forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:53:57

Nom: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:53:57
Feruzabegim:

Assalomu alaykum.
Hayot tashvishlari bilan bo'lib bolaligimizning so'nggi kunlari yaqinlashayotganligini sezmabmiz-ku, sinfdosh? Sen bilan bir partada o'tirib, urushib, yana yarashib o'tkazgan o'sha maktab kunlari tugayotganini anglashga vaqt ham topa olmabmiz, ey sinfdosh. Bilaman, bugun bosib o'tgan yo'lingga qarab, har bir kunni, har bir lahzani qaytadan eslayapsan. Eslayapsanu, nahotki darrov katta bo'ldim degan savolga javob izlash bilan ovorasan. Esingdami, sinfdosh, darsga kech qolib o'qituvchimizdan gap eshitganlarimiz, darslarimizni qilmay, bir birimizdan ko'chirganlarimiz, darsdan qochib, kinoga borganlarimiz? Barchasini hozir eslayotgandirsan-a, sinfdosh?
Bugun hammasi ko'z oldingdan birin ketin o'tib bormoqda.
Shunchalar yomon ko'rib, bir daqiqa kechroq chalinsang bo'lmasmidi degan o'sha qo'ng'iroq sadolari endi bizga armon. Bugun u so'nggi bor sen va men uchun bir umrga eslagulik bo'lib chalinadi. Shularni xayolingdan o'tkazayapsan-u, vujuding titrayotganini sezasan.
Bugun 11 yil orziqib kutgan kunimiz keldi. 11 yil-a? Vaqt shunchalar tez o'tarkanki, buni hatto sezmabmiz ham. Mana shu 11 yil ichida sen bilan nimalarni ko'rmadik, sinfdosh? Sen mening eng yaqin insonimga aylanding shu vaqt mobaynida. Endi esa, qaldirg'ochlarga o'xshab turli tomonlarga uchib ketayapmiz.
Mayli bugungi chalinadigan qo'ng'iroq biz uchun maktabdagi eng so'nggi qo'ng'rioq bo'lsin, mayli u bolaligimizga "alvido" desin, lekin sen bilan menga, bizning do'stligimizga xayr deya olmaydi, ha? Ushbu qo'ng'iroq chalinsada, sen bilan men yana o'sha qadrdon do'st, bir birimiz suyanguvchi ustun, va eng yaqin sirdosh bo'lib qolaveramiz-a? Albatta shunday bo'lib qolaveradi!
Yangi hayot ostonasida senga faqat sabr toqat, va matonat tilayman. Yo'ling har doim ochiq, yuzing yorug' bo'lsin!
Ilohim, parvozing bexatar bo'lsing, ey mening sinfdoshim!
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:54:12
Shoir:

Ushbularni o'qib mening ham maktab davrlarim esga tushib ketdi.
So'nggi qo'ng'iroq. Negadir menda g'amginlik hissi yo'q edi. Qaytaga xursand edim. Maktabdan "qutulayotganimga". Endi meni katta-katta oliygohlar kutardi (xayollarimda)...
Bir payt mundoq qarasam sinfdodh do'stim yig'layapti. Anvar sinfdagi eng quvnoq va hammani kuldirib yuradigan bola edi. Ne bo'ldiki, o'sha kuni uning ham ko'zida yosh.
Keyin xayollarimni yig'ishtirdfim-da, yana o'ylay boshladim. shuncha yil birga o'qib, endi bir-birimizni tashlab ketyapmiz-a??
Shu payt sinf rahbarimiz chiqib, so'nggi tilak-so'zlarini aytdiular. Ichlarim junbushga keldi...

