forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:58:28

Nom: Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (2-jild)
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 05:58:28
ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
 
AL-JOMI’ AS-SAHIH
(Ishonarli to‘plam)

2
jild

Arabchadan XOJA MUZAFFAR NABIXON O'G’LI va XOJA BAXTIYOR NABIXON O’G’LI tarjimasi

QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI
1991 yil

Al-Jome' as-sahih. 2-jild

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahih2.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=253)

Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 3,60 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=253)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.0)


MUNDARIJA

Savdo-sotiq kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg24694#msg24694)
Bo‘nak berib mol olish haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131820#msg131820)
Shuf’a kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131826#msg131826)
Odam yollab ishlatish haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131829#msg131829)
Bir kishi zimmasidagi qarzning ikkinchi bir kishi zimmasiga havola qilinishi haqidagi boblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131848#msg131848)
Vakolat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131855#msg131855)
Yer haydash va yerni ijaraga berish xususidagi  hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131888#msg131888)
Suv xususidagi hikmatlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131966#msg131966)
Qarz olish. Qarzni uzish hamda (ataylab) qarzni uzmay (birovni) sindirish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131982#msg131982)
Xusumatlar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132113#msg132113)
Qarzni qistash haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132123#msg132123)
Topilmalar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132125#msg132125)
Zulmkorlik haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132133#msg132133)
Taom borasidagi sheriklik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132346#msg132346)
Muqimlikdagi garov haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132361#msg132361)
Qul ozod qilish hamda qul ozod qilishning fazilati haqidagi hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132367#msg132367)
Mukotab haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132387#msg132387)
Hadya qilmoq va uning fazilati hamda hadya qilmoqqa undamoq haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132509#msg132509)
Umro va ruqbo xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132619#msg132619)
Guvohliklar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132625#msg132625)
Bo‘hton (tuhmat) haqidagi hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132692#msg132692)
Sulh kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132708#msg132708)
Shartlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg133676#msg133676)
Vasiyatlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg133712#msg133712)
Jihod va yurishlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg133750#msg133750)
Olloh taoloning so‘zi yuksak (ulug‘vor) bo‘lmog‘i uchun jang qilgan kishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg134316#msg134316)
Safardan qaytganda (o‘qiladirgan) namoz xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg135585#msg135585)
Xums(ning) farz (ekanligi) haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg135587#msg135587)
Jizya haqida hamda zimma va harb ahli birlan sulh tuzish xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg137977#msg137977)
Dastlabki yaratish haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg140829#msg140829)
Banu isroil xususida zikr qilingan hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg142341#msg142341)
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari fazilatlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg143056#msg143056)
Ansorlarning manoqiblari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg143665#msg143665)
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalariga makkada mushriklar tomonidan yetkazilgan aziyatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg144176#msg144176)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 14 Oktyabr 2006, 06:03:20
Bismilahir rohmanir rohim.

SAVDO-SOTIQ KITOBI

1-bob. Olloh taoloning: «Olloh savdo-sotiqni halol va sudxo‘rlikni harom etdi» («Baqara» surasi, 275-oyat) va «Oralaringizda yurgazib turgan naqd savdo bo‘lsa...» («Baqara» surasi, 282-oyat) va «Namoz o‘qib bo‘lingach, yer yuzi buylab tarqalingizlar-da, Ollohning fazlu karamidan (rizq) tilangizlar, Allohni ko‘p zikr etingizlar, shoyad najot topsangizlar» (“Jum’a” surasi, 10-oyat) va «Qachonki ular biror tijoratni yoki o‘yin-kulgini kurib qolsalar, o‘sha tomon ketururlar va sizni tik turgan holingizda tark qilurlar. Ayting, (Ey Muhammad), Olloh huzuridagi narsa (iymon-e’tiqod va amali solihlar uchun beriladigan mukofot) har qanday tijorat va o‘yin-kulgidan ham ulug‘dir» (“Jum’a” surasi, 10-11-oyatlar) va «Ey mo‘‘minlar, mollaringizni o‘rtalaringizda nohaq yo‘llar birlan yemangiz, balki o‘zaro rozilik birlan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo kasb etingiz» (“Niso” surasi, 29-oyat) degan so‘zlari (qavllari) xususida».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamnish: hadislarini ko‘p aytur, muhojir va ansorlar ersa Janob Rasulullohning hadislarini Abu Hurayrachalik kup bilmaslar», - deysizlar. (Buning boisi) — muhojir birodarlarim bozorlarda bor-baraka qilish birlan band bo‘lishgan kezlarda men qornim tuyishi birlan kifoyalanib Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xizmatlarini qilib yurdim, ular bo‘lmagan joylarda bo‘ldim, ular eshitmagan narsalarni eshitpb, yod oldim. Shuningdek, ansoriy birodarlarim o‘z mol-mulklari ishlari birlan band erdilar. Men ersam, bir miskin sifat odam bo‘lib, ular eshitmagan narsalarni eshitib, yod oldim. Janob Rasululloh bir kuni: «Kimki ushbu hadisimni tugatgunimcha kiyimini yerga yeyib o‘ltirib, hadisimni tugatganimdan keyin, uni yig‘ib olib bag‘riga bossa, mendan eshitganlarini yoddan chiqarmaydigan bo‘lur», — dedilar. Shunda men chakmonimni yerga yoyib quydim. Hadis tugagach, uni olib bag‘rimga bosdim. Shu-shu Janob Rasulullohdan nimaiki eshitsam, yodimda qoladigan bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:43:00
Ibrohim ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Abdurrahmon ibn Avf (raziyallohu anhu): «Biz Madinaga kelganimizda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni Sa’d ibn ar-Rabi’ birlan aka-uka tutintirib quydilar. Sa’d ibn ar-Rabi’ menga: «Men ansorlarning (ichida) eng boyiman, sizga molu dunyomning teng yarmini beraman. Xotinlarimning qay biri ma’qul bulsa, o‘sha sizniki bo‘lsin, iddasi tugagandan keyin, unga uylanavering!» — deb aytdilar», — dedilar. Shunda Abdurrahmon: «Olloh taolo sizning ahli ayolingiz va molu dunyongizga baraka bersin! Menga bozorni ko‘rsatinglar!»— debdilar. Ul kishiga Qaynuqo’ bozorini ko‘rsatishibdi. So‘ng, Abdurrahmon ertasi kuni ertalab o‘sha bozorga borib, ozgina pishloq va sariyog‘ xarid qilibdilar. Bir necha kundan keyin, Janob Rasululloh ul kishini uchratib qolibdilar-da, qo‘llarida bir sariq narsaning dog‘i borligini ko‘rib: «Ey Abdurrahmon, ahvoling nechuk?»— debdilar. Abdurrahmon: «Bir ansoriya ayolga uylandim», — debdilar, Janob Rasululloh: «Mahriga nima berding?»— deb so‘rabdilar. Abdurrahmon: «Danakdek oltin», — debdilar. Janob Rasululloh: «Bitta qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»— debdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf Madinaga keldilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishini Sa’d ibn ar-Rabi’ al-Ansoriy birlan aka-uka tutintirib quydilar. Sa’d katta mol-mulk egasi erdilar. Shuning uchun ham Abdurrahmonga: «Boyligimning teng yarmini sizga berdim va ayollarimdan xohlaganingiz sizniki bo‘lsin!»— dedilar. Abdurrahmon: «Olloh taolo siz, ahlu ayolingiz va molu dunyongizga baraka ato etsin, menga bozorni ko‘rsatingizlar!»— dedilar. So‘ng, bozordan bir oz sariyog‘ va pishloq xarid qilib, o‘zlari tushgan manzil ahliga olib keldilar. Oradan qancha vaqt o‘tganligini xudo biladi, bir kuni Abdurrahmon egnilarida yangi libos birlan kelib qoldilar. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Birortasini sevib qoldingmi?»— dedilar. Ul kishi: «Bir ansoriya ayolga uylandim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Qancha (mahr) berding?»— dedilar. Abdurrahmon: «Danakdek (yoki danak vaznidek) tillo berdim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Bitta quy suyib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»— dedilar».

Abu Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida Ukoz, Majanna va Zulmajoz nomli bozorlar bo‘lardi. Islom qaror topgach, musulmonlarga bu yerlarda savdo-sotiq qilish gunohdek tuyula boshladi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: «Ollohdan fazlu karam istashingizda sizlar uchun hech qanday gunoh yo‘qdir» (ya’ni, Haj kunlari va haj safarida tijorat qilmoq joizdur, agar asl maqsad haj qilmoqlik bulsa) (Baqara surasi, 198-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:43:14
2-bob. Halol(ning halolligi) aniqdur va harom(ning haromligi) aniqdur, ammo ba’zilar uchun ikkisining orasida halol yoxud haromligini farqlash qiyin bo‘lgan narsalar mavjud

Nu’mon ibn Bashir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Halol aniq, harom ham aniq. Lekin, ikkisining orasida shubhali narsalar mavjud. Kimki biror narsaning halol yeki haromligiga shubhalansa-yu, ammo unga qo‘l urmasa, halolga yaqin ish qilgan bulur. Gunoh ishlar Ollohning qo‘riqxonasi bo‘lib, uning atrofida yurganlar bilmay uning ichiga kirib qolishi mumkin».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:44:31
3- bob. Shubhali ishlar tafsiri

Hasson ibn Abu Sinon: «Xudojo‘ylikdan (taqvodorlikdan) osonroq narsa ko‘rmadim. O’zingni shubhalantiradigan narsani shubhalantirmaydirgan narsa birlan almashtirsang, bas!»— dedilar».

Abdulloh ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir qora xotin kelib: «Men ikkalasini (Uqba birlan ul uylangan ayolni) emizganman, deb da’vo qildi. (Uqba o‘shal xotinning so‘ziga ishonmayotganligini) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga aytgan erdi, ul zot unga e’tiroz bildirdilar. So‘ng, tabassum qilib: «Qanday uni xotin qilursan? Axir, ikkalangizni ham emizganligini aytibdi-ku!»— dedilar. Uqba uylangan ayol Abu Ihobning qizi erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:44:41
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Utba o‘z ukasi Sa’d ibn Vaqqosga vasiyat qilib: «(Zam’a cho‘risining) bolasi mendan, uni senga topshiraman, uni qaramog‘ingga ol!»— dedi. Makka fath qilingan yili Sa’d bolani uz qaramog‘iga oldi va: «Bu akamning o‘g‘li, uni o‘z qaramog‘imga olishimni akam msnga vasiyat qilgan»,— dedi. Shunda Zam’aning o‘g‘li Abd ibn Zam’a o‘rnidan turib: «Bul mening ukam va otamning joriyasining o‘g‘li, u otamning to‘shagida dunyoga kelgan», — dedi. Ular bir-birlarini yetaklashib, Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Sa’d: «Yo Rasulalloh, bu akamning o‘g‘li bo‘lib, uni o‘z qaramog‘imga olishimni menga vasiyat qilgan», — dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bu mening ukam hamda otamning joriyasining ug‘li, u otamning to‘shagida bunyod bo‘lgan» - dedi. Janob Rasululloh: «Ey Abd ibn Zam’a, bu bola senga, zero farzand to‘shak egasinikidir, fohisha ersa boladan mahrum etilgay»,— dedilar. So‘ngra, Savda binti Zam’aning Utbaga o‘xshashligini kurib: «Ey Savda, undan yuzingni berkit!» — dedilar. Keyin, bola Olloh taolo dargohiga rihlat qilgunga qadar ham Savdani ko‘rmadi».

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim (mi’roz — bir tomoniga temir uchlik o‘rnatiladigan yog‘och yoki kaltak) Janob Rasululloh: «Uning uchi birlan jarohat yetkazilgan bo‘lsa yeyaver. Agar yon tomoni birlan jarohat yetkazilib o‘ldirilgan bo‘lsa, yema, chunki harom o‘lgan bo‘ladi», — dedilar. Men: «Agar itimni «bismillo» deb qo‘yib yuborgan bo‘lsam-u, uning (ovning yonida «bismillo» aytilmagan boshqa it ham) turgan bo‘lsa va ovni qaysi biri ushlagani ma’lum bo‘lmasa, o‘sha ovning go‘shtini yesa bo‘ladimi, yo‘qmi?»— deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Unda ovning go‘shtini yema, chunki sen o‘z itingga bismillo aytgansan, begona itga esa aytmagansan», —dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:44:57
4-bob. Shubhali narsalardan o‘zni yiroq tutmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yo‘lda ketayotib yerda tushib yetgan bir xurmoga ko‘zlari tushadi-da: «Agar (boshdan) sadaqa qilib tashlanmaganligani bilganimda erdi, uni yeyavergan bo‘lardim», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyag qiladilar: «Janob Rasululloh: «To‘shagimga tushib qolgan xurmoning sadaqa emasligini bilsam, yeyavergan bo‘lardim», — deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:45:12
5-bob. Ko‘ngilni xavotirga solguvchi ayrim narsalarni shubhali deb hisoblamagan zot haqlarida

Ibod ibn Tamimning amakilari Jinob Rasulullohga bir kishi xususida shikoyat qilib: «Namoz vaqtida bir kishining orqasidan yel chiqqandek bo‘ldi, uning namozi buzildimi yoki yo‘qmi?» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bunday holda yelning ovozini eshitmaguncha yoki hidini sezmaguncha namozni buzmaslik kerak», — dedilar».

Az-Zahriy bu haqda: «Rasululloh: «Yelning hidini sezmaguncha yoki ovozini eshitmaguncha, qayta tahorat qilinmaydi, deganlar», — dedilar.

Oysha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir qavm Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, bizga bir qavm go‘sht olib kelib turadi. Lekin, biz ul go‘sht «bismillo» aytib so‘yilgan hayvonning go‘shtimi yeki yo‘qmi, bilmaymiz», — deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’zlaringiz «bismillo» aytib yeyaveringlar!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:45:26
6-bob. Olloh taoloning «Agar biror tijorat yoki tamoshoni ko‘rib qolsalar, o‘sha tomon ketib qoladilar» degan qavli haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz Janob Rasululloh birlan birga namoz o‘qib turgan erdik. Shom tarafdan oziq-ovqat ortilgan karvon kelib qoldi. Buni ko‘rgan namozxonlar duv etib o‘sha yoqqa ketishdi. Janob Rasululloh birlan faqat 12 kishigina qoldi. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:45:40
7-bob. Mol-dunyoni qay yul birlan topganining farqiga bormaydiganlar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarga shunday zamon keladiki, inson o‘z topgan molu dunyosini halol yo‘l birlan topdimi yeki harom yul birlan topdimi, ishi bulmay qo‘yadi», - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:45:50
8-bob. Quruqlikda savdo-sotiq qilmoqlik va Olloh taoloning «Ularni (pok, xudojuy insonlarni) na savdo-sotiq va na boshqa narsalar Ollohning zikridan chalg‘ita olur...» («Nur» surasi, 37-oyat) degan qavli xususida

Qatoda: «Bir qavm savdo-sotiq va tijorat birlan shug‘ullanardi, lekin Ollohning haqini ado etish vaqti kelganda, to uni to‘la-to‘kis bajarmaguncha, boshqa ishga qo‘l urmasdi», — dedilar.

Abu Minhol: «Men tilla va kumush birlan savdo qilardim. Shul haqda Zayd ibn Arqamdan so‘ragandim, u: «Janob Rasulullohning zamonlarida do‘konlarimiz bo‘lib, oltin va kumush birlan savdo qilardik. Janob Rasulullohdan shu haqda so‘raganimizda: «Qo‘ldan-qo‘lga o‘tsa (ya’ni, naqdga naqd bo‘lsa), mayli, lekin nasiyaga sotish yaramaydi» — deb aytdilar», — dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:46:08
9-bob. Tijorat ishlariga berilib ketish va Olloh taoloning: «Namoz tugagach, uz tirikchiliklaringiz birlan band bo‘lingizlar va Ollohning fazlu karamidan umidvor bo‘lingizlar» degan qavli haqida

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Hazrat Umarning huzurlariga kirish uchun uch marta izn suradim. Ammo, ul kishi nihoyatda band bo‘lganlari sababli menga hadeganda ruxsat beravermadilar. Shuning uchun orqamga qaytib ketdim. Hazrat Umar ishlarini tugatib: «Boya Abdulloh ibn Qaysning ovozi eshitilgandek bo‘ldimi? Aytingizlar, kirsin!»— debdilar. So‘ng, qaytib ketganimni eshitib, meni chaqirtiribdilar. Men Hazrat Umarning huzurlariga kirib: «Agar bizga izn berilmasa, qaytib ketmoqlik buyurilgandur»,— dedim. Hazrat Umar: «Bu gapingizga guvoh keltiringiz!» — dedilar. Keyin, men ansorlar o‘ltirgan joyga borib, Hazrat Umarning gaplarini aytdim. Ular: «Bunga faqat eng yoshimiz Abu Said al-Xudriy guvohlik bera olur», — deyishdi. Men Abu Said al-Xudriyni olib, Hazrat Umarning huzurlariga bordim. (Abu Said gapimning to‘g‘riligiga guvohlik bergach), Hazrat Umar: «Bozorlarda bor-baraka qilish birlan ovora bo‘lib, Janob Rasulullohning bul muborak amrlarini eshitmoqdan benasib qolgan erkanman», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:46:20
10-bob. Dengiz orqali (biror yurtga borib) tijorat qilmoqlik haqida

Matar: «Dengiz orqali (biror yurtga borib) tijorat qilmoqlikning zarari yuq, Olloh taolo Qur’onda uning xususida zikr qilgan barcha gaplar faqat haqiqatdur» — dedilar-da, «Siz unda (dengizda suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko‘rursiz. (Olloh o‘zining) fazlu marhamatidan (rizqu ro‘z) istashingiz (va bergan ne’matlariga) shukr qilishingiz uchun (sizlarga dengizlarni bo‘yinsundirib qo‘ydi)» degan oyatni tilovat qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:46:33
11-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey muminlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan... ehson qilib turingizlar» («Baqara» surasi, 267-oyat)

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol yaxshi niyat birlan o‘z uyidagi yeguliklardan sadaqa (xayr-ehson) qilsa, unga xayr qilgani uchun, eriga ishlab topib kelgani uchun savob tekkaydur, shuningdek xazinachi ham savob olgaydur, barchalari barobar savob olgaylar»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol eri ishlab topgan narsalardan uning buyrug‘isiz yaxshi niyatda nafaqa (sadaqa) qilsa, bundan tegadirgan savobning yarmisi erinikidir», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:46:46
12-bob. Rizqi ulug‘ bulishini istagan odam haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki rizqi ulug‘ bo‘lmog‘ini yoki nomi uzoq vaqt eslanmog‘ini istasa, qarindosh-urug‘lariga yaxshilik (xayr-ehson) qilib tursin!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:46:57
13-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning nasiyaga narsa olganlari to‘g‘risida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ahli ayollarining yemagi uchun bir yahudiydan nasiyaga taom (arpa uni) oldilar va evaziga temir sovutlarini garovga qoldirdilar».

Anas raziyallohu anhu bir kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallamning uylariga arpa non va dumba yog‘i olib boribdilar. O’sha kuni Janob Rasululloh Madinadagi bir yahudiyga temir (qalqon) sovutlarini garovga quyib, undan ahli ayollari uchun arpa uni olgan erkanlar. Anas raziyallohu anhu (bir necha kun burun) payg‘ambarimizning: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning xonadonida bir siqim bug‘doy ham, bir dona don ham qolmadi», — deganlarini eshitibdilar. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari 9 ta erkan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:47:10
14-bob. Kishining kasbi va o‘z qo‘li birlan mehnat qilishi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Abu Bakr Siddiq xalifa bo‘lganlarida: «Mening o‘z kasbim borligini qavmimiz yaxshi bilur. Men garchi musulmonlar ishlari birlan band bo‘lsam ham, shu kasbim orqali oila tebraturman», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening sahobalarim o‘z kasblari mehnatlari birlan tirikchilik qilurlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:47:19
Miqdod raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech kim o‘z qo‘li birlan topgan rizqdan ko‘ra lazzatliroq taom yemagan. Ollohning payg‘ambari Dovud alayhissalom ham o‘z qullarining mehnati birlan tirikchilik qilganlar», - dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir quchoq o‘tin terib, bozorga orqalab olib borib, sotib tirikchilik qilgan odam tilanchilik birlan qo‘l cho‘zib kun ko‘rgan odamdan afzal», — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:47:34
15-bob. Savdo-sotiqda yengillik tug‘dirish va olijanoblik qilish haqida. Kimki haqini talab qilsa, insof birlan talab qilsin!

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biror narsa sotishda yoki xarid qilishda yoxud biror hukm chiqarishda olijanoblik ko‘rsatgan odamni Olloh taolo o‘z rahmatiga olur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:48:16
16-bob. Qarzini uzishga qurbi yetadirgan kishiga muhlat bergan odam haqida

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Farishtalar sizlardan oldin o‘tib ketgan bir odamning ruhini ushlab: «(U dunyoda) biror xayrli ish qilganmiding?»— deb so‘rashibdi. Boyagi odam: «Qarzini uzishga qurbi yetadirgan kishiga muxlat beringizlar, nochorning ersa qarzini kechib yuboringizlar, shoyad Olloh taolo ham bizning gunohimizdan o‘tsa!»— deb bolalarimga buyurardim»— deb javob beribdi. Shunda Olloh taolo ham uning u dunyoda gunohidan o‘tibdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:48:28
17-bob. Qarzini uzishga qurbi yetmaydigan kishining qarzini kechib yuborgan odam haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir tojir (savdogar) odamlarga qarz berardi. Agar nochor odamlarga qarz bersa, qo‘l ostidagilarga: «Uning qarzidan o‘tib quya qolinglar, shoyad Olloh taolo ham bizning gunohimizdan o‘tsa!»— derdi. Shunga binoan uning xizmatchilari nochorlarning qarzini kechib yuborardilar. Shuning uchun Olloh taolo u dunyoda usha savdogarning gunohidan o‘tdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:48:50
18-bob. Oluvchi va sotuvchining bir-birlariga g‘irromlik qilmasliklari lozimligi haqida

Al-Ado ibn Xolid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar sotuvchi uz molining aybini yashirmasa hamda oluvchi ham pul berishda g‘irromlik qilmasa, (bunday) savdoda baraka bo‘lur. Agar har ikkala tomon ham bir-biriga g‘irromlik qilsa, bunday savdoda baraka bulmas!»— dedilar».

Al-Ado ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Bu Muhammad Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Al-Ado ibn Xoliddan xarid qilgan (sotib olgan) narsasi bo‘lib, muslim birlan muslim o‘rtasidagi savdo-sotiqdur. Unda na biror zohiriy va na biror botiniy ayb va na biror kamomat bor» deb o‘zib berdilar».

Odamlar Ibrohimga ba’zi oq tanli cho‘rilar birlan savdo qiluvchilarning «Xuroson va Sijiston oriylari» deb atalishi haqida suzlashib: «Falonchi kecha Xurosondan keldi, falonchi ersa bugun Sijistondai keldi»— (deyishdi). Ibrohim bundaylardan qattiq nafratlandilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2008, 02:49:02
Uqba ibn Omir raziyallohu anhu: «O’z molining aybini yashirgan holda savdo qilish halol ermas», — dedilar.

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar sotuvchi o‘z molining aybini yashirmasa va xarid qiluvchi ham (pul berishda) g‘irromlik qilmasa, bunday savdoda baraka bor, agar har ikkala tomon ham bir-biriga g‘irromlik qilsa, bunday savdoda baraka bulmaydi (savdo halollikni yoqtiradi)», — dedilar».

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ikki kishi o‘rtasidagi savdo-sotiq har ikkala tomon uchun ham, to ular bir-birlari birlan kelishib olguncha, ixtiyoriydir. Agar ular bir-birlariga rost so‘zlab, molning aybini yashirmasalar, g‘irromlik qilmasalar, bunday savdoda baraka bo‘lur, agar molning aybini yashirsalar va bir-birlarini aldasalar, savdolarida baraka bo‘lmas!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:05:20
19-bob. Go‘sht sotuvchi va qassob haqida

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Shu’ayb ansoriy o‘zining qassob g‘ulomi qoshiga kelib, 5 kishilik ovqat tayerla! Men Janob Rasulullohni chaqirmoqchiman, chunki ul zotning yuzlarida ochlik alomatini ko‘rdim dedi. Keyin, u Janob Rasululloh boshliq besh kishini mehmonga taklif etdi. Lekin ularga yana bir kishi ergashib keldi. Shunda Janob Rasululloh Abu Shu’aybga: «Bul odam biz birlan (ergashib) kelaverdi. Ruxsat bersang, uyingga kirur, yuq deqang, qaytib ketur», — dedilar. Uy egasi: «Mayli, kiraversin!»— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:05:44
20-bob. Savdo-sotiqda aldov va molning nuqsonini yashirmoqlik neni barbod qilur?

Hakim ibn Xizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar sotuvchi o‘z molining aybini yashirsa va oluvchi ham g‘irromlik qilsa (ya’ni, sotuvchi va oluvchi bir-biriga g‘irromlik qilsa), unday savdoda baraka bo‘lmas! Agar sotuvchi va oluvchi bir-biriga rost gapirsa, bir-birini aldamasa, bunday savdoda baraka bo‘lur!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:05:55
21-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib olish birlan sudxo‘rlik qilmangizlar! Ollohdan qo‘rqingizlar, (shunda) shoyad najot topsangizlar!» («Oli Imron» surasi, 130-oyat).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shunday zamon kelurki, unda odamlar halol yo‘l birlan rizq-ro‘z topayotirlarmi yoki harom yul birlanmi, farqiga bormay qo‘yurlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:06:11
22-bob. Sudxo‘rlik, uning guvohi (shohidi) va uni qo‘yguvchi. Hamda bu haqda Ollohning: «Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar qiyomat kuni jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Savdo-sotiq ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku!»— deganlaridir. Holbuki, Olloh savdo-sotiqni halol va sudxo‘rlikni harom qilgan. Bas, kimki o‘ziga Ollohdan mav’iza (nasihat) yetgach, sudxo‘rlikdan qaytsa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Ollohga (topshiriladi, ya’ni Olloh xohlasa avf etadi), va kim (sudxo‘rlikni) davom ettirsa, ular jahannamiydurlar va unda abadiy qolajaklar («Baqara» surasi, 275-oyat) degan qavli haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Baqara» surasining .(sudxo‘rlik haqidagi) oxirgi oyatlari nozil bo‘lganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni masjidda ko‘pchilikka qiroat qildilar, so‘ng ichimliklar birlan savdo qilishni ta’qiqladilar».

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bu kecha tushimda ikki kishi (farishta)ning huzurimga kelganlarish ko‘rdim. Ular meni bir muqaddas joyga olib bordilar. Yo‘lda bir qon oqar daryoga duch keldik. Daryoning o‘rtasida uning qirg‘og‘ida ham bittadan odam bo‘lib, daryoning qirg‘og‘idagi odamning qo‘lida (ancha) tosh bor erdi. Daryoning o‘rtasidagi odam qirg‘oqqa chiqishga har qancha intilmasin, qirg‘oqdagi odam uning og‘ziga tosh otib, turgan joyiga qaytarar erdi. Men ulardan (farishtalardan): «Bular kim?»— deb so‘ragandim: «Qon daryosining o‘rtasida turgan kishi sudxo‘rlik birlan tirikchilik qilgan odamdur»— deb javob berishdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:10:35
23-bob. Sudxo‘r xususida Olloh taoloning: «Ey mo‘minlar, Ollohdan qo‘rqingiz va agar chindan ham mo‘min bo‘lsangiz, sudxo‘rlikni tark qilingiz! Agar (farmonimizni) bajarmasangiz, u holda Olloh va uning Rasuli tomonidan (sizlarga) urush e’londur! Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o‘zingizga— zolim ham, mazlum ham bo‘lmassiz. Agar (qarzdor) nochor bo‘lsa, boyiguncha kutingiz! Agar bilsangizlar, (bergan qarzingizni) sadaqa qilib yuborishingiz o‘zingiz uchun yaxshidir. Va (barchangiz) Ollohga qaytariladigan kundan qo‘rqingaz! So‘ngra, har bir jonga qilgan amaliga yarasha to‘la jazo berilur va hech kimga zulm qilinmas» («Baqara» surasi, 278—281-oyatlar) degan qavli haqida

Ibn Abbos: «Bular Nabiy sallallohu alayhi va sallamga nozil bo‘lgan oxirgi oyatlardur», — deydilar».

Abu Juhayfa rivoyat qiladilar: «Men otamning zuluk solib (yoki qortiq birlan) davolovchi bir qul sotib olganlarini ko‘rib, (nega bunday qilganlarini) so‘radim. Shunda ul kishi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam it uchun va qon olganlik uchun haq olishdan, badanga igna bilan alomatlar chizdirish va chizishdan hamda sudxo‘rliqdan qaytardilar va musavvirni la’natladilar», — dedilar». (Abu Juhayfaning otalarining qortiqchi qul sotib olganlarining boisi shuki, qulga qon olganligi uchun haq to‘lanmaydi, chunki u quldur. Ammo, 4-jildning 18-betidagi 13-bobda keltirilgan hadisda Janob Rasululloh qortiqchiga haq berganlar. Ehtimol, ul zot buni keyinchalik ta’qiqlagan bo‘lishlari mumkin).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:11:01
24-bob. «Olloh sudxo‘rlik(dan orttirilgan foyda)ni yo‘q qilib (ya’ni, sudxo‘rga yuqtirmay), sadaqalarni (ya’ni, ularning savobini) ziyoda qilur. Olloh hech bir ko‘rnamak (sudxo‘r) gunohkorni sevmas!» («Baqara» surasi, 276-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Savdodagi yolg‘on) qasam, garchi molning bozorini chaqqon qilsa-da, barakani yo‘q qilur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:11:41
25-bob. Savdo-sotiqda qasam ichmoqlikning makruhligi haqida

Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Bir odam bozorda bir matoni o‘lchatib olib, pulini berdim, deb Olloh nomi birlan qasam ichdi. Vaholanxi, u matoning pulini to‘lamagan erdi. Bu birlan u bir musulmonni chuv tushirmoqchi bo‘ldi. Shunda «Darhaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech bir nasiba yo‘qdur» degan oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:12:23
26-bob. Bo‘yoqchi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «...bu yerning o‘t-o‘lanlarini yulmoq haromdir», — dedilar».
Abbos ersa: «Janob Rasululloh: «Izxirdan boshqasini yulmangizlar», — dedilar» — deb qo‘shib qo‘ydilar.

Ali raziyallohu anhu bunday deydilar: «O’ljalardan mening ulushimga berilgan bir qari urg‘ochi tuyam bor erdi. Keyin, Janob Rasululloh menga xumsdan yana bir qari urg‘ochi tuya berdilar. Janob Rasulullohning qizlari Fotimaga uylanmoqchi bo‘lganimda Banu Qaynuqo’ qabilasidan bo‘lmish bir bo‘eqchi birlan kelishib oldim, u men birlan birga bo‘yoqchilar huzuriga borib, izxirlarimni yaxshiroq narhda ularga sotyb beradirgan bo‘ldi. Men uning pulini to‘yimga ishlatmoqchi erdim».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Makkani muqaddas qilgandur. Makkada urush qilmoq va odam o‘ldirmoq mendan avval ham halol bo‘lmagan va mendan keyin ham hech kimga halol bo‘lmas. Menga bu yerda bir soatgina urush qilishga ruxsat berildi. U hech qachon bo‘shab (huvillab) qolmas. Shu soatdan boshlab bu yerning o‘t-o‘lanlarini yulmoq, daraxtlarini kesmoq, yo‘qotilgan (tushib qolgan) narsani egasini qidirib topshirmoqdan o‘zga niyatda olmoq haromdir», — dedilar. Shunda Abbos ibn Abdulloh ibn Muttalib: «Izxirni mustasno qilingiz, chunki undan bo‘eq olamiz va uni uylarimiznining tomiga ishlatamiz», — dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Izxirdan boshqasini yulmangizlar!»— deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:12:49
27-bob. Temirchi haqida

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida temirchilik qilardim. Al-Os ibn Voil mendan qarzdor edi. Qarzimni talab qilib borgan erdim, u menga: «Muhammadga kufr keltirsang, qarzimni tulayman», — dedi. Men: «Olloh joningni olib, Qiyomatda qayta tiriltirguniga qadar ham Muhammadga kufr keltirmasman!»— dedim. «Unday bo‘lsa, men o‘lib, qayta tirilgunimcha o‘z holimga quy! Qayta tirilganimda menga yana molu dunyo va bola-chaqa ato etilur, o‘shanda qarzimni uzurman», — dedi. Shu voqeadan so‘ng, quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «(Ey Muhammad), Bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «Qasamki, albatta (oxiratda ham) menga mol-mulk va bola-chaqa ato etilur» degan kimsani ko‘rdingizmsh?! U g‘aybdan xabardor bo‘ldimikin yo Rahmon dargohidan ahdu paymon oldimikin?!» («Maryam» surasi, 77—78-oyatlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:13:05
28-bob. Tikuvchi haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi Janob Rasulullohni o‘zi pishirgan (tayyorlagan) taomga taklif etdi. Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bordim. Tikuvchi Janob Rasulullohnshng oldilariga non hamda sut go‘sht va oshqovoqdan qilingan sho‘rva keltirdi. Janob Rasululloh oshqovoq sho‘rvani ishtaha birlan tanovul qila boshladilar. O’shandan beri men qovoqni juda xush ko‘raman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:13:29
29-bob. To‘quvchi haqida

Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol burda olib keldi. Sahd ibn Sa’d: «Burda nimaligini bilasizlarmi?»— deb sahobalardan suradi. Sahobalar: «Ha, bilamiz, burda — chetiga popuk to‘qilgan shamladir», — deyishdi. Haligi ayol: «Yo Rasulalloh, buni sizga atab o‘z qo‘lim birlan to‘qiganman», — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari muhtoj bo‘lganliklari uchun ham uni oldilaar, so‘ng (ichkariga kirib), izor o‘rnida kiyib, bizning oldimizga chiqdilar. Shunda qavmdoshlardan biri: «Yo Rasulalloh, shuni menga kiydiring!»— dedi. Janob Rasululloh: «Mayli», — dedilar. O’sha kishi Olloh taolo istagancha majlisda o‘ltirib, so‘ng qaytib ketdi. Rasululloh burdani o‘rab, ketidan unga berib yubordilar. Keyinchalik, qavmdoshlari unga: «Yaxshi ish qilmading, ul zotning biror narsa so‘ragan kishiga «yo‘q» demasliklarini yaxshi bilarding-ku!» - deyishdi. U: «Olloh taolo haqi, men burdani o‘lganimda o‘zimga kafanlik bo‘lsin, degan niyatdagina so‘ragan erdim», — dedi. Sahl ibn Sa’d; «Darhaqiqat, o‘sha burda unga kafan bo‘ldi», — degan edi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:13:47
30-bob. Duradgor haqida

Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Sahl ibn Sa’d huzuriga kelib minbar borasida so‘rashdi. Shunda Sahl ularga: «Janob Rasululloh bir ayolga odam yubordilar. U kelgach: «Duradgor g‘ulomingga buyurgil, menga ustida o‘ltirib va’z aytmog‘im uchun bir minbar yasab bersin!»— dedilar. Ayol g‘ulomiga buyurib erdi, u yulg‘un yog‘ochidan minbar yasab berdi. So‘ng, ayol uni Janob Rasulullohga yubordi. Ul zot unda o‘ltirib va’z aytdilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, va’z chog‘ida o‘ltirishingiz uchun bir narsa yasatib beraymi, chunki mening duradgor g‘ulomim bor», — dedi. Janob Rasululloh: «Agar xohlasang, mayli, unga ayt, menga bir minbar yasab bersin!»— dedilar. Jum’a kuni Janob Rasululloh (yangi) minbarga chiqib o‘ltirdilar. Shunda Janob Rasululloh ilgari yonida turib (yoki ustiga chiqib) va’z aytgan xurmo to‘nkasi shul qadar o‘ksinib yig‘ladiki, hatto yorilib-yorilib ketadigandek tuyuldi. Janob Rasululloh buni eshitib minbardan tushdilar-da, to‘nkani bag‘rlariga bosdilar. Shundan so‘ng, to‘nka xo‘rsina-xo‘rsina yupanib qolgan go‘dak kabi asta-sekin tinchlandi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Ilgari eshitgan va’zlarni qo‘msab yig‘ladi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:14:11
31-bob. Imomning o‘ziga kerakli narsalarni shaxsan o‘zi sotib olmog‘i haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hazrat Umardan (bir) tuya sotib oldilar».

Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Bir mushrik qo‘y olib kelgandi, Nabiy sallallohu alayhi va sallam uni sotib oldilar. Jobirdan ersa tuya sotib oldilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir yahudiydan nasiyaga taom sotib oldilar va o‘rniga o‘zlarining temir sovutlarini vaqtincha garovga quydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:14:41
32-bob. Ulov sotib olish haqida. Agar birov bir kishining minib kelayotgan ulovini sotib olsa, ulov (o‘shal kishi manziliga yetib olib, undan tushguniga qadar sotib olingan hisoblanadimi?

Ibn Ushr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uni (ya’ni, asov) tuyangni menga sot!»—dedilar».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda erdim. Tuyam charchaganidan imillab kelardi. Shunda Janob Rasululloh ketimdan yetib kelib: «Jobir!»— dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh!»— dedim. Ul zot: «Nechun sekin ketayotirsan?»— dedilar. Men: «Tuyam charchaganidan imillab qoldi. Shuning uchun orqada qolib ketdim», — dedim. So‘ng, Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalaridan tushib, qo‘llaridagi (aso) birlan tuyamni niqtadilar-da: «Qani endi tuyangga min-chi!»— dedilar. Men tuyamga mingan erdim, u lo‘killab yugurib ketdi. Men Janob Rasulullohdan ilgarilab ketmaslik uchun tuyamning jilovini tortib bordim. Janob Rasululloh menga: «Uylandingmi?»— dedilar. Men: «Ha, yo Rasulalloh, uylandim», — dedim. Janob Rasululloh: «Bokiragami yoki juvongami?»— dedilar. Men: «Juvonga», — dedim. Ul zot: «Bokira qizga uylanganingda, bir-birlaringiz birlan hazil-huzil qilib yurgan bo‘lardingiz», — dedilar. Men: «Singillarim ko‘p. Shuning uchun, ularni yuvib-tarab, ularga onalik qila oladigan ayolga uylandim», — dedim. Ul zot: «Sen uyingga ketayotirsan, yetib borganingda fikru o‘yingda jimo’ bulsin!» (ya’ni, «Farzandli bo‘lmog‘ing kerak!») — dedilar. Keyin: «Tuyangni sotasanmi?»— dedilar. «Mayli», — dedim. Janob Rasululloh uni mendan bir uqiyaga sotib oldilar. So‘ng, tuyalarini qamchilab, tezlab ketdilar-da, shaharga mendan ilgari yetib bordilar, men ul yerga ertalab kirib bordim. So‘ng, masjidga borgan erdim, ul zotning masjid eshigi oldida turganlarini ko‘rdim. Janob Rasululloh: «Hozir yetib keldingmi?»— dedilar. Men: «Ha», — dedim. «Masjidga kirib ikki rak’at namoz o‘qib chiq!»— dedilar. Namoz o‘qib chiqqanimdan keyin, Bilolga qarab: «Bir uqiya (dirham) o‘lchab ber!»— dedilar. Bilol menga bir uqiya o‘lchab berdilar. Pulni olib, endigina yo‘lga tushgan erdim, Janob Rasululloh meni to‘xtatdilar. Darhol xayolimdan «Hozir tuyamni qaytarib beradilar» degan fikr o‘tdi. Bu esa men uchun juda noxush erdi. Aytganimdek, Janob Rasululloh: «Tuyangni ol, uning haqi ham o‘zingga»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:15:07
33-bob. Johiliyat davridagi bozorlar va odamlarning Islom davrida ham u yerlarda savdo-sotiqni davom ettirganlari haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Ukoz, Majanna va Zulmajoz johiliyat davridagi eng katta bozorlardan hisoblanardi. Islom joriy bo‘lgandan keyin, odamlar bu bozorlarda savdo-sotiq qilishni gunoh, deb hisobladilar. Shunda Olloh taolo: «Haj mavsumlarida (kunlarida) savdo-sotiq birlan shug‘ullanish sizlarga gunoh ermas» degan oyati karimasi nozil  (Bu oyatni Ibn Abbos qiroat qildilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:15:29
34-bob. Istisqo dardiga chalingan yoki qo‘tir tuya haqida. Istisqo dardiga chalingan tuyani sotish har qanday holda ham maqsadga xilofdir

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odamdan ikki kishi egalik qilguvchi tuyani sotib oldim. Tuya qo‘tir erkan. o‘sha odamning sherigi kelib: «Sherigim sizga aybi bor tuyani aldab sotibdi», — dedi. Men: «Tuyani olib kelingizlar-chi!» — deb buyurdim. Keyin, fikrimdan qaytib: «Qo‘yaveringizlar, Janob Rasululloh: «Bir-birlaringizga adovat qilmangizlar!» — deb aytganlar» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:15:51
35-bob. Fitna sodir bo‘lgan chog‘da va boshqa paytlarda qurol sotish haqida. Imron ibn Husayn fitna chog‘ida qurol sotmoqni makruh deganlar

Abu Qatoda razyayallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Hunayn g‘azotiga chiqqan yilimiz ul zot menga sovut berdilar. Men uni sotdim, puliga ersa Banu Salama yeridan xurmo qoqi qiladirgan joy oldim. Bu mening Islomdagi birinchi bisotim erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:16:27
36-bob. Attor va mushk sotish haqida

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Yaxshi va yomon suhbatdosh misoli mushk sotguvchi va temirchi damgari kabidir. Biri xo‘shbuy hid taratsa, ikkinchisi cho‘g‘ otib turadi. Mushk sotguvchidan olgan narsang dimog‘ingni chog‘ etsa, temirchi damgaridan chiqqan cho‘g‘ yo badaningni yoki kiyimingni kuydiradi yoki biror yoqimsiz hid keltiradi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:17:02
37-bob. Zuluk (yoki qortiq) birlan davolovchi haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Tiyba (Abu Tayyiba) Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga zuluk (yoki qortiq) soldi. So‘ng, ul zot unga bir so’ xurmo berishni va oilasidan olinadigan soliqni kamaytirishni buyurdilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohga zuluk (qortiq) solindi. Keyin, ul zot qon oldirganlari haqini to‘ladilar. Agar zuluk (qortiq) solish harom bo‘lsa, ul zot uning haqini to‘lamagan bo‘lardilar». (Bu voqea qon olganlik uchun haq olish man’ qilinmasidan burun bulgan bo‘lsa kerak).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:17:25
38-bob. Erkak va ayollarning kiyishi makruh bo‘lgan narsalar tijorati haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hazrati Umarga ipakdan to‘qilgan hulla berib yubordilar. So‘ng, uni Hazrat Umarning ustilarida ko‘rib: «Men buni kiygin, deb ermas, balki birortasiga sotib foydalangin, deb yuborgandim, chunki buni oxiratda nasibasi yo‘qlar kiyurlar», — dedilar».

Oisha ummul-mo‘miniyn raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men suratli matodan qilingan bir yostiq sotib oldim. Ul zot o‘shal yostiqni ko‘riboq ichkariga kirmay, eshik oldida turib qoldilar. Men Janob Rasulullohning yuzlarida jirkanish alomatini sezib: «Yo Rasulalloh, Olloh va uning Rasuliga tavba qildim, ne gunoh qilib qo‘ydim?» — dedim. Ul zot: «Nechun bu yostiq bu yerda turibdi?». — dedilar, Men: «O’ltirasiz yoki (boshingizga) yostiq qilasiz, deb sotib olgandim», — dedim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mana shu suratlarni chizgan kishilarga Qiyomat kuni azob berilgusidir. So‘ng, ularga: «O’zingiz yaratgan narsalarga o‘zingiz jon ato etingiz!» - dsb aytilgusidir», — dedilar. So‘ngra, ul zot: «Suratlar bor uyga farishtalar kirmaydilar» — deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:17:49
39-bob. Mol egasi (o‘z moliga) narx qo‘yishga barchadan ko‘ra haqlidir

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Bani Najjor, menga bog‘ingizning undagi kulba-yu xurmo daraxtlari birlan narxini aytingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:18:13
40-bob. (Sotuvchi birlan xaridor molning o‘zlari) ixtiyor (qilgan narxini) qay vaqtga qadar (bir-birlariga taklif qilmoqlari) joiz?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Sotuvchi birlan xaridor molning o‘zlari ixtiyor qilgan narxini savdolashib turgan joylarini tark qilgunlariga qadar bir-birlariga taklif qilmoqlari lozimdur, boshqacha qilib aytganda, ikkalasining o‘rtalaridaga savdo ixtiyoriy bo‘lmog‘i darkor (ya’ni, savdolashib turilgan joydan jilmay turib xaridor sotuvchiga: «Men taklif qilgan narxni ixtiyor qilsang, sot!» — demog‘i yoxud sotuvchi xaridorga: «Men taklif qilgan narxni ixtiyor qilsang, ol!» — deb aytmog‘i kerak)».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar o‘zlariga bilan biror narsani xarid qilsalar, darhol sotuvchini tark qilur erdilar».
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:18:37
41-bob. Sotuvchi birlan xaridor molning o‘zlari ixtiyor qilgan narxini bir-birlariga taklif qilmasalar, savdo joiz bo‘lurmi?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Sotuvchi birlan xaridor molning o‘zlari ixtiyor qilgan narxini savdolashib turgan joylarini tark qilgunlariga qadar bir-birlariga taklif qilmoqlari lozimdur, boshqacha qilib aytganda, savdolashib turilgan joydan jilmay turib xaridor sotuvchiga: «Men taklif qilgan narxni ixtiyor etsang, sot!» — demog‘i yoki sotuvchi xaridorga: «Men taklif qilgan narxni ixtiyor etsang, ol!» — deb aytmog‘i kerak».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:18:53
42-bob. Sotuvchi birlan xaridor molning o‘zlari ixtiyor qilgan narxini savdolashib turgan joylarini tark qilgunlariga qadar bir-birlariga taklif qilmoqlari lozim

Hakim ibn Hizom raziyashyuhu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qidtsilar: «Sotuvchi birlan xaridor molning o‘zlari ixtiyor qilgan narxini savdolashib turgan joylarini tark qilgunlariga qadar bir-birlariga taklif qilib, (so‘ng o‘rtalaridagi savdoning bo‘lishi yoki bo‘lmasligani qat’iy ma’lum qilmoqlari) lozimdur. Agar har ikkala tomon ham halollik qilsa, ya’ni sotuvchi molning nuqsonini yashirmasa va xaridor pul to‘lashda g‘irromlik qilmasa, ularning savdosi barakali bo‘lur. Basharti ular bir-birlarini aldasalar, ya’ni sotuvchi o‘z molining nuqsonini yashirsa va xaridor unga pul to‘lashda g‘irromlik qilsa, o‘rtalaridagi savdodan baraka ko‘tarilur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:19:20
43-bob. Agar sotuvchi birlan xaridordan qaysi biri, o‘zaro savdolashilgandan so‘ng, ikkinchisining mol narxi xususidagi taklifini qabul qilsa, savdo vojib (amalga oshirilmog‘i lozim) bo‘lur

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qidilar: «Agar ikki kishi (biror mol xususida) o‘zaro savdolashsa, ulardan har biri savdolashib turgan joyini tark qilguniga qadar ikkinchisiga molning uzi ixtiyor qilgan narxini taklif qilmog‘i va ikkalasi muayyan bir narxga kelishib, savdoni bitirmoqlari lozimdur. Boshqacha qilib aytganda, biri ikkinchisining mol narxi xususidagi taklifini qabul qilur. Shunda, garchi ikkalasi o‘zaro savdolashgandan so‘ng, (kelisha olmay), turgan joylarini tark qilsalar-da, savdoni amalga oshirmoqlari darkordur. Agar ikkalasidan biri savdolashib turgan yerini tark qilmasa ham, savdoni amalga oshirmoq zarurdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:19:43
44-bob. Agar sotuvchi o‘zi ixtier qilgan (narxda turib olgan) bo‘lsa, (u birlan) savdo qilmoq joiz bo‘lurmi?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Har bir sotuvchi birlan xaridor o‘rtasidagi savdo ikkalasi savdolashib turgan joyini tark qilgunga qadar bir-biriga o‘zi ixtiyor qilgan narxni taklif qilgandagina joizdur».

Humom raziyallohu anhu: «Kitobimda «Sotuvchi birlan xaridor molning o‘zlari ixtiyor qilgan narxini bir-birlariga uch bor taklif qilmoqlari darkor» deb yozilganini ko‘rdim. Agar sotuvchi birlan xaridor o‘zaro halollik qilsalar, qilgan savdolari barakali bo‘lur va agar uz foydalarini ko‘zlab, bir-birlariga g‘irromlik qilsalar, savdolaridan baraka ko‘tarilur», — deydilar.
Hakim ibn Hizom yuqoridagi hadisni Janob Rasulullohga mansub ekanligani aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:20:40
45-bob. Agar xaridor biror narsani sotib olgach, o‘sha zahotiyoq uni sotuvchining ko‘zi oddida birovga hadya qilib yuborsa yoxud bir qulni sotib olib, darhol uni ozod qilsa, sotuvchi unga mone’lik qilmasligi lozim

Tovus raziyallohu anhu: «Agar xaridor sotuvchini muayyan bir narxga ko‘ndirib, undan biror mol sotib olsa-yu, so‘ng uni o‘zga kishiga sotib yuborsa, joizdur, (chunki) ul mol uzining mulki bo‘lib, foydasi ham o‘zinikidur», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (sahobalar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda bo‘ldik. Shunda men (otam) Umarning hali minilmagan bo‘taloqlariga minib olgan erdim. U menga bo‘ysunmay, qavmning oldiga o‘tib olib, ilgarilab ketar erdi. (Otam) Umar ersalar uni baqirib-chaqirib ortiga qaytarar, ammo u yana qavm oldiga o‘tib olar, ul kishi uni yana baqirib-chaqirib ortiga qaytarar erdilar. Shu asnoda Janob Rasululloh Hazrat Umarga: «Uni menga sotgil!» — dedilar. Hazrat Umar: «U sizniki, yo Rasulalloh!» — dedilar. Janob Rasululloh qayta: «Uni menga sotgil!» — dedilar. Shundan so‘ng, Hazrat Umar uni Janob Rasulullohga sotdilar. So‘ng, Janob Rasululloh (menga): «Ey Abdulloh ibn Umar, bu senga hadya! Uni ne qilsang, ixtiyor o‘zingda» — deb marhamat qildilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men mo‘minlar amiri Hazrat Usmonga ul kishining Xaybardagi bir yerlari badaliga (qadimda Samud qabilasi yashagan) vodiydagi bir yerni sotdim. O’zaro savdolashib bulganimizdan so‘ng, men Hazrat Usmon aynib qolmasinlar, deb tezda uylaridan chiqib, ortimga qaytdim. Chunki, Janob Rasululloh «Ikki o‘zaro savdolashguvchi savdolashib turgan joylarini tark qilgunlariga qadar molning o‘zlari ixtiyor qilgan narxini bir-birlariga taklif qilib, o‘rtalaridagi savdoni uzil-kesil hal qilmoqlari lozim» degan hadisi sharifni aynan shu yili aytgan erdilar. O’rtamizdagi savdo-sotiq amalga oshgach, men o‘zimni ul kishini aldagandek his etib, (qattiq xijolat cheka boshladim). Chunki, men ul kishini (Madinadan) uch kechalik (yul naridagi) Samud yeriga (ya’ni, Olloh taolo halok qilgan Samud qabilasi yeriga) olib borib qo‘ygan erdim, ul kishi ersalar meni (Samud yeridan) uch kechalik (yo‘l naridagi) Madinaga (ya’ni, Janob Rasulullohning suyukli shaharlari bulmish Madinadagi Xaybarga) olib borib quygan erdilar». (Ya’ni, Olloh taoloning la’natiga uchrab, halok qilingan Samud qavmi yashagan vodiydagi yerni Janob Rasulullohning suyukli shaharlari bulmish Madinaning Xaybar mavzesidagi yer badaliga sotganlari boisida xijolat qildilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:21:23
46-bob. Savdoda aldovning makruxligi haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (har safar) savdoda aldanib qolishidan shikoyat qildi. Shunda Janob Rasululloh: «Har safar savdo qilayotganingda: «Savdoda aldov yuq, deb qo‘y!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:21:41
47-bob. Bozorlar xususida

Abdurrahmon ibn Avf rivoyat qiladilar: «Madinaga kelganimizda men: «Bu yerda tijorat qilmoq uchun biror bozor bormi?» — deb so‘radim. Shunda menga Qaynuqo’ bozori borligini aytishdi».

Anasning aytishlaricha, Abdurrahmon ibn Avf: «Menga bozorni ko‘rsatinglar!» — debdilar.

Hazrat Umar: «Men bozorlarda bor-baraka qilish birlan ovora bo‘lib, (Janob Rasulullohning bul muborak amrlarini eshitmoqdan benasib qolibman)» — degan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:22:00
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qo‘shin (xarob qilmoq qasdida) Ka’baga yurish qilur. Ular Baydo’ degan yerdaliklarida birinchisidan oxirgisigacha yer yutur», — dedilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, qanday qilib birinchisidan oxirgisigacha yer yutur, axir ularning oralarida bozor ahli va ularga mansub bo‘lmaganlar ham bor-ku?!» — dedim. Janob Rasululloh (menga javoban): «Ul qo‘shinni birinchisidan oxirgisigacha, (hattoki beixtiyor ularning orasida bo‘lganlarni ham) yer yutur. So‘ng, (Qiyomatda) barchalari qayta tiriltirilib, ulardan har biri (o‘shal vaqtdagi) qasdiga (niyatiga) ko‘ra hisob-kitob qilinur», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan kimning bo‘lmasin, jamoat birlan o‘qigan namozi bozori va uyida o‘qigan namozidan yigirma necha marta savobliroqdur. Va bu shuning uchunki, agar u yaxshilab tahorat olib, faqat namoz uqiyman, deb va namozdan bo‘lak narsaga chalg‘imay masjidga kelsa, bosgan har bir qadami uchun (Olloh taolo nazdida e’tibori) bir daraja yuqori bo‘lur yoki qilgan xatolaridan biri kechirilur hamda namoz o‘qiyotgan chog‘ida maloikalar: «Yo parvardigoro, bul bandangni yarlaqagaysan, unga rahmatingni bisyor qilgaysan, unga biror kulfat va aziyat yetmog‘iga yo‘l quymagaysan!» — deb duo qilib turgaylar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:23:45
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bozorda yurgan erdilar, bir odam: «Ey Abulqosim!» — deb chaqirdi. Janob Rasululloh unga qarab erdilar, u (xijolat bo‘lib): «Men (sizni ermas), mana bu odamni chaqirgan erdim», — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Meni Abulqosim, deb laqabim birlan ermas, balki ismimni aytib chaqiringizlar!» — dedilar».
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh, qay vaqtdaligi yodimda yuq, menga indamay ko‘chaga chiqdilar. Men ham (ehtimol, vahiy kelib qolgan bo‘lsa, indamayotgandirlar, deb) jimgina orqalaridan ketaverdim. Janob Rasululloh Banu Qaynuqo’ bozoriga bordilar, so‘ng ortlariga qaytib, Fotima riziyallohu anho uylari ayvoniga kelib o‘ltirdilar-da: «Toychoq qaerda? Toychoq qaerda?»— deb (nabiralari Hasanni) chaqirdilar. Ammo, Fotima raziyalllohu anho hadeganda Hasanni ul zotning oldilariga chiqaravermadi. Shunda men: «Fotima Hasanni kiyintirayotgan yoki yuvintirayotgan bo‘lsa kerak» — deb o‘yladim. Keyin, Hasan Uydan yugurib chiqdi, ul zot uni quchoqlab o‘pdilar-da: «Yo parvardigoro, buni suygaysan va buni suyganlarni men ham suyayin!»— dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida odamlar bozorga mol olib kelayotganlarni to‘xtatib, ulardan yeguliklar sotib olishar (va o‘shal yerning o‘zida ularni qayta sotishar erdi). Shul boisdan Janob Rasululloh ul olib-sotarlarga odam yuborib, taomni sotib olingan yerning uzida sotishni man’ qildilar va uni taom sotiladirgan joyga olib borib sotishni amr qildilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar. «Nabiy sallallohu alayhi sallam sotib olingan oziq-ovqatlarni birmuncha Vaqt o‘zi ushlab turmay va sotib olingan yeridan bo‘lak joyga olib bormay qayta sotishni man’ qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:24:13
48-bob. Bozorda (odamlarga) o‘shqirish va baqirib-chaqirishning makruxligi haqida

Ato ibn Yasor raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhuni uchratib, ul kishiga: «Menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Tavrotdagi tavsiflari xususida aytib beringiz!» — dedim. Shunda ul kishi bunday dedilar: «Mayli, aytib berurman. Olloh taolo haqi, darhaqiqat Janob Rasululloh Tavrotda (ham) Qur’onda bayon qilingan ba’zi sifatlari birlan tavsif qilingandurlar, ul quyidagichadur: «Ey payg‘ambar, Biz siz (ummatingizning Islom va uning ahkomlariga iymon keltirganligiga, kofirlarning ersa bul narsalarni yolg‘onga chiqarganligiga hamda o‘zingizdan ilgarigi payg‘ambarlarning ummatlariga Olloh taoloning ahkomlarini yetkazganligiga) guvoh, (kalimai tavhidni aytib, unga amal qilgan musulmonlarga jannatga kirajaklari haqida) xushxabar yetkazguvchi, (kofirlarni duzax azobidan) ogohlantirguvchi va omi aholini shayton yomonliklari va kofirlar bosqinidan himoya qiluvchi) bir qal’a qilib yubordik, Siz Bizning bandamiz va elchimizsiz. Biz sizni (Ollohga) tavakkal qilguvchi, dag‘allik va bag‘ritoshlik qilmaguvchi, bozorlarda baqir-chaqirmovchi, (odamlarga) o‘shqirmaguvchi, yomonlikka yomonlik qaytarmaguvchi, aksincha afv etguvchi va kechirguvchi hamda Ibrohimning yo‘ldan ozgan millatini «Lo iloha illalloh» degizib, to‘o‘g‘ri yo‘lga solmaguncha va bul kalima birlan so‘qir ko‘z, kar quloq, g‘ofil qalblarni ochmaguncha Olloh jonini olmaguvchi (bandamiz), deb atadik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:25:34
49-bob. Sotuvchi va xaridorning (savdo chog‘ida molni o‘lchamog‘i darkorligi haqida

Olloh taolo: «(Molni) kam o‘lchab beruvchilarning holiga voy! Ular odamlardan (biror narsani) o‘lchab olayotgan vaqtlarida oshiqcha o‘lchab oladirgan, ularga ulchab beraetganlarida ersa kam o‘lchab beradirgan kimsalardur» — deydi. («Mutaffifun» surasi, 1-3-oyatlar).

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Molni) to‘liq o‘lchab beringizlar!» — deb marhamat qilganlar.

Usmon raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(biror narsa) sotsangiz, o‘lchab beringiz va (biror narsa) sotib olsangiz, o‘lchab olingiz!» — deb marhamat qildilar», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki biror oziq-ovqat sotsa, to‘la-to‘kis o‘lchab bersin!» — dedilar».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Abdulloh ibn Amr ibn Harom vafot etib, bo‘yinlaridagi qarzlari uzilmagancha qoldi. Shunda men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Otamga qarz bergan kishilarga aytingiz, bergan qarzlarining bir qismidan voz kechishsin!» — deb iltimos qildim. Janob Rasululloh ularga iltimosimni yetkazdilar, ammo ular ko‘nishmadi. Keyin, ul zot menga: «Borib xurmolaringai to‘p-to‘p qilib qo‘y, ajvani alohida va azqni alohida to‘p qil!» — dedilar. Men xurmolarni to‘p-to‘p qilib bo‘lib, Janob Rasulullohga odam yubordim. Ul zot kelib, xurmo to‘plaridan birining ustiga o‘ltirib oldilar-da, menga: «Qarzini so‘rab kelganlarga o‘lchab beraver!» — dedilar. Men hammaga o‘lchab berib, otamning qarzlarini to‘la-to‘kis uzdim, lekin xurmolarimdan bir dona ham kamaymagandek erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:26:05
50-bob. (To‘g‘ri) o‘lchashning fazilati haqida

Miqdom ibn Ma’dikariba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Oziq-ovqatlaringizni (to‘g‘ri) o‘lchangizlar, (Olloh taolo) sizga baraka ato etur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 08:26:29
51-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Madina) so’i va muddiga baraka tilaganlari haqida

Abdulloh ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ibrohim Xalilulloh Makkani muqaddas atab, uni duo qilganlari kabi, men ham Madinani muqaddas atab, uning muddi va so’iga baraka tiladim!» — dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Olloh, Madina ahlining toshu tarozusiga, muddi va so’iga baraka ato et!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:49:04
52-bob. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va olibsotarlik haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tarasiga sotib olgach, ularni qo‘llariga olmay (hamda joyidan qo‘zg‘atmay) turib o‘shal yerning o‘zida bo‘lak odamlarga sotayotganlarning kaltaklanganlarini ko‘rdim».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kishining o‘zi sotib olgan oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘liga olmay turib o‘shal yerning o‘zida bo‘lak kishiga sotib yubormog‘ini man’ qildilar», — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:49:45
Ibn Abbosdan: «Janob Rasululloh bunday savdoni nechun man’ qilganlar?» — deb so‘rashdi. Ibn Abbos: «Bunday savdoda dirhamni dirhamga (pulni pulga) sotilgandek bo‘lur, chunki sotilayotgan oziq-ovqat mahsuloti qo‘ldan qo‘lga o‘tmayotganligi boisidan savdoda ishtirok qilmayotir» — deb javob berdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki tas (oziq-ovqat mahsulotlari) sotib olsa, uni ushlamay (va joydan jildirmay) turib bo‘lak kishiga sotmasin!».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Tillani tillaga (yoxud tillani kumushga yoki kumushni kumushga) sotish, tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini (tilla yoki kumushlarini) qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rliqdur (poraxurliqdur). Bug‘doyni bug‘doyga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur. Xurmoni xurmoga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur. Arpani arpaga sotish, ikki tomon bir-birlariga tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur». (Ya’ni, agar ikki savdolashguvchidan biri naqdga, ikkinchisi ersa nasiyaga savdolashsa, demak naqdga savdolashguvchi nasiyaga savdolashguvchiga qandaydir shart qo‘yadi. Bu ersa sudxo‘rliqdur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:51:04
53-bob. Sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘lga olmay (ushlamay) turib qayta sotib yuborish yoki o‘zingda yo‘q narsani (ya’ni, sotib olingan joyingda qoldirgan narsangai) qayta sotib yuborishing haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bizlarga man’ qilgan narsalari sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlarini ushlamay turib (sotib olingan joyda qoldirgan holda) qayta sotib yuborish bo‘lib, bul amrlari bo‘lak narsalarga ham taalluqli, deb o‘ylayman».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki oziq-ovqat mahsuloti sotib olgan bo‘lsa, uni qo‘liga olmay turib qayta sotib yubormasin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:51:41
54-bob. «Kimki biror oziq-ovqat mahsulotini ko‘tara sotib olgan bo‘lsa, uni uloviga ortmay (ya’ni, sotib olingan yeridan bo‘lak joyga olib bormay) turib qayta sotib yubormasligi kerak, chunki tijorat odobi shuni taqozo qilur!» — deb hisoblagan kishi haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida odamlarning oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara sotib olib, ularni turgan yerlarida qayta sotib yuborayotganlarini va ulovlariga ortib, bo‘lak yerga olib borib sotmaganlari uchun kaltaklanganlarini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:52:54
55-bob. Agar kishi biror mato’ yoxud ulov sotib olib, uni sotuvchining huzurida (omonat) qoldirsa, joizdur

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biznikiga ko‘pincha ertalab yoki tushdan keyin kelardilar. Madinaga hijrat qilishga (Olloh taolodan) ruxsat bo‘lgan kuni ersa har safardagidek emas, balki tush paytida keldilar. Janob Rasulullohning biznikiga kelayotganlari Abu Bakrga xabar qilinganda, ul kishi: «Biror muhim voqea yuz bergan bo‘lsa kerak, aks holda biznikiga bu vaqtda kelmagan bo‘lardilar», — dedilar. Janob Rasululloh xonaga (uyga) kirganlarida, bizga ishora qilib: «Bular tashqari chiqib turishsin!» — dedilar. Janob (Abu Bakr): «Yo Rasulalloh, bular mening qizlarim Oisha va Asmodur», — dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh: «(Madinaga) hijrat qilish lozimligi menga xabar qilindi (vahiy keldi)», — dedilar. Otam: «Birga junaymizmi, yo Rasulalloh?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, birga jo‘naymiz», — dedilar. Otam: «Yo Rasulalloh, menda safarga tayyorlab quyilgan ikki tuya bor, bittasini olingiz!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Uni sotib oldim, (hozircha o‘zingizda turaversin!)» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:53:33
56-bob. (Musulmon odam musulmon) birodarining savdosiga, toki uning o‘zi ruxsat bermaguncha yoxud o‘zi (savdoni) tark qilmaguncha, zinhor aralashmas hamda o‘z molini o‘tkazish yoki biror molni sotib olish uchun (musulmon) birodarining savdosini aynitmas!

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz birodaringiz savdosi ustiga savdo qilmangiz!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘troq aholini ko‘chmanchilar molini olib qolib, qimmat narxda sotib berishdan qaytardilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘troq aholini ko‘chmanchilar molini olib qolib, qimmatroq narxda sotib berishdan qaytardilar-da, bunday dedilar: «(Birovni aldash uchun) molning narxini ataylab oshirmangizlar, birodaringiz savdosi ustiga savdo qilmangizlar, birodaringiz xutbasi ustiga xutba qshshangizlar, birorta ayol o‘z (muslima) singlisini rizqini tortib olish uchun uning taloq qilinmog‘ini talab qilmasin».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:55:26
57-bob. «Kim oshdi» savdosi haqida

Ato rivoyat qiladilar: «O’ljalarni «Kim oshdi» savdo qilsa, bo‘laveradi, deb hisoblaganlarni ko‘rdim».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam o‘z quliga: «O’lganimdan keyin, ozodsan» — deb va’da qilib quydi, ammo u (tez fursatda o‘shal qulni sotib puli(ni sarf qilish)ga muhtoj bo‘lib qoldi. Shunda Janob Rasululloh (o‘shal odamga yordam qilmoq uchun) qulni (sotib) oldilar-da, (uni «kim oshdi» savdosiga quyib): «Buni mendan kim sotib olur?» — dedilar. Uni Nu’ayn ibn Abdulloh falon va falon narxga sotib oldi. So‘ng, ul zot sotilgan qulning pulini o‘shal odamga berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:56:02
58-bob. Molning bahosini sun’iy oshirish haqida haqida hamda «Bunday savdo nojoiz» deganlar xususida

Ibn Abu Avfo: «Molning bahosini sun’iy oshirguvchi odam sudxo‘r, xoin va aldamchi bo‘lib, topgani halol ermas» deydilar.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Aldamchining joyi duzaxdur. Kimki biz buyurmagan ishni qilsa, ul ish rad etilur» — deganlar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam molning bahosini sun’iy oshirishdan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:56:20
59-bob. Tug‘ilmagan bo‘taloqni sotish haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tug‘ilmagan bo‘taloqni sotishni man’ etdilar. (Johiliyat davrida joriy bo‘lgan qoidaga binoan tuyaning hali tug‘ilmagan bo‘talog‘ining bo‘talog‘ini ham sotishardi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:57:05
60-bob. Matoni (taxini ochib kurmay, faqat) ushlab ko‘rish sharti birlan savdo qilmoqlik haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (qorong‘uda) matoni (taxini ochib kurmay, faqat) ushlab ko‘rish sharti birlan savdo qilmoqdan qaytardilar».

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam munobazadan qaytardilar. Munobaza — kishining o‘z matosini birovga ushlab ko‘rmaslik va taxini ochib qaramaslik sharti birlan sotmog‘idur. Shuningdek, ul zot mulomasadan ham qaytardilar. Mulomasa — matoni taxini ochib kurmay, faqat ushlab ko‘rish sharti birlan sotmoqlikdur».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kishining yalang qavat kiyim kiyib yurmog‘idan hamda uning etagani yelkasiga tashlab olmog‘idan qaytardilar, (chunki ul shunday qilsa, avrati ko‘rinib qolur). Shuningdek, ul zot mulomasa va munobaza sharti birlan savdo qilmoqliqdan ham qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:57:26
61-bob. Sotuvchi tuya, sigar va sovliq kabi sog‘in hayvonlarni sersut qilib ko‘rsatish maqsadida ataylab sog‘may quymasligi lozim!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tuya va sovliqlaringizni (sersut qilib ko‘rsatish maqsadida) ataylab sog‘may quymangizlar! Kimki (bilmay) shunday hayvonni sotib olgan bo‘lsa, uning ixtiyorida ikki yul bordur, biri — uni sog‘ib ko‘rgach, ma’qul bo‘lsa, o‘zida olib qolmoqlik, ikkinchisi — uni egasiga qaytarib bermoqlikdur Agar qaytarib beradirgan bo‘lsa, (bir-ikki kun soqqani uchun) bir so’ xurmo qo‘shib bersin!» — dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Kimki ataylab sog‘ilmagan sovliqni (bilmay) sotib olgan bo‘lsa, uni egasiga qaytarib berur, ammo (bir-necha kun soqqani uchun) bir so’ xurmo ham berur. Janob Rasululloh bozorga mol olib kelayotganlarni to‘xtatib, ulardan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara sotib olib, o‘shal yerning o‘zida qayta sotmoqdan ham qaytardilar».

Abu Hurayra ryaziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: «Bozorga mol olib kelganlarning yo‘lini to‘smangizlar, birodaringizning (pishib turgan) savdosini buzmangizlar, ataylab narx-navoni oshirmangizlar shaharliklar qishloqdan kelganlarning molini arzon-garovga olib, qimmatga sotmasinlar, sovliqlaringizni ataylab sohmay qo‘ymangizlar! Kimki (bilmay) shunday sovliqni sotib olgan bo‘lsa, ixtiyor o‘zida, xohlasa olib qolsin, xohlamasa, egasiga qaytarib berur, lekin unga bir so’ xurmo ham qo‘shib berur», — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Iyul 2008, 08:00:54
62-bob. Zinokor qulni sotib yubormoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar cho‘ri zino qilib qo‘ysa-yu, zino oshkora bulib qolsa, unga darra urilur, lekin tanbih berilmas. Agar u ikkinchi marta zino qilsa, yana darra urilur, lekin tanbih berilmas. Basharti uchinchi marta zino qilsa, yana darra urilib, bir jun arqon narxida bo‘lsa ham, sotib yuborilur».

Abu Hurayra va Zayd ibn Holid raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga (zinodan tiyilmagan) cho‘ri haqida savol berishdi. Shunda ul zot: «Birinchi marta zino qilganda darra uringizlar, ikkinchi marta zino qilganda ham darra uringizlar, ammo uchinchi marta zinoni takrorlasa, darra urib, so‘ng uni bir jun arqon narxida bulsa ham, sotib yuboringizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Iyul 2008, 08:01:10
63-bob. Ayollar birlan savdo-sotiq qilmoq haqida

Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh mening huzurimga keldilar. Shunda men cho‘ri Barirani sotib olib, ozod qilmoqchi ekanligimni, ammo uning egalari unga homiylik huquqini uzlarida qoldirish sharti birlangina sotishga rozi ekanliklarini aytib erdim, ul zot: «Uni sotib olib, ozod qilaver, chunki homiylik huquqi pulini tulab, ozod qilgan shaxsga o‘tur!» — dedilar. So‘ng, xufton namozini tugatgach, o‘rinlaridan turib Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar-da: «Nechun odamlar Olloh taoloning Kitobida yuq shartlarni qo‘yurlar? Kimki Olloh taoloning Kitobida yuq shartni quysa, garcha yuz marta quysa ham, u botildur, Olloh taoloning sharti eng kuchlidur» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Iyul 2008, 08:01:47
64-bob. O’troq kishi ko‘chmanchining molini undan biror narsa olmay sotib berurmi, unga fisabililloh yordam yeki maslahat (nasihat) qilurmi?

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan birortasi birodaridan nasihat (maslahat) so‘rasa, nasihat (maslahat) bersin!» — deb marhamat qilganlar.

Jarir riziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Men Janob Rasulullohning huzurlarida kalima keltirib, besh vaqt namoz o‘qimoqqa, zakot bermoqqa, Islom ahkomlariga quloq solib, itoat etmoqqa va har bir musulmonga nasihat (maslahat) bermoqqa bay’at qildim».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bozorga oziq-ovqat olib kelayotganlarni yo‘lda tuxtatib, molini sotib olmangizlar! O’troq ko‘chmanchining molini (biror narsa evaziga) sotib bermasin!».

Tovus Ibn Abbosdan: «Janob Rasulullohning «O’troq ko‘chmanchining molini sotib bermasin!» deganlari ne ma’nodadur?» — deb so‘radilar. Shunda Ibn Abbos: «O’troq odam ko‘chmanchi odamning moliga dallollik qilmasin, deganlaridur» — deb javob qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Iyul 2008, 08:02:10
65-bob. «O’troq odamning ko‘chmanchi odam molini biror narsa evaziga sotib bermog‘i makruhdur» degan zot haqlarida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh o‘troqni ko‘chmanchining molini (biror narsa evaziga) sotib berishdan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Iyul 2008, 08:02:58
66-bob. O’troq odam ko‘chmanchining molini dallollik qilib sotib bermasin!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kishi o‘z birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin, (birovni aldash uchun) molning narxini ataylab oshirmangizlar, o‘troq odam ko‘chmanchi odamning molini (biror narsa evaziga dallollik qilib) sotib bermasin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:12:52
67-bob. Bozorga mol olib kelayotganlarning yullarini to‘sib chiqib, ularning molini ko‘tarasiga sotib olmoq va ul molni turgan yerida qayta sotib yubormoq makruhdur. Savdoda birovni aldagan odamning topgani harom bo‘lib, uzi osiydur, chunki ul bilib turib birovni aldar, savdoda ersa aldov joiz ermas!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bozorga mol olib kelayotganlarning yo‘llarini to‘sib chiqib, ulardan ko‘tarasiga mol sotib olmoqni va ul molni turgan yerida qayta sotib yubormoqni hamda o‘troq (ya’ni, shaharlik) odamning ko‘chmanchi (ya’ni, shaharlik bo‘lmagan) odam molini (biror haq evaziga dallollik qilib) sotib bermog‘ini man’ qildilar».

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Kimki sersut qilib ko‘rsatish maqsadida bir necha kun sog‘ilmagan hayvonni (bilmay) sotib olgan bo‘lsa, uni (bir necha kun soqqani uchun) bir so’ xurmo qo‘shib egasiga qaytarur. Janob Rasululloh bozorga mol olib kelayotganlarning yo‘llarini to‘sib chiqmoqdan ham qaytarganlar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ba’zilaringiz ba’zilaringizning savdolaringiz ustiga savdo qilmangizlar va mol to bozorga yetib kelmaguncha, uni yo‘lda sotib olib qo‘ymangizlar!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:22:04
68-bob. Bozorga mol olib kelayotganlarning yo‘llarini to‘sib chiqishga chek qo‘yilgani haqida

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz bozorga oziq-ovqat olib kelayotganlarning yullarini to‘sib chiqar va ulardan oziq-ovqat sotib olar erdik. Keyin, Janob Rasululloh (bozorga mol olib kelayotganlarning yo‘llarini to‘sib chiqib), ulardan sotib olingan oziq-ovqatlarni oziq-ovqat bozoriga olib bormay turib sotishni bizga man’ qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:22:19
69-bob. Tijoratda (nohaq) shartlar qo‘yish halol ermasligi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Barira huzurimga kelib: «Egalarim har yili to‘qqiz uqqa to‘lashim sharti birlan meni ozod qilishga va’da berishdi, ul to‘lovni ado etmog‘imga yordam beringiz!» — dedi. Shunda men: «Agar egalaring senga homiylik huquqining menga o‘tmog‘iga rozi bo‘lishsa, bo‘yningdagi to‘lovni ularga berurman», — dedim. So‘ng, Barira o‘z egalari huzuriga borib, mening taklifimni aytgan erdi, ular ko‘nishmadi. Barira mening qoshimga qaytib kelganda Janob Rasululloh ham o‘ltirib erdilar. Barira: «Msn sizning taklifingizni egalarimga aytib erdim, qo‘nishmadi, ular menga homiylik huquqining o‘zlarida qolmog‘ini talab qilishayotir», — dedi. Janob Rasululloh uning gapini eshitgach, menga: «Buni sotib olaver va valoyat huquqining o‘zingda bo‘lmog‘ini shart qilib qo‘yaver, chunki valoyat huquqi (pul to‘lab) ozod qilgan kishinikidur» — dsdilar. Ksyin, (namozdan so‘ng), Janob Rasululloh odamlar orasida tik turib Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar-da: «Nechun odamlar Olloh taoloning Kitobida yo‘q shartlarni qo‘yurlar? Olloh taoloning Kitobida yo‘q shart garchi yuz marta shart qilib quyilsa-da, botil bulib, Olloh taoloning hukmi eng haqqoniy va Olloh taoloning sharti eng ishonchlidur! Qulga homiylik huquqi uni ozod qilgan shaxsniki bo‘lur», — dsdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:22:37
70-bob. Xurmoni xurmoga sotish haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bug‘doyni bug‘doyga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarshsh ko‘llariga olmasalar (ushlamasalar), sudxo‘rlikdur. Arpani arpaga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur. Xurmoni xurmoga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:22:50
71-bob. Mayizni uzumga yoki taomni taomga sotish haqida

Hazrat Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hali daraxtdan uzib olinmagan ho‘l xurmoni xurmo qoqisiga va hali toqdan uzilmagan uzumni mayizga sotishni man’ qildilar, chunki tupidan uzib olinmagan ho‘l mevaning vazni noma’lum bo‘lib, bunday savdoda ikki tomondan birining haqi ikkinchisiga o‘tib ketur».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tupida turgan har qanday ho‘l mevani qoqisiga sotishni man’ qildilar. Ya’ni, bul shunday savdoki, bir kishi ikkinchi bir kishiga: «(Daraxtdagi mevalaringni turishicha msnga sotgil, evaziga ssnga falon miqdorda qoqisidan bsrurman). Agar mevalaring uzib olganimda ko‘p chiqsa, xo‘b-xo‘b, men foyda qilurman, basharti kam chiqsa, zarar qilsam ham, mayliga» — deydi».

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ariyyaga, ya’ni (bir yoki bir necha) xurmo daraxtlarini biror muhtoj kishiga bsrib turmoqqa ijozat qildilarki, ul muhtoj kishi ushal daraxtlar hosilini to pishguniga qadar kutur, so‘ng uni sotmay, faqat uzi bola-chaqalari birlan iste’mol qilur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:23:01
72-bob. Arpani arpaga sotish xususida

Molik ibn Avs raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men yonimdagi oltinni yuz dinorga almashtirib berishni iltimos qilib erdim, Talha ibn Ubaydulloh meni chaqirdilar. Biz o‘zaro savdolashdik, oxiri ul kishi men aytgan narxga rozi bulib, oltinimni oldilar-da, uni u yog‘-bu yog‘ini aylantirib ko‘rdilar, so‘ng menga: «Xazinachim o‘rmondan (bog‘dan) kelsin, almashtirib berurman», — dedilar. Hazrat Umar ul kishining bul gaplarini eshitib: «(Ey Molik ibn Avs), oltining evaziga undan yuz dinorni olmaguningcha oldidan jilma! Chunki, Janob Rasululloh: «Oltinni oltinga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va (savdolashib bo‘lgach, turgan yerlarini tark qilmoqlaridan burun) bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rliqdur. Bug‘doyni bug‘doyga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rliqdur. Arpann arpaga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birla «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rliqdur. Xurmoni xurmoga sotish, ikki tomon bir-birlariga o‘z tillari birlan «Ol» demasalar va bir-birlarining mollarini qo‘llariga olmasalar, sudxo‘rlikdur!» — deb aytganlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:23:11
73-bob. Oltinni oltinga sotish haqida

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamnint bunday deganlarini eshitdim: «Oltinni oltinga (ular tanga yoki biror buyum shaklida bo‘ladimi yoxud quyma bo‘ladimi, bundan qat’iy nazar) bir-biriga teng og‘irlikda sotingizlar, birini ikkinchisidan afzal qilmangizlar! Kumushni kumushga ham aynan shul tariqa sotingizlar! Savdolashib turgan yeringizdan jilmay turib, bir-biringizning molingizni qulga olingizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:23:20
74-bob. Dinorni dinorga nasiyaga sotish haqida

Abu Zayet raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Sa’idning «Dinorni dinorga, dirhamni dirhamga (bir-biriga teng vaznda sotmoq lozim)» deganlarini eshitib: «Ibn Abbos aytgan hadisda siz aytgan gaplar yuq-ku?!» — dedim. Abu Sa’id Ibn Abbosga: «Siz uzingiz aytgan hadisni Janob Rasulullohdan eshitganmidingiz yoki Olloh taoloning Kitobida o‘qiganmidingiz?» — dedilar. Shunda Ibn Abbos: «Men o‘zim aytgan hadisni na Janob Rasulullohdan eshitdim va na Olloh taoloning Kitobida uqidim, (aminmanki) sizlar Janob Rasulullohni mendan ko‘ra yaxshiroq bilursizlar, (chunki sizlar ul zotning xizmatlarida bo‘lganlaringizda men yosh bola erdim). Ammo, Usoma (ibn Zayd) menga ul zotning «Nasiya savdodagina sudxo‘rlik mavjud» deganlarini aytgan erdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:23:29
75-bob. Kumushni oltinga nasiyaga sotish haqida

Abu Minhol rivoyat qiladilar: «Men Baro ibn Ozib va Zayd ibn Arqam raziyallohu anhumodan pul almashtirish (maydalash) haqida so‘radim. Ular ikkalovi bir-birini ko‘rsatishib: «Bu mendan yaxshiroq bilur», — deyishdi-da, so‘ng ikkalovi ham: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam oltinni kumushta qarzga (nasiyaga) sotishni ta’qiqladilar», — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:13:54
76-bob. Oltinni kumushga naqdga naqd sotish haqida

Abu Bakra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kumushni kumushga, oltinni oltinga, agar qiymati va vazni bir-biriga teng bo‘lmasa, sotishni man’ qildilar-da, so‘ng: «Oltinni kumushga va kumushni oltinga, xohlasangiz, bir-biriga teng vaznda, xohlasantiz, bir-biriga teng bo‘lmagan vaznda (agar naqdga naqd bo‘lsa), sotaveringizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:14:43
77-bob. Pishgan (daraxtdan uzib olintan) xurmoni (daraxtdagi) xom xurmoga, mayizni (yoki pishgan, tokdan uzib olingan uzumni tokdagi g‘o‘r) uzumga sotmoq hamda muhtoj kishining o‘ziga hadya qilingan (hali daraxtdagi) xom xurmolarni (pishishini poylamay) sotib yubormog‘i xususida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam pishgan (daraxtdan uzib olingan) xurmoni (daraxtdagi) xom xurmoga, mayizni (yoki pishgan, tokdan uzib olingan uzumni toqdagi g‘o‘r) uzumga va (hali urib olinmagan), boshog‘idan tozalanmagan bug‘doyni (o‘rib), boshog‘idan tozalab qo‘yilgan bug‘doyga sotishni man’ qildilar».

Abdulloh ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh shundan (ya’ni, yuqoridagilarni man’ qilganlaridan) so‘ng, muhtoj kishining o‘ziga vaqtincha berilgan daraxtdagi xom xurmoni (pishishini poylamay) yangi uzib olingan xurmoga yoki xurmb qoqisiga sotib yubormog‘iga ruxsat berdilar, ammo buni undan bulak kishiga ijozat qilmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:15:33
78-bob. Xurmo daraxtlaridagi xom hosilni oltin va kumushga sotmoq xususida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (daraxtdagi xom) hosilni yaroqli bo‘lgani ko‘rinmay (ya’ni, pishmay) turib sotmoqni man’ qildilar. (Bundan buyon) daraxtdagi xom hosil faqat dinoru dirhamga sotiladirgan bo‘ldi, muhtoj kishiga vaqtincha berilgan daraxtdagi xom hosil bundan mustasnodur».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muhtoj kishining o‘ziga vaqtincha berilgan daraxtdagi xom hosildan besh vasaq yoki undan kamroq (1 vasaq — 60 so’, 1 so’ — 5 ratl, 1 ratl — 144 dirham yoki 449,28 gr) sotmog‘iga ruxsat berdilar».

Sahl ibn Abu Hasma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam daraxtdagi xom xurmoni yangi uzib olingan (yoki qoqi) xurmoga sotmoqni man’ qildilar hamda (istisno tariqasida) muhtoj kishining o‘ziga vaqtincha berilgan xurmo daraxtlaridagi xom hosilni pishishini kutmay sotmog‘iga va bola-chaqalari birlan tirikchilik qilmogiga ruxsat berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:18:22
79-bob. Ariyyalar tafsiri

Molik raziyatlohu anhu: «Ariyya — bir odamning bir (muhtoj) kishiga (o‘zining bir yoki bir necha) xurmo daraxtini vaqtincha berib turmog‘idur. O’z xurmo daraxtlarini muhtoj kishilarga vaqtincha berib qo‘ygan odamlar o‘shal muhtoj kishilarning hadeb huzurlariga kelaverganlaridan norozi bo‘lgach, Janob Rasululloh ularga o‘zlari vaqtincha berib qo‘ygan xurmo daraxtlaridagi xom hosilni muhtoj kishilardan xurmo qoqisiga (yoki pishgan xurmoga) sotib olmoqni ruxsat qildilar», — deydilar.

Ibn Idriys: «Ariyya, ya’ni vaqtincha berib qo‘yilgan xurmo daraxtlaridagi xom hosilni pishgan (yoki qoqi) xurmoga sotib olmoqlik ko‘tara savdo yo‘li birlan emas, balki faqat tortib olish va naqdga naqd savdo yo‘li birlan amalga oshiriladi»,— deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Ariyyalar — bir kishining ikkinchi bir (muhtoj) kishiga o‘zining bir yoki ikki xurmo daraxtini vaqtincha berib turmog‘i bo‘lib, (o‘shal muhtoj kishi undagi xom hosilning pishmog‘ini kutur, so‘ng uni bola-chaqalari birlan iste’mol qilur, ammo uni sotmas)», — deydilar.

Sufyon ibn Husayn: «Ariyyalar — miskinlarga hadya qilingan xurmo daraxtlari bulib, ular (hosil pishgunga qadar) kutisha olmas erdi. Shul boisdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga xom hosilni o‘zlari xohlagan xurmoga (ya’ni, istasalar, yangi uzilgan xurmoga, istasalar, xurmo qoqisiga) sotmoqni ruxsat qildilar, ammo ulardan bo‘laklarga buni ijozat qilmadilar», — deydilar.

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vaqtincha bsrib qo‘yilgan xurmo daraxtlaridagi hosilni pishgach, tortib (o‘lchab) sotmoqqa ruxsat berdilar».

Muso ibn Uqba: «Ariyyalar — hosilini istagan vaqtda kelib sotib olsang bo‘ladirgan muayyan xurmo daraxtlaridur», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:20:49
80-bob. Daraxtdagi hosilni pishmasidan oldin savdolashib qo‘ymoq haqida

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida daraxtdagi hosilni (pishmasidan oldin) savdolashib qo‘yur erdilar. Hosil pishib, uni uzish vaqti kslganda ersa ular sotuvchi huzuriga kelishib, «Hosil irib ketibdi, unga kasal tegibdi, u qovjirab qolibdi» degan turli bahonalarni aytib, ilgarigi savdolaridan aynishar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga ana shu xususda janjallashib kelguvchilar kupayib ketgach: «Bunday savdoni bas qilasizlarmi, yo‘qmi?! Hosil to yetilib pishmaguncha sotmangizlar!» — dedilar».

Xorija ibn Zayd ibn Sobit xabar qiladilarki, ul kishining otalari Zayd ibn Sobit o‘z yerlarida bitgan hosilni surayyo yulduzi chiqib, sarig‘i sarig‘, qizili qizil bo‘lib pishmaguncha sotmas erdilar. (Surayyo yulduzi Hijozda yoz faslining dastlabki oyida, mevalar qizarib, sarg‘ayib g‘arq pishadirgan mahalda chiqadi).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hosilni yetilib pishmaguncha sotmoqni man’ qildilar. Ya’ni, sotuvchining pishmagan hosilni sotmog‘ini va oluvchining pishmagan hosilni olmog‘ini man’ qildilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hosilni qizarib pishmaguncha sotmoqni man’ qildilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mevani ranggi o‘zgarmaguncha sotmoqni man’ qildilar Shunda: «Rang o‘zgarishi nima?» — deyishdi. «Qizarib, sarg‘ayib pishishi va yeyishli bulishidur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:21:33
81-bob. Xurmoni pishmasidan oldin sotmoq xususida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mevani yaroqli bo‘lgani ko‘rinmaguncha (ya’ni, pishmaguncha) va xurmoni rang kirmaguncha sotmoqni man’ qildilar. Shunda: «Rang kirishi nima?» — deb surashdi. «Qizarib pishishidur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:22:08
82-bob. Agar kishi hosilni pishmasidan oldin sotgan bo‘lsa-yu, keyin ul hosil kasal tegib nobud bo‘lsa, sotuvchi (sotib olgan kishiga) tulagan mablag‘ini qaytarib bermog‘i lozim bulur.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hosilni to unga rang kirmaguncha sotmoqni man’ qildilar. Shunda bir kishi: «Rang kirmaguncha degani nedur?» — dedi. Janob Rasululloh: «Qizarib pishmaguncha» — deb javob qildilar. So‘ng, unga kinoya birlan: «Qani, menga ayt-chi, agar Olloh taolo hosilingni nobud qilsa, (pishishidan oldin pulini to‘lab qo‘ygan) birodaringning to‘lagan pulini qanday qilib (nohaq) olib qolursan?» — dedilar».

Ibn Shihob bunday dedilar: «Agar bir odam biror hosilning pulini pishmasidan oldin to‘lab qo‘ygan bo‘lsa-yu, so‘ng unga kasal tegib nobud bo‘lsa, ko‘rilgan zarar sotuvchining bo‘ynida bo‘lur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:22:53
83-bob. Pulini keyinroq bsrish sharti birlan yegulik (sotib) olmoq haqida

Oisha raziyallohu anho: «Janob Rasululloh bir yahudiydan yegulik (sotib) olib, garovga sovutlarini qoldirdilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:23:22
84-bob. Agar xurmoni xurmoga sotmoqchi bo‘lsa, yaxshisini tanlab olurmi?

Abu Sa’id al-Xudriy va Abu Hurayra raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir odamni Xaybarga amir (yoki soliq yig‘uvchi) etib tayinladilar. U nuqul sarxil xurmolar keltirdi. Shunda Janob Rasululloh: «Xaybarning hamma xurmolari sarxil erkanmi?»— dedilar. U: «Yo‘q, Rasulalloh, biz ikki so’ yomon xurmo urniga bir so’ yaxshi xurmo va uch so’ yomon xurmo o‘rniga ikki so’ yaxshi xurmo olurmiz», — dedi. Janob Rasululloh e’tiroz bildirib: «Bunday qilma, yomon xurmoni dirhamga sotib, so‘ng ul dirhamga yaxshi xurmo xarid qil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:24:14
85-bob. Meva tukkan xurmo daraxtini yoki ekin ekilgan yerni sotish yoxud ijaraga berish haqida

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Meva tukkan har qanday xurmo daraxti sotilsa-yu, mevasi xususida shartlashilmagan bo‘lsa, uning o‘shal yilgi mevasi sotuvchinikidur. Qul va ekin ekilgan yerga nisbatan ham shul hukm taalluqlidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:24:40
86-bob.Ekinni biror yegulikka chamalab sotish haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bog‘ning xom hosilini, agar u xurmo bo‘lsa, pishgan xurmoga, agar u uzum bo‘lsa, mayizga, agar u ekin bo‘lsa, biror oziq-ovqat mahsulotiga chamalab sotishdan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:24:59
87-bob. Xurmo daraxtining o‘zinigina sotish haqida

Ibn Umar raznyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki xurmo daraxtini msvaga kirgach, sotsa-yu, ammo xaridor uning hosili xususida shartlashmagan bo‘lsa, o‘shal yilgi hosil sotgan kishinikidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:25:19
88-bob. Xom hosilni sotish xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hali urilmagan, boshog‘idan tozalanmagan bug‘doyni o‘rib olingan, boshog‘ini tozalab qo‘yilgan bug‘doyga sotishni, meva va donlarni pishmay turib sotishni, matoni qorong‘ida ushlatib, lekin taxini ochdirmay hamda matoni ushlatmay va taxini ochib ko‘rsatmay sotishni va pishgan xurmoni xom xurmoga sotishni man’ qildilar».

Humayd rivoyat qiladilar: «Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam daraxtdagi xom xurmoni toki unga rang kirmaguncha pishgan (uzib olingan) xurmoga sotishni man’ qildilar», — dedilar. Shunda biz Anasga: «Xurmoga rang kirishi nima?» — dedik. Anas: «Qizarib, sarg‘ayib pishishidur. Menga aytinglar-chi, agar Olloh taolo hosilga ofat yuborib, uni nobud qilsa, birodaringizning (xom xurmoingiz badaliga bergan) mablag‘ini qandayin o‘zlashtirib olursizlar?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:25:59
89-bob. Xurmoning etini (ya’ni, po‘stini olib tashlab, faqat yumshoq joyini) sotmoq hamda tanovul qilmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bo‘ldim, shunda ul zot xurmo etini tanovul qilayotgan erdilar. Janob Rasululloh (sahobalarga qarata): «Daraxtlar orasida shunday bir daraxt borki, mo‘min kishi (iymonini tark qilmagani) yanglig‘ (barglarini tark qilmas)», — dedilar. Men: «O’shal daraxt xurmodur, deb aytmoqchi bo‘ldim-u, ammo ul zotning huzuridagilar ichida eng yoshi bo‘lganim uchun istihola qilib indamadim. (Hech kim javob bermagach), ul zotning o‘zlari «Ul daraxt xurmodur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:26:47
90-bob. Shaharlar aholisining savdo-sotiq, ijara, gazlama o‘lchovi, tarozuda tortish, (vaqf, vasiyat, pul, nafaqa va boshqalar)ga doir (shar’iy hukm chiqarilmagan) masalalarini ularning o‘zlari o‘zaro biladirgan qonun-qoidalar va (o‘rtalaridagi) urf-odatlarga binoan, maqsadi barchaga ma’lum xulq-atvorlarini hisobga olgan holda hal qilib bergan kishilar xususida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hind (Ummu Muoviya)ga: «(Ering Abu Sufyonning molidan) insofan (ya’ni, urfga ko‘ra) o‘zing birlan bolalaringga yetarlicha olgil!» — deb marhamat qilganlar.

Olloh taolo: «Kimki (ya’ni, yetim saqlayotgan kishi) faqir bo‘lsa, (etimning molidan) insofan (ya’ni, urf taqozo qilgancha, adolat birlan) yesin!» — deydi.

Hasan (bir kuni) Abdulloh ibn Mirdosning eshaklarini kiraga (ijaraga) olayotib: «Necha pul berurman?» — dedilar. Abdulloh ibn Mirdos: «Ikki doniqa» — dedilar. So‘ng, Hasan eshakni minib ketdilar. Keyin, yana kelib: «Eshak, eshak», — dedilar-da, Abdulloh birlan pulini kelishmay, eshakni minib ketaverdilar, (chunki odatdagidek, yana ikki doniqa, jami — yarim dirham berishlarini bilur erdilar). So‘ng, bir odamdan Abdullohga yarim dirham berib yubordilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Tayba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qortiq soldi. Keyin, Janob Rasululloh unga bir so’ xurmo bermoqni amr qildilar hamda uning bo‘ynidagi to‘lovni bir oz kamaytirmoqlarini egalariga buyurdilar».

Bu yerda Hind (Ummu Muoviya) haqlaridagi hadis takrorlangan.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Qaysiki odam (valiy) boy bo‘lsa, (adolatsizlikdan) parhez qilsin, bordi-yu qambag‘al bo‘lsa, insofu adolat birlan yesin!» degan oyati karimasi yetim qiz asrayotgan kishi haqida nozil qilingan bo‘lib, agar yetim qiz go‘zal bo‘lsa, unga shar’iy mahr bermasdan uylanmoqchi bo‘lur va agar xunuk bo‘lsa, moli qo‘ldan ketmasin, deb o‘zi ham uylanmay, birovga ham erga bermay yurur. Shul boisdan Olloh taolo valiylarning bunday qilmoqlarini man’ qilib, «Agar valiy kambag‘al bo‘lsa, yetimning molidan insofu adolat birla yesin!» deb amr qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:27:15
91-bob. Sherikning o‘z sherigi ulushini sotib olmog‘i haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday taqsimlanmagan (umumiy) mulkka nisbatan shuf’a (huquqini) joriy qildilar. Agar umumiy mulk taqsimlanib, chegaralari belgilangan bo‘lsa, unda shuf’a (huquqi) yo‘qdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:27:34
92-bob. Taqsimlanmagan (umumiy) yer, hovli va mollar (tovarlar)ni sotmoq xususida

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

93-bob. Bir kishi bir odamning haqiga o‘zidan ruxsat so‘ramay narsa sotib olib qo‘yganda o‘shal odamning uni rozi bo‘lib olib ketgani xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Uch kishi yo‘lda ketayotgan erdi, birdan yomg‘ir yog‘ib qolib, tog‘dagi bir g‘orga kirib berkinishdi. Shu payt, tog‘dan bir katta tosh (qoya) dumalab tushib, g‘orning og‘zini tusib qo‘ydi. Shunda ular bir-birlariga: «Olloh yo‘lida biror xayrli ish qilgan bo‘lsangizlar, o‘shani o‘rtaga qo‘yib parvardigorga iltijo qilingizlar, zora u g‘orning og‘zini ochsa!» — deyishdi. Ulardan biri: «Yo Olloh, mening keksayib qolgan ota-onam bor erdilar. O’zim ersam qo‘ychivonlik qilardim. Har kuni yaylovdan qaytgach, quylarni sog‘ib, sutini avval ota-onamga, so‘ng bolalarim va ahli ayolimga berardim. Bir kuni yaylovda kech qolib ketdim, kelsam, ular uxlab qolishibdi. Odatdagidek, quylarni sog‘ib, sutini ota-onamning huzurlariga olib bordim-u, ularni uyg‘otishga botinolmay turib qoldim. Bolalarim ersa (sut so‘rab) oyoqlarim ostida talpinib yig‘lashardi. Shu ahvolda tong ottirdik. Yo Olloh, agar bilsang, bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini bir oz ochgil, toki biz osmonni ko‘raylik!» — deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orning og‘zini bir oz ochdi. Keyin, ularning ikkinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men amakimning qizlaridan birini erkaklar ayollarni yaxshi kurgandek qattiq sevardim. U (ya’ni, amakimning qizi menga): «Yuz dinor bermaguningcha maqsadga erisholmaysan», — dedi. Men yuz dinor topib uning oldiga bordim-da, o‘zimni oyoqlari orasiga olib erdim: «Ollohdan qyorqgil, muhrni halollab ochgil!» — dedi. Shunda men darhol o‘rnimdan turib, undan nari ketdim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini (kattaroq) ochgil!» — dedi. Olloh taolo g‘or og‘zining uchdan ikki qismini ochdi. So‘ng, ulardan uchinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men bir kishini bir faraq (3 so’) makkajo‘xoriga yollab erdim. Ish tugagach, haqini berdim, ammo u olmay ketib qoldi. Keyin, men o‘sha (bir faraq) makkajo‘xorini ekib, dehqonchilik qildim, hosilini sotib, puliga bir sigir va molga qarab turish uchun bir xizmatkor (qul) sotib oldim. Bir kuni o‘sha yollangan odam kelib, haqini mendan talab qildi. Men: «Bor, anavi sigir va uning boquvchisi senga!» — dedim. U menga: «Meni masxara qilayotirsanmi?» — dedi. Men: «Yo‘q, masxara qilmayotirman, o‘sha sigir va uning boquvchisi senga, ularni olib ketaver!» — dedim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. G’orning og‘zini butunlay ochgil!» — deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orniig ogzini butunlay ochdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:30:46
94-bob. Mushriklar va harb ahli (zimmiy bo‘lmagan, musulmonlar birlan urush holatida bo‘lgan g‘ayridinlar) birlan savdo-sotiq qilmoq haqida

Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘ltirgan erdik, sochlari o‘siq bir mushrik qo‘y yetaklab kelib qoldi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga: «Sotgani olib keldingmi yoki hadya qilganimi?» — dedilar. Mushrik: «Sotgani», — dedi. Keyin, Janob Rasululloh undan o‘shal qo‘yni sotib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:31:20
95-bob. Harb ahlidan qul sotib olmoq, uni ozod qilmoq va hadya qilmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ibrohim alayhissalom Bibi Sora birlan birga hijrat qilib, podshohi zolim bir yurtga keldilar. Shunda unga: «Ibrohim dunyoda tenggi yo‘q bir go‘zal ayol birlan birga shahringizga kirib keldi» — deb xabar qilishdi. Podshoh Ibrohim alayhissalomga odam yubordi. Ular Ibrohim alayhissalomdan: «Bu ayol kim?» — deb so‘rashdi. Ibrohim alayhissalom: «Bu mening (dindosh) singlim» — deb javob berdilar-da, Bibi Soraning huzurlariga kirib: «Msn sizni ularga (dindosh) singlim, dsb tanitdim. So‘zimni yolg‘onga chiqarmang. Biz hozir turgan yerda bizdan bo‘lak mo‘min yo‘q», — dedilar. So‘ng, Bibi Sorani podshohning huzuriga olib ketishdi. Bibi Sora saroyga borgach, tahorat olib, namoz o‘qidilar-da, Ollohga iltijo qilib: «Yo Olloh, senga va sening elchingga iymon keltirganman. Farjimni jufti halolimdan bo‘lak erkaklardan saqlaganman, kofirni menga ega qilmagil!» - dedilar. Podshoh Bibi Soraga endi yaqinlashmoqchi ham bo‘lgan erdiki, qandaydir kuch tomog‘idan bo‘g‘ib, nafas oldirmay qo‘ydi. Shunda Bibi Sora: «Yo Olloh, agar u o‘lib qolsa, Sora o‘ldirdi, deb o‘ylashur», — dedilar. Shul bois podshoh qo‘yib yuborildi. Ammo, u hushiga kelib, yana Bibi Soraga yaqinlashmoqchi bo‘ldi. Bibi Sora yana Olloh taologa iltijo qilib: «Yo Olloh, men senga va sening elchingga iymon keltirganman. Farjimni jufti halolimdan bo‘lak erkaklardan saqlaganman, kofirni menga ega qilmagil!» — dedilar. G’oibiy kuch uni yana bo‘g‘ib, nafas oldirmay qo‘ydi. Shunda Sora: «Agar u o‘lib qolsa, mendan ko‘rishur», — dedilar. U yana qo‘yib yuborildi. Uchinchi bor shu holat takrorlangandan ksyin, podshoh xodimlariga: «Xudo haqi, sizlar menga shaytonni olib kelibsizlar, buni Ibrohim alayhissalomga qaytaringlar, unga Hojarni ham berib yuboringlar!» — dedi. Bibi Sora Ibrohim alayhissalomning huzurlariga qaytib kelib: «Ko‘rdingizmi?! Olloh kofirni o‘z uyasida daf qilib, msnga Hojarni xizmatkor qilib bsrdi» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Abu Vaqqos birlan Abd ibn Zam’a bir yetim bola to‘g‘risida bahslashib qolishdi. Sa’d: «Yo Rasululloh, bu bola akam Utba ibn Abu Vaqqosning o‘g‘li bo‘lib, unga qarab turishni msnga vasiyat qilganlar.. Uning (akamga) o‘xshashligiga bir qarangiz!» — dedi. Abd ibn Zam’a: «Yo Rasulalloh, bu mening ukam, u otamning to‘shagida o‘z cho‘risidan dunyoga kelgan», — dedi. Janob Rasululloh uning (bolaning) Utbaga juda o‘xshashligini ko‘rib: «Bu bola seniki, ey Abdu! Bola to‘shak egasiniki, fohisha ersa boladan mahrum etiladi. Ey Savda binti Zam’a undan yuzingni berkit!» — dedilar. Shundan so‘ng, bola bir umr ko‘rmadi».

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasulalloh, men johiliyat davrida taqvodorlik va silai rahm birlan birga qullarni ozod etib, sadaqa ham berib turardi» Menga shu qilgan ishlarim uchun savob bormi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Shuncha qilgan xayrli ishlaring ustiga Islomni ham qabul qilding»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:31:51
96-bob. Harom ulgan hayvonlar terisi haqida

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh o‘tib ketayotib, harom o‘lgan bir qo‘yni ko‘rib qoldilar-da: «Uning terisidan foydalanmadingizlarmi?» — dedilar. Odamlar: «U harom o‘lgan-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Harom o‘lgan qo‘yning go‘shtinigina yeyish harom etilgan», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:33:09
97-bob. To‘ng‘iz (cho‘chqa)larni qirib, Yer yuzidan yo‘q qilish haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘ng‘iz (cho‘chqa) sotish harom qilganlar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot nomi birlan aytamanki, yaqinda Ibn Maryam adolatli hukm yuritish (Yer yuzida adolat o‘rnatish) uchun osmondan oralaringizga tushib, salb (krest)ni sindiradilar, to‘ng‘izni o‘ldiradilar, jizyani bekor qiladilar va boylik hech kim olgisi kelmaydirgan darajada oshib-toshib ketur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:33:37
98-bob. Harom o‘lgan hayvonning yog‘i na eritib olinur va na sotilur!

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhuga «Falonchi xamr (ichimlik) sotayotir» deb xabar berishdi. Shunda ul kishi ichimlik sotayotgan o‘shal odamni «Olloh taolo uni la’natlasin!» deb duoibad qildilar-da: «Nahotki u Janob Rasulullohning «Olloh taolo yahudiylarni la’natladi, ular harom o‘lgan hayvonlar yog‘ini yeyish man’ qilinganda ularning yeg‘larini eritib sotganlar va pulini yeganlar» deganlarini eshitmagan (bilmagan) bo‘lsa?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:34:14
99-bob. Ruhsiz narsalar suratini chizib sotish haqida

Sa’id ibn Abu Hasan rivoyat qiladshar: «Men Ibn Abbosning uylarida erdim, bir kishi huzurlariga kelib: «Ey Ibn Abbos, men qo‘llarim mehnati birlan tirikchilik qiladirgan odamman, men mana bunday suratlarni chizurman», — dedi. Shunda Ibn Abbos: «Men senga Janob Rasulullohdan bul xususda nimaiki eshitgan bo‘lsam, shuni ayturman, ul zot: «Kim surat chizgan bo‘lsa, Olloh taolo Qiyomat kuni chizgan suratlariga jon ato etmoqni amr qilib azoblar, ammo u ularga aslo jon ato etolmas!» — deb aytganlar», — dedilar. Buni eshitib, boyagi odamni qaltiroq tutdi, ranggi sarg‘ayib ketdi. So‘ng, Ibn Abbos unga: «Shu ishing birlan yana shug‘ullanaversang, holingga voy! Anavi daraxtni ko‘rib turibsan, uning ruhi yo‘q, o‘shani (ya’ni, tabiat manzaralarini) chizib yuraver!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyul 2008, 08:35:11
100-bob. Mast qilguvchi ichimliklarni sotish man’ qilingani haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mast qilguvchi ichimliklar sotishni man’ qildilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Baqara» surasining oxirgi oyatlari nozil bo‘lganda, Janob Rasululloh mast qilguvchi ichimliklar sotishni man’ qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Iyul 2008, 09:08:11
101-bob. Ozod odamni sotmoqning gunohi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qshadilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh azza va jalla: «Men Qiyomat kuni quyidagi uch toifa odamning dushmanidurman: mening nomim birla ont ichib va’da bergach, va’dasiga vafo qilmaganning, ozod odamni (qul qilib) sotib, pulini yeganning va bir odamni yollab ishlatib, so‘ng haqini bermaganning (dushmanidurman)», — deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Iyul 2008, 09:13:59
102-bob. Janob Rasulullohning yahudiylarni (Madinadan) badarg‘a qilayotganlarida yerlarini, uy-joylarini sotib ketishni amr qilganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yahudiylarni badarg‘a qilayotib, yer va uy-joylarini sotib ketishni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Iyul 2008, 09:15:28
103-bob. Qulni nasiyaga sotish va hayvonni hayvon (evazi)ga nasiyaga sotish haqida

Ibn Umar to‘rtta erkak tuya (evazi)ga bitta urg‘ochi tuya sotib olganlar.

Rofi’ ibn Xadiyj ikki tuyaga bir tuya sotib oldilar-da, bittasini berayotib: «Ikkinchisini, inshoolloh, ertaga olursan», — dedilar.

Ibn Musayyab: «Bir tuyani ikki tuyaga, bir qo‘yni ikki qo‘yga (nasiyaga) sotishda sudxo‘rlik yo‘q», — deydilar. Ibn Siriyn ham: «Bitta tuyani ikki tuyaga nasiyaga sotishda sudxo‘rlik yo‘q»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu: «Asirlar ichida Safiyya ham bor bo‘lib, u avval Dihyaning, so‘ng Janob Rasulullohning qo‘llariga o‘tdi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Iyul 2008, 09:21:35
104-bob. «O’lganimdan keyin ozodsan» deyilgan qulni sotish haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birovning «O’lganimdan keyin ozodsan» deb qo‘yilgan qulini sotdilar».

Zayd ibn Xolid va Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Agar cho‘ri o‘zini zinodan tiymasa, ne qilgaymiz?» — deb Janob Rasulullohdan so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Agar cho‘ri zino qilsa, darra uringiz, keyin yana zino qilsa, darra uringiz, keyin yana zino qilsa, darra uringiz-da, (bir jun arqon bahosida bo‘lsa ham) sotib yuboringiz!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Birortangizning cho‘ringiz zino qilsa-yu, gunohi isbotlansa, darra uringiz, ammo tanbih bermangiz, u yana zino qilsa, yana darra uringiz, ammo tanbih bermangiz, so‘ng u uchinchi bor zino qilsa-yu, aybi isbotlansa, bir jun arqon bahosida bo‘lsa ham, sotib yuboringiz!».
]
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Iyul 2008, 09:22:08
105-bob. Kishi (yangi sotib olgan yoki hadya qilingan) cho‘risini (bir bor hayz kurib, avvalgi egasidan) poklanmog‘ini talab qilmay, o‘zi birlan safarga olib ketsa, joizmi?

Hasan: «Kishi o‘zining (yangi sotib olgan yoxud hadya qilingan) cho‘risini (bir bor hayz ko‘rib, ilgarigi egasidan poklanmog‘ini talab qilmay), o‘psa yoki jimo’ qilsa, hechqisi yo‘q», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Agar juvon cho‘ri hadya qilinsa yoki sotilsa yoxud ozod qilinsa, bir bor hayz birlan bachadoni poklanmog‘i darkor, ammo bokiraning poklanmog‘i shart emas», — deydilar.

Ato: «Kishi homilador cho‘risining farjidan bo‘lak yeridan nasiba olsa, (ya’ni, o‘psa, quchoqlasa) zarari yo‘q», — deydilar.

Olloh taolo: «Ular (ya’ni, mo‘minlar) o‘z avratlarini (haromdan, zinodan) saqlaguvchilardir. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘llaridagi cho‘rilaridangina (saqlanmaydilar). Bas, ular malomat qilinmaydilar», — deydi («Mo‘minun» surasi, 6—7-oyatlar).

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi na sallam Xaybarga kelib, Olloh taolo Xaybar qal’asini ul zotga fath etganda Safiyya binti Huyay ibn Axtabning jamolini vasf qilishdi. Safiyya yosh kelinchak bo‘lib, eri jangda o‘ldirilgan erdi. Janob Rasululloh uni o‘zlariga tanlab oldilar-da, u birlan yo‘lga chiqdilar. Biz Ravho to‘g‘oniga yetib kelgach, Janob Rasululloh Safiyyani ozod qilib, unga qo‘shildilar. So‘ng, ul zot kichik bir charm palosni yozib, unga hays tayyorlab qo‘ydilar. Keyin, menga: «Atrofingdagilarni ziyofatga chaqir!» — dedilar. Bu Janob Rasulullohning Safiyyaga uylanganliklari munosabati birlan berilgan ziyofat erdi. Keyin biz Madinaga yo‘l oldik. Shunda men Janob Rasulullohning Safiyyani chakmonlariga o‘rab olib chiqqanlaridan so‘ng tizzalarini ung‘a tutganlarini, ul ersa tizzalariga oyog‘ini quyib, tuyaga minib olganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Iyul 2008, 09:22:46
106-bob. Harom o‘lgan hayvon go‘shti va butlarni sotish haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Makka fath etilgan yili Makkada: «Olloh va uning Rasuli mast qilguvchi ichimlik, harom o‘lgan hayvon (go‘shti), cho‘chqa go‘shti va butlarni sotishni man’ qildi», — dedilar. Shunda Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, xarom o‘lgan hayvon yog‘idan kema va terilarga ishlov berishda hamda chiroq o‘rnida foydalaniladi-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Uni sotmangizlar, uni sotish haromdur», — dedilar. So‘ngra: «Yahudiylarni Olloh la’natladi, chunki Olloh ularga harom o‘lgan hayvon yog‘ini yeyishni harom etganda, ular uni eritib olib sotdilar va pulinn yedilar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Iyul 2008, 09:23:09
107-bob. It sotib, pulini yeyish haqida

Abu Mas’ud al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam it sotib, fohishalik qilib, surat chizib va kohinlik qilib pul topishni (olishni) man’ qildilar».

Abu Hujayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Otam bir qortiqchi g‘ulom sotib oldilar. Shunda men buning sababinn so‘rab erdim, ul kishi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qon olganlik uchun pul olishni, it sotib, fohishaliq qilib pul topishni, cho‘rining badanini pullashni man’ qildilar hamda birovning badaniga igna birlan rasm chizuvchi va o‘z badaniga shunday rasm chizdiruvchilarni, poraxur (sudxo‘r birlan uning vositachisini va (ruhi bor narsalarni chizguvchi) rassomlarni la’natladilar», — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:22:22
BO’NAK BERIB MOL OLISH HAQIDA KITOB

1-bob. Bo‘nak berib mol olish chogida molni o‘lchab olmoqlikning zarurligi haqida


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida odamlar bo‘nak (avans) berib, qolgan haqini ersa bir-ikki yilda uzish sharti birlan samar (don-dun, meva-cheva va sabzavot) olar erdilar. (Buni ko‘rib), Janob Rasululloh: «Kimki bo‘nak (avans) berib, qolgan haqini ersa ma’lum muddatda uzish sharti birlan xurmo (va undan bo‘lak narsalar) oladirgan bo‘lsa, o‘lchanadirganini o‘lchab, tortiladirganini tortib olsin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:22:37
2-bob. Bo‘nak berib mol olish chog‘ida molni tortib olmoqlikning zarurligi haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.

Muhammad yoki Abdulloh ibnAbu Mujolid rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Shaddod ibn al-Hod va Abu Burda bo‘nak (avans) berib mol olish xususida bahslashib qolib, meni Ibn Abu Avfo raziyallohu anhuning huzurlariga junatishdi. Men borib, Ibn Abu Avfodan so‘rab erdim, menga: «Biz, shuningdek Abu Bakr ham, Umar ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida bo‘nak (avans) berib bug‘doy, arpa va mayiz olar erdik», — dedilar. So‘ng, men Ibn Abziydan ham so‘radim, ul kishi ham aynan shul gapni aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:22:50
3-bob. Bo‘nak berib yersizlardan mol olish haqida

Muhammad ibn Abu Mujolid rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Shaddod va Abu Burda meni Abdulloh ibn Avfo raziyallohu anhuning huzurlariga yuborib, «Janob Rasulullohning davrlarida sahobalar bo‘nak berib bug‘doy olishar erdimi?» deb so‘rab kelishimni iltimos qilishdi. Men borib, Abdulloh ibn Avfodan shul haqda so‘rab erdim, ul kishi: «Shom ahli orasiga kelib o‘rnashib qolgan nabiylardan bo‘nak berib, qolgan haqini ersa muayyan muddatda uzish sharti birlan ma’lum ulchovda arpa, bug‘doy va mayiz olar erdik», — dedilar. Shunda men: «Yeri bor kishilardanmi?» — dedim. Ul kishi: «Biz buni ulardan so‘rab ultirmas erdik», — dedilar. So‘ng, ikkalalari meni Abdurrahmon ibn Abziyning huzurlariga jo‘natishdi. Men borib, ul kishidan shul haqda so‘rab erdim, menga: «Janob Rasulullohning sahobalari ul zotning davrlarida bo‘nak berib odamlardan bug‘doy, arpa va mayiz olishar erdi, ammo biz ulardan: «Yerlaringiz bormi yo yo‘qmi?» — deb so‘rab o‘ltirmas erdik», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:23:00
4-bob. Bo‘nak berib xurmo olmoq haqida

Abu Buxturiy bunday deydilar: «Men Ibn Umar raziyallohu anhudan bo‘nak berib xurmo olish tug‘risida so‘radim. Ul kishi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xurmoni to yetilib pishmaguncha hamda kumushni nasiyaga sotishni ta’qiqladilar», — dedilar».

Abu Buxturiy bunday deydilar. «Men Ibn Umar raziyallohu anhudan bo‘nak berib xurmo olish tugrisida so‘radim. Ul kishi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xurmoni pishib yetilmaguncha va kumushni tillaga nasiyaga sotishdan qaytardilar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:23:13
5-bob. Bo‘nak berib mol olishdagi kafolat haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir yahudiydan (bo‘nak berib) nasiyaga taom sotib oldilar-da, (qolgan haqining kafolati uchun) temir sovutlarini unga garovga qoldirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:23:32
6-bob. Bo‘nak berib mol olishda biror narsani garovga qoldirmoq haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

7-bob. Bo‘nak berib, qolgan haqini ersa ma’lum muddatda uznsh sharti birlan mol olish haqida

Bu yerda yuqoridagi hadislar takrorlangan.

8-bob. Tuyaning qornidagi bolasi uchun bo‘nak haqida

Abdulloh raziyallohu anhu: «Odamlar tuyaning qornidagi bolasini ham savdolashishar erdi. Janob Rasululloh bunday qilmoqdan qaytardilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:23:51
Bismillahir rohmanir rohim.

SHUF’A KITOBI

{Shuf’a — uy va yerlari tutash bo‘lgan qo‘shnilarning bir-birlarining uy va yerlarini hamda biror mulkka sherik yoxud biror mulkda ulushi (nasibasi) bor kishilarning bir-birlarining ulush (nasiba)larini birinchi bo‘lib sotib olish huquqlaridur. Shunga binoan, qo‘shni yon qo‘shnisining ijozatisiz o‘z uyi va yerini hamda sherik sherigining ruxsatisiz o‘z ulushi (nasibasi)ni birovga sota olmas}.

1-bob. Taqsimlanmagan (umumiy) mulqda shuf’a (huquqi) mavjud, agar ul mulk taqsimlanib, chsgaralari belgilangan bo‘lsa, unda shuf’a (huquqi) yo‘qdur.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday taqsimlanmagan (umumiy) mulkka nisbatan shuf’a (huquqini) joriy qildilar. Agar umumiy mulk taqsimlanib, chegaralari belgilangan bo‘lsa, unda shuf’a (huquqi) yo‘qdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:24:06
2-bob. Biror mulkda shuf’a huquqi bor kishiga o‘shal mulkni birovga sotishdan oldin «Olasanmi?» deb taklif qilmoq haqida

Amr ibn Sharid rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ozod qilgan qullari Abu Rofi’ raziyallohu anhu Sa’d ibn Abu Vaqqosning huzurlariga kelib, ul kishiga: «Hovlingizdagi uyimni mendan sotib olingiz!» — dedilar. Sa’d: «Olloh taolo haqi, men senga (uying uchun) to‘rt ming (boshqa rivoyatda «turt yuz» misqol)dan ortiq bermasman, shunda ham muayyan muddatda bo‘lib-bo‘lib berurman», — dedilar. Abu Rofi’: «Uyimni besh yuz dinorga oladirgan xaridor bor erdi. Agar men Janob Rasulullohning «Qo‘shni qo‘shniga (uy-joylarining) tutashligi birlan (boshqalardan ko‘ra) haqliroqdur» deganlarini eshitmaganimda erdi, besh yuz dinorga oladirgan xaridorim bo‘la turib, uni sizga to‘rt yuz dinorga bermas erdim!» — dedilar-da, uylarini ul kishiga (to‘rt yuz dinorga) sotib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:24:18
3-bob. Qo‘shnilardan qaysinisi yaqinroq?

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, mening ikkita qushnim bor, ularning qay biriga hadya qilayin?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Qay birining eshigi o‘zingga yaqinroq bo‘lsa, o‘shanga», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:24:32
Bismillahir rohmanir rohim.

ODAM YOLLAB ISHLATISH HAQIDA KITOB

1-bob. Solih odamni yollab ishlatish haqida


Olloh taoloning qavli: «Ey otajon, uni (Musoni ishga) yollangiz, zero siz yollagan shaxs eng yaxshi, kuchli, ishonchlidir» («Qasas» surasi, 26-oyat).

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ikki ash’ariy birlan birga kelib: «Bilishimcha, bular amal so‘rab kelishgan», — dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Biz amal so‘rab kelgan odamni amalimizga ta’yin qilmasmiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:24:42
2-bob. Bir necha qiyrotga qo‘ychivonlik qilish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yuborgan barcha payg‘ambarlar qo‘ychivonlik qilishgan», - dedilar. Sahobalar: «Siz ham qo‘ychivonlik qilganmisiz, yo Rasulalloh?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ha, bir necha qiyrotga Makka ahlining qo‘ylarini boqar erdim», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:24:53
3-bob. Zarurat tug‘ilganda yoki ahli Islomdan biror odam toiilmaganda mushriklarni ham yollab ishlatishning joizligi haqida

Nabiy sallallohu alayxi va sallam Xaybar yahudiylarini yollab ishlatganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh va Abu Bakr (avval) Banu ad-Dayl qavmiga, keyinchalik Banu Abd ibn Adiy qavmiga mansub bir odamni (u Quraysh kofirlari dinida erdi) mohir yul ko‘rsatuvchi bo‘lgani uchun o‘zlariga yo‘l ko‘rsatuvchi qilib yollashdi-da, unga ikki tuyalarini topshirib, u birlan uch kechadan keyin Savr g‘orida uchrashishni va’dalashishdi. U uchinchi kechaning tonggida tuyalarni ularga (eson-omon) topshirdi. Shu yerdan ular Omir ibn Fuhayra va yul ko‘rsatuvchi birlan birga yo‘lga tushdilar. Yo‘l ko‘rsatuvchi ularni sohil bo‘ylab boshlab ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:25:09
4-bob. Agar kishi bir odamni uch kun, bir oy yoki bir yildan keyin ishlab berish sharti birlan yollagan bo‘lsa, joizdur. Faqat, ikkalasi va’dalashilgan vaqt kelganda o‘rtalaridagi kelishuvga vafo qilmoqlari darkor bo‘lur.

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

5-bob. G’azot vaqtida xizmat qilishi uchun odam yollash haqida.

Ya’lo ibn Umayya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Usra g‘azotiga chiqdim. Bul g‘azotda ishtirok qilganim mening eng umidbaxsh amallarimdan erdi. O’shal g‘azot vaqtida menga xizmat qilmog‘i uchun bir odamni yollagan erdim. U bir odam birlan janjallashib, biri ikkinchisining barmog‘ini tishlab oldi. Barmog‘i tishlangan odam tishlagan odamning og‘zidan barmog‘ini tortib olganda uning kurak tishi tushib ketdi. Keyin, ikkalasi janjallashib Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Ul zot: «Ul o‘z barmog‘ini ayg‘ir kabi chaynagin, deb og‘zingga tiqmagan-ku!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:25:20
6-bob. Bir odamni yollab, unga qilinadirgan ish muddatini aytgan, ammo uning qanday ish ekanligini aytmagan kishi haqida

Olloh taoloning qavli: «(Shuayb) aytdi: «(Ey Muso, agar rozi bo‘lsang), menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Agar o‘n yil to‘la ishlab bersang, sen tomoningdan (bizga marhamat bo‘lur). Men seni qiynashni istamayman. Inshoolloh, sen mening solih odam ekanligimni ko‘rursan». (Muso) dedi: «Mana shu sen birlan mening o‘rtamizdagi (bitimdur). Ikki muddatdan qay birini ado etsam bas, menga zo‘rlik qilinmas. Olloh aytayotgan so‘zimizga guvohdir» («Al-Qasas» surasi, 27-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:25:30
7-bob. Yiqilay deb turgan devorni tiklash uchun odam yellashning joizligi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «So‘ng, (Muso va Xizr alayhissalom) yana yo‘lga tushdilar, yiqilay deb turgan bir devorni ko‘rishgach, (Xizr alayhissalom) qo‘llari birlan uni tiklab qo‘ydilar. Shunda Muso alayhissalom Xizr alayxissalomga: «Agar xohlasangiz, shu mehnatingiz uchun haq olishingiz mumkin», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:25:41
8-bob. Kunning yarmigacha (peshingacha) odam yollab ishlatish xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Sizlar birlan ikki kitob ahlini (ya’ni, yahudiy va nasorolarni) quyidagicha qiyoslash mumkin:
Bir odam: «Kim ertalabdan kunning yarmiga qadar bir qiyrot haq uchun menga ishlab berur?» — deb odam yollamoqchi bo‘ldi. Shunda yahudiylar (rozi bo‘lib) unga yollanib ishlashdi. Keyin, u (yana): «Kim kunning yarmidan asrgacha bir qiyrot haq uchun menga ishlab berur?» — dedi. Shunda nasorolar (rozi bo‘lib) unga yollanib ishlashdi. So‘ng, u (yana): «Kim asrdan to Quyosh botguncha ikki qiyrot haq uchun menga ishlab berur?» — dedi. Ana o‘shal yollanganlar siz (musulmonlar)dursizlar. Shunda yahudiy va nasorolar gazablanib: «Biz ko‘p ishladik, ammo kam haq oldik», — deyishdi. Odam yollagan kishi ularga: «Men haqingizdan urib qoldimmi?» — dedi. Ular: «Yo‘q, (va’dalashilgan haqni to‘la-to‘kis berding)», — deyishdi. U: «Mening fazlim shunday, uni o‘zim istagan kishiga ato eturman!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:25:53
9-bob. (Peshindan) asr namozigacha odam yollab ishlatish haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

10-bob. Yollab ishlatilgan odamning haqini bermaslikning gunohi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy salyaallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo: «Men Qiyomat kuni quyidagi uch toifa odamning dushmanidurman: mening nomim birla ont ichib va’da bergach, va’dasiga vafo qilmaganning, ozod odamni (qul qilib) sotib, pulini yeganning pa bir odamni yellab ishlatib, so‘ng haqini bermaganning (dushmanidurman)», — deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:26:12
11-bob. Asrdan tungacha odam yollab ishlatish xususida

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Musulmonlar, yahudiylar va nasroniylar bir kishi ma’lum haq badaliga ertalabdan tungacha ishlash sharti birlan yollagan qavmga o‘xshaydilar. Ular (yahudiylar) o‘shal kishiga yollangach, kunning yarmiga qadar ishladilar-da, (mehnatga toqat qilolmay, tanballik qilib va ahdlariga xiyonat qilib): «Sen biz birlan shartlashgan haqqa ehtiyojimiz yo‘q, (kunning yarmiga qadar) qilgan ishimiz ham xayf bo‘ldi», — deyishdi. Shunda boyagi kishi ularga: «Bunday qilmangizlar, zimmangizdagi ishni nihoyasiga yetkazib, haqingizni to‘la-to‘kis olingizlar!»— dedi. Ammo, ular ko‘nmay, ketib qolishdi. Keyin, boyagi kishi ularning o‘rniga boshqa bir qavmni (nasroniylarni) yollab: «Kunning qolgan qismida ishni nihoyasiga yetkazsangizlar, men peshingacha ishlab ketib qolganlar birlan shartlashgan haqni sizlarga berurman», — dedi. Ular ham asr vaqtigacha ishlagach, (avvalgi qavm kabi mshnatga toqat qilolmay, tanballik qilib va ahdlariga xiyonat qilib): «Zoe ketgan ishimiz ham o‘zingga siylov, sen bizga va’da qilgan haq ham o‘zingga siylov!» — deyishdi. Shunda boyagi kishi ularga: «Zimmangizdagi ishni nihoyasiga yetkazingizlar, kech kirishiga hech qancha vaqt qolgani yo‘q, (ko‘pi ketib, ozi qoldi, qirqiga chidab, biriga chidamaysizlarmi?)» — dedi. Ammo, ular ham ko‘nmay, ketib qolishdi. So‘ng, boyagi kishi ularning o‘rniga bo‘lak bir qavmni kunning qolgan qismida ishlatish uchun yolladi. Ular quyosh botgunga qadar ishlab, (ishni poyoniga yetkazishdi-da), avvalgi (mshnatga chidamagan) ikkala qavmning haqini olishga muyassar bulishdi. Bu — Olloh taoloning hidoyatini hamda Ollohning Rasuli keltirgan narsalarni qabul qilgan musulmonlar birlan Olloh taoloning buyurgan narsalarini tark qilgan yahudiy va nasroniylarni o‘zaro qiyoslovchi bir misoldur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:27:56
12-bob. Yollangan odamning omonat qoldirgan haqini ishlatib, ko‘paytirib qo‘ygan yoki birovning molini ishlatib, ko‘paytirib qo‘ygan kishi haqida

Ibn Umar raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Uch kishi yo‘lda ketayotgan erdi. Birdan yomg‘ir yog‘ib qolib, tog‘dagi bir g‘orga kirib berkinishdi. Shu payt. tog‘dan bir katta tosh dumalab tushib, g‘orning og‘zini to‘sib qo‘ydi. Shunda ular o‘zaro: «Olloh taolo yo‘lida biror amali solih qilgan bo‘lsangizlar, o‘shani o‘rtaga qo‘yib parvardigorga iltijo qilingizlar, zora u g‘orning og‘zini ochsa» — deyishdi. Ulardan biri: «Yo Olloh, mening keksayib qolgan ota-onam bor erdilar. O’zim ersam qo‘ychivonlik qilar erdim. Har kuni yaylovdan qaytgach, qo‘ylarni sog‘ib, sutini avval ota-onamga, so‘ng bolalarim va ahli ayolimga berar erdim. Bir kuni yaylovdan kechroq qaytdim, qarasam, ular uxlab qolishibdi. Odatdagidek, qo‘ylarni sog‘ib, sutini ota-onamning huzurlariga olib bordim-u, lekin ularni uyg‘otishga jur’at qilolmay tepalarida turib qoldim. Bolalarim ersa (sut so‘rab) oyoqlarim ostida talpinib yig‘lashar erdi. Shu ahvolda tong ottirdik. Yo Olloh, agar bilsang, bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini bir oz ochgil, toki biz osmonni ko‘raylik!» — deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orning og‘zini bir oz ochdi. Keyin, ularning ikkinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men amakimning qizlaridan birini erkaklar ayollarni yaxshi ko‘rgandek qattiq sevar erdim. U menga: «Yuz dinor bermaguningcha maqsadga erisha olmaysan», — dedi. Men yuz dinor topib uning oldiga bordim-da, o‘zimni oyoqlari orasiga olib erdim: «Olloh taolodan qo‘rqgil, muhrni halollik birlan ochgil!» — dedi. Shunda men darhol o‘rnimdan turib, undan nari ketdim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilganimdan qilgan erdim. Bizga g‘orning ogzini (kattaroq) ochgil!» — dedi. Olloh taolo g‘or og‘zining uchdan ikki qismini ochdi. So‘ng, ulardan uchinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men bir kishini bir faraq (3 so’) makkajo‘xoriga yollab erdim. Ish tugagach, haqini berdim, ammo u olmay, (omonat) qoldirib ketdi. Keyin, o‘sha (bir faraq) makkajo‘xorini ekib, dehqonchilik qildim, hosilini sotib, puliga bir sigir va molga qarab turish uchun bir xizmatkor (qul) sotib oldim. Bir kuni o‘sha yollangan odam kelib, haqini mendan talab qildi. Men: «Bor, anavi sigir birlan uning boquvchisini
olib ketaver!»— dedim. U menga: «Mening ustimdan kulayotirsanmi?» — dedi. Men: «Masxara qilayotganim yo‘q, o‘sha sigir va uning boquvchisi seniki, ularni olib ketaver!» — dedim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilganimdan qilib erdim. G’orning ogzini butunlay ochgil!» —dedi. Shunda Olloh taolo gorning og‘zini butunlay ochdi, ular tashqariga chiqib, yo‘llarida davom etdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:28:04
13-bob. Hammol bo‘lib yollangan, so‘ng hammollikdan topgan narsasini sadaqa qilgan kishi hamda hammollik qilib haq olish haqida

Abu Mas’ud Al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz sahobalarga sadaqa qilishni buyursalar, bozorga borib, hammollik qilardik. So‘ng, haqiga bir mudd (egulik) olib, uni sadaqa qilar erdik. Hozir ersa ba’zilarimizda yuz ming dinor bor».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:28:13
14-bob. Urush yerida (musulmonlarga tobe bo‘lmagan yerda yashovchi) mo‘minning mushrikka yollanib ishlamog‘i mumkinmi?

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men temirchi erdim, talay vaqt Osiy ibn al-Voilga yollanib ishladim. Unda ancha haqim yig‘ilib qolgan bo‘lib, uni talab qilgani borgan erdim, u menga: «Agar Muhammadning diniga kufr keltirsang, qarzimni uzaman, aks holda mendan bir dirham ham ololmaysan!» — dedi. Men: «Sen o‘lib, qayta tirilguningga qadar ham Muhammadning diniga kufr keltirmasman!»— dedim. U: «Hali, men o‘lib, qayta tirilamanmi?» — dedi. Men: «Ha», — dedim. U: «Unday bo‘lsa, (qayta tirilganimda) u dunyoda ham mening molu dunyom va bolalarim bo‘lur. Ana o‘shanda qarzimni uzurman», — dedi. Shundan so‘ng, Olloh taolo: «Bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «U dunyoda ham mening molu dunyom va bolalarim bulur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi?» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:28:34
15-bob. Arab qabilalari (dan birining boshlig‘i)ni «Fotiha» surasi birlan dam solib davolagan (sahoba)ga haq berilgani xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Evaziga haq oladirgan narsalaringiz ichida Ollohning Kitobi haqliroqdur!» — deb marhamat qildilar».

Sha’biy: «(Qur’on) muallimi (falon narsa yoxud falon miqdorda pul berilishini) shart qilib quymay, nima berilsa, o‘shani olmog‘i lozim», — deydilar.

Hakam: «Men biror faqihning (Qur’on) muallimining haq olmog‘ini rad qilganini eshitmaganman», — deydilar.

Hasan (Qur’on) muallimiga o‘n dirham berganlar.

Ibn Sirin: «Qur’on o‘qib dam soluvchi haq olsa, hechqisi yo‘q», — deydilar.

Abu Sa’id (al-Xudriy) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir guruh sahobalari safarga chiqib, yul-yulakay arab qabilalaridan birining manziliga borib tushishdi-da, mehmon qilishlarini so‘rashdi, lekin ular ko‘nishmadi. Keyin, o‘sha qabilaning oqsoqolini chayon chaqib oldi. Ular barcha choralarni ko‘rishdi, lekin foydasi bo‘lmadi. Shunda ulardan ba’zilari: «Bizning manzilga kelib tushganlarning birortasida, ehtimol, dori-darmon bordir?» _ deyishdi. Keyin, ular sahobalar huzuriga kelib: «Ey odamlar, bizning oqsoqolimizni chayon chaqib oldi, barcha choralarni qildik, lekin foyda bermadi. Sizlarning birortangizda dori-darmon topiladimi?» — deb so‘rashdi. Shunda sahobalardan biri: «Ha, xudo haqqi, men duoxonman, lekin sizlardan bizni mehmon qilishlaringizni so‘raganimizda, ko‘nmadingizlar. Endi, toki bizga haq to‘lamas ekansizlar, dam solmayman», — dedilar. Nihoyat, har ikki tomon bir poda qo‘yga kelishishdi. Boyagi sahoba borib, «Surai Fotiha»ni o‘qib dam sola boshladilar. Oqsoqol to‘lg‘anib yetgan yeridan turib, yurib ketdi. So‘ng, qabila ahli kelishilgan qo‘ylarni sahobalarga berayotib: «Qo‘ylarni sizlarga taqsimlab beraylikmi?» — deyishgan erdi, dam solgan sahoba: «Yo‘q, bunday qilmangizlar, biz avval Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytaylik, so‘ng ul zot nimaiki buyursalar, shuni qilaylik», — dedilar. Keyin, sahobalar Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dam solgan sahobaga: «Surai Fotiha»ning davo erkanligini qaerdan bilding? Qo‘ylarni mening iznimsiz taqsimlab olmay, tug‘ri qilibsizlar, ularni o‘zaro taqsimlab, menga ham ulush ajratingizlar!» — dedilar-da, kulib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:28:44
16-bob. Qul bo‘ynidagi to‘lov haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Tayba Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qortiq solib qon oldi. So‘ng, ul zot unga bir yoki ikki so’ xurmo berishni amr qildilar va uning egalari birlan gaplashdilar, ular uning bo‘ynidagi to‘lovni kamaytiradirgan bo‘lishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:28:52
17-bob. Qortiqchiga haq berish haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qortiq soldirib, qortiqchiga haq berdilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qortiq soldirdilar-da, qortiqchiga haq berdilar. Agar qortiqchiga haq berishni makruh, deb bilganlarida erdi, unga haq bermas erdilar».

Amr ibn Omir rivoyat qiladilar. «Anasning aytishlaricha, Janob Rasululloh tez-tez qortiq soldirib turar va doimo qortiqchiga haq to‘lar erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:29:02
18-bob. Qul egalariga o‘z qullari bo‘ynidagi to‘lovni kamaytirmoqni amr qilgan zot haqlarida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qulni huzurlariga chaqirib, qortiq soldirdilar. So‘ng, unga bir yoki ikki so’ (exud bir yoki ikki mudd) xurmo berishni buyurdilar hamda uning buynidagi to‘lovni kamaytirmoqni egalariga tayinladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:29:11
19-bob. Fohishalik qilib va cho‘rilarning badanini pullab kun ko‘rishning makruhligi haqida

Ibrohim azalarda yig‘lab berib haq olmoqni, ashula va raqs tushib pul topmoqni makruh hisoblaganlar.

Olloh taoloning qavli: «Poklikni istagan cho‘rilaringizni hayoti dunyo narsalarini deb zinokorlik qilishga majburlamanglar. Endi kim ularni majbur etsa, bas, albatta, Olloh majburlaganlaridan so‘ng, (ul cho‘rilarni) mag‘firat qilguvchi va (ularga) rahm-shafqat qilguvchidur» («Nur» surasi, 33 oyat).

Abu Mas’ud al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam it sotib, fohishalik va kohinlik qilib kun ko‘rishdan qaytardilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh cho‘rilarning badanini pullab tirikchilik qilishni man’ etdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:29:22
20-bob. Erkak hayvonni ijaraga berib haq olish xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam erkak hayvonni (urg‘ochi hayvonni qochirib olish uchun) ijaraga berib haq olishdan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:29:31
21-bob. Bir kishi ikkinchi bir kishidan ijaraga yer olsa-yu, so‘ng ikkalasidan biri vafot etib qolsa...

Ibn Siriyn: «Mayyit oilasi ijara muddatini nihoyasiga yetkazishi shart emas», — deydilar. Al-Hakam, al-Hasan va Iss ibn Muoviya: «Ijara muddati oxirigacha yetkazilishi ksrak», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Xaybar yerlarini (yahudiylarga) teng sheriklikka ijaraga berdilar va bu tartib Janob Rasululloh davrlarida ham, Abu Bakr va Umar davrlarida ham, (Muoviya xalifaligining dastlabki davrida ham) o‘zgarmadi».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar yerlarini undan olinadigan hosilning teng yarmini olish sharti birlan (ijaraga) berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:29:51
Bismillahir rohmanir rohim.

BIR KISHI ZIMMASIDAGI QARZNING IKKINCHI BIR KISHI ZIMMASIGA HAVOLA QILINISHI HAQIDAGI BOBLAR

1-bob. Bir kishi zimmasidagi qarzning ikkinchi bir kishi zimmasiga havola qilinishi xususida. Bir kishi o‘zining zimmasidagi qarzni uzmoqni ikkinchi bir kishiga havola qilsa, zimmasiga qarz havola qilinayotgan kishi uni rad etadimi?


Hasan va Qatoda: «Agar qarzini havola qilguvchi kishi havola qilayotgan vaqtida o‘zi boy bo‘lsa, havola qilinayotgan odamning uni rad etmog‘i joizdur», — deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zimmasidagi qarzni to‘lashga qodir odamning qarzini ataylab to‘lamay yurishi (qarz bergan odamga nisbatan) zulmdur! (Garchi qarz  odam bergan qarziga muhtoj bo‘lmasa-da, uni uzmoqlik zarurdur). Agar birortangizning zimmangizdagi qarzni uzmoqlik biror boy kishiga havola qilinsa, u rad etmasin!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:30:03
2-bob. Agar bir kishi o‘zining zimmasidagi qarzni uzmoqni biror boyga havola qilsa, u rad etmasin!

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

3-bob. Agar mayyitning zimmasidagi qarzni uzmoqlik biror kishiga havola qilinsa, joizdur.

Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirgan erdik, tobutda bir mayyitni keltirishdi-da, ul zotdan unga janoza o‘qishlarini iltimos qilishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Uning qarzi bormi?» — dedilar. «Yo‘q»,— deyishdi. «Biror narsa (boylik, meros) qoldirganmi?» — dedilar. «Yo‘q», — deyishdi: Shundan keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga janoza o‘qidilar. So‘ng, yana bir mayyitni keltirishdi-da, ul zotdan unga janoza o‘qib berishni so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Uning qarzi bormi?» — dedilar. «Ha», — deyishdi. «Biror narsa qoldirganmi?» — dedilar. «Uch dinor», — deyishdi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh unga ham janoza o‘qidilar. So‘ng, uchinchi mayyitni keltirishib, Janob Rasulullohdan unga janoza o‘qib berishlarini so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Biror narsa qoldirganmi?» — dedilar. «Yo‘q», — deyishdi. So‘ng: «Qarzi bormi?» — dedilar. «Uch dinor», — deyishdi. Shunda ul zot: «Bu odamga o‘zlaringiz janoza o‘qiyveringizlar» — deb erdilar, Abu Qatoda: «Yo Rasulalloh, uning qarzi mening zimmamga, janozasini uqib beringiz» — dedilar. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh uning janozasini o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:30:15
4-bob. Pul yo mol birlan berilgan qarzning uzilmog‘iga biror narsani garov yoxud biror kishini kafil qilmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Banu Isroilga mansub bir yahudiy ikkinchi bir yahudiydan qarz so‘radi. Shunda qarz berguvchi: «Menga ishonchli guvohlar keltir!» — dedi. Qarz olguvchi: «Ollohning guvohligi kifoya» — deb aytdi. Qarz berguvchi: «Unday bo‘lsa, menga kafil keltir!» — dedi. Qarz olguvchi: «Ollohning kafilligi kifoya», — dedi. Qarz berguvchi: «Rost gapni aytding», — dedi-da, unga muayyan muddatga qarz berdi. Keyin, qarz olgan odam kemaga ultirib ravona bo‘ldi-da, mo‘ljallagan ishlarini ado etgach, qarz bergan odamga olgan qarzini vaqtida olib borib berish uchun kema axtara boshladi, ammo birorta ham kema topa olmadi. Noiloj, u bir yog‘ochni oldi-da, ichini uyib, kavagiga ming dinor va qarz bergan kishiga yozgan xatini tiqib qo‘ydi. So‘ng, kavak og‘zini berkitib, yog‘ochni dengiz sohiliga olib keldi-da: «Yo parvardigoro, mening bir odamdan ming dinor qarz olganimni va u guvoh keltirmog‘imni talab qilganda «Ollohning guvohligi kifoya» deganimni, so‘ng u sening guvohligingta rozi bo‘lib, kafil keltirmog‘imni talab qilganda «Ollohning kafilligi kifoya» deganimni va u sening kafilligingga rozi bo‘lganini bilursan. Keyin, men uning haqini vaqtida olib borib berish uchun kema topishga ko‘p harakat qildim, ammo topolmadim. Endi, bu omonatni senga ishonib topshirurman» — deb yog‘ochni dengizga tashladi, yog‘och dengizda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
So‘ng, u o‘z yurtiga boradirgan kema axtara boshladi. Unga qarz bergan boyagi kishi xususiga kelsak, u: «Shoyad qarz olgan kishi biror kemada pulimni olib kelib qolgan bo‘lsa, borib qaray-chi!» — dedi-da, uyidan chiqib sohilga bordi. Shunda uning ko‘zi suvda qalqib turgan bir yog‘ochga tushib, «O’tinga yarab qolar» degan o‘y birlan uni uyiga olib ketdi.
Uyiga borgach, yog‘ochni arralab erdi, ichidan pul va bir xat chiqdi. Shu asnoda qarz olgan kishi yetib kelib, ung‘a ming dinor uzatdi-da: «Olloh taolo haqi, qarzimni vaqtida olib kelib berish uchun tinmay kema axtardim, ammo hozir men kelgan kemadan ilgariroq yo‘lga chiqadirgan kema topolmadim» — deb uzr aytdi. Qarz bergan kishi unga: «Menga biror narsa jo‘natib erdingmi?» — dedi. Qarz olgan kishi: «Senga hozir aytdim-ku, axir, bundan ilgariroq yetib kelish uchun kema topolmadim, deb!» — dedi. Shunda qarz bergan kishi unga: «Darhaqiqat, Olloh taolo yog‘och ichida yuborgan narsangni sening nomingdan menga yetkazdi», — dedi. So‘ng qarz olgan kishi o‘zi birlan olib kelgan ming dinorni qaytarib olib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:30:44
5-bob.

Olloh taoloning qavli: «Ul kishilariki, ular birlan ahd-paymon qildingiz, bas, ularga o‘z hissalarini beringiz» («Niso» surasi, 33-oyat)

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Har bir inson uchun mavoliy ta’yin qilib quydik» degan qavlidagi «mavoliy» suzining ma’nosi «merosxo‘rlar» demaqdur. «Ul kishilariki, ular birlan ahd-paymon qildingiz...» degan qavli ersa muhojirlarni anglatur, chunki muhojirlar Madinaga kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni ansorlar birlan ahdu paymonli birodar qilib quygan erdilar. Mana shu ahdu paymonga binoan, muhojir marhum ansoriy birodariga (qarindosh bo‘lmasa-da) merosxo‘r bo‘lar erdi. Olloh taoloning «Har bir inson uchun ota-ona va (bo‘lak) qarindoshlar qoldirib ketgan merosga merosxo‘rlar ta’yin qilib qo‘ydik» degan oyati karimasi nozil bo‘lgach, muhojirlar birlan ansorlarning o‘zaro merosxo‘rligi bekor qilindi. Endi, ular vasiyatga binoan o‘z nasibalarini oladirgan bo‘ldilar».

Anas raziyallohu anhu: «Abdurrahmon ibn Avf bizning huzurimizga keldi, shunda Janob Rasululloh u birlan Sa’d ibn ar-Rabiy’ni aka-uka tutintirib qo‘ydilar», — deydilar.

Osim bunday deb xabar qiladilar: «Men Anas raziyallohu anhuga: «Siz Janob Rasulullohning «Islomda qasam ichish yo‘q» (johiliyat davrida ahdu paymon qilishgan narsalarga Islomda ahdu paymon qilinmas) deganlarini eshitganmisiz?» — dedim. Anas menga javoban: «Janob Rasululloh mening hovlimda (uyimda) Quraysh birlan ansorlarni o‘zaro ont ichirib, aka-uka tutintirib quyganlar», — dedilar». (Islomda, agar zarur bo‘lsa, Olloh taoloning nomini aytibgina qasam ichish joizdur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:30:54
6-bob. Kimki biror mayyitning qarzini o‘z bo‘yniga olgan bo‘lsa, undan qayta olmas!

Bu yerda 3-bobdagi hadis takrorlangan.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (menga): «Agar Bahrayndan mol kelsa, senga undan shuncha va shuncha berurman»— deb va’da qilib erdilar. Ammo, ul mol kelguncha Janob Rasululloh vafot etib qoldilar. Bahrayndan mol kelgach, Abu Bakr: «Janob Rasululloh kimga Bahrayn molidan va’da qilgan bo‘lsalar, mening huzurimga kelib, (va’da qilingan) molini olsin!» — deb e’lon qildilar. Shunda men Hazrat Abu Bakrning huzurlariga borib: «Janob Rasululloh menga Bahrayn molidan shuncha va shuncha va’da qilgandilar», — dedim. Hazrat Abu Bakr menga o‘shal moldan berdilar. Sanab ko‘rsam, u besh yuz (dinor) erkan. Keyin, Hazrat Abu Bakr: «Yana ikki hissa ol!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:31:16
7-bob. Janob Rasulullohning davrlarida Abu Bakrni bir qo‘shni qabila boshlig‘i o‘z himoyasiga olgani va Abu Bakr birlan Quraysh kattalari o‘rtasidagi kelishuv haqida

Janob Rasulullohnint jufti halollari Oisha onamiz raziyallohu anho: «Esimni tanibmanki, ota-onam (Islom) diniga e’tiqod qilishur», — deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Esimni tanibmanki, ota-onam (Islom) diniga e’tiqod qilishur va deyarli har kuni ertalab yoki kechqurun Janob Rasululloh biznikiga kelib turardilar. Musulmonlar qiyin ahvolga tushib qolganda Abu Bakr Habashiston tarafga hijrat qildilar. Ul kishi «Bark ul-G’imod» degan joyga yetganlarida Qorat qabilasining boshlig‘i Ibn Dag‘ina duch kelib: «Qaerga ketayotirsiz?»— deb so‘radi. Shunda Abu Bakr: «Qavmim meni yurtimdan haydab chiqardi, endi men yer yuzini kezib, rabbimga ibodat qilmoqchiman», — dedilar. Ibn Dag‘ina: «Siz kabi yaxshi inson o‘z yurtidan chiqarib yuborilmas, o‘zi ham chiqmas! Chunki, siz beva-bechoralarga yordam qilib turguvchi, qarindosh-urug‘laringizga mehr-oqibat ko‘rsatguvchi, ko‘pchilikning og‘irini yengil qilguvchi, mehmonnavoz va musibat yetganlarga hamdard kishisiz. Men sizning qo‘shningizdurman, (qo‘shni ersa qo‘shnisiga ozor yetmog‘iga yo‘l qo‘ymas), ortingizga qaytingiz, yurtingizda parvardigoringizga ibodat qilaveringiz!» — dedi-da, ul kishini yuldan qaytarib, Qurayshning ulug‘lari oldiga olib bordi. So‘ng, Ibn Dag‘ina ularga: «Abu Bakrga o‘xshash odamlar yurtidan haydab chiqarilmas, o‘zi ham chiqib ketmas! Kambag‘al-parvar, qarindosh-urug‘ga rahm-shafqatli, ko‘pchilikning g‘amini yeydirgan, mehmondo‘st, musibat tushganga yordam qo‘lini cho‘zadirgln insonni o‘z yurtidan haydaysizlarmi?!» — dedi. Shunda Quraysh zodagonlari Ibn Dag‘inaga quloq solib, Abu Bakrga omonlik va’da qildilar-da, Dag‘inaga: «Abu Bakrga buyur, o‘z uyida rabbiga ibodat qilaversin, qarindosh-urug‘lariga rahm-shafqat qilavsrsin, mehmondo‘stlikni davom ettiraversin, xohlagan (kitobini) o‘qiyvsrsin, lskin bu narsalari birlan bizga aziyat yetkazmasin, namoz va Qur’onni past ovoz birla o‘qisin! Chunki, biz bolalarimiz va ayollarimizning uning ta’siriga berilib ketishlaridan qo‘rqamiz», — deyishdi. So‘ng, Ibn Dag‘ina Abu Bakrga Quraysh urug‘larining so‘zini to‘la-to‘kis yetkazdi. Shu kundan boshlab, Abu Bakr o‘z uylarida toat-ibodat qiladirgan bo‘ldilar. Keyinchalik, ul kishi o‘z hovlilarida bir masjid bino qilib, o‘sha yerda toat-ibodat va Qur’on tilovati birlan mashg‘ul bo‘ldilar. Abu Bakrning namozdagi va undan keyingi tilovatlarini eshitgan mushrik ayol va bolalar ajablanib, hayron bo‘lishib, sekin-asta ul kishining ta’siriga berila boshladi. Abu Bakrning ko‘ngillari juda yumshoq bo‘lib, tilovat chogida o‘zlarini yig‘idan to‘xtata olmasdilar. Bu holat mushrik ayol va bolalarga yanada qattiq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bundan xavotirga tushgan Quraysh kattalari Ibn Dag‘inaga odam yuborib: «Biz Abu Bakrdan faqat o‘z uyida toat-ibodat qilishni va boshqalarga eshittirmay tilovat qilishni talab qilgan erdik. Lekin, u hovlisining sahniga masjid qurib olib, o‘sha yerda baralla namoz o‘qib, tilovat qilmoqda. Biz bola-chaqalarimizning uning ta’siriga tushib qolishidan qo‘rqamiz. Agar ibodat birla tilovatni past ovoz birla ado etsa, etsin, aks holda sening himoyangdan voz kechsin! Biz o‘rtamizdagi ahdni buzishni istamadik, ammo unga oshkora tilovat qilishga ruxsat bermagaymiz!» — deyishdi. Keyin, Ibn Dag‘ina Abu Bakrning huzurlariga kelib: «Siz xususingizda Quraysh kattalariga va’da berganimni bilursiz, yo siz toat-ibodatingiz va tilovatingizni baland ovoz birlan o‘qimaysiz yoki men (o‘z) va’damni zimmamdan soqit qilurman, chunki ba’zilarning «Ibn Dag‘ina va’dasining ustidan chiqolmabdi» degan gapini eshitishni xohlamasman!» — dedi. Shunda Abu Bakr: «Men sening himoyangdan voz kechdim, mening molu jonim Ollohning himoyasidadur», — dedilar.
Janob Rasululloh o‘shal kunlari Makkada bo‘lib, musulmonlarga: «Menga xobimda hijrat qiladirgan yerlaringiz ko‘rsatildi. U ikki toshloq o‘rtasidagi xurmozor yerda erkan», — dedilar. Janob Rasululloh shunday deganlaridan keyin, Makkadagi ba’zi musulmonlar va Habashistonga hijrat qilgan kishilar Madina tomon yo‘l oldilar. Hazrat Abu Bakr ham yo‘lga hozirlandilar. Janob Rasululloh buni ko‘rib: «Menga xijrat izn etilguncha kutib turing» — dedilar. Abu Bakr: «Otam sizga fido bo‘lsinlar, siz ruxsat berilishini istaysizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha», — dedilar. Shundan so‘ng, Abu Bakr Siddiq Janob Rasululloh birlan qiladirgan safarga hozirlik ko‘ra boshladilar. Buning uchun ikkita kuchli tuyani to‘rt oy davomida samur daraxti barglari birlan parvarish qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:31:25
8-bob. Qarz xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Islomning dastlabki davrida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga qarzdor mayyitni olib kelishsa, ul zot: «Qarzini uzish uchun biror narsa qoldirganmi?» — deb so‘rar, agar qoldirgani aytilsa, unga shaxsan o‘zlari janoza o‘qir erdilar. Aks holda ul zot musulmonlarga: «Birodaringizga o‘zlaringiz janoza o‘qiyveringizlar!» — deb aytar erdilar. Olloh taolo mushriklarga tobe’ bir qancha yerlarni Janob Rasulullohga fath qilib bergach, ul zot: «Men mo‘minlarga (dunyo va oxiratga taalluqli barcha ishlari xususida) o‘zlaridan ham haqliroqman. Mo‘minlardan kimki vafot qilib, o‘zidan keyin qarz qoldirgan bo‘lsa, uning qarzini uzishni men buynimga olurman va kimki o‘zidan ksyin moldunyo qoldirgan bo‘lsa, u uning merosxo‘rlarinikidur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:31:38
Bismillahir rohmanir rohim.

