forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: xojar 30 Oktyabr 2012, 03:28:30

Nom: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 30 Oktyabr 2012, 03:28:30
 :asl3:
Alloh subhanahu va ta'alaning huzurida pulimiz, mansabimiz, nasabimiz ,husnimiz, kiyimlarimiz qimmatbaholigi bilan emas,TAQVOyimiz bilan afzal bo'lishimizni bilamiz. Shunday ekan qaysi  mo'min Alloh subhanahu va ta'alaga sevimli bo'lishni istamaydi? Xohlashadi va so'rashadi.

Aytishga oson ékan , TAQVO egasi qil , IXLOS egasi qil, HABIBlaringdan qil deb. Alloh xasis emas, Saxiy Zot, berishi mumkin, lekin og'zimizdan chiqqan har bir gapni javob  bor.
"Ular iymon keltiradilaru, sinalmagan hollarida qoladilar deb o'ylardilarmi"?


 Sinab kurib berar ekan, sinovlarga chidolsangiz olavering ékan. Va Toqatidan ortiq biror narsaga buyurmas ékan.

"Biz hech bir jonga toqatidan tashqari taklif qilmasmiz" Mu'minun 62.

Faqat Alloh haq subhanahu va ta'alaga haqiqiy TAQVO qilganlar chidar ékan, Alloh haq subhanahu va ta'ala loyiq ko'rganlar chiday olarkan , bu sinovlarga.
Katta narsani da'vo qilib qo"ydik, endi sinovlarga sabr surayman.

Robbana amanna, fag'firlana, varxamna va Anta xoyrur roximiin!
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: Mahdiyah 30 Oktyabr 2012, 09:47:37
 :asl3:

Blog muborak!
Shu mavzuga ta'luqli ushbu hadisni yozganakansiz mana bu yerda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=69.780)

Bittasi kelib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga:
— Yo Rasululloh! Men sizni ko‘p yaxshi ko‘raman! — dedi.
— Rost so‘ylarmisan? — dedilar Payg‘ambar janobimiz.
— Ko‘p yaxshi ko‘raman, yo Rasululloh, sizga oshiqman, juda yaxshi ko‘raman! — dedi u.
— Undoq bo‘lsa, balolarga hozirlangin! Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar xuddi
selning guldur-guldur kelmog‘idan ko‘ra shiddatliroq kelur, — dedilar.
Ya’ni, bu mehr-muhabbatning imtihoni ko‘p bo‘lgay, shiddatli bo‘lgay va qaerda bir
musulmon bo‘lsa, Alloh unga aziyat yetkazadigan bir aziyatchini paydo qilgay. Uning
qarshisida esa musulmonning hushyor turmog‘i lozimdir.

Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 01 Noyabr 2012, 16:32:57
:asl3:

Blog muborak!




Alloh rozi bo'lsin.
Ha, bu blog dinga foydada barakotli bo'lsin,inshaalloh.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 03 Noyabr 2012, 04:09:29
 :asl3:

Olim odamlarga havasim keladi.
Ular qanday ibodat qilishni, qanday yashashni, qachon nima qilishni bilishadi.

Agar ularga musibat yetsa,O'zlarini Yo'qotib qo'ymaydi, O'zidan oldin ham qaysidir Payg'ambar yoki Sahobiyga shunaqa musibat tushgani , shu vaqtda nima qilish kerakligini bilishadi.


Agar ne'mat yetsa ham O'zlarini Yo'qotib qo'ymaydi, shukr bilan bu ne'mat yana ham ziyoda bo'lishini va qanday qilib shukr qilish kerakligini bilishadi.

Iymoni susaysa, uni nima susaytirganini  aniqlab olishadi va qanday qilib kuchaytirish kerakligini bilishadi.

Ular taqvo qilishni bilishadi,Allohdan faqat olimlargina qo'rqadiku.

Yan ko'p-ko'p narsani bilishadi. O'zining kimligini , qanday ahvolda turganini , nima qilishi kerakligini,shaytoni lainni va nafsni qanday yengishni, ne'matlarga shukr, musibatga sabr qilishni .......

Xullasin kalom Olim insonlar Alloh subhanahu va ta'alaning muhabbatiga va jannatga qanday yetishishni bilishadi.

Iymonni va Qur'on ilmini Alloh subhanahu va ta'ala bandalari orasidan tanlab berarkan.
Ilmlar egasi bo'lgan Alloh  subhanahu va ta'ala bizni foydali ilmga loyiq ko'rsin.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 04 Noyabr 2012, 17:04:29
 :asl3:

Alloh xaq subhanahu va ta'aladan qo'rqib yig'laganmisiz?
A'uzu billahi minashshaytonir rojiym.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.

