forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Kino olami => Mavzu boshlandi: Sayyid90 11 Mart 2012, 21:20:04

Nom: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 11 Mart 2012, 21:20:04
bu haqda bilgan malumotlarni yozib qoldirsak.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: ossiyobinti 11 Mart 2012, 21:58:35
Hozir turkiyada Usmoniyla haqida serial berilvotgankana qanaqa kino u?
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 11 Mart 2012, 22:06:44
muhtasham yuz yil seriali
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 11 Mart 2012, 22:14:00
"muhtasham yuz
yil"haqida.Turk sultoni
Sulaymon va
uning ukrainalik sohibjamol
Roksolanaga otashin
muhabbati haqidagi bu serial Turkiyada ham katta
e‘tirozlarga sabab bo‘ldi.
Turkiya teleradioeshittirishlar
oliy kengashiga
mamlakatdagi turli jamoat
tashkilotlari¸ tarixchi va oddiy fuqarolardan bir millionga
yaqin shikoyat maktubi
kelgani va ularda tarixiy
faktlarning buzilganiga e‘tiroz
bildirilgani aytildi. Oliy
kengash boshlig‘i Dovut Dursun bu yuzadan matbuot
anjumani o‘tkazib¸ "œBadiiy
asardan tarixiy aniqlik qidirish
to‘g‘ri emas" deb bildirdi.
Serial atrofidagi ziddiyat bois
Turkiyaning Bursa shahrida "œYangi media tizimida huquq
va ma‘suliyat" degan
mavzuda simpozium tashkil
qilindi. Simpoziumda serial
mualliflari
tarixchilar e‘tirozlariga javob berar ekan¸ "œbu bir filmdir¸
hujjatli kino emas"¸ deb
ta‘kidlashdi. "œMuhtasham asr"
filmi
orasidagi bahsga Turkiya Bosh
vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham qo‘shildi. Erdo‘g‘on film
ijodkorlarini
"œTurkiya tarixini yoshlarga
salbiy tarzda targ‘ib
qilayotganlikda" aybladi. Film
Turk sultoni Sulaymon davridagi real voqealarga
asoslangan. Serialda Usmonli
imperiyasida
eng ko‘p sultonlik qilgan
Sulaymon I hayoti bilan
bog‘liq voqealar tasvirlangan. 1520 yilda sulton Sulaymon
Ukrainadan keltirilgan
kanizak Roksolanaga
uylanadi. Pirovardida islomni
qabul qilib
Xurram Xotun nomini olgan Roksolana sultonlikda o‘z gizli
iqtidorini o‘rnatib mamlakat
boshqaruviga faol aralashdi.
Serial dunyoning 60 tilida turli
nomlarda taqdim qilindi. Film
Slovakiyada "œSultan"¸ Chexiyada esa "Velké století"
nomi bilan ko‘rsatilmoqda.
TIMS Productions shirkati
prodyusseri Temur Sovchi
rahbarligida yaratilgan bu film
Lotin Amerikasi¸ Frantsiya¸ Italiya¸ Germaniya
telekanallarida muntazam
namoyish qilinmoqda. Ayni
kunlarda Turkiyada
serialning 46-qismi namoyish
etildi.(forum.oqayiq.uz)
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sofdil 12 Mart 2012, 00:19:56
Fetih 1453.
Traileri chiqipti. Kinoni uzinikurganla busa link tashavorila.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Yaratganga shukr 12 Mart 2012, 03:53:38
bu kino hali beri internetga chiqmasa keragov

Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 12 Mart 2012, 09:07:46
"FETIH 1493"haqida.Taniqli turk kinochisi
Farrux Oqso‘y suratga
olgan "œFath. 1453" filmi
o‘tmish sog‘inchi kabi
hastalikka duchor
tomoshabinlarning dardiga malhamday
bo‘ldi. "œFath. 1453" filmidan
tasvir.Usmonli imperiyasi
harobalari
uzra qurilgan zamonaviy
Turkiya respublikasida huzunli
o‘tmish haqida gapirmaslik
yaqin-yaqinlargacha ma’qul
ko‘rilar edi. Usmonli
podshologining kuch
qudrati haqidagi xotiralardan
ko‘ra bugungi kun realligi
o‘rtaga qo‘ygan tirikchilik
muammolarini echish shu
paytgacha turklar uchun
ustivor masala bo‘lib kelgan edi. Ammo shu kunlarda
turklar
yana o‘zlarining shonli
o‘tmishiga qayrilayotgani
kuzatildi. Har holda, turklar
tomosha qilayotgan filmlarda
Usmonli
sultonining shonu shavkati
aks etmoqda. Turklar
idrokida muhtasham
o‘tmish xotiralarining uyg‘onishi g‘arb
mutahassislari tarafidan.
Turklar idrokidagi o‘tmish
sog‘inchini anglagan
kinochilar
esa Usmonli podshohlari hayoti haqidagi filmlarni
paydar pay suratga olib
ekranlarga chiqarmoqda.
Konstantinopolning zabt
qilinishi Taniqli turk
kinochisi Farrux Oqso‘y suratga olgan "œFath.
1453" filmi o‘tmish sog‘inchi
kabi hastalikka duchor
tomoshabinlarning dardiga
malhamday bo‘ldi. Urush
sahnalari, sirli ishorat va simvollarga to‘la
bu
film Usmonli sultoni
Mahmud
ikkinchi tarafidan Vizantiya
yuragi bo‘lmish Konstantinopolning zabt
qilinishini tasvirlaydi. Filmda
Usmonli sultoni Ayo
So‘fiyo nasroniy ehromi
ustiga Islom bayrog‘ini
tikib, Konstantinopol nomini
Istanbulga o‘zgartiradi.
Filmni yaratish uchun 17
million dollar harjlandi. Bu
Turkiya kino sanoati
tarixida eng qimmatga tushgan film bo‘lib
qolmoqda.turk
kinochisi Farrux Oqso‘y
Istanbul istilosi barcha davr
va
zamonlar uchun tarixning eng
qiziq voqealaridan biri bo‘lib
qolajagini ta’kidladi: -
Istanbul istilosi va uning
oqibatlari dunyo tarixidagi
favqulloda qiziqarli voqealardan biridir. Tarix
g‘ildiragini boshqacha
aylantirishga sabab bo‘lgan
bu tarixiy istilo haqida
nafaqat
turklarga, balki butun dunyoga tatigulik kino qila
olishim mumkinligiga
ishondim. Aynan shu
ishonch
bois bu kino yuzaga keldi,
deydi Farrux Oqso‘y. Usmonliga qaytish O‘tgan
shanbada Turkiyadagi
bir yarim million
tomoshabin
"œFath. 1453" filmini
kinoteatrlarga borib tomosha
qildi. Kinoteatrlardagi
chiptalar
ikki-uch hafta oldin sotilib
bo‘lindi. Masalan, bugun
kinoteatrga borgan tomoshabin faqat uch hafta
keyingi seansga chipta olishi
mumkin. Uy kinoteatrlari,
CD, DVDlar
urchigan, internetda
qaroqchi kinolar tomosha qilish urf
bo‘lib, kinoteatrlar huvillab
qolgani manzarasida bu
holat
favqulloda yangilik sifatida
ko‘rildi. Bilag‘onlar, filmning bu qadar
muvaffaqayat qozonganini
Usmonli sultonligining
shavkatli kunlarini
sog‘ingan
turklar hassosiyati bilan izohlashmoqda. Turk
telekanallarida namoyish
qilinayotgan "œMuhtasham
yuz
yil" ("œMuhtesem Yuzyil")
serialining mamlakatdagi eng
tomoshabop bo‘lgani ham
shu
omil o‘rnagi deya ko‘rildi.(forum.oqayiq.uz)
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 12 Mart 2012, 14:01:00
Fath 1453 film hd farmatda suratga olingan film jonli körinarmish eshitishimcha.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 12 Mart 2012, 14:04:35
mana "fath 1453"filmi roligi 3gp farmatdayuklash (http://wapsayt.uz.gp/loads/down/buyurtmalar/fetih+1453.3gp)
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Secret 12 Mart 2012, 16:52:11
muhtasham yuz yil seriali

 shu seriyalni rosiyya kanallaridan ko'rayotgan edik. bir yaxshi berayotgan edii. Keyin to'xtab qoldi. buu kinoda har ikki gapida Alhamdulillah, InshaAlloh degan gaplarni qo'shurganligi yoinki  Sulton Sulaymon fath qilgan joylarida - qarshi chiqgan xristianlarni qatl qildirib, islom dinini o'rtanayotgani ya'ni seriyal orqali islom dini yoyilishini ko'rsatilganligi uchun to'xtatilgan bo'lsa kerak deb o'ylapmiza...   :5
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 12 Mart 2012, 17:15:40
Sekret men bugun shu muhtasham yuz yilni diskini olib keldim.12qismi ruscha ekan qolgani turkcha
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Ansora 12 Mart 2012, 19:25:08
 :asl3:

Qozoq, Qirg'izlardayam bormi seriallar?
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 12 Mart 2012, 20:02:08
Zamira opa qozog'iston qirg'iston filmlarini nazarda tutyabsizmi? Albatta
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Ansora 12 Mart 2012, 20:08:00
Zamira opa qozog'iston qirg'iston filmlarini nazarda tutyabsizmi? Albatta

