forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 14 Noyabr 2012, 16:13:07

Nom: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2012, 16:13:07
:asl3:

(http://ziyouz.com/rasmlar/donishmand.jpg)

Donishmand aka xalq va Vatan xizmati bilan bvo'lib, uyiga ham zo'rg'a boryapti ekan. Shul sabab, to'yga aytish menga topshirildi.
Yuqoridagi manzil bo'ylab kelaverasizlar. Lekin "Donishmand qayerda to'y qilyapti" deb yurmanglar. Ular Donishmandni emas, Abdullo akani bilishadi.
Xullas, to'yga, bir cho'qim (e yo'g'ey, bir tovoq) oshga marhamat!
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Mo'min Mirzo 15 Noyabr 2012, 14:25:00
 Toshloq tumani qayerda?
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2012, 16:25:22
Toshloq tumani qayerda?

(http://ziyouz.com/rasmlar/zarkent.jpg)
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Shuhrat_ 15 Noyabr 2012, 17:36:21
Shul kunga bizda ham bir kichik to'y bor edi, shul sabab borolmasak kerak.
To'yni yaxshi o'tkazinglar.
azizbek Mxga oshni 2 hissa tortinglar
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: azizbek_mx 15 Noyabr 2012, 17:41:23
Shul kunga bizda ham bir kichik to'y bor edi, shul sabab borolmasak kerak.
To'yni yaxshi o'tkazinglar.
azizbek Mxga oshni 2 hissa tortinglar

menimcha bu bolagaym "garantiya" yo`q... yana Xudo biladi. Baholiqudrat harakat qilamiz Inshaalloh. To`ylar ko`payaversin :)
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Abdulhafizaka 15 Noyabr 2012, 20:08:31
Донишманд тсйлар муборак, Аллоҳ насиб қилган бслса борамиз.
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Музаффар 16 Noyabr 2012, 10:02:56
 Toshloq yoki Marg'ilonda to'planib keyin borsak  yaxshi bo'lardi
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Donishmand 17 Noyabr 2012, 11:56:39
Assalomu alaykum ahli forum!!!
O'zimning imkonim biroz bo'lmagani sababli AbduAziz (baraka topsin) orqali ayttirgan edim (o'zimniyam kecha to'yga aytishdi :) ). Endi hozir yozishga fursat topilganida aytib qolay:

Forumdoshlar, Seshanba kuni biznikiga to'yga!!!

Shu kuni o'g'limiz Muhammad Ayyub, jiyanimiz Muhammad Asillarga hatna to'yi qilayapmiz. Hamda kenjamiz, qadrli singlimizni ham turmushga uzatayapmiz. Forumdoshlar, sizlardan avvalo hammalariga duo, undan keyin kelib bir cho'..., yo'g'e, bir-ikki tovoq oshimizni yeb ketsalaringiz boshimiz osmonga yetardi!
Barchangizni kutamiz!
"Sho'rvachi, sho'rva?! Sho'rvayam bo'lishi kerak!" - deydiganlarga sho'rva ham bor.  ;)


Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Ansora 17 Noyabr 2012, 12:56:16
 :asl3:

Donishmand, to'ylar muborak:)

Muhammad Ayyub va Muhammad Asillar mazza qilishar ekanda:) to'ybolalar yaqinlari orzu qilganday yigitlar bolib yetishishsin iloyim.

Singlingizniyam tabriklayman, borgan joylarida palak yozib, yangi xonadonlariga o'rnashsinlar, baxtli, saodatli bo'lishsin kuyovlari bilan...
To'ylar ko'payaversin...


(http://i.imgur.com/Tgc4S.jpg) (http://imgur.com/Tgc4S)
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Музаффар 21 Noyabr 2012, 08:37:48
Donishmand akanikida nahorgi nonushtada mehmon bo'ldik. Amir Muzaffarhon, AbdulAziz akamiz admin, Muhammad Sanjar va Muhammad Saidxon to'rtalamiz avval sho'rva keyin oshni tanovul qilib, qolaversa qand qurs, pista bodom deganlaridek, suhbatni "tashkilotlarning hizmat avtobuslari: muammolar, yechmlar, sharxlar" mavzusida obdon qizdirib o'tirdik. Keyin yuqoridagi forumdoshlarning rassomlik qobiliyati ham namoyon bo'lib qoldi. Ayniqsa quyonni rasmini zo'r chizisharkaney....
Hamma o'z fantaziyasi doirasida bahonalar keltirib, o'z manzillari tomon survorishdi.
Sal keyinroq Aqoid akamiz ham kirib keldilar KamaZ bortida. Asal, sho'rva va yana sho'rva keyin osh ustida Aqoid akamiizni suhbatj miboraklaridan bahramand bo'ldik...
Judayam fayzli, to'kin, chiroylik to'y bo'ldi. Qadrdon forumdoshlar bilan diydorlashib ham oldik.
Qaytishda Aqoid akamiz "O'zbekistonning jahon chempionatiga chiqish
 yo'lida Qatar va Eronning roli" mavzusida ma'ruza o'qib berdilar.
Barcha forumdoshlarga ham shunday fayzli to'ylar qilishingizgatilamdlshman.

hurmat bilan Muzaffar Qosimov, Andrey Slobodkin,  Ziyouz forumi uchun maxsus.
Marg'ilon-Toshloq. 20.11.2012
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Музаффар 21 Noyabr 2012, 08:40:23
vey laqmalik qilib, to'rt chini sho'rva ichganimni ham aytib qo'yibmanku..... :) :)
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: NANO 23 Noyabr 2012, 14:02:22
lol manga endi yetib keldi...

Donishmand okani uylantirvossila dip uqigan ekanman :)
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Музаффар 25 Noyabr 2012, 05:44:20
lol manga endi yetib keldi...

Donishmand okani uylantirvossila dip uqigan ekanman :)
уйланиб булганлиги никдан маълум смасми сизга ))))
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Aqoid 21 Dekabr 2012, 04:12:11
Shu, qachon Marg'ilonga yig'inga borsam, doim kamaz to'g'ri keladi. Yana kamazda bordim, alhamdulilloh.
Lekin bitta kamchilik bo'ldi to'yda.
Menga tugun berilmadi. To'ydan quruq qaytdim. "rassomlar" bilan ham ko'risholmadim.
Zato(o'zbekchasi nima edi shu so'zni) Muzaffarni to'ydan olib chiqib ketdim. Rahmat ham demadi.
P.s. Muzaffar to'yga kelishda shifokorga ko'ringan shekilli, oldinga nima qo'yilsa tap tortmay yeb tashla deb resept yozib beribdi shifokor ham. To'liq amal qilarkan Muzaffar shifokorning gapiga. :-)
Nom: Re: Donishmand akanikiga to'yga!!!
Yuborildi: Donishmand 21 Dekabr 2012, 09:56:22
Lekin bitta kamchilik bo'ldi to'yda.
Menga tugun berilmadi. To'ydan quruq qaytdim...

Tugun dasturxon qilib kelgan ayollarga berildi. Afsus, bilmabmanda, bo'lmasa o'shayoqqa o'tkazvorardim.)