forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 21:18:35

Nom: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 21:18:35
Assalomu alaykum!
Ushbu bo`lim orqali horijda hozirda yashayotgan, o`z mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz haqida ma'lumot beriladi. Ayni paytda O`zbekistonda bo`lmagan vatandoshlarimiz! O`zingiz haqingizda, sizni qiynayotgan muammolar, horij hayoti, Vatan sog`inchi haqida ko`nglizgizga tugib qo`ygan sara fikrlaringizni biz bilan baham ko`ring.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=uzbek&action=display&thread=1105633465&page=1)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ozoda 23 Iyun 2006, 02:15:44
Assalomu alaykum, va nihoyat men ham keldim!!
Vatanga Qaytishimga ham 4 kun qoldi!!! :) ;D
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyun 2006, 17:59:58
Assalomu alaykum, va nihoyat men ham keldim!!
Vatanga Qaytishimga ham 4 kun qoldi!!! :) ;D

Va alaykum assalom!
Sizga oq yo'l tilaymiz! Ota-onangiz bag'riga eson-omon qaytib olishingizga tilakdoshmiz.
Vatanga qaytib ham forumda faol bo'lishingizni tilayman.

Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Muhlis 01 Iyul 2006, 09:27:04
O'zbekiston diyoriga etadigan joy yo'q. Buni men samimiy aytayapman. Balkim vatanim bo'lib o'rganib qolganim uchundir. Misol uchun, Amerika "sehrli" diyorda (boy davlat bo'lishiga qaramay) ovqat masalasida juda qiynaladi kishi (mazali taom iste'mol qilishga o'rganagan kishi). Tabiiy narsa juda kam, bori ham qimmat va mazasi yo'q.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Feruzabegim 01 Iyul 2006, 10:56:04
Assalomu alaykum.
Xorijdagi o'zbeklarim, sog' omonmisiz?
Mana biz Ollohga shukr, keldik. BAribir, VAtanning tafti, mehri, hamma hammasi boshqacha bo'larkan. Unga dunyoning hech qaysi ne'mati teng bo'la olmaydi.
BArchalaringizga omad tilayman.
Barchalaringizga ona Yurtlaringizga eson omon yetib kelish baxti nasib etsin!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ozoda 04 Iyul 2006, 12:34:06
Assalomu alaykum
Mana men ham Vatanimiz O'zbekistonga yetib keldim  ;D
Mazza ya!!!!!!!!!!!!!
Lekin qanaqadir testdan o'tishim kerak ekan....shunga sal havotirlanyapman!!!
Hamma Horijdagi Vatandoshlarimizga Alangalik SALOMLAR!!!
Nom: Ota-ona sog'inchi...
Yuborildi: Umarbek 20 Iyul 2006, 02:30:44
  Assalomu alaykum forum ishtirokchilari,
Avvalo sizlarni his qilib turganimdan Allohga beadad shukurlar aytaman.
Hammalaring sog-salomat yuribsizlarmi kimdir, chet elda, yana kimdir o'z ona yurtimizda va eng asosiysi o'z ota-onasi bilan birga. Mana shu narsa mani ko'nglimni qiynaydi, manda yoshligimdan sog'inch kuchi juda kuchli edi, o'zim ham bilmayman sababini aslo. Maktab chog'larimda yozgi ta'til paytlarida oromgonga borar edim va hech ham ko'nika olmas edim, uyga shunqa talpinar edim, ota-onamni shunqa sog'inar edim, buni tasavvur qilib yoki so'z bilan tariflash juda mushkul vazifa hisoblanadi. Yillat o'tib katta bo'lib hozirda bu tuyg'u manda qolmagan bo'lsa kerak deb o'ylagan edim, lekin hato qilgan ekanman, bolalik paytimda qanaqa bo'lsa shundayligicha turibdi, faqat hozir man tuy'guni ota-onamni muborak yuzlarini ko'rib, sog'inchimga taskin bera olmayman, albatta ma'lum vaqtgacha, biroq manda shu sog'inch yoki shu tuyg'u juda kuchli tarafdan o'zini ko'rsatmoqda. Avvalo ota-onam va qolaversa o'zimizni yurt sog'inchi shunqa kuchli o'tmoqda manda, Alloh nasib hudo hohlasa yana o'z ota-onam bag'irlariga qaytaman, biroq ungacha bu ko'ngulga qanaqa qilib tushuntirishni bilmay yuribman.
Albatta horijda hamma narsa, yoningizda bekamus kus turishiga qaramay, baribir tongda ko'zingizni ochganingizda boshqa yurtdasiz.
Aziz do'stlarim albatta bu balki hammada bo'ladigan holatdir, sizlarda ham shunaqa tuyg'ular jo'sh urgandir yoki hali ham balq urib kelmoqdadur. Hozir man faqat sizlar bilan mana shu forum orqali suhbatlashib ko'nglimga ozgina bo'lsa ham taskin berib kelmoqdaman.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:27:43
Kundan-kun to'kilar yurakning sabri,
Ona,sog'inchlarim bo'ldi bir osmon.
Sog'indim tuprog'im,sog'indim yomon,
Meni olib keting o'z diyorimga... :'(
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 28 Iyul 2006, 12:06:02
Assalomu alaykum
Mana men ham Vatanimiz O'zbekistonga yetib keldim  ;D
Mazza ya!!!!!!!!!!!!!
Lekin qanaqadir testdan o'tishim kerak ekan....shunga sal havotirlanyapman!!!
Hamma Horijdagi Vatandoshlarimizga Alangalik SALOMLAR!!!
Assalomu alaykum
Mana men ham Vatanimiz O'zbekistonga yetib keldim  ;D
Mazza ya!!!!!!!!!!!!!
Lekin qanaqadir testdan o'tishim kerak ekan....shunga sal havotirlanyapman!!!
Hamma Horijdagi Vatandoshlarimizga Alangalik SALOMLAR!!!

Eson-omon yetib kelganingiz bilan tabriklayman.
Xorijda olgan bilimlaringizni yurtimiz rivojiga sarflashingizga tilak  bildiraman.
Nom: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Zafarbek 06 Avgust 2006, 03:13:27
Assalomu aleykum barchaga! Manhma hozir forumdagi yurak sadolariyizi o'qib shu forumga a'zo bo'ldim! Hammalarinnga sihat saodat tiliman!

regards from EU
Belgium
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Avgust 2006, 16:50:32
Assalomu aleykum barchaga! Manhma hozir forumdagi yurak sadolariyizi o'qib shu forumga a'zo bo'ldim! Hammalarinnga sihat saodat tiliman!

regards from EU
Belgium
Assalomu aleykum barchaga! Manhma hozir forumdagi yurak sadolariyizi o'qib shu forumga a'zo bo'ldim! Hammalarinnga sihat saodat tiliman!

regards from EU
Belgium
Hozir Belgiyadamisiz? Shu haqda yozing  iltimos.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Nodi 31 Avgust 2006, 17:36:30
Shoxjahon, Umarbek, siz ayni paytda qayerdasiz?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Umarbek 31 Avgust 2006, 22:35:33
Ayni paytda Aqshda man, lekin
mandagi vatan tuygusi.......
hech kimda bunaqa bulmasa kerak!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Farida 01 Sentyabr 2006, 03:05:58
Ayni paytda Aqshda man, lekin
mandagi vatan tuygusi.......
hech kimda bunaqa bulmasa kerak!

AQSHda nimalar bilan shug'ullanasiz?
O'qishdami yo ishdami?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Feruzabegim 02 Sentyabr 2006, 22:42:04
Ayni paytda Aqshda man, lekin
mandagi vatan tuygusi.......
hech kimda bunaqa bulmasa kerak!

Assalomu alaykum.
Hech kimda unaqa bo'lmasa kerak debsiz. Lekin bu tuyg'uni boshqa kishi bo'lib, tuyib ko'rmagansizku? Aytmoqchimanki, Vatanning sog'inchini har kim o'zgacha his qiladi. Kimdir yo'liga ko'z tikib o'tirgan mushtipar onaizori ko'rinishida his qilsa, yana kimdir VAtan bilan bog'liq nimaiki bo'lsa, o'sha ko'rinishda sog'inadi. Hamma ham o'z Vatanini boshqadan kamroq yoki ko'proq sog'inmaydi, nazarimda.
Hozirgi sog'inchingizni dunyodagi hech qanday boylikka almashib bo'lmaydi. Hatto uni tasvirlashga til ojiz.  Uni faqat his qiladilar,  sog'inadilar.
O'zbekistonni sog'ingan damlaringizda ushbu forumga kirib turing, o'zimizning qo'shiqlarimizdan tinglang. Oilangiz bilan yozishib turing. Bu Vatan sog'inchini to'liq bosolmaydi, lekin Vatan taftini tuyushga yordam beradi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Feruzabegim 02 Sentyabr 2006, 22:47:39
Abdulaziz, nimaga Xorijdagi o'zbeklarimning barcha bo'limlari to'liq ko'chirilmagan? Qanday qilib arxivni ko'chirsa bo'ladi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 04 Sentyabr 2006, 10:41:49
Shoxjahon, Umarbek, siz ayni paytda qayerdasiz?
Man hozir Toshkentdaman.
Yaqinda Koreya respublikasining Jeju orolida ikki hafta bo'lib keldim. Seminarda qatnashuvdim.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 05 Sentyabr 2006, 12:18:46
Shoxjahon, Umarbek, siz ayni paytda qayerdasiz?
O'zingizchi? O'zbekistondamisiz?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Nodi 07 Sentyabr 2006, 13:41:44
Shoxjahon, Umarbek, siz ayni paytda qayerdasiz?
O'zingizchi? O'zbekistondamisiz?

Ha, hozirda O'zbekistondaman.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Sentyabr 2006, 18:10:46
Shoxjahon, Umarbek, siz ayni paytda qayerdasiz?
O'zingizchi? O'zbekistondamisiz?


Ha, hozirda O'zbekistondaman.

Biror xorijiy mamlakatda bo'lganmisiz?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Nodi 14 Sentyabr 2006, 19:37:36
Man 2 oy USAda bo'lganman.
O'zingiz-chi, qaysi chet davlatlarda bo'lgansiz?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:56:49
Abdulaziz, nimaga Xorijdagi o'zbeklarimning barcha bo'limlari to'liq ko'chirilmagan? Qanday qilib arxivni ko'chirsa bo'ladi?

Horijdagi o'zbeklar mavzusini ko'chirishni boshladik.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:57:10
Akramxon:

Assalamu alaykum!
Forumda ushbu bolimni ochib yaxshi ish qilibsizlar. Ko`plab vatandoshlar shu yerda topishib fikr almashish imkoniyati tugilibdi. Men ham hozirda muhojirlikda AQSh tarflardaman. Bu yerda yashash va ishlash tarzi yomon emas. Lekin O`zbekistonnio, u yerdagi do`st-birodarlarni har lahza sog`inib turaman,
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:57:23
Sherali:

Salom hrijdagi vatandoshlarimiz biz sizlarni yaqinlashib kelayotgan qurbon hayiti bilan tabriklaymiz va sizlarga omad baxt sodat tilab qolamiz hamyurtlaringiz Sherali
Abubakir va g'ayratjonlar.
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:57:45
Karimjon:

Assalomu alaykum! Mani ismim Karimjon! Hozirda Koreyada stajirovkadaman. Horijda ishlab pul topish yaxshi, lekin vataningni, uydagilarni soginarkansan. Ular har doim hayolingdan o`tib turisharkan.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:58:07
Otabek:

Assalomu alaykum!
Janubiy Koreya poytaxti Seulda Islom masjidi borligi e'tiborga loyiq. Man Ramazon Xayiti va Qurbon Xayitlarida masjidga bordim. Xayit munosabati bilan masjidda ko'plab yurtdoshlarim bilan diydorlashdim.
Umuman olganda, Koreyada Islom diniga munosabat ijobiy.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:58:19
Islombek:

Assalomu alaykum Otabek!
Koreyadagi barcha dindoshlarga salomimizni yetkazing. Aytinchi koreyslar orasida ham Islom dinini qabul qilayotganlar bormi? Koreyslarda Islomga qiziqish va munosabat qanday?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:58:29
Otabek:

Xayit kuni masjidda mani xayratlantirgan narsa shu bo'ldiki, bir koreys millatiga mansub kishi "Zakot qutisi"ni ko'tarib, odamlardan xayriya yig'ib yuribdi.
Albatta, koreyslar orasida ham islom dinini qabul qilganlar va bu dinga ishonuvchilar talaygina.
Koreyada dinsizlar xam talaygina. Man bir dinsiz koreys bilan suxbatlashgan chog'imda uning "Qur'on" to'g'risida yaxshigina tasavvurga ega ekanligidan xayratda qoldim. Xa, Koreyada xristianlikka da'vat etuvchi missionerlar qanchalik samarali xarakat qilmasin, baribir Islom dini o'ziga xos mavqega ega bo'lib qolaveradi...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:58:45
AbdulAziz:

Albatta Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! deyiladi Qur'oni karimda.
Shuning uchun ham Alloh qayerda bo`lmasin o`z dinini aziz qilib qo`yaveradi.
Seulda musulmonlar uchun maxsus oshxona bozorlar bor ekan deb eshitdim...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:59:08
Otabek:

Ha, bu haqiqat...
Seulda "SAMARQAND" nomli o'zbek milliy oshxonasi bor. Biz o'zbekistonliklar u yerga tez-tez borib turishga xarakat qilamiz. "SAMARQAND"da o'zbek oshpazlar ishlaydi.
Koreyaning muhim port shahri hisoblanadigan go'zal Busan shahrida esa "AMIR TEMUR" nomli o'zbek restorani bor.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:59:34
Xitoydan:
Otabek man sizga bitta savol bermoqchi edim.
Koreyadagilarni o'zbek tiliga qiziqishi qanda hech qizqib so'rab ko'rdizmi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:59:44
Otabek:

Ha, koreyslar O'zbekistonga katta qiziqish bilan qarashadi. Busan shahrida "Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati" fakulteti bor ekan, deb eshitdim. Bu ham fikrimga misol bo'la oladi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:00:06
Otabek;

Koreyadagi vatandoshlarimiz sayt haqida unchalik tasavvurga ega emaslar. Men saytni targ'ibot qilishga harakat qilayapman. Umuman, sayt xorijda yurgan yurtdoshlarimiz uchun foydali. Chunki saytda islom diniga oid ma'lumotlar yetarlicha. Namoz o'qishni o'rganmoqchi bo'lganlar, turli duolarni o'rganmoqchi bo'lganlar topiladi...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:00:25
Otabek:

Yujinni (koreys qiz) ham forumga taklif qildim. Ingliz tili uchun mavzu ochib yaxshi ish qilibsiz. U ingliz tiliga kiradi. Tugmachalarning ko'pchiligi inglizcha ekanligidan Yujin forum qoidalarini tezda bilib oldi. Erta-indin forumning doimiy a'zoligiga o'tmoqchi. U "Forumga nima haqda yozay?'-deb so'rayapti. Men "O'zing va Koreya haqida ingliz tilida gapirib ber", dedim....
Hozircha shu...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:00:37
AbdulAziz:

Otabek, yaxshi ish qilibsiz. O`shatda koreyscha gaplashselar ham bo`ladi (Koreys mavzusida, faqat tarjima qilib turasiz). Bemalol yozurilar, inglizchada, boshqa chet-ellik do`stlaringizni ham bu yerga chorlasangiz yaxshi bo`lardi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:00:51
Komron:

Chet elda yurtdoshingiz bilan diydorlashish maroqli bo'lsa kerak-a?!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:01:05
Otabek;

Albatta, o'zbekcha ovqat va bir choynak achchiq choyni birga baham ko'rgan holda yurtdoshlar bilan diydorlashishning gashti boshqacha... :)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:01:32
Bonu;

Assalomu alaykum!
Koreadagi o'zbeklar uchun qulayliklarni korib juda havas qildim. O'zbek oshpazlar, ozbekcha oshhona bolishini bo'tda - Angliyada orzu qilamiza, chunki bilmadim, bitta shu Londonda milliy oshxona ochishsa bu juda zor bizness bolardi ham. Mani oqishdagi chet ellik dostlarim hammasi ozini yurtini oshhonasiga borganda juda havas qilaman, Hitoyliklar Hitoy restoranida ovqatlanadi, Turklar turkcha, Hindlar hindcha, lekin bu oshhonalardan, faqat turklardagina halol ovqat bor, kaboblar olib turamiza. Lekin juda hohlagan bolardik, milliy palovni kotta qozonda pishirilishini bu yerda. Boshqa hamma halq milliy oshhonalari har qadamda, lekin nega ozbekcha biron bir joy yoq ekan-a, hayronmiz.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:01:53
mahmudjon:

Assalomu alaykum!Hammani bu kungi bahorning eng go'zal bayrami NAVROZI OLAM bilan tabriklayman ! Aka , ukalar hozir gi kunda Uzbekistondan AQSHga ishlashga borayotgan lar bormi ,, borib bo'ladimi?
???
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:02:19
Webmonster:

Ozbek ovqatlarini horijda ayniqsa Angliyada sotib bizness qilish unchalik ham yahshi fikr emas. To'g'ri, u yerlarda koplab hind yoki turk restoranlari, kafelari bor. Lekin bu kafe sohiblarining foyda qilishlarining sababi u yerlarda turklar va hindlar juda ko,p. Bizning ozbeklar ham ohirgi paytlar kopayib qoldi, lekin yuqorida aytkanimiz turk yoki hind ovqatlarini u millat vakillaidan boshqalar ham istemol qilishadi va juda yahshi korishadi. Lekin bizning ozbek ovqatlarining aksariyati juda yog'li bolgani sababli boshqa millat vakillari bunday ovqatlarni hush kormaydilar. Shuning u yerlarda bunday taomlar sotadigan oshxona ochish unchalik ham yahshi fikr emas. Va oylayman ki, shu sabablik AQSH yoki Angliyada ozbek restorantlarini topish juda qiyin.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:02:32
Kumushbibi:

Assalamu alaykum Mahmudjon.Uzr forumga tez-tez kira olmaganligim sababli savolingizga kech javob berayapman.
Sizni ham shu go'zal ayom bilan tabriklayman.