Ha, mavzulari nima haqda qiziqdimda qardoshlar nimalar bilan ovora ekan xozir : )
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 12 Mart 2012, 20:18:46
"А екетир"козокстон.режиссер: Акан Сатаев.ролларда: Саст Исембаев, Владимир Вдовиченков, Жан Байжанбаев, Толепберген Байсакалов, Ментай Утепбергенов , ... премьера (дуне): 8 носбр 2007.$80000.филм сасн хакида булиб Алма атада вокеалар булиб утади.жангари жанрда зур филм.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 12 Mart 2012, 20:32:06
"turkcha gambit"130min.film,rossiya va balgariya hamkorligi.filmi 2005,seriali 2006.rejissor.Jahongir Fayziyev(ozbek).
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Yaratganga shukr 12 Mart 2012, 23:21:16
reketir manimcha bu serial bulmasa kerak....
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 13 Mart 2012, 06:26:56
bu mavzu filmlar va seriallar bolimiyu
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Ansora 18 Mart 2012, 12:36:36
 :asl3:

TRT1ning "Bir zamanlar Osmanlu-Kıyam"ni korgandik boshladi. Yomon emas...ko'ramizda hali, nimalar bo'larkan...

"Muhteshem yuz yıl"ga raqib bo'la olarmikan, deyishyabdi...
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Mo'min Mirzo 18 Mart 2012, 12:49:10
Turkiyaning "Babam ve o'glum" filmi hamma kinolarga dam beradi deb eshitgandim, bir diydasi qattiq amakini ham yig'latgan ekan. O'shani eshitganimdan beri bozorlar va dokonlardan izlayman, qani topila qolsa.
Birorta baraka topgur birodarimiz tas-ixga joylab bersa yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Ansora 18 Mart 2012, 13:17:32
Turkiyaning "Babam ve o'glum" filmi hamma kinolarga dam beradi deb eshitgandim, bir diydasi qattiq amakini ham yig'latgan ekan. O'shani eshitganimdan beri bozorlar va dokonlardan izlayman, qani topila qolsa.
Birorta baraka topgur birodarimiz tas-ixga joylab bersa yaxshi bo'lardi.

Uka, eski kunlarni eslatdingiz...bu kinoni yuragi yomonlar, yoki uyidan uzoqdagilar tosmosha qilmasin, yomon bolasiz, menday...

Uyni sogingan paytlarim, 6 yil avval adashmasam, xonadosh qizlar kinoga boraylik, dahshat kino chiqibdi, hamma yiglayabdi ekan, deb qolishdi, men ahmoq ham hop, dedim bordik. Kinoni koryabmiz, tomog'imga yig'ilar to'plandi-da to'plandi...bizdan oldingi qatorda litsey oquvchilari otirishgandi, hali salonga kirmasdan kulishib, xazillashib otirgan yosh bolalar piq piq yig'lay boshlashdi...qarasam dugonalarim ham yiglayabdi, men ham yigladim, lekin ozimni rosa siqdim...
uyga qaytar ekanmiz, yolda mazam qochdi, boshimga bir ogriq kirdi, uyga zorga yurib bordim, qizlarni yordami bilan...biroz vaqt otgach ichimdan bir yigi keldi, ozimni yoqotib qoydim...qizlar tanish doktor opam bor edi, shunga telefon qilishdi, kasalxonaga olib borishdi taksi bilan...sokinlashtiruvchi ukolni olib, ozimga kelgandim....

u kinodan shunday yomon xotira qoldi, qayta kora olmadim:( judayam alam tola...

Adashmasam bu yerda toliq holida berilgan:

http://www.youtube.com/watch?v=obHzQCkkPVU
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 18 Mart 2012, 13:59:47
bu film nima haqida o'zi?
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Donishmand 18 Mart 2012, 15:03:08
Turkiy xalqlarning film va seriallari...
Mustaqil bo'lganimizdan beri haligacha millatimizni, milliyligimizni, tariximizni ko'rsatib bera oladigan, boshqalarga ko'z-ko'z qiladigan birorta film yoki serial chiqmadi. Chunki bizning kinochilar hali bu darajada emas ekan... Qo'shnilarimiz ham shu ahvolda.
Shunday ekan hozircha bu mavzu Turkiya seriali yoki kinolaridan boshqa narsaga yaramayapti. Mavzu sal ertaroq ochilibdi...
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 18 Mart 2012, 15:43:20
ozarbayjonni eski filmlari zör chiqqan
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Mo'min Mirzo 18 Mart 2012, 17:20:17
Kapalak opa, qiziqish oloviga moy sepib yubordingizku:-)
Youtubeda video umuman horij saytlaridan video ko'rish bizda juda qimmatga tushib ketadi, shunga disk izlab yurgandim. Afsus, bozorlarimizda turkiyaning keraksiz oldi-qochdi kinolari ko'pu, lekin shu Babam ve o'glum, Beyaz Melek, Eskiye kabi xit kinolari yo'q.