VAKOLAT KITOBI

1-bob. Biror mulkda nasibasi bor kishilardan birining ikkinchisiga o‘shal mulkni o‘zaro taqsimlash yoxud unga taalluqli bo‘lak ishlarni qilish vakolatini bermog‘i haqida


Janob Rasululloh Hazrat Aliga qurbonlikka atalgan jonliqlarini so‘yishni, so‘ng go‘shtini odamlarga taqsimlab berishni amr qilganlar.

Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men so‘ygan tuyalarning jun va terilarini sadaqa qilmog‘imni buyurdilar», — deydilar.

Uqba ibn Omir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qancha qo‘ylarni menga berdilar-da, ularni sahobalariga taqsimlamog‘imni buyurdilar. Ularni taqsimlab bo‘lganimda bir uloq ortib qoldi. Men shul haqda ul zotga aytib erdim. menga: «Uni o‘zing qurbon qil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:31:49
2-bob. Agar musulmon odam kofirlar yurtidagi yoki musulmonlar yurtidagi g‘ayridinga (biror narsa xususida) vakolat bersa, joizmi?

Abdurrahmon ibn Avf raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men (kofirlar yurtidagi) Umayya ibn Xalaf (ismli bir g‘ayridin) birlan xat orqali kelishib oldim, u mening Makkadagi mol-mulkimni, men ersam uning Madinadagi mol-mulkini muhofaza qilib turadirgan bo‘ldik. Ammo, xatimda nomimni «Abdurrahmon» deb yozganim unga ma’qul bulmay, «Men Rahmonning ne ekanligini bilmasman, menga johiliyat davridagi ismingni yozib yubor!» deb maktub yo‘lladi. Keyin, men unga johiliyat davridagi ismim «Abdu Amr» ekanligini yozib yubordim.
(Keyinchalik, ya’ni) Badr g‘azoti kuni (kofirlar yengilgach, Umayya toqqa chiqib berkindi). Shunda men uni asrab qolish maqsadida odamlarning uxlab yotganidan foydalanib, toqqa chiqdim. Lekin, uni Hazrat Bilol ko‘rib qolib, darhol ansorlarning oldiga bordilar-da, (ularga xabar qildilar). Buni ko‘rib turgan Umayya ibn Xalaf menga: «Agar men qochib qutilib ketsam, (birodarlaring) seni omon qo‘yishmas», — dedi. Hazrat Bilol bir guruh ansorlar birlan bizni ta’qib qila boshladilar. Shunda men ularning bizga yetib olishlaridan qo‘rqib, Umayyaning o‘g‘lini chalg‘itib turish uchun ortimizda qoldirdim, ammo uni o‘ldirishdi. Keyin, bizni ta’qib qilishda davom etishdi. Umayya ibn Xalaf jussasi katta, vazmin odam (bo‘lib, tez yugura olmas erdi). Ular bizga yetib olishgan-da men unga: «Tiz cho‘k» — dedim, u tiz chukib erdi, men uni pana qilish uchun ustiga o‘zimni tashladim. Lekin, ular ostimdan qilich tiqib, baribir uni o‘ldirishdi. Shunda ulardan biri qilichi birlan oyog‘imni jarohatladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2008, 08:31:58
3-bob. Sarf qilish va tarozuda tortib olish xususida vakolat bermoqlik

Abu Sa’id al-Xudriy va Abu Hurayra raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir odamni Xaybarga amir etib tayinladilar. U Janob Rasulullohga nuqul sarxil xurmolar olib keldi. Shunda Janob Rasululloh: «Xaybarning hamma xurmolari sarxil ekanmi?» — dedilar. U: «Yo‘q, yo Rasulalloh, biz ikki so’ yomon xurmo o‘rniga bir so’ yaxshi xurmo va uch so’ yomon xurmo o‘rniga ikki so’ yaxshi xurmo olurmiz», — dedi. Janob Rasululloh: «Bunday qilma, yomon xurmoni (olgil-da), uni dirhamga sotib, so‘ng ul dirhamga yaxshi xurmo xarid qil, (xarid qilishda) tarozuda tortib ol!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 09:57:59
4-bob. Agar cho‘pon o‘layotgan qo‘yni ko‘rib qolsa, uni so‘yib yubormog‘i va vakolati bor odam biror narsani aynib qolayotganini ko‘rsa, buning oldini olmog‘i lozim

Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bizga tegishli qo‘ylar tog‘ yonbag‘rida o‘tlab yurardi. Nogahon, cho‘rimiz bir qo‘yni o‘layotganini ko‘rib qolib darhol bir toshni sindirdi-da uning tig‘i birlan boyagi qo‘yni so‘yib yubordi. Keyin, uning go‘shtini tanovul qilish yo tanovul qilmaslik xususida so‘rab kelish uchun bir odamni Janob Rasulullohga yubordik. Janob Rasululloh ul odamga: «Uning go‘shtini yeyaveringizlar!» debdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 09:59:21
5-bob. Hozir va nohozir odamga vakolat bermoqni joizligi haqida

Abdulloh ibn Amr oilalaridagi katta-kichik nomidan zakot berib yuborish xususida xazinachilariga xat yozib qoldirdilar, (xazinachi shul vaqtda qaergadir ketgan erdi).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Janob Rasulullohga bir yoshar tuya qarz bergan erdi Keyin, u qarzini so‘rab kelib qoldi. Shunda Janob Rasulul loh unga o‘sha yoshdagi bir tuya berib yuborishni buyurdilar. Lekin, bir yashar tuya topolmay, kattaroq yoshdagi tuyani keltirishdi. Janob Rasululloh: «Shu tuyani berib yuboraveringizlar!» — dedilar. Boyagi odam: «(Yo Rasulalloh), siz menga vafo qildingiz, Olloh taolo sizga vafo qilsin!» — dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning eng yaxshilaringiz — qarzini o‘z vaqtida ado etganingizdir!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 09:59:36
6-bob. Qarzlarni uzishga birovni vakil qilmoq haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

7-bob. Agar kishi biror qavmning vakiliga yoxud yonini olib kelgan odamiga hadya bersa, joizdur

Havozin qavmining vakillari Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘lja so‘rashganda, ul zot: «Mening ulushim sizlarniki» deb o‘z ulushlarini ularga hadya qilib yuborganlar.

Marvon ibn al-Hakam va Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar. «Havozin qabilasi vakillari Janob Rasululloh ning huzurlariga musulmon bo‘lib kelib, o‘lja olingan mol-mulklari va asir olingan odamlarini qaytarib berilishini iltimos qilishganda, ul zot (ularga): «Men uchun eng ma’qul so‘z — chin so‘zdur! Ikkisidan birini — yo mol-mulklaringizni yoki asir olingan odamlaringizni tanlangizlar, men (tavba qilib) kelmoqlaringizni kutib, (anchagacha ularni musulmonlarga taqsimlamay) turgan erdim», — dedilar. Darhaqiqat, Janob Rasululloh Toifdan qaytayotib, ularni o‘n kundan ortiq kutgan erdilar. Ular Janob Rasulullohning ikki narsadan birinigina qaytarib berajaklarini bilishgach: «Asirlarimizni tanladik», — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh musulmonlar o‘rtasida turib Ollohga hamd-sanolar aytdilar, so‘ng: «Ammo ba’d, mana bu birodarlaringiz tavba qilib kelishibdi. Men ularga asir olingan odamlarini qaytarib berishki iroda qildim. Sizlardan kimki amali solih qilmoqchi bo‘lsa, hech narsa olmay, qo‘lidagi asirlarni qaytarib bersin va kimki o‘rniga biror narsa olmoqchi bo‘lsa, aytsin, biz unga Olloh taolo ato etadirgan dastlabki o‘ljalardan berurmiz», — dedilar. Shunda musulmonlar: «Biz Janob Rasulullohni deb ularga asirlarni qaytarib berishni ma’qul ko‘rdik», — deyishdi. Janob Rasululloh ularga: «Sizlardan ham shunga rozi-yu, kim norozi ekanligini bilmasmiz. Shuning uchun o‘zaro kengashib, o‘z fikrlaringizni oqsoqollaringizga aytingizlar, keyin ular bizga xabar qilishsin!» — dedilar. Ular o‘zaro kengashib, o‘z fikrlarini oqsoqollariga aytishdi. So‘ng, oqsoqollar Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Barcha musulmonlar sizning qaroringizni ma’qullashdi va asirlarni biror narsa olmay, ularga qaytarib berishga qaror qilishdi», — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 09:59:55
8-bob. Agar bir kishi (ikkinchi bir kishiga o‘zi xarid qilgan molning pulini to‘lash) vakolatini bersa-yu, ammo necha (pul) to‘lashni (unga) aytmasa, (ul holda vakil qilingan kishi) odatda odamlar (o‘shanday molga) qancha (pul) to‘lasalar, shuncha (pul) to‘lar

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdim. Tuyam juda imillab kelardi. Shu payt yonimdan Nabiy sallallohu alayhi va sallam utib qoldilar-da: «Bu kim?» — dedilar. Men: «Jobir ibn Abdullohman», — dedim. «Nega orqada qolding?» — dedilar. «Tuyam imillab qoldi», — dedim. «Tayog‘ing bormi?» — dedilar. Men: «Bor», — dedim. «Uni menga ber!» — dedilar. Men tayoqni bergandim, ul zot u birlan tuyani o‘rib: «Chu, jonivor!» — dedilar. Shunda tuyam ilgarilab ketib, qavmning oldiga o‘tib oldi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Uni menga sot!» — dedilar. «U sizga, olaqoling, yo Rasulalloh!» — dedim. «Uni menga sot, to‘rt dinorga xarid qildim, ammo Madinagacha uni o‘zing minib borasan», — dedilar. Madinaga yaqinlashganimizda tuyamni tezlatdim. Shunda ul zot: «Namuncha shoshmasang!» — dedilar. «Yaqinda bir bevaga o‘ylangandim», — dedim. «Sen birlan o‘ynab-kuladigan birorta yosh qiz yo‘qmidi?» — dedilar. «Otam vafot etganlaridan keyin, (to‘qqizta) singilga qarab turish mening zimmamga tushdi. Shuning uchun ularni yuvib-tarab, tarbiyalay oladirgan bevaga uylana qoldim», — dedim. Madinaga yetib kelganimizda Janob Rasululloh Bilol (raziyallohu anhu)ga: «Buning (tuyaning) haqini ortig‘i birlan to‘lagin!» — dedilar. Bilol menga turt dinor-u bir qiyrot berdilar. Janob Rasululloh ning o‘sha bir qiyrot siylovlarini umrbod cho‘ntagimda saqladim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:00:25
9-bob. Ayolning nikoh borasida imomga vakolat bermog‘i haqida

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men o‘zimni sizga baxshiyda qildim!» — dedi. (Ammo, ul zot javob qilmadilar). Shunda (o‘shal yerda hozir bo‘lgan) sahobalardan biri: «(Yo Rasulalloh), uni menga nikohlab quyingiz!» — dedilar. Janob Rasululloh o‘shal sahobaga: «Biz seni Qur’ondan yod bilgan suralaring badaliga (ya’ni, Qur’ondan yod bilgan suralaringni mahr qilib) unga uylantirdik!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:00:42
10-bob. Biror narsani qo‘riqlash vakolatini olgan kishi, vakolat bergan kishi ijozat bersa, o‘zi qo‘riqlab turgan narsadan yebketarga yoxud ma’lum muddatga qarzga bersa, joizdur

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga Ramazon zakotini (fitri ro‘zani) qo‘riqlab turish vakolatini berdilar. Shunda bir odam kelib, zakotga berilgan xurmolardan hovuchlab ola boshladi. Men uni ushlab olib: «Seni hozir Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib borurman!» — dedim. U: «Men muhtojman, bola-chaqam ko‘p, juda zoriqib qoldim», — dedi. Keyin, men uni qo‘yib yubordim. Ertalab Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ey Abu Hurayra, kecha siz qo‘lga tushirgan odam ne qildi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, u juda muhtoj ekanligi va bola-chaqasining ko‘pligidan shikoyat qildi. Shul bois rahmim kelib, uni qo‘yib yubordim», — dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, u sizga yolg‘on gapirgan, bugun yana qaytib kelur»,— dedilar. Keyin, men: «Janob Rasululloh «Qaytib kelur» dedilarmi, demak, albatta qaytib kelur» — deb uni; poyladim. O’shal kuni u yana kelib, xurmodan hovuchlab ola boshladi. Men uni yana ushlab oldim-da: «Hozir seni Janob rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib borurman!» — dedim. U yana: «Muhtojman, bola-chaqam ko‘p, endi kelmayman, meni qo‘yib yubor!» — dedi. Shunda men rahmim kelib, uni yana qo‘yib yubordim. Ertalab Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Ey Abu Hurayra, asiringiz ne qildi?» — dedilar. Men: «U bola-chaqasi ko‘pligidan, muhtoj ekanligidan shikoyat qilib, endi qaytib kelmasligini aytib erdi, rahmim kelib, yana quyib yubordim», — dedim. Janob Rasululloh: «U sizni aldagan, u yana qaytib kelur», — dedilar. So‘ng, men uni uchinchi marta poylab turdim. U yana kelib, xurmodan hovuchlab ola boshlagan erdi, men uni ushlab oldim-da: «Hozir seni Janob Rasulullohning huzurlariga olib borurman, uch safardan beri meni aldab «Endi qaytib kelmayman» deysan-u, yana qaytib kelasan!» — dedim. Shunda u menga: «Meni qo‘yib yubor, (buning evaziga) men senga shunday so‘zlarni o‘rgatayinki, Olloh ul (so‘zlarni aytganing) tufayli senga naf’ yetkazur», — dedi. Men: «Ul (so‘zlar) qanday so‘zlar erkan?» — dedim. U: «Agar o‘rningga yetsang, «Oyat ul-Kursiy»ni oxiriga qadar qiroat qilgil, shunda Ollohning huzuridan (bir) himoyachi (kelib) seni (tuni birlan) muhofaza qilur, hattoki ertalab uyg‘onguningga qadar shayton ham senga yaqin kela olmas», — dedi. So‘ng men uni qo‘yib yubordim. Ertalab Janob Rasululloh menga: «Asiringiz kecha ne qildi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, u menga shunday so‘zlarni o‘rgatmog‘ini ta’kidladiki, agar ul so‘zlarni aytsam, Olloh taolo menga naf’ yetkazar erkan, so‘ng men uni qo‘yib yubordim», — dedim. Janob Rasululloh: «Ul (so‘zlar) qanday so‘zlar erkan?» — dedilar. Men: «Ul menga: «Agar o‘rningga yetsang, «Oyat ul-Kursiy»ni oxiriga qadar qiroat qilgil, shunda Ollohning huzuridan (bir) himoyati (kelib) seni (tuni birlan) muhofaza qilur, hattoki ertalab uyg‘onguningga qadar shayton ham senga yaqin kela olmas» — deb aytdi», — dedim. (Sahobalar xayrli narsalarni o‘rganmoqqa ana shunday ishtiyoqmand erdilar). Janob Rasululloh: «Ammo, U yolg‘onchi bul safar sizga rost aytibdi. Ey Abu Hurayra, uch kechadan beri yolg‘on so‘zlayotgan kishining aslida kim ekanligini bilursizmi?» — dedilar. Men: «Yo‘q», — dedim. Janob Rasululloh: «U shayton erdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:02:54
11-bob. Vaqfga nisbatan beriladigan vakolat hamda vaqfga nisbatan vakolati bor kishining vaqf nafaqasidan o‘rtoqlariga yedirmog‘i va undan o‘zi ham insof birlan yemog‘i haqida

Sufyon Hazrat Umarning vaqflari xususida gapirib: «Hazrat Umar raziyallohu anhuning vaqf qilgan yerlariga qarab turguvchi kishi uning hosilidan insof birlan o‘zi ham yesa,  o‘rtoqlariga ham yedirsa, gunohi yo‘q erdi», — deydilar.

Ibn Umar otalari Hazrat Umar vaqf qilgan xurmozorini parvarish qilib turishga vakil qilingan bo‘lib, uylariga mehmonga keladirgan Makka ahliga uning hosilidan in’om qilar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:03:11
12-bob. Hadd urish (darra urish yoki toshbo‘ron qilish vakolatini bermoq haqida

Abu Hurayra rajyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ey Anas, mana bu odamnin xotinining oldiga bor, agar aybiga iqror bo‘lsa, uni topib rozi qil!» — dedilar».

Uqba ibn al-Horis raziyatlohu anhu rivoyat qiladilar: «Numon yoki uning o‘g‘li mast holda keltirildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonada mavjud bo‘lganlarning hammasiga: «Uni uringlar!» — dedilar. O’shanda uni kaltaklaganlar orasida men ham bor bo‘lib, biz uni tepgan va xurmo novdalari birlan savalagan erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:03:30
13-bob. Qurbonlikka atalgan tuyani Makkaga olib borib suyish vakolatini bermoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qurbonlikka atalgan tuyalarining bo‘yniga osiladirgan nishon bog‘ichini o‘z  qo‘lim birlan yigirdim. So‘ng, ul zot o‘z qo‘llari birlan nishonni tuyaning bo‘yniga bog‘lab qo‘ydilar. Keyin, uni Makkaga olib borib so‘yishni otamga topshirdilar. Shunda Olloh taolo Janob Rasulullohga halol qilgan biror narsa to jonliq so‘yilgunga qadar ham ul zotga harom qilinmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:03:42
14-bob. Bir kishi o‘z vakiliga: «Uni Olloh taolo o‘zingizga amr qilgan narsaga sarf qilingiz!» — deganda vakilning unga: «Ne deganingni eshitdim» — deb aytgani haqida

Anas ibn Malik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talha madinalik ansorlarning eng badavlati hisoblanardi. Uning eng yaxshi ko‘rgan boyligi (mol-mulki) Bayruho bog‘i erdi. Bu bog‘ masjidning ro‘parasida bo‘lib, Janob Rasululloh u yerga kirib, uning (shirin) suvidan ichib turardilar. «(Ey musulmonlar), o‘zingiz yaxshi kurgan narsalaringizdan xayru ehson qilmaguningizcha hargiz yaxshilik kamolotiga erisha olmassizlar» degan oyat nozil bo‘lganda, Abu Talha Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo o‘z Kitobida: «(Ey musulmonlar), o‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan xayru ehson qilmaguningizcha hargiz yaxshilik kamolotiga erisha olmassizlar» deydi. Mening eng sevimli mulkim Bayruhodur. U Olloh taolo yo‘lida sadaqa bulsin! Buning uchun men Olloh taoloning dargohida ajr olmoq umididaman. Yo Rasulalloh, uni Olloh taolo o‘zingizga amr qilgan narsaga sarf qilingiz!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Voh-voh! Naqadar xayriyatovar bu bog‘ing! Naqadar xayriyatovar bu bog‘ing! Men uning xususida ne deganingni eshitdim. Uni qarindoshlaringga bo‘lib berganing maqul», — dedilar. Abu Talha: «Aytganingizdek qilgum, yo Rasulalloh!»— dedi-da, uni eng yaqin qarindoshlari va amakivachchalariga bo‘lib berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:04:15
15-bob. Halol (xazinachi)ning xazina va shu kabilardagi vakolati haqida

Abu Muso raziyaplohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Nimani kimga sadaqa qilmog‘i buyurilgan bo‘lsa, o‘shani savob umidida sadaqa olguvchiga to‘la-to‘kis beruvchi halol (ishonchli) xazinachi — ikki sadaqa qilguvchidan biridur». (Ya’ni, ul ikki sadaqa qilguvchidan biri — sadaqa berib yuborishni buyurgan xo‘jayin va ikkinchisi — uning xazinachisi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:05:35
Bismillahir rohmanir rohim.

YER HAYDASH VA YERNI IJARAGA BYERISH XUSUSIDAGI  HADISLAR

1-bob. Ekin va daraxt ekishning fazilati haqida


Olloh taoloning qavli: «Sizlar o‘zlaringiz ekayotgan ekiningiz xususida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi? Uni sizlar undirursizlarmi yoki Biz undirurmizmi?! Agar Biz istasak, albatta uni quruq cho‘p qilib qo‘ygan bo‘lur erdik!» («Voqi’a» surasi, 63—65-oyatlar).

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu, uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajru savob ato etilur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:05:55
2-bob. Dehqonchilik qurollarini birovlardan qizganib uyga olib kirib qo‘yishning oqibati yomon ekanligi xususida

Abu Umoma al-Bohiliy raziyallohu anhu omoch yoki boshqa bir dehqonchilik asbobini ko‘rib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu (narsani, unga o‘zgalar muhtoj bo‘lib turgan bir mahalda), qaysi qavm (qizg‘anib dalasidan) uyiga olib kirib qo‘ysa, albatta (o‘shal qavmning) uyiga xorliq kirur» — deb marhamat qilganlar», — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:06:18
3-bob. Ekinni quriqlash uchun it boqish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki it boqsa, har kungi amali solihlaridan ikki qiyrotini boy berur, (ammo) poda va ekinni qo‘riqlovchi (hamda ovchi) it bundan mustasnodur» — deb marhamat qildilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis bir necha bor mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:07:03
4-bob. Yer haydashda hukizdan foydalanish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Qadimda bir kishi bir ho‘kizni minib ketayotgan erdi, birdan u inson tilida: «Men minish uchun emas, balki yer haydash uchun yaratilganman», — dedi. Uning inson tilida so‘zlaganiga men, Abu Bakr va Umar ishonurmiz. Bir kuni bir bo‘ri podadan bir qo‘yni olib qochdi. Cho‘pon uni quvib, (quyni qutqarib olganda), bo‘ri unga: «Qo‘yingni arslon oladirgan kuni (sen tumtaraqay qochib qolib), cho‘ponlik qiladigan kimsa qolmaganda, men podangga cho‘ponlik qilib, (ulardan xohlaganimni yerman)», — dedi. Men, Abu Bakr va Umar o‘shal bo‘rining inson tilida so‘zlaganiga ishonurmiz».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:07:18
5-bob. Kishi: «Xurmozorni (parvarish qilishda) menga yordam bersang, kifoya, hosiliga sherik bulursan» — deb aytsa, (joizmi?)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansorlar Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Xurmozorlarimizni biz va muhojir birodarlarimiz o‘rtasida bo‘lib beringiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh (keyinchalik o‘rtalarida biror kelishmovchilik chiqmasin, degan maqsadda): «Yo‘q», — dedilar. Shunda ansorlar (muhojirlarga): «Unday bo‘lsa, xurmolarni (parvarish qilishda) bizga yordam bersangizlar, kifoya, hosiliga sherik qilurmiz», — deyishdi. (So‘ng ansoru muhojirlar): «Quloq osdik va itoat etdik», — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:13:42
6-bob. Daraxtlarni, shu jumladan xurmolarni kesish haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir xurmozorni kesishni buyurib erdilar, u kesib tashlandi».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Banu Nazir xurmozorining bir qismiga o‘t qo‘ydirdilar va bir qismini kestirib yubordilar. Ul xurmozorning nomi «Buvayra» bo‘lib, Hasson uning haqida quyidagi satrlarni bitgan:
«Zarra qiynalmay Luay sardorlari,
Buvayra uzra yoqdi katta gulxan».

Rofi’ ibn Xadiyj rivoyat qiladilar: «Biz Madinada eng ko‘p dehqonchilik birlan shug‘ullanadigan kishilar bo‘lib, yerni uning bir qismiga yer egasi uchun ekish sharti birlan ijaraga berardik. Shunda, ba’zan yer egasi, ba’zan yerni ijaraga olgan odam (har xil sabablarga kura) zarar kurardi. Shuning uchun Janob Rasululloh yerni ijaraga berishdan bizni qaytardilar. o‘sha paytlarda tilla va kumush (erni ijaraga berish muomalasida) yo‘q erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:13:59
7-bob. Hosilning yarmi yoki shunga yaqin qismini olish sharti birlan sheriklikka ekin ekish haqida

Abu Ja’far rivoyat qiladilar: «Madinada hosilning uchdan bir va turtdan bir qismini olish sharti birlan sheriklikka ekin ekmagan muhojir xonadoni yo‘q erdi. Ali, Sa’d ibn Molik, Abdulloh ibn Mas’ud, Umar ibn Abdulaziz, al-Qosim, Urva ibn az-Zubayr, Abu Bakr xonadoni, Umar xonadoni, Ali xonadoni, Ibn Siriyn sheriklikka ekin ekishgan».

Abdurrahmon ibn al-Asvad rivoyat qiladilar: «Men Abdurrahmon ibn Yazid birlan sheriklikka dehqonchilik qilardim. Hazrat Umar: «Agar urug‘ni men olib kelsam, hosilning yarmi meniki, agar sizlar olib kelsangizlar ham, xuddi shunday» — deb bir necha kishi birlan sheriklikka ekin ekishga kelishdilar».

Al-Hasan. «Agar ikki kishidan biri yer egasi bo‘lib, dehqonchiliqdagi sarf o‘rtada bo‘lsa, ikkalasining hosilni teng bo‘lib olishi joiz», — deydilar. Bu fikrga az-Zuhriy ham qo‘shiladilar. Al-Hasan: «Paxtani teng sheriklikka terib olsa bo‘ladi», — deydilar. Ibrohim, Ibn Siriyn, Ato, al-Hakam, az-Zuhriy va Qatoda sheriklikka tuqilgan matoning uchdan biri yoki to‘rtdan biri berilsa, joiz», — deyishadi.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yetishtiriladigan hosilning yarmini olish sharti birlan Xaybar yerlarini (yahudiylarga) ijaraga berdilar. Hosilning o‘zlariga tegishli qismidan yuz vasag‘ini, ya’ni sakson vasaq xurmo va yigirma vasaq arpani xotinlariga ajratar erdilar».

Hazrat Umar Xaybar yerlarini taqsimlayotib, payg‘ambarimizning oilalariga yer-suv yoki vasaq (hosildan ulush) olishni taklif etdilar. Oisha raziyallohu anho yerni tanladilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:14:10
8-bob. Ijaraga yer bersa-yu, ammo necha yilga berayotganini aytmasa, (joizdur)

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mevali daraxtlar va poliz ekinlari hosilining yarmini olish sharti birlan Xaybar yerlarini (yahudiylarga) ijaraga berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:17:46
9-bob.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:« Rasululloh sallallohu alayhi va sallam korandalik yo‘li (usuli) birlan ekin ekish (dehqonchilik qilish)dan qaytarmaganlar, ammo ul zot: «(Korandachikka ajratgan yeringizni) birodaringizga in’om qilmog‘ingiz (ul yerdan foydalangani uchun) undan haq olmog‘ingizdan yaxshiroqdur» — deb marhamat qilganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:29:25
10-bob. Yahudiylar birlan korandalik usulida dehqonchilik qilish haqida

Bu yerda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning har yilgi hosilning yarmini olish sharti birlan Xaybar yerlarini yahudiylarga ijaraga berganlari haqidagi hadis qaytarilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:30:14
11-bob. Korandalikdagi makruh shartlar haqida

Rofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Madinada eng yeri ko‘p odamlar bo‘lib, korandalarga: «Yerning mana bu bo‘lagiga o‘zingiz uchun, mana bu bulagiga ersa biz uchun ekasiz!»— deb shart qo‘yar erdik. Shunda ba’zan korandaning ekini va ba’zan yer egasi uchun ekilgan ekin nobud bo‘lar erdi. Shuning uchun Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam korandalik usulida dehqonchilik qilishdan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:30:21
12-bob. Agar kishi biror qavmning donini ularning ruxsatisiz, ammo manfaatlarini ko‘zlab eksa...

Bu yerda «Odam yollab ishlatish haqida kitob»ning 12-bobidagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:30:52
13-bob. Janob Rasululloh sahobalarining vaqf va xiroj yerlari hamda ularning sheriklik va korandalik usulida dehqonchilik qilganlari haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Umarga: «Yeringni tag-tugi birlan, (ya’ni) sotilmaydirgan, lekin hosili nafaqa va sadaqa qilinadigan shart birlan vaqf qilgil!» — deganlar.

Hazrat Umar: «Agar mening davrimdagi musulmonlar (ilgarigi musulmonlarga nisbatan moltalabroq bo‘lmaganlarida erdi, biror qishloqni fath qilishim birlanoq, men uni Janob Rasululloh Xaybarni taqsimlaganlari kabi, (hosilning muayyan qismini olish sharti birlan) o‘shal qishloq ahlining o‘ziga taqsimlab bergan bo‘lur erdim!» — deb aytganlar. (Demak, Hazrat Umar o‘z davrlaridagi musulmonlarning kayfiyatu tabiatlari taqozosiga ko‘ra, fath qilingan yerlarni muayyan shartlar birlan egalariga qaytarmay, musulmonlarga vaqf qilib berganlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:31:02
14-bob. O’lik yerni jonlantiradirgan kishi xususida

Umar raziyallohu anhu. «Kimki o‘lik yerni jonlantirsa, ul unikidur», — deganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki egasiz yerni obod qilsa (yoki o‘zlashtirsa), ul o‘shal yerga barchadan ko‘ra haqliroqdur» — deb marhamat qilganlar».

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu ham xalifalik davrlarida egasiz yer xususida shunday deb hukm chiqarganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:31:09
15-bob.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Aqiq vodiysidagi Zulhulayfada dam olib turganlarida bir tush ko‘rdilar, tushlarida ul zotga: «Siz (Zulhulayfadagi) Muborak Bathodasiz» — deb aytildi».

Muso: «Solim biz birlan tuyalar bog‘lab quyiladirgan joyga keldi-da, tuyasini cho‘ktirdi. Abdulloh (ibn Umar) ham Janob Rasululloh dam olgan ana shu joyda tuyasini cho‘ktirib dam olar erdi. Bu joy Aqiq vodiysining qoq o‘rtasidagi masjid birlan yo‘l oralig‘idadur». — dedilar.

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Aqiq vodiysida ekanliklarida: «Bul kecha parvardigorim huzuridan bir farishta kelib, menga: «Ana shu Muborak Vodiyda namoz o‘qingiz-da, so‘ng: «Men hajni umraga aylantirdim (haj o‘rniga umra qildim)» — deb aytingiz!» — dedi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:31:41
16-bob. Agar yer egasi (korandaga): «Olloh taolo seni (bul yerda qay shart asosida qoldirishga) qaror qilgan bo‘lsa, men ham (o‘shal shart asosida) qoldirishga qaror qildim» — desa-yu, lekin qancha muddatga qoldirayotganini aytmasa va ikkalasi shunga rozi bo‘lsa...

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu yahudiy va nasroniylarni Hijoz yeridan badarg‘a qildilar. Chunki, Janob Rasululloh Xaybarni mag‘lub qilganlarida yahudiylarni ul yerdan chiqarib yubormoqchi bo‘lgan erdilar. Shunda yahudiylar Xaybar yerlaridan olinadigan hosilning yarmini berish sharti birlan shul yerda qoldirishlarini iltimos qilgan erdi. Janob Rasululloh ularga: «Biz sizlarni (o‘zlaringiz aytgan) shart asosida Xaybarda qoldirishga qaror qildik, ammo istagan vaqtimizda sizlarni bul yerdan chiqarib yuborurmiz», — degan erdilar. So‘ng yahudiylar, Hazrat Umar ularni Taymo va Ariyhoga chiqarib yuborgunlariga qadar, Xaybarda qolishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:32:28
17-bob. Janob Rasululloh sahobalarining dehqonchilik va bog‘dorchilik borasida bir-birlariga ko‘maklashganlari xususida

Rofi’ ibn Xadiy rivoyat qiladilar: «Zuhayr ibn Rofi’: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni o‘z foydamizni kuzlab ish qilishdan qaytardilar», — dedilar. Men: «Janob Rasululloh ne degan bo‘lsalar, to‘g‘ridur», — dedim. So‘ng, Zuhayr (gaplarida davom etib) bunday dedilar: «(Bir kuni) Janob Rasululloh meni huzurlariga chaqirdilar-da: «Ekinzor (dala)laringizni ne qilayotirsizlar?» — dedilar. Men: «Biz dalalarimizni ariqlari chetida o‘sgan o‘tlari hamda yetishtirilgan xurmo va arpaning bir necha vasag‘i badaliga ijaraga berayotirmiz», — dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Unday qilmangizlar, dalalaringizga yo o‘zlaringiz ekin ekingizlar yoki ularni (haq olmay) birovga ekin ekishga beringizlar yoxud ularni (ekin ekmay) tashlab qo‘yingizlar!»— dedilar. Men (ul zotga javoban): «Amringizga quloq osdim va buyinsundim!» — dedim».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ilgarilari odamlar hosilning uchdan bir, turtdan bir va teng yarmini olish sharti birlan yerni ijaraga berishardi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bizni) bunday qilishdan qaytardilar-da: «Kimning yeri bo‘lsa, unga o‘zi eksin yoki uni birorta (mo‘min) birodariga hadya qilsin yoki uni o‘z holiga tashlab quysin!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimning yeri bo‘lsa, unga o‘zi eksin yoki uni mumin birodariga hadya etsin, agar hadya etishni istamasa, uni o‘z holiga tashlab qo‘ysin!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yerni ijaraga berishni ta’qiqlamadilar, balki: «Yerni o‘z (mo‘min) birodariga hadya qilish undan (ma’lum miqdorda) haq olgandan ko‘ra afzalroq!» — dedilar».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu o‘z dalalarini Janob Rasululloh, Abu Bakr, Umar va Usmon davrlarida ham, Muoviya amirligining dastlabki davrida ham ijaraga berar erdilar. (Bir kuni) Ibn Umar odamlardan Rofi’ ibn Xadiyjning «Janob Rasululloh dalalarni ijaraga berishdan qaytarganlar» deb aytganini eshitdilar-da, ul kishining huzuriga yo‘l oldilar, shunda men ham birga bordim. Ibn Umar (Rofi’ga): «Men (yaxshi) bilamanki, biz Janob Rasulullohning davrlarida dalalarimizni ariqlari bo‘yida o‘sgan o‘tlari va (arpa) somoni badaliga ijaraga berur erdik» — deb e’tiroz bildirdilar».

Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Janob Rasulullohning davrlarida yerning ijaraga berilganini (yaxshi) bilurman» — deb aytar erdilar. So‘ng, ul kishi: «Janob Rasululloh yerni ijaraga berish xususidagi hukmni bekor qilgan bo‘lsalar-u, men undan bexabar qolgan bo‘lsam-chi?» — degan xavotirlik birlan yerni ijaraga bermay qo‘ydilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalar birlan) gaplashib o‘ltirgan erdilar, huzurlarida bir badaviy ham bor erdi. Shunda Janob Rasululloh: «Jannat ahlidan bo‘lmish bir kishi (jannatda) dehqonchilik qilishga Olloh taolodan ruxsat so‘radi. Olloh taolo unga: «Ko‘ngling tusagan narsa (noz-ne’mat)lar ichra emasmisan?!» — dedi. Boyagi kishi: «Bu yerda hamma narsa muhayyo bo‘lsa-da, men dehqonchilik qilmoqchiman»,— dedi. Keyin, u don eqdi, ekkan donlari tezda unib chiqib, mo‘l hosil berdi. Keyin, u urib olib, tog‘lar kabi baland-baland xirmonlar uydi. Shunda Olloh taolo boyagi kishiga: «Ey Odam bolasi, bu ham senga kam, chunki seni hech narsa to‘ydira olmas!» — deb aytdi», — dedilar. Shunda huzurlaridagi badaviy: «Yo Rasulalloh, o‘shal odam yo qurayshiy yoxud ansoriy bo‘lsa kerak, chunki qurayshiy va ansoriylar dehqondurlar, biz badaviylar ersak, dehqon ermasmiz», — dedi. Uning bul gapidan Janob Rasulullox kulib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 10:32:37
18-bob. Ko‘chat (ekin) ekish haqida

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz jum’a kuni kelsa, xursand bo‘lur erdik. Chunki, bizning bir kampirimiz  bo‘lib, jum’a kuni u biz ariqlar bo‘yiga ekib qo‘ygan qand lavlagidan olardi-da, unga bir oz arpa qo‘shib, qozonda qaynatib qo‘yar erdi. Olloh taolo haqi, ul taomda na go‘sht va na yog‘ bo‘lar erdi. Biz har safar jum’ani o‘qib bo‘lib, o‘shal kampirni ko‘rgani borar, ul ersa bizga mazkur taomdan keltirar va biz uni tanovul qilar erdik. Jum’a kunidan xushnud bo‘lishimizning boisi shul erdi. Biz (o‘shal kezlarda) jum’ani o‘qigachgina tushlik va qaylula qilar erdik».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar: «Abu Hurayra Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hadislarini ko‘p aytur, muhojir va ansorlar ersa ul zotning hadislarini Abu Hurayrachalik ko‘p bilmaslar», — deyishur. (Buning boisi) — muhojir birodarlarim bozorlarda bor-baraka qilish birlan band bo‘lishgan kezlarda men qornim to‘yishi birlan kifoyalanib Janob Rasulullohning xizmatlarini qilib yurdim, ular bulmagan joylarda bo‘ldim, ular eshitmagan narsalarni eshitib, yod oldim. Shuningdek, ansoriy birodarlarim o‘z mol-mulklari (va ekin ekish) ishlari birlan band erdilar. Men ersam, bir miskin sifat odam bo‘lib, ular eshitmagan narsalarni eshitib, yod oldim. Janob Rasululloh bir kuni: «Kimki ushbu hadisimni tugatgunimcha kiyimini yerga yoyib o‘ltirib, hadisimni tugatganimdan keyin, uni yig‘ib olib bag‘riga bossa, mendan eshitganlarini yoddan chiqarmaydigan bo‘lur», — dedilar. Shunda men chakmonimni yerga yoyib qo‘ydim, hadis tugagach, uni olib bag‘rimga bosdim. Shu-shu Janob Rasulullohdan nimaiki eshitsam, yodimda qoladigan bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:47:28
Bismillahir rohmanir rohim.

SUV XUSUSIDAGI HIKMATLAR KITOBI

1-bob. Suv haqida


Olloh taoloning qavli: «(Kofir bo‘lgan kimsalar). barcha jonli mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham iymon keltirmaydilarmi?!» («Anbie» surasi, 30-oyat).

Olloh taoloning qavli: «Sizlar o‘zlaringiz ichadirgan suv haqida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi? Uni bulutlardan sizlar yog‘dirdingizlarmi yoki Biz yog‘dirguvchimizmi?! Agar Biz istasak, uni sho‘r qilib qo‘ygan bo‘lur erdik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!» («Voqi’a» surasi, 68—70-oyatlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:47:47
2-bob. (Yana) suv haqida. Kim suvni, u xoh (ko‘pchilikka) taqsimlab bo‘ladirgan va xoh taqsimlab bo‘lmaydirgan bo‘lsin, vaqf, hadya va meros qilish joiz, deb hisobladi?

(Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida ul yerda Ruma nomli quduqdan bo‘lak chuchuk suv manbai yo‘q erdi. Shul bois) ul zot: «Kimki Ruma qudug‘ini sotib olib, uning suvini musulmonlar birlan baham ko‘rsa, buning uchun unga jannatdan yaxshi joy ato etilur» — deb marhamat qildilar. Shunda uni Usmon raziyallohu anhu sotib oldilar.

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir qadahda suv keltirishdi. Ul zot undan (bir oz) ichdilar. Shunda o‘ng yonlarida bir yigit va chap yonlarida keksalar turishgan bo‘lib, ul zot yigitga: «Ey yigit, qadahda qolgan suvni avval keksalarga uzatsam, maylimi?» — dedilar. Yigit: «Sizdan tegadigan nasibamdan voz kechmagayman» — dedi. So‘ng, Janob Rasululloh uni yigitga uzatdilar».

Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molikning hovlilarida bir sovliq qo‘y sog‘ilib, sutga hovlidagi quduq suvidan qo‘shildi-da, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uzatildi. Shunda Janob Rasulullohning o‘ng tomonlarida bir badaviy, chap tomonlarida ersa, Hazrat Abu Bakr turgan erdilar. Janob Rasululloh sutdan bir oz ichgach, qadahni endi og‘izlaridan olmoqchi bo‘lib erdilar, Hazrat Umar «Kadahni badaviyga uzatmasalar erdi» degan xavotirlikda: «Abu Bakr Siddiqqa uzating, yo Rasulalloh!» — dedilar. Lekin, Janob Rasululloh baribir idishni badaviyga berib: «Avval o‘ng tomondagiga, so‘ng yana o‘ng tomondagiga uzatiladi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:48:12
3-bob. Ehtiyojidan ortiq suvi bo‘lmagan odamning (o‘ ekin va mollarini) sug‘orishga eng haqli ekanligi xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ehtiyojingizdan ortiqcha suvni (o‘tloqlarga) man’ qilmangiz, aks holda o‘t-o‘lanlarning mo‘l-ko‘l bo‘lmog‘iga mone’lik qilursiz!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:48:27
4-bob. O‘z yerida quduq qazigan odamning javobgar bo‘lmasligi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kon kafolatsizdur, quduq kafolatsizdur va hayvon (ham) kafolatsizdur. (Johiliyat; davridan qolgan) xazinadan ersa, xums (soliq) olinur» — deb marhamat qildilar». (Ya’ni, agar bir kishi o‘z yerida yoxud tashlandiq, hech kimga tegishli bulmagan joyda kon qazisa-yu, unga hayvon yo inson tushib ketib halok bo‘lsa yoki yollab qazdirayotgan odami kon bosib qolib nobud bo‘lsa, javobgar bo‘lmas. Shuningdek, bir kishi o‘z yerida yoki tashlandiq, hech kimga tegishli bulmagan joyda quduq qazisa-yu, unga hayvon yo inson tushib ketib halok bo‘lsa yoki yollab qazdirayotgan odami quduq o‘pirilib ketib nobud bo‘lsa, javobgar bulmas).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:50:27
5-bob. Quduq xususidagi xusumat va unga nisbatan chiqarilgan hukm haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki biror musulmonning molini tortib olish maqsadida (yolg‘on) qasam ichar erkan, u fojirdir. Olloh taolo uni Qiyomat kuni g‘azab birlan qarshi olur. Bu xususda Olloh taolo «Olloh taologa bergan va’dalari birlan qasamlarini (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirguvchilar oxirat ne’matlaridan benasib qolurlar...» degan oyati karimasini nozil qildi» — deb aytgan erdilar. (Bir kuni men bir guruh sahobalar birlan) Ash’as (xususida suhbatlashib o‘ltirgan erdim, uning o‘zi huzurimizga) kirib kelib qoldi-da: «Abu Abdurrahmon (ya’ni, meni nazarda tutayotir) sizlarga ne dedilar?» — deb so‘radi. (Shunda sahobalar: «Sening bir quduq xususida xusumatlashganing haqida so‘zlab berdilar», — deyishdi). So‘ng, Ash’as bunday dedi: «Bul kishi to‘g‘ri aytibdilar, darhaqiqat o‘shal oyat mening xususimda nozil bo‘lgandur. Mening bir amakivachchamning yerida menga qarashli bir quduq bor erdi. (Ikkalamiz uni talashib, janjallashib qoldik). Shunda Janob Rasululloh menga: «Quduq seniki ekanligiga guvohlar keltir!» dedilar. Men: «Guvohlarim yo‘q», — dedim. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, amakivachchang qasam ichsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, turgan gapki, u (yolg‘on) qasam ichur!» — dedim. Shunda ul zot quyidagi hadislarini aytdilar: «Kimki biror musulmonning molini tortib olish maqsadida (yolg‘on) qasam ichar erkan, u fojirdur. Olloh taolo uni Qiyomat kuni g‘azab birlan qarshi olur». Keyin, Olloh taolo ul zotning so‘zlarini tasdiqlab, «Olloh taologa bergan va’dalari birlan qasamlarini (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirguvchilar oxirat ne’matlaridan benasib qolurlar...» degan oyati karimasini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:51:23
6-bob. Yo‘lovchiga suv bermagan kishining gunohi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo Qiyomat kuni uch toifa odamga rahmat nazari birlan qaramas, ularni maqtamas, gunohdan poklamas, ularni alamli azob kutur. Birinchisi — ortiqcha suvi bula turib, yo‘lovchiga suv bermagan odam. Ikkinchisi — imomga (rahbarga) faqat mol-dunyo ilinjida bay’at qilgan odam bo‘lib, agar imom unga mol-dunyodan berib tursa, rozi, bermasa, darg‘azab bo‘lur. Uchinchisi — bozorga molini asrdan keyin olib kelib: «Yakka-yu yagona tangrim haqi, bu molimni bir xaridor falon so‘mga olmoqchi erdi» — deb (yolg‘on) qasam ichguvchi odam bo‘lib, bo‘lak bir xaridor uning qasamiga ishonur-da, ul aytgan narxga o‘shal molni sotib olur». So‘ng, ul zot quyidagi oyatni qiroat qildilar: «Olloh taologa bergan va’dalari birlan qasamlarini (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirguvchilar oxirat ne’matlaridan benasib qolurlar...».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:52:32
7-bob. Daryo (soy, ariq)lar suvini to‘sib quyish haqida

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida bir ansoriy kishi Abdulloh ibn Zubayr birlan toshloqdan oqib keladigan jilg‘a suvini talashib, janjallashib qolishdi, chunki ikkalalari o‘shal jilg‘adan o‘z xurmozorlarini sug‘orishar erdi. Ansoriy: «Suvni to‘sma, oqib tursin!» — dedi. Zubayr ko‘nmadi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Zubayr, xurmolaringni sug‘orgil-da, keyin qo‘shningning xurmolariga ochib yubor!» — dedilar. Ansoriy g‘azablanib: «Bu ammangizning o‘g‘li-da!» — dedi. Janob Rasulullohning ranglari o‘zgarib ketdi-da: «Ey Zubayr, suvni ochgil-da, xurmolaringni to ildiz-ildiziga yetguncha (ikki hissa) sug‘oraver, keyin suvni tusib qo‘y!» — dedilar».

Zubayr: «Olloh taolo haqi, men quyidagi oyatni ana shu voqea xususida nozil bo‘lgan, deb hisoblayman», — deydilar: «Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan janjallarda sizni hakam qilmagunlaricha... zinhor mumin bula olmaslar» («Niso» surasi, 65-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:52:54
8-bob. Avval suvga eng yaqin yer, so‘ng undan keyingi yer sug‘orilur

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

9-bob. Ikki hissa sug‘orish haqida

Bu yerda ham yuqoridagi hadis takrorlangan.

10-bob. O’zganing chanqog‘ini qondirishning fazilati xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir odam yo‘lda ketayotib chanqab qoldi-da, bir quduqni uchratib, uning ichiga tushib suv ichdi. So‘ng, quduqdan chiqib, bir itning tashnalikdan harsillab tuproq namini yalayotganini ko‘rdi. Shunda u o‘ziga-o‘zi: «Bu it ham men kabi chanqab qolibdi» — deb quduqqa qayta tushdi va mahsisini suvga to‘ldirdi-da, quduqdan chiqib itga ichirdi. Olloh taolo bul amali solihi uchun uning gunohlarini kechirdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, hayvonlarga suv ichirsak ham, bizga savob tegurmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «(Biz sug‘oradirgan) har bir jonzotda biz uchun savob (ajr) mavjuddur», — dedilar».

Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozni o‘qib bo‘ldilar-da: «Menga jahannam shunday yaqin keltirildiki, hatto men (unda azoblanayotgan bir qancha ummatlarimni ko‘rib): «Yo Olloh, sen: «Modomiki, siz ularning ichida ekansiz, ulardan birortasini ham azoblamasman» — demabmiding?!» — deb yubordim. Keyin, mushuk yuzlarini timdalayotgan bir ayolga ko‘zim tushib: «Bu kim?» — deb so‘radim. Menga: «Bu ayol tirikligida bir mushukni qamab qo‘yib, suv va ovqat bermay, o‘ldirib qo‘ygan erdi», — deyishdi», — dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir ayol bir mushukni qamab quyib, ochliqdan o‘ldirib qo‘ygani uchun jahannamda azoblandi. Olloh taolo haqi, u uni qamab quyib, na ovqat va na suv berdi, tashqariga chiqib, biror jonzotni tutib yeyishiga ham imkon bermadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:56:36
11-bob. Hovuz yoxud mesh egasining undagi suvga o‘zgalardan haqliroq ekanligi haqida

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir idishda suv keltirishib erdi, undan bir oz ichdilar. Shunda o‘ng tomonlarida qavmning eng yosh yigiti, chap tomonlarida ersa katta yoshdagi e’tiborli kishilar o‘ltirishgan erdi. Janob Rasululloh yigitga «Qolgan suvni kattalarga uzatsam maylimi?» .— dedilar. Yigit: «Yo Rasulalloh, sizdan tegadirgan nasibamdan voz kechmasman!» — dedi. So‘ng, Janob Rasululloh idishni unga uzatdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot nomi birlan qasam ichib aytamanki, begona tuyalar qavm hovuzidan quvilgani kabi, men ham havzimdan (Havzi Kavsarimdan munofiq, bid’atchi va murtad) kishilarni quvib yuborurman!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ismoil alayhissalomning onalarini Olloh taolo rahmat qilsin! Agar ul muhtarama Zamzamga qul tekkizmaganlarida (yoxud suvidan olmaganlarida), u (Yer yuzida) oqib turguvchi buloq bo‘lur erdi», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo Qiyomat kuni uch toifa odamga rahmat nazari birla qaramas, ularga gapirmas: birinchisi — ortiqcha suvi bula turib, yo‘lovchiga suv bermagan odam. Ikkinchisi — imomga (amir, xalifaga) faqat mol-dunyo ilinjida bay’at qilgan odam bo‘lib, agar imom unga mol-dunyodan berib tursa, rozi, bermasa, norozi bo‘lur. Uchinchisi — bozorga molini asrdan keyin olib kelib: «Yakka-yu yagona tangrim haqi, bul molimni bir xaridor falon so‘mga olmoqchi erdi» — deb (yolg‘on) qasam ichguvchi odam bo‘lib, bo‘lak bir xaridor uning qasamiga ishonur-da, ul aytgan narxga o‘shal molni sotib olur. Olloh taolo (suv bermagan odamga qiyomat kuni): «Qo‘ling birlan yaratmagan (narsaning) ehtiyojingdan ortiqchasini qizganganing uchun bugun men ham sendan fazlu karamimni darig‘ tuturman!» — der».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:57:12
12-bob. Qo‘riq faqat Olloh taolo birlan uning Rasuliniki (bo‘lib, biror kimsaning unga egalik qilmoqqa haqqi yo‘qdur)

Sa’b ibn Jassoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘riq faqat Olloh taolo birlan uning Rasuliniki (bo‘lib, biror kimsaning unga ega chiqib olmoqqa haqqi yo‘qdur)», — dedilar. (Ya’ni, imom yoki xalifa vodiylardagi va tog‘lar oraligidagi egasiz yerlarni hamda bo‘z yerlarni o‘z tasarrufiga oladi, bunday yerlarda jihod uchun mo‘ljallangan otlar, tuyalar va zakotga olingan mol-hollar boqiladi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 07:58:46
13-bob. Daryo (soy, ariq va boshqa chuchuk suv manba’lari)dan insonlarning (suv) ichmog‘i va hayvonlarning sug‘orilmog‘i xususida

Abu Hurayra razyayallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Ot bir kishi uchun savob (ajr), ikkinchi kishi uchun (kambag‘allikdan) asraguvchi (vosita) va uchinchi kishi uchun gunohdur. Oti tufayli savob olguvchi kishi — otini Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq niyatida biror yaylov yoki boqqa bog‘lab qo‘ygan kishi bo‘lib, arqonini uzunroq qilib bog‘lab, o‘tlardan bemalol yemog‘iga imkon bergani uchun savob olur, hattoki oti yechilib ketib, shataloq otib yayrasa ham, uning qoldirgan izlari va tezaklari unga savob keltirur. Basharti ot biror suv bo‘yiga borib, undan ichsa-yu, egasi mone’lik qilmasa ham, savob bo‘lur. Oti tufayli (kambag‘alliqdan) najot topguvchi kishi shulkim, ul o‘z otini tirikchilik uchun egarlab, topayotgan rizqi ro‘zidan Olloh taolo yo‘lida sadaqa qilmoqni unutmas va shul bois uning oti (kambag‘allikdan) asraguvchi (vositadur). Oti tufayli gunoh orttirguvchi kishi ersa, maqtanish, riyo uchun ot boqayotgan kishi bo‘lib, uning bul ishi Islom ahliga zid bo‘lgani boisidan unga gunohovardur». So‘ng, Janob Rasulullohdan eshaklar xususida so‘rashdi, shunda ul zot: «Olloh taolo menga bul xususda «Kimki qilibdur zarra vaznicha (jonivorga) yaxshilik, (savobini) ko‘rur va kimki qilibdur zarra vaznicha (jonivorga) yomonlik, (jazosini) ko‘rur» degan oyatdan bo‘lak hech narsa nozil qilmagandur», — dedilar».

Zayd ibn Xolid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, topilma xususida suradi. Janob Rusululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Uning xaltasi birlan bog‘ichini yaxshilab tanib ol, so‘ng bir yil davomida o‘sha topilma haqida odamlarga ovoza qil, agar egasi kelib qolsa, uni unga qaytarib ber, agar kelmasa, uni nima qilsang, qilaver!» — dedilar. Boyagi odam: «Agar qo‘y yo‘qolib qolsa-chi?» — dedi. Janob Rasululloh: «U seniki yoki birodaringniki yoki bo‘riniki», — dedilar. Keyin, u yo‘qolgan tuya haqida so‘ragan erdi, Janob Rasululloh: «U birlan ishing bo‘lmasin, uning suvi ham, tuyog‘i ham o‘zi birlan, xohlasa, suv ichur, xohlasa, yantoq yer, toki egasi uni topib olguncha o‘zini-o‘zi eplagay», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 08:01:13
14-bob. O’tin va xashak sotish haqida

Zubayr ibn al-Avvom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Qo‘lingizga) arqon olib, bir bog‘ o‘tin terib sotsangiz, Olloh taolo ul bir bog‘ o‘tin tufayli yuzingizni (gadoylik qilib) shuvut bo‘lmoqdan asrab qolurki, bu — odamlarga qo‘l cho‘zib, hali ular beradilarmi yo yo‘qmi, tilamchilik qilganingizdan yaxshidur», — dedilar».

Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Badr janggida qo‘lga tushirilgan o‘ljalardan bir qari urg‘ochi tuya menga berilgan erdi. Keyin, Janob Rasululloh menga yana bir qari urg‘ochi tuya berdilar. Kunlarning birida ikkala tuyamni ansorlardan birining eshigi oldida cho‘ktirdim, ularga izxir ortib, (yahudiy buyoqchilarga olib borib) sotmoqchi va pulini Fotimaga uylanadirgan to‘yimda sarf qilmoqchi erdim. Shunda Banu Qaynuqo’ qabilasidan bo‘lmish bir bo‘yoqchi ham men birlan birga erdi. Eshigi oldida tuyalarimni cho‘ktirgan ansoriyning uyida Hamza ibn Abdulmuttalib o‘z ulfatlari birlan araq ichib o‘ltirgan bo‘lib, bir ashulachi ayol Hamzaga g‘amza qilib: «Ey Hamza, qari tuyalarni ham so‘ya olursizmi?!» — debdi. Shunda Hamza o‘rinlaridan turibdilar-da, qilichlari birlan tuyalarning o‘rkachini qirqibdilar hamda qornini yorib, jigarini kesib olibdilar. Bu manzarani ko‘rib, dahshatga tushdim-da, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, ul zotga bo‘lgan voqeani xabar qildim. Shunda huzurlarida Zayd ibn Horisa ham bor erdi. Janob Rasululloh darhol yo‘lga tushdilar, Zayd va men ketlaridan ergashdik. Janob Rasululloh Hamza o‘ltirgan xonaga kirib, qilgan ishlari uchun koyiy boshladilar. Hamza ersalar Janob Rasulullohning yuzlariga tikilib turib: «Sizlar mening bobolarimning qullarisiz, xolos!» — dedilar. Janob Rasululloh Hamzaning qattiq mast ekanliklarini anglagach, orqalariga tisarilib, uydan chiqib ketdilar. Bu voqea araq harom etilmasidan oldin bo‘lgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 08:01:26
15-bob. Yerlarni taqsimlab berish haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Bahrayndagi (o‘lik) yerlarni (o‘zlashtirish sharti birlan ansorlarga) taqsimlamoqchi bo‘ldilar. Ansorlar: «Unday bo‘lsa, bizga qancha taqsimlasangiz, muhojir birodarlarimizga ham shuncha taqsimlangiz!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Mendan keyin, barcha imtiyozlarga yolg‘iz o‘zlari ega bo‘lib olganlarni ko‘rursizlar. Men birlan (Qiyomatda) uchrashguncha sabr qilingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 08:02:00
16-bob. Taqsimlangan yerlarni hujjatlab berish haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bahrayn fath qilinmasidan burun ansorlarni chaqirib, ul yerdagi o‘lik yerlarni ularga bo‘lib bermoqchi bo‘ldilar. Ansorlar: «Unday bo‘lsa, bizga qancha yerni hujjatlab bersangiz, muhojir birodarlarimizga ham shuncha yerni hujjatlab beringiz!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Mendan keyin, barcha imtiyozlarga yolg‘iz o‘zlari ega bo‘lib olganlarni ko‘rursizlar, men birlan (oxiratda yoki Havzi Kavsar buyida) uchrashguningizcha sabr qilingizlar» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 08:02:16
17-bob. Tuyani suv buyida (yoki oldiga suv quyib) sog‘ish lozimligi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Tuya suv buyida (yoki oldiga suv quyilgan holda) sog‘ilmoqqa huquqlidur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 08:02:28
18-bob. Kishi o‘zining (meva tukkandan keyin sotgan) xurmozoriga (yoki bog‘iga) kirib, uni sug’orib turishga haqlidir

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki meva tukkan xurmozorini sotgan bo‘lsa, uning o‘sha yilgi hosili, agar xaridor bul haqda shartlashmagan bo‘lsa, sotgan kishinikidur. U o‘sha yilgi hosilni terib olgunga qadar ul xurmozorga kirib, uni sug‘orib turishga haqlidur. Va kimki moli bor qulini sotgan bo‘lsa, uning moli, agar xaridor bul haqda shartlashmagan bo‘lsa, sotgan kishinikidur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 08:03:08
QARZ OLISH. QARZNI UZISH HAMDA (ATAYLAB) QARZNI UZMAY (BIROVNI) SINDIRISH HAQIDA

1-bob. Yonida puli bo‘lmagan kishining qarzga narsa sotib olgani haqida


Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotga chiqdim. Shunda tuyam imillab kelayotgan erdi, Janob Rasululloh ortimdan yetib kelib: «Tuyangni menga sotmaysanmi?» — dedilar. Men rozi bo‘lib, uni ul zotga sotdim. Madinaga yetib kelganimizning ertasiga tuyani Janob Rasulullohga olib bordim, ul zot menga uning haqini tuladilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir yahudiydan ma’lum muddatga qarzga taom (arpa) sotib oldilar-da, temir sovutlarini unga garovga qoldirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 08:03:18
2-bob. Odamlarning molini ularga qaytarib berish yoxud talofat (zarar) yetkazish niyatida olguvchi kishilar xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki odamlarning molini ularga qaytarib berish niyatida olsa, Olloh taolo ul kishiga (niyatining yaxshiligi boisidan) o‘z fazlu karamini bisyor qilur va kimki (odamlarning molini) ularga talofat (zarar) yetkazish niyatida olsa, Olloh taolo ul kishiga (niyatining yomonligi boisidan) talofat yetkazib, (rizqi ro‘zini bebaraka qilur va Qiyomatda azoblar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2008, 08:03:29
3-bob. Qarzlarni uzish haqida

Olloh taoloning qavli: «Olloh omonatlarni o‘z egalariga qaytarmog‘ingizni va odamlar o‘rtasida hukm qilganingizda adolat birlan hukm qilmog‘ingizni buyurur, Olloh sizlarga eng yaxshi pand-nasihatlar qilur. Albatta, Olloh eshitib va ko‘rib turguvchi zotdur» («Niso» surasi, 58-oyat).

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyag qiladilar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga (kelayotgan) erdim. Ul zot Uhud tog‘ini ko‘rib: «Yo Abu Zarr, shu tog‘ning men uchun tillaga aylanmog‘ini va uning bir dinorining ham qo‘limda uch kechadan ortiq qolmog‘ini istamasman! Bordi-yu, uning bir dinori qolsa, uni ham qarzimga to‘lagan bo‘lardim», — dedilar. So‘ng: «Mol-dunyosi ko‘plar — savob jihatidan qashshoqdurlar. Ammo, o‘z mol-mulkini Olloh taolo yo‘lida (muhtoj) odamlarga xayru ehson qilguvchilar bundan mustasno» — deb aytdilar. Keyin, menga: «Qaytib kelgunimcha, joyingdan jilma!» — deb nariroq ketdilar. Bir ozdan so‘ng, men bir tovushni eshitib, xavotir olganimdan oldilariga bormoqchi bo‘ldim, ammo «Qaytib kelgunimcha, joyingdan jilma!» deganlari yodimga tushib, bormadim. Janob Rasululloh qaytib kelganlarida: «Yo Rasulalloh, men qandaydir tovush eshitdim», — dedim. Ul zot: «Sen eshitdingmi?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Janob Rasululloh: «Jabroil alayhissalom huzurimga kelib: «Ummatingizdan kimki Ollohga shirk keltirmay dunyodan o‘tsa, jannatga kirur», — dedilar. Shunda men: «Agar unday va bunday (ya’ni, zino va o‘g‘rilik) qilgan bo‘lsa hammi?» — dedim. Hazrat Jabroil: «Ha» — deb javob berdilar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:20:07
4-bob. Qarzga tuya olish xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Janob Rasulullohga qarzga tuya bergan erdi. Keyin, uni talab qilayotib qo‘pollik qildi. Shunda sahobalar uning adabini berib quymoqchi bo‘lishib erdi, Janob Rasululloh ularni to‘xtatib: «Mol egasi gapirishga haqlidur», — dedilar-da, unga bir tuya berib yuborishni buyurdilar. Ammo, sahobalar: «Ul sizga bergan tuyadan yoshi qattaroq tuya topa oldik, xolos»,— deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Yoshi katta bo‘lsa ham, berib yuboraveringizlar, chunki sizlarning yaxshilaringiz — o‘z qarzini! (vaqtida) ado etganingizdir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:20:14
5-bob. Qarzdorlarga insof qilmoqlikning fazilati haqida

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir odam vaqti-soati yetib dunyodan o‘tdi. Shunda unga: «Hayotlik vaqtingda qanday xayrli ish qilgansan?» — deyildi. «Odamlar birlan savdo-sotiq qilar erdim. Shunda qarzni uzishga qurbi yetadirgan, (ammo vaqtincha uzolmay turgan) kishiga muhlat berar, nochorning ersa qarzini kechib yuborar erdim», — dedi. Shul bois Olloh taolo uning gunohiday o‘tdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:20:24
6-bob. Yosh tuyaning o‘rniga yoshi kattaroq tuya bersa, bo‘ladimi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rioyat qiladilar: «Bir odam Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga qarzga bergan tuyasini talab qilib keldi. Shunda Janob Rasululloh sahobalarga: «Unga bir tuya berib yuboringizlar!»— dedilar. Ular: «Bizdagi tuyalar ul bergan tuyadan yoshi kattaroq erkan», — deyishdi. Boyagi odam: «Menga vafo qilingiz, Olloh sizga vafo qilur!» — dedi. Janob Rasululloh: «O’shal yoshi katta tuyani unga berib yuboraveringizlar, chunki sizlarning yaxshingiz — qarzini (vaqtida ziyoda qilib) o‘zganingizdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:20:46
7-bob. Qarzni ziyoda qilib uzish haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda ekanliklarida huzurlariga kirdim, shunda zuho namozi vaqti erdi. Janob Rasululloh menga: «Ikki rak’at namoz o‘qi!» — dedilar. So‘ng ul zot mendan qarz erdilar, qarzlarini ziyoda qilib uzdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:20:54
8-bob. Bir narsa birlan berilgan qarzni boshqa narsa birlan uzmoq haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyaplohu anhu rivoyat qiladilar: «Otam Uhud g‘azotida shahid bo‘ldilar. Keyin, ul kishining bo‘yinlarida qolgan qarzni qarz bergan kishilar talab qilib keldi. Men ne qilarimni bilmay, Janob Rasulullohning huzurlariga keldim. Ul zot ularga: «Otasining qarzi evaziga xurmo ola qolinglar!» — deb iltimos qildilar. Ammo, ular hurmozorimning hosili qarzni uzishga kamlik qilishini aytib), ko‘nishmadi. O’shal kuni Janob Rasululloh ularga xurmozorimdan bir dona ham xurmo bermadilar-da: «Ertaga xurmozorda uchrashamiz» — deb qaytib ketdilar. So‘ng, ertasiga xurmozorimga kelib, uni bir aylanib chiqdilar, hosiliga baraka tilab duo qildilar. Keyin, men xurmolarni uzib, otamning qarzlarini uzdim, o‘zimizga ham talaygina xurmo ortib qoldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:21:08
9-bob. «Meni qarzdor bo‘lib qolmoqdan asragil!» deb Olloh taologa yolbormoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam namozda: «Gunoh ishlardan va qarzdor bo‘lmoqdan o‘zing saqla!» — deb Olloh taologa iltijo qilur erdilar. Bir kuni sahobalardan biri: «Yo Rasulalloh, siz nechun «Qarzdor bo‘lmoqdan o‘zing saqla!» deb iltijo qilursiz?» — deb so‘raganda, ul zot: «Agar inson qarzdor bo‘lib qolsa, (noiloj) yolg‘on gapirishi va va’daga xilof qilishi mumkin», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:21:18
10-bob. Qarz qoldirgan mayyitga janoza o‘qish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki o‘zidan keyin mol-dunyo Qoldirsa, u merosxo‘rlariniki va kimki yetim-esir qoldirsa, U bizniki» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Men har bir mo‘min uchun bu dunyoda ham, oxiratda ham eng yaqin (g‘amxo‘r) odamman. Agar xohlasangiz, «Nabiy mo‘minlarga ularning o‘zlaridan ham yaqin (g‘amxo‘r)dur» degan oyatni o‘qingizlar! Qaysi bir mo‘min vafot etib, mol-dunyo qoldirsa, u merosxo‘rlariniki va qaysi bir mo‘min vafot etib, qarz yoki yetim-esir qoldirsa, (qarz bergan kishi mening) oldimga kelsin, (qarzni men uzurman) va yetim mening oldimga kelsin, unga men homiylik qilurman», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:21:27
11-bob. Qarzini tulashga qodir odamning uni ataylab to‘lamay yurishi qarz bergan odamga qilingan zulmdur!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qarzini to‘lashga qodir odamning uni ataylab to‘lamay yurishi qarz bergan odamga qilingan zulmdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:21:40
12-bob. Mol egasi gapirishga haqlidur

Bu yerda 4-bobdagi hadis takrorlangan.

13-bob. Qimki singan (ishi yurishmay, qashshoqlashib qolgan) odamdan qarzga yoki sotuvga bergan yoxud omonat topshirib qo‘ygan molini topsa, uni qaytarib olishga boshqalardan haqliroqdur

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki singan (ishi yurishmay, qashshoqlashib qolgan) odamdan o‘z molini butun (omon) holda topsa, ul uni qaytarib olishga bo‘laklardan haqliroqdur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:22:06
14-bob. Kim qarzini talab qilib kelgan odamni «Ertaga kelgil!» deb qaytardi va buni qarz uzish muddatini ataylab kechiktirish, deb hisoblamadi?

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Otamga qarz bergan kishilar qarzlarini qistab kelishdi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam ularga xurmozorim hosilini olishni taklif qildilar. Lekin, ular (kam, deb) ko‘nishmadi. O’shal kuni Janob Rasululloh ularga xurmozordan birorta ham xurmo bermadilar-da: «Ertaga ertalab kelurman», — dedilar. So‘ng, ul zot ertasi kuni tongda xurmozorimga kelib uning mevasiga baraka tiladilar. Keyin, men xurmolarni terib otamning qarzlarini uzdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:22:16
15-bob. Kim singan (qashshoqlashib qolgan) odamning molini sotib, pulini unga qarz bergan kishilarga bo‘lib berdi yoxud kuniga yaratsin, deb uning o‘ziga topshirdi?

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam o‘z quliga: «Men o‘lganimdan keyin, ozodsan!» - dedi. (Ammo, u tez orada qashshoqlashib, o‘shal qulning qiymatiga muhtoj bo‘lib qoldi). Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «O’shal qulni mendan kim sotib olur?» — dedilar. Uni Nu’aym ibn Abdulloh sotib oldi. So‘ng, Janob Rasululloh pulni qulning egasiga berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:22:26
16-bob. Agar ma’lum muddatga qarz berib tursa, (joizdur)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Banu Isroilga mansub bir kishi Banu Isroilga mansub boshqa bir kishidan qarz so‘rab erdi, u unga ma’lum muddatga qarz berdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:22:39
17-bob. Qarzdorning yonini olib, uning bo‘ynidagi qarzning kamaytirilmog‘ini so‘ramoq haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Abdulloh shahid bo‘lib, bir necha farzand va qarz qoldirdilar. Men qarz bergan kishilardan qarzlarini bir oz yengillatishlarini iltimos qildim. Ammo, ular ko‘nishmadi. So‘ng, men Janob Rasulullohning huzurlariga borib, otamga qarz berganlarni insofga chaqirmoqlarini iltimos qildim. Lekin, ular ul zotning so‘zlarini ham inobatga olishmadi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Xurmolaringni terib, har bir navini alohida-alohida xirmon qilib quy, so‘ng qarz berganlarni o‘sha yerga to‘plagil-da, men kelgunimcha kutib tur!» — dedilar. Men aytganlaridek qildim. Keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib, (eng katta) xirmonning tepasiga o‘ltirdilar-da, har bir qarz egasiga xurmo o‘lchab bera boshladilar. Nihoyat, barcha qarz egasi o‘z ulushini oldi. Shunda ham xurmolarim hech qo‘l urilmagandek, shundayligicha turardi.
Bir kuni men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotga chiqdim. Shunda quduqdan suv tortadirgan tuyamizga minib olgan erdim. Tuyam juda imillab yurganidan, ko‘pchilikdan orqada qolib ketdim. Janob Rasululloh yetib kelib, qo‘llaridagi tayoq birlan tuyamning orqasiga niqtadilar, tuyam shitob birlan ilgarilab ketdi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Uni menga sotgil, Madinaga yetguningcha o‘zing minib boraverasan», — dedilar. Madinaga yetay deganimizda, uyga tezroq borishga oshiqib: «Yo Rasulalloh, men yangi kuyovman, uyga tezroq bormasam bo‘lmaydi», — dedim. Janob Rasululloh: «Kimga uylanding, bokiragami, juvongami?» — dedilar. Men: «Juvonga uylandim. Chunki, otam shahid bo‘lib, menga singillarimni tashlab ketdilar. Shul bois ularga qarab, sochini tarab, adab o‘rgatar, deb turmush ko‘rgan ayolga uylandim», — dedim. Janob Rasululloh: «Ayolingni oldiga tezroq bor!» — dedilar. Uyga kelgach, tuyani sotganimni tog‘amga aytib erdim, ul kishi meni koyidilar. Shunda men tuyaning charchab, imillab qolganini, Janob Rasululloh uni kaltak birlan niqtaganlarini, so‘ng u yugurib ketganini aytdim. Janob Rasululloh Madinaga yetib kelganlarining ertasiga tuyani yetaklab huzurlariga borib erdim, ul zot tuyaning pulini ham, o‘zini ham, shuningdek g‘azotda olingan o‘ljalardan ulushimni ham berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:22:49
18-bob. Molni isrof qilishdan hamda savdo-sotiqda aldamchilik qilishdan qaytarish haqida

Olloh taoloning qavli: «Olloh buzg‘unchilikni yoqtirmas». Olloh taoloning qavli: «Olloh buzg‘unchilarning ishini o‘nglamas».

Olloh taoloning qavli: «(Shu’aIbning qavmi kinoya birlan): «Ey Shu’ayb, o‘qiyotgan namozing senga ota-bobolarimiz sig‘inib kelayotgan butlarni tark etmog‘imiz lozimligini yoxud o‘z mol-mulkimizni o‘zimiz istagancha sarf qilmasligimiz darkorligini buyurayotgandur-a?» — dedi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Janob Rasulullohga shikoyat qilib: «Doim savdo-sotiqda aldanib qolaman», — dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Savdolashayotganingda «Savdo-sotiqda aldash haromdur!» deb aytgil!» — dedilar. Shundan keyin, o‘shal odam savdolashayotganida shunday deydirgan bo‘ldi».

Mutiyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo (ota-) onalarga itoatsizlik qilmog‘ingizni, yangi tug‘ilgan qizaloqlarni tiriklayin kumib yubormog‘ingizni harom etdi va sizlarga birovlarning haqini yeyishni, ig‘vo qilishni, ko‘p savol berishni hamda molni isrof qilishni man’ etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:22:59
19-bob. Qul xojasining moliga mas’ul bo‘lib, faqat uning izni birlangina ish tutur

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga yetakchi va mas’uldursiz. Imom o‘z qo‘l ostidagilarga yetakchi va mas’uldur. Erkak oilasida o‘z qo‘l ostidagilarga homiy va mas’uldur. Ayol erining uyida o‘z qo‘l ostidagilarga homiy va mas’uldur. Xizmatkor xo‘jayinining mol-mulkiga homiy va mas’uldur».
Men yuqoridagilarni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlaridan eshitdim va menimcha ul zot: «Erkak (ya’ni, o‘g‘il) o‘z otasining mol-mulkiga homiy va mas’uldur, har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga yetakchi (homiy) va mas’uldursiz» — deb ham aytib erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:23:12
XUSUMATLAR HAQIDA KITOB

1-bob. O’zaro tortishish (ixtilof) haqida hamda musulmon birlan yahudiy o‘rtasidagi xusumat xususida


Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Men bir kishining bir oyatni Janob Rasulullohdan eshitganimdan ko‘ra boshqacha usulda o‘qietganini eshitdim-da, uni qo‘lidan ushlab ul zotning huzurlariga olib keldim. Janob Rasululloh (o‘shal oyatni bizga o‘qittirib ko‘rgach): «Ikkalovingiz ham to‘gri o‘qidingiz, bir-birlaringiz birlan ixtilof qilmangizlar, chunki sizlardan oldingilar o‘zaro ixtilof qilganlari uchun halok bo‘lganlar», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir musulmon birlan bir yahudiy janjallashib (aytishib) qolishdi. Musulmon: «Muhammadni barcha olamlardan afzal qilgan zot haqi!» — dedi, yahudiy ersa: «Musoni barcha olamlardan afzal qilgan zot haqi!» — deb aytdi. Shunda musulmon yahudiyning yuziga shapaloq tortib yubordi. So‘ng, yahudiy shu haqda Janob Rasulullohga shikoyat qildi. Janob Rasululloh musulmonni chaqirib, bo‘lgan voqeani aniqlaganlaridan keyin: «Meni boshqa payg‘ambarlardan ustun qo‘ymangizlar. Darhaqiqat, Qiyomat kuni odamlar (sur ovozidan) behush bo‘lib yiqilgaylar. Keyin, men birinchi bo‘lib o‘zimga kelgayman. Shunda Muso alayhissalomning Arsh ustunlaridan birini ushlab turganlarini ko‘rgayman, ammo mendan ilgari o‘zlariga kelganmilar yokim Olloh taolo ul kishiga sur ovozidan behush bo‘lishni istisno etganmi, buni bilmagayman», — dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Abulqosim, sahobalaringizdan biri yuzimga urdi», — dedi. Janob Rasululloh: «Kim?» — degandilar, u: «Bir ansoriy» — deb javob berdi. So‘ng, Janob Rasululloh: «O’shal ansoriyni chaqirib kelingizlar!» — deb buyurdilar. Ul kishini chaqirib kelishgach, ul zot: «Nega buni urding?» — dedilar. Ansoriy: «Men buning bozorda «Musoni barcha insoniyatdan afzal qilgan zot haqi!» — deganini eshitib: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamdan hammi?» — dedim-da, g‘azabim quzg‘aganidan uni bir shapaloq urdim». — dedilar. Shunda Nabiy sallallohu alayhi vasallam: «Payg‘ambarlarni bir-birlaridan ustun qo‘ymangizlar. Darhaqiqat, Qiyomat kuni odamlar (sur ovozidan) behush bo‘lib yiqiladilar. So‘ng, yer uzidan ajratib yuboradigan birinchi odam men bo‘lgayman. Shunda Muso alayhissalomning Arsh ustunlaridan birini ushlab turganlarini ko‘rgayman. Ammo ul kishi hushidan ketganlar orasida bormidilar yo yo‘qmidilar yekim Olloh taolo o‘z orazi nurini toqqa tushirganda behush bo‘lib yiqilganlari uchun bu safar behush qilmaganmi, buni bilmagayman», — dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy bir cho‘rining boshini ikki tosh orasiga olib majaqladi. Janob Rasululloh cho‘ridan: «Kim seni bul holga soldi? Falonchimi yo falonchimi?» — deb so‘rayverdilar, oxiri o‘shal yahudiyning nomini aytganlarida, cho‘ri boshi birlan «Ha» degan ma’noda ishora qildi. So‘ng, o‘shal yahudiy tutib kelindi. U aybini bo‘yniga olgach, Janob Rasululloh buyurdilar, boshi ikki tosh orasiga olinib, majaqlandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:24:41
2-bob. O’zaro xusumatlashguvchilar haqida

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir musulmonning molini tortib olmoq maqsadida yolg‘on qasam ichsa, Olloh taolo uni (Qiyomat kuni) g‘azab birlan qarshi olur», — dedilar. Ash’as bunday deb erdilar: «Bu hadis menga taalluqlidur. Chunki, men bir yahudiy birlan bir yerni talashib qolgan erdim. O’shanda u ul yerning meniki ekanligini rad etgan erdi. So‘ng, men uni Janob Rasulullohning huzurlariga olib borgan erdim. Janob Rasululloh menga: «Daliling bormi?» — deb erdilar. Men: «Yo‘q», — degan erdim. Janob Rasululloh yahudiyga: «Ul holda sen qasam ich!» — deb aytib erdilar. Men: «Yo Rasulalloh, yolg‘on qasam ichib, mening molimni o‘ziniki qilib olaveradi-da!» — deb erdim. Shunda Olloh taolo: «Ollohga bergan ahdu paymonlari birlan qasamlarini arzimas matohga almashtirguvchilar...» degan oyatni nozil qilgan erdi».

Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Ka’b raziyallohu anhu masjidda Ibn Abu Xidraddan qarzlarini talab qildilar. Ikkalalarining janjallashgandagi ovozlarini Janob Rasululloh uylarida o‘ltirib ham eshitdilar. Janob Rasululloh uylari eshigining pardasini ochib, ularning oshiga chiqdilar-da: «Ey Ka’b!» — deb chaqirdilar. Ka’b: Labbayka, yo Rasulalloh!» — dedilar. Janob Rasululloh ul kishiga: «Bergan qarzingning bir qismidan kech!» — dedilar-da, qo‘llari birlan «yarmini» degan ma’noda ishora qildilar. Ka’b: «Bosh ustiga!» — dedilar. So‘ng, ul zot Ibn Abu Xidradga: «Tur, qarzingni uz!» — dedilar».

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni men Hishom ibn Hakim ibn Hizomning «Furqon» surasini Janob Rasululloh menga o‘rgatgan uslubdan bo‘lakcha uslubda qiroat qilayotganini eshitib, unga darhol tanbih bermoqchi bo‘ldim-u, ammo o‘qib bo‘lgunicha o‘zimni tiydim. So‘ng, uni choponining yoqasidan ushlagancha Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordim-da: «Men buning siz menga o‘rgatgan uslubdan bo‘lakcha uslubda qiroat qilayotganini eshitdim», — dedim. ShundaJanob Rasululloh menga: «Uni quyib yubor!» — dedilar. Ksyin, unga: «O’qi!» — deb aytdilar. U o‘qigach: «(Bul sura) shul uslubda nozil qilingan», — dedilar. So‘ng, menga: «Sen ham o‘qi-chi!» — deb buyurdilar. Men o‘qigach: «(Bul sura) shul uslubda (ham) nozil qilingan. Chunki, Qur’on yetti uslubda (qiroat qilinadirgan qilib) nozil qilingandur. Ulardan qaysi uslub o‘zingizga oson bo‘lsa, o‘shal uslubda qiroat qilaveringizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:24:50
3-bob. Itoatsiz va xusumatchilarni, ayblari isbotlangach, uylardan chiqarib yuborish haqida

Hazrat Umar raziyallohu anhu Hazrat Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuning singillarini (azada) dod solib yig‘lagani uchun uydan chiqarib yuborganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Odamlarni namozga kelmoqqa buyursam-u, so‘ng kelmaganlarning uylariga borib, ustlaridan o‘t qo‘yib yuborsam!» — deyman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:25:04
4-bob. Mayyitning (farzandiga) vasiylik qilguvchi kishining da’vosi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Abd ibn Zam’a va Sa’d ibn Abu Vaqqos Zam’a cho‘risining o‘g‘li xususida janjallashib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelishdi. Shunda Sa’d: «Yo Rasulalloh, bu akamning o‘g‘li bo‘lib: «Agar men dunyodan o‘tsam, unga vasiylik qilgil!» — deb menga vasiyat qilganlar» — dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bu mening ukam va otamning cho‘rilarining o‘g‘li bo‘lib, ul kishining to‘shaklarida bino bo‘lgan», — dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sa’dning akasi birlan bola o‘rtasidagi o‘xshashlikni ko‘rib: «Ey Abd ibn Zam’a, bu (bola) senga, zero farzand to‘shak sohibinikidur (cho‘rining egasinikidur)» — dedilar. So‘ng, Savda binti Zam’aga: «Bu bolani o‘zingta nomahram bilgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 07:25:18
5-bob. Yomonlik qilishidan xavotir olingan odamni (sinab ko‘rib, dilida yomonligi yo‘q ekanligiga) ishonch hosil qilmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Najd tarafga bir qancha otliqlarni yubordilar. Ular Banu Hunayfa qabilasiga mansub bo‘lmish bir qishini tutib kelishdi. Uning ismi Samoma ibn Usol bo‘lib, Yamoma ahlining ulugi erdi. Keyin, uni masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi. Janob Rasululloh uning oldiga chiqib: «Ey Samoma, dilingda ne bor?» — dedilar. U: «Ey Muhammad, dilimda yaxshilik bor», — dedi. (Janob Rasululloh bul savollarini uch kun davomida uch bor takrorladilar, u har gal o‘sha javobni berdi). So‘ng, ul zot: «Samomani quyib yuboringizlar!» — dedilar. (Keyin, u musulmon bo‘ldi)».

6-bob. Haramda (masjidda) dushmanni bog‘lab qo‘yish va hibs qilish haqida

Bu yerda 5-bobdagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:16:30
Bismillahir rohmanir rohiym.

1-bob. Qarzni qistash haqida

Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ka’b ibn Molik raziyallohu anhu Abdulloh ibn Abu Hidrad al-Aslamiyga qarz bergan erdilar. Bir kuni Abdullohni (masjidda) uchratib, qarzlarini qistadilar. Shunda ikkalalari baland ovoz birlan tortisha boshlashdi. Janob Rasululloh ularning ovozini eshitib, (hujralaridan) chiqdilar-da: «Ey Ka’b, qarzingning yarmidan kech!» — dedilar. Ka’b rozi bo‘ldilar-da, qarzlarining yarmini olib, yarmidan kechdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:17:29
2-bob. Birovdagi qarzdan butunlay voz kechmoq haqida

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men johiliyat davrida temirchilik qilar erdim. Os ibn Voil mendan bir qancha dirham qarz bo‘lib qolgan erdi. Bir kuni uning oldiga borib, qarzimni talab qilib erdim, u menga: «Toki Muhammadga kufr keltirmas erkansan, mendagi qarzingni bermasman!» — dedi. Men unga: «Olloh taolo haqi, Olloh taolo sening joningni olib, qayta tirilturguniga qadar ham Muhammad (alayhissalom)ga kufr keltirmasman!» — dedim. U: «Unday bo‘lsa, o‘lib, qayta tirilgunimga qadar kut! Ul dunyoda ham menga mol-dunyo va bola-chaqa ato etilur, qarzimni ana o‘shanda uzurman», — dedi. Shunda Olloh taolo «(Ey Muhammad), Bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi?! degan oyatni nozil qildi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:21:32
Bismillahir rohmanir rohiym.

TOPILMALAR HAQIDA KITOB

Topilma, agar egasi uning belgilarini aniq aytsa, o‘ziga qaytarib berilur.


Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ichida yuz dinor bor bir hamyon topib oldim-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim. Janob Rasululloh: «Hamyon topib olganingni bir yil davomida e’lon qil!» — dedilar. Men aytganlaridek, hamyon topib olganimni e’lon qildim, ammo uning egasini topmadim. So‘ng, ul zotning huzurlariga (yana) bordim. Shunda Janob Rasululloh (yana): «Hamyon topib olganingni bir yil davomida e’lon qil!» — deb aytdilar. Men hamyon topib olganimni yana e’lon qildim, ammo (bu safar ham) uning egasini topolmadim. Keyin, uchinchi marta ul zotning huzurlariga bordim. Janob Rasululloh (bu gal): «Topilmaning xaltasi birlan bog‘ichi qanaqa ekanligini, ichidagi pul qanchaligini yodingda saqla, agar egasi kelsa, qaytarib ber, aks holda undan o‘zing foydalanaver» — dedilar. So‘ng, men undan foydalandim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:22:51
1-bob. Yo‘qolib qolgan tuya haqida

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan topilma hukmi haqida so‘rab erdi, ul zot: «Uni bir yil davomida (jamoat joylarida) ma’lum qilib tur, so‘ng uning bog‘ichi, xaltasi va ichidagi pulni yedingda saqla. Agar birov kelib, uning belgilarini aniq aytsa, qaytarib ber, aks holda undan o‘zing foydalanaver!» — dedilar. Shunda boyagi badaviy: «Yo Rasulalloh, agar bir qo‘y topib olsam-chi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Uni olaver, chunki sen olmasang, birorta birodaring olur yoki bo‘riga yem bo‘lur», — dedilar. Keyin, boyagi badaviy yana: «Yo Rasulalloh, agar tuya topib olsam-chi?» — dedi. Janob Rasululloh uning bul savolidan darg‘azab bo‘lib: «Tuya birlan ishing bo‘lmasin, egasi topilguncha uning yeb-ichguligi o‘zi birlan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:26:44
2-bob. Yo‘qolib qolgan qo‘y haqida

Bu yerda 1-bobdagi hadis takrorlangan.

3-bob. Topilma, agar egasi bir yil davomida topilmasa, topib olgan kishinikidur (ya’ni, u undan foydalanadi, ammo egasi topilsa, qaytarib beradi)

Bu yerda ham 1-bobdagi hadis takrorlangan.

4-bob. Agar kishi dengizdan yogoch topib olsa yoxud qamchi va shu kabi narsa topsa...

Abu Hurayra raziyallohu anhu rshyuyat qiladilir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birovga qarz bergan bir yahudiy haqidagi hadisi shariflarini aytayotib bunday dedilar: «O’shal odam «Mendan qarz olgan kishi shoyad biror kemada qarzini olib kelgan bo‘lsa!» degan o‘y birlan dengiz sohiliga borib erdi, suv betida qalqib turgan bir yog‘ochga ko‘zi tushdi. So‘ng, u «o‘tinga yarab qolar» deya uni uyiga olib kelib, arralab erdi, ichidan o‘z nomiga bitilgan xat birlan qarzga bergan puli chiqdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:34:59
5-bob. Agar kishi yo‘ldan bir dona xurmo topib olsa...

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyimga kelganimda to‘shagimga tushib qolgan bir dona xurmoni ko‘raman-u, yemoqchi bo‘lib olaman, ammo, keyin «Bu sadaqa bo‘lsa-chi?» degan o‘y birlan uni otib yuboraman», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:44:18
6-bob. Makka ahlining topilmasi (yo‘qolgan narsasi topib olingani haqida) qanday ma’lum qilinur?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:« Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Makqa ahlining topilmasini (topib olingani haqida bir yil davomida uch bor) ma’lum qilguvchi kishininggina olmog‘i joizdur, — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu ripoyat qiladilar: «Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga Makkani fath qilib berganda, ul zot odamlar o‘rtasida turib Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng: «Olloh taolo ashobul-filni Makkaga qo‘ymagan erdi, (bugun ersa) o‘z Rasuli va mo‘minlarni unga hukmron qildi. Makkada urush qilmoq mendan oldin hech kimga ruxsat qilinmagan bo‘lib, menga kunduzi bir soatgina urush qilishga izn berildi, xolos, mendan keyin ham bu yerda urush qilish biror kishiga ijozat qilinmas. Bul yerda ov qilinmas, bul yerning o‘t-o‘lanlari yulinmas, bul yerda yo‘qotilgan narsani topib olinganini ma’lum qilguvchi kishigina olur. Biror kimsasi o‘ldirilgan odam ikki narsadan birini tanlar, yo xun talab qilur yoki qasos olur», — dedilar. Shunda Ibn Abbos: «Yo Rasulalloh, biz izxirni uylarimiz va qabrlarimizda ishlatamiz-ku?!» — deb erdilar, ul zot: «Izxirdan boshqasini yulmangiz!» — dedilar. So‘ng, Abu Shoh ismli bir yamanlik o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, ushbu gaplaringizni menga yozib beringiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Abu Shohga yozib beringizlar!» — deb buyurdilar. Men Al-Avzoiydan: «Menga yozib beringiz, yo Rasulalloh, deganda u nimani nazarda tutgan?» — dedim. U: «Janob Rasulullohdan eshitgan mazkur xutbani», — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:45:07
7-bob. Birovning sog‘in hayvoni egasining ruxsatisiz sog‘ilmasin!

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech kim birovning sog‘in hayvonini egasining ruxsatisiz sog‘masin! Birortangiz o‘z ichimlik manbaingizning birovning qo‘liga o‘tmog‘ini, (ya’ni) xazinangiz (eshigi)ning sindirilib, boyligingizning olib ketilmog‘ini istaysizmi? Darhaqiqat, odamlarning sog‘in hayvonlari yelini ular uchun rizqi ro‘z manbaidur. Shul bois hech kim birovning sog‘in hayvonini egasining ruxsatisiz sog‘masin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:45:54
8-bob. Topilma, garchi egasi bir yildan keyin kelsa ham, qaytarib berilur, chunki u yo‘qotgan kishining topib olgan kishidagi omonatidur!

Bu yerda 1-bobdagi hadis takrorlangan.

9-bob. Kishi topilmani uvol bo‘lmasin, biror vijdonsiz odamning qo‘liga tushmasin, deb olib quysa, joizmi?

Suvayd ibn G’afla rivoyat qiladilar: «Men Salmon ibn Rabiy’a va Zayd ibn Savhon birlan birga g‘azotda erdim. Shunda bir qamchi topib olib edim, hamrohlarimdan biri menga: «Uni tashlab yubor!» — dedi. Men: «Yo‘q, tashlamayman, egasi topilsa, qaytarib beraman, aks holda o‘zim ishlatib yuraveraman», — dedim. So‘ng, biz Madinaga qaytib kelganimizda topib olingan narsa xususida tortishib qoldik. Shul bois men Ubay ibn Ka’bdan topilma haqida so‘radim. Ubay ibn Ka’b bunday deb javob qildilar: «Bir kuni men Janob Rasulullohning davrlarida ichida yuz dinor puli bor hamyon topib olib, uni ul zotning huzurlariga olib bordim. Janob Rasululloh: «Buni topib olganing haqida bir yil davomida 1 ma’lum qil!» — dedilar. Men uni topib olganim haqida bir yil davomida ma’lum qildim. So‘ng, ul zotning huzurlariga bordim. Ul zot (yana): «Uni topib olganing haqida bir yil davomida ma’lum qil!» — dedilar. Men (yana) bir yil davomida uni ma’lum qildim. Keyin, (yana) ul zotning huzurlariga bordim. Ul zot (yana): «Uni bir yil davomida ma’lum qil!» — dedilar. Men (yana) bir yil davomida uni ma’lum qildim. So‘ng, ul zotning huzurlariga to‘rtinchi marta bordim. Shunda ul zot: «Uning ichidagi pulning qanchaligini, xaltasi va bog‘ichining qandayligini eslab qol, agar egasi kelsa, qaytarib ber, aks holda undan o‘zing foydalanaver!» — dedilar».

Salama (yuqoridagi hadis xususida) bunday deydilar: «Keyin, men Ubay ibn Ka’bni Makkada uchratdim. U menga: «Topilmani uch yil davomida e’lon qilib turadimi yo bir yil davomidami, buni bilmayman» — deb aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:47:40
10-bob. Kim topilma haqida (odamlarga) ma’lum qildi-yu, ammo uni hukmdorga topshirmadi?

Bu yerda 9-bobdagi hadis takrorlangan.

11-bob.

Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni men safarda qo‘ylar podasini haydab ketayotgan bir cho‘ponni ko‘rib qolib: «Sen kimning cho‘ponisan?» — deb so‘radim. Shunda u Quraysh boylaridan birining nomini aytib erdi, men uni tanidim. So‘ng, cho‘ponga: «Qo‘ylar ichida sovlig‘i bormi?» — dedim. U: «Ha» — deb javob berdi. Men unga: «Birortasini sog‘ib berolmaysanmi?» — dedim. U: «Mayli», — dedi-da, bir sovliqni ushlab, boglab qo‘ydi. Men unga: «Uning yelinini (artib), qo‘llaringni ham tozala!» — dedim. U quyning yelinini artib, qullarini ham bir-biriga urib tozaladi, so‘ng bir idishga sut sog‘ib keldi. Men sovisin, deb sutga bir oz suv qo‘shdim-da, so‘ng uni Janob Rasulullohga: «Iching, yo Rasulalloh!» — deb uzatdim. Ul zot uni) ichdilar, men ersam bundan mamnun bo‘ldim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:48:49
Bismillahir rohmanir rohiym.

ZULMKORLIK HAQIDA KITOB

1-bob. Jabr-zulm haqida


Olloh taoloning qavli: «Olloh zolim kimsalarning qilayotgan ishlaridan g‘ofil, deb o‘ylamangiz! Darhaqiqat, Olloh ularga (beriladirgan jazoni) ko‘zlar (dahshatdan) xiralashib, baqrayib qoladirgan (Qiyomat) kuniga qoldirmoqdaki, (ul kuni) ular boshlarini yuqori qilgan hollarida (chorlangan tomonga hisob-kitob uchun) yugururlar. Ko‘zlari bir tarafga tikilgancha, dillari ersa (aql, fahm va umid degan narsalardan butunlay) bo‘shab qolur. (Ey Muhammad), odamlarni ogoh qilingki, ularga azob kelar kunda zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizga bir oz muhlat bergil, (ya’ni bizni dunyoga qaytarib, bir oz yashamog‘imizga imkon bergil, biz albatta) Sening da’vatingni qabul qilurmiz va yuborgan elchilaringga ergashurmiz» — derlar...» («Ibrohim» surasi, 42-48-oyatlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:50:04
2-bob. Zolimlardan o‘ch olinishi haqida

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Mo‘minlar duzax (ustiga solingan ko‘priq)dan qutilishgach (omon-eson utib olishgach), jannat birlan do‘zax (ustiga solingan o‘shal ko‘prik) oraligidagi qantarada (baland joyda) to‘xtatilurlar. Shunda ular bu dunyoda bir-birlariga qilgan zulmlari uchun o‘zaro uch olib, gina:kuduratlardan forig‘ bo‘lib olurlar, so‘ng ularga jannatga kirishga ijozat berilur. Muhammadning joni qo‘lida bultan zot nomi birlan qasamyod qilamanki, ular bu dunyodagi uylaridan ko‘ra jannatdagi joylarini tezroq topib olurlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:52:18
3-bob

Olloh taoloning qavli: «Bunday zolimlarga Ollohning la’nati bo‘lur»

Safvon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umar raziyallohu anhuning qo‘lidan ushlab ketayotganimda ro‘paradan bir odam kelib: «Ollohning Qiyomatda o‘z bandalari birlan pinhona yuzma-yuz suhbat qilmog‘i haqida Janob Rasulullohdan eshitganmisiz?» — dedi. Shunda Ibn Umar: «Men Ul zotning bunday deganlarini eshitganman», — dedi: «Qiyomat kuni Olloh taolo mo‘minni o‘ziga yaqinroq keltirib, uni parda birlan o‘zgalardan pinhon qilgach: «Falon gunohing esingdami? Falon gunohingni bilasanmi?» — deydi. Mo‘min odam: «Ha», — deb javob beradi. Shunda Olloh taolo uning o‘zi qilgan gunohlarini bo‘yniga olib, berilajak azobdae qo‘rqib, xavfu rajoda qaltirab turganini ko‘rib: «Sening u dunyodagi gunohlaringni berkitgan erdim. Bugun ersa ularni kechirdim» — deydi-da, uning nomai a’mollarini ung tomonidan uzatadi va farishtalarga: «Uning jannatdagi joyini ko‘rsatib qo‘yinglar!» — deb amr qiladi. Ammo, kofir va munofiqlar xususiga kelsak, barcha guvohlar (farishtalar payg‘ambarlar va ularning ummatlari): «Mana shular Olloh taolo sha’niga yolg‘on gaplarni aytganlar» — deyishadi. Eshitinglar, bunday zolimlarga Ollohning la’nati bo‘lur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:54:46
4-bob. Musulmon musulmonga zulm qilmas va uni zulmkor qo‘lida qoldirmas!

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Musulmon o‘z musulmon birodariga zulm qilmas va uni zulmkor qo‘lida qoldirmas! Kimki musulmon birodarining hojatini chiqarsa, Alloh taolo ham uning hojatini ravo qilur. Kimki bir musulmonni g‘am-kulfatdan xalos qilsa, Olloh taolo ham uni Qiyomat g‘am-kulfatidan xalos qilur. Kim bir musulmonning aybini yashirsa, Olloh taolo ham, Qiyomat kuni uning aybini yashirur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:55:41
5-bob. (Musulmon) birodaringiz xoh zolim va xoh mazlum bo‘lsin, unga yordam beringiz!

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Musulmon) birodaringiz xoh zolim va xoh mazlum bo‘lsin, unga yordam beringiz!» dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, mazlumga yordam berish tushunarli, ammo zolimga qanday yordam berilur?» — deb so‘rashdi. Shunda Janob Rasululloh: «Zolimni so‘z birlan, ko‘nmasa, kuch birlan zulmdan qaytarish unga ko‘rsatilgan yordamdur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:57:37
6-bob. Mazlumga yordam berish (lozimligi) haqida

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani buyurib, yetti narsani man’ qildilar. Ul zot bizga bemorni ziyorat qilishni, janozaga qatnashishni, aksa urganga javob qaytarishni, salomga alik olishni, mazlumga yordam berishni, chaqirilgan joyga borishni va qasamni buzmaslikni buyurdilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi na sallam: «Mo‘min mo‘minni tutash binolar kabi suyab turmog‘i darkor!» — dsya barmoqlarini chalishtirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 08:59:31
7-bob. Zolimdan o‘ch olish haqida

Olloh taoloning qavli: «Olloh kishining yomon so‘zini (ya’ni, xoh diniy va xoh dunyoviy aybini) oshkor qilmoqni do‘st tutmas, lekin mazlum (zolim)lar (shikoyat qilsa), joizdur va Olloh eshitguvchi va bilguvchidur» («Niso» surasi. 148-oyat); «Va ul kishilariki, qachon o‘zlariga zulm yetsa, intiqom olurlar» («Sho‘ro» surasi, 39-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Iyul 2008, 09:01:01
8-bob. Mazlumning kechirimli bo‘lmog‘i lozimligi haqida

Olloh taoloning qavli: «(Ey mo‘minlar), xoh oshkora va xoh yashirincha yaxshilik qilsangiz yoki biror yomonlikni kechir sangiz; (Olloh suygan bandalardan bo‘lursiz). Zero, Olloh qudrat sohibi bo‘lgani holda afv qilishda barqaror zotdur» («Niso» surasi, 149-oyat); «(Har qanday) yomonlikning jazosi o‘shal yomonlik kabi yomonlikdur. Kim afv etib (orani) yaxshilasa, bas uning ajri Ollohning zimmasidadur. Albatta, u zulm qilguvchilarni ssvmas...» («Sho‘ro» surasi, 40-44-oyatlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:01:22
9-bob. Zulm (zulm sohibining boshiga) Qiyomat kuni zulmat(balo) bo‘lur!

Ibn Umar riziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zulm (ya’ni birovning haqini yeyish, pulning qaytimini bermaslik yoxud kam berish yoki molning vazni, bo‘yi hamda enidan urib qolish kabi na boshqa tur jinoyatlar zulm sohibining boshiga) Qiyomat kuni zulmat (balo) bo‘lur!» — dedilar». (Ya’ni, Olloh taolo bul dunyoda birovlarga zulm qilgan odamni Qiyomat kuni hidoyat qilmas pa u o‘zi qilgan zulmlar botqog‘iga toyib kstib, jahannam otashiga qular).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:01:32
10-bob. Mazlumning duosi (qarg‘ishi, ohi)dan qo‘rqmoq va ehtiyot bo‘lmoq lozimligi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muozni Yamanga yuborayotib: «Mazlumning duosi (qarg‘ishi, ohi)dan qo‘rq, chunki Olloh birlan mazlumning duosi o‘rtasida to‘siq (parda) yo‘qdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:01:41
11-bob. Birovga zulm qilib, so‘ng uning oldida o‘z gunohini yuvgan kishining zulmi (Qiyomat kuni) kechiriladimi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki birovga (xoh ma’naviy, xoh moddiy va xoh jismoniy) zulm qilgan bo‘lsa, bugunoq, dinoru dirham bo‘lmaydirgan (kun — Qiyomat kelmasidan) burunoq uning oldida o‘z gunohini yuvsin! Agar zulmkor bul dunyoda amali solihlar qilgan bo‘lsa, ul amali solihlariga tegadirgan savoblardan qilgan zulmiga yarashasi olib qo‘yilur. Basharti amali solihlari bo‘lmasa, o‘zi zulm qilgan kishining gunohlaridan olinib, uning bo‘yniga yuklanur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:01:52
12-bob. Agar kishi birovni o‘z zulmidan xalos qilsa, uning o‘shal zulmi (Qiyomatda) eslanmas!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar. «Agar biror ayol eri tomonidan ko‘ngilsizlik yoki yuz o‘girish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa...» degan oyati karima xotinidan ko‘ngli to‘lmay, uni taloq qilmoqni xohlab qolgan er haqidadur. Bunday erning xotini xushyorlik qilib, eriga: «Men sizga o‘zim xususimda bir oz yengillik berurman» — deb aytur (ya’ni, erini o‘ziga moyil qilmoq uchun mahrini bir oz kamaytirilishiga yoki kundoshlariga nisbatan kamroq yeb, kamroq kiyishga rozilik berur va shunda ikki o‘rtada kelishuv yuz berur, chunki Olloh taolo: «...va dillarda mol hirsi mavjuddur...» — deb aytgandur). Mazkur oyat shul hakda nozil bo‘lgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:02:02
13-bob. O’zganing yeridan ozginasini (bo‘lsa ham) zulm birlan (nohaq) tortib olgan kishining gunohi haqida

Sa’id ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki o‘zganing yeridan ozginasini (bo‘lsa ham) zulm birlan (nohaq) tortib olsa, (Qiyomat kuni) (o‘shal) yer uning bo‘yniga yetti qavat bo‘yinturuq qilib osib qo‘yilur».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:02:11
14-bob. Agar odam (o‘zi haqlig‘) narsa xususida birovga ruxsat bersa, joizdur

Jibilla raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Madinada bir guruh iroqliklar orasida erdik. Ibn Zubayr bizni xurmo birlan mehmon qilayotgan erdi. Shul asnoda Ibn Umar yonimizdan o‘tib ketayotib: «Janob Rasululloh xurmoni juftlab yeyishdan qaytarganlar, ammo bu — egasi ruxsat qilsa, joizdur», — dedilar».

Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Abu Shu’ayb ismli ansoriyning qassob g‘ulomi bo‘lib, Abu Shu’ayb unga: «Besh kishiga yetarli taom tayyorla, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yana to‘rt kishini mehmonga chaqirmoqchiman. Chunki, ul zotning yuzlarida ochlik alomatini ko‘rdim», — dedi. So‘ng, mehmonga oltinchi odam ham qo‘shilib keldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Abu Shu’aybga: «Mana bu odam bizga ergashib kelaverdi, izn bersang, kirsin!» — dedilar. Abu Shu’ayb: «Mayli, kiraversin!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:02:22
15-bob. Olloh taoloning qavli: «...o‘zi (Islomga) ashaddiy xusumatchi bo‘la turib...» («Baqara» surasi, 204-oyat)

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh eng nafratlanadirgan odam— ashaddiy xusumatchidur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:02:37
16-bob. Nohaq ekanligini bila turib janjallashgan kishining gunohi haqida

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralari eshigi oldida bo‘layotgan janjal (ovozini) eshitib, janjallashayotganlar oldiga chiqdilar-da, bunday dedilar: «Darhaqiqat, men (ham sizlar kabi bir) insonman, (g‘oibiy, botiniy narsalarni, agar vahiy kelmasa, bilolmasman). Sizlar janjallashib huzurimga kelursizlar. Shunda biringiz ikkinchingizdan so‘zamolroq (gapga chechanroq) bo‘lsangiz, o‘shal so‘zamolrog‘ingizning gapiga ishonib, noto‘g‘ri hukm chiqarib qo‘ymog‘im mumkin. Men birov foydasiga yanglish hukm qilib quygan musulmonning haqi — jahannam parchasi bo‘lib, o‘shal birov uni (istasa) olsin, (istamasa), olmasin!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:02:50
17-bob. (Munofiq), agar bahslashsa (janjallashsa), nomardlik qilur

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimda (quyidagi) to‘rt (yomon) xislat (yoxud ulardan biri) mavjud bo‘lsa, u to undan qutilmaguncha, munofiqdur: so‘zlasa, yolg‘on so‘zlar, va’da qilsa, vafo qilmas, ishonilsa, ishonchni oqlamas hamda bahslashsa, nomardlik qilib (shaloq va bo‘hton so‘zlarni aytar, qo‘liga tushgan narsani otar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:02:59
18-bob. Mazlum, agar o‘ziga zulm qilguvchi kishining (qizganib berkitib quygan) molini topib olsa, undan (insofan ists’mol qilib) qasos olur

Ibn Sirin: «(Mazlum, agar o‘ziga zulm qilguvchi kishining qizg‘anib berkitib quygan molini topib olsa), undan (insofan iste’mol qilib) qasos olur» — dedilar-da, «(Ey mo‘minlar), agar sizlar (o‘zingizga yetgan biror zulm uchun) qasos olmoqchi bo‘lsangizlar, o‘shal zulm barobaridagina qasos olingizlar!» degan oyati karimani qiroat qildilar. («Nahl» surasi, 126-oyat).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, (erim) Abu Sufyon xasis odam, agar uning molidan bolalarimga yegizsam, menga gunoh bo‘lmaydimi?» — dedi. Janob Rasululloh (unga): «Insof birlan yegizsang, senga gunoh bulmas», — dedilar».

Uqba ibn Omir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Yo Rasulalloh), Janobingiz bizni (har yerga yumush birlan) jo‘natursiz, shunda biz biror qavmning (eriga) qo‘nsak, ular bizni mehmon qilmaslar, bul xususda ne deb amr qilursiz?» — dedik. Janob Rasululloh: «Agar biror qavmning (eriga) borib tushsangizlar-u, ular qoidaga muvofiq sizlarni mehmonga taklif qilsalar, qabul qilingizlar, basharti bunday qilmasalar, ulardan mehmon haqini undirib olingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:03:08
19-bob. Timlar haqidagi hadislar

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlarida ansorlar Banu So’ida timida to‘planishdi. Shunda men Abu Bakrga: «Yuring biz birlan!» — dedim. So‘ng, biz Banu So’ida timida o‘ltirgan ansorlar huzuriga bordik». (Bu hadisda ko‘chaning ikki tarafida yashovchilarning ko‘cha ustini yo‘lovchilarning o‘tib turishlariga xalaqit bermaydirgan qilib yopib olishlari joiz ekanligiga va bu o‘zgalarga zulm emasligiga ishora qilingan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:03:19
20-bob. Qo‘shni o‘z devoriga yon qo‘shnisining yog‘och (to‘sin uchini) tiqmog‘iga mone’lik qilmasin!

A’raj rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘shni o‘z d«voriga (ya’ni, o‘z mulki bo‘lgan devorga) yon qo‘shnisining (ya’ni, ul pevorda haqi bo‘lmagan qo‘shnisining) yog‘och (to‘sin) tiqmog‘iga (yoki tashlamog‘iga) mone’lik qilmasin!» — deb aytganlar», — dedilar. (Shunda odamlar e’tiroz bildirgan ma’noda boshlarini quyi solishdi). Buni ko‘rib, Abu Hurayra ularga: «Ie, men aytgan hadisga e’tirozlaringiz borga o‘xshaydi-ku?! Olloh taolo haqi, agar bul hukmni rozilik birlan qabul qilmasangizlar, ul holda men uni qaysar bo‘yinlaringizga majburan yuklab qo‘ygumdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:03:28
21-bob. Mast qilguvchi ichimliklarni ko‘chaga to‘kib yuborish haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Talhaning uylarida bir mehmondorchilikda soqiylik qilib o‘ltirgan erdim, ular ichayotgan ichimlik uzumdan tayyorlangan erdi. (Shu kuni) Janob Rasululloh jarchiga: «Mast qilguvchi ichimliklar harom qilindi» — deb e’lon qilishni buyurdilar. Buni eshitib, Abu Talha menga: «Tashqariga chiq-da, hammasini to‘kib tashla!» — dedilar. Men tashqariga chiqib ichimlikni to‘kib tashladim. O’sha kuni ichimlik Madina ko‘chalarida ariq bo‘lib oqdi. Shunda ba’zilar ichimlik ichib jangga kirganda o‘ldirilganlar haqida gapirishib erdi, Olloh taolo «Iymon keltirib, solih amallar qilganlar ilgari ichimlik ichganlari uchun gunohkor bo‘lmaydilar» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:03:38
22-bob. Hovli sahni va unda o‘ltirish hamda baland joylarda o‘ltirish haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hazrat Abu Bakr Siddiq hovlilari sahniga masjid qurdilar-da, ul yerda namoz o‘qib, Qur’on tilovat qila boshladilar. Shunda mushriklarning xotin va bolalari (tom va daraxtlarga chiqib olib), Abu Bakrni taajjub birla tomosha qilishar erdi. Shul vaqtda Janob Rasululloh Makkada erdilar».

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘chalarda (do‘kon, choyxona, guzar, darcha kabi yo‘lovchilardan baland joylarda ezmalanib) o‘ltirmangizlar!» — dedilar. Shunda odamlar: «Buning nimasi yomon, axir ul joylar bizning gurunglashib o‘ltiradirgan joylarimiz-ku?!» — deyishdi, Janob Rasululloh ularga javoban: «Agar ul joylarda o‘ltirmaslikdan bosh tortsangizlar, ul holda yo‘l haqini to‘lab o‘ltiringizlar!» — dedilar. Odamlar: «Yo‘l haqi nima?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «(Yo‘lovchilarga) termulmaslik, aziyat yetkazmaslik, ularning salomiga alik olmoqlik hamda ularga amri ma’ruf va nahiy munkar qilmoqliqdur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:03:48
23-bob. Yo‘llarga, agar odam va hayvonlarning o‘tishiga xalaqit bermaydirgan, ular tushib ketmaydirgan qilib quduqlar qazilsa, joizdur

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir odam yo‘lda chanqab qolib, o‘sha atrofdagi bir quduqqa tushdi-da, chanqog‘ini qondirdi, so‘ng yuqoriga chiqdi. Nogahon quduqdan nariroqda issiqdan harsillab, chanqoqning zo‘ridan tuproqning namini yalayotgan bir itga ko‘zi tushdi. «Bu jonivor ham men kabi chanqab qolibdi-da» — deb qaytib quduqqa tushdi-da, mahsisining qo‘njida suv olib chiqib, itga ichirdi. Uning shu qilgan xayrli ishi uchun Olloh taolo undan rizo bo‘lib, gunohlarini kechirdi», — dedilar. Shunda odamlar: «Yo Rasulalloh, hayvonlardan ham bizga savob tegadimi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ha, har bir jonzotda sizlar uchun ajr (savob) bordur» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:03:58
24-bob. Yo‘ldagi aziyat beradirgan narsani chetga olib qo‘yish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallatlohu alayhi va sallam: «Yo‘ldagi aziyat beradirgan narsani chetga olib quyish — sadaqadur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:04:14
25-bob. Hujra, boloxona, qo‘rg‘on va shu kabilar haqida

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina qo‘rg‘onlaridan birining tspasiga chiqdilar-da: «Men ko‘rayotgan narsani ko‘rayotirsizlarmi? Darhaqiqat men hov anavi uylaringiz tomonda jala yanglig‘ fitnalar yetajagini ko‘rib turibman»,— dedilar».

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Hazrat Umar raziyallohu anhudan Olloh taoloning «(Ek Oisha va Hafsa), agar Ollohga tavba qilsangizlar, dillaringiz moyil bo‘libdur...» degan oyati karimasi haqida so‘ramoqchi bo‘lib yurardim-u, lekin qulay fursat topolmasdim. Bir yil Hazrat Umar haj qildilar, men ham ul kishi birlan birga hajga bordim. Hajdan qaytayotib ul kishi yo‘lda hojat uchun chetga chiqdilar. Men ham idishda suv olib, chetga chiqib turdim. Ul kishi qaytgach, qo‘llariga suv quyib berdim. Tahorat olganlaridan so‘ng: «Yo mo‘minlar amiri, Olloh taolo Janob Rasulullohning ikki xotinlari to‘g‘risida «Agar Ollohga tavba qilsangizlar, dillaringiz moyil bo‘libdur» degan oyatini nozil etgan, o‘sha ayollar kim o‘zi?» — deb so‘radim. Shunda Hazrat Umar: «Vo ajabo! Shuni ham bilmaysanmi, ey Ibn Abbos? Ular Oisha birlan Hafsa edi-da», — dedilar. So‘ng, Hazrat Umar so‘zlarida davom etib bunday dedilar: «Men va ansoriy bir qo‘shnim Baniy Umayya ibn Zayd qavmida erdik. Ular Madinada katta e’tiborga ega bo‘lgan qavm erdi. Ikkimiz Janob Rasulullohning huzurlariga navbatma-navbat borib-kelib turardik. Bir kun u, bir kun men borardim. Men borib kelsam, o‘sha kuni sodir bo‘lgan (yuz bergan) voqea, xabar va boshqa narsalardan uni voqif etardim. U borib kelganda ham, xuddi shunday qilardi. Biz qurayshiylar ayollarimizdan ustun turardik. Ansorlarda ersa, buning aksi bo‘lib, ayollar erlaridan ustun erdi. Keyin, bizning ayollarimiz ulardan «o‘rnak» ola boshlashdi. Bir kuni xotinimga baqirgan erdim, u ham menga baqirib javob berdi. Men: «Gap qaytarma!» — dedim. U: «Nega endi gap qaytarmas erkanman, xudo haqi, Janob Rasulullohning ayollari ham ul zotga gap qaytarishadi. Mana shu bugun ulardan biri Janob Rasulullohni kun bo‘yi ranjitdi», — dedi. Men bundan qattiq xavotirlanib: «Ulardan qay biri shu ishni qilgan bo‘lsa, oqibati yaxshi bo‘lmas!»— dedim-da, kiyinib qizim Hafsaning uyiga bordim, so‘ng unga: «Ey Hafsa, birortangiz Janob Rasulullohni bugun kun bo‘yi ranjitdingizmi?» — dedim. Qizim: «Ha», — dedi. Men: «Umidlarim puchga chiqdi. Sen mening ishonchimni oqlay olmading, baxtingni boy berding. Olloh taolo Janob Rasulullohning g‘azablari tufayli (sizlarga) g‘azab qilsa, omon qolmassizlar, halok bo‘lursizlar. Janob Rasulullohga zinhor gap qaytarma, arazlama, nimaiki xayolingga kelsa, mendan so‘ra, qo‘shningning gaplariga aldanma, garchi u Janob Rasulullohga mahbubroq va sendan kura chiroyliroq Oisha bo‘lsa ham!» — dedim.
O’sha paytlarda biz «G’asson (podshohi) biz birlan urush qilish taraddudida otlariga taqa qoqtirmoqda» degan shov-shuv gaplarni eshitib yurardik. Bir kuni ansoriy do‘stim o‘z navbati bo‘yicha Janob Rasulullohning huzurlariga bordi-da, kechqurun qaytib kelib, eshigimni shiddat birlan taqillatdi. Men qurqib ketib, darhol eshikni ochdim. U menga: «Bugun bir katta voqea yuz berdi», — dedi. Men: «Nima bo‘ldi, G’asson bostirib keldimi?» — dedim. U: «Yo‘q, bundan ham dahshatliroq va xunukroq ish sodir bo‘ldi. Janob Rasululloh ayollarini taloq qilibdilar», — dedi. Men: «Hafsa ishonchimni oqlay olmadi, baxtini boy berdi. Shunday bo‘lmasaydi, deb hayolimdan o‘tkazgan erdim-a!» — dedim-da, kiyinib masjidga bordim va Janob Rasululloh birlan bomdod namozini o‘qidim. Keyin, Janob Rasululloh boloxonalariga chiqib, ul yerda yolg‘iz o‘zlari qoldilar. Men ersam, Hafsaning huzuriga kirdim, qarasam, u yig‘lab o‘ltirgan erkan. Men unga: «Seni yig‘latayotgan narsadan ogohlantirmaganmidim?! Mana, endi nima bo‘ldi?! Janob Rasululloh sizlarni taloq qildilarmi?» — dedim. U: «Bilmayman, ul zot hov anavi boloxonalarida yolg‘iz o‘zlari o‘ltiribdilar», — dedi. Men tashqariga chiqib, minbar oldiga bordim, qarasam, bir guruh odamlar uning atrofida o‘tirishibdi, ba’zilari yig‘layotir. Men ham ular birlan bir oz o‘ltirdim. Keyin, qalbimdagi hislar meni mag‘lub qilib, Janob Rasululloh kirib ketgan boloxona oldiga bordimda, qora xizmatkorlariga: «Umarga ichkariga kirmoqqa ruxsat berursizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. Xizmatkor ichkariga kirib, Janob Rasululloh birlan suzlashgach, qaytib chiqdi-da: «Janob Rasulullohga sizning kelganingizni aytdim. indamadilar», — dedi. Men yana minbar atrofidagi odamlar oldiga borib o‘ltirdim. Ammo, qalbimdagi xayollar meni iztirobga solib, xizmatkor oldiga yana bordim-da, unga: «Umarga ijozat berasizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. U ichkariga kirib chiqib: «Sizning kelganingizni aytdim, lekin indamadilar», — dedi. Men yana o‘sha minbar atrofidagi odamlar oldiga borib o‘ltirdim. Ammo, qalbimdagi iztirob menga tinchlik bermay, xizmatkor oldiga yana bordim-da: «Umarga ruxsat berasizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. U ichkariga kirib chiqib: «Sizning kelganingizni aytdim, indamadilar», — dedi. Endigina qaytib ketayotgan erdim, xizmatkor meni chaqirib: «Ul zot sizga ijozat berdilar», — dedi. Men Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim. Ul zot bo‘yra ustida yotardilar. Bo‘yra biqinlariga botib ketibdi. Boshlariga ichiga poxol tiqilgan, teridan qilingan yostiq qo‘yib olibdilar. Men ul zotga salom berdim-da, tik turganimcha: «Yo Rasulalloh, xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. Ul zot menga qarab: «Yo‘q» — deb javob berdilar. Men: «Ollohu akbar!» — dedim. So‘ng, hanuz tik turganimcha: «Yo Rasulalloh, agar mening gaplarimga quloq solishni istasangiz, tinglangiz! Sizga ma’lumki, biz Quraysh erkaklari xotinlarimizdan ustun turar erdik. Madinaga kelsak, bu yerdagi qavm ayollari erkaklaridan ustun turishar erkan», — dedim. Janob Rasululloh bu gapimni eshitib tabassum qildilar. Keyin, men gapimda davom etib: «Yo Rasulalloh, agar bilsangiz, men Hafsaning huzuriga kirib, unga: «Kundoshingning yolg‘on-yashiq, balandparvoz gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga sendan ko‘ra chiroyli va sevimli Oisha bo‘lsa ham, deb aytdim», — dedim. Janob Rasululloh yana tabassum qilib qo‘ydilar. Buni ko‘rib bir oz dadillashdim-da, yerga o‘ltirib olib ul zotning xonalarini ko‘zdan kechira boshladim. Xudo haqi, xonalarida uchta oshlanmagan teridan bo‘lak biror narsa ko‘rmadim. Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, Ollohdan iltijo qilib so‘rangiz, ummatingizga ne’matlarini mo‘l-ko‘l qilsin! Olloh Fors va Rum ahliga o‘z ne’matini ayamagan, ularga mol-dunyo ato qilgan, ular esa Ollohga ibodat qilmaydilar», — dedim. Janob Rasululloh yonboshlab yotgan edilar, o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar-da: «Ey Ibn al-Xattob, sen ularga ne’matlarning barchasi shu dunyodayoq berilganiga (oxiratga hech narsa qoldirilmaganiga) shubhadamisan?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men uchun Ollohdan mag‘firat tilangiz!» — dedim. o‘shanda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, o‘zlari haqlaridagi bir sirni Hafsa Oishaga aytib qo‘yganda, xotinlaridan yigirma to‘qqiz kun arazlagan erdilar. Janob Rasululloh, Olloh taolo o‘zlariga tanbih berganida, xotinlaridan qattiq ranjib: «Men ular huzuriga bir oy mobaynida kirmasman!» — deb aytgan erdilar. Oradan yigirma tuqqiz kun o‘tgach, Janob Rasululloh birinchi bo‘lib Oisha raziyallohu anhoning hujralariga kirib, ul onamiz birlan gaplasha boshladilar. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Yo Rasulalloh, siz bizning. huzurimizga bir oy kirmasman, deb qasam ichgan erdingiz, bugun ersa yigirma to‘qqiz kun bo‘ldi», — dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «(Bu) oy yigirma tuqqiz kundir», — dedilar. Darhaqihat, o‘sha oy yigirma to‘qqiz kun erdi.
Oisha bunday deydilar: «Shundan so‘ng, Olloh taolo Janob Rasulullohning barcha xoginlariga ul zotni yoxud bu dunyo birlan uning ziynatlarini tanlash ixtiyori berilganligi haqida oyat nozil qildi. Shunda Jaiob Rasululloh xotinlaridan birinchi bo‘lib men birlan gaplasha boshladilar-da, menga: «Ey Oisha, senga bir narsani eslatib qo‘yay, ota-onang birlan kengashmasdan turib biror qarorga kelishga oshiqma!» — dedilar. Janob Rasululloh ota-onamning bizning ajralishimizga rozilik bermasliklarini yaxshi bilardilar. Janob Rasululloh: «Olloh taolo «Ey payg‘ambari muhtaram, siz o‘z xotinlaringizga aytingizki, agar sizlar dunyo hayotini va uning ziynatini istasangizlar, kelingizlar, men sizlarga bir oz foyda yetkazay-da, so‘ng sizlarga yaxshilik ila ruxsat beray!» degan oyati karimasini iozil qildi», — dedilar».
Shunda Oisha onami Olloh taolo birlan uning Rasulini tanladilar, boshqa onalarimiz ham Oisha onamiz kabi ish tutishdi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayollarining huzuriga bir oy mobaynida kirmaslikka qasam ichdilar. O’shanda oyoqlari chiqqan (lat yegan) bo‘lib, boloxonada bir oy (o‘zlari yolg‘iz turdilar). Hazrat Umar kelib: «Ayollaringizni taloq qildingizmi, yo Rasulalloh?» — dedilar. Janob Rasululloh «Yo‘q ammo ularning huzurig‘a bir oy mobaynida kirmaslikka qasam ichdim», — dedilar. o‘sha (boloxonada yolg‘iz o‘zlari yigirma to‘qqiz kun turdilar. So‘ng, undan tushib, ayollarining huzuriga kirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:04:38
26-bob. Kim tuyasini toshga yoxud masjid eshigiga bog‘lab quydi?

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidga kirdilar, men ham ortlaridan kirib, tuyamni bir (katta) toshning chetiga bog‘lab qo‘ydim. So‘ng, ul zotga: «Mana, tuyangiz (ni olib keldim)», — dedim. Ul zot tuyaning atrofini bir aylanib chiqqach: «Puli ham, tuyaning o‘zi ham senga (hadya)», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:04:47
27-bob. Qavm axlatxonasiga tik turib peshob qilish haqida

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir qavm axlatxonasiga tik turgan holda peshob qilganlarini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:04:56
28-bob. Kim yo‘lda yotgan shox-shabba va shu kabi odamlarga aziyat berguvchi narsalarni olib tashladi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir odam ketayotib, yo‘lda yotgan tikanli shox-shabbaga ko‘zi tushdi-da, uni chetga olib qo‘ydi. Uning bu xayrli ishi Olloh taologa xush kelib, gunohlarini mag‘firat etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:05:05
29-bob. Agar ko‘cha o‘rtasidagi sayhon (o‘lik) yerni talashib, ul yerga imorat quradirgan bo‘lsalar, ko‘cha uchun yetti ziro’ (taxminan 5,30 metr) qoldirsinlar!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ko‘cha o‘rtasidagi o‘lik yerni talashib, ul yerga imorat quradirgan bo‘lsalar, ko‘cha uchun yetti ziro’ qoldirsinlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:05:15
30-bob. Egasining ruxsatisiz ta’qiqlash haqida

Uboda: «Biz Janob Rasulullohga birovning molini zo‘rlik birlan tortib olmaslikka bay’at qildik», — dedilar.

Abdulloh ibn Yazid al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birovning molini zo‘rlik birlan tortib olishdan va birovga vahshiyona (quloq, burun va boshqa a’zolarini qirqib) azob berishdan qaytardilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Zinokor zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmas, o‘g‘ri o‘g‘rilik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmas, ichkilik ichguvchi ichkilik ichayotganda mo‘min bo‘lib qololmas, qaroqchi odamlarning ko‘z oldida ularning molini zo‘rlik birlan tortib olayotganda mo‘min bo‘lib qololmas!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:05:24
31-bob. Salbni (krestni) sindirish va to‘ng‘izni o‘ldirish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ibn Maryam (Iso alayhissalom) (osmondan) oralaringizga tushib, (Muhammad alayhissalomning shariy’atlari asosida) adolat o‘rnatmagunlaricha, salbni sindirib tashlab, tung‘izni o‘ldirmagunlaricha, jizya soligini bekor qilmagunlaricha hamda mol-dunyo ko‘payib ketib, sadaqa bersangiz, odamlar olmaydirgan bo‘lmaguncha Qiyomat bo‘lmas».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:05:34
32-bob. Mast qilguvchi ichimlik solingan ko‘zalar sindirib tashlanadimi? Mast qilguvchi ichimlik solingan meshlar yirtib tashlanadimi? But, salb, tanbur va yog‘ochidan foydalanib bo‘lmaydirgan shu kabi narsalar sindirib tashlansa, joizmi?

Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni ko‘plab gulxanlar yoqilayotganini ko‘rib: «Bu gulxanlar nechun yoqilayotir?» — deb so‘radilar. Odamlar: «Xonaki eshaklar go‘shtini pishirish uchun» — deb javob berishdi. Shunda Janob Rasululloh qozonlarni sindirib, sho‘rvasini to‘kib yuborishni amr qildilar. Odamlar: «Ularni to‘kib yuborib, qozonlarni tozalab yuvsak-chi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «(Yoki) yaxshilab yuvingizlar!» — dedilar»

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkani fath etganlarida Baytulloh atrofida uch yuz oltmishta but bor erdi. Janob Rasululloh: «Haqiqat (Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) yo‘qoldi» — deya qo‘llaridagi aso birlan butlarni urib sindirdilar».

Qosim rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho mumkin emasligini unutib, suratli bir choyshab sotib oldilar. Shunda Janob Rasululloh choyshabning (suratli joylarini yirtib (olib) tashladilar. Keyin, Oisha raziyallohu anho uning qolganidan ikkita yostiq tikib oldilar. Janob Rasululloh  ularga suyanib o‘ltirar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:05:43
33-bob. Kimki o‘z molini himoya qilayotib o‘ldirilsa, (shahiddur)

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimki o‘z molini himoya qilayotib o‘ldirilsa, shahiddur» deganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:05:52
34-bob. Birovning kosa yoki bo‘lak bir idishini sindirsa...

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlaridan birining uyida erdilar. Shu payt mo‘minlarning onalaridan biri (Hafsa yoki Safiyya) xizmatkor orqali ul zotga bir kosa taom kiritdilar. Shunda (Oisha rashk qilib) qo‘llari birlan kosani urib sindirdilar. Janob Rasululloh kosa bo‘laklarini jamlab, to‘kilgan ovqatni unga soldilar-da, (uydagilarga): «Yeyaveringlar!» — dedilar. So‘ng, ul zot xizmatkorni to‘xtatib turdilar, taom yeb bo‘lingach, ul orqali taom kiritgan xotinlariga butun kosa berib yubordilar. Singan kosa ersa, Oishaning uylarida qoldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:06:01
35-bob. Kimki birovning devorini (nohaq) buzsa, uni xuddi o‘zidek qilib qayta qurib bersin!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Banu Isroil qavmidan Jurayj ismli bir odam o‘z hujrasida ibodat qilib turgan erdi, onasi kelib uni chaqirdi. Shunda u onasining ovozini eshitgan bo‘lsa ham, ibodatini buzib, javob bergisi kelmadi. Onasi uni ikkinchi marta chaqirdi. Bu safar ham u javob bermadi. Onasi uchinchi bor chaqirdi, u yana javob bermadi. Onasi uning qoshiga kelib: «Ilohi, Jurayj fohisha xotinlar yuzini ko‘rmay, o‘lmasin!» — deb qarg‘adi. Bir kuni Jurayj o‘z hujrasida erdi, bir xotin kelib uni o‘ziga rom qilishga urindi, ammo u ko‘nmadi. Keyin, o‘sha ayol bir cho‘pon birlan aloqa qilib, undan farzand orttirdi-da: «Bu bola Jurayjdan» — deb gap tarqatdi. Natijada odamlar kelib, Jurayjning hujrasini buzib tashlashdi, o‘zini urib, haqorat qilishdi. So‘ng, Jurayj tahorat olib, ibodat qildi-da, ayolning bolasi oldiga borib: «Ey bola, sening otang kim?» — deb erdi, bola: «Mening otam cho‘pon», — dedi. Boyagi odamlar (xijolat bo‘lib) Jurayjga: «Hujrangni tilladan qayta qurib berurmiz», — deyishdi. Ammo, Jurayj: «O’zi xom g‘ishtdan (kesakdan) qurilgan erdi, sizlar ham xom g‘ishtdan qurib beringizlar!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:06:45
Bismillahir rohmanir rohim.

1-bob. Taom borasidagi sheriklik, taomni o‘rtada baham ko‘rmoqlik (halfana, harifona) va mol haqida. O’lchanadirgan va tortiladirgan narsalar qanday taqsimlanadi?

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch yuz kishilik lashkarga Abu Ubayda ibn al-Jarrohni amir etib tayinlab, ularni sohil tomon jo‘natdilar. Men ham shu lashkar ichida erdim. Biz yo‘lga chiqib, oradan hech qancha vaqt o‘tmay, ozuqamiz tugab qoldi. Shunda Abu Ubayda askarlardagi bor yeguliklarni bir yerga jamlashni amr qildi. Menda bir oz xurmo qolgan erdi. Abu Ubayda har kuni boyagi to‘plangan yeguliklardan oz-ozdan berib turdi. Nihoyat, u ham tugadi. Endi kishi boshiga bittadan xurmo tegadirgan bo‘ldi. Bu ham tugagandan keyin, qiynala-qiynala sohilga yetib oldik. Qarasak, ul yerda to‘lqin chiqarib tashlagan, tepalikdek bir nahang yotibdi. Lashkar uning go‘shtini o‘n sakkiz kun yodi. So‘ng, Abu Ubayda nahangning ikki qovurg‘asini yerga sanchib qo‘yishni buyurdi. Ularning tagidan tuya yetaklab o‘tilgan erdi, tuyaning buyi undan pastlik qildi».

Salama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Bir g‘azotda) qavmning yegulik hech narsasi qolmay, ular Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib tuyalardan birini so‘yib yeyishga ruxsat so‘rashdi. Janob Rasululloh izn bergach, ular qaytib ketishayotgan erdi, Hazrat Umar yo‘liqdilar. Shunda ular ul kishini bo‘lgan voqeadan xabardor etishdi. Hazrat Umar: «Tuyalaringiz qolmagach, ne qilursizlar?» — dedilar. So‘ng, ul kishi Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirib: «Yo Rasulalloh, qavm tuyalari qolmagach, ne qilur?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Odamlarga aytingiz, nima yeguliklari qolgan bo‘lsa, hammasini bu yerga olib kelishsin!» — dedilar. Keyin, yerga katta choyshab yozilib, barcha o‘zida qolgan-qutgan yeguliklarni o‘sha choyshabga tashladi. Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib, ul yeguliklarga baraka tilab duo qildilar. So‘ngra, odamlarga idishlarini olib kelishni buyurdilar. Odamlar choyshabdagi yeguliqlardan to tugaguncha hovuchlab-hovuchlab olishdi, yegulik hammaga yetdi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Men Ollohdan bo‘lak iloh yo‘q ekanligiga va o‘zim uning Rasuli ekanligimga shahodat keltirurman!» — dedilar».

Rofi’ ibn al-Xadiyj raziyallohu anhu rivoyat qiladidar: «Biz sahobalar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga asr o‘qir, so‘ng bir jonliqni so‘yar erdik. Keyin, u o‘n bo‘lakka taqsim qilinib, to quyosh botguncha yer erdik».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Darhaqiqat ash’ariylar, agar g‘azotda o‘zlarining yoki shaharda bola-chaqalarining yeguliklari kam qolsa, bor yeguliklarini bir yerga jamlab, keyin uni yaqdillik birlan teng bo‘lishib olishar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:06:51
2-bob. Podalarini aralash boqayotgan ikki kishi ular uchun birgalikda zakot berurlar

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu (menga) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zakot xususidagi hukmlarini yozib berdilar. Ul zot bunday degan erkanlar: «Podalarini aralash boqayotgan ikki kishi ular uchun birgalikda zakot berurlar» (ya’ni, ular o‘z podalari uchun alohida-alohida zakot bermay, balki o‘zaro kelishib bitta zakot berurlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:07:02
3-bob. Qo‘ylarni taqsimlash haqida

Rofi’ ibn Xadiyjning bobolari rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhulayfada erdik. Odamlar och qolib, bir necha tuya va qo‘y o‘lja olishdi. Shunda Janob Rasululloh, qavmning ortida (saflari uzilib qolmasin, deb ularni kuzatib) kelayotgan erdilar. Ular o‘lja olingan o‘shal qo‘y va tuyalardan tezda bir nechasini suyib, go‘shtlarini qozonlarga solib pishira boshlashdi. Shu orada Janob Rasululloh yetib keldilar-da, qozonlarni ag‘darib, ichidagilarni to‘kib tashlashni amr qildilar, (chunki qavm o‘lja olingan qo‘y va tuyalarni ul zot taqsim qilmaslaridan burun so‘yishgan erdi). Biz qozonlarni ag‘darib, ichidagilarni to‘kib tashladik. So‘ng, Janob Rasululloh o‘nta qo‘yni bir guruhga ajratib, qolgan guruhlarga o‘nta qo‘y hisobida bittadan tuya berdilar. Keyin, o‘sha tuyalardan biri qochib ketdi. Uni tutolmay, ancha urinishdi. Qavmda otlar kam bo‘lganligi sababli bir odam uni piyoda quvib borib, nayza birlan urib yiqitdi. Shu on Olloh taolo ul tuyaning jonini oldi. Janob Rasululloh: «Bu jonivorlarda vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjuddir. Qaysi bir hayvon sizga shu qiliqni qilsa, hozirgidek ish tutingizlar!» — dedilar. So‘ng, men ul zotga: «Yo Rasulalloh, biz ertaga dushman birlan to‘qnashurmiz, (dushman bizni ko‘p deb o‘ylamog‘i uchun tunda ko‘plab gulxanlar yoqib, ko‘plab mol-hol so‘ymog‘imiz darkor), ammo bizning pichog‘imiz yo‘q», — dedim. Janob Rasululloh: «Qoni oqizilib, Ollohning ismi zikr qilingan jonliqni yeyaveringizlar, tirnoq va suyak birlan qon chiqarilmagan bo‘lsa bo‘ldi! Bu haqda sizlarga keyin batafsil bayon qilib berurman. Tish — bu suyak bo‘lib, (kesmas, jarohatlab qonatur, nafasni bo‘g‘ib o‘ldirur). Tirnoq birlan hayvonni o‘ldirish ersa — habashlar odati bo‘lib, (sizlar bunday qilmangizlar, chunki ular kofirdurlar)», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:07:15
4-bob. Kishi sheriklik xurmolarni sheriklari iznisiz juftlab yemasin!

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kishi sheriklik xurmolarni sheriklari iznisiz juftlab yemasin!» — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:07:25
5-bob. Shsriklik narsalarni o‘rtacha qiymat birlan baholamoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kimki sheriklik qulni ozod qilmoq uchun uning qiymatidagi o‘z hissasidan voz kechmoqchi bo‘lsa, sherigining hissasini ham o‘z molidan to‘lamog‘i darkor. Agar uning moli bo‘lmasa, ul holda qul o‘rtacha qiymat birlan baholanib, sherigining hissasi qulning zimmasiga yuklanur, ammo u majbur qilinmas» (ya’ni, qul, agar istasa, baholi qudrat ishlab topib berur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:07:34
6-bob. Sheriklik narsani taqsimlash va undan ulush olish uchun qur’a tashlamoq haqida

Numon ibn Bashir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo ta’yin qilgan hududdan chiqmaydirgan (ya’ni, amri ma’ruf va nahiy munkar qilib yurguvchi) odam birlan Olloh taolo ta’yin qilgan hududdan chiqqan (ya’ni, amali solihlarni tark etib, gunohovar ishlarnq qilguvchi) odam bir kemani sheriklikka (ijaraga) olib, so‘ng uning qaerida kim ketishini aniqlash uchun o‘zaro qur’a tashlagan va ba’zisiga uning yuqorisidan, ba’zisiga pastidan joy tekkan qavmga o‘xshaydi. Kemaning tepasidagilar kemaning pastidan joy tekkanlarning chanqab qolganlarida suv ichgani tepaga chiqaverganlaridan norozi bo‘lishdi-da, ularga: «Agar qur’a tashlaganimizda kemaning pasti bizga nasib qilgan bo‘lganida, tepamizdagilarga sira aziyat yetkazmas erdik!» — deyishdi.
Buni eshitib, kemaning pastidan joy olganlardan biri qo‘liga bolta oldi-da, kemaning tubini tesha boshladi. Shunda kemaning tepasidagilar uning oldiga kelib: «Ne qilayotirsan?» — deyishdi. U: «Hadeb huzuringizga chiqaverib, sizlarga aziyat yetkazayotirman, menga ersa suv kerak!» — dedi. Agar kemaning tepasidagilar uning qo‘lidan ushlab, kemani teshmog‘iga yo‘l bermasalar, o‘zlarini ham, pastdagilarni ham halokatdan qutqarib qolurlar, aks holda o‘zlarini ham, pastdagilarni ham halok qilurlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:07:43
7-bob. Yetim va meros ahlining mol xususidagi sherikligi

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva ibn Zubayr Oisha raziyallohu anhodan Olloh taoloning «Va agar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati karimasi haqida so‘radi. Shunda Oisha onamiz: «Ey jiyanim, yetim qiz o‘z valiysining nazoratida bo‘lib, uni o‘z moliga sherik qilur va valiy uning molu jamoliga qiziqib, bir oz mahr berish birlan unga uylanmoqchi bo‘lur. Shu boisdan ham, valiylar o‘z qaramog‘laridagi yetimcha qizlarga uylanishdan qaytarilib, bo‘lak ayollarga uylanishlari amr qilindi», — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:07:53
8-bob. Yer va undan boshqa narsalar xususidagi sheriklik

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir taqsimlanmagan sheriklik mulkka nisbatan shuf’a ta’yin qildilar. Agar sheriklik mulk sheriklar o‘rtasida taqsimlanib, chegara va yo‘llari belgilangan bo‘lsa, unga nisbatan shuf’a yo‘qdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:08:15
9-bob. Agar sheriklar hovli yoki boshqa narsani bo‘lishib olishgan bo‘lsa, endi ular uchun qaytish ham, shuf’a ham yo‘qdur!

Jobir ibn Abdulloh rajyallohu anhu. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir taqsimlanmagan sheriklik mulkka nisbatan shuf’a ta’yin qildilar. Agar sheriklik mulk sheriklar o‘rtasida taqsimlanib, chegara va yo‘llari belgilangan bo‘lsa, unga nisbatan shuf’a yo‘qdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:08:20
10-bob. Tilla va kumush pullarni sheriklikka sotib olish haqida

Sulaymon ibn Abu Muslim bunday dedilar: «Men Abu alminholdan bir pulni ikkinchi pulga naqts sotib olish haqida so‘radim. Shunda u bunday deb aytdi: «Men va sherigim ba’zi narsalarni naqd va nasiyaga sotib oldik. Keyin, Baro ibn Ozib huzurimizga kelib erdi, biz undan shul haqda so‘radik. U bizga: «Men va sherigim Zayd ibn Arqam ham shunday qildik. So‘ng, shul xususda Janob Rasulullohdan so‘radik. Ul zot: «Nimaiki naqdga bo‘lsa, olinglar va nimaiki nasiyaga bo‘lsa, olmanglar!», — dedilar», — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:08:30
11-bob. Mushrik va zammiylarnint (musulmonlar birlan) sheriklikka dshqonchilik qilganlari haqida

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har yilgi hosilning yarmini berish sharti birlan Xaybar yerlarini yahudiylarga berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:08:38
12-bob. Quylarni tsng bo‘lib berish haqida

Abulxayr rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uqba ibn Omirga bir necha quy berib, ularni sahobalarga qurbonlik uchun (teng) bo‘lib berishni amr qildilar. Shunda bir echki ortib qoldi. Urva shu haqda Janob Rasulullohga eslatgan erdi: «Uni o‘zing qurbon qila qol!» dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:08:48
13-bob. Taom va boshqa narsalar borasida shsriklik qilmoq haqida

Bir odam bir narsani savdolashayotgan erdi, bir kishi unga ko‘zini qisib quydi. Shunda Hazrat Umar bu uning sherigi ekanligini fahmladilar.

Zahra ibn Muabbad rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Hishom Janob Rasulullohni kurishga muyassar bo‘lgan erdilar. Bir kuni onalari Zaynab ul kishini Janob Rasulullohning huzurlariga olib borib: «Yo Rasulalloh, buni bay’at qildiringiz!» — dedilar. Shunda ul zot: «Bu hali yosh» — dedilar-da, ul kishining boshlarini silab duo qildilar».

Zahra ibn Muabbad rivoyat qiladilar: «Bobom Abdulloh ibn Hishom men birlan bozorga borib, yeguliklar sotib olar erdilar. So‘ng, yo‘lda Hazrat Umarning o‘g‘illari va Ibn Zubayr ul kishini uchratib: «Bizni yeguliklarinpa sherik qilgil, chunki Janob Rasululloh senga baraka tilab duo qilganlar» — derdilar. Shunda bobom ularni yeguliklar (qiymati)ga sherik qilardilar. Ko‘pincha bobom ul zotning duolari tufayli ancha foyda qilib, bir varakayiga yeguliklar ortilgan tuya sotib olar va uni uylariga jo‘natar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:09:01
14-bob. Qul borasida sheriklik qilmoq haqida

Bu yerda 5-bobdagi hadis takrorlangan.

15-bob. Qurbonlikka atalgan jonlig‘ va tuyalar borasida sheriklik qilmoq haqida. Kishi o‘zining Makkaga haydab kelgan jonlig‘iga birovni sherik qilsa...

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zulhijja oyining to‘rtinchi kuni tongda (sahobalar birlan birga) hajga tahlil aytib keldilar. Makkaga yetib kelishimiz birlanoq haj o‘rniga umra qilishni buyurdilar. Shunda odamlar: «Minoga boramizmi? Axir har birimizning zakarimizdan maniy tomib turibdi-ku!» — deyishdi. Bu gap Nabiy sallallohu alayhi va sallamning quloqlariga borib yetgach, o‘rinlaridan turib: «Odamlar unday va bunday gaplarni aytishayotir, xudo haqi, men Olloh taolo nazdida eng xudojo‘y va eng taqvodorman. Kelajaqda ne vaziyatga tushmog‘imni oldindan bilganimda erdi, qarorimni o‘zgartirmagan va Makkaga qurbonlik haydab kelmagan bo‘lar erdim, qurbonlik olib kelmaganimda erdi, men ham sizlar birlan ehromdan chiqqan bo‘lardim», — dedilar. So‘ng, Suroqa ibn Molik o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, u (tosh otish) faqat biz uchunmi yoki abadiymi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Abadiy», — dedilar. Keyin, Hazrat Ali yetib kelib: «Janob Rasululloh nimaga tahlil aytgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga tahlil aytdim», — dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh Hazrat Aliga ham hajga ehrom bog‘lashni buyurib, ul kishini o‘z jonlig‘lariga sherik qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:09:12
16-bob. Kim jonlig‘larni taqsimlashda o‘nta qo‘yni 1 tuyaga tenglashtirdi?

Bu yerda 3-bobdagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:09:21
Bismillahir rohmanir rohim.

MUQIMLIKDAGI GAROV HAQIDA KITOB

Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar safarda bo‘lsangizlar-u, (birovga qarz berishingizga to‘gri kelib qolib, qarz muomalasini yozib qo‘yguvchi biror) kotib topolmasangizlar, bas (qarz berguvchi qarz olguvchidan biror narsani) garovga olsin!» («Baqara» surasi, 283-oyat).

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birovdan qarzga arpa olib, garov uchun temir sovutlarini qoldirdilar. (O’shal kuni) men ul zotga arpa noni va eritilgan yog‘ olib bordim. Shunda ul zotning «Muhammad sallallohu alayhi va sallam xonadoni uchun bir so’ arpadan bo‘lak yegulik bo‘lgan na biror tong va na biror kech bo‘ldi!» deganlarini eshitdim. O’shanda ul zotning ahli baytlari to‘qqizta erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:09:31
1-bob. Kim sovutini garovga qo‘ydi?

Oisha raziyallohu anhorivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir yahudiyga temir sovutlarini garovga qo‘yib, undan yegulik sotib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:09:38
2-bob. Qurolni garovga qo‘yish haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim Ka’b ibn al-Ashrafni qatl qilib kelur? U Olloh va uning Rasuliga ko‘p aziyat yetkazdi», — dedilar. Shunda Muhammad ibn Maslama: «Men boraman», — dedi-da, uning oldiga borib: «Bizga bir-ikki vasaq (bug‘doy) qarz berib turgin!» — dedi. Ka’b: «Xotinlaringizni garovga qoldiringizlar!» — dedi. Muhammad ibn Maslama: «(Xunuk) xotinlarimizni garovga qoldirsak, qanday bo‘lur? Sen arablarning eng chiroylisisan-ku!» — dedi. Ka’b: «Bo‘lmasa, o‘g‘illaringizni garovga qoldiringizlar!» — dedi. Muhammad ibn Maslama: «O’g‘illarimizni ham garovga qoldira olmasmiz, tag‘in birortasi seni so‘kib, xafa qilib qo‘ymasin! Buning ustiga bir oz yegulik uchun bola-chaqalarimizni garovga qoldirmoqlik biz arablarga uyatdur. Yaxshisi, qurollarimizni garovga qoldira qolaylik!»— dedi. Nihoyat, Ka’b shunga rozi bo‘ldi. So‘ng, Muhammad ibn Maslama (qurollarni olib) kelib (garovga qoldirmoqni) unga va’da qildi (-da, qaytib ketdi). Keyin, (bir necha do‘stlari birlan kelib,) uni o‘ldirdi-da, Janob Rasulullohga shul haqda xabar qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:09:47
3-bob. Garovga qoldirilgan hayvon (qarz bergan kishi tomonidan) miniladi va sog‘iladi

Ibrohim: «Topib olingan hayvon (edirilgan) yemga yarasha miniladi va sog‘iladi, garovga qoldirilgan hayvon ham shu kabidur», — deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Ulov, agar garovga qo‘yilgan bo‘lsa, yodirilgan yemga yarasha (garovga olib qolgan kishi tomonidan) minilur va sog‘in hayvon, agar garonga quyilgan bo‘lsa, yodirilgan yemga yarasha (garovga olib qolgai kishi tomonidap sog‘ilib) suti ichilur. Xullas, (ulov) minguvchi na (sog‘in hayvonni sotib sutini) ichguvchi har qanday kishi (ularni) boqmog‘i darkordur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:09:57
4-bob. Yahudiy va shu kabi g‘ayridinlardan qarz olib, garovga parsa qoldirmoq haqida

Oisha roziyalloh uanho rivoyat qpladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi na sallam bir yahudiydan qarzga yegulik olib, sovutlarini garovga qoldirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:10:05
5-bob. Agar garovga narsa olib qolgan kishi birlan garovga narsa qoldirgan kishi o‘zaro janjallashib qolsalar, da’vogarning guvoh (dalil) keltirmog‘i, da’vo qilinuvchining ersa, qasam ichmog‘i lozimdur!

Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladplar: «Men («Garovga narsa olib qolgan kishi birlan garovga parsa qoldirgan kishi o‘rtasida ixtilof chiqsa, ne qilmoq ksrak?» degan mazmunda) Ibn Abbosga xat yozib yuborib erdim, ul kishi menga javoban: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Bunday hollarda) da’vo qilinuvchi (yapi, javobgar) qasam ichmog‘i lozim»' — deb hukm qilganlar» — deb yozib yubordilar».