Ishlash uchun AQSHga kelish bo'lsa bilmadim.O'qish uchun bo'lsa aytishim mumkin. Lekin Bir ikkita ishlash uchun kelganlarni bilaman. Ular Turistik viza orqali kelishgan.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:02:59
Bonu:

Kumushbibi, ma'zur tutasizu, man sizni juda katta yoshli qiz deb oylagandim boshida , lekin keyinchalik bilsam bizdan ancha muncha yosh ekansiz, juda ham hursand boldim shunaqa aqlli qizlar borligiga, barakalla!
Endi siga savolim bor edi, ozi qayerda oqiysiz? Qaysi organizatsiyadan ketgansiz? Kimlar bilan turasiz? agar Amerikaliklar oilasida tursangiz ular haqida ham yozing. Yeah, I know it's a little bit personal matter, but I am so curious as usual....I will be looking forward to getting your response. Cheers!
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:03:12
mamut:

otabek siz karesla suv ichadi dedizmi? xa xa siv xam ichib turadi ,lekin suv dan ham ko'proq aroq ichar ekan alkash degan qanaqa bo'lishini shu paytgacha bilmas edim kayfi tarqasa bo'lmas ekan toh'tatmasdan ichishi kerak ekan .bolla xayron qoldim da man shu paytgacha ko'rmagan edim shunga yozypman ..juda ko'p ichar ekan kareslar yoshlari ham karisi ham.Xayot degan da faqat kayfu safo ni tushunar ekan bular Kareslarning xayoti umuman yoqmadi manga .Ota -onasi karigan da u'rmonda yashar ekan -bollari shaxarda Qishloqlariga borsangiz faqat karilarini ko'rasiz ,kichgina tovuqxonaga u'xshagan kulbalarda ota -onasi turadi sovuq-zax.shxarga borsangiz 1 ta yarimta qarini ku'rmasangiz hammasi yoshlar xeyyyyyyyyyyyyyy tutab ketdim bu erdaa ??? ??? ???
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:03:23
Otabek:

Ha, koreyslarning aroq ichishini rad etmayman. "Soju" degan koreyscha aroq bor. Shuni ko'p ichishadi. Lekin "koreyslar hayotni kayf-safoda deb bilishadi", degan gapingizga qo'shilolmayman. Men o'qiyotgan Universitetda o'ta ketgan alkash talabalarni bilaman. Ular rosa ko'p ichishadi. Shu bilan birga ota-onasiga hurmatni joyiga qo'yishadi. O'qishni ham qotirishadi. Qaysi alkash grand yutib chiqib, Avstraliya, AQSH va Angliyada o'qib kelganligini eshitgansiz? Baho berishda oynaning boshqa tomoniga ham e'tibor qaratish lozim. (uzr)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:03:39
Kumushbibi:

Assalamu alaykum!
Kompliment uchun rahmat.Sizning ham mulohazalaringizni qadrlayman.
Men haqimda bilish sizni qiziqtirsa qarshi bo'lmasangiz pmda gaplashsak.Qiziquvchanlik har bir qizga bor ekan. :D
Hurmat bilan Kumushbibi
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:03:57
Bonu:

Kumushbibi, iloji bolsa tel. nomerizni bering man qilaman, Ukdan USA ga qilish juda ham arzon. Bemalol gaplashardik, yoki skype.com ga kiring telefondan ham a'lo aloqa bolardi! skype.com nidownload qilgan bolsez unda ID ingiz nima? Yozib yuborsangiz. Ozi maildan ham bolardiku, lekin manga shu hecham yoqmidide, baribir tel. da gaplashib qoya qolganim yahshi....Agar qarshi bolmasangiz...?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:04:07
mamut:

Ha, koreyslarning aroq ichishini rad etmayman. "Soju" degan koreyscha aroq bor. Shuni ko'p ichishadi. Lekin "koreyslar hayotni kayf-safoda deb bilishadi", degan gapingizga qo'shilolmayman. Men o'qiyotgan Universitetda o'ta ketgan alkash talabalarni bilaman. Ular rosa ko'p ichishadi. Shu bilan birga ota-onasiga hurmatni joyiga qo'yishadi. O'qishni ham qotirishadi. Qaysi alkash grand yutib chiqib, Avstraliya, AQSH va Angliyada o'qib kelganligini eshitgansiz? Baho berishda oynaning boshqa tomoniga ham e'tibor qaratish lozim. (uzr) XA endi (oynaning boshqa tomoniga qariydigan bo'lsak)1 ta yarimata topladi siz aytgandaqa lar ,lekin xaaaaa aytgancha keganizga qancha bo'ldi ?. ishlashga kegan bollardan liboyi dan so'rab ko'ring kareslar xaqida :D nima der ekan . ;D :DKaresning eng yahshisi xaqida so'rab ko'ring ..bularning odatlari xali bilmaysizmi ukam
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:04:20
Otabek:

Muhtaram, Mamut aka! So'zlaringizdan yoshingiz mendan kattaga o'xshaydi.
Aka, biror bir xalq haqida gapirganda, neytral yondashuv degan narsa bor. Ya'ni, betaraf holda fikr bildirish. Masalan, Gitler Ikkinchi Jahon Urushini boshlagan, deya butun nemis xalqini yomon ko'rish kerak emas.
Yana shuni aytishim mumkin: O'zbekistondan kelib bu yerda o'qiyotganlardan ham, ishlayotganlardan ham koreyslar haqida faqat iliq so'zlarni eshitdim.
Koreyslar aroq ichar ekan, deya ularni butunlay pastga urib yuborish ham yaramaydi. Men koreyslarning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan va qo'shayotgan xissalari haqida soatlab gapirib berishim mumkin sizga.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:04:31
mamut:

xa tog'ri gaplarizda jon bor ,lekin man o'zim ga qarab aytgan dim ichgan odamni u'lib yamon ko;raman .bar bir yamon ko'raman kareslani ularning odatini chochqaning kallasini u'rtaga qoyib og'ziga pul tiqib sajda qilagini ko'rib ayniqsa .yana boshqa odatlari ham bor uni bu erda aytib bo'ladigan emas......i sizlarday dono bilimdon e,masman .chiroyli gaplarni kelishtirib yozolmayman ...uzur xayr :-X
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:04:42
Otabek;

Uzr so'rashning xojati yo'q. Qolaversa, uzr so'raydigan ish qilganingiz yo'q. Buning ustiga biz ham siz aytganchalik dono emasmiz. Bu yerda har kim o'z fikri bilan o'rtoqlashishi mumkin. Men ham sizning fikrlaringizni hurmat qilaman. Keling, yaxshi narsalar haqida suhbatlashaylik. Mayli, koreyslar siz o'ylaganchalik yomon bo'laqolsin. Lekin yomondan ham yaxshi narsalarni o'rganish mumkin.
Mana, siz xorijdasiz. Xorijda yurgan vatandoshlarimizdan birisiz. Aytingchi, koreyslarning yaxshi tomonlarini ham ko'rdingizmi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:04:55
AbdulAziz:

Koreyslarning yaxshi tomonlari haqida man eshitganlarimni aytib beray:
- koreyslar aldashni hush ko`rishmaydi;
- kofirning iymoni yo`qu, insofi bor degan maqola shularga ham atalgan;
- ba'zilarga o`xshab "ekib suv quymay" ketishmaydi, ular;
va hokazo
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:05:16
Shahzoda:

Barcha chet elda yashaguvchi yurtdoshlarga alangali SaLoMlaR!!! Mani uzim Kanadada istiqomat qilaman. Bu yer O'zbekistonga nisbatan ancha sovuq bo'lsada, sharoitlari juda ham yahshi. Kanada bu immigrantlar yurti deb aytsam yanglishmagan bo'laman. Negaki, bu yerda haqiqiy Kanadaliklarni uchratish juda ham qiyin...Odamlarning asosiy qismini immigrantlar tashkil etadi. Shu sababdanmi, bu yerga kelgan ko'pchilik odamlar o'z yurtini unutib ham yuborishadi. Bundan tashqari, bu yerlarda turli xil davlatlarning o'z restoranlari, va uyushmalari ham bor. Afsuski bu yerda o'zbeklar unchalik ko'p emas...Borlari ham hech birlasha olmay yuradilar. Lekin shunday bo'lsa ham bu yerlarda o'zbekcha restoranlarni uchratish mumkun. Biz 5-6ta tanish o'zbeklar o'z milliy bayramlarimizda birlashib, qo'limizdan kelganicha yahshi o'tkazishga harakat qilamiz. Bilasizmi, Kanadaning yahshi taraflari juda ham ko'p. Ularni sanab sanog'iga yetmaysan kishi. Lekin baribir yahshimi, yomonmi, vatan-vatanda. Ba'zida O'zbekistonni shunaqangi sog'inib ketamanki...tasavvur ham qila olmaysizlar. Shunday paytlarda man darrov telefonni olib o'zbek do'stlarim b-n qo'ng'iroqlashaman. Mani hayotimga kelsak, u juda ham qiziqarli. O'zim maktabda o'qiyman, shuning uchun o'qishlar b-n bo'lib, uncha-buncha narsaga ulgurmay qolaman. Pulli maktabga qatnaganim uchunmi, manga negadir bu yerning o'qish sistemasi bizlarnikidan ancha qiyin tuyilaveradi...O'qituvchilarim juda ham qattiq turishadi, bir kun uy vazifangizni qilib bormanchi, o'zingizni o'sha zahotiyoq direktorning offisida topasiz. Yoki ustozingiz bitta mavzu beradida, shu mavzuga bir haftagacha 500 so'zdan iborat bo'lgan insho yozasiz(ehee) :-/. Agar maktabni, yoki biron bir darsni qoldiradigan bo'lsangiz, o'sha kuniyoq uyingizga qo'ng'iroq qilib maktabga bormaganligingizni aytishadi. Ota-onangiz tushuntirish xati yozib berib, yoki qo'ng'iroq qilib, yoki o'zlari direktorning offisiga kirib nega maktabni qoldirganligingizni tushuntirmagunicha qutulib bo'psiz. Imtihon/test paytlarida bizlarnikidagiga o'shab hamma bir-biridan ko'chirib yurish ham yo'q. Odamlar bitta-bittadan o'tirib yozishadi. Agar o'qituvchi sizning biron bir g'alati qattiq-harakat qilayotganingizni sezib qolgudek bo'lsa, yoningizga borib test-pestingizni shartta yirtib tashlaydi. Mana sanga sovg'a deb jurnalga katta nolni joylab qo'yishni ham unutishmaydi. Mayli maktabni ortda qoldirib, bo'sh vatlarimda nimalar qilishim haqida oz bo'lsada ma'lumot berib o'tay(uhlab qolmasangiz bo'lgani 8-)). Shanba, yakshanba kunlari bizlarga dam olish bo'lganligi uchunmi,bu kunlarni juda ham yahshi ko'ramande. Bu kunlari biz ko'pincha mehmon, sayohat, kino ko'rish, suzish, yoki restolaranlarga borib tanavvul qilish bilan shug'ullanamiz. Bularning ichida mani eng yahshi ko'radigan mashg'ulotim bu sayohat qilishdir. Ahir mehmonga boshqa paytlarda ham borishingiz, kinoni uyda ham ko'rishingiz, uyda basenda suzishingiz, va restoran ovqatlarini o'z uyingizda ham yeyishingiz mumkunku, shundoq emasmi? Biz turli xil joylarga sayohatga boramiz. Ba'zida disney landga o'hshagan parklarga boramiz, ba'zida tog'laru-daryolarga sayohat qilgani boramiz. Man tabiatni juda ham yahshi ko'raman, va har qanday holatda ham baribir tabiat manzarasi sari sayohat qilishni yoqtiraman. O'zingiz bilganingizdek, Dunyodagi eng katta sharshara "Niagra Falls" Kanadaning Niagra Falls shahrida joylashgan. Biz u yerlarga juda ham ko'p borib turamiz. Birinchi bor Niagra sharsharasini ko'rganimda hayratdan yoqamni ushlab qolgandim. Sharsharaning bahaybatligi, va uning atrofidagi go'zal tabiat har qanday kishini lol qoldiradi. Lekin Niagra Falls Kanadadagi yagona sharshara emas, bu yerda sharsharalar juda ham ko'p. Hammasi bir-birdan ajoyib va go'zaldir. Bularni ko'rib ko'nglingiz orom oladi. Barcha muammolaringizni unutib, o'zingizning sirli bir dunyoingizga kirib qolasiz. Go'yoki atrofda siz va go'zal tabiatdan o'zga narsa yo'qdek...Hullas, Kanadaning tabiati juda ham go'zaldir. Uni tariflashga har qanday til ojizlik qilgay. Kanada maning nazarimda juda ham osoyishta, tinch, va ishonarsiz tarzda go'zal davlatdir. Shuning bilan birgalikda, Kanadada texnika juda ham rivojlangan. Bu yerga kelganimda o'zimni huddi o'zga dunyoga tushib qolganday his qilgandim. O'zbekiston hozir manga juda ham qoloq davlat bo'lib ko'rinadi...Chunki Toshkentni markazini hisobga olmaganda, hammayoqda bir suv o'chsa, bir svet o'chadi. Gazni gapirmasa ham bo'laveradi(kechirasizlar tanqid qilish niyatim yo'qku lekin...) Bu yerlarda bunaqa narsalar hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Kelganimga uch yil bo'libdiki, hali bunaqa muammolarga duch kelganim yo'q(1 kunni hisobga olmasa agar) Bir kuni Kanadaning butun shaharlariga svet tarqatadigan stantsiya portlab ketgan ekan, hammayoqda svetlar o'chib qoldida. Hammayoq qop-qorong'u...Ayraportlarda samalyotlar ham uchmiy qo'ygan...yo'llarda svetaforlarning birontasi ham ishlamagandi. O'shanda Kanadada istiqomat qiladigan aholining asosiy qismi ko'chaga chiqib ketgandi. Ular bugun qiyomat qoyin bo'ladi deb ham o'ylashgandi(voy tavba) Yer portlab ketganidan keyin uyimiz ostida qolib ketmaylik deb, barcha odamlar iloji boricha turli xil binolardan uzoq-uzoqlar(parklar)ga borib yotib olishgandi. A biz o'zbeklar nima ham qilardik, uyda o'tirvoliiib shamni yoqvoganmiz bo'ldida. Shu kuni bitta qo'shnimiz uyimizga yugurib dod-voy solib kelgani hech ham yodimdan ketmidide. U ayol bechora bizlarga kuyib, pishib "Oh darling, I can feel that something really bad is going to happen today. Everybody is running away from their home as far as possible. It might be the last time we see each other...I'm afraid that God has send a tribulation upon us. So please hurry up, we have to go away", ya'ni " Oh jonim, Bugun qanaqadir yomon narsa yuz berishini sezib turibman. Hamma iloji boricha uyidan uzoqqa qochib ketishyapti. Bu bizning bir-birimizni ohirgi marotaba ko'rayotgan vaqtimiz bo'lishi mumkun...Olloh bizlarga qiyomat qoyinni(desak ham bo'laveradi. tribulation bu juda ham yomon narsada u faqat yong'in, suv toshqini , va tornado emas hammasi birgalikda) jo'natganga o'hshaydi. Shunday ekan, iltimos shoshiling, ketishimiz kerak" degan edi. Man bechora turgan joyimda ichaklarim uzilgunicha kulgan edimde.Lekin bunday holatlarni ko'rmagan Kanadaliklarni ham tushunsa bo'ladi...Bechora ayolni oyim zo'rg'attan tinchlantirgan edilar. Bu narsa bizning davlatimizda oddiy bir holat, qo'rqmang hammasi joyida, biznikida qoling deyishiga qaramay u shoshilganicha biron narsa yuz bersa mandan hafa bo'misizlar, sizlarni ogohlatirdim deya ketib qolgandi. Ertasi kuni svet yonganidan so'ng telivizorda ko'chalarga chiqib olib uhlagan aholini ko'rib maning hali uzilmagan ichaklarim uzilib ham tushgandi ;D. E bir biridan ajoyibu g'aroyib odamlar borda bu dunyoda...Mayli aziz do'stlar e'tiboringiz uchun rahmat. Sizlarni zeriktirib qo'ymadim degan umiddaman.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:05:43
Noza:

Shahzoda gap yoq. Manga o'ziz haqizda yozganlariz juda yoqdi. Shunaqa "maqolalar" dan ko'p bo'lsa zo'r bo'lardi.............. ;D ;D
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:05:54
Kamol;

Salom Shahzoda!
Hayotiy hikoyangiz judayam ta'sirli ekan. Menga bayon etish uslubingiz juda yoqdi.
Bu yerda boshqa horijlik ishtirokchilar ham bor ekan.
Ulardan ham shunaqa hikoyalar kutamiz.
Salom bilan, Kamol
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:06:05
Kumushbibi:

Assalomu alaykum!
Bonu agar iloji bo'lsa tel.nomeringizni pmga tashlab qo'ysangiz.Va sizga qaysi vaqtda qulayligini yozib qoldirsangiz,iltimos.
Oldindan rahmat!
Hurmat ila Kumushbibi
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:06:26
Zamira:

Men hozir Francyada o'qiyman.Albatta Evropa bechora O'zbekistonga qaraganda ancha rivojlanib ketgan.Bu erga kelganimga pushaymon qilmayman.Chunki ko'p narsani ko'rib eshitib ,o'rganib turaman.Ammo o'z ona yurtingizga o'zingizga tinch,ko'hglingiz to'q,hotirjam yashashga nima yetsin.Iloji bo'lsa hozirni o'zidayoq O'zbekistonga qaytar edim.Lekin ilojim jo'q............. O'zbekistondagi yurtdoshlarimga maslahatim bilim oling,bilim hamma erda qadirlanadi.Bilim bahtga yorug'lik va g'alaba etaklaydi.Qiyin bo'lsa ham o'z yurtingizda katta ishlar qilishga harakat qiling!Chet elga kelishni hohlaangiz aniq bir kasb va bilim bilan keling.Bo'lmasa holingizga itlar yirlaydi.BU DUNYODA AMIR TEMIRDEK IZ QOLDIRISH KERAK
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:06:49
Alisher Bek:

Ayni Haqiqat...
Bizning 500 dan ortiq o'g'lonlarimiz do'stimiz kun ora Changvon, Masan, Pusan oshxonalarini gullatishadi... Albatta agar ARBAT yaxshi o'tsa...
Horijdagi o'zbeklar uchun Omon Matjonning bir she'ri bor, o'qing... http://nafosat.freenet.uz/nazm/o_matjon/om0001.shtml
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:07:01
expert:

Assalomu alaykum
horijda yashash yaxshi deyishadi, lekin u yerda faqat uz moliyaviy tomonini yaxshilash mumkin deb uylayman. Men hozir yevropa davlatlaridan birida o'qiyman. Bu yerda musulmonligini bildiruvchi kiyim kiyib yurgan ayollarni Toshkentdan kura ko'p kuraman, lekin yoshlar orasida islom jiddiy qaralmaydi, balki bu mahalliy ta'sirdir. Ammo musulmon bulganimga hech qarshi fikr eshitmadim. Bu yerda boshqalarning ishiga aralashishmaydi, lekin bu ba'zan ayanchli.
...Musofir bulmaguncha...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:07:13
Assalom:

Va alaykum assalom!
Aslida yashash uchun tayin joying bo'lsa, tayinli ishing, sanga yo'ldosh yaqin odamlaring bo'lsa, qayerda yashashingni farqi yo'q. Qayerda yashasang ham qadr topaverasan. Pul deganini o'z yurtingdayam topsang bo'ladi.
Nima demoqchiman? Inson baribir Vatani bilan tirik. Juda ko'pchilik horijning yaltir-yultirlariga aldanib bu yerdagi tirikchiligidan ham ayrilib qolmoqda. Rossiya, Qozog'istonga ishga borganlarning ba'zi hikoyalarini tinglab achinib ketasan, kishi. Albatta hammaning o'z qarichi bor. Shu bilan o'lchash kerak, avvalo.
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:07:21
Xorijdagi o'zbeklarim,
O'lmay qolgan o'zliklarim,
Qani endi yurtga keling,
O'z xonlarim, o'z beklarim,

Yurtga keling, yurtga keling,
Ichga keling, sirtga keling,
Mayli, chilvir sochga keling,
Yo burama murtga keling.

