forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 06:55:50

Nom: Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Ilm kitobi)
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 06:55:50
Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy

IHYOU ULUMID-DIN
(Din ilmlarini jonlantirish)

Ilm kitobi
Birinchi kitob

Toshkent
«Movarounnahr»

MUNDARIJA

Qalb oynasiga keling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24121#msg24121)
Hujjatul-islom al-G‘azzoliy hayotlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24126#msg24126)
Muallif muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24137#msg24137)

BIRINCHI BOB
Ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati hamda uning naqliy va aqliy dalillari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24157#msg24157)
Ilm fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24157#msg24157)
Ilm o‘rganish fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24485#msg24485)
Ta’lim berish fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24491#msg24491)
Aqliy dalillar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24507#msg24507)

IKKINCHI BOB
Mahmud va mazmum ilm, ularning qism va hukmlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24515#msg24515)
O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24526#msg24526)
Imom Shofe’iy rahimahulloh.  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24552#msg24552)
Imom Molik rahmatullohi alayh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24563#msg24563)
Imom Abu Hanifa hazratlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24567#msg24567)

UCHINCHI BOB
Omma mahmud hisoblagan, ammo mahmud bo‘lmagan ilmlar haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24646#msg24646)
Mazmum bo‘lgan ilmni yomonlash illatining bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24646#msg24646)
Ilmlarning o‘zgartirilgan lafzlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24654#msg24654)
Mahmud ilmlarning maqtalgan miqdori (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24676#msg24676)

TO‘RTINCHI BOB
Xalqning xilof ilmiga berilib ketishi sababi, munozara va jadal ofatlarining tafsilotlari va uning muboh bo‘lishi shartlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24946#msg24946)
Munozaralarni sahobalar mashvarati va salaf ulamolarining suhbatlariga o‘xshatishdagi adashish bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24948#msg24948)
Munozara va undan kelib chiquvchi yomon axloqlarning ofatlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24988#msg24988)

BESHINCHI BOB
Ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi odoblari haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24998#msg24998)
Murshid ­ muallimning vazifalari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25120#msg25120)

OLTINCHI BOB
Ilmning ofatlari hamda oxirat olimlari va yomon olimlarning alomatlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25131#msg25131)

YETTINCHI BOB
Aql, uning sharafi, haqiqati hamda qismlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25210#msg25210)
Aqlning sharafi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25210#msg25210)
Aqlning haqiqati va qismlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25216#msg25216)
Odamlarning aqlda farqlanishi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25224#msg25224)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 06:56:49
Qalb oynasiga keling

Parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz, payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning ahliga, sahobalariga va ularga qiyomatgacha go‘zal suratda ergashganlarga salovot va salomlar yo‘llaymiz.

Assalomu alaykum, aziz O‘quvchi! Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitob Islom olamida mashhur va mo‘’tabar manbalardan sanaladi. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Musulmon xalqimiz orasida Imom G‘azzoliyning nomlarini, u zotning «Ihyou ulumid-din» asarlarini eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Lekin, afsuski, ba’zi bir parcha tarjimalarni, og‘izlarda yurgan rivoyatlarni aytmaganda, «Ihyo»dan bexabarmiz.

Alloh taologa yana ming bor hamdu sanolar aytamizki, ana shu mashhur, ammo notanish asar bugun o‘zbek kitobxoniga o‘zbek tilida taqdim etilayotir. Bu katta ishning boshida yurtimizning muborak ilm dargohlaridan biri — Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti ahli turibdi. Kitobning tarjimonlari — shu dargohning mudarrislaridir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 06:57:03
Imom Abu Homid G‘azzoliy ushbu kitoblarini «Ihyou ulumid-din» (ya’ni, din ilmlarini jonlantirish) deb nomladilar va u orqali zamonlar o‘tishi bilan tub ma’nosidan o‘zgacha anglashila boshlagan din ishi, ilmi, yo‘li asli qanaqa ekanini, payg‘ambarlar, salafi solihlar ularni qanday tushunishganini va  hayotlariga qanday tadbiq etishganini bayon qilishni xohladilar. O‘zini komil musulmon, ulamo, taqvodor sanaydiganlar qarshisiga bir pallasi oyat, hadis, hikmat-asarlardan iborat adolat tarozisini qo‘ydilar va har kimga nafsini tortib ko‘rishni taklif etdilar. Yoki, mazkur muborak manbalar ila qalb holatini aks ettiruvchi bir oyna sayqallab, uni sirlar yashirinib yotgan qalblarga ro‘para qildilar. Shuning uchun ham «Ihyo»ni qo‘liga olgan odam o‘zgarib qolsa, ajablanish kerak emas. Uni o‘qigan kishi, so‘zsiz nafsini hisob-kitob qilishga tushadi, katta bilgan amallarining tarozida tosh bosmaganidan, pinhon tutgan sirlarining qalb oynasida oshkor bo‘lganidan sergak tortadi, fikrlari ostun-ustun bo‘lib ketadi. Favqulodda go‘zal so‘zlar, chuqur mulohazalar, shafqatsiz haqiqatlar ta’sirida o‘zi bilan, gunohlari bilan ovora bo‘lib qoladi. Nazarini poklaydi, qalbiga sayqal beradi, niyatini o‘nglaydi. Faqat buguni yoki ertasi uchun emas, oxirati uchun ham astoydil qayg‘urishga tushadi. «Ihyo»ni o‘qigan va uning so‘zini uqqan har bir o‘quvchi-uquvchi shu holni boshidan kechiradi. Ammo, oldindan aytib qo‘yishimiz kerakki, «Ihyo»ni o‘qish ham, uqish ham oson ish emas, u ravon o‘qiladigan, tez tushuniladigan kitoblar sirasiga kirmaydi «Ihyo»ni o‘qishga kirishayotgan o‘quvchi fikrlar sahrosini kezib, bayonlar cho‘qqisini oshib, masalalar ummonidan suzib o‘tishga o‘zini hozirlashi lozim. Aks holda mutolaa so‘ngiga yetmay to‘xtashi, mashaqqatli mehnat ortidan erishilajak ne’matlar — fikriy, qalbiy, amaliy o‘zgarish va yuksalishlar qo‘lga kiritilmay qolishi mumkin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 06:57:25
«Ihyo» sabrtalab kitob. Uning mutolaasiga kirishgan kishi hayratomuz fikrlarga yoki bugun mutlaq haqiqat deya ishonilgan bir so‘zning teskarisiga duch kelib qolsa, «berdi»siga yetgunicha sabr qilishni, bu gap noto‘g‘ri-ku, deb kitobni yopmasligi kerak. «Ihyo»ning uslubi shundayki, bir fikr o‘rtaga tashlansa, uning xulosasi ko‘ngina kitoblardagi singari o‘sha zahoti yoki bir necha satrdan so‘ng emas, balki keyingi sahifada, hatto bir necha betlar keyin keladi. Shuning uchun sabr bilan o‘qiganlargina uning hayrat vodiylarda rohat ila sayr qiladi. Zero, har qanday ilm cho‘qqisiga sabr bilan yetishiladi.

Shuningdek, «Ihyo»da ayrim mulohazalar borki, ulardan umumlashtiruvchi xulosa chiqarish lozim bo‘ladi. Masalan, fiqh ilmi va olimlari haqidagi fikrlar (ayni masalada o‘sha zamondagi holatni ham nazardan qochirmaslik kerak). Ulardan Imom G‘azzoliy fiqhni va faqihlarni yomon ko‘rar ekan, degan xulosa chiqmaydi. Balki muallif  zamonasining olimlarini tanqid qilar ekan, haqiqiy faqih qanday bo‘lishini tushuntiradi, fikrini ulug‘ imomlarning holatlarini bayon qilish ila isbotlaydi.

«Ihyo»ni o‘qiyotgan kishidan yana xolisnazar va sergak bo‘lish talab etiladi. Aks holda ixtilofli fikrlar uyg‘onishi mumkin. Chunki Imom G‘azzoliy yashagan davr ila bugungi kunning diniy-dunyoviy hayotida ham, tushunchalarida ham tafovutlar mavjud, u paytda muhim bo‘lgan ba’zi narsalar bugun eskirgan, u paytda rad qilingan ba’zi narsalar bugun muhimga aylangan bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 06:57:48
«Ihyou ulumid-din» nafaqat din ilmlarini, balki o‘lik, mudroq, g‘ofil dillarni ham tiriltiruvchi asardir, qalblardagi narsani kashf etuvchi oynadir. Uni o‘qib-tushunganlar bunga amin bo‘lajaklar.

Endi, bevosita kitob va uning tarjimasi haqida.

Imom Abu Homid G‘azzoliy «Ihyo»da to‘rtta katta mavzuni jamlaganlar: ibodatlar haqidagi qism, urf-odatlar haqidagi qism, halok qiluvchi va najot beruvchi narsalar haqidagi qismlar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta kitobni o‘z ichiga olgan. Bu haqda Imom hazratlari muqaddimalarida xabar berganlar.

Imom G‘azzoliy biror mavzuni yoritar ekanlar, islomiy odob va an’anaga ko‘ra, dastlab unga tegishli oyatlarni keltiradilar, so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga murojaat etadilar, keyin esa, sahobalar, tobe’inlar va boshqa ulug‘larimizning so‘zlaridan, siyratlaridan dalillar keltiradilar, shundan so‘ng fikr-mulohazalarini bayon etadilar, lozim o‘rinlarda so‘zlarini hujjat bilan quvvatlaydilar. Muallif hadislarning izohini keltirmagan bo‘lsa-da, keyinchalik alloma Zayniddin Abu Fazl Abdurrahim ibn Husayn Iroqiy (hijriy 806 yilda vafot etganlar) tomonlaridan bu jihat to‘la ishlab chiqilgan, ya’ni har bir hadisning asosi keltirilgan, izohi berilgan. Shunga ko‘ra, tarjimada hadislar raqamlandi va kitobning oxirida ularning izohi ilova qilindi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 06:58:13
«Ihyo»ning ibodatlarga bag‘ishlangan birinchi qismi Ilm kitobi bilan ochiladi. Biz uni alohida holida chop etayotgan ekanmiz, bunda o‘zimizning ham, bugungi o‘zbek kitobxonining ham holi-sharoitiga qarab yo‘l tutildi. Keyingi kitoblar qay holatda — alohida-alohidami yoki birlashtirib chop etiladimi, buni sharoit ko‘rsatadi. Har holda avvaldan ma’lum qilamizki, «Ihyo»ning boshqa qismlari ham tarjima etilmoqda va, inshaalloh, yaqin oy-kunlarda o‘quvchiga taqdim qilinajak.

Aziz kitobxon, bilasizki, katta ishni boshlash hamisha mashaqqatli va og‘ir kechadi, beixtiyor xato-kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun bilib-bilmay sodir etgan nuqsonlarimiz, tarjimadagi g‘alizlik va kamchiliklar uchun sizdan uzr, Allohdan mag‘firat so‘raymiz. Ushbu muborak Ramazon kunlarida tortiq qilayotgan tuhfamizni husni maqbul etgaysiz. Imomimiz Hujjatul Islom G‘azzoliy hazratlarining haqlariga, qolaversa biz xodimlaringizning haqlariga duo qilgaysiz, gunohlarimizni kechirishini Yaratgandan so‘ragaymiz, zero, duolar ijobat bo‘lguchi oyda Allohdan katta-katta umidlarimiz bor. Allohdan tavfiq so‘raymiz, Ungagina sig‘inamiz va  Undangina madad tilaymiz.

Ijodiy guruh
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 06:59:42
Hujjatul-islom al-G‘azzoliy

Qumlar Unga tasbeh aytadigan, soyalar sajda qiladigan, haybatidan tog‘lar qo‘rqadigan zot Allohga hamd bo‘lsin. Guvohlik beramanki, Haq va Mubin, Malik Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Guvohlik beramanki, sayyidimiz Muhammad alayhissalom oriflar imomi, butun xalq ulug‘idirlar. U kishining ahliga va tohir-toyyib yaqinlariga, hamda mujohid, solih ashoblariga, shuningdek qiyomatga qadar ul zotga ergashgan kishilarga salovat va salomlar bo‘lsin.

Shak yo‘qki, Imom G‘azzoliy Islomning buyuk shaxsiyatlaridan, ulug‘ ahllaridandir. U shuningdek Islomiy fikr rahnamosi, diniy ruhni jonlantirishda va islom fikrini uyg‘otishda katta fazlga ega bo‘lgan isloh va tajdid kishisidir.

G‘azzoliyning ishlari, tajdidlari ikki asosiy yo‘nalishdadir:
1.   Falsafani tanqid va munoqasha qilish.
2.   Islomiy axloqqa, ruhga va haqiqatlarga chaqirish.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:01:40
 Hayotlari

U kishi Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad at-Tusiy Abu Homid al-G‘azzoliydirlar. Tusning Tobiron nohiyasida 450 hijriy yilda tug‘ildilar. Otalari solih bir faqir kishi bo‘lib, faqat qo‘l mehnati, jun yigirish bilan kun kechirar edilar. Faqihlar ziyoratida bo‘lib, doim ular bilan hamsuhbat, xizmatlarida shay edilar. Ularga ehson, qo‘ldan kelgancha nafaqa qilardilar. Ularning so‘zlarini eshitganda yig‘lab, tazarru’ qilardilar. Allohdan o‘g‘il berishini va u faqih bo‘lishini so‘rardilar. Alloh u kishining duolarini ijobat qildi. Otalarining vafot onlari yaqinlashganda u zot va akalari Ahmadni ahli xayrdan bo‘lgan bir so‘fi birodariga vasiyat qildilar. Otalaridan qolgan arzimas mol tugagandan keyin bu so‘fiy kishi ularni boqishga qiynalib qoldi va: «Xabaringiz bor, sizlarga tegishli bo‘lgan narsani ishlatib bo‘ldim, men o‘zim kambag‘al va yo‘qsil kishiman, sizlar to‘g‘ringizda menga kelgan eng yaxshi fikr biror madrasaga borishingizdir. Chunki sizlar tolibi ilmsizlar, sizlarga madad bo‘ladigan rizq o‘sha yerdadir», dedi. Ular bu so‘zga kirishdi.

Yosh Muhammad ilk davrda ilmni Ahmad ibn Muhammad Ar-Rozkonitdan oldi. So‘ng Jurjonga safar qilib Abu Nasr al-Ismoliyda tahsil oldi.

Tusga qaytib kelib uch yil yashagach, Saljuqiylar poytaxti, Bag‘doddan keyingi ilm shahri Nisoburga keldi va unda «qaramayn imomi» nomi ila mashhur Abdumalik ibn Abu Muhammad al-Juvayniyga shogird tushdi. Imom Juvayniy vafotidan keyin imom G‘azzoliy 484 yilda 28 yoshlarida Askarga vazir Nizomulmulkni qasd qilib yo‘lga tushdi. Va u yerda Nizomiyya madrasasiga bosh bo‘ldi. Bu ulamolar intiladigan eng oliy daraja edi. Odamlar bundan hayratga tushishdi va uni sevib qolishdi. Fazl martabasi ulug‘ bo‘lib, nomi har tarafga ketdi. Shuhrati avjiga chiqib ulamo, fuzalo va umaro unga bo‘ysundi. Zamondoshi Abdulg‘ofir al-Forsiyning aytishicha, uning Bag‘dodda martaba va darajasi o‘sib, hatto akobir, umaro va dorulxilofa hashamatidan o‘tib ketdi. Islom olamidagi ustida bosh- qa ilm markazi bo‘lmagan ilm markazida rayosat unga nasib qildi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:01:54
Safar va sayohatlari

Ilm tarqatib, kitoblar tasnif etib to‘rt yil o‘tdi. So‘ng dunyodan zuhd qilib saodat va iymonga, nafs mujohadasi va riyozatiga sayohatni boshladi.

U kishi ma’mur qalb va sodiq niyat bilan ilm va amaldan iborat ikki qanot ila sayrga chiqdi. Makkaga yo‘l olayot- gandek bo‘lib, lekin aslida Shom safarini dilga tugib Bag‘dodni tark etdi. Shomga kelib Ummaviy jome’ining minorasida eshigini qulflab ikki yil e’tikof o‘tirdi. So‘ng Baytul-Maqdisga ko‘chib, sahroga kirgancha eshiklarini qulflab o‘n yillar chamasi qolib ketdi. Bu davr ichida «Ihyou ulumid-din» nomli qimmatli ushbu kitobni ta’lif etdi. Bundan keyin Hijoz yerlari sog‘inchi uni o‘ziga tortdi. Mana shu muddatda Misr sari yo‘l olib, Iskandariyada picha yashadi. So‘ng 499 yilda Xurosonga qaytib Nisoburdagi Nizomiyya madrasasiga 500 yili Faxrul-malik o‘ldirulguncha boshchilik qildi. Bu fojea ortidan u darsxonlikni tashladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:04:02
Qolgan hayotlari

Tusga qaytib hovlisining yonida fuqaholarga madrasa, so‘fiylarga xonaqoh barpo qildi. To vafot etguncha vaqtini Qur’on qiroati, va’z-irshod, ahli taqvo va qalb egalari bilan suhbatga taqsimladi.

Vafotlari

Qoddasallohu sirrahuning vafoti 505 yilning (1111 yil) o‘n to‘rtinchi jumodil-oxirasida Tus shahrida bo‘ldi. Bu paytda u oltmish besh yoshda edi. Tusdagi «Tobiron» maqbarasiga dafn etilgan.

Musannafotlari

Odamlarning imom G‘azzoliyning kitoblaridan boshqa biror olimning kitoblaridan ko‘proq foydalanishi kamyob holdir. Uning ko‘pgina kitoblari ajnabiy tillarga tarjima qilingan. Masalan «Risalatul Valadiyya» olmon tiliga, «Ad-durratul foxira fi ahvalil-oxira» kitobi frantsuz tiliga tarjima etilgan va hokazo. Ta’lif etilgan kitoblari soni ikki yuztaga yetadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:06:26
Muallif muqaddimasi

Avvalo Allohga ketma-ket benihoya hamd aytaman. Agarchi Uning haqiqiy ulug‘ligi oldida hamd aytuvchilarning hamdi nuqsonli bo‘lsa ham. Soniyan, Uning barcha payg‘ambarlariga salotu salomlar aytamanki, u salotu salomim, bashariyat say- yidi bilan birga barcha payg‘ambarlarni chulg‘ab olsin. Solisan, qasd qilganim din ilmlarini ihyo qilishdagi kitob uchun Allohdan xayriyat so‘rayman.

To‘rtinchidan, Ey inkor qiluvchilar guruhidan bo‘lgan o‘ta minnatchi, g‘ofil munkirlar tabaqasidan bo‘lgan o‘ta munkir va qo‘pol kimsa, sening taajjubingni kesish uchun yuzlanaman (kirishaman).

Bas, haqiqatda mening tilimdan sukut saqlash tuguni yechildi, so‘zlash vazifasi va nutq bo‘yinbog‘i meni undadi. Chunki sen haqiqat ziyosini qo‘yib, ko‘rlikda davom etyapsan. Botilga nusrat berishda va nodonlikni chiroyli ko‘rsatishda davomli tortishuvdasan. Xalq marosimlarini tark etib, rasmiy mulozamatdan ilm taqozosiga amal qilishga moyil bo‘lgan, maqsadi Alloh buyurganidek nafsni poklash, qalbni isloh qilishdan va umrining zoe bo‘lgan qismini tadorik qilish uchun hojatingdan umidini uzib, payg‘ambar sollalohu alayhi vasallam hadislarida aytgan: «Qiyomat kuni odamlarning eng azobi qattig‘i Alloh taolo ilmi bilan manfaatlantirmagan olimdir», degan odamlardan bo‘lib qolmaslik uchun ilmga yuzlangan kishiga yomonlikni qo‘zg‘atarkansan. (Modomiki sen shunday bo‘lgach men bu vazifani bajaraman)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:07:34
Umrimga qasamki, sen takabburlikda davomli bo‘lishingning asosiy sababi ko‘pchilikni chulg‘ab olgan bu ishning yuqori nuqtasini mulohaza qilishda qosirlik qilish va ish qat’iy, xatar jiddiy, oxirat yuzlanuvchi, dunyo orqada qoluvchi, ajal yaqin, safar uzoq, zod-rohila oz, xatar buyuk, yo‘l to‘siqli, amallarni kuzatib-ko‘rib turuvchi Zot huzurida xolis uning roziligi uchun qilinmagan ilm va amal rad qilinishi, oxirat yo‘lini tutish adashtiruvchi-halok qiluvchi narsalarga to‘la bo‘lishiga qaramasdan yo‘l ko‘rsatuvchi dalil yo‘qligini bilmaslikdan iborat kasallik asosiy sababdir. Yo‘l ko‘rsatuvchi dalillar - bular payg‘ambarlar vorisi bo‘lgan ulamolardir. Zamona ulardan (olimlardan) bo‘shab qoldi, faqat rasmiyatlilarigina qoldiki,  ularning ham aksari ustidan shayton g‘olib bo‘lib, tug‘yon adashtirib qo‘ygan, ularning har biri (dunyo) nasibasini tez olishga harakat qiladigan bo‘lib qolgan. Buning natijasida ma’ruf narsa munkarga, munkar esa ma’rufga aylanib, din ilmi o‘chib, yer yuzida hidoyat yog‘dusi so‘ndi. Ular ommaga ilmni bebosh odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan tortishuvni hal qilishda qozilar foydalanadigan hukumatning fatvosi deb, odamlarga tasavvur qildirishga intildilar. Yoinki ilmni faxru nasab tolibi g‘alaba uchun himoya vositasi qilib olgan mujodala ilmi deb, yoki avom xalq orasida darajaga erishish uchun voiz foydalanadigan chiroyli so‘zlar birikmasi deb odamlarda tasavvur paydo qildilar. Zero ular haromni ovlab, o‘zlashtirish va dunyo matosini qo‘lga kiritish uchun bu uch narsadan boshqa narsani bilmasdilar.

Ammo salafi solihinlar yurgan, Alloh taolo O‘zining kitobida, fiqh, hikmat, ilm, ziyo, nur, hidoyat va to‘g‘ri yo‘l deb nomlagan oxirat ilmi esa, xalq orasida yopiq-maxfiy qolib, umuman unutilib ketdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:07:45
Bu ish dindagi bir xalal va katta shikast bo‘lgani uchun, din ilmlarini qayta ihyo qilish, o‘tgan imomlarning yo‘llarini ko‘rsatib berish va payg‘ambarlar va salafi solihlar nazdida foydali deb bilingan ilmlarni izohlab berish maqsadida bu kitobni yozish bilan mashg‘ul bo‘ldim.

Kitobni to‘rt chorak (rub’) ustiga asoslab yozdim. Ibodatlar choragi (rub’i ibodat), urf-odatlar choragi, halok qiluvchi amallar haqidagi chorak (rub’i muhlikot) va najot beruvchi amallar choragi (rub’i munjiyot).

So‘zni ilm haqidagi kitobdan boshladim. Zero ilm payg‘ambar (sollalohu alayhi vasallam) tillari bilan Alloh taolo barcha odamlardan talab qilinishi ibodat ekanligi e’lon qilingan eng muhim g‘oya ekanligini ochib berishni maqsad qildim1. Payg‘ambar (sollalohu alayhi vasallam) aytdilar: «Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir».2 Boshqa bir hadisda umum ilmlar sirasidan foydali ilmni zararlisidan ajratib: «Foydasiz ilmdan Alloh taolo panoh berishini so‘raymiz»,3deyilgan.


1. Tabaroniy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
2. Ibn Moja rivoyati. Imom Ahmad va Bayhaqiylar zaif deyishgan.
3. Ibn Moja hasan isnod ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:13:56
Kitob yozishdagi yana bir maqsadim, asrimiz ahli (zamondoshlar) to‘g‘rilikdan burilib, sarob bilan aldanib yurgani va ilmlarning mag‘zini qo‘yib, qobig‘i bilan qanoatlanganini ochib berishdir.

Ibodatlar choragi o‘nta kitobni o‘z ichiga oladi: Ilm kitobi, aqoid qoidalari haqidagi kitob, tahorat sir-asrorlari haqidagi kitob, nikoh odoblari kitobi, kasb-kor hukmlariga oid kitob, halol va harom kitobi, turli xalqlar bilan muomala va suhbat kitobi, uzlat kitobi, safar odoblari kitoblari, samo’ va vajd kitobi, amri ma’ruf va nahyi munkar kitobi, yashash odoblari va payg‘ambarlik axloqi kitobi.

Halok qiluvchi amallar choragida ham o‘nta kitob mavjud:
Qalb ajoyibotlarining sharhi haqidagi kitob, nafs riyozati kitobi, qorin va farj shahvatining ofatlari, til ofatlari kitobi, g‘azab, adovat va hasad ofatlari kitobi, dunyoning mazammati haqidagi kitob, mol va baxillikning mazammati haqidagi kitob, obro‘ va riyoning mazammati haqidagi kitob, kibr va ujbning mazammati haqidagi kitob, g‘ururning mazammati kitobi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:14:09
Najot beruvchi amallar choragi ham o‘nta kitobni o‘z ichiga oladi:Tavba kitobi, sabr va shukr kitobi, xavf va rajo kitobi, faqr va zuhd kitobi, tavhid va tavakkul kitobi, muhabbat, shavq, uns va rizo kitobi, niyat, sidq va ixlos kitobi, muroqaba va muhosaba kitobi, tafakkur kitobi, o‘limni eslash kitobi.

Ibodatlar choragida men ibodat odoblarining maxfiy jihatlari, uning sunnatlarining nozik tomonlarini, ilmiga amal qiluvchi olimga zarur bo‘lgan ularning ma’nolarini keltiraman. Balki bundan bexabar kishi oxirat olimlaridan bo‘lmaydi. Bu kabi jihatlarning aksariyati fiqh fanida bee’tibor qoldirilgan.

Urf-odatlar choragida esa, xalq orasida joriy bo‘lgan muomalalar sirlari, nozik jihatlari, taqvoning maxfiy nuqtalarini keltiramanki, bularga dindor shaxs muhtoj bo‘ladi.

Halok qiluvchi amallar choragida Qur’oni Karim yo‘q qilishga, qalblarni undan poklashga buyurgan yomon xulqlarni zikr qilaman. Va yana mazkur xulqlarning chegarasini va haqiqatini aytaman. Keyin u kelib chiqadigan sababini va undan kelib chiqadigan ofatlarni, keyin uni bilinadigan alomatlarini keltiraman. Albatta oxirida undan xalos topish uchun kerak bo‘ladigan muolaja yo‘l-yo‘riqlarini zikr qilaman. Bularning har birini Qur’on oyatlari, hadislar va asarlar bilan qo‘shgan holda zikr qilaman.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:14:22
Ammo, najot beruvchi amallar choragida esa, unda men har bir maqtalgan xulq va banda olamlar Parvardigoriga qurbat hosil qilishiga sabab bo‘ladigan siddiq va muqarrablarning marg‘ub xislatlarini keltiraman. Mazkur xislatlarning har birining haddini, haqiqatini, uning jalb qilinishiga bois  bo‘lgan sababini, undan istifoda qilinadigan samarasini, ajratib turuvchi alomatini, uni marg‘ub bo‘lishiga sabab bo‘lgan fazilatini zikr qilib o‘taman. Albatta bunga doir shar’iy va aqliy dalillarni ham keltirib o‘taman. Darhaqiqat bu ma’nolarning ayrimlari haqida odamlar kitoblar yozgan. Lekin bu kitob ulardan beshta jihati bilan ajralib turadi: 1) Ular yechmasdan tugun holida qoldirganlarini yechish, mujmal qilgan o‘rinlarini ochish. 2) Ularning sochib tashlaganlarini tartibga solish, bo‘lib tashlaganlarini nizomga keltirish. 3) Uzun qilganlarini qisqartirish, muqarrar belgilab berganlarini qoida holiga keltirish. 4) Takrorlarini tushirib qoldirish, tahrir qilganlarini sobit qilish. 5)Mazkur kitoblarda keltirilmagan, fahmga biroz qiyin bo‘lgan (g‘omiz) noaniq ishlarni tahqiq qilish. Zero barcha kitoblar yagona manhaj asosida yo‘nalgan bo‘lsada, ularning har biri boshqalar beparvo bo‘lgan ishlardan birini xoslab soliklarga tanbeh bilan keltirgan, yoki tanbeh  bermasada, uni kitoblarda keltirishni unutgan, unutmagan bo‘lsa ham, biron sabab uning ustidagi pardani ochishdan band qilib qo‘ygan. Bu ilmlarning barchasini o‘z ichiga olishi bilan birga, bu kitobimizning xususiyatlari shulardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:15:37
Bu kitobni to‘rtta chorak asosida yozishga ikki ish bois bo‘ldi. Birinchisi, bu asosiy bois hisoblanadi, bu tartibda haqiqatni yuzaga chiqarish va tushuntirish zarurat holiga kelgan. Zero, oxiratga yuzlanishga sabab bo‘luvchi ilm ikki qismdan iboratdir a) Muomala ilmi b) Mukoshafa ilmi.  Mukoshafa ilmi deganimdan ma’lum narsani kashf qilishni talab etiladigan ilmni ko‘zlayapman. Muomala ilmidan esa kashf qilish bilan birga uning amalini talab qilinadigan ilmni nazarda tutaman. Bu kitobdan maqsad faqat muomala ilmidir. Zero mukoshafa ilmi toliblarning qasd qilgan g‘oyasi va siddiqlarning umid o‘rni bo‘lsada, uni kitoblarda keltirishga ruxsat yo‘qdir. Muomala ilmiga esa yo‘l bordir. Lekin payg‘ambar (s.a.v.) halq bilan yo‘l ko‘rsatish va irshod ilmi orqaligina gaplashgan. Ammo mukoshofa ilmi haqida esa, xalqning fahmi uni ko‘tarishdan qosir bo‘lganini bilganlari uchun, uni qisqa qilib ramz va ishora yo‘li bilan gapirdilar. Ulamolar payg‘ambarlar vorislaridir, ular iqtido va ibrat olish yo‘lidan burilishga haqlari yo‘qdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:15:50
Muomala ilmi ham ikki qismga bo‘linadi, a) Zohir ilm, a’zolar amaliga oid ilm. b) Botin ilm, bu odat yoki ibodat tusida bo‘lsada a’zolar ustidagi joriy bo‘lgan amallar va qalb amallarini o‘z ichiga oladi. Malakut olamidan iborat bo‘lgan hisdan to‘siq bo‘lin qalbga vorid bo‘luvchi narsalar maqtalgan va mazammat qilingan bo‘ladi. Bu o‘rinda lozim narsa shuki, bu ilm ikki qismga: zohir va botinga bo‘lingan. A’zolarga bog‘liq zohir qismi odat va ibodat qismlariga bo‘linadi. Qalb ahvoli va nafs axloqiga bog‘liq botin qismi esa, mahmud (maqtalgan) va mazmum (mazammat qilingan) qismlariga taqsinlanadi. Bularning majmui to‘rt qismdan iboratdir-ki muomala ilmida shu to‘rt qismdan chetga chiqilmaydi.

Kitob yozilishiga ikkinchi bois, men tolibi ilmlardagi rag‘batning Allohdan qo‘rqmaydigan, o‘zining obro‘-mansabini oshirish, o‘zini ko‘rsatish va faxrlanishga ilmni qalqon qilib olgan kishilardagi fiqh ilmiga sodiqligini ko‘rdim. Alloh subhanahu va taolodan tavfiq, rushdu hidoyat so‘raymiz. Zero, U marhamatli Karim Zotdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:17:12
Ushbu «Ilm kitobi» jami yetti bobdan iborat.
Birinchi bob ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati haqida.
Ikkinchi bob ilmlarning o‘rganish farzi ayn, farzi kifoya bo‘lgani, din ilmida fiqh va kalomning chegarasi, oxirat va dunyo ilmi haqida.
Uchinchi bob omma ilm hisoblaydigan, lekin dindan bo‘lmagan hamda mazmum ilmlar turi va miqdori bayoni.
To‘tinchi bob munozara ofatlari, odamlar ixtilof va tortishuv bilan mashg‘ul bo‘lib qolishining sababi haqida.
Beshinchi bob muallim va mutaallimning odoblari haqida.
Oltinchi bob ilm va olimlar ofatlari hamda dunyoviy va oxirat olimlarini ajratuvchi alomatlar haqida.
Yettinchi bob aql, uning fazilati, qismlari va u haqda kelgan xabarlar haqida.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:18:05
Birinchi bob
Ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati hamda uning naqliy va aqliy dalillari

Ilm fazilati

Alloh taoloning Qur’oni karimda kelgan quyidagi so‘zlari ilmning fazilatli ekaniga ochiq dalildir:
«Alloh, farishtalar va ilm ahllari — adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Bu oyatda Alloh taolo avval o‘zini, keyin farishtalarni, so‘ngra ilm ahlini zikr etdi. Mana shuning o‘zi ilmning sharafli, fazilatli va ulug‘ ekanini anglash kifoya qiladi.

Alloh taolo yana aytadi:
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:19:02
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: «Olimlarning darajasi ilm olmagan mo‘minlarning darajasidan yetti yuz daraja yuqoridir. Har darajaning orasi besh yuz yillik yo‘lga teng. Alloh taolo:
«Ayting (ey Muhammad): «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» deb aytgan (Zumar surasi, 9-oyat)».

Yana Alloh taolo aytadi:
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-oyat).

Ra’d surasida aytiladi:
«Kofir bo‘lgan kimsalar (sizga): «Payg‘ambar emassan», deydilar. Ayting: «Men bilan sizlarning oramizda Alloh taolo va Kitob — Qur’on ilmidan xabardor bo‘lgan har bir kishi yetarli guvohdir» (43-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:19:35
Yana Alloh taolo Naml surasida aytadi:
«Kitob  (Lavhul mahfuz)dan ogohligi bor bo‘lgan bir zot esa: «Men uni senga keltirurman», dedi» (40-oyat). Bu oyatda Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning kotiblari ilm quvvati bilan mazkur ishga qodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Qasas surasida aytadi:
«Ilm-ma’rifat ato etilgan kishilar esa: «O‘lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!» (80-oyat). Bu oyatda ham Alloh taolo oxiratdagi ajr-mukofotning buyukligi ilm bilan bo‘lishini bayon etyapti.

Ankabut surasida aytadi:
«Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar» (43-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:20:59
Niso surasida esa bunday deydi:
«Agar (ular o‘zlariga kelgan xabarni har kimga yoyib yurmasdan) payg‘ambarga yoki o‘zlaridan bo‘lgan boshliqlargagina yetkazganlarida edi, uni (ya’ni, mana shu xabarning haqiqatini) bilmoqchi bo‘lgan kishilar o‘shalardan bilgan bo‘lar edilar» (83-oyat). Alloh bu oyatda voqealar hukmini olimlar va amirlardan olishni buyurib, Allohning hukmini tushunishda ularning martabalarini payg‘ambarlar rutbasiga yaqin qildi.

A’rof surasidagi:
«Ey Odam bolalari! Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan (libosini) ham tushirdik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo libosidir» (26-oyat), degan so‘zi tafsirida ba’zi ulamolar «libos»ni «ilm», «yasan-tusan  libosi»ni «iymon» deb tushuntirishgan.

A’rof surasining 52-oyatida bunday deyiladi:
«Haqiqatan, Biz ularga (Makka aholisiga)  bilimimiz bilan mufassal qilgan bir Kitobni (Qur’onni) keltirdikki, u Qur’on  iymon keltiruvchi qavm uchun hidoyat va rahmatdir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:21:27
Alloh azza va jalla yana aytadi:
«Endi, albatta, ularga bilgan holimizda, (qilib o‘tgan ishlari haqida) so‘ylab berurmiz» (A’rof surasi, 7-oyat);

«Yo‘q, u (Qur’on) ilm berilgan zotlarning dillarida (yod bo‘lguvchi) aniq-ravshan oyatlardir» (Ankabut surasi, 49-oyat);

«U zot insonni yaratib, unga bayonni (nutqni) ta’lim berdi» (Rahmon surasi, 3­4-oyatlar).

Alloh taolo bu oyatlarda ilmni ne’mat o‘laroq zikr qildi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:26:56
Hadisi shariflarda esa, ilm fazilati quyidagicha bayon etiladi:

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (teran anglovchi) (sollallohu alayhi vasallam) qilib qo‘yadi va unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi».4

Payg‘ambar yana marhamat qiladilar: «Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir».5 Ma’lumki, payg‘ambarlik rutbasidan ustunroq hech bir rutba yo‘q va bu rutbaga merosxo‘r bo‘lish oliy sharafdir.

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Olimga yerdagi va osmondagi barcha narsalar istig‘for aytadi».6 Yerdagi jonzotlar va osmonlardagi maloikalar istig‘for aytib turuvchi kishilarning mansabidan ziyoda mansab bormi?!


4. «Dinda faqih qilib qo‘yadi» so‘zigacha Imom Buxoriy va  Imom Muslim rivoyat qilishgan. Tabaroniy rivoyatlarida ziyodasi bilan kelgan.
5. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar Abu Dardodan rivoyat qilishgan.
6. Yuqorida Abu Dardodan qilingan hadisni davomi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 07:29:25
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana marhamat qiladilar: «Hikmat sharafli kishining sharafini ziyoda etadi va qulni podshohlar darajasigacha ko‘taradi».7 Bu hadisda ilmning dunyodagi samarasi bayon qilinyapti. Ammo oxiratdagi mevasi undan-da xayrli hamda abadiydir.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ikki xislat borki,  munofiqda hargiz bo‘lmaydi: chiroyli xulq va dinda faqih bo‘lish».8

Zamonamizdagi ba’zi faqihlarning munofiqligini ko‘rib, bu hadisga shubha bilan qarama. Chunki Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) sen gumon qilgan ma’noni iroda qilmaganlar. Fiqhning ma’nosi endi keladi. Faqihlikning eng past darajasi oxirat diyori bu dunyodan yaxshiroq ekanini bilishdir. Agar bu ma’rifat faqihda tasdiq topsa, nifoq va riyodan xalos bo‘ladi.

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Odamlarning afzali hojat tushsa, foyda beradigan, behojat bo‘linsa, o‘ziga foyda beradigan iymonli olimdir».9


7. Abu Nu’aym, Ibn Abdulbar va Abdulg‘ani  Azdiylar Anasdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
8. Termiziy g‘arib isnod bilan rivoyat qilgan. Alboniy esa «Sahih» kitoblarida zikr qilgan.
9. Bayhaqiy zaif isnod bilan Abu Dardodan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:13:12
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir».10

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Payg‘ambarlik darajasiga eng yaqin odamlar ilm va jihod ahlidir. Ilm ahli payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarni odamlarga yetkazadilar. Jihod ahli esa, payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarning himoyasi uchun qilichlari bilan jang qiladilar». 11

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Bir qabilaning o‘limi bir olimning vafotidan yengilroqdir». 12

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Odamlar tilla va kumush konlari kabi kondirlar. Johiliyatda yaxshi bo‘lganlari Islomda ham yaxshidirlar, agar tushunsalar». 13


10. Imom Hokim zaif isnod bilan Abu Dardodan rivoyat qilgan.
11. Abu Nu’aym zaif isnod bilan Ibn Abbosdan rivoyat qilgan.
12. Tabaroniy va Ibn Abdulbar Abu Dardodan  rivoyat qilishgan.
13. Muttafaqun alayh
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:13:49
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni olimlar qalamining siyohi shahidlar qoni bilan o‘lchanadi». 14

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimdan kim qirq hadisni odamlarga ta’lim berish uchun yodlasa, men qiyomat kuni unga shafoatchi va guvoh bo‘laman». 15

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimdan  qay biri qirq hadisni yod olsa, qiyomat kuni Alloh huzuriga faqih-olim bo‘lib boradi». 16

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga vahiy qilib: «Ey Ibrohim! Men olimman (biluvchiman) va har bir biluvchini yaxshi ko‘raman», dedi». 17


14. Ibn Abdulbar Abu Dardodan zaif  isnod bilan rivoyat qilgan.
15. Ibn Abdulbar  Ibn Umardan rivoyat qilib, zaif degan.
16. Ibn Abdulbar Anasdan rivoyat qilib, zaif degan.
17. Imom Xatib Abdulloh Ibn Juzdan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:14:19
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim Allohning dinida olim-faqih bo‘lsa, Alloh uning qayg‘ualamini ketkazib, o‘ylamagan tomonidan rizqlantiradi». 18

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Olim Allohning yer yuzidagi ishonchli kishisidir». 19

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimda ikki toifa borki, agar ular yaxshi bo‘lsa, odamlar yaxshi bo‘ladi, buzilsa, odamlar ham buziladi. Ular amirlar va faqihlardir». 20

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Alloh taologa yaqinlashtiradigan ilmni ziyoda etmaydigan kunning quyoshi chiqishida men uchun baraka yo‘q». 21


18. Ibn Abdulbar ta’liq  holda zikr etgan. Lekin isnodini topishga muvaffaq bo‘lmadim.
19. Ibn Abdulbar Muozdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilgandi.
20. Ibn Abdulbar va Abu Nu’aymlar Ibn Abbosdan zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
21. Tabaroniy, Abu Nu’aym va Ibn Abdulbarlar zaif isnod bilan Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:15:12
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) ilmning shahidlik va obidlikdan afzalligi haqida marhamat qilib aytadilar: «Olimning obiddan afzalligi mening quyi darajadagi sahobiydan afzalligim kabidir». 22

Qarangki, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ilmni nabiylik darajasiga yaqin qo‘yib, ilmsiz qilingan amaldan ustun ko‘rdilar. Agar obid qilayotgan  ibodati haqida ilmga ega bo‘lmaganida, ibodati davomli bo‘lmas edi.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olimning obiddan afzalligi badr kechasida (o‘n to‘rt kunlik) oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir». 23

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni uch toifa kishida shafoat qilish huquqi bo‘ladi: payg‘ambarlar, olimlar va shahidlar». 24


22. Termiziy Abu Umomadan hasan isnod bilan rivoyat qilgan.
23. Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Hibbonlar hasan isnod ila rivoyat qilishgan.
24. Ibn Moja Usmon ibn Affondan zaif isnod bilan rivoyat qilgan. Alboniy «Az-Zo’ifa»da keltirgan mening fikrimga u mavzu’dir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:15:24
Shahidlik maqomidan yuqori, payg‘ambarlik martabasidan keyin turuvchi ilm maqomi naqadar ulug‘!

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Allohga qilingan ibodatlarning eng ulug‘i dinda faqih bo‘lishdir. Shayton uchun bitta faqih olim mingta obiddan qo‘rqinchliroqdir. Har narsaning asos-ustuni bo‘lgani kabi, bu dinning ham ustuni bor. U fiqhdir». 25

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Diningizning eng xayrlisi oson-qulay bo‘lgani, ibodatning xayrlisi esa fiqhdir». 26

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olim mo‘min obid mo‘mindan yetmish daraja ustundir». 27


25. Abu Nu’aym zaif isnod ila Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Termiziy va Ibn Mojalar Ibn Abbosdan zaif sanad bilan rivoyat qilishgan.
26. Ibn Abdulbar Anasdan (r.a.) zaif sanad ila rivoyat qilgan.
27. Ibn Adiy Abu Hurayradan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:15:36
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Sizlar olim faqihlari bisyor, o‘quvchi (qori), xatib va so‘rovchilari oz, (javob) beruvchilari ko‘p zamonda yashayapsiz. Bu zamonda amal qilish ilm olishdan yaxshidir. Yaqinda odamlarga faqih-olimlari oz, xatiblari ko‘p, javob beruvchilari kam, so‘rovchilari ko‘p zamon keladi. U paytda ilm amaldan yaxshi va ustun bo‘ladi». 28

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olim bilan obidning orasi yuz darajali masofa bo‘lib, har darajaning orasi chopqir otning yetmish yillik yugurishichalikdir». 29

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi amal afzal?» deb so‘rashdi. U zot aytdilarki: «Alloh azza va jallani bilish». So‘ng: «Siz qaysi ilmni iroda qilyapsiz?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Alloh taoloni bilishni». Shunda : «Biz sizdan amal haqida so‘rasak, ilm haqida aytyapsiz», deyishdi. Payg‘ambarimiz: «Alloh taoloni tanib qilinadigan ozgina amal manfaatli bo‘ladi, Allohni bilmasdan qilingan ko‘p amallar foyda bermaydi!» dedilar. 30


28. Tabaroniy Hizom ibn Hakimdan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
29. Asfahoniy «Targ‘ib va targ‘ib» kitobida Ibn Umardan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
30. Ibn Abdulbar Anasdan (r.a.) zaif isnod ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:15:52
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Alloh taolo qiyomat kuni  olimlarni hammadan keyin tiriltiradi va ularga: «Ey olimlar jamoasi, men ahvolingizni bilganim uchun ilmni sizga berdim. Men ilmni sizlarni azoblash uchun bermadim. Boring, sizlarni mag‘firat qildim», deydi. 31

Allohdan xayrli oqibat so‘raymiz.

Asarlarda (Islom buyuklarining so‘zlarida) ham ilm fazilati haqida ko‘p bayonlar kelgan.

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) Kumaylga: «Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa, sen qo‘riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan mol kamaysa, ilm ziyoda bo‘ladi», deganlar.


31. Tabaroniy Abu Musodan zaif sanad ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:16:09
Ali (r.a.) yana aytadilar: «Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari ro‘zador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, Islomda bir yoriq paydo bo‘ladi. U yoriqni faqat olimning o‘rinbosarigina to‘ldiradi». So‘ng Ali (r.a.)  quyidagi she’rni o‘qidilar:

Ilm ahli sharafli, hidoyat istaganlarga yo‘l ko‘rsatgay,
Har kishining qadri, bilki, qilgan ishi-la o‘lchangay.
Johil - olim dushmani, lek kanda qilma ilm izlashni,
Ilm birla umr boqiy, ilmsizlar hayotdan erta ketgay.


Abul Asvad aytadilar: «Ilmdan azizroq narsa yo‘qdir. Podshohlar odamlarga hokim bo‘lsalar, olimlar podshohlar ustidan hokimdir».

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Sulaymon alayhissalomga yo ilmni, yoki  mol-dunyoni tanlash ixtiyori berildi. Shunda u zot ilmni tanladilar. Keyin u kishiga mol-mulk ham ato etildi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:17:41
Abdulloh ibn Muborakdan: «Komil insonlar kimlar?» deb so‘rashdi. «Olimlar», deb javob berdilar. «Podshohlar kim?» deb so‘rashdi so‘ngra. «Zohidlar», deya javob qildilar. «Pastkashlar kim?» degan savolga esa: «Din nomidan dunyo yeydiganlar», dedilar.

Ibn Muborak olimlardan boshqasini komil inson demadilar. Chunki insonni hayvonlardan ajratib turadigan asosiy xususiyati ham ilmdir. Inson nima bilan sharafli bo‘lsa, o‘sha narsa bilan insondir. Uning afzalligi jismoniy quvvatida emas. Zero, tuya insondan ancha baquvvatdir. Jismning kattaligi bilan ham afzal emas, zero, fil undan kattaroqdir. Afzallik shijoat bilan ham o‘lchanmaydi, chunki yirtqich hayvon undan ko‘ra shijoatliroqdir. Yeb-ichish bilan ham afzal emas, ho‘kizning qorni unikidan kattaroq. Jimo’  qilishiga qarab ham belgilanmaydi, zero, chumchuq jinsiy quvvatda insondan kuchliroqdir. Demak, inson faqat ilm uchun yaratilgan.

Olimlardan biri aytadi: «Ilmni boy bergan kishi nimaga erishdiyu, ilmga yetishgan kishi nimani yo‘qotdi?!»

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kimga Qur’on ilmi berilgan bo‘lsayu, boshqa odamni o‘zidagidan yaxshiroq narsaga ega deb bilsa, Alloh taolo ulug‘lagan Qur’onni kamsitgan bo‘ladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:17:57
Fath Musaliy: «Kasalga obu taom berilmasa, o‘ladimi?» deb so‘radilar. Atrofdagilar: «Ha, o‘ladi», deyishdi. Aytdilar: «Qalbga ham uch kun ilm berilmasa, o‘ladi».

Darhaqiqat, shayx Musaliy rost gapirdilar. Zero, jasadning ozig‘i taom bo‘lganidek, qalbning ozig‘i va hayoti manbai ilmu hikmatdir. Kim ilmni boy bergan bo‘lsa, uning qalbi kasaldir, u qalb o‘limga mahkum, lekin o‘zi sezmaydi. Jarroh tig‘ini bemor kuchli qo‘rqinch tufayli sezmagani kabi, qalbning ham dunyoga muhabbat qo‘yishi va u bilan mashg‘ul bo‘lib qolishi undagi sezgi va qobiliyatni yo‘q qiladi. Qachonki o‘lim yetib, dunyo mashaqqatlari  ustidan tushgan paytda o‘zini o‘zi halok qilganini his etadi, qattiq hasrat-nadomat chekadi, lekin u foyda bermaydi. Bu holat mastga mastlik paytida, qo‘rqqan kishiga xavfxatar vaqtida yetgan jarohat alamini o‘ziga kelganda va xavf uzoq bo‘lganda sezgani kabidir. Pardalar ko‘tariladigan kunda Allohning o‘zi panoh bersin. Insonlar uyqudadirlar, o‘lganda uyg‘onadilar.

Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qoni bilan o‘lchanadi. Shunda olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qonidan og‘ir keladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:18:23
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Ilm ko‘tarilmasidan uni o‘rganinglar. Ilm  olimlarning vafoti tufayli ko‘tariladi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat-darajalarni ko‘rib: «Koshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa», deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim bo‘lib tug‘ilmaydi. Ilm o‘rganish, ta’lim olish bilan egallanadi».

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg‘ul bo‘lish menga kechani butunlay bedor o‘tkazishdan mahbubroqdir». Abu Hurayra (r.a.) va Ahmad ibn Hanbaldan ham shu ma’nodagi rivoyat naql qilingan.

Hasan Basriy (r.a.) «Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato et, oxiratda ham yaxshilik ato et» (Baqara surasi, 201), oyatini shunday tafsir qiladilar: «Dunyodagi yaxshilik ilm va ibodat, oxiratdagisi esa, jannatdir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:19:04
Bir donishmanddan: «Qaysi narsalarni jamlasam, yaxshi bo‘ladi?» deb so‘rashganida, «Kema halokatga uchraganda o‘zing bilan qoladigan narsani jamla», deb javob berdi. Bu bilan ilmni nazarda tutdi.

Olimlardan biri aytadi: «Kim ilm va hikmatni qo‘liga yugan qilib ushlasa, odamlar uni o‘ziga imom qilib oladi. Kim ilmu hikmat bilan tanilsa, boshqalar unga hurmat bilan qaraydi».

Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Ilmdan nasibador kishilar ozgina olgan ilmiga xursand bo‘lib, birgina narsani unutganda xafa bo‘lishi ilmning sharafiga yetarli dalildir».

Umar (r.a.) aytadilar: «Ey insonlar, ilm o‘rganinglar, Alloh taoloning huzurida Uning o‘zi sevgan bir libos bo‘lib, ilmning bir bobini o‘rgangan kishiga u libosni kiygizadi. Agar olim bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun, unga uch marta tanbeh beradi. Garchi, bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi)».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 12 Oktyabr 2006, 13:19:13
Ahnaf ibn Qays (r.a.) aytadilar: «Olimlar ehtiromga loyiq buyuk insonlardir. Ilm bilan mustahkamlanmagan har qanday ulug‘likning oqibati xorlikdir».

Salim ibn Abul Ja’d aytadilar: «Meni bir ulug‘ zot uch yuz dirhamga sotib olib, qullikdan ozod etdi. Shundan so‘ng men ilm o‘rganishga qaror qildim. Hech qancha vaqt o‘tmasdan, shahar amiri ziyoratimga keldi, men unga huzurimga kirishiga ruxsat bermadim».

Zubayr ibn Abu Bakr aytadilar: «Otam Iroqdan menga yozgan bir maktubida shunday deb nasihat qilgan edi: «Ilm o‘rgan, zero, faqir chog‘ingda u mol,  boy vaqtingda jamol — ziynatdir».

Luqmon (a.s.) o‘g‘liga bunday nasihat qilganlar: «Ey o‘g‘lim, sen olimlar bilan  o‘tir. Ularning orasiga kir, chunki Alloh taolo yerni osmon suvi bilan tiriltirgani kabi, qalblarni hikmat nuri bilan tiriltiradi».

Hukamolardan biri aytadi: «Agar olim kishi vafot etsa, uning vafotiga suvdagi baliqlar, osmondagi qushlar yig‘laydi. Uning jismi yo‘q bo‘lsa-da, chiroyli zikri ­ nomi unutilmaydi».

Zuhriy aytadilar: «Ilm mardlikdir. Uni faqat mard erkaklar sevadi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:06:10
Ilm o‘rganish fazilati

Ilm olish fazilati haqida Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:
«Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni o‘rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!» (Tavba surasi, 122-oyat).

Bu oyatdan ko‘zlangan maqsad ta’lim berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdir.
Alloh taolo aytadi:
«Eslang (Ey Muhammad), Alloh kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u (Kitob)ni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar», deb ahd-paymon olgan edi» (Oli Imron surasi, 187-oyat). Bu oyat ta’lim berishning vojibligiga dalolatdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:06:48
Boshqa oyatda aytiladi:
«Agar bilmasangiz, ahli ilmlardan so‘rangiz» (Nahl surasi, 43-oyat).

 Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ilm olish fazilatini shunday bayon qiladilar: «Kim ilm talab qilish yo‘lini tutsa, Alloh taolo uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi».32

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Maloikalar tolibi ilmning qilgan ishidan mamnunlar kerak bo‘lib, unga qanotlarini yozadilar».33

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilmdan bir bob o‘rganib tong ottirishing yuz rakat namoz o‘qishingdan afzaldir».34


32. Imom Muslim rivoyati.
33. Imom Ahmad, Ibn Hibbon va Hokimlar rivoyati.
34. Ibn Abdulbar Abu Zarrdan  rivoyat qilgan. Ibn Mojaniki boshqa lafz ila keladi. Bu hadisni Alboniy zaif degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:07:29
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Kishi ilmdan bir bob o‘rganishi uning uchun dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir». 35

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ilmni Chinda bo‘lsa ham o‘rganinglar». 36

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilm  xazina, uning kalitlari  savol. So‘ranglar, so‘rashda to‘rt kishi savobga ega bo‘ladi: so‘rovchi, olim, eshituvchi, ularni do‘st tutuvchi». 37

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Johil bilmaganini so‘ramasligi, olim bilganini aytmasligi durust emas». 38


35. Ibn Abdulbar Hasan Basriydan mavquf holda rivoyat qilgan. Tabaroniy  zaif isnod ila rivoyat qilgan.
36. Ibn Adiy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. Alboniy «Az-za’ifa» nomli kitoblarida botil hadis degan.
37. Abu Nu’aym zaif isnod bilan rivoyat qilgan. U isnodiga ko‘ra mavzu’dir.
38. Tabaroniy, Ibn Murdavayh, Ibn Sunniy, Abu Nu’aymlar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:08:06
Abu Zarr rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Olimning majlisida hozir bo‘lish ming rakat namozdan, mingta kasalni borib ko‘rishdan, mingta janozaga ishtirok qilishdan afzaldir», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, Qur’on tilovatidan ham yaxshiroqmi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Ilm bo‘lmasa, Qur’on tilovati foyda beradimi?»39

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim Islomni tiriltirish uchun ilm o‘rganayotganida vafot etsa, jannatda u bilan payg‘ambarlar orasida bir daraja qoladi».40

Islom buyuklari ham ilm o‘rganish fazilatini ko‘p ta’kidlashgan.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Ilm olishda (qiynaldim), bir oz xorlandim, tilagim hosil bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim».


39. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilgan.
40. Doramiy va Ibn Sunniylar hasan holda rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:08:20
Ibn Abu Mulayka Ibn Abbos haqida shunday deganlar: «Chiroyda Ibn Abbosdek chiroylisini, so‘zlashda tili ravonini, fatvo berishda ilmlisini ko‘rmaganman».

Abdulloh ibn Muborak aytadilar: «Ilm o‘rganmasdan turib ulug‘likka intilgan kishiga hayronman».

Hakimlardan biri aytadi: «Men ikki kishiga achinganimchalik boshqa hech kimga achinmaganman: ilmni tushunmasdan turib o‘rgangan kishiga, ilmning muhimligini tushunib, uni o‘rganmagan kishiga».

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Sen olim, yo o‘rganuvchi yoki unga quloq tutuvchi bo‘l. Lekin to‘rtinchisi bo‘lmagilki, halok bo‘lasan».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:08:30
Tobe’inlardan Ato ibn Abu Raboh aytadilar: «Bir ilm majlisi lahv-behuda majlislardan yetmishtasiga kafforat bo‘ladi».

Umar (r.a.) aytadilar: «Kunduzlari ro‘zador, kechalari qoyim-bedor bo‘lgan mingta obidning o‘limi halol-haromni ajrata oluvchi bir olimning o‘limidan yengilroqdir».

Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Ilm o‘rganish nafl ibodatidan afzalroq».

Ibn Abdulhakam (r.a.) aytadilar: «Men Imom Molik huzurlarida ilm o‘qirdim. Peshin vaqti kirishi bilan nafl namoz o‘qish uchun kitoblarimni yig‘ishtira boshladim. Shunda ustoz, agar niyating durust bo‘lsa, hozir mashg‘ul bo‘lib turgan ishing bajarmoqchi bo‘layotgan ishingdan afzalroqdir, dedilar».

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Kim ilm o‘rganishga chiqish jihod emas desa, uning aqli va fikrida noqislik bor ekan».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:08:41
Ta’lim berish fazilati

Ta’lim berish fazilati haqida Qur’oni karim oyatlarida shunday deyiladi:
«(Qolganlari esa Madinada) dinni o‘rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?! Shoyad u qavmlar Allohning azobidan saqlansalar» (Tavba surasi, 122-oyat). Bu oyatdan ko‘zlangan maqsad ta’lim berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdir.

Alloh taolo aytadi:
«Eslang (ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u Kitobni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar», deb ahd-paymon olgan edi» (Oli Imron surasi, 187-oyat). Bu oyat ta’lim berishning vojibligiga dalolat qiladi.

«Biz Kitob ato etgan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) uni (Muhammad payg‘ambarni) o‘z farzandlari kabi taniydilar. Va ulardan bir guruhi bilganlari holda haqiqatni yashiradilar» (Baqara surasi, 146-oyat). Bu oyat ilmni yashirish, boshqalardan bekitish haromligiga dalildir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:08:51
Guvohlik hukmi bayon qilingan oyatda ham ilmni bekitishdan ogohlantiriladi:
«Kim uni yashirsa, bas, uning qalbi osiy — gunohkordir» (Baqara surasi, 283-oyat).
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ilm o‘rgatish fazilati haqida shunday marhamat qiladilar: «Alloh taolo payg‘ambarlardan so‘z, va’da olgani kabi, qaysi olimga ilm bergan bo‘lsa, undan ham ilmini yashirmasdan, odamlarga bayon qilish va’dasini olgan».41

Alloh taolo aytadi:
«(Odamlarni) Alloh(ning dini)ga da’vat qilgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib: «Shak-shubhasiz, men musulmonlardandirman», degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlovchi kim bor?!» (Fussilat surasi, 33-oyat).

Alloh taolo marhamat qiladi:
«(Ey Muhammad, insonlarni) Parvardigoringizning yo‘li — diniga donolik — hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat eting» (Nahl surasi, 125-oyat).


41. Abu Nu’aym rivoyati. Alboniy bu hadisni juda zaif degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:09:59
Alloh taolo aytadi:
«Unga yozish va ilm – hikmatni ta’lim beradi» (Oli Imron surasi, 48-oyat).

Hadislarda bu haqda ko‘p rivoyatlar kelgan.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Muoz ibn Jabalni Yamanga voliy qilib jo‘natayotib: «Alloh taolo sen tufayli bir insonni hidoyat qilishi dunyo va undagi barcha narsalar seniki bo‘lishidan yaxshiroqdir», deganlar.42

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Kim insonlarga ta’lim berish maqsadida bir bob ilm o‘rgansa, unga yetmish siddiqning savobi beriladi».43


42. Imom Ahmad Muozdan  rivoyat qilgan. «Sahihati»da  Sahl Ibn Sa’ddan rivoyat qilingan.
43. Abu Mansur Daylamiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan.                     
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:10:45
Iso (a.s.): «Kim ilm o‘rganib, unga amal qilsa va uni boshqalarga o‘rgatsa, butun osmon farishtalari orasida «Buyuk» deb chaqiriladi», degan ekanlar.

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni Alloh taolo obidlar va mujohidlarga: «Jannatga kiringlar», deydi. Shunda ulamolar: «Bular bizning ilmimiz sharofati bilan ibodat etdilar, jihod qildilar», deyishadi. Shunda Alloh taolo aytadi: «Sizlar mening huzurimda ba’zi farishtalarim kabidirsiz. Shafoat qilinglar, shafoatingiz qabul qilinadi». Olimlarning shafoatlari qabul bo‘lgach, jannatga kiradilar».44

Bu shafoat qilish haqqi «olimman» deganning barchasiga emas, balki ilmiga amal qilib, uni boshqalarga o‘rgatganlarga xosdir.

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Alloh taolo insonlarga bergan ilmini ulardan qaytarib olmaydi. Lekin ilm olimlarning ketishi bilan yo‘qoladi. Har bir olim qaytsa (vafot qilsa), u bilan birga undagi ilm ham ketadi. Hattoki diniy maqomlar nodon, johil rahbarlar qo‘lida qoladi. Ulardan fatvo so‘ralsa, johilona fatvo beradilar, o‘zlari ham adashadilar, boshqalarni ham adashtiradilar».45


44. Abul Abbos Zahabiy Ibn Abbosdan zaif sanad bilan rivoyat qilgan.
45. Muttafaqun alayh
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:11:33
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilm o‘rganib, uni boshqalardan yashirgan kishini  Alloh taolo qiyomat kuni olovli yugan bilan yuganlab qo‘yadi».46

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Bir hikmatli so‘zni eshitib, uni yodlab, keyin bir musulmon birodaringga o‘rgatishing eng yaxshi sovg‘adir. Bu qilgan ishing bir yillik ibodatga teng».47

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Allohni zikr qilish, unga olib boruvchi vositalar, muallim va ilm o‘rganuvchidan boshqa dunyo va undagi barcha narsalar la’natlangandir».48

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Shubhasiz, Alloh taolo, maloikalar, osmon va yerdagi barcha mavjudotlar, hattoki uyasidagi chumoli, dengizdagi baliqlar insonlarga yaxshilik o‘rgatgan muallim haqqiga duo qiladi».49


46. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Hibbon, Hokimlar rivoyati.
47. Tabaroniy Ibn Abbosdan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
48. Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari. Alboniy bu hadisni hasan degan.
49. Termiziy Abu Umomadan rivoyat qilgan. Alboniy  sahih degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:12:10
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Musulmon kishi birodariga o‘zi eshitgan chiroyli hadisini o‘rgatib qo‘yishdan afzalroq foyda yetkaza olmaydi».50

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Mo‘minning xayrli bir so‘zni eshitib, uni o‘rganib, unga amal qilishi bir yil ibodat etishidan yaxshiroqdir».51

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni ikki guruh kishilarni ko‘rdilar. Bittasi Alloh taologa duoyu tasbih bilan mashg‘ul edi, ikkinchi guruhdagilar esa, odamlarga ilm o‘rgatardi. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Mana bular Allohdan so‘rayaptilar, Alloh ularga xohlasa beradi, xohlamasa bermaydi. Ammo ikkinchi majlisdagi kishilar odamlarga ilm o‘rgatyaptilar. Men muallim qilib yuborilganman». Keyin ular tomonga yurib, ular bilan birga o‘tirdilar.52


50. Ibn Abdulbar Muhammad ibn Munkadirdan mursal holda rivoyat qilgan.
51. Ibn Muborak Zayd ibn Aslamdan mursal holda rivoyat qilgan. «Musnadul-firdavs» kitobida esa, Abu Hurayradan zaif sanad ila rivoyat qilingan.
52. Ibn Moja  Abdulloh ibn Amrdan zaif sanad bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:12:46
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Alloh taolo men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli bir joyga ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. U joyning bir bo‘lagi suvni o‘ziga singdirib, ko‘p o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqdi. Yana bir yeri yomg‘ir suvini o‘zida saqlab qoldi va uni Alloh manfaatli qildi, odamlar u suvdan ichdilar, hayvonlarni sug‘ordilar va dehqonchilik qildilar. Yana boshqa bir yer esa, tekis, silliq bo‘lganidan, suvni saqlab qolmadi va biror ekinni o‘stirmadi».53

Bu hadisda Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) birinchi misoldagi yerni ilmidan manfaatlangan kishiga, ikkinchisini o‘zi foydalanmasa-da, boshqalarga manfaat beruvchi kishiga, uchinchini esa, mazkur ikki xislatdan mahrum kishiga o‘xshatdilar.

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Odam farzandi vafot etsa, undan barcha amali kesiladi. Faqat uch narsada unga to‘xtovsiz ajr yetib turadi. Bu uch narsadan biri foyda beruvchi ilmdir...».54


53. Muttafaqun alayh
54. Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:13:30
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Xayrli ishga dalolat qiluvchi uni bajaruvchi kabidir».55

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Hasad qilish durust emas, ammo ikki kishiga joizdir: Alloh taolo bergan ilmu hikmat asosida yashab, odamlarga ham uni o‘rgatgan kishiga va Alloh taolo molu dunyo berib, uni xayrga sarflaydigan qilib qo‘ygan kishiga».56

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Mening xalifalarimga Allohning rahmati bo‘lsin», dedilar. U zotdan: «Xalifalaringiz kim?» deb so‘rashdi. «Sunnatimni tiriltirib, uni Allohning bandalariga o‘rgatgan zotlar», deb javob berdilar. 57

Ta’lim berish haqida Islom buyuklaridan ham ko‘pgina rivoyatlar bor.


55. Termiziy Anasdan (r.a.) rivoyat qilib, g‘arib degan. Lekin, Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziylar Abu Mas’ud al-Badriydan qilgan bundan bir oz farqli boshqa bir hadisni sahih deyishgan.
56. Muttafaqun alayh
57. Ibn Abdulbar rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:13:44
Umar (r.a.) aytadilar: «Kim bir hadisni aytsa, keyin unga odamlar amal qilishsa, uni aytgan odamga amal qilgan kishining ajri barobarida savob beriladi».

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Insonlarga yaxshilikni o‘rgatuvchi muallim haqqiga barcha narsalar, hatto dengizdagi baliqlar istig‘for aytadi».

Olimlardan biri aytadi: «Olim Alloh bilan bandalar o‘rtasidadir. U o‘zining kimga vositachi ekanini unutmasin».

Sufyon Savriy Asqalon shahriga kelib, bir muddat turdilar. Ammo biron inson kelib, u zotdan ilm so‘ramadi. Shunda aytdilar: «Menga ulov topib beringlar, ketaman. Bu yer ilm o‘ladigan shahar ekan». Bu gapni ta’lim berish fazilati va ta’lim berish bilangina ilm boqiy qolishi mumkinligini bilganlari uchun aytdilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:13:53
Ato (ibn Abu Raboh) aytadilar: «Men Said ibn Musayyab oldilariga kirsam, yig‘lab turgan ekanlar. «Nimaga yig‘layapsiz?!» deb so‘radim. «Mendan hech kim hech narsa so‘ramay qo‘ydi», deb javob berdilar».

Ulug‘ zotlardan biri aytadi: «Olimlar zamona chiroqlaridir. Har bir olim zamonasining chirog‘i bo‘lib, o‘sha zamondagi kishilar ularning nuridan foydalanadi».

Hasan Basriy aytadilar: «Olimlar bo‘lmaganida, insonlar chorva mollari kabi bo‘lib qolardilar». Ya’ni, olimlar insonlarni ilm o‘rgatish yo‘li bilan hayvonlik darajasidan insonlik martabasiga ko‘taradi.

Ikrima: «Bu ilmning qiymati — bahosi bor», dedilar. «Uning bahosi nima?» deb so‘rashganda, «Uning haqqini ado etadigan, zoe’ ketkazmaydigan kishiga o‘rgatishingdir», deb javob berdilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:14:06
Yahyo ibn Muoz: «Olimlar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga ota-onalaridan ham mehribondirlar», dedilar. «Nima uchun?» deb so‘rashdi. «Ota-onalar farzandlarini dunyo otashidan himoya qiladi, olimlar esa, ularni oxirat olovi — do‘zaxdan muhofaza etadi», deb javob berdilar.

Aytiladiki, ilmning avvali sukut qilish, keyin    tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa, uni tarqatish — boshqalarga ham o‘rgatishdir.

Ulug‘ zotlardan biri aytadi: «Bilmaydiganga bilganinni o‘rgat, bilmaydiganingni biladigandan o‘rgan, shunday qilsang, bilmaganingni bilib olasan, bilganingni muhofaza qilasan».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:14:46
Muoz ibn Jabal ilm o‘rganish va o‘rgatish haqida aytadilar: «Ilm o‘rganinglar, zero, uni o‘rganish — Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish — ibodat, muzokarasi — tasbih, uni izlash — jihod, bilmaganga o‘rgatish — sadaqa, uni o‘z ahliga bildirish — Allohga qurbatdir. Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dalil, xursandligu xafalik paytida ko‘makchi, do‘stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do‘st va jannat yo‘lining minorasidir. Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi. Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlaru hasharotlar, yovvoyi va barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi».58

Zero, ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir. Allohga toat-ibodat, tavhidni anglash, Allohni ulug‘lash va taqvo qilish ilm bilan bo‘ladi. Ilm bilan qarindoshlik aloqalari bog‘lanadi, harom bilan halol ajratiladi. Ilm peshvo-imomdir, amal unga ergashadi. Ilmdan bahramand insonlar baxtli, mahrumlar esa, baxtsizdir.

Allohdan husni tavfiq so‘raymiz.


58. Abu Shayx ibn Hibbon rivoyati. Ibn Abdulbar bu hadisni isnodi kuchli emas degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:20:39
Aqliy dalillar haqida

Bilgilki, bu bobdan ko‘zlangan maqsad ilmning fazilati va nafosatini bilishdir. Ammo «fazilat» so‘zining ma’nosi ayni o‘rnida tushunilmasa, uning nima maqsadda ilm yoki undan boshqa narsalarga sifat bo‘lib kelgani ham tushunilmaydi. Darhaqiqat, birovning hakimligi yoki hakim emasligini «hikmat» so‘zining ma’nosidan kelib chiqib anglashiladi.

«Fazilat» so‘zi ziyodalik ma’nosidagi «fazl» so‘zidan olingan. Agar ikki narsada bir xil sifat mavjud bo‘lib,  birining sifati boshqasinikidan ko‘proq bo‘lsa, afzalroq, ziyodaroq, deyiladi. Bunda mazkur narsaning mukammalligiga dalolat qiluvchi ziyodalik miqdori ahamiyatli emas. Masalan, ot eshakdan afzal, deyilsa, ot bilan eshak yuk tashishda teng, ammo ot chopish, tez yurish va chiroyli suratda eshakdan ortiqroq, afzalroq ekani tushuniladi. Hatto birorta eshak otdan kattaroq bo‘lsa-da, u otdan afzal deyilmaydi. Chunki eshak jussada otdan kattaroq bo‘lgani bilan yuqoridagi ma’nolarda ustun emas va u mukammallikka dalolat qilmaydi.

Shu singari, ilmning fazilati ham boshqa sifatlar bilan qiyoslanganda anglashiladi. Tez yugurishda ot eshakka nisbatan afzal sanalsa-da, u mutlaq fazilatli emas. Ilm esa aynan fazilatdir, boshqa narsaga qiyos qilinmaganida ham mutlaq afzal bo‘lib qolaveradi. Zero, ilm Alloh taoloning komil sifati, maloika va payg‘ambarlarning sharafidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:20:50
Bilgilki, nafis marg‘ub narsa uchga bo‘linadi: boshqa narsa u orqali yetiladigan, aynan o‘sha narsaning o‘ziga yetiladigan va o‘zidagi hamda boshqadagi narsaga barobar yetiladigan narsalar.