Mana bunga ham 4 yil bo'libdi...
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:54:27
Feruzabegim:

Assalomu alaykum.
Bu kunni qanchalik kutamiz. U kelganida esa hammaning yuragi entikadi, shuncha yil birga o'qigan sinfdoshlarini, qadrdon ustozlari va o'sha jajji maktabi u uchun qanchalik muhimligini anglab yetadi.
Bunday olganda, bitirayotganligimdan judayam xursandman. O'zimning sinfdoshlarim bilan bitirmasligim judayam jahlimni chiqarayapti. Lekin bu yerdagi sinfdoshlarimga ham shu qadar o'rganib qolibmanki, ularga qarab yana maktabim, O'zbekistondagi sinfdoshlarim va ustozlarim haqida o'ylab qolaman.
NIma bo'lganda ham hammalari omon bo'lishsin!
   
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:54:43
Shoir:

Sinfdoshlardan ayrilish juda qiyin. Chunki ular jajji bolalikdan to balog'at davri, undan keyingi davrgacha birga bo'lganmiz.
Bundan keyin kursdoshlar bo'ladi. Lekin ular sinfdoshdek bo'lolmaydi.
Sinfdosh har doim sizning dardingiz bilan yashaydi, qayg'uradi.
Qarib qartayib qolgan qariyalarni ko'rsangiz ham sinfdoshlari bilan o'sha yoshlikdagidek hazillashayotganlarini ko'rasiz...
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:54:57
Maknuna:

Barcha maktabni bitirganlarni tabriklayman va
kelasi katta imtihonloarda omad yor bo'liushini tilab qolaman.
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Ansora 21 Aprel 2010, 13:50:31
Sinfdoshlari bilan ko'rishib turadiganlar bormi?
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: lilu 21 Aprel 2010, 21:52:33
Sinfdoshlari bilan ko'rishib turadiganlar bormi?

biza internetda gaplashib turamiz.
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Akbarjоn 21 Aprel 2010, 22:09:51
So'ngi qo'ng'iroq...
xar kimda har hil ta'surot qoldirgan
Kimdir ko'ylagiga sinfdoshlariyu kichik maktabdoshlaridan estalik dasthatlar yozdirgan, kimdir daraxtlar oldidagi "skameyka" da mahzun o'yga berilib o'tirgan yana kimdir...
Menga esa So'ngi qo'ng'iroq deganda nimagadir ko'z oldimga Tinchlik korpusi orqali dars berisga AQSh dan kelgan o'qituvchimiz Kiff kelaveradi
Uning ham hayrlashuv kechasi edi bu, 2 yilik shartnomasi tugab uyiga qaytadigan vaqt...
So'ngi qo'ng'iroq lineykasi (yig'ilishi) bo'lyabdi, hama narsa odatdagiday o'tdi, ochib berildi, direktor so'zga chiqdi fikrlar gaolar, jeyin Shu AQSh lik o'qituvchiga so'z berildi
Avvaliga chala chala qilib  o'zbek tilida gap boshladi, ozroq gapirib gaplari bolinib bo'linib keta doshladi, biz xali to'liq o'rganmaganda dedik, qarasak ...
ko'zi to'la yosh, qiynalardi gapirishga, bo'g'ziga xayajon to'lib qolgan edi, yig'lavordi... oxiri gapini Inglizchada tugatdi
Sho'x sinfdoshlarimizdan kulganlar xam bo'ldi, unga qo'shilib ko'z yosh to'kkanlar ham bo'ldi... Ammo shu holatgacha o'zimni xecham bitirayotganday, bu o'quv maskanini tark etayoganday his qilmagan edim
shundan keyingina Songi qo'ng'iroq salobati bosadi, shundan keyingina voqe'lika yetarli baho berdim. Ha bu yer endi bizga begona bo'lyabdi, endi hohlasak xam bu yerlar bizni avvalgidek qabul qilishmiydi, sinfdoshlar endi begona, kimlar bilandir diydor qiyomatga qoldi...
Nimagadir So'ngi qo'g'iroq menga o'sha o'qituvchim Kiff Boumwold ni esga solaveradi...
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: BelleQizcha 25 Aprel 2010, 18:10:29
7-sinida oqib yurganimiza.. Oshandan oqshomimiza qanaqa otishini rajalashtirardik... Bittasi man bunaqa kiyaman.. bittasi man limozin olaman diyishardii.. bittasii Tohir Sodiqovi chaqiramiza etishardi..Kiyin Ko'z oldimga .. birinchi sinifdagi Kichkina partalar stolchalar kelardi..Birinchi Qong'iroq....
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: siddiqa 26 Aprel 2010, 01:39:49
 :as:

Sinfdoshlarim bn 7 yilgina o'qiganman .keyin boshqa joyga o'qishga borgizishgan yig'lab siqtashimga qaramay .

litseygacha bo'lgan Gimnaziya hayoti og'ir kelgan guruhdoshlar bn kelisha olmasdim ,
o'shanda sinfdoshlarni sog'inib yig'laganaman .........she'r ham yozgan ekanman o'qib qotib kuldim yaqinda .

hozir esa ularni deyarli umuman ko'rmayman ko'rishsak o'sha qaysar ,ishkal ,sho'h davrimizni sog'insam kk .
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 21:47:12
Sinfdoshlarimni ko'rsam ham nima haqida gapirishni bilmasam kerak aniq, chunki oraga yillar, masofalar kirgandan keyin odam nima haqida gapirishni ham bilmas ekan. Yaqinda Toshkentdagi dugonalarimdan biri bilan telefonda gaplashdim, 10 soniyadan keyin nima desam ekan, deya boshladim.

Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: BelleQizcha 02 May 2010, 22:03:52
Bazi sinifdoshlarim bilan enternetda gaplashsam... Sizlashamiza.. uzuqolashib ketganimizadan...
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 22:05:38
Bir paytlar Bolalar guruhini va yoki qolganlarni Sinfdoshim, Maktabim falon degan ashulalarni eshitganimda yig'lardim, endi esa diqqatimni ham tortmaydi....

Hamma narsa vaqtida ekan-da azizlar.....
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: BelleQizcha 02 May 2010, 22:08:10
Aha.. sinifi ohirida ottiriib kecha nima qiganlariz etib berishla,,, uy ishini kochirishlaa,,, Birgalashib Oqtuvchilarmizani yomonlashmiza.,... Parallel Siniflarni kamchiligini topishla hammasi qob ketarkan..
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 22:10:28
Har safar ko'chganimizda sinfdoshlariiiim deb yig'laganimda ayam bilan dadam voyeeeey o'rganib ketasan, qizim deb ovutishardi. kelajakda men ham inshalloh farzandimga shunday desam kerak aniq ;D
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: BelleQizcha 02 May 2010, 22:12:39
partaga chizish Qob ketibdii.. Ayniqsa.. Hilola+Risolat=CHIN DOSTLAR DIB YOzish..  ;D ;D ;D
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Abdumuhaymin 02 May 2010, 22:20:50
partaga chizish Qob ketibdii.. Ayniqsa.. Hilola+Risolat=CHIN DOSTLAR DIB YOzish..  ;D ;D ;D
Mel bilan ho'l doka esdan chiqmaptimi nabodo...
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: BelleQizcha 02 May 2010, 22:24:28
partaga chizish Qob ketibdii.. Ayniqsa.. Hilola+Risolat=CHIN DOSTLAR DIB YOzish..  ;D ;D ;D
Mel bilan ho'l doka esdan chiqmaptimi nabodo...
Ana esimga tushdi.. yomon kira latta bolardii aa?? kiyin uni cheladagi suvga yuvib ishlatushuradi.. Doim mel qomasdi..boshqa sinifdan sorashardi.. vayyy vopsehm hafa kunlaruu
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: Abdumuhaymin 02 May 2010, 22:29:13
Hilola+Risolat=chin do'stlariyam usha mel bn ho'l lattada o'chirardila
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: BelleQizcha 02 May 2010, 22:34:44
Vayyy yana bitta narsa esimga tushib kettdiki.. partalarni ochirish uchun.. Loy ishlatishardi.. Tuvedagi gullarni loyini olib partaga solib artishardi...
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: siddiqa 03 May 2010, 07:26:32
Har safar ko'chganimizda sinfdoshlariiiim deb yig'laganimda ayam bilan dadam voyeeeey o'rganib ketasan, qizim deb ovutishardi. kelajakda men ham inshalloh farzandimga shunday desam kerak aniq ;D

ha ,huddi shunaqa diyishadi ,lekin hamma joydagi guruhdoshlarni o'z qadri bor .

