ayollarni ko'p uchratganmiz.

Sizni hayotingizda ayoli zulmkor, lekin shunga go'zal sabr ila javob qaytarayotgan erkaklar bormi?
Ularni hayotidan misol keltirin...

Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 08:38:45

Tushkunlikka tushish yo‘q, o‘tirib olib yig‘lash, oh-vohu diydiyo qilish yo‘q. Bu ilohiy bir qonundir: Allohu taolo o‘ziga imon keltirganlarni doimo mana shunaqa qiyinchiliklar berib sinaydi, bu bilan ularning imonlarini kamol toptirib boradi. Qiyinchiliklarga uchraganlar taqdirni Allohdan deb bilib, sabr-matonat ko‘rsatishlari kerak. Sabr qilganlar oxirida muvaffaqiyat va zafarga erishadilar. Mo‘minni hech narsa qo‘rqita olmaydi. Musulmon uchun zarar yo‘q, har qanday holat va vaziyat ham unga foydadir. Sabr qilsa savob, shukur etsa Allohning ne’mati va farovonligiga erishadi...


Erkak xotinini urishi, aslida, mumkin emas. Xudoy taolo Qur’oni karimda erkaklar shunday holatda sabr qilishi haqida alohida ko‘rsatmalar bergan.

Ammo hayotda xotinni uradigan holatlar ham bo‘lib qoladi. Ana shunday holatlarni 9 xil deganlar:

1. Xotinini to‘shakka chaqirganda, u hayzu nifosdan pok bo‘la turib ham (beuzr) kelmasa;
2. Eri uchun yasan-tusan qilmasdan, ko‘cha uchun qiladigan bo‘lsa;
3. Erining ruxsatisiz ko‘chagan chiqib ketsa;
4. Namoz o‘qimasa yoki janobatdan poklanib yurmaydigan bo‘lsa;
5. Kichkina go‘dak bolasini uraversa;
6. Erini so‘ksa, kiyimlarini yirtsa yoki «ablah», «eshak» deb so‘ksa;
7. Boshqa birovlarni shallaqiliq qilib qarg‘ayversa;
8. Nomahram begonalarga beuzr yuzini, badanini ko‘rsatsa;
9. Begonalarga ovozini baland qilib gapirsa, ular oldida baland ovozda kulsa.

Abdulhayy al-Laknaviy. "œUmdat ur-rioya", 2-jildi,
-Laknau, Assahul matobi’ matbaasi, 1327. 310-bet
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Bahrom Qori 31 Oktyabr 2009, 12:15:25
Oilada moliyaviy qiyinchilik yuz bersa qanday chiqsa bo'ladi bu muammodan ?
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 16:32:56
Oilada moliyaviy qiyinchilik yuz bersa qanday chiqsa bo'ladi bu muammodan ?

Assalomu aleykum Bahromjon sizdan bir narsa surasam bo'ladimi, hosh oilali odammisiz yo hali bo'ydoqmisiz shu savolimga javob bering keyin man sizi savolizga javob beraman.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muslimа 31 Oktyabr 2009, 16:56:28

Deylik ota ichuvchi, oila bilan ishi yo'q....
Bolalarga so'zdagi "ota"dan boshqa otalik qilmaydi...
(bu bir misol)

 :as:
Shu kabi holatga bir go'zal hikoya bor edi.

