forum.ziyouz.com

Maxsus bo'lim => Xorijiy bo'lim/Foreign board => Turk tili va adabiyoti => Mavzu boshlandi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:42:53

Nom: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:42:53
 :asl3:

Mendan Turkiya haqida ko'p so'rashadi, asosan qayerlarga borsak bo'ladi, shu yer haqida ma'lumot bera olasizmi, deb. Nasib bo'lsa bugundan boshlab Turkiyaning farqli joylari haqida ma'lumotlar berib boraman. Sizlar uchun foydasi tegsa xursandman:)

Istambulning nomini eshitmagan yo'qdir oramizda. Zero Istambul avvaldan bugungacha insonlarni diqqati-e'tiborini o'ziga tortib kelgan, o'zi haqida she'rlar, qo'shiqlar yozdirgan shahardir. Xattoki Payg'ambarimiz (s.a.v)ning Hadislaridan ham joy olgan bu muborak shahar...

Istambulda 7 yilga yaqin yashadim. Talabaligimning eng qiyin, eng jozibali kunlarini yashadim bu shahar bilan birga...Bu shaharning qandaydir mehrigiyosi bor, ko'chalarda faqir-fuqaro bilan birga milliyarder odamlarnini yonma-yon ko'rishingiz mumkin...

Istambulning yuqoridan ko'rinishi:

(http://s019.radikal.ru/i641/1204/ca/5847cba577fa.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:43:26
Istambul- eng ko'p aholiga ega bo'lgan shahari sifatida Dunyoda 34-o'rinda, Yevropada esa 1chi, deb tan olingan ekan.
Bu shahar Marmara dengizi sohilida joylashgan, ikki qit'ani birlashtirgani uchun o'rtasidan Bo'g'oz oqib o'tadi. Yevropada joylashgan qismiga- Avrupa yakası (Yevropa yoqasi), Osiyoda joylashgan qismiga esa Anadolu yakası, deyiladi.

(http://s59.radikal.ru/i164/1204/14/67116b55b2b7.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:43:46
Dunyoning eng eski shaharlaridan bo'lgan Istambul Miloddan keyingi 330-395-yillarda Rim Imperatorligi, 395-1204 va 1261-1453-yillarda Sharqiy Rim Imperatorligi, 1204-1261-yillarda esa Lotin Imperatorligi va eng ohiri 1453-1922 -yillarda Usmonli Davlatiga poytahtlik vazifasini o'tadi...

Bundan tashqari, Usmonli Davlatining halifalik davrida: 1517-yildan, 1924 yilgacha Istambul Islom dinining sunniy din markazi, sifatida xizmat qilgan.

Vizantiya davlatidan qolgan eng muhim me'moriy obida: Ayasofya muzeyi.

(http://s019.radikal.ru/i619/1204/6f/ceb8fc5a4e4f.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:44:49
(http://img182.imageshack.us/img182/8423/pict0296.jpg)

Istambul deyilganda ilk aqilga keladigan, uning timsollaridan biri bo'lgan "Qiz kulesi" (Kız kulesi) İstanbulning Uskudar (Üsküdar) massivida Vizantiya Davlatidan qolgan yagona namunadir. Miloddan avvalgi 24. yillargacha borib taqalgan uzoq tarihi bilan mashhur bo'lgan bu obida Qoradengiz bilan Marmara dengizining birlashgan joyida, bo'g'ozda qurilgan. Kız kulesi haqida xalqda juda ko'p tarixiy hikoyalar to'qilgan. "Kule"-Qal'alarning ustidagi ingichka, tsilindr shaklidagi yuksak qismi. Hozirda u yer tarixiy obida sifatida turistlarga ochiq.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:45:33
(http://img23.imageshack.us/img23/8180/pict0352y.jpg)