Sayyid90. Kino nomi "otam va o'g'lim", nomiga qaraganda bobo va nabira haqida. Russ saytlarida ruschaga tarjimaga qilingani ham borakan. Agar internetingiz vip bo'lsa, shuni download qilib, keyin tas ixdagi biror saytga joylab yuboring, biz ham korib sizni duo qilib qolardik.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 18 Mart 2012, 18:04:08
höp urinib köraman siz kichik farmatda mp4 farmatda yuklab olmaysizmi?sizga arzonga tushardi
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 18 Mart 2012, 18:15:52
menda ham internet vipmasda
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Mo'min Mirzo 19 Mart 2012, 09:30:06
VIP bolmasa qo'yavering, yo'qsa15$ga tushamiz.
1000 somga Skachat qilib beradigan odamlar borakan, o'shalarga zakaz qilsak bolarkan
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 19 Mart 2012, 10:59:02
bir saytda filmning 3gp farmatda 95mb,mp4 250mb,avi 350mb ekan.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: registan 19 Mart 2012, 11:57:52
MyTube.uzga qo'ygandim, yuklash xatosi ko'rsatayapti. Katta hajmdagi videolarni qabul qilmaydi shekilli-a?
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Donishmand 19 Mart 2012, 12:16:08
bir saytda filmning 3gp farmatda 95mb,mp4 250mb,avi 350mb ekan.
Mana shu saytga link berolmaysizmi? Men ahtarganimda 1.4Gb liklari chiqdi holos.
Kecha "Yo tavba" da 20 minut ko'rgandim shu kinoning boshidan. Juda yoqib qoldi, "скачат" qilib olardim. Keyin yaqinroqdagi birodarlarga tarqatishim ham mumkin.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Donishmand 19 Mart 2012, 13:19:28
Men avi formatdagi 350Mb ligiga qiziqdim. Bu bo'lishi mumkin. Agar link bersalar shunisini tortib olamiz. 1.4 Gb ham bo'laveradi-yu, avval bunisini ko'raylikchi, sifati yoqmasa keyin o'shani olamizda.
Ulashishning iloji bor.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2012, 13:37:23
 :asl3:

Kino haqida shu yerlardan ham qarashingiz mumkin.

http://www.animefull.net/babam-ve-oglum-izle.html

http://www.hdfilmizle.com/babam-ve-oglum-filmini-izle.html

http://direkizle.net/babam-ve-oglum-izle-yenilendi.html
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: registan 19 Mart 2012, 14:01:26
Registan sizda qandayi bor, mp4 mi, hajmi qancha?

Man, Kapalak opa bergan youtube linkidan bevosita mytube.uzga yuklagandim.

Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Donishmand 19 Mart 2012, 16:15:09
Kinoning 699Mb ligini DivX  avi formatda topib, torrent orqali boshlab yubordik qabul qilishni. Yakuniga yetsa natijasini aytamiz.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Donishmand 20 Mart 2012, 11:11:34
"Babam ve Oglum" tortib bo'lindi. Formati avi, hajmi 699Mb. Sifati ham yaxshi.
Faqat hozircha ko'rishga "dux" yetmayapti.
Be'malol murojaat qilishlaringiz mumkin.

Eslatma! Hurmatli erkaklar, bu kinoni eshiklarni qulflab, hech kim yo'qligida ko'rganlaringiz yaxshi. Ko'z yoshingizni birov ko'rmasinda...;)
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Aqoid 20 Mart 2012, 12:24:43
Donishmand! Oshna bizzi adressi bilarsiz.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Donishmand 20 Mart 2012, 13:11:09
Donishmand! Oshna bizzi adressi bilarsiz.
Surhondaryomidi, yo Qashqadaryomidi?...

Mayli, Bo'zga boradigan taksilardan berib yuboraman.
Mo'min Mirzo, sizga qayerga? Yana kimlar bor, be'malol PM qilaveringlar.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Aqoid 20 Mart 2012, 13:28:36
O'zim borib olib kelaman, inshaalloh. Sim qoqishib kelishvolardik.
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: нарзулло 20 Mart 2012, 14:20:45
Fetih 1453 filmini fragmanini kordilami tuliq versiyasi qa4on kimda boladi
Nom: Re: turkiy halqlarni film va seriallari
Yuborildi: Sayyid90 20 Mart 2012, 16:16:12
"fath 1453"filmi hali chiqmasa keragov
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: AbdulAziz 25 Mart 2012, 17:14:21
"Babam ve Oglum" tortib bo'lindi. Formati avi, hajmi 699Mb. Sifati ham yaxshi.
Faqat hozircha ko'rishga "dux" yetmayapti.
Be'malol murojaat qilishlaringiz mumkin.