       Qo’shnimiznikidan baqir chaqir eshtilib qoldi... Nahotki yana janjal bo’lsa? Cunki qo’shnimiz Nargizanikidan deyarli har kuni janjal arimaydi. Bechora Nargiza qancha harakat qilmasin eri ichishni tashlamaydi.  Shunchaki ichsa ham balki bu qadar bilinmasmidi? Lekin u har kuni ichib kelib, xotinini urishni kanda qilmaydi. Go’yo mastlikdagi kayfi shu bilan yana ortadigandek. Bechora Nargizani qachon ko’rsangiz u bu yeri ko’kargan, ba’zan esa singan bo’ladi. "œNima bo’ldi?" deb so’rasangiz albatta, yiqilib tushgan, yoki yana shunga o’xshash biror bahonani aytadi. UNING SABRIGA QOYIL QOLAMAN! Biror marta eridan shikoyat qilmaydi. Lekin ko’zlaridagi mahzunlik, mung shundoqqina aks etadi. Biror marta mahalla ayollariga qo’shilib, to’yga, gap gashtakka qo’shilganini eslolmayman. Ertalabdan ishga ketadi... Har kuni bir sumka mayda chuyda bilan uyga qaytadi. Uch farzandi bor, ularga qo’shib aroqxo’r erini ham boqadi. Evaziga esa "œRAHMAT", ya’ni kaltakdan boshqa hech nima olmaydi. Biz o’zi ozgina maosh topib, qanoat qilib yashaydi. Hatto eri urib qo’lini sindirganida ham ishlab yurdi. Chunki u uyda o’tirsa farzandlarini kim boqadi?
      Ularga ozgina yordam beray deb Nargizaning uyiga chiqdim. Uylari shinam va orasta. Yangi jihozlar yo’q bo’lsa ham, hammasi ozoda, did bilan o’rnatilgan. Farzandlari bir biridan shirin nurli bolalar. Darrov salom berishdi. Nargiza uyiga taklif qildi. Men biroz hol-ahvol so’ragan bo’ldim va asta sekinlik bilan bu ibodatli dugonamga nima kerakligini ishorali gap bilan so’ragan bo’ldim. Nargizaning mungli ko’zlari yoshga to’ldi va asta dardu hasratini boshladi: "œShuncha harakat qilsam ham, ho’jayinimning ayblari ochilib qolibdida? Men o’zim uchun emas farzandlarim uchun yashayapman. Ahir erta indin ularni uzataman, uylantiraman. "œotasi piyonista" deyishsayu, sovchilar aynib ketsa, qizim bechoraning ko’zlariga qanday qarayman? "œOtasi aroqxo’r ekan" deb o’g’limga biror qiz tegmasa, unga nima deb javob beraman? Farzandlarim Allahga shukur iymon-insofli. Ular borlikka ham yo’qlikka ham chidashadi. Lekin yolg’iz armonim hech biri "œOtam BOR!!!" deb ko’kragini kerib yurolmaydi. Buni har bir qarashida sezaman. Necha bor AJRASHAYLIK dedim. Lekin "œOtasi YO’Q!!!" degan gap-so’zlar ham bundan og’irroq. Nima qilishga boshim qotgan. Yordam borasiga kelsak, Allahga shukur och qolmayapmiz, ustimiz but, bizni o’ylaganingiz uchun rahmat.  Nasibamizni Yaratganning O’zi yetkizib turibdi. Bu yordamni BIZDAN KO’RA MUHTOJROQ INSONGA yetkazganingiz ma’quldir".
          Shu bilan suhbatimiz o’z poyoniga yetgandek bo’ldi. Men yana bir bor BU SABR MATONATLI AYOLGA qoyil qolib unga tahsinlar aytib, honadonini tark etdim. Dunyoda bu kabi alamli azob ko’rayotgan ayollar bir yoki ikkita emas, ularning soni yuzlab, minglab.... Bu ham ALLAHNING SINOVImikin??? O’zining nozik yelkasiga, "œturmush tashvishi" deya atalgan qopni ortmoqlagan ayollar YANA QANCHA SABR QILISHAR EKAN?
      EY ALLAHIM O’ZING BU KABI NODON VA AQLSIZ ERLARGA IYMON INSOF BERGIN! O’ZING BU MUSHTIPAR AYOLLARNING HAM HECH BO’LMAGANDA BIR KUN BAHTLI NIKOH EGASI BO’LISHLARINI NASIB ETGIN! ULARGA HAM TO’LA MA’NODAGI FAYZLI OILA BAHTINI TAQDIM ETGIN!
      
                          "œFotima xonimning kundaliklaridan."
      Nozik hilqat dasturidan olindi.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muslimа 31 Oktyabr 2009, 19:28:32
Oilada moliyaviy qiyinchilik yuz bersa qanday chiqsa bo'ladi bu muammodan ?