Buyuk Majidiya Jome'si, (Büyük Mecidiye Camisi), xalq orasida esa, O'rtako'y Jamisi (Ortaköy Camisi) İstanbuldagi Bo'g'ozning O'rtako'y massivining sohilida joylashgan. Jome', Sulton Abdulmajit tomonidan, me'mor Nigog'as Balyan'ga 1853 sanasida qurdirilgan. Jome'ning marmarlari zarif ishlangan. Keyingi safar ishlamalardan olgan suratlarimdan ham yo'llayman. Hozir topa olmadim. (İnson zoti san'at uchun toshni ham tilga kiritgan, bu yana İslom dinining tamsillaridan biri bo'lgani uchun, muhaqqaq Olloh Taoloning insonlarga bergan ilhomi bilan bo'lganligi shubhasiz.) Juda keng va katta derazalari dengizning o'zgaruvchan nurlarini jome'ning ichiga olib kiradigan tarzda maxsus planlangan.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:45:54
(http://img151.imageshack.us/img151/645/pict0316g.jpg)


Oh Ayasofya, İstanbulga kelganlarning nafasini kesadigan obidalardan biri. Tarixi juda qiziq.

Ayasofya (Yunoncha: Αγιά Σοφιά, tam adı: Ναός τῆς Ἁγίας τοῦ Θεοῦ Σοφίας, Latince: Sancta Sophia ya da Sancta Sapientia), Vizantiya İmperatori I. Justinyen tarafidan M.So'ngra 532 - 537 yillari orasida İstambulning tarihiy yarimorolidagi shahar markaziga insho ettirgan bir kadedrali bo'lib, 1453 sanasida İstanbulni Fotih Sulton Muhammad fath etgandan keyin, ilk Juma namozini o'qitgan joydir. Fotih Sulton, Ortodoks monastırini buzdirmasdan bino ichidagi rasmlarni, hullas Musulmon diniga mos kelmagan ashyolarni ustini bo'yatgan. Me'mor Sinan tarafidan keyinchalik 4 minora qo'shilgan. Vizantiya davrida bino eski bo'lganligi uchun, necha marta yiqilgan, lekin minoralar qo'shilgandan keyin bino kuchlanib haligacha oyoqda qolgan. Musulmonlarning qanchalik madaniyatga hurmat bilan qaraganlarini bu misoldan ham ko'rsak bo'ladi. Fotih hohlasa edi, Ruslarni bizni Jome'larimizni othona sifatida foydalanganiday hor qilishi yoki nurab bo'lgan obidani yer bilan yakson qilishi mumkin edi. Farg'ona vodiysida hech qanday tarihiy, diniy obidaning kunimizga qadar qolmaganligi meni juda qattiq yaralaydi. (Barmoq bilan sanarli qolgan bo'lsa kerak) Bu ham bo'lsa, oldin Chor keyinchalik Sovet tuzimiga qarshi kurashgan Vatanparvar insonlarimizdan yetaricha o'ch olaolmaganlari uchun, bizga ma'naviy shaklda azob berish maqsadida obidalarimizni to'plar bilan yakson qilishganidir:(
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:46:27
(http://img24.imageshack.us/img24/5273/dsc00687gew.jpg)

Ayyub al Ansoriyni İstanbuldagi qabrlari. Payg'ambarimiz (SAV)Madinaga hijrat qilganlaridan keyin hamma u kishini uyida mehmon qilmoqchi bo'ladi. Payg'ambarimiz hech kimni ko'nglini og'ritmaslik uchun tuyam qayerda cho'ksa, o'sha yerda mehmon bo'laman, deydilar. Hullas, tuya Eyyub al Ansoriyni uylarini yonida cho'kadi. Ammaviylar davrida, 621 sanasida İstambulni fatf etish uchun Eyyub Sulton ham qatnashadi. Aytishlariga qaraganda o'sha payt u kishini yoshlari 77 dan oshgan, otda tik o'tirolmaganlari uchun, meni otga bog'lab qo'yinglar, deydilar va shu tahlit fathga qatnashadilar.
Payg'ambarimizni mashhur hadisiga noil bo'lgan Fotih Sulton Muhammad ("İstambulni fath etuvchi hukmdor ne go'zal hukmdordir", İstanbul'u fethedecek hükümdar, ne güzel hükümdardır) ning piri Akshemsettin Hazratlari tushlarida Ayyub Sultonning qabrlarini ko'rgadan keyin Fotih Sulton bu qabrni insho ettiradi.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:47:52
(http://img242.imageshack.us/img242/2383/dsc00688n.jpg)

Eyyub Sulton ziyoratgohida joylashgan muqaddas omonatlardan Payg'mbarimizni oyoq izlari.


