forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Sut mahsulotlari => Mavzu boshlandi: Ansora 01 Mart 2012, 12:57:51

Nom: Uy sharoitda quyultirilgan sut - Sgushonka tayyorlash
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 12:57:51
 :asl3:

Anchadan beri sgushonka qilishni o'ylab yurgandim, bugunga nasib ekan. Judayam oson ekan, faqat 2.5 soat gazga achinmasangiz bo'ldi:)

Men sof sut oldim, ya'ni qutilardagi sut emas, ulardan qanday bo'ladi bilmadim. Yog'i olinmagan sut bo'lgani uchun mazasi judayam zo'r edi.

Masalliqlar:

3 litr sut
1.5 kg shakar

Tayyorlanishi:

Sut qaynamasdan shakarni soldim. Orada bir alashtirib turdim. 2 soatlardan keyin yana ham ko'p aralashtirdim, chunki qo'yila boshlagan edi. Ham pat pat, deb otila boshladi:)

Xullas 2.5 soat deganda tayyor bo'ldi. Blenderda bir aralashtirib oldim 2-3 daqiqa qadar.
Yaxshiyam 3 lirt sutdan qilganim, adashmasam 2 litrga yaqin bo'ldi...rangi ham shokoladli bo'libdi:)

Foydasi tegadi, degan umiddaman:)

(http://i065.radikal.ru/1202/2d/7ac87baab387.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Uy sharoitda quyultirilgan sut - Sgushonka tayyorlash
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 12:59:10
Sgushonkani olovdan olganimda unchalik quyuq emasdi, vaqt otgan sari quyuldi va rangi ham qo'yiqlashdi...mazasiiii mmm, hammaga tavsiya etaman...

(oylanib qoldim, biz olgan tayyor sgushonkalarni rangi nimaga oq ekan)
Nom: Re: Uy sharoitda quyultirilgan sut - Sgushonka tayyorlash
Yuborildi: Зайнаб 29 Aprel 2012, 09:15:15
 :asl3:
Kapalak опа, шу қуюлтирилган сутни банкаларга ёпиб қишга сақласа бсладими? Азда сут, қатиқ бисёр. Қишда етишмайди. шунда маза қилиб банкаларни очиб дастурхонга тортилса ҳаммага ёқса керак :) Турармикан қишгача?
Nom: Re: Uy sharoitda quyultirilgan sut - Sgushonka tayyorlash
Yuborildi: Ansora 30 Aprel 2012, 15:47:12
:asl3:
Kapalak опа, шу қуюлтирилган сутни банкаларга ёпиб қишга сақласа бсладими? Азда сут, қатиқ бисёр. Қишда етишмайди. шунда маза қилиб банкаларни очиб дастурхонга тортилса ҳаммага ёқса керак :) Турармикан қишгача?

Valaykum assalom. Hech oylab kormagan ekanman:) sinash uchun 1 litr yopib koring, bizgayam aytasiz natijasini:)
Nom: Javob: Uy sharoitda quyultirilgan sut - Sgushonka tayyorlash
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 18:38:12
Tayyorlanishi:

Sut qaynamasdan shakarni soldim. Orada bir alashtirib turdim. 2 soatlardan keyin yana ham ko'p aralashtirdim, chunki qo'yila boshlagan edi. Ham pat pat, deb otila boshladi:)

Xullas 2.5 soat deganda tayyor bo'ldi. Blenderda bir aralashtirib oldim 2-3 daqiqa qadar.
Yaxshiyam 3 lirt sutdan qilganim, adashmasam 2 litrga yaqin bo'ldi...rangi ham shokoladli bo'libdi:)

 
Ansora opa 2 litr sugushyonka bizni kichkina oilamiz uchun ko'plik qiladi. aytaylik 1.5 litr sutga 0.75 kg shakr qilib ishlatsa bo'ladimi
keyin pishirishda har bir bosqichini birma-bir yozing itimos ertaga dam olish kunida qilib ko'rmoqchi edim. qancha harorat kerak qancha qaynagandan keyin aralashtirish bohlanadi ... har bir mayda detallarigacha javobizi kutib qolaman