ALLOHDAN QO’RQUV
"Alloh taolodan qo’rqib yig’lagan odam, sog’ilgan sut o’z joyiga qaytgunicha, jahannam otashiga kirmaydi (ya'ni, abadiyyan jahannamga kirmaydi). Alloh yo’lida qo’ngan chang bilan jahannam olovining tutuni jamlanmaydi"(Nasaiy, "Sunan", 3057)

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham yig’lay boshladilar. Va bunday dеdilar:
"Allohdan qo’rqib yig’lagan kimsa jahannamga kirmaydi! Alloh taologa ma'siyat va gunoh qilishda davomli bo’lgan kimsa esa jannatga kirmaydi! Agar sizlar hеch gunoh qilmaganingizda Alloh taolo, albatta, sizlarni kеtkazib o’rningizga kеchirishi va rahm qilishi uchun gunohlariga darhol tavba qiladigan qavmni kеltirar edi. Albatta, Alloh kеchiruvchi va o’ta rahmli Zotdir"
Janobi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar:
"Albatta, bu Qur'on qayg’u bilan nozil bo’ldi. Sizlar uni o’qiganingizda yig’langiz! Yig’lay olmasangiz, yig’laganday bo’lingiz!" (Ibn Moja, 1337).

Din uchun yig’lash haqida Janobimiz sollallohu alayhi va sallam bunday dеganlar:
"Din haqdor ahllar qo’lida bo’lganida yig’lamanglar! Lеkin din noahllar qo’liga o’tganida, yig’langlar!" (Ahmad, "Musnad", 23482).
Imom Busiriy (q.s.) hazratlari "Qasidai Burda"larida bunday dеganlar: "Bas, haromlar bilan to’lgan ko’zlardan yosh to’k, pushaymonlikda parhеzkor bo’l!" (23-bayt).
Harbutiy rahmatullohi alayh hazratlari bu baytning sharhi so’ngida bunday dеganlar: "Agar darsingni o’qiyotganingda qaysi bir joyi qiyin kеlsa, u yеrni tushunishga qiynalsang, mana shu bayti sharifni o’qi. Alloh taoloning izni bilan, muhaqqaq, o’sha dars sеnga ochiladi va juda yaxshi tushunib olasan".

FARISHTALAR YIG’LASHNI O’LCHAY OLMAYDILAR
Abu Hozim roziyallohu anhu dеydilar: "Jabroil alayhissalom Janobimiz sollallohu alayhi va sallam huzurlariga tushdilar. Sahobalardan birlari yig’lar edi. Jabroil alayhissalom so’radilar:
-Bu kim?
Janobimiz sollallohu alayhi va sallam iltifot qildilar:
-Bu falonchi.
So’ngra Jabroil alayhissalom:
-Odam bolalarining barcha amallarini o’lchay olamiz. Yig’lashlari bundan mustasno. Albatta, Alloh taolo bir tomchi ko’z yoshi sababli jahannamdan dеngizlarni so’ndiradi, - dеdilar" (Qurtubiy tafsiri, 17-sahifa, 113. "Dorul-fikr", Bayrut, 1415

JAHANNAM OTASHINI FAQATGINA KO’Z YOSHLARI SO’NDIRADI
Rivoyat qilinishicha: «Qiyomat kuni tog’dеk bir otash parchasi jahannamdan chiqib Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlari tomon hujum qiladi. Janobimiz sollallohu alayhi va sallam ummatlarini bu olovdan qutqarmoqchi bo’ladilar. Olov esa hеch o’chmaydi. Janobimiz sollallohu alayhi va sallam Jabroil alayhissalomni chaqiradilar. Jabroil alayhissalom ozgina suv kеltirib bеradilar. Va: "Buni olov ustidan to’king!" dеydilar. Janobimiz sollallohu alayhi va sallam u ozgina suvni ummatlari ustiga kеlayotgan olovga sеpadilar, olov darhol so’nadi. Shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Jabroil alayhissalomdan:
"Yo Jabroil, olovni darhol so’ndira olgan bu suv qanday suv edi?" dеb so’raydilar.
Jabroil alayhissalom:
"Bu sizning ummatingiz to’kkan ko’z yoshlari, yolg’iz qolganlarida Alloh qo’rquvidan oqizgan ko’zyosh suvlari edi. Alloh taolo bu ko’z yoshlarini qiyomatga qadar saqlashimni mеnga buyurdi! Mеn ham Siz uchun muhofaza qildim", dеydilar».


