forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Ro'za => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2006, 23:05:08

Nom: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2006, 23:05:08
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
Ayyom muborak!

Muborak Oy tuhfasi dasturi Ramazon oyida Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Dastur ushbu qismlardan iborat:
- Muborak oy oyati
- Muborak oy hadisi
- Muborak oy hikmati
- Muborak oy hikoyati.

Dasturning texnik ta'minoti birodarimiz Ehsonbek tomonidan ishlab chiqarildi. Dasturdan bevosita www.ziyouz.com ning bosh sahifasida bahramand bo'lishingiz mumkin.
Shuningdek, Muborak oy tuhfasi e-mail orqali ham sizga yuboriladi. Agar boshqa birodarlaringiz ham ushbu dasturdan bahramand bo'lishlarini hohlasangiz, ularning e-maillarini bizga yo'llashingiz mumkin.

Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:54:49
Assalomu alaykum Davron aka!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Bugungi 1-kun tuhfasini o'qib juda xursand bo'ldik.
Mana shu yerga ham joylab borsangiz yaxshi bho'lardi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2006, 22:27:32
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning birinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati
Alloh go'zal So'zni, (oyatlari balog'atda) bir-biriga o'xshagan, (hukmlari) takror-takror keluvchi bir Kitob qilib nozil qildiki, undan (o'g'ilganda) Parvardigoridan qo'rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so'ngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar (moyil bo'lur). Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.
(Zumar surasi, 23-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Sizlarga muborak ramazon oyi keldi. Alloh uning ro'zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko'p narsadan) mahrum bo'libdi.
 
Muborak kun Hikmati
Sen jannatga ketsang-u azob farishtalari bola-chaqangni jahannam o'tiga otsalar, yuraging bardosh beradimi? Mahmud As'ad Jo'shon
 
Muborak kun Hikoyati
Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo'yib, so'ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mag'firat etishini so'rab duo qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so'ragan edi, u: «Ey Allohning payg'ambari, men zino qilib, bola tug'dim-da, so'ng uni o'ldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi. Ayol payg'ambar huzuridan qalbi o'ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording? Undan ko'ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb so'ragan edi, «Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: ORIF 25 Sentyabr 2006, 08:27:23
Assalomu Alaykum!!!

ALLOH sizdan rozi bo`lsin, o`z jamoliga sizni va barcha chin mo`minlarni muyassar aylasin...

Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: _Otabek_ 25 Sentyabr 2006, 08:48:12
Mana buni chinakam tuhfa desa bo'ladi, baraka topingizlar, Ollohning o'zi sizlari yorlaqasin. 
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: oka 25 Sentyabr 2006, 09:31:34
Assalomu aleykum!
Hamma hamma musulmonlarga sabr va bardosh tilagan holda olloh o`zi ijobat qilsin tutgan ro`zamizni deb. Marufjon.
Hormanglar do`stlar.
Menga jurda yoqdi hikmatlar ham, sura ham. Bunday yangilikdan bahobar qilish fikr sizdan chiqandan hursandman. Sizga katta rahmat do`stim. Hozircha harkunlik yangilik bunday olmas edim. Doimo namozda yoki ro`za ochishda emas balki esimga kelganingizga sizga rahmatlar aytaman. Chunki siz hozircha xechkim qilmagan savoblarni qilmoqdasiz. Do`stim bizni ham esdan chiqrmaganingiz uchun yana ming bor rahmat. Qo`l ko`targaningizda bizni ham eslang.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Munira xonim 25 Sentyabr 2006, 11:18:01
Assalamu alaykum,Abdulaziz!
Avvalo Mohi Ramazon bilan qutlayman.
Qilayotgan hayrli ishlaringizda Alloh taolo madadkor bo'lsin.
Ulug' Kunda bu solih amallaringiz yuzingizda nur bo'lib porlasin.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Sherzodbek 25 Sentyabr 2006, 15:26:31
Salom Davronbek!

Muborak kun Dasturini yaratilishi jarayonida qatnashgandim, lekin Ehsonbek bilan emas, Siz bilan birga ishlayotgan edik, uxlamasdan qilingan mehnat o'z samarasini beribdi, juda ham zo'r! Qilingan mehnatni o'zim ko'rganim uchun Sizlarga mustahkam iroda, sog'lik va keyingi rejalashtirgan mana shunaqa ajoyib ishlarizda muvaffaqiyatlar tilayman!

ZiyoUZ ga omad!
Ehsonbekka ham sog'lik salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilayman!

Ramazon oyi muborak bo'lsin!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 26 Sentyabr 2006, 05:04:18
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning ikkinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati
Agar Biz ushbu Qur'onni biror tog' uzra nozil qilganimizda edi, albatta, u (tog')ni Allohning qo'rquvidan bo'yin sungan va yorilib ketgan holida ko'rgan bo'lur edingiz. Biz bu misollarni odamlarga zora ular tafakkur qilsalar, deb keltirmoqdamiz.
(Hashr surasi, 21-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Alloh taolo dedi: "Odam farzandining qilgan har bir amali o'zi uchun. Ro'za esa Men uchun va uning mukofotini O'zim beraman».
 
Muborak kun Hikmati
Ko'rdimki, eng noyob ne'mat rostgo'ylik va mardlik, eng og'ir balo munofiq do'stlar ekan. Najmiddin Kubro
 
Muborak kun Hikoyati
Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning shayxi Ubaydulloh ibn Umar Qovariydan rivoyat qilinadi: «Men hamisha xufton namozini jamoat bilan o'qir edim. Bir kecha uyimga mehmon keldi. U bilan ovora bo'lib, jamoat namozini o'tkazib yubordim. Basra masjidlarini aylanib chiqdim. Barcha kishilar xuftonni o'qib bo'lgan, masjidlar yopilgan edi. Uyimga qaytdim va o'zimga o'zim jamoat namozining darajasi yolg'iz bo'lib o'qilgan namozdan 27 barobar ziyoda bo'ladi, dedim-da, xuftonni yigirma yetti marta o'qidim. So'ng uxladim. Tush ko'ribman, go'yo otliqlar bilan birga ekanman. Mening ham otim bo'lib, biz kimo'zar o'ynayotgan ekanmiz. Men otimni choptirar, biroq ularga yeta olmas edim. Shunda ulardan biri menga burilib qarab: «Otingni qiynama, baribir bizlarga yeta olmaysan», dedi. «Nima uchun?» deb so'rasam: «Chunki biz xuftonni jamoat bilan o'qidik, sen esa yolg'iz o'zing o'qiding», deb javob berdi. Men uyg'onib ketdim va ko'rgan tushimdan g'amgin bo'lib qoldim».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 26 Sentyabr 2006, 06:13:27
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning uchinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati
Payg'ambar (Muhammad) o'ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo'minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg'ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi. "Eshitdik va itoat etdik. Ey, Rabbimiz, mag'firatingni (so'raymiz). Sengagina qaytish (bor)", - dedilar.
Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi. Uning kasb etgani (yaxshiligi) - o'ziga, va orttirgani (yomon amali) ham o'zigadir. (Yana dedilarki:) "Ey, Rabbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, bizni koyima! Ey, Rabbimiz, bizdan ilgari o'tganlarning zimmasiga ortgan mashaqqatni bizning zimmamizga ortma! Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama! Bizlarni afv et va kechir hamda bizlarga rahm qil! Sen bizning xojamizsan. Bas, bizlarga kofirlar qavmi ustidan g'oliblik ato et!"
(Baqara surasi, 285-286-oyatlar)
 
Muborak kun Hadisi
Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: "Ramazon ro'zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish kerak bo'lgan narsalardan saqlangan odam(ning bu ibodatlari) o'tgan gunohlariga kafforat bo'ladi.
 
Muborak kun Hikmati
Ko'z haromga qaraganida vijdonni, qalbni g'am-alamlar, buzuq zaharli fikrlar, xaroblik va razolat qoplaydi. Shahvoniy kuchlar harakatga kelgudek bo'lsa, odam o'zi bilmagan va sezmagan holda halokatga, razolatga va buzuq o'y-fikrlar girdobiga tushib qoladi. Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
 
Muborak kun Hikoyati
Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sotilayotgan bir qulni ko'rib qoldi. Egasi: «Uning chaqimchilikdan boshqa aybi yo'q», deb jar solar edi. Kishi g'ulomning aybini pisand qilmadi va uni sotib oldi. Fulom xo'jayinining uyida bir necha kun turganidan keyin uning xotiniga: «Xojam sizning ustingizga boshqa xotin olmoqchi yoki o'ynash tutmoqchi. U sizni yaxshi ko'rmaydi. Agar sizga mehri tushib, o'ylagan niyatidan qaytishini istasangiz, unda xojam uxlagan paytida ustarani olib, soqolining tagidan bir necha tukni qirib olingda, ularni asrab qo'ying», dedi. Xotin parishon holda: «Xo'p», dedi va eri uxlagach, quli o'rgatgan ishni qilishga jazm etdi. Keyin g'ulom xo'jayinining oldiga kelib: «Xojam, bekam o'ziga o'ynash tutib, unga juda o'rganib qolgan. Shuning uchun sizdan xalos bo'lmoqchi, bu kecha sizni so'yishga jazm qilgan. Agar gapimga ishonmasangiz, unda kechqurun o'zingizni uxlaganga solib yoting. Shunda sizni so'yish uchun qo'lida biron narsa ko'tarib kelayotganini ko'rasiz», dedi. Xo'jayini unga ishondi. Qorong'u tushgach, o'zini uxlaganga solib yotdi. Xotini uning soqoli ostidagi tuklardan qirqib olish uchun ustara ko'tarib keldi. Soqolidan qirqib olmoqchi bo'lib, engashgan kuyi qo'lini erining tomog'iga cho'zgan edi, u sakrab turib, ustarani tortib oldi-da, xotinini so'yib tashladi. Xotinining qarindoshlari bu voqeadan xabar topib, u kishini o'ldirdi va ikki urug' orasida qirg'in boshlanib ketdi. Birgina chaqimchi, yolg'onchi qulning kasofati bilan shunday falokat ro'y berdi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Mohinur 26 Sentyabr 2006, 20:29:13
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Rahmat sizga AbdulAziz!
Judayam kerakli ma'lumotlarni yuborayapsiz.
Tangri taolo huzurida bu ishingiz maqbul bo'lsin!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Sentyabr 2006, 05:56:41
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning to'rtinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati
Yana shundaylari ham borki, ular: "Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do'zax azobidan asragin", - deydilar.
(Baqara surasi, 201-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Uchta duo rad qilinmas: ro'zadorning og'zini ochish paytidagi duosi.. .», dedilar.
Ro'za - sabrning yarmidir (Termiziy rivoyati), Sabr - iymonning yarmi (Abu Na'im va Bag'dodiy rivoyati).
 
Muborak kun Hikmati
Sukut - insonning eng harir libosidir. Umar ibn Xattob
 
Muborak kun Hikoyati
Salaflardan birining singlisi vafot etib, uni lahadga qo'ydi. Shunda pul solingan hamyoni mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach, hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko'mib ortiga qaytdi. Keyin onasining oldiga yig'lab keldi-da: «Ey onajon, singlim nima ish qilardi, menga aytib bering», dedi. «Nima edi?» deb so'ragan onasiga: «Uning qabrida olov ko'rdim», deya javob berdi. Shunda onasi yig'ladi va: «Ey o'g'lim, singling namozga beparvo edi va uni vaqtidan kechiktirib o'qirdi», dedi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Muslimа 27 Sentyabr 2006, 10:22:14
Assalomu alaykum Abdulaziz!
Ramazon oyi sizga muborak bo'lsin!
"Muborak oy tuhfasi"dasturini tayorlashda va boshqalarni bu dasturdan bahramand qilayotganingiz uchun sizga tashakkur. Bu ishda sizga va sizga yordam berayotganlarga Allohning barokatini tilayman.
Alloh taolo barchangizdan rozi bo'lsin!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 28 Sentyabr 2006, 05:46:53
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning beshinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati
Jolut va uning lashkarlari bilan to'qnashganlarida: "Ey, Rabbimiz! Bizga sabr (-toqat)ni yog'dir, qadamlarimizni sobit qil va kofirlar qavmi ustidan bizga g'alaba ato et!" dedilar.
(Baqara surasi, 250-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Har bir ro'zador bandaning iftori oldidan ijobat qilinadigan duosi bordir. (U) yo shu dunyoda beriladi yoki oxiratga saqlab qo'yiladi.
 
Muborak kun Hikmati
Alloh kitobini o'rganib, bu dunyoda quturmay yashab o'tganlar naqadar baxtiyor kimsalardir. Iso ibn Maryam

Muborak kun Hikoyati
Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yo'l bo'yida o'ynayotgan bolalar yonidan o'tib ketayotgan edilar. Bolalar mo'minlar amirining salobatidan qo'rquvga tushishdi. Shu bois yo'lidan chetlashishdi. Lekin bir bolakay o'z joyida sobit turaverdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo'minlar amiri uning oldiga keldilar-da, tabassum qilib: -Nima uchun sen qochmading?-deb so'radilar. Bola Hazrati Umarga (r.a.): -Yo'l tor emas, sizga bo'shatay desam, gunohkor ham emasman, sizdan qo'rqay desam,- deya mag'rur javob qildi. Bolaning shijoatidan Hazrati Umar (r.a.) xursand bo'ldilar. Kelajakda ulug' inson bo'lishiga umid bo'gladilar. Yillar o'tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg'ayib, zamonaning ulug'laridan biri-Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) nomi bilan tanilgan sarkarda bo'lib yetishdi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 29 Sentyabr 2006, 06:50:55
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning oltinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati  

بسم الله الرحمن الرحيم
اللّهُ لاَ إِلَـهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ لاَ تَأْخُذُهُ سِنَةٌ وَلاَ نَوْمٌ لَّهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ مَن ذَا الَّذِي يَشْفَعُ عِنْدَهُ إِلاَّ بِإِذْنِهِ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلاَ يُحِيطُونَ بِشَيْءٍ مِّنْ عِلْمِهِ إِلاَّ بِمَا شَاء وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ وَلاَ يَؤُودُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ
Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas. (U) ular (odamlar)dan oldingi (bo'lgan) va keyingi (bo'ladigan) narsani bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istaganicha o'zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan (ham) kenglik qilur. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.
(Baqara surasi, 255-oyat, Oyatal kursiy)
 
Muborak kun Hadisi  

Ro‘za va Qur’on qiyomat kunida banda uchun shafoat so‘raydi. Ro‘za: «Rabbim, men uni taom va mayllardan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Qur’on: «Men uni tunlari uyqudan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Shundan so‘ng ularning shafoatlari qabul qlinadi.
   
Muborak kun Hikmati  

Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqmog‘i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi. Masruq
   
Muborak kun Hikoyati  

Rivoyat qiladilarkim, payg‘ambarimiz hazrat Muhammad alayhissalomga Allohning rasuli vazifasi berilgan choqda Iblis alayhila’naning yordamchilari hovliqib kelib: — Bir payg‘ambar jo‘natilibdi va bir ummat paydo bo‘libdi, — deb xavotir bilan xabar berishibdi. Shunda Iblis so‘rabdi: — O’sha ummat nafsning havoyi istaklariga berilib yashashni sevarmikin? Yordamchilar «ha, sevarkan», deb javob berishganda, Iblis hotirjamlik va mamnunlik bilan debdiki: — Nafsning havoyi istaklariga berilib yashashni sevsalar — masala yo‘q, biz uchun tashvishli yeri ham yo‘q. Butga topinishlari mutlaqo shart emas. Men ularni uch vosita bilan yo‘ldan ozdiraman: Birinchisi — haqsiz va g‘ayriqonuniy foyda topdirish orqali, ikkinchisi — topgan-tutganlarini loyiq bo‘lmagan narsalarga harj qildirish orqali va uchinchisi — loyiq bo‘lgan narsalarga sarflashdan yuz o‘girish orqali. Bilingkim, butun yomonliklarning manbai shulardir.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 30 Sentyabr 2006, 06:38:32
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yettinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati  
بسم الله الرحمن الرحيم
رَبَّنَا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً إِنَّكَ أَنتَ الْوَهَّابُ
رَبَّنَا إِنَّكَ جَامِعُ النَّاسِ لِيَوْمٍ لاَّ رَيْبَ فِيهِ إِنَّ اللّهَ لاَ يُخْلِفُ الْمِيعَادَ
"Ey, Rabbimiz, bizni hidoyat yo'liga solganingdan keyin dillarimizni (to'g'ri yo'ldan) og'dirma va bizga huzuringdan rahmat ato et! Albatta, Sen (barcha ne'matlarni) ato etuvchidirsan.
Ey, Rabbimiz, albatta, Sen odamlarni beshak (keladigan) Kun (qiyomat)ga yig'uvchidirsan. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmagay".
(Oli Imron surasi, 8-9-oyatlar)
 
Muborak kun Hadisi  

Alloh jahannamni Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgan bandaning yuzdan yetmish yillik masofaga uzoq qiladi.
   
Muborak kun Hikmati  

Kimki o‘zini past olib kamtar tutsa, Alloh taolo uning qadrini baland va aziz qiladi. Abul Hasan Bushnakiy
 
Muborak kun Hikoyati  
Donishmand shayxning huzuriga bir mo‘ysafid kelib: «Shayx hazratlari, endi men qarib qoldim, kun o‘tkazishim ham mashaqqatga aylanyapti. Menga pand-nasihat qiling, shoyad Alloh ishlarimni yaxshi yo‘lga boshlasa», — debdi. Shunda shayx mo‘ysafidga xitoban debdiki: — Birodarim, agar sen esda tutuvchi bo‘lsang ham, xotirang yuqori maqomda bo‘lsa ham ikki narsani esdan chiqargin: avvali — xalq uchun qilgan yaxshiligingni, keyini — birovning senga qilgan yomonligini. — Mardlik va odamiylik haqida ham so‘z ayting. — Minnat yukiga bardosh bermoqlik — odamiylik nishonasidir. qo‘lidan keladigan ishni o‘zgadan darig‘ tutmaslik esa mardlikdir. — Hamisha mo‘‘min va musulmon bo‘lib yurmoqlik haqida ham ayting, shayxim. — Kishining aybini qidirmaslik — musulmonlikdandir. Yomon so‘zlarni aytmaslik mo‘‘minlikdandir, — deb shayx nasihatiga yakun yasagan ekan.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2006, 04:46:28
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning sakkizinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati  

بسم الله الرحمن الرحيم
الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا إِنَّنَا آمَنَّا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ
(Ular): "Ey, Rabbimiz, bizlar Senga imon keltirganmiz. Bas, bizning gunohlarimizni kechir va bizni do'zax azobidan asra!" - deydilar.
(Oli Imron surasi, 16-oyat)
 
Muborak kun Hadisi  

Alloh (ramazon) ro`zasini farz qildi. Men esa musulmonlarga (uning kechasini ibodat bilan) bedor (o`tkazishni) sunnat qildim. Kim iymon va savob umidida ramazon ro`zasini tutsa va (kechalarini ibodat bilan) bedor o`tkazsa, onadan tug`ilgan kundagidek tozalanadi.
 
Muborak kun Hikmati

Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, tartil (qiroat) bilan o‘qilmagan Qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik bilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir. Ali ibn Abu Tolib
 
Muborak kun Hikoyati

Bir zolim odam yomonlikdan qaytishni ixtiyor etib, bir kuni saharda ibodat qilib o‘tirsa, ro‘parasida farishta paydo bo‘lib debdiki: — Yomonliklaring uchun Alloh senga jannatni ravo ko‘rmadi. Lekin qilayotgan ibodatlaring evaziga jannatdan bo‘lak nimani so‘rasang, beriladi. — Agar jannat menga harom qilingan bo‘lsa, — debdi zolim odam, — ibodatlarim uchun so‘raganim ijobat qilinsa, so‘rovim shuki, Alloh meni shu qadar bahaybat odamga aylantirib qo‘ysinki, mendan boshqa hech kim do‘zaxga sig‘masin.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2006, 06:05:52
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning to'qqizinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati  
بسم الله الرحمن الرحيم
هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُ قَالَ رَبِّ هَبْ لِي مِن لَّدُنْكَ ذُرِّيَّةً طَيِّبَةً إِنَّكَ سَمِيعُ الدُّعَاء
O'sha joyda Zakariyo Rabbiga iltijo qildi: "Rabbim, menga (ham) o'z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan".
(Oli Imron surasi, 38-oyat)
 
Muborak kun Hadisi  

Bir kishi Nabiyning huzurlariga kelib: "Meni jannatga olib kiradigan amalga buyuring", dedi. Nabiy alayhissalom: "Ro`za tut, chunki uning tengi yo`qdir", dedilar. Haligi kishi yana savolini qaytardi. Rasululloh tag`in: "Ro`za tut!" deb javob berdilar.
   
Muborak kun Hikmati  

Uch narsa xotirani ziyoda etadi va safroni ketkazadi: misvok ishlatish, ro‘za tutish va Qur’on tilovat qilish. Ali ibn Abu Tolib
 
Muborak kun Hikoyati

Bir mamlakatda har kuni podsho o‘zgararkan. Ertalab taxtga o‘tirib, shomda amalni topshirarkan. Bir odam «agar men podsho bo‘lsam bir kun emas, o‘lgunimcha taxtda o‘tiraman», debdi. Do‘stlari uni kulgi qilibdilar. Ittifoqo o‘sha odam podshoh bo‘libdi. Taxtga o‘tirishi bilan «Hamma saroyga bittadan tuxum olib kelsin», deb amr qilibdi. Amr ijro bo‘lgach esa, peshin chog‘ida «Hamma o‘zi olib kelgan tuxumini olib ketsin», deb farmon beribdi. Odamlar «men olib kelgan tuxum kattaroq edi», deganlaricha shoshilib, tanlab-tanlab, tortishibdilar oqibat shu bo‘libdiki, o‘zlarinikini emas, boshqalarnikini olibdilaru luqmalariga harom aralashibdi. Tuxum talashib, shom chog‘i podshohni unutishibdi va u odam aytganiday to o‘lgunicha qadar taxtdan tushmabdi. Qissadan hissa shuki, faqat halol luqmagina mamlakatni obod qila oladi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Sohibjon Rahimiy 02 Oktyabr 2006, 14:13:38
Assalomu alaykum Davron aka!
Alloh sizdan rozi bo'lsin! bu muborak oyda qilayotgan hayrli ishlarizzi Alloh O'z  dargohida qabul qilsin. Bu qilayotgan hayrli ishlariz qiyomatda boshingizga soyabon bo'lsin. Qalbingizdagi shirin - shar'iy niyatlarizga Alloh O'zi  etkassiz!  
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Sumayya 02 Oktyabr 2006, 23:56:53
 Ассаламу алейкум Давран ака! Да славит вас Аллах за такое дела... и наградид вас с Жаннатам Фирдавс!
 Жазакаллаху хайр.. вы всех очень порадивали.. пожалуста парадивайте ишо два человека с такиме писмами ( [email protected]   [email protected]
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2006, 06:23:08
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'ninchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun Oyati  
بسم الله الرحمن الرحيم
رَبَّنَا آمَنَّا بِمَا أَنزَلَتْ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ
Ey, Rabbimiz, nozil qilgan narsangga imon keltirdik va Payg'ambarga ergashdik. Shunday ekan, bizni shahodat keltiruvchilar bilan birga (qo'shib) yozgin!"
(Oli Imron surasi, 53-oyat)

 
Muborak kun Hadisi  

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».

Muborak kun Hikmati  

Har narsaning zakoti bor, badan zakoti ro‘za tutishdir.
Ali ibn Abu Tolib
   
Muborak kun Hikoyati  

Bir cho‘pon suruvni sero‘t o‘tloqda o‘tlatib kelib, sovliqlarni sog‘ib berarkan. Xojasi esa sutga suv aralashtirib sotarkan. Cho‘pon xojasini ogohlantirmoqchi bo‘lsa, u «sen mening ishimga aralashma, qo‘ylarni boqishni bil», deb koyib berarkan. Kunlarning birida tog‘da jala quyib, sel kelibdi-yu, qo‘ylarni oqizib ketibdi. Kechki payt cho‘ponning yolg‘iz qaytayotganini ko‘rgan xoja «qo‘ylarim qani?» deb tashvishlanib so‘rabdi. Cho‘pon esa xotirjam javob beribdi: — Ey xojam, siz sutga qo‘shgan suvlar to‘planib, selga aylandi-yu, qo‘ylarni katta daryoga oqizib xalok qildi. Haromdan qaytmaganingiz jonivorlarning boshini yedi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Ahadxon 03 Oktyabr 2006, 09:27:33
                                Assalomu alaykum AbdulAziz!
Qilayotgan ushbu xayrli amallaringiz Olloh dargohida qabul bo'lsin.
Men ushbu dindosh birodarimiz ham bulardan bahramand bo'lishini istayman: [email protected]
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 04 Oktyabr 2006, 06:14:20
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'ninchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Muborak kun Oyati
Bas, ular dedilar: "Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Zolimlar qavmiga bizni fitna (aldanuvchi) qilib qo'ymagin!
O'z rahmating bilan bizni kofirlar qavmidan xalos etgin!"
(Yunus surasi, 85-86-oyatlar)
 
Muborak kun Hadisi
«Banda Qiyomat kunida eng avvalo namozdan hisob-kitob qilinadi. Agar namozi durust chiqsa, qutulibdi va yutibdi. Agar namozi durust chiqmasa, yutqazibdi. Farz namozlari kam chiqsa, Alloh azza va jalla: «Qarang-chi, qulimning nafl namozlari bormi?» deydi. Namozlarining kami nafl namozlar bilan to'ldiriladi. Qolgan amallari ham shu tarzda hisob-kitob qilinadi».

Ro'zadorga ikki xursandchilik bordir: og'zi ochish paytidagi xursandchilik; rabbisiga yo'liqqan paytdagi xursandchilik.
Imom Buxoriy, Muslim va Nasaiy rivoyatlari
 
Muborak kun Hikmati
Allohga sevimli ishlar uchta: Qasos olishga qodir bo'laturib kechirish, g'azabi kelganda o'zini bosish, Allohning bandalariga muloiim bo'lish. Kim Allohning bandalariga muloyim bo'lsa unga ham muloyim bo'linadi.
Umar ibn Abdulaziz
 
Muborak kun Hikoyati
Bir kishi Hazrati Umar r.a.ning huzurlariga ayolidan shikoyat qilib kelgan ekan. Shu payt Hazrati Umarning r.a. xonadonlaridan ayol kishining qattiq-qattiq gapirgani eshitilibdi. Arzchining hayolidan: "Hazrati Umardek obro'li kishining oilasida shunday holat bo'lsa, men nolimasam ham bo'lar ekan", degan hayol bilan ortiga qaytibdi. Shunda Hazrati Umar r.a. uydan chiqib uni ko'rib chaqiribdilar. - Nima gaping bor edi, - deb so'rabdilar. - Yo amrul mo'minin ayolimdan sizga shikoyat qilib kelgan edim. Lekin bildimki sizning ayolingiz ham menikidan qolishmas ekan. Shuning uchun arz qilishga hojat qolmadi, - debdi. Shunda Hazrati Umar r.a: - Ey birodar, hotinimni menda haqqi ko'p, chunki u menga ovqat pishirib beradigan oshpaz, non yopadigan nonvoy, kiyimlarimni yuvguvchi hizmatkor, farzandlarimni tarbiyachisi, xonadonimning qo'riqchisi, meni harom ishlardan saqlovchi... Shuncha hizmatlarni qilgan ayolimning ozgina ozoriga sabr qilmog'im zarur emasmi? - degan ekanlar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 05 Oktyabr 2006, 06:24:50
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n ikkinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Ularning gaplari faqat quyidagi bo'ldi: "Ey, Rabbimiz! Bizlarning gunohlarimizni va ishimizdagi isrofgarchiligimizni kechir, (jang asnosida) qadamlarimizni mustahkam qil va bizga kofirlar qavmi ustidan g'alaba nasib et!"
(Oli-Imron surasi, 147-oyat)

Muborak kun Hadisi
Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir.

Har bir narsaning eshigi bordir. Ibodatning eshigi ro'zadir.
Ibn Muborak rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Marhabo, ramazon, bizlarni poklovchi! Ramazonning hammasi yaxshi, kunduzi soim, kechasi qoim, bu oydagi nafqa Alloh yo'lidagi nafaqa kabidir. Umar ibn Xattob
 
Muborak kun Hikoyati
Bir kuni Hazrati Umar r.a. Madina ko'chalarining birida chopqillab yurgan yosh bolani ko'rib qoldilar. Shu ondayoq unga o'girilib: - Ey bola! Bizning haqqimizga duo qilgin, Alloh bizga rahm qilsin,- dedilar.Buni eshitgan sahobalar: - Ey mo'minlar amiri, Alloh rahm qilsin deb boladsan duo so'rayapsizmi? Ahir siz jannat bashorat qilingan o'z kishidan birisizku!- deya ajablanishibdi.Shunda Hazrati Umar: Ha, men undan duo qilishini so'radim,chunki u balog'at yoshiga yetmagan. Hali uning a'mol kitobiga qalam yurgizilmagan. Shuning uchun duosi mustajob. Ammo biz mukallaf yoshdamiz, bizning ustimizdan qalm yurgizilgan,- deb javob qildilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2006, 05:13:52
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n uchinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Rasul (Muhammad)ga nozil qilingan narsa (Qur'on)ni eshitganlarida, uning haqligini anglayotganlaridan ko'zlari yoshga to'layotganini ko'rasiz. Aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Imon keltirdik. Bizni shahodat ahli bilan birga yozgin!
(Moida surasi, 83-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Bu mol-dunyo degan narsa hayvon ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k, shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi. Bunday odam mechkay hayvon kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi qo`ldan yaxshidir.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Agar Ramazon oyi kirsa, jannat eshiklari ochiladi. Do'zax eshiklari yopiladi. Shaytonlar kishanlanadi. Va munodiy nido qiladi: "Ey, yaxshilik talabidagi, kelgin! Ey, yomonlik istovchi, to'xtagin!
Termiziy, Hokim rivoyatlari
 
Muborak kun Hikmati
Dunyo mo'minlarning bozori, kecha va kunduz sarmoyalari, go'zal amalar tijorat mollari, jannat foydalari, jahannam esa zararlaridir.
Hazrati Abu Bakr
 
Muborak kun Hikoyati
Hazrati Umar r.a. yo'l bo'yida o'ynayotgan bolalar yonidan o'tayotgan edilar. Bolalar mo'minlar amirining salobatidan qo'rquvga tushib yo'ldan chetlashishdi. Lekin bir bolakay joyida sobit turaberdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo'minlar amiri unga yaqin keldilar-da, tabassum bilan: - Nimaga sen qochmading?-deb so'radilar. Bolakay Hazrati Umarga r.a: Yo'l tor emas, sizga bo'shatay desam, gunohkor ham emasman sizdan qo'rqay desam,- deya mag'rur javob berdi.Bolaning shijoatidan Hazrati Umar r.a. hursand bo'ldilar. Kelajakda ulug' inson bo'lishiga umid bog'ladilar. Yillar o'tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg'ayib, zamonaning ulug'laridan biri - sarkarda Abdulloh ibn Zubayr r.a. bo'lib yetishdi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Muhammad Mirzo 06 Oktyabr 2006, 19:47:19
Assalomu alaykum Davronbek ukam
Mohi Ramazon oyida ko`pgina mo`min-musulmon birodarlarimizning ma`naviy hazinasini boyitish uchun qilayotgan ezgu ishlaringizdan Alloh rozi bo`lsin, ikki dunyo saodatiga erishish nasib etsin!
 
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Muslimaxon 06 Oktyabr 2006, 20:38:48
Assalomu alaykum Davron aka!
Har kunlik ibratli oyati karimalar, hadisi shariflar, hikmatlar hamda hikoyatlar uchun tashakkur izhor qilaman.
Alloh umringizni ziyoda aylasin!
Qilayotgan amallaringizni o'z dargohida qabul qilsin!
PM orqali opalarimning emaillarini yo'lladim. Ularga ham jo'natsangiz nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2006, 04:47:14
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n to'rtinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Ko'zlari do'zax ahli tarafiga burilib qolsa, aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Bizni bu zolimlar qavmi bilan birga qilib qo'ymagin!"
(A'rof surasi, 47-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Halollik yo`qolib ketganda qiyomat bo`lmog`ini kutavergil!
Imom al-Buxoriy rivoyati

Agar Ramazon oyi kirsa, jannat eshiklari ochiladi. Do'zax eshiklari yopiladi. Shaytonlar kishanlanadi. Va munodiy nido qiladi: "Ey, yaxshilik talabidagi, kelgin! Ey, yomonlik istovchi, to'xtagin!
Termiziy, Hokim rivoyatlari
 
Muborak kun Hikmati
Qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
Imom G'azzoliy
 
Muborak kun Hikoyati
Misr qishloqlaridan biri Jizada Fartuna ismli qoratanl ayol yashardi. Uning yoshi yetmishdan o'tgan bo'lsa ham na bola chaqasi, na qarindosh urug'i bor edi. Bir kuni amirul mo'minin Umar ibn Abdulazizga maktub yozdi: "Hovlimning devori nurab, yiqilib tushmoqda. Bir necha tovug'im bor edi. Bolalar kirib o'g'irlab ketishyapti. Devorni ko'tarib urishga kuchim, pulim yo'q. Hovlimga devor urdirib berishingni talab qilb senga xat yozdim". Halifa ham qo'liga qalam va qog'oz oldi: "Amirul mo'minin Umar ibn Abdulazizdan Misr voliysi Ayyub ibn Shurhbilga: Qoratanli Fartunaning Jizadagi uyiga borib unga mendan salom ayt va uyining devorini ko'tarib urib ber". Xatni Misr voliyiga yetkazishdi. Voliy qoratanli Fartuna kim, deb surishtira boshladi. Nihoyat Jizaga kelib bir ayolning tashlandiq uyiga ko'zi tushdi. Hovliga kirib, ayoldan so'radi: - Sen Umar ibn Abdulazizga xat yozganmiding? - Ha, uyim devorini ko'tarib berishini hohlayman. - U senga salom yo'llab, devorlaringni yangilab berishimni buyurdi. - Sen loygarmisan? - Men voliyman. - Yo'q menga devor uradigan loygar kerak. - Bu ishni men o'zim bajaraman, - dedi-da, voliy kiyimini almashtirib Fartunaning devorini urish uchun g'ayrat bilan loyqorihga kirishib ketdi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2006, 05:11:18
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n beshinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
* Ular) dedilar: "Biz (o'lsak), albatta, Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchimiz.
* Sen faqatgina Rabbimiz oyatlari kelganda, ularga imon keltirganimiz uchungina bizdan o'ch olmoqchisan. Ey, Rabbimiz! Ustimizga sabr (yomg'irini) yog'dir va bizni musulmonlik holimizda vafot etdir!"
(A'rof surasi, 125-126-oyatlar)
 
Muborak kun Hadisi
Odam tanasida qornidan yomon idish yoqdir. Inson bir necha osham ovqat bilan kifoyalanadi. Agar zarur bo'lsa qorinning uchdan birini ovqatga, yana uchdan birini suvga, qolgan uchdan birini nafas olishga ajratsin.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Ro'zadorning uyqusi ham ibodatdir.
Bayhaqiy, Daylamiy va Ibn Najjor rivoyatlari
 
Muborak kun Hikmati
Olam bir daryodir, uning qirg'og'i oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo'lib, odamzotning hammasi shu daryodan o'tuvchi musofirlardir.
Shayx Abu Ishoq Zuhuriy
 
Muborak kun Hikoyati
Hazrati Ali r.a. bir kuni erta bilan Hazrati Umar r.a.ning vodiy tomon kateyotganini ko'rib qoldilar. "Yo'l bo'lsin ey, amirul mo'minun?" - deb so'radilar. "Bir tuya yo'qoldi, zakot moli edi, shuni izlab yuribman", - dedilar Hazrati Umar r.a. "O'zingizdan keyingi halifalarni hor qildingiz", dedilar Ali r.a. Shunda Umar r.a:" Meni ayblama Ey, Ali, Muhammad (SAV)ni rasul qilib yuborgan Zotga qasamki, Furot daryosiga bir uloq tushib ketsa, qiyomat kuni Umardan so'raladi. Chunki musulmonlarni haqqini himoya qilmagan amir va mo'minlarni qo'rquvga soluvchi fosiq hurmat qilinmaydi", - dedilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 09 Oktyabr 2006, 04:54:23
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n oltinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.


