forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 01 May 2012, 14:21:46

Nom: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Mahdiyah 01 May 2012, 14:21:46
Assalamu alaykum.
Yaqinda bir dugonam etdi, tanish doktori etganmish "Bolalarilani beshikka boylamanglar, beshikda katta bo'lgan bola nervnniy - asabiy bo'ladi".
Bu haqida fikrlaringiz?

(http://trip.uz/videogallery/1743990V_19.0-00-02.453.jpg)
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: gayrat17 01 May 2012, 18:58:49
Qanday toza xavo, musaffo osmon, tiniq bo'lmasayam, muzdek ariq suvi. Qurbaqa va xashoratlar tovushi, Gullar hidi...  ???

O'sha doktor qayoqdan biladi, xamma O'zbeklar yotganku, o'zi nimaga bunaqa mavzu ochasiz, kimdan so'radiz, boshqa qiladigan ishiz yo'qmi a, xo'v gapiring, nima.  :D
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Zohid85 01 May 2012, 20:23:31
Bu mavzu shu kunlarda munozarali baxslarga sabab bo'layapti. Beshikni foyda-zarari xaqida om. ax. vos. da bir necha maqola, ko'rsatuv va eshittirishlar ham tayyorlanib omma e'tiboriga xavola etildi. Bolalarni asabiy bo'lib ulg'ayayotganiga faqat beshikni sabab qilib ko'rsatish noinsoflik bo'lar... O'zi beshiksiz ham yoshu qari asabiyku bu tezkor zamonda. Deyarli xammani o'y-hayoli moddiy olamda. Pul ko'paygan sari unga yarasha tashvish ham ortayapti. Yosh bolalarimizni asabiy bo'layotganlariga asosiy sabab- ularni ham tirikchilik tashvishlariga sherik qilayotganimizdan ko'rish kerakmasmikin... Vallohu a'lam.
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Sofdil 02 May 2012, 01:36:58
Me'yor bn belash kere manimcha.
Kunida 2-3 soat etadi.
Nervga tasirini bilmadimu no
Kallani tochna pechat qiladi, oyog'niyam qishiq qiladi.


P.S. Hamma vasvasaga uchragan.
Hammaga "Vasvasagen" kere.
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: ossiyobinti 02 May 2012, 01:46:45
Doxtir sal biroz notog'ri malumot berganlar! Beshikni yahshi tarflari bor, yomon taraflariyam! Bir hil oilada boladiki bolani bog'lab 12soatlab yotqazib qoyishadi. Qalin duhoba ustiga yopib bechara bola telab pishib yoturadi. Bola vaqti vaqti bn beshikdan olib bolni erkin qoyish kerak! Og'limmi umuman beshikka belamdim, karavotga yotqizib qoyaman, o'zi o'ynab yotadi. Kechqurin ham ovqatlanib oynab oynab uhlab qoladi. 
Beshikda kop yotqizish kerakmas bola siqilib kop kasal bolishi mumkin.                                                                                                                                                                                                                                                                       
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Mo'min Mirzo 02 May 2012, 03:01:58
Bir narsa aniq, agar amerika yo yevropaliklar beshikdan foydalanib kelganlarida va bizda go'daklar ochiq havoda o'sganda biz qoloq hisoblanardik, va sekin-asta bizga ham beshiklar kirib kelardi!
6-yildan beri tez tez shu haqda eshitib turibman. G'arblar ta'siriga tushib qolgan ayrim insonlar necha-necha ota avlodlarimiz yotgan beshikni osonlikcha "qafas"ga chiqarib qo'yishdi, emishki bolaga erkinlik bermayotgan emishmiz.
Beshik nimaligini bilmaydigan Amerikaliklar va Yevropaliklar orasida asabiylik bizdan ko'ra ancha ko'p.
Beshikda bolalar irodasiz o'sadi, raxitga moyil o'sadi va balo-battar chiqishlar qilib kelishdi.
Irodasiz o'sishida beshikni dahli yo'q, bu bola ulg'ayotganda notog'ri berilgan tarbiyaga - ota-onasining qo'polligiga bog'liq. Raxit kasaliga ham, kim aytadi bola beshikda 20 soat yotsin deb.
Yotadigan vaqtida beshikka bog'lanadi, uyg'onganda tashqariga olib chiqiladi. Toza havodan, quyosh nuridan baxra olmagan bola beshikda bo'lsin yo katta qasr ichida bo'lsin baribir raxit va boshqa turli kasalliklarga chalinaveradi.
Hullas yosh onalar, "madaniy"lashib ketganlarning gaplariga e'tibor bermanglar.
Muhimi farzandlarimizga toza havo, quyosh nuri, ta'lim-tarbiya yetarli bo'ladi.
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Ansora 02 May 2012, 12:46:59
  :vsl3:  :asl3:

Bir ona sifatida shuni aytishim mumkin, beshikdan togri va joyida foydalanganingizda bolangizga faqat foydasi tegadi. Avvalo beshik sog'lommi, egrimasmi, shuni biling. Chunki bolangiz ancha vaqtini beshikda otkazadi.
Bola har kuni rivojlanadi, osadi. Agar beshikda muammo bo'lsa, egri, qattiq, unga ishlatgan to'shakchalar, yopqichlaringiz bolada allergiya uyg'oatadigan, tanasini achitadigan, qichishtiradigan bo'lsa albatta zararli holga keladi beshik.