(http://img13.imageshack.us/img13/3996/dsc00689qte.jpg)


Usmonli podshohlaridan 1. chi Selim yoki Yavuz Sultan Selim 1470-1520) 9 chi Usmonlı padishohi va 74 chi İslom halifasidir.
(bu orada Yavuz Turkiyada ko'p uchraydigan ismlardan, Eski Turkcha paytida bizdagi ma'nosida ishlatilar ekan, Usmonli paytlariga kelib "abjir, uddaburon" ma'nolarida ishlatiladigan bo'lgan)
halifa bo'lib hisoblangani uchun Makka va Madinadan muqaddas omonatlar olib keltirgan ekan, muborak oyoq izi ham o'sha paytlar olib kelingan.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:48:24
(http://img406.imageshack.us/img406/9726/dsc00692e.jpg)

Eyyub Sulton maqbarasining tashqi tarafi.

(http://img219.imageshack.us/img219/2770/dsc00693i.jpg)

Qushlar ham ziyoratga kelishibdi, bu rasmni olayotgan paytimda azon o'qilayotgan edi. Huddi qushlar ham tinglayotganday simga, darahtga tizilib olishibdi.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:48:52
Istambulda Ramazon ham zor otadi. Sultonahmad maydonida butun Ramazon magazinlar, rastalar ochi boladi...

(http://s39.radikal.ru/i084/0908/3c/7d1b351cef1e.jpg) (http://www.radikal.ru)
Sulton Ahmad maydonida butun Ramazon bo'yicha rastalar ochilib, Turk madaniyatiga oid nima bor bo'lsa hammasi ko'rgazmaga chiqadi. Arpadan tayyorlangan ichimlik "Bo'za".

(http://s44.radikal.ru/i104/0908/59/77b757774280.jpg) (http://www.radikal.ru)
Erzurum viloyatiga oid "kadayıf" shirinligi.

(http://s39.radikal.ru/i085/0908/12/a912fb29cf79.jpg) (http://www.radikal.ru)
Ramazonga hos "Tulumba" shirinligi.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:49:33
(http://i023.radikal.ru/0908/44/8b7c7706cca6.jpg) (http://www.radikal.ru)

Kep qoling qizargan kolbasalargaaa:)

(http://s51.radikal.ru/i132/0908/32/d1f236a8c841.jpg) (http://www.radikal.ru)

Cho'g'da tayyorlangan Turk qahvasiga nima deysiz:)

(http://s54.radikal.ru/i146/0908/f7/7fc8c90b9e3c.jpg) (http://www.radikal.ru)

Kestane, bizdagi kashtanning madaniy holidagisi bo'lib, qovurilib yong'oqday yeyilaveradi.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:51:04
(http://i013.radikal.ru/0908/34/e0a2a4408c4c.jpg) (http://www.radikal.ru)

 Sulton Ahmat(Sultanahmet) Jomesidagi yozuv:
Birlik-barobarlik-Allohning rahmatlaridan biridir.

Istambul Suton Ahmad jome'si. Usmonli Podishohi tarafidan 1606-1616 yillarida qurdirilgan. 6 minorali jome' İstambulning timsoli holiga kelgan.

(http://i006.radikal.ru/0908/4d/b0a12878719c.jpg) (http://www.radikal.ru)
Jome'ga kiraverishdagi manzara

(http://i065.radikal.ru/0908/e3/43f6fbfd703f.jpg) (http://www.radikal.ru)
Jome' hovlisi

(http://s40.radikal.ru/i087/0908/a6/47489d12963f.jpg) (http://www.radikal.ru)
Yana jome' hovlisi, hamma yer toshdan qilingan.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:51:39
(http://s57.radikal.ru/i158/0908/27/a114b8723d38.jpg) (http://www.radikal.ru)
Jome'ni ichi, namoz vaqti bo'lmagani uchun ayollar ham oldinda.


