forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Ansora 09 Noyabr 2012, 16:40:06

Nom: Yeguliklarda qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2012, 16:40:06
 :asl3:

Insonlarning yashashi, o'sishi va rivojlanishni uchun kerakli kuchni asosan 3 oziq moddasidan biri bo'lgan yog'lardan oladi. Buning uchun yog'lar oziqlanishda judayam muhim o'rin tutadi.

Qolgan asosiy moddalar karbongidrat, proteindir. Go'sht, baliq kabi azotli oziq moddalaridagi protein va kraxmalli shakarli moddalardan tashkil topgan karbongidratlar inson vujudui uchun judaam muhimdir. Yog'lar, inson vujudining kuch qozonishida va rivojlanishida karbongidrat va proteinlar bilan birgalikda iste'mol qilingandagina o'z ta'sirini ko'rsatadi.


Yog'siz oziqlanish asosan rivojlanish yoshida bo'lgan insonlar uchun judayam tahlikalidir. Vujud uchun kerak bo'lgan ba'zi vitamin va yog' asitlari faqat yog'ning yordami ila ta'minlanadi.

O'rta yoshli bir insonning kundalik hayoti uchun kerakli bo'lgan 3000 kaloriya, 100 gr protein, 500 gr karbongidrat 50 gr yog' iste'mol qilingandagina vujudda hosil qilinishi mumkin.

Yog'lar karbongidratlardan 2 marotaba ko'p kaloriya bergani va yana da to'ydiruvchi bo'lgani sababli uzun muddat to'qlik hissi beradi.

Yog' turlari:

Hayvonlardan olingan yog'lar:

1. Saryog'
2. Hayvonlarning ich organlaridan olingan yog'lar
3. Margarin

O'simlik yog'lari:


1. Zatun yog'i
2. Paxta yog'i
3. Kunjut yog'i
4. Fındık yog'i
5. Kungaboqar yog'i
6. Soya yog'i
7. Kanola yog'i
8. Yeryong'oq yog'i
9. Makkajo'hori yog'i
vhk

(Maqolani bu mavzu uchun tez tarjima qildim, xatolari bolsa aytarsizlar, muallif Ali Akdeniz)
Nom: Re: Qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Mahdiyah 09 Noyabr 2012, 18:02:42
 :asl3:

Zaytun yog'i inson uchun juda foydali deyishadi. Lekin O'zbekistonda bu yog' qimmat. Har kunlik ro'zg'or uchun qimmatlik qiladi manimcha.
4-5 oy oldin 0.25 ml ni 18000-20000 atrofida edi.

Paxta yog'i sog'liq uchun zararli deyishadi. Lekin aksariyat o'zbek oilalari shu yog'dan foydalanadilar ro'zg'or uchun.

Kungaboqar yog'i zararli emas. Xozirda ham o'zbek oilalarining aksariyatida shunday yog' ro'zg'orbop xisoblanmoqda.

Biz ro'zg'orda asosan kungaboqar yog'idan foydalanamiz.
Gohida esa paxta yog'idan: osh va bo'g'irsoq, qovurma chuchvaralarni qovurganda asosan paxta yog'idan foydalanamiz.
Nom: Re: Qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 09 Noyabr 2012, 18:27:28
:asl3:

Zaytun yog'i inson uchun juda foydali deyishadi. Lekin O'zbekistonda bu yog' qimmat. Har kunlik ro'zg'or uchun qimmatlik qiladi manimcha.
4-5 oy oldin 0.25 ml ni 18000-20000 atrofida edi.
Va alaykum assalom.
Ispaniyaniki shunaqa qimmat bo'ladi, hidi ham juda yoqimli, 0.25ml biz taraflarda 14-15ming atrofida.
Arablarniki ancha arzon bizda, bir litr 26000 (mart oyidagi narh) turadi, hidi ispanlarnikiday yoqimli emas, rangi ham o'zimizning paxta yog'larinikiga o'xshab ketadi. lekin bu ham ispaniyanikichalik bo'lmasada mazali moy, salatlarga va taomlarga yaxshi ketadi.