Abu Voil rivoyat qiladilar: «Abdulloh raziyallohu anhu: «Kimki (bironning) moliga ega bo‘lib olmoq uchun yolg‘on qasam ichsa, Olloh taolo (Qiyomat kuni) uni darg‘azab bo‘lib qarshi olur. Olloh taolo buning tasdiqi uchun «Ollohga bergan ahdi paymonlari birlan qasamlarini arzimas bahoga sotib yuborguchilar...» degan oyati karimasini nozil qildi», — dedilar. So‘ng, Ash’as ibn Qays ichkaridan oldimizga chiqib kelib: «Abu Abdurrahmon sizlarga ne deyayotir?» — dedi. Biz ul kishi ne deganlarini aytib erdik, Aс‰’as: «Rost aytibdilar. Bul oyat, Olloh taolo haqi, mening xususimda nozil qilingan bo‘lib, men birlan bir kishi o‘rtamizda bir quduq xususida janjal chiqqan erdi. Ksyin, biz Janob Rasulullohning huzurlariga borganimizda, ul zot menga: «Guvoh keltir yoki u qasam ichsin!» — deb erdilar. Shunda men: «U yolg‘on qasam ichib, mening molimni o‘ziniki qilib ketavsradimi?» — deb erdim. Jaiob Rasululloh menga janoban: «(Birovning) moliga ega bo‘lib olmoq uchun yolg‘on qasam ichgan kishini Olloh taolo (Qiyomatda) darg‘azab bo‘lib qarshi olur. Parvardigor buning tasdiqi uchun oyat nozil qilgan», — dedilar-da, «Ollohga bergan ahd-paymogshari birlan qasamlarini arzimas bahoga sotib yuboruvchilar...» degan oyatni oxiriga qadar tilovat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:10:56
Bismillahir rohmanir rohim.

QUL OZOD QILISh HAMDA QUL OZOD QILIShNING FAZILATI HAQIDAGI HADISLAR

Olloh taoloning qavli: «(Jannatga yetishmoq yo‘li, ya’ni) mashaqqatli yo‘l — (qul) bo‘ynini (qullik iskanjasidan) bo‘shatmoqlik yoki ochlik kunida qarindosh yetimga yoxud xoru zor miskinga taom bermoqlikdur» («Balad» surasi, 13—16-oyatlar).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har qanday kishi bir musulmon kishini qulliqdan ozod qilsa, Olloh taolo o‘shal qulning (ozod bo‘lgan) har bir a’zosi badaliga uning bir a’zosini jahannam o‘tidan xalos qilur (ya’ni, qo‘li badaliga qulini, oyog‘i badaliga oyog‘ini)», — dedilar».

Sa’d ibn Marjona bunday deb xabar qiladilar: «Men (Janob Rasulullohning musulmon qulni ozod qilish haqidagi mazkur hadisi shariflarini eshitgach), Ali ibn Husaynning huzuriga bordim-da, (buni unga ma’lum qildim). Shunda u Abdulloh ibn Ja’fardan o‘n ming dirham yoki ming dinorga sotib olgan qulining oldiga borib, uni ozod qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:11:06
1-bob. Qullardan qaysinisini ozod qilmoq afzal?

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Qanday amal afzal?» — deb so‘radim. Ul zot: «Ollohga iymon keltirish va uning yo‘lida jihod qilish» — deb javob berdilar. Men: «Qullardan qaysinisini ozod qilmoq afzal?! — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Eng qimmatini va egasiga qadrlirog‘ini» — dedilar. Men: «(Qul ozod) qilolmasam-chi?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Biror ish qilayotgan odamga yordamlash yoki biror notavonning ishini qilib ber!» — dedilar. Men: «Bu ham qo‘limdan kelmasa-chi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Odamlarga yomonlik qilishdan o‘zingni tiy, bu birlan o‘zingta savob orttirursan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:11:17
2-bob. Quyosh tutilganda qul ozod qilmoq haqida

Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam quyosh tutilganda qul ozod qilmoqni amr qildilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:11:27
3-bob. Ikki kishiga tegishli qul yoki bir necha kishiga tegishli cho‘ri ozod qilinsa...

Solim raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kimki o‘zi birlan yana bir kishiga tegishli qulni ozod qilmoqchi bo‘lsa, garchi u sherigining o‘shal qul qiymatidagi haqini ham to‘lashga qodir bo‘lsa-da, qulga o‘rtacha narx qo‘yilib, so‘ng ozod qilinur», — dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kimki sheriklik quldagi o‘z hissasini ozod qilsa-yu, qulning (umumiy) qiymatini to‘lashga ham yetarli moli bo‘lsa, ul holda qulga o‘rtacha narx chiqarilur. So‘ng, u sheriklariga o‘z hissalarini berib, qulni (butunlay) ozod qilur. Aks holda u o‘shal quldagi o‘z hissasinigina ozod qilgan bo‘lur».

Bu yerda yuqoridagi hadis bir necha marta mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:11:36
4-bob. Agar kishi sheriklik quldagi o‘z hissasini ozod qilsa-yu, (ammo sheriklarining hissalarini ham to‘lashga yetarli) moli bo‘lmasa, ul holda (qulga o‘rtacha narx qo‘yilib, sheriklar hissasi) ixtiyoriy va baholi qudrat uzish sharti birlan qul zimmasiga yuklanur

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kimki sheriklik quldagi o‘z hissasini ozod qilsa-yu, (ammo uning o‘z sheriklari hissalarini ham to‘lashga yetarli) moli bo‘lmasa, ul holda qulga o‘rtacha narx qo‘yilib, sheriklar hissasi ixtiyoriy (va baholi qudrat) uzish sharti birlan qul zimmasiga yuklanur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:11:44
5-bob. Qul ozod qilish, taloq va shu kabi masalalar borasidagi xato va unutishlar xususida. Qul faqat Olloh taolodan savob umidida ozod qilinur!

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har kishining (o‘z ishidan ko‘zlagan yaxshi yo yomon) niyati (maqsadi) mavjud. Ammo, (bandalik yuzasidan) unutguvchi va xato qilguvchining (yomon) niyati (maqsadi) yo‘qdur» — deb marhamat qilganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Olloh taolo meni deb ummatimni ko‘ngillari vasvasa qilgan, (ammo) qilmagan yoki aytmagan narsa uchun gunohkor qilmaydirgan bo‘ldi».

Umar ibn al-Hattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «(Har qanday) ishlar (qandaydir) niyat birlan (qilinur). Shunga ko‘ra har kishining (o‘z ishidan ko‘zlagan yaxshi yo yomon) niyati mavjuddur. Kimning hijrati Olloh taolo va uning Rasulini deb qilingan bo‘lsa, demak uning hijrati Olloh taolo va uning Rasulini deb qilingandur va kimning hijrati mol-dunyo orttirish yoki biror ayolga uylanish uchun qilingan bo‘lsa, demak uning hijrati o‘zi ko‘zlagan o‘shal narsalar uchun qilingandur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:11:58
6-bob. Agar kishi: «Bu Olloh taolonikidur!» — desa-yu, shunda u quliga ozodlik berishni va bunga birovni guvoh qilishni niyat qilgan bo‘lsa...

Qays raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu Islomni qabul qilgani (ya’ni, Janob Rasulullohning huzurlarida Islomni qabul qilib, ul zotga bay’at qilgani Madinaga) kelayotganlarida g‘ulomlari (qullari) ham o‘zlari birlan birga bo‘lib, yo‘lda bir-birlarini yo‘qotib quyishdi. Keyin, Abu Hurayra Janob Rasulullohning huzurlarida o‘ltirganlarida g‘ulomlari ham yetib keldi. Shunda ul zot: «Ey Abu Hurayra, mana g‘uloming oldingga keldi», — dedilar. Abu Hurayra: «Darhaqiqat, men sizni guvoh qilib ayturmanki, u ozoddur!» — dedilar. Abu Hurayra (Madinaga kelayotib):
«Nechog‘lik darozu mashaqqatli bo‘lsa ham bu tun,
Meni qutqarsa bas kufr iskanjasidan butun!»

deb aytgan choglaridaeq uni ozod qilmoqni niyat qilib qo‘ygan erdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:12:07
7-bob. Bolaning onasi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat belgilaridan biri shuki, cho‘ri (qo‘l ayol) o‘z xo‘jayinini tugur», — dedilar». (Ulamolarning aytishlaricha, Janob Rasululloh bul so‘zlari birlan Qiyomat arafasida haromi bolalarning benihoyat ko‘payib ketmog‘iga, hattoki shunday bola tuqqan ona, o‘shal bola otasining mulki bo‘lganidan, go‘yokim uning farzandiga ham bir cho‘ridek bo‘lib qolmog‘iga yoxud cho‘rilardan podshohlar tug‘ilmog‘iga yoki bolalarning o‘z onalariga itoat qilmay, ularni cho‘rini urgandek urib, so‘kib o‘zlariga xizmat qildirmoqlariga ishora qilgan ekanlar).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Utba ibn Abu Vaqqos (ular chog‘ida) birodari Sa’d ibn Abu Vaqqosga: «Zam’a (ibn Qays al-Omiriy) cho‘risining o‘g‘li mendan bo‘lgandur, uni o‘z (tarbiyangga) olgil!» — deb vasiyat qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath yili (Makkaga) kelganlarida Sa’d Zam’a cho‘risi o‘g‘lini olib, ul zotning huzurlariga bordilar, Zam’aning o‘g‘li Abd ham ul kishi birlan birga bordi. Sa’d: «Yo Rasulalloh, bul (bola) birodarimning o‘g‘li bo‘lib, (o‘lar chog‘larida): «U mening o‘g‘limdur (uni o‘z tarbiyangga olgil!)» — deb menga vasiyat qilganlar», — dedilar. Zam’aning o‘g‘li Abd ersa: «Yo Rasulalloh, bul (bola) mening ukam bo‘lib, (otam) Zam’a cho‘risining o‘g‘lidur va otamning to‘shaklarida dunyoga kelgandur», — dedi. Shunda Janob Rasululloh Zam’a cho‘risining o‘g‘liga nazar solib, uning Utbaga o‘xshashligini ko‘rdilar. Ammo, bolani (Utbaning birodariga bermay), Zam’aning to‘shagida dunyoga kelgani boisidan, uning o‘g‘li Abdga topshirdilar. So‘ng, ul zot Savdaga: «Bul boladan yuzingni yashirib yurgil!» — dedilar. Chunki, bola (Savdaning otalari Zam’aning to‘shaklarida tug‘ilgan bo‘lsa-da), Utbaga o‘xshar erdi, Savda ersalar, Janob Rasulullohning xotinlari erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:12:17
8-bob. Mudabbarni (ya’ni, xo‘jayini: «O’lsam, ozodsan!» — deb aytgan qulni) sotib olish haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:  «Bizlardan bir kishi (ya’ni, Abu Mazkur al-Ansoriy) o‘z quliga: «O’lsam, sen ozodsan!» — deb qo‘ygan erdi, (ammo uning o‘zi kambag‘al bo‘lib), muhtojlikda (kun ko‘rur) erdi. Keyin, Janob Rasululloh yordam qilmoq maqsadida o‘shal qulni sotib, pulini unga bergan erdilar. O’shal qul o‘tgan yili vafot etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:12:25
9-bob. Homiylik (huquqi)ni sotish va hadya qilish haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (qulga) homiylik (huquqi)ni sotish va hadya qilishdan qaytardilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men (cho‘ri) Barirani sotib (olmoqchi bo‘ldim). Shunda Bariraning xo‘jayinlari unga homiylik (huquqi)ning o‘zlarida qoldirilishini shart qilib qo‘yishdi. Men buni Janob Rasulullohga aytib erdim, ul zot: «Uni (sotib olib) ozod qilaver, chunki homiylik (huquqi) pul to‘lagannikidur!» — dedilar. Keyin, men uni (sotib olib) ozod qildim. Janob Rasululloh uni o‘z huzurlariga chaqirib, erining huzuriga qaytib borish yo bormaslik ixtierini berdilar, (chunki Barira ozod, eri ersa qul erdi). Barira: «Agar u menga muncha va muncha (narsa) bersa ham, huzurida qolmasman!» — deb o‘z (ozodligini) afzal ko‘rdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:12:33
10-bob. Agar (musulmon) kishining mushrik birodari yoki amakisi asir olinsa, (ozod qilinmoqlari uchun) ulardan fidya (tovon) olinadimi?

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilari Abbos (musulmonlar tomonidan asir olindilar). Shunda ul kishi Janob Rasulullohga: «Men o‘zim uchun ham, Uqayl uchun ham fidya to‘ladim», — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir guruh ansorlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan (huzurlariga kirmoqqa) izn so‘rashdi. (Ul zot izn berib, ichkariga kirishgach): («Yo Rasulalloh), bizga ruxsat bersangiz, singlimizning o‘g‘li Abbosdan fidya olmasak!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ul kishidan bir dirham ham kam (fidya) olmangizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:12:41
11-bob. Mushrikning (qul) ozod qilgani haqida

Hishom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu johiliyat davrida yuzta qulni ozod qilib, yuzta tuyani qurbon qilgan erdilar. Musulmon bo‘lganlarida (ham) yuzta tuyani qurbon qilib, yuzta qulni ozod qildilar. Ul kishining o‘zlari bul haqda bunday deydilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, mening johiliyat davrida (gunohlarimdan) pok bo‘lib, (parvardigorga yaqin bo‘lmoq) niyatida qilgan (xayru-ehsonlarim) xususida ne deysiz, (ularning biror savobi bormikan?)»— dedim. Shunda ul zot: «Ilgarigi qilgan amali solihlaring ustiga musulmon ham bo‘lding!» — deb marhamat qildilar». (Ya’ni, kishining kofirlik davrida qilgan amali solihlari, agar u keyin musulmon bo‘lsa, zoe ketmas, aks holda muglaqo naf’i yo‘qdur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:12:51
12-bob. (Kofir) arablarni qul qilib, hadya qilgan, sotgan, (ayollarini) jimo’ qilgan va (ulardan) tovon undirgan hamda bola-chaqalarini asir olgan kishi xususida

Olloh taoloning qavli: «Olloh hech narsaga qudrati yetmaydirgan bir qul birlan Biz o‘z tarafimizdan ato etgan yaxshi rizqdan bildirmay va oshkora xayru-ehson qilib turgan bir odamni misol qilur. Ikkisi teng bo‘la olurmi?! Barcha maqtovlar Ollohga xosdur, lekin ularning ko‘plari buni bilmaslar» («Nahl» surasi, 75-oyat).

Marvon va Misvar ibn Maxra raziyallohu anhumo rivoyat  qiladilar: «Havozin qabilasi elchilari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga (musulmon bo‘lib) kelib, o‘zlarining o‘lja olingan mollari birlan asir olingan odamlarini qaytarib bermoqlarini so‘raganlarida, ul zot (ularning gaplarini yaxshiroq eshitish va o‘zlarining gaplarini ularga yaxshiroq eshittirish uchun) o‘rinlaridan turdilar-da, ularga: «Mening uchun eng yoqimli suz — rost so‘zdur! Ikki narsadan birini (qaytarib bermog‘imni) tanlangiz, yo asirlarni yoxud mollarni! Men sizlarni kutgan erdim» — deb aytdilar. (Darhaqiqat), Janob Rasululloh Toifdan (Ji’ronaga) qaytganlarida bir necha kun ularning kelishlarini kutib, (asirlarni mujohidlarga taqsimlamay turgan) erdilar. (Keyin, ul zot, ulardan darak bo‘lmagach, asirlarni o‘shal yerda taqsimladilar. Shul asnoda Havozin qabilasi elchilari huzurlariga kelib qoldi). Havozin qabilasi elchilari Janob Rasulullohning ikki narsadan birinigina qaytarib berajaklarini anglagach: «Biz asir olingan odamlarimizni (qaytarib bermog‘ingizni) tanladik», — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh musulmonlar ichra tik turib, Olloh taolo sha’niga uning o‘zi o‘zlariga bildirgan jamiki hamdu sanolarni aytdilar, so‘ngra: «Ammo ba’d, darhaqiqat mana bu birodarlaringiz huzurimizga tavba qilib kelibdilar. Men ularga asir olingan odamlarini qaytarib bermog‘imni ma’qul ko‘rdim. Sizlardan kimki yaxshilik qilib, yaxshilik ko‘rmoq istasa, (o‘ziga taqsim qilingan asirlarni, evaziga biror narsa so‘ramay, Havozin qabilasiga) topshirsin! Va sizlardan kimki (o‘ziga taqsim qilingan) asirlarni biror haq badaliga (topshirmoqni) istasa, topshiraversin, biz uning (asirlari) evaziga Olloh taolo bizga kofirlardan jihod qildirmay olib beradirgan dastlabki o‘ljalardan ulush berurmiz», — dedilar. Odamlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchun shuni (ya’ni, asirlarni Havozin qabilasiga topshirmoqni) ma’qul ko‘rdik!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Biz qaysi biringiz bunga rozisiz-u, qaysi biringiz rozi emassiz, bilmasmiz. Boringizlar, (oqsoqollaringiz birlan maslahatlashingizlar), keyin ular ne qarorga kelganingizni bizga ma’lum qilsinlar!» — dedilar. Odamlar (o‘z oqsoqollari oldiga) bordilar, oqsoqollar (asirlarni qaytarib bermoq ma’qulligini ularga maslahat berdilar. Barchalari shunga rozi bo‘lgach), oqsoqollar Janob Rasulullohning qoshlariga kelib, barcha odamlar asirlarning qaytarib berilmog‘iga rozi ekanligini ma’lum qildilar».

Ibn Avn raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Nofi’ga (maktub) yozdim, ul ham menga (maktub) yozib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Banu Mustaliq qabilasiga mollarini suv buyiga olib borib sug‘orib turganda to‘satdan g‘orat qilganlarini, ularning qarshilik ko‘rsatganlarini o‘ldirib, bola-chaqalarini asir olganlarini va Juvayriya raziyallohu anhoga (aynan) o‘shal kuni yetishganlarini ma’lum qildi».

Ibn Muhayriz raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Abu Sa’id raziyallohu anhuni ko‘rib (uchratib, Banu Mustaliq g‘orati xususida) so‘radim. Shunda ul kishi bunday dedilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Banu Mustaliq g‘azotiga chiqdik, (kofir) arablardan (ko‘pini) asir oldik. Keyin, ko‘nglimiz ayollarni tusab qolib, bo‘ydoqlik qiynab yubordi. (Asira ayollarni homilador qilib qo‘ymaslik uchun) maniyni tashqariga to‘kmoqchi bo‘ldik. Janob Rasulullohdan shul xususda so‘rab erdik, ul zot: «(Bunday) qilmoqlaringizning sira naf’i yo‘qdur, (chunki) Qiyomatga qadar vujudga keladirgan har bir inson albatta vujudga kelgaydur!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan Banu Tamimning uch (xislat) sohibi ekanligini eshitdim. Shundan buyon men ularni yaxshi ko‘rib qoldim. Ul zot (Banu Tamimning birinchi xislati xususida): «Ular Dajjolga qarshi eng qattiq (jang qilguvchi) ummatimdurlar!» — deb erdilar. (Ularning ikkinchi xislati xususida ersa), ulardan zakot yig‘ib kelinganda: «Bu bizning qavmimizdan yig‘ib kelingan zakotdur!» — deb erdilar (ya’ni, Banu Tamimning o‘zlariga nasabdosh ekanliklariga ishora qilgan erdilar. Ularning uchinchi xislati shuki), Banu Tamimga mansub bir asira Oisha raziyallohu anhoning xizmatlarini qilib yurar erdi. Janob Rasululloh (uning xususida) Oisha onamizga: «Uni ozod qilgil, chunki u Ismoil alayhissalomning avlodlaridandur!» — deb erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:12:59
13-bob. Joriyasiga (cho‘risiga) adab va ilm o‘rgatgan kishi haqida

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’z joriyasiga g‘amxurlik va yaxshiliklar qilgan (ya’ni, yaxshi ta’lim-tarbiya bergan), so‘ng uni ozod qilib, unga uylangan kishiga ikki ajr ato etilur»— deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:13:08
14-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Qullar o‘z birodarlaringizdur, ularga o‘zlaringiz yeydirgan narsalarni yodiringizlar!» — deb aytganlari xususida

Olloh taoloning qavli: «Va ibodat qilingizlar (yolg‘iz) Olloh taologa va shirk keltirmangizlar unga hech bir narsani va yaxshilik qilingizlar ota-onalaringizga va qarindoshlaringizga va yetimlarga va miskinlarga va yaqin (qarindosh) qo‘shniga va begon» qo‘shniga va hamrohingizga (yoki hamsuhbatingizga) va musofirga va tasarrufingizdagi qullaringizga! Albatta, Olloh yaxshi ko‘rmas takabbur va maqtanguvchi kimsani» («Niso» surasi, 36-oyat).

Ma’rur ibn Suvayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Zarr al-G’iforiy raziyallohu anhuning ham, g‘ulomlarining ham bir xil hulla kiyib olganlarini ko‘rdim. Shunda biz ul kishidan buning boisini so‘radik. Ul kishi bunday dedilar: «Men bir kishini onasini tilga olib so‘kib erdim, u Janob Rasulullohga ustimdan shikoyat qildi. Shunda ul zot (menga): «Uni onasini tilga olib so‘kdingmi? (Senda hali ham johiliyat illati bor erkan!)» — dedilar. So‘ng: «(Odam alayhissalomning avlodlari bo‘lmish bul) birodarlaringizni Olloh taolo sizlarning qo‘l ostingizga (qul qilib topshirib) qo‘yibdur. Kimning qo‘l ostida birodari (qullikda) bo‘lsa, unga o‘zi yeydirgan narsalardan yodirsin, o‘zi kiyadirgan narsalardan kiydirsin! Ularga kuchlari yetmaydirgan yumushni buyurmangizlar, mabodo buyursangizlar, o‘zlaringiz yordamlashingizlar!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:13:16
15-bob. Agar qul parvardigoriga astoydil ibodat qilish birlan birga janobiga ham astoydil xizmat qilsa...

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qul janobiga astoydil xizmat qilish birlan birga parvardigoriga ham astoydil ibodat qilsa, ikki marta (ya’ni, ikki) ajr olur», — dedilar».

Abu Muso al-Ashariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir kishi bo‘lmasin, joriyasiga yaxshi ta’lim-tarbiya bersa, so‘ng uni ozod qilib, unga uylansa, ikki ajr olur va qaysi bir qul bo‘lmasin, Olloh taoloning haqini hamda janobining haqini (astoydil) ado etsa, ikki ajr olur», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Solih mamlukka (qulga) ikki ajr ato etilur. Jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, agar Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoqlik va haj bo‘lmaganda erdi, men mamluk holda o‘lmog‘imni xohlagan bo‘lur erdim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:13:26
16-bob. Mamlukka (qulga) nisbatan o‘zni katta tutmoqlikning makruhligi haqida

Janob Rasululloh: «Qulim yoki cho‘rim, deb aytmangizlar!» — deganlar.
Olloh taolo: «...qul va cho‘rilaringizdan solihlarini...» («Nur» surasi, 32-oyat) «...mamluk (oq) qul birlan...» («Nahl» surasi, 75-oyat), «...eshik oldida uning peshvosiga (eriga) duch kelishdi...» («Yusuf» surasi, 25-oyat), «...mo‘mina cho‘rilaringizdan biriga...» («Niso» surasi, 25-oyat) — deydi.

Janob Rasululloh: «Peshvongizning (hurmati) uchun o‘rningizdan turingizlar!», «Meni peshvong qoshida eslagil!» va «Peshvongiz kim?» — deb aytganlar.

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qul janobiga astoydil xizmat qilsa va (ayni vaqtda) parvardigoriga ham astoydil ibodat qilsa, ikki marta ajr olur», — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz (qulga): «Egangning qornini to‘ygaz!», «Egangni yuvintirib qo‘y!» va «Egangga suv keltir!» — deb aytmangiz, (chunqi haqiqiy egalik Olloh taologagina xosdur!). Buning o‘rniga: «Janobim» yoki «mavlom» (g‘amxo‘rim, himoyachim, hazratim) — deb aytingiz! Birortangiz: «Qulim» yoki «cho‘rim» — deb aytmangiz, (chunki inson Olloh taologagina qul, ya’ni bandadur). Buning o‘rniga: «Bolam», «qizim» yoki «g‘ulomim» — deb aytingiz!» — dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kishi (sheriklikka xarid qilingan) bir quldagi o‘z ulushini ozod qilsa-yu (ya’ni, Olloh taolo yo‘lida sadaqa qilmoq niyatida o‘z ulushidan voz kechsa-yu), (ammo) uning qulga to‘langan umumiy mablag‘ning qolgan qismi qiymatiga teng keladirgan yana moli (narsasi) bo‘lsa, sheriklariga o‘z ulushlarini berur (qaytarur) va shul tariqa qulni (butunlay) ozod qilur, aks hodda undan (ya’ni, qulni xarid qilishga sarflangan mablag‘dan) qanchasini ozod qilgan bo‘lsa, shunchasini ozod qilgan bo‘lur (ya’ni, o‘zi qo‘shgan ulushnigina Olloh taolo yo‘lida sadaqa qilgan bo‘lur)», — dedilar».

Abdulloh (ibn Umar) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursiz. Odamlarga hukmdorlik qilib turgan amir o‘z qul ostidagilarga homiy va mas’uldur. Kishi (er) o‘z xonadoni ahliga (oilasiga) homiy va mas’uldur. Ayol (xotin) erining xonadoni va uning bolalariga homiy hamda mas’uldur. Qul o‘z janobi (egasi)ning mol-mulkiga homiy va mas’uldur. Shunday qilib, barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursiz». (Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam, ehtimol, odamlarning o‘zlarini bir-birlaridan katta tutmasliklari lozimligini yoxud qulga o‘ziga yarasha erk berishning joizligini ham nazarda tutgan bo‘lsalar kerak).

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Agar cho‘ri zino qilsa, unga darra uringizlar, agar yana zino qilsa, unga darra uringizlar, agar yana zino qilsa, unga darra uringizlar, uch gal (ham darra uringizlar). Turtinchi (gal zino qilsa), bir (quloch) arqonga bo‘lsa ham, uni sotib yuboringizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:13:35
17-bob. Agar (kimga) xizmatkori taom keltirsa...

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangizga xizmatkoringiz taom (tayyorlab) keltirsa, u birlan birga o‘ltirmasangiz ham, (kattalik qilmay) bir-ikki luqma (yoki bir-ikki osham) tanovul qilingiz, chunki u taomni mehr birlan tayyorlagan, (olovning issig‘i-yu, tutuniga dosh berib, qancha aziyat chekkan)», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:13:44
18-bob. «Qul o‘z janobining mol-mulkiga homiydur» (deyish birlan) Janob Rasululloh mol-mulkni janobga (ya’ni, xonadon boshlig‘iga) mansub qildilar

Bu yerda Janob Rasulullohning «Barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursiz» deb boshlanadirgan hadisi shariflari takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:13:52
19-bob. Agar (kishi) qulini ursa, yuziga urmasin!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz qo‘lingizni (biror aybi uchun) ursangiz, yuziga urmangiz!» — dedilar». (Ehtimol, Olloh taolo Odam alayhissalomni o‘z suratida yaratgani uchundur, balkim insonlarning otasi Odam alayhissalomning hurmatlari yuzasidandur?).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:14:05
Bismillahir rohmanir rohim.

MUKOTAB HAQIDA

(Mukotab — qul yoki cho‘ri bo‘lib, ul o‘z xo‘jayiniga: «Muncha muddatda sizga falon miqdorda mablag‘ ishlab topib berurman, so‘ng meni ozod qilursiz. Ammo, ishonch uchun menga shul haqda vasiqa yozib beringiz!» — deydi. Shunda, agar xo‘jayini rozi bo‘lsa, unga vasiqa yozib berib, kelishilgan mablag‘ni ishlab topib kelmog‘i uchun uni erkin qo‘yur. Agar qul o‘zi aytgan muddatda o‘shal mablag‘ni ishlab topib kelsa, ozod bulur, aks holda qulligicha qolur).

1-bob. Qulini (ozod qilgach), uni o‘z holiga tashlab quygan kishining gunohi haqida

Bu yerda yuqoridagi sarlavhaga oid hadis keltirilmagan. Ammo, «Al-Jomi’ as-sahih»ning boshqa jildlarida quyidagi hadis mavjud:

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Islom ahli o‘z qullarini ozod qilgach, ularni o‘z hollariga tashlab qo‘ymas, johiliyat ahli ersa, ularning (holidan xabar olmay), o‘z hollariga tashlab qo‘yur erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:14:14
2-bob. Mukotab va uning (o‘z bo‘yniga olgan mablag‘ni bir necha yil davomida) bo‘lib-bo‘lib to‘lamog‘i, (ya’ni) har yili uning bir qismini to‘lab, (bo‘ynidagi mablag‘dan) qutulmog‘i haqida

Olloh taoloning qavli: «Ozodlik xati olmoqni istagan g‘ulom va cho‘rilaringizga, agar ularda xayriyat (mol, mablag‘) borligini bilsangiz, (darhol ozodlik xati) yozib beringiz va, (agar mablag‘lari bo‘lmay, ishlab topib bermoqchi bo‘lsalar), Olloh taoloning o‘zlaringizga ato etilgan molidan ularga (yordam) beringiz!» («Nur» surasi, 33-oyat).

Ibn Jurayj raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Atoga: «Agar (g‘ulomim yoxud cho‘rimning) moli borligini bilsam, unga ozodlik xati bitib bermog‘im menga vojibmi?» — dedim. Ato: «Men buni faqat vojib, deb bilurman», — dedilar».

Muso ibn Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sirin  (ismli) bir badavlat g‘ulom Anasdan ozodlik xati yozib bermoqlarini so‘rab erdi, ko‘nmadilar. So‘ng, Sirin Umar raziyallohu anhuga (shikoyat qilib) bordi. Hazrat Umar Anasga: «Unga (ozodlik xati) yozib ber!» — dedilar. Ammo, Anas (yana) ko‘nmadilar. Shunda Hazrat Umar (darg‘azab bo‘lib) «...agar ularda xayriyat (mol, mablag‘) borligini bilsangiz, (darhol) ularga ozodlik xati yozib beringiz...» degan oyati karimani tilovat qilgancha Anasga darra urdilar. Shundan so‘nggina, Anas unga ozodlik xati yozib berdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar. «(Cho‘ri) Barira huzurimga kelib, ozod bo‘lmog‘i uchun o‘z buyniga olgan mablag‘ni to‘lamog‘iga yordam qilmog‘imni so‘radi. (Chunki, u) o‘z buynidagi o‘shal mablag‘ning ozginasini ham to‘lay olmagan erdi. Men unga: «Egalaring qoshiga qaytgil, agar ular bo‘yiingdagi mablag‘ni to‘lamog‘imga va shunda senga homiylik huquqi menga o‘tmog‘iga rozi bo‘lsalar, (bo‘yningdagi mablag‘ni to‘lab, senn ozod) qilgumdur!» — dedim. So‘ng, Barira o‘z egalari huzuriga borib, ularga mening bul taklifimni yetkazdi. Ammo, ular: «Agar Oisha (raziyallohu anho) bo‘yningdagi mablag‘ni to‘lashgach va shunda senga homiylik huquqi bizda qolmog‘iga rozi bo‘lsalar, (bo‘yningdagi mablag‘ni to‘lab, seni ozod) qilavsrsinlar!»— deb ko‘nishmadi. Ksyin, men ularning bul shartini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib erdim, ul zot: «Uni sotib olib (ya’ni, bo‘ynidagi mablag‘ni tulab), ozod qilaver, chunki (ozod qilingan cho‘ri yoxud g‘ulomga) homiylik qilmoq huquqi uni (bo‘ynidagi mablag‘ni to‘lab), ozod qilgan shaxsnikidur!» — dedilar. So‘ng, ul zot o‘rinlaridan turib: «Odamlarga ne bo‘lgan o‘zi, Olloh taoloning Kitobida yo‘q shartlarni qo‘yurlar?! Kimki Olloh taoloning Kitobida mavjud bo‘lmagan shartlarni qo‘ysa, garchi yuz marta quysa-da, botil bo‘lib, Olloh taoloning sharti haqiqiy va kuchlidur!»— deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 08:14:35
3-bob. Mukotibning (ya’ni, muayyan mol yoki mablag‘ evaziga quliga ozodlik xati yozib berguvchi quldorning) joiz (va nojoiz) shartlari hamda Olloh taoloning Kitobida yo‘q shartlarni quyguvchilar xususida

Bu yerda ham Oisha onamizning cho‘ri Barira haqidagi rivoyatlari takrorlangan.

4-bob. Mukotabning (ozod bo‘lmoq uchun o‘z bo‘yniga olgan mablag‘ni to‘lashda) odamlardan yordam so‘ramog‘i haqida

Bu yerda ham Oisha onamizning cho‘ri Barira xususidagi rivoyatlari takrorlangan.

5-bob. Agar mukotab rozi bo‘lsa, uni sotib olmoq(ning joizligi) haqida

Bu yerda ham Oisha onamizning cho‘ri Barira haqidagi rivoyatlari takrorlangan.

6-bob. Agar mukotab (bir kishiga): «Meni sotib olib, ozod qilingiz!»— desa-yu, ul uni shul (so‘zi) uchun sotib olsa, (joizdur)

Bu yerda ham Oisha onamizning cho‘ri Barira haqidagi rivoyatlari takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:41:48
Bismillahir rohmanir rohim.

HADYA QILMOQ VA UNING FAZILATI HAMDA HADYA QILMOQQA UNDAMOQ HAQIDA KITOB

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi varallam: «Ey muslima ayollar, qo‘shni ayol o‘ziga qo‘shni ayolga, garchi qo‘y tuyog‘ini bo‘lsa-da, hadya qilishdan orlanmasin!»— deb marhamat qildilar». (Ya’ni, qo‘shni ayollar qo‘llaridan kelgancha bir-birlariga hadya qilib tursinlar, «Bu oz-ku!» yoki «Arzimas-ku!» deb o‘zlarini hadya qilmoqdan tiymasinlar, degan mazmundadur).

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho menga: «Ey jiyanim, garchi biz yangi oy (chiqqani)ni ko‘rsak-da, keyin (yana) yangi oy (chiqqani)ni kursak-da, so‘ng (yana) yangi oy (chiqqani)ni ko‘rsak-da, (jami) ikki oyda uch bor yangi oy (chiqqani)ni ko‘rsak-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylarida (o‘choqlarga) o‘t yeqilmas erdi», — dedilar. Shunda men: «Ey xola(jonim), nima birlan tirikchilik qilur erdingizlar?»— dedim. Oisha raziyallohu anho: «Xurmo va suv birlan (kun ko‘rur erdik). Bundan tashqari, Janob Rasulullohning ansorlardan bo‘lmish qo‘shnilari bor erdi. Ularning sog‘in sovliqlari bo‘lib, sutidan Janob Rasulullohga hadya qilib turishar, ul zot ersalar uni bizga ichirur erdilar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:42:15
1-bob. Kichik hadya haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar:
«Agar da’vat qilinsam qo‘y quliga, borgum albat,
Agar hadya qilinsa qo‘y qo‘li, olgumdur albat!».
(Bu yerda kichik bir narsani ham hadya qilmoqlik joiz ekanligi, uni rad qilmaslik lozimligi qayd qilingan bo‘lib, Janob Rasululloh, nazoratdan eng yiroq joyi bo‘lgani boisidan, qo‘y qo‘lini tanovul qilmoqni xush ko‘rur erdilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:42:43
2-bob. O’z sahobalaridan hadya so‘ragan zot haqlarida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muhojirlardan bo‘lmish bir ayolga odam yubordilar. Ul ayolning bir duradgor g‘ulomi bo‘lib, Janob Rasululloh unga: «Qulingga buyurgil, bizga xushbuy yog‘ochdan bir minbar yasab bersin!»— dedilar. Ayol quliga buyurib erdi, ul borib bir tarfo’ daraxtini kesdi-da, yog‘ochidan Janob Rasulullohga minbar yasadi. Qul minbarni yasab bo‘lgach, ayol bir xodimini Janob Rasulullohning huzurlariga yuborib, minbarning tayyor bo‘lganini xabar qildi. Janob Rasululloh: «Minbarni huzurimga berib yuborsin!»— dedilar. Ayol minbarni berib yubordi. Keyin, ul zot minbarni sizlar ko‘rib turgan mana shu yerga olib kelib quydilar».

Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men bir kuni Makkaga ketayotib, dam olishga tuxtaganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir guruh sahobalari birlan birga o‘ltirgan erdim, ul zot ersalar shundoqqina ro‘paramizda dam olayotgan bo‘lib, mendan bo‘lak barcha ehromda erdi. Bir mahal odamlar bir qulonni ko‘rib qolishdi, shunda men poyabzalimni yamash birlan ovora erdim. Ular (ehromda bo‘lganlari uchun ov qilishlari va ehrom kiymagan kishiga ov borasida yordam berishlari mumkin bo‘lmaganidan) uni menga ko‘rsatishni istamay: «Shoyad uni o‘zi ko‘rib qolsa!»— deb kutishdi. Keyin, men (poyabzalimni tuzatib bo‘lib, atrofimga) qarab erdim, bir qulonning (o‘tlab yurganiga) ko‘zim tushdi. (Darhol) o‘rnimdan turib, otim oldiga bordim-da, uni egarladim. So‘ng, uni minib (ov tomon yurmoqchi erdim), qamchi va nayzani olmaganim yodimga tushdi. Men odamlarga: «Qamchi va nayzani olib beringizlar!»— dedim, ammo ular: «Olloh taolo haqi, olib bermasmiz, senga (ov borasida) yordam qilmasmiz!»— deyishdi. Men (noiloj) otdan tushib, nayza birlan qamchini oldim. Keyin, otga minib, shitob birlan qulon ustiga choptirib bordim-da, unga nayza sanchdim. So‘ng, o‘lgan qulonni (odamlar oldiga sudrab) olib keldim. Ular unga yopirilishib, go‘shtidan (kesib olishdi-da, pishirib) yeyishdi. Keyin, ehromda bula turib ov go‘shtidan yeb qo‘yganlari (yodlariga tushib): «Endi ne bo‘lgay, gunoh ish qilib qo‘ydik-ku?»— deya xavotirga tushishdi. So‘ng, biz yo‘lda davom etdik, men qulonning bir qo‘lini o‘zim birlan olib oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetib olgach: «Ehromda bo‘la turib ov go‘shtidan iste’mol qilmoq mumkinmi yo yo‘qmi?»— deb so‘radik. Shunda ul zot: «Uning go‘shtidan (menga ham) olib keldingizlarmi?» — dedilar. Men «Ha», — dedim-da, qulon qo‘lini ul zotga uzatdim. Ul zot ehromda bo‘lishlariga qaramay, uni yeb, hatto suyaklarigacha tozalab qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:43:23
3-bob. Chanqoqlarini qondirmoqni iltimos qilgan zot haqlarida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Chanqogimni qondirgil!»— dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana shu hovlimizga kelib, chanqoqlarini qondirmog‘imizni iltimos qildilar. Biz ul zot uchun bir sovlig‘imizni sog‘dik. So‘ng, men sutga (muzdek bo‘lsin, deb) mana shu qudug‘imiz suvidan qo‘shdim-da, ul zotga uzatdim. Shunda Hazrat Abu Bakr ul zotning chap tomonlarida, Hazrat Umar ro‘paralarida, bir badaviy ersa, o‘ng tomonlarida turgan erdi. Janob Rasululloh (sutdan ichib) bo‘lgach, Hazrat Umar (ul zotga): «(Qolganini) Abu Bakrga beringiz!»— dedilar. (Ammo), ul zot sutning qolganini badaviyga uzatdilar-da: «(Avval) o‘ngdagilar(ga, avval) o‘ngdagilar(ga)», — dedilar».

Anas raziyallohu anhu (shul voqea haqida boshqalarga so‘zlab berayotib): «Bu sunnatdur, bu sunnatdur, bu sunnatdur»— deb uch bor takrorladilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:44:03
4-bob. Ovlangan jonivor go‘shti hadya qilinsa, qabul qilmoqlik joizdur, chunki Janob Rasululloh Abu Qatoda ovlangan qulon qo‘lini hadya qilganlarida qabul qilganlar

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (bir kuni) Marrizahron degan joyda bir qulonni qo‘rqitib yubordik. Qavm uni quva-quva tutolmay charchadi. Nihoyat, men uni quvib yetib, tutib oldim-da, Abu Talhaga olib bordim. Abu Talha uni so‘yib, ikki sonini (oyog‘ini) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yubordilar, ul zot uni qabul qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:45:02
5-bob. Hadya qabul qilmoq xususida

Hishom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘ngillarini olish maqsadida Oisha onamizning uylarida bo‘ladirgan kunlari hadya berishni afzal kurur erdilar». (Chunki, Janob Rasulullohning Oisha onamizni ko‘proq yaxshi ko‘rishlarini bilishar erdi).

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Xolam) Ummu Hufayd Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga suzma, sariyog‘ va (pishirilgan) kaltakesaklar hadya qildilar. Janob Rasululloh suzma va sariyog‘dan tanovul qilib, kaltakesaklardan ersa, jirkanib yemadilar. (Ammo, boshqalar) ul zotning dasturxonlarida kaltakesaklarni tanovul qilishdi. Agar kaltakesak harom bo‘lganida, ul zotning dasturxonlarida tanovul qilinmas erdi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar taom keltirilsa: «Bu hadyami yo sadaqami?»— deb so‘rar erdilar. Agar: «Bu sadaqa»,— deyishsa, sahobalariga: «Sizlar yeyaveringizlar!» — deb o‘zlari yemas erdilar. Basharti: «Bu hadya», — deyishsa, tezdan (taomga) qul urib, sahobalar birlan birga tanovul qilur erdilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (pishirilgan) go‘sht olib kelishib: «(Bu) Bariraga sadaqa qilingan (go‘shtdan)» — deb aytishdi. Shunda ul zot: «Bu go‘sht Barira uchun sadaqadur, bizga ersa, hadya», — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaning huzurlariga kirib: «Biror yeguliklaringiz bormi?» — dedilar. Oisha: «(Barira) o‘ziga Ummu Atiyya sadaqa qilib yuborgan qo‘y go‘shtidan (bizga) yuboribdi, shundan bo‘lak hech vaqomiz yo‘q» — deb aytdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Sadaqa o‘z joyiga yetibdi», — dedilar» (ya’ni, «Bu Bariraga sadaqa bo‘lsa, bizga hadyadur», — dedilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:45:45
6-bob. Janob Rasulullohga Oisha onamiz huzurlarida ekanliklaridagina hadya qilmoqni munosib ko‘rgan kishilar haqida

Hishom ibn Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho: «Odamlar (Janob Rasulullohga) mening huzurimda buladirgan kunlari hadya qilmoqni munosib ko‘rur erdilar», — deydilar».

Hishom ibn Urva rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ayollari ikki guruh erdi. Birinchi guruh Oisha, Hafsa, Safiyya va Savdadan, ikkinchisi Ummu Salama va ul zotniig boshqa xotinlaridan iborat erdi. Musulmonlar Janob Rasulullohning Oishaga nisbatan muhabbatlarini bilishar erdi. (Shul boisdan) birortalari Janob Rasulullohga hadya qilmoqchi bo‘lsa, Oishaning huzurida bo‘ladirgan kunlarini poylar va o‘shal kun kelgach, o‘z hadyasini Oishaning uyiga jo‘natar erdi. (Bir kuni) Ummu Salama (boshliq) guruh Ummu Salamaga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytingiz, «Kimda-kim Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga hadya bermoqchi bo‘lsa, qaysi xotinlarining huzurida bo‘lsalar, o‘shal yerda beraversin!» deb odamlarga tayinlasinlar», — dedi. Ummu Salama ular aytgan gapni Janob Rasulullohga aytdilar. Shunda ul zot lom-mim demadilar. Keyin, ular Ummu Salamadan so‘rashib erdi: «Menga hech narsa demadilar», — dedilar. Ular: «(Yana) aytingiz!» — deyishdi. Ummu Salama, Janob Rasululloh navbat bo‘yicha huzurlariga kirganlarida, yana aytdilar. Ammo, Janob Rasululloh bul safar ham indamadilar. Keyin, ular Ummu Salamadan so‘rashib erdi: «Menga javob qilmadilar» — deb aytdilar. Ular: «Sizga javob qilmagunlaricha aytaveringiz!»— deyishdi. Ummu Salama, Janob Rasululloh navbat bo‘yicha yana huzurlariga kirganlarida, o‘shal gapni takrorladilar. Shunda Janob Rasululloh: «Oisha xususida menga ozor bermagil, chunki Oishadan bo‘lak biror ayolning bag‘rida menga vahiy kelmas!» — dedilar. Ummu Salama: «Yo Rasulalloh, sizga aziyat yetkazganim uchun Olloh taologa tavba qilurman!» — dedilar. Keyin, ular Janob Rasulullohning qizlari Fotimani chaqirishdi-da: «Ayollaringiz Olloh taoloni o‘rtaga quyib, Abu Bakrning qizi (Oisha) borasida adolat qilmog‘ingizni (ya’ni, «Barcha ayollaringizni teng ko‘rmog‘ingizni) yolborurlar» — deb aytmoqni topshirib, ul zotning huzurlariga yuborishdi. Fotima (alayhossalom o‘zlariga topshirilgan gapni) Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Ey qizalog‘im, men sevgan narsani sevmaysanmi?» — dedilar. Fotima (alayhossalom): «Ha, albatta, sevaman!» — deb javob qildilar-da, ularning huzuriga qaytib borib, bo‘lgan gapdan xabardor qildilar. Ular: «Huzurlariga qaytib, (yana) aytgil!» — deyishdi. Ammo, Fotima (alayhossalom) ko‘nmadilar. So‘ng, ular Zaynab binti Jahshni (ul zotning huzurlariga) yuborishdi. Zaynab borib: (Yo Rasulalloh), ayollaringiz Olloh taoloni o‘rtaga qo‘yib, Ibn Abu Quhofaning qizi xususida adolat qilmog‘ingizni yolborurlar» — deb yanglish aytdilar, (chunki Usmon ibn Abu Quhofa Abu Bakr as-Siddiqning otalaridur). Keyin, Zaynab (o‘shal yerda) o‘ltirgan Oisha raziyallohu anhoni (ataylab) eshitadirgan darajada baland ovoz birlan haqorat qildilar. Shunda Janob Rasululloh Oisha (raziyallohu anho)ga nima der erkan, degan ma’noda qaradilar. Oisha (raziyallohu anho) shunday bir javob qaytardilarki, hatto Zaynab lom-mim deyolmay qoldilar. So‘ng, Janob Rasululloh Oisha (raziyallohu anho)ga qarab turib: «Bu Abu Bakrning qizlari bo‘ladi, (ul kishi kabi olijanob, aqlli va donodur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:46:16
7-bob. Rad qilinmaydirgan hadya haqida

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (hidlanadirgan, sepiladirgan yoki surtiladirgan) xushbuy ashyolar (hadya qilinsa), rad qilmas erdilar, (chunki ul zot farishtalar birlan tez-tez munojot qilib turur erdilar. Shul boisdan ham piyoz va sarimsoq yemas erdilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:46:28
8-bob. Olloh taolo hali ato etmagan o‘ljalardan in’om qilmoqning (va’da qilmoqning) joizligi haqida

Misvar ibn Maxrama va Marvon raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Havozin qabilasi elchilari huzurlariga kelganda, odamlarga (o‘z gaplarini yaxshiroq eshittirish va ularning gaplarini yaxshiroq eshitish uchun) o‘rinlaridan turdilar-da, Olloh taolo sha’niga uning o‘zi o‘zlariga bildirgan (jamiki) hamdu sanolarni aytdilar, so‘ng: «Ammo ba’d, (mana bu) birodarlaringiz tavba qilib huzurimizga keldilar. Men ularning asir olingan odamlarini o‘zlariga qaytarib bermog‘imni ma’qul ko‘rdim. Sizlardan kimda-kim shuni (ya’ni, o‘ziga ulush qilib berilgan asirlarni, evaziga biror narsa olmay, qaytarib berishni) ma’qul topsa, (shunday) qilsin va kimda-kim o‘ziga ulush qilib berilgan asirlarni, badaliga biror narsa olgach, qaytarib bermoqchi bo‘lsa, ul ham qaytarib beraversin, biz unga Olloh taolo o‘zimizga ato etadirgan dastlabki o‘ljalardan in’om qilurmiz!» — dedilar. Shunda odamlar: «Siz uchun (muborak taklifingizni) ma’qul ko‘rdik!» — deb javob qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:46:46
9-bob. Hadya o‘rniga hadya bermoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hadya qabul qilib, o‘rniga (qiymati ortiq bo‘lsa, ortiqki, zarracha kam bo‘lmagan) hadya berur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:47:05
10-bob. Farzandga hadya (tortiq) bermoq xususida

Agar (ota) farzandlaridan biriga biror narsa tortiq qilsa, toki bo‘lak farzandlariga ham adolat qilib, o‘shancha tortiq qilmas erkan, joiz bo‘lmay, unga guvohlik ham qilinmas. Janob Rasululloh: «Farzandlaringizii teng ko‘ringizlar!» — deb marhamat qilganlar. Ota (agar farzandlaridan biriga tortiq bergan bo‘lsa-yu, qolganlariga bermagan bo‘lsa, adolat uchun o‘shal) tortigini qaytarib olmog‘i joizdur. Ota o‘z farzandi molidan insofu adolat birlan iste’mol qilmog‘i mumkin, (chunki bola ham, uning moli ham otanikidur). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Umardan bir tuyani sotib olib, uni ul kishining o‘g‘illari Abdullohga tortiq qildilar-da, unga: «Buni ne qilsang, qilaver!» — dedilar. (Ya’ni, agar Janob Rasululloh Hazrat Umarga: «O’g‘ling Abdullohga tuyalaringdan birini tortiq qilgil!» — desalar-u, ul kishi tortiq qilsalar, bo‘lak farzandlariga adolat qilmagan, barchasini teng ko‘rmagan bo‘lur erdilar. Shul boisdan Janob Rasululloh Hazrat Umardan bir tuyani sotib oldilar-da, uni ul kishining o‘g‘illari Abdullohga tortiq qildilar).

Muhammad ibn Nu’mon ibn Bashir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bashir ibn Sa’d ibn Sa’laba al-Ansoriy al-Xazrajiy raziyallohu anhu o‘g‘illari Nu’mon ibn Bashir birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Men mana bu o‘g‘limga bir g‘ulom (qul) hadya qildim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Barcha farzandlaringga ham shunday qildingmi?» — dedilar. Bashir ibn Sa’d: «Yo‘q», — dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Hadyangni qaytarib ol!» — deb amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:47:22
11-bob. (Biror narsa) hadya (qilingani)ga (o‘zgani) guvoh qilmoqlik xususida

Nu’mon ibn Bashir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Onam Amra binti Ravoha otam Bashir ibn Sa’ddan menga o‘z mollaridan biror narsa hadya qilmoqlarini iltimos qilib erdilar), bir (qul) hadya qildilar. Shunda onam otamga: «(o‘g‘lingizga bul qulni meros qilib ermas, balki hadya sifatida berganingizga) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni guvoh qilib qo‘ymaguningizga qadar rozi bo‘lmasman!» — dedilar. So‘ng, otam Janob Rasulullohning huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh, men Amra binti Ravohadan (tug‘ilgan) o‘g‘limga (bir qul) hadya qilib erdim, (Amra) sizni bunga guvoh qilib qo‘ymog‘imni buyurdi», — dedilar. Janob Rasululloh (otamga): «Bo‘lak farzandlaringga ham shunday hadya qildingmi?» — dedilar. Otam: «Yo‘q» — deb erdilar, ul zot: «Olloh taolodan qo‘rqingizlar, farzandlaringizni teng ko‘ringizlar!» — deb aytdilar. Keyin, otam (ul zotning huzurlaridan uyga) qaytib (borganlari hamonoq menga bergan) hadyalarini qaytarib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:47:34
12-bob. Erning xotiniga va xotinning eriga hadya qilmog‘i haqida

Ibrohim raziyallohu anhu: «Bu joizdur (mumkindur)», — deydilar.

Umar ibn Abdulaziz raziyallohu anhu: «Ikkalasi o‘z hadyasini qaytarib olmaydi», — deydilar.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (barcha) xotinlaridan Oisha (onamiz)ning uylarida kasal bo‘lmoqlariga (ya’ni, kasal vaqtlarida Oisha onamizning uylarida yashamoqlariga) ijozat so‘raganlar. (Ya’ni, Janob Rasululloh ul onalarimizdan o‘zlari ularning huzurida bo‘ladirgan kunlarni hadya qilmoqlarini so‘raganlar).

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’z hadyasini qaytarib olguvchi kimsa — o‘z qusug‘ini yeguvchi it kabidur!» — deb marhamat qilganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:47:46
13-bob. Ayolning o‘z eridan bo‘lak kimsaga hadya bermog‘i hamda eri bor ayolning, agar aqli joyida bo‘lsa, qul ozod qilmog‘ining joizligi va agar aqli joyida bo‘lmasa, joiz emasligi haqida

Olloh taoloning qavli: «Va bermangizlar ahmoqlar qo‘llariga ul mollaringizniki, Olloh taolo sizlarning ma’iyshatlaringizga sabab qilgandur!» («Niso» surasi, 5-oyat).

Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, (erim) Zubayr menga mulk qilib bergan moldan bo‘lak molim bo‘lmay, (undan) sadaqa qilsam bo‘lurmi?» — dedim. Ul zot: «Mayli, sadaqa qilaver, ammo qilgan sadaqangni hisoblab yurmagil, (uni) sening uchun Olloh taolo hisobga olib qo‘yur!»— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Maymuna binti al-Horis raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ruxsat so‘ramay, o‘z cho‘rilarini ozod qildilar. So‘ng, ul zot huzurlariga kiradirgan kuni: «Yo Rasulalloh, cho‘rimni ozod qilganimni bildingizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Shunday qildingmi?» — dedilar. Maymuna: «Ha», — dedilar. Janob Rasululloh: «Uni tog‘alaringga berganingda (hadya qilganingda) erdi, sening uchun savobi yanada kattaroq bo‘lur erdi!» — dedilar, (chunki ular xizmatkorga muhtoj erdilar)».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning odati shariflari shunday erdiki, agar safar qilmoqni ixtiyor qilsalar, xotinlari o‘rtasida qur’a tashlar, qur’a qaysi xotinlariga chiqsa, o‘shal xotinlarini o‘zlari birlan safarga olib ketur erdilar. (Ul zotning yana shunday odati shariflari bor erdiki), har bir xotinlari uchun bir kecha-kunduz vaqt ajratar erdilar. Biroq, Savda binti Zam’a o‘zlariga ajratilgan bir kecha-kunduz vaqtni, Janob Rasulullohning muhabbatlarini qozonish uchun, Oishaga hadya qildilar». (Mazkur hadisda ayolning ayolga hadya qilganligi aytilgan bo‘lsa-da, ul hadya ayni vaqtda erga ham qilingan hadyadur, chunki er undan barobar foydalanur, deb taxmin qilish mumkin).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:48:00
14-bob. Eng avvalo kimga hadya qilmoq lozim?

Kurayb raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va Sallamning jufti halollari Maymuna o‘z cho‘rilarini ozod qildilar. Shunda ul zot Maymunaga: «Tog‘alaringdan biriga silai rahm (ya’ni, «Uni xizmatkorga muhtoj tog‘alaringdan biriga hadya qilib, yordam) ko‘rsatganingda erdi, yanada ko‘proq savob olgan bo‘lur erding!» — dedilar. (Demak, eng avvalo muhtoj qarindoshlarga hadya qilmoq lozimdur).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, mening ikki qo‘shnim bor, ulardan qaysi biriga hadya qilayin?» — dedim. Shunda ul zot: «Ulardan o‘zingga eshigi eng yaqiniga» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:48:20
15-bob. (Uzrli) sababga ko‘ra hadyani qabul qilmagan zot haqlarida

Umar ibn Abdulaziz raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida hadya hadya erdi, bugun ersa u poradur», — deydilar.

Sa’b raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abvo’ yoki Vaddon degan joyda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir qulon hadya qildim. Shunda ul zot ehromda bo‘lib, hadyamni rad qildilar. Hadyamni olmaganlari uchun yuzimda paydo bo‘lgan o‘zgarishni sezgach ersa: «Biz sening (hadyangni) rad etmas erdik, lekin biz (afsuski biz) ehromdamiz», — dedilar».

Abu Humayd as-So’ndiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Azd qabilasiga mansub Ibn al-Utbiyya (yoki allutabiyya) ismli bir kishini zakot yig‘ib kelguvchi qilib tayinladilar. U (zakot yig‘ib) kelgach: «Mana bu narsa sizga, mana bu ersa menga hadya qilindi», — dedi. Shunda ul zot: «(Zakotdan urib qolgandan ko‘ra), otasining uyida yoxud onasining uyida o‘ziga hadya qiladilarmi, yo‘qmi, poylab o‘ltirsa bo‘lmaydimi?! Jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, kimda-kim zakotdan biror narsani urib qolsa, Qiyomat kuni o‘shal narsani yelkasida ko‘tarib kelur. Agar zakotdan urib qolgan narsasi tuya bo‘lsa, o‘kirib, sigir bo‘lsa, bo‘kirib, qo‘y bo‘lsa, maarab turur», — dedilar. So‘ng, qo‘llarini shul qadar baland ko‘tarib (Olloh taologa duo qildilarki), hatto biz qo‘ltiqlarining oppoq ekanligini ko‘rdik. Ul zot: «Yo parvardigoro, (sening ahkomlaringni ummatimga) yetkazdim!» — deb uch bor takrorladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:48:55
16-bob. Agar (kishi biror yerdan keltiriladirgan moldan birovga hadya qilmoqni va’da qilib qo‘ygan bo‘lsa-yu, ammo (ul mol) yetib kelmasidan burun vafot etib qolsa...

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Agar Bahrayndan mol kelsa, senga mana buncha, mana buncha va mana buncha berurman»— deb aytdilar, lekin ul mol yetib kelmasidan burun vafot etib qoldilar. Keyin, Abu Bakr (as-Siddiq) bir jarchini yubordilar, u: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimga biror narsa va’da qilgan bo‘lsalar yohud kimning ul zotda qarzi bo‘lsa, bizning huzurimizga kelsin!» — deb (ul kishining nomlaridan) jar soddi. Shunda men Abu Bakr (as-Siddiq)ning qoshlariga borib: «Janob Rasululloh menga (Bahrayndan keltiriladirgan moldan hadya) va’da qilgan erdilar», — dedim. Abu Bakr menga (Janob Rasululloh va’da qilgan miqdorda) ul moldan berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:51:52
17-bob. (Kishi hadya qilish niyatida sotib olgan yoxud o‘ziga hadya qilingan) qul yoki molni (birovga hadya qilgunga qadar) qanday saqlab turadi?

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men hurkongich (asov) bir tuyaga minib olgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni (mendan) sotib oldilar-da, (Madinaga borgach): «Ey Abdulloh, bu seniki», — dedilar». (Ya’ni, Janob Rasululloh ul tuyani hadya qilish niyatida sotib olganlari uchun minmadilar ham, unga biror yuk ortmadilar ham, uni Madinaga borgunlariga qadar o‘zlarida mulk qilib ushlab turganlari birlangina kifoyalandilar).

Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bir qancha) qabolarni (kiyimlarni) taqsim qildilar, ammo Maxramaga (ul yerda bo‘lmaganlari uchun) birorta ham qabo bermadilar. So‘ng, Maxrama (menga): «Ey o‘g‘ilcham, biz birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borgil!» — dedilar. Men ul kishi birlan birga bordim. «Ichkariga kirib, ul zotni menga chaqirib ber!» — dedilar. Men ul kishiga Janob Rasulullohni chaqirib berdim. Janob Rasululloh taqsim qilingan qabolardan birini kiyib, ul kishining qoshlariga chiqdilar-da: «Mana buni senga (atab) yashirib qo‘ygan erdik», — dedilar. Maxrama qaboga tikildilar. Shunda Janob Rasululloh: «Maxrama rozi bo‘ldimi?», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:52:10
18-bob. Agar kishi birovga hadya bersa-yu, u uni olgach: «Qabul qildim» — demasa (joizdur)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Bir kishi rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Halok bo‘ldim!» — dedi. Janob Rasululloh: «Nechun?» — dedilar. U: «Ramazonda xotinim birla aloqa qilib qo‘ydim»,— dedi. Janob Rasululloh: «Bir qul topa (ya’ni, ozod qila) olasanmi?» — dedilar. U: «Yo‘q», — dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy muttasil ro‘za tuta olasanmi?» — dedilar. U: «Yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Oltmishta miskinning qorinlarini to‘yg‘aza olasanmi?» — dedilar. U: «Yo‘q»,— dedi. Shul asnoda ansorlardan biri bir savat xurmoni Janob Rasulullohga (hadya qilib) olib kelib qoldi. Janob Rasululloh boyagi kishiga: «Mana buni olib borib, sadaqa qilgil!» — dedilar. U: «O’zimizdan kambag‘alroqqami, yo Rasulalloh? Sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, Madinaning ikki tog‘i oralig‘ida bizdan ham qashshoqroq xonadon yo‘qdur!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Borgil, buni oilangga yedirgil!»— deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:52:31
19-bob. Kishi birovdagi qarzini (uning o‘ziga) sovg‘a qilsa, joizdur

Hasan ibn Ali raziyallohu anhu bir kishidagi qarzlarini (uning o‘ziga) hadya qilganlar.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimning (birovdan) qarzi bo‘lsa, uni bersin yoki (o‘rniga biror narsa berib) undan qutulsin!» — deb marhamat qilganlar.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Otam Badr kuni shahid bo‘ldilar, keyin ul kishiga qarz bergan kishilar qarzlarini qistab kelishdi. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, shul gapni aytdim. Ul zot qarz bergan kishilardan xurmozorim hosilini qabul qilib, otamni qarzdan halos qilishlarini iltimos qildilar. Ammo, ular (xurmozorim hosili kam bo‘lganidan) ko‘nishmadi. Shunda ul zot menga: «Ertaga ertalab huzuringga kelurman» — deb aytdilar, so‘ng ertasiga tong otganda huzurimizga keldilar-da, xurmozorni bir aylanib chiqdilar. Keyin, xurmozorimning hosiliga baraka tilab duo qildilar. Men xurmolarni terib, otamga qarz berganlarning haqini to‘ladim, (Janob Rasulullohning duolari barakoti tufayli) o‘zimizga ham (anchagina) xurmo ortib qoldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:52:45
20-bob. Bir kishining ko‘pchilikka hadya qilmog‘i haqida

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (bir idishda) sharbat keltirishdi. Ul zot undan (bir oz) ichdilar. Shunda o‘ng yonlarida bir yigit va chap yonlarida keksalar turishgan bo‘lib, ul zot yigitga: «Agar menga ijozat bersang, (sharbatni avval) mana bu (keksalarga) uzatsam!» — dedilar. Yigit: «Yo Rasulalloh, sizdan tegadirgan nasibamni hech kimga bermasman!» - dedi. Ul zot («Seni qara-yu!» degan ma’noda) uning qo‘lini chimchilab quydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:53:01
21-bob. Saqlab quyilgan va saqlab quyilmagan hamda (ko‘pchilikka) taqsimlab beriladirgan va taqsimlanmaydirgan tortiq haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul zotning sahobalari Havozin qabilasiga ularning o‘zlaridan olingan o‘ljalarni (ya’ni, asir olingan odamlarini) tortiq qildilar. Bul tortiq (Havozin qabilasiga) taqsimlab beriladirgan tortiq emas erdi.

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men safar vaqtida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir tuya sotdim. Madinaga yetib kelganimizda ul zot (menga): «Masjidga kir, ikki rak’at namoz o‘qi!» — dedilar. (Men masjidga kirib, ikki rak’at namoz o‘qigach), tuyamning pulini (bir qiyrot) ortiq qilib berdilar. (Men o‘shal qiyrotni, Harra kuni Shom ahli tortib olgunga qadar, tabarruk qilib saqlab yurdim)».

Sahl ibn Sa’d rashyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (bir idishda) sharbat keltirildi. Shunda ul zotning o‘ng tomonlarida bir yigit va chap tomonlarida keksalar turgan erdi. Ul zot yigitga: «(Avval) mana bu (keksalarga) uzatmog‘imga ruxsat berursanmi?» — dedilar. Yigit: «Yo‘q, Olloh taolo haqi, hech kimni deb sizdan tegadirgan nasibamdan voz kechmasman!» — dedi. Ul zot uning qo‘lini chimchilab quydilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (tuya) qarz bergan bo‘lib, (ul zotning huzurlariga keldi-da, qo‘pollik birlan qarzini talab qildi). Shunda sahobalar uni (so‘z birlan yoxud jismonan) jazolamoqchi bo‘lishib erdi, Janob Rasululloh ularga: «Uz holiga qo‘yingizlar uni (tegmangizlar unga), chunki qarz egasining so‘zlamoqqa (haqqi) bor!» — dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh sahobalarga: «(Menga) qanday yoshdagi (tuya qarz) bergan bo‘lsa, unga ham shunday yoshdagi (tuya) beringizlar!» — deb aytdilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, u (qarzga) bergan (tuya)dan yaxshiroq (yoshi kattaroq) tuya topoldik, xolos», — deyishdi. Janob Rasululloh: «Unga o‘shani berib yuboraveringizlar, chunki sizlarning yaxshirog‘ingiz — (qarzni) yaxshiroq ado etguvchingizdur!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:53:27
22-bob. Agar bir jamoa bir qavmga hadya qilsa...

Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Havozin qabilasi elchilari huzurlariga musulmon bo‘lib kelib, (o‘lja olingan) mollari birlan asir olingan odamlarini qaytarib berishlarini iltimos qilishganda, ularga: «Men birlan turgan (askar)larni ko‘rib turibsizlar, mening uchun eng mahbub so‘z — rost so‘zdur! Ikki narsadan birini — yo asir olingan odamlaringizni yoxud o‘lja olingan mollaringizni (qaytarib bermog‘imni) tanlangizlar, men sizlarni kutib, (ularni taqsimlamay turgan erdim)», — dedilar. Darhaqiqat, Janob Rasululloh Toifdan (Ji’ronaga) qaytganlarida o‘n kecha (kunduz)dan ortiq ularni kutgan erdilar. Havozin elchilari Janob Rasulullohning ikki narsadan birinigina qaytarib bermoqlarini anglashgach, (ul zotga): «Biz asir olingan odamlarimizni tanladik», — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh musulmonlar orasida tik turgancha Olloh taolo sha’niga uning o‘zi bildirgan hamdu sanolarni aytdilar, so‘ng: «Ammo ba’d, dar-haqiqat mana bu birodarlaringiz bizning huzurimizga tavba qilib kelishibdi, men ularning asir olingan odamlarini o‘zlariga qaytarib bermog‘imni ma’qul ko‘rdim. Sizlardan kimda-kim (o‘z asirini, evaziga biror narsa olmay), qaytarib bermoqni istasa, qaytarib bersin va kimda-kim biror narsa badaliga qaytarib bermoqchi bo‘lsa, ul ham qaytarib beraversin, biz unga Olloh taolo ato etadirgan dastlabki o‘ljalardan ulush (hadya) berurmiz!» — dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, siz ularga shuni ravo ko‘rgan erkansiz, biz ham shuni ma’qullaymiz!» — deb aytishdi. Janob Rasululloh ularga: «Biz qaysi biringiz bunga rozisiz, qaysi biringiz rozi emassiz, bilmasmiz, boringizlar, oqsoqollaringiz (barchangizning fikringizni bilgach), bizga kelib xabar qilsinlar!»— dedilar. Odamlar (oqsoqollari qoshiga) qaytishdi. Oqsoqollar ular birlan fikrlashib olgach, Janob Rasulullohning huzurlariga borishib, barchalarining shuni (ya’ni, asirlarni evaziga biror narsa olmay, qaytarib berishni) ma’qul ko‘rib, rozilik bildirishganini xabar qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:54:19
23-bob. Kishiga uning o‘zi minib ketayotgan tuyani hadya qilmoq joizdur

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Shunda men (otam Umarning) bir hurkong‘ich tuyalariga minib olgan erdim. Janob Rasululloh (otam) Umarga: «Uni menga sotgil!» — dedilar. Otam uni sotdilar. Keyiy ul zot (menga): «Ey Abdulloh, bu tuya seniki», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:04:57
24-bob. Kiyish makruh qilingan hadya haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Umar ibn al-Xattob masjid eshigi oldida ipak hulla (sotishayottanini) ko‘rib: «Yo Rasulalloh, agar uni sotib olsangiz, jum’a kuni va elchilar kelganda kiyib olar erdingiz!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Uni oxiratda nasibasi yo‘q kishilar kiyurlar» — deb aytdilar. Keyinchalik, Janob Rasulullohga bir qancha hullalar keltirildi. Ul zot ulardan birini Hazrat Umarga berib erdilar, ul kishi: «Buni menga kiyish uchun berdingizmi? Axir, hulla kiyishni makruh, deb erdingiz-ku?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men buni senga kiyish uchun berganim yo‘q», — dedilar. Keyin, Hazrat Umar o‘shal hullani Makkadagi mushrik birodarlariga kiydirib yubordilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Fotimaning uyiga kelib, ichkariga kirmadilar. Keyin Fotima (erlari) Ali kelganlarida shul gapni aytdilar. Hazrat Ali Janob Rasulullohning huzurlariga borib, buning boisini so‘radilar. Shunda ul zot: «Men qizimning eshigida rang-barang naqshli bir parda osig‘liq turganini ko‘rib erdim», — dedilar. Hazrat Ali: «Mening dunyo birla ishim yo‘q!» — dedilar-da, Fotimaning oldilariga kelib, bo‘lgan gapni aytdilar. Fotima: «Unday bo‘lsa, bul pardani ne qilmog‘imni istasalar, buyursinlar» — deb aytdilar. Janob Rasululloh (qizlarining bul gaplarini eshitgach): «Pardani falon muhtoj oilaga yuborsin!» — deb tayinladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:05:05
25-bob. Mushriklardan hadya qabul qilish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Ibrohim alayhissalom Sorra birlan birga hijrat qilib, bir shaharga kirib bordilar. Ul shaharda bir zolim podshoh bor bo‘lib, u: «Sorraga hadya beringizlar!» — deb amr qildi». (Ya’ni, Bibi Hojarni Sorraga hadya qildi).

(Yahudiylar Xaybar fathi kuni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga go‘shti zaharlangan quy hadya qilishgan.

Abu Humayd: «Ayla podshohi (taslim bo‘lgach), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir oq xachir hadya qildi va chopon kiygazdi. Janob Rasululloh aylaliklarga omonlik xati yozib berdilar», — deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ipak jubba hadya qilindi, ul zot ersalar, ipak (kiyim) kiyishdan qaytarar erdilar. Odamlar (ul jubba matosining mayinligi va chiroyidan) taajjub qilishib erdi, Janob Rasululloh: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lmish zot haqi, Sa’d ibn Muozning jannatdagi ro‘molchasi bundan yaxshiroqdur!» — dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (go‘shti) zaharlangan qo‘y keltirdi. Ul zot undan tanovul qildilar. Keyin, uni (tutib) olib kelishdi. Sahobalar: «Ijozat beringiz, buni o‘ldiraylik!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar».

Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir yuz o‘ttiz kishi erdik. Janob Rasululloh: «Birortangizda yegulik bormi?» — dedilar. Shunda bir kishida bir so’ yoki shunga yaqin yegulik bor erkan, bergisi kelmay, chaynaldi. So‘ng, baland bo‘yli bir mushrik kishi qo‘y yetaklab kelib qoldi. Janob Rasululloh unga: «Buni sotishga olib kelayotirsanmi yo hadya qilmoqchimisan?» — dedilar. U: «Yo‘q, (hadya emas), balki sotiladi», — dedi. Janob Rasululloh undan qo‘yni sotib oldilar. Keyin, u so‘yildi. Janob Rasululloh uning jigar va boshqa ichki a’zolarini qovurmog‘imizni amr qildilar. Olloh taolo nomi birlan ont ichamanki, Janob Rasululloh quyning ichki a’zolaridan bir yuz o‘ttiz kishining har biriga ulush ajratdilar. Agar ulush egasi shu yerda bo‘lsa, uni o‘ziga berdilar, agar yo‘q bo‘lsa, olib qo‘ydilar. Keyin, qolganini ikki laganga soldilar, barchamiz to‘yguncha yedik, shunda ham ikki lagan ortib qoldi, biz uni tuyaga ortib qo‘ydik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:05:15
26-bob. Mushriklarga hadya qilmoq haqida

Olloh taoloning qavli: «Olloh din xususida sizlar birlan urushmagan va sizlarni o‘z diyoringizdan badarg‘a qilmagan kimsalarga yaxshilik va adolat qilmoqlaringizga mone’lik qilmas» («Mumtahana» surasi, 8-oyat).

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar bir kishida sotiladigan (ipak) hulla borligini ko‘rib: «(Yo Rasulalloh), buni sotib olingiz, jum’a kunlari va huzuringizga elchilar kelganda kiygaysiz», — dedilar. Janob Rasululloh: «Buni oxiratda nasibasi yo‘q kimsalar kiyurlar»,— dedilar. Keyinchalik, Janob Rasulullohga bir qancha (ipak) hulla keltirilib erdi, ulardan birini Hazrat Umarga yubordilar. Hazrat Umar (hayron bo‘lib): «Buni qanday kiyurman? Axir, buni makruh, deb aytgan erdingiz-ku?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men buni o‘zing kiygin, deb emas, balki sotib biror koringga yaratarean yoxud biror (mushrik qarindoshingga) kiydirib yuborarsan, deb yuborgan erdim», — dedilar. Keyin, Hazrat Umar uni Makka mushriklaridan bo‘lmish o‘z birodarlariga, musulmon bo‘lmasidan burun, kiydirib yubordilar».

Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qttadilar:  «Mushrika onam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida menikiga keldilar. Shunda men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan fatvo so‘rab: «Onam meni sog‘inib (yoki biror narsa ilinjida) kelibdilar, (mushrika bo‘lsalar ham) silai rahm qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Ha, onangga silai rahm qilgil!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:05:29
27-bob. O’z hadyasini yoki sadaqasini qaytarib olmoqlik hech kimga halol emas

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’z hadyasini qaytarib olguvchi— o‘z qusug‘ini yeguvchi kabidur!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz uchun o‘z qusugini yeguvchi it yanglig‘ o‘z hadyasini qaytarib olguvchi kimsadek badbaxt yo‘qdur!» — dedilar».

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishini Olloh taolo yo‘lida bir otga mindirib yubordim. Keyin, u ul otni xarob qilib qo‘ydi. Uni arzonga bersa kerak, deb o‘ylab, undan sotib olmoqchi bo‘ldim-da, shul haqda Janob Rasulullohdan so‘radim. Shunda ul zot: «Hattoki senga uni bir dirhamga bersa ham, sotib olmagil, chunki o‘z sadaqasini qaytarib olguvchi — o‘z qusug‘ini yeguvchi it kabidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:05:37
28-bob.

Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Abu Mulayka raziyallohsh anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Jad’onning mavlosi Banu Suhayb Rasulullrh sallallohu alayhi va sallamning Suhaybga ikki uy va bir hujra berganliklari haqida da’vo qilishdi. Shunda Marvon: «Bul xususda sizlarga kim guvoh bo‘lur?» — dedilar. Ular: «Ibn Umar», — deyishdi. Marvon Ibn Umarni chaqirdilar, Ibn Umar Janob Rasulullohning ikki uy va bir hujrani darhaqiqat Suhaybga berganliklari haqida guvohlik berdilar. Marvon ul kishining guvohliklariga tayanib o‘shal ikki uy va bir hujrani ularga hukm qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:05:46
Bismillahir rohmanir rohim.

1-bob. Umro va ruqbo xususida

Jobir raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Umro kimga hadya qilingan bo‘lsa, o‘shanikidur» — deb hukm qildilar», — deydilar. («Umro» istilohi «umr» so‘zidan olingan bo‘lib, biror kishiga umrbod foydalanish va meros kilib qoldirish huquqi bilan tortiq etilgan yer-suv, uy-joy ko‘rinishidagi hadyadur. Imom Buxoriy mazkur bobda «ruqbo» xususida hadis keltirmaganlar. Ulamolar «umro» bilan «ruqbo»ning ma’nan bir ekanligini bunga sabab qilurlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:05:54
2-bob. Odamlardan vaqtincha ot olgan zot haqlarida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinada to‘s-to‘polon bo‘ldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhadan Mandub ismli otini (vaqtincha) olib, unga mindilar-da, (tovush kelgan tomonga choptirib ketdilar). Ul tomondan qaytib kelgach: «Ul yerda biror xavf-xatar borligini ko‘rmadik, mana bu otning ersa, dengiz (oqimi kabi bir tekis yurishini) bildik!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:06:04
3-bob. Turmush qurayotgan kelin uchun o‘zgalardan biror narsani vaqtincha olib turish haqida

Ayman raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirsam, narxi besh dirhamli dag‘al ko‘ylak kiyib olgan erkanlar. Shunda menga: «Cho‘rimni kurmaysizmi, mana bu kuylakni uyda (to‘y kuni) kiyishni xushlab qolibdi, bunday ko‘ylaklardan biri menda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlaridan beri saqlanib kelar erdi, ammo buni Madinada biror ayol (to‘y kuni) kiyib zinnatlanmas erdi. Cho‘rim bir ayolni huzurimga jo‘natib, mana shu ko‘ylakni vaqtincha kiyishi uchun berib turmog‘imni so‘rabdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:06:35
4-bob. Maniyha fazilati haqida

(«Maniyha» istilohi «manaha» — «in’om qilmoq, tortiq qilmoq, mukofotlamoq» kabi ma’nolarni anglatuvchi fe’ldan yasalgan bo‘lib, sutini ichib kun ko‘rib tursin, deb biror sogin hayvonni yoxud hosilini yeb kun ko‘rib tursin, deb biror mevali daraxt yo daraxtzorni birovga vaqtincha in’om qilmoqliqdur).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng yaxshi maniyha — (sutini ichib kun ko‘rib tursin, deb) sersut tuyani yoki sersut sovliqni (birovga vaqtincha) in’om qilmoqlik (bulib, ul) ertalab bir idish sut berib (yaylovga) ketur va kschqurun (yaylovdan) kelib (yana) bir idish sut berur» — deb marhamat qildilar».

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Muhojirlar Makkadan Madinaga kelganlarida qullarida hech narsalari yo‘q erdi. Ansorlar ersa (ko‘plab) yer va mol-mulkka ega bo‘lib, muhojirlarga: «Bizga dehqonchilik ishlarida ko‘maklashsangizlar, bas, har yilgi hosilni (teng) bo‘lishib olurmiz» — deb aytishdi. Anasning onasi Ummu Sulaym Abdulloh ibn Abu Talhaning (ham) onasi bo‘lib, Abdulloh Anasning bir onadan tugilgan birodari erdi. Anasning onasi Janob Rasulullohga o‘z xurmo daraxtlaridan maniyha qilgan bo‘lib, ul zot ularni ozod qilingan cho‘rilari Ummu Aymanga — Ummu Usoma ibn Zaydga tortiq qilgan erdilar. Janob Rasululloh Xaybar ahliga qarshi qilingan g‘azotdan bushagach, Madinaga qaytib keldilar. Muhojirlar ansorlar maniyha qilgan xurmo daraxtlari o‘rniga (Xaybardan o‘lja olingan xurmo daraxtlaridan) berdilar. Janob Rasululloh (ham) Anasning onasi bergan xurmo daraxtlarini o‘ziga qaytarib berib, Ummu Aymanga uning o‘rniga o‘z bog‘laridagi xurmo daraxtlaridan in’om qildilar».

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Qirqta xislat (yaxshilik, ezgu ish, amali solih mavjud) bo‘lib, ularning eng a’losi — sogin echki maniyha qilmoqlikdur. Kimki savob umidida va (amali solih uchun) va’da qilingan (ajrning haqiqat ekanligini) tasdiqlagan holda ulardan birini ado etsa, Olloh taolo buning uchun uni jannatga kiritur».

Hasson ibn Atiyya raziyallohu anhu: «Biz sog‘in echki maniyha qilmoqliqdan bo‘lak xislatlarni, ya’ni salomga alik olmoq, aksa urgan kishining hamdiga javob qaytarmoq, yo‘ldagi aziyat beruvchi narsalarni olib tashlamoq kabi amali solihlarni birma-bir sanab chiqib, ularni o‘n beshtaga ham yetkaza olmadik», — deydilar.

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bizlardan ko‘pchilik kishilarning ortiqcha yerlari bo‘lib, ular: «Hosilning uchdan biri yoki to‘rtdan biri yoxud yarmi evaziga (ortiqcha) yerlarimizni ijaraga berurmiz» — deb aytishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimning yeri bo‘lsa, unga o‘zi eksin yoki uni (biror musulmon) birodariga maniyha qilsin va agar istamasa, uni o‘zida ushlab tursin!» — deb marhamat qildilar».

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi-da, ul zotdan hijrat xususida so‘radi (ya’ni, u fathdan ilgari Madinaga hijrat qilmoqlari vojib qilingan Makka ahlidan bo‘lmasa-da, Madinada istiqomat qilish uchun ul zotga bay’at qilmoqchi bo‘ldi). Shunda ul zot: «Sho‘ring qursin (senga achinaman), hijratning ishi (ya’ni, uning shartlarini ado etmoqlik) mushkuldur! Tuyalaring bormi, ularning zakotini berib turibsanmi?» — dedilar. Badaviy: «Ha», — dedi. Ul zot: «Ulardan birortasini maniyha qilib turibsanmi?» — dedilar. Badaviy: «Ha», — dedi. Ul zot: «Ularni sugoradirgan kuni sogasanmi?» — dedilar. Badaviy: «Ha», — dedi. Ul zot: «(Unday bo‘lsa), dengizlar ortida (ya’ni, uyingda turib ham Olloh taoloning farzini) ado etaver, chunki Olloh taolo (qilgan) amallaringning (savobini) zarracha kamaytirmas!» — deb marhamat qildilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (shamoldan) ekini chayqalib turgan bir yer (oldidan) chiqib qoldilar-da: «Bu kimniki?» — dedilar. Odamlar: «Buni falonchi (falonchidan) ijaraga olgan» — deb aytishdi. Shunda ul zot: «Ammo, buni unga maniyha qilganida, muayyan to‘lov olganidan ko‘ra ko‘proq savob olgan bo‘lur erdi» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:06:52
5-bob. Agar bir kishi: «Manavi joriyani sizga xizmatkorlikka berdim» — desa, joizdur

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ibrohim alayhissalom (Bibi) Sorra birlan (bir yovuz podshoh mamlakatiga) hijrat qildilar. (Ul podshoh Bibi Sorrani yomon niyatda o‘z saroyiga majburan olib keltirdi. Ammo, Bibi Sorra Olloh taoloning inoyati birlan uning tajovuzidan omon qoldilar. So‘ng, ul Bibi Sorraga in’omlar berib, bir joriyani, ya’ni Bibi Hojarni ham qo‘shib yubordi). Bibi Sorra Ibrohim alayhissalomning qoshlariga qaytgach: «Sezdimki, Olloh taolo kofirni tor-mor etdi» — dedilar-da, joriyani Ibrohim alayhissalomga xizmatkorlikka berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:07:03
6-bob. Agar kishi (Olloh taolo yo‘lida) otga mindirib yuborilgan bo‘lsa, bu umro va sadaqa kabidur

Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Olloh taolo yo‘lida bir kishini otga mindirib yubordim. So‘ng, o‘shal otning sotilayotganini ko‘rib, Janob Rasulullohga murojaat qildim. Shunda ul zot: «Uni sotib olmagil, sadaqangni qaytarib olmagil!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:07:13
Bismillahir rohmanir rohim.

GUVOHLIKLAR KITOBI

1-bob. Da’vogarga qarshi aniq dalil-isbot keltirmoqlik haqida


Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, agar bir-birlaringizdan muayyan vaqtgacha qarz olsangizlar, uni yozib qo‘yingizlar va o‘rtalaringizdagi yozguvchi insof ila yozsin va hech bir yozguvchi Olloh taolo o‘ziga ta’lim bergani kabi yozishdan bosh tortmasin va (iloji bo‘lsa) qarz olguvchi (o‘zi) yozib bersin va aytib bersin va ul Olloh taolodan qo‘rqsin va olgan narsasidan biror narsani kam yozdirmasin va agar qarz olguvchi beaql yoki zaif (yosh, keksa) bo‘lsa yoxud (kar, soqov va til bilmasligi boisidan) o‘zi aytib yozdirishga qodir bo‘lmasa, ul holda unga homiylik qilguvchi odam adolat birla yozdirsin va (bunga) erkak kishilaringizdan ikkitasini guvoh qilib qo‘yingizlar, agar ikki erkak kishi mavjud bo‘lmasa, o‘zlaringiz istagan guvohlardan bir erkak va ikki ayolni guvoh qilingizlar-ki, ul ayollardan qaysi biri (o‘rtalaringizdagi qarz xususida) unutib adashsa, ikkinchisi uning yodiga solur va qachon guvohlar (guvohlikka) chaqirilsalar, bosh tortmasinlar va qarz xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, muhlati kelguncha yozib qo‘yishdan erinmangizlar va bu Olloh taolo qoshida adolatliroq va guvohlik uchun to‘g‘riroq va shubha qilmasliklaringizga yaqinroq (hukm)dur. Ammo, (o‘rtalaringizdagi muomala) o‘zaro yurgizib turgan naqd savdo-sotiq (muomalasi) bo‘lsa, uni yozmasangizlar, sizlarga gunohi yo‘qdur va qachon o‘zaro savdo-sotiq qilsangizlar, guvoh keltiringizlar va na yozguvchiga va na guvohga zarar yetkazilmasin va agar zarar yetkazsangizlar, sizlarga gunoh bulur va Olloh taolodan qo‘rqingizlar va Olloh taolo sizlarga ta’lim berur va Olloh taolo har narsani bilguvchi zotdur» («Baqara» surasi, 282-oyat).

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, adolat yo‘lidan sira toymas va o‘zlaringiz, ota-onalaringiz hamda qarindosh-urug‘laringiz zarariga bo‘lsa-da, Olloh taolo uchun (to‘g‘ri) gu: vohlik berguvchi bo‘lingizlar! (Guvoh keltirgan kishi) xoh boy va xoh kambag‘al bulsin, Olloh taolo har ikkisiga ham sizlardan ko‘ra xayrixohroqdur. Bas, nafslaringizga tobe’ bo‘lib, adolatni quldan bermangizlar va agar sizlar til burib (noto‘g‘ri guvohlik bersangizlar) yoxud (guvohlik berishdan) bo‘yin toshtsangizlar, albatta Olloh taolo qilib turgan amallaringizdan boxabardur» («Niso» surasi, 135-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:07:22
2-bob. Agar kishi birovga adolat qilib: «Biz (uni) faqat yaxshi (deb) bilurmiz» — desa yoxud: «Men (uni) faqat yaxshi (deb) bilurman» — deb aytsa...

Ubaydulloh ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bo‘hton ahli Oisha raziyallohu anho xususlarida og‘izlariga kelgan tuhmat gaplarni aytishtanda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bul tuhmat haqida) vahiy kelavermagach, huzurlariga Ali va Usoma raziyallohu anhumoni chorlab, ular birlan oilalarining (ya’ni, Oisha onamizning karvondan) qolib ketganlari to‘g‘risida maslahatlashdilar. Shunda Usoma: «Biz oilangizni faqat yaxshi (deb) bilurmiz», — dedilar. (Cho‘ri) Barira ersa: «Agar men unda biror kamchilik ko‘rgan bo‘lsam, ul ham uning yosh qizcha ekanligidan bo‘lib, uyidagilar tayyorlab qo‘ygan xamirni poylab o‘ltirib uxlab qolur va xonadondagi qo‘ylardan biri kelib xamirni yeb qo‘yur» — deb aytdi. Shundan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oilam xususida tuhmat qilib menga ozor yetkazgan kishini kim uzr ayttirur? Olloh taolo haqi, men oilamdan faqat yaxshilik ko‘rganman! (Tuhmatchilar) men faqat yaxshi deb bilgan bir kishi xususida ham ig‘vo qilishdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:07:33
3-bob. Biror narsa ortida (quloq solib turgan) kishining guvohligi haqida

Amr ibn Haris bunmng joiz ekanligini aytib: «Kazzobu fojir kimsaga nisbatan shunday qilinur», — deydilar.

Sha’biy, Ibn Sirin, Ato va Qatoda: «(Berkinib) quloq solib turmoqlik (ham) guvohliqdur», — deyishadi.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va Ubay ibn Ka’b al-Ansoriy ikkalalari Ibn Sayyod yashayotgan xurmozor tomon yo‘l olishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xurmozorga kirib borgach, bir xurmo daraxti ortiga yashirindilar, chunki ul zot Ibn Sayyod ko‘rib qolmasidan burun uning gaplarini eshitib olmoqchi erdilar. Ibn Sayyod (shul vaqtda) o‘zining to‘shagida bir bahmal choyshabga burkanib yetar, choyshab ichidan ersa ming‘illagan bir ovoz eshitilar erdi. Nogahon, Ibn Sayyodning onasi xurmo daraxti ortida berkinib turgan Janob Rasulullohni ko‘rib qolib: «Ey Sof, ana Muhammad!» — deb o‘g‘lini ogohlantirdi. Shunda Ibn Sayyod jimib qoldi. Janob Rasululloh (afsuslanib): «Agar (onasi) indamaganida (Ibn Sayyodning siri) oshkor bo‘lur erdi», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rifo’at al-Quraziyning xotini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Men Rifo’atning nikohida erdim, keyin u meni butunlay taloq qildi. So‘ng, men Abdurrahmon ibn az-Zubayrga nikohlandim, ammo uning olati manavi ko‘ylakning popugi kabi (yumshoq) erkan», — dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (unga): «Sen Rifo’atga qaytib tegmoqchiga o‘xshaysan, yo‘q, bo‘lmaydi, toki Abdurrahmon sening va sen uning asaldonidan lazzat olmaguningcha bu mumkin ermas!» — dedilar. Shul vaqt Abu Bakr Janob Rasulullohning huzurlarida o‘ltirgan erdilar. Eshik ortida ersa Xolid ibn Sa’id ibn al-Os ichkariga kirmoq uchun ul zotning ijozatlarini kutib turgan bo‘lib, (boyagi xotinning behayo gapidan darg‘azab holda): «Ey Abu Bakr, anavi (behayo xotinning) Janob Rasululloh huzurlarida aytgan gapini nahotki eshitmagan bo‘lsangiz?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:07:42
4-bob. Agar bir yoki bir necha guvoh biror narsa xususida guvohlik bersa-yu, boshqalar: «Biz bul haqda bexabarmiz» — deyishsa, ul holda guvohlik bergan kishining so‘ziga binoan hukm chiqarilur

Humaydiy: «Bunday holat Bilol xabar qilgan quyidagi hadisda mavjud», — deydilar: «Bilol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ka’bada namoz o‘qiganlarini aytdi. Fazl ersa, ul zotning Ka’bada namoz o‘qimaganlarini ta’kidladi. Shul boisdan odamlar Bilolning guvohligini qabul qilishdi». Shuningdek, agar ikki guvohdan biri: «Falonchi falonchiga ming dirham qarz bergan» — desa-yu, boshqasi: «Bir yarim ming dirham bergan» — deb aytsa, ul holda berilgan qarzning ko‘proq ekanligini aytgan kishining guvohligiga binoan hukm chiqarilur.

Abdulloh ibn Abu Mulaykya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uqba ibn al-Haras Abu Ihob ibn Azizning qiziga uylandi. Keyin, bir xotin kelib, Uqba va ul uylangan qizni emizganini aytdi. Uqba ul xotinga: «Meni emizganingizni bilmasman, bul haqda menga aytmagansiz», — dedi. So‘ng, u Abu Ihobning xonadoniga bir xodimini yuborib, shul xususda so‘ratdi. Ular boyagi xotinning Abu Ihobning qizini emizganligini bilmasliklarini ma’lum qilishdi. Shundan keyin, Uqba uloviga minib Madinaga — Janob Rasulullohning huzurlariga bordi-da, ul zotdan shul haqda so‘radi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Uni qanday qilib jimo’ qilasan, axir uning rizo’iy (emishgan) akasi ekanliging aytilibdi-ku?!» — dedilar. So‘ng, Uqba Abu Ihobning qizini taloq qildi, u boshqa erga tegib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:07:54
5-bob. Odil guvohlar haqida

Olloh taoloning qavli: «...va guvoh qilib qo‘yingizlar o‘zlaringizdan ikki mo‘‘tabar kishini...» («Taloq» surasi, 2-oyat).

Olloh taoloning qavli: «...o‘zlaringiz istagan guvohlardan...» («Baqara» surasi, 282-oyat).

Abdulloh ibn Utba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitdim: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida vahiyga binoan hukm qilinur erdilar. Endi bo‘lsa, vahiy nozil qilinmay qo‘ydi, Bundan buyon biz sizlarga nisbatan bizga qanday amallar qilayotganingizga qarab hukm chiqarurmiz. Kimki bizga yaxshilik qilgan bo‘lsa, uni omon qoldirib, o‘zimizga yaqin qilurmiz. Ammo, biz uning ko‘nglida qanday yashirin niyati bor, zarracha bilmasmiz, buni Olloh taoloning o‘zi hisobga olib quygaydur. Kimki bizga yomonlik qilgan bo‘lsa, uni omon qoldirmasmiz ham, unga ishonmasmiz ham, hattoki: «Ko‘nglimdagi niyatim yaxshidur» — deb aytsa-da!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:08:07
6-bob. Mayyitning yaxshi amallar qilgani xususida necha musulmon guvohlik bermog‘i joiz?

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilaridan bir janoza o‘tdi. Shunda sahobalar o‘shal mayyitning yaxshi amallar qilgani haqida so‘zlab, maqtashdi. Janob Rasululloh (ularga javoban): «Vojib bo‘ldi», — dedilar. So‘ng, ul zotning oldilaridan yana boshqa bir janoza o‘tdi. Shunda sahobalar bul mayyitning yomon amallar qilgani haqida so‘zlab, qoralashdi. Janob Rasululloh (ularga javoban yana): «Vojib bo‘ldi», — dedilar. Sahobalardan biri (taajjublanib): «Yo Rasulalloh, nechun ul mayyitga ham: «Vojib bo‘ldi» — dedingiz, bul mayyitga ham: «Vojib bo‘ldi» — dedingiz» — deb so‘radilar. Janob Rasululloh (ul kishiga javoban): «Mo‘min qavmning guvohligi qabul qilinur, mo‘min qavm Olloh taoloning yerdagi guvohlaridur!»— dedilar».

Abulasvad raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinaga kelganimda bir kasallik tarqalgan bo‘lib, odamlar (uzoq yotmay) tezdan vafot qilishar erdi. Men Hazrat Umar raziyallohu anhuning yonlariga borib o‘ltirdim. Shunda oldimizdan bir janoza o‘tib erdi, odamlar ul mayyitni yaxshi so‘zlar birlan maqtashdi. Hazrat Umar: «Vojib bo‘ldi» — deb qo‘ydilar. So‘ng, oldimizdan yana bir janoza o‘tib erdi, odamlar ul mayyitni ham yaxshi so‘zlar birlan maqtashdi. Hazrat Umar yana: «Vojib bo‘ldi» — deb qo‘ydilar. Keyin, uchinchi bir janoza o‘tdi. Odamlar bu galgi mayyitni yomon so‘zlar birlan qoralashdi. Hazrat Umar yana: «Vojib bo‘ldi» — deb qo‘ydilar. Shunda men (ajablanib): «Ey mo‘minlar amiri, nima vojib bo‘ldi?» — dedim. Hazrat Umar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne degan bo‘lsalar, shuni aytdim, qaysi bir musulmonga musulmonlardan to‘rttasi yaxshi amallar qilgani xususida guvohlik bersa, Olloh taolo uni jannatga kiritur», - dedilar. Shunda biz: «Musulmonlardan uchtasi guvohlik bersa-chi?» — dedik. Hazrat Umar: «Uchtasi ham yetarli», — dedilar. Biz yana: «Ikkitasi guvohlik bersa-chi?» — dedik. Hazrat Umar: «Ikkitasi ham kifoya», — dedilar. Keyin, biz: «Bittasi guvohlik bersa-chi?» — deb suramadik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:08:18
7-bob. Tug‘ishganlik va emishganlik xususida hamda bir zamonlar vafot etgan kishining emishgan bo‘lganligi haqida guvohlik bermoqlik

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni va Abu Salamani Suvayba emizgandur» — deb aytganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Aflah huzurimga kirmoqqa ijozat so‘rab erdilar, ruxsat bermadim. Shunda ul kishi menga: «Axir, men senga amaki bo‘laman, nechun mendan qochursan?» — dedilar. Men ul kishiga: «Qanday qilib siz menga amaki bo‘lursiz?» — dedim. Ul kishi: «Seni birodarimning xotini emizgandur», — dedilar. Keyin, men shul haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rab erdim, ul zot: «Aflah to‘g‘ri aytibdi, unga huzuringga kirmoqqa ruxsat beraver», — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:« Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hamzaning qizi xususida: «Unga uylanishim mumkin emas, tug‘ishganlik nimani man’ qilsa, emishganlik ham o‘shani man’ qilur, u emishgan birodarimning qizidur», — dedilar».

Amra binti Abdurrahmon raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoning hujralarida erdilar. Shul vaqt Oisha raziyallohu anho bir kishining Hafsaning huzurlariga kirmoqqa ijozat so‘rayotganini eshitib: «Yo Rasulalloh, anavi kishi uyingizga (ya’ni, Hafsaning huzuriga) kirmoqqa ijozat so‘rayotir»,— dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «U Hafsaning emishgan amakisi falonchi bo‘lsa kerak», — dedilar. Oisha raziyallohu anho: «Emishgan amakim falonchi tirik bo‘lganlarida mening huzurimga kira olarmidilar?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, tug‘ishganlik nimani man’ qilsa, emishganlik ham o‘shani man’ qilur», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujramga kirganlarida huzurimda bir kishi o‘ltirgan erdi. Janob Rasululloh: «Ey Oisha, bu kim?» — dedilar. Men: «Emishgan birodarim», — dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Oisha, buni (emishgan) birodarlarimdan, deb hisobladingmi? Chunki, emishganlik (ko‘krak sutini) ochiqib emadirgan (go‘daklik) chog‘ida (bulur)», — dedilar». (Ya’ni, go‘dak taom yemay, faqat ko‘krak suti birlangina kifoyalanadirgan chog‘da o‘zining onasidan bo‘lak ayol tomonidan emizilsa, o‘shal ayol birlan uning erining yaqin qarindoshlari unga emishgan bo‘lurlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:08:25
8-bob. Pokiza ayollarni guvohsiz zinokorlikda ayblab badnom qilgan kishining, o‘g‘ri va zinokorning guvohligi xususida

Olloh taoloning qavli: «...ularning guvohliklarini hech qachon qabul qilmangizlar, ular fosiq — nofarmondurlar! Magar ul kimsalarki, shu qilmishlaridan keyin tavba qilib, o‘zlarining (xulqlarini) tuzatdilar, (fosiq emasdurlar), albatta Olloh mag‘firatli, mehribondur» («Nur» surasi, 4-5-oyatlar).

Urva ibn az-Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Fath g‘azotida bir ayol o‘g‘rilik qildi. Uni (tutib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga olib kelishib erdi, ul zot uning qo‘lini kesishni amr qildilar. Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Keyin, o‘shal ayol chin dilidan tavba qilib, erga tegib ketdi. Shundan keyin, mening huzurimga tez-tez kelib turar va men uning ehtiyojini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetkazar erdim».

Zayd ibn Xolid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buidoq zinokorni yuz darra urib, bir yil badarg‘a qilmoqni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:08:35
9-bob. Adolatsiz kishi guvohlik so‘rasa, guvohlik berilmaydi

Nu’mon ibn Bashir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Onam (Amra binti Ravoha) otam (Bashir ibn Sa’d)dan menga o‘z mollaridan biror narsa hadya qilmoqlarini iltimos qilib erdilar, bir (qul) hadya qildilar. Shunda onam otamga: «(O’g‘lingizga bul qulni meros qilib ermas, balki hadya tariqasida berganingizga) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni guvoh qilib qo‘ymaguningizga qadar rozi bo‘lmasman!» — dedilar. So‘ng, otam (yosh bola bo‘lganim uchun) qo‘limdan yetaklab Janob Rasulullohning huzurlariga bordilar-da: «Yo Rasulalloh, buning onasi Binti Ravoha bunga biror narsa hadya qilmog‘imni so‘rab erdi, (men hadya qiddim, siz shunga guvoh bo‘lsangiz!)» — dedilar. Janob Rasululloh: «Bundan bo‘lak farzandlaring ham bormi?» — dedilar. Otam: «Ha» — deb javob berdilar. Janob Rasululloh: «(Bo‘lak farzandlaringni bu birlan teng ko‘rib, ularga ham ana shuncha hadya bermog‘ing) lozim erdi, meni adolatsizlikka guvoh bo‘lmog‘imni so‘ramagil!» — dedilar».

Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning yaxshilaringiz mening zamondoshlarimdur, so‘ng ulardan keyingilar, so‘ng ulardan keyingilar» — deb marhamat qildilar. Keyin, Janob Rasululloh o‘z asrlaridan ikki yoki uch asr so‘ng dunyoga keladiganlar haqida zikr qildilarmi, yo‘qmi, buni aniq bilmayman, ul zot: «Sizlardan keyin shunday qavm dunyoga keladiki, ular xiyonat qilib, o‘zlariga nisbatan ishonchni yo‘qotadilar, va’da beradilar-u, vafo qilmaydilar, (dunyo lazzatlariga berilib ketganlaridan) semirib ketadilar» — deb aytdilar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Odamlarning yaxshisi mening asrim (ahli, ya’ni sahobalar), so‘ng ulardan keyingilar (ya’ni, tobi’uunlar), so‘ng ulardan keyingilar (ya’ni, atbo’ ut-tobi’iyndur). Keyin, (shunday) qavmlar (dunyoga) keladiki, ba’zi-birlarining guvohligi qasamidan va qasami guvohligidan o‘zadi». (Bayzoviy va Kirmoniy bul haqda bunday deyishadi: «Bundaylar guvohlik berishga hirs quygan, o‘zlarining (soxta) guvohliklarini o‘tkazishga ishtiyoqmand kishilar bo‘lib, ba’zan guvohlik berishdan ilgari va ba’zan guvohlik bergandan keyin qasam ichurlar»).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:08:46
10-bob. Yolg‘on guvohlik bermoq va guvohligini yashirmoq haqida

Olloh taoloning qavli: «...va ul zotlariki yolg‘on guvohlik bermaslar va qachon o‘tib qolsalar behuda narsa qoshidan, ulug‘vorona o‘tib keturlar...» («Furqon» surasi, 72-oyat).

Olloh taoloning qavli: «...va yashirmangizlar guvohlikni va kimiki guvohligini yashirsa, albatta uning qalbi osiy (gunohkor)dur va Olloh taolo qilib turgan amallaringizni yaxshi bilur» («Baqara» surasi, 283-oyat).

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gunohi azimlar xususida so‘raldilar. Shunda ul zot: «Ollohga shirk keltirmoqlik, ota-onaga itoatsizlik, (biror) jonni (nohaq) o‘ldirmoqlik va yolg‘on guvohlik bermoqliqdur» — deb javob qildilar».

Abdurrahmon ibn Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch bor: «Eng katta gunohi azimlar xususida sizlarga xabar qilayinmi?» — dedilar. Sahobalar: «Ha, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Ollohga shirk keltirmoqlik, ota-onaga itoatsizlik...» — dedilar-da, yonboshlab yetgan erdilar, o‘ltirib oldilar. So‘ng: «Yolg‘on gap ham (eng katta gunohi azimlardan) emasmi?!» — deb takror-takror aytaverdilarki, hatto biz: «Qaniydi, bas qilsalar!» — dedik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:08:56
11-bob. Ko‘zi ojizning guvohligi, nikohlanishi, nikohlashi, bay’ati, muazzinlikka qabul qilinishi va ovozdan e’tirof qilinadirgan narsalar haqida

Qosim, Hasan, Ibn Sirin, Zuhriy va Ato ko‘zi ojizning guvohlik bermog‘ining joiz ekanligini aytganlar. Sha’biy: «Ko‘zi ojizning guvohlik bermog‘i, agar aqli joyida bo‘lsa, joizdur», — deydilar. Ibn Abbos bir kishini tashqariga chiqarar, agar Quyosh botgan bo‘lsa, ogiz ochar erdilar, shuningdek tong xususida so‘rar, agar tong otgani aytilsa, ikki rak’at namoz o‘qir erdilar. Samra ibn Jundub hijobdagi ayolning guvohlik bermog‘ini joiz, deb aytganlar.

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining masjidda qiroat qilayotganini eshitib: «Olloh taolo uni yarlaqasin! U falon va falon suralardagi men tushirib qoldirayottan falon va falon oyatlarni yodimga soldi», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho (yana) bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramda tahajjud qildilar. Shunda masjidda namoz o‘qiyotgan Abbodning ovozini eshitib: «Ey Oisha, bu Abbodning ovozimi?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Shunda ul zot: «Yo parvardigoro, Abbodni yarlaqagaysan!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, Bilol tun qorong‘usida azon aytur, shul boisdan to Ibn Ummi Maktumning azon aytgan ovozini eshitguningizga qadar yeb-ichaveringizlar!» — dedilar. Chunki, Ibn Ummi Maktum ko‘zi ojiz kishi bo‘lib, odamlar tong otganini aytmagunlaricha, azon chaqirmas erdilar».

Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qabolar hadya qilindi. Shunda otam Maxrama menga: «Meni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bor, shoyad qabolardan birini menga bersalar!» — dedilar. (Biz Janob Rasulullohning uylariga yetib borgach), otam eshik oldida turib (menga) so‘zlab erdilar, ul zot ovozlaridan tanib, «Buni senga atab yashirib quygan erdim, buni senga atab yashirib qo‘ygan erdim» degancha bir qaboni bezaklarini ko‘z-ko‘z qilgan holda olib chiqdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:09:04
12-bob. Ayollarning guvohligi haqida

Olloh taoloning qavli: «...agar ikki erkak topilmasa, bir erkak va ikki ayolni... guvoh qilingizlar!» («Baqara» surasi, 282-oyat).

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir ayolning guvohligi bir erkak guvohligining yarmicha emasmi?» — dedilar. Biz: «Ha, shunday, yarmichadur», — dedik. Shunda ul zot: «Bu uning aqlining nuqsonidandur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyul 2008, 10:09:21
13-bob. Cho‘ri va qulning guvohligi haqida

Anas raziyallohu anhu: «Qulning guvohlik bermog‘i, agar u odil bo‘lsa, joizdur», — deganlar. Shurayh va Zurora ibn Avfo ham qulning guvohlik bermog‘ini joiz, deb aytishgan. Ibn Sirin ersa: «Qulning o‘z xojasidan bo‘lak kimsaga guvohlik bermog‘i joizdur», — deganlar. Hasan va Ibrohim ersalar, qulning uncha muhim bo‘lmagan narsalar xususida guvohlik bermog‘ini joiz, deb aytishgan. Shurayh: «Barchangiz (Olloh taoloning) quli va cho‘risining (ya’ni, Odam va Havvoning) avlodlarisiz», — deganlar.

Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uqba ibn al-Haras Abu Ihobning qizi Ummu Yahyoga uylandi. Shunda bir qora cho‘ri kelib: «Men ikkalangizni ham emizganman» — deb ta’kidladi. «Men buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib erdim, — deydilar Uqba, — ul zot mendan yuzlarini o‘girib oldilar. Men (ul zotdan) nariroq bordim-da, yana gapimni takrorladim. Shunda ul zot menga «Qanday qilib unga qo‘shilasan, axir (boyagi cho‘ri) ikkalangizni ham emizganligini ta’kidlabdi-ku?!» — dedilar». Keyin, ul zot ikkalasini ajratib yubordilar».

14-bob. (Birovning bolasini) emizgan ayolning guvohligi xususida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:25:50
BO’HTON (TUHMAT) HAQIDAGI HADISLAR

1-bob. Ayollarning bir-birlariga rost (haqqoniy) guvohlik qilmoqlari xususida


Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar safarga chiqmoqni iroda qilsalar, xotinlari o‘rtasida qur’a tashlar, qur’a xotinlaridan qaysi biriga chiqsa, o‘shal birlan birga safarga chiqar erdilar. Bu gal ham shunday qilib erdilar, qur’a menga chiqdi. Men ul zot birlan birga «Hijob» oyati nozil bo‘lgandan so‘ng safarga chiqdim. Meni tuyaga ortilgan kajavaga (yoki taxtiravonga) o‘tqazib quyishdi, biz (ko‘p) yo‘l yurdik. Nihoyat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘shal (ko‘zlagan) g‘azotlaridan forig‘ bo‘lib, ortga qaytdilar. Tunda biz Madinaga yaqinlashganimizda ul zot to‘xtab dam olishga ruxsat berdilar. Men kajavamdan tushib, yolg‘iz o‘zim hojat uchun askarlardan nari ketdim. Hojatimni ado etgach, kajavam oldiga qaytdim, so‘ng ko‘kragimni paypaslab ko‘rib, ziforiy munchog‘imning uzilib tushib qolganini bildim-da, boyagi borgan joyimga qaytib, munchog‘imni izlab bir oz ushlanib qoldim. Shul asnoda xizmatkorlar meni ichida, deb uylab kajavamni tuyaga ortib ketishaveribdi. O’shal kezlarda ayollar ozg‘in bo‘lib, semirishmas erdi, boisi juda oz taom syishar erdi. Shuning uchun xizmatkorlar kajavani ko‘tarishganda uning vazniga e’tibor berishmagan, buning ustiga men o‘shanda yosh bir qizcha erdim. Ular (kajavaning ichida mening yo‘qligimni sezmay), tuyani haydab ketishavergan. Keyin, men askarlar ancha uzoqlashib ketganda munchog‘imni topdim-da, ular turgan joyga borib qarasam, hech kim yo‘q erkan. Shunda joyimdan qimirlamaslikka ahd qildim, chunki ular mening yo‘qolib qolganimni sezib, bul yerga qaytib kelishadi, deb o‘yladim. Shul alfozda ularni kutib o‘ltiraverdim, keyin uyqu g‘oliblik qilib, uxlab qoldim.
O’shanda Safvon ibn al-Mu’attal as-Sulamiy (so‘ng, az-Zakvoniy) qo‘shin ortida kelayotgan bo‘lib, men o‘ltirgan joyga kelganda uxlayotgan bir odamga ko‘zi tushdi. So‘ng, oldimga kelib, (darhol meni tanidi), chunki u hijobga kirmasimdan burun meni ko‘rgan erdi. Men u tuyasini cho‘ktirayotib: «Inno lillohi va inno Ilayhi roji’uun!» (ya’ni, «Darhaqiqat, biz Ollohning bandalari va uning dargohiga qaytguvchilarmiz!») deganda uyg‘onib ketdim. Keyin, u tuyasining old oyog‘ini cho‘ktirib erdi, (uning ko‘magisiz) tuyaga minib oldim. So‘ng, u tuyani yetaklagancha (piyoda) yo‘lga tushdi. Biz qo‘shinga ayni tush paytida, ular issiqdan horib, dam olgani qo‘nishganda yetib oldik. Shunda (mening nomahram erkak birlan birga kelganimni ko‘rib) ba’zi birovlarning jon-ponlari chiqib ketdi. (Ular, darhol zir yugurib mening xususimda tuhmat qilishga kirishdilar). Birinchi bo‘lib menga tuhmat qilgan (va o‘zi singari munofiqlarni shu yo‘lga yetaklagan) kishi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul bo‘lib, (uning izdoshlari Mistah ibn Usosa, Hasson ibn Sobit va Hamna binti Jahsh erdi). Keyin, biz Madinaga yetib keldik, men ul yerda bir oy kasal bo‘lib yotdim. Shunda odamlar bo‘htonchilarning gaplarini hammaga tarqatishibdi, (men ersam bul gaplardan mutlaqo bexabar erdim). Meni faqat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hozirgi kasallik chogimda ilgarigi kasallik kezlarimdagidek negadir mehribonchilik qilmayotganlari shubha va vahimaga solardi, xolos. Shu kunlarda ul zot huzurimga kirib, salom berar, so‘ng: «Qalaysiz?» — deb quruqqina hol surar erdilar. Ammo, men ul zotning menga bunday muomala qilayotganlari bo‘hton ahlining tarqatgan gaplari boisidan ekanligini sezmas erdim. Bir kuni, bir oz tuzalganimdan so‘ng, men va Ummu Mistah (Madina tashqarisidagi) Manosi’ degan joy tomon yo‘l oldik. Ul yer bizning hojatga boradirgan joyimiz bo‘lib, faqat tunlari borar erdik, chunki biz arablar uylarimiz yaqiniga atrofi to‘siq hojatxona qurib olmasimizdan burungi vaqtlarda ana shunday (shahar) tashqarisiga chiqib, yozilib kelur erdik. Keyin, men va Ummu Mistah binti Abu Ruhm birgalashib qaytib kelayotgan erdik, Ummu Mistah kiyimining etagini bosib olib, yiqilib tushdi-da: «Baloga yo‘liqqur, Mistah!» — deb qarg‘andi. Shunda men unga: «Aytgan suzing falokat(ovardur), Badrda ishtirok qilgan kishini ham shunchalar haqorat qilasanmi?!» — dedim. Ummu Mistah (menga javoban): «Ey sodda! Ularning (bo‘htonchilarning) ne deganlarini eshitmadingmi?» — dedi-da, bo‘hton ahli aytgan gaplarni menga ma’lum qildi. (Buni eshitib) dardimga dard qo‘shildi. Uyimga qaytib kelganimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib salom berdilar-da: «Qalaysiz?» — dedilar. Men: «Ota-onamnikiga bormog‘imga izn beringiz!» — dedim, chunki (o‘zim haqimdagi) gaplarni ulardan eshitib, ishonch hosil qilmoqchi erdim. Ul zot menga ruxsat berdilar, men ota-onamnikiga bordim. Keyin, onamga: «Odamlar nelar deyayotirlar?» — dedim. Onam: «Ey qizalog‘im, bul gaplarga parvo qilma, Olloh taolo haqi, biror ayol chiroyli bo‘lsa-yu, eri uni sevsa, albatta kundoshlari uning to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni aytib, ig‘vo qilishlari turgan gap!» — dedilar. Men: «Subhonalloh! Odamlar (mening xususimda) shunday gaplarni aytishdimi? (Bu g‘irt tuhmat-ku!)» — dedim. Keyin, shu kecha ko‘zimga uyqu ilinmadi, yig‘lab tong ottirdim.
Ertasiga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, bul xususda vahiy kelavermagani boisidan, Ali ibn Abu Tolib va Usoma ibn Zaydni huzurlariga chorlab, ularga oilalari (ya’ni, men)dan ajralish (yoxud oilalarining ortda qolib ketgani) borasida maslahat soldilar. Shunda Usoma Janob Rasulullohning oilalariga nisbatan qanchalar hurmati baland ekanligini izhor qilib: «Sizning oilangizni, yo Rasulalloh, biz faqat yaxshi, deb bilurmiz!» — dedilar. Ammo, Hazrat Ali: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo (xotinlar borasida) sizga sira tazyiq qilmagan, undan bo‘lak xotinlar ko‘p-ku! (Istasangiz), cho‘ri (Barira)dan so‘rangiz, u sizga rostini aytadi», — dedilar. (Hazrat Ali Janob Rasulullohning rashkdan iztirobu gam chekayotganlarini ko‘rib, ul zot tezroq bul ahvoldan qutilsinlar, degan maqsadda Oisha onamizni taloq qilmoqni va ul muhtaramani pok ekanliklari isbotlangach, yana nikohlariga qaytarib olmoqni maslahat qildilar. Hazrat Alining bul maslahatlari Janob Rasulullohni qiyin ahvoldan qutqarish maqsadida bo‘lib, Oisha onamizga dushmanlik ermas erdi. Hazrat Ali Janob Rasulullohga guyoki: «Agar bul ahvoldan tezroq xalos bo‘lishni istasangiz, uni taloq qilingiz, basharti niyatingiz aksincha bo‘lsa, ul holda uning pokligini isbot qilguningizga qadar haqiqatni izlangiz!» — deb aytmoqchi bo‘ldilar). Shundan so‘ng, Janob Rasululloh Barirani huzurlariga chaqirdilar-da, unga: «Ey Barira, Oishada o‘zingni shubhaga solguvchi biror narsa kurganmisan?» (ya’ni, «Ey Barira, sen Oishaning odamlar aytayotgan ayblardan birortasini qilganini ko‘rganmisan?») — dedilar. Shunda Barira: «Sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, ko‘rmaganman, basharti uning tomonidan biror kamchilik sodir qilinganini ko‘rgan bo‘lsam, u ham uning yosh qizcha ekanligidan bo‘lib, uydagilar tayyorlab quygan xamirni poylab o‘ltirib uxlab qolur va xonadondagi qo‘ylardan biri kelib xamirni yeb ketur» — deb aytdi. Buni eshitgach, Janob Rasululloh o‘shal kuniyoq minbarga chiqdilar-da, Abdulloh ibn Ubay ibn Salulning uzr aytmog‘ini talab qilib: «Oilam xususida tuhmat qilib, menga ozor bergan kishini kim uzr ayttiradi? Olloh taolo haqi, men oilamda faqat yaxshilik mavjudligini bilurman! (Odamlar yana) bir solih kishi xususida tuhmat qilishdi, men unda ham faqat yaxshilik mavjudligini bilurman, u oilamning huzuriga faqat men birlangina kirur erdi!» — deb xitob qildilar. Shunda Sa’d ibn Muoz o‘rinlaridan turib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, mana men uni sizga uzr ayttirurman, hattoki u (men boshliq) Avs qabilasidan bo‘lsa ham, bo‘ynini uzurmiz! Basharti u Xazraj qabilasiga mansub birodarlarimizdan bo‘lsa, ul holda uning xususida ne deb amr qilsangiz, o‘shal amringizni ado eturmiz!» — dedilar. Buni eshitib, Xazraj qabilasi boshlig‘i Sa’d ibn Ubodaning g‘azabi keldi. U shul vaqtga qadar solih kishi bo‘lgan bo‘lib, hozir hamiyati qo‘zg‘aganidan o‘rnidan turdi-da: «Yolg‘on gapirding, Olloh taolo haqiki, u Avs qabilasidan bo‘lganda bo‘ynini uzishni istamagan bo‘lur erding! Olloh taoloning manguligi haqi, uni o‘ldirmaysan, o‘ldirolmaysan ham, (chunki biz bunga yo‘l qo‘ymasmiz!)» — dedi. Keyin, (Sa’d ibn Muozning jiyani) o‘rnidan turib: «O’zing yolg‘on gapirding, (agar Janob Rasululloh amr qilsalar, Xazraj qabilasidan bo‘lsa ham, o‘ldirmog‘imizga monelik qilolmaysan), biz uni albatta o‘ldirurmiz! Sen munofiq(larning ishini qilayotirsan, chunki) munofiqlar xususida tortishayotirsan!» — dedi. Shunda Avs va Xazraj qabilalari bir-birlariga tashlanib, o‘zaro jangga kirishib ketishdi, Janob Rasululloh ersalar hanuz minbarda turar erdilar. So‘ng, Janob Rasululloh minbardan tushib ularni tinchitdilar, ular tinchlanib sukut qilishdi, ul zot ham sukut qildilar.
Men (o‘sha) kuni ham tinmay yig‘ladim, tunni ham yig‘lab bedor o‘tkazdim, ota-onam ersalar (meni qanday yupatishni bilmay), yonimda tong ottirishdi. Xullas, ikki kecha va bir kunduz kuz yoshlarim shashqator bo‘ldi. Biz shu alfozda o‘ltirganimizda bir ansoriya ayol ichkariga kirmoqqa izn suradi, men unga izn berib erdim, ichkariga kirdi-da, menga qo‘shilib u ham yig‘lashga tushdi. Shu mahal Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimizga kirib kelib o‘ltirdilar, vaholanki ul zot mening xususimda aytilgan tuhmat gaplarni eshitgan kunlaridan buyon (huzurimga kirsalar-da), yonimga kelib o‘ltirmay quygan erdilar. Mening xususimda ersa, mana bir oy bo‘ldi-ki, hanuz ul zotga vahiy kelmas erdi. Janob Rasululloh (yonimga o‘ltirgach), kalimai shahodat aytdilar, so‘ng: «Ey Oisha, sening xususingda unday va bunday gaplarni eshitdim, agar pok bo‘lsang, Olloh taoloning o‘zi seni (tez kunda) oqlagusidur, basharti biror gunoh qilgan bo‘lsang, ul holda Olloh taologa istig‘for aytib, unga tavba qilgil! Chunki, banda o‘z gunohini e’tirof qilib, tavba qilsa, Olloh taolo uning tavbasini qabul qilur», — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘zlarini tugatishlari hamonoq (azbaroi g‘azabim tug‘yon urganidan qalbimdagi g‘am chekinib) ko‘z yoshlarim tindi, hatto bir tomchi oqqanini ham sezmadim. Shunda men otamga: «Meni himoya qilib Janob Rasulullohga biror so‘z aytingiz!» — dedim. Otam: «Olloh taolo haqi, ul zotga ne deyishimni bilmasman!» — dedilar. Keyin, men onamga: «(Bo‘lmasa), siz meni himoya qilib ul zotga biror so‘z aytingiz!» — dedim. Onam (ham): «Olloh taolo haqi, men (ham) ul zotga ne deyishimni bilmasman!» — dedilar. O’shanda men hali Qur’ondan ko‘p narsalarni qiroat qila olmaydirgan bir qizcha erdim. (Shunga qaramay, ularga ne deb javob qilmoqqa aqlu zakovatim yetdi). Men ularga: «Darhaqiqat, men, Olloh taolo haqi, shuni (yaxshi) bildimki, sizlar (mening xususimda) odamlar aytayotgan bo‘htonni eshitibsizlar va u ko‘nglingizda menga nisbatan shubha paydo qilibdi, so‘ng unga ishonch ham hosil qilibsizlar. Agar men sizlarga pok ekanligimni aytsam, pokligim ersa Olloh taologa ayondur, ishonmassizlar va agar gunoh qilganman, deb e’tirof qilsam, gunoh qilmaganim ersa Olloh taologa ayondur, ishonursizlar. Olloh taolo haqi, o‘zim va sizlar uchun Yusufning otasi (Ya’qub alayhissalom)ning «Endi, sabr qilmog‘im yaxshidur, sizlarning bul gaplaringizdan xalos bo‘lmog‘im uchun Olloh taolodangina madad tilarman!» degan gaplaridan bo‘lak misol topa olmasman!» — dedim. So‘ng, «Olloh taoloning o‘zi meni tuhmatdan xalos qilsin!» — degancha teskari o‘girilib to‘shagimga yotib oldim. Lekin, men Olloh taolo haqi, «Parvardigorim mening xususimda tilovat qilinadirgan vahiy nozil qilur» deb sira o‘ylamagan erdim. (Chunki), Olloh taoloning o‘zim xususimda (odamlar masjidlarda qiroat qilib, namoz uqiydirgan) Qur’on orqali so‘zlamog‘iga arzimasman, deb hisoblar erdim. Men faqat: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo mening pok ekanligimni ayon qilguvchi bir tush ko‘rsalar erdi!» — deb orzu qilur erdim, xolos. Yaratgan parvardigorim haqiki, na Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib ulgurdilar va na uydagi bo‘lak biror kishi tashqariga chiqib ulgurdi, to‘satdan ul zotga vahiy nozil bo‘lib qoldi. Shunda ul zotni qattiq isitmadan keyin bo‘ladirgan bezgak yanglig‘ kaltiroq tutib, badanlaridan marjondek ter quyildi. Vahiy kelishi tugagach, ul zot o‘zlariga kelib tabassum qildilar, so‘ng eng dastlab aytgan gaplari quyidagi bo‘ldi: «Ey Oisha, Olloh taologa hamd aytgil, u seni (bo‘hton ahli tuhmatidan) pokladi!» — dedilar. Shunda onam menga: «(Aytgan xushxabarlari uchun) o‘rningdan turib ul zotga ta’zim qil!»— dedilar. Men (onamga javoban): «Yo‘q, Olloh taolo haqi, o‘rnimdan turib ul zotga ta’zim qilmasman, men Olloh taologagina hamd ayturman!» — dedim.
O’shanda Olloh taolo «Albatta, bo‘hton to‘qiganlar o‘zlaringizdan bo‘lgan bir to‘dadur...» deb boshlanadirgan (o‘nta) oyat nozil qilgan erdi. Olloh taolo mening pokligim xususidagi oyatlarni nozil qilganda otam Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu (kambag‘alligi va) qarindoshligi boisidan o‘zlari yordam ko‘rsatib turgan (bo‘htonchi) Mistah ibn Usosa haqida: «Olloh taolo haqi, Oishaga bo‘hton qilgani uchun endi men Mistahga hech qachon zarracha yordam qilmasman!» — dedilar. Shunda Olloh taolo (Janob Rasulullohga) «Sizlardan fazlu davlat sohiblari bo‘lmish kishilar qarindoshlari, miskinlar va muhtojlarga Olloh yo‘lida ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, aksincha ularni kechirsinlar, (axir) Ollohning o‘zlaringizni mag‘firat qilmog‘ini istamaysizlarmi?! Olloh mag‘firatli, mehribondur!» degan oyati karimasini nozil qildi. Buni eshitib, otam Abu Bakr Siddiq: «Ha, Olloh taolo haqi, albatta Olloh taolo meni mag‘firat qilmog‘ini istarman!» — dedilar-da, ilgarigidek Mistahga yordam qilishda davom etdilar. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening xususimda: «Ey Zaynab, Oishaning biror aybini bilasanmi, uning biror ayb qilganini ko‘rganmisan?» — deb Zaynab binti Jahshdan ham so‘ragan erkanlar. Shunda Zaynab: «Yo Rasulalloh, men qulog‘imni (ig‘volardan) va ko‘zimni (qabih ishlardan) ehtiyot qilurman, Olloh taolo haqi, men uning faqat yaxshi (xislatlarga ega ekanligini) bilurman!» — deb javob qilgan erkan. Janob Rasulullohning huzurlarida (o‘zining jamoli va e’tibori buyicha) mendan o‘zishga harakat qilguvchi Zaynabni Olloh taolo (mening xususimda bo‘htonchilar aytgan gaplarni aytishdan) taqvo qildirdi (saqladi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:28:32
2-bob. Agar bir kishi boshqa bir kishini maqtasa, (joiz ermas, chunki) Olloh taoloning o‘zi uni hisob-kitob qilguvchidur (ya’ni, uning qanday ekanligini o‘zi yaxshi bilur)

Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi birovni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida maqtab erdi, ul zot unga: «Shuring qursin, do‘stingning bo‘ynini kesib tashlading!» — deb ikki bor takrorladilar. So‘ng, ul zot: «Birortangiz qaysi bir birodaringizni maqtashni zarur, deb topsangiz: «Men falonchi xususida o‘z fikrimni bildirurman, uni hisob-kitob qilguvchi ersa Olloh taoloning o‘zidur va men biror kimsani Olloh taologa maqtamayman ham, men uni unday va bunday odam, deb bilurman» — desin, agar (chindan ham) o‘zi aytayotgan fazilatlar unda mavjud, deb bilsa», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:28:50
3-bob. Ortiqcha maqtovning makruhligi haqida, kishi birov xususida nima bilsa, shuni gapirsin!

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining birovni ortiqcha (ko‘klarga ko‘tarib) maqtayotganini eshitib, «Ul kishini o‘ldirdingiz» yoki «Ul kishining belini sindirdingiz» deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:29:04
4-bob. Bolalarning balog‘atga yetmoqlari hamda ularning g‘azotda ishtirok etmoqlari haqida

Olloh taoloning qavli: «Bolalaringiz balog‘atga yetsalar, (huzuringizga kirmoqqa va kattalar birlan biror ishda qatnashmoqqa) ijozat so‘rasinlar...» («Nur» surasi, 59-oyat).

Mug‘iyra: «Men o‘n ikki yoshimda bulg‘andim (balogatga yetdim), ayollarning balog‘atga yetgani ersa, hayz ko‘rganidur», — deydilar.

Olloh taoloning qavli: «Ayollaringiz orasidagi (keksayib qolganlari boisidan) hayz kurishdan umid o‘zganlari, agar sizlar (ularning iddalari qancha davom etishi xususida) shubha qilsangizlar, bas, (bilingizlarki), ularning iddalari uch oydur, (hali) hayz ko‘rmagan (ayol)larning (iddalari ham uch oydur). Homilador (ayol)larning (idda) muddatlari (ersa) homilalarini tug‘ishlaridur» («Taloq» surasi, 4-oyat).

Hasan ibn Solih: «Bizning qo‘shni ayol yigirma bir yoshda buvi bo‘ldi (ya’ni, ul ayol to‘qqiz yoshga to‘lganda hayz ko‘rib, o‘n yoshga to‘lganda qiz tug‘di va qizi ham to‘qqizga to‘lganda hayz ko‘rib, unga to‘lganda tug‘di)», — deydilar.

Ibn Umar raziyachlohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni meni ko‘zdan kechirdilar, shunda men o‘n to‘rt yoshda bo‘lib, meni (hali zaif, deb hisoblab g‘azotda ishtirok qilmog‘imga) ruxsat bermadilar. Keyin, ul zot meni Xandaq kuni ham ko‘zdan kechirdilar, shunda men o‘n besh yoshda bo‘lib, (bu gal g‘azotda ishtirok qilmog‘imga) ijozat berdilar».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men xalifa Umar ibn Abdulazizning huzurlariga borib, bu (yuqoridagi) hadisni aytib berdim. Shunda ul kishi: «Bul yosh (ya’ni, o‘n besh yosh) kichiklar birlan kattalar o‘rtasini chegaralash uchundur», — dedilar-da, o‘n besh yoshga kirgan yigitlarga askarlar devonida maosh belgilashni omillariga buyurdilar».

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Guvohlik berurmankim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqiqatan ham: «Jum’a kuni g‘usl qilmoqlik har bir balog‘atga yetgan kimsa uchun vojibdur» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:29:48
5-bob. Hokimning qasam ichirishdan ilgari da’vogarga: «Biror dalil-isboting bormi?» — deb savol bermog‘i haqida

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki biror musulmonning (yoxud biror zimmiy yoki muohidning) molini tortib olish maqsadida g‘irromlik birlan qasam ichsa, Olloh taolo (Qiyomat kuni) uni darg‘azab bo‘lib qarshi olur», — dedilar».

Ash’as ibn Qays rivoyat qiladilar: «Olloh taolo haqi, bul (oyat) mening xususimdadur. (Chunki), men birlan bir yahudiy kishi bir yerni o‘zaro talashib qolgan erdik. Shunda yahudiy ul yerning meniki ekanligini tan olmagan erdi. Keyin, men uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib borgan erdim. Janob Rasululloh menga: «Guvohlaring bormi?»— degan erdilar. Men: «Yo‘q» — degach, ul zot yahudiyga: «Qasam ich!» — degan erdilar. Men: «Yo Rasulalloh, agar qasam ichsa, mening molim uniki bo‘ladimi?» — deb aytgan erdim. Shunda Olloh taolo «Ollohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdur. Qiyomat kunida Olloh ularga so‘zlamas, rahmat nazari birlan boqmas va ularni gunohlaridan poklamas, ular uchun dardli azob bordur» («Oli Imron» surasi, 77-oyat) degan oyati karimasini nozil qilgan edi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:29:58
6-bob. Mol-mulk va hadd borasida ayblanuvchiga qasam ichirmoq haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (da’vogarga): «Ikki guvoh keltir yoki (ayblanuvchiga) qasam ichir!» — deb aytganlar.

Ibn Shibrimma raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu az-Zanod bir guvohning guvohlik bermog‘i va da’vogarning qasam ichmog‘i (kifoya ekanligi) haqida menga gapirdi. Shunda men: «Olloh taolo: «...erkak kishilaringizdan ikkitasini guvoh qilib quyingizlar, agar ikki erkak kishi mavjud bo‘lmasa, o‘zlaringiz istagan guvohlardan bir erkak va ikki ayolni guvoh qilingizlarki, ul ayollardan qaysi biri unutib adashsa, ikkinchisi uning yodiga solur...» — deb aytgandur. Agar bir guvohning guvohligi va da’vogarning qasami kifoya qiladirgan bo‘lsa, ul holda ikki (guvoh) ayoldan birining ikkinchisining yodiga solmog‘ining nima hojati bor?» — dedim».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayblanuvchining qasamiga binoan hukm chiqarganlar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:30:17
7-bob.

Bu yerda Ash’as ibn Qays raziyallohu anhu yuqorida aytgan hadis takroran keltirilgan.

8-bob. Agar kishi birovga qandaydir ayb quysa yoxud birovni zinokorlikda ayblasa, dalil-isbot izlab topmog‘i lozimdur

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hilol ibn Umayya Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida xotinini Sharik ibn Sahmo birlan zino qilganliqda aybladi. Shunda ul zot Hilolga: «Dalil-isbot keltir, aks holda orqangga hadd (darra) urilur» — dedilar. Hilol: «Yo Rasulalloh, agar birortamiz o‘z xotinimiz ustida bir erkakni ko‘rib qolsak ham, dalil-isbot izlab topmog‘imiz lozimmi?!» — dedi. Ammo, ul zot: «Dalil-isbot, aks holda orqangga hadd urilur!» — demoqlarini qo‘ymadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:30:28
9-bob. Asrdan keyingi qasam haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Olloh taolo uch (toifa) kishiga (Qiyomat kuni) na so‘z qotur va na qiyo boqur va na ularni mag‘firat qilur, ularga dardli azob berilur! (Bundaylardan biri) — ortiqcha suvi bo‘la turib, yo‘lovchiga bermagan kishi, (ikkinchisi) — faqat mol-dunyo uchun bir kishiga bay’at qilgan odam bo‘lib, ul kishi uning istagan narsasini berib tursa, unga vafo qilur, aks holda unga vafo qilmas, (uchinchisi ersa) shunday odamki, ul asrdan keyin bir kishi birlan bir mol xususida bor-baraka qilishadi-da, so‘ng Olloh taolo nomi birlan qasam ichib, sotuvchiga falon miqdorda pul berganini va ul uni olganini aytadi». (Bu yerda asrdan keyingi vaqtning maxsus ta’kidlanishiga sabab shulki, Olloh taolo bul vaqtni ulug‘ qilib, farishtalarning jam bo‘lmoqlari uchun ta’yin qilgandur. Shul boisdan bul vaqtda yolg‘on qasam ichib, birovni aldagan kishining gunohi boshqa vaqtdagiga nisbatan nihoyatda og‘ir bo‘lur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:30:38
10-bob. Ayblanuvchi qaerda qasam ichmoqni lozim topsa, o‘shal yerda qasam ichaveradi, buning uchun uni turgan yeridan bo‘lak joyga qo‘zg‘otilmaydi

Marvon (ayblanuvchi) Zayd ibn Sobitning minbarga chiqib qasam ichmog‘ini amr qildilar. Zayd ersalar: «Shul turgan yerimda qasam ichurman» — deb minbarda qasam ichmoqdan bosh tortdilar. Shunda Marvon Zaydning bul ishlaridan taajjub qildilar.

Rasululloh sallallohu alayhi va saldam: «Ikki guvoh keltir yoki (ayblanuvchiga) qasam ichir!» — deb aytganlar. Ammo, qasam ichish uchun biror maxsus joyni ta’yin qilmaganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:30:55
11-bob. Agar biror qavm (bir-biriga navbat bermay) qasam ichishga shoshilsa...

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qavmga qasam ichishni taklif qilib erdilar, ular shoshib (bir-biriga navbat bermay) qasam ichishga tushishdi. Shunda ul zot ulardan qaysi biri birinchi bo‘lib qasam ichmog‘ini aniqlab olish uchun o‘rtalarida qur’a tashlashni amr qildilar».

12-bob.

Bu yerda 5-bobdagi hadislar mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:31:10
13-bob. Qasam (ont) qanday ichiriladi? (ya’ni, qasam ichguvchi ne deb qasam ichmog‘i lozim?)

Olloh taoloning qavli: «(Ey mo‘minlar), ular sizlarni rozi qilish uchun Olloh nomini tilga olib qasam ichurlar...» («Tavba» surasi, 62-oyat).

Olloh taoloning qavli: «Endi ilgarigi qilmishlari sababli o‘zlariga biror musibat yetsa, shundan so‘ng sizning huzuringizga kelishib, «Biz faqat yaxshilikni va tavfiqni istagan erdik» deb Olloh nomini tilga olib qasam ichishlari nechukdur?» («Niso» surasi, 62-oyat).

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir kishi asrdan keyin Olloh taoloning nomini tilga olib yolg‘on qasam ichdi» hamda «Olloh taoloning nominigina tilga olib qasam ichilur» — deb aytganlar.

Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi (Najd ahlining vakili) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, Islom (arkonlari) xususida suradi. Shunda Janob Rasululloh: «Bir kecha-kunduzda besh vaqt namoz (uqimog‘ing buyurilgandur)», — dedilar. U: «Zimmamda bundan bo‘lak (namoz) bormi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Uzing ixtiyor qilib (o‘qiydirgan nafl namoz)dan bo‘lak (namoz) yo‘q», — dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh: «Ramazon ruzasi(ni tutmog‘ing) ham (buyurilgandur)» — deb aytdilar. U: «Zimmamda bundan bo‘lak (ro‘za) bormi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Uzing ixtiyor qilib (tutadirgan nafl ruza)dan bo‘lak (ruza) yo‘q», — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh unga zakot haqida eslatib erdilar, u: «Zimmamda bundan bo‘lak (zakot) bormi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Uzing ixtiyor qilib (beradirgan zakot)dan bo‘lak (zakot) yo‘q», — dedilar. So‘ng, boyagi kishi qaytib ketayotib: «Olloh taolo haqi, men (sizning aytganlaringizni yaxshilab uqib oldim), endi bundan bo‘lak savol bermasman ham, (Najd ahliga sizning aytganlaringizni) zarracha kamaytirib yetkazmasman ham!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Agar (bul kishi so‘zida) sodiq bo‘lsa, (jannatga) yetishgusidur!» — dedilar».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim qasam ichguchi bo‘lsa, Olloh taoloning nomi birlan qasam ichsin yoxud jim bo‘lsin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:31:21
14-bob. (Yolg‘on) qasamning oqibati (yomon ekanligi)ga aniq dalil-isbot keltirgan zot haqlarida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ba’zilaringiz ba’zingizdan ko‘ra (gapga chechanroq, yolg‘on qasam ichib, o‘zining soxta) dalillariga ishontira oluvchanroq bo‘lishingiz mumkin» — deb aytganlar.

Tovus, Ibrohim va Shurayh: «Haqqoniy dalil-isbot g‘irrom (yolg‘on) qasamdan afzalroqdur». — deyishgan.

Ummu Salama raziyallbhu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, sizlar o‘zaro xusumatlashib huzurimga kelursizlar. Shunla ba’zilaringiz ba’zingizdan ko‘ra (gapga chechanroq, yolg‘on qasam ichib, o‘zining soxta) dalillariga ishontira oluchanroq bo‘lishingiz mumkin. Kimning so‘ziga ishonib birodarining haqidan biror narsani foydasiga hukm qilib qo‘ysam, darhaqiqat unga jahannam otashidan bir parcha olib bergan bulurman. (Shul bois u yolg‘on qasam ichib, soxta dalillar keltirganiga iqror bo‘lsin-da), zinhor birodarining haqini olmasin!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:31:33
15-bob. Va’daga vafo qilmoqni amr qilgan zot haqlarida

Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘z kuyovlari haqida zikr qilib, «U menga va’da berib, va’dasiga vafo qildi» deganlarini eshitdim».

Abu Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hiraql menga: «Ul sizlarga nelarni buyurur, deb sendan so‘rasam, sen namoz o‘qimoqni, rost so‘zlamoqni, yaxshilik qilmoqni (yoxud pokiza-bo‘lmoqni), ahdga vafo qilmoqni va omonatga xiyonat qilmaslikni amr qilur, deb ta’kidlading, bular ersa payg‘ambarga xos sifatlardur», — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:32:09
16-bob.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Munofiqning uch belgisi mavjud bo‘lib, agar so‘zlasa, yolg‘on so‘zlar, agar (omonatni) ishonib topshirsalar, xiyonat qilur va agar va’da bersa, vafo qilmas», — dedilar».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlarida Alo ibn al-Hazramiy tomonidan Abu Bakr Siddiqqa mol keltirildi. Shunda Abu Bakr Siddiq: «Kimning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamda qarzi bo‘lsa yoki ul zot hayotliklarida kimga (bul moldan) va’da qilgan bo‘lsalar, bizning huzurimizga kelaversin!» — deb aytdilar. o‘shanda Jobir: «Men (Abu Bakr Siddiqqa) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning menga (ul moldan) muncha va muncha va muncha berajaklarini va’da qilganlarini aytdim. Shunda (Abu Bakr Siddiq) qo‘limga besh yuz, so‘ng besh yuz, so‘ng besh yuz sanab berdilar» — deb aytgan erdilar».

Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hiyralik bir yahudiy mendan: «Muso (alayhissalom) ikki muhlatdan qaysi birini ado etganlar?» — deb so‘radi. Men (unga): «Toki biror arab olimi huzuriga borib, undan so‘rab (bilmagunimcha), aytolmasman», — dedim. So‘ng, borib Ibn Abbosdan (shul haqda) so‘radim. Ibn Abbos: «Ikki muddatdan eng ko‘pi va yaxshisini ado etganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ham) va’da berdilarmi, uni albatta bajarur erdilar», — dedilar». (Bul ikki muhlat xususida Qur’oni Karimning «Qasas» surasi, 23—29-oyatlarida bayon qilingandur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:32:22
17-bob. Shirk ahlidan guvohlik va boshqa narsalar so‘ralmas!

Sha’biy: «(Islomdan bo‘lak) dinlar ahlining bir-birlariga guvohliklari joiz ermas», — deydilar. Chunki, Olloh taolo: «Ularning o‘rtalariga to Qiyomat nafratu adovat solib qo‘ydik», — deydi («Moida» surasi, 14-oyat).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kitob ahliga ishonmangizlar ham, ularni yolg‘onchi qilmangizlar ham, (yaxshisi): «Ollohga va bizga nozil qilingan Kitobga va Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qubga va o‘shal urug‘-avlodga nozil qilingan narsalarga, Muso va Isoga berilgan narsalarga va barcha payg‘ambarlarga parvardigor tarafidan berilgan narsalarga ishondik. Biz ulardan birortasini ajratmasmiz va biz ul zotga (Olloh taologa) buyinso‘nguvchilarmiz, deb aytingizlar», — dedilar». (Janob Rasululloh bul so‘zlarni «Baqara» surasining 136-oyatidan olib aytdilar).

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Ey musulmonlar jamoasi, Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga nozil qilgan Kitobingiz Olloh taolo xususida eng yangi xabar bo‘la turib va sizlar uni qiroat qila turib, qandayin kitob ahlidan (ularning dinlari xususida) so‘raysizlar? Kitob ahlining parvardigor yozganini o‘zgartirganlari va o‘z qo‘llari birlan Kitobni qayta yozganlari hamda Ollohga bergan va’dalarini oz bahoga sotish uchun uni Olloh nozil qilgan, deb aytganlari haqida Olloh taolo sizlarga xabar qilganiga hech qancha vaqt bo‘lgani yo‘q-ku! o‘zlaringizga nozil qilingan ilm ulardan so‘ramog‘ingizni man’ qilmaydimi?! Olloh taolo haqi, ulardan biror kishining o‘zlaringizga nozil qilingan narsa xususida sizlardan so‘raganini sira ko‘rgan ermasmiz!».

18-bob. Mushkul (ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasida tortishuv chiqishiga sabab bo‘ladirgan) hollarda qur’a tashlamoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qavmga qasam ichmoqni taklif qilib erdilar, ular shoshib (bir-biriga navbat bermay) qasam ichishga tushishdi. Shunda ul zot ulardan qaysi biri birinchi bo‘lib qasam ichmog‘ini aniqlab olish uchun o‘rtalarida qur’a tashlamoqni amr qildilar».

Nu’mon ibn Bashir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Amri maruf va nahiy munkar qilguvchi kishi birlan amri ma’rufni ado etmay, munkar ishlarni qilib gunohkor bulayotgan kishi go‘yoki o‘zaro qur’a tashlab bir kemani sherikchilikka ijaraga (yoxud mulk qilib) olgan qavmga o‘xshaydi. Ul qavm kimga kemaning qaeridan joy tegishini aniqlash uchun o‘rtalarida qur’a tashlashadi, shunda ba’zilariga kemaning yuqorisidan va ba’zilariga pastidan joy tegadi. Keyin, kemaning pastidan joy olgan kishilar suv olgani kemaning tepasidan joy olganlar huzuriga hadeb boraverib, ularni bezor qilishadi. Shunda kemaning tepasidan joy olganlar uning pastidan joy olganlarga: «Agar qur’a tashlaganimizda kemaning pasti bizga nasib qilgan bo‘lganida, tepamizdagilarga sira aziyat yetkazmas erdik!» — deyishadi. Buni eshitib, kemaning pastidagilardan biri qo‘liga bolta oladi-da, kemaning tubini tesha boshlaydi. Shunda kemaning tepasidan joy olganlar uning oldiga kelib: «Ne qilayotirsan?» — deyishadi. U: «Hadeb huzurlaringizga boraverib, sizlarga aziyat yetkazayotirman, menga ersa suv kerak!» — deydi. Agar ular uning qo‘lidan ushlab, kemani teshmog‘iga yo‘l qo‘ymasalar, uni ham, o‘zlarini ham halokatdan qutqarib qoladilar va agar uni o‘z holiga qo‘yib quysalar, uni ham, o‘zlarini ham halok qiladilar».

Xorija ibn Zayd al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansorlar o‘z uylaridan muhojirlarga joy berish uchun o‘zaro qur’a tashlaganlarida Usmon ibn Maz’un Ummulaloning qur’asiga chiqdi. Ummulalo bunday deydilar: «Shunday qilib, Usmon ibn Maz’un bizning uyimizda yashay boshladilar. Keyin, xastalanib yotib qoldilar, biz ul kishini to vafot qilgunlariga qadar parvarish qildik. So‘ng, jasadlarini kiyimlari birlan kafanlab qo‘ydik. (Shu asnoda) Janob Rasululloh ul kishini ko‘rgani huzurimizga kirib erdilar, men: «Olloh taolo sizni rahmat qilsin, ey Abo Soib! Ko‘rib turibmanki, Olloh taolo sizni rahmat qilgandur!» — dedim. Shunda Janob Rasululloh menga: «Olloh taolo bul kishini rahmat qilganini sen qaerdan bilursan?!» — dedilar. Men: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, yo Rasulalloh! Men buni bilmasman»,— dedim. Janob Rasululloh: «Usmon qazo qildi, Olloh taolo haqi, men unga faqat yaxshilikni tilarman! Olloh taolo haqi, men o‘zim Ollohning Rasuli bo‘la turib, (Qiyomatda) menga ne qilinmog‘ini bilmasman!» — dedilar. Shundan buyon men, Olloh taolo haqi, biror mayyitni maqtamaydirgan bo‘ldim».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar safarga chiqmoqni iroda qilsalar, xotinlari o‘rtasida qur’a tashlar, qur’a ulardan qaysinisiga chiqsa, o‘shal birlan safar qilur erdilar. Shuningdek, Janob Rasululloh (muqimliqtsa) xotinlaridan har biri uchun bir kecha-kunduz vaqt ajratgan erdilar. (Bir kuni) Savda binti Zam’a ul zotning ko‘ngillarini olish uchun o‘z kunini Oishaga tuhfa qilgan erdi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar odamlar azon birlan (namozxonlarning) birinchi safida qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, (masjidga azonga qadar yetib kelib, birinchi safdan joy olish uchun) o‘rtalarida qur’a tashlashdan bo‘lak iloj topolmay, qur’a tashlagan bo‘lur erdilar! Agar odamlar takbirda qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, unga (barvaqtroq yetib kelish uchun) kim o‘zarga musobaqalashgan bo‘lur erdilar! Agar odamlar xufton va bomdodda qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, ularga emaklab bo‘lsa ham, kelur erdilar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:32:43
Bismillahir rohmanir rohiym.

SULH KITOBI

Odamlarni o‘zaro kelishtirish (totuv qilish) haqidagi hadislar


Olloh taoloning qavli: «Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan, agar sadaqa berishga yoki biror yaxshilik qilishga yoxud odamlarni o‘zaro totuv qilishga buyurgan bo‘lmasalar, zarracha manfaat yo‘qdur. Kimki Ollohning rizoligini istab, shu amallarni qilsa, unga buyuk ajr ato etajakmiz» («Niso» surasi, 114-oyat).

Imomning o‘z sahobalari birlan birgalikda (nizo chiqqan) yerlarga odamlarni o‘zaro yarashtirib qo‘ymoq uchun bormog‘i haqida

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Banu Amr ibn Avf (qabilasi)ga mansub bir guruh odamlar o‘rtasida nizo chiqdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir necha sahobalar birlan birgaliqda ularni o‘zaro yarashtirib qo‘ymoq uchun yo‘l oldilar. Keyin, namoz vaqti bo‘lib qolib, Janob Rasululloh hadeganda kelavermagach, Hazrat Bilol namozga azon aytdilar. Ammo, Janob Rasululloh hanuz kelmas erdilar. Shul bois Hazrat Bilol Abu Bakr Siddiqning qoshlariga kelib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul yerda ushlanib qoldilar, namoz vaqti bo‘ldi, siz odamlarga imomlik qilmaysizmi?» — dedilar. Abu Bakr: «Mayli, agar mening imomlik qilmog‘imni istagan bo‘lsang, imomlik qila qolayin!» — dedilar. So‘ng, namozga takbir aytildi. Abu Bakr endigina imomlikka o‘tib erdilar, Janob Rasululloh kelib, namozxonlar saflarini oralab, birinchi safga borib turdilar. Shunda namozxonlar (Janob Rasulullohning kelganlarini Abu Bakrga bildirish uchun) chapak chala boshlashdi, hatto shul qadar ko‘p chapak chalishdiki, Abu Bakr namozda turgan bo‘lsalar-da, beixtiyor o‘girilib, ortlarida Janob Rasulullohning turganlarini ko‘rdilar. Abu Bakr («Keling, o‘rningizga turing» degan ma’noda) qo‘llari birlan Janob Rasulullohga ishora qilib erdilar, ul zot Abu Bakrga namozni davom ettirmoqni amr qildilar. Ammo, Abu Bakr qo‘llarini yuqori ko‘tarib, (bildirilgan ishonch uchun) Olloh taologa hamd aytdilar-da, ortlariga tisarilib, safga kirdilar. Keyin, Janob Rasululloh oldinga o‘tib, (imomlik qilgan holda) odamlar birlan birga namoz o‘qidilar. Namozni tugatgach, Janob Rasululloh odamlarga yuzlarini burib o‘ltirib oldilar-da: «Ey odamlar, namoz o‘qiyotganingizda nechundir chapak chala boshladingizlar, chapak chalish — ayollarga xos qiliqdur. Kimga namoz o‘qietganida biror narsa bo‘lsa, «Subhonalloh!» desin, chunki uni kim eshitmasin, darhol o‘girilib qaraydi. Ey Abu Bakr, sizga ishora qilganimda nechun odamlarga imomlik qilib namoz uqiyvermadingiz?» — dedilar. Shunda Abu Bakr: «Abu Qahhofaning o‘g‘li uchun Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida namoz o‘qimoqlik joiz ermas!» — deb javob qildilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sahobalar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Abdulloh ibn Ubayning holidan bir xabar olsangiz bo‘lur erdi!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh bir eshakni minib, uning huzuriga yo‘l oldilar, ul zot birlan birgaliqda bir qancha musulmonlar ham ketishdi. Abdulloh yashaydirgan yer sho‘rxok yer bo‘lib, Janob Rasululloh uning huzuriga yetib borgach: «Bul eshaging mendan o‘zingga siylov! Olloh taolo haqi, uning qo‘lansa hidi (yo‘l bo‘yi) menga aziyat yetkazdi», — dedilar. Shunda ansorlardan biri Abdullohga: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eshaklarining hidi sening hidingdan xushbo‘yroqdur!» — dedi. Buni eshitib, Abdullohning qavmidan bir kishi darg‘azab bo‘ldi-da, u birlan so‘kishib ketdi. Keyin, har ikkalasining do‘stlari ham o‘rtaga tushib, o‘zaro urishib ketishdi. Har ikki taraf bir-birini tayoq, choriq va qo‘l birlan rosa do‘pposladi. Keyin, bilsak, shul xususda Olloh taoloning «(Ey mo‘minlar), agar mo‘minlardan bo‘lgan ikki toifa o‘zaro urishib qolsalar, darhol ularni yarashtirib qo‘yingizlar!» degan oyati karimasi nozil bo‘libdi» («Hujurot» surasi, 9-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:37:45
1-bob. Odamlarni o‘zaro kelishtirib (yarashtirib) quyguv-chi kimsa yolg‘onchi emas

Ummu Kulsum binti Uqba raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Yaxshilikni bo‘rtirib, odamlarni o‘zaro kelishtirib (yarashtirib) quyguvchi kimsa yolg‘onchi emas!» — deb aytganlarini eshitdim». (Ya’ni, agar kishi nizolashib qolgan odamlarni o‘zaro yarashtirib qo‘yish maqsadida ulardagi mavjud fazilatlarni bir oz bo‘rttirib maqtasa, yolg‘onchi bo‘lmas, chunki u bundan faqat yaxshilikni ko‘zlagan bo‘lib, odamlarni aldashni sira niyat qilmagandur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:37:56
2-bob. Imomning o‘z sahobalariga: «Biz birlan yuringizlar, (ularni o‘zaro) yarashtirib qo‘yurmiz!» — deb aytmog‘i haqida

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Hijozdagi) Qubo ahli o‘zaro urishib qolishib, hatto bir-birlariga tosh otishgacha borishdi. Buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qilishib erdi, ul zot (sahobalarga): «Biz birlan yuringizlar, ularni o‘zaro yarashtirib qo‘yurmiz!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:38:06
3-bob. Olloh taoloning: «Va agar bir xotin o‘z erining ko‘ngilsiz bo‘lishidan yoki yuz o‘girishidan qo‘rqsa-yu, o‘zaro kelishib sulh qilishsa, bu har ikkisiga ham gunoh ermas, sulh (ajralishdan) yaxshidur»— degan qavli xususida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Erining ko‘ngilsiz bo‘lib qolishidan yoki qo‘yib yuborishidan cho‘chiydirgan ayol shunday ayolki, odatda eri undan ko‘ngli to‘lmay, uni taloq qilib, boshqa xotin olgisi keladi. Shunda o‘sha ayol eriga: «Meni nikohingizda olib qolib, taloq qilmangiz-da, ustimga boshqa xotin olaveringiz, menga nafaqa va mahrni kamroq bersangiz ham mayli!» — deydi. Agar ikkalasi shunga kelishsalar, hechqisi yo‘qdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:38:23
4-bob. Agar adolatsiz sulh tuzsalar, u bekor qilinur

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid al-Juhaniy raziyallohu anhumo rivoyat qilishadi: «Bir badaviy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, bizni Olloh taoloning Kitobiga binoan o‘zaro kelishtirib qo‘yingiz!» — dedi. Shunda u birlan xusumatlashib kelgan kishi ham o‘rnidan. turib: «U rost aytdi, bizni Olloh taoloning Kitobiga binoan o‘zaro kelishtirib qo‘yingiz!» — dedi. So‘ng, badaviy: «Mening o‘g‘lim manavi kishining qo‘lida yollanib ishlar erdi, uning xotini birlan o‘ynashib qo‘ydi. Shunda menga: «O’g‘ling toshbo‘ron qilinib, (o‘ldirilur)», — deyishdi. Shul bois men o‘g‘limni yuzta qo‘y va bitta cho‘ri berib, manavi kishidan qutqarib oldim. Keyin, shul haqda ilm ahlidan so‘rab erdim, ular: «O’g‘ling (buydoq bo‘lgani uchun) yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a qilinmog‘i lozim» — deb aytishdi»,— dedi. Janob Rasululloh: «Albatta men sizlarni Olloh taoloning Kitobiga binoan o‘zaro kelishtirib qo‘yurman! Cho‘ri va qo‘ylar xususiga kelsak, ular o‘zingga qaytarilur, o‘g‘ling ersa, yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a qilingusidur. Sen ersang, ey Unays, buning xotini huzuriga borgil, agar (zino qilganini) e’tirof qilsa, toshbo‘ron qilgil!» — dedilar. Keyin, Unays o‘shal xotinning huzuriga borib (so‘rab) erdilar, u (zino qilganini) e’tirof etdi, so‘ng ul kishi uni toshburon qildilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bizning bu ishimizda (ya’ni, Islom shariatida) yo‘q narsani joriy qilsa, u bekor (rad) qilinur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:38:40
5-bob. (Sulh tuzguvchi kishi) qaysi qabila yoki nasabga mansub ekanligini qayd etmay, «Bu falon o‘g‘li falon birlan falon o‘g‘li falon o‘zaro tuzgan sulh shartnomasidur» deb qanday yozur?