(http://i003.radikal.ru/0908/93/87d675c81fb1.jpg) (http://www.radikal.ru)
Sulton Ahmadni "qo'shnisi" Ayasofya. İkkalasi qarama-qarshi joylashgan.

(http://s44.radikal.ru/i103/0908/59/d2caee0f4e14.jpg) (http://www.radikal.ru)
İstambulning Anado'li yoqasi, qarshida Yevropa tarafi
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:52:13
(http://s16.radikal.ru/i191/0908/66/6a6ad9b1329e.jpg) (http://www.radikal.ru)

Qiz kulesida quyosh botish manzarasi..

Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:52:37
(http://i043.radikal.ru/0908/c9/b3ec8e4f7af8.jpg) (http://www.radikal.ru)
Yazan: Yahya Kemal Beyatlı
Bir başka tepeden

Sana dün bir tepeden baktım aziz İstanbul!
Görmedim gezmediğim, sevmediğim hiçbir yer.
Ömrüm oldukça gönül tahtına keyfince kurul!
Sade bir semtini sevmek bile bir ömre değer.

Nice revnaklı şehirler görünür dünyada,
Lakin efsunlu güzellikleri sensin yaratan.
Yaşamıştır derim en hoş ve uzun rüyada
Sende çok yıl yaşayan, sende ölen, sende yatan.

(http://s42.radikal.ru/i098/0908/48/96624680753a.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yuqoridagi manzaraning "kunduz ko'zi" bilan ko'rinishi.
İstambul. Chamlıja tepasi.
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:53:26
Ankara. "Ihlamur- Lipa vodiysi". Eng baland joylardan biri. Rasmni ortasida baland bino bor- bu binoning qurilishi hozir tohtatilgan, chunki binoning qanaqadir hujjatlari toliq emas ekan...Uzun binoning chap tarafida jomega ohshab ketadigan oqish bino bor- bu Estergon qal'asi. Aslida bu qal'aning asli Mojariston (Vengrya) da joylashgan bolib, ham Mojariston ham Usmonli davlati tarixida muhim rol oynaydi...Ankaradagisi esa tarixga bolgan hurmatdan qurilgan. Qal'aga bundan yillar avval Istambuldan 2 avtobus talaba sayohatida chiqqandik. Eng yuqori qismi restoran, bizga rosa hizmat qilishgandi, qornimiz toyib, mazza qilib ovqat yegandik:)

(http://i.imgur.com/33cy5.jpg) (http://imgur.com/33cy5)
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:53:54
(http://i.imgur.com/NJg4k.jpg) (http://imgur.com/NJg4k)
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 12:58:52
Mana bu yerda yaqindan olgan ekanman Estergon qalasini.

Qalani yonida hali menga borish nasib bolmagan "O'zbek" restoranti bor.

(http://i.imgur.com/LqWEQ.jpg) (http://imgur.com/LqWEQ)
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: AbdulAziz 06 Noyabr 2012, 13:05:47
OFF. Istambulda qurbaqalar ko'p ekan-a? Katta-katta qurbaqalar  :1
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 13:51:01
OFF. Istambulda qurbaqalar ko'p ekan-a? Katta-katta qurbaqalar  :1

Bilmadim, men hech kormadim:) necha yildan beri jonli qurbaqani bu yil yozda uyda kordim Anjonda :D
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: AbdulAziz 06 Noyabr 2012, 13:56:50
OFF. Istambulda qurbaqalar ko'p ekan-a? Katta-katta qurbaqalar  :1

Bilmadim, men hech kormadim:) necha yildan beri jonli qurbaqani bu yil yozda uyda kordim Anjonda :D