Lekin endi tug'ilgan bola o'zining qo'l va oyoq harakatlaridan ham qo'rqadi, shuning uchun uning belanishi yoki hech bo'lmasa qo'l oyog'ini bo'glash kerak to'shakchaga. Ana shunda yaxshi uxlaydi, qo'rqmaydi.

Bolalar doktorlari va psixologlar aslida taqdiqot olib borishi kerak, e'tibor bergan bo'lsangiz beshikda yotgan bolani kalla shakli yassiroq bo'ladi, yotmagannini esa uzunchoqroq. Bola har kuni o'sib, rivojlangani uchun boshining shakli miya rivojlanishinda qanday ta'sir o'tkazadi ajabo? Men shuni ko'p o'ylayman.

Menimcha bolani ilk 6-7 oy beshikka belash kerak, aytganimday uyqusi tartibga kirishi uchun. Keyinchalik hech bo'lmasa 1 yoshdan keyin aslo beshikka belamaslik kerak. Chunki bola bu yoshdan keyin nima xohlaganini biladi, qo'l -oyoq harakati, kallaning qimirlashi u uchun muhim.
Bu yoshdan keyin xohlagan harakatini bajara olmasligi- bolada injiqlikni, yoki xohlagan harakatini qila olmaslik, o'z fikrini ayta olmaslikka olib keladi. Ya'ni bola bir navi: "eziladi"

Bu fikrlarimni oglim bilan kelib chiqqan holda aytyabman. Uni beshikka belamadik, lekin qo'l-oyog'ini bog'lardim, cho'chib kop uygonardi. Uyqusi bolinardi. Lekin 1 yoshdan keyin unga hech bir narsani majburan qildira olmasdik, majbur qilganimizda ko'zlarida bizga qarshi ishonchsizlik sezdim, bu esa meni unga majburan bir narsani qildirmaslikka undadi.

Bilasiz bolani xarakteri, kishiligi ilk oylardan o'tira boradi. Bolaga-bola deb emas, aslida kattalarday muomala qilish kerak. Farzandlarimizga ishonishimiz kerak, ularga "sen ham bajara olasan" deb kuch berishimiz kerak. Bolaga ishonchsizlik, kelajakda bolamizning o'z-o'ziga ishonmasligiga olib keladi...

Xullas, beshikni ham sifatlisini oling, beshikda paxtali buyumlar ishlating, terlamasin, siqilmasin. Bolani ko'zini ichigacha terlaydi, bilasiz. Qalin duxoba materyallarni ichida bolangiz qiynalmasin...1 yoshidan keyin belamaslikka harakat qiling.

Yana siz bilasiz:) 
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Maysara 02 May 2012, 17:03:51
Va yana, beshikka belangan bola yolg'iz qolmasligi kerak, hamda shovqin-suronda ham bölmasin. Shovqinda uyqusi tinch bölmaydi, natijada asabi yomonlashadi, bu holat xatto kattalarda ham kuzatiladiku!

Bola mabodo uyg'onib ketsa tebratsangiz yana uhlayveradi. Lekin yolg'iz qolsa yig'laydi, uyqusi battar öchadi, uyqusi chala bölgani bois keyingi uyqusigacha köp yig'layveradi. Keyin yosh ona shifokorga aytadi "bolam beshikda yaxshi uhlamaydi, yig'lab uyg'onadi, mana asabiy bölib qolyapti!" Kim yomon - beshik yomon. Göyo: qaychi yomon, qöl kesadi., deganlariday.
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Abu Muso 02 May 2012, 17:18:30
 :asl3:

Bu mavzunda kimlar bahs qilishyapti o'zi?

Bahs qilayotganlarning hammasi beshikda katta bo'lganlarku... :D

Shulardan qaysilari "nervniy" bo'lsa, qo'lini ko'tarsinchi?  ;)
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Aqoid 02 May 2012, 18:18:29
Gapning dangali bo'libdi, Abu Muso aka.
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Ansora 02 May 2012, 21:23:02
:asl3:

Bu mavzunda kimlar bahs qilishyapti o'zi?

Bahs qilayotganlarning hammasi beshikda katta bo'lganlarku... :D

Shulardan qaysilari "nervniy" bo'lsa, qo'lini ko'tarsinchi?  ;)


 :D

Valaykum assalom. Shu-da kattalar darrov: heyy nima deyabsan, jim o'tir deydi, bizda ;D

Abu Muso aka, masalan men beshikda yotmagan ekanman:) 6 oy uxlamagan ekanman. O'sha payt bola-chaqadan ortib uydagilar surishtirishmagan ham ekan, bu bola nimaga tinmay yig'laydi, nimaga uxlamaydi, deb:(
Katta bo'ladi, hech narsa qilmaydi, deyishgan ekan kattalar...bizda shu-yu o'lmasa bo'ldi:)

Keyinchalik menda jiddiy anemiya chiqdi,,,,oz qolsin bolamga zarar berishi mumkin edi, davolandim shukr, kamqonlik judayam jiddiy narsa, bu hozirgi kunda har 100 ayoldan 90ida bor...juda ko'p homilador ayol shu anemiya tufayli bolasini tushiradi.

Beshik masalasi ham xuddi shunday.

Yuqorida esimdan chiqibdi, yangi tug'ilgan chaqaloqni boshini qattiq silkish mumkin emas, beshikda esa bazan juda qattiq silkinadi bola bechorani miyasi. Shularni unutmaslik kerak. Asabiy bo'lmasa ham....naqaroq bo'lishi mumkin, Alloh saqlasin.