Muborak kun Oyati
Taqvoli zotlar uchun va'da qilingan jannatning misoli (sifati budir): Unda aynimas suvdan iborat daryolar ham, ta'mi o'zgarmas sutdan iborat daryolar ham, ichuvchilar uchun lazzatli (aqldan ozdirmaydigan) maydan bo'lmish daryolar ham va musaffo asaldan iborat daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir va (u joyda) Parvardigorlari (tomoni)dan mag'firat bordir. (Ana shunday zotlar) do'zaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug'orilganda ichaklarini tilka-pora qilib tashlaydigan (kofir)lar kabi bo'lurmilar?!
(Muhammad surasi, 15-oyat)

 
Muborak kun Hadisi
Kimki qilmishing pushaymon bo'lib uzr so'ragan odamni kechirib yuborsa, uning xatolarini ham Allohi Taolo qiyomat kuni kechirur.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Besh narsa ro'zadorning ro'zasini ochib yuboradi: yolg'on, g'iybat, chaqimchilik, yolg'on qasam va shahvat bilan qarash.
Al-Azdiy "Az-Zuafo"da rivoyat qilgan
 
Muborak kun Hikmati
Kitob – mashg'ullik paytingda o'zi so'z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko'rinishing shart emas. Kitob – senga laganbardorlik qilmaydigan o'rtoq, seni aldamaydigan do'st, malol kelmaydigan yo'ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo'ydir.
Ahmad ibn Ismoil
 
Muborak kun Hikoyati
Bir kuni Robiyatul Adaviya hazratlari qo'yning kabob qilinayotganini ko'rib qoldilar. Bir oz tikilib turdilar-da so'ng yig'lab yubordilar. U yerdagilar qorni ochganidan yig'layapti deb o'ylab: "Ochqagan bo'lsangiz mana buni yeb turing", deb taom uzatishdi. Shunda hazrati Robiya: "Yo'q men ochqaganim yo'q. Hayvonlar o'lganidan keyin olovda kuyganlarini bilishmaydi. Ammo odamzot tirilganidan keyin bu olovga qanday chidash berar ekan, deb yig'layapman" degan ekanlar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Oktyabr 2006, 05:20:54
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n yettinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
(Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Meni va birodarimni mag'firat qilib, bizni rahmatingga kiritgaysan. Sen rahmlilarning rahmlirog'idirsan!"
(A'rof surasi, 151-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Halol kasbdan charchab uhlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Albatta ro'za omonatdir. Sizlardan har biringiz o'z omonatini saqlasin!
Haroitiy "Makorimul axloq"da rivoyat qilgan
 
Muborak kun Hikmati
Dunyoning qiyinchiliklari to'rtta: g'urbatda kasallik, qarilikda yolg'izlik, hech narsasi bo'lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo'l.
Ibn Mikaffa
 
Muborak kun Hikoyati
Hasan Basriy hazratlaridan: "Dunyoda bunchalik zuxd qilishingizga nima sabab bo'ldi?" deya so'rashdi. "Mening rizqimni o'zga ololmasligini bilganimdan keyin, bu ishdan ko'nglim hotirjam bo'ldi. Menga taqdir qilingan ishni mendan boshqasi qilolmasligini bilganimdan so'ng, o'zimni solih amallar bilan mashg'ul qildim. Allohga yo'liqishimni bilganimdan so'ng, Unga ma'siyat ila ro'baro' bo'lishimdan uyaldim. O'lim meni kutib turganini bilganimdan keyin esa Alloh bilan bo'ladigan ertangi uchrashuvimga yo'l tadorigimni ko'rdim", - deya javob bergan ekanlar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 11 Oktyabr 2006, 05:32:18
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n sakkizinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar.
(A'rof surasi, 180-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Kimki o'z jahlu g'azabini qaytarsa Tangri undan o'z azobini qaytaradi. Kimki odamlarni g'iybat qilishdan tilini tiysa, Tangri ham uning aybu nuqsonlarini fosh qilmaydi.
Imom Buxoriy rivoyati

Ramazon oyidan keyingi eng afzal ro'za Allohning oyi - Muharramdadir.
Imom Muslim rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Kim ilm o'rganib unga amal qilsa va uni boshqalarga o'rgatsa, butun osmon farishtalari orasida "Buyuk" deb chaqiriladi.
Iyso ibn Maryam
 
Muborak kun Hikoyati
Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar: «Hazrati Ali, roziyallohu anhu, bilan birga aylanib yurar edik. Jabbon qabristoni yonidan o'tayotganimizda, qabristonga qarab: — Ey qabrlarda yotganlar, ey suyaklari chirib, tuproqqa qorishganlar, ey qorong'uliklarda yolg'iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so'rasangiz, mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz o'ksiz va yetim qoldi va xotinlaringiz boshqa turmush qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor? — deb so'radilar. So'ngra men tomonga burilib: — Ey Kumayl, agar ularga javob qilish uchun izn berilganida: "Ozuqaning eng yaxshisi taqvodir", deb aytishgan bo'lar edi, — dedilar. Birozdan keyin esa yig'lab, bunday dedilar: — Ey Kumayl, qabr amallar sandig'idir. Buni faqat o'lganingdan so'ng bilasan...»
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2006, 05:11:51
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n to'qqizinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Agar sizni shaytonning sharri tutsa, Allohdan panoh tilang! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.
(A'rof surasi, 200-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Kimki mo'min kishini "œkofirsan" deb haqoratlasa, go'yo uning qonini to'kkanchalik gunoh qilgan bo'ladi.
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Allohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Alloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham xushbo‘yroqdir, chunkim Alloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir», — deydir».
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob
 
Muborak kun Hikoyati
Tabaroniydan rivoyat qilinadi: "œAbu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan: — Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga: — Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar. — Ha. — Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi. — Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi? — Ha. U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».


PS. Ushbu maktub Ziyouz.com dan jo'natilmoqda.  Kelgusida bunday maktubdan voz kechish uchun bizga xabar qiling. Agar boshqa dindosh birodaringizga ham jo'natishimizni hohlasangiz ularning elektron manzillarini bizga yo'llang.
Muborak oy tuhfasi dasturi haqida fikr-mulohazalaringizni shu yerda qoldirishingiz mumkin.

Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2006, 05:17:31
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirmanchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Bas, (shunda ham) yuz o'girsalar, ayting: "Menga Alloh kifoyadir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Unga tavakkul qildim. U buyuk Arshning rabbidir!".
(Tavba surasi, 129-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Mo'min — mo'minning ko'zgusidir. Mo'min — mo'minning birodaridir, unga maishiy ishlarida yordamlashadi, yo'qligida moli va obro'sini himoya qiladi.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir, — deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, — bul eshikdan ro'zani kanda qilmay tutganlargina kirg'aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro'zadorlar qani?» deb nido qiling'aydir. Shunda ular o'rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg'aydir. So'ng eshik yopilg'aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Xo'rlikka chidab ilm oldim, piravardida ulug'likka erishdim.
Ibn Abbos
 
Muborak kun Hikoyati
Bir kuni Fotima r.a. kasal bo'lib qoldilar. Negadir ko'ngillari anorni tusadi. Bu haqda erlari Hazrati Aliga r.a. aytdilar.Hazrati Ali r.a.bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqat bittagina anorga yetar edi, holos.Bozordan qaytayotganlarida yo'lda bir tilamchi uchrab, qo'llaridagi anorni so'radi. Imon va hayolari qo'ymay, Hazrati Ali r.a. anorni ikkiga bo'lib yarmini unga berdilar. Tilanchi hursand bo'ldi. Uyga kelib ayollariga anorni yarmini berib, yarmini kimga berganlarini aytib, uzr aytdilar. Fotima r.a. uzrni qabul qilib: - Alloh sizdan rozi bo'lsin, sizga ajru mukofat bersin,- dedilar. Oradan hech qancha fursat o'tmagan ham ediki, eshik taqqiladi. Hazrati Ali r.a. ochib qarasalar. Solmon Forsiy r.a. turibdilar. Qo'llaridagi idishda to'qqiz dona anor. - Bu anorlarni Rasululloh s.a.v. berib yubordilar,- dedilar. - Bo'lishi mumkin emas,- dedilar Hazrati Ali r.a. Agar RAsululloh s.a.v . berib yuborgan bo'lsalar anor o'n dona bo'lishi kerak. Chunki Alloh har bir yahshilikka o'n savob beriladi degan. Shunda Salmon Forsiy r.a. cho'ntaklaridan o'ninchi anorni chiqarib: - Barakot uchun olib qolgandim,- dedilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 14 Oktyabr 2006, 05:09:40
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma birinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne'mati mo'l jannat (bog'lari)da ostilaridan anhorlar oqib turur.
U yerdagi duolari: "Ey, Alloh! Senga tasbeh aytamiz" deyishlik va u yerdagi so'rashishlari "Salom-alik"dir. Duolarining oxiri esa: "Olamlar Parvardigori — Allohga hamd!" deyishlikdir.
(Yunus surasi, 9-10-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Mo'minlarning hammasi bir-birlariga birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiq emas, balki ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilnadi.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Kimki yolg'on so'zlamoqni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro'za tutib, yemay-ichmay qo'ygani birlan ro'zasi qabul bo'lmag'aydir. Alloh unga rahmat nazarini tashlamag'aydir.
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Baxillarning baxili o'zining baxtli bo'lishiga baxillik qilgan kishidir. Zulmlarning kattasi esa, Allohga gunoh qilish bilan kishining o'z nafsiga zulm berishidir. Chunki kim gunoh qilsa, o'zini halok qilgan bo'ladi.
Abu Lays Samarqandiy
 
Muborak kun Hikoyati
Zayd ibn Savhonning ozod etilgan quli Solim hikoya qiladi: «Xo'jayinim Zayd ibn Savhon bilan birga bozorda edik. Salmoni Forsiy yonimizdan o'tdi. Ancha-muncha oziq-ovqat ko'tarib olibdi. Xo'jayinim unga: — Sen Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, sahobasisan. Buncha ko'p zahira to'plashga ehtiyoj sezmasliging kerak-ku, — dedi. — Yanglishyapsan. Kishi o'zini bunday narsalar bilan ta'minlab qo'ysa, ham xotirjam bo'ladi, ham ibodat uchun ko'p vaqt topadi, shayton ham uni vasvasa qilishdan umidini uzadi, — deb javob berdi Salmoni Forsiy».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Mavlon 14 Oktyabr 2006, 12:43:11
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma birinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne'mati mo'l jannat (bog'lari)da ostilaridan anhorlar oqib turur.
U yerdagi duolari: "Ey, Alloh! Senga tasbeh aytamiz" deyishlik va u yerdagi so'rashishlari "Salom-alik"dir. Duolarining oxiri esa: "Olamlar Parvardigori — Allohga hamd!" deyishlikdir.
(Yunus surasi, 9-10-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Mo'minlarning hammasi bir-birlariga birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiq emas, balki ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilnadi.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Kimki yolg'on so'zlamoqni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro'za tutib, yemay-ichmay qo'ygani birlan ro'zasi qabul bo'lmag'aydir. Alloh unga rahmat nazarini tashlamag'aydir.
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Baxillarning baxili o'zining baxtli bo'lishiga baxillik qilgan kishidir. Zulmlarning kattasi esa, Allohga gunoh qilish bilan kishining o'z nafsiga zulm berishidir. Chunki kim gunoh qilsa, o'zini halok qilgan bo'ladi.
Abu Lays Samarqandiy
 
Muborak kun Hikoyati
Zayd ibn Savhonning ozod etilgan quli Solim hikoya qiladi: «Xo'jayinim Zayd ibn Savhon bilan birga bozorda edik. Salmoni Forsiy yonimizdan o'tdi. Ancha-muncha oziq-ovqat ko'tarib olibdi. Xo'jayinim unga: — Sen Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, sahobasisan. Buncha ko'p zahira to'plashga ehtiyoj sezmasliging kerak-ku, — dedi. — Yanglishyapsan. Kishi o'zini bunday narsalar bilan ta'minlab qo'ysa, ham xotirjam bo'ladi, ham ibodat uchun ko'p vaqt topadi, shayton ham uni vasvasa qilishdan umidini uzadi, — deb javob berdi Salmoni Forsiy».


                           Assalomu alaykum Davronbek ( Abdulaziz ).
     ALLOHIM sizdan rozi bo'lsin.
     Sizga qanday tashakkur aytishni ham bilmayapman.Tilim shunday ojizki so'zlar topaolmay ovvaraman.Faqat va faqat YARATGANDAN iltijo qilib so'rayman umringiz uzun ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin.Biz g'arib birodorlaringizning ruhini,qalbini ilm nurlari ila chorog'an qilishdek xizmatlaringizni TANGRI TAOLOning o'zlari  ajri savoblarini bersin.
     Shunday INTERNETdan foydalanishimizga imkon tug'dirayotgan VATANIMIZ rahbarlariga xususan YURTBOSHIMIZ ISLOM ota ABDUG'ANI o'g'illariga ham ALLOHIM o'z ajri savoblarini aylagan bo'lsin.Doimo osmonimiz musoffo yerimiz tinch xalqimiz obod farovonlikda istiqomat qilishini YARATGANDAN iltijo qilaman.
     Davronbek mumkin bo'lsa LAYLATUL QADR kechasi haqida ham biroz ta'lim berib o'tsangiz.Shu tahlitda saboq berishingizni davom ettiraverishingizni intizorlik ila kutib Hurmat va ehtirom ila Xo'jaylilik Mavlon ( Abdumavlon ) akangiz. 14.10.06.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2006, 05:57:13
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma ikkinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo'lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur.
(Ra'd surasi, 28-oyat)
 
Muborak kun Hadisi
Halol rizq istash har bir musulmon uchun vojibdir.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Kimki yolg'on so'zlamoqni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro'za tutib, yemay-ichmay qo'ygani birlan ro'zasi qabul bo'lmag'aydir. Alloh unga rahmat nazarini tashlamag'aydir.
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Mo'min odam gunohlarini qulay—qulay deb turgan ulkan tog'dek, o'zini esa shu tog' bosib qoladigan kishidek tasavvur qiladi. Fojir odam gunohlarini burni ustuga qo'ngan va qo'li bilan bunday qilsa (ya'ni, haydasa), yana uchib ketadigan pashshadek ko'radi.
Abdulloh ibn Ma'sud
 
Muborak kun Hikoyati
Qays ibn Abi Hozim hikoya qiladi: Bir kuni Abdulloh ibn Ravoha ayolining tizzasiga bosh qo'yib yotarkan, yig'ladi. Buni ko'rgan ayoli ham o'zini tutib turolmadi. Abdulloh undan: — Sen nega yig'layapsan? — deb so'radi. — Yig'layotganingizni ko'rib, men ham yig'ladim, — javob qildi xotini. Shunda Abdulloh: — Men Alloh taoloning: "Sizlardan har biringiz unga (do'zaxga) tushguvchidirsiz" (Maryam, 71, mazmuni) degan amri esimga tushib qolib yig'ladim, — dedi Abdulloq xotiniga.

LAYLATUL QADR FAZILATLARI
Barcha Olamlar Robbisi bo'lgan Alloh ta'ologa hamdu sanolar, payg'ambarimiz, Uning oilasi va barcha sahobalariga salavotu salomlar bo'lsin.
Muhtaram va aziz dindoshlar, kuni kecha ramazon kirishini zavq bilan kutib olgandik. Mana bugun esa uning ko'pi ketib ozi qolibdi. Xash-pash deguncha ramazon tugab hayit ham kelib qoladi. Hammangizga ma'lum ramazon oyi oylarning eng ulug'i bo'lganidek, bu oyning ham kecha va kunduzlarining fazilatli va ulug'lari bor. Ular ramazonning oxirgi o'n kunligi. Ularning fazilati shu kechalarda yashiringan «Laylatul qadr - Qadr kechasi» sabablidir. Qadr kechasining qadrini quyida zikr qilinadigan oyat va hadislarni taammul qilgan kishi anglab yetadi. Alloh taolo Qur'oni karimda dedi: «Albatta Biz u (Qur'on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam), Qadr kechasi nima ekanligini Siz qayerdan ham bilar edingiz?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha) da farishtalar va Ruh (ya'ni, Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyoriy-la (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan tushurlar. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdir.» (Qadr surasi)
Duxon surasida esa shunday deydi: «Ochiq-ravshan Kitob-Qur'onga qasamki, albatta Biz uni bir muborak kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz (insu-jinlarni ushbu Qur'on bilan oxirat azobidan) ogohlantiruvchi bo'ldik» (Duxon: 2,3).
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi, rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Kimki Qadr kechasida iymon bilan va savob umidida bedor bo'lsa, uning avvalda qilgan gunohlari kechiriladi» (Muttafaqun alayhi).
Abu Zakariyya al-Madaniy.
davomi bor.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2006, 05:20:34
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma uchinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
(Ey, Muhammad,) shunday qilib, Sizni (ko'pdan-ko'p) ummatlardan keyin kelgan bir ummatga - ular Mehribon (Alloh)ni inkor qilib turgan hollarida - (Biz) Sizga vahiy qilgan narsalarni tilovat qilib berishingiz uchun payg'ambar qilib yubordik. Ayting: "U mening Rabbimdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Ungagina tavakkul qildim va tavbam Ungaginadir".
(Ra'd surasi, 30-oyat)

Muborak kun Hadisi
Halollik yo`qolib ketganda qiyomat bo`lmog`ini kutavergil!
Imom al-Buxoriy rivoyati

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Alloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko'zi tushgulik barcha qiladirgan ishlari (namoz o'qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o'zlari uchundir, tutadirgan ro'zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo'lmaganda erdi, yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko'rmag'aydir), binobarin, uning mukofotini o'zim berg'aydirmen», – deydir. Ro'za do'zax o'tidan saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro'zador bo'lsangiz, gunoh bo'ladirgan so'zlarni so'zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim urishsa, men ro'zadormen, deb aytingiz. Allohga qasam ichib ayturmenkim, ro'zadorning og'zidan keladirgan bo'y Allohning nazdida mushkdan ham xushbo'yroqdir! Ro'zador ikki bor xursand bo'lur, biri – og'iz ochganda (ya'ni, iftor qilganda), ikkinchisi – ro'za tutib, yorug' yuz birlan Allohga yo'liqqanda!».
Imom al-Buxoriy rivoyati

Muborak kun Hikmati
Kim o'limni ko'p eslasa, uch narsa bilan mukarram bo'ladi: tez tavba qilish bilan, rizqiga qanoat qilish bilan, ibodatga g'ayrat qilish bilan. Kim o'limni sedan chiqarsa, uch ishda orqada qolib ketadi: tavbani keyinga suradi, kifoyaga rozi bo'lmaydi, ibodatda yalqovlik qiladi.
Hamid Lofof

Muborak kun Hikoyati
No'shirovonni odil arkoni davlati bilan ovga chiqdi. Ov qilgan joylarida ov go'shitdan kabob qilishdi.Tuz yo'q ekan,ozroq tuz olish uchun hizmatkorini yubordi. Hizmatchisiga, jo'natayotib:"Tuzni pulga sotib ol!" dedi. U paytlar davlatning qishloqlardan tuz olish odati bor edi. Qishloq harob bo'lmasin, deb podshoh tuzni tekin emas, pulga sotib olishni buyurdi.Yonidagilar:"Ozgina tuz olsa nima qiladi?"deyishdi. No'shirovon:"Zulm, haqsizlik oldingi zamonlarda juda kam edi. Vaqt o'tishi bilan yangi kelganlar ozgimadan ko'paytiribbugungi darajaga keltirishdi. Agar podshoh aholining bog'idan bir olma uzsa, hizmatchilar olma darxtini ildizi bilan sug'uradilar. Agar podshoh bitta tuxum olsa, hizmatchilar mardumning mingta tovug'ini pishirib yeydilar",- deb javob qildi. Bu hikoya nihoyatda ibratlidir. Agar boshliqlar shu mezonda ish tutsalar, hech kimning burni qonamsdi, hech kimga zulm qilinmasdi. Chunki hamma yomonliklar kichigidan boshlanadi. Har bir yomonlikni esa oldi olinishi lozim. Oddiy odamlar ham, boshliqlar ham, ma'murlar ham yomonlikning oldi olinishi uchun harakat qilishlari lozim edi.

LAYLATUL QADR FAZILATLARI
Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamning odatlari doimo fazilatli ishlarga shoshish va Ummatini unga targ'ib qilishdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ishga targ'ib qilsalar, o'zlari bu ishda o'rnak bo'lardilar. Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oxirgi o'n kunlikda boshqasida misli ko'rilmagan darajada ibodatlarga tirishar edilar» (Imom Muslim rivoyati).
Payg'ambar sallallohu alayhi va sallam bu kechalarning hammasida namoz, Qur'on tilovati, Ollohning zikri va e'tikof kabi turli xil ibodatlar bilan bedor bo'lardilar. O'zlarigina bedor bo'lmasdan qo'l ostidagilarini ham bunga buyurar edilar. Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg'ambar sallallohu alayhi va sallam oxirgi o'n kunlik kirsa, izorlarini mahkamlardilar (ya'ni, ayollaridan uzlat qilardilar) kechasini bedor o'tkizardilar va ahli-oilasini (ibodat uchun) uyg'otar edilar» (Muttafaqun alayhi).
Ul zot ahli-oilasini ibodat, Allohning zikri uchun uyg'otardilar. Chunki, bu kechalar tezda tugab qoladigan juda ham ozdir, uni g'animat bilib, ibodatlar qilib qolishga loyiqdir. Bugungi kunda odamlar Qadr kechasini o'tkazish uchun uylarda jamlanadilar, anvoi taomlar tayyorlab, dasturxon ustida tuni bilan gurunglab chiqadilar. Saxar bo'lgach o'zlaricha biz laylatul qadrda uxlamadik, bizning gunohlar ham kechirildi deb, uy-uylariga tarqaladilar. Ularning qadr kechasi bilan payg'ambar sallallohu alayhi va sallamning Qadr kechasi o'rtasida osmon bilan yercha farq bor.
Abu Zakariyya al-Madaniy.
davomi bor.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2006, 05:17:53
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma to'rtinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Ey, Rabbim! Meni va zurriyotimdan (bo'lgan farzandlarimni) namozni mukammal ado etuvchi qilgin! Ey, Rabbimiz! Duoimni qabul et!
Ey, Rabbimiz! Hisob (-kitob) qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo'minlarni mag'firat qilgin!"
(Ibrohim surasi, 40-41-oyatlar)

Muborak kun Hadisi
Mo`min mo`min uchun bir-birini suyab turagan ikki bino yanglig` bo`lmog`i zarur.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Muborak kun Hikmati
Qabr naqadar dahshatli, ammo men bilan birga hamroh yo'q, ohirat yo'li uzun, lekin menda tayyorgarlik yo'q, Alloh qozi bo'ladigan kunda Uning huzurida menga hujjat yo'q.
Ibrohim Adham
 
Muborak kun Hikoyati
Abdulloh ibn Sarjasdan, roziyallohu anhu: «Janobi Payg'ambarimizga: — Men Abu Zarrni yaxshi ko'raman, — dedim. — Buni o'ziga aytdingmi? — Yo'q. — Borib aytgin. Shundan so'ng Abu Zarrni topib: — Men seni Alloh uchun yaxshi ko'raman, — dedim. — Alloh ham seni yaxshi ko'rsin, — dedi u. Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim, shunday marhamat qildilar: — Yaxshi ko'rgan kishingga: "Sizni yaxshi ko'raman", deyishing savobdir».

LAYLATUL QADR FAZILATLARI
Oisha onamiz roziyallohu anho rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so'radilar: «Ey rasululloh, agar men Qadr kechasiga muvofiq kelib qolsam nima deb duo qilay? Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Allohumma innaka afuvvun tuhibbul afva fa'fu anniy» «Parvardigoro, Sen afv etuvchisan, afvni yaxshi ko'rasan, meni afv et» deng, dedilar.
Bu ulug' kechalarni ganimat bilib, unda mazkur duoni takror-takror qilmog'imiz darkor. Kishi vaqtidan unumli foydalanmog'i lozim, nafs malollanuvchidir, shuning uchun kishi kechani malollanmasdan o'tkizishi uchun turli ibodatlar bilan mashg'ul bo'lishi kerak. Masalan: avval namoz o'qisin, namozdan charchasa, o'tirib Qur'on tilovat qilsin, ma'lum vaqt Qur'on o'qigach, duoga qo'l ochib, parvardigorga yolborsin. Yolborish yuqorida zikri o'tgani kabi duolarni qayta-qayta qilishdir. Va hokazo shu tartibni qaytadan takrorlasa ham bo'ladi. Muhimi vaqtini behuda o'tkizmasin.
Qadr kechasi oyning muayyan bir kunida deb birov jazm qila olmaydi. Chunki, odamlar ko'proq ibodatda bo'lishlari va unga muvofiq kelishga tirishishlari uchun Alloh subhanahu va taolo uni oxirgi o'n kunlikda yashirib qo'ydi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Qadr kechasini oxrigi o'n kunning toq kechalaridan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati).
Abu Zakariyya al-Madaniy.
davomi bor.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 18 Oktyabr 2006, 05:20:59
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma beshinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf" demagin va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!
Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik aanotini past tut va (duoda): "Ey, Rabbim! Meni (ular) go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin", - deb ayt!
(Al-Isro surasi, 23-24-oyatlar);

Muborak kun Hadisi
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir.
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Dunyoni yahshi ko'rishlik zulmat - uni chirog'i taqvo, gunoh zulmat- uni chirog'i tavba, qabr zulmat - uni chirog'i "Kalimayi shahodat", ohirat zulmat - uni chirog'i solih amal, sirot zulmat - uni chirog'i IYMONdir".
Abu Bakr Siddiq
 
Muborak kun Hikoyati
Hazrati Alidan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar, sollallohu alayhi va sallam, bir kuni mendan: — Ey Ali, senga besh ming qo‘y beraymi yoki ham dunyo, ham oxirat uchun foydali besh kalimani o‘rgatayinmi? — deb so‘radilar. — Yo Rasulalloh, besh ming qo‘y ozmuncha foyda emas. Biroq menga o‘sha besh foydali kalimani o‘rgatishingizni xohlayman, — dedim. Shunda Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ushbu duoni o‘rgatdilar: — Allohim, gunohlarimni mag‘firat qil. Menga keng fe’l va halol bir daromad nasib et. Nafsimni bergan rizqingga qanoatli qil va qalbimni O‘zing man’ etgan narsalarga moyil qilib qo‘yma».

LAYLATUL QADR FAZILATLARI
Ibn Taymiyya rohimahulloh dedilar: «Toq o‘tgan kunlar e’tibori bilan bo‘lishi mumkin. U holda Qadr kechasi 21-kecha, 23-kecha, 25-kecha, 27-kecha va 29-kechalardan izlanadi. Toq qolgan kunlar e’tibori bilan bo‘lishi ham mumkin. Bu haqda rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Uni qolgan to‘qqizinchi kechadan, qolgan yettinchi kechadan, qolgan beshinchi kechadan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati). Bunga ko‘ra agar oy o‘ttiz kun bo‘lsa, mazkur kechalar juft sonli kechalarda bo‘ladi. Ya’ni, 22-qolgan to‘qqizinchi, 24-qolgan yettinchi va hokazo. Abu Sa’iyd al-Xudriy buni sahih hadisda shunday izohlaganlar. Agar oy 29 kun bo‘lsa, yuqorida aytganimizdek bo‘ladi. Ya’ni o‘tgan kunlar e’tibori bilan ham, qolgan kunlar e’tibori bilan ham toq kechalar ayni kechaga to‘g’ri keladi.
Demak, mo’min kishi Qadr kechasini oxirgi o‘n kunlikning hammasida izlashi kerak bo‘ladi. Bunga rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyidagi xadisda ishora qilganlar: «Uni oxirgi o‘n kundan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati).
Qadr kechasi oxirgi yetti kechada bo‘lishi ko‘proq, bunga Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumoning hadisi dalolat qiladi: «Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamning ashoblaridan bir nechtalari tushlarida Qadr kechasini oxirgi yetti kechadaligini ko‘rdilar. Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam: «Men sizlarning tushlaringiz oxirgi yetti kechaga muvofiq kelganini ko‘rmoqdaman. Kimki Qadr kechasini izlamoqchi bo‘lsa, oxirigi yetti kechada izlasin» — dedilar. Imom Muslim qilgan rivoyatda: «Uni oxirgi o‘n kunlikdan izlanglar, agar sizlardan biringiz zaiflik qilsa yoki ojiz bo‘lsa, qolgan yetti kechada (uyquga) mag’lub bo‘lmasin».
Abu Zakariyya al-Madaniy.
davomi bor.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 19 Oktyabr 2006, 05:34:43
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma oltinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga xushxabar beringki, ular uchun ostilaridan anhorlar (suvi) oqib turuvchi bog'lar (jannatlar) bor. Rizq etilgan mevalardan har gal tanovul qilganlarida: "Bu ilgari bizga rizq qilib berilgan mevalarning xuddi o'ziku", - deydilar. Zero, ularga (surati) bir-biriga o'xshash mevalar beriladi. Yana ular uchun u yerda pokiza juftlar bordir va ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
(Baqara surasi, 25-oyat)

Muborak kun Hadisi
Kishi jannatda o`ziga suyukli odam bilan birga bo`ladi.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Muborak kun Hikmati
Amallarning eng og'iri to'rttadir: g'azab kelganida yutib yubormoq, qiynalgan vaqtda sadaqa qilmoq, holi qolganda ham pok bo'lmoq va o'zi qo'rqadigan yoki biror narsa tama' qiladigan kishisiga haq so'zni aytmoq".
Ali ibn Abu Tolib

Muborak kun Hikoyati
Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etishlariga yaqin qolgan soatlarda qayta-qayta: “Tong otdimi?” deb so‘rar, har gal unga: “Hali tong otmadi”, deb javob berishar edi. Nihoyat , “Tong otdi”, deyishgach, Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu: — Tonggida otashga ketiladigan kechadan Allohning panohiga siHinaman. Ey o‘lim, xush kelding, safo kelding. Sen umrim davomida menga ilk bor tashrif buyurgan bir ziyoratchisan, bir faqir do‘stiga murojaat etgan suyukli mahramsan. Allohim, bugungacha men Sendan qo‘rqib keldim. Biroq bugun Sening rahmatingdan umidvorman. Senga ayonki, dunyo molini to‘plash, ariqlar ochib dalalarni bog‘-rog‘ qilish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish uchun dunyoda qolmoqchi emasman. Mayli, shiddatli issiqlarda chanqoq qolayin, dunyo hayotining mashaqqatlarini tortayin, biroq zikr halqalarida olimlarning tizzalariga tizzamni qo‘yib seni zikr etish uchun, dunyoda qolmoq istayman, — deb iltijo qildilar.
 
LAYLATUL QADR FAZILATLARI
Oxirgi yetti kechaning toqlarining ehtimolga yaqinrog’i 27-kechadir. Bunga Ubay ibn Ka’bning hadisi dalolat qiladi: «Allohga qasam ichib aytamanki, men rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni turishga buyurgan kecha qaysi kechaligini bilaman. U 27-kechadir» (Imom Muslim rivoyati). Undan siz buni qanday bildingiz deb so‘radilar? U: rasululloh sallallohu alayhi va sallam xabar bergan belgi bilan, dedi. «Qadr kechasining tongida quyosh chiqqanida uning nuri bo‘lmaydi to ko‘tarilguncha xuddi tog’oradek bo‘lib turaveradi» deganlar. Bu xabar sahih bo‘lsa-da, kishi yalqovlik qilmasdan Qadr kechasini topish uchun qattiq tirishishi lozim. Yuqorida zikr qilganimizdek payg’ambar sallallohu alayhi va sallam oxirgi o‘n kunlikda o‘zlari bedor bo‘lar va ahli ayollarini ham uyg’otar edilar. Aliy va Fotima roziyallohu anhumolarning eshiklarini qoqib, «Turib namoz o‘qimaysizlarmi!» derdilar. Keyin Ummahotul mu’miniynlarning hujralariga yuzlanib: «Hujra sohibalarini uyg’otinglar, bu dunyoda qancha-qancha kiyimlilar bor, Qiyomat kunida yalang’ochdir» derdilar. (Imom Buxoriy rivoyati).

Alloh subhanahu va taolodan barchalarimizni Qadr kechasiga muvaffaq qilishi, tutgan ro‘zalarimizni va taroveh namozlarimizni qabul qilishini so‘raymiz.
Abu Zakariyya al-Madaniy
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 20 Oktyabr 2006, 06:31:45
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma yettinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz! O'zingiz uchun nimaiki yaxshilik qilgan bo'lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.
(Baqara surasi, 110-oyat)

Muborak kun Hadisi
Ish noloyiq odamlarga topshirilganda qiyomat bo`lmog`ini kutaver.
Imom al-Buxoriy rivoyati
   
Muborak kun Hikmati
Poklik kambag'allikni, shukr ne'matni,sabr baloni, halimlik ilmni, o'zini past tutish shogirdni, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishni, minnat qilmaslik ehsonni, hushu' namozni ziynatidir.
Abu Bakr Siddiq
   
Muborak kun Hikoyati
Qusayr ibn Ubayddan, roziyalloqu anqu: «Mo‘minlarning onasi Oyishaning, roziyallohu anho, ziyoratiga bordim. Menga: — Hozir, bir oz kutib tur, ko‘ylagimning shu yirtiq joyini tikib olay, so‘ng gaplashamiz, — dedilar. — Ey ummul mo‘minin, hozir shu ishingni odamlarga aytsam, seni xasisga chiqarishadi, — dedim. Oyisha, roziyallohu anho, shunday dedilar: — Bolam, aqlli bo‘l. Eskirgan kiyimlarini kiymagan kishi uchun yangi ko‘ylak yo‘qdir».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2006, 06:37:16
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirma sakkizinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Ey, Rabbimiz, bizni o'zingga bo'yin sunuvchi qilgin va zurriyotimizdan ham Senga itoat qiladigan ummat (chiqargin)! Shuningdek, bizga (hajga doir) ibodatlarimizni ko'rsatib ber va tavbalarimizni qabul et! Albatta, Sen tavbalarni qabul etuvchi, rahmli zotdirsan.
(Baqara surasi, 128-oyat)

Muborak kun Hadisi
Insonning yahshi musulmon ekanligining alomatlaridan biri uning bekorchi narsalarni tark qilishidir.
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Muborak kun Hikmati
Niyatlarga ko'ra qancha-qancha kichik ishlar ulug' bo'ladi, yana niyatlarga ko'ra qancha - qancha katta ishlar arzimasga aylanadi.
Abdulloh ibn Muborak
 
Muborak kun Hikoyati
Tabaroniydan, raqmatuloqi alayq, rivoyat qilinadi: "Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etar choHi yig'ladilar. U kishidan: — Nega yig'layapsan? — deb so'rashdi. — Vallohi, men o'lim azobidan qiynalib yoki ortimda mol-dunyo qolib ketayotgani bois yig'layotganim yo'q, — dedilar. — Janobi Payg'ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Insonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi jannatda, bir hovuchi esa do'zaxda", deganlarini eshitganman. Mana shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganimdan yig'lamoqdaman", — dedilar Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu».

