forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:29:26

Nom: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:29:26
Shahina:

Assalomu alaykum sayt hodimlari va muxlislar!
Ushbu bo`lim orqali o`qishga kirayotgan yoshlar uchun maslahatlar berib borsangizlar...
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:30:31
Otabek;

Mani maslaxatlarim:
1) Uyquni bir chetga yig'ishtiring;
2) Ko'proq vaqtingizni o'qishga bag'ishlang;
3) Xavoyi tuyg'ularni boshingizdan chiqazib tashlang (masalan, "Man xamma narsani bilaman", qabilidagi);
4) Bilmaganlaringizni so'rashdan tortinmang. Tortinsangiz "itning keyingi oyog'i bo'lib qolaverasiz" (qo'pol o'xshatish uchun uzr);
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:30:44
Mahmud:

Salom Otabek!
Koreyadagi o`quvchilarga sharoitlar qanaqa? Stipendiya, yotoq deganday...
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:33:23
Otabek;

Koreyada talabalar uchun sharoitlar juda a'lo darajada tashkillashtirilgan. Bu yerda barcha oliygohlar pullik shartnoma (kontrakt) asosida bilim beradi. Kontrakt miqdori qimmat, lekin talabalar ham o'qish, ham darsdan bo'sh vaqtlarida qo'shimcha daromad topishlarini hisobga olsak, kontrakt puli unchalik og'irlik qilmaydi. Yotoqxonalardagi sharoitlarga kelsak, koreys talabalarning shinam xonalar, tekin internet , kompyuterlar bilan jixozlanganligini e'tirof etish zarur.
Umuman olganda, koreys talabalar vaqtlarini bexuda narsalarga sarflamaydi. Shuning uchun ular o'zlari ishlab topgan pulga xorijda bemalol bilim olib kelishadi.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:33:34
AbdulAziz:

Assalomu alaykum Otabek!
Savollarim:
1. Kontrak puli qancha?
2. Oyiga sizlar qancha ishlatasizlar?
3. O`rtacha oylik qancha?
4. Talaba Koreyada ishlab qancha topishi mumkin?
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:35:03
Otabek:

Assalomu alaykum!
savolingizga batafsil javob berishga xarakat qilaman.
Koreya oliygohlarida kontrakt pulini eshitib, biroz bo'lsa-da, shashtingiz qaytishi mumkin: bu yerda 1 semestr uchun 4000$ miqdorda kontrakt puli to'lanadi. Lekin bu koreyslar uchun og'irlik qilmaydi. Zero, talaba darsdan bo'sh vaqtlarida qo'shimcha ish qilib, 1 oyda bemalol 1000-1500$ daromad qila oladi. Demak, talaba o'zining kontrakt pulini o'zi to'lay oladi. Men darsdan bo'sh vaqtlarida ingliz tilidan repititorlik qiladigan bir koreys talaba bilan suxbatlashganimda u 2 xaftada 1200$ daromad qilishini aytdi. Shuncha daromad qilgach, talaba albatta qiyinchilikni sezmaydi-da. Buning ustiga Koreyada abiturientlar bir vaqtning o'zida 4-5 ta oliygohga xujjat topshirish xuquqiga ega. Kirish imtixonlari 1 yilda 2 marta o'tkaziladi: qishda va yozda.Ya'ni, qishda 4-5 ta institutga xujjat topshirasiz. Agar Xudo ko'rstmasin birontasiga xam kirolmasangiz, yozda yana xujjat qo'ltiqlab ,4-5 institutga borasiz. Xullas, talabalik baxti nasib etadi. Buning uchun bilimli bo'lsangiz kifoya...
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:35:14
Otabek:

Biz xozirda 1 oy mobaynida oshib borsa 50$ ishlatamiz. Agar bozorga tushib, fotoapparat, videodisklar olmasak...
Koreyada o'qituvchilarning oyligi juda yaxshi. Ular 1 oyda bemalol 2500$ dan ko'proq pul topadi. Talabalarning stipendiyasi esa 800$ atrofida...
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:35:24
Zo`r ekan-u. Otabek, adashmasam silar bilan boshqa millat vakillari ham o`qishadi. Ular haqida ham bir-ikki og`iz..
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:35:37
Otabek:

Biz o'qiyotgan Chung-Ang universitetida biz, o'zbekistonliklardan tashqari Fransiya, Rossiya, Xindiston, Tailand, V'etnam, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston va Malayziyadan kelgan talabalar ham ta'lim olishadi...
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:37:12
KIM QAYSI OLIY O`QUV YURTIGA KIRMOQCHI?

