forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Suyuq taomlar => Mavzu boshlandi: Ansora 28 Fevral 2012, 19:15:37

Nom: Shirqovoq- sutli, oshqovoqli taom.
Yuborildi: Ansora 28 Fevral 2012, 19:15:37
 :asl3:

Tayyorlanishi:

Qozonga 150-200ml gacha sovuq suv quyib, kubik shaklida to'g'ralgan qovoqlarni solamiz, qovoq solingan suv qaynab chiqgach, yuvib tayyorlab qo'yilgan 0,5 stakan guruchni solib, birgalikda qaynatamiz.(Guruchimiz suvda pishib qolmasligi kerak, guruch sutni shimib pishsa taom ana o'shanda ma'zali bo'ladi)
2-3 minutdan so'ng, guruch suvni shimib ozayadi, guruch pishib ketmasdan 1 litr sutni quyib cho'mich yordamida aralashtiramiz va tabga qarab ozgina tuz solamiz. Sut qaynab chiqgach, past olovda 7-8 daqiqa davomida qaynatib olovni o'chiramiz. Sutli sho'rva ichidagi pishgan qovoqlari 5-6 donasini pyure shaklida cho'mich yordamida ezib yuborsangiz, qvoqning ma'zasi taomga chiqib yanada ma'zali bo'ladi. Qovoq bilan birga makkajuxori solsangiz ham ma'zasi o'zgacha bo'ladi.

Bu taomni xohlaganlar tuzli, xohlaganlar shirin pishirib yeyishi mumkin.

Yoqimli ishtaha:)

(http://i052.radikal.ru/1202/83/9aa0ac4e18e3.jpg) (http://www.radikal.ru)