Men beshikni yomonlash tarafdori emasman, lekin beshikka belab qo'yib, qarovsiz qoldirish yoki kecha-kunduz dim beshikni ichida bolani qattiq silkish faqat zarar beradi chaqaloqqa...!!!
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Sayyid90 04 May 2012, 20:28:26
beshik juda qadimdan bizga ajdodlarimizdan meros.men beshikni qo'llayman.
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Mo'min Mirzo 04 May 2012, 22:31:13
Tarixi

Beshik tarixi juda qadimga borib taqaladi. U haqida ilk ma’lumotlarni Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit-turk» asarida uchratish mumkin. Bolaning tagi quruq bo’lishini ta’minlovchi sumak va tuvak esa faqat O’rta Osiyo xalqlariga xos. Beshiklarimizdagi bunday o’ziga xoslikni o’rta asr ustalarining ixtirosi deb taxmin qilishimiz mumkin. Bu haqda aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Afzalliklari

Uzoq tarixga ega bo’lishiga qaramay, biror tadrijiy takomillikni boshdan kechirmagan beshikning avvalo afzalliklarini sanab o’tsak:

1) Uxlaganda usti surp yoki doka bilan yopiq bo’lgani uchun chaqaloqni turli xil hasharotlar bezovta qilmaydi.
2) Bola qo’lga o’rganib qolmaydi. Chunki chaqaloq ko’p ko’tarib yurilsa, keyinchalik ham mana shunday e’tibor talab qiladi.
3) Beshikning rangli bezaklariga qarab ovunadi va ranglarni ajratishni o’rganadi.
4) Tagi hamma vaqt quruq turgani uchun beshiqtsagi bola kechqurun tinch uxlaydi.
5) Beshik yordamida bolani uxlatish qulay. Shuningdek, chayqalayotgan beshik bir necha daqiqa o’z inertsiyasi bilan ham tebranib turish xususiyatiga ega.
6) Qovuzda yotgan bolaning umurtqa suyaklari tekis bo’ladi.
7 Pampersga ketadigan xarajat va taglik yuvishga ketadigan vaqt tejaladi.
8) Chaqaloq yotganda yuztuban o’girilib qolmaydi.
9) Qo’li bilan yuz-ko’zini tilib, jarohatlamaydi, barmog’ini og’ziga solib so’rmaydi.
10) Beshikning ichki iqlimi doimiy harorat mo’’tadilligini saqlab, chaqaloqning isib ketishiga yo’l qo’ymaydi.

Shifokorlar nima deydi?

Shifokorlar beshik xususida aniq bir to’xtamga kelishmagan. Ular beshikni munozarali mavzu hisoblaydilar. Masalan, tibbiyot fanlari nomzodi Nizom Ermatov, oliy darajadagi jarroh Tojiboy Yoqubov, shifokor Yoktam Qo’chqorovlar o’z maqolalarida beshikka ijobiy baho berganlar. Professor Mamazoir Xo’jamberdievning fikricha esa, beshikning muttasil va suratli tebratish bola miyasiga shikast yetkazishi, hali yaxshi qotib ulgurmagan bosh suyagining sinishiga va miyaga qon quyilishiga olib kelishi mumkin. U o’z fikrlarini 10 yil burun Farg’ona vodiysida tadqiqot olib borgan shotlandiyalik pediatrlar natijalari bilan isbotlashga urinadi. Tadqiqot natijalariga ko’ra taxminan har 100 ming go’dakdan 25 tasida bosh suyagi deformatsiyasi yoki jarohatlanishi kuzatilgan. Andijon tibbiyot instituti professori Rishat Osmanovning fikriga ko’ra bir xil holatda 10-15 soat uzluksiz yotishi bola sog’lig’i uchun xavfli. Chaqaloqni yelka, qorin va oyoq qismidan qattiq bog’lash ham qon aylanishini buzadi, suyaklarning kiyshiq o’sishiga sabab bo’ladi. Shuningdek Osmanov bola beshiqtsa harakatlana olmasligi natijasida mushaklari yaxshi rivojlanmay qolishi hamda organizmda modda almashinuvi buzilishi mumkinligini ta’kidlaydi. Ellik yillik ish tajribasiga ega, bolalar ortopedi va travmatolog Kozim Qobilov esa bunday qarashlarni qo’llab-quvvatlamaydi. Uning fikricha, beshikda yotish suyaklarning qiyshiq o’sishiga olib kelmaydi. Zero suyaklarning qiyshiq o’sishi asosan raxit kasalligi bilan bog’liq. «Beshikdagi qovuz bolaning shakliga moslashadi va umurtqaning to’g’ri o’sishiga yordam beradi. Oyoqlardagi «O» va «X»simon deformatsiyalarning beshik bilan aloqasi yo’q. Chunki, bunday qiyshiq o’sish holatlari bola yura boshlagandan keyin qaysidir yuzaga kelishi mumkin», deydi ortoped Qobilov.
Beshik tebratganda go’dak bosh suyagining shikastlanishi faqatgina boshning yog’och qismlarga qattiq zarb bilan urilganda sodir bo’ladi. Odatiy beshik tebratishlarda bu holatning yuzaga kelish ehtimoli kam. Shotlandiyalik pediatrlarning tadqiqotidagi ko’rsatkich ham juda past (0,00025 foiz) ekani esa beshikni yoqlaydigan shifokorlar e’tiborini tortgan. Shikastlangan chaqaloqlar esa beshikni noto’g’ri tebratish yoki boshqa sabablar tufayli zarar ko’rgan bo’lishi mumkin. Qolaversa, go’daklarning to’liq bitmagan va yumshoq bosh suyaklarining kompensator imkoniyatlari baland bo’ladi. Ularda bosh suyak deformatsiyasi kam uchraydi. Shuning uchun miya chayqalishi, bosh suyagi shikastlanishi kabi holatlarga beshikni sababchi qilib ko’rsatish yetarli asosga ega emas. Ayniqsa, sog’lom tug’ilgan bola uchun beshikning zarar yetkazish ehtimoli juda kam. Faqat chanoq-son bo’g’imi displaziyasi bilan dunyoga kelgan bolalarni beshikka yotqizmaslik tavsiya qilinadi.
Ba’zi urologlarning fikriga ko’ra, bola beshikda yoki mahkam bog’langan yo’rgakda tagini ho’l qilganida bir miqdor qoldiq siydik qovug’ida qoladi. Natijada, siydik yo’llarida tosh yig’ilishi mumkin. Oyoklari bukilgan holatda esa siydik qovuqda qolmaydi. Lekin hozircha ushbu qarash ham to’liq tasdiqlanmagan. Zero, go’daklar qovug’ida tosh yig’ilish holati juda kam uchraydi.