Fikrlaringizni bildiring. Maslahat bering. Maslahat so`rang...
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:37:42
Otabek;

Magistraturada o'qishni niyat qildim. Qanday maslaxat berasizlar?
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:39:25
AbdulAziz:

Agar haqiqatdanam ilmiy izlanish olib borish niyatiz bo`lsagina magistarturaga kiring. Agar faqat diplom uchungina magistraturaga kirmoqchi bo`sangiz bu niyatizdan srazu qayting :D ???
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:40:44
Otabek:

Men Chung-Ang universitetida magistraturada o'qimoqchiman...
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:40:58
Kumushbibi:

Allohdan sabr va matonat tilayman.Lekin juda ham ajoyib yo'l tanlabsiz.Biroq buning ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor.Ko'z qo'rqoq,qo'l botir.Shu hikmatga amal qilsangiz kelajakda o'z kasbingizni ustasi bo'lasiz.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:41:15
Otabek:

Rahmat, Kumushbibi...
Do'stona maslahatingizga albatta amal qilaman...
Sizga ham matonat tilayman... :)
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:41:39
Mohinur:

O`zbekistondagi qaysi oliy o`quv yurtlarining kelajagi bor deb o`ylaysizlar?
Qaysi biriga hujjat topshirgan ma'qul?
   
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:42:01
Kumushbibi:

Qiz bola uchun medicinani tavsiya etgan bo'lardim.(O'zim juda ham orzu qilganman shu sohani)
Mani bilishimcha Business, Economicani kelajagi yaxshi.Yanaham o'zingizni xoxishingiz va ishonchingizga bog'liq.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:42:12
Samo:

qaysi oqishga kirsam boladi?

avval siz quyidagi kabi savollarga(ozingiz ham yangi savol vering)
javob topib songra qaror qiling

1. Men haqimda boshqalar qay fikrda?
2. Ozim haqimda ozimni fikrim?
3. yuqorida fikrlardan ozod bolaolamanmi?(yani yuqorida fikrlar meni qamrab olganlik darajasinini
kamaytiraolamanmi?
4. Inson boshqalarni firkrida yahshaydi ayrim hollarda. shulardan forig bolib hulosa qilasiz

endi ayrim maslahatlar
1. Insonlar maslahat sorashadi songra bahslashadi(bu maslahatni oqish, ish kabi narsalarga yuzlantirgan
maqul, diniy muqaddasotlarga yonaltirilsa muammolar yahshaydi inson)
2. Kuchli va bahtli bolishga MAJBURMAN.
3. Har bir sohada USTAsi bolishim kerak
4. Tanlagan kasbni hayotim davomida SEVIB amalga oshirishim kerak.

hozircha shu keyin davm etadi
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:42:33
Orzu:

Farzand larim hali yosh endi 6 yoshga to'ldi .Etuk inson kelajagi porloq inson bo'lib etishishi uchun nima qilsam bo'ladi .O'zim hech qaerda o'qimagan man . Abdulaziz sizday bo'lishi uchun nima qilsam bo'ladi siz maktabda nechanchi sinfgacha o'qigan siz maktabdan keyin qaerlarda o'qigan siz ? Shu siz aytgan lariz ga qarab 1 hulosa ga kelaman .Otabek ,Kumushxon , Forumchilar sizlar xam maslaxat beriglar (javoblar uchun raxmat)
   
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:44:02
AbdulAziz:

Avvalo assalomu alaykum SamO!
Forumimizga xush kelibsiz. Bundan keyin ham fikrlaringiz bilan istirok etib, eng faol forumchilardan biriga aylanasiz degan umiddaman.
Iqtibos
4. Inson boshqalarni firkrida yahshaydi ayrim hollarda. shulardan forig bolib hulosa qilasiz
Gaplaringizga qo`shilaman. Ba'zilarning o`z mustaqil fikrlari bo`lmaydi yoki birovlarning fikrini har doim ham qabul qilaverishadi va shu bilan cheklanib qolishadi. O`qishga kirish ham shunaqa jiddiy masalalardan. Hozirgi paytda o`qishga kirishda TAVAKKALCHILIK ketymaydi. Chunki o`qishga topshirayotgan intellektlar judayam ko`p. Ular orasidan sara bo`lish tavakkal yoxud birovlarning xom-hayoillari bilan bo`lmaydi. Bunda ilmga intilish, o`z ustida mudom ishlash va mehnat talab qilinadi. Albatta, qing`ir yo`llari ham bor. Lekin bu yo`llarga aqli bor insonlar qadam qo`ymaydilar degan umiddamiz.
endi ayrim maslahatlar
Iqtibos
1. Insonlar maslahat sorashadi songra bahslashadi(bu maslahatni oqish, ish kabi narsalarga yuzlantirgan maqul, diniy muqaddasotlarga yonaltirilsa muammolar yahshaydi inson)
Haq gaplar. Diniy mas'alalarda bahs olib borishni ulamolarimiz ma'qullamaganlar. Bundan ko`ra boshqa hal qilinmog`i zarur bo`lgan amallar bilan shug`ullanishni maslahat berganlar. Zero, din tortishuv, bhs maydoni emas. Uning ikki asosi mavjud!
Iqtibos
2. Kuchli va bahtli bolishga MAJBURMAN.
3. Har bir sohada USTAsi bolishim kerak
Inson o`z oldiga bir maqsad qo`ydimi, shu maqsad yo`lida olg`a intilmog`i harakat qilmog`i lozim. Bu yerda xolis niyat ham muhim o`rin tutadi. "Men eplay olaman", "qo`limdan keladi", "qo`rqish menga begona" kabi fikrlar bilan o`zini ishontirgan odam albatta maqsadga yetadi. O`qishga kirishda ham shu prinsipga amal qilgan muhim.
Iqtibos
4. Tanlagan kasbni hayotim davomida SEVIB amalga oshirishim kerak.
Bu narsa ham judayam zarur masalalardan. Chunki inson agar o`z o`qishini, kasbini, sohasini sevmas ekan, undagi harakat ham, shijoat ham so`nib boraverdi. Olg`a intilish uchun esa siz ilmni seving, o`qib charchamang, bilimdan orqaga chekinmang, harakat qiling, inshoolloh albatta maqsadga erishasiz.
Iqtibos
hozircha shu keyin davm etadi
Davomini biz ham kutib qolamiz.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:44:40
AbdulAziz:

Assalomu alaykum ORZU aka!
Iqtibos
Farzand larim hali yosh endi 6 yoshga to'ldi .Etuk inson kelajagi porloq inson bo'lib etishishi uchun nima qilsam bo'ladi .O'zim hech qaerda o'qimagan man .

Avvalo man bu savolga javob berishim judayam qiyinligini eslatib o`taman. Chunki hali oila va hayot nimaligini bilmaydigan yoshning javobi albatta ideal bo`lmaydi. Shunday bo`lsa-da javob berishga harakat qilaman va savolni boshqacharoq ilib o`zgartiraman:
Siz kelajakda o`z farzandlaringizning yetuk inson bo`lishi uchun qanday tarbiyalamoqchisiz?
Avvalo yigit kishi oila qurmasdan avval shu oilani qurish ham ma'nan, ham moddiy tayyormanmi degan savolni bermog`i lozim. Oila aziz dargoh! Nikoh ham muqaddas! Shunday ekan oilani boshqarish erkak kishining qol`ida ekanligini hisobga olib, farzand tarbiyasida ham uning o`rni beqiyos deb o`ylayman. Farzandning kelajakda qanday inson bo'lib yetishishi albatta ota-onasiga bog`liq. Farzand oilada nimani ko`rsa, uni ideal deb qabul qiladi. Qisqa qilib aytganda (zotan, juda cho`zib yubordim) Farzandni Alloh va rasuli buyurganidek tarbiyalasak, inshoolloh u yetuk inson bo`lib yetishadi.
O`zingiz hech qayerda o`qimagan bo`lsangiz ham farzandingizning szalohiyatli bo`lishi uchun hozirdan sharoit yaratib bering.
Iqtibos
Abdulaziz sizday bo'lishi uchun nima qilsam bo'ladi siz maktabda nechanchi sinfgacha o'qigan siz maktabdan keyin qaerlarda o'qigan siz ?
Avvalo bizdagi oilaviy muhit ilmni targ`ib qilishga qaratilgan. Chunki dadamlar ham, bobomlar ham ilmli kishilardir. Shuning uchun ham yoshligimizdan bizga ham dunyoviy ham diniy ta'limni berib borishgan. 6 yoshdan men ham maktabga borganman. 5-sinfdan iqtidorli bolalar maktabida o`qishni davom ettirdim. Keyin gimnaziyaga o`tdim. Maktab davomida ham ilmni yaxshi egallashga harakat qildim. Olimpiadalarda ishtirok etdim. 2001 yili esa O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga o`qishga kirdim va xudo hohlasa shu yili o`qishni bitarmiz.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:45:03
Samo:

Ассалому алайкум Орзу ака


1 . Болага энг кучли мисол бу ота онадир. УкишИНИ хохласангиз сиз хам китобларни купрок мутоала
килишингиз керак.

2. Кичкина болани катта инсон каби уЗИ айрим нарсаларни ХАЛ килишга ургатиш керакким бу бизни мен
талилтетга сал зидрок нарса демак менталитетни "касал" тарафи...

3. Бола узи кизикиши керак. яна хам тугрирок айтадиган булсак КИЗИКТИРА олишлигимиз керак.
Уолт Дисней мултьфильмларига кетказган КУЧ каби кучли иштиёк билан фарзандларимизни
ИЛМ олишга йуналтиришмиз керак.