Hayit namozini o'qish
1. «Alloh rizoligi uchun Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini o'qishni niyat qildim. Yuzimni qibla tarafga qaratdim. Ushbu imomga iqtido qildim», deb niyat qilinadi.
2. Imom «Allohu akbar», deya takbir aytgach jamoat ham qo'llarini ko'tarib, ichida iftitoh takbirini aytadi.
3. Har kim ichida Sano duosini o'qiydi. So'ngra imom ketma-ket qo'llarini quloqlariga ko'tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo'llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so'ng qo'llar bog'lanib, qiyom holida turiladi.
4. Shundan keyin imom ichida «A'uzu»ni va «Bismillah»ni aytib, ovoz chiqarib Fotiha surasini va zam surani o'qiydi.
5. Ruku va sajdadan so'ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom Fotiha surasi bilan bir kichik sura o'qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi. To'rtinchi takbirdan keyin qo'llar bog'lanmasdan rukuga ketiladi va sajdalar ado etiladi. Sajdadan so'ngra «Attahiyyat» va «Salovot» o'qib, salom berilib, namoz tugatiladi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 22 Oktyabr 2006, 05:23:49
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni ham ushbu ulug' kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Ramazon oyida, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o'z dargohida qabul qilsin! Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati
Albatta, Alloh imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kofir bo'lgan kimsalar esa (dunyo lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichurlar va do'zax ularning joylaridir.
(Muhammad surasi, 12-oyat)

Muborak kun Hadisi
Agar mo'min kishi Allohning huzuridagi uqubatning qanchaligini bilganida uning jannatidan umidini uzib qo'yardi. Agar kofir Allohning huzuridagi rahmatning qanchaligini bilganida, uning rahmatidan hech ham noumid bo'lmasdi.
 
Muborak kun Hikmati
Quyoshning issiqligidan qiynalgan kishi soyani yahshi ko'rgani kabi, soyaning sababchisi bo'lgan daraxtlarni ham yahshi ko'radi. Insonning Allohga muhabbatiga kelsak; Borliqdagi barcha narsaning Alloh taolo qudratiga bog'liqligi soyaning daraxtga, nur-yorug'likning quyoshga bog'liqligiga o'hshaydi.
Imom G'azzoliy
 
Muborak kun Hikoyati
Abdulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Ansorlardan biri Madinaning Kuf degan darasida namoz o‘qiyotgan edi. Xurmolar rosa pishib yetilgan, shoxlar orasi g‘ij-g‘ij meva edi. Hosil mo‘lligidan ansorning ko‘ngli chog‘ bo‘ldi. Fikri ancha vaqt xurmolariga bog‘lanib qoldi. So‘ng yana namoziga qaytdi, ammo necha rakat o‘qiganini unutgan edi... Shundan so‘ng u: — Bu dunyo moli tufayli dinim halok bo‘lmasin, — dedi. Keyin amiral mo‘minin Hazrati Usmonning, roziyallohu anhu, huzuriga borib, maqsadini aytdi: — Shu bog‘im Alloh yo‘lida sadaqadir. Uni o‘zingiz ma’qul ko‘rgan yo‘lda ishlating. Hazrati Usmon, roziyallohu anhu, xurmozorni ellik ming dirhamga sotib, pulini xazina hisobiga o‘tkazdilar. Shundan keyin bu bog‘ "œellik ming dirqamlik xurmozor" nomini oldi».


PS. Ushbu maktub Ziyouz.com (http://ziyouz.com) dan jo'natilmoqda.  Kelgusida bunday maktubdan voz kechish uchun bizga xabar qiling. Agar boshqa dindosh birodaringizga ham jo'natishimizni hohlasangiz ularning elektron manzillarini bizga yo'llang.
Ramazon oyidan keyin ham har hafta bir marta shunaqa maktublar qabul qilishni xohlasangiz forumimizga a'zo bo'ling.

Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2007, 07:28:38
Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1428 hijriy (2007)

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/ramazon1.jpg)

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
Ayyom muborak!

"Muborak Oy tuhfasi"
dasturi inshaalloh, bu yilgi Ramazonda ham sizlarga taqdim etiladi. Bu dastur Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Dastur ushbu qismlardan iborat:
- Qur'oniy duolar;
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar;
- Buyuk sahobalar o'gitlari;
- Saodat asri qissalari.

Dasturni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi: Qur'oni karimning o'zbekcha tarjimasi (Alouddin Mansur), "Al-Jome' as-sahih" (Imom al-Buxoriy), "Al-azkor" (Imom Navaviy), "Shamoili Muhammadiy" (Imom at-Termiziy) , "Tanbehul g'ofiliyn" (Abu Lays Samarqandiy), "Fazoilul a'mol" (Muhammad Zakariyo), "Qalbimning nuri" (Abdumurod Tilav), "Sharq Haqni topdi" (Ahmad Muhammad) va islom.ziyouz.com (http://islom.ziyouz.com) maqolalari.

"Muborak Oy tuhfasi" dasturi www.ziyouz.com (http://www.ziyouz.com)ning Islomiy sayti (http://islom.ziyouz.com)da tayyorlangan. Dastur inshaalloh Ramazonning 30 kunida davom etadi.
Shuningdek, Muborak oy tuhfasi e-mail orqali ham yuboriladi. Agar o'zingiz va boshqa birodarlaringiz ham ushbu dasturdan bahramand bo'lishlarini hohlasangiz, ularning e-maillarini bizga ([email protected]) yo'llashingiz mumkin.

Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 13 Sentyabr 2007, 04:54:25
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 1-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Bandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar. (Baqara surasi, 186-oyat).

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizdan (ushbu qilgan amalimizni) o‘zing qabul ayla. Shubhasiz, sen eshitguvchi, bilguvchisan! (Baqara surasi, 127-oyat).
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Birinchi hadis.
Umar ibn Xattobdan  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo‘lsa, uning hijrati o‘sha narsaga bo‘libdi».
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abu Bakr Siddiqning o‘gitlari
"œMen ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki, Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O‘z bilganimcha harakat qilishga haqqim yo‘q.
To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho‘p zarrasi qadar ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo‘ladigan bir shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib qo‘ymayin yoxud soch-soqolingizni tortmayin.
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, Haflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan ajalingiz bor. O‘limdan qo‘rqing, otalardan, o'g'illardan, aka-ukalardan ibrat oling. Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling..."
 
Saodat asri qissalari

Allohning fazli va rahmati
Vosila ibn Asqo’, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: "œRamazon oyi keldi. Biz ahli suffa ham ro‘za tuta boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan Aqobada bay’at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir kishidan bizni iftorlikka olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi.  Ro‘zamizni ocholmay uxladik, saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo‘lmadi. Nihoyat, ahvolimizni janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul zot bizga nihoyatda qayg’urib, biror yegulik bormi, deya ayollaridan birma-bir so‘rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga:
— Alloh nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo‘q, — deb javob yubordilar.
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to‘planishimizni buyurdilar va biz to‘plangach:
— Allohim, Sendan fazl va rahmat  so‘raymiz. Zero, rahmat yolg‘iz Sening qo‘lingdadir va Sendan o‘zga rahmat sohibi yo‘qdir, — deya duo  qildilar.
Biz "œOmin", dedik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bir joydan bizga bir qo‘yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non keldi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar.
Biz to‘ygunimizcha yedik.  Shundan so‘ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va sallam, shunday deb marhamat qildilar:
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani Uning fazlidir. Shubha yo‘qki, biz uchun rahmatini ham saqlab qo‘yibdi".
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2007, 05:25:52
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 2-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizni o‘zingga bo‘yinsunguvchilardan qilgin va zurriyotimizdan ham o‘zingga itoat qiladigan kishilar chiqargin. Va bizga (qiladigan) iboratlarimizni o‘rgatgin va tavba-tazarrularimizni qabul et! Shubhasiz, sen tavbalarni qabul qilguvchi, rahmlisan! (Baqara surasi, 128-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Ikkinchi hadis.
Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bizning ishimizda yangilik qilsa, bu undan bo‘lmasa, bas, u rad qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abdulloh ibn Abbosning o‘gitlari
— Ey gunoh ish qilgan kishi! Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin bo‘lma. Hech bir gunoh yo‘qki, uni qilganingdan so‘ng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda o‘ng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging, sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib, kulishing qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qo‘ldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa bo‘lishing gunohdan ko‘ra kattaroqdir. Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda, qalbing cho‘chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Xudo xayringni bergur, bilasanmi, Alloh subhanahu va taolo Ayyubning, alayhissalom, qay ishi uchun shunday ko‘p sarvatini oldi va kasalliklarga duchor etdi? Bir bechora bir zolim qo‘lidan qutulmoq uchun uning huzuriga keldi. Ayyub, alayhissalom, esa, unga yordam bermadi va (himoyaga muhtoj) u kimsani zolimning zulmidan himoya qilmadi. Ittifoqo, Alloh ul zotni u katta musibatlarga duchor qildi.
 
Saodat asri qissalari

Eng shiddatli oyat
Muhammad ibn al-Muntashirdan:
«Bir odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu:
— Allohning kitobidagi eng shiddatli va qo‘rqinchli oyatni bilaman, — dedi. Umar, roziyallohu anhu, bir tayoq olib, uni astagina urdi va:
— O‘zingcha qanday "œtadqiqot" o‘tkazdingki, bunday bir oyatni uchratding? — degach, haligi kishi u yerdan ketdi.
Ertasiga Hazrati Umar, roziyallohu anhu, unga uchrashib:
— Sen aytmoqchi bo‘lgan qaysi oyat edi? — deb so‘radilar.
— "œKim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini ko‘radi" oyatidir. Zero, hech yomonlik qilmagan odam yo‘q. Shunga ko‘ra, birortamiz ham azobdan qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), — dedi u kishi.
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban:
— Bu oyat nozil bo‘lganida biz shunchalar qo‘rqdikki, hatto ovqat yeyolmay qoldik. Nihoyat, Alloh taolo: "œKim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar — ko‘rar" (Niso, 110) mazmunli  oyati karimani nozil qildi, — dedilar».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Huseyn 14 Sentyabr 2007, 09:09:11
Assalomu alaykum !!!
Ramazno taqvimida Qarshi va Jizzax shaharlaridagi vaqt farqi - daqiqa ko'rsatilmagan. O'rnida harflar turibdi.   
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2007, 12:18:24
Assalomu alaykum !!!
Ramazno taqvimida Qarshi va Jizzax shaharlaridagi vaqt farqi - daqiqa ko'rsatilmagan. O'rnida harflar turibdi.   

Va alaykum assalom!
Birodar, tashakkur sizga, siz aytgan xatolar bartaraf etildi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 15 Sentyabr 2007, 04:51:57
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 3-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, ularning orasiga o‘zlaridan bo‘lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitob va hikmatni (Qur’on va Hadisni) o‘rgatadigan va ularni poklaydigan bir payg‘ambarni yubor! Shubhasiz, sen qudrat va hikmat sohibisan! (Baqara surasi, 129-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Uchinchi hadis.
Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta halol ochiq-ravshan. Albatta harom ochiq-ravshan. Uning o‘rtasida shubhali narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va obro‘sini soflabdi. Kimki shubhaga voqe’ bo‘lsa, haromga yo‘liqibdi. Rioya qiluvchi qo‘riqxona atrofiga borib, uning ichiga kirib qolishi mumkin. Har bir podshohning qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqxonasi U harom qilgan narsalardir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi fasod bo‘ladi. U ham bo‘lsa qalbdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Hazrati Umarning o‘gitlari
"œShu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o‘rganingiz.
Qur’onga Hilof, ilmga manba bo‘ling. Allohdan kunlik rizqingizni so‘rang.
Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo‘ling. Zero, ularning qalbi har narsadan yupqadir.
Allohdan qo‘rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat bo‘lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko‘rmas edingiz.
Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgay. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting...»
 
Saodat asri qissalari

Gapiruvchi bo‘ri yoxud qiyomat alomati
Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "œBir bo‘ri suruvga hujum qilib, bir qo‘yni olib qochdi. Cho‘pon bo‘rini quvib, qo‘yni tortib oldi. Shunda bo‘ri tilga kirib:
— Allohdan qo‘rqmaysanmi? Parvardigor menga yuborgan rizqni nega qaytarib olyapsan? — dedi.
— Vo ajab? Bo‘ri inson kabi gapirmoqda! — hayratini yashira olmadi cho‘pon.
— Mening odamday gapirganimga ajablanyapsanmi? Bundan ham muhimroq narsa bor. Yasribda Muhammad ismli bir zot odamlarga yangi dinni ta’lim bermoqda, — dedi bo‘ri.
Shundan so‘ng cho‘pon suruvini haydab Madinaga keldi. Qo‘ylarni bir pana joyda qoldirib, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga keldi va bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, odamlarni namozga chaqirishni buyurgach, cho‘ponga:
— Ko‘rganlaringni bularga ham so‘zlab ber, — dedilar.
Cho‘pon voqeani so‘zlab berdi. Shunda Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
— Birodaringiz to‘g‘ri gapiryapti. Muhammadning qayoti izmida bo‘lgan Allohga qasamki, jonivorlar insonlar bilan gaplashmagunicha, kishining oyoq kiyimidagi bog‘ich ip tilga kirib, so‘zlamagunicha va kishining soni, u ko‘chada yo safarda bo‘lganida oilasining uyda nimalar qilganini xabar bermagunicha (ya’ni, shunday zamonlar kelmay turib) qiyomat qoim bo‘lmaydi».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Robiya 15 Sentyabr 2007, 11:54:48
Assalomu alaykum!Olloh rozi bo'lsin sizdan.Barchaga yana bir marta Ramazon oyi muborak bo'lsin.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 16 Sentyabr 2007, 06:08:10
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 4-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgan, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin! (Baqara surasi, 201-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

To‘rtinchi hadis.
Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra quyuq qon bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra parcha go‘sht bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to‘rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o‘lchov) qoladi. Bas, uning o‘sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do‘zax orasida bir gaz qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Usmon ibn Affonning o‘gitlari
Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
"œUsmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
"œBas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin" (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o'g'illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: "œ(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur".
 
Saodat asri qissalari

Xotirjamlik siri
Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar:
«Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, vafotlaridan sal oldin xastalanib qoldilar. Bemorni ko‘rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan so‘radilar:
— Seni nima bezovta qilyapti?
— Gunohlarim.
— Ko‘ngling nimani tusayotir?
— Rabbimning rahmatini.
— Senga bir tabib chaqiraymi?
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir.
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi?
— Maoshga ehtiyojim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku!
Shunda Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu:
— Sen qizlarimni kambag‘allikdan qiynalishadi deb xavotirdamisan? Men ularga har kecha Voqea surasini o‘qishni tayinlaganman. Zero, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: «Har oqshom Voqea surasini o‘qigan kishi hech qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi», deb marhamat qilganlarini eshitgan edim, — dedi»
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: ibrohim 16 Sentyabr 2007, 22:51:30
Assalomu Alaykum, avvalambor barchani Muborak Ro'za-i Ramazon Oyi bilan qutlayman. Alloh mana shu oyda nimaiki yaxshi amallar qilgan bo'lsak,  savobi bilan qaytarsin. Abdulaziz sizni hamma yaxshi ishlariz uchun rahmat. Sizni ham Alloh o'zining suygan bandalaridan bo'lishligizi nasib aylasin.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2007, 04:54:48
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 5-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, ustimizdan sabru toqat yog‘dirgil, qadamlarimizni sobit qil va O’zing bizni bu kofir qavm ustiga g‘olib qil! (Baqara surasi, 250-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Beshinchi hadis.
Hasan ibn Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y», dedilar. (Ya’ni, shubhali narsani tark qilib, shubhasiz narsani ol.) Termiziy va Nasaiy  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Hazrat Alining (r.a.) vasiyati
Hazrati Ali (r.a.) o’g’li Hazrati Hasanga vasiyat qilgan edilar:
-Bilmagan narsang haqida so’zlama;
-vazifang bo’lmagan ishga kirishma, har ishni ahliga qoldir;
-falokat kelishidan qo’rqqan yo’lingni tark et, zero bir ishda falokat sezilganda, unit ark etmoq qo’rquv bilan olg’a surmoqdan hayrlidir;
-o’zingdan kuchli zolimlar orasida sabr etmoqqa o’rgan, zero, haqsizlik qarshisida haq uchun sabr etmoq eng yaxshi axloqdir;
-kishi dunyoda oxirati uchun nima hozirlagan bo’lsa, ertaga shu narsaga erishadi;
-so’z ahli bo’lishdan ko’ra ish ahli bo’lgin.
 
Saodat asri qissalari

Yomonlikka yaxshilik
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Bir kun bir ayol oldimga kelib:
— Men ham zino qildim, ham zinodan tug’ilgan bolamni o‘ldirdim. Endi shu gunohimdan tavba qilsam bo‘ladimi?  — deb so‘radi.
— Sen uchun tavba yo‘q! — dedim men ayolga. — Alloh ko‘zingni ko‘r qilsin, hech bir qulaylik bermasin...
Shundan so‘ng ayol yig‘lab, tizzalariga urib chiqib ketdi. Ertasi kuni bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, bu voqeani aytgan edim — Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom:
— Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan. Sen axir "œUlar Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon Zotdir" (Furqon, 68-70) mazmunli oyatlarni o‘qimaganmiding? — deya marhamat qildilar.
Shundan so‘ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu oyatlarni o‘qib berdim. Ayol sevinganidan o‘sha zahoti sajda qildi va:
— Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin, — dedi».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 18 Sentyabr 2007, 05:25:24
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 6-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O’zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil! (Baqara surasi, 286-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Oltinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abu Umomaning o‘gitlari
Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "œAbu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o‘qilgach, mayyitni ko‘ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
— Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko‘rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko‘chib o‘tishga majbursiz. Bu qabr yolg‘izlik, qoronHulik uyidir, bo‘rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
Bu yerdan esa qiyomatning mushkul, qiynoqli maydonlaridan biriga o‘tasiz va u yerda Allohning amri kelguniga qadar ushlanib turilasiz. Bu uzoq kutish asnosida bir necha yuzlar oqaradi, bir qanchasi esa qorayadi. Shundan so‘ng yana boshqa bir maydonga ketasiz. U yerda sizni qoronHu zulmat bosadi. Keyin nur tarqatiladi. Bu nur faqat mo‘minlarga beriladi, kofir va munofiqlar bu nurdan benasibdirlar. Alloh subhanahu va taoloning Kitobidagi: "œYoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo‘lini chiqarib (qarasa) uni ko‘ra olmas. Kimga Alloh nur (omonlik) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo‘qdir" (Nur, 40, mazmuni) oyati karimasi bunga ishora etmoqda. U kun xuddi ko‘r kimsa ko‘zi ko‘radigan kishining ko‘zidan foydalanolmagani kabi kofir va munofiq kimsalar mo‘minning nuridan foydalana olmaydilar. U kun erkak va ayol munofiqlar mo‘minlarga: "œBizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik", — deydilar. (Ularga): "œOrtingizga qaytib nur istangizlar", deyilur" (Hadid, 13, mazmuni), Holbuki, bu munofiqlar aldanishlari uchun bir hiyladir. Shundan so‘ng munofiqlar nur tarqatilgan joyga qaytib kelsalar ham, u yerda hech narsa topa olmaslar va yana bir bor qaytayotganlarida: "œSo‘ng ular bilan mo‘minlar o‘rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob (do‘zax) bo‘lur" (Hadid, 13, mazmuni).
 
Saodat asri qissalari

Noumid shayton
Tabaroniydan rivoyat qilinadi:
"œAbu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: shoir 18 Sentyabr 2007, 13:58:46
Assalomu alaykum ahli islom!

Muborak ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin!

Davronbek, sizga ham tashakkur! Bu yilgi dastur ham o'tgan yilnikidan ham go'zal bo'libdi. Ijodiy ishlaringizga rivoj tilayman.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 19 Sentyabr 2007, 04:44:10
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 7-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O’z huzuringdan rahmat ato et! Albatta Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan! (Oli-Imron surasi, 8-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yettinchi hadis.
Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Ubay ibn Ka’bning o‘gitlari
«Mo‘min to‘rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir ne’mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to‘g‘ri gapiradi va adolat bilan hukm chiqaradi. Mo‘minning besh narsasi nurdir. Mo‘min kishi haqida Alloh "œNur’un a’la nur" (nur ustiga nur) yog'dirgan. Inchunun, mo‘minning yaxshi so‘zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur, chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir.
Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so‘zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir».
 
Saodat asri qissalari

Xayrli oqibat
Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etishlariga yaqin qolgan soatlarda qayta-qayta: "œTong otdimi?" deb so‘rar, har gal unga: "œHali tong otmadi", deb javob berishar edi. Nihoyat , "œTong otdi", deyishgach, Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu:
— Tonggida otashga ketiladigan kechadan Allohning panohiga sig’inaman. Ey o‘lim, xush kelding, safo kelding. Sen umrim davomida menga ilk bor tashrif buyurgan bir ziyoratchisan, bir faqir do‘stiga murojaat etgan suyukli mahramsan.
Allohim, bugungacha men Sendan qo‘rqib keldim. Biroq bugun Sening rahmatingdan umidvorman. Senga ayonki, dunyo molini to‘plash, ariqlar ochib dalalarni bog‘-rog‘ qilish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish uchun dunyoda qolmoqchi emasman. Mayli, shiddatli issiqlarda chanqoq qolayin, dunyo hayotining mashaqqatlarini tortayin, biroq zikr halqalarida olimlarning tizzalariga tizzamni qo‘yib seni zikr etish uchun, dunyoda qolmoq istayman, — deb iltijo qildilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2007, 05:19:31
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 8-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, albatta Sen odamlarni hech shak-shubhasiz keladigan bir KUNga to‘plaguvchisan. Albatta Alloh va’dasiga xilof qilmagay! (Oli-Imron surasi, 9-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Sakkizinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo‘lganni qabul qiladi. Alloh taolo yuborgan payg‘ambarlariga buyurgan narsalarini mo‘minlarga ham buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman» (Mo‘‘minun surasi, 51-oyat),«Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar» (Baqara surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari to‘zib, kiyimlari changib ketadi. Va qo‘lini osmonga cho‘zib, «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan kiyimi harom hamda ozuqasi harom. Qaerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!» dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Utba ibn G'azvonning o‘gitlari
Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: "œUtba ibn G'azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo‘lganida bizga bir xutba o‘qidi. Allohga hamd va sanodan so‘ng shunday dedi:
«Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan,  bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo'g'i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so‘ngsiz bir hayotga o‘tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo‘lingizda eng xayrli narsa nima bo‘lsa, o‘shani o‘zingiz bilan olib ketishga Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so‘ngsiz bo‘shliq insonlar bilan to‘lajakdir. Bunga hayron bo‘lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo‘q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa’d ibn Molik ikkimiz bo‘lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o‘lkaning hokimlarimiz. O‘zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo‘lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman".
 
Saodat asri qissalari

Yuksak martaba
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
"œJanobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Qiyomat kuni martabalariga payg‘ambar va shahidlar ham havas qiladigan va Alloh dargohida nurli minbarlar ustidagi joylari bilan taniladigan kishilarning xabarini berayinmi? — deya marhamat qildilar.
— Ular kimlar, yo Rasulalloh? — so‘rashdi ashob.
— Allohning qullarini Alloqga va Alloh taoloni Uning qullariga sevdirish uchun intilgan va yer yuzida zimmalariga irshod vazifasi yuklangan odamlardir.
— Yo Rasulalloh! Allohni Allohning qullariga sevdirmoq tushunarli. Biroq Allohning qullarini Allohga sevdirish qanday bo‘ladi? — deb so‘radim.
— Ularni Alloh sevgan narsalarga tashviq etishadi va Alloh yomon ko‘rgan narsalardan qaytarishadi. Ular bunga quloq osib, amal qilishsa, Alloh ularni sevadi, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 21 Sentyabr 2007, 05:25:35
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 9-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg‘ambaringga ergashdik. Bas, bizni (O’zingning birligingga, payg‘ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin! (Oli-Imron surasi, 53-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

To‘qqizinchi hadis.
Zarar berish ham yo‘q. Zarar olish ham yo‘q. «Muvatto’» kitobida  rivoyat qilingan.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Muoz ibn Jabalning o‘gitlari
Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi:
"œBir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: "œSenga ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan ko‘ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab qil.
o'g'lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o‘qi! Yana bir bor o‘qiy olishingni o‘ylama. Shuni bilgin, mo‘min kishi biri bajargan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o‘rtasida o‘ladi.
Ro‘za (nafl ro‘za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o‘qi, biroq uyqu uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Kimda shu uch narsa bo‘lsa, Allohning Hazabiga uchraydi: noo‘rin (sababsiz) kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq.
Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz. Mo‘l-ko‘lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga uchishingizdan ko‘proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib, Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko‘ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo‘yurlar, kambag'alni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar».
 
Saodat asri qissalari

Insonlar ikki hovuchdirlar
Tabaroniydan, raqmatuloqi alayq, rivoyat qilinadi:
"œMuoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etar chog’i yig‘ladilar. U kishidan:
— Nega yig‘layapsan? — deb so‘rashdi.
— Vallohi, men o‘lim azobidan qiynalib yoki ortimda mol-dunyo qolib ketayotgani bois yig‘layotganim yo‘q, — dedilar. — Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œInsonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi jannatda, bir hovuchi esa do‘zaxda", deganlarini eshitganman. Mana shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganimdan yig‘lamoqdaman", — dedilar Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 22 Sentyabr 2007, 05:13:26
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 10-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarga payg‘ambarlaring orqali va’da qilgan narsalaringni (jannat, mag‘firat, visolingdan bahramand etish kabi nematlaringni) ato qil va bizlarni qiyomat kunida rasvo qilmagil! Albatta, Sen va’dangta xilof qilmagaysan! (Oli-Imron surasi, 194-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O'ninchi hadis.
Tamiym ad-Doriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik- u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik- ularga haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik-amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.)
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abu Dardoning o‘gitlari
«Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas’ul bo‘lmagan narsalarga mas’ul qilmang va Alloh nomidan hech kimni so‘roqqa tutmang.
Ey inson o'g'li! Sen o‘z amalingga boq. Zero, xalqdan ko‘rganlarini surishtiradigan kishi har doim qayHu chekadi va hech qachon alami so‘nmaydi.
Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilingiz. O‘zingizni o‘liklardan sanangiz. Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo‘ldan ozdirib, Haflatga tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo‘lsin, yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi.
Yaxshilik mol va farzandlarning ko‘pligida emas. Yaxshilik keng fe’lli, axloqli bo‘lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo‘lishdadir.
Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo‘ysangiz, albatta Allohdan mag‘firat so‘rang».
 
Saodat asri qissalari

Naqadar yomon ish
Abul Hasan, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: "œNabiyning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida o‘tirar edik. Davradan kimdir turib ketdi, biroq oyoq kiyimini unutib qoldirdi. Davradagilardan biri uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirib oldi. Haligi kishi bir ozdan keyin qaytib kelib, oyoq kiyimini so‘radi.
— Biz ko‘rmadik, — deyishdi. Poyafzal egasi bezovtalanib qoldi. So‘ng uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirgan kishi:
— Mana, oyoq kiyiming, — dedi.
Shunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Musulmon kishini bezovta qilish naqadar yomon ish, — dedilar.
— Men hazillashdim, — dedi u kishi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yana o‘sha gaplarini takrorladilar".
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 04:34:51
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 11-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlar o‘z jonimizga jabr-zulm qildik. Agar bizlarni mag‘firat va rahm qilmasang, shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lib qolurmiz! (A’rof surasi, 23-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O’n birinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan qaytargan narsamdan chetlaninglar. Buyurgan narsamni qodir bo‘lganingizcha bajaringlar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p so‘rash va payg‘ambarlariga ixtilof qilish sababli halok bo‘lishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Salmoni Forsiyning o‘gitlari
«Mo‘min kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga o‘xshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, ko‘ngli bir narsani tusaganida: "œZinhor buni yeya ko‘rma! Mabodo yesang, seni o‘limga olib boradi!" deya ogohlantirib turganidek, mo‘min kishining ko‘ngli ham ko‘p narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi».
 
Saodat asri qissalari

Alloh xohlagan joyda
Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
"œBir yaqudiy Hazrati Umardan, roziyallohu anhu, so‘radi:
— Qur’onda: "œJannatning kengligi osmonlar va yer barobarida..." (Ol-i-Imron, 133, mazmuni) deyilgan. Xo‘sh, ayting-chi, unda do‘zax qaerda bo‘ladi?
Umar, roziyallohu anhu, sahobalarga:
— Bu odamning savoliga javob bering, — dedilar. Biroq hech kimdan javob chiqmadi. Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, yahudiydan:
— Har kuni ko‘rib turganingdek, kechqurun hamma yer zimistonga burkanadi. Ayt-chi, tun cho‘kkanida kunduz qaerda bo‘ladi? — deb so‘radilar.
— Alloh xohlagan joyda.
— Unday bo‘lsa, do‘zax ham Alloh taolo xohlagan joydadir.
Ittifoqo, yahudiy hayajonini yashirolmay:
— Ey mo‘minlarning amiri! Alloh taologa qasamki, Alloh taolo nozil qilgan kitobda (Tavrotda) ham xuddi sen aytganingday yozilgan, — dedi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2007, 05:14:16
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 12-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavm bilan birga qilib qo‘ymagaysan! (A’rof surasi, 47-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O’n ikkinchi hadis.
Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, meni bir amalga yo‘llab ko‘yingki, u amal bilan meni Alloh yaxshi ko‘rsin va insonlar ham yaxshi ko‘rsin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyoda zohid bo‘l, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Insonlar huzuridagi narsadan behojat bo‘l, insonlar seni yaxshi ko‘radi», dedilar. Ibn Moja  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abdulloh ibn Mas’udning o‘gitlari
«Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman.
Orangizda tonggacha losh (o‘lik) kabi o‘rnidan qimirlamay yotadigan va tong otgach esa, olov pashshasi kabi u yoqdan-bu yoqqa sakraydigan kimsani ko‘rmayin.
Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. O‘lim musulmon uchun sovHadir.
Ko‘pchilik yoqtirmaydigan o‘lim va kambag'allik qanday ajoyib narsalardir. Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne’matdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamdirman. Boy bo‘lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
Banda imon cho‘qqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambag'allikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal ko‘rmagunicha va uni maqtagan va yomonlagan kishilarni bir xilda ko‘rmagunicha imon cho‘qqisiga chiqa olmaydi.
O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, musulmon holda tong ottirib, kechqurun shu holda uyquga ketgan bandaga dunyoning musibatlari zarar bermaydi.
Barchangiz mehmonsiz, qo‘lingizdagi dunyo moli esa omonatdir. Mehmon albatta bir kuni ketadi va omonat egasiga beriladi.
Haq og'irdir, biroq tomoqdan oson o‘tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi».
 
Saodat asri qissalari

G’aflatning sababi
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Bir safarda Abu Muso bilan birga edik. Tumonat odam yig‘ilganini ko‘rdik. Bir kishi o‘rtada turib, tinmay gapirar edi. Abu Muso menga:
— Ey Anas, kel Rabbimizni zikr etaylik. Ko‘ryapsanki, bular dunyo uchun tinmay gap sotmoqdalar. Ey Anas, bugungi insonlarda oxirat qayHusi deyarli yo‘q, oxirat ular uchun hech bir ahamiyatga ega emas, — dedi.
— Nafsoniy orzu-istaklar va shayton ularni g’aflatga yetaklamoqda, — dedim.
— Yo‘q, unday emas. Ularga dunyo naqd holda ko‘rsatilgan, oxirat esa ulardan pardalangan. Agar dunyoni ko‘rganlari yanglig’ oxiratni ham ko‘rganlarida edi, oxiratdan yuz o‘girmas va dunyoga bu qadar o‘ralashib qolmas edilar, — dedi Abu Muso».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 25 Sentyabr 2007, 05:32:54
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 13-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, biz bilan qavmimiz o‘rtasida haq hukm qilgaysan. O’zing hukm qilguvchilarning yaxshirog‘idirsan! (A’rof surasi, 89-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O’n uchinchi hadis.
Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q va mening Allohning rasuli ekanimga guvohlik bergan musulmon kishining qoni halol emas, faqat uch narsaning birida haloldir (ya’ni, o‘ldirish joiz): ular oilali zinokor bo‘lsa. Nafs nafs bilan, ya’ni qasos. Jamoatdan ajrab, dinini tark qiluvchi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abu Zarr G'iforiy o'gitlari:
Sufyon as-Savriydan, roziyallohu anhu:
"œAbu Zarr G'iforiy, roziyallohu anhu, Ka’ba yonida turib:
— Ey insonlar! Sizning foydangizni o‘ylagan bir birodaringiz sifatida bir-ikki og'iz gapirmoqchiman, — dedi.
Odamlar uning gaplarini eshitib atrofini o‘rab olishdi. Abu Zarr G'iforiy ulardan:
— Mobodo yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz safar uchun kerakli narsalar tayyorlaysizmi, yo‘qmi? — deya so‘radi.
Odamlar:
— Albatta, tayyorlaymiz, — deb javob berishdi.
— Qiyomat safari eng uzoq safardir. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ring.
— Qanday hozirlik ko‘rishimiz kerak?
— Katta tashvish-xavotirlardan xalos bo‘lish uchun haj farzini ado etingiz. Qiyomat kunida qattiq savol-javob bo‘lishini o‘ylab, issiq kunlarda ro‘za tuting. Qabrning dahshati va u yerdagi yolg‘izlikni o‘ylab, kechaning tim qoronHusida turib, namoz o‘qing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini o‘ylab, doimo foydali gaplarni ayting. Agar buni uddalay olmasangiz, zararli biror so‘z aytib yubormaslik uchun jim turing. Molingiz bilan muhtojlarga yordam bering. Kuningizni ikkiga bo‘lib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini halol rizq-nasiba topish bilan o‘tkazing. Uchinchi bo‘limining esa sizga foydasi yo‘q, zarari bordir. Molingizni ham ikkiga bo‘ling. Bir qismini bola-chaqangiz uchun sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling. Uchinchi qismining esa sizga foyda emas, zarari borligi uchun, unga ehtiyojingiz yo‘qdir.
Abu Zarr G'iforiy, roziyallohu anhu, so‘zining oxirida baland ovozda:
— Ey insonlar! Azaldan bor bo‘lgan, oxiri ham ko‘rinmaydigan katta bir hirs-ehtiros sizlarni o‘ldirmasin, — deb hayqirdilar".
 