 :as:
      Oilada moliyaviy qiyinchiliklarni yengish uchun faqat va faqat sabr kerak. Yer yuzida qimirlagan jon borki rizqi Allah subhanahu va taoloning qo’lidadir. Allah bergan rizqqa sabr qilinsa va Allahning hukmlarini buzmagan holda rizq topishga harakatni davom ettirilsa, inshaAllah hammasi yaxshi bo’ladi. Rizqning kamayib, ko’payib turishi ham Allahning bandalariga beradigan sinovlaridan biri. Agar oilada er va ayol bir birlarini qo’llab — quvvatlab, og’ir damda bir-biriga ko’makchi bo’lib chiroyli sabr qilinsa moliyaviy qiyinchilikka "œqiyinchilik" deb emas, balki Allahning sinovi deb qaraladi. Bu esa o’z navbatida oiladagi muhitni buzilmasligiga sabab bo’ladi. Albatta sabr qilish uchun ham iymon, e’tiqod va ilm talab qilinadi, Vallohu a’lam.
      Allah barchalarimizni g’ozal va fayzli oila sohiblaridan qilsin! Honadonlarimizni O’zining hayri va barokatidan nurlantirsin, AMIN!!!   
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2009, 07:29:45
Moliyaviy qiyinchilik nima o'zi?
Biz insonlarning harajatlarimiz kun sayin ko'paymoqda.
Ularga odat qilganmiz.
Shunday xollar bo'ladiki o'sha odatdagi narsalarni pul muammosi tufayli ololmaymiz.
Lekin harajatlarimiz ko'paygan sari bizga moliyaviy muammolar ko'payaverarkan.
Ko'p pul topishni boshlaysiz, oldingi safar 25 mingga olgan narsangizni endi 50 mingga olishingiz mumkin bo'lib qoladi.
Oila ro'zg'orida sekin asta qo'shimchalar qo'shiladi...
Lekin har doim ham bir hildek ushlab bo'lmaydi bu moliyaviy xolatni.

Siz harajat qilgan narsangiz asli yoq narsa edi.
Pulni esa siz harakat qilib topdingiz va u o'sha narsani olishingizga bor yo'g'i sababchi bo'ldi.

Oiladagi moliyaviy muammolar haqida eshitsam bir hikoya esimga tushaveradi:
"Er kun bo'yi ishlasa ham har kuni uyiga bitta non olib kelarkan.
Ayoli bundan norozi eriga debdi: ""Men ham ishlayin, 1 nonimiz 2 bo'lsin".
Ayoli qistayvergach eri rozi bo'libdi.
Lekin Alloh ularga rizq qilib bergani o'sha 1 ta non ekanki,
er ham xotini ham harchand ishlasalar ayoli kuniga yarimta nonga yetadigan pul topibdi, eri ham yarimta nonni pulini topadigan bo'lib qolibdi.
Har kuni uyga 1 ta non kiraveribdi.
Shunda ayol tushunibdiki siz yugursangiz ham rizq agar sizga atalgan bo'lmasa sizga nasib qilmas,
agar shu rizq sizniki bo'lsa siz yugurishingiz ham shart emas!"

Bu hikoyada juda katta ibrat bor.
Ayniqsa xozirda erlarining topganiga qanoat qilmay (sharoitlari ancha yaxshi bo'lsada) ko'chada erkaklar bn aralashib yurganlarga.
Yoki 1 nonni 2 ta qilamiz deb ayolini ko'chaga chiqarib qo'ygan erkakalarga.

Bu bilan ishlamasin deganimiz yo'q, shunchaki pul deb jonini Jabborga berib ishlash shart emas.
Alloh taolo Qur'oni Karimda aytadi:
"Va ularni sabr-qanoatlari sababli jannat va (jannatda egnilarida bo‘ladigan) ipak (liboslar) bilan mukofotladi." (Inson surasi/ 12-oyat)
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2009, 22:42:22

Yana bir savol:

Shunday oilalar borki eri zulmkor, yana shunday oilalar borki (biz balki kam guvohi bo'lgandurmiz) ayoli zulmkor.

Biz o'rganib qolganimiz, ko'pincha erkak zulmkor, yoki o'z bilganidan qolmaydigan erkak bilan yashayotgan ayollarni ko'p uchratganmiz.

Sizni hayotingizda ayoli zulmkor, lekin shunga go'zal sabr ila javob qaytarayotgan erkaklar bormi?
Ularni hayotidan misol keltirin...