Baro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulqa’da oyida (sahobalar birlan birga) umra qilgani yo‘l oldilar. Shunda Makka ahli ul zot (birlan sahobalar)ning Makkaga kirib, Baytullohni bexalal tavof qilmoqlariga to‘sqinlik qilishdi. Ko‘p muzokaralardan so‘ng, ul zot (kelasi yili) Makkada uch kun turishga ular birlan kelishib oldilar. Keyin, Janob Rasulullohning kotiblari (Hazrat Ali) shartnomaga «Bu Ollohning Rasuli Muhammadning (Suhayl ibn Amr birlan tuzgan) sulh shartnomasidur» deb yozib quyganlarida, mushriklar: «Olloh haqi, agar biz sizni Ollohning Rasuli, deb tan olganimizda erdi, sizning Baytullohga kirmog‘ingizga mone’lik qilib, sizga qarshi jang qilmoqqa qasd qilmagan bo‘lur erdik, vaholanki siz Abdullohning o‘g‘li Muhammadsiz, xolos!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Men Ollohning Rasuli hamda Abdullohning o‘g‘li Muhammaddurman», — dedilar. So‘ng, ul zot Hazrat Aliga: «Rasululloh» suzini o‘chirib, (Abdulloh ibn Muhammad, deb yozib qo‘y!)» — deb amr qildilar. Ammo, Hazrat Ali: «Yuq, Olloh taolo haqi, «Rasululloh» so‘zini hech qachon o‘chirmasman!» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh shartnomani qo‘llariga oldilar-da, unga o‘zlari muborak qo‘llari birlan «Bu Abdulloh o‘g‘li Muhammad (birlan Suhayl ibn Amr o‘zaro) tuzgan sulh shartnomasidur. U Makkaga qiniga solingan quroldan bo‘lak biror qurol olib kirmaydi, Makka ahlidan birortasini, agar unga ergashmoqni istasa ham, o‘zi birlan olib ketmaydi, sahobalaridan birortasi Makkada qolishni istasa, unga mone’lik qilmaydi» — deb yozib qo‘ydilar. (Ulamolarning aytishlaricha, Janob Rasululloh yozishni yaxshi bilmasalar-da, shartnoma ustiga muborak qo‘llarini olib borishlari birlanoq, Olloh taoloning irodasi birlan mazkur so‘zlar yozilib qolgan. Ba’zi roviylar aytgan hadislarda ersa mazkur so‘zlarni ul zotning amrlariga binoan Hazrat Ali yozib qo‘yganlar).
(Kelasi yili) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalar birlan birga umra qilgani) Makkaga kirdilar. (O’tgan yili tuzilgan shartnomadagi uch kunlik) muddat o‘tgach, mushriklar Hazrat Alining qoshlariga kelib: «Do‘stingizga aytingiz, Makkani tark etsin, chunki kelishilgan muddat tugadi», — deyishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalar birlan birga) Makkadan chiqib ketayotganlarida Hamzaning qizchalari: «Ey Amaki, ey amaki!» — degancha ularga ergashdi. Hazrat Ali uni ko‘tarib oldilar-da, qo‘lidan ushlab Fotima alayhossalomga uzata turib: «Amakingning qizchasini kajavangta solib ol!» — dedilar. Shunda Zayd va Ja’far uni o‘zlarining qaramoqlariga olmoq bo‘lib Hazrat Ali birlan talashib qolishdi. Hazrat Ali ularga: «Bu amakimning qizchasidur, men sizlardan ko‘ra unga haqliroqman!»— dedilar. Ja’far ersa: «Bu mening ham amakimning qizchasi, buning ustiga uning xolasi mening xotinimdur!» — deb aytdilar. Zayd ersa: «Bu mening birodarimning qizchasidur!» — dedilar. Ammo, Janob Rasululloh uni xolasiga bermoqni amr qilib: «Xola ona o‘rnidadur», — dedilar. So‘ng, ul zot Hazrat Aliga: «Sen mendan va men sendan» (ya’ni, «Ikkimizning nasabimiz birdur»), — dedilar. Ja’farga ersa: «Sen qiyofa va xulq jihatdan menga o‘xshaysan» — deb aytdilar. Keyin, Zaydga qarab: «Sen (iymondosh) birodarimiz va mavlomizsan (bizning ozod qilgan qulimizsan)», — dedilar. (Shul tariqa Janob Rasululloh ularning ko‘ngillarini ko‘tarib qo‘ydilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:38:53
6-bob. Mushriklar birlan sulh tuzmoq haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.

7-bob. Tovon (xun haqi) to‘lash xususida sulh tuzmoq

Anas (ibn Molik) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nazrning qizi Rabi’ bir qizning kurak tishini sindirib qo‘ydi. Shunda tishi singan qizning qavmi Rabi’ qavmidan tovon (xun haqi) talab qilishdi. Rabi’ning qavmi ersa, uni afv qilmoqlarini talab qilishdi. Ular shul tariqa tortisha-tortisha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelishib erdi, ul zot tishi singan qizning qavmiga qasos olmoqni (ya’ni, sindirilgan kurak tish uchun Rabi’ning ham kurak tishini sindirmoqni) amr qildilar. Rabi’ning otasi Anas ibn Nazr (qiziga achinib): «Yo Rasulalloh, Rabi’ning tishi sindiriladimi? Sizni haq (din) birlan yuborgan Olloh taolo haqi, uning tishini. sindirtirmangiz!» — deb yolbordi. Janob Rasululloh: «Ey Anas, Olloh taoloning Kitobi qasos (olmoqni buyurur)», — dedilar. Buni eshitib, tishi sindirilgan qizning qavmi tovon olishga rozi bo‘ldi. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taoloning bandalaridan kimda-kim Olloh taoloning nomini tilga olib qasam ichsa, unga sodiq bo‘lsin!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:39:08
8-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nabiralari Hasan ibn Ali xususida: «Mening bul o‘g‘lim sayyiddur, shoyad Olloh taolo uning-la musulmonlardan bo‘lgan ikki katta guruhni o‘zaro yarashtirib qo‘ysa!» — deb aytganlari hamda Olloh taoloning: «(Ey mo‘minlar), agar mo‘minlardan bo‘lgan ikki toifa (bir-birlari birlan) urishib qolsalar, darhol ularni o‘zaro yarashtirib qo‘yingizlar!» — degan qavli haqida («Hujurot» surasi, 9-oyat)

Abu Muso (al-Ash’ariy) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo haqi, Hasan ibn Ali Muoviyaga qarshi tog‘lar singari (qudratli, ulkan) qo‘shin tortdilar. Shunda Amr ibn al-Os (Muoviyaga): «Men bul qo‘shinning tab tortmay, o‘z tengdoshlarini (yoki o‘z dushmanini) o‘ldirmog‘iga sira shubha qilmasman!» — dedilar. Muoviya ul kishiga javoban: «Agar bular ularni va ular bularni o‘ldirsa, kim mening uchun (Olloh taoloning qoshida) o‘ldirilgan erkaklar, tul qolgan xotinlar va vayron qilingan mol-mulklarning javobini berur?!» — dedilar. So‘ng, Quraysh qabilasiga mansub Banu Abdushams urug‘idan ikki kishini — Abdurrahmon ibn Samura birlan Abdulloh ibn Omir ibn Kurayzni Hasan raziyallohu anhuning huzurlariga yuborayotib, ularga: «Ul kishining huzurlariga borib, (manavi ostiga muhrim bosilgan, ammo hali hech narsa yozilmagan sulh shartnomasi qog‘ozini) taqdim qilingizlar, (unga qanday shartlari bo‘lsa, yozib yubormoqlari mumkinligini va men ul kishining har qanday shartlarini qabul qilajagimni) aytingizlar, (qanday bo‘lmasin), ul kishini (sulh tuzishga) ko‘ndiringizlar!» — dedilar. Keyin, ular ikkalasi borib, Hasan raziyallohu anhuning huzurlariga kirishdi, ul kishi birlan suhbatlashib, (Muoviya tayinlagan gaplarni) aytishdi va (o‘zaro sulh tuzishni) iltimos qilishdi. Hasan raziyallohu anhu ularga: «Biz Abdulmuttalib avlodlari bul moldan o‘z ulushimizni olganmiz (ya’ni, musulmonlar o‘rtasida sodir bo‘lgan fitnalardan ko‘p jabr tortganmiz), darhaqiqat bul ummat bir-birini qonga botirib yubordi», — dedilar. Ular Hasan raziyallohu anhuga: «Muoviya sizga unday va bunday deb taklif qilurlar va bul takliflarini rad etmay, o‘zaro sulh tuzmog‘ingizni iltimos qilurlar», — deyishdi. Shunda Hasan raziyallohu anhu ularga: «(Bul takliflarning chin ekanligiga hamda mening shartlarimning so‘zsiz bajarilmog‘iga) kim menga (kafolat) berur?» — dedilar. Ular: «Mana biz sizga (kafolat) berurmiz!» — deyishdi. Hasan raziyallohu anhu, ular shunday degach, bo‘lak savol bermadilar-da, Muoviya birlan o‘zaro sulh (tuzishga rozi bo‘lib, shartnoma qog‘oziga o‘z talablarini) bitdilar. Keyin, Hasan raziyallohu anhu ularga: «Men Abu Bakraning bunday deyayotganlarini eshitgan erdim»,— dedilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda o‘ltirganlarini ko‘rdim. Shunda Hasan ibn Ali yonlarida bo‘lib, ul zot bir odamlarga va bir unga qarab quydilar-da: «Darhaqiqat, mana bu o‘g‘lim sayyiddur, shoyad Olloh taolo uning-la musulmonlardan bo‘lgan ikki katta guruhni o‘zaro yarashtirib qo‘ysa!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyul 2008, 08:39:19
9-bob. Imom (xusumatlashayotganlarga) o‘zaro kelishuvni ishora qilurmi?

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki kishining eshik oldida bor ovozlari birlan janjallashayotganini eshitdilar. Ulardan biri ikkinchisidan bergan qarzini bir oz kamaytirishni, uning to‘lash muddatini yana birmuncha cho‘zib, yaxshilik qilishni iltimos qilar erdi. Ikkinchisi ersa: «Olloh taolo haqi, (sen aytgandek) qilmasman!» — der erdi. (Buni eshitib), Janob Rasululloh ikkalasining qoshiga chiqdilar-da: «Yaxshilik qilmayman, deb hatto Olloh taoloning nomini tilga olib qasam ichgan o‘shal (qasamxo‘r) qani?» — dedilar. Shunda qasam ichgan kishi: «Menman, yo Rasulalloh! Olgan qarzidan qanchasini va qachon to‘lashni istasa, to‘layversin!» — dedi».

Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ka’b ibn Molik Abdulloh ibn Ubayga qarz bergan erdilar. Bir kuni Ka’b Abdullohni uchratib, qarzlarini qistadilar. Shunda ikkalalari janjallashib qolishib, hatto bir-birlariga baqirib yuborishdi. Shul asnoda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib qolib: «Ey Ka’b!» — dedilar-da, «yarmini olgil!» degan ma’noda ul kishiga qo‘llari birlan ishora qildilar. Shunda Ka’b Abdullohga bergan qarzlarining yarmini olib, qolganidan voz kechdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:46:33
10-bob. Odamlarni o‘zaro kelishtirib qo‘ymoqning hamda ular o‘rtasida adolat qilmoqning fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarning (o‘zaro qilgan) har bir salom-aligi uchun savob yozilur, Quyosh chiqadirgan har bir kunda (ya’ni, bu dunyoda) odamlar o‘rtasida qilingan adolat uchun savob yozilur!» — deb marhamat qildilar».

11-bob. Agar imom (ikki xusumatlashayotgan kishiga) o‘zaro kelishmoqni ishora qilsa-yu, shunda ulardan biri bundan bosh tortsa, ul holda imom o‘shal kishiga nisbatan ravshan (ochiq) hukm chiqarur.

Urva ibn az-Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Zubayr Badr g‘azotida qatnashgan bir ansoriy birlan toshloqdan oqib kelguvchi suv xususida janjallashib qoldilar, chunki ikkalalari o‘shal suv birlan ekinlarini sug‘orib turishar erdi. Shul bois Zubayr va ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qilishib erdi, ul zot Zubayrga: «(Avval) sen sug‘or, so‘ng suvni qo‘shningning yeriga ochib yubor!» — dedilar (va bul so‘zlari birlan o‘zaro kelishmoqni ishora qildilar). Ammo, ansoriy (suvdan ikkinchi bo‘lib foydalanishini eshitib), jahl birlan: «Yo Rasulalloh, Zubayr ammangizning o‘g‘li-da!» — dedi. Uning bul so‘zidan Janob Rasulullohning muborak yuzlari o‘zgarib ketdi-da: «Ey Zubayr, (ekiningga) suvni och, so‘ng to ildizga yetguncha (shu holda) qoldir!» — (yoki «Ey Zubayr, ekiningni sug‘or, so‘ng suvni devorga yetmasidan burun to‘xtat!») — deb amr qildilar, (ya’ni) ansoriyning haqini ham Zubayrga berdilar. Chunki, ul zot bundan ilgari (suvdan kelishib foydalanmoqni) Zubayrga ishora qilganlarida har ikkalalariga ham maqbul fikrni aytgan erdilar. Ammo, ansoriy ul zotni g‘azablantirib quydi. Shul bois ul zot ravshan (ochiq) hukm birlan uning haqini ham Zubayrga berdilar. Men, Olloh taolo haqi, Olloh taoloning quyidagi «Yuq, parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan janjallarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha, zinhor mo‘min bula olmaslar» («Niso» surasi, 65-oyat) degan oyati karimasini aynan shul xususda nozil bo‘lgan, deb hisoblayman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:46:41
12-bob. Qarz berganlar birlan (qarzini uzolmay vafot qilib ketganlarning) merosxo‘rlarini o‘zaro kelishtirib quymoq hamda qarzni pul yoxud mol birlan to‘lash haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Otam (Abdulloh al-Ansoriy Uhud g‘azotida) shahid bo‘lib, buyinlarida qarz qoldi. Men qarz bergan kishilarga: «Qarzlaringiz o‘rniga xurmo berayin!» — deb taklif qildim. Ammo, ular (xurmozorim hosilini chamalab ko‘rgach), qarzni uzishga kifoya qilmasligini aytib, ko‘nishmadi. So‘ng, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, bo‘lgan gapni aytdim. Ul zot: «Har bir xurmo daraxti hosilini alrhida qilib uyub qo‘y!» — dedilar. Men aytganlaridek qildim-da, ul zotni chaqirdim. Ul zot Abu Bakr va Umar birlan birga keldilar. So‘ng, xurmo uyumlaridan eng kattasining ustiga chiqib o‘ltirgach, baraka tilab duo qildilar. Keyin, menga: «Sendan otangning qarzini so‘rab kelganlarni chaqir, ular bergan qarzni (xurmo birlan) uzgil!» — dedilar. Men otamga qarz berganlardan birortasini ham qoldirmay, barchasini xurmo berib rozi qildim. Shunda ham un uch vasaq xurmo — yetti vasaq ajva (oliy nav xurmo) va olti vasaq lavn (past nav xurmo) yoxud yetti vasaq lavn va olti vasaq ajva ortib qoldi. Keyin, men Janob Rasululloh birlan birga asr (o‘qimoq uchun masjid)ga bordim. Shunda otamning barcha qarzlari uzilib, hatto o‘n uch vasaq xurmo ortib qolganini aytib erdim, ul zot tabassum qilib: «Buni Abu Bakr birlan Umarga ham borib ayt!» — dedilar. Men borib, aytib erdim, ikkalalari: «(Buning boisini) biz (darhol) fahmladik, chunki Janob Rasululloh shunday bo‘lmog‘i uchun ne qilgan bo‘lsalar, shuni qilganlar»,— deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:46:50
13-bob. (Qarz bergan birlan qarz olganni) qarz (pul) va mol xususida o‘zaro kelishtirib qo‘ymoq haqida

Abdulloh ibn Ka’b raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ka’b ibn Molik masjidda Ibn Abu Hadraddan qarzlarini talab qildilar. Shunda ikkalalarining ovozlari baland ko‘tarilib ketib, hatto uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyda o‘ltirib ham eshitdilar. Janob Rasululloh (masjidga qaragan) hujralari pardasini ko‘tarib: «Ey Ka’b!» — deb chaqirdilar. Ka’b: «Labbay, yo Rasulalloh!» — dedilar. Janob Rasululloh «Bergan qarzingning yarmidan kech!» degan ma’noda ul kishiga qo‘llari birlan ishora qildilar. Ka’b (darhol): «Shunday qildim, yo Rasulalloh!» — dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh Ibn Abu Hadradga: «Tur, qarzingni uz!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:47:04
Bismpllahir rohmanir rohim.

SHARTLAR KITOBI

1-bob. Islomdagi joiz shartlar, hukmlar va o‘zaro bay’atlar haqida


Misvar ibn Maxrama va Marvon raziyallohu anhumo rivoyat qilishadi: «Rasululloh sallashtohu alayhi va sallam birlan Suhayl ibn Amr o‘rtasida muayyan muddatga sulh tuzilganda, Suhayl: «Biz tarafdan biror kishi siz tomonga qochib o‘tsa, agar u sizning diyningizda bo‘lsa ham, bizga qaytarasiz, biz birlan ul qochoq o‘rtasiga aralashmaysiz!» — deb shart qo‘ydi. Mo‘minlar bundan norozi bo‘lishdi, ammo Suhayl o‘z shartida qattiq turib oldi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh sulhni imzoladilar. Ana shu shartnomaga binoan ul zot Abu Jandal ibn Suhaylni o‘z otasi Suhayl ibn Amrga qaytarib berdilar. Janob Rasululloh shartnomada ko‘zda tutilgan muddat davomida mushriklar tomonidan musulmonlar tomoniga qochib o‘tgan har qanday erkakni, garchi u musulmon bo‘lsa-da, ortiga qaytarib yubordilar. So‘ng, mushriklar tomonidan Janob Rasulullohning huzurlariga mo‘mina ayollar hijrat qilib kelishdi. Janob Rasulullohning huzurlariga hijrat qilib kelganlar orasida Uqba ibn Abu Mu’aytning Ummu Gulsum ismli qizi ham bor bo‘lib, u bo‘yi yetgan yosh qizcha erdi. Uning qarindoshlari Janob Rasulullohning huzurlariga kelishib, uni qayta-rib berishni talab qilishdi, ammo ul zot uni qaytarib bermadilar. Chunki, Olloh taolo hijrat qilib kelgan mo‘mina ayollar haqida «Ey musulmonlar, qachon qoshlaringizga musulmon ayollar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilingizlar, Olloh yaxshiroq bilur ularning iymonlarini! Bas, agar bilsangizlarki, ular musulmondurlar, qaytarib yubormangizlar ularni kofirlar tarafiga! Na bul ayollar haloldurlar ularga va na ular halol bo‘lurlar bularga!» degan oyati karimasini nozil qildi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (hijrat qilib kelgan ayollarni) Olloh taoloning quyidagi oyatlariga binoan imtihon qilib ko‘rur erdilar: «Ey musulmonlar, qachon qoshlaringizga musulmon ayollar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilingizlar...» («mag‘firatli, mehribondur» degan qavligacha, «Mumtahana» surasi, 10— 12-oyatlar).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Musulmon ayollardan qaysi biri shu shartga (ya’ni, oyatlardagi shartga) iqror bo‘lsa, unga Janob Rasululloh ogzaki: «Batahqiq, men bay’atingni qabul qildim!» — der erdilar. Olloh taolo haqi, shunda qo‘llari ayolning qo‘liga tegmas erdi, ul zot ayollarni faqat so‘z birlangina bay’at qildirar erdilar».

Jarir raziyallohu anhu. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qildim. Shunda ul zot (namoz o‘qimog‘imni, zakot bermog‘imni) va har bir musulmonga (shul xususda) nasihat qilmog‘imni zimmamga shart qilib qo‘ydilar».

Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o‘qimoqlikka, zakot bermoqlikka va har bir musulmonga nasihat qilmoqlikka bay’at qildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:47:12
2-bob. Kimki changlangan (meva tukkan) xurmo daraxtlarini sotsa...

Abdulloh ibn Umar raziyalyuhu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki changlangan (meva tukkan) xurmo daraxtlarini sotsa, ularning (o‘shal yilgi) hosili sotgan kishinikidur, aks holda oluvchi (sotuvchiga) shart qo‘ymog‘i lozim bo‘ladi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:47:23
3-bob. Savdo-sotiqdagi shartlar xususida

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Cho‘ri) Barira, (Oisha onamizga, uni sotib olmaslaridan ilgari ham, xizmat qilib yurar erdi. Egalari: «Falon miqdorda to‘lov to‘lasang, seni ozod qilamiz, aks holda cho‘riligingcha qolaverasan» — deb aytishgach), u o‘z bo‘ynidagi to‘lovni uzishga qodir bo‘lmaganidan yordam so‘rab Oisha onamizning huzurlariga keldi. Shunda Oisha onamiz unga: «Egalaring oldiga qaytib borgil, agar ular sening bo‘yningdagi to‘lovni to‘lamog‘imga (ya’ni, agar seni buyningdagi to‘loving birlan birga sotib olib, ozod qilmog‘imga) hamda senga homiylik qilmoq huquqining menga o‘tmog‘iga rozilik bersalar, (shunday) qilgumdur», — dedilar. Barira bul taklifni egalariga aytib erdi, ular ko‘nishmadi-da: «Agar (Oisha) seni (ozod qilib, Olloh taolodan ajru savob) olmoqni istasa, sotib olaversin, ammo senga homiylik huquqi bizda qoladi», — deyishdi. Oisha onamiz shul xususda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib erdilar, ul zot: «Uni sotib olib, ozod qilaver, chunki homiylik huquqi ozod qilgan shaxsnikidur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:47:31
4-bob. Ulovini sotgan kishi uni o‘zi muayyan joygacha minib bormog‘ini shart qilib qo‘ysa, joizdur

Omir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul zotning sahobalari g‘azotlardan biridan Madina tomon qaytib kelishayotgan erdi). Shunda Jobirning tuyasi charchab, brtda qola boshladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib, uning tuyasini (asolari birlan) nuqib, «chu-chulagach», u birorta tuya yetib ololmaydirgan darajada tezlab ketdi. So‘ng, Janob Rasululloh Jobirga: «Tuyangni menga bir viqqiyyaga (to‘rt dinorga) sotmaysanmi?»— dedilar. Jobir bunday deydilar: «Men: «Yo‘q, (hozir emas), (Madinaga yetib olganimizdan) keyin», — dedim. Ul zot: «Tuyangni menga bir viqqiyyaga sotmaysanmi?» — deb qaytarib aytdilar. Shundan so‘ng, men tuyamni ul zotga sotdim, ammo uyimga yetib olgunimcha uni uzim minib bormog‘imni shart qilib qo‘ydim. Madinaga yetib borganimizda tuyani ul zotning huzurlariga olib bordim. Ul zot menga uning pulini berdilar. Ksyin, men qaytib ketdim. Bir ozdan so‘ng, ul zot ortimdan odam yuborib, meni huzurlariga chaqirtirdilar. Men huzurlariga borgach: «Tuyangni olib ketaver, men uni sotib olmoqchi ermas erdim, puli senga hadyadur», — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis boshqa roviylar tomonidan bir necha bor takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:47:42
5-bob. Hamkorlik shartlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Muhojirlar Madinaga kelishganda) ansorlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Bizning xurmozorlarimizni biz birlan muhojirlar o‘rtasida taqsimlab beringiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh (o‘rtada xusumat paydo bo‘lmasligi uchun): «Yo‘q», — dedilar. (Janob Rasulullohning bu fikrlarini payqagan) ansorlar: «Ul holda (xurmozorlarni parvarish qilishda) bizga yordam qilsangizlar, kifoya, sizlarni hosiliga sherik qilurmiz», — deyishdi. So‘ng, ansoru muhojirlar barchalari (Janob Rasulullohning nazarda tutgan fikrlarini inobatga olib): «Quloq osdik va bo‘yin egdik!» — deyishdi».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar yerlarini yahudiylarga dehqonchilik qilmoqlari uchun berdilar. Shunda ul zot hosilning yarmini yahudiylarga qoldiradigan bo‘ldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:47:53
6-bob. Nikoh bitimi chog‘idagi mahr shartlari

Misvar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Banu Abdi Shams qabilasiga mansub bo‘lmish kuyovlari (Abulos ibn ar-Rabiy’) haqida so‘zlab, uni o‘zlariga yaxshi kuyovlik qilgani uchun maqtaganlarini hamda: «Ul (Badrda mushriklar birlan birga asir olinganda qizimni mening huzurimga yubormog‘ini) aytib, suz bergan erdi, so‘zining ustidan chiqdi», — deganlarini eshitdim». (Ya’ni, Janob Rasululloh qizlari Zaynabni payg‘ambar bo‘lmaslaridan ilgari Abulosga turmushga bergan erdilar. O’shal kezlarda Abulos mushrik bo‘lib, keyin Badr g‘azotida musulmonlar tomonidan asir olinadilar. Janob Rasululloh qizlari Zaynabni o‘z huzurlariga jo‘natib yuborish sharti birlan ul kishini ozod qiladilar. Abulos shunga so‘z berib, so‘zlarining ustidan chiqadilar. Keyin, Abulos ikkinchi marta asir olinadilar. Shunda Zaynab ul kishini himoya qilib, asirliqdan qutqarib oladilar. So‘ng, Abulos musulmon bo‘ladilar. Janob Rasululloh qizlari Zaynabni ul kishining nikohlariga qaytaradilar).

Uqba ibn Omir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farjlarni o‘zingizga ne birlan halol qilib olgan ersangizlar, o‘shanga vafo qilmoqlaringiz shartlarning birinchisidur», — dedilar». (Ya’ni, nikoh bitimi vaqtida nimalarni va’da qilgan bo‘lsangizlar, o‘shalarga vafo qilmoqlaringiz eng muhim shartdir).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:48:02
7-bob. Ijaraga yer berish shartlari haqida

Rofi’ ibn Xadiyj raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Madina ahlining ko‘pchiligimizning dalalarimiz bo‘lar erdi. Yerlarimizni ularning bir qismiga yerning egasi uchun ekin ekish sharti birlan birovlarga ijaraga berar erdik. Shunda goho ijaraga berilgan yer bulagiga ofat tegib, yerning egasi uchun ekin ekiladirgan dala omon qolar va goho yerning egasi uchun ekin ekiladirgan dalaga ofat tegib, ijaraga berilgan yer bulagi omon qolar erdi. Keyin, biz (goh chorakor va goh yer egasi zarar kuradirgan bo‘lganidan hamda zarar ko‘rmagan tarafning rizqi botil ekanligi uchun ijaraga yer berishdan) qaytarildik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:48:11
8-bob. Nikohda joiz bo‘lmagan shartlar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘troq kishini ko‘chmanchi kishining molini (olib qolib, qimmatroq narxda) sotib bermoqdan qaytardilar (ya’ni, o‘troq kishi o‘shal kungi narxda sotmoq uchun mol olib kelgan ko‘chmanchiga: «Buni menga tashlab ketaver, asta-sekin narxini oshirib, qimmatroqqa sotib beraman» — deb aytadi. Ul zot ana shunday savdodan qaytardilar) va bunday dedilar: «(Birovni aldash niyatida molning narxini) oshirmangizlar, kishi o‘z (musulmon) birodari savdosi ustiga savdo qilmasin (ya’ni, «Uning molini olma, men senga undan yaxshirog‘ini xuddi shu narxda yoki arzonroq narxda sotaman» — deb birovning molini sotib olayotgan kishini aynitmasin), kishi o‘z (musulmon) birodari unashtirib qo‘yilgan ayolga (u bergan mahrdan ko‘ra ko‘proq mahr berib) unashtirilmasin hamda ayol o‘z (muslima) singlisining kosasidagi (rizqini) tortib olish uchun uning taloq qilinmog‘ini talab qilmasin!» (ya’ni, bir kishi xotinining ustiga ikkinchi bir xotinni olmoqchi bo‘ladi. Shunda o‘shal xotin erkakning mol-dunyosiga o‘zi tanho egalik qilish maqsadida: «Xotiningni taloq qilsang, tegaman!» — deb shart qo‘yadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:48:20
9-bob. Hadd (jazosi) o‘rniga o‘tmaydirgan shartlar haqida

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid al-Juhaniy raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, sizdan o‘tinib suraymanki, mening ishim xususida Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hukm chiqarsangiz!» — dedi. Shunda u birlan xusumatlashib kelgan kishi undan aqlliroq va odobliroq bo‘lib, (o‘rnidan turdi-da): «Ha, (yo Rasulalloh), bizning ishimizni Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hal qilsangiz hamda so‘zlamog‘imga ruxsat bersangiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «So‘zla!» — dedilar. U: «Mening o‘g‘lim buning xizmatini qilib yurar erdi, keyin xotini birlan zino qilib qo‘ydi. Odamlar menga buning uchun o‘g‘lim rajm (toshbo‘ron) qilinajagini aytishdi. So‘ng, men bunga yuzta qo‘y va bir cho‘ri berib, o‘g‘limni qutqarib oldim. Keyin, shul haqda ilm ahlidan (ya’ni, sahobalardan) fatvo so‘rab erdim, ular o‘g‘lim yuz darra urilib, bir yilga badarga qilinajagini, xotin ersa rajm etilajagini aytishdi», — dedi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, sizlarning ishingiz xususida Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hukm chiqargumdur! Cho‘ri va quylar o‘zingga qaytariladi, o‘g‘ling yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a qilinadi (chunki, u buydoq bo‘lib, zino qilganini o‘zi tan oldi). Ey Unays, ertalab o‘shal xotinning huzuriga borgil, agar zino qilganini e’tirof qilsa, uni rajm qilgil!»— dedilar. Unays ertalab o‘shal ayolning uyiga bordi. Ul zino qilganini tan olgach, Janob Rasululloh rajm qilmoqni amr qilib erdilar, rajm qilindi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:48:29
10-bob. O’z cho‘risining sotib olinib, ozod qilinishiga rozi bo‘lgan quldorning joiz va nojoiz shartlari xususida

Oisha raziyallohu anhodan naql qilinadi: «Oisha raziyallohu anho egalari tomonidan muayyan to‘lov badaliga ozod qilinishi va’da qilingan (cho‘ri) Bariraning huzuriga kirdilar. Shunda Barira: «Ey mo‘minlar onasi, meni sotib olingiz, egalarim meni albatta sotishadi, meni ozod qilingiz!»— dedi. Oisha raziyallohu anho: «Xo‘p, sotib olaman», — dedilar. Barira: «Ammo, egalarim (menga) homiylik huquqi o‘zlarida qolish sharti birlangina meni sotadilar», — dedi. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Mening senga ehtiyojim yo‘q», — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bu haqda o‘zlari eshitdilarmi yoki ul zotga birov aytdimi, bilmayman, Oishaga: «Bariraning ishi nima bo‘ldi? Uni sotib olib, ozod qilaver, istagan shartlarini qo‘ymaydilarmi!» — dedilar. Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Keyin, men Barirani sotib olib, ozod qildim, lekin uning egalari unga homiylik huquqining o‘zlarida qoldirilishini shart qildilar. Shunda Janob Rasululloh: «Yuz marta shart qo‘ysalar-da, homiylik huquqi ozod qilgan shaxsnikidur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:48:38
11-bob. Taloqdagi (nojoiz) shartlar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshvoz chiqmoqdan (ya’ni, shaharga mol olib kelayotganlar bozorlarga yetib kelib, narx-navoni bilib olmaslaridan burun ularning mollarini arzon narhda sotib olib, qimmatga sotish uchun yo‘llariga peshvoz chiqmoqdan), muhojirning (ya’ni, o‘troq kishining) ko‘chmanchi (molini olib qolib, qimmatga) sotib bermog‘idan, ayolning (muslima) singlisining taloq qilinmog‘ini shart qilib qo‘ymog‘idan, kishining o‘z (musulmon) birodari savdosi ustiga savdo qilmog‘idan (ya’ni, o‘z molini sotish uchun birovning xaridorini aynitmog‘idan) hamda (o‘zgani aldash niyatida narxni) oshirishdan va sog‘masliqdan (ya’ni, «Sutga to‘lib tursa, xaridor sersut ekan, deb o‘ylaydi» degan maqsadda ataylab sog‘maslikdan yoxud shu niyatda hayvon yelinini bog‘lab qo‘ymoqdan) qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:48:46
12-bob. Odamlar birlan og‘zaki shartlashish haqida

Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Muso Ollohning rasulidurlar» — deya (Muso alayhissalomning Xizr alayhissalom birlan uchrashganlari xususidagi) hadisni rivoyat qila boshladilar-da (uning bir yeriga kelganda) bunday dedilar: «Xizr alayhissalom Muso alayhissalomga (uch bor): «Men sizga aytmaganmidim men birlan yurmoqqa sabr qilolmaysiz deb», — dedilar. Muso alayhissalomning birinchi (e’tirozlari Xizr alayhissalomga bergan so‘zlarini) unutganlari (oqibatida bo‘ldi), ikkinchi (e’tirozlari) shartli, (ya’ni, Muso alayhissalom Xizr alayhissalomning shartlarini unutganlarida: «Agar bandalik qilib shartingizni unutib qo‘ysam, menga dashnom bermay, ma’zur tutingiz!» — deb o‘zlari shart qo‘ygan erdilar), uchinchi (e’tirozlari) ersa, qasddan bo‘ldi. Muso alayhissalom: «Shartingizni unutib e’tiroz bildirganim uchun meni ayblamangiz, meni mushkul ahvolga solib qo‘ymangiz!» — dedilar. So‘ng, Xizr alayhissalom birlan Muso alayhissalom bir bolani uchratishdi. Xizr alayhissalom uni o‘ldirdilar. Keyin, yana yo‘lda davom etishib, yiqilay deb turgan bir devor oldidan chiqib qolishdi. Xizr alayhissalom uni tiklab qo‘ydilar».=
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:48:54
13-bob. (Sotib olinib, ozod qilingan qul yoki cho‘riga) homiylik qilishdagi shartlar haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Cho‘ri) Barira huzurimga kelib: «(Ey mo‘minlar onasi), mening egalarim (ozod bo‘lmog‘im uchun) har yili bir uqiyyadan (to‘rt dinordan) to‘lash sharti birlan to‘qqiz uqiyya pulni buynimga qarz qilib qo‘yishdi, menga yordam beringiz!» — dedi. Oisha onamiz: «Agar senga homiylik qilmoq huquqi menga o‘tmog‘iga ko‘nishsa, bo‘yningdagi to‘lovni ularga to‘lab, (seni sotib olaman)», — dedilar. Keyin, Barira egalari oldiga borib, (Oisha onamizning shartlarini) aytdi, ammo ular ko‘nishmadi. Barira egalari huzuridan (Oisha onamizning hujralariga) qaytib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham (o‘shal yerda) o‘ltirgan erdilar. Barira (Oisha onamizga): «Men egalarimga (sizning shartingizni) aytdim, ammo ular menga homiylik qilish huquqi o‘zlarida qolmaydirgan bo‘lsa, meni sotmasliklarini aytishdi», — dedi. Janob Rasululloh (Bariraning) bu gapini o‘zlari ham eshitdilar, Oisha onamiz ham aytdilar. Shunda ul zot Oisha onamizga: «Bariraga homiylik qilmoq huquqi o‘zingga o‘tmog‘ini shart qilib, uni sotib ola-ver, chunki homiylik huquqi (sotib olib), ozod qilgan shaxsnikidur», — dedilar. Oisha onamiz (ul zot aytganlaridek) qildilar. Keyin, Janob Rasululloh odamlar orasida turib, Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar-da: «Odamlarga nima bo‘lgan o‘zi, Olloh taoloning Kitobida yo‘q shartlarni qo‘yadilar?! Kimki Olloh taoloning Kitobida yo‘q shartni qo‘ysa, garchi uni yuz marta quysa-da, botil bo‘lib, Olloh taoloning hukmi haqlig‘ va Olloh taoloning sharti ishonchlidur! Darhaqiqat, homiylik huquqi ozod qilgan shaxsnikidur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:49:04
14-bob. Ijaraga yer berayotib: «Xohlagan (vaqtimda) seni (bul yerdan) chiqarib yuborurman» — deb shart quysa...

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xaybar ahli (ya’ni, yahudiylar) Abdulloh ibn Umarning (qo‘l va oyoqlarini) sindirganda ul kishining otalari (Umar raziyallohu anhu) xitob qilib: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar yahudiylarining (Olloh taolo musulmonlarga o‘lja qilib bermasidan burungi) mollarini (ya’ni, yer-suvlarini) ularning o‘zlariga ijaraga bergan erdilar. Keyin, ularga: «Olloh taolo (sizlarga) neni taqdir qilgan bo‘lsa, shuni sizlarga qoldirayotirmiz. (Bilib qo‘yingizlarki), xohlagan vaqtimizda sizlarni (bul yerdan) chiqarib yuborurmiz, (chunki) Olloh taoloning sizlarni (bul yerdan) allaqachonlar chiqarib yuborganligi ayondur (ya’ni, Olloh taoloning allaqachonlar shunday qarorga kelganligi aniqdur)» — deb aytgan erdilar. (O’g‘lim) Abdulloh ibn Umar Xaybardagi molini (ya’ni, yahudiylarga ijaraga bergan yerdan olingan hosilning yarmini) undirgani ketgan erdi, ammo (yahudiylar uning haqiga xiyonat qilishib), kechasi (uxlab yotganida uni tomdan tashlab yuborishibdi), (natijada) qo‘l va oyoqlari sinibdi. Xaybarda bizning yahudiylardan bo‘lak dushmanimiz yo‘q, aynan o‘shalar bizning dushmanimiz bo‘lib, bu ishni qilganlar ham o‘shalardur, men ularni (vatanlaridan) chiqarib yubormoqni lozim topdim!» — dedilar. Hazrat Umar shunday qarorga kelganlarida (yahudiylarning) Banu Abu alhuqayq qabilasidan bir kishi (ya’ni, o‘shal qabila boshlig‘i) kelib: «Ey mo‘minlar amiri, Muhammadning bizlarni (bu yerda) qoldirib, yer-suvlarimizni o‘zimizga ijaraga berganliklariga qaramay, bizlarni (vatanimizdan) chiqarib yuborursizmi?!» — dedi. Hazrat Umar: «Hali sen meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Agar sen tunma-tun tuyangda qochganingcha Xaybardan quvilsang, ne qilar erding?» — deb aytganlarini esidan chiqargan, deb o‘yladingmi?!» — dedilar (ya’ni, Janob Rasululloh bu gaplari birlan yahudiylarning Xaybardan chiqarib yuborilmoqlari lozimligiga ishora qilganlar). Shunda boyagi yahudiy: «Bul gap Abulqosim (ya’ni, Janob Rasululloh) tomonlaridan qilingan bir hazil erdi», — dedi. Hazrat Umar: «Yolg‘on aytding, ey Ollohning dushmani!»— dedilar-da, yahudiylarni Xaybardan chiqarib yubordilar. So‘ng, ularga o‘sha yilgi hosilning tegishli qismi qiymatiga to‘g‘ri keladirgan miqdorda mablag‘, tuya, tuya egar-jabduqlari va boshqa narsalar berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:50:14
15-bob. Jihod shartlari va dushman birlan yarashib shartnoma tuzish haqida

Misvar ibn Maxrama va Marvon raziyallohu anhumo rivoyat qtsladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya vaqtida (ya’ni, Hudaybiya sulhi tuziladirgan yili — hijriy oltinchi yil, Zulqa’da oyining dushanba kuni bir ming besh yuzga yaqin sahobalari birlan Madinadan) yo‘lga chiqdilar, (Zulhulayfaga kelganlarida qurbonlikka atalgan tuya bo‘yniga nishon osib, o‘rkachini qonatgach, umraga ehrom bog‘ladilar. So‘ng, Quraysh mushriklarining musulmonlarga qarshi ne niyatda ekanliklarini bilib kelmoq uchun Busr ibn Sufyonni ayg‘oqchi qilib jo‘natdilar). Birmuncha yo‘l yurishgach, Janob Rasululloh: «Xolid ibn Valid G’amimda, Quraysh otliqlarining oldingi qismida kelayotir, o‘ng tomonga yuringizlar!» — dedilar. (Musulmonlar qo‘shini ul zot ko‘rsatgan tomonga qarab yurdi. Quraysh otliqlarining oldingi qismi musulmonlar qushinining chang-to‘zonini ko‘rib to‘xtadi-da, ortiga qaytib ketdi). Janob Rasululloh (buni ko‘rib): «Olloh taolo haqi, Xolid (ibn Valid) chang-to‘zon ichida kelayotgan musulmonlar qo‘shinini kurmay qoldi!» — dedilar. Xolid ersa Qurayshga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kelayotganlarini tezroq xabar qilish uchun otini nuqtab choptirib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalar birlan birga) yo‘lda davom etib, Quraysh ustidan tushib keladigan Saniyya dovoniga yetganlarida tuyalari cho‘qdi. Shunda odamlar uni turg‘azish uchun «chu... chu!» deb baqirishdi, ammo u cho‘kkancha yetaverdi. Odamlar: «Qasvo turgisi kelmay, qaysarlik qilayotir, Qasvo turgisi kelmay qaysarlik qilayotir», — deyishdi. (Qasvo — Janob Rasulullohning tuyalari nomi bo‘lib, qulog‘ining bir cheti qirqiq bo‘lgan). Janob Rasululloh: «Qasvo turgisi kelmay, qaysarlik qilayotgani yo‘q, uning bunday odati yo‘q erdi, lekin uni (bul yerdan qo‘zg‘atmay), ushlab turgan zot fillarni (Makkaga kirishdan) to‘xtatib qolgan zotning (Olloh taoloning) o‘zidur», — dedilar (ya’ni, agar Janob Rasululloh boshliq bir necha yuz sahobalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Makkaga kirib borishganda Quraysh kofirlari ularning yo‘llarini to‘sib, qarshilik ko‘rsatardi va buning oqibatida Makkadek muqaddas joyda qon tukilib, ko‘plab bechorahol kishilar, ayollaru bolalar halok bo‘lardi hamda shahar vayron qilinardi. Shu boisdan Janob Rasululloh: «Tuyamni bul yerdan qo‘zg‘atmay, ushlab turgan zot fillarni Makkaga kiryshdan tuxtatib qolgan zotning — Olloh taoloning o‘zidur» — deyish birlan fillarga minib olib, Makkani buzib tashlashni qasd qilib kelgan kofirlarni Olloh taolo ul yerga kirgazmay, halok qilganiga ishora qilayotirlar). So‘ng, Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, (Quraysh ahli) menga (Makka) hurmatini saqlashga qaratilgan har qanday taklifni qilsa, uni (bajonu dil) qabul qilurman!» — deb aytdilar. So‘ng, tuyalarini «Chu... chu!» — deya o‘rnidan turishga undab erdilar, u darhol turdi. Janob Rasululloh ortlariga qaytdilar-da, Hudaybiyaning (Makkadan) eng uzoq yeriga borib, bir ko‘lmak suv buyida (tuyalaridan) tushdilar. Odamlar darhol (suvga yopirilishib), undan hovuchlab ola-ola bir tomchi ham qoldirishmadi. Shunda ular Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga chanqaganlarini aytishib, shikoyat qilishdi. Janob Rasululloh sadoqlaridan bir kamon o‘qini oldilar-da, uni ko‘lmak suv turgan yerga tiqishni amr qildilar. Olloh taolo haqi, shunda ul yerdan shul qadar ko‘p suv otilib chiqdiki, hatto barcha odamlar chanqoqlarini qondirishib, (meshlarini ham to‘ldirib olishdi). Ular shul ish birlan mashgul bo‘lib turishganda Budayl ibn Varqo al-Xuzo’iy bir necha xuzo’iylar birlan birga ul zotning huzurlariga keldi. Xuzo’a qabilasi Tihoma ahlidan (ya’ni, Makka va uning atrofidagi yerlar ahlidan) bo‘lib, o‘shanda Budayl va u birlan birga kelgan kishilar Janob Rasulullohning nasihatlarini (mushriklarga) to‘la-to‘kis yetkazib, ul zotning ishonchlarini oqlagan erdilar. Budayl (Janob Rasulullohga): «Men (sizning huzuringizga) kelayotganimda Ka’b ibn Luay va Omir ibn Luay (ko‘p sonli qushin birlan) Hudaybiya suvlariga boradirgan yo‘llarni tusib turishgan erdi, ular (chanqoqlikdan qiynalmaslik uchun) o‘zlari birlan ko‘plab sog‘in tuyalarni ham olib ketishgan, sizni (Baytullohga) kirgizmaslik uchun siz birlan jang qilmoq niyatidadurlar», — dedi. Janob Rasululloh: «Biz biror kishi birlan urush qilgani kelgan ermasmiz, biz umra qilmoq niyatida kelgandurmiz. Quraysh qabilasini ersa, urush holdan toydirib, xonavayron qilgandur. Agar istasalar, men ularga muhlat berib, (shu muhlat davomida ular birlan urush qilmasman. Qabila boshliqlari o‘z) odamlarini (urush qilmoq niyatidan qaytarmog‘imga) imkon bersinlar. Agar ularni (bundan) qaytara olsam-u, menga itoat etgan odamlar kabi itoat etmoqni istasalar, itoat etsinlar, basharti ko‘ndira olmasam, (demak) ularning xohishi shu bulur. Mobodo ular (bizni Baytullohga) kiritmoqdan bosh tortsalar, ul holda jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, men bu ishimni (Olloh taolo menga yuklagan ipshi) deb to ulgunimcha ularga qarshi albatta jang qilurman va Olloh taolo (menga yuklagan) ishni albatta amalga oshirgusidur!» — dedilar. Budayl: «Siz aytgan gaplarni ularga yetkazurman», — dedi-da, Quraysh ahli qoshiga qaytib borib: «Biz sizlarning oldingizga o‘shal odamning (ya’ni, Janob Rasulullohning) huzurlaridan keldik, ul kishining gaplarini tingladik, agar istasangizlar, sizlarga birma-bir bayon qilib berurmiz», — dedi. Shunda ularning orasidagi ahmoqlari (Ikrima ibn Abu Jahl va Hakam ibn Abulos): «Ul xususida bizga biror narsa aytmog‘ingga zor emasmiz!» — deyishdi, aqllisi ersa: «Nima degan bo‘lsa, menga aytib ber!» — dedi. Budayl: «Ul odam bunday va bunday, deb aytdi» — deb ul zotning gaplarini bayon qildi. So‘ng, Urva ibn Mas’ud o‘rnidan turib: «Ey qavm, ota-bola kabi bir-birimizga shafqatli emasmizmi?» — dedi. Ular: «Ha, shunday, (shafqatlimiz)», — deyishdi. Urva: «Ota-bola kabi bir-birimizga ishonchli emasmizmi?» — dedi. Ular: «Ha, shunday, (ishonchlimiz)», — deyishdi. Urva: «Meni yolg‘onchi deb bilasizlarmi?» — dedi. Ular: «Yo‘q», — deyishdi. Urva: «Ukoz ahlini sizlarga yordam qilmoq uchun jangga chorlaganimni hamda ular qo‘rqoqlik qilib, kelmaganlarida uzim, bolalarim, qarindoshlarim va menga itoat qilguvchi barcha kishilar birlan (yordamga) kelganim esingizdami?» — dedi. Ular: «Ha, unutganimiz yo‘q», — deyishdi. Urva: «Ul kishi (ya’ni, Janob Rasululloh) sizlarga rushd yo‘lini (ya’ni, yaxshilik, tinchlik va insof yo‘lini) ko‘rsatibdilar, uni qabul qilingizlar-da, menga ijozat beringizlar, ul kishining huzurlariga borib (kelayin!)» — dedi. Ular: «Mayli, uning huzuriga borib (kel!)» — deyishdi. Keyin, Urva Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib so‘zlay boshlab erdi, ul zot Budaylga ne degan bo‘lsalar, unga ham taxminan o‘shal gaplarni aytdilar. Janob Rasululloh: «...ularga qarshi albatta jang qilurman...» — deganlarida Urva: «Zy Muhammad, menga aytingiz-chi, o‘z qavmingizni butunlay qirib yubordingiz ham deyaylik, ammo sizga qadar biror arabning o‘z ahlini qirib yuborganini eshitganmisiz? Agar (dushmanlaringiz qo‘llari baland kelib), zafar qozonsalar, (sahobalaringizning sizga nafi tegmas). Chunki, men, Olloh haqi, odamlaringiz orasida olijanob, zodagon kishilarni ko‘rmayotirman, nuqul zoti past, tuban kishilarga ko‘zim tushdi. Turgan gapki, ular sizni jang maydoniga tashlab qochgaylar», — dedi. Shunda Janob Rasulullohning ortlarida o‘ltirgan Abu Bakr (g‘azablanib): «(Ey Urva), shu gaping uchun Lotning tilligini so‘r, hali biz ul zotni tashlab qochamizmi?!» — dedilar. («Lot» ayol qiefasidagi bir butning nomi bo‘lib, kofirlar unga qattiq e’tiqod birla sig‘inganlari uchun Abu Bakr shunday deb so‘kdilar). Urva: «Bul (gapirgan kishi) kim?» — dedi. Odamlar: «Abu Bakr», — deyishdi. Urva: «Ammo, jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, agar (bir vaqtlar menga madad qo‘lini cho‘zib) qilgan yaxshiliklaring bo‘ynimda qarz bo‘lib turmaganida erdi, senga javob qaytargan bo‘lar erdim!» — dedi. So‘ng, Urva Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga so‘zlay boshladi va har gal so‘z aytganda (arablar odatiga ko‘ra lutf birlan) ul zotning muborak soqollarini ushlab qo‘yar erdi. Mug‘iyra ibn Shu’ba ersalar sovut kiyib olib ul zotning tepalarida qilich ushlagan holda turar va Urva ul zotning muborak soqollariga qo‘l cho‘zdi deguncha qilichlarining qini birlan uning qo‘liga urar erdilar. Nihoyat, Mug‘iyra chidamay: «Janob Rasulullohning soqollaridan qo‘lingni tort, chunki mushrik uni ushlamasligi lozim!» — dedilar. Urva boshini ko‘tarib: «Bu kim?» — dedi. Odamlar: «Mug‘iyra ibn Shu’ba», — deyishdi. Urva Mug‘iyraga xitob qilib: «Ey xoin, qilgan xiyonating balosidan seni qutqarib qolmaganmidim?!» — dedi.
Mug‘iyra johiliyat davrida (Saqif qabilasiga mansub) bir qavm birlan birga (Misr va Iskandariya hokimi Muqavqisni ziyorat qilgani) borgan erdilar. (Shunda Muqavqis o‘shal qavmga ko‘p in’omlar berib, Mug‘iyra bo‘lak qavmdan bo‘lganlari uchun, ul kishiga hech narsa bermagan erdi. Keyin, ular qaytib kelishayotganda ichkilik ichib, mast bo‘lib uxlab qolishgan erdi. Shunda Mug‘iyra g‘ayrliklari kelib, ularning barchasini o‘ldirib, Muqavqis bergan in’omlarni olib ketgan erdilar. Saqif qabilasi Mug‘iyraning bu qilgan ishlaridan xabar topgach, ul kishiga qarshi urush e’lon qilgan erdi. Shunda Mug‘iyraning amakilari bo‘lmish Urva o‘rtaga tushib, Saqif qabilasini o‘ldirilgan o‘n uch kishining xun haqini olishga ko‘ndirib, har ikki tomonni yarashtirib qo‘ygan erdi). So‘ng, (Mug‘iyra Madinaga kelib), Islomga kirgan erdilar. o‘shanda Janob Rasululloh (Mugiyraga): «(Agar) Islom xususida (so‘zlashgani kelgan bo‘lsang), uni qabul qil va (agar o‘zing keltirgan mol-mulk haqida so‘zlashgani kelgan bo‘lsang), ul holda men (xiyonat birlan tortib olingani uchun) uning xususida so‘zlashmasman!» — deb erdilar.
So‘ng, Urva Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalarini birma-bir ko‘zdan kechirib chiqa boshladi. Qarasa, ular Janob Rasulullohning qoshlarida ta’zimu ehtirom birlan qo‘l qovushtirib, ul zotning har bir xatti-harakatlari, har bir so‘z va ishoralariga e’tibor berib turishar, hattoki tupursalar, tupuklarining (erga tushmog‘iga yo‘l qo‘ymay), unga kaftlarini tutishar, kaftlariga tushgan muborak tupukni ersa darhol yuzlari birlan badanlariga surtishar, biror narsa xususida amr qildilar deguncha, tezliqda uni bajo keltirmoqqa oshiqishar, tahorat qilsalar, tahoratlaridan tushayotgan muborak suvdan nasiba olmoq uchun bir-birlari birlan urishib ketgudek talashishar, so‘zlasalar, darhol jim bo‘lishar va ul zotga nigohlarini quyi qilib qarashar erdi. Keyin, Urva o‘z ashoblari (ya’ni, Quraysh kofirlari) huzuriga qaytib borib, ularga: «Ey qavm, Olloh haqi, men (ko‘plab) podshohlarning, (jumladan Rum) qaysari, (Fors) xusravi va (Habashiston podshohi) Najoshiyning huzuriga elchi bo‘lib borganman, ammo, Olloh haqi, Muhammad sallallohu alayhi va sallamchalik o‘z sahobalari hurmatiga sazovor bo‘lgan biror podshohni ko‘rmaganman, Olloh haqi ul zot tupursalar, tupuklari (erga tushmay), sahobalaridan birining kaftiga tushayotir va u darhol uni tabarruk qilib, yuzi birlan badaniga surtayotir, biror narsani amr qilsalar, uni bajo keltyrmoqqa oshiqishayotir, tahorat qilsalar, tahoratdan tushayotgan suvdan nasiba olmoq uchun urushib ketgudek talashishayotir, so‘zlasalar, darhol jim bo‘lishayotir, qattiq hurmat qilganlaridan ul zotga tikilib qarashmayotir. Darhaqiqat, ul zot sizlarga rushd (xayriyat, tinchlik va insof) yo‘lini ko‘rsatdilar, uni qabul qilingizlar!» — dedi. Shunda Banu Kinona qabilasidan bir kishi (ya’ni, Hulays ibn Alqama): «Menga ham ijozat beringizlar, uning huzuriga borib kelayin!» — dedi. (Qabila boshliqlari): «Mayli, borib kel!»— deyishdi. Hulays yo‘lga tushib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalari turgan yerga yaqinlashgach, Janob Rasululloh: «Bul odam falonchi bo‘lib, u tuya va mollarni yaxshi ko‘radirgan qavmdandur. (Mening tuyamni) turgazib, (uni mindirib kelingizlar!)» — dedilar. Sahobalar (ul zotning tuyalarini) yetaklab, umraga talbiya aytgancha Hulaysga peshvoz chiqishdi. Hulays buni ko‘rib: «Subhonalloh, bunday odamlarni (Baytullohga) kiritmaslik gunohdur!» — dedi. So‘ng, Quraysh kofirlari huzuriga qaytib borgach, ularga: «Men (hajda qurbon qilishga atalgan), bo‘yniga nishon osilib, o‘rkachi qonatib quyilgan tuyalarni ko‘rdim, (Muhammad va uning sahobalari haqiqatan ham umra qilmoq niyatida kelishgan erkan), ularni Baytullohga kiritmaslik kerak, deb hisoblamayman», — dedi. Shunda ularning oralarida o‘ltirgan Mikraz ibn Hafs ismli bir kishi o‘rnidan turib: «Menga ham ijozat beringizlar, uning huzuriga borib kelayin!» — dedi. Ular: «Mayli, borib kel!» — deyishdi. Mikraz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalari turgan yerga yaqinlashganda, Janob Rasululloh: «Bu Mikraz bo‘lib, u xiyonatkordur», — dedilar, (chunki u Hudaybiyada musulmonlarga qarshi xiyonatkorlik qilgan erdi). Mikraz kelib, Janob Rasulullohga so‘zlay boshladi, shu asnoda Suhayl ibn Amr kelib qoldi. Ul zot: «Mana, ishlaringiz bir oz yengil ko‘chadirgan bo‘ldi», — dedilar. (Arab tilida «sahula» fe’li bo‘lib, «osonlashdi», «engillashdi» degan me’nolarni anglatadi. «Suhayl» degan ism ersa ana shu fe’lning o‘zagidan yasalgan bo‘lib, «jindak oson», «bir oz yengil» degan mazmundadur). Suhayl: «Kelingiz, biz birlan sizlar o‘rtamizda shartnoma tuzingiz!» — dedi. Janob Rasululloh kotibni (Hazrat Alini) chaqirdilar-da, ul kishiga: «Bismillohir rahmonir rahiym, deb yozgil!» — dedilar. Suhayl: «Ammo, men «Ar-Rahmon» nima erkanligini bilmasman, shuning uchun ilgari yozib yurganingizdek «Bismika Ollohumma» («Yo parvardigoro, sening isming birlan») deb yozingiz!» — dedi. (Janob Rasululloh johiliyat davrida yozishgani kabi Islomning dastlabki davrida ham shunday deb yozib yurar erdilar. Bul xususda maxsus oyat nozil bo‘lgach, «Bismillohir rahmonir rahiym» deb yozadirgan bo‘ldilar). Shunda musulmonlar (e’tiroz bildirishib): «Olloh taolo haqi, faqat «Bismillohir rahmonir rahiym» deb yozamiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh (Hazrat Aliga): «(Mayli), «Bismika Ollohumma» deb yozaver!» — dedilar, so‘ng: «Ushbu noma Ollohning rasuli Muhammadning (Quraysh qabilasi elchisi Suhayl ibn Amr birlan tuzgan) shartnomasidur» deb ham yozib qo‘ygil!» — deb aytdilar. Suhayl «Olloh haqi, agar sizni Ollohning rasuli, deb tan olganimizda erdi, sizning Baytullohga kirmog‘ingizga mone’lik qilib, sizga qarshi jang qilmoqqa qasd qilmagan bo‘lur erdik, shuning uchun «Abdullohning o‘g‘li Muhammad» deb yozingiz!» — deb turib oldi. Janob Rasululloh: «Olloh taol haqi, men darhaqiqat Ollohning rasulidurman! Bas, mei yolg‘onchiga chiqargan erkansizlar... (Ey Ali), mayli «Abdulloh o‘g‘li Muhammad» deb yozaver!» — dedilar. So‘ng, ul zot (Suhaylga): «Baytullohni tavof qilmog‘imiz uchun uni bizga xoli qoldirasizlar!» — deb aytdilar. Suhayl: «Olloh haqi, (bu yil) Baytullohni sizlarga xoli qoldira olmasmiz, chunki arablar bizni: «Musulmonlar qudrati oldida bosh egishibdi — deb gap-so‘z qilishur, uni kelasi yili sizlarga xoli qoldirurmiz», — dedi. Hazrat Ali shunday deb yozdilar. Keyin Suhayl: «Agar bizlardan biror kishi sizning oldingizp qochib kelsa, garchi u sizning diningizda bo‘lsa-da, uni bizga qaytargaysiz», — dedi. Shunda musulmonlar: «Subhonalloh, Islomni qabul qilib kelgan kishi qanday qilib mushriklar ga qaytariladi?» — deyishdi. Musulmonlar birlan mushriklar shul tariqa tortishib turishgan erdi, ularning huzuriga Abu Jandal ibn Suhayl ibn Amr (oyoqlaridagi) kishanlarini sudragancha kirib keldilar. (Mushriklar ul kishini Islomga kirganlari uchun oyoq-qo‘llarini kishanlab, zindonga tashlashgan erdi. Hozir ersa zindondan qochgancha) Makkaning quyi tomonidan kirib keldilar-da, o‘zlarini musulmonlar bag‘riga otdilar. Suhayl (o‘g‘li Abu Jandalning kirib kelganini ko‘rib): «Ey Muhammad, (shartnomamizga ko‘ra) sizdan dastavval talab qiladirgan narsam shuki, uni darhol menga qaytarib beringiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Biz hali shartnomani tuzib bo‘lganimizcha yo‘q», — dedilar. Suhayl: «Olloh haqi, (agar o‘g‘limni menga qaytarib bermas erkansiz), demak men siz birlan biror narsa xususida hech qachon kelisha olmasman!» — dedi. Janob Rasululloh: «(O’g‘lingni senga qaytarib bermasligimga kunib), shartnomani imzolagil!» — dedilar. Suhayl: «Shartnomani sizga bunday deb imzolab bermasman!» — dedi. Janob Rasululloh: «Men ersam shunday deb imzolagayman!» — dedilar. Suhayl: «Men ersam, bunday deb imzolamasman!» — dedi. Mikraz: «Axir, (bizdan sizning oldingizga qochib kelganlarni qaytarib bermog‘ingizga) qaror qilib erdik-ku?!» — dedi. Shunda Abu Jandal: «Ey musulmonlar jamoasi, men musulmon bo‘la turib, mushriklar qo‘liga qaytarilamanmi? Axir, ularning meni ne ahvolga solishganini ko‘rib turibsizlar-ku!» — dedilar. Darhaqiqat, (mushriklar) ul kishini Olloh taolo (yo‘liga kirganlari) uchun qattiq azobu qiynoqqa solishgan erdi. Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Abu Jandal shunday degach), men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga borib: «(Yo Rasulalloh), siz Olloh taoloning haqiqiy rasuli ermasmisiz?» — dedim. Ul zot: «Ha, shunday, (uning haqiqiy rasulidurman)», — dedilar. Men: «(Yo Rasulalloh), bizning (yo‘limiz) haq (yo‘l) bo‘lib, dushmanlarimizning (yo‘li) botil ermasmi?» — dedim. Ul zot: «Ha, shunday, (bizning yo‘limiz haq va dushmanlarimiz yo‘li botildur)», — dedilar. Men: «Shunday erkan, nechun dinimizga zid ishni qilayotirsiz?» — dedim. Ul zot: «Men Olloh taoloning rasulidurman, ul mening madadkorim bo‘la turib, (hech vaqt) unga osiylik qilmasman!» (ya’ni, «Men o‘zboshimchalik qilayotganim yo‘q, Olloh yuborgan vahiyga binoan shunday qarorga keldim!») — dedilar. Men: «(Tushingizda sahobalaringiz birlan Baytullohga kirganingizni ko‘rganingizda) Baytullohga borib, uni tavof qilajagimiz haqida bizga gapirar erdingiz-ku?» — dedim. Ul zot: «Ha, shunday, ammo shu yili Baytullohga boramiz, deb aytganmidim?» — dedilar. Men: «Yo‘q, (bunday deb aytmagandingiz)», — dedim. Ul zot: «Darhaqiqat, sen Baytullohga borib, uni tavof qilgaysan, (ammo bu yil ermas)», — dedilar. So‘ng, men Abu Bakrning oldilariga borib: «Ey Abu Bakr, ul zot Olloh taoloning haqiqiy rasuli ermasmilar?» — dedim. Abu Bakr: «Ha, shunday, (ul zot Olloh taoloning haqiqiy rasulidurlar)», — dedilar. Men: «Bizning (yo‘limiz) haq bo‘lib, dushmanlarimiz (yo‘li) botil ermasmi?» — dedim. Abu Bakr: «Ha, shunday, (bizning yo‘limiz haq va dushmanlarimiz yo‘li botildur)», — dedilar. Men: «Shunday erkan, nechun dinimizga zid ish qilayotirmiz?» — dedim. Abu Bakr: «Ey kishi, ul zot shubhasiz Olloh taoloning rasulidurlar, ul zot o‘zlarining madadkorlari bo‘lmish Olloh taologa (hech vaqt) osiylik qilmaslar, ul zotning etaklaridan mahkam (ushlagil-da, ketlaridan indamay) ergashaver, Olloh taolo haqi, ul zot (tutgan yo‘l) haq (yo‘ldur)», — dedilar. Men: «Janob Rasululloh (tushlarida sahobalari birlan Baytullohga kirganlarini ko‘rganlarida) Baytullohga borib, uni tavof qilajagimiz haqida bizga gapirar erdilar-ku?!» — dedim.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:50:27
Abu Bakr: «Ha, shunday, ammo ul zotning shu yil Baytullohga borishingni aytganlarini eshitganmisan?» — dedilar. Men: «Yo‘q», — dedim. Abu Bakr: «Sen albatta Baytullohga borib, uni tavof qilgaysan, (ammo bu yil ermas)», — dedilar». (Janob Rasululloh Hazrat Umarga ne degan bo‘lsalar, Abu Bakr ham aynan shunday dedilar. Bu ersa, Abu Bakrning fozil, uta bilimdon va baquvvat iymonln erkanliklarining dalilidur). Keyinchalik, Hazrat Umar: «(Janob Rasululloh birlan Abu Bakrga bergan savollarim o‘chun gunoh orttirmadimmikan, deb xavotirga tushganimdan ko‘plab) amali solihlar qildim», — deb erdilar.
(Ikki o‘rtada, sulh) shartnomasi imzolangach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z sahobalariga: «Turingizlar jonlig‘laringizni qurbon qilingizlar, so‘ng sochlaringizni oldiringizlar!» — dedilar. Olloh taolo haqi, shunda biror kishi o‘rnidan turmadi, hatto ul zot buyruqlarini uch bor qaytardilar. (Chunki, ular: «Zora, Olloh taolo vahiy nozil qilib, mazkur sulhni bekor qilsa va biz umrani ado etib qaytsak!» — deb umid qilishgan erdi). Janob Rasululloh biror kishining o‘rnidan turmaganini kurgach, Ummu Salamaning huzurlariga kirdilar-da, odamlar qanchalik ozor yetkazganini ul muhtaramaga aytdilar. Shunda Ummu Salama: «Yo Rasulalloh, siz shuni (ya’ni, odamlarning Makkada bo‘lmasalar-da, shul yerning o‘zida qurbonlik qilib, soch oldirmoqlarini) istaysizmi? (Ul holda) odamlarning oldiga chiqingiz-da, toki tuyangiz qurbon qilinmaguncha va sartaroshingiz chaqirilib, sochingiz olinmaguncha ularning birortasi birlan so‘zlashmangiz!» — dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarning oldiga chiqdilar-da, toki tuyalari qurbon qilinmaguncha va sartaroshlari chaqirilib, sochlari olinmaguncha ularning birortasi birlan so‘zlashmadilar. Sahobalar buni ko‘rib, (darhol Janob Rasulullohning amrlarini ado etishga oshiqdilar), o‘rinlaridan turib, jonliqlarni qurbon qildilar, so‘ng (shoshilganlaridan) o‘zaro urushgudek bo‘lib, bir-birlarining sochlarini ola boshladilar. (Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalar birlan birga ortlariga qaytdilar). So‘ng, mo‘mina ayollar (mushriklar tomondan) ul zotning huzurlariga (hijrat) qilib kelishdi. (Shu asnoda) Olloh taoloning «Ey mo‘minlar, qachon kelsalar huzurlaringizga mo‘mina ayollar (mushriklar tarafdan) hijrat qilib, ularning (iymonlarini) imtihon qilib ko‘ringizlar, Olloh yaxshiroq bilur ularning iymonlarini. Bas, agar bilsangizlarki, ular (chin) mo‘minadurlar, qaytarib yubormangizlar ularni kofirlar tarafiga. Na bul ayollar haloldur erlariga va na ul (erlar) haloldur bul (ayollarga) va beringizlar ularga (erlariga) nimaiki xarj qilgan  bo‘lsalar va (shunda) yo‘qdur gunoh sizlarga nikohlaringizga olsangizlar ularni, vaqtiki bersangizlar ularga mahrlarini. Va saqlangizlar kofira ayollar nomuslarini (ya’ni, agar xotinlaringiz kofira bo‘lsa, ularni nikohlaringizda ushlab turmangizlar, balki ularga uylanmoqchi bo‘lgan kofirlardan) talab qilingizlar o‘zlaringiz xarj qilgan mahrni...» degan oyati karimasi nozil bo‘ldi («Mumtahana» surasi, 10-oyat). Shunda Hazrat Umar o‘shal kuniyoq ikki mushrika xotinlarini taloq qildiyaar. (Islomning dastlabki davrida mushrika ayollarga uylanmoq joiz erdi). Ulardan biriga Muoviya ibn Abu Sufyon, ikkinchisiga Safvon ibn Umayya uylandi, (chunki ular o‘shal vaqtda mushrik erdi). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga qaytib kelganlaridan so‘ng, huzurlariga Abu Basir Qurayshiy keldilar, ul kishi musulmon erdilar. Shunda (Quraysh kofirlari) Abu Basirni talab qilib, ortlaridan ikki kishini Janob Rasulullohning huzurlariga junatdi. Ular (ul zotga): «O’rtamizda tuzilgan shartnomaga binoan (Abu Basirni bizga qaytarib beringiz!)» — deyishdi. Janob Rasululloh (shartnomaga vafo qilib), uni ularga topshirdilar. Ular Abu Basirni asir olib, yo‘lga tushishdi. Zulhulayfaga yetganlarida yonlaridaga xurmodan tamaddi qilib rlish uchun to‘xtashib erdi, Abu Basir ulardan biriga: «Olloh taolo haqi, ey falonchi, qiliching namuncha yaxshi!» — dedilar. Shunda sherigi uning qilichini qinidan sugurdi-da: «Ha, Olloh haqi, bu juda zo‘r qilich! Men buni bir necha bor ishlatib ko‘rganman», — dedi. Abu Basir: «Menga ber-chi, bir ko‘ray!» — dedilar-da, (uni olib), boyaga kishini zarb birlan chopib tashladilar, u til tortmay o‘ldi, ikkinchisi ersa tumtaraqay qochib qoldi. U shu qochgancha to‘g‘ri Madinaga bordi-da, masjidga kirib berkindi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni ko‘rib xavotirlandilar. U Janob Rasulullohning oldilariga kelib:. «Abu Basir sherigimni o‘ldirdi, Olloh haqi, agar undan meni himoya qilmasangizlar, meni ham o‘ldiradi!» — dedi. Shu asnoda Abu Basir yetib kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, parvardigor zimmangizga olgan majburiyatingizni ado etmogangizni nasib etdi, (endi mushriklar men qilgan ish uchun sizni ayblay olmaslar). Siz meni ularga qaytarib bergan erdingiz, keyin Olloh taoloning o‘zi meni ulardan qutqardi», — dedilar. Janob Rasululloh: «Urush oloviga tutantiriq bo‘lguvchi kishining onasining holiga voy! Agar (bu ishda unga biror kishi yordam berganida), fitna chiqarib, sulhni barbod qilishi ham turgan gap erdi!» — dedilar. Abu Basir Janob Rasulullohning bul gaplarini eshitgach: «Ul zot meni mushriklarga qaytarib berar erkanlar» — deya (Shom tomon) yo‘lga chiqib, (nihoyat) dengiz sohilidaga (Iys) degan yerga yetib keldi. (Shu kunlarda shartnomaga binoan otasi Suhaylga qaytarib berilgan) Abu Jandal (ham zindondan) qochishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lib, (u yetmishga yaqin musulmonlarni ergashtirib) Abu Basirning oldiga keldi. Shu-shu Quraysh qabilasidan kimki musulmon bo‘lsa, darhol Abu Basirning odamlariga kelib qo‘shiladirgan bo‘ldi. Shu tariqa (ularning soni ko‘payib), kattagana guruh vujudga keldi. Olloh taolo haqi, ular Quraysh qabilasiga tegashdi (biror karvonning) Shom tomon yo‘lga chiqqanini eshitishdi deguncha, darhol uning. yo‘lini to‘sib, odamlarini o‘ldirishar va mollarini olib ketishar erdi. Shul boisdan Quraysh qabilasi (ulug‘lari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Abu Sufyon ibn Harbni yuborib, (ul orqali): «Ey Muhammad, Olloh haqi va qarindoshligimiz hurmati, bizlarni Abu Basir va uning odamlari tajovuzidan qutqaringiz! Bizlardan kim sizlarning oldingizga qochib borsa, mayli, uni bizga qaytarmangizlar, faqat bizga omonlik bersangiz, bo‘ldi!» — deb yolborishdi. Shundan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Basir va uning odamlari oldiga bir guruh sahobalarni jo‘natdilar. (Ular borishib, Abu Basir birlan Abu Jandalning hamda ularning atrofida to‘plangan barcha musulmonlarning Qurayshga qaytarib berilmasligini va kim qaerdan kelgan bo‘lsa, o‘z yeriga qaytib, bexavotir yashamog‘i mumkinligini ma’lum qilishdi). Shu asnoda Olloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi: «U (ya’ni, Olloh) Makka hududida (ya’ni, Hudaybiyada) sizlarni ulardan g‘olib qilgandan so‘ng, ularning qo‘llarini sizlar (ni o‘ldirish)dan va sizlarning qo‘llaringizni ular (ni o‘ldirish)dan tiygan (ya’ni, o‘rtalaringizda sulh tuzmoqni nasib etgan) zotdur va Olloh qilib turgan barcha ishlaringizni ko‘rib turguvchidur. Ular (ya’ni, Makka mushriklari) kofirlik qilib, sizlarni Al-Masjid al-Haromga qo‘ymagan va qurbonlik (ka atalgan) jonliq(lar)ni (turgan yerlaridan) jildirmay, (qurbon qilinmoqlari lozim bo‘lgan) joylariga yetkazilishiga to‘sqinlik qilgan kimsalardur. Agar (Makkada) sizlar (musulmon ekanliklarini) bilmagan (nochor) musulmon er va xotinlar bo‘lmaganda erdi, agar sizlar ularni bilmagan holingizda (ya’ni, mushriklar, deb uylab) poymol (halok) qilib quyib, ular sababli o‘zlaringiz sharmanda-yu sharmisor bo‘lib qolmaganingizda erdi, (Olloh sizlarni Makkaga kirish uchun mushriklar birlan jang qilmog‘ingizdan qaytarmagan bulur erdi). Olloh o‘zi istagan bandalarini o‘z rahmatiga olish uchun (ya’ni, Makkadagi sizlar bilmagan bechorahol musulmonlarning hamda hali iymon nasib bo‘lmagan ayrim kishilarning nobud bo‘lib ketmasliklari uchun sizlarni jang qilmoqlaringizdan qaytardi). Agar mo‘minlardan bir guruhi shartnomaga itoat qilmay), alohida bo‘lib olib (Makkadagi bechorahol musulmonlarning halok bo‘lmoqlariga sabab bo‘lganlarida), ulardan kofirlik qilganlarini albatta dardli azobga giriftor qilur erdik. Kofirlar o‘z dillariga johiliyat zamonidagidek o‘jarlikni tugib olganlarida Olloh o‘z rasuli birlan mo‘minlarga taskin nozil qildi...» («Fath» surasi, 24—26-oyatlar). Ularning (ya’ni, Makka mushriklarining o‘z dillariga jaholat birlan tugib olgan) o‘jarliklari shundan iborat bo‘ldiki, ular Janob Rasulullohni Ollohning rasuli, deb tan olmadilar, (shartnomaga) «Bismillohir rahmonir rahiym» deb yozmoqlariga qarshilik qildilar hamda musulmonlarni Baytullohga kiritmadilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:50:37
16-bob. Qarz shartlari haqida

Ibn Umar va Ato raziyallohu anhumo: «Agar kishi qarz berayotib: «Muncha muhlatdan so‘ng berasan» — deb shart qo‘ygan bo‘lsa, joizdur», — deyishadi.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining bir yahudiydan qarz olib, uni unga ta’yin qilingan muhlatda qaytarib bergani haqida zikr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:50:46
17-bob. Ozod qilinmog‘i uchun bo‘yniga muayyan to‘lov qarz qilib qo‘yilgan qul yoxud cho‘ri haqida hamda Olloh taoloning Kitobiga zid bo‘lgan shartlar xususida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ular o‘zaro shartlashadilar», — deydilar. (Ya’ni, agar qul ozod bo‘lmoqni, quldor ersa uni ozod qilmoqni istasa, quldor o‘zaro kelishuv asosida qulning bo‘yniga muayyan to‘lovni qarz qilib qo‘yadi. Agar qul uni to‘lay olsa, ozod buladi, aks holda qulligicha qoladi).

Bu yerda Oisha onamizning cho‘ri Barirani sotib olib, ozod qilganlari, shunda unga homiylik huquqi ul muhtaramaga o‘tganligi haqidagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:50:56
18-bob. Biror narsa xususida qat’iy qarorga kelmay, ikki xil shart qo‘ymoqlikning joizligi va odamlar bir-birlariga ma’lum qiladirgan shartlar haqida. «Bir kam yuzta» deb aytish mumkinmi?

Ibn Sirin raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Kurayhga: «(Meni ham) karvoningga qo‘sh, agar falon kuni sen birlan birga yo‘lga (chiqsam ham), chiqmasam (ham), senga yuz dirham beraman», — dedi-da, (aytgan kuni yo‘lga) chiqmadi».

Ibn Sirin raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi ikkinchi bir kishiga yegulik sotadirgan bo‘ldi-da, unga: «Agar chorshanba kuni (egulikni olib kelsam, keldim), olib kelmasam, ul holda bul xususda o‘zaro savdolashmadik, deb hisoblayver!» — dedi-da, o‘shal kuni kelmadi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning to‘qson to‘qqizta, (ya’ni) bir kam yuzta ismi bor. Kimki ularni yodlab olsa, jannatga kirgay» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:51:05
19 bob. Vaqf yerlari xususidagi shartlar

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Xaybardan bir yer oddilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Umarga o‘shal yer xususida maslahat bergali keldilar. Hazrat Umar ul zotga: «Yo Rasulalloh, men Xaybardan shunday bir yer oldimki, mulklarim ichida undan yaxshiroq mulk sira bo‘lmagan, uning xususida menga qanday maslahat bergaysiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Agar istasang, uni sotilmaydirgan, hadya qilinmaydirgan va meros qilib qoldirilmaydirgan, ammo hosili ehson qilinadirgan qilib sadaqa qilgil!» — dedilar. Keyin, Hazrat Umar o‘shal yerni (ul zot aytgan shartlar asosida) sadaqa qildilar. Ul kishining mazkur sadaqalari Olloh taolo yo‘lida (g‘azot qilguvchi bechorahol kishilarni rizq birla ta’minlamoqqa), qullarni (ozod qilmoqqa), miskinlarni (tuygazmoqqa), (qavm huzuriga keladirgan) mehmonlarni (ziyofat qilmoqqa), musofirlarni (siylamoqqa) hamda (Hazrat Umarning) yaqin qarindoshlar(i)ga (ko‘mak qilmoqqa sarflanadirgan bo‘ldi). Ammo, uni parvarish qilguvchi kishi unga ega bo‘lib olmay, mehnatiga yarasha hosilidan o‘zi ham yesa, yeru dustlariga ham yodirsa, gunohi yo‘qdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:24:24
Bismillahir rohmanir rohim

VASIYATLAR KITOBI

1 bob. Vasiyatlar haqida


Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon kishining vasiyat qilib qoldiradirgan narsasi bo‘la turib, ikki kecha (bo‘lsa-da), (kasal bo‘lib) yotmoqqa haqi yo‘qdur, magaram yonida vasiyati yozib qo‘yilgan holda (yotmog‘i mumkindur)» deya deb marhamat qilganlar.

Bul xususda Olloh taolo: «(Ey mo‘minlar), vaqtiki qaysi biringizning qoshingizga o‘lim kelsa (va) ul o‘zidan keyin mol qoldirayotgan bo‘lsa, ota-onasiga va qarindoshlariga munosib suratda vasiyat qilmoqlik sizlarga farz qilindi. Bu Ollohdan taqvo qilguvchilar uchun haqdur va kimiki vasiyatni eshita turib o‘zgartirur, bas buning gunohi uni o‘zgartirguvchi o‘shal kimsalarga bo‘lur. Olloh taolo albatta eshitguvchi va bilguvchi zotdur. Kimiki vasiyat qilguvchining bir tarafga og‘ib ketishi yoxud gunoh sodir qilishidan xavotir olib, (vasiyat qilguvchi birlan merosxo‘rlar o‘rtasini) kelishtirib qo‘ysa, gunohkor bo‘lmas. Olloh albatta mag‘firatli, nihoyatda rahmdil zotdur» — deydi. («Baqara» surasi, 180—182-oyatlar).

Abu Ishoq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Juvayriya binti al-Harasga (uylanib), uning birodariga qarindosh bo‘ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilayotgan choglarida oq xachirlari, qurollari va (Olloh taolo yo‘lida) o‘zlari sadaqa qilgan yerdan bo‘lak, na biror dirham, na biror dinor, na biror qul, na biror cho‘ri va na biror narsa (meros) qilib qoldirdilar».

Talha ibn Musarraf raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vasiyat qilgan erdilarmi?» — deb so‘radim. Abdulloh: «Yo‘q», — dedi. Men: «Ul holda odamlarga ne deb buyurdilar?» — dedim. Abdulloh: «Olloh taoloning Kitobiga amal qilmoqni», — dedi».

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Oisha raziyallohu anhoning huzurlarida Janob Rasulullohning Hazrat Aliga vasiyat qilganlari haqida gapirishdi. Shunda Oisha onamiz: «Janob Rasululloh qachon Aliga vasiyat qilibdilar? Axir, Janob Rasulullohni (qazo qilgan kunlari) bag‘rimga men o‘zim suyab o‘ltirgan erdim-ku?! Shunda ul zot bir idishda suv keltirmoqni amr qilib erdilar. Keyin, birdan behol bo‘lib qolgan erdilar, hatto men jonlari uzilganini sezmay qolgan erdim. Qani, aytinglar-chi, ul zot qachon Aliga vasiyat qilgan bo‘lishlari mumkin?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:25:31
2-bob. Kishining o‘z merosxo‘rlarini odamlarga qo‘l cho‘zib tilamchilik qiladirgan ahvolda qoldirganidan boy qilib qoldirgani afzalroqdur!

Sa’d ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Makkada (betob bo‘lib qolganimda) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rgani keldilar. (Sa’d o‘zlari hijrat qilib chiqib ketgan Makkada vafot etmoqlarini o‘shanda makruh ko‘rgan erdilar, ul kishini Olloh taolo rahmat etsin!). Shunda men: «Yo Rasulalloh, mol-mulkimning hammasini (sadaqa qilsinlar, deb) vasiyat qilayinmi?» — dedim. Ul zot: «Yo‘q», — dedilar. Men: «Yarminimi?» — dedim. Ul zot: «Yo‘q», — dedilar. Men: «Uchdan bir qisminimi?» — dedim. Ul zot: «Uchdan biri... uchdan biri ham ko‘plik qiladi, chunki vorislaringni odamlarga qo‘l cho‘zib tilamchilik qiladirgan ahvolda qoldirganingdan boy qilib qoldirganing afzalroqdur. Sen nimaiki ehson qilsang, hattoki xotining og‘ziga bir luqma taom tutsang ham, sadaqadur. Shoyad Olloh taolo umringni daroz qilsa-yu, (sening qo‘mondonligingda qator kufr maskanlari fath qilinib), sen tufayli musulmonlar manfaat va kofirlar zarar ko‘rsa!» — dedilar». O’shal vaqtda Sa’dning birgina qizlari bor erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:26:04
3-bob. «Mol-mulkimning uchdan biri sadaqa qilinsin» deb vasiyat qilmoq haqida

Hasan (al-Basriy): «Kishi o‘z mol-mulkining uchdan birinigina sadaqa qilinmog‘ini vasiyat qilsa, joizdur», — deydilar.

Olloh taolo: «(Ey Muhammad), odamlar o‘rtasida Olloh nozil qilgan narsaga (ya’ni, Qur’onga) binoan hukm qilingiz!»— deydi. («Moida» surasi, 48-oyat).

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Qani endi, odamlar (o‘z mol-mulklarining) to‘rtdan birini sadaqa qilmoqlariga ko‘nishsa! Chunki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uchdan biri... uchdan biri ham ko‘plik qiladi» — deb marhamat qilgandurlar», — deydilar.

Sa’d ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Men Makkadaligimda) betob bo‘lib qoldim. Shunda Janob Rasululloh meni kurgani keldilar. Men ul zotga: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni ortimga qaytarmasin!» (ya’ni, «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni o‘zim tashlab chiqib ketgan Makkada vafot qildirmasin, Madinaga hijrat qilgan birodarlarim huzuriga salomat yetkazib, hijratdan ko‘zlangan maqsadni poyoniga yetkazmog‘imni nasib aylasin!») — dedim. Ul zot: «Shoyad, Olloh taolo umringni daroz aylab, sen tufayli musulmonlar manfaat va (kofirlar zarar) ko‘rsa!» — dedilar. Men: «(Yo Rasulalloh, mol-mulkimning hammasining sadaqa qilinmog‘ini) vasiyat qilmoqchiman, chunki mening birgina qizim(dan bo‘lak farzandim yo‘q)», — dedim. (Ul zot: «Yo‘q, unday qilma!» — dedilar). Men: «(Ul holda), yarmini (sadaqa qilmoqni) vasiyat qilaman», — dedim. Ul zot: «Yarmi ko‘plik qiladi», — dedilar. Men: «(Unda), uchdan birini», — dedim. Ul zot: «Uchdan biri... uchdan biri ham ko‘plik qiladi», — dedilar. Shunga binoan, mol-mulkning uchdan birini sadaqa qilmoqlik odamlarga tavsiya etilib, ularning ana shu miqdordagina sadaqa qilmoqlari joiz deb topildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:27:11
4-bob. Vasiyat qilguvchining vasiyat qilinguvchiga: «Bolamga g‘amxo‘rlik qilgil!» — deb aytmog‘i hamda vasiyat qilguvchining (vasiyat qilinguvchi buyniga quyadirgan) joiz talablari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Uhud g‘azoti kuni Janob Rasulullohning muborak tishlarini urib sindirgan mushrik) Utba ibn Abu Vaqqos (Olloh taolo yo‘lida musulmonlardan birinchi bo‘lib o‘q o‘zgan) o‘z birodari Sa’d ibn Abu Vaqqosga: «Zam’a ibn Qaysning cho‘risining o‘g‘ilchasi mendan bo‘lgandur, uni (o‘z tarbiyangga) olgil!» — deb vasiyat qilgan erdi. (Makka) fath (qilingan) yili Sa’d ibn Abu Vaqqos (birodarlarining vasiyatiga binoan) ul bolani o‘zlariga oldilar-da: «Bu bola birodarim Utbaning farzandi bo‘lib, uni o‘z tarbiyamga olmog‘imni menga vasiyat qilgan erdi», — dedilar. Zam’aning o‘g‘li, (Janob Rasulullohning xotinlari Savdaning birodari) Abd ersa, o‘rnidan turib: «(Bu bola) mening ukam hamda otam (Zam’aning) cho‘rilarining bolasi bo‘lib, ul kishining to‘shaklarida dunyoga kelgandur», — dedi. Shul tariqa ikkalalari (bolani) talashib, janjallashgancha Janob Rasulullohning huzurlariga kelishdi. Sa’d: «Yo Rasulalloh, bu (bola) birodarim (Utbaning) o‘g‘li bo‘lib, uni (uz tarbiyamga) olmog‘imni menga vasiyat qilgan erdi», — dedilar. Zam’aning o‘g‘li Abd ersa: «(Bu bola) mening ukam va otamning cho‘rilarining farzandi bo‘lib, ul kishining to‘shaklarida dunyoga kelgandur», — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Zam’aning o‘g‘li Abd, bu bola sening (mulkingdur dedilar, so‘ng: «Bola to‘shak egasinikidur, (u xoh cho‘riga er va xoh xo‘jayin bo‘lsin), zinokorga ersa, tosh (ya’ni, zinokor bolaga haqlig‘ bo‘lmay, u toshbo‘ron qilinmog‘i lozimdur)» — deb aytdilar. Keyin, bolaning Utbaga o‘xshashligini ko‘rib, xotinlari Savdaga: «Bu boladan o‘zingni hijobga yashirgil!» (ya’ni, «Bu bola otang Zam’aga ermas, balki zinokor Utbaga o‘xshaydi, shul boisdan u senga nomahram bo‘lib, uning ko‘ziga ko‘rinmagil!») — deb buyurdilar. Bola (shu kundan) to Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lguniga qadar Savdani ko‘rmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:27:36
5-bob. Agar kasal («Ha, o‘sha» deb) boshi birlan aniq ishora qilsa, joizdur

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy bir cho‘rining boshini (uning taqinchoqlarini tortib olmoq uchun) ikki tosh orasiga qo‘yib yerdi. Shunda (ramaqijon holda yetgan) cho‘riga: «Boshingni yorgan falonchimi yoki pistonchimi?»— deya bir qancha kishilarning nomi aytildi. Nihoyat, o‘shal yahudiyning ismi tilga olinganda, cho‘ri («Ha, usha» degan ma’noda) boshi birlan ishora qildi. Shundan so‘ng, yahudiyni olib kelishdi, u tezda (aybini) e’tirof qildi. Keyin, Janob Rasululloh amr qildilar, uning boshi (ham) tosh birlan majaqlandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:28:15
6-bob. («Mol-mulkimning mana shunchasi) farzandimga» deb vasiyat qilinmaydi, (chunki Olloh taolo har bir merosxo‘rning o‘z ulushini ta’yin qilib qo‘ygandur)

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Ilgarilari mayyitning mol-mulki) farzandiga qolar erdi, ota-onasiga ersa, (uning) vasiyatiga (binoan meros) berilar erdi. So‘ng Olloh taolo bu (tartib)ni o‘zi istagancha o‘zgartirib, erkakning ulushini ikki ayolning ulushiga teng qildi hamda ota-onaning har biriga (mol-mulkning) oltidan biri, xotinga (agar farzand bo‘lsa) sakkizdan biri va (agar farzand bo‘lmasa) to‘rtdan biri, erga (agar farzand bo‘lmasa) yarmi va (agar farzand bo‘lsa) to‘rtdan biri miqdorida meros ta’yin qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:28:40
7-bob. O’lar chog‘ida sadaqa qilmoq xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Yo Rasulalloh, qanday sadaqa afzalroq?» — dedi. Shunda ul zot bunday deb javob qildilar: «Eng afzal sadaqa sog‘ ekanligingda, hali boylikka o‘ch vaqtingda, (yanada) boyroq bo‘lmoqni orzu qilib, kambag‘alliqdan qo‘rqadirgan chog‘ingda qiladirgan sadaqangdur. Sadaqa qilmoqni joning bo‘g‘zingga keladirgan, (ya’ni) «Falonchiga munchasi, pistonchiga munchasi, falonchiga ersa, munchasini va’da qilgan erdim» deb aytadirgan vaqtingga qadar paysalga solma!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:29:06
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydirgan tarzda qilingan vasiyat va qarzlar ado etilgandan so‘ng...» («Niso» surasi, 12-oyat)

Shurayh, Umar ibn Abdulaziz, Tovus, Ato va Ibn Uzayna raziyallohu anhum: «Betob yetgan kishi qarzi borligini aytib qo‘ymog‘i joizdur», — deyishadi.

Hasan (al-Basriy): «Kishining eng haqiqiy sadaqasi uning bu dunyodagi eng so‘nggi va oxiratdagi eng birinchi kuni qilgan sadaqasidur», — deydilar.

Ibrohim va Hakam: «Agar kishi (bu dunyoda) o‘z merosxo‘rini qarzdan poklasa, (oxiratga) pok bo‘lib (borgay)», — deyishadi.

Hasan (al-Basriy): «Agar kishi ular chog‘ida o‘z quliga: «O’lsam, ozodsan, deb aytgan erdim, (endi sen ozodsan!)» — desa, joizdur», — deydilar.

Ayrim ulamolar: «Kasal o‘z merosxo‘rlaridan ba’zilariga, ular uning xususida yomon fikrda bo‘lganlari uchun (yoxud uning o‘zi ular xususida yomon fikrda bo‘lgani uchun), (kamroq meros taqsim qilishga yoxud butunlay taqsim qilmaslikka) qaror qilmasligi lozim», — deyishib, so‘ng: «Kasal o‘zida birovning omonati, sotib berishga bergan moli hamda qarzi borligiga iqror bo‘lmog‘i lozim» — deb ma’qullashadi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Badgumon bo‘lmangizlar, chunki badgumonlik eng yolg‘on so‘zdur!» (ya’ni, «Badgumonlikdan, birovga shubha birlan qarashdan, tuhmat qimoqdan saqlaningizlar, birov xususida miyangizga kelgan gumonni haqiqatga yo‘ymangizlar, chunki eng yomon, gunohovar gaplar badgumonlikdan, tuhmatdan kelib chiqur!») — deb marhamat qilganlar. Musulmonlarning (bir-birlarining) mol-mulklariga (ko‘z olaytirmoqlari, omonatga xiyonat qilmoqlari) halol ermas, chunki Janob Rasululloh: «Munofiqning alomatlaridan biri shuki, agar omonat topshirsalar, omonatga xiyonat qilur» — deb aytganlar. Olloh taolo: «Olloh sizlarga omonatlarni o‘z egalariga topshirmog‘ingizni amr qilur», — deydi («Niso» surasi, 58-oyat).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Munofiqning uch alomati mavjud: agar gapirsa, yolg‘on gapiradi, agar omonat topshirsalar, omonatga xiyonat qiladi va agar va’da qilsa, va’dasining ustidan chiqmaydi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:29:47
9-bob. Olloh taoloning «Sizlar qiladirgan vasiyat yoki qarzlar (ado etilgan)dan so‘ng...» degan qavlining sharhi

Zikr qilinurki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qarzni vasiyatdan ilgari (ya’ni, jon chiqar mahalda qilinadirgan vasiyatga qadar paysalga solmay, hali tan sog‘ vaqtda) uzmoqni amr qilganlar. Chunki, Olloh taolo: «Olloh sizlarga omonatlarni o‘z egalariga topshirmoqlaringizni amr qilur», — deydi. Demak, omonatni (sog‘ vaqtda o‘z egalaryga) topshirmoqlik uni (vorislarga) vasiyat qilib qoldirmoqni ixtiyor etmoqdan (bisyor) to‘g‘riroqdur. Janob Rasululloh: «Boylik orqasidan qilingan sadaqagina sadaqadur!» (ya’ni, kishining o‘zi va oilasi muhtoj bo‘lmagan hamda qarzu omonatlari uzilgan holda qilgan sadaqasi haqiqiy sadaqadur!») — deb marhamat qilganlar. Ibn Abbos: «Qul o‘z egalari iznisiz vasiyat qilmaydi», — deydilar. Janob Rasululloh: «Qul o‘z egasining mol-mulkini quriqlovchi va o‘z vazifasi doirasidagi ishlarni bajarguvchidur», — deydilar.

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan (Baytulmoldagi, ya’ni davlat xazinasidagi narsalardan) bermoqlarini so‘radim, ul zot berdilar. Keyin, yana so‘radim, yana berdilar. So‘ng, yana so‘rab erdim, ul zot menga: «Ey Hakim, bu mol-dunyo degan narsa (shul qadar fusunkorki), totli mevalar (yanglig‘ baloi nafsni qo‘zg‘ar). Kimki undan (ya’ni, mol-dunyodan baloi) nafsining so‘ziga kirmay, (o‘ziga yetarlicha) olsa, (Olloh taolo tomonidan) unga barakot ato etilgaydur va kimki undan (ya’ni, mol-dunyodan baloi) nafsining so‘ziga kirib, (ortiqcha) olsa, (Olloh taolo tomonidan) unga barakot ato etilmagaydur. (Ochko‘zlik birlan ortiqcha mol-dunyo olguvchi) shaxs yeb tuymas mechkay kabi bo‘lib, yuksak (ya’ni, ehson qilguvchi) qul, tuban (ya’ni, tilamchi) qo‘ldan afzaldur!» — dedilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, endi dunyodan ko‘z yumgunimga qadar ham hech kimdan biror narsa so‘ramasman!» — dedim».

Urva ibn az-Zubayr bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu (xalifalik chog‘larida) Hakimni huzurlariga chaqirib, biror narsani in’om qilsalar, olmas erdilar. Keyin, Umar raziyallohu anhu (xalifa bo‘ldilar). Ul kishi ham Hakimni huzurlariga chaqirib, tuhfa berib erdilar, olmadilar. Shunda Hazrat Umar: «Ey musulmonlar jamoasi, sizlarni guvoh qilib ayturmanki, Hakimga: «O’ljalardan o‘z haqingni olgil!» — desam, olmadi», — dedilar. Darhaqiqat, Hakim o‘shanda Janob Rasulullohdan narsa so‘raganlaridan keyin, to vafot qilgunlariga qadar ham hech kimdan biror narsa olmadilar».

Hazrat Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursiz. Imom o‘zi boshqarayotgan (qavmga) homiy va mas’uldur, erkak o‘z oilasiga homiy va mas’uldur, xotin o‘z eri uyida homiy va mas’uldur, xizmatkor o‘z xo‘jayini mol-mulkiga homiy va mas’uldur» — deb aytganlarini eshitdim. Janob Rasululloh: «Kishi o‘z otasi mol-mulkiga homiydur» — deb (ham) aytdilar, deb uylayman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:30:13
10-bob. Agar (mol-mulkini) qarindoshlariga vasiyat qilib qoldirsa... Qarindoshlar o‘zi kim?

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaga: «Uni (mulkingni) kambag‘al qarindoshlaringga vasiyat qilib qoldirgil!» — dedilar. Abu Talha uni (qarindoshlaridan) Hasson va Ubay ibn Ka’bga vasiyat qilib qoldirdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Abu Talhaga): «Uni kambag‘al qarindoshlaringga vasiyat qilib qoldirgil!» — dedilar. Abu Talha uni Hasson va Ubay ibn Ka’bga vasiyat qilib qoldirdilar. Ikkalasi Abu Talhaga mendan ko‘ra yaqinroq (qarindosh) bo‘lib, Hasson va Ubayning Abu Talhaga qarindoshligi quyidagicha erdi: Abu Talhaning to‘liq ismi Zayd ibn Sahl ibn al-Asvad ibn Harom ibn Amr ibn Zayd (Manot) ibn Adiy ibn Amr ibn Molik ibn an-Najjor va Hassonnnig to‘liq ismi Hasson ibn Sobit ibn Munzir ibn Harom bo‘lib, ikkalalarining shajaralari uchinchi bobokalon bo‘lmish Harom ibn Amrga borib tutashadi. Ul kishining to‘liq ismi Harom ibn Amr ibn Zayd (Manot) ibn Adiy ibn Amr ibn Molik ibn an-Najjor bo‘lib, Hasson, Abu Talha va Ubayni olti bobokalon orqali Amr ibn Molikka bog‘laydi. Amr ibn Molik ersa uchchalalarini o‘zaro tutashtiradi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaga: «Uni (mulkingni) qarindoshlaringga vasiyat qilib qoldirganing ma’quldur», — dedilar. Abu Talha: «Aytganingizdek qilgum, yo Rasulalloh!» — dedilar. Keyin, o‘shal mulklarini («Bayruho» degan xurmozorlarini) o‘z qarindoshlariga — amakilarining farzandlariga taqsimlab berdilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «(Ey Muhammad), o‘zingizning yaqin qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz (ogohlantiringiz)» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quraysh qabilasiga mansub urug‘larga murojaat qilib: «Ey Banu Fihr, ey Banu Adiy!» — deb chaqira boshladilar». (Ya’ni, Janob Rasululloh o‘zlarining merosxo‘rlari bo‘lmish yaqin qarindoshlarini chaqirib, ularni oxirat azobidan ogoh qildilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:31:27
11-bob. Ayollar va bolalar yaqin qarindoshlardan hisoblanadimi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo «(Ey Muhammad), o‘zingizning yaqin qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz» degan oyati karimasini nozil qilganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb nido qildilar: «Ey Quraysh jamoasi, o‘zlaringizni sotib olingizlar, men Olloh taologa biror (mablag‘) berib, sizlarni xalos qilolmasman! (ya’ni, Ey Quraysh jamoasi, Islomga kirib va uning ahkomlariga amal qilib, o‘zlaringizni o‘zlaringiz oxirat azobidan qutqaringizlar, chunki mening qarindoshligim Olloh taolo oxiratda beradirgan azoblardan sizlarni xalos qila olmagay!). Ey Banu Abdi Manof, men Olloh taologa biror (mablag‘) berib, sizlarni qutqarib qololmasman! Ey Abbos ibn Abdulmuttalib, men Olloh taologa biror (mablag‘) berib, sizni qutqarib qololmasman! Ey Rasulullohning ammasi Safiyya, men Olloh taologa biror (mablag‘) berib, sizni qutqarib qololmasman! Ey Muhammad qizi Fotima, mening mol-mulkimdan istagan narsangni so‘ra, ammo men Olloh taologa biror (mablag‘) berib, seni qutqarib qololmasman!». («Biror mablag‘ berib», ya’ni qarindosh ekanligim sizlarni oxirat azobidan xalos qila olmas» degan mazmundadur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:31:59
12-bob. Vaqf qilguvchi o‘zi vaqf qilgan narsasidan foydalanadimi?

Hazrat Umar (Xaybardagi yerlarini vaqf qilganlarida): «Uni parvarish qilib turgan kishi hosilidan yesa, gunohi yo‘qdur» — deb shart qo‘yganlar.

Vaqf qilingan yer hosilidan vaqf qilgan kishi birlan birga uning qarindosh va yeru do‘stlari ham tanovul qilish huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek, Olloh taolo yo‘lida biror jonlig‘ini qurbonlikka atagan yoxud boshqa biror narsasini ehson qilgan shaxs, garchi shart qo‘ymagan bo‘lsa-da, boshqalar kabi undan foydalanaveradi.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlikka atalgan tuyasini yetaklab ketayotgan bir kishini ko‘rib: «Uni minib olgil!» — dedilar. U: «Axir, bu qurbonlikka atalgan-ku!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, uni minib olgil!» — deb uch yoki to‘rt bor aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:34:56
13-bob. Kishi biror narsasini vaqf qilganda unga qarab, parvarish qilib turishni muayyan bir kishiga topshirmasa, joizdur

Chunki, Umar raziyallohu anhu (Xaybardagi yerlarini) vaqf qilganlarida: «Unga qarab, parvarish qilib turgan shaxs hosilidan yesa, gunohi yo‘q», — deb aytganlar. Shunda ul kishi: «Unga Umar yoxud falonchi qarab, parvarish qilib turadi» — deb biror muayyan odamning nomini tilga olmaganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaga: «Bayruhoni yaqin qarindoshlaringga sadaqa qilganing ma’qul», — dedilar. Abu Talha: «Shunday qilgum!» — deb «Bayruho» degan xurmozorlarini yaqin qarindoshlariga — amakilarining farzandlariga bo‘lib berdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:35:56
14-bob. Agar kishi: «Hovli-joyim Olloh taolo yo‘lida sadaqadur» desa-yu, ammo: «Faqirlarga yoki boshqalarga» deb aniq aytmasa, joizdur. Chunki, u uni o‘z qarindoshlariga yoxud o‘zi istagan odamlarga sadaqa qila oladi

Abu Talha: «Mening eng yaxshi kurgan mulkim Bayruhodur, uni Olloh taolo yo‘lida sadaqa qildim» — deganlarida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Bayruhoni yaqin qarindoshlaringga sadaqa qilgil!» — deb, shunday qilmoqlariga ijozat berdilar. Ayrim ulamolar: «Kimga sadaqa qilganini aniq aytmasa, joiz emas», — deyishadi. Lekin, dastlabki fikr to‘g‘ridur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:36:36
15-bob. Agar kishi: «Yerim (yoki bog‘im) onamning nomlaridan sadaqadur» — desa, garchi kimga sadaqa qilayotganini aniq aytmasa ham, joizdur

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda raziyallohu anhu safardaliklarida onalari (to‘satdan) vafot etib, (vasiyat qilmoqqa ulgurmadi). Sa’d (safardan qaytgach), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, men safardaligimda onam (to‘satdan) vafot etib, (vasiyat qilmoqqa ulgurmabdilar, agar ulgurganlarida biror narsani sadaqa qilgan bo‘lardilar), men biror narsani onamning nomlaridan sadaqa qilsam, savobi tegurmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, (onangga savobi tegur)», — dedilar. Shunda Sa’d: «Men sizning guvohligingizda ayturmanki, hosildor bog‘im onam uchun sadaqadur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:37:41
16-bob. Kishi mol-mulkining bir qismini yoki qullaridan bir nechasini yoxud ulovlaridan ba’zilarini sadaqa qilib, (qolganini olib qolsa), joizdur

Abdulloh ibn Ka’b rivoyat qiladilar: «Men Ka’b ibn Molik raziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitdim: «Men Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, mol-mulkimni Olloh taolo va uning Rasuli yo‘lida sadaqa qilish birlan (qilgan gunohlarimga) tavba qilmoqchiman», — dedim. Ul zot: «Mol-mulkingaing bir qismini o‘zingda olib qolgil, bu sen uchun yaxshiroqdur!» (ya’ni, «Mol-mulkingning bir qismini o‘zingda olib qolgil, chunki merosxo‘rlaring sendan keyin odamlarga qul cho‘zib tilamchilik qiladirgan bo‘lib qolmasinlar!») — dedilar. Shunda men: «Ul holda Xaybardaga yerimni (sadaqa qilmay), o‘zimda olib qolaman», — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:38:08
17-bob. O’z mulkini vakili orqali (Olloh taolo yo‘lida) sadaqa qilgan kishi hamda vakilning (uning sadaqasini) o‘ziga qaytargani haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Olloh taoloning) «(Ey mo‘minlar), toki yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan sadaqa qilmaguningizga qadar yaxshilik borasida hargiz kamolotga erisha olmassizlar!» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo o‘z Kitobida: «(Ey mo‘minlar), toki yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan sadaqa qilmaguningizga qadar yaxshilik borasida hargiz kamolotga erisha olmassizlar!» — deydi. Mening eng yaxshi ko‘rgan mulkim ersa, Bayruhodur. (Bayruho — bu bir bog‘ bo‘lib, Janob Rasululloh unga kirib, (daraxtlar) soyasida dam olar va suvidan ichib turar erdilar). Men ana o‘shal bog‘ni Olloh taolo va uning Rasuli yo‘lida sadaqa qildim. Buning uchun ersa, Olloh taolodan ajru savob umid qilgayman. Yo Rasulalloh, Olloh taolo uni nimaga sarf qilmog‘ingizni amr qilsa, o‘shal narsaga sarf qilingiz!» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh Abu Talhaga: «(Borakalloh), juda savobli ish qilding, buning uchun oxiratda, (inshoolloh), rohat-farog‘atda bo‘lgaysan! Biz uni sendan qabul qilib, (yana) o‘zingga qaytardik. Uni yaqin qarindoshlaringga (taqsimlab) bergil!» — dedilar. Shunga kura, Abu Talha uni o‘zlarining yaqin qarindoshlariga taqsimlab berdilar. Ularning orasida Ubay va Hasson ham bo‘lib, Hasson Abu Talhadan olgan o‘z ulushini Muoviyaga sotdi. Shunda unga odamlar: «Abu Talhaning sadaqasini sotasanmi?!» — deyishib erdi, u: «Bir hovuch xurmoni bir hovuch dirhamga sotmayinmi?!» — dedi. O’shal bog‘ Muoviya qurgan Banu Judayla qasri joylashgan yerda erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:38:36
18-bob. Olloh taoloning «Meros taqsim qilinayotgan vaqtda (merosxo‘r bo‘lmagan) qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir bo‘lsalar, ularga ham ul mol-mulkdan nasiba beringizlar...» degan qavli haqida («Niso» surasi, 8-oyat)

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar: «Bu oyat mansux (bekor) qilingan» — deb ta’kidlashadi. Yo‘q, Olloh taolo haqi, u bekor qilingan emas! Bu — odamlarning yengiltaklik birlan, o‘ylamay-netmay aytadirgan gaplaridan biridur. (Hayotda) ikki toifa kishilar mavjud bo‘lib, ulardan biri (boy bo‘lganidan o‘z merosxo‘rlariga meros taqsim qilish birlan birga meros olish huquqiga ega bo‘lmaganlarga ham) nasiba bera oladi. Ikkinchisi ersa, (kambag‘al bo‘lganidan), bunday qila olmaydi, (shul boisdan u meros huquqiga ega bo‘lmaganlarga): «Mening sizlarga ham nasiba beradirgan darajada mol-mulkim yo‘q» — deb yotig‘i birlan tushuntiradi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:39:00
19-bob. To‘satdan vafot qilgan shaxs nomidan nimani sadaqa qilmoqni afzal kurishdi? Mayyitning (hayotlik chogidagi) nazrini (uning farzandlari) ado etmog‘i haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Onam to‘satdan vafot etib qoldilar. Men o‘ylaymanki, agar so‘zlashga ulgura olganlarida (biror narsani) sadaqa qilgan bo‘lardilar, onam nomlaridan sadaqa qilsam, bo‘lurmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lur, onang nomidan sadaqa qilaver!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda raziyallohu anhu: «Onam, ado etilmagan nazrlari bo‘la turib, vafot etib qoldilar, (endi ne qilayin?)» — deb Janob Rasulullohdan fatvo so‘radilar. Ul zot: «Onangning nomidan (nazrni) ado et!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:40:28
20-bob. (O’z mulkini) vaqf va sadaqa qilganligiga (birovni) guvoh qilmoqlik haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda raziyallohu anhu safarda ekanliklarida onalari vafot etib qoldi. (Safardan qaytgach), ul kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men safarda ekanligimda onam vafot etibdilar. Ul muhtaramaning nomlaridan sadaqa qilsam, savobi bo‘lurmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha», — dedilar. Sa’d: «Ul holda men sizning guvohligingizda ayturmanki, serhosil bog‘im onamning nomlaridan sadaqadur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:41:08
21-bob. Olloh taoloning qavli: «Yetimlarga (ular ulg‘aygach) mol-mulklarini beringizlar va haromni halolga almashtirmangizlar va ularning (o‘zlaringiz uchun harom bo‘lgan) mol-mulklarini (o‘zlaringiz uchun halol bo‘lgan) mol-mulkingizga (qo‘shib) yemangizlar, chunki bu katta gunohdur. Basharti yetim (qiz)larga adolat qilolmasligingizdan cho‘chisangizlar, ta’blaringiz suygan boshqa ayollardan (ikki, uch va to‘rttasiga) uylanaveringizlar!» («Niso» surasi, 2—3-oyatlar)

Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva ibn az-Zubayr Oisha raziyallohu anhodan (Olloh taoloning) «Basharti yetim (qiz)larga adolat qilolmasligingizdan cho‘chisangizlar, ta’blaringiz suygan boshqa ayollardan (ikki, uch va to‘rttasiga) uylanaveringizlar!» (degan oyati karimasi mazmuni) haqida so‘raganlarini aytib yurar erdilar. (Oisha onamiz o‘shanda bunday degan erkanlar): «(Bu oyat) o‘z valiyi («valiy» — «Biror yetimchani o‘z qaramog‘iga olgan kishi») qo‘lida tarbiyalanayotgan yetim qiz haqida bo‘lib, mazkur valiy uning jamoli va mol-mulkiga ega bo‘lib olish maqsadida o‘zining xotinlariga bergan mahrdan ancha kamroq mahr berib (yoxud butunlay bermay) unga uylanmoqchi bo‘ladi. Keyin, valiylar, yetim qizlarga to‘la-to‘kis mahr bermay adolatsizlik qilayotganlari uchun, ularga uylanishdan qaytarilib, (ta’blari suygan) bo‘lak ayollarga uylanmoqlari amr qilindi. Shunda odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shul xususda fatvo so‘ray boshlashdi. Shu boisdan Olloh taolo «Sizdan ayollar haqida fatvo suraydilar. Siz, ularga: «Ular haqida sizlarga Olloh hamda Kitobda (Qur’onda) tilovat qilinadirgan oyatlar fatvo berur» — deb aytingiz!» degan oyati karimasini nozil qildi. Unda Olloh taolo valiylarning, agar yetim qiz badavlat va go‘zal bo‘lsa, unga to‘la-to‘kis mahr bermay uylanmoqchi bo‘layotganlarini va agar xunuk va kambag‘al bo‘lsa, unga uylanishdan voz kechib, boshqa ayollarga uylanmoqqa rag‘bat qilayotganlarini, shu boisdan yetim qiz xunuk va kambagal bo‘lgan chog‘da unga uylanmoqdan voz kechganlari kabi, u badavlat va go‘zal bo‘lgan chog‘da ham unga to‘la-to‘kis mahr bermay uylanmoqdan voz kechmoqlari lozimligini tushuntirdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:41:47
22-bob. Olloh taoloning qavli: «Yetimlarni balog‘atga yetgunlariga qadar sinovdan o‘tkazib turingizlar. Agar ularning es-hushlari (aql-zakovatlari) joyida ekanligini ko‘rsangizlar, (balog‘atga yetganlarida) ularning mol-mulklarini o‘zlariga qaytaringizlar, ular ulg‘ayganda (mol-mulklarini qaytarib bermog‘im lozim bo‘ladi, deb) cho‘chiganingizdan ularning mol-mulklarini behuda sarf qilib va shoshib yeb qo‘ymangizlar. Kimiki boy bo‘lsa, yetimlarning mol-mulkidan parhez qilsin va kimiki faqir bo‘lsa, insofu adolat birla yesin! Bas, qachon ularga mol-mulklarini (qaytarib) bermoqchi bo‘lsangizlar, guvoh keltiringizlar, hisob uchun ersa Olloh taoloning o‘zi kifoya qilur. Erlar uchun ota-onalari va qarindoshlari qoldirgan narsalardan (merosdan) nasiba (ulush) bordur va xotinlar uchun ham ota-onalari va qarindoshlari qoldirgan narsalardan (merosdan) nasiba (ulush) bordur. Ul (ulushlar), oz yo ko‘pligidan qat’iy nazar, farz qilingandur!» («Niso» surasi, 6—7-oyatlar)

Bu yerda ushbu bobga taalluqli birorta hadis keltirilmagan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:42:11
23-bob. Yetim asragan qishining yetimning mol-mulki xususida nimalarga rioya qilmog‘i lozimligi haqida hamda yetim asragan kishining yetimning mol-mulkidan unga qilgan sarfu mehnatiga yarasha yemog‘i mumkinligi to‘g‘risida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida o‘zlarining (Xaybardagi) mulklarini (Olloh taolo yo‘lida) sadaqa qildilar. Ul mulkning nomi «Samag‘» bo‘lib, o‘zi bir xurmozor erdi. (Otam) Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, men (Xaybardan) bir mol (xurmozor) oldim, u (mulklarim ichida eng) yaxshisi bo‘lib, uni sadaqa qilmoqchiman», — dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Uni sotilmaydirgan, hadya qilinmaydirgan va merosga berilmaydirgan (ya’ni, vaqf shartlari asosida) sadaqa qilgil!»— dedilar. Keyin, (otam) Hazrat Umar uni (Janob Rasululloh aytganlaridek) sadaqa qildilar. Ul kishining mazkur sadaqalari Olloh taolo yo‘lida (g‘azot qilguvchi bechorahol kishilarni rizq birla ta’minlamoqqa), qullarni (ozod qilmoqqa), miskinlarni (tuyg‘azmoqqa), (qavm huzuriga keladirgan) mehmonlarni (ziyofat qilmoqqa), musofirlarni (siylamoqqa) hamda (Hazrat Umarning) yaqin qarindoshlar(i)ga (ko‘mak qilmoqqa sarflanadirgan bo‘ldi). Ammo, uni parvarish qilguvchi kishi unga ega bo‘lib olmay, (qilayotgan) mehnatiga yarasha hosilidan o‘zi ham yesa, yeru do‘stlariga ham yedirsa, gunohi yo‘qdur». (Imom Buxoriy Hazrat Umarning «Uni parvarish qilguvchi kishi unga ega bo‘lib olmay, qilayotgan mehnatiga yarasha hosilidan yesa, gunohi yo‘qdur» degan fatvolariga tayanib, «Yetimni parvarish qilayotgan kishi ham uning mulkidan o‘z sarfu mehnatiga yarasha foydalanmog‘i joizdur» degan fikrni bildirmoq niyatida ushbu hadisni misol keltirganlar).

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Olloh taoloning «Kimiki (ya’ni, yetim asrayotgan odam) boy bo‘lsa, yetimlarning mol-mulkidan parhez qilsin va kimiki faqir bo‘lsa, insofu adolat birla yesin!» degan oyati karimasi yetam asrayotganlar xususida nozil bo‘lgan bo‘lib, unda agar yetim asrayotgan kishi faqir bo‘lsa, uning molidan sarfu mehnatiga yarasha insofu adolat birla yemog‘i mumkinligi ta’kidlangandur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:43:08
24-bob. Olloh taoloning qavli: «Yetimlarning mol-mulklarini zulm birla yeguvchilar aslida o‘t (olov) yeb. qorinlarini (unga to‘ldirurlar) va yaqinda ular duzaxga kirajaklar»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti halokatli (gunohi azimlar)dan o‘zingizni olib qochingizlar!» — dedilar. (Sahobalar): «Yo Rasulalloh, ular qaysi (gunohi azimlar?)» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taologa shirk keltirmoq, sihr qilmoq, Olloh taolo (o‘ldirmoqni harom) qilgan jonni nohaq o‘ldirmoq, poraxurlik qilmoq, yetimlar molini yemoq, qo‘shin yurish qilgan kuni jangdan qochmoq va buzuqlik (ne ekanligi)dan bexabar, pokdomon mo‘minalarni badnom kilib qo‘ymoqdur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:43:48
25-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad), sizdan yetimlar haqida so‘rarlar, siz aytingki, «Ularning hollarini isloh qilmoq yaxshiroqdur va agar ularni xarjda sherik qilib olsangizlar ular o‘z birodarlaringizdurlar va Olloh taolo yaxshi bilurki, kim fasod qilguvchidur va kim isloh qilguvchidur va agar Olloh taolo xohlasa erdi, sizlarni mashaqqatga solur erdi. Albatta, Olloh taolo g‘olib, hikmatli zotdur!» («Baqara» surasi, 220-oyat)

(Yetim asrab, uning mol-mulkini o‘z qo‘llarida saqlayotgan kishilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Yetimlarning mol-mulklari xususida qanday tartib joriy qilaylik?» — deb so‘rashdi. Shunda Olloh taolo yuqoridagi oyati karimasini nozil qilib, yetim asrayotganlarning yetimlarning mol-mulklariga ko‘z olaytirmasliklari lozimligini, aksincha ular niyatlarini hamisha pok tutib, yetimlarning ahvollarini yaxshilashga harakat qilmoqlari kerakligini, zarur bo‘lgan holda ularning mol-mulklarini o‘z mol-mulklariga qo‘shib, insofan xarj qilmoqlari joiz ekanligini hamda Olloh taolo bu borada kim tuzatuvchi va kim buzuvchi ekanligini yaxshi bilishini uqtiradi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:45:42
26-bob. Dastyorlikka yaroqli (munosib) yetimni safar va muqimliqda dastyor qilib olmoqlik hamda (etim asrayotgan) onaning yoki uning erining yetim xususida bildirgan fikri haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida xizmatlarini qilguvchi bir dastyorlari yo‘q erdi. Shunda Abu Talha meni qo‘limdan yetaklab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordilar-da: «Yo Rasulalloh, Anas epchil va farosatli boladur, sizga dastyorlik qilib yura qolsin!» — dedilar. Shundan so‘ng, men ul zotga (un yil) safarda ham, muqimliqtsa ham dastyorlik qildim. Lekin, ul zot shu muddat davomida biror nojo‘ya ishim uchun «Nega bunday qilding?» yoxud biror aytgan yumushlarini qilmaganim uchun «Nega bunday qilmading?» deb menga hech dashnom bermadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:46:34
27-bob. Agar kishi o‘z yerini (Olloh taolo yo‘lida) vaqf qilsa-yu, lekin undan foydalanish xususida shart qo‘ymasa, joizdur. Bu hukm sadaqaga ham taalluqlidur

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Abu Talha Madinadagi ansorlar ichida eng xurmozori ko‘p kishi bo‘lib, masjid ro‘parasidagi «Bayruho» degan xurmozorlari ul kishi uchun ko‘proq suyukli erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘shal xurmozorga kirib, undagi totli suvdan ichib turar erdilar. Olloh taoloning «O’zingiz yaxshi ko‘rgan narsalardan sadaqa qilmaguningizcha yaxshilik borasida kamolotga erisha olmassizlar!» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Abu Talha o‘rinlaridan turib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo: «O’zingiz yaxshi ko‘rgan narsalardan sadaqa qilmaguningizcha yaxshilik borasida kamolotga erisha olmassizlar!» — deydi, mening eng suyukli mulkim ersa, «Bayruho» bo‘lib, men uni Olloh taolo yo‘lida sadaqa qildim. Buning uchun ersa, Olloh taolodan ajru savob umid qilurman. Uni Olloh taolo o‘zingizga amr qilgan narsaga sarf qilingiz!» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «(Borakalloh), juda savobli ish qilding! Darhaqiqat, «Bayruho» ajoyib mulqdur. Sening ne deganingni eshitdim, men o‘ylaymanki, uni yaqin qarindoshlaringga taqsimlab bersang, ma’qulroq bo‘lur», — dedilar. Abu Talha: «Siz aytganingizdek qilgum!» — deb uni yaqin qarindoshlari bo‘lmish amakivachchalariga taqsimlab berdilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Mening onam (to‘satdan) vafot etib qoldilar. (Agar so‘zlashga ulgurganlarida, biror narsani sadaqa qilgan bo‘lur erdilar). Men onamning nomlaridan sadaqa qilsam, savobi bo‘lurmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ha, (savobi tegur)», — dedilar. U: «Ul holda men sizning guvohligingizda onamning nomlaridan serhosil bog‘imni (Olloh taolo yo‘lida) sadaqa qildim!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:47:06
28-bob. Agar bir guruh kishilar birgalikda foydalanish uchun biror yerni vaqf qilsalar, joizdur

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir masjid qurmoqni amr qildilar. Shunda ul zot: «Ey Banu an-Najjor, menga manavi bog‘ingizning narxini aytingizlar!» — dedilar. Ular: «Yo‘q, Olloh taolo haqi, uning «narxini parvardigorgagina aytamiz!» (ya’ni, «Yo‘q, Olloh taolo haqi, bog‘ uchun sizdan pul olmaymiz, balki uning uchun Olloh taolodan ajru savob tilaymiz!») — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:47:53
29-bob. Vaqf (xususidagi hujjat) qanday bitiladi?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Umar raziyallohu anhu Xaybardan bir yer oldilar-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «(Yo Rasulalloh), men bir yer oldimki, ilgari undan ko‘ra yaxshiroq mulkni sira olgan emasman! Uni ne qilmog‘imni buyurgaysiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Agar istasang, o‘zini olib qolib (ya’ni, yeri sotilmaydirgan, hadya qilinmaydirgan va merosga qoldirilmaydirgan qilib, hosilini) sadaqa qilgil!» — dedilar. Keyin, Hazrat Umar uni (Janob Rasululloh aytganlaridek) sadaqa qildilar. (Shunda ul kishi vaqfnomaga quyidagi shartlarni bitib qo‘ydilar): «Bul yer sotilmaydi, hadya etilmaydi, merosga qoldirilmaydi, balki (hosili) faqirlar, yaqin qarindoshlar, qullar, miskinlar, mehmonlar, musofirlar uchun (ehson qilinadi). Ammo, uni parvarish qilguvchi kishi unga ega bo‘lib olmay, qilayotgan mehnatiga yarasha (hosilidan) o‘zi ham yesa, yeru do‘stlariga ham yodirsa, gunohi yo‘qdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:48:38
30-bob. Boy (ya’ni, o‘z yerini vaqf qilguvchi kishi), faqir va bechorahollar uchun vaqf (qilmoq) haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat knladilar: «Umar raziyallohu anhu Xaybardan bir mol (er) oldilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, shul haqda ul zotga xabar qildilar. Janob Rasululloh: «Agar istasang, uni (Olloh taolo yo‘lida) sadaqa (vaqf) qilgil!» — dedilar. Keyin, Hazrat Umar uni faqirlar, miskinlar, yaqin qarindoshlar (ya’ni, o‘zlarining yaqin qarindoshlari) hamda mehmonlar uchun sadaqa qildilar. (Shartga ko‘ra, o‘zlari ham uning hosilidan yeyishlari mumkin erdi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:49:00
31-bob. Yerni masjid (qurmoq) uchun vaqf qilmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida bir masjid qurmoqni amr qildilar. Shunda ul zot: «Ey Banu an-Najjor, menga manavi bog‘ingizning narxini aytingizlar!» — dedilar. Ular: «Yo‘q, Olloh taolo haqi, bu bog‘ uchun sizdan pul olmasmiz, balki uning uchun parvardigordan ajru savob tilarmiz!» — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:49:33
32-bob. Chorva, ot-ulov, mato, oltin va kumushlarni vaqf qilmoq haqida

Zahriy raziyallohu anhu. «Bir kishi o‘zining savdogar g‘ulomiga: «Savdo-sotiq ishlaringni yuritib ol, ammo qilgan foydangdan miskinu qarindoshlarga xayru ehson qilib turasan!» — deb fisabililloh ming dinor sadaqa qildi. O’shal kishi o‘zi sadaqa qilgan ming dinor foydasidan zarracha olmoqqa haqi bormi? Yo‘q, albatta, garchi uning foydasini miskinlarga sadaqa qilmagan bo‘lganida ham», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga hadya qilgan otlariga bir kishini fisabililloh mindirib yubordilar. Keyin, boyagi kishining unga o‘zlari vaqf qilgan otni sotmoqchi ekanligini eshitib qolib: «Yo Rasulalloh, uni sotib olayinmi?» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Zinhor uni sotib olmagil va birovga qilgan sadaqangni aslo qaytarib olmagil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:50:03
33-bob. (Vaqf qilingan yerni) parvarish qilib turguvchi kishining maoshi (o‘shal) vaqf (qilingan yer hosili)dan (to‘lanadi)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Merosxo‘rlarim na biror dinor va na biror dirham bo‘lishib olmaydilar. Xotinlarim nafaqasi va (men vaqf qilgan yerni) parvarish qilib turguvchi kishi ta’minotidan bo‘lak nimaiki qoddirgan bo‘lsam, ul sadaqadur», — dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar (Xaybardan olgan yerlarini) «Uni parvarish qilib turguvchi kishi unga ega bo‘lib olmay, hosilidan o‘zi ham yeydi, yoru do‘stlariga ham yediradi» degan shartlar birlan vaqf qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:51:02
34-bob. Agar kishi biror yerni yoxud quduqni vaqf qilayotib: «Undan o‘zim ham, boshqa musulmonlar ham foydalanaveradi» — deb shart qo‘ysa...

Anas raziyallohu anhu o‘zlariga tegishli bir hovlini vaqf qildilar. Agar o‘shal hovli tomonga yo‘llari tushsa, ul yerga kirib, dam olib ketar erdilar. Zubayr ham hovlilaridan birini sadaqa (vaqf) qildilar-da, qizlarini ogohlantirib: «Shul hovlida yashamog‘ing mumkin, unga ziyon yetkazmasang, senga ham ziyon yetmas va agar erga tegsang, bilgilki bul yerda turmoqqa haqqing yo‘qdur», — dedilar. Ibn Umar ersalar (otalari) Hazrat Umarning hovlilaridan o‘zlariga tekkan ulushni Abdullohning xonadoniga mansub hojatmand kishilarga turar joy qilib berdilar. Abu Abdurrahmon aytadilarki, Usmon raziyallohu anhu, (Misr ahli Abdulloh ibn Sa’dni qo‘lga tushurmoqchi bo‘lib) hovlilarini o‘rab olganda, ularning oldiga chiqib: «Olloh taolo hamda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari haqqi-hurmati, Janob Rasulullohning «Kimki Ruma qudug‘ini qazisa (ya’ni, uni musulmonlar uchun sotib olsa), unga jannat nasib bulg‘usidur» deb aytganlarini va o‘shal quduqni men qaziganimni (ya’ni, sotib olganimni) bilmasmidingizlar?! Ul zotning «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidur» deb aytganlarini va o‘shal qushinni men tayyorlaganimni bilmasmidingizlar?!» — dedilar. Shunda ular Hazrat Usmonning so‘zlariga kirib, (ortlariga qaytib ketishdi)». (Imom Buxoriy ushbu hadisni misol keltirish bilan o‘z mulkini Olloh taolo yo‘lida vaqf qilguvchining o‘zi vaqf qilgan narsadan manfaatdor bo‘lmog‘i joiz erkanligini ta’kidlaydilar. Hazrat Usmonning quduqni sotib olib, uni Olloh taolo yo‘lida vaqf qilganlari hamda Usra g‘azotiga qushin hozirlaganlaridan kuradirgan manfaatlari ersa — ul kishining jannatga kirmoqlaridur).

Hazrat Umar (Xaybardagi yerlarini) vaqf qilganlarida: «Uni parvarish qilguvchi kishi hosilidan o‘zi yesa ham, yeru do‘stlariga yodirsa ham, gunohi yo‘qdur» — deb aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:53:46
35-bob. Agar o‘z mulkini vaqf qilguvchi: «Biz uning narxini Olloh taologagina aytamiz» (ya’ni, «Biz uni sotmaymiz, balki Olloh taolo yo‘lida sadaqa qilamiz, buning uchun ersa parvardigordan ajru savob umid qilamiz») — desa, joizdur

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Banu an-Najjor, menga bog‘ingizning narxini aytingizlar!» — dedilar. Shunda ular: «Biz uning narxini Olloh taologagina aytamiz», — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:55:38
36-bob.

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, agar birortangizning qoshingizga o‘lim kelsa, vasiyat qilar vaqtda o‘zlaringizdan ikki mo‘‘tabar odam oralaringizda guvoh bo‘lsin va agar safarda bo‘lsangizlar-u, sizga o‘lim musibati yetgan bo‘lsa, ul holda o‘zlaringizdan bo‘lmagan qavmdan ikki odam (guvoh) bulsin! Agar sizlar shubha qilsangizlar, ul ikki odamni namozdan so‘ng to‘xtatingizlar, keyin har ikkisi: «Bizlar bul qasamimizni, garchi merosxo‘r qarindosh bo‘lsa-da hech narsa evaziga buzmasmiz va Ollohning (shohidligida) guvoh bo‘lganimizni yashirmasmizki, aks holda bizlar albatta gunohkor bo‘lurmiz» — deb qasam ichsinlar! Agar ul ikki odamning (yolg‘on guvohlik berib) gunohkor bo‘lgani ma’lum bo‘lib qolsa, ul holda merosga haqqi bo‘lgan, ulgan odamga eng yaqin kishilardan ikkitasi ularning o‘rinlariga (guvohlikka) o‘tsinlar! Bas, bul ikkisi ham: «Albatta, bizning guvohligimiz ul ikki kishining guvohligidan ziyoda va rostdur va biz tajovuz qilmadikki, aks holda zolimlardan bulurmiz» — deb qasam ichsinlar! Shunda umid bordurki, ular to‘gri guvohlik berurlar va ichgan qasamlaridan keyin yana qasam ichib (sharmisor bo‘lmoqdan) qo‘rqurlar. Olloh taolodan qo‘rqingizlar va quloq osiigizlarki, Olloh taolo nofarmonlarni hidoyat qilmas!» («Moida» surasi, 106— 108-oyatlar).

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qshadilar: «Sahm qabilasiga mansub (Buzayl ismli bir musulmon) kishi Tamim ad-Doriy va Adiy ibn Baddo (ismli ikki nasroniy) birlan birga (tijorat qilmoq uchun Shom tarafga) yo‘l oldilar. Ular musulmonlar yo‘q bir yerga (ya’ni, Shomga) yetishganda Sahm qabilasiga mansub kishi (ya’ni, Buzayl xastalanib) vafot etdilar. (Ammo, ul kishi dardlari ko‘chaygan vaqtda qancha va qanday mollarni meros qoldirayotganlari haqida vasiyatnoma bitib, uni matolar orasiga berkitib qo‘ygan va shundan so‘nggina ikki nasroniy hamrohlariga o‘z mollarini oilalariga olib borib bermoqni topshirgan erdilar). Ikkala nasroniy ul kishining mollarini oilalariga olib borib berganda tilladan naqsh solingan bir kumush idish topilmadi, (chunki ikki nasroniy ul kishining matolari orasidan uni ug‘irlab olib quygan bo‘lib, vasiyatnomani ko‘rmay qolgan erdi. Ul kishining bola-chaqalari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qilishgach), ul zot ikkala nasroniyga qasam ichirdilar. Keyin, o‘shal idishni Makkada (birovlar qo‘lida) ko‘rishdi. (Ulardan o‘shal idishni qaerdan olishganini so‘rashib erdi), ular: «Tamim va Adiydan sotib oldik», — deyishdi. Shunda (marhum) Buzaylning yaqin qarindoshlaridan ikki kishi — (Amr ibn al-Os va Muttalib ibn Abu Vado’a) o‘rinlaridan turishib: «Albatta, bizning guvohligimiz ul ikki (nasroniy)ning guvohligidan ziyoda va rost bo‘lib, (bul) idish ularning hamrohlarinikidur (ya’ni, Buzaylnikidur)» — deb ont ichishdi. Shul asnoda ular xususida Olloh taoloning «Ey mo‘minlar, agar birortangizning qoshingizga o‘lim kelsa, vasiyat qilar vaqtda o‘zlaringizdan ikki mo‘‘tabar odam guvoh bo‘lsin...» deb boshlanadirgan (yuqoridagi) oyati karimalari nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:56:27
37-bob. Merosxo‘r, garchi meros olmagan bo‘lsa-da, mayyitning qarzlarini uzmog‘i lozim!

Uhud g‘azotida shahid bo‘lib, o‘zlaridan keyin olti qiz va anchagina qarz qoldirgan Abdulloh al-Ansoriyning o‘g‘illari Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xurmo hosili pishib, ularni terib olish vaqti kelganda men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh, o‘zingizga ma’lumki, otam Uhud kuni shahid bo‘lib o‘zlaridan keyin olti qiz va anchagina qarz qoldirganlar! Istardimki, (otamga) qarz bergan kishilar birlan gaplashib qarz muhlatini kelgusi yil hosiligacha cho‘zmoqqa ularni ko‘ndirsangiz!» — dedim. Shunda ul zot: «(Xurmozoringga) borgil-da, har bir xurmo daraxti hosilini alohida-alohida qilib uyub qo‘y!» — dedilar. Men aytganlaridek qildim-da, ul zotni chaqirdim. Shunda qarzini so‘rab kelgan kishilar (xurmo uyumlariga) qarab, «Hali, sen qarzingni shul arzimas xurmolar birlan uzmoqchimisan?» degan ma’noda ustimdan kulishib, mening g‘ashimga tegishdi. Janob Rasululloh ularning bul qilmishlarini ko‘rib, eng katta xurmo uyumi atrofini uch bor aylandilar-da, so‘ng uning ustiga o‘ltirib oldilar. Keyin, menga: «Sendan qarzlarini so‘rab kelganlarni chaqir!» — dedilar. So‘ng, toki otamning qarzlari uzilguncha ularga (birin-ketin) xurmo o‘lchab beraverdilar, men ersam, «Olloh taolo haqi, otamning (buynimda qoldirgan) qarzlarini uzib, parvardigor (oldida yuzimni yorug‘ qilsalar) bo‘ldi, singillarimga bir dona xurmo olib bormasam ham mayli» degan xayolda turar erdim. Nihoyat, ul zot barcha uyumlarni ularga o‘lchab berib bo‘ldilar. Ammo, Olloh taolo haqi, ul zotning ostlaridagi uyumdan bir dona ham xurmo kamaymagandek erdi!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:57:44
Bismillahir Rohmanir Rohim

JIHOD VA YURISHLAR KITOBI

1-bob. Jihod va yurishlar fazilati haqida


Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Olloh mo‘minlardan ularning jonu mollarini sotib oldikim, (buning) badaliga ularga jannat ato etilur — ular parvardigor yo‘lida jang qilib, (kofirlarni) o‘ldirurlar va (o‘zlari ham) o‘ldirilurlar (shahid bo‘lurlar). Uning (ya’ni, mo‘minlarga jannat ato etilajagining) kafolati uchun Tavrot, Injil va Qur’onda haq va’da berilgandur. Ollohdan ko‘ra o‘z va’dasiga vafodorroq kimsa bormi?! Bas, Olloh ila qilgan bu savdolaringizdan xushnud bo‘lingizlarkim, shudur buyuk maqsadga yetmoq (yo‘li!)» («bashorat qilingiz» degan qavligacha. «Tavba» surasi, 111—112-oyatlar).

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, qanday amal afzal? (ya’ni, qanday amal Olloh taologa xush kelur?)» — deb so‘radim. Ul zot: «O’z vaqtida uqilgan namoz», — dedilar. Men: «Keyin, qaysi?» — dedim. Ul zot: «Keyin, ota-onaga itoat etib, (hamisha ularga yaxshilik qilmoq, ularning xizmatida bo‘lmoq)», — dedilar. Men: «Keyin, qaysi?» — dedim. Ud zot: «Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq», — dedilar-da, sukut qildilar. Agar men yana so‘raganim-da, yana javob bergan bo‘lar erdilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:« Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Makka fath qilingan kuni): «fathdan so‘ng hijrat yo‘qdur, lekin jihod va niyat (hijrat qilganlik savobiga erishmoqni niyat qilib jihod qilmoqlik) bordur. Agar g‘azotga chiqmoqlaringiz talab qilinsa, chiqingizlar!» — dedilar».

Oisha binti Talha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Janob Rasulullohning jufti halollari) Oisha (binti Abu Bakr) raziyallohu anho: «Yo Rasulalloh, biz jihodni eng afzal amal, deb bilamiz, jihod qilmaymizmi?» — dedilar. Ul zot: «Lekin, eng afzal jihod sidqu taqvo birla qilingan hajdur», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «(Yo Rasulalloh, savobi jihatidan) jihodga teng keladirgan amalning (qaysi amal ekanligini) menga aytsangiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «(Savobi jihatidan jihodga teng keladirgan) amalni topmadim», — dedilar. So‘ng, yana: «Agar musulmonlar jihodga chiqsalar, sen masjidingga kirib, (ular qaytgunga qadar) tinmay ibodat qilishga va iftor qilmay ruza tutishga qodirmisan?» — deb aytdilar. Shunda boyagi kishi: «Kim ham shunday qila olardi?!» — dedi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar mujohidning oti (echilib ketib, yayraganidan) bo‘yi barobar irg‘ishlab shataloq otsa ham, mujohidga ajru savoblar yozilgaydur», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:58:30
2-bob. Odamlarning eng afzali — o‘z jonu molini Olloh taolo yo‘liga tikib jihod qilguvchi mo‘mindur!

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, men sizlarga o‘zlaringizni dardli azobdan xalos etguvchi bir savdoni (tijoratni) ko‘rsatib (bildirib) qo‘yayinmi? (Ul savdo ushbudur): Ollohga va uning Rasuliga iymon keltirasizlar, jonu mollaringizni Olloh taolo yo‘liga tikib jihod qilasizlar. Bu ersa, agar bilsangizlar, o‘zlaringiz uchun eng xayrli amaldur. (Agar shunday qilsangizlar, Olloh) sizlarning gunohlaringizni mag‘firat aylab, ostidan daryolar oqib turguvchi jannatlarga va abadiy turiladirgan jannatlardagi pokiza makonlarga kiritur. Shudur ulug‘ maqsadga yetish (yo‘li!)». («Saf» surasi, 10—12-oyatlar).

Abu Sa’id al-Hudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sahobalardan biri: «Yo Rasulalloh, odamlarning eng afzali kimdur?» — dedilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’z jonu molini tikib Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchi mo‘mindur» — deb marhamat qildilar. Boyagi sahoba: «Undan keyin kim?» — dedilar. Janob Rasululloh: «(Fitnalar chog‘ida) daralardan birida (ya’ni, biror xilvat joyda) Olloh taolodan taqvo qilib unga toat-ibodat qilguvchi va odamlarning yomonligidan o‘zini olib qochguvchi mo‘min» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchi kishi, Olloh taolo ersa kim uning yo‘lida (jonu molini tikib jihod qilguvchi-yu, kim boylik orttirish niyatida) jihod qilguvchi ekanini o‘zi yaxshi bilur, (kunduzlari) ro‘za tutib, (kechalari ibodat qilguvchi) kishiga o‘xshaydi. Olloh taolo o‘zining yo‘lida jihod qilguvchini shahid bo‘lgani zahotiyoq (hisob-kitobsiz) jannatga kiritmoqni yoxud uni ajru savob yoki o‘ljalar birla salomat (uyiga) qaytarmoqni o‘z zimmasiga olgandur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:59:06
3-bob. Erkak va ayollarni «Olloh taolo senga mujohid va shahid bo‘lmoqni nasib aylasin!» deb duo qilmoq haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (xolalari) Ummu Haro binti Milhonning huzurlariga kirib turar erdilar. Ul muhtarama Uboda ibn as-Somitning xotinlari erdilar. (Odatdagidek), kunlardan bir kuni Janob Rasululloh o‘shal xolalarining uylariga kirib erdilar, mehmon qildilar. So‘ng, ul muhtarama Janob Rasulullohning boshlarini (biti yo‘qmikan, deb) qaray boshlagan erdilar, ul zot uxlab qoldilar. Keyin, Janob Rasululloh yuzlarida tabassum birla uyg‘ondilar. Shunda Ummu Milhon: «Yo Rasulalloh, nechun kulayotirsiz?» — dedilar. Ul zot: «Tushimda menga Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani ketayotgan bir guruh ummatlarim namoyon qilindi. Ular podshohlar yanglig‘ taxtda o‘ltirgan holda dengiz bo‘ylab kemada suzib ketishayotgan ermishlar», — dedilar. Ummu Milhon: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» — dedilar. Janob Rasululloh xolalarini shunday deb duo qildilar-da, muborak boshlarini yana yostiqqa qo‘yib, (uxlab qoldilar). Keyin, yana tabassum birla uyg‘ondilar. Ummu Milhon (yana taajjub qilib): «Yo Rasulalloh, nechun kulayotirsiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Tushimda menga Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani kstayotgan bir guruh ummatlarim namoyon qilindi» — deb ilgarigidsk javob qildilar. («Ammo, bu safar ul zot: «Ular quruqliqtsa tuyalarga minib ketishayotgan ermishlar» — deb aytganlar», — deyishadi ayrim muhaddislar). Ummu Milhon yana: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Siz avvalgilar (ya’ni, kemada ketayotganlar) toifasidansiz», — dedilar. Keyin, Ummu Milhon Muoviya ibn Abu Sufyon (g‘azot qilgan) zamonda, (Hazrat Usmonning xalifalik davrlarida boshqa mujohidlar qatori erlari Uboda ibn as-Somit birlan birga) kemaga o‘ltirib, (g‘azot qilgani Rumga yo‘l oldilar). (Ammo), kemadan quruqlikka tushgach, (yo‘lda ketaturib) tuyalaridan qulab, halok bo‘ldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:59:36
4-bob. Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilarning martabalari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taologa va uning Rasuliga iymon keltirgan, (besh vaqt) namoz o‘qigan va Ramazon ro‘zasini tutgan bo‘lsa, u xoh parvardigor yo‘lida jihod qilgan va xoh tug‘ilgan yerida (muqim) o‘ltirgan bulsin, Olloh taolo jannatga kiritmog‘iga haqlig‘ bo‘lur» — deb marhamat qildilar. (Olloh taolo uni jannatga kiritmoqqa majbur ekanligidan emas, balki o‘z ahkomlarini sidqidil ado etgani boisidan uni izzat-ikrom birla jannatga kiritmog‘iga mustahiq qilur. Chunki, Olloh taolo hech narsaga majbur emasdur). Sahobalar: «Yo Rasulalloh, bul xushxabardan odamlarni voqif qilaylikmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Jannatda yuzta daraja mavjud, parvardigor ularni Olloh taolo yo‘lida jihod qilganlar uchun hozirlab qo‘ygandur. Bir daraja birlan ikkinchi daraja oraligi osmon birlan yer oralig‘icha bo‘lib, agar Olloh taolodan tilak qiladirgan bo‘lsangizlar, undan Firdavsni so‘rangizlar, chunki men uni eng afzal va eng yuksak jannat deb bilurman. Uning tepasida Ar-Rahmonning Arshi joylashgan, aynan o‘shal yerdan daryolar jannatga otilib chiqur», — dedilar». (Sahobalarning «Yo Rasulalloh, bul xushxabardan odamlarni voqif qilaylikmi?» degan savoliga ul zotning bergan yuqoridagi javoblari hikmatli javob bo‘lib, «Har kim Olloh taoloning ahkomlarini qay darajada ado etgan bo‘lsa, jannatning shunga yarasha darajasiga kirmog‘i haqida xushxabar aytingizlar!» degan ma’nodadur).

Samura raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kechasi men tushimda ikki kishining (ya’ni, ikki farishtaning) qoshimga kelib, meni (jannatdagi) bir (bahaybat) daraxt tepasiga olib chiqishganini, keyin (o‘shal daraxt tepasidagi) bir uyga olib kirishganini ko‘rdim. Ul uy shul qadar muhtasham va go‘zal erdiki, men undan yaxshiroq uyni sira ko‘rmaganman. Ular menga: «Bul uy — shahidlar uyidur» — deb aytishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:00:10
5-bob. Ertalabdan (to kun og‘guncha) yoxud kun otgandan (to kun botguncha) bir martagina Olloh taolo yo‘lida jihodga chiqmoqlik hamda kamoningiz qavsi birlan uning tori oralig‘icha keladirgan jannatdagi joy haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ertalabdan (to kun og‘guncha) yoxud kun oggandan (to kun botguncha) bir martagina Olloh taolo yo‘lida jihodga chiqmoqlik dunyo va undagi (jamiki) narsalardan yaxshiroqdur!» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kamon qavsi birlan uning tori oraligicha qeladirgan jannatdagi joy quyosh chiqib-botadirgan narsadan (ya’ni, dunyodan) yaxshiroqdur!» — deb marhamat qildilar. Ul zot: «Ertalabdan (to kun og‘guncha) yoxud kun og‘gandan (to kun botguncha) bir martagina Olloh taolo yo‘lida jihodga chiqmoqlik quyosh chiqib-botadirgan narsadan (ya’ni, dunyodan) yaxshiroqdur!» — deb ham marhamat qildilar».

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kun otgandan (to kun botguncha) va ertalabdan (to kun og‘guncha) bir martagina Olloh taolo yo‘lida jihodga chiqmoqlik dunyo va undagi (jamiki) narsalardan yaxshiroqdur!»— deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:02:07
6-bob. Alhur ul-’iyn, ya’ni jamoli ko‘zni hayronu lol qiladirgan, ko‘zining qorasi o‘ta qora, oqi ersa uta oq hurlar hamda ularning tavsifi

Olloh taolo («Duxon» surasining 54-oyatida); «Biz ularni Huri ‘iynlarga uylantirib ya’ni, nikohlab) qo‘ygandurmiz»,— deydi.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Yerdagi jamiki narsalar o‘ziniki bo‘lgan taqdirda ham, jannatda qolmoqdan ko‘ra, bu dunyoga qaytmoqni istaydirgan biror banda yo‘qdur. Faqat shahidgina, (Olloh taolo yo‘lida shahid bo‘lgani tufayli jannatda o‘ziga nisbatan ko‘rsatilayotgan) izzatu ikromni ko‘rib, bu dunyoga qaytmoqni va (Olloh taolo yo‘lida yana) o‘nlab marta o‘ldirilib (shahid bo‘lmoqni) orzu qilur».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat kildilar: «Kun og‘gandan (to kun botguncha) yoxud ertalabdan (to kun og‘guncha) bir martagina Olloh taolo yo‘lida jihodga chiqmoqlik dunyo va undagi (jamiki) narsalardan yaxshiroqdur! Kamoningiz qavsi birlan uning tori oralig‘icha keladirgan yoxud bir qamchi siqqudek jannatdagi joy dunyo va undagi (jamiki) narsalardan yaxshiroqdur! Agar jannat ayollaridan (ya’ni, hurlardan) biri yer ahliga o‘z ruxsorini namoyon qilsa, osmon birlan yer oralig‘ini munavvar va muattar qilgan bo‘lur erdi. Uning boshidagi rumoli dunyo va undagi (jamiki) narsalardan yaxshiroqdur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:03:05
7-bob. Shahid bo‘lmoqni orzu qilmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar mening ummatimga mashaqqatim bo‘lmaganida erdi (ya’ni, «Men g‘azotga chiqadirgan bo‘lsam, ummatimning nochor ahvoldagi qismi ham, garchi qiynalsalarda, xijolat chekkanlaridan men birla chiqurlar. Agar shunday bo‘lmaganida erdi, g‘azotga otlangan) qo‘shindan qolib, (bul yerda o‘ltirmas erdim). Olloh taolo haqi, men: «Parvardigor yo‘lida shahid bo‘lib, so‘ng tirilsam, yana shahid bo‘lib, yana tirilsam, so‘ng yana shahid bo‘lsam!» — deyman».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xitob qilib: «Bayroqni Zayd (qo‘liga) oldi, shahid bo‘ldi, keyin uni Ja’far (qo‘liga) oldi, shahid bo‘ldi, so‘ng uni Abdulloh ibn Ravoha (qo‘liga) oldi, u ham shahid bo‘ldi. Keyin uni, amr qilinmaganligiga qaramay, Xolid ibn Valid (qo‘liga) olib erdi, (Olloh taolo) unga zafar muyassar qildi», — dedilar. So‘ng, ko‘zlariga yosh olib: «Qaniydi, ular huzurimizda bo‘lsalar!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:03:35
8-bob. Olloh taolo yo‘lida (jihodga chiqqan) kishi (ulovidan qulab) vafot etsa ham, shahidlardan hisoblanur

Olloh taoloning qavli: «Kimki, uyidan Olloh va uning Rasulini deb hijrat qilib chiqsa, so‘ng unga o‘lim yetsa, batahqiq uning ajri Ollohning zimmasiga tushur»

Ummu Harom binti Milhon rivoyat qiladilar: «Kunlardan bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening qoshimda uxlab qoldilar. So‘ng, tabassum bila uyg‘ondilar. Shunda men: «Nechun kulayotirsiz?» — dedim. Janob Rasululloh: «Tushimda menga kemada podshohlardek taxtga o‘ltirib olib, dengiz buylab suzib ketayotgan bir guruh ummatlarim namoyon qilindi», — dedilar. Men: «Olloh taologa duo qilingiz, meni ham ushalar toifasidan qilsin!» — dedim. Janob Rasululloh meni shunday deb duo qildilar. Keyin yana (boshlarini yostiqqa qo‘yib), uxlab qoldilar. So‘ng, yana tabassum qilgancha uyg‘ondilar. Men tabassumlarining boisini so‘rab erdim, avvalgidek javob qildilar. Men duo qilmoqlarini so‘radim. Shunda ul zot: «Siz avvalgilar (ya’ni, dengizda suzib ketayotganlar) toifasidansiz», — dedilar» Keyin, Ummu Milhon erlari Uboda ibn as-Somit birlan g‘azotga chiqib, ortlariga qaytayotganlarida tuyalaridan qulab, vafot qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:05:03
9-bob. Olloh taolo yo‘lida (boshidan) judo bulguvchi yoxud (nayza) sanchib (o‘ldirilguvchi) kishilar xususida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Sulaym qabilasiga mansub yetmish kishini (qorini) (iymonga da’vat qilmoq uchun) Banu Omir qabilasiga yubordilar. Ular yetib borishgach, tog‘am (Harom ibn Milhon) hamrohlariga: «Men ularning oldiga sizlardan ilgariroq borib, gaplashib kuraman, agar menga omonlik bersalar, ularga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida xabar qilaman. Basharti menga omonlik bermaydirgan bo‘lsalar, sizlar menga yaqin yerda turibsizlar, (ko‘rganlaringizni borib aytasizlar)», — dedilar. So‘ng, tog‘am hamrohlaridan ilgari ularning oldiga borib, omonlik so‘radilar, ular omonlik berajaklarini aytishdi. Ammo, tog‘am Janob Rasululloh haqlarida so‘zlab turganlarida bir kishiga ishora qilishdi. U nayza sanchib, tog‘amni halok qildi. Tog‘am halok bulayotib: «Ollohu akbar, Ka’ba egasi haqi, men (shahidlikka erishib) zafar topdim!»— dedilar. Keyin, ular tog‘amning hamrohlariga tashlanishib, toqqa chiqib olgan birgina cho‘loq kishidan bo‘lak, hammalarini o‘ldirishdi. So‘ng, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohga ularning o‘z parvardigorlariga ro‘baro‘ bo‘lganlarini, parvardigor ulardan rozi bo‘lib, ularni (ham) rozi qilganini ma’lum qildilar. Keyin, biz Qur’on jumlasida «Bizning parvardigorimizga ro‘baro‘ bo‘lganimizni va parvardigorimiz bizdan rozi bo‘lib, bizni (ham) rozi qilganini qavmimizga yetkazingizlar» deb qiroat qiladirgan bo‘ldik, lekin u keyinchalik mansux (bekor) qilindi. o‘shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qirq kun bomdod  namozida «Duoi Qunut»ni o‘qib, Olloh taolo birlan uning Rasuliga osiylik qilgan Ra’l, Zakvon, Banu Lihyon va Banu Usayyani duoi bad qildilar».