Saodat asri qissalari

Jonbaxsh duo yoxud tirilgan murda
Abdulloh ibn Avndan, roziyallohu anhu, Anas ibn Molik, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: "œRasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida, Suffada edik. Rasuli akramning huzurlariga hijrat qilgan bir ayol keldi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, uni ayollar yoniga, o‘g’lini esa bizning yonimizga yubordilar. Oradan ko‘p o‘tmay ayolning o‘g’li Madinada tarqalgan vabo xastaligiga chalinib, vafot etdi. Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, yigitning ko‘zlarini yumganlaridan so‘ng, jasadni ko‘tarishimizni buyurdilar. Uni yuvish uchun tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, menga:
— Ey Anas! Bor, onasiga ayt, — dedilar.
Onasiga xabar berdim. Onasi kelib o‘lgan o‘g’lining oyoq uchi tomoniga o‘tirdi va oyoqlarini ushlab:
— Allohim! Men o‘z xohishim bilan musulmon bo‘ldim. Sening diningga kirdim. Butlarga sig’inishni tark etdim. O‘z xohishim bilan Senga yukindim va Payg‘ambaringni sevdim.
Allohim! Meni balo-musibatlarga duchor qilib, butparastlarni sevintirma va toqatim yetmaydigan ushbu musibatni menga yuklama... — deb duo qildi.
Allohga qasamki, ayol duo qilib bo‘lar-bo‘lmas, o‘lik oyoqlarini qimirlatib, ko‘zini ochdi va o‘rnidan turib ketdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etgunlariga qadar o‘sha yigit ham tirik edi...».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 26 Sentyabr 2007, 05:33:23
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 14-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, ustimizdan sabru toqatni yog‘dirgaysan va bizlarni faqat musulmon bo‘lgan holimizda o‘ldirgaysan! (A’rof surasi, 126-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O'n to‘rtinchi hadis.
Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh», deyishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushmokqa buyurildim. Agar mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi Alloh taologadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abu Hurayra o'gitlari
- Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh taolo ulardan chiqish yo‘lini ham ko‘rsatib qo‘ygan.
- Zolimning zulmidan ezilgan va qo‘rquv bosgan tuvaloq inida yotgan joyida jon beradi.
 
Saodat asri qissalari

Xushxabar
Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
“Ey imon keltirganlar, o‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilg’isi odamlar va toshlardan bo‘lmish do‘zaxdan saqlangizki, unda qattiqqo‘l, Allohning buyurganiga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni bajaradigan farishtalar (turur)” (Tahrim, 6, mazmuni) mazmunli oyati karima nozil bo‘lgach, Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, sahobalariga o‘qib eshittirgan edilar, o‘sha yerda turgan bir yosh yigit hushidan ketib yiqildi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, muborak qo‘llarini yigitning ko‘kragiga qo‘ydilar va yuragi urayotganini bilgach, unga: “La ilaha illalloh”, degin, dedilar. Yigit kalimani qaytargach, Payg‘ambarimiz, alayhissalom, unga oxirati haqida xushxabar aytdilar.
Sahobalar so‘rashdi:
— Yo Rasulalloh! Bu mujda oramizda faqat unga tegishlimi?
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ularga:
—Alloh taoloning: “Bu mujda (va’da) Mening huzurimda (hisob-kitob uchun) turishdan  qo‘rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavfda yashovchi kishilar uchundir” deb marhamat etilgan oyatini eshitmaganmisiz? — deya javob qildilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Sentyabr 2007, 05:42:11
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 15-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavmga maftun — aldanuvchi qilib qo‘yma. Va O’zing rahm aylab bizlarni bu kofir qavmdan qutqar». (Yunus surasi, 85-86-oyatlar)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O’n beshinchi hadis.
Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom beshta narsa ustiga qurilgandir. Ular «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasini aytish, namozni qoim qilish, zakotni berish, haj va ramazon ro‘zasidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abu ad-Dardo o'gitlari
- Sen olim, yo o‘rganuvchi yoki unga quloq tutuvchi bo‘l. Lekin to‘rtinchisi bo‘lmagilki, halokatga yuz tutasan.
- Kim ilm o‘rganishga chiqish jihod emas, desa, uning aqli va fikrida noqislik bor ekan.
- Mo‘minning tanasida tilchalik Alloh sevgan parcha et yo‘qdir. Alloh mo‘minni tili tufayli jannatga kiritadi. Kofirning vujudida tilchalik Allohga yoqimsiz parcha et yo‘qdir. Alloh taolo kofirni tili tufayli do‘zaxga tashlaydi.
- Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz. Ular ichadilar, biz ham ichamiz. Ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz. Ularning ko‘p mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz.
 
Saodat asri qissalari

Amalim qabul bo‘lsin desangiz...
Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, ozod etilgan quli Abu Ayyub Sulaymondan: "œBir payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Abu Hurayra, roziyallohu anhu, oldimizga keldi va:
— Allohni yaxshi ko‘rsangiz, orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya qilmagan, uni buzgan kishi bo‘lsa, bu yerdan ketsin, — dedi. Hech kim joyidan qimirlamadi.
Nihoyat, bu so‘zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o‘rnidan turib, ikki yildan beri bee’tibor tashlab qo‘ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga bordi. Ammasi:
— Kutilmagan hol? — dedi.
— Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit.
— Borib so‘ra-chi, nima uchun bunday degan ekan?
Borib so‘raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar:
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œOdam bolalarining amallari har payshanba oqshomi, ya’ni juma kechasi Allohga taqdim etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya etmagan kimsaning amallari qabul bo‘lmaydi", deb marhamat qilganlarini eshitganim uchun shunday degan edim".
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 28 Sentyabr 2007, 06:58:20
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 16-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.

Parvardigoro, albatta Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilursan, Alloh uchun yeru osmondagi biron narsa maxfiy emasdir. (Ibrohim surasi, 38-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O'n oltinchi hadis.
Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishilarning da’volariga qarab berilaverganida edi, ular qavmning moli va qonlarini da’vo qilishgan bo‘lar edi. Lekin da’vo qiluvchiga hujjat keltirish va inkor qiluvchiga qasam ayttirish lozim bo‘ladi», dedilar. Mana shu lafz bilan hasandir. Va ikki «Sahih» kitobida keltirilgan.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abdulloh ibn Abbos o'gitlari
- Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg‘ul bo‘lish menga kechani butunlay bedor o‘tkazishdan mahbubroqdir.
- Sulaymon alayhissalomga yo ilmni yoki mol-dunyoni tanlash ixtiyori berildi. Shunda u zot ilmni tanladilar. Keyin u kishiga mol-mulk ham ato etildi.
- Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim.
- Insonlarga yaxshilikni o‘rgatuvchi muallim haqqiga barcha narsalar, hatto dengizdagi baliqlar istig‘for aytadi.
- Nujum ilmiga ergashmanglar, chunki u sehr va folbinlikka olib boradi.
- Kim bir namozni ataylab tark etsa, Allohga g‘azablanib turgan holida yo‘liqadi.
 
Saodat asri qissalari

Naqd savob
Omir ibn Sa’d ibn Abi Vaqqosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"œBir kuni Abdulloh ibn Umarning uyida edim. Ittifoqo, Habbob kirib keldi va:
— Ey Abdulloh, Abu Hurayrani ko‘rmaysanmi? Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œMarhumning uyidan chiqib (janoza) namozini o‘qigach, dafn etilguniga qadar birga bo‘lgan kishi har biri Uhud tog’icha keladigan ikki ajr oladi va janoza namozini o‘qiganidan so‘ng qaytgan kishi ham Uhud tog’idek ajrga ega bo‘ladi", deya marhamat qilganlarini gapiryapti, — dedi.
Ibn Umar unga:
— Borib Oyishadan so‘ra-chi, Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, haqiqatan ham shunday deb aytganmikanlar? — dedi.
Habbob ketgach, Ibn Umar yerdan toshchalarni olib qo‘lida aylantirib turdi. Habbob qaytib:
— Ha, Abu Hurayra to‘g‘ri gapirgan ekan, — degach, qo‘lidagi toshchalarni otib:
— Vallohi, biz tog’day-tog’day ajr xirmonlaridan quruq qolibmiz, — dedi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 29 Sentyabr 2007, 05:10:26
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 17-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigorim, meni va zurriyotimdan (bo‘lgan bolalarimni) namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. (Ibrohim surasi, 40-oyat)

Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O’n yettinchi hadis.
Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik va gunoh haqida so‘rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda bu zot: «Ha», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan fatvo so‘ra. Yaxshilik -nafs va qalb unga xotirjam bo‘lganidir. Gunoh - nafs xira bo‘lib, qalb beqaror bo‘lganidir. Agar kishilar senga fatvo berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar  rivoyati.

Navvos ibn Sam’ondan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik - nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo‘lishlarini karih ko‘rganingdir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abdulloh ibn Umar o'gitlari
- Agar biror kishi xufton va bomdod namozlarida jamoatga chiqmasa, uni munofiq, deb gumon qilardik.
- Misvok ishlatilgandan keyin o‘qilgan namoz misvok qilmasdan o‘qilgan yetmish besh namozdan ko‘ra fazilatlidir.
- Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo‘lgan eng muhim a’zo tildir.
- Bir bandaga dunyo molidan nima yetsa, saxiy bo‘lsa ham, Alloh nazdidagi darajasi pasayadi.
- Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo‘lgan eng muhim a’zo tildir.
 
Saodat asri qissalari

Shahidlar havas qilgan martaba
Abu Dardodan, roziyallohu anhu:
«Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
—Alloh subhanahu va taolo qiyomat kuni bir necha kishilarni yuzlari nurli va olmosdan yasalgan minbarlar ustida turgan holatda qabrlaridan turg’izadi. Hamma  ularga havas bilan qaraydi. Holbuki, ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas.
Shunda bir badaviy arab tiz cho‘kib:
— Yo Rasulalloh, ularni bizga ta’riflang, tanib olaylik, — dedi.
— Bular turli qabilalardan va har xil  uzoq joylardan bo‘lganlari holda bir yerda to‘planishib, Allohni zikr qilganlardir, — deya marhamat etdilar Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 30 Sentyabr 2007, 05:46:31
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 18-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgil. (Ibrohim surasi, 41-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O’n sakkizinchi hadis.
Shaddod ibn Avsdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Albatta Alloh taolo har bir narsada yaxshilik bo‘lishini yozdi. Agar qatl qilsalaringiz, qatlni chiroyli qilinglar. Agar qurbonlik qilsalaringiz, qurbonlikni chiroyli qilinglar. Sizlarning biringiz (qurbonlik qiladigan bo‘lsa) tig‘ini o‘tkirlab, uni tinchitsin» dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abdulloh ibn Muborak o'gitlari
- Kishi ilm o‘rganishda davom etayotgan pallada olimdir. «Olim bo‘ldim, endi bas», deb xulosa chiqargan chog‘idan boshlab johildir.
- Ilm o‘rganmasdan turib, ulug‘likka intilgan kishiga hayronman.
- Ilmiga baxillik qilgan kishi uchta narsaning bittasi bilan balolanadi yoki o‘lib ketadi: ilmi behuda ketadi yoki podshoh bilan musibatlanadi yoki yod olgan ilmini esdan chiqaradi.
- Haromdan topilgan bir dirhamni tark etish yuz ming dirhamni sadaqa qilishdan afzaldir.
- Mas’uliyatsiz, kayfu safo ichra yashash ishtiyoqi va gunohlar qalbni butunlay o‘rab oladi. Yaxshilik va haqiqat tuyg‘ulari endi qalbga qanday qilib kirsin?!
- Niyatlarga ko‘ra qancha-qancha ishlar ulug‘ bo‘ladi, yana qancha-qancha katta ishlar niyatlarga ko‘ra arzimasga aylanadi.
 
Saodat asri qissalari

Rasululloh o‘rgatgan duo
Abu Umomadan, roziyallohu anhu:
"œXolid ibn Valid Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, kechalari dahshatli tushlar ko‘rayotgani, bu hol uni namozdan chalg’itayotganini kuyinib so‘zladi. Shunda Alloh rasuli unga:
Ey Xolid! Bir duo borki, uni uch marta o‘qib tugatmasingdanoq Alloh taolo seni bu holdan qutqaradi, —dedilar.
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh! O‘sha duoni menga o‘rgating, — dedi Xolid ibn Valid.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, quyidagi duoni o‘qidilar:
"œAllohning azobidan, jazosidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning bug’zu adovatidan (gij-gijlashidan) va yonimda bo‘lishlaridan Allohning kalimalari panohiga qochaman".
Oyisha, roziyallohu anho, deydilar: Oradan bir necha kun o‘tgach, Xolid ibn Valid yana kelib:
— Yo Rasulalloh! Ota-onam sizga fido bo‘lsin! Sizni haq payg‘ambar etib yuborgan Allohga qasamki, siz menga o‘tgatgan duoni uch bora (uch kecha) o‘qimasimdan Alloh taolo avvalgi mushkul holdan meni xalos ayladi. Bundan buyon kechalari arslonning iniga kirsam-da, parvoyimga kelmas, — dedi".
Amr ibn Shuayb ham bobosidan rivoyat qilib, "œBirortalaringiz uyquda qo‘rqsangiz, ushbu duoni o‘qisin", deb aytganlar. Abdulloh ibn Os, roziyallohu anhu, esa har doim bolalariga bu duoni o‘rgatar edilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2007, 06:54:19
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 19-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarga o‘z huzuringdan rahmat — marhamat ato etgin va bizlarning ishimizni O’zing o‘nglagin! (Kahf surasi, 10-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O'n to‘qqizinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, ko‘shnisini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Anas ibn Molik o'gitlari
- Kishi tilini tiymagunicha Allohga haqiqiy taqvo qila olmaydi.
- Banda tilini asramasa, taqvodor bo‘lolmaydi.
- Badbaxtlik to‘rttadir: ko‘zning quruqligi, qalbning qattiqligi, orzu-havasning uzunligi, dunyoga hirs qo‘yish.
- Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi.
- Banda tilin asramasa, taqvodor bo‘lolmaydi.
 
Saodat asri qissalari

Payg‘ambarni yig‘latgan oyat

Abdullohdan, roziyalllohu anhu:
Janobi Payg‘ambarimiz:
— Menga Qur’on o‘qib berasanmi? — dedilar.
— Yo Rasulalloh! Qur’on Sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa-yu men o‘qib beraymi? — dedim.
— Men uni boshqa birovdan eshitishni xohlayman, — dedilar Faxri koinot.
Shundan so‘ng "œNiso" surasini o‘qiy boshladim va:
"œHar bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad), ularga guvoh qilib keltirganimizda (ularning holi) ne kechur?!" oyatiga yetganimda:
— Bas, yetar, — dedilar.
Qarasam, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yig‘layotgan ekanlar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2007, 05:42:52
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 20-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigorim, men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so‘rayman. Yana men Sendan (yo) Parvardigorim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh berishingni so‘rayman! (Mu’minun surasi, 97-98-oyatlar)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirmanchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Menga vasiyat qiling», dedi. Shunda u zot: «g‘azab qilma», deb bir necha bor qaytardilar. Va yana «g‘azab qilma», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Salmon Forsiy o'gitlari
- Mo‘min kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga o‘xshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, ko‘ngli biror narsani tusaganida, «Zinhor buni yeya ko‘rma! Mabodo yesang, seni o‘limga olib boradi!» deya ogohlantirib turganidek, mo‘min kishining ko‘ngli ham ko‘p narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi.
- O’lmog‘im, keyin tirilmog‘im, so‘ng o‘lib, yana tirilmog‘im birovning avratiga qarashimdan va birovning mening avratimga qarashidan uch karra sevimliroqdir.
 
Saodat asri qissalari

Ilohiy hikmat
Abdulloh ibn Mug’affaldan, roziyallohu anhu:
Bir ayol johiliyat davrida yomon yo‘lda edi. Bir odam uning yonidan o‘tarkan, shilqimlik qildi. Ayol:
— Meni o‘z holimga qo‘y. Alloh subhanahu va taolo barcha iflosliklar bilan birga butparastlikni  ham bekor qilib, Islom dinini nozil etdi, — dedi u.
Bu gapdan so‘ng haligi odam ayoldan uzoq ketsa hamki, ko‘zlarini undan uzmay borar edi. Nihoyat, yuzi bilan bir devorga urildi. So‘ng voqeani borib Payg‘ambarimizga, sollalllohu alayhi va sallam, aytdi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam unga:
— Sen Alloh taolo yaxshilik istagan banda ekansan. Zero, Alloh taolo bir quliga yaxshilik iroda qilsa, sodir etgan gunohi uchun darhol uni jazolaydi va biror bandasiga yomonlik istasa, unga qiyomat kuni jazo berish maqsadida, gunohlarida davom etish imkonini beradi, — dedilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2007, 06:23:35
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 21-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.

Parvardigoro, (O’zingga) iymon keltirdik. Bas sen Bizlarni mag‘firat qilgin va bizlarga rahm ayla: Sen O’zing rahm qilguvchilarning yaxshirog‘idirsan! (Mu’minun surasi, 109-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma birinchi hadis.

Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar», dedilar. Doraqutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Said ibn Musayyib o'gitlari

- Masjidda o‘tirish - Rabbi bilan o‘tirish, demakdir. Shunday bo‘lgach, u yerga kirgan odam faqat yaxshi narsalardan so‘zlamog‘i kerak.
- Masjidda aytilgan dunyoviy so‘zlar xuddi hayvonlar yam-yashil o‘tlarni yegani kabi hasanotni (yaxshi amallarni) yeydi.
- Molini haloldan topmagan, undan haqlarini chiqarib turmagan, u bilan obro‘-sharafini saqlamagan kishida yaxshilik yo‘qdir.
 
Saodat asri qissalari

Menga ishonasizmi?
Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan turib:
— Ey Abdul Muttalib o‘g’illari, ey Fihra o‘g’illari, ey Zuhra o‘g’illari, — deya qabila ulug’larini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar:
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu tog’ning etagida dushman otliqlari bor!  Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi?
 Hammalari baravariga:
— Ha, ishonamiz. Chunki  hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik,  —dedilar.
— Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 04 Oktyabr 2007, 06:40:13
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 22-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan hayoti dunyoga) chiqargin. Bas agar yana (tug‘yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) jabr qilguvchidirmiz! (Mu’minun surasi, 107-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma ikkinchi hadis.
Muozdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga  yengildir. Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan. Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv o‘tni o‘chirgandek o‘chiradi», dedilar. Kishining kechaning o‘rtasidagi namozi haqida quyidagi oyatni o‘qidilar: «Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur. (Ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar.) Ular Parvardigorlariga ko‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyat). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘kqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘qqisi - jihoddir. Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» dedilar. Men: «Ha, ey Rasululloh», dedim. U zot tillarini ushlab, «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham jazolanamizmi?» desam, u zot: «Onang farzandidan ajragur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari gapirgan narsalar sababidandir», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Usmon ibn Affon o'gitlari
- Qullik - amal etish, amal bilan hukmlarni muhofaza qilish, va’daga vafo, boriga rizo, yo‘g‘iga sabrdir.
- Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va g‘aflatda qolmang. Zero, siz g‘aflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira g‘aflatga tushilmaydi.
- Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz... Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
- Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan, uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o‘g‘illari, do‘stlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham unga shunday berilmang. Oxirat uchun harakat qiling.
 
Saodat asri qissalari

Xurmo pishgan kunlarda
Abu Dardo, roziyallohu anhu, Hazrati Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, suyukli sahobalaridan biri edi. Barcha namozlarini masjidi nabaviyda, Payg‘ambarimizning  ortlarida turib o‘qishga harakat qilardi. Shuning uchun masjidga erta kelar va kech qaytar edi. Rasuli akramning namozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardi. Biroq xurmo terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo namozga kech kelib erta ketadigan bo‘ldi. Bu hol Payg‘ambarimizning diqqatlarini tortdi. Abu Dardoni yonlariga chaqirib:
— Sening masjidga kelib-ketishingda bir o‘zgarish  ko‘ryapman. Nima bo‘ldi? — deb so‘radilar.
Abu Dardo shunday dedi:
— Shu kunlarda qo‘shnimizning xurmo daraxti mevalarini to‘ka boshladi. Xurmolar bizning hovliga tushyapti. Bolalarim, qo‘shnimdan beso‘roq ulardan yeb qo‘yishmasin, deb xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to‘kilgan  xurmolarni to‘plab, qo‘shnimning bog‘iga o‘tkazib qo‘yaman. Shu sabab masjidga kech kelyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to‘kiladi. Ularni yig‘ib qo‘shnimnikiga qo‘yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam bolalarim harom yemaydi, qo‘shnimga ham zarar yetmaydi.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Abu Dardoning bu so‘zlaridan mamnun bo‘ldilar va uning haqqiga duo qildilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 05 Oktyabr 2007, 06:35:24
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 23-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, O’zing bizlardan jahannam azobini daf’ qilgin. Darhaqiqat uning azobi ketmas — mangu (azobdir)! (Furqon surasi, 65-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma uchinchi hadis.

Abu Zarr va Muozdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qayda bo‘lmasin, Allohdan taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni ergashtir, uni o‘chirib yuboradi. Kishilarga chiroyli xulq bilan muomalada bo‘l», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Hazrat Huzayfa o'gitlari
- Bugun munofiqlar Payg‘ambar zamonidagidan ko‘proqdir. Burungilar nifoqlarini ichda saqlashardi. Bugungilar ochiqdan-ochiq nifoq qilishadi. Yashirin nifoq iymonning samimiyligi va kamoliga to‘sqinlik qiladi. Munofiqlikdan qo‘rqqan odam undan uzoq bo‘ladi. O’zining nifoqdan uzoqdaligini aytib yuruvchi kimsa esa munofiqlikka yaqin turadi.
- Ixlos insonning zohiri ham, botini ham bir xil bo‘lganidir.
 
Saodat asri qissalari

Xushu’ va xuzu’ xosiyati
Janglarning birida Hazrati Alining oyog’iga o‘q tegdi. O‘q oyoq suyagiga ham ancha botgani uchun chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirdilar. Tabib Hazrati Aliga qarab shunday dedi:
— Bu o‘qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo‘ladi. Yo‘qsa, og’riqqa chidayolmaysiz.
Hazrati Ali aytdilar:
— Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo‘q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti kirsin. Men namoz o‘qiy boshlaganimda olib tashlaysiz.
Namoz vaqti kirdi. Hazrati Ali namozga turdilar. Tabib Hazrati Alining oyog’ini yorib, o‘qni chiqardi. Yarani bog‘lab qo‘ydi. Hazrati Ali namozlarini bitirib, tabibdan so‘radilar:
— O‘qni chiqardingizmi?
— Ha, chiqardim, — dedi tabib.
— Men hech narsa  sezganim yo‘q, — dedilar Hazrati Ali roziyalloqi anqi.
Namozdagi xushu’-xuzu’ Hazrati Alini go‘yo boshqa olamga olib ketgandek edi. Shuning uchun ham vujudlaridagi og’riqni aslo sezmadilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2007, 05:17:52
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 24-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.

Parvardigoro, O’zing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shod-xurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin! (Furqon surasi, 74-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma to‘rtinchi hadis.
Irboz ibn Soriyadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga va’z aytdilar, undan qalblar vahimaga tushdi va ko‘zlardan yosh oqdi. Shunda biz: «Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, bizga vasiyat qiling», desak, u zot: «Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar qul boshliq bo‘lsa, uning so‘zini eshitib itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz yashaydigan bo‘lsa, ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi xulafoi roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid’at zalolatdir», dedilar. Abu Dovud  va Termiziylar  rivoyati.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Hazrat Muoviya o'gitlari
- Kimki ilmini yozmasa, uning ilmini ilm hisoblamayman.
- Hammani rozi qilishim mumkin, faqat ne’matga hasad qilguvchini rozi qila olmayman. Chunki uni faqatgina ne’matning ketishi rozi qiladi.
- Ey o‘g‘ilginam, hasaddan saqlangin. Chunki u dushmaningga yetmasdan, sening o‘zingga bilinadi.
 
Saodat asri qissalari

Alloh ko‘rib turibdi
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar.
Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi:
— Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor!
— Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon!
— Bilaman.
— Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman?
— E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q!
— Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku...
Hazrati Umar shundan  so‘ng uyga qaytdilar. O‘g’illari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2007, 06:12:01
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 25-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, O’zing rahmat-mehribonlik va ilm jihatidan barcha narsadan kengdirsan. Bas tavba-tazarru’ qilgan va Sening yo‘lingga ergashgan kishilarni O’zing mag‘firat qilgin va ularni do‘zax azobidan saqlagin. (G’ofir surasi, 7-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma beshinchi hadis.
Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Avvalgi payg‘ambarlar kalomidan topilgan narsa - «Agar uyalmasang, xohlagan narsangni qil», deb aytilganidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Hazrati Ali o'gitlari
- Yordamini o‘zgalardan darig‘ tutmagan inson zikri keng yoyiladi.
- O’zgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir.
- Kechirish - eng yaxshi g‘alabadir.
- Ishining mazasi bo‘lmagan kishining nasabi ish bermay qo‘yadi.
- Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz.
- Sukut saqlang, uning eng oz foydasi - omonlikdir.
 
Saodat asri qissalari

Qabrdan kelgan nido

Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda jamoat bilan o‘qiydigan bir yigit bor edi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, uni nihoyatda yaxshi ko‘rar edilar. Yigitning juda qarib qolgan otasi bor edi. Yigit har kuni xufton namozidan so‘ng otasini ziyorat qilgani kelardi.
Yo‘l bo‘yidagi uylardan birida yashovchi ayol bu yigitga oshiq bo‘lib qoldi. Ayol har kun yigitning yo‘lini poylab, uni o‘ziga og‘dirishga harakat qilardi. Nihoyat, bir safar yigit o‘zini boshqara olmay, ayolning ortidan ergashdi. Biroq ostonadan kirar ekan, Allohni esga olib, hushyor tortdi va: "œTaqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biror vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar" (A’rof, 201) mazmunli oyati karimani o‘qidi-yu, hushsiz yiqildi.
Ayol darhol bir joriyasini chaqirdi. Ikkalasi yigitni otasining uyiga eltib, eshikni taqillatdilar. Eshikni ochgan ota ostonada behush yotgan o‘g‘lini ko‘rdi. Uni ichkariga oldilar. Yigit yarim tunda o‘ziga keldi.
— O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? — so‘radi ota.
— Hech narsa, hammasi joyida.
Ota:
 — Xudo haqqi, menga to‘g‘risini ayt, — deb qo‘ymagach, yigit bo‘lgan voqeani gapirib berdi.
— O‘g‘lim, sen qaysi oyatni o‘qiding? — deya so‘radi otasi.
Yigit o‘sha oyatni takror o‘qigach, yana hushdan ketdi. Qancha urinishmasin, o‘ziga kelmadi. Yigit jon taslim qilgan edi. O‘sha kechadayoq uni yuvib, dafn etishdi.
Ertalab bo‘lgan voqeani Hazrati Umarga, roziyallohu anhu, yetkazdilar. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, yigitning otasiga ta’ziya izhor qilgach:
— Nega meni chaqirmadingiz? — dedilar.
— Ey mo‘minlarning amiri! Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi, sizni bezovta qilgimiz kelmadi, — dedi ota.
— Unday bo‘lsa, yuring, birga qabr boshiga boraylik, — dedi xalifa va ikkovlon u yerga yetgach:
— Ey falonchi! — deb marhum yigitni chaqirdi va: "œParvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir" (Rahmon, 46) mazmunli oyatni o‘qidi.
Ittifoqo, qabrdan yigitning:
— Ey Umar! Siz eslatgan ikki jannatni Rabbim menga ikki bora in’om qildi, — degan ovozi eshitildi.
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2007, 05:26:06
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 26-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih-mo‘min bo‘lgan kishilarni ham O’zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga dohil qilgin. Albatta Sening O’zinggina qudrat va hikmat sohibidirsan. O’zing ularni barcha yomonliklardan asragin. Kimni o‘sha Kundagi (qiyomatdagi) yomonliklardan asrasang, bas haqiqatan unga rahm-shafqat qilibsan. Mana shu buyuk baxtdir. (G’ofir surasi, 8-9-oyatlar)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma oltinchi hadis.
Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam, halolni halol va haromni harom, desam, bularga biror narsani qo‘shmasam, jannatga kiramanmi?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob qildilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abu Bakr Siddiq o'gitlari
- To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying.
- Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga o‘xshaydi.
- Dunyo - mo‘minlarning bozori, kecha va kunduz - sarmoyalari, go‘zal amallar - tijorat mollari, jannat - foydalari, jahannam esa zararlaridir.
- Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga soling, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, g‘aflatda qolmang... Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling!
 
Saodat asri qissalari

Eng sara ozuqa
Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar:
«Hazrati Ali, roziyallohu anhu, bilan birga aylanib yurar edik. Jabbon qabristoni yonidan o‘tayotganimizda, qabristonga qarab:
— Ey qabrlarda yotganlar, ey suyaklari chirib, tuproqqa qorishganlar, ey qoronHuliklarda yolg‘iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so‘rasangiz, mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz o‘ksiz va yetim qoldi va xotinlaringiz boshqa turmush qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor? — deb so‘radilar.
So‘ngra men tomonga burilib:
— Ey Kumayl, agar ularga javob qilish uchun izn berilganida: "œOzuqaning eng yaxshisi taqvodir", deb aytishgan bo‘lar edi, — dedilar.
Birozdan keyin esa yig‘lab, bunday dedilar:
— Ey Kumayl, qabr amallar sandig’ir. Buni faqat o‘lganingdan so‘ng bilasan...»
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 09 Oktyabr 2007, 06:29:12
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 27-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigor, O’zing bizlardan bu azobni aritgin. Albatta bizlar iymon keltirguvchidirmiz! (Duxon surasi, 12-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma yettinchi hadis.
Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, menga Islomdan bir so‘z aytingki, men sizdan boshqa biror kishidan u haqda so‘ramayin», deganda, u zot: «Allohga imon keltirdim, deb aytib, so‘ngra istiqomatda (ya’ni, sobitqadamlikda) bo‘l», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Ulamolarning aytishlaricha, bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarni jamlovchi hadislari bo‘lib, Alloh taoloning quyidagi so‘ziga muvofiqdir: «Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri -ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar» (Fussilat surasi, 30-oyat). Jumhur ulamolar fikricha, bu oyat va hadisning ma’nosi - «Imon keltirib, Allohning toatida bardavom bo‘lganlar»dir.
 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Muoz ibn Jabal o'gitlari
- Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi. Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlar-u hasharotlar, barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi.
- Ilm o‘rganinglar, zero uni o‘rganish - Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish -ibodat, muzokarasi - tasbeh, uni izlash - jihod, bilmaganga o‘rgatish -sadaqa, uni o‘z ahliga bildirish - Allohga qurbatdir.
- Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dalil, xursandlig-u xafalik paytda ko‘makchi, do‘stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do‘st va jannat yo‘lining minorasidir.
- Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o‘qi! Yana bir bor o‘qiy olishingni o‘ylama. Shuni bilginki, mo‘min kishi biri bajarilgan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o‘rtasida o‘ladi.
 
Saodat asri qissalari

Muomaladagi ehtiyotkorlik
Oyisha, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar:
«Bir odam Janobi Payg‘ambarimizning, alayhissalom, yonlariga kirish uchun ruxsat so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qanday yomon odam bu. Qavmi va yaqinlari yuzidagi dog’dir, — dedilar.
Biroq ichkari kirganida unga ochiq chehra bilan muomala qilib, iltifot ko‘rsatdilar. U chiqib ketgach, boshqa bir kishi kirishga ruxsat so‘radi.
— Naqadar yaxshi inson. Oilasi iftixor qilgulik bir farzanddir, — dedilar. Lekin Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, bu kishiga avvalgi odamga ko‘rsatilganchalik iltifot qilmadilar. U kishi chiqqach, Oyisha onamiz:
— Yo Rasulalloh, birinchi kishini yomon deganingiz holda unga yaxshi muomala qildingiz. Ikkinchisini yaxshi deb turib, unchalik iltifot etmadingiz, — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Ey Oyisha, insonlar orasida shundaylari borki, fe’li yomon bo‘lgani uchun ulardan ehtiyot bo‘lish kerak, — deya marhamat qildilar».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Oktyabr 2007, 05:44:06
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 28-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron g‘illi-g‘ash qilmagan. Parvardigoro, albatta Sen mehribon va rahmlidirsan! (Hashr surasi, 10-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma sakkizinchi hadis.
Umar ibn Xattobdan (r.a.)  rivoyat qilingan, Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan imon, Islom, ehson, Qiyomat haqida so‘ragan savollari haqidagi Imom Muslim «Sahih»larida kelgan mashhur hadisdir.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Abu Muso al-Ash’ariy o'gitlari
- Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islomning chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, sabr, shukr. Taqvo - ishlarning asosi, kamtarlik -kibrdan uzoq bo‘lish, sabr - do‘zaxdan najot topish, shukr - jannat bilan mukofotlanishdir.

Hazrat Jobir o'gitlari
- Kim katta gunoh qiluvchilardan bo‘lmasa, shafoatga muhtoj bo‘lmaydi.
 
Saodat asri qissalari

Uch harakat tarixi
Sa’saa ibn Savxondan:
«Badaviy arablardan biri Alining, roziyallohu anhu, oldiga kelib:
— Ey amiral mo‘minin, siz: "œLaa ya’kuluhu alla’l-xootuun" (Al-Haaqqa, 37) oyatini (zohiriy ma’nosi: "œqonli yiringni faqat qadam bosganlar yeydi") qanday tushunasiz? Nahotki, qadam bosmaydigan insonlar ham bo‘lsa? — deb so‘radi.
 Ali, roziyallohu anhu, kulimsirab:
— Sen so‘zni yanglish talaffuz qilmoqdasan. "œLaa ya’kuluhu alla’lxootuun" emas "œilla’l-xootiuun". (Jahannamda qonli yiringni faqat gunohkorlar yeydi"),  deb to‘g‘ri o‘qigin, —dedilar.
— Ha, ey amiral mo‘minin. To‘g‘risi siz aytganingizday bo‘ladi, — dedi u arab.
Shundan so‘ng Hazrati Ali, roziyallohu anhu, yonlarida turgan Abu Asvad ad-Dualiyga o‘girilib:
— Bugun arab bo‘lmagan bir necha millatlar musulmon bo‘lib, arablarga qo‘shildilar. Shu sababli arab tili buzilishga yuz tutdi. Xalqqa shunday  narsani o‘rgatginki, u bilan arabiy tilni buzilishdan muhofaza eta olaylik, — dedilar.
Shundan keyin Abu Asvad yozuvda ustun, o‘tra, asra usulini qo‘llay boshladi".
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 11 Oktyabr 2007, 05:22:59
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 29-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, yolg‘iz O’zingga tavakkul qildik va O’zingga inobat-tavba qildik. Yolg‘iz Sengagina qaytishimiz bordir! (Mumtahana surasi, 4-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Yigirma to‘qqizinchi hadis.
Ibn Abbosdan  rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalarida edim. U zot: «Ey bolakay, senga bir kalima o‘rgataymi? Allohga rioya qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, yo‘nalishingni topasan. Agar so‘rasang, Allohdan so‘ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin. Bilginki, agar ummat biror narsada senga yordam berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina yordam bera oladi, xolos. Agar ummat biror narsada senga zarar berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina zarar bera oladi, xolos. Qalam ko‘tarilib, sahifalar qurib bo‘lgan», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Termiziyning boshqa  rivoyatlarida: «Allohga rioya qil, yo‘nalishingni topasan. Allohni kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki, albatta xato qilmaganing to‘g‘ri qilganing uchun emas. Va to‘g‘ri qilmaganing xato qilganing uchun emas. Bilginki, albatta nusrat sabr bilan birga bo‘ladi. Shodlik aziyatlar bilan birga bo‘ladi. Va qiyinchilik bilan yengillik bo‘ladi», deyilgan.
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

No‘mon ibn Bashir o'gitlari
- Shaytonning bir talay tuzoqlari bor: Allohning ne’matlari bilan gerdaymoq, Allohning berganlari bilan maqtanmoq, Allohning bandalariga kibr-havo qilmoq, Allohning axloq asoslaridan chiqib, havoyi nafsga berilmoq shunday tuzoqlar jumlasidandir.