Gimnaziyaga 1 borgan kunim sinfdoshlarim sumkamni derazaga ilib bekitib qo'yishgan ,rosa hafa bo'lganman

Aslida bu odat ekan yangi o'quvchini kutib olish ,agar kelishib keta olishini bilishsa shunaqa qilisharkan . :) :)
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: siddiqa 06 May 2010, 07:12:47
 :as:

maktabda darsdan kamroq qochardik chunki hamma bir biridan ajralgisi kelmasdi ......

Gimnaziyada o'qituvchilar qattiqroq sal pal qochib turardik .

Litsey hayoti o'zgacha naq gruppavoy quyonni rasmini chizardik hech kim u qildi bu qildi demasdi ..........hammamiz birday javob berardik 1 yoqaga o'sha paytlar sig'ardik .

Unversitet   o' 1 tasi qochaylik  darsdan desa 2 tasi o'ylanadi ,3 chisi hakam ,4 chisi ga baribir .5 chisi kelmagan . :D :D :D

a endi odam qo'rqadide ,bir yoqaga ko'pinchamas bir bir sig'ib turamiz .
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: muhibb 06 May 2010, 10:56:31
8 sinfdaligimda juma namoziga domlamdan javob so'rardim. Domlam javob berardila. Bir kuni sinf rahbarim bugun borma, komissiya keladi, deganlarida, geografiya darsiga kirib o'tirsam, domla hayron. Nimaga ketmading? degandi.
O'sha yili rus tili fani juma namozi vaqtiga to'g'ri kepqoganida, o'ris domlayam javob berardi masjidga borishga. 17 ta boladan 15 tasi jumaga ketaman, deb javob so'rardi, bor-yo'g'i 5-6 ta bolagina masjidga borardi.

9-sinfda, bolla va qizla o'zaro gaplashishmasdi. Bir-birlariga boycott e'lon qilishgandi. Sinf rahbarimiz bir kuni hammani yig'ib, urushgandila. O'shanda manga qarab, "Islom dinida bir-biri bilan gaplashmaslik, arazlashmaslik yo'qligini bilasanu, nimaga boshqalaga shuni o'rgatmisan?" deb baqirgandila. shu gaplaridan keyin shunaqa berilib ketimmanki, 17 ta boladan 14 tasiga arab yozuvini o'rgatganakanman. (qogan uchta boladan bittasi o'zim, ikkitasi oldindan yozishshi biladigan bolla edi.)

10 sinfda o'qib yurganimizda, algebra domlamiz hammani oldida Aziz degan o'rtog'imizzi sharmanda qigandila. Aziz o'zi yaxshi bola edi, lekin matematikani bilmas edi. Darsdan keyin, domlaga 2000 so'm pul berib, "Oyim bervordila..." deganakan. O'qituvchimiz hammani oldida pulini qaytarib bergandila va kulib, 3 bahosini qo'yib bergandila.
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: muhibb 06 May 2010, 10:58:29
offtop uchun uzr, haliyam maktab va institutlada gimn-madhiya aytiladimi har kuni ertalab?