Jundub ibn Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shahidgohlardan birida (aytishlaricha, Uhud g‘azotida) erdilar, (nogahon qoqinib ketib) barmoqlari qonadi. Shunda ul zot xitob birlan: «Qonini zoe oqizgan shunchaki bir barmoqsan, To‘kmading qoningni Olloh yo‘lida, biroq, san!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:05:21
10-bob. Olloh taolo yo‘lida jarohatlanganlar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, Olloh taolo yo‘lida (ya’ni, jihodda, zolim hukmdorlarga qarshi jangda va o‘z haq-huquqini himoya qilish, qaroqchi va o‘g‘rilar birlan olishish hamda amri ma’ruf va nahiy munkar qilish jarayonida) qaysi bir musulmon jarohatlanmasin, Olloh taolo ersa qaysi bandasi o‘zining yo‘lida jarohatlanganini yaxshi bilur, Qiyomat kuni jarohatidan qon oqib turgan va rangi qon rangi, hidi mushk hidi (yanglig‘) holda kelib, (Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lur)» — deb marhamat qildilar». (Ya’ni, yuqorida zikr qilingan kurashlarda ishtirok qilgan har bir musulmon mujohid bo‘lib, agar jarohatlanib qazo qilsa, shahiddur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:06:14
11-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad, siz ularga): «Sizlar biz xususimizda ikki yaxshilik (ajru o‘lja olmoq va shahidligu jannatga kirmoq)dan birigagina muntazirdursizlar» — deb ayting!» («Tavba» surasi 52-oyat)

Abu Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hiraql menga bunday dedi: «Men sendan: «Unga (ya’ni, Janob Rasulullohga) qarshi qilgan janglaringiz qanday bo‘lgan erdi?» — deb so‘radim. Shunda sen urushning (quduqqa tashlanganda bir gal ko‘p va bir gal kam suv tortib oladirgan) chelak (kabi) ekanligini aytding. Ha, shuningdek payg‘ambarlar ham bir mag‘lub va bir g‘olib bo‘lib turadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:06:57
12-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlar orasida shunday kishilar borki, ular o‘zlari Ollohga bergan ahdu paymonlariga (ya’ni, Olloh taolo yo‘lida jihod qilib shahid bo‘lmoqlik haqidagi ahdu paymonlariga) vafo qildilar. Ulardan (bir qanchasi) o‘z ahdiga vafo qilib, (shahid bo‘ldi, qolganlari) ersa (shahidlikka) muntazirdurlar. Ular (munofiqlar yanglig‘ o‘z ahdlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» («Ahzob» surasi, 23-oyat)

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Amakim Anas ibn an-Nazr raziyallohu anhu Badr janggida bo‘lmadilar. Keyin, ul kishi: «Yo Rasulalloh, siz mushriklarni qirgin qilgan dastlabki jangda bo‘lmadim. Agar Olloh taolo mushriklarga qarshi qilingan (o‘shal) jangda ishtirok etmog‘imni nasib etganida, nimalar qilishimni bir ko‘rgan bo‘lur erdi», — dedilar. Keyin, Uhud kunidagi jangda musulmonlar yengilib (qochdilar). Shunda amakim: «Yo parvardigoro, do‘stlarim qilgan ish uchun senga uzr aytaman hamda mushriklar qilgan ishdan xalos etmog‘ingni surayman!» — dedilar. (Ya’ni, do‘stlarining jangda mag‘lub bo‘lib qochganlari uchun parvardigordan uzr suradilar hamda mushriklarning jangda g‘olib kelib, musulmonlarning uldirilmog‘idan o‘z panohida asramog‘ini tiladilar). So‘ng, amakim (mushriklar tomon) yurib erdilar, (qochib kelayotgan) Sa’d ibn Muoz yo‘liqdilar. Shunda amakim: «Ey Sa’d ibn Muoz, (jangda shahid bo‘lib) jannatga (kirmoqni istarman), Nazrning parvardigori haqi, men Uhud (tog‘i) tomondan (jannat) hidi kelayotganini sezib turibman!» — dedilar. (Ya’ni, «Uhud etagida turgan mushriklarni tor-mor qilish birlangina jannatga erishmog‘imni yaxshi bilurman», — dedilar). Sa’d (ul kishiga javob berish o‘rniga): «Yo Rasulalloh, u kabi (ya’ni, Anas ibn an-Nazr kabi jasorat ko‘rsatish) qo‘limdan kelmadi», — dedilar. (Keyin, amakim Anas ibn an-Nazr mushriklarga qarshi jangga kirib shahid bo‘ldilar). So‘ng, biz ul kishining (jasadlarida) qilich, nayza yoki kamon o‘qi zarbasidan hosil bo‘lgan saksondan ortiq jarohat borligini ko‘rdik. Ul kishini mushriklar shul qadar pora-pora qilib tashlagan erdiki, biror odam taniy olmadi, hatto o‘zlarining singillari ham barmoqlaridan (yoki tirnoqlaridan arang) tanidi. Biz (Olloh taoloning) «Mo‘minlar orasida shunday kishilar borki, ular o‘zlari Ollohga bergan ahdu paymonlariga vafo qildilar...» deb boshlanadirgan (yuqoridagi) oyati karimalarini ul kishi va ul kishiga o‘xshash (jasorat ko‘rsatib, shahid bo‘lgan) musulmonlar haqida nozil qilingan, deb hisoblar erdik.
(Bir kuni) ul kishining (ya’ni, Anas ibn an-Nazrning) Rubayyi’ ismli singillari bir ayolning kurak tishini (urib) sindirib quydi. Shunda (Rubayyi’ning qarindoshlari tishi singan ayolning qarindoshlaridan) uni afv etmoqlarini iltimos qilishdi (ya’ni, jarima badaliga). Ammo, ular (bunga) ko‘nmay, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga (shikoyat qilib) borishdi. Janob Rasululloh qasos olmoqni (ya’ni, uning tishini ham sindirmoqni) amr qildilar. Shunda Anas (ibn an-Nazr): «Yo Rasulalloh, sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, uning (singlimning) tishi sindirilmasin!» — deb (elbordilar. Shunda) tishi sindirilgan ayolning qarindoshlari jarima olishga rozilik berishib, qasos olmaydirgan bo‘lishdi. Keyin, Janob Rasululloh: «Olloh taoloning qaysi bir bandasi o‘z parvardigori nomini o‘rtaga qo‘yib ont ichsa, unga vafo qilmog‘i lozim!» — dedilar». (Tishi sindirilgan ayol qarindoshlarining o‘z ontlarida turmay, Anas ibn an-Nazrning singillarini afv etishga rozi bo‘lganlari, yuzaki qaraganda, Janob Rasulullohning so‘zlariga ziddek tuyuladi. Ammo, ba’zi musulmonlar Badr janggida qochganlarida Anas ibn an-Nazrning ularning qilgan ishi uchun Olloh taolodan uzr so‘raganlarini eslasak, musulmonlarning bir-birlariga rahmdil, bir-birlarining gunohlarini kechiruvchan bo‘lmoqlari lozimligini anglaymiz).

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sahifalardan (ya’ni, bir vaqtlar teri, mato, yassi tosh, hayvon kuragi kabi narsalarga bitib qo‘yilgan Qur’on oyatlaridan) mushaflarga (kitoblarga) nusxa ko‘chirildi. Shunda men «Ahzob» surasidagi bir oyatni uchratmadim, uni Janob Rasululloh qiroat qilganlarini (ko‘p marta) eshitgan erdim, Qidira-qidira uni Xuzayma (ibn Sobit) al-Ansoriydan topdim. Janob Rasululloh bir vaqtlar (Xuzaymaga shunday bir imtiyoz bergan erdilarki), ul kishining guvohliklari ikki kishining guvohligiga o‘tgan erdi. (Ya’ni, Janob Rasululloh bir kuni bir kishiga bir narsa xususida gapirib erdilar, u aytgan so‘zlarining rostligini inkor qildi. Shunda Xuzayma: «Mana men so‘zingizning rostligiga guvohlik beraman!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Mendan dalil talab qilmay ham guvohlik berasanmi?» — dedilar. Xuzayma: «Biz sizga osmondan xabar kelishiga ishonamiz, bizga yana qanday dalil kerak?!» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh Xuzaymaning guvohliklarini ikki kishining guvohligi o‘rnida qabul qilgan erdilar). Bu xususda Olloh taolo: «Mo‘minlar orasida shunday kishilar borki, ular- o‘zlari Ollohga bergan ahdu paymonlariga vafo qildilar...», — deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:07:48
13-bob. Jangdan burungi amali solih (ya’ni, jangdan burun musulmon bo‘lmoqlik) haqida

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, o‘zlaringiz qilmaydirgan narsani nechun (qilamiz, deb) aytursizlar? O’zlaringiz qilmaydirgan narsani (qilamiz, deb) aytmoqlaringiz Olloh nazdida nihoyatda manfur (ishdur). Batahqiq, Olloh o‘zining yo‘lida guyo tutash imoratlar yanglig‘ bir saf bo‘lib jang (jihod) qilguvchi kimsalarni yaxshi ko‘rur» («Saf» surasi, 2—4-oyatlar).

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Temir birlan niqoblangan (ya’ni, boshu yuzini yopib turguvchi dubulg‘a kiyib olgan) bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «YO Rasulalloh! (Avval mushriklarga qarshi) jang qilaman, so‘ng musulmon bo‘laman», — dedi. Janob Rasululloh (unga): «(Avval) musulmon bo‘l, so‘ng jang qilgil!» — dedilar. Keyin, o‘shal kishi (avval) musulmon bo‘ldi, so‘ng jang qilib, (jangda) o‘ldirildi. Shunda Janob Rasululloh; «Kam ish (amali solih) qildi-yu, (lekin) ko‘p ajru savob topib ketdi» — deb marhamat qildilar». (Ya’ni, Olloh taoloning fazlu karami shul qadar kengki, u o‘z bandasi sidqidildan qilgan kichik bir amali solih uchun ham mul ajru savob ato etur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 09:08:33
14-bob. Daydi o‘q tegib halok bo‘lgan kishi xususida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ummu ar-Rubayyi’ binti al-Baro’ (shuningdek, u Ummu Xorisa ibn Suroqa) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Yo Rasulalloh, menga (o‘tlim) Horisa(ning taqdiri endi ne bo‘lmog‘i) haqida so‘zlamaysizmi? Agar u (hozir) jannatda bo‘lsa, sabr qilgum, aks holda uning (o‘limi) uchun dod-faryod solib yig‘lagumdur», — dedi. Chunki, Horisa Badr kuni daydi o‘qdan halok bo‘lgan erdi. (Onasi ersa, Olloh taolo dushman qasddan o‘ldirgan musulmonnigina shahidlikka sazovor aylab jannatga kiritadi, deb tushunar erdi). Shunda Janob Rasululloh (unga): «Ey Ummu Horisa, jannatda (turli) darajalar mavjud bo‘lib, o‘g‘lingga (uning) eng yuksak darajasi — Firdavsdan (joy) nasib bo‘ldi» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:16:20
Bismillahir rohmanir rohim.

1-bob. Olloh taoloning so‘zi yuksak (ulug‘vor) bo‘lmog‘i uchun jang qilgan kishi haqida

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «(Bir) kishi o‘lja (boylik orttirish) uchun jang qilur, (ikkinchi) kishi shuhrat (orttirish) uchun jang qilur va (uchinchi) kishi (qanchalik) shijoatli ekanligini kursatish uchun jang qilur. Ulardan qaysi biri Olloh taolo yo‘lida jang qilgan bo‘lur?» — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taoloning so‘zi (ya’ni, kalimai tavhid) eng ulug‘ (so‘z) bo‘lmog‘i uchun jang qilgan kishi Olloh taolo yo‘lida jang qilgan bo‘lur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:16:40
2-bob. Olloh taolo yo‘lida oyoqlari chang bo‘lgan kishi haqida

Olloh taoloning qavli: «Madinaliklarga va ularning tevaraklaridagi badaviy arablarga (g‘azotga bormay), Ollohning rasulidan ortda (ya’ni, uylarida) qolmoqlari hamda ul zot birla ishlari bo‘lmay, o‘zlari birlan mashg‘ul bo‘lmoqlari nomunosib erdi. Zero, Olloh yo‘lida ular yo tashnalik yo biror kulfat va yo ochlikka giriftor bo‘lsalar yoxud kofirlarni darg‘azab qiladirgan biror joyga qadam bossalar va yo dushmanlardan biror narsani tortib olsalar, buning uchun ular(ning nomai a’mollari)ga amali solih (qilganlari xususida) bitib qo‘yilur. Albatga, Olloh yaxshi amallar qilguvchilarni ajru savobdan benasib qilmas!» («Tavba» surasi, 120-oyat).

Abdurrahmon ibn Jabr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yo‘lida oyoqlari chang bo‘lmagan bandaga jahannam duchor bo‘lur», — dedilar». (Demak, Olloh taolo yo‘lida oyoqlari chang bo‘lgan bandaga jannatdan joy nasib bo‘lur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:16:57
3-bob. Biror kishining yonidan o‘tib keta turib, unga qo‘ngan changni qoqib tashlamoq haqida

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz masjid (qurayotganimizda) g‘ishtlarni bittadan, Ammor ersalar ikkitadan (biri o‘zlari uchun, ikkinchisi Janob Rasululloh uchun) tashiyotgan erdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishining yonlaridan o‘tib keta turib, boshlariga qo‘ngan changni qoqib tashladilar-da: «Bechora Ammor! Uni bir zulmkor toifa o‘ldiradi. Bu ularni jannatga chorlasa, ular buni jahannamga chorlaydilar», — dedilar. (Ammor: «Yo parvardigoro, meni fitnalardan o‘z panohingda asragil!» — dedilar)». (Ya’ni, Siffin voqeasi vaqtida — Hazrat Ali birlan Muoviya o‘rtalarida ixtilof chiqqan chog‘da Ammor Muoviya tarafdorlarini Hazrat Aliga itoat etishga da’vat qiladilar. Ammo, ular bundan bosh tortib, ul kishining o‘zlarini Muoviyaga itoat etishga chorlashadi. Natijada, ikki tomon o‘rtasida urush boshlanib, Muoviya tarafdorlari Ammorni o‘ldirishadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:17:11
4-bob. Urushdan so‘ng g‘usl qilmoq hamda (Olloh taolo yo‘lida boshga qo‘ngan) chang haqida

Oisha razishshohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xandaq kuni(dagi g‘azotdan) qaytgach, qurollarini qo‘yib, g‘usl qildilar. (Shul asnoda) Hazrat Jabroil boshlariga chang qo‘ngan holda ul zotning qoshlariga kelib: «Siz qurolingizni qo‘yibsiz, ammo, Olloh taolo haqi, biz hali qurolimizni qo‘yganimizcha yo‘q!» — dedilar. Ul zot: «Yana qaerga (jihod qilamiz)?» — deb so‘radilar. Hazrat Jabroil: «Hov anavi tomonga» — deya Banu Qurayza tarafga ishora qildilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Qurayza tomon yurish qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:17:23
5-bob. Olloh taoloning quyidagi qavlining fazilati haqida: «Olloh yo‘lida o‘ldirilganlarni hargiz o‘liklar deb o‘ylamangiz, aksincha ular Ollohning qoshida tirik bo‘lib, Olloh o‘z fazlu karamidan ato etgan (anvoi) ne’matlardan mamnunlik birla bahramand bo‘lmoqdalar va hali ortlaridan yetib kelmagan birodarlarining (bu dunyoda amali solihlar birla mashg‘ul ekanliklari boisidan o‘z oxiratlari xususida) na xavotir (olmoqlari) va na tashvishlanmoqlari lozim emasligidan xursanddurlar. Shuningdek, ular Ollohning ne’matu karamidan hamda Olloh mo‘minlarning ajrlarini zoe qilmasligidan xushnuddurlar» («Oli Imron» surasi, 169—172-oyatlar)

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bi’ru Ma’una ashoblarini (Islomga da’vat qilish uchun yuborilgan yetmish musulmonni) o‘ldirib, Olloh taolo birlan uning Rasuliga osiylik qilgan Ra’l, Zakvon va Usayya nomli qabilalarni o‘ttiz kun (ba’zi hadislarda qirq kun) bomdodda duoi bad qildilar. Olloh taolo Bi’ru Ma’unada («Ma’una» qudug‘i joylashgan yerda) o‘ldirilgan o‘shal musulmonlar xususida quyidagi oyatni nozil qildi: «Bizning parvardigorimizga ro‘baro‘ bo‘lganimizni va parvardigorimiz bizdan rozi bo‘lib, bizni (ham) rozi qilganini qavmimizga yetkazingizlar». Biz uni qiroat qilib yurdik, keyin u mansux (bekor) qilindi».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Musulmonlardan bir nechasi Uhud kuni tongda sharob (mast qilguvchi ichimlik) ichishdi-da, (jangga kirib ketishdi). So‘ng, barchalari shahid bo‘lishdi. O’shal kun oxirida odamlar Sufyonga savol berishdi. Shunda ul kishi: «Bu u haqda emas» — deb javob qildilar. (Bu hadisda aytilgan voqea ichkilik harom qilinmasidan ilgari sodir bo‘lgan bo‘lib, ichkilik ichib shahid bo‘lgan musulmonlar xususlarida savol berganlarning savollari mazmuni ham, Sufyonning javoblari mazmuni ham qorong‘udur. Ammo, biz bu haqda taxminan bunday deb aytmog‘imiz, ehtimol, joiz bulur: mast qilguvchi ichimlik xususida eng dastlab nozil bo‘lgan oyat «Sizga sharob va qimor haqida savol berurlar, siz aytingki, bularda katta gunoh bordur» degan oyat bo‘lib, unda ichkilikning qabohati isbot etilgan. Keyin, «Ey mo‘minlar, mastlik chog‘ingizda, toki nima deyaetganlaringizni biladirgan bo‘lguningizga qadar, namozga yaqinlashmangizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi. Undan so‘ng ersa, «Ey mo‘minlar, sharob, qimor, butlar va qur’a o‘qlari nopok bo‘lib, shayton amalidandur. Bas, najot topmoqlaringiz uchun ulardan saqlaningizlar!» degan oyat nozil qilinib, ichkilik qat’iy man’ qilindi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:17:37
6-bob. Farishtalarning (o‘z qanotlari ila) shahid ustiga soya solib turmoqlari haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Otam (Abdulloh ibn Amr Uhud kuni mushriklar tomonidan) o‘ldirilib, quloq va burunlari kesib tashlandi. (Jangdan keyin), ul kishining jasadlarini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga keltirishdi. Shunda men (yig‘lab) ul kishining yuzlariga yopib qo‘yilgan kiyimni ocha boshlagan erdim, qavmim meni bunday qilmoqdan qaytarishdi. Shul asnoda (bir ayolning) dod-faryod (qilib yig‘lagan) ovozi eshitildi. Odamlar: «Bu Amrning qizi (yoxud singlisi)», — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yig‘lasang ham, yig‘lamasang ham, farishtalar, to uning (tobutini) ko‘targuningizga qadar, qanotlari birlan ustiga soya solib turgaylar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:17:50
7-bob. Mujohidning bu dunyoga qaytmoqni orzu qilmog‘i haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Yerdagi jamiki boyliklar o‘ziniki bo‘lgan taqdirda ham, jannatda qolmoqdan ko‘ra, bu dunyoga qaytmoqni istaydirgan biror banda yo‘qdur. Faqat shahid (bo‘lgan mujohidgina Olloh taolo yo‘lida shahid bo‘lgani tufayli jannatda o‘ziga nisbatan kursatilayotgan) izzatu ikromni ko‘rib, bu dunyoga qaytmoqni va (Olloh taolo yo‘lida yana) o‘nlab marta o‘ldirilib, (shahid bo‘lmoqni) orzu qilur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:18:08
8-bob. Jannat qilichlar soyasi ostidadur!

Mugiyra ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam parvardigorimiz (o‘zlariga) yo‘llagan vahiy xususida bizga xabar qilib: «Bizdan kimki (Olloh taolo yo‘lida) o‘ldirilsa, jannatga kirur» — deb marhamat qildilar. Shunda Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Bizdan o‘ldirilganlar jannatda, ulardan (kofirlardan) o‘ldirilganlar ersa do‘zaxda bo‘lmaydimi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, shunday, (bizdan o‘ldirilganlar jannatda, ulardan o‘ldirilganlar ersa do‘zaxda bulur)», dedilar».

Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar.; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilib quyingizlar, jannat qilichlar soyasi ostidadur!» — deb marhamat, qildilar». (Qilichlar soyasi yerga qachon tushur? Qachonki ularni. Olloh taoloning dushmanlari boshi uzra ko‘tarsang!).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:18:19
9-bob. Jihod uchun farzand talabida bo‘lgan kishi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «(Bir kuni) Sulaymon ibn Dovud alayhissalom: «Men bul kecha albatta yuzta (yoxud to‘qsonta) xotinni ziyorat qilurman, ularning barchasi menga Olloh taoloning yo‘lida jihod qilguvchi bittadan chavandoz tug‘ib berur!» — dedilar. Shunda ul kishining do‘stlari (ya’ni, Jabroil alayhissalom): «Inshoolloh, deb aytingiz!» — dedilar. Ammo, ul kishi (o‘zlarining ezgu orzu-xayollari bilan band ekanliklari boisidan Jabroil alayhissalomning suzlarini eshitmay qolib), «Inshoolloh» demadilar. Pirovardida, ul xotinlarning faqat bittasigina homilador bo‘lib, u ham oyog‘i noqis bola tug‘di. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot haqi, agar «Inshoolloh» deganlarida (ul ayollar bittadan o‘g‘il tug‘ib bergan va) ularning barchasi Olloh taolo yo‘lida ot minib jihod qilgan bo‘lur erdilar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:18:30
10-bob. Urushdagi shijoat va qo‘rqoqlik haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eng yaxshi, eng shijoatli va eng saxiy odam erdilar. (Bir kun) tunda Madina ahli (qandaydir ovozni eshitib, «Dushman bostirib kelayotir» — deb) xavotirga tushdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir otni mindilar-da, barchadan ilgari (o‘shal ovoz kelgan tarafga) choptirib ketdilar. (Keyin, ul yerda hech qanday xavfu xatar yo‘qligini bilib, ortlariga qaytdilar-da): «Biz bul otning dengiz (mavjlari yanglig‘ uchqur ekanligini) bildik!»— dedilar».

Muhammad ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir guruh odamlar birlan birga Hunayndan qaytib kelayotganlarida Jubayr ibn Mut’im ham ul zot birlan birga erdilar. Shunda badaviylar (jangda olingan o‘ljalardan beringiz, deb) Janob Rasulullohga (shul qadar) yopishib olishdiki, pirovardida ul zot (guli sariq) Samura daraxtlari (ostiga) borib tuxtamoqqa majbur bo‘ldilar. (O’shal daraxtlar tomon ketayotganlarida) choponlari (daraxt shoxlariga ilinib qoldi yoxud badaviylar tomonidan) yechib olindi. Shunda ul zot: «Choponimni beringizlar, agar mening ana shul daraxtlar sonicha molim (tuya yoki qoramol) bo‘lganida ham, keyin meni baxil, yolg‘onchi va qo‘rqoqlikda ayblamasliklaringiz uchun, barchasini sizlarga bo‘lib bergan bo‘lur erdim», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:18:48
11-bob. «Qurqoqliqdan asragil!» deb Olloh taologa iltijo qilmoq haqida

Sa’d ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz oxirida: «Yo parvardigoro, meni qo‘rqoqliqdan, eng noxush umrga qaytarilmog‘imdan (ya’ni, umrning kishi nihoyatda qarib, bolalar yanglig‘ o‘zgalar qaroviga muhtoj bo‘lib qoladirgan va ezmalik qiladirgan davrigacha yashamog‘imdan), dunyo (ya’ni, Dajjol) fitnasidan va qabr azobidan o‘z panohingda asragil!» — deb iltijo qilur erdilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, meni notavonliqdan, yalqovlikdan, (qarib) ezma bo‘lib qolmoqdan, shuningdek tiriklik va o‘lim chog‘ida bo‘ladirgan fitnalardan hamda qabr azobidan o‘z panohingda asragil!» — deb iltijo qilur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:19:03
12-bob. Urushda ko‘rgan-bilganlarini gapirib bergan kishi xususida

Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Men Talha ibn Ubaydulloh, Sa’d (yoki Miqdod ibn al-Asvad) va Abdurrahmon ibn Avf raziyallohu anhumga hamrohlik qildim. Ammo, Talhadan bo‘lak birortalarining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (qatnashgan g‘azotlar) xususida gapirganlarini eshitmadim. Faqat Talhaninggina Uhud g‘azoti haqida gapirganlarini eshitib erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:19:17
13-bob. Jihodga (chaqirilsa, unga) bormoqlikning vojib ekanligi haqida. (Jahonda Islomning g‘alaba qilmog‘i va kalimai tavhidning eng yuksak so‘z bo‘lib qolmog‘i uchun) jihod (qilguvchi) hamda (hijrat qilganlik savobiga erishmoq) niyatida jihod qilguvchi kishi)dan matlub narsalar xususida

Olloh taoloning qavli: «(Ey mo‘minlar, agar umumiy safarbarlik e’lon qilinsa), yengil bo‘lgan holda ham, og‘ir bo‘lgan holda ham (ya’ni, piyodami yo ulovdami, faqirmi yo boymi, yoshmi yo qarimi, qaysi bir hodda bo‘lsa-da, jihodga) chiqingizlar va jonu mollaringizni tikib Olloh taolo yo‘lida jihod qilingizlar! Agar bilsangizlar, ana shu sizlar uchun yaxshiroqdur. (Ey Muhammad), agar (jihod) yaqin mol bo‘lsa erdi (ya’ni, oson qulga kiradigan o‘lja bo‘lsa erdi) va oson safar bo‘lsa erdi (ya’ni, qiynalmay borib kelsa bo‘ladirgan bir yaqin yerda bo‘lsa erdi) ular (munofiqlar) albatta sizga ergashgan bulur erdi. Ammo, ularga masofa uzoq (va mashaqqatli) ko‘rinib, (siz birla g‘azotga chiqmadilar). Endi ular o‘zlarini halok(atga giriftor) qilib: «Agar bizlar qodir bo‘lganimizda erdi, sizlar ila chiqur erdik» — deb (yolg‘on) qasam ichgaylar. Olloh (taolo) bilurki, ular albatga yolg‘onchidurlar» («Tavba» surasi, 41—42-oyatlar).

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sizlarga ne bo‘ldiki, «Olloh taolo yo‘lida (jihodga) chiqingizlar!» deb aytilganda (o‘z) yer(laringiz)ga yopishib oldingizlar? (Yoki) sizlar oxirat (ajru savoblari)dan yuz o‘girib, (bu) dunyo hayotiga (lazzatlariga) rozi bo‘ldingizlarmi?! (Axir), dunyo hayoti matosi (ya’ni, boyligu lazzatlari) oxirat (ajru savoblari) oldida bir arzimas narsa-ku! Agar sizlar (jihodga) chiqmasangizlar, Olloh (taolo) sizlarga dardli azob berur va sizlarning o‘rningizga boshqa bir qavmni keltirur (ya’ni, sizlarni halok qilib, o‘rningizga boshqa bir qavmni musulmon qilur), sizlar ersangizlar Olloh (taolo)ga hech bir zarar yetkiza olmassizlar. Olloh (taolo) har bir narsaga qodirdur!» («Tavba» surasi, 38—39-oyatlar).

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni: «(Makka) fathidan keyin hijrat yo‘qdur, lekin (jahonda Islomning g‘alaba qilmog‘i va kalimai tavhidning eng yuksak suz bo‘lib qolmog‘i uchun) jihod (qilmoq) va (hijrat qilganlik savobiga erishmoq) niyat(ida jihod qilmoq) bordur. Agar (jihodga) chaqirilsangizlar, unga boringizlar!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:19:32
14-bob. Bir kofir bir musulmonni o‘ldirsa-yu, so‘ng mu sulmon bo‘lib, o‘zi ham o‘ldirilsa...

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Olloh taolo biri ikkinchisini o‘ldirib, jannatga kirguvchi quyidagi ikki kishini (rozi bo‘lib) tabassum birla kutib olur: bir musulmon Olloh taolo yo‘lida jang qilib, (bir kofir tomonidan) o‘ldirilur. Keyin, (o‘shal kofir) Olloh taologa tavba qilib, (Islomni qabul qilur-da, o‘zi ham Olloh taolo yo‘lida) shahid bo‘lur».

Anbasa ibn Sa’id rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra Rasululloh sallallohu alayhi va-sallam Xaybarda ekanliklarida (Xaybar fath qilingandan keyin) huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh, menga (o‘ljalardan) ulush bersangiz!» — dedilar. Shunda Banu Sa’id ibn al-Os avlodlaridan biri: «Yo Rasulalloh, ul kishiga (o‘ljalardan) ulush bermangiz!» — dedi. Abu Hurayra (darg‘azab bo‘lib): «Bu Ibn Qavqalning qotili-ku!» —dedilar. Ibn Sa’id ibn al-Os: «Vo ajabo, manavi tog‘dan tushib kelgan vabr (mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon)ga qarangizlar! Olloh taolo mening qo‘lim birlan (shahid qilib), izzat-ikromga sazovor etgan kishi haqida menga ta’na qilayotir; vaholanki, Olloh taolo o‘shanda uning qo‘li birlan kamsitilmog‘imga yo‘l quymagan erdi!» — dedi. Keyin, Janob Rasululloh Abu Hurayraga ulush berdilarmi, yo‘qmi, bilmayman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:19:49
15-bob. G’azot (qilmoq)ni ro‘za (tutmoq)dan afzal ko‘rgan kishi haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida g‘azot(ga nisbatan o‘ta taqvo qilganlari) boisidan ro‘za tutmas erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlaridan keyingi (ayniqsa, Hazrat Umar davrlarida) Islom keng yeyilib, musulmonlarning kofirlarga qarshi tazyiqi qudratli tus olgach, Abu Talha ro‘zadan tegadirgan ajru savoblardan ham o‘z nasibalarini olmoqni zarur deb bilib, shul qadar qattiq ro‘za tutishga kirishdilarki, hatto ul kishining Ramazon va Qurbon hayitlaridan bo‘lak kunlari ro‘za tutmay yurganlarini sira ko‘rmadim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:20:06
16-bob. (Olloh taolo yo‘lidagi jangda) o‘ldirilishdan bo‘lak shahidlik yettitadir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahiddar besh (turli) bo‘lib, ular vabodan o‘lgan, qorin og‘rig‘idan o‘lgan, g‘arq bo‘lib o‘lgan, biror narsaning tagida qolib o‘lgan va Olloh taolo yo‘lida o‘ldirilgan (musulmonlardur)» — deb marhamat qildilar». (Imom Buxoriy mazkur bobning sarlavhasini «Olloh taolo yo‘lida o‘ldirilishdan bo‘lak shahidlik yettitadur» deb nomlab, Olloh taolo yo‘lidagi janglardan bo‘lak sabablar tufayli shahid bo‘lishlikning adadi yettita ekanligini ta’kidlaydilar. Ammo, ba’zi muhaddislar ularning beshta, ba’zilari yettita ekanligini aytishsa, boshqalari «yigirmadan ortiq» deyishadi. Shunga kura, yengindan o‘lgan, tug‘olmay  (yoki bolasi qornida holda) o‘lgan, bokira holda o‘lgan, sildan o‘lgan va boshqa ko‘pgina sabablardan o‘lgan musulmonlarni ham shahidlar qatoriga kiritishadi).

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vabo(dan o‘lmoqlik) har bir musulmon uchun shahidliqdur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:20:28
17-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlardan o‘zlari beshikast bula turib, (jihodga chiqmay, uylarida) o‘ltirganlari birlan jonu molini tikib Olloh yo‘lida jihod qilguvchilar teng emas. Olloh jonu mollarini tikib jihod qilguvchilarni (uzrli sababga ko‘ra jihoddan qolgan) kimsalardan ham... afzal qildi...» («Olloh magfiratli, mehribon zotdur» degan qavligacha; «Niso» surasi, 95—96-oyatlar)

Baro raziyallohuanhu rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Mo‘minlardan (jihodga chiqmay, uylarida) o‘ltirganlari birlan jonu molini tikib Olloh yo‘lida jihod qshpuvchilar teng emas» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaydni chaqirdilar. Zayd bir hayvon kuragini olib kelib, unga o‘shal oyatni yozib qo‘ydi. Shunda Ibn Ummu Maktum o‘zlarining nogiron ekanliklaridan shikoyat qilib erdilar, Olloh taolo mazkur oyatni «Mo‘minlardan o‘zlari beshikast bo‘la turib, (jihodga chiqmay, uylarida) o‘ltirganlari birlan jonu molini tikib Olloh yo‘lida jihod qilguvchilar teng emas» deb (o‘zgartirib) nozil qildi».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:20:49
18-bob. (Dushmanga duch kelgan zahotiyoq) jang qilishga oshiqmay, sabr qilmoqlik lozimligi haqida

Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:  «(Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘azotlardan birida dushmanga duch kelganlarida o‘shal zahotiyoq jangga kirishmay, Quyosh og‘guncha sabr qildilar. So‘ng, odamlarga xitob qilib): «Dushmanga duch kelgan vaqtingizda (darhol jangga kirishmay, bir oz) sabr qilingizlar! (Avval dushmanning kuchi va rejasini bilingizlar hamda Olloh taolodan o‘zlaringizga kuch-qudrat va salomatlik tilangizlar!)» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:21:10
19-bob. Jangga undamoqlik xususida

Olloh taoloning qavli: «(Ey payg‘ambar), mo‘minlarni jangga undangiz!» («Anfol» surasi, 65-oyat).

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xandaq (g‘azotiga) chiqdilar. Shunda muhojirlar va ansorlar ertalabki salqinda (xandaq) qazishayotgan bo‘lib, ularning bu ishni qilib beradigan qullari yo‘q erdi. Janob Rasululloh muhojiru ansorlarning toliqib va och qolganlarini ko‘rib: «Yo parvardigoro, (haqiqiy) hayot — oxirat hayotidur! Muhojirlar birlan ansorlarning gunohlarini mag‘firat qilgil!» — dedilar. Ular bunga javoban: «Biz umrimiz boricha jihod qilmoqqa Muhammadga bay’at qilganmiz!» — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:21:34
20-bob. Xandaq qazimoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Muhojiru ansorlar Madina atrofiga xandaq qazishga kirishib, tufrog‘ini yelkalarida tashiy boshlashdi. Shunda ular: «Biz umrimiz boricha Islomga sadoqatli bo‘lmoqqa Muhammadga bay’at qilganmiz!» — deyishar erdi. Janob Rasullloh bo‘lsalar, ularga javoban: «Yo parvardigoro, oxirat xayriyatidan o‘zga xayriyat yo‘qdir! Ansoru muhojirlarga barakot ato etgil!» — der edilar».

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Xandaq kuni) tufroq tashiyotib bunday dedilar:
«Hidoyat topmas erdik, qilmasang sen hidoyatlar,
Qilmas erdik xayru ehson, qilmas erdik ibodatlar.
Ulug‘vorlik ato etgil mudom bizga xudovandim,
Ro‘baro‘ kelganda dushman bizga baxsh et matonatlar.
Adovat birla bizga necha bor zulm qildi kuffor,
Fitna istar bo‘lsa, uzni ayladik biz himoyatlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:21:57
21-bob. Uzrli sabab birlan g‘azotdan qolgan kishi haqida

Anas raziyallohu anhu: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azotidan qaytib keldik», — deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Tabuk) g‘azotida ekanliklarida: «Madinada — ortimizda shunday qavmlar (qoldilarki), biz qanchadan-qancha dara va vodiylarni bosib o‘tmaylik, ular biz birlan birgadurlar (ya’ni, biz topayotgan ajru savoblarga sherikdurlar, chunki) ular uzrli sabab birlan (g‘azotdan) qolgandurlar» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:22:23
22-bob. Olloh taolo yo‘lida (ya’ni, jihodda) ro‘za tutmoqlikning fazilati haqida

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamnint «Kimki (jangga zaiflik qilib qolishdan cho‘chimay), Olloh taolo yo‘lida (ya’ni, jihodda) bir kun ro‘za tutsa, Olloh taolo uning yuzini (ya’ni, uni) jahannamdan yetmish yilga (ya’ni, yetmish yillik masofaga) yiroq qilur», deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:23:00
23-bob. Olloh taolo yo‘lida (ya’ni, jihodda) sadaqa qilmoqning fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taolo yo‘lida (ya’ni, jihodda) bir juft (ya’ni, bir juft quy, bir juft tuya, bir juft eshak va hokazo) sadaqa qilsa, jannatning barcha eshiklaridan: «Ey Ollohning bandasi, manavi eshikdan kir ganing yaxshi!» — deb chaqirilur» — dedilar. Shunda Abu Bakr raziyallohu anhu: «Yo Rasulalloh, o‘shal barcha eshiklardan chaqirilguvchiga (bu) zararli emas, (balki izzat-ikromdur). (Aytingizchi), bir kishi o‘shal eshiklarning barchasidan chaqirilurmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, shunday. Men sizning o‘shal barcha eshiklardan chaqirilguvchilardan biri bo‘lmog‘ingizni istarman!» — dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda turib: «(Ey sahobalarim), sizlardan xavotirdamanki, vafot qilganimdan keyin, (foniy) dunyo barakotlari (ya’ni, boyligu lazzatlari) o‘z (fusunkor) husnu jamolini jilva qilib, sizlarni yo‘ldan urmasa erdi!» — dedilar. Shunda sahobalardan biri o‘rinlaridan turib: «Yo Rasulalloh, yaxshilik (ham) yomonlik keltiradimi?» (ya’ni, «Yo Rasulalloh, dunyo barakoti Olloh taoloning ne’mati bo‘la turib, nahotki uqubatu balolar keltirsa?!») — dedilar. Janob Rasululloh ul kishiga (javob bermay), sukut qildilar. Biz: «Ul zotta (shul xususda) vahiy nozil qilinayotir», — dedik. Odamlar boshiga qush qo‘nganda (uchib ketmasin, deb qimirlamay turgan kishi) yanglig‘ jim bo‘lishdi. Bir ozdan keyin, Janob Rasululloh yuzlariga quyilgan terlarni artdilar-da, boyagi savol bergan sahobadan mamnun ohangda: «Savol bergan kishi qani?» — dedilar. (Ul kishi: «Yo Rasulalloh, men shu yordaman», — degach), ul zot bunday deb marhamat qildilar: «Darhaqiqat, yaxshilik yomonlik keltirmas! (ya’ni, Olloh taolo xayriyatovar bo‘lmoqni taqdir qilgan narsa hamisha xayriyatovar bo‘lur va Olloh taolo yomonlik keltirguvchi bo‘lmoqni taqdir qilgan narsa hamisha yomonlik keltirur. Meni sizlar xususingizda xavotirga solayotgan narsa — men vafot qilganimdan keyin, Olloh taoloning ne’matini ul buyurmagan ishlarga behuda sarf qilmog‘ingiz bo‘lib, buning ne’matga taalluqli yeri yo‘qdur. Masalan): bahor undiradirgan nabotot orasida mol-hol yesa, o‘ldiradirgan yoxud o‘lgandan beriroq qiladirgan o‘t-o‘lanlar mavjuddur. Agar mol-hol ul o‘t-o‘lanlardan ochko‘zlik qilib haddan ziyod yesa, (yo o‘lur yoxud) bo‘kkanidan ichi o‘tib, bavl qilib, oftobda kavshanib yetur. So‘ng, u ko‘zi ochligidan yana yaylovga borib, (ul o‘t-o‘lanlardan) yer. Darhaqiqat, bu (foniy dunyo) boyliklari (ham yam-yashil, shirin o‘t-o‘lanlar kabi) fusunkor va lazzatlidur».

Roviy Yahyo bunday deydilar: «Musulmon (bo‘lmoqdek bir buyuk baxt) sohibining (Olloh taolo o‘ziga ato etgan halol) boyliklardan miskinlar, yetim-esirlar va musofirlarga xayru ehson qilmog‘i naqadar savoblidur! Yoki, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytganlaridek, ochko‘zlik qilib, harom-xalish yo‘llar birlan mol-dunyo to‘plovchi va uni Olloh taolo buyurmagan narsalarga behuda sarf qiluvchi odam yeb to‘ymas mechkay kabi bo‘lib, Qiyomat kuni boyliklari (qay yo‘l birla to‘plangani va nelarga sarf qilingani haqida) unga qarshi guvohlik berurlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:23:37
24-bob. Olloh taolo yo‘lida xayru ehson qilish maqsadida bir g‘oziyni ta’minlagan kishi hamda Olloh taolo yo‘lida xayru ehson qilish maqsadida bir g‘oziyga o‘rinbosarlik qilgan kishi haqida

Zayd ibn Xolid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kimki Olloh taolo yo‘lida xayru ehson qilish maqsadida bir g‘oziyni (jang va safar anjomlari birlan) ta’minlasa, g‘azot qilgan(lik ajru savobiga erishur) va kimki Olloh taolo yo‘lida xayru ehson qilish maqsadida bir g‘oziyga o‘rinbosarlik qilsa (ya’ni, g‘oziyning yo‘qligini bildirmay, uning oilasiga g‘amxo‘rlik qilib, ularni rizqi ro‘z birlan ta’minlab tursa), g‘azot qilgan(lik ajru savobiga erishur)».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinadagi uylardan birortasiga Ummu Sulaymning uyiga kirganchalik (tez-tez) kirib turmaganlar, o‘z xotinlarining (ul yerdagi uylari ersa bundan) mustasnodur. Odamlar: («Yo Rasulalloh, nechun boshqa uylardan ko‘ra Ummu Sulaymning uyiga tez-tez kirib turursiz?» — deb) so‘rashganda, ul zot: «Unga rahmim kelur, (chunki) akasi (Harom ibn Milhon) men birlan (ya’ni, mening farmonim birlan Bi’ru Ma’unaga borib, mushriklar tomonidan) o‘ldirilgan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:24:09
25-bob. Jangdagi matonat haqida

Anas raziyallohu anhudan naql qilinadiki, ul kishi Yamoma kuni (Yamoma shahrida musulmonlar birlan Musaylima kazzob tarafdorlari o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea vaqtida) Sobit ibn Qaysning huzurlariga keldilar. Shunda Sobit ikki sonlari ochiq holda o‘ltirgan bo‘lib, (badanlariga, odatda, o‘liklarga surtiladirgan xushbo‘y) hanut surtayotgan erdilar. (Bu yerda erkakning soni avrat emasligiga ishora qilinayotir. O’liklarga surtiladirgan hanutni surtayotganlarining boisi ersa, Olloh taolo yo‘lida shahid bo‘lmoqqa tayyor ekanliklarining dalilidur). Anas: «Ey amaki, nechun hayallab qoldingiz?» — dedilar, (Sobit Anasga amaki bo‘lmay, yoshlari katta bo‘lgani uchun shunday deb murojaat qildilar). Sobit: «Mana, hozir boraman, ey jiyanim?» — dedilar-da, (badanlariga) hanut surtishda davom etdilar. So‘ng, (badanlarini hanutlab bo‘lib va kafanlarini tayyorlab qo‘yib), odamlar orasiga kelib o‘ltirdilar. Anas bir guruh musulmonlarning jang maydonini tashlab qochganlari haqida gapirayotgan erdilar, Sobit: «Bizning vazifamiz (matonat birla) dushmanga qarshi jang qilmoqlikdur. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida bunday qilmas erdik (ya’ni, jang maydonini tashlab qochmas erdik), aksincha, mujohidlar (har qanday holatda ham o‘z) saflarini tark etmay, (matonat birla jang qilur erdilar). Sizlar bo‘lsangizlar, (jang maydonini tashlab qochib), dushman birlan kuch-qudrati teng bo‘lmish o‘z birodarlaringizni dushmandan qochishga o‘rgatdingizlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:24:29
26-bob. Taliy’a (dushman tomonga yuboriladirgan ilg‘or qism vazifasini bajarmoqlikning) fazilati haqida

Jobir (ibn Abdulloh al-Ansoriy) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ahzob kuni (ya’ni, yahudiylarning Banu Qurayza qabilasi musulmonlar birlan o‘zlari o‘rtasidagi ahdnomani buzib, Quraysh kofirlari birlan musulmonlarga qarshi birgaliqda urush qilmoqqa kelishib olgan kuni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavm (ya’ni, Banu Qurayza xatti-harakati) xususida kim menga xabar keltirur?» — dedilar. Zubayr (ibn Avvom): «Mana men sizga xabar keltirurman!» — deb aytdilar. Janob Rasululloh yana: «Qavm xususida kim menga xabar keltirur?» — dedilar. (Bu safar ham) Zubayr: «Men» — deb aytdilar. Shunda ul zot: «Har bir payg‘ambarning (maxsus) yordamchisi bulur, mening (maxsus) yordamchim ersa, Zubayrdur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:24:53
27-bob. Bir kishining yolg‘iz o‘zi ilg‘or qism o‘rnida yuborilurmi?

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.

28-bob. Ikki kishi (bo‘lib) safar (qilinganda namoz xususida ne qilmoqlik lozimligi) haqida

Molik ibn alhuvayris raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Men va do‘stim ikkimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldik. Bir necha kun turgach), ul zotning huzurlaridan (bola-chaqalarim oldiga) qaytayotgan erdim, men birlan do‘stimga: «(Bul yerdan safar qilib, to uylaringizga borguningizga qadar yo‘lda namoz vaqti bo‘lib qolsa), ikkingiz(dan qaysi biringiz xohlasangiz), azon aytingiz, keyin ikkingiz (ya’ni, qaysiningiz azon aytgan bo‘lsangiz, o‘shaningiz) takbir aytingiz, so‘ng ikkingizdan qaysiningizning yoshingiz ulug‘ bo‘lsa, imomlik qilingiz!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:25:17
29-bob. (Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilmoq niyatida boqilayotgan) otning yollariga to Qiyomat (egasi uchun oxiratda asqatadirgan) savoblar (va bu dunyoda asqatadirgan o‘ljalar) bog‘lab qo‘yilganligi haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilmoq niyatida boqilayotgan) otning yollariga to Qiyomat (egasi uchun oxiratda asqatadirgan) savoblar (va bu dunyoda asqatadirgan o‘ljalar) bog‘lab qo‘yilgandur» — deb marhamat qildilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:25:35
30-bob. Jihod, (xoh) odil va (xoh) zolim (amir) yetakchiligida bo‘lsin, to Qiyomat davom ettirilaveradi, chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Otning yollariga to Qiyomat ajr bog‘lab qo‘yilgandur» — deb marhamat qilgandurlar!

Urva al-Boriqiy raziyallohuanhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq niyatida boqilayotgan) otning yollariga to Qiyomat (egasi uchun oxiratda asqatadirgan) savoblar (va bu dunyoda asqatadirgan o‘ljalar) bog‘lab qo‘yilgandur» — deb marhamat qildilar».

(Imom Buxoriy mazkur bobga «Jihod, xoh odil va xoh zolim amir yetakchiligida bo‘lsin, to Qiyomat davom ettirilaveradi» deb sarlavha qo‘yish birlan oxirat savobi-yu, bu dunyo o‘ljalariga erishmoq uchun qanday amir (imom) yetakchiligida jihod qilmoqlikning farqi bo‘lmay, uning to Qiyomat davom ettirilmog‘i lozimligini ta’kidlaydilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:25:52
31-bob. Kimki (Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq niyatida) ot saqla`ttan (boqayotgan) bo‘lsa... Olloh taolo: «(Ey mo‘minlar), qudratingiz yetgancha (dushmanga qarshi)... ot saqlangizlar...», — deydi («Anfol» surasi, 60-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taolo yo‘lida (jihod qilmoq niyatida) Olloh taologa iymon keltirib (ixlos qilib) va uning (oxiratda savoblar ato etmog‘i xususidagi) va’dasini tasdiqlab ot saqlasa, (ul otning) yegan (emlar)i-yu, ichgan (suvlar)i hamda tezagu peshoblari Qiyomat kuni (ul kishining) tarozusiga (qo‘yilur)» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:26:22
32-bob. Ot va eshakning ismi haqida

Abdulloh ibn Abu Qatoda rajyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Abu Qatoda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga umraga chiqqanlarida bir guruh hamrohlari birlan (Janob Rasulullohdan) keyinda qoldilar. Shunda otam ehrom kiymagan bo‘lib, hamrohlari ehromda erdilar. Tasodifan, ul kishilar otamdan ilgari bir yevvoyi eshakni (qulonni) ko‘rib qolishib, toki otam o‘zlari ko‘rmagunlariga qadar buni bildirishmadi, (chunki ehrom bog‘lamagan kishiga ehromdagi kishi ov borasida ko‘maklashmasligi lozim). Nihoyat, otam qulonni ko‘rib qoldilar-da, Jaroda ismli otlariga minib, hamrohlaridan yerdagi qamchilarini olib berishni, iltimos qildilar, ammo ular olib berishmadi. Shunda o‘zlari (otdan tushib) qamchilarini oldilar-da, yana unga minib, (qulonni quvib ketdilar). So‘ng, nayza otib, uni o‘ldirdilar. Keyin, uning go‘shtidan otam ham, hamrohlari ham (pishirib) yeyishdi. So‘ng, hammalari Janob Rasulullohga yetib olishdi. Ul zot: «Uning go‘shtidan menga ham biror bo‘lak olib keldingizlarmi?» — dedilar. Otam: «Ha, uning bir qo‘lini olib keldik», — dedilar. Janob Rasululloh uni olib, tanovul qildilar».

Sahl raziyallohu anhu: «Bizning bog‘imizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Luhayf (yoxud Lahiyf) ismli otlari (bog‘liq) turar erdi», — deydilar.

Mu’oz (ibn Jabal) raziyatlohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ufayr ismli eshaklariga mingashib ketayotgan erdim. Shunda ul zot: «Ey Mu’oz, Olloh taoloning o‘z bandalaridagi va bandalarning Olloh taolodagi haqi nima ekanligini bilasanmi?» — dedilar. Men: «Olloh taolo va uning Rasuli bilguvchiroqdur»,— dedim. Shunda ul zot: «Olloh taoloning o‘z bandalaridagi haqi ularning unga biror narsani shirk keltirmay ibodat qilmoqlaridur. Bandalarning Olloh taolodagi haqi esa uning o‘ziga biror narsani shirk keltirmay ibodat qilgan bandalariga azob bermasligidur» — deb marhamat qildilar. Men: «Yo Rasulalloh, shul haqda odamlarga aytib, ularni xursand qilayinmi?» — dedim. Ul zot: «Buni ularga aytib, xursand qilma, tavakkal qilaversinlar!» — dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinada to‘s-to‘polon bo‘ldi, (ya’ni, Madina ahli tunda qandaydir ovozni eshitib, «Dushman bostirib kelayotir» — deb xavotirga tushdi). Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mandub» ismli (yo‘rg‘a) otimizni so‘rab oldilar-da, (o‘shal ovoz kelgan tomonga minib ketdilar. Ul yerda hech qanday xavf-xatar yo‘qligini bilgach, qaytib keldilar-da, bizga): «Biz bildikki, bul ot dengiz (oqimi kabi tekis yurar) erkan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:26:47
33-bob. Otda bo‘ladigan baxtsizlik haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitdim: «Uch narsada baxtsizlik mavjud: otda (agar unda g‘azot qilinmasa yoki asov bo‘lsa), xotinda (agar u tug‘mas yo qanoatsiz yoki aytishqoq bo‘lsa) va xonadonda (agar qo‘shnisi yomon yoki o‘zi azon eshitilmaydirgan darajada masjiddan uzoq bo‘lsa)».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:27:14
34-bob. Otning uch xislati haqida

Olloh taoloning qavli: «Va (Olloh) yaratdi otlarni va xachirlarni va eshaklarni, toki (sizlar) ularga miningizlar va ziynat bo‘lsin, (deb)» («Nahl» surasi, 8-oyat).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Ot uch (xislatli)dur: u bir kishiga savob keltirur, ikkinchi kishiga (faqirliqdan asrovchi) to‘siq bo‘lur va uchinchi kishiga gunoh orttirur. Kishiga savob keltirguvchi ot shunday otki, egasi uni Olloh taolo yo‘lida (jihod qilmoq niyatida) bir yaylov yoxud boqqa bemalol o‘tlab yura oladigan darajada arqonini uzun qilib bog‘lab qo‘yadi. Oti qiynalmay, bemalol utlagani uchun va hattoki arqonini uzib, bir-ikki shataloq otib yayragani uchun ul kishiga savoblar yozilur. Agar o‘shal ot biror ariq labiga borib suv ichsa ham, unga monelik qilmagani uchun ul kishiga savoblar ato etilur. (Kishiga faqirlikdan asrovchi) to‘siq bo‘lguvchi ot ersa, tirikchilik maqsadida boqilayotgan ot bo‘lib, egasi uning orqali o‘zini ham, oilasini ham rizqi ro‘z birla ta’minlaydi va ayni vaqtda topayotgan mablag‘idan xayru ehson qilib turmoqni unutmaydi. Kishiga gunoh orttirguvchi ot xususiga kelsak, egasi uni Islom ahliga zid ravishda maqtanish va riyokorlik yuzasidan boqadi. Shul boisdan ul ot uning uchun gunohovardur». Shunda (sahobalar) Janob Rasulullohdan eshaklar xususida so‘rashdi. Ul zot: «Menga bul haqtsa «Bas, kimiki qilibdur zarra vaznicha yaxshilik, ko‘rur ul uni va kimiki qilibdur zarra vaznicha yomonlik, ko‘rur ul uni» degan umumiy ma’nodagi oyatdan bo‘lak oyat nozil bo‘lmagan, — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:27:40
35-bob. Birovning uloviga (qamchi) urgan kishi haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning safarlaridan birida ul zot birlan birga yo‘lga tushdim. Safardan qaytib kelayotganimizda Janob Rasululloh: «Kimki uyiga tszroq bormoqni xohlasa, boravsrsin!» — dedilar. Shunda men qizg‘ish, badanida birorta ham dog‘i yo‘q tuyamda hammadan oldinda ketayotgan erdim, odamlar ersa ortimdan kelishayotgan erdi. Bora-bora tuyam toliqib, sekinlasha boshladi. (Buni ko‘rib) Janob Rasululloh: «Ey Jobir, mahkamroq o‘ltir!» — dedilar-da, tuyamga qattiq qamchi urdilar. Tuyam irg‘ishlab (yugurib) ketdi. Ul zot: «Tuyangni sotmaysanmi?» — dedilar. Men: «Ha, sotaman», — dedim. Madinaga yetib kelganimizda! Janob Rasululloh bir guruh sahobalari birlan masjidga kirib ketdilar. Men ham ortlaridan borib, masjid hovlisiga kirdim-da, tuyamni bir chetga bog‘lab quydim. So‘ng, ul zotning huzurlariga kirib: «Yo Rasulalloh, ana sizning tuyangiz», — dedim. Ul zot tashqariga chiqdilar-da, «Bu tuya bizning tuya» — deya uning atrofida aylandilar. Keyin, ul zot bir necha oltin dirham keltirib: «Buni Jobirga beringizlar!» — dedilar. So‘ng, menga: «Pulini to‘ladimmi?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Shunda ul zot: «Puli ham, tuyaning o‘zi ham seniki», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:28:05
36-bob. Yo‘rg‘a ulov va biya minish haqida

Roshid ibn Sa’d: «Ilgarigilar biya minishni afzal ko‘rishar erdi, chunki u chopqirroq va jasurroqdur», — deydilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Tunlardan birida) Madinada qo‘rquvdan to‘s-to‘polon bo‘lib ketdi, (qandaydir ovozni eshitib, dushman bostirib kelayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylashdi). Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaning «Mandub» ismli (yo‘rg‘a) otlarini so‘rab oldilar-da, (o‘shal ovoz kelgan tomonga qarab) minib ketdilar. (Ul yerdan qaytib kelgach): «Biz buning (ya’ni, otning) dengiz (oqimi kabi tekis yurishini) bildik!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:28:33
37-bob. (G’azot uchun boqilayotgan yoxud g‘azotga minib borilgan) otga (o‘ljalardan) beriladirgan ulush haqida

Molik raziyachlohu anhu: «Ot va ulovlarga ulush beriladi, chunki Olloh taolo: «Va (Olloh) yaratdi otlarni va xachirlarni va eshaklarni, toki (sizlar) ularga miningizlar va ziynat bo‘lsin, (deb)» — degandur. Ammo, (mujohid g‘azot uchun nechta ot-ulov saqlamasin va nechtasini g‘azotga olib bormasin), faqat (ulardan) bittasigagina ulush beriladi», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otga ikki ulush va uning egasiga bir ulush ta’yin qildilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:29:06
38-bob. Urush (jang) chog‘ida o‘zganing ulovini (jilovidan ushlab) yetaklagan kishi haqida

Abu Ishoq raziyallohu anhu Baro ibn Ozib raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Bir kishi Baroga: «Hunayn kuni sizlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (yolg‘iz o‘zlarini jang maydonida) qoldirib qochdingizlarmi?» — dedi. Baro: «(Ha), bizlar qochdik, ammo ul zot (jang maydonini) tark etmadilar. (O’shal kuni bizlarga qarshi urushgan) Havozin qabilasi kishilari kamonchilar erdi. Bizlar ularga ro‘baro‘ bo‘lganimizda hujum qildik, ular yengilib, (qochishdi). Shunda musulmonlar ortlariga qaytishib, (dushman jang maydoniga tashlab qochgan) o‘ljalarga yepirilishdi. (Havozin qabilasi kamonchilari ersa paytdan foydalanib), bizlarni o‘qqa tutishdi. (Natijada, musulmonlardan bir qanchasi shahid bo‘lib, qolganlari o‘zlarini dushman o‘qidan olib qochishdi. Ammo, ular butunlay qochmoqchi emasdilar). Shunda Janob Rasululloh jang maydonini tark etmadilar. Men ul zotning o‘zlarinint oq xachirlariga minib olganlarini, Abu Sufyon ersalar uni jilovidan ushlab (etaklab ketayotganlarini) ko‘rdim. Ul zot (nuqul): «Men payg‘ambardurman, payg‘ambar ersa yolg‘on so‘zlamas, (Olloh taoloning menga g‘alaba ato etmog‘i xususidagi va’dasi haqdur), men Abdulmuttalib avlodidurman!» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:29:40
39-bob. Ulov uzangisi haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak oyoqlarini uzangiga tiqqach, tuyalari o‘rnidan turgani hamonoq Zulhulayfa masjidi oldidan boshlab talbiya aytishga kirishar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:30:07
40-bob. Egarlanmagan ot minish xususida

Anas raziyallohuanhu rivoyat qiladilar: «(Tunlardan birida Madina ahli qandaydir ovozni zshitib, xavotirga tushdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaning otlarini so‘rab olib, o‘shal ovoz kelgan tomonga minib ketdilar. Ul yerdan qaytib kelganlarida odamlar ko‘rdilarki), ul zot buyinlariga qilich osib olib, otni egarlamay minib ketgan erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:31:16
41-bob. Yo‘rg‘a ot haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida Madina ahli xavotirga tushdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaning yo‘rg‘a otini (so‘rab olib), o‘shal xavf sezilgan tomonga qarab minib ketdilar. Qaytib kelgach: «Biz bu otingizning dengiz (oqimi yanglig‘ bir tekis) yurishini bildik!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:31:56
42-bob. Ot poygasi haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yugurib chiniqqan otlar o‘rtasida Hafyodan Saniyyatul-Vido’gacha va yugurib chiniqmagan otlar o‘rtasida Saniyyadan Banu Zurayq masjidigacha poyga uyushtirdilar. Men poygada iigpgook qilganlardan biri erdim».

Sufyon: «Hafyo birlan Saniyyatul-Vido’ oralig‘i besh yoki olti mil va Saniyyatul-Vido’ birlan Banu Zurayq masjidi oraligi bir mil keladi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:32:41
43-bob. Otlarni (jihod uchun) yugurtirib chiniqtirmoq haqida

Abdulloh (ibn Umar) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:  «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yug‘urib chiniqmagan otlar o‘rtasida poyga utkazdilar. Ular yuguradirgan masofani Saniyyadan Banu Zurayq masjidigacha (qilib) belgiladilar». Abdulloh ibn Umar (o‘shal otlardan birini minib) poyga qilgan erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:33:00
44-bob. Yugurib chiniqqan otlar (poygasi) uchun (belgilanadirgan) eng yiroq masofa haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yugurib chiniqqan otlar o‘rtasida poyga o‘tkazdilar. Shunda ul zot otlarni Hafyodan boshlab poyga qildirdilar. Ularning marrasi Saniyyatul-Vido’ erdi. Men Musodan: «Poyga masofasi qancha erdi?» — deb so‘radim. U: «Olti yoki yetti mil», — dedi. Keyin, Janob Rasululloh yugurib chiniqmagan otlar o‘rtasida (ham) poyga o‘tkazib, ularni Saniyyatul-Vido’dan boshlab yugurtirdilar. Ularning marrasi Banu Zurayq masjidi erdi. Men (Musodan): «Poyga masofasi qancha erdi?» — deb so‘radim. U: «Bir mil (yoki shunga yaqin)» — deb aytdi».

Ibn Umar poygada ishtirok qilganlardan biri erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:33:18
45-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalari haqida

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usomani «Qasvo» (ismli tuyalari)ga mingashtirib oldilar», — deydilar.

Misvar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qasvo o‘jarlik qilma (y cho‘k)di» — deb aytdilar», — deydilar.

Anas raziyallohu anhu «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalarining ismi «Azbo» erdi», — deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Azbo» ismli tuyalari bo‘lib, uning ortidan biror tuya yeta olmas erdi. (Bir kuni) bir badaviy bir yosh tuyani minib keldi-da, ul zotning tuyalaridan o‘zib ketdi. Shunda musulmonlar bundan qattiq ozor chekishdi. Janob Rasululloh ularning xafa bo‘lganlarini bilib: «Olloh taolo (bu) dunyodagi biror narsaning kekkaymasligiga haqlig‘ bo‘lib, (biror narsa kekkaydi deguncha), uni (darhol) pasaytirib qo‘yur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:33:39
46-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oq xachirlari haqida

Anas va AbuHumayd: «Ayla podshohi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir oq xachir tortiq qildi», — deyishadi.

Umar ibn al-Haras: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oq xachirlari, qurollari va (Olloh taolo yo‘lida) sadaqa qilgan yerlaridan bo‘lak biror narsa (meros) qoldirmadilar»,— deydilar.

Abu Ishoq Baro raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Bir kishi Baroga: «Ey Abu Ammora, Hunayn (voqeasi) kuni (dushmandan) qochdingizlarmi?» — dedi. Baro: «Olloh taolo haqi, unday emas, Janob Rasululloh qochganlari yo‘q, ammo musulmonlar (dushman yengilib qochgach), shoshib (o‘ljalarga yopirilishdi). Shunda Havozin (kamonchilari) ularni o‘qqa tutishib erdi, (o‘qdan o‘zlarini olib qochishdi, qo‘rqoqlik qilib jang maydonidan qochishgani yo‘q). O’shanda Janob Rasululloh oq xachirlariga minib oldilar, Abu Sufyon ersa uning jilovidan ushlab yetakladilar. Janob Rasululloh (nuqul): «Men payg‘ambarman, payg‘ambar ersa yolg‘on gapirmas, (Olloh taoloning menga g‘alaba ato etmog‘i haqidagi va’dasi haqdur), men Abdulmuttalib avlodiman!» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:33:58
47-bob. Ayollarning jihod qilmog‘i haqida

Oisha raziyallohu anhorivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan jihod qilmoqqa izn so‘radim. Shunda ul zot: «Sizlarning (ya’ni, ayollarning) jihodingiz — hajdur» - deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:34:26
48-bob. Bir ayolning dengizda (kemada) g‘azotga borgani haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (xolalari Ummu Harom) binti Milhonning uylariga kirib, yenboshladilar. So‘ng, (uyg‘onib) kulib quydilar. Ummu Harom: «Yo Rasulalloh, nechun kulayotisiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Tushimda menga Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani ketayotgan bir guruh ummatlarim namoyon qilindi. Ular podshohlar kabi taxtda o‘ltirgan holda dengiz buylab kemada suzib ketishayotgan ermishlar», — dedilar. Ummu Harom: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni ham ushalar jumlasidan qilsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, uni (xolamni) ushatar toifasidan qilgaysan!» — deb duo qildilar. So‘ng, ul zot yana yonboshladilar. Bir ozdan keyin uyg‘onib, yana kulib qo‘ydilar. Ummu Harom avvalgidek savol berdilar. Ul zot ham avvalgidek javob qildilar. Ummu Harom: «Olloh taologa duo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Siz avvalgilar (ya’ni, kemada ketayotganlar) toifasidansiz, keyingilar (ya’ni, quruqliqda tuyalarga minib ketayotganlar) toifasidan emassiz», — dedilar. Keyin, Ummu Harom Uboda ibn as-Somitga erga tegdilar va erlari hamda (Muoviya ibn Abu Sufyonning xotini Foxita) binti Qaraza birlan birga kemaga o‘ltirib, (g‘azot qilgani Rumga) yo‘l oldilar. Kemadan quruqlikka tushgach, tuyalaridan qulab, halok bo‘ldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:34:47
49-bob. Kishining o‘z xotinlaridan birinigina g‘azotga olib bormog‘i haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar g‘azotga bormoqchi bo‘lsalar, o‘z xotinlari o‘rtasidl qur’a tashlar erdilar. Qur’a qaysi xotinlariga chiqsa, o‘shani g‘azotga o‘zlari birlan birga olib ketar erdilar. G’azotlardan birida yana shunday qilib erdilar, qur’a menga chiqdi. Keyin, men ul zot birlan birga g‘azotga junadim. Bu voqea «Hijob» oyati nozil qilingandan keyin bo‘lgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:35:09
50-bob. Ayollar g‘azoti va ularning erkaklar birlan birga jang(da ishtirok) qilmoqlari haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud kuni mushriklar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan yengilib qochishdi. Shunda men Oisha binti Abu Bakr va Ummu Sulaymni (jang maydonida) ko‘rdim. Ikkalalari (qoqinib ketmaslik uchun) kuylaklari etagini bellariga qistirib olgan holda (suv to‘la) meshlarni yelkalariga qo‘yib olib musulmonlarga olib borishar, ularga suv ichirgach ersa, meshlarni (suvga) to‘ldirgani yana ortlariga qaytishar hamda meshlarni to‘ldirib bo‘lib, yana musulmonlarning oldiga borib, ularga suv ichirishar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:35:52
51-bob. G’azot chog‘ida ayollarning odamlarga meshlarda suv tashib turmog‘i haqida

Sa’laba ibn Abu Molik bunday deydilar: «Umar ibn al-Xattob Madina ayollarining bir guruhiga ko‘ylaklar taqsim qildilar. Shunda bir dona ko‘ylak ortib qolib erdi, huzurlaridagi kishilardan biri: «Ey mo‘minlar amiri, bu kuylakni o‘zingizning uyingizdagi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlariga (ya’ni, o‘zingizning xotiningiz bo‘lmish Hazrat Alining qizlari Ummu Kulsumga) beringiz!» — dedi. Hazrat Umar: «Ummu Saliyt bu kuylakka haqliroq bo‘lib, u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan ansoriya ayollardandur. Ummu Saliyt Uhud kuni bizga meshda suv tashib turgan», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:36:14
52-bob. Ayollarning g‘azotda jarohatlanganlarni davolamog‘i haqida

Rubayyi’ binti Mu’avviz raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz (ayollar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotlarga chiqur erdik. Shunda biz (meshlarda suv olib kelib), sahobalarga ichirar, (yaradorlarga) yordam qilar va (ulovlarga ortilgan) majruhu shahidlarni (jang maydonidan) Madinaga qaytarib olib borar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:36:35
53-bob. Ayollarning (ulovlarga ortilgan) yaradoru shahidlarni (jang maydonidan uylariga) qaytarib olib bormoqlari haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

54-bob. Kamon o‘qini badandan sugurib olmoq haqida

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Omirning tizzalariga kamon o‘qi tegdi. Men oldilariga borib erdim, ul kishi: «O’qni sug‘urib ol!» — dedilar. Men uni sug‘urib oldim. Shunda jarohat o‘rnidan suv oqib, (ul kishi vafot qildilar). Keyin, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirib, shul haqda xabar qildim. Ul zot: «Yo parvardigoro, Ubayd Abu Omirning gunohlarini magfirat qilgaysan!» — deb duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:37:36
55-bob. G’azot chog‘ida Olloh taolo yo‘lida qo‘riqchilik (posbonlik) qilmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dushman xavf solib turgan kezlarda tunlarni) bedor o‘tkazar erdilar. Madinaga kelganlarida: «Shoyad (qani endi), solih sahobalarimdan biri meni bu kecha quriqlasa!» — dedilar. Shu zahotiyoq qurol-yarog‘ning (bir-biriga tekkanda chiqadirgan) ovozini eshitdik. Janob Rasululloh: «Kim bu?» — dedilar. (Kelayotgan odam): «Bu men, Sa’d. ibn Abu Vaqqosman, sizni qo‘riqlagani kelayotirman», — dedi. So‘ng, (Sa’d ibn Abu Vaqqos kelib, posbonlik qildilar), Janob Rasululloh ersalar yotib uxladilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Dinor bandasi, dirham bandasi va qorin bandasining beti qursin! Agar (bunday odamga biror narsa) berib tursang, sendan rozi bo‘lur va agar bermay qo‘ysang, (baloi nafsi qo‘zg‘ab, sendan) darg‘azab bo‘lur-da, ko‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urur. Agar unga tikon kirsa, (ochko‘zligidan hatto tikonni ham) sug‘urib tashlamas! (Boylik to‘plashga va yeb-ichishga ruju’ qilmay), Olloh taolo yo‘lida otining jilovini tutgan va (shu yo‘lda) sochlari to‘zib, oyoqlari chang bo‘lgan bandaga Tubo (jannat va undagi daraxt ismi) nasib bulsin! (Bunday odam), agar (dushman xavfidan ogoh qilmoq uchun qo‘shin oldida) quriqchilik qilib turgan bo‘lsa, (bu uning uchun eng ulug‘ va savobovar ish bo‘lib, bundan yuqoriroq martabani ko‘zlamay, sadoqat birla) qo‘riqchilik qilur va agar u (qo‘shin ortida) quriqchilik qilib turgan bo‘lsa (ham, aynan shunday) quriqchilik qyilur. (Kimki shu yo‘lni o‘ziga lozim topgan bo‘lsa, demak u shunga munosib bo‘lib), agar (biror boshqa amalga) izn surasa, izn berilmas va agar (odamlarni o‘rtaga qo‘yib) shafoat tilasa, shafoati qabul qilinmas!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:38:07
56-bob. G’azot chog‘ida (musulmonlarning bir-birlariga) xizmat qilmoqlarining fazilati haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Men Jarir ibn Abdullohga (ko‘p g‘azotlarda) hamrohlik qilganman. Ul kishi (yoshlari mendan katta bo‘lsa-da), menga xizmat qilur erdilar», — deydilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men xizmatlarini qilmoq uchun Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar (g‘azoti)ga chiqdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (g‘azotdan Madinaga) qaytib kelayotganlarida (uzoqdan) Uhud tog‘i ko‘rindi, Shunda ul zot: «Bu tog‘ bizni sevadi va biz ham uni sevamiz», — dedilar. So‘ng, qullari birlan Madinaga ishora qilib: «Yo parvardigoro, Ibrohim (alayhissalom) Makkani muqaddas qilganlari kabi, men uning (Madinaning) ikki toshloq yeri (yoki ikki tog‘i) oraligini muqaddas qilurman! Yo parvardigoro, bizning rizqi ro‘zimizga barakot ato etgil!» — deb duo qildilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga (safarda) erdik. (Ba’zimiz ro‘za tutgan va ba’zimiz tutmagan bo‘lib, kun nihoyatda issiqligidan) ko‘pchiligimiz kiyimi birlan, (qolganlar ersa qo‘li birlan o‘zini Quyoshdan) pana qilib kelar erdi. (Nihoyat, bir yerda dam olgani tuxtadik). Shunda ro‘za tutganlar azbaroyi toliqqanlaridan hech bir ish qilisha olmadi, ro‘za tutmaganlar ersa (o‘zlarining va ro‘za tutganlarning) tuyalarini (suv buyiga) haydab borib sug‘orishdi, yem-xashak berishdi, (ro‘za tutganlarga chaylalar qurishdi). (Buni ko‘rib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘za tutmaganlar bugun (ro‘za tutganlarga xizmat qilib, ko‘p) ajr-savoblar olishdi» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:38:34
57-bob. Safarda hamrohini uloviga mingashtirib olgan yoxud uning yukini uloviga ortib olgan kishining fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Inson (o‘z) vujudining har bir bo‘g‘imi uchun Quyosh chiqib (olamni munavvar qiladirgan) har kuni (Olloh taolo yo‘lida) xayru ehson (amali solihlar) qilmog‘i lozim bo‘lib, uning ikki odam orasini kelishtirib quymog‘i ham savobdur, (safarda) hamrohini uloviga mingashtirib olib yoki uning yukini uloviga ortib olib, yordam qilgani ham savobdur, (birovning ko‘nglini ko‘targuvchi, unga dalda berguvchi) yaxshi (shirin) suz aytgani ham savobdur, namoz (o‘qiyman, deb) qo‘ygan har bir qadami ham savobdur va (odamlarga) ozor berguvchi (tosh, kesak, najosat kabi) narsalarni yo‘ldan olib tashlagani ham savobdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:39:01
58-bob. Olloh taolo yo‘lida bir kun (jihodga) tayyor turmoqning fazilati haqida

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sabr qilingizlar, sabrda (dushmandan) ustun bo‘lingizlar va (jihodga doim) tayyor turingizlar, shoyad maqsudingizga yetsangizlar!» («Oli Imron» surasi, 200-oyat).

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Olloh taolo yo‘lida bir kun (jihodga) tayyor turmoqning savobi dunyo va undagi barcha narsalardan afzaldur, qamchingiz siqqudek jannatdagi joy dunyo va undagi barcha narsalardan afzaldur va bandaning kun oqqandan tungacha yoxud ertalabdan kun oqquncha bo‘lgan muddatda bir marta Olloh taolo yo‘lida (jihodga) chiqmog‘i dunyo va undagi barcha narsalardan afzaldur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:39:31
59-bob. Dastyor bola birlan g‘azotga chiqqan kishi haqida

Anas ibn Molikraziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaga: «Iltimos, Xaybar g‘azotiga chiqmog‘im uchun g‘ulomlaringdan birini menga  dastyor qilib bersang!» — dedilar. Keyin, Abu Talha meni ulovlariga mingashtirib yo‘lga tushdilar, shunda men balog‘at yoshiga yetgan yigitcha erdim. Men ul zotga, qaerda ulovlaridan tushib dam olsalar, o‘shal yerda dastyorlik qildim. O’shal kezlarda men ul zotning: «Yo parvardigoro, meni g‘amu tashvishdan, munkillaganlikdan, yalqovlikdan, qurqoqliqdan, baxillikdan, qarzga botmoqliqdan va odamlar qahridan o‘z panohingda asragil!» — deb aytganlarini ko‘p eshitganman. So‘ng, biz Xaybarga yetib keldik. Xaybar qurg‘oni Olloh taolo inoyati birlan fath qilingach, odamlar ul zotga Huyay ibn Axtabning qizi Safiyyaning husnu jamolini ta’rif qilishdi. Safiyya yosh kelinchak bo‘lib, eri Xaybar janggida musulmonlar tomonidan halok qilingan erdi. Janob Rasululloh Safiyyani (o‘zlariga xotin qilib olmoqni) ixtiyor qildilar. Keyin, uni o‘zlari birlan olib yo‘lga tushdilar. Sahbo tepaligaga yetib borganimizda ul zot Safiyyani cho‘riliqdan ozod qilib, o‘z nikohlariga oldilar-da, unga qo‘shildilar. Keyin, bir kichik charm palos (yoki dasturxon) yozib, unga «hays» (xurmo, yog‘ va pishloqdan tayyorlanadirgan taom) qo‘ydilar-da, menga: «Atrofingdagilarni (dasturxonga) taklif qil!» — dedilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Safiyyaga (uylanishlari munosabati birlan qilgan) to‘y ziyofatlari erdi. So‘ng, biz Madina tomon yo‘lga tushdik. Shunda men ul zotning (chodirdam) Safiyyani o‘z choponlariga o‘rab-chirmab ortlaridan ergashtirib chiqqanlarini, keyin tuyalari oldiga borib tiz cho‘kkanlarini, Safiyya ersa tizzalariga oyog‘ini qo‘yib turib, tuyaga minib olganini ko‘rdim. Biz yura-yura, nihoyat Madinaga yaqinlashdik. Shunda ul zot Uhud tog‘iga qarab: «Bu tog‘ bizni sevadi, biz ham uni sevamiz», — dedilar. So‘ng, Madinaga qarab: «Yo parvardigoro, Ibrohim alayhissalom Makkani muqaddas qilganlari kabi men ham Madinaning ikki tog‘i oraligini muqaddas qilurman! Yo parvardigoro, Madina ahlining rizqi ro‘ziga barakot ato etgaysan!» — deb duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:39:50
60-bob. (Kemada) dengiz osha (g‘azotga bormoqlik) haqida

Bu yerda Anas ibn Molik raziyallohu anhu Janob Rasulullohning xolalari Ummu Harom binti Milhon huzurlariga kirib dam olganlarida ko‘rgan tushlarini bayon qilib berganlari haqidagi hadisni rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:40:08
61-bob. Urush chog‘ida beva-bechora, nochoru notavon va solih kimsalardan duo talabida bo‘lmoq lozimligi haqida

Abu Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uiga (ya’ni, Janob Rasulullohga) boy-zodagonlar ergashayotirmi yoxud beva-bechora, nochoru notavonlarmi?» — deb sendan so‘rasam, sen: «Beva-bechora, nochoru notavonlar» — deb aytding. Ha, payg‘ambarlarga ana shundaylar ergashadilar», — dedi menga Qaysar».

Mus’ab ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu o‘zlarini (nasl-nasab va boylik jihatdan) pastroq kishilardan afzal ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oralaringizdagi beva-bechora, nochoru notavon kimsalar(ning ro‘zalari, namozlari va duolari)siz zafar va rizq topa olursizlarmi?!» — dedilar». (Ya’ni, zaif kimsalarning ibodatlari o‘ta ixloslidur, chunki ularning qalblari mol-dunyo hirsidan xoli va vijdonlari Olloh taolo birlan o‘zlarining oralariga g‘ov bo‘lguvchi qabohatlardan pokdur. Shul boisdan ularning duolari tezroq musgajob bo‘lur).

Aru Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar.  «Odamlarga shunday zamon kelurki, unda bir guruh kishilar g‘azot qilurlar. Shunda: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qilganlar bormi?» — deyilur. «Ha, (bor)» — deb javob qilinur. Keyin, (o‘shal sahobalarning fazli tufayli ularga) fath (zafar) ato etilur. So‘ng, (yana) shunday zamon kelurki, unda (ham bir guruh odamlar g‘azot (qilurlar). Shunda: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalariga sahobalik qilganlar bormi?» — deyilur. «Ha, (bor)» — deb javob qilinur. Keyin, (Janob Rasulullohning sahobalariga sahobalik qilgan o‘shal sahobalarning fazli tufayli ularga) fath (zafar) ato etilur! So‘ng, (yana) shunday zamon kelurki, unda (ham bir guruh odamlar g‘azot qilurlar). Shunda: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalarining sahobalariga sahobalik qilganlar bormi?» — deyilur. «Ha, (bor)» — deb javob qilinur. Keyin, (Janob Rasulullohning sahobalarining sahobalariga sahobalik qilgan o‘shal sahobalarning fazli tufayli ularga) fath (zafar) ato etilur». (Ya’ni, Janob Rasulullohga hamrohlik qilganlar — «sahoba», sahobaga hamrohlik qilganlar — «tobi’uun», tobi’uunga hamrohlik qilganlar ersa «atbo’» deb atalib, Olloh taolo ularning fazilatlari; tufayli g‘azot qilguvchi musulmonlarga zafar ato etgandur, chunki ular mol-dunyo uchun emas, balki Olloh taoloning so‘zi — kalimai tavhidning jahonda eng ulug‘ so‘z bo‘lib qolmog‘i uchun g‘azot qilganlar. «Ulardan keyingi musulmonlarda (yuqoridagi) uch toifa sahobalarda bo‘lgan fazilatlar tobora kamayib borib, Islom podshohlari mol-dunyo va amal uchun urush qilganlar. Shul bois, Islom borgan sari zaiflashib va yakkalanib, hozirda uning suratigina saqlanib qolgan va unga ko‘pchilik musulmonlar nomigagina amal qiladirgan bo‘lib qolgandurlar» — deyishgan ba’zi ulamolar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:40:27
62-bob. (Jarohati og‘rigiga chidamay, o‘zini o‘ldirgan musulmonni) «Falooti shahid» deyilmaydi

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo o‘zining yo‘lda jihod qilguvchini ham, o‘zining yo‘lida jarohatlanguvchini ham yaxshi bilur!» — deb marhamat qildilar».

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(G’azotlardan birida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamda (Xaybar) mushriklari o‘zaro to‘qnashib, jang qilishdi. (O’shal kungi jang tugab), Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (va sahobalar) hamda boshqalar (ya’ni, Xaybar mushriklari) o‘z qarorgohlariga qaytayotganda musulmonlardan (Quzmon ismli) bir kishi o‘z sheriklaridan keyinda qolgan mushriklar guruhini va yolg‘iz ketayotgan mushriklarni quvib borib, qilichi birlan chopib tashladi. Shunda (musulmonlardan biri): «Yo Rasulalloh, bugun birortamiz falonchi (ya’ni, Quzmon) topgan savobchalik savob topmadik», — dedi. Janob Rasululloh: «Ammo, u o‘zi jahannam ahlidandur» — deb javob qildilar. Musulmonlar: «(Agar Quzmondek bir shijoatli kishi jahannam ahlidan bo‘lsa, ul holda qaysi birimiz jannatimiz?» — deyishdi). Shunda ulardan biri: «Men uning do‘sti bo‘laman», — dedi-da, (ertasiga) Quzmon birlan birga jangga kirdi, u qaerda to‘xtasa, to‘xtadi, yugursa, yugurdi, (xullas, undan ajralmay, yonma-yon jang qildi). Bir vaqt Quzmon og‘ir jarohatlanib, o‘z o‘limini tezlashtirdi, ya’ni qilichining dastasini yerga, uchini ersa ko‘kragining o‘rtasiga qo‘ydi-da, og‘irligini tashlab, o‘zini-o‘zi o‘ldirdi. (Boyagi u birlan yonma-yon jang qilgan) kishi (darhol) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Sizning Olloh taoloning Rasuli ekanligingizga guvohlik keltirurman!» — dedi. Janob Rasululloh: «Ne hodisa ruy berdi?» — dedilar. Boyagi kishi: «Hali siz Quzmonni jahannam ahlidan, deb erdingiz, bu odamlarga og‘ir botib erdi. Shunda men (ularga): «Mana men uning xususida sizlarga xabar keltiraman» — deb uning ortidan borib, (u birlan yonma-yon jang qildim). So‘ng, u qattiq yaralanib, o‘z o‘limini tezlashtirdi — qilichining dastasini yerga, uchini ko‘kragining o‘rtasiga qo‘ydi-da, og‘irligini tashlab, o‘zini-o‘zi o‘ldirdi», — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Bir kishi odamlar ko‘ziga jannat ahlining ishini qilgandek bo‘lib ko‘rinadi-yu, ammo o‘zi jahannam ahlidan bo‘ladi va bir kishi odamlar ko‘ziga jahannam ahlining ishini qilgandek bo‘lib ko‘rinadi-yu, ammo o‘zi jannat ahlidan bo‘ladi» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:40:43
63-bob. Otishga undamoq haqida

Olloh taoloning qavli: «(Ey mo‘minlar), ularga (mushriklarga) qarshi imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni hozirlab qo‘yingizlar, bu birlan Ollohning va o‘zlaringizning  dushmanlaringizni dahshatga solursizlar» («Anfol» surasi, 60-oyat).

Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (kamondan otish bo‘yicha) musobaqalashayottan Aslam qabilasiga mansub bir guruh kishilar huzuriga bordilar-da: «(Ey) Banu Ismoil, otingizlar, sizlarning ajdodlaringiz mergan o‘tgan, otingizlar, men Banu falon tarafidaman!» — dedilar. Shunda (o‘zaro musobaqalashayotgan) ikki jamoadan biri otishdan to‘xtadi Janob Rasululloh: «Nima bo‘ldi sizlarga, nechun otmayapsizlar?» — dedilar. Ular: «Siz Banu falon tarafida bo‘lsangiz biz qanday otamiz?» — deyishdi. Janob Rasululloh (gap nimada ekanligini fahmlab): «Otaveringizlar, men barchangizning tarafingizdaman!» — dedilar».

Abu Usayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Badr kuni Quraysh (mushriklari) bizning va biz ularning qarshisida saf tortganimizda: «Agar ular (kamon o‘qi yetadirgan masofada) sizlarga yaqin kelishsa, kamondan o‘qqa tutingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:40:58
64-bob. (Masjidda) nayza yoxud boshqa qurollar birlan (harbiy) o‘yinlar o‘tkazmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Habashlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida (masjidda) nayzabozlik qilib turganlarida Hazrat Umar kirib kelib (qo‘llariga tosh) oldilarda, ularga otdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Umar, qo‘y ularni o‘z hollariga, (mashq qilaverishsin!)» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:41:16
65-bob. Qalqon va o‘z do‘stini qalqon birla to‘sib himoya qilgan kishi haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talha (Uhud kuni) bitta qalqon birla ham o‘zlarini, ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni to‘sib himoya qildilar. Abu Talha mergan kishi bo‘lib, kamondan otganlarida Janob Rasululloh qadlarini rostlab, ul kishining otgan o‘qlari ketgan tomonga qarar erdilar».

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning boshlaridagi dubulg‘a sinib, yuzlari qonab, kurak tishlari singanda Hazrat Ali qalqonda suv keltirib turdilar, Fotima ersalar Janob Rasulullohning (jarohatlarini, yuzlaridagi qonni) yuvdilar. Ammo, yuvgan birlan qon to‘xtamayotganini ko‘rib, qamish keltirdilar-da, uni kuydirib, (kulini) ul zotning jarohatlariga bosdilar, shundagina qon to‘xtadi».

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Banu Nazir qa-bilasining mol-mulki Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga haqlig ravishda taqdir qilgan, musulmonlar uning uchun na ot va na tuya choptirib (ya’ni, jang qilib) mehnatlari singmagan o‘ljalardan erdi. Mazkur mol-mulk shaxsan Janob Rasulullohga tegishli bo‘lib, ul zot undan o‘z onlalarini yillik nafaqa birlan ta’minlar, qolganiga ersa Olloh taolo yo‘lida (jihod qilmoqqa) hozir turish uchun qurol-yarog‘ va otlar xarid qilur erdilar».

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Sa’d (ibn Abu Vaqqos)dan keyin biror kishiga (ota-onalarini) fido qilganlarini ko‘rmadim. Men ul zotning Sa’dga: «Otgil, ota-onam senga fido bulsinlar!» — deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:41:31
66-bob. Charm qalqon haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Mino kunlari) mening huzurimga kirdilar. Shunda mening (hujramda) ikki ansoriya qizaloq Buos (urushi haqidagi) qo‘shiqni (baland ovoz birlan) kuylashayotgan erdi. Janob Rasululloh to‘shakka yonboshlab, yuzlarini (bizdan) o‘girib oldilar. Shu asnoda (otam) Abu Bakr raziyallohu anhu kirib keldilar-da, (ikki qizaloqqa qo‘shiq aytishga ruxsat berganim uchun) meni koyib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida shaytonning (Olloh taoloning zikridan chalg‘ituvchi) qo‘shig‘ini aytasizlarmi?!» — dedilar. Rasululloh yeallallohu alayhi va sallam ul kishiga o‘girshshb: «Qo‘yingiz, ularni (koyimangiz, chunki bugun bizning bayramimizdur!» — dedilar. Keyin men, (otam) bizga e’tibor bermay turganlarida, qizaloqlarga ishora qilib erdim, (sekingina) chiqib ketishdi».

Oisha raziyachlohu anho rivoyat qiladilar: «Bayram kuni habashlar qalqon va nayza birlan mashq qilishayotgan erdi. Men o‘zim Rasululloh salshallohu alayhi va sallamdan so‘radimmi yoki ul zot o‘zlari: «Tomosha qilasanmi?» — dedilarmi (hozir yodimda yo‘q). (Har holda ul zot o‘zlari aytgan bo‘lsalar kerak), men: «Ha», — dedim. So‘ng, ul zot meni gavdalari birlan (begona ko‘zdan) pana qilib turib tomosha qildirdilar. Shunda ul zot (habashlarga qarata): «Ey Banu Arfada, ehtiyot bo‘lingizlar!» — dedilar. Men zerikkunimcha (tomosha qildim). Janob Rasululloh: «Yetarlimi, tomosha qilib bo‘ldingmi?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Ul zot: «(Ul holda) ichkariga kirgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:41:54
67-bob. Qilich tasmasi va bo‘yinga qilich osib olish haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eng yaxshi va eng shijoatli kishi erdilar. Bir kuni tunda Madina ahli (qandaydir ovozni eshitib) xavotir olganidan o‘shal ovoz kelgan tomonga qarab yurdi. Io‘lda ularga Janob Rasululloh duch keldilar. Ul zot buyinlariga qilich osib olib, Abu Talhaning otlarini egarlamay minganlaricha (barchadan burun xavf sezilgan tomonga ketgan va ul yerda) hech qanday xatar yo‘qligini bilib, qaytib kelayotgan erdilar. (Madina ahlini ko‘rgach): «Qo‘rqmangizlar! Qo‘rqmangizlar!» — deb aytdilar, so‘ng (Abu Talhaning yo‘rg‘a otlarini nazarda tutib): «Biz buning dengiz (oqimi kabi bir tekis yugurishini) bildik!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:42:15
68-bob. Qilichlar bezagi haqida

Abu Umoma raziyallohu anhu: «Qilichlari na oltin va na kumush, balki (ingichka tsri) tasma, qurg‘oshin va temir bir langina bezalgan qavm (ya’ni, sahobalar g‘azotlarda) g‘alas qilganlar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:42:44
69-bob. Safarda qaylula qilishdan oldin qilichini daraxt (shoxi)ga ilib quygan kishi haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Najd tomonga g‘azotga chiqdim. (G’azot tutab), Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ortlariga qaytganlarida men ham ul zot birlan birga qaytdim. Bir serdaraxt vodiyga yetganimizda qaylula qilish vaqti bo‘lib qolib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (tuyalaridan) tushdilar, sahobalar ham (ulovlaridan) tushishib, daraxtlar soyasida qaylula qilgani turli tarafga tarqab ketishdi. Ul zot ersalar bir samura daraxti ostiga borib, qilichlarini uning shoxiga ilib quydilar-da, yonboshladilar. Barchamiz dam olib, uyquga ketdik. Bir mahal Janob Rasululloh bizni chaqirib qoldilar, (borib qarasak), qoshlarida bir badaviy turibdi. Ul zot (bizga): «Manavi (odam) uxlab yotganimda qilichimni (qinidan) sug‘urib olibdi. Uyg‘onib (qarasam), tepamda qilich yalang‘ochlab turibdi. U (menga): «(Hozir) seni (o‘ldirmog‘imga) kim mone’lik qila oladi?» — dedi. Men: «Olloh (taolo mone’lik qiladi)» — deb aytdim. Shunda (Hazrat Jabroil uning ko‘kragiga bir urib erdilar), u (erga) o‘ltirib qoldi», — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh (kofirlarning qalblarini Islomga moyil qilish maqsadida) o‘shal badaviyni jazolamadilar. (Ul o‘shal yerning o‘zida musulmon bo‘ldi-da, o‘z qavmi huzuriga qaytib borib, ularni Islomga da’vat qildi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:43:04
70-bob. Dubulg‘a kiymoq haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Uhud kuni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlari jarohatlandi, kurak tishlari sindi va boshlaridagi dubulg‘alari majaqlandi. Shunda Fotima alayhossalom (ul zotning yuzlaridagi) qonni yuvdilar, Hazrat Ali ersalar (qalqonlarida suv keltirib, ul muhtaramaga) tutib turdilar. Fotima (alayhossalom) qonning to‘xtamaytganini ko‘rib, qamish keltirdilar-da, uni kuydirib, kulini (ul zotning jarohatlariga) bosdilar, qon tuxtadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:43:22
71-bob. Vafot qilayotganida qurolini sindirib tashlashni lozim topmagan kishi haqida

Amr ibn al-Haras raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlaridan keyin qurollari, oq hachirlari va Xaybardagi (Olloh taolo yo‘lida) sadaqa (vaqf) qilgan yerlarinigina qoldirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:44:13
72-bob. Qaylula qilish va daraxtlar soyasida dam olish vaqti bo‘lganda odamlarning imomni xoli qoldirib, o‘zlari (har tarafga) tarqab ketganlari haqida

Bu yerda yuqoridagi (69-bobdagi) hadis takrorlantan.

73-bob. Nayzalar haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo) mening rizqimni nayzam soyasi ostiga joylashtirgan va tubanligu xor-zorlikni mening amrimga qarshi chiqqanlarga atagandur» — deb marhamat qildilar». (Ya’ni, «Olloh taolo jannat va undagi rohat-farogatni o‘zining yo‘lida jihod qilganlar uchun hamda jahannam va undagi xorligu dardli azobni Islomga muxoliflik qilganlar uchun atab quygandur»).

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Qatoda raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga chiqdilar. Makka yo‘lidagi bir yerga yetishganda Abu Qatoda bir guruh hamrohlary birlan ul zotdan orqada qoldilar. Abu Qatoda ehrom kiymagan, hamrohlari ersa ehromda erdilar. Nogahon, ul kishi bir qulonni ko‘rib Qolib, otlariga mindilar-da, qamchilarini olib berishni hamrohlaridan iltimos qildilar. Ular olib berishmadi. So‘ng, nayzalarini olib berishni iltimos qilib erdilar, uni ham olib berishmadi. Shunda o‘zlari (otdan tushib) qamchi va nayzalarini oldilar-da, yana unga minib qulonni quviy ketdilar, nayza otib uni o‘ldirdilar. So‘ng, ba’zi sahobalar uning go‘shtidan (pishirib) yeyishdi, ayrimlari yeyishmadi. Keyin, Janob Rasulullohga yetib olishganda, ul zotdan shud haqda so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Bu — Olloh taolo sizlarga ato etgan rizqdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:44:29
74-bob. Janob Rasulullohning sovutlari va urushda jang libosi (kiymoq) haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, Xolid (ibn Valid) jang liboslarini Olloh taolo yo‘lida (jihod qilmoq uchun) tayyorlab quygandur», — dedilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Badr g‘azoti kuni) chodirda turib: «Yo parvardigoro, (o‘zing yuborgan payg‘ambarlarga madad berib, g‘alaba ato etmog‘ing xususidagi) ahdingni va (musulmonlarning qo‘lini baland qilib, kofirlarni mag‘lub etmog‘ing haqidagi) va’dangni bajarmog‘ingni iltijo qilurman! Yo parvardigoro, agar (mo‘minlarning halokatini) iroda qilgan bo‘lsang, (bu ham sening ishing bo‘lib, biz amru xohishingga bo‘yin egurmiz va) bugundan keyin ibodat qilinmas! (ya’ni, so‘nggi payg‘ambar bo‘lmish men va mening sahobalarim halok bo‘lsak, bundan keyin iymonga da’vat qilguvchi biror kishi qayta yuborilmas!)» — dedilar. Shunda Abu Bakr (as-Siddiq raziyallohu anhu) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘llarini ushlab: «Bas, rabbingizga yetarli iltijo qildingiz!» — dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovut kiygan holda (chodirdan tashqariga) chiqdilar-da, (Olloh taoloning) «Yaqinda o‘shal jamoat yengilib, ortlariga qochib qolurlar! Ammo, ularga (mangu azob beriladirgan) vaqt — Qiyomat bo‘lib, u o‘ta dardli va o‘ta achchiqdur!» degan oyati karimalarini tilovat qildilar». (Mazkur oyatlar «Qamar» surasining 45—46-oyatlaridur).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlarida sovutlari bir yahudiyga o‘ttiz so’ arpa uchun garovga quyilgan erdi».

A’mash: «Temir sovut erdi», — deydilar.

A’mash: «Temir sovut garovga quyilgan erdi», — deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Baxil (ya’ni, xasis) odam birlan sadaqa qilguvchi (ya’ni, saxiy) odam temir sovut kiyib olgan, (sovutlari yoqasi), buyinlarini (qattiq bo‘g‘ib qo‘yganidan) jon holatda qo‘llari birlan (uni kengaytirishga) harakat qilayotgan ikki odamga o‘xshaydi. Saxiy nechog‘liq sadaqa qilmoqni niyat qilsa, (sovuti ham) shul qadar kengayib hatto uning (badanda qoldirgan) izlari butunlay yo‘qoladi. Ammo, xasis nechog‘liq sadaqa qilmoqni niyat qilsa, sovutining har bir halqasi ham shul qadar terigani o‘ziga tortib, uning (bo‘ynini battarroq) siqadi va xasis harchand (sovuti yeqasini) qo‘llari birlan kengaytirishga harakat qilmasin, baribir kengaymaydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:44:58
75-bob. Safar va urushda jubba (kiymoq) haqida

Mugiyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azotida bo‘ldim). Shunda ul zot hojat uchun (bir chekkaga) chiqdilar. So‘ng, ortlariga qaytdilar. Men (bir idishda) suv (olib), ul zotga peshvoz chiqdim. Ul zot shomiy jubba qiyib olgan bo‘lib, og‘iz va burunlarini chayqadilar, yuzlarini yuvdilar. So‘ng, qo‘llarini jubba yengidan chiqarmoqchi bo‘lib erdilar, torlik qildi. Shul bois qo‘llarini yeng ichidan tortib oldilar-da, yuvdilar. Keyin, boshlari birlan poyabzallariga mash tortdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:45:17
76-bob. Urushda ipak kiyim (kiymoq) haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (g‘azotlardan birida) Abdurrahmon ibn Avf birlan Zubayrga, qichima dardlari bo‘lgani uchun, ipak kiyim kiyishga ijozat berdilar». (Ulamolarning aytishlaricha, qichima dardining mijozi sovuq, ipakning mijozi ersa issiq bo‘lib, ipak qichima dardiga davo erkan).

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:45:29
77-bob. Pichoq haqida

Amr ibn Umayya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘yning (pishirilgan) qo‘lidan kesib (eyayotganlarini) ko‘rdim. Shu asnoda (Hazrat Bilol) namozga azon aytib qoldilar. Shunda Janob Rasululloh (qo‘llaridagi pichoqni qo‘yib, og‘iz chayqadilar-da), tahoratlarini yangilamay, namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:45:45
78-bob. Rum janggi xususida

Ummu Harom (binti Milhon) raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ummatimdan birinchi bo‘lib bir qo‘shin (ya’ni, Muoviya qo‘shini) dengiz (osha) g‘azotga boradilar, ular (o‘z amali solihlari birlan Olloh taoloning mag‘firatu rahmatiga) sazovor bo‘lgandurlar» — deb marhamat qildilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, men ular orasida bormanmi?» — dedim. Ul zot: «(Ha), siz ular orasida borsiz», — dedilar. Keyin, ul zot: «Ummatimdan birinchi bo‘lib bir qo‘shin (ya’ni, Yazid ibn Muoviya qo‘shini Qaysar (ya’ni; Rum podshohi shahriga (ya’ni, Qustantaniya, Konstantinopol shahriga) g‘azot qiladilar, ular mag‘firat ahlidurlar» — deb marhamat qildilar. Shunda men; «Yo Rasulalloh, men o‘shalar orasida bormanmi?» — dedim. Ul zot «Yo‘q»,— dedilar». (Ba’zi ulamolar: «Yazid Janob Rasulullohning nabiralari Husaynni o‘ldirtirib, kofir bo‘lgandur, «mag‘firat ahli»dan emas. Janob Rasulullohning «Ular man firat ahlidurlar» degan bashoratlari Yaziddan bo‘lak g‘oziylarga taalluqlidur», — deyishsa, ayrimlari: «Ul zot namoz o‘qib Olloh taologa ibodat qilganlarni va qibla ahlidan bo‘lganlarni la’natlamoqdan qaytarganlar, biz Yazidning qilmishiga emas, iymoniga muvofiq fikr yuritamiz», — deyishadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:45:57
79-bob. Yahudiylarga (qarshi qilinadirgan) jang xususida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu aihu rivoyat qiladilar:  «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Kelgusida) sizlar (ya’ni, musulmonlar) yahudiylarga (qarshi) jang qilursizlar; Shunda ulardan biri (Qora) Tosh ortiga berkinib olur. Qora Tosh: «Ey Ollohning bandasi, manavi yahudiy mening ortimga berkinib oldi, uni o‘ldir!» — deb aytur», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (kelgusi ummatlarini nazarda tutib): «Sizlar yahudiylarga (qarshi) jang qilmagunlaringizga qadar, (Qora) Tosh o‘z ortiga bir yahudiyning berkinib olganini ma’lum qilib: «Ey musulmon, manavi yahudiy ortimga berkinib oldi, uni o‘ldir!» — deb aytmaguniga qadar Qiyomat bo‘lmas!» — dedilar». (Janob Rasululloh Iso alayhissalom osmondan tushib, musulmonlar ul kishi birla Dajjol lashkarlari bo‘lmish yahudiylarga qarshi jang qiladirgan zamonni nazarda tutganlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:46:08
80-bob. Turklarga (qarshi qilinadirgan) jang xususida

Amr ibn Taglib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomatning belgilaridan biri shuki, (kelgusida) sizlar (ya’ni, musulmonlar) jun poyabzal kiyguvchi bir qavmga qarshi jang qilursizlar, Qiyomatning belgilaridan (yana) biri shuki, sizlar yuzlari yalpoq, (ya’ni, bir-biriga urilaverib) yalpayib ketgan qalqonga o‘xshash yuzli bir qavmga (qarshi) jang qilursizlar», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «(Kelgusida) sizlar ko‘zlari kichik (qisiq), yuzlari qizil, burunlari pachoq, (bir-biriga urilaverib) yalpayib ketgan qalqonga o‘xshash yuzli turklarga (qarshi) jang qilmaguningizga qadar Qiyomat bo‘lmas va toki jun poyabzal kiyguvchi bir qavmga (qarshi) jang qilmaguningizga qadar ham Qiyomat bo‘lmas!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:46:22
81-bob. Jun poyabzal kiyguvchilarga (qarshi qilinadirgan) jang haqida   

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.   

82-bob. Sahobalari qochganda ularni (jangga qayta) saflagan va ulovidan tushib, Olloh taolodan zafar tilagan kishi haqida

Abu Ishoq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Barodan: «Hunayn kuni sizlar (dushmandan yengilib) qochganmidingizlar?» — deb so‘radi. Baro: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qochganlari yo‘q! Ammo musulmonlar (dushman yengilib qochgach), shoshib (o‘ljalarga yopirilishdi). Buni ko‘rib, Havozin (kamonchilari) ularni o‘qqa tutishib erdi, (o‘qdan o‘zlarini olib qochishib) Janob Rasulullohning qoshlariga qaytishdi. Shunda ul zot oq xachirlariga minib olgan bo‘lib, Abu Sufyon uning jilovidan yetaklab ketayotgan erdi. Janob Rasululloh ulovlaridan tushib;, Olloh taolodan zafar (madad) tiladilar. So‘ng: «Men payg‘ambarman, payg‘ambar ersa yolg‘on gapirmas, (Olloh taoloning menga g‘alaba ato etmog‘i haqidagi va’dasi haqdur), men Abdulmuttalib avlodidanman!» — dedilar-da, sahobalarini (jangga) safladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:46:49
83-bob. «Yo parvardigoro, mushriklarni mag‘lub qilgil va qaqshatgil!» — deb duoi bad qilmoq xususida

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ahzob kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo mushriklarning uylari-yu, qabrlarini o‘tga to‘ldirsin! Ular Quyosh qizargunga qadar (jang qilishib), bizning Vusto (asr) namozini  o‘qimog‘imizga xalal berishdi», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasulullloh sallallohu alayhi va sallam Qunut duosida: «Yo parvardigoro, Salama ibn Hishomga najot bergil, yo parvardigoro, Valid ibn Validga najot bergil, yo parvardigoro, Iyosh ibn  Abu Rabiy’aga najot bergil, Yo parvardigoro, nochor-notavon musulmonlarga najot bergil! Yo parvardigoro, Muzar qabilasiga qahringni yanada ziyoda qilgil, yo parvardigoro, ularga) Yusuf (alayhissalom davrlaridagidek) qahatchilik yuborgil»— dedilar».

Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ahzob kuni mushriklarni duoi bad qilib: «Ey Kitob tushirguvchi (va Qiyomatda) tez hisob-kitob qilguvchi parvardigorim, ahzoblarni mag‘lub etgil va qaqshatgil!» — dedilar».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ka’ba soyasida namoz o‘qiyotgan erdilar. Shunda Abu Jahl bir necha kishini Makkaga yubordi, ular (hayvon) ichak-chavoqlarini olib kelishib, Janob Rasulullohning ustlariga tashlashdi. Shu asnoda Fotima raziyallohu anho kelib qolib, ichak-chavoqlarni ul zotning ustlaridan olib tashladilar. Janob Rasululloh (namoz oxirida): «Yo parvardigoro, Quraysh (kofirlarini) halok qilgil! Yo parvardigoro, Quraysh (kofirlarini) halok qilgil! Yo parvardigoro, Quraysh (kofirlarini) halok qilgil! Abu Jahl ibn Hishomni, Utba ibn Rabiy’ani, Shayba ibn Rabiy’ani, Valid ibn Utbani, Ubay (Umayya) ibn Xalafni va Uqba ibn Abu Mu’itni halok qilgil!» — deb duoi bad qildilar. Keyin, men ularning jasadlarini Badr qudug‘ida ko‘rdim».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Bir guruh) yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirib: «As-Somu alayka!» (ya’ni, «Senga o‘lim bo‘lsin!»— deyishdi. Shunda men ularni la’natladim. Janob Rasululloh (menga): «Senga ne bo‘ldi?» — dedilar. Men: «Ularning ne deganlarini eshitmadingizmi? (anglamadingizmi?)» — dedim. Ul zot: «Sizlarga ham (o‘lim bulsin!), deb alik olganimni eshitmadingmi?» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:47:26
84-bob. Musulmon kitob ahlini to‘gri yo‘lga (Islomga) chorlaydimi yoxud kitob ahliga Kitobni (Qur’onni) o‘rgatadimi?

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Rum) qaysariga: «Agar (Islomdan) bosh tortsang, qo‘l ostingdagi fuqarolaringning ham gunohlari sening bo‘yningda bo‘lur, (chunki sen Islomga kirsang, ular ham Islomga kirurlar, kirmasang, ular ham kirmaslar)» — deb maktub yozdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:47:49
85-bob. Mushriklarni Islomga moyil qilmoq uchun Olloh taolodan ularga hidoyat tilab duo qilmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tufayl ibn Amr ad-Davsiy va uning hamrohlari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Davs qabilasi (Olloh taolo birlan uning Rasuliga) osiylik qilib, (Islomga kirmoqdan) bosh tortdi. Olloh taolodan ularni (halok qilmog‘ini so‘rab), duoi bad qilingiz!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, Davs (qabilasi)ga hidoyat aylab, ularni (musulmon) qilgaysan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:48:09
86-bob. Yahudiy yoxud nasroniy (podshoh)ni (Islomga) chorlamoq hamda (musulmonlar) kimga qarshi jang qilsalar, o‘shalarni duoi bad qilmoq haqida. Janob Rasulullohning Xusrav va Qaysarga (maktub) yozganlari hamda jangdan burun (Islomga) da’vat qilmoq xususida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Rum (qaysari)ga (maktub) yozmoqchi bo‘lganlarida (sahobalar) rumliklarning muhrlanmagan xatni o‘qishmasligi haqida ma’lum qilishdi. Shunda Janob Rasululloh kumushdan bir uzuk qildirib oldilar. O’shal uzukning barmoqlarida yarqirab turgani va undagi «Muhammadun rasululloh» degan naqshinkor yozuv hamon ko‘z o‘ngimda».

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xusravga o‘z maktublarini yo‘lladilar. Shunda ul zot uni Bahrayn amiriga topshirmoqni, Bahrayn amiri ersa xusravga eltib bermog‘ini buyurdilar. Xusrav maktubni o‘qib ko‘rgach, uni mayda-mayda qilib yirtib tashladi. Sa’id ibn al-Musayyibning aytishlaricha, shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kofirlarni duoi bad qilib, (Olloh taolodan) ularni parcha-parcha qilib tashlamog‘ini tilabdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:48:33
87-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mushriklarni Islom birlan payg‘ambarlikka (shahodat keltirmoqqa) hamda Olloh taoloni qo‘yib, bir-birlarini tangri qilib olmaslikka da’vat qilganlari haqida

Olloh taoloning qavli: «Hech bir inson uchun durust emaski, Olloh unga Kitob, hikmat va payg‘ambarlik ato etsinda, so‘ng u odamlarga: «Sizlar Ollohni quyib, menga banda bo‘linglar!..» — deb aytsin» («Oli Imron» surasi, 79-oyat).

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Rum) qaysarini Islomga da’vat qilib maktub yozdilar. So‘ng, maktublar: Dihya al-Kalbiy orqali jo‘natayotib, uni Busro amiriga, ersa (Rum) qaysariga yetkazmog‘ini amr qildilar. Shul vaqt, Olloh taolo (Rum qo‘shinlari birlan urushayotgan) forslar qo‘shinini mag‘lub qilgan bo‘lib, qaysar parvardigor ato etga zafar uchun shukronalar aytib, Himsdan Iliyaga qarab yurga erdi. Qaysar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning maktublarini olgach, uni o‘qib chiqdi-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xususlarida so‘rab bilmog‘im uchun menga ul zotning qavmlaridan biror kishini topib kelingizlar!»— dedi:
Abu Sufyon menga aytib erdilarki, ul kishi shul kezlarda, ya’ni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Quraysh (kofirlari) o‘rtasida tuzilgan (Hudaybiya) sulhi vaqtida bir guruh Quraysh kishilari birlan birga tijorat qilgani Shomga kelgan erkanlar. Abu Sufyon bunday deb erdilar: «Biz qaysarning elchisini Shomning bir yerida uchratdik. U men birlan hamrohlarimni ergashtirib yo‘lga tushdi, nihoyat Iliyaga yetib bordik. So‘ng, Rum qaysarining huzuriga kirdik. Qarasak, u (boshiga) toj kiyib olib, taxt uzra o‘ltiribdi, atrofida Rum zodagonlari (qo‘l qovushtirib turishibdi). Qaysar o‘z tarjimoniga: «Ulardan so‘ra-chi, o‘zini payg‘ambar deb ta’kidlayotgan kishiga ularning qaysi byri nasab jihatidan yaqinroq erkan?» — dedi. Shunda: «Bularning orasida ul kishiga nasab jihatidan eng yaqinrog‘i menman», — dedim. Qaysar: «Sen birlan ul kishi o‘rtasidagi qarindoshlik nechog‘liq (yaqin?)» — dedi. Men: «Ul kishi mening amakimning o‘g‘li bo‘lib, hozir bular orasida Banu Abdi Manofga mansub mendan bo‘lak kishi yo‘q», — dedim. Qaysar: «Uni (menga) yaqinroq olib kelingizlar!» — dedi. So‘ng, buyurib erdi, hamrohlarim ham mening ortimga kelib turishdi. Keyin, qaysar o‘z tarjimoniga: «Buning hamrohlariga aytgilki, men bundan o‘zini payg‘ambar deb ta’kidlayotgan kishi xususida surayman, agar bu yolg‘on gapirsa, ular yolg‘on gapirganini aytishsin!» — dedi. Olloh taolo haqi, agar hamrohlarimning mening yolg‘on gapirayotganimni fosh qilib qo‘ymoqlaridan cho‘chimaganimda erdi, qaysar mendan ul zot xususlarida so‘ragan chog‘ida, albatta (dushmanlik qilib) yolg‘on so‘zlagan bulur erdim! Ammo, hamrohlarimning mening yolg‘on so‘zlayotganimni fosh qilib qo‘yishlaridan cho‘chib, rost gapirdim. Qaysar o‘z tarjimoniga: «Ul kishi oralaringizda qanday nasabga ega?»— dedi. Men: «Ul kishi oramizda (oliy) nasab sohibidurlar»,— dedim. Qaysar: «Bu so‘zni (ya’ni, o‘zining payg‘ambar ekanligini) undan ilgari sizlardan biror kishi aytganmi?»— dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. Qaysar: «Payg‘ambar ekanligini ta’kidlamasidan burun ul kishini yolg‘onchilikda ayblar erdingizlarmi?» — dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. Qaysar: «Uning ajdodlaridan birortasi podshoh o‘tganmi?» — dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. Qaysar: «Unga dimog‘dor, takabbur odamlar ergashayotirmi yoki xoksor odamlarmi?» — dedi. Men: «Aksincha, xoksor odamlar (ergashayotir)», — dedim. Qaysar: «Ular ko‘payayotirmi yoxud kamayayotirmi?» — dedi. Men: «Aksincha, ko‘payayotir», — dedim. Qaysar: «Biror odam uning diniga kirgach, norozi bo‘lib dindan qaytayotirmi?» — dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. Qaysar: «Ahdini buzurmi?» — dedi. Men: «Yo‘q, buzmas. Biz anchadan beri ul kishidan yiroqda bo‘lib, hozir ne qilayotganidan bexabarmiz, ahdini (Hudaybiya sulhini) buzmasaydi, deb xavotirdamiz», — dedim. (Ammo), gapimga (ul kishini kamsitadirgan), yolg‘on suzlayotganimni fosh qilib quymaydirgan bundan bo‘lak biror so‘z qistirib qolmog‘imning imkoni bo‘lmadi. Qaysar: «Sizlar unga va u sizlarga qarshi jang qildimi?» — dedi. Men: «Ha», — dedim. Qaysar: «Uning urushi va sizlarning urushlaringiz qanday (o‘tdi?)— dedi. Men: «Turlicha, bir safar u va bir safar biz g‘olib keldik», — dedim. Qaysar: «U sizlarga ne qilmoqlaringizni buyurur?» — dedi. Men: «U bizga faqat Ollohga ibodat qilmoqni, unga zarracha shirk keltirmaslikni buyurib, ajdodlarimiz ibodat qilgan narsalardan (butlardan) bizni qaytarur hamda bizga (besh vaqt) namoz o‘qimoqni, sadaqa (zakot) bermoqni, (Olloh taolo) harom (qilgan) ishlarni qilmaslikni, ahdga vafo qilmoqni va omonatga xiyonat qilmaslikni buyurur», — dedim. Shunda Qaysar o‘z tarjimoni orqali menga: «Men sendan uning oralaringizdagi nasabi haqida so‘radim, shunda sen uning oliy nasab sohibi ekanligini ta’kidlading. Ha, shunday, (barcha) payg‘ambarlar o‘z qavmlarining oliy nasab kishilari ichidan (tanlab) yuborilur. Men sendan: «Bu so‘zni (ya’ni, o‘zining payg‘ambar ekanligini) undan ilgari sizlardan biror kishi aytganmi?» — deb so‘radim. Sen: «Yo‘q», — deb ta’kidlading. Agar bu so‘zni undan ilgari sizlardan biror kishi aytgan bo‘lganida erdi, men: «Ul kishi o‘zidan ilgari aytilgan so‘zni takrorlayotir» — der erdim. Men sendan: «Sizlar uni bu so‘zni aytmasidan ilgari yolg‘onchilikda ayblar erdingizlarmi?» — deb so‘radim. Sen: «Yo‘q»— deb ta’kidlading. Men bildimki, u odamlarga yolg‘on gapirmadimi, demak Olloh taologa nisbatan ham yolg‘on gapirmas! Men sendan: «Ajdodlaridan birortasi podshoh o‘tganmi?» — deb so‘radim. Sen: «Yo‘q» — deb ta’kidlading. Agar ajdodlaridan birortasi podshoh o‘tgan bo‘lganida erdi, men: «U o‘shal ajdodining mulkini talab qilayotir» — der erdim. Men sendan: «Unga dimog‘dor, takabbur odamlar ergashayotirmi yoxud xoksor odamlarmi?» — deb so‘radim. Sen: «Xoksor odamlar ergashayotir» — deb ta’kidlading. Ha, shunday, payg‘ambarlarga xoksor odamlar ergashur. Men sendan: «Ular ko‘payayotirmi yo kamayayotirmi?» — deb so‘radim. Sen: «Ular ko‘payayotir» — deb ta’kidlading. Ha, iymon(ning ishi) shunday, u toki (namoz, zakot, ro‘za kabi mu’tabar ishlar) mukammal (ado etiladirgan) bo‘lmagunga qadar, tobora ziyoda bo‘lib boraveradi. Men sendan: «Biror odam uning diniga kirgach, norozi bo‘lib, dindan qaytayotirmi?» — deb so‘radim. Sen: «Yo‘q» — deb ta’kidlading. Ha, shunday, qalblarini (Olloh taolo birlan uning Rasuliga bo‘lgan) iymon nuri charog‘on qilgan kishilarning birortasi norizo bo‘lib, dindan qaytmas! Men sendan: «Ahdni buzurmi?» — deb so‘radim. Sen: «Yo‘q» — deb ta’kidlading. Ha, shunday, payg‘ambarlar o‘z ahdlarini buzmaslar. Men sendan: «Sizlar unga va u sizlarga qarshi urush qildimi?» — de( so‘radim. Sen: «O’zaro urush qildik, bir gal u va bir gal biz g‘olib keldik» — deb ta’kidlading. Ha, shunday, payg‘ambarlar ham goho g‘olib va goho mag‘lub qilinib, Olloh taolo tomonidan sinalurlar, ammo pirovardida ularning qo‘llari baland kelgay. Men sendan: «U sizlarga ne qilmoqlaringizni buyurur?» — deb so‘radim. Sen: «U bizga faqat Ollohga ibodat qilib, unga zarracha shirk keltirmaslikni, ajdodlarimiz sig‘ingan butlardan yuz o‘girmoqni, (besh vaqt) namoz o‘qimoqni, zakot bermoqni, Olloh harom qilgan ishlarni qilmaslikni, ahdga vafo qilmoqni va omonatga xiyonat qilmaslikni buyurur» — deb ta’kidlading. Bu sifatlar payg‘ambarga xos sifatlardur. Men Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallamning) chiqishlarini bilar erdim, ammo sizlarning (ya’ni, Qurayshning yoki arablarning) orangizdan chiqadilar, deb o‘ylamagan erdim. Agar sening aytgan gaplaring haqiqat bo‘lsa, ul holda ul zot oyoqlarim turgan mana shu joyni (ham) egallaydilar. Qani endi, ul zotning huzurlariga omon-eson yetib bora olsam! (Ammo, mening omon-eson yetib bormog‘imga yo‘l quymaslar, meni o‘ldirgaylar. Agar shunday qilishmaganida erdi), albatta (borib), ul zot birlan uchrashur erdim-da, oyoqlarini yuvib qo‘yar erdim! (ya’ni, ul zotga xizmatkorlik qilur erdim!)» — dedi. So‘ng, qaysar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning maktublarini olib kelmoqni buyurdi. (Uni o‘zi yoki tarjimoni) o‘qidi. Unda: «Bismillohir rahmonir rahiymi! Olloh taoloning bandasi va rasuli Muhammaddan Rum hukmdori Hiraqlga. Hidoyat topganlarga salom! Ammo ba’d: men seni Islomga da’vat qilurman. Musulmon bo‘l, salomat bo‘lursan! (Buning uchun) Olloh taolo senga ikki barobar (ko‘p) ajru savob ato etur, (chunki sening tufayli fuqarolaring ham musulmon bo‘lurlar). Agar (Islomdan) bosh tortsang, fuqarolaringning gunohlari ham sening bo‘yningga tushur. Va ey kitob ahli, kelingizlar, bizlarda ham, sizlarda ham (ya’ni, Qur’onda ham, Tavrotda ham, Injilda ham) bir xil bo‘lmish so‘zni (aytingizlar, ya’ni): «Ollohdan o‘zgaga ibodat qilmaymiz, unga zarracha shirk keltirmaymiz, Ollohni quyib, bir-birimizni tangri qilib olmaymiz!» — (deb aytingizlar!). Agar (kalimai tavhidni aytishdan) bosh tortsangizlar, ul holda bizlarni musulmonlar, deb e’tirof qilib, (o‘zlaringizni kofirlar, deb tan olingizlar!)».
Qaysar so‘zini tugatgach, (ya’ni biz birlan savol-javob qilgandan keyin, ul zotning maktublari o‘qib chiqilgach), uning atrofida turgan Rum zodagonlari (shul qadar) g‘ala-g‘ovur ko‘tarishdiki, (hatto) men ne deganlarini anglay olmadim. Shunda (saroydan chiqib ketmog‘imiz) amr qilinib, biz (tashqariga) chiqarib yuborildik. Tashqariga chiqib, hamrohlarim birlan yolg‘iz qolganimda, ularga: «Abu Kabsha o‘g‘lining (ya’ni, Janob Rasulullohning) ishlari nihoyatda ko‘chayib ketdi, hatto Banu Asfar podshohi (ya’ni, rumliklar podshohi) ham ul zotdan qo‘rqayotir», — dedim. Olloh taolo haqi, (ilgari Janob Rasulullohni mutlaqo) tan olmaganimga qaramay, (shu kundan e’tiboran) ul zotning ishlari g‘alaba qilmog‘iga shunchalik ishrnch hosil qildimki, hatto parvardigor qalbimga Islomni jo qilib quydi!»

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni: «Men bayroqni shunday kishiga topshirurmanqi, Olloh taolo uning qo‘li birlan fath (zafar) muyassar qilur» — deb marhamat qildilar. Shunda sahobalar: «Bayroqni qaysi birimizga berar erkanlar, shoyad menga bersalar!» — deya umid birlan o‘rinlaridan turishdi. Ertasiga ertalab ham barchalari: «Shoyad bayroqni menga bersalar!» — deb umidvor bo‘lishdi. (Ammo), Janob Rasululloh: «Ali qaerda?» — dedilar. Sahobalar: «Ko‘zi og‘rib qoldi», — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh Hazrat Alini chaqirib kelmoqni amr qildilar, (ul kishi kelgach), ko‘zlariga tupurib erdilar, hech narsa bo‘lmagandek tuzalib qoldi. So‘ng, ul zot: «Bizdek (musulmon) bo‘lmagunlariga qadar ularga (kofirlarga) qarshi jang qilurmiz!» — dedilar. Keyin, (Hazrat Aliga): «Ohista borib, ularning yeriga tushgil, so‘ng ularni Islomga da’vat etgil-da, ularga nelar vojib erkanligini xabar qil! Olloh taolo haqi, agar sen tufayli bir kishi hidoyat topsa ham, bu sening uchun eng sara tuyalar (podasiga ega bo‘lmog‘ing)dan yaxshiroqdur!» — deb aytdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning odati shariflari shunday erdiki, agar biror qavmga (qarshi) g‘azotga chiqsalar, (darhol) ularga hujum qilmay, tong otishini kutar erdilar. Tong otgach, ularga hujum qilib, (namozga azon aytilgunga qadar) jang qilar erdilar. Agar azonni eshitsalar, (jangni) to‘xtatar va agar eshitmasalar, jang qilaverar erdilar. Biz Xaybarga tunda yetib kelganimizda (ham shunday qildilar)».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men odamlar «Lo iloha illalloh» degunlariga qadar jang qilishga buyurildim. Kimki  «Lo iloha illalloh» desa, mendan jonu molini omon saqlar, aks hodda (uning o‘ldirilmog‘i) haqlig‘ bo‘lib, hisob-kitobi Olloh taolo zimmasidadur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:48:49
88-bob. (Harbiy xiyla uchun) aslida bir qavmga qarshi g‘azot qilmoqchi bo‘lib, ikkinchi bir (qavmga qarshi) g‘azot qilmoqchi ekanligini aytgan kishi haqida hamda panjshanba kuni g‘azotga chiqishni xush ko‘rgan kishi xususida

Ka’b ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (biror qavmga qarshi) g‘azot qilmoqchi bo‘lsalar, (dushmanni dog‘da qoldirish uchun) butunlay boshqa (qavmga qarshi) g‘azot qilmoqchi ekanliklarini aytar erdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.

Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam panjshanbadan bo‘lak kuni kamdan-kam safarga chiqar erdilar».

Ka’b ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam panjshanba kuni Tabuk g‘azotiga chiqdilar, (chunki) ul zot panjshanba kuni g‘azotga chiqmoqni xush ko‘rur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:49:13
89-bob. Peshindan keyin (haj yoki jihodga) yo‘l olish haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Hajjatul-Vido’ — xayrlashuv haji qilmoqchi bo‘lganlarida) Madinada (biz sahobalar birlan birgaliqda) to‘rt rak’at peshin o‘qidilar. So‘ng, Zulhulayfaga (borib) ul yerda ikki rak’at (qasr) asr o‘qidilar. Keyin, men sahobalarning baland ovoz birlan haj va umraga talbiya aytishayotganini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:49:41
90-bob. Oy oxirida (hajga) yo‘l olmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Hajjatul-Vido’ yili) Zulqa’da oyining besh kuni qolganda (panjshanba kuni, peshindan keyin) Madinadan yo‘lga tushib, Zulhijja oyining to‘rt kechasi o‘tgach, (yakshanba kuni, tongda) Makkaga yetib keldilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulqa’da oyining besh kuni qolganda Madinadan yo‘lga chiqdik, shunda (umra emas, balki) haj qilamiz, deb o‘ylagan erdik. (Ammo), Makkaga yaqinlashganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki jonliq olib kelmagan bo‘lsa-yu, Baytullohni tavof qilib, Safo va Marva orasida sa’y qilgan bo‘lsa, ehromini yechsin!» — deb amr qildilar. Keyin, Nahr kuni huzurimizga mol go‘shti olib kirishdi. Men: «Bu qanday go‘sht?» — deb so‘rab erdim, go‘sht keltirgan odam: «Janob Rasululloh o‘z ayollari nomidan qurbonlik qildilar — deb aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:50:06
91-bob. Ramazon oyida (g‘azotga) yo‘l olmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida Makkaga (g‘azot qilgani) yo‘l oldilar. Shunda Kadiyd degan yerga yetguncha ro‘za tutdilar-da, so‘ng ogiz ochdilar, odamlar ham og‘iz ochishdi», — deydilar. (Ya’ni, safarda ro‘za tutish sahobalarga og‘irlik qildi, shul bois ul zot ro‘za tutishni to‘xtatdilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:50:27
92-bob. (Yo‘lga chiqishdan oldin) xayrlashish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni bir yerga yuborayotib: «Agar falon va falon kishini uchratsangizlar, ikkisini ham o‘tda kuydiringizlar!» — dedilar. Keyin, biz yo‘lga chiqmoqchi bo‘lganimizda ul zot birlan xayrlashgani huzurlariga bordik. Shunda ul zot: «Men (sinamoq uchun) falon va falon kishini o‘tda kuydiringizlar, deb sizlarga buyurib erdim. (Bilib qo‘yingizlarki), faqat Olloh taologina o‘t birlan azob berur, agar ikkisini qo‘lga tushirsangizlar, (qurol birlan) o‘ldiringizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:50:38
93-bob. Imomga quloq osib, itoat qilmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Imomga yoxud har qanday yetakchiga) quloq osib, itoat qilmoqlik gunohovar ishlarga buyurilmasagina vojibdur. Agar gunohovar ishlarga buyurilsa, na quloq osiladi va na itoat etiladi!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:51:04
94-bob. Imomning amru nahiy va tadbirlariga buyinsungan holda (kofirlarga qarshi) jang qilinur hamda unga ergashib olg‘a yurilur

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Biz (musulmonlar bu dunyoga kelib yashash jihatidan) oxirgilar va Qiyomatda (hisob-kitob qilinish hamda jannatga kiritilish jihatidan) birinchilarmiz. Shunga ko‘ra, menga itoat qilgan kishi Olloh taologa itoat qilgan bo‘lur, menga osiylik qilgan kishi Olloh taologa osiylik qilgan bo‘lur va kimki amirga itoat qilsa, (demak) menga itoat qilibdi va kimki amirga osiylik qilsa, (demak) menga osiylik qilibdi. Chunki, imom (musulmonlarni dushmanlar aziyatidan saqlovchi va Islom birligini himoya qilguvchi) qalqon bo‘lib, uning amru nahiy va tadbirlariga bo‘yinso‘ngan holda (kofirlarga qarshi) jang qilinur hamda unga ergashib olga yurilur. Agar imom (o‘z qo‘l ostidagilarga) Olloh taolodan taqvo qilmoqni buyursa va (ularga) adolat qilsa, buning uchun unga ajru savoblar ato etilur va agar bundan bo‘lak narsani aytsa (ya’ni, Olloh taolodan taqvo qilmoqni buyurmasa va adolatsizlik qilsa), buning uchun o‘ziga (og‘ir) gunoh orttirur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 08:51:22
95-bob. Urushda (jang maydonidan) qochmaslikka bay’at qilmoq

Olloh taoloning qavli: «Batahqiq, rozi bo‘ldi Olloh musulmonlardan vaqtiki ular bay’at qilur erdilar sizga (ya’ni, Muhammad alayhissalomga) daraxt ostida» («al-Fath» surasi, 18-oyat).

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (Hudaybiya sulhi tuzilgan yildan) keyingi yili (Hudaybiyaga) qaytib keldik. Biz (sahobalar)dan ikki kishi (ya’ni, men va Juvayriya ul yerdagi bir) daraxtning (o‘tgan yili) biz ostida bay’at qilgan daraxt ekanligi xususida (boshqalar birlan) kelisha olmadik. (Chunki, Olloh taolo o‘shal daraxtni, musulmonlar unga muqaddas deb e’tiqod qilmasliklari uchun, kuzdan goyib qilgan bo‘lib), bu uning (musulmonlarga qilgan) marhamati erdi. (Juvayriya) menga: «Janob Rasululloh ularni (sahobalarni) nimaga bay’at qildirdilar, o‘limgami?» — dedi. Men: «Iuq, (ul zot) ularni (hattoki o‘limga olib borsa-da), sabrli (matonatli) bo‘lmoqqa, (har qanday holda ham jang maydonidan qochmaslikka) bay’at qildirdilar», — dedim».

Abdulloh ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Harra voqeasi vaqtida bir kishi kelib: «Ibn Hanzala (ya’ni, ansorlar amiri Abdulloh ibn Abu Omir) odamlarni o‘limga bay’at qildirayotir», — dedi. Shunda men: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan keyin biror kishini bunga (ya’ni, o‘limga) bay’at qildirmasman!» — dedim. (Ya’ni, «Janob Rasululloh har bir musulmondan Islom yo‘lida o‘z jonini fido qilmog‘ini talab etmoqqa haqlig erdilar, ammo biror kimsaning o‘z jonini himoya qilmoq uchun boshqalardan jon fido qilmoqni talab etishga haqqi yo‘qdur!» — dedim).

Salama (ibn al-Akva’) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men (Hudaybiyada, bir daraxt ostida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qildim. So‘ng, (boshqa bir) daraxtning soyasiga borib o‘ltirdim. Odamlar tarqalgach, Janob Rasululloh: «Ey Ibn al-Akva’, bay’at qilmaysanmi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, (boya) bay’at qilganman», — dedim. Ul zot: «Yana bay’at qilaver!» — dedilar. Men yana bay’at qildim. Keyinchalik, (Yazid ibn Abu Ubayd laqabimni aytib): «Ey Abo Muslim, o‘shal kuni nimaga bay’at qilgan erdingizlar?» — deb so‘radi. Men: «O’limga (ya’ni, o‘lsak ham, jang maydonidan qochmaslikka) bay’at qilgan erdik», — dedim».

Anas (ibn Molik) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansorlar Xandaq kuni: «Umrimiz boricha jihod qilgaymiz, deb Muhammadga bay’at qilgandurmiz!» — deyishar erdi. Janob Rasululloh ersalar: «Yo parvardigoro, oxirat hayotidan o‘zga hayot yo‘qdur! Ansorlar birla muhojirlarga izzat-ikrom ko‘r-satgil!» — deb ularga javob qilur erdilar».

Mujoshi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men birodarim birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Hijrat qilmoqqa bizni bay’at qildiringiz!» — dedim. Shunda ul zot: «Hijrat ahli uchun hijrat tugagan (ya’ni, hijrat qilmoqlari lozim bo‘lganlar allaqachonlar hijrat qilib bo‘lganlar)», — dedilar. Men: «Ul holda bizni nimaga bay’at qildirursiz?» — dedim. Ul zot: «Islom va jihodga», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:44:33
96-bob. Imomning odamlarga qudratlari yetadirgan yumushlarni yuklamog‘i lozimligi haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni bir kishi qoshimga kelib, mendan (shunday) bir (mushkul) masala xususida so‘radiki, hatto unga ne deb javob qilmog‘imni bilmay qoldim. U mendan: «Bir kishi (Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoqqa) qattiq bel bog‘lab, amirlarimiz birlan (ya’ni, «amirimiz birlan» deyish o‘rniga, iltifot yuzasidan «amirlarimiz birlan» deyayotir) g‘azotlarga chiqsa-yu, shunda (amir) bizni qudratimiz yetmaydirgan yumushni qilmoqqa undasa, aytingiz-chi, (o‘shal kishi amirga itoat etmog‘i lozimmi yo yo‘qmi?)» — deb so‘radi. Men unga bunday dedim: «Olloh taolo haqi, senga ne deb javob qilmog‘imni bilmay qoldim. Ammo, senga faqat shuni aytishim mumkinki, biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan (ko‘p g‘azot va safarlarda) birga bo‘lganmiz. (Ming) afsuski, ul zot bizni, (loaqal) bir marta bo‘lsa ham, toqatimiz yetmaydirgan ishga undamaganlar, (undaganlarida erdi), albatta uni bajargan bo‘lur erdik! Har biringiz Olloh taolodan taqvo qilib, amali solihlar qilishda davom etmog‘ingiz darkor. Basharti qalbingizda biror narsaning (joiz yoxud nojoiz ekanligi) xususida shubha paydo bo‘lsa, (shubhangizni gazak oldirmay turib, darhol) bilguvchi kishidan so‘rangiz, ul sizni (shubhadan) xalos qilur. (Sahobalarning bu dunyodan birin-ketin o‘tib ketayotganlari boisidan, to‘g‘ri fatvo berib, qalblarni shubhalardan xalos qila oladirgan) kimsani tez fursatda topa olmay qolursizlar. Yakka-yu yagona Olloh taolo haqi, suvning tiniq qismi ichilib, tagida loyqasi qolgani kabi] bu dunyodan (musulmonlarning) pokizalari o‘tib ketib, yomonlarigina qolur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:44:47
97-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar kunning boshida jang qilmasalar, jangni Quyosh oqqunga qadar kechiktirar erdilar

Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:  «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dushmanga) duch kelgan kunlaridan (ya’ni, g‘azotlaridan) birida Quyosh oqqunga qadar kutdilar (ya’ni, jangni kechiktirdilar). So‘ng, odamlar orasida tik turib: «Ey odamlar, dushmanga duch kelishni orzu qilmangizlar, Olloh taolodan ofiyat (omonlik) tilangizlar, basharti ularga (dushmanga) duch kelsangizlar, sabr qilingizlar, (chunki g‘alabaga sabr birla erishilur) va bilib qo‘yingizlarki, jannat qilichlar soyalari ostidadur (ya’ni, jannatga Olloh taolo yo‘lida qilich urish birlan erishilur!)» — deb xitob qildilar. Keyin, «Ey Kitob nozil qilguvchi, bulutlarni yurgizguvchi va (dushman) to‘dalarini mag‘lub qilguvchi parvardigor(im), ularni (dushmanlarni) mag‘lub etib, bizlarni ular ustidan muzaffar qilgil!» — deya Olloh taologa iltijo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:44:58
98-bob. Kishining imomdan izn so‘ramog‘i haqida

Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, mo‘minlar Ollohga va uning Rasuliga iymon keltirgan zotlar bo‘lib, qachon (barcha musulmonlar) jam’ buladirgan ishda u birlan (ya’ni, Muhammad alayhissalom birlan) birga bo‘lsalar, to undan ijozat olmagunlaricha ketmaslar...» («Furqon» surasining 62-oyatining oxirigacha o‘qingiz).

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotga bordim. (Qaytib kelayotganimizda) Janob Rasululloh menga yetyb oldilar-da: «Tuyangga ne bo‘ldi?» — dedilar. Chunki, men suv tortadirgan tuyamizga minib olgan bo‘lib, u toliqqanidan arang yurib kelayotgan erdi. Men: «Charchab qoldi», — ledim. Shunda ul zot tuyamning ortiga o‘tib, uni «chu-chu!» deb haydadilar-da, duo qildilar. Tuyam tezlab, barcha tuyalardan ilgarilab ketdi. Ul zot: «Tuyang endi qalay?» — dedilar. Men: «Yaxshi, sizning duoingizning barakoti tegdi», — dedim. Ul zot: «Uni menga sotmaysanmi?» — dedilar. Bizning bundan bo‘lak suv tortadirgan tuyamiz bo‘lmasa-da, uni (ul zotga) jon deb sotgim kelganidan: «Ha, (sotaman)», — dedim. Ul zot: «Unday bo‘lsa, uni menga (bir uqqiyaga) sotgil!» — dedilar. Men uni «Madinaga yetib olgunimcha minib boraman» degan shart birlan ul zotga sotdim. Keyin, ul zotga: «Yo Rasulalloh, men (yangi uylangan) kuyovman» — dedim-da, (boshqalardan ilgariroq Madinaga bormoqqa) ijozat so‘radim. Ul zot ijozat berdilar. Men odamlardan ilgarilab, Madinaga yetib bordim. Shunda tog‘am menga peshvoz chiqib, tuyam xususida so‘radilar. Men uni ne qilganimni aytib erdim, (bizning undan bo‘lak suv tortguvchi tuyamiz yo‘qligini aytib) meni urishdilar.
Men boya izn so‘raganimda, ul zot: «Bokira qizga uylandingmi yoki juvongami?» — deb so‘radilar. Men: «Juvonga» — deb aytdim. Ul zot: «Agar bokiraga uylanganingda, sen u birlan va u sen birlan hazil-huzil qilishib o‘ynashar erdingizlar», — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, otam vafot qilib (yoki shahid bo‘lib), norasida singillarim mening qo‘limda qoldi. Men singillarim singari yosh qizga uylanmoqni istamadim, chunki u ularga na tarbiya bera oladi va na onalik qila oladi. Shul boisdan men ularga adab bera oladirgan va onalik qila oladirgan juvonga uilandim»— dedim.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga yetib kelganlaridan so‘ng, ertalab barvaqt tuyani ul zotning huzurlariga olib bordim. Ul zot menga tuyaning pulini ham to‘ladilar, o‘zini ham qaytarib berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:46:05
99-bob. (Yangi uylangan kuyov bo‘la turib) g‘azotga borgan kishi haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

100-bob. (Ayoliga) qo‘shilgach, g‘azot qilmoqni afzal ko‘rgan kishi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Payg‘ambarlardan biri g‘azotga otlanayotib, o‘z qavmiga: «Biror kishi xotinlarini olib men birlan g‘azotga bormasin, chunki kishi xotinlariga yaqinlik qilmoqni xohlagani birlan, yaqinlik qilolmas, g‘azotda bunga imkon yo‘qdur, (yaxshisi uyida xotinlariga to‘ygunicha yaqinlik qilib olsin!)» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:47:26
101-bob. (Qavm dushmandan xavotir olib), sarosimaga tushganda imomning barchadan ilgari (xavf sezilgan tomonga ot choptirib) bormog‘i haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinada to‘s-to‘polon bo‘ldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaning otiga minib, (barchadan ilgari xavf sezilgan tomonga) ketdilar. (Qaytib kelgach): «Biz (ul yerda) biror xavfu-xatar borligini ko‘rmadik, (ammo) manavi otning dengiz (oqimi yanglig‘ bir tekis yurishini) bildik!»— deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:47:53
102-bob. (Qavm dushmandan xavotir olib), sarosimaga tushganda shoshilish va (ot) choptirish haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.

103-bob. Sarosima (to‘s-to‘polon) vaqtida yakka o‘zi (ot choptirib) ketmoq haqida

Bu yerda hadis keltirilmagan bo‘lib, yuqoridagi hadis takrorlanishi kerak edi.

104-bob. (Kishining) Olloh taolo yo‘lida (uz mol-mulkidan kambag‘al mujohidlarga) in’omlar qilmog‘i hamda (ulovi yo‘q mujohidlarni o‘z otlariga) mindirib yubormog‘i haqida

Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga: «G’azotga (tayyorgarlik ko‘rayotirman)», — dedim. Ibn Umar: «(Unday ersa), men molimdan bir qismini senga in’om qilib, yordam qilayin!» — dedi. Men: «Boylikni menga Olloh taolo ato etsin!» — dedim. Ibn Umar: «Gar Olloh taolo senga boylik ato etadirgan bo‘lsa, mening molimdan olib, ato etsin!» — dedi. Shunda Hazrat Umar: «Darhaqiqat, ba’zi odamlar jihod qilish uchun bu moldan oladilar-da, jihodga chiqmaydilar. Biz shunday qilguvchilardan olgan molini (tortib) olishga haqlimiz», — dedilar».

Tovus va Mujohid: «Agar senga Olloh taolo yo‘lida jihod qilmog‘ing uchun biror narsa in’om qilingan bo‘lsa, uni xohlaganingcha tasarruf qil, xohla uni oilang oldiga qo‘y!» — deyishadi.

Ushr ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men (ulovi yo‘q bir kishiga) Olloh taolo yo‘lida ot (in’om qilib, uni unga) mindirib yubordim. Keyin, o‘shal otning sotilayotganini ko‘rib qolib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Uni sotib olayinmi?» — deb so‘radim. Shunda ul zot: «Uni sotib olma, sadaqangni qaytarib olma!» — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Agar mening ummatimga mashaqqatim bo‘lmaganida erdi (ya’ni, «Men g‘azotga chiqadirgan bo‘lsam, ummatimning nochor ahvoldagi qismi ham, garchi qiynalsalar-da, xijolat chekkanlaridan men birla chiqurlar. Agar shunday bo‘lmaganida erdi), g‘azotga otlangan qo‘shindan qolmas erdim. Lekin men ularni mindirishga na biror ot va na biror ulov topa olmasman, men g‘azotga ketib, ularning (nochorliqdan) uylarida qolishlari meni ko‘p qiyin ahvolga solur. Olloh taolo haqi, men: «Parvardigor yo‘lida shahid bo‘lib, so‘ng tirilsam, yana shahid bo‘lib, yana tirilsam, so‘ng yana shahid bo‘lsam!» — deyman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:48:12
105-bob. (Jihodda mujohidga xizmatkorlik qilmog‘i uchun yoxud jang qilmog‘i uchun) yollangan kishi haqida

Hasan va Ibn Sirin raziyallohu anhumo: «Jihodda mujohidga xizmatkorlik qilmog‘i yoxud o‘zi shaxsan jang qilmog‘i uchun) yollangan kishiga (jantda olingan) o‘ljalardan ulush beriladi», — deyishadi.

Atiyya ibn Qays raziyallohu anhu jangda olingan o‘ljalardan odatda boshqa otlar uchun beriladirgan ulushning yarmini berish sharti birlan bir otni birovdan ijaraga oldilar. (Jangdan so‘ng, o‘ljalar taqsimlanayotganda o‘shal) otning ulushi to‘rt yuz dinorga yetdi. Shunda, Atiyya (shartga ko‘ra), ikki yuz dinorni o‘zlariga olib qolib, (qolgan) ikki yuz dinorni otning egasiga berdilar.

Ya’lo ibn Umaiya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azotiga chiqdim. (Keksaligim boisidan ulovim va narsalarimga qarab yursin, deb) bir kishini o‘zimga xizmatkorlikka yelladim. (U mendan o‘zining xizmat haqi qanchaligini so‘radi). Men: «Uch dinor», — dedim. Shunda u (achchig‘lanib) bir kishi birlan (ya’ni, Ya’loning o‘zlari birlan) urishib ketdi. Natijada, urushayotganlarning biri (ya’ni, Ya’loning o‘zlari) ikkinchisining qo‘lini tishlab oldi. Qo‘li tishlangan kishi (ya’ni, yollangan kishi) tishlab olgan kishining og‘zidan qo‘lini tortib olgan erdi, uning kurak tishi sug‘urilib chiqdi. Keyin, (tishi sug‘urilib chiqqan kishi) Janob Rasulullohning qoshlariga borib, tishini (oldilariga) quydi. Shunda ul zot: «Qulini senga uzatsa, ayg‘ir kabi tishlab olasanmi?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:48:21
106-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bayroqlari haqida

Sa’laba ibn Abu Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qays ibn Sa’d al-Ansoriy raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bayroqdorlari (alambardorlari) erdi. U haj qilmoqni niyat qilib, piyoda yo‘lga tushdi».

Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ali raziyallohu anhu ko‘zlari og‘rib qolib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar g‘azotiga chiqolmadilar. (O’shanda) ul kishi: «Men Janob Rasululloh birlan birga chiqolmayman» — deb erdilar. Keyin, (Janob Rasululloh chaqirtirgach), Xaybarga kelibdilar-da, ul zotga uchrashibdilar.

Tonggida (Xaybar) fath qilingan kuni kechqurun Janob Rasululloh: «Men ertaga bayroqni Olloh taolo birlan uning Rasulini sevguchi kishiga (yoki Olloh taolo birlan uning Rasuli sevguchi kishiga) berurman, Olloh taolo uning quli birlan (Xaybarni) fath qilur» — deb marhamat qildilar. Shu payt biz Hazrat Alining kelayotganlarini ko‘rdik, ul kishi keladilar, deb uylamagan erdik. Odamlar: «Ana, Ali kelayotir», — deyishdi. Janob Rasululloh bayroqni Hazrat Aliga berdilar, Olloh taolo ul kishining qullari birlan (Xaybarni) fath etdi».

Nofi’ ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abbosning Zubayrga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bayroqni hov anavi yerga urnatishingni amr qildilar» — deb aytganini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:48:32
107-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Men (dushmanlardan) bir oylik masofa narida bo‘lsam-da, (qalblariga) gulg‘ula solinib, g‘olib qilindim» — deb aytganlari haqida

Olloh taoloning qavli: «Endi Biz kofirlarning dillariga g‘ulg‘ula solurmiz» («Oli Imron» surasi, 151-oyat).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men suzlar majmuasi (ya’ni, Qur’on va sunnat) birlan yuborildim hamda (dushmanlardan bir oylik masofa narida bo‘lsam-da, qalblariga) g‘ulg‘ula solinib, g‘olib qilindim. Uyquda erkanligimda menga Yer xazinalari kalitlari ato etilib, qo‘llarimga qo‘yildi» — deb marhamat qildilar. Janob Rasululloh vafot etib, mana endi sizlar ul xazinalarni kavlab olayotirsizlar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Sufyon menga xabar qildilarki, Hiraql Iliyada ekanligida odam yuborib, ul kishini (hamrohlari birlan birga) o‘z huzuriga taklif qilibdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning maktublarini keltirishni amr qilibdi. «Maktub uqib bo‘lingach, — deydilar Abu Sufyon, — Hiraqlning huzurida g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib, biz (saroydan) chiqarib yuborildik. Tashqariga chiqqanimizda men hamrohlarimga: «Abu Kabsha o‘g‘lining (ya’ni, Janob Rasulullohning) ishlari nihoyatda ko‘chayib ketdi, hatto Banu Asfar (ya’ni, rumliklar) podshohi ham ul zotdan qo‘rqayotir», — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:48:44
108-bob. G’azotga (safar) ozuqasi birlan chiqmoq haqida

Olloh taoloning qavli: «Yo‘l uchun ozuqa olingizlar va ozuqaning yaxshisi taqvodur!» («Baqara» surasi, 197-oyat).

Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga hijrat qilmoqni iroda qilganlarida men (otam) Abu Bakrning uylarida ul zot uchun safar ozuqasi tayyorladim. Ammo, na xurjunlarining va na meshlarining og‘zini bog‘lashga narsa topmadim. Shunda (otam) Abu Bakrga: «Olloh taolo haqi, bog‘lashga kamarimdan bo‘lak narsa topmadim», — dedim. Abu Bakr: «Kamaringni ikkiga bo‘lgil-da, bir bo‘lagi birlan meshning va ikkinchi bo‘lagi birlan xurjunning og‘zini bog‘la!» — dedilar. Men aytganlaridek qildim. Shul boisdan men «Ikki kamar degan nom oldim».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Rasulloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarlda qurbonlik qilingan jonliqlar go‘shtini Madinaga (qaytayotganimizda) safar uchun ozuqa qilib olar erdik», — deydilar.

Suvayd ibn an-Nu’mon raziyallohu anhu xabar qiladilarki, ul kishi Xaybar (g‘azoti) yili Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqibdilar. Sahbo degan yerga yetishganda asr o‘qishibdi. So‘ng, Janob Rasululloh yegulik keltirmoqni amr qilibdilar. Shunda ul zotga saviq (bug‘doy yoki arpa uni yoxud ulardan tayyorlangan bo‘tqa)dan bo‘lak yegulik keltirishmabdi. «Biz, — deydilar Suvayd, — o‘shal bo‘tqadan yedik, ichdik. So‘ng, Janob Rasululloh urinlaridan turib, og‘iz chayqadilar, biz ham og‘iz chayqadik. Keyin, namoz o‘qidik».