«Aynan o‘zi istaladigan narsa» «boshqasiga u orqali yetishiladigan narsa»dan ustundir. «Boshqasiga u orqali yetishiladigan narsa»ni oltin va kumush misolida ko‘rish mumkin. Alloh taolo u ikkisini o‘zaro muomala vositasi qilib qo‘ymaganida, oddiy toshdan farqi bo‘lmas edi.

«Aynan o‘zi istaladigan narsa»  oxirat saodatiga erishish va Allohning jamolini ko‘rish lazzatidir.

«Aynan o‘zi va boshqasi uchun istaladigan narsa» esa, badan salomatligidir. Chunki kishi maqsad-hojatlariga erishishi uchun ham, o‘zi uchun ham tan-joni  salomat bo‘lishi kerak. Shu e’tibor bilan qarasak, ilm lazzatli va ayni talab qilinadigan narsa ekani, shuningdek, uning saodatga eltuvchi yo‘l va Allohga yaqinlashtiruvchi vosita ekani bilinadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:21:01
Odam farzandi yetishi mumkin bo‘lgan eng ulug‘ martaba, eng oliy daraja saodati abadiyadir. Demak, unga vasila bo‘ladigan narsa eng afzal narsa. Saodati abadiyaga ilm va amalsiz hargiz erishish mumkin emas. Amalga esa, qanday amal qilish ilmini bilmasdan erishish mahol. Dunyo va oxiratdagi saodatning asosi ilmdir. Shu jihatdan ilm amallarning eng afzalidir. Nega bunday bo‘lmasin?! Axir bir narsaning fazilati uning samarasi bilan bilinadi. Bildikki, ilmning samarasi olamlar Parvardigoriga qurbat hosil qilish va farishtalar darajasiga erishish ekan. Bu narsalar oxiratga oid ilmning foydalaridir.

Ilmning dunyodagi manfaatlari esa, azizlik, viqor, hukmdorlarga so‘zi ta’sir qilishi va boshqalar tarafidan hurmatga sazovor bo‘lish kabilardir. Hattoki har bir millatning esi pastlari ham olimlarni ilmlari tufayli hurmat qiladi. Bu narsa ilmning mutlaq fazilatidir. Qolaversa, ilmlar ham bir-biridan fazilatda farq qiladi, bu haqda keyinroq to‘xtalamiz.

Ta’lim berish va ta’lim olish fazilat ekani biz zikr etgan narsalarda ochiq ko‘rinib turgan ishdir. Zero, ilm eng afzal narsa bo‘lgach, uni o‘rganish va o‘rgatish ham afzal ish bo‘ladi. Buni quyidagicha bayon qilishimiz mumkin. Insonlarning g‘oyasi, maqsadi din va dunyoga aloqadordir. Diniy nizom dunyoviy nizomsiz vujudga kelmaydi. Zero, dunyo oxirat ekinzoridir. Dunyoni vatan va doimiy qarorgoh deb tushunmasdan, uni vosita sifatida bilganlar uchun dunyo Allohga eltuvchi yo‘ldir. Dunyoning tartib-nizomi odamlarning amallariga bog‘liq.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:21:08
Insonlarning ishlari, kasbu korlari va sanoatlari uch qismdan iborat:
1. Olam oyoqda turishi uchun kerak bo‘lgan asoslar. Bular: yeb-ichish uchun ekin ekish; kiyim-kechak uchun to‘qimachilik qilish; yashash uchun bino-uy hozirlash; odamlar o‘rtasida o‘zaro yordam.
2. Bularning har birini yuzaga keltirishga ko‘mak beradigan omillar. Masalan, dehqonchilik uchun asbob-uskuna tayyorlab beradigan temirchilik sanoati yoki to‘qimachilik uchun zarur bo‘lgan paxta tozalash, ip yigirish kabi sanoatlar.
3. Mazkur asoslarni mukammallashtiruvchi va ziynat beruvchi ishlar. Bunga un qilish, pishirish, yuvib tozalash va tikishlar kiradi.

Insonning a’zolari unga qancha ahamiyatli bo‘lsa, bu uch asos uning hayotida ham shunchalik muhimdir. Zero, insonlarning a’zolari ham uch asosga bo‘lingan:
1.   Qalb, jigar, miya kabi asl a’zolar.
2.   Asl a’zolarga xizmatchi bo‘lgan a’zolar: oshqozon, tomirlar, asab tolalari, arteriya va vena qon-tomirlari kabi.
3.   Asl a’zolarni to‘ldiruvchi va ularga ziynat beruvchi a’zolar: tirnoq, barmoq, qosh va boshqa a’zolar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:21:47
Yuqorida aytib o‘tilgan sanoatlarning eng sharaflisi asos bo‘lganlaridir. Ularning ham ulug‘i va sharaflisi esa, kishilar orasida isloh va ulfatni joriy qiluvchi siyosatdir. Shuning uchun boshqa kasbu sanoatda talab qilinmaydigan shart — boshqara bilish mahorati siyosatda talab qilingan. Shu sababdan boshqalar siyosat sohiblariga xizmatda bo‘ladi.

Dunyo va oxiratdagi najot yo‘lini ko‘rsatuvchi murshidlar ahvolini isloh qiluvchi siyosat to‘rt darajadan iborat: 1. Eng oliy siyosat. Bu payg‘ambarlar siyosati bo‘lib, zohiru botinda xosu omga qilgan hukmlaridir. 2. Xalifalar, podshohlar va boshqa hokimlarning xosu omga yuritgan siyosati. Bu faqat zohirga oid hukmlar bo‘lib, botinga tegishli emas. 3. Alloh taoloni tanib, Uning dinini bilgan va payg‘ambarlar vorisi bo‘lgan olimlarning siyosati. Bularning hukmlari faqat xoslarning botiniga doir bo‘lib, ommaning fahmi ulardan istifoda qilishga yetmaydi. Ular  insonlarga man’ qilish, buyurish va majburlash siyosatini yuritmaydilar. 4. Voizlar siyosati. Bu siyosat avomning botinini isloh qilishda ularning hukmlaridan iborat.

Bu to‘rt nav ichida payg‘ambarlik darajasidan keyin eng sharafli siyosat insonlarni halokatga eltuvchi yomon xulqlardan qaytarib, ularni saodatli go‘zal axloqqa yo‘l ko‘rsatuvchi ilm san’atidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:21:56
Ilmning boshqa kasb-hunarlardan sharafli ekanini aytib o‘tdik.

Sanoat, kasb-hunarning sharafi esa uch narsa bilan bilinadi:
1) uni bilishga vasila bo‘lgan g‘ariza - tabiiy ehtiyojga qarash bilan. Bu aqliy ilmlarning lug‘aviy ilmlardan afzalligiga o‘xshaydi. Zero, ilm va hikmat aql bilan idrok qilinadi. Lug‘at (til) , eshitish bilan olinadi. Aqlning eshitishdan ustunligi esa ma’lum;
2) umumiy manfaatlarga ko‘ra bilinadi. Masalan, dehqonchilik zargarlikdan afzaldir;
3) tasarruf o‘rnining e’tibori bilan bilinadi. Zargarlik ko‘nchilikdan afzaldir, chunki zargarning ish o‘rni oltin, teri oshlovchining ishi o‘lgan hayvonning terisi ustidadir.

Shubhasiz, oxirat yo‘lining fiqhi bo‘lgan diniy ilmlar yetuk aql va sof zakovat bilan qo‘lga kiritiladi.  Aql insoniy sifatlarning eng ulug‘i va sharaflisidir. Buning bayoni keyinroq keladi. Zero, aql bilan Allohning omonati qabul qilinadi, Uning roziligiga erishiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:22:05
Ilmning umumiy manfaatlari xususida hech qanday shubha yo‘q. U oxirat saodatini qozontiradi. Ilmning ulug‘ligi hech kimga maxfiy emas, chunki muallim kishilarning qalbi va ruhiga ta’sir o‘tkazib, ularni boshqaradi. Yer yuzidagi mavjudotlarning eng sharaflisi inson bo‘lsa, undagi eng ulug‘ va aziz javhar qalbdir. Muallim shu qalbni kamolga yetkazish, unga jilo berish, uni polash va Allohga yaqin bo‘lishga chorlash bilan mashg‘uldir.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ilm o‘rgatish bir jihatdan Allohga ibodat bo‘lsa, ikkinchi jihatdan Allohga xalifa-vakil bo‘lishdir. Alloh xalifasi bo‘lgani uchun olimning qalbiga O‘zining xos sifati bo‘lmish ilmni  beradi. Olim Allohning eng qimmatbaho xazinasiga xazinachi demakdir. Bu xazinaga muhtoj bo‘lgan har qanday kishiga undan ulashish, ehson qilish huquqi muallimga berilgan.

Alloh taologa yaqinlik hosil qilishda va jannatga yetaklashda banda bilan Allohning orasida vositachi bo‘lishdan-da ulug‘ martaba bo‘lishi mumkinmi?! Alloh taolo fazlu karami bilan bizni shunday ulug‘ vositachilar jumlasidan aylasin. Barcha payg‘ambarlarga Uning salotu salomi bo‘lsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:22:16
Ikkinchi bob
Mahmud va mazmum ilm, ularning qism va hukmlari haqida

Bu bobda o‘rganish farzi ayn va farzi kifoya ilmlar, din ilmida kalom va fiqhning tutgan o‘rni, oxirat ilmining afzalligi haqida so‘z yuritiladi.

Farzi ayn, ya’ni, har bir musulmon uchun o‘rganish shart bo‘lgan ilmlar haqida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qiladilar: «Ilm talab qilish (o‘rganish) har bir musulmonga farzdir».

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Ilmni Chinda bo‘lsa ham o‘rganinglar».

Har bir musulmon kishi bilishi farz bo‘lgan ilmlar haqida ulamolar turlicha fikr bildirganlar. Ularni batafsil aytib o‘tirmasdan, quyidagicha xulosa qilamiz: Har bir guruh, firqa o‘ziga tegishli ilmni o‘rganishni farzi ayn deb qabul qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:22:27
Mutakallimlar, kalom ilmi farzi ayn, zero, u bilan tavhid,  Allohning zoti va sifatlari o‘rganiladi, deydilar.

Fuqaholar fiqh ilmini farzi ayn bilishadi. Zero, fiqh bilan ibodatlar, haromu halol va boshqa muammolardagi harom-halol ham bilinadi, deydilar.

Mufassir va muhaddislar esa, barcha ilmlarning asosi bo‘lgan Qur’on va sunnat ilmini farzi ayn sanashadi.

Mutasavviflar, farzi ayn tasavvuf ilmi, deb da’vo qilishadi. Ular bu  masalada bir necha qismga bo‘linadilar. Ba’zilari banda Alloh azza va jalla huzurida turishni bilishi farzi ayn, desa, ayrimlari, ixlos va nafs ofatlarini bilish, insondagi malakiy va shaytoniy nasibani ajrata olish ilmi, deydi. Ba’zi tasavvuf olimlari, u botin ilmi bo‘lib, layoqati bor kishilarga xosdir, deyishadi. Ular farzi ayn lafzini umumiylikdan chiqarib, xos ma’noga burganlar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:23:54
Abu Tolib Makkiy aytadilar: «Farzi ayn bo‘lgan ilm Islom asoslarini qamrab olgan hadisni bilishdir. U quyidagi hadis: «Islom dini besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh» kalimasini aytish...».59 Zero, bu besh vojib narsa bilingach, ularni bajarish kayfiyati va vojib bo‘lish jihatini o‘rganish ham vojib bo‘ladi».

Bu borada shubha qilinmaydigan qat’iy xulosani quyida zikr qilamiz: Ilm,  muomala va mukoshafa ilmlariga bo‘linadi. Farz bo‘lgan ilmdan maqsad muomala ilmidir. Aqlli, balog‘atga yetgan bandaga yuklatilgan muomala ilmi uch qismdan iborat: e’tiqod, fe’l (bajarish), tark qilish.

Agar bir bola ehtilom bo‘lish yoki belgilangan yoshga to‘lish bilan balog‘atga yetsa, unga birinchi farz bo‘ladigan narsa shahodat kalimasi  «La ilaha illalloh Muhammadur rasululloh»ning ma’nosini o‘rganishdir. Uni bahs, tadqiqot va qiyos bilan o‘rganib bilishi shart emas. Balki, ikkilanmasdan, hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydigan tarzda qat’iyat bilan e’tiqod qilsa kifoyadir. Bu shakldagi e’tiqod gohida taqlid yoki eshitish yo‘li bilan ham hosil bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) arab johillarining tasdiq va iqrorini kifoya bilganlar.60


59. Muttafaqun alayh
60. Bu haqda siyrat va hadis kitoblarida mashhur rivoyatlar keltiralgan. Sahihi Muslim «Masalan»dagi, Zamom ibn Sa’labaning musulmon bo‘lish qissasi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:24:10
Balog‘atga yetgan kishi shu vazifani bajarsa, o‘sha vaqtda unga farzi ayn bo‘lgan amalni bajargan sanaladi. Bu vaqtda unga bundan boshqa biron amal vojib emas. U o‘sha paytda vafot qilsa, Alloh taolo amriga itoat etgan, osiylik qilmagan holda vafot topgan bo‘ladi.

Shahodat kalimasidan boshqa narsalar ham farz bo‘lishi uchun lozim  sabablar vujudga kelishi zarur. Ammo har bir shaxsda bu sabablar ko‘rinishi shart emas, gohida inson ulardan xoli bo‘lishi ham mumkin.

Sabablar gohida fe’lda (amalda), gohida tark qilinishi kerak bo‘lgan amalda, ba’zida esa, e’tiqodda bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:24:18
Fe’lga taalluqli bo‘lgan sabablar quyidagilardir: Ertalab balog‘atga yetgan bola peshin vaqti kirgunicha yashasa, unga tahorat, namoz ilmini, (garchi oldin bilgan bo‘lsada), qayta o‘rganish farz bo‘ladi. Agar sog‘lom kishi peshin vaqti kirganida ham tahorat va namoz ilmini o‘rganishga, ham peshin namozini o‘qishga ulgurmaydigan bo‘lsa, vaqt kirmasdan oldin tahorat va namoz ilmini o‘rganish vojib bo‘ladi, deyish mumkin. Amal qilish vojib bo‘lganidan so‘ng uning ilmini o‘rganish ham vojib bo‘ladi, deyish ham mumkin. Chunki vaqti kirmasdan avval namoz ham, uni o‘rganish ilmi ham vojib bo‘lmaydi.

Peshindan boshqa namozlarda ham xuddi shunday.

Agar ramazon oyi kirsa, sabab voqe’ bo‘lgani uchun endi ro‘za ilmini o‘rganish farz bo‘ladi. Ro‘za ilmi subhdan kun botguncha niyat bilan yeyish, ichish va jimo’ qilishdan  tiyilish, ramazon ro‘zasi uchun oyni ko‘rish yoki ikki guvoh bu haqda xabar berishi kabi hukmlarni bilishdir. Agar moldunyolik bo‘lib qolsa yoki balog‘atga yetgan vaqtida molu  dunyosi mavjud bo‘lsa, unga zakot ilmini o‘rganish farz bo‘ladi. (Abu  Hanifa mazhablariga ko‘ra, balog‘atga yetmagan bolaning molidan  valiylari zakot beradi - Tarj.). Lekin g‘ayridin odam Islomni qabul qilsa, bir yil o‘tgachgina zakot berishi farzdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:24:26
Faqat tuyasi bor odamlarga tuyaning zakotini berish ilmini o‘rganish kifoya qiladi. Zakotning boshqa turlari ham shu kabidir.

Agar haj oylari kelsa, uni ado etishga uzoq vaqt ketgani uchun haj ibodatiga tegishli ilmni tezda o‘rganishga shoshilmasligi kerak. Haj ilmini uni ado etishga qodir bo‘lgan zahoti o‘rganish shart emas. (Abu Hanifa mazhablariga ko‘ra, kishi zodu rohilaga molik bo‘lib, hajning boshqa shartlari topilsa, o‘sha zahoti unga haj ham, haj ilmini o‘rganish ham farz bo‘ladi - Tarj.). Lekin Islom olimlari zodu rohilaga molik kishiga keyinchalik bo‘lsa-da, hajga borish farzligini bildirishi zarurdir. Agar kishi o‘sha zahotiyoq hajga borishga azm qilsa, unga hajning kayfiyati, farz va vojiblarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Hajning sunnatlarini o‘rganish unga farz emasdir.

 Hajga qodir bo‘lgan zahoti farz bo‘lishini bildirish yoki bildirmaslik masalasi faqihlar mavzusi. Farzi ayn bo‘lgan boshqa amallarning hukmi ham shu kabidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:24:34
Tark etish lozim bo‘lgan ishlar holat va sharoitga ko‘ra har xildir. Soqovga yomon so‘zni so‘zlash haromligini, qoq sahroda yashovchi sahroyi kishi uchun o‘tirish harom bo‘lgan joylarni, ko‘r uchun qarash mumkin bo‘lmagan narsalarni o‘rganish farz emas. Shuningdek, holat taqozosiga ko‘ra,bular farz ham bo‘lishi mumkin. Munkar ishlar ko‘rilmaganda ularning ilmini o‘rganish farz emas.  Ammo sodir etilsa, uning ilmini o‘rganish va boshqalarni ogohlantirish farz bo‘ladi. Masalan, bir musulmon o‘lkada ipak kiyim kiyuvchi erkak yoxud birovning molini zo‘rlab oluvchi yoki nomahramga nazar qiluvchi kishi mavjud bo‘lsa, bu ishlarning haromligini bildirish farzdir. Hali sodir etilmagan, ammo yaqin orada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarni o‘rgatish ham farz. Masalan, yeb-ichishga doir masalalarni o‘rgatish. Agar aroq ichiladigan, to‘ng‘iz go‘shti  yeyiladigan shaharda bo‘lib qolsa, ularga bu ishlar haromligini bildirib qo‘yish shartdir. Qaysi narsani ta’lim berish farz bo‘lsa, uning ilmini o‘rganish ham farz bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:24:42
E’tiqod va qalbga tegishli ishlarda shubha, xavotir paydo bo‘lsa, uning ilmini o‘rganish shartdir. Agar ikki shahodat kalimasi dalolat qilgan ma’nolarda shubha tug‘ilsa, uni daf qiladigan ilmni o‘rganish lozim bo‘ladi. Ammo  shubhaga bormasdan, Alloh taoloning sifatlariga, U zotning kalomi qadim ekaniga, oxiratda Uni ko‘rishga va boshqa narsalarga mufassal e’tiqod qilmasdan oldin vafot etsa, butun ulamolar ijmosiga ko‘ra, u musulmon holida ketgan bo‘ladi.

E’tiqodga taalluqli xavotir va shubhalar gohida insonning o‘zidan bo‘ladi, ba’zisi esa, boshqalardan eshitish bilan tug‘iladi. Kishi falsafa keng tarqalgan, odamlari turli bid’atlarni so‘zlaydigan shaharga borib qolsa, Haqni zikr etish bilan o‘zini himoya qilishi lozim. Agar uning qalbiga botil fikr-qarashlardan birortasi tushib qolsa, uni qalbidan ketkazish farz bo‘ladi. Ko‘pincha bu ish qiyin kechadi. Masalan, ribo, sudxo‘rlik keng tarqalgan bir shaharda musulmon kishi savdogarlik qilsa, unga ribodan saqlanish ilmini o‘rganish farzdir.

Bu aytayotganlarimiz farzi ayn bo‘lgan ilm haqida. Farzi aynning ma’nosi farz amalning kayfiyati haqidagi ilmni egallash demakdir. Kim farz ilmini va uning farz bo‘lish vaqtini o‘rgansa, farzi aynni o‘rgangan sanaladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:25:11
So‘fiylarning: «Dushman-shayton vasvasasi bilan malak – farishta ilhomini bir-biridan ayirish farzi ayn», degan so‘zlari ham haqdir. Lekin bu narsa hammaga emas, balki qalbida bu haqda shubhasi bo‘lgan kishiga farzi ayndir.

Inson qabohat, riyo, hasad kabi yomonliklardan o‘zini saqlay olmasa, u narsalarning ilmini bilishi lozim bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)  marhamat qilganlarki: «Uch narsa insonni halok etadi: o‘ta baxillik, ortidan ergashtirib ketadigan xohish, takabburlik bilan nafsiga ortiqcha baho berish».61 Inson tabiati bu uch narsadan xoli emas. Boshqa yomonliklar ham shu uch sifatdan paydo bo‘ladi. Shuning uchun ularni muolaja qilish farzi ayndir. Muolaja qilish ular chegarasini, sabab va alomatlarini o‘rganish bilan bo‘ladi. Zero, yomonlikni bilmagan kishi, albatta, unga tushadi. Muolaja esa, kasallik kelib chiqish sababining ziddiga muqobil bo‘lishdir. Sabab bilan natijani bilmasdan turib, muolaja qilish mumkin emas.

Biz zikr qilib o‘tgan halokatga eltuvchi ko‘pgina ishlarning ilmini bilish farzi ayndir. Ko‘pchilik insonlar foydasiz narsalar bilan mashg‘ul bo‘lib, mazkur farzi ayn bo‘lgan ilmlarni tashlab qo‘ygan.


61. Bazzor, Tabaroniy, Abu Nu’aym, Bayhaqiylar Anas (r.a.) dan zaif isnod bilan qilgan rivoyatlari. Alboniy bu hadisni hasan dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:25:40
Islomga kirgan kishiga do‘zax, qayta tirilish va qiyomatda hisob-kitob bo‘lishini tasdiq etishni tezda o‘rgatish kerak. Bu narsa ikki shahodat kalimasini to‘ldiradi. U Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) payg‘ambarliklarini tasdiqlaganidan so‘ng, u zot keltirgan risolatni ham yaxshi tushunib olishi, Alloh va Uning rasuliga itoat etgan kishiga jannat, osiylarga esa, do‘zax bo‘lishini bilishi lozimdir.

Agar sen ilm o‘rganishning ushbu darajasidan yaxshi xabardor bo‘lsang, bu yo‘l haq ekanini anglaysan. Shuningdek, har bir banda kecha-kunduzda ibodatu muomalalarida bilishi lozim bo‘lgan zaruriyatlarni ham tushunib yetasan.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Ilm o‘rganish har bir musulmonga farzdir», degan hadislaridagi «al-ilmu» so‘zidagi aniqlikni ifoda etuvchi artikli «alif-lom»dan ko‘zlangan maqsad farz amalning ilmini o‘rganish ekani senga ravshan bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:25:56
O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni

Bilgilki, ilmlarning turlarini bilmasdan turib, ularning farz bo‘lgani va bo‘lmaganini ajratish mumkin emas. Bizning maqsadga ko‘ra, ilmlar shar’iy va noshar’iy qismlarga bo‘linadi. Shar’iy ilmlardan maqsad payg‘ambarlardan o‘rganilgan, hisob kabi aql bilan bilinmaydigan, tibbiyot kabi tajriba bilan hosil bo‘lmaydigan, til kabi eshitish bilan vujudga kelmaydigan ilmlar nazarda tutiladi.

Shar’iy bo‘lmagan ilmlar mahmud (maqtalgan), mazmum (qoralangan), mubohga bo‘linadi.

Mahmud ilmlar dunyo manfaatlari ularga bog‘langan  ilmlardir. Masalan, hisob-kitob, tibbiyot. Bu qism ilmlarning o‘rganish farzi kifoya bo‘lganlari bor, farz bo‘lmasdan, fazilat sanalganlari bor. Farzi kifoya ilmlar dunyo ishlarini qoyim qilishga kerak bo‘ladigan ilmlardir. Masalan, tib ilmi inson jismining sog‘lom turishi uchun zarur, hisob-kitob ilmi esa, muomalalarda, merosu vasiyatlarning taqsimotida kerak bo‘ladi. Bu ilmlardan birortasi biror shaharda bo‘lmay qolsa, shahar ahlining barchasi gunohkor bo‘ladi. Agar uni bir kishi o‘rgansa, kifoya qilib,  uni o‘rganish farzi qolganlardan soqit bo‘ladi. Tibbiyot va hisob-kitobni farzi kifoya degan so‘zimizdan ajablanmaslik kerak. Aslida, sanoatning boshqa sohalari - dehqonchilik, to‘qimachilik, siyosat ilmi, hattoki, qon olish kasbi va tikuvchilik ham farzi kifoyadir. Zero, bir mamlakatda qon oluvchi do‘xtir topilmasa, ular kasallikka yuz tutishlari turgan gap. Bu kasb yo‘qligi tufayli odamlar halok bo‘lsa, ularning barchalari gunohkor bo‘ladi. Zero, kasallikni bergan Zot uning da’vosini ham bergan va muolaja yo‘lini ko‘rsatgan, sabablarni hozirlab qo‘ygan. Bunga e’tibor qilmay, halokatga ro‘baro‘ bo‘lish joiz emas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:26:04
Fazilat sanalgan ilmlarga hisob-kitobning daqiq jihatlari, tibbiyotning nozik qirralarini chuqur o‘rganish kiradi. Chunki farzi kifoya bo‘lgan ilmlarni nozik jihatlari bilan chuqur o‘rganish zarur ilmni ziyodasi bilan bilish, demakdir.

Mazmum ilmlar sehr, tilsimot, ko‘z bog‘lash va talbis (bir narsani haqiqatidan boshqacha qilib ko‘rsatish) kabilardir.

Muboh bo‘lgan ilmlarga esa, mubolag‘asiz yozilgan she’rlarni bilish, qadim tarix bilan shug‘ullanish va shu kabilar kiradi.
Shar’iy ilmlarning barchasi mahmud-maqtalgandir. Gohida asli qoralangan, lekin shar’iy deb gumon qilingan ba’zi ilmlar shar’iy ilmlarga aralashib ketishi mumkin. Shuning uchun shar’iy ilmlarni ham maqtalgan va qoralangan qismlarga bo‘lamiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:26:13
Mahmud bo‘lgan shar’iy ilmlarning asoslari, qo‘shimchalari, muqaddimalari va to‘ldiruvchilari bor.

Asos bo‘lgan ilmlar to‘rttadir:
1. Alloh taoloning kitobi.
2. Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlari.
3. Ummatning ijmo’si.
4. Sahobiylar asarlari.

Ijmo’ sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilm sanaladi. U uchinchi darajadagi asosdir. Sahobalarning so‘zlari ham sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilmdir. Chunki sahobalar Qur’on nozil bo‘lishini ko‘zlari bilan ko‘rib turishgan, boshqalar idrok etmagan holatlarning shohidi bo‘lishgan. Ba’zan ko‘rish bilan idrok etilgan narsani so‘z bilan anglash mumkin bo‘lmaydi. Shu sababdan ulamolar sahobalarga iqtido qilish, ularning so‘zlarini mahkam tutish lozim deb bilishgan.  Bunda maxsus yo‘l va maxsus shartlar bor, lekin bu bob ularni zikr qilish o‘rni emas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:26:49
Qo‘shimcha ilmlar asos ilmlarni tushunishdan hosil bo‘ladi. Bunda asosning lafziga e’tibor qilinmaydi. Balki aql dalolat qiladigan ma’nolar e’tiborga olinadi. Chunki so‘zning ma’nosi kengayib, aytilganidan boshqasini ham tushunish mumkin. Bunga Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi hadislari misol bo‘ladi: «Qozi g‘azabli holatida hukm chiqarmasin».62 Bu hadisdan qozi qo‘rqqan, och qolgan va biror kasallik tufayli alam chekayotgan holida ham hukm chiqarmasligi tushuniladi. Bu tushunchalar g‘azablangan holatida hukm chiqarib bo‘lmasligiga qo‘shimchadir.

Qo‘shimcha ilmlar ikki qismga bo‘linadi:
1.   Dunyo ishlarini tartibga solishga taalluqli ilmlar. Bu ilmlarni fiqh kitoblari o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular bilan shug‘ullanuvchi kishilar faqihlar deb ataladi. Bular dunyo olimlaridir.
2.   Oxirat ishlariga taalluqli ilm.[i/] Bu ilm qalb holatlarini, yaxshi-yomon xulqlarni, Alloh rozi bo‘ladigan va sevmaydigan ishlarni o‘rgatadi. Kitobning oxirgi qismi bu haqdagi bahsni o‘z ichiga olgan. (Ya’ni, «Ihyou ulumiddin» kitobining oxirida qalbdan a’zolarga keladigan taqvo ilmi bayon qilingan. — Tarj.)         


62. Muttafaqun alaih
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:27:22
 Muqaddimot boshqa ilmlarni o‘rganishda vosita bo‘lgan ilmlardir. Bunga til, nahv (grammatika) misol bo‘ladi. Ular asli diniy ilmlar emas, balki Qur’on va hadis ilmlarini tushunishda bir vositadir.

Shariatimiz arab tilida kelgani uchun bu tilning qonun-qoidalarini o‘rganish lozim. Shariat hukmlari tilni bilish orqali tushuniladi. Demak, vosita bo‘lgan tilni o‘rganish kerak ekan. Yozishni o‘rganish ham muqaddima ilmlaridandir. Lekin yozish til kabi zaruriy emas. Chunki Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) yozishni bilmaganlar.63 Eshitilgan hamma narsani yodda saqlab qolish mumkin bo‘lganida, yozuvga bo‘lgan ehtiyoj yana-da ozayardi. Demak, buning imkoni yo‘q ekan, yozishni bilish ham zaruriy bir ehtiyojdir.

To‘ldiruvchi ilmlarning birinchi qismi Qur’on ilmi haqida bo‘lib, u uch qismga bo‘linadi:
a) qiroat ilmi. Harflarning maxrajini o‘rganish kabi Qur’on lafziga taalluqli ilmlar;
b) tafsir kabi Qur’onning ma’nosiga taalluqli ilmlar. Tafsir ham naqlga suyanadi. Zero, tilning o‘zi bu ishni bajara olmaydi;
v) nosix, mansux, omu xos, nass (dalil), zohir va bularning bir-biri bilan aloqasini o‘rganish kabi Qur’on hukmlariga taalluqli bo‘lgan ilmlar. Bu ilm usulul fiqh (fiqh asoslari) deb nomlanadi va sunnat ham uning ichiga kiradi.


63. ibn Murdavayh Abdulloh ibn Umardan marfu’ holda rivoyat qildilar. Shu ma’nodagi hadislarni Ibn Hibbon, Doraqutniy, Hokim Bayhaqiy va Buxoriylar sahihlarida rivoyat qilishdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:27:31
Hadis va asarlardagi to‘ldiruvchi ilmlarga rijal ilmi (roviylar haqidagi ilm), ularning ismlari, nasablari, sahobalar ismlari va sifatlari, roviylarning adolatli ekani haqidagi ilm, zaif hadis bilan kuchli hadisning orasini ajratish uchun roviylarning holatlarini bilish ilmi, musnad hadis bilan mursal hadis orasini ajratish uchun roviylarning yoshlari va umrlari haqidagi ilmlar kiradi.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan to‘rt qism ilm shar’iy hisoblanib, ularning barchasi maqtalgandir, shuning bilan birga ular farzi kifoyadir.

Agar, nega fiqh dunyo ilmi va faqihlar dunyo olimlari sirasida sanaldi, deb so‘rasang, javob quyidagichadir: ma’lumki, Alloh taolo Odam alayhissalomni  tuproqdan xalq etdi, u kishining zurriyotlarini tuproqdan bo‘lgan otaning maniyidan va onaning ko‘kragidan otilib chiquvchi suvdan yaratdi. Zurriyotlarini otalar belidan onalar bachadoniga, undan dunyoga, keyin esa qabrga, qabrdan hisob maydoniga, undan jannat yoki do‘zaxga chiqaradi. Mana shu narsalar insonning ibtidosi, g‘oyasi va boradigan yeridir. Oxirat hayotiga zod (ozuqa) to‘plash uchun dunyoni yaratdi. Agar insonlar dunyoni adolat bilan tutsalar, xusumatu dushmanliklar kesiladi, faqihlarga ehtiyoj yo‘qoladi. Lekin insonlar dunyoni shahvat va dushmanlik bilan tutganlari uchun, unda xusumat va adovat yuzaga keladi. Shunda insonlarni boshqaradigan rahbarga ehtiyoj tug‘iladi. Rahbar esa insonlarni boshqarish uchun qonunga muhtoj bo‘ladi. Insonlar shahvatga berilib, bir-birlari bilan nizolashgan vaqtda ularni murosaga keltiruvchi o‘rta yo‘lni va boshqaruv qonunlarini biluvchilar faqihlardir. Shunday ekan, faqih dunyo ishlarida insonlarni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi va siyosat qonunlarini o‘rgatuvchi rahbar, podshohlarga muallim va murshiddir. Tabiiy, fiqh dinga ham bog‘langan, lekin bevosita emas, balki dunyo vositasi ila bog‘langandir. Zero, dunyo oxirat ekinzori, din dunyo bilan kamol topadi. Din va podshohlik egizaklar kabidir. Ammo din — asos, podshoh esa, uning qo‘riqchisidir. Asosi yo‘q narsa mahv bo‘lishga mahkumdir. Qo‘riqchisi yo‘q narsa esa, zoe’ bo‘luvchidir. Saltanat va mulk podshoh bilan turgani kabi, hukumatlar orasidagi adovatni daf qilish faqat fiqh bilan bo‘ladi. Shuningdek, xalqni boshqarishda siyosat ilmi din ishlari orasida birinchi darajali hisoblanmaydi. Balki u din ilmining bir bo‘lagidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:28:01
Ma’lumki, haj yo‘lda qaroqchilardan himoya topish bilan amalga oshadi. Lekin haj o‘zi alohida ish, hajga yo‘l olish ikkinchi bir ish, hajni amalga oshirishda kerak bo‘ladigan qo‘riqchilik uchinchi ishdir. Qo‘riqchilikning yo‘llari, uslublari va qonun-qoidalarini o‘rganish esa, to‘rtinchi ishdir. Xulosa qilib aytganda, fiqh fani rahbarlik va qo‘riqchilik yo‘llarini o‘rgatadi. Bunga musnad yo‘l bilan rivoyat qilingan quyidagi hadis dalildir: «Insonlarga faqat amir yoki mamur yoki mutakallif fatvo beradi».64 Amir rahbar va boshqaruvchidir. Shuning uchun u fatvo beradi. Mamur esa, amirning noibidir. Mutakallif ehtiyoji bo‘lmasa-da, o‘zicha fatvo berishga uringan kishidir. Sahobai kiromlardan oxirat va Qur’on haqida so‘rashganda tezda javob berishgan, lekin fatvo berishdan saqlanishgan, hatto ularning birortasidan fatvo so‘ralgudek bo‘lsa, bir-birlariga havola qilishgan. Boshqa rivoyatda hadisdagi «mutakallif» o‘rniga «muroiy»  riyokor kelgan. Zero, ehtiyojsiz, o‘zicha fatvo berish xatarini zimmasiga olgan kishining maqsadi faqat mol va obro‘ bo‘ladi.

 Shu o‘rinda sen: «To‘g‘ri, hozir aytilgan narsalar dunyoga aloqador bo‘lgan qasos, jazo, haqdor bilan nohaq orasini ajratish kabi ishlarga mos keladi. Ammo ibodatlar asosi bo‘lgan namoz, ro‘za yoki ibodatlarning to‘rtdan birini tashkil qiluvchi halol bilan harom orasini ajratuvchi muomalot qismiga umuman to‘g‘ri kelmaydi», deb aytishing mumkin. Bunga javoban aytamizki, bir fiqh olimining oxirat amallariga taalluqli eng ko‘p so‘zlagan narsasi islomiyat, namoz, zakot, halol va harom narsalardir. Yaxshilab o‘ylab ko‘rsang, faqih bu narsalarda dunyodan oxiratga tomon bo‘lgan chegaralarni bosib o‘tolmaydi. Namoz, zakot, halol-harom masalalaridaki tutgan yo‘li shu bo‘lganidan keyin qolgan narsalar o‘z-o‘zidan namoyon bo‘ladi.


64. Ibn Moja hasan isnod rivoyat qildilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:28:44
Islomiyat masalasini olsak, faqih durust va nodurust narsalar, Islomning shartlari haqida gapirar ekan, tildan boshqasiga e’tibor bermaydi. Qalb ishi faqihning tasarrufidan tashqaridadir. Zero, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) qilichdan qo‘rqib musulmon bo‘lgan kishini o‘ldirgan sahobaga: «Sen uning qalbini yorib  ko‘rdingmi?!»65 deb qalb ishini saltanat va qilich sohiblari tasarrufidan ajratganlar. Faqih qilichdan qo‘rqib bo‘lsa-da, kalimai shahodat keltirgan kishini musulmon  deb hukm qiladi. Shu bilan birga, faqih qilichdan qo‘rqish uning niyatini oshkor qilmaganini, qalbidan jaholatu hayrat pardasini ketkizmaganini biladi, lekin shunday hukm qilaveradi. O‘limdan qo‘rqib musulmon bo‘lgan kishi shahodat kalimasini aytish bilan nafsini o‘limdan, molini boshqa birov qo‘liga o‘tishidan saqlaydi. Bu ish dunyoga taalluqli ekani ma’lum. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)  shunday marhamat qilganlar: «Men insonlar «La ilaha illalloh» degunlaricha ularga qarshi urushishga buyurildim. Qachonki ular «La ilaha illalloh»ni aytsalar, molu jonlarini mendan himoya qilgan bo‘ladilar».66 Oxiratda esa molu dunyo asqotmaydi. Balki qalb nuri, siri-asrori va ixlosigina foyda beradi. Bu fiqhdan emas. Faqih bular haqidagi bahsga sho‘ng‘isa, falsafa, tib kabi o‘zining sohasi bo‘lmagan bahslarga kirishgandek bo‘ladi.

Yoki namozni olib qaraylik. Faqih namoz o‘quvchi kishi namozning boshidan oxirigacha g‘ofil bo‘lib, xayolda bozordagi tijorati, hisob-kitobi bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, namozning zohiriy shartlarini bajarsa, namozini durust sanaydi. Vaholangki, bu namozdan oxiratda foyda yo‘q. Shuningdek, til bilan shahodat kalimasini aytish foyda bermasa ham, faqih mazkur kalimani qatldan saqlanish uchun aytgan kishining musulmonligi durust ekaniga fatvo beradi. Ammo namozda xushu’-xuzu’ bilan turish, qalbi jam bo‘lishi kabi zohiriy amal foyda berishiga sabab bo‘luvchi oxirat amallari haqida hech narsa demaydi. Agar faqih bu jihatlarga aralashsa, u o‘z sohasidan tashqariga chiqqan hisoblanadi.


65. Imom Muslim rivoyatlari.
66. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:28:54
Zakot masalasiga kelsak, faqih uni kishi ado etgani yoki etmaganiga qaraydi. Qay kayfiyatda ado etilganiga e’tibor bermaydi. Agar boy kishi zakot berishdan bosh tortsa, keyin podshoh undan majburiy yo‘l bilan zakotini olsa, faqih bu holda boyning zimmasidan zakot soqit bo‘lishiga fatvo beradi.

Hikoya qilishlaricha, qozi Abu Yusuf yil oxirlab qolganida molini ayoliga hadya qilib berar ekan. Keyin esa, zakot bermaslik uchun uni ayolidan qaytarib olarkan. Bu holat Abu Hanifaga (r.a.) zikr qilinganida: «Bu uning faqihligidandir», degan ekanlar. Abu Hanifa (r.a.) to‘g‘ri aytganlar, zero, bu dunyo fiqhidir. Lekin uning zarari oxiratda barcha jinoyatdan kattadir. Buni zararli ilm deydilar.

Halol-harom mavzusiga kelsak, haromdan parhez qilish, taqvoli bo‘lish ayni dindorlikdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:29:33
Taqvodorlikning to‘rt martabasi bor:
1. Guvohlarning adolatli bo‘lishida shart qilingan taqvodorlik. Bu martabani inson tark etsa, guvohlik, qozilik va valiylik (rahbarlik) kabi ishlarda uning layoqati ketgan hisoblanadi. Bundagi taqvo ochiq haromdan saqlanishdir.
2. Solihlarning taqvosi. U tushib qolish ehtimoli bo‘lgan shubhali narsalardan ham chetlanishdir. Bu haqda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Shubhali narsani qo‘y, shubhasiz narsani ushla», debganlar.67 Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Gunoh qalblarning yarasidir», deb aytganlar.68
3. Muttaqiylar taqvosi. U haromga eltuvchi narsadan qo‘rqib, halolni tark qilishdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kishi zararli narsadan qo‘rqib, zararsiz narsani tark qilmagunicha, muttaqiylardan bo‘la olmaydi», deganlar.69
Buning misoli g‘iybatga sho‘ng‘ishdan qo‘rqib, kishilar holatini gapirishdan tiyilganga yoki nafsi jo‘sh urib, man’ etilgan narsalarni yeb qo‘yishdan qo‘rqib, shahvatli narsalarning iste’molidan taqvo qilganga o‘xshaydi.
4. Siddiqlar taqvosi. U Allohning huzurida qurbatni ziyoda qilishga foyda bermaydigan narsalarga umrning biror soatini bo‘lsa-da, sarf etishdan qo‘rqib, ulardan yuz o‘girishdir. Garchi u narsalar bilan haromga tushib qolmasligini aniq bilsa ham.


67. Termiziy, Nasaiy, Ibn Hibbonlar rivoyati.
68. Bayhaqiy mavquf holatda «Shu’abil iymon» kitobida rivoyat qildilar. Boshqa bir rivoyatda gunoh «qalblaring bosqinchisi», deyilgan.
69. Termiziy rivoyat qilib hasan degan. Ibn Moja va Hokimlar rivoyat qilib sahih deyishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:30:06
Avvalgi martabadan boshqa uchtasi faqih nazaridan tashqaridagi narsadir. Birinchi martaba guvohlik va qozilik kabi ishlarda adolatni qoim qiluvchi taqvodorlik edi, u esa, oxiratda gunohlar uchun foyda bermaydi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Vobisaga qarata: «Agar senga fatvo berishsa ham, o‘z qalbingdan fatvo so‘ra», deganlar.70

Faqih kishi qalb jarohatlarini ketkazadigan va amallar kayfiyatini  anglatadigan so‘z so‘zlamaydi. Balki uning bor e’tibori oxirat yo‘lini isloh etuvchi dunyoga qaratilgan. Agar u (faqih) qalb sifatlari, oxirat ahkomlari haqida biror narsa so‘zlab qolsa ham, bu hol tasodifiy bo‘lib, tibbiyot, hisob, nujum, kalom ilmlaridan misol keltiradigan holatiga o‘xshaydi.

Zohiriy ilmlar imomi Sufyon Savriy: «Bu ilmlarni talab qilish oxiratga zod bo‘lmaydi», der edilar. Endi qanday qilib, faqat u ilmlarga amal qilishni sharaf bilishadi, zihor, li’on, salam, ijara, sarf kabilarni ilm deb gumon qilishadi?! Kim faqat mana shu narsalarni Allohga yaqin bo‘lish uchun o‘rgansa, u kishi jinnidir. Albatta, amallar toatdagi qalb va a’zolar bilan bo‘ladi. Ana o‘sha amallar bilan sharafga erishiladi.

Agar nima uchun fiqh bilan tibning orasini tenglashtirdingiz, tib dunyoga taalluqli bo‘lib, jasad sog‘ligiga, shu bilan birga, dinning islohiga ham tegishli, bu tenglashtirishingiz musulmonlar ijmo’siga xilof-ku, desang, bilgilki, bu ikkalasini tenglashtirish loyiq emas, balki ular orasida farq bordir.


70. Imom Ahmad va Doramiylar Vobisadan rivoyat qilishgandi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:30:15
Fiqh uch holati bilan sharaflidir.
1. Fiqh shar’iy ilm bo‘lib, u Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) istifoda qilingandir. Tib esa, shar’iy ilm emas.
2. Oxirat yo‘liga tushgan kishi xoh kasal, xoh sog‘lom bo‘lsin, fiqhdiga ishi tusha. Ammo tib ilmiga kasallargina muhtoj bo‘ladi, xolos.
3. Fiqh ilmi oxirat yo‘lidagi ilmga qo‘shnidir. Chunki u a’zolarning amaliga e’tibor beradi. A’zolar amallarining masdari esa, qalb sifatlaridir. Maqtalgan amallar oxiratda najot bo‘luvchi maqtalgan axloqlardan sodir bo‘ladi. Qoralangan amallar esa, qoralangan xulqlardan kelib chiqadi. A’zolarning qalb bilan bog‘liqligi ochiq ko‘rinib turgan narsa. Salomatlik va kasallik esa, mijozning pok-nopokligiga bog‘liq. U badanning sifatidir, qalb sifatlaridan emas. Fiqh tibga qanchalik bog‘lanmasin, baribir fiqhning sharafi zohir bo‘laveradi. Ammo oxirat yo‘li ilmi fiqhdan sharafliroq.

Agar menga, oxirat yo‘li ilmining ma’nosini batafsil ajratib bering, desang, uni mufassal tushuntirishning imkoni bo‘lmasa ham (aytaman). Bilgilki, oxirat yo‘lining ilmi ikki qismdir: mukoshafa ilmi va muomala ilmi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:30:28
Mukoshafa ilmi botiniy ilmdir va barcha ilmlarning g‘oyasidir (ya’ni, botinni o‘rganishdir). Ba’zi oriflar: «Kim mana shu ilmdan nasibador bo‘lmasa, unga yomon oqibat kelishidan qo‘rqaman», deb aytishgan. Nasibador bo‘lishning eng ozi esa, uni tasdiq qilib, o‘sha ilm ahliga ergashishdir. Ayrimlar aytdiki: «Kimda bid’at va kibr bo‘lsa, mukoshafa ilmidan biror narsa unga ochilmaydi». Yana aytishlaricha, kim dunyoni yaxshi ko‘rsa yoki havoyi nafsiga ergashsa, mukoshafa ilmi unda bo‘lmaydi. Balki boshqa ilmlarni egallashi mumkin. Bu ilmni inkor qilganlarning eng oz jazosi undan zavqlanmaslikdir. Shu ma’noda she’r ham bor:

Gunohdir, jazosi ham o‘zi bilan,
Yo‘q kishining g‘iybatiga rozi bo‘lsang.


U ilm mazmum sifatlardan pok qalbda zohir bo‘ladigan nurdir. Mana shu nur bilan oldin eshitilgan, lekin ma’nolari anglashilmagan ko‘p ishlar kashf bo‘ladi, Allohning zotini, boqiy va komil sifatlarini, fe’lini, dunyo va oxiratni yaratishdagi hikmatlarini,  dunyo ustiga oxiratni qo‘yish tartibini, nubuvvat, nabiy va vahiy ma’nosini, farishtalar va shaytonlar lafzlarining ma’nosini, shaytonning insonlarga dushmanligi, anbiyolarga farishtalarning ko‘rinish va payg‘ambarlarga vahiy kelish kayfiyatini, yer va osmonlar saltanatini, qalbni bilishni, farishtalar va shaytonlar jamoasi orasidagi farqni, oxirat, jannat, do‘zax, qabr azobi, sirot, mezon va hokazolarni o‘sha nur orqali anglaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:30:36
Allohning quyidagi so‘zi shu ma’nolarni ifoda etadi:
«(Va unga deyilur): «Nomai a’molingni o‘qi! Bugun o‘z nafsing o‘zingga qarshi yetarli hisobchidir» (Isro surasi, 14-oyat);

«Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (mangu) hayot (diyoridir)» (Ankabut surasi, 64-oyat).

(Mukoshafa ilmi ila qalbda zohir bo‘lgan nur bilan) shuningdek, Allohga yo‘liqib, Uning karim yuziga nazar solish, Unga yaqin bo‘lish, Unga qo‘shni tutinish, malaul a’lo saodatiga musharraf bo‘lish, farishta va nabiylarga yaqin bo‘lish, ahli jannat darajalarining tafovuti, hatto, ular bir-biriga osmondagi yulduzga qaragandek qarashlari ma’nosini anglaydi.

Mana shu yuqorida zikr qilingan ishlarni tasdiqlab, ma’nosini anglashda odamlar bir necha maqomlarga bo‘linadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:31:04
Ba’zilarning fikricha, ularning hammasi Alloh taolo solih bandalariga tayyorlab qo‘ygan, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan, inson qalbi his etmagan tamsillardir. Aytilayotganlar jannatda xalq qilingan narsalarning ism va sifatlari, xolos. Ayrimlarning fikricha, u narsalarning ba’zilari lafzdan tushunilgan narsaga muvofiq keladi. Ba’zi birovlar esa, Alloh azza va jallani tanishning oxirgi chegarasi Uni tanishdan ojiz ekanini e’tirof qilishdir, deyishadi. Ba’zilar Alloh azza va jallani tanishda katta bir ishni da’vo qilishadi. Yana ba’zilar, Alloh azza va jallani tanishning chegarasi avom e’tiqodining Alloh mavjud, olim, qodir, sami’, basiyr, mutakallim, deb to‘xtagan joyidir, deyishadi.

Demak, mukoshafa ilmi deb: yopiq parda ko‘tarilgan, haq ravshan bo‘lib shakshubhasiz gumon qilinmaydigan ayon narsa ravshan bo‘lganga o‘xshash holga kelganiga aytiladi.

Agar qalb oynasi dunyo iflosliklari bilan qattiq kirlanmasa, mazkur hol inson javharida mumkindir.

Oxirat yo‘li ilmi qalb oynasini iflosliklardan tozalab, sayqallab, Allohning sifati va fe’lini topishda to‘siq bo‘ladigan narsalarni ko‘taradi. Bu ish shahvatlardan tiyilib, hamma holatda anbiyolarga iqtido qilish bilan bo‘ladi. Ana shu taqdirdagina qalb musaffo bo‘lib, haq yuzaga chiqadi va nur taratadi. Bu darajaga faqat riyozat bilan (bu haqda o‘z o‘rnida batafsil bayon keladi), ilm va ta’lim bilan erishiladi. Ammo u ilmlar kitoblarda bitilmaydi. Undan biror narsa in’om etilgan kishi uni gapiradi va ilmdan gapirgan narsasining ahliga aylanadi, muzokara va sirda unga sherik bo‘ladi. Bu ish maxfiydir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarida ilmni nazarda tutganlar: «Ilmning maknun (yashirin) hay’atlisi bor. Uni faqat Allohni taniganlar biladi. Agar u haqda gapirilsa, Alloh haqida g‘ururga ketganlargina anglamaydi. Alloh ilm bergan olimni past sanamanglar. Chunki Alloh unga ilm berayotganda past sanamagan».71


71. Abu Abdurahmon Sulmiy Abu Hurayradan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:31:12
Ikkinchi qism esa, muomala ilmidir. U qalb holatlarini o‘rganadi. Ularning ichida sabr, shukr, xavf (doimo Allohdan qo‘rqib turish), rajo (Allohning rahmatidan umid qilish), rizo (qazoi qadarga rozi bo‘lish), zuhd, taqvo, qanoat, saxovat, minnat Alloh taologa xos  ekanini bilish, yaxshi fikrda bo‘lish, go‘zal xulqlilik, birgalikda go‘zal hayot kechirish, rostgo‘ylik va ixlos kabi maqtovli holatlar bor. Ularning haqiqatini, me’yorlarini va sabablarini, samarasini, belgilarini o‘rganish va zaif bo‘lganini muolaja qilib, kuchaytirish oxirat ilmidir.

Shuningdek, qalb holatlari ichida qoralanadiganlari bor: faqirlikdan qo‘rqish, norizo bo‘lish, hiyla, gina, hasad, aldov, mansabparastlik, maqtovni yoqtirish, dunyoda uzoq muddat qolishni yaxshi ko‘rish, kibr, riyo, g‘azab, qo‘pollik, adovat, nafrat, tama’, baxillik, (dunyo ashyolariga) rag‘bat, maqtanchoqlik, nonko‘rlik, boylarni ulug‘lash, faqirlarni kamsitish, g‘ururlanish, manmanlik, faxrlanish, haqni qabul qilmaslik, manfaatsiz narsalarga kirishish, sergaplik, maqtanchoqlik, odamlar uchun ziynatlanish, laganbardorlik, o‘z aybi qolib, o‘zgalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lish, qalbdan mahzunlikning ketishi (ya’ni, oxirat haqida o‘ylamaslik), Allohdan qo‘rqmaslik, nafsga xorlik yetgan chog‘da, uni qo‘llab-quvvatlash, haqni qo‘llashdan ojiz bo‘lish, ichdan dushman bo‘laturib, zohiriy do‘st tutish, Alloh bergan ne’matini yana qaytarib olishidan  xotirjam bo‘lish, qilgan ibodatlariga suyanib qolish, makr, xiyonat, uzun orzu-havas, qalb qattiqligi, dunyosi bilan sevinish, yo‘qotgan dunyosiga afsuslanish, maxluqlar bilan ulfat bo‘lish, ulardan ajragani uchun  dahshatga tushish, qo‘pollik, yengiltaklik, shashqaloqlik, hayo va marhamatning kamligi.

Ushbular va ushbularga o‘xshash qalbning yomon sifatlari fahshning bog‘i va hazar qilinadigan ishlarning ekinzoridir. Bu sifatlarning ziddi bo‘lgan maqtovga loyiq xulqlar esa, ibodat va Allohga qurbat hosil qilishning manbaidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:31:22
Demak, ushbu salbiy xislatlarning me’yorlarini, haqiqatlarini, sabablarini, natija va davolarini bilish ham oxirat ilmidir. Uni o‘rganish, oxirat ulamolari fatvolariga ko‘ra, farzi ayndir. Bu ilmdan yuz o‘giruvchilar oxiratda podshohlar Podshohining qahriga yo‘liqadi. Bu ish namoz, ro‘za va haj kabi zohiriy amallardan yuz o‘giruvchilar, dunyo faqihlari hukmi bilan, dunyo sultonlari qilichi ostida halok bo‘lganga o‘xshaydi. Faqihlar farzi ayn masalalariki dunyoviy ishlar salohiyatiga bog‘lagan holda qaraydilar. Va bu narsa  oxirat salohiyati bilan ham bog‘liqdir. Agar faqihdan mana shu xislatlar, hatto ixlos yoki tavakkul yo riyodan saqlanish haqida so‘ralsa, u narsalar farzi ayn bo‘lishiga, ularni tark etgan kishi oxiratda halokatga yuz tutishiga qaramay, ular haqida gapirishdan tiyiladi. Agar sen undan li’on, zihor, musobaqa (otchoparlik), o‘q otish haqida so‘rasang, o‘rganish bilan asrlar tugab ketadigan, ayni paytda hech ehtiyoj sezilmaydigan bu o‘ta far’iy nozik masalalar haqida tom-tom kitoblarni oldingga terib qo‘yadi. Holbuki, u masalalardan birortasi biror mamlakatda paydo bo‘lsa, javob qiladigan olim yetarlicha topiladi. Faqih esa, kechayu kunduz u far’iy masalalarni o‘qib, yodlab, o‘zini qiynaydi, dini va nafsi uchun muhim bo‘lgan narsadan g‘aflatda qoladi.

Agar faqihdan: «Bunday qilishning boisi nima?» deb so‘ralsa, «Bu din ilmidir, farzi kifoya bo‘lgani uchun u bilan shug‘ullandim», deb javob beradi. Vaholanki, u o‘zini va boshqalarni chalg‘itadi. Aqlli kishi biladiki, agar uning maqsadi farzi kifoya haqidagi buyruqning haqqini ado etish bo‘lganida edi, avval farzi aynni oldinga qo‘ygan bo‘lardi. Balki boshqa o‘rganilishi kerak bo‘lgan ko‘pgina farzi kifoyalarni ham oldinga qo‘ygan bo‘lar edi. Qancha-qancha musulmon mamlakatlarida musulmon tabibning yo‘qligidan u yerlarda musulmon bo‘lmagan tabiblar faoliyat ko‘rsatmoqda. Vaholanki, fiqhiy hukmlarda tabiblarga aloqador joylarda ularning guvohliklari qabul qilinmasligi aytilgan. Shundan keyin ham birortasini tib ilmi bilan mashg‘ul bo‘lganini ko‘rmayapmiz. Ular fiqh ilmi ustida, ayniqsa, ixtilofli va bahsli masalalarda bir-birlarining so‘zlarini botilga chiqarib, tortishishgani tortishishgan. Holbuki, biror muammo paydo bo‘lsa, javob qiladigan, fatvo bera oladigan faqihlar Islom diyorlarida to‘lib yotibdi...
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:31:50
Din ilmlariga yomon olimlarning aralashuvi tufayli din ilmi eskirmoqda. Alloh taolodan yordam so‘rab, Unga iltijo etamizki, shaytonni xursand qiladigan, Rahmonning g‘azabini keltiradigan g‘ururlardan bizni asrasin.

Zohiriy ulamolarning taqvodorlari qalb sohiblari va botiniy ulamolar fazilatiga iqror bo‘lganlar. Imom Shofe’iy (r.a.) Shaybon Ro’iy degan zotning huzurlarida go‘yo bola maktabda o‘qituvchining huzurida o‘tirgandek o‘tirib, u kishidan turli masalalarni so‘rar edilar.

Odamlar: «Sahroyidan masala so‘raysizmi?» deyishsa (Shaybon Ro’iy cho‘pon edilar), Imom Shofe’iy (r.a.): «Biz g‘aflatda qolgan narsalardan bular ogohdir», deb javob berar edilar. Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.) bilan Yahyo ibn Ma’in Ma’ruf (ibn Feruz) Karxiyning (r.a.) huzurlariga borib turishardi. Holbuki, Ma’ruf Karxiy (zohiriy ilmda) bu ikkovlariga barobar emasdi, ammo u zotdan (turli masalalar) haqida so‘rashardi.

Sahobalar Payg‘ambardan (sollallohu alayhi vasallam): «Boshimizga bir ish tushib, uning hukmini  Qur’oni karimdan ham, sunnatdan ham topa olmasak, nima qilamiz?» deb so‘rashganida, u zot: «Solih kishilardan so‘ranglar va ishingizni ular o‘rtasida maslahat qilinglar», deganlar.72 Shuning uchun, zohiriy ulamolar-er va saltanat ziynati, botiniy ulamolar-osmon va malaklar olamini ziynati, deyilgan.


72. Tabaroniy Ibn Abbosdan rivoyat qilgan. Roviylar orasida Abdulloh ibn Kayson borligi uchun jumhur bu hadisni zaif deyishdi. Lekin Haysamiy «Majma’uz zavoid» kitoblarida Alidan rivoyat qilingan shunga o‘xshash hadisni sahih va roviylari ishonchli degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:32:00
Junayd (r.a.) aytadilar: «Menga bir kuni ustozim Sirriy: «Mening huzurimdan ketsang, kim bilan o‘tirasan?» deb so‘radi. «Muhosibiy bilan», dedim. Shunda u zot: «Yaxshi, sen uning ilmi va odobini ol 0, ammo kalom (ilmini) yomonlashi va mutakallimlarga qarshi aytgan fikrlariga e’tibor qilma», dedilar. So‘ng men o‘rnimdan turib ketayotgan edim, u kishining (menga): «Alloh seni (avval) sohibi hadis qilib, (so‘ng) so‘fiy qilsin, (avval) so‘fiy qilib, (so‘ng) sohibi hadis qilmasin», deganlarini eshitdim. (U zot ushbu so‘zlari bilan) kim avval hadis va ilm tahsil qilib, so‘ng so‘fiy bo‘lsa, najot topishiga,  kim ilmolishdan avval so‘fiy bo‘lsa, jonini xatarga qo‘yishiga ishora qildilar».

Agar, nima uchun kalom va falsafa ilmlarining yaxshi yoki yomon ekanini yoritib ketmadingiz, desang, javob quyidagicha: Kalom ilmi ikki dalilga  Qur’oni karim va sunnati nabaviyaga suyanadi. Kitob va sunnatdan tashqaridagi narsalar yo bid’atlardan iborat bahsi noxush masalalar (buning bayoni kelgusida batafsil keltiradi), yoki turli firqalarning tortishuviga doir xusumatlardir, ko‘p qismi botil va befoyda, inson tabiatiga malol keladi, quloqlar eshitishni yoqtirmaydi. Ba’zilarining dinga umuman aloqasi yo‘q va ilk asrda (sahobalar davrida) mavjud bo‘lmagan narsalardir. Ular bilan ovora bo‘lish, shubhasiz, bid’at.

Lekin hozirgi kunda holat o‘zgardi. Agar Qur’oni karim va sunnati nabaviya ko‘rsatmalaridan chalg‘ituvchi bid’at sodir bo‘lsa, bir toifa odamlar chiqib, shunga o‘xshash boshqa bid’atlarni ham jamlab, u haqda kitoblar yozishyapti. Bas, shuning bilan mahzur (ya’ni, shug‘ullanish mumkin bo‘lmagan narsa) zarurat hukmi bilan ruxsatli bo‘ldi. Agar bid’atchi o‘z tashviqoti bilan bid’atiga da’vat qilgan bo‘lsa, shunga muqobil darajada javob berish farzi kifoyaga aylandi. Albatta, buning chegarasi bor. Inshaalloh, bu haqda kelgusi bobda zikr qilamiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:32:09
Falsafa butun boshli bir fan emas, balki to‘rt qismdan iboratdir. Birinchisi: handasa va hisob ilmi (geometriya va matematika). Bu ikkalasi, avval zikr etilganidek, o‘rganish muboh bo‘lgan ilm. Ularni o‘rganish faqatgina umumiy mazmum darajaga o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan odamga man’ qilinadi. Binobarin, bu ikki ilm bilan shug‘ullanuvchilarning ko‘pchiligi bid’at chegarasigacha chiqib ketishgan. Ba’zi odamlarni bu ilmlarni o‘rganishdan qaytarish ularning mahzurligi uchun emas (balki odamlarning irodasi zaifligidan). Bu hol suzishni bilmaydigan bolaning anhor bo‘yida turishidan yoki  Islomga yangi kirgan odamning kufrga kirib ketishidan qo‘rqib, kofirlarga aralashishdan qaytarilganiga o‘xshaydi.

Ikkinchisi: Mantiq ilmi. Bu ilm dalil va uning shartlari, had va uning darajalari haqida bahs yuritadi.

Uchinchisi: Ilohiyot ilmi. U Alloh subhonahu va taoloning zoti va sifatlari haqida bahs yurituvchi fandir. Bu fan kalom ilmi sanaladi. Faylasuflar ilohiyat fanidan ayri bir ilm yaratib, ajrab chiqishmagan. Balki ayrimlari kofir, ayrimlari bid’atchi bo‘lib, mazhablarga bo‘linib ketishgan. Mu’tazila mustaqil ilm emas, balki uning ahli mutakallimlar, bahslashuvchilar va mutafakkirlardan iborat toifadir. Ular ham botil mazhablarga ajrab ketganlar. Faylasuflar ham xuddi shunday.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:32:31
To‘rtinchisi: Tabiiy fanlar ilmi. Bulardan ba’zilari shariat va dinga teskari keladi. Ular ilm emas, balki jaholatdir. Yana ba’zilari borliqdagi jismlarning xususiyatini, qanday qilib boshqa shaklga o‘tishlari va o‘zgarishlarini tadqiq qiladi. Bu narsa tabiblarning qarashiga o‘xshaydi. Faqat tabiblar inson tanasiga qanday kasallanish va qanday sog‘ayish xususiyatlari jihatidan, tabiiy fan olimlari esa, jismlarning o‘zgarishi va harakatlanishi jihatidan qaraydilar. Lekin tabibning ulardan afzalligi bor, chunki tabib inson salomatligi uchun harakat qiladi. Ammo tabiiy fan olimlarining ilmiga hojat yo‘qdir. U ilmlarni o‘rganishga ruxsat berilgani esa, bid’atchilarning xom xayollaridan avom xalqning e’tiqodlarini asrash uchundir. Xullas, kalom ilmining paydo bo‘lishi bid’atchilarning chiqishi bilan bog‘liq. Binobarin, arablarning zulmi va ularning yo‘lto‘sarliklari paydo bo‘lishi bilan hajga boruvchilar yo‘liga qo‘riqchilar ijaraga olina boshladi, agar arablar dushmanchiliklarini tark etsalar, qo‘riqchini ijaraga olish shart bo‘lmas edi. Bid’atchi ham o‘zining botil da’volarini tark qilsa, sahobalar davridagi ilmlar kifoya qilib, kalom ilmini o‘rganishga extiyoj tug‘ilmasdi. Shunday ekan, mutakallimlar dindagi darajasini bilsin. Ularning dindagi o‘rni haj yo‘lidagi qo‘riqchi kabidir. Agar qo‘riqchi faqat qo‘riqchilik uchun mas’ul bo‘lsa, u hojilar qatorida bo‘lmaydi. Mutakallim ham oxirat yo‘lidan yurmasa, qalbini yomonliklardan asramasa, uning salohiyati bilan shug‘ullanmasa, faqat munozara va mudofaa uchun harakat qilsa, din ulamolari safida bo‘lmaydi. Mutakallimning dindagi ulushi faqat aqida bo‘lib, unga avom xalq ham sherikchilik qiladi. Bu (ya’ni, aqida) qalb va tilning zohiriy amallaridan iboratdir. Mutakallim avom xalqdagi sog‘lom aqidani qo‘riqlashi va mujodala qilishi bilan ajralib turadi. Alloh taoloni Uning sifatlari va af’ollarini tanish va mukoshafa ilmidagi biz ishora qilgan narsalar kalom ilmining barcha jihatlarini o‘rganishdan hosil bo‘lmaydi. (Hatto kalom ilmi bularni o‘rganishdan to‘sib, mone’lik qilishi ham mumkin.) Albatta, unday ma’rifatga Alloh subhonahu va taolo hidoyatga debocha qilib qo‘ygan mujohada (nafsga qarshi kurashish) bilan yetiladi. Shuning uchun Alloh taolo:

«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan — kurashgan zotlarni, albatta, O‘z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir» (Ankabut, 69-oyat), degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:33:01
Agar sen: «Mutakallimlar avom xalqning aqidasini bid’atchilardan qo‘riqlovchi, dedingiz, ularning darajasini esa, arab yo‘lto‘sarlarining hujumidan hojilarning mol-mulklarini himoya qiluvchilarga qiyosladingiz. Bu bilan faqihning darajasini sulton kabi ba’zi odamlar ba’zilariga qiladigan dushmanchiligini to‘sadigan qonunning nazoratchisi qilib ko‘rsatdingiz, holbuki, qo‘riqchilik va nazoratchilik din ilmiga nisbatan ancha past daraja. Millatning fazilat bilan mashhur bo‘lgan ulamolari faqihlar va mutakallimlardir. Ular Alloh taolo huzurida xalqning afzalidirlar. Qanday qilib, din ilmiga mansub zotlarni past darajaga tushirib qo‘ydingiz», desang, bilgilki, kim haqni shaxslar bilan tanisa, u zalolat sahrolarida hayratga tushib qolibdi. Agar haq yo‘lda yursang, haqni tanisang, haqni tamsil etganlarni ham  taniysan.

Agar sen odamlar o‘rtasida yuksak darajalari bilan mashhur bo‘lgan kishilarga boqib, ularga taqlid qilish bilan qanoatlansang, sahobalarning yuksak martabalaridan g‘aflatda qolasan. Men zikr qilib o‘tgan olimlar sahobalarni (barcha ilm sohiblaridan) oldinda ekanliklariga ijmo’ qilishgan. U zotlarning dinda peshqadamliklari kalom va faqih ilmi tufayli emas, balki oxirat ilmi va uning yo‘lidan yurganliklari tufaylidir.

Abu Bakrning (r.a.) boshqalardan ustunliklari ko‘p ro‘za tutish, ko‘p namoz o‘qish yoki ko‘p hadis rivoyat qilish, fatvo berish yoki gapirish boisidan emas, balki qalblariga mustahkam o‘rnashgan narsa tufaylidir. Bunga Rasullar sayyidi (sollallohu alayhi vasallam): «Abu Bakrning fazli namoz va ro‘zaning ko‘pligi bilan emas...» deya guvohlik berganlar.73 Demak, sen Abu Bakrni ana shu cho‘qqiga olib chiqqan sirni bilishga qiziq. U sir nafis javhar, yashiringan yoqutdir. Sen ifodasi cho‘zilib ketadigan, turtki va sabablar tufayli izzat-hurmat qilinadigan narsani tashla.


73. Termiziy Abdulloh ibn Muzaniydan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:33:37
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) vafot qilganlarida ortlarida  Allohni tanigan minglab olim zotlar-sahobalar qoldi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularni maqtaganlar. Vaholanki, ularning birortasining kalom ilmidan xabari yo‘q edi, bir nechtasidan boshqasi fatvoga o‘zini loyiq bilmasdi. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) biror masala so‘ralsa, u zot: «Falonchi amirdan borib so‘ra. Chunki muammo va hukmlarda xulosa chiqarib, fatvo berish valiy va sultonlarning ishi», der edilar.

Hazrati Umar (r.a.) vafot etganlarida Ibn Mas’ud: «Ilmning o‘ndan to‘qqiz qismi ketdi», dedilar. U kishiga: «Oramizda shunday sahobalar turib, shunday deysizmi?» deyishganida, u zot: «Men fatvo va hukm chiqarishni ko‘zda tutmayapman. Balki  Alloh taoloni tanish ilmini aytyapman», deb javob berdilar.

Ibn Mas’ud (r.a.) ushbu so‘zlari bilan kalom va jadal (munozara) ilmini ko‘zda tutgan deb o‘ylaysanmi? Nima uchun Hazrati Umarning vafoti bilan o‘ndan to‘qqizi o‘lgan ilmni o‘rganishga qiziqmayapsan? Vaholanki, kalom va jadal ilmining eshigini yopgan u kishidir. Sabi’ ibn Sharik degan kishi, ikki oyati karima bir-biriga qaramaqarshi kelyapti, deb savol berganida, unga darra urib, Basraga surgun qilganlar va odamlarni undan uzoqroq yurishga buyurganlar.

Mutakallim va faqihlarni mashhur olimlar, deyishingga kelsak, bilgilki, Alloh huzuridagi fazilatga yetish bilan odamlar orasida erishiladigan obro‘-shuhrat boshqa-boshqa narsa. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) shuhratlari u kishining xalifaliklari sababli, ammo fazilatlari esa, qalblarida e’zozlangan sir tufayli bo‘lgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:33:45
Hazrati Umarning (r.a.) shuhrati siyosatlari tufayli, fazilatlari esa, vafotlari ila o‘ndan to‘qqizi o‘lgan Alloh taoloni tanish ilmi bilan edi. U kishining adolati va xalqqa nisbatan mehribonligi Alloh taologa yaqinlik hosil qilish uchun edi. Bu narsa Umarning (r.a.) ichida yashiringan fazilatdir. Zohiriy amallari esa, mansab, obro‘ qozonishni istovchi va shuhratga qiziquvchi kishilarda ham sodir bo‘lishi mumkin. Bas, shuhrat halokatga eltuvchi ofatdir. Fazilat esa, hech kimga oshkor bo‘lmaydigan bir sir. Binobarin, faqih va mutakallimlar obro‘ va fazilat masalasida xalifa, qozi va boshqa ulamolarga o‘xshab ketadi va bir necha xil bo‘ladi. Ularning ichida ilmi va fatvosi bilan dong taratishni istamaydigan, balki Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlarini himoya qilib, Alloh taoloning roziligini istaydiganlari bor. Ana o‘shalar Alloh taoloning roziligini tutgan zotlardir. Ularning Alloh taolo huzuridagi fazilatlari ilmlariga amal qilganlari va o‘z qarashlari hamda fatvolari bilan Alloh taoloning roziligini iroda etganlari uchundir. Albatta, har bir ilm amaldir. Chunki u kasb qilib egallanadi. Ammo amal-fe’l, ilm emasdir. Tabib Alloh taologa ilmi tufayli yaqin bo‘ladi. Bas, u ilmi bilan Alloh subhonahu va taolo uchun amal qiladi va shu ilmi orqali mukofotlanadi. Sulton ham Alloh uchun xalqning o‘rtasida vositachilik qiladi va Alloh huzurida mukofotlangan, rozi qilingan bo‘ladi. U din ilmiga kafil bo‘lgani uchun emas, balki o‘z ilmi tufayli qilgan amali bilan Alloh taologa yaqinlikni qasd etgani uchun mukofotlanadi.