Eslatma! Hurmatli erkaklar, bu kinoni eshiklarni qulflab, hech kim yo'qligida ko'rganlaringiz yaxshi. Ko'z yoshingizni birov ko'rmasinda...;)

Film uchun tashakkur. Ko'rib chiqdim...
Film insoniy tuyg'ular haqida. Ota, bola, nevara haqida. Aka-ukalar muhabbati haqida. Diydor haqida. Mehr haqida. Sog'inch haqida...

Hozir aytib bersam qizig'i qolmaydi. Undan ko'ra, o'zingiz ko'ring, baho bering.
Filmning ruscha subtitrlarini shu yerga (http://www.ziyouz.uz/movies/Babam.ve.Oglum.Dvdrip.Xvid-Dulcidine.zip) yuklab qo'ydim. Filmning o'ziga ham TAS-IXda talabgorlar bo'lsa, yuklab berishim mumkin.

Yana turk kinolaridan menga yoqqani "Mutluluk" (Baxt, 2007 yili suratga olingan) bo'lgan edi. Ilk marta Toshkentda turk kinosi kunlarida ko'rgan edim.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 26 Mart 2012, 11:00:31
muhtasham yuz yilni jang sahnalari multfilm bo'lib qolibdi.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Aqoid 26 Mart 2012, 11:36:59
"mutluluk" ni tas-ix ga joylab qo'yilsa-a, ko'rib chiqarmidik.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: AbdulAziz 26 Mart 2012, 11:42:40
"mutluluk" ni tas-ix ga joylab qo'yilsa-a, ko'rib chiqarmidik.

"Kamaz"lar yo'qmi aka, bir qadam-ku, bahonada boshqa filmlarniyam opketasiz.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Mo'min Mirzo 26 Mart 2012, 12:31:30
AbdulAziz Aqoidakaga diskdan jo'natsangiz ikkita jo'nating, men ham Bo'zdan olaman.
"Beyaz melek", "eshkiye", "takva"lar ham bo'lsa hafa bolmasdim:-)
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Aqoid 26 Mart 2012, 13:34:47
AbdulAziz Aqoidakaga diskdan jo'natsangiz ikkita jo'nating, men ham Bo'zdan olaman.
"Beyaz melek", "eshkiye", "takva"lar ham bo'lsa hafa bolmasdim:-)
Mirzo!  O'zim borib olib kelaman, inshaalloh, admin janoblari disklarni tayyorlab qo'ying
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 27 Mart 2012, 13:48:22
"Babam ve Oglum" tortib bo'lindi. Formati avi, hajmi 699Mb. Sifati ham yaxshi.
Faqat hozircha ko'rishga "dux" yetmayapti.
Be'malol murojaat qilishlaringiz mumkin.

Eslatma! Hurmatli erkaklar, bu kinoni eshiklarni qulflab, hech kim yo'qligida ko'rganlaringiz yaxshi. Ko'z yoshingizni birov ko'rmasinda...;)

Film uchun tashakkur. Ko'rib chiqdim...
Film insoniy tuyg'ular haqida. Ota, bola, nevara haqida. Aka-ukalar muhabbati haqida. Diydor haqida. Mehr haqida. Sog'inch haqida...

Hozir aytib bersam qizig'i qolmaydi. Undan ko'ra, o'zingiz ko'ring, baho bering.
Filmning ruscha subtitrlarini shu yerga (http://www.ziyouz.uz/movies/Babam.ve.Oglum.Dvdrip.Xvid-Dulcidine.zip) yuklab qo'ydim. Filmning o'ziga ham TAS-IXda talabgorlar bo'lsa, yuklab berishim mumkin.

Yana turk kinolaridan menga yoqqani "Mutluluk" (Baxt, 2007 yili suratga olingan) bo'lgan edi. Ilk marta Toshkentda turk kinosi kunlarida ko'rgan edim.

AbdulAziz, ko'z yoshi bo'ldimi :'(
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Shuhrat_ 28 Mart 2012, 03:44:06
(Abu Muso akani avatarlari): yangi qo'ygan avataringizni kurib shu rasmdagi kino esimga tushib ketdi.
Bir maxallar Ramazon oylarida quyishgandi, yahshi tasirli kino. Shu kinoga link berilsa
yuklab olib yana ko'rardik
(kinoni nomi esimga tushmadi).
Ilm tolibi ustoziga taxorat uchun suv isitmoqchi bulib uxlab qoladi, ustoz turganda darrov uygonib suvni isitolmay bag'riga bosadi, ustozni qo'liga suvni zo'rg'a quyagi, ustozi suvni isiganligini aytadi
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Donishmand 28 Mart 2012, 04:06:33