Xorijdagi o'zbeklarim,
Sizga yo'qdir hech keklarim,
Kelib uyimni to'ldiring,
Quvg'inda yurgan erklarim!

Ko'chalarni guv to'ldiring,
Gullarni hidlab so'ldiring,
Xorijdagi o'zbeklarim,
Xuddi o'zimizdeklarim.

G'amlarimni bayoz tortdi,
Demang kim ko'p, kim oz tortdi?!
Dengizlarning og'ir yukin
Dur izlagan g'avvos tortdi.

Oy chiqqani rostdir bu kun,
Kun tuqqani rostdir bu kun,
Qora ko'zlar yoshi tinib
G'animlar yer osti bu kun.

Keling, tanda bu jon birdir,
Umid birdir, imon birdir,
O'zbekiston bilinmaydir,
Ona O'zbekiston birdir!

Xorijdagi o'zbeklarim,
Xuddi o'zimizdeklarim,
Qani endi yurtga keling,
O'z xonlarim, O'z Beklarim.

Omon Matjon
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:07:34
AndulAziz:

Wa alaykum assalom!
Musulmonchilik kiyim bilan belgilanmaydi, balki amal bilan belgilanadi. Bunday shar'iy kiyingan ayollarni Vatanimizda ham ko'p uchratishingiz mumkin.
Horijda yoshlarga Islom haqida kam ma'lumot beriladi, shuning uchun ular Islomga kam e'tibor beradilar. Lekin hammasi ham emas. Yoshlar orasida ham o'zining dinini o'zgartirganlar juda ko'p.
Mana shu boshqalarning ishiga, e'tiqodiga birovning aralashmasligi yaxshi narsadir. Afsuski, shu narsa bizda kamroq. Bizda insonlar kim o'zarga musobaqa qiladilar. Ayni shu musobaqa mobaynida hamma bir-biridan kir qidiradi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:07:47
horij:

???kimga kerak uz yurtidan ketib issiq uyni bola chaqani tashab ...uyim joyim bogan da ketmagan bolardim ku .xa nafsi qoymay keganla xam kam emas mashiuna omaoqchi xammadan yahshi yashamqchi.uzb da yurganida xam yamon mas edi shu odamla yog'lik joyda edi yana yana nafsi qoymaypdi .
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:07:57
Feruza:

forumga tashrif buyurayotganlarga alangali salom!
hamma message larni o'qib, eng qiziq mavzularda bahs ketayotganini ko'rib turibman, shuning uchun biz ham o'z fikr mulohazalarimizni bildirmoqchi edik.
shahzodaning fikrini o'qib, aqsh maktablarida ham xuddi shunday talablar qo'yilganini aytishim mumkin. bu yerning o'qish sistemasi yaxshi bo'lsada, ammo o'zimiznikini ulardan hech qanday kam joyi yo'q deb hisoblayman. bu yerning menga yoqqan tomoni, imtihon vaqtida ko'chirish degan narsa yo'q. hatto sinfdosh do'stingizning daftarini ko'ra olmaysiz va hamma baholar sir tutiladi.(o'quvchining shaxsi judayam himoya qilinadi!)
shahzoda, siz hozir kanadaning qaysi shahridasiz?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:08:21
Maknuna:

Horidagi yurtdoshim!
Sizga ham salomlarim!
Horijda o'qish albatta yaxshi, lekin Vatan sog'inchi, uydagilarni sog'inchi hech qachon silani tark etmasa kerak...
Feruza, siz hozir qaysi shtatdasiz? U yerda qayerda o'qiysiz? Qanday qilib o'qishga bordingioz?
U yerdagi sharoitlar qanaqa?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:08:33
Feruzabegim:

 Assalomu alaykum, qadrdon yurtdoshlarim! sog'-omonmisiz!?
Xorijda o'qishning o'ziga yarasha yaxshi tomonlari bor-u, lekin Vatan Vatan-da! nimaiki qilmang, kim bilan gaplashmang, har doim xayolan O'zbekistonni o'ylaysiz. Shunaqa paytlar bo'ladiki, hamma narsani tashlab, uyga qaytib ketgim keladi. Vatanim, Vatan deb ko'p gapirganman-u, bu yerga kelib nima ekanligini, inson hayotida qanday o'rin tutishini tushundim. Bekorga dunyoning hech qanday boyligi Vatanning bir kaft tuprog'i teng bo'la olmaydi deb aytishmagan ekan!
Maknuna, savollaringizga javob berishga harakat qilaman. men hozir Texasdaman. bu yerga eshitgan bo'lsangiz, FLEX dasturi bo'yicha kelganman. sharoitlari haqida nima deyishim mumkin, hammasi yaxshi. faqat aynan nimani nazarda tutganignizni bilolmadim!
Hammaga omad!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:08:45
Behzodbek:

Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar? Qalaysizlar? Qiynalmasdan o'qib-ishlab yuribsizlarmi? Ro'za tutyapsizlarmi? Tutmayotganlarga afsus aytib, albatta(!) tutishlarini maslahat beraman.
Bizga ham Xudo musofirlikni nasib qilgan ekan, Dehli Universitetida o'qib yuribmiz. Bu yerda ham o'zbeklar ko'p, bordi-keldilarimiz yaxshi? Baraka topishsin, biz yangi borganlarga rosa yordam berishdi. Bilasizlar, Hindiston yashash uchun qulay joy emas, lekin o'qishi zo'r, ochig'i dunyo hindiston universitetlarini tan oladi.
Ishqilib shinaqa gaplar, hammaga o'qishlarida omad tilayman, bog'lanish imkoniyati bo'lsa, horijlik birodarlarimiz bilan gaplashishni istardim.
Yahoo Messengerdagi ID im : beh_muhammad

Assalamu alaykum, Behzod, Delhi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:08:59
Behzodbek:

Assalomu alaykum. hurmatli xorijdagi vatandoshlar.

Qiynalmasdan, vatanni sog'inib yuribsizlarmi? Vatanni sog'inishning ham o'ziga yarasha gashti bo'ladi, bu hammaga ham nasib etavermaydi. Nima gaplar olamda? O'qish, yashash qiyin emasmi? O'zbeklarga chet elliklarning munosabatlari qanday? Diskriminatsiya, kamsitish, ajratish degan narsalar yo'qmi?

Birodaringiz Behzodbek.
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:09:10
Feruza:
Assalomu alaykum qadrdon yurtdoshlarim, vatandoshlarim! sog'-omonmisiz?
Biz ham boshqalarga o'xshab, o'zga bir yurtda o'qib yuribmiz. xudoga shukr, bu yerdagilarning munosabatlari yaxshi.
Behzod, to'g'ri aytasiz, har kimga ham Vatan sog'inchini his qilishdek oliy tuyg'u nasib etavermaydi. shunga erishganimdan, Vatanim men uchun nimaligini tushunganimdan judayam baxtiyorman!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:09:20
Behzod:

Assalomu alaykum, Feruzaxon, o'qishlaringizga omad tilayman.
Horijlik vatandoshlarimizga yana bir gap aytmoqchi edim. Biz O'zbekistonga, o'zbek nomiga, musulmonlar sha'niga hech qachon dog' tushirmaylik. Horijliklar o'zbeklarni ko'rganda, zo'r xalq ekan, malades, desin. Har sohada o'rnak bo'lishimiz kerak. Men balandparvoz so'zlarni gapirayotganim yo'q. Chunki biz chet elga chiqqanimizdan keyin bizning yelkamizda nafaqat o'zimizning, balki 25 million xalqning mas'uliyati turadi, desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Chunki , afsuski, bizning hatti-harakatlarimizni ko'rib butun o'zbek xalqiga baho berishadi, shuni unutmasligimiz kerak.

Afsuski, bu borada ahvolimiz yaxshi emas. Qizlarimizga alohida aytgan bo'lardim. O'zlaringizni ehtiyot qiling. Atrofda yaxshi-yomon ko'p. Yot ta'sirlarga berilib ketmang. O'zbekligingizni, muslima ekanligingizni unutmang! Afsuski, biz tomonlardagi qizlarimizdan xafaman. Ehtimol, bu biz yigitlarning aybimizdir. Ehtimol, biz ularni himoya qilib, asrab yurishimiz kerakdir.

Xullas, qayerda bo'lsangiz ham Alloh o'z panohida asrasin.

Behzod Mamadiev.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:09:33
Feruza:

ASSALOMU ALAYKUM!
BEHZOD, RAHMAT TILAKLARINGIZ UCHUN. SHUNI ESLATIB O'TMOQCHIYDIMKI, O'ZBEK QIZLARIDAN XAFA BO'LISHGA O'RIN YO'Q! CHUNKI ULAR HAR DOIM YELKALARIDAGI MAS'ULIYATLARINI YAXSHI HIS QILISHADI, O'ZLIKLARNI UNUTISHMAYDI. AYNIQSA, XORIJDA! BIZ, QIZLAR, HAR DOIM MUSULMON VA O'ZBEKISTONDAN ELCHI EKANLIGIMIZNI YODIMIZDA TUTAMIZ! TO'GRIMI, QIZLAR?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:09:46
Behzod:

Assalomu alaykum, Feruzaxon, gaplaringizni eshitib xursand bo'ldim, rostdan ham agar qizlarimiz siz aytgandek mas'uliyatni unutmagan holda yurishgan bo'lsa, bu juda ham yaxshi.
Albatta, mening yuqoridagi postda aytgan gaplarim bunday qizlarga tegishli emas. Lekin ayrim, ehtimol, aksariyatdir, qizlarning chet elga o'qish uchun emas, balki o'yin-kulgu uchun borishlari ham achinarli faktdir. Shuning uchun ham bunday holatlar uchun juda afsusdaman va kuyinib gapirishlarimning boisi ham shunda.
Chet elda har bir millatdoshingiz siz uchun o'z oila a'zoingizdek qadrli bo'ladi. Ularning nomaqbul xatti-harakatlari xuddi bu narsa o'z akangiz yoki singlingizdan sodir bo'layotgandek sizni qattiq iztirobga soladi. Lekin, aksariyat holatlarda, ular buni tushunishmaydi. Mening hayotimga aralashma, qabilida ish tutishadi.
Xullas, olamda shunaqa gaplar. Kirib kelayotgan Ramazon hayiti hammaga muborak bo'lsin,

Behzod.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:10:17
maknuna:

Assalomu alaykum Feruzaxon va Behzod!
yaxshimisizlar? Sizlarga ham hayit ayyomlari muborak bo'lsin! ushbu bayramni yaxshi o'tkazdinglarmi?
mana, sizlar horijdasizlar, sizga savollarim bor edi?
Horijda biz uchun ibratli nimalarni ko'rdingiz?
Ulardan nimani o'rgansak bo'ladi-yu, qaysi borada biz ularga ham ibrat bo'lishimiz mumkin?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:10:30
Feruza:

Assalomu alaykum! o'zlaringizni ham hayitingiz bilan muborakbod etaman!
Boshqalarni bilmadi-u, lekin bu yerda birorta musulmon bo'lmagani men uchun xuddi oddiy kunday o'tdi. kecha maktabga borib, hamma sinfdoshlarimga shirinlik ulashdim. bugun hayit, bizning bayram deb u bu narsalarni aytib berdim. (o'zimcha nishonlamoqchi bo'ldim, nima qilay qo'limdan faqat shu kelardi.)
O'zbekistonda bo'lmaganim uchun biroz xafa ham bo'ldim, lekin na iloj, "musofir bo'lmay turib musulmon bo'lmaydi" deyishadi, biz ham shulardan birimiz.
O'zingiz qanday nishonladingiz?
Xorijda nimani ko'rdim, ularning hayotini ko'rdim. Bu yerda menga yoqqan narsa har bitta o'sib kelayotgan yosh avlodga Vatanni sevish, ota-onani hurmat qilishni kichkinaligidan o'rgatishadi. har bir kishi qonunni mukammal biladi vauni hurmat qiladi. mana shu menga eng yoqqan narsa! O'z navbatida ular ham ko'p narsani bizdan o'rganishsa bo'ladi. masalan, insonlar o'rtasidagi munosabatlar.(bu yerda juda g'alati!) ko'pni ko'rib, fikrlab, shu qarorga keldim:bu dunyoda o'zbekka yetib, birovga mehr ko'rsata oladigan, yoman kunda dalda bo'la oladigan, har doim seni hurmat qilib, yaxshi ko'radigan xalq yo'q!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:10:42
maknuna:

Assalomu alaykum, Feruzaxon, Maknunaxon, forum ishtirokchilari.

Feruzaxon yaxshi gaplarni yozibdi. Bayramni zo'r o'tkazibsiz, tabriklayman. Ularga, bayramimiz haqida, dinimiz haqida gapirib bergan bo'lsangiz qanday yaxshi.

Men Dehli Universitetida o'qiyman. Xo'p, bu yerdan nimani o'rganish mumkin. Bu yerda, menimcha, hindlardan yoshlarning o'qishga bo'lgan tirishqoqoligi, o'z ustida qattiq ishlashidan boshqa hech narsani o'rganib bo'lmaydi, o'rganishni maslahat ham bermasdim. Lekin ularning o'qish va o'qitishlariga gap yo'q. Toshkentda 4 yil yurgan ekanmiz o'qiyapmiz deb. Bu yerda imtihonlar juda qattiq olinadi, yiqilishingiz hech gap emas, shuning uchun qattiq o'qishga majbursiz.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:10:53
Feruza:

Assalomu alaykum! barchangiz sog'-omonmisiz?
Bilasizmi, bu yerda nima ajablantirdi. bu yerdagi yoshlar o'qishdan ko'ra boshqa mavzularda suhbatlashishni yaxshi ko'rishadi, lekin shunaqalari ham borki, o'qishiga havasinigz keladi. Bular uchun birorta boshqa tilni bilish judayam qiyinday tuyuladi, agar boshqa tillarni bilaman desangiz, hayron qolishadi, havas qilishadi, lekin o'rganishga harakat qilishmaydi.
bir qiziq odamlar borda dunyoda!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:11:04
Maknuna:

Va alaykum assalom Feruza!
Yaxshimisiz? Bayramni yaxshi o'tkazganligingiz, shundoq yozganlaringizdan bilinib turibdi. Men ham juda zo'r o'tkazdim. Birqancha joylarga kelin ko'rgani bordik.
Albatta, hayit bo'lgandan keyin turli pishiqriqlar qilinadi. Ulardan bahramand bo'ldik...

Albatta, har bir xalqning o'ziga xos an'nal;ari bo'ladi, ularni boshqa millatlarda kuzata olmaysiz...

PS. Feruzaxon, Halloween bayramini qanday o'tkazdilar?
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:11:17
Maknuna:
Sizga ham salom Behzod!
Biz Hindiston madaniyati haqida uning kinolaridan ozmuncha xabardormiz. Hindistonda hayit ayyomi qanday nishonlandi?

PS. Boshqa bayramlarda ham ishtirok etdinglarmi?
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:11:28
Feruza:

BARCHAGA ASSALOMU ALAYKUM! SOG'OMONMISIZ?
MAKNUNA, BU YERDA HALLOWEEN NI O'TKAZISHDI, LEKIN MEN EMAS. HAMMA O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR SHUNAQANGI KIYINISHDIKI, KIMLIGINI BILOLMAY, LOL QOLDIM.
O'ZBEKISTON TO'G'RISIDAGI BARCHA NARSALARNI SO'RASHADI, KEYINROQ BATAFSIL YOZAMAN, CHUNKI HOZIR BOSHQA SHAHARDAMAN. KO'RISHGUNCHA!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:11:39
Behzod:

Assalomu alaykum,
Hindistonda ham hayit bayramini yaxshi o'tkazisharkan, musulmonlar shu kuni ozoda kiyinishib, chiroyli bo'lib, avvalo, hayit namozi o'qigani kelishadi. O'zlari bilan yosh bolalarini ham olib olishadi, meni biroz ajablantirgani, ayrimlar yosh qizchalarini ham masjidga olib kelibdi.

Hindlarda, shunaqangi bayram ko'p ekan-ki... Har oydabir necha kun bayram. Hayit arafasida Divali degan bir be'mani bayramlari bo'ldi, Ramning tug'ilgan kuni ekan. O'ziyam, uch-kunmi, to'rt kun davom etdi, shunaqayam shu kunlari Dehli ko'chalarida odam ko'p. Bir haftacha kechasiyu kunduzi mushaklarning ovozidan qulog'imiz qomatga keldi. Albatta, bizning e'tiqodga ko'ra, botil e'tiqodlarning bayramlarini nishonlash qattiq ta'qiqlanadi. Shu bois ham biz odatdagiday jim yuraverdik. Hind tanishlarimizni ham bu bayram bilan tabriklashdan o'zimizni tiydik.
Alloh to'g'ri e'tiqodidan adashtirmasin.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:11:50
Maknuna:

Sizga ham salomlar Feruza!
Siz ham sog'-omonsmisiz? Boshqa shaharlarga sayohatlar yaxshi o'tvottimi?
Halloween haqida,
O'zbekistonmimiz haqida nimalarni so'arashadi?
Shula haqda batafsil yozing.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:12:01
maknuna:
Hindistonda ham ayollar masjidga chiqadimi?
Fikri ojizimcha o'zga dindagilarning bayramida (ibodatida emas) ishtirok etish, qutlash mumkin. Chunki bunda sizning iymon-e'tiqodingizga zarar yetmaydi.
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:12:13
Behzod:

Assalomu alaykum,

Payg'ambar sallollohu alayhi wa sallam darlarida ayollar ham erkaklarning orqa safida jamoatga qo'shilib namoz o'qishgan, lekin zamon o'tib, fitna ko'paygach, ulamolarimiz bu narsani taqiqilab qo'yishgan. Ayollar uchun namozni uyda o'qish avloroq. Lekin ayollar uchun maxsus masjidlar bo'lsa chiqish mumkin.
Hindistonda, ta'kidlaganimdek, faqat yosh qizchalarni ko'rdim, ular balog'at yoshiga yetmagan bo'lsa ham kerak. Men ularni masjid ichida ko'rmadim, men tashqarida edim.

O'zga dindagilarning bayramida ishtirok etish, ularni qutlash mumkin, degan gapni qayerdan oldiz? Mutlaqo bunaqa gap yo'q. Hatoo, bugun juda ommaviy bo'lib ketgan yangi yilni kutish masalasiga ham ulamolar qattiq turishadi. Bilasizmi, Payg'ambarimiz (saw) bunday kunlarda nima qilishni tavsiya qilganlar? Ul zot o'zga e'tiqoddagilarga o'xshab qolishdan qattiq qaytarganlar va ular xursandchilik qiladigan, yeb-ichadigan bunday kunlarda biz ummatlarga ro'za tutishni tavsiya etganlar.