Abu Juhayfa o'gitlari
- Ulug‘lar bilan o‘tir, ulamolar bilan birga yur, hukamolar bilan do‘st bo‘l.
 
Saodat asri qissalari

"œYa, arhamarrohimiyn!"
Lays ibn Sa’ddan, roziyallohu anhu:
«Zayd ibn Horisa, roziyallohu anhu, toiflik bir odamdan bir xachirni kiraga olgani haqida gapirib berdilar.
— Seni xohlagan joyimda tushirish sharti bilan xachirni kiraga beraman, — dedi xachirning egasi.
Ikkovlon yo‘lga tushdik. Xachirning egasi bir xarobaga yetib borgach, menga:
— Tush! — dedi.
Xachirdan tushdim, xaroba ichida bir necha o‘liklarni ko‘rdim. Xachirning egasi meni ham o‘ldirmoqqa chog’lanayotgan ekan. Men:
— Ikki rakat namoz o‘qib olay! — dedim.
— O‘qiy qol. Sendan oldin mana bu o‘liklar ham namoz o‘qishgan, biroq namoz-niyozlari o‘zlariga hech bir foyda bergani yo‘q, — dedi u.
 Namoz o‘qib bo‘lganimdan so‘ng haligi odam meni o‘ldirmoqchi bo‘lib ilgarilagan edi, "œYa, arhamarrohimiyn", dedim. Ittifoqo: "œUni o‘ldirma!" degan ovoz eshitildi. U odam qo‘rqib, bu ovoz egasini topish uchun tashqariga chiqdi, biroq hech kim ko‘rinmagach, yana ortga qaytdi. Men bu safar uch marta: "Ya, arhamarrohimiyn" deb baqirdim. Shu payt bir otliq ichkariga kirdi. Qo‘lida temir nayza, nayzaning uchi olovli edi. U nayzasini qaroqchining ko‘ksiga sanchib, orqasidan chiqardi. Qaroqchi o‘ldi. Otliq menga qarab:
— Birinchi bor «Ya, arhamarrohimiyn» deganingda men yettinchi qavat osmonda edim. Ikkinchi marta duo qilganingda eng pastki qavatga tushdim. Uchinchi marta duo etganingda, bu yerga  yetib keldim, — dedi».
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2007, 05:33:05
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 30-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
 
Qur’oniy duolar

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarni bu kofir bo‘lgan kimsalarga maftun-aldanguvchi qilib qo‘ymagin, bizlarni(ng gunoxlarimizni) mag‘firat qilgin. Parvardigoro, albatta Sen O’zing qudrat va hikmat sohibidirsan! (Mumtahana surasi, 5-oyat)
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

O'ttizinchi hadis.
Shayximiz Hofiz Abulbaqo Xolid ibn Yusuf Nobilisiy Dimashqiydan, u Abu Tolib Abdulloh, Abu Mansur Yunus, Abulqosim Husayn ibn Hibatulloh al-Misriy, Abu Ya’lo Hamza va Abu Tohir Ismoildan, ular Hofiz Abulqosim Ali ibn Husayn, ya’ni Ibn Asokirdan, u Dimashq xatibi Abul Qosim Ali ibn Ibrohim ibn Abbos al-Husayniydan, u Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Yahyo ibn Salvondan, u Abulqosim Fazl ibn Ja’fardan, u Abu Bakr Abdurahmon ibn Qosim ibn Faraj al-Hoshimiydan, u Abu Mishardan, u Said ibn Abdulazizdan, u Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarrdan (r.a.), Abu Zarr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, u zot Jabroil alayhissalomdan, Jabroil (a.s.) esa Alloh taolodan quyidagilarning xabar berdilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim, Uzimga zulmni harom qildim va sizlarning oralaringizda ham uni harom qildim, bas, zulm qilmanglar! Ey bandalarim, sizlar kechayu kunduz xato qilasizlar. Men esa ahamiyat bermasdan gunohlaringizni kechiraman. Bas, Menga istig‘for aytinglar, gunohlaringizni kechaman. Ey bandalarim, barchangiz ochsiz, faqatgina Men taomlantirganlargina unday emas. Bas, Mendan taom talab qilinglar, sizlarni taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalong‘ochsiz, faqatgina Men kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar, Men sizlarni kiyintiraman. Ey bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar fojir qalbli kishi bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar taqvoli qalb kishilari bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib qolmaydi. Bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar bir tepalikda turib Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi so‘ragan narsasini bersam, mulkimdan biror narsa kamaymaydi. Faqatgina dengizga ninani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik ozayadi, xolos. Ey bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men uni sizlarga saqlab beraman. Kimki yaxshisini topsa, Alloh azza va jallaga hamd aytsin. Kimki bundan boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi».
 
Buyuk sahobalar o'gitlari

Hazrati Umar o'gitlari:
- Ey insonlar, ilm o‘rganinglar. Alloh taoloning huzurida Uning o‘zi sevgan bir libos bo‘lib, ilmning bir bobini o‘rgangan kishiga o‘sha libosni kiygizadi. Agar olim bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun uch marta tanbeh beradi. Garchi bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi).
- Kunduzlari ro‘zador, kechalari qoyim (bedor) bo‘lgan mingta obidning o‘limi halol-haromni ajrata oluvchi bir olimning o‘limidan yengilroqdir.
- Kim bir hadisni aytsa, keyin unga odamlar amal qilishsa, uni aytgan odamga amal qilgan kishining ajri barobarida savob beriladi.
- Quruqlik va dengizda yo‘l topadigan miqdorda yulduzlar ilmini o‘rganing, qolganidan o‘zingizni tiying.
- Gunoh qilishdan tiyilish gunohga tavba qilishdan osonroqdir.
- E’tiqodingizga ko‘ra yashamayotgan bo‘lsangiz, yashayotganingiz kabi e’tiqod qila boshlaysiz.
 
Saodat asri qissalari

Oxiratdagi xayru saodat
Kanona al-Adviydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"œUmar, roziyallohu anhu, harbiy qo‘mondonlarga: "œQo‘shiningiz ichidagi Qur’onni bilguvchilarning ro‘yxatini menga bering. Maoshlarini orttirib, Qur’oni karimni o‘rgatish uchun xalq orasiga yuboraman", deya xat yozdi. Abu Muso al-Ash’ariy, roziyallohu anhu, Hazrati Umarga: "œMening atrofimda ayni paytda uch yuz kishidan oshiq Qur’on bilimdonlari mavjud" deya javob maktubi yubordi.
Shunda Hazrati Umar quyidagi maktubni yozdi: "œMehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Allohning quli Umardan, Abdulloh ibn Qaysning atrofidagi Qur’on homiylariga. Sizlarga Allohning salomi bo‘lsin.
Birodarlar, unutmangki, Qur’on siz uchun oxiratda xayru saodat, dunyoda esa, baland qadr-qimmat va hayot (tiriklik) manbaidir. Bas, shunday ekan, uning ortidan ketishingiz kerak. U sizning ortingizdan ketmasin. Zero, Qur’on kimning ortidan ketsa, u kimsa yuztuban yiqiladi, dumalab-dumalab, jahannamga qulaydi. Qur’onning orqasidan ketgan kishini Qur’on Firdavs jannatiga olib boradi. Shunday qilingki, Qur’on sizlarga da’vogar emas, shafoatchi bo‘lsin. Zero, shafoatchisi Qur’on bo‘lgan kishi jannatiy, da’vogari Qur’on bo‘lgan kishi esa do‘zaxiydir.
Shuni ham bilingki, Qur’onning har bir oyati hidoyat manbai, bir ilm chechagidir. Qur’on buyuk marhamat sohibi Allohning ulug’ Kitobidir. Alloh u bilan ko‘r ko‘zlarni, kar quloqlarni va qulflog’li qalblarni ochadi. Bilingki, banda kechaning bir qismida turib, og’zini misvoklab, tahorat olgach, takbir aytib, Qur’on o‘qiy boshlasa, Alloh subhanahu va taolo unga: "œO‘qi, o‘qi! Shu toza-pokiza va xushbo‘y og’zing-la o‘qi. Senga muborak bo‘lsin", deydi. Bilingki, namoz ichida Qur’on o‘qish fazilatlarning ko‘rinmas xazinasi, xayr va barakot dasturxonidir. Shunday ekan, bu buyuk foydani qo‘lga kiritmoq uchun kuchingiz yetgunicha harakat qiling. Chunki namoz zulmat pardasini yirtuvchi bir nurdir. Zakot yaxshilik yo‘lini ko‘rsatuvchi bir mayoqdir. Ro‘za yomonliklardan asraguvchi bir qalqondir. Sabr rohatbaxsh bir nurdir. Binobarin, Qur’onga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, unga bepisand va past nazarda qaramang. Haq taolo Qur’onni hurmat qilganlarga baland darajotlar beradi. Unga bepisand bo‘lganlarni esa kamsitadi. Qur’onni yodlab, uning amrlariga rioya qilganlarning duosi Alloh dargohida mutlaqo qabul bo‘ladi. Alloh xohlasa, bu dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Alloh dargohidagi mukofotlar tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan yanada ustun va bitmas-tuganmasdir».

HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!!!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 28 Avgust 2008, 11:50:19
"Muborak Oy tuhfasi" dasturi - 1429 hijriy

(http://ziyouz.com/images/ramadan1429-3.jpg)

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
Ayyom muborak!

Muborak Oy tuhfasi dasturi 3 yildan beri Ramazon oyida taqdim etilib kelyapti. Inshaalloh bu yilgi Rahmat oyida ham davom etadi. Dastur Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz. 

Bu yilgi dastur ushbu qismlardan iborat:
- Rasululloh SAVning duolari (sahih hadislar asosida Rasululloh SAV tillaridan rivoyat qilingan duolar)
- Sahih hadisi shariflar (sahih kitoblaridan olingan ibratli hadislar)
- Sahih hikoyatlar (sahih hadislar asosida to'plangan ibratli hikoyatlar)
- Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar (sahih hadis va rivoyatlar asosida).

Dasturni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi: Qur'oni karimning o'zbekcha tarjimasi (Alouddin Mansur), "Al-Jome' as-sahih" (Imom al-Buxoriy), "Sahihi Muslim" (Imom Muslim), "Sunani Termiziy" (Imom Termiziy), "Al-adab al-Mufrad" (Imom Buxoriy), "Al-azkor" (Imom Navaviy), "Shamoili Muhammadiy" (Imom Termiziy), "Arba'iyn" (Imom Navaviy), "Riyozus solihiyn" (Imom Navaviy), "Musnad" (Imom Abu Hanifa). Har bir hadisning sanadi va roviyi ilova qilindi.

"Muborak Oy tuhfasi" dasturi www.ziyouz.com (http://www.ziyouz.com)ning Islomiy sayti (http://islom.ziyouz.com)da tayyorlangan. Dastur inshaalloh Ramazonning 30 kunida davom etadi.
Shuningdek, Muborak oy tuhfasi e-mail orqali ham yuboriladi. Agar o'zingiz va boshqa birodarlaringiz ham ushbu dasturdan bahramand bo'lishlarini hohlasangiz, ularning e-maillarini bizga ([email protected]) yo'llashingiz mumkin.

Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 01 Sentyabr 2008, 16:25:47
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 1-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘p (qilib yuradigan) duolari «Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina azaban-nar» edi. (Ma'nosi: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam dedilar: "Kimki Ramazon kechalarini, Ollohga iymon keltirib, undan savob umid etib, ibodat bilan o'tkazg'usidir, uning qilgan gunohlari mag'firat qiling'usidir". (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Halok bo‘ldim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Nechun?» - dedilar. U: «Ramazonda xotinim birla aloqa qilib qo‘ydim»,- dedi. Janob Rasululloh: «Bir qul topa (ya'ni, ozod qila) olasanmi?» - dedilar. U: «Yo‘q», - dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy muttasil ro‘za tuta olasanmi?» - dedilar. U: «Yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh: «Oltmishta miskinning qorinlarini to‘yg‘aza olasanmi?» - dedilar. U: «Yo‘q»,- dedi. Shul asnoda ansorlardan biri bir savat xurmoni Janob Rasulullohga (hadya qilib) olib kelib qoldi. Janob Rasululloh boyagi kishiga: «Mana buni olib borib, sadaqa qilgil!» - dedilar. U: «O'zimizdan kambag‘alroqqami, yo Rasulalloh? Sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, Madinaning ikki tog‘i oralig‘ida bizdan ham qashshoqroq xonadon yo‘qdur!» - dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Borgil, buni oilangga yedirgil!»- deb marhamat qildilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abu Sa'id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xitob qilib: «Darhaqiqat, Olloh taolo (bu) dunyodagi va o‘z huzuridagi bandalari orasidan bir bandani afzal ko‘rdi. Men (ham) Olloh taolo huzuridagi (ya'ni, Olloh taolo afzal ko‘rgan) o‘shal bandani afzal ko‘rdim», - dedilar. Shunda Abu Bakr yig‘lab yubordilar. Biz: «Nechun Abu Bakr Janob Rasululloh Olloh taolo afzal ko‘rgan bandani afzal kurganlari uchun yig‘layotirlar?» - deb taajjub qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrni afzal ko‘rguvchi, Abu Bakr ersalar ul zotni barchamizdan ko‘ra yaxshiroq bilguvchi kishi erdilar. Shul boisdan ham Janob Rasululloh: «Mening uchun o‘zining suhbati va mol-dunyosi borasida eng ishonchli kishilardan biri Abu Bakrdurlar. Agar rabbimdan bo‘lak (yana) bir kishini (o‘zimga) do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim. Ammo, (musulmonlar uchun Olloh taolodan ortiqroq do‘st yo‘q bo‘lib, ular orasida) Islom birodarligi-yu muhabbati (mavjud bo‘lmog‘i kerak). Masjidda Abu Bakrning eshiklaridan bo‘lak birorta eshik qolmasin!» - dedilar, (ya'ni, har kim masjid hovlisiga o‘z hovlisidan eshik ochib olgan erdi, Janob Rasululloh ana o‘shal eshiklarni nazarda tutyaptilar)». (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Sentyabr 2008, 07:33:36
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 2-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ‘ala to'atika», deb aytardilar (Ma'nosi: Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Allohim, qalbimizni toatingga burib qo‘ygin.) Imom Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning yaxshilaringiz mening zamondoshlarimdur, so‘ng ulardan keyingilar, so‘ng ulardan keyingilar» - deb marhamat qildilar. Keyin, Janob Rasululloh o‘z asrlaridan ikki yoki uch asr so‘ng dunyoga keladiganlar haqida zikr qildilarmi, yo‘qmi, buni aniq bilmayman, ul zot: «Sizlardan keyin shunday qavm dunyoga keladiki, ular xiyonat qilib, o‘zlariga nisbatan ishonchni yo‘qotadilar, va'da beradilar-u, vafo qilmaydilar, (dunyo lazzatlariga berilib ketganlaridan) semirib ketadilar» - deb aytdilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Uch kishi yo‘lda ketayotgan erdi, birdan yomg‘ir yog‘ib qolib, tog‘dagi bir g‘orga kirib berkinishdi. Shu payt, tog‘dan bir katta tosh (qoya) dumalab tushib, g‘orning og‘zini tusib qo‘ydi. Shunda ular bir-birlariga: «Olloh yo‘lida biror xayrli ish qilgan bo‘lsangizlar, o‘shani o‘rtaga qo‘yib parvardigorga iltijo qilingizlar, zora u g‘orning og‘zini ochsa!» - deyishdi. Ulardan biri: «Yo Olloh, mening keksayib qolgan ota-onam bor erdilar. O'zim ersam qo‘ychivonlik qilardim. Har kuni yaylovdan qaytgach, quylarni sog‘ib, sutini avval ota-onamga, so‘ng bolalarim va ahli ayolimga berardim. Bir kuni yaylovda kech qolib ketdim, kelsam, ular uxlab qolishibdi. Odatdagidek, quylarni sog‘ib, sutini ota-onamning huzurlariga olib bordim-u, ularni uyg‘otishga botinolmay turib qoldim. Bolalarim ersa (sut so‘rab) oyoqlarim ostida talpinib yig‘lashardi. Shu ahvolda tong ottirdik. Yo Olloh, agar bilsang, bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini bir oz ochgil, toki biz osmonni ko‘raylik!» - deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orning og‘zini bir oz ochdi. Keyin, ularning ikkinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men amakimning qizlaridan birini erkaklar ayollarni yaxshi kurgandek qattiq sevardim. U (ya'ni, amakimning qizi menga): «Yuz dinor bermaguningcha maqsadga erisholmaysan», - dedi. Men yuz dinor topib uning oldiga bordim-da, o‘zimni oyoqlari orasiga olib erdim: «Ollohdan qyorqgil, muhrni halollab ochgil!» - dedi. Shunda men darhol o‘rnimdan turib, undan nari ketdim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini (kattaroq) ochgil!» - dedi. Olloh taolo g‘or og‘zining uchdan ikki qismini ochdi. So‘ng, ulardan uchinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men bir kishini bir faraq (3 so') makkajo‘xoriga yollab erdim. Ish tugagach, haqini berdim, ammo u olmay ketib qoldi. Keyin, men o‘sha (bir faraq) makkajo‘xorini ekib, dehqonchilik qildim, hosilini sotib, puliga bir sigir va molga qarab turish uchun bir xizmatkor (qul) sotib oldim. Bir kuni o‘sha yollangan odam kelib, haqini mendan talab qildi. Men: «Bor, anavi sigir va uning boquvchisi senga!» - dedim. U menga: «Meni masxara qilayotirsanmi?» - dedi. Men: «Yo‘q, masxara qilmayotirman, o‘sha sigir va uning boquvchisi senga, ularni olib ketaver!» - dedim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. G'orning og‘zini butunlay ochgil!» - deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orniig ogzini butunlay ochdi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Hamza otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotganimda (ya'ni, tushimda) sut ichdim, hatto uning tirnoqlarim atroflaridan oqib chiqayotganini ko‘rdim. So‘ng, ortib qolganini Umar ibn al-Xattobga berdim», - dedilar. Shunda (sahobalar): «Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasulalloh?» - deyishdi. Ul zot: «Ilmga», - dedilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Umar ibn Hattobning adolati.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=55) (29:09 minut, 20,1 Mb)

Umar ibn Hattobning nafs tarbiyasi.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=66) (03:22 minut, 1,54 Mb)

Umar ibn Hattobning o'limi.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=54) (13:04 minut, 5,98 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Sentyabr 2008, 10:23:29
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 3-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh nomi bilan mashaqqatli balodan, baxtsizlikning eng past darajasidan, qazo (qadar)ning yomonidan va dushmanning ichqoraligidan panoh tilanglar», deb aytdilar, ya'ni «A'uvzu billahi min jahdil balo va darakish shaqoi va suv'il qazo va shamotatil a'doi», deb duo qilinglar, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Allohning shunday bandalari borki, Qiyomat kuni ular minbarda o‘tiradilar. Ularning liboslari nur, yuzlari yorug‘ bo‘ladi. Ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas, lekin payg‘ambarlar ham, shahidlar ham ularga havas bilan qaraydilar». Shunda sahobalar: «Ular kimlar, yo Rasululloh?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ular Alloh uchun bir-birlarini yaxshi ko‘rganlar, Alloh uchun bir-birlarini ziyorat qilganlar va Alloh uchun bir-birlari bilan o‘tirganlardir», dedilar. (sahih, Tabaroniy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Banu Isroilga mansub bir yahudiy ikkinchi bir yahudiydan qarz so‘radi. Shunda qarz berguvchi: «Menga ishonchli guvohlar keltir!» - dedi. Qarz olguvchi: «Ollohning guvohligi kifoya» - deb aytdi. Qarz berguvchi: «Unday bo‘lsa, menga kafil keltir!» - dedi. Qarz olguvchi: «Ollohning kafilligi kifoya», - dedi. Qarz berguvchi: «Rost gapni aytding», - dedi-da, unga muayyan muddatga qarz berdi. Keyin, qarz olgan odam kemaga ultirib ravona bo‘ldi-da, mo‘ljallagan ishlarini ado etgach, qarz bergan odamga olgan qarzini vaqtida olib borib berish uchun kema axtara boshladi, ammo birorta ham kema topa olmadi. Noiloj, u bir yog‘ochni oldi-da, ichini uyib, kavagiga ming dinor va qarz bergan kishiga yozgan xatini tiqib qo‘ydi. So‘ng, kavak og‘zini berkitib, yog‘ochni dengiz sohiliga olib keldi-da: «Yo parvardigoro, mening bir odamdan ming dinor qarz olganimni va u guvoh keltirmog‘imni talab qilganda «Ollohning guvohligi kifoya» deganimni, so‘ng u sening guvohligingta rozi bo‘lib, kafil keltirmog‘imni talab qilganda «Ollohning kafilligi kifoya» deganimni va u sening kafilligingga rozi bo‘lganini bilursan. Keyin, men uning haqini vaqtida olib borib berish uchun kema topishga ko‘p harakat qildim, ammo topolmadim. Endi, bu omonatni senga ishonib topshirurman» - deb yog‘ochni dengizga tashladi, yog‘och dengizda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. So‘ng, u o‘z yurtiga boradirgan kema axtara boshladi. Unga qarz bergan boyagi kishi xususiga kelsak, u: «Shoyad qarz olgan kishi biror kemada pulimni olib kelib qolgan bo‘lsa, borib qaray-chi!» - dedi-da, uyidan chiqib sohilga bordi. Shunda uning ko‘zi suvda qalqib turgan bir yog‘ochga tushib, «O'tinga yarab qolar» degan o‘y birlan uni uyiga olib ketdi. Uyiga borgach, yog‘ochni arralab erdi, ichidan pul va bir xat chiqdi. Shu asnoda qarz olgan kishi yetib kelib, ung‘a ming dinor uzatdi-da: «Olloh taolo haqi, qarzimni vaqtida olib kelib berish uchun tinmay kema axtardim, ammo hozir men kelgan kemadan ilgariroq yo‘lga chiqadirgan kema topolmadim» - deb uzr aytdi. Qarz bergan kishi unga: «Menga biror narsa jo‘natib erdingmi?» - dedi. Qarz olgan kishi: «Senga hozir aytdim-ku, axir, bundan ilgariroq yetib kelish uchun kema topolmadim, deb!» - dedi. Shunda qarz bergan kishi unga: «Darhaqiqat, Olloh taolo yog‘och ichida yuborgan narsangni sening nomingdan menga yetkazdi», - dedi. So‘ng qarz olgan kishi o‘zi birlan olib kelgan ming dinorni qaytarib olib ketdi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» - deb aytganlarida o‘shal quduqni Hazrat Usmon qaziganlar (sotib olganlar). Shuningdek, Janob Rasululloh: «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidir» - deb aytganlarida ham (o‘shal g‘azotga) Hazrat Usmon qo‘shin tayyorlaganlar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)


Usmon ibn Affonning o'gitlari.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=68) (02:44 minut, 1,25 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 04 Sentyabr 2008, 13:46:08
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 4-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni val harami val buxli va a'uvzu bika min ‘azobil qabri vaa'uvzu bika min fitnatil mahya val mamoti», boshqa rivoyatda «Va zila'iddayni va g‘alabatir rijal», deb aytardilar (ma'nosi: Allohim, Sening noming bilan ojizlikdan, dangasalikdan, ko‘rqoqlikdan, munkillab qariya bo‘lishdan, baxillikdan, qabr azobidan, tirik va o‘liklar fitnasidan hamda qarz yukidan va kishilarning g‘olib kelishidan panoh tilayman). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash'ariy (r.a) rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Tahorat-pokizalik iymonning yarmidir. «Al-hamdu lillah» mezonni to‘ldiradi. «Subhanalloh va al-hamdu lillah» osmonlaru yer oralig‘ini to‘ldirishadi - yoki to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa- zakot (iymonning sahihligiga) dilil-burhondir. Sabr ziyodir! Qur'on sizning foydangizga yoxud zararingizga ishlaydigan hujjatdir. Hamma tong sahardan harakat qilib o‘zini (Allohga yoki shaytonga) sotadi. Pirovardida nafsini (dunyo xorligi-yu Oxirat azobidan) xalos qiladi yoki (gunoh-ma'siyatlarga botib,) uni halok etadi. (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir odam yo‘lda ketayotib chanqab qoldi-da, bir quduqni uchratib, uning ichiga tushib suv ichdi. So‘ng, quduqdan chiqib, bir itning tashnalikdan harsillab tuproq namini yalayotganini ko‘rdi. Shunda u o‘ziga-o‘zi: «Bu it ham men kabi chanqab qolibdi» - deb quduqqa qayta tushdi va mahsisini suvga to‘ldirdi-da, quduqdan chiqib itga ichirdi. Olloh taolo bul amali solihi uchun uning gunohlarini kechirdi», - dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, hayvonlarga suv ichirsak ham, bizga savob tegurmi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «(Biz sug‘oradirgan) har bir jonzotda biz uchun savob (ajr) mavjuddur», - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Aliga: «Sen mendan va men sendandurman», - deganlar.

Hazrat Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam  Alidan rozi bo‘lib bu dunyodan ko‘z yumdilar», - deydilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Ali ibn Abu Tolib va Handaq g'azoti.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=57) (07:38 minut, 3,47 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2008, 07:29:40
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 5-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Menga bir duo o‘rgatingki, u bilan namozimda iltijo qilayin», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron vala yag‘firuz zunuba illa anta fag‘firliy mag‘firatan min ‘indika, varhamniy innaka antal g‘ofurur rohiym», deb ayt, dedilar (ma'nosi: Allohim, men nafsimga ko‘p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqasi kechira olmaydi. Uzingning huzuringdan bo‘lgan mag‘firat ila meni kechirgin. Va menga rahm qilgin, albatta Sen kechirguvchi, rahmli Zotsan). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abdurrahmon ibn Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch bor: «Eng katta gunohi azimlar xususida sizlarga xabar qilayinmi?» - dedilar. Sahobalar: «Ha, yo Rasulalloh!» - deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Ollohga shirk keltirmoqlik, ota-onaga itoatsizlik...» - dedilar-da, yonboshlab yetgan erdilar, o‘ltirib oldilar. So‘ng: «Yolg‘on gap ham (eng katta gunohi azimlardan) emasmi?!» - deb takror-takror aytaverdilarki, hatto biz: «Qaniydi, bas qilsalar!» - dedik». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Banu Isroil qavmidan Jurayj ismli bir odam o‘z hujrasida ibodat qilib turgan erdi, onasi kelib uni chaqirdi. Shunda u onasining ovozini eshitgan bo‘lsa ham, ibodatini buzib, javob bergisi kelmadi. Onasi uni ikkinchi marta chaqirdi. Bu safar ham u javob bermadi. Onasi uchinchi bor chaqirdi, u yana javob bermadi. Onasi uning qoshiga kelib: «Ilohi, Jurayj fohisha xotinlar yuzini ko‘rmay, o‘lmasin!» - deb qarg‘adi. Bir kuni Jurayj o‘z hujrasida erdi, bir xotin kelib uni o‘ziga rom qilishga urindi, ammo u ko‘nmadi. Keyin, o‘sha ayol bir cho‘pon birlan aloqa qilib, undan farzand orttirdi-da: «Bu bola Jurayjdan» - deb gap tarqatdi. Natijada odamlar kelib, Jurayjning hujrasini buzib tashlashdi, o‘zini urib, haqorat qilishdi. So‘ng, Jurayj tahorat olib, ibodat qildi-da, ayolning bolasi oldiga borib: «Ey bola, sening otang kim?» - deb erdi, bola: «Mening otam cho‘pon», - dedi. Boyagi odamlar (xijolat bo‘lib) Jurayjga: «Hujrangni tilladan qayta qurib berurmiz», - deyishdi. Ammo, Jurayj: «O'zi xom g‘ishtdan (kesakdan) qurilgan erdi, sizlar ham xom g‘ishtdan qurib beringizlar!» - dedi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja'far ibn Abu Tolibga: «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga uxshaydi» - deb marhamat qilganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Miskinlarga eng ko‘p xayr-ehson qilguvchi odam Ja'far ibn Abu Tolib erdilar. Ul kishi doimo bizga muruvvat ko‘rsatib, uylarida bor narsa birlan qornimni to‘yg‘azar erdilar, hattoki ichida hech vaqo yo‘q yog‘ idishlarini olib chiqsalar ham, biz uni yalab tozalab qo‘yar erdik». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Ja'far ibn Abu Tolib.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=116) (19:02 minut, 8,71 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 06 Sentyabr 2008, 07:44:04
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 6-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Abu Muso al-Ash'ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duo bilan iltijo qilardilar: «Allohumma ig‘firliy xatiy'atiy va jahliy va isrofiy fiy amriy vama anta a'lamu bihi minniy, Allohumma ig‘fir liy jaddiy va hazliy va xatoiy va ‘amdiy va kullu zalika ‘indiy, Allohumma ig‘firliy ma qoddamtu vama axxartu vama asrartu vama a'lantu vama anta a'lamu bihi minniy, antal muqaddimu va antal muaxxiru va anta ‘ala kulli shay'in qodir». (Ma'nosi: Allohim, xatolarimni, johilligimni, ishdagi isroflarimni kechirgin. Sen uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Allohim, jiddiyligimni, hazilimni, xatoimni, qasdimni va mening huzurimdagi barchasini kechirgin. Allohim, oldingi qilgan gunohlarimni, keyingilarini, yashirin qilganlarimni, ochiqcha qilganlarimni kechirgin. Sen uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Sen avvalgi-yu oxirgisan. Sen har bir narsaga qodirsan.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar odamlar azon birlan (namozxonlarning) birinchi safida qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, (masjidga azonga qadar yetib kelib, birinchi safdan joy olish uchun) o‘rtalarida qur'a tashlashdan bo‘lak iloj topolmay, qur'a tashlagan bo‘lur erdilar! Agar odamlar takbirda qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, unga (barvaqtroq yetib kelish uchun) kim o‘zarga musobaqalashgan bo‘lur erdilar! Agar odamlar xufton va bomdodda qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, ularga emaklab bo‘lsa ham, kelur erdilar!» - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «(Bir kuni) Sulaymon ibn Dovud alayhissalom: «Men bul kecha albatta yuzta (yoxud to‘qsonta) xotinni ziyorat qilurman, ularning barchasi menga Olloh taoloning yo‘lida jihod qilguvchi bittadan chavandoz tug‘ib berur!» - dedilar. Shunda ul kishining do‘stlari (ya'ni, Jabroil alayhissalom): «Inshoolloh, deb aytingiz!» - dedilar. Ammo, ul kishi (o‘zlarining ezgu orzu-xayollari bilan band ekanliklari boisidan Jabroil alayhissalomning suzlarini eshitmay qolib), «Inshoolloh» demadilar. Pirovardida, ul xotinlarning faqat bittasigina homilador bo‘lib, u ham oyog‘i noqis bola tug‘di. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot haqi, agar «Inshoolloh» deganlarida (ul ayollar bittadan o‘g‘il tug‘ib bergan va) ularning barchasi Olloh taolo yo‘lida ot minib jihod qilgan bo‘lur erdilar!». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» - deb marhamat qilganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etgan bemorliklari vaqtida qizlari Fotimani duo qilib, unga bir sir aytib erdilar, yig‘lab yubordi, keyin uni yana duo qilib, yana bir sir aytib erdilar, kulib yubordi. Men Fotimadan buning boisini so‘rasam, u: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ana shu bemorliklari vaqtida vafot etajaklarini qulog‘imga aytib erdilar, yig‘lab yubordim. Keyin, ul zot yana qulog‘imga: «Sen xotin, bola-chaqalarim ichida birinchi bo‘lib menga ergashursan»-deb erdilar, kulib yubordim», - dedi». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Fotima binti Muhammad.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=58) (08:41 minut, 3,98 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2008, 12:21:26
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 7-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida «Allohumma inniy a'uzu bika min sharri ma ‘amiltu va min sharri ma lam a'mal», deb aytardilar (Ma'nosi: Allohim, men Sendan amal qilgan va amal qilmagan narsalarimning yomonidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti halokatli (gunohi azimlar)dan o‘zingizni olib qochingizlar!» - dedilar. (Sahobalar): «Yo Rasulalloh, ular qaysi (gunohi azimlar?)» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taologa shirk keltirmoq, sihr qilmoq, Olloh taolo (o‘ldirmoqni harom) qilgan jonni nohaq o‘ldirmoq, poraxo‘rlik qilmoq, yetimlar molini yemoq, qo‘shin yurish qilgan kuni jangdan qochmoq va buzuqlik (ne ekanligi)dan bexabar, pokdomon mo‘minalarni badnom kilib qo‘ymoqdur», - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Payg‘ambarlardan biri (ya'ni, Yo‘sha' ibn Nun) g‘azotga chiqmoqchi bo‘ldilar. Shunda ul kishi o‘z qavmlariga: «Ayolning farjiga yetishib (ya'ni, yaqindagina bir ayolga uylanib), uning huzuriga kirmoq orzusida turgan, hali uni jimo' qilib ulgurmagan biror kishi mening ortimdan (g‘azotga) ergashmasin! Uylar qo‘rib, hanuz tomlarini yopa olmagan (kishilardan) birortasi ham (mening ortimdan g‘azotga) ergashmasin! (Shuningdek, bo‘g‘oz) qo‘y yoki (bo‘g‘oz) tuyalar sotib olib, ularning bolalamog‘ini kutayotgan biror kishi ham (mening ortimdan g‘azotga) ergashmasin!» - deb amr qildilar. (Chunki, bunday kishilarning xayollari doimo xotinlari, uylari va mol-hollarida bo‘lib, g‘azotdan chalg‘ir erdilar). So‘ng, ul kishi (bir qancha yahudiy qabilalari birlan birga) g‘azotga yo‘l olib, asr namozi vaqtida yoki taxminan shu vaqtlarda bir qishloqqa (ya'ni, Ariyhoga) yaqinlashdilar. (Shu kuni jum'a kuni bo‘lib, ikki o‘rtada qattiq jang boshlandi. Ammo, Yo‘sha' alayhissalom Quyosh botishiga va yahudiylar uchun urush man' qilingan shanba tunining kirishiga oz vaqt qolganidan xavotir olib), Quyoshga: «Sen (botishga) buyurilgansan, men ersam (sen botguncha urush qilishga) buyurilganman»,- (dedilar. So‘ng, Olloh taologa): «Yo parvardigoro, (ularni mag‘lub etgunimizga qadar) Quyoshni (botishdan) to‘xtatib turgil!» - deb iltijo qildilar. (Shunda Olloh taolo) Quyoshni (botishdan) to‘xtatib, Yo‘sha' alayhissalomga zafar ato etdi. So‘ng, ul kishi (barcha) o‘ljalarni (bir yerga) to‘plab erdilar, (Olloh taolo ul o‘ljalarni yondirib yubormoq uchun o‘tni yubordi), lekin o‘t kelib o‘ljalarni yendirmadi. (Ya'ni, Yo‘sha' alayhissalomning qavmlariga o‘lja olmoq harom qilingan bo‘lib, ular har jangdan so‘ng o‘ljalarni bir yerga . tuplashar erdi. Keyin, Olloh taolo utni yuborib, o‘t ul o‘ljalarni yendirar erdi. Ammo, bu safar o‘t o‘ljalarni yondirmadi, chunki ular o‘ljalardan o‘g‘irlab, yashirib qo‘yishgan erdi). Yo‘sha' alayhissalom (qavmga): «Oralaringizda xiyonat sodir bo‘ldi, shul bois har bir qabiladan bir kishi menga (qo‘l berib) bay'at qilsin (qasam ichsin!)» - dedilar. Ular Yo‘sha' alayhissalomga (qo‘l berib) bay'at qilishayotganda bir kishining quli ul kishining qo‘llariga yopishib qoldi. Shunda Yo‘sha' alayhissalom (o‘shal kishiga): «Xiyonat sizlarning orangizda sodir bo‘lgandur, endi sening qabilang menga bay'at qilsin!» - dedilar. O'shal qabila ahli (birma-bir) bay'at qilganda ulardan ikki yoki uch kishining quli Yo‘sha' alayhissalomning qo‘llariga yopishib qoldi. Shunda Yo‘sha' alayhissalom (ularga): «Xiyonat sizlarning orangizda sodir bo‘lgandur» - deb erdilar, ular sigir kallasidek keladirgan bir oltinni olib kelib, (o‘ljalarga qo‘shib) qo‘yishdi. Shundan so‘nggina, o‘t o‘ljalarni yondirdi. Keyin, Olloh taolo (ilgarigi payg‘ambarlarning qavmlaridan birortasiga halol qilmagan) o‘ljalarni bizga halol qildi, u bizning zaif va bechorahol ekanligimizni ko‘rib, (bizga rahm aylab) o‘ljalarni bizga halol qildi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa Zubayr ibn al-Avvomdur» - deb marhamat qildilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 08 Sentyabr 2008, 05:59:23
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 8-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Quyidagilar ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolaridan edi: «Allohumma inniy a'uzu bika min zavoli ni'matika va tahavvuli ‘ofiyatika va faj'ati niqmatika va jamiy'i suxtika». (Ma'nosi: Allohim, bergan ne'mating zavol bo‘lishidan, bergan ofiyating o‘zgarib ketishdan, to‘satdan keluvchi o‘chingdan va jamiki g‘azabingdan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarning (o‘zaro qilgan) har bir salom-aligi uchun savob yozilur, Quyosh chiqadirgan har bir kunda (ya'ni, bu dunyoda) odamlar o‘rtasida qilingan adolat uchun savob yozilur!» - deb marhamat qildilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Payg‘ambarlardan biri (dam olmoq bo‘lib) bir daraxt ostiga kelib o‘ltirdilar. Bir mahal bir chumoli ul kishini chaqib olib erdi, kiyimlarini yechib ichidan chumolini olib tashlashni hamda uning iniga o‘t qo‘yishni amr qildilar. Shunda Olloh taolo ul kishiga vahiy yuborib: «Sizni bitta chumoli chaqmaganmidi?! (Nega endi bitta chumolini deb, butun chumolilar iniga o‘t quydingiz?!) - dedi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Hazrat Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va saldam vafot qilayotib undan (Talha ibn Ubaydullohdan) rozi ekanliklarini aytganlar», - deydilar.