Assalamu alaykum.
To'g'ri aytasiz, oiladagi erkakni ayoliga bo'lgan yomon muomalasiga biz ko'nikibmi ketganimiz uchun, bunday oilalar ko'p bo'lgani uchunmi yoki ko'p hollarda ayollarni ham bunda ayblari bo'lgani uchunmi, bu narsa ko'p ham bizni ajablantirmaydi.
Lekin oilada ayol eriga nisbatan hurmatsiz qo'pol qilib aytganda zulmkor bo'lsa, bunga chidash, buni odatiy narsadek qabul qilish juda qiyin ekan. O'zim bunga guvoh bo'lganman. Men yaxshi bilgan bir oilada shunday holat hukmron. Ayolini yaxshi bilmaymanku, lekin eri oilamizni yaqini bo'lgani uchun bunga ko'p martalab eshitganman. Hatto, bu ayolni eriga qilgan muomalasi meni larzaga solgan. Hali-hali eslasam, o'sha kishiga rahmim keladi. Balki u kishida ham ayb bordir. Ayolini ko'ngliga me'yoridan ortiqcha e'tibor berib yuborgandir, deb ham o'ylab qolaman.
Alloh barchamizni O'zi belgilab bergan Hadlardan chetga chiqmagan holda yashashlikni va O'zining rozilgiini topib vafot etishimizni nasib qilsin. Biz ayollar esa turmush o'rtoqlarimzini rizoligini olsakkina, Allohning rizolgini topamiz,InshaAlloh. Buni har bir ayol unutmasligi lozim.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2009, 22:43:27
Oilada moliyaviy qiyinchilik yuz bersa qanday chiqsa bo'ladi bu muammodan ?

Assalamu alaykum.
Sabr, duo va harakat qilib, Allohni yordami bilan chiqish mumkin.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2009, 22:47:40
Men ham bir savol bermoqchiman. Bu savol asosan ayol va qizlarimizga tegishli:

Siz bir narsani, masalan kiyim yoki taqinchoqni juda yaxshi ko'rasiz. Lekin turmush o'rtog'ingiz sizni bu holda kiyinishingiz umuman xohlamaydi. Hatto uy ichida ham. Siz bunga qanday qaraysiz?
Sizni fe'lingizdagi hech kim sezmagan, sezsa ham sizga aytmagan bir kichik kamchilikni Bekingiz sezib, aytib, sizdan shuni bartaraf qilishni so'radi. Siz bunga qanday qaraysiz? Siz Bekingiz xohlasa, shu fe'lingizdan kecha olasizmi?
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Mahdiyah 03 Noyabr 2009, 23:06:32
Men ham bir savol bermoqchiman. Bu savol asosan ayol va qizlarimizga tegishli:

Siz bir narsani, masalan kiyim yoki taqinchoqni juda yaxshi ko'rasiz. Lekin turmush o'rtog'ingiz sizni bu holda kiyinishingiz umuman xohlamaydi. Hatto uy ichida ham. Siz bunga qanday qaraysiz?
Sizni fe'lingizdagi hech kim sezmagan, sezsa ham sizga aytmagan bir kichik kamchilikni Bekingiz sezib, aytib, sizdan shuni bartaraf qilishni so'radi. Siz bunga qanday qaraysiz? Siz Bekingiz xohlasa, shu fe'lingizdan kecha olasizmi?

Ola bula kiyim, taqinchoqlarni yoshligimdan uncha hush kormiman.
Lekin agar yoqtirganimda ham turmush o'rtog'imga bu xolat xatto uy ichida yoqmasa uni taqmasligim ham mumkin. Lekin aksariyat erkaklar ayollarining uyda ziynatlanishlarini hush ko'radilar bu odatiy xol.
Chunki ayol uyda ziynatlanmasa boshqa qayerda ziynatlanadi?
Har bir insonni o'z didi, xohishlari bor.
Ayolining xatto uyda ham ziynatlanishini (turli hil taqinchoqlar...) yoqtirmaydiganlar ham bor albatta.
Manimcha eng asosiysi ayol kishi avvalo turmush o'rtog'ini bezdirib qo'ymaydigan darajada (ya'ni o'rta me'yorda) ziynatlanishi yaxshi.
Va albatta erini didiga mos bo'lgani ham yaxshi.
Oisha onamiz ham,boshqa musulmonlarning onalari ham Rasululloh  :sw: yaxshi ko'rgan narsalarini qilishga harakat qilishgan har doim.