 
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 05 Noyabr 2012, 17:48:57
  :asl3:

Husn-Chiroyni  Boylikka o'xshataman.
Agar uning uchun shukr qilib yaxshilik yo'liga ishlatilsa bu-NE'mat.
Agar shukr qilishni bilmasdan yomonlik yo'liga ishlatilsa bu-Balo.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 07 Noyabr 2012, 17:23:20
 :asl3:
Hozirgi kunda bizning qo'limizda to'la-to'kis yozilgan kitob-Quro'ni Karim bor.
O'qib o'rganishimiz xohlagancha aml qilishimiz mumkin.

Islomdagi birinchi shahida ayol Sumayya r.a  ixlosiga ,iymoniga havas qilmagan ayollar,qizlar bo'lmasa kerak. Lekin Sumayya r.a ning ilmi qancha edi?
La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh kalimasini his qilib aytishar edi.
Quroni Karimdan ham sanoqligina oyati karimalar bilishardi.
Hatto nomoz ham hali Farz bo'lmagan,nomoz o'qishni ham bilishmasdi.
Va Iymoni, Taqvosi, Ixlosi kuchli edi.

Bizning ilmimiz Sumayya r.a ning ilmlaridan bir necha marta ko'p bo'lsa kerak,
chunki qo'limizda butun bir Quroni Karim kitobi bor va qanchalab Xadislar bor.
Iymonimiz, amalimiz ham bir necha marta ko'pmi?  Lekin  Bunaqaga o'xshamaydi.

Oramizda bordir shunaqalar ham. Bizni ham O'shalarning darajasiga Ko'tarsin Alloh subhanahu va ta'ala.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 13 Noyabr 2012, 14:47:59
 :asl3:
O'zimda va boshqalarda Shoshqaloqlikni  ko'p ko'rdim.
Buning sababi:
Otamiz Odam a.s ga ruh kiritilayotgan vaqatda bosh tomonidan boshlab kiritilibdi,
Ko'zga jon kirganida Jannat ne'matlarini ko'ribdi/,
Burunga jon kirganida aksa uribdi/,
Og'izga jon kirganida 'Alxamdulillah' debdi/.

Va nihoyat Qoringa Jon kirganida Jannat ne'matlarini tusab qolibdilar,lekin hali Oyoqlarga jon kirmagan,Oyoqqa jon kirib o'tirishini kutib o'tirmay turib, Sakrab-Sakrab  ne'mat,taomlarga tomon ketib qolibdi/.

Oyog'i ishlamaydigan odamni ovqatlarga tomon Sakrab-sakrab ketib qolayotganini tasavvur qilasizmi?Ozroq kutib tursa Oyoqlarga ham jon kiradiku??

Robbimiz azza va jalla Odam a.s ni, uning avlodi bizni shunday shoshqaloq qilib yaratgan ekan.

Shoshqaloqligimiz yaxshi ishlarga sarf bo'lsin, Qilgan ishlarga Aqlimiz kifoya qilsin.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 17 Noyabr 2012, 10:36:24
 :asl3:
Odam a.s Yerga tushganlaridan keyin tavba qilib  yig'labdilar,yig'layveribdilar, juda ko'p yig'labdilar,
hatto Jabroil a.s kelib:

"Ey Odam .Buncha yig'laysiz? Nega buncha ko'p yig'laysiz?Bo'ldi-da endi"- debdilar.

Odam a.s "Ey Jabroil! Meni qo'ying.Men yig'lab olay ." debdilar.
(so'zma-so'z yozilmadi,eshitganimni yozdim).

Alloh a.j uchun yosh to'kadigan ko'z qanday ham yaxshi ko'z.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 17 Noyabr 2012, 10:44:31
 :asl3:
Agar siz bugun Alloh uchun yosh to'kkan bo'lsangiz qanday ham baxtga erishibsiz.
Endi bu baxt ertaga ham berilarmikin?
Ertadan keyinchi?
.........?

Rasululloh s.a.v o'rgatganlaridek duo qilaylik:Alloh a.j  bizga O'zi uchun  yosh to'kmaydigan ko'zdan panoh bersin.(Amin)
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 17 Noyabr 2012, 11:06:08
 :asl3:
Ba'zida iymonimiz susayganday bo'ladi.
Shunday vaqtda quyidagi oyatni o'qishni maslahat beraman.