Bizani paytimizda har kuni aytilardi. Maktabda, alohida tekshirishla bo'lardi. Bittama-bitta gimn aytib berardik. Hatto institutda hamma kursdoshlarim xo'r bo'lib gimn aytardik.
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: JaviK 06 May 2010, 12:56:48
Maktab davri juda qiziqda birinchi sinfga borganimda qochib kelganman, shunda oppodadam rahmatlik hayotda o`z o`rning bo`lishini hohlasen yahshi o`qi degan edi shundan yahshi o`qishga harakat qilaman. Birinchi marotaba ustozimiz so`kkanda hammani oldida yuzim qizargan, shunda ko`rdilarmi hech so`kish eshitmagan odamni yuzi tez qizaradi degandi,unda ham o`qishimdan emas, tanaffus paytide tempo o`yini  bo`lar edi,  saqichni qog`izini o`ynar edik, ustozimiz ko`rib qolib hammamiznikini oldilar,  men va oshnamga axlatga tashlab kelilar dedi, shunda o`zimiznikilarni olib, qolganlarini ko`chadagi paqirga tashlab kirsek, bilmadim cho`ntagimizni kavlagandi, qog`ozlar  chiqib turibdiku, uyatdan yuzim qizarib ketgan.
Katta sinflarga o`tdim, fizikadan olimpiadaga qatnashdim, va imtiyozli shaxodatnoma va kollejda ham qizil diplom, hudo hohlasa bi yil nasib qilib institutga kirsam qizil diplomga harakat.
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: BelleQizcha 06 May 2010, 17:32:04
Har dushanba kuni.. Qolimizani ko'ksimizaga qoyib MADHIYAni etardik Leneykada...
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: siddiqa 07 May 2010, 03:50:46
offtop uchun uzr, haliyam maktab va institutlada gimn-madhiya aytiladimi har kuni ertalab?

Bizani paytimizda har kuni aytilardi. Maktabda, alohida tekshirishla bo'lardi. Bittama-bitta gimn aytib berardik. Hatto institutda hamma kursdoshlarim xo'r bo'lib gimn aytardik.

Maktabda har shanba ,dushanba yig'ilishda chiyillashib aytardik ........sinfda ham.

 litsey ,unversitetda esdan chiqdi ,shunchalik ko'p narsalar esdan chiqdiki odam sog'inadi ,.
Nom: Re: Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!
Yuborildi: muhibb 07 May 2010, 11:45:10
offtop uchun uzr, haliyam maktab va institutlada gimn-madhiya aytiladimi har kuni ertalab?

Bizani paytimizda har kuni aytilardi. Maktabda, alohida tekshirishla bo'lardi. Bittama-bitta gimn aytib berardik. Hatto institutda hamma kursdoshlarim xo'r bo'lib gimn aytardik.

Maktabda har shanba ,dushanba yig'ilishda chiyillashib aytardik ........sinfda ham.

 litsey ,unversitetda esdan chiqdi ,shunchalik ko'p narsalar esdan chiqdiki odam sog'inadi ,.

Kechagidek esimda. Universitetda birinchi para darsimiz bo'ladigan xona shundoq hovliga qarar edi. Domlamiz darsga hali kirmagani uchun, madhiya paytida ba'zi talabalarimiz o'tirib olgan edilar. Bir payt oynadan Zuhriddin Xusniddinov (o'sha paytda bu kishi rektor yordamchisi edilar) ko'rindilar. haligi o'tirgan bolalar darhol o'rinlaridan turib oldilar.
Madhiya tugagach, Zuhriddin aka erinmasdan, xonamizga kirdilar. Hamma so'ksalar kerak...deb turganida bitta jumla bilan hammani nokaut qildilar: "Hurmatli talabalar, madhiya davlatimiz ramzi. davlat esa, sizlarniki. Siz o'z ramzingizga qanday munosabatda bo'lishingiz lozimligini tushuntiradigan yoshdan o'tib bo'lgansizlar deb o'ylayman. xulosa chiqarish har kimning vijdoniga havola..."

Aytsam ishonmaysiz, o'sha kundan boshlab, har kuni va har bir tadbirda oramizda eng dadil va baland ovozda madhiyaga jo'r bo'ladigan talabalar, aynan os'ha kuni o'tirgan talabalar edi.