forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 07 Oktyabr 2012, 18:11:57
-
:asl3:
Bugun 3 kun boladi inshalloh tuzlamaga, 2 haftalarda tayyor bo'lishini kutyabman.
(http://i.imgur.com/EAbLO.jpg) (http://imgur.com/EAbLO)
-
Yuqoridagi tuzlamaga:
Bodring,
Siyohrang karam
Gulkaram
Brokoli
Sarimsoq
Limon
Qizil bulg'ori
Yashil bulg'ori
Ajur
Sabzi
Qizil pomidor (maxsus pomidor tuzlamalar uchun-qattiq)
Yashil pomidor
soldim.
Avval sabzavotlarni yaxshilab yuvdim. Siyohrang karamni 4 bolakka boldim, rangi yaxshi chiqishi va ichigacha yumshashi uchun. Bankaga birin-ketin joyladim.
Bir tarafda 2 siqim no'xatni yuvib tayyorlab qoygandim, ularniyam oralariga sepdim.
Bankani ıchiga 2 stakan (400 ml) sirkani quydim, ustidan qaynatilib, sovutilgan soquv suvni quydim, keyin yondagi kattaroq idishga bankani ichidagi sirka aralash suvni tokdim, ichiga 6 qoshiq tuz, 2 qoshiq shakar soldim, aralashtirdim, bankaga bu suvni qaytarib soldim. Eng ust qismiga qattiqroq sabzavot- masalan sabzini ko'ndalang qilib qo'ysangiz tagidagi sabzavotlar tepaga chiqmaydi.
Qopqoq joyiga avval toza tselofan yopdim- havo kirib-chiqmasligi uchun, keyin qopqoqni zich qilib yopdim. Ertasi kuniyoq rangi siz rasmda korganday siyohrang bola boshlagangi.
O'rtalama 2-3 haftalarda tayyor boladi inshalloh.
-
Kecha kechqurun qilgan tuzlamamda majburan plastik idishdan foydalandim, chunki shisha bankamni (8 litrlik) sindirib qoydim:( dastgohim marmar bolganligi uchun birdan tagi taq dedi, sindi...
Shuning uchun Turkiyada plastik ishlatilarkan-da, dedim, chunki bu idishda tuzlama (bazan 20 kg-lik idishlarda tayyorlashadi) ortalama 3-4 oy turadi, u yer, bu yerga olinadi, judayam ehtiyot bolish kerak agar shisha bolsa.
Kechqurun qilgan tuzlamamda oldigisidan farqli o'laroq- oq karam, ukrop, hamak ishlatdim.
(http://i.imgur.com/KpFua.jpg) (http://imgur.com/KpFua)
-
Тузламаларингизга нсхотни нега ва қанчадан қсшиш кераклиги хақида аниқроқ ёзинг илтимос, броколи ва ажур нима Ўзбекистонда хусусан Андижондатопиладими?
-
Тузламаларингизга нсхотни нега ва қанчадан қсшиш кераклиги хақида аниқроқ ёзинг илтимос, броколи ва ажур нима Ўзбекистонда хусусан Андижондатопиладими?
:asl3:
Aralash tuzlamaga nima topsangiz solasiz, brokoli shartmas:) ajur- Дс‹нс змеевиднас ekan, u ham bolmasa kerak. Shartmas, men zotan qaysi sabzavotdan qanday maza boladi, deb qiziqdim:)
No'xat- 1 kg-ga bir siqimdan hisoblab solaverasiz, yuvangiz boldi, pishirish shartmas. No'xat- tuzlamaning bijg'ishini tezlashtirarkan.
-
:asl3:
Tuzlamamiz tayyor bolgandi, marhamat:)
(http://i.imgur.com/be0Aq.jpg) (http://imgur.com/be0Aq)