forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Ansora 11 Aprel 2012, 11:23:51

Nom: Кошениль-Cochineal qurtidan olingan bo'yoqlar haqida bilasizmi?
Yuborildi: Ansora 11 Aprel 2012, 11:23:51
 :asl3:

Ozgina oldin bir xabar o'qib og'zim ochilib qoldi. Ko'ra bila turib, insonlarni zaharlashyabdi bu firmalar. Yaqinda Turkiyada faoliyat olib borayotgan STARBUCKS firmasi qulupnoyli Frappuccino ichimligida bu moddadan foydalanishini tan olibdi. Shundan keyin bu tortishuvlar boshlanibdi yana. Ishning eng achinarli joyi -YEVROPA BIRLIGI bunga ruhsat bergan ekan, ya'ni bu qurtdan olingan bo'yoqli modda Yevropa standartlariga mos, deb tan olingan ekan.

Ho'sh, siz yashab turgan joyda qaysi firmalarning mahsulotlarini iste'mol qilasiz? Hech surishtirib ko'rganmisiz? Biz shaxsan ba'zi firmalarga ishonar edik, Ulker bularni ichida. Ma'lum bo'lishicha Ulker mahsulotlarning ayrimlarida ham bu qurt bo'yog'idan foydalanilar ekan:(

Masalan: qulupnoyli puding, "Kremini" nomli qand, "UFO" qandi.
Vivident saqichlarining ko'pida, Danone firmasining qulupnoyli pudingi va suti.
Dr. Oetker- Maymunjonli sous. Kent firmasining juda ko'p shirinliklarida.

Yana qanchasi bor, asosan qulupnoyli mahsulotlarda. Eng boshda Coca Colada ishlatilarkan, buni bilasiz.

Bu qurtdan olingan moddaning nomi Karmin bo'lib, bu moddadan hozirgi kunda kosmetik mahsulotlaridan tortib tekstilgacha keng ishlatilarkan. Yevropa Birligi bu moddaning ishlatilishiga ruhsat bergani uchun kosmetikada pomada, pudralarda ko'p ishlatilar ekan.

Yeguliklarda: muzqaymoqlarda, murabbolarda, jelatinli shirinliklarda, tort va shirinliklarda, sut mahsulotlarida va bazi go'sht mahsulotlarida ishlatilar ekan.

Odam magazindan bir narsa sotib olishga ham qo'rqib qoldi to'g'risi:(

(http://s018.radikal.ru/i502/1204/19/8db5c2c5561c.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Кошениль-Cochineal qurtidan olingan bo'yoqlar haqida bilasizmi?
Yuborildi: Mufazzala 16 Iyul 2012, 11:56:23
 :asl3:

Anuv paketchalik choylarga ham shunaqa rang yoki cho'chqani qonidan foydalanisharkanmish.
Eng yaxshisi bunaqa tayyor mahsulotlardan voz kechish. O'zimizni milliy ovqatlardan qo'ymasin.