forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 05 Noyabr 2012, 14:11:51

Nom: Duxovkada blinchilkli kotlet sarmasi:)
Yuborildi: Ansora 05 Noyabr 2012, 14:11:51
 :asl3:

Bu taom menga judayam yoqdi, eng yaqin paytda tayyorlab korishingizni tavsiya qilaman. Men ham erta-indin qilsammi deyabman yana:)

Johida opada 8 dona kotlet bolibdi, blinchik ham 8. Menda 10 dona kotlet chiqdi, demak men kichkinaroq qilibman:)

(http://i.imgur.com/RN5Ze.jpg) (http://imgur.com/RN5Ze)

(http://i.imgur.com/t4IVY.jpg) (http://imgur.com/t4IVY)

Kerakli masalliqlar:

Blinchik uchun:

2 dona tuxum
2 stakan (400 ml) sut
0,5 stakan suv
2 qoshiq salat yogi
1,5 stakan un
qoshiqni uchida tuz


Kotleti uchun:


500 gr orta yogli qiyma
1 dona yirik piyoz
istakka qarab bir tutam petrushka
3 qoshiq non uvog'i (galete unu)
1 dona tuxum
Istakka qarab: murch, zira, garmdori vhk.
0,5 qoshiq tuz

Sousi uchun:


1 stakan sut
2 dona tuxum
0,5 stakan qirg'ichdan otkazilgan pishloq


Nom: Re: Duxovkada blinchilkli kotlet sarmasi:)
Yuborildi: Ansora 05 Noyabr 2012, 14:12:13
Tayyorlanishi:

Avvalo blinchikni pishirib olamiz, undan tashqari masalliqlarni solib aralashtiring. Unni elab, soling va yaxshilab aralashtiring. Suyuqqina xamir hosil bolishi kerak. Qoyiq bolsa ichi pishmay qolishi mumkin.

Men teflon tovada pishirdim, siz ham tagi yopishmaydigan tova yoki qozonizda pishiring. Menda 1 chomichdan 8 chomich boldi. 1 chomich suyuq xamirni biroz yoglangan tovaga tokib, hamma joyiga yetishi uchun tovani aylantirdim.
Blinchikni orta olovda pishiring, ust tarafi biroz qotgandan keyin narigi tarafini agdaring. Blinchik pishirishni bilamiz, degandirsiz men bunchalik tushuntirganimga:) lekin bunda razrıxlitel bolmagani uchun blinchigingiz xamir bolib yoki shakli buzilib chiqishini xohlamayman, hali kotletni orashimiz kerakda:)

Kotlet masalliqlarini chuqur idishga solib 15 daqiqa yaxshilab yo'g'iring. 8 dona uzunchoq kotlet yasab, qizigan yogda juda kuydirmasdan qovurib oling, shakli buzilmasin:)

Blinchiklarimizni ichiga solib, oraymiz va 8 dona sarmaga mos duxovka idishiga solamiz, chunki katta bolsa sous hamma joyiga teng yetmasligi mumkin.

Sous masalliqlarimizni aralashtiramiz va sarmalarimizni ustidan to'kamiz.

180 darajalik duxovkada pishloqlar qizarguncha pishirib olamiz, men 20 daqiqaga yaqin pishirdim.

Men kesilgan rasmini olmagandim, Johida opani rasmlaridan foydalanaman:) opani rasmlariga gap yoq:) men ovqatlarni oqshom qilganim uchun rasmlarim u kishinikiday emas:(

(http://i.imgur.com/jVVl2.jpg) (http://imgur.com/jVVl2)