Adashmasam, kimnidir yo'li - degan kino edi. Ismi yodga kelmadi.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 28 Mart 2012, 06:00:10
filmning nomi"Aziz Maxmud Xudoyi yo'li".
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 28 Mart 2012, 11:17:25
(Abu Muso akani avatarlari): yangi qo'ygan avataringizni kurib shu rasmdagi kino esimga tushib ketdi.
Bir maxallar Ramazon oylarida quyishgandi, yahshi tasirli kino. Shu kinoga link berilsa
yuklab olib yana ko'rardik
(kinoni nomi esimga tushmadi).
Ilm tolibi ustoziga taxorat uchun suv isitmoqchi bulib uxlab qoladi, ustoz turganda darrov uygonib suvni isitolmay bag'riga bosadi, ustozni qo'liga suvni zo'rg'a quyagi, ustozi suvni isiganligini aytadi

 :asl3:

http://video.google.com/videoplay?docid=788033207175416556#

http://video.google.com/videoplay?docid=788033207175416556#docid=-7701717282578553686
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 28 Mart 2012, 11:34:42
Mo'min Mirzo uchun: Eshkiya -Eşkiya

http://www.youtube.com/watch?v=0e6a-xVyNN4
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 28 Mart 2012, 11:36:09
"Beyaz melek"

http://www.youtube.com/watch?v=B5CcPsak3Ww

Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 28 Mart 2012, 11:37:44
"Takva"- "Taqvo"

http://www.youtube.com/watch?v=Ntbhf74jy8A
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2012, 14:02:01
"Takva"- "Taqvo"

http://www.youtube.com/watch?v=Ntbhf74jy8A

Filmi ko'rdim.
Falsafiy film ekan.
Oddiy xizmatchi, xolis musulmon Muharram o'z ishidan mamnun, qo'li ishda, ko'ngli Allohda, tinchgina zikr qilib yuradi. Zikr majlislarida qatnashadi. U diniga yot ko'p narsalardan taqvo qiladi.
Bir kuni zikr majlisi shayxi uni chaqirib, unga vazifa beradi. Vazifa moliyaviy bo'lib, vaqfga tegishli mulklarning ijarasini yig'ish edi. Muharram ushbu ishga kirishi bilan tinchini, sakinatini yo'qotadi. Turli moliyaviy mashmashalar, vaqf ishidagi ko'zbo'yamachiliklar uning halovatini ham olib qo'yadi...
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: AbdulAziz 03 Aprel 2012, 21:16:54
"Beyaz melek"

http://www.youtube.com/watch?v=B5CcPsak3Ww

Yaxshi film ekan.
Ssenariy muallifi va rejissor: Mahsun Qirmizigul.
Film yillarcha o'z farzandlarini boqib, o'zlari yedirmay, ularga bergan, mehrlarini to'kib-sochgan farzandlari tomonidan ota-onalari qarib, hech nimaga yaramay qolganlarida qariyalar uylariga (huzurevi - huzur uylari) tashlab ketilgan qalbi o'ksik insonlar haqida...
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Mo'min Mirzo 03 Aprel 2012, 22:27:39
AbdulAziz filmni ko'rayotib skachat ham qilib oling do'stim, bizga ham ulashib chiqish uchun.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Aqoid 03 Aprel 2012, 22:39:22
Yana Marg'ilonga boramanmi?
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 04 Aprel 2012, 11:28:20
 :asl3:

"Anadolu kartalları"- "Anadolu burgutlari" kinosini ham maqtashyabdi, men ko'rmadim, vaqtim yo'q:)

http://www.youtube.com/watch?v=DSrp0_oEKhc
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 04 Aprel 2012, 11:32:14
"Nefes-Nafas" filmi....

Ho'jayinim bu kinoni tomosha qilganlaridan keyin meni ko'rishimga ruhsat bermadilar, "Babam ve oglum"dan ham yomon ahvolga tushasan, deb...

Turkiyada eng ko'p tomosha qilingan, eng ko'p ko'z yoshi to'kilgan kinolardan biri.

Bu kinodagi voqealar hayotdan olingan ekan:(

http://www.youtube.com/watch?v=70EwRYJlHyk
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 04 Aprel 2012, 12:00:27
"ko'ktou" tataristonni yahshi filmi ekan.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: AbdulAziz 06 Aprel 2012, 15:48:09
"Nefes-Nafas" filmi....

Ho'jayinim bu kinoni tomosha qilganlaridan keyin meni ko'rishimga ruhsat bermadilar, "Babam ve oglum"dan ham yomon ahvolga tushasan, deb...

Turkiyada eng ko'p tomosha qilingan, eng ko'p ko'z yoshi to'kilgan kinolardan biri.

Bu kinodagi voqealar hayotdan olingan ekan:(

http://www.youtube.com/watch?v=70EwRYJlHyk

Filmni ko'rdim.
Maqtaganingiz qadar emas ekan. "Babam ve oglum"ga yetmas ekan, baribir.
Harbiy-vatanparvarlik ruhida ishlangan film ekan. Undan ko'ra "Kurtlar vadisi: Irak" yaxshi chiqqan.