"Ya ayyuhal insanu maa g'orroka bi Robbikal Karim?"
"Ey inson! Seni nima Karamli Robbing haqida g'ururga ketkazdi?
Infitor surasi.
Ey, xatokor inson! Nima seni  g'ururga(g'ururning aldash degan ma'nosi ham bor) ketkazdiki,(aldab qo'ydiki) Ulug' Robbingning amriga xilof ish qilishga jur'at etding?  (Tafsiri Hilol)

Agar iymonimiz susaygan bo'lsa uni nimadir susaytirgan bo'ladi.
Shu narsa bizni Ulug' Robbimizdan  uzoqlashtirishga, to'sishga arziydimi?
Hech narsa arzimaydi bunga.


Mehribon Alloh a.j Qalblarimizni O'zidan boshqaga burib qo'ymasin.
Payg'ambarimiz s.a.v o'rgatganlaridek duo qilylik:
Ya muqollubil qulub, sobbit qolbi a'la dinik.(Amin).
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 17 Noyabr 2012, 11:30:34
 :asl3:
Yana quyidagi oyatlar inshaalloh har kungi kunimizda yordam beradi.
Ertalabdan kechgacha qancha narsalarga xursand bo'lamiz yoki hafa bo'lamiz, ya'ni ta'sirlanamiz.
Ayniqsa yaxshi ko'rgan biron narsamizdan ayrilib qolsak buni "Fojea"dek qabul qilamiz.

A'laa-16,17.
16.Balki sizlar bu dunyo hayotini ustun qo'yasizlar.
       Ey odamlar, sizlar besh kunlik dunyo hayotini oxiratdan ustun qo'yasizlar. Bu dunyo hayoti g'amini yeb , oxiratni unutasizlar. Bu dunyoning hoyu-havasiga o'zingizni urib, oxiratga tayyorgarlik  ko'rmaysizlar.

17.Xolbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.
      Xolbuki, siz yaxshi ko'rayotgan bu dunyodan ko'ra oxirat yaxshiroqdir. Bu dunyoning ne'matlaridan u dunyoning ne'matlari mislsiz ravishda yaxshiroqdir. Bu dunyo foniydir, oxirat boqiydir. Bas, shundoq ekan nima uchun yaxshini qo'yib, yaxshi emasga o'zingizni urasiz?! Nima uchun boqiyni qo'yib, foniyga ishqiboz bo'lasiz?
Tafsiri Hilol.
 
Quroni Karimda qanday aytilgan bo'lsa o'shanday yashash nasib etsin.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 17 Noyabr 2012, 12:26:03
 :asl3:
Sizlarga Shayx Nabil al-Avadiy so'zlab bergan ko'p qismli
Payg'ambarlar qissalarini tinglashni tafsiya qilaman.

IslomTV va IslomHauseda bu Qissalarni uchratib qoldim.  Eshitib ko'ring, mana bu yerdan:
 
http://www.youtube.com/watch?v=VkHpfc56WI0&feature=related

http://www.youtube.com/watch?v=3rT9le6_7U8&feature=relmfu

Eshitib ko'rdim.(Aytib bermasam jiyanchalarim qo'yishmaydi, majburiy-ixtiyoriy eshitdim).
Payg'ambarlar haqida bilaman deb yurardim, lekin hatto Odam a.s haqlarida ham yaxshi bilmas ekanman.
Menga o'xshab "bilaman" deb o'ylab yurganlar bo'lsa kerak,
Eshitib ko'rsangiz juda  ko'p yaxshiliklar olasizlar , inshaalloh.

Bu Qissalarni O'zbek-tilida,Rus-tilida, Arab-tili, Tojik-tillarida uchratdim.
Ingliz -tilida ham bo'lsa kerak.

Robbimiz a.j bu qisslarni "Eng go'zal qissalar " deb ta'rif bergan ekan.
Bebahra qolmaylik.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 17 Noyabr 2012, 12:51:16
 :asl3:
Hamma Payg'ambardan nimanidir o'rganish mumkin.
Ayyub a.s dan musibat,kasallik-dardlarga Sabr qilishni o'rganish mumkin.
U kishining duolari: "Allohim boshimga musibat tushdi, Sen O'zing rahm qilguvchilarning eng yaxshisisan"

Yunus a.s dan Tavba qilishni o'rganish mumkin.
Yunus a.s 3 ta zulmat ostiga tushub qolgan ekanlar, Tun zulmati, Dengiz zulmati, Kit zulmati.Qorong'u kechada Kit yutib yuborgan vaqtda.