Alloh taologa yaqinlik hosil qiluvchi narsalar uch qism:
1.   Mujarrad (yolg‘iz) ilm . U mukoshafa ilmi.
2.   Mujarrad (yolg‘iz) amal. Masalan, sultonning adolati va xalqni adolat ustida ushlab turishi.
3.   Ilm va amaldan tarkib topgan harakat. U oxirat yo‘lining ilmidir. Uning sohiblari barcha olimlar va amal qiluvchilardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:33:54
Sen nafsingga bir boq: qiyomat kuni Allohning ulamolari orasida bo‘lasanmi yoki Alloh uchun amal qiluvchilar bilan bo‘lasanmi yoxud ikkala ishni ham qilganlar bilanmi? Xohlaganingga qo‘shilib, ulushingni ol. Bu ish sen uchun o‘sha mashhurlarga taqlid qilishingdan muhimroqdir.
Bir she’rda aytilganidek:
Eshitganlaringni tashla, ko‘rganingni ol,
Quyoshda Zuhaldan behojat etguvchi nur bor.


Bu aytilganlarga qo‘shimcha tarzda avval o‘tgan faqihlar hayotidan lavhalar keltirib o‘taman. Sen bu hikoyalarda faqihlarga taqlid qilganlarning ularga zulm etishganini ko‘rasan. U muqallidlar qiyomat kuni faqihlarning eng katta xusumatchilaridan bo‘ladi. Chunki faqihlar ilmlari bilan faqat Alloh taoloning roziligini maqsad qilganlar. Ahvollaridan ko‘rinmoqdaki, ular oxirat ulamolaridandir. Oxirat ulamolarining alomatlari bobida buning bayoni keladi. Binobarin,  faqih zotlar faqat fiqh ilmi bilan chegaralanib qolmay, qalb ilmi va uni nazorat qilish bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar. Lekin qalb ilmi haqida kitob yozishdan ularni qaytargan narsa sahobalarning fiqhni, fatvo ilmini juda yaxshi bilaturib, u haqda kitob yozishdan tiyilganlaridir. Sahobalarni bu ishdan to‘sgan omillar aniq-ravshan bo‘lib, ularni zikr etishga hojat yo‘q.*

Hozir endi yuqorida aytganimizdek, faqihlarning hayotlaridan so‘z yuritamiz. Bu so‘zlar ularga ergashyapmiz deb, so‘ng amallari va xulq-atvorlarida u zotlarga xilof ish tutganlarga ta’nadir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:34:03
Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko‘p bo‘lgan zotlar beshtadir:
Imom Shofe’iy (r.a.), Imom Molik (r.a.), Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.), Abu Hanifa (r.a.), Sufyon Savriy (r.a.).

Ularning har biri obid, zohid, oxirat ilmining olimi,  xalqning dunyosini isloh qiluvchi faqih, ilmi bilan Alloh taoloning roziligini istagan zotlar bo‘lishgan.

Zamonamiz faqihlari mana shu besh xislatdan faqat bittasigagina ergashdilar. U ham bo‘lsa, fiqhning far’iy masalalariga chuqur kirish va mubolag‘a qilishdir. Zero,  to‘rt xislat faqat oxirat uchun manfaatlidir. Bitta bu xislat (ya’ni, faqihlik) dunyo va oxirat uchun salohiyatli bo‘ladi. Agar uni oxiratni ko‘zlab o‘rganilsa, dunyo uchun manfaati ozdir. Zamonamizdagi faqihlar fiqhning far’iy masalalariga chuqur ketib, ulug‘ faqihlarga o‘xshashni da’vo qiladilar. Ularning da’volari haqiqatdan shu qadar uzoqki, temirchilar bilan farishtalarni muqoyasa qilishga o‘xshaydi. Quyida buyuk faqihlarning mana shu besh xislatga dalolat qiladigan holatlarini keltirib o‘tamiz. Ularning fiqh ilmidagi ma’rifatlari ochiq-ravshan ko‘rinib turibdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:34:11
Imom Shofe’iy rahimahulloh.

U kishining obidliklariga dalolat shuki, kechani uch qismga bo‘lib, bir qismida ilm tahsil qilganlar, bir qismida ibodat bilan shug‘ullanganlar va bir qismida uxlaganlar.

Rabi’ aytadilar: «Imom Shofe’iy (r.a.) ramazon oyida Qur’oni karimni oltmish marta xatm qilar va bularning barchasini namozda o‘qir edilar». Shogirdlaridan bo‘lgan Buvaytiy ramazon oyida har kuni  bir marta Qur’oni karimni xatm qilardilar. Hasan Karobiysiy aytadilarki: «Men Imom Shofe’iy bilan bir necha bor tunab qoldim. U kishi kechaning uchdan bir qismida namoz o‘qirdilar. Namozlarida ellik oyatdan ko‘p, yuz oyatdan oshirmay o‘qiganlarini ko‘rdim. Rahmat oyatini o‘qiganlarida o‘zlari va barcha mo‘min-musulmonlar uchun Alloh taolodan rahmatini, azob oyatini o‘qiganlarida o‘zlari va mo‘minlar uchun  najot berishini so‘rar edilar. U zotda xavf bilan rajo birdek jamlangandek edi».

Sen u kishining Qur’onning sirlarini bilishlariga  va uning ma’nolarini tadabbur qilishlariga qaramay, ellik oyat bilan kifoyalanishlari nimaga dalolat qilishini bir o‘ylab ko‘r.

Imom Shofe’iyning o‘zlari aytadilar: «Men o‘n olti yildan beri to‘yib ovqatlanmadim. Zero, to‘yib ovqatlanish badanni og‘irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi». Qorin to‘q bo‘lishining ofatlarini bayon qilishlaridagi hikmatlarini fikr et, ibodatdagi g‘ayratlariga qara. U zot ibodat uchun to‘yib ovqat yeyishni tashladilar. Hukamolar aytadilarki, ibodatning sarmoyasi kam yeyishdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:34:19
Imom Shofe’iy (r.a.) yana aytadilar: «Men xoh rostgo‘y bo‘lay, xoh yolg‘onchi bo‘lay, hech qachon Alloh taolo nomi bilan qasam ichmadim». Endi u kishining Alloh taologa bo‘lgan izzat-ikromlarini taammul et.

Bu hol u zotning Alloh taoloning buyukligini chuqur his etganlariga dalolatdir. 

Imom Shofe’iy (r.a.) bir safar bir masaladan so‘ralganlarida, sukut qilib qoldilar. «Alloh rahmat qilgur, javob bermaysizmi?» deyishdi. U kishi: «Sukutim afzalmi yoki javobimmi, bilib olay», dedilar. Tiyish va idora qilish qiyin bo‘lgan tilga nisbatan u kishining ehtiyot bo‘lishlariga boq. Ko‘rinib turibdiki, u zot faqatgina fazilatga yetishish va savob uchun gapirganlar yoki sukut qilganlar.

Ahmad ibn Yahyo ibn Vazir aytadilar: «Bir kuni Imom Shofe’iy chiroq bozoriga chiqdilar, biz ham u kishi bilan birga chiqdik. Bir payt (bozorda) kimdir bir ilmli kishini so‘ka boshladi. Imom Shofe’iy (r.a.) shunda bizlarga burilib: «Tillaringizni fahsh so‘zlashdan saqlaganingiz kabi, quloqlaringizni ham fahshni eshitishdan  saqlanglar. Zero, fahshni eshitib turuvchi odam (gunohda) so‘zlovchi bilan sherikdir», dedilar».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:34:28
Binobarin, aqlsiz kishi o‘zining idishidagi (ya’ni, qalbidagi) eng jirkanch narsani sizlarning idishingizga ham ag‘darishga harakat qiladi. Agar aqlsizning so‘zi rad etilsa, yomon so‘zni so‘zlovchi badbaxt bo‘lgani kabi, uni rad etuvchi baxtiyor bo‘ladi.

Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Bir donishmand boshqa donishmandga maktub yozib, shunday debdi: «Senga ilm berildi. Endi sen ilmingni gunohlar zulmati bilan kir qilma. Agar kir qilsang, ahli ilm o‘z ilmlari nuri bilan sayr qiladigan kunda sen zulmatda qolib ketasan».

Imom Shofe’iyning zohidliklariga to‘xtalsak, o‘zlari bu haqda aytadilar: «Kim dunyo muhabbati bilan Xoliqning muhabbatini bir qalbda jamladim, desa, yolg‘on so‘zlabdi».

Hamidiy aytadilar: «Shofe’iy (r.a.) ba’zi valiylar bilan birga Yamanga bordilar. So‘ng u yerdan Makkaga qaytdilar. U kishiga shahardan tashqariroqda  chodir qurib berildi. Odamlar ziyoratga kela boshlashdi. U zotning yonlarida o‘n ming dirham bor edi, shu pulning hammasini ziyoratchilarga ulashib tugatmagunlaricha u yerdan ketmadilar. Bir kuni hammomdan chiqar ekanlar, hammomchiga ko‘pgina mol berdilar. Bir safar qo‘llaridan qamchilari tushib ketgan edi, bir odam qamchilarini olib berdi, u zot olib bergan kishiga ellik dinor berdilar».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:34:37
Imom Shofe’iyning saxovatlari hikoya qilayotganimdan ko‘ra mashhurdir. Zotan, zuhdning boshi saxovatdir. Kim nimani yaxshi ko‘rsa, uni mahkam ushlaydi. Molk-mulk faqat ko‘ziga dunyo arzimas bo‘lib ko‘ringan odamgagina qiymatsizdir, uni qiyinchiliksiz tarqatib yubora oladi. Bu ish aynan zuhddir. U zotning saxovatpeshaliklari zuhdlarining kuchiga, Alloh taolodan qo‘rqinchlarining qattiqligiga dalolat qiladi.

Oxirat dardi bilan mashg‘ul ekanliklariga esa, quyidagi voqea misol bo‘ladi. Sufyon ibn Uyayna «Raqoiq»dagi bir hodisani rivoyat qilganlarida, Imom Shofe’iy hushlaridan ketdilar. Shunda odamlar Sufyonga: «Shofe’iy o‘lib qoldi», deyishdi. Sufyon (r.a.): «Agar u o‘lgan bo‘lsa, zamonasining eng afzal kishisi o‘libdi», dedilar.

Abdulloh ibn Muhammad Baloviy rivoyat qilib aytadi: «Umar ibn Nabota bilan birga zohid va obid zotlarni zikr qilib o‘tirgan edik, Umar menga: «Men Muhammad ibn Idris Shofe’iydan ko‘ra taqvoliroq va faqihroq kishini ko‘rmadim», deb shuni so‘zlab berdi: «Men Horis ibn Labid bilan Safo tog‘iga chiqdim. Horis Solih Marriy degan zotning shogirdi bo‘lib, xush ovoz edi. U Qur’oni karimni o‘qiy boshladi:

«Bu (Kun) ular so‘zlay olmaydigan va ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kundir» (Mursalot, 3536), oyatini o‘qiganida, Imom Shofe’iyning ranglari o‘zgarib, badanlari qaltirab, qattiq iztirobga tushib, hushdan ketib yiqilganlarini ko‘rdim. Vaqt o‘tib, hushlariga kelib: «Allohim, yolg‘onchilar maqomiga tushishdan, g‘ofillarning yuz o‘girishidan Sendan panoh tilayman. Ey Allohim, oriflarning qalblari bo‘yinsundi va Senga mushtoqlarning gardanlari bukildi. Ilohiy, menga karamingdan ato et, himoyang ila meni o‘ra va muborak yuzing hurmatidan nuqsonimni kechir», derdilar».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:34:45
So‘ng Umar ibn Nabota ketdilar. Biz ham qaytdik. Men Bag‘dodga keldim, Imom Shofe’iy ham Iroqda ekanlar. Namozga tahorat olish uchun daryo labida o‘tirsam, bir odam oldimdan o‘tib menga: «Ey yigit, tahoratingni chiroyli qil, Alloh taolo dunyo va oxiratingni chiroyli qiladi», dedilar. O‘girilib qarasam, menga gapirgan odamning orqasidan bir jamoat ergashib ketyapti. Tezda tahoratimni olib, orqalaridan ergashdim. U kishi o‘girilib: «Menda ishing bormi?» deb so‘radilar. Men: «Ha, Alloh sizga bildirgan narsadan menga biror narsa o‘rgating», dedim. Shunda u kishi: «Bilginki, kim Alloh taoloni haq deb hisoblasa, u Alloh azobidan qutulibdi, kimki diniga ehtiyot bo‘lsa, halokatdan omon qolibdi va kimki bu dunyoda zohid bo‘lsa, ertaga Alloh taoloning bergan savoblarini ko‘rib, ikki ko‘zi quvnaydi», dedilar. So‘ng: «Ziyoda qilaveraymi?» deb so‘radilar. Men: «Ha», dedim. U kishi: «Kimda uch xislat bo‘lsa, iymonini mukammal qilibdi: amri ma’ruf qilib, o‘zida tadbiq etsa, yomonlikdan qaytarib, o‘zi ham qaytsa va Alloh taoloning hududlarida o‘zini sotmasa», dedilar. So‘ng yana: «Ziyoda qilaveraymi?» deb so‘radilar. Men «Ha, ziyoda qilavering», dedim. U kishi: «Sen dunyodan yuz o‘girib, oxiratga qiziquvchi bo‘l va oshkorayu maxfiy ishlaringda Allohni rost bil, shunda najot topganlar bilan birga sen ham najot topasan», dedilar. So‘ng ketdilar. Men u kishining kimligini so‘radim. Odamlar: «Imom Shofe’iy», deyishdi».

U zot Qur’oni karimni eshitganlarida hushlaridan ketib qolganlariga, qilgan pand-nasihatlariga e’tibor ber, bular u kishining zuhdlari va Allohdan  xavflari qanday bo‘lganiga dalolat qilmoqda.

Ushbu xavf va zuhd faqat nomi ulug‘ va aziz bo‘lgan Allohni tanish tufayli hosil bo‘ladi. Albatta, bu gap  «Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur», degan oyati karimaga muvofiqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:34:54
Imom Shofe’iy (r.a) bu zuhd va xavfni  salam, ijara va boshqa fiqhiy ilm kitoblaridan hosil qilmaganlar, balki Qur’oni karim va hadislardan chiqarilgan oxirat bilimlaridan olganlar. Zero, avvalgi-oxirgilarining hukmi Qur’on bilan bog‘liq. U zotning qalb sirlari va oxirat bilimlari olimi ekanliklarini quyida rivoyat qilinajak hikmatlardan bilib olasan.

Imom Shofe’iydan (r.a.) riyo haqida so‘rashganda, u kishi xotirjam tarzda: «Riyo bir fitnadir. Hoyu havas bu fitnani ulamolarning qalb ko‘zlari ro‘parasiga osib qo‘ygan. (Ulamolar) nafslaridagi yomon xohish tufayli u pardaga qaradilar. Natijada qilgan amallarini bekor qildilar», deb javob berdilar.

Imom Shofe’iy (r.a) aytadilar: «Agar sen qilgan amalingda g‘ururga ketishdan qo‘rqsang, (qilgan amaling bilan) kimning roziligini izlayotganingga, qaysi savobni istayotganingga, qaysi azobdan qo‘rqayotganingga, qaysi ofiyat uchun shukr qilayotganingga va qaysi balo-ofatlarni eslayotganingga qara. Agar sen ushbu xislatlardan biri haqida fikr yuritsang, qilgan amaling ko‘zingga kichik ko‘rinadi».

U zot riyoning haqiqati va g‘ururning davosini qanday bayon etganlariga qara (va fikr qil). Riyo bilan g‘urur qalbning katta ofatlaridandir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:35:07
Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Kim qalbini gunohdan saqlamasa, unga ilmi naf bermaydi».

U kishi yana aytadilarki: «Kim ilmi bilan Alloh taologa itoat etsa, ilm uning ma’naviyatiga naf beradi».

Yana aytadilar: «Har kimning yaxshi ko‘ruvchi va yomon ko‘ruvchi kishisi bor. Mudom ish shunday ekan, sen Alloh taoloning toatida bo‘lganlar bilan birga bo‘l».

Rivoyat qilishlaricha, Abdulzohir ibn Abdulaziz degan solih va taqvoli kishi Imom Shofe’iydan (r.a.) taqvo haqida turli masalalar so‘rar, u zot uning taqvosi tufayli bergan savolini qabul qilib, unga javob berar edilar. Bir kuni u kishi Imomdan: «Sabr, mehnat, tamkin, bulardan qaysi biri afzal?» deb so‘radi. Shunda Imom Shofe’iy (r.a.): «Tamkin payg‘ambarlarning darajasidir. Tamkinga faqat mehnatdan so‘ng erishiladi. Kishi imtihon qilinsa (ya’ni, biror musibat bilan balolansa), sabr qiladi. Agar sabr qilsa, makon topadi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:35:17
Qara, Alloh azza va jalla Ibrohim alayhissalomni avval imtihon qildi, so‘ng makon berdi, Muso alayhissalomni imtihon qilib, so‘ng makon berdi, Ayyub alayhissalomni ham avval imtihon qilib, keyin makon berdi, Sulaymon alayhissalomga ham imtihondan so‘ng makon va mulk berdi. Tamkin darajalarning afzalidir. Alloh taolo:

«Shunday qilib, Biz Yusufni (Misr) zaminidan o‘zi xohlagan joyda manzil-maskan tutib yashaydigan maqomga erishtirdik.» (Yusuf surasi, 56-oyat), deydi. Shuningdek, Ayyub alayhissalomga ham og‘ir mehnat-mashaqqatdan keyin makon bergan. Bu haqda:

«Unga ahli oilasini va ular bilan qo‘shib, yana o‘shalarning mislicha bola-chaqa ato etdik» (Anbiyo surasi, 84-oyat), deb aytgan», deb javob berdilar.

Imom Shofe’iyning ushbu so‘zlariga e’tibor ber, Qur’onning asrorlarini qanday chuqur o‘rganganlariga, Alloh taoloning boshqa payg‘ambarlari maqomlarini qanchalik yaxshi bilishlariga nazar tashla.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:35:25
Alqissa, bularning barchasi oxirat ilmining natijasidir. Imom Shofe’iydan (r.a.): «Kishi qachon olim bo‘ladi?» deb so‘rashdi. U zot: «Agar bir ilmni o‘rganib, so‘ng boshqa ilmlarga yuzlanib, ulardan nimani bilmasligini tushunsa, shu payt olim bo‘ladi», deganlar.

Yunon hakimlaridan biri Jolinusga: «Sen bir xastalikka bir qancha narsalardan tarkib topgan dorini tavsiya qilasan», deyildi. Shunda u: «Dorilardan ko‘zlangan maqsad bitta (ya’ni, shifo), qolgani esa (unga yordamchi bo‘lib), dardni kesib turishi uchun qo‘llaniladi. Chunki yolg‘izlik qotildir», dedi.

Imom Shofe’iyning (r.a.) bu va bunga o‘xshash ko‘pgina misollari u zotning ma’rifatulloh va oxirat bilimida juda yuksak rutbada bo‘lganlariga dalolat qiladi. U zotning fiqh ilmiga bo‘lgan xohishlari va u haqdagi bahs-munozaralari Alloh rizosi uchun edi. Bunga quyida rivoyat qilingan so‘zlar dalolatdir.

U kishi aytadilar: «Odamlar ushbu fiqh ilmidan foydalanishlarini, ammo undan biror narsani menga nisbat bermasliklarini xohlar edim».

U zotning ilm ofatidan, shuhratdan saqlanishlariga nazar tashla. Ilmni yolg‘iz Alloh taolo roziligi uchun o‘rganib, obro‘-martabadan yuz o‘girishlariga, qalbni qanday toza tutganlariga qara.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:35:32
Imom Shofe’iy (r.a.): «Men hech kimsa bilan uning xato qilib qolishini istab bahs-munozara qilmadim», deydilar.

Yana u kishi: «Men kim bilan suhbatlashgan bo‘lsam, uning ilmga muvaffaq bo‘lishini, to‘g‘ri yo‘lda yurishini, Allohdan yordam olishini va Alloh taoloning rioyasi va hifzu himoyasida bo‘lishini xohladim. Kim bilan suhbatlashmayin, Alloh taolo haqni mening tilim bilan yuzaga chiqaradimi yoki uning tili bilanmi, menga hech farqi yo‘q», deydilar.

Va yana aytadilar: «Men haq va hujjatni biror kimsaga aytsam, u mendan qabul qilsa, men uni hurmat qildim va uning muhabbatiga ishondim. Kim haq va hujjatni qabul qilishda men bilan tortishgan bo‘lsa, uni nazarimga ilmadim va u bilan musohaba qilishni tark etdim».

Ushbu alomatlar u zot fiqh va fiqhiy bahslarda Allohning rizosini iroda qilganlariga dalolatdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:35:41
Endi, keyingilarning u kishidagi mazkur besh xislatdan faqat bittasiga ergashayotganiga qara. Hatto shu xislatga ham teskari ish tutmoqdalar. Shuning uchun Abu Savr (r.a.): «Men va boshqalar Imom Shofe’iydek (r.a.) kimsani ko‘rmadik», deganlar. Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Men qirq yildan buyon namozda Imom Shofe’iyning haqlariga duo qilaman», deydilar.

Sen duo qiluvchilarning insofiga nazar tashla va ushbu zotlarga ergashganlarini da’vo qilaturib, bir-birlarining nuqsonlarini o‘rganish uchun o‘rtalarida gina va adovat paydo etayotgan hozirgi ulamolarga qara. Ahmad ibn Hanbal Shofe’iyning (r.a.) haqlariga ko‘p duo qilganlaridan, o‘g‘illari u kishiga: «Shofe’iy qanday odamki, siz bunchalik uni ko‘p duo qilasiz?» deydi. Shunda Ahmad ibn Hanbal: «Ey o‘g‘lim, Shofe’iy (r.a.) dunyo uchun quyosh, odamlar uchun esa ofiyat beruvchi edi», deb javob berganlar. Yana u zot (r.a.): «Kimki qo‘liga siyohdon tutgan bo‘lsa, uning bo‘ynida Imom Shofe’iyning haqqi bor», der edilar. Yahyo ibn Said Hatton (r.a.): «Alloh taolo Shofe’iyga (r.a.) ilm eshigini ochib, ilmda haqqi rost qilgani uchun men qirq yildan beri o‘qiyotgan namozimda u kishini duo qilaman», deganlar.

Biz u kishining hayotlari haqida shu yozilganlar bilan kifoyalanamiz. Aslida, u zotning fazilatlari yozish bilan tugamaydi. Ushbu xabarlarning aksari Shayx ibn Nasr ibn Ibrohim Maqdisiyning (r.a) Imom Shofe’iy (r.a.) haqlarida yozgan kitoblaridan olindi.

Alloh u zotdan va barcha musulmonlardan rozi bo‘lsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:35:49
Imom Molik rahmatullohi alayh

Bu zot ham mazkur besh xislat bilan ziynatlangan edilar.

U zotdan bir kuni: «Ey Molik, ilm tolibi haqida nima deysiz?»  deb so‘rashdi. «Yaxshi, chiroyli hamda erta tongdan to kechga qadar senga kerak bo‘ladiganini o‘rgan», deb javob berdilar.

U kishi din ilmini o‘ta ehtirom qilardilar. Hatto hadis aytmoqchi bo‘lsalar, tahorat qilib, to‘shak ustiga o‘tirib, soqollarini tarab, xushbo‘yliklar sepib, o‘rinlariga viqor va haybat bilan o‘rnashib, so‘ng aytar edilar. «Nega unday qilasiz?» deb so‘rashganda, u zot: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) so‘zlarini ehtirom qilishni yaxshi ko‘raman», deganlar.

Imom Molik (r.a.) aytadilar: «Ilm nurdir. Alloh u nurni xohlaganiga beradi. U nur ko‘p hadis rivoyat qilishga bog‘liq emas». Bu ehtirom va ta’zim Alloh taoloning ulug‘ligini juda yaxshi taniganlariga dalolat qiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:35:57
Ilm tufayli Alloh taoloning rizosini iroda qilishlariga u kishining: «Din haqida bahs-jadal hech narsa emas» (ya’ni, insonga hech qanday naf bermaydi), degan so‘zlari dalolat qiladi. Yana, Imom Shofe’iyning: «Molikdan qirq sakkizta savol so‘raganimda, o‘ttiz ikkitasiga «bilmayman», deb javob berdi», degan gaplari ham dalolatdir.

Kim ilmi bilan Alloh taoloning rizosidan boshqa narsani xohlasa, uning nafsi «bilmayman» degan iqrorni aytishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun ham Imom Shofe’iy (r.a.): «Agar ulamolar zikr qilinsa, ular ichida Molik uchar yulduzdir. Men uchun Molikdan ko‘ra ishonchliroq odam yo‘q», deganlar.

Rivoyat qilishlaricha, Xalifa Abu Ja’far Mansur Imom Molikka «xotinini majburlab taloq qilish» haqidagi hadisni aytishni man’ qildi. So‘ng ortlaridan ushbu hadisni so‘rash uchun xufya odam yubordi. O‘sha odam so‘ragan edi, bir to‘p odamlar ichida: «Majburlangan odamning qilgan talog‘i taloq hisoblanmaydi», deb javob berdilar. Shundan so‘ng Xalifa u zotga darra urdirdi, lekin u zot o‘sha hadisni rivoyat qilishni tark etmadilar.

Imom Molik (r.a.) aytadilar: «Kishi yolg‘on gapirmasa, so‘zi rost bo‘lsa, Alloh taolo uning aqlini foydali qilib qo‘yadi va qariganda ham uni ofat va aql xastaligidan asraydi».

U kishining dunyodagi zuhdlariga quyidagi rivoyat dalolat qiladi:
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:36:10
Amirul mo‘minin Mahdiy  u kishidan: «Hovlingiz bormi?» deb so‘radi. U kishi: «Yo‘q, lekin sizga hovli haqida bir hadis aytib beraman. Men Rabi’a ibn Abu Abdurahmonning: «Kishining nasabi uning hovlisidir», deganini eshitganman», deb javob berdilar. Horun ar-Rashid u kishidan: «Uy-joyingiz bormi?» deb so‘radi. «Yo‘q», dedilar. Shunda Xalifa uch ming dinor berib, uy sotib oling, dedi. Imom Molik pulni oldilar, lekin uni ishlatmadilar. Horun ar-Rashid hajdan qaytayotganida Imom Molikka: «Siz biz bilan ketmog‘ingiz lozim. Chunki Hazrati Usmon (r.a.) odamlarni bir Qur’onga to‘plaganlari kabi, men ham odamlarni «Muvatto»ga to‘plashga qasd qildim», dedi. Shunda Imom Molik Xalifaga: «Odamlarni «Muvatto»ga to‘plashga yo‘l yo‘q. Chunki Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng u zotning sahobalari turli diyorlarga tarqalib ketgan, u yerlarda hadis aytganlar. Har bir shaharning olimi bor. Binobarin, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ummatimning ixtilofi rahmatdir», deganlar.74 Siz bilan ketishga ham yo‘l yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar bilsalar, Madina ular uchun yaxshidir», deganlar.75 Va yana: «Bosqon temirning zangini ketkizganidek, Madina ham odamlar gunohini ketkizadi», deganlar.76 Mana, sizning dinorlaringiz, shundayligicha turibdi, xohlang oling, xohlang olmang. Siz bergan narsangiz evaziga Madinadan ajrashni taklif qilyapsiz. Lekin men butun dunyoni Madinaga almashtirmayman», dedilar. Imom Molikning dunyodagi zuhdlari mana shunday edi. Turli tomondan kelgan molk-mulklarni yaxshilik yo‘lida tarqatib yuborar edilar. U kishining saxovatpeshaliklari dunyoga muhabbatlari ozligi va zuhdlari yuksakligiga dalolat qiladi. Zohidlik mol-mulkni yo‘q qilish emas, balki unga muhabbat qo‘yishdan forig‘ bo‘lishdir. Inchinun, Sulaymon (a.s.) ham o‘z mulkida zohidlardan edilar. Imom Molik dunyoni xaqir sanaganlar. Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Men Imom Molikning eshiklarida Xurosonning zotdor, chopqir otini va Misrning chiroyli xachirini ko‘rdim. Shunda Imom Molikka: «Muncha chiroyli», dedim. U kishi: «U senga mendan hadya bo‘lsin, ey Abu Abdulloh», dedilar. Men: «O‘zingizga qolsin, kerakli ulov», dedim. Shunda u kishi: «Men Allohning payg‘ambari (sollallohu alayhi vasallam) yotgan tuproqni ulov tuyoqlari bilan bosishga Alloh taolodan uyalaman», dedilar»


74. Hadis.
75. Muttafaqun alayh.
76. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:37:20
U kishining saxovatlariga nazar tashla, zero, Madinaning tuprog‘ini e’zozlaganlaridan mollarini birdan hadya  qilib yubordilar.

Ilmlari bilan Alloh taolo rizosini iroda qilganlari va dunyoni haqir sanaganlariga quyidagi rivoyat dalolat qiladi. U kishi aytadilar: «Men Horun ar-Rashid huzuriga kirsam, u: «Ey Abu Abdulloh, biznikiga tez-tez kelib turing, farzandlarimiz sizdan «Muvatto»ni eshitib turishsin», dedi. Men: «Mavloyimiz Amirul mo‘mininni Alloh taolo aziz qilsin. Bu ilm (asli) sizlardan (ya’ni, qurashiylardan) tarqalgan. Agar sizlar uni e’zozlasangiz, u aziz bo‘ladi, agar uni xorlasangiz, xor bo‘ladi. Ilmning huzuriga kelinadi, ammo ilm birovning huzuriga bormaydi», dedim. Shunda Xalifa: «To‘g‘ri so‘zladingiz», dedi va farzandlariga: «Masjidga chiqinglar, odamlar bilan birga (Imom Molikning darsini) eshitinglar», deb buyurdi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:37:29
Imom Abu Hanifa hazratlari

Bu muborak zot (r.a.) ham obid, zohid, orif, taqvodor, ilmi bilan Alloh taoloning rizosini istagan zot edilar.

U zotning obidliklari ushbu rivoyatlardan ham bilinadi. Ibn Muborak aytadilar: «Abu Hanifa (r.a.) muruvvatli edi, ko‘p namoz o‘qirdi».

Hammod ibn Abu Sulaymon: «Abu Hanifa (r.a.) kechaning hammasini bedor o‘tkazar edilar», deb naql qilgan.

Rivoyat qilinishicha, Imom A’zam avvalida kechaning yarmini bedor o‘tkazganlar. Bir kun yo‘lda ketayotsalar, bir odam sherigiga u kishini ishora qilib: «Bu odam kechaning hammasini bedor o‘tkazadi», debdi. Shundan keyin u zot: «Ibodatda o‘zimda yo‘q narsa bilan vasf etilishdan Alloh taolodan hayo qilaman» deb kechaning hammasini bedor o‘tkazganlar.

U kishining zohidliklari haqida Robi’ ibn Osimdan rivoyat etiladi: «Yazid ibn Umar ibn Hurayra u kishining Baytulmolga hokim bo‘lishlarini istab, meni u kishining huzurlariga yubordi. Kelib aytsam, u kishi rozi bo‘lmadilar. So‘ng Yazid Abu Hanifani yigirma darra urdirdi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:37:37
U zotning rahbarlikdan tiyilishlariga va azobni ko‘tarishlariga nazar tashla.

Hakam ibn Hishom Saqafiy aytadi: «Menga Shomda Abu Hanifa (r.a.) haqlarida aytib berishdi. U kishi omonatdorlikda odamlarning eng buyugidir. Sulton u kishiga davlat g‘aznasiga hokim bo‘lishni, yo‘qsa, gardanlariga darra urishini aytganida, Alloh taoloning azobidan sultonning azobini afzal ko‘rdilar».

Ibn Muborak (r.a.) huzurida Abu Hanifa (r.a.) zikr etilganida, «Dinidan qo‘rqib, undan qochgan odamni aytyapsizlarmi?» deganlari rivoyat qilinadi.

Muhammad Shujo’ ayrim do‘stlaridan rivoyat qiladi: «Imom Abu Hanifaga: «Amirul mo‘minin Abu Ja’far Mansur sizga o‘n ming dirham berishni buyurdi», deyishganida, Abu Hanifa (pulni olishga) rozi bo‘lmadilar. Pul olib kelinadigan kun u zot subh namozini o‘qidilar, so‘ng (hech kim bilan gaplashmay) kiyimlariga o‘ranib oldilar. So‘ngra elchi Hasan Qahtaba pulni olib kelib, huzurlariga kirdi, lekin u bilan gaplashmadilar. U kishining huzurlaridagilardan biri: «O‘zi biz bilan ham onda-sonda gaplashadilar», dedi. Shunda elchi: «Mana bu pullarni xaltachaga solib, uyning bir chekkasiga qo‘yib qo‘yinglar», dedi. Keyin Abu Hanifa (r.a.) o‘g‘illariga uydagi mol-mulklari xususida vasiyat qilar ekanlar: «Men o‘lsam, meni dafn qilganing zahoti bu o‘n ming dirhamni Hasan Qahtabaga olib borib ber va Abu Hanifaga qoldirib ketgan omonatingizni oling», deb ayt», dedilar. O‘g‘illari (Hammod): «Men otam aytganlarini bajardim. Shunda Hasan: "Alloh otangizni rahmat qilsin, u kishi dinlariga juda xasis edilar», dedi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:37:45
Rivoyat qilinishicha, u kishi qozilik mansabiga taklif qilinganlarida: «Men bu vazifaga loyiq emasman», dedilar. Yolg‘on aytyapsiz, degandek, «Nima uchun?» deyishdi. Shunda u kishi: «Agar rostgo‘y bo‘lsam, haqiqatdan qozilikka yaramayman. Agar (sizlar o‘ylayotgandek) yolg‘on so‘zlayotgan bo‘lsam, yolg‘onchi qozilikka yaramaydi», dedilar.

U kishining oxirat yo‘lini, din ishlarini va Alloh taoloni tanishlariga dunyodagi zuhdlar va Alloh taolodan qattiq qo‘rqishlari dalolat qiladi.

Ibn Jurayj (r.a.): «Menga sizlarning Kufangizdagi No‘’mon ibn Sobitning Alloh taolodan qattiq qo‘rquvchi ekani xabari keldi», deganlar.

Sharik an-Naxa’iy (r.a.): «Abu Hanifa (r.a.) uzoq sukunatli, doimiy tafakkurda bo‘lgan va odamlar bilan kam so‘zlashuvchi kishi edi», deganlar. Ushbu sifatlar u kishining botiniy ilmiga va din hikmatlari bilan mashg‘ul bo‘lganlariga ravshan alomatdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:37:53
Kimga sokinlik va zuhd berilgan bo‘lsa, demak unga ilmning barchasi berilibdi. Ushbu aytilganlar uch buyuk imomning holatlaridan bir parchadir.

Ammo Imom Ahmad ibn Hanbal va Sufyon Savriyga (r.a.) ergashuvchilar u uch imomga ergashuvchilardan ozdir. Sufyonning tobe’lari Ahmad ibn Hanbalnikidan ham ozroq. Lekin u ikkovlarining taqvo va zuhd bilan mashhurliklari barchaga ma’lum. Bu kitob u ikki zotning so‘zlari va amallari hikoyasiga  to‘la. Shuning uchun hozir buni yoritib o‘tirishga hojat yo‘q. Endi sen uch imomning siyratiga boq, ularning holatlari, so‘zlari va dunyodan yuz o‘girib, qilgan ishlarini, Alloh taolo uchun har narsadan o‘zlarini xalos  etganlarini taammul qil.

Fiqhning far’iy juz’lari bo‘lgan salam, ijara, zihor, iylo’, li’on ilmlarini bilishning o‘zigina beradimi yoki undan oliyroq va sharafliroq boshqa ilmmi?! Sen ushbu imomlarga iqtido qilganlik da’vosidagilarga nazar tashla, ular da’volarida sodiqmi, yo‘qmi?!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:27:40
 
Uchinchi bob
 Omma mahmud hisoblagan, ammo mahmud bo‘lmagan ilmlar haqida

Ushbu bobda ayrim ilmlarning gohida mazmum (qoralangan) bo‘lishi, fiqh, tavhid, tazkir va hikmat kabi ilmlar nomlarining o‘zgarishi, shar’iy ilmlarning mahmud va mazmum bo‘lgani miqdori bayon etiladi.
 
Mazmum bo‘lgan ilmni yomonlash illatining bayoni

Ehtimol sen: «Narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha bilmoq, tanimoq ilmdir. Va u Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Endi qanday qilib, narsa ilm, shu bilan birga, yana mazmum ham bo‘ladi», deyishing mumkin. Bilgilki, aynan ilmning o‘zi qoralanmaydi, balki uchta sababning biri tufayli bandalar qoralanadi.

Birinchi sabab – ilm o‘z sohibini yoki boshqalarni qandaydir zararga olib borishi. Masalan, sehr va tilsim  ilmlari, haq bo‘lsa-da, shu sabab tufayli yomonlanadi. Zero, Qur’oni karim sehrning borligiga guvohlik bergan. U erxotin o‘rtasini ajratib yuborishga sababdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham sehr qilinganlar77 va u sababli kasal bo‘lganlar. Bu haqda Jabroil (a.s.) Payg‘ambarimizga xabar bergan va u zot quduq tagidagi toshdan sehrni chiqarganlar. Sehr inson javharlarining xosiyatlari va yulduzlarning chiqishlarini hisob-kitob qilish orqali o‘rganiladigan ilmdir. Xosiyatlari ma’lum bo‘lgan javhardan sehr qilinadigan shaxsning shakli yasaladi va ma’lum yulduzlarning vaqti ko‘rib turiladi. Yulduzlar chiqishi bilan shariatga zid, kufr va fahsh so‘zlar o‘qiladi. Shu duo tufayli shaytonlardan yordam so‘raladi. Natijada Alloh taoloning joriy odati bilan sehr kishida g‘ayri oddiy holatlarni yuzaga keltiradi. Sehr ushbu sabablarni o‘rganish jihatidan mazmum emas, balki uni ishlatish faqat xalqqa zarar yetkazgani uchun yomondir. Yomonlikka vosita bo‘lgan narsa ham yomon sanaladi. Ilmning mazmum bo‘lishiga shu narsalar sabab bo‘ladi.


77. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:28:01
Bir odam Allohning  bir valiyini o‘ldirish uchun quvayotgan bo‘lsa, u valiy pana joyga yashirinib olsa, zolim uning yashiringan joyini so‘rasa, aytib berish joiz emas. Balki aldash vojibdir. Uning yashiringan joyini aytish zararga olib borgani uchun mazmumdir.

Ikkinchi sabab — ilm o‘z sohibiga (foydadan ko‘ra) ko‘proq zararli bo‘lishi. Masalan, nujum — yulduzlar ilmi. Bu ilmning ham aynan o‘zi mazmum emas.

Nujum ilmi ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism  hisob-kitob ilmi. Binobarin, Qur’oni karim oy va quyoshning sayr qilishi hisob-kitobli ekanini so‘zlagan. Alloh taolo:

«Quyosh ham, oy ham aniq hisob kitob bilan (joriy bo‘lur): «Biz oyni ham toki u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib, hilol holiga kelib) qolgunicha bir necha manzilga belgilab tayinlab qo‘ygandirmiz», degan.

Ikkinchi qism  hukmlar ilmi. Bu ilm bilan shug‘ullanish borliqdagi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning sababiga bog‘lab dalil chiqarishga olib boradi. Va u Alloh taoloning maxluqlari ustida odati va sunnatining joriy bo‘lishini bilishdan iborat. Lekin bu ilmni shariat mazammat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:29:58
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar qadar zikr qilinsa, tilingizni tiying, yulduzlar zikr qilinsa, tilingizni tiying va mening sahobalarim zikr qilinsa, (ular haqida yomon so‘z so‘zlashdan) tilingizni tiying», deganlar.78 Va yana: «Men ummatimga o‘zimdan keyin uch narsa kelishidan qo‘rqaman: imom (rahbar)lar zulmi, yulduzlarga ishonish va qadarni yolg‘onga chiqarish», deganlar.79

Umar ibn Xattob (r.a.): «Quruqlik va dengizda yo‘l topadigan miqdorda yulduzlar ilmini o‘rganing, so‘ng qolganidan o‘zingizni tiying», deganlar. Qolganini bilishdan qaytarishlari uch jihatga ko‘ra:

Birinchi jihat: u xalqning ko‘pchiligiga zarar yetkazadi. Chunki odamlarga falon yulduzlar harakati orqasidan mana bu hodisalar paydo bo‘ldi, deyilsa, ularning qalblariga mana shu yulduzlar hodisalarga ta’sirini o‘tkazuvchi va tasarruf qiluvchi ilohlar ekan, degan tushuncha o‘rnashib qoladi. Natijada qalb shu tushunchaga o‘ralib, yaxshilik va yomonlikning bo‘lish-bo‘lmasligini yulduzlarga bog‘liq deb biladi. So‘ng Alloh taoloning zikri qalbidan o‘chadi. Zaif kishi nazarini sabab-vositalar bilan cheklab qo‘yadi.

Ilmda mustahkam bo‘lgan kishi esa quyosh, oy va yulduzlar Alloh taoloning amriga bo‘ysundirilgan deb biladi.


78. Tabaroniy Ibn Mas’uddan hasan isnod bilan rivoyat qilgan.
79. Ibn Abdulbar Abu Mihjandan zaif isnod ila rivoyat qilgan. Alboniy sahih degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:30:53
Zaifning nazari bunday: U quyosh chiqsa, nuri taraladi deb biladi. Xuddi chumoli qog‘ozning ustiga chiqib qolib, yozilayotgan qora harflarni qalamning ishi deb o‘ylagani singari. Uning tushunchasi barmoqlarni, barmoqdan so‘ng qo‘lni, qo‘ldan so‘ng uni harakatga keltiruvchi irodani, undan so‘ng yozishni iroda qiluvchi qobiliyatli kotibni, undan so‘ng yozayotgan qo‘lga qobiliyatni va xohish-irodani bergan zotni mushohada qilishga yetmaydi.

Ko‘pchilikning tushunchasi eng quyidagi sabablarni ko‘rish bilan cheklangan. Sabablarning sababchisini ko‘ra bilishga aqllari qosirdir. Binobarin, mana shu narsa nujum ilmini o‘rganishdan qaytarish sabablaridan biridir.

Ikkinchi jihat: yulduzlarga qarab hukm chiqarish taxminiydir, u birorta shaxs haqida aniq yoki gumonli (yaqiyn va zon) xabar bermaydi. Taxmin bilan hukm chiqarish esa, jaholat bilan hukm chiqarishdir. Shunga ko‘ra, bu ilm  yulduzlar ilmi bo‘lgani uchun emas, jaholat bo‘lgani uchun yomonlanadi.

Xabarlarda yulduzlar ilmini bilish Idris alayhissalomga  mo‘’jiza qilib berilgani aytilgan. U kishidan so‘ng bu ilm insonlardan uzoqlashib, yo‘q bo‘lib ketdi. Munajjimlarning ayrim hollarda qilgan taxminlarining rost chiqishi faqat muvofiq kelib qolish bilan bog‘liq. Chunki munajjim ba’zi sabablarni biladi. Vaholanki, inson haqiqatni bilolmaydigan ko‘pgina shartlar borki, ularning orqasida musabbab (sababning natijasi) hosil bo‘ladi. Munajjim bilgan sabab Alloh taolo taqdir qilgan sabablarga to‘g‘ri kelsa, taxmini to‘g‘ri chiqadi. Yo‘qsa, xato qiladi. Bu hol to‘p-to‘p bulutlarning ketma-ket kelayotganini ko‘rganda, insonning bugun yomg‘ir yog‘adi, degan taxminiga o‘xshaydi. Gohida bulutlar tarqalib, kun isib ketadi, gohida aksi bo‘ladi. Chunki bu yerda inson bilmaydigan boshqa sabablar ham bor, yolg‘iz bulutning o‘zi yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lolmaydi. Yoki dengizchi shamollar haqidagi tajribasiga tayanib, kema falokatga yo‘liqmaydi, deb taxmin qiladi. Ammo shamollarda maxfiy sabablar borki, dengizchi ularni bilmaydi. Gohida uning taxmini to‘g‘ri chiqadi, gohida xato.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:31:33
Xullas, shu illatlar tufayli ham yulduzlardan so‘zlash man’ etiladi.

Uchinchisi: foydasi bo‘lmagan jihat. Chunki yulduzlar ilmining hisob-kitob va yo‘l topishdan ortiqchasini o‘rganish samarasiz narsaga sho‘ng‘ish va insonning eng qimmat boyligi bo‘lmish vaqtni foydasiz narsaga zoe’ ketkazishdir va bu narsa zararlarning dahshatlisidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir odamni ko‘pchilik o‘rab olganini ko‘rib, buning sababini so‘radilar. Odamlar: «Katta olim kishi ekan», deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi masalada?» deb savol qildilar. Ular: «She’r va arab nasablari bo‘yicha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Foyda bermaydigan ilm va zarar qilmaydigan johillik», dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng aytdilarki:  «Ilm  muhkam oyat, qoyim sunnat va odil faroiz (ya’ni, meros taqsimlash) ilmidir»80. Demak, yulduzlar ilmiga va shunga o‘xshashlarga kirishish jaholatga sho‘ng‘ish ekan. Alloh taoloning taqdir qilgani, albatta bo‘ladi, uni qaytarish mumkin emas.

Tib ilmi bundan mustasno, chunki unga hojat tushib turadi va uning ko‘pgina dalillarini bilish imkoni bor. Tush ta’biri ham mustasno, garchi u taxminga suyansa ham. Chunki tush payg‘ambarlikning qirq oltidan bir bo‘lagi bo‘lib, unda hech qanday xatar yo‘q.


80. Ibn Abdulbar Abu Hurayradan rivoyat qilib, zaif degan. Hadisni oxirgi qismini Abu Dovud, Ibn Moja va Hokimlar rivoyat qilishgan. Zahabiy va Alboniylar zaif deyishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:32:04
Uchinchi sabab — ilmga foydasiz sho‘ng‘ish. Bu ish ham ba’zi o‘rinlarda mazmumdir. Ilmning asosiylari qolib, noziklarini, ochiq-oydinidan avval maxfiylarini o‘rganish, ilohiyot sirlaridan bahs qilish shunga misol bo‘ladi. Faylasuflar va mutakallimlar qanchalik kirishmasinlar, ilohiy sirlarni mustaqil o‘zlari bila olmaydilar. Bu ilmga yetish va uning ayrim yo‘llaridan voqif bo‘lish faqat payg‘ambar yoki valiy zotlarga xosdir. Shunday ekan, odamlarni bu ilmdan qaytarib, shariat aytgan narsaga buyurish vojibdir. Va bu narsada tavfiq olishga qanoatlantiruvchi narsa bor. Qancha-qancha odamlar shu kabi ilmlarga sho‘ng‘ib, zarar ko‘rdilar. Agar ular chuqur ketmaganlarida, u ilm olib borgan narsadan ko‘ra, dindagi holatlarni yaxshiroq bilgan bo‘lardilar. Ba’zi odamlarga qush go‘shti, emizikli bolaga turli shirinliklar zarar qilgani kabi, ba’zi ilmlar ham ayrim insonlar uchun zararli ekani inkor etilmaydi. Balki ko‘p odamlarga ba’zi ishlarni bilmasligi foyda beradi.

Hikoya qilinishicha, bir odam tabibga xotini tug‘masligidan shikoyat qilibdi. Tabib xotinning tomiridan ushlab ko‘rib: «Farzandsizlikni davolashga hojat yo‘q, chunki siz qirq kun ichida o‘lasiz», debdi. Bu gapni eshitgan xotin qattiq dahshatga tushibdi. Hayoti ko‘ziga qorong‘u ko‘rinib, barcha mollarini chiqarib, faqirlarga ulashibdi, vasiyat qilibdi, yemabdi, ichmabdi. Ammo tabib aytgan muddat o‘tib hamki ayol o‘lmabdi. Er tabibga kelib: «Xotinim o‘lmadi-ku», debdi. Shunda tabib: «Men buni bilaman, hozir borib u bilan qo‘shil, tug‘adi», debdi. So‘ng aytibdiki: "U ozishi uchun uni o‘lim bilan qo‘rqitdim». Ushbu hikoya senga ba’zi ilmlarning xatarini his qilishingdan ogohlantiradi va Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Naf bermaydigan ilmdan Allohdan panoh tilaymiz»,81 degan so‘zlarining ma’nosini tushuntiradi. Bas, sen ushbu hikoyadan ibrat ol va shariat yomonlagan, qaytargan ilmlardan bahs yurituvchi bo‘lma. Sahobalarga ergash va sunnatga tobe’ bo‘lganlar bilan kifoyalan. Salomatlik ergashishdadir. Xatar esa narsalardan bahs qilish va o‘zboshimchalikdadir. Fikring, aqling, daliling, hujjating va gumoning bilan narsalarning haqiqatini tanish uchun bahs qilyapman, deb tortishishni ko‘paytirma. Ilm haqida fikr yuritishning nima zarari bor, ham dema. Albatta, u sening zararingga xizmat qiladi. Shundog‘ ham sen o‘zingga zarar qiladigan qancha narsalarni bilasan, agar Alloh taolo rahmati bilan qutqarmasa, bu bilishing oxiratda halokatga olib boradi.


81. Ibn Abdulbar Jobirdan (r.a.) hasan sanad bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:32:21
Bilgilki, tajribali tabib boshqalar bilmaydigan muolaja sirlarini bilgani kabi, payg‘ambarlar ham qalblarning davosini va oxirat hayoti sabablarini yaxshi biladilar. Ularning yo‘llariga qarshi hukm chiqarsang, halok bo‘lasan. Bir qancha kishilar borki, barmog‘iga bir yara chiqsa, o‘zicha uni davolamoqchi bo‘ladi. Tajribali tabib yarani tananing boshqa tomonidan davolashni uqtiradi. Holbuki, tomirlarning badanda qanday tarqalganini, joylashgan o‘rnini va tanani qanday o‘rab olganini bilmagan odam tabibning so‘zini aqldan yiroq sanaydi. Shuningdek, oxirat yo‘lidagi ishda, shariatning nozik maslak, odob va aqidalarida sir va nozikliklar bor, ularni tushunishga aqlning quvvati yetmaydi.

Masalan, toshlarda ajoyib xosiyat borki, hech kimsa ohanrabo temirni qanday qilib tortishi sababini bilishga qodir emas.

Shuningdek, aqida va amallarda ham g‘aroyibot va      ajoyibotlar bor, ular qalblarning musaffoligini, beg‘uborligini, tazkiyasi va Alloh taoloning (ma’naviy) qo‘shnichiligiga yetishish yo‘lidagi islohini ta’minlaydi. Ularning fazilatiga ro‘baro‘ bo‘lish foydasi dori-darmonlardan ko‘ra ko‘p va kattaroqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:32:53
Aql dorilarning manfaatini anglashga qosirlik qiladi, faqat tajribagina uni his etishga yo‘l ochadi. Shuning kabi aql oxirat hayotiga nima naf berishini anglay olmaydi, inchunun, tajriba yo‘li bilan ham his qilish imkoni yo‘q. Agar tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lsa va ayrim o‘liklar qayta tirilib, bizga foydali, maqbul, Alloh taologa yaqinlashtiradigan va Allohdan uzoqlashtiradigan amallarni aytib bersalar edi, aqlga kifoya qilardi. (Aqida masalalari ham shunday.)

Ammo o‘liklarning qayta tirilib, bizga xabar berishlari mumkin bo‘lmagan ish. Demak, aqling Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) keltirgan xabarlarni tasdiq qilishi va ishoralarining manbalarini anglab yetishi senga kifoya qiladi.

Tasarrufdagi bundan boshqa (foydasiz) narsalardan aqlni chetlat va (Qur’on va sunnatni) mahkam tut. Shundagina salomat bo‘lasan, vassalom. Shuning uchun ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, bir ilmda jaholat va bir so‘zda ojizlik bor»,82 deganlar. Ma’lumki, ilm jaholat bo‘lmaydi. Lekin johillik kabi zarar yetkazishi mumkin. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: «Tavfiqning ozi ilmning ko‘pidan yaxshi».83 Iso (a.s.): «Qancha-qancha daraxtlar bor, hammasi ham meva bermaydi, qancha-qancha mevalar bor, hammasi ham shirin emas, qancha-qancha ilmlar bor, barchasi birdek manfaatli emas», deganlar.


82. Abu Dovud Buraydadan rivoyat qilgan. Isnodida noaniq kishi bor.
83. Buning aslini topmadim. «Firdavs» kitobi sahibi Abu Dardodan qilgan rivoyatda zikr etgan. Alboniy zaif degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:33:09
Ilmlarning o‘zgartirilgan lafzlari bayoni

Bilgilki, mazmum (qoralangan) ilmlar bilan shar’iy ilmlarning aralashib ketishi natijasida mahmud (maqtovli) ilmlarning nomlari buzildi, o‘zgardi, fosid maqsadlar sababli o‘tmish solihlar so‘zlarini asl ma’nosidan boshqa ma’nolarga ko‘chirish kelib chiqdi.

Asl ma’nosi o‘zgargan lafzlar beshta: «fiqh», «ilm», «tavhid», «tazkir» va «hikmat». Ular mahmud ismlardir. Ular bilan din arboblari vasf etilgan. Lekin hozir bu lafzlar mazmum ma’nolar kasb etishi tufayli kishilar ushbu nom bilan sifatlanuvchidan nafratlanadi.

Birinchi lafz: «Fiqh». Bu nomga boshqa ma’nolar yuklanmay, ayrim masalalarga xoslab qo‘llangan. Zero, u fatvolarda kam uchraydigan far’iy masalalarni tanish, uning nozik illatlaridan va u haqda so‘zni ko‘paytirishdan tiyilish, unga aloqador bo‘lgan fikrlarni yod olishga aytilgan. Kim o‘sha far’iy masalalarga qattiqroq kirishgan va ko‘proq shug‘ullangan bo‘lsa, faqih deyilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:33:18
«Fiqh» so‘zi ilk (hijriy) asrda mutlaq oxirat ilmiga, amallarni buzuvchi narsalarni va nafs ofatlarining nozik jihatlarini tanishga, dunyo faqirligini kuchli  anglab, oxirat ne’matlari sari qattiq intilishga va qalbiga xavfni ustun qilishga qo‘llangan. Bunga Alloh taoloning:

«Dinni o‘rganib, qavmlari ularning oldilariga qaytgan   vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!» (Tavba surasi, 122-oyat) degan so‘zi dalolat qiladi. Oyati karimadan hosil bo‘lgan ma’no taloq, ‘itoq, li’on, salam va ijaraning far’iy masalalari emas, balki Allohning azobidan ogohlantirish va qo‘rqitishdir. Bu far’iy masalalar bilan na ogoh qilish va na  qo‘rqitish  hosil bo‘ladi. Balki ularni o‘rganishga kirishib ketish ko‘rib turganimiz kabi, qalbni qattiq qiladi,  qo‘rquvni ketkizadi. Alloh taolo:

«Ularning dillari boru anglay olmaydilar» (A’rof surasi, 179-oyat) degan. Alloh taolo bu oyatdan fatvolarni emas, iymon ma’nolarini ko‘zda tutgan.

(Shu yerda o‘quvchi noto‘g‘ri tushunib qolmasligi uchun, yuqoridagi jumlalarga izoh berishni lozim topdik. Ushbu kitobning sharhi «Itqof as-saodat» nomli asar muallifi alloma Sayyid Muhammad ibn Muhammad Husayniy az-Zubayda aytadilar: «Ushbu so‘zlar G‘azzoliyning zamonasiga xos. Chunki u paytda odamlar turli far’iy masalalarni yodlab olib, fitnalar ko‘paygan edi. Ammo hozirgi asrimizga ushbu so‘zlar dalil qilinmaydi». — Tarj.)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:34:05
Umrimga qasamki, fiqh bilan fahm bir ma’noni anglatgan ikki ismdir. U qadimda ham, hozirda ham shu ma’nosida ishlatiladi. Alloh taolo:
«(Ey mo‘minlar), aniqki, sizlar (munofiqlarning) dillarida Allohdan ko‘ra qo‘rqinchliroqdirsizlar. Bunga sabab, ular Allohning qudratini anglamaydigan qavm ekanliklaridir» (Hashr surasi, 13-oyat) degan. Alloh taolo ushbu oyatda munofiqlarning Allohdan qo‘rqinchi ozligiga va fahmlari kamligi bois ular maxluqning qudratini buyuk ko‘rishlariga ishora qilmoqda.

Sen nazar tashla, bu hol fatvolarning far’iy masalalarini yod olmagani natijasimi yoki biz zikr qilgan   ilmlarning yo‘qligi?!

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga vakil bo‘lib kelgan kimsalarni: «Faqihlar va olimlar», deganlar.84 Sa’d ibn Ibrohim az-Zuhriydan: «Madinaliklarning qaysilari faqihroq?» deb so‘rashganida, u kishi: «Alloh taologa taqvodorroq bo‘lganlari», deb javob berganlar. U kishi bu gaplari bilan fiqhning samarasiga ishora qilganlar.

Taqvo fatvo va hukmlarning emas, botiniy ilmlarning samarasidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Faqihlarning faqihi kim ekanini aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ha, ayting», deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Insonlarni Allohning rahmatidan umidsiz etmagan, ularni Allohning makridan xotirjam qilmagan, Allohning fazlidan noumid etmagan va boshqa kitoblarga qiziqib, Qur’oni karimni tashlamagan odam», dedilar.85


84. Abu Nu’aym, Bayhaqiy, Xatiblar Suvayd ibn Horisdan zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
85. Abu Bakr ibn Lol, Abu Bakr ibn Sunniy va Ibn Abdulbarlar Alidan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:34:45
Anas ibn Molik (r.a.) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Sahardan to quyosh chiqqunicha Alloh taoloni zikr qilayotgan qavm bilan o‘tirishim to‘rtta qul ozod qilishimdan mahbubroqdir»,86 degan hadislarini  aytdilar, so‘ng Yazid Raqqoshiy va Ziyod Numayriyga o‘girilib: «Zikr majlislari sizlarniki kabi uzundan-uzun va’z-nasihatlardan iborat bo‘lmagan. Bizlar o‘tirib iymon haqida so‘zlashar, Qur’onni tafakkur qilar, dinni birbirimizga tushuntirar va Alloh taoloning  ustimizdagi ne’matlarini sanab, tushunar edik», dedilar.

Anas (r.a.) Qur’on tadabbur qilishni va ne’matlarni sanashni, tushunish — fiqh deb aytganlar.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kishi bandalardan Alloh uchun g‘azablanmagunicha va Qur’onning ko‘p qirralarini ko‘rmagunicha haqiqiy faqih bo‘lolmaydi», deganlar.87 Yana Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) mana bu  so‘zlari Abu Dardodan mavquf holda rivoyat qilingan: «So‘ngra nafsiga yuzlanib, unga yanada qattiqroq nafratda bo‘ladi».

Farqad Sabxiy (r.a.) Hasan Basriydan (r.a.) bir narsa haqida so‘radi. U kishi javob berdilar. Farqad: «Fuqaholar sizning fatvolaringizga qarshi chiqmoqda», dedi. Shunda Hasan Basriy (r.a.): «Onang seni yo‘qotib qo‘ygur, Farqodcha, sen ko‘zing bilan faqihni ko‘rganmisan?  Dunyodan yuz o‘girib, oxiratga intilgan, dinni yaxshi tushunib, Rabbining ibodatida bardavom bo‘lgan, taqvoli, musulmonlarning nomuslaridan nafsini tiygan, ularning mol - mulklaridan behojat va ularning jamoatlariga nasihat qilib turuvchi kishi haqiqiy faqihdir», dedilar, fatvolarning far’iy masalalarini yod oluvchi, deganlari yo‘q.


86. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilgan.
87. Ibn Abdulbar Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilgan va  marfu’ deyish joiz emas degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:34:55
Men, «fiqh» degan nom, zohiriy hukmlardagi fatvolarni o‘z ichiga olmaydi, demoqchi emasman, lekin bu lafz umumiy va keng ma’nolarni qamrab olishini yoki boshqa ilmlarga far’iy masalalarni ham tobe’ qilish yo‘li bilan qo‘llanilganini aytmoqchiman. Ulamolar fiqh lafzini ko‘proq oxirat ilmiga qo‘llaganlar. Keyinchalik fatvo ilmiga xoslandi, natijada odamlarni oxirat ilmi va  qalbga tegishli hukmlardan qaytarib, zohiriy ilmlar bilan shug‘ullanishga undash paydo bo‘ldi. Ular tabiatlarida yordamchi topdilar. Chunki botiniy ilm yashirin bo‘lib, tagiga yetish mushkul va unga amal qilish qiyindir. U bilan rahbarlik, qozilik, obro‘-martaba va mol-mulkka yetishish mumkin emasligi tufayli shayton shariatda mahmud bo‘lgan fiqh nomini zohiriy ilmga xoslash bilan qalblarga chiroyli ko‘rsatish uchun yo‘l topdi.

Ikkinchi lafz: «Ilm». U Alloh taoloning oyatlarini va bandalari, maxluqlari haqidagi ishlarini bilishga qo‘llanilar edi. Hazrati Umar (r.a.) vafot etgan vaqtlarida Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Ilmning o‘ndan to‘qqizi o‘ldi», deya «ilm» lafzini «alif» va «lom» bilan ma’rifa qilib aytganlar. So‘ng uni Alloh taoloni bilish ilmi, deb tushuntirishdi. Odamlar ilm lafzini boshqa fanlarga qo‘llay ketishdi. Hatto u fiqhiy va fiqhiy bo‘lmagan masalalar haqida tortishadigan kishining bahs-munozarasi sifatida mashhur bo‘ldi. Shundan so‘ng: «U ilmda olim, u ilmda sher kabi», deyiladigan bo‘ldi. Kim fiqhiy masalalar ustida bahslashmasa, u bilan shug‘ullanmasa, zaiflar, ilmsizlar qatorida ko‘rildi, ilm ahlidan hisoblanmadi. Lekin ilm va ulamolarning fazilati haqida vorid bo‘lgan hadislarning ko‘pchiligi Alloh taoloni, Uning  hukmlari, af’ollari va sifatlarini bilgan ulamolar haqida kelgan. Hozir esa, ixtilofli masalalardagi tortishayotgan kishiga nisbatan qo‘llanilmoqda. Holbuki, u tafsir, hadis, mazhab ilmi va boshqa ilmlardan mutlaqo bexabar. Ilm lafzini o‘rinsiz yerlarda qo‘llash natijasida ilm talabida bo‘lgan bir qancha kishi bahsli va ixtilofli masalalar bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:35:09
Uchinchi lafz: «Tavhid». Bu ibora hozirgi paytda kalom san’atini va mujodala uslubini bilish, xusumatchisining ziddiyatli taraflarini o‘rganish, u haqda ko‘p savol berib, og‘iz ko‘pirtirish, shubhalarni qo‘zg‘ash va ularni mulzam qilish kabi ishlarga ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Hatto u bilan mashg‘ullardan bir toifasi o‘zlariga adolat va  tavhid ahli deya laqab qo‘yib olishdi va mutakallimlarni tavhid olimlari deya nomlashdi. Holbuki, bu yo‘lga xos bo‘lgan narsalardan birortasi ham ilk asrda ma’lum emas edi. Balki kim bahs-janjal va xusumat eshigini ochsa, sahobalar uni qattiq inkor qilardilar.

Ilk tinglashdayoq zehnlar qabul qilishga oshiqadigan, Qur’oni karim qamrab olgan zohiriy dalillardan iborat bilim barcha uchun ma’lum bo‘lgan ilmdir. Vaholanki, Qur’onni bilish ilmning hammasini bilish demakdir.  Tavhid, sahobalarning fikriga ko‘ra, ko‘pchilik kalomchilar tushunmaydigan boshqa ishdan iboratdir. Agar kalomchilar uni tushunganlarida edi, «tavhid» lafzi bilan o‘zlarini sifatlamagan bo‘lardilar. Tavhid ishlarning barchasini, sabab va vositalarga qaramagan holda, faqat Alloh taolodan deb bilishdir. Bas, neki yaxshi va neki yomon, faqat Allohdan. Bu narsa tavakkulni paydo qiladigan yuksak maqomdir. Uning bayoni hali «Tavakkul kitobi»da keladi.

Hamma narsani Allohdan deb bilish yana maxluqqa shikoyat etmaslik, ularga g‘azab qilmaslik va Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lish kabi mevalarni beradi. Mana, uning bir mevasi: Abu Bakr (r.a.) kasal bo‘lganlarida, u kishiga: «Sizga tabib chaqiraylikmi?!» deyishdi. Shunda u zot: «Meni kasal qilgan tabibning o‘zi», deganlar; yoki u kishidan: «Tabib kasalligingiz haqida sizga nima deyapti?» deb so‘rashganida: «Tabib menga, istagan narsamni amalga oshiruvchiman, dedi», deb javob qilganlar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:35:23
Tavakkul va tavhid kitoblarida bunga oid xabarlar keladi.

Tavhid nafis javhar bo‘lib, uning ikki qobig‘i  bor. Ularning bittasi ikkinchisiga qaraganda mag‘izdan uzoqroqdir. Odamlar esa, mazkur ismni qobiqqa va qobiqning himoyachilik san’atiga xoslashdi va asosiy mag‘izni unutib qoldirishdi.

Sen tiling bilan «la ilaha illalloh» deyishing birinchi qobiqdir. Bu iqror nasroniylarning uchlik e’tiqodlariga zid bo‘lgan tavhid. Lekin u ichi tashiga teskari bo‘lgan munofiqda ham sodir bo‘ladi.

Ikkinchi qobiq esa, iqrorning mazmuniga qalbda inkor va muxolifat bo‘lmasligi, qalbning zohiri unga e’tiqod qilishi, shuningdek, uni tasdiqlashidir. Mana shu ish avom xalqning tavhidi bo‘ladi. Kalomchilar, yuqorida aytilganidek, ushbu qobiqni bid’atchilarning chalg‘itishlaridan qo‘riqlovchilardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:35:53
Uchinchisi esa mag‘izdir. Mag‘iz — sabablarga hech bir nazar qilmasdan,  ishlarning barchasini Alloh taolodan deb bilish, Undan o‘zgaga ibodat qilmay, faqat Ungagina sig‘inishdir. Hoyu havasga ergashganlar ushbu tavhid doirasidan chiqadi. Chunki barcha hoyu havasga ergashuvchilar uni o‘zlariga ma’bud qilib olgandir. Alloh taolo:

«(Ey Muhammad) havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan kimsani ko‘rganmisiz?» (Josiya surasi, 23-oyat) deydi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Alloh taoloning nazdida yerda ibodat qilinadigan ilohlarning eng g‘azablisi hoyu havasdir», deydilar.88 Haqiqatdan ham ushbu xabarlarni taammul qilib, xulosa chiqargan odam butga ibodat qiluvchi butga ibodat qilmayotganini, balki havoyi nafsiga sig‘inayotganini ko‘radi. Zero, uning nafsi ota-bobolarining nafsiga moyildir. Natijada u shu maylga ergashadi. Nafsning urf-odatlarga moyil bo‘lishining bir ma’nosi hoyu havas deb nomlanadi.

Maxluqlarga g‘azablanish va ularga ba’zi hollarda murojaat qilish ham kishini ushbu tavhid doirasidan tashqariga chiqaradi. Chunki har narsani Allohdan deb bilgan odam qanday qilib birovga g‘azab qiladi. Tavhid mana shunday maqom, u siddiqlarning maqomi.


88. Tabaroniy Abu Umomadan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:36:01
Endi sen «tavhid» lafzi nima ma’nolarga o‘girilganiga va u qaysi qobiq bilan o‘ralganiga nazar tashla.  Uni maqtanish va faxrlanishda qo‘llash uchun oldilar. Bu hol bir odam tong ottirib, yuzini qiblaga burib:

«Men haq yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzimni osmonlar va yerni yaratgan Zotga qaratdim» (An’om surasi, 79-oyat), degan odamning quruq gapiga o‘xshaydi. Agar u qalbini xolis Alloh taologa qaratmagan bo‘lsa, demak, har kuni ushbu yolg‘on so‘zi bilan U zotga yuzma-yuz bo‘ladi. Ka’ba esa osmonlaru yerni yaratgan Zotning  tarafi emaski, unga yuzlangan odam Allohga yuzlangan hisoblansa. Agar u odam «yuzimni» deganda qalb yuzini iroda qilgan bo‘lsa, ana o‘sha talab etilgan ibodatdir. Endi qalbi shahvat va dunyo hojatlari ichida faromush bo‘lib, mol-dunyo jamlash, obro‘-martabaga yetishish haqidagi turli xayollarni o‘ylagan va o‘zini butunlay ularga qaratgan odamning so‘zi qanday qilib rost bo‘lsin?! Qanday qilib, osmonlaru yerni yaratgan Zotga yuzini qaratgan bo‘lsin?!

Holbuki, muvahhid — tavhid e’tiqodidagi kishi yolg‘iz Allohdan o‘zgani ko‘rmaydigan va yuzini faqatgina Unga qaratadigan kishidir. Ushbu holat Alloh taoloning:

«Alloh, deng. So‘ngra ularni o‘zlari sho‘ng‘igan (noto‘g‘ri yo‘llaridan adashgan) hollarida tark eting!» (An’om surasi, 91-oyat) degan so‘ziga o‘xshashdir.

Oyatdagi «Alloh, deng», degan so‘zidan maqsad til bilan aytish emas. Chunki til dilning tarjimoni bo‘lsa ham, goh rost, goh yolg‘on so‘zlaydi. Alloh taoloning nazarda tutgan joyi qalbdir. Qalb tavhidning manbai va ma’danidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:36:40
To‘rtinchi lafz: «Zikr  tazkir». Alloh taolo aytadiki:

«Va Qur’on bilan pand-nasihat qiling! Zero, pand-nasihat mo‘minlarga naf yetkazur» (Zoriyot surasi, 55-oyat).

Zikr majlislarining maqtalgani haqida bir qancha hadislar vorid bo‘lgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar jannat bog‘chalarining oldidan o‘tsangiz, undan bahra olib ketinglar», dedilar. «Jannat bog‘chalari nima?» deb so‘rashdi. «Zikr majlislari», deb javob berdilar».89

Yana bir hadisi sharifda aytiladi: «Allohning yer yuzini kezib yuruvchi, maxluqlarga vakil qilinganidan boshqa farishtalari bor. Agar ular zikr majlislarini ko‘rsalar: «Qidirgan narsangizga kelinglar», deb bir-birlarini chaqiradilar. So‘ng majlis ahli huzuriga keladilar va ularni o‘rab olib, ularga quloq tutadilar. Ogoh bo‘linglar, Allohni ko‘p zikr qilinglar va nafslaringizga ham pand-nasihat qilinglar».90

Lekin hozir, ko‘rib turganingdek, «zikr» lafzini ko‘pgina voizlar qissa, she’r, shath va tommot kabi narsalarga qo‘llab kelishyapti.


89. Termiziy Anasdan (r.a.) hasan holda rivoyat qilgan.
90. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:37:21
Qissalar bid’at narsalardan iborat bo‘lib, salafi solihlar qissaxonlar bilan o‘tirishdan qaytarganlar. Ular, qissaxonlik Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida ham,91 Hazrati Abu Bakr, Umar (r.a.) zamonlarida ham bo‘lmagan, fitna paydo bo‘lgan vaqtda, qissaxonlar ham kelib chiqdi, deganlar.

Rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Umar masjiddan chiqib: «Masjiddan chiqishimga bir qissa aytuvchi majbur qildi. Agar u masjidda bo‘lmaganida, men chiqmagan bo‘lar edim», deganlar.

Zumra aytadi: «Men Sufyon Savriyga: «Biz qissaxonga qarab o‘tiramiz», dedim. Shunda u kishi: «Bid’atlarga orqa qilib o‘tiringlar», dedilar».

Muhammad ibn Avn aytadi: «Ibn Siyrin huzurlariga keldim. U kishi: «Bugun nima xabar bor?» deb so‘radilar. Men: «Amir qissaxonlarga qissa aytishni ta’qiqladi», dedim. U kishi: «To‘g‘ri ish qilibdi», dedilar.

A’mash Basra jome’ masjidiga kirganlarida bir qissaxonning: «A’mash bizga shunday hadis aytgan», deb aytayotganini eshitib qoldilar. Shunda u kishi majlis halqasining o‘rtasiga kirib, qo‘ltiq osti yunglarini yula boshladilar. Bu holni ko‘rgan qissachi: «Uyalmaysanmi, ey shayx?» dedi. Shunda A’mash: «Nega uyalay, men bir sunnatni bajaryapman, sen esa yolg‘on so‘zlayapsan. Men A’mash bo‘laman, qachon senga bu gapni aytdim», dedilar.


91. Ibn Moja Umardan (r.a.) hasan isnod ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:39:16
Ahmad ibn Hanbal aytadilar: «Yolg‘onchilarning ko‘pchiligi qissa aytadiganlar va ko‘p savol so‘raydiganlardir».

Ali (r.a.) Basra jome’iga kirganlarida qissaxonlarni chiqarib yuborganlar. Ammo Hasan Basriyning so‘zlarini tinglagach, u kishini masjiddan chiqarmaganlar. Zero, Hasan Basriy oxirat ilmi xususida, o‘limni o‘ylash, nafsining ayblaridan ogoh bo‘lish, amallarning ofati, shaytonning hiylalari va ulardan ehtiyot bo‘lish haqida gapirar, Alloh taoloning ne’matlarini, banda u ne’matlarning shukrini ado eta olmayotganini eslatar va dunyoning faqirligi, o‘tkinchiligi va umr qisqaligini, oxiratning shiddatli azoblarini uqtirar edilar. Bunday foydali pand-nasihatlar shar’iy mahmud bo‘lgan tazkirlardir.

Abu Zarr (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Zikr majlisida ishtirok etish ming soat nafl namozidan afzal, ilm majlisida ishtirok etish mingta kasalni ziyorat etishdan va mingta janozaga qatnashgandan afzal», dedilar. Sahobalar: «Qur’oni karimni o‘qishdan ham afzalmi?!» deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ilmsiz holda Qur’on o‘qish naf bermaydi», deb javob berdilar.92

Ato (r.a.) aytadilar: «Zikr majlisida ishtirok etish yetmishta lahv (befoyda) majlisga kafforat bo‘ladi».


92. Mavzu’ hadis.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:39:52
Ushbu hadislarni usti yaltiroqlar nafslarini poklashga hujjat qilib olishdi va o‘zlarining xurofotlariga tazkir nomini berib, haqiqiy mahmud bo‘lgan zikr yo‘lidan g‘aflatda qolishdi. Natijada turli ixtilofli, nuqsonli va uzundan-uzun qissalar bilan ovora bo‘lishdi. Qur’oni karimda kelgan qissalar chegarasidan chiqildi, ularga qo‘shimchalar qo‘shildi. Ularning orasida manfaat beradiganlari, rost bo‘lsa ham, zarar keltiradiganlari bor. Kim nafsi uchun ushbu qissalar eshigini ochsa, rost bilan yolg‘onni, foyda bilan zararni aralashtirib yuboradi. Shuning uchun ham qissa aytishdan qaytarilgan. Shuning uchun ham Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Odamlar rostgo‘y qissaxonga juda muhtoj», deganlar. Agar qissa payg‘ambarlar qissalaridan bo‘lib, ularning din ishlariga aloqador va qissaxon rostgo‘y, rivoyati sahih bo‘lsa, unda zarar yo‘q deb bilaman. Qissaxon yolg‘on to‘qishdan, yengil-elpi va xato holatlar haqidagi hikoyalarni aytishdan saqlansin. Chunki olim shu qissa sababli xatolarda o‘zini oqlaydi, uzr tayyorlaydi va bu qissa falonchi-falonchi mashoyixlardan hikoya qilingan, barchamiz gunohkormiz, hechqisi yo‘q, agar men Allohga gunoh qilgan bo‘lsam, buyuklar ham gunoh qilgan, deb gunohdan tap tortmaydi. O‘zi bilmagan holda Allohga gunohkor bo‘lishga jur’at qiladi. Demak, ushbu hazar qilinadigan holatlardan uzoq bo‘linsa, qissa aytishining zarar yo‘qdir. Ana shunda Qur’oni karimda kelgan qissalar va sahih kitoblarda rivoyat qilingan xabarlarga qaytiladi. Ammo ba’zi odamlar toat-ibodatga targ‘ib qiluvchi hikoyalar to‘qishga ijozat so‘rashadi va bu bilan xalqni haqqa da’vat etishni da’vo qilishadi. Aslida bu ish shayton vasvasasidandir. Zero, rost so‘zdagina yolg‘ondan saqlanish imkoni bor.

Alloh taolo va Uning Rasuli zikr etgan narsalarni va’z qilishda yolg‘on to‘qishga hojat yo‘q. Har qanaqasi bo‘lmasin, so‘zda qofiya keltirishga urinish makruh bo‘lib, soxtakorlik sanaladi.

Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) Ibn Umar saj’ — qofiya qilayotganini eshitib, unga: «Bu aytayotganing menga seni yomon ko‘rsatyapti. Tavba qilmaguningcha, ishingni hal etib bermayman. (Ibn Umar u kishining huzurlariga bir ish yuzasidan kelgan edilar.) Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abdulloh ibn Ravohaga: «Ey Ibn Ravoha, saj’ qilishdan saqlan», deganlar»,93 dedilar.


93. Bir oz bundan boshqacharoq rivoyatni Imom Ahmad, Abu Ya’lo, Ibn Sunniy, Abu Nu’aym va Buxoriylar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:41:12
Qaytarilgan yasama saj’ ikki kalimadan ziyod qofiyali so‘zdir. Bir odam go‘dakning xuni haqida: «Ichmagan, yemagan, ovoz chiqarmagan, tug‘ilganida yig‘lamagan go‘dakka qanday qilib xun to‘laymiz», deb gapini uzaytirganida, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «A’robiylarning saj’i kabi saj’mi?» deganlar.94

She’rni mav’izalarda ko‘p aytish ham mazmumdir. Alloh taolo:

«Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashur. (Ularning so‘z vodiylaridan) har vodiyda daydishlarini va o‘zlari qilmaydigan narsalarni aytishlarini ko‘rmadingizmi?!» (Shuaro, 224226-oyatlar) deydi. Yana Alloh taolo:

«(Muhammadga) she’r o‘rgatmadik va (shoirlik) uning uchun durust emasdir» (Yosin surasi, 69-oyat), deb aytgan.


94. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:41:39
Voizlar odat qilib olgan ko‘pgina she’rlar ishq haqida, ma’shuqning jamoli, visol ruhi va firoq olamini tavsiflash haqidadir. Majlisga qo‘pol, avom xalq to‘planadi. Ularning botini shahvatlar bilan to‘lgan, qalblari chiroyli suvratga moyil emas. Shu bois she’r ularning      qalblaridagi narsalarni harakatga keltirib, shahvat olovini yoqadi. Natijada qichqirib, raqsga tushib ketishadi. Bularning aksari yoki hammasi fasodga olib boradi. Shuning uchun she’rning nasihatga yaraydigani va hikmatlisini tanlab, so‘zni quvvatlash va e’tiborni jalb qilishda qo‘llash lozim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «She’rda hikmat bor», deganlar.95 Agar majlisda qalblari Alloh sevgisiga to‘la kishilar bo‘lsa, boshqa insonlar bo‘lmasa, zohiriy ma’nolari maxluqlarga dalolat qiluvchi she’rlarni aytishning zarari yo‘qdir. Chunki tinglovchi har bir eshitganini qalbiga joylaydi. Bu haqda hali «Simo’ — tinglash bobi»da keladi.

Junayd Bog‘dodiy o‘n nafarcha odamga gapirar edilar. Agar ular ko‘payib ketsa, suhbatni to‘xtatardilar. Hech qachon u kishining majlislarida tinglovchilar soni yigirmataga yetmagan.

Ibn Solimning eshiklari oldida bir guruh odamlar to‘planishdi. U kishiga: «Ashobingiz keldi. Ular bilan suhbatlashing», deyishdi. Ibn Solim: «Yo‘q, ular mening ashobim emas, ular faqat majlis sohiblari bo‘lishlari mumkin. Mening ashobim xos kishilardir», deya javob berdilar.


95. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:41:48
«Shath» lafzidan esa, ayrim so‘fiylar paydo qilgan kalomning ikki turini tushunamiz. Birinchisi, Alloh taologa bo‘lgan ishq haqidagi uzundan-uzun da’volar va zohiriy amallardan behojat bo‘lgan visoldir. Hatto bir guruh so‘fiylar Haqqa qo‘shilib ketgani, o‘rtadan pardaning ko‘tarilgani, ko‘z bilan mushohada qilgani va xitob ila so‘zlashganini da’vo qilishgacha borib yetgan. Ular, bizga unday deyildi, biz bunday javob berdik, degan so‘zlari bilan o‘zlarini shunday kalimalarni aytgani tufayli osilgan Husayn ibn Mansur Xallojga o‘xshatadilar va uning «Anal Haq», degan so‘zini dalil qiladilar. Shuningdek, Abu Yazid Bistomiyning «subhani, subhani», ya’ni, «men ayb-nuqsondan pokman», degan so‘zlarini keltiradilar. Bu turdagi so‘zlarning avom xalqqa katta zarari bor. Hatto bir guruh dehqonlar o‘zlarining dehqonchiliklarini tark qilib, shu kabi da’volarni izhor qila boshlashdi. Chunki bunday so‘zlar inson nafsiga lazzat beradi. Zero, bunday so‘zlardan kishi o‘zini buyuk maqomlarga erishgan deb hisoblab, nafsni poklash amallaridan chekinadi.

Aqlsizlar bunday ichi po‘k, usti yaltiroq kalimalarni qabul qilishdan va ularni  o‘zlari uchun da’vo qilishdan tortinmaydilar. Qachon da’volari inkor etilsa, ular: «Bu e’tirozning manbai  ilm va bahsdan kelib chiqqan. Ilm pardalidir, bahs esa, nafsning ishi. Bunday so‘zlar faqatgina Haqning nurini kashf etgan botindan keladi», deb aytadilar.

Bunday yomon da’volar butun o‘lkalarga yoyilib ketdi, avom xalqqa zarar yetkazdi. Hatto bunday da’volarni so‘zlagan odamni qatl etish Allohning diniga o‘n kishini     kirgizishdan afzal bo‘ldi. Ammo Abu Yazid Bistomiydan keltirilgan yuqoridagi rivoyat sahih emasdir. Agar uni u kishidan aniq eshitishgan bo‘lsa, u zot Alloh taoloning so‘zini takrorlab turgan paytida eshitgan bo‘lishlari mumkin. U kishining:

 «Darhaqiqat, Men Allohdirman. (Hech qanday) iloh yo‘q, faqat Men bordirman. Bas, sen Mengagina ibodat qil!» (Toha surasi, 14-oyat) deyayotganlarini eshitishgandir. Bunda u zotning faqat hikoya qilib aytayotganlarini tushunish lozim.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:42:56
Ikkinchisi, ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan shath kalimalaridir. Ularning tashqi ko‘rinishi chiroyli, iboralari hayratli, ammo negizida ma’nosi yo‘q.

Bunday so‘zlar so‘zlovchi tarafidan tushunmagan holatda aqlning qosirligi yoki eshitgan so‘zining ma’nosini tushunib yetishga ilmi noqisligi tufayli xayolidagi vasvasalardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu qism so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ulardan hech qanday naf yo‘q, ular faqat qalbni yaralaydi, aqllarni dahshatga solib, zehnlarni hayrat ko‘chasiga olib kiradi. Yoki unga xohlagan ma’nolarni berishga olib keladi. Natijada har kimning tushunchasi xohishiga ko‘ra bo‘lib qoladi.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Sizlardan birortangiz biror qavmga ular tushunmaydigan so‘z aytmasin, aks holda ular o‘rtasida fitna bo‘ladi», deganlar.96 Va yana: «Odamlarga ular biladigan narsalar bilan gapiringlar, ular tushunmaydigan narsani gapirmanglar. (Ular tushunmaydigan narsani gapirib) Alloh va Rasulini yolg‘onchi qilishlarini xohlaysizlarmi?» deganlar.97

Ushbu hadis so‘zlayotgan so‘zini tushunadigan, ammo    tinglovchining ongiga yetkaza olmaydiganlarga tegishlidir. Endi so‘zlovchi nima deyotganini o‘ziyam tushunmasa, qanday bo‘ladi? Bas, tinglovchi tushunmasa, so‘zlovchi tushunadigan so‘z bo‘lsa ham, uni gapirish durust emas. Iso (a.s.): «Hikmatni uning ahli bo‘lmaganlar davrasiga tashlamanglar, hikmatga zulm qilib qo‘yasiz. Shuningdek, hikmatni hikmat ahlidan to‘smanglar, hikmat ahliga zulm qilib qo‘yasiz. Da’voni kasallangan joyga qo‘yadigan hoziq tabib kabi bo‘linglar», deganlar. Boshqa bir lafzda: «Kim hikmatni hikmat ahli bo‘lmaganlar oldiga qo‘ysa, johil bo‘libdi. Kim ahlini hikmatdan qaytarsa, zulm qilibdi. Hikmatning haqqi bor va uning ahli ham bor. Sen har bir haq egasining haqqini ber», deyilgan.


96. Uqayliy, Ibn Sunniy Abu Nu’aymlar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. Muslim esa mavquf holda Ibn Mas’uddan rivoyat qilgan.
97. Buxoriy mavquf holda Alidan (r.a.) rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:43:35
Tommot kalimalarga kelsak, shath haqida so‘zlaganimiz unga ham oiddir. Ammo tommotning yana bir o‘ziga xos jihati borki, u shar’iy lafzlarning zohiriy tushunchasini foyda kelmaydigan botiniy ishlarga o‘girishdir. Botiniylarning ta’villardagi odatlari kabi bu ish ham harom va uning zarari kattadir. Chunki lafzlar shariat sohibi tarafidan bo‘lgan naqlga tayanmagan holda zohiriy muqtazosidan boshqa ma’noga hech bir zaruratsiz o‘girilsa, ushbu o‘girish lafzlarga bo‘lgan ishonchning botilligini taqozo etadi va u sababli Alloh va Rasulining kalomi manfaati yo‘qoladi. Chunki u tarafdan zehnga kelgan narsaga ishonilmaydi, botinning esa, unga bog‘liq yeri yo‘q. Balki u haqdagi tushunchalar qarama-qarshi bo‘ladi va uni turli vajhlarga yo‘yish mumkin. Bu ham zarari yoyilgan bid’atlardandir. Uning sohiblari qilgan ta’villari orqali insonlarni hayratga solishni qasd qiladilar. Zero, nafslar nodir narsalarga moyil bo‘ladi va undan lazzat oladi. Shu yo‘l orqali botiniylar o‘z fikrlariga muvofiqlashtirib, kalimalarning zohirini ta’vil qilish bilan shariatni buzishmoqchi bo‘ladi. Biz ularning mazhablari haqida botiniylarga raddiya sifatida tasnif etilgan «Mustazhar» kitobida keltirganmiz. Ahli tommotning ta’viliga Alloh taoloning:

«Sen Fir’avnning oldiga bor, chunki u haddidan oshdi», degan so‘zidagi ta’villari misol bo‘ladi. Ular: «Fir’avn so‘zidan murod kishining qalbiga ishora, u insoniyatga qarshi haddan oshgan qalbdir», deyishadi. Yana bir oyati karimadagi:

«Asoyingni tashla», degan so‘zni Alloh taolodan boshqa suyaniladigan narsani uloqtirish lozim, deb tushuntirishgan. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Saharlik qilinglar, chunki saharlikda baraka bordir»,98 deganlarini, saharlik vaqtida istig‘for aytish, deya ta’vil qilishgan.


98. Muttafaqun alayh
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:44:44
Bunga o‘xshash misollar ko‘p. Hatto ular Qur’oni karimning boshidan oxirigacha zohiriy ma’nosini buzib tashlashdi. Ibn Abbos va boshqa ulamolardan naql qilingan tafsirlarni o‘zgartirishdi. U ta’villarning ayrimlari qat’iy botilligi aniqdir. Masalan, «Fir’avn»ning qalbga ta’vil qilingani. Zero, Fir’avn tarixiy shaxs ekani, Muso (a.s.) uni da’vat etganlari bizga tavotur yo‘li ila yetgan. Shuningdek, Abu Jahl, Abu Lahab va boshqa kofirlar shayton yoki maloikalar jinsidan emaski, his qilish orqali bilib bo‘lmay, u lafzlarni ta’vil qilishga ehtiyoj tug‘ilsa. Yoki saharlikni istig‘forga yo‘yish-chi! Rasululloh saharlikda taom yeganlar va «saharlik qilinglar»,99 «barakali ovqatga kelinglar»,100 deganlar. Bular tavotur yo‘li ila bilingan ishlardir. Ahli tommotning mazkur ta’villari botilligi naqlan ma’lumdir. Ammo ayrim ta’villarning botilligi g‘olib gumon bilan bilinadi va bu bilish his etish mumkin bo‘lmagan ishlarga taalluqli. Bunday ta’villarning barchasi harom, zalolat va dinni buzishdir. Bu ta’vilotlarda na sahobalardan, na tobe’inlardan va na xalqqa va’z aytib, da’vat etishlariga qaramay, Hasan Basriydan biron narsa naql qilingan. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Kim Qur’onni rayiga qarab tafsir qilsa, o‘ziga jahannamdan joy hozirlasin»,101 degan so‘zlari ma’nosi mana shu o‘rinda namoyon bo‘ladi. Bundan Qur’onni istinbot va fikr bilan tafsir qilish mumkin emas, degan ma’noni tushunmaslik kerak. Ayrim oyatlar borki, u haqda sahobalar va mufassirlar besh, olti va yettitagacha ma’nolarni naql qilishgan. Va ularning barchasini ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytmaganlarini yaxshi bilamiz. Gohida ma’nolar bir-biriga zid kelib qolishi mumkin. Demak, bu hol uzun tafakkur va go‘zal tushunish orqali kelib chiqqandir. Shu bois Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Abbos (r.a.) haqlariga: «Allohim, uni din ilmida faqih qil va unga ta’vilni o‘rgat»,102 deb duo qilganlar. Tommot ahlidan kimki, lafzlardan ko‘zlangan maqsad boshqa ekanini bilgani holda shu kabi ta’villarga ijozat so‘rasa va u bilan xalqni Xoliqqa da’vat qilyapman deb hisoblasa, u Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) haqlarida to‘qima va uydirma so‘z aytish joiz, degan kimsaga o‘xshaydi. Bu hol to‘g‘ri deb qaralayotgan har bir masala haqida Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) nisbat berib hadis to‘qish kabidir. Bu esa, zulm va zalolatdir, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, joyini jahannamdan hozirlasin»,103 degan so‘zlaridan tushunilgan va’idga doxildir.

Ana endi sen xalqni da’vat etuvchilarni shayton mahmud ilmlardan mazmum ilmlarga qanday burganini bilib olding. Bas, bularning barchasi yomon ulamolar ismlarni o‘zgartirib ishlatgan nayranglaridir. Agar sen ilk asrda tanilgan narsaga qaramay, mashhur ismlarga tayangan holda ana o‘shalarga ergashsang, hikmat orqali sharafni talab qilgan kishidek bo‘lib qolasan. Chunki hakim nomi hozirgi asrda tabib, shoir va munajjimlarga qo‘llanilmoqda. Va bu hol lafzlarning o‘zgartirilganidan g‘aflatda qolganing sabablidir.


99. Imom Buxoriy rivoyati.
100. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbonlar Irboz ibn Soriyadan rivoyat qilishgan. Ibn Qatton bu hadisni zaif degan. Alboniy esa «kelinglar» lafzi ila sahih degan.
101. Termiziy Ibn Abbosdan hasan holda rivoyat qilgan. Alboniy va Zahabiylar zaif deyishgan.
102. Imom Buxoriy, Ahmad, Ibn Hibbon va Hokimlar sahih isnod ila rivoyat qilishgan.
103. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:45:21
Beshinchi lafz: «Hikmat». Hakim nomi ham endilikda o‘zgartirilib, tabib, shoir va munajjimlarga nisbatan qo‘llanilmoqda. Hatto ko‘chalardagi eng past tabaqa — oshiq o‘ynaydiganlarga ham. Holbuki, hikmat Allohning kalomida:

«U o‘zi istagan kimsaga hikmatni beradi. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, bas, muhaqqaqki, unga ko‘p yaxshilik berilibdi» (Baqara surasi, 269-oyat), deya maqtalgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham: «Kishining hikmatdan bir kalima o‘rganmog‘i u uchun dunyo va undagi barcha narsalardan xayrlidir", deganlar.104 Shunday ekan, sen hikmat asli qaysi ma’noni ifodalaganigayu endi qaysi ma’noga o‘girilganiga quloq sol, u bilan yuqorida zikri o‘tgan lafzlarni qiyosla va yomon ulamolarning nayranglari sababli aldanib qolishdan ehtiyot bo‘l. Zero, ularning dinga bo‘lgan zarari shaytonlarning zararidan kattaroqdir. Chunki shayton ular vositasida xalqning qalbidan  asta-sekin dinni sug‘urib olishga erishadi. Shu tufayli ham Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) xalqning yomoni haqida so‘rashganda, u zot javob bermaganlar. Balki,   «Allohim, mag‘firat ayla», deganlar. Sahobalar takror-takror so‘rayverganlaridan so‘ng, «Ular yomon olimlardir»,105 deb javob qilganlar.


104. Bunga o‘xshashi yuqorida keldi.
105. Doramiy Ahvas ibn Hakimdan mursal holda, Bazzor esa Muozdan zaif sanad bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:46:21
Sen mahmud va mazmum ilmni, ularning chigal yerlarini bilib olding. Endi nafsingga boq, salaflarga ergashish yoki g‘ururlanib pastga tushish va xalaflarga o‘xshash ixtiyori o‘zingda.

Salaflar rozi bo‘lgan ilmlarning barchasi yo‘q bo‘lib ketdi. Odamlar mashg‘ul bo‘lgan ishlarning ko‘pi yangi paydo bo‘lgan va bid’at ishlardir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Islom g‘arib holda boshlandi, yaqinda yana ibtidoda bo‘lganidek, g‘arib holiga qaytadi. Bas, g‘ariblar uchun xursandchilik bo‘lsin», dedilar. «G‘ariblar kimlar?» deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ular odamlar buzib yuborishgan sunnatimni isloh etadigan va o‘ldirib yuborishgan sunnatimni tiriltiradigan kimsalardir»,106 deb javob qildilar. Bu muborak so‘z naqadar to‘g‘ri! Boshqa bir rivoyatda: «Ular bugun siz ustida turgan narsani mahkam ushlovchilardir»,107 deyilgan.   Boshqa bir hadisda: «G‘ariblar ko‘p insonlar orasidagi ozgina solih kishilardir. Xalqning ichida ularni yaxshi ko‘radiganlaridan ko‘ra, yomon ko‘radiganlari ko‘proqdir»,108 deyilgan. Haqiqatda ushbu ilmlar (ya’ni, salaflar ilmi) g‘aribga aylanib qoldi. Shu darajadaki, ularni eslagan kishidan nafrat qilinadi. Shuning uchun ham Savriy (r.a.): «Agar sen do‘stlari ko‘p olimlarni ko‘rsang, bilki, u haq bilan botilni qorishtirib yuborgan, agar u haqni so‘zlovchi bo‘lganida, unga nafrat qilardilar», deganlar.


106. Imom Muslim qisqa holatda, Termiziy esa, mukammal holda rivoyat qilishgan.
107. Buning aslini ko‘rmadim.
108. Imom Ahmad Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:46:49
Mahmud ilmlarning maqtalgan miqdori

Bilgilki, ilm ushbu e’tiborga ko‘ra uch qismga bo‘linadi. Bir qism ilmlar borki, ularning ozi ham, ko‘pi ham mazammat qilingan (yomonlangan). Boshqa bir qism ilmlarning esa, ozi ham, ko‘pi ham maqtalgandir. Yana boshqa bir ilmlar turi mavjudki, ular faqat me’yorida bo‘lgandagina mahmud, oshiqchasi va chuqur o‘rganish mahmud emas.

Ilm go‘yo badan holatiga o‘xshaydi. Tanada ham sog‘lik va chiroy kabi ozi ham, ko‘pi ham foydali bo‘lgan holatlar bor. Xunuklik va yomon xulq kabi ko‘pi ham, ozi ham mazmum bo‘lganlari bor. Yana esa, mol sarflashdagi kabi iqtisod qilinganda mahmud sanaladigan holatlari bor. Chunki mol sarflashda isrof qilish mahmud emas, iqtisod bilan me’yorida bo‘lgani mahmud, ziyodasi mazmumdir. Shijoat ham shunday bo‘lib, uning haddan ziyod bo‘lishi mahmud sanalmaydi. Ilm ham shunga o‘xshash. Uning  bir turi borki ozi ham, ko‘pi ham mazammat qilingan. Unday ilmdan din va dunyo uchun hech qanday manfaat yo‘q, foydasidan zarari ko‘p. Bunga sehr, tilsimot kabi ilmlar misol bo‘ladi. Inson tasarrufidagi qimmatbaho  umrni bunday foydasiz narsalarga sarflash isrofdir. Isrof esa, maz zammat etiladi. Ammo shunday ilmlar borki, dunyoviy ehtiyojlarni qondirish uchun ular ziyoda qilinadi, bu esa, alal-oqibat zararga olib boradi. Lekin hosil bo‘lgan zarar sababli bunday ilmlar mazmum hisoblanmaydi.

So‘nggi nuqtasiga qadar mahmud bo‘lgan qism Alloh taoloni, Uning sifatlari, fe’llari, maxluqlari ustida joriy qilgan sunnati, oxiratning dunyodan keyin kelishini tartib qilish hikmatini o‘rganuvchi kabi ilmlardir. Chunki bu ilmlar o‘z-o‘zidan oxirat  saodatiga erishmoq uchun ham matlubdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:46:58
Bu ilmlar uchun bor kuchni sarflash — vojiblik chegarasi oldida baribir qusurlidir. U ummonga o‘xshaydi, tubiga yetishning imkoni yo‘q. Uning sohilini va atroflarini ilm toliblari o‘rab olishgan. Bu ummonga faqatgina anbiyolar, avliyolar va Alloh quvvat bergan ilmi yetuk olimlargina sho‘ng‘iy oladi. Bu ilm maknun (yashirilgan) bo‘lib, kitoblarga yozilmagan. Unga erishish uchun ta’lim olish, oxirat olimlarining holatlarini mushohada qilish lozim. Ularning alomatlari keyinroq bayon etiladi.

Ilmning avvali budir: Oxirat uchun jiddu jahd ko‘rsatish, riyozat chekish, qalbni poklash, uni dunyo aloqalaridan  xoli etish va bu yo‘lda nabiylar va valiylarga o‘xshashga harakat qilish lozim. Ilm toliblari bilib qo‘ysinlarki, bu ilm uchun har bir harakat qiluvchi nasibasi miqdoriga ko‘ra ilmga erishadi, harakatining miqdoriga ko‘ra emas. Lekin bu gap ijtihodning keragi yo‘q degani ham emas. Mushohada hidoyatning kalitidir. Hidoyatning undan boshqa kaliti yo‘q.

Me’yorida foydali, mahmud bo‘lgan ilmlarga farzi kifoyalar misol bo‘ladi. Bu ilmlarni kamroq o‘rganish o‘rtacha hisoblanadi, ammo unga chuqur kirishish uchun umrning oxirigacha harakat qilishdan qaytarilmaydi. Bas, shunday ekan, ikki ishdan birini tanla: yo o‘zing bilan mashg‘ul bo‘l, yoki o‘zingni qo‘yib, boshqalar uchun mashg‘ul bo‘l. Ammo o‘zingni isloh qilmay turib, boshqalarni isloh qiluvchi narsalar bilan mashg‘ul bo‘la ko‘rma. Agar o‘zing bilan    mashg‘ul bo‘lmoqchi esang, holating senga farz qilgan ilm bilan shug‘ullan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:47:06
Namoz, tahorat, ro‘za kabi zohiriy amallarni o‘rganish o‘sha farz ilmlardan. Ammo barcha beparvo bo‘lgan qalb sifatlari ilmi ham borki, u juda muhimdir. Qalb sifatlarining mahmud va mazmum turlari mavjud. Bu ilmni o‘rganish lozimligiga sabab inson ojizlik, hasad, riyo, kibr va manmansirash kabi mazmum sifatlardan to‘la xoli bo‘lmasligidir. Bu sifatlarning barchasi halokatga olib boradi. Ularga beparvo bo‘lmaslik kerak. Faqat zohiriy ilmlar ila mashg‘ul bo‘lib, qalb ilmiga e’tibor qilmaslik bir odamning qichima kasaliga chalinib, oshiqcha moddani qon yoki ich surish orqali chiqarib yuborishga e’tibor bermasdan, tananing yuzasiga yog‘ surtish bilan ovora bo‘lganiga o‘xshaydi. Ulamolarning soxtalari faqat terini yog‘lashga buyurgan tabiblar kabi, zohiriy amallargagina undaydilar. Oxirat ulamolari esa, zohiriy amallarga botinni poklashni, yomonlik ildizlarini qo‘porib tashlashni uqtirish bilan barobar ravishda buyuradilar. Achchiq dorini ichish badanni yog‘lashdan qiyin bo‘lgani kabi,  qalbni harakatga keltirish badanni harakatlantirishdan qiyin, shuning uchun odamlar qalbni poklashdan ko‘ra zohiriy amallarga shoshib boradilar. Badan qayta-qayta yog‘layverishdan charchaydi, moddalar ko‘payib ketgach, kasallik yanada kuchayadi. Agar sen oxirat muridi,  najot tolibi va abadiy halokatdan qochuvchi bo‘lsang, u holda botiniy illatlar ilmi bilan mashg‘ul bo‘l. Ularni davolash yo‘lini «Rub’ul muhlikot» bobida mufassal bayon qilganmiz. Ana shundan so‘ng o‘sha ilmlar seni shubhasiz «Rub’ul munjiyot»da bayon qilingan mahmud maqomlarga yetaklaydi.

Qalb mazmum illatlardan xoli bo‘lsa, mahmud narsalar bilan to‘ladi. Turli ekin va rayhonlar ham begona o‘tlardan tozalangan yerda o‘sadi. Agar yer tozalanmasa, u holda hech narsa unmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:47:15
Faqat farzi kifoyalar bilan mashg‘ul bo‘lib qolma. Chunki xalq orasida uni bajaruvchilari ko‘p. Boshqalar foydasi uchun o‘zini halok qiluvchi kishi nodon kishidir. Kiyimlari ichiga ilon, chayonlar kirib olgan va uni o‘ldirmoqchi bo‘lib turgan holida, kishi o‘zini o‘ylamay, boshqalardan pashshani haydash uchun vosita qidirib yurishi o‘ta axmoqlikdir. Agar sen nafsingni poklab, zohiriy va botiniy gunohlardan forig‘ bo‘lsang va bu hol senga odatga aylansa, ana o‘shandagina farzi kifoyalar bilan mashg‘ul bo‘lishing mumkin. Vaholanki, sen gunohlardan xoli emassan. Shunda ham tadrij (bosqichma-bosqich o‘rganish) qoidasiga rioya qil. Buning uchun, avvalo, Allohning kitobidan, so‘ngra Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlaridan boshla. Keyin tafsir, nosix-mansux, mafsul-mavsul, muhkam-mutashobihga o‘xshash qur’oniy ilmlarni o‘rgan. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga oid ilmlarni o‘rganish ham qur’oniy ilmlar kabi lozim- lobud bo‘lgan ilmdir. Bularni yaxshilab ta’lim olgach, fiqh ilmidagi far’iy, ya’ni, mazhab ilmini o‘rgan. Xilof ilmi esa, lozim emas. Undan keyin fiqh ilmini o‘rganish lozim. Qolgan ilmlarni vaqting va umring yetganicha o‘rganaver. Bir fanni o‘rganaman deb, faqat shu fanga g‘arq bo‘lib ketma. Chunki ilm ko‘p, umr esa, qisqadir. Ilmlar xuddi asbob yoki muqaddimaga o‘xshaydi. Ular boshqa narsalarga erishish uchun kerak bo‘ladi. Boshqa narsalar uchun talab qilinadigan ilm bilan ovora bo‘lib, asl matlab-maqsad esdan chiqib qolmasligi kerak. Lug‘at ilmida arablarning gapini, Qur’on va hadisning g‘arib so‘zlarini tushunadigan miqdorida kifoyalan, unda juda chuqur ketma. Nahv ilmida ham xuddi shunday, Kitob va sunnatga oid qismini yaxshilab o‘rgansang yetadi. Har qanday ilm borki, uning iqtisori (qisqasi), iqtisodi (o‘rtachasi) va istiqsosi (ziyodasi) mavjud. Sen qiyoslashing uchun bu o‘lchovlarga hadis, tafsir, fiqh va kalom ilmlari orqali izoh berib o‘taman:

Tafsirdagi iqtisorga Ali al-Vohidiy an-Nisoburiy tasnif qilgan «Al-vajiyz» kitobi misol bo‘ladi. Iqtisor Qur’onni uning ikki barobari miqdorida tafsir qilishdir. Iqtisod deb Qur’onga uch barobar keladigan tafsirga aytiladi. Undan ortig‘i istiqso deyiladi. Bunday tafsir umrning oxirigacha ham qilinishi mumkin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:47:23
Hadis ilmidagi iqtisorga hadis matnlarini yaxshi biluvchi kishi yordamida Imom Buxoriy va Imom Muslim «Sahih» kitoblarini o‘qib-o‘rganish misol bo‘ladi. Ammo hadis roviylarining ismlarini yod olish lozim emas. Chunki sendan oldingilar bu muhim vazifani bajarib bo‘lishgan. Iqtisod degani qo‘shimcha sahih «Musnad»larni ham bilishdir. Istiqso esa, naql qilingan hadislarni zaif,  kuchli, sahih, saqim (kasal) va rivoyat yo‘llarini aniqlashdan iborat. Hadis roviylarining holati, ismlari va sifatlarini bilish ham istiqso hisoblanadi.

Fiqh ilmida esa, iqtisor Muzaniy rahimahullohning «Muxtasar»i ichiga olgan qismiga teng. Biz bu kitobni «Xulosatul Muxtasar»da aynan keltirganmiz. «Al-vasiyt minal mazhab» kitobimizga yoki «Muxtasar ul-Muzaniy»ning uch barobari miqdoriga teng qismi iqtisod deyiladi. «Al-vosit» nomli kitobimizdagi yoki undan ham ko‘proq miqdorda bo‘lgan fiqh ilmiga istiqso deb aytiladi.

Kalom ilmidan ko‘zlangan maqsad salafi solihlar tomonidan naql etilgan ahli sunna e’tiqodini himoya qilishdir, boshqa maqsad yo‘q. Undan boshqa maqsadlar uchun kalom ilmini o‘rganish ishlarning haqiqatini haq bo‘lmagan turli yo‘llar bilan kashf qilish hisoblanadi. Sunnatni himoya qilishdan murod muxtasar uslub bilan iqtisor bo‘lgan tahsil olishdir. Mana shu kalom ilmidagi iqtisor deyiladi. U «Qavoidul aqoid» kitobi miqdorichadir. Kalom ilmidagi iqtisod deyilganda, «Al-iqtisod fil e’tiqod» kitobimizda keltirganimiz kabi, kamida yuz varaqdan iborat miqdor tushuniladi. Iqtisod darajasida kalom ilmini o‘rganishdan asosiy maqsad turli  bid’atchilarning bid’atiga qarshi kurashish va omi insonlar qalbidan ular kiritgan bid’atlarni chiqarib tashlashdir. Ushbu tarzdagi munozara uslubi mutaassiblik darajasi kuchli bo‘lmagan avom kishilarga foyda beradi. Ammo mubtadi’ga kalom ilmi kamdan-kam holatda naf’ beradi. Agar sen uni hujjatlar bilan mot qilib qo‘ysang ham, u mazhabidan, yo‘lidan voz kechmaydi. O‘zi javob berolmaydi, lekin boshqa mazhabdoshlari javob beradi deb gumon qiladi. Mujodala quvvati bilan uni hayron qilib qo‘yasan. Avomlar  xohish-istaklariga qattiq yopishib olmagan bo‘lsalar, bahs yo‘li ila burib yuborilgan nohaqlikdan ularni yana bahs quvvati ila haqiqatga qaytarsa bo‘ladi. Ammo mutaassiblik yo‘liga o‘tgan bo‘lsalar, u holda ulardan umid uziladi. Chunki mutaassiblik aqidalarning qalblarda mustahkam o‘rnashib olishiga sabab bo‘ladi. Xuddi mana shu  narsa olimlarga tekkan yomon ofatlardandir. Ular haq uchun taassubda haddan oshib ketadi va natijada muxoliflarini mensimaydilar va past ko‘radilar. So‘ng ularda teng kurashish, mashhur bo‘lish da’vosi tug‘iladi. Agar ular lutf-marhamat ila xilvatda nasihat qilish yo‘li bilan mujodala qilganlarida, so‘zsiz muvaffaqqiyat qozonar edilar. Ammo mutaassiblik, boshqalarni tahqirlash hech qachon yaxshi natija keltirmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:47:31
Shu uchun ham bularning yaqiniga kela ko‘rma va zahri qotildan qochgan kabi ulardan qoch. Bu davolab bo‘lmas darddir, aynan mana shu narsa fuqaholarni tortishuv va manmansirashga yetaklab borgan. Buning ofatlari haqida keyinroq mufassal bayon qilamiz.

Ba’zida «insonlar bilmagan narsalarining dushmanidir», degan gapni eshitib qolasan. Ammo sen bunday o‘ylama. Sen bu nasihatni umrining bir qismini bu ishda zoe’ qilgan va tasnif, tahqiq, mujodala va bayonni oldingilardan-da ziyoda etgan, keyin esa, Rabbi unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, aybidan xabardor qilgach, uni tark etib, o‘zi bilan mashg‘ul kishidan eshit: «Shariatning ustuni fatvodir, uning illati esa, ilmi xilof orqali bilinadi, deganlarning so‘ziga aldanib qolma», deydi u.

Chunki mazhabning illatlari mazhabning o‘zida zikr qilingan. Undan ortiqchasi mujodalaning o‘zidir. Avvalgilar ham, sahobalar ham bu narsani bilishmagan. Holbuki,  ular fatvo illatlarini boshqalardan yaxshiroq bilar edilar. Mazhabni o‘rganishda xilof ilmi hech qanday foyda bermaydi, balki fiqhning zavqiga zarar yetkazadi.  Muftiyning farosati shunga guvohlik beradiki, agar uning fiqh ilmidan oladigan zavqi yetarli bo‘lsa, u  har narsada jadal-bahsga berilib ketmaydi. Agar kimning tabiati tortishuv-jadalga bog‘lanib qolsa, u holda o‘sha kimsaning zehni faqat tortishuv uchun xizmat qila boshlaydi va natijada fiqhni anglashning zavqidan bebahra bo‘lib qoladi. Jadal bilan faqatgina mansab, obro‘, shon-shuhrat talabgorlari mashg‘ul bo‘ladi. Ular nafslarini oqlash uchun o‘zlarini mazhabning illatini qidirayotgan qilib ko‘rsatadi. Bunday kishilar fiqh ilmi qolib, umrini jadal bilan o‘tkazib yuboradi. Bas, jinlardan bo‘lgan shaytonlardan ehtiyot bo‘l, insonlardan bo‘lgan shaytonlardan ham saqlan. Chunki ular jinlardan bo‘lgan shaytonlarga adashtirish va ig‘vo qilishda yordam beradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:48:02
Umuman aytganda, oqillar nazdidagi rozilik o‘rni sen o‘zingni bu olamda faqatgina Alloh bilan birga bilishing, oldingda o‘lim, hisob-kitob va jannat-do‘zax kabi muhim hol va o‘rinlar turganingni his qilishingdir. Oldingda turgan bu muammolar uchun nimalar foyda berishini o‘ylab ko‘r, boshqa narsalarni tark qil!

Shayxlardan biri vafot etgan bir olimni tushida ko‘rdi va undan: «Tiriklik chog‘ingda mashg‘ul bo‘lgan munozara, mujodala, tortishuvlar naf berdimi?» deya so‘radi. Shunda olim qo‘lini yoyib, unga pufladi va: «Barchasi chang-to‘zon kabi uchib ketdi, faqat kecha yarmida o‘qilgan ikki rak’at namozgina menga xaloskor bo‘ldi», deya javob berdi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bir hadisi shariflarida munozara-jadalning qabih ish ekanini bayoni sifatida: «Hidoyatga erishgan qavm jadalga berilganidan so‘nggina halokatga ketdi»,109 dedilar va so‘ng:

«Ular (bu misolni) sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir ular xusumatchiurushqoq qavmdirlar» (Zuxruf surasi, 58-oyat), ma’nosidagi oyatni tilovat qildilar.


109. Termiziy va Ibn Mojalar Abu Umomadan rivoyat qilish.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:49:06
Yana bir hadisda Alloh taoloning:

«Ammo dillarida og‘ish bor kimsalar...» (Oli Imron surasi, 7) oyatini tushuntirib: «Ular jadal ahlidir. Alloh taolo, ulardan uzoq bo‘linglar, deya ogoh etgandir»,110 deb aytganlar.
Ba’zi salaflar: «Oxir zamonda shunday bir qavm bo‘ladiki, ularga amal eshiklari yopilib, jadal eshiklari ochiladi», deb aytishgan.

Xabarda kelishicha: «Sizlar shunday zamondasizlarki, sizlarga amal qilmoq imkoni berildi. Tez kunlarda shunday qavm keladiki, ularga mujodala-tortishuv ilhomi beriladi».

Mashhur bir xabarda: «Allohga maxluqlari orasida eng yoqmaydigani ularning ashaddiy xusumatchilaridir»,112 deb aytilsa, boshqa xabarda: «Qaysi qavm mantiqqa kirishib ketsa, amaldan to‘xtab qoladi», deyilgan.


110. Muttafaqun alayh.
112. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:16:37
To‘rtinchi bob
Xalqning xilof ilmiga berilib ketishi sababi, munozara va jadal ofatlarining tafsilotlari va uning muboh bo‘lishi shartlari

Bilgilki, Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng davlatni hidoyatga ergashgan xulafoi roshidinlar boshqardilar. Ular Alloh ma’rifatiga ega olim, hukm chiqarishda yetuk faqih, fatvo berishda mustaqil zotlar edi. Mashvarat taqozo etuvchi hollardagina fuqaholarga murojaat qilar, boshqa paytlarda esa, ulardan yordam kutib o‘tirmas edilar. Shuning uchun ulamolar oxirat ilmi bilan mashg‘ul, boshqa ilmlardan xoli edi. Fatvo berishda xalqning dunyoga bog‘liq hukmlaridan o‘zlarini chetga olishardi. Siyratlarida keltirilgani kabi, bor ijtihodlari, harakatlarini Alloh taolo tomoniga yo‘naltirishar edi.

Xulafoi roshidinlardan so‘ng o‘zlari fatvo va hukm chiqarish ilmini yaxshi egallamagan hamda xalifalik maqomiga noloyiq kimsalar davlat tepasiga kelishdi. Ular o‘zlari hukm va fatvo chiqarishni eplay olmagach, fuqaholarni yordamga chaqira boshlashdi. Lekin salaflar axloqini mahkam ushlagan, dinning ko‘rsatmalarini sof saqlab kelayotgan tobe’in ulamolar biror mansabga chaqirilsalar, qochar va yuz o‘girar edilar.

Endi xalifalar ularni zo‘rlab bo‘lsa ham, qozilik va hukumat ishlariga jalb qilishdi. O‘sha asrlarda yashaganlar ulamolarning izzatiga, himmati yuksakligiga, boshliq va valiylar esa, ularni izlab yurganlariga shohid bo‘lishdi. Ba’zi kimsalar ilmni izzatga erishish va podshohlar tarafidan obro‘-e’tibor qozonish uchun talab qila boshlashdi. Ular fatvo berish ilmiga sho‘ng‘ib, podshohlardan mansab va muruvvat kutishar edi. Ularning ayrimlari hech narsaga erishmadi, ba’zilari esa, muvaffaqiyatga yetishdi. Ammo ular tilanish xorligidan qutilmadi. Ilgari qidirilgan fuqaholarning o‘zlari  endi qidiruvchiga aylanishdi. Sultonlardan yuz o‘girish bilan aziz-mukarram bo‘lgan fuqaholar ularga yuzlanish ila xorlanishdi. Har davrda bo‘lgani kabi, Allohning dinida sodiq bo‘lgan ulamolargina aziz bo‘lib qolaverdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:16:45
Avvaliga fuqaholar hokimlar va voliylar ko‘proq muhtoj bo‘lgan fatvo va hukmlar ilmi bilan ovora bo‘lishdi. Keyinroq amirlar va arboblar orasida ba’zi odamlar aqida qoidalariga oid gaplar tarqatayotganini eshitishdi. Endi ularning nafsi aqidaga, hujjatlarni tinglashga moyil bo‘ldi. Amir va arboblar kalom ilmidagi munozara va mujodalaga rag‘bat qilgach, kalom ilmiga sho‘ng‘ib, qattiq berilib ketishdi. Bu haqda ko‘p kitoblar tasnif qilishdi, mujodala uslublarini tuzishdi, turlarini ishlab chiqishdi va bu qilmishlarini Allohning dinini va sunnatni himoya etish, bid’atni sindirish deb nomlashdi. Keyinroq boshliqlarda kalom, munozara ilmlari to‘g‘ri emasligi haqida fikr paydo bo‘ldi. Chunki munozara va kalom ilmiga eshik ochilishi bilan qon to‘kilishi va vayronagarchilikka olib boruvchi taassubiyat va xusumat eshiklari ham ochilgan edi. Sultonlar va amaldorlar olimlarni yangi bir narsa — fiqh ilmida munozara qilish bilan mashg‘ul etmoqchi bo‘lishdi. Xususan, Shofe’iy (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) mazhablaridan qaysi biri afzal, deya olimlar orasida munozara alangasini yoqishdi. Endi odamlar kalom va boshqa ilmlarni tashlab, Shofe’iy va Abu Hanifa oralaridagi ixtilofiy masalalarga kirishib ketishdi. Amaldorlar mana shu ikki mazhabni aytganlari uchun Molik, Sufyon, Ahmadlar (rahmatullohi alayhim) orasidagi xiloflarga hech kim e’tibor bermadi. Ular bu mashg‘ulotlaridan maqsad shariatning nozik jihatlarini o‘rganish, mazhabning illatlarini tahrir qilish va fatvo berish asoslarini tuzib chiqish ekanini ayta boshlashdi. Bu ikki mazhab orasidagi ixtiloflar haqida kitoblar tasnif qilishdi va bugunga qadar mujodala turlariyu tasniflari bilan ovoradirlar. Bizdan keyingi asrlarda Alloh yana nimalarni sodir qiladi, bilmaymiz.

Xulosa qilib aytganda, xilof va munozaralarga olimlarning astoydil kirishganiga asosiy sabab ana shulardir.

Agar dunyo egalari, saltanat sohiblari Abu Hanifa va Shofe’iy qolib, boshqa imomlar orasidagi munozarani yoki umuman boshqa ilmdagi mujodalani xohlab qolishsa, olimlar o‘sha narsani amalga oshirishadi va ishlarining din ilmi ekanini, qolaversa, u bilan «olamlar» Rabbiga qurbat hosil etishini bahona qilishadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:16:56
Munozaralarni sahobalar mashvarati va salaf  ulamolarining suhbatlariga o‘xshatishdagi adashish bayoni

Bilgilki, faqat tortishuv, munozara va jadal bilan mashg‘ul bo‘luvchilar qilmishlarini oqlash uchun: «Bu munozara  bahsdan maqsadimiz haqiqatni odamlarga bildirish. Albatta, haq izlanadi, ilm yo‘lida qarashlar va fikrlar bilan yordamlashish foydali va ta’sirlidir. Sahobalarning odatlari shunday bo‘lgan. Ular ham bobo va aka-ukalar (merosi) masalasida, xamr ichuvchining jazosi, imom xato qilganida, jarima to‘lashning vojibligi, Hazrati Umardan (r.a.) qo‘rqib, bir ayol bola tashlab qo‘yganida unga xun to‘lash va faroiz kabi masalalarda mashvarat qilishgan. Shofe’iy, Ahmad, Muhammad ibn Hasan, Molik, Abu Yusuf va boshqa ulamolarning (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) mashvaratlari ham bizniki kabi mashvarat edi-ku», deb aytishadi. Endi men senga ularning bahonalari faqatgina salafning odatiga o‘xshashdan o‘zga emas ekanini tushuntirib beraman.

Haqni izlash uchun o‘zaro yordamlashish dindan ekan, to‘g‘ri da’vo. Lekin uning shartlari bor, ularni bilish lozim. Bas, mujodala va munozara qilishning sakkizta sharti bor:
1. Munozara bilan shug‘ullanuvchi kimsa farzi kifoyalarga bosh qotirishdan avval farzi aynlarni o‘rniga qo‘ygan bo‘lmog‘i kerak. Agar kim hali farzi aynlarni to‘la bajarmay turib, farzi kifoya bilan mashg‘ul bo‘lsa va, maqsadim haq, deb da’vo qilsa, so‘zsiz u kazzobdir. Masalan, o‘zi namozni tark qiladi-da, avratini yopish uchun kiyim topolmagan kishini kiyintirish maqsadim, deya libos to‘qish va kiyim tayyorlash ila mashg‘ul bo‘ladi. Gohida chindan ham shunday bo‘lishi mumkin.

Bordi-yu birortasi unga omonatni qaytarish haqida so‘z ochsa, u darhol o‘rnidan turib, Allohga eng mahbub ibodat — namozga takbir aytadi. Va Rabbiga osiy bo‘ladi. Chunki shaxsning vaqt, shart va tartiblariga rioya etmasdan qilgan itoati uning haqiqiy itoatkor ekaniga dalil bo‘lmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:17:51
2. Farzi kifoyani munozaradan muhim bilmaslik kerak. Mabodo, farzi kifoyadan muhimroq narsani ko‘raturib, o‘sha muhimroqdan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lsa, u holda o‘sha fe’li ila osiy bo‘ladi. Ushbu so‘zimizga misol sifatida quyidagi holatni keltirish mumkin. Bir to‘p odamlar chanqoqlikdan o‘lim yoqasida turgan paytda, bir kishi ularga suv berish imkoniyati bo‘laturib, hijomat — qon olish ta’limi bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. O‘zi uchun hijomatni o‘rganish farzi kifoya, shaharda uni biladiganlar bo‘lmasa, odamlarning barchasi halok bo‘ladi, deb da’vo qiladi. Unga qarata: «Axir shaharda hijomat qiluvchilar to‘lib yotibdi. Senga odamlarning ehtiyoji yo‘q», desang, u: «Hijomatchilarning ko‘p bo‘lishi bu fe’lni farzi kifoyalikdan chiqarmaydi», deb hozirjavoblik qiladi. Chanqoqlikdan    ayanchli ahvolga tushib qolgan musulmonlar dardi bilan shug‘ullanish bir yoqda qolib, hijomat bilan ovora bo‘lib yurganlarni qanchadan-qancha farzi kifoyalar beparvolik tufayli barbod bo‘lgani holda munozara bilan mashg‘ul bo‘layotganlarga o‘xshatish mumkin. Fatvo bilan ko‘plab odamlar shug‘ullanmoqda, vaholanki, ado etilmayotgan farzi kifoyalar bir talay. Fuqaholar unga e’tibor ham qaratmaydi. Masalan, tabobat. Haqiqatdan ham, ko‘plab shaharlarda shahodatiga ishonsa bo‘ladigan musulmon tabiblar topilmaydi, faqihlar tabobat bilan shug‘ullanishga hech kimni targ‘ib qilishmaydi. Amri ma’ruf va nahiy munkar ham  unutilgan farzi kifoyalardandir. Ba’zida munozara qiluvchi majlisda ipakdan qilingan ko‘rpa-yostiqlar ustida, ipak erkaklar uchun man’ qilinganini bilaturib, voqe’likdan uzoq masalalar haqida munozara qilaveradi. O‘sha munozara qilinayotgan voqea sodir bo‘lsa, ayrim faqihlar  tomonidan  yechimini topishi aniq. Lekin munozara qiluvchi o‘sha farzi kifoyalar bilan Allohga qurbat hosil qilishni bahona etadi.

Anas (r.a.) qilgan rivoyatda aytilishicha, Payg‘ambardan (sollallohu alayhi vasallam): «Qachon amri ma’ruf va nahiy munkar tark bo‘ladi, ey Allohning Rasuli?» deb so‘rashganda, Sarvari koinot: «Qachon yaxshilaringiz orasida tilyog‘lamachilik, yomonlaringiz orasida fohishalik, yoshlaringiz orasida mulk, razillaringiz orasida fiqh paydo bo‘lib qolsa»,114 deb javob berganlar.


114. Ibn moja hasan isnod bilan rivoyat qilgan. Albaniy zaif degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:18:01
3. Munozara qiluvchi o‘z rayi bilan fatvo beruvchi mujtahid bo‘lmog‘i lozim. Shofe’iy va Abu Hanifaning yoki biror mazhabning fikri bilan chegaralanib qolmasligi kerak, bordi-yu haq  Abu Hanifa mazhabida topilsa, u holda Shofe’iyning so‘zini tark etmog‘i, umuman olganda, sahobalar (r.a.) va mujtahid imomlar kabi o‘z rayi bilan ijtihod qilmog‘i lozim.

Ammo kim ijtihod qilish darajasiga yetishmagan bo‘lsa, o‘zidan so‘ralgan masala haqida sohibi mazhabdan naql qilib, fatvo beraveradi. Bordi-yu o‘sha mazhabning zaifligi ma’lum bo‘lsa ham, uni tark etishi joiz emas. Bas, shunday ekan, u nima uchun munozara qiladi? Vaholanki, mazhabi ma’lum, boshqa mazhab ila fatvo berish mumkin bo‘lmasa, munozaradan na foyda?! Aniq bir fikrga kelolmay turgan vaqtida ham: «Sohibi mazhabimizning ushbu masalaga javobi bo‘lishi mumkin, men shariat asoslarida mustaqil ijtihod qilolmayman», deyishi lozim. Agar            mazhab sohibining ikki xil vajh yoki ikki xil fikriga sabab bo‘ladigan masalalardan bahs bo‘layotgan bo‘lsa, u holda o‘sha ikki xildan biriga o‘xshab javob berishi mumkin. Munozara qiluvchi sohibi mazhabning ikki xil fikridan birini, ko‘pincha hech bir munozarasiz tanlayveradi yoki ikki xil vajhga ega masalalarda munozarani to‘xtatib, so‘zsiz xilof, jadal bo‘lishi aniq bo‘lgan masalalarga kirishmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:18:10
4. Munozara hayotda sodir bo‘lgan yoki ko‘pincha sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan masalalar ustida qilinishi kerak. Sahobalar ham kundalik sodir bo‘ladigan yoki ko‘pincha voqe’ bo‘lishi mumkin bo‘lgan faroizga o‘xshash masalalardagina mashvarat qilar va uni bayon etar edilar. Hozir esa, munozarachilar xalqning ehtiyoji bo‘lgan jihatlarda va umumiy muammo bo‘lgan masalalarda fatvo berishga ahamiyat berishmayapti. Balki ular dovrug‘li masalalarni talab qilishadi. Natijada jadal maydoni kengayadi.

5. Munozara imkon qadar xilvatda, munozarachi uchun mahbub holatda bo‘lishi kerak. Obro‘li insonlar va amaldorlar oldida munozara qilishdan zavqlanmasligi lozim. Zehn va fikrning musaffo bo‘lishi, haqiqatning topilishi va fahm-xotirani jamlash uchun xilvat eng munosib o‘rin hisoblanadi. Ko‘pchilik orasida munozara qilish esa, riyoning damlarini junbushga keltiradi va o‘zi haq yoki nohaq bo‘lsa ham, ikkala tomon bir-biri ustidan g‘olib kelishga intiladi. Senga ma’lumki, ko‘pchilik oldida munozara qilishga bo‘lgan ishtiyoq hech qachon Alloh uchun bo‘lmaydi. Vaholanki, munozarachilardan birortasi o‘sha munozara qilingan savolni tanho chog‘ida so‘ralsa, unga javob ham bermaydi. Shuningdek, ular xilvatda bo‘lishsa, aslo bir-biri bilan munozara qilishmaydi. Qachon ko‘pchilik yig‘ilib qolsa, hiyla kamonlaridan bir-birlariga tinmay o‘q yog‘dirishadi. Bundan maqsad o‘zlarini kalomda ustamon ekanini ko‘pchilikka bildirib qo‘yishdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:18:18
6. Munozara qiluvchi tortishuvni faqatgina xaqni bilmoq, topmoq uchun qilishi kerak. Xuddi yo‘qolgan molini qidirayotgan inson kabi. Ya’ni, yo‘qotgan molini o‘zi topadimi, yoki birodarining vositasi bilan topadimi   farqi yo‘q. Qarshisidagi insonni tortishuvchi raqib emas, balki yordamchi deya qabul qilmog‘i lozim. Qachonki unga xatosini bildirib, haqiqatni oshkor qilsa, go‘yo yo‘qolgan molini qidirib yo‘lga chiqqan vaqtida birodari yo‘l ko‘rsatsa, uni mazammat qilmasdan, balki unga xursand holda tashakkur  aytgani kabi, unga ham tashakkur aytmog‘i kerak.

Ha, sahobai kiromlarning mashvaratlari, munozaralari xuddi shunday edi. Bir xotin Hazrati Umarga (r.a.) e’tiroz bildirganida, u zot jamoat huzurida: «Bu ayol to‘g‘ri so‘zladi, Umar esa xato ketdi», deya e’lon qilganlar. Bir kishi Hazrati Alining (r.a.) oldilariga kelib, u zotga savol berdi. Hazrati Ali berilgan savolga javob berganlaridan so‘ng, boyagi kishi: «Ey Amirul mo‘minin! Berilgan savolning javobini yanglish aytdingiz, menimcha javob bunday bo‘ladi», deb fikrini izhor qildi. Shunda Hazrati Ali unga: «Sen to‘g‘ri aytding, men xato qildim. Har bir ilm sohibidan buyukroq ilm sohibi chiqaveradi», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:18:34
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Abu Muso Ash’ariyga (r.a.) xato ketgan o‘rinlarini izohlab berganlarida, Abu Muso jamoatga qarab: «Sizlarning orangizda shunday olim bo‘laturib, mendan savol so‘ramanglar», deya xitob qilganlar. Yuqoridagi voqeaning sodir bo‘lishiga sabab, Abu Musodan bir kishi Alloh yo‘lida jang qilib o‘ldirilsa, uning holati qanday bo‘lishi haqida so‘rab qoldi. Bunga javoban o‘sha paytda Kufa amiri bo‘lib turgan Abu Muso: «U jannatdadir», deb aytdilar. Bu savol-javobning shohidi bo‘lib turgan Ibn Mas’ud: «Savolingni qaytadan ber, balki amir tushunmagandir?» dedilar. Savol va javob ayni yuqoridagi kabi takror bo‘ldi. Shunda Ibn Mas’ud: «Menimcha, o‘sha odam Alloh yo‘lida, haqni topgan holda o‘ldirilsa, o‘sha holdagina jannatdadir», deya o‘z fikrlarini aytadilar. Abu Muso (r.a.) Ibn Mas’udning (r.a.) ijtihodini yuksak baholab: «Haqiqat Ibn Mas’ud aytganidek», dedilar. Haq tolibining insofi shunday bo‘ladi. Agar yuqoridagi kabi savol darajasi juda past bo‘lgan faqihga aytilsa ham, u buni inkor qiladi va: «Haqni topgan holda, deb izoh berish shartmi? Bu narsa barchaga ma’lum-ku?»  deya e’tiroz bildirishi tabiiy.

Endi bugungi munozara sohiblarining holatiga boq! Agar raqib tomonidan haqiqat yuzaga chiqsa bormi, uning yuzlari xijolatdan qizarib, bor kuchini raqibga qarshi ishga soladi. Va umrining oxirigacha uni yomonlash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ajablanarli tomoni shundaki, o‘zlarining yuqoridagi kabi o‘rinsiz tortishuvlarini hech uyalmasdan, haq ustida bir-biriga hamkor bo‘lgan sahobalar munozarasiga o‘xshatib yuborishadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:18:48
7. Qarshisidagi munozarachi hamkorini bir dalildan boshqa dalilga, bir mushkuldan boshqa mushkulga o‘tishiga mone’lik qilmasligi lozim. Salaflarning munozara uslublari shunday edi. O‘z foydasi yoki zarariga bo‘lsa ham, tortishuvchi bid’at bo‘lgan tortishuv uslubining barcha tomonlaridan voz kechishi matlubdir. Sening bu so‘zing qabuli qilinmaydi, chunki oldingi so‘zinga zid, deya e’tiroz etilmaydi. Haqni qabul qilish, unga qaytish botilni yo‘qotuvchi bo‘lgani bois vojibdir. Holbuki, tortishuvchilarning barcha majlislari mudofaa va mujodala bilan to‘la bo‘ladi. Hatto dalil keltirgan bir kishi o‘zining gumoni ila illat deb, unga asoslangan holda aslga qiyosini zikr qilganida, hukm aynan mana shu illat bilan muallal (illatli) ekaniga daliling nima? deya darrov e’tiroz bildiriladi. Dalil keltiruvchi, menimcha illat mana shu, agar bundan ham to‘g‘riroq, ravshanroq biror fikring, raying bo‘lsa, ayta qol, birgalikda tadqiq qilamiz, deydi. Shunda uning raqibi, sen zikr qilgan ma’nolardan boshqa ko‘plab ma’nolar bor, men o‘sha ma’nolarni yaxshi bilaman, faqat ularni aytish mening majburiyatim emas, deb javob qiladi. Dalil keltiruvchi, bundan boshqa biror da’voying bo‘lsa, keltir, degan kabi taklif bilan mujodalani davom ettiradi. Raqibi, bu mening vazifam emas, deb o‘zini xalos qiladi va hokazo. Munozara majlislari shunday savol-javoblar bilan davom etaveradi. Bu miskin raqibining, men bilaman, faqat aytmayman, chunki bu mening vazifam emas, degan so‘zlari shariatga nisbatan tuhmat ekanini qaerdan bilsin. Agar mening vazifam emas, deb da’vo qiluvchi ma’nolarni bilmasa, faqat xasimini ojiz qoldirish uchun shunday da’vo qilayotgan bo‘lsa, u fosiq, kazzobdir. O‘zida bo‘lmagan narsani da’vo qilgani uchun Allohga osiy va Uning g‘azabiga duchor bo‘ladi. Mabodo, o‘zi aytgani kabi bilaturib, burchim emas, deya aytmasa, unda shar’iy amrni yashirgani uchun fosiqdir. Axir undan musulmon birodari tushunib olish va bilish uchun so‘ragan edi. Agar u kuchli dalil keltirsa, uni olishi, mabodo u dalil zaif bo‘lsa, u holda zaif jihatlarini tushuntirib berib, uni jaholat qorong‘uligidan ilm nuri sari eltishi kerak. Diniy ilmlar haqida so‘ralgan kishi, agar bilsa bilimini yashirmay, javob berishi vojib ekaniga hech qanday ixtilof yo‘q.

Ashobi kiromning mashvarati va salafi solihlarning biror masala haqidagi muzokaralarini yaxshilab o‘rganib chiq. Ajabo, ular orasida yuqoridagi kabi munozaraning bo‘lib o‘tganini hech eshitganmisan?

Ulardan biri-birini bir dalildan ikkinchi dalilga, qiyosdan asarga yoki xabardan oyatga o‘tishdan man’ qilganmi? Ularning barcha munozaralari boshqacha edi. Ular aqliga kelgan fikr va tushuncha qanday bo‘lsa, shundayligicha o‘rtaga tashlar va unga ko‘ra muzokara qilar edilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2006, 14:19:01
8. Munozara foydali ilmlar ila mashg‘ul bo‘lgan kishilar bilan qilinishi lozim. Ammo tortishuvchilarning ko‘plari yetuk va zabardast olimlar bilan munozara qilishdan o‘zlarini chetga olishadi. Chunki haqiqat o‘shalarning tilida izhor bo‘lib qolishidan qo‘rqishadi. Shuning uchun tortishuvchilar faqat ilm darajasi yuqori bo‘lmagan kishilar bilan munozara qilishga o‘ch bo‘lishadi. Zero, ular botil fikrlarini o‘zidan past darajadagi kishilar orasigagina tarqatishlari mumkin.

***

Bu sakkizta shartdan tashqari munozara qilishning yana ko‘plab daqiq talablari, shartlari mavjud. Ammo shu    shartlar bilan ham kim Alloh uchun, kim boshqa narsalar uchun munozara qilayotganini bilib olasan.

Xulosa qilib aytganda, mujtahid munozarachining qalbiga o‘rnashib olgan va halokat sari yetaklaydigan shayton bilan bahsni to‘xtatib, savob olish yoki ajrda nasibador bo‘lish uchun harakat etishi lozim. Bunday munozaralar shayton uchun kulgu, muxlis bandalar uchun ibratdir. Shayton bandaning ustiga balo-ofat zulmatlarini solib qo‘yib mazax qiladi.

Shaytonning bu nayranglari kelasi bo‘limlarda bayon etiladi. Allohdan go‘zal yordam va tavfiq so‘rab qolamiz!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:48:23
Munozara va undan kelib chiquvchi yomon axloqlarning ofatlari bayoni

Bilgilki, boshqani mag‘lub etish, mot qilish, odamlar oldida fazilat va sharafni ko‘rsatish maqsadida munozara qilish Allohning huzurida mazmum, iblis nazdida esa, mahmud bo‘lgan barcha xulqlarning manbaidir. Ushbu munozaralar kibr, manmansirash, hasad, nafsni ulug‘lash, mansabparastlik va shu kabi botiniy buzuqliklarning biridir. Ichkilik ichish yoki fahsh ish qilish orasida       ixtiyorli bo‘lgan kishi ichkilik ichsa, mast bo‘lib fahsh ishlarni ham bajarishiga olib keladi. Shu kabi boshqalarni mot qilish, munozarada g‘olib kelish, mansabparastlik va manmansirash muhabbati kimgaki g‘olib kelsa, uni iflosliklar ichiga boshlab boradi, qalbida yomonliklarning  jamlanishiga vosita bo‘ladi. Bu yomon axloqlarning barchasi dalillar, oyatlar va hadislarga asoslangan holda «Rub’ul muhlikot» bo‘limida zikr etiladi. Ushbu o‘rinda esa, salbiy munozarani keltirib chiqaruvchi yaramas xulqlarning bir qismini aytib o‘tamiz.

1. Hasad. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Olov o‘tinni yegani kabi hasad ham yaxshiliklarni yeydi»,115 deganlar. Tortishuvchi hasaddan xoli bo‘lolmaydi. Chunki gohida g‘olib bo‘lsa, gohida mag‘lub etilishi muqarrar. Ba’zida uning so‘zi maqtalishi, ba’zida esa, boshqaning gapi maqtovga sazovor bo‘lishi mumkin. Modomiki, dunyoda biror kishining ilmi va qarashlari boshqanikidan kuchli ekanini zikr qilish yoki «falonchi sendan yaxshiroq qarashga va to‘g‘riroq fikrga ega», deyilish ehtimoli bor ekan, tortishuvchi, albatta, raqibiga hasad qila boshlaydi va undagi ne’matning zavol topishini, odamlarning muhabbati va hurmat-ehtiromlari o‘zi tomonga ko‘chib o‘tishini chin dildan xohlaydi. Hasad – olov-otash. Bas, kimki hasadga mubtalo bo‘lsa, bu dunyoda azobga, iztirobga giriftordir. Oxiratdagi azobi esa, bu dunyodagidan bir necha barobar ziyodadir. Shuning uchun ham Ibn Abbos: «Ilmni topgan joyingizda olaveringlar! Fuqaholarning bir-birlariga qarshi aytgan so‘zlariga quloq solmanglar! Chunki ular og‘ildagi takalar kabi urishaveradilar», deganlar.


115. Abu Dovud Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Ibn Moja Anasdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilgan. Buxoriy bu hadis sahih emas degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:49:09
2. Takabburlik va o‘zni odamlardan ustun qo‘yish. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir hadislarida: «Kim o‘zini buyuk sanasa, Alloh uni kichraytiradi. Kim tavoze’ ko‘rsatsa, Alloh uni yuksaltiradi»,116 deganlar. Alloh taolodan rivoyat qilgan hadislarida esa: «Azamat Mening izorim, kibriyo esa, ridoimdir. Bas, kim bu ikki narsada Men bilan talashsa, uning belini sindiraman»,117 deya  marhamat qilganlar.

Tortishuvchi tenglaridan o‘zini ustun qo‘yish xastaligidan hech qachon qutulolmaydi. Chunki u qadri keragidan ortiq bo‘lishini xohlaydi. Hatto majlislarda ham yuqorini, davra to‘rini talashib, g‘avg‘o ko‘taradi. O‘zidan boshqalarni yuqori o‘rinlarga munosib ko‘rmagani uchun, majlislarda baqir-chaqir qilib yuradi. Agar biror tor yo‘lakdan yurib qolishsa, kim birinchi yurishini ham talashishadi. Ushbu qilmishlari bilan pastkash, ayyor munozarachilar «ilmning izzat-obro‘sini saqlamoqchi» ekanliklarini ro‘kach qilib, janjalli xorlik va tubanlikni Alloh va Uning payg‘ambarlari maqtagan tavoze’ bilan adashtirib yuborishdi. Shuningdek, Alloh nazdida yomon, jirkanch bo‘lgan kibrni din izzati deb nomlashdi va natijada Alloh va Rasuli ko‘rsatmalariga zid ish qilishdi, «hikmat» va «ilm» kabi so‘zlarni o‘zgartirib, xalqning zalolatga ketmog‘iga sababchi bo‘lishdi.


116. Xatib Umardan (r.a.) sahih isnod bilan rivoyat qilgan.
117. Imom Muslim, Abu Dovud, Ibn Moja, Ibn Hibbonlari Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:49:35
3. Hiqd (gina-kudurat). Munozara ginalardan xoli bo‘lishi juda qiyin. Vaholanki, janob Rasululloh (sollallahu alayhi vasallam): «Mo‘min odam ginachi bo‘lmaydi»,119 deganlar. Ginaning jirkanch odatligi haqida ko‘p hadislar mavjud. Munozarachilar orasida raqibiga nisbatan, qalbida kudurati yo‘qlarini topish mushkul. Ularning birortasi raqibi so‘zlarini chiroyli tarzda qabul etmaydi. Balki ichida adovatini yashirib, munofiq kabi yuradi. Ko‘pincha yashirinib yotgan ginasi tashqariga chiqib ketadi. Munozarachi qanday qilib ginadan xalos bo‘lsin? Uning keltirgan dalillari, hukmlari barcha tomondan maqtovga sazovor bo‘lmasligi aniq. Shuning uchun, mabodo, raqibi uning so‘zini salgina qadrlamasa, qalbida gina ildiz otadi va uni umri oxirigacha uzib tashlay olmaydi.