Umuman Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi filmlardan Janubioy Koreya ishlagan "Birodarlik" ("38 parallel") filmiga yetadiganini ko'rmadim, hali.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: MUSLIM_uz 06 Aprel 2012, 16:16:37
Shu filmlarni diskini qaerdan topsam buladi? Netda kurib bulmitti.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: registan 06 Aprel 2012, 17:55:12
"Nefes-Nafas" filmi....

Ho'jayinim bu kinoni tomosha qilganlaridan keyin meni ko'rishimga ruhsat bermadilar, "Babam ve oglum"dan ham yomon ahvolga tushasan, deb...

Turkiyada eng ko'p tomosha qilingan, eng ko'p ko'z yoshi to'kilgan kinolardan biri.

Bu kinodagi voqealar hayotdan olingan ekan:(

Filmni ko'rdim.
Maqtaganingiz qadar emas ekan. "Babam ve oglum"ga yetmas ekan, baribir.
Harbiy-vatanparvarlik ruhida ishlangan film ekan. Undan ko'ra "Kurtlar vadisi: Irak" yaxshi chiqqan.

Umuman Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi filmlardan Janubioy Koreya ishlagan "Birodarlik" ("38 parallel") filmiga yetadiganini ko'rmadim, hali.

Filmni taklif qilishgani uchun 2010 yilda ko'rgandim. Yaxshi film, hayotiy.
Manga yoqmagan birinchi tomoni, balki hayotiy chiqsin uchun, so'kinish so'zlari ko'p qo'llanilgan. Ikkinchi tomoni esa, bu film, bilishimcha, ichki nizolarni o'z ichiga olgan. Shuning uchun unchalik hushimga ketmadi.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Arkmon 06 Aprel 2012, 21:00:26
http://www.tudou.com/v/16fbvFtJhQo/&resourceId=0_04_05_99/v.swf
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Arkmon 06 Aprel 2012, 21:03:22
http://www.tudou.com/v/16fbvFtJhQo/&resourceId=0_04_05_99/v.swf

"œYetimaning  Muhabbati"
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 07 Aprel 2012, 12:49:37
to'g'ri "kurtlar vadisi filistin"filmi ham zo'r chiqqan.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 07 Aprel 2012, 13:01:11
"nefes"-filmi harbiylar hayoti haqida ekanu bizda ham "sardor-3","serjantlar","taxdid",filmlari ishlanganu.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Mo'min Mirzo 07 Aprel 2012, 23:01:56
Bugun "Babam ve o'glum"ni ko'rdim. Maqtaganlaricha bor ekan, filmni to'rttan uch qismiga yetganda yuzim ho'l bolib ketibdi. Donishmand aka to'gri aytgan ekan, erkaklar yolg'iz ko'rishi kerak ekan.
Uyatdan ohirigacha ko'rolmay, shu to'rttan uch qismiga yetganda o'chirdim.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2012, 10:42:43
Mo'min Mirzo qolganini qachon ko'rasiz endi:)
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 08 Aprel 2012, 11:03:39
Mo'min mirzo nimaga film shu qadar odamni ezvoradimi?
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2012, 11:07:31
Mo'min mirzo nimaga film shu qadar odamni ezvoradimi?

Sababi bu ham bolgan voqeadan olingan. O'sha paytlar, yani Hukumatni askar qolga olib, zarba qilganida juda kop odam olgan. Qaynotam ham osha yillari unv-da ekanlar, ko'chani chap tarafida yurganlarni o'ng tarafida yurganlar, o'ng tarafidagilarni chap tarafidagilar oldirarkan. Sababi, o'ng- milliyatchi insonlar, chap tarafdagilar esa- kommunistlar ekan...
Kino qahramoni ham shundaylardan biri, buni oilasidagi voqealar bilan korsatib berishgan. Va menimcha aytishmoqchi bolgani- hech qanday siyosiy qarash- insonni oilasidan ajratmasligi kerak va ajrata ham olmaydi.