Bular e'tiqod masalalari, buni jiddiy o'rganishimiz va bilib qo'yishimiz kerak. Ularning har bir bayrami ostida botil diniy e'tiqodlar yotadi. Ularni qutlash, tabriklash ularni maqullash bilan barobardir. Shirkka, botil e'tiqodga rozi bo'lish esa kufrga olib boradi. Alloh barchamizni bundan o'z panohida asrasin.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:12:25
maknuna:

Sal dinni kengroq tushuning birodarim,
Siz birovni bayram bilan tabriklaganingiz bilan siz ham shu bayramni nishonlagan bo'lib qolmaysiz. Yoki musulmonlarning (mashhur ulamolarning ham) boshqa din vakillarini bayramlari bilan tabriklaganlarini va aksincha eshitmaganmisiz? Bu umuminsoniy qadriyat!
Payg'ambarimiz sav esa ularga o'xshab qolishdangina qaytarganlar. Aksincha boshqa din vakillari bilan ham aloqalarni yaxshi qilish kerakligini uqtirganlar.
Ramazon oyida hatto xristian davlatlari ham musulmonlarni hurmat qilib, ularni tabrikladilar, iftorliklar uyushtirdilar. Shu hurmatga biz ham javob berishimiz sizningcha, nahotki "bema'nilik" bo'lsa?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:12:37
Feruza:

assalomu alaykum! yaxshi yuribsizlarmi?
yuqoridagi postlarni o'qib, rosa hayron qoldim. nahotki boshqa dindagilarni bayrami bilan tabriklash mumkin emas! oldin hech eshitmagan ekanman. agar bu gunoh bo'lsa, bilmadim nima bo'ladi.... chunki boshqa davlatda yashaganizdan keyin ularning bayram va qadriyatlarni hurmat qilishga majbursiz. lol qoldim!
Maknuna, bu yerdagilar hamma narsani so'rashadi. birinchi kelganimda bir qoloq davlat o'ylashdi shekilli, kim qayerdagi savollarni berishdi.(yozib o'tirmayman.),lekin hozir hammasi O'zbekistonni biladi va hurmat qiladi. O'tgan dushanba kuni Vatanimizni prezentatsiya qildim. (hayotimiz haqida gapirib berdim, umuman olganda Ona yurtni qo'ldan kelgancha tanishtirdim.) hammasi hayron qoldi, ayniqsa o'zimizning milliy kiyimlarni ko'rganidagi paytni tasvirlashga til ojiz. shu hafta maktabda bir ikkita shunaqa tadbir o'tkazishim kerak. Ollohdan O'zbekistonning yaxshi tomondan ko'rsatishga yordam berishini so'rayapman.
sayohatimiz Texasning poytaxti va San-Antonioda bo'ldi. menga juda ham yoqdi. ko'p tarixiy va davlat hayotida muhim bo'lgan joylarni ko'rdik. bilasizmi men u yerda kimni uchratdim?
hamma o'quvchilar o'z yurtdoshlari bilan rasmga tushayotganida bir ayol bizning O'zbekistondan ekanligimzni eshitib, yonimizga keldi. men O'zbekistonda 4 yil elchixonada ishlaganman, men sizlarning yurtingizni yaxshi ko'raman. i miss uzbekistan desa bo'ladimi?! shunaqangi xursand bo'ldim, bizning ham yurtni sevadigan, hurmat qiladigan va u haqida yaxshi gapiradigan odamlar borligidan baxtiyorman! o'sha paytdagi holatimni tushuntirib berolmayman. axir shuncha davlatning orasida o'z Vatanigizning nomini eshitish naqadar yaxshi!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:12:51
Behzod:

Assalomu alaykum, Maknuna,

Masalani to'g'ri tushuning, bu yerda gap botil e'tiqodlarning botil bayramlari haqida ketyapti. Aqoid kitoblarida yoziladiki, agar ular shu bayram taomlaridan sizga ham olib chiqishsa, siz yemasligingiz kerak. Tabrik nima degani o'zi? Ma'qullash, xursandchiligiga sherik bo'lishmi? Siz o'zi Aqoid o'qiganmisiz? Aqoid ilmlarning boshi, aqidamiz xato bo'lsa, ming yil ibodat qilmaylik bir pul. Shuning uchun o'z aqlimiz bilan emas, shariat bergan yo'l bilan hukm chiqaraylik. Zero, biz uchun bugun ko'p narsa g'alati bo'lib tuyuladi, hikmatiga yetmasligimiz mumkin.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:13:01
maknuna:

Sizga ham salomlar Feruzaxon!
Albatta O'zbekistonimizni tanitish yo'lida ezgu ishlarni qilayotgan ekansiz, omad tilab qolaman.
Albatta o'zimimzning Vatanimizga yetadigani yo'q. Donini yegan chumchuq yetib kelar Makkadan degan soz'lar ham bejiz emas.
Siz ilan birgan yana qaysi millat vakillari tahsil olishadi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:13:14
Feruza:

assalomu alaykum!
Maknuna, men bilan birga o'qiyotgan o'quvchilarning millatini sanasam vaqt yetmaydi. butun dunyo vakillari o'qiydi desam ham bo'ladi. tilaklaringiz uchun katta rahmat!
bugun Behzod kirmabdilarmi deyman, bahs yarim yo'lda qolib ketibdi. bu mavzu men uchun judayam qiziqarli. chunki bu yerda boshqa dindagilar bilan birga yashaganimdan keyin ularning bayramini nishonlayman, ular menikini. xullas, postlarni o'qib nima qilishimni bilmay o'tiribman. men ham sizdek boshqalarni tabriklasa hech nima qilmaydi deb o'ylardim. endi esa.... rosti, qaysisi to'grisini bilolmay hayronman. aniqlik kiritasizlar degan umiddaman.
omad!
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:13:27
Behzod:

Assalomu alaykum, men fikrimni berdim, Feruza. Sizlardan javob bo'lmadi, demak hammasi joyida deb o'yladim.
Men fikrimda qat'iyman. Bu mening o'z mulohazam emas, bu shariat hukmlari. O'zga dindagilarning diniy bayramlari bilan tabriklash joiz emas. Men sizlarga Ziyovuddin Kumushxonaviy hazratlarining "Jome'ul mutun" (Matnlar to'plami) kitobini o'qishni tavsiya etardim. Bu kitob hozirgacha aqoid bobida o'zbek tilida chop etilgan eng yaxshi asar sanaladi. Unda o'zga dindagilar bayramlariga qanday munosabatda bo'lish kerakligi haqida boblar bor.
Menimcha, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Sunniny aqida" nomli kitoblarida ham shu mavzu bo'lishi kerak. Yoki hazratning o'zlariga ayni mavzuda saytlarida savol berishlaringiz mumkin. www.uzislam.com saytida ham juda yaxshi diniy forum bor. Bu yerdan ham savollaringizga javob topasizlar, inshaalloh.
   Li
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:13:44
Feruza:

assalomu alaykum! nasib bo'lsa yuqoridagi saytlarga tashrif buyuramiz.
Behzod, siz Hindistonda qaysi soha bo'yicha o'qiyapsiz? din emasmi?
Maknuna, qayerdasiz, nega ko'rinmayapsiz?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:13:54
Behzod:

Assalomu alaykum,

men din bo'yicha o'qimayman, soham politologoya (political science).
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:14:05
Maknuna:

Va alaykum assalom!
O'zbekistondan, Markaziy Osiyodan necha kishisizlar?
Ular ham forumga kirishadimi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:14:18
Feruza:

ASSALOMU ALAYKUM!
MAKNUNA, BU YERDA MEN FAQAT 3 TA OSIYOLIKNI BILAMAN, LEKIN ULAR MARKAZIYDAN EMAS. BILMAGANLARIM HALI KO'P.
BEHZOD, YUQORIDAGI SAVOLNI BERGANIMNING SABABI ISLOM HAQIDA KO'P YOZASIZ, SHU SOHADA O'QIYOTGANLIGINGIZ UCHUN YAXSHI BILSANGIZ KERAK DEB O'YLAGANDIM. SSOHANGIZ POLITOLOGIYA BO'LSA JUDAYAM QIZIQ. UZR, AGAR NOO'RIN BERGAN BO'LSAM. DINNI YAXSHI BILISHINGIZNI QADRLAYMAN!
YOZIB TURINGLAR!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:14:29
Behzod:

Assalomu alaykum,
nega politologiyada o'qishim qiziq. Unda siyosatdan gapiraymi?
Din bu hayot. Din bu alohida soha emas, faqat masjiddagi imomlar shug'ullanadigan. Din dunyodagi har bir insonga tushgan, alohida soha vakillariga emas. Shuning uchun har birimiz uni o'rganishimiz va o'rgatishimiz shart!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:14:38
Feruza:

assalomu alaykum!
Behzod, sohangiz haqida yozganimda rosa qiziqarli degan ma'noda yozgandim! meni noto'g'ri tushunibsiz. keyin din haqidagi fikrlaringizga e'tirozim yo'q. yuqoridagi postingizda xuddi men boshqacha fikrda bo'lganday qilib yozibsiz.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:14:50
Shamshir:

Assalomu alaykum,
nega politologiyada o'qishim qiziq. Unda siyosatdan gapiraymi?
Din bu hayot. Din bu alohida soha emas, faqat masjiddagi imomlar shug'ullanadigan. Din dunyodagi har bir insonga tushgan, alohida soha vakillariga emas. Shuning uchun har birimiz uni o'rganishimiz va o'rgatishimiz shart!
Behzodbek
OFARIN BEHZOD.....yaxshi fikr, lekin bir narsa hammasi asta sekinlik bilan yugurib ketsak koplar bizni tushunmay qolishadi yuqoriga ham qadamba -qadam chiqiladi yugurib emas, qizlar bilan siz dinimizdan xabardorsiz yaxshi munosabatda bo`laylik qandaydir akslikni sezdim sizda( shunday tuyulgan bolsin menga ilohim).Birovni tanqid qilishadan oldin oynaga qaraylik qaysimizni OLLOH bekamu ko`st yaratib qo`ygan?Qaysimiz adashmaymiz....
Behzod Feruzani ishi sizga maqulmas...ha man sizga bitta narsa aytmoqchi edim bir kun Tanbehul g`ofilin,, va ,, Bo`ston ul orifin,,ni sotib oldim o`qib qarasam shunday joyi bor ekan,,Jannat ahlining tili arab tilidir, mushriklar dO`ZAXDA XINDCHADA SOZLASHUR,, (aynan shakli emas)siz Hindistondasiz baribir shu tilda qaysidir so`zni bolsada aytasiz bu bilan sizni tanqid qilmoqchi emasman, sizni ayblay ham olmayman sharoit shunaqada....Feruzada ham shunday bolgandur biz bilmaymizku..
men o`zim ochig`i INJILni varaqlab kordim o`qidim ...bunda meni ham ayblasangiz boladi, yuzadan qaraganda shundayda, lekin asl sababdan kelsak, shunday qilishga majbur bo`ldim.Ular (xristianlar) islomda qaysidir hukmni topib olib tanqid qilgani qilgan edi.Men endi ularni INJILdan savol berib toxtataman...shunday shuning uchun biz bu yerda tortishib o`tirsak boshqalar bizga qanday ergashadi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:15:01
Behzod:

Assalomu alaykum, avvalo, Feruzadan uzr so'rayman. Agar gaplarim biroz qo'pol chiqqan bo'lsa. Lekin men hech ham sizni ayblash yoki dinni tor olish maqsadida gapirganim yo'q.
Agar shunday tushungan bo'lsangiz, ayb menda. Din haqida gapirganimda shunaqa biroz shiddatlanib ketaman.

Birodarim Shamshir, siz ham qaysidir ma'noda haqsiz. Hamma narsaga birdaniga erishib bo'lmaydi.
Siz keltirgan hadisni men ham o'qiganman. Lekin bu hadis hind tilini o'rganmaslik kerak degan xulosani bermaydi. Til - bu ilm. Hindistonda millionlab musulmonlar shu tilda Qur'on o'qishadi, Allohga duo qilishadi, ibodat qilishadi. Ularning hind ekanligi yoki shu tilda gapirishlari ularning iymonlariga zarracha ta'sir etmaydi va savoblari uchun Alloh taolo ajrlarni komil qilib beraveradi.
Injilni o'qish ham maqsadga qarab bo'ladi. Lekin, avvalo, Qur'oni Karimni o'qish, uni yetarli darajada tushunish va mustahkam e'tiqod ilmini olish kerak bo'ladi. Ma'lumki, Injil Qur'oni Karim kelishi bilan hukmdan qolgan. Bugun biz uni biror yo'l-yo'riq olish uchun o'qimaymiz. Zero, uning hukmlari amaldan qolgan. O'rniga yangi Kitob tushgan. Faqat uning Alloh huzuridan bo'lgan kitob ekanligiga iymon keltiramiz, xolos. Shuning uchun, o'qishdan maqsadimiz u haqda bir ilm hosil qilish, tadqiqotlar olib borish kabilardan iborat bo'lsa durust bo'ladi. Odatda, Injilni olimlar o'qishadi. Biz oddiy musulmonlarga Qur'oni Karim xazinalaridan bahramand bo'lib turish yetib ortadi, deb o'ylayman.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:15:12
Feruza:

ASSALOMU ALAYKUM!
KO'P NARSA YOZMOQCHI EDIM-U, LEKIN UZR SO'RAB QO'YA QOLISHNI AFZAL KO'RDIM. UZR SAL QO'POLLASHGAN BO'LSAM, LEKIN MEN UMUMAN BOSHQA MA'NODA SO'RAGANDIM.
MANA SIZLAR MUSULMONLAR BILAN BIRGA YASHAYAPSIZ, BIR HAVODAN NAFAS OLAYAPSIZLAR, BIRGA MUAMMOLARNI HAL QILASIZLAR! MEN ESA UNDAY QILA OLAMAYMAN, CHUNKI BITTA O'ZIMMAN.
DINNI MENDAN KO'RA YAXSHIROQ BILASIZ DEB SOHANGIZNI SO'RAGANDIM.
BU YERDA GAPLASHADIGAN ODAM YO'Q BO'LGANDAN KEYIN ROSA QIYNALIB KETDIM.
SIZLARDAN BITTA NARSANI SO'RAMOQCHI EDIM, O'ZIM BILMAYMAN. BILISHIMCHA, MUSULMON KISHI BILAN CHAP QO'LDA KO'RISHIB BO'LMAYDI. NIMA UCHUN? ILTIMOS, BU SAVOLGA JAVOB BERINGIZLAR, MEN UCHUN JUDAYAM MUHIM.
KATTA RAHMAT!
« Last Edit: Nov 23, 2005, 2:57am by Feruzabegim »   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:15:27
AbdulAziz:

va alaykum assalom!
Ha, albatta sizni holatingizga tushunamiz. Boshqa din vakillari orasida yasahb, o'z iymoni, e'tiqodi uchun qayg'uryotganingizdan judayam xursandmiz. Biron tushunmagan joylaringiz, so'rovlaringiz bo'lsa bemalol yo'llayvering. Bilsak o'zimiz javob beramiz, bilmasak boshqa biluvchilardan so'rab sizga javobni aytamiz.
Savolingizga keladigan bo'lsak, Islom dinida o'ng tomon ulug'roq sanaladi. Har bir hayrli ishni boshlashda o'ng tomondan boshlash kerakligi tavsiya etiladi.hatto Qur'oni karim ham o'ng tomondan (bizning yozuvga teskari) bitilgan. Uyga kirayotganizda ham o'ng oyoq bilan kirasiz. Ovqatni ham o'ng qo'l bilan yeysiz. Birov bilan so'rashganda ham o'ng qo'l bilan so'rashasiz.
Chap qo'lning ham o'z vazifalari bo'lib, ular intinjo qilishda, nopok joylarni tozalashda ishlatiladi. Shuning uchun ham chap qo'l bilan so'rashilmaydi.
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:15:37
Shamshir:

ASSALOMU ALAYKUM!
Feruza yana bir narsa ayollarning nomahram erkaklar bilan qol berib salomlashishi bizning dinimizga togri kelmaydi, keyin agar ayol kishi qol uzatmasa erkak kishining qol tutushi ham maqul emas....menga shunday deyishgan edi
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:15:49
Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Hindistonda ham chap qo'lni cho'zib so'rashishaverarkan. Men kursdoshlarimga aytaman, "O'ng qo'lingni uzat ," deb. Chunki, siz o'ng qo'lingizni uzatsangizu, u chap qo'lni tutsa, bizga ko'ra, hurmatsizlikni ham anglatadi.
Feruza, nomahram erkaklar bilan qo'l berib so'rashish mutlaqo mumkin emas. Biz odamgarchilik, hurmat, birovni hafa qilmaslik kabi mezonlarni bir chetga surib qo'yib, faqat shariatga ko;ra yashashimiz kerak. Hamma yaxshi xislatlar shariatga amal qilsangiz o'z-o'zidan kelaveradi.
Shariat bizga nimani ta'qiqlagan bo'lsa, bizga shu narsada yomonlik bordir. Biz uni ko'rmasligimiz mumkin.
O'zingizni yigitlardan uzoqroq tuting. Ming yaxshi odam bo'lsa ham, chet eldasiz, ota-onangizdan, sizni himoya qiluvchy aka-ukalaringizdan yiroqdasiz.
Bugungi dunyo ayollar uchun xavfsiz emas. Judayam ehtiyot bo'ling.
Men Hindistonga kelib ko'rdim o'zbek qizlarini...
Judayam havotirdaman. Ishqilib sizlar tinch bo'linglar.
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:16:02
Feruza:

Assalomu alaykum!
savolimga javobingiz uchun sizlardan minnatdorman. so'raganimning sababi ko'pchilik chap qo'lda so'rashadi. o'ng qo'lni tutgandan keyin chap bilan javob bo'lsa, g'alati bo'larkan.
keyin, yana bir bor ta'kidlamoqchiman, sizlar bilmadim qanaqa qizlarni ko'rgansizlar-u, lekin men ko'rganlar hammasini o'zining o'zbek va musulmon ekanligini biladi va unutishganicha yo'q. hammani bir xil deb o'ylamaslikni so'rardim.
maslahatlarga amal qilishga harakat qilaman.
katta rahmat!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:16:14
Maknuna:

Assalomu alaykum forum ishtirokchilari!
Albatta horijda o'qishning o'zi bo'lmaydi. har xil holatlar bo'lib turadi. Lekin shunday holatlarda ham o'zligini unutmayotgan qizlarimizga, yigitlarimizga tasannolar ataman.
Feruza, u yerdagi oilangiz haqida gapirib bering. Bilishimcha, USAda oilada istiqomat qilasiz.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:16:24
Feruza:

barchaga assalomu alaykum!
Maknuna, nima ham yozardim, shu bitta oila bilan turaman. (yolg'iz ona. boshida rozi bo'lmagandik, keyin xo'p dedik. boshqa oila tanlamaganimdan xursandman, chunki mening amerikalik oilam meni tushunadi, hurmat qiladi, muhimi din borasida!)
maktabim ham yaxshi. birinchi kelganimda umuman g'alati ko'ringandi, hozir ancha o'rgandim. kunda ertalab xudodan sabr-toqat so'rardim. bilmadim-u, lekin yashab yuribman asta sekin begona bir yurtda!