4. G‘iybat. Alloh taolo uni o‘limtik yeyishga o‘xshatgan. Munozarachilar «o‘limtik yeyish»dan hech tiyila olmaydi. Chunki doimo raqibini yomonlash, mazammat qilish, so‘zlarini keltirishdan to‘xtamaydi. G‘iybatdan imkon darajada saqlanganida ham, raqibining so‘zlarini hikoya qilayotib, yolg‘on qo‘shimasa-da, uning nuqsonlarini, ojiz taraflarini aytib o‘tadi. Bu ayni g‘iybatning o‘zidir. Yolg‘on esa, bo‘htondir. Shuningdek, undan yuz o‘girib, raqibining so‘ziga quloq tutgan kishini johil, axmoq,  farosatsiz va aqli past deb obro‘sini to‘kishdan tilini tiya olmaydi.

5. O‘zni oqlash. Alloh subhonahu va taolo Qur’oni karimda:
«Bas, sizlar o‘zingizni oqlamay qo‘yaqolinglar! U taqvodor kishilarni yaxshi bilguvchidir» (Najm surasi, 32-oyat), deydi. Bir donishmanddan: «O‘zi to‘g‘ri bo‘laturib, jirkanch ko‘ringan narsa nima?» deb so‘rashdi. Shunda hakim zot: «Kishi o‘zini o‘zi maqtashidir», deb javob berdi. Munozarachi quvvatli, g‘olib va raqiblaridan peshqadam ekanini aytib, o‘zini ko‘klarga ko‘taradi. Hech bo‘lmaganda, gap orasida: «Bunaqa ishlarni bilmaydiganlardan emasman, men ilmda ancha peshqadam, o‘z uslubiga ega kishiman, hadislarni ham yod olganman», deydi. Bunga o‘xshash so‘zlar bilan o‘zini maqtaydi yoki fikrlarini yoyish uchun o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ma’lumki, maqtanish, o‘zni oqlash shar’an ham, aqlan ham yomon ishdir.


119. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:49:48
6. Josuslik qilish va odamlardan  ayb qidirish. Alloh taolo shunday deydi:

«O‘zgalar aybini qidirib, josuslik qilmanglar...» (Hujurot surasi, 12-oyat)

Munozarachi raqiblari aybini qidirishdan, xasimlari nuqsonini izlashdan hech charchamaydi. Hatto unga: «Sening shahringga bir munozara qiluvchi keldi», degan xabar yetsa, darhol uning botiniy holatini, qabih jihatlarini bilib olish uchun josuslar yollaydi, toki ehtiyoj bo‘lganida uni xijolatga qo‘ysin. Holat shu darajaga yetadiki, u raqibining yoshligini, o‘sha paytdagi holatlarini yoki tanasidagi kamchilik va kasalliklarni, masalan, kalligini aniqlaydi. Agar raqibining o‘zidan ustun jihatlari ko‘rinib qolsa, ayblarini yuziga soladi.

7. Odamlarning nochor holga tushib qolganidan sevinib, shodligiga g‘amgin bo‘lish. Kim musulmon birodariga o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani ravo ko‘rmasa, mo‘minlar axloqidan yiroqdir. Fazilatda barobar bo‘lgan yaqinlari va tanishlarini ko‘rolmaslik, darajalari barobar munozirlar orasidagi adovat xuddi kundoshlar orasidagi adovatga o‘xshab ketadi. Kundoshlar bir-birini uzoqdan ko‘rgan zahoti titrab, ranglari o‘zgara boshlaydi. Shuning kabi munozarachi ham raqibini ko‘rganida fikri iztirobga tushadi. Shayton yoki yirtqich hayvonga duch kelgan kishiday dovdirab qoladi. Din olimlari bir-birlariga yo‘liqqan paytlarida ko‘rsatilishi lozim iltifot shumi?! Mashaqqat va yengillik vaqtlarida o‘rtada bo‘ladigan o‘zaro hamkorlik, yordam va birodarlik qayoqqa ketdi?! Imom Shofe’iy (r.a.): «Ilm fazilat va aql sohiblarini bog‘lab turuvchi rishtadir", deganlar. Endi ilm tufayli orasida adovat uyg‘ongan bir jamoa qanday qilib, u zotning  mazhablariga iqtido da’vosini qilishyapti, bilmayman?! Faxr va ulug‘vorlik talashadiganlar orasida uns  ulfatlik va xotirjamlik bo‘lishi mumkinmi? Aslo mumkin emas! Bu sifatning yomonligiga mo‘minga munofiqlar axloqini singdirib, muttaqiylar axloqidan uzoqlashtirishi yetarli dalildir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:50:32
8. Nifoq (ikkiyuzlamachilik). Munofiqlikning mazmum xulq ekaniga dalil keltirish shart emas. Munozarachi esa, nifoqqa duchor bo‘lmay iloji yo‘q. Ular raqiblari yoki ularning tarafdorlari, do‘stlari bilan yuz ko‘rishib turishadi, shu paytda ularga nisbatan tilida zohiran muhabbat, hurmat-ehtirom izhor qilishga va raqiblarining daraja va holatlarini e’tiborga olishga majburdirlar. Ushbu holning yolg‘on, nifoq, fojirlik va yolg‘on guvohlikdan o‘zga emasligini barcha yaxshi biladi. Tortishuvchilar faqat tillaridagina samimiyat izhor qilishadi, qalblari esa, bir-biriga qarshi adovat o‘chog‘iga aylangan. Biz bunday nifoqdan buyuk Allohning panohiga qochamiz! Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallam: «Insonlar ilm o‘rganib amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda bo‘lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la’natlab, quloqlarini kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi»,120 deganlar. Bu gapni Hasan Basriy rivoyat qilganlar. Ushbu so‘zlarning haqligini biz shohid bo‘layotgan holatlar isbotlab turibdi.

9. Haqdan yuz o‘girish, uni yoqtirmaslik hamda nohaq narsada bardavom bo‘lishga harislik. Tortishuvchi hamisha dushmanlik ishtiyoqi ila yashaydi. Munozarachining eng yomon ko‘rgan, yoqtirmagan narsasi — haqiqatning raqibi tilidan zohir bo‘lishidir. Tortishuvchi bor kuchi, harakatini raqibiga qarshi safarbar qiladi. Bunda uni haq yoki nohaq ekani mutlaqo qiziqtirmaydi. Uning uchun tortishuvning bardavom bo‘lishi muhimroqdir. Biror so‘zni eshitishi bilanoq, unga e’tiroz bildirish uning mashg‘ulotiga aylanib qolgan. Holat shu darajaga borib yetadiki, qalbidagi e’tiroz Qur’on dalillaridan yoki shar’iy lafzlardan ham ustun bo‘lib qoladi, Qur’on dalillarini bir-biriga zid qo‘ya boshlaydi. Vaholanki, botilni himoya qilish uchun tortishish juda qattiq man’ etilgandir. Chunonchi  Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) haq ila bo‘lsa-da, botilga qarshi munozarani tark qilishga buyurib: «O‘z xatosini anglab, tortishuvni tark qilgan kishiga Alloh jannat o‘rtasida bir qasr bino qiladi. Haq bo‘laturib, tortishuvdan o‘zini tiyganga esa, jannatning eng yuqorisidan qasr quradi»,121 deganlar. Alloh taolo o‘ziga nisbatan uydirma to‘quvchilar bilan haqni yolg‘onga chiqaruvchilarni barobar qo‘ygan:

«Alloh sha’niga yolg‘on to‘qigan yoki haq (Qur’on) kelgan chog‘da, uni yolg‘onga yo‘ygan kimsadan kim ham zolimroqdir?!» (Ankabut surasi, 68-oyat). Shuningdek, boshqa oyati karimada:

«Axir Alloh sha’niga (sherik va farzandni nisbat berib) yolg‘on so‘zlagan va rost (Qur’on) o‘ziga kelgan paytidayoq yolg‘on degan kimsadan ham zolimroq biror kimsa bormi?!» (Zumar surasi, 32-oyat) deydi.


120. Tabaroniy zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
121. Termiziy va Ibn Mojalar Anasdan (r.a.) rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:50:52
10. Riyo, xalqning mulohazasini qilish, ularning qalbini o‘ziga moyil etish va o‘zi tarafga qaratish uchun harakat qilish. Riyo insonni katta gunohlarga olib boruvchi  qo‘rqinchli xastalikdir. «Riyo kitobi»da bu haqda mufassal tushuntiriladi. Munozara qiluvchi xalq oldida o‘zini ko‘rsatishni, ularning maqtov-olqishlariga sazovor bo‘lishni tortishuvning asosiy sababi qilib oladi.

*  *  *
               
Yuqorida biz aytib o‘tgan o‘nta holat botiniy buzuqliklarning asosidir. Bulardan tashqari, yana bir qancha razil xislatlar ham borki, ular tufayli munozara qilayotganlar o‘zlarini tiya olmay, munozara oxirida mushtlashish, yoqalashish, kiyim-bosh yirtish, soqol yulish, ota-onasini so‘kish, ustozlarini haqorat qilish, bir-birlariga bo‘hton ag‘darishgacha borishadi. Bu turdagi tortishuvlarni inson nomiga loyiq ko‘rmaganimiz bois, ularning sababchisi bo‘lgan xislatlarni aytib o‘tirmadik. Ammo oqil va buyuk olim hisoblanmish tortishuvchilar ham mazkur ayblardan xoli emaslar. To‘g‘ri, ba’zilar raqibining darajasidan ancha past yoki yuqori bo‘lishiga, yashab turgan shahri yoki yashash holatlariga ko‘ra, bu xatoliklardan yiroq bo‘lishi mumkin. Ammo o‘shalar ham darajasi barobar bo‘lganlar orasiga kirgan vaqtlarida yomon xislatlarini namoyish qilishadi. O‘zini mudofaa qilish, adovat, tama’, mol orttirish sevgisi, g‘olib bo‘lish uchun mansabga intilish, manmansirash, mutakabbirlik, boshqalarni mensimaslik, boylar va amaldorlarga xushomad qilish, ularni tez-tez ziyorat etish, ularning harom mollaridan olish, shar’an man’ qilingan kiyimlar, ulovlar, markablar ila ziynatlanish, faxr va kibr bilan odamlarni tahqirlash, keraksiz amal va so‘zlarga sho‘ng‘ib ketish, qalbdan Alloh qo‘rquvi va mehr-shafqat ko‘tarilib ketishi, namozda nima o‘qiganini, uning mohiyati va kimga munojot qilayotganini unutish darajasida g‘aflat egallab olishi, munozarada yordam beradigan, lekin oxiratda foydasiz bo‘lgan chiroyli ibora, go‘zal qofiya va nodir masalalarni yodlash kabi sanoqsiz ilmlar bilan umrini o‘tkazgan kishi qalbida aslo xushu’ni his qilmaydi. Tortishuvchilarning yuqoridagi razolatlardan nasibadorlik darajalari turlicha bo‘ladi. Dini yuksak, aqlli munozarachilar ham o‘sha axloqlardan butunlay xalos bo‘lolmaydilar. Faqat imkon qadar yashirishga va unga qarshi kurashishga harakat qiladilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:51:01
Bilgilki, ushbu razolatlar tazkira va’z-nasihat aytish bilan shug‘ullanuvchilarga tegishlidir. Agar xalq orasida nom qozonish, mansabga erishish yoki boylik-izzat orttirishni maqsad qilgan bo‘lsa, voizlarga ham tegishli. Mazhab va fatvolar ilmi bilan shug‘ullanayotganlarda agar qozilik mansabiga erishish, vaqflar doirasida valiy bo‘lish yoki yonidagilardan o‘zib ketish g‘oyalari uyg‘onsa, ularda ham bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, ilm bilan oxiratda Alloh savobidan boshqa narsalarni talab qilayotganlarning har biriga tegishlidir.

Ilm olimni o‘z holiga qo‘ymaydi. Yo uni abadiy halokatga olib boradi, yoki abadiy hayotga. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Qiyomat kunida eng qattiq azoblanuvchi Alloh ilmidan foydalantirmagan olimdir»122, deganlar. Uning ilmi nafaqat befoyda, balki unga zarar ham keltiradi. Koshki, u najot keltirmaydigan ilmdan qutilib qolsa edi. Afsuski, undan najot topolmaydi.

Ilmning xatari juda xavflidir. Ilm tolibi abadiy mulk, doimiy ne’mat tolibi hisoblanadi. Ilm tolibi uchun abadiy mulk yoki abadiy halokat peshvoz turadi. Olimning holati dunyodagi mulk tolibiga o‘xshaydi. Agar u mol-dunyo orttirish orqasida ijobiy-to‘g‘ri natijaga erishmasa, o‘zini xorlikdan saqlab qololmaydi. Balki xorlikdan ham badtarroq, sharmandaliroq holga tushib qoladi.

Agar: «Munozaraga ruxsat berishda foyda bor, u tufayli odamlar ilmga targ‘ib qilinadi. Agar mansab sevgisi bo‘lmaganida, ilm inqirozga uchrar edi», desang, so‘zing bir jihatdan haq, bolalar ham koptok yoki chumchuq o‘yini orqali maktabga targ‘ib qilinadi. Bu targ‘ib mahmuddir. Ammo, bu mansab sevgisi bo‘lmaganida, ilm zoe’ bo‘lardi, degani emas, mansab oshiqlari najot topishadi, degan ma’no ham chiqmaydi. Balki ular Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Batahqiq, Alloh taolo bu dinni undan benasiblar bilan ham quvvatlayveradi»,123 «Alloh taolo bu dinni fojir kishi bilan ham quvvatlaydi»,124 degan hadislaridagi «benasib» yoki «fojirlar»dan bo‘ladi.


122. Juda zaif.
123. Nasoiy, Anasdan (r.a.) sahih isnod ila rivoyat qilgan.
124. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:51:14
Mansab talab qilguvchining o‘zi halok bo‘ladi. Gohida u tarki dunyoga chaqirgani tufayli boshqalar salohiyat topishi mumkin va bu esa, zohirini salaf ulamolariga o‘xshatib, botinida maqsadi obro‘ bo‘lgan kishiga tegishlidir. Bundaylarning misoli shamga o‘xshab ketadi. Sham boshqalarga yog‘du taratgani holda, o‘zi yonib tugab boraveradi. Soxta olim ham shunday. O‘zgalarni isloh qilsa-da, o‘zi halokat yo‘lida davom etaveradi. Mol-dunyo topishga targ‘ib qiluvchilar esa, o‘zini ham, boshqalarni ham yondirib tugatadigan olovga o‘xshaydi.

Olimlar uch xil bo‘ladi:
1. O‘zini ham, boshqalarni ham halok etuvchi olimlar. Ular ochiqdan-ochiq dunyo talab qilganlar va unga yuz tutganlar.
2. O‘zini ham, boshqalarni ham saodatga eltguvchi olimlar. Ular xalqni zohiru botinda Allohga da’vat qiladi.
3. O‘zlarini halok qilib, boshqalarni saodatga yo‘llovchi olimlar. Ular zohiran odamlarni oxiratga chorlaydi, tashqaridan dunyoni tark qilganga o‘xshab ko‘rinadi, lekin botini, asl maqsadi xalqni o‘zi tomonga og‘dirish yoki biror obro‘ga ega bo‘lishdir.

Bas, holat shunday ekan, sen o‘zingning qaysi toifadan ekaningga e’tibor ber! Kimlardan ibrat  olayotganingga xolis qara. Alloh o‘zi uchun qilinganidan boshqa biror ilm yoki amalni qabul etmasligini xotiringdan chiqarma. Bu haqda dalillar «Riyo» kitobi va «Rub’ul muhlikot» bo‘limida yetarlicha keladi, inshaalloh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:52:12
Beshinchi bob
Ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi odoblari haqida

Talaba rioya qilishi lozim bo‘lgan ko‘plab odob va zohiriy vazifalar bor. Lekin biz ulardan faqat o‘ntasini keltirish bilan cheklanamiz.

Birinchi vazifa: talaba avvalo qalbini jirkanch xulqlardan, mazmum  yomon sifatlardan poklab olishi kerak. Chunki ilm  qalb ibodati, maxfiy namoz va Allohga botiniy yaqinlikdir. Zohiriy a’zolar vazifasi bo‘lgan namoz faqat hadas va nopokliklardan zohiriy tozalanish bilangina durust bo‘ladi. Botinning ibodati va qalbning ilm bilan obod bo‘lishi ham, faqatgina uni jirkanch    xulqlar va razil sifatlardan poklash bilan yuzaga chiqadi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) hadislaridan birida: «Bu din poklik ustiga barpo bo‘lgan»,125 deganlar. Zohiran ham, botinan ham u shundaydir. Alloh taolo poklik va najosat zohiriy his etish bilangina cheklanmaganini aqllarga tanbeh o‘laroq aytadi:

«Albatta, mushriklar najasdirlar». Mushrik pokiza libosda, badani yuvilgan holda bo‘lishi mumkin, lekin u javharan baribir najasdir. Ya’ni, botini (shirk, kufr kabi) iflosliklar bilan bulg‘angandir.


125. Bu ko‘rinishda topmadim. Ammo Ibn Hibbon va Tabaroniylar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan bir oz boshqacha rivoyat bor.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:52:22
Najosat — kishi saqlanishi, undan uzoq yurishi lozim bo‘lgan narsa. Botiniy iflosliklardan chetlanish esa, yanada muhimroqdir. Chunki u iflos bo‘lish bilan birga, oqibatda halokatga ham olib boruvchidir. Shuning uchun janob Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «It bo‘lgan uyga farishtalar kirmaydi»,126 deganlar. Qalb ham bir uy, farishtalar qo‘nadigan makon. G‘azab, shahvat, gina, hasad, kibr, manmansirash va shunga o‘xshash razil sifatlar qopog‘on itga o‘xshaydi. Farishtalar qanday qilib, endi ko‘ppaklar orasiga kiradi?! Holbuki, Alloh taolo ilm nurini qalbga faqat farishtalar vositasi ila yuboradi:

«Inson bilan Alloh (bevosita) so‘zlashishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki elchi (farishta) yuborib, (Allohning) izni bilan u xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin» (Sho‘ro surasi, 51-oyat).

Shuningdek, ilm qalblarga muakkil farishtalar orqali yetib keladi. Maloikalar pokiza, muqaddas zotlar bo‘lib, turli mazmum sifatlardan xolidirlar. Ular pok o‘rinlarni sayr etadilar, faqat pokiza makonlarni obod qiladilar. Men bu so‘zlar bilan, bayt-uydan murod qalb, kalb-itdan murod mazmum sifatlar, demoqchi emasman. Balki o‘sha ma’nolarga ham tashbeh borligini aytmoqchiman. Zohirni botinga ta’bir qilish bilan uni tasdiq qilgan holda botinga tashbeh etish o‘rtasida farq bor. Botiniylikni mana shu nozik nuqtada ajratib ol! Bu ibrat olinadigan yo‘ldir. Bu yo‘l ulamo va arboblar maslagidir. Ibrat zikr etilgan narsani boshqa ma’nolarga ham ta’bir qilish bilan bo‘ladi. Oqil kishi boshqaning boshiga tushgan musibatdan o‘zi uchun ibrat oladi. O‘zi ham o‘shanday musibatlar changaliga tushib qolishi mumkinligini anglaydi. Zero, dunyoning dunyoligi uning o‘zgaruvchanligidir. (Ya’ni, bugun bunday, ertaga unday.) Boshqalardan o‘zi uchun, o‘zidan esa, dunyoning aslini anglash uchun ibrat olish mahmud amallardan hisoblanadi. Bas, shunday ekan, sen ham maxluqlar uyi bo‘lmish «bayt»dan Allohning uyi bo‘lgan «qalb»ni ham tushun, uni suvrati uchun emas, balki yirtqichlik, vahshiylik kabi sifatlari uchun mazammat qil.


126. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:52:32
Kalb-it ham suvrati uchun emas, vahshiylik sifatlari va najosatligi uchun yomonlanadi. G‘azab, dunyoparastlik, ochko‘zlik, odamlar obro‘sini to‘kish, nomusini poymol etish kabi illatlarga to‘lgan qalb, suvratan qalb deb atalsa-da, siyratan kalb-«it» ekanini bilib qo‘y! Basirat nuri suvratlarni emas, ma’nolarni mulohaza qiladi. Bu olamda suvrat siyratdan ustun kelib, asl ma’no  ko‘rinmay ketdi. Oxiratda esa, suvratlar siyratga ergashadi, ma’no g‘olib bo‘ladi. Shu sababdan, har bir shaxs qiyomatda ma’naviy suvratida keladi.

«Insonlar nomusini toptaganlar  vahshiy ko‘ppak, mol-mulklarga ko‘z olaytiruvchilar — daydi bo‘ri, o‘zini yuqori ko‘ruvchilar — qoplon, amalparastlik qilganlar — arslon suvratida tiriladi».127 Bu haqda ko‘plab xabarlar sobit bo‘lgan, basirat sohiblari — qalb ko‘zi ochiq zotlar ularni mushohada qiladi.

 Agar, qanchadan-qancha buzuq axloqli talabalar ilmga erishdi-ku, deya e’tiroz bildirsang, shunday javob beraman: Buzuq  xulq bilan ilmga erishgan kishilar oxirat saodatiga eltuvchi haqiqiy foydali ilmlardan mahrum kishilardir. Haqiqiy tolibi ilm bilan buzuq xulq ila ilm talab qiluvchi orasidagi farq katta.


127. Sa’labiy zaif sanad bilan «Tafsirda» rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:52:41
Gunohlarning zahri qotil ekanini ko‘rsatish ilmning birlamchi vazifasidir. Endi ayt-chi, zaharning halok etuvchi ekanini bilaturib, kim uni iste’mol qiladi?! Zohiriy ilm suratkashlari gohida tillari bilan aytib, gohida     qalblari bilan uni rad etayotgan so‘zda ilmdan hech narsa yo‘q. Ibn Mas’ud (r.a.): «Ilm ko‘p rivoyat qilishdan iborat emas, balki u,  qalbga sochiladigan nurdir», deganlar. Ba’zi olimlar ilmning asosiy xossalaridan biriga ishora qilib: «Ilm qo‘rquvdir», deb aytishadi. Zero, Alloh taolo Qur’onda:

«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-oyat), deb aytgan. Shundan bo‘lsa kerakki, olimlardan biri: «Biz ilmni Allohdan boshqa uchun o‘rganmoqchi bo‘ldik, ammo ilm Allohdan boshqasi uchun bo‘lishdan bosh tortdi», deydi. Bu degani: «Ilm bizdan bosh tortdi, haqiqatini kashf qilmadi, faqat qobig‘i, lafzlarinigina izhor qildi», deganidir.

Agar sen, bir guruh ulamo, fuqaholarni ko‘rdim, ular furu’ va usul ilmlarida yetuk darajaga erishganlar, hatto xalq ularni hurmat-e’tibor bilan eslaydi, vaholanki, ular mazmum xulqlardan poklanmaganlar, deb aytsang, senga javoban shunday deyiladi: Ilmlar martabasi va oxirat ilmini bilganingdan so‘ng, yuqoridagi kabi olimlar mashg‘ul bo‘lgan ilmlarning foydasi ozligi va Allohga qurbat niyatida qilingandagina ilm foyda berishi senga ayon bo‘ladi. Bu haqda biz yuqorida ishoralar keltirdik. Unga qo‘shimcha va izohlar, inshaalloh, yana zikr etiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:52:50
Ikkinchi vazifa: Ilm tolibi dunyoviy mashg‘ulotlarini ozaytirmog‘i, ahli va vatanidan yiroqda bo‘lmog‘i lozim. Chunki ular bilan aloqa talabani maqsadidan chalg‘itadi. Alloh taolo:

«Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir» (Ahzob surasi, 4-oyat), deydi.

Fikrlar turli tomonga sochilgani sayin, narsaning haqiqatini bilish qiyinlashaveradi. Shuning uchun hukamolar: «Sen o‘zingni ilmga to‘la bag‘ishlamaguningcha ilm senga biror narsasini bermaydi. Butun borlig‘ingni ilmga bag‘ishlaganingda ham, uning biror qismiga yetishishing yana dargumon», deyishgan. Har tarafga sochilgan fikr, xayol ko‘plab ariqlarga tarqalib ketgan suvga o‘xshaydi. Uning bir qismini yer shimadi, qolgani havoda bug‘lanadi, ekinga hech narsa yetib bormaydi.

Uchinchi vazifa: Talaba ilmiga kibrlanmasligi, ustoziga qarshi chiqmasligi shart. Balki barcha ishda butunlay ishining jilovini muallimiga topshirmog‘i, johil kasalning mehribon va hoziq tabibga quloq tutganidek, uning nasihatiga quloq solmog‘i, unga tavoze’ ko‘rsatmog‘i, xizmatini qilish bilan savob va sharaf talab etmog‘i lozim. Sha’biy aytadilar: «Zayd ibn Sobit (r.a.) janoza namozini o‘qib bo‘lgach, xachirini olib kelishdi. U kishi endi minmoqchi bo‘lganlarida, Ibn Abbos (r.a.) kelib, xachirning uzangisidan ushladilar. Shunda Zayd: «Ey Rasulullohning amakivachchasi, qo‘ying!» dedilar. Ibn Abbos esa: «Ulamo va ulug‘ kishilarga shunday muomala qilishga buyurilganmiz», deya javob berdilar. Bu so‘zlarni eshitgan Zayd ibn Sobit (r.a.) u zotning qo‘llarini o‘pdilar va: «Biz ham Payg‘ambarimiz ahli baytlariga ehtirom ko‘rsatishga amr etilganmiz»,128 dedilar.


128. Tabaroniy, Hokim va Bayhaqiylar rivoyat qilishgan.  Hokim Muslim shartlariga binoan isnodi sahih, degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:52:58
Janob Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Laganbardorlik mo‘minning xulqi emasdir. Faqat ilm talabida mumkindir»,129 deganlar.

Tolibi ilm ustoziga takabburlik qilishi joiz emas. Mashhur, nomdor ustozlardan boshqasidan so‘rashdan o‘zni katta olish ayni ahmoqlikdir. Chunki ilm najot va saodat sababchisidir, o‘ziga tashlanmoqchi bo‘layotgan yirtqichdan qutulish uchun yordam beradigan kishining mashhur yoki  mashhur emasligiga qarab o‘tirilmaydi. Allohni tanimaydiganlarga tashlanadigan jahannam yirtqichlari esa, dunyodagi har qanday yirtqich hayvondan vajohatliroqdir. Qolaversa, hikmat mo‘minning yo‘qotgan moli, uni qaerda topsa, olaveradi va uni topishda yordamlashgan kishiga kim bo‘lishidan qat’iy nazar, tashakkur bildiradi.

Shoir shu ma’noda aytadi:
       
Sel baland to‘siq bilan urushgan yanglig‘,
Ilm ham kibrli yoshga urush ochgandir.


Tavoze’ hamda ustozni jon qulog‘i bilan tinglash bilangina ilmga yetishish mumkin. Zero, Alloh taolo:

«Albatta, bunda uyg‘oq qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir» (Qof surasi, 37-oyat), deb aytadi.


129. Ibn Adiy, Muoz va Abu Umomadan zaif isnod ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:53:08
Oyatdagi «qalb egasi»dan murod ilmni qabul qiluvchi, fahmlovchi kishidir. Shogird ustozining tavsiyalariga quloq solmagunicha, qalbini ilm eshitish uchun hozirlamagunicha uni  fahmlay olmaydi. Muallimning ko‘rsatmalarini go‘zal tarzda eshitishi, unga itoatda bo‘lishi,  shukrini, xursandligini, minnatdorligini izhor etishi lozim. Talaba ustozga nisbatan yumshoq tuproqdek bo‘lishi kerak. Qachon yumshoq tuproqqa mo‘l yomg‘ir yog‘sa, darrov o‘ziga singdiradi. Xuddi shuning singari ustoz dars davomida biror narsaga buyursa, o‘z fikridan voz kechib, so‘zsiz unga itoat etish talabaning burchidir. Zero, ustozning yanglish so‘zi uning o‘z nazdidagi to‘g‘ri so‘zidan foydaliroq. Manfaati katta bo‘lish bilan birga, eshitilishi g‘aroyib sanalgan daqiq narsalar tajriba orqali bilinadi. Aslida tabib harorati baland kasalga ba’zan quvvatini oshirish uchun muolajani buzadigan darajada haroratni ko‘taruvchi dori bersa, tabobatdan xabari yo‘q kishi taajjublanadi. Alloh taolo Hazrati Muso (a.s.) bilan Xizr (a.s.) orasidagi bo‘lib o‘tgan voqeani shunday hikoya qiladi:

«U (Xizr) aytdi: «Aniqki, sen men bilan birga ilm muammolariga sabr qila olmaysan. Zotan, o‘zing egallab, xabardor bo‘lmagan narsaga qanday sabr qilasan?!» (Kahf surasi, 67-68-oyatlar). Shundan so‘ng Xizr (a.s.) Musoga (a.s.) sukut saqlashni va barcha fe’llariga rozi bo‘lishni shart qilib qo‘ydi. Ya’ni:

«U (Xizr) aytdi: «Bas, agar menga ergashsang, o‘zim senga aytmagunimcha, biror narsa haqida so‘rama» (Kahf surasi 80-oyat). Muso (a.s.) esa savol beraverdilar va bu hol ularning ajralishiga sabab bo‘ldi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:53:16
Xulosa qilib aytganda, talaba ustozining aytganidan chiqib, o‘z fikrini ustun qo‘ysa, sen uni omadsiz va zararga mahkum bil. Agar sen, Alloh taolo: «Agar bilmasangizlar, ahli zikrlardan so‘ranglar», deya bizni so‘rashga buyurgan-ku, desang bu gaping to‘g‘ri. Faqat ustoz so‘rashga izn bergan narsalar haqida savol berish lozim. Onging, farosating yetmaydigan narsa haqida so‘rashing yaxshi emas. Shuning uchun ham Xizr (a.s.) Musoga (a.s.)  vaqti kelmasdan oldin savol berishni man’ qildilar. Ustozing sening nimaga layoqatli ekaningni va sirni oshkor qilish vaqti qachon kelishini yaxshi biladi. Nimaniki ustozing senga ochsa, demak, u haqida so‘rash vaqti kelgan. Tadrijiy bosqichlarning qaysi birini izhor qilish vaqti kelmagan bo‘lsa, u haqda so‘rash mavridi ham yetmagan bo‘ladi. Hazrati Ali (r.a.) aytadilar: «Olimga ko‘p savol bermaslik, javobiga e’tiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zo‘rlamaslik, o‘rnidan turishga ham qo‘ymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor etmaslik, huzurida birortasini g‘iybat qilmaslik, xatolarini qidiravermaslik, bordiyu, xato qilsa, uzrini qabul etish, modomiki, Allohning amriga itoat qilarkan, unga ham Alloh uchun hurmat ko‘rsatish, uning oldida o‘tirmaslik, biror ehtiyoji bo‘lsa, uni ravo qilish uchun barchadan oldin shoshilish uning haqlaridandir».

To‘rtinchi  vazifa: Ilm olishni ilk boshlagan kishi xoh dunyo, xoh oxirat masalalarida bo‘lsin, odamlarning ixtiloflariga quloq solishdan saqlanishi lozim. Chunki bu ixtiloflar talabaning aqlini dahshatga soladi, zehnini hayron, fikrini esa zaif qiladi. Natijada, talaba ilm yo‘lida umidsizlikka tushadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:53:25
Bu holatga tushmaslik uchun, avvalo, ustoz nazdida maqbul bo‘lgan mahmud bir yo‘lni mukammal o‘rganib chiqmog‘i lozim. Undan keyingina boshqa mazhab va ular orasidagi ixtiloflarni tadqiq qilishi mumkin. Bordiyu, ustoz faqat bir mazhab ilmini naql qilishdan boshqaga yaramasa, o‘zining mustaqil rayi bo‘lmasa, u holda bunday ustozlardan uzoq bo‘lishi kerak. Zero, uning irshodidan ko‘ra, adashtiruvi ehtimoli ko‘proqdir. O‘zi ko‘r bo‘lgan kishi ko‘rlarga yo‘l ko‘rsatolmaydi. Mustaqil ilmi bo‘lmagan olim hayrat ojizligida, jaholat sahrosida qolgan hisoblanadi. Ilm olishga endi kirishgan kishini ixtiloflardan man’ etish Islomni yangi qabul qilgan kimsalarga kofirlar bilan aralashib yurishni ta’qiqlashga o‘xshaydi. Dinda quvvatli kishini kofirlar bilan mujodala qilishga ruxsat berilgani kabi, ilmi kuchli talabalarning ham ixtilofli masalalarga kirishishiga mone’lik qilinmaydi. Shuning uchun kofirlarga qarshi jang maydoniga jasur jangchilar safarbar qilinadi. Qo‘rqoqlarga esa, bunday janglarga kirishga ruxsat berilmaydi. Ushbu nozikliklardan bexabar ba’zi zaif kimsalar iymoni quvvatli kishilarga joiz bo‘lgan narsalarga iymoni zaiflar ham iqtido qilsa bo‘ladi, deya tushunadilar. Ular kuchli va zaif kishilarning vazifalari bir-biridan farqli ekanini bilmaydilar. Bu haqda bir olim shunday degan edi: «Meni ilk ko‘rgan siddiq deb, nihoyatda ko‘p ko‘rgan esa, zindiq deb o‘ylaydi, chunki oxir-oqibatda amallar botinga qaytadi, a’zolar farzlardan tashqari amallarda sukut qiladi». Bu holning shohidi bo‘lganlar unday olimlarni bekorchi, tanbal va beparvo deya gumon qila boshlaydi. Vaholanki, ish ular o‘ylagani kabi emas. Balki qalb amallarning eng afzali bo‘lgan zikr va mushohada ila doimiy  mashg‘uldir. Ba’zida iymoni kuchlining holati iymoni kuchsizniki bilan barobar ko‘rinadi. Zohiran shunday hisoblansa ham, ularning orasida farq mavjud bo‘lib qolaveradi. Bir odam ko‘zadagi suvga ozgina najosatni tashlab yuboradi va: «Dengizga bu najosatning bir necha barobari tashlanadi, lekin suvi buzilmaydi-ku?!» deya qichqira boshlaydi. Vaholanki, u dengiz najosatning ta’sirini yo‘qota oluvchi kuchga ega ekanini, ko‘zadagi suv esa, ozgina najas bilan ham najasga aylanishini bu miskin tushunmaydi. Shuning uchun «Olimlar qilyapti-ku?! Biz ham qilsak bo‘laveradi», demaslik kerak. Shuning uchun ham boshqalarga izni berilmagan narsalarda Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) ruxsat berilgan. «Hatto to‘qqiz xotinga uylanish ham».130 Chunki Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) xotinlar orasida adolat qilish quvvatlari undan ortig‘iga ham yetar edi. Boshqalarda esa, bunday quvvat yetishmaydi. Taraflar adolatsizlik tufayli zarar ko‘rishi, hatto xotinlarining roziligi uchun  ma’siyat ko‘chasiga kirib qolishi ham mumkin. Farishtalarni temirchilarga taqqoslagan kishi najot topishi  mumkinmi?!


130. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:53:32
Beshinchi vazifa: Tolibi ilm barcha mahmud ilmlarni, ularning biror turini qoldirmasdan o‘rganmog‘i va oldiga qo‘ygan maqsadiga yetishmog‘i lozim. Ilmlarni o‘rganib bo‘lgach, umr sarmoyasi yetsa, ularni chuqurlashtirish kerak. Ilmlarning barchasini egallashning  imkoni bo‘lmasa, eng muhimlari bilan shug‘ullanishi, ularni mukammallashtirishi lozim. Qolganlarining kerakli jihatlarini o‘rganish kifoya qiladi.

Ilmlar o‘zaro bog‘liq hamda bir-birining ko‘makchisidir. Hech bo‘lmasa, bilmaslik tufayli dushman bo‘lib qolmaslik uchun, oz bo‘lsa-da, boshqa ilmlarni ham o‘rganish lozim. Chunki insonlar o‘zlari bilmaydigan narsalarning dushmanlaridir. Ushbu haqiqatning ifodasi sifatida Alloh taolo shunday deydi:

«Ular o‘zlari u (Qur’on) bilan hidoyat topishmagach, «Bu eski uydirmadir», derlar» (Ahqof surasi, 11-oyat).

Shoir aytadi:
         
           Kimning og‘zi achchiq bo‘lsa, bemordir,
          Zilol suv ham uning uchun zahardir.


Ilmlar darajasiga ko‘ra insonni yo Allohga olib boradi, yoki o‘sha maqsadiga biror jihatdan yordamchi bo‘ladi. Va yana maqsadga yaqinlashtirishi yoki uzoqlashtirishi jihatidan ham ularning martabalari bor. Bu ilmlarni biluvchi odamlar qo‘riqchilikda va jihod maydonida turgan askarlarga o‘xshaydi. Ularning o‘z darajalari, martabalari bor, shunga ko‘ra oxiratda ajr olishadi. Albatta, o‘sha amallari Alloh uchun bo‘lishisharti bilan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:53:40
Oltinchi vazifa: Ilm olishda shogird turli ilmlarga kirishib ketmasligi, barcha tartiblarga rioya qilishi va muhimrog‘idan boshlashi lozim. Zero, inson umri barcha ilmlarni o‘rganish uchun yetmaydi. Bas, shunday ekan, har bir ilmning chiroyli taraflarini o‘rganib, o‘sha ilmlarning ozi bilan kifoyalanish kerak. Qolgan bor quvvatni esa, eng sharafli hisoblanmish oxirat ilmi  tomon yo‘naltirish lozim. Oxirat ilmi deb aytganimiz, shubhasiz, muomala va mukoshafa ilmlaridir.

Muomala ilmining g‘oyasi mukoshafa, mukoshafaning g‘oyasi esa, Allohni  tanishdir. Oxirat  ilmida iroda qilingan narsa omi odamlarning e’tiqodi emas. Ular o‘sha e’tiqodlarni ota-bobolaridan meros qilib oladilarmi yoki o‘zlari paydo qiladilarmi,  farqi yo‘q. Mutakallimlarning dinni dushmanlar uydirmalaridan himoya qilish uchun yozgan munozara va mujodalalari ham oxirat ilmi hisoblanmaydi. Oxirat ilmidan murod mujohada va iflosliklardan pok, Alloh taolo uning nuri ila bandaning qalbini yoritadigan yaqiyn ilmidir. U bilan kishi Abu Bakrning (r.a.) iymoni rutbasiga erishadi. Abu Bakrning (r.a.) iymoni darajasiga shahodat berib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar Abu Bakrning iymoni (payg‘ambarlardan tashqari) butun olam iymoni bilan o‘lchansa, so‘zsiz Abu Bakrning iymoni og‘ir keladi»,131 deganlar.

Fikrimcha, olimlar bilan mutakallimlar e’tiqodi orasida hech qanday farq yo‘q, faqat mutakallimlar so‘zlarini tahrif va tartib qilib olganlari bois, olimlardan ustun ko‘rinadilar. Shuning uchun ham ularning so‘z san’ati kalom deb nomlanadi. Umar, Usmon, Ali va boshqa sahobalar kalom ilmida ojiz edilar. Abu Bakrning boshqa sahobalardan afzallik tomoni ilmi kalomda mashg‘ulligi emas, balki qalbida mustahkam o‘rnashgan siri — iymoniga ko‘ra edi. Bu kabi so‘zlarni Sohibi shariatdan (sollallohu alayhi vasallam) eshitaturib, yana eshitganiga muvofiq kelishiga ahamiyat bermay, «Bu narsalarni so‘fiylar to‘qib chiqargan, ular aqlga to‘g‘ri kelmaydi, ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim», deb da’vo qilgan kishining holi ajablanarlidir, u shu bilan sarmoyasini zoe’ ketkazgan bo‘ladi.


131. Ibn Adiy zaif isnod ila Ibn Umardan rivoyat qilgandilar. Bayhaqiy esa,  sahih isnod ila Umardan (r.a.) mavquf holda rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:53:48
Bas, sen ilm talab qilishda haris bo‘l! Rushdi hidoyatga fuqaho va mutakallimlar matolaridan boshqa narsalarni o‘ylash bilan erishasan!

Qisqacha aytganda, ilmlar orasida eng sharaflisi Allohni tanituvchi ilmdir. Bu ilm tubiga hech kim yeta olmaydigan dengiz yanglig‘. Ma’rifat dengizi qa’riga eng chuqur sho‘ng‘uvchilar anbiyolar, so‘ng avliyolar va so‘ng darajalariga ko‘ra boshqalar.

Rivoyat qilinishicha, ikki donishmandning surati bo‘lib, birining qo‘lidagi bir parcha lavhda: «Sen hamma narsani chiroyli bajargan bo‘lsang ham, Alloh sabablarni yaratuvchi, ashyolarni bor qiluvchi ekanini bilib, Uni tanimaguningcha, biror narsani chiroyli qildim, deb o‘ylama», deb, ikkinchisinikida esa: «Alloh ma’rifatiga erishmasdan avval ichib, yana chanqayverardim. Uning ma’rifatiga erishganimdan so‘ng ichmasdan chanqog‘im qonadigan bo‘ldi», deb yozilgan ekan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:53:55
Yettinchi vazifa: Avvalgi fanni mukammal o‘rganmasdan turib, boshqasiga kirishmaslik. Chunki ilmlarning zaruriyatiga ko‘ra tartib-martabasi bor. Bir ilm ikkinchi ilmga yo‘l vazifasini o‘taydi. Demak, o‘sha tartib va tadrijga rioya qilgandagina muvaffaqiyat qozoniladi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:

«Biz kitob bergan kishilar (mo‘minlar) uni to‘g‘ri (buzmay) tilovat qiladilar» (Baqara surasi, 121- oyat). Ya’ni, bir fanni ilmiy, amaliy o‘rganmaguncha, boshqasiga o‘tmaydilar. Demak, har bir ilmni mukammal o‘rganib bo‘lgach, ulardan yuqori darajadagi ilmga kirishmoq lozim. Biror ilmga uni o‘rganayotganlar ixtilofga berilib ketganlari bois, fosid ilm deya baho bermaslik kerak. Chunki odamlardagi ixtilof ilmdagi ixtilof emas. O‘sha ilm egalaridan bittasi yoki bir nechtasining xatosi tufayli uni badnom qilmaslik kerak. Olimlarning ilmlariga amal qilmasligi ham yuqoridagi fikrga olib bormasin.

Bir guruh insonlarning aqliy va fiqhiy nazar qilishni tark etganlarini ko‘rasan. Ular qilmishlariga bahona sifatida: «Agar bu ilmning asosi bo‘lganida edi, ilm arboblari uni topgan bo‘lardi», deyishadi. Ushbu shubha «Me’yorul ilm» kitobida ochiq bayon etilgan.

Bir toifa odamlarning esa, bir tabib xatosi uchun tibbiyotni botil, deyishini ko‘rasan. Yana bir guruh odamlar birinchi marta duch kelganida ilmi nujumni to‘g‘ri deb e’tiqod qilishadi. Boshqa birovlari munajjimlarning xatosini ko‘rib, ilmi nujumni mutlaqo xato deb hisoblashadi. Aslida ikkala toifaning nazari ham xatodir. Chunki har bir narsani avvalo o‘ziga qarab tanish lozim. Shuni unutmaslik lozimki, har qanday ilm chegarasi odamlar uni o‘rgangan darajadan ko‘ra kengroqdir. Xazrati Alining (r.a.) so‘zlari ham shuni tasdiqlaydi: «Haqiqatni odamlarga qarab tanima, balki avval haqni tani, keyin ahlini tanib olasan!»
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:54:02
Sakkizinchi vazifa: Sharafli ilmlarga olib boradigan sabablarni ham bilish lozim. Sabablar deganda ikki narsa nazarda tutilyapti: birinchisi, natijaning sharafli bo‘lishi, bunga din va tib ilmlari misol bo‘ladi. Ikkinchisi, dalilning quvvatli va ishonchli bo‘lishi, bunga hisob-kitob, nujum ilmlarini misol keltirish mumkin.

Birinchi turiga oid bo‘lgan din ilmi kishiga abadiy hayot ato qiladi, tib ilmi esa, foniy hayotni ta’min etadi. Shunga ko‘ra, din ilmi tib ilmidan sharafliroq hisoblanadi. Hisob ilmi nujum ilmidan dalillari kuchli va ishonchli bo‘lgani bois sharafliroqdir. Agar hisob ilmini tib ilmiga taqqoslasak, u holda tib ilmi samarasiga ko‘ra afzal deyiladi. Vaholanki, hisob ilmi dalillar quvvatiga ko‘ra sharafliroqdir. Bunday hollarda samaraning mulohazasi muqaddam qilinadi. Shuning uchun ham yuqorida aytganimizdek, tib ilmi garchi ko‘p qismi taxmin bo‘lsa-da, hisob ilmidan ustundir. Mana shunga ko‘ra, Alloh taolo, Uning farishtalari, kitoblari, rasullari haqidagi ilm va unga olib boruvchi ilmlar eng sharafli hisoblanadi. Demak, sen bor layoqatingni, qiziqishingni faqat shu ilmga sarflamog‘ing lozim.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:54:10
To‘qqizinchi vazifa: Talabaning maqsadi bu dunyoda botinini ziynatlab, fazilat ila go‘zallashtirish, oxiratda esa Allohga yaqinlik hosil qilish, farishtalar va muqarrablardan iborat Malaul a’loga yuksalish bo‘lishi lozim. Zinhor mansab, mol-dunyo, obro‘ qozonish, nodonlarcha tortishish va yaqinlari bilan faxrlanishni g‘oya qilib olmaslik kerak. Agar tolibi ilm maqsadini to‘g‘ri belgilab olgan bo‘lsa, maqsad sari eng yaqin yo‘l bilan olib boruvchi ilm, so‘zsiz oxirat ilmidir. Lekin bu degani, Qur’on va sunnatga bog‘liq lug‘at, nahv, fatvo ilmlariga, shuningdek, «Muqaddimot» va «Mutammimot» bo‘limlarida keltirilgan farzi kifoya ilmlarga e’tibor qilmaslik kerak, degani emas. Bizning oxirat ilmiga ortiqcha yuqori baho berganimizga qarab, boshqa ilmlarni keraksiz o‘ylama!

Ilmning xodimlari xuddi chegaraning posbonlari yoki Alloh yo‘lida kurashuvchi mujohidlarga o‘xshaydi. Mujohidlardan bir qismi jangchi, bir qismi ularga ko‘makchi, boshqa bir qismi ularga suv keltiruvchi bo‘ladi, yana bir qismi ot-ulovlarni muhofaza qilish bilan shug‘ullanadi. Lekin ular vazifalaridan qat’iy nazar, modomiki maqsadlari g‘animatni qo‘lga kiritish emas, Allohning so‘zini oliy qilish uchun bo‘lar ekan, va’da qilingan ajrdan olaverishadi. Ulamolar ham mujohidlar kabidir.

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:54:18
    «Ular Alloh huzurida turli daraja (martaba) sohibidurlar» (Oli Imron surasi, 163-oyat).

Demak, fazilatlar nisbiydir. Podshohga qiyoslanganda mensilmaydigan sarroflar (kassir) farroshlarga taqqoslanganda ustun ko‘riladi. Shuning uchun yuqori darajadan pastga tushganlarning qadri yo‘q deb bo‘lmaydi. Eng oliy martaba anbiyolarniki, keyingisi avliyolarniki, undan keyingisi yetuk olimlarnikidir. Qolgan solih zotlarga darajalariga ko‘ra berilaveradi. Xulosa qilib aytganda:

«Bas, kim zarra misqolicha yaxshilik qilsa, o‘shani ko‘rur va kim zarra misqolicha yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-8-oyat).

Ilmning qaysi turi bo‘lsa bo‘lsin, agar Alloh uchun ta’lim olinsa, shubhasiz, uning foydasi bo‘ladi va sohibini oliy maqomlarga ko‘taradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:54:26
O‘ninchi vazifa: Tolibi ilm ilmlarning maqsadga yetkazuvchi nisbatini yaxshi bilishi lozim. Maqsadlarga yaqin va yuksak bo‘lgan ilmlar maqsadlardan uzoq bo‘lgan ilmlardan afzaldir. Muhim bo‘lgan ilmlar muhim bo‘lmaganidan muqaddamdir. Muhim bo‘lgan ilmlardan murod ahamiyatli bo‘lganlaridir. Sening dunyo va oxiratdagi holatingga bog‘liq bo‘lgan ilmlar ahamiyatli hisoblanadi.

Qur’oni karim mantig‘i va basirat nurining shohidligiga ko‘ra, dunyo lazzati va oxirat ne’matini bir joyda jamlash mumkin emas. Muhimi esa, abadulabad boqiy qolishdir. Ana shu tushuncha paydo bo‘lganda, dunyo bir qo‘nib o‘tiladigan manzilga, badan ulovga, harakatlar maqsad yo‘lidagi intilishga aylanadi. Asl maqsad Alloh taolo bilan uchrashishdir. Barcha ne’matlar shundadir. Ammo hayoti dunyoda ko‘pchilik buning qadrini bilmaydi.

 Alloh bilan uchrashish va Uning mukarram jamolini ko‘rish saodati jihatidan ilmlar uch darajada bo‘ladi. (Allohning jamolini ko‘rishdan murod anbiyolar istagan va tushungan nazar bilan ko‘rishdir, avom xalq va mutakallimlar tushunchasidagi nazarning bunga aloqasi yo‘q.) Ilmning bu darajalarini quyidagi misollar bilan tushunib olasan.

Bir qulga hajni to‘la-to‘kis ado etish sharti bilan ozod bo‘lish va mol-mulk sohibiga aylanish imkoni berildi. Hajga tayyorgarlik ko‘rib yo‘lga chiqsa-yu, lekin biror mone’ sababidan haj ruknlarini bajara olmasa, u holda unga faqat hurriyat va’da qilindi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:54:35
Bunday holda qul uch xil amalni bajarishi lozim: avval, safar uchun tuya sotib olish, ozuqa tayyorlash va suv uchun mesh olish; so‘ngra, vatanni tashlab, Ka’ba tomon yo‘lga tushish; so‘ng hajning barcha ruknlarini birin-ketin bajarish. Ehromni yechib, tavoful vido’ni qilganidan so‘nggina mulk va hurriyatga ega bo‘ladi.

Bu shartlar tahaqquq topishi uchun qul uning sabablarini tayyorlab boradi. Cho‘llardan o‘tishda, haj ruknlarini avvalidan oxiriga qadar ado etishda maxsus o‘rinlar mavjud. Haj ruknlarini boshlagan kimsa saodatga yo‘l ozuqasi va ulov tayyorlayotgan kimsadan ham, hatto Ka’ba tomon yo‘lda ketayotganlardan ham yaqinroqdir.

Shug‘ullanish uch xil bo‘ladi: Birinchi qism yo‘l ozuqasi va ulov tayyorlash, safar uchun tuya sotib olish kabi masalalardan iborat bo‘lib, unga tib, fiqh va badanning     dunyoviy salohiyati uchun zarur ilmlar kiradi.

Ikkinchi qism cho‘llardan, tepaliklardan oshib o‘tish kabi mashaqqatlar bo‘lib, ular botinni razil sifatlardan poklaydi. Baland cho‘qqilardan oshib o‘tishga avvalgilaru oxirgilarning hammasi ojizdir, faqat tavfiq berilganlargagina kasb qilgandir. Maqsad sari boriladigan yo‘lning kayfiyati ham shunday. Uning ilmini o‘rganish hajga olib borajak yo‘lning taraflari va manzillarini tahsil qilishga o‘xshaydi. Yo‘lga chiqmasdan turib, faqat manzil va sahrolar yo‘lini bilishning foydasi yo‘q. Ilmsiz holda axloqni tuzatish esa, mumkin bo‘lmagan ishdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:54:42
Uchinchi qism haj va uning ruknlari kabi ilmlar bo‘lib, unga Alloh taoloni, Uning sifatlarini, farishtalari va ularning fe’llarini hamda biz «Tarojimul mukoshafa»da zikr qilgan narsalarni o‘rgatuvchi ilmlar kiradi. Bu o‘rin najot va saodatga erishish o‘rnidir. Maqsadi haq bo‘lgan har bir solik najot topaveradi.

Saodatga esa, Alloh taoloni taniganlar — oriflar erishadi. Ular jannat ne’matlari, rayhonlari va xush bo‘ylaridan nasibadordirlar. Kamolot cho‘qqisiga chiqishdan to‘silganlar faqat najot va salomatlikka erishadi. Alloh Qur’onda:

«Endi agar o‘sha (vafot qilguvchi kishi Allohga) yaqin qilingan, (peshqadam)lardan bo‘lsa, u holda (uning uchun) rog‘at-farog‘at, go‘zal rizq va noz-ne’matli jannat bordir. Endi agar u o‘ng tomon egalaridan bo‘lsa, u holda (ey saodatmand bandam), senga o‘ng tomon egalaridan salom bo‘lgay!» (Voqea surasi, 88-91-oyatlar) deydi.

Kim to‘g‘ri maqsad sari yuzlanmasa, harakat qilmasa, yoki undan boshqa tomonga harakat qilsa, yo g‘oyasi Allohga qullik qilish va Uning amrini bajarish emas, balki bu dunyoning turli narsalari bo‘lib qolsa, unday kimsa  «ashabush-shimal» (chap tomon egalari), adashganlar toifasidagi kishiga aylanadi. Bundaylar uchun ichimligi qaynoq suvdan bo‘lgan o‘rinlar va jahannamga kirish bordir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:54:50
Bilgilki, yetuk ulamolar nazdidagi «haqqul yaqiyn» mana shudir. Ular moddiy ko‘zlardan ko‘ra kuchliroq, ravshanroq bo‘lgan botin ko‘zi ila mushohada yuritadilar va faqat eshitish bilan hosil bo‘luvchi taqliddan yuqori ko‘tariladilar. Ularning holati xuddi o‘zlariga  kelgan xabarni tasdiqlab, ishonib, so‘ngra qo‘shimcha mushohada qilib, o‘sha xabarni tadqiq qilishga, boshqalarning holati esa, mushohada va fikrdan benasib holda faqat ishonib tasdiqlashga o‘xshaydi. Haqiqiy saodat mukoshafa ilmi ortidadir. Mukoshafa ilmi esa, muomala ilmi ortidan keladi.

Muomala ilmi deganda oxirat sari safarga chiqish va yaramas sifatlardan xalos bo‘lish haqidagi ilm tushuniladi. Ulug‘ safarga otlanish ilmi mazmum sifatlar ilmidan keyin o‘rganiladi. Muolaja yo‘li va bu yo‘lda qanday yurishni o‘rganuvchi ilm badan salomatligi ilmi va unga yordamchi bo‘lgan ilmlardan keyin turadi.

Badan salomatligi odamlarning o‘zaro yordamlashuvi, hamkorligi bilan paydo bo‘ladi. Zero, o‘zaro yordamlashuv bilan maskan, taom va kiyinish kabi odatlar rivojlanadi. U (badan salomatligi ilmi) faqih zimmasida bo‘lgan, sultonning odamlarni adolat va siyosat bilan tutib turadigan qonunlariga bog‘liq. Ammo sog‘likning sabablari tabibning zimmasidadir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:54:59
«Ilm ikkiga bo‘linadi: badan ilmi va din ilmi», deb aytgan kishi bu so‘zlari bilan  botiniy aziz ilmni emas, balki xalq ichida keng tarqalgan zohiriy ilmlarnigina iroda qilgan. Agar sen:  «Nima uchun fiqh va tib ilmini yo‘l ozuqasi va ulovini tayyorlashga o‘xshatdingiz?» desang, bilgilki, Allohga yaqinlashish uchun yo‘lga chiquvchi deyilganda, badan emas, qalb tushuniladi. Qalb deganda bizga ko‘rinadigan bir parcha go‘shtni nazarda tutayotganim yo‘q. Balki, u hissiy a’zolar bilan idrok qilib bo‘lmaydigan ilohiy sirlardan bir sirning, yashirin ne’matlardan bir ne’matning nomidir. Gohida u «ruh», gohida esa, «nafsi mutmainna» (xotirjam nafs), deyiladi. Shariat uni «qalb» deb nomlaydi, chunki u o‘sha ilohiy sirning ulovidir. Uning vositasi ila butun badan o‘sha latofatga bir bosqich vazifasini o‘taydi. Bu sirning pardasi faqatgina mukoshafa ilmi bilan ochiladi.

Mukoshafa ilmidagi o‘sha sirning pardasini ko‘tarishga, uni ochiq zikr qilishga izn berilmagan. Mukoshafa ilmining asroridan o‘rganish izn berilgan miqdori zikr qilinadigan bo‘lsa, u holda shunday deyish mumkin: Qalb  qimmatbaho javhar, butun ko‘z oldimizda namoyon narsalar orasida eng aziz va sharafli durdir. Va u ilohiy ishdir. Alloh taolo Qur’oni karimda ruh haqida shunday deydi:

«Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh Rabbimning ishidandir» (Isro surasi, 85-oyat). Ruhning nisbati inson jasadidagi boshqa a’zolaridan ko‘ra sharafliroq. Xalq-yaratilish ham, amr-ish ham Allohga xos. Ammo amr xalq qilishdan buyukroq. Allohning omonati yuklangan qimmatbaho javhar mana shu ruhdir. Aynan mana shu omonat yukini ko‘taruvchi bo‘lgani uchun ham inson osmonlaru yerdan va ulardagi bor narsalardan musharraf qilindi. Chunki undan boshqa mavjudotlar bu omonatni qabul qilishdan bosh tortgan edilar. Zero, ular amr olamidan qo‘rqardilar. Ammo bu gaplardan ruhning qadimligi tushunilmaydi. Uni qadim deya da’vo qiluvchilar esa, aldangan, nima deyayotganini bilmaydigan johillardir. Mavzudan tashqari bo‘lgani uchun ruh haqidagi bayonni shu yerda to‘xtatamiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:55:11
Demoqchi bo‘lganimiz shuki, ilohiy latofat bo‘lgan qalb Allohga yaqinlashtiruvchi birdan-bir xususiyatdir. Chunki u Allohning ishi-amridandir. Kelib chiqishi ham, qaytishi ham Ungadir. Faqat amr qilish xalq qilishdan oliyroqdir.

Allohning omonati bo‘lgan jasad go‘yo qalbning ulovi, faqat uning harakati — sayri uchun vosita vazifasini bajaradi. Haj yo‘lida tuya qanday ulov darajasida bo‘lsa, jasad ham xuddi shunday ulov, suv to‘ldirilgan mesh jasadning ehtiyoji uchun qanday zarur bo‘lsa, jasad uchun ruh ham shunday zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Har qanday ilm, agar uning maqsadi jasad salomatligi bo‘lsa, demakki, u «ulov» manfaatlari jumlasidandir. Tib ilmining ziynati, yuqorida zikr qilib o‘tganimizdek, jasadning salomatligi uchun juda muhim bo‘lib, hatto inson tanho yashaganda ham unga muhtoj ekani hech kimga sir emas. Fiqh ilmining tib ilmidan farqi shundaki, inson tanho yashagan chog‘ida undan behojat bo‘lishi mumkin. Lekin inson shunday yaratilganki, u tanholikda yashashi mumkin emas. Chunki inson yer haydash, ekin ekish, non pishirish, oshpazlik qilish yoki kiyim-kechak va maskan muammolarini hal qilishda bir o‘zi harakat qila olmagani bois o‘z-o‘zidan boshqalar bilan aralashib yurishga, hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Shunday ekan, odamlar bir-birlari bilan aralashganlari sayin shahvatlar va orzu-havaslar ham g‘alayonga keladi, keyin ular orasida o‘zaro munozara va tortishuvlar boshlanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:55:18
Insonning ichida bir-biriga zid unsurlar aralashib ketganida va o‘zaro muvofiq kelmaganida, halok bo‘lgani kabi, tashqarida ham o‘zaro tortishuv va munozaralar tufayli  halokatga yo‘liqadilar. Tib ilmi bilan inson ichidagi qarama-qarshi aralashmalarning mo‘’tadilligi muhofaza etilsa, siyosat va adolat bilan inson tanasidan tashqaridagi bahs-tortishuvlari mo‘’tadil qilinadi. Aralashmalarning mo‘’tadil yo‘lini o‘rgatuvchi ilmga tib, muomala va fe’llarni mo‘’tadillashtiruvchi ilm turiga fiqh   deyiladi. Bu ilmning barchasi ulov vazifasini bajaruvchi jasad muhofazasi uchundir. Nafsiga qarshi mujohada qilmaydigan, qalbining islohi bilan shug‘ullanmaydigan, faqatgina tib va fiqh ilmi bilan ovora bo‘lgan kimsalar xuddi haj uchun yo‘lga tushmasdan, faqatgina tuya sotib olish, uni to‘ydirish yoki mesh sotib olib, uni tikish bilan ovora bo‘lganga o‘xshaydi. Mukoshafa ilmiga olib boruvchi qalb islohi yo‘liga kirganlar esa, haj uchun yo‘lga chiquvchi yoki uning arkonlarini bajaruvchiga o‘xshaydi. Avvalo, sen bularni yaxshilab tushunib ol va bularning hammasini boshdan o‘tkazgan avomu xosga tushuntirishda bor jiddu jahdini, jur’atu g‘ayratini sarf etgan kishining nasihatini (Imom G‘azzoliy o‘zlarini nazarda tutyaptilar) tekin qabul qil. 

Tolibi ilmning vazifalariga mana shular kifoya qiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:08:10
Murshid ¬ muallimning vazifalari bayoni

Bilgilki, mol-dunyo to‘plashda bo‘lgani kabi, ilm olishda ham to‘rt holat mavjud. Mol sohibining istifoda holati bor, unda muktasib (kasb qiluvchi) bo‘ladi; kasb qilib topgan molini jamg‘arish holati bor, u bilan tilanchilikdan qutiladi; o‘ziga infoq qilish holati bor, molidan foydalanadi; molini boshqalarga sarflash holati bor, bu bilan saxiy va fazilatli bo‘ladi. Mana shu oxirgisi barcha holatlarning ulug‘idir.

Shuningdek, mol-dunyo kabi, ilm ham yig‘iladi. Unda ham talab va kasb qilish holati, so‘rashdan behojat bo‘ladigan darajada tahsil qilish holati, istibsor — hosil qilgan ilmini tafakkur qilish va undan foydalanish holati, hamda tabsir — boshqalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish holati bor. Buning ham oxirgisi ulug‘dir. Kim ilm olsa, unga amal qilsa va boshqalarga o‘rgatsa, u kishi osmonlarda ulug‘ inson deb chaqiriladi. U odam quyosh kabidirki, boshqalar uchun ziyo tarqatadi va o‘zi ham ziyolidir yoki mushki anbar kabidirki, boshqalarni xushbo‘y qiladi va o‘zi ham xushbo‘ydir. Ilm o‘rganib, unga amal qilmaydigan kishi esa, boshqalarga foyda berib, o‘zi ilmdan xoli qolgan daftar yoki boshqa narsalarni o‘tkirlab, o‘zi hech narsani kesa olmaydigan qayroqtosh yoki boshqalarni kiyintirib, o‘zi yalang‘och qolgan igna yoki boshqalarga nur berib, o‘zi yonib ketadigan chiroqning piligi kabidir. Chunonchi she’rda aytiladi:

U yonguvchi pilikdirki, atrofga nur taratur,
Kimlar undan nur emur, u yonib ado bo‘lur.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:08:27
Inson qachon ilm berishga kirishsa, ulug‘ ishni, katta vazifani zimmasiga olgan bo‘ladi. Shuning uchun uning odoblari va vazifalarini yodda tutishi lozim:

Birinchi vazifa: muallim ta’lim oluvchilarga nisbatan shafqatli bo‘lishi va ularga o‘z bolalari kabi muomala qilishi kerak. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ota o‘z farzandiga qanday bo‘lsa, men ham sizlar uchun shundayman»,132 deganlar. Bu vazifani muallim shogirdlarni oxirat azobidan saqlashni qasd qilish bilan ado etishi mumkin. Mana shu niyat ota-ona farzandini dunyo olovidan saqlashidan ko‘ra muhimroqdir. Shuning uchun muallimning haqqi ota-onaning haqqidan ustun qo‘yiladi. Chunki ota vujud va foniy hayotning sababchisi bo‘lsa, muallim abadiy hayotning sababchisidir. Muallim bo‘lmasa edi, ota tomonidan hosil qilingan narsa abadiy halokatga duchor bo‘lardi. Zero, muallim uxroviy hayotning bunyodkoridir. Bu yerda oxirat yoki dunyo ilmlari bilan dunyo topishni emas, oxiratni qasd qiluvchi muallimni nazarda tutdim. Ammo dunyo topish maqsadida ta’lim berish halok bo‘lish va halok qilishdirki, bundan Alloh saqlasin!

Bir otaning o‘g‘illari o‘zaro muhabbatli va barcha maqsadlarda bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari lozim bo‘lgani kabi, bir ustozning shogirdlari ham o‘zaro muhabbatli bo‘lishlari kerakdir. Ularning maqsadlari oxirat bo‘lsagina o‘rtalarida muhabbat uyg‘onadi. Agar maqsadlari dunyo bo‘lsa, o‘rtada hasad va adovatdan boshqa narsa hosil bo‘lmaydi.


132. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:08:45
Albatta, ulamolar va oxirat farzandlari Alloh taologa safar qiluvchi va dunyodan U tomonga yo‘l tutuvchilardir. Yillar va oylar o‘sha yo‘lning manzillaridir. Biror shaharga borishni niyat qilib yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarning yo‘lda hamroh bo‘lishlari o‘rtalarida mehr-muhabbat uyg‘onishlariga sabab bo‘lganida, oliy Firdavs jannati sari qilingan safar va uning yo‘lida yo‘ldosh bo‘lganlar o‘zaro qanchalik mehribon bo‘lishlari kerak?! Oxirat saodatida hech qanday tanglik yo‘q, shuning uchun oxirat farzandlari o‘rtasida tortishuv bo‘lmaydi. Dunyo saodatida esa kenglik yo‘q, shuning uchun u nizolardan xoli emas.

Ilm orqali rahbarlikka erishishni o‘ylagan kishi Alloh taoloning:

«Albatta, mo‘minlar og‘a-inidirlar» (Hujurot surasi, 10-oyat), degan kalomi taqozosidan tashqariga chiqqan va:

«U kunda taqvolilardan boshqa do‘stlar bir-birlariga dushmandirlar» (Zuxruf surasi, 67-oyat), degan so‘zining muqtazosiga kirgan bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:09:12
Ikkinchi vazifa: Shariat sohibi bo‘lgan zotga (sollallohu alayhi vasallam) ergashishdir. Muallim ilm o‘rgatish uchun haq talab etmaydi, biror mukofot olishni yoki tashakkur eshitishni ham maqsad qilmaydi. Balki Alloh taoloning roziligini istab va Unga yaqin bo‘lishni xohlab ta’lim beradi. Garchi shogirdlar minnatdorlik bildirishlari lozim bo‘lsa-da, uni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Balki ularni fazilatli biladi. Zero, ular ilm olish bilan Alloh taologa yaqin bo‘lish uchun qalblarini poklaganlar. Bu hol o‘zing uchun ekin ek, deb bir kishi yerini senga topshirganida, ziroat bilan topadigan manfaating yer egasining manfaatidan ko‘proq bo‘lgandagiga o‘xshaydi. Alloh taoloning huzurida sening savobing mutaallim ¬ o‘quvchining savobidan ko‘proq bo‘lgani holda, qanday qilib ularga minnat qilasan? Agar ta’lim oluvchi bo‘lmasa, sen savobga erisha olmas eding. Shuning uchun ajrni faqat Alloh taolodan ista. Chunonchi, Alloh azza va jalla marhamat qiladiki:

«Ey qavmim! Sizlardan u (xizmat) uchun mol-dunyo so‘ramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir» (Hud surasi, 29-oyat).

Darhaqiqat, mol-mulk va dunyodagi narsalar vujud xizmatkoridir. Vujud esa, nafsning ulovi-markabi. Maxdum (xizmat qilinuvchi) ilmdir. Zero, nafsning sharafi ilm bilan. Ilm bilan mol-dunyoni talab qilgan odam esa, kovushning tagini yuzi bilan artgan kishiga o‘xshaydi, u xodimni maxdum, maxdumni esa, xodim qilib qo‘ygandir. Bu holat oyog‘i qolib, boshi bilan yurishga teng. U qiyomat kunida Allohning huzurida boshlarini egib turuvchi gunohkorlar bilan birga bo‘ladi.

Aslida, fazl va minnat muallim uchundir.

E’tibor qilgilki, din ishi o‘zlari egallagan fiqh, kalom va boshqa ilmlarni o‘qitish bilan Allohga yaqinlashishni da’vo qiluvchi qavmlar qo‘lida qolib ketdi. Bu kimsalar mol va maqomning orqasidan yuguradilar va buni qo‘lga kiritish uchun podshohlarning huzurida har turli zillatga (pastkashlik) rozi bo‘ladilar. Chunki ular xushomadlarini tark qilsalar, (boshqa fazilatlari yo‘qligi sababli) o‘zlari ham tark etiladilar. (Bunday) muallimlar shogirdning mashaqqat paytlarida (xizmatida) qoyim bo‘lishini, do‘stlariga yordam berib, dushmaniga adovat qilishini, hojatlarida undan oshkora foydalanib qolishini va ishlariga tobe’ bo‘lishini istaydi. Mabodo, talaba bu xizmatda biror xatoga yo‘l qo‘ysa, unga g‘azab qiladi va eng yomon dushmaniga aylanib qoladi. Zillatga rozi va bu holidan xursand bo‘lgan, so‘ngra, «dars berishdan maqsadim Allohga yaqin bo‘lish va dinga yordam berish», deyishdan ham uyalmaydigan olim eng yomon olimdir. Uning alomatlariga qara, aldanishning ko‘p turlarini ko‘rasan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:09:47
Uchinchi vazifa: Talabaga qilinishi lozim bo‘lgan nasihatlardan hech birini qoldirmaslik. Masalan, uni loyiq bo‘lmagan martabaga chiqishidan qaytarishi va ochiq-ravshan ilmlarni tugatmay turib, maxfiy ilmlar bilan   mashg‘ul bo‘lishdan man’ qilishi lozim. Keyin esa, ilmlarni o‘rganishdan maqsad Allohga yaqin bo‘lish ekanini, maqomu martaba, obro‘ va kimo‘zarlikni maqsad qilish mumkin emasligini uqtirishi kerak. Ilm bilan dunyoviy narsalarni talab qilish naqadar yomon ekanini imkon qadar o‘z nafsida talabaga ko‘rsatib borishi lozim. Chunki fojir olimning isloh qilgan ishlari buzgan ishlaridan ko‘p emasdir.

Agar muallim talabasining qalbida ilm bilan faqat dunyoni talab qilganini bilib qolsa, u o‘rganayotgan ilmga qarasin. Agar u fiqhdagi xilof ilmi, kalomdagi jadal ilmi, ahkom va xususiyatdagi fatvolar ilmi bilan        mashg‘ul bo‘lsa, uni darhol yo‘lidan qaytarsin. Chunki bu ilmlar oxiratda foyda bermaydi va ular: «Biz ilmni Allohdan boshqa uchun talab qildik, lekin ilm Allohdan boshqasi uchun bo‘lishdan bosh tortdi», deyilgan ilmlardan ham emasdir. Chunki bunday ilmlar tafsir, hadis va avvalgilar mashg‘ul bo‘lgan oxirat ilmi, nafs axloqini o‘rganish va uni poklash kayfiyati haqidagi ilmlardir. Agar talaba ushbu ilmlarni o‘rgansa va u bilan dunyoni maqsad qilsa ham, uni holiga qo‘yishning zarari yo‘q. Chunki ushbu ilmlar talabada odamlarga va’z aytish va ularni ortidan ergashtirish xohishini keltirib chiqaradi. Lekin ishning o‘rtasida yoki oxirida o‘zi ham ogoh bo‘lib qolishi, ko‘zi ochilishi mumkin. Zero, u ilmlar Allohdan qo‘rqitadigan, dunyodan sovutadigan va oxiratni ulug‘lovchi ilmlardir. Shuning uchun boshqalarga qilgan nasihatlaridan o‘zi ta’sirlanib, oxirat savobiga yuzlanishi umid etiladi.

