forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: Ansora 27 Mart 2012, 16:47:59

Nom: O'zbekistondan tashqarida O'zbek bo'lmoq...
Yuborildi: Ansora 27 Mart 2012, 16:47:59
 :asl3:

Forumda kuzatishim bo'yicha Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'izistondan kiradigan O'zbeklarimiz bor. Shaxsan men uchun tashqaridagi O'zbeklarimizning fikrlari judayam qiziq. Ilgari ba'zi mavzularda fikrlarini bildirishgandi forumdoshlar. Bu mavzuda bizni qiziqtirgan savollarni bersak, ular ham javoblashsa.

Kechagina Turkiyaning davlat kanallaridan birida (zotan shaxsiy kanallar bu tur mavzularga to'htalmaydi qiziq) Qirg'izistondagi so'nggi voqealar haqida fikr yuritishdi, men 5 daqiqa qadar tomosha qila oldim. Bir Qirg'iz ayol gapiryabdi: "Bo'lib o'tgan voqealarda o'g'lim o'ldi, men shuning uchun O'zbeklarga aslo yaxshi ko'z bilan qaray olmayman bundan keyin"...

Unda minglab yaqinini yo'qotgan O'zbeklar, moli-mulki xonavayron bo'lganlar qanday qarasin ayting ularga.


Eslatma: Mavzu millatlar orasida dushmanlik tuyg'ularini uyg'otish uchun ochilmadi, oqilona fikrlaringizni kutib qolaman...
Nom: Re: O'zbekistondan tashqarida O'zbek bo'lmoq...
Yuborildi: Ansora 27 Mart 2012, 16:51:30
Men uchun shular qiziq:

1. Siz yashaydigan joyda maktab, oliygohlarda O'zbek tili o'rgatiladimi?

2. Qirg'izistondagi O'zbeklar uchun moddiy yordam berildimi? Chunki juda ko'pi uy-joyini yo'qotgandi...
Nom: Re: O'zbekistondan tashqarida O'zbek bo'lmoq...
Yuborildi: Sayyid 28 Mart 2012, 19:59:09
Assalom alaykum. Men Qozog'istonlik o'zbeklardanman.
1. Qozog’istonda 58 ta o’zbek tilida va 83 ta aralash tilda o’qitiladigan maktab bor. O’zbek tilida o’qiydigan o’quvchilar soni 78 ming (2011 yil). Davlat har yili abiturientlarga ''filologiya: o'zbek tili va adabiyoti'' uchun 5 ta grant(byudzhet) ajratadi. Qozog'istonda 14 ta o’zbek tilida gazeta va jurnal chiqariladi, viloyat o’zbek teatri ishlaydi. Har hafta o’zbek tilida teatr bo’ladi. O’zbek tilida TV va radio (ma'lum bir soat) bor.
Nom: Re: O'zbekistondan tashqarida O'zbek bo'lmoq...
Yuborildi: Lu`lu` 24 Iyul 2012, 18:01:22

"Ох, Амрико! Бунча мафтункор!.."
Дер танишлар, ба'зи дустларим.
" Вох, Амрико, стди  кунглим тор,
Кафтимга хам сигмас ерлари...
Булса хамки Аью Йорк жилвакор,
Атлантика, Голливудлари...
Хуп турлансин, хаммаси бекор,
Бекор беор ва бебурдлари.
Савоб кайда, окибат кайда?..
Хар бир ишин миннат килади.
Минг чирансин, бари бефойда,
Дунесини зийнат билади.
А­ркинликка ружу' куйибок
Аафсини хам пулга чакади.
Фойдасига фоиз кушибок,
"Тенглик" дес миснг кокади.
А­х Амрико, бундай ахволда
Тутар сени дуне уволи.
Вох Амрико, шундай заволда
Ютар сени рие шамоли