4. Россияда бир мактаб бор Школа Щетинини. Уша мактабда 10 йиллик дастур 1 йилда утилади...
АКШда бир мактаб бор Марва Коллинс рахбари унда хам шу каби усуллар билан дастур олиб борилади

Асосийси ёш болани Эркин фикрлашга хамда фитратидаги МУСБАТ тарафларни ишлатьишга ургатишади.
Узи кичкина боладан шубхаланмаса хам булади ЁМОН килади деб...





хозирча шу

ПС: бу фикрлар турли китоблардан олганман холос УЗ фикрларингиз билан катнашсангиз
янада ИЖОБИЙ ва САМАРАЛИ яикишига ишонаман... Хозир факат тажрибадаман.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:45:11
Assalomu alaykum samo!
fikrlaringizga qo`shilaman.
Insonning haqiqiy Inson bo`lishida unga berilgan tarbiyaning ahamiyati kattadir. Chunki bola yoshligida nimani ko`rsa o`shani qiladi, shuni to`gri deb biladi. Shuning uchun bolaga yoshligidan tarbiya va ta'limni ilmni mustahkamlab borish kerak.
Bolani ilmli qilib tarbiyalash ota-oananing vazifasidir.
Avvalo maktabda nimalarni o`qiyapti, dars qilyaptimi, shuni tekshirish kere. Bizda ko`proq bolaning maktabiga e'tibor berilmaydi. Bola ota-onasini oldiga manabuni ishlab bering, yoki ko`rib bering deb kelsa-yu, ota-onasi unga bor yo`qol o`zi charchab keldim desa bolada ilmga qiziqish qoladimi? Afsusuki bizda ko`proq shunaqa?
Bu fojewa emasmi?
Shuning uchun ham maktabdan yaxshui fundament bilan chiqa olmagan o`quvchi Oliy O`/Yu ga kira olmayapti.
Buning boshqa sabablari ham bor.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:45:21
Samo:

Ota Ona charchab keldim desa

aziz ota onalar farzandli bolganingizda qanchalar quvonganingizni bir eslang.
emaklashni boshlaganida chi. Oyi Ada deganda boshingiz osmonga yetgani ham eslang
Sizga shuncha bahtni yetkazishga SABABchi bolgan farzandingizni yanada Kamol topishini
isyasizmi deb savol sorashligim orinsiz bolsa kerak. Bolangiz bilan kunlik mashgulot
otkazing shunda koplab bahtli onlarni yashaysiz... chunki har bir faoliyat ichida ZAVQ bor.
Mevani pishishida yordam bering pishgan paytida lazzatini topasiz.
Voqealarga qarab UMIDSIZLIK bahosini bermang. Umida va harakat barakat olib keladi.
hullas Nimaga ISHONGIZ shunga erishasiz!
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:45:34
AbdulAziz:

Assalamu alaykum!
Assalom do`stimiz judayam to`gri mavzuni ko`taribdilar va SamOning javoblari ham juda samimiy, go`zal bo`libdi. Haqiqatda bolaning kelajakda kim bo`lishi unga tarbiya berguvchilarga bog`liq. Bunda oila-bog`cha-maktab tarbiya bosqichlari muhim o`rin tutadi. manashu 3 ta manbadan qoniqmagan infornmatsiyani bola ko`chadan oladi. Ilm hosil qilish ham shunga o`xshaydi. Bolaga dastlab ota-onasi, keyin o`qituvchilari dars berishadi. Bolaning ruhiyati o`ta nozik. Unga qarab ish tutish har bir pedagogning vazifasi. Agar bola ilmni istabu, qiziqibu, ota-onasini oldiga jajjigina daftar-qalami bilan kelsa-yu, ota-onasidan haliginaqa so`z eshitsa, unda kitobga ilmga mehr qoladimi? Agar shunday paytda, "bolajonim, kel, nimani tushunmayapsan, qo`zichog`im, buni bunday qilasan, bunday qilsang bunday bo`ladi, agar ertaga besh olib kelsang, man sani zooparkka olib boraman, yaxshi o`qisang, yaxshi odamn bo`lasan" degan go`zal so`zlar bilan qarshi olinsa unda ham ota-onaga, ham ilmga muhabbat uyg`onadi.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:45:50
Samo;

Тест Синовларига рухий тайёргарликни қандай қилсам бўлдаи?
(31 июлда соат 11:00 мутлақо ўқинг!!!)

Яқинда имтихон куни келади. Хар кун вақт қисқариши (1 августга нисбатан) хаяжонимизни ортириб бормоқда. Истиснолардан ташқари бугун дафтарлар, китоблар стол устидан олиб қўйилди. Ух тест ечишларни ҳам бир четга суриб қўйдик. Хўш охирги кунни қандай қилиб ўтказган маъқул?

Қандай қилиб ўзимизни енгил хис қилишимиз ва имтихон хаяжонини пасайтиришимиз мумкин?
Ақлни ва рухни чарчатадиган бу даврдан қандай қилиб кам йўқотишлар билан чиқиш мумкин?