Me’yorga rioya qilinmasa...

Shifokorlarning fikrlaridan shularni xulosa qilish mumkinki, to’g’ri ishlatilganda beshikning salbiy jihati yo’q. Quyida beshikni noto’g’ri ishlatish natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarni keltirib o’tamiz:
- Bolaning uzluksiz, uzoq vaqt beshikda yotishi zararli. Kun bo’yi beshikda yotish natijasida ayniqsa, qish va kuz oylarida bola terisiga yorug’likni tushishi kamayadi. Bu esa terida D-vitamini sintez bo’lishiga to’sqinlik qiladi va raxit kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik natijasida bola organizmida kaltsiy almashinuvi buzilib, suyaklar yumshoqlashadi, boshning ensa sohasi tekislanadi. Suyaklar qiyshiq o’sishi kuzatiladi.
- Beshikda bolani bir tomondan emizish tufayli ko’pincha birlamchi bo’yin qiyshiqligi kelib chiqadi.
- Sumak gigienik talablarga rioya etilmagan holatda tashqi jinsiy a’zolarda kontakt dermatitlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Beshikmi, pampersmi?

Qaysidir ma’noda ilk tabiiy pampersni, ota-bobolarimiz o’ylab topishgan desak, xato bo’lmaydi. Sababi, beshik qovuzi havoni yaxshi o’tkazadi, namni tez shimib oladi va tez quriydi.
Ma’lumki pamperslar haqida ayrim salbiy fikrlar bor. Pampersda tagini ho’l qilgan bolaning oyoqlari ma’lum muddatdan keyin namlikni his qila boshlaydi.
Albatta, beshik yoki pampers ishlatish har bir oila o’zi hal qiladigan masala. Shifokorlarning fikricha, har ikkala holatda ham to’g’ri ishlatish muhim ahamiyatga ega. Pampersning ko’p harajatli ekani bu qiyoslamada aytib o’tish mumkin bo’lgan yana bir jihat sanaladi.

Beshik xususida zarur tavsiyalar

Beshkini me’yorida va to’g’ri ishlatish kerak. Buning uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
- Beshikni qattiq yerga emas, ko’rpacha ustiga qo’yib tebratish kerak.
- Beshikda bola faqat uxlagan paytda yotgani ma’qul. Uyg’oq mahalda uni qo’lga olib orqalarini ohista uqalash va o’ynatish kerak.
- Beshikni oftob tushadigan joyga ko’yish yoki go’dakni ma’lum paytlarda oftobga olib chiqish lozim. Chunki bola D vitaminini eng ko’p kuyosh nuri orqali o’zlashtiradi. Ayniqsa, bahor-yoz oylarida kunduzgi soat 8-10 orasi, kuz-qish oylarida kunduzgi soat 9-11 orasi tushgan ultrabinafsha nurlari foydali.
- Bolani beshikda yotgan holda emizmagan ma’qul. Agar shunday qilishga to’g’ri kelsa, galma-galdan ikki tomondan emizish kerak.
- Beshikni ohista tebratgan afzal. Tez yoki qattiq tebratish xavfli.
- Chaqaloqni 1 yoshgacha yoki o’zi mustaqil yuradigan bo’lguncha beshikka belash tavsiya etiladi. Zero, bu paytga kelib bolada peshobini nazorat qilish qobiliyati shakllangan bo’ladi. Agar beshikda yotishni bola o’zi istasa yoki nimjon bo’lsa bu muddatni biroz uzaytirish mumkin.
- Sumakni ishlatishdan oldin yumshoq bo’lishi uchun yog’ga botirib olish kerak. Vaqti vaqti bilan tozalab, gigienaga e’tibor berish lozim.
- Beshik yuzini sun’iy matodan tikilgan qalin pardalar bilan yopish qat’iyan man etiladi.
- Beshikni isitish uskunalari yoniga ko’ymaslik kerak. Quruq havoda ion tarkibi buzilib, bolaga noqulaylik tug’diradi va ko’p yig’lashiga sabab bo’ladi.
- Vaqti-vaqti bilan beshik pardalarini ochib, o’rin-ko’rpalarini shamollatib turish kerak.
- Qovuz ko’rpachasi paxtadan va yupqa ekaniga ahamiyat berish kerak. Chunki, bolaning to’shagi o’ta yumshoq bo’lmasligi kerak.
- Biroq bosh qismiga yumshoq yostiq qo’yish boshi «pachoq» bo’lib o’sishidan saqlaydi.
- Xatna qilingan go’dakni beshikka sumaksiz belash kerak. Negaki sumak go’dak yarasini zaxalab qo’yishi mumkin.
- Oyoq va qo’lbog’larni juda qattiq bog’lamaslikka ham alohida e’tibor qaratish lozim.