Qays ibn Abu Hozim: «Men Talhaning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (jangda) pana qilib turgan qo‘llarini ko‘rdim, o‘shal qullari (o‘q tegaverganidan) shol bo‘lib qolibdi». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Talha ibn Ubaydulloh.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=91) (11:23 minut, 5,21 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2008, 06:03:28
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 9-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni, val buxli val hammi va ‘azabil qobri, Allohumma ati nafsiy taqvoha va zakkiha anta xayru man zakkaha anta valiyyuho va mavlaha, Allohumma inniy a'uvzu bika min ‘ilmin la yanfa'u va min qolbin la yaxsha'u vamin nafsin la tashbau' va min da'vatin la yustajobu laha», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, Sening noming ila ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, g‘amdan, qabr azobidan panoh tilayman. Allohim, nafsimning taqvosini bergin va uni poklagin va Sen poklovchilarning yaxshisisan. Sen do‘sti va xojasisan. Allohim, Sening noming ila foyda bermaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan va ijobat qilinmaydigan duodan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning to‘qson to‘qqizta, (ya'ni) bir kam yuzta ismi bor. Kimki ularni yodlab olsa, jannatga kirgay» - deb marhamat qildilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Sa'id ibn Jubayr Ibn Abbos raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Ibrohim alayhissalom o‘zlari va oilalari o‘rtasidagi voqea sodir bo‘lganda Ismoil alayhissalom birlan Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojarni) olib (Shomdan Makka tomon) yo‘lga chiqdilar. Shunda ularning bir mesh suvdan bo‘lak yo‘l ozigi yo‘q erdi. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) o‘shal meshdan yo‘l-yo‘lakay suv ichib borib erdilar, sutlari bolalariga mo‘l keldi. Ibrohim alayhissalom Makkaga yetib kelgach, ularni (Bibi Hojar va Ismoil alayhissalomni) bir katta daraxt ostida qoldirdilar-da, (darhol) oilalariga (Shomga) tomon yo‘lga tushdilar. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) ul kishiga ergashib, Kado' degan yerga yetganlarida ortlaridan chaqirdilar-da: «Ey Ibrohim (alayhissalom), bizni kimga (ishonib) tashlab ketayotirsiz?» - dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Olloh taologa», - dedilar. Bibi Hojar: «Menga Olloh (er bo‘lsa) bas!» - deb qaytib ketdilar. Keyin, ul muhtarama (anchagacha) meshdagi suvdan ichib yurdilar, sutlari bolalariga mo‘l kelib turdi. Meshdagi suv tamom bo‘lgach, (o‘zlariga o‘zlari): «Nariroqlarga borib qarayin-chi, zora biror odamni uchratsam!» - dedilar. So‘ng, yura-yura Safo tepaligiga yetib borib, unga ko‘tarildilar-da, tepadan turib atrofni kuzatdilar. Ammo biror kimsaga ko‘zlari tushmadi. Keyin, vodiyga (o‘g‘ilchalari qolgan yerga) qaytib borgach, sa'y qilib Marva tepaligiga keldilar. Bu harakatni shitob birla qildilar. So‘ng, (o‘zlariga o‘zlari): «Vodiyga qaytay-chi, unga (o‘g‘ilchamga) ne bo‘ldi ekan?» - deya vodiyga borib qarasalar, o‘g‘ilchalari o‘lim talvasasidagi odam singari holatda yotibdi. Uning bu ahvolini ko‘rgach, yuraklari bezovta bo‘lib: «(Yana) borib qarayin-chi, zora biror odamni uchratsam!» - deya (shitob birlan) Safoga bordilar-da, tepasidan turib atrofni rosa kuzatdilar, ammo biror odamni ko‘rmadilar. Shu tariqa (bu yerga) yetti marta kelib ketdilar. So‘ng, (Marva tepasidan atrofni kuzatib turib, hech kimni ko‘rmagach, o‘zlariga o‘zlari): «Borib qarayin-chi, o‘g‘ilchamga ne bo‘ldi ekan?» - deb ham erdilarki, bir ovoz quloqlariga chalindi. Shunda: «Parvardigoro, duo-yu iltijolarimga ijobat qilib, najot ber!» - deb erdilarki, Jabroil alayhissalom namoyon bo‘lib, tovonlari birlan yerni ezdilar. Shunda (erdan) suv otilib chiqdi. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) bundan hayratlangancha suv atrofini kavlab hovuzcha qila boshladilar. Abulqosim (Rasululloh) sallallohu alayhi va sallam: «Agar unga tegmaganlarida oqar sup bo‘lgan bo‘lur erdi», - deydilar. So‘ng, Bibi Hojar o‘shal suvdan ichib yurib erdilar, bolalariga sutlari mo‘l keldi. Kunlardap bir kuni (Yamandan) yo‘lga chiqqan Jurhum mahallasi ahli (Bibi Hojar o‘g‘ilchalari birlan turgan) vodiy orqali o‘tib ketayotib (osmonda gir aylanib uchayotgan) bir qushni ko‘rib qolishdi-da, ko‘zlariga ishonmay: «Bu qush faqat suv ustidagina uchib yurur», - deyishdi. Keyin, ular o‘shal tomonga bir necha kishini yuborishib erdi, suv borligini bilib qaytishdi-da, sheriklariga shul haqda xabar qilishdi. Keyin, hammalari Bibi Hojarning huzurlariga borishib: «Ey Ismoil (alayhissalom)ning onasi, bizning siz birlan bo‘lmog‘imizga (siz birlan birga turmog‘imizga) ijozat bergaymisiz?» - deyishdi, (ijozat berganlaridan so‘ng, ular o‘sha yerda yashab qolishdi. Yillar o‘tib) Bibi Hojarning o‘g‘illari voyaga yetdilar va Jurhum ahli ayollaridan biriga uylandilar. Kunlardan bir kuni Ibrohim alayhissalom Bibi Hojar birlan o‘g‘illari yodlariga tushib, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limning holidan xabar olmoqchiman» - deb yo‘lga chiqdilar. Yetib kelgach, salom berdilar-da: «Ismoil qaerda?» - deb ul kishining xotinlaridan so‘radilar. U: «Ov qilgani ketganlar», - dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ering uyga qaytganda unga aytgilki, eshigining ostonasini o‘zgartirsin!» - deb tayinladilar. Keyin, Ismoil alayhissalom uylariga qaytgach, xotinlari boyagi gapni aytdi. Ismoil alayhissalom: «Huzuringga kelgan kishi mening otam bo‘ladilar, endi sen taloqsan, uyingga jo‘na!» - dedilar. (Birmuncha vaqt o‘ggach), Ibrohim alayhissalom ularni eslab, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limdan xabar olmoqchiman» - dedilar. Yetib kelgach, Ismoil alayhissalomning (keyingi xotinlariga): «Ismoil qaerda?» - dedilar. U: «Ov qilgani ketganlar. Uyga kiring, biror narsa yeb-ichib oling!» - dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ne yeb-ichursizlar?» - dedilar. U: «Yeguligimiz go‘sht va ichimligimiz suv», - dedi. Ibrohim alayhissalom: «Yo parvardigor, ularning taomiga va ichimligiga baraka ato etgaysan!» - deb duo qildilar. Abulqosim (Rasululloh) sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo) Ibrohim alayhissalomning duolari tufayli (ularning go‘shtu suviga) baraka (ato etdi)», - dedilar. (Yana birmuncha vaqt o‘tgach), Ibrohim alayhissalom ular yodlariga tushib, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limdan xabar olmoqchiman - dedilar. Kelganlarida Ismoil alayhissalomni zamzam qudug‘ining ortida kamonlarining o‘qini tuzatib turgan holda uchratdilar-da: «Ey Ismoil, parvardigoring o‘ziga uy (Baytulloh) qurib bermog‘imni menga amr qildi», - dedilar. Ismoil alayhissalom: «Parvardigoringizga itoat etingiz!» - dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Parvardigor bu ishda menga yordam bermog‘ingni buyurdi», - dedilar. Ismoil alayhissalom: «Demak, shunday (yoki aytganini) qilurman», - dedilar. Keyin, ikkalalari o‘rinlaridan turishdi, Ibrohim alayhissalom uy qurishni boshladilar, Ismoil alayhissalom ersalar tosh uzatib turdilar. Shunda ikkalalari nuqul: «Yo parvardigorimiz, bizdan (ushbu amalimizni) qabul aylagil, darhaqiqat sen (bizning duomizni) eshitguvchi, bilguvchisan!» - deyishar erdi. Shu tariqa bino baland ko‘tarilib, keksa Ibrohim alayhissalom (yuz yoshda erdilar) toshlarni yuqoriga ko‘tarishga zaiflik qilib qoldilar. Shunda ul kishi bir tosh ustiga chiqib oldilar, Ismoil alayhissalom (o‘ttiz yoshda erdilar) ersalar tosh uzatishda davom etdilar. Ikkalalari nuqul (yana): «Yo parvardigorimiz, bizdan (ushbu amalimizni) qabul aylagil, darhaqiqat sen (bizning duomizni) eshitguvchi, bilguvchisan!» - deyishar erdi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Sa'd ibn Abu Vaqqos (Sa'd ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» - deb aytdilar», - deydilar.

Sa'd ibn Abu Vaqqos: «Men Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arabdurman. Biz (sahobalar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azot qilur erdik, daraxt barglaridan o‘zga yeguligimiz bo‘lmas erdi, hattoki ba'zi birimizning ichimiz tuya tezagi yoki qo‘y qumalog‘i kabi erdi. Keyin, Banu Asad menga: «Namozni yaxshi ado etmaysan, ilgarigi amali solihlaringni habata qilding!» - deb tanbeh bera boshladi». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Sa'd ibn Abu Vaqqos.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=92) (30:13 minut, 13,8 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2008, 06:13:53
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 10-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Sa'd ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir a'robiy kelib, «Ey Allohning rasuli, menga bir kalom o‘rgatingki, uni aytib yurayin», deganda, u zot: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, Allohu Akbar kabiyron valhamdu lillahi kasiyron subhanallohi robbil olamiyna, la havla vala quvvata illa billahil azizil hakim» (ma'nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Alloh ulug‘larning ulug‘idir. Allohga ko‘p hamd bo‘lsin. Olamlar Rabbi Allohni poklab yod eturman. Hakim, Aziz sifatli Allohdan boshqa biror o‘zgartiruvchi ham quvvat ham yo‘q), deb ayt, dedilar. A'robiy: «Bular Rabbim uchundir. Men uchun esa nima?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy va ‘ofiniy», deb ayt, dedilar. (Ma'nosi: Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni hidoyat et, meni rizqlantir va ofiyatda qil.) Imom Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, meni notavonliqdan, yalqovlikdan, (qarib) ezma bo‘lib qolmoqdan, shuningdek tiriklik va o‘lim chog‘ida bo‘ladirgan fitnalardan hamda qabr azobidan o‘z panohingda asragil!» - deb iltijo qilur erdilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «O'lim farishtasi (odam qiyofasida) Muso alayhissalomga yuborildi. U kelgach, Muso alayhissalom uni (o‘zlari birlan urushmoqni qasd qilib ijozatsiz uylariga kirib kelgan odam, deb o‘yladilar-da), bir urib (ko‘zini chiqardilar). So‘ng, farishta o‘z parvardigori qoshiga qaytib borib: «Meni o‘limni istamagan bandang huzuriga yuboribsan», - dedi. Olloh taolo uning ko‘zini o‘rniga qaytarib: «(Uning oldiga) qaytgil-da, unga aytgilki, qo‘lini bir ho‘kizning ustiga qo‘ysin, qo‘li yopgan barcha junlarning har biri - uning uchun bir yil (umrdur)»,- dedi. (Farishta Olloh taoloning amrini yetkazgach), Muso alayhissalom: «Yo parvardigorim! (Undan) keyinchi?» - dedilar. Olloh taolo: «(Undan) keyin o‘limdur», - dedi. Muso alayhissalom (Olloh taolo birlan tezroq uchrashish shavqida): «(Unday bo‘lsa), hozir (omonatingni olaver)», - dedilar. So‘ng, Olloh taolodan o‘zlarini Muqaddas yerga (Bayt ul-Maqdisga) bir tosh otim masofada yaqinlashtirmog‘ini so‘radilar. (Ya'ni, Bayt ul-Maqdisga bir tosh otim yaqin masofada dafn qilinmoqlarini so‘radilar. Chunki, ko‘pchilik payg‘ambarlar o‘shal yerga dafn qilingan bo‘lib, ularga yaqin bo‘lmoqni o‘zlariga xayrli deb bildilar va Olloh taolo ularga nozil qiladirgan fazlu rahmatning o‘zlariga ham naf'i tegmog‘idan umid qildilar). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘shal yerda bo‘lsam, ul kishining qizil qum uyumi yonidan o‘tgan yo‘l chekkasidagi qabrlarini sizlarga albatta ko‘rsatar erdim», - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).


Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Misvar ibn al-Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali Abu Jahlning qizi (Juvayriya)ga uylanmoqchi bo‘ldilar. Fotima alayhossalom buni eshitib qolib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar-da: «Qavmingiz ta'kidlashayotirki, siz qizlaringizga aziyat yetkazilsa, darg‘azab bo‘lmas emishsiz. Anavi Ali ersa mening ustimga Abu Jahlning qiziga uylanmoqchi», - dedilar. Shunda men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘rinlaridan turib kalimai shahodat aytgach, bunday deganlarini eshitdim: «Ammo ba'd, men (katta qizim Zaynabni) Abu al-Os ibn ar-Rabiy'ga nikohlab bergan erdim, u (qizim ustiga uylanmaslikka menga va'da berib) so‘zining ustidan chiqdi. Fotima mening bir bo‘lagimdur, men unga biror kimsaning yomonlik qilmog‘ini istamasman. Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizi birlan Olloh taoloning dushmani (bo‘lmish Abu Jahlning) qizi bir erning nikohida bo‘lmas!» - dedilar. Shundan so‘ng, Hazrat Ali o‘shal qizga uylanmadilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Abul Os ibn Robe'.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=113) (10:35 minut, 4,84 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 11 Sentyabr 2008, 06:17:22
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 11-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma aslih liy dinillaziy huva ‘ismatu amriy, va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma'oshiy va aslih liy oxiratillatiy fiyha ma'odiy, vaj'alil hayota ziyodatan liy fiy kulli xayrin vaj'alil mavta rohatan liy min kulli sharrin», deb aytardilar (Ma'nosi: Allohim, ishlarimni saqlovchi dinimni isloh qil. Yashaydiganim dunyoimni isloh et. Qaytishim unga bo‘lgan oxiratimni isloh qil. Har bir yaxshilikda hayotimni ziyoda qil. Va har bir yomonlikda o‘limni rohat qil.) Imom Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Inson (o‘z) vujudining har bir bo‘g‘imi uchun Quyosh chiqib (olamni munavvar qilguvchi) har kuni (Olloh taolo yo‘lida) xayru ehson (amali solihlar) qilmog‘i lozim bo‘lib, uning ikki odam orasini kelishtirib qo‘ygani ham savobdur, (safarda) hamrohini uloviga mingashtirib olib yoki uning yukini uloviga ortib olib, yordam qilgani ham savobdur, (birovning ko‘nglini ko‘targuvchi, unga dalda berguvchi) yaxshi (shirin) so‘z aytgani ham savobdur, namoz (uqiyman, deb) qo‘ygan har biri qadami ham savobdur va (odamlarga) ozor berguvchi (tosh, kesak, najosat kabi) narsalarni yo‘ldan olib tashlagani ham savobdur». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Men birlan odamlar [ya'ni, mening odamlarni jahannam o‘tidan qutqarmoq bo‘lib Islomga qilgan da'vatim birlan odamlarga dillari ziynatlab (aldab) ko‘rsatgan botil (yolg‘on, bekorchi) narsa] - o‘t yoqqan odam birlan o‘tga uchib kelgan parvonalar (yoki turli hasharotlar)ga o‘xshaydi. (O't yeqqan kishi) o‘shal hasharotlarni (harchand haydamasin), ular o‘zlarini o‘tga uraveradilar. Ikki ayol bo‘lib, ularning o‘g‘ilchalari o‘zlari birlan birga erdi. Nogahon bir bo‘ri kelib, ulardan birining o‘g‘ilchasini olib ketdi. Shunda (o‘g‘ilchasini bo‘ri olib ketgan ayol) dugonasiga: «Darhaqiqat, bo‘ri sening o‘g‘ilchangni olib ketdi», - dedi. U: «Yo‘q, sening bolangni olib ketdi», - dedi. Natijada ikkalasi tortisha-tortisha Dovud alayhissalomning huzurlariga borishdi. Dovud alayhissalom yoshi katta ayolning foydasiga hukm chiqarib, (omon qolgan bolani o‘shanga berdilar. Chunki, bola o‘sha ayolning qo‘lida erdi. Ikkinchi ayol Dovud alayhissalomning hukmlariga qarshilik qilmoqqa ojizlik qildi). So‘ng, ikkala ayol Sulaymon ibn Dovudning huzurlariga borishib, bo‘lgan voqeani ul kishiga aytib berishdi. Shunda Sulaymon alayhissalom: «Menga pichoq keltiringizlar, bolani ikki nimta qilib, ularga bo‘lib beraman», - dedilar. Yoshi kichik ayol: «Bunday qilmangiz, Olloh taolo xayringizni bersin! Bu bola shu ayolning bolasi», - dedi. Shundan so‘ng, Sulaymon alayhissalom bolani yoshi kichik ayolga bermoqni hukm qildilar».(sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zayd ibn Horisaga: «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» - deb marhamat qildilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Zayd ibn Horisa.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=102) (11:07 minut, 5,09 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 12 Sentyabr 2008, 06:55:10
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 12-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma laka aslamtu va bika omantu va'alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu. Allohumma inniy a'uzu bi'izzatika la ilaha illa anta an tuzillaniy antal hayyullaziy la yamutu val jinnu val insu yamutun», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, Senga bo‘ysundim, Senga imon keltirdim, Senga tavakkal qildim, Senga tavba qildim va Sening noming ila xusumatlashdim (ya'ni, Sening noming ila hujjat talab qildim, difo' qildim va urishdim). Allohim, meni adashtirmog‘ingdan izzating ila panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo‘qdir. Sen tirikdirsan, o‘lmaysan. Ins va jin o‘lishadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Burda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muoz (ibn Jabal) va Abu Musoni Yamanga (ya'ni, Yamandagi ikki viloyatga amir qilib) yuborayotib: «Osonlashtiringizlar, qiyinlashtirmangizlar, (Olloh taoloning fazlu karami benihoyat keng ekanligini aytib, odamlarni) xushnud qilingizlar, (do‘q-po‘pisalar birlan) ularni cho‘chitib quymangizlar, bir-biringiz birlan kelishib (ish qilingizlar), o‘zaro janjallashmangizlar!» - deb tayinladilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Banu Isroilga mansub bir ayol o‘g‘ilchasini emizib turgan erdi. Nogahon uning yonidan (jang liboslarini kiyib, qurol-yarog‘larini taqib olgan) bir (xushqomat) otliq o‘tib qoldi. Boyagi ayol (unga havasi kelganidan): «Yo parvardigoro, mening o‘g‘ilchamni ham shu kishiga monand qilgil!» deb duo qildi. Shunda go‘dak onasining ko‘kragidan og‘zini oldi-da, otliqqa o‘girilib qarab: «Yo parvardigoro, meni unga o‘xshash qilmagil!» - deb iltijo qildi. So‘ng, yana onasining ko‘kragini og‘ziga olib, emishda davom etdi. Keyin, boyagi ayol bir cho‘ri (joriya) yonidan o‘tib ketayotib: «Yo parvardigoro! o‘g‘ilchamni shu cho‘riga o‘xshash qilmagil!» - deb duo qildi! Shunda go‘dak (yana) og‘zini onasining ko‘kragidan olib: «Yo parvardigoro, meni shu cho‘riga o‘xshash qilgil!» - deb iltijo qildi. Onasi (hayron bo‘lib): «Nechun bunday deding?»- dedi. O'g‘ilchasi: «Boyagi otliq zolimlardan biridir, manavi cho‘ri ersa, odamlar unga «o‘g‘risan, zinokorsan» deyishgani birlan, u bunday ishlarni sira qilmagan»,-dedi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men birlan (nabiralari) Hasanni ko‘tarib olardilar-da: «Yo parvardigoro, bularni (O'zingga) mahbub qilgaysen, chunki men bularni yaxshi ko‘rurmen!» - der erdilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Usoma ibn Zayd.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=87) (10:40 minut, 4,89 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 13 Sentyabr 2008, 14:27:00
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 13-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu kalimalar bilan duo qilardilar: «Allohumma inniy a'uzu bika min fitnatin nari va ‘azobinnar va min sharril g‘ina val faqri». (Ma'nosi: Allohim, do‘zax fitnasidan, do‘zax azobidan, boylik va kambag‘allik yomonliklaridan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.

Sahih hadisi shariflar

Muoviya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo qaysi bandasiga savob (ya'ni, barcha savoblarni yohud ulkan savob) ato etmoqni ixtiyor qilsa, uni din borasida faqih (dinni teran tushunguvchi, din bilimdoni) qilur. Darhaqiqat men Qosim (taqsim qilguvchi)man, Olloh taolo ersa ato etguvchidur. Bu ummat Olloh taoloning amri kelgunga (ya'ni, Qiyomatga) qadar ham o‘zlariga muxoliflik qilayotganlarga qarshi kurashni davom ettirurlar!» - deb marhamat qildilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitgan erkanlar: «Darhaqiqat, Banu Isroiddagi uch kishini - pes, kal va ko‘rni Olloh taolo sinamoqchi bo‘lib huzurlariga bir farishtani yo‘lladi. Farishta (avval) pesning qoshiga kelib: «Eng ko‘p orzu qiladirgan narsang nedur?» - dedi. Pes: «Chiroyli rang va chiroyli teri, (chunki) odamlar mendan hazar qilayotirlar» - deb javob berdi. Farishta uning (badanini) silagach, pesi yo‘qolib, unga chiroyli rang va chiroyli teri ato etildi. So‘ng, farishta (yana) undan: «Qanday molga (ega bo‘lmog‘ingni) ko‘proq orzu qilursan?» - deb suradi. U: «Tuyaga» - deb erdi, unga qornida o‘n oylik bo‘talog‘i bor bir (urg‘ochi) tuya ato etildi. Farishta unga: «(Olloh taolo) uyangga baraka ato etsin!» - deb tilak qilgach, kalning qoshiga bordi-da: «Eng ko‘p nimani orzu qilursan?» - dedi. Kal: «Chiroyli sochni hamda mana shu darddan xalos bo‘lmog‘imni, (chunki) odamlar mendan hazar qilayotirlar» - deb javob qildi. Farishta uning (boshini) silag‘ach, (kallig‘i) yo‘qolib, unga chiroyli soch ato etildi. So‘ng, farishta (yana) undan: «Qanday molga (ega bo‘lmog‘ingni) ko‘nroq orzu qilursan?» - deb so‘radi. U: «Sigirga», - dedi. Farishta unga bir bo‘g‘oz sigirni bergach: «(Olloh taolo) sigiringni muborak qilsin!» - dedi-da, ko‘rning qoshiga keldi. Ko‘rdan: «Eng ko‘p orzu qiladirgan narsang nedur?» - deb so‘radi. Ko‘r: «Olloh taolo ko‘zimni qaytarib bermog‘ini hamda uning birla odamlarni ko‘rmog‘imni (orzu qilurman)», - dedi. Farishta uning ko‘zlarini silagach, Olloh taolo uni yana ko‘radirg‘an qildi. So‘ng, farishta unga: «Qanday molni ko‘proq orzu qilursan?» - dedi. U: «Qo‘yni» - deb erdi, farishga unga bir bo‘g‘oz sovliq berdi. Keyin, (tez orada) tuya egasi bo‘taloqli, sigir egasi buzoqli va sovliq egasi qo‘zichoqli bo‘ldi. Natijada birining vodiysi tuyalarga, ikkinchisining vodiysi sigirlarga, uchinchisining vodiysi ersa quylarga to‘lib ketdi. Shundan so‘ng, farishta (o‘shal) pes (bo‘lgan) kishining qoshiga ilgari kelgandagi qiyofasida kelib: «Men bir miskin odamman, safarimda muhtojlikdan qiynaldim. Avvalo Olloh taolo, qolaversa sen tufayli bugun murodimga yetmog‘im mumkin. Senga chiroyli rang, chiroyli teri va ko‘plab mol dunyo ato etgan zot haqqi-hurmati! Menga bitta tuya bersang, murodimga yetgayman», - dedi. (Ilgari pes bo‘lgan) kishi: «Seni qara-yu, ishtahang juda karnay-ku!» - dedi. Farishta: «(Shoshma), men seni taniydirganga o‘xshayman, ilgari pes bo‘lmaganmiding, odamlar sendan hazar qilishmasmidi, faqir ekanligingda Olloh taolo senga mol-dunyo ato etmaganmidi?!» - dedi. U: «Bu mol-dunyoni ota-bobolarim menga meros qilib qoldirgandur» - deb (Olloh taoloning ns'matini inkor qildi). Shunda Farishta: «(Olloh taolo) yolg‘on gapirganing uchun seni asl holingga (pes va faqirlik holingga) qaytarsin» - deb uni duoi bad qildi. So‘ng, ilgari kal bo‘lgan kishining qoshiga avvalgi qiyofasida kelib, unga ham (pesga) aytgan gaplarini aytib erdi, u ham pes kabi javob qildi. Shunda farishta: «(Olloh taolo) yolg‘on gapirganing uchun seni asl holingga qaytarsin!» - deb uni ham duoi bad qildi-da, ilgari ko‘r bo‘lgan kishining qoshiga avvalgi qiyofasida kelib: «Men bir miskin odamman, musofirman, safarimda muhtojlikdan qiynaldim. Avvalo Olloh taolo, qolaversa sen tufayli bugun murodimga yetmog‘im mumkin. Senga ko‘zingni qaytarib bergan zot haqqi-hurmati! Menga bir dona qo‘y bersang, safarimda menga kifoya qilur erdi», - dedi. Shunda ilgari ko‘r bo‘lgan kishi: «Men ko‘r erdim, Olloh taolo ko‘zimni qaytarib berdi, faqir erdim, meni boy qildi, istagan narsangni olaver! Olloh taolo haqi, bugun men parvardigor yo‘lida (molimdan o‘zing muhtoj bo‘lgan har qancha) narsani olmog‘ingga qarshilik qilmasman!» dedi. Shunda farishta: «Molingni olib qolaver, sizlar sinaldingizlar (ya'ni, Olloh taolo sizlarni sinadi) Parvardigor sendan rozi bo‘lib, ikki sherigingga (tuya va sigir sohiblariga) g‘azab qildi (yoki ularni yana pes va kal qildi)», dedi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abdulloh Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayotlik vaqtlarida bir kishi bor erdi, u agar tush ko‘rsa, darhol ul zotga aytib berar erdi. O'shal kezlarda men masjidda yotib yurguvchi bir bo‘ydoq yigitcha bo‘lib, «Qani endi, men ham bir tush ko‘rsam-u, uni Janob Rasulullohga aytib bersam!» - deb orzu qilur erdim. Nihoyat, bir kuni tush ko‘rdim. Tushimda go‘yo ikki farishta meni ushlab jahannam tomon olib borishgan emish. Jahannamning atrofi (ya'ni, og‘zi) quduq (og‘zi) singari (erdan) ko‘tarib qurilgan bo‘lib, (quduqniki kabi) ikki ustuni bor emish. Jahannamda men ilgari tanigan odamlar bor bo‘lib, «Yo parvardigoro, meni jahannamdan o‘z panohingda asragil! Yo parvardigoro, meni jahannamdan o‘z panohingda asragil!» - der emishman. Keyin, bizga boshqa bir farishta duch kelib, u menga: «Qo‘rqma!» - degan emish. Sung, men bu tushimni Hafsaga aytib berdim, u ersa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib beribdi. Janob Rasululloh: «Abdulloh o‘zi ajoyib (solih) yigit, qani endi, kechalari turib namoz o‘qisa!» - deb marhamat qilibdilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Abdulloh ibn Umar.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=84) (23:22 minut, 10,7 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2008, 05:58:48
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 14-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirganlarida, bir kishi namoz o‘qidi-da, so‘ngra «Allohumma inniy as'aluka bianna lakal hamdu la ilaha illa antal mannonu badiy'us samavati val'arzi ya zal jaloli val ikrom ya hayyu ya qayyumu», deb duo qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Batahqiq, u Ismi a'zam bilan Allohga duo qildi. Agar u bilan duo qilinsa, ijobat qilinadi. Va agar u bilan so‘ralsa, beriladi», dedilar. (Ma'nosi: Allohim, men Sendan so‘rayman. Albatta maqtov Sen uchundir. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen saxiy va yeru osmonni yaratgan zotsan. Ey ulug‘lik va hurmat egasi, ey tirik va barhayot sifatli zot.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.

Sahih hadisi shariflar

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhdan rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning nabiyi, amallarning qaysisi jannatga yaqinroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar». (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Sa'id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Banu Isroilga mansub bir kishi bor erdi. O'shal kishi to‘qson to‘qqizta odamni nohaqdan-nohaq o‘ldirdi. So‘ng, («Tavba qilsam, gunohim kechirilarmikan?» - deb) so‘ragali (o‘sha davr olimlarini izlab yo‘lga) chiqdi-da, bir (nasroniy) rohibning huzuriga keldi. Undan: «(Qilgan gunohim uchun) tavba qilsam, bo‘ladimi?» - deb so‘radi. Rohib: «(To‘qson to‘qqizta odamni nohaqdan-nohaq o‘ldirganingdan keyin, sening uchun tavba (qilmoqqa yo‘l) yo‘q! - deb erdi, u uni ham o‘ldirdi. So‘ng, u surishtira surishtira (yana) bir kishi (rohib)ning huzuriga borib, undan ham shul haqda so‘radi. Rohib unga: «(Ha, tavba qilib, mag‘firat qilinmog‘ing uchun) falon qishloqqa borgil, (ul yerdagi odamlar yolg‘iz Olloh taologagina ibodat qilurlar, sen ham ana o‘shalar birlan birga Olloh taologa ibodat qilgil, ammo o‘z yurtingga aslo qaytmagil, chunki yurting qabohat maskanidur!)» - dedi. (Shundan so‘ng, u o‘shal qishloq tomon yo‘l oldi. Ammo, yo‘lning yarmiga borganda) uning ortidan o‘lim yetib kelib, (yuz tuban yiqildi-da), o‘zi istagan qishloq tomon ko‘kragi birlan intilgancha tek qoldi. Shunda rahmat farishtalari birlan azob farishtalari uning xususida tortishib qolishdi. (Rahmat farishtalari: «U Olloh taologa astoydil tavba qilmoq niyatida kelayotgan erdi», - deyishdi. Azob farishtalari ersa: «U sira ham xayrli ish qilmagandur,- deb aytishdi. Shu asnoda bir boshqa farishta odam qiyofasida ularning oldiga kelib erdi, ular o‘sha ne boisdan tortishayotganlarini ma'lum qilishdi. Boyagi odam qiyofasidagi farishta: «Uning qishlog‘i birlan bormoqchi bo‘lgan qishloq oraligini o‘lchangiz, agar u o‘zi chiqib kelgan kofirlik maskani bo‘lmish qishloqqa yaqinroq yerda o‘lgan bulsa, kofirlar qatorida qoladi va agar tavba qilmoq bo‘lib ketayotgan qishloqqa yaqinroq yerda ulgan bo‘lsa, ul holda tavba qilguvchilar qatoriga o‘tadi», - dedi). Shunda Alloh gaolo tavba qilguvchilar qishlog‘iga: «U (o‘lgan yerga) yaqinlash!» deb, kufr maskani bo‘lmish qishloqqa ersa «U (o‘lgan yerdan) uzoqlash!» - deb vahiy (birla amr) qildi, so‘ng farishtalarga): «Ikki qishloq oralig‘ini o‘lchangizlar!» dedi Farishtalar o‘lchab ko‘rishgan erdi, uning tavba qilguvchitar qishlog‘iga bir qarich yaqinroq yerda o‘lganligi ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, Olloh taolo uni mag‘firat qildi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» - deb marhamat qildilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 15 Sentyabr 2008, 06:23:29
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 15-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Abul Yasradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uzu bika minal hadmi va a'uzu bika minattaraddiy va a'uzu bika minal g‘oraqi val haraqi val harami va a'uzu bika an yataxabbatanish-shaytonu ‘indal mavti va a'uzu bika an amuvtu fiy sabiylika mudbiron va a'uzu bika an amuvta ladiyg‘on», deb duo qilardilar. (Ma'nosi: Allohim, (uy) buzilib ketishidan, qulashdan, g‘arq bo‘lishdan, yong‘indan, o‘ta qarilikdan va o‘lim paytida shayton yo‘ldan urishidan Sening noming ila panoh tilayman. Va yana Sening yo‘lingda orqa o‘girib o‘lmoqlikdan (urushda orqaga chekinmoqdan) va (biror narsa tomonidan) chaqilgan holda o‘lmoqdan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. Boshqa bir rivoyatda «...g‘amdan panoh tilayman» bo‘lib kelgan.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga Madina bozorlaridan birmda erdim. Janob Rasululloh (bozordan) qaytdilar, men ham qaytdim. Keyin: «Qani mening kichkintoyim?!« -deb uch marotaba takrorladilarda: «Hasan ibn Alini chaqir!» - dedilar. Hasan ibn Ali bo'yniga munchoq taqqan holda o'rnidan turib kela boshladi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam quchoqlarini ochib: «Mana bunday qil!» dedilar. Hasan ibn Ali ham quchog'ini ochib Mana bunday qiling!»- dedida, ul zotning bag'rlariga o'zini tashladi. Janob Rasululloh: «Ey xudoyim, men buni juda ham yaxshi ko'raman, buni yaxshi ko'rganni ham yaxshi ko'raman dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu gapni aytganlaridan so'ng Hasan ibn Ali mening uchun eng suyukli odam bo'lib qoldi!» - deydilar. (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir kishi bir odamning hovlisini sotib oldi Keyin, u o‘shal sotib olgan hovlisidan bir ko‘za oltin topib olib, uning sobiq egasiga: «Mendan oltiningni olgil, chunki men sendan yer sotib olganman, oltin sotib olgan emasman», - dedi. Yerning (hovlining) sobiq egasi esa: «Darhaqiqat, men senga yer va undagi barcha narsalarni sotganman», - dedi. Shul tariqa ular o‘zaro bahslashib, bir kishiga arz qilishdi. Shunda ul ikkisiga: «Bolalaringiz bormi?» -.dedi. Hovli sotib olgan kishi: «Mening o‘g‘lim bor», - dedi. Hovli sotgan kishi esa: «Mening qizim bor», - dedi. Qozilik qilayotgan kishi: «Yigitni qizga nikohlab, oltinning bir qismini ikkisiga nafaqa qilingizlar hamda qolganini shaxsan o‘zlaringiz sadaqa qilingizlar!» - dedi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari) Hasanni yonlariga olib minbarga o‘ltirdilar. Hasan bir odamlarga va bir ul zotga jovdirab qarar erdi. Shunda ul zot: «Mening mana bu o‘g‘lim (nabiram) sayyiddur. Shoyad Olloh taolo uning vositasi ila musulmonlarning ikki guruhini yarashtirsa!» - dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (gavdasining ko‘krakdan pastki qismi tuzilishi jihatidan) Hasan ibn Alidan ko‘ra uxshashroq kishi bo‘lmagandur», - deydilar.

