forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 11 Sentyabr 2012, 23:35:13

Nom: Ko'k piyozli, kartoshkali kotlet (qadam-baqadam)
Yuborildi: Ansora 11 Sentyabr 2012, 23:35:13
 :asl3:


Ko'k piyozni men "yashil piyoz" der ekanman Turk tilini ta'siri bilan, kecha sezib qoldim:) aslida kok-moviyku, bizda eskidan beri ko'k deyilgani uchun tilimiz moslashib ketgan ekan-da qarang:) ha mayli, sizlarni ko'p kuttirmay yengil shabbodaday kotletlarga o'ta qolay azizlar:)

(http://s019.radikal.ru/i637/1204/ca/df345f0676ae.jpg) (http://www.radikal.ru)



Masalliqlar:

3 dona kartoshka
100 gr qadar ko’k piyoz
300 gr qiyma
Yarim bog’ petrushka

(http://s019.radikal.ru/i611/1204/6d/031d901ccc47.jpg) (http://www.radikal.ru)

1 dona tuxum
2 qoshiq irmik (mannaya krupa) —agar yo’q bo’lsa non maydasi solsangiz ham bo’ladi. Agar kartoshkangiz suvli bo’lsa, miqdorni ortirishingiz mumkin, yo’girganingizda bilinadi qancha miqdor solish kerakligi.
1 choy qoshig’i murch
1 choy qoshig’i zira
0.5 qoshiq tuz
Xohlaganlar garmdori solishi mumkin, men o’g’lim achchiq yemagani uchun totli bulg’ori maydasi soldim.

(http://s019.radikal.ru/i627/1204/ea/bdc26c0197fe.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Ko'k piyozli, kartoshkali kotlet (qadam-baqadam)
Yuborildi: Ansora 11 Sentyabr 2012, 23:35:48
Tayyorlanishi:

Kartoshkani qirg’ichdan o’tkazing, qolgan yashilliklarni to’g’rang, ichi keng va chuqurroq idishga butun masalliqlarni solib, 5 daqiqa qadar yo’g’iring.
(http://s019.radikal.ru/i623/1204/19/a0dda7b55c7e.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s019.radikal.ru/i606/1204/3f/976f2fc2a9cc.jpg) (http://www.radikal.ru)


Qo’lga yopishmaydigan, bergan shaklingiz buzilmaydigan holga kelganda qorishmadan yong’oqday bo’laklar olib, kotlet shakllari yasang.
(http://s48.radikal.ru/i119/1204/fb/0bc2ea24d2b8.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yana bir idishga un solib, kotletlarni unga botirib oling.
(http://s019.radikal.ru/i608/1204/0e/c0b4cbc97f9a.jpg) (http://www.radikal.ru)

Tovaga yog’ni solib, qizdiring va unga botirilgan kotletlarni 10 daqiqa qadar o’rta olovda pishirib oling.

(http://s019.radikal.ru/i616/1204/23/f4c00d7339ee.jpg) (http://www.radikal.ru)

Kotletlar pishganda kartoshka va mannaya krupaning yordamida qanchalik ichi yumshoq ekanligini ko’rasiz. Kotletni yonida kecha tayyorlagan "œSevgi izhori" salatimni yedik, salat judayam muloyim (qirg’ichdan o’tkazilgani uchun) va mazali edi, tavsiya etaman ;)

(http://s58.radikal.ru/i161/1204/79/779d874cda9a.jpg) (http://www.radikal.ru)