Salama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(G’azotlardan birida) odamlarning yo‘l ozuqasi oz qolib, nochor ahvolga tushib qolishdi. Shunda ular Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelishib, tuyalarini so‘yishga ruxsat so‘rashdi. Ul zot ularga ruxsat berdilar. Keyin, Hazrat Umar ularni uchratib erdilar, ul kishiga shul haqda aytishdi. Shunda Hazrat Umar ularga: «Tuyalaringizni so‘ygach, ne qilgaysizlar? (Axir, piyoda yuraverib, halok bo‘lgaysizlar-ku!)» — dedilar-da, Janob Rasulullohning huzurlariga kirib: «Yo Rasulalloh, tuyalarini so‘ygach, ne qilgaylar?» — deb aytdilar. Janob Rasululloh: «Odamlarga ma’lum qilingiz, safar ozuqalaridan neki qolgan bo‘lsa, hammasini olib kelishsin!» - dedilar. So‘ng, (erga) bir charm palos to‘shalib, odamlardagi safar ozuqasidan neki qolgan bo‘lsa, hammasi uning ustiga qo‘yildi. Keyin, Janob Rasululloh o‘shal to‘plangan yeguliklarga baraka tilab duo qildilar, so‘ng odamlarga: «Idishlaringizni olib kelingizlar!» — dedilar. Odamlarning barchasi palos ustidagi yeguliklardan hovuchlab-hovuchlab olishdi, hatto olmagan biror kishi qolmadi. Keyin, Janob Rasululloh: «Ollohdan bo‘lak tangri yo‘qligiga hamda o‘zimning Ollohning rasuli ekanligimga shahodat keltirurman!» — dedilar (ya’ni, mu’jiza sodir bo‘lganiga ishora qildilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:48:53
109-bob. Safar ozuqasini gardanga ortib olmoq haqida

Jobir raziillohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz uch yuz kishi bo‘lib (g‘azotga) chiqdik, safar ozuqalarimizni gardanimizga ortib olgan erdik. Keyin, safar ozuqamiz oz qolganidan bir kishi (bir kunda) bir dona xurmo yeydirgan bo‘ldi» —deb erdim, bir kishi: «Ey Abu Abdulloh, (bunday sharoitda) birov bir dona xurmoni ham tushirib qoldirarmidi?!» — dedi. Men: «Yo‘qotib qo‘yganimiz zahotiyoq uni (qidirib) topib olar erdik», — dedim. «Keyin, biz, — deya davom etdim men, — shu ahvolda dengiz sohiliga yetib bordik, qarasak, dengiz bir hutni sohilga chiqarib tashlabdi. Biz o‘shal hutni o‘n sakkiz kun yeb, ancha o‘zimizga keldik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:49:02
110-bob. Ayolni birodari ortiga (tuyaga) mingashtirmoq haqida

Ibn Abu Mulayka raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho: «Yo Rasulalloh, sahobalaringiz haj va umra savobiga erishib qaytishayotir, men ersam faqat haj qila oldim, xolos», — dedilar. Janob Rasululloh: «Borgil, (birodaring) Abdurrahmon seni (tuyasiga) mingashtirib olsin!» — dedilar-da, Abdurrahmonga Oisha onamizni Tan’imdan boshlab umra qildirmoqni amr qildilar. Keyin, Janob Rasululloh Oisha onamizni umra qilib kelgunlaricha Makkaning yuqori tomonida kutib turdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:50:25
111-bob. G’azot va hajda (hamrohining otiga) mingashib olmoq haqida

Anas raziyallohu anhu: «Men Abu Talhaning (otiga) mingashib olgan erdim, barcha sahobalar haj va umraga talbiya aytib borishar erdi», — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:50:33
112-bob. Eshakka mingashmoq haqida

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari eshakning ustidagi to‘qimga o‘ltirib, Usomani ortlariga mingashtirib oldilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni (dastyorlari) Usoma ibn Zaydni tuyalariga mingashtirib, Makkaning yuqori tomonidan kirib keldilar, (muazzinlari) Bilol birlan Ka’ba xizmatchilaridan (ya’ni, Ka’ba kaliti qo‘lida bo‘lgan kishilardan) Usmon ibn Talha ham (eshakda) ul zotning ortlaridan ketma-ket kirib kelishdi. Janob Rasululloh tuyalarini Al-Masjid (al-Harom)da cho‘ktirdilar. So‘ng, Usmonga Baytullohning kalitini olib kelmoqni amr qildilar. (U kalitni olib kelgach), Janob Rasululloh (Ka’ba eshigini) ochib, (ichkariga) kirdilar, Usoma, Bilol va Usmon (ibn Talha) ham ul zot birlan birga kirishdi. Janob Rasululloh ul yerda uzoq vaqt bo‘lib, so‘ng qaytib chiqdilar».

Nofi’ raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Janob Rasululloh Ka’badan chiqishlari hamonoq) odamlar shosha-pisha ichkariga kirishdi. Abdulloh ibn Umar birinchi bo‘lib kirdilar-da, Ka’ba eshigi ortida Hazrat Bilolning turganlarini ko‘rib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaerda namoz o‘qidilar?» — deb so‘radilar. Hazrat Bilol ul zotning namoz o‘qigan joylarini ko‘rsatdilar. Abdulloh ibn Umar: «Necha rak’at o‘qidilar, deb so‘rashni unutibman», — deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:50:41
113-bob. Tuya yoxud boshqa biror ulov saqlayottan kishi(ning fazilati) haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Inson (o‘z) vujudining har bir bo‘g‘imi uchun Quyosh chiqib (olamni munavvar qilguvchi) har kuni (Olloh taolo yo‘lida) xayru ehson (amali solihlar) qilmog‘i lozim bo‘lib, uning ikki odam orasini kelishtirib qo‘ygani ham savobdur, (safarda) hamrohini uloviga mingashtirib olib yoki uning yukini uloviga ortib olib, yordam qilgani ham savobdur, (birovning ko‘nglini ko‘targuvchi, unga dalda berguvchi) yaxshi (shirin) so‘z aytgani ham savobdur, namoz (uqiyman, deb) qo‘ygan har biri qadami ham savobdur va (odamlarga) ozor berguvchi (tosh, kesak, najosat kabi) narsalarni yo‘ldan olib tashlagani ham savobdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:50:48
114-bob. Dushman yeriga Mushaflar birlan safar qilmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul zotning sahobalari Qur’onni bilganlari holda dushman yeriga safar qilishdi». (Ya’ni, Qur’onni yod olganlar dushman yeriga qo‘rqmay boraveradilar, chunki dushman uni ularning dillaridan aslo tortib ololmas va oyoq osti qilolmas. Ammo, Qur’on, ya’ni uning yozma shakli Mushaf birlan dushman yeriga borib bo‘lmas).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam musulmonlarni Qur’on (ya’ni, Mushaf) birlan dushman yeriga safar qilmoqdan qaytardilar». (Bu yerda «Qur’on» deyilgani birlan «Mushaf» deb tushunmoq kerak. Chunki, Quron og‘zaki tarzda nozil qilingan bo‘lib, dushman uni qalblardan tortib olib, oyoq osti qilolmas).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:51:00
115-bob. Urush (jang)dan ilgari takbir aytmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybarga tongda yetib keldilar. Shunda yahudiylar ketmonlarini yelkalariga qo‘yib (o‘z yerlarida ishlagani) chiqib kelishayotgan erdi. Janob Rasulullohga ko‘zlari tushgach: «Ana Muhammad, ana katta qo‘shin! Ana Muhammad, ana katta qo‘shin!» — deya qo‘rg‘onga kirib yashirinishdi. Janob Rasululloh qo‘llarini (fotihaga) ko‘tardilar-da: «Ollohu akbar! Xaybar xarob bo‘ldi! Biz biror qavmning yeriga kelib tushganimizda, («Ana Muhammad, ana katta qo‘shin!» — deb bir-birlarini) ogohlantiruvchilarning tonggi albatta kulfatli bo‘lur!» — dedilar. (Jangdan) keyin, biz eshaklarni so‘yib, (go‘shtini) pishirayotgan erdik, ul zotning jarchilari: «Olloh taolo birlan uning Rasuli sizlarni eshak go‘shti tanovul qilmoqdan qaytarur!» — deb e’lon qildi. So‘ng, qozonlar ichidagi (go‘shtlari) birlan ag‘darib tashlandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:51:08
116-bob. Uzni qiynab, charchatib qo‘yadirgan darajada baland ovoz birlan takbir aytmoqdan qaytarilgani haqida

Abu Muso alAsh’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (sahobalar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga (safarda) erdik. Shunda bir vodiyga chiqqanimizda tahlil va takbir aytgan erdik, ovozimiz baland ko‘tarilib ketdi. Janob Rasululloh: «Ey odamlar, o‘zlaringizni (bunchalik) zo‘riqtirmangizlar, (tahlil va takbirni mehru muhabbat birlan aytingizlar), chunki sizlar bir kar yoki g‘oib (uzoq) kimsaga emas, (balki Olloh taologa iltijo qilayotirsizlar), Olloh taolo ersa (hamisha) sizlar birlan birga bo‘lib, (kar va yiroqdagi kimsaga qarama-qarshi o‘laroq hamisha sizlarni) eshitguvchi va (sizlarga) yaqindur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:51:24
117-bob. Vodiyga tushganda tasbih aytmoq haqida

Jobir ibn Abdulloh: «(Tepalikka) ko‘tarilganimizda takbir, vodiyga tushganimizda ersa tasbih aytar erdik», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:51:31
118-bob. Tepalikka ko‘tarilganda takbir aytmoq haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar g‘azot yoki haj yoxud umradan qaytayotgan bo‘lsalar, (yo‘lda uchragan) har bir tepaliqda uch bor takbir aytib, so‘ng: «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva ala kulli shay’in qadiyr! Biz (ibodatlarga cho‘mib Olloh taolo huzuriga) qaytguvchi, (gunohlarimiz uchun Olloh taologa) tavba (qilib, shariat maqtagan amallarni) qilguvchi, parvardigorimizga ibodatu sajda qilguvchi va hamd aytguvchilarmiz, Olloh taolo (Islomga rivoju zafar ato etmoq xususidagi) va’dasiga vafo qilib, o‘z bandasi (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)ga madad berdi va bir o‘zi (ko‘p sonli kofirlar) to‘dalarini mag‘lub qildi» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:51:40
119-bob. Musofirga muqimlik vaqtida qilayotgan amallariga qancha savob yozilsa, shuncha savob yozilur

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar banda kasal bo‘lib qolsa yoki (Olloh taolo yo‘lida) safarga chiqsa (va shu boisdan qilib turgan amallarini davom ettira olmay qolsa), unga muqim va sog‘ chog‘ida qilib turgan amallariga yoziladirgan savobchalik savob yozilur» — deb marhamat qildilar». (Ba’zi ulamolar: «Agar banda kasalligi yoki safarga chiqqanligi boisidan nafl ibodatlarni bajara olmay qolsa, unga muqim va sog‘ligida bajarib turgan nafl ibodatlariga yoziladirgan savobchalik savob yozilur», — deyishadi. Ayrim ulamolar ersa: «Bul amallarga farz ibodatlar ham kiradi, zero bandaning muqim va sog‘ligida ularni ado etmog‘i shart bo‘lib, kasalligi boisidan ularni butunlay yoki qisman bajarolmasa ham, unga bajarganlik savobi yozilur, chunki kasal bo‘lmaganida ularni ado etgan bulur erdi. Masalan, kasalligi tufayli o‘ltirib namoz o‘qigan bandaga turib o‘qiganchalik savob yozilur», — deyishadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:51:48
120-bob. Yakka o‘zi safar qilmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar odamlar yolg‘iz safar qilmoqliqda men bilganchalik xatar borligini bilishganida erdi, biror otliq yakka o‘zi tunda safarga chiqmagan bo‘lur erdi», — dedilar». (Ya’ni, yolg‘iz o‘zi safar qilmoqning nechog‘lik xatarnok ekanligidan qatiy nazar, har bir musulmon uchun Olloh taolo yo‘lida yakka safar qilmoqlik matlub va joizdur. Masalan, bir kishining yakka o‘zini kofirlar tomon ayg‘oqchi yoxud ilg‘or qilib jo‘natish).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:51:57
121-bob. (Safardan qaytayotganda yoki haj vaqtida) ulovini yoxud qadamini tezlatmoq haqida

Abu Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (safardan qaytayotib): «Men Madinaga shoshib turibman, kimki men birlan (Madinaga) tezroq bormoqni istasa, (ulovini) tezlatsin!» — dedilar».

Yahyo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Usoma ibn Zayddan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’ vaqtida (Arafotdan Muzdalifaga) tumonat odamlar orasidan qanday o‘tib kelgan erdilar? — deb so‘rashdi. Usoma: «Ul zot (odamlar tiqilinch joylarda) o‘rtacha qadam tashlab, (odamlar) siyrak yerlarda ersa shitob birlan yurganlar», — dedilar».

Zayd ibn Aslamning otalari bunday deydilar: «Men Abdulloh ibn Umar birlan birga Makka yo‘lida ketayotgan erdim. Shunda Safiyya binti Abu Ubaydning qattiq betob bo‘lib qolgani haqida ul kishiga xabar keltirishdi. Abdulloh ulovlarini tezlatib, qorong‘u tushguncha yurdilar. So‘ng, ulovlaridan tushdilar-da, shom birlan xuftonni qushib o‘qidilar. Keyin: «Men Janob Rasulullohning, agar safar toliqtirib qo‘ysa, shomni kechiktirib, xuftonga qo‘shib uqiganlarini ko‘rganman», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Safar azobning bir bo‘lagi bulib, u sizni uyqudan, yeb-ichishdan mahrum qiladi. Agar birortangiz (safardan ko‘zlagan) hojatingizni ado etib bo‘lgan bo‘lsangiz, darhol oilangizga shoshingiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:52:05
122-bob. Agar bir odam bir kishini Olloh taolo yo‘lida otga mindirib yuborgan bo‘lsa-yu, so‘ng o‘shal otning sotilayotganini ko‘rsa, ne qilur?

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Umar ibn al-Xattob bir kishini Olloh taolo yo‘lida otga mindirib yubordilar-da, keyinchalik uning sotilayotganini ko‘rdilar. Shunda o‘shal otni sotib olmoqchi bo‘lib, Janob Rasulullohdan shu haqda so‘radilar. Ul zot: «Uni zinhor sotib olma, qilgan sadaqangni qaytarib olma!» — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:52:14
123-bob. Ota-onaning izni birlan jihod qilinur

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, jihod qilmoqqa izn so‘radi. Shunda ul zot: «Ota-onang tirikmi?» — dedilar. U: «Ha», — dedi. Ul. zot: «Unday bo‘lsa, ana o‘shalarning yo‘lida jihod qilgil (ya’ni, ota-onangni rizo qilmoq uchun mol-dunyongni sarf qil, kecha-kunduz xizmat qilib, ularning duosini ol!)» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:52:24
124-bob. Tuyalar bo‘ynidagi qo‘ng‘iroq va shu kabilar haqida

Abu Bashir al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdim. Odamlar o‘z yotoqlarida erdilar. Shunda ul zot bir odamni (ya’ni, Zayd ibn Horisani) yuborib, ul orqali: «Tuyalarning bo‘yniga osilgan (qo‘ng‘iroq va shu kabi narsalar) bog‘ichini qirqib tashlangizlar!» — deb amr qildilar». (Ya’ni, tuyalar buynidagi qo‘ng‘iroq, ko‘zmunchoq kabi narsalar bog‘ichi ularni bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin, buning ustiga bunday narsalar Islomga zid bo‘lib, Olloh taolo iroda qilgan narsani aslo qaytara olmas!).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:53:17
125-bob. Bir kishining ismi (g‘azotga borguvchi) qo‘shin ro‘yxatiga kiritib qo‘yilgan bo‘lsa-yu, keyin uning, xotini haj qilgani yo‘lga chiqsa, shu vajdan unga g‘azotdan qolmoqqa ruxsat beriladimi?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «(Nomahram) erkak yonida mahrami bo‘lgan ayol huzuridagina o‘ltirmog‘i mumkin, ayol mahram birlangina safar qila oladi» — deb aytganlarini eshitdim. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, mening ismim falon g‘azotga borguvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yilgan erdi, ammo xotinim haj qilmoqqa yo‘lga chiqdi», - dedi. Ul zot: «Borgil, xotining birlan birga haj qilgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:53:26
126-bob. Ayg‘oqchi, ayg‘oqchilik va so‘roq qilish haqida

Olloh taoloning qavli: «Ey musulmonlar, mening dushmanimni va o‘zlaringizning dushmaningizni do‘st tutmangizlar!» — («Al-Mumtahana» surasi, 1-oyat).

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men, Zubayr va Miqdodni junatayotib: «Xox degan bog‘ga yetib borgunlaringizga qadar yuraveringizlar, ul yerda ko‘shkda o‘ltirgan bir ayol bo‘lib, unda maktub bor. Undan o‘shal maktubni olingizlar!» — dedilar. Biz ul ayoldan g‘azabnok holda yo‘lga tushib, nihoyat mazkur bog‘ga yetib bordik. Qarasak, haqiqatan ham ul yerda bir ayol ko‘shqda o‘ltiribdi. Biz unga: «Maktubni ber!» — dedik. U: «Menda hech qanday maktub yo‘q», — dedi. Biz: «(Yaxshilikcha) maktubni bergil, aks holda kiyimlaringni (echib), otib yuborurmiz!»— dedik. Ayol noiloj xatni sochlari orasidan olib berdi. Biz uni Janob Rasulullohga keltirdik. Bilsak, maktub Hotib ibn Abu Balta’adan bir guruh makkalik mushriklarga yo‘llangan bo‘lib, unda Janob Rasulullohning ba’zi rejalari xabar qilingan erkan. Janob Rasululloh: «Ey Hotib, bu ne qilganing?» — dedilar. Hotib: «Yo Rasulalloh, menga jazo berishga oshiqmangiz, (avval ne maqsadda bunday qilganimni tushuntirayin!). Men Quraysh qabilasiga mansub bo‘lmasam-da, ular birlan do‘st tutingan erdim. Siz birlan (Madinaga) hijrat qilganlarning Makkada qirindoshlari bo‘lib, ular muhojirlarning ul yerda qolgan bola-chaqa va mol-mulklarini himoya qilurlar. Mening ersa Makkada qarindoshlarim yo‘q, shul boisdan men ul yerda bola-chaqam va uy-joyimga qarab turguvchi bir madadkor odamim bo‘lsa, degan maqsadda maktub jo‘natib erdim. Ammo, bul ishni kufrga qaytganim boisidan qilganim yo‘q»,— dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Bu sizlarga haq gapni aytdi», — dedilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, menga ruxsat beringiz, bul munofiqning bo‘ynini uzib tashlayin!»— dedilar. Janob Rasululloh: «U Badrda ishtirok qilgan, sen nimani ham bilarding! Olloh taolo Badr ishtirokchilarining o‘z mag‘firatiga xilof ish qilmasliklarini bilganidan (va ulardan benihoyat rizo bo‘lganidan): «Xohlagan amallaringizni qilingizlar!» — deb aytgandur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:53:33
127-bob. Asirga kiyim kiydirmoq haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Badr kuni bir qancha asirlarni keltirishdi. Ular orasida Abbos ham bo‘lib, ko‘ylaklari yo‘q erdi. Janob Rasululloh (sahobalarning ko‘ylaklarini birma-bir ko‘zdan kechirib), nihoyat Abdulloh ibn Ubayning ko‘ylaklari Abbosga to‘g‘ri keladi, deb hisobladilar. Shul bois, ul kishining ko‘ylaklarini (echdirib) Abbosga kiydirdilar-da, evaziga o‘z ko‘ylaklarini yechib berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:53:41
128-bob. Bir kishining musulmon bo‘lmog‘iga sababchi bo‘lgan odamning fazilati haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni: «Men ertaga bayroqni Olloh taolo birlan uning Rasulini sevguchi va Olloh taolo birlan uning Rasuli ham uni sevguvchi shunday bir kishiga topshirurmanki, parvardigor ul tufayli fath (zafar) ato etur», — dedilar. Odamlar: «Ul zot bayroqni qaysi birimizga berar erkanlar?» — degan xayolda uyquga ketishdi-da, barchalari shu umidda tong ottirishdi. (Ertalab) Janob Rasululloh: «Ali qaerda?» — dedilar. Odamlar: «Ko‘zi og‘rib qoldi», — deyishdi. (Hazrat Alini chaqirib kelishgach), Janob Rasululloh ul kishining ko‘zlariga tupurdilar va duo qildilar. Shunda Hazrat Alining ko‘zlari, go‘yoki og‘rimagandek, tuzalib qoldi. Keyin, ul zot Hazrat Aliga bayroqni topshirib: «Biz kabi (musulmon) bo‘lmagunlariga qadar jang qilurman! Avval, ohista ularning yeriga borib tushgil, so‘ng ularni Islomga da’vat qilgil-da, ularga nelar vojib ekanligini aytgil! Olloh taolo haqi, agar Olloh taolo sen tufayli bir kishini hidoyat qilsa ham, bu sening uchun eng sara tuyalar podasiga ega bo‘lmog‘ingdan afzaldur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:53:50
129-bob. Zanjirband asirlar xaqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Olloh taolo (bu dunyoda musulmonlar tomonidan jihodlarda asirga olinib, bo‘yinlaridan) zanjir birla (Islom tomon yetaklangan, keyin ersa Islomning haq din ekanligini anglab qolib, musulmon bo‘lgan va shul tufayli) oxiratda jannatga kirayotgan bir qavmdan rozi bo‘ldi». [Mazkur hadisning mazmunini Olloh taoloning «Ey musulmonlar, sizlar (butun jahon) insonlarini (Islomga) hidoyat qilmoq uchun yuborilgan jamoalarning eng yaxshisidursizlarki, (ularni) yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarursizlar...» degan oyati karimasi yanada oydinlashtirur, «Oli Imron» surasi, 110-oyat].
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:53:59
130-bob. Ikki Kitob (Tavrot va Injil) ahliga mansub musulmon bo‘lgan kishining fazilati haqida

Abu Muso (al-Ash’ariy) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Uch (toifa) kishiga ikki ajr ato etilur: birinchisi — bir kishining joriyasi bo‘ladi-yu, u unga mehribonlik birla (din borasida vojib bo‘lgan bilimlarni) o‘rgatadi hamda mehribonlik birla uni (xushxulq, xushodob qilib) tarbiyalaydi, so‘ng uni ozod qiladi-da, (mahr berib) unga uylanadi; ikkinchisi — o‘z payg‘ambariga hamda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iymon keltirgan Kitob (Tavrot yoki In-jil) ahliga mansub kishi; uchinchisi — Olloh taoloning haqini (ya’ni, namoz, ro‘za kabilarni) ado etayotgan hamda o‘z xojasiga sidqidildan xizmat qilayotgan qul».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:54:07
131-bob. Tunda mushriklarning manzillariga bostirib borilganda (kattalar birlan birga) xotin va bolalarning (ham) o‘ldirilishi haqida

Sa’b ibn Jassoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abvo’da (yoki Vaddonda) mening yonimdan o‘tib ketayotgan erdilar, tunda mushriklarning manzillariga bostirib borilganda qorong‘u bo‘lgani boisidan bilmay ularning xotin va bolalari ham o‘ldirib qo‘yilishi haqida so‘raldi. Shunda Janob Rasululloh savol bergan kishiga javoban: «Ular ham mushriklardandur»,— dedilar». (Ya’ni, mushriklarning xotin va bolalarini qasddan o‘ldirish man’ qilingan bo‘lib, g‘orat chog‘ida qorong‘u bo‘lganligi boisidan bilmay o‘ldirib quyilsa yoxud er va  otalarini o‘ldirishga xalal berganlarida o‘ldirilsa, joizdur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:54:25
132-bob. Urushda bolalarni o‘ldirish haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning g‘azotlaridan birida bir xotinni o‘ldirilgan holda topishdi. Shunda ul zot xotin va bolalarni o‘ldirishni qoraladilar».

133-bob. Urushda xotinlarni o‘ldirish haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:54:34
134-bob. (Odamga) Olloh taolo azobi birlan azob berilmaydi!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni bir yerga yuborayotib: «Agar falon va falon kishini uchratsangizlar, ikkalasini ham o‘tda kuydiringizlar!» — dedilar. Keyin, ul zot biz yo‘lga tushmoqchi bo‘lganimizda: «Men boya sizlarni (sinamoq uchun) falon va falon kishini o‘tda kuydiringizlar, deb amr qilib erdim, (bilib qo‘yingizlarki), o‘t birlan faqat Olloh taologina azob berur, agar ularni uchratsangizlar, (qurol birla) o‘ldiringizlar!» — dedilar».

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu Hazrat Alining bir qavmni o‘tda kuydirganlarini eshitib: «Agar men ul kishining o‘rinlarida bo‘lganimda ularni o‘tda kuydirmas erdim, chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Odamga) Olloh taoloning azobi birlan azob bermangizlar!» — deb aytganlar. Men ularni Janob Rasulullohning «Kimki o‘zining (haq) dinini o‘zgartirsa, uni (qurol birla) o‘ldiringizlar!» deganlariga binoan o‘ldirur erdim!» — dedilar». (Ba’zi ulamolarning aytishlaricha, Hazrat Ali o‘tda kuydirgan qavm ul kishini «Rabbimiz» deb ta’kidlashar erdi. Ayrim ulamolarning aytishlaricha ersa, ul qavm butlarga sig‘ingan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:54:45
135-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, qachon kofirlarga to‘qnash kelsangizlar, to qonlarini xo‘b to‘kkunlaringizga qadar bo‘yinlariga (qilich) uringizlar, so‘ng (qo‘lga tushganlarini) mahkam bog‘langizlar. Andin keyin, yo shundog‘ yoki fidya (jarima) olib (qo‘yib yuborilsa ham, joizdur)» («Muhammad» surasi, 4-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bir guruh) otliqlarni Najd tarafga yubordilar. Ular Banu Hanifa qabilasiga mansub bo‘lmish Sumoma ibn Usol ismli bir kishini (asir qilib) olib kelishdi-da, masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning qoshiga chiqib: «Ey Sumoma, (meni o‘zingga nisbatan) qanday (chora ko‘radi, deb) o‘ylayotirsan?» — dedilar. Sumoma: «Ey Muhammad, (siz albatta) xayrli (chora ko‘rursiz), deb o‘ylayotirman, (chunki siz zulm qilguvchilardan emas, balki yaxshilik, olijanoblik qilguvchilardansiz!). Agar meni o‘ldirsangiz, birovning qonini to‘kkan (o‘ldirilishi haqlig‘ bo‘lgan) bir kishini o‘ldirgan bo‘lursiz. Basharti, (menga) yaxshilik qilsangiz, (yaxshilik qilgan odamdan) minnatdor bo‘lguvchi, (yaxshilikka yaxshilik qaytarguvchi) bir kishiga yaxshilik qilgan bo‘lursiz. Mobodo, (mendan) mol-dunyo talabida bo‘lsangiz, istaganingizcha so‘rangiz!» — dedi. So‘ng, Janob Rasululloh uni ertasiga qadar (u holiga) tashlab quydilar. Ertasiga ersa undan yana: «Ey Sumoma, (meni o‘zingga nisbatan) qanday (chora ko‘radi, deb) o‘ylayotirsan?» — dedilar. Sumoma: «O’sha (kecha) sizga aytgan gaplar agar (menga) yaxshilik qilsangiz, (yaxshilik qilgan odamdan minnatdor bulguvchi, (yaxshilikka yaxshilik qaytarguvchi) bir kishiga yaxshilik qilgan bo‘lursiz», — dedi. Keyin, Janob Rasululoh uni (yana) ertasiga qadar (o‘z holiga) tashlab qo‘ydilar Ertasiga ersa undan yana: «Ey Sumoma, (meni o‘zingga nisbatan qanday (chora ko‘radi, deb) o‘ylayotirsan?» — dedilar. Sumoma «O’sha ilgari sizga aytgan gapim», — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Sumomani quyib yuboringizlar!» — dedilar. Sumoma qo‘yib yuborishgach, masjid yaqinidagi xurmozorga kirib tahorat oddi-da, so‘ng masjidga kirib: «Ashhadu an lo iloha illalloh va ashhadu anna Muhammadan rasululloh! Ey Muhammad, Olloh taolo haqi, Yer yuzida mening uchun sizning yuzingizdan ortiqroq yoqimsiz yuz yo‘q erdi, mana endi sizning yuzingiz mening uchun eng mahbub yuz bo‘lib qoldi! Olloh taolo haqi, mening uchun sizning diningizdan ortiqroq yoqimsiz din yo‘q erdi, mana endi sizning diningiz mening uchun eng mahbub din bo‘lib qoldi! Olloh taolo haqi, mening uchun sizning yurtingizdan ortiqroq yoqimsiz yurt yo‘q erdi, mana endi sizning yurtingiz mening uchun eng mahbub yurt bo‘lib qoldi! Otliqlaringiz meni umra qilmoqchi bo‘lib turganimda asir olishib erdi, ne deysiz, (endi ne qilayin?)» — dedi. Shunda Janob Rasululloh uning (musulmon bo‘lib, bu dunyo va oxirat xayriyatiga erishganini hamda bunga qadar qilgan og‘ir gunohlaridan pok bo‘lganini aytib), xushnud qildilar-da, umra qilmoqni buyurdilar. Sumoma Makkaga kelganida unga bir kishi: «O’z diningdan qaytib, boshqa dinga kirdingmi?» — dedi. Sumoma: «Olloh taolo haqi, unday emas! Ammo, men Muhammad sallallohu alayhi va sallam birlan (dindosh) musulmon bo‘ldim. (Ya’ni, bul javob hakimona javob bo‘lib, Sumoma: «Men dindan chiqqanim yo‘q, chunki butlarga ibodat qilmoqlik din bo‘lmay, men mana endigina dinga kirib, Janob Rasulullohga divdosh musulmon bo‘ldim» — deb aytmoqchilar). Olloh taolo haqi, (endi na sizlarning diningizga murojaat qilurman va na sizlarga yordam ko‘rsaturman!). Bundan buyon (Yamomadagi qabilam sizlarga yuborib turgan ozuqalarni yubortirmasman), Janob Rasulullohning iznlarisiz Yamomadan sizlarga bir dona ham bug‘doy kelmas!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:54:52
136-bob. Musulmon asir kufr iskanjasidan qutulmok uchun o‘zini asir olganlarni aldab o‘ldirmog‘i mumkinmi?

Miashr ibn Maxrima va Marvon raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «...Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Hudaybiya sulhi tuzilgach), Madinaga qaytib kelganlarida huzurlariga Abu Basir Qurayshiy keldilar, ul kishi musulmon erdilar. Shunda Quraysh kofirlari (sulh shartiga binoan) Abu Basirni talab qilib, ortlaridan ikki kishini Janob Rasulullohning huzurlariga jo‘natdi. Janob Rasululloh (shartnomaga vafo qilib), Abu Basirni ularga topshirdilar. Ular Abu Basirni asir olib, yo‘lga tushishdi-da, Zulhulayfaga yetganlarida tamaddi qilgani to‘xtashdi. Shunda Abu Basir xiyla ishlatib, ulardan birining qilichini oldilar-da, o‘zini chopib tashladilar. Ikkinchisi tum-taraqay qochib, to‘g‘ri Madinaga bordi-da, masjidga kirib berkindi...». (Mazkur hadis «Shartlar kitobi»ning 15-bobida to‘laligicha keltirilgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:55:03
137-bob. Agar mushrik musulmonni yondirsa, u ham yondiriladimi? (Ya’ni, mushrik musulmonni o‘ldirgan bo‘lsa, undan qasos olinadimi?)

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ukl (yoki Urayna) qabilasiga mansub bir guruh kishilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelishdi. Shunda ular Madina yeguliklari yoqmay, qorin og‘rig‘iga mubtalo bo‘lishdi. Ular Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, bizga sut keltirmoqlarini buyursangiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Men sizlarga (sog‘in) tuyalar podasi oldiga bormog‘ingizni maslahat berurman», — dedilar. Keyin, ular (Madina tashqarisidagi yaylovga) borishib, (ul yerda o‘tlab yurgan sog‘in) tuyalar siydigi va sutidan ichishdi, (tezda) shifo topib, semirib ketishdi. So‘ng, podachini o‘ldirishib, tuyalarni haydab ketishdi, musulmon bo‘lgach, qayta kofir bo‘lishdi. Janob Rasululloh bundan xabar topgach, (tongda) ularning ortlaridan bir qancha kishilarni yubordilar, kun chiqqanda ularni tutib kelishdi. Ul zot ularning qo‘l-oyoqlarini kestirib, ko‘zlarini o‘ydirdilar. So‘ng, ularni Harra degan yerga, kun bo‘yi oftob nuri tushib turadirgan toshloq yerga olib borib tashlashdi, suv so‘raganlari birlan suv berishmadi, shu ahvolda o‘lib ketishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:55:19
138-bob.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deyayotganlarini eshitdim: «Bir chumoli bir payg‘ambarni chaqib oldi. Shunda ul kishi butun bir chumolilar iniga (ut qo‘yishni) amr qilib erdilar, o‘t qo‘yildi. Olloh taolo ul kishiga vahiy yuborib: «Sizni bir dona chumoli chaqsa, butun bir chumolilar iniga o‘t qo‘yasizmi?!» — dedi. Ul kishi Olloh taologa tasbih aytdilar». (Ya’ni, Olloh taolo o‘shal payg‘ambarning qavmlariga balo yuborganida, ul kishi «Bir necha murtadni deb butun qavmga balo yo‘llading» degan mazmunda e’tiroz bildirgan erdilar. Shul bois, Olloh taolo bir dona chumoliga ul kishini chaqmoqni amr qilib erdi. Ul kishi ersalar, darg‘azab bo‘lib butun chumolilar iniga o‘t quydirdilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:55:29
139-bob. Uy (bino)larga hamda xurmozorlarga o‘t quyish haqida

Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida (qurilgan) «Zul-Xalasa» degan bir uy (butxona) bular erdi, uni «Al-Ka’ba al-Yamoniyya» yoki «Al-Ka’ba ash-Shomiyya» deb ham atashar erdi. (Bir kuni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Zul-Xalasadan meni xalos qilmaysanmi?» — dedilar. («Zul-Xalasa» Jarirning yurtlarida bo‘lib, ul zotga ozor yetkazar erdi. Shul boisdan ul zot o‘shal yurtning ulug‘laridan bo‘lmish Jarirga uni vayron qilmoqni amr qilayotirlar). Shunda men Ahmas qabilasiga mansub bir yuz ellik otliqni olib, «Zul-Xalasa»ga bordim, uni vayron qildik, yendirdik. So‘ng, qaytib kelib, ul zotga shul haqda xabar qildik. Ul zot biz (Ahmas qabilasi otliqlari)ni va (butun) Ahmas qabilasini Olloh taolodan barakot tilab, duo qildilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu an-Nazir qabilasi xurmozoriga o‘t quydilar, daraxtlarini kesdilar. Bul xurmozor (Madina yaqinidagi) «Al-Buvayra» degan yerda erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:55:39
140-bob. Uyqudagi mushrikni o‘ldirmoq haqida

Baro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (mushrik) Abu Rofi’ni o‘ldirmoq uchun bir guruh odamlarni jo‘natdilar. (Jo‘natilgan) odamlardan biri (ya’ni, Abdulloh ibn Atiyk sheriklarini tashqarida qoldirib, yakka o‘zlari) mushriklar qo‘rg‘oni (hovlisi)ga kirib oldilar. Abdulloh ibn Atiyk bunday deydilar: «Men ularning (qo‘rg‘on hovlisidagi) otxonasiga kirib (yashirinib) oldim. Bir ozdan so‘ng ular (qo‘rg‘on) darvozasini yopishdi, ammo bir eshakni yo‘qotib qo‘yib, yana darvozani ochishdi-da, (qo‘rg‘on tashqarisiga) uni izlagani chiqishdi. Shunda men o‘zimni (eshakni) qidirayotganlardan biri qilib ko‘rsatib, ular birlan tashqariga chiqdim. Ular eshakni topishgach, qurg‘on (hovlisi)ga qaytib kirishdi, men ham ular birlan birga kirdim. So‘ng, tun bo‘lgani uchun qo‘rg‘on (hovlisi) darvozasini (hamda qo‘rg‘on binosi eshiklarini) qulflab, kalitlarni men ko‘rib turgan bir ko‘za ichiga solib qo‘yishdi. Ular uyquga yetishgach, men kalitlarni olib, qo‘rg‘on (hovlisi) darvozasini ochib qo‘ydim, so‘ng (qo‘rgon binosi xonalari eshiklarini birma-bir) ochib, (nihoyat) Abu Rofi’ yetgan xonaga kirib bordim-da: «Ey Abu Rofi’» — deb chaqirdim. U javob qilib erdi, ovozi kelgan yerni mo‘l qilich urdim. U baqirib yubordi. Men (xonadan) chiqdim-da, guyo (yordamga yugurib kelgan) xizmatkordek, ovozimni o‘zgartirib: «Ey Abu Rofi’, (ne bo‘ldi?)» — dedim. U: «Qaerda erding? Sen o‘lib, onang bolasiz qolgur!» — dedi. Men: «Senga ne bo‘ldi?» — dedim. U: «Kim kirib menga qilich urganini bilmay qoldim»,— dedi. Men (u so‘zlayotganida qaerda yotganini aniq bilib oldim-da), qilichimning tig‘ini qorniga quyib, bor kuchim birlan bosdim, hatto suyaklari qisirlab ketdi. Keyin, uning xonasidan hayajon birla (shoshib) chiqdim-da, zinadan tushayotib yiqildim, oyog‘im sindi. So‘ng, (bir amallab) hamrohlarim oldiga borib: «Men toki tongda (jarchi) Abu Rofi’ning o‘ldirilgani haqida xabar qilmagunicha shul yerda qolurman, sizlar ketaveringizlar!» — dedim. So‘ng, men tongda (jarchining) Abu Rofi’ning o‘ldirilganini Hijoz savdogarlariga ovoza qilganini eshitib, o‘rnimdan turdim-da, tezliqda (hamrohlarimga yetib oldim), biz Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani xabar qildik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:55:48
141-bob. Dushman birla to‘qnashmoqni orzu qilmangizlar!

Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dushman birlan to‘qnash kelgan kunlaridan birida Quyosh oqqunga qadar (jangni) kechiktirdilar. So‘ng, odamlar orasida tik turib: «Ey odamlar, dushmanga duch kelmoqni orzu qilmangizlar, Olloh taolodan ofiyat tilangizlar! Basharti ularga tuqnash kelsangizlar, sabr qilingizlar, (chunki g‘alabaga sabr birla erishilur) va bilib quyingizlarki, jannat qilichlar soyalari ostidadur! (ya’ni, jannatga Olloh taolo yo‘lida qilich urish birlan yetishilur!)» — deb xitob qildilar. So‘ng, «Ey Kitob nozil qilguvchi, bulutlarni yurgizguvchi va (dushman) to‘dalarini mag‘lub qilguvchi parvardigor(im), ularni (dushmanlarni) mag‘lub etib, bizlarni ular ustidan muzaffar qilgil!» — deya Olloh taologa iltijo qildilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:55:55
142-bob. Urush — hiyladur!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xusrav o‘ldi, endi undan keyin (Iroqda) xusrav bo‘lmas, qaysar ham albatta ulur va undan keyin (Shomda) qaysar bo‘lmas, ikkalasining boyliklari Olloh taolo yo‘lida albatta taqsim qilinur!» — dedilarda: «Urush — hiyladur» — deb aytdilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Urush — hiyladur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:56:08
143-bob. Urushda yolg‘on (ishlatmoq) haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim Ka’b ibn al-Ashrafni o‘ldirmoqqa (borur)? Chunki, u Olloh taolo birlan uning Rasuliga (ko‘p) aziyatlar yetkazdi», — dedilar. Shunda Muhammad ibn Maslama: «Yo Rasulalloh, uni men o‘ldirmog‘imni istaysizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha», — dedilar. Keyin, Muhammad ibn Maslama Ka’b ibn al-Ashrafning huzuriga borib (Janob Rasululloh xususlarida yolg‘ondan): «Anavi (kishi och-yalong‘och ekanligimizga qaramay), bizdan sadaqa talab qilaverib qiynab yubordi, shul boisdan men sendan qarz so‘rab keldim», — dedilar. Ka’b ibn al-Ashraf (ishonib): «Bu ham holva, hali u bundan badtar kunlarni boshingizga solur!» — dedi. Muhammad ibn Maslama: «Biz unga ergashishga ergashib qo‘ydik, endi uni tark etmoqchi emasmiz, kuraylikchi, ishining natijasi ne bular erkan?!» — dedilar. Muhammad ibn Maslama shu tariqa gaplar birlan Ka’b ibn al-Ashrafni chalg‘ita boshladilar va payt poylab turib uni o‘ldirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:56:19
144-bob. Kufr ahlini o‘ldirish haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan.

145-bob. Buzg‘unchiligi (fasodi) xavfli bo‘lgan kimsaga nisbatan hiyla ishlatmoqning va undan ehtiyot bo‘lmoqning joizligi haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’b birlan birga Ibn Sayyod (yashaydirgan) tomon yo‘l oldilar, odamlar uning xurmozorda ekanligini ul zotga aytishgan erdi. Janob Rasululloh ul yerga yetib borgach, xurmo shoxlari ortiga yashirinib olib (Ibn Sayyodni kuzata boshladilar), u o‘zining baxmal choyshabiga o‘ralib yetar, choyshab ichidan ersa (qandaydir) ovoz kelar erdi. Shu asnoda Ibn Sayyodning onasi Janob Rasulullohni ko‘rib qoldi-da: «Ey Sof (Ibn Sayyodning laqabi), ana Muhammad!» — dedi. Ibn Sayyod irg‘ib (o‘rnidan) turdi(-da, qochib ketdi). Shunda Janob Rasululloh: «Agar (onasi) indamaganda, (Ibn Sayyodning siri) fosh bo‘lur erdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:56:31
146-bob. Urushda baland ovoz birlan rajaz vaznida she’r aytmoq haqida

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Xandaq kuni tufroq tashiyotganlarini, hattoki ko‘kraklari yoliga tufroq tekkanini ko‘rdim, ul zot serjun odam erdilar. O’shanda ul zot tufroq tashiyotib Abdulloh ibn Ruvohaning rajaz vaznidagi quyidagi she’rini baland ovoz birlan aytgan erdilar:
«Hidoyat topmas erdik, qilmasang sen hidoyatlar,
Qilmas erdik xayru ehson, qilmas erdik ibodatlar,
Ulug‘vorlik ato etgil mudom bizga xudovandim,
Ro‘baro‘ kelganda dushman bizga baxsh et matonatlar.
Adovat birla bizga necha bor zulm qildi kuffor,
Fitna istar bo‘lsa, uzni ayladik biz himoyatlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:57:01
147-bob. Otda mahkam o‘ltira olmagan kishi haqida

Jarir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam musulmon bo‘lganimdan buyon (biror marta ham huzurlariga kirmog‘imga) mone’lik qilmadilar, meni ko‘rganlarida doimo yuzimga tabassum birla boqar erdilar. Bir kuni men ul zotga otda mahkam o‘ltira olmasligim xususida shikoyat qildim. Shunda ul zot muborak qo‘llari birlan ko‘kragimga bir nuqib: «Yo parvardigoro, uni (otda) mahkam (o‘ltira oladirgan) hamda to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchi va to‘g‘ri yo‘ldan borg‘uvchi qilgaysan!» — deb duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:57:13
148-bob. Jarohatni qamish kuli birlan davolamoq xususida hamda ayolning o‘z otasi yuzidagi qonni yuvib tashlamog‘i va qalqonda suv keltirmoq haqida

Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sahl ibn Sa’d as-So’idiy raziyallohu anhudan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jarohatlari qanday davo birlan muolaja qilingani haqida so‘rashdi. Shunda ul kishi: «Bul xususda mendan ko‘ra yaxshiroq biladirgan odam qolmadi. (O’shanda) Hazrat Ali qalqonlarida suv keltirgan, Fotima ersalar ul zotning yuzlaridagi qonni yuvgan erdilar. (Qon tuxtayvermagach), qamish kuydirilib, kuli ul zotning jarohatlariga bosilgan erdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:57:38
149-bob. Urushda o‘zaro nizo va ixtilof qilmoqning makruxligi hamda o‘z imomiga osiylik qilmoqning gunohi haqida

Olloh taolo bul xususda: «Va Ollohga hamda uning Rasuliga itoat qilingizlar va o‘zaro janjal qilmangizlarki, omadingiz ketib, kuch-quvvatdan qolursizlar...» — deydi («Anfol» surasi, 46-oyat).

Abu Burda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muoz (ibn Jabal) va Abu Musoni Yamanga (ya’ni, Yamandagi ikki viloyatga amir qilib) yuborayotib: «Osonlashtiringizlar, qiyinlashtirmangizlar, (Olloh taoloning fazlu karami benihoyat keng ekanligini aytib, odamlarni) xushnud qilingizlar, (do‘q-po‘pisalar birlan) ularni cho‘chitib quymangizlar, bir-biringiz birlan kelishib (ish qilingizlar), o‘zaro janjallashmangizlar!» — deb tayinladilar».

Baro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni Abdulloh ibn Jubayrni ellikta piyodaga bosh qilib, ularga: «Garchi bizning yengilib, (jasadlarimizni) qushlar cho‘qilayotganini ko‘rsangiz ham, toki men chopar yuborib, (ijozat bermagunimga) qadar bul yerdan jilmangizlar va garchi bizning dushmanni mag‘lub etib, ularning (jasadlarini) toptagancha (olg‘a ketayotganimizni) ko‘rsangiz ham, toki men chopar yuborib, (ijozat bermagunimga) qadar, bul yerdan jilmangizlar!» — dedilar. Keyin, (jang boshlanib, musulmonlar kofirlarni)  yengishdi. Shunda men, Olloh taolo haqi, mushrika ayollarning o‘z ko‘ylaklari etagini ko‘targancha (toqqa) tirmashib qochishayotganini, oyoqlaridagi taqinchoqlari-yu, boldirlari shundoqqina ko‘zga tashlanib turganini ko‘rdim. Bu holni ko‘rgan Abdulloh ibn Jubayrning piyodalari: «Ana, birodarlaringiz (kofirlarni) yengdi, ana o‘lja, nega qarab turibsizlar?» — deyishdi. Abdulloh ibn Jubayr ularga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sizlarga ne deganlarini unutdingizlarmi?» — dedilar. Ular: «Olloh taolo haqi, biz (qochayotgan) kofirlar tomon borib, o‘ljalardan o‘z nasibamizni olmay qo‘ymaymiz!» — deyishdi. Ammo, ular ul yerga borgach, Janob Rasulullohning «Joyingizdan jilmangiz!» degan amrlariga itoat etmay, gunohkor bo‘lganlari boisidan dushmandan yengilib, yana turgan yerlariga qaytib kelishdi va bu hol Janob Rasululloh chekinayotganlarga (qarata: «Men Ollohning rasuliman, kimki chekinmay hujum qilsa, unga jannatdan joy ato etilur!» — deb) da’vat qilib turgan bir paytda ruy berdi. (Natijada), ul zotning yonlarida o‘n ikki kishidan bo‘lak hech kim qolmadi. Bizlardan yetmish kishi  shahid bo‘ldi. Janob Rasululloh va ul zotning sahobalari Badr kuni mushriklardan bir yuz qirqtasini safdan chiqarishgan bo‘lib, ulardan yetmishtasi asirga olinib, yetmishtasi o‘ldirilgan erdi. (Shul boisdan) Abu Sufyon (tog‘ etagiga kelib): «Qavm (ya’ni, mushriklardan yengilib, toqqa chiqib olgan musulmonlar) orasida Muhammad bormi?» — deb uch bor so‘radi. Shunda Janob Rasululloh unga javob qaytarmoqni man’ qildilar. So‘ng, Abu Sufyon: «Qavm, orasida Ibn Abu Quhofa bormi?» deb uch bor so‘radi. Keyin: «Qavm orasida Ibn al-Xattob bormi?» — deb uch bor so‘radi. So‘ng, u o‘z hamrohlari oldiga borib: «Ular o‘ldirilibdi», — dedi. Shunda Hazrat Umar o‘zlarini tutolmay: «Olloh taolo haqi, yolg‘on aytding, ey Olloh taoloning dushmani! Sen o‘ldirilgan deb hisoblagan kishilarning barchasi tirikdur, boshingga balo bo‘ladirgan kun (Fath kuni) hali oldinda!» — dedilar. Abu Sufyon (ul kishiga javoban): «(Bugungi) kun Badr kuni evaziga bo‘ldi, urush (quduqqa tashlangan) chelak (yanglig‘ bo‘lib, bir safar sizga va bir safar bizga suv chiqur). Hali sizlar men buyurmagan (mening irodamga bog‘liq bo‘lmagan), menga na foydasi va na zarari tegmaydirgan ishlarni — qavmingiz orasida burunlari kesilib, qorinlari yorilgan kishilarni ko‘rgaysizlar!» — dedi. So‘ng, u: «Yuksal, ey Hubal! Yuksal, ey Hubal!» - deb rajaz vaznida bayt aytdi. Shunda Janob Rasululloh (musulmonlarga): «Unga javob qaytarmaysizlarmi?» — dedilar. Ular: «Ne deyaylik, yo Rasulalloh?» — deyishdi. Ul zot: «Olloh eng buyuk va eng yuksakdur!»— deb aytingizlar!» — dedilar. Abu Sufyon: «Bizning Uzzomiz bor, sizlarning ersa Uzzoingiz yo‘q!» — dedi. Janob Rasululloh: «Unga javob qaytarmaysizlarmi?» — dedilar. Ular: «Ne deyaylik, yo Rasulalloh?» — deyishdi. Ul zot: «Olloh taolo bizning xojamizdur, sizlarning ersa xojangiz yo‘q!» — deb aytingizlar!» — dedilar». («Xubal» va «Uzzo» butlarning nomidur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:57:45
150-bob. Agar tunda (odamlar dushmandan xavotir olib) vahimaga tushsa...

Anas (ibn Molik) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eng yaxshi, eng saxiy va eng shijoatli odam erdilar. Tunlardan birida Madina ahli qandaydir tovushni eshitib vahimaga tushdi. (Ular ovoz kelgan tomon yo‘l olganda) ro‘paralaridan Janob Rasululloh chiqib keldilar, ul zot qilichlarini taqib, Abu Talhaning otiga yaydov mingancha (barchadan burun o‘shal tarafga ketgan erdilar). Janob Rasululloh Madina ahliga: «Qo‘rqmangizlar! Qo‘rqmangizlar! (Xavotir oladirgan hech narsa yo‘q erkan)», — dedilar. So‘ng, ul zot: «Men bul otning dengiz (kabi bir tekis yurishini) bildim» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:05:41
151-bob. Dushmanni ko‘rgach, odamlar eshitadirgan darajada baland ovoz birlan: «Yo sabohoh!» — deb yordamga chaqirgan kishi haqida

Salama (ibn al-Akva’) raziyallohu anhu rivoyat qiladntar. «Men (bir kuni tongda) Madinadan chiqib, to‘qay tomon yo‘l oldim. To‘qay orasidan o‘tgan so‘qmoqqa yetganimda Abdurrahmon ibn Avfning g‘ulomi ro‘paramdan chiqib qoddi. Men unga «Sho‘ring qursin, senga ne bo‘ldi, (nechun saharlab bul tomon kelayotirsan?)» — dedim. U: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sog‘in tuyalarini o‘g‘irlab ketishdi», — dedi. Men: «Kim o‘g‘irladi?» — dedim. U: «G’atafon va Fazora (qabilalarining kishilari)», — dedi. Shunda men Madinaning ikki tog‘i oralig‘i(dagi odamlar) eshitadirgan qilib: «Yo sabohoh!» — deb uch bor qichqirdim. So‘ng, qadamimni tezlatib, (ul zotning) sog‘in tuyalarini haydab ketayotgan o‘g‘rilarga yetib oldim: (Ular suv ichmoqchi bo‘lib turishgan erkan), suv ichishlariga ham qo‘ymay, kamonimdan ularga uq uza boshladim. Shunda nuqul: «Men Ibn al-Akva’man, bugun birov suv ichsa, tamshanib turadirgan pastkashlar o‘ladirgan kundur!» — der erdim. (Shul tariqa men ularga dahshat solib), tuyalarni qutqardim (hamda ulardan o‘ttizta chopon yechib oldim). So‘ng, tuyalarni haydab ortimga qaytdim. Yo‘lda menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bir qancha odamlar birlan) peshvoz chiqdilar. Men ul zotga: «Yo Rasulalloh, qavm (ya’ni, o‘g‘rilar) chanqoqligicha (qochib qoldi), men ularni suv ichgani ham quymadim. Meni ularning ortlaridan yuboringiz, (garchi yuz kishining ortidan yuborsangiz ham, ular olgan narsani qaytarib olmoqqa qudratim yetur!)» — dedim. Ul zrt: «Ey Ibn al-Akva’, ularni yengib, bo‘yinsundira olding, (shuning o‘zi kifoyadur), rahmdil va kechirimli bo‘lgil, beshafqat bo‘lmagil! Ular allaqachon o‘z qabilalari huzuriga yetib olib, mehmon qilinayotirlar, (ularning ortidan seni yubormoqning foydasi yo‘q)», — dedilar». («Yo sabohoh» «tong» suzidan olingan bo‘lib, arablar tong chog‘ida biror hodisa ruy bersa, shunday deb odamlarni yordamga chaqirishgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:05:50
152-bob. «Ushla!» va «Men falonchining o‘g‘lidurman!» deb aytgan kishilar haqida

Salama (ibn al-Akva’ o‘g‘rilar Janob Rasulullohning sog‘in tuyalarini haydab ketishganda): «Yo sabohoh!» («Ularni ushlangizlar!») va «Men Ibn al-Akva’durman!» («Men Al-Akva’ning o‘g‘lidurman!») — deb aytganlar.

Abu Ishoq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Barodan: «Ey Abu Ammora, Hunayn (voqeasi) kuni (dushmandan) qochdingizlarmi?» — dedi. Baro: «Olloh taolo haqi, unday emas! Janob Rasululloh qochganlari yo‘q, ammo musulmonlar (dushman yengilib qochgach), shoshib (o‘ljalarga yopirilishdi). Shunda Havozin (kamonchilari) ularni o‘qqa tutib erdi, (o‘qdan o‘zlarini olib qochishdi, qo‘rqoqlik qilib jang maydonidan qochishgani yo‘q). O’shanda Janob Rasululloh oq xachirlariga minib oldilar-da, Abu Sufyonga: «Uning jilovidan ushlab yetakla!» — dedilar), Abu Sufyon uning jilovidan ushlab yetakladilar. Janob Rasululloh shunda: «Men payg‘ambarman, payg‘ambar ersa yolg‘on gapirmas, (Olloh taoloning menga g‘alaba ato etmog‘i haqidagi va’dasi haqdur), men Abdulmuttalib o‘g‘lidurman!» (ya’ni, «Men Abdulmuttalib avlodidandurman!» — der erdilar»).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:06:47
153-bob. Agar dushman ustidan hukm (chiqarmoqlik huquqi) biror musulmonga topshirilsa...

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Muozga bir guruh odamlar (ya’ni, Banu Qurayza mushriklari) ustidan hukm chiqarish huquqi berilib, Janob Rasululloh unga odam yubordilar. Sa’d bir eshakni minib, masjidga yaqin kelganida, ul zot odamlarga (ya’ni, ansorlarga): «Yaxshilaringiz (yoki ulug‘laringiz hurmati) uchun o‘rningizdan turingizlar!» — dedilar. So‘ng: «Ey Sa’d, manavi (Banu Qurayza mushriklary) ustidan hukm chiqarish huquqi senga berildi» — deb aytdilar. Shunda Sa’d «Ularning urushga yaroqli (erkaklari) o‘ldirilsin, xotin va bolalari ersa, asir qilinsin!» — deb hukm qildilar. Janob Rasululloh ul kishiga: «(Ey Sa’d), Olloh taolo yuborgan (yoki farishta keltirgan) hukmga muvofiq hukm qilding!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:07:30
154-bob. (Mushrik) asirning qatli hamda (musulmon) tutqunning qatli haqida

Anas Ibn Moliqraziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath yili boshlariga dubulg‘a kiygan holda (Makkaga) kirib keldilar. (Boshlaridan) dubulg‘ani yechib (endigina o‘ltirib erdilar), bir kishi qoshlariga kelib: «(Yo Rasulalloh), Ibn Xatil Ka’ba jildiga osilib (tortayotir)», — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Uni (ushlab) qatl qilingizlar!» — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi sarlavhaning ikkinchi qismiga oid hadis keltirilmagan bo‘lib, u keyingi bobda mavjud.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:07:43
155-bob. (Musulmon) kishi asir tushadimi? (Mushriklarga) asir tushmagan kishi haqida hamda qatli oldidan ikki rak’at namoz o‘qigan kishi xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘n kishilik bir guruhni Osim ibn Sobit al-Ansoriy boshchiligida (mushriklar tomon) ayg‘oqchilikka yubordilar. Ular Usfon va Makka oralig‘idagi Hada degan yerga yetishganda Huzayl qabilasining Banu Lihyon deb atashadirgan bir qavmi ular xususida xabar topib, tezlikda ikki yuzga yaqin kamonchilarni ularni izlashga jo‘natdi. Mushrik kamonchilar musulmonlarni izlay-izlay, nihoyat ular Madinadan safar uchun g‘amlab olib, yo‘l-yo‘lakay yeb tashlagan xurmo danaklarini topib olishdi-da: «Bu danaklar Yasrib (ya’ni, Madina) xurmosi danaklaridur» — deya ularni ta’qib qilishga tushishdi. Osim va ul kishining hamrohlari mushriklarni ko‘rishlari hamonoq bir (toshloq) tepa ustiga chiqib olishdi. Mushriklar ularga: «Pastga tushingizlar, qo‘lni-qo‘lga berib (do‘stlashaylik), birortangizni o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!» — deyishdi. Shunda musulmon jashchilar guruhining amiri Osim ibn Sobit: «Ammo men, Olloh taolo haqi, (kechagina kofirlikdan qaytib, musulmon bo‘lib), bugun bir kofirdan panoh so‘rab pastga tushmasman! Yo parvardigoro, o‘z Rasulingni bizniig holimizdan xabardor qilgil!» — dedilar. Shundan so‘ng, mushriklar kamonlardan o‘q uzishib, Osim birlan yana olti kishini o‘ldirishdi. Omon qolgan uch kishi — Xubayb al-Ansoriy, Ibn Dasina va (ismi noma’lum) yana bir kishi ersa mushriklarning so‘ziga ishonib pastga tushishdi. Mushriklar ular yaqin kelgach, kamonlari torini yechib, (qo‘l-oyoqlarini) bog‘lashdi. Shunda boyagi (ismi noma’lum) uchinchi kishi: «Bu xiyonatning boshidur, Olloh taolo haqi, sizlarga (taslim bo‘lib) hamrohlik qilmayman, sheriklarim(ning o‘lsalar ham taslim bo‘lmaganlari mening uchun) bir ibratdur!» — dedilar. Shunda mushriklar ul kishini sudrab, o‘zlari birlan olib ketishga ko‘p urinishdi, ammo qattiq qarshilik qilganlaridan so‘ng, o‘ldirishdi. Keyin, ular Xubayb va Ibn Dasinani olib yo‘lga tushishdi-da, Makkaga borgach, ikkalalarini qul qilib sotishdi. Xubaybni Haras ibn Omir ibn Navfalning farzandlari sotib oldi. Xubayb Haras ibn Omirni Badr kuni o‘ldirgan erdilar. Shunday qilib, Xubayb ularning qo‘lida asir bo‘lib qoldilar.
Ubaydulloh ibn Iyozning menga aytganlariga ko‘ra, Harasning qizi ul kishiga bunday deb ma’lum qilibdi: «Barchamiz Xubaybni qatl qilmoqqa to‘planganimizda Xubayb tozalanmoq uchun mendan ustara so‘radilar, men ustara berdim. Shu asnoda men g‘aflatda qolib, o‘g‘ilcham ul kishining oldilariga borib qolibdi. Bir payt qarasam, u Xubaybning tizzalarida o‘ltiribdi, Xubaybning qo‘llarida ersa ustara. Men bu holatni ko‘rib, nihoyatda qo‘rqib ketdim. Xubayb qo‘rqqanimni yuzimdan anglab: «Uni o‘ldiradi, deb qo‘rqib ketdingmi? Men hech qachon bunday qilmasman!» — dedilar. Olloh taolo haqi, men Xubaybdan yaxshiroq asirni hech ko‘rgan emasman! Olloh taolo haqi, bir kuni men Xubaybning bir bosh uzum yeb xurganlarini ko‘rdim, vaholanki ul kishi kishanband holda bo‘lib, buning ustiga Makkada (shu vaqtda) uzum ham yo‘q erdi».
Harasning qizi: «Bu uzumni Olloh taoloning o‘zi Xubaybga rizq qilib yuborayotir» — deb aytar erdi.
Xubaybni qatl qilmoq uchun Haramdan tashqariga (olib), chiqishganda, Xubayb ularga: «Meni xoli qo‘yingizlar, ikki rak’at namoz o‘qib olayin!» — dedilar. Ular ul kishini xoli qoldirishib erdi, ikki rak’at namoz o‘qidilar. So‘ng: «Agar (o‘limdan) qo‘rqqanidan namoz o‘qiyotir, deb o‘ylamaganingizda, yana ko‘proq o‘qigan bo‘lur erdim, Yo parvardigoro, ularning barchasini hisobga olib qo‘ygaysan!» — dedilar-da, quyidagi she’rni o‘qidilar:
Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas,
Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas.
Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga,
Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas!».
Keyin, Ibn al-Haras ul kishini qatl qildi. Shu kundan e’tiboran, tutqunlikda qatl qilinayotgan har bir musulmon uchun qatl oldidan ikki rak’at namoz o‘qimoqlik Xubaybdan odat bo‘lib qoldi. Olloh taolo Osim ibn Sobitning («Yo parvardigoro, o‘z Rasulingni bizning holimizdan xabardor qilgil!» degan) duolariga shahid bo‘lgan kunlariyoq ijobat qilib, (Janob Rasulullohga vahiy yubordi va) ul zot o‘z sahobalariga ular xususida xabar bera turib, ularning shahid bo‘lganlarini ma’lum qildilar. Quraysh mushriklarining ulug‘lari, odamlar Osimning o‘ldirilganlarini aytishganda, bunga ishonch hosil qilmoq uchun bir qancha mushrikni ul kishining biror a’zolarini kesib olib kelmoqqa yubordi. Osim Badr kuni ularning ulug‘laridan birini o‘ldirgan erdilar. Olloh taolo Osimning jasadlarini mushriklardan himoya qilmoq uchun tuman yanglig‘ behisob (qovoq) arilar to‘dasini yubordi, mushriklar ul kishining biror a’zolarini kesib ololmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:07:52
156-bob. (Musulmon) asirni (dushmanlar qo‘lidan) ozod qilmoqlik (lozimligi) haqida

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Musulmon) asirni (evaziga mol berib yoxud boshqa yo‘llar birlan dushmanlar qo‘lidan) ozod qilingizlar, ochni (xoh u odam va xoh hayvon bo‘lsin) to‘yg‘azingizlar va kasalni borib ko‘ringizlar (holidan xabar olingizlar!)» — deb marhamat qildilar».

Abu Juhayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Ali raziyallohu anhuga: «Sizlarda (ya’ni, Payg‘ambarimiz alayhissalomning xonadonlari ahlida) Olloh taoloning Kitobiga kiritilmay qolgan biror vahiy bormi?» — dedim. Hazrat Ali: «Donni (urug‘ni) yaratib, (uni yerga qadagan, uni undirib, mevag‘a kiritgan) hamda insonlarni vujudga keltirgan Olloh taolo haqi, (Payg‘ambarimiz alayhissalomning xonadonlari ahlida Olloh taloning Kitobiga qiritilmay qolgan biror vahiy) yo‘qdur! Men bizda Olloh taolo Qur’on xususida (uzi istagan) kishiga ato etadirgan fahmdan (tafsiru sharhdan) va mana bu sahiyfada (bitilgan) narsalardan bo‘lak biror narsa borligini bilmasman!» — dedilar-da, (qilichlari qinidan bir varaq qog‘ozni olib ko‘rsatdilar). Shunda men: «Bu sahiyfada nimalar bitilgan?» — dedim. Hazrat Ali: «Aql (ya’ni, xun haqi, uning hukmi, miqdori, turi va qonuni), (musulmon) asirni (dushman qo‘lidan) ozod qilish lozimligi hamda kofirni o‘ldirgan musulmonni o‘ldirish mumkin emasligi (haqida)», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:13:26
157-bob. Mushrik (asirlarni ozod qilmoq uchun olinadirgan) tovon haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir guruh ansorlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan izn so‘rab (huzurlariga kirishdi-da): «Yo Rasulalloh, bizga izn beringiz, singlimiz o‘g‘li (ya’ni, amakingiz) Abbos (ibn Abdulmuttalib ozod bo‘lmog‘i uchun bizga to‘laydirgan) tovondan voz kechaylik!» — deyishdi. Shunda ul zot: «Ul kishidan bir dirham ham kam olmaysizlar!» — dedilar». (Janob Rasulullohning amakilari Abbos talay vaqtgacha iymon keltirmay yurib, Badr janggida musulmonlar tomonidan asir olindilar. Shunda ozod qilinmoqlari uchun asir olingan mushriklar qatorida ul kishidan ham tovon talab qilinib erdi, bir guruh ansorlar «Janob Rasululloh xursand bo‘lsalar kerak» degan o‘y birlan amakilari Abbosdan tovon olmaslikka ijozat so‘rashdi. Ammo, ul zot tovonni oxirgi tiyinigacha undirib olmoqni amr qildilar).

Anas (ibn Molik) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Bahrayndan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (ya’ni, Baytulmolga) mol keltirildi. Shunda (ul zotning amakilari) Abbos kelib: «Yo Rasulalloh, menga (bul moldan) beringiz, chunki men o‘zimni ham, (birodarimning o‘g‘li) Uqaylni ham (asirlikdan qutqarib olmoq uchun sizlarga) tovon to‘lab, (kambag‘allashib qoldim)», — dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Mayli, olingiz!» — dedilar-da, (o‘shal moldan) ul kishining kiyimlariga (etaklariga) solib berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:13:35
158-bob. Dushmanlar josusi Islom mamlakatiga kirsa, shafqat qilinmay, (o‘ldirilmog‘i lozimligi) haqida

Ibs ibn Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda ekanliklarida mushriklarning bir josusi kelib, ul zotning sahobalari yonida suhbatlashib o‘ltirdi. So‘ng, u (o‘z yo‘liga) ketdi. Shunda Janob Rasululloh: «Uni izlab topib, o‘ldiringizlar!» — dedilar. Uni (otam Salama ibn al: Akva’) o‘ldirdilar. So‘ng, ul zot josusdan qolgan narsalarni (oti, qilichi va boshqalarni) otamga o‘lja qilib berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:13:41
159-bob. (Xalifa) zimmiylarni himoya qilmog‘i lozim. Ularga toqatlari yetmaydirgan yukni yuklamasinlar!

Umar raziyallohu anhu: «Men o‘zimdan keyin bo‘ladirgan xalifaga: «Olloh taolo va uning Rasuli zimmasidagi aholi (ya’ni, zimmiylar) birlan musulmonlar o‘rtasidagi ahdnomaga vafo qilsin va ularni himoya qilsin! Ularga toqatlari yetmaydirgan yukni yuklamasinlar!» — deb vasiyat qilurman», — dedilar». (Ya’ni, Hazrat Umar bunga qadar Arab yarim orolidan mushriklarni chiqarib yuborgan edilar. Shul boisdan ul kishi xalifalikning Arab yarim orolidan bo‘lak yerlaridagi zimmiylarni nazarda tutgan bo‘lsalar kerak).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:13:56
160-bob. Elchilarni siylamoq lozimligi xususida

Bu bobga taalluqli hadis keyingi bobda keltirilgan.

161-bob. Zimmiylarga va ularning (musulmonlarga) yollanib ishlayotgan kishilariga (Islomga xavf solgan chog‘larida) shafqat qilinadimi?

Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos: «Panjshanba kuni... panjshanba kuni qanday (og‘ir va musibatli) kun o‘zi!» — dedilar-da, o‘kirib yig‘lab yubordilar, hatto ko‘z yoshlari (o‘ltirgan joylaridagi) toshlarni ho‘l qilib yubordi. Keyin, Ibn Abbos bunday deb aytdilar: «Panjshanba kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning dardlari ko‘chaydi. Shunda ul zot: «Menga qog‘oz-qalam keltiringlar, sizlarga bir (vasiyat)noma yozib bergaymankim, undan so‘ng sira yo‘ldan ozmagaysizlar!» — deb marhamat qildilar. Ammo, payg‘ambar huzurida tortishib, shovqin-suron ko‘tarish joiz emasligiga qaramay, ul zotning qoshlaridagilar o‘zaro tortishib, g‘ala-g‘ovur ko‘chaydi. Shunda ular: «Janob Rasululloh jim bo‘lmog‘imizni ishora  qilayotirlar», - deyishdi. Ul zot ularga: «Meni tinch quyingizlar, mening hozirgi holatim (ya’ni, Olloh taolo birlan uchrashish g‘amida va taraddudida ekanligim) sizlar meni undayotgan narsadan (ya’ni, vasiyatnoma yozib bermog‘imdan) afzalroqdur!» — dedilar. Keyin, ul zot vafotlari oldidan: «Mushriklarni Arab yarim orolidan chiqarib yuboringizlar, elchilarni men siylagandek siylangizlar va...» — deb vasiyat qildilar, «lekin men uchinchi vasiyatlarini unutib quydim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:15:00
162-bob. Elchilar kelganda yasanib olmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Hazrat Umar bozorda istabraq (ipak, parcha) hullalar (kuylak va ishton) sotishayotganini ko‘rib, ulardan birini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga olib keldilar-da: «Yo Rasulalloh, mana bu hullani sotib olingiz, bayramda va elchilar kelganda (kiyib) yasanib olursiz», — dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Bul libos oxiratda nasibasi yo‘qlarnikidur». (yoki «Buni oxiratda nasibasi yo‘qlar kiygay»), — dedilar. Keyin, Olloh taolo istagancha vaqt o‘tgach, Janob Rasululloh (otam) Hazrat Umarga bir deboj jubba (ipak matodan tikilgan yengi keng ust kiyimi) yubordilar. Otam uni oldilar-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh, bunday libosni oxiratda nasibasi yo‘qlar kiyishini aytib erdingiz, nechun buni menga yubordingiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Uni sotasan yoxud biror hojatingga yaratasan, (deb yuborib erdim)» — deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:15:13
163-bob. Bolaga Islom qay yo‘sinda taqdim qilinur (tanishtirilur?)

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Hazrat Umar raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir guruh sahobalari orasida ul zot birlan birgaliqda Ibn Sayyod (yashaydirgan) tomonga yo‘l oldilar. («Ibn Sayyod» uning kunyasi bo‘lib, asl ismi «Sofiy» va o‘zi yahudiylardan erdi. Janob Rasululloh «Bir yahudiy ayol o‘g‘il tug‘ibdi, uning bir ko‘zi tep-tekis, ya’ni umuman yo‘q, ikkinchisi ersa bo‘rtib, irg‘ib chiqqan emish» degan xabarni eshitib, «Ul Dajjol bo‘lmasin, tag‘in!» degan xavotirlik birlan o‘shal tomon yo‘lga chiqqan erdilar). Ular yura-yura, nihoyat Ibn Sayydni Banu Mag‘ola qo‘rg‘oni oldida bolalar birlan uynab yurganda uchratishdi. Ibn Sayyd o‘shal kezlarda balog‘atga yetay deb qolgan bo‘lib, Janob Rasululloh birlan sahobalarning kelganlarini sezmay qoldi. Janob Rasululloh muborak qo‘llari birlan uning orqasiga bir turtib: «Sen mening Ollohning rasuli ekanligimga shahodat keltirursanmi?» — dedilar. Shunda Ibn Sayyod ul zotga qarab: «Men sizning ummiylar (ya’ni, savodsizlar yoxud makkaliklar) rasuli ekanligingizga shahodat keltirurman», — dedi. («Ummiy» — «savodsiz» va «Ummul-Quro» — «Makka» demakdur). So‘ng, u yana: «Siz o‘zingiz mening Ollohning rasuli ekanligimga shahodat keltirursizmi?» — deb aytdi. Janob Rasululloh unga: «Men Ollohga va uning rasullariga iymon keltirganman»,— dedilar. Keyin, unga yana: «(Xobingda) nelarni ko‘rursan?» — deb aytdilar. Ibn Sayyod: «(Ba’zan) rost va (ba’zan) yolg‘on (tushlar) ko‘rurman», — dedi. (Ibn Sayyod kohinlik yo‘liga kirgan bo‘lib, ul odamlarga aytadirgan xabarlar ba’zan to‘g‘ri va ba’zan yolg‘on bo‘lib chiqar erdi). Janob Rasululloh (unga): «Shaytoning senga o‘zi yetkazadirgan xabarlarni chalkashtirgan», — dedilar. So‘ng, ul zot yana: «Men bir narsani ko‘nglimga yashirdim, (qani, top-chi?)» — deb aytdilar. Ibn Sayyod: «Bu— Dux...», — dedi. (Janob Rasululloh ko‘ngillariga yashirgan narsa aynan «Duxon» surasi bo‘lib, Ibn Sayyod uning nomini to‘la aytishga ulgurmadi. Chunki), ul zot (uning gapini bo‘lib): «(Akillama), daf bul! (Payg‘ambarlarga maxsus yuboriladirgan vahiysiz g‘ayb xususida xabar bermoqqa) qudrating yetmas!» — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, menga ijozat beringiz, uning bo‘ynini uzib tashlayin!» — dedilar. Janob Rasululloh (Hazrat Umarga): «Agar u (Dajjol) bo‘lsa, unga kuchingiz yetmas, (chunki uni Iso alayhissalom osmondan tushib halok qilurlar), basharti u Dajjol bo‘lmasa, uni o‘ldirmog‘ingizdan sizga biror xayriyat yo‘qdur» — deb aytdilar. (Janob Rasulullohning Ibn Saysdni o‘ldirmoqqa ijozat bermaganlarining boisi shuki, u garchi payg‘ambarlik da’vosini qilgan bo‘lsa-da, hali balog‘atga yetmagan erdi)».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’b birlan birga Ibn Sayyod turgan xurmozorga yo‘l oldilar-da, ul yerga yetib borishgach, xurmozorga kirib, xurmo shoxlari ortida yashirinib turdilar. Ul zot Ibn Sayyod ko‘rib qolmasidan burun uning (xilvatda aytadirgan suzlarini) eshitib olmoqni (va uning kohinmi yoxud sohirmi, kim ekanligini bilmoqchi) erdilar. (Shul vaqtda) Ibn Sayyod o‘zining baxmal choyshabini yopinib yotar, choyshab ostidan ersa uning ming‘irlagan ovozi quloqqa chalinar erdi. Nogahon, Ibn Sayyodning onasi xurmo shoxlari ortida berkinib turgan Janob Rasulullohni ko‘rib qolib: «Ey Sof, (ana Muhammad!)» — dedi. Ibn Sayyod sakrab o‘rnidan turdi. Janob Rasululloh (afsuslanib): «Agar (onasi) indamaganida, (uning haqiqatda kim ekanligi) oshkor bo‘lur erdi!» — dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga (xutba qilgani) o‘rinlaridan turdilar-da, Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytgach, Dajjol hususida eslatib: «Men sizlarni undan ogohlantirurmanki, o‘z qavmini (undan) ogohlantirmagan biror payg‘ambar yo‘qdur. Nuh (alayhissalom) ham o‘z qavmlarini (undan) ogohlantirgandurlar. Lekin, men sizlarga biror payg‘ambar o‘z qavmiga aytmagan uning xususidagi bir gapni ayturman, bilib qo‘yingizlar, u bir ko‘zlidur, Olloh taolo ersa bir kuzli emas!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:15:21
164-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yahudiylarga: «Musulmon bo‘lingizlar, tinch-omon bo‘lursizlar!» deb aytganlari haqida

Bu yerda ushbu bobga tegishli hadis keltirilmagan. Bizningcha, «Sahih»ning oldingi kitoblaridagi quyidagi hadis mazmuniga ko‘ra, muvofiq keladi:

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz masjidda o‘ltirgan erdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimizga kirib kelib: «(Yuringizlar), yahudiylar mahallasiga ketdik!» — dedilar. Biz ul zot birlan  birga yo‘lga tushib, Bayt ulmidrosga (yahudiylar tavrotxonlik qiladirgan binoga) yetib bordik. Janob Rasululloh yahudiylarning tepasiga kelib «Ey yahudiylar jamoasi, musulmon bo‘lingizlar, tinch-omon bulursizlar!» — deb nido qildilar. Yahudiylar: «Bizga (bul haqda ilgari ham) aytgan erdingiz, ey Abulqosim!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Mening istagim shudur!» — dedilar. Keyin, ul zot boyagi gaplarini ikkinchi bor takrorladilar. Yahudiylar yana: «Bizga (bul haqda ilgari ham) aytgan erdingiz, ey Abulqosim!» — deyishdi. Ul zot boyagi gaplarini uchinchi bor takrorladilar. (Yahudiylar yana avvalgidek javob qilishdi). So‘ng, Janob Rasululloh: «Bilib quyingizlar, Yer Olloh taolo birlan uning Rasulinikidur! Men sizlarni (bul yerdan) badarg‘a qilmoqchimen, qaysi biringizning biror mol-mulkingiz bo‘lsa, sotib yuboringiz, aks holda bilib qo‘yingizlarki, Yer Olloh taolo birlan uning Rasulinikidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:15:29
165-bob. Imomning odamlarni ro‘yxatga olmog‘i haqida

Xuzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Islomni talaffuz qilganlarning (ya’ni, kalima keltirib, musulmon bo‘lganlarning nomlarini) menga yozib beringizlar!» — dedilar. Biz ul zotga bir  ming besh yuz kishining (nomini) yozib berdik-da: «Bir ming besh yuz kishi bo‘la turib (dushmanlardan) qo‘rqamizmi?» — dedik. (Ammo), men (garchi biz musulmonlarning sonimiz ko‘p bo‘lsa-da, Janob Rasulullohdan so‘ng) talay kulfatlarga giriftor bo‘lganimizni, hatto kishi yolg‘iz o‘zi namoz o‘qishga qo‘rqib qolganini ham ko‘rdim». (Bu yerda Hazrat Usmon xalifalik qilgan davrdagi fitnalar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin).

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men falon va falon g‘azotga (borguvchilar) ruyxatiga kiritib qo‘yilgan erdim. (Ammo), xotinim haj qilgani yo‘lga chiqdi», — dedi. Ul zot: «Boraver, xotining birlan birga haj qilaver!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:15:37
166-bob. Olloh taolo fojir kishi orqali ham dinga quvvat ato etur!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: « Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotda bo‘ldik. Shunda Janob Rasululloh muttaqiy musulmonlardan deb hisoblanuvchi bir kishini do‘zax ahlidan deb aytdilar. Keyin, o‘shal kyshi jangga kirganda (dushman birlan) nihoyatda qattiq olishib, og‘ir yaralandi. Odamlar: «Yo Rasulalloh, siz do‘zax ahlidan deb aytgan kishi bugun jon-jahdi birlan jang qilib, halok bo‘ldi», — deyishdi. Janob Rasululloh: «(Baribir) jahannamga (tushur)», — dedilar. Shunda ba’zi odamlar ul zotning so‘zlariga shubha bildirishlariga oz qoldi. Ular shu kayfiyatda turganlarida uning hali halok bo‘lmaganini, faqat qattiq yaralanganini ma’lum qilishdi. Keyin, tun kirgach, o‘shal kishi jarohati og‘rig‘iga chidamay, o‘zini-o‘zi o‘ldirib qo‘ydi. Odamlar shul haqda Janob Rasulullohga xabar qilishib erdi, ul zot: «Ollohu akbar! Men o‘zimning Ollohning bandasi va uning rasuli ekanligimga shahodat keltirdim!» — dedilar, so‘ng Hazrat Bilolga amr qildilar, ul kishi: «Jannatga faqat musulmon ruhgina kirur, Olloh taolo bu dinga fojir kishi orqali ham (ya’ni, fojir kishini ibrat qilib ham) quvvat ato etur!» — deb odamlarga jar soldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:15:46
167-bob. Jangda bayroqdor halok bo‘lib, dushman sarosima solganda, garchi o‘ziga buyurilmagan bo‘lsa-da,  bayroqni qo‘liga olib, qo‘shinni olg‘a boshlagan kishi haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xitob qilib: «Bayroqni Zayd oldi, shahid bo‘ldi, keyin uni Ja’far oldi, shahid bo‘ldi, so‘ng uni Abdulloh ibn Ravoha oldi, u ham shahid bo‘ldi. Keyin, bayroqni, garchi o‘ziga amr qilingan bo‘lmasa-da, Xolid ibn Valid oldi va (Olloh taolo) unga zafar ato etdi», dedilar. So‘ng, ko‘zlariga yosh olib: «Koshki erdi, ular huzurimizda bo‘lsalar!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:15:54
168-bob. Madad so‘ralganda yordam qilmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ra’l (Ri’d), Zakvon, Usayya va Banu Lihyon qabilalari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, Islomni qabul qilganlarini ta’kidlashdi-da, (Islom ahkomlarini o‘rganmoq va ularni ado etmoq borasida) o‘z qavmlariga yordam kursatmoqni ul zotdan iltimos qilishdi. Shunda Janob Rasululloh yetmishta ansorni ular birlan jo‘natadirgan bo‘ldilar. Biz o‘shal ansorlarni «qurro» («qorilar») deb atar erdik, ular kunduzlari o‘tinchilik qilib, tunlari namoz (ya’ni, nafl) o‘qishar erdi. Keyin, o‘shal qabilalar yetmishta ansor birlan birgalikda yo‘lga tushib, Bi’ru Ma’unaga borganda ularni xiyonatkorona o‘ldirishdi. Janob Rasululloh bir oy davomida Duoi Kunutni o‘qib, Ra’l, Zakvon va Banu Lihyon qabilalarini duoi bad qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:16:03
169-bob. Dushmanni mag‘lub qilgach, ularning maydonida uch kecha turgan kishi haqida

Abu Talha raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biror qavmni mag‘lub qilsalar, (ularning) maydonida uch kecha qolur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:16:13
170-bob. O’zining g‘azot va safarlarida o‘lja taqsim qilgan kishi haqida

Rofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhulayfada bo‘ldik. Shunda (odamlar och qolib), o‘lja olingan tuya va qo‘ylardan bir nechasini so‘ydik. Ammo, ul zot qozonlarni ag‘dartirib, o‘ljalarni boshqatdan taqsim qildilar, (ba’zilarimizga o‘ntadan qo‘y va ba’zilarimizga) o‘nta qo‘y o‘rniga bittadan tuya berdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hunayn o‘ljalarini taqsim qilgan joy — Ji’ronadan (boshlab) umra qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:19:41
171-bob. Agar mushriklar bir musulmonning molini o‘lja olgan bo‘lsa-yu, keyin o‘shal musulmon uni topib olsa...

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umarning bir oti qochib ketib, dushman uni tutib olgan erdi. Keyinchalik, musulmonlar o‘shal dushman yurtiga g‘azot qilib, g‘alaba qildilar va Ibn Umarga otini qaytarib berdilar. Bu voqea Janob Rasulullohning zamonlarida bo‘lgan erdi. So‘ng, Ibn Umarning bir quli ham qochib, Rumga borib qoldi. Musulmonlar Rumga g‘azot qilib, rumliklarni mag‘lub etgach, Xolid ibn Valid Ibn Umarga qulini qaytarib berdi. Bu voqea Janob Rasululloh vafot etganlaridan keyin bo‘lgan erdi».

Bu yerda yuqoridagi hadislar mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:19:53
172-bob. Forscha yoki arabcha bo‘lmagan tilda so‘zlagan kishi haqida

Olloh taoloning qavli: «Uning oyatlari (mo‘‘jizalari)dan (yana biri shulki), u ...sizlarning tillaringiz va ranglaringizni turlicha qilib qo‘ygandur...» («Rum» surasi, 22-oyat).

Olloh taoloning qavli: «...va o‘z qavmi tilida (so‘zlashadirgan) payg‘ambardan bo‘lak (payg‘ambar) yubormadik...» («Ibrohim» surasidan).

(Har bir payg‘ambar dastavval o‘zi orasidan payg‘ambar qilib tanlab olingan qavmga murojaat qilmog‘i lozim bo‘lgan. Shul boisdan, ahkomi ilohiyni tushunmog‘i va tushuntirmog‘i oson bo‘lsin uchun, unga o‘shal qavm tilida vahiy nozil qilingandur. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ham, garchi barcha insu jinni Islomga da’vat qilmoq uchun yuborilgan bo‘lsalar-da, eng avvalo o‘zlari orasidan payg‘ambar qilib tanlab olingan qavmni, ya’ni arablarni, so‘ng sahobalari orqali butun jahon ahlini Islomga da’vat qildilar).

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, biz bir qo‘zimizni so‘ydik, keyin men bir so’ arpani yanchib, un qilib qo‘ydim. o‘zingiz birlan bir necha kishini olib, (biznikiga) yuringiz!» — dedim. Shunda ul zot: «Ey Xandaq ahli, Jobir sur (bu so‘z forscha bo‘lib, «ziyofat» ma’nosidadur) tayyorlab qo‘yibdi, tezroq yuringizlar, (o‘z uyingizga) xush kelibsizlar!» (ya’ni, «Jobirning uyini o‘z uyingizdek ko‘ringizlar, tortinmangizlar!») — dedilar».

Ummu Xolid binti Xolid ibn Sa’id raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men otam birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, (shu vaqtda men yosh qizcha bo‘lib), bir sariq ko‘ylak(cha) kiyib olgan erdim. Janob Rasululloh (ko‘ylakchamga qarab): «Sanah, sanah!»— dedilar. (Bu so‘z) habashcha bo‘lib, «(Qanday) chiroyli, (qanday) yaxshi!» deganidur. Keyin, men Janob Rasulullohning (ikki kuraklari orasidagi) payg‘ambarlik muhrini o‘ynay boshlagan erdim, otam baqirib urishib berdilar. Shunda ul zot (otamga): «Uni o‘z holiga quy, (uynayversin!)» — dedilar. So‘ng, ul zot (menga): «Eskitib-chiritib kiygil, so‘ng eskitib-chiritib kiygil, so‘ng eskitib-chiritib kiygil! («ya’ni, «Olloh taolo umringni daroz qilsin, bunday kuylaklardan juda ko‘pini kiygil!») — deb duo qildilar».

Abu Hurayra raziyushohu aihu rivoyat qiladilar: «Hazrat Alining o‘g‘ilchalari Hasan zakotga berilgan xurmolar g‘aramidan bir dona xurmoni olib, og‘izlariga solib erdilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam fors tilida: «Kix-kix! Bizning (ya’ni, mening va mening oilamning hamda mening avlodlarimning) sadaqa yemasligimizni bilmaysanmi?!» — dedilar». («Kix-kix!» forslar biror narsadan nafratlanganda aytadirgan suz bo‘lib, biz o‘zbeklar ham, agar bola og‘ziga biror yaramas narsani solsa yoxud solmoqchi bo‘lsa yoki olsa yo olmoqchi bo‘lsa, «Kix-kix!» yoki «Qixxa-qixxa!» deb aytamiz).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:20:01
173-bob. Xiyonat haqida

Olloh taoloning qavli: «...va kim (bul dunyoda) xiyonat qilur, Qiyomat kuni ul (Olloh taoloning huzuriga) ne narsa xususida xiyonat qilgan ersa, o‘shal narsa birla kelur...» («Oli Imron» surasi, 161-oyat).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga (va’z ayta) turib, xiynat haqida zikr qildilar-da, uning gunohi azimlardan ekanligini ta’kidladilar. Xususan, ul zot bizga bunday deb marhamat qildilar: «Birortangizni Qiyomat kuni yelkangizda ma’rab turgan qo‘yni (yoxud) kishnab turgan otni ko‘targan holda uchratmayinki, «Yo Rasulalloh, meni (jahannamdan) qutqaringiz!» — dersiz. Shunda men: «Sening uchun hech narsam yo‘qdur, men senga yetkazgan erdim!» (ya’ni, «Sening uchun Olloh taolodan zarracha mag‘firat tilamasman, men senga uning buyruqlarini yetkazgan erdim!») — deb ayturman. (Va birortangizni Qiyomat kuni) yelkangizda bo‘kirib turgan tuyani ko‘targan holda uchratmayinki, «Yo Rasulalloh, meni (jahannamdan) qutqaringiz!» — dersiz. Shunda men: «Sening uchun Olloh taolodan zarracha mag‘firat tilamasman, men senga uning ahkomlarini yetkazgan erdim!» — deb ayturman. (Va birortangizni Qiyomat kuni) yelkangizda oltin (yoki kumush) kutargan holda uchratmayinki, «Yo Rasulalloh, meni (jahannamdan) qutqaringiz!» — dersiz. Shunda men: «Sening uchun Olloh taolodan zarracha magfirat tilamasman, men senga uning ahkomlarini yetkazgan erdim!» — deb ayturman. Va birortangizni Qiyomat kuni yelkangizda yalt-yult (yoki shitir-shitir) qog‘ozlar(da bitilgan o‘zgalar haqini) ko‘targan holda uchratmayinki, «Yo Rasulalloh, meni (jahannamdan) qutqaringiz!» — dersiz. Shunda men: «Sening uchun Olloh taolodan zarracha mag‘firat tilamasman, men senga uning ahkomlarini yetkazgan erdim!» — deb ayturman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:20:11
174-bob. Kichkina xiyonat haqida

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ortiqcha yuk bo‘lib yurgan bir boqimonda kishi bo‘lib, uning ismi Kirkara erdi. (Bir kuni) u halok bo‘ldi. Shunda Janob Rasululloh: «U jahannamda (bo‘lur)», — dedilar. Keyin, (odamlar: «Janob Rasululloh bul gapni bejiz aytmadilar» — deya) uni ko‘rgani borishdi, qarashsa, u (o‘ljalar orasidan) bir aboni (choponni) o‘g‘irlab olgan erkan». (Hadisning mazmuni shuki, kichik bir o‘g‘irlik ham katta xiyonatlardan hisoblanur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:20:19
175-bob. O’lja olingan tuya va qo‘ylarni (o‘zboshimchalik birlan) so‘ymoqning makruhligi haqida

Rofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhulayfada erdik. Shunda odamlar och qolgani uchun (o‘lja olingan) tuya va qo‘ylardan bir nechasini (Janob Rasulullohdan so‘ramay) so‘ydik. Ul zot ersalar qavm birlan bir oz keyinroqda (kelayotgan) erdilar. Odamlar tezliqtsa qozonlarni osib, (go‘sht pishira boshlashdi). (Shu asnoda) ul zot (kelib qolib), qozonlarni ag‘darib tashlashni buyurdilar, qozonlar ag‘darildi. (Chunki, bu o‘ljalar ko‘pchilikning haqi bo‘lib, Janob Rasululloh ularni taqsimlamaslaridan burun birortasini so‘yish mumkin emas erdi). So‘ng, ul zot (ba’zimizga) o‘ntadan qo‘y va (ba’zimizga o‘nta qo‘y qiymatiga teng kelgani uchun) bittadan tuya taqsim qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:20:28
176-bob. G’alaba qilingani xususida xushxabar yubormoq haqida

Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Meni Zul-Xalasadan xalos qilmaysanmi?» — dedilar. «Zul-Xalasa» Xas’am qabilasi mushriklarining butxonasi bo‘lib, u «Ka’ba ad-Yamoniyya» deb atalar erdi. Men Ahmas qabilasidan bir yuz ellik otliqni olib, Janob Rasulullohning huzurlariga keldim-da: «Yo Rasulalloh, men otda mahkam o‘ltira olmasman!»— dedim. Shunda ul zot ko‘kragimga bir urdilar, hatto men ko‘ksimga muborak panjalarining izi tushib qolganini ko‘rdim. So‘ng, ul zot: «Yo parvardigoro, uni (otda) mahkam o‘ltiradigan hamda to‘g‘ri yo‘ldan borguvchi va to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchi qilgaysan!» — deb duo qildilar. Keyin, biz Zul-Xalasaga borib, uni vayron qildik, yendirdik. Ul yerdan qaytshida bir chopar orqali ul zotga g‘alaba qilganimiz haqida xushxabar yubordim. Chopar borib: «Yo Rasulalloh, sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, biz Zul-Xalasani qutir tuya kabi (badnamo) qilmay turib, huzuringizga qaytmadik!» dedi. Janob Rasululloh (xushnud bo‘lib), Ahmas qabilasi otliqlariga hamda butun Ahmas qabilasiga Olloh taolodan barakot tiladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:20:36
177-bob. Xushxabar keltirgan kishiga nima tortiq qilinadi?

Ka’b ibn Molik (Olloh taolo tavbalarini qabul qilib, gunohlarini mag‘firat etganda) xushxabar keltirgan kishiga ikkita kiyim tortiq qilganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:20:44
178-bob. (Makka) fathidan so‘ng hijrat yo‘qdur!

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath qilingan kuni: «(Makka fath qilindi, endi bu yerdan biror yerga) hijrat qilinmaydi, ammo jihod va (hijrat qilganlik savobiga erishmoqni) niyat (qilib jihod qilmoqlik bordur). Agar g‘azotga chiqmoqlaringiz talab qilinsa, chiqingizlar!» — dedilar».

Abu Usmon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mujoshi’ (ibn Mas’ud) birodari Mujolid ibn Mas’ud birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mana bu (birodarim) Mujolid hijrat qilmoqqa sizga bay’at qilur», — dedi. Janob Rasululloh: «Makka fathidan so‘ng hijrat yo‘qdur, ammo men uni Islomga bay’at qildirurman», — dedilar».

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Ubayd ibn Umayr birlan birga Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga bordim, shunda ul muhtarama Sabiyr tog‘i yaqinida (chodirda) erdilar. Oisha (onamiz) bizga: «Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga Makkani fath qilib bergandan buyon (Makkadan) hijrat (qilmoqlik) tugagandur», — dedilar». .(Chunki, musulmonlar Makka fathidan oldin o‘z dinlarini fitnalardan asramoq uchun Olloh taolo birlan uning Rasuli panohiga qochganlar, ammo u fath etilgach, Olloh taolo Islomga zafaru quvvat ato etdi, musulmonlar istagan yerlarida parvardigorlariga ibodat qila oladirgan bo‘ldilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:20:54
179-bob. Agar kishi Olloh taologa osiylik qilgan zimmiya va mo‘mina ayollarning sochlarini titkilab ko‘rishga hamda ularni yechintirishga majbur bo‘lsa...

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni va Zubayrni junatayotib: «Falon boqqa boringizlar, ul yerda Hotib maktub berib yuborgan bir ayolni uchratasizlar!» — dedilar. Biz o‘shal boqqa borib, ayolga: «Xatni (ber!)» — dedik. Ayol: «Menga (hech qanday xat) bermagan», — dedi. Biz unga: «Agar (xatni) topib bermasang, seni yechintirib, (kiyimlaringni, sochlaringni axtarib ko‘ramiz)», — dedik. Shunda u (xatni) lippasidan olib berdi. Keyin, Janob Rasululloh Xotibga odam yubordilar. (U kelgach, Janob Rasulullohga): «Yo Rasulalloh, (meni jazolashga) oshiqmangiz, Olloh taolo haqi, men kufrga qaytganim yo‘q, Islomga nisbatan muhabbatim ham ziyoda (bo‘lsa bo‘ldiki, aslo kamaygani yo‘q!) Sizning har bir sahobangizning Makkada o‘z odami bo‘lib, Olloh taolo o‘shal odam orqali uning ul yerda (qolgan) bola-chaqasi birlan mol-mulkini himoya qilur. Mening ersa ul yerda bunday odamim yo‘qdur. Shul boisdan men ul yerdagi odamlar orasidan o‘zimga biror madadkor orttirmoqni istadim, xolos», — dedi. Janob Rasululloh uning gaplariga ishondilar. (Ammo), Hazrat Umar (ishonmay): «Yo Rasulalloh, menga izn beringiz, uning (kallasini) bo‘ynidan judo qilayin, chunki u munofiqlik qildi!» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh (Hazrat Umarga): «(U Badrda ishtirok qilgan), sen nimani ham bilarding! Olloh taolo (Badr ishtirokchilarining o‘z magfiratiga xilof ish qilmasliklarini bilganidan va ulardan benihoyat rizo bo‘lganidan): «Xohlagan amallaringizni qilingizlar!» — deb aytgan. (Olloh taoloning) ana shu (qavli) Hotibga jur’at berib, (u Makkaga maktub yo‘llagandur)», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:21:01
180-bob. G’oziylarni kutib olish xususida

Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn az-Zubayr raziyallohu anhu Ibn Ja’farga: «Men, sen va Ibn Abbosning (bolaligimizda) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (g‘azotdan kelayotganlarida) kutib olganimiz. esingdami?» — dedilar. Ibn Ja’far: «Ha, (esimda, o‘shanda ul zot) bizni (ya’ni, men birlan Ibn Abbosni) ko‘tarib olib, seni qoldirib ketgan erdilar», —dedilar».

Soib ibn Yazid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz bolalar birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (g‘azotdan qaytayotganlarida) kutib olgani Saniyyat ul-Vado’ga bordik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:21:10
181-bob. Kishi g‘azotdan qaytganda nimalar deydi?

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam(ning odati shariflari shunday erdiki), agar (g‘azotdan) qaytsalar, uch bor takbir aytar, «Biz, inshoolloh, (ibodatlarga cho‘mib Olloh taoloning huzuriga) qaytguvchi, (gunohlarimiz uchun Olloh taologa) tavba (qilib, shariat maqtagan amallarni) qilguvchi, parvardigorimizga ibodat qilib, hamdu sanolar aytguvchi va sajda qilguvchilarmiz. Olloh taolo (Islomga rivoju zafar ato etmoq xususidagi) va’dasiga vafo qilib, o‘z bandasi (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)ga madad berdi va bir o‘zi (ko‘p sonli kofirlar) to‘dalarini mag‘lub qildi» — der erdilar».

Anas ibn Molik raziyaldohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz  Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Usfondan qaytib kelayotgan erdik, shunda ul zot Safiyya binti Huyayni tuyalariga mingashtirib olgan erdilar. Birdan tuyalari qoqinib ketib, ikkalalari (erga) qulashdi. (Buni ko‘rib), Abu Talha (tuyalaridan) irg‘ib tushdilar-da: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo meni sizga fido qilsin, (biror yeringiz shikast yemadimi?)» — dedilar. Janob Rasululloh (Abu Talhaga): «Menga hech narsa bo‘lmadi,- ayoldan xabar ol!» — dedilar. Shunda Abu Talha (nomahram bo‘lganlari uchun) bir kiyim birlan yuzlarini to‘sib, Safiyyaning qoshiga bordilar-da, (begonalar kuzi tushmasin, deb) o‘shal kiyimni uning ustiga yopib qo‘ydilar. So‘ng, (Janob Rasululloh va Safiyya) ikkalalari mingan tuyaning (egar-jabduqlarini) yaxshilab (bog‘ladilar). Keyin, Janob Rasululloh Safiyyani mingashtirib, yo‘lda davrm etdilar, biz atroflarida (ul zotni ehtiyotlab) ketdik. Madinaga yaqinlashganimizda Janob Rasululloh: «Biz (ibodatlarga cho‘mib Olloh taoloning huzuriga) qaytguvchi, (gunohlarimiz uchun Olloh taologa) tavba (qilib, shariat maqtagan amallarni) qilguvchi va parvardigorimizga ibodat qilib, hamdu sanolar aytguvchilarmiz» — deya boshladilar va shu so‘zlarni aytgancha Madinaga kirib bordilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:21:57
Bismillahir rohmanir rohiym.

1-bob. Safardan qaytganda (o‘qiladirgan) namoz xususida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda bo‘ldim. Madinaga qaytib kelganimizda Janob Rasululloh menga: «(Safardan omon qaytganing va bola-chaqang birlan sog‘-salomat ko‘rishganing shukronasiga) masjidga kirib, ikki rakat namoz o‘qi!» — dedilar».

Ka’b raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar safardan qaytsalar, (dam olgani) o‘ltirmaslaridan burun masjidga kirib, ikki rak’at namoz o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:22:07
2-bob. (Ko‘zlangan manzilga) yetib kelinganda (jonlig‘ suyib) taom (tayyorlamoqlik) haqida

Ibn Umar huzurlariga kirib kelgan (har bir) odamni mehmon qilur erdilar.

Muhorib ibn Dassor Jobir ibn Abdullohning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida tuya yoki sigir so‘ydilar». (Muhorib yuqorida aytilgan ikki jonligdan aynan qaysinisi so‘yilganini aniq aytolmaganlar).

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (safar chog‘ida) mendan ikki viqqiyya bir dirham (yoki ikki dirham)ga tuya sotib 6ldilar. Keyin, Sirorga (Madina busagasidagi bir joy nomi) yetib kelganimizda bir sigir suymoqni amr qildilar. Sigir so‘yilib, (taom tayyorlandi), odamlar tanovul qilishdi. So‘ng, Madinaga kelganlarida masjidga kirib ikki rak’at namoz o‘qimog‘imni amr qildilar. Keyin, tuyamning pulini berib, (uzini ham qaytardilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:22:22
Bismillahir rohmanir rohiym.

1-bob. Xums(ning) farz (ekanligi) haqida

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Badr kunidagi o‘ljalardan menga nasiba qilib berilgan bir tuyam bor erdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xumsdan (ya’ni, jangda olingan o‘ljalarning beshdan biri hisobida Baytulmolga topshirilgan soliqdan) menga yana bir tuya in’om qilgan erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari Fotima birlan turmush qurishni istaganimda Banu Qaynuqo’ qabilasiga mansub bir (yahudiy) zargar birlan va’dalashdim, u izxirlarimni (isiriqlarimni) men birlan birga zargarlarga olib borib, (tuzukroq narhda) sotmog‘imga yordam beradirgan bo‘ldi, (pulini) to‘yimga sarf qilishim kerak erdi. Keyin, men ikkala tuyamga (izxirlarni ortmoq uchun) xurjun, qop va arqonlarni tayyorlashga kirishdim, tuyalarimni ersa ansorlardan birining hujrasi yenida cho‘ktirib quygan erdim. Bir mahal barcha narsalarni hozirlab, tuyalarim oldiga kelib qarasam, ikkalasi urkachlari kesilgan qorinlari yorilgan va jigarlari olingan holda yotibdi. Bu (mudhish) manzarani ko‘rib, ko‘zlarimni (yoshdan) tiya olmadim, (chunki Fotimaga uylanmog‘im uchun qilgan shuncha harakati habata bo‘lib ketgan erdi). Men (odamlarga): «Buni kim qildi?» — dedim. Ular: «Hamza ibn Abdulmuttalib qildi, o‘zi ersa (hozir) manavi uida (bir guruh ichguvchi) ansorlar birlan ichkilik ichib o‘ltiribdi», — deyishdi. (Buni eshitib, tezlikda) Janob Rasulullohning huzurlariga bordim-da, ichkariga kirdim, Zayd ibn Horisa o‘shal yerda erkan. Janob Rasululloh vajohatimdan (bir yomon voqea yeodir bo‘lganini) sezib: «Senga ne bo‘ldi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Hamzaning bugungidek menga dushmanlik qilganlarini ko‘rmaganman, ikkala tuyamning urkachlarini kesib, qorinlarini yorib tashlabdilar, o‘zlari (hozir) ichkilikbozlik qilinayotgan hov anavi uyda», — dedim. Shunda Janob Rasululloh choponlarini olib kelishni amr qildilar, so‘ng uni kiyib yo‘lga tushdilar, men va Zayd ibn Horisa ortlaridan ergashdik. Janob Rasululloh Hamza o‘ltirgan uyga yetib borgach, (ichkariga kirmoqqa) izn so‘radilar, (uydagilar) izn berishgach, (ichkariga kirib, barchalarining) ichkilik ichib o‘ltirganlarini ko‘rdilar. So‘ng, ul zot Hamzani qilgan ishlari uchun koyiy boshladilar. Hamza ersalar mast bo‘lib, ichkilikdan qizarib ketgan ko‘zlari birlan Janob Rasulullohga bir qarab quydilar, so‘ng (mensimagan ma’noda) ul zotning oeqlaridan to yuzlarigacha razm solgach: «Sizlar mening otamning qullarisizlar, xolos!» — dedilar. Janob Rasululloh Hamzaning mast ekanliklarini bilib, uydan qaytib chiqdilar, biz ham ul zot birlan birga chiqib ketdik». (Bu voqea ichkilik harom qilinmasidan burun bo‘lgan erdi).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari Fotima alayhossalom, ul zot vafot etganlaridan ksyin, Abu Bakr as-Siddiqdan, Janob Rasulullohga Olloh taolo maxsus ato etgan mol-mulkdan o‘z meroslarini talab qildilar. Abu Bakr as-Siddiq Fotimaga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz (payg‘ambarlar) meros qoldirmaymiz, biz qoldirgan narsalar sadaqadur» — deb aytganlar», — dedilar. Shunda Fotima alayhossalom darg‘azab bo‘lib, to vafot etgunlariga qadar Abu Bakrdan arazlab yurdilar. Ul muhtarama Janob Rasulullohdan so‘ng olti oy yashadilar, xolos. Fotima alayhossalom Janob Rasulullohning Xaybar, Fadak va Madinadagi sadaqalaridan (ya’ni, hech kimga meros qilib qoldirmay, Olloh taolo yo‘lida sadaqa qilgan yerlaridan) o‘zlariga ulush talab qilgan erdilar. Shunda Abu Bakr as-Siddiq: «Men Janob Rasululloh bul xususda ne qilgan bo‘lsalar, xuddi shunday qilayotirman, ul zotning amrlaridan birortasini ado etmay, yo‘ldan ozib qolmog‘imdan qo‘rqurman» — deb aytgan erdilar. Ammo, Hazrat Umar (xalifa bo‘lganlarida) ul zotning Madinadagi sadaqalarini Ali birlan Ibn Abbosga topshirdilar, Xaybar va Fadakdagi sadaqalarini ersa o‘z tasarruflarida olib qoldilar».

Molik ibn Avs ibn al-Hadason raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im menga aytib bergan bir hadisda msros xususida eslatib o‘tgan erdi. Keyin, men uning uyiga borib shul haqda so‘radim. Ul menga bunday deb aytdi: «Men Hazrat Umarning huzurlariga kirmoq niyatida uydan chiqdim. Huzurlariga (kirib) o‘ltirganimda eshikbonlari Yarfo qoshlariga kelib: «Usmon, Abdurrahmon, Zubayr va Sa’dda ishingiz bormi, ular huzuringizga kirmoqqa ijozat so‘rayotirlar?» — dedi. Hazrat Umar: «Ha», — dedilar-da, ularga ruxsat berdilar. Ular ichkariga kirib salom berishdi, so‘ng o‘ltirishdi. Bir ozdan so‘ng, Yarfo yana Hazrat Umarning qoshlariga kelib: «Ali va Abbosda ham ishingiz bormi?» — dedi. Hazrat Umar: «Ha», — dedilar-da, ularga ijozat berdilar. Ikkalalari ichkariga kirib salom berishdi, so‘ng o‘ltirishdi. Shunda Abbos: «Yo mo‘minlar amiri! Men birlan mana bu kishi (ya’ni, Hazrat Ali) o‘rtamizdagi masalani hal qilib bersangiz!» — dedi. Hazrat Umarning huzurlaridagilar, ya’ni Hazrat Usmon va ul kishi birlan birga kelganlar (Abbosning gapini quvvatlab): «Yo mo‘minlar amiri! Ular ikkisi o‘rtasidagi masalani hal qilib, birini ikkinchisidan xalos qilingiz!» — deyishdi. Hazrat Umar ularga: «Ogoh bo‘lingizlar, yeru osmonlar mavjudligi irodasiga bog‘liq bo‘lmish Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘rayman! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz (payg‘ambarlar) meros qoldirmaymiz, biz qoldirgan narsalar — sadaqadur!» deb aytganlarini bilurmisizlar? Ul zot «Biz» deganlarida o‘zlarini (ya’ni, payg‘ambarlarni) nazarda tutganlar», — dedilar. Hazrat Usmon va ul kishi birlan birga kelganlar: «Ha, shunday deb aytganlar», — deyishdi. Hazrat Umar Ali birlan. Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘rayman! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini sizlar (ham) bilurmisizlar?» — dedilar. Ular ikkalalari: «Ha, shunday deb aytganlar», — deyishdi. So‘ng, Hazrat Umar bunday dedilar: «Men sizlarga ana shu masala (ya’ni, ul zotning Olloh taolo yo‘lida sadaqa qilib qoldirgan mulklari) xususida so‘zlab berayin! Darhaqiqat, Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga maxsus bir mol ato etgan erdikim, bunday molni ilgari ul zotdan o‘zga (payg‘ambar)larga ato etmagan erdi. Olloh taolo (bul mol haqida): «Olloh o‘z Rasuliga ulardan (kofirlardan) urush qildirmay olib bergan mol uchun sizlar na ot va na tuya choptirib (mehnatingiz singgan ermas), lekin Olloh o‘zi istagan bandalariga payg‘ambarlarini hukmdor qilgaydur. Olloh har narsaga qodirdur!» — deydi. Bu o‘lja (mol) xolis Rasululloh sallallohu alayhi va sallamniki erdi. Olloh taolo haqi, shunga qaramay, ul zot uni sizlarsiz yolg‘iz o‘zlari tasarruf qilganlari yo‘q, undan sizlarga ham ulush ajratdilar. Mana endi, undan ana shul (sizlar talab qilayotgan) molgina qoldi, xolos. Janob Rasululloh yil buyi ana shu mol orqasidan ahlu ayollarini boqar va ehtiejlaridan ortiqchasini Olloh taolo yo‘lida ehson qilar erdilar. Ul zot umrlari buyi shul yo‘sinda ish tutib kelgan erdilar. Olloh taolo nomi birlan sizlardan utinib surayman, shuni bilurmisizlar?». (Hazrat Umarning bul so‘zlariga) Hazrat Usmon va ul kishi birlan kelganlar: «Ha, bilurmiz» — deb javob qilishdi. So‘ng, Hazrat Umar Hazrat Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan ikkingizdan o‘tinib surayman, shuni siz ikkingiz ham bilurmisizlar?» — dedilar. Ular ikkalalari: «Ha, bilurmiz», — deyishdi. Shundan keyin, Hazrat Umar bunday deb gaplarini davom ettirdilar: «So‘ng, Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamni huzuriga chorladi. Shunda Abu Bakr as-Siddiq: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vorislari mendurman!» — dedilar-da, o‘shal maxsus molni o‘z qo‘llariga olib, uni Janob Rasululloh kabi tasarruf qildilar. Siz ikkingiz bo‘lsangizlar, «Abu Bakr unday va bunday qildi» deb gapirib yuribsizlar, vaholanki ul kishi uni halollik birlan tasarruf qildilar. Keyin, Olloh taolo Abu Bakr as-Siddiqni ham o‘z huzuriga chorladi. Shunda men: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr as-Siddiqning vorislari mendurman!» — deb uni o‘z qo‘limga oldim, mana ikki yildurki, uni Janob Rasululloh birlan Hazrat Abu Bakr kabi tasarruf qilib kelayotirman. So‘ng, siz ikkingiz huzurimga keldingizlar, ikkingizning ham so‘zingiz bir, ishingiz bir. Sen (Abbos) akangning o‘g‘lidan qolgan nasibangni talab qilib kelgansan, mana bu (Ali) ersa, xotinining otasidan qolgan ulushini talab qilib kelgan. Mening qat’iy so‘zim budur: agar istasangizlar, Janob Rasululloh, Hazrat Abu Bakr va men singari tasarruf qilmoq sharti birlan ul molni sizlarga topshirurman, aks holda bul haqda menga og‘iz ochmangizlar! Agar sizlar: «Shartingizga ko‘ndik, uni bizga topshiraveringiz!» — desangizlar, uni shu shart birlan sizlarga topshirurman. Ey (Usmon, Abdurrahmon, Zubayr va Sa’d), shu shart birlan uni mana bu ikkalasiga topshiraveraymi?». Ular: «Ha», — deyishdi. So‘ng, Hazratv Umar Hazrat Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib surayman! Uni sizlarga shu shart birlan topshiraverayinmi?» — dedilar. Ikkalalari: «Ha», — deyishdi. Hazrat Umar: «Lekin, keyinchalik bu haqda boshqacha hukm chiqarmog‘imni iltimos qilsangizlar, bilib qo‘yingizlarki, yeru osmonlarning mavjudligi irodasiga bog‘liq zot haqi, Qiyomatgacha ham bundan bo‘lakcha hukm chiqarmasman! Basharti mazkur shartni bajarmoqqa ojizlik qilib qolsangizlar, uni menga darhol qaytarib beringizlar, men ikkingizni undan xalos qilurman», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:23:33
2-bob. Diyonatli (ya’ni, Olloh taologa iymon keltirgan) kishining xumsni ado etmog‘i (lozimligi) haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulqays qabilasi vakillari kelib: «Yo Rasulalloh, bu jamoa (ya’ni, bizlar) Rabiy’a qabilasidan (ajrab chiqqan Abdulqays qabilasi vakillari) bo‘lib, sizlar birlan bizning o‘rtamizda Muzar qabilasi kofirlari (g‘ov bo‘lib turibdi). Shul boisdan bizlar sizning huzuringizga (urush ta’qiqlangan) muqaddas oydagina kela olurmiz. (Jannatga kirmog‘imiz uchun) bizga shunday bir amali solihni buyuringizki, uni o‘zimiz ham ado etib, ortimizdagilarni (ya’ni, yurtimizdagi qabiladoshlarimizni) ham bunga da’vat etaylik!» — deyishdi. Janob Rasululloh (ularga): «Men sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsadan sizlarni qaytarurman: Olloh taoloning yakka-yu yagona iloh ekanligiga iymon keltiringizlar, bu «Ashhadu an lo iloha illallohu (va anna Muhammadan rasulullohi)» deb aytmoqlikdur, (besh vaqt) namoz o‘qingizlar, zakot beringizlar, Ramazon ro‘zasini tutingizlar va (shuningdek, jangda) olgan o‘ljalaringizning xumsini (beshdan birini) Olloh taologa (ya’ni, Baytulmolga) beringizlar! Dubbo’, naqir, xantam va muzaffatdan (ya’ni, qovoq, yog‘och, sopol, chinni, shisha, mo‘m surtilgan idishlarda ichimlik tayyorlashdan) qaytarurman», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:23:43
3-bob. Mo‘minlar onalarining Janob Rasululloh vafot etganlaridan keyingi nafaqasi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening merosimning (ya’ni, men qoldirgan narsalarning) bir dinori ham bo‘lib berilmas, jufti halollarim nafaqasi hamda omilim (ya’ni, Olloh taolo yo‘lida sadaqa qilib qoldirgan yerlariga qarab turguvchi kishi yoki xalifalar) ta’minotidan ortgani sadaqadur», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida uyimdagi tokchamda ozgina arpadan bo‘lak biror jonzot yesa bo‘ladirgan narsa qolmagan erdi. Men uni (ancha vaqtga yetsin, deb) taqsimlab qo‘yib erdim, (Olloh taolo baraka ato etib), talay vaqtgacha yetdi».

Amr ibn al-Haras raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurollari, oq xachirlari va (Olloh taolo yo‘lida) sadaqa qilib qoldirgan yerdan bo‘lak hech narsa qoldirmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:24:29
4-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollarining uylari va ularning (har birlariga) alohida uy ajratib berilgani xususida

Olloh taoloning qavli: «(Ey payg‘ambarning ayollari, bo‘lar-bo‘lmasga tashqariga chiqavermay), o‘z uylaringizda qo‘nim birla o‘ltiringizlar...» («Ahzob» surasi, 33-oyat).

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga biror taomga chaqirilsangizlargina kiringizlar» («Ahzob» surasi, 53-oyat).

Oisha raziyallohu anho rivot qiladilar: «Rasululloh sal lallohu alayhi va sallam, dardlari og‘irlashib qolganda,  mening uyimda yotmoqqa (boshqa) xotinlaridan izn so‘radilar, ul zotga izn berildi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening uyimda, mening navbatim (kelgan kun)da va mening bag‘rimda vafot etdilar, Olloh taolo (misvok uchini tishim birlan yumshatib berganimda unga tekkan) tupugimni ul zotning (muborak) tupuklariga omuxta qildi. (Bir vaqt) ukam Abdurrahmon (qo‘lida) misvok birlan kirib kelib erdi, ul zot behol (ko‘zlari birlan)  misvokka bir qarab qo‘ydilar. Shunda men misvokni olib, uchini (tishlarim birlan) yumshatib berdim».

Ali ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari Safiyya ul zot Ramazonning oxirgi o‘n kunligida masjidda e’tikof qilayotganlarida ko‘rgani qeldilar. So‘ng, (uylariga) qaytib ketmoqchi bo‘lib o‘rinlaridan turdilar. Janob Rasululloh ham turib, ul muhtarama birlan birga (bo‘lak) xotinlari Ummu Salamaning hujrasi eshigi snidagi masjid eshigiga yaqin borganlarida ansorlardan ikki kishi o‘tib qoldi. Ular Janob Rasulullohga salom berishib, yo‘llarida davom etishdi. Shunda ul zot ularga: «Shoshmangizlar, (bul ayol o‘zimning xotinlarimdan biridur, tagan, biror bema’ni xayol kallangizga kelgan bo‘lmasin!)» — dedilar. Bu gap og‘ir botib, ular: «Subhonolloh!» — deyishdi. Janob Rasululloh ularga: «Darhaqiqat, shayton (tezlikda) insonning (miyasiga) qon (birla) yetib borib, uni vasvasa qilur, shul bois men u ko‘nglingizga biror egri fikr solmadimikan, deb xavotir oldim», — dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Hafsaning uyining tomiga chiqib erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (pastda) ortlarini qiblaga va oldlarini Shomga qilib hojatga o‘ltirganlarini ko‘rdim». (Ulamolar: «Old va orqani qiblaga qaratib o‘ltirmoq man’ qilinmasidan burun shunday qilgan bo‘lsalar kerak» — deb taxmin qilishadi).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qilatilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh (nurlari) hali hujramdan chiqib kstmagan vaqtda asr uqir erdilar».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba qila turib, Oishaning hujrasi tomon (ya’ni, mashriq tomon) ishora qildilar-da: «Fitna hov anavi tomonda, shayton shoxi chiqadirgan tomonda!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramda erdilar. Shul vaqt men bir kishining Hafsaning uyiga kirmoqqa izn so‘rayotganini eshitdim. Shunda ul zotga: «Yo Rasulalloh, anavi kishi uyingizga kirmoqqa izn so‘rayotir», — dedim. Ul zot: «Men uni falonchi bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman (ya’ni, u Hafsaning emishgan amakisidur), tug‘ishganlik harom qilgan (man’ qilgan) narsani emishganlik ham harom qilur», — dedilar». (Ya’ni, tugishganlarga o‘zaro nikoh ravo bo‘lmagani kabi, emishganlarga ham o‘zaro nikoh ravo ermas).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:25:09
5-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sovut, aso, qilich, qadah va (muhr ko‘zli) uzuklari haqida; ul zot o‘zlaridan keyin merosxo‘rlariga taqsimlab berishni tayinlamagan narsalardan sahobalarning foydalanib yurganlari xususida; Janob Rasululloh vafot qilganlaridan keyin, sahoba va boshqalarning ul zotning soch va mo‘ylari, poyabzallari, (tutgan) idishlari kabi narsalarini tabarruk qilib saqlab qo‘yganlari to‘g‘risida

Sumoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu xalifa bo‘lganlarida Anasni Bahraynga yubordilar. Keyin, unga xat yozib, Janob Rasulullohning (muhr ko‘zli) uzuklari birlan uni muhrladilar. O’shal uzuk ko‘ziga uch satr xat naqsh qilingan bo‘lib, birinchi satri «Muhammad», ikkinchi satri «Rasul» va uchinchi satri «Olloh» so‘zlaridan iborat erdi».

Iso ibn Tuhmon: «Anas bizga oshlangan teridan tikilgan  tasmali bir juft choriq olib chiqdi», — deydilar. (Bu choriqning tasmasi oyoqning ikki barmog‘i orasiga kirib turgan).

Sobit al-Bunoniy: «O’shal bir juft choriq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamniki erdi», — deydilar.

Abu Burda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bizga bir yung kuylak olib chiqib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ruhlari (jonlari) mana shu ko‘ylakda ekanliklarida olingan», — dedilar».

Abu Burda: «Oisha bizga Yamanda qilinadirgan narsadan (ya’ni, matodan tikilgan) bir qalin ishton va «mulabbada» («namat») deb atashadirgan mana bundan (ya’ni, mana bu matodan tikilgan) bir kuylak olib chiqdilar», — deydilar.

Ibn Sirin raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qadahlari darz ketdi. (Shunda Janob Rasululloh qadah darzini temir halqa birlan jipslab quydilar. O’shal qadah, ul zot vafot etganlaridan keyin, Anasda qoldi). Anas uning temir halqasi o‘rniga kumush zanjir urnatib quydi. Men unda (suv) ichganman».

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Misvar ibn Maxrama Ali ibn Husaynga bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qilichlarini menga bermaysizmi? Chunki, men uni qavm sizdan tortib olmasaydi, deb xavotirdaman. Agar qilichni menga bersangiz, Olloh taolo nomi birlan qasam ichamanki, to tirik erkanman, ular unga hech qachon ega bo‘lolmaslar! Men Ali ibn Abu Tolibning Fotima alayhossalomning ustlariga Abu Jahlning qiziga uylanmoqchi bo‘lganlarini bilurman. O’shanda men balog‘atga yetib qolgan bir yigitcha bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mana shu minbarlarida turib odamlarga: «Fotima mening pushti kamarimdan bo‘lgandur, men uning iymoniga zarar yetmasaydi, deb xavotirdaman!» — deb xitob qilganlarini eshitganman. Keyin, ul zot Banu Abdi Shams qabilasidan bo‘lmish kuyovlari haqida gapira turib, uning o‘zlariga yaxshi kuyovlik qilganini aytib maqtadilar. So‘ng: «(Men johiliyat davrida katta qizim Zaynabni Abu al-Os ibn Rabi’aga nikohlab bergan erdim), u (qizim ustiga uylanmaslikka) menga va’da berib, so‘zining ustidan chiqdi. (So‘ng, bizga asir tushganida qizimni mening huzurimga qaytarib yubormoqqa ham) va’da berib erdi, va’dasiga vafo qildi. Men halolni harom qilguvchi ham, haromni halol qilguvchi ham emasman. Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizi (Fotima) birlan Olloh taoloning dushmani (Abu Jahl)ning qizi hech qachon bir (erning, ya’ni Alining) nikohida bo‘lmas!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:25:17
6-bob.

Xums Janob Rasululloh huzurlariga turli qabilalardan kelib-ketib turadirgan elchilarni mehmon qilmoq, vaqti-vaqti birlan miskinlar holidan xabar olmoq hamda supa ahli va beva-bechoralarga xayru ehson qilib turmoq uchun sarf qilingandur. Bunga dalil shuki, Fotima alayhossalom yorg‘uchoq qo‘llarini qavartirib yuborayotganidan shikoyat qilib, o‘zlariga dastyor so‘raganlarida, Janob Rasululloh dastyor bermay, ul muhtaramani Olloh taoloning panohiga topshirgandurlar

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom yorg‘uchoqni aylantiraverib, qo‘li qavarib ketayotganidan shikoyat qildi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir bolani dastyorlikka berishganini eshitib, o‘ziga xizmatkor so‘ragani ul zotning huzurlariga bordi. Ammo, ul zot uyda bo‘lmaganlari uchun ne maqsadda kelganini Oishaga tayinlab keldi. Janob Rasululloh uyga kelganlarida Oisha shul haqda ma’lum qildi. Keyin, ul zot bizning uyimizga keldilar. Shunda biz o‘rnimizga kirib yotgan bo‘lib, turmoqchi bo‘lganimizda ul zot: «Yotaveringizlar, qimirlamangizlar!» — dedilar-da, (ko‘rpamizning etak tomoniga oyoqlarini tiqib o‘ltirdilar), hatto men ko‘kragimga tegib turgan muborak oyoqlarining sovqotib qolganini sezdim. So‘ng, ul zot: «Ikkingizga so‘ragan narsangizdan yaxshiroq (savobliroq) bir amalni o‘rgatayinmi? O’rningizga kirib yotganingizda Olloh taologa o‘ttiz to‘rt marta takbir, o‘ttiz uch marta hamd va o‘ttiz uch marta tasbih aytingizlar, bu ikkingiz uchun so‘ragan narsangizdan savobliroqdur!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:25:30
7-bob.

Olloh taoloning qavli: «Bilib qo‘yingizlarki, o‘lja olgan narsalaringizning beshdan bir hissasi Olloh, payg‘ambar, (payg‘ambar) qarindoshlari, yetimlar, miskinlar va musofirlarning haqidur...» («Anfol» surasi, 41-oyat)

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat men Qosim (Taqsim qilguvchi) va Xozin (xazinachi)men, Olloh taolo ersa ato etguvchidur» — deb aytganlar.

(Kofirlarga qarshi urushda o‘lja olingan jamiki narsalar avval besh hissaga bo‘lingan. So‘ng, ularning beshdan bir hissasi Olloh taoloning nomiga bagishlanib, uni parvardigorning Yerdagi noibi bo‘lmish Janob Rasululloh olganlar-da, bssh toifa odamlarga — dastlab o‘zlariga, keyin din yo‘lida madadkor bo‘lgan xesh-aqrabolariga, keyin yetimlarga, keyin miskinlarga, so‘ng musofirlarga taqsim qilganlar. O’ljalarning beshdan to‘rt qismi ersa jangchilarning o‘zlariga qoldirilgan).

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz ansorlardan bir kishi o‘g‘il ko‘rib, unga «Muhammad» deb ism quymoqchi bo‘ddi».

Mansur raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «O’shal ansoriy bunday deb erdi: «Men o‘g‘ilchamni buynimga o‘tqazib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordim. Shunda ul zot: «(Bolalaringizga) laqabimni emas, ismimni quyingizlar! Chunki men, darhaqiqat Qosim (taqsimlaguvchi) qilib yuborilganman, sizlarga (o‘ljalarni) taqsim qilurman» — deb marhamat qildilar».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Bir ansoriy) o‘g‘liga «Qosim» deb ism qo‘ymoqchi bo‘ldi. Shunda Janob Rasululloh: «(Bolalaringizga) laqabimni emas, ismimni quyingizlar!» — dedilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (ansorlar)dan bir kishi o‘g‘il ko‘rib, ismini «Qosim» deb qo‘ydi. Shunda ansorlar: «Biz seni «Abulqosim» deb ulug‘lamaymiz ham, bunday deb seni xursand qilmaymiz ham!» — deyishdi. Keyin, u Janob Rasulullohning huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh, men o‘g‘il ko‘rdim, ismini «Qosim» deb atadim. Ammo, ansorlar (norozi bo‘lishib): «Biz seni «Abulqosim» deb ulug‘lamaymiz ham, bunday deb seni xursand qilmaymiz ham!» — deyishdi», — dedi. Janob Rasululloh (unga): «Ansorlar (senga shunday deb) to‘g‘ri ish qilishibdi. (Bolalaringizga) laqabimni emas, ismimni qo‘yingizlar, chunki men Qosim (o‘ljalarni taqsim qilguvchi)man» — deb marhamat qildilar».

Muoviya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo qaysi bandasiga savob (ya’ni, barcha savoblarni yohud ulkan savob) ato etmoqni ixtiyor qilsa, uni din borasida faqih (dinni teran tushunguvchi, din bilimdoni) qilur. Darhaqiqat men Qosim (taqsim qilguvchi)man, Olloh taolo ersa ato etguvchidur. Bu ummat Olloh taoloning amri kelgunga (ya’ni, Qiyomatga) qadar ham o‘zlariga muxoliflik qilayotganlarga qarshi kurashni davom ettirurlar!» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sizlarga (biror narsa) ato eta olmasman ham, (biror narsaning ato etilmog‘iga) mone’lik qila olmasman ham, men Qosim (taqsim qilguvchi)durman, nima buyurilsa, shuni qilurman!» — deb marhamat qildilar».

Xavla al-Ansoriyya raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Odamlar Olloh taoloning (musulmonlar farovonligi uchun ta’yin qilgan) molini haqsiz sarf qilurlarki, Qiyomat kuni jahannam ularniki bo‘lur!» — deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:25:41
8-bob. Janob Rasulullohning: «O’ljalar sizlarga halol qilindi» — deb aytganlari haqida

Olloh taolo: «Va’da qilgandur Olloh sizlarga (kelgusida) o‘zlaringiz oladirgan ko‘p o‘ljalarni. Buni (ya’ni, Xaybarda oladirgan o‘ljalaringizni) esa tezlashtirib, (dushmanlik qiladirgan) odamlarnint qo‘llarini sizlardan to‘sib qo‘ydi», — deydi («Fath» surasi, 20-oyat).

Urva al-Boriqiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilmoq niyatida boqilayotgan) otning yollariga to Qiyomat (egasi uchun oxiratda asqatadirgan) savoblar (va bu dunyoda asqatadirgan o‘ljalar) bog‘lab qo‘yilgandur» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar xusrav ulsa, undan keyin (Iroqda) xusrav bo‘lmas va agar qaysar o‘lsa, undan keyin (Shomda) qaysar bo‘lmas, ikkalasining boyliklari Olloh taolo yo‘lida albatta nafaqa qilinur!» — deb marhamat qildilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’ljalar menga halol qilindi», — dedilar».

Abu Hurayra raziyachlohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Olloh taolo bandasini faqat o‘z yo‘lida va o‘z so‘zlarining tasdiq ettirilmog‘i uchungina jihodga chiqaruvchi bo‘lib, u jihodga chiqqan bandasiga shunday kafolat berurki, (shahid bo‘lgan zahotiyoq uni beso‘roq va beazob) jannatga kiritur yoki o‘z maskaniga sog‘-salomat ajru o‘ljalar birlan qaytarur».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Payg‘ambarlardan biri (ya’ni, Yo‘sha’ ibn Nun) g‘azotga chiqmoqchi bo‘ldilar. Shunda ul kishi o‘z qavmlariga: «Ayolning farjiga yetishib (ya’ni, yaqindagina bir ayolga uylanib), uning huzuriga kirmoq orzusida turgan, hali uni jimo’ qilib ulgurmagan biror kishi mening ortimdan (g‘azotga) ergashmasin! Uylar qo‘rib, hanuz tomlarini yopa olmagan (kishilardan) birortasi ham (mening ortimdan g‘azotga) ergashmasin! (Shuningdek, bo‘g‘oz) qo‘y yoki (bo‘g‘oz) tuyalar sotib olib, ularning bolalamog‘ini kutayotgan biror kishi ham (mening ortimdan g‘azotga) ergashmasin!» — deb amr qildilar. (Chunki, bunday kishilarning xayollari doimo xotinlari, uylari va mol-hollarida bo‘lib, g‘azotdan chalg‘ir erdilar). So‘ng, ul kishi (bir qancha yahudiy qabilalari birlan birga) g‘azotga yo‘l olib, asr namozi vaqtida yoki taxminan shu vaqtlarda bir qishloqqa (ya’ni, Ariyhoga) yaqinlashdilar. (Shu kuni  jum’a kuni bo‘lib, ikki o‘rtada qattiq jang boshlandi. Ammo, Yo‘sha’ alayhissalom Quyosh botishiga va yahudiylar uchun urush man’ qilingan shanba tunining kirishiga oz vaqt qolganidan xavotir olib), Quyoshga: «Sen (botishga) buyurilgansan, men ersam (sen botguncha urush qilishga) buyurilganman»,— (dedilar. So‘ng, Olloh taologa): «Yo parvardigoro, (ularni mag‘lub etgunimizga qadar) Quyoshni (botishdan) to‘xtatib turgil!» — deb iltijo qildilar. (Shunda Olloh taolo) Quyoshni (botishdan) to‘xtatib, Yo‘sha’ alayhissalomga zafar ato etdi. So‘ng, ul kishi (barcha) o‘ljalarni (bir yerga) to‘plab erdilar, (Olloh taolo ul o‘ljalarni yondirib yubormoq uchun o‘tni yubordi), lekin o‘t kelib o‘ljalarni yendirmadi. (Ya’ni, Yo‘sha’ alayhissalomning qavmlariga o‘lja olmoq harom qilingan bo‘lib, ular har jangdan so‘ng o‘ljalarni bir yerga . tuplashar erdi. Keyin, Olloh taolo utni yuborib, o‘t ul  o‘ljalarni yendirar erdi. Ammo, bu safar o‘t o‘ljalarni yondirmadi, chunki ular o‘ljalardan o‘g‘irlab, yashirib qo‘yishgan erdi). Yo‘sha’ alayhissalom (qavmga): «Oralaringizda xiyonat sodir bo‘ldi, shul bois har bir qabiladan bir kishi menga (qo‘l berib) bay’at qilsin (qasam ichsin!)» — dedilar. Ular Yo‘sha’ alayhissalomga (qo‘l berib) bay’at qilishayotganda bir kishining quli ul kishining qo‘llariga yopishib qoldi. Shunda Yo‘sha’ alayhissalom (o‘shal kishiga): «Xiyonat sizlarning orangizda sodir bo‘lgandur, endi sening qabilang menga bay’at qilsin!» — dedilar. O’shal qabila ahli (birma-bir) bay’at qilganda ulardan ikki yoki uch kishining quli Yo‘sha’ alayhissalomning qo‘llariga yopishib qoldi. Shunda Yo‘sha’ alayhissalom (ularga): «Xiyonat sizlarning orangizda sodir bo‘lgandur» — deb erdilar, ular sigir kallasidek keladirgan bir oltinni olib kelib, (o‘ljalarga qo‘shib) qo‘yishdi. Shundan so‘nggina, o‘t o‘ljalarni yondirdi. Keyin, Olloh taolo (ilgarigi payg‘ambarlarning qavmlaridan birortasiga halol qilmagan) o‘ljalarni bizga halol qildi, u bizning zaif va bechorahol ekanligimizni ko‘rib, (bizga rahm aylab) o‘ljalarni bizga halol qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:26:34
9-bob. O’lja uchun jang qilgan kishi (Olloh taolo yo‘lida jang qilgan kishiga nisbatan) kamroq savob oladimi?

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «(Bir) kishi o‘lja uchun jang qilur, (ikkinchi) kishi shuhrat uchun jang qilur va (uchinchi) kishi shijoatli ekanligini kursatish uchun jang qilur. Ulardan qaysi biri Olloh taolo yo‘lida jang qilgan bulur?» — dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning so‘zi (ya’ni, kalimai tavhid) eng ulug‘ (so‘z) bo‘lmog‘i uchun jang qilgan kishi Olloh taolo yo‘lida jang qilgan bo‘lur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:26:41
10-bob. Imomning o‘ziga tortiq qilingan narsalarni taqsim qilmog‘i va (taqsimlash chog‘ida) huzurida bo‘lmaganlarga (ham o‘shal narsalardan) olib qolib, yashirib qo‘ymog‘i haqida

Abdulloh ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tilla tugmalar qadalgan deboj qabolar hadya qilindi. Ularni bir guruh sahobalariga ulashdilar-da, bittasini Maxrama ibn Navfalga olib qo‘ydilar. Keyin, Maxrama ibn Navfal o‘g‘li Misvar birlan birga ul zotning uylariga borib, eshik oldida to‘xtadi-da, o‘g‘liga: «Ul zotni menga chaqirib ber!» — dedi takabburlik birlan. Janob Rasululloh Maxramaning tovushini eshitib, o‘zlari unga atab olib qo‘ygan qaboni oldilar-da, (tilla) tugmalarini ro‘para qilgan holda uning oldiga chiqdilar. So‘ng, unga zarda birlan: «Ey Misvarning otasi, manavini senga yashirib qo‘ygan erdim! Ey Misvarning otasi, manavini senga yashirib qo‘ygan erdim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:26:49
11-bob. Janob Rasululloh Qurayza va Nazir (xurmolari)ni qanday taqsim qildilar va ul xurmolardan qanchasini o‘zgalar bergan xurmolar badaliga topshirdilar?

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi, Qurayza va Nazir qabilalari fath qilinmasidan burun, Janob Rasulullohga o‘z xurmolaridan berib turar erdi. Janob Rasululloh Qurayza va Nazir fath qilingach, o‘shal kishi bergan xurmolarni o‘lja olingan xurmolar birlan qaytara boshladilar. Bir kuni uyimdagilar menga Janob Rasulullohning huzurlariga borib, o‘zlari ul zotga bergan xurmolarning hammasini yoki bir qismini so‘ramog‘imni buyurishdi. Ammo, Janob Rasululloh uyimdagilar bergan xurmolarni Ummu Aymanga in’om qilib qo‘ygan ekanlar, huzurlariga borganimda ularni menga berdilar. Shu asnoda Ummu Ayman kelib qoldilar-da, yoqamdan tortqilab: «Olloh taolo haqi, ul xurmolarni senga bermasman, ul zot ularni menga berganlar!» — dedilar. Janob Rasululloh «Ey Ummu Ayman, uni o‘z holiga qo‘yingiz, sizga muncha va muncha xurmo berurman!» desalar ham, Ummu Ayman: «Yo‘q, aslo, yakkayu yagona parvardigor haqi!» — deb sira unamas, Janob Rasululloh ersalar: «Muncha va muncha xurmo berurman!» — deya ko‘ndirishga harakat qilar erdilar. Nihoyat, ul zot Ummu Aymanga ilgari in’om qilganlaridan ko‘ra un barobar ko‘p xurmo berib qutildilar». (Bu yerda maniyha qilingan xurmo daraxtlari xususida gap ketayotir).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:27:12
12-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamda hukmdorlar birlan birga g‘azot qishuvchi kishilar  mol-mulklarining, xoh ul mol-mulklar jonli va xoh jonsiz bulsin, baraka kasb etmog‘i haqida

Hishom ibn Urva raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn az-Zubayr: «(Otam) Zubayr (ibn Avvom) Jamal (voqeasi) kuni to‘xtab meni chaqirdilar, men yonlariga borib turdim. Shunda ul kishi menga: «Ey o‘g‘ilginam, bugun zolim yoxud mazlumlargina o‘ldirilur, men ersam bugun o‘zimni mazlum holdagina o‘ldirilmog‘imni afzal ko‘rurman. Hozir meni eng ko‘p tashvishga solayotgan narsa — (buynimdagi) qarzim bo‘lib, uni uzishga mol-mulkimiz yetarmikan yo yo‘qmi, deb xavotirdaman», — dedilar. So‘ng, (bir oz o‘ylab turib): «Ey o‘g‘ilginam, mol-mulkimizni sotib, qarzimni uz, agar qarzimni uzganingdan keyin, mol-mulkimizdan biror narsa ortib qolsa, uni uch hissaga bo‘lib, bolalaringning haqini ber!» — deb vasiyat qildilar», — dedi. (Shul vaqtda) Abdulloh ibn az-Zubayrning ayrim farzandlari o‘zining ba’zi ukalari birlan teng bo‘lib, otasining to‘qqiz o‘g‘il va to‘qqiz qizi bor erdi. Keyin, Abdulloh ibn az-Zubayr bunday deb aytdi: «Otam qarzlari xususida menga vasiyat qila turib: «Ey o‘g‘ilginam, agar qarzimni uzishga ojizlik qilib qolsang, mavlomdan (ya’ni, men ozod qilgan sobiq qulimdan) yordam so‘ra!» — dedilar. Olloh taolo haqi, shunda men ul kishining ne demoqchi bo‘lganlarini anglamay: «Ey otajon, mavlongizdan (yordam so‘rayinmi?)» — dedim. Ul kishi: «Olloh (taolo haqi, ha shunday qilgil!)» — dedilar. Parvardigorim nomi birlan qasamyod qilurmanki, (otamning bul so‘zlarini eshitib): «(Ie, hali) ul kishining qarzlarini uzish uchun (shul qadar tuban ahvolga tushamanmi, kelib-kelib otamning o‘zlari ozod qilgan bir sobiq qulga): «Ey Zubayrning mavlosi, ul kishining qarzlarini uz!» — deb aytamanmi, keyin ul otamning qarzlarini uzadimi?» — dsya shunchalik qayg‘uga botdimki, ilgari biror narsa xususida bunchalik qayg‘urmagan erdim. So‘ng, (otam) Zubayr (namoz o‘qib turganlarida) o‘ldirildilar. Ul kishi bir qancha yerlar, jumladan Madinada bir daraxtzor (yoki bog‘) va o‘n bir hovli, Basrada ikki hovli, Kufada bir hovli va Misrda bir hovlidan bo‘lak na biror dinor va na biror dirham (pul) qoldirdilar. Otamning bo‘yinlaridagi qarzlari shundan iborat erdiki, odamlar ul kishiga omonat qoldirib ketmoq niyatida mol olib kelishar, ammo ul kishi omonat olib qolishga ko‘nmay: «Men molingizning zoe ketishidan (uzoq vaqt turib qolib, o‘z qiymatini yo‘qotishidan, yaramas holga kelishidan yoxud yo‘qolib qolishidan) qo‘rqurman, (agar qarz tariqasida tashlab ketsangiz, mayli») — der erdilar. Otam na amir va na xiroj yiguvchi va na biror boshqa amaldor bo‘lmoqqa sira intilmadilar. Ul kishining birdan-bir ishtiyoqlari — Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yoxud Abu Bakr, Umar va Usmon raziyallohu anhum birlan birga g‘azotlarda bo‘lmoqlik erdi, xolos. So‘ng, men otamning qarzlarini hisoblab, uning ikki million ikki yuz ming ekanligini aniqladim».

(O’shal kunlarda) Hakim ibn Hizom Abdulloh ibn az-Zubayrni uchratib, unga: «Ey jiyanim, birodarimning qarzi qancha erkan?» — dedi. Shunda Abdulloh ibn az-Zubayr: «Ikki yuz ming» — deb (ataylab) kamaytirib aytdi. Hakim: «Olloh taolo haqi, men sizlarning mol-mulkingizni bundan to‘qqiz barobar ko‘p, deb bilurman!» — dedi. Abdulloh unga: «Agar ikki million ikki yuz ming bo‘lsa-chi, unda ne deysiz?» — dedi. Hakim: «Unday bo‘lsa, men sizlar bunday katta qarzni uzolmassizlar, deb o‘ylayman. Agar otalaringizning qarzini uzmoqqa ojizlik qilib qolsangizlar, mendan yordam so‘rangizlar!» — dedi. Zubayr (yuqorida aytilgan) daraxtzorni ikki yuz yetmish mingga sotib olgan erdilar. Abdulloh ibn az-Zubayr (uni o‘n olti ulushga bo‘lib, har bir ulushni yuz mingdan narxladi-da), uning (umumiy) narxi bir million olti yuz ming ekanligini aytdi. So‘ng, o‘rnidan gurib: «Kimning (otam) Zubayrda haqi bo‘lsa, bizni daraxtzordan topur!» — deb e’lon qildi. (Birinchi bo‘lib) Abdulloh ibn Ja’far uning oldiga keldi. Zubayr undan to‘rt yuz ming qarz erdilar. Abdulloh ibn Ja’far Abdulloh ibn az-Zubayrga: «Agar istasangizlar, qarzimdan kechurman», — dedi. Abdulloh ibn az-Zubayr: «Yo‘q», — dedi. U: «Agar istasangizlar, muhlatini o‘zlaringiz xohlaganingizcha uzaytirurman», — dedi. Abdulloh ibn az-Zubayr yana: «Yo‘q», — dedi. Shunda u: «Unday bo‘lsa, daraxtzordan menga bir bo‘lak yer ajratib beringizlar!» — dedi. Abdulloh ibn az-Zubayr: «Manavi yerdan anavi yergacha sizniki», — dedi. (Shul tariqa) Abdulloh ibn az-Zubayr kelgan odamlarga daraxtzordan ulush ajratib berib, otasiiing qarzini uza boshladi. Nihoyat, (o‘n olti ulushdan) to‘rt yarim ulush qoldi. So‘ng, Abdulloh ibn az-Zubayr Muoviyaning huzuriga keldi, shunda Amr ibn Usmon, Munzir ibn Zubayr va Ibn Zam’a o‘shal yerda o‘ltirishgan erdi. Muoviya Abdulloh ibn az-Zubayrga: «Daraxtzorni qanchaga narxlading?» — dedi. Abdulloh ibn az-Zubayr: «Har bir ulushini yuz mingdan», — dedi. Muoviya: «Necha ulush qoldi?» — dedi. Abdulloh ibn az-Zubayr: «To‘rt yarim ulush», — dedi. Shunda Munzir ibn az-Zubayr: «Uning bir ulushini yuz mingga oldim», — dedi. Amr ibn Usmon: «Men ham bir ulushini yuz mingta oldim», — dedi. Ibn Zam’a: «Men ham bir ulushini yuz mingga oldim», — dedi. Muoviya: «Qanchasi qoldi?» — dedi. Abdulloh ibn az-Zubayr: «Bir yarim ulush», — dedi. Mubviya: «O’shal bir yarim ulushni bir yuz ellik mingga oldim», - dedi. (Shu birlan daraxtzor bir million olti yuz mingga sotildi. Ammo, Zubayrning qarzlarini to‘la-to‘kis uzish uchun yana olti yuz ming yetmas erdi. Shul boisdan Abdulloh ibn Ja’far Muoviya (birlan kelishib), uning (bir yuz ellik mingga olgan bir yarim) ulushini olti yuz mingga sotib oldi. Abdulloh ibn az-Zubayr (otasining) qarzini uzib bo‘lganida Zubayrning avlodlari: «Bizlarning merosimizni taqsimlab ber!» — deyishdi. Ammo, Abdulloh ibn az-Zubayr (ularga): «Yo‘q, Olloh taolo haqi, unday qilmasman, avval men to‘rt yil davomida xaloyiqqa ovoza qilayin, (yana) kimning otamda haqi bo‘lsa, kelib olsin, biz qarzdan qutilaylik!» — dedi. Keyin, Abdulloh ibn az-Zubayr har yili xaloyiqqa ovoza qildi, (lekin hech kim kelmadi. Shul tariqa) to‘rt yil o‘tgach, u otasidan qolgan mol-mulkni ul kishining : avlodlariga taqsimlab berdi. Zubayrning to‘rt xotini bor erdi. Abdulloh (barcha mol-mulkning) uchdan birini chegirib tashlagach, ularning har biri bir million ikki yuz mingdan meros oldi. Zubayrning barcha mol-mulki ellik million ikki yuz ming erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:27:31
13-bob. Agar imom bir kishini biror ish birlan bir yerga jo‘natsa yoki unga o‘z uyida qolmoqni buyursa, o‘ljalardan unga ham ulush ajratadimi?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Hazrat Usmon Badr g‘azotida bo‘lmadilar. Chunki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari ul kishining ostlarida (ya’ni, xotinlari) bo‘lib, betob erdi. Shul boisdan Janob Rasululloh ul kishiga: «(Siz uyingizda qolib, qizimga qarangiz), buning uchun sizga Badrda ishtirok qilgan kishilardan biriga qancha o‘lja berilsa, shuncha o‘lja berilur», — dedilar. Keyin, (aytganlaridek), ul kishiga o‘ljalardan ulush ajratdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:27:45
14-bob.

Xumsning musulmonlar ehtiyojlari uchun tasarruf qilinganiga yana bir dalil shuki, Havozin (qabilasi vakillari) Janob Rasulullohdan o‘zlarining o‘lja olingan mollari va asir olingan odamlarini (qaytarib berishlarini) so‘rashganda, ul zot xums tariqasida mollarni olib qolib, asirlarnigina qaytarib berdilar; Janob Rasululloh odamlarga o‘lja taqsimlashdan avval ularning sonini aniqladilar; Janob Rasululloh (ba’zilarga) xumsdan qo‘shimcha ulush berar erdilar; Janob Rasululloh ansorlarga (Xaybar o‘ljalaridan) ulush berdilar.

Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Havozin qabilasi elchilari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga musulmon bo‘lib kelib, o‘lja olingan mollari birlan asir olingan odamlarini qaytarib bermoqlarini so‘raganlarida, ul zot (ularning gaplarini yaxshiroq eshitish va o‘zlarining gaplarini yaxshiroq eshittirish uchun) o‘rinlaridan turdilar-da, ularga: «Menga eng yoqimli so‘z — rost so‘zdur! Ikki narsadan birini (qaytarib bermog‘imni) tanlangiz, yo asirlarni yoxud mollarni! Men sizlarni kutgan erdim» — deb marhamat qildilar. (Darhaqiqat), Janob Rasululloh Toifdan (Ji’ronaga) qaytganlarida bir necha kun ularning kelishini kutib, (asirlarni mujohidlarga taqsimlamay turgan) erdilar. (Keyin, ul zot ulardan darak bo‘lmagach, asirlarni o‘shal yerda taqsimladilar. Shul asnoda Havozin qabilasi elchilari huzurlariga kelib qoldi). Havozin qabilasi elchilari Janob Rasulullohning ikki narsadan birinigina qaytarib berajaklarini anglagach: «Biz asir olingan odamlarimizni (qaytarib bermog‘ingizni) tanladik», — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh musulmonlar ichra tik turib, Olloh taolo sha’niga uning o‘zi o‘zlariga bildirgan jamiki hamdu sanolarni aytdilar, so‘ngra: «Ammo ba’d, darhaqiqat mana bu birodarlaringiz huzurimizga tavba qilib kelibdilar. Men ularga asir olingan odamlarini qaytarib bermog‘imni ma’qul ko‘rdim. Sizlardan kimki yaxshilik qilib, yaxshilik ko‘rmoq istasa, (o‘ziga taqsim qilingan asirlarni, evaziga biror narsa so‘ramay, Havozin qabilasiga) topshirsin! Va sizlardan kimki (o‘ziga taqsim qilingan) asirlarni biror haq badaliga (topshirmoqni) istasa, topshiraversin, biz uning (asirlari) evaziga Olloh taolo bizga kofirlardan jihod qildirmay olib beradirgan dastlabki o‘ljalardan ulush berurmiz», — dedilar. Odamlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchun buni (ya’ni, asirlarni Havozin qabilasiga topshirmoqni) ma’qul ko‘rdik!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Biz qaysi biringiz bunga rozisiz-u qaysi biringiz rozi emassiz, bilmasmiz. Boringizlar, (oqsoqollaringiz birlan maslahatlashingizlar), keyin ular ne qarorga kelganingizni bizga ma’lum qilsinlar!» — dedilar. Odamlar (o‘z oqsoqollari oldiga) bordilar, oqsoqollar (asirlarni qaytarib bermoq ma’qulligini ularga maslahat berdilar. Barchalari shunga rozi bo‘lgach), oqsoqollar Janob Rasulullohning qoshlariga kelib, barcha odamlar asirlarning qaytarib berilmog‘iga rozi ekanligini ma’lum qildilar».