Qanday chakaloqlar beshikka belanmaydi?

Chanoq-son bo’g’imi displaziyasi (noto’g’ri o’sish) bilan tug’ilgan go’daklarni beshikka belamaslik kerak. Sababi, ularning oyoqlari biriktirilmagan holda, ochiq turishini tavsiya etishadi. Bolada bunday tug’ma kasallik bor-yo’qligini bilish uchun ortoped ko’rigidan o’tkazish lozim. Tug’ma yurak poroklari bo’lgan bolalarda ba’zan nafas olishi qiyinlashish holatlari uchraydi. Shuning uchun ularga ham beshik tavsiya etilmaydi. Ko’pincha katta vazndagi chaqaloqlar tug’ilish jarayonida bosh suyagi deformatsiyalanadi. Natijada, bosh suyagi ichidagi qon bosimi baland bo’ladi. Bezovtalanish va injiqlik shu kasallik bilan og’ringan bolalarga xos. Ular beshikka belansa, beshikni juda ohista tebratish lozim.

Nurulloh SODIQOV
Manbaa: Irmoq jurnali
Batafsil: http://www.farzand.uz/index.php?Itemid=36&id=135&option=com_content&task=view
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Sayyid90 04 May 2012, 22:56:44
manabu beshik haqidagi sözlar yetarlidir.
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: gayrat17 05 May 2012, 00:50:01
Beshiklarda yotgim keladi,
Onam sutin totgim keladi. ::)
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Akbarjоn 05 May 2012, 07:21:06


Shuningdek beshikni dastasi ham ja jimjimador bo'lishi ham yaxshi emas

bola tepasidagi naqshinkor gullarga qarayverib ko'zi yaqinlashib qoladi

ko'zni bir biriga yaqinlashib qolishiga yana tagidagi ko'rpalarini qalin qilib yuborishi natijasidabolani osha beshikni tebratadigan dastasiga yaqin o'lib qolishi ham sabab bo'lishi mumkin
ayrim beshiklarda esa shu dastani o'zi pastroq joylashgan bo'ladi

Beshik sotib olayotganida shuga e'tibor beringlar, baraka topgurlar

:)
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: Ansora 05 May 2012, 16:58:20

Shifokorlar beshik xususida aniq bir to’xtamga kelishmagan. Ular beshikni munozarali mavzu hisoblaydilar.

Demak mavzu togri ochilgan va har xil fikrlarning bolishi ham tabiiy ekan:)
Nom: Re: Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar...
Yuborildi: The_Alchemist 06 May 2012, 13:29:45
Assalomu Alaykum,

Bu mavzu hunuk ochilgan, tugri ham deb bulmaydi, notugri ham. Mayli bunaqa mavzuda baxs qilish mumkin va fikrlash mumkin lekin "Beshikda katta bo'lgan asabiy bolalar" degan nomlanishning uziyoq judayam mantiqsizlik, chunki hali bu narsa aniq isbot qilib berilmadi lekin mavzuning nomlanishi yakuniy hulosadek yoki ayblovdek jaranglaydi. Mavzuning nomlanishini ""Beshik haqida fikrilarimiz" yoki "Beshik foydalimi yoki zararli?""- degan kurinishda bulsa ozgina bulsa ham udumlarimizga hurmatliroq chiqardi.
Beshik haqida uzimni fikrimni yozadigan bulsam, shaxsan buni quruq buxton deb bilaman, chunki Markaziy Osiyoliklar necha yuz yillardan beri beshikda katta bulishadi va kamdan kam uchraydigan eng aqlli, etuk daxolar va buyuk insonlar etishib chiqqan shu diyordan, jismoniy jixatdan ham kup halqlardan ustunmiz. Hattoki Islom tarixida uz urniga ega shaxslar mana shu oddiy beshikda katta bulishgan, yoki eng buyuk va qurqmas sarkardalar.
Hush beshikda bolalar asabiy bulib qolishsa shuncha insonlar sabr va kuchni qaerdan olishgan? aslida Markaziy Osiyo halqlari ancha irodali va sabrli halq hisoblanadilar. Asabiylik beshikka emas aslida boshqa narsalarga bogliq bulishi mumkin masalan oddiy oilaviy tarbiya yoki ota onaning tarbiya farosatiga. Beshikni tinch quyinglar, uni oqlamasagizlar hech bulmasa yomonlamanglar, hech kim sizning bolangizni majburlab beshikka tiqayotgani yuq.