(тасаввур)
*******************************************************
"œБеш бахтли воқеани кетма кет фильм шаклида хаёл қилинг"

· Ўзингизга ишонган, эркин хис қилган, бахтли хис этганингиз, ҳамма нарсани бажараолишингизга ишонган тўртта хотирангизни ўйланг.
· Бунга қўшимча қилиб эртага бўладиган имтихонда муваффақиятга эришганингизни ва севинч холида эканлигингизни хаёлингизда жонлантиринг
· Аввал бу беш воқеани алохида алохида, сўнгра кетма кет тасавурингизда томоша қилинг, ораларида бўшлиқ қолмайдиган шаклда битта фильм холатига келтиринг.
· Худди буларни жонли шаклда такрор яшаётгандай хис этиб тасаввурдан ўтказинг. Бу ишни кун бўйи кўп маротаба такрорланг ва бу "œфильмни" истаган пайтда автомат қилаоладиган холга келинг.
· Бу нарсага хохлаган шифр сўзни ишлатишингиз мумкин. Бу сўзни ҳар гал ишлатганингизда воқеалар зеҳнингизда ўз-ўзидан жонланади ва сизни хохлаганингиз руҳий ҳолатга туширади.
· Ухлашдан олдин буни энг камида 3-5 марта такрорланг.
· Имтихон пайтида сизни хаяжон босган пайтларда бу ишни такрорланг


******************************************************
"œИмтихон тугаганини, саволларни кўпини жавоблаганингизни тасаввур қилинг"

* Мия ижобий фикрлаш билан харакат қилади. Гаплашаётганингизда ижобий ифодаларни ишлатинг.
— Имтихон тугаганини, саволларни кўпини жавоблаганингизни, оилангизга ва ўртоқларингизга хушхабарни етказганингизни ўйланг.
— Бугун очиқ хавода бир айланиб келинг
— Бугун яхшилаб ухлаб олинг. Яхши ухлолмаган бўлсангиз хафа бўлманг. Бир неча соат кам ухлашлик унчалик ёмон эмас.
— Оғир овқатлардан ўзингизни сақланг. Енгил хазм бўладиган шаклда овқатланинг Вақтида туриб яхши нонушта қилишлик ҳаммасидан ҳам ахамиятлироқдир.
— Имтихон пайтида баданингизга "œэркин бўл" хабарини юборинг; буни чуқур нафас олиш билан қилишингиз мумкин.
— Ўтиргандан сўнг кўзларингизни юминг, вужудингизни эркин ва ишончли бир холатга келтиринг.
— Эркин бир холатда эканлигингизни тасаввур қилинг. Сохил бўйида оёқларингизни сувга тушириб ўтирганигизни тасаввур қилишингиз мумкин. Имтихонда сиқилган пайтингизда такрорлашингиз мумкин.
— Тўғри нафас олишингиз учун стулда текис ва эркин бир холатда ўтиринг.
— Бир қўлингизни киндигни паст тарафига, иккинчисини кўксингизни устига қўйинг. Ўпкангиздаги нафасни қийналмасдан чиқаринг, бурун орқали чуқур ва гўзал нафас олиб ўпкангизни тўлдиринг(тўлиқ).
— Бироз кутгандан сўнг нафасингизни нафас олганингизни кўра икки маротаба кўпроқ вақтда чиқаринг. (5 с нафас олсангиз 10 с нафас чиқариш керак)
— Яна чуқур нафас олинг ва чиқаринг. Бундан кейин беш марта оддий нафас олиб чиқаринг. Такрор бояги нафас олиш машқини такрорланг. Ўзингизни эркин ва рохат хис этасиз.
   
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:46:08
Noza:

Hammaga SALOM!
Man ham hudo hohlasa shu yili biron bir institutga yoki universitetga kirish niyatim bor. Lekin. Ko'p institutlarga borib ko'rdim. Man hohlagan fakultetni topa ololmayabman. Kim biladi umuman Toshkentda "Kompyuter grafikasi " sohasida biron bir institutda fakultet bormi. Agar bilsangiz iltimos yozib yuboring! Intizorlik bilan kutaman!
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:46:23
Shahina:

Assalomu alaykum SamO!
Bewryaotgan qimmatli maslahatlariz uchun katta tashakkur! Rahmat!
Bu fikrlani o`ziz yozasizmi yoki biron kitobdan olasizmi?
O`ziz psixologmisiz?
   