Ikkinchi savolizga kelsak....
Ko'pchiligimiz tanqidni ko'tara olmaymiz, xoh ichimizda xoh ustimizda...
Lekin bu kamchilikni sizga faqat yaqin insongina ayta oladi.
Man uchun kamchiligimni chiroyli qilib tushuntirsa yoqadi, bu hammaga ham yoqadi albatta.
Kamchilikni qo'pollik bilan emas, chiroyli yo'l bilan tushuntirish ham bir mahorat.
Manga aybimni to'g'ri va yaxshi yo'l bilan tushuntirsalar o'sha kamchilikni yo'qotishg imkon qadar harakat qilardim.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muslimа 04 Noyabr 2009, 00:16:46
Men ham bir savol bermoqchiman. Bu savol asosan ayol va qizlarimizga tegishli:

Siz bir narsani, masalan kiyim yoki taqinchoqni juda yaxshi ko'rasiz. Lekin turmush o'rtog'ingiz sizni bu holda kiyinishingiz umuman xohlamaydi. Hatto uy ichida ham. Siz bunga qanday qaraysiz?


 :as:
     Manimcha, ayol kishi uyda faqat o'zining jufti haloli uchun bezanishi, ziynatlanishi, pardoz qilishi, chiroyli (hayo chegarasidan chiqmagan holda) va turmush o'rtog'iga ma'qul bo'lgan kiyimlarni kiyishi shart! Jufti halolini ko'nglini hushnud qilish uchun ziynatlanish ayol kishi uchun ibodatning bir turi hisoblanadi. Bu ish uchun ajr ham oladi deyishgan ulamolar. Albatta erni ko'nglini hushnud qilishdan asosiy maqsad, Allahning rizoligiga erishidir. Agar biror kiyim yoki taqinchoq, yoki pardozdagi biror narsa turmush o'rtog'imga yoqmasa, undan osongina voz kecha olaman. Chunku barcha ziynatlanish ular uchun bo'lsa, ularga ma'qul bo'lmagan ziynatdan nima naf? Voz kechmasam ko'ngillarini behuzur bo'lishini tushungan holda Allah rizoligi uchun oddiygina dunyo matohidan uzoqlashaman...

Sizni fe'lingizdagi hech kim sezmagan, sezsa ham sizga aytmagan bir kichik kamchilikni Bekingiz sezib, aytib, sizdan shuni bartaraf qilishni so'radi. Siz bunga qanday qaraysiz? Siz Bekingiz xohlasa, shu fe'lingizdan kecha olasizmi?

     Agar shunday vaziyat bo'lsa, man bunga ijobiy qarayman. Lekin salbiy va ijobiy fe'llar insonda o'rnashib qoladi. Ko'pincha fe'ldagi kamchililar odat tusiga kirib qoladi va ulardan qutilish oson bo'lmaydi. Begim ihtiyor qilsalar, albatta Allahning madadi ila bu kamchilikni bartaraf qilishga harakat qilardim va jufti halolimning bu ishda manga yordam berishlarini so'rardim.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: lolo 24 Noyabr 2009, 07:39:10
:as:

Bu mavzuda hozirda oilalarning buzilib ketishiga sabab bo'layotgan o'zimiz guvoh bo'lgan muammolarni yozib borsak. Zero bu kabi xatoliklardan hozirdanoq ehtiyot choralarini ko'rib qo'ysak. Bu nafaqat oila qurganlar uchun, balki hali oila qurmaganlarga ham foydali bo'ladi, shoshilmasdan, insof bilan hal qilishni o'rganadi.
Va yana Alloh bilguchiroq.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: lolo 24 Noyabr 2009, 07:42:03
Qiziq narsa o'qib qoldim:

АЖАБТОВУА  ТАОМИЛ
Фуқароларнинг никоҳдан стишлари ва ажралишларида талаб қилинадиган снг ажабтовур таомил шубҳасиз Ява оролида бслса керак. Оролнинг турмуш қуришни хоҳловчи ёшлари одатий расмистчиликни бажаришлари — маҳаллий маъмуристга йигирма бешта... каламуш думини олиб келишлари шарт. Ажрашаётганда сса товон миқдори снада ошади: қирқта дум! Анъанага айланган бундай «солиқ» солиш билан ҳукумат шоли плантаяисларига катта миқдорда зарар келтираётган каламушларга қирон келтиришни мақсад қилган.
Manba: http://zakovat.uz/2009/10/07/azhabtovur-taomil.html
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Arbuzchi 26 Noyabr 2009, 23:16:19
:as:

Bu mavzuda hozirda oilalarning buzilib ketishiga sabab bo'layotgan o'zimiz guvoh bo'lgan muammolarni yozib borsak. Zero bu kabi xatoliklardan hozirdanoq ehtiyot choralarini ko'rib qo'ysak. Bu nafaqat oila qurganlar uchun, balki hali oila qurmaganlarga ham foydali bo'ladi, shoshilmasdan, insof bilan hal qilishni o'rganadi.
Va yana Alloh bilguchiroq.

va alaykum assalam.
Erinmasdan shu mavzuni ochgan ekansiz, mayli u bu narsa dib qo'yulu, yana hapsaleyz pir bo'masin.... :D

Endi bunaqa oilalani buzilib ketishiga har hil sababla ta'sir qilishi mumkun. Ulani sanab adog'iga yetomasey kerey.
Eng glavniysi manimchali, hamma o'z ishini bilishi kerey. Hotin hotinliyini, erkey erkeyligini.
Ha keyin shu ikki tarapam, o'z majburiyatiga jiddiyli bilan yondashishi kerey. Va shuni unutmash kereyki, bu yostudosh, bu sani peshenen. Nima va qando yozilgan bo'sa, shunaqasi yozilgan bo'ladi. Oila qurib bo'ganingdan keyin, yaxshiligini oshirib, yomonligini yashirib yashab ketsen, kettin, bo'masa yana bir afsus va nadomat bilan ajrashilgan oilaladan bittasi bo'lasan, qolasande...
Shunchun boshidan yaxshi tanlab, kelajakdagi maqsad nimaligini va bo'lajak er yoki hotinni, shu kelajak uchun mosligini tanlagan holda, Allahga tavakkal qilib, oila qurish kerey.  :1
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Dekabr 2009, 07:19:19
Oilada tinchlik bo'lishni xohlagan ikki juft avvalo bir-birini tushunishi kerak bo'ladi har qanday vaziyatda ham. Birining jahli chiqsa boshqasi, yana birining jahli chiqsa boshqasi jimmm turishi kerak.

Shuning uchun ham aytishadida "Jahling chiqqanida burningni tishla" yoki "Jahling chiqsa sukut qil" deb...   :) : )
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: leonardo1024 04 Dekabr 2009, 07:50:53
Ayolingiz gapizga kirishi uchun ayolingizni JavaScriptda dasturlash  kerak...  ;-)))

Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Muslima.bgm 04 Dekabr 2009, 11:39:04
1.Mening fikrimcha, Ayollar avvalo turmush o'rtog'i bilan biror masalada gaplashmoqchi bo'lsa o'sha vaqtni to'g'ri tanlay bilishlari kerak. Ya'ni biror xarajat yoki boshqa muammolar xaqida ovqat mahali yoki erining sevimli serialini korayotganida chalg'itmasdan, vaziyatni poylab gaplashilsa maqsadga muvovif boladi.
2. Turmush o'rtog'ingizni kayfiyati uncha yaxshi bolmasa, darrov farzandingizni ishga soling, ya'ni uning bolalarcha beg'ubor shirin qiliqlarini adasini oldida qildiring. Adasini yaxshi ko'rishini farzandingiz eshittirib aytsin. Uchchovingiz qiziq o'yinlar o'ynang 1-2minut. Korasiz turmush o'rtog'ingizning kayfiyati shunday ko'tariladikiiii(Sinalgan tajriba).
3. Uning kmchiliklarini yuziga solmasdan, yaxshi tomonlarini samimiy, ko'proq aytsangiz sizga xam juda yaxshi munosabatta bo'ladi. Erkak kishining kayfiyati yaxshi bo'ldimi endi sekin ayollarga xos nozik muomala bilan gapni boshlayvering.
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: Ansora 04 Dekabr 2009, 13:35:57
Oilada bir muammo bo'lib tortishuv paydo bo'lganida taraflardan biri indamay turishi kerak. Bu vazifa asosan ayollarga tushadi. Bir taraf "bir gapdan qolib" indamay tursa qarshidagi taraf ham hijolat tortadi va "o'zini bosib oladi"...
Lekin ayol ham erkagidan past kelmay baravar baqirsa, erkak ham badtar olovlanadi, natijadan Alloh saqlasin...
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ossiyobinti 09 Dekabr 2009, 20:20:17
Assalomu alaykum!
Xotinlaringizdan qaysilari fohishalik qilsa, ularga o'zlaringizdan to'rt (erkak) kishini guvoh qilingiz. Agar guvohlik bersalar, to ularga o'lim kelguncha yoki Alloh biror yo'l qilguncha, ularni (o'z) uylarida saqlangiz. (4.15)