 :10 #3,4,5,6,7,8 postlarni boshqa brauzerdan ochib ko'ring :)
Nom: Re: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2012, 18:21:40
OFF. Istambulda qurbaqalar ko'p ekan-a? Katta-katta qurbaqalar  :1

Bilmadim, men hech kormadim:) necha yildan beri jonli qurbaqani bu yil yozda uyda kordim Anjonda :D

 :10 #3,4,5,6,7,8 postlarni boshqa brauzerdan ochib ko'ring :)

Vaqt bolganda almashtirib qoyaman maylimi:) menda korinib turibdida, shunga togridan qurbaqa deb oyladim:)
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 14 Fevral 2013, 21:57:43
Assalomu alaykum. Vaqt ziqligidan "qurbaqali" rasmlarni almashtirishgayam vaqt bo'lmayabdi:( bir kun vaqt ajrataman nasib bo'lsa.


Mana bu mavzuda Istambul haqida ancha ma'lumot berilibdi...


http://kulinariya123.blogspot.com/2013/02/blog-post_14.html?showComment=1360857653142#c6195774755604766857
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Sayyid 15 Fevral 2013, 14:54:50
Ansora, 14. rasmdagi icli kofte shekilli. : )
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: MUSLIM_uz 15 Fevral 2013, 19:38:17
Oh istanbul istanbul juda guzal shahar lekin kup borsamam bron marta aylangani vaqt bulmadi hardoim sulton ahmed masjidga boraman deyman nasib qilmaydi. Zamira opa hazrati Alini qilichlari bor muzey qaerida istanbulni inshoalloh bu safar borganimda vaqt topib utishka harakat qilaman.
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Salsabil 16 Fevral 2013, 01:19:29
Hazrati Ali r.ani qilichlari, Payg`ambarimiz SAVni soqol tolalari, Muso a.s asolari va bir qancha boshqa narsalar Topkapi sarayi muzesida saqlanadi.
Topkapi sarayi , Sultanahmet jomisini yonida, Seshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha ochiq yanayam ko`proq ma`lumot olish uchun: http://www.topkapisarayi.gov.tr/   (http://www.topkapisarayi.gov.tr/)
http://www.istanbul.net.tr/istanbul-Rehberi/istanbul-muzeleri/topkapi-sarayi-muzesi/98/4 (http://www.istanbul.net.tr/istanbul-Rehberi/istanbul-muzeleri/topkapi-sarayi-muzesi/98/4)
PS: Muzeyni aylanish uchun vahliroq borish kerak, muzay kotta bo`lib, hamma joyini aylanib chiqishga ancha vaqt ketadi!
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: albatros 07 Sentyabr 2013, 14:37:05
Hurmatli ahli forum va Turkiyada yashayotgan aziz insonlar!!! Mavlono Jaloliddin Rumiyning tug'ilgan joyi va maqbaralari haqida ma'lumot beruvchi suratlarni (bugungi kundagi) ushbu sahifada qo'yish imkoni bormi?
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Ansora 07 Sentyabr 2013, 19:35:08
Mana bu yerda qisqa bolsa ham malumot berilgan.


http://www.youtube.com/watch?v=BVymjhBEbVQ (http://www.youtube.com/watch?v=BVymjhBEbVQ)


Youtubedan video joylay olmadim yana:(
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: albatros 08 Sentyabr 2013, 19:44:32
Katta rahmat sizga. Turkiya madaniyati, urf odatlari, shaharlari haqida yana qiziqarli ma'lumot va suratlar bo'lsa qo'yib boring.
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: MUSLIM_uz 06 Oktyabr 2013, 22:33:28
istanbulda hoz ob havo qanday? hudo hohlasa indinga usha yerda bulaman!
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: azizbek_mx 07 Oktyabr 2013, 23:25:25
http://pogoda.mail.ru/prognoz/istanbul/ (http://pogoda.mail.ru/prognoz/istanbul/)
Nom: Javob: Turkiyaga sayohat:)
Yuborildi: Sayyid90 08 Oktyabr 2013, 11:09:11
Sivasda eshitishimcha qor yog'moqda ekan.