Iqtibos
Paxta yog'i sog'liq uchun zararli deyishadi. Lekin aksariyat o'zbek oilalari shu yog'dan foydalanadilar ro'zg'or uchun.
Arzon bo'lgani uchun ko'pincha paxta yog'ini ishlatishga majburmiz.
Nom: Re: Qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Best friend 09 Noyabr 2012, 19:27:53
"Anjirga qasam, zaytunga qasam." (Tiyn, 1)

Alloh taoloning bir narsa bilan qasam ichishi u narsaning ahamiyatli ekanini bildiradi. Zaytun nafaqat zararsiz, balki shifo hamdir. Shuning uchun ham dorixonalarda sotiladi. Shuningdek sedana yog'i ham foydalidir, lekin u ham qimmat. Shunday bo'lsada oz bo'lsa ham iste'mol qilib turish foydalidir. Bizga foydali bo'lgan ozuqalar bilan ne'matlantirgan Allohga hamdlar bo'lsin. Nimalar foydali ekanini bizga o'rgatgan rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salotu salomlar bo'lsin.
Nom: Re: Qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2012, 21:10:23
 :asl3:

Fikrlar uchun rahmat. Meni oziq ovqat sohasida unchalik bilimim yoqligi sabab juda kop foydali malumotlarni tez tez tarjima qila olmayabman, chunki vaqt kerak bunga:(
Best Friend, shifoli yoglar uchun alohida mavzu ochgandim, u yerda sedana yogi haqidayam malumot bor:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4222.0

Bu yerda esa yeguliklarda ishlatiladigan yoglar haqida yozamiz.
Nom: Re: Yeguliklarda qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Best friend 09 Noyabr 2012, 21:39:31
Menimcha o'rinsiz yozmadim, zararli va foydali yog'lar haqida gapirildi-ku. Eslatma mo'minlarga manfaat yetkazadi. Agar mavzudan tashqari deb hisoblasangiz u holda uzr.

Lekin kerakli mavzu ochibsiz, rahmat opa.
Nom: Margarin nima o'zi, qanday paydo bo'ldi?
Yuborildi: Ansora 10 Noyabr 2012, 13:41:40
 :asl3:

Margarin nima o’zi, qanday paydo bo’ldi?


Fransiyada 19- asrning o’rtalarida saryog’ning qimmat va ishlab chiqarishining kam bo’lganligi sabab o’sha davrning imperatori 3, Napolyon arzon, lazzatli bir saryog’ o’rinbosari qidirayotgandi. Bundan tashqari Fransiya- Prussiya urushi kutilayotgan payt saryog’ biriktirishga ehtiyojlari bor edi. Buning uchun imperator bir musobaqa uyushtirib, musobaqaga olib kelingan eng yaxshi saryog’ ni o’rnini bosuvchisi uchun mukofot berishini aytdi. Shunday qilib margarinning kashfi uchun bir sharoit yaratilgan boldi. Dorixonachi Mege Mouries kashf etgan bu margarin butun bu dardlarga chora boladigan shaklda edi. 1869 yili patenti olingan margarin Gollandiya va Angliyada juda katta e’tibor kordi. Bu ikki o’lkada ikki farqli ishlab chiqaruvchining bir bolishi bilan dunyodagi ilk dehqonchilik oziq ovqat ishlab chiqaruvchisi bolgan Unilever (1929) qurildi.
Eng boshdagi ko’rinishi sabab margarin (Yunon tilidagi margon, marvarid) ismini olgan yog’, bugun butun dunyoda bir iste’mol yog’i o’rnini egallagan.

(Selim Okten yozgan bu maqolani keyin vaqtim bolganda qolganini tarjima qilaman nasib bolsa)
Nom: Haliyam margarin ishlatayotganlar o'qisin!
Yuborildi: Ansora 10 Noyabr 2012, 13:46:09
Margarinlar qanchalik foydali?