Odamlarga yoqishga va obro‘ olishga bo‘lgan muhabbat tuzoq atrofiga sochilgan don kabidir. Alloh taolo jonzotlarga nasl qoldirish uchun shahvat bergan. Shuningdek,   ilmlarni tiriltirishga sabab bo‘lishi uchun  maqomga nisbatan muhabbat paydo qildi. Shuning uchun bu ilmlarda bunday muhabbatlar uchrashi mumkin. Lekin ixtiloflar, kalom ilmidagi mujodalalar va kam uchraydigan far’iy masalalarni bilish va boshqa ilmlardan yuz o‘girib, faqat shulargagina berilish qalb qattiqligini, Allohdan g‘ofillikni, zalolatda davomiylikni va obro‘parastlikni ziyoda qiladi. Faqat Alloh taolo kimni rahmati bilan saqlasa yoki bu bilimiga boshqa diniy bilimlarni qo‘shgan bo‘lsagina, najot topishi mumkin.

Bunga munosib dalil ¬ tajriba va mushohadadir. Buning haqiqatini bandalarda va diyorlarda ko‘rish uchun nazar sol va ibrat ol! Basirat ko‘zingni och! Yordamchi faqat Allohdir.

Bir kuni Sufyon Savriyni (r.a.) mahzun holda ko‘rib: «Sizga nima bo‘ldi?» deb so‘rashdi. U zot: «Biz dunyo bandalari uchun tijoratgohga aylanib qoldik. Ulardan ba’zilari yonimizga kelib ta’lim olgach, qozi, amaldor yoki qahramonga aylandi», deb javob berdilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:11:22
To‘rtinchi vazifa: Ta’lim san’atining nozik jihatlaridan biridirki, muallim talabaning yomon axloqini oshkora emas, balki imkoni boricha ta’riz — o‘ziga ko‘rsatish yo‘li bilan, qattiq so‘zlar bilan emas, shafqat yo‘li bilan qaytarishi lozim. Chunki oshkora shaklda tanbeh berish hurmat pardasini yirtib, ustozga qarshi chiqishga jur’at paydo qiladi hamda qaysarlikka bo‘lgan maylini qo‘zg‘atadi. Zero, barcha muallimlar murshidi bo‘lgan zot (sollallohu alayhi vasallam): «Agar odamlar go‘ngni titishdan qaytarilsalar, albatta, uni titadilar hamda unda bir narsa bordirki, biz undan qaytarildik, deydilar»,133 deb marhamat qilganlar.

Bu borada senga tanbeh bo‘ladigan misol Odam bilan Havo va ularga man’ qilingan narsa haqidagi qissadir. Bu misollarni senga shunchaki emas, balki ibrat olishing, g‘aflatdan uyg‘onishing uchun keltirdim.

Va yana ta’riz yo‘li bilan tarbiya berish fazilatli   nafslar va zakovatli zehnlarni so‘zning ma’nosini  chaqib olishga undaydi. Natijada, bu so‘zning ma’nosi qo‘lim yetmaydigan narsa emas, deb uni bilishga rag‘bat qiladi, anglaganida esa, xursand bo‘ladi.


133.  Alboniy zaif degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:11:37
Beshinchi vazifa: Ilmlardan ba’zilarini o‘rganayotgan talabaga boshqa ilmlarni yomon ko‘rsatmaslik lozim. Masalan, til muallimi fiqh ilmini yomon ko‘rsatishga odatlangan, fiqh muallimi esa, hadis va tafsir ilmini: «U faqat naql qilish va eshitishdan iborat. Bunday qilish esa, kampirlarning ishi va unda qo‘lga tegishli narsa yo‘qdir», deb kamsitadi. Kalom muallimi fiqhdan nafratlantirib: «Bu ilm far’iydir, u xotinlarning hayzi haqidagi so‘zlar to‘plamidan iborat. Rahmonning sifatlari haqidagi kalom ilmi qaerda¬¬¬¬-yu bu qaerda?» deydi.

Mana shu narsa muallimlar uchun eng yomon axloqdir, undan saqlanish lozim. Balki bir ilmga mutaxassis bo‘lgan muallim talabalar uchun boshqa ilmlarning ta’lim yo‘llarini ham ochib berishi lozim. Agar u bir necha ilmlardan ta’lim bersa, o‘quvchining bir ilmdan ikkinchisiga o‘tishida bosqichlarga rioya qilsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:11:55
Oltinchi vazifa: Talabaga ilmni uning fahm-farosati ko‘tarishiga qarab berish lozim. Aqli yetmagan narsani o‘rganmasinki, uni ilmdan nafratlantirib qo‘yadi yoki aqlini chalkashtirib yuboradi. Bu borada bashariyatning sayyidi bo‘lgan zotga (sollallohu alayhi vasallam) ergashish lozimdirki, u zot (sollallohu alayhi vasallam): «Biz payg‘ambarlar jamoasi odamlarni o‘z o‘rinlariga qo‘yishga va ularning aqllari yetadigan miqdorda gapirishga buyurilganmiz»,134 deganlar.   

Bas, qachonki talabaning haqiqatni anglashga yuzlanganini bilsa, unga haqiqatni sochsin. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bir qavmga ularning aqllari yetmagan biror so‘zni gapirgan kishi ularning ba’zilari uchun fitnaga sabab bo‘ladi», deganlar.   

Hazrat Ali (r.a.) ko‘ksiga ishora qilaturib, aytganlar: «Albatta, mana bu yerda juda ko‘p ilm bor, koshkiydi unga munosib tolib topolsam». Naqadar to‘g‘ri so‘zlaganlar. Chunki yaxshilarning qalbi sirlarning qabridir.

Olim kishi barcha bilgan narsalarini har kimga ham oshkor qilavermasligi lozim. Bu so‘z talaba o‘sha ilmni tushunadigan, lekin undan foydalanishga loyiq bo‘lmagan holatda tegishlidir. Endi u tushunmaydigan ilmlarni oshkor qilish qanday bo‘lar ekan?!


134. Abu Bakr ibn ash-Shaxir Umardan (r.a.) qilgan rivoyatlarini bir juz’i. Abu Dovud Oishadan (r.a.) shunga o‘xshash hadis rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:12:19
Iso (a.s.) shunday deganlar: «Gavharlarni to‘ng‘izlarning bo‘yniga osmanglar». Albatta, hikmat (ilm) gavhardan yaxshiroqdir. Kim uni yomon ko‘rsa, to‘ng‘izdan ham yomonroqdir. Shuning uchun: «Har bir bandaga aqlining me’yoriga ko‘ra o‘lchab va fahmining mezoniga ko‘ra tortib ber. Toki sen uning yomonligidan salomat bo‘lasan va u ham sendan foyda oladi. Aks holda me’yorlar turlicha bo‘lgani uchun inkor paydo bo‘ladi», deyilgan.

Bir olimdan bir narsa haqida so‘rashganida, javob bermadi. Shunda so‘rovchi: «Siz Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Kimki foydali bir ilmni yashirsa, qiyomat kunida olovdan bo‘lgan yugan bilan yuganlanadi»,135 deganlarini eshitmaganmisiz?» dedi. Olim: «Yuganni qo‘yaver va (yo‘lingdan qolmay) ketaver. Agar (so‘zimni)  anglaydigan bir odam kelsa va undan ilmni yashirsam, o‘shanda meni yuganlayversin», deb javob qildi.

Zero, ilmni buzadigan va unga zarar beradigan kishidan ehtiyot qilish lozimligini bildirib, Alloh taolo: 

«Aqlsizlarga mollaringizni berib qo‘ymangiz», (Niso surasi, 4-oyat), deya marhamat qilgan. Loyiq kishiga bermaslikdagi zulm noloyiq kishiga berishdagi zulmdan kam emasdir. She’r:

O‘tlab yurgan qo‘ylarga dur-Marjon sochmoq nechun?
So‘ngra esa  shartmikin unga qo‘riqchi bo‘lish?
Ilmu hikmat qadrini johillar qaydan bilsun,
Hayvon bo‘yniga ilmoq durru gavhar-abas ish!

Allohning lutfi ila gar iltifot etsa latif,
Yo‘llarimda uchrasa ilmu hikmat ahlidan.
Unga zarur ilm tarqatib qozonsam muhabbatin,
Aks holda ilm-yashirin, benasibdur bahridan.

Kim johilga ilm o‘rgatsa, uni qilibdi zoe’,
Kim tolibdan ilm ayasa, o‘shadir eng betole’!



135. Ibn Moja Abu Saiddan zaif isnod ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:12:41
Yettinchi vazifa: Zehni past talabaga o‘ziga munosib bo‘lgan ochiq ilmlarni o‘rgatish lozim. Ilmning nozik jihatlarini berkitganini unga aytmaslik kerak. Chunki bunday so‘z uning ochiq ilmlardagi rag‘batini kamaytiradi, qalbiga tashvish soladi va o‘ziga nisbatan baxillik qilingan, degan gumonga olib boradi. Zero, hamma odam o‘zini daqiq ilmlarni olishga loyiq deb o‘ylaydi. Har kim o‘z aqlining mukammalligi xususida Alloh taolodan rozi bo‘lgandir. Eng ahmoq va aqli zaif kishi o‘z aqlini mukammal deb xursand bo‘lgan kishidir. Bundan ma’lum bo‘ladiki, avom tabaqasidan kimki shariat zanjiriga bog‘lanib, salaflardan o‘tib kelgan aqidalarni ta’vil va tashbeh qilmasdan qalbiga joylashtirgan va shu bilan yurish-turishini chiroyli qilib olgan hamda aqliga bundan ko‘proq narsani yuklamagan bo‘lsa, uning e’tiqodiga shubhalar solish to‘g‘ri emas. Balki ularni xoli qoldirish lozim. Chunki unga zohirning ta’villari zikr qilinsa, undan avomlik zanjiri yechiladi, lekin xoslarning qalbiga bog‘lanishga ham muyassar bo‘lmaydi. U bilan gunohlar o‘rtasidagi to‘siq yo‘qoladi hamda o‘zini ham, boshqalarni ham, halokatga yetaklovchi sarkash shaytonga aylanadi. Shuning uchun avom odamlar bilan ilmning nozik haqiqatlariga sho‘ng‘imaslik lozim. Balki ularga ibodatlarni o‘rgatish, qilayotgan kasblarida ishonchli odam bo‘lishlarini ta’lim berish, Qur’onda aytilganidek, ularning qalblarini jannatga rag‘bat va jahannamdan qo‘rquv bilan to‘ldirish, ularda shubha uyg‘otmaslik lozimdir. Chunki gohida shubha      qalbda o‘rnashib qoladi va uni hal etish juda mushkul bo‘ladi. Natijada baxtsizlik va halokatga uchraydi.

Umuman olganda, avom uchun bahs eshigini ochmaslik darkor. Chunki (bu bilan) xalqning hayotini va xoslar tirikchiligining davomiyligiga sabab bo‘lgan san’at (kasb)lari e’tiborsiz qolib ketadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:13:04
Sakkizinchi vazifa: Muallim ilmiga amal qiluvchi bo‘lmog‘i lozimki, fe’li so‘zini yolg‘onga chiqarmasin. Chunki ilm basirat (qalb ko‘zi) bilan, amal esa, ko‘z bilan bilinadi. Ko‘z bilan ko‘ruvchilar esa, juda ko‘pdir.

Qachonki, amal ilmga xilof bo‘lsa, rushdu hidoyatga mone’lik qiladi. Har kim o‘zi bir narsani yeb turib, odamlarga: «Buni yemanglar», desa, ushbu so‘zi zahar kabi bo‘ladi va odamlar uni masxaralay boshlaydi, unga tuhmat qiladi. Qaytarilgan ishga qiziqishlari ortib: «Bu ish eng shirin va eng lazzatli narsa bo‘lmaganida, o‘zi o‘sha ishni qilmas edi», deydi.

Murshid ¬ muallimning shogirdlar oldidagi mavqe’i qolipning loyga yoki daraxtning soyaga nisbati kabidir. Qolip bo‘lmasa, loydan qanday foydalanish mumkin, daraxt qiyshiq bo‘lsa, soya qachon to‘g‘ri bo‘ladi? Bu haqda shunday she’r aytilgan:

Qilib turgan ishingni boshqalarga etma man’,
O‘zing uchun katta or, agarchi shunday qilsang.


Alloh taolo marhamat qilib aytadi: 

«Odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o‘zlaringizni unutasizlarmi?» (Baqara surasi, 44-oyat).

Shuning uchun olimning gunoh qilgandagi yuki johilning yukidan ko‘proq bo‘ladi. Zero, uning yo‘ldan toyishi bilan ko‘plab odamlar ham toyiladilar va unga ergashib ketadilar. Kimki yomon bir odatni joriy qilsa, unga o‘sha ishning gunohi va uni qilgan barcha odamlarning gunohi yoziladi. Shuning uchun Hazrati Ali (r.a.): «Mening belimni ikki toifa sindirdi: ilmga amal qilmagan olim va ibodatga sho‘ng‘igan johil. Chunki johil odamlarni ibodati bilan aldaydi, olim esa ilmiga amal qilmaslik bilan», deganlar.

Alloh bilguvchiroqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:13:42
Oltinchi bob
Ilmning ofatlari hamda oxirat olimlari va yomon olimlarning alomatlari

Ilm va ulamo fazilati borasida vorid bo‘lgan oyat va hadislarni zikr qilib o‘tdik. Yomon olimlar haqida ham qo‘rqinchli xabarlar kelganki, ularning qiyomat kunida eng og‘ir azobga duchor bo‘lishlariga dalolat qiladi. Navbatdagi muhim vazifalardan biri dunyo olimlari va oxirat olimlari o‘rtasini ajratuvchi alomatlarni yaxshi bilib olishdir.

Dunyo olimlari deganda ilmdan maqsadlari dunyo bilan ne’matlanish hamda dunyo ahllari oldida obro‘ va maqomga erishish bo‘lgan yomon olimlarni nazarda tutdik. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Odamlarning qiyomat kunida eng og‘ir azoblanadigani Alloh taolo ilmidan o‘ziga manfaat bermagan olimdir», deganlar.

Yana aytadilar: «Hech bir kishi ilmiga amal qilmagunicha olim bo‘lolmaydi».136

Yana marhamat qiladilar: «Ilm ikki xildir: Tildagi ilm, u maxluqotlariga qarshi Alloh taoloning hujjatidir. Qalbdagi ilm, bu manfaatli ilmdir».137


136. Ibn Hibbon va Bayhaqiylar Abu Dardodan mavquf holda rivoyat qilishgan.
137. Termiziy va Ibn Abdulbar mursal holda, sahih isnod ila rivoyat qilishgan.


Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:13:57
Yana shunday deydilar: «Oxir zamonda johil obidlar va fosiq olimlar paydo bo‘ladi».138

Yana aytadilar: «Olimlarni lol qoldirish, esi pastlar bilan munozara qilish va odamlarning nazarini     o‘zingga jalb qilish uchun ilm o‘rganma. Kim shunday qilsa, joyi jahannamdadir».139

Yana aytadilar: «Kim o‘zidagi ilmni yashirsa, Alloh taolo uni olovdan bo‘lgan yugan bilan yuganlaydi».

Yana: «Sizlar uchun Dajjoldan ko‘ra boshqa birisidan qo‘rqaman», deganlarida, sahobalar: «U kim?»  deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Zalolatga boshlovchi peshvolar (olimlar)»,140 dedilar.

Yana aytganlarki: «Kimning ilmi ziyodalashsa-yu, hidoyati ziyodalashmasa, faqat Allohdan uzoqlashadi, xolos».141


138. Hokim Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan, zaif.
139. Ibn Moja Jobirdan (r.a.) sahih isnod ila rivoyat qilgan.
140. Imom Ahmad Abu Zarrdan (r.a.) yaxshi isnodila rivoyat qilgan.
141. Abu Mansur Daylamiy «Musnadul firdavs» kitobida Alidan (r.a.) zaif isnod ila rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:14:10
Iso (a.s.) shunday degan ekanlar: «O‘zingiz yo‘l qidirganlar bilan turganingiz holda, qachongacha to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatasizlar?»

Mazkur va boshqa ko‘plab xabarlar ilmning xatarlari buyukligiga dalolat qiladi. Demak, olim yo abadiy halokatga, yo abadiy saodatga duch keluvchidir. Agar inson ilmga sho‘ng‘ish bilan saodat topa olmagan bo‘lsa, salomatlikdan mahrum bo‘ladi.

Bu mavzuda hikmatli so‘zlar ham juda ko‘p. Jumladan, Hazrati Umar (r.a.): «Bu ummat uchun men qo‘rqqan narsaning eng qo‘rqinchlisi ilmli munofiqdir», deganlar.  «Ilmli munofiq qanday bo‘ladi?» deb so‘rashganda, u zot (r.a.): «Tilda olim, qalb va amalda johil», deb javob berganlar.

Hasan Basriy (r.a.) aytadilarki: «Olimlarning ilmini, hakimlarning hikmatini o‘rganib, amalda esi    pastlar yo‘lida yuruvchilardan bo‘lma».

Bir kishi Abu Hurayraga (r.a.): «Men ilm o‘rganishni xohlayman, lekin uni zoe’ qilishdan qo‘rqaman", deganida, u kishi (r.a.): «Ilm o‘rganishni tark qilish uning zoe’ bo‘lishi uchun kifoyadir», dedilar.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:14:37
Ibrohim ibn Uyaynadan (r.a.): «Odamlar ichida eng ko‘p pushaymon bo‘luvchisi kim?» deb so‘rashganda, u kishi:      «Dunyoda qadriga yetmaydigan odamga yaxshilik qilgan kishi, o‘lim vaqtida ilmiga amal qilmagan olim», dedilar.

Xalil ibn Ahmad (r.a.) shunday deganlar: «Odamlar to‘rt xil bo‘ladi:
1. Biladigan va bilishini ham biladigan kishi. U olimdir, unga ergashinglar.
2. Biladi, lekin bilishini bilmaydigan kishi. U uyqudadir, uni uyg‘otib qo‘yinglar.
3. Bilmaydigan va bilmasligini biladigan kishi. U yo‘l qidiruvchidir, uni yo‘lga solinglar.
4.   Bilmaydigan va bilmasligini ham bilmaydigan kishi. U johildir, undan qochinglar».

Sufyon Savriy (r.a.) aytadilar: «Ilm amalni chorlaydi. Agar u (amal) javob bersa (ya’ni, kelsa), yaxshi. Aks holda ilmning o‘zi ham ketib qoladi».

Ibn Muborak (r.a.) aytadilar: «Kishi modomiki ilm izlab yurgan ekan, u olimdir. Qachon o‘zini olim bo‘ldim deb o‘ylasa, johil bo‘lib qoladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:15:01
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: «Men uch kishiga achinaman: bir qavmning xor bo‘lgan raisiga, qavmning faqir bo‘lib qolgan boyiga va dunyoning o‘yinchog‘i bo‘lib qolgan olimga».

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlarning jazosi qalblarining o‘lishidir. Qalbning o‘limi esa, oxirat amali bilan dunyo talab qilishdir».

Bir shoir shunday ma’noda aytgan ekan: «Hidoyat evaziga zalolat sotib olganlarga ajablanaman. Kim dini evaziga dunyoni sotib olsa, yanada ko‘proq ajablanarlidir. Bu ikkalasidan ham ajablanarlirog‘i dinini birovning   dunyosi uchun sotgan kishidir. Zero, bu ish ikkalasidan ham ajabroqdir».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Albatta, olim shunday azob bilan azoblanadiki, azobining qattiqligidan do‘zax ahllari uning atrofini aylanadilar». Bu so‘zlari bilan u zot (sollallohu alayhi vasallam) buzg‘unchi olimni iroda qildilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:15:38
Usoma ibn Zayd (r.a.) aytadilar: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini eshitganman: «Qiyomat kuni bir olim keltirilib, do‘zaxga tashlanadi. Shunda ichak-chavog‘i chiqib ketadi va eshak tegirmon toshi atrofida aylangani kabi, u (olim) ham o‘sha joyda aylanib turaveradi. Shunda do‘zax ahllari uning atrofini o‘rab olib: «Senga nima bo‘ldi?» deb so‘rashadi. U: «Yaxshilikka buyurib, o‘zim qilmas edim, yomonlikdan qaytarib, o‘zim qilar edim», deb javob beradi».143

Olim kishining gunohiga oladigan azobi bir necha barobar bo‘ladi. Chunki u bilib turib osiylik qildi. Shuning uchun ham Alloh taolo aytadi:   
«Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng tubida (bo‘lur)lar», (Niso surasi, 145-oyat). Chunki ular bilganlaridan keyin inkor qildilar.

Yahudiylar «Allohning bolasi bor», «Alloh uchtadan bittasidir», demasalar ham, nasorolardan yomonroq deb sifatlandi. Chunki ular bilganlari holda inkor qildilar. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

«Ular uni (Muhammad sollallohu alayhi vasallamni) xuddi o‘z farzandlarini tanigandek taniydilar» (Baqara surasi, 146-oyat).
Yana aytadiki:

«O‘zlariga tanish zot (Muhammad) kelganida, (uni inkor etib) kofir bo‘ldilar. Kofirlarga Allohning la’nati bo‘lsin!» (Baqara surasi, 89-oyat)


143. Muttafaqun alayh. Faqat olim so‘zi o‘rnida kishi deb aytilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:15:53
Bal’om ibn Bourro qissasida Alloh taolo shunday deydi:

«(Ey Muhammad), ularga (yahudiylarga) bir kimsaning xabarini tilovat qiling - u kimsaga oyatlarimizni bildirgan edik. Bas, u o‘sha oyatlarimizdan chetlangach (ya’ni ularga amal qilmagach), uni shayton ergashtirib ketib, yo‘ldan ozguvchilardan bo‘lib qoldi.» (A’rof surasi, 175-oyat)

Oyat davomida shunday deydi:
«Bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydiki, uni haydasang ham tilini osiltirib turaveradi, yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham tilini osiltirib turaveradi.»

Fojir olim ana shundaydir. Chunki Bal’omga Allohning kitobi berilgan edi. U esa, faqat nafs havosining istagiga berilib ketgani sababli itga o‘xshatildi.

Iso (a.s.) shunday deganlar: «Yomon olimlarning misoli anhor og‘ziga tushib (suvni to‘sib qo‘ygan) xarsangtosh kabidirki, na o‘zi ichadi va na ekinlar ichishi uchun suvni qo‘yib yuboradi. Yana yomon olimlarning misoli botqoqlikdagi o‘t kabidirki, zohiri chiroyli, ichi balchiqqa to‘la, yana (ularning misoli) qabrlar kabidirki, zohiri obod, ichi o‘liklarning suyaklari bilan to‘lgan».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:16:07
Ushbu xabarlar va asarlar dunyoparast olimning ahvoli johilnikidan ko‘ra yomonroq va azobi og‘irroq bo‘lishini hamda najot topuvchilar va Allohga yaqin bo‘luvchilar oxirat olimlari ekanini bayon qilmoqda.

Oxirat olimlarining ham bir qancha alomatlari bor. 

Ulardan biri ilmi bilan dunyo talab qilmaslikdir. Zero, olimlikning eng past darajasi dunyoning haqir, past, tashvishli va o‘tkinchi ekanini hamda oxiratning ulug‘, doimiy, ne’matlari musaffo va mulki buyukligini bilishdir. Olim kishi yana shuni ham bilmog‘i lozimki, dunyo va oxirat bir-biriga ziddir. Kundoshlar kabidirki, birini rozi qilsang, ikkinchisini g‘azablantirgan bo‘lasan. Tarozining ikki pallasi kabidirki, biri og‘ir kelsa, ikkinchisi yengil bo‘ladi. Mag‘rib va mashriq kabidirki, biriga yaqinlashganing sayin ikkinchisidan uzoqlashasan. Biri bo‘sh, biri to‘la ikki qadah kabidirki, to‘lasining suvidan bo‘shiga qo‘ysang, bunisi to‘lgan sari unisi bo‘shab boradi.

Kimki dunyoning og‘ir, g‘am-tashvishli, lazzatlari alamlari bilan aralash va undagi barcha yaxshi narsalar o‘tkinchi ekanini bilmagan bo‘lsa, u aqli buzilgan kishidir. Chunki mushohada va tajriba buni ochiq ko‘rsatib turibdi. Shunga ko‘ra, aqli yo‘q kishi qanday qilib olimlardan bo‘lsin? Kim oxirat ishining ulug‘ va davomiyligini bilmagan bo‘lsa, u iymondan ajralgan kofirdir. Iymonsiz kishi qanday qilib olim bo‘lsin?! Kim dunyoning oxiratga zid ekanini va u ikkalasini bir joyda to‘plash mumkin emasligini bilmagan bo‘lsa, u barcha payg‘ambarlarning shariatlarini bilmaydigan johildir, balki, Qur’onni boshidan oxirigacha inkor etuvchidir. U qanday qilib olimlar toifasidan sanalsin?! Kim bularning barchasini bilib ham oxiratni dunyodan ustun qo‘ymagan bo‘lsa, u shaytonning asiridirki, hoyu xohishlari uni halok qilgan va badbaxtligi unga g‘olib kelgandir. Darajasi shunday bo‘lgan kishi qanday qilib olimlar jamoasidan sanalsin?!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:16:22
Dovud alayhissalomning xabarlarida Alloh taolodan hikoya qilib shunday deyilgan: «Olim kishi shahvatini Mening muhabbatimdan ustun qo‘yganida unga beriladigan jazoning eng yengili — uni munojotimning lazzatidan mahrum qilaman. Ey Dovud! Dunyo mast qilib qo‘ygan olimni Mendan so‘rama. Chunki u seni Mening muhabbatim yo‘lidan to‘sib qo‘yadi. Ular bandalarim yo‘lini to‘suvchi qaroqchilardir. Ey Dovud! Qachon Meni qidirgan kishini ko‘rsang, unga xizmatkor bo‘l. Ey Dovud! Kim Mendan qochgan kishini huzurimga qaytarsa, uni qahramon deb yozib qo‘yaman. Kimni qahramon deb yozgan bo‘lsam, uni hech qachon azoblamayman».

Shuning uchun ham Hasan Basriy (r.a.) aytganlarki: «Olimlarning jazosi qalblarining o‘lishidir. Qalbning o‘limi esa, oxirat amali bilan dunyoni talab qilishdir».

Shuningdek, Yahyo ibn Muoz (r.a.): «Qachon ilm va hikmat bilan dunyo talab qilinsa, ularning hikmati yo‘qoladi», deganlar.

Said ibn Musayyab (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olimning amirlar atrofida o‘ralashib yurganini ko‘rsangiz, (bilingizki) u o‘g‘ridir».

Hazrati Umar (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olimning dunyoga muhabbat qo‘yganini ko‘rsangiz, diningiz ishlarida undan ehtiyot bo‘linglar. Chunki har bir oshiq sevgan narsasiga sho‘ng‘ib ketadi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:16:35
Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: «Ba’zi avvalgi kitoblarda o‘qiganmanki, unda Alloh taolo: «Olim kishi  dunyoga muhabbat qo‘ysa, unga beriladigan jazoning eng yengili shuki, qalbidan munojotimning halovatini chiqarib yuboraman», degan».

Bir kishi birodariga shunday maktub yozgan ekan: «Senga ilm berilgan ekan, ilmingning nurini gunohlar zulmati bilan o‘chirib qo‘yma, unda ilm ahllari ilmining nuri bilan yuradigan qiyomat kunida zulmatda qolib ketasan».

Yahyo ibn Muoz Roziy (r.a.) dunyoparast olimlarga shunday der edilar: «Ey ilm sohiblari! Qasrlaringiz Qaysarniki kabi, uylaringiz Kisroniki kabi, liboslaringiz Tohirniki kabi, oyoq kiyimlaringiz Jomutniki kabi, ulovingiz Qorunniki kabi, uy jihozlaringiz Fir’avnniki kabi bo‘lsa, gunohlaringiz johiliyatdagi kabidir va yo‘lingiz shaytoniy yo‘ldir. Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) shariatlariga yo‘l bo‘lsin!»

Bir shoir shunday degan ekan:

Cho‘ponki qo‘ylarini bo‘ridan himoya qilur,
Lek cho‘pon bo‘ri bo‘lsa, ahvol ne kechur?!
Boshqa bir shoir aytadi:
Ey mamlakatning tuzi bo‘lgan qorilar,
Tuz aynisa, unga bormi dorilar?!

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:16:48
Oriflarning biridan: «Sizning-cha, gunohlar ko‘zini quvnatadigan kishi Allohni taniy oladimi?!» deb so‘rashganida, shunday javob bergan ekan: «Dunyoni oxiratdan ustun qo‘ygan kishi Allohni taniy olmasligi shubhasizdir. Holbuki, uning  gunohi undan (siz so‘rayotgan odamnikidan) anchayin yengildir».

Mol-dunyoni tark qilish oxirat olimlari safiga qo‘shilish uchun kifoya qiladi, deb o‘ylama. Chunki obro‘ — maqom mol-dunyodan ko‘ra zararliroqdir. Shuning uchun Bishr ibn Horis (r.a.) shunday deganlar: «Haddasana» (bizga aytib berishdi) degan so‘z mol-dunyo eshiklaridan biridir. Bir kishining qachon «haddasana» deganini eshitsangiz, u «menga yo‘l beringlar» degan bo‘ladi».

Ana shu Bishr ibn Horis (r.a.) o‘ndan ortiq savatlarga joylangan kitoblarni yerga ko‘mib qo‘ygan edilar, aytardilarki: «Men hadis aytishni xohlayman. Agar mendagi hadis aytishga bo‘lgan ishtiyoq yo‘qolsa, albatta, aytaman».

U zot ham, boshqalar ham aytganlarki: «Qachon gapirishni xohlasang, sukut qil. Qachon xohlamasang, shunda gapir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:17:01
Bunday deyishlarining sababi, chiroyli ifodalashdagi obro‘ va irshod mansabi bilan lazzatlanish dunyoda ne’matlanishdan ko‘ra lazzatlidir. Bas, kim mana shu jihatdan nafsining xohishiga ijobat qilgan bo‘lsa, u dunyoparastlardan biridir. Shuning uchun Sufyon Savriy (r.a.) aytganlarki: «Til orqali keladigan fitna oila, mol-dunyo va farzandlar orqali keladigan fitnadan og‘irroqdir. Payg‘ambarlar sayyidi bo‘lgan zotga bu haqda «Agar (Biz) sizni (haq yo‘lda) sobitqadam qilmaganimizda, ularga bir oz moyil bo‘lishingizga oz qolgan edi» (Isro surasi, 74-oyat), deyilgan bo‘lsa-yu, qanday qilib gapirish fitnasidan qo‘rqmasin?!»

Sahl (r.a.) aytadilar: «Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa, unga amal qilishdir. Ixloslisidan boshqa amalning hammasi behuda».

Yana aytganlarki: «Olimlardan tashqari hamma o‘likdir. Ilmiga amal qiluvchilardan boshqa barcha olimlar sarxushdir. Ixloslilardan tashqari barcha amal qiluvchilar aldangandir. Ixlosli kishi esa, oqibati nima bilan tugashini bilguncha xavfdadir».

Abu Sulaymon Doroniy (r.a.) aytadilar: «Qachon bir kishi hadis qidirsa yoki uylansa, tirikchilik umidida safarga chiqsa, u dunyoga bog‘lanib qolgandir». Bu zot («hadis qidirsa» degan jumla bilan) hadis isnodlarining eng oliylarini yoki oxiratni talab qilishda ehtiyoj bo‘lmaydigan hadislarni nazarda tutganlar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:17:15
Iso (a.s.) aytgan ekanlar: «Yo‘li oxiratga yo‘nalgani holda, o‘zi dunyoga yuzlangan odam qanday qilib ilm ahlidan bo‘ladi?! Kalomni unga amal qilish uchun emas, balki faqat bilish uchungina o‘rgangan kishi qanday qilib ilm ahlidan bo‘ladi?!»

Solih ibn Kayson Basriy (r.a.) aytadilar: «Men ko‘p olimlarni ko‘rdim.  Ular hadislarni biluvchi fojir olimlardan Allohdan panoh tilar edilar».

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kim Allohning rizosini topishga vasila bo‘ladigan ilmni dunyo maqomlaridan biriga erishish uchun talab qiladigan bo‘lsa, qiyomat kunida jannatning hidini ham hidlamaydi»,144 dedilar».

Alloh taolo yomonlik olimlarini «ilm bilan dunyoni yeyish» sifati bilan, oxirat olimlarini esa, «xushu’ va zohidlik» sifati bilan sifatlagan. Alloh taolo dunyo olimlari haqida shunday deydi:

«Eslang (Ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u Kitobni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmagaysizlar!» deb ahd-paymon olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar va uni ozgina qiymatga sotdilar» (Oli Imron surasi, 187-oyat).


144. Abu Dovud va Ibn Mojalar yaxshi isnod ila rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:17:32
Oxirat olimlari haqida esa, bunday marhamat qiladi:

«Albatta, ahli Kitob ichida Allohga hamda sizlarga nozil qilingan va o‘zlariga nozil qilingan narsalarga iymon keltiruvchi, Allohga itoat qilib bosh eguvchi, Allohning oyatlarini ozgina qiymatga sotib yubormaydigan zotlar ham borligi aniq-ravshandir. Ana o‘shalar uchun Parvardigorlari huzurida ajru-savob bordir» (Oli Imron surasi, 199-oyat).

Salaflardan biri aytadi: «Olimlar payg‘ambarlar bilan, qozilar podsholar bilan hashr qilinadi. Ilmi bilan dunyoni talab qilgan har bir faqih ham qozilar hukmida bo‘ladi».

Abu Dardo (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Alloh taolo biz payg‘ambarlarga: «Dindan boshqa narsa uchun fiqh o‘rganadigan, amal qilishdan boshqa maqsad uchun ilm oladigan, oxirat amali bilan dunyo talab qiladigan, odamlar nazarida (g‘arib ko‘rinish uchun) qo‘y po‘stinini kiyadigan, ammo qalblari bo‘ri qalbi kabi bo‘lgan, tillari asaldan shirin, qalblari sabirdan (aloe) ham achchiq odamlarga aytingki, ular Meni aldamoqchi bo‘lyaptilarmi?! Meni masxara qilyaptilarmi?! Albatta, ularga shunday fitna (eshiklarini) ochamanki, eng halim kishilar ham hayratda qoladilar», deb vahiy qilgan»,145 dedilar».


145. Ibn Abdulbar zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:17:54
Zahhok (r.a.) Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: «Bu ummatning olimlari ikki toifa. Bir toifasi Alloh unga ilm bergan, u esa, ilmini odamlarga sarflagan (o‘rgatgan), evaziga hech narsa olmagan va uni biror qiymatga sotmagan kishidir. Uning haqqiga osmondagi qushlar, suvdagi baliqlar, yerdagi hayvonlar va kiroman kotibin (amallarni yozuvchi farishtalar) salovot aytib turadi. U qiyomat kuni sharafli, ulug‘ inson sifatida  payg‘ambarlar hamrohligida Allohning huzuriga keltiriladi. Ikkinchi toifa esa, Alloh unga dunyoda ilm bergan, u esa, ilmni Allohning bandalaridan qizg‘angan, (o‘rgatsa ham) evaziga biror narsa olgan va ilmni (arzon qiymatga) sotib yuborgan kishidir. U qiyomat kuni olovli yugan bilan yuganlangan holda keltiriladi. Odamlar boshida turib, bir nido qiluvchi: «Bu falonchi o‘g‘li falonchidir. Dunyoda Alloh unga ilm bergan edi. U esa, Allohning bandalaridan qizg‘andi. (O‘rgatsa ham) evaziga bir narsa olgan va uni arzon qiymatga sotib yuborgan edi», deb nido qiladi. Odamlar hisob-kitobi tugagunga qadar shunday holda azoblanib turadi».146

Quyidagi rivoyat bundan qattiqroqdir: «Bir kishi Muso alayhissalomga xizmat qilib yurar edi. Qachon gapirsa: «Muso safiyulloh (Allohning pokiza bandasi) menga unday degan», «Muso najiyulloh (Allohning sirdosh bandasi) bunday degan», «Muso kalimulloh ana shunday degan», deb gapirib yurardi. U boy bo‘lib, moli ko‘payib ketgach, Muso (a.s.) uni yo‘qotib qo‘ydilar (ya’ni, u Musoning oldilariga kelmay qo‘ydi). Muso (a.s.) uni ko‘p surishtirdilar. Lekin biror xabar topmadilar. Oxiri bir kuni Muso (a.s.) huzurlariga bo‘yniga arqon bog‘langan to‘ng‘izni yetaklab bir odam keldi. Undan Muso (a.s.): «Falonchini taniysanmi?» deb so‘radilar. U odam: «Ha, taniyman. U mana shu to‘ng‘izdir», deb javob berdi. Shunda Muso (a.s.): «Ey Rabbim! Sendan uni o‘z holiga qaytarishingni iltijo etaman, toki undan bu holga qanday qilib tushib qolganini so‘ray», deb duo qildilar. Alloh taolo unga vahiy qildiki: "Agar Menga Odam (a.s.) va undan keyingi (payg‘ambarlar) duosi bilan duo qilsang ham, bu odam haqidagi     duoyingni qabul etmayman. Lekin uni nega bunday holga solganimni xabar qilaman. Sababi shuki bu odam, din vositasida dunyoni talab qilar edi».

Bundan-da qattiqroq xabarni Muoz ibn Jabal (r.a.) mavquf va marfu’ holda rivoyat qilganlar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Olimning fitnalaridan biri — gapirish eshitishdan ko‘ra yoqimli bo‘lishidir»,147 dedilar».


146. Tabaroniy zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
147. Abu Nu’aym va Ibn Javziy «Mavzu’ot»da rivoyat qilishgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:18:18
Gapirishda so‘zni bezash va ziyoda qilish bor. Gapiruvchi kishi xatodan omon qolmaydi. Sukutda esa salomatlik va ilm bordir. Shunday olimlar ham borki, o‘zi ilm to‘playdi, lekin bu ilmning boshqalarda bo‘lishini yoqtirmaydi, ular do‘zaxning birinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmida o‘zini podsholardek tutadi. Uning ilmidan biror narsa e’tiborsiz qolsa, g‘azablanadi, ular do‘zaxning ikkinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmini va g‘aroyib so‘zlarini sharafli va boy kishilarga sarflaydi. Lekin ilmga muhtoj kishilarni o‘ziga loyiq ko‘rmaydi, ular do‘zaxning uchinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, o‘zlarini fatvo beruvchi ko‘rsatib, noto‘g‘ri fatvolar beradi.  Alloh esa takalluf qilguvchilarni yomon ko‘radi. Ular do‘zaxning to‘rtinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmini ko‘p ko‘rsatish uchun yahudiy va nasorolar so‘zini gapiradi. Ular do‘zaxning beshinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan shundaylari borki, ilmini odamlar orasida o‘zini ko‘rsatish, fazilatini bildirish va nomi zikr etilishi uchun vosita qilib oladi. Ular do‘zaxning oltinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, kibr va manmanlik uni egallab olgan. Agar nasihat qilsa, qattiq gapiradi. O‘ziga nasihat qilinsa, e’tibor bermaydi. Ular do‘zaxning yettinchi tabaqasida bo‘ladi. Birodar! Sen sukutni mahkam tutki, u bilan shaytonni mag‘lub qilasan. Bema’ni kulishdan va foydasiz yurishdan saqlan!»

Boshqa bir xabarda shunday deyiladi: «Ba’zan bir kishining dovrug‘i mashriq va mag‘rib orasini to‘ldiradigan darajada tarqaladi. Lekin uning Alloh huzurida pashshaning qanotichalik qadri bo‘lmaydi».148

Rivoyat qilinishicha, xurosonlik bir kishi Hasan Basriyning majlislarida bo‘lib, so‘ng yurtiga qaytish vaqtida, u zotning huzurlariga besh ming dirham pul va nozik matodan tikilgan o‘nta kiyim solingan xaltani ko‘tarib kirdi. Shunda Hasan Basriy (r.a.) aytdilar: «Alloh taolo senga ofiyat bersin! Nafaqa va kiyimlaringni qaytarib ol, bizning bunga ehtiyojimiz yo‘q. Kimki men kabi        mavqe’da o‘tirsa (mav’iza qilsa) va odamlardan shunga o‘xshash narsani qabul qilsa, qiyomat kuni hech qanday nasibasiz holda Allohga ro‘baro‘ bo‘ladi».


148. Bu ko‘rinishda topmadim. Lekin «Sahihayi»da bir oz farqli holatda topdim.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:18:33
Jobir (r.a.) mavquf va marfu’ holda rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: «To‘g‘ri kelgan olimning huzurida o‘tiravermanglar. Balki besh narsadan qaytarib, besh narsaga chaqirgan olimning huzuridagina o‘tiringlar: shak-shubhadan qat’iy ishonchga; riyodan ixlosga; dunyoga rag‘bat qilishdan zohidlikka; kibrdan kamtarlikka; adovatdan nasihatga».149

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

«So‘ng (Qorun) qavmi oldiga yasan-tusan qilib chiqqan edi, dunyo hayotini istaydigan kimsalar: «Eh, qani eni, bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan molu davlat bo‘lsa edi. Darhaqiqat, u ulug‘ nasiba egasidir», dedilar. Ilm-ma’rifat ato etilgan kishilar esa: «O‘lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!, dedilar» (Qasas surasi, 79¬80-oyatlar). Alloh taolo bu oyatda ilm ahllarini «oxiratni dunyodan ustun qo‘yuvchilar» deya ta’rifladi.

(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri fe’li so‘ziga zid bo‘lmasligi, balki o‘zi qilmagan ishni boshqalarga buyurmasligidir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

«Odamlarni yaxshilikka chorlab, o‘zlaringizni unutasizlarmi?» (Baqara surasi, 44-oyat).


149. Abu Nu’aym «Al-Huliya»da va Ibn Javziy  «Mavzu’ot»da rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:18:47
Boshqa bir oyatda aytadi:
«Sizlarning o‘zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz deb) aytishlaringiz Alloh nazdida o‘ta manfur (ishdir)» (Saf surasi, 3-oyat).

Alloh taolo Shuayb (a.s.) qissasida shunday deydi:
«Men sizlarga xilof qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o‘zim qilishni istamayman» (Hud surasi, 88-oyat).

Yana bir boshqa oyatda marhamat qiladi:
«Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga (shunday) ta’lim beradi» (Baqara surasi, 282-oyat).

Yana marhamat qiladi:
«Allohdan qo‘rqingiz va bilingizki, siz U bilan muloqot qiluvchidirsiz» (Baqara surasi, 223-oyat).

Yana Alloh taolo aytadi:
«Allohdan qo‘rqingiz va eshitingiz» (Moida surasi, 108-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:19:00
Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Iso alayhissalomga shunday degan: «Ey Maryam o‘g‘li! Avvalo nafsingga nasihat qil. Agar nafsing bu nasihatni qabul qilsa, keyin  boshqa odamlarga nasihat qil. Aks holda Mendan uyal».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Isro kechasida lablari olovdan bo‘lgan qaychilar bilan kesilayotgan qavmlar oldidan o‘tdim va: «Sizlar kimsizlar?» deb so‘radim. Ular: «Yaxshilikka buyurib, o‘zimiz qilmas edik, yomonlikdan qaytarib, uni o‘zimiz qilaverar edik»,150 deb javob berishdi.

Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) deydilar: «Ummatimning halokati fojir olimlar va johil obidlar sabablidir. Yomonlarning eng yomoni  — olimlarning yomoni. Yaxshilarning eng yaxshisi — olimlarning yaxshisi».151

Avzoiy aytadilar: «Kofirlar jasadining hididan qabrlar shikoyat qilganida, Alloh ularga: «Yomon olimlarning qorinlari sizlar aytayotganingizdan ko‘ra badbo‘yroqdir», deb vahiy qildi».

Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: «Menga shunday so‘z yetdiki, qiyomat kunida butparastlardan oldin olimlar ichidagi fosiqlar hisob-kitob qilinadi».


150. Ibn Hibbon «Sahih» kitoblarida, Imom Ahmad «Musnad»larida, Tabriziy «Mishkotul masobih»da rivoyat qilishgan.
151. Doramiy hadisning oxirini mursal holda rivoyat qilgan. Lekin hadisning avvalgi qismini topa olmadim.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:19:13
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Bilmaydiganlarning holiga bir bora voy bo‘lsin! Bilib, amal qilmaydiganlarning holiga yetti marta voy bo‘lsin!»

Sha’biy (r.a.) aytadilar: «Qiyomat kuni jannat ahllaridan bir qavm do‘zax ahllaridan bir qavmni ko‘rib qoladi va ulardan: «Sizni nima do‘zaxga kiritib qo‘ydi? Holbuki, sizlar o‘rgatgan odob va ilm fazilati  bilan Alloh bizni jannatga kiritdi-ku!» deb so‘raydi. Ular: «Biz yaxshilikka buyurib, o‘zimiz qilmasdik. Yomonlikdan qaytarib, o‘zimiz qilar edik», deb javob beradi.

Hotamul Asom (r.a.) deydilar: «Qiyomatda odamlarga ilm o‘rgatgan, odamlar o‘sha ilmga amal qilib, najot topgan, lekin o‘zi unga amal qilmasdan, halok bo‘lgan kishidan-da qattiq hasrat qiluvchi kimsa bo‘lmaydi».

Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: «Olim qachon ilmiga amal qilmasa, yomg‘ir toshga ta’sir qilmagani kabi, uning va’z-nasihati ham qalblarga ta’sir qilmaydi».

Bir shoir deydi:

Ey odamlar voizi, muttaham bo‘lding o‘zing,
Ularning qilmishin ayblab, lek uni qilding o‘zing.
Bor kuching birla yana qilursan va’z-nasihat,
Baski, gunohlarning oqibati qalokat!
Ayblaysanu dunyoni hamda uni sevgan-kim,
Ammo o‘zingning ishqing ustunroq emasmikin?!

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:19:29
Boshqa shoir bunday deydi:

Odamlarni qaytarma uzing qilgan ishingdan,
Bunday qilish sen uchun katta or, agar bilsang.


Ibrohim ibn Adham (r.a.) aytadilar: «Makkai mukarramadagi bir toshning oldidan o‘tdim. Unga: «Meni aylantir, ibrat olasan», deb yozilgan ekan. Toshni aylantirdim va unda: «Bilganingga amal qilmaganing holda, qanday qilib bilmagan narsangning ilmini talab qilasan?» deb yozilganini ko‘rdim».

Ibn Sammok (r.a.) aytadilar: «Allohni eslatuvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohni unutgan. Allohdan qo‘rqituvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohga nisbatan jur’atli. Allohga yaqinlashtiruvchi qanchadan-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohdan uzoq. Alloh yo‘liga chaqiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohdan qochuvchi. Allohning kitobini o‘qiydigan qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohning oyatlaridan tashqaridadir".

Ibrohim ibn Adham (r.a.) deydilar: «Gapirishda e’robga (nahv qoidasi) rioya etib, gaplarimizni chiroyli qildik. Lekin  qoidaga rioya qilma amallarimiz ham chiroyli bo‘lmadi».

Avzoiy (r.a.) aytganlarki: «E’rob kelsa, xushu’ ketadi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:19:42
Makhul (r.a.) Abdurrahmon ibn G‘anamdan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, u kishi shunday deganlar: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashobidan o‘n kishi menga shunday xabar bergan: «Biz Qubo masjidida ilm o‘rganar edik. Bir payt Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurimizga chiqib: «Bilishni xohlaganingizcha ilm o‘rganinglar. Lekin amal qilmaguningizga Alloh sizga savob bermaydi»,152 dedilar».

Iso (a.s.) aytganlar: «Ilm o‘rganib, unga amal qilmagan kishining misoli yashirin zino qilib, homilador bo‘lgan, keyin homilasi bilinib, sharmanda bo‘lgan ayol kabidir. Chunki ilmiga amal qilmagan kishini Alloh qiyomat kunida guvohlar huzurida sharmanda etadi».

Muoz (r.a.) aytadilar: «Olimlarning adashishidan ehtiyot bo‘linglar. Chunki odamlar nazdida ularning qadri yuqori bo‘lgani uchun xatolariga ergashib ketadi».

Umar (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olim toyilsa, uning toyilishi bilan mavjudotdan bir olam toyiladi».

Yana Umar (r.a) aytadilar: «Zamonaning buzilishiga sabab bo‘luvchi uch narsa borki, uning birinchisi olimning toyilishidir».


152. Ibn Abdulbar ta’liq qilgan. Doramiy Muozdan (r.a.) mavquf holda sahih sanad ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:19:54
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Olimlar boshiga yaqinda shunday zamon keladiki, unda qalblarning shirinligi taxirga aylanadi. O‘sha kunda olim ham, talaba ham ilmdan foydalana olmaydi. Olimlarning qalbi sho‘r yer kabi bo‘lib qoladiki, unga osmondan qancha suv tushsa ham, tuzi ketmaydi. Qachonki olimlarning qalbi dunyo muhabbatiga va dunyoni oxiratdan ustun tutishga moyil bo‘lsa (o‘sha kunlar keladi). O‘shanda Alloh ularning qalbidan hikmat chashmalarini olib, hidoyat chiroqlarini o‘chirib qo‘yadi. Ularning olimlariga ro‘baro‘ kelganingda, tili bilan Allohdan qo‘rqishini aytadi. Holbuki, amalida gunohlar ko‘rinib turibdi. O‘sha kunda tillar naqadar boy, dillar naqadar qashshoq. Undan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, buning sababi muallimlar Allohdan boshqasi uchun ta’lim bergani, mutaallimlar Allohdan boshqasi uchun ta’lim olganidir».

Tavrot va Injilda yozilgan ekan: «Bilganingizga amal qilmaguncha, bilmagan narsangizning ilmini talab etmang».

Huzayfa (r.a.) aytadilar: «Sizlar shunday zamonda yashayapsizlarki, kim unda bilganining o‘ndan birini tark qilsa, halok bo‘ladi. Yaqinda shunday zamon keladiki, kim unda bilganining o‘ndan biriga amal qilsa, najot topadi. Bu dangasalarning ko‘pligi sabablidir».

Bilgilki, olimning misoli qozi kabidir. Qozilar haqida esa, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: «Qozilar uch xil bo‘ladi: bilib turib haq bilan hukm qilgan qozi, u jannatdadir; xoh bilib, xoh bilmasdan zulm bilan hukm qilgan qozi, u do‘zaxdadir; Alloh buyurganidan boshqa narsa bilan hukm qilgan qozi, u ham do‘zaxdadir».153


153. Sunan sohiblari rivoyat qilishgan, sahih.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:20:05
Ka’bul Axbor (r.a.) aytadilar: «Oxir zamonda shunday olimlar bo‘ladiki, ular odamlarga dunyoni tark qildiradilar, lekin o‘zlari tark qilmaydilar, odamlarni qo‘rqitadilar, lekin o‘zlari qo‘rqmaydilar, amirlar atrofida bo‘lishdan qaytaradilar, biroq o‘zlari boraveradilar, dunyoni oxiratdan ustun qo‘yadilar va tillari    orqali (rizq topib) yeydilar, faqirlarni qo‘yib, boylarga yaqin bo‘ladilar, xotinlar erkaklarni rashk qilgani kabi, ular ham ilmlarini qizg‘anadilar, o‘sha olimlardan biri  muxlislaridan birortasining boshqasi bilan hamsuhbat bo‘lganini bilsa, unga g‘azablanadi. Ana shular Rahmonning dushmani bo‘lgan zolim kishilardir».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, shayton sizni gohida ilm bilan (amaldan) kechiktirib qo‘yadi», dedilar. Shunda (sahobalar): «Ey Allohning Rasuli! Bu qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. U zot javob berdilarki: «Shayton sizlarga: «Ilm o‘rgan, lekin mukammal bilmasdan turib amal qilma», deydi. Shunday qilib, ilmni gapirib, amalni orqaga surishda davom etadi. Hatto hech qanday amalsiz o‘lib ketadi».154

Sirriy Saqatiy (r.a.) shunday deydilar: «Zohir ilmini o‘rganishga ishtiyoq bilan bir kishi (birdaniga) ibodat qilish uchun (odamlardan) ajralib oldi. Undan buning sababini so‘radim. Aytdiki: «Tushimda bir zotni ko‘rdim. U: «Alloh seni zoe’ qilgur, qachongacha ilmni zoe’ qilasan?» dedi. Men unga: «Men ilmni yod olyapman», dedim. U esa: «Ilmni muhofaza qilish unga amal qilish demakdir», dedi. Shundan keyin ilm o‘rganishni tark qilib, amalga yuzlandim».


154. «Al-Jome’» kitobida Anasdan (r.a.) zaif sanad ila rivoyat qilingan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:20:18
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Ilm ko‘p rivoyat bilish emas, balki  qo‘rquvdir».

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Xohlaganingizcha ilm o‘rganing. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha, Alloh sizga savob bermaydi. Chunki esi pastlarning himmati rivoyatdir, olimlarning himmati rioyat — amal qilishdir».

Molik (r.a.) aytadilar: «Ilm talab qilish juda yaxshi. Niyat to‘g‘ri bo‘lsa, uni yoyish ham juda yaxshi. Lekin sen ertadan kechgacha o‘zingga lozim bo‘lgan ishlarga qara va hech narsani vazifangdan ustun qo‘yma».

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Qur’on amal qilinishi uchun nozil etilgan. Sizlar esa uni o‘rganishni amal qilib oldingizlar. Yaqinda shunday qavmlar keladiki, ular Qur’onni suv qilib ichib yuboradilar. (Lekin) ular yaxshilaringiz emas. Ilmga amal qilmaydigan olim davoni sifatlagan bemor yoki taomlarning lazzatini sifatlagan och odam kabidir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:20:37
Alloh taoloning quyidagi so‘zi shu ma’noni ifodalaydi:
«Sizlar uchun esa (Ey mushriklar, Allohni noloyka sifatlar bilan) sifatlaganlaringiz sababli halokat bo‘lur».

Hadisda shunday deyiladi: «Ummatim uchun olimning toyilishidan va munofiqning Qur’on haqida tortishuvidan qo‘rqaman».155

(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri manfaati oz, mujodala va «dedi¬dedi»si ko‘p ilmlardan saqlanib, toatlarga targ‘ib qiluvchi, oxiratda foyda beradigan ilmning tahsili uchun yordam berishdir.

Amallarga tegishli ilmdan yuz o‘girib, mujodala bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi  ko‘p kasalliklarga mubtalo bo‘lib, mohir tabibga vaqti ziqligida ro‘baro‘ kelgan va uning ketib qolish xavfi bo‘lsa ham, o‘zini qiynab turgan dardlarini qo‘yib, turli dorilarning xususiyatlari va tibbiyotning g‘aroyib masalalarini so‘rash ila mashg‘ul bo‘lgan kasalga o‘xshaydi. Bu ish aqlsizlikning o‘zginasidir.


155. Tabaroniy va Ibn Hibbonlar rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:20:56
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelib, «Menga   ilmning g‘aroyibotlarini o‘rgating», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga: «Ilmning boshi haqida nima qilding?» deb so‘radilar. U kishi: «Ilmning boshi nima?» dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ulug‘ Parvardigorni tanidingmi?» deya so‘rdilar. U kishi: «Ha», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Uning haqqini ado etishda nima qilding?» deb so‘raganlarida u kishi: «Alloh xohlagan ishlarni qildim», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «O‘limni tanidingmi?» dedilar. U: «Ha», dedi. «Unga nimani tayyorlading?» deb so‘radilar keyin. «Alloh xohlagan narsani», dedi u. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bor, o‘sha narsalarni  chiroyli qilib bajar. Keyin kelsang, senga ilmning g‘aroyibotlarini o‘rgatamiz»,156 dedilar.

Har bir mutaallim Shaqiq Balxiyning talabasi Hotamul Asom haqida rivoyat qilingan toifadan bo‘lishi lozim. Shaqiq (r.a.) talabasi Hotamdan so‘radilar: «Qanchadan beri mening huzurimdasan?» Hotam: «O‘ttiz uch yildan beri», dedilar. U zot: «Shu muddat ichida mendan nima o‘rganding?» deb so‘radilar. Hotam: «Sakkiz masalani», deb javob berdilar. Shunda Shaqiq: «Innalillahi va inna ilayhi roji’un. Umrim sen bilan o‘tgan bo‘lsa-yu, sen faqat sakkiztagina masalani o‘rgandingmi?» dedilar. Hotam aytdilar: «Ey ustoz! Yolg‘on gaprishni yoqtirmayman. Haqiqatda boshqa hech narsani o‘rganmadim». Ustozi: «Mayli, o‘sha sakkiz masalani ayt, eshitaylik», dedilar. Hotam so‘zlay boshladilar: «Odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning har birining bir mahbubi bor, o‘sha mahbubi bilan qabrgacha birga bo‘ladi. Qabrga yetganda esa, undan ajrab qoladi. Shuning uchun men hasanotni (savobli ishlarni) o‘zimga mahbub qildimki, qachon qabrga kirsam, mahbubim ham men bilan birga kirsin». Shaqiq: «Juda chiroyli so‘zlading, ey Hotam! Ikkinchisi nima?» dedilar. Hotam aytdilar: «Alloh taoloning:

«Endi kim (hayoti-dunyodalik paytida Qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorining (huzurida) turishi ( va U zotga hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi hohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Noziot surasi, 40—41-oyatlar), degan so‘ziga qaradim. Bildimki, Alloh taoloning so‘zi haqdir. Shuning uchun nafsimni havolanishdan qaytarishga jiddiy harakat qildim. Toki, nafsim Alloh taoloning toatida mustahkam bo‘ldi. Uchinchi, yana shu odamlarga boqdim va ko‘rdimki hammaning huzurida qiymatga ega bo‘lgan biror narsa bor va uni ko‘tarib, saqlab yuradi.


156. Ibn Sunniy, Abu Nuaym va Ibn Abdulbar Abdulloh ibn Misvordan mursal holda rivoyat qilishgan, juda zaifdir.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:21:11
Keyin Alloh taoloning:

«Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar tugab ketur. Allohning huzuridagi narsalar boqiydir» (Nahl surasi, 96-oyat), degan so‘ziga qaradim. Qachon biror qiymatga ega narsani qo‘lga kiritsam, Allohning huzuriga yubordim, toki u yerda saqlanib boqiy qolsin. So‘ngra yana shu odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning har biri mol-dunyoga, mansabga, shon-sharafga va nasabga ruju’ qo‘ygan. Bularning barchasini o‘ylab ko‘rsam, qiymatsiz narsalar ekan. Keyin Alloh taoloning:

«Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat), degan so‘ziga qaradim. Shuning uchun Allohning huzurida hurmatli bo‘lay deb,  taqvoga muvofiq amal qildim. So‘ng yana shu odamlarga qaradim. Ular bir-birlariga ta’na qiladilar, la’natlaydilar. Bularning barchasining asosi  hasaddir. Keyin Alloh taoloning:

«Ularning dunyo hayotidagi maishat-tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida Biz o‘zimiz taqsimlaganmiz» (Zuxruf surasi, 32-oyat), degan so‘ziga boqdim. Natijada hasadni tark qildim va xalqdan o‘zimni saqladim hamda bildimki, bu taqsimot Alloh taoloning huzuridandir. Shunday qilib, xalqning adovatini ham tark qildim. So‘ng yana shu odamlarga boqdim, ularning bir-birlariga tajovuz qilayotganini, urushib-janjallashayotganini ko‘rdim.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:21:22
Shunda Alloh taoloning:
«Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar» (Fotir surasi, 6-oyat), degan so‘ziga qaradim. Natijada ungagina dushmanlik qildim va undan ehtiyot choralarini ko‘rishga tirishdim. Chunki uning menga dushman ekani haqida Alloh taolo guvohlik berdi. Shuning uchun shaytondan boshqalarga adovatni tark qildim. So‘ng yana shu odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning har biri bir parcha rizqni qidirib, uning yo‘lida o‘zini xor qilmoqda va halol bo‘lmagan yo‘llarga kirmoqda. Shunda Alloh taoloning:

«O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud surasi, 6-oyat), degan so‘ziga boqdim va o‘zimni rizqi Allohning zimmasida bo‘lgan jonzotlardan birideb bildim. Shuning uchun zimmamdagi Allohning haqqini ado etish bilan mashg‘ul bo‘ldim va Uning huzuridagi o‘zimga tegishli bo‘lgan narsani (rizqni Unga havola qilib) tark etdim. Va nihoyat, yana shu odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning barchasi qaysidir maxluqqa suyanadi. Kimdir dalasiga, kimdir tijoratiga, kimdir san’atiga, yana kimdir badanining sog‘ligiga, hamma o‘zi kabi bir maxluqqa tayanmoqda. Shunda Alloh taoloning:

«Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir» (Taloq surasi, 3-oyat), degan so‘zini o‘yladim va menga kifoya qiluvchi bo‘lgan Alloh taologa tavakkul qildim».

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:21:35
Shunda Shaqiq (r.a.) dedilar: «Ey Hotam, Alloh taolo seni muvaffaq qilsin. Men Tavrot, Injil, Zabur va Qur’oni karim ilmlariga boqdim. Yaxshilik va diyonatning barcha turlari mana shu sakkiz masala atrofida aylanishini topdim. Kim bularga amal qilsa, to‘rt kitobga amal qilgan bo‘ladi».

Ilmning bu jihatini idrok etish va kashf qilishga faqat oxirat olimlari ahamiyat beradi. Dunyo olimlari esa, mol-dunyo va obro‘-e’tiborga erishishni qulaylashtiruvchi ilm bilan mashg‘ul bo‘ladi va Alloh taolo barcha payg‘ambarlarni vazifador qilib yuborgan ilmlarga beparvo qaraydi.

Zahhok ibn Muzohim (r.a.) aytadilar: «Men ularning salaf olimlarining bir-birlaridan taqvodan boshqa narsani o‘rganganini ko‘rmadim. Bugungi olimlar esa faqat kalom ilminigina o‘rganmoqdalar».

(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri yeyish-ichishda isrofga, kiyinishda haddan oshishga hamda uy-joy va jihozlarda chiroyli bo‘lishga mayl ko‘rsatmaslikdir. Balki bu ishlarning barchasida iqtisodni ustun qo‘yish hamda  salaflarga o‘xshash va ularning barchasida oz miqdor bilan kifoyalanish lozim. Shu ozlik tomonga mayl ziyodalashgani sari, Allohga yaqinlik ham ziyodalashib boradi va oxirat olimlari guruhiga qo‘shiladi.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:22:11
Hotamul Asom (r.a.) talabalaridan bo‘lgan Abu Abdulloh Xavosdan (r.a.) rivoyat qilingan quyidagi voqea ham shunga dalolat etadi. Abu Abdulloh (r.a.) aytadilar: «Men Hotamul Asom (r.a.) bilan Ray shahriga kirdim. Biz bilan birga hajni niyat qilgan uch yuz yigirma kishi bor edi. Ularning ustlarida yupqa kiyimlari bo‘lib, (undan boshqa) kovushlari ham, yonlarida taomlari ham yo‘q edi. Miskinlarni yaxshi ko‘radigan darveshsifat bir tujjor kishining uyiga qo‘ndik. O‘sha kecha u bizni mehmon qildi. Ertasi kuni (xonadon sohibi) Hotamga: «Bir faqihimizni ziyorat qilmoqchi edim. Hozir u betob. Biror xizmat bo‘lsa ayting», dedi. Hotam: «Kasalni ko‘rishda fazilat bordir. Faqihning yuziga boqish esa ibodatdir. Shuning uchun men ham sen bilan birga boraman», dedilar. O‘sha betob kishi Ray shahrining qozisi Muhammad ibn Muqotil (r.a.) ekanlar. Faqihning darvozasiga yetib borganimizda katta va chiroyli qasrga ro‘baro‘ bo‘ldik. Hotam (r.a.) olim kishining darvozasi shunday bo‘ladimi, deb o‘ylanib qoldi.   Keyin izn berildi va u kishi ichkariga kirdilar. Hovli chiroyli, shinam, keng va barcha qulayliklari muhayyo edi. Juda chiroyli pardalar ham ko‘zga tashlandi. Hotam yana o‘ylanib qoldi. Keyin bemor yotgan xonaga kirdi. U yerda yumshoq gilamlar to‘shalgan edi. Bemor o‘sha gilamlar ustida yumshoq o‘rinda yotar va bosh tomonida bir xizmatkor qo‘lida yelpig‘ich bilan yelpib turar edi. Ziyoratga kelgan kishi uning boshi oldida o‘tirib, hol-ahvol so‘radi. Hotam esa tik turaverdi. Shunda Ibn Muqotil u kishiga ishora qilib, o‘tirishga buyurdi. Hotam esa: «O‘tirmayman», dedi. U kishi: «Biror ehtiyojing bormi?» deb so‘radi. Hotam: «Ha», dedi. «Nima ehtiyojing bor?» dedi. «Sendan bir masala haqida so‘ramoqchiman?» dedi. Hotam. «So‘rayver», dedi. Hotam: «Turib to‘g‘ri o‘tir, keyin so‘rayman», dedi. U kishi to‘g‘ri o‘tirib oldi. Hotam: «Bu ilmingni qaerdan olgansan?» deb so‘radi. U kishi: «Ishonchli olimlardan olganman. Ular menga aytib berishgan», dedi. Hotam: «Ular kimdan olishgan?» deb so‘radi. U kishi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sahobalaridan», dedi. Hotam: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sahobalari qaerdan olganlar?» dedi. U kishi: «Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam)», deb javob berdi. Hotam: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kimdan olganlar?» deb so‘radi. U kishi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Jabroildan (a.s.), u esa Alloh taolodan olgan», deb javob berdi. Shunda Hotam: «Ayt-chi, Jabroil (a.s.) Allohdan olib, Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam), Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sahobalariga, sahobalar ishonchli kishilarga, ishonchli kishilar senga yetkazgan o‘sha ilmda dang‘illama uylari va juda ko‘p qulayliklari bo‘lgan kishilar uchun Alloh taoloning huzurida bundan buyukroq manzil bo‘lishi haqida biror gap eshitdingmi?» dedi. U kishi: «Yo‘q», deb javob qildi. Hotam: «(Bu haqda) qanday so‘z eshitgansan?» deb so‘radi. «Eshitdimki, kim dunyoni tark qilsa, oxiratga rag‘bat qilsa, miskinlarni sevsa va oxirat amallarini birinchi o‘ringa qo‘ysa, o‘sha kishi uchun Alloh huzurida buyuk maqomlar bordir», dedi. Shunda Hotam: «Unday bo‘lsa, bu ishing bilan sen kimga ergashding? Rasulullohgami (sollallohu alayhi vasallam) yoki u zotning sahobalarigami? Yo solih kishilargami? Yoki birinchi bo‘lib g‘isht va toshdan imorat qurgan Fir’avn va Namrudlargami? Ey yomonlik olimlari! Dunyoga qiziqqan johillar sizga o‘xshaganlarni ko‘rib: «Olim kishi shu holatda bo‘lsa, men undan yomonroq bo‘layinmi?» deydi». Keyin Hotam uning huzuridan chiqib ketdi. Natijada Ibn Muqotilning kasali kuchaydi. Ray shahri ahliga Hotam bilan Ibn Muqotil o‘rtasidagi mojaro ma’lum bo‘ldi. Shunda ular Hotamga: «Qazvin shahridagi Tanofusiy (ismli faqih kishi) bundan ham dabdabali yashaydi», deyishdi. Hotam (r.a.) esa, yo‘lga tushib, o‘sha yerga yetib bordi, uning huzuriga kirib: «Sizga Allohning rahmati yog‘ilsin! Men bir ajamiy kishiman. Dinimning boshi va namozimning kaliti bo‘lgan tahoratni menga o‘rgatishingizni xohlayman. Namozga qanday tahorat olishim kerak?» deb so‘radi. Tanofusiy: «Xo‘p bo‘ladi, jonim bilan ey xizmatkor! Menga bir obdasta suv keltiringlar!» dedi. Unga suv keltirishdi va u o‘tirib har bir a’zosini uch martadan yuvib tahorat qildi. Keyin: «Shunday tahorat qil», dedi. Hotam esa: «(Iltimos), shu yerda tursangiz. Men huzuringizda tahorat qilib ko‘rsatsam. Xatolarimni tuzatib qo‘yasiz», dedi. Tanofusiy o‘rnidan turdi va Hotam o‘tirib tahorat qila boshladi. Keyin a’zolarini to‘rt martadan yuvdi. Shunda Tanofusiy: «Ey birodar, isrof qilding», dedi. Hotam: «Qanday qilib?» deb so‘radi. U kishi: «A’zolaringni to‘rt martadan yuvding», dedi. Shunda Hotam: «Subhonalloh (vo ajab)! Men bir hovuch suvni ko‘p ishlatish bilan isrof qilgan bo‘lsam, sen shuncha narsalaring bilan isrof qilmayapsanmi?» dedi. Tanofusiy uning maqsadi o‘rganish emas, balki shu narsani bildirish ekanini bildi va uyiga kirib ketdi, so‘ng qirq kun odamlar oldiga chiqmadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:22:27
Keyin Hotam (r.a.) Bog‘dodga keldi. Bog‘dod ahli uning yoniga to‘planib: «Ey Abu Abdurrahmon! Siz ajamiy kishisiz. Kim siz bilan gaplashsa, albatta, mag‘lub qilasiz», deyishdi. Hotam aytdiki: «Menda uch xislat bor, ular bilan raqibim ustidan g‘olib bo‘laman: avvalo, raqibim to‘g‘ri fikr aytsa, xursand bo‘laman; xato qilsa, xafa bo‘laman; unga johillar kabi muomala qilishdan ehtiyot bo‘laman».

Bu xabar Imom Ahmad ibn Hanbalga (r.a.) yetganida u kishi: «Subhonalloh! Naqadar aqlli ekan. Turinglar, birgalikda uning huzuriga boraylik», dedilar.  Huzuriga kirganlaridan keyin unga: «Ey Abu Abdurrahmon! Dunyodan salomat bo‘lish (chorasi) nima?» deb so‘radilar. Hotam javob berdi: «Ey Abu Abdulloh! Sizda (quyidagi) to‘rt xislat bo‘lmagunicha, dunyodan salomat bo‘lmaysiz: qavmning johilliklarini kechirasiz; ulardan o‘zingizning johilligingizni tiyasiz; hamma narsangizni ularga sarflaysiz; ularning narsalaridan umid qilmaysiz. Shunday qilsangiz salomat bo‘lasiz».

