forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Salatlar => Mavzu boshlandi: Ansora 18 Sentyabr 2012, 13:08:08

Nom: Baqlajonli salat.
Yuborildi: Ansora 18 Sentyabr 2012, 13:08:08
 :asl3:


Masalliqlar:

3 ta baqlajon
1 dona yashil bul`gor qalampiri
1 dona qilzil bulg`or qalampiri
2 ta bodring
2 ta pomidor
5-6 dona ko`k piyoz
1 dona sabzi
1 osh qoshiq olma sirkasi
1 choy qoshiq shakar
tuz, kashnich urug`i, qora muruch, achchiq garmdori(ta`bga qarab)
o`simlik yog`i (baqlajon qovurishga)

Tayyorlanishi:


1. Baqlajonni uzunchoq shaklda to`graymiz, tuz solib ozroq g`imjilab holodilnikga 5-6 soatga qo`yamiz achchig`i ketishi uchun.
2. Sabzini somoncha shaklida to`g`rab, olma sirkasi, tuz, shakar, kashnich urug`i(yanchilgan), qora muruch solib uniyam ozroq g`imjilaymiz. Tarelka bn bosib qo`yamiz sokida turishi uchun.
3. Bulg`or qalampiri, bodring, ko`k piyoz, pomidorni ham uzunchoq shaklda to`g`raladi rasmdagiday.
4. Baqlajonni holodilnikdan olib ozgina bosamiz suvi chiqadi keyin sovuq suv quyib to`kib tashliymiz. Ortiqcha urug`lari to`kilib ketadi shunda.
Keyin o`simlik yog`ida qovuramiz 5-10 minutcha. Juda ezilib ketmasin.
5. Hamma masalliqlar aralashiriladi. Ta`bga qarab achchiq garmdori qo`shasiz.
6. Tayyor salatni ustini tarelka bn yopib 1 kun, hech bomasa yarim kun holodilnikda qoyiladi. Shunda soklarini shimib mazali boladi.
Yoqimli ishtaha!

(http://s017.radikal.ru/i427/1209/68/3d7c9fe4f2a6.jpg) (http://www.radikal.ru)

Manba: http://pazanda.uz/forum/index.php?topic=1998.0