The Alchemist
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Mahdiyah 06 May 2012, 14:59:14
Vaalaykum assalam.
O'zim hamkecha shu mavzuni sal qo'polroq ochdim deb o'ylagandim. O'zgartirish fikrida edim, InshaAlloh o'zgartirib qo'yaman.
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Mahdiyah 06 May 2012, 15:06:34
Hali farzandimiz dunyoga kelmasidan oldin ko'pchilikdan "Hali bolen beshikda yotadimi, yo'qmi?" digan fikrlarni eshitdim.
O'shanda xayron qolgandim. Xozirgi bolalar beshikda yotmasligi ham mumkin ekan.
Biz yoshligimizda bola uchun krovat faqat beshik bo'lgan, undan boshqasini bilmasdik.
Naxot xozirgi bolalar beshikda yotmasaya dib o'ylagandim.
Lekin Alhamdulillah qizimiz beshikda yotdi.
Keyin o'ylasam chaqaloq beshikda yotishni tanlamas ekan, balki ota-ona shunga bolani o'rgatadi.
Chunki bola-chaqaloq odatda o'ziga nima yaxsi ekanligini bilmaydi, qo'llarini bog'lasangiz yig'laydi, yo'rgakdan chiqishga harakat qiladi, bog'lanmasa o'z qo'lidan o'zi qo'rqadi  :)
Shuning uchun ham beshikka bog'lansa ham tinch yotadi, ham quruq.
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: The_Alchemist 06 May 2012, 15:37:18
Maydiyah,

Sizga katta raxmat tugri tushinganiz uchun, chunki uzimni yozgan postimdan salgina qupolroq bulib ketmadimikan va boshqalarni kungliga qattiq botmasmikan degan havotirda edim.

The Alchemist
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: BelleQizcha 06 May 2012, 17:46:55
beshik...
Chaqaloq o'zi 9 oy siqilib onanni qornida yotsa, tugulganidan kiyinam huddi qamoqhonaga obketvotgandey, bolani boylab qoyib, napas oldirmasdan uni ustiga qimirlatib uxlatish hayolga togri kemiydi.
Bola organib qolgandan kiyin, temiri ustiga qoysezam horaak ottib uxluradi..
Youtubeda ancha yillar oldin bir video korgandim.. nega 100 yil ichidan uzbeklardan Olim chiqmadi digan..
Buning sababi beshik diyishgandi.. Lekin dunyoda faqat uzbek halqi bolani shunaqa siqiltirib uxlatsa kera-gov..
Shamoll bomasa daraxtni uchi qimirlamiydi diyishadi.. Yangi kevotgan yoshlarga Bolarini beshikda yotqizmasliklarni tavsiya qilaman.. Atak, manam beshikda yotmaganman, Olim bomadimi-u..???
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: The_Alchemist 06 May 2012, 18:48:33
BelleQizcha,

Shu uzingizham bilmasangiz kerak qanaqa mavzuga qanaqa post qoldirganizni? shunchaki postlarizni soni kupayishi va uzizni bor ekaninizni kursatib turish uchun aqlizga kelgan narsani yozaverasiz doimgidek.

Hech bulmasa mavzuga bildirilgan fikrlarni bir uqib chiqing.
Uzbekladan ohirgi 100 yilda olim chiqmagan degan fikriz notugri, Uzbeklada olimlar kup hali ham agarda fikriz tugri bulganida ham beshik aybdor bulmasdi chunki beshikning tarihi ancha uzoqqa boradi, ikkinchidan faqat Uzbeklar emas umuman Markaziy Osiyo halqlariga tegishli udum bulsa kerak chunki bu halqlar ming yillardan beri birga yashashadi. Beshikda yotmaganlar aqlsiz bulishadi deyishimga asos bulardi agarda sizga qarab hulosa qilganimda :)

Bolaning ona qornida siqilib yotishiga keladigan bulsa hecham havotir olmang bola u yerda siqilib yotmaydi shunchaki rivojlanadi va vaqti kelganidan keyin tugiladi, u vaqtgacha esa siz uylagandan ham ming marta qulayroq va yaxshiroq ahvolda buladi Allohning qudrati bilan. Tugilganidan keyin esa hech qanaqa millat ham chaqaloqni erkin bulsin deb kuchaga chiqarib quymaydi, toki uzini anglab olgunicha nazorat ostiga oladi va savatchada bulsa ham, yoki kichkina honachada saqlab bulsa ham uni harakatini cheklaydi, sizzi fikrizcha bola tugilganidan unga demokratiya berib kuchaga chiqarib quyish kerak mana tugilding endi ozodsan hech kim sani majburlab erkingni cheklamaydi, bilganingni qil deb ;););)

The Alchemist
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: The_Alchemist 06 May 2012, 18:49:43
BelleQizcha,

Yaxshiyam beshikda yotmagan ekansiz, yotganizda olima bulib hozi hech kimga gap bermay quyar ekansiz ;)