Sizlardan o'sha (zinokorlik)ni qilganlarning ikkisi (erkak va ayol)ga (koyish va Ta'zirlarini berish bilan) aziyat (jazo) beringiz. Agar ular tavba qilib, (o'zlarini) tuzatsalar, ularni tinch qo'yinglar. Albatta, Alloh tavbalarini qabul qiluvchi, rahmli zotdir. (4.16)
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ossiyobinti 09 Dekabr 2009, 20:28:09
Asli bu mulohaza qizim bilan oramizda bo'lib o'tgan suhbatdan boshlangan edi. Xizmat vazifamizga ko'ra tumanimizdagi oilalarning biriga kirgan edik. Gap shundaki, bu oilada to'y bo'lganiga endi besh oy bo'libdi. Xalq tili bilan aytganda, to'y o'chog'ining kuli sovumagan. Lekin qaynona kelinini uydan haydayapti. Borsak, kelinchakning ko'ch-ko'roni o'rtada. O'zi novdadekkina bo'lib, daraxtga suyanib, yig'lab turibdi.

— Ishga solmaganman, o'zingiz o'rgatasiz, degan edi onasi. Juda bunchalik, deb o'ylamagan edim. Yuvgan kirini dordan olib, qayta yuvdim-a, yo'q, issig'ida ketsin, bola o'stirish — mehnat. Óylantirib, rohatini ko'rmoqchi edim, — deydi qaynona.

Onasi aytgan ekan, ko'ngan ekansiz, hali yosh, o'rganib ketar, deb ko'rdik. Yo'q, qaynona shaxdidan qaytmadi.

Shu voqeani uyga kelib, qizimga gapirib berdim.

— Ajrashaversin, nima qiladi g'urbat ichida yashab. Mening uchta o'rtog'imning opasi turmush qurganiga bir yil bo'lmay ajralishgan... — desa bo'ladimi qizim.

— Bu — fojea emas, ko'p kuyunmang, — deb qo'ydi, tag'in.

Atrofimizda bag'ri butunlik bilan farzandlarini kamolga etkazayotgan oilalar juda ko'p. Ólar ibratga, havasga arziydi.

Ammo oilaga engil qarab, shoshib-pishib xulosa chiqarayotganlar ham oz emas. Gap boshida so'z ochgan xonadonni olaylik: bir jihatdan qaynona — haq. Qizi uzatiladigan bo'lguncha unga ro'zg'or yumushlarini o'rgatmasdan borgan joyida uni xijolat qilar darajada uquvsiz qilib qo'ygan onaning ham aybi katta. Shu aybi bilan kelin bo'lishga tayyorman, deb to'yga rozilik bergan kelinchakda ayb bor. Biroq bu o'nglab bo'lmas ayb emas-ku. Hayotning achchiq-chuchugini totgan qaynona bu narsaga sal kengroq qarab, "bolam, bo'tam" qilib o'rgatsa, nahot, uy-ro'zg'or ishlarini eplab ketolmasa?! Axir ayol-ku, zuvalasida uy yumushlariga qoyimlik bor-u...
Har bir oila o'zicha bir mamlakat deganlariday, ulardagi ajralishlarning ham sabablari bir-biriga o'xshamaydi.
                                                                                                                  saodat.uz dan olindi!
            