Oilaning muhimligini yana bir bora eslatib otishgan...
koring Sayyid:)
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 08 Aprel 2012, 11:35:25
Zamira opa unda bir ko'raman.bizda ham bunday voqealar juda ko'p bo'lganu faqat kino ishlanmaganda kino ishlansa zo'r bo'lardi.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Mo'min Mirzo 08 Aprel 2012, 12:53:59
Bugun ko'rdim opa. Hayotiy filmlar orasida bunaqasini kormagandim.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Aqoid 08 Aprel 2012, 13:56:35
men 3-marta ko'rdim,
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 09 Aprel 2012, 17:40:48
14-Shanghay xalqaro fil’m
festivalida eng yaxshi fil’m va
eng yaxshi aktyor
mukofotlari "œHayda Bre"
nomli kinofil’mga taqdim
etildi. Dunyo miqyosida 1600
kinofil’m orasidan tanlanib
jami 16 fil’m bilan bellashgan
"œHayda Bre" nomli turk
kinofil’mi festivalda
birinchilikni qo’lga kiritib, Oltin qadah sohibi bo’ldi. Kinofil’m rejissiyori Orhan
Og’uz, mazkur fil’mda
tuyg’ular asosiy o’ringa
chiqarilganligini bildirdi. Shuningdek, festivalda Oltin
qadahni turk xalqi sharafiga
ko’targanligini bildirib,
Xitoyliklar dastlabki kundan
beri fil’mga katta qiziqish
ko’rsatganligini ifoda etdi. Festivalga qatnashgan
Shanghay bosh konsuli Deniz
Eke, kinofil’m ijodkorlarini
tabriklab, Turk-Xitoy
kinofil’mlari o’rtasida
hamkorlik yo’lga qo’yilishidan umidvor ekanligini aytib o’tdi. Qolaversa, dunyo bo’ylab
mashhur Shanghay xalqaro
fil’m festivalida kelgusi yil
yana ham ko’proq turk
kinofil’m va aktyorlariga
mezbonlik qilishdan bahtiyor bo’lishini tilga oldi. Festivalga turk rejissiyor
Orhan Og’uz bilan bir qatorda
bosh ro’lni ijro etgan Nilufar
Achikalin va fil’m prodyusseri
Yasemin Kuchukchavdar
ishtirok etdi. Mazkur kinofil’mda
Makedoniyadagi bir
shaharchada yashagan
qadimiy turk pahlavonning
İstanbulga kelgandan so’ng
boshidan o’tkazgan mojarolari hikoya qilinadi.internetdan
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 21 Aprel 2012, 13:45:35
"fath 1453"filmi effektlari haqida effektchi Serkan zelzele aytdiki"filmning 70 foizi effektdir."
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 23 Iyun 2012, 17:14:20
Internetni sayr qilib yurib "imom Buhoriy"filmini turkcha talqini borligi meni quvontirdi.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 31 Avgust 2012, 13:55:08
Va nihoyat "fetih 1453"filmini diskini topdim ruscha.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 01 Sentyabr 2012, 15:19:25
Qozoq tarihini yoritgan yangi film "jaujurek min bala"filmi 17 asr qozoq ko'chmanchilari haqida.Film oskarga nomzod filmlar qatoriga taqdim etildi.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Mo'min Mirzo 06 Sentyabr 2012, 19:31:44
Nihoyat vaqt topildi, shu hafta 2ta kino ko'ribman. Beyaz Melekni bugun ko'rdim, ochig'i yoqmadi, aniqrog'i ta'sirlantirmadi.
O'tgan hafta "Cho'l arsloni" filmini turk subtitrida ko'rdim, mana shuni kino desa bo'ladi, odam ekran qarshisida emas, Liviya sahrolarida yurganday xis qiladi o'zini. Film keksayib munkillab qolganiga qaramay, 20 yildan ziyod kuchli qurollangan fashist armiyasiga bo'yin egmay kurashgan mashxur Islom lashkari Umar Muxtor haqida.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 07 Sentyabr 2012, 15:53:48
Mo'min Mirzo :"Umar muhtor"filmimi gollivudni zo'r filmi.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 16 Sentyabr 2012, 11:59:01
6,5 million odam ila Turk sinema
tarihining eng köp izlangan filmi
bolgan ‘Fath 1453’ning yangi qaytishi
mashxurligidan ‘Fathdan Songra’
ismli seriali ishlanmoqda. İstanbul'ning fathini körsatgan
Faruk Aksoy filmi "Fatih
1453" filmi hali ekranlarga chiqmasidan,
roligi 24 soatda 1 million
670 ming kishi tarafıdan izlangan va ilk namoyishidan salonlarga navbat bölgandi. Chetelda
katta shuxrat qozongan film,
Türkiya'da 10 haftada 6 million 448 ming 663 kishi
tarafıdan izlandi va jami
55 million 87 ming 998 TurkLirasi topdi.
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 06 Noyabr 2012, 21:23:56
Fath 1453#Invalid YouTube Link#
Nom: Re: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Sayyid90 06 Noyabr 2012, 21:26:05
manahttp://www.youtube.com/watch?v=Kw351G3rHnM
Nom: Javob: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 23 Aprel 2013, 13:01:57
 :asl3:

Eng yaxshi korgan kinolarimdan biri:)

http://www.youtube.com/watch?v=z86L0gDCY5Y
Nom: Javob: Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz
Yuborildi: Ansora 23 Aprel 2013, 13:03:11
Bunisiyam zor:)

http://www.youtube.com/watch?v=_AHGr5DILFE