U kishi "La ilaha illa anta, subhanaka inni kuntu minazzolimin. Sendan boshqa iloh yo'q, O'zing poksan, albatta men o'zimga zulm qilguvchilardan bo'ldim."

Alloh a.j Yunus a.sga najot berib,nimjon holida Kitdan halos qilib, suv bo'yiga bir Oshqovoq o'simligining ostiga joylab qo'yibdi.U kishi undan yeb, bargidan soyalanib,suvdan ichib kuchga kiribdilar. Alloh a.j Mo'minlarga ana shunday najot berar ekan.

Yusuf a.s  dunyo xazinalari va dunyoning yarim go'zalligi ustida bo'lib ham chalg'ib qolmadilar.Bizga shunday xazinalar va shunday go'zallik berilsa qanday ahvolga tusharkanmiza?!

Faqat Yusuf a.s Zindonga tushgan vaqtida Zindondan chiqayotgan bir kishiga  "Xojangga meni eslatgin" deb  zindondan chiqish uchun o'sha kishidan umid qilib qo'ygan ekanlar. Farishta esa u odamga buni unuttirgan ekan.
Buni Allohdan so'ramagani, bandasidan umid qilgani uchun O'sha zindonda bir necha  yil qolib ketgan ekanlar.
Biz ham bundan ibrat olib faqat Alloh a.j dan umid qilaylik.

Xullasi kalom barcha Payg'ambarlardan nimanidir, nimalarnidir o'rganish mumkin.
Va inshaalloh Jannatda ularga qo'shni bo'lib yashash mumkin.
Imkoniyat bor, bundan foydalana olsak qani edi.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 17 Noyabr 2012, 13:57:08
 :asl3:
              Hali oila qurib ulgurmagan birodarlarimga holis maslahat. :)
             (Aql o'rgatish bo'lib qolgan bo'lsa UZR)
Ozim hayotda ko'p tasdiqini ko'rgan bir oyat haqida yozmoqchiman.
Balki buning kimgadir foydasi tegar?
Nur-26.
Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar  nopok xotinlar uchundir.
Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir.


Nopok qalblar o'zlariga o'xshagan nopoklar bilan topishishi,o'z navbatida pok qalblar o'zidek pokiza qalblar bilan topishib  birlashishidir. Asli nopok insondan doimo nopoklik sodir bo'ladi. U o'ziga o'xshagan nopoklarni yoqtiradi, ular bilan topishadi, doim birga bo'ldi. Lekin pok kishilarga qo'shila olmaydi. shuningdek pok odam ham doim poklik bilan yashaydi.Pok kishilarni qidiradi, topadi, doim birga bo'ladi. Oila qurishda ha shu . Pok ayolga pok er,nopok ayolga nopok. Agar nopok bilan pok birlashib qolsa, bu hamdamlik uzoqqa bormaydi. Chunki pok bilan nopokning birga bo'lishi amri-mahol.  (Tafsiri HILOL)

Agar  qiz bola kelgan sovchilarni qaytaraversa, yoki yigit kishiga tafsiya qilingan qizlar yoqavermasa "Senga o'zi qanaqa odam kerak?"-deyishadi.

Bunga har kim har xil javob beradi.
Ba'zilar, 5 vaqt nomoz o'qisa, ichmasa, chekmasa,rostgo'y,mard,...,o'qigan bo'lsa,ko'rkam bo'lsa,...
Ba'zilar,iymoni  mustahkam,ixlosli, islomiy to'y qila oladigan,islomiy oila qura oladigan.....
Ba'zilar , Iymonli, ilmli , ixlosli, Qori(Qoriya),xulqi go'zal, Doimiy ilm olishga xaris,taqvoli....

Alloh haq taolo tengni tengiga qo'shsa demak bu shartalarni aytayotgan kishi o'zida ham bu hislatlarni topishi kerak, yo'qsa buni ming marta aytgan bilan, qidirgan, niyat qilgan bilan naf yo'q.
Hayotda e'tibor berganim, deyarli barcha olilalar bir-biriga mos,ua'ni yaxshi va yomon hislatlari teng.
Pokiza hayotni Alloh a.j Faqat taqvodorlarga berishga va'da qilgan ekan.
Aytmoqchi bo'lganim Kishi hayolidagi, niyyatidagi pokiza hayotga erishishi uchun , Robbisining roziligiga erishish uchun O'zini isloh qilish kerak.