nimaga hech kim yozmay qo'ydiiiii?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:16:35
Brhzod:

Assalomu alaykum,
Feruza, Xudodan yordam so'rashda davom eting. Har qanday kunda, yaxshiyu yomon damlarda Allohni mudom yodda tuting. Allohdan o'zga panohgoh yo'qdir.
O'qish va ishlaringizda omad. Yaxshi o'qing, musulmonlar har sohada top bo'lishi kerak.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:16:46
Feruza:

Barchaga Assalomu alaykum! yaxshi yuribsizlarmi?
Ollohdan boshqa kim bizga panoh bo'lardi, begona yurtda?! fikringizga qo'shilaman, menimcha barcha musulmonlar har bir sohada eng yuqori cho'qqilarni eggalashi uchun harakat qilayapti!
o'zingiz ham HIndiston va o'qishingiz, umuman u yerdagi hayot haqida yozing! TOJ MAHAL ga bordingizmi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:16:57
Behzod:

Assalomu alaykum, yaxshimisiz, Feruza.
Hali Toj Mahalga borish nasib qilmadi. Bir-ikki imkoniyat bo'lgandi, o'qishlarim sabab bo'lib borolmadim. Xudo xohlasa, ta'tilda, albatta, boraman.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:17:07
Shamshir:

 Assalomu alaykum! Feruza nomoz o`qiysizmi?
Behzod ilojini qilib albatta Toj Mahalga boring axir uni bizning ota-bobolarimizning farzandlari bunyod etishgan....keyin taassurotlarni aytasiz...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:17:17
Feruza:

Assalomu alaykum!
Toj Mahal ga borish imkonini albatta toping.
Bu yerga kelganimdan buyon hammadan Amir Temurni, Alisher Navoiyni so'radim, birotasi
bilaman demaydi. qanaqadir to'g'ri kelib, Akbarshoh(Boburning nevarasi) haqida darsda o'qib qoldim. o'qituvchimdan ruxsat so'rab, ular haqida, ayniqsa Toj Mahal haqida gapirdim. Barcha Toj-Mahalni biladi. agar shu haqida gapirsam, O'zbekiston tarixi haqida qanaqadir tasavvurga ega bo'ladi deb o'yladim.
eshitishganian keyin, Mustaqillikka 14 yilgani bo'lgan bo'lsada, boy taixga ega ekanligimizga tan berishdi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:17:27
maknuna:

Assalomu alaykum barchaga!
Lerkin bilasizmi, Feruza, shu eldagilar, nimagadir, bizning BVoburiylarimizni mo'g'ullar deb atashadi, Buyuk mo'g'ullar imperiayasi deb jar solishadi, aslida esa ular bizning vatandoshlarimizdir. Bilmayman, tarxdagi bui qarashlarning qayerdan kelganini.
Bir amerikadan kelgan domlamizga maktabda TojMahal haqida gapirganimda, yo'q, Bobur o'zbek bo'lmagan, mo'g'ul bo'lgan deb yengadi...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:17:37
Behzod:

Assalamu alaykum,
Boburning onasi mo'g'ul bo'lgan, shuningdek, u Hindistonga bostirib borganda qo'shinining ko'p qismini mo'g'ul millatidagilar tashkil qilgan. Shuning uchun g'arb tarixchilari Hindistonda bir necha asr hukm surgan boburiylar sulolasini mo'g'ullar imperiyasi deb atashadi.
Yana bir narsani tan olishimiz kerak. Agar temuriylar sulolasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, amirlar, hatto Temurning o'zi ham naslini mo'g'ullarga yaqinlashtirish, iloji bo'lsa, mo'g'ulllardan qilib ko'rsatishga intilganlar. Chunki o'sha davrdagi an'anaga ko'ra, faqat mo'g'ul naslidan bo'lganlargina taxtga munosib ko'rilgan. Temur mo'g'ul xonlarini kuch bilan surib chiqargan bo'lsada, taxtga rasman mo'g'ul xonini ko'targan. O'zi esa mo'g'ullardan bo'lgan beva Saroymulkxonimga uylangan. Bundan maqsad amirlik maqomini qonunan mustahkamlash bo'lgan.
Bobolarimizning shu ishlari meni ajablantiradi.
Toj Mahal haqida yaqinda bir yangilik eshitib qoldim. Uning nomini Sita mahal deb o'zgartirishmoqch ekan. Bu qanaqa bema'nilik. Uni musulmonlar qurgan. Sita esa qandaydir hindu dinidagi bir ayol, Ramning ayolimi, bilmayman. Musulmonlar davrida Toh Mahalga kirish juma kuni bepul bo'lgan. Hindlar egallab, shu yaxshi an'anani ham bekor qilishdi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:17:48
Feruza:

Assalomu alaykum!
Boburiylarni mo'g'ullar avlodidan deb aytishganini ko'p ko'rganman. G'arb Boburni mo'g'ullarning avlodi deb biladi. shuning uchun shunaqa desa kerak.
Toj-Mahalni nimaga unaqa deb atashmoqchi? qanaqa be'manilik!!!!!!!! Toj-Mahal Mumtoz Mahalga atab qurilganmi, nima keragi bor qayta nomlashning??????????? rostini aytsam, rosa jahlim chiqayapti. Axir uni bizning ajdodlarimiz qurishgan-ku!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:18:01
AbdulAziz:

Assalomu alaykum barchaga!
Behzodbek, sizga yaxshi maslahat bor. Qachonki Tojmahalga borganinglarda hindlarga o'xshab kiyinib olinglar. Chunki agar sizlarning boshqa yerlik ekanliklaringni sezib qolishsa ko'proq haq olishadi. Jamshid degan do'stimiz Toj Mahalga borganlarida shunday qilgan ekanlar. Keyin Tojmahalda rasmga tushinglar, xudo hohlasa uni ham forumga joylaymiz.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:18:13
Begzod:

Assalamu alaykum,

:)Xabarim bor, chet elliklardan ancha ko'p haq olishadi. Lekin hindcha biladigan bir sherik bilan borsangiz va o'zingizni Kashmirlikman (biz kashmirliklarga o'xshaymiz) desangiz, o'tkazib yuborishadi. Lekin, menimcha, studentskiy bilet bilan ham kirsa bo'ladi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:18:23
Maknuna:

Nima qip bo'lsayam boringla. Juda chiroyli deyishadi.
Amerikani yana qaysi joylarini maqtashadi?
Turistla eng ko'p qatga keladi USAda?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:18:37
Mohinur:

Assalomu alaykum!
Sizlar yashayotgan mamlakatda tub-joy o'zbeklari bormi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:18:50
Behzod:

Assalomu alaykum, Hindistonda o'zbek tilini o'rganadigan talabalar bor. Jamia Millia Islamia universitetida.
Bir kuni kimdir telefonimga qo'ng'iroq qilib o'zbek tilida gapira boshladi. Keyinroq bilsam, o'zbek tilini o'rganayotgan hind talabasi ekan. O'zi musulmon, yaxshi bola ekan, ancha gaplashdik. O'zbek tilini o'rganayotganini eshitib xursand boi'lib ketdim.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:19:03
Margilanets:

Assalomu alaykum!
Iye zo'rakanu hindlar o'zbecha gapirip tursa.
Bizdayam ba'zi o'ris va karislar o'zbechani tindirvorishadi.
Amerikadayam o'zbecha gapiradigonlar bormi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:19:17
maknuna:

Amerikada tub joy o'zbeklari ham ko'p deb eshitkanman. Quloqlar davrida ketib qolib, shu yerga o'rnashib qolishgan ekan. "oskar" sohibi - "Igri razuma" degan kinoni senariysini yozgan ayol ham, o'zbekistonlik bir odamning qizi ekan. Shu haqda ma'lumotinglar bormi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:19:27
Behzod:

Assalomu alaykum,
"Igor razuma" filmi asarining muallifi Zulfiya Nazar O'zbekistonlik Ro'zi Nazar degan odamning qizi. Otasi 2-jahon urushida nemislarga asir tushib, chet elda qolib ketgan. Vataniga kelishiga yo'l qo'yishmagan. \Chunki u xoin deb hisoblangan. Mustaqillikdan so'ng ham u O'zbekistonga kelmoqchi bvo'libdi, deb eshitdim, lekin yana ruxsat berishmapti
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:19:40
AbdulAziz:

"The Beautiful Mind" ("tafakkur o'yinlari") filmining ssenariy muallifi haqiqatdan ham o'zbekning farzandi. Gap shundaki Silvia Nasar (Zulfiya Nazar) asli marg'ilonlik ziyoli, II-jahon urushida Turkiston ligasining a'zolaridan Ro'zi Nazarning qizidir.
Ro'zi Nazar Marg'ilonda tug'ilgan. 30-yillar oxiridagi qatag'onlardan qochib, Rossiyada yashagan. Urush boshlangach, ko'ngilli sifatida yozilgan. Yevropa davlatlaridan birida asirga olingan... Avval Turkiyada, keyin Amerikada yashagan. Hozirda ham Amerika qo'shma shtatlarida istiqomat qiladi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:19:51
Feruza;

Assalomu alaykum!
Xorijdagi o'zbeklarim, yangi yilni nishonlaysizlarmi? qanday qilib? uydan uzoqda bo'lganda, boshqacha bo'larkan-a! shu haqida yozing.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:20:06
Ketaman:

korey dan , bzar yangi yil kuni hudo holasa uzbek tanish bolla hammamiz yig'ilishib uzbekcha ovqat pishirib eymiz mazza qilib ...internet kasaliga duchor bo'ganlar qorin to'ygandan keyn PC ga boramiz qoganlar uyda ketganlarni g'iybat qilib mazza qilib kulishib o'tiramiz.uydan kelgan kassetalarni ko'ramiz yana nima deymiz ~?ustimiz but - qornimiz to'q .kissamiz to'la pul bar bir yanaaa shu-shu uzbekistonni bollarmizni soginamiz ...manga o'xshagan yolg'iz ishlaydiganlar bayramdan keyn uyga borb ho'ngraaab ho'ngraaab yiglagisi keladi-yuu .ho'ngramasdan yig'lab qo'ya qoladi.qalay
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:20:26
Behzodbek:

Assalamu alaykum, yangi yil haqida yozmoqchi edim. Bu gaplarim aksariyatimizda norozilik uyg'otsa ham, buni mening nohaqligimdan emas, balki bizlarning bu illatga qanchalik botib ketganimizni anglatadigan o'lchovlar deb qarashingizni istardim.
Yangi yilni nishonlash xristianlarning "Rojdestvo" bayramidan kelib chiqqan odat hisoblanadi. Uni nishonlash ulamolarning ittifoqi bilan Islom shariatida taqiqlangan. Lekin bu narsa xalqimizda shunchalik urfga aylanib ketganki, uni hatto 5 vaqt namoz o'qiydigan, o'zini komil musulmonman, deb hisoblaydigan yurtdoshlarimiz ham ko'r-ko'rona nishonlaydilar. Zohiran, bayram tadbirlarida noshar'iy ishlar ko'rinmasada (lekin aksariyat tadbirlarda noshar'iy ishlar qiliniadi),uning taqiqlanishi boisini anglolmay qosir aqlimiz bilan shubhaga bormaylik. Dinimiz, shariatimiz qiyomatgacha boqiy deb iymon keltirdikmi, uning fatvolarini tom ma'noda qabul qilaylik. Zero, Qur'oni Karimda Islomni to'liq qabul qiling, bir amalini olib, boshqasini tark qiluvchilardan bo'lmang, degan ma'noda oyati karima bor.

Biz komil musulmonmiz, 5 vaqt namoz o'qiymiz, lekin qilayotgan amallarimiz hammasi shar'iy to'g'rimi? Bu haqda qachon o'ylaymiz? Kundalik hayotimizda nafaqat yangi yil, balki boshqa amallarda ham juda ko'p noshar'iy ishlarga bilib-bilmay qo'l uramiz. Bularni bartaraf etish uchun komil faqih bo'lish shart emas. Alloh bergan aqlimizni, farosatimizni umumiy o'lchov o'laroq bilib qilayotgan amallarimizga boqishimiz kerak. Zero abadiyat oldida zarraning milliarddan biri ham bo'lmagan bu foniy dunyoda qilgan ishlarimiz ana o'sha abadiyatga yo'llanma tayyorlashini unutmayliki. Bu abadiyat esa yo azob, yo rohat bo'lishi mumkin...

To'liqroq va aniq hujjatlar uchun islomiy saytlaga murojaat qiling. Zero, men ham fikrlarimni shunday manbalardan olgan xulosalarimga ko'ra beryapman.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:20:43
Abdulaziz:

Ha, albatta uydagilar bilan quvonchli kunlarni birga o'tkazish maroqli, ayniqsa uydan yiroq bo'lgan kimsalarga.
Garchi 300 kmgina narida bo'lsam-da, sessiyalarni yopdim-u, uyga, ota-onam bag'riga shoshildim. Uyda esa mani mingyil ko'rishmagan insonlarday kutib olishadi, har doim, ayniqsa, ayamning quvonchlari ichiga sig'maydi. Xuddi yosh bolalardek, har xil shirinliklar olib qo'yadilar, kelishim bilan tezda olib chiqadilar...
Oldimga o'tirib oladilar-da, yuzlarimga tikilib, hol so'ray boshlaydilar. "Bolam, san musofirchilikdasan, qanday ovqat yeysan..." deya kuyinadilar. Keyin dadam keladilar. Ular bilan ham quchoqlashib ko'rishadilar. Keyin qarindoshlar kelishadi, birin-ketin - mani ko'rgani - toshkentdan kelgan "student"ni ko'rgani...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:20:59
Feruza:

Barcha ota onalar shunaqa bo'lsa kerak. ular har doim bizdan xavotirlanishadi, dunyoda ulardanda g'amxo'r odam bo'lmasa kerak!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:21:09
Ketaman:

xa man ham uzbekistonda paytimda uydan 10 km uzoqda 1 hafta yurib kelar edim xar keganmda dadam onam ukalarim hamasi kelib oldimda o'tirib olishadi ovqat eyshimga qaraaab huddi man ocharchilikdan kelgandek. o'sha paytda 18 yoshda man ,,18 ham yosh mas dadam erkalataveradila uyalganimdan qizarib ketar edim yonimda ukalarim ham bor. bar bir inson chetga chiqishi kerak deb bildim ,ota -ona ,aka uka,xotin bola chaqa larnig qadriga etar ekan .unda xam .,,xamma xam emas xozir yonimizda 90% bollar ichkilikga ruju qo'gan uzb da umuman ichmagan bolla ham shu erga kelib ishganlar. uzbekistondan birgalikda kelgan bollar chqirishib qoldi oydekkgina bollar edi yoniga borsam ichib olganlar o'gziga kegan duch kegan gapni gapirypdi ota onasi xotin bola chaqasini ham o'zini ham pazor qilypdi hudoga ham shak ketraveradi hullas og'zi tinmay gapirsa bolla kulsa bo'ldi hamasi shunaqa bo'lib o'tiribdi 3 yil oldin ko'rgan bollar namozxonlari ham bor edi xamasi sharmanda 3 yil deganda korishdik 15 minutga zo'rga chidadim chiqib ketdim ,,taxsi da uyga ketdim borib yana yig'ladim .uzb da bolamga 1 shapaloq urgan man uni eslab ham yig'layman kimdir yaqinlarini sog'inib ichishga ruju qo'yadi kimdir chekishga-xar kim xar xil -man juda sog'inaversam yig'lagim keladi -xama narsa ga yig'lagim kelaveradigan bo'lib qolgan odamlarnig o'zgarib ketganiga ham-uzbekistondagi yoshlarnig kiymlariga ham .onasidan tug'ilgan yoshi 25 -30 ga borgan kalimasini bilmaydigan insonlarni koraman unga ham yig'layman xamasiga yiglaydgan bolib qolibman .yonimda bolla bosa unday mas ,hech kimyoqligida mazza qilib ..bu erda yuribman 3 yil dan bu yon xuddi hech kimga keragim yo'qday xech kim mani soginmaydigan deb tuyiladi. aslida unday emas ular har kuni namozda ovqat eb boganlarda xamma vaqti mani duo qilishadi ayolim namoz oqiganida yonida farzandlarim b-sa ular ham qoshilib ,kichkina qo'lchalarini kotarib dadam dadamiz baxtimizga sog salomat bolsinlar deb...(manig yozuvlarimga tushuna olarmikansila -boshlarz og'irib qoldimi) xayr salomat boliglar
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:21:19
maknuna:

Assalomu alaykum!
Kuyunchalik bilan yozganlaringizni o'qib chiqdim. Albatta Vatandan yiroq bo'lgan - silaga judayam qiyin.
Lekin siz etgan "ba'zilar"ning o'zga yurtda zalolat botqog'iga botishlariga kuyindim.
Kimdir ularni horij buzgan, u yoqda ko'rmaganlarini, bu yerda ko'rayapti deyishi ham mumkin. Avvalo, hammasi insonni o'ziga bog'liq deb o'yliman.
Iymoni butun inson qayerda bo'lmasin, o'zligini unutmiydi.
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:21:30
Behzod:

Assalomu alaykum, birodar "k Guest". Xatingiz judayam ta'sirli.
Alloh sizga sabr bersin, inshaalloh, hammasi yaxsh bo'ladi. O'sha buzilgan vatandoshlar bilan, menimcha, qochish emas, aksincha, yaqin bo'lish kerak. Ular atrofdagi muhit ta'siridan, yonida yaxshi insonlarning yo'qligidan, xullas, qalbdagi iymon o'zi xohlagan ozuqani ololmaganidan, ehtimol, shunday ahvolga tushgandirlar. Ular haqqiga ham duo qiling, Alloh ularga insof bersin.

Bugungi dunyoda musulmon odamning iymoni salomat qolishi uchun jamoat, ya'ni yaxshilar jamoati, suhbati judayam zarur. Ilohim, Alloh har doim bizlarni yaxshilar bilan birga qilsin.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:21:41
Ketaman:

Assalomu alaykum ,raxmat silarga -Hammmalrizni kirib kegan yangi 2006 bilan tabriklayman .
O'tgan yil ushalmagan orzulariz, maqsadlariz bo`lsa, bu yil 2006 yilda hammasi ushalishini Allohimdan tilab qolaman.xech kimnig orzulari, armonga aylanmasin...
Allohim hammamizga insof-tofiq bersin ..
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:22:02
Feruza:

postingizni o'qidim. Ming afsus ba'zida shunaqa holatlar ham uchraydi. xudoga shukr, men unaqa holatlarning guvohi bo'lmadim, lekin ba'zida o'zbeklar bilan gaplashganimda, ikki munosabatini aytishsa yoqamni ushlayman. nahotki, shunaqa bo'lsa! axir biz bir yurtning odami bo'lsak! bir birimizning ko'zimizga cho'p suqamizmi? Bir biriga yaxshilik qilib, uzoq yurtda ona Vatanning sog'inib yashash o'rniga qanaqangidir be'mani narsalar bilan shug'ullanishga vaqt topadigan, o'zbek nomini yerga uradigan insonlarni tushunmadim, hatto nima deyishni ham bilmayman.
Ollohdan ularga faqat insof so'rab qolaman!
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:22:32
AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Bundan 1-2 oylar avval forumda "G'ayridinni bayram bilan tabriklasa bo'ladimi?" mavzusida bahs ketgan edi. Bunda bilib-bilmay ancha fikrlar, "hukmlar" berib yuborilgan edi.
Islom dini umuminsoniy din! U hammaga bir xilda hurmat ko'rsatadi.