Keyin (Hotam) Madinaga yo‘l oldi. Madina ahli uning istiqboliga chiqdi. Hotam: «Ey qavm! Bu qaysi shahar?» dedi. Odamlar: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shaharlari», deyishdi. U: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) qasri qaerda? U yerda namoz o‘qimoqchiman», dedi. Ular: «U zotning qasri bo‘lmagan, balki  pastakkina kichkina uylari bo‘lgan, xolos», deyishdi. «Unday bo‘lsa, sahobalarining qasrlari qaerda?» deb so‘radi. Yana ular: «Ularning ham qasrlari bo‘lmagan. Pastak kulbalari bo‘lgan, xolos»,  deb javob qilishdi. Shunda Hotam: «Ey qavm! Bu Fir’avnning shahri ekan», dedi. Odamlar uni tutib, voliyning oldiga olib borib: «Bu ajamiy odam Madinani  Fir’avnning shahri, deyapti», deyishdi. Voliy undan: «Nega bunday deding?» deb so‘radi. Hotam shunday dedi: «Menga jazo berishga shoshilmang! Men ajamiy g‘arib odamman. Shaharga kirib, bu kimning shahri deb so‘radim. Odamlar Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shahri, deyishdi. Men esa u kishining qasri qaerdaligini so‘radim...»
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:22:41
Shunday qilib, u bo‘lgan voqeani aytib berdi. Oxirida esa Alloh taoloning:

«Albatta, sizlar uchun Allohning payg‘ambarlarida go‘zal namuna bordir» (Ahzob surasi, 21-oyat), degan oyatini o‘qib: «Sizlar kimdan namuna olyapsizlar. Rasulullohdanmi (sollallohu alayhi vasallam) yoki birinchi bo‘lib g‘isht va toshdan uy qurgan Fir’avndanmi?» dedi. Shunda uni qo‘yib yubordi».

Hotamul Asom (r.a.) hikoyati mana shudir.

Salaflarning kamtarlik va zeb-ziynatni tark etish kabi siyratlaridan yuqoridagi ma’nolarga dalolat qiluvchi iboralar yana keladi. Bu boradagi haqiqat shuki, muboh narsalar bilan ziynatlanish harom emas. Lekin unga chuqur kirishish unsiyatni paydo qiladi. Natijada uni tark qilish qiyinlashadi.

Ziynatlanish faqat uning sabablariga rioya etish bilan mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha uning sabablariga rioya etmaslik mudohana (murosa, xushomadgo‘ylik), xalqning xohishiga rioya qilish, riyokorlik va boshqa man’ qilingan ishlardan iborat gunohlarni keltirib chiqaradi. Bu gunohlardan qutulishning chorasi ziynatlanishdan saqlanishdir. Chunki kim dunyoga sho‘ng‘isa, albatta, undan salomat chiqmaydi. Agar dunyoga sho‘ng‘ish bilan birga, undan salomat qolish mumkin bo‘lganida edi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dunyoni tark etishda mubolag‘a qilmas edilar. Hattoki, xutba vaqtida naqshli kiyimni157 va tilla uzukni yechib qo‘yar edilar.158 Bundan boshqa yana ko‘plab dalillar borki, bayoni yaqinda keladi.


157. Muttafaqun alayh.
158. Muttafaqun alayh.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:22:56
Hikoya qilinadiki, Yahyo ibn Yazid Navfaliy (r.a.) Imom Molik ibn Anasga (r.a.) shunday maktub yozgan: «Bismillahir rohmanir rohiym. O‘tmish va kelajakdagilar ichida Uning payg‘ambari Muhammadga Allohning salot va salomi bo‘lsin! Yahyo ibn Yazid ibn Abdulmalikdan Molik ibn Anasga. Ammo ba’d. Menga ma’lum bo‘ldiki, sen nafis       kiyimlar kiyib, nozik taomlar yer emishsan. Yana ko‘rpachalar ustida o‘tirib, eshigingga soqchilarni qo‘yibsan. Holbuki, sen ilm kursisiga o‘tirgan zotsan. Sening huzuringga kelish uchun ulovlar tayyorlangan va odamlar ham doimo sen tomonga oshiqadilar. Ular seni imom qilib olganlar va so‘zlaringdan rozi bo‘ladilar (qabul qiladilar). Shunday ekan, Allohdan qo‘rq, ey Molik! Mutavoze’ bo‘l. Bularni  senga nasihat uchun yozdimki, Allohdan o‘zga hech kim bundan xabardor emas. Vassalom!»

Molik (r.a.) unga shunday javob yozdilar: «Bismillahir rohmanir rohiym. Alloh taolodan sayyidimiz Muhammadga, ahli va ashobiga salot va salomlar bo‘lsin! Molik ibn Anasdan Yahyo ibn Yazidga. Senga Allohning salomi bo‘lsin! Ammo ba’d. Maktubing menga yetib keldi va nasihat, shafqat, adab bo‘lib (qalbimga) joylashdi. Alloh seni taqvo bilan siylasin va nasihating evaziga yaxshilik bilan mukofotlasin. Alloh taolodan tavfiq so‘rayman. (Yaxshilik qilishga) kuch va (yomonlikdan saqlanishga) quvvat faqatgina buyuk va oliy zot bo‘lgan Allohdandir. To‘g‘ri, sen zikr qilganingdek, men nozik taomlar yeyman, nafis kiyimlar kiyaman, (soqchi bilan o‘zimni) qo‘riqlataman va yumshoq o‘rinlarda o‘tiraman. Mana shularni qilamiz va Alloh taolodan mag‘firat so‘raymiz. Zero, Alloh taolo:

«Bandalari uchun chiqarilgan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga chiqaradi?» (A’rof surasi, 33-oyat) deb marhamat qilgan. Albatta, buni tark etish unga kirishdan ko‘ra yaxshiroq ekanini bilaman. (Bundan keyin ham) bizni maktubingdan darig‘ tutma. Biz ham seni maktubimizdan darig‘ tutmaymiz. Vassalom!»
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:23:09
Molikning (r.a.) insofiga qaraki, ziynatni tark etish uni olishdan yaxshiroq ekanini e’tirof etib, uning mubohligiga fatvo berdilar. U zot ikkala holatda ham to‘g‘ri so‘zlagandirlar. Bir inson qachon, bu nasihatdagi kabi insof va e’tirof bilan nafsini isloh etsa, keyin uning nafsi mubohlar huzurida to‘xtashga qodir bo‘lsa, ammo bu uni riyokorlikka, xushomad go‘ylikka va yomon ko‘rilgan ishlarga o‘tib ketishga majbur qilmagan bo‘lsa, u kishi Imom Molik kabi (buyuk) maqomdadir. Lekin ko‘plar ziynatlar oldida o‘zini to‘xtatishga qodir bo‘lmaydi. Shu sababdan mubohlar bilan ziynatlanish katta xatardir. Bu holat xavf va qo‘rquvdan uzoq. Holbuki, oxirat ulamolarining asosiy xususiyati qo‘rquvdir. Qo‘rquvning xususiyati esa, xatar ehtimoli bo‘lgan ishlardan uzoqlashishdir.

(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri podshohlardan uzoqroq bo‘lish, modomiki, qochishga imkoni bor ekan, umuman huzurlariga kirmaslikdir. Podshohlar uning huzuriga kelsalar ham, ularga aralashishdan saqlanishi lozim. Chunki dunyo shirin va ko‘rkamdir. Uning jilovi podshohlar qo‘lida. Ular zolim bo‘lishi bilan birga, roziliklarini topish va qalblarini o‘ziga moyil qildirish uchun takallufidan xoli bo‘lmaydi. Ularni inkor etish, zulmlarini bildirish va fe’llarining qabihligini aytish bilan dillarini ranjitish har bir dindorga vojib bo‘ladi. Sultonlar huzuriga kirib yurguvchi kishi yo ularning chiroyli hayotlariga qarab o‘zidagi Allohning ne’matini kamsitadi, yoki ularni inkor etishdan sukut qilib, ularga xushomad qiluvchi bo‘ladi, yoki ularning roziligini topish va hollarini maqtash uchun gapida takalluf qiladiki, bu ish ochiqdan-ochiq bo‘htondir, yoki ularning mol-dunyolaridan bir qismini qo‘lga kiritishni tama’ qiladiki, bu yomon sifatdir. Podshohlarning molidan olish joiz bo‘lganlari va joiz bo‘lmaganlari, yomon va yaxshilari (bayoni) yaqinda «Halol va harom» kitobida keladi. Xulosa qilib aytganda, ularga aralashish yomonliklarning kalitidir. Oxirat olimlarining yo‘llari esa, bundan ehtiyot bo‘lishdir.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:23:22
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim sahroda yashasa, (qalbi) qattiq bo‘ladi, kim ovga ergashsa, g‘aflatda qoladi, kim podshoh huzuriga borsa fitnaga uchraydi».159 Yana shunday deydilar: «Yaqinda ustingizga shunday amirlar keladiki, ularning sizlarga maqbul va siz rad etadigan amallari bo‘ladi. Kim ularni inkor qilsa, gunohdan qutuladi. Kim yomon ko‘rsa, salomat bo‘ladi. Lekin kim rozi bo‘lsa va tobe’ bo‘lsa, Alloh taolo uni uzoq qiladi». Shunda (sahobalar): «Ularga qarshi jang qilmaylikmi?» dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Yo‘q, ular namoz o‘qisalar, urushmang»,160 dedilar.

Sufyon Savriy (r.a.) aytadilar: «Jahannamda bir vodiy borki, unda faqatgina podshohlarni ziyorat qilguvchi qori-olimlar turadilar».

Huzayfa (r.a.): «Fitna chiqadigan joylardan saqlaning», dedilar. «U qaysi joy?» deb so‘rashdi. U kishi: «Amirlarning eshiklari. Sizlardan birortangiz amirning huzuriga kirsa, uning yolg‘onini tasdiqlaydi va  unda bo‘lmagan sifatlarni gapiradi», deb javob berdilar.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olimlar, modomiki, podsholarga aralashmasalar, Allohning bandalari ichida payg‘ambarlarning ishonchli vakillaridir. Qachonki, aralashsalar, payg‘ambarlarga xiyonat qilgan bo‘ladilar. Shunda ulardan ehtiyot bo‘linglar va ajralinglar».161 Bu hadisni Anas (r.a.) rivoyat qilganlar.


159. Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati, sahihi.       
160. Imom Muslim Ummu Salamadan rivoyat qilgan.
161. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilingan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:26:59
A’mashga (r.a.): «Siz ilm ihyo qildingiz, chunki sizdan ko‘plar ilm oladi», deyishganida, u kishi aytdilarki: «Shoshmanglar! (Mendan ilm olganlarning) uchdan biri uni idrok etmasdan oldin vafot qiladi. Yana uchdan biri podshohlar eshigidan ajralmay qoladi, ular odamlarning eng yomonidirlar. Qolgan uchdan bir qismining ham juda ozi najot topadi».

Shuning uchun Said ibn Musayya (r.a.): «Qachon bir olimning amirlar atrofida o‘ralashib yurganini ko‘rsangiz, undan ehtiyot bo‘ling. Chunki u o‘g‘ridir», deganlar.

Avzoiy (r.a.) aytadilar: «Amaldorni ziyorat qiluvchi olimdan ko‘ra Allohga yoqimsizroq hech narsa yo‘qdir».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: «Olimlarning yomoni amirlar huzuriga borganlaridir. Amirlarning yaxshilari olimlar huzuriga kelganlaridir».162

Makhul Damashqiy (r.a.) aytadilar: «Kim Qur’onni ta’lim olsa va dinni chuqur o‘rgansa, keyin podshohga laganbardorlik bilan uning huzuridagi narsani tama’ qilib, yaqin bo‘lsa, (shu maqsadda) bosgan qadamlari sonicha jahannam o‘tidan bo‘lgan dengizga sho‘ng‘ib boradi».


162. Ibn Moja avvalgi qismini zaif sanad bilan rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:27:13
Samnun (r.a.) aytadilar: «Olimning suhbatiga kelinadi, lekin u topilmaydi. Uning qaerdaligini so‘ralsa,  amirning huzurida deyiladi. Naqadar yomon!!».

Yana aytadilar: «Ilgari qachon bir olim dunyoni sevganini ko‘rsangiz, undan ehtiyot bo‘linglar, deganlarini eshitgan edim» Men buni tajriba qilib, sinab ko‘rdim. Podshohning huzuriga kirib chiqqandan keyin nafsimni hisobga tortdim va unda inqirozni ko‘rdim. Holbuki, eng og‘ir va qo‘pol so‘zlar aytishimni hamda sultonning xohishiga qarshi chiqishimni bilasizlar. Shunga qaramasdan, men undan biror narsa olmasam ham va bir ho‘plam suvini ichmasam ham, o‘rnimga boshqasini yuborib, o‘zim kirishdan qutilib qolishni yaxshi ko‘rdim».

Keyin yana shunday dedilar: «Zamonamiz olimlari Bani Isroil olimlaridan yomonroqdir. (Chunki) podshohga faqat ruxsat berilgan va nafsi havosiga muvofiq keladigan narsalar haqida gapiradilar. Agar podshohga zimmasidagi vazifalar va najotiga sabab bo‘luvchi ishlar haqida xabar bersalar edi, ularni og‘ir sanardi va huzuriga kirishlarini yomon ko‘rgan bo‘lardi. Mana shu narsa olimlar uchun Parvardigorlari huzurida najotdir».

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Sizlardan oldingilar orasida Islomga kirishda muqaddam va Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) suhbatlariga erishgan bir zot bor edi. (Abdulloh ibn Muborak: «Hasan Basriy Sa’d ibn Abu Vaqqosni (r.a.) nazarda tutgan», deganlar.) U podshohlar atrofida o‘ralashib yurmasdi va o‘zini ulardan chetga olar edi. Farzandlari unga: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) suhbatlarida va Islomga kirishda peshqadamlikda siz kabi bo‘lganlar ham ularning huzuriga boryapti. Siz ham borsangiz-chi?!» dedi. U zot: «Ey farzandlarim! Qavm bir o‘likni o‘rab olgan bo‘lsa, unga men ham boraymi?! Allohga qasamki, kuchim yetganicha, ulardan qochaman», dedilar. Farzandlari: «Ey otajon! Unda biz ochlikdan o‘lib ketamiz-ku», dedi. U zot: «Ey bolalarim! Semiz  munofiq bo‘lgan holda o‘lishdan ko‘ra, och mo‘min holda o‘lishim, menga suyukliroqdir», dedilar. Allohga qasamki, tuproq iymonni emas, balki sut va yog‘larni yeyishini bilganidan keyin farzandlari jim qoldilar».

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:27:46
Bu qissada shunga ishora borki, podshoh huzuriga kirgan kishi munofiqlikdan qutula olmaydi. Bu ish esa iymonga ziddir.

Abu Zarr (r.a.) Salamaga (r.a.) shunday deganlar: «Ey Salama. Podshohlar eshigi oldida biror narsani qo‘lga kiritsang, ular sening dilingdan undan afzalrog‘ini olib qo‘yadi».

Mana shu narsa olimlar uchun katta fitnadir va shayton uchun ularga qarshi adashtiruv qurolidir. Xususan,  nutqi ravon va so‘zlari shirin bo‘lsa, shayton unga doimo: «Podsholarga va’z qilishing va huzurlariga kirishing ularni zulmdan tiyilishga va shariat hukmlarini qoyim qilishga undaydi», deb shivirlab turadi. Borib-borib, unga podshohning oldiga kirish din ishlaridandir, degan    xayolni singdiradi. Keyin qachon kirsa, shirinso‘z bo‘lib qoladi, xushomad qiladi, uni maqtash va olqishlashda haddan oshadi, bu ishlarda esa dinning halokati bordir.

Aytadilarki, olimlar qachon ilm o‘rgansalar, amal qilardilar, qachon amal qilsalar, (ibodatga) mashg‘ul bo‘lib qolardilar, qachon mashg‘ul bo‘lsalar, (odamlar ko‘zidan) yo‘qolib qolardilar, qachon yo‘qolsalar, qidirilar edilar, qachon qidirilsalar, qochardilar.

Umar ibn Abdulaziz (r.a.) Hasan Basriyga (r.a.): «Alloh taoloning amrlarini bajarishda kimlardan yordam so‘rashim mumkin, ularni ko‘rsatib bersangiz», deb maktub yozdilar. Hasan Basriy (r.a.) shunday javob qaytardilar: «Din ahli sizning huzuringizga borishni xohlamaydi. Ammo dunyo ahlini esa, siz xohlamaysiz. Lekin siz sharafli zotlarni mahkam tuting. Chunki ular xiyonat bilan bulg‘anishdan sha’nlarini muhofaza qiladilar».

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:28:08
Zamonasining eng zohidi bo‘lgan Umar ibn Abulaziz (r.a.) haqidagi gap mana shunday! Agar din ahllari u zotdan ham qochishlari shart bo‘lsa, boshqa amaldorlarni qidirish va ular bilan aralashib yurish haqida nima deyish mumkin?!

Hasan Basriy, Sufyon Savriy, Ibn Muborak, Fuzayl ibn Iyoz, Ibrohim ibn Adham va Yusuf ibn Asbot (r.a.) kabi salaf olimlar Makka, Shom va boshqa shaharlik dunyo olimlari haqida yo ular dunyoga moyil  bo‘lganlari  yoki sultonlarga aralashib yurganlari uchun doimo gapirib turar edilar.

(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri fatvo berishga shoshilmaslik, imkoni bo‘lsa, fatvo berishdan butunlay saqlanish va ehtiyot bo‘lishidir. Agar undan Allohning kitobidagi dalil yoki hadisdagi hujjat yoki ijmo’ yoxud ochiq va ravshan qiyos bilan haqiqatni biladigan masalasi haqida so‘rashsa, fatvo beradi. Agar shak-shubha qilib turgan masala xususida so‘ralsa, «bilmayman», deydi. Agar ijtihod va taxmin bilan to‘g‘ri javob bera olishiga ishongan masalasi haqida so‘ralsa, ehtiyot bo‘ladi va uni o‘zidan chetlatadi, boshqa loyiqroq kishi bo‘lsa, (javob berishni) unga qoldiradi. Mana shu ish ehtiyotkorlikdir. Chunki ijtihod og‘ir ish.

Hadisda aytilganki: «Ilm uchtadir. Notiq kitob, qoyim sunnat va «bilmayman» demoqlik».163

Sha’biy aytadilar: «Bilmayman, deyish ilmning yarmidir».


163. Xatib, Abu Dovud, Ibn Mojalar marfu’ holda rivoyat qilgan. Alboniy zaif degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:28:22
Kimki bilmagan narsasi haqida so‘ralganida, Alloh rizosi uchun sukut qilsa, uning savobi javob berganning savobidan oz emasdir. Chunki bilmasligini e’tirof etish nafsga juda og‘ir. Zero, sahobai kiromlar va salaflarning odatlari shunday edi.

Ibn Umardan (r.a.) qachon fatvo so‘ralsa: «Odamlarning ishlarini o‘z zimmasiga olgan anavi amirga bor va buni uning bo‘yniga qo‘y», der edilar.

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Odamlar so‘ragan barcha masalalarga fatvo (javob) beradigan kishi majnundir».

Yana shunday deganlar: «Olimning qalqoni «bilmayman» deyishdir. Agar uni qo‘ldan chiqarsa, unga o‘ldiruvchi (zarbalar) keladi».

Ibrohim ibn Adham (r.a.) aytadilar: «Bir ilmda gapirib, boshqa bir ilmda sukut qilishdan ko‘ra shaytonga og‘irroq narsa yo‘qdir. Shayton unday olim haqida: «Bunga qaranglar, uning sukuti men uchun gapirganidan og‘irroqdir», deydi».

Ba’zilar (avliyolardan bo‘lgan) abdollarni sifatlab shunday deydi: «Muhtoj bo‘lgandagina yeydilar, uyqu g‘olib kelgandagina uxlaydilar, zarurat tug‘ilgandagina gapiradilar, ya’ni, so‘ralguncha gapirmaydilar. Qachon bir savol so‘ralganida o‘rinlariga javob beradigan kishini topsalar, sukut qiladilar. Agar majbur bo‘lsalar, (shundagina) javob beradilar. Ular savoldan oldin gap boshlashni gapirishga bo‘lgan maxfiy shahvatdan deb biladilar».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:28:37
Hazrati Ali (r.a.) va Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) odamlarga gapirayotgan bir kishining oldidan o‘tdilar. Birlari (ikkinchilariga): «Bu odam, meni tanib qo‘yinglar, deyapti», dedilar.

Ba’zi hakimlar aytadilar: «Olim — undan savol so‘ralganda (sog‘lom) tishi sug‘urilgandek iztirob chekkan kishidir».

Ibn Umar (r.a.) shunday der edilar: «Bizni ko‘prik qilib, jahannamga ustimizdan yurib o‘tishni xohlayapsizlarmi?!»

Abu Hafs Nisoburiy (r.a.) aytadilar: «(Haqiqiy) olim savol so‘ralgan paytda, qiyomat kuni unga: «Qaerdan olib javob berding?» deyilishidan qo‘rqqan kishidir».

Ibrohim Taymiydan (r.a.) biror savol so‘rashsa, yig‘lashni boshlar va: «Boshqani topolmay menga kuninglar qoldimi?!»  der edilar.

Abul Oliya Riyohiy, Ibrohim ibn Adham, Sufyon Savriylar (r.a.) ikkita, uchta yo ozchilikdan iborat jamoatga gapirar edilar. Qachon (tinglovchilar) ko‘payib ketsa, turib ketardilar.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deydilar: «Uzayr payg‘ambarmidi yoki yo‘qmi, bilmayman. Tubba’ mal’unmidi yoki yo‘qmi, bilmayman. Zulqarnayn      payg‘ambarmidi yoki yo‘qmi, bilmayman».164


164. Abu Dovud va Hokimlar sahih holda rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:28:53
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yerning eng yaxshi va eng yomon joyi haqida so‘ralganlarida, «bilmayman» deb javob berganlar. Hatto Jabroil (a.s.) tushganda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) undan so‘radilar, u ham «bilmayman», deb javob berdi. Toki, Alloh taolo yerning eng yaxshi joyi masjidlar va eng yomon joyi bozorlar ekanini bildirgunga qadar (shunday davom etdi).165

Ibn  Umardan (r.a.) o‘nta masala so‘ralsa, bittasiga javob berib, to‘qqiztasiga sukut qilar edilar. Ibn Abbos (r.a.) esa, to‘qqiztasiga javob berib, bittasiga sukut qilardilar. Fuqaholar ichida «bilmayman» deydiganlari «bilaman» deydiganlaridan ko‘proq edi. Sufyon Savriy, Molik ibn Anas, Ahmad ibn Hanbal, Fuzayl ibn Iyoz va Bishr ibn Hars shular jumlasidandir.

Abdurahmon ibn Abu Laylo (r.a.) aytadilar: «Mana shu masjidda (ya’ni, Masjidi nabaviyda) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashoblaridan yuz yigirma kishini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Ularning barchasi bir hadis yoki biror fatvo borasida so‘ralsa, o‘rniga birodari javob berishini yaxshi ko‘rar edilar».

Boshqa bir iborada shunday deyiladi: «Bir masala ularning birortasidan so‘ralsa, boshqaga yuborar edi. U ham boshqasiga qaytarar edi. Hatto aylanib yana birinchilariga kelardi».

Rivoyat qilinishicha, ashobi suffalardan biriga qo‘yning pishirilgan boshi hadya qilindi. U juda och bo‘lgani holda, uni birodariga hadya qildi. U ham boshqasiga berdi. Va hokazo ularning o‘rtasida aylanib, yana birinchi kishiga qaytib keldi.


165. Imom Ahmad, Abu Ya’lo, Bazzor va Hokimlar rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:29:07
Hozirgi kunda olimlarning ishi qanday qilib aksiga aylanib qolganiga qara, undan qochish lozim bo‘lgan narsa talab qilinmoqda, matlub narsadan esa qochilmoqda.

Fatvo berishdan ehtiyot bo‘lish xayrli ekaniga ba’zi olimlar musnad holatda rivoyat qilgan quyidagi hadis dalildir: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Odamlarga uch toifa kishilargina fatvo beradilar: amirlar, ma’murlar va (o‘zicha fatvoga) takalluf qiluvchi kishilar», dedilar.

Ba’zi olimlar aytadilar: «Sahobai kiromlar to‘rt ishni bir-birlariga havola qilar edilar: imomlikni, vasiyatni (ya’ni, uning bajarilishini nazorat qilishni), omonat saqlashni va fatvo berishni».

Ba’zilar deydilar: «U (olim)larning fatvo berishga shoshuvchirog‘i ilmi eng oz bo‘lganidir. Undan qattiq qochuvchi kishi esa, taqvodorrog‘idir».

Sahobai kiromlar va tobe’inlar (barchalaridan Alloh rozi bo‘lsin) asosan beshta ish bilan mashg‘ul bo‘lar edilar: Qur’on tilovati, masjidni obod qilish, Alloh taoloni zikr etish, yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish. Buning boisi shuki, ular Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) ushbu hadisni eshitganlar: «Odam bolasining barcha kalomi o‘zi uchun zararlidir. Faqat uchta kalom bundan mustasno: yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish, Alloh taoloni zikr etish».166

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan - agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar - hech qanday foyda yo‘qdir». (Niso surasi, 114-oyat).


166. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Termiziy g‘arib hadis, degan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:29:20
Olimlardan biri ray sohiblaridan bo‘lgan ko‘falik  kishini tushida ko‘rdi va: «(Hayotda) qilib o‘tgan fatvo va rayingiz natijasida qanday muomala ko‘rdingiz?» deb so‘radi. U esa, aftini burishtirib, yuzini boshqa tomonga o‘girdi va: «Hech narsa topolmadik, oqibatimizni ham o‘nglay olmadik», deb javob berdi.

Ibn Hassin (r.a.) aytadilar: «Bulardan (ya’ni, hozirgi olimlardan) har biri shunday masalalar haqida fatvo beradiki, agar shu masala Umar ibn Xattobdan (r.a.) so‘ralsa, unga (javob berish uchun) ahli Badrni to‘plagan bo‘lar edilar».

Demak, zaruratdan tashqari barcha holatda sukut saqlash ilm ahlining doimiy odati bo‘lib qolaveradi.

Hadisda shunday deyiladi: «Qachonki, bir kishiga sukut bilan zohidlik berilganini ko‘rsangiz, unga yaqinlashing. Chunki u hikmatni anglaydi».167 Aytishlaricha, olim kishi yo ommaviy bo‘ladi, u fatvo beruvchi va sultonlarning ashobidandir, yoki xoslar olimi bo‘ladi, u tavhidni va qalblarning amallarini bilguvchi va odamlardan ajralib, yolg‘izlikda yashovchi uzlat sohiblaridandir.

Aytadilarki, Ahmad ibn Hanbal Dajla daryosiga o‘xshaydi, har bir kishi undan qonib ichadi. Bishr ibn Hars esa suvi shirin usti yopiq quduq kabidirki,   uning yoniga bitta-bitta keladilar.


167. Ibn Moja Ibn Xalloddan zaif isnod ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:29:32
Aytadilarki, falonchi olimdir, falon olim faqat gapiruvchi, falonchi ko‘p gapiruvchi, falonchi esa eng ko‘p gapiruvchi.

Abu Sulaymon (r.a.) aytadilar: «Ma’rifat gapirishdan ko‘ra sukutga yaqinroqdir».

«Qachon ilm ko‘paysa, gap kamayadi. Gap ko‘paysa, ilm kamayadi», degan hikmat ham bor.

Salmon (r.a.) Abu Dardoga (r.a.) shunday yozdilar (Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularni bir-birilari bilan birodar qilgan edilar)168: «Ey birodar. Menga  yetib keldiki, sen tabib bo‘lib, bemorlarni davolayotgan emishsan. Ehtiyot bo‘l! Agar (haqiqiy) tabib bo‘lsang, gapiraver. Albatta, gaping shifo bo‘ladi. Agar o‘zingni (tabib) qilib ko‘rsatayotgan bo‘lsang, Allohdan qo‘rq va musulmonni o‘ldirma!» Shundan keyin Abu Dardo (r.a.) bir masala so‘ralsa, to‘xtab qolar edilar.


168. Imom Buxoriy Abu Ja’fadan rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:29:47
Anasdan (r.a.) qachon bir masala so‘rashsa: «Buni sayyidimiz Hasan Basriydan so‘ranglar», der edilar.

Ibn Abbosdan (r.a.) biror narsa so‘ralsa: «Horisa bilan Jobir ibn Zayddan so‘ranglar», der edilar.

Ibn Umar (r.a.) esa, Said ibn Musayyabdan so‘rashni aytardilar.

Hikoya qilishlaricha, bir sahobiy yigirmata hadisni  aytdi. Odamlar undan tafsirini so‘rashdi. Sahobiy: «Menda rivoyat qilganimdan boshqa (ma’lumot) yo‘q», dedi. Shundan so‘ng majlisda o‘tirgan Hasan Basriy hadislarni birma-bir sharq qila boshladilar. Odamlar uning go‘zal tafsiriga va hofizasiga hayratlanishdi. Shunda o‘sha sahobiy odamlarga bir hovuch mayda toshni otib yubordi va: «Oldingizda shunday olim turganda, ilmni mendan so‘raysizlarmi?» dedi.

(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri himmatining ko‘prog‘i (g‘ayrati) botin ilmiga, qalb muroqabasiga, oxirat yo‘llari va unda yurish qoidalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi hamda ularning inkishofi uchun mujohada va muroqabaga jiddiy kirishishidir. Chunki mujohada mushohadaga yo‘l ochadi. Qalb ilmlarining nozik jihatlarini o‘rganish bilan hikmat buloqlari qaynab chiqadi. Ammo  (quruq) ta’lim bilan bunga erishib bo‘lmaydi. Balki, mujohada va muroqaba bilan, zohiriy va botiniy amallarni qo‘shish bilan, uyg‘oq qalb va musaffo fikr bilan, xilvatda Alloh taologa yuzlanish bilan cheksiz va son-sanoqsiz hikmat yuzaga chiqadi. Bu esa, ilhomning kaliti va kashfning manbaidir. Qanchadan-qancha ta’lim oluvchilar borki, ta’lim olish muddati uzun bo‘lgani holda, eshitgan ilmiga bir kalima bilan ham qo‘shimcha qilishga qodir emasdir. Ta’lim olishda muhim narsalar bilangina cheklanuvchi hamda amal va qalb muroqabasiga jiddiy kirishuvchi qanchadan-qancha kishilar borki, Alloh taolo unga oqillarning aqllarini hayratda qoldiruvchi hikmat sirlarini ochib beradi. Shuning uchun ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kim bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh taolo uni bilmagan narsalarining ilmiga voris qiladi»,169 deganlar.


169. Abu Nu’aym Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan, zaif.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:30:01
Eski kitoblardan ba’zisida shunday yozilgan ekan: «Ey Bani Isroil! Sizlar: «Ilm osmondadir, uni yerga kim olib tushadi? (Ilm) yerning qa’ridadir, uni kim olib chiqadi? (Ilm) dengizlar ortidadir, uni kim olib keladi?» demanglar. Ilm qalblaringizga joylangandir. Mening huzurimda ruhoniylar odobi va siddiqlarning axloqi bilan turinglar. Shunda ilm qalblaringizda zohir bo‘lib, butun vujudingizni egallab oladi».

Sahl ibn Abdulloh Tustariy (r.a.): «Olimlar, obidlar va zohidlar qalblari qulflangan holda dunyodan o‘tdilar. Faqat siddiqlar va shahidlarning qalblarigina ochildi, xolos», dedilar va keyin Alloh taoloning ushbu so‘zini tilovat qildilar:

«G‘ayb ochqichlar. Uning huzuridadirnim, ularni yolg‘iz o‘zigina bilur» (An’om surasi, 59-oyat).

 Agar nur bilan to‘lgan kishining qalbi zohiriy ilmlar ustidan hokim bo‘lmaganida edi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar senga fatvo bersalar ham, senga fatvo bersalar ham, senga fatvo bersalar ham, sen o‘z qalbingdan fatvo so‘ragin»,170 demagan bo‘lardilar.


170. Alboniy «Sahihul jome’» kitoblarida zikr qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:30:18
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Rabbilaridan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda shunday deganlar: «Bandam Menga nafl namozlari bilan yaqinlashib kelaveradi. Nihoyat, Men uni sevib qolaman. Qachon Men uni sevsam, uning eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ishlaydigan qo‘li, yuradigan oyog‘i bo‘laman. Qachon Mendan bir narsa so‘rasa, beraman. Panoh istasa, shubhasiz, uni saqlayman».171

Qur’onning qanchadan-qancha sirlari, daqiq ma’nolari borki, o‘zini zikr va fikrga baxshida etganlar qalbida hosil bo‘ladi. Tafsir kitoblari bunday ma’nolardan xolidir. Mufassirlarning ulug‘lari ham undan voqif emaslar.

Qachon bu ma’nolar  muroqaba qiluvchi murid uchun ochilsa va uni mufassirlarga arz qilsa, uni yaxshi qabul etadi va (sirlar) zakovatli qalblarning alomatlaridan hamda   Allohga yuzlangan oliyhimmat zotlarga berilgan lutf ekanini biladi. Mukoshafa, muomala ilmlarining sirlari va qalb xotiralaridagi jihatlarda ham shundaydir. Zero, bu ilmlardan har biri tubiga yetib bo‘lmaydigan dengizdirki, toliblar nasibasi miqdoricha  va muvaffaq bo‘lgan chiroyli amallari nisbatida unga sho‘ng‘iy oladi.

Oxirat olimlarining sifatlari borasida Ali (r.a.) uzun bir hadisda shunday deganlar: «Qalblar idishlardir. Ularning yaxshirog‘i ichiga yaxshilik jo bo‘lgani. Odamlar uch xil: rabboniy olim; najot yo‘lida ta’lim oluvchi; har gapiruvchiga ergashib ketuvchi, har qanday shamolga egiluvchi, ilm nuri bilan ziyolanmagan va ishonchli ruknga suyanmagan kishi. Ilm moldan yaxshiroqdir. Ilm seni himoya qiladi, sen esa molni qo‘riqlaysan. Ilm qancha sarflansa, ziyodalashadi, mol esa sarflash bilan kamayadi. Ilm dindirki, kishi u bilan dindor bo‘ladi va hayoti davomida toat-ibodatlarni  u bilan amalga oshiradi va vafotidan keyin yaxshilik bilan tilga olinadi. Ilm hokimdir, mol esa mahkumdir. Mol ketishi bilan uning manfaati ham yo‘q bo‘ladi. Mol-dunyo to‘plovchilar tirik bo‘lsalar ham, o‘lik kabidirlar. Olimlar esa, dunyo turgunicha tirik va boqiydirlar».


171. Abu Hurayradan  «sam’ahu va basarahu» lafzi ila qilingan rivoyatni Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirshgan qildilar. Lekin «Al-Huliyya» kitobida zikr etilganidek, Anasdan (r.a.) qilingan rivoyat zaif sanadlidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:30:30
Shundan keyin Ali (r.a.) chuqur nafas oldilar va aytdilarki: «Eh! Mana bu yerda (qalbda) katta ilm bor, qaniydi uni ko‘taruvchi kishini topsam. Faqat ishonchsiz tolibga duch kelyapmanki, u dunyo talabida dinni vosita qiladi, ishlatadi va Allohning ne’matlari bilan Uning avliyolariga til tekkizadi hamda Allohning hujjatlari bilan Uning xalqidan o‘zini ustun tutadi. Yoki haqiqat ahliga itoat etuvchi tolibga duch kelyapman, lekin unda basirat bo‘lmagani bois, shubhali narsaga birinchi bor ro‘baru kelishi bilanoq qalbiga shak o‘rnashib qoladi. Shuning uchun  unisi ham, bunisi ham (munosib emasdir). Yoki havoyi nafs-ining istaklarini topish yo‘lida turli lazzatlarga berilgan tolibni yoki mol-dunyo jamg‘arishga jiddiy kirishgan, hoyu havasiga itoat etuvchi tolibni ko‘ryapmanki, ularning eng yaqin o‘xshashlari yaylovdagi chorpolardir. Ey Allohim! Qachon ilmni ko‘targanlar (olimlar) vafot etsa, ilm ham o‘ladi, lekin yer yuzi bu dinni hujjat-dalillar bilan Alloh (rizosi) uchun qoim qiluvchi (saqlovchi) kishilardan xoli bo‘lmaydi. Ular yo zohir-oshkora bo‘ladi, yoki Allohning hujjatlari va ochiq dalillari botil bo‘lmasin deb, qo‘rquvchi va yashirin yuruvchi bo‘ladilar. Ularning soni qancha va qaerda? Ularning  adadlari oz, lekin qadlari yuksakdir. O‘zlari yo‘qolgan, yashirin, lekin misollari qalblarda mavjuddir. Alloh taolo ular bilan O‘z hujjatlarini muhrfaza qiladi, toki ular o‘zlaridan keyingilarga uni yetkazadilar va o‘zlariga o‘xshaganlarning     qalblariga ekadilar. Ilm ularni ishning haqiqatiga (maqsadga) yetkazadi. Natijada, yaqiynning ruhiga ham erishadilar. Keyin esa, dunyoparastlarga og‘ir kelgan narsalarni ular osonlik bilan bajaradilar va g‘ofillar uchun begona bo‘lgan narsalar ular uchun qadrdon bo‘lib qoladi. Ular vujudlari bilan bu dunyoda yuradilar, lekin ruhlari oliy maqomlarga bog‘langan bo‘ladi. Ana o‘shalar Alloh taoloning xalqi ichida (tanlab olingan) do‘stlari va Uning ishonchli bandalari hamda Uning yerdagi xizmatchilari va diniga chaqiruvchilaridir».

Shundan keyin Hazrati Ali (r.a.) yig‘ladilar va: «Oh, qaniydi ularni bir ko‘rsam!» dedilar.

Ali (r.a.) oxirida zikr qilgan ushbu sifatlar oxirat olimlarining vasfidir. Bu shunday ilmki, uning aksari amal va mujohadada davom etish bilan qo‘lga kiritiladi.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:30:48
Yaqiynni kuchaytirishga qattiq e’tiborli bo‘lish ham oxirat ulamolarining vasfidandir. Albatta, yaqiyn dinning sarmoyasi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Yaqiyn — to‘laligicha iymondir»,172 deganlar. Shuning uchun yaqiynni, ya’ni dinning avvalini o‘rganish lozimdir. So‘ng qalb sari yo‘l ochiladi. Shu sababdan ham Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Yaqiynni o‘rganinglar»,173 deganlar. Ma’nosi shuki, yaqiynga ega kishilar bilan hammajlis bo‘linglar, ulardan yaqiyn ilmini eshitinglar, ularga doimo iqtido qilinglar, toki, sizning yaqiyningiz ularning yaqiynidek kuchli bo‘lsin. Yaqiynning ozi amalning ko‘pidan yaxshidir. Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yaqiyni go‘zal, ammo gunohi ko‘p hamda ibodatda mujtahidu, yaqiyni kam kishilar haqida gapirilganida: «Hech bir odam yo‘qki, uning gunohi bo‘lmasin», deganlar. Lekin kim tug‘ma aqlli, tabiat yaqiynli bo‘lsa, gunohlar unga zarar qilmaydi. Chunki u qachon gunoh sodir etsa, tavba qiladi, istig‘for aytadi va pushaymon bo‘ladi. Bas, u gunohi to‘kilib, jannatga kirgizadigan fazilat bilan qoladi.174 Shu sababli ham Sarvari koinot (sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, sizlarga eng kam berilgani yaqiyn va sabrga azmu qarordir. Kim bu ikkisidan nasibador bo‘lsa, tungi namoz va kunduzgi ro‘zasidan (ya’ni, nafl ibodatlardan) boy berganlariga parvo qilmasa ham bo‘ladi»,175 deganlar.

 Luqmonning o‘g‘liga qilgan vasiyatlarida shunday so‘zlar bor: «Amalga yaqiyn bilangina qodir bo‘linadi, kishi faqat yaqiyni miqdoricha amal qiladi, yaqiyni nuqsonli bo‘lmaguncha amali qusurli bo‘lmaydi».

Yahyo ibn Muoz: «Tavhidning nuri, shirkning o‘ti bor. Tavhidning nuri muvahhidlarning gunohlarini mushriklarning savoblarini yondiradigan shirk o‘tidan kuchliroq yondiradi», dedilar. Bu so‘zlari bilan yaqiynni nazarda tutdilar.



172. Bayhaqiy va Xatib Ibn Mas’uddan hasan isnod ila rivoyat qilishgan. Alboniy «Az-za’iyfa» kitobida munkar deb aytgan.
173. Abu Nu’aym mursal holda rivoyat qilgan. Abuddunyo ham  «Al-yaqin» kitobida rivoyat qilgan.
174. Imom Termiziy Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan.
175. Aslini topa olmadim. Lekin Ibn Abdulbar, Muozning hadislaridan bir oz farqlisini rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:31:00
Alloh taolo Qur’oni karimda yaqiynli zotlarni bir necha o‘rinda zikr etadiki, bu narsa yaqiyn yaxshiliklar va saodatlar robitasi ekaniga dalolat qiladi.

Agar sen, avval yaqiynning ma’nosini, uning kuchayishi va susayishi qandayligini tushunib olib, keyin uning talab va ta’limiga mashg‘ul bo‘lish kerak, chunki surati fahmlanmagan narsaning talabi mumkin emas, deydigan bo‘lsang, bilgilki, «yaqiyn» so‘zi ikki toifa farqli ikki ma’noga ishlatadigan mushtarak lafzdir. Nazzor va mutakallimlar u bilan shak-shubhadan xoli bo‘lish ma’nosini ta’bir qiladi. Zotan, nafs bir narsani tasdiqlashga mayl etishida to‘rtta maqom bor:

Birinchisida tasdiqlash ham, yolg‘onga chiqarish ham barobardir. Bu hol shak deya ta’bir etiladi. Masalan, muayyan bir shaxs haqida sendan, Alloh uni azoblaydimi, yo‘qmi, deb so‘ralsa, uning holati senga noma’lum bo‘lsa, unga hukmni isbot yoki inkor etishga nafsing moyil bo‘lmasa, balki nazaringda ikki holning imkoni ham barobar bo‘lsa, mana shu shak deya nomlanadi.

Ikkinchi maqom nafsingning ikki holdan biriga moyil bo‘lishidir. Bunda oldingi holning ustunligi ikkinchisiga ham bo‘lishi mumkinligini inkor etolmaydi. Masalan, sendan salohiyat va taqvo bilan taniydigan kishing haqida, agar u aynan shu holatda vafot etsa, jazolanadimi, deb so‘rashsa, nafsing uning jazodan ko‘ra jazolanmasligiga moyil bo‘ladi. Buning sababi unda salohiyat alomatlarining borligidir. Shu bilan birga, sen uning botinida azobni lozim etadigan ish yashirin bo‘lishini ham joiz sanaysan. Bu joiz sanashing yuqoridagi mayling bilan tengdir. Lekin u maylingning ustunligini daf etolmaydi. Bu holat gumon deb ataladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:31:14
Uchinchisi nafsning bir narsani tasdiqlashga moyil bo‘lishidir. Bunda mayl unga  g‘olib bo‘ladi, xayolga boshqa narsa kelmaydi. Agar kelsa ham, nafs uni qabul qilishdan bosh tortadi. Lekin bu narsa haqiqiy ma’rifat bilan bo‘lmaydi. Chunki agar bu maqom sohibi yaxshilab o‘ylasa, shubha va ehtimollarga quloq tutsa, tajvizga bag‘rini keng qiladi. Bu yaqiynga yaqin e’tiqod deyiladi. U barcha shar’iy ishlardagi avomning e’tiqodidir. Zotan, u eshitishning o‘zi bilanoq ko‘ngillarida qaror topganki, hatto har bir toifa o‘z mazhabining to‘g‘riligiga, imom va matbu’ining haqligiga ishonadi. Agar birortalariga imomning xato qilishi mumkinligini aytilsa, buni qabul qilishdan qochadi.

To‘rtinchi maqom burhon (hujjat) yo‘li bilan hosil bo‘lgan haqiqiy ma’rifatdir, unda shak qilinmaydi, shak tasavvur ham etilmaydi. Agar shubhaning bo‘lishi va imkoni mahol sanalsa, bu yaqiyn deyiladi. Bunga misoli: agar oqil kishiga, borliqda qadim bo‘lgan narsa bormi, deyilsa, bu savolga badiha bilan javob qilishi mumkin emas. Chunki qadim quyoshga ham, oyga ham o‘xshagan hissiy narsa emas, ularning borligini his qilib tasdiqlanadi. Qadim narsaning borligini bilish ikkining birdan ko‘p ekanini bilish kabi azaliy va zaruriy emas. Balki hodisaning bo‘lishini bilish kabi maholdir. Buning o‘zi ham zaruriy. Aqlning tabiiy haqiqati tayyorgarliksiz va badiha yo‘li bilan qadimning borligini tasdiqlashdan    tiyilishdir. So‘ng odamlardan ayrimlari buni eshitadi-da, eshitish yo‘li bilan jazman tasdiq etib, shu holda davom etadi. E’tiqodning o‘zi mana shudir. Barcha avom mana shu ahvoldadir. Odamlardan ayrimlari esa, buni burhon bilan tasdiqlaydi. Shundayki, unga aytiladi: Agar borliqda qadim narsa bo‘lmasa, mavjudotning hammasi hodisdir. Agar uning hammasi hodis bo‘lsa, unda u sababsiz hodisdir yoki sababsiz unda hodisdir, bu esa maholdir. Shunda qadim narsaning borligini aqlda tasdiqlash lozim bo‘ladi. Bunday qismlar uchta: mavjudotning hammasi qadim yoki hammasi hodis yoki ba’zisi qadim, ba’zisi hodis. Agar ularning hammasi qadim bo‘lsa, matlub hosil bo‘lgandir. Zotan hammasiga qadimlik sobit bo‘ldi. Agar hammasi hodis bo‘lsa, bu hol bo‘lishi mumkin emasdir. Zero, u sababsiz hodisga bois bo‘ladi. Demak, uchinchi yoki birinchi qism sobit bo‘ladi. Shunday vajhda sobit bo‘lgan har qanday ilm ularning nazdida yaqiyn deya nomlanadi. Uning biz zikr qilgan mulohaza yoxud his yoxud tug‘ma aql bilan hosil bo‘lishining farqi yo‘qdir. Bu narsa sababsiz hodisning ro‘y bermasligini yoki Makkaning borligini bilish kabi aniq xabarligini, yoxud pishirilgan saqmoniya (tibbiyotda ishlatiladigan nodir o‘simlik) yengillashtiruvchiligini bilish tajribaligini yoki zikr qilgan dalilimizni bilishga o‘xshaydi.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:31:26
Ularning nazarida bu ismni («yaqiyn» so‘zini) ishlatishning sharti shak qilmaslikdir. U to‘g‘rida shak etilmaydigan har qanday ilm nazdlarida «yaqiyn» deb nomlanadi. Shunga binoan yaqiyn zaiflik bilan sifatlanmaydi. Zero,  shakni inkor etishda tafovut yo‘qdir.

Ikkinchi istiloh — fuqaho, mutasavvif va aksar ulamoning istilohidirki, bunda tajviz va shak e’tiboriga qaralmaydi, balki uning aqlga ustun va g‘olib kelishiga e’tibor qilinadi. Hatto, falonchining o‘limga yaqiyni zaif, deyiladi, vaholanki, o‘limning haqligida shak yo‘q. Falonchining rizq kelishiga yaqiyni kuchli, deyiladi, holbuki, kelmasligi ham mumkin. Nafs bir narsani tasdiqlashga qanchalik moyil bo‘lib, u qalbga g‘olib kelsa va uni egallab olsa, u nafsdagi tajviz va mone’likni hukm va tasarruf etuvchiga aylanadi. Bu esa yaqiyn deb nomlanadi. Odamlar o‘limga qat’iy ishonchda barobardirlar. Lekin ularning ichida o‘limga e’tibor bermaydiganlari va tayyorlanmaydiganlari ham bor. Go‘yo o‘limga ishonmaydigandek, yaqiyni yo‘qdek. Yana ularning ichida o‘lim  qalbini  egallab olgan, unga tayyorgarlik tashvishiga cho‘kkan va boshqa narsa ko‘ngliga sig‘magan kishilar bor. Bunga o‘xshash holatlar haqida «yaqiyni quvvatli» iborasi ishlatiladi. Shuning uchun ayrimlar: «O‘limdan-da yaqiynsiz shakka o‘xshagan, ammo shaksiz yaqiynni ko‘rmadim», deyishgan. Bu gapni  yaqiynning zaiflik va quvvatlik sifatlaridagi istilohiga binoan aytishgan. Biz, yaqiynni to‘liq ikki ma’nosida kuchaytirish oxirat ulamolarining sha’nidandir, degan so‘zimiz bilan quyidagilarni iroda etgan edik: yaqiyn shakni inkor etishdir, so‘ng uning nafsga hukmronlik qilishidirki, to u nafsda hukmron va g‘olib bo‘lsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:31:47
Mana shularni tushungan bo‘lsang, «yaqiyn uch qismdan iboratdir», degan so‘zimizdan murod quvvatlilik va zaiflik, ko‘plik va ozlik, maxfiylik va ravshanlik ekanini bilgan bo‘lsang kerak. Quvvat va zaiflik ikkinchi istilohga  binoandir va u qalbga g‘olib bo‘lish, uni egallashda yuzaga keladi. Yaqiynning quvvat va zaiflikdagi ma’nolari darajasi tuganmas, benihoyadir. Xalqning o‘limga tayyorgarlikdagi tafovuti yaqiynning mana shu ma’nolardagi tafovutiga qarab belgilanadi. Ammo birinchi istilohdagi maxfiylik va ravshanlik tafovuti ham, tajvizga olib boradigan ikkinchi istiloh ham inkor etilmaydi. Shuningdek, undan shakni yo‘qqa chiqarishni ham inkor etishning iloji yo‘q. Masalan, sen Makkaning borligi bilan Fadakning borligini tasdiqlashda farq borligini, Muso (a.s.) bilan Yo‘sha’ni (a.s.) tasdiqlashda tafovut mavjudligini bilasan. Shu bilan birga, bular to‘g‘risida shakka bormaysan. Chunki barchasining manbasi, suyanchig‘i mutavotir, qat’iy. Lekin ularning birinchisini qalbingga yaqinroq va aniqroq ko‘rasan. Chunki birinchisining sabablari kuchli. Shuningdek, bu xususda dalillar borasidagi ma’lum nazariyalar bilan mulohaza qilgan kishi biladiki, bitta dalil bilan ma’lum bo‘lgan narsa ko‘p dalillar bilan ma’lum bo‘lgan narsa kabi emas, garchi shakni inkor etishda ikkovlon barobar bo‘lsa ham. Ilmni kitoblardan o‘qish va eshitish orqali oladigan, holatlarning tafovutidan idrok etganini o‘zida sinab ko‘rmaydigan mutakallimlar buni inkor qiladi. Ozlik va ko‘plik yaqiynga taalluqli narsalarning ko‘pligi bilan bo‘ladi. Masalan, falonchining ilmi pistonchinikidan ko‘p, deyilganda, ma’lumoti ko‘p bo‘ladi. Shu bois olimning yaqiyni gohida shariatda vorid bo‘lgan barcha narsa to‘g‘risida, gohida ba’zi narsalarda kuchli bo‘lishi mumkin. Agar, men yaqiynni, uning quvvat va zaifligini, ko‘p va ozligini, oshkor va yashirinini shakni inkor etish yoki qalbni egallashi ma’nosida tushundim, endi yaqiynning taalluqli narsalari va o‘zanlarining ma’nosi nima, men yaqiyn talab etadigan narsani bilmasam, uni talab etishga ham qodir bo‘lmayman-ku, deb aytsang, javob bunday. Bilgilki, anbiyolar (solavatullohi va salamuhu alayhim) boshidan-oxirigacha keltirgan narsalarning barchasi yaqiynning o‘zanlaridandir. Albatta, yaqiyn xos ma’rifatdan iborat va shariatlar keltirgan ma’lumotlarga taalluqlidir. Ularni sanashni tama’ etmaymiz, lekin ulardan ba’zilariga, ya’ni, asosiylariga ishora qilamiz.

Ulardan biri tavhiddir. Tavhid hamma ashyolarni Musabbibul asbobdan ko‘rish, vositalarga e’tibor bermaslik, balki ularni hukmga haqsiz va musaxxar (bo‘ysunuvchi) bilishdir. Mana shuni tasdiqlagan kishi muvqin, ya’ni, iymonlidir. Agar iymon bilan birga qalbida shakning imkonini ixtiyor etsa, u bir ma’nodagi muvqindir. Agar iymon bilan birga qalbida nafsidan vositalarga nafratni ketkizadigan, ulardan rozi bo‘lib, tashakkur aytadigan bir kayfiyat g‘olib kelsa, vositalarni Mun’im (in’om etuvchi zot — Alloh) huzuridagi qalam va qo‘l kabi musaxxar va sababchi deb bilsa, u ikkinchi ma’nodagi muvqin bo‘ladi. Bunisi sharafliroq va u birinchi yaqiynning samarasi, ruhi hamda foydasidir. Quyosh, oy, yulduzlar, jamodot — jonsiz narsalar, nabotot, hayvonot va barcha maxluqlar kotib qo‘lida biriktirilgan qalam kabi, Uning amriga musaxxardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:32:03
Albatta, azaliy qudrat hamma narsaning masdaridir. Qalbini tavakkul, rozilik va taslim bo‘lish kayfiyati egallagan kishi, g‘azab, yovuzlik, hasad va yomon xulqdan pok muvqinga aylanadi.
Yaqiynning o‘zanlaridan yana biri Alloh subhonahuning rizqqa kafil ekaniga ishonchdir. Alloh taolo shunday degan:

«O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud surasi, 6-oyat). Rizq, albatta kelishiga, unga taqdir qilingan narsa u tomon haydalishiga yaqiyni bo‘lsa, bu kayfiyat qalbida qanchalik g‘olib kelsa, talabni shunchalik chiroyli qiladi. Hirsi, ishtahasi va yo‘qotganiga taassufi kuchaymaydi.

Bu yaqiyn, shuningdek, bir qancha toat va mahmud axloqlarni keltirib chiqaradi.

O‘zanlardan yana biri qalbda «Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur!» (Zalzala surasi, 7—8-oyatlar) hukmining g‘olib bo‘lishidir. Bu ishonch savob va iqobga (jazoga) bo‘lgan yaqiyndir. Hatto toatlarning savob keltirishini nonning to‘ydirishichalik, gunohlarning iqobga eltishini zahar va ilonlarning halokatga sabab bo‘lishichalik aniq ko‘radi. To‘yish istagida nonning ozini ham, ko‘pini ham qadrlab, unga haris bo‘lganidek, toatlarning kami-ko‘pining barchasiga haris bo‘ladi. Shuningdek, zaharning oz-ko‘pidan saqlanganidek, gunohlarning ozi-ko‘pidan, kichigi-kattasidan ehtiyot bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:32:21
Birinchi ma’nodagi yaqiyn mo‘minlar ommasida topiladi. Ikkinchi ma’nosi esa, muqarrablarga xoslangandir, ushbu yaqiynning samarasi harakat, xotirjamlik va fikr-o‘yda rost muroqaba, taqvoda mubolag‘a, hamma yomonliklardan ehtiyot bo‘lishdir. Yaqiyn g‘olib bo‘lgani sari ehtiyotkorlik kuchayadi, tayyorgarlik oxiriga yetadi.

O‘zanlardan  yana  biri Alloh  taolo  bandaning  hamma  holidan  xabardor, ichidagi  o‘yiga , maxfiy  fikru xayoliga  shohid  ekaniga  bo‘lgan yaqiyn ¬ ishonchdir. Bu narsa har bir mo‘min nazdida birinchi ma’no bilan, ya’ni,   shubha-gumonsiz aniqdir. Ammo ikkinchi ma’no, ya’ni, maqsud bilan esa, nodir, siddiqlargina xoslangandir. Buning samarasi xilvatdagi barcha holatlarda inson o‘ziga qarab turgan muazzam podshoh huzurida o‘tirgandek odobli holda bo‘lishdir. U doimo barcha amallarida boshi egik, odobli, o‘zini tiygan va odobga xilof harakatlardan saqlaydi. Botiniy    o‘y-fikrida zohiriy amallaridagidek bo‘ladi. Zero, Alloh taolo xalqining zohiridan xabardor bo‘lganidek, botinidan ham xabardor ekani unga ma’lumdir. Uning Alloh  taolo uchun botinini yashnatish,   poklash va ziynatlash mubolag‘asi boshqa odamlarga zohirini ziynatlashdagi mubolag‘asidan kuchliroqdir. Yaqiynning bu maqomi hayo, xavf, shikastalik, zalillik, xuzu’, xullas, mahmud axloqning barcha-barchasini yuzaga chiqaradi. Bu xulqlar esa, yuksak toatlarning turlarini paydo qiladi.

Yaqiyn mana shu boblarning har birida xuddi daraxtga o‘xshaydi. Qalbdagi axloq esa, xuddi daraxtdagi shoxchalar kabi. Axloqdan sodir bo‘ladigan amal -toatlar meva va shoxlardagi gullarga o‘xshaydi. Yaqiyn asl va asosdir. Uning o‘zanlari va eshiklari biz sanagandan ham ko‘proq. Bu haqda, inshaalloh, «Rub’ul munjiot» (To‘rt najot beruvchi) bobida zikr qilamiz. Hozircha ana shu lafzning ma’nosini keltirishimiz kifoya.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:32:33
(Oxirat ulamolarining) yana bir sifati mahzunlik, shikasta nafslik, boshni pastlatib, sukut qilib, jim yurish kabilar. Qo‘rqish asari uning hay’atida, kiyinishida, siyratida, harakatida, nutqida, sukut qilishida ko‘rinib turadi. Unga biror kishi nazar solsa, Allohni eslatadi. Unday kishining surati amaliga dalolat qiladi. Uning ko‘zi oynalidir. Oxirat ulamolari uni sokinligidan, o‘zini past olishi va tavozu’sidagi siymosidan tanishadi. Aytishlaricha, Alloh taolo biror bandaga xushu’ va sakinat kiyimidan yaxshiroq kiyimni kiydirmaydi. U anbiyolar kiyimidir. Qolaversa, solih, siddiq va ulamolarning ham libosidir.

Ammo kalomga sho‘ng‘ib, ko‘p gapirib, kulguga ko‘milib, harakat va nutqda qo‘pol bo‘lish, bularning hammasi ko‘rnamaklik asoratidir. Allohning buyuk iqobi va qattiq g‘azabidan xotirjam bo‘lib g‘aflatda qolish Allohdan g‘ofil dunyo bolalarining odatlaridandir. Oxirat ulamolari bu odatdan mustasnodirlar.

Sahl Tustariy (r.a.) aytganlaridek, olimlar uch qism bo‘ladi:
1. Allohning amrini bilib, kunlarini bilmaydiganlar. Ular halol va haromga fatvo beradilar. Bu ilm Allohdan qo‘rqishni meros qoldirmaydi.
2. Alloh taoloni biladiyu, Uning amri va kunlarini bilmaydi, ular mo‘minlar ommasi.
3. Allohni tanib, Uning amri-yu, kunlarini biluvchilar. Ular siddiqlardir. Qo‘rqish va xushu’ ularga g‘olib kelgandir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:32:46
Allohning kunlaridan murod o‘tgan va kelasi asrlarda tushadigan har turli maxfiy uqubatlaru botiniy ne’matlardir. Kimning ilmi mana shu narsalarni anglashga yetsa, xavfi ko‘payib, xushu’si zohir bo‘ladi.

Umar (r.a.) aytadilar: «Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va halimlikni ham o‘rganinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham sizga tavoze’li bo‘lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin».

Aytilishicha, Alloh taolo biror bandaga ilm bersa, halimlik, tavozu’, husni xulq, muloyimlikni ham qo‘shib beradi. Ana shu ilm foydalidir. Asarlarda kelishicha, kimga Alloh taolo ilm, zohidlik, tavozu’, husni xulq bersa, ana shu kishi muttaqiylar imomidir. Xabarda aytiladiki, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Ummatimning yaxshilari bir qavm bo‘lib, ular Allohning rahmati kengligidan qah-qah urishadi. Allohning azobidan xavf qilib, maxfiy yig‘lashadi. Ularning vujudlari yerda, qalblari osmonda, ruhlari dunyodayu qo‘llari oxiratdadir. Ular sokinlik ila yurib, vasila bilan yaqin bo‘ladilar»,176 dedilar.

Hasan aytadilar: «Halimlik ilmning vaziri, muloyimlik otasi, tavozu’ esa, kiyadigan kiyimidir».


176. Hokim va Bayhaqiylar rivoyati. Iyoz ibn Sulaymondan qilingan rivoyatni zaif deyishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:32:59
Bishr ibn Horis aytadilar: «Kim ilmi bilan riyosatni (rahbarlikni) talab qilsa, Allohning g‘azabiga yaqin bo‘ladi. Chunki uni osmondayu yerda yomon ko‘rishadi».

Isroiliyotda rivoyat qilinadi: Bir hakim uch yuz oltmishta hikmatli kitob jamladi. Hatto u hakim deb sifatlandi. Alloh taolo o‘sha zamondagi payg‘ambariga vahiy qilib, falon kishiga ayt, yerni nifoqqa to‘ldirib yubordi, chunki amali bilan Meni iroda qilmadi, Men uning nifoqidan biror narsani qabul qilmayman, dedi. Haligi kishi nadomat qilib, bu ishlarini tark etdi, ommaga aralashib, bozorlarda yurdi. Bani Isroilga ishonib, nafsini tavozu’li qildi. So‘ng Alloh taolo ularning nabiyiga vahiy qilib, u endi Mening roziligimga muvaffaq bo‘ldi, dedi.

Avzoiy (rahmatullohi alayh) Bilol ibn Sa’ddan hikoya qilib aytadilar: «Sizlardan biringiz mirshabga qarab turib, Alloh nomi ila undan panoh tilaydi, ammo xalqqa sanoatchi, boshliqlikka talabgor bo‘lgan dunyo olimidan g‘azablanmaydi. Aslida mirshabdan ko‘ra, o‘sha olimlar g‘azablanishga haqliroqdir».

Rivoyatda keltirilishicha, Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi amal afzal?» deb so‘rashdi. Rasululloh: «Haromdan chetlanish va tiling Allohning zikri bilan doim nam bo‘lishidir», dedilar. So‘ng: «Qaysi do‘st yaxshi?» deb savol qilishdi. «Allohni zikr qilishda senga yordam berib, unutganingda eslatuvchi do‘st yaxshidir», deb javob qildilar. «Qaysi do‘st yomon?» deb so‘rashganda, «Agar unutsang, eslatmaydigan, eslasang ham, yordam bermaydigan do‘st», dedilar. «Qaysi odamlar biluvchiroq?» deb so‘rashganda, «Allohdan qattiqroq qo‘rquvchilari», dedilar Nabiy (sollallohu alayhi vasallam). «Bizga majlisdoshlarimizning yaxshilarini xabar bering», deyishganda, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Allohni zikr qilayotganlarni ko‘rsanglar, o‘shalar yaxshilardir», deb javob berdilar. So‘ng: «Insonlarning qaysilari yomon?» deb so‘rashdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Allohim, mag‘firat qil» dedilar. Sahobalar yana: «Bizga u haqda xabar bering», deyishganida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ulamolar, agar fasod bo‘lishsa», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:35:36
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni omonlik topadigan insonlarning ko‘pchiligi dunyoda ko‘p fikr qilganlardir. Oxiratda kishilarning ko‘p kuluvchilari dunyoda ko‘p yig‘laganlaridir. Kishilarning oxiratda ko‘p xursand bo‘lganlari dunyoda ko‘p xafa bo‘lganlaridir».

Ali (r.a.) xutbalarida quyidagilarni aytganlar: «Zimmamdagi garovdir. Men u bilan yo‘lboshchiman. Qavmning dehqonchilik qilishi taqvoni kuchaytiradi. Asli sho‘r yerning chanqog‘ini hidoyat qondirolmaydi. Kishilarning johili qadrini bilmaydiganlaridir. Alloh g‘azab qiladigan kishilar ilm o‘rganib, so‘ng u ilmi bilan fitnaga undaydiganlardir. U biror kun ham ilmda salomat yashamaydi. Shoshiladi va ko‘paytiradi. Ilmning ozgina bo‘lib, kifoya qiladigani ko‘p bo‘lib, unutiladiganidan yaxshiroqdir. Suv ham yerga ko‘p shimdirilsa, sasiydi. Uning ko‘p quyilishi foydasizdir. U (olim) kishilarga noaniq bo‘lgan narsalarni o‘rgatadi, agar biror muhim ishga tushsa, befoyda fikrlar beradi. Uning shubhalarni kesishi xuddi o‘rgimchakning in to‘qishiga o‘xshaydi, to‘g‘ri qildimi, noto‘g‘ri qildimi, bilmaydi. Jaholatga minib olib bilmaydigan narsasiga uzr aytmaydi. Agar uzr aytganida, salomat bo‘lar edi. U ilmni oziq tishi bilan uzib olmaydi. Agar shunday qilganida, behojat bo‘lardi. U qon yig‘laydi. Hukmi bilan harom farjlarni halol qilib oladi. Allohga qasamki, u o‘ziga topshirilgan narsani sodir etishga ham, unga yuklangan narsaga ham ahl emas. Ana o‘shalar uqubatga loyiq bo‘lib, hayoti dunyoda yig‘lashlari lozim bo‘ladi».

Ali (r.a) aytadilar: «Agar ilmni eshitsanglar, uning ziddiga g‘azab qilinglar, uni hazil bilan aralashtirib yubormanglar. Yo‘qsa qalblar yaxshi narsalarni  qabul qilmaydigan bo‘lib qoladi».

Ba’zi salaflar aytishadi: «Agar olim kishi kulsa ilmidan bir qismni tuflab tashlabdi».

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:36:04
Agar muallim uch narsani jamlay olsa, ta’lim oluvchiga nisbatan ne’matni hosil qilibdi: sabr; tavoze’; husni xulq.

Agar ta’lim oluvchi uch narsani jamlay olsa, muallimga nisbatan ne’matni hosil qilibdi: qo‘l; odob; yaxshi fahm-idrok.

Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Bir oz yashab shunga amin bo‘ldimki, bizlarga Qur’ondan oldin iymon beriladi, sura nozil bo‘ladi. U undan halol-harom va amrzajrlarni ta’lim oladi. Uning huzurida to‘xtash lozim bo‘ladi. Va yana shunday kishilarni ko‘rdimki, ularga iymondan oldin Qur’on beriladi. Fotiha surasini o‘rtasidan oxirigacha o‘qiydi. Uning amr va qaytariqlarini bilmaydi. Unday odamning huzurida turish lozim bo‘lmaydi. U xurmolar bir-biriga jipslashmaganidek sochib yuboradi».179

Shu ma’nodagi boshqa bir xabarda aytiladi: «Biz Rasululloh sahobalari Qur’ondan oldin iymon berilgan kishilarmiz. Sahobalardan keyin bir qavm kelurki, ularga iymondan oldin Qur’on berilur. Ular harflarini qoyim qilib, had va huquqlarini zoe’ qilurlar. «Bizdan ko‘ra ko‘p o‘qigan va bizdan ko‘ra ko‘p bilgan bormi?» deyishadi. Ana o‘sha ularning nasibalaridir».180 Boshqa bir rivoyatda: «Ana o‘shalar bu ummatning yomonlaridir», deyilgan.

Aytishlaricha, besh turli axloq oxirat ulamolari alomatlaridan bo‘lib, Allohning kitobidan olingan: qo‘rqish; xushu’; tavozu’; husni xulq; dunyodan oxiratni ustun qo‘yish, ya’ni zohidlik.


179. Hokim rivoyat qilgan va ikki shayx hamda Bayhaqiylar shartiga binoan sahih degan.
180. Ibn Moja, Jundubdan bir oz farq ila, qisqa holda rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:36:22
Qo‘rqishga Allohning ushbu so‘zi misol bo‘ladi:

«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-oyat).
Xushu’ga Allohning ushbu so‘zi dalildir:

«Allohga itoat qilib bosh eguvchi, Allohning oyatlarini ozgina qiymatga sotib yubormaydigan zotlar ham bor» (Oli Imron surasi, 199-oyat).
Tavozu’ga misol:

«O‘zingizga ergashgan mo‘min bo‘lgan kishilar uchun qanotingizni past tuting (Ya’ni, ularga xushxulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)» (Shuaro surasi, 215-oyat).
Husni xulqga misol:

«(Ey Muhammad), Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli ularga (sahobalaringizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz» (Oli-imron surasi, 159-oyat).
Zohidlikka misol:

«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini islom uchun keng qilib qo‘yar» (An’om, 125-oyat). «Keng qilish nima?» deyilganda, quyidagilar aytildi: «Agar nur qalbga tashlansa, qalb kengayib kattalashadi». «Uning alomati qanday bo‘ladi?» deyilganda, Rasulullohning quyidagi so‘zlari misol qilindi: «G‘urur hovlisidan ajrab, abadiy hovliga qaytib, o‘lim kelishidan oldin unga tayyorgarlik ko‘rish».181


181. Hokim va Bayhaqiylar rivoyati. Zahabiy bu hadisni zaif degan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:36:35
Zohidlik deganda, amallar ilmini ko‘proq axtarib, uni fasod qiladigan, qalblarni tashvishga soladigan, vasvasa qo‘zg‘aydigan va yomonliklar olib keladigan narsalarni bilish tushuniladi. Dinning asli ham yomonliklardan saqlanishdir. Buni ushbu ma’nodagi she’rdan ham tushunish mumkin:

Yomonlikni tanidim, undan saqlanish uchun,
Yomonlikni tanidim unga tushmaslik uchun.
Yomonlikni tanigan undan uzoqda bo‘lgay,
Yomonlikni bilmagan tuzog‘iga ilingay.


Fe’liy amallar Allohga yaqin qiladi. Ularning eng oliyi qalb va til bilan Allohning zikrida bardavom bo‘lishdir. Fasod qiladigan, tashvish keltiradigan narsalarni bilish sha’ndir. Uning qismlari ko‘p va tarmoqlari uzundir. Uni bilishga ehtiyoji g‘olib keladi. (Ya’ni, uni o‘rganish zarur.) U narsalar oxirat yo‘lidagi sulukni balolashini umumlashtiradi.

Dunyo olimlari esa, hukm va qozilikdagi g‘aroyib furu’lar va vaz’iy suratlardan bahs qilishadi. Holbuki, ular bahs qiladigan masalalar  zamonga to‘g‘ri ham kelmaydi, voqe’ bo‘lishi ham dargumon. Voqe’ bo‘lsa ham, o‘zlari uchun emas, balki boshqalar uchun bo‘ladi. Ertayu kech xotiralarida, dillarida, amallarida yo‘liqadigan muhtoj narsani tark etishadi! O‘zi uchun muhim bo‘lgan narsani boshqaga bag‘ishlagan kishidan ko‘ra saodatlikdan yiroq kishi bormi? Undaylar Allohga yaqin bo‘lish o‘rniga xaloyiqqa yaqin bo‘lishni afzal ko‘rishadi, dunyo bolalari orasida fozil tadqiqotchi, nozik ilmlar olimi deb nomlanishni havas qilishadi. Ammo ularni Alloh taolo shu odamlarning hurmatlaridan foydalantirmay jazolaydi. Qiyomatdagi jazosi esa, muqarrab bandalarning, ilmiga amal qilganlarning obro‘larini ko‘rib, xasrat va inqiroz holga tushish bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:36:50
Hasan Basriy (r.a.) so‘zlari nabiylarning so‘ziga o‘xshagan, hidoyatda sahobalarga eng yaqin inson edilar. Bu haqdagi kalimalar bir-biriga ixtilof qilmaydi. U zotning ko‘p gaplari qalb xavotiri, amallar fasodi, nafslar vasvasasi, noaniq-maxfiy sifatlar hamda shahvatlar haqida edi. U kishiga: «Ey Abu Said! Siz shunday gaplarni so‘zlaysizki, biz uni sizdan boshqasidan eshitmaymiz. Siz qaerdan olib gapirasiz?» deyishganda, «Huzayfa ibn Yamondan», dedilar. So‘ng Huzayfa ibn Yamonga ham borib: «Siz shunday gaplarni gapirasizki, biz uni boshqa sahobadan eshitmaymiz. Siz u gaplarni qaerdan olasiz?» deyishdi. Shunda u zot: «Rasululloh meni shu xislat bilan xoslaganlar. Insonlar yaxshilik to‘g‘risida so‘rashardi, men esa, yomonlikka tushib qolmaslik uchun u haqda so‘rar edim. Bilardimki, yaxshilikning ilmi mendan o‘zib ketmas edi»,182 dedilar.