The Alchemist
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: BelleQizcha 06 May 2012, 22:50:31
Santiago janoblari, birinchidan, man postlarimi sonini yokiy Man borman dib bu postni qoldirganim yoq, postlarim soniga qaramay qoyganimga mana 5 yil boladi..
ikkinchidan, beshik qimmat, undan kora chaqoloqlar yerda yotishsa yaxshi, siyib qoyishsayam tozalash oson.
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 06 May 2012, 23:13:07
Santiago janoblari, birinchidan, man postlarimi sonini yokiy Man borman dib bu postni qoldirganim yoq, postlarim soniga qaramay qoyganimga mana 5 yil boladi..
ikkinchidan, beshik qimmat, undan kora chaqoloqlar yerda yotishsa yaxshi, siyib qoyishsayam tozalash oson.
LG Optimus olgan kelinga beshik olish nima bo'libdi : )
Belle farzand ko'rsangiz ayting, beshik biz forumdoshlardan sovg'a bo'ladi.
Agar yerda yotsa tozalash osonmas, ko'rpa to'shakni yuvish qiyin, keyin xona sasib ketadi. Beshikda esa bunday emas, noxush xid tuvak turadi, tuvakni bo'shatib kelganizda xid qolmaydi. Beshikdan esa chaqaloqning ajoyib hidi kelib turadi, hidlagan sayin to'ymaysiz.
Pamperslarga ham hojat yo'q, qolaversa beshik pampersning "yillik harajati"dan ancha arzonga tushadi.
Beshikka belayotganingizda onahonlarimiz o'zlari meyorni belgilab berishadi. Beshikni qattiq siltab tebratmaslikni, bola yig'layversa yechish kerakligini. bola beshikdan turganda taomlantirib tashqarida aylantirishni... hamma narsani tushuntirishadi.
Agar "Tsivilizatsiya" deb yuradiganlarga quloq solsangiz... bolani alohida honada, alohida krovatchada yotqizib chiqib ketish kerak bo'ladi. Bolaga ham "erkinlik" kerakligi uchun.
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Mahdiyah 06 May 2012, 23:23:02
Beshik 50 000 - 55 000, pampersni 1 pachkasi (86 ta) ham deyarli shu narxda 45-50 ming o'rtachasi  :)
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: The_Alchemist 07 May 2012, 00:06:40
BelleQizcha,

Nasib qilsa hali uziz ham beshikning qulay ekanini tan olasiz, Ilohim beshikni bagrizga bosadigan kunlariz kup bulsin, hamma qizlarimizni beshiklarga etkazib yursin. Siz beshikni noqulay deb hisoblasangiz unda bolachalarizni uziz istagandek sharoitda katta qiling, har bir ona uz farzandiga yaxshi deb hisoblagan sharoitni tanlash huquqiga ega.

Bazi keskin postlarimni kunglizga yaqin olmang, beshikda katta bulganim sababli bulsa kerak shu mavzu ochilganidan beri asabiy bulib qolganman  :13 :13 :13

The Alchemist
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: BelleQizcha 07 May 2012, 02:41:38
Haaa... beshik qaydo qoldiyu pampers,... odamlagayam hayronsan.. ishqib bu mavzuga etadigan gapim qomdi
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Sayyid90 07 May 2012, 05:28:52
beshik tufayli umurtqa va bosh chanoq tekis rivojlanadi.
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Abdumuhaymin 07 May 2012, 05:34:53
Beshik kashf qilinganidan beri mnogoraziviy, pamper umrini ohirigacha odnorazivi.
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Maysara 07 May 2012, 10:51:12
Bazi keskin postlarimni kunglizga yaqin olmang, beshikda katta bulganim sababli bulsa kerak shu mavzu ochilganidan beri asabiy bulib qolganman
sizni ham davolash kerak, sizam internet kasalligiga duchor bölibsiz. Balki kotta beshik yasashimiz kerakdur! (!) Xozirgi kasallarga özi bundan boshqa chora qolmayapti!
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Музаффар 08 May 2012, 11:30:36
Хуллас мани шахсий фикрим шундан иборатки, болани бешикка бойлаш керакли нарса. Инсоннинг ақлий ривожланиши ва ахлоқий камолоти уни бешикка беланиш ёки беланмаслигига боғлиқ бслганда, сххе барча ажнабийлар биз сзбеклардан ақллироқ ва ахлоқлироқ бслишард :).
ота бобомиз қилиб келаётган ишларни биза хам давом сттирсак кам бслмаймиз деб сйлайман. Бешикка бойламасликка маслахат бераётган кимсалар сзи бешикка бойламай қсс қолсин. Агар бу шунчалик мухим нарса бслганида ЎзА  ССВнинг тависисномаси ёки мурожжатномаси чиққан бсларди. Барибир бу ва бу каби маслалаларни хар қайси оила ва ота она сзи учун сзи хал қилади (вакяина сингари). Бу форумда мухокама қилиб асаб бузарликлар келтириб чиқаришнинг хеч бир кори йсқ... :)
Хуллас ким нима деса десин, лекин Оллоҳ насиб стиб фарзандли бслсам, албатта бешик тсйи қилиб, бешикка белатишни нист қилганман...
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Aqoid 08 May 2012, 15:33:44
Shanba,yakshanba kunlari vaqtim bo'ladi odatda, ukam.
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Donishmand 08 May 2012, 16:42:21
Kimning beshik to'yisi bo'lyapti? Har ehtimolga qarshi, bizning chastota diapazonlarimiz o'sha-o'sha...
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 08 May 2012, 17:10:34
А­ринмасдан сқиб чиқишни тавсис стаман.

Бағрида дунё сстанган, БЕШИК! (2-МАҚОЛА)

Бешикнинг юқорида айтилган афзалликларига қсшимча тарзда қуйидагиларни ҳам келтириш мумкин:

    Бешикнинг турфа рангли безаклари чақалоқ тарбиссида муҳим аҳамистга молик.
    Доимий ост қуруқлигининг таъминланиши уйқу осудалигининг, жинсий аъзолар хасталанмаслигининг кафилидир.
    Бешикнинг ёпинғичлари нафақат ҳарорат таҳдидидан балки, турли ҳашаротлар зараридан ҳам муҳофаза қилади.
    Бола умуртқа сусклари ва скелет мушаклари тсғри ва чайир бслиб ривожланади.
    Болакайларнинг қслини ссрғич стишига ёхуд билар-билмас сзини жароҳатлашига йсл берилмайди.

