forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 11 Sentyabr 2012, 23:42:08

Nom: Ismaloqli "kelinchak" bo'rek:) (qadam-baqadam)
Yuborildi: Ansora 11 Sentyabr 2012, 23:42:08
 :asl3:




(http://s019.radikal.ru/i624/1204/8e/6032e21bc8d7.jpg) (http://www.radikal.ru)

Bu bo'rekning shaklini nimagadir kelinni ko'ylagiga o'hshataman, shuning uchun nomini shunday qo'ydim:)

Masalliqlar:

4 dona yufqa

Ismaloqli ich uchun:

1 dona piyoz
300 gr ismaloq
300 gr qiyma
5-6 qoshiq yog’
Keragicha tuz

Ustidagi sousi uchun:

1.5 stakan sut
2 dona tuxum
0.5 stakan yog’
0.5 stakan pishloq (qirilgan holda)
1 qoshiq razrıxlitel’

Tayyorlanishi:

Odatdagiday piyoz, qiyma, ismaloqni qovurib, bo’rekning ich masallig’ini tayyorlab olamiz, biroz ilisin.

(http://s019.radikal.ru/i601/1204/37/f93e7936d183.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yufqaninq yana birini dumaloq idishimizga chetlarini balandroq qilib yoyamiz.

(http://s019.radikal.ru/i609/1204/2f/410b82e8a06e.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yufqaning yana birini yoyib, iligan qiymali masalliqdan yoyib chiqamiz va ikki chekkasini biroz bukib, relet shaklida ohirigacha o’rab chiqamiz.

(http://s43.radikal.ru/i099/1204/fd/d404087b455a.jpg) (http://www.radikal.ru)

O’ragan ruletimizdan 2 barmoq qalinligida bo’laklar kesamiz va yufqa yoyilgan dumaloq idishimizga yuqoriga qaratib terib chiqamiz. Qolgan 2 yufqani ham shu tahlit o'rab, kesib, joylang.

(http://i041.radikal.ru/1204/ea/97b49fbcb87c.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Ismaloqli "kelinchak" bo'rek:) (qadam-baqadam)
Yuborildi: Ansora 11 Sentyabr 2012, 23:42:37
(http://s004.radikal.ru/i208/1204/bd/4624a3ab6b13.jpg) (http://www.radikal.ru)
Bo’rek sousi uchun butun masalliqlarni aralashtirib, ustidan tekis qilib sepib chiqamiz.

(http://s50.radikal.ru/i127/1204/5d/ee82c01d4a70.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s019.radikal.ru/i605/1204/3f/cc4808906c85.jpg) (http://www.radikal.ru)

Ustiga sous to'kilgan bo'regimizni 180 darajada 1 soatga yaqin pishiramiz.

(http://s017.radikal.ru/i406/1204/2f/5e379888161a.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s019.radikal.ru/i616/1204/68/cdb1502ce2db.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yoqimli ishtaha. Uydagilardan juda yaxshi maqtov oldi, ayniqsa qaynonamlardan:)