Zahdam raziyallohu anhurivoyag qiladilar: «Biz Abu Musoning huzurida o‘ltirgan erdik, (pishirilgan) tovuq nari (xo‘roz) keltirildi. Shunda ul kishining hueurlarida Banu Tamimilloh qabilasiga mansub bir rangi qizg‘ish kishi ham o‘ltirgan bo‘lib, u chamamda mavlolardan (ozod qilingan qullardan) erdi. Abu Muso uni taomga taklif qilib erdilar, u: «Men uning bir (iflos) narsani yeganini ko‘rgandurman, shul bois men undan hazar qilurman, (uning go‘shtini hech qachon) yemasman, deb ont ichgandurman», — dedi. Abu Muso unga: «Beriroq kel, men sizlarga shul xususda (ya’ni, qasam ichish xususida) bir hadis aytib berayin! (Voqea bunday bo‘lgan erdi: Tabuk g‘azoti vaqtida) men bir guruh ash’ariylar birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, o‘zimiz minib ketmog‘imiz hamda yuklarimizni ham ortib olmog‘imiz uchun ul zotdan bir necha tuya so‘radim. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taolo haqi, sizlarni (biror ulovga) mindirib yubora olmasman, menda sizlarni mindirib yuboradirgan ulovning o‘zi yo‘q!» — dedilar. So‘ng, hech qancha vaqt utmay, Janob Rasulullohga o‘lja olingan tuyalarni olib kelib qolishdi. Janob Rasululloh bizni surishtirib: «Boyagi ashariylar qani?» — dedilar. Keyin, bizga o‘rkachi oq beshta podacha (ya’ni, ikkitadan to to‘qqiztagacha tuyalardan iborat kichik bir poda) berilmog‘ini amr qildilar. Biz tuyalarga minib yo‘lga tushgach: «Qilgan ishimiz bizga aslo xayriyat keltirmas, (biz Janob Rasulullohning ont ichganlariga e’tibor bermay, tuyalarni minib kelaverdik!)» — dsya ul zotning huzurlariga qaytib bordik-da: «(Yo Rasulalloh), biz boya sizdan ulov so‘raganimizda ont ichib ulov bera olmasligingizni aytib erdingiz, keyin ont ichganingizni unutdingizmi?» — dedik. Shunda ul zot: «Sizlarni ulovga men emas, Olloh taolo mindirib yubordi. Men esam, Olloh taolo haqi, inshoolloh, avval ichgan qasamimdan boshqa bir qasamni afzal ko‘rib, qasam ustiga qasam ichmasman, magaram avvalgi qasamimni halollab olibgina (unga kafforat beribgina) o‘shal afzal qasamni ichurman», — dedilar».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (to‘rt ming kishidan iborat) qo‘shinni Najd tomonga jo‘natdilar, ularning orasida Abdulloh ibn Umar ham bor erdi. Ular ko‘plab tuyalarni o‘lja olib qaytishdi. Ularning (har biriga ajratilgan) ulush o‘n ikki (yoki o‘n bir) tuyadan iborat bo‘ldi. Keyin, har biriga yana qo‘shimcha bittadan tuya berildi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni barcha qo‘shinga taqsim qilganlariga qaramay, g‘azotga yuborilgan ayrim mujohidlar guruhiga maxsus qo‘shimcha ulush berur erdilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Yamandaligimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning chiqqanlari (ya’ni, Islomga ochiq da’vat qilib chiqqanlari yoxud hijrat qilib chiqqanlari) haqida bizga xabar yetib keldi. Biz, ya’ni men va aka-ukalarim (ulardan biri Abu Burda, ikkinchisi Abu Ruham bo‘lib, men ularning eng kenjasi erdim) qavmimizdan bir qancha (yoki ellik uch yo ellik ikki) kishilar birlan birgaliqda ul zot tomon hijrat qilib chiqib, bir kemaga mindik, u bizni Habashiston podshohi Najoshiy huzuriga olib borib qo‘ydi. Biz Ja’far ibn Abu Tolib birlan uning hamrohlarini uning huzurida uchratdik. Shunda Ja’far: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni shul yerga jo‘natib, shul yerda yashab turmog‘imizni amr qildilar, biz birlan yashayverintizlar!» — dedi. Biz u birlan birga istiqomat qilib qolib, keyin barchamiz birgaliqda yo‘lga chiqdik-da, Janob Rasulullohni Xaybarni fath qilganlarida uchratdik. Ul zot o‘ljalardan bizga ham ulush berdilar, ammo kemamiz ahli birlan Ja’far va uning hamrohlaridan bo‘lak Xaybar fathida ishtirok qilmagan biror kishiga o‘ljalardan ulush bermadilar».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar menga (ya’ni, Baytulmolga) Bahrayn moli (ya’ni, Bahrayndagi zimmiylardan jizya — jon solig‘i uchun yig‘ib olingan mol) kelsa, senga (undan) mana shuncha va mana shuncha berurman», — dedilar. Ammo, Bahrayn moli kelmasidan burun ul zot vafot etib qoldilar. Keyin, Bahrayn moli kelganda Abu Bakr (as-Siddiq raziyallohu anhu bir kishiga) buyurib erdilar, u: «Kimning Janob Rasulullohda qarzi bo‘lsa yoxud (ul zot unga ushbu moldan ulush) va’da qilgan bo‘lsalar, bizning huzurimizga kelsin!» — deb ovoza qildi. Shunda men Abu Bakr (as-Siddiq raziyallohu anhu)ning huzurlariga borib: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bul moldan) menga mana shuncha va mana shuncha (beraman), deb (va’da qilib) erdilar», — dedim. Abu Bakr (as-Siddiq raziyallohu anhu) menga undan uch hovuch berdilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ji’ronada o‘ljalarni taqsim qilayotgan erdilar, bir kishi ul zotga: «Adolat qilingiz!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Sho‘ring qursin, agar men adolat qilmasam, (unda kim adolat qilur?!)»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:27:56
15-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xums olmay, asirlarga muruvvat qilmoqchi bo‘lganlari haqida

Muhammad ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Badr asirlari haqida: «Agar Mutim ibn Adiy tirik bo‘lib, menga anavi qo‘lansalar xususida iltimos qilganda, (uning hurmati uchun) xums olmay, ularni unga (tirik) topshirgan bo‘lur erdim!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:28:10
16-bob. Xumsning imomning tasarrufida ekanligiga yana bir dalil shuki, u ba’zi qarindoshlariga (xumsdan in’om) berib, ba’zilariga bermaydi

Jubayr ibn Mut’im raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men va Usmon ibn Affon ikkalamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh, Banu Muttalibga (Xaybar xumsidan in’om) berib, bizga bermadingiz, axir biz birlan ular (nasab jihatidan) sizga bir xil o‘rindamiz-ku?!» — dedik. Shunda ul zot: «Darhaqiqat, Banu Muttalib va Banu Hoshim ikkisi bir narsadur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:28:25
17-bob. Aslobdan (ya’ni, g‘azotda o‘ldirilgan kofirning qurol-aslaha, kiyim, ulov va boshqa narsalaridan) xums olmagan kishi; kim bir kofirni o‘ldirsa, uning aslobi, xums olinmay, o‘shal o‘ldirgan kishiga berilur; imomning shul xususdagi hukmi

Abdurrahmon ibn Avf raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Badr (g‘azoti) kuni men (mujohidlar) safida (jang qilib) turganimda o‘nggu so‘limga qarab, ikki yigitchaga ko‘zim tushdi. Shunda ul yigitchalarning yaxshi jang qila olishidan shubhalangandek bo‘lib erdim, ulardan biri (qo‘limdan) ushlab: «Ey amaki, Abu Jahlni taniysizmi?» — dedi. Men: «Ha, (taniyman), ammo u senga nimaga kerak bo‘lib qoldi, ey jiyanim?» — dedim. U: «Eshitdimki, Abu Jahl Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni haqorat qilar erkan. Jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, agar uni ko‘rsam, toki ikkimizdan ajali yaqinrog‘imiz o‘lmaguncha, qoram uning qorasidan ajralmas!»— dedi. Men uning bul shijoatidan hayratda qoldim. Keyin, ikkinchi yigitcha ham (qo‘limdan) ushlab, menga aynan shunday dedi. So‘ng, men tezda (dushman tomon) nazar tashlab, Abu Jahlni (izlab topdim), u odamlar orasida bezovtalik birlan u yoqdan bu yoqqa yelib yugurar erdi. Men yigitchalarga: «(Hov) anavi kishi sizlar mendan so‘ragan odamdur», — dedim. Shunda ikkala yigitcha tezlikda Abu Jahlning oldiga yetib borib, (qilichlari birlan) uni chopib o‘ldirishdi. Keyin, ikkalasi) Janob Rasulullohning qoshlariga borib, ul zotga (shul haqda) xabar berishdi. Janob Rasululloh: «Uni qaysi biringiz o‘ldirdingiz?» — dedilar. Ularning har biri: «Uni men o‘ldirdim», — dedi. Janob Rasululloh: «Qilichlaringizni artib  tashladingizlarmi?» — dedilar. Ikkalasi: «Yo‘q, (hali artganimiz yo‘q)», — deyishdi. Janob Rasululloh ikkala qilichni qarab ko‘rgach: «(Darhaqiqat), uni ikkalangiz o‘ldiribsizlar»,— dedilar. (Ikkala yigitchadan biri Muoz ibn Afro’, ikkinchisi Muoz ibn Amr ibn al-Jamuh bo‘lib), Janob Rasululloh Abu Jahlning qurol-yarog, kiyim, ulov va boshqa narsalarini Muoz ibn Amr ibn al-Jamuhga berdilar. Ikkala yigitcha (ham Afro’ degan ayolning o‘g‘li bo‘lib, otalari boshqa-boshqa erdi. Birini) Muoz ibn Afro’ va (ikkinchisini) Muoz ibn Amr ibn al-Jamuh (deb atashar) erdi. (Ba’zi ulamolar: «Janob Rasululloh Abu Jahlning qurol-yarog‘ va boshqa narsalarini ikkala yigitchaga bo‘lib bermay, ulardan birigagina berdilar, chunki Abu Jahlga qattiqroq qilich urgan o‘shal yigitcha bo‘lib, kuchsizroq zarba urgan ikkinchi yigitchaning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida «Ikkalangiz o‘ldiribsizlar» deb aytganlar», — deyishadi. Ba’zi ulamolar ersa: «O’ljalar imomning ixtiyorida bo‘lib, ularni o‘zi xohlagancha tasarruf qilur», — deyishadi).

Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Hunayn yili Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Dushmanga to‘qnash kelganimizda musulmonlar bir oz sarosimaga tushdilar. Shunda men bir mushrikning bir musulmondan ustunlik qilayottanini ko‘rib qoldim-da, (tezda) uning orqasidan pisib borib, bo‘ynining tomiriga qilich urdim. U o‘girilib, meni shunday qisdiki, hatto o‘limning hidini sezdim. Keyin, u jon taslim qilib, meni qo‘yib yubordi. So‘ng, men Umar ibn al-Xattobga yetib oldim-da: «Bugun odamlarga ne bo‘ldi?» — dedim. Ul kishi: «Olloh taoloning irodasi», — dedilar. So‘ng, odamlar Janob Rasulullohning qoshlariga qaytishdi. Ul zot o‘ltirgach: «Kimki bir mushrikni o‘ldirgan bo‘lsa-yu, o‘ldirganini isbotlay olsa, uning qurol-yarog‘, kiyim va boshqa narsalari o‘zinikidur», — dedilar. Shunda men o‘rnimdan turib: «Kim mening (bir mushrikni o‘ldirganimga) guvohlik berur?» — dedim-da, joyimga o‘ltirdim. Janob Rasululloh yana: «Kimki bir mushrikni o‘ldirgan bo‘lsa-yu, buni isbotlay olsa, uning qurol-yarog‘, kiyim va boshqa narsalari o‘zinikidur», — dedilar. Men yana o‘rnimdan turib: «Kim mening (bir mushrikni o‘ldirganimga) guvohlik berur?» — dedim-da, joyimga o‘ltirdim. Janob Rasululloh uchinchi marta boyagi gaplarini takrorladilar, men ham o‘rnimdan turib boyagi savolimni takrorladim. Shunda ul zot: «Ey Abu Qatoda, senga ne bo‘ldi?» — dedilar. Men bo‘lgan voqeani aytib berib erdim, bir kishi: «Yo Rasulalloh, u to‘g‘ri aytdi, (u o‘ldirgan mushrikning) narsalari menda, men uni rozi qilurman», — dedi. Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhu unga: «Yo‘q, aslo, Olloh taolo haqi, Janob Rasululloh boyagi gaplarini aytganlarida Olloh taolo birlan uning Rasuli uchun jang qilgan parvardigor sherlarining biridan o‘ljasini olib senga bermoqni istamagan erdilar!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Abu Bakr to‘g‘ri aytdilar», — dedilar. So‘ng, boyagi kishi o‘ljamni menga berdi, men uni sotib, Banu Salamadan bir bog‘ xarid qildim, bu mening Islomdagi dastlabki bisotim erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:28:38
18-bob. Janob Rasulullohning Islomga do‘st bulsinlar deb Quraysh va boshqalarga xums va shu kabilardan (tuhfalar) berib turganlari haqida

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar; «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan (tuhfa) so‘radim, berdilar, so‘ng (yana) so‘radim, (yana) berdilar, keyin (yana) so‘radim, (yana) berdilar. So‘ng, ul zot: «Ey Hakim, bul mol degan narsa (kishini o‘ziga tortguvchi) yam-yashil, shirin-shakar (mevali bir bog‘ yokim bir daraxtga o‘xshaydiki), undan kimki ochko‘zlik qilmay, nafsiga yarasha olsa, barakali bo‘lur va kimki baloi nafsining so‘ziga kirib, ortiqcha olsa, bebaraka bo‘lur. (Bunday odam) yeb to‘ymas mechkay (it) kabidur. Ko‘tarilgan (ya’ni, mehnat qilib, xayr-ehson qilguvchi) qo‘l tushirilgan (ya’ni, mehnat qilmay, tilamchilik qiladirgan) qo‘ldan afzaldur!» — deb marhamat qildilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, endi dunyodan kuz yumgunimga qadar ham pastkashlik qilib biror kishidan biror narsa so‘ramasman!» — dedim».
Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhu (xalifa bo‘lgan kezlarida) tuhfa bermoqchi bo‘lib Hakimni chaqirdilar, ammo ul kishi olmadilar. Keyin, Hazrat Umar raziyallohu anhu ham (xalifa bo‘lganlarida) tuhfa berish uchun Hakimni chaqirib erdilar, olmadilar. Shunda Hazrat Umar: «Ey musulmonlar jamoasi, sizlarni guvoh qilib aytamanki, Hakimga mana bu o‘ljalardan o‘z haqini olmoqni taklif qilsam, olmayotir!» — dedilar. Hakim o‘shanda Janob Rasulullohdan tuhfa so‘raganlaridan keyin, bu dunyodan ko‘z yumgunlariga qadar ham o‘zlarini kamsitib biror kishidan biror narsa so‘ramadilar».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu: «Yo Rasulalloh, johiliyat davrida bir (kecha-)kunduz e’tikof qilmog‘imni nazr qilib qo‘ygan erdim, (endi ne qilayin?)» — dedilar. Janob Rasululloh: «Nazringga vafo qil!» — deb amr qildilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhuga Hunayn asirlaridan ikki qizcha ulush qilib berildi. Ul kishi ularni Makkadagi uylardan biriga junatdilar. Keyin, Janob Rasululloh Hunayn asirlarini (Islomga kirganlari uchun xums olmay) ozod qildilar. Ular shosha-pisha ko‘chalar buylab uylariga qayta boshlashdi. Hazrat Umar: «Ey Abdo‘lloh, qara-chi, ne bo‘libdi?» — dedilar. Men (surishtirib kelgach): «Janob Rasululloh Hunayn asirlarini (Islomga kirganlari uchun xums olmay) ozod qilibdilar», — dedim. Hazrat Umar: «Bor, ikki (asira) qizchani qo‘yib yubor!»— dedilar».

Amr ibn Tag‘lib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qavmga (xumsdan) tuhfalar berib, boshqalarga bermagan erdilar, ular norozi bo‘lgandek bo‘lishdi. Shunda ul zot: «Men bir qavmga tuhfa bersam, ularning (Islomdan) aynib qolishlari va sabr-qanoatsiz ekanliklaridan cho‘chib (tuhfa) berurman. (Boshqa) qavmlarning ersa Olloh taolo qalblariga jo qilgan qanoatu iymonlariga ishonurman. Shundaylardan biri Amr ibn Tag‘libdur!» — deb marhamat qildilar. Janob Rasulullohning bul so‘zlari mening uchun eng sara tuyalar podasiga ega bo‘lmoqdan ham afzalroqdur!».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayxi va sallam: «Men Qurayshga Islomga do‘st bo‘lsinlar, deb tuhfalar berurman, chunki ular yaqindagina johiliyatda (ya’ni, kofir) erdilar», — dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga Havozin mollaridan (urushsiz) o‘ljalar ato etganida, ul zot Quraysh kishilariga yuzta tuyani bo‘lib bera boshladilar. Shunda bir guruh ansorlar: «Olloh taolo Rasulullohni mag‘firat qilsin! Ul zot Qurayshga o‘ljalardan ulush berayotirlar-u, ammo bizlarga bermayotirlar, vaholanki ularning (ya’ni, Quraysh kofirlarining) qonlari qilichlarimizdan hanuz tomib turibdi!» — deyishdi. Ansorlarning bul gaplari Janob Rasulullohga yetkazilib erdi, ul zot odam yuborib, ularni chaqirtirdilar-da, teridan qilingan bir chodir ostiga to‘pladilar, ul yerda ulardan bo‘lak biror kishini qoldirmadilar. Barcha ansorlar chodir ostiga to‘plangach, Janob Rasululloh kelib: «Sizlar xususingizda menga yetkazilgan gap qanday gap bo‘ldi?!» — dedilar. Shunda ularning fahm-farosatlilari: «Biz birlan hamfikr va so‘zimizga kiradigan kishilar biror narsa deyishgani yo‘q. Ammo, oramizda yosh-yalanglar bo‘lib, ana o‘shalar: «Olloh taolo Rasulullohni mag‘firat qilsin! Ul zot Qurayshga o‘ljalardan ulush berayotirlar-u, lekin bizga bermayotirlar, vaholanki ularning qonlari qilichlarimizdan hanuz tomib turibdi!» — deb aytishdi», — deyishdi. Janob Rasululloh ularga javoban: «Men kechagina kofir bo‘lgan kishilarga (tuhfalar) berurman. Odamlarning o‘zlari birlan mollarni (o‘ljalarni) olib ketmog‘iga, o‘zlaringizning ersa Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga uylaringizga qaytmog‘ingizga rozi bo‘lmassizlarmi? Olloh taolo haqi, sizlar olib qaytadirgan narsa, ular olib qaytadirgan narsadan afzaldur!» — dedilar. Ular: «Ha, shunday, yo Rasulalloh, biz (siz birlan qaytmoqqa) rozimiz!» — deyishdi. Janob, Rasululloh: «Sizlar mendan keyin qattiq istibdodni — (ya’ni, hukmdorlarning mol-dunyo orttirish birlan mashg‘ul bo‘lib, o‘zlaringizni xoru zor va muhtoj qilganlarini) ko‘rursizlar. Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lguningizga qadar va uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam birlan Havzi Kavsar bo‘yida uchrashguningizgacha sabr qilingizlar!» — deb marhamat qildilar».

Muhammad ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Jubayr ibn Mut’im odamlar birlan birga Hunayndan qaytayotgan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yonlarida kelayotgan erdilar. Shunda badaviylar o‘ljalardan ulush bermoqlarini so‘rab, ul zotga shul qadar yopishib olishdiki, hatto bir samura (daraxtining) ostiga (borib dam olmoqqa) majbur bo‘ldilar. O’shal daraxt tomon ketayotganlarida ridolarini (tikanlar yoxud badaviylar) yechib oldi. Janob Rasululloh to‘xtab: «Ridoimni beringizlar! Agar mana shu daraxt tikanaklarichalik tuyalarim bo‘lganida ham, keyin meni baxil, yolg‘onchi va qo‘rqoq demasliklaringiz uchun, hammasini sizlarga bo‘lib bergan bulur erdim», — dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga piyoda ketayotgan erdim, ul zot yoqasi dag‘al (qattiq) bir najroniy chopon kiyib olgan erdilar. Shunda bir badaviy ortlaridan yetib kelib, (choponlaridan) shunchalik qattiq tortdiki, hatto men muborak bo‘yinlariga choponlari yoqasining izi tushib qolganini ko‘rdim. Keyin, o‘shal badaviy ul zotga: «Olloh taoloning o‘zingizdagi molidan menga tuhfa bermoqni amr qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh unga ugirilib qaradilar-da, kulib quydilar. So‘ng, unga tuhfa bermoqni amr qildilar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hunayn kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (o‘ljalarni) taqsim qilayotib bir necha kishiga (boshqalarga nisbatan) ko‘proq ulush berdilar. Aqra’ ibn Hobisga yuzta, Uyayna ibn Hisnga ham shuncha tuya berdilar. O’shal kuni bir necha arab zodagonlariga ham boshqalardan ko‘ra ko‘proq tuhfalar berdilar. Shunda bir kishi: «Olloh taolo haqi, bu taqsimotda adolat qilinmadi, men (o‘ljalarning) Olloh taoloni yuz-xotir qilib taqsimlanmog‘ini istayman!» — dedi. Men (uning bul gapidan darg‘azab bo‘lib): «Olloh taolo haqi, men buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytmay qo‘ymayman!» — dedim-da, ul zotning huzurlariga borib, aytib berdim. Janob Rasululloh: «Agar Olloh taolo birlan uning Rasuli adolat qilmasa, unda kim adolat qilur?! Olloh taolo Muso alayhissalomni rahmat qilsin, ul kishi bundan qattiqroq aziyat stkazilganda ham, sabr qilgan erdilar», — dedilar».

Asmo rashyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men donlarni boshimga qo‘yib Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (erim) Zubayrga ulush qilib bergan yerdan ko‘tarib borur erdim. Ul yer mening uyimdan uchdan ikki farsax narida erdi».

Hishom raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zubayrga Banu an-Nazirning o‘lja olingan yerlaridan ulush ajratib bergan erdilar», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob yahudiy va nasarolarni Hijoz yerlaridan badarg‘a qildilar. (Chunki), Janob Rasululloh Xaybar ahli ustidan g‘alaba qilganlarida yahudiylarni ul yerdan badarg‘a qilmoqni iroda qilgan erdilar. Janob Rasululloh Xaybar ustidan zafar qozongan (dastlabki vaqtlarda) uning yerlari yahudiylarniki, Rasulullohniki va musulmonlarniki erdi. (Ya’ni, Xaybarning bir qismi jang birlan va bir qismi tinchlik birlan fath qilingan bo‘lib, jang birlan fath qilingan qismi Rasululloh birlan musulmonlarniki, tinchlik birlan fath qilingan qismi ersa yahudiylarniki erdi. Keyin, Janob Rasululloh yahudiylarni, Islomga kiravermagach, Xaybardan badarg‘a qilmoqchi bo‘ldilar. Shunda) yahudiylar (yillik) hosilning yarmini berish sharti birlan (o‘zlariga tegishli yerlarda) qoldirilmoqlarini Janob Rasulullohdan iltimos qilishdi. Janob Rasululloh ularga: «Biz sizlarni shu shart birlan o‘zimiz iroda qilgan vaqtga qadar qoldirurmiz», — dedilar. So‘ng, yahudiylar, toki Hazrat Umar ularni Taymo va Ariyhoga badarg‘a qilgunlariga qadar, Xaybarda yashab qolishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 07:29:03
19-bob. Urush bo‘layotgan yerlarda yeguliklarni (o‘lja qilib) olmoq haqida

Abdulloh ibn Mug‘affal raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Xaybar qo‘rg‘onini qamal qilib turgan erdik, bir odam bir xalta (dumba) yog‘ tashladi. Men uni olaman, deb irg‘ib o‘rnimdan turib erdim, qarasam yonginamda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam turibdilar, biram uyalib ketdimki!».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz g‘azotlarimizda asal va uzumlarni (o‘lja qilib) olib, tanovul qilur erdik, ularni tashlab yubormas erdik».

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xaybar qamali vaqtida bizni ochlik qiynab yubordi. Xaybar fath qilinadirgan kuni biz bir necha xonaki eshaklarni tutib, so‘ydik. Qozonlar qaynab turganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jarchilari: «Qozonlarni ag‘darib tashlangizlar, eshak go‘shtidan zarracha yemangizlar!» — deb jar soldi. Shunda biz: «Janob Rasululloh (o‘ljalardan) xums olinmagani uchun eshak go‘shtini yemoqdan qaytargan bo‘lsalar kerak», — dedik. Boshqalar: «Qat’iyan man’ qildilar»,— deyishdi. Keyin, men Sa’id ibn Jubayrdan (shul haqda) so‘rab erdim, u: «(Xums olinmagani uchun emas, balki) qat’iyan man’ qildilar» — deb aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Avgust 2008, 09:05:23
Bismillahir rohmanir rohiym

1-bob. Jizya haqida hamda zimma va harb ahli birlan sulh tuzish xususida. Yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va ajamiylardan jizya olish to‘g‘risida

Olloh taoloning qavli: «Ollohga va Qiyomat kuniga iymon keltirmaydirgan, Olloh va uning Rasuli harom degan narsani harom deb bilmaydirgan, haq (ya’ni, Islom) dinini qabul etmaydirgan kitobiylardan bo‘lmish kimsalarga qarshi toki  ular xor (mag‘lub) bo‘lib o‘z qo‘llari birlan jizya bergunlariga qadar jang qilingizlar!» («Tavba» surasi, 29-oyat).

(«Zimma ahli» yoxud «Zimmiylar» — Islom davlatida musulmon hukmdorga tobe bo‘lib yashayotgan hamda o‘zlarining jonu mol-mulklarini musulmonlar omon saqlamoqlari uchun har yili jizya solig‘i to‘lab turmoqlarini o‘z zimmalariga olgan g‘ayridinlardur. «Harb ahli», ya’ni «Urush ahli» ersa Islom da’vatiga tobe bo‘lmagan hamda musulmonlarga qarshi urush olib borayotgan yoki urush holatida bo‘lgan biror g‘ayri din davlat, mamlakat, shahar yo qishloq aholisidur).

Bijola raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu vafotlaridan bir yil burun Basra ahliga maktub yozib: «(Nikohlanayotgan) har ikki mahram sohibini majusiylardan ajratib quyingizlar!» — deb amr qildilar. Hazrat Umar toki Abdurrahmon ibn Avf Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Hajar majusiylaridan jizya olganlari xususida dalil keltirmagunlariga qadar majusiylardan jizya olmagan erdilar». [Chunki, ul kishi majusiylarni kitob ahli emas, deb hisoblab: «Jizya faqat kitob ahlidan olinishi kerak», — der erdilar. Abdurrahmon ibn Avf: «Men Janob Rasulullohning «Majusiylarga ham kitob ahliga nisbatan qo‘llanadirgan qonunni joriy qilingizlar!» deganlarini eshitganman» — deb dalil keltirganlaridan so‘nggina ulardan jizya oladirgan bo‘ldilar. Hazrat Umarning «(Nikohlanayotgan) har ikki mahram sohibini majusiylardan ajratib qo‘yingizlar!», ya’ni «Majusiylarni musulmonlarning nikoh tuylariga qo‘ymangizlar!» deb amr qilganlarining boisi — ularning kitob ahlidan emasliklari hamda ular xususida quyidagi rivoyatning mavjudligi bo‘lsa, ehtimol: «Qadim zamonlarda majusiylar ham kitob ahli bo‘lganlar. Ammo, bir kuni ularning hukmdori sharob ichib, Mastlik chog‘ida o‘z singlisini jimo’ qilib qo‘ygan. Ertasiga, qayfi tarqagach, tama’ ahlini o‘z huzuriga chorlab, ularga ko‘plab tuhfalar in’om qilgan-da, so‘ng: «Odam Ato ham o‘z o‘g‘illarini o‘z qizlariga uylantirgandurlar», — deb aytgan. Shunda tuhfalar birlan ko‘zu og‘zi bog‘langan tama’ ahli unga ta’zim qilib, lom-mim demagan, ba’zi qarshi chiqqanlarni ersa u qatl qilgan. Keyin, ularning kitoblari ham, kitoblaridan qalblariga jo bo‘lib qolgan barcha narsalar ham mahv qilinib, butunlay unuttirilgan].

Amr ibn Avf al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Ubayda ibn al-Jarrohni Bahrayn ahlidan jizya undirib kelmoq uchun jo‘natdilar, (chunki ularning ko‘pchiligi majusiylar erdi). Bir vaqtlar Janob Rasulullohning o‘zlari Bahrayn majusiylari birlan sulh tuzib, ularga Alo ibn al-Xazramiyni amir etib tayinlagan erdilar. Abu Ubayda Bahrayndan (jizyaga undirilgan) mollarni keltirdilar. Ansorlar ul kishining kelganlarini eshitishib, Janob Rasululloh birlan birga bomdod o‘qimoq uchun (ul zotning masjidlariga) to‘planishdi, (aslida ersa ular favqulodda holat yuz bermagan vaqtlarda ko‘pincha o‘z masjidlarida namoz o‘qishar erdi. Shul boisdan ul zot ularning ne maqsadda bul yerga kelib namoz o‘qishayotganini fahmladilar). Janob Rasululloh bomdodni o‘qib bo‘lgach, (uylariga) ketayotgan erdilar, ansorlar yo‘llarini to‘sib olishdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib tabassum qildilar-da: «Abu Ubayda biror narsa olib kelganini eshitganmisizlar deyman?!» — dedilar. Ular: «Ha, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Xursand bo‘lingizlar, o‘zingizni xursand qiladirgan narsadan umidvor bo‘lingizlar! Olloh taolo haqi, men boshingizga faqirlik (balosi) tushmog‘idan aslo qo‘rqmasman! Ammo, men sizlardan ilgarigilar boshiga tushgani kabi boshingizga boylik (balosi) tushib, sizlarning ham ular singari kim o‘zarga boylik to‘plamog‘ingizdan hamda boylik ularni halok qilgani yanglig sizlarni ham halok qilmog‘idan qo‘rqurman!» — dedilar».

Jubayr ibn Hayya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu odamlarni mushriklar birlan jang qilmoq uchun (Eronning) bir qancha katta shaharlariga jo‘natdilar. (Ikki o‘rtada qattiq jang bo‘lib, Madoin shahri fath etildi), Hurmuz taslim bo‘ldi. (Keyin, musulmon qo‘shinining qumondoni Abu Muso al-Ash’ariy uni Hazrat Umarning huzurlariga jo‘natdilar). Hazrat Umar unga: «Men o‘zimning bul g‘azotlarim xususida sendan maslahat so‘rar bo‘lsam, maslahat berurmisan?» — dedilar. Shunda Hurmuz: «Ha, (sizga bunday deb maslahat berurman): Faraz qilingki, Yer yuzidagi odamlardan musulmonlarga dushman bo‘lganlari bir qushdur. Qushning ersa boshi, ikki qanoti va ikki oyog‘i bordur. Agar uning qanotlaridan biri sinsa, ikki oyog‘i, (omon qolgan) qanoti va boshi birlan kun ko‘ravergay, basharti ikkinchi qanoti singanda ham, ikki oyog‘i va boshi birlan kun ko‘ravergay va agar boshi sinsa, ul holda ikki oyog‘i ham, ikki qanoti ham, boshining o‘zi ham mutlaqo harakatdan qolur. Bosh — Xusrav, qanotlardan biri — Qaysar, ikkinchisi ersa forslardur. Musulmonlarga buyuringiz, tezliqda Xusrav tomon borsinlar, (ul bosh bo‘lib, bosh qirqilgach ersa butun tana halok bo‘lur!») — dedi. (Chunki, Xusrav Rum davlati tanasiga bosh yanglig bo‘lmasa-da, o‘shal vaqtda dunyoda eng qudratli podshoh erdi). So‘ng, Umar raziyallohu anhu bir guruh odamlarni Nu’mon ibn Muqarrin boshchiligida (forslar tomon) jo‘natdilar. Musulmonlar dushman yeriga kirib borganlarida Xusrav amirlaridan biri qirq ming kishilik qo‘shin birlan ularning yo‘llarini tusib chiqdi. (Ikki qo‘shin qarama-qarshi saf tortganda forslarning) tarjimoni musulmonlarga: «Sizlardan bir kishi menga so‘zlasin!» — dedi. Shunda Mug‘iyra (ibn Shu’ba): «Ne haqda istasang, surayver!» — dedilar. Tarjimon (mensimagan ohangda): «Kimsizlar?» — dedi. Mug‘iyra: «Biz bir arab jamoasi bo‘lib, gardishning jamiki g‘amu kulfatlari, dardu balolari boshimizdan sira arimas erdi. Azbaroi ochligimizdan teri-yu urug‘larni shimib kun ko‘rar, (g‘oyatda nochorligimizdan) po‘stak kiyib yurar va daraxtu toshlarga ibodat qilar erdik. Biz ana shu ahvolda erkanligimizda osmonlaru yerlar parvardigori bo‘lmish Olloh taolo bizning huzurimizga o‘zimizdan bo‘lgan va biz ota-onasini yaxshi taniydirgan payg‘ambarni yubordi. Keyin, o‘shal Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam toki yolg‘iz Olloh taologagina ibodat qilmaguningizgacha yoxud jizya to‘lamaguningizgacha sizlarga qarshi jang qilmog‘imizni bizga amr qildilar. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam parvardigorimizning bizlardan kimki (jihodda) o‘ldirilsa, o‘shal ondayoq jannatga tushib, mislsiz rohatu farog‘atda bo‘lmog‘i va kimki omon, qolsa, sizlarning bo‘yinlaringizga ega (ya’ni, sizlarni asir olib, mol-mulkingizga ega) bo‘lib qaytmog‘i haqidagi topshirig‘ini bizga xabar qildilar», — dedilar. (Shunda tarjimon: «Sizlar, haqiqatan ham ochlikdan qiynalib kelgan bir arab jamoasisizlar. Istasangizlar, buyuraylik, sizlarga yeguliklar keltirishsin, qorningizni to‘yg‘azib, ortingizga qaytingizlar!» — dedi. Mug‘iyra ular birlan muzokara olib bormoqdan foyda yo‘qligini bilgach, amir No‘‘monni darhol jang boshlashga undadilar. Ammo, shul vaqt kunning birinchi yarmi bo‘lib, havo issiq erdi hamda dushmanning rejalari hali ma’lum emas erdi). Shul boisdan No‘‘mon (jangni kechiktirishga qaror qilib), Mug‘iyraga: «Ehtimol, Olloh taolo siz birlan Janob Rasulullohni shu singari (qudratli qo‘shinga yoxud voqeaga) ro‘baro‘ qilgan (bo‘lsa, ul zot darhol jang boshlamay, avval dushmanning rejalari ma’lum bo‘lmog‘ini hamda shamollar esib, salqin tushmog‘ini kutgandurlar, keyin) sizni (bul qilgan ishlari tufayli) afsusu nadomat chektirib, sharmisor qilib qo‘ymagan bo‘lsalar kerak?! Lekin, men Janob Rasululloh birlan (ko‘p) janglarda birga bo‘lgandurman. Ul zot, agar kunning birinchi yarmida jang qilmagan bo‘lsalar (ya’ni, agar kunning birinchi yarmida dushmanga ro‘baro‘ kelib qolsalar, darhol jang boshlamay, avval dushmanning rejalari ma’lum bo‘lmog‘ini hamda) shamollar esib, (Quyosh botgandan keyingi) namozlar vaqti kelmog‘ini kutar erdilar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Avgust 2008, 09:06:02
2-bob. Agar imom biror shahar hokimi birlan sulh tuzsa, uning fuqarolari ham bul sulhga daxldor bo‘ladimi?

Abu Humayd as-So’idiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabukka g‘azot qildik. Shunda Ayla shahri hokimi (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan sulh tuzib, jizya to‘ladi), ul zotga bir oq xachir hadya qildi va chopon kiydirdi. So‘ng, Janob Rasululloh Ayla hokimiga (uning o‘zi birlan fuqaro-siga omonlik berilgani xususida) noma yozib berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Avgust 2008, 09:06:42
3-bob. Janob Rasululloh (jizya tulab turmoq sharti birlan jonu mollarini omon saqlamoqni) o‘z zimmalariga olgan (g‘ayridin) aholi xususidagi vasiyat

Juvayriya ibn Qudoma at-Tamimiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuning (vafotlari oldidan) bunday deb vasiyat qilganlarini eshitdim: «Men sizlarga Olloh taoloning zimmasini (ya’ni, Olloh taolo, agar jizya to‘lab tursalar, jonu mollarini omon saqlamoqni o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamning zimmalariga yuklagan g‘ayridin aholi birlan o‘zlaringiz o‘rtangizdagi ahdga vafo qilmoqlaringizni) vasiyat qilurman. Chunki, ul (zimma ahli) payg‘ambaringizning zimmalarida bo‘lib, (ular to‘lab turadirgan jizya) bola-chaqalaringizning rizqidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:21:18
4-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Bahrayn (erlari)dan ulush bo‘lib berganlari va Bahrayndan keltiriladirgan mol va jizadan in’om qilmoqni va’da qilganlari haqida. O’ljalar va jizya kimlarga taqsim qilinadi?

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlarni o‘z huzurlariga chaqirib, ularga Bahrayn (erlari)dan ulush vasiyat qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Shunda ansorlar: «Yo‘q, Olloh taolo haqi, toki Quraysh qabilasiga mansub birodarlarimizga ham (ya’ni, muhojir birodarlarimizga ham) bizga bo‘lib berayotganingizchalik yer ulushi bo‘lib bermas erkansiz, olmasmiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh ularga: «Mendan keyin, sizlar istibdodni (ya’ni, hukmdorlarning mol-dunyo orttirish. birlan mashg‘ul bo‘lib, o‘zlaringizni xoru zor va muhtoj qilganlarini) ko‘rursizlar. Meni (Havzi Kavsar bo‘yida) uchratguningizga qadar sabr qilingizlar!» — dedilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Agar bizga Bahrayn moli kelsa, senga shuncha va shuncha va shuncha in’om qilurman» — deb erdilar. Ammo, o‘shal mol Janob Rasululloh vafot qilganlaridan so‘ng yetib keldi. Shunda Abu Bakr raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh kimga (Bahrayn molidan) bermoqni va’da qilgan bo‘lsalar, mening huzurimga kelsin!»— deb ovoza qildilar. Men Abu Bakr as-Siddiqnii huzurlariga borib: «Janob Rasululloh menga: «Agar bizga Bahrayn moli kelsa, senga shuncha va shuncha va shuncha in’om qilurman»— deb aytgan erdilar», — dedim. Abu Bakr as-Siddiq menga: «Undan (moldan) bir hovuch ol!» — dedilar. Men bir hovuch oldim. So‘ng: «Sana, qancha erkan?» — dedilar. Men sanasam, besh yuzta erkan. Keyin, Abu Bakr as-Siddiq menga (yana ikki hissa qo‘shib, jami) bir ming besh yuzta berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:21:40
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Bahrayndan mol keltirishib erdi, ul zot: «Buni masjid hovlisiga to‘kib qo‘yingizlar!» — dedilar. Bul mol Janob Rasulullohga kelgan mollarning ichida eng ko‘pi erdi. Bir vaqt, (amakilari) Abbos qoshlariga kelib: «Yo Rasulalloh, menga (bul moldan) beringiz, chunki men o‘zim uchun ham, Uqayl uchun ham fidya to‘ladim»,— dedilar. Janob Rasululloh: «(Mayli), olingiz!» — dedilar. Abbos (ul moldan) etaklariga (to‘ldirib) soldilar-da, ko‘tarib ketmoqchi erdilar, ko‘tara olmadilar. Shunda ul zotga: «Biror kishiga buyuringiz, menga ko‘tartirib yuborsin!»— dedilar. Ul zot: «Yo‘q», — dedilar. Abbos: «Bo‘lmasa, o‘zingiz ko‘tartirib yuboringiz!» — dedilar. Ul zot (yana): «Yo‘q», — dedilar. Shunda Abbos (noiloj) etaklaridagi moldan ozginasini to‘kdilar-da, ko‘taraman, deb yana ko‘tara olmadilar. Janob Rasulullohga (yana): «Biror kishiga buyuringiz, menga ko‘tartirib yuborsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo‘q», — dedilar. Abbos: «Bo‘lmasa, o‘zingiz ko‘tartirib yuboringiz!» — dedilar. Ul zot: «Yo‘q», — dedilar. Abbos (noiloj) yana bir oz to‘kdilar-da, zo‘r-bazo‘r kugarib ketdilar. Janob Rasululloh Abbosning ochko‘zliklaridan ajablangancha toki ko‘zdan g‘oib bo‘lgunlaricha ortlaridan qarab qoldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:21:55
5-bob. Aybsiz zimmiyni o‘ldirgan kishining gunohi (jazosi) haqida

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Aybsiz) zimmiyni o‘ldirgan kishi jannatning hidini hidlamas! Jannatning hidi ersa qirq yillik masofadan turib ham hidlanur!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:22:18
6-bob. Yahudiylarni Arab yarim orolidan badarg‘a qilish xususida

Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deb xabar qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Xaybar yahudiylariga): «Olloh taolo sizlar xususingizda ne deb qaror qilgan bo‘lsa, biz ham shunday deb qaror qilurmiz!» — dedilar». (Ya’ni, «Olloh taolo taqdir qilgan vaqtga qadar sizlarni bul yerda qoldirurmiz, ammo xohlagan vaqtimizda sizlarni bul yerdan chiqarib yuborurmiz, chunki Olloh taolo sizlarni bul yerdan allaqachon chiqarib yuborgandur!»).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz masjidda o‘ltirgan erdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (uylaridan). chiqib kelib: «Yahudiylar (mahallasiga) yuringizlar!» — dedilar. Biz yo‘lga tushib, (yahudiylar tavrotxonlik qiladirgan) Bayt ulmidrosga yetib bordik. Janob Rasululloh yahudiylarga: «Musulmon bo‘lingizlar, (jonu mollaringiz) omon bo‘lur! Darhaqiqat, Yer Olloh taolo birlan uning Rasulinikidur. Men sizlarni bul yerdan badarg‘a qilmoqni iroda qildim. Sizlardan qaysi biringizning biror (ko‘chmas) moli bo‘lsa, sotsin! Aks holda bilib qo‘yingizlarki, Yer Olloh taolo birlan uning Rasulinikidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:22:38
Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Panjshanba kuni... panjshanba kuni o‘zi qanday kun bo‘ldiki, (boshimizga shunchalar musibatlar keltirdi?!)» — dedilar-da, ho‘ngrab yig‘lab yubordilar, hatto (oyoqlari ostidagi) toshlar ho‘l bo‘lib ketdi. Men: «Yo Ibn Abbos, qaysi panjshanba kuni?» — dedim. Ibn Abbos bunday dedilar: «(O’shal biz uchun musibatli bo‘lgan panjshanba kuni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning dardlari og‘irlashib qoldi. Shunda ul zot: «Menga kurak (ya’ni, hayvon kuragi) keltiringizlar, unga vasiyat bitib berurman, keyin mutlaqo yo‘ldan adashmagaysizlar!» — dedilar. Ammo, odamlar payg‘ambar huzurida tortishish mumkin emasligiga qaramay, (vasiyat yozdirib olish yo yozdirib olmaslik xususida) o‘zaro tortisha boshlashdi. (G’ala-g‘ovur ko‘chayib ketgach, Janob Rasululloh: «Meni o‘z holimga qo‘yingizlar!» — dedilar). Odamlar (buni eshitib): «Ul zot bizni xushlamayotirlar», — deyishdi. Janob Rasululloh: «(Huzurimdan) chiqib ketingizlar! Mening hozirgi holatim (ya’ni, Olloh taolodan taqvo qilib, ul birlan uchrashish taraddudida ekanligim va faqat shul xususda o‘ylayotganim) sizlar meni undayotgan narsadan (ya’ni, vasiyat yozib bermog‘im xususidagi tortishuvlaringizdan) afzaldur!» — dedilar. Keyin, ul zot ularga: «Mushriklarni Arab yarim orolidan chiqarib yuboringizlar. Elchilarni men singari mehmon qilib, ularga tuhfalar berib turingizlar...»— deb uch narsani amr qildilar. Shunda uchinchi farmonlarini yo aytmadilar yoki aytgan bo‘lsalar ham men yodimdan chiqarib quydim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:22:57
7-bob. Agar mushriklar musulmonlarga xiyonatkorlik qilsa, ular kechiriladimi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xaybar fath qilinganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (zahar solib pishirilgan) bir quy hadya qilindi. (Uni Zaynab binti al-Horis degan bir yahudiy ayol hadya qilgan erdi. Janob Rasululloh go‘shtdan bir luqma og‘izlariga solishlari hamonoq Olloh taoloning irodasi va inoyati birlan undan «Yo Rasulalloh, yemangiz, menga zahar solmishlar!» degan ovoz chiqdi. Ul zot darhol muborak og‘izlaridagi luqmani tupirib tashladilar). So‘ng, Janob Rasululloh: «Bul yerda mavjud barcha yahudiylarni huzurimga to‘plangizlar!» — dedilar. Ularni to‘plashdi. Janob Rasululloh ularga: «Men sizlarga bir narsa xususida savol berurman, savolimga rost javob berursizlarmi?» — dedilar. Yahudiylar: «Ha», — deyishdi. Janob Rasululloh: «Bobokalonlaringiz kim?» — dedilar. Yahudiylar: «Falonchi» — deb (mutlaqo boshqa odamning nomini) aytishdi. Janob Rasululloh: «Yolg‘on aytdingizlar, bobokalonlaringiz (ul ermas), balki falonchidur», — dedilar. Yahudiylar: «Ha, gapingiz to‘g‘ri», — deyishdi. Keyin, Janob Rasululloh: «Men sizlarga (yana) bir narsa xususida savol bersam, savolimga rost javob berursizlarmi?» — dedilar. Yahudiylar: «Ha, yo Abolqosim! Agar sizga (bul safar ham) yolg‘on so‘zlasak, bobokalonimiz xususida yolg‘on so‘zlaganimizni bilganingizdek, bilib qolursiz», — deyishdi. Janob Rasululloh ularga: «Jahannam ahli kimlar?» — dedilar. Yahudiylar: «Biz unda birrovgina bo‘lurmiz, siz ersangizlar, biz (undan chiqqanimiz)dan keyin, ul yerda (abadiy) qolursizlar», — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(O’zlaringiz) ul yerga daf bo‘lingizlar! Olloh taolo haqi, biz sizlardan keyin unda abadiy qolmasmiz, (balki sizlarning o‘zlaringiz unda abadiy qolursizlar!)» — dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh: «Men sizlarga (yana) bir narsa xususida savol bersam, savolimga rost javob berursizlarmi?» — deb aytdilar. Yahudiylar: «Ha, yo Abolqosim!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Bul qo‘y (go‘shti)ga zahar soldingizlarmi?» — dedilar. Yahudiylar: «Ha», — deyishdi. Janob Rasululloh: «Nechun bunday qildingizlar?» — dedilar. Yahudiylar: «Agar yolg‘onchi (soxta payg‘ambar) bo‘lsangiz, sizdan qutulmoqni istadik va agar chin (payg‘ambar) bo‘lsangiz, ul holda (zahar) sizga zarar qilmaydi, dedik», — deyishdi».
(Suhayliy: «Janob Rasululloh o‘shanda ul yahudiylarni darhol qatl qilmadilar, chunki odati shariflari shunday erdiki, shaxsan o‘zlariga qilingan dushmanlik uchun qasos olmas erdilar. Ammo, ul go‘shtdan yegan Bishr ibn al-Baro zaharlanib o‘lgach, ularni qatl qildilar», — deydilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:23:14
8-bob. Imomning ahdga vafo qilmaganlarni duoi bad qilmog‘i haqida

Osim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Anas raziyallohu anhudan Duoi Qunut haqida so‘rab erdim, ul kishi: «Ruku’dan avval (o‘qiladi)» — deb aytdilar. Shunda men: «Falonchi ta’kidladiki, siz: «Ruku’dan keyin (o‘qiladi)» — deb aytgan emishsiz», — dedim. Anas: «Yolg‘on aytibdi (yanglishgan)», — dedilar-da, bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Duoi Qunutni qay vaqtda o‘qiganlari haqida bunday deb aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy davomida ruku’dan so‘ng Duoi Qunutni o‘qib, Banu Sulaym mahallalari (ahlini) duoi bad qilganlar. Ul zot qirq yoki yetmish qorini mushriklar orasiga yuborgan erdilar. Mushriklar, o‘zlari birlan Janob Rasululloh o‘rtalarida ahdlashilganiga qaramay, ularni o‘ldirishgan. Men ul zotning o‘shal mushriklardan g‘azablanganchalik biror kimsadan g‘azab-langanlarini kurmaganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:23:34
9-bob. (Musulmon) ayollarning (Islomni qabul qilmay mushrikligicha qolgan sobiq erlariga) omonlik berib, (ularni) o‘z himoyalariga olmoqlari haqida

Ummu Honi’ binti Abu Tolib raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men (Makka) fathi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (uylariga) bordim. Qarasam, ul zot g‘usl qilayotirlar, qizlari Fotima alayhossalom ersalar, (bir choyshab birlan) ul zotni pana qilib turibdilar. Men ul zotga salom berdim. (Ul zot alik olgach): «Bu kim?» — dedilar. Men: «Bu men — Abu Tolibning qizi Ummu Honi’man», — dedim. Ul zot: «Ummu Honi’ xush kelibdi!» — dedilar. So‘ng, g‘usl qilib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib (joynamozga bordilar-da), bir kiyimga uralib sakkiz rak’at namoz uqidilar. (Namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng), men ul zotga: «Yo Rasulalloh, onamning o‘g‘li (ya’ni, birodarim) Ali (ibn Abu Tolib) men o‘z himoyamga olgan kishini (ya’ni, bugun men musulmon bo‘lgach, Islomni qabul qilmay, Makkadan qochib ketgan sobiq erimm Hubayra o‘g‘li falonchini o‘ldirurman, deb ta’kidladilar», - dedim. Ul zot: «Sen himoyangga olgan kishini biz ham himoyamizga oldik, ey Ummu Honi’!» — deb marhamat qildilar. Shu vaqt zuho namozi vaqti erdi». Yuqorida «sobiq erim» deyilishining boisi shuki, Olloh taolo: «Na (musulmon bo‘lgan) xotinlar (kofir) erlariga va na (kofir) erlar (musulmon bo‘lgan) xotinlariga halol bo‘lurlar», — deydi].
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:23:51
10-bob. (Barcha) musulmonlarning (o‘zlariga tobe g‘ayridinlarga) omonlik berib, (ularni) o‘z himoyalariga olganliklari birlan bir musulmonning (musulmonlarga tobe bir g‘ayridinga) omonlik berib, uni o‘z himoyasiga olganining farqi yo‘qdur, (chunki barcha musulmonlar bir tanu bir jon kabidurlar). Ahdni eng tuban musulmon buzur!

Ibrohim at-Tamimiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu bizga xutba (va’z) qila turib bunday dedilar: «Bizda Olloh taoloning Kitobi birlan (Janob Rasulullohning) mana bu sahifadagi (ahkomlari)dan bo‘lak biz o‘qiydirgan biror bitik yo‘qdir. Bul sahifada bunday deyilgan: «Madinaning bir (tog‘i)dan falon (tog‘i)gacha (ya’ni, Savr tog‘igacha) bo‘lgan yerlari muqaddasdur. Bul yerda (Qur’on va sunnatga xilof) ish qilgan yoxud shunday ish qilgan kimsaga yordam qilib; uni o‘z panohiga olgan kishiga Olloh taoloning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lur, bundaylarning na farzlari va na nafllari qabul qilinmas hamda o‘z homiylari (ya’ni, qulliqdan ozod qilib, o‘z himoyasiga olgan kishilar)ning iznisiz bo‘lak bir qavmni o‘ziga homiy qilib olgan kimsaga ham xuddi shunday (la’nat) bo‘lur. (Barcha) musulmonlarning (uzlariga tobe g‘ayridinlarga) omonlik berib, (ularni) o‘z himoyalariga olganliklari birlan bir musulmonning (musulmonlarga tobe bir g‘ayridinga) omonlik berib, uni o‘z himoyasiga olganining farqi yo‘qdur, (chunki barcha musulmonlar bir tanu bir jon kabidurlar). Bir musulmonning (bir g‘ayridinga nisbatan bo‘lgan ahdu burchini) buzgan kimsaga ham xuddi shunday (la’nat) bo‘lur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:24:16
11-bob. Agar (mushriklar): «Kufr dinimizdan qaytib, musulmon bo‘ldik» — deb aytmoqchi bo‘lib, (qo‘rqqanlaridan va shoshib qolganlaridan): «Dindan qaytdik» — deb yuborsalar...

Ibn Umar: «Xolid ibn Valid (ularni tushunmay) o‘ldira  boshladilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Xolid ibn Validning ularning gapini tushunmay, ko‘pchiligini qirib tashlaganlarini eshitib): «Yo parvardigoro, Xolid qilib quygan (gunohdan) meni xalos qilgaysan!» — deb iltijo qildilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:24:31
12-bob. (Sharoit taqozo qilganda) mol yoxud shu kabilar badaliga mushriklar birlan (musulmonlar o‘rtasidagi mavjud) sulh(ni saqlab qolmoqlik) hamda ahdga vafo qilmagan kishining gunohi haqida

Olloh taoloning qavli: «Va agar ular sulhga moyil bo‘lsalar, siz ham unga moyil bo‘lingiz!» («Anfol» surasi, 61-oyat).

Sahl ibn Abu Hasma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Sahl va Muhayyisa ibn Mas’ud ibn Zayd Xaybar (yahudiylari birlan musulmonlar o‘rtasida) sulh (tuzilgan) kezlarda xurmo terib kelmoq uchun Haybarga borishdi. Shunda ikkalasi (ya’ni, Abdulloh ibn Sahl va Muhayyisa ibn Mas’ud ibn Zayd) ajralib, (xurmozorning turli yerida xurmo terishdi). Keyin, Muhayyisa Abdulloh ibn Sahlning oldiga keldi, shunda u qoniga belanib o‘lib yotar erdi. Muhayyisa uni dafn qilgach, Madinaga qaytib keldi. So‘ng, (Abdulloh ibn Sahlning birodari) Abdurrahmon ibn Sahl va Mas’udning o‘g‘illari Muhayyisa birlan Huvayyisa (shul haqda xabar qilmoq uchun) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borishdi. Abdurrahmon endi gapira boshlab erdi, ul zot: (Ichingizda yoshi) kattasi... kattasi (gapirsin!)» — dedilar, chunki Abdurrahmon ularning eng kichigi erdi. Abdurrahmon (darhol) jim bo‘ldi. Keyin, Muhayyisa va Huvayyisa Abdullohning o‘ldirilgani xususida ul zotga so‘zlab berishdi. Shunda ul zot: «Qasam ichib, o‘ldirilgan odamingizning qoniga haqlig‘ bo‘lasizlarmi?» (ya’ni, «Abdullohning xunini haqlig‘ talab qilmoqlaringiz uchun uni yahudiylar o‘ldirganiga qasam ichasizlarmi?») — dedilar. Ular: «(O’ldirilgan vaqtda tepasida) bo‘lmagan bo‘lsak va (kim o‘ldirganini) ko‘rmagan bo‘lsak, qandayin qasam ichurmiz?» — deyishdi. Ul zot: «Yahudiylar sizlar(ning bul da’vongiz)dan qutulmoq uchun ellik bor qasam ichsinlarmi?» — dedilar. Ular: «Kofirlar qavmining qasamlarini qanday (inobatga) olurmiz?» — deyishdi. Shunda ul zot Abdullohning xun haqini o‘z (shaxsiy) mollaridan (yoxud Baytulmoldan) berib yubordilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:24:50
13-bob. Ahdga vafo qilmoqning fazilati haqida

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: Hiraql (o‘z huzurig‘a taklif qilib) Abu Sufyonga (odam) yubordi. Abu Sufyon Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan o‘zi o‘rtasida tuzilgan sulh muddati chog‘ida Quraysh savdo karvoni birlan Shomga kelgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:25:06
14-bob. Agar zimmiy (musulmonni) sehrlasa, kechiriladimi?

Ibn Shihob: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sehrlandilar. Shunda ul zot sehrlagan odamni o‘ldirmadilar, ul ersa kitob ahlidan erdi», — deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhu va sallam (shunday qattiq) sehrlandilarki, hatto bir narsani qila olaman, deb xayol qilsalar-da, qila olmas erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:25:21
15-bob. (Bo‘lajak) xiyonatdan ogoh qilingani haqida

Olloh taoloning qavli: «Va agar ular sizga firib bermoqchi bo‘lsalar, Olloh taolo sizga kifoya qilur» («Anfol» surasi, 62-oyat).

Anf ibi Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Tabuk g‘azoti vaqtida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, shunda ul zot teridan qilingan bir chodirda o‘ltirgan bo‘lib, bunday deb marhamat qildilar: «Qiyomatdan ilgari (bo‘ladirgan) olti (alomat)ni (birma-bir) sanab chiqurman: (ulardan biri) — mening o‘limim, keyin Baytul-Maqdis fathi, so‘ng qo‘ylar o‘latidek sizlarda tarqaladirgan vabo, keyin mol-dunyoning ko‘payib ketmog‘i, hatto bir kishiga ming dinor berilsa, nazariga ilmay, o‘zini tahqirlangan hisoblar, so‘ng birorta ham arabning uyini qoldirmay kirib boradirgan fitna, keyin sizlar birlan Banu al-Asfar (mazmuni: «Sariq avlodlari») o‘rtasida sulh (tuzilishidur). So‘ng, ular xiyonat qilib, saksonta g‘oya (bayroq) ostida sizlarga (ya’ni, sizlarning ustingizga bostirib) kelurlar. Har bir g‘oya (bayroq) ostida o‘n ikki ming (kishi bulur)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:25:35
16-bob. Ahd ahliga (ya’ni, zimmiylarga ahd) qay tariqa rad etiladi?

Olloh taoloning qavli: «Agar (uzlaringiz birlan ahdlashgan) biror qavm (tomoni)dan xiyonat (sodir bo‘lmog‘idan) xavotir olsangiz, (har ikki tomonga) barobar (ma’lum qilgan holda ahdni) ularga rad etingiz!» («Anfol» surasi, 58-oyat).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu meni Nahr kuni Minoda: «Bu yildan keyin mushrik haj qilmaydi, yalang‘och odam ham Baytullohni tavof qilmaydi!» — deb e’lon qiladirgan bir guruh kishilar birlan birga jo‘natdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:26:20
17-bob. Ahd qilib, so‘ng ahdiga xiyonat qilgan kishining gunohi haqida

Olloh taoloning qavli: «Siz ahdu va’dalarin olgan ul kofirlar, har gal (ahdu va’da berganlaridan) keyin, o‘z ahdu va’dalarin buzurlar» («Anfol» surasi, 56-oyat).

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Quyidagi) to‘rt illat kimda mavjud bo‘lsa, ul g‘irt munofiqdur: (har qanday narsa xususida) so‘zlasa, (ataylab) yolg‘on so‘zlar, (biror kori xayr qilmoqni) va’da qilsa, ustidan chiqmas, (biror mas’uliyatni) zimmasiga olsa, xiyonat qilur (yoxud biror omonat topshirilsa, xiyonat qilur) va xusumatlashsa (yoki bahslashsa), nomardlik qilur. Kimda bul xislatdardan (illatlardan) biri bo‘lgan bo‘lsa, (demak) unda toki uni tark etmaguncha, munofiqlik xislatlaridan (illatlaridan) biri bo‘lgan bo‘lur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:26:45
Bu yerda 10-bobdagi hadis takroran keltirilgan.

Sa’id razshllohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra (musulmonlarga): «Nechun (zimmiylardan) na biror dinor va na biror dirham jizya ololmay qoldingizlar, (boisini bilursizlarmi?)» — dedilar. Ular: «Qani aytingiz-chi, siz o‘zingiz buning boisi ne ekanligini bilurmisiz?» — deyishdi. Abu Hurayra: «Ha, albatta bilurman, Abu Hurayraning joni qo‘lida bo‘lmish zot haqi, As-Sodiq ul-Masduq (ya’ni, Hazrat Jabroil rost so‘zdan bo‘lak so‘z keltirmagan rostgo‘y Janob Rasululloh)ning so‘zlariga (ya’ni, o‘gitlariga amal qilinmagani boisidan shunday bo‘ldi!)» — dedilar. Ular: «Ul o‘git ne haqda erdi?» — deyishdi. Abu Hurayra: «(Ul o‘git shul haqda erdikim, musulmonlar zimmiylarga jabr-zulm qilib), Olloh taolo zimmasi (ahdi) va uning Rasuli zimmasi (ahdi) buzilur, keyin Olloh taolo zimmiylar beburdligini yanada oshirur va ular o‘z qullaridagi narsani (ya’ni, jizyani musulmonlarga) bermay qo‘yurlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:27:01
18-bob. Uch kunga yoki muayyan bir vaqtga sulh tuzmoq haqida

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qilmoqchi bo‘lganlarida Makkaga kirishlari uchun izn so‘ragani Makka ahliga odam yubordilar. Shunda Makka akobirlari ul zotga Makkada uch kundan ortiq turmaslikni, ul yerga faqat qiniga solingan qilichlar birlangina kirishlikni va mushriklardan birortasini Islomga da’vat qilmaslikni shart qilib quyishdi. Ikki o‘rtada tuzilayotgan sulh shartlarini Ali ibn Abu Tolib yozishga kirishdilar. Shunda ul kishi «Bu Ollohning rasuli Muhammadning hukm (qarori)dur» deb yozib qo‘ydilar. Ammo, mushriklarning akobirlari: «Agar bizlar sizni Ollohning rasuli, deb tan olganimizda erdi, Makkaga kirmog‘ingizga to‘sqinlik qilmay, sizga bay’at qilgan bo‘lur erdik. Shuning uchun «Bu Abdullohning o‘g‘li Muhammadning hukmi (qarori)dur» deb yozingiz!» — deyishdi. Jaiob Rasululloh: «Men, Olloh taolo haqi, (ayni vaqtda) Abdullohning o‘g‘li Muhammadman ham, Olloh taolo haqi, Ollohning rasuliman ham!» — dedilar. (Mushriklarning akobirlari o‘z shartlarida qattiq turib olishgach), Janob Rasululloh Hazrat Aliga: «Rasululloh degan so‘zni o‘chir!» — dedilar. Hazrat Ali: «Olloh taolo haqi, hech qachon o‘chirmasman!» — dedilar. Janob Rasululloh: «O’shal so‘zni menga ko‘rsat!» — dedilar. Hazrat Ali ko‘rsatib erdilar, ul zot o‘z qo‘llari birlan uni o‘chirdilar-da, («Bu Abdullohning o‘g‘li Muhammadning qaroridur» deb yozib qo‘ydilar).  So‘ng, (Makkaga) kirdilar. Uch kun o‘tgach, mushriklarning akobirlari Hazrat Alining oldilariga kelib: «Do‘stingga (hamrohingga) ayt, endi (bul yerdan) chiqib ketsin!» — deyishdi. Hazrat Ali ularning bul gaplarini Janob Rasulullohga eslatib erdilar, ul zot: «Ha, (darvoqe’)», — dedilar. So‘ng, (Makkadan barcha sahobalari birlan birgaliqda) chiqib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:27:38
19-bob. Muhlati ta’yin qilinmagan kelishuv va Janob Rasulullohning: «Olloh taolo sizlar xususingizda ne deb qaror qilgan bo‘lsa, biz ham shunday deb qaror qilurmiz!» — deb aytganlari

Bu yerda 6-bobdagi hadis takroran keltirilgan.

20-bob. Mushriklarning o‘laksalarini xorlab quduqqa tashlab yuborgani haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyalpohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (namoz o‘qiyotib) sajda qildilar. Shunda atroflarida bkr guruh Quraysh mushriklari turgan bo‘lib, (ulardan biri) Uqba ibn Abu Mu’iyt hayvon ichak-chavoqlarini olib kelib, ul zotning ustlariga tashladi. Janob Rasululloh boshlarini sajdadan ko‘tarmay turaverdilar. Shul asnoda qizlari Fotima alayhossalom kelib qolib, ichak-chavoqlarni ul zotning ustlaridan olib tashladilar-da, bul ishni qilgan odamni qarg‘adilar. Janob Rasululloh (namozni-tutatgach): «Yo parvardigoro, Quraysh (kofirlari)ni halok qilgil! Yo parvardigoro, Abu Jahl ibn Hishomni, Utba ibn Rabiy’ani, Shayba ibn Rabiy’ani, Uqba ibn Abu Mu’iytni va Umayya ibn Xalafni (yoki Ubay ibn Xalafni) halok qilgaysan!» — deb duoi bad qildilar. So‘ng, men Badr kuni ularni o‘ldirishib, Umayya (yoki Ubay)dan bo‘lak, barchasini quduqqa tashlab yuborishganini ko‘rdim. Chunki, Umayya (yoki Ubay) gavdali kishi bo‘lib, (jasadini ko‘tara olmay, quduq tomon) sudrashganda, quduqqa tashlamaslaridan burunroq ichak-chavogi chiqib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:27:53
21-bob. Xiyonatkorning gunohi (jazosi) haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) va Anas (ibn Molik) raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni har bir xiyonatkorning bayrog‘i bo‘lur»,— dedilar».

(Yuqoridagi roviylardan) biri: «(Qiyomat kuni har bir xiyonatkor turgan yerga uning bul dunyoda xoin bo‘lganligini anglatuvchi bayroq) o‘rnatib qo‘yilur», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:28:45
(Yuqoridagi roviylardan) ikkinchisi. «Qiyomat kuni (har bir xiyonatkor o‘shal) bayroq orqali mahshar ahliga ko‘rsatilib, ma’lum (sharmanda) qilinur», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qshadilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «(Qiyomat kuni) har bir xiyonatkorni (bul dunyoda qilgan) xoinligi uchun (sharmisor qilguvchi) bayroq o‘rnatib quyilur», — deb aytganlarini eshitdim».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath qilingan kuni: «(Bundan buyon Islomni fitnalardan olib qochmoq maqsadida bul yerdan bo‘lak bir joyga) hijrat qilinmas, lekin (Olpoh taolo yo‘lida) jihod (qilmoq uchun bul yerdan bo‘lak joylarga chiqmoqlik vojibdur) hamda (jihod qilganlik savobiga teng bir amali solihni ado etmoq) niyat(ida jihodga bormay, bul yerda qolmoq joizdur). Agar (jihodga) chaqirilsangizlar, chiqingizlar!» — dedilar. Janob Rasululloh Makka fath qilingan kuni yana: «Olloh taolo bul shaharni osmonlaru Yerni yaratgan kuniyoq muqaddas qilgandur. Bul shahar Olloh taoloning o‘zi muqaddas qilgan shahar bo‘lib, bunda urush qilmoqlik mendan ilgari biror kishiga ruxsat qilinmagandur. Menga ham bori-yo‘g‘i kunduzi bir soatgina bul yerda urush qilmoqqa ruxsat berildi, xolos. Olloh taoloning o‘zi to Qiyomat muqaddas qilgan bul shaharning daraxtlari kesilmas, qushu hayvonlari hurkitilmas, yo‘qotib qo‘yilgan narsasini (bir yil davomida topib olgani haqida) ovoza qilgan kishigina olur hamda o‘t-o‘lanlari yulinmas!» — deb marhamat qildilar. Shunda Abbos: «Yo Rasulalloh, faqat izxirni o‘rsak, maylimi?» — dedilar, chunki arablar undan temirchilikda va uylari(ning tomini yepish)da foydalanishar erdi. Janob Rasululloh: «Faqat izxirni bo‘lsa, mayli», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:28:59
Bismillahir rohmanir rohiym.

DASTLABKI YARATISH HAQIDA KITOB

Olloh taoloning «Va uldur ul zotiyki, avval boshda (dastavval) yaratib, so‘ng (qiyomatda) qayta yaratur (tiriltirur) va bu unga osonroqdur» («Ar-Rum» surasi, 27-oyat) degan qavli xususidagi hadislar:

Ar-Rabi’ ibn Xusaym va alHasan: «Har qanday ish unga osondur!» — deb aytishgan.

Imron ibn Husayn raziyallohu anhu bunday deb xabar qiladilar: «Banu Tamim qabilasiga mansub bir necha kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelishdi. Shunda Janob Rasululloh ularga: «Ey Banu Tamim, (jannatga kirish uchun qilmog‘ingiz lozim bo‘lgan amallar xususidagi) bashoratdan xursand bo‘lingizlar!» — dedilar. Banu Tamim kishilari: «(Bashoratingiz birlan) bizni xursand qildingiz, ammo biz hozir biror narsa bersangiz, deb kelgan erdik», — deyishdi. (Ularning bu gapidan) Janob Rasulullohning muborak yuzlari o‘zgarib ketdi. Keyin, huzurlariga yamanliklar kirib kelishdi. Janob Rasululloh ularga: «Ey yamanliklar! Bashoratni sizlar qabul qilingizlar, chunki uni Banu Tamim qabul qilmadi», — dedilar. Yamanliklar: «Qabul qildik!» — deb javob berishdi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh dastlabki yaratish hamda Arsh(ning o‘shal vaqtdagi holati) haqida so‘zlay boshladilar. Shul asnoda bir kishi qoshimga kelib: «Ey Imron! Tuyangiz yechilib ketdi», — dedi. Koshki (o‘shanda tuyamni tutaman deb) Janob Rasulullohning suhbatlarini tark etmagan bo‘lsam!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:29:18
Safvon ibn Muhriz Imron ibn Husayndan bunday deb eshitgan erkanlar: «Men tuyamni eshik zulfiga bog‘ladim-da, Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim. Shunda ichkariga Banu Tamim qabilasiga mansub bir necha kishi kirib keldi. Janob Rasululloh ularga: «Bashoratni qabul qilingizlar, ey Banu Tamim!» — dedilar. Ular: «Bizga ilgari ham bashorat qilgan erdingiz, endi bizga ikki bor tuhfa beringiz!»— deyishdi. Keyin, ul zotnikg huzurlariga bir necha yamanliklar kirib kelishdi. Janob Rasululloh ularga: «Ey yamanliklar, bashoratni qabul qilingizlar, Banu Tamim uni qabul  qilishdan bosh tortdi!» — dedilar. Yamanliklar: «Yo Rasulalloh, biz uni qabul qildik!» — deyishdi, so‘ng: «Biz shul xususda sizdan so‘ragali kelgan erdik» — deb aytishdi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh: «Olloh dastavval yakka o‘zi bo‘lgan, undan bo‘lak hech narsa bo‘lmagan, uning Arshi suv ustida bo‘lgan va u har bir narsani Lavhga yozib qo‘ygan-da, osmonlaru Yerni yaratgan», — dedilar. («Har bir narsani Lavhga yozib quygan» degan jumla Imron ibn Husaynning o‘zlari shaxsan rivoyat qilgan hadisda «osmonlaru Yerni yaratgan» degan jumladan keyin keladi). Shu vaqt bir kishi: «Tuyangiz yechilib ketdi, ey Husaynning o‘g‘li!» — deb chaqirib qoldi. Men tashqariga chiqib qarasam, tuyam shataloq otib qochib ketayotir, uning oldida sarob ham (tezlikda) ip esholmaydi. Xudo haqi, o‘shanda tuyamni quvishdan voz kechgan bo‘lganimda erdi!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:29:35
Toriq ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Men Umar raziyallohu anhuning bunday deb aytganlarini eshitdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oramizga kirib yaxshilab o‘ltirib oldilar-da, Olloh taoloning insonni dastlabki yaratishidan tortib, to jannat ahlining jannatga, do‘zax ahlining do‘zaxga kirishigacha bo‘lgan ma’lumotlarni bizga xabar qildilar. Bu gaplarni ba’zilar eslab qoldi, ba’zilar yodidan chiqarib yubordi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlari (hanuz) ko‘z oldimdadur: «Olloh taolo ayturki, «Odam bolasi meni haqorat qildi, vaholanki u meni haqorat qilmasligi lozim erdi, Odam bolasi meni yolg‘onchiga chiqardi, vaholanki u bunday demasligi lozim erdi! Uning meni haqorat qilganligi xususiga kelsak, u: «Ollohning bolasi bor», — deydi, uning meni yolg‘onchiga chiqarganligi xususiga kelsak ersa, u: «Olloh meni ilgari yaratganidek qayta tiriltira olmaydi»,— deydi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo (insonu butun borliqni) yaratib bo‘lgach, o‘z dargohidagi Arsh tepasida joylashgan Lavhi Mahfuziga «Mening rahmatim g‘azabimdan ustunlik qildi» deb yozib qo‘ydi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:29:54
1-bob. Yetti Yer (yoki yetti qavat Yer) haqidagi hadislar va Olloh taoloning «Olloh ul zotiydurki, yaratibdur yetti osmonni va Yerdan ham ularning misollarini, tushib (tarqalib) turur Ollohning hukmi ularning oralariga, to bilingizlarki, albatga Olloh har narsaga qodirdur va batahqiq Olloh har narsani o‘z ilmi ihotasiga olgandur» degan qavli xususida («At-Taloq» surasi, 12-oyat)

(Yetti Yer — har qaysisi alohida bir kurra yoki shul biz turgan Yerning o‘zi yetti qavat, yana Olloh taoloning o‘zi yaxshiroq bilur).

Muhammad ibn Ibrohim rivoyat qiladilar: «Abu Salama ibn Abdurrahmon yer xususida odamlar birlan xusumatlashib qolib, Oisha onamizning huzurlariga kirdi-da, shul haqda ul muhtaramaga aytdi. Oisha onamiz: «Ey Abu Salama, yer xususida ehtiyot bo‘lgil, chunki Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qarich keladirgan yerni (bo‘lsa ham) zulm bilan o‘zlashtirib olgan kimsa bo‘yniga yetti qavat Yerdan iborat tavqi (la’nat) ilingay!» — deb aytganlar», — dedilar».

Solim otalaridan bunday deb eshitgan erkanlar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki o‘zining haqi bo‘lmagan yerdan (bir qarichini tortib) olsa (ham), Qiyomat kuni o‘shal yer birlan yetti (qavat) Yer tubiga tushib ketur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:30:26
1-bob. Yetti Yer (yoki yetti qavat Yer) haqidagi hadislar va Olloh taoloning «Olloh ul zotiydurki, yaratibdur yetti osmonni va Yerdan ham ularning misollarini, tushib (tarqalib) turur Ollohning hukmi ularning oralariga, to bilingizlarki, albatga Olloh har narsaga qodirdur va batahqiq Olloh har narsani o‘z ilmi ihotasiga olgandur» degan qavli xususida («At-Taloq» surasi, 12-oyat)

(Yetti Yer — har qaysisi alohida bir kurra yoki shul biz turgan Yerning o‘zi yetti qavat, yana Olloh taoloning o‘zi yaxshiroq bilur).

Muhammad ibn Ibrohim rivoyat qiladilar: «Abu Salama ibn Abdurrahmon yer xususida odamlar birlan xusumatlashib qolib, Oisha onamizning huzurlariga kirdi-da, shul haqda ul muhtaramaga aytdi. Oisha onamiz: «Ey Abu Salama, yer xususida ehtiyot bo‘lgil, chunki Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qarich keladirgan yerni (bo‘lsa ham) zulm bilan o‘zlashtirib olgan kimsa bo‘yniga yetti qavat Yerdan iborat tavqi (la’nat) ilingay!» — deb aytganlar», — dedilar».

Solim otalaridan bunday deb eshitgan erkanlar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki o‘zining haqi bo‘lmagan yerdan (bir qarichini tortib) olsa (ham), Qiyomat kuni o‘shal yer birlan yetti (qavat) Yer tubiga tushib ketur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:30:38
Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Zamon Olloh taolo osmonlaru Yerni yaratgan kundagi hay’atidek (bir bor) aylanib bo‘ldi. Yil o‘n ikki oydan iboratdur. Ulardan to‘rttasi muqaddas bo‘lib, ana shu to‘rttadan uchtasi — zulqa’da, zulhijja va muharram oylari ketma-ket keladi, to‘rtinchisi — rajab (muzar) oyi ersa jumodassoniy birlan sha’bon oylari oralig‘idadur».

Hishom rivoyat qiladilar: «Arva degan bir ayol Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayl birlan yer xususida xusumatlashib qolib, uning ustidan Marvonga shikoyat qildi. Shunda Sa’id: «Xudo haqi, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Bir qarich keladirgan yerni (bo‘lsa ham) zulm birlan o‘zlashtirib olgan kimsa buyniga yetti (qavat) Yerdan iborat tavqi (la’nat) ilingay!» deb aytganlarini eshitganman, shuni bila turib nahotki uning haqiga ko‘z olaytirsam!» — dedi».

Hishom: «Sa’id menga: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdim» — deb aytdi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:30:55
2-bob. Yulduzlar haqida

Qatoda raziyallohu anhu Olloh taoloning «Darhaqiqat, Biz (Yerga) eng yaqin osmonga chirog‘lar (yulduzlar) ila ziynat berdik... («Mulk» surasi, 5-oyat) degan qavlini tilovat qilgach: «Olloh taolo bul yulduzlarni uch maqsadda — osmonga ziynat, shaytonlarga otiladirgan tosh hamda bandalariga yo‘l ko‘rsatuvchi alomatlar bo‘lmog‘i uchun yaratdi. Kimki bul oyatni bundan bo‘lakcha talqin qilsa, yanglishgan, oxirat nasibasini boy bergan va o‘zi bilmagan (aqli yetmagan) narsa xususida o‘zboshimchalik birlan fikr yuritib, o‘zini o‘zi kulfatga qoldirgan bo‘lur!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:31:06
3-bob. Quyosh ham, Oy ham (aniq) hisob-o‘lchov birlan (yurib turur)

Ibrohim at-Taymiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh botgach, Abu Zarrga: «Quyosh qayoqqa ketayotganini bilurmisan?» — dedilar. «Olloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq bilur, deb javob qildim», — deydilar Abu Zarr. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Darhaqiqat, u Arsh poyiga sajda qilgani ketayotir. Keyin, u (sajda qilgali) izn so‘ragay, unga izn berilgay. (Bir kuni) Quyosh endi sajda qilaman deganida sajdasi qabul qilinmagay, u yana izn so‘ragay, lekin unga izn berilmagay. Unga: «Kelgan yeringga qaytgil!» — deyilgay va Quyosh botgan yeridan (g‘arbdan) chiqqay. Mana bu Olloh taoloning qavli: «Va nishondur (belgidur) Quyosh ham (ular uchun), qaysiki yurib turur o‘ziga muqarrar bo‘lgan joy tomon, budur g‘olib, ilmlik zotning ta’yini» («Yosin» surasi, 38-oyat)». (Janob Rasululloh «Quyosh botgan yeridan chiqqay» deganlarida Quyoshning Qiyomat kuni g‘arb tomondan chiqmog‘ini nazarda tutganlar).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni Quyosh va Oy ikkisi uraladi (nursizlanadi, salla yanglig‘ o‘raladi)» — debdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:31:22
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Darhaqiqat, Quyosh va Oy biror kishining o‘limi va biror kishining hayot erkanligi tufayli tutilmaydi, ammo ular Olloh taoloning oyatlaridan ikki oyatdur (ikki mo‘jizadur), ularning tutilganini ko‘rsangiz, darhol namoz o‘qingiz!».

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, Quyosh va Oy Olloh taoloning oyatlaridan ikki oyatdur, ular biror kimsaning o‘limi va biror kimsaning hayot erkanligi tufayli tutilmaydi, agar ularning tutilganini ko‘rsangizlar. Olloh taoloni zikr qilmangizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:31:35
Oisha raziyallohu anho bunday deb xabar qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilgan kuni qiyomda turib takbir aytdilar va uzoq qiroat qildilar. So‘ng, uzoq ruku’ qildilar, keyin boshlarini ko‘tarib: «Sami’allohu liman hamidah», — dedilar-da, ilgarigidek qadlarini rostladilar, so‘ng uzoq qiroat qildilar, ammo bu galgi qiroatlari avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi. Keyin, uzoq ruku’ qildilar va bu ruku’ ilgarigisidan qisqaroq bo‘ldi. So‘ng, uzoq sajda qildilar. Keyin, oxirgi rakatda ham shunday qildilar, so‘ng ikki yelkalariga salom berdilar. Shunda Quyosh barq urib turar erdi. Odamlarga xutba qildilar, xutbada Quyosh va Oy tutilishi xususida so‘zlab, ularning Olloh taolo oyatlaridan ikki oyat erkanligini, ular biror kishining o‘limi yoki hayoti erkanligi tufayli tutilmasligini uqtirdilar-da, so‘nsh «Ularning tutilganini ko‘rsangiz, darhol namoz o‘qingizlar!»— dedilar».

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh va Oy biror kishining o‘limi yoki hayot erkanligi sababli tutilmaydi, ammo ular Olloh taoloning oyatlaridan ikki oyatdur. Agar ularni tutilganini ko‘rsangiz, namoz o‘qingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:31:46
4-bob. Olloh taoloning «Va uldur ul zotiyki, yuboribdur shamollarni (obi) rahmatidin avval bashoratchi qilib» degan qavli xususida («Al-Furqon» surasi 48-oyat)

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sabo (sharqdan esadirga shamol) birlan g‘olib qilindim va Od qavmi dabur (g‘arbdan esadirgan shamol) birlan halok qilindi», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho bunday deb xabar qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmonda biror alomat (bulut) ko‘rsalar, (xavotir olib) dam oldinga va dam ketinga yurar, hadeb ichkariga kirib chiqaverar erdilar. Agar yomgir yog‘a boshlasa, ko‘ngillari tinchir erdi».
Oisha onamiz ul zotdan buning‘ boisini surishtirganlarida Janob Rasululloh: «Vaqtiki ular ko‘rdilar ul azobniki bulut suratida ularning vodiylari tomon kelur...» («Al-Ahqof» surasi, 24-oyat) degan oyati karimani qiroat qilibdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:31:56
5-bob. Maloikalar zikri (ularga Olloh taoloning salavoti bo‘lsin!)

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Darhaqiqat, maloikalardan bo‘lmish Jabroil alayhissalom yahudiylarning dushmanidurlar», — dedilar. Ibn Abbos ersalar: «Farishtalar: «Darhaqiqat, bizlar (Olloh taoloning amriga hozir holda) saf tortib turguvchilardurmiz, deb aytganlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:32:07
Molik ibn Sa’sa’a rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir mahal men Baytulloh yonida uyqu bo‘lib uyqumas, uyg‘oq bo‘lib uyg‘oqmas holda yetgan erdim, Hazrat Jabroil ikki yonlarida ikki farishta birlan keldilar. Farishtalardan biri hikmatu iymonga limmo-lim bir oltin jomni keltirdi. Hazrat Jabroil kukragimni tomog‘imning pastidan to me’damgacha yorib, ichini zamzam suvi birlan yuvdilar. So‘ng, uni hikmatu iymon birlan to‘ldirdilar. Keyin, xachirdan kichik, eshakdan kattaroq «Buroq» deb atalmish bir oq ulov keltirildi. (Uni minib) Hazrat Jabroil birlan eng yaqin osmonga chiqdim. (Ul yerda): «Kim bul?» — deb so‘raldi. Hazrat Jabroil: «Bul menman», — dedilar. «Yoningdagi kim?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Bul Muhammaddur», — dedilar. «Bul kimsani Olloh taolo huzuriga chorlab erdimi?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Ha», — dedilar. Shunda: «Marhabo, qadamlariga hasanot!» —deyildi. Keyin, men Odam alayhissalomning qoshlariga borib salom berdim. Ul kishi: «Marhabo, ey farzand (o‘g‘il), ey payg‘ambar!» — dedilar. So‘ng, biz ikkinchi osmonga chiqdik. Ul yerda (ham): «Kim bul?» — deb so‘raldi. Jabroil alayhissalom: «Bul menman», — dedilar. «Yoningdagi kim?» — deyildi. Jabroil alayhissalom: «Bul Muhammad sallallohu alayhi va sallamdur», — dedilar. «Bul kishini Olloh taolo huzuriga chorlab erdimi?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Ha», — dedilar. «Marhabo, qadamlariga hasanot!» — deyildi. Keyin, men Iso va Yahyo alayhissalom qoshlariga bordim. Ikkalalari ham: «Marhabo, ey birodar, ey payg‘ambar!» — deyishdi. Shundan keyin, biz uchinchi osmonga chiqdik. Ul yerda ham: «Kim bul?»— deb so‘raldi. Hazrat Jabroil: «Bul menman», — dedilar. «Yoningdagi kim?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Bul Muhammaddur», — dedilar. «Bul kishini Olloh taolo huzuriga chorlab erdimi?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Ha», — dedilar. «Marhabo, qadamlariga hasanot!» — deyildi. So‘ng, men Yusuf alayhissalomning qoshlariga borib salom berdim. Ul kishi: «Marhabo, ey birodar, ey payg‘ambar!» — dedilar. Keyin, biz turtinchi osmonga chiqdik. Ul yerda (ham): «Kim bul?» — deb so‘raldi. Hazrat Jabroil: «Bul menman», — dedilar. «Yoningdagi kim?!» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Bul Muhammad sallallohu alayhi va sallamdur», — dedilar. «Bul kishini Olloh taolo huzuriga chorlagan erdimi?» — deyildi. Jabroil alayhissalom: «Ha», — dedilar. «Marhabo, qadamlariga hasanot!» — deyildi. So‘ng, men Idris alayhissalomning qoshlariga borib salom berdim. Ul kishi: «Marhabo, ey birodar, ey payg‘ambar!» — dedilar. Keyin, biz beshinchi osmonga chikdik. Ul yerda (ham): «Kim bul?» — deb so‘raldi. Jabroil alayhissalom: «Bul menman», — dedilar. «Yoningdagi kim?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Bul Muhammaddur», — dedilar. «Bul kishini Olloh taolo huzuriga chorlagan erdimi?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Ha», — dedilar. «Marhabo, qadamlariga hasanot!» — deyildi. So‘ng, biz Horun alayhissalomning qoshlariga bordik, men ul kishiga salom berib erdim, «Marhabo, ey birodar, ey payg‘ambar!» — deb javob qildilar. Keyin, biz oltinchi osmonga chiqdik. Ul yerda ham: «Kim bul?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Bul menman», — dedilar. «Yoningdagi kim?» deyildi. Jabroil alayhissalom: «Bul Muhammad sallallohu alayhi va sallamdur», — dedilar. «Bul kishini Olloh taolo huzuriga chorlab erdimi?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Ha»,— dedilar. «Marhabo, qadamlariga hasanot!» — deyildi. Keyin, men Muso alayhissalomning qoshlariga borib, salom berdim. Ul kishi: «Marhabo, ey birodar, ey payg‘ambar!» — dedilar. So‘ng, `nlaridan o‘tib ketayotganimda yig‘lab yubordilar. Shunda: «Sizni yig‘latgan nedur?» — deyildi. Ul kishi: «Yo parvardigoro, mendan keyin payg‘ambar qilib yuborilgan bul yigitchaning jannatga kiradirgan ummatlari mening jannatga kiradirgan ummatlarimdan (ko‘pdur)» — dedilar. So‘ng, biz yettinchi osmonga chiqdik. Ul yerda (ham): «Kim bul?»— deyildi. Hazrat Jabroil: «Bul menman», — dedilar. «Yoningdagi kim?» — deyildi. Jabroil alayhissalom: «Bul Muhammaddur», — dedilar. «Bul kishini Olloh taolo huzuriga chorlagan erdimi?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Ha», — dedilar. «Marhabo, qadamlariga hasanot!» — deyildi. Ksyin, men Ibrohim alayhissalomning qoshlariga borib salom berdim. Ul kishi: «Marhabo, ey farzand (o‘g‘il), ey payg‘ambar!» — ; dedilar. So‘ng, menga «Al-Bayt ul-ma’mur» ko‘rsatildi. Men. «Bu qanday uy?» — deb Hazrat Jabroildan so‘radim. Hazrat Jabroil: «Bul Al-Bayt ul-ma’mur bo‘lib, har kuni unda yetmish ming farishta namoz o‘qigay, agar ular chiqsalar, unga boshqa qaytib kirolmaslar (chunki, farishtalar shunchalik ko‘pki, ul srga yana kirib namoz o‘qimoqqa ularga boshqa navbat tegmas)», — dedilar. Ksyin, menga «Sidrat ul-muntaho» («So‘nggi, yettinchi osmondagi nilufar daraxti») ko‘rsatildi. Qarasam, uning mevalari Hajar ko‘zasidek va barglari fil quloqlaridek, uning tagida ersa, to‘rt daryo oqib turibdi. Ulardan ikkitasi yashirin va ikkitasi zohir erdi. Men Hazrat Jabroildan: «Bular qanday daryolar?» — deb so‘radim. Jabroil alayhissalom: «Ikki yashirin daryo xususiga kelsak, ular jannatdadur, zohir ikki daryo ersa Nil va Furot daryolaridur», — dedilar. Keyin, menga ellik vaqt namoz farz qilindi. Men ortimga qaytib, Muso alayhissalom qoshlariga yetib keldim. Ul kishi: «Rabbingiz nelarni amr qildi?» — dedilar. «Menga ellik vaqt namoz farz qilindi», — dedim. Ul kishi: «Men odamlarni sizdan ko‘ra yaxshiroq bilurman, Banu Isroilni Olloh taoloning hukmlariga itoat ettirmoq uchun benihoyat ko‘p urindim. Darhaqiqat, ummatingiz ellik vaqt namozga bardosh berolmagay, rabbingizning huzuriga (qaytib, bir oz kamaytirmog‘ini so‘rangiz!» — dedilar. Men rabbimning huzuriga qaytib borib, (ellik vaqt namozni) kamaytirmog‘ini so‘radim. Rabbim qirq vaqt namozni farz qildi. Keyin, men shul tariqa rabbimning huzuriga qayta-qayta iltimos qilib boraverdim, rabbim o‘ttiz, keyin yigirma, so‘ng o‘n vaqt namozni farz qildi. Shundan so‘ng, Muso alayhissalomning qoshlariga qaytdim, ul kishi meni avvalgidek rabbimning huzuriga qaytardilar. Shunda rabbim besh raqt namozni farz qildi. Keyin, men Muso alayhissalomning qoshlariga bordim, ul kishi menga: «Ne qildingiz?» — dedilar. Men: «Besh vaqt namozni farz qildi», — dedim. Shunda ul kishi yana qaytib bormog‘im lozimligini aytdilar. Men: «Rabbimdan istihola qilurman, so‘nggi marta huzuriga borganimda: «Darhaqiqat, men farzimga imzo qo‘ydim (uni endi kamaytirmasman), bandalarimga yengillik tug‘dirib berdim», — deb nido qilindi. Rabbim, har gal farzini kamaytirmog‘ini so‘rab borganimda, o‘ntadan kamaytirib bandalariga marhamat qildi», — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:32:17
Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Har qaysingizning vujudingiz onangiz qornida qirq kunda tarkib topgay, so‘ng yana shuncha kunda laxta qonga va yana shuncha kunda bir parcha etga aylangay. Keyin, Olloh taolo (onangiz qorniga) bir farishtani yuborib, unga to‘rt so‘zni, ya’ni qanday ishlar qilmog‘ingizni, rizqingizni, umringizni va baxtsiz yokim baxtli ekanligingizni yozib quymoqni amr qilgay. So‘ng, jismingizga ruh pudalgay. Sizlardan qaysiningizdir o‘zi birlan jannat o‘rtasida bir tirsak masofa qolguncha amali solihlar qilib yurgay-da, pirovardida (onasi qornida bitilgan) taqdiri unga peshvoz chiqib, jahannam ahliga mansub bir ishni qilib qo‘ygay va sizlardan qaysiningizdir o‘zi birlan jahannam o‘rtasida bir tirsak masofa qolguncha do‘zaxiylarga xos ishlarni qilib yurgay-da, pirovardida (onasi qornida bitilgan) taqdiri unga peshvoz chiqib, jannat ahliga mansub bir ish qilgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:32:27
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Agar Olloh taolo biror bandasini sevib qolsa, Hazrat Jabroilga: «Darhaqiqat Olloh taolo falon bandasini sevib qoldi, sen ham uni sevgil!» — deb nido qilgay. Shunda Jabroil alayhissalom uni sevib qolgaylar-da, osmon ahliga: «Darhaqiqat Olloh taolo falon bandasini sevib qoldi, sizlar ham uni sevingizlar!» — deb nido qilgaylar. Shunda osmon ahli ham o‘shal bandani sevib qolgay. Ana shundan so‘nggina yerdagilar (odamlar) qalbida unga nisbatan muhabbat paydo bo‘lgay».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitdim: «Darhaqiqat farishtalar bulutlarga qo‘nib olishib, osmonda hukm qilingan ishlarni eslab o‘zaro suhbatlashishgay. Shunda shaytonlar (jinlar) o‘g‘rincha quloq solishib, ularning gapini eshitib olishgay-da, unga o‘zlaridan yuz turli yolg‘on-yashiq gaplarni qo‘shishib kohinlarga yetkazishgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:32:38
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar jum’a kuni bo‘lsa farishtalar masjidning har bir eshigi oldida turib olishib, masjidga kelayotganlarni birin-ketin ruyxatga olishgay. Imom borib joyiga o‘ltirgach ersa, daftarlarini yopishgay-da, namozxonlarga yaqin borib Olloh taoloning zikriga (xutbaga) quloq solishgay», — dedilar».

Sa’id ibn al-Musayyab rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar masjidga kirganlarida (shoir) Hasson Olloh taologa iltijo qilib o‘ltirgan erdi. Shunda u: «Men sizdan yaxshiroq kishiga  (ya’ni, Janob Rasulullohga) Olloh taolodan falon va falon narsalarni tilab iltijo qilayotgan erdim», — dedi. So‘ng, Abu Hurayraga o‘girilib: «Xudo haqi, sizdan o‘tinib so‘rayman, siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning menga: «Yo parvardigoro, Janob Rasulullohga Jabroil alayhissalom birlan ko‘mak bergil!» deb (mening xususimda) iltijo qilgil!» — deganlarini eshitganmisiz?» — dedi. Abu Hurayra: «Ha», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:32:51
Baro raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hassonga: «Ularni (kofirlarni) hajv qil, Hazrat Jabroil senga madadkordurlar!» — dedilar».

Humayd ibn Hilol rivoyat qiladilar. «Anas ibn Molik  raziyallohu anhu: «Men Banu G’anam qabilasi yo‘lida ko‘tarilgan changni hozir ham ko‘rib turgandekman», — dedilar. Muso: «Bu Jabroil atayhissalomning (farishtalardan iborat) chavandoz lashkarlari erdi» — deb qo‘shimcha qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:33:05
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Al-Hars ibn Hishom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Sizga vahiy qay tariqa kelgay?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Menga barcha vahiyni farishta olib kelur, u ba’zan qo‘ng‘iroq jarangi yanglig‘ kelib, uning aytganlarini ongimga jo qilib olganimdan so‘ng meni tark etgay. U shul tariqa vahiy keltirganida menga nihoyatda qiyin bo‘lgay. Ba’zan u odam qiyofasida ko‘rinib menga so‘zlagay va men uning aytganlarini ongimga jo qilib olgayman», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo yo‘lida nima bo‘lsa ham bir juftdan ehson qilgan kishini jannat xazinachisi «Tezda beri kel!» deb huzuriga chorlagay» deganlarini eshitdim. Shunda Abu Bakr: «Men o‘shanday (jannat xazinachisi chorlaydirgan) kishi bo‘lmoqqa intilgum!» — , dedilar. Janob Rasululloh: «Men (ham) sizning o‘shanday kishilardan biri bo‘lmog‘ingizni istayman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:33:15
Abu Salama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha onamizga:  «Ey Oisha, Hazrat Jabroil senga salom aytyaptilar», — dedilar. Oisha onamiz: «Ul kishiga ham salom va Olloh taoloning rahmati va barakoti bo‘lsin! Siz (Janob Rasululloh) men ko‘ra olmaydirgan narsani ko‘rursiz», — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Jabroil alayhissalomga: «Bizning huzurimizga bundan ziyodroq kelib tursangiz bo‘lmaydimi?!» — dedilar. Hazrat Jabroil: «Bundan ilgari ham faqat Olloh taoloning amri birlan huzuringizga tushganman va bundan keyin ham uning amri birlangina huzuringizga tushgaymiz, bizning kelgusi va sobiq barcha ishlarimiz uning irodasiga bog‘liqdir!» — deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:33:28
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Jabroil alayhissalom Qur’onni menga bir tovushda o‘qitdilar, men ko‘proq trvushlarda o‘qitmoqlarini iltimos qilaverganimdan so‘ng, ul kishi uni yetti tovushga (harfga) yetkazdilar» — deb aytdilar Janob Rasululloh».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eng (o‘ta) saxovatli kishi erdilar, ul zotning saxovatlari, ayniqsa, ramazon oyida Hazrat Jabroil huzurlariga kelganda benihoyat ortib ketar erdi. Jabroil alayhissalom ramazon oyida har kecha ul zotning huzurlariga kelib Qur’on o‘rgatar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Hazrat Jabroil huzurlariga kelgan kezlardagi saxovatlari bo‘rondan ham tezroq erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:33:37
Abu Hurayra va Fotima raziyallohu anhumo rivoyat qilishadiki, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohni Qur’ondan imtihon qilur erkanlar.

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Umar ibn Abdulaziz asr namozini bir oz kechiktirdi. Shunda Urva ul kishiga: «Ammo, Hazrat Jabroil osmondan tushib Janob Rasulullohning oldilarida namoz o‘qiganlar», — dedi. Umar ibn Abdulaziz: «Nima demoqchi bo‘lganingni bilib turibman, ey Urva!» — dedi. Urva bunday deb javob qildi: «Men bul xususda Bushayr ibn Abu Mas’ud birlan Abu Mas’uddan va hatto Janob Rasulullohning o‘zlaridan eshitganman, ul zot bunday degandilar: «Jabroil alayhissalom osmondan huzurimga tushib, meni o‘rnimdan turgizdilar. Keyin, men ul kishi birlan namoz o‘qidim, so‘ng birga (yana) namoz o‘qidim, so‘ng birga (yana) namoz o‘qidim, so‘ng birga (yana) namoz o‘qidim, so‘ng birga (yana) namoz o‘qidim». Urva yuqoridagi gaplarni aytayotib barmoqlari birlan besh (vaqt) namozni sanadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:33:45
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Jabroil alayhissalom menga: «Ummatlaringizdan kimki Olloh taologa zarracha shirk keltirmay vafot etsa, jannatga kirgay (yoki do‘zaxga sira kirmagay)», —dedilar. Shunda men: «Zino qilgan bo‘lsa-chi, o‘g‘rilik qilgan bo‘lsa-chi?» — dedim. Hazrat Jabroil: «Shunday qilgan bo‘lsa ham», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Farishtalar tunda ham, kunduzi ham o‘rin almashib navbatchilik qilgaylar. Keyin, ular bomdod va asr namozida to‘planishgay. So‘ng, tunda sizlarning orangizda bo‘lgan farishtalar Olloh taoloning huzuriga chiqishgay. Olloh taolo, o‘zi yaxshi bilsa-da, ulardan: «Bandalarimni qay holda tark etdingizlar?» — deb so‘ragay. Farishtalar: «Qaytib kelayotganimizda ham, borganimizda ham ular namoz o‘qiyotgan erdilar», — deyishgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:33:57
6-bob. Qaysiningizdir «omin» desangiz-u, osmonda farishtalar ham «omin» desalar va siz birlan ularning «omini» aynan bir vaqtga muvofiq kelib qolsa, Olloh taolo sobiq gunohlaringizni mag‘firat qilgay!

Oisha raziyallohu anho bunday deb xabar qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga atab gilamga o‘xshash suratlari bor bir yostiq tikdim. O’shal kuni ul zot ko‘chalan kelib (ichkariga kirmay) uy ostonasida to‘xtab qoldilar, (g‘azabdan) yuzlari o‘zgarib ketdi. Buni ko‘rib men: «Yo Rasulalloh, biz (ayollar) ne gunoh qilib quydik?» — dedim. Janob Rasululloh: «Mana bul yostiq bul yerda ne qilib turibdur?» — dedilar».
Shunda Oisha onamiz: «(Boshingizga qo‘yib) yotmog‘ingiz uchun tikib erdim» — deb javob qilibdilar. Janob Rasululloh: «Axir, sen farishtalarning surat bor uyga kirmasliklarini hamda surat chizgan kishiga Qiyomat kuni azob berilishini va bundaylarga: «O’zingiz yaratgan narsaga jon ato etingiz!» — deb amr qilinishini bilmasmi erding?!» — debdilar.

Abu Talha raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Farishtalar it va surat bor uyga kirmagaylar» — deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:34:12
Zayd ibn Xolid Busr ibn Sa’id birlan Ubaydulloh al-Xavaloniyga: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farishtalar surat bor uyga kirmagaylar» — deb aytdilar», — debdilar.

Busr raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Bir kuni) Zayd betob bo‘lib qolib, biz uni kurgani bordik. Uyida o‘ltirganimizda suratli (chiziqli) parda osigliq erkanligiga ko‘zimiz tushdi. Shunda men Ubaydulloh al-Xavaloniyga: «Zayd bizga suratlar xususida gapirmaganmidi?!» — dedim. Ubaydulloh: «Sen uning matoda (chiziqdan) bo‘lak surat bo‘lmasligi lozimligini aytganini eshitmaganmi erding?» — dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. Ubaydulloh: «Ha, u shunday deb eslatgandi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:34:27
Solimning otalari bunday deb xabar beradilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Jabroil alayhissalom birlan uchrashdilar. Shunda Jabroil alayhissalom: «Biz (farishtalar) surat va it bor uyga kirmagaymiz!, — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Imom: «Sami’allohu liman hamidah» — deganida, sizlar: «Ollohumma rabbano lakal-hamd» — deb aytingizlar! Shunda kimning so‘zi maloikalar so‘ziga muvofiq kelib qolsa, Olloh taolo uning sobiq gunohlarini mag‘firat qilgay», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:34:39
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz namozda bo‘lsangiz, namoz birlan mashg‘ul bo‘lib turganingizda farishtalar: «Yo parvardigoro, namozini tugatmasidan burun uni mag‘firat qilgaysan va unga rahm etgaysan!» - deb turgaylar»,— dedilar».

Safvon ibn Ya’loning otalari rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib: «Va faryod qilurlarki, ey Molik...» — deya qiroat qilayotganlarini eshitdim». («Az-Zuxruf» surasi, 77-oyat, «Molik» — jahannam farishtalari sardorining nomi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:34:49
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari — Oisha onamiz ul zotga: «Boshingizga Uhud kunidan og‘irroq kun tushganmi?» — dedilar. Janob Rasululloh bunday deb javob qildilar: «Qavming menga ko‘p kulfatlar keltirgan bo‘lib, Aqaba kuni ular menga keltirgan kulfat eng og‘ir kulfat bo‘lgan. O’shanda men Ibn Abd Yolil ibn Abd Kalolga uchragan va u men istagan narsaga mutlaqo ko‘nmagan erdi. Keyin, men xavotirlik birlan xayolga cho‘mgan holda yo‘limda davom etgan va Qarnussa’olib degan joyga yotganimdagina o‘zimga kelgan erdim. Bir mahal boshimni kutarib qarasam, bulut ostida turibman-u, u menga soya solib turibdi. Tikilib qarab, bulut ichra Hazrat Jabroil alayhissalomga ko‘zim tushdi. Ul kishi menga nido qilib: «Darhaqiqat, Olloh taolo qavmingizning sizga ne deganini va sizga ne deb e’tiroz bildirganini eshitdi. U sizning huzuringizga tog‘lar farishtasini yubordiki, qavmingizga nisbatan o‘zingiz istagan chorani ko‘rmoqlikni unga amr qilgaysiz», — dedilar. So‘ng, tog‘lar farishtasi menga nido qilib salom berdi-da: «Ey Muhammad alayhissalom, men sizning xohishingizni bilmoqchidurmen, ne chora ko‘rmoqni istasangiz, darhol ul yaramaslarga nisbatan qo‘llagumdir!» — dedi. Men unga: «Men istardimki, Olloh taolo ularning pushti kamaridan Olloh taologa zarracha shirk keltirmay, uning yolg‘iz o‘zigagina ibodat qiladirgan farzandlarni dunyoga keltirsa!» — dedim».

Abu Ishoq ash-Shayboniy rivoyat qiladilar: «Men Zarr ibn Hubayshdan Olloh taoloning «Keyin, (Jabroil alayhissalom) ikki kamon qadar yo undan ham yaqinroq bir yerda to‘xtadi-da, Olloh taolo bandasiga (Muhammad alayhissalomga) tushirgan vahiyni keltirdi» degan qavli («An-Najm» surasi, 9— 10-oyatlar) xususida so‘radim. Shunda Ibn Mas’ud bizga: «Ul zot Hazrat Jabroilning olti yuzta qanotlari borligini ko‘rganlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:35:00
Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu Olloh taoloning «Darhaqiqat, (Muhammad alayhissalom) parvardigorining buyuk nishonlaridan birini (ya’ni, Olloh taoloning buyuk qudrat sohibi ekanligini ko‘rsatuvchi dalillardan birini) ko‘rdi» («An-Najm» surasi, 18-oyat) degan qavli xususida so‘zlab: «Janob Rasululloh Jabroil alayhissalomning osmon ufqini to‘sib turgan yashil qanotlarini ko‘rganlar», — dedilar.

Oisha raziyallohu anho bunday dedilar: «Kimki: «Janob Rasululloh parvardigorlarini ko‘rganlar» — deb aytsa, lof urgan bo‘lur. Ammo, ul zot Hazrat Jabroilning asl qiyofalarini ko‘rganlar. Hazrat Jabroilning gavdalari ufqni ul chetidan bul chetiga qadar to‘sib turgan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:35:12
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Oisha raziyallohu anhoga: «Olloh taoloning «So‘ng, u yaqinlashib pastladi, keyin ikki kamon qadar yo undan ham yaqinroq bir yerda to‘xtadi-da...» degan oyatlari mazmuni qanday?» — dedim. Oisha onamiz: «Bul o‘shal Hazrat Jabroil bo‘lib, Janob Rasulullohning huzurlariga odam (erkak) qiyofasida kelib turar erdilar. Bu gal ersa Hazrat Jabroil o‘z qiyofalarida keldilarki, gavdalari ufqni (bugunlay) to‘sib turgan erdi», — dedilar».

Sumra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men tunda huzurimga ikki kishining kelganini ko‘rdim. Ular (meni xo‘b sayr qildirishgach): «Boyagi o‘t yoqayotgan kishi Molik bo‘lib, jahannam xazinachisidur, men ersam Jabroilman, bu ersa Mikoildir», — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:35:26
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar kishi o‘z xotinini to‘shagiga chorlasa-yu, u bosh tortib kelmasa va er tuni birlan undan g‘azablanib chiqsa, maloikalar ul xotinni tongga qadar la’natlashgay».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilarki, ul kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «Keyin, birmuncha vaqt menga vahiy kelmay qo‘ydi. Bir mahal men (ko‘chada) yurib ketayotgan erdim, nogahon osmondan kelayotgan bir ovozni eshitib qoldim. Shunda nigohimni osmonga qaratib erdim, Hiro’ g‘orida huzurimga kelgan farishtaning osmon birlan yer oralig‘ida kursida o‘ltirganini ko‘rdim. Undan qo‘rqqanimdan hatto yerga yiqilib tushdim, so‘ng oilamga borib: «Meni o‘rab (yashirib) qo‘yingizlar, meni o‘rab qo‘yingizlar!» — dedim. Shunda Olloh taolo «Ey burkanib olgan bandam, o‘rningizdan turingiz-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogoxdantiringiz! Yolg‘iz parvardigoringizni ulug‘langiz, liboslaringizni pok tutingiz, butlardan yiroq bo‘lingiz!» degan oyati karimalarini nozil qildi» («Muddassir» surasi, 1—5-oyatlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:35:35
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men Isro’ kechasi Muso alayhissalomni ko‘rdim, ul kishi qorachadan kelgan, baland bo‘yli va sochlari jingalak kishi erkanlar, go‘yokim Shinva’a kishilariga o‘xshaydilar. Keyin, Iso alayhissalomni ham ko‘rdim, ul kishi o‘rta bo‘yli, qizg‘ish-oqish yuzli va sochlari silliq kishi erkanlar. So‘ng, men Molikni — jahannam xazinachisini hamda Dajjolni ham ko‘rdim. Dajjol Olloh taolo (Qur’onda) aytgan belgilarga ega erkan. Zinhor sen u birlan uchrashmog‘ingga shubhalanma!».

Anas va Abu Bakr raziyallohu anhumo rivoyat qilishadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farishtalar Madinani Dajjoldan qo‘riqlab turgaylar» — deb aytibdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:35:47
7-bob. Jannat tavsifi va uning maxluq ekanligi haqidagi hadislar

Abuloliya bunday deydilar: «(«Baqara» surasining 25-oyatidagi) «mutahharatun» so‘zi jannatdagi ayollarning hayz, peshob (najosat), tupuk kabi iflosliklardan pok bo‘lishlarini anglatur. (Shu oyatdagi) «kullamo ruziquu» iborasi — «har gal jannat ahli jannat mevalaridan bahramand qilinganlarida ularga Olloh taoloning qudrati benihoyat erkanligi namoyon bo‘lgay» degan ma’nodadir. (Va yana shu oyatdagi) «Qoluu hozallaziy ruziqno min qablu» — «Degaylar: «Bu bizga bundan ilgari ham ato etilgan erdi-ku!», «va utuu bihi mutashobihan»— «va berilur ularga bir-biriga o‘xshash (ammo ta’mi mutlaqo o‘zgacha) mevalar» degan ma’nodadir. («Dahr» surasining 14-oyatidagi) «qutuufuho — «o‘zlari xohlagancha (mevalarni) uzib oladilar», «doniyatan» — «yaqin bo‘lur» hamda (13-oyatdagi) «al-aroik» — «surilar» deganidur».

Hasan raziyallohu anhu: «(«Ad-Dahr» surasining 11-oyatidagi) «nazratan va suruuran» «yuzlariga nur va dillariga surur (ato etdi)» degan ma’noda», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:36:41
Mujohidraziyallohu anhu: «(«Ad-Dahr» surasining 18-oyatidagi) «salsabiylan» — «tezoqar chashma», («As-Soffot» surasining 47-oyatidagi) «g‘avlun» — «qorin og‘rig‘i» va «(va lo hum anho) yunzafuuna» — «(va na ular undan) aqldan ozadilar» (ya’ni, «va na mast buladilar») degan mazmundadir», — deydilar. (Ammo, «g‘avlun» suzi «bosh ogrigi» deb tarjima qilinadi, chunki Olloh taolo boshqa bir oyatda: «lo yo‘sadda’uuna anho» — «undan boshlari og‘rimaydi», — deydi).

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «(«An-Nozi’ot» surasining 34-oyatidagi) «dihoqan» — «limma-lim, to‘la» degani, (shu suraning 33-oyatidagi) «kavo’ib» — «kamolga yetgan tengqur qizlar» ma’nosida, («Muhammad» surasining 15-oyatidagi) «xamr» — («Mutaffifuun» surasining 27-oyatidagi) «tasniym» bo‘lib, ul jannatdagi bir chashmadurki, undan faqat muqarrab bandalargina ichurlar, u bu dunyodagi harom ichimliklar singari achchiq, mast qilguvchi va bosh og‘ritguvchi emasdur. (Ana shul suraning 26-oyatidagi) «xitomuhu» — «muhri» degan ma’noda, ya’ni tasniym suvi aralashtirilgan may saqlanuvchi maxsus idish og‘zidagi mushqdan qilingan muhr nazarda tutilgan. «Nazzoxatoni» («Ar-Rahmon» surasi, 66-oyat)— «ikki qaynar (buloq)» demaqdur, «al-mavzuunatu» («Al-Voqi’a» surasi, 15-oyat) — «zar (oltin)dan tuqilgan (taxtlar)» degani, (shu suraning 18-oyatidagi) «akvob» — «jo‘mraksiz va dastasiz idishlar» hamda «aboriyq» — «jumrakli va dastali idishlar», (shu suraning 37-oyatidagi) «uruban» ko‘plikda bo‘lib, birligi -«aruub»dur. Ma’nosi — «noz-karashmali, ishvali qiz». Makka ahli bunday qizni «urba», Madina ahli—«gunja», Iroq ahli — «shakla» deb atashadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:37:33
Mujohid bunday deydilar: «(Al-Voqi’a» surasining 89-oyatidagi) «ravh» — «jannat, rohat-farog‘at», «rayhon» — «rizq», (29-oyatidagi) «manzuud» — «qator tizilgan», (28-oyatidagi) «maxzuud» — «yuki ko‘p, hosili ko‘p» degani bo‘lib, «maxzuud»ning «tikansiz» degan ma’nosi ham mavjud. (37-oyatidagi) «urub» «juftlari uchun sevimli, ehtirosli qizlar», (31-oyatidagi) «maskuub» — «oqar, oqib turgan», (34-oyatidagi) «furush marfuu’a» — «ustma-ust, qalin qilib tushalgan ko‘rpachalar», (25-oyatidagi) «lag‘van» — «behuda» va «ta’siyman» — «gunohovar, yolg‘on-yashiq» degan ma’nodadur. («Ar-Rahmon» surasining 48-oyatidagi) «afnon» — «shoxlar», (54-oyatidagi) «va janol-jannatayni donin» — «har ikkala jannat(dagi daraxtlarning) mevalari shundaygina qo‘l uzatsa yetadirgan masofada», (64-oyatidagi) «mudhommatoni» — «dov-daraxt, o‘t-o‘lanlarining ko‘pligi va sersuvligidan qoramtir (ko‘rinur)» deganidur».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar sizlardan biror kimsa o‘lsa, (qabrda) unga ertami-kechmi boradirgan joyi ko‘rsatiladi, agar u jannat ahlidan bo‘lsa, jannat ahlidan va agar do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlidan biri bo‘ladi»,— dedilar (ya’ni, jannat ahlidan bo‘lsa, jannatdagi va agar do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zaxdagi joyi ko‘rsatib qo‘yiladi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:37:48
Imron ibn Husayn bunday deb xabar qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir payt o‘zimni jannatda ko‘rdim, qarasam uning ahlining ko‘pchiligi faqirlar (kambag‘allar) erkan. Keyin, do‘zaxda ham bo‘ldim, qarasam uning ahlining ko‘pchiligi ayollar erkan», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirganimizda, ul zot: «Bir mahal uxlab yotgan erdim, tush ko‘rdim. Tushimda jannatda turgan emishman. Shunda bir qasr yonida yuvinib-taranib turgan bir ayolga ko‘zim tushdi. Men odamlardan: «Bu kimning qasri?» — deb so‘radim. Ular: «Umar ibn al-Xattobniki», — deyishdi. Buni eshitib, Umarning rashkli erkani yodimga tushdi-da, ortimga qaytib ketdim», — dedilar. Hazrat Umar yig‘lab yubordilar-da: «Nahotki sizdan rashk qilsam, yo Rasulalloh!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:38:52
Abu Bakr ibn Abdulloh ibn Qays al-Ash’ariy otalaridan bunday deb eshitgan erkanlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Jannatda ulkan) ichi g‘ovak durdan qilingan, o‘ttiz mil balandliqda ko‘kka bo‘y cho‘zgan bir chodir bo‘lib, uning har bir burchida har bir mo‘min uchun alohida ayollar (hurlar) asrab qo‘yilgandur, ularni boshqalar ko‘ra olmaslar», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo: «(Jannatda) solih bandalarim uchun ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson ko‘ngliga kelmagan ne’matlarni hozirlab quyganman», — deydi, agar istasangizlar, Olloh taoloning «Ular uchun ko‘zlarni quvontiradirgan qanday ne’matlar asrab quyilganini hech jon bilmas» («As-Sajda» surasi, 17-oyat) degan qavlini o‘qingizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:39:01
Abu Hurayra raziyallohu anhuxabar qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytibdilar: «Mo‘minlarning dastlabki guruhi yuzlari tundagi to‘lin oy yanglig‘ balqigan holda jannatga kirib keladilar, endi ular jannatda na tupuradilar, na burun qoqadilar va na yoziladilar. Ularning jannatdagi idishlari oltindan, taroqlari oltinu kumushdan, tutatqidonlari tutatqisi xushbo‘y ud yog‘ochidan bo‘lib, terlaridan mushk hidi taralib turadi. Jannatdagi har bir erkakning ikkitadan hur xotini bo‘lib, ularning boldirlari go‘shti ortidan iligi shundaygina ko‘rinib turadi. Azbaroyi baxtli ekanliklaridan jannatiylar o‘rtasida ixtilof ham, qalblarida o‘zaro nafrat ham bo‘lmaydi, ular barchalari yakdil bo‘lib, Olloh taologa ertayu-kech tasbih aytadilar». (Sindiy: «Ma’lumki, jannatdagi har bir erkakka yetmish uchta hur xotin ato etilur, ehtimol shulardan ikkitasininggina boldirlari yuqorida aytilgan sifatga ega bo‘lsa kerak, yana Olloh taoloning o‘zi yaxshiroq bilur!» — deydilar).

Al-A’raj Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qiladilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytibdilar: «Mo‘minlarning dastlabki guruhi yuzlari tulin oy monand balqigan holda jannatga kirib keladilar, ularning bosgan izlaridan eng yorug‘ yulduz shu’lasi kabi bir shu’la taralib turadi. Barchalari yakdil, oralarida o‘zaro ixtilof ham, nafrat ham yo‘q. Har bir mo‘minning ikkitadan hur xotini bo‘lib, ulardan har birining boldirlari go‘shti ortidan iligi kurinib turadi. Barcha benihoyat baxtiyor bo‘lganidan, ertayu-kech Olloh taologa tasbih aytadi. Ular jannatda na kasal bo‘ladilar, na burun qoqadilar va na tupuradilar. Idishlari oltinu kumushdan, taroqlari oltindan, tutatqidonlari tutatqisi xushbuy ud yog‘ochidan buladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:39:11
Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ummatlarimdan yetmish ming (yoki yetti yuz ming) kishi jannatga (beso‘roq) kiradi, ular yuzlari to‘lin oydek balqigan holda o‘zaro qo‘l ushlashib bab-barobar kirib kelishadi», — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sundus (kundal) jubba (engi keng ustki libos) hadya qilishdi. Janob Rasululloh (erkaklarni) harir libos kiymoqdan qaytargan bo‘lsalar-da, jubba huzurlaridagilarga yoqib qoldi. Shunda ul zot: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lmish zot haqi, Sa’d ibn Mu’ozning jannatdagi ro‘molchalari bundan yaxshiroqdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:39:51
Baro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir harir libos keltirishdi. Huzurlarida o‘ltirgan kishilar uni ko‘rib, chiroyi va mayinligidan taajjub qilishdi. Shunda ul zot: «Sa’d ibn Mu’ozning jannatdagi ro‘molchalari bundan afzalroqdur!» — dedilar».

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy xabar qiladilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qamchi sig‘adigan jannatdagi joy bu dunyo va undagi barcha narsalardan yaxshiroqdur!» — deb aytibdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:40:04
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda shunday bir daraxt borki, otliq odam yuz yilda ham uning soyasini kesib (bosib) o‘tolmaydi», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhuning xabar qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qilgan erkanlar: «Jannatda shunday bir daraxt borki, otliq odam yuz yilda ham uning soyasini kesib o‘tolmaydi. Agar ishonch hosil qilmoqchi bo‘lsangizlar, Olloh taoloning «Va uzun soya ostida» («Al-Voqi’a» surasi, 30-oyat) degan qavlini uqingizlar. Kamoningizning bir dona o‘qi siqqudek jannatdagi joy Quyosh chiqib (botadirgan) narsadan (ya’ni, bu dunyodan) yaxshiroqdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:40:13
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Mo‘minlarning dastlabki guruhi yuzlari to‘lin oy yanglig‘ balqigan holda jannatga kirib keladilar, ularning bosgan izlaridan samodagi eng yorug‘ yulduz shu’lasi kabi bir shu’la taralib turadi. Barchalari yaqdil, oralarida o‘zaro ixtilof ham, o‘zaro hasad ham yo‘q. Har bir mo‘minning ikkitadan oqbadan, ko‘zlari katta hur jufti bulur, ularning boldirlari iligi suyagu go‘sht ortidan shundoqqina ko‘rinib.turur».

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (o‘g‘ilchalari) Ibrohim vafot etganda; «Jannatda uning emizguchisi mavjuddur» — deb aytganlar».

Abu Sa’id al-Xurdiy bunday deb xabar qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat ahli o‘z tepalaridagi boloxonalar ahliga ufq buylab mashriqdan (yoki mag‘ribdan) ilgarilab borayotgan charog‘on yulduzga boqqandek boqurlar, buning boisi shulki, ular o‘rtasida afzallik borasida tafovut mavjuddur» — deb marhamat qildilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, o‘shal (boloxonalar) payg‘ambarlarning manzillarimi, ularga payg‘ambarlardan o‘zgalar yetisha olmaydimi?»— deyishdi. Janob Rasululloh: «O’shal boloxonalar payg‘ambarlarniki bo‘lishi bilan birga, jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, Olloh taologa iymon keltirib, (barcha) payg‘ambarlarga ishongan kishilarniki hamdur!» — dedilar». (Demak, boloxonalarda payg‘ambarlar birlan birga faqat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ummatlarigina bo‘ladi, chunki o‘zga ummatlar barcha payg‘ambarlarga iymon kel tirmagandur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:52:57
8-bob. Jannat eshiklari (darvozalari) tavsifi

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki (nima bo‘lsa ham) juft sadaqa qilgan bo‘lsa, jannat darvozasidan («Ey falonchi!» deb) chaqirilgay» — deb aytganlar. Janob Rasulullohning shunday deganlari haqida Uboda raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda sakkizta darvoza bo‘lib, ulardan biri «Ar-Rayyon» deb atalur. Ul orqali faqat ro‘za tutganlargina jannatga kirgaylar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:53:26
9-bob. Jahannam xususidagi ma’lumotlar bayoni va uning maxluq ekanligi haqida

«G’assoqan» («An-Naba’» surasi, 25-oyatda) — «(jahannamda kofirlar)... yiringnigana (toturlar)» degan ma’noda bo‘lib, «ko‘zi yiringlab xiralashdi» va «jarohat (yara) yiringlayapti» deyiladi. Shunda «G’assoq» va «gasaq» so‘zlari mazmunan birdek ko‘rinadi. «G’isliyn» har qanday narsani yuvganingizda va jarohat (yara)dan chiqadirgan narsadir. («G’isliyn» so‘zi «Al-Hoqqa» surasining 36-oyatida). («G’isliyn», ulamolarning aytishlaricha, jahannam ahlining terisi, go‘shti va qonidan oqib chiqadirgan yiringdur). Ikrima raziyallohu anhu: («Al-Anbiyo» surasining 98-oyatida) «hasabu jahannama» (jahannam o‘tinlari) iborasi mavjud bo‘lib, u habashcha «hatab» («Tabbat» surasi, 4-oyat) deyiladi», — deydilar. Boshqa bir mufassir: («Al-Isro’» surasining 68-oyatidagi) «hosiban» so‘zi — mayda toshlarni uchirib ketguvchi «kuchli shamol» bo‘lib, jahannamda otiladirgan «hasabu jahannama» (jahannam toshlari) shundan olingandur. Shuningdek «Hasaba fil-arzi» — «Yerga tosh terdi (yotqizdi)», ya’ni «ketdi» deb ham aytiladi. Shunday qilib, «Hasab» so‘zi «hasbo’» (toshlar, shag‘al, mayda toshlar) so‘zidan yasalgandur, («Ibrohim» surasining 16-oyatidagi) «sadiyd» — «yiring va qon», («Al-Isro’» surasining 97-oyatidagi) «(kullamo) xabat» — «o‘chay deganda, so‘nay deganda», («Al-Voqi’a» surasining 71-oyatidagi) «tuuruuna» — «yondirursizlar» degan ma’nodadur», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:53:44
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda erdilar, shunda ul zot (muazzin peshinga azon aytmoqchi bo‘lganda): «Bir oz kutgil,salqin tushsin!» — dedilar. So‘ng, (u yana azon aytmoqchi bo‘lib erdi): «Yana bir oz sabr qilib turgil, toki tepaliklar soya solib, salqin tushsin!» — deb aytdilar. Keyin, (odamlarga yuzlanib): «Namozni bir oz salqin tushguncha kechiktiringizlar, chunkim havoning harorati jahannam og‘zidan chiqayotgandek juda issiqdur», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Safardalik vaqtimizda kun qattiq isib ketdi), shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’t (olov) o‘z parvardigoriga: «Yo rabbiy, birim ikkinchimni yeb quydi!» — deb shikoyat qildi. Demak, o‘t ikki shaxsdan iborat bo‘lib, biri yozda va ikkinchisi qishda namoyon bo‘ladi, yozdagisini qattiq isib ketganingizda, qishdagisini esa qattiq sovqotganingizda his qilasiz», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:54:07
Abu Jamra az-Zab’iy rivoyat qiladilar: «Men Makkada Ibn Abbos birlan birga (suhbatlashib) o‘ltirgan erdim, birdan isitmalab qoldim, shunda u menga: «Isitmangni zamzam suvi birlan pasaytirgil, chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Isitma jahannam og‘zidan chiqadirgan harorat yanglig‘dir, uni suv birlan pasaytiringizlar!» — deb aytganlar», — dedi. («Zamzam suvi birlan» deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin», — deydilar roviy ikkilanib)».

Rofi’ ibn Xadiyj rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Isitma jahannam og‘zidan chiqadirgan harorat kabidir, uni suv birlan pasaytiringizlar!» — deb aytganlarini eshitganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:54:22
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Isitma jahannam og‘zidan chiqadirgan harorat yanglig‘dir, uni suv birlan pasaytiringizlar!» — deb aytganlar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Isitma jahannam og‘zidan chiqadirgan harorat kabidir, uni suv birlan pasaytiringizlar!»— deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:54:43
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning (bu dunyoda yoqadirgan barcha) o‘tlaringiz jahannam o‘tining yetmish qismidan bir qismidir, xolos», — dedilar. Shunda bir kishi ul zotga: «Yo Rasulalloh, agar haqiqatan ham kifoya qiladirgan bo‘lsa...» (ya’ni, «Yo Rasulalloh, agar jahannam o‘tining qolgan oltmish to‘qqiz qismi kofirlarni kuydirib, fojirlarni azoblashga kifoya qiladirgan bo‘lsa, unda Olloh taolo uning bu dunyodagi bir qismini Qiyomat kuni jahannamga qaytarmasa kerak?») — dedi. Janob Rasululloh unga javoban: «Jahannam o‘ti bu dunyodagi jamiki o‘tlardan oltmish to‘qqiz qism (barobar) ortiq (kuchli) qilingan bo‘lib, ulardan har birining harorati bu dunyodagi jamiki o‘tlar haroratiga tengdur»— deb aytdilar».

Ya’lo raziyallohu anhudan naql qilinadiki, ul kishi: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib «...va «Ey Molik!» deb nido qildilar» degan so‘zlarni qiroat qilayotganlarini eshitdim» — deb aytgan erkanlar. («Molik»— jahannam xazinachisi).

Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Qiyomat kuni bir kishi olib kelinib, jahannamga tashlanadi. O’tda uning qorni yerilib, ichak-chavoqlari chiqib ketadi, tegirmon aylantirayotgan eshak kabi gir aylanadi. Shunda jahannam ahli uning tepasida to‘planishib: «Ey falonchi, nechun bu ahvolga tushib qolding, bizga amri ma’ruf va nahiy munkar qilmasmiding?» — deyishadi. U: «(Ha), sizlarga amri ma’ruf qilar erdim-u, ammo o‘zim unga amal qilmas erdim hamda sizlarga nahiy munkar qilar erdim-u, lekin o‘zim gunohovar ishlarni qilaverar erdim», — deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:55:06
10-bob. Iblis va uning lashkari xususidagi ma’lumotlar bayoni

Oisha raziyallohu anhodan naql qilinadiki, ul muhtarama bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (Banu Zariyq qabilasiga mansub Labiyd ibn al-A’sam ismli bir kohin) sehrlab qo‘ydi. Shunda ul zot ayollariga yaqinlashmoqchi bo‘lardilar-u, ammo yaqinlasha olmasdilar. (Bu holat bir yil davom etdi). Bir kuni (mening huzurimda ekanliklarida men birlan mashg‘ul bo‘lish o‘rniga) Olloh taologa takror-takror duo aytib iltijo qildilar, so‘ng menga bunday dedilar: «(Ey Oisha), nihoyat Olloh taolo shifo so‘rab qilgan iltijomga ijobat qilganligidan xabardor qilindim: ikki kishi (Hazrat Jabroil va Mikoil) kelishib, birlari (Hazrat Jabroil) bosh tomonimga va ikkinchilari (Mikoil) oyoq tomonimga o‘ltirishdi. Keyin, ulardan birlari ikkinchilariga: «Bul kishining qanday dardlari bor?» — deb aytdilar. Ikkinchilari: «Sehrlab qo‘yilganlar» — deb javob qildilar. «Kim sehrlab quygan?» — dedilar birinchilari. «Labiyd ibn al-A’sam», — dedilar ikkinchilari. «Nima birlan sehrlagan?» — dedilar birinchilari. «Taroq, soch tolalari va xurmo tugunchasi po‘stlog‘i birlan», — dedilar ikkinchilari. «O’shal narsalar qaerda?» — dedilar birinchilari. «(Madinadagi) Zarvon qudug‘ida», — dedilar ikkinchilari». So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bir necha sahobalari birlan) o‘shal quduqqa bordilar. Ul yerdan qaytgach, Oishaga: «(Borib qarasam), quduq atrofidagi xurmolar mevalari (sehr kuchidan) shaytonlar boshi yanglig‘ badnamo bo‘lib qolibdi», — dedilar. Shunda Oisha onamiz: «Sehrgarni fosh qilmoq va undan ehtiyot bo‘lmoq lozimligini odamlarga aytdingizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo‘q, bunday qilmadim, chunki Olloh taolo menga shifo ato etdi. Odamlarga zarari tegmasin, deb o‘shal quduqni ko‘mib tashladim», — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:55:28
Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytibdilar: «Qaysi biringiz (namoz o‘qimay) uxlab qolsangiz, shayton ensangizning uch joyiga tugun tugib qo‘yadi. Har bir tugun: «Kecha hali uzoq, yotaver!» — deb uyg‘onmog‘ingizga yo‘l quymaydi. Agar siz (g‘aflat uyqusini mag‘lub etib) o‘rningizdan turib Olloh taoloni zikr qilsangiz, o‘shal tugunlarning biri yechiladi, keyin tahorat olsangiz, ikkinchisi, so‘ng namoz o‘qisangiz, uchinchisi ham yechiladi-da, ertasiga tetik va dilingiz xush bo‘lib uyg‘onursiz, aks holda ertasiga ko‘nglingiz g‘ash va qulingiz hech ishga bormaydigan bo‘lib qolursiz».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida (namoz o‘qimay) butun tunni uyqu birlan o‘tkazgan bir kishi xususida so‘zlashdi. Shunda ul zot: «O’shal kishining quloqlariga (yoki qulog‘iga) shayton bavl (peshob) qilib qo‘ygandur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:55:51
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Agar birortangiz ayolingizga yaqinlik qilmoqchi bo‘lsangiz, (avval): «Bismillohi, yo parvardigoro, bizni shaytondan va shaytonni sen bizga ato etadirgan farzandimizdan yiroq qilgil!» — deb aytingiz, shunda shayton bo‘lajak farzandingizga zarar yetkaza olmas».

Ibn Umar raziyachlohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozingizni na Quyosh chiqayotgan va na Quyosh botayotgan vaqtga to‘filab o‘qimangiz!» — dedilar. Ul zot: «Agar Quyosh gardishi (ufqdan) chiqsa, Quyosh baland kutarilguncha namoz o‘qimay turingiz va agar Quyosh gardishi (ufqqa) botsa, Quyosh butunlay botib bulguncha namoz uqimay turingiz!» — deb ham aytdilar». (Chunki, kishi Quyosh chiqayotgan va botayotgan vaqtlarda namoz o‘qisa, Olloh taologa emas, balki shaytonga ibodat qilgan bo‘lib qoladi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:56:08
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar (namoz o‘qiyotganingizda) oldingizdan biror narsa (odam) o‘tmoqchi bo‘lsa, uni ortiga qaytaringiz, agar qaytmasa, yana qaytaringiz va agar yana qaytmasa, unda uni o‘ldiringiz, chunki u shaytondur», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qshadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ramazon zakotini ehtiyotlab turishni menga topshirdilar Shunda bir odam (qoshimga) kelib, zakotga berilgan narsalardan ola boshladi. Men uni ushlab oldim-da: «Hozir seni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib boraman!» — dedim. U menga: «(Agar meni qo‘yib yuborsang, senga bir narsani o‘rgataman), o‘rningga yotganingda «Oyat ul-Kursiy»ni o‘qigil, shunda seni Olloh taolo tomonidan yuborilgan bir qo‘riqchi (farishta) doimo himoya qilib turadi, ertalab uyg‘onguningga qadar shayton senga yaqin kela olmaydi», — dedi. (Keyin, men uni qo‘yib yubordim-da, bo‘lgan voqeani Janob Rasulullohga aytib berdim). Ul zot: «U senga to‘g‘ri aytibdi, ammo o‘zi kazzob shayton edi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:56:30
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Shayton qaysi biringizningdir oldingizga keladi-da (ya’ni, yuragingizga vasvasa soladida): «Falon narsani kim yaratgan, falon narsani kim yaratgan?» — deydi, hattoki- «Rabbingni kim yaratgan?» — deb aytadi (ya’ni, xayolingizga mazkur savollarni keltiradi). Agar (xayolingizga shunday shaytoniy) savollar kelsa, darhol: «A’uuzu billohi minash-shaytonir-rajiym!» — deb shaytonning vasvasasidan qutilingiz!».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ragululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ramazon oyi kelsa, jannatning barcha eshiklari ochilib, do‘zaxning barcha eshiklari yopilur hamda shaytonlar zanjirband qilinur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:56:46
Ubay ibn Ka’b Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytgashgarini eshitgan erkanlar: «Muso alayhissalom dastyorlariga: «Yeguligimizni olib kel!» — dedilar. Shunda dastyorlari: «Ko‘rdingizmi, boya qoya oldida dam olganimizda men hutni (baliqni) unutib qoldiribman, uni faqat shaytongina yodimdan chiqartirgandur!» — dedi... lekin Muso alayhissalom Olloh taolo buyurgan yerga qadar hech mashaqqat tortmay yetib borgan erdilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:  «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mashriq tomonga ishora qilib: «Anavi yerda, fitna anavi yerda, fitna shaytonning shoxi chiqadirgan anavi yerda!» — deb aytganlarini ko‘rdim». (Ya’ni, kelajakda fitnaning sharq tomondan chiqajagini bashorat qildilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:57:00
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar tun qanotlarini yozsa, bolalaringizni tashqaridan chaqirib olib, uyingizda mahkam ushlab o‘ltiringiz, ularning tashqariga chiqmoqlariga yo‘l qo‘ymangiz, chunki shaytonlar aynan shul vaqtda chor atrofga tarqalgaylar. Keyin, xuftondan bir soat o‘tgach, ularni (uy ichiga) qo‘yib yuboringiz-da, «Bismillohir rahmonir rahiym» deb eshikni ichkaridan tambalab qo‘yingiz, so‘ng «Bismillohir rahmonir rahiym» deb chiroqlaringizni o‘chiringiz, keyin «Bismillohir rahmonir rahiym» deb meshlaringizning og‘zini bog‘langiz hamda bo‘lak idishlaringizning ustini biror narsa birlan yopib qo‘yingiz».

Safiyya raziyatlohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam e’tikofda o‘ltirgan erdilar, men tunda ul zotni ko‘rgani bordim. Birmuncha vaqt suhbatlashgach, o‘rnimdan turdim-da, ketishga chog‘landim. Shunda Ja-nob Rasululloh ham turib, meni tashqariga kuzatib chiqdilar. E’tikofda o‘ltirgan joylari Usoma ibn Zaydning xonadoni bo‘lib, oldimizdan ikki ansoriy kishi o‘tib qoldi. Ular Janob Rasulullohni ko‘rib, qadamlarini tezlatishdi. Janob Rasululloh ularga: «Shoshmanglar, bu Safiyya binti Huyaydur!» (ya’ni, «Bu o‘zimning xotinim, tag‘in begona ayol deb o‘ylamanglar!») — dedilar. Ular: «Subhonalloh, yo Rasulalloh!» (ya’ni, «Xudo asrasin, S Rasulalloh!») — deyishdi. Janob Rasululloh: «Shayton inson qon tomirlarida yuradi, shul boisdan ham (shayton) sizlarning ko‘nglingizga biror yomon gap keltirmadimikan, deb xavotir oldim», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:57:34
Sulaymon ibn Surad raziyalshhu anhu rivoyat qiladilar:  «Men Rasululloh sallatlohu alayhi va sallam birlan birga o‘ltirgan erdim, bir mahal ikki kishi o‘zaro so‘kishib qoldi. Shunda ulardan birining yuzi (azbaroyi qattiq g‘azablangapidan) qizarib ketib, bo‘yin tomirlari bo‘rtib chiqdi. Janob Rasululloh: «Men shunday bir so‘zni bilamanki, kim uni aytsa, darhol g‘azabi bosilur», — dedilar (ya’ni, bu so‘z «Auuzu billohi minash-shaytoni» bo‘lib, kim uni aytsa, g‘azabi bosilur, chunki g‘azab shayton vasvasalaridan biridur). Odamlar g‘azabnok kishiga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, «A’uuzu billohi minash-shaytoni» [«Olloh taolo meni shaytonning yomonligidan (vasvasasidan) o‘z panohida asrasin!»] deb aytar emishsan», — deyishdi. G’azabnok kishi: «Nima, men jinni bo‘libmanmi?!» (ya’ni, «Nima, men jinni bo‘libmanmiki, «A’uuzu billohi minash-shaytoni» deb aytaman?!» — dedi, ehtimol o‘shal odam munofiqlardan yoki johil arablardan biri bo‘lgan bo‘lsa kerak).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilar, so‘ng: «(Namoz o‘qiyotganimda) shayton namoyon bo‘lib, namozimni buzmoq niyatida menga hamla qildi, ammo Olloh taolo uni mag‘lub etmog‘imga imkon berdi..,», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 08:59:00
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar (Hayya alas-salot, hayya alal-faloh») deb namozga chaqirilsa, (namozxonni vasvasa qilmoq niyatida kelgan) shayton ortidan qattiq yel chiqarib, tumtaraqay qochib qolgay. (Namozga da’vat qilguvchi so‘zlar) tugagach ersa, yana qaytib kelgay. (Muazzin tomonidan) «As-Salotu xayrun minan-navm» deb aytilganda yana tumtaraqay qochib qolgay-da, (bu so‘zlar) tugagach, yana qaytib kelgay. Keyin: «Falon narsani va falon narsani esla!»— deb inson (namozxon) qalbiga vasvasa solgay, hatto namozxon uch rak’at o‘qidimi yo to‘rt rak’at o‘qidimi, bilmay qolgay. Agar namozxon uch rak’at o‘qidimi yo to‘rt rak’at o‘qidimi, bilmay qolsa, ikki bor sajdai sahv qilsin!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Shayton Maryam o‘g‘li Iso alayhissalomdan bo‘lak har bir inson farzandi tug‘ilganda uning ikki biqiniga barmog‘ini tiqib oladi (chimchilaydi). Shayton Iso alayhissalomning biqinlariga ham barmog‘ini tiqmoqchi bo‘lganda tiqolmagan, (ul kishi o‘ralib tug‘ilgan) parda bunga yo‘l qo‘ymagan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:00:27
Abu Dardo’ raziyallohu anhu haqlarida rivoyat qilinadiki, bir yigit (Alqama ibn Qays) Shomdagi masjidda: «YO parvardigoro, menga bir solih hamsuhbat nasib etgil!» — deya Abu Dardo’ning yonlariga o‘ltiribdi. Shunda Abu Dardo’ undan: «Qaerliksan?» — deb so‘rabdilar. U: «Kufalikman» — deb javob beribdi. Abu Dardo’: «O’zgalar bilmaydigan sirni biluvchi kishi (ya’ni, Xuzayfa ibn al-Yamon) sizlarning orangizda emasmi?»— debdilar. U: «Ha, shunday», — debdi. Abu Dardo’: «Olloh taolo o‘z Rasulining duosiga ijobat qilib shaytondan himoya qilgan kishi (ya’ni, Ammor ibn Yosir) ham sizlarning orangizda emasmi? — debdilar. U: «Ha, shunday», — debdi...».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Farishtalar bulutlar orasida turib (Olloh taoloning irodasi birlan) yerda bo‘ladirgan ishlar xususida o‘zaro suhbatlashishganda shaytonlar ularning so‘zlarini o‘g‘rincha eshitib olishadi-da, ularga yuzta yolg‘on-yashiq gaplarni qo‘shib-chatib, shisha idishdagi suyuqlikni biror boshqa idishga quygandek kohin qulog‘iga quyishadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:00:45
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Esnash shayton tomonidan sodir qilinadi. Agar birortangizga esnoq kelib qolsa, (og‘zingizga kaftingizni qo‘yib) imkon qadar uni qaytaringizki, «ho» deb homuza tortib yuborsangiz, shayton (xushnud bo‘lganidan miriqib ustingizdan) kulgay».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uhud kuni mushriklar mag‘lub bo‘lganda Iblis: «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar!» — deb (musulmonlarga) qichqirdi. Shunda (oldingi safda jang qilayotgan musulmonlar chalg‘ib qolishib) ortlariga qaytishdi. Natijada musulmonlar lashkarining oldingi safi keyingi safi birlan o‘zaro jangga kirishib ketdi. Bir vaqt Xuzayfa (jang maydonini kuzatayotib) otasi Al-Yamonni ko‘rib qoldi. Shunda u (otamni o‘ldirib qo‘yishmasa erdi, deb xavotir olib): «Ey Ollohning bandalari, bu mening otam, bu mening otam!» — deb (o‘zaro jang qilayotgan musulmonlarga) qichqirdi. Ammo, Olloh taolo haqi! Ular o‘zlarini tutib qololmay, uni o‘ldirib qo‘yishdi. Shunda Xazayfa ularga: «Olloh taolo sizlarning (bu gunohlaringizni) mag‘firat qilsin!» — dedi, xolos. Urva aytadilarki, Xuzayfa to Olloh taologa rubaro‘ bo‘lgunlariga qadar ham ularga yomonlik qilmay, ezgulik qilishda davom etaveribdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:01:22
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bunday dedilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kishining namozda alanglashi (atrofiga o‘girilib qarashi) xususida so‘radim. Shunda ul zot: «Bu shaytonning birortangizni chalg‘itib, namozingizdan o‘g‘irlab olmog‘idur», — dedilar».

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Solih (yaxshi, ko‘nglingizni xushnud qiladirgan) tush Olloh taolodan va alg‘ov-dalg‘ov (yomon, ko‘nglingizni g‘ash qiladirgan) tush shaytondandur. Agar birortangiz alg‘ov-dalg‘ov (qo‘rqinchli) tush ko‘rsangiz, chap tomoningizga tupurib quyingiz-da, so‘ng «A’uuzu billohi minash-shaytoni» deb ko‘rgan alg‘ov-dalg‘ov tushingizning yomonligidan Olloh taolodan panoh tilangiz, shunda u (tush) sizga zarar keltira olmagay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:02:14
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qadiyr, deb kuniga yuz marta aytgan kishi o‘nta qul ozod qilganlik savobini olur hamda unga yuzta amali solih yozilib, yuzta gunohi o‘chirilur, shuningdek (bu duo) o‘shal kuni ertadan to kechgacha uni shaytondan himoya qilur. (Bu duoni) kuniga yuz martadan ortiq aytgan kishi erishgan savoblarga bo‘lak hech bir kimsa erisha olmas!».

Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa ruxsat so‘radilar. Shunda ichkarida bir guruh Quraysh ayollari bor bo‘lib, ular payg‘ambarimizning ovozlarini bosib ketgudek baland ovoz birlan ul zotga savollar berishar erdi. Hazrat Umar izn so‘raganlarida ayollar o‘rinlaridan turib, hijoblarini (yuzlariga) tushirib olishdi. Janob Rasululloh Hazrat Umarga izn bera turib kulib qo‘ydilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo sizni hamisha kuldirsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Huzurimdagi anavi xotinlarning qilgan ishlaridan taajjublandim, sening ovozingni eshitiboq hijoblarini tushirib olishdi», — dedilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, axir ular eng avvalo (barchadan ko‘ra) sizdan hayiqmoqlari lozim ermasmi?!» — dedilar. So‘ng, ayollarga qarata: Ey o‘ziga-o‘zi dushman bo‘lgan ayollar! Mendan hayiqasizlar-u, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan hayiqmaysizlarmi?!» — deb aytdilar. Ayollar: «Ha, shundoq, chunki siz Janob Rasulullohga nisbatan to‘ng va qo‘polroqsiz!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, (ey Umar), basharti shayton yo‘lingda duch kelsa, (dag‘alligingdan) bo‘lak yo‘ldan ketgan bo‘lur erdi!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz uyqudan uyg‘onib, tahorat olsangiz, burningizni uch bor qoqib tashlangiz, chunki shayton tunda uning ichiga kirib olur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:03:29
11-bob. Jinlar hamda ularning savobi va jazosi xususida

Olloh taoloning qavli: «Ey jinlar va insonlar jamoalari! Sizlarning qoshlaringizga o‘z jinslaringizdan bo‘lmish payg‘ambarlar mening oyatlarimni sizlarga bayon qilib va sizlarni bu kunga mubtalo bo‘lmog‘ingizdan ogohlantirib kelmaganmi erdilar?! Ular: «Biz o‘z gunohimizga iqror bo‘ldik»,— deyishdi. Ularni dunyo hayoti aldab qo‘ygan bo‘lib, ular kofir bo‘lganliklarini e’tirof qilganlari holda o‘zlari o‘zlariga guvohlik berdilar. Buning (ya’ni, Olloh taolo payg‘ambarlar yuborib, xalqni barcha xayru sharrdan xabardor qilganligining) boisi shulki, parvardigoringiz aholisi g‘ofil (bexabar) bo‘lgan shaharlarni zulm birlan halok qilguvchi emasdur va har kim uchun qilgan amallari ajridan darajalar bordur va parvardigoringiz ularning qilayotgan amallaridan bexabar emasdur» («Al-An’om» surasi, 130, 131 va 132-oyatlar).
«Baxsan» («Al-Jin» surasi, 13-oyat) — «ziyon» demaqdir.

Mujohid raziyallohu anhu: «Quraysh kofirlari: «Farishtalar Ollohning qizlari bo‘lib, ularning onalari jinlar  sardorining qizlaridur» — deb aytishdi. Shunda Olloh taolo: «Va (mushriklar) Olloh ila jinlar o‘rtasida nasab (qarindoshlik) bor, deb hisobladilar, vaholanki jinlar ularning (mushriklarning Olloh qiladirgan hisob-kitobga) hozir qilinguvchi ekanliklaridan (yaxshi) xabardordurlar» — deb aytdi», — dedilar. («As-Soffot» surasi, 158-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:04:07
Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Abu Sa’sa’a al-Ansoriy rivoyat qiladilarki, Abu Sa’id al-Xudriy ul kishining otalariga bunday deb aytgan erkanlar: «Men sening qo‘ylarni hamda yaylovni sevishingni ko‘rib turibman, qo‘ylaringni boqib yurganingda yoki yaylovda bo‘lganingda namozga azon aytsang, baland ovoz birlan aytgil, chunki muazzin ovozi qanchalik uzoqlarga yetib borsa, shunchalik ko‘p jinu insonlar yoki bo‘lak narsalar eshitib, Qiyomatda uning azon aytib (namoz o‘qiganiga) guvohlik bergaylar».

Abu Sa’id al-Xudriy: «Men bul hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganman», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:04:48
12-bob.

Olloh taoloning qavli: «(Ey habibim), Biz bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb sizning huzuringizga yuborib erdik. Ular (Qur’on tilovatida) hozir bo‘lgan vaqtlarida (bir-birlariga): «Sukut saqlab turingizlar!» — deb aytdilar, (Qur’on tilovati) tugagach ersa, o‘z qavmlariga ogohlantiruvchi bo‘lib qaytdilar-da: «Ey qavmimiz, biz shunday bir Kitobni (Qur’onni) tingladikki, u Musodan keyin nozil bo‘lgan bo‘lib, o‘zidan avval (nozil etilgan) kitoblarni tasdiqlab, haq (din)ga va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur. [Jinlarning «(Qur’on) Musodan keyin nozil bo‘lgan...» deganining boisi shuki, ular Muso alayhissalom va Tavrotni hamda Muhammad alayhissalom va Qur’onni bilishar, ammo Iso alayhissalom birlan Injildan mutlaqo bexabar edilar» — deyishadi ba’zi mufassirlar]. Ey qavmimiz, Olloh tarafiga da’vat qilguvchining (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning) so‘zlarini qabul qilingizlar va unga iymon keltiringizlarki, Olloh ba’zi gunohlaringizni mag‘firat qilur hamda dardli azobdan sizlarga panoh berur va kimki qabul etmasa Olloh tarafiga da’vat qilguvchining so‘zlarini, bas u yer yuzida (Ollohning g‘azabidan) qochib qutilguvchi emasdur va yo‘qdur unga Ollohdan bo‘lak himoyachilar, ana o‘shalar aniq gumrohdurlar» — deb aytishdi». («Al-Ahqof» surasi, 29, 30, 31 va 32-oyatlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:05:45
13-bob.

Olloh taoloning qavli: «...va (Olloh) har turli hayvonlarni tarqatib qo‘ygan (Yerda) aqlli qavm uchun (o‘z parvardigorlari birlan uning qudratini idrok qilmoqlariga yetarli)... alomatlar mavjuddur» («Al-Baqara» surasi, 164-oyat).

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Su’bon» — «hayya» (ilon) so‘zining muzakkari bo‘lib, ilonlar jinlar jinsidan deyiladi. («Hud» surasining) «O’rmalagan (yurgan) har qanday jonivorni ul zot (Olloh taolo) peshonasidan tutib turur» degan (56-oyatining) mazmuni «Barcha jonivorlar tamoman Olloh taoloning hukmi va qo‘l ostidadur» demaqdur. («Mulk» surasining 19-oyatida) «Ular tepalarida qanotlarini dam yozib va dam yig‘ib uchib yurgan qushlarga (bir) qaramaydilarmi?! Ularni yolg‘iz Rahmonning o‘zigina (havoda muallaq holda) tutib turur...» deb aytilgandur».

Ibn Umar raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «Ilonlarni — ustida xurmo bargiga o‘xshash ikki oq alomati bor ilonlarni hamda dumi kalta (to‘mtoq) ilonlarni o‘ldiringizlar, chunki ular ikkisi ko‘zni ko‘r qilib, homilani tushiradi».

Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir mahal men bir ilonni o‘ldirmoqchi bo‘lib ta’qib qilayotgan erdim, Abu Luboba menga: «Uni o‘ldirma!» — deb qichqirdi. Men: «Axir, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ilonlarni o‘ldirmoqni amr qilganlar-ku?!» — dedim. U: «Shundan keyin, ul zot xonaki (oq) ilonlarni o‘ldirmoqdan qaytarganlar, ular uylarda yashovchi jindurlar», — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:06:20
14-bob. Musulmonning eng yaxshi moli uning tog‘lar tepasiga haydab ketadigan qo‘ylari ekanligi haqida

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Yaqin kelajaqda kishining eng yaxshi moli dinini fitnalardan olib qochib tog‘lar tepasiga (vodiylarga) hamda yomg‘ir yog‘adirgan joylarga (cho‘llarga) haydab ketadigan qo‘ylari bo‘lib qolur».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kufrning boshi mashriq tomonda bo‘lib, manmanlik va kibr otboqar, tuyaboqar va molboqarlarda, ya’ni ko‘chmanchilarda, vazminlik (bosiqlik, kamtarlik) ersa qo‘yboqarlardadur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2008, 09:06:38
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar xo‘rozlarning qichqirganini eshitsangiz, Olloh taolodan lutfu marhamat qilmog‘ini so‘rangiz, chunki ular farishtani ko‘rib qolgandurlar va agar eshakning hangraganini eshitsangiz, «A’uuzu billohi minash-shaytoni» deb aytingiz, chunki u shaytonni ko‘rib qolgandur», — dedilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tun qanotini yozsa yoki kunni kech qilgan bo‘lsangiz, bolalaringizni (tashqariga chiqarmay, uyda) olib o‘ltiringiz, chunki aynan shul vaqtda shaytonlar atrofga tarqalgaylar. Tunning bir soati o‘tgach ersa, ularni (uyda qoldiringizda), «Bismillohir rahmonir rahiym» deb eshiklarni tambalab quyingiz, shunda shayton tambalangan eshikni ocha olmaydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 09:56:24
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Banu Isroilga mansub bir qancha odamlar yo‘qolib qoldi, ularga nima bo‘lgani noma’lum. Men esam ularni aynan sichqonlar (kalamushlar)ning o‘zi (ya’ni, ular sichqonlarga aylantirilgan) deb hisoblayman, chunki sichqonlar tuya suti quyilsa, ichmaydi, quy suti quyilsa, ichadi», — dedilar. (Olloh taolo Banu Isroilga tuya suti birlan go‘shtini harom qilib, qo‘y suti birlan go‘shtini halol qilgandur). Men Ka’bga shul hadisni aytib bergan erdim, u  menga: «Sen bu hadisni Janob Rasulullohning o‘z og‘izlaridan eshitdingmi?» — dedi. Men unga: «Ha, o‘z og‘izlaridan eshitdim», — dedim. Ka’b takroran: «Sen bu hadisni Janob Rasulullohning o‘z og‘izlaridan eshitdingmi?» — deb so‘radi. Men (jahlim chiqib): «Janob Rasulullohdan nimaiki eshitgan bo‘lsam, aytdim, men Tavrotdan olib aytmayman!» — dedim».

Oisha raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sichqonni «zararkunanda» deganlarini bilaman, ammo uni o‘ldirishni buyurganlarini sira eshitmaganman», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 09:57:21
Sa’d ibn Abu Vaqqos (esa): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sichqonni o‘ldirishni amr qilganlar» — deb ta’kidlaydilar.

Ummu Sharik (ham) aytadilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sichqonlarni o‘ldirmoqni amr qilgan erkanlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ustida xurmo bargiga o‘xshash ikki oq alomati bor ilonlarni o‘ldiringizlar, chunki ular ko‘zni ko‘r qilib, homilani tushiradi», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho Janob Rasulullohning dumi kalta (to‘mtoq) ilonlarni (ham) o‘ldirmoqni amr qilganlarini aytgan erkanlar, chunki bunday ilonlar (ham) ko‘zni ko‘r qilib, homilani tushirar erkan (ya’ni, yuqorida tilga olingan ilonlarga homilador ayolning ko‘zi tushsa, bolasi tushib qolar ekan yoxud shunday ilonning ko‘zi tushgan inson darhol o‘lar yo ko‘zi ko‘r bo‘lib qolar ekan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 09:57:46
Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Ibn Umar ilonlarni o‘ldirar erdilar, keyin bunday qilmoqdan qaytarildilar. Ibn Umar bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarining devorlaridan birini buzganlarida kesaklar orasidan ilon po‘stini topib oldilar, shunda ul zot sahobalarga: «Qidiringlar-chi, o‘zi qaerda erkan?» — dedilar, sahobalar uni kesaklar orasidan izlab topishgach: «Uni o‘ldiringlar!» — deb amr qildilar. Shuning uchun men uni o‘ldirgan edim. Keyin, men Abu Lubobani uchratdim, shunda u menga bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jinlardan (xonaki oq ilonlardan) bo‘lak har qanday dumi kalta, ustida xurmo bargi yanglig‘ ikki oq alomati bor ilonlarni o‘ldiringizlar, chunki bunday ilonlar homilani tushirib, ko‘zni ko‘r qilur, ularni uldiringizlar!»— deb aytdilar».

Nofi’ aytadilarki, Ibn Umar ilonlarni o‘ldirar erkanlar. Abu Luboba Janob Rasulullohning xonaki jinlarni (xonaki oq ilonlarni) o‘ldirmoqdan qaytarganliklari haqida aytganidan so‘ng, ul kishi bunday qilmay qo‘yibdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 09:58:17
15-bob. Agar birortangizning sharobingizga (suv, sharbat, suyuq ovqat kabi narsalaringizga) pashsha tushib qolsa, uni (butunlay) botirib, (so‘ng olib tashlangiz), chunki uning bir qanotida dard, ikkinchisida davo bordur hamda jonivorlardan besh fosig‘i (zararkunandasi) haramda (muqaddas haj maskanida ham) o‘ldirilaveradi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Jonivorlardan) besh fosig‘i (zararkunandasi hatto) haramda (muqaddas haj maskanida ham) o‘ldirilaveradi, ular — sichqon, chayon, kalxat, qarg‘a va qopog‘on (quturgan) itdur», — dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jonivorlardan chayon, sichqon, qopog‘on (quturgan) it, qarg‘a va kalxatni o‘ldirgan odam, hatto ehromda bo‘lsa ham, gunohkor bo‘lmas», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 09:58:46
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Xuftonda idishlarning ustini yopib, meshlar og‘zini bog‘lab, eshiklarni tambalab va bolalaringizni (uyda mahkam) ushlab o‘ltiringiz, chunki (shul vaqtda) jinlar atrofga tarqaladilar (yoki olib qochadilar). Yotishdan avval chiroqlarni o‘chirib qo‘yingizlar, chunki zararkunandalarning (sichqonlarning) chiroq piligini tortqilab, xonadon ahlini yondirib yuborishi ehtimoldan xoli ermas».