Ba'zida keyinchalik,bo'b ketar, ya'ni nomoz o'qib , iymonli bo'b ketar,(qiz bola bo'lsa ro'mol o'rab ketar) degan niyat bilan ham turmush qurisharkan,Ozing tarbiyalab olasan.Ham bir kishining hidoyatiga sabab bo'lasan deb.
Iymonni er ayoliga, yoki ayol eriga bera oladimi, iymonni Yolg'iz Alloh beradiku?!
Balki, o'ylaganidek Hidoyatga kirib ketar, kirmasachi bitta umr kuydimi?

Agar dunyoni ko'p gapiradigan odam bilan 5 daqiqa gaplashsangiz, xulqingizga dunyodan qancha narsalar yuqadi, bunaqa odam bilan bir umr yashasangizchi?
Qancha narsa yuqadi?Siz uni hidoyatga tortaman. deb, aksincha u sizni zulmatga tortib ketsachi? Nurli odamlardan Nur yuqadi, Zulmatdagilardan Zulmat.
           Yana qiziq bir tarafi, Ba'zi musulmon yigitlar yillab muslima qiz qidirishar ekan, topisha olmas ekan, boshqa yerda esa Muslima qizlar  qanchalab dunyoviy yigitlardan kelgan sovchilarni qaytarib,  islomiysini kutishadi, yillar davomida . Bu Alloh taoloning hikmati bo'lsa kerak, sinab-sinab
niyyati holis bo'lsagina, pokiza hayotga munosib bo'lsagina bu hayotni bersa kerak.Vallohu a'lam.
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 18 Noyabr 2012, 04:45:53
 :asl3:
Firdavs jannatiga dohil bo'ladigan kishilarning sifatlari kelgan Mu'minun surasidagi oyatlarni sizlarga ilindim.
Oisha onamizdan Rasululloh s.a.v ning xulqlari haqida so'ralganda shu oyatlarni aytib bergan ekanlar.

1.Bataxqiq, Mo'minlar najot topdilar!

2.Ular nomozlarida xushu' qiluvchilardir.

Xushu --qo'rquv bilan sokinlokni jamlash ekan.

3.Ular behuda narsalardan yuz o'giruvchilardir.

behuda so'z, ish, tafakkur, his-tuyg'u...

4.Ular zakotni ado qilguvchilardir.

5.Ular farjlarini saqlovchilardir.

6.Magar o'z jufti halollari va qo'llarida mulk bo'lganlardan (saqlanmaslar), albatta ular malomat qilinguvchi emaslar.


7.Kim ana shundan boshqani talab qilsa,bas,ana o'shalar tajovuzkorlardir.

8.Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir.

Eng katta omonat va ahd bu Robbimiz bilan bo'lgani ekan.

9.Ular nomozlarini muhofaza qilguvchilardir.

10.Ana o'shalar voris bo'lguvchilardir.


11.Ular Firdavs (jannatini)me'ros olurlar,ular unda abadiy qolguvchilardir.

Mehribon Robbimiz bizni O'shalardan qilsin.(Amin).
Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 18 Noyabr 2012, 04:51:56
 :asl3:
Go'zal qiroatlar!

Albatta eng chiroyli so'zlar Robbimizning so'zlari!
Tinglaylik, qalbimiz orom topsin, Qalblarimizga Robbimizning so'zlari muhrlansin.(Amin)

 http://www.youtube.com/playlist?list=PL3884BB1B41AD5D83&feature=plcp

Nom: Re: FIII SABILILLAAH!
Yuborildi: xojar 18 Noyabr 2012, 05:07:36
 :asl3:
Robbimiz bizni eng ko'p Taqvo qiluvchilardan qilsin,
Eng ko'p Xamd aytuvchilardan qilsin,
Eng ko'p Shukr qilguvchilardan qilsin,
O'zini eng ko'p yaxshi ko'ruvchilardan  va O'zi yaxshi ko'ruvchilardan qilsin.
O'zi yaxshi ko'rgan sifatlar bilan bizni sifatlasin,
O'zi yomon ko'rgan siftalarni bizdan ketkizsin,
O'zi biz gunohkor bandalariga Rahm qilsin.
Ozi rozi bo'ladigan Pokiza hayot bersin.
Jannatga kirishlikni bizga hadya Qilsin.(Amin)

Alloh subhanahu va ta'alaga cheksiz Xamdu-sanolar bo'lsin.
Bandalari ichida eng suyukligi, bandalari ichida bizning ham eng suyukligimiz Rasululloh s.a.v ga salovatu-salomlar yog'ilsin.