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:46:39
Samo:

Salom

kop malumotlar kitoblardan olingan .


bir qoida bor
Insonlar maslahat sorashadi songra bashlashishadi

endi komputer grafikasi
hech qaysi universitetda hech kim 100 % ilm Orgatilmaydi
OZINGIZ organishingiz kerak
siz aytgan sohaga uniga kirmasa ham boladi 4 yilda kuchli mutahassis bolib yetishasiz
jahd qilsangiz uniga kirsangiz 8 yilda
   
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:47:00
Samo:

Salom

bir qoida bor
Insonlar maslahat sorashadi songra bashlashishadi

endi komputer grafikasi
hech qaysi universitetda hech kim 100 % ilm Orgatilmaydi
OZINGIZ organishingiz kerak
siz aytgan sohaga uniga kirmasa ham boladi 4 yilda kuchli mutahassis bolib yetishasiz
jahd qilsangiz.
uniga kirsangiz 8 yilda


hurmatli noza siz tanlagan soha tajriba bilan hosil boladi hamda ijod bilan
quyidagi hikoya kerakli hulosa chiqarishingiz uchun

«В Узбекистане, в одном областном центре, где я прожил несколько лет, была секция тэквондо. Открыл ее парень, учивший в конце семидесятых тэквондо в Москве у каких-то студентов-корейцев. Они ему показали два туля, основные удары, блоки и перемещения. Пару дыхательных упражнений. И он уехал к себе в Узбекистан. Потренировался пару лет один, потом как-то сама по себе образовалась секция. Человек двадцать. И они отрабатывали эти удары, блоки, перемещения и тули. До потемнения в глазах. И дрались именно так - как показывал "сенсей" (надо было говорить - "сабомним", но этого корейцы Бахадыру не сказали, забыли. Так и остался "сенсеем") - который сам плохо представлял, как полагается драться "по классике" - и дрался так, как ему казалось правильным. То есть - свято соблюдая технику, не обращая внимания на синяки и гематомы (а бывали и переломы) и искренне считая, что способен забить любого боксера или борца только потому, что занимается Тэквондо. Как ни странно - забивал. Все без исключения связки известных ему двух тулей Алибеков отработал в бою. Где-то через пять лет после начала тренировок ученики Бахадыра притащили ему кассету, где некий каратист разбивал доски и черепицу, и с изумлением спросили - "А почему мы так не делаем?!". Баккы "удалился от мира" к себе на задний двор и за полгода научился колоть... силикатные кирпичи. Попутно обнаружив, что основанием ладони это почему-то делать легче, чем ребром. У него, правда, получалось не колоть, а дробить. Осколки летели во все стороны; впечатление было такое, словно по несчастным кирпичам били кувалдой... Ученикам понадобилось несколько больше времени. Доски они разбивали (и разбивают) и руками и ногами - всеми известными им ударами. И все они истово верили в то, что вот приедут из Кореи настоящие мастера тэквондо, похвалят их - и вот тогда-то и они станут настоящими тэквондистами. С поясами.
Вера творит чудеса.
В девяносто первом к ним в Хорезм приехала группа из Ташкента. Кажется, от Фонда тэквондо Джуна Ри. Шесть человек с черными поясами не ниже третьего дана. Глава делегации - пятый дан. Плюс десяток ребят для показательных выступлений. И Бахадыровы питомцы, преданно глядя им в рот, продемонстрировали все, что умели. Все два туля и все, что наработали сами. Комиссия, кривясь, вяло смотрела на это. Потом Бахадыра спросили "Где вы это увидели?". Он сказал, где. Ему сказали: "Это не тэквондо. Это - ерунда. Тули никто так не делает. Вам надо долго учиться у наших инструкторов в Ташкенте, пройти промежуточные экзамены, потом - ..." И так далее. Потом начались показательные выступления. Строго по правилам соревнований. Что в этот момент творилось в душе Баккы, неизвестно. Что происходило с его ребятами, на глазах у которых их тренера выставили малограмотным идиотом - тоже неизвестно. Однако Алибеков - Учитель, и повел он себя вполне разумно - просто попросил уважаемых гостей разрешить "его балбесам" поспарринговать с настоящими тэквондоистами. Дескать, пускай поймут, к чему надо стремиться. Ему разрешили. Для спаррингов он отобрал лучших из лучших. Тех, что могли кулаком разбить подброшенную сырую картофелину - был у них такой "тест".
Когда избитых в прямом смысле до полусмерти гостей потащили в автобус, Бахадыр позвал председателя делегации. Тот осторожно подошел. За происходящим наблюдали человек семьдесят - все, кто поместился в школьный спортзал. Бахадыр вручил председателю кирпич - тот самый, "белый". Показал, как держать. И "щелкнул" кулаком. Кирпич аккуратно развалился. Председатель внимательно посмотрел на половинки. Алибеков внимательно посмотрел на председателя. И сказал: "Вот это - тэквондо. А твое тэквондо - просто фигня какая-то. Больше не приезжай." Подтянул свой "незаконный" черный пояс, повернулся и ушел. Тот больше не приезжал.»

