forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 01 Dekabr 2012, 14:43:34

Nom: Oson va oqliqsiz pishloq tayyorlaymiz.
Yuborildi: Ansora 01 Dekabr 2012, 14:43:34
 :asl3:

Xabaringiz bo'lsa kerak odatda pishloqlarni tayyorlash uchun ham oqliq (Turk tilida-maya) ishlatiladi. Bu pishloq uchun oqliq shart emas. Turkiyada bu pishloqni nomi- Lor, Inglizchasi-Curd ekan.
Men 5 litr sut olaman har hafta, olgan sutimni 1 litrga yaqinini ishlatgandim, qolganidan pishloq qildim, 500 gr-ga yaqin pishloq hosil boldi. Siz ham sutingizni miqdoriga qarab ishlatiladigan sirka va tuz miqdorini belgilashingiz mumkin.


Kerakli masalliqlar:

4 litr sut
5 qoshiq sirka (olma, uzum sirkasi farqi yo'q)
Agar tuzli xohlasangiz tuzlamalarga ishlatiladigan maxsus qoya yoki dengiz tuzi, men 1 qoshiq tuz soldim.


(http://i.imgur.com/lKREH.jpg) (http://imgur.com/lKREH)
Nom: Re: Oson va oqliqsiz pishloq tayyorlaymiz.
Yuborildi: Ansora 01 Dekabr 2012, 14:44:04
Tayyorlanishi:

Sutni qaynatishga qoying, qaynay boshlaganda sirkani soling, aralashtiring. Sut qattiqlashib, qoyiqlasha va yashil suvi ajrala boshlagandan keyin yana 2 daqiqa qaynating. Olovdan oling. 20 daqiqa shunday tursin.

(http://i.imgur.com/4vUwf.jpg) (http://imgur.com/4vUwf)

Qatiq suzadigan buyumingizni (marli, paxtali materaldan tikilgan xalta) suzadigan idishingizga ogzini ochib yeguliklarni suzadigan buumingizga joylashtiring.  Pishloqqa aylana boshlagan qorishmani suti bilan birga xaltaga toking.

(http://i.imgur.com/ro7vX.jpg) (http://imgur.com/ro7vX)


Tuzli xohlasangiz shu qismda tuzini solishingiz mumkin. Xalta yoki marlining ogzini boylab ustiga ogir narsa qoying, men ichiga suv toldirilgan qozonchamni qoydim.

(http://i.imgur.com/VtndY.jpg) (http://imgur.com/VtndY)

(http://i.imgur.com/onyTf.jpg) (http://imgur.com/onyTf)
Nom: Re: Oson va oqliqsiz pishloq tayyorlaymiz.
Yuborildi: Ansora 01 Dekabr 2012, 14:44:18
Ustiga ogir buyum qoyilgan holda pishloqimiz 4 soat qolishi kerak. Bu vaqt otgandan keyin pishloqni xaltamizdan olib tograymiz va bolaklarga bolib, ogzi yopiladigan idishga solamiz. Pishloq 5-6 kungacha aynimaydi.

(http://i.imgur.com/FzPkI.jpg) (http://imgur.com/FzPkI)

Pishloqimiz korib turganingizday ortiqcha moddalarsiz tayyorlandi. Qaynagani uchun Бруяелла ismli bakteriyalardan holi.

Pishloq suvini agar non, bulochka qiladigan bolsangiz shularda bemalol ishlating....

Yoqimli ishtaha:)
Nom: Re: Oson va oqliqsiz pishloq tayyorlaymiz.
Yuborildi: Mahdiyah 01 Dekabr 2012, 19:21:05
Zamira opa ta'mi qanaqa bo'ladi?

Huddi magazindaka pishloqdaymi yoki brinzaga ko'proq o'xshidimi?
Nom: Re: Oson va oqliqsiz pishloq tayyorlaymiz.
Yuborildi: Ansora 03 Dekabr 2012, 13:26:58
Zamira opa ta'mi qanaqa bo'ladi?

Huddi magazindaka pishloqdaymi yoki brinzaga ko'proq o'xshidimi?

 :asl3:

Ta'mi brinzaga yaqinroq shekilli:) ozimizni brınzalarni yemaganimga unutdim mazasini:)

Bu pishloq shiringa yaqin boladi. Asosan boreklarda ishlatiladi, albatta nonushtadayam zor ketadi, asal va murabboni yonida:)