Iqtiboslar:

Behzodbek:
O'zga dindagilarning bayramida ishtirok etish, ularni qutlash mumkin, degan gapni qayerdan oldiz? Mutlaqo bunaqa gap yo'q. Hatoo, bugun juda ommaviy bo'lib ketgan yangi yilni kutish masalasiga ham ulamolar qattiq turishadi.

Maknuna:
Sal dinni kengroq tushuning birodarim,
Siz birovni bayram bilan tabriklaganingiz bilan siz ham shu bayramni nishonlagan bo'lib qolmaysiz. Yoki musulmonlarning (mashhur ulamolarning ham) boshqa din vakillarini bayramlari bilan tabriklaganlarini va aksincha eshitmaganmisiz? Bu umuminsoniy qadriyat!
Payg'ambarimiz sav esa ularga o'xshab qolishdangina qaytarganlar. Aksincha boshqa din vakillari bilan ham aloqalarni yaxshi qilish kerakligini uqtirganlar.
Ramazon oyida hatto xristian davlatlari ham musulmonlarni hurmat qilib, ularni tabrikladilar, iftorliklar uyushtirdilar. Shu hurmatga biz ham javob berishimiz sizningcha, nahotki "bema'nilik" bo'lsa?

Feruza:
assalomu alaykum! yaxshi yuribsizlarmi?
yuqoridagi postlarni o'qib, rosa hayron qoldim. nahotki boshqa dindagilarni bayrami bilan tabriklash mumkin emas! oldin hech eshitmagan ekanman. agar bu gunoh bo'lsa, bilmadim nima bo'ladi.... chunki boshqa davlatda yashaganizdan keyin ularning bayram va qadriyatlarni hurmat qilishga majbursiz. lol qoldim!

Behzodbek:
Assalomu alaykum, Maknuna,
Masalani to'g'ri tushuning, bu yerda gap botil e'tiqodlarning botil bayramlari haqida ketyapti. Aqoid kitoblarida yoziladiki, agar ular shu bayram taomlaridan sizga ham olib chiqishsa, siz yemasligingiz kerak. Tabrik nima degani o'zi? Ma'qullash, xursandchiligiga sherik bo'lishmi? Siz o'zi Aqoid o'qiganmisiz? Aqoid ilmlarning boshi, aqidamiz xato bo'lsa, ming yil ibodat qilmaylik bir pul. Shuning uchun o'z aqlimiz bilan emas, shariat bergan yo'l bilan hukm chiqaraylik. Zero, biz uchun bugun ko'p narsa g'alati bo'lib tuyuladi, hikmatiga yetmasligimiz mumkin.


Xuddi shu tortishuvli masala yuzasidan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad yusfdan so'ragan  edik:
Iqtibos
Assalomu alaykum Shayx hazratlari!
G'ayridin yoki ahli kitobni bayramlari bilan tabriklasa bo'ladimi? Agar yaqin g'ayridin o'rtog'iz chaqirsa ularning bayramiga borsa bo'ladimi? Ahli kitobning dafn marosimida ishtirok etsa bo'ladimi (ibodatida emas)?
Ularning javoblari quyidagicha bo'ldi:

Уламолар сиз айтган ишларга рухсат берганлар. Байрамда табриклаш, ўлимда таъзия билдириш билан чекланган яхши.
http://www.islam.uz/forum/phpBB2/viewtopic.php?t=1385

Bilib bilmay turib diniy mavzuda "hukm" berishga shoshilmaylik.
Alloh barchamizning gunohlarimizni kechirsin! O'zi rozi bo'ladigan yo'ldan yurishimizni nasib aylasin!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:22:44
Behzodbek:

Assalomu alaykum.

Abdulaziz, mavzuni yana ko'tarib yaxshi qilibsan. Chunki, masalani aniqlashtirib olish kerak. Bilib-bilmay turib "hukm" bervorgan bo'lsak, albatta, buni to'g'rilash kerak.

Shayx hazratlari masalaga juda qisqa javob beribdilar va bu masalada buning aksiga fatvo bergan ulamolar ham bor. Men yuqoridagilarni bilib bilmay yozmadim, balki hanafiy mazhabi bo'yicha o'zim o'qigan kitoblar va ahli ilm birodarlar bilan bo'lgan suhbatlardan eshitganlarim asosida berdim. Men yana bu mavzuni surishtiraman va inshaalloh, yozganlarimiz xato bo'lsa, sizlarga yetkazamiz. Alloh hammmizning xato-gunohlarimizni kechirsin.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:22:56
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Rahmat sizga AbdulAziz, masalaga oydinlik kiritganingiz uchun!
Alloh rozi bo'lsin!

Islom dini umuminsoniy din! Uni tor ta'riflamaslik kerak. Ulamolar ham yengilini targ'ib qilishgan. Payg'ambarimiz ham yengillashtiringlar, deb tavsiya berganlar.

Gunohlarimiz O'zi kechirsin!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:23:09
Feruza:

Assalomu alaykum!
Xorijdagi va yurtimizdagi qadrdon yurtdoshlarim! Sog' omonmisiz? Hayot tashvishlari bilan bo'lib, bir nafas tin olishga vaqtingiz bo'lmayotgandir? Oxirgi paytlarda nima yangilklar va o'zgarishlar bo'layapti? Shular haqida yozing. Axir bir birimizga kundalik hayotda dalda bo'lib, bir birimizni suyamasak, hayotning ma'nosi qoladimi?
O'zim yozadigan bo'lsam, o'tgan hafta eng qiyin va mas'uliyatli haftalardan biri bo'ldi men uchun. Lekin har safar mana shu forumga kirganimda, hayotning eng og'ir sinovlari kichkinagina tashvishday tuyuladi go'yo. Axir bu yerda yurtdoshlarimni ko'rgandek, ular bilan suhbatlashgandek bo'laman.
Siz ham yozing, ancha yengil tortasiz.

Boringizga shukr.
« Last Edit: Mar 7, 2006, 2:48am by Feruzabegim »   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:23:20
maknuna:

Va alaykum assalom Feruzaxon!
Yaxshimisiz? Vatanimizga baribir hech qayer yetmaydi.

Feruza, mana siz ozmi-ko'pmi boshqa yurtni ko'rdiz.
Uning qaysi jihatlari sizga yoqdi-yu qaysi biri yoqmadi?
Qaysi holatlardan biza ibrat olsak bo'ladi? izning qaysi holatlarimiz ular uchun ibrat bo'la oladi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:23:35
Feruza:

Assalomu alaykum.
Uzr, savolingizga kech javob berayotganim uchun.
Menimcha, har bitta xalqning o'ziga xos yaxshi tomoni bo'ladi, hatto eng qoloq xalqlar ham boshqalarga odob, bilim, va mehr bobida o'rnak bo'lishi mumkin.
Bu yerdagi insonlar ham o'zimizga o'xshash: samimiy, ochiq ko'ngil. Lekin, o'zingizning xalqingizga yetadigani yo'q. O'zbek xalqining mehmondo'stligi va bolajonligi birinchi galda aytib o'tmoqchi edim. Bu haqida go'p gapirganman, ba'zida birovlarga erish tuyulshi mumkin. Lekin, hali O'zbekchalik sodda, mehribon, mehmondo'st va bolajon xalqni ko'rmadim. Ulardan ham ko'p narsani o'rganishimiz mumkin. Menga eng yoqqan tomoni, o'z huquq va burchlarini bilishadi, va kerak paytda ularni himoya qiladi.
Men shu fikrdaman. ;)
« Last Edit: Mar 11, 2006, 2:25am by Feruzabegim »   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:23:48
matgilanets:

Amerika oilalari bolajon emasmi?
Nima uchun bolani yaxshi ko'rishmaydimi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:23:59
Feruza:

Bolajon, lekin baribir farzand haqidagi qarashlar o'rtasida farq bor.

p/s. Bitta katta oilada (barcha qarindoshlar bilan) bittagina bola bo'lsa, bilmadim qanaqa? ???
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:24:11
ozoda:

Yug'e e nimaga unaqaq deysiz, Amerika davlatlari ham
Yug'e bu nima deganiz, Amerika davlatlari ham bolalarni yaxshi ko'rishadi, faqatgina tarbiya berishi bizni tarbiya berishimizdan boshqacha.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:24:24
ozoda:

Assalomu alaykum hammaga!!
Vatandan uzoqda, va vatandagi vatandoshlarim omonmisizlar?
Hudoyimdan barchangizga omonlik tilab qolaman!
Men bu saytga yaqinda, to'g'rirog'i kecha yangi a'zo bo'ldim, bu saytni menga tanishtirgan Feruzabegimga(200 boshi) alohida katta ramat aytmoqchiman!!!
Men bu saytga endi doim kirib turaman!!
Feruza kecha va oldin kuni biznikida(Wichta Falls, TX) mehmon bo;lib ketdi. Vatandoshimni ko'rganimdan juda xursand edim!!! Bir diydorlashadigan insoning bo'lsa yaxshida, ayniqsa Horijda ekanligingda!!!
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:24:36
Behzod:

18 mart ajoyib kun bo'ldi.
Javoharlal Nehru Universiteti talabalar shaharchasida Xalqaro taomlar festivali (International Food Festival) bo'ldi. Unda AQSH, Yaponiya, Koreya, Eron, Suriya, Norvegiya kabi ko'plab jahon mamlakatlari o'zlarining milliy taomlari bilan qatnashishdi. Jumladan, O'zbekiston ham o'zining milliy palovini biz talabalarga va xorijiy mehmonlarga taqdim etdi. O'zbekiston ishtiroki O'zbekistonning Hindistondahi elchixonasi tomonidan uyushtirildi.
Ajoyib kecha bo'ldi. Dehlidagi hamma o'zbeklar yig'ildi. Hisoblasak, 20 dan ortiq ekanmiz. Osh ham yaxshi bo'ldi.

So'ng o'zbek mumtoz qo'shiqlariga bizzi yigitlar bir chiroyli o'yin qilib berishdi. Farg'onalik Muhammadjon degan aka bor. Shunaqangi raqsni qotirdilarki, hamma davlat vakillari kelib, bizni davra qilib o'rashvoldi. Hammalari qoyil qoldi. Ular ham bizga qo'shilib o'ynab ketishdi.
Eronliklar ham zo'r o'ynasharkan, ular ham qotirishdi.

Ishqilib, yaxshi dam oldik. Turli mamlakatlarning taomlaridan totib ko'rdik, do'stlar orttirdik.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:24:51
Feruza:

Zo'r bo'libdiyu!
Boshqa davlatlar ham chiqish qildilarmi?
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:25:05
Ozoda:

AQSHga kelib o'zishni hayolimga ham keltirmagandim...
Tusimga ham kirmagandi ...
Mana omadim chopibmi, falakni gapdishidanmi AQSHdaman....
Horijiy mamlakatlarga bormasdan oldin juda qiziqamiz, qani edi borsak deymiz...Keyin esa huddi men va sizlarni ko'pchiligingizdek, Vattanni sog'ina boshlaymiz...
Kecha Feruzani uyiga kuzatib qo'ydim...AQShdagi host oilamnikiga taklif qilgandim, 2 kun turib ketdi...Ko'nglim tog'dek ko'tarildi!!!!
Vatandoshim bilan ko'rishish juda ajoyib edi...Kecha esa uni kuzatib qo'ydik...Endi Feruzani qumsayapman...Biznikida turgan ikki kun ichida bz juda bog'lanib qoldik...Oldin O'zbekistonda ekanligimda uni tanimagan bo'lsam ham mana shu ikki kun ichida hamyurtim yaqin dugonamga aylandi!!!
Bugun ham ,ekcha ham yomg'ir yog'di ...Kecha Feruzani kuzatib kelganimdan keyin negadir yig'lagim keldi...meni ko'z yoshlarimni sezgandek tinmay yomg'irini yog'dira boshladi....
Bugun ham...mana hozir yomg;ir yog;yapti...huddi meni Vatandoshim, dugonamni yana ko'rgisi kelayotgandek...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:25:25
maknuna:

Sizga ham salomlar Ozodaxon!
Forumimizga xush kelibsiz!
Man ham shu forumni juda yaxshi ko'raman. Nimadandir ko'nglim g'ash bo'lsa kiraman, o'qiyman, ko'nglim ko'tariladi.
Nimadandir qiynalsam, kiraman, yordam berishadi, dalda bo'lishadi ...
Ozoda, siz ham tez-tez qatnashib turing.
safimizga qo'shilganingizdan xursandman.
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:25:39
Maknuna:

O'qib man ham qiziqib ketdim. O'choq-qozonlarimizni ham olib borishgan ekanmi? Oshni ko'rgan boshqa millatlarning fikri qanday bo'ldi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:25:51
maknuna:

Alloh nasibangizni qo'shgan bo'lsa hech gap emas.
AQShda o'qishlar qiyin emasmi?
U yerdagi oilangiz haqida ham gapirib bersangiz.
O'zga yurtda o'z vatandoshing bilan ko'rishib, u bilan yurtingni qo'msahning gashti ham o'zgacha bo'lsa kerak :)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:26:09
Behzodbek:

O'choq-qozonni ham elchixonamizdan olib kelishibdi. osh zo'r bo'ldiyu, biroz kam qilishibdi-da.

Crack degan AQSHlik tanishimizni ham olib bergandik, oshni maza qilib yedi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:26:23
Feruza:

Gashti ham bor, lekin ketish paytidan yomon narsa yo'q. Xuddi uyingizdan, ota onangiz bag'ridan chiqib, yana bu yerga birinchi marta kelayotganday his qilasiz. :'(
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:26:38
Shoir:
O'zi oz narsa shirn bo'ladi.

Crackjon rosa hayajonlangan bo'lsa kerak-a?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:26:58
Feruza:

Nasib ko'rishishga harakat qilamiz.
Bu yerda tanishgan xorijdagi o'zbeklarim bilan menimcha butun umrlik do'st bo'ldik. Chunki hamma bir birini qo'llaydi, dalda bo'ladi.
Menga ham rosa og'ir bo'ldi Ozodaxonnikidan ketish, aksiga olib bir necha kundan beri yomg'ir yog'ayapti. Menga yoqardi, lekin bu yerda yomg'ir yog'sa uyga ketgim keladi, buning ustiga yurtdoshingizni ko'rgandan keyin umuman ketgingiz kelmaydi. :'(
Kumushbibi, qayerdasiz? ???

BArchangizning boringizga shukr.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:27:12
ozoda:

Ha Maknunahon, Feruzani ko'rib juda xusrsand bo'ldim, ikkalamiz ham juda xursand edik...
vatanni esa ostdan ham juda juda sog'indim...Feruza ham albatta...Feruza ikkimiz biznikiga kelganida uydan Host Oilamga sovg'a sifatida olib kelgan o'zimizni choynak piyolada choy ichdik...Oldin ham host oilam bilan ichgandim, lekin feruza bilan ichganimiz baribir boshqacha edi...
AQShda ekanligimga ham mana sal kam 7 oy bo'lib qoldi, lekin shu paytgacha faqat uyga telefon qilganimda, yoki Feruza bil;an tel. gaplashganimda bunaqa xursand bo'lgandim. Feruza biznikida mehmon bo'lib ketgani eng quvonarli damlar edi!!
Olloh barchamizga sabr-toqat bersin, Iloho omon eson vatanimizga qaytib boraylik!!!
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:27:35
AbdulAziz:

Musofir bo'lmaguncha musulmon bo'lmas emish, deydi xalqimiz.
Musofir yurtda o'z vatandoshingizni, qora qoshu-ko'z o'zbegimni uchratganingda hayratdan o'zingni bosolmaysan.
Nima bo'lganda ham vatandoshingning o'ziga tortib turadigan ohanrabosi bo'ladi.
Odatda musofirchilikda topilgan do'stlar bir umrga aziz bo'lib qoladi.

Sizlarning ham mana shu do'stligingiz umrbod bo'lishiga tilakdoshman.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:27:54
Feruza:

SAvolingizga javob berishga harakat qilaman.
Menimcha VAtanni har bir kishi o'zicha tushunadi va uni o'zgacha sevadi.
Men uchun VAtan tug'ilgan joyim, o'sha kichkina oilam, o'sha ona shahrim. Barcha barchasi, buni tushuntirib berish qiyin.
Boshqalar qanday fikrda?
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:28:05
Ozoda:

Assalomu alaykum...
BIlasizmi menimcha bu savolingizga javoblar juda ko;p...Kimdir tug'ilib o'sgan ona uy, kimdir, ona allasini eshitgan dargoh, ya kimdir boshqacha javob berishi mumkin...Men uchun esa Vatan-bu mana shu hammasini o'z ichiga birlashtirgan, iliq, mehrga to'la Dargohdir...
Vatan... Uni qanchalik katta kuchga egaligini AQSHga kelmasimdan oldin bilmagandim, to'g'riro'gi eshitgan bo'lsam ham o'zim his qilib ko'rmagandim...Mana endi Vatandan uzojda bo'lganimda, Vatanni rostdan ham Qutratli kuchga egaligini sezdim...U bizga quvvat bag'ishlaydi...Ming zo'r joylarda bo'lsangiz ham Ona Vataningizning bir kaft tuprog'iga yetmaydi hech narsa, yeta olmaydi ham...
Vatan...Kindik qonim tukilgan yurt...Ota-bobolarim yashab o'tgan dargon...Qayerda bo'lmayin, nima qilmayin iliqligi o'ziga tortuvchi joy...Mana shu Vatan!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:28:18
AbdulAziz:

Vatanni hamma o'zicha kashf qiladi.
Hamma Vatanni o'zicha tushunadi. Kimgadir, onasining issiq taftidan boshlanadi, vatan. Kimgadir, birinchi hatlab dunyoni ko'rgani ostonadan, yana kimgadir, otasining issiq mehridan...
Vatan bu sog'inib kutganing, talpinganing.
Onaga nega talpinadi inson? Uning ohanrabosi nima? Mehr bu - Vatan. Muhabbat - Vatan.
Sen nimani yaxshi ko'rib o'shanda intilgan, yetgan, erishgan narsang - Vatan!
   