Албатта, бу афзалликлар бешикни ақл билан суистеъмол қилмай ишлатгандагина қсл келади.
Бешикдаги "œмини" таҳдидлар:
Ҳар бир нарсанинг меъёри ва мезони мавжуд. Шу боис, айрим шифокорлар бешикни нотсғри қсллашлик натижасида қуйидаги кснгилсизликлар келиб чиқиши мумкинлигини таъкидлашган:

    Бешикни муттасил, уззу-кун, шиддаткор тебратиш ҳали схши қотиб улгурмаган бош мис сусгига таҳдидкор таъсир стиши мумкин скан.
    Чақалоқни срим кунлаб бешикда узлуксиз ётиши бола соғлиғи учун хавф туғдириб, сускларнинг қийшиқ ссишига сабаб бслади.
    Чақалоқни елка, қорин ва оёқ қисмидан қаттиқ боғлаш ҳам қон айланишига салбий таъсир стади.
    Бешикка маҳкам йсргакланган чақалоқ қовуғида пешоб қолдиғи қолиши кузатилиб, тош йиғилишига мойиллик туғдиради.

Ушбу қарашларнинг тсла асосга сга смаслиги ксплаб шифокор-олимлар томонидан сътироф стилган ва қуйидаги фикрлар билан асосланган:

    Бешикда бош сусгининг шикастланиши қаттиқ зарб натижасида ста кам ҳоллардагина рсй беради, чунки чақалоқ  бош сускларининг компенсатор чидам имконисти анча баланд бслади. Бу сса оналардан диққатлироқ бслишни ва бешик тебратиш масъулистига жиддийроқ ёндашишни талаб стади.
    Бешик  қовузи бола танаси шаклига мослашиши боис, умуртқанинг тсғри ссишига аксинча ёрдам беради. Сускларнинг қийшайиб қолиши сса чақалоқларнинг гоҳо қуёш тафтидан бебаҳра бслиб, Д витамини пайдо бслиши омилининг сусайиши туфайли келиб чиқадиган рахит касаллиги билан боғлиқдир.
    Қовуқда пешоб қолдиғи қолиши сса бешиклардан ксра кспроқ замонавий "œпамперс"лар билан боғлиқ. Зеро, памперсларни асоссиз қсллаш нафақат жинсий аъзолар сллиғланиш хасталикларига мойиллик туғдиради балки, сғил болалар жинсий ривожига сезиларли акс таъсир стади. Бешик сса бу каби хатарлардан мустасно.
    Бешикларга фақатгина чаноқ-сон бсғими ссишида нуқсони борлар, туғма юрак пороклари, боши катта туғилган чақалоқларгина беланмаслиги тиббий жиҳатдан зарур ҳисобланади.

Бешикка "œхос"œ тавсислар:

    Бешикни қаттиқ ерда смас, юмшоқ ксрпача устида оҳиста тебратилиши лозим. Тез ва шиддаткор тебратилиши мумкин смас.
    Бешик чақалоқ учун уйқу маскани бслгани афзал. У уйғоқ бслганда сса уни сйнатиш, бадантарбис қилдириш мақсадга мувофиқ.
    Бешик хонадоннинг офтоб тушадиган жойида бслиши таҳдидкор рахитнинг олдини олиш услуби сканлигини унутмаслик лозим.
    Бола бешикда смизилмагани ёхуд икки томондан галма-гал смизилгани маъқул. Шунда боладаги бирёқлама бсйин қийшиқлиги дарди келиб чиқмайди.
    Сумаклар ишлатишдан олдин тоза ёғга ботириб олиниши ва юмшоқ бслиши жинсий аъзолардаги тери ҳасталанишларини бартараф стади.
    Бешикни қалин сунъий матолар билан ёпиш, уни иситиш ускуналари ёнига қсйиш, тсшаклари ста юмшоқ бслиши ҳам таҳдидли омиллардандир.
    Бешик боғичларини ста маҳкам боғлаш ҳам қон айланиш тизимига салбий таъсир қилишини унутмаслик лозим.

http://tib.uz/contentmore/459
Сайт, раҳматли доктор Ўктам Муҳаммад Муродга тегишли шекили, асосан шу домламизнинг мақолалари келтирилибди.
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Abdulhafiz 08 May 2012, 20:17:12
Quyidagi mavzuda ham ancha narsa yozilgan ekan.
forum.ziyouz.com/index.php?topic=4904.0 (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4904.0)
Nom: Re: Beshik haqida fikrlaringiz?
Yuborildi: Mahdiyah 08 May 2012, 20:50:13
Assalamu alaykum.
Ma'lumotlar uchun katta rahmat. Alloh rozi bo'lsin.

Rostini aytganda xozirgi yoshlar bolasini beshikka bog'lashni xohlashadimi yo yo'qmi shuni bilish maqsadida shu mavzuni ochgandim.
Hursand bo'ldim, beshikning bola uchun muhimligini aqlan tuhungan yoshlar safimizda ko'pligidan hursandman, Alhamdulillah.

Hammamizga ham sog'lom, aqlli, beshiklarda allalar ila farzandlarimizni katta qilish nasib qilsin,ilohim.