forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:43:39

Nom: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:43:39
Hozir siz Horijda tahsildasiz...
Ho'sh sizga qaysisi maqul: Horijda o'qishmi ,yoki Vatanda?
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:44:05
Maknuna:

Afsus man horijda emasman.

Lekin fikrimcha baribir horijda o'qitish tizimi biznikidan ancha kuchli.
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:44:15
Ozoda:

Assalomu alaykum Maknuna!!!
Men hozir HOrijdaman, va meni fikrimcha bizda bilim kuchliroq!!!!!!!!!!!!
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:44:40
Protein:

salom!
Oliy ta'lim nuqtay'i nazaridan ilib qaraganda O'zbekistonda O'zbek filologiyasi, va bir- ikkita boshqa ijtimoiy fanlarni o'qish haqiqatdan ham ma'nosi bor. Afsuski universitetlardagi tabiiy fanlar nochor ahvolda, o'ta oddiy asbob uskunalar yo'q. Shunda ham bizning olimlarimiz bir nima qilishqa harakat qilishyapti, bunday ishlariga tasannolar aytish kerak.
Menga desa, horijda yahshi "zamonaviy" bilim olib O'z.ga borib ilmga o'z hissasini qo'shish kerak.
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:44:52
shoir:

Fikrlaringizga qo'shilaman, protein.
Ko'pincha bizda darslar quruq leksiyaga asoslangan bo'ladi. Talaba esa bunday holatdan juda zerikib ketadi. Masalm, ximiya, fizika, biologiya fakultetlarida hatto eng zarur uskunalar topilmaydi. Borlari ham talabga umuman javob bermaydi.

Bizda ta'limga katta mablag' ajratiladi. Lekin shu pullar qayerga ketadi, bilmayman....
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:45:27
Kumushbibi;
Albatta horijda...

Ozoda:
Nega endi???
Vatanda o'qishni nimasi yomon??

Shoir:
Agar Vatanda ham sharoitlar yaxshi bo'lsa farqi yo'q.
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:45:38
Kumushbibi:

Ozodaxon,bu Vatanda o'qish yomon deganim emas.Vatanda o'qish albatta yaxshi.Buni aytmasam ham o'zingiz juda yaxshi bilasiz.Lekin horijda o'qishni afzalliklari ko'p.Oddiy misol: Mustaqil yashashni o'rganasiz,Vatanni sog'inasiz(endi ko'proq qadrini bilasiz)...sessiyada najotni adangizni cho'nchagidan emas,ktubxonalardan izlashga intilasiz.. :) ...xullas misollar ko'p.Umuman olganda o'qiyman,ertaga kelajagim poydevorini mustahkam qilaman desangiz Vatanda ham,horijda ham birdek...
   
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:46:00
Assalom:

Har tomonlama sharoit yaratish kere.
Talabalagayam, domlalagayam. Ikkovining ham tirikchilikdan tashvishi qolmasagina o'shanda yuksalish bo'ladi.
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: aziza 26 Sentyabr 2006, 10:14:11
hammaga salom hamma nega horijda o'qishni afzal ko'rishayapti o'zimizdachi



Ozoda:

Assalomu alaykum Maknuna!!!
Men hozir HOrijdaman, va meni fikrimcha bizda bilim kuchliroq!!!!!!!!!!!!
Ozoda:

Assalomu alaykum Maknuna!!!
Men hozir HOrijdaman, va meni fikrimcha bizda bilim kuchliroq!!!!!!!!!!!!
Ozoda:

Assalomu alaykum Maknuna!!!
Men hozir HOrijdaman, va meni fikrimcha bizda bilim kuchliroq!!!!!!!!!!!!
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: aziza 26 Sentyabr 2006, 10:21:42






salom kushushbibi siz nega bunaqa fikrdasiz,siz horijda bo'lganmizsiz? xayr





salom kumushbibi
Kumushbibi:

Ozodaxon,bu Vatanda o'qish yomon deganim emas.Vatanda o'qish albatta yaxshi.Buni aytmasam ham o'zingiz juda yaxshi bilasiz.Lekin horijda o'qishni afzalliklari ko'p.Oddiy misol: Mustaqil yashashni o'rganasiz,Vatanni sog'inasiz(endi ko'proq qadrini bilasiz)...sessiyada najotni adangizni cho'nchagidan emas,ktubxonalardan izlashga intilasiz.. :) ...xullas misollar ko'p.Umuman olganda o'qiyman,ertaga kelajagim poydevorini mustahkam qilaman desangiz Vatanda ham,horijda ham birdek...
   

Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Shoxjahon12 27 Sentyabr 2006, 14:03:39
Hozir siz Horijda tahsildasiz...
Ho'sh sizga qaysisi maqul: Horijda o'qishmi ,yoki Vatanda?
Kimga qanaqa...  Kimga atirgul yoqar, kim rayhonning shaydosi...:)
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: watson 18 Oktyabr 2006, 02:27:51
[uzbekistonda uqituv4ilar oylik maoshi kam bulgani u4un bizda uqish saviyasi juda juda past
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Salsabiyla 05 Aprel 2007, 23:49:00
Assalamu alaykum!

Avvalambor horijda o'qishni ham vatanda o'qishni ham foydasi bor, avvalambor vatanda o'qib keyin horijga malaka oshirgani borsa bu undan ham zo'r narsa bo'ladi, masalan man horijda o';q
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Salsabiyla 05 Aprel 2007, 23:50:01
o'qiman lekin baribir vatanimda o'qishiomga yetmidi
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: The_Alchemist 02 Noyabr 2008, 16:26:06
Aynan hozirgi kunda Horijda uqigan maqul agar siz bilim olishni istasangiz.
Sizga bilim emas faqat deplom kerak bulsa uzizni ovvora qilib horijga chiqib yotmang.
Hozir Uzbekistonda faqatgina sanoqli uquv dargohlarigina urtacha darajada bilim bera oladi qolganlari umuman qoniqarsiz. Horijda uqituvchilar uz uquvchilarini bilimli bulishlarini hohlashsa Uzbekistonda esa teskarisi, agarda bir guruhda hamma uquvchilar bilimli bulsa uqituvchilar pora ololmay qoladi ushani uchun ham iloji bulsa butun guruh bilimsiz bulgani maqul uqituvchilarga. Unda keyin uziz tasavvur qiling ahvolni. Bilim berishi zarur bulgan odam sizni bilimsiz bulishizga harakat qilsa, sizni chalgitib, aldab bilimsiz qilsa bundanda achinarliroq ahvol bulmasa kerak. Shu ahvol bulganidan keyin yaxshisi horijda uqigan maqul!

The Alchemist

Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: Abdul_Malik 03 Noyabr 2008, 21:55:27
Qani endi hamma chet elga borib o'qishni hohlaydiganlar o'z hohish istaklarini amalga oshira olsalar...?
Horijda bilim olish yahshi ekanligi kunday ravshan, uni hadeb tariflagandan kura borib o'qib kelganlar yoki o'qiyotganlar boshqalarga ham yo'l-yo'riq kursatsa yana ham maqsadga muvofiq bulardi.
Nom: Re: Horijda o'qishmi yoki Vatanda???
Yuborildi: ibnUyayna 10 Dekabr 2008, 02:48:31
Assalamu alaykum wr wb!
Manam horijda o`qiyapman.O`zbekistonda sharoitla yaxshimas.Uzbdegi o`qishimmi tashlaganman.Gapirsa gap ko`p...