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ossiyobinti 09 Dekabr 2009, 20:59:24
Assalomu alaykum!
VOQEA. To'y bo'lganidan bir yil o'tmayoq, yoshgina oil buzilib ketdi. Kelindan noahillikning sababini so'rashuvdi, anchagacha sukut saqlab turdi-da keyin sekingina: << Er-xotin yaxshi edik. Ammo xonadondagilar bilan murosamiz kelishmadi>>, deya oldi. Keyin kuyovdan urish_janjallarning sababini so'radik. Uning javobi quyidagicha bo'ldi: <<Uylanganimning to'rtinchi oyi edi. Onam bo'lar-bo'lmasga hayotimizga aralashib, uni zaharga aylantira boshladilar. Garchi turmush o'rtog'imni sevib, hurmat qilsam-da uni himoya qilishga o'zimda jurat topolmadim.
Axir onaga <<Siz nohaqsiz,>> deb qaysi o'g'il ayta oladi? Janjal, baqir-chaqir tinmay qoldi. Xotinimni desam, u yoqda boqib katta qilgan onam, u kishini desam, bi yoqda xotinim. Ikki o't orasida qoldim. Oxiri turmushdan fayz ketdi, mojarolar jonimga tegdi. Xotinimning javobini berib yuborishga to'g'ri keldi. Uni sevib olgandim, hozir ham sevaman, shuning uchun onma yangi kelin haqida gap ochsalar, eshitgim ham kelmaydi.
Dadamning yo'qliklari juda bilinib qoldi, balki onamga tushuntirib yo'lga solarmidilar?>>
Kelin olish oson, qaynona bo'lish qiyin, deyishgan momolarimiz
Hozirgi kunda ajralishlarga nima sabab bo'lmoqda kim ayibdor ona yoki ota? farzandlariga qay darajada voyaga yetqamoqdalar!
Nom: Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
Yuborildi: ossiyobinti 10 Dekabr 2009, 21:46:12
Ўтган хафта опам бизникига келиб кетдилар. Юзлари билан ксзлари шишиб кетган, кун иссилигига қарамасдан енги узун ксйлак кийган сдилар. Сабабини дарров тушундик — поччам сна урибдилар. Опам бу сафар бизга ҳеч нима демадилар, лекин ксзларидан ичларидаги оғриқни сезса бсларди. Катта сғиллари, жисним Абдуллонинг, кайфисти йсқ бслиб стирганидан уйларида катта жанжал бслганини англадик. Лоччам икки йилча олдин опамга қсл кстара бошладилар. Ўша пайт опамлар поччамни қсшни аёл билан юриб кетганига ишона бошладилар. Опам уларни бир- икки марта ссраганлар, балки айблаганлар ҳам. Уйларида ҳар кеча жанжал бслган. Бир марта поччам опамни урганларида битта тишлари синган, оғизларини оғриқдан очолмаган қолганлар. Ўшанда сғиллари Абдулло билан чақалоқ қизлари Шаҳлони олиб бизникига келганлар. Ойим билан отам опамнинг юзини ксриб даҳшатга тушишганди. Отам "œшу ерда қоласан, қайтмайсан!" дегандилар. Аммо икки хафта стгач поччам келиб олиб кетганлар. Ундан буён сал тинчланганга схшаганди аммо бундан бир йил олдин поччам ишсиз қолдилар ва уйда стириб сиқилганларидан сзларини қаёққа қсйишни билмасдан аламларини опамлардан, катта сғилларидан оладиган бслдилар. Жисним Абдуллони калтаклайман деганда, опамлар уни химос қилсалар калтак опамларга тушади. Опамлар поччамни жуда асабийлашиб қолган дейдилар. Опам уларга бир оғиз ссз айтишга ҳам қсрқиб қолганлар. Ойим бир марта ссраганларида йиғлаб юбордилар. Ота-онам уларни сйлаб роса куйиб қариб кетишаспти, аммо барибир аралашини исташмайди. Мен сса опам билан Абдуллони сйлаб кечалари билан уҳлолмайман. Кснглимда поччамга нафрат билан тслиб кетаспти. Менга, ё тсғриси опамларга, қандай маслаҳат берардингиз? Бундай калтакларга чидаб сшаверсинларми? Опамга қандай ёрдам берсам бслади, азобларини қай йссин енгиллатишим мумкин? Тошкентлик талаба А аъно.
                                                                                                                Ayol.uz saytidan