Issıq preslangan (ıssıq bosma) o’simlik yog’larining  (kungaboqar, makkajo’hori, soya, margarin) tarkibida bo’lgan trans yog’larning yillardan beri inson sog’lig’ini buzmasligi haqida  oziq ovqat ishlab chiqaruvchilar va bir qancha olimlar  tarafidan uqtirib kelindi. Holbuki, mustaqil ravishda tadqiqot olib borgan olimlar bu og’larning eng boshda yurak kasalliklari va boshqa kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkinligini aytmoqdalar. Ularga "œxalq dushmani" dedilar. Chunki bu dushmanlar xalqning arzon yog’ ishlatishiga qarshi chiqmoqda edi. Vaqt o’tdi. Mana hozirgi kunda margarin ishlab chiqaruvchi firmalar bir paytlar "œhech qanday zarari yo’q" degan trans yog’larni "œmargarinlardan chiqarib oldik" deb maqtanishadi.

Margarin va trans yog’ nedir?

Margarin eng oddiy, arzon o’simlik yog’larining kimoviy yo’l bilan (hidrojenizasyon) qattiqlashtirilgan shaklidir. Hidrojenize yog’lar (margarinlar), suyuq yog’larning suyuq bo’lishlarini ta’minlagan moddalarning hidrojen bilan to’ydirilib qattiq holga aylantirilgan shaklidir. Ya’ni qattiqlashtirish uchun u juft bog’lar ochiladi va ularning yerlariga hidrojen qo’yiladi. Bu ishlovga "œhidrojenizasyon deyiladi va yog’lar nikel katalizatorlarda hidrojen bilan to’ydiriladi.
Trans yog’ asitlari bu ishlov orasida sil bo’ladi. Bu yo’l bilan hosil bo’lgan trans yog’lar sentetikdir. A’ni tabiatda yo’q, soxta yog’lardir. Vujudimiz bu sentetik trans yog’larni tanimaydi. Yeguliklarda yog’ sifatida biz ishlatadigan tabiatdagi yog’larning (saryog’, quyruq,  charvi yog’lari, sızma zaytunyog’i) hammasi trans holida bo’lmagan yog’lardir.
Kavsh qaytaradigan hayvonlarning suti va go’shtida oz miqdorda trans yog’ asiti (biyohidrojenizasyon yo’li bilan) uchraydi. Faqat bu tabiiy trans yog’ asitlarini, sintetik trans yog’ asitlari bilan aralashtirmaslik kerak. Tadqiqotlar tabiiy trans og’ asitlarining hech qanda bir zararini aniqlamagan. Kundalik iste’mol qilingan trans yog’ miqdori yoki sintetik trans og’ asiti iste’molining eng oz 25 marotaba kamdir. Ammo margarin ishlab chiqaruvchilar vaqtida bu ilmi haqiqatni ham o’zlarining fodalariga hal qilib: "œqaranglar trans yog’lar tabii yog’larda ham bor, shunday ekan trans yog’lar zararsizdir" deyishgacha borishgan uyalmasdan. Tabiiki olqishlovchi  olimla! Ning ham qo’llab quvvatlashlari bilan birga!
O kadar çok yiyeceğin içinde aşikar ya da gizli (giydirilmiş!) trans yağ var ki şaşarsınız.
Shu darajada ko’p mahsulotlarning ichida oshkora yoki ashirin trans yog’lari borki, hayron qolasiz. Pechenye, keks, shokolad, kraker, vafli, cips, salat souslari, tortlar, bulochkalar, boreklar, baklava va shirinliklar bilan qovurilgan kartoshkalar, qovurilgan tovuqlar (nuggetlar) va yana nimalar nimalar"¦E’tibor bergan bo’lsangiz, bu yeguliklarning qutilarida "œhidrojen tabiiy yog’" yoki "œhidrojen o’simlik yog’i" shaklida ifodalar yozilgan. Oddiy fuqaro uchun bu unchalik ko’p ma’noga ega emas, agar bularni o’qigan bo’lsa ham. "œDavlar ruhsat bergan ekan-u, demak zararli emas" deb o’ylaydi. Ammo jiddiy yanglishadilar. Zotan so’nggi yillarda Dunyo Soq’liq Organizatsiasi trans yog’arning iste’molini to’htatish uchun hammanş ogohlantirdiç Juda ko’p o’lkada trans yog’larining sifatida qonuniy cheklovlar qo’yildi. Juda yaqinda bu tarzdagi margarinlarning hammasi ta’qiqlanadi.