Bir kishi Ibn Umardan: «Ehrom bog‘lagan odam pashshani o‘ldirsa, ne bo‘lgay?» - deb so‘radi. Shunda Ibn Umar: «Manavi iroqliklarga qarangizlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (Hasan va Husaynni quchoqlab hamda hidlab turib): «Bu ikkisi mening bu dunyodagi ikki (xushbo‘y) rayhonimdur!» - deb aytganlariga qaramay, ul zotning qizlarining farzandlari bo‘lmish (Husaynni) o‘ldirishib, tag‘in: «Ehromdagi odam pashshani o‘ldirsa, ne bo‘lgay?» - deb tahqirona savol berayotirlar», - dedilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 16 Sentyabr 2008, 06:44:19
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 16-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, Hazrati Alidan (r.a.) yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi?» Agar «Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika va ag‘niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini o‘qib yursang, qarzing «sir» tog‘icha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. (Ma'nosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila Uzingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Agar Olloh taolo biror bandasini sevib qolsa, Hazrat Jabroilga: «Darhaqiqat Olloh taolo falon bandasini sevib qoldi, sen ham uni sevgil!» - deb nido qilgay. Shunda Jabroil alayhissalom uni sevib qolgaylar-da, osmon ahliga: «Darhaqiqat Olloh taolo falon bandasini sevib qoldi, sizlar ham uni sevingizlar!» - deb nido qilgaylar. Shunda osmon ahli ham o‘shal bandani sevib qolgay. Ana shundan so‘nggina yerdagilar (odamlar) qalbida unga nisbatan muhabbat paydo bo‘lgay». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «(Sizlardan ilgari o‘tgan odamlarning orasida) bir (badavlat) kishi bo‘lgan bo‘lib, u odamlarga (beg‘araz) qarz berib turar erdi hamda xizmatkoriga (doimo): «Agar biror muhtoj odamning qoshiga (olgan qarzini so‘rab) borsang-u, (u hozir uzolmasligini aytsa), olgan qarzidan kechgil, shoyad Olloh taolo bizning ham (gunohlarimizdan) kechsa!» - der erdi. Keyin, (o‘shal kishi vafot qilganda) Olloh taolo uning gunohlaridan o‘tdi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Bilolga: «Men jannatda ro‘paramdan kelayotgan qadamlaring tovushini eshitdim» - deb marhamat qilganlar.

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar: «Abu Bakr bizning sayyidimiz bo‘lib, sayyidimizni (ya'ni, Hazrat Bilolni) qullikdan ozod qilgandurlar» - der erdilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Bilol ibn Raboh.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=85) (25:43 minut, 11,7 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2008, 08:21:46
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 17-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Oisha (r.a.): «Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, agar Laylatul qadr ekanini bilsam, nima deb aytaman», deb so'radilar, shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma innaka ‘afuvvun, tuhibbul ‘afva fa'fu ‘anniy», deb ayt», dedilar. (Ma'nosi: Ey Rabbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko'rasan. Meni afv et.) Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Shayton qaysi biringizningdir oldingizga keladi-da (ya'ni, yuragingizga vasvasa soladi-da): «Falon narsani kim yaratgan, falon narsani kim yaratgan?» - deydi, hattoki- «Rabbingni kim yaratgan?» - deb aytadi (ya'ni, xayolingizga mazkur savollarni keltiradi). Agar (xayolingizga shunday shaytoniy) savollar kelsa, darhol: «A'uuzu billohi minash-shaytonir-rajiym!» - deb shaytonning vasvasasidan qutilingiz!». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bu kecha tushimda ikki kishi (farishta)ning huzurimga kelganlarini ko‘rdim. Ular meni bir muqaddas joyga olib bordilar. Yo‘lda bir qon oqar daryoga duch keldik. Daryoning o‘rtasida uning qirg‘og‘ida ham bittadan odam bo‘lib, daryoning qirg‘og‘idagi odamning qo‘lida (ancha) tosh bor erdi. Daryoning o‘rtasidagi odam qirg‘oqqa chiqishga har qancha intilmasin, qirg‘oqdagi odam uning og‘ziga tosh otib, turgan joyiga qaytarar erdi. Men ulardan (farishtalardan): «Bular kim?»- deb so‘ragandim: «Qon daryosining o‘rtasida turgan kishi sudxo‘rlik birlan tirikchilik qilgan odamdur»- deb javob berishdi. (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abdulloh Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni bag‘rilariga bosib: «Yo parvardigoro, bunga hikmatni (Qur'onni) o‘rgatgil!» (ya'ni, «Qur'on hofizi va faqihi qilgil!») - deb duo qildilar», - deydilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Abdulloh ibn Abbos.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=73) (15:22 minut, 7,03 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 18 Sentyabr 2008, 06:37:59
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 18-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Shahr ibn Huvshabdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Ummu Salamaga (r.a.) «Ey mo‘minlar onasi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizning huzuringizda bo‘lganlarida eng ko‘p qiladigan duolari qaysi edi?» deganlarida, Ummu Salama (r.a.): «Ko‘p duolari «Ya muqallibal qulub sabbit qolbiy ‘ala diynik» edi», dedilar. (Ma'nosi: Ey qalblarni o‘zgartiruvchi, qalbimni diningda sobit qil.) Imom Termiziy rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Qiyomat xususida savol berib: «Qiyomat qachon?» - dedi. Janob Rasululloh (unga): «Qiyomatga qanday hozirlik ko‘rib qo‘ygansan?» - dedilar. U: «Olloh taolo birlan uning Rasuliga bo‘lgan muhabbatimdan bo‘lak hech qanday tayyorgarligim yo‘q», - dedi. Janob Rasululloh: «Sen o‘zing sevganlar birlan birgasan», - dedilar. Biz Janob Rasulullohning «Sen o‘zing sevganlar birlan birgasan» degan gaplariga quvonganchalik hech narsaga quvonmagan erdik. Men ham Janob Rasulullohni, Hazrat Abu Bakr va Hazrat Umarni sevaman. Garchi men ular qilgan amali solihlarni qilmagan bo‘lsam-da, ularga bo‘lgan muhabbatim tufayli (oxiratda) ular birlan birga bo‘lmog‘imni orzu qilurman!». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol burda olib keldi. Sahd ibn Sa'd: «Burda nimaligini bilasizlarmi?»- deb sahobalardan suradi. Sahobalar: «Ha, bilamiz, burda - chetiga popuk to‘qilgan shamladir», - deyishdi. Haligi ayol: «Yo Rasulalloh, buni sizga atab o‘z qo‘lim birlan to‘qiganman», - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari muhtoj bo‘lganliklari uchun ham uni oldilaar, so‘ng (ichkariga kirib), izor o‘rnida kiyib, bizning oldimizga chiqdilar. Shunda qavmdoshlardan biri: «Yo Rasulalloh, shuni menga kiydiring!»- dedi. Janob Rasululloh: «Mayli», - dedilar. O'sha kishi Olloh taolo istagancha majlisda o‘ltirib, so‘ng qaytib ketdi. Rasululloh burdani o‘rab, ketidan unga berib yubordilar. Keyinchalik, qavmdoshlari unga: «Yaxshi ish qilmading, ul zotning biror narsa so‘ragan kishiga «yo‘q» demasliklarini yaxshi bilarding-ku!» - deyishdi. U: «Olloh taolo haqi, men burdani o‘lganimda o‘zimga kafanlik bo‘lsin, degan niyatdagina so‘ragan erdim», - dedi. Sahl ibn Sa'd; «Darhaqiqat, o‘sha burda unga kafan bo‘ldi», - degan edi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘kong‘ich ham, sharmsiz ham emas edilar. Ul zot: «Sizlarning mening uchun eng mahbubingiz xulqi eng yaxshingizdur!» - der erdilar. Shuningdek, ul zot: «Qur'onni to‘rt kishidan - Abdulloh ibn Mas'ud, Huzayfaning ozod qilgan quli Solim, Ubay ibn Ka'b va Mu'oz ibn Jabaldan o‘rganingizlar!» - deb ham aytganlar».

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Biz Huzayfadan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga fe'lu atvori va tariqati jihatidan yaqin kishi xususida so‘radik, chunki undan o‘rnak olmoqchi erdik. Shunda Huzayfa: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Ibn Ummu Abd (ya'ni, Abdulloh ibn Mas'ud)dan ko‘ra fe'lu atvori va tariqati yaqinroq kishini bilmasman», - dedilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Abdulloh ibn Mas'ud fazilatlari.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=64) (16:12 minut, 7,41 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 19 Sentyabr 2008, 06:13:56
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 19-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingdan dunyo va oxiratda ofiyat va sog‘likni so‘ramog‘ing», dedilar. U kishi ikkinchi kuni ham kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh yana shuni aytdilar. So‘ngra uchinchi kuni ham kelganda, yana shu duoni aytib, «Agar dunyo va oxiratda ofiyat berilsang, batahqiq najot topding», dedilar (ya'ni, Allohumma inniy as'alukal ‘ofiyata val mu'ofota fid-dunya val oxira). Ibn Moja rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yetmishdan yoki oltmishdan ortiq bo‘lakdir. Bularning eng afzali «La ilaha illalloh» bo‘lsa, eng pasti odamlar yuradigan yo‘ldan ozor beruvchi narsalarni olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar. (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, va'z chog‘ida o‘ltirishingiz uchun bir narsa yasatib beraymi, chunki mening duradgor g‘ulomim bor», - dedi. Janob Rasululloh: «Agar xohlasang, mayli, unga ayt, menga bir minbar yasab bersin!»- dedilar. Jum'a kuni Janob Rasululloh (yangi) minbarga chiqib o‘ltirdilar. Shunda Janob Rasululloh ilgari yonida turib (yoki ustiga chiqib) va'z aytgan xurmo to‘nkasi shul qadar o‘ksinib yig‘ladiki, hatto yorilib-yorilib ketadigandek tuyuldi. Janob Rasululloh buni eshitib minbardan tushdilar-da, to‘nkani bag‘rlariga bosdilar. Shundan so‘ng, to‘nka xo‘rsina-xo‘rsina yupanib qolgan go‘dak kabi asta-sekin tinchlandi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Ilgari eshitgan va'zlarni qo‘msab yig‘ladi», - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:  «Ey  Oisha, Jabroil alayhissalom senga salom aytayotirlar», - dedilar. Men: «Ul kishiga (ham) salom hamda  Olloh taoloning rahmati va barakoti bulsin! Siz, (yo Rasulalloh), men ko‘ra olmaydirgan narsalarni ko‘ra olursiz», - dedim».

Abu Muso al-Ash'ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘pchilik erkaklar kamolotga erishdi, ammo Imron qizi Maryam va fir'avnning xotini Osiyodan bo‘lak ayollar kamolotga erishmadi. Oishaning boshqa ayollardan afzalligi ersa sariydning (ya'ni shunday nomli taomning) boshqa taomlardan afzalligi kabidur» - dedilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Oyisha binti Abu Bakr.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=70) (15:13 minut, 6,96 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2008, 01:19:11
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 20-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda ko‘p duolar bilan iltijo qilardilar-u, biz undan birortasini yodlab qola olmas edik. Shunda men: «Ey Rasululloh, ko‘p duolar bilan iltijo qilasiz-u biz undan birortasini yodlamaymiz», desam, u zot: «Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlaganiga dalolat qilaymi? U «Allohumma inniy as'aluka min xoyri ma sa'alaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va na'uzu bika min sharri masta'ozaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va antal musta'onu va ‘alaykal balag‘u vala havla vala quvvata illa billah»dir, dedilar. (Ma'nosi: Allohim, nabiyying Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman. Va nabiyying Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panoh so‘rayman. Va Sen yordam so‘raluvchi zotsan. Yetuklik Sengadir. Allohdan boshqa o‘zgartiruvchi va quvvat yo‘qdir.) Imom Termiziy rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abdulloh ibn Amr ibn Oss aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Musulmonlarning qaysi biri yaxshiroq?» deb so‘raganida, u zot: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘luvchi kishi yaxshiroqdir», dedilar». (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdim. Tuyam juda imillab kelardi. Shu payt yonimdan Nabiy sallallohu alayhi va sallam utib qoldilar-da: «Bu kim?» - dedilar. Men: «Jobir ibn Abdullohman», - dedim. «Nega orqada qolding?» - dedilar. «Tuyam imillab qoldi», - dedim. «Tayog‘ing bormi?» - dedilar. Men: «Bor», - dedim. «Uni menga ber!» - dedilar. Men tayoqni bergandim, ul zot u birlan tuyani o‘rib: «Chu, jonivor!» - dedilar. Shunda tuyam ilgarilab ketib, qavmning oldiga o‘tib oldi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Uni menga sot!» - dedilar. «U sizga, olaqoling, yo Rasulalloh!» - dedim. «Uni menga sot, to‘rt dinorga xarid qildim, ammo Madinagacha uni o‘zing minib borasan», - dedilar. Madinaga yaqinlashganimizda tuyamni tezlatdim. Shunda ul zot: «Namuncha shoshmasang!» - dedilar. «Yaqinda bir bevaga uylangandim», - dedim. «Sen birlan o‘ynab-kuladigan birorta yosh qiz yo‘qmidi?» - dedilar. «Otam vafot etganlaridan keyin, (to‘qqizta) singilga qarab turish mening zimmamga tushdi. Shuning uchun ularni yuvib-tarab, tarbiyalay oladirgan bevaga uylana qoldim», - dedim. Madinaga yetib kelganimizda Janob Rasululloh Bilol (raziyallohu anhu)ga: «Buning (tuyaning) haqini ortig‘i birlan to‘lagin!» - dedilar. Bilol menga turt dinor-u bir qiyrot berdilar. Janob Rasululloh ning o‘sha bir qiyrot siylovlarini umrbod cho‘ntagimda saqladim». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir ipak hulla (ishton va kuylak) hadya qilishdi. Janob Rasulullohning sahobalari hullaning nafisligidan taajjub qilishib uni qo‘llari birlan ushlab ko‘rayotgan erdilar, ul zot ularga: «Buning nafisligidan taajjub qildingizlarmi? Sa'd ibn Muozning (jannatdagi) ro‘molchasi bundan yaxshiroqdur!» - dedilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 21 Sentyabr 2008, 00:56:34
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 21-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Ibn Mas'uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Allohumma innaa nas'aluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag‘firotika, vassalamata min kulli ismin val g‘oniymata min kulli birrin val favza biljannati van najota (bi'avnika) minannar» ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolaridan edi. (Ma'nosi: Allohim, rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib qiladigan narsani, har bir gunohdan salomat bo‘lishni va har bir yaxshilikda g‘animatni hamda jannat bilan zafar qozonishni va yordaming bilan do‘zaxdan najot topishni so‘rayman). Imom Hokim «Mustadrak»larida rivoyat qilganlar. Muslimning shartlariga binoan sahihdir.

Sahih hadisi shariflar

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uchta xislat borki, ular kimda bo‘lsa, iymon lazzatini topibdi: 1. Biror kishini faqat Alloh uchun yaxshi ko‘rsa. 2. Alloh va Uning rasuli boshqa narsalardan sevimli bo‘lsa. 3. Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin yana kofirlikka qaytmog‘idan ko‘ra olovga tashlanishni afzalroq deb bilsa», dedilar. (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga Ramazon zakotini (fitri ro‘zani) qo‘riqlab turish vakolatini berdilar. Shunda bir odam kelib, zakotga berilgan xurmolardan hovuchlab ola boshladi. Men uni ushlab olib: «Seni hozir Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib borurman!» - dedim. U: «Men muhtojman, bola-chaqam ko‘p, juda zoriqib qoldim», - dedi. Keyin, men uni qo‘yib yubordim. Ertalab Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ey Abu Hurayra, kecha siz qo‘lga tushirgan odam ne qildi?» - dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, u juda muhtoj ekanligi va bola-chaqasining ko‘pligidan shikoyat qildi. Shul bois rahmim kelib, uni qo‘yib yubordim», - dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, u sizga yolg‘on gapirgan, bugun yana qaytib kelur»,- dedilar. Keyin, men: «Janob Rasululloh «Qaytib kelur» dedilarmi, demak, albatta qaytib kelur» - deb uni; poyladim. O'shal kuni u yana kelib, xurmodan hovuchlab ola boshladi. Men uni yana ushlab oldim-da: «Hozir seni Janob rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib borurman!» - dedim. U yana: «Muhtojman, bola-chaqam ko‘p, endi kelmayman, meni qo‘yib yubor!» - dedi. Shunda men rahmim kelib, uni yana qo‘yib yubordim. Ertalab Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Ey Abu Hurayra, asiringiz ne qildi?» - dedilar. Men: «U bola-chaqasi ko‘pligidan, muhtoj ekanligidan shikoyat qilib, endi qaytib kelmasligini aytib erdi, rahmim kelib, yana quyib yubordim», - dedim. Janob Rasululloh: «U sizni aldagan, u yana qaytib kelur», - dedilar. So‘ng, men uni uchinchi marta poylab turdim. U yana kelib, xurmodan hovuchlab ola boshlagan erdi, men uni ushlab oldim-da: «Hozir seni Janob Rasulullohning huzurlariga olib borurman, uch safardan beri meni aldab «Endi qaytib kelmayman» deysan-u, yana qaytib kelasan!» - dedim. Shunda u menga: «Meni qo‘yib yubor, (buning evaziga) men senga shunday so‘zlarni o‘rgatayinki, Olloh ul (so‘zlarni aytganing) tufayli senga naf' yetkazur», - dedi. Men: «Ul (so‘zlar) qanday so‘zlar erkan?» - dedim. U: «Agar o‘rningga yetsang, «Oyat ul-Kursiy»ni oxiriga qadar qiroat qilgil, shunda Ollohning huzuridan (bir) himoyachi (kelib) seni (tuni birlan) muhofaza qilur, hattoki ertalab uyg‘onguningga qadar shayton ham senga yaqin kela olmas», - dedi. So‘ng men uni qo‘yib yubordim. Ertalab Janob Rasululloh menga: «Asiringiz kecha ne qildi?» - dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, u menga shunday so‘zlarni o‘rgatmog‘ini ta'kidladiki, agar ul so‘zlarni aytsam, Olloh taolo menga naf' yetkazar erkan, so‘ng men uni qo‘yib yubordim», - dedim. Janob Rasululloh: «Ul (so‘zlar) qanday so‘zlar erkan?» - dedilar. Men: «Ul menga: «Agar o‘rningga yetsang, «Oyat ul-Kursiy»ni oxiriga qadar qiroat qilgil, shunda Ollohning huzuridan (bir) himoyati (kelib) seni (tuni birlan) muhofaza qilur, hattoki ertalab uyg‘onguningga qadar shayton ham senga yaqin kela olmas» - deb aytdi», - dedim. (Sahobalar xayrli narsalarni o‘rganmoqqa ana shunday ishtiyoqmand erdilar). Janob Rasululloh: «Ammo, U yolg‘onchi bul safar sizga rost aytibdi. Ey Abu Hurayra, uch kechadan beri yolg‘on so‘zlayotgan kishining aslida kim ekanligini bilursizmi?» - dedilar. Men: «Yo‘q», - dedim. Janob Rasululloh: «U shayton erdi», - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qur'onni to‘rt kishi- Ibn Mas'ud, Abu Huzayfaning mavlosi Solim, Ubay va Muoz ibn Jabaldan o‘rganingizlar!» - deb marhamat qildilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Muoz ibn Jabal.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=80) (13:56 minut, 6,37 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 22 Sentyabr 2008, 01:21:23
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 22-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Voy gunohlarim, voy gunohlarim», deb ikki yoki uch marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Allohumma mag‘firatuka avsa'u min zunubiy va rohmatuka arja ‘indiy min ‘amaliy», deb ayt», dedilar. U bu duoni o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So‘ngra yana takrorla, dedilar. Bas u yana takrorladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, batahqiq mag‘firat qilinding», dedilar. (Ma'nosi: Allohim, mag‘firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi amalimdan umidliroqdir.) Imom Hokim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysiz. Bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguningizcha (komil) iymonli bo‘lmaysiz. Agar bajarsangiz, bir-biringizni yaxshi ko‘rishingizga sabab bo‘ladigan narsaga dalolat qilaymi? Oralaringizda salomni tarqating», deb aytdilar. (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Anas ibn Malik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talha madinalik ansorlarning eng badavlati hisoblanardi. Uning eng yaxshi ko‘rgan boyligi (mol-mulki) Bayruho bog‘i erdi. Bu bog‘ masjidning ro‘parasida bo‘lib, Janob Rasululloh u yerga kirib, uning (shirin) suvidan ichib turardilar. «(Ey musulmonlar), o‘zingiz yaxshi kurgan narsalaringizdan xayru ehson qilmaguningizcha hargiz yaxshilik kamolotiga erisha olmassizlar» degan oyat nozil bo‘lganda, Abu Talha Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo o‘z Kitobida: «(Ey musulmonlar), o‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan xayru ehson qilmaguningizcha hargiz yaxshilik kamolotiga erisha olmassizlar» deydi. Mening eng sevimli mulkim Bayruhodur. U Olloh taolo yo‘lida sadaqa bulsin! Buning uchun men Olloh taoloning dargohida ajr olmoq umididaman. Yo Rasulalloh, uni Olloh taolo o‘zingizga amr qilgan narsaga sarf qilingiz!» - dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Voh-voh! Naqadar xayriyatovar bu bog‘ing! Naqadar xayriyatovar bu bog‘ing! Men uning xususida ne deganingni eshitdim. Uni qarindoshlaringga bo‘lib berganing maqul», - dedilar. Abu Talha: «Aytganingizdek qilgum, yo Rasulalloh!»- dedi-da, uni eng yaqin qarindoshlari va amakivachchalariga bo‘lib berdi». (sahih, Buxoriy rivoyati).   

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Anas raziyallohu anhu: «Qur'onni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida barchalari ansorlardan bo‘lmish to‘rt kishi    - Ubay, Muoz ibn Jabal, Abu Zayd va Zayd ibn Sobit jam' qildilar» - dedilar. Shunda Anasga: «Abu Zayd kim?» - doyishdi, Anas: «Amakilarimdan biri (ya'ni Avs)», - dedilar». (Ayrim ulamolar: «Mazkur hadisda Janob Rasulullohning davrlarida Qur'onni yod olganlar yuqoridagi to‘rt kishi ekanligi yoki Qur'onni faqat ansoriy qabilaga mansub bo‘lganlar jam' qilganligi nazarda tutilgan bo‘lsa kerak», - deyishadi). (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Zayd ibn Sobit.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=119) (08:46 minut, 4,01 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2008, 05:56:40
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 23-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu onamizga «Allohumma inniy as'aluka minal xoyri kullihi ‘ojilihi va ojilihi ma ‘alimtu minhu vama lam a'lam va a'uzu bika minashsharri kullihi ‘ojilihi va ojilihi ma ‘alimtu minhu vama lam a'lam va as'alukal jannata vama qarraba ilayha min qovlin av ‘amalin va a'uzu bika minan nari vama qarroba ilayha min qovlin av ‘amalin va as'aluka xoyro ma sa'alaka bihi ‘abduka va rasuluka Muhammad sollallohu alayhi vasallam va a'uzu bika min sharri masta'ozaka minhu ‘abduka va rasuluka Muhammad sollallohu alayhi vasallam va as'aluka ma qozayta liy min amrin an taj'ala ‘oqibatahu roshada», deb aytdilar. (Allohim, Sendan yaxshiliklarning barchasini-bu dunyodagisiyu oxiratdagisini, bilganim-u bilmaganimni so‘rayman. Va Sening noming ila yomonliklarning barchasidan-bu dunyodagisiyu oxiratdagisidan, bilganim-u bilmaganimdan panoh tilayman. Va Sendan jannatni hamda unga yaqinlashtiruvchi so‘z yoki amalni so‘rayman. Va Sening noming ila do‘zaxdan va unga yaqinlashtiruvchi so‘z yoki amaldan panoh tilayman. Quling va rasuling Muhammad alayhissalom so‘raganlarining yaxshisini Sendan so‘rayman. Quling va rasuling Muhammad alayhissalom panoh tilaganlarining yomonidan Sening noming ila panoh tilayman. Va biror ishni taqdir qilsang, oqibatini to‘g‘ri qilishingni so‘rayman.) Imom Ahmad ibn Hanbal «Musnad»larida, Ibn Moja «Sunan»larida rivoyat qilganlar.

Sahih hadisi shariflar

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir kishi: «Ey Allohning rasuli, Alloh huzuridagi eng ulkan gunoh qaysi?» deganida, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilib, unga duo etmog‘ing», dedilar. U kishi: «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Bolalaringni sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar. Shundan so‘ng Alloh uning tasdig‘iga oyat nozil qildi: «Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar. Va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur» (Furqon surasi, 68-oyat). (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalar birlan) gaplashib o‘ltirgan erdilar, huzurlarida bir badaviy ham bor erdi. Shunda Janob Rasululloh: «Jannat ahlidan bo‘lmish bir kishi (jannatda) dehqonchilik qilishga Olloh taolodan ruxsat so‘radi. Olloh taolo unga: «Ko‘ngling tusagan narsa (noz-ne'mat)lar ichra emasmisan?!» - dedi. Boyagi kishi: «Bu yerda hamma narsa muhayyo bo‘lsa-da, men dehqonchilik qilmoqchiman»,- dedi. Keyin, u don eqdi, ekkan donlari tezda unib chiqib, mo‘l hosil berdi. Keyin, u urib olib, tog‘lar kabi baland-baland xirmonlar uydi. Shunda Olloh taolo boyagi kishiga: «Ey Odam bolasi, bu ham senga kam, chunki seni hech narsa to‘ydira olmas!» - deb aytdi», - dedilar. Shunda huzurlaridagi badaviy: «Yo Rasulalloh, o‘shal odam yo qurayshiy yoxud ansoriy bo‘lsa kerak, chunki qurayshiy va ansoriylar dehqondurlar, biz badaviylar ersak, dehqon ermasmiz», - dedi. Uning bul gapidan Janob Rasulullox kulib yubordilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).        

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud voqeasi kuni odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni tashlab qochib, Abu Talhagina (teridan qilingan) qalqonlari birlan ul zotni himoya qilib qoldilar. Abu Talha kamonni nihoyatda qattiq tortib otguvchi mergan kishi erdilar, o‘shal kuni ikki yoki uch kamonni sindirib qo‘ydilar. Shunda bir kishi o‘q to‘la sadoq birlan Abu Talhaning yonlaridan o‘tib, ketayotgan erdi, Janob Rasululloh unga: «Sadog‘ingdagi o‘qlarni Abu Talhaga tashlab ket!» - dedilar. So‘ng, ul zot qadlarini rostlab, dushmanlar tomonga qaradilar, dushmanlar ersa tinmay o‘q uzib turishar erdi. Abu Talha: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, qaddingizni ko‘tarmangiz, tag‘in dushmanlar otayotgan o‘qlardan birortasi sizga tegib ketmasin, (iloho), sizning ko‘ksingizga (otilgan o‘q) mening ko‘ksimga (qadalsin!)» - dsdilar. Keyin, men Oisha binti Abu Bakr birlan (Abu Talhaning xotinlari) Ummu Sulaymni ko‘rdim, ikkalalari ko‘ylaklari etagini (bir oz) shimarib olishgan bo‘lib, ularning to‘piqlariga ko‘zim tushdi, (bu «Hijob» oyati nozil bo‘lmasidan ilgari bulgan erdi). Ikkalalari og‘ir meshlarni orqalagan holda qoqilib-suqilib (yarador) musulmonlarning oldiga borishar va ularning og‘izlariga suv quyishar erdi. Keyin, ortlariga qaytishib, meshlarni suvga to‘ldirishar, so‘ng yana (yarador) musulmonlarning oldiga kelishib, ularning og‘izlariga suv quyishar erdi. (O'shal kuni, ya'ni Alloh taolo musulmonlarni xotirjam qilish va ularning dillaridan shayton vasvasasini ketkazish uchun orom uyqusini nozil qilgan Uhud voqeasi kuni) Abu Talhaning qo‘llaridan qilichlari ikki yoki uch marta tushib ketdi». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Abu Talha al-Ansoriy.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=75) (08:17 minut, 3,80 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2008, 04:41:23
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 24-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilib «Robbi a'inniy vala tu'in ‘alayya vansurniy vala tansur ‘alayya, vamkurliy vala tamkur ‘alayya va yassir hudaya vansurniy ‘ala man bag‘o ‘alayya robbij'alniy laka shakiron, laka zakiron laka rohiban laka mitvo'an ilayka mujiyban av muniyban taqobbal tavbatiy vag‘sil havbatiy vaajib da'vatiy va sabbit hujjatiy vahdi qolbiy va saddid lisoniy vaslul saxiymata qolbiy», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, mening foydamga yordam berib, zararimga bermagin. Mening foydamga nusrat berib, zararimga nusrat bermagin. Mening foydamga makr qilib, zararimga makr qilmagin. Va hidoyatda yurishimni yengil qil hamda menga tajovuz qiladigan kimsalar zarariga menga g‘alaba ato et. Rabbim, meni Senga shukr qiluvchi, Seni zikr qiluvchi, Sendan qo‘rquvchi, Senga itoat etuvchi, Seni (chaqirig‘ingga) ijobat qiluvchi yoki Senga tavba qiluvchilardan et, tavbamni qabul ayla, gunohimni yuv, duoimni ijobat qil, hujjatimni sobit qil, qalbimni hidoyat et, tilimni mustahkam et va qalbimdan ginani sug‘urib ol.) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati

Sahih hadisi shariflar

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha gapirib berdilar: «Jabroil alayhissalom huzurimga kelib xursandlik xabarini bergan holda: «Ummatingizdan qaysi bir kishi Allohga biror narsani sherik qilmay vafot etsa, jannatga tushadi», deganlarida, men: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?» desam, Jaroil alayhissalom: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa ham», dedilar». (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Sa'd ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa ruxsat so‘radilar. Shunda ichkarida bir guruh Quraysh ayollari bor bo‘lib, ular payg‘ambarimizning ovozlarini bosib ketgudek baland ovoz birlan ul zotga savollar berishar erdi. Hazrat Umar izn so‘raganlarida ayollar o‘rinlaridan turib, hijoblarini (yuzlariga) tushirib olishdi. Janob Rasululloh Hazrat Umarga izn bera turib kulib qo‘ydilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo sizni hamisha kuldirsin!» - dedilar. Janob Rasululloh: «Huzurimdagi anavi xotinlarning qilgan ishlaridan taajjublandim, sening ovozingni eshitiboq hijoblarini tushirib olishdi», - dedilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, axir ular eng avvalo (barchadan ko‘ra) sizdan hayiqmoqlari lozim ermasmi?!» - dedilar. So‘ng, ayollarga qarata: Ey o‘ziga-o‘zi dushman bo‘lgan ayollar! Mendan hayiqasizlar-u, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan hayiqmaysizlarmi?!» - deb aytdilar. Ayollar: «Ha, shundoq, chunki siz Janob Rasulullohga nisbatan to‘ng va qo‘polroqsiz!» - deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, (ey Umar), basharti shayton yo‘lingda duch kelsa, (dag‘alligingdan) bo‘lak yo‘ldan ketgan bo‘lur erdi!» - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (jannati ekanligi bashorat qilingan o‘n kishi olamdan o‘ggach), Abdulloh ibn Salomdan bo‘lak hozir yer yuzida yurguvchi biror kishiga jannati ekanligini aytganlarini eshitmaganman. Olloh taolo uning xususida «...Banu Isroildan bo‘lgan bir guvoh ham guvohlik berib...» degan oyati karimasini nozil qilgan («Ahqof» surasi, 10-oyat)». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Abdulloh ibn Salom.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=111) (09:30 minut, 4,35 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 25 Sentyabr 2008, 04:43:38
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 25-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Sa'd ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Katta baliqning qornida Rabbilariga iltijo qilgan Zinnunning (Yunus alayhissalom) duolari «La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn», edi. Biror musulmon kishi mana shu kalimalar ila duo qilsa, ijobat etiladi», dedilar. (Ma'nosi: Sendan boshqa iloh yo‘q. Seni poklab yod eturman. Albatta men zolimlardan bo‘ldim.) Termiziy rivoyati.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar bandam biror yaxshilikni qasd etsa-yu, unga amal qilmasa, bir yaxshilik yozaman. Agar unga amal qilsa, o‘n barobardan yetti yuz barobargacha yozaman. Bordiyu, biror yomonlikni qasd qilib, unga amal qilmasa, unga (hech narsa) yozmayman. Agar amal qilsa, bir yomonlik yozaman», deb aytdi». (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar: «Abu Hurayra Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hadislarini ko‘p aytur, muhojir va ansorlar ersa ul zotning hadislarini Abu Hurayrachalik ko‘p bilmaslar», - deyishur. (Buning boisi) - muhojir birodarlarim bozorlarda bor-baraka qilish birlan band bo‘lishgan kezlarda men qornim to‘yishi birlan kifoyalanib Janob Rasulullohning xizmatlarini qilib yurdim, ular bo‘lmagan joylarda bo‘ldim, ular eshitmagan narsalarni eshitib, yod oldim. Shuningdek, ansoriy birodarlarim o‘z mol-mulklari (va ekin ekish) ishlari birlan band erdilar. Men ersam, bir miskin sifat odam bo‘lib, ular eshitmagan narsalarni eshitib, yod oldim. Janob Rasululloh bir kuni: «Kimki ushbu hadisimni tugatgunimcha kiyimini yerga yoyib o‘ltirib, hadisimni tugatganimdan keyin, uni yig‘ib olib bag‘riga bossa, mendan eshitganlarini yoddan chiqarmaydigan bo‘lur», - dedilar. Shunda men chakmonimni yerga yoyib qo‘ydim, hadis tugagach, uni olib bag‘rimga bosdim. Shu-shu Janob Rasulullohdan nimaiki eshitsam, yodimda qoladigan bo‘ldi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «(Dunyo ahli) ayollarining (o‘z zamonasidagi) yaxshisi Maryam binti Imrondur, (mening ummatim) ayollarining yaxshisi ersa (mo‘minlar onasi) Xadichadur» - deb aytganlarini eshitdim». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Hadicha binti Xuvaylid.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=63) (10:26 minut, 4,77 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 26 Sentyabr 2008, 00:17:11
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 26-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dovudning duolari «Allohumma inniy as'aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka val ‘amalallaziy yuballig‘uniy hubbaka. Allohumma ij'al hubbaka ahabba ilayya min nafsiy va ahliy va minal ma'il baridi», edi», deb aytdilar. (Ma'nosi: Allohim, Sening muhabbatingni va Seni yaxshi ko‘rgan kishining muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq suvdan ham menga mahbubroq qilgin.) Termiziy rivoyati.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa, inshaalloh, o‘sha duoim qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», dedilar. (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Hazrat Umar raziyallohu anhudan Olloh taoloning «(Ek Oisha va Hafsa), agar Ollohga tavba qilsangizlar, dillaringiz moyil bo‘libdur...» degan oyati karimasi haqida so‘ramoqchi bo‘lib yurardim-u, lekin qulay fursat topolmasdim. Bir yil Hazrat Umar haj qildilar, men ham ul kishi birlan birga hajga bordim. Hajdan qaytayotib ul kishi yo‘lda hojat uchun chetga chiqdilar. Men ham idishda suv olib, chetga chiqib turdim. Ul kishi qaytgach, qo‘llariga suv quyib berdim. Tahorat olganlaridan so‘ng: «Yo mo‘minlar amiri, Olloh taolo Janob Rasulullohning ikki xotinlari to‘g‘risida «Agar Ollohga tavba qilsangizlar, dillaringiz moyil bo‘libdur» degan oyatini nozil etgan, o‘sha ayollar kim o‘zi?» - deb so‘radim. Shunda Hazrat Umar: «Vo ajabo! Shuni ham bilmaysanmi, ey Ibn Abbos? Ular Oisha birlan Hafsa edi-da», - dedilar. So‘ng, Hazrat Umar so‘zlarida davom etib bunday dedilar: «Men va ansoriy bir qo‘shnim Baniy Umayya ibn Zayd qavmida erdik. Ular Madinada katta e'tiborga ega bo‘lgan qavm erdi. Ikkimiz Janob Rasulullohning huzurlariga navbatma-navbat borib-kelib turardik. Bir kun u, bir kun men borardim. Men borib kelsam, o‘sha kuni sodir bo‘lgan (yuz bergan) voqea, xabar va boshqa narsalardan uni voqif etardim. U borib kelganda ham, xuddi shunday qilardi. Biz qurayshiylar ayollarimizdan ustun turardik. Ansorlarda ersa, buning aksi bo‘lib, ayollar erlaridan ustun erdi. Keyin, bizning ayollarimiz ulardan «o‘rnak» ola boshlashdi. Bir kuni xotinimga baqirgan erdim, u ham menga baqirib javob berdi. Men: «Gap qaytarma!» - dedim. U: «Nega endi gap qaytarmas erkanman, xudo haqi, Janob Rasulullohning ayollari ham ul zotga gap qaytarishadi. Mana shu bugun ulardan biri Janob Rasulullohni kun bo‘yi ranjitdi», - dedi. Men bundan qattiq xavotirlanib: «Ulardan qay biri shu ishni qilgan bo‘lsa, oqibati yaxshi bo‘lmas!»- dedim-da, kiyinib qizim Hafsaning uyiga bordim, so‘ng unga: «Ey Hafsa, birortangiz Janob Rasulullohni bugun kun bo‘yi ranjitdingizmi?» - dedim. Qizim: «Ha», - dedi. Men: «Umidlarim puchga chiqdi. Sen mening ishonchimni oqlay olmading, baxtingni boy berding. Olloh taolo Janob Rasulullohning g‘azablari tufayli (sizlarga) g‘azab qilsa, omon qolmassizlar, halok bo‘lursizlar. Janob Rasulullohga zinhor gap qaytarma, arazlama, nimaiki xayolingga kelsa, mendan so‘ra, qo‘shningning gaplariga aldanma, garchi u Janob Rasulullohga mahbubroq va sendan kura chiroyliroq Oisha bo‘lsa ham!» - dedim. (sahih, Muslim rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lgan holda Zayd, Ja'far va Ibn Ravohaning (g‘azotda) shahid bulajaklarini oldindan odamlarga e'lon qila turib: «Bayroqni Zayd qo‘liga olib erdi, shahid bo‘ldi, keyin uni Ja'far qo‘liga olib erdi, shahid buldi, so‘ng uni Ibn Ravoha qo‘liga olib erdi, u ham shahid bo‘ldi. Nihoyat, bayroqni Olloh taoloning qilichlaridan biri (ya'ni, Xolid ibn Valid) qo‘liga olib erdi, parvardigor musulmonlarga g‘alaba ato etdi», - dedilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Sentyabr 2008, 05:00:40
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 27-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma ‘ofiniy fiy jasadiy va ‘ofiniy fiy basoriy vaj'alhul vorisa minniy. La ilaha illa antal haliymul karim. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘azim. Valhamdu lillahi robbil ‘olamiyn», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, jasadimni ofiyatda qil. Ko‘zimni ofiyatda qilib, uni mendan merosxo‘r et (ya'ni, o‘lgunimcha omonda qil). Halim va Karim sifatli zotdan boshqa iloh yo‘q. Ulug‘ arsh Rabbisi bo‘lgan Allohni poklab yod eturman. Olamlar Rabbisi Allohga hamd bo‘lsin.) Termiziy rivoyati.

Sahih hadisi shariflar

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar: "Menga do'zax ko'rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko'pi inkor qiluvchi xotinlar ekan". Sahobalar: "Ollohni inkor qilganmi?", - deb so'radilar. "Erning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar ularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko'rsa: "Sendan nima ko'rdim, hech yaxshilik ko'rmadim", - deb aytadir", - deb javob berdilar. (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (xolalari) Ummu Haro binti Milhonning huzurlariga kirib turar erdilar. Ul muhtarama Uboda ibn as-Somitning xotinlari erdilar. (Odatdagidek), kunlardan bir kuni Janob Rasululloh o‘shal xolalarining uylariga kirib erdilar, mehmon qildilar. So‘ng, ul muhtarama Janob Rasulullohning boshlarini (biti yo‘qmikan, deb) qaray boshlagan erdilar, ul zot uxlab qoldilar. Keyin, Janob Rasululloh yuzlarida tabassum birla uyg‘ondilar. Shunda Ummu Milhon: «Yo Rasulalloh, nechun kulayotirsiz?» - dedilar. Ul zot: «Tushimda menga Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani ketayotgan bir guruh ummatlarim namoyon qilindi. Ular podshohlar yanglig‘ taxtda o‘ltirgan holda dengiz bo‘ylab kemada suzib ketishayotgan ermishlar», - dedilar. Ummu Milhon: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» - dedilar. Janob Rasululloh xolalarini shunday deb duo qildilar-da, muborak boshlarini yana yostiqqa qo‘yib, (uxlab qoldilar). Keyin, yana tabassum birla uyg‘ondilar. Ummu Milhon (yana taajjub qilib): «Yo Rasulalloh, nechun kulayotirsiz?» - dedilar. Janob Rasululloh: «Tushimda menga Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani kstayotgan bir guruh ummatlarim namoyon qilindi» - deb ilgarigidsk javob qildilar. («Ammo, bu safar ul zot: «Ular quruqliqtsa tuyalarga minib ketishayotgan ermishlar» - deb aytganlar», - deyishadi ayrim muhaddislar). Ummu Milhon yana: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» - dedilar. Janob Rasululloh: «Siz avvalgilar (ya'ni, kemada ketayotganlar) toifasidansiz», - dedilar. Keyin, Ummu Milhon Muoviya ibn Abu Sufyon (g‘azot qilgan) zamonda, (Hazrat Usmonning xalifalik davrlarida boshqa mujohidlar qatori erlari Uboda ibn as-Somit birlan birga) kemaga o‘ltirib, (g‘azot qilgani Rumga yo‘l oldilar). (Ammo), kemadan quruqlikka tushgach, (yo‘lda ketaturib) tuyalaridan qulab, halok bo‘ldilar». (sahih, Muslim rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan (Baytulmoldagi, ya'ni davlat xazinasidagi narsalardan) bermoqlarini so‘radim, ul zot berdilar. Keyin, yana so‘radim, yana berdilar. So‘ng, yana so‘rab erdim, ul zot menga: «Ey Hakim, bu mol-dunyo degan narsa (shul qadar fusunkorki), totli mevalar (yanglig‘ baloi nafsni qo‘zg‘ar). Kimki undan (ya'ni, mol-dunyodan baloi) nafsining so‘ziga kirmay, (o‘ziga yetarlicha) olsa, (Olloh taolo tomonidan) unga barakot ato etilgaydur va kimki undan (ya'ni, mol-dunyodan baloi) nafsining so‘ziga kirib, (ortiqcha) olsa, (Olloh taolo tomonidan) unga barakot ato etilmagaydur. (Ochko‘zlik birlan ortiqcha mol-dunyo olguvchi) shaxs yeb tuymas mechkay kabi bo‘lib, yuksak (ya'ni, ehson qilguvchi) qul, tuban (ya'ni, tilamchi) qo‘ldan afzaldur!» - dedilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, endi dunyodan ko‘z yumgunimga qadar ham hech kimdan biror narsa so‘ramasman!» - dedim». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Hakim ibn Hazom.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=78) (08:18 minut, 3,80 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 28 Sentyabr 2008, 00:03:03
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 28-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma ihdiniy va saddidniy» («Allohim, meni hidoyat qil va sobitqadamlikda qil»), deb ayt, dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: "Din o'ng'aydir, hech kim uni qiyinlashtirib yubormag'ay, mobodo, qiyinlashtirib yuborsa, din uni yengib qo'yg'usidir (ya'ni, amali solihlarni haddan ziyod zimmasiga olishi natijasida ularni eplay olmay, hammasini tark etishiga sabab bo'lg'usidir). Demak, amali solihlarni o'rtacha bajaringiz, ibodatlarni mukammal ado etishga qodir bo'lmasangiz, shunga yaqinroq qilingiz. Amali solihlardan tegadigan savobdan seviningiz. Bu dunyodan oxiratga qilinadigan umr safarida erta tongdan, kechki paytdan va kechaning ba'zi bir qismidan unumli foydalaningiz!". (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Sahl ibn Sa'd as-So'idiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(G'azotlardan birida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamda (Xaybar) mushriklari o‘zaro to‘qnashib, jang qilishdi. (O'shal kungi jang tugab), Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (va sahobalar) hamda boshqalar (ya'ni, Xaybar mushriklari) o‘z qarorgohlariga qaytayotganda musulmonlardan (Quzmon ismli) bir kishi o‘z sheriklaridan keyinda qolgan mushriklar guruhini va yolg‘iz ketayotgan mushriklarni quvib borib, qilichi birlan chopib tashladi. Shunda (musulmonlardan biri): «Yo Rasulalloh, bugun birortamiz falonchi (ya'ni, Quzmon) topgan savobchalik savob topmadik», - dedi. Janob Rasululloh: «Ammo, u o‘zi jahannam ahlidandur» - deb javob qildilar. Musulmonlar: «(Agar Quzmondek bir shijoatli kishi jahannam ahlidan bo‘lsa, ul holda qaysi birimiz jannatimiz?» - deyishdi). Shunda ulardan biri: «Men uning do‘sti bo‘laman», - dedi-da, (ertasiga) Quzmon birlan birga jangga kirdi, u qaerda to‘xtasa, to‘xtadi, yugursa, yugurdi, (xullas, undan ajralmay, yonma-yon jang qildi). Bir vaqt Quzmon og‘ir jarohatlanib, o‘z o‘limini tezlashtirdi, ya'ni qilichining dastasini yerga, uchini ersa ko‘kragining o‘rtasiga qo‘ydi-da, og‘irligini tashlab, o‘zini-o‘zi o‘ldirdi. (Boyagi u birlan yonma-yon jang qilgan) kishi (darhol) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Sizning Olloh taoloning Rasuli ekanligingizga guvohlik keltirurman!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ne hodisa ruy berdi?» - dedilar. Boyagi kishi: «Hali siz Quzmonni jahannam ahlidan, deb erdingiz, bu odamlarga og‘ir botib erdi. Shunda men (ularga): «Mana men uning xususida sizlarga xabar keltiraman» - deb uning ortidan borib, (u birlan yonma-yon jang qildim). So‘ng, u qattiq yaralanib, o‘z o‘limini tezlashtirdi - qilichining dastasini yerga, uchini ko‘kragining o‘rtasiga qo‘ydi-da, og‘irligini tashlab, o‘zini-o‘zi o‘ldirdi», - dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Bir kishi odamlar ko‘ziga jannat ahlining ishini qilgandek bo‘lib ko‘rinadi-yu, ammo o‘zi jahannam ahlidan bo‘ladi va bir kishi odamlar ko‘ziga jahannam ahlining ishini qilgandek bo‘lib ko‘rinadi-yu, ammo o‘zi jannat ahlidan bo‘ladi» - deb marhamat qildilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bir guruh) otliqlarni Najd tarafga yubordilar. Ular Banu Hanifa qabilasiga mansub bo‘lmish Sumoma ibn Usol ismli bir kishini (asir qilib) olib kelishdi-da, masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning qoshiga chiqib: «Ey Sumoma, (meni o‘zingga nisbatan) qanday (chora ko‘radi, deb) o‘ylayotirsan?» - dedilar. Sumoma: «Ey Muhammad, (siz albatta) xayrli (chora ko‘rursiz), deb o‘ylayotirman, (chunki siz zulm qilguvchilardan emas, balki yaxshilik, olijanoblik qilguvchilardansiz!). Agar meni o‘ldirsangiz, birovning qonini to‘kkan (o‘ldirilishi haqlig‘ bo‘lgan) bir kishini o‘ldirgan bo‘lursiz. Basharti, (menga) yaxshilik qilsangiz, (yaxshilik qilgan odamdan) minnatdor bo‘lguvchi, (yaxshilikka yaxshilik qaytarguvchi) bir kishiga yaxshilik qilgan bo‘lursiz. Mobodo, (mendan) mol-dunyo talabida bo‘lsangiz, istaganingizcha so‘rangiz!» - dedi. So‘ng, Janob Rasululloh uni ertasiga qadar (u holiga) tashlab quydilar. Ertasiga ersa undan yana: «Ey Sumoma, (meni o‘zingga nisbatan) qanday (chora ko‘radi, deb) o‘ylayotirsan?» - dedilar. Sumoma: «O'sha (kecha) sizga aytgan gaplar agar (menga) yaxshilik qilsangiz, (yaxshilik qilgan odamdan minnatdor bulguvchi, (yaxshilikka yaxshilik qaytarguvchi) bir kishiga yaxshilik qilgan bo‘lursiz», - dedi. Keyin, Janob Rasululoh uni (yana) ertasiga qadar (o‘z holiga) tashlab qo‘ydilar Ertasiga ersa undan yana: «Ey Sumoma, (meni o‘zingga nisbatan qanday (chora ko‘radi, deb) o‘ylayotirsan?» - dedilar. Sumoma «O'sha ilgari sizga aytgan gapim», - dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Sumomani quyib yuboringizlar!» - dedilar. Sumoma qo‘yib yuborishgach, masjid yaqinidagi xurmozorga kirib tahorat oddi-da, so‘ng masjidga kirib: «Ashhadu an lo iloha illalloh va ashhadu anna Muhammadan rasululloh! Ey Muhammad, Olloh taolo haqi, Yer yuzida mening uchun sizning yuzingizdan ortiqroq yoqimsiz yuz yo‘q erdi, mana endi sizning yuzingiz mening uchun eng mahbub yuz bo‘lib qoldi! Olloh taolo haqi, mening uchun sizning diningizdan ortiqroq yoqimsiz din yo‘q erdi, mana endi sizning diningiz mening uchun eng mahbub din bo‘lib qoldi! Olloh taolo haqi, mening uchun sizning yurtingizdan ortiqroq yoqimsiz yurt yo‘q erdi, mana endi sizning yurtingiz mening uchun eng mahbub yurt bo‘lib qoldi! Otliqlaringiz meni umra qilmoqchi bo‘lib turganimda asir olishib erdi, ne deysiz, (endi ne qilayin?)» - dedi. Shunda Janob Rasululloh uning (musulmon bo‘lib, bu dunyo va oxirat xayriyatiga erishganini hamda bunga qadar qilgan og‘ir gunohlaridan pok bo‘lganini aytib), xushnud qildilar-da, umra qilmoqni buyurdilar. Sumoma Makkaga kelganida unga bir kishi: «O'z diningdan qaytib, boshqa dinga kirdingmi?» - dedi. Sumoma: «Olloh taolo haqi, unday emas! Ammo, men Muhammad sallallohu alayhi va sallam birlan (dindosh) musulmon bo‘ldim. (Ya'ni, bul javob hakimona javob bo‘lib, Sumoma: «Men dindan chiqqanim yo‘q, chunki butlarga ibodat qilmoqlik din bo‘lmay, men mana endigina dinga kirib, Janob Rasulullohga dindosh musulmon bo‘ldim» - deb aytmoqchilar). Olloh taolo haqi, (endi na sizlarning diningizga murojaat qilurman va na sizlarga yordam ko‘rsaturman!). Bundan buyon (Yamomadagi qabilam sizlarga yuborib turgan ozuqalarni yubortirmasman), Janob Rasulullohning iznlarisiz Yamomadan sizlarga bir dona ham bug‘doy kelmas!» - dedi». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Sumoma ibn Usol.mp3 (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=65) (10:25 minut, 4,77 Mb)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 29 Sentyabr 2008, 00:42:14
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 29-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Ziyod ibn Iloqa amakilari Qutba ibn Molikdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uzu bika min munkarotil axloqi val a'moli val'ahva», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, xulqlarning, amallarning, xohish-istaklarning bema'nisidan Sening noming ila panoh tilayman.) Imom Termiziy rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Rasululloh bunday deganlar: "Halol bilan harom bir narsadir. Ammo ikkalasini bir-biridan farqlashda noaniqliklar mavjud. Odamlarning ko'pi ularni bilmaslar(halol yo harom ekanini). Shuning uchun kimki shubhali narsalardan o'zini tigaydir, dinini kamchiliklardan, obro'yini ta'nadan saqlag'aydir va kimki shubhali narsalardan tiyilmaydir, u birovning ekini chekkasida qo'y boqayotgan cho'ponga o'xshaydir. Uning qo'ylarni ekinga tushirish ehtimoli bordir. Ogoh bo'lingizkim, har bir podshohning o'z chegarasi bordur. Ollohning yerdagi chegarasi harom qilingan narsalardir. Kishi badanida bir parcha go'sht bor, agar u tuzalsa, a'zolarinig barchasi tuzalgaydir, agar u buzilsa, a'zolarining barchasi buzilgaydir. U qalbdir!" (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (Banu Zariyq qabilasiga mansub Labiyd ibn al-A'sam ismli bir kohin) sehrlab qo‘ydi. Shunda ul zot ayollariga yaqinlashmoqchi bo‘lardilar-u, ammo yaqinlasha olmasdilar. (Bu holat bir yil davom etdi). Bir kuni (mening huzurimda ekanliklarida men birlan mashg‘ul bo‘lish o‘rniga) Olloh taologa takror-takror duo aytib iltijo qildilar, so‘ng menga bunday dedilar: «(Ey Oisha), nihoyat Olloh taolo shifo so‘rab qilgan iltijomga ijobat qilganligidan xabardor qilindim: ikki kishi (Hazrat Jabroil va Mikoil) kelishib, birlari (Hazrat Jabroil) bosh tomonimga va ikkinchilari (Mikoil) oyoq tomonimga o‘ltirishdi. Keyin, ulardan birlari ikkinchilariga: «Bul kishining qanday dardlari bor?» - deb aytdilar. Ikkinchilari: «Sehrlab qo‘yilganlar» - deb javob qildilar. «Kim sehrlab quygan?» - dedilar birinchilari. «Labiyd ibn al-A'sam», - dedilar ikkinchilari. «Nima birlan sehrlagan?» - dedilar birinchilari. «Taroq, soch tolalari va xurmo tugunchasi po‘stlog‘i birlan», - dedilar ikkinchilari. «O'shal narsalar qaerda?» - dedilar birinchilari. «(Madinadagi) Zarvon qudug‘ida», - dedilar ikkinchilari». So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bir necha sahobalari birlan) o‘shal quduqqa bordilar. Ul yerdan qaytgach, Oishaga: «(Borib qarasam), quduq atrofidagi xurmolar mevalari (sehr kuchidan) shaytonlar boshi yanglig‘ badnamo bo‘lib qolibdi», - dedilar. Shunda Oisha onamiz: «Sehrgarni fosh qilmoq va undan ehtiyot bo‘lmoq lozimligini odamlarga aytdingizmi?» - dedilar. Janob Rasululloh: «Yo‘q, bunday qilmadim, chunki Olloh taolo menga shifo ato etdi. Odamlarga zarari tegmasin, deb o‘shal quduqni ko‘mib tashladim», - dedilar. (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘n kishilik bir guruhni Osim ibn Sobit al-Ansoriy boshchiligida (mushriklar tomon) ayg‘oqchilikka yubordilar. Ular Usfon va Makka oralig‘idagi Hada degan yerga yetishganda Huzayl qabilasining Banu Lihyon deb atashadirgan bir qavmi ular xususida xabar topib, tezlikda ikki yuzga yaqin kamonchilarni ularni izlashga jo‘natdi. Mushrik kamonchilar musulmonlarni izlay-izlay, nihoyat ular Madinadan safar uchun g‘amlab olib, yo‘l-yo‘lakay yeb tashlagan xurmo danaklarini topib olishdi-da: «Bu danaklar Yasrib (ya'ni, Madina) xurmosi danaklaridur» - deya ularni ta'qib qilishga tushishdi. Osim va ul kishining hamrohlari mushriklarni ko‘rishlari hamonoq bir (toshloq) tepa ustiga chiqib olishdi. Mushriklar ularga: «Pastga tushingizlar, qo‘lni-qo‘lga berib (do‘stlashaylik), birortangizni o‘ldirmaymiz, deb va'da berurmiz!» - deyishdi. Shunda musulmon jashchilar guruhining amiri Osim ibn Sobit: «Ammo men, Olloh taolo haqi, (kechagina kofirlikdan qaytib, musulmon bo‘lib), bugun bir kofirdan panoh so‘rab pastga tushmasman! Yo parvardigoro, o‘z Rasulingni bizniig holimizdan xabardor qilgil!» - dedilar. Shundan so‘ng, mushriklar kamonlardan o‘q uzishib, Osim birlan yana olti kishini o‘ldirishdi. Omon qolgan uch kishi - Xubayb al-Ansoriy, Ibn Dasina va (ismi noma'lum) yana bir kishi ersa mushriklarning so‘ziga ishonib pastga tushishdi. Mushriklar ular yaqin kelgach, kamonlari torini yechib, (qo‘l-oyoqlarini) bog‘lashdi. Shunda boyagi (ismi noma'lum) uchinchi kishi: «Bu xiyonatning boshidur, Olloh taolo haqi, sizlarga (taslim bo‘lib) hamrohlik qilmayman, sheriklarim(ning o‘lsalar ham taslim bo‘lmaganlari mening uchun) bir ibratdur!» - dedilar. Shunda mushriklar ul kishini sudrab, o‘zlari birlan olib ketishga ko‘p urinishdi, ammo qattiq qarshilik qilganlaridan so‘ng, o‘ldirishdi. Keyin, ular Xubayb va Ibn Dasinani olib yo‘lga tushishdi-da, Makkaga borgach, ikkalalarini qul qilib sotishdi. Xubaybni Haras ibn Omir ibn Navfalning farzandlari sotib oldi. Xubayb Haras ibn Omirni Badr kuni o‘ldirgan erdilar. Shunday qilib, Xubayb ularning qo‘lida asir bo‘lib qoldilar.

Ubaydulloh ibn Iyozning menga aytganlariga ko‘ra, Harasning qizi ul kishiga bunday deb ma'lum qilibdi: «Barchamiz Xubaybni qatl qilmoqqa to‘planganimizda Xubayb tozalanmoq uchun mendan ustara so‘radilar, men ustara berdim. Shu asnoda men g‘aflatda qolib, o‘g‘ilcham ul kishining oldilariga borib qolibdi. Bir payt qarasam, u Xubaybning tizzalarida o‘ltiribdi, Xubaybning qo‘llarida ersa ustara. Men bu holatni ko‘rib, nihoyatda qo‘rqib ketdim. Xubayb qo‘rqqanimni yuzimdan anglab: «Uni o‘ldiradi, deb qo‘rqib ketdingmi? Men hech qachon bunday qilmasman!» - dedilar. Olloh taolo haqi, men Xubaybdan yaxshiroq asirni hech ko‘rgan emasman! Olloh taolo haqi, bir kuni men Xubaybning bir bosh uzum yeb xurganlarini ko‘rdim, vaholanki ul kishi kishanband holda bo‘lib, buning ustiga Makkada (shu vaqtda) uzum ham yo‘q erdi».

Harasning qizi: «Bu uzumni Olloh taoloning o‘zi Xubaybga rizq qilib yuborayotir» - deb aytar erdi.

Xubaybni qatl qilmoq uchun Haramdan tashqariga (olib), chiqishganda, Xubayb ularga: «Meni xoli qo‘yingizlar, ikki rak'at namoz o‘qib olayin!» - dedilar. Ular ul kishini xoli qoldirishib erdi, ikki rak'at namoz o‘qidilar. So‘ng: «Agar (o‘limdan) qo‘rqqanidan namoz o‘qiyotir, deb o‘ylamaganingizda, yana ko‘proq o‘qigan bo‘lur erdim, Yo parvardigoro, ularning barchasini hisobga olib qo‘ygaysan!» - dedilar-da, quyidagi she'rni o‘qidilar:

Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas,
Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas.
Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga,
Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas!».


Keyin, Ibn al-Haras ul kishini qatl qildi. Shu kundan e'tiboran, tutqunlikda qatl qilinayotgan har bir musulmon uchun qatl oldidan ikki rak'at namoz o‘qimoqlik Xubaybdan odat bo‘lib qoldi. Olloh taolo Osim ibn Sobitning («Yo parvardigoro, o‘z Rasulingni bizning holimizdan xabardor qilgil!» degan) duolariga shahid bo‘lgan kunlariyoq ijobat qilib, (Janob Rasulullohga vahiy yubordi va) ul zot o‘z sahobalariga ular xususida xabar bera turib, ularning shahid bo‘lganlarini ma'lum qildilar. Quraysh mushriklarining ulug‘lari, odamlar Osimning o‘ldirilganlarini aytishganda, bunga ishonch hosil qilmoq uchun bir qancha mushrikni ul kishining biror a'zolarini kesib olib kelmoqqa yubordi. Osim Badr kuni ularning ulug‘laridan birini o‘ldirgan erdilar. Olloh taolo Osimning jasadlarini mushriklardan himoya qilmoq uchun tuman yanglig‘ behisob (qovoq) arilar to‘dasini yubordi, mushriklar ul kishining biror a'zolarini kesib ololmadi». (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 30 Sentyabr 2008, 04:39:29
Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 30-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!

Rasululloh SAVning duolari

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uzu bika minal barasi val jununi val juzomi va sayyi'il asqomi», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, Sening noming ila peslikdan, jinnilikdan, moxovdan va yomon kasalliklardan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.

Sahih hadisi shariflar

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning «Alloh taolo ilmni bandalardan tortib olmaydi, uni ulamolarni vafot topdirish bilan tortib oladi. Odamlar birorta ham ulamo qolmaganidan so‘ng dinni tushunmaydiganlarni o‘zlariga boshliq qilib oladilar. So‘ng, ulardan so‘raydilar. Ular bilmasdan fatvo aytadilar. O'zlari ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» deganlarini eshitganman»,-deb aytgan. (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga kelganlarini eshitib, ul zotning huzurlariga bordi-da: «Men sizdan faqat payg‘ambargina biladirgan uch masala xususida surayman: Qiyomatning dastlabki belgisi nima? Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom nima? Bola nima boisidan otasiga va nima boisidan tog‘alariga o‘xshaydi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hozirgina Hazrat Jabroil mazkur masalalar xususida menga xabar yetkazdilar», - dedilar. Abdulloh: «Ul kishi (ya'ni, Hazrat Jabroil) yahudiylarga dushman farishtalardandurlar», - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga javoban bunday deb marhamat qildilar: «Ammo, Qiyomatning dastlabki belgisi shuki, alanga (o‘t chiqib), mashriqdan magribgacha yerlardagi odamlarni mahsharga to‘playdi. Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom ersa, hut (kit yoki ulkan baliq) jigari o‘simtasidir. Boladagi o‘xshashlik xususiga kelsak, er xotiniga yetganda, agar erning maniysi ayolnikidan ilgari to‘kilsa, bola otasiga va agar ayolning maniysi ernikidan oldin to‘kilsa, bola onasiga o‘xshaydi». Abdulloh (Janob Rasulullohning javoblarini eshitgach): «Men sizning Ollohning rasuli ekaningizga shahodat keltirdim!» - dedi. Keyin, u: «Yo Rasulalloh! Yahudiylar firibgar, yolg‘onchi qavmdur, agar siz men haqimda ulardan so‘ramasingizdan avval Islomga kirganimni bilgan bo‘lsalar, huzuringizda menga tuhmat qiladilar» - deb aytdi. Shu asnoda Janob Rasulullohning huzurlariga yahudiylar kelib qolib erdi, Abdulloh ichkariga kirib turdi. Janob Rasululloh yahudiylarga: «Qavmingizdagi Abdulloh ibn Salom qanday odam?» - dedilar. Shunda yahudiylar (Abdullohning Islomga kirganidan bexabar bo‘lgani uchun): «U eng ulug‘imiz va eng ulug‘imizning o‘g‘lidur hamda u eng yaxshimiz va eng yaxshimizning o‘g‘lidur», - deyishdi. Janob Rasululloh: «Fikringiz qanday, agar Abdulloh Islomga kirsa, (sizlar ham Islomga kirasizlarmi)?» - dedilar. Yahudiylar: «Olloh uni bundan o‘z panohida asrasin!»- deyishdi. Shunda Abdulloh ichkaridan ularning oldiga chiqib keldi-da: «Ashhadu an-lo iloha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasulullohi!» - deb aytdi. Yahudiylar (buni eshitib): «U yomonimiz va yomonimizning o‘g‘lidur» - deya uni yomonlashga tushishdi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uhud (voqeasi) kuni mushriklar yengilib, tumtaraqay qochishdi. Shunda iblis (musulmonlarga): «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar!» - deb sayha tortib erdi, musulmonlarning oldingi qatordagilari ortlaridagilarga o‘girilib ularga qarshi jangga kirishib ketishdi. Bir mahal Huzayf (ularning orasida) otalarini ko‘rib qoldilar-da: «Ey musulmonlar, bu  mening otam, bu mening otam!» - deb qichqirdilar. Ammo, Olloh taolo haqi, ular o‘zlarini to‘xtatolmay, Huzayfaning otasini o‘ldirib quyishdi. Huzayfa ularga: «Olloh taolo sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qilsin!» deb qo‘ya qoldilar va to Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgunlari qadar ham ularga yaxshilik qilaverdilar» (Sahih, Buxoriy rivoyati)

HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2009, 00:34:30
"Muborak oy tuhfasi dasturi"ning 3 yillik arxivi:

Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1427 hijriy (2006 melodiy) (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=19&id=75&Itemid=95)
Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1428 hijriy (2007 melodiy) (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=19&id=48&Itemid=95)
Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1429 hijriy (2008 melodiy) (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=19&id=76&Itemid=95)
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 09 Sentyabr 2009, 09:40:12
    Qalbni nurga to`ldirgan Iymon oyi muborak.
    Jannat yo`lin ko`rsatgan Qur`on oyi muborak.
    Ko`kdan tushgan malaklar - fayzli oylar muborak.
    Ro`zadorga Rаmozon oyi muborak.
 
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 09 Sentyabr 2009, 09:41:47
Assalomu alaykum birodar

Birodar sizga hursandchilik xabarini berishga ijozat berasiz.
Yo'q adashmadiz hursandchilik xabari. Bu shunday hursandchiliki Alloh sizga osson sinov yuboribdi, sizning qurbingiz yetdigan, o'tish imkoniyatingiz yuqori bo'lgan sinovni yuboribti, Darxaqiqat Alloh bilguvchiroq, Darhaqiqat Alloh bandalariga o'z imkonidan ortiq sinovga qoymaydi.
Birodar shu sinovni hursandchilik bilan qabbl qilib olishingizni hamda undan o'zi qodir qilguncha o'tishingizni tilab qolardi.
Sizda bunga imkoniyat bor. Siz noiloj xolatda emassiz, imkoniyatiz cheklanmagan. Noiloj qolganlarni, imkoniyati chekalngnlarni eslang (kasalmandlarni, ma'zur bo'lgan kishilarni)
Og'ir og'ir sinovni boshidan o'tkazgan kishilarni eslang. Yosh norasida o'quvchilarga ro'zani ochishi xaqida qat'iy buyurib,ro'zasini  ochtirgan o'qituvchilarni, rahbrlarni eslang. Bular albatta sizga qo'shimcha dalda bo'ladi, albatta taqvoingiz bo'lsa
Yana bir bora sizga osson sinov kelganligi bilan tabriklayman birodar
Sizu bizni Alloh rozi bo'lgan bandalaridan qilsin
Nom: Re: "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
Yuborildi: Mahdiyah 20 Sentyabr 2009, 08:20:21
(http://i002.radikal.ru/0909/8b/beb178e9e4e6.jpg) (http://www.radikal.ru)