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:29:13
ozoda:

Assalomu alaykum!!
Texasdan alangalik O"ZBEKONA salom sizlarga!!!
Vatan...vatan sog'inchi.....
Bugun uydan xat oldim.....Onajonim yozgan xat...Dadamlar yozgan xat....qog'ozdan ota-oanmni nafis hidi kelib turardi...Xatni uzoq o'qidim.....ayajonimni har bir yozgan so'zi men uchun olam -olam quvoch baxsh etdi...Ularni bugun rosa ko'rgim keldi...Mehrga to'la bag'riga boshimni qo'yib "Onajon!!!!" degim keldi...
Ayamlar har bir xatida meni duo qiladilar...Hamma ichida aytayotgan duolarini yozma ravishda yuboradilar....Har bir so'zini birida "Bolajonim ,qizalog'im, seni Parvardigarim o'z panohida asrasin!!!"deb yozadilar....
Ularni qanchalar sog'indim a!!!!!!!!!!!!! ???
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:29:59
ozoda:

Sizning ham qirlarda o’sarmi maysa,
Bir-birin suyagan daraxtlar bormi?
Yeru ko’k qish bo’yi sog’ingansa kuysa
Sog’inarmi, sizu mendek bahorni?

Sizda ham bulbullar chekarmi afg’on?
O’riklar novdasi gullashadimi?
Bir-birin ko’rmasa yurak bag’ri qon
Bo’lib sirli maktub yo’llashadimi?

Sizda ham suvlarning ko’pirib qoni
O’zlarini tog’dan tashlaydilarmi?
Kurtaklarning gulag aylangan oni
Bir shirin azobni boshlaydilarmi?

Sizda ham quyoshning aylanib boshi
Bulutlarning ko’zi tinib ketarmi?
Qaytar turnalarning to’kilib yoshi
Qadrdon maskanga qo’nib o’tarmi?

Sizda ham oh ursa tuproqlar
Hovuri hammaga seziladimi?
Tinmay shivirlasa ko’m-ko’k yaproqlar
Ildizlarning tinchi buziladimi??

Sizda ham"¦
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:30:15
Kumushbibi:

Ko’zlaringni o’zi qora, yig’lama,
Yuragimni etdi pora, yig’lama.
Ko’zlaringda jamdir oftob otashin,
Darkor emas o’zga aro yig’lama.

Qaroqlaring shulasin bir ko’rarga,
Ne shydolar zoru-zora, yig’lama.
Kecha-kunduz kamolatingni kuylab,
Shoir qalbi tortar na’ra yig’lama.

So’zi otash, ko’zi otash, parivash,
Qatoringda noring bora, yig’lama.
Yig’lasa ko’z qaro bo’lur demagil,
Go’zallikka chora bo’lur demagil..

Ko’zlaringni o’zi qora, yig’lama,
Yuragimni etdi pora, yig’lama"¦ :)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:30:42
Shoir:

Sizlarga savol bilan murojaat qilmoqchiman:

Horijliklar nigohida musulmon, Sharq deganda qanday xislatdagi odamlar tushuniladi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:30:53
Ozoda:

Assalomu alaykum Shoir!!
Horijliklarni ko’pchiligi musulmon halqi IROQ halqiga o’hshash deb tushunishadi, Lekin aytganimdek bu hammasi emas. Tog’rida ular Uzbekiston haqida, haqiqiy musulmonlar qanaqa bo’lishligi haqida ham hech qanday malumotga ega emas, Butun tasurotini Afg’oniston musulmonlariyu, Al Qoida lashkarlaridan olishadi. Men AQSHga kelib hammasiga bo’lmasa ham, bir qancha odamlarga haqiqiy muslimalaramiz qanaqa bo’lishini, musulmon halqi, urf-odatlarimiz, Vatanimiz, va aslida ISLOM terrorni qoralashini tushuntirishga harakat qildim.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:31:06
Shoir:

Va alaykum assalom!
Ha, g'arb olamida musulmon deganda qo'lida bomba ko'targan terrorist degan g'aliz fikr ham yo'q emas.
Ozodaxon, sizga tashakkur, mana shunday ularga tushuntirganingiz uchun.
Aslida musulmonlikning asl ma'nosi - tinchlik dinidir.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:31:16
Feruza:

Assalomu alaykum.
Savolingiz jiddiy, javob berishga harakat qilaman.
Sharq bilan musulmonlar haqida ikki xil nuqtai nazar bilan qarashadi. Chunki bular alohida narsalar. Siz Sharqdagi musulmonlar demoqchimisiz? Chunki musulmonlar faqat Sharqda emasku?!
Ular Sharq haqida judayam yaxshi fikrda, ular uchun bu o'zining axloqiy qoidalari-yu, samimiy odamlari bilan boy bo'lgan mamlakatlar. Musulmonlar haqida esa umuman boshqacha. Har kim fikr doirasiga va bilimiga qarab Musulmonlar haqida gapirishadi. Ba'zilarining Musulmonlarga hurmati baland, ular bilan do'stona munosabatdalar, lekin stereotypelarga ishonishadiganlari ham yo'q emas. Ba'zi bir insonlarning qabih harakatlari tufayli boshqalari ham shunday bo'lsa kerak deb o'ylashadi. Lekin, asta sekinlik bilan bu hol qisqarmoqda. Chunki AQSH musulmonlarining o'zlari har xil dasturlar ishlab chiqib, aholiga Islom dini haqida o'rgatishayapti. Keyin o'zlari Musulmonlar bilan birga yashab, asta sekinlik bilan Musulmonlarning tinchlikparvar ekanliklarini ko'rishmoqda. Shunday bo'lsada, haligacha o'sha eski, noto'g'ri fikrlar yo'q emas.
Hozirda men yashayotgan shaharda bittayam musulmon yo'q. Kelishimdan oldin oilamdan Musulmon ekanligimni bilishgach, turli xil gaplar bo'lib o'tgan. Lekin mana keldim, ko'rishdi, juda ko'p narsalarni so'rashdi. Ollohga shukr, hozir unaqa yomon o'ylashmaydi. Maktabda ham ko'p fanlarimdan Islom mavzusini tanlab, proyektimni qilaman. Muhokamadan o'tkazganimizdan keyin yana dinimiz haqida so'rashadi, javob beraman. Mana shu darslarim orqali orqali Islom ning ezgu va xolis din ekanligini ko'rishdi, qolaversa, o'zimning xatti harakatimdan bunga ishonch hosil qildilar.
Shunday qilib, hamma har xil o'ylaydi. Bu o'sha insonga bog'liq
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: watson 18 Oktyabr 2006, 02:31:28
hozirda uydan an4a olisdaman juda sogindim margilonimi!!!!!!!:)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Oktyabr 2006, 09:47:01
hozirda uydan an4a olisdaman juda sogindim margilonimi!!!!!!!:)
Xorijdamisiz?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: watson 18 Oktyabr 2006, 15:42:38
ha olloh inoyati bilan moskvada tahsil olyapman
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Oktyabr 2006, 16:24:18
ha olloh inoyati bilan moskvada tahsil olyapman
Qaysi yo'nalishda?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: watson 18 Oktyabr 2006, 16:27:40
hozir man maskva shahridagi RGU neft i gaza im I.M.Gubkin unversitetida 3 kursda uqiyapman
yunalishim "pererabatka neft" :)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Oktyabr 2006, 16:31:06
hozir man maskva shahridagi RGU neft i gaza im I.M.Gubkin unversitetida 3 kursda uqiyapman
yunalishim "pererabatka neft" :)
Yaxshi...
Neft va gaz sohasi yurtimizda  rivojlanmoqda. Sizdek xorijda o'qigan malakali kadrlar yurtimizga kerak. Qachon bitadi o'qish? Bu yerdan qanday borib qolgansiz? Gapirib bering... Bu bizga qiziq...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: watson 18 Oktyabr 2006, 16:53:14
rahmat!!!
uqish 5 yillik. bu yerda uqishimga sabab dadam.
uzlari ham shu universitetni 1979 yilda bitirganlar va meni ham neftiyanik bulishimni hohlagan.
hudo holasa 2009 yili uqishni tamomlab fargonaga qaytaman!!! etiboriz u4un rahmat
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Oktyabr 2006, 17:08:54
rahmat!!!
uqish 5 yillik. bu yerda uqishimga sabab dadam.
uzlari ham shu universitetni 1979 yilda bitirganlar va meni ham neftiyanik bulishimni hohlagan.
hudo holasa 2009 yili uqishni tamomlab fargonaga qaytaman!!! etiboriz u4un rahmat
YAXSHI.. "OT IZINI TOY BOSAR", DEGANLAR..:)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: watson 18 Oktyabr 2006, 17:30:16
katta rahmat!!!!!!!!!1
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Feruzabegim 01 Noyabr 2006, 12:44:48
hozir man maskva shahridagi RGU neft i gaza im I.M.Gubkin unversitetida 3 kursda uqiyapman
yunalishim "pererabatka neft" :)

O'qishlaringizda omad!!!!!!!!!!!!!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: watson 01 Noyabr 2006, 16:13:21
hozir man maskva shahridagi RGU neft i gaza im I.M.Gubkin unversitetida 3 kursda uqiyapman
yunalishim "pererabatka neft" :)

O'qishlaringizda omad!!!!!!!!!!!!!
katta rahmat!!!!
sizning ham ishlarizga olloh madad bersin.
profilizga qaraganda
vatanni qattiq sevasiz!!!
yoki siz ham horijdamisiz???
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Feruzabegim 06 Noyabr 2006, 12:56:57
hozir man maskva shahridagi RGU neft i gaza im I.M.Gubkin unversitetida 3 kursda uqiyapman
yunalishim "pererabatka neft" :)

O'qishlaringizda omad!!!!!!!!!!!!!
katta rahmat!!!!
sizning ham ishlarizga olloh madad bersin.
profilizga qaraganda
vatanni qattiq sevasiz!!!
yoki siz ham horijdamisiz???

Assalomu alaykum.
Menimcha, dunyoda o'z Vatanini sevmaydigan inson bo'lmasa kerak. Men ham xorijda O'zbekistonni sog'inib, ilk bora Vatan hissini yurakdan his qilganimda profilimga mana shularni kiritgandim. Hozir, OLLOHga shukur, O'zbekistondaman. Lekin shunday bo'lsada, yozganlarimni o'zgaritish niyatim yo'q. :)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: watson 07 Noyabr 2006, 16:53:09
ha vatanni qadrini undan yzoqlashga4 bilarakan inson!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: muzaffarhon 26 Noyabr 2006, 15:58:34
assalamu alaykum muzaffarman hazır turkıyadaman turkman lakın sızge yazmak hahladım.ozbek barodarlarnı Allah içhun yahsı korıyapman.ozbekchenı yahsı bılmıyapman gecırasız.dostlar manga yazmak hahylasangız yazın sohbet kılamız ınsaallah [email protected] ham emaıl hem messenger bu
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: mutaallimah 06 Dekabr 2006, 04:08:46
Assalomu-alaykum men hozir arab davlatlarini birida oilamiz bilan yashaymiz. Biz yashab turgan davlatda ham maktab va bogchalar pullik shu sabablik biz ham pullik maktablarda talim olamiz.Lekin biz bu erga uquv yilini yarmida kelganimiz sabab 1 ancha vaqtimiz maktabga bormay utdi.Bu davlatda bizdagiga uhshash kelgan joyidan maktab va bogchalarga qabul qilish yuq ekan.Lekin alhamdulillah hozir uqiyapmiz.Madrasalarda dars berish va uquvchilarni odob ahloq va tartibga rioya qilishlari bizdagidan juda farqli.Arablarni kop odatlari ham bizdan farqli .Bizlar mehmonga borsak yoki ular mehmonga kelishsa odatlarimizni korib hayron bulishadi.Bizni eng hayron qoldirgani arab halqini hech qachon shakarsiz choy ichmasligi.Va yana ovqat bilan issiq choy ichmasliklari,shunday vaqtlarda uzbekistonni va uzbek oilalarni oshni yeb ketidan issiq choy ichib gurunglashib utirishlarini soginamiz
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 06 Dekabr 2006, 17:50:07
Assalomu-alaykum men hozir arab davlatlarini birida oilamiz bilan yashaymiz. Biz yashab turgan davlatda ham maktab va bogchalar pullik shu sabablik biz ham pullik maktablarda talim olamiz.Lekin biz bu erga uquv yilini yarmida kelganimiz sabab 1 ancha vaqtimiz maktabga bormay utdi.Bu davlatda bizdagiga uhshash kelgan joyidan maktab va bogchalarga qabul qilish yuq ekan.Lekin alhamdulillah hozir uqiyapmiz.Madrasalarda dars berish va uquvchilarni odob ahloq va tartibga rioya qilishlari bizdagidan juda farqli.Arablarni kop odatlari ham bizdan farqli .Bizlar mehmonga borsak yoki ular mehmonga kelishsa odatlarimizni korib hayron bulishadi.Bizni eng hayron qoldirgani arab halqini hech qachon shakarsiz choy ichmasligi.Va yana ovqat bilan issiq choy ichmasliklari,shunday vaqtlarda uzbekistonni va uzbek oilalarni oshni yeb ketidan issiq choy ichib gurunglashib utirishlarini soginamiz
Arab davlatlari ko'pku...Aynan qaysi davlatdasiz? Nomi bordur..:)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: yasemin 28 Mart 2007, 16:36:38
Assalomu alaykum aziz vatandoshlarim.

Haqiqatan, vatan, oila hasrati undan uzoqlashganda sezilarkan. Oldinlari bunday gaplarni o'qiganimda, jaa unchalikmasdiroov deb o'ylardim, ammo boshimdan o'tgandan keyin xato qilganimni angladim. O'zbekistonimni judayam sog'indim. Alloh barchamizga sabr bersin. Sizlardan bir iltimosim bor, musofirchilikda ekansiz, vatanimiz uchun, uning kelajagi uchun Allohdan duo qilib so'raylik. InshaAlloh odil, iymonu insofli qo'llarda ko'rishimizni nasib etsin. Hurmatlar bilan Irlandiyadan :)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Laylo 29 Mart 2007, 07:27:18
Va alaykum assalom!
Musofir yurtlarda bizni ham duo qiling.
Alloh sizni o'z panohida asrasin!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: NuR_BeK 31 Mart 2007, 05:01:34
Assalomu alaykum hurmatli Vatandoshlar, Azizlar,
Assalomu alaykum qadrdon O'zbekistonim, Samarqandim...
barcha chet elda tahsil olayotgan va ishlayotgan musofir Vatandoshlarimizga Alloh sog'lik, omad va sabr ato etsin!
Barchaga samimiy tilaklar ila Londoni azimdan kamina
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: oyqiz 05 Aprel 2007, 18:51:33
Assalamu alaykum.
Aziz yurtdoshlarim, man xammalarizni juda yaxshi kuraman.
Sizlarga baxt tilayman
.............salom
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Abu Abdulloh 21 Aprel 2007, 16:15:51
ASSALOMU ALAYKUM MAN XOZIRDA  KOREA  SHAXRIDA  ISHLIMAN
UZBEKISTONNI  JUDA  SOGINDIM LEKIN XOZIR BORISHNI ILOJI  YO'
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: JustMe 26 Aprel 2007, 00:01:21
InshaAlloh har birimiz niyatimzaga etily, Alloh berilgan sinov bilan chet elda musofirlikda yurish bizga bitilgan ekan, tugilgan joy, qarindoshlarni soginib niyatimzaga BismiLlah deb duolar bilan erishib kelamza.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: sarvinoz 11 Oktyabr 2007, 23:28:30
man sizlarga havas qilyapman horijdagi yurtdoshlar bari bir qaytasiz lekin dunyoni kurasiz sizlarni olloh uz panohida asrasin olloh asrarkan deb bemalol yurmang uzizni asrang yaxshi  ovqatlanib issiq keyinilar.omaad
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: sarvinoz 11 Oktyabr 2007, 23:33:33
har birizni olloh asrasin bizga ham nasib etsin chet ellarda uqish
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: watson 16 Oktyabr 2007, 20:54:23
barcha uydan uzoqlarda vegona joylarda tahsil olayotgan vatandoshlar!
barchamizi begona yurtlarda olloh uz panohida asrasin
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Yusuf 03 Noyabr 2007, 20:09:12
Assalomu alaykum,

chetga chiqishga, evropaga sayohat qilish orzuim edi . Allohga behisob shukurlar bulsinki, usha orzuimga ham etdim, lekin etib kelgach ancha kun uzimga kelolmay yurdim. Bir uzim, birorta ham uzbek atrofimda yuq. Evropaning guzalliklari-yu va boshqalari xayolimga ham kelmaydi. Eng chiroyli joylariga ham bordim, lekin bir narsani ich ichimdan his qildim-ki, butun evropa bitta qishlog'imni urnini bosolmas ekan. Boshida kelganlarimga pushaymon bula boshladim. Boshida kimdir yul yuriq kursatib  yubormasa  juda qiyin  bularkan. Ota-ona sog'inchini-ku aytmasa ham buladi. Boshqacha fikrlay boshladim. Namoz uqiy boshladim va sekin  uzimni bosib oldim. Alhamdilullah hozir ancha yaxshi urganib ketdim, dustlar ham talaygina. Uzbeklar ham bor ekan.  Faqat Uzbekiston sog'inchi qiynayapti. Inshaalloh yozga Aziz Samarqandimga borishni niyat qilib turibman.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: JaviK 22 Noyabr 2007, 06:25:17

Vatnini sog`inganlar uchun!

Ватанни топиш...

Согинчлардан хайдалди юрак,
Севинчлардан кувилди дилим.
Аросатда сарсон вужудим,
Бир панох истайди сзига керак.
Ойнинг гуллари-да асрашолмади,
Куёшлар тафтида колди, саргарди.
Армонлари минг турфа дилни
Бешафкат такдири хануз каркарди.

Азнинг кучогига сширинди сснг,
(Телбавор кснгилни тушунар балки)?!
Машрабнинг мероси — девонавор ишк
Хамон мени дардида ёндирар сди.