Prof. Dr Ahmet Aydın.
Istambul Unv, Jarrohpasha Tibbiyot Fakulteti
Bolalar kasalliklari AQSH
Metabolizm va iste'mol bolimi boshligi

(Bu maqolaniyam tugatmadim, malunmingiz vaqt muammo:( )

Lekin ancha malumot berilgan, hech bolmasa bugun erta margarin olmoqchi bolganlar biroz oylansin!
Maqoladagi ximiya, biyologiyaga oid terminlarni keyin yana bir bor kozdan kechiraman inshalloh.
Nom: Re: Yeguliklarda qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Mahdiyah 10 Noyabr 2012, 15:34:16
Man sal tushunmadim uyda pishiriladigan pishiriqlarning hech biri margarinsiz bo'lmaydiku.

Unda nimadan foydalanish kerak?
Nom: Re: Yeguliklarda qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Хадича 10 Noyabr 2012, 17:23:07
Assalamu alaykum.
Bizayam margarindan ko'p foydalanamiz. Pishiriq ustozimiz ko'proq turkiyada ishlab chiqarilgan margarinlardan yoki saryog'dan foydalanishimiz kerakligini etardilar. Bir martta,saryog'dan Napaleon qilganimizda juda mazali chiqqan edi. Rostan ham o'zimizni margarinlarga nisbatan ular tavsiya qilgan margarin,saryog'lardan tayyorlangan pishiriqlar juda mazali chiqardi.
Kuzatishim bo'yicha,turkiyada margarin o'rniga saryog'dan ko'proq foydalanishadi oshxonada. Ham margaringa o'xshab odamni me'dasiga tegmaydi,ham mazali chiqadi.
Lekin kun ora uyda pishiriq qiladigan,keldi-ketdi ko'p xonadonlar saryog'dan foydalansa oila byudjeti kasod bo'ladi :)
Saryog'niyam arzoni,o'rtachasi,qimmati va eng sifatlisi bo'larkan. Eng arzon saryog'- 100 grammi 100 so'm edi :D ( yoz payti bir qiziqib so'ragandim )
Lekin, Zamira opa,siz nima tavsiya bera olasiz.
Chindan ham,saryog'dan foydalangan ancha afzalroqmi ???
Nom: Re: Yeguliklarda qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Ansora 11 Noyabr 2012, 18:38:28
Man sal tushunmadim uyda pishiriladigan pishiriqlarning hech biri margarinsiz bo'lmaydiku.

Unda nimadan foydalanish kerak?

 :asl3:
Margarin ishlab chiqaruvchilarning maqsadi ham shu edi zotan: hech bir pishiriq margarisiz bo'lmasin!

Saryog' ishlating. Hojayiniz yoki siz tarafdan qishloqda turadigan qarindoshlardan saryog' olinglar.

Men 3-4 yildan avval margarinning zararlari haqida o'qiganimdan keyin asta sekin margarindan uzoqlasha boshladim, mana 2 yildan beri umuman margarin ishlatmayman shukr.

Ho'jainimni Kars viloyatida qarindoshlari turadi, 2-3 oyda kopgina saryog va pishloq olamiz, anchaga yetadi. Tayyor saryoglardan umuman farqi katta, tayyor saryoglarni ichidayam aniq bir dunyo qoshimcha modda bor, rasta umrini uzaytiradigan vhk. Chunki olab qarang, oddiy uyda tayyorlangan saryog- kuvi, separator yogi kopi bilan muzlatgichda 1 hafta turadi, eritilmgan holda, tayyor saryoglarchi? Na hidi chiqadi, na ayniydi?

Margarinchi? Eng arzon, past sifatli yoglarga yana ximiyaviy reaksiyalar bilan tasir berilib, issiq presslangandan kein qotirilgan yogdir. Yani- suniy!

Odam organizmi bu suniy yogni singira olmaydi:( eng boshda yurakka zarar.

Afsus dunyoda shu jumladan Turkiyada songgi 20-30 yilda margarin dashshat darajada reklama qilingan: xalq nimaga arzon yog yemasligi kerak, shiori ostida.

