forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Internet => Mavzu boshlandi: Norbek 24 Sentyabr 2006, 10:53:10

Nom: Internet tarmog'i
Yuborildi: Norbek 24 Sentyabr 2006, 10:53:10
Mavzu yaxshi
Nom: Internetning foydalanish sohalari
Yuborildi: Norbek 24 Sentyabr 2006, 10:57:32
Internetning foydalanish sohalari

Internet dan asosan 6 yunalishda foydalaniladi:
1) E-mail - elеktron aloqa (pochta)
2) Chat - intеraktiv suhbatlar (IRC tarmoq yoki E-mail)
3) Ma'lumotlarni WWW (World Wide Web) yoki GOPHER yordamida izlash.
4) Ma'lumotlar bilan almashish USENET
5) Dasturlarni uzoqdan boshqarish
6) Interaktiv o’yinlar.
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Nodi 24 Sentyabr 2006, 11:14:34
Assalomu alaykum Norbek!
GOPHER va USENET atamalari haqida azgina tushuncha bersangiz.
Nom: Gopher va Usenet
Yuborildi: Norbek 24 Sentyabr 2006, 11:51:38
Gopher va Usenet

Gopher - Internetning umumiy ma'lumotlar bazasini ko'rish va qidirishni ta'minlovchi programma.
Usenet (USEr NETwork) - Yangilik to'plamlari. Internet yangiliklari guruhi. Dastlabki ommaviy elektron pochtalardan biri. Hozirgi vaqtda 10000 dan ortiq xilma-xil yangilik guruhlari mavjud.

Nom: Modem
Yuborildi: Norbek 24 Sentyabr 2006, 16:23:45
Modem

MODEM (MOdulyator-DEModulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.
Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan:
"¢ uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o’zgartirish;
"¢ qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o’zgartirish.
Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o’zgartirish odatda ularning modulyatsiyasi bilan bog’langan.
 Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o’zgartirishdir.
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o’tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o’zgartirishdir.
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: ibrohim 24 Sentyabr 2006, 16:28:11

Assalomu alaykum Nodirbek.
Shuncha narsani qayerdan bilasiz? Yo, siz hakkermi-siz?
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Norbek 24 Sentyabr 2006, 16:53:37

Assalomu alaykum Nodirbek.
Shuncha narsani qayerdan bilasiz? Yo, siz hakkermi-siz?
[/quote]

Xudo asrasin xaker emasman shunchaki shu soxa bo'yicha ta'lim olganman Universitetda
Nom: Qoidalar haqida eslatma
Yuborildi: MaxCmd 27 Sentyabr 2006, 08:26:58
Qoidalar haqida eslatma:

Iltimos, dars ketayotgan mavzuda savollar berilmasin. Har bir dars uchun shu dars doirasida beriladigan savollarga xabar ochilgan. Boshqa foydalanuvchilar uchun qulay bo`lishiga harakat qiling.
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Shohi 13 Oktyabr 2006, 09:24:46
Assalomu alaykum !
mail.yahoo.com dan qanday qilib mailni umuman udalit qilsa buladi?
Meni passwordimsiz boshqalar mailimga kira olishadimi?
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Shohi 13 Oktyabr 2006, 09:26:31
Modemni tezligini yoki internet aloqasi tezligini qanday oshirish mumkin?
qaysi internet cardlari yaxshi?
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Norbek 13 Oktyabr 2006, 12:01:48
Assalomu Alaykum! yahoo.com server bo'lib shu serverda sizni elektron pochtangiz saqlanadi. emailingizni uziz udalit qila olmaysiz foydalanmasangiz vaqt o'tishi bilan serverdan olib tashlanadi. Passwordga kelsak sizzi passwordizzi hech kim bilmasa pochtayizga kira olmaydi faqat pochtada ishizzi tamomlagandan so'ng albatta vixod qilib chiqib ketishizzi maslahat beraman
Assalomu alaykum !
mail.yahoo.com dan qanday qilib mailni umuman udalit qilsa buladi?
Meni passwordimsiz boshqalar mailimga kira olishadimi?

Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Norbek 13 Oktyabr 2006, 12:14:39
Modemlar 2 xil bo'ladi ichki hamda tashqi odatda ko'pchilik tashqi modemdan foydalanadi, tashqi modemning narxi xam ichkinikidan qimmatroq. Internet tezligining yuqori yoki pastligi ulanishga ham bogliq misol uchun siz telefon liniya bilan ulangan bolsayiz bu ulanish DIUL-UP deb ataladi unda internet tezligi pastroq bo'ladi Misol uchun provayder sizga 54kb/s tezlikda internet bersa bu ulanishda sizga bundan ham kam tezlik ko'rinishi mumkin bunga sabab qilib turli xil misollarni keltirish mumkin (telefon liniyadagi uzilishlar, modemning qanaqaligi hatto siz ishlayotgan kompyuterga ham bog'liq) Masalan ikkinchi bir ulanish ajratilgan liniya orqali ulanish bu ulanish birinchisinikiga qaraganda ancha yaxshi va tezlik juda yuqori bo'ladi telefon liniya ham zanet bolmaydi
Modemni tezligini yoki internet aloqasi tezligini qanday oshirish mumkin?
qaysi internet cardlari yaxshi?

Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Foniy 21 Noyabr 2007, 20:12:24
Assalomu alaykum!

Muammo: Internet tezligining kamayishi,.. (http://www.utro.ru/articles/2007/11/21/696249.shtml)
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Foniy 25 Dekabr 2007, 15:33:19
Assalomu alaykum!
2008 yilda Internet tarmog'ida yangi, kirillcha .рф ko'rinishdagi domenlar ishlay boshlaydi deb xabar bermoqda Ru-Center.
.рф zonasidagi saytlarning nomlanishi to'liq kirillcha ko'rinishda bo'ladi. Hozirgi vaqtda amalda tekshirib ko'rish ishlari yakunlanmoqda ekan...
Qizig'i shuki, .рф ko'rinishdagi domenlar soni .ru ko'rinishdagi domenlar sonidan o'tib ketishi ham mumkin ekan,..

Manba (http://top.rbc.ru/society/25/12/2007/131437.shtml)
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: AbdurRohman 07 Mart 2008, 17:16:03
Assalomu aleykum
internetda Globus digan qanaqadir programma bor ekan, shu haqda ma'lumot berolisilami?
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Foniy 07 Mart 2008, 18:28:20
Assalomu alaykum!
internetda Globus digan qanaqadir programma bor ekan, shu haqda ma'lumot berolisilami?
GoogleEarthPlus nomli dastur bor, yer shari sputnik orqali NASA tomonidan 2005 yilda rasmga olingan, dastur  yordamida, balki o'z mahallangizni yoxud uyingizni ham ko'rishingiz mumkin. Dasturni bu yerdan (http://file002.mylivepage.com/chunk2/60852/55/GoogleEarthPlus.exe) yoki bunisidan (http://file012.mylivepage.com/chunk12/105102/58/GoogleEarthPlus.exe) ko'chirib olishingiz mumkin, hajmi 11-12 MB atrofida, dasturni kompyuteringizga o'rnatib butun yer shariga sayohat qilaverasiz, lekin bu dastur ishlashi uchun internet kerak!

Aytgancha, yana bitta narsa, yaqin kelajakda, balki bir-ikki oy ichida, internetda raqamli teleskoplar orqali yulduzlarni tomosha qilish, hohlagancha kattalashtirib ko'rish imkoiyatlari ham yo'lga qo'yilar ekan,..
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: AbdurRohman 08 Mart 2008, 12:26:03
Va aleykum assalom!
Alloh rozi bo'lsin sizdan!
Nom: Re: Internet tarmog'i
Yuborildi: Samandar 05 May 2009, 17:15:03
Salom Qadirliy do'stlar... Menga mademlar haqida ma'lumot kerak edi iojii boricha kuproq