forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Quyuq taomlar => Mavzu boshlandi: bir_qizcha 13 May 2012, 13:52:13

Nom: Kelinchak tovuq
Yuborildi: bir_qizcha 13 May 2012, 13:52:13
  :asl3:
Kerakli masalliqlar:
4ta tovuq oyog'i (soni bilan bo'lishi kerak);
piyoz kichikroq;
qaymoq yoki smetana 4 osh qoshiq;
pomidor 1ta

Tovuqni etini ehtiyotlab barcha suyaklarini ajratib olasiz.Etida ham go'shti qolishi kerak.
Asosiy suyak kelinchagimiz uchun kerak bo'ladi.
Ajragan go'shtlarni o'ta katta ham,kichik ham qilmay to'rg'ab,piyoz bilan qovurib olasiz.
Terini o'rtasini belgilab suyak sig'adigan darajada teshib olasiz.
Qovurilgan masalliqni yahshilab sovutib olasiz.Yo'qsa kelinchak talpayib ketadi.
Smetana yoki qaymoq+tabga ko'ra tuz solib yahshilab aralashtirasiz.
Suyakni barmoqlarimiz orasiga olib,teri ichiga masalliqni va bir bo'lak pomidor solasiz.
Listga qo'yib,duhovkada 40 minut o'rta olovda pishiring.
Nom: Re: Kelinchak tovuq
Yuborildi: bir_qizcha 13 May 2012, 13:53:07
(http://s48.radikal.ru/i122/1205/d8/4754370ca72a.jpg)