Андирди...
Вужудим, рухим аланга —
Оташида коврилди, куйди.
Сснг кодири Якто кснглимга:
"Сен хам суйгин, у сени суйди"
Дес Ватанимни ксрсатиб ксйди.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Muhammadali 31 Yanvar 2008, 22:23:11
Assalomu alaykum Birodarlar.
Bugun ajoyib bir hodisaga duch keldim. Shuni sizlarga ham aytib bermoqchiman.
Peshindan so'ng ishga kelib, ofisga kirib ketayotgan edim. Har doimgiday eshig oldida har hil millatga mansub bo'lgan odamlar turar edi. Ularni orasida bo'yi uzun Sudanlik qari odam men tomon to'gri kelib, :
     - ey o'g'lim qayerliksan? deb savol berdi.
O'zbekistondan ekanligimni aytganimni bilaman, - Hush kelibsan bizni diyorga. - deb quchib oldi. U judayam hursand edi. Huddiki yo'qotgan eng yaqin odamini topganday hursand edi. Avvaliga tushunmadim. Keyin u menga qarab:
     - Sen ulug' Ulamolar yurti bo'lmish O'zbekistondanmisan. - deb  Bizdan chiqgan ulamolarni nomlarini sanab ketdi. Gap nimada ekanligini tushungandan so'ng judaham hursand bo'lib ketdim. Allohga behisob shukrlar bo'lsinki, bizlarni shunday yurtga farzand qilib dunyoga keltirdi. Allohga dou qilib so'raylikki, hozirgi avlodni ham O'zini yolida sobit qadam qilib, dinimizni mustahkam qilsin. OMIN!!!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: ALLADIN 25 Fevral 2008, 17:28:23
SALOM MEN YAQINDA  XITOYDAN KELDIM. XITOYDA BO'LGANIMDA O'ZBEKISTONNI JUDA  SOG'INDIM
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Sakina 29 Fevral 2008, 21:02:03
man uzbekistonni juda ham sog'indim :(
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Chustiy 06 Mart 2008, 09:45:56
Men ham Uzbekistonni juda sog'indim, Hudoga shukurki, internet hizmati mavjud blmasa horijdagilar anch siqilib qolishardi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Mart 2008, 19:31:54
man uzbekistonni juda ham sog'indim :(
Qaysi davlatdasiz?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: saraton07 27 May 2008, 01:58:23
Avvallari televizorlarda"Vatan,vatan,vatan tuprog'i,vatan sog'inchi "desalar,gazetalarda o'qisam,erish tuyulardi manga.
 Endi musofirlikda bu so'zlar bekorgamasligini tushunib yetdim. Vatanni qadriga yetinglar aziz do'stlar. Bu gaplar yerdan chiqmagan .Hammaga  Vatan mehri yor bo'lsin,Vatanga sodiqlik yor bo'lsin,Vatanga xoinlik dildan yo'qolsin,ilohim. Inshalloh.Omin!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: registan 06 Avgust 2008, 14:07:59
Avvallari televizorlarda"Vatan,vatan,vatan tuprog'i,vatan sog'inchi "desalar,gazetalarda o'qisam,erish tuyulardi manga.
 Endi musofirlikda bu so'zlar bekorgamasligini tushunib yetdim. Vatanni qadriga yetinglar aziz do'stlar. Bu gaplar yerdan chiqmagan .Hammaga  Vatan mehri yor bo'lsin,Vatanga sodiqlik yor bo'lsin,Vatanga xoinlik dildan yo'qolsin,ilohim. Inshalloh.Omin!

To'gri aytasiz Saraton07, man ham vatanimni sog'indim deganlarga, "Vatanni ham soginiladimi? Ota-onangni, oilangni, bola-chaqangni, do'stlaringni sog'ingandirsan." derdim ishonqiramay. Mana Allohning inoyati bilan o'zga yurtda yuribmiz, vatan sog'inchi degan tuyg'u ham borligini u tuyg'u faqatgina tillarda emasligini anglab yetdim.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Semper Fi 07 Avgust 2008, 09:05:03
Vatan soginchi eng azoblisi ekan. Vatandan uzoqda bulganlar Boburning holini tushunishadi!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: prettyuz 09 Yanvar 2009, 17:00:58
Salom hammaga man ham VATANimni juda sogíndim hech narsaga alishmayman,hamma narsa yetarli sharoit zo'r lekin nimadir kam,nimadir yetishmaydi bu albatta VATAN tafti,O"zbekiston quyoshi.Koreada yashaydiganlar bormi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Jalol Ahmad 30 Yanvar 2009, 04:08:07
        :as:

Vatan haqiqatdan ham Vatan degan suzlardi musofirlikka chiqqanda etib boriladi farqiga degan brodarlarim bor edi. Man ham musofirlini kuray derdim chunki nohaqliklardan tuyib ketgandim hozirda Allohga shukurlar bulsinki erkin fikirdaman! Amo sog'inch buladi ekan baribir!
 :as:
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Abdul_Malik 10 Noyabr 2009, 09:27:58
3-sinfligimizda o'qituvchimiz butun sinfga Navoiyni bir ruboiysini yodlagandik. O’shanda boshidagi ikki misrani ma’nosiga hech tushunmagandim. Oradan 18 yil o’tib bu misralarni mag’zini juda yahshi anglaaab yetayapman:   

G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshyon bo'lmas emish.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Abu Muso 10 Noyabr 2009, 09:53:53
 :as:
Bu misralarni quyidagicha ham, tushunish mumkin...

G'urbat  - insonning tanasi
G'ariyb - insonning ruh(jon)i
El  - bu dunyodagi jamiyat
Oltin qafas  - bu jilvagar yorug' dunyo
Qizil gul  - dunyo ne'matlari(boylik, mansab, ...)
Bulbul - bu dunyodagi tirik Inson
Tikan - Jannat!


Izoh :  G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish   -
Inson toki tirik ekan, ya'ni Ruh tanda ekan, u hech qachon shod
bo'la olmaydi, chunki u o'limga yaqinlashib boraveradi. Bu esa
dunyodagi Inson uchun yahshi oqibat emas, chunki uni bu dunyoning
hamma lazzatu-farog'atidan ayirib ketadi. El anga shafiqu mehribon
bo‘lmas emish - Hech qachon hamma Insonlarni rozi ham qilib bo'lmaydi.
Yoki, Insonlar qancha siz uchun yahshilik qilmoqchi bo'lsalarda,
faqat qabrgacha kuzata oladilar. Undan naryog'ida sizni yakka
qoldirib ketadilar, aqrabolar ham. El(Insonlar) kishiga Mehribon
(Alloh) kabi bo'la olmaslar. Shu tufayli odamlar nima deb o'ylaydi,
deb emas, Alloh rozi bo'larmikan, deb amal qilib yashash kerak.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa  - agar bu oltin kabi jilvalanib
bizni o'ziga rom etgan dunyoning hamma "baht" deb o'ylaydigan
cho'qqilariga etsak ham, Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish  -
bu dunyodagi hamma yahshilklar, Jannatdagi qamchidek ercha
bo'la olmasligi Hadislarda aytilgan. Garchi bulbul tikanzorda
yashasa ham, uni oltin qafasga bandi qilib, yoniga eng chiroyli
qizil gulni solib qo'ysangiz ham, u sayramaydi. Chunki u shodmon
emas, tutqunlikda. Unga tikan bo'lsa ham, o'z oshiyonida yayrab
yurgani ma'qul. Inson(Odam Ato) ilk Jannatda yaratildi, so'ngra
bu dunyo(oltin qafas)ga badarg'a qilindi. Biz esa qafasda tug'ilgan
poloponlarmiz. Asl oshiyonimiz esa - Jannat! Uning bitta tikaniga
ham arzimaydi bu dunyomiz. Biz gumrohlar qandoq ham u oshiyonning
qadriga etaylik. Biz uchun oltin qafas va qizil gullar bo'lsa bas.
Hazrat Navoiy ana shu haqiqatni, bizga tushuntirmoqchidir...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: registan 05 May 2010, 10:50:20
Xorijdagi vatandoshlarga uylari bilan bog'lanib turishlari uchun tekin qo'ng'iroq qilsa bo'ladigan aloqa xizmatları ro'yxatini havola qilmoqdamiz. :)

Когда мс‹ говорим о звонках через интернет, мс‹ обс‹чно имеем в виду свсзь PC-to-PC. Звонки с помос‰ью Skype и прочих подобнс‹х приложений. Аа телефонс‹ мс‹ звоним не так часто, а зрс. Есть множество сайтов, которс‹е позволсют бесплатно позвонить куда угодно. Все, что нужно — наушники, микрофон, интернет. Мс‹ отобрали длс вас девсть лучших сайтов длс того, чтобс‹ вс‹ могли позвонить позабс‹тому другу или родителсм в какую-нибудь далекую страну.
Evaphone
С стого сайта можно позвонить куда угодно, просто набрав номер в верхней части странияс‹. У Evaphone есть русский интерфейс, так что проблем возникнуть не должно. Лосле того, как вс‹ вдоволь наговоритесь бесплатно (у сайта лимит, которс‹й вс‹ долго будете тратить), нужно будет платить за звонки. А¦енс‹ смешнс‹е. Дешевле чем в Skype точно.

FreeCall
Чтобс‹ воспользоватьсс стим сервисом, нужно скачать небольшое приложение (Windows, Linux, Mac). Можно звонить в любую страну и даже слать бесплатнс‹е sms. Лимит звонков — 300 минут и одна неделс. Лереносить минутс‹ на следуюс‰ую неделю нельзс.

Calleasy
У стого сайта есть одно только ограничение на бесплатнс‹е звонки. Можно делать сколько угодно звонков в странс‹, звонки в которс‹е стост дешевле 5 еврояентов за минуту. В тарифной сетке сервиса таких стран около пстидессти.

PokeTalk

Чтобс‹ звонить посредством стого сайта вам не нужнс‹ микрофонс‹ и наушники. Звонить можно прсмо с мобильного. Лимит — 50 звонков в месся с ограничением 10 минут на один звонок.

Flash2Voip
Звонки в более чем 30 стран прсмо из браузера. Аичего скачивать не нужно, просто набираете номер и ждете. Как понстно из названис — приложение построено на Flash, что может оттолкнуть некоторую часть аудтории.

MediaRing Talk
Бесплатнс‹е звонки в некоторое количество глобальнс‹х "œрегионов". США, А¦ентральнас Азис, Канада, Австралис. Можно использовать длс звонков мобильнс‹й телефон.

Globe 7
А­то нечто вроде виджета, которс‹й встраиваетсс в месенджерс‹ и прочие программс‹. Кроме, собственно, звонков по всему миру, есть ес‰е отправка бесплатнс‹х sms, онлайн-радио и ес‰е множество необсзательнс‹х, но неплохих бонусов. Доступно длс Windows, Mac, Linux.

iCall
Сервис использует ваше интернет-соединение, чтобс‹ превратить ваш компьютер в телефон. Лросто подключас его к телефонной сети. Можно звонить бесплатно сколько угодно, но только в США и Канаду, с ограничением 5 минут на звонок. Зато есть приложение длс iPhone и iPod Touch.

Jaxtr

Длс того, чтобс‹ попробовать позвонить с помос‰ью стого сервиса нужно сначала зарегистрироватьсс. Сервис вс‹дает вам телефоннс‹й номер, с которого можно звонить бесплатно прсмо в браузере.


manba (http://lifehacker.ru/2010/04/30/9-services-to-call-for-free/?utm_source=feedburner&utm_medium=feed&utm_campaign=Feed:+lifehacker-ru+(Lifehacker.ru)&utm_content=Google+Reader)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: umarova 13 May 2010, 22:48:35
Assalomu Aleykum,varandoshlar,man Ozbekistonni rosa sogindim.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Abdumuhaymin 13 May 2010, 22:50:59
Assalomu Aleykum,varandoshlar,man Ozbekistonni rosa sogindim.
Ha bilinvoti hayajonizdan...vatandosh :)
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: umarova 18 Iyun 2010, 19:28:45
Salom hammaga,man özbekistonni rosa sogindim,vatan tuprogini hidlagim kevotti.Baribir vatan,vatan bolib qolarkan.Lekin mani öglim germaniyada tugilgan,hali toshkentga borgani yoq,u uchun özbekiston notanish yurt,shunin uchun ozbekiston mani vatanim bob qoladi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: BelleQizcha 26 Iyun 2010, 04:06:50
Girmon disizmi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: shirin_a 20 Avgust 2010, 20:01:02
 :bs1:
 :as:
Vatanni sog`inchini uyizni sog`inchini ga[irish qiyinrog`akan, bu sog`inchni faqatgigan his qilish mumkunakan. Oldinlari musofirlarni unchalik chunomas edim, musofirman xorijdaman degan do`stlarim bn gaplashganimda ularga unchalik etibor bermasidim, lek hozir o`zim musofirman ularni chunvomman. Axir etishadiku "Musofir bo`lmaguningcha Musulmon bo`lmas" deb.
 Oyim etadila: xorijga chiqqan inson yoki haqiqiy musulmon bo`ladi yoki haqiqiy .....
.....bunday bo`lishdan Alloh asrasin.  :amn:
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: gulnora 11 Mart 2011, 09:55:50
Vatan bu ona misolida ko'rinadi 
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: BelleQizcha 11 Mart 2011, 18:53:15
Vatan bu ona misolida ko'rinadi 
HOoop de
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: olim bola 03 Iyun 2011, 19:46:33
men sharshunoslik institutining ning filalogiya fakultetiga kirsam AQSH da o`qishimni davom ettirish imkonim bormi? menga shu haqda ma`lumot bersangiz hursand bo`lardim.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: olim bola 03 Iyun 2011, 19:46:51
emailim [email protected]
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: _xurshidbek_ 28 Iyul 2011, 11:52:16
Allox nasib qilsa 9 avgust kuni vatanimda bo'laman!!! do'stlar iftorlikka kelilar Andijonchasiga osh qilib beraman!!!
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Usmon 10 Avgust 2011, 17:42:03
men sharshunoslik institutining ning filalogiya fakultetiga kirsam AQSH da o`qishimni davom ettirish imkonim bormi? menga shu haqda ma`lumot bersangiz hursand bo`lardim.
Agar inst. nomi G'arbshunoslik bo'lganda katta imkoniyat bo'lishi mumkin edi.. siz aytgan inst.da esa Korea, Japan, Turkey, India, PRCga o'xshash davlatlarda o'qishni davom ettirish imkoniyati bo'ladi.
lekin irrigatsiyada o'qibam AQSHga ketish mumkin, hech kim qarshilik qilmaydi, kerakli program topsez bo'ldi.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: BelleQizcha 14 Avgust 2011, 18:46:41
AQSHda oqigandan kora Hindostonda oqilgan yaxshi
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: ibnUyayna 14 Avgust 2011, 19:35:52
 AQSHda talabalari eng kop bolgan davlatlardan biri bu Hindiston ku..
 nega endi hindla ozlari USda oqishi orzu qilib yurgan bosa yu Hindistonda oqish afzakalan?
 
 lekin diniy ilmlari organaman dsa(mas:Yorqinjon domlaga oxshab) Hindiston yaxshi
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: BelleQizcha 14 Avgust 2011, 20:48:15
AQSHda talabalari eng kop bolgan davlatlardan biri bu Hindiston ku..
 nega endi hindla ozlari USda oqishi orzu qilib yurgan bosa yu Hindistonda oqish afzakalan?
 
 lekin diniy ilmlari organaman dsa(mas:Yorqinjon domlaga oxshab) Hindiston yaxshi

Hindistonda, manimcha o'qish tizimi na aqshda na zimbabweda bor... eng yaxshi oqtuvchilayam dars tizimlari ham hamma shariotlar ham oshatta bor deb oyliyman...
Hindostan economiyga va umumiy siyosatga yangi kirib kelyotgan davlat bogani uchun oquv shariotlari ham yangi va yangi sistemada oqitishadi...Lekin hindlar yangi AQSH bolishiga ishonaman
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Usmon 16 Avgust 2011, 14:46:11
Zimbabweni o'qitish tizimiga til tekkizilmasin!...

Hindistonda MBAgayam ashula ettirib, raqs tushirib ko'rib keyin olisharMISh....
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Lu`lu` 27 Avgust 2011, 07:38:34
 :asl3:
Хориждаги ватандошлардан Аью Йоркдагилар, бошимизга катта синов келспти. Шу кеча - Кадр кечасида ибодатимизни курбимиз етганича тукис килиб олайлик. Шанба ва скшанба Аллох панохида сув балосидан ссон-омон утиб, хурсандчиликда Ийди А амазонни каршилаш насиб килсин. Дуолариз остида дуо килиб колувчи Луълу опангиз
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: azizbek_mx 27 Avgust 2011, 08:22:40
Allohga omonat! Balo-ofatlardan öz panohida asrasin! Sizni va oila a'zolaringizni, ösha yerlik barcha mömin-musulmonlarni omonlikda saqlasin. Duolarda unutmagaymiz, bizlarni ham unutmaysiz degan umiddamiz. Xayrlisini bersin.... Hayajondan nima yozishniyam bilolmayapman.... :2 :'(
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Aziz Xalili 07 Iyul 2012, 08:09:43
 :asl3: :asl3:
yaxshimisilar aziz vatandoshlar mani bobam o'zbekistondan hijrat qilganlariga 80 yil buldi man saudi arabistonda to'giganman ham shotta yashiman bu saytni topib judayam xursand buldim vatandoshlar bilan suhbatlashni yaxshi ko'raman :7
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyul 2012, 08:41:23
:asl3: :asl3:
yaxshimisilar aziz vatandoshlar mani bobam o'zbekistondan hijrat qilganlariga 80 yil buldi man saudi arabistonda to'giganman ham shotta yashiman bu saytni topib judayam xursand buldim vatandoshlar bilan suhbatlashni yaxshi ko'raman :7

Va alaykum assalom!
Sizga ham salomlarimiz!
Aziz Xaliliy, sizga tashakkur. Vatandan uzoq yurtda tug'ilib, shu yurtda yashab, ta'lim olib, o'z tilingizni unutmabsiz.
Vaholanki, Saudiya Arabistonidagi hozirgi o'zbek yoshlari avlodining aksariyati o'z tillarini unutganlar deb eshitgandik.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Aziz Xalili 07 Iyul 2012, 09:02:52
95% saudiyadagi uzbelar vatanlarini ko'rishmagan afgonistondan utib bu yrga kuchishgan .
haa unutganlar bor lekin kop emas.mana mani otam va onam ham vatani ko'rishmagan fazli xudo hozirgacha tilimizni unutmadik.
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Aziz Xalili 07 Iyul 2012, 09:04:51
koplar unutishmagan lekin arabcha qushilib kitgan
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyul 2012, 09:49:54
1. Saudiya Arabistonida hozir taxminan qancha o'zbeklar bor?
2. Saudiya Arabistoni podsholigi Madaniyat va axborot vazili Abdulaziz Muhiddin Xo'ja ham o'zbek ekan. Shundaymi? Lekin o'zbekcha gapirmas ekan.
3. Yana hukumat va davlat idoralarida o'zbeklar bormi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Aziz Xalili 08 Iyul 2012, 07:16:57
1/Allahu a'alam taxminan 150.000 uzbek bordir
2/haa u kishi o'zbek .hukumat ishladigan o'zbelar hammasi o'zbekchani bilishmaydi chunki bular saudi arabistonga kop vax kilshgan 80-100 yil oldin kilshgan usmonilarni vaqtida kilishgan.
3/haa bor lekin kam .
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2012, 13:37:21
1/Allahu a'alam taxminan 150.000 uzbek bordir
2/haa u kishi o'zbek .hukumat ishladigan o'zbelar hammasi o'zbekchani bilishmaydi chunki bular saudi arabistonga kop vax kilshgan 80-100 yil oldin kilshgan usmonilarni vaqtida kilishgan.
3/haa bor lekin kam .

Tashakkur! Yana savollar bilan bezovta qilaman :)

1. Saudiya Arabistonidagi o'zbeklar hali ham o'zlarini muhojir hisoblashadimi? Yoki Saudiya Arabistonlik hisoblashadimi?
2. Saudiya Arabistonidagi o'zbeklar asosan qanday sohalarda mehnat qilishadi?
3. Saudiyada o'zbeklar uyushmalari, to'planib turadigan maskanlari bormi?
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Muslimahon 29 Sentyabr 2012, 06:45:29
 :bsm3:
 :asl3:

Vatan deb ko'ksini urganni ko'p ko'rdik. Ko'ksini tutganni esa...
Nom: Re: Horijdagi vatandoshlar
Yuborildi: Shuhrat_ 07 Dekabr 2012, 00:36:18
Eson omon oilangiz bag'riga yetib kelinglar