Bir safar: «Kim yomonlikni anglamasa, yaxshilikni ham anglamaydi», deganlar.

Boshqa rivoyatda aytganlarki: «Odamlar: «Ey Rasululloh, bunday-bunday qilsa nima bo‘ladi?» deb fazilatli amallar to‘g‘risida so‘rashar edi. Men esa: «Bunday-bunday qilsa, nima fasod bo‘ladi?» deb so‘rar edim. Qachon u zotni ko‘rsam, yomonlik haqida so‘raverganimdan, meni shu ilmga xoslab qo‘ydilar».

Bundan tashqari, Huzayfa ibn Yamon (r.a.) munofiqlarni biluvchi ilm bilan ham xoslangan edilar. Fitnalarning nozik sabablarini, nifoq ilmini bilishda yagona edilar. Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va boshqa katta sahobalar ham umumiy va xususiy fitnalar haqida u zotdan so‘rashar edi. Munofiqlar haqida so‘rashsa, ularning nechtasi qolgani xabar berar, ammo ismlarini aytmas edilar. Umar (r.a.) o‘zlarida nifoqdan biror narsa bor-yo‘qligini so‘raganlarida, Huzayfa (r.a.) u zotning bu illatdan pok ekanliklarini aytganlar.


182. Hadisni tekshirib ko‘rish kerak.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:37:02
Umar (r.a.) janoza namozi o‘qimoqchi bo‘lsalar,  ortlariga qarar edilar. Agar Huzayfa (r.a.) hozir bo‘lsalar, o‘qir edilar. Hozir bo‘lmasalar, o‘sha janozani tark qilardilar. Shuning uchun Huzayfa ibn Yamon «Sir sohibi» deb nom olgan edilar.

Qalb o‘rinlari va holatlariga ahamiyat berish ham oxirat ulamolari alomatlaridandir. Chunki qalb Allohning qurbatiga yetaklovchi narsa. Bu fan hozir g‘arib bo‘lib, siyqasi chiqib ketdi. Agar olim mana shu narsalardan birortasiga ro‘baro‘ kelsa, ajablanib undan uzoqlashadi. Va, bu zikr qiluvchilar bezagi, deydi. «Haqiqat qaerda?» deyilsa, ular, nozik tortishuvlarda, deyishadi. Quyidagi she’rni kim aytgan bo‘lsa ham, rost aytgan:

Yo‘llar ko‘pdir, haq yo‘l esa yagonadir,
Ana shu tanho yo‘lda soliklar ravonadir.
Ularni tanishmaydi, maqsadin bilishmaydi,
Soliklar maqsad sari tinimsiz odimlaydi.
Ularning maqsadidan kishilar g‘aflatdadir,
Odamlarning ko‘plari haq yo‘ldan g‘urbatdadir.


Ko‘pincha kishilar yengil va tabiatlariga mos narsaga moyil bo‘lishadi. Chunki haqiqat achchiqdir. Unda turish juda qiyin, idrok qilish murakkab, yo‘li esa, o‘nqir-cho‘nqirdir. Xususan, qalb sifatlarini tanish va uni yomon xulqlardan tozalash masalasida.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:37:18
Chunki ana shunda, ruh uchun davomiy og‘irlik bordir. U ruh sohibi dori ichuvchi o‘rnidadir va shifo umidida uning achchig‘iga sabr qiladi. U kishi yashash muddatini ro‘za tutgan kuni kabi biladi, o‘lim paytidagi qiyinchiliklarni iftorlik ¬ og‘iz ochish bilan taqqoslaydi. Qachon bu yo‘lga rag‘bat kuchayadi?

Shuning uchun aytiladiki, Basrada yuz yigirmata mav’iza qiluvchi bor. Ammo yaqiyn ilmi, qalb holatlari va botiniy sifatlar haqida gapiruvchilar uchta xolos. Ular: Sahl Tustariy, Sabiyhiy, Abdurahim.

Bu zotlar huzurida son-sanoqsiz xaloyiq jamlanadi. Ammo boshqalar oldida juda oz. Nari borsa, o‘ntadan oshmaydi. Chunki aziz va nozik narsalar faqat xos kishilarga muvofiq bo‘ladi.

(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri, u olgan ilmlariga pok qalb, basirat va fahm-idrok ila suyanmog‘i kerak, sahifa va kitoblardan o‘qiganiga yoki boshqalardan eshitganiga taqlid qilmasligi lozim. Taqlid faqat shariat sohibi Rasululloh buyurgan, aytgan narsalarda bo‘ladi. Yana sahobalarga ham taqlid qilinadi, shu shart bilanki, agar ularning fe’llari Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam)  eshitganlariga dalolat qilsa. Shariat sohibi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) vorid bo‘lgan so‘z va fe’llarni qabul etishda taqlid qilinganda, ularning sirlarini tushunishga intilish lozim. Muqallid bir amalni qilayotgan bo‘lsa, uni Rasululloh  qilganlari uchun qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) u amalni qilibdilarmi, demak, bir asrori bor. Shunday bo‘lganidan keyin, bu borada jiddiy izlanish lozim. Ammo aytilgan narsani yod olish bilan kifoyalansa, kishi ilm idishiga aylanib qoladi. Bu olimlik emas. Shuning uchun ayrim kishilarni ilm idishi deyishadi. Narsalarning hikmat va sirlarini o‘rganmasdan yod olish bilan kifoyalangan kishi olim hisoblanmaydi. Kim qalbidan to‘siqlarni ochsa, hidoyat nuri porlaydi va ergashiladigan, taqlid qilinadigan kishiga aylanadi. Uning boshqalarga taqlid qilishi lozim emas. Shuning uchun Ibn Abbos (r.a.): «Har qanday kishidan ilm olinadi va tark qilinadi. Faqatgina Rasulullohdan olingani tark qilinmaydi»183 deb aytgan edilar.


183. Tabaroniy rivoyati. Ammo unda topmadim. Balki «Kabir» kitobidadir. Buni Taqiyuddin Subkiy «al-Fatovo» nomli kitoblarida keltirgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:37:35
Fiqh  ilmini Zayd ibn Sobitdan o‘rganganlar. Qiroatni esa Ubay ibn Ka’bdan ta’lim olganlar. So‘ngra fiqh va qiroat masalalarida u ikkalasinikidan boshqacha fikrlarni aytganlar.

Ba’zi salaflar aytishadi: «Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) kelgan narsani ko‘zimiz va miyamiz ila qabul qildik. Sahobalardan kelgan narsalarning ba’zisini olib, ba’zisini tark qilamiz, tobe’inlardan kelgan narsa to‘g‘risida aytadigan bo‘lsak, ular ham odam, biz ham odam». 

Sahobalar Rasulullohning ahvol-vaziyatlarini ko‘rganlari uchun boshqalardan afzal sanalishadi. Qalblari ana shu ishlarni yaxshi ko‘rgani uchun vaziyatlarni topgan. Shu narsa, rivoyat va iboralarni o‘z ichiga olmagan narsada to‘g‘ri yo‘lga yetaklagan. Agar ularga nubuvvat nuridan quyiladigan bo‘lsa ko‘p narsalarda xatodan saqlaydi. Agar Payg‘ambardan boshqadaneshitganga e’timod qilishrozi bo‘linmaydigan taqlid hisoblansa, kitob va tasnifotlarga e’timod qilish esa yanada yomonroqdir. Balki kitob va tasnif qilingan narsalar yangilikdir. Sahobalar zamonida ham, tobe’inlar zamonining boshida ham bo‘lmagan. Bu narsa hijratdan 120 yil keyin, ya’ni hamma sahobalar, shuningdek, Said ibn Musayyab, Hasan Basriy kabi buyuk tobe’inlar ham vafot etishganidan keyin yuzaga kelgan. Avvalgilar hadis yozishni va kitob tasnif etishni xush ko‘rishmagan. Sababi kishilar u kitoblar bilan mashg‘ul bo‘lib qolishsa, Qur’onni yodlashdan, uni tadabbur va zikr etishdan to‘xtab qolishdan xavf qilishgan. Ular, biz qanday yodlagan bo‘lsak, sizlar ham shunday yodlanglar, deyishardi. Shuning uchun Abu Bakr va yana bir qancha sahobalar Qur’onni sahifalarga bitib, mushaf holatiga keltirishini karih ko‘rishgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qilmagan ishni biz qandoq qilamiz, deyishgan edi. Chunki ular odamlarning mushafga suyanib qolishidan qo‘rqishardi. Qur’onni shundog‘icha qoldiramiz, odamlar bir-biriga talqin qilib o‘qib berishadi, bu ish ularning asosiy mashg‘ulotlari bo‘ladi, deb aytishar edi. Qachonki Umar ibn Xattob va boshqa sahobalar kishilar dangasaligi tufayli, uning zoe’ bo‘lishini aytishganda, xavfsirab, Qur’onni kitob holida yozishga ishora qilishdi. Uni yozishga ikkinchi sabab o‘rtada nizo kelib chiqishidan ehtiyot bo‘lish uchun edi. Chunki mutashobih oyatlarning qiroati yoki kalimalarda ixtilof chiqib qolsa, Qur’onga murojaat qilish uchun uning asli bo‘lishi kerak edi. Bu xayrli ishga Abu Bakrning (r.a.) ham qalblari moyil bo‘ldi va Qur’on bitta mushaf shaklida jamlandi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:37:54
Molik ibn Anas «Muvatto’» kitoblarini tasnif etganlarida, Ahmad ibn Hanbal u kishini inkor qilib: «Sahobalar qilishmagan ishni boshlab berdi», deganlar. Aytilishicha, Islomda birinchi tasnif etilgan kitob Ibn Jo‘rayjning «Al-osor» nomli kitoblari va Mujohid, Ato va Ibn Abbosning Makkadagi sohiblari tomonidan bitilgan tafsir so‘zlardir. So‘ngra yamanlik Ma’mar ibn Roshid San’oniyning kitoblari bo‘lib, bu zot unda ma’sur bo‘lgan nabaviy sunnatlarni jamlaganlar. Keyin Madinada Molik ibn Anasning «Muvatto’» kitoblari, so‘ng Sufyon Savriyning «Jome’»lari tasnif etildi. So‘ngra to‘rtinchi asrda kalom ilmida ko‘p kitoblar bitildi. Bahsmunozara ko‘paydi. Kishilar qissaxonlik va va’zxonlikka moyil bo‘lishdi. Ana shu paytdan yaqiyn ilmi darz keta boshladi. Keyin qalb ilmi, nafs sifatlari va shayton hiylalarini taftish qilish odamlarga g‘aroyib tuyulib qoldi. Bu yo‘lda juda oz kishilar qolishdi. Talashib-tortishuvchilar, so‘zini qofiyalar bilan ziynatlagan kishilar olim deb ataldi. Chunki avom faqat ularning so‘zlarini eshitardi, haqiqiy ilm ularga ayon emas edi, sahobalarning siyratlarini bilishmasdi, shuning uchun boshqalarga o‘rgatadigan darajada emasdi. Shu tariqa «ulamo» degan nom avvalgilardan keyingilarga meros bo‘lib qolishda davom etdi. Oxirat ilmi esa, noaniq qolaverdi. Ilm bilan kalom orasidagi farq g‘oyib bo‘ldi. Faqat xos kishilargina bundan xabardor edilar. Agar, falonchi bilimliroqmi yoki pistonchimi, deyilsa, falonchi ilm jihatidan, pistonchi kalom jihatidan bilimli, deb javob qilishar edi. Xos kishilargina ilm ahli bilan kalom ahlini farqlashardi. Keyingi asrlarda din mana shu tarzda zaiflashdi. (Endi bu zamonamizdagi dinning holatiga gumoningiz qanday?) Ish shu darajaga yetib bordiki, bu boradagi haqiqatni aytgan kishi jinniga chiqarildi. Yaxshisi kishi o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lib, sukut qilish edi.

(Oxirat ulamolarining) yana bir alomati ishlarning yangisidan saqlanishdir, garchi unga jumhur ittifoq qilgan bo‘lsa ham. Sahobalardan keyin o‘ylab topilgan narsaga xalqning berilishi uni aldab qo‘ymasligi kerak. Balki sahobalarning ahvollarini, siyrat va amallarini taftish qilishi, g‘amlari ko‘proq nimada bo‘lganini o‘rganishi lozim. Ya’ni, dars berish, kitob yozish, munozara, qozilik, rahbarlik, vaqflarga egalik qilish, vasiyat, yetimlar molini yeyish, sultonlarga aralashish, aysh-ishratga berilish ularda bo‘lganmi yoki xavf, xafalik, tafakkur, tirishish, zohiriy va botiniy narsalarni kuzatish, gunohlarning kattasiyu kichigidan saqlanish, maxfiy bo‘lgan nafs shahvatlari va shayton hiylalarini idrok etishga urinish kabi botiniy ilmlarni o‘rganishganmi?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:38:09
Haqiqatni bilgilki, albatta, zamon ahlining biluvchirog‘i va haqqa yaqinrog‘i sahobalarga yaqin bo‘lgani va salaflar yo‘lini tutganidir. Din ana shulardan olinadi. Shuning uchun Ali (r.a.): «Bizlarning yaxshilarimiz mana shu dinga tobe’ bo‘lganlarimizdir», deganlar. Agar unga falon kishiga xilof qilding, deb aytilsa, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ahli zamonlariga muvofiq ish qilish to‘g‘risidagi o‘z zamondoshlariga muxolafati uchun qayg‘urish lozim bo‘lmaydi. Unda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)  zamonlariga muvofiq kelingan bo‘ladi. Chunki kishilar tabiatlari moyil bo‘lgan narsaga qaraydilar. Ko‘pincha, nafslari buni e’tirof etishga ijozat bermaydi. Ana shuning o‘zi jannatdan mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi. Ular esa, jannatga shu yo‘ldan boshqa yo‘l yo‘q, deb da’vo qilishadi. Shuning uchun Hasan Basriy aytganlar: «Islomda ikki toifa kishi yangilik (bid’at) yaratdi: 1. Yomon fikr egasi. Uning gumonicha, albatta jannat ko‘ruvchi kishiga uni rayidekdir. 2. Dunyoga ibodat qiluvchi tog‘iy (haddidan oshuvchi). U dunyo uchun g‘azab qilib, dunyo uchun rozi bo‘lib, uning talabida yuradi. Ularni o‘tga uloqtirish lozim».

Kishilar yo oxiratga, yoki havoyi nafsiga chaqiruvchi bo‘ladi. Alloh asraganlari esa, solih salaflarga mushtoq bo‘lib, ularning fe’l-atvorlarini o‘rganib, izlaridan ergashganlardir. O‘sha zotlar ulug‘ ajrlarga sazovor bo‘lgaylar. Ana shu zotlardek bo‘linglar.

Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan mavquf xabarda keltirilishicha, u zot aytadilar: «Albatta, u (to‘g‘ri yo‘l) ikkitadir: kalom va hidoyat. Kalomlarning yaxshisi Allohning kalomidir. Hidoyatlarning yaxshisi Rasulullohning (s.a.v.) hidoyatlaridir. Ishlarning yangisidan ehtiyot   bo‘linglar. Albatta ishlarning yomoni yangi paydo bo‘lganidir, yangi paydo bo‘lgan narsa bid’atdir. Har bir bid’at zalolatdir. Orzu-havasni uzun qilishdan saqlaninglar, unda qalblaringiz qattiq bo‘lib qoladi. Ogoh bo‘linglarki, har bir keluvchi narsa yaqindir. Ogoh bo‘linglarki, uzoq bo‘lgan narsa keluvchi emasdir».184


184. Ibn Moja rivoyati. Hadis mana shu lafz bilan zaifdir.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:38:28
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xutbalarida aytganlarki: «Boshqalar aybini qo‘yib, o‘zining aybi bilan shug‘ullanuvchi kishiga, halol kasb qilgan molidan infoq qiluvchiga, fiqh va hikmat ahllariga aralashuvchiga, osiy va xatokor kishilardan yiroq bo‘luvchiga qandayam yaxshi. Nafsini past ko‘rib, xilqatini chiroyli qilib, o‘zini isloh etib, insonlarga yomonlik qilishdan tiyilib, sunnatda kengayib, bid’atga qadam bosmagan kishiga ham qanday yaxshi».185

Ibn Mas’ud aytadilar: «Umrning oxirida chiroyli hidoyatda bo‘lish ko‘p amal qilishdan yaxshidir. Sizlar shundoq bir zamondasizlarki, bunda sizlarning yaxshilaringiz amal qilishga shoshilganingizdir. Sizlardan keyin shundoq zamon keladiki, shubhalar ko‘p bo‘lganidan sabot bilan to‘xtab turish yaxshi ish sanaladi».

Haqiqatda u zot rost aytganlar. Kimki bu zamonamizda bosiqlik qilmay, odamlarga ergashib, sho‘ng‘igan narsalariga sho‘ng‘isa, ular bilan birga halok bo‘lur.

Huzayfa (r.a.) bundan-da ajablanarlisini aytganlar: «Oldingi zamonda inkor qilinganingiz bugungi yaxshilaringizdir. Bugun inkor qilinganlaringiz ertangi kunning yaxshilaridir. Modomiki, haq bo‘lib, olimlaringizni past sanamas ekansizlar, yaxshilikda bardavom bo‘lasizlar».


185. Abu Nu’aym, Bazzor, Tabaroniy va Bayhaqiylar zaif sanad ila rivoyat qilishgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:38:41
Huzayfa (r.a.) ham rost aytganlar. Bu asrimizdagi ko‘p yaxshiliklar sahobalar asrida munkar ish hisoblangan. Zamonamizda ana shunday ishlardan keng tarqalgani masjidlarni ziynatlash, to‘shak va gilamlar bilan to‘ldirib, imoratning nozik joylari uchun katta pullarni sarflashdir.

Masjidga qamish to‘shash bid’at sanaladi. Bu yangilikni Hajjoj kiritgan. Avvalgilar kamdan-kam holatda tuproqqa narsa tashlashgan. Shuningdek, nozik masalalarda bahs-munozara qilish zamonamiz ahllarining yuksak ilmlari sanaladi va ular o‘zlaricha bu narsani Allohga yaqin qiluvchi deb o‘ylaydi. Aslida esa, bu ayni munkar ishdir.

Qur’on va azonni ohangga solib aytish ham shunga o‘xshaydi.

Hadasdan tozalanishdagi o‘zboshimchalik, tahoratdagi vasvasa, kiyimga najosat tegishining uzoq ehtimollarini o‘ylash, taomlarning halol-haromligini aniqlashdagi yengiltaklik kabilar ham munkar ishlar jumlasidandir.

Ibn Mas’udning (r.a.) mana bu so‘zlari naqadar rost: «Bugun sizlar shunday zamonda yashayapsizlarki, havoyi nafslar ilmga tobe’dir. Sizlarga hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafsga tobe’ bo‘ladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:38:54
Ahmad ibn Hanbal esa: «Ilmni tark qilib, ko‘zlariga g‘aroyib ko‘ringan narsalarga tobe’ bo‘lishmoqda, ularning ilmlari juda oz», degan edilar.

Alloh o‘zi yordamchidir.

Molik ibn Anas (r.a.) aytadilar: «Oldingilar bugungi kun odamlari so‘rayotgan narsani so‘rashmasdi. Ulamolari ham halol, harom, deb aytaverishmas edi. Lekin ularning mustahab va makruh deyishganini ko‘rdim. Ya’ni, ular mustahab va makruh narsalarning nozik tomoniga nazar solishardi. Ammo ular nazdida buzuqligi ochiq ko‘ringan narsa harom edi».

Hishom ibn Urva aytadilar: «Bugun o‘zlaricha yangilik chiqarayotganlardan yangiliklari haqida so‘ramanglar. Chunki u narsaga javob tayyorlab qo‘yishgan. Ulardan sunnat haqida so‘ranglar, uni bilishmaydi».

Sulaymon Doroniy shunday deydilar: «Kishi bir yaxshilikka ilhomlantirilsa, (Rasulullohdan) qolgan asarda uning  borligini eshitmagunicha unga amal qilishi lozim emas. Agar uni asarda topgudek bo‘lsa, nafsidagi narsani asarga muvofiq qilgani uchun Allohga hamd aytsin». Bunday deyishlariga sabab, yangi fikrlar quloqqa quyilib, qalbga o‘rnashib olishi ko‘pincha uning musaffoligiga xalal berishi, u sababidan botil narsa haqqa aylanib qolishi mumkin. Bas, yangiliklar borasida (Payg‘ambarimiz) asarlarini ko‘rish bilan ish tutiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:39:05
Shuning uchun Marvon hayit kuni namozda minbar qo‘yib, yangilik qilganida, Abu Said Xudriy unga qarshi chiqib: «Ey Marvon, bu qanaqa bid’at?» deganlar. Halifa Marvon: «Bu bid’at emas, bilganingizdek, yaxshilikning o‘zginasi. Insonlar ko‘payib ketganlari sababli ovoz ularga yetishi uchun shu ishni xohladim», dedi. Buni eshitgan Abu Said Xudriy: «Allohga qasamki, men bilgan narsada hech qanaqa yaxshilik yo‘q. Allohga qasamki, bugundan boshlab orqangda namoz o‘qimayman!» dedilar. Marvonning ishini inkor qilganlariga sabab, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hayit va istisqo namozlarining xutbasida minbarga emas, kamon yoki hassalariga suyanar edilar.186

Mashhur hadisda: «Kim dinimizga bir yangilik olib kelsa, u rad qilingandir»,187 deyilgan.

Boshqa bir xabarda kelishicha Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Kim ummatimni aldasa, unga Allohning, farishtalarning, kishilarning la’nati bo‘lsin», deganlar. Shunda:  «Ey Rasululloh, ummatingizni aldash qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bir bid’atni chiqarib, uni insonlarga yuklash»,188 dedilar.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Har kuni Allohning maloikalari, kim Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga xilof qilsa, u zotning shafoatlaridan benasib qoladi, deb nido qiladi».


186. Tabaroniy Barodan rivoyat qilgan. Bu rivoyatda «istisqo» so‘zi yo‘qdir Alboniy «Zaiful jome’» kitobida zikr qilgan.
187. Muttafaqun alayh.
188. Doraqutniy Anasdan (r.a.) juda zaif sanad ila rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:39:19
Sunnatga qarshi chiqib, dinda yangilik yaratgan kishi bilan boshqa bir gunoh qilgan kishining farqi davlat boshqaruvida turib, podshohga osiylik qilgan odam bilan muayyan xizmatlardagi buyruqlariga xilof bo‘lgan xizmatchining farqi kabidir. Chunki xilof qilganning gunohi kechirilur, ammo davlat boshqaruvida turganning gunohi kechirilmas.

Ba’zi ulamolar: «Salaflar gapirgan narsada sukut  qilish jafo, sukut qilgan narsada gapirish takallufdir», deb aytishgan.

Ba’zilar esa: «Haq og‘irdir.  Undan o‘zib ketish zulm. Unga yetisha olmaslik ojizlikdir. U  bilan birga to‘xtab turish kifoya qiladi», deb aytishadi.   

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «O‘rtacha yo‘lni tutinglar. U shunday yo‘lki, balandlab ketganlar, orqaga qaytadi. Pastdagilar esa, unga ko‘tariladi»,190 deganlar.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Zalolatga nisbatan uning ahli qalbida halovati bor. Bunga misol Alloh taoloning:

«Dinlarini o‘yin-hazil qilib olganlarni tark qiling» (An’om surasi, 70-oyat);

«Axir yomon amali o‘ziga chiroyli ko‘rinib, uni go‘zal deb o‘ylagan kimsa (Alloh haq yo‘lga hidoyat qilgan zot kabi bo‘lurmi)?!» (Fotir surasi, 8-oyat), deb aytgan so‘zlaridir».
Sahobalardan keyin zaruratsiz paydo qilingan yangiliklar o‘yin va lahvdir.


190. Abu Abiyd mavquf holda Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilgan.  Ibn Asir ham «G‘aribul hadis» kitobida keltrgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:39:34
La’nati iblis sahobalarga askarlarini yubordi, ammo ular taassuf bilan qaytishdi. Shunda boshlig‘i, ahvollaringiz qanday, deb so‘radi. Askarlar esa, ularga o‘xshashini ko‘rmaganmiz, ulardan biror narsaga yetishadigan bo‘lsak, bizni o‘zlariga ergashtirib olishdi, deb aytishdi. Boshliqlari, sizlar ularga biror narsa qilishga qodir emassizlar, chunki ular nabiylari suhbatida bo‘lib, Rabbilaridan nozil bo‘layotgan narsaga shohiddirlar, lekin ulardan keyin bir qavm keladi, o‘shanda sizlar niyatlaringizga yetishasizlar, deb aytdi. Qachonki tobe’inlar jamoasi kelishganda (iblis) yana askarlarini yubordi. Ular yana bosh eggan holda qaytib kelib, bulardan-da ajablanarlisini ko‘rmaganmiz, agar gunoh qilib qo‘yishsa, kechaning oxiri bo‘lishi bilan istig‘for aytishga turishadi va Alloh ularning yomonliklarini yaxshilikka almashtirib qo‘yadi, deb aytishdi. Boshliqlari, tavhidlari sahih va nabiylarining sunnatlariga ergashganlari uchun ulardan ham biror narsaga erisholmaysizlar, lekin ulardan keyin bir qavm kelurki, ular bilan ko‘zingiz quvonadi, nimani xohlasangiz, o‘ynashaverasiz, havoyi nafs tizginlarini ushlab olib, xohlagan tarafingizga yetaklayverasiz, agar istig‘for aytsalar ham, ular kechirilmaydi, tavba ham qilmaydilar, mabodo tavba qilishsa, Alloh ularning yomonliklarini yaxshilikka almashtirib qo‘yadi, deb aytdi. Keyingi asrda bir qavm keldi. Havoyi nafs ularda jo‘sh urib, bid’atlar ziynatli bo‘ldi. U bid’atlarni halol sanab, din qilib ushlab olishdi. Unga istig‘for ham aytishmadi, tavba ham qilishmadi. Dushman ularga tajovuz qilib, xohlagan tomoniga yetakladi.

Bu so‘zlarni aytuvchi odam iblisni ko‘rmagan, u bilan gaplashmagan bo‘lsa, uning bu gaplarini qaerdan bildi, deyishing mumkin. Bilgilki, qalb arboblari malakut sirlarini gohida ilhom yo‘li bilan, gohida sodiq tush ko‘rish bilan, gohida esa, tushda bo‘lgani kabi masalalarni mushohada qilish bilan kashf qilishadi. Mana shu eng oliy daraja bo‘lib, sodiq tush payg‘ambarlikning qirq oltidan bir bo‘lagi bo‘lgani kabi, nubuvvatlik darajasidir. Qosirlik chegarasidan o‘t, bu ilmni inkor qilishdan saqlan. Bu to‘g‘rida gapirgan ba’zi bir mahmadona ulamolar halok bo‘lishdi. Gumonlaricha, ular ilmni qo‘llari bilan ihota qilar emish. Mana shu kabi ishlarda avliyoullohlarni inkor qiluvchi oqil bo‘lgandan ko‘ra, johil bo‘lib yurgan yaxshidir. Kim avliyolarni inkor qilsa, anbiyolarni inkor etibdi va dindan to‘laligicha chiqibdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:39:47
Ba’zi oriflar aytishadi: «Yer yuzida abdollar (chiltonlar) qolmadi. Ular odamlarning ko‘zidan qochishdi. Chunki ular bu zamonning ulamolariga nazar solishga toqat qila olishmaydi. Hozirgi ulamolar Allohni tanimaydi. Ular o‘zlarining va johillarning nazdidagina olimdirlar».

Sahl Tustariy aytadilar: «Gunohlarning eng kattasi johillik bilan qilingan johillik va ommaga qarab, g‘ofil kishilar so‘zini eshitishdir. Qaysi olim dunyodan so‘zlashga sho‘ng‘isa, uning so‘ziga quloq tutish lozim emas. Balki har bir aytayotgan gapini ayblab turish kerak. Chunki har bir shaxs o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini gapiradi. Yaxshi ko‘rgan narsasiga muvofiq bo‘lmasa, uni daf qiladi. Shuning uchun Alloh taolo:

«Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo‘lgan kimsalarga itoat etmang» (Qahf surasi, 28-oyat), deydi».

Gunohkor avom din yo‘lidagi johillardan xursanddir. E’tiqodlaricha, bu johillar ulamo emish. Gunohkor olim o‘zining noqisligini e’tirof etib, istig‘for aytadi, tavba qiladi. Mana bu johil esa, o‘z gumonicha olim bo‘lib, ilm bilan mashg‘ul. Vaholanki, uning maqsadi din qolib, dunyoga yo‘l topishdir. U tavba ham qilmaydi, istig‘for ham aytmaydi. Mana shu holida o‘lgunicha davom etadi.   
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 12:40:02
Odamlarning ko‘pchiligi shu yo‘lga kirib ketishgan. Faqat Alloh asraganlargina bundan mustasnodir. Ularni isloh qilishdan umid uzilgandir. Din sohibi uchun eng yaxshisi ulardan uzilib, alohida yashashdir. Biz bu haqda, inshaalloh, «Uzlat» kitobida to‘xtalamiz.

Yusuf ibn Asbot Huzayfa al-Mar’ashiyga xat yozib: «O‘zi bilan birga Allohni eslaydigan kimsani topa olmagan, topsa ham, gunohga botganini, suhbati ma’siyat bo‘lganini, uning ahli bo‘lmaganini topgan kishi haqida nima deb o‘ylaysiz?» degan edi.

Haqiqatda rost yozibdilar. Chunki kishilarga aralashib yurish g‘iybat eshitishga yoki munkar narsalarga sukut qilishga majbur etadi. Nari borsa, ahvollari yaxshilanib, ilmidan foydalanishlari mumkin. Shunda ham bechoralar ilm riyodan, pul jamlash va rahbarlik talabidan xoli bo‘lishi kerakligini koshki bilishsa! Shogird olayotgan ilmini dunyoga yoki yomonlikka vosita qilsa, unga ilm o‘rgatish xuddi qaroqchiga qilich sotganga o‘xshaydi. Ilm ham qilich kabidir. Uning yaxshilikka ishlatilishi g‘azotdagi qilich o‘rniga o‘tadi. Shuning uchun qaroqchilik qilishni xohlagan kishilarga qilich sotilmaydi.

Mazkur o‘n ikki alomat oxirat ulamolari alomatlaridan bo‘lib, bu xislatlarning hammasini salaf olimlari o‘zlarida jamlashgan. Sen ikki kishidan biri bo‘l: yo shu sifatlarni o‘zingda mujassam qil, yo mana shularni qilolmayotganingni e’tirof et. Zinhor uchinchisi bo‘lma, unda dinni dunyoga almashtirishni nafsingga qabul qilgan bo‘lasan. Sobit ulamolar suvrati bilan battollar siyratiga o‘xshab qolasan. Johilliging va inkor etuvchiliging tufayli noumid bo‘lib, halok bo‘luvchilar jamoasiga yo‘liqasan.

Shayton hiylasidan panoh tilaymiz. Unga ergashib ko‘pchilik halok bo‘lgan. Allohdan dunyo hayotiga aldanmaydiganlardan qilishini so‘raymiz.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:47:47
Yettinchi bob
Aql, uning sharafi, haqiqati hamda qismlari 

Aqlning sharafi bayonida

Bilgilki, aqlning musharrafligini ko‘rsatishda takalluf etishga ehtiyoj yo‘q. Xususan, ilmning sharafi aql tomonidan ko‘rsatib berilgan, aql ilmning manbai, matla’i va asosi ekani izhor qilingan. Ilm aqlda daraxtdagi meva, quyoshdagi ziyo va ko‘zdagi nur o‘rnida yuradi. Dunyo va oxirat saodatiga vasila bo‘luvchi narsa qanday qilib sharafli bo‘lmasin? Bo‘lgani holda hayvon insondan hayiqib turgan ekan, nega aqlning sharafi to‘g‘risida gumon qilinadi? Hatto ulkan jasadli, qonxo‘r va vahshiy hayvon ham inson suratini ko‘rganida, undagi ustunlikni, o‘zining hiylasini idrok etishini sezgani uchun hayiqadi, qo‘rqadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Shayxning (keksa odamning) qavmidagi o‘rni payg‘ambarning ummati orasidagi o‘rnidekdir",191 deganlarida, uning moli ko‘pligini, shaxsi ulug‘ligini yoki quvvati ziyodaligini e’tiborda tutmaganlar. Balki aqlining samarasi bo‘lmish tajribasini  aytganlar. Shuning uchun ham turklar, kurdlar, madaniyatsiz arablar va boshqa xalqlar darajalari yovvoyilikka yaqin bo‘lsa-da, keksalarni hurmat qilishadi.

Ko‘pgina qaysarlar Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) o‘ldirishni qasd qilgan paytlarida, ko‘zlari ul zotga tushib, muborak chehralarida nabuvvat nurining yarqirashidan qo‘rqib ketishgan edi. Garchi bu hol aql botin bo‘lganidek, nafslarida yashirin bo‘lsa-da.

Aqlning sharafi zaruratan idrok etiladi. Quyida uning zikrida vorid bo‘lgan xabar va oyatlarni keltirish niyatimiz bor.


191. Ibn Hibbon Ibn Umar va Abu Mansurlardan, Daylamiy Abu Rofe’dan zaif  sanad ila rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:48:02
Alloh uni o‘z kalomida «nur» deb nomladi:

«Alloh osmonlar va yerning nuridir. U zot nurining misoli xuddi bir tokcha» (Nur surasi, 35-oyat).
Foydali ilmni ruh, vahiy va hayot deb nomladi:

«(Ey Muhammad), shunday qilib (xuddi avvalgi payg‘ambarlarga vahiy qilganimizdek) Biz o‘z amrimiz bilan sizga Ruhni — Qur’onni vahiy qildik» (Sho‘ro surasi, 52-oyat).
Alloh subhonahu va taolo yana aytadi:

«Avval o‘lik (kofir) bo‘lgan, so‘ngra Biz uni tiriltirib, unga odamlar orasida o‘zi bilan birga olib yuradigan nurni (iymonni) berib qo‘yganimiz bir kishi» (An’om surasi, 122-oyat).

U zot nur va zulmatni zikr qilib, ulardan ilm va jahlni iroda etgan:
«Ularni qorong‘u zulmatlardan yorug‘lik — nurga chiqaradi» (Baqara surasi, 257-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:48:17
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ey odamlar, Rabbingiz haqida fikr etingiz, bir-biringizga aqlni ishlatishni tavsiya qilingiz, shunda nimaga buyurilganingizni, nimadan qaytarilganingizni bilib olasizlar. Bilingizki, u (aql) Rabbingizning huzurida sizga yordam beradi. Bilingizki, oqil garchi xunuk ko‘rinishli, past darajali va nochor hay’atli bo‘lsa-da, Allohga itoat qilgan kishidir. Johil esa, chiroyli ko‘rinishli, katta obro‘li, yuqori darajali va yaxshi hay’atli hamda so‘zamol, notiq bo‘lsa-da, Alloh taologa osiy bo‘lgan kishidir. Maymun va to‘ng‘izlar Allohning huzurida Unga osiy bo‘lgan kishidan aqlliroqdir. Ahli dunyoning ta’zimiga aldanmang. Ehtiyot bo‘lingizki, ular ziyon ko‘ruvchilardandir».192

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Alloh xalq qilgan birinchi narsa aqldir. Alloh unga, kel, dedi. Keldi. So‘ng, ket, dedi. Ketdi. Keyin Alloh azza va jalla: «Izzatim va jalolimga qasamki, O‘zim uchun sendan hurmatliroq xalq yaratmadim. Sen sababli olaman, sen sababli beraman. Sen tufayli mukofotlayman, sen tufayli jazolayman»,193 dedi».

Sen: «Aql agar araz bo‘lsa, u qanday qilib jismlardan oldin yaratildi? Agar javhar bo‘lsa, o‘zi alohida turadigan, boshqaga qo‘shilmaydigan qanday javhar bo‘ladi?» desang, bilgilki, bu mukoshafa ilmidandir. Uni muomala ilmida zikr etish loyiq emas. Hozirgi niyatimiz esa, muomala ilmining zikridir.

 Anasdan (r.a.) rivoyat etilishicha, Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlarida qavm bir odamni maqtab, mubolag‘a etishgacha borishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bu odamning aqli qanday?» deb so‘radilar. Ular: «Biz sizga uning ibodatdagi ijtihodidan, alvon yaxshiliklaridan xabar bersagu, bizdan uning aqli haqida so‘raysizmi?» deyishdi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Albatta, ahmoq jaholati uchun fojirning fujuridan ko‘proq musibatlanadi. Albatta, ertaga bandalar Rabbilari tomonidan aqllari miqdoricha ko‘tariladilar».194


192. Dovud ibn Mijbar Abu Hurayradan rivoyat qilgan zaif.
193. Tabaroniy Abu Umomadan va Abu Umoma Oishadan zaif isnod ila rivoyat qilgan.
194. Ibn Mijbar «Aql» kitobida mukammal holda, Termiziy «Navodir» kitobida qisqa holda rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:48:31
Umar (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: «Kishi aqlining fazilatichalik narsani qo‘lga kiritolmaydi: u sohibini hidoyatga yetaklaydi, halokatdan qaytaradi. Bandaning to aqli yetilmagunicha, iymoni mukammal, dini to‘g‘ri bo‘lmaydi».195

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Kishi chiroyli xulqi bilan ro‘zador va namozxon darajasiga yetishadi. Kishining aqli to‘lmagunicha, chiroyli xulqi ham kamolga yetmaydi. Mana shunda uning iymoni mukammal bo‘ladi, Rabbiga itoat etadi va dushmani iblisga osiylik qiladi».196

Abu Said Xudriy rivoyat etadilar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Har bir narsaning ustuni bo‘ladi. Mo‘minning ustuni aqldir. Uning ibodati aqlining miqdoricha bo‘ladi. Fojirlarning do‘zaxda aytadigan mana bu so‘zini eshitganmisiz? Ular:

«Agar bizlar tinglab, aql yurgizuvchi bo‘lganimizda, do‘zax egalari qatorida bo‘lmas edik» (Mulk surasi, 10-oyat), derlar»,197 dedilar».


195. Ibn Mijbar «Aql» kitobida rivoyat qilgan.  Ibn Hajar  zaif degan.
196. Ibn Mijbar va Termiziylar rivoyati. Lekin Termiziy «Kishining aqli» so‘zidan keyin rivoyat qilmagan. Bu hadisni Abu Dovud, Ibn Hibbon, Hokimlar ham sahih sanad ila rivoyat qilishgan.
197. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyat qilgan. Ibn Hajar Asqaloniy zikr qilishlaricha: Dovud ibn Mijbar rivoyat qilgan va undan Horis Abi Usoma musnadida keltirgan ko‘lga tegishli hadislarning hammasi mavzu’dir.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:48:48
Umardan (r.a.) rivoyat etilishicha, u kishi Tamim Doriydan: «Sizlarda ulug‘lik nima?» deb so‘radilar. Tamim: «Aql», deb javob berdilar. Umar (r.a.) shunda dedilar: «To‘g‘ri aytding, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sendan so‘raganim kabi mendan ham so‘ragan edilar. Men ham sendek javob qilgan edim. Keyin u zot: «Men Jabroildan: «Ulug‘lik nima?», deb so‘rasam, «Aql»,198 deya javob qildi», degan edilar».

Baro ibn Ozibning aytishlaricha, bir kuni Rasulullohga savollar ko‘payib ketdi. Shunda u zot: «Ey odamlar, har narsaning siri bo‘ladi, kishining siri esa, aqlidir. Dalolat va hujjatni bilishda yaxshilaringiz aql jihatidan afzallaringizdir»,199 dedilar.

Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Uhud g‘azotidan qaytganlarida, odamlarning, falonchi falonchiga nisbatan shijoatliroq, pistonchi sinalmagan, pistonchi chidamliroq ekan, deganga o‘xshash so‘zlarni aytishayotganini eshitdilar. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bunday emas, bu to‘g‘rida sizlar bilmaysizlar», dedilar. Ular: «Qanday qilib, yo Rasululloh?» deya so‘rashdi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Ular Alloh taqsim etgan aql miqdoricha jang qilishdi. Ularning nusrat va niyatlari aqllari qadar bo‘ldi. Musibat yetganlarga  turli manzillarda yetdi. Qiyomat kuni ular manzillarni  niyatlari va aqllari qadaricha bo‘lishib oladi»,200 deb javob qildilar».

Baro ibn Ozib rivoyat etishlaricha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: «Maloikalar Alloh subhonahu va taologa toatda aql bilan jiddu jahd qilishdi. Bani Odamning mo‘minlari aqllari miqdoricha jiddujahd qilishdi. Alloh azza va jallaning toatida ularning amali ko‘proqlari aqllari to‘liqroqlaridir».201


198. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyat qilgan.
199. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyati qilgan.
200. Ibn Mijbar rivoyati.
201. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyati qilgan.
     
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:49:09
Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Men: «Yo Rasululloh, odamlar dunyoda nima bilan afzal bo‘ladilar?» deb so‘radim. Ul zot: «Aql bilan», deb javob qildilar.  «Oxiratdachi?» dedim. «Aql bilan», dedilar. «Unda amallariga qarab mukofotlanmaydilarmi?» deb so‘radim keyin. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) javob qildilar: «Ey Oisha, ular Alloh azza va jalla bergan aql miqdoricha amal qilmaydilarmi? Amallari berilgan aql miqdoricha bo‘ladi. Qilgan amallari miqdoricha mukofotlanadi»,202 deb javob qildilar».

Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: «Har bir bandaning asbob-uskunasi bo‘ladi, mo‘minning asbobi aqlidir. Har bir narsaning siri bo‘ladi, kishining siri aqlidir. Har bir narsaning ustuni bo‘ladi, dinning ustuni aqldir. Har bir qavmning g‘oyasi bo‘ladi, bandaning g‘oyasi aqldir. Har bir qavmning da’vatchisi bo‘ladi, obidlarning da’vatchisi aqldir. Har bir tojirning moli bo‘ladi, mujtahidlarning moli aqldir. Har bir ahli baytning qadriyati bo‘ladi, siddiqlar oilasining qadriyati aqldir. Har bir kishining u bilan eslanadigan zurriyoti bo‘ladi, siddiqlarning zurriyoti aqldir. Har bir musofirning chodiri bo‘ladi, mo‘minlarning chodiri aqldir».203

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Albatta, mo‘minlarning Alloh azza va jallaga mahbubrog‘i Alloh azza va jalla toatida qoyim bo‘lgani va Uning bandalariga nasihat qilgani, aqli komil bo‘lgani, o‘ziga nasihat etib o‘nglangani va hayot chog‘larida unga amal qilib najot va muvaffaqiyat topganidir».204

Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Sizlarning aqli komilingiz Alloh taologa xavfi qattiqrog‘ingiz, uning buyruq va qaytariqlariga tafakkuri go‘zalrog‘ingizdir. Garchi bunda ixtiyoriy amalingiz kam bo‘lsa ham».205

 
202. Ibn Mijbar va Termiziylar rivoyati.
203. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyat qilgan.
204. Ibn  Mijbar rivoyati. Abu Mansur Daylamiy ham boshqa zaif isnod ila rivoyat qilgan.
205. Ibn Mijbar Abu Qatodadan rivoyat qilgan.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:49:27
Aqlning haqiqati va qismlari bayonida

Bilgilki, odamlar aqlning haddi va haqiqatida farqlanadilar. Ko‘pchilik umuman bu nomning (ya’ni, aqlning) turli ma’nolarda ishlatilishidan bexabar. Shu narsa, ularning ixtiloflariga sabab bo‘lgandir.

Bu xususda haqiqat shuki, ko‘z bir necha ma’noga ishlatilgani kabi, aql ham to‘rt ma’noga mushtarak ishlatiladigan lafzdir. Bir ma’noni boshqasining doirasiga kiritish mumkin emas. Balki har biri alohida qism.

Demak, birinchisi, u insonni hayvonlardan ajratib turadigan sifatdir. U bilan inson nazariy ilmlarni qabul qilishga, yashirin, fikriy sanoatlarni tadbir etishga tayyor bo‘ladi. Horis ibn Asad Muhosibiy iroda etgan ma’no shudir. U zot aqlning chegarasi haqida deydilar: «U nazariy ilmlarni idrok etishga tayyorlaydigan g‘arizadir. Va u qalbga kirgan nurdirki,  u bilan ashyolarni idrok etishga hozirlik ko‘riladi». Bu narsani inkor etgan va aqlni zaruriy ilmlarni bilish bilangina cheklagan kishi insof qilmabdi. Chunki ilmsizlarni yoki uxlab yotgan odamni, garchi ilmlari bo‘lmasa ham, ana shu g‘ariza e’tibori bilan oqil deyiladi».

Hayot jismni ixtiyoriy harakatlar va hissiy idroklar uchun tayyorlaydigan g‘ariza bo‘lgani kabi, aql ham ayrim maxluqotlarni nazariy ilmlarga tayyorlaydigan g‘arizadir. Agar  inson bilan eshakni g‘ariza va hissiy idroklarida tenglash joiz bo‘lganida va, ularning o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, illo Alloh taolo odat ijrosi hukmiga binoan insonda ilmlarni xalq qildi, eshak va boshqa hayvonlarda ularni yaratmadi, deyiladigan bo‘lsa, hayotiylik borasida eshak bilan jamodot-jonsiz  narsalarni ham tenglasa bo‘lardi va, bularning o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, illo Alloh azza va jalla odat ijrosi hukmiga binoan eshakda maxsus harakatlar yaratgan, deyilaveradi. Chunki eshak jonsiz narsa hisoblansa, undagi hamma harakatni Alloh subhonahu va taolo ma’lum tartibda yaratishga qodirdir, deb aytish vojib bo‘lar edi. Aytish kerakki, eshakning jamodotdan farqi hayot deb nomlanmish xos g‘ariza bilandir,  shuning kabi inson ham nazariy ilmlarni idrok etishda hayvondan aql deya atalmish maxsus g‘ariza bilan farqlanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:49:42
Aql surat va ranglarni aks ettirishda boshqa jismlardan farqli bo‘lgan yaltiroq oynaga o‘xshaydi. Shuningdek, ko‘rishga yaratilgan sifat va hay’atida ko‘z peshonadan farqlanadi. Demak, insondagi ilmlarga bo‘lgan aql g‘arizasi nisbati ko‘zning ko‘rishga bo‘lgan nisbati kabidir. Qur’on va shariatning aql g‘arizasini ilmlar inkishofiga yetaklashdagi o‘rni quyosh nurining ko‘zga zarurati kabidir. Bu g‘arizani ana shunday tushunishimiz lozim bo‘ladi. (Ya’ni, ko‘z tevarak-atrofni ko‘rish uchun quyosh nuriga qanchalik muhtoj bo‘lsa, aql ham ilm hosil qilishda Qur’on va shariatga shunchalik muhtojdir. — Tarj.)

Aqlning ikkinchi ma’nosi tamizli (ajrata oladigan) go‘dak misolidagi ilmlardir, u bilan joiz narsalar joiz, mahol narsalar mahol bilinadi. Bunga misol ikki birdan ko‘p ekanini, kishi bir vaqtning o‘zida ikkita yerda bo‘lolmasligini bilishdir. Ba’zi mutakallimlar aql doirasi haqida gapirganda, shuni nazarda tutishgan.

Aql zaruriy ilmlarning bir qismidir. Joiz narsalarni joiz, mahol narsalarni mahol bilish kabi. Va u yana aslida durust, chunki bu ilmlar mavjuddir. Zohir ham aql deb nomlanadi. Ammo bu g‘arizani inkor etish, faqatgina ana shu ilmlar mavjud deyish fosidlikdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:49:58
Uchinchisi holatlar jarayoniga qarab hosil bo‘lgan tajribalardan istifoda etilgan ilmdir. Kimki tajribalar bilan toblansa, fikr-qarashlar bilan tarbiyalansa, u odatda oqil deyiladi. Kim bu sifat bilan sifatlanmasa, befahm, kaltabin va johildir. Bu hol ham ilmlardan boshqa bir nav bo‘lib, aql deya nomlanadi.

To‘rtinchisi g‘arizaning quvvati ishlarning oqibatini bilishga yetaklaydi, bir zumlik lazzatga chaqiruvchi shahvatni mahv eta oladi. Agar aqlda mana shu quvvat hosil bo‘lsa, uning egasi oqil deb nomlanadi. Kishining bir ishga kirishishi yoki tiyilishi uning oqibatini o‘ylab, fikr qilish ila bo‘ladi, bir zumlik lazzat hukmi bilan emas. Bu ham insonni hayvonlardan ajratib turadigan xususiyatlardandir.

Demak, birinchi qism asos, ildiz va manbadir. Ikkinchisi unga yaqin tarmoqdir. Uchinchi qism birinchi va ikkinchining tarmog‘idir. To‘rtinchisi bo‘lsa, oxirgi samaradir va mana shu oliy maqsaddir.

Qismlarning oldingi ikkisi tabiatan bo‘lib, qolgan ikkisi kasb bilan hosil qilinadi. Shuning uchun ham Ali (karramallohu vajhahu) bunday deganlar: «Aqlni ikki xil bildim: biri tabiiy, biri kasbiy. Tabiiy aql bo‘lmasa, kasb qilingani foyda bermaydi. Xuddi ko‘r ko‘zga quyosh foyda bermagani kabi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:50:15
Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam):  «Alloh azza va jalla aqldan ko‘ra ikromliroq xalqni yaratmadi»,206 degan so‘zlarida iroda qilingani tabiiy aqldir. Kasb qilingani esa quyidagi ko‘rsatmalarida iroda etilgan: «Odamlar yaxshilik va solih amallar eshiklariga yaqinlashsa, sen aqling bilan qurbat hosil qil».207 Bu ma’no Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) Abu Dardoga (r.a.) bergan ushbu maslahatlarida ham anglashiladi. U zot: «Aqlingni oshir, Rabbingga yaqinliging oshadi», dedilar. Abu Dardo: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, buni qanday qilaman?» deb so‘raganlarida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday javob berdilar: «Alloh taoloning haromlaridan saqlan va farzlarini ado et, oqil bo‘lasan. Amallarning solihlarini qil, o‘tkinchi dunyoda daraja va hurmating ziyoda bo‘ladi, kelajak oxiratda esa, u bilan Rabbing azza va jalla huzurida qurbat va izzatga yetishasan».208

Said ibn Musayyabdan rivoyat etiladi: «Umar, Ubay ibn Ka’b va Abu Hurayra (roziyallohu anhum) Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kirishdi va: «Yo Rasululloh, odamlarning olimi kim?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Oqil», dedilar. «Odamlarning obidi kim?» deb so‘rashdi. «Oqil», dedilar. «Odamlarning afzali kim?» deb so‘rashganida ham: «Oqil», dedilar. So‘ng: «Oqil — muruvvati komil, fasohati zohir, qo‘li ochiq va darajasi ulug‘ bo‘lgan kishi emasmi?» deyishganida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam):

«Zero, bularning barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa, Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir» (Zuxruf surasi, 35-oyat). Albatta, oqil garchi dunyoda xor va zalil bo‘lsa-da, muttaqqiy taqvodor kishidir», 209 deb javob berdilar.


206. Termiziy «Navodir» kitobida zaif sanad ila rivoyat qilgan.
207. Abu Nu’aym Alidan rivoyat qilgan isnodi zaif.
208. Ibn Mijbar va undan Horis ibn Abu Usoma, Termiziy rivoyat qilgan.
209. Ibn Mijbar rivoyati.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:51:25
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) boshqa bir hadisda aytadilar: «Oqil odam Allohga iymon keltirgan, rasullarini tasdiqlagan va toatida amal qilgan kishidir».210

Mana shu g‘arizaning asl ismi asl lug‘atda, shuningdek, iste’molda bo‘lmog‘i istebohlidir. Balki uni ismlarga uning samarasi o‘laroq ishlatiladi. Masalan, ilm qo‘rqish, olim esa, Alloh taolodan qo‘rqqan kishidir. Demak, qo‘rqish ilmning samarasi ekan. Unga qo‘rqishdan boshqa ma’no berilsa, majoz bo‘ladi. Lekin bu yerda maqsad lug‘at haqida bahs qilish emas, balki «aql» lafzining to‘rt ma’noda mavjudligidir. «Aql» ularning barchasiga ishlatiladi. Birinchisidan boshqa ma’nolarning borligi haqida ixtilof yo‘qdir. Lekin to‘g‘ri gap birinchisining ham borligini va uning aslligini tasdiqlagandir.

Ilmlar go‘yo aql g‘arizasida fitratan yashiringan, qachon oshkor etadigan sabab tug‘ilsa, borliqda namoyon bo‘ladi. Hatto bu ilmlar aqlga tashqaridan kelmagandek, xuddi unda oldindan bo‘lib keyin ko‘rinadi. Buning yorqin misoli yer tagidagi suvdir. Qachon quduq qazilsa, u ham ko‘rinadi. U yangi bir narsaning keltirilishi bilan emas, his bilan yig‘iladi va ajraladi. Pistadagi yog‘, guldagi gulob ham shunga o‘xshashdir. Shuning uchun Alloh taolo aytadi:

«Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamarlaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: «Men Parvardigoringiz emasmanmi?» deb o‘zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: «Haqiqatan, Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz», deganlarini eslang!» (A’rof surasi, 172-oyat). Bundan murod tillarining emas, nafslarining iqroridir. Chunki odamlar tillarining iqrorida farqlanishadi. Ya’ni, tillar va shaxslarda iqror bo‘luvchi, inkor etuvchi ham topiladi.


210. Ibn Mijbar Said ibn Musayyibdan mursal holda rivoyat qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:51:51
Shuning uchun Alloh taolo aytadiki:

«(Ey Muhammad), qasamki, agar siz ulardan o‘zlarini kim yaratgani haqida so‘rasangiz, albatta, ular «Alloh» derlar» (Zuxruf surasi, 87-oyat). Buning ma’nosi, agar ularning holatlariga e’tibor bersangiz, nafslari va botinlari ularni Alloh yaratganiga guvohlik beradi, deganidir. Yana aytadi:

«Alloh insonlarni yaratgan tabiiy xilqatni saqlangiz» (Rum surasi, 30-oyat). Ya’ni, har bir odam fitratan Alloh azza va jallaga iymon bilan, ashyolarni qanday bo‘lsa, shunday tanish bilan yaratilgan, ya’ni narsalarni idrok etishga iste’dodi borligi uchun ham go‘yo ular haqidagi ilm bandaning aqlida yashirin mavjud bo‘lgandek.

Iymon nafslarida fitratan sobit ekan, insonlar bunda ikkiga bo‘linadi:
1. Haqdan yuz o‘girib, iqrorini unutganlar. Ular kofirlardir. 2. Xotirini ishga solib, iqrorini eslaganlar. Ular avval guvohlik bergan, so‘ng g‘aflat bilan unutib, keyin yana eslagan kishiga o‘xshaydilar. Shuning uchun ham Alloh azza va jalla aytadi:

«Va odamlar eslatma olishlari uchun o‘z oyatlarini bayon qiladi» (Baqara surasi, 221-oyat);
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:52:09
«(Ey Muhammad, ushbu Qur’on barcha odamlar) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan bir muborak Kitobdir» (Sod surasi, 29-oyat);

«Allohning sizlarga bergan ne’matini va: «Eshitdik va itoat qildik», degan paytingizda sizlar bilan bog‘lagan ahd-paymonini eslangiz» (Moida surasi, 7-oyat);

«Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat oluvchi bormi?» (Qamar, 17-oyat). Bu oyatning zikr-eslatma deb nomlanishi haqiqatdan yiroq ish emas. Eslatma ikki xil bo‘ladi: 1. Xotirga kirgan, keyin unutilgan narsani eslash. 2. Fitratda yashirin bo‘lgan narsani yodga olish. Bu hol basirat ko‘zi bilan qaragan kishiga oson, ammo ochiq-ayon narsaga emas, eshitganiga taqlid qilish bilan qanoatlanadigan kishiga og‘irdir. Shuning uchun ham uni mana shunday oyatlar qarshisida yo‘ldan toyayotganini, eslash va nafslarning iqrori ta’vilida turli-tuman odatlarga yo‘l qo‘yayotganini, xabarlaru oyatlarda turfa ziddiyatli xayollarga berilayotganini ko‘rasan. Bu hol unga g‘olib kelib, hatto unga mensimay qaraydi, uni ziddiyatli deb e’tiqod qiladi. Uning holati ko‘zi ojiz kishining bir hovliga kirib, terib qo‘yilgan idishlarga turtinib, «Bular qanday idishlar bo‘ldi? Yo‘ldan olib, joy-joyiga qo‘yib qo‘yilmaydimi?» deganiga o‘xshaydi. Unga: «Idishlar o‘z o‘rnida turibdi, kamchilik sizning ko‘zingizda», deyish lozim bo‘ladi. Basiratdagi kamchilik esa, ko‘zning ojizligidan ko‘ra ulkanroqdir. Zero, nafs chavandozga, badan otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘rligi otning ko‘rligidan zararliroqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:52:38
Botinning basirati zohir basiratiga o‘xshagani uchun Alloh taolo aytadi:

«(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi» (Najm surasi, 11-oyat);

«Shunday qilib, Ibrohimga (o‘zi hujjat qilib olishi) va aniq ishonuvchilardan bo‘lib qolishi uchun osmonlar va yer mamlakatlarini ko‘rsaturmiz» (An’om surasi, 75-oyat). Basiratning ziddini esa ko‘rlik deb nomladi:

«Zero, ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, balki ko‘kraklardagi ko‘ngillar ko‘r bo‘lur»[b/] (Haj surasi, 46-oyat);

«Kimki bu dunyoda ko‘r-gumroh ekan, bas, u oxiratda ham ko‘r va butunlay yo‘ldan ozguvchidir» (Isro surasi, 72-oyat). Bu ishlarning ba’zisi payg‘ambarlarga ko‘z bilan, ba’zisi basirat bilan kashf bo‘lgan. Ammo barchasini ham ko‘rish deya atalaveradi.

Umuman, kimning botiniy basirati o‘tkir bo‘lmasa, u dinning faqat po‘stini va suratini ko‘ribdi, mag‘zi va haqiqatiga yetishish unga yo‘l bo‘lsin.

Xullas, «aql» so‘zi mazkur ma’nolarda ishlatiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:53:05
Odamlarning aqlda farqlanishi bayoni

Aqllilik borasida odamlar bir-biridan farq qiladi. Tahsili kam kishi bilan gaplashishdan ma’no yo‘qdir. Balki afzali va muhimi haqiqatni tezlik bilan ochiq aytishdir.

Bu to‘g‘rida ravshan haqiqat shuki, albatta tafovut ikkinchisidan boshqa uchala qismga ham tegishlidir. Ikkinchi qism joizni joiz, maholni mahol qilish bo‘lgan zaruriy ilm edi. Chunki kim ikkini birdan ko‘pligini bilsa, jismning bir paytda ikki makonda bo‘lolmasligini, bir narsaning ham qadim, ham hodis (yangi paydo bo‘lgan) bo‘lishi maholligini, shuningdek, uning boshqa o‘xshashlarini va idrok etilgan hamma narsani beshak, muhaqqaq bo‘lishini biladi. Ammo uchta qismda  tafovut mavjuddir.

To‘rtinchi qismga kelsak, u shahvatlarni yengishda quvvatning egallashidir. Bu to‘g‘rida odamlarning farqlanishi sir emas. Hatto, bitta shaxsning holatlarida ham tafovut ko‘rinadi. Bu xilma-xillik ba’zan shahvatning tafovutiga qarab bo‘ladi. Zero, ba’zi shahvatlardan boshqalarini tark etishga oqil kishining kuchi yetadi. Lekin bu gap nisbiydir. Masalan, yosh yigit o‘zini zinodan saqlay olmasligi mumkin. Yoshi ulg‘ayib, aqli to‘lsa, nafsini tiya oladi. Riyo va mansab shahvati esa, katta bo‘lgan bilan zaiflashmaydi, balki ziyoda bo‘ladi. Bunga shahvat ofatini bildiruvchi ilmdagi tafovut sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tabib ba’zi zararli taomlardan saqlana oladi, ammo, aqlda unga teng bo‘lgan, lekin tib ilmidan bexabar kishi zararli deb ishonsa ham. saqlanishga qodir bo‘lmaydi. Tabibning ilmi qancha mukammal bo‘lsa, xavfi ham shuncha qattiq bo‘ladi. Xavf aqlning qo‘shini, shahvatlarni so‘ndirish va tindirish qurolidir. Shuningdek, olim kishi  gunohlarning zararini kuchli bilgani tufayli gunohlarni tark etishga johildan ko‘ra qodirroqdir. Men bu o‘rinda haqiqiy olimni nazarda tutmoqdaman, ko‘k choponli arbob yoki befarosat kishini emas. Garchi shahvat jihatidagi ilmga tegishli bo‘lsa-da, biz bu xil ilmni ham aql deya nomladik. Chunki u aql g‘arizasini quvvatlantiradi. Tafovut uni jamlashdadir. Bu esa aql g‘arizasidagi tafovutning o‘zi bilan ham bo‘lishi mumkin. Chunki aql kuchaysa, o‘z-o‘zidan shahvatni so‘ndirish ham tezlashadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:53:48
Uchinchi qism esa, tajribalar ilmlaridir. Bu to‘g‘rida odamlarning tafovutini inkor etish mumkinmas. Chunki ular isobaning (mo‘ljalga urish) ko‘pligi va idrokning tezligida farqlanadilar. Buning sababi yo g‘arizadagi, yo shug‘ullanishdagi tafovutdan bo‘ladi. Birinchisi bo‘lsa, u asl, ya’ni, g‘arizadir. Bundagi tafovutni inkor etishga umuman yo‘l yo‘q. Chunki u nafsni yoritayotgan, uni tongga olib chiqayotgan nur misolidir. Uning yoritish asoslari tamiz yoshida bo‘ladi. So‘ng yashirin tezlikda o‘sib ziyoda bo‘lib, to qirqqa kirguncha kamolga yetib boradi. Buning misoli quyoshning chiqishiga o‘xshaydi. Chunki tongda hali g‘ira-shira, nuri kam bo‘ladi. Keyin asta ziyodalashib, tik kelganida mukammallik kasb etadi.

Basirat nurining farqi ko‘rish nurining tafovuti kabidir. Ko‘zi xira odam bilan ko‘zi o‘tkir odam o‘rtasidagi farq ma’lum. Alloh azza va jallaning barcha maxluqotidagi sunnati yaratishdagi tadrijiylikdir. Hatto shahvat g‘arizasi balog‘at yoshidagi bolada birdaniga zohir bo‘lib qolmaydi, balki sekin-asta, tadrijiy ravishda paydo bo‘ladi. Barcha kuch va sifatlar ham shundaydir. Odamlarning g‘arizadagi bu tafovutini inkor etgan kishi aql nazoratidan bebahra odam kabidir.

Kim Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning aqllari oddiy xalqning, sahroyi badaviyning aqlidek desa, uning o‘zi qora xalqdan tubanroqdir. G‘ariza tafovutini qanday inkor qilish mumkin?! Agar aql g‘arizasi bo‘lmaganida ilm o‘rganishda odamlar farqlanmasdi, aytilgan gapni ming mashaqqat bilan tushunadigan befahmlar, sal turtki bilan anglab oladigan zakiylar, hech bir ta’limsiz ruhida haqiqat paydo bo‘ladigan komil insonlar ham bilinmasdi. Bu hol Alloh taolo aytganidek:

«Uning moyi (tiniq, musaffoligidan) garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudek. (olov tekkach esa) nur ustiga nur (bo‘lur)» (Nur surasi, 35-oyat). Hech bir ta’limsiz komillikka erishganlar payg‘ambarlardir. Zero, ularning botinlarida tushunarsiz ishlar hech bir ta’lim va eshitishsiz ma’lum bo‘laveradi. Buni ilhom deb ataladi. Bunga o‘xshash holat haqida Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) shunday deydilar: «Albatta Ruhul quddus ongimga dam urib: «Xohlaganingizni yaxshi ko‘ring, albatta, undan ajratasiz, xohlaganingizcha yashang, albatta, o‘lursiz. Xohlaganingizcha amal qiling, unga qarab jazo-mukofot olasiz», dedi».211 Maloikalarning payg‘ambarlarga bu tarzda o‘rgatishlari quloq bilan ovozni eshititadigan, so‘z vositasi bilan malakni ko‘rinadigan bo‘lgan ravshan vahiy kabi emas. Buning uchun bu haqda «ongga dam urish» deya xabar berganlar. Vahiyning darajalari esa ko‘pdir. Bu mavzuga chuqur kirishish muomala ilmiga munosib emas, balki u mukoshafa ilmidandir.


211. Sheroziy «Alqob» kitobida, Tabaroniy «Asg‘or va Avsat» nomli kitobida rivoyat qilishgan. Ikkoviniki ham zaifdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:54:15
Vahiyning darajalarini bilish vahiy holatini keltirib chiqaradi, deb o‘ylama. Zero, tabib kasalga tansihatlik darajalarini o‘rgatib, olim fosiqqa adolat darajalarini ta’lim berib haqiqatdan yiroq emasdir. Demak, ilm bir narsa bo‘lsa, ma’lum qilingan narsa boshqa bir narsadir. Payg‘ambarlik yoki valiylikni o‘rgangan haq bir kishi payg‘ambar yoki valiy bo‘lavermaydi. Taqvo, parhezkorlik va ularning sirlarini bilgan har bir kishi taqvodor bo‘la olmaydi.

Odamlar turli xil, ba’zilari ko‘zi ochiq, fahm-farosatli, ayrimlari faqat tanbeh, ta’lim bilan anglaydi, ba’zilariga esa ta’lim ham, tanbeh ham kor qilmaydi. Bu xilma-xillik tuproq tarkibining har xil bo‘linishiga o‘xshaydi. Ya’ni, ba’zi yerlarda suv to‘planadi va so‘ng buloq bo‘lib oqib chiqadi, ayrim yerlarga ariq qazib, suv olib boriladi, ayrimlariga esa, suv borgan-bormaganining farqi yo‘q. Xuddi shuningdek, odamlar ham aql g‘arizasida farqlanadi. Aqllarning naql jihatidan tafovutiga Abdulloh ibn Salom rivoyat qilgan hadis dalolat etadi. Arshning ulkanligi vasf etilgan uzun hadisda Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Farishtalar: «Yo Rabbimiz, Arshdan ham ulkanroq narsa yaratganmisan?» deyishdi. U zot: «Ha, u  aqldir», deya javob qildi. «Uning o‘lchovini nima bilan bilsa bo‘ladi?» deyishganida, Alloh: «Hayhot, uning ilmini ihota qilib bo‘lmas, sizlar qum sonini bilarmisizlar?» dedi. Ular: «Yo‘q», deya javob berishdi, Alloh shunday dedi: «Men aqlni qum adadicha turli-tuman qilib yaratdim. Odamlardan ba’zilariga bir dona-bir donadan berilgan bo‘lsa, ayrimlariga ikki dona berilgan, yana boshqalariga uch, to‘rt dona ato etilgan. Ulardan faraq miqdori, vasaq miqdori, va undan ham ko‘p berilganlari bor» dedi».212


212. Ibn Mijbar mukammal holda va Termiziy qisqa holda rivoyat qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 14:54:40
Agar, mutasavviflardan bir qavm nega aql va ma’qulni (aql yetgan narsani) mazammat etishadi, deb so‘rasang, bilgilki, buning sababi odamlar aql va ma’qulning ma’nosini mujodala va munozaraga ko‘chirganlaridir. Vaholanki, mujodala va munozara kalom san’ati edi. O‘zlari esa nomlashda xato qildingiz, deya uni isbotlashni eplolmadi. Demak, bu tillarda aylanib, qalblarda qaror topgandan keyin, aql va ma’qulni mazammat etdilar. Ularning nazdidagi ma’no shudir. Ammo Holiqni tanitadigan, payg‘ambarlarning haqligini bildiradigan botin basirat nurini Alloh taolo maqtab turgani holda, qanday qilib, uni qoralash mumkin?! Agar u mazammat etilsa, boshqa nimani maqtab bo‘ladi?! Agar shariat maqtalsa, uning durustligi nima bilan bilinadi? Ishonchsiz, yolg‘on aql bilan bilinsa, unda shariat ham yomon bo‘ladi-ku?! Shariat yaqiyn ko‘zi bilan idrok etiladi, aql bilan emas, degan kishining so‘ziga e’tibor qilinmaydi. Albatta, biz yaqiyn ko‘zi va iymon nuri bilan nima iroda etilsa, aql bilan ham shu narsani iroda etamiz. U narsa odamzotni hayvondan farqlab turadigan botiniy sifatdirki, u bilan ishlarning haqiqati idrok qilinadi.

Bu odatlarning aksari haqiqatlarni lafzlardan qidirgan qavmlarning jaholatidan paydo bo‘ldi. Ular odamlarning lafzlaridagi istilohlarida adashishlari uchun adashib ketishdi. Aql haqida shu miqdor yetarlidir. Vallohu a’lam.

Allohga hamd bo‘lsinki, Uning inoyati ila «Ilm kitobi» nihoyasiga yetdi. Sayyidimiz Muhammadga va yer-osmon ahlidan tanlangan bandalarga Allohning salovoti bo‘lsin. Bundan keyin «Aqoid qoidalari» kitobi keladi, inshaalloh.

Avvalda ham, oxirda ham yolg‘iz Allohga hamd bo‘lsin!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 07:49:29
MUNDARIJA

Qalb oynasiga keling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24121#msg24121)
Hujjatul-islom al-G‘azzoliy hayotlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24126#msg24126)
Muallif muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24137#msg24137)

BIRINCHI BOB
Ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati hamda uning naqliy va aqliy dalillari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24157#msg24157)
Ilm fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24157#msg24157)
Ilm o‘rganish fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24485#msg24485)
Ta’lim berish fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24491#msg24491)
Aqliy dalillar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24507#msg24507)

IKKINCHI BOB
Mahmud va mazmum ilm, ularning qism va hukmlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24515#msg24515)
O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24526#msg24526)
Imom Shofe’iy rahimahulloh.  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24552#msg24552)
Imom Molik rahmatullohi alayh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24563#msg24563)
Imom Abu Hanifa hazratlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24567#msg24567)

UCHINCHI BOB
Omma mahmud hisoblagan, ammo mahmud bo‘lmagan ilmlar haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24646#msg24646)
Mazmum bo‘lgan ilmni yomonlash illatining bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24646#msg24646)
Ilmlarning o‘zgartirilgan lafzlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24654#msg24654)
Mahmud ilmlarning maqtalgan miqdori (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24676#msg24676)

TO‘RTINCHI BOB
Xalqning xilof ilmiga berilib ketishi sababi, munozara va jadal ofatlarining tafsilotlari va uning muboh bo‘lishi shartlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24946#msg24946)
Munozaralarni sahobalar mashvarati va salaf ulamolarining suhbatlariga o‘xshatishdagi adashish bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24948#msg24948)
Munozara va undan kelib chiquvchi yomon axloqlarning ofatlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24988#msg24988)

BESHINCHI BOB
Ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi odoblari haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg24998#msg24998)
Murshid ­ muallimning vazifalari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25120#msg25120)

OLTINCHI BOB
Ilmning ofatlari hamda oxirat olimlari va yomon olimlarning alomatlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25131#msg25131)

YETTINCHI BOB
Aql, uning sharafi, haqiqati hamda qismlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25210#msg25210)
Aqlning sharafi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25210#msg25210)
Aqlning haqiqati va qismlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25216#msg25216)
Odamlarning aqlda farqlanishi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.msg25224#msg25224)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:14:51
Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

(http://www.ziyouz.com/images/books/ihyo_ilm.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=56)

Muallif: Imom al-G'azoliy

Hajmi: 543 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=56)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=824.0)