Вы знаете, сколько тулей - комплексов формальных упражнений - в тэквондо? Их 30. Первые 2 туля изучают ученики чтобы сдать зачет на белый пояс! То есть, пока ученик не сдал эти два туля, он еще не ученик, ему нельзя даже кимоно (добок) одевать, так как белого пояса у него еще нет. То есть в этом примере Бахадыр действительно не занимался тэквондо в общепринятом понимании. По существу он с группой ребят взял какие-то удары тэквондо за основу и создал свой новый стиль тэквондо, свое новое боевое искусство. Он сам все придумал: методику тренировок, тесты, методику разбивания предметов, правила спаррингов. И посмотрите, насколько это в итоге оказалось эффективнее классических тренировок тэквондоистов.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:47:14
samo:

man 3 yilcha oldin bir inson bilan tanishgan edim
Linux boyicha ozbekistonda yetakchi mutahassislardan biri
ishga soat 10-11 da kelib soat 14 da ketar edi. oyligi 200-300 atrofida
keyin kamlik qilib ishdan boshab ketdi. Aloqa instituda 2 yil oqib tashlab ketgan ekan.
Dunyoni hohlagan yeridan ish topa oladi. Ozingiz hulosa qiling.

Albatta ayrim fikrlarim Jamoaga togri kelmaydi.
Ammo olamon har doim ham TOGRI ish qilmaydi ku.

Mas har doim kulib yurilsa tana soglom boladi. ammo olamon jinniga chiqarib qoyadi.
Olamon uchun doimo homrayib yurish kerak. chunki tak prinito. Galati shunday emasmi...?

hullas sizni sohangiz uchun bitta PC kitob internet bolsa yetadi.

Umuman olganda inson ozi bilan ozi holi qolib nima yoqishligini hal qilib olish kerak. songra
bir KASBi KOR ni tanlaydi bolmasam bir ISHni tanlaydi orada farq juda katta.
biri zavqli biri esa ISH(ruschada chiroyli chiqadi RABota)

buning uchun boshqalarni fikridan holi qolinsa boldi. Nado bir yesttestvinnim.

Baho berish juda masuliyatli narsa . man shahsan ozim shunday soha tanlabsiz juda yahshi deb
baho berishdan ozimni tiyishga harakat qilishga boshladim.


Mas bir tanishim bor juda yumshoq odam. bir inson unga senda juda yahshi ishchi chiqadi ammo
rahbar chiqmaydi degan. bu gap uning ongostida 3-4 yilcha bir ishda rahbar bolishligiga tosizlik
qilgan. bu tanishim yengibdi ammo qannchalar inson yengilmoqda.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:47:25
Noza:

Salom! Man "Kompyuter grafikasi" deganimda kompyuterda rasm chizishni aytayotganim yoq. Masalan kinoda ishlatiladigan grafika..... Axir bu uchun ham o'qish kerak ku? Siz to'g'ri ettiz bu sohada asosan amaliyot deb
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:47:39
samo:

Salom! Man "Kompyuter grafikasi" deganimda kompyuterda rasm chizishni aytayotganim yoq.
Masalan kinoda ishlatiladigan grafika..... Axir bu uchun ham o'qish kerak ku?
Siz to'g'ri ettiz bu sohada asosan amaliyot deb


hm oqish kerak ammo universitetda emas. bizada hech narsa organmaysiz. Rossiyada oqisangiz ham
hech narsa ozgarmaydi. hujjat uchun bolsa marhamat oqiyvering.
otgan yili rossiya 1 kanali siz aytgan(man kopincha umumiy oylayman) grafika(animaciya) boyicha
qandaydir jahon musobaqasida 1 chi orinni oldi.

hozirda ozbekistonda mas 1 kanalni apparaturasidaka jihozlar yoq en kamida 5-10 yil kerak.
oddiy hol reklamalarimizdan bilib olavering

siz amaliyot qiling yetadi. albatta 17 yillik dunyoqarashni ozgartirish qiyin narsa
ammo MUMKIN bolgan narsa

(raeakciyali javob kutgan edim. yana kutib qolaman)
gaplarim kritika qilinishi mumkin faqat Alternatif berish sharti bilan
   
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:47:51
AbdulAziz:

Gaplaringizga qo`shilaman. Bizdagi komputer grafikasi ustalari allaqachon chet-ellarda o`zlarining munosib joylarini egallab bo`lishdi. o`zimizga esa ko`proq "2 sort"lar qoldi. "Ilmning oqishi" yoki "oq migratsiya" deb nomlanadi, bunday holat.
To`g`ri o`zimizda ham hozirdayam baza yerali, sizga yetuk bilim va tajriba beradigan mutaxassislar talaygina, lekin ular o`qituvchilik qilishmaydi.
SamO aytganidek, hamma narsa o`zizga bog`liq, harakatizga, shijoatizga. Ko`proq amaliyot bilan o`rganadi, odam.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:48:01
Noza:

Salom Hammaga!
Avvalo maslaxatlaringiz uchun katta rahmat.
Lekin man hali ham qaysi institut yoki universitetga kirishni bilmasdan boshim qotib turibdi?
Hatto grafika fakultetiga kirmasam ham qaysi soha egasi bo'lish meni o'ylantirayabdi.
Nima maslaxat bera olasizlar?
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:48:12
XUSUSIY MUSIQA TA'LIMI

Seuldagi Songxva Madaniyat maktabi xususiy ta'lim muassasasi bo'lib, musiqa, san'at va balet kabi madaniy fanlardan bilim beradi. Bu dargohni bitirib chiqqanlar albatta, o'zlarini san'atga baxshida etadilar. Garchi oliygohda o'qish to'lovi biroz qimmat bo'lishiga qaramay, koreys ota-onalar farzandlarining qiziqishlarini so'ndirib qo'ymaslik uchun har qanday pulni to'lashning uddasidan chiqishadi. Songxvada bir oylik o'qish to'lovi 500 dollardan 1000 dollargacha etib belgilangan. Bu yerda talaba tanlov asosida qabul qilinadi.
Oliygoh talabalarga ham nazariy, ham amaliy bilimlar beradi. Oliygohga ilk qadam qo'ygan talaba Xudoni, insoniyatni va o'z vatanini sevishga qasamyod qiladi. Songxva Madaniyat maktabi bundan o'ttiz yil avval tashkil etilgan. Iste'dodli yoshlardan iborat "Kichik farishtalar" bolalar vokal-xoreografiya ansambli ham maktab qoshida faoliyat ko'rsatadi. Bu guruh Koreys Milliy san'atining ramziga aylanib ulgurgan. Guruh har yili maktabning yetakchi talabalaridan tuzilgan tarkibda dunyoning turli chekkalarida konsertlar va tomoshalar namoyish etib keladi. Safar mobaynida guruh yirik jamoat arboblari, mashhur kishilar va e'tiborli shaxslar bilan uchrashadi. Hozirgi kunda ansamblning muzeyida Elizavetta II, Richard Nikson, Margaret Tetcher, Nelson Mandela, Indira Gandi kabi yirik siyosiy arboblar taqdim etgan sovg'alar saqlanadi. Songxva Madaniyat maktabi xususiy bilim berish orqali butun dunyoga dong'i ketgan ansambl tashkil etdi. Koreyada har qanday katta bayram - xox 1988 yilgi Seul Olimpiada o'yinlari bo'lsin, xox 2002 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati bo'lsin , "Kichik farishtalar"ning konsert dasturisiz o'tmaydi. Seuldagi Songxva Madaniyat Maktabi eshiklari barcha san'atsevarlar uchun ochiq!


OTABEK YO'LDOSHEV, JANUBIY KOREYANING CHUNG-ANG UNIVERSITETI TALABASI
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:48:37
Ulug'bek;

Salom DilNOZA HON!
*********************************************
Men ham O'zMU ning fizika fakultetiga hujjat topshirdim!
*********************************************
Ertaga DTM ni olish uchun boraman!
Balki uchrashib qolarmiz! Ollohimdan Siz ham men ham
o'qishga kirib olishimizni iltijo qilaman.
Inshoolloh yuzimiz yorug' bo'lib yuraylik!
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:48:47
Noza:

Salom Ulug'bek! Hudo hohlasa ertaga albatta DTM olishga boramiz. Inshaolloh niyatingizga etin. Sizga ham manga ham va umuman barcha abiturientlarga OMAD tiliman. Inshaolloh o'qishga kirib ketaylik! Albatta byudjetga!!!
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:49:00
AbdulAziz:

Assalomu alaykum Ulugbek, Noza va boshqa abiturientlar!
Sizlarga kelajak imtihonlarda omad tilayman. Doimo Ollohdan sizlar uchun duomqilishga harakat qilaman. Iloyim, "oltin davr"da davri davron surib, yaxshi ilmlarni egallasb yuringlar.
Maslahatim: Faqat o'zingiz, ilmingizga ishoning, doimo Allohdan hayr tilang, birovlarning aldiovlariga uchmang, faqat aqlingiz bilan harakat qiling.
Xudo hohlasa hammasi yaxshi bo'ladi.
Talaba bo'lganingizdan keyin birinchi bo'lib bizni ham shod qilishni unutmang...
   
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abu Nurmuhammad 10 Fevral 2009, 00:28:57
Salom birodarlar!
Man inlgliz tilidan o'qitaman. Har yili DTM imtihonlarida qatnashgan savol variantlarni qayerdand olsam bo'ladi?
Rahmat.
Nom: Re: O'qishga kiruvchilar uchun yordam
Yuborildi: Abdullоh 12 Fevral 2009, 18:02:29
Assalomu alaykum. Agar Toshkentda bo'lsangiz, Milliy Universitetning yonida do'konlardan so'rang, shu yerda juda ko'p qo'llanmalar bor.