Margarin degan narsa tabiatda tabiiy holda yoq- paxta yogi dan chigitdan, findik yogi findikdan, saryog esa- sigir, echkini sutidan olinadi, bu oddiy misolgina margarinning qanchalik soxta, suniligini korsatib turibdi:(

Ozbekistondaligimda bu yoz magazindan margarin olib kelishgandi, uni ishlatdim ovqatga, ishonasizmi- ovqatga umuman aralashmadi, ovqatni tamini buzdi, qozonni ustida suzib yuraverdi...Alloh biladi u yogni ichida nimalar bor edi, tarkibini surishtirishni iloji bolsa edi.

Bir vaqtlar margarinni oldingi qatorlarga chiqarish uchun bechora saryoqqa hujum qilishadi Turkiyada- nima emish- sogliqqa zarar, u bu, mana endi oqlashga boshlashdi sarogni. Togri ovqatlanish sohasi boyicha olimlar ham xatto- qishloqlardagi tanishlaringizdan saryog olinglar- deb takidlashyabdi...
Nom: Re: Yeguliklarda qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Ansora 11 Noyabr 2012, 18:42:10
Assalamu alaykum.
Bizayam margarindan ko'p foydalanamiz. Pishiriq ustozimiz ko'proq turkiyada ishlab chiqarilgan margarinlardan yoki saryog'dan foydalanishimiz kerakligini etardilar. Bir martta,saryog'dan Napaleon qilganimizda juda mazali chiqqan edi. Rostan ham o'zimizni margarinlarga nisbatan ular tavsiya qilgan margarin,saryog'lardan tayyorlangan pishiriqlar juda mazali chiqardi.
Kuzatishim bo'yicha,turkiyada margarin o'rniga saryog'dan ko'proq foydalanishadi oshxonada. Ham margaringa o'xshab odamni me'dasiga tegmaydi,ham mazali chiqadi.
Lekin kun ora uyda pishiriq qiladigan,keldi-ketdi ko'p xonadonlar saryog'dan foydalansa oila byudjeti kasod bo'ladi :)
Saryog'niyam arzoni,o'rtachasi,qimmati va eng sifatlisi bo'larkan. Eng arzon saryog'- 100 grammi 100 so'm edi :D ( yoz payti bir qiziqib so'ragandim )
Lekin, Zamira opa,siz nima tavsiya bera olasiz.
Chindan ham,saryog'dan foydalangan ancha afzalroqmi ???


Valaykum assalom. Xadichaxon, asta sekin margarindan voz kechinglar, chunki sogliqqa umuman zarar. Bu haqda malumotlarni asta sekin qoyib boraman inshalloh, oqib ozingiz xulosa qilaverasiz.

Saryogni turlari haqida ham malumot beraman nasib bolsa.

Pishiriqlarga kelsak, soqligqa zararli 3 oq narsadan uzoq turishni tavsiya qiladi doktorlar- un, shakar, tuz...

Xullas, pishiriqni kamroq yesak hech narsa qilmaydi:)
Nom: Re: Yeguliklarda qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 11 Noyabr 2012, 23:34:04
Pishiriqlarga kelsak, soqligqa zararli 3 oq narsadan uzoq turishni tavsiya qiladi doktorlar- un, shakar, tuz...
Zamira opa bu o'zingizmi? Safimiz kengayibdi : )
Oqlar bilan Qoralarni ham qo'shing opa. Masalan kakao, kofe : )
Un zarar emas, un tarkibidagi kraxmal zarar. 2-3 sort unda kraxmal kam bo'ladi. 3 sort unni shubhalanmay tanovul qilsa bo'ladi.
Nom: Re: Yeguliklarda qanday yog' ishlatyabmiz, yog'larni taniymizmi?
Yuborildi: Ansora 26 Noyabr 2012, 16:07:13
Pishiriqlarga kelsak, soqligqa zararli 3 oq narsadan uzoq turishni tavsiya qiladi doktorlar- un, shakar, tuz...
Zamira opa bu o'zingizmi? Safimiz kengayibdi : )
Oqlar bilan Qoralarni ham qo'shing opa. Masalan kakao, kofe : )
Un zarar emas, un tarkibidagi kraxmal zarar. 2-3 sort unda kraxmal kam bo'ladi. 3 sort unni shubhalanmay tanovul qilsa bo'ladi.


 :asl3:

Uka, biz hali sizday parhezga otganimiz yoq, ota olmasak ham kerak, lekin ancha pishiriqlarni kamaytirdim...