Alqama ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Arafa kechasi) biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga (Minodagi) g‘orda erdik, shul vaqt (ul zotga) «Val-Murasaloti urfan» surasi nozil bo‘lib qoldi. Keyin, Janob Rasululloh uni tilovat qilayotganlarida biz ul zotning muborak og‘izlaridan ilib olib o‘rganayotgan erdik, birdan bir ilon inidan chiqib, (bizga hamla qildi), biz uni o‘ldirmoq bo‘lib ta’qib qilgan erdik, u bizdan chaqqonroq harakat qilib, iniga qaytib kirib ketdi. (Buni ko‘rib) Janob Rasululloh: «Sizlar uning yomonligidan o‘zlaringizni ehtiyot qilganingiz kabi, u ham sizlarning yomonligingizdan o‘zini ehtiyot qildi», — dedilar». (Bu hadisda hatto ehrom kiygan odam ham Janob Rasululloh o‘ldirmoqni amr qilgan ilonlarni o‘ldirmog‘i mumkinligiga ishora qilinadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 09:59:22
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir ayol do‘zaxga tashlandi, boisi — ul bir mushukni bog‘lab qo‘yib, unga sira ovqat bermagan, uning o‘zi yerdagi jonivorlarni tutib yemog‘i uchun ham yechib yubormagan», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Payg‘ambarlardan biri (dam olmoq bo‘lib) bir daraxt ostiga kelib o‘ltirdilar. Bir mahal bir chumoli ul kishini chaqib olib erdi, kiyimlarini yechib ichidan chumolini olib tashlashni hamda uning iniga o‘t qo‘yishni amr qildilar. Shunda Olloh taolo ul kishiga vahiy yuborib: «Sizni bitta chumoli chaqmaganmidi?! (Nega endi bitta chumolini deb, butun chumolilar iniga o‘t quydingiz?!) — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:00:03
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir ayol do‘zaxga tashlandi, boisi — ul bir mushukni bog‘lab qo‘yib, unga sira ovqat bermagan, uning o‘zi yerdagi jonivorlarni tutib yemog‘i uchun ham yechib yubormagan», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Payg‘ambarlardan biri (dam olmoq bo‘lib) bir daraxt ostiga kelib o‘ltirdilar. Bir mahal bir chumoli ul kishini chaqib olib erdi, kiyimlarini yechib ichidan chumolini olib tashlashni hamda uning iniga o‘t qo‘yishni amr qildilar. Shunda Olloh taolo ul kishiga vahiy yuborib: «Sizni bitta chumoli chaqmaganmidi?! (Nega endi bitta chumolini deb, butun chumolilar iniga o‘t quydingiz?!) — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:00:46
16-bob. Agar birortangizning sharobingizga pashsha tushib qolsa, uni butunlay botirib, so‘ng olib tashlangiz, chunki uning bir qanotida dard, ikkinchisida davo bordur

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar birortangizning sharobingizga (suv, sharbat, suyuq ovqat kabi narsalaringizga) pashsha tushib qolsa, avval uni butunlay botirib, so‘ng olib tashlangiz, chunki uning qanotlaridan birida dard, ikkinchisida davo mavjuddir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir it quduq tepasida tashnaliqdan halloslab o‘lar holda turgan erdi. Bir fohisha o‘shal yerdan utib ketayotib (itga rahm qildida), mahsisini yechib qo‘njida quduqdan suv olib unga ichirdi. Olloh taolo shul boisdan uning gunohlarini mag‘firat qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:01:33
Abu Talha raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farishtalar it va surat bor uyga kirmaslar», — dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qopog‘on (quturgan) itlarni o‘ldirmoqni amr qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki it boqsa, kundalik savob ishlariga beriladirgan ajrlarning bir qiyrotidan (yoki ikki qiyrotidan) mahrum bo‘lur. Qo‘riqchi, podachi va ovchi itlar bundan mustasnodur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:02:16
17-bob. Odam (alayhissalom)ning yaratilishlari hamda ul kishining zurriyotlari haqida

«Salsol» — «qum aralash (quruq) loy» bo‘lib, chinni (sopol) kabi jaranglaydi. Bu so‘z «Al-Hijr» surasidagi «Darhaqiqat, biz yaratdik insonni (Odam alayhissalomni) silliq (mayin) qora loydan tayyorlangan jarangdor quruq loydan» degan 26-oyatda hamda «Ar-Rahmon» surasidagi «(Olloh) yaratdi insonni (Odam alayhissalomni) chinni (sopol) kabi jarangdor quruq loydan» degan 14-oyatda mavjuddur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:02:31
18-bob. Olloh taoloning «Eslangiz, (ey habibim), parvardigoringizning farishtalarga: «Men (Odamni) Yer yuziga noib qilmoqni iroda qildim» — deb aytganini» degan qavli haqida («Al-Baqara» surasi, 30-oyat)

Abu Hurayra raziyachlohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo Odam alayhissalomni bo‘ylari oltmish ziro’ keladirgan qilib yaratdi (1 ziro’ — 0,75 sm). So‘ng, ul kishiga: «Borgil, anavi farishtalarga salom bergil va ularning salomingga olgan aliklarini yaxshilab eshitib olgil, chunki bu senga va sening zurriyotingga yo‘llangan salom bulgusidur!» — dedi. Odam alayhissalom (ularning qoshiga borib): «Assalomu alaykum!» — dedilar. Ular: «As-Salomu alayka va rahmatullohi!» — deb salomning aligiga «va rahmatullohi»ni qo‘shib aytishdi. Har bir jannati banda Odam alayhissalomning qiyofalarida (ya’ni, o‘shal kishidek barvasta va chiroyli qiyofada) jannatga kirurki, inson buy-basti va husni (o‘shal davrdan) hozirga qadar tobora nuqsli bo‘lib bormoqdadur».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Mo‘minlarning dastlabki guruhi yuzlari tulin oy monand balqigan holda jannatga kirib keladilar, ularning bosgan izlaridan samodagi eng yorug‘ yulduz shu’lasi kabi bir yog‘du taralib turadi. Endi ular jannatda na peshob va na hojat qiladilar va na burgalardan tozalanadilar va na burun qoqadilar. Ularning taroqlari oltindan bo‘lib, terlaridan mushk hidi anqib turadi. Tutatqidonlari tutatqisi ersa xushbuy ud yog‘ochidan bo‘lib, xotinlari go‘zalligi ko‘zni hayratga soladirgan hurlar buladi. Ular barchalari yaqdil bo‘lishib, buylari oltmish ziro’ (1 ziro’ — 0,75 sm) bo‘lmish otalari Odam alayhissalom kabi go‘zal qiyofada buladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:03:53
Zaynab binti Abu Salama Ummu Salamadan naql qiladilar: «Ummu Sulaym degan bir ayol: «Yo Rasulalloh! Olloh taolo o‘z bandalariga bildirib quymoqni iroda qilgan uyatli masalalarni bayon qilmoqdan tortinmaydi, shul boisdan men ham shunday masala xususida suramoqdan tortinmayman. Aytingiz-chi, agar ayol tushida er birlan jimo’ qilishib, bulg‘anib qolsa, unga g‘usl lozimmi?» — dedi. Janob Rasulushyuh: «Ha, uyg‘onganida maniy chiqqanini ko‘rsa», — dedilar. Shunda (ul zotning huzurlarida turgan) Ummu Salama kulib: «Ayol ham bulg‘anib qoladimi? (Ayoldan ham maniy chiqadimi?)» — dedilar. (Bu esa ba’zi ayollarning o‘zidan maniy chiqqanini sezib, ba’zilarining sezmasligiga dalildur). Janob Rasululloh: «Ha, bulg‘anib, maniy chiqqanini ko‘radi. Agar ayoldan maniy chiqmasa, ul holda ne sababdan bolasi unga o‘xshab qoladi?!» — dedilar». (Janob Rasulullohnnig ayoldan ham maniy chiqishi haqidagi bu so‘zlarini ul zotning «Er va xotindan qaysi biri maniyni oldin to‘ksa, boladagi o‘xshashlik o‘shandandur» degan so‘zlari quvvatlaydi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:05:58
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga kelganlarini eshitib, ul zotning huzurlariga bordi-da: «Men sizdan faqat payg‘ambargina biladirgan uch masala xususida surayman: Qiyomatning dastlabki belgisi nima? Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom nima? Bola nima boisidan otasiga va nima boisidan tog‘alariga o‘xshaydi?» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hozirgina Hazrat Jabroil mazkur masalalar xususida menga xabar yetkazdilar», — dedilar. Abdulloh: «Ul kishi (ya’ni, Hazrat Jabroil) yahudiylarga dushman farishtalardandurlar», — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga javoban bunday deb marhamat qildilar: «Ammo, Qiyomatning dastlabki belgisi shuki, alanga (o‘t chiqib), mashriqdan magribgacha yerlardagi odamlarni mahsharga to‘playdi. Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom ersa, hut (kit yoki ulkan baliq) jigari o‘simtasidir. Boladagi o‘xshashlik xususiga kelsak, er xotiniga yetganda, agar erning maniysi ayolnikidan ilgari to‘kilsa, bola otasiga va agar ayolning maniysi ernikidan oldin to‘kilsa, bola onasiga o‘xshaydi». Abdulloh (Janob Rasulullohning javoblarini eshitgach): «Men sizning Ollohning rasuli ekaningizga shahodat keltirdim!» — dedi. Keyin, u: «Yo Rasulalloh! Yahudiylar firibgar, yolg‘onchi qavmdur, agar siz men haqimda ulardan so‘ramasingizdan avval Islomga kirganimni bilgan bo‘lsalar, huzuringizda menga tuhmat qiladilar» — deb aytdi. Shu asnoda Janob Rasulullohning huzurlariga yahudiylar kelib qolib erdi, Abdulloh ichkariga kirib turdi. Janob Rasululloh yahudiylarga: «Qavmingizdagi Abdulloh ibn Salom qanday odam?» — dedilar. Shunda yahudiylar (Abdullohning Islomga kirganidan bexabar bo‘lgani uchun): «U eng ulug‘imiz va eng ulug‘imizning o‘g‘lidur hamda u eng yaxshimiz va eng yaxshimizning o‘g‘lidur», — deyishdi. Janob Rasululloh: «Fikringiz qanday, agar Abdulloh Islomga kirsa, (sizlar ham Islomga kirasizlarmi)?» — dedilar. Yahudiylar: «Olloh uni bundan o‘z panohida asrasin!»— deyishdi. Shunda Abdulloh ichkaridan ularning oldiga chiqib keldi-da: «Ashhadu an-lo iloha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasulullohi!» — deb aytdi. Yahudiylar (buni eshitib): «U yomonimiz va yomonimizning o‘g‘lidur» — deya uni yomonlashga tushishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:06:27
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Banu Isroil bo‘lmaganda erdi, go‘sht sasimagan bo‘lar erdi va agar (Momo) Havo (Havvo’) bo‘lmaganda erdi, ayol eriga xiyonat qilmagan bo‘lar erdi»,— dedilar». (Ya’ni, qadimda yahudiylar «Baqara» surasining 57-oyatida zikr qilingan salvo — bedana go‘shtini ochko‘zlik qilib, ehtiyotlab olib qo‘yadirgan bo‘ldilar va buning uchun Olloh taolo ularni jazoladi, chunki bunday qilmaslik ularga buyurilgan erdi. O’sha vaqtdan boshlab go‘sht sasiydirgan bo‘lib qolgan. Jannatda Momo Havo shaytonning vasvasasiga uchib, Odam alayhissalomni Olloh taolo yemoqlarini man’ qilgan daraxt mevasidan (bug‘doydan) tatib ko‘rmoqqa undaganlar, so‘ng ikkalalari undan tatib kurganlar. Janob Rasululloh ayollarning erga xiyonati aynan ana shu vaqtdan boshlanganligiga ishora qiladilar).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Ayollar birlan yaxshi muomalada bo‘lingizlar, deb sizlarga vasiyat qilurmanki, ular xususidagi quyidagi vasiyatimni qabul qilib; unga amal qilingizlar: «Darhaqiqat, ular qobirg‘adan yaratilgan bo‘lib, qobirg‘aning eng qiyshiq (egri) yeri esa uning tepasidur. Agar uni to‘g‘rilashga kirishsangiz, sindirib quyursiz va agar qo‘yib yuborsangiz, u yana o‘z egri holida qolgay. (Shul boisdan ham) ayollar birlan yaxshi muomalada bo‘lingizlar (ular birlan bamaslahat ish tutingizlar va murosayu-madora qilingizlar!)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:10:23
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo kelgusida albatta qilmog‘ini vahiy orqali va’da qilgan amallar xususida rost so‘zlovchi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga quyidagi hadisi shariflarini marhamat qildilar: «Qaysiningizning bo‘lmasin, (nutfa holidagi) jussangiz (otangiz pushti kamaridan chiqib) onangiz qorniga tushgach, ul yerda qirq kun davomida tarkib topib (o‘zaro birikib) yetilgay, keyin yana shuncha muhlatda laxta qonga aylangay, so‘ng yana shuncha muhlatda bir parcha et shakliga kelgay. Shundan so‘ng, Olloh taolo bir farishtani (bachadonga) yuborgay, unga: «(Homilaning) kasbini, rizqini, umrining qanchaligini va baxtsiz yokim baxtli ekanligini (peshonasiga) bitib quygil!» — deb amr qilingay. Keyin, unga (homilaga) ruh (jon) pudalgay (kirgizilgay). Darhaqiqat, sizlardan kimdir o‘zi birlan jannat oralig‘ida bir gaz masofa qolguncha (jannat ahliga mansub) amallarni qilgay. Ammo, pirovardida (farishta tomonidan psshonasiga) yozib quyilgan taqdiri undan uzib o‘tgay-da, u do‘zaxiylar ishini qilib qo‘yib, jahannamga kirgay. Shuningdek, (sizlardan kimdir) o‘zi birlan do‘zax oraligida bir gaz masofa qolguncha (jahannam ahliga mansub) ishlarni qilgay. Lekin, pirovardida (farishta tomonidan peshonasiga) yozib quyilgan taqdiri undan uzib o‘tgay-da, u jannatilar ishini qilib, jannatga kirgay». (Yuqoridagi «...bir gaz masofa qolguncha» iborasining ma’nosi — «o‘limiga oz qolganda» demaqdur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:10:35
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo bachadonga bir farishtani vakil qilib yuboradi, farishta:  «Parvardigoro, nutfa bo‘ldi, parvardigoro, laxga qon bo‘ldi, parvardigoro, bir parcha et bo‘ldi», — deydi. Keyin, Olloh taolo, agar uni yaratishni (dunyoga keltirishni) iroda qilsa, farishta: «Parvardigoro, o‘g‘ilmi yo qizmi? Baxtsizmi yo baxtlimi? Rizqi qancha? Umri qancha?» — deb so‘raydi. So‘ng, u (Olloh taolo nima deb amr qilsa), shuni onaning qornida (homilaning peshonasiga) yozib qo‘yadi».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Zulm birlan (nohaq) o‘ldirilgan har bir jonning xuniga dastlabki odamning (ya’ni, Odam alayhissalomning katta) o‘g‘illari sherik bo‘lur, chunki u birinchi bo‘lib odam o‘ldirishni boshlab bergan shaxsdur».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo (Qiyomat kuni) duzahda eng yengil azob tortadirgan shaxsga (Abu Tolibga): «Agar yerdagi boyliklar seniki bo‘lganda, ularni hozirgi ahvolingdan qutulmog‘ing uchun bergan bo‘larmi erding?» — deydi. U: «Ha», — deydi. Shunda Olloh taolo: «Men sendan hali sen Odam alayhissalomning pushti kamarida ekanligingda (hali ruhlik vaqtingda) bundan osonroq narsani, ya’ni seni dunyoga keltirgan chog‘imda menga shirk keltirmasligingga va’da bermog‘ingni so‘ragan erdim, ammo sen bundan bosh tortgan erding», — deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:10:45
19-bob. Ruhlar (farishtalar)ning behisob qo‘shin ekanligi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ruhlar (farishtalar) behisob qo‘shin bo‘lib, uning qanchaligini ham bilib bo‘lmas, bshisob ekanligini ham inkor qilib bo‘lmas!» deb aytganlarini eshitganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:10:53
20-bob. Olloh taoloning «Va batahqiq biz yubordik Nuhni o‘z qavmigaki...» degan qavli xususida («Alhud» surasi, 25-oyat)

Ibn Abbos: «(«Alhud» surasining 27-oyatidagi) «bodiyar-ra’yi» — «bizga tuyulgan narsa», (shu suraning 44-oyatidagi) «aqli’iy» — «guxta» hamda (40-oyatidagi) «va forat-tannuuru»— «va suv otilib chiqdi» degan mazmundadir», — deydilar.

Ikrima bunday dsltsilar: «(«Al-Baqara» surasining 15-oyatidagi) «vajh» — «er, joy» ma’nosida», — deydilar.

Mujohid: «(«Alhud» surasining 44-oyatidagi) «al-Juu diyyo‘» — (Suriyadagi) tog‘, («G’ofir» surasining 31-oyatidagi) «da’b» — «hol, ahvol» bo‘lib, bu ma’no («Yunus» surasining quyidagi 71—72-oyatlarida aks etgan): «(Ey Muhammad), eshit-tiring ularga Nuh voqeasini, vaqtiki ul o‘z qavmiga dediki: «Ey qavmim, agar og‘irlik qilgan bo‘lsa sizlarga mening (sizlar ila yashab) turganligim va Olloh taolo oyaglari ila nasihat qilganligim... («itoatkor mo‘minlardan bo‘lmoqlik menga amr qilingandur» degan qavligacha)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:11:11
21-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz Nuhni o‘z qavmiga yubordikki, og‘ohlantirgil qavmingni ularga dardli azob kelmasidan burun, deb...» («Nuh» surasining oxirigacha)

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlar orasida turib xutba qildilar. Shunda Olloh taologa uning o‘ziga munosib hamdu sanolar aytgach, Dajjol haqida eslatib bunday deb marhamat qildilar: «Men sizlarni undan ehtiyot bo‘lingiz, deb ogohlantirurmanki, barcha payg‘ambarlar ham o‘z qavmlarini ogohlantirganlar, shuningdek Nuh alayhissalom ham o‘z qavmlarini ogohlantirganlar. Ammo, men sizlarga Dajjol haqida biror payg‘ambar o‘z qavmiga aytmagan xabarni ayturman. Bili qo‘yingizlarki, Dajjolning (bir) ko‘zi g‘ilay (ko‘r) bo‘lib Olloh taolo ersa, gilay (ko‘r) emasdur!».

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «(Qiyomat kuni Nuh alayhissalom birlan ul kishining ummatlari mahsharga keladi. Shunda Olloh taolo Nuh alayhissalomga: «Menin hukmlarimni ummatingizga yetkazdingizmi?» — deydi. Nuh nlayhissalom: «Ha, yo parvardigorim!» — deb javob beradilar. Olloh taolo ul kishining ummatlariga: «Nuh alayhissalom mening ahkomlarimni sizlarga yetkazganmidi?» — deydi. Ular: «Yo‘q, bizga biror payg‘ambar kelgan emas», — deyishadi. Ollo taolo Nuh alayhissalomga: «Mening hukmlarimni ummatingizga yetkazganingiz xususida sizga kim guvohlik berur?» — deydi. Nuh alayhissalom: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning ummatlari menga guvohlik berurlar», — deydilar. Shunda biz ul kishining o‘z ummatlariga Olloh taoloning hukmlarini yetkazganliklarini tasdiqlab guvohlik bergaymiz. Bu to‘g‘rida Olloh taolo: «Va shul tariqa biz sizlarni (Qiyomatda) boshqa odamlarga guvoh bo‘lmoqlaringiz uchun adolatli (xolis) bir ummat qildik...», — deydi» («Al-Baqara» surasi, 143-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:11:32
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir mehmondorchilikda bo‘ldik, (ul yerda Janob Rasulullohga pishgan go‘sht keltirishib erdi), ko‘ngillari tortib undan bir tishlam olib yedilar. So‘ng, bunday deb marhamat qildilar: «Qiyomat kuni men qavmning sayyidi (ulug‘i) bo‘lurman. Buning boisini bilurmisizlar? (O’shal kuni) Olloh taolo dastlabki insondan to so‘nggi insongacha barchasini bir yerga to‘plagay, shunda nazoratchi ularning hammasini ko‘ra olur, jarchi esa ularning hammasiga (so‘zini) eshittira olur. So‘ng, Quyosh pasayib, ularga yaqinlashur. Keyin, ba’zi odamlar: «Qandayin ahvolga tushib qolganlaringizni, o‘zlaringizga ne bo‘lganini ko‘rmayotirsizlarmi? Parvardigorinshzdan gunohlaringizni o‘tmoqni so‘rab shafoat qiladirgan kishini qidirib ko‘rmaysizlarmi?» — deyishgay. Shunda ba’zi odamlar: «Otalaringiz bo‘lmish Odam alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» — deb maslahat berishgay. So‘ng, ular Odam alayhissalomning qoshlariga borishib: «Ey Odam alayhissalom! Siz insoniyatning otasisiz, Olloh taolo sizni o‘z (qudrat) qo‘li birlan yaratib, jismingizga o‘z ruhidan jon kirgizgandur hamda maloikalarni sizga sajda qilmoqlarini amr qilganda ular sizga sajda qilgandurlar va buning ustiga Olloh taolo sizga jannatdan joy ato etgandur. Parvardigoringizdan gunohlarimizni o‘tmoqni so‘rab shafoat qilurmisiz? Qandayin ahvolga tushib qolganimizni, bizga ne bo‘lganini ko‘rmayotirsizmi?» ,— deyishgay. Odam alayhissalom ularga javoban: «Rabbim (bugun) shul qadar g‘azabnokki, ilgari bunchalik sira g‘azablanmagandur, bundan keyin ham bunchalik darg‘azab bo‘lmas. Parvardigorim jannatdagi bir daraxt mevasini (bug‘doyni) yemoqni menga man’ qilganida, men unga osiylik qilib yeb quygan erdim. O’shal (osiy) mendurman! O’shal osiy mendurman! Mendan bo‘lak kishining — Nuh alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» — deb aytgaylar. Ular Nuh alayhissalomning‘ qoshlariga borishib: «Ey Nuh alayhissalom! Siz Yer ahliga yuborilgan birinchi payg‘ambardursiz. Olloh taolo sizni shukrguzor bandam, deb atagandur. Bizning qandayin ahvolga tushib qolganimizni, bizga ne bo‘lganini ko‘rmayotirsizmi? Parvardigoringizdan gunohlarimizni o‘tmoqni so‘rab shafoat qilurmisiz?» — deb aytishgay. Nuh alayhissalom: «Parvardigorim (bugun) shul qadar darg‘azabki, ilgari sira bunchalik g‘azablangan emas, bundan keyin ham bul qadar g‘azablanmas. (Bir vaqtlar qavmimni duoi bad qilib quyganman). O’shal mendurman! O’shal mendurman! Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Nihoyat, ular mening qoshimga kelishgay. Shunda men Arsh poyiga sajda qilgayman. «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib, shafoat qilingiz, shafoatingiz qabul qilingay, so‘rangiz, so‘raganingiz ato etilgay», — deyilgay».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «...fahal mim-muddakir» — deb omma kabi qiroat qildilar («Al-Qamar» surasi, 51-oyatda).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:11:50
22-bob.

Olloh taoloning qavli: «Va darhaqiqat Ilyos ham payg‘ambarlardandur. Ul o‘z qavmiga: «Ey (qavmim), qo‘rqmassizlarmi (Olloh taolodan) hamda Ba’lga (butga) ibodat qilib, o‘zlaringizning ham, o‘tgan ota-bobolaringizning ham parvardigori bo‘lmish eng yaxshi yaratguvchi — Ollohni tark qilursizlarmi?!» — deb aytganini bir eslangiz. (Shunda ular Ilyosni) yolg‘onchiga chiqardilar. Bas, endi ular albatta jahannamga (tashlashga) hozir qilinguvchilar bo‘lib, Olloh taoloning xolis bandalarigina (Ilyosga iymon keltirgan bandalarigina) bundan mustasnodurlar va Biz qoldirdik keyingilar (avlodlar) aro uning sha’niga «Salom bo‘lsin Ilyosiylarga!» (degan maqtovni)». («Vas-Soffoti» surasi, 123—130-oyatlar)

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ilyosiylar ezgu salom yo‘llanib yod qilinur, Olloh taolo bul haqda: «Albatta Biz yaxshi amallar qilguvchilarni ana shul tariqa mukofotlagaymiz, darhaqiqat u (Ilyos) Bizning mo‘min bandalarimizdandur» — deydi» («Vas-Soffoti» surasi, 131—132-oyatlar).

Ibn Mas’ud va Ibn Abbosdan naql qilinadiki, ular «Ilyos alayhissalom — bu Idris alayhissalomdurlar» — deb aytishgan erkan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:12:01
23-bob. Idris alayhissalom va ul kishining Nuh alayhissalomning otalariga bobo ekanliklari xususida

Idris alayhissalom Nuh alayhissalomning bobolari bo‘lganlar, deb ham aytishadi. Olloh taolo: «Biz uni (Idris alayhissalomni) oliy maqomga ko‘tardik», — deydi («Maryam» surasi, 57-oyat).

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Men Makkada ekanligimda uyimning shifti (tomi) yerilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. So‘ng, ko‘kragimni yorib, ichini zamzam suvi birlan yuvdilar. Keyin, hikmatu iymon to‘la oltin jom keltirib, uni ko‘kragim ichiga bo‘shatdilar. So‘ng, ko‘kragimni yopdilar-da, qo‘limdan ushlab osmonga ko‘tarildilar. Eng yaqin osmonga (osmonning yerga yaqin qavatiga) yetib kelganlarida Jabroil alayhissalom osmonning (mazkur qavati) qorovuliga: «(Eshikni) ochingiz!» — dedilar. Qorovul: «Kimsiz?» — dedi. Jabroil alayhissalom: «Bu men — Jabroilman», — dedilar. Qorovul: «Yoningizda biror kishi bormi?» — dedi. Jabroil alayhissalom: «Yonimda Muhammad sallallohu alayhi va sallam borlar», — dedilar. Qorovul: «Huzurlariga yuborilib erdimi?» (ya’ni, «Olloh taolo sizni ul zotni osmonga olib chiqmog‘ingiz uchun huzurlariga yuborib erdimi?») — dedi. Hazrat Jabroil: «Ha, shunday», — dedilar. Shundan so‘ng, qorovul (eshikni) ochdi. Biz osmonga (osmonning eng yaqin qavatiga) chiqqanimizda bir kishiga kuzimiz tushdi. O’shal kishining o‘ng tomonlarida ham, chap tomonlarida ham odamlar turgan bo‘lib, o‘ng tomonlaridagilarga qarasalar, kular, chap tomonlaridagilarga qarasalar, yig‘lar erdilar. O’shal kishi menga: «Ey adolatpesha (muttaqiy) payg‘ambar, ey adolatpesha (muttaqiy) o‘til, xush kelibsiz!» — dedilar. Men: «Yo Jabroil alayhissalom, bul kishi kim?» — dedim. Hazrat Jabroil: «Bu kishi Odam alayhissalomdurlar, ung va chap tomonlaridagi anavi odamlar ersa, ul kishining avlodlarining ruhlaridur. Bulardan o‘ng tomondagilari jannat ahli, chap tomondagilari ersa, do‘zax ahlidur. Shul boisdan ul kishi o‘ng tomonlariga qarasalar, (xursand bo‘lib) kuladilar, chap tomonlariga qarasalar, (achinib) yig‘laydilar», — dedilar. Ksyin, Hazrat Jabroil men birlan (yanada balandroq) ko‘tarilib, ikkinchi osmonga (osmonning ikkinchi qavatiga) yetib keldilar-da, uning qorovuliga: «(Eshikni) ochingiz!» — dedilar. Shunda qorovul birinchi osmon qorovuli ne degan bo‘lsa, shunday dedi (ya’ni, Hazrat Jabroil bir-lan birinchi osmon qorovuli o‘rtasida qanday savol-javob bo‘lib utgan bo‘lsa, bu yerda ham shunday savol-javob bo‘lib utdi). So‘ng, u eshikni ochdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:12:21
«Janob Rasululloh, — deydilar Anas raziyallohu anhu, — osmonlarda Idris, Muso, Iso va Ibrohim alayhissalomlarni uchratganlarini zikr qilgan erdilar, ammo Odam alayhissalomning manzillari birinchi osmonda va Ibrohim alayhissalomning manzillari oltinchi osmonda ekanligi yodimda-yu, qolganlarning manzillari nechanchi osmonda ekanligi sira xotiramda qolmabdi».

Anas raziyallohu anhu (yana) bunday deydilar: «Jabroil alayhissalom (Janob Rasululloh birlan birga) Idris alayhissalomning yonlaridan o‘tib ketayotganlarida, Idris alayhissalom (Janob Rasulullohga): «Ey adolatpesha payg‘ambar, ey adolatpesha birodar, xush kelibsiz!» — deb aytibdilar. Janob Rasululloh bunday deb erdilar: «Shunda men: «Bul kishi kim?» — dedim. Hazrat Jabroil: «Idris alayhissalomdurlar», — dedilar. Keyin, Muso alayhissalomning yonlaridan o‘tdim, ul kishi (menga): «Ey adolatpesha payg‘ambar, ey adolatpesha (muttaqiy) birodar, xush kelibsiz!» — dedilar. Men: «Bu kishi kim?» — dedim. Hazrat Jabroil: «Bul kishi Muso alayhissalomdurlar», — dedilar. So‘ng, men Iso alayhissalomning yonlaridan o‘tdim, ul kishi: «Ey adolatpesha payg‘ambar, ey adolatpesha (mugtaqiy) birodar, xush kelibsiz!» — dedilar. Men: «Bul kishi kim?» — dedim. Hazrat Jabroil: «Bul kipsh Iso alayhissalomdurlar», — dedilar. Keyin, Ibrohim alayhissalomning yenlaridan o‘tdim, ul kishi: «Ey adolatpesha (muttaqiy) payg‘ambar, ey adolatpesha (muttaqiy) o‘g‘il, xush kelibsiz!» — dedilar. Men: «Bul kishi kim?», — dedim. Hazrat Jabroil: «Bul kishi Ibrohim alayhissalomdurlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:12:35
Ibn Abbos va Abu Hayya al-Ansoriy raziyallohu anhumo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Keyin, Jabroil alayhissalom meni olib shul qadar balandga ko‘tarildilarki, hatto (Olloh taoloning ahkomlarini bitayotgan) qalamlarning (qog‘oz uzra yurgandagi) shitir-shitir ovozini eshitdim»— deb aytganlar», — deyishar erdi.

Ibn Hazm va Anas ibn Molik raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytgan erdilar: «Keyin, Olloh taolo menga ellik vaqt namoz farz qildi, shuning birlan ortimga qaytib, Muso alayhissalomning yenlaridan o‘tib ketayotgan erdim, ul kishi menga: «Olloh taolo ummatingizga neni farz qildi?» — dedilar. Men: «Olloh taolo ummatimga ellik vaqt namoz farz qildi», — dedim. Muso alayhissalom: «Rabbingizning qoshiga qaytib borib, kamaytirmog‘ini surangiz, chunki ummatingiz bunga chiday olmas», — dedilar. Men qaytib borib, parvardigorimga murojaat qildim, u (ellik vaqt namozni) yarmiga kamaytirdi. So‘ng, Muso alayhissalomning oldilariga qaytdim. Ul kishi (yana): «Parvardigoringizning qoshiga qaytib boringiz!» — deya avvalgi gaplarni qaytardilar. (Men parvardigorimning qoshiga qaytib borib, murojaat qildim), u (yana) yarmiga kamaytirdi. Keyin, Muso alayhissalomning oldilariga qaytib, Olloh taolo qanchaga kamaytirganini ay| tib erdim, ul kishi: «Parvardigoringizning qoshiga qaytib borib, (yana) murojaat qilingiz, chunki ummatingiz bunga (ham) chiday olmas», — dedilar. Men (yana) qaytib borib, parvardigorimga murojaat qildim. Shunda Olloh taolo: «Namoz besh vaqt bo‘lgani birlan, unda ellik vaqt namoz savobi bor. Mening dargohimdagi so‘z (hukm) endi o‘zgartirilmas!»  dedi. So‘ng, men Muso alayhissalomning qoshlariga qaytdim, ul kishi (yana): «Parvardigoringizning qoshiga qaytingiz!» — dedilar. Men: «Rabbimdan hae qildim (parvardigorimdan uyalurman)», — dedim (ya’ni, Olloh taolo dastlab ellik vaqt namozni farz qildi. Keyin, Janob Rasululloh har safar qaytib borib, murojaat qilganlarida besh vaqt-besh vaqtdan kamaytirdi. Oxiri besh vaqt namoz farz bo‘lib qoldi. Agar Janob Rasululloh yana qaytib borib, buni ham kamaytirmoqni so‘raganlarida namozni umuman bekor qilinmog‘ini so‘ragandek bo‘lib qolar erdilar. O’l zotning «Parvardigorimdan hayo qildim» deganlarining boisi shundadur). So‘ng, (Hazrat Jabroil meni olib) «Sidrat ul-Muntaho» degan joyga uchib chiqdilar («Sidrat ul-Muntaho» — osmonlarning eng yuqori joyi yoki u shunday bir joyki, u yerga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bo‘laklar, hatto farishtalar ham kira olmas va uning ne ekanligini bila olmas). Uni turli ranglar chulg‘ab olganligidan, neligini bilolmadim. Keyin, men jannatga kiritildim, ul yerda dur gumbazlar bor bo‘lib, tufrog‘i(dan) mushk (hidi taralib turibdi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:12:48
24-bob. Olloh taoloning «Va yubordik Od qavmiga o‘z birodarlari Hudni, ul dedi: «Ey qavmim, ibodat qilingizlar Olloh taologa...» va «...vaqtiki (Hud) Ahqof mamlakatidagi o‘z qavmini ogohlantirdi...» («mana shunday jazo berurmiz gunohkorlarga» degan qavligacha) hamda «Va ammo Od qabilasi halok qilindi nihoyatda kuchli sovuq shamol (bo‘ron) ila» degan qavllari xususida («Al-A’rof» surasi, 65-oyat, «Al-Ahqof» surasi, 21—25-oyatlar, «Al-Hoqqa» surasi, 6-oyat)

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sabo shamoli birlan g‘olib qilindim va Od qavmi Dabur shamoli birlan halok qilindi»,— dedilar».

Abu Sa’id (al-Xudriy) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali (ibn Abu Tolib) raziyallohu anhu (Yamandan) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (o‘lja olingan) mayda oltinlarni (begona jinslardan tozalanmagan oltin kukunini): jo‘natdilar. Ul zot uni to‘rt kishiga — Uyayna ibn Badr, Aqra’ ibn Habis, Zayd at-Toiy va Alqama ibn Allosaga taqsimlab berdilar. Shunda Quraysh ahli va ansorlar g‘azablanib: «Janob Rasululloh Najd (ahli) raislariga (o‘lja) berdilar-u, ammo bizni (o‘ljasiz) qoldirdilar», — deyishdi. Janob Rasululloh: «Men ularni (Islomga) do‘st qilmoqchiman», — dedilar. Shunda ko‘zlari botiq, yonoqlari turtib chiqqan, peshonasi do‘ng, sersoqol va sochn qirilgan bir kishi (sochi qirilganligiga qaraganda xavorijlardan bo‘lsa kerak) o‘rnidan turib: «Ey Muhammad, Ollohdan qo‘rqingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Agar men (payg‘ambar bo‘laturib) Olloh taologa osiylik qilgan bo‘lsam, unda kim unga itoat qilur?! Olloh taolo Yer yuzi ahlini menga ishonib topshirib qo‘ygan bo‘lsa-yu, sen menga ishonmaysanmi?» — dedilar. Keyin, bir kishi, menimcha Xolid ibn Valid uni o‘ldirmoqqa ul zotdan izn so‘rab erdi, ruxsat bermadilar. Janob Rasululloh, boyagi odam chiqib ketgach, bunday deb marhamat qildilar: «Mana shul odamning zurriyotidan Qur’onni (qalbdan emas, balki) bo‘g‘zidan ichkariga o‘tkazmay (ya’ni, til uchidagina) tilovat qiladirgan qavm chiqur, ular o‘q kamondan otilgandek dindan tez chiqurlar va Islom ahlini o‘ldirib, butparastlarga xayrixoh bo‘lurlar. Qani endi, ularga yetib olganimda erdi, (ya’ni, mazkur qavm chiqadirgan davrda hayot bo‘lganimda erdi), ularni Od qavmi qirib tashlangayi kabi qirib tashlar erdim!».

Abdulloh raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Nasihat olguvchilar bormi?» deb qiroat qildilar»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:13:00
25-bob. Ya’juj va Ma’juj qissasi

Olloh taoloning qavllari: «Ular dedilar: «Ey Zulqarnayn! Darhaqiqat, Ya’juj va Mdjuj (qavmi) Yer yuzida buzg‘unchilik qilguvchidurlar...» («Al-Kahf» surasi, 94-oyat); «Ey Muhammad, so‘rarlar sizdan Zulqarnayn xususida ham, siz ayting «Men endi sizlarga uning haqidagi xabarlarni tilovat qilurman» deb. Darhaqiqat, biz bergan erdik unga Yer yuzida quvvat (saltanat) va berib erdik unga har bir narsaga yo‘l (imkon), keyin ul bir tarafga yo‘l oldi» («Sizlar menga temir to‘sinlarni keltiringlar» degan qavligacha, «Al-Kahf» surasi, 83—96-oyatlar).

Ummu Habiba binti Abu Sufyon Zaynab binti Jahsh raziyallohu anhodan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nimadandir cho‘chigan holda Zaynabning hujrasiga kirib keldilar-da: «Lo iloha illallohu! Yaqinda bo‘lajak yomonlikdan arablarning sho‘ri qurib qolgay, bugun Ya’juj va Ma’juj oldidagi to‘siq mana muncha ochildi» — boshmaldoqlari birlan uning yonidagi barmoqlarini halqa qilib ko‘rsatdilar». Zaynab binti Jahsh bunday deydilar: «Shunda men: «Yo Rasulalloh, oramizda solih (muttaqiy) odamlar mavjud bo‘laturib ham (barchamiz) halok bulurmizmi?» -dedim. Janob Rasululloh: «Ha, agar qabohat (ifloslik) ko‘payib ketsa», — dedilar». (Aytishlaricha, Ya’juj va Ma’juj Nuh alayhissalomning o‘g‘illari Yofas zurriyotidan tarqagan ikki qabila erkan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:13:28
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Ya’juj Ma’juj oldidagi to‘siqni mana muncha ochdi» — dsya qo‘llari birlan to‘qson (raqamini) ko‘rsatdilar (ya’ni, to‘siq to‘qson foiz ochilganini ishora qilgan bo‘lsalar kerak)».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Olloh taolo (Qiyomat kuni): «Ey Odam (alayhissalom)!» — deydi. Odam alayhissalom: «Mana men qarshingda amringga muntaziru cheksiz muruvvatingdan umidvor bo‘lib turibdurman, barcha xayriyat sening qo‘lingdadur!» — deydilar. Olloh taolo: «Do‘zaxiylarni ajratgil!» — deydi. Odam alayhissalom: «Do‘zaxiylar qancha?» — deydilar. Olloh taolo: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi», — deydi. Buni eshitib, dahshatdan bolalarning sochi oqarib ketgay, homilador ayollar ersa bola tashlagaylar (chunki, kim necha yoshida vafot qilgan bo‘lsa, o‘sha yoshda va qaysi ayol homilador holda vafot qilgan bo‘lsa, homilasi birlan tiriltirilur). Odamlarni mast holda ko‘rgaysizlar, ammo ular (sharobdan) mast bo‘lmagaylar, (balki azbaroyi qo‘rqqanlaridan shul ahvolga tushgaylar). Lekin, Olloh taoloning azobi (juda) qattiqdur!». Sahobalar: «Yo Rasulalloh, o‘shal bir kishi qaysi birimiz?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Xursand bo‘lingizlarki, sizlardan bir kishi, Ya’juj va Ma’juj (qavmidan) ersa ming kishi (do‘zaxidur)», — dedilar. Keyin, davom etib: «Jonim qulida bo‘lgan zot haqi, men (ummatim bo‘lmish) siz (mo‘minlarning) jannat ahlining to‘rtdan biri bo‘lmog‘ingizni tilarman!» — deb aytdilar. Shunda (biz) sahobalar xursand bo‘lib Olloh taologa takbir aytdik. So‘ng: «Men sizlarning jannat ahlining uchdan biri bo‘lmog‘ingizni tilarman!»— dedilar. Biz yana takbir aytdik. Keyin: «Men sizlarning jannat ahlining yarmi bo‘lmog‘ingizni tilarman!» — dedilar. Biz yana takbir aytdik. So‘ng, bunday dedilar: «Sizlar mahshardagi odamlar orasida oq ho‘kiz terisidagi qora    yokim qora ho‘kiz terisidagi oq xol kabi yaqqol ajralib turgaysizlar», — deb aytdilar». (Janob Rasulullohning «Sizlardan bir kishi va Ya’juj va Ma’jujdan ming kishi» deganlarining mazmuni shulki, musulmonlarning har mingtasidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi jannatga va bittasi do‘zaxga tushur, Ya’juj va Ma’juj qavmining har mingtasidan esa mingtasi, demak, hammasi do‘zaxga tushur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:13:47
26-bob. Olloh taoloning «Olloh Ibrohimni o‘ziga do‘st tutgan» («An-niso» surasi, 125-oyat), «Darhaqiqat, Ibrohim xudojuy (muttaqiy) bir yetakchi erdi» («An-Naxl» surasi, 120-oyat), «Ibrohim albatta hamdard, vazmin bir zot erdi» («At-Tavba» surasi, 114-oyat) degan qavllari xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, sizlar yalangoyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda mahsharda to‘plangaysizlar», — dedilar. So‘ng, «Qiyomat kuni butun osmonlarni yozilgan qog‘ozlarni o‘ragan kabi o‘rab quyurmiz va dastlab qaysi tariqa dunyoni yaratgan bo‘lsak, o‘shal tariqa ikkinchi bor qayta paydo qilurmiz, bu bizning zimmamizdagi va’da bo‘lib, albatta biz uni bajarguvchidurmiz» deb qiroat qildilar («Al-Anbiyo» surasi, 104-oyat). Keyin, ul zot bunday deb marhamat qildilar: «Qiyomat kuni birinchi bo‘lib kiyim kiydiriladirgan kishi Ibrohim alayhissalomdurlar. O’shal kuni albatta sahobalarimdan bir qanchasi chap tomonlaridan (jahannam joylashgan taraflaridan) ushlanadilar. Shunda men: «Bular mening sahobalarim-ku! Bular mening sahobalarim-ku!» — deyman. Menga javoban: «Siz bularni tark qilganingizdan buyon (siz vafot qilganingizdan buyon) bular kufr birlan ortlariga qaytishdan to‘xtamaganlar» — deyilgay. So‘ng, men solih banda (bo‘lmish Iso ibn Maryam alayhissalot vassalom) aytganlaridek: «Vaqtiki men ular birlan erdim, ulardan xabardor erdim» — deb aytgayman» («...sen g‘olibdursan, hikmatlidursan» degan qavligacha, «Al-An’om» surasi, 117—118-oyatlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:14:08
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Qiyomat kuni Ibrohim alayhissalom otalari Ozarni yuzi tutun kabi qoraygan va chang bosgan holda uchratib: «Menga osiylik qilmangiz, deb sizga aytmaganmi erdim?!» - degaylar. Otalari Ozar: «Bugun endi senga osiylik qilmasman»,— degay. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Yo parvardigorim, bandalaringga qayta jon ato etiladirgan kuni meni sharmanda qilmaslikka va’da bergan erding, kofir otam Ozardan ortiq sharmandalik bormi?!» — degaylar. Olloh taolo: «Men jannatni kofirlarga harom qilgandurman» deb aytgay. So‘ng: «Ey Ibrohim, oyoqlaring ostidagi nedur?» - deyilgay. Ibrohim alayhissalom oyoqlari ostiga qarab, (najosatga) belangan bir sirtlon (yoldor bo‘ri) turganini ko‘radilar. Keyin, uni oyoqlaridan ushlab (ko‘tarib) jahannamga tashlab yuborishadi» (ya’ni, Olloh taolo Ibrohim alayhissalomning otalari Ozarni nasihatga ko‘nmay, shaytonga ergashgani uchun eng ahmoq hayvon bo‘lmish sirtlonga aylantirib qo‘yadi).

Ibn Abbos raziyallohuanhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baytullohga kirib, ul yerda Ibrohim alayhissalom birlan Bibi Maryamning suratlari borligini ko‘rdilar-da: «Bu ne qilganlari? Axir, johiliyat ahli suratlar mavjud uyga farishtalarning kirmasligini eshitishgan erdi-ku?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:14:19
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baytullohdagi suratlarni ko‘rib, ul yerga kirmadilar-da, ularni olib chiqib tashlashni amr qildilar. Keyin, ul zot Ibrohim va Ismoil alayhimossalomni qo‘llarida azlom ushlagan holda tasvirlanganlarini ko‘rgach: «Olloh taolo ularni (ya’ni, johiliyat ahlini) la’natlagan. Olloh taolo haqi, ular (ya’ni, Ibrohim va Ismoil alayhimossalom) azlom birla o‘z qiyomatlarini bilishni mutlaqo istamagandurlar!» — dedilar». («Azlom» — birligi «zalam» bo‘lib, ikki tarafi uchli tayoqdur. Uning bir tarafiga  «qil!» va ikkinchi tarafiga «qilma!» degan so‘zlar yozib qo‘yilgan. Johiliyat davridagi arablar o‘z qismatlarini bilmoqchi] bo‘lganlarida uni o‘rtasidan ushlab, gir aylantirib yerga tashlaganlar. Shunda, agar uning «qil!» dyogan so‘z yozilgan uchi o‘zlari tarafga kelib tuxtasa, ko‘zlagan ishlariga qo‘l urganlar, aks holda maqsadlaridan qaytganlar).

Samura raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kechasi uyqumda ikki farishta (Jabroil va Mikoil alayhimossalom) kelishdi. Keyin, ular meni bo‘ylarining balandligidan boshlari osmonga qadar yetgan bir kishining (Ibrohim alayhissalomning) qoshlariga olib borishdi. Ammo, men qancha yuqoriga qaramay, baribir ul kishining boshlarini ko‘ra olmadim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:14:57
Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Ibn Abbosga Dajjolning ikki ko‘zi orasiga «kofir» (yoki «K.F.R.») deb yozib quyilgani haqida eslatishib erdi, u bunday dedi: «Men bu to‘g‘rida sira eshitmaganman, lekin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ibrohim alayhissalomning qiyofalari qanday bo‘lganligini bilmoqchi ersangizlar, do‘stingizga qarangizlar (ya’ni, «menga qarangizlar» demoqchilar, chunki ul zot Ibrohim alayhissalomga eng o‘xshash kishi erdilar). Ammo, Muso alayhissalom jingalak soch (ba’zi rivoyatlarda sersoch) va bug‘doyrang kishi bo‘lib, xurmo po‘stlog‘idan eshilgan arqon birla jilovlangan qizil tuya minib yurar erdilar. Men ul kishining tuyalarida Azraq vodiysi bo‘ylab tushib kelayotganlarini ko‘rayotgandekman» — deganlar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ibrohim alayhissalom sakson yoshlarida yog‘och yo‘nadirgan asbob birlan xatna qilinganlar». (Ba’zi ulamolar: «Al-Qaduum» so‘zini «Yog‘och yo‘nadirgan asbob» desalar, ayrimlari: «Bu — Ibrohim alayhissalom xatna qilingan joy nomi» — deb aytishadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:15:16
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ibrohim alayhissalom uch yolg‘on gapdan bo‘lak sira yolgon gap aytmaganlar», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ibrohim alayhissalom uch yolg‘on gapdan bo‘lak sira yolg‘on gap aytmaganlar. Ulardan ikkisi Olloh taolo dini yo‘lida aytilgan bo‘lib, ul kishining «Men xastaman» va «Aksincha, ularning kattasi bo‘lmish mana bu (but) qildi» degan gaplaridir», — dedilar. Keyin, yana bunday deb marhamat qildilar: «Kunlardan bir kuni Ibrohim alayhissalom xotinlari Bibi Sorra birlan birgaliqda zolim podshohlardan birining mulkiga kirib keldilar. Shunda (saroy mulozimlari) podshohga: «Anavi yerda bir erkak bir sohibjamol ayol birlan turibdi» — deb xabar qilishdi. Podshoh Bibi Sorraning kim ekanliklarini bilmoq uchun bir mulozimini yubordi, u borib Ibrohim alayhissalomdan: «Bu (ayol) kim?» — deb so‘radi. Ibrohim alayhissalom unga: «Bu mening (iymondosh) singlimdur», — dedilar. (Nega bunday deganlari birgina Olloh taologa ayondur). Keyin, ul kishi Bibi Sorraning oldilariga borib: «Ey Sorra! Yer yuzida menu sendan bo‘lak biror mo‘min yo‘qdurki, u hozir ikkimiz tushgan mushkul ahvolga tushgan bo‘lsa! Podshoh bir mulozimini yuboribdi, u mendan sening kim ekanligingni surishtirdi. Men unga seni (iymondosh) singlim, deb aytdim, tag‘in erim, deb meni yolg‘onchi qilib qo‘ymagil!» — dedilar. (Bibi Sorra saroyga borganlaridan so‘ng), podshoh ul muhtaramani o‘z huzuriga chorladi, Bibi Sorra ichkariga kirganlarida podshoh ul muhtaramani quchoqlamoqchi bo‘lib erdi, to‘satdan nafasi bo‘g‘ilib, (tutqanogi bor odam singari turgan yerida sapchib-sapchib tushdi). Keyin: «Mendan qutulmog‘ingni Ollohdan so‘ra, shunda men senga zarar yetkazmagayman!» — dedi. Bibi Sorra Olloh taolodan panoh tilab erdilar, podshoh beixtiyor ul muhtaramani qo‘yib yubordi. So‘ng, u ikkinchi bor Bibi Sorrani quchoqlamoqchi bo‘lib erdi, yana ilgarigidek yoki undan badtarroq nafasi bo‘g‘ilib, (tutqanog‘i bor odam singari turgan yerida sapchib-sapchib tushdi). So‘ng: «Mendan qutulmog‘ingni Ollohdan so‘ra, shunda senga zarar yetkazmagayman!»— dedi. Bibi Sorra Olloh taolodan panoh tilab erdilar, podshoh yana beixtiyor ul muhtaramani quyib yubordi. Shunda podshoh bir necha mulozimlarini chaqirib, ularga: «Sizlar menga insonni emas, bir shaytonni (bir jinni) olib kelibsizlar!» — dedi-da, Bibi Sorraga Bibi Hojarni yo xizmatkor qilib, so‘ng ikkalalarini Ibrohim alayhissalomning qoshlariga qaytarib yubordi. Bibi Sorra Ibrohim alayhissalomning qoshlariga yetib kelganlarida ul kishi namozda qiyom qilib turgan erdilar, qo‘llari birlan «Holing nechuk?» degan ma’noda ishora qildilar. Bibi Sorra: «Olloh taolo kofirning (yoki fojirning) makrini barbod qilib; Hojarni (menga) xizmatkor qilib berdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:15:47
Abu Hurayra: «Ey osmon suvi farzandlari, o‘shal ayol (ya’ni, Bibi Hojar) sizlarning onangiz erdi!» — dedilar. (Ulamolarning aytishlaricha, «Osmon suvi» Olloh taolo Bibi Hojarga ato etgan «zamzam» bo‘lib, «Osmon suvi farzandlari» esa ul muhtaramadan tug‘ilgan farzandlar ekan. Ibrohim alayhissalomning «Men xastaman» va «Aksincha, ularning kattasi bo‘lmish mana bu (but) qildi» degan gaplari xususiga kelsak, voqea bunday bo‘lgan erdi: Kunlardan bir kuni Ibrohim alayhissalom butlarni sindirib tashlamoqchi bo‘lib butxonaga kiradilar. Shunda ul kishini butparast qabiladoshlari o‘zlari birlan birgaliqda bayram qilmoqqa tashqariga chorlashadi, ammo ul kishi: «Men betobman» — deb yolg‘on suzlaydilar. Keyin, Ibrohim alayhissalom bolta birlan eng katta butdan bo‘lak barcha butlarni sindirib tashlaydilar-da, boltani o‘shal katta butning bo‘yniga osib qo‘yadilar, chunki butparastlarning ko‘proq o‘shanga sajda qilayotganlarini ko‘rgan erdilar. Butparastlar butxonaga kirib ul srdagi ahvolni ko‘rgach: «Bizning butlarimizni sen shu kuyga soldingmi, ey Ibrohim?» — deyishadi. Ibrohim alayhissalom: «Aksincha, ularning kattasi bo‘lmish mana bu (bug) qildi» — deb yana yolg‘on suzlaydilar)ю
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:16:24
Ummu Shariyk raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vazag‘ni o‘ldirmoqni amr qildilar-da: «(Vazag‘) Ibrohim alayhissalomga o‘tni puflagandur», — dedilar». («Vazag‘» — kaltakesaklarning bir turi bo‘lib, ba’zi ulamolarning aytishlaricha u og‘zi birlan urchib, ayrim hollarda tusini oqartirar ekan hamda za’faron bor uyga kirmas ekan. Uning yirik turi ham mavjud bo‘lib, «suv kaltakesagi» («sommun abrasu») deb atashar ekan.Ana shul vazag‘, kofirlar Ibrohim alayhissalomni gulxanga tashlashganda, yanada qattiqroq yonsin, deb o‘tni puflagan ekan).

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Odamlariki iymon keltirdilar va iymonlarini zulm (shirk) birlan bulg‘amadilar — ana shular uchundur omonlik va shulardurlar to‘g‘ri yo‘l (hidoyat) topgan kishilar» («Al-An’om» surasi, 86-oyat) degan oyati karimasi nozil bo‘lganda, biz sahobalar: «Yo Rasulalloh, qaysi birimiz o‘zimizga zulm qilmaganmiz?!» — dedik. Shunda ul zot: «Bu oyatning mazmuni sizlar tushungandek emas, balki «iymonlarini zulm birlan bulg‘amadilar» — «iymonlarini shirk birlan bulg‘amadilar» demakdur. Luqmon alayhissalomning o‘z o‘g‘illariga: «Ey bolaginam, Alloh taologa shirk keltirma, darhaqiqat shirk eng katta zulmdur!» — deb aytganlarini eshitmaganmisizlar?» — dedilar («Luqmon» surasi, 13-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:17:13
27-bob. Qiyomat kuni odamlar shafoat istab shosha-pisha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelurlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni (bir mehmondorchiliqda) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (pishirilgan) go‘sht keltirishdi. Janob Rasululloh (undan bir tishlam olib yeganlaridan so‘ng): «Qiyomat kuni Olloh gaolo dastlabki odamdan so‘nggi odamgacha barchasini bir yerga to‘plagay. Shunda jarchi ularga o‘z ovozini eshittira olgay va ko‘z barchalarini ko‘ra olgay. Keyin, Quyosh ularga yaqin kelgay»— deb shafoat haqidagi hadisni birma-bir zikr qildilar-da, so‘ng bunday deb davom etdilar: «Keyin, ular Ibrohim alayhissalomning qoshlariga kelishib: «Siz Olloh taoloning rasuli va Yer yuzidagi bandalari orasidan tanlab olgan do‘stisiz. Parvardigoringizdan gunohlarimizni mag‘firat qilmog‘ini so‘rab, bizga shafoat qilingiz!» — degaylar. Ibrohim alayhissalom hayotliklarida aytgan uch yolg‘on gaplarini eslagaylar-da: «O’shal (yolg‘on so‘zlagan) menman... menman, Muso alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» — degaylar». (Bu yerda mazkur hadis qisqacha keltirilgan).

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Ismoil alayhissaomning onalarini (Bibi Hojarni) rahmat qilsin! Agar ul muhtarama shoshmaganlarida zamzam (Yer yuzi bo‘ylab oqib turguvchi) suv bo‘lgan bo‘lur erdi» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:18:06
Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbos raziyallohu anhudan naql qiladilar: «(Arab) ayollari (biror ish qilganda chaqqonroq harakat qilish hamda ko‘ylaklari etagini bosib olmaslik uchun) bellarini belbog‘ birlan tang‘ib olishni dastlab Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar)dan o‘rganishgan. [Voqea bunday bo‘lgan erdi: Bibi Sorra o‘z joriyalari Bibi Hojarni Ibrohim alayhissalomga tortiq qiladilar, shunda Bibi Hojar Ibrohim alayhissalomdan Ismoil alayhissalomga homilador bo‘lib qoladilar. Bibi Hojar Ismoil alayhissalomni tuqqach, Bibi Sorradan qo‘rqib yashirinib oladilar. Bibi Sorra g‘azablanib Bibi Hojarning a’zolarini (ikki ko‘kraklari birlan farjlarini) qirqib tashlayman, deb ont ichadilar. Shunda Bibi Hojar etaklarini bosib olmaslik uchun bellarini belbog‘ birlan tang oladilar-da, qochib ketadilar. Al-Kirmoniy: «Bibi Hojarning xizmatkor kabi kiyinib, bellarini belbog‘ birlan tang‘ib olganlarining boisi — o‘zlarining Bibi Sorraga xizmatkor ekanliklarini izhor qilib, ul muhtaramash ko‘ngillarini yumshatish va gunohlarini yuvish erdi», deydilar. Aytishlaricha, Ibrohim alayhissalom Bibi Hojarning yonlarini olib, Bibi Sorraga: «Ichgan ontingdan kechib, o‘rniga ikki qulog‘ini teshib qo‘ya qolgil!» — deb aytgae erkanlar. Keyin, birinchi bo‘lib shu ishni qilgan (ya’ni, xotin-qizlar qulog‘ini teshishni ilk boshlab bergan) ayol Bibi Sorra bo‘lgan erdilar. Aytishlaricha, Bibi Sorraning rashklari benihoyat alangalanib ketgach, Ibrohim alayhissalom o‘g‘ilchalari Ismoil alayhissalom birlan Bibi Hojarni olib Makkaga yo‘l oladilar. Mujohid va boshqa roviylardan n qilinishicha, Olloh taolo Ibrohim alayhissalomga hozir Baytulloh joylashgan yerda manzil tutmoqni amr qilganda] kishi Bibi Hojar birlan o‘g‘ilchalari Ismoil alayhissalomni Buroqqa mingashtirib keladilar-da, ikkalalarini parvardigor buyurgan yerga, ya’ni masjid turgan .erning yuqorirog‘iga — zamzam qudug‘i o‘rnidagi bir katta daraxt ostiga tushirdilar. Shunda Bibi Hojar o‘g‘ilchalarini yo‘l-yo‘lakay emizib kelayotgan bo‘ladilar. O’shal kezlarda Makka o‘rnida na biror odam (va na biror bino) va na zamzam qudug‘i bor erdi. Keyin, Ibrohim alayhissalom ikkalalarini, oldilariga bir xalta xurmo va bir mesh suv qo‘ygach, o‘shal yerda qoldiradilar-da, o‘rinlaridan turib (Shom tomonga, o‘z oilalariga) qaytmoqchi bo‘lib yo‘lga tushadilar. Shunda Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) ortlaridan ergashib: «Ey Ibrohim (alayhissalom), qaerga ketayotirsiz? Bizni na biror inson va na biror narsa (eb-ichgulik) bo‘lmagan shul vodiyga tashlab ketaverasizmi?» — deydilar. Ul muhtarama shu alfozda ancha joygacha (aytishlaricha, Kado’ degan joygacha) ergashib boradilar. Ammo, Ibrohim alayhissalom Bibi Hojarga qayrilib qaramay, yo‘lda davom etaveradilar. Nihoyat, Bibi Hojar ul kishiga: «Shunday qilgil, deb Olloh taolo sizga buyurdimi?»— deydilar. Ibrohim alayhissalom: «Ha, shunday» — deb javob beradilar. Bibi Hojar: «Demak, (Olloh taolo) bizni halok qilmas ekan!» — deydilar-da, ortlariga (Ismoil alayhissalomni yolg‘iz qoldirib kelgan joylariga) qaytib ketadilar. Ibrohim alayhissalom yo‘llarida davom etib, o‘zlariga odamlar ko‘zi tushmaydirgan yerga (ya’ni, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kirib kelgan) As-Saniyya degan joyga kelganlarida ortlariga o‘girilib, yuzlarini (hozirgi) Baytulloh o‘rniga qaratadilar-da, qo‘llarini baland ko‘tarib quyidagi duolarni aytadilar: «Ey parvardigorimiz, darhaqiqat men ayrim zurriyotimni (ya’ni, Ismoil alayhissalom birlan ul kishidan tarqaladirgan farzandlarni) ekin bitmaydirgan bir yerda, (qurilajak) muqaddas Bayting yonida maskan tuttirdim (joylashtirdim), ey parvardigorimiz, toki ular namoz ado etsinlar. Bas, sen moil qilgil ularga ba’zi insonlar dillarini va nasib etgil ularga mevalardan, toki ular shukr qilsinlar» («Ibrohim» surasi, 37-oyat). Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) esa Ismoil alayhissalomni emizib, meshdagi suvdan tutaguncha ichib, o‘shal yerda o‘ltiraverdilar. Meshdagi suv tugagach, o‘zlari ham, o‘g‘ilchalari ham qattiq tashna bo‘lishdi. Bir mahal Bibi Hojar o‘g‘ilchalari Ismoil alayhissalomga qarab, ul kishining (azbaroyi tashnalikdan) tufroqqa belanib go‘yo jon berayotgandek o‘zlarini o‘zlari yerga ko‘tarib urayotganlarini ko‘rdilar-da, bu dahshatli holatga qarashga yuraklari chidamay, bir tarafga qarab yurdilar. Bir ozdan so‘ng, Yer yuzida o‘zlari turgan joyga eng yaqin tog‘ (tepalik) bo‘lmish Safoga duch keldilar. So‘ng, ustiga chiqqach, vodiyga yuzlandilar-da, najot so‘rab parvardigorlariga iltijo qildilar. Keyin, atrofni kuzatib, biror odamni ko‘rmagach, Safo ustidan pastga qaytib tushdilar-da, (bosib olmayin, deb) ko‘ylaklari etagini (bir oz) ko‘targancha boshiga bir mushkul ish tushgan odam yanglig‘ (o‘g‘ilchalari yotgan) vodiyga shitob birlan yetib bordilar. Keyin, (shu alfozda) Marva tepaligigacha borib, uning chiqdilar-da, biror odam ko‘rinarmikan, deb atrofga qaradilar, ammo biror kishini ko‘rmadilar. Bibi Hojar ana tariqa yetti marta u yoqdan bu yoqqa sa’y qildilar (yugurdilar).
Ibn Abbos shu haqda bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarning (hajda) Safo va Marva oralig‘ida sa’y qilishi (ana shu voqea birlan bog‘liq)» — deb aytdilar».
So‘ng, Bibi Hojar Marva tepasida turganlarida, nogahon bir ovozni eshitib, (o‘zlariga o‘zlari): «Jim bo‘l!» — dedilar-da, diqqat birlan quloq soldilar. Boyagi ovozni yana eshitgach: «(Parvardigoro), mening najot so‘rab qilgan duo-yu iltijolarimga ijobat qilganingni eshittirding (xabar qilding!)» — deyishlari hamonoq bir farishtaning (Hazrat Jabroilning hozirgi) zamzam (qudug‘i) o‘rnida turganlarini ko‘rdilar: So‘ng, o‘shal farishta tovonlari (yoki qanotlari) birlan yerni kavlab erdilar, suv (otilib) chiqdi. Shunda Bibi Hojar (shosha-pisha) suv atrofini qumu tufroq birla to‘sayotib, qo‘llari birlan mana bunday (ya’ni, «Bas yetarli» yoki «tuxta-to‘xta» degan ma’noda) ishora qildilar-da, meshlariga suvdan quya  boshladilar. Meshlarini to‘ldirib bo‘lganlarida suv hanuz otilib turar erdi.
Ibn Abbos bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Ismoil alayhissalomning onalarini rahmat qilsin! Agar ul muhtarama (bir oz sabr qilib) buloqqa tegmay (yoki suvidan olmay turganlarida) erdi, zamzam Yer yuzi buylab oqib turguvchi suv bo‘lgan bo‘lur erdi», — dedilar» (chunki, u shundan keyin hozirgidek kam chiqadirgan bo‘lib qolgan).
Keyin, Bibi Hojar buloq suvidan o‘zlari ham ichdilar,  o‘g‘ilchalariga ham to‘yguncha ichirib qo‘ydilar. So‘ng, farishta : (Hazrat Jabroil) Bibi Hojarga: «Suv to‘xtab (tugab) qolgay, deb qo‘rqmangiz, chunki hov anavi yerda mana bu bola birlan uning otasi (ya’ni, Ismoil va Ibrohim alayhissalom) Olloh taoloning Baytini (Baytullohni) bunyod etgaylar, Olloh taolo (buloqni to‘xtatib) uning ahlini halokatga duchor qilmagay», — dedilar. Baytulloh xususiga kelsak, u shul vaqtda sel kelib, dam o‘ng tomonini, dam chap tomonini yuvib turadigan bir tepalik singari (ya’ni, tufroq ostida maxfiy) yerdan qad ko‘tarib turar erdi.
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os: «Baytulloh to‘fon chog‘ida yerdan (osmonga) olib chiqib ketilgan bo‘lib, (keyingi) payg‘ambarlar uning xususida faqat taxmin qilishgan, o‘rni qaerdaligini bilishmagan. Keyin, Olloh taolo uning o‘rni qaerdaligini Ibrohim alayhissalomga xabar qilgan», — deydilar. Ba’zi ulamolarning fikricha, Baytullohni Odam alayhissalom Olloh taoloning amriga binoan qurgan erkanlar, yana ba’zilarning aytishicha, uni farishtalar barpo etgan emish. Xullas, bul xususda turli fikrlar mavjud.
Shunday qilib, Bibi Hojar buloq suvidan o‘zlari ham ichib, o‘g‘ilchalariga ham ichirib, (taom o‘rniga shu birlan qanoatlanib) yurib erdilar, (bir mahal Yamandagi) Jurhum mahallasiga (qabilasiga) mansub bir guruh odamlar yoki Jurhum mahallasi ahli ular turgan joy yaqinidan o‘tdi-da, Kado’ yo‘li orqali (hozirgi) Makka (joylashgan yerning) eng quyi tomoniga borib manzil tutdi. Keyin, o‘shal odamlar (suv mavjud yerda gir aylanib uchib yuruvchi) bir xabarchi qushning (osmonda uchib yurganini) ko‘rib qolishdi-da, o‘zaro: «Bul qush (odatda) suv ustida aylanib uchib yurur, ont ichamizki, shunday erkanligi muqarrardur!» — deyishdi. So‘ng, (o‘shal qush aylanib uchib yurgan tomonda suv bormi yoki yo‘qligini tezda bilib kelmoq uchun) bir yoki ikki kishini jo‘natishdi. Ular borib, suv mavjudligini bilishgach, ortlariga qaytishdi-da bul haqda hamrohlariga xabar qilishdi. Keyin, (erkaklar bola-chaqalarini shul yerda qoldirishib, o‘shal suv bor tomonga) yo‘l olishdi. (Yetib borishganda) Ismoil (alayhissalomning) onalari suv (zamzam) bo‘yida turgan erdilar. «Yoningizda manzil tutmog‘imizga ijozat bergaymisiz?» deb ul muhtaramaga murojaat qilishdi. Bibi Hojar: «Ha, ammo bu suvda sizlarning haqqingiz yo‘q», — dedilar. Ular: «Ha, albatta» — deb javob qilishdi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bul xususda) bunday deydilar: «O’shal (Jurhum mahallasi kishilari) Bibi Hojarning odamsevar ayol erkanliklarini bilishgach, ul muhtaramaning yonlarida manzil tutishdi. So‘ng, bola-chaqalarini olib kelmoqqa odam yuborishdi. Ular kelgach, birgaliqda istiqomat qila boshlashdi. Ismoil alayhissalom ana o‘shalarning bolalari orasida ulg‘aydilar, ulardan arab tilini o‘rgandilar». Janob Rasulullohning yuqoridagi so‘zlaridan ma’lum buladiki, Ismoil alayhissalomning ota-onalari (Ibrohim alayhissalom birlan Bibi Hojarning) ona tillari arab tili bo‘lmagan. (Ibrohim alayhissalomning zurriyotlaridan) birinchi bo‘lib arab tilida so‘zlashgan zot — bu Ismoil alayhissalomdurlar.
Shunday qilib, Ismoil alayhissalom bolaliklaridanoq o‘zlarining fazilatlari birlan Jurhum ahli orasida izzat-hurmat topib, ularga yoqib qoldilar. Balog‘at yoshiga yetganlarida ersa, ul kishini Jurhum ahli o‘zlariga mansub (Ammora binti Sa’d ibn Usoma degan) bir ayolga uylantirib qo‘yishdi. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) o‘sha vaqtlarda (to‘qson yoshda) vafot etdilar. Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalom uylanganlaridan so‘ng (Baytullohga) keldilar. Bu vaqtda Bibi Hojar allaqachon olamdan ko‘z yumgan bo‘lib, ul kishi o‘zlari bir vaqtlar yolg‘iz tashlab ketgan ul muhtaramaning holi ne kechdi ekan, deb qayg‘urib kelgan erdilar. Shunda Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil alayhissalomni uylaridan topmay, qaerdaliklarini kelinlaridan so‘rab erdilar, ul: «Bizlar uchun rizq axtarib chiqib ketganlar», — dedi. So‘ng, Ibrohim alayhissalom kelinlaridan ularning turish-turmushlari xususida surishtirdilar. Kelinlari: «Ahvolimiz yomon, juda qiynalib qolganmiz» — deya ul kishiga shikoyat qildi. Ibrohim alayhissalom (uning bu so‘zlarini eshitib): «Ering kelsa, mendan unga salom aytib qo‘ygil va unga aytgilki, eshigining ostonasini o‘zgartirsin!» — deb tayinladilar (ya’ni, Ibrohim alayhissalom kelinlaridan hol-ahvol so‘raganlarida, u Olloh taologa shukr qilish o‘rniga hayotidan nolidi. Shul bois Ibrohim alayhissalom «Eshigining ostonasini o‘zgartirsin!» — deyish birlan Ismoil alayhissalomga xotinlarini taloq qilishni ishora qildilar). Ismoil alayhissalom uylariga qaytganlarida bir narsani (ya’ni, otalarining hidlarini) sezgandek bo‘ldilar-da: «Huzuringizga biror kishi keldimi?» — deb so‘radilar. Xotinlari: «Ha, falon qiyofali bir chol kelib, bizdan siz xususingizda so‘radi. Men (sizning bizlar uchun rizq axtarib chiqib ketganingizni) aytdim. So‘ng, u mendan turmushimiz qanday erkanligini so‘rab erdi, juda qiynalib qolganligimizni ma’lum qildim», — dedi. Ismoil alayhissalom: «Ul kishi senga biror narsani tayinladilarmi?» - dedilar. Xotinlari: «Ha, sizga salomini yetkazmog‘imni buyurdi hamda eshigingiz ostonasini o‘zgartirmog‘ingiz lozimligini sizga aytib quyishimni tayinladi», — dedi. Shunda Ismoil alayhissalom: «O’shal kelgan kishi mening otam bo‘lib sendan ajralmog‘imni amr qilibdilar, bor uyingga jo‘na!» - dedilar-da, xotinlarini taloq qildilar. Keyin, ularga (Jurhum ahliga) mansub (Shomma binti Muhalhil ismli) boshqa bir qizga uylandilar. Ibrohim alayhissalom (shu kelib-ketganlaridan so‘ng), Olloh taolo iroda qilgancha vaqt o‘g‘illarinikiga kelmadilar. Keyingi kelganlarida yana o‘g‘illarini uchratmadilar-da, yangi kelinlari huzuriga kirib ul -kishini so‘radilar. U: «Bizlar uchun rizq axtarib chiqib ketib erdilar», — dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ahvolingiz qalay?» — deya ularning turish-turmushlari xususida surishtirdilar. U: «Ahvolimiz yaxshi, hamma narsamiz yetarli» — deb Olloh taologa hamdu sanolar aytdi. Ibrohim alayhissalom: «Yeguligingiz nima?» — dedilar. U: «Go‘sht», — dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ichimligingiz nima?» — dedilar. U «Suv», — dedi. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Yo parvardigoro, go‘shtu suv borasida ularga baraka ato etgil!» — deb duo qildilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu to‘grida: «O’shal kuni ularning bir dona ham bug‘doy doni yo‘q erdi, agar bo‘lganida Ibrohim alayhissalom ul xususida ham Olloh taolodan baraka tilab duo qilgan bo‘lur erdilar. Ammo, (Makkada) biror kimsa go‘shtu suvdan mahrum bo‘lmaydi, agar unga Makkadan bo‘lak joyda go‘shtu suv nomuvofiq kelib qolmasa»,— deganlar. (Ya’ni, Ibrohim alayhissalomning duolari tufayli Olloh taolo Makka ahliga go‘sht va suv borasida baraka ato etgan bo‘lib, o‘shal davrdan to hanuzgacha u yerda har yili ikki bor — Ramazon va Qurbon hayitlarida ko‘plab qurbonliklar qilinadi. Baraka tilangan suv esa — bu zamzamdur).
So‘ng, Ibrohim alayhissalom kelinlariga: «Agar ering kelsa, unga salomimni yetkaz, keyin unga aytgilki, eshigining ostonasini mustahkamlab qo‘ysin!» — dedilar-da, (qaytib kstdilar. Ismoil alayhissalom uylariga kelgach): «Huzuringizga biror odam keldimi?» — deb xotinlaridan so‘radilar. U: «Ha, bir xushsurat (nuroniy) qariya keldilar» — deb Ibrohim alayhissalom xususlarida yaxshi so‘zlar aytdi. «Keyin, sizni surishtirdilar, — deya davom etdi u, — men ne maqsadda chiqib ketganingizni xabar qildim. So‘ng, turish-turmushimiz qandayligini so‘rab erdilar, yaxshi yashayotganimizni aytdim». Ismoil alayhissalom: «Senga biror narsani tayinladilarmi?» — deb so‘radilar undan. U: «Ha, sizga salom aytdilar hamda eshigingiz ostonasini mustahkamlab quymog‘ingizni amr qildilar», — dedi. Ismoil alayhissalom xotinlariga: «O’shal (qariya) otam erdilar, eshik ostonasi ersa sendursan, seni qo‘ldan chiqarmay mahkam ushlamog‘imni buyuribdilar», — dedilar. Ibrohim alayhissalom yana Olloh taolo iroda qilgancha vaqt ularnikiga kelmay qo‘ydilar. Keyin, kelganlarida esa Ismoil alayhissalom (onalari birlan o‘zlari yolg‘iz tashlab ketilgan zamzam yaqinidagi o‘shal) katta daraxt tagida kamonlari o‘qini o‘tkirlab o‘ltirgan erdilar. Otalariga ko‘zlari tushgach, o‘rinlaridan turib ul kishi tomon bordilar va ikkalalari ota bolasi birlan, bola ersa otasi birlan qanday ko‘rishsa, shunday (quchoqlashib, o‘pishib) ko‘rishishdi. So‘ng, Ibrohim alayhissalom: «Ey Ismoil! Olloh azza va jalla menga bir ishni buyurdi», — dedilar. Ismoil alayhissalom: «Parvardigoringiz sizga neni buyurgan ersa, ado etingiz!» — deb javob qildilar. Ibrohim alayhissalom: «Menga ko‘mak berurmisan?» — deb so‘radilar. Ismoil alayhissalom: «Albatta, brdam bergayman», — dedilar. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Darhaqiqat Olloh taolo hov anavi yerda bir bino (Baytulloh) bunyod etmoqni menga amr qildi» — deb o‘z atrofidagi boshqa tepaliklardan balandroq bir tepalikka ishora qildilar. O’shal vaqtda ota-bola ikkalalari binoning poydevorlarini ko‘tarishdi, shunda Ismoil alayhissalom tosh tashib turdilar, Ibrohim alayhissalom ersalar toshlardan poydevor qurdilar. Bino devorlari bo‘y yetmaydigan darajada baland ko‘tarilgach, Ismoil alayhissalom mana bu toshni keltirib, otalari oyoqlari ostiga quyib berdilar. Ibrohim alayhissalom unga chiqib devor oldilar. Ismoil alayhissalom ersalar ul kishiga tosh uzatib turdilar. Shunda ikkalalari nuqul: «Yo parvardigorimiz, bizdan (ushbu amalimizni) qabul aylagil, darhaqiqat sen (bizning duomizni) eshitguvchi, bilguvchisan!» — deyishar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:18:43
Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbos raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Ibrohim alayhissalom o‘zlari va oilalari o‘rtasidagi voqea sodir bo‘lganda Ismoil alayhissalom birlan Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojarni) olib (Shomdan Makka tomon) yo‘lga chiqdilar. Shunda ularning bir mesh suvdan bo‘lak yo‘l ozigi yo‘q erdi. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) o‘shal meshdan yo‘l-yo‘lakay suv ichib borib erdilar, sutlari bolalariga mo‘l keldi. Ibrohim alayhissalom Makkaga yetib kelgach, ularni (Bibi Hojar va Ismoil alayhissalomni) bir katta daraxt ostida qoldirdilar-da, (darhol) oilalariga (Shomga) tomon yo‘lga tushdilar. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) ul kishiga ergashib, Kado’ degan yerga yetganlarida ortlaridan chaqirdilar-da: «Ey Ibrohim (alayhissalom), bizni kimga (ishonib) tashlab ketayotirsiz?» — dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Olloh taologa», — dedilar. Bibi Hojar: «Menga Olloh (er bo‘lsa) bas!» — deb qaytib ketdilar. Keyin, ul muhtarama (anchagacha) meshdagi suvdan ichib yurdilar, sutlari bolalariga mo‘l kelib turdi. Meshdagi suv tamom bo‘lgach, (o‘zlariga o‘zlari): «Nariroqlarga borib qarayin-chi, zora biror odamni uchratsam!» — dedilar. So‘ng, yura-yura Safo tepaligiga yetib borib, unga ko‘tarildilar-da, tepadan turib atrofni kuzatdilar. Ammo biror kimsaga ko‘zlari tushmadi. Keyin, vodiyga (o‘g‘ilchalari qolgan yerga) qaytib borgach, sa’y qilib Marva tepaligiga keldilar. Bu harakatni shitob birla qildilar. So‘ng, (o‘zlariga o‘zlari): «Vodiyga qaytay-chi, unga (o‘g‘ilchamga) ne bo‘ldi ekan?» — deya vodiyga borib qarasalar, o‘g‘ilchalari o‘lim talvasasidagi odam singari holatda yotibdi. Uning bu ahvolini ko‘rgach, yuraklari bezovta bo‘lib: «(Yana) borib qarayin-chi, zora biror odamni uchratsam!» — deya (shitob birlan) Safoga bordilar-da, tepasidan turib atrofni rosa kuzatdilar, ammo biror odamni ko‘rmadilar. Shu tariqa (bu yerga) yetti marta kelib ketdilar. So‘ng, (Marva tepasidan atrofni kuzatib turib, hech kimni ko‘rmagach, o‘zlariga o‘zlari): «Borib qarayin-chi, o‘g‘ilchamga ne bo‘ldi ekan?» — deb ham erdilarki, bir ovoz quloqlariga chalindi. Shunda: «Parvardigoro, duo-yu iltijolarimga ijobat qilib, najot ber!» — deb erdilarki, Jabroil alayhissalom namoyon bo‘lib, tovonlari birlan yerni ezdilar. Shunda (erdan) suv otilib chiqdi. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) bundan hayratlangancha suv atrofini kavlab hovuzcha qila boshladilar.
Abulqosim (Rasululloh) sallallohu alayhi va sallam: «Agar unga tegmaganlarida oqar sup bo‘lgan bo‘lur erdi», — deydilar.
So‘ng, Bibi Hojar o‘shal suvdan ichib yurib erdilar, bolalariga sutlari mo‘l keldi. Kunlardap bir kuni (Yamandan) yo‘lga chiqqan Jurhum mahallasi ahli (Bibi Hojar o‘g‘ilchalari birlan turgan) vodiy orqali o‘tib ketayotib (osmonda gir aylanib uchayotgan) bir qushni ko‘rib qolishdi-da, ko‘zlariga ishonmay:  «Bu qush faqat suv ustidagina uchib yurur», — deyishdi. Keyin, ular o‘shal tomonga bir necha kishini yuborishib erdi, suv borligini bilib qaytishdi-da, sheriklariga shul haqda xabar qilishdi. Keyin, hammalari Bibi Hojarning huzurlariga borishib: «Ey Ismoil (alayhissalom)ning onasi, bizning siz birlan bo‘lmog‘imizga (siz birlan birga turmog‘imizga) ijozat bergaymisiz?» — deyishdi, (ijozat berganlaridan so‘ng, ular o‘sha yerda yashab qolishdi. Yillar o‘tib) Bibi Hojarning o‘g‘illari voyaga yetdilar va Jurhum ahli ayollaridan  biriga uylandilar. Kunlardan bir kuni Ibrohim alayhissalom Bibi Hojar birlan o‘g‘illari yodlariga tushib, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limning holidan xabar olmoqchiman» — deb yo‘lga chiqdilar. Yetib kelgach, salom berdilar-da: «Ismoil qaerda?» — deb ul kishining xotinlaridan so‘radilar. U: «Ov qilgani ketganlar», — dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ering uyga qaytganda unga aytgilki, eshigining ostonasini o‘zgartirsin!» — deb tayinladilar. Keyin, Ismoil alayhissalom uylariga qaytgach, xotinlari boyagi gapni aytdi. Ismoil alayhissalom: «Huzuringga kelgan kishi mening otam bo‘ladilar, endi sen taloqsan, uyingga jo‘na!» — dedilar. (Birmuncha vaqt o‘ggach), Ibrohim alayhissalom ularni eslab, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limdan xabar olmoqchiman» — dedilar. Yetib kelgach, Ismoil alayhissalomning (keyingi xotinlariga): «Ismoil qaerda?» — dedilar. U: «Ov qilgani ketganlar. Uyga kiring, biror narsa yeb-ichib oling!» — dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ne yeb-ichursizlar?» — dedilar. U: «Yeguligimiz go‘sht va ichimligimiz suv», — dedi. Ibrohim alayhissalom: «Yo parvardigor, ularning taomiga va ichimligiga baraka ato etgaysan!» — deb duo qildilar.
Abulqosim (Rasululloh) sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo) Ibrohim alayhissalomning duolari tufayli (ularning go‘shtu suviga) baraka (ato etdi)», — dedilar.
(Yana birmuncha vaqt o‘tgach), Ibrohim alayhissalom ular yodlariga tushib, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limdan xabar olmoqchiman — dedilar. Kelganlarida Ismoil alayhissalomni zamzam qudug‘ining ortida kamonlarining o‘qini tuzatib turgan holda uchratdilar-da: «Ey Ismoil, parvardigoring o‘ziga uy (Baytulloh) qurib bermog‘imni menga amr qildi», — dedilar. Ismoil alayhissalom: «Parvardigoringizga itoat etingiz!» — dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Parvardigor bu ishda menga yordam bermog‘ingni buyurdi», — dedilar. Ismoil alayhissalom: «Demak, shunday (yoki aytganini) qilurman», — dedilar. Keyin, ikkalalari o‘rinlaridan turishdi, Ibrohim alayhissalom uy qurishni boshladilar, Ismoil alayhissalom ersalar tosh uzatib turdilar. Shunda ikkalalari nuqul: «Yo parvardigorimiz, bizdan (ushbu amalimizni) qabul aylagil, darhaqiqat sen (bizning duomizni) eshitguvchi, bilguvchisan!» — deyishar erdi. Shu tariqa bino baland ko‘tarilib, keksa Ibrohim alayhissalom (yuz yoshda erdilar) toshlarni yuqoriga ko‘tarishga zaiflik qilib qoldilar. Shunda ul kishi bir tosh ustiga chiqib oldilar, Ismoil alayhissalom (o‘ttiz yoshda erdilar) ersalar tosh uzatishda davom etdilar. Ikkalalari nuqul (yana): «Yo parvardigorimiz, bizdan (ushbu amalimizni) qabul aylagil, darhaqiqat sen (bizning duomizni) eshitguvchi, bilguvchisan!» — deyishar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:19:42
Abu Zarrraziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, Yer yuzida birinchi bo‘lib qurilgan masjid qaysi?» — dedim. Ul zot «Al-Masjid ul-Harom (Baytulloh)», — dedilar. Men: «Undan keyin qaysi?» — dedim. Ul zot: «Al-Masjid ul-Aqso (Qudsdagi masjid)» — dedilar. Men: «Ikkalasining orasida necha (yil farq) bor?» — dedim. Ul zot: «Qirq yildur. Qaerda bo‘lmasin, namoz uqiydirgan vaqting keldimi, o‘qigil, chunki savob o‘z vaqtida o‘qilgan namozdadur!» — dedilar. (Odam alayhissalom Olloh taoloning amriga muvofiq Baytullohni qurib bo‘lganlaridan so‘ng, parvardigor ul zotga Qudsga borib Al-Masjid ul-Aqsoni ham qurmoqni amr qildi. Keyinchalik Ibrohim alayhissalom Baytullohni, Sulaymon alayhissalom ersalar Al-Masjid ul-Aqsoni qayta qurdilar).

Anas ibn Molik raziyallo.hu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘paralarida Uhud tog‘i ko‘ringach: «Bu tog‘ bizni yaxshi ko‘rur va biz ham uni yaxshi ko‘rurmiz. Yo parvardigoro, darhaqiqat Ibrohim alayhissalom Makkani muqaddas qildilar, men ersam uning (Madinaning) ikki qora toshlari oralig‘ini (Madinaning ikki tarafidagi Savr va Ayr tog‘lari oralig‘ini) muqaddas qildim» deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:20:52
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Ey Oisha), qavmingning (ya’ni, Quraysh qabilasining) Ka’bani Ibrohim alayhissalom qo‘ygan poydevordan kichraytirib qurib quyganini ko‘rmadingmi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, uni Ibrohim alayhissalom qo‘ygan poydevor ustida qayta qurmaysizmi?» — dedim. Ul zot: «Qavming yaqindagina kofir bo‘lmaganida erdi (ya’ni, yaqindagina kufrdan qaytib, musulmon bo‘lgan kishilar bo‘lmaganida erdi), shunday qilgan bo‘lur erdim», — dedilar, (ya’ni ul zot Quraysh ahlining Islomdan aynib qolishlaridan xavotir olganlar)».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Garchi Oisha raziyallohu anho bul hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan bo‘lsalar ham, men Janob Rasulullohni Baytullohning Ibrohim alayhissalom qo‘ygan poydevor ustida qurilmagani uchungina devor yaqinidagi ikki ustunni (o‘pib silab) tavof qilmaganlar, deb hisoblamayman», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:21:33
Abu Humayd as-So’idiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Sahobalar Janob Rasulullohdan): «Yo Rasulalloh, sizga qanday salavot aytaylik?» — deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma, salli alo Muhammadin va azvojihi va zurriyatihi kamo sallayta alo oli Ibrohiyma va borik alo Muhammadin va azvojihi va zurriyatihi kamo barakta alo oli Ibrohiyma, innaka hamiydum-majiyd, deb aytingizlar», — dedilar».

Abdurrahmon ibn Abu Laylo razlyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ka’b ibn Ujra meni uchratib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘zim eshitgan bir hadyani (hadisni) senga tuhfa qilayinmi?» — dedi. Men: «Ha, albatta, uni menga tortiq qilgil!» — dedim. Shunda u bunday dedi: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, darhaqiqat Olloh taolo siz Bayt ahliga (payg‘ambarlarga) qanday salom yo‘llamog‘imizni o‘rgatgan, ammo siz payg‘ambarlarga qanday salavot aytmog‘imiz darkor?» — deb so‘radik. Janob Rasululloh: «Ollohumma, salli alo Muhammadin va alo oli Muhammad kamo sallayta alo Ibrohiyma va alo oli Ibrohiym, innaka hamiydum-majiyd. Ollohumma, borik alo Muhammadin va alo oli Muhammad kamo borakta alo Ibrohiyma va (alo) oli Ibrohiym, innaka hamiydum-majiyd, deb aytingizlar», — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari) Hasan va Husaynni «A’uuzu bikalimot-illohit-tomma min kulli shaytonin va homma va min kulli aynin lomma» deb duo qilardilar-da, so‘ng: «Bobolaringiz (Ibrohim alayhissalom) ham Ismoil alayhissalom birlan Ishoq alayhissalomni ana shu so‘zlarni aytib duo qilar erdilar», — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:22:22
28-bob. Olloh taoloning «Va xabar berinshz ularga Ibrohim mehmonlari xususida, vaqtiki kirdilar (ular) uning huzuriga...» («Hijr» surasi, 51—52-oyatlar)

Mazkur suraning (53-oyatidagi) «lo tavjal» — «qo‘rqma» demaqdir. Olloh taoloning qavli: «Vaqtiki Ibrohim dedi: «Ey parvardigorim, o‘liklarni qanday tiriltirmog‘ingni menga ko‘rsatgil!», (shunda) Olloh taolo dedi: «Sen (Menga va mening qudratimga) iymon keltirmadingmi?». Ibrohim dedi: «Ha, albatta (iymon) keltirdim, ammo (buni) qalbim taskin topsin, deb aytdim» («Al-Baqara» surasi, 260-oyat);

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Biz (munkir qavmimiz o‘zimizga yetkazgan aziyatlarning ilgarigi payg‘ambarlarga qavmi yetkazgan aziyatlardan qattiqroq ekanligi boisidan) Ibrohim (alayhissalom Olloh taolodan so‘ragan narsani so‘ramoqqa ul kishi)dan ko‘ra haqliroqmiz, (ammo so‘ramaymiz). (Janob Rasululloh «biz» deb o‘zlarini nazarda tutyaptilar). Ibrohim alayhissalom dengiz sohilida yetgan bir eshak o‘ligini ko‘rib, agar uni dengiz tortib ketsa, dengizdagi hayvonlar yeydi, agar dengiz chekinib, sohilga chiqib qolsa, quruqliqdagi hayvonlar yeydi va agar ular ketsa, qushlar kelib yeydi. Parvardigor dengizdagi va quruqliqdagi hayvonlar hamda qushlar yeb ketgan jonivorlar a’zolarini ularning qorinlaridan qay tariqa yigishtirib olib, qayta tiriltirar ekan, deb fikr qildilar-da: «Ey parvardigorim, o‘liklarni qanday tiriltirmog‘ingni menga ko‘rsatgil!»— dedilar. (Shunda)Olloh taolo: «Sen (menga va mening qudratimga) iymon keltirmadingmi?» — dedi. Ibrohim (alayhissalom): «Ha, albatta iymon keltirdim, ammo (buni meni haqiqatan ham o‘zingga do‘st tutganingni bilib» qalbim taskin topsin, deb aytdim», — dedilar. Olloh taolo Lut (alayhissalom)ni rahmat qilsin, (mashaqqatli kezlarda) baquvvat ustunga (Olloh taologa) suyanar erdilar gar men Yusuf (alayhissalom)chalik uzoq vaqt zindonda kolib ketsam, ul yerdan chiqmoqqa tezda ko‘ngan bo‘lur erdim» (Janob Rasululloh Yusuf alayhissalomning sabru qanoatli bo‘lganlarini aytib, ul kishini maqtayaptilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:22:54
29-bob. Olloh taoloning qavli: «Va eslangiz (bul) Kitobda Ismoilniki, ul batahqiq va’dasiga sodiq banda va (Biz yuborgan) payg‘ambar erdi» («Maryam» surasi, 54-oyat)

Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu rivot qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (kamondan o‘q uzib) musobaqalashayotgan Aslam qabilasiga mansub bir guruh kishilar oldiga bordilar-da: «Ey Ismoil (ibn Ibrohim at Xalil avlodlari, otingizlar! Chunki, bobolaringiz (Ismoil) ham mergan (kamonchi) bo‘lgandurlar, men ersam falon kabila tarafman», — dedilar. Buni eshitib (musobaqalashayotgan) ikki guruhdan biri (otishdan) to‘xtadi. Janob Rasululloh (ularga): «Sizlarga ne bo‘ldi, nechun otmayotirsizlar» dedilar. Ular: «Yo Rasulalloh, siz (Janobingiz) ular taraf bo‘laturib, biz qandayin oturmiz?» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Otaveringizlar, men hammangiz tarafman!» —deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:23:47
30-bob. Ishoq ibn Ibrohim alayhimos-salomu qissasi

Bul xususda Ibn Umar va Abu Hurayra Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganlarini rivoyat qilishgan (lekin bu yerda rivoyatning matni keltirilmagan).

31-bob. Olloh taoloning qavli: «Yoki siz (yahudiylar) Ya’qubga o‘lim kelib, ul o‘z o‘g‘illariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilursizlar?» deb aytganida (uning huzurida) bor erdingizlarmi?!» («Baqara» surasi, 133-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sahobalardan biri Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo rasulalloh, (Olloh taolo qoshida) eng izzatli kishi kimdur?»— dedi. Ul zot: «(Olloh taolodan) eng ko‘p taqvo qilguvchi (qurquvchi) kishidur» — deb marhamat qildilar. Sahobalar: «Biz sizdan bul haqda surayotganimiz yo‘q», — deyishdi. Ul zot: «Yusuf nabiyyulloh Ya’qub nabiyyullohning, Ya’qub nabiyyulloh Ishoq nabiyyullohning, Ishoq nabiyyulloh Ibrohim Xalilullohning o‘g‘illari bo‘lib, Yusuf nabiyyulloh ularning eng sharifidurlar»— deb marhamat qildilar. Sahobalar (yana): «Biz sizdan bu haqda (ham) surayotganimiz yo‘q», — deyishdi. Shunda ul zot: «Arablarning manbai (asl-nasabi) xususida surayotirsizlarmi? (Arablarning) johiliyat davridagi eng yaxshilari — Islom davridagi eng yaxshilaridir, agar ular tushungan bo‘lsalar» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:24:00
32-bob.

Olloh taoloning qavli: «Lutni eslangiz, ul o‘z qavmiga: «Ey (qavmim), ko‘ra-bila turib fahsh ish qilursizlarmi? Xotinlar qolib, erkaklarga shahvat ila yetursizlarmi? Balki sizlar nodon qavmdursizlar?» — deganida, qavmidan «Lut xonadoni ahlini shahringizdan haydab chiqaringizlar, chunki ular poklikni talab qilg‘uvchi odamlardur» degan gaplaridan bo‘lak javob bo‘lmadi. Keyin, Biz unga va oilasiga najot berib, faqat xotininigina (ul yerda) qolguvchilardan qildik va yog‘dirdik ularning (qavmining) ustiga bir (tosh) yomg‘irki, (oxirat azobidan) ogohlantirilguvchilar (ustiga yegdirilgan bu) yemgir qanchalar yomon bo‘ldi!» («Naml» surasi, 54—58-oyatlar)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Lut alayhissalomni rahmat qilsin! Darhaqiqat, ul kishi baquvvat ustunga (ya’ni, Olloh taologa) tayanar erdilar» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:24:09
33-bob.

Olloh taoloning qavli: «Keyin, vaqtiki keldilar Lut xonadoniga elchilar (farishtalar), u (Lut ularga dedi): «Darhaqiqat, sizlar bizga notanish bir qavmdursizlar» («Hijr» surasi, 61—62-oyatlar)

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «...nasihat olguvchi bormi?» deb qiroat qildilar» (ya’ni, Janob Rasululloh Lut alayhissalom va ul kishining qavmlari xususida zikr qila turib «Al-Qamar» surasining 32-oyatini tilovat qildilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:24:19
34-bob. Olloh taoloning qavli: «Va yubordik Samud qavmiga o‘z birodarlari Solihni» («Al-A’rof» surasi, 73-oyat)

Abdulloh ibn Zam’a rtyuyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (Solih alayhissalomning) tuyalarini so‘ygan (Samud qavmiga mansub) kishi xususida eslab: «Abu Zam’a (Zam’aning otasi) singari bir baquvvat kishi uni (tuyani) o‘ziga chaqirdi-da, (suyib yubordi)» — deb aytganlarini eshitdim».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azoti vaqtida Hijr degan yerda tushganlarida sahobalarga hijrliklar qudug‘idan suv ichmaslikni hamda uning suvidan meshlarga quyib olmaslikni amr qildilar. Ular: «Allaqachon uning suviga xamir qorib hamda undan meshlarga to‘ldirib olganmiz», — deyishdi. Shunda ul zot o‘shal xamirni tashlab yuborishni va (meshlardagi) suvni to‘kib tashlashni amr qildilar. Sabra ibn Mu’abbad hamda Abu Shamusdan naql qilinishicha, Janob Rasululloh o‘shanda hatto yeguliklarni ham tashlab yuborishni amr qilgan erkanlar» (ya’ni, Olloh taolo balo yuborgan qavm yeridagi suv va yeguliklarni iste’mol qilishni ta’qiqlaganlar, boisi — ularga ham kasofati tegishi mumkin erdi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:24:28
Solim ibn Abdulloh otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hijrdan o‘tib ketayotib: «O’zlariga zulm qilganlarning (ya’ni, Samud qavmining) uylariga kirmangizlarki, tag‘in ularning boshiga tushgan baloga giriftor bo‘lib, yig‘lab qolmangizlar!» — dedilar. So‘ng, yuzlarini ridolari birlan to‘sib olgancha ulovlarini choptirib ketdilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’zlariga zulm qilganlarning uylariga kira ko‘rmangizlarki, ular giriftor bo‘lgan baloga sizlar ham duchor bo‘lib, yig‘lab qolgaysizlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:24:37
35-bob. Olloh taoloning qavli: «Yoki Ya’qubga o‘lim kelganda (uning huzurida) bor erdingizlarmi?!»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kariym o‘g‘li Kariym o‘g‘li Kariym o‘g‘li Kariym — Ibrohim o‘g‘li Ishoq o‘g‘li Ya’qub o‘g‘li Yusuf alayhimissalomu» — dedilar» (ya’ni, bularning Olloh taolo qoshida eng sharifi Yusuf alayhissalom ekanliklariga ishora qilayotirlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:24:48
36-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Yusuf va uning birodarlarida (ya’ni, ular xususidagi qissada) so‘raguvchilar uchun ibratlar bordur» («Yusuf» surasi, 7-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Sahobalardan biri) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Odamlarning (Olloh taolo qoshida) eng izzat-ikromlisi kimdur?» — deb so‘radi. Ul zot: «Ularning Olloh taolodan eng ko‘p taqvo qilguvchisi», — dedilar. Sahobalar: «Biz sizdan bul haqda so‘rayotganimiz yo‘q», — deyishdi. Ul zot: «Odamlarning (Olloh taolo qoshida) eng izzat-ikromlisi (Ibrohim) Xalilulloh o‘g‘li (Ishoq) nabiyyulloh o‘g‘li (Ya’qub) nabiyyulloh o‘g‘li Yusuf nabiyyullohdurlar», — dedilar. Sahobalar (yana): «Biz sizdan bul haqda (ham) so‘rayotganimiz yo‘q»,— deyishdi. Shunda ul zot: «Mendan arablarning manbai (asl-nasabi) xususida so‘rayotirsizlarmi? Johiliyat vaqtidagi eng yaxshilari — Islom vaqtidagi eng yaxshilaridur, agar tushungan bo‘lsalar» — deb marhamat qildilar».

Urva ibn Zubayr Oisha raziyallohu anhodan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (betob vaqtlarida) unga (Oishaga): «Abu Bakrga buyurgil (aytgil), odamlar birlan namoz o‘qisinlar (ya’ni, mening o‘rnimga ularga imomlik qilsinlar)», — dedilar. Oisha: «Ul kishi qalblari nozik, ko‘ngli bo‘sh odamlar, agar o‘rningizga imomlik qilsalar, odamlar birlan namoz o‘qiyolmaydilar, (yig‘lab yuboradilar)»,— dedilar. Janob Rasululloh boyagi gaplarini yana aytib erdilar, Oisha onamiz ham boyagidek javob qildilar. Shu’ba raziyallohu anhu aytadilarki, Janob Rasululloh boyagi gaplarini uch yoki turt bor qaytargach: «Darhaqiqat, siz xotinlar Yusuf (alayhissalom qissasidagi) xotinlar kabidursizlar, Abu Bakrga buyuringizlar (aytingizlar, o‘rnimga imomlik qilsinlar») — deb aytibdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:24:56
Abu Muso otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qolgach: «Abu Bakrga buyuringizlar (aytingizlar), odamlar birla namoz o‘qisinlar (o‘rnimga imomlik qilsinlar)», — dedilar. Oisha (onamiz); «Abu Bakr (ko‘ngli bo‘sh) kishilar», — dedilar. Ul zot boyagi gaplarini qaytardilar. Oisha (onamiz) ham boyagidek javob qildilar. Ul zot (yana): «Ul kishiga buyuringizlar (aytingizlar, imomlik qilsinlar), darhaqiqat sizlar Yusuf alayhissalom (qissasidagi) xotinlar kabidursizlar», — dedilar. Keyin, Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hali hayt bo‘laturib, (o‘rinlariga) imomlik qildilar».

Xusayn Zoidadan naql qilib: «(Abu Bakr) ko‘ngli bo‘sh odam erdilar», — deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Parvardigoro, Iyosh ibn Abu Rabi’aga najot ber! Parvardigoro, Salama ibn Hishomga najot ber! Parvardigoro, Valiyd ibn Valiydga najot ber! Parvardigoro, mo‘minlarning zaiflariga (beva-bechoralariga) najot ber! Parvardigoro, Muzar qavmiga nisbatan qahringni yanada qattiq qil! Parvardigoro, ularning boshiga Yusuf alayhissalom (davrlaridagi) singari (qahatchilik) yillarini solgil!» — deb duoi xayr va duoi bad qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:25:13
Abu Hurayra raziyaldohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Lut alayhissalomni rahmat qilsin, ul kishi baquvvat ustunga (Olloh taologa) tayanar erdilar. Agar men Yusuf alayhissalomchalik zindonda bo‘lsam-u, keyin (podshohning) odami kelib: («Sen ozodsan» — deb tashqariga chaqirsa, darhol) ko‘ngan bo‘lur erdim»,— dedilar».

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Oisha (onamizning) onalari Ummu Rumondan ul muhtarama (onamiz) xususlarida aytilayotgan (bo‘hton) to‘g‘risida so‘radim. Shunda Ummu Rumon bunday dedilar: «Bir mahal men Oisha birlan birga (uyda) o‘ltirib erdim, ansoriya ayollardan biri kirib keldi-da: «Falonchini (Mistahni) Olloh taolo (baloga) giriftor qilsin!» — dedi. Men: «Nechun bunday deyapsan?» — dedim. Boyagi ayol: «Chunki o‘shal (Mistah) tuhmatchidur», — dedi-da, bor gapdan Oishani xabardor qildi. Oisha: «Buni (otam) Abu Bakr birlan Janob Rasululloh ham eshitganmilar?» — dedi. Boyagi ayol: «Ha», — deb aytdi. Shunda Oisha hushdan ketib yiqildi-da, qattiq isitma bezovta qilgachgina o‘ziga keldi. Shu asnoda Janob Rasululloh kelib: «Bunga ne qildi?» — dedilar. Men: «O’zi haqidagi gaplarni eshitib qattiq isitmalab qoldi», — dedim-da, o‘ltirdim. Oisha: «Olloh taolo haqi, agar qasam ichsam ham menga ishonmaysizlar va agar uzr surasam, kechirmaysizlar. Men birlan sizlar Ya’qub alayhissalom birlan uning o‘g‘illari kabidursizlar. Sizlar so‘zlayotgan narsadan (bo‘htondan qutulmog‘imga) yolg‘iz Olloh taolo madad bergay», — dedi. Keyin, Janob Rasululloh ketmoqchi bo‘lib ham erdilar-ki, Olloh taolo (Oisha xususidagi) o‘z oyatlarini nozil qilib qoldi. So‘ng, ul zot Oishani bundan xabardor qildilar. Shunda Oisha: «(Buning uchun) Olloh taologagina shukr ayturman, bo‘lak biror kishiga aytmasman!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:26:06
37-bob.

Olloh taoloning qavli: «Va eslangiz Ayyubni ham, vaqtiki ul nido qildi parvardigorigaki, «Darhaqiqat menga zarar (musibat) yetibdur, sen o‘zing rahm qilguvchilarning eng rahmlisisan!» («Al-Anbiyo» surasi, 83-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Bir mahal Ayyub alayhissalom yalang‘och holda cho‘milib turgan erdilar, bir to‘da tilla chigirtka (malax) uchib kelib, ustlariga qo‘ndi. Shunda ul kishi chigirtkalarni kiyimlariga sola boshladilar. Olloh taolo ul kishiga (tanbeh berib): «Ey Ayyub! Men seni (ana shu) ko‘rib turganing narsaga boy qilmabmi erdim?» — dedi. Ayyub alayhissalom: «Ha, albatta, boy qilgan erding, ey parvardigorim! Ammo, barakotingga muhtojman» — dedilar (ya’ni, Ayyub alayhissalom serfarzand, badavlat kishi erdilar. Keyin, farzandu mol-dunyolaridan ajralib, ogir dardga chalinib qoldilar, talay vaqtgacha Olloh taolodan vahiy kelmay quydi. Ul kishi bularning barchasiga sabru qanoat qildilar. Bir kuni Olloh taolo sinamoq uchun tilla chigirtkalarni yubordi. Shunda yuqorida zikr qilingan voqea ro‘y bergan erdi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:26:16
38-bob.

Olloh taoloning qavli: «Va eslangiz (bul) Kitobda Musoni ham, darhaqiqat ul muxlis erdi va ulug‘ payg‘ambar erdi va biz unga Tur (tog‘ining) o‘ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida (o‘zimizga) yaqin keltirdik va tuhfa etib unga (o‘z) marhamatimizdan birodari Horunni (unga) payg‘ambar (noib, o‘rinbosar qildik)» («Maryam» surasi, 53-oyat)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:26:26
39-bob.

«Va Fir’avn xonadoniga mansub, iymonini maxfiy tutib yurguvchi bir mo‘min odam (bunday) dedi: «Parvardigoringizdan aniq dalilu isbotlar keltirgan hamda «Mening parvardigorim Ollohdir» deguvchi kishini o‘ldirursizlarmi?! Basharti u yolg‘onchi ersa, yolg‘oni (gunohi) o‘z bo‘yniga va agar rostgo‘y ersa, u sizlarga va’da qilayotgan narsalarning (uqubatlarning) ba’zisi (boshlaringizga) tushgay. Turgan gapki, Olloh taolo quyushqondan chiqquvchi yolg‘onchi kimsani hidoyat qilmas!» («G’ofir» surasi, 28-oyat)

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Hiro’ g‘oridan) qalblari titragancha (yuraklarini vahima bosgancha) Xadichaning huzuriga qaytib keldilar. So‘ng, Xadicha ul zot birlan birga Varaqa ibn Navfalning qoshiga yo‘l oldilar. Varaqa ibn Navfal nasroniylar dinini qabul qilgan bo‘lib, Injilni arabcha qiroat qilur erdi. Varaqa Janob Rasulullohga: «Nimani ko‘rayotirsiz?» — dedi. Ul zot bo‘lgan voqeadan uni xabardor qildilar. So‘ng, Varaqa: «Bu Olloh taolo Musoga nozil qilgan o‘shal Nomusdur (Jabroildur). Qaniydi, (siz payg‘ambarlik qiladirgan vaqtda, qavmingiz sizni (Makkadan) chiqarib yuboradirgan kezlarda hayot bo‘lsam-u, sizga biror sezilarli yordam qilsam!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:26:40
40-bob.

Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad alayhissalom, sizga Muso xususidagi xabar keldimi? Vaqtiki, ul (olisdagi) bir olovni ko‘rib...» («Muqaddas Tuvo vodiysida» degan qavligacha) («Toha» surasi, 9— 12-oyatlar)

Molik ibn Sa’sa’a raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Isro’ kechasi xususida sahobalarga hikoya qila turib, beshinchi osmonga yetganlarida Horun alayhissalomni uchratganlarini aytdilar. So‘ng, bunday deb marhamat qildilar: «Jabroil alayhissalom menga: «Bul Horundurlar, ul kishiga salom beringiz!» — dedilar. Men ul kishiga salom berib erdim, alik olgach: «Marhabo, solih birodar va solih payg‘ambar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:26:51
41-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh Muso birlan (bevosita) gaplashdi» («Niso» surasi, 164-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Men tunda (Al-Masjid ul-Aqsoga) sayohat qildirilganimda (ya’ni, Isro’ kechasi) Muso alayhissalomni ko‘rdim. U kishi (buy-bast va rang jihatdan xuddi Banu Qahtonga mansub) Shinva’a qabilasi kishilariga o‘xshar erkanlar. So‘ng Iso alayhissalomni ham ko‘rdim. Ul kishi o‘rta buyli va oq-qizil yuzli bo‘lib, guyo biror issiq boshpanadan tashqariga chiqqanga o‘xshaydilar. Men ersam Ibrohim alayhissalomning farzandlariga o‘xshayman. Keyin, menga ikki idish keltirildi, birida sut va boshqasida mast qilguvchi ichimlik. Jabroil alayhissalom: «Bulardan xohlaganingizni ichingiz!» — dedilar. Men sutni olib ichdim. Shunda menga: «Islom xilqatiga (tabiatiga) xos ne’matni (yoki Odam bolasiga halol qilingan eng dastlabki ne’matni) oldingiz, agar mast qilguvchi ichimlikni olganingizda ummatingiz gumroh bo‘lgan bo‘lur erdi»" — deyildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:29:25
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror banda: «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» — deb aytmasligi lozim», — dedilar va ul kishini otalari (Matto)ga nisbat qildilar. Shuningdek, Janob Rasululloh Isro’ kechasi xususida eslab, Muso alayhissalomning buy-bast va rang jihatidan Shinva’a qabilasi kishilariga o‘xshash erkanliklarini, Iso alayhissalomning ersa o‘rta buyli erkanliklarini aytdilar. Keyin, jahannam qo‘riqchisi Molik va Dajjol xususida ham esladilar».

Ibn Abbos raziyachlohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida (yahudiylarning) Oshuro’ kuni ro‘za tutayotganlarini ko‘rdilar. Yahudiylar: «Bu kun — Olloh taolo Muso alayhissalomga najot berib, Fir’avn xonadonini g‘arq qilgan buyuk kundur. Muso alayhissalom buning shukronasiga (shu kuni) ro‘za tutganlar», — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Men Muso alayhissalomga eng haqli odamman!» — dedilar-da, Oshuro’ ro‘zasini o‘zlari ham tutdilar, sahobalarga ham tutmoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:29:45
42-bob.

Olloh taoloning qavli: «Va (Biz) Muso birlan - o‘ttiz kechaga va’dalashgan erdik, keyin uni (yana) o‘n kun qo‘shib to‘ldirdik. Nihoyat, parvardigorining (uning uchun ta’yin qilgan) vaqti qirq kschaga yetdi...» («endi men mo‘minlarning eng peshqadamiman» degan qavligacha) («A’rof» surasi, 142—143-oyatlar)

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qiyomat kuni odamlar (yashin urgandek) behush bo‘lib yiqiladilar. Keyin, men birinchi bo‘lib hushiga keltirilgan odam bo‘laman. Shunda qarasam, Muso alayhissalom Arsh ustunlaridan birini ushlab turgan bo‘ladilar. Lekin, men ul kishi mendan avval hushlariga keltirildilarmi yoki Tur tog‘ida behush bo‘lib yiqilganlari evaziga bu safar behush qilinmadilarmi, bundan bexabar bo‘laman».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Banu Isroil bo‘lmaganida erdi, go‘sht sasimagan bo‘lur erdi, agar momo Havo bo‘lmaganlarida erdi, ayol eriga xiyonat qilmagan bo‘lur erdi!» — dedilar» {ya’ni, Banu Ysroil Olloh taolo nozil qilgan salvo (bedana) go‘shtini ochko‘zlik qilib g‘amlagani boisidan o‘shal vaqtdan to hanuzgacha go‘sht sasiydirgan bo‘lib qolgan. Momo Havo ersalar shaytoni la’iynning vasvasasiga uchib, Odam alayhissalomni jannatdagi ta’qiqlangan daraxt mevasini yemoqqa undaganlar}.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:29:54
Xizr alayhissalomning Muso alayhissalom birlan suhbatlari xususida

Abdulloh ibn Abdulloh Ibn Abbosdan naql qiladilarki, Ibn Abbos va Harr ibn Qays al-Fizoriy Muso alayhissalomning hamrohlari xususida o‘zaro bahslashib qolishibdi. Ibn Abbos: «O’shal kishi Xizr alayhissalom bo‘lganlar», — debdilar. Shu asnoda ularning yonidan Ubay ibn Ka’b o‘tib qolib, Ibn Abbos ul kishini oldilariga chaqiribdilar-da: «Men va mana bu hamsuhbatim Muso alayhissalom hamsuhbat bo‘lgan kishining kim bo‘lganligi borasida o‘zaro tortishib qoldik, Muso alayhissalom o‘shal (bo‘lajak) hamsuhbatlari birlan qanday uchrashmoq mumkinligini (Olloh taolodan) so‘ragan erdilar. Siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘shal kishi haqida zikr qilganlarini eshitganmisiz?» — debdilar. Ubay ibn Ka’b: «Ha, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman», — debdilar: «Bir mahal Muso alayhissalom Banu Isroilga mansub bir to‘da odamlar orasida (xutba) qilib turgan erdilar, bir kishi kelib: «Siz o‘zingizdan ko‘ra bilimdonroq biror odamni bilurmisiz?» — dedi. Muso alayhissalom: «Yo‘q, (bilmayman)», — dedilar. Shunda Olloh taolo Muso alayhissalomga: «Albatta, bizning bandamiz Xizr (sizdan bilimdonroqdur)» — deb vahiy yubordi. So‘ng, Muso alayhissalom ul kishi birlan uchrashish yo‘lini so‘radilar. Olloh taolo hut — (baliq)ni (uchrashuv vositasi) qildi va: «Agar hutni yo‘qotsangiz, ortingizga qaytingiz, u birlan uchrashgaysiz» — deyildi. Muso alayhissalom (g‘ulomlari birlan birga) hutni (kutargancha) dengiz bo‘ylab yo‘lga chiqishdi. Bir mahal g‘ulomlari ul kishiga: «Aytingiz, menga ne balo bo‘ldiki, xarsang oddida dam olganimizda (beparvolik qilib) hutni yo‘qotibman? Meni chalg‘itib, uni yodimdan chiqargan faqat shaytondur!» — dedi. Muso alayhissalom: «Bizning istagimiz ham xuddi shu erdi», — dedilar. Keyin, ikkalalari suhbatlashgancha kelgan yo‘llariga qaytib ketishdi. (Xarsangga yetib borishgach), ul yerda Xizr alayhissalomni ko‘rishdi. Keyin, ikkalalari o‘rtasida Olloh taolo o‘z Kitobida rivoyat qilgan voqealar ro‘y berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:30:06
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosga: «Navf al-Bakoliy Xizr alayhissalomga hamroh bo‘lgan Musoni Banu Isroil (payg‘ambari) Muso alayhissalom ermas, ul boshqa Muso, deb ta’kidlayotir», — dedim. Ibn Abbos: «Olloh taoloning dushmani (ya’ni, Navf) yolg‘on aytibdi! Bizga Ubay ibn Ka’b Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini rivoyat qilib bergan», — dedilar: «Darhaqiqat, Muso alayhissalom Banu Isroil orasida xutba qilib turib erdilar, ul kishidan: «Kim eng bilimdon?» — deb so‘raldi. Muso alayhissalom: «Men», — dedilar. Shunda parvardigor ul kishini «Ilm Olloh taologa xosdur» demaganlari uchun koyib: «Ha, albatta, ikki dengiz qo‘shilgan yerda mening bir bandam bordur, o‘shal sizdan bilimdonroqdur», — dedi. Muso alayhissalom: «Parvardigoro, kim meni ul kishi birlan uchrashtirgay?» (yoki «Ul kishi birlan qanday uchrashgayman?») — dedilar. Olloh taolo: «Bir hutni olib, savatga solgaysiz, uni yo‘qotgakingiz hamonoq o‘shal yerda uni (topgaysiz)», — dedi. So‘ng, Muso alayhissalom bir hutni olib, savatga soldilar-da, g‘ulomlari Yo‘sha’ birlan birga yo‘lga chiqdilar. Yura-yura bir xarsang oldiga yetib kelishdi-da, unga boshlarini qo‘yib (dam olishdi). Muso alayhissalom uxlab qoldilar. Hut harakatlanib (savatdan) chiqdi-da, dengizga tushib suzib ketdi. Olloh taolo baliq ortida qolgan izni tarqatmadi, natijada suv betida (uzun) yo‘l qoldi. Keyin, ikkalalari (turib), kunning qolgan qismida va tun buyi yo‘l yurishdi. Nonushta vaqti bo‘lganda Muso alayhissalom g‘ulomlariga: «Bizga nonushtamizni keltir, bu safarimizdan toliqdik», — dedilar. Muso alayhissalom Olloh taolo o‘zlariga buyurgan yerga (xarsang turgan yerga) yetib kelgunlaricha sira toliqmadilar, endi ersa ul kishi ochiqib va charchab qolgan erdilar. G’ulomlari ul kishiga: «Aytingiz, menga ne balo bo‘ldiki, xarsang oldida dam olganimizda (beparvolik qilib) baliqni yo‘qotibman? Meni chalgitib, baliqni yodimdan chiqargan faqat shaytondur! Baliq bir ajabtovur ravishda dengizga tushib suzib ketibdi», — dedi (mazkur g‘ulom xarsang oldida dam olishgan vaqtda baliqning yo‘qolganini bilgan va uning dengizda qolgan izini ko‘rgan bo‘lib, buni Muso alayhissalomga aytishni unutib, yo‘lda davom etavergan erdi). Shunday qilib, o‘lar (o‘lik) baliqning dengizga tushib suzib ketganidan va uning suv bstida izi saqlanib qolganidan taajjub qilishdi. Muso alayhissalom g‘ulomlariga: «Biz istagan narsa (xuddi) shu erdi», — dedilar. So‘ng, ikkovlari o‘zaro suhbatlashgancha kelgan yo‘llariga qaytishdi-da, nihoyat mazkur xarsang oldiga yetib borishdi. Ul yerda ustiga kiyimini yepib yetgan bir kishini (Xizr alayhissalomxp:) ko‘rishdi. Muso alayhissalom salom berdilar. Ul kipgi alik olgach: «Sizning yeringizda qanday qilib salom (tinchlik, omonlik, xotirjamlik) bo‘lishi mumkin?» — dedilar. Muso alayhissalom: «Men Musoman», — dedilar. (Xizr alayhissalom Muso alayhissalomni tanimadilar. Agar ul kishi gaybdak xabardor bo‘lganlarada erdi, kurgan zamonlari tanigan bo‘lur erdilar. Bu zrsa payg‘ambarlarning Olloh taolo o‘zlariga ma’lum qilgan g‘aybdangina xabardor bo‘lganlariga dalildir). Xizr alayhissalom: «Banu Isroil (payg‘ambari) Musomi?» — dedilar. Muso alayhissalom: «Ha, shunday, o‘zingiz bilgan (ilmi) rushddan menga ta’lim bersangiz, deb huzuringizga keldim», — dedilar. (Muso alayhissalomning birovdan ta’lim olmoqlari payg‘ambar va shariat sohibi ekanliklariga nomuvofiq bo‘lib, bu yerda ul kishi o‘ta kamtarinlik va boodoblik qildilar, o‘zlarini bilimsizroq hisoblab, ul kishiga ergashmoqqa izn so‘radilar va irshod qilmoqlarini iltimos qidtsilar). Xizr alayhissalom: «Ey Muso alayhissalom! Olloh taolo o‘z ilmidan menga shunday narsalarni o‘rgatganki, uni siz bilmaysiz va Olloh taolo o‘z ilmidan sizga shunday narsalarni o‘rgatganki, uni men bilmayman», — dedilar. Muso alayhissalom: «Sizga ergashsam, maylimi?» — dedilar. Xizr alayhissalom: «Siz men birlan sabr qilib yurolmagaysiz. o‘zingiz bilmagan (aqlingiz yetmagan) narsani (ko‘rganingizda) qanday sabr qilgaysiz?» — dedilar. Muso alayhissalom: «Inshoolloh, siz mening sabr-toqatli erkanimni ko‘rursiz. Men biror ishda sizga osiylik (itoatsizlik) qilmasman», — dedilar. Keyin, ikkalalari dengiz sohili buylab yo‘l olishdi. Nogahon ularning yonidan bir kema o‘tib ketayotgan erdi, kemadagilardan o‘zlarini kemaga chiqarib olishlarini so‘rashdi. Kemadagilar Xizr alayhissalomni tanib qolishib, ul kishini (ikkalalarini) bepul kemaga chiqarishdi. Ikkalalari kemaga chiqishgach, bir chumchuq uchib kelib, kema chetiga qo‘ndi-da, dengizdan bir yoki ikki cho‘qib suv ichdi (bu yerda dengiz emas, daryo bo‘lsa kerak. Chunki, dengiz suvi shur bo‘lib, qush uning suvini ichmaydi). Shunda Xizr alayhissalom Muso alayhissalomga: «Ey Muso alayhis salom! Mening ilmim birlan sizning ilmingiz Olloh taolo ilmidan ana shul chumchuq dengizdan tumshug‘i birlan olgan suvchalik kamdur», — dedilar. So‘ng, Xizr alayhissalom boltani olib kema taxtalaridan birini kuchirishga kirishdilar-da, Muso alayhissalom «Hoy, hoy, ne qilayotirsiz?!» — deb aytishga ulgurmaslaridanoq uni ko‘chirib bo‘ldilar. Muso alayhissalom ul kishiga: «Bu ne qilganingiz? Bular bizni pul olmay kemaga chiqarishdi, siz bo‘lsangiz ularni g‘arq qilmoq uchun qasddan kemalarini teshib qo‘ydingiz. Qanday (yomon) ish qildingiz!» — dedilar. Xizr alayhissalom: «Men birlan sabr qilib yurolmagaysiz, deb aytmaganmidim?» — dedilar. Muso alayhissalom: «(Va’damni) unutib qilgan e’tirozim uchun meni ayblamangiz, meni qiyin ahvolda qoldirib, o‘zingizga ergashmog‘imga mone’lik qilmangiz!» — dedilar. Bu dastlabki ixtilof Muso alayhissalomning o‘z va’dalarini unutib qo‘yganlari oqibatida yuzaga keldi. Keyin, ikkalalari kemadan tushgan vaqtlarida o‘rtoqlari birlan o‘ynab yurgan bir bolaning oldiga kelishdi. Xizr alayhissalom qo‘llari birlan uning boshini ushlab, mana bunday qilib uzib tashladilar. (Ushbu hadis roviylaridan biri bo‘lmish Sufyon raziyallohu anhu Xizr alayxissalom bolaning boshini qanday uzib tashlaganlarini anglatish uchun barmoqlari uchi birlan bir narsani uzgandek qilib ko‘rsatdilar). Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: «Bir gunohsiz odamni nohaq o‘ldirdingiz, qanday yomon ish qildingiz!» — dedilar. Xizr alayhissalom: «Men birlan sabr qilib yurolmagaysiz, deb sizga aytmaganmidim?!» — dedilar. (Xizr alayhissalom bu gal qattiqroq tanbeh berish maqsadida «sizga» so‘zini ataylab qo‘shib aytdilar, chunki Muso alayhissalom yana va’dalarini unutib, takror e’tiroz bildirgan erdilar). Shunda Muso alayhissalom: «Agar bundan keyin yana biror narsa xususida sizga savol bersam, meni o‘zingiz birlan olib yurmangiz, (va’damni unutib e’tiroz bildirganim uchun ersa ilgaridan) uzr aytib quyganman», — dedilar. Ksyin, ikkalalari yo‘lda davom etishib, bir qishloq ahli qoshiga kelishdi-da, qorinlarini tuyg‘azishni iltimos qilishdi. Qishloq ahli ularni mehmon qilishdan bosh tortdi. So‘ng, ikkalalari qishloqda yiqilay deb turgan bir devor oldidan chiqib qolishdi. Xizr alayhissalom o‘shal dsvorni qo‘llari birlan mana bunday qilib tuzatib quydilar. (Xizr alayhissalomning dsvorni qanday tuzatganlarini anglatish uchun bir narsani pastdan yuqoriga silagandsk qilib ko‘rsatdilar). So‘ng, Muso alayhissalom: «Qavm (mazkur qishloq ahli) qoshiga kelganimizda na qornimizni tuyg‘azdi va na bizni mehmon qildi, siz bo‘lsangiz ularning dsvorlarini tiklab qo‘ydingiz. Agar istasangiz, (bu ishingiz uchun ulardan) pul olmog‘ingiz mumkin, pul ersa bizga yegulik va safarda qiynalmasligimie uchun asqatar erdi», — dedilar. Shunda Xizr alayhissalom: «(Sizning) bu (galgi e’tirozingiz) men birlan siz o‘rtamizda ayriliq (bo‘lmog‘iga sababdur). Endi, men sizga o‘zingiz sabr qilolmagan narsalarni tushuntirib berayin», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:31:03
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Muso alayhissalom sabr qilganlarida erdi, Olloh taolo (o‘z Kitobida) ikkalalari xususlaridagi xabarlarni bizga bayon qilgan bo‘lur erdi», — dedilar.

Sufyon raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Muso alayhissalomni rahmat qilsin, agar ul kishi sabr qilganlarida erdi, ikkalalari qilgan ishlar haqida bizga bayon qilingan bo‘lur erdi» — deb aytdilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:33:21
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «(Mazkur kema egalari) ketayotgan tomonda bir podshoh bo‘lib, u (o‘z mulkiga kirib kelgan) har bir yaroqli (yaxshi) ksmani zo‘rlik birlan tortib olayotgan erdi. (Xizr alayhissalomning kemani teshib qo‘yganlarining boisi ham aynan shunda bo‘lib, kema egalari keyin uni tuzatib olishlari mumkin erdi). Bola xususiga kelsak, u kofir bo‘lib, ota-onasi mo‘min erdi», — dedilar-da, «Kahf» surasining (60—82) oyatlarini qiroat qildilar».

Abu Huraira raziyallohu anhu rshyuyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Xizr alayhissalomning) «Xizr» deb atalishlarining boisi shulki, ul kishi o‘t-o‘lansiz oppoq yer ustida (po‘stida) o‘ltirganlar, ortlarida ersa ko‘m-ko‘k o‘t-o‘lanlar (shamoldan) tebranib turgan»,— dedilar». (Mujohid raziyallohu anhuning aytishlaricha, «Xizr» deb atalishlarining boisi — ul kishi namoz o‘qisalar. Atroflaridagi barcha narsalar ko‘karib ketar erkan. Asl nomlari ersa «Balyo» erkan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:34:26
43-bob.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Banu Isroilga: «Sajda qilgan holda eshiqdan kirib kelingizlar-da, «Yukimiz (gunohimiz) yengillashtirilsa erdi!» — deb aytingizlar», — deyildi. Shunda ular aytishlari lozim bo‘lgan so‘zni o‘zgartirishdi-da, ketlarini yerga surgagancha (eshiqdan kirib kelib): «Arpa» — deb aytishdi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Darhaqiqat, Muso alayhissalom uyatchan, hayoli kishi erdilar, badanlarining biror uyatli yeri ko‘zga tashlanmas erdi. Shul boisdan Banu Isroilning ko‘pchiligi ul kishiga ozor berib: «Bul odam bekorga o‘ralib-chirmalib yurmasa kerak, badanida biror aybi bo‘lganidan shunday qilsa kerak. U yo moxov yoki dabba, yoki mayib», — deyishar erdi. Olloh taolo Muso alayhissalomni ularning bul gaplaridan xalos qilmoqni iroda qildi. Bir kuni Muso alayhissalom yakka o‘zlari qolib, barcha kiyimlarini (echdilarda), ularni bir tosh ustiga qo‘ydilar. So‘ng, cho‘mildilar. Cho‘milib bo‘lgach, kiyimlarini olmoq bo‘lib tosh oldiga kelib erdilar, tosh kiyimlarini olib qochdi. Shunda Muso alayhissalom asolarini olib, «Ey tosh, kiyimlarimni ber, ey tosh, kiyimlarimni ber, ey tosh!» — deganlaricha uning ketidan quvib ketdilar. Quva-quva (o‘zlari bilmagan holda) Banu Isroil gavjum turgan yerga borib qoldilar. Shunda ular Muso alayhissalomning qip-yalangoch badanlarini — Olloh taolo yaratgan eng go‘zal badanni ko‘rdilar. Shul tariqa Olloh taolo ul kishini Banu Isroilning bo‘lmag‘ur gaplaridan xalos etdi. Keyin, tosh to‘xtadi, Muso alayhissalom kiyimlarini olib, kiyinib oldilar. So‘ng, asolari birlan toshni shunday qattiq urdilarki, Olloh taolo haqi, asolarining zarbidan tosh uch yoki to‘rt yoxud besh yeridan darz ketdi. Olloh taoloning quyidagi qavli shul xususdadur: «Ey mo‘minlar, Musoga ozor yetkazganlar kabi bo‘lmangizlar! Bas, Olloh uni ular aytayotgan gaplardan pokladi. U Olloh qoshida izzatli (banda) erdi» («Ahzob» surasi, 69-oyat)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:35:29
44-bob. Olloh taoloning qavli: «...butlariga sig‘inib turgan (qavm)...» («A’rof» surasi, 138-oyat)

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (sahobalar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga (Marri Zahron degan yerda) kabos (arok daraxti mevalarini) terayotgan erdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (bizga): «Qorasini termoqlaringiz lozim, chunki qorasi eng yaxshisidur», — dedilar. Sahobalar: «(Yo Rasulalloh), qo‘y boqqanmisiz? (ya’ni: «Qo‘y boqqan bo‘lsangiz, arok daraxti mevalarining qaysinisi yaxshi-yu, qaysinisi yomon erkanligini bilursiz)», — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quy boqmagan biror payg‘ambar bormi? (Muso alayhissalom va ul kishidan bo‘lak payg‘ambarlar ham qo‘y boqishgan)», — dedilar». (Bul hadisning yuqoridagi oyatga bogliqligi shundaki, Muso alayhissalom qo‘y boqqanlari tufayli sabru-qanoat kasb qilganlar, hatto qavmlari azbaroyi yo‘ldan ozganligi va aqli pastligidan: «Ey Muso, bizlarga ham ularning tangrilari singari bir tangri yasab bergil!» — deyishganda ul kishi sabru qanoat qilib, ular birlan muomala qila olganlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:36:27
45-bob. Olloh taoloning qavli: «Muso o‘z qavmiga: «Darhaqiqat, Olloh taolo bir sigir qurbon qilmog‘ingizni sizlarga amr qildi» — degan vaqtda...» («Baqara» surasi, 67-oyat).

Bu yerda hadis keltirilmagan.

46-bob. Muso alayhissalomning vafotlari va (vafotlaridan) so‘ng zikr qilinishlari

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «O’lim farishtasi (odam qiyofasida) Muso alayhissalomga yuborildi. U kelgach, Muso alayhissalom uni (o‘zlari birlan urushmoqni qasd qilib ijozatsiz uylariga kirib kelgan odam, deb o‘yladilarda), bir urib (ko‘zini chiqardilar). So‘ng, farishta o‘z parvardigori qoshiga qaytib borib: «Meni o‘limni istamagan bandang huzuriga yuboribsan», — dedi. Olloh taolo uning ko‘zini o‘rniga qaytarib: «(Uning oldiga) qaytgil-da, unga aytgilki, qo‘lini bir ho‘kizning ustiga qo‘ysin, qo‘li yopgan barcha junlarning har biri — uning uchun bir yil (umrdur)»,— dedi. (Farishta Olloh taoloning amrini yetkazgach), Muso alayhissalom: «Yo parvardigorim! (Undan) keyinchi?» — dedilar. Olloh taolo: «(Undan) keyin o‘limdur», — dedi. Muso alayhissalom (Olloh taolo birlan tezroq uchrashish shavqida): «(Unday bo‘lsa), hozir (omonatingni olaver)», — dedilar. So‘ng, Olloh taolodan o‘zlarini Muqaddas yerga (Bayt ul-Maqdisga) bir tosh otim masofada yaqinlashtirmog‘ini so‘radilar. (Ya’ni, Bayt ul-Maqdisga bir tosh otim yaqin masofada dafn qilinmoqlarini so‘radilar. Chunki, ko‘pchilik payg‘ambarlar o‘shal yerga dafn qilingan bo‘lib, ularga yaqin bo‘lmoqni o‘zlariga xayrli deb bildilar va Olloh taolo ularga nozil qiladirgan fazlu rahmatning o‘zlariga ham naf’i tegmog‘idan umid qildilar). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘shal yerda bo‘lsam, ul kishining qizil qum uyumi yonidan o‘tgan yo‘l chekkasidagi qabrlarini sizlarga albatta ko‘rsatar erdim», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:37:35
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ikki kishi — bir musulmon (Abu Bakr as-Siddiq yoki bir ansoriy) va bir yahudiy o‘zaro gap talashib qolib, musulmon (yahudiyga); «Muhammad sallallohu alayhi va sallamni barcha olamlardan afzal qilgan zot (Olloh taolo) haqi!» — dedi. Shunda yahudiy unga javoban: «Muso (alayhissalom)ni barcha olamlardan afzal qilgan zot haqi!» — deb erdi, musulmon uning yuziga shapaloq tortib yubordi. Keyin, yahudiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, o‘zi birlan musulmon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqea xususida xabar berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam musulmonni chaqirib, undan shul haqda suradilar. Musulmon bor gapni aytdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Meni Muso alayhissalomdan afzal ko‘rmangizlar. Darhaqiqat, (Qiyomat kuni) odamlar dahshatdan behush bo‘lib yiqiladilar. Men birinchi bo‘lib hushiga kelgan odam bo‘laman, qarasam Muso alayhissalom Arshning bir chetini (mahkam) ushlab turgan bo‘ladilar. Ammo, men ul kishi ham barcha barobar dahshatdan behush bo‘lib yiqilganmilar yoxud mendan ilgari o‘zlariga kelganmilar yoki Olloh taolo istisno qilib behush qilinmadilarmi, bundan bexabar bo‘laman. Olloh taolo bul xususda: «Sur chalingach, osmonlaru Yerdagi barcha jonzot behush bo‘lib yiqildi, Olloh iroda qilganlargina (istisno qilganlargina behush bo‘lmadilar)» — deydi». («Zumar» surasi, 68-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:38:18
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odam alayhissalom va Muso alayhissalom o‘zaro gap talashib qolishib, Muso alayhissalam Odam alayhissalomga: «Qilib qo‘ygan xatoingiz (gunohingiz) tufayli jannatdan quvilgan Odam hali sizmisiz!» — dedilar. Shunda Odam alayhissalom ul kishiga: «Olloh taolo o‘z risolati va kalomi birlan afzal qilgan Muso hali sizmisiz?! Shunday odam bo‘la turib, Olloh taolo yaratmasidan burun menga taqdir qilgan qismatni ro‘kach qilib, meni malomat qilursizmi?!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odam alayhissalom (inkor etib bo‘lmaydigan bu dalillari birlan) Muso alayhissalomni ikki marta yengdilar (ya’ni, bu xususda mutlaqo og‘iz ochmaydigan qilib qo‘ydilar)», — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni (uylaridan) huzurimizga chiqdilar-da, bunday deb marhamat qildilar: «(Isro’ kechasi) menga (barcha) ummatlar namoyon qilindi. (Bir mahal) ufqni to‘sib kelayotgan ko‘p sonli olomonga ko‘zim tushdi. Shunda: «Bu — o‘z qavmi birlan kelayotgan Musodur», — deyildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:38:55
47-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh iymon keltirganlar uchun Fir’avnning ayolini misol qildi...» («itoatkorlardan bo‘ldi» degan qavligacha. «At-Tahrim»surasi, 11—12-oyatlar)

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Erkaklardan ko‘pchiligi kamolotga erishdi, ammo ayollardan faqat Fir’avnning ayoli Osiyo va Imron qizi Maryamgina (ayollarga xos fazilatlar borasida) kamolotga erishdi. Darhaqiqat, Oishaning boshqa ayollardan afzalligi — sariydning boshqa taomlardan afzalligi kabidur». («Sariyd» — non to‘g‘ralgan yoki qovoq solib pishirilgan sutli ovqat bo‘lib, non to‘g‘ralgan go‘shtli sho‘rva ham shunday deb ataladi).

48-bob. «Darhaqiqat, Qorun Muso qavmidan erdi» («Qasas» surasi, 76-oyat).

Bu yerda Ibn Abbos raziyallohu anhu «Qasas» surasidagi ba’zi so‘zlar tafsiri haqida bayon qiladilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:39:42
49-bob. Olloh taoloning qavli: «Madyan qavmiga o‘z birodarlari Shu’aybni (payg‘ambar qildik)...» («Hud» surasi, 84-oyat)

Bu yerda «Hud», «A’rof», «Hijr» suralaridagi ayrim so‘zlar tafsiri bayon qilingan.

50-bob. Olloh taoloning qavli: «Yunus ham, shak-shubhasiz, payg‘ambarlardandur» («Soffot» surasi, 139-oyat)

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz meni Yunus (ibn Mattodan) yaxshi, deb aytmangiz!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror banda meni Yunus ibn Mattodan yaxshi, deb aytmasligi lozim», — dedilar. Shunda ul kishini Mattoning o‘g‘li Yunus, deb otalariga nisbat berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:40:17
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy o‘z matosini ko‘rsatayotgan vaqtda (matosiga) uning g‘azabini qo‘zg‘aydirgan miqdorda kam pul berildi. Shunda u: «Yo‘q; Muso (alayhissalom)ni butun bashariyatdan afzal qilgan zot haqi!» — dedi. Yahudiyning bul gapini ansorlardan biri eshitib qolib, o‘rnidan turdi-da, uning yuziga bir shapaloq tortib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oramizda bo‘lganlari holda «Muso (alayhissalom)ni bugun bashariyatdan afzal qilgan zot haqi!» deb aytayotirsanmi?!» — dedi. So‘ng, yahudiy Janob Rasulullohning huzurlariga borib: «Ey Abulqosim, men zimmiylardanman, musulmonlar ersa zimmiylarni himoya qilmoqni o‘z ustlariga olganlar, nschun falonchi mening yuzimga urdi?» — deb shikoyat qildi. Janob Rasululloh ansoriyga: «Nechun urding?» — dedilar. U bo‘lgan voqeani aytib berdi. Shunda Janob Rasululloh shul qadar darg‘azab bo‘ldilarki, hatto yuzlari o‘zgarib ketdi. Keyin, ul zot bunday dedilar: «Olloh taolo (yuborgan) payg‘ambarlarni bir-birlaridan afzal ko‘rmangizlar. Chunki, (Qiyomat kuni) sur chalinib, osmonlaru Yerdagi barcha jonzotlar behush bo‘lib yiqiladilar, Olloh taolo o‘zi iroda qilganlargina bundan mustasno bo‘ladilar. Keyin, sur ikkinchi bor chalinib, men eng birinchi o‘ziga kelgan odam bulaman. Qarasam, Muso alayhissalom Arshni (mahkam) ushlab turgan buladilar. Ammo, men ul kishi Tur kuni behush qilinganlari badaliga bu gal behush qilinmadilarmi yoki mendan ilgari o‘zlariga keldilarmi, bundan bexabar bulaman. Men biror kimsani Yunus ibn Mattodan afzal, deb aytmasman».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror kishi: «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiman» — deb aytmasligi lozim», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:40:49
51-bob. «Ulardan dengiz buyidagi qishloq haqida so‘rangiz...» («A’rof» surasi, 163-oyat)

Bu yerda «A’rof» surasining 163— 166-oyatlaridagi ayrim suzlar tafsiri bayon qilingan.

52-bob. Olloh taoloning qavli: «Va Dovudga Zaburni ato etdik» («Al-Isro» surasi, 55-oyat)

Bu yerda «Al-Isro» surasining 55—96-oyatlaridagi ayrim so‘zlar tafsiri bayon qilingan.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Dovud alayhissalomga Qur’on (ya’ni, Zabur)ni (xatm qilish Olloh taolo tomonidan) oson qilingan erdi. Dovud alayhissalom ulovlarini egarlashni amr qilur erdilar, keyin uni egarlashguncha Qur’on (Zabur)ni xatm qilib bo‘lur erdilar va ul kishi o‘z qo‘llari (o‘z mehnatlari) bilan topgan narsanigina yer erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:43:37
Abdulloh ibn Amr raziyatlohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo haqi, umrim bo‘yi kunduzlari ro‘za tutib, kechalari uxlamay toat-ibodat birla mashg‘ul bo‘lgayman!» deb aytganimni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetkazishibdi. Janob Rasululloh (meni chaqirib): «Olloh taolo haqi, umrim bo‘yi kunduzlari ro‘za tutib, kechalari uxlamay toat-ibodat birla mashg‘ul bo‘lg‘ayman!» deb aytgan senmisan?»— dedilar. Shunda men ilgari aytgan gapimni takrorladim. Janob Rasululloh: «Sen buni eplay olmaysan. Ro‘za ham tutgil, iftor ham qilgil, (tunlari) turib toat-ibodat ham qilgil, uxlagil ham, shuningdek har oy uch kun ro‘za ham tutgil. Darhaqiqat, (bunda) o‘n barobar ko‘p savob (bordur) va bu umr bo‘yi ro‘za tutgan birlan barobardur», — dedilar. Men: «Men bundan ham ko‘proq ro‘za tutmoqqa qodirman, yo Rasuladloh!» — dedim. Janob Rasululloh: «(Unday bo‘lsa), bir kun ro‘za tutib, ikki kun tutmagil», — dedilar. Men: «Bundan ham ko‘proq ro‘za tutmoqqa qodirman», — dedim. Janob Rasululloh: «(Unday bo‘lsa), bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmagil, bu ersa Dovud alayhissalomning ro‘zalari bo‘lib, ul kishi ro‘za (tutadirgan va tutmaydirgan kunlar sonini) tenglashtirib qo‘ygan erdilar», — dedilar. Men: «Bundan ko‘proq ro‘za tutmoqqa qodirman, yo Rasulalloh!» — dedim. Janob Rasululloh: «Bundan afzali yo‘qdur!» — dedilar».

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Sening tun buyi (uxlamay) toat-ibodat qilib, kunduzlari ro‘za tutishing xususida menga aytgan gaplari rostmi?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Janob Rasululloh: «Agar shunday qilsang, ko‘zing xiralashib, badaningda quvvat qachmagay. Har oy uch kun ro‘za tutgil, bu ersa umr buyi ro‘za tutganlik birla barobardur», — dedilar. Men: «Bundan ortiqroq ro‘za tutmoqqa o‘zimda kuch-quvvat sezurman», — dedim. Janob Rasululloh: «(Unday bo‘lsa), Dovud alayhissalom kabi ro‘za tutgil, ul kishi bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmaganlar. Agar (dushmanga) yo‘liqsalar, qochmaganlar (ya’ni, mo‘‘tadil ro‘za tutganlari boisidan kuchdan qolmaganlar, dushman birlan urushmoqqa kuchlari yetgan)», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:44:43
54-bob. «...Va Bizning bandamiz Dovudni eslangiz...» («Sod» surasi, 17—20-oyatlar)

Bu yerda «Sod» surasining 17—25-oyatlaridagi ayrim so‘zlar tafsiri bayon qilingan.

Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosga: «Sod» surasida sajda qilurmanmi?» — dedim. Shunda ul kishi «Sod» surasining «Uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon...» degan yeridan (84-oyat) to «Bas, ana ushalargagina ergashingiz!» degan yerigacha (90-oyat) qiroat qildilar. So‘ng: «Payg‘ambaringiz sallallohu alayhi va sallam (ham) ularga iqtido qilmoqqa buyurilgan kishilardandurlar (ya’ni, «Gar Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ularga ergashmoqqa buyurilgan erkanlar, demak sen barchadan ilgari shunday qilmog‘ing lozim») — deb aytdilar».

Ibn Abbos raziyatlohu anhu rivoyat qiladilar: «Sod» surasida sajda qilmoqlik buyurilgan ermas. Ammo, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Sod» surasida sajda qilayotganlarini ko‘rdim». (Janob Rasululloh mazkur surada sajda qilgach: «Dovud alayhissalom bu surada Olloh taologa tavba qilmoq uchun sajda qilganlar. Biz ersak Olloh taologa shukr izhor qilmoq uchun sajda qilurmiz» — deb aytgan erkanlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:45:13
55-bob.

Olloh taoloning qavli: «Biz Dovudga qanday ajoyib (yaxshi farzand) — Sulaymonni tuhfa qildik. Darhaqiqat, u (Olloh taologa) tavba qilib, (uning yo‘liga) qagiy qaytguvchidur» («Sod» surasi, 30-oyat), «(Sulaymon): «Parvardigorim, ...menga o‘zimdan so‘ng biror kimsaga nasib bo‘lmaydirgan bir saltanat tuhfa etgil!» — dedi» («Sod» surasi, 35-oyat), «Va ergashdilar (bo‘yin egdilar) shaytonlar (ya’ni, jinlar) aytilgan narsalarga Sulaymon saltanati davrida» («Baqara» surasi, 102-oyat), «Sulaymonga ertalab bir oyli va kechqurun bir oyli (yo‘lni bosib utguvchi) shamolni (buysundirdik) va uning uchun mis bulog‘ini oqizib qo‘ydik va jinlardan ham parvardigorining izni (xohishi) birlan uning huzurida ishlaydirganlarini (unga buysundirdik) va ulardan qaysi biri bizning buyrug‘imizdan chetga chiqsa, biz unga o‘t (jahannam) azobidan totdirgaymiz. Ular Sulaymonga u istagan narsalarni... qilib bergaylar» («Saba’» surasi, 12—13-oyatlar)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Darhaqiqat, kecha tunda jinlardan bo‘lmish Ifriyt namozimni buzmoq niyatida to‘satdan menga namoyon bo‘ldi. Shunda Olloh taolo uni (ushlab olmog‘imga) imkon berdi. Men uni sizlar ertalab uyg‘onib (bomdod namoziga masjidga) kirganlaringizda barchangiz ko‘rasizlar, deb masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘ldim-u, ammo birodarim Sulaymon alayhissalomning «Yo parvardigorim, meni magfirat qilgil va menga o‘zimdan so‘ng biror kimsaga nasib bo‘lmaydirgan bir saltanat tuhfa etgil!». degan so‘zlarini esladim-da, uni haydab yubordim». (Imom Buxoriy bu hadisni asir, tutqun va dushmanni masjidda bog‘lab qo‘ymoq joiz erkanligiga dalil qilib keltirganlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:45:46
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Dovud alayhissalomning o‘g‘illari Sulaymon alayhissalom: «Men bul kecha albatta yetmishta ayolni zierat qilgayman, har bir ayol Olloh taolo yo‘lida jihod qilajak bir chavandozga hrmilador bo‘lgay» — dedilar. Shunda do‘stlari (ya’ni, farishta): «Inshoalloh, deb aytingiz!» — dedi, lekin ul kishi (unutib) bunday demadilar. Natijada (etmishta ayoldan) faqat bittasigina homilador bo‘ldi, u ham bo‘lsa chala tug‘ib qo‘ydi. Agar ul kishi «Inshoalloh» deganlarida, (barcha ayollar bittadan chavandoz tug‘ib berib), ular Olloh taodo yo‘lida jihod qilgan bo‘lur erdilar». (Ushbu hadis ilgarigi jildlarda ham bor bo‘lib, ayollar soni hammasida turlicha).

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Yer yuzida qaysi masjid birinchi bo‘lib bunyod etilgan?»— dedim. Janob Rasululloh: «Al-Masjid al-Harom», — dedilar. Men: «Keyin, qaysi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Keyin Al-Masjid al-Aqso», — dedilar. Men: «Ular ikkalasining (qurilishida) necha yil farq bor?» — dedim. Janob Rasululloh: «Qirq (yil)», — dedilar, so‘ng: «Qaerda bo‘lmasin, namoz (o‘qishingga) to‘g‘ri kelib qolsa, o‘qiyvergil, chunki butun Yer yuzi senga masjiddur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:46:16
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Men birlan odamlar [ya’ni, mening odamlarni jahannam o‘tidan qutqarmoq bo‘lib Islomga qilgan da’vatim birlan odamlarga dillari ziynatlab (aldab) ko‘rsatgan botil (yolg‘on, bekorchi) narsa] — o‘t yoqqan odam birlan o‘tga uchib kelgan parvonalar (yoki turli hasharotlar)ga o‘xshaydi. (O’t yeqqan kishi) o‘shal hasharotlarni (harchand haydamasin), ular o‘zlarini o‘tga uraveradilar. Ikki ayol bo‘lib, ularning o‘g‘ilchalari o‘zlari birlan birga erdi. Nogahon bir bo‘ri kelib, ulardan birining o‘g‘ilchasini olib ketdi. Shunda (o‘g‘ilchasini bo‘ri olib ketgan ayol) dugonasiga: «Darhaqiqat, bo‘ri sening o‘g‘ilchangni olib ketdi», — dedi. U: «Yo‘q, sening bolangni olib ketdi», — dedi. Natijada ikkalasi tortisha-tortisha Dovud alayhissalomning huzurlariga borishdi. Dovud alayhissalom yoshi katta ayolning foydasiga hukm chiqarib, (omon qolgan bolani o‘shanga berdilar. Chunki, bola o‘sha ayolning qo‘lida erdi. Ikkinchi ayol Dovud alayhissalomning hukmlariga qarshilik qilmoqqa ojizlik qildi). So‘ng, ikkala ayol Sulaymon ibn Dovudning huzurlariga borishib, bo‘lgan voqeani ul kishiga aytib berishdi. Shunda Sulaymon alayhissalom: «Menga pichoq keltiringizlar, bolani ikki nimta qilib, ularga bo‘lib beraman», — dedilar. Yoshi kichik ayol: «Bunday qilmangiz, Olloh taolo xayringizni bersin! Bu bola shu ayolning bolasi», — dedi. Shundan so‘ng, Sulaymon alayhissalom bolani yoshi kichik ayolga bermoqni hukm qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:46:29
56-bob.

Olloh taoloning qavli: «Biz Luqmonga hikmat ato etdik (va unga dedikki:) «Ollohga shukr qilgil...» («chunki, Olloh barcha takabbur, maqtanchoq kimsalarni suymas» degan qavligacha. («Luqmon» surasi, 12—18-oyatlar)

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Olloh taoloning) «Ollohga iymon keltirgach, iymonlarini zulm birlan bulg‘amaganlar...» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari: «Qaysi birimiz iymonimizni zulm birlan bulg‘amaganmiz?!»— deyishdi. Keyin, Olloh taoloning «Ollohga shirk keltirma, chunki shirk eng katta zulmdur» degan oyati karimasi nozil bo‘ldi».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Olloh taoloning) «Ollohga iymon keltirgach, iymonlarini zulm birlan bulg‘amaganlar...» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda bundan musulmonlar qattiq iztirob chekib: «Yo Rasulalloh, qaysi birimiz o‘zimizga zulm qilmaganmiz?!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Bu oyat sizlar o‘ylagan ma’noda ermas. Uning asl ma’nosi — shirqdur. Luqmon alayhissalomning o‘z o‘g‘illariga nasihat qilib: «Ey o‘g‘ilginam, Ollohga shirk keltirmagil, chunki shirk — eng katta zulmdur» — deb aytganlarini eshitmagansizlarmi?» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:46:46
57-bob. «(Ey Muhammad), siz ularga (Antokiya) qishlog‘i ahlini... misol keltiringiz!» («quvvatlantirdik» degan qavligacha. «Yosin» surasi, 13— 14-oyatlar)

Mujohid: «Azzazno» — «quvvatlantirdik» ma’nosida», — deydilar.

Ibn Abbos: «Toirikum» — «Musibatlaringiz» degan mazmunda», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:46:58
58-bob.

Olloh taoloning qavli: «(Bu) parvardigoringizning o‘z bandasi Zakariyoga qilgan marhamati zikridur» («unga biron kimsani otdosh qilgan emasmiz» degan qavligacha. «Maryam» surasi, 2—7-oyatlar)

Anas ibn Molik raziyallohu anhu Molik ibn Sa’sa’adan naql qiladilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga (sahobalarga) Isro’ kechasi xususida so‘zlayotib, (birinchi osmonga chiqqanlaridan)so‘ng, ikkinchi osmonga chiqqanlarini aytibdilar. (Jabroil alayhissalom eshikni) ochishni so‘rabdilar. Shunda: «Bu kim?» — deyilibdi. Jabroil alayhissalom: «Bu menman», — debdilar. «Siz birlan birga kim bor?» — deyilibdi. Jabroil alayhissalom: «Muhammad (alayhissalom)» — debdilar. «(Siz) ul kishini (bu yerga olib chiqishga) yuborilganmidingiz?» — deyilibdi. Jabroil alayhissalom: «Ha» — debdilar. «Savol-javob tugagach, — deydilar Janob Rasululloh, — u yerda ikki xolavachcha bo‘lmish Yahyo va Iso alayhimissalomni ko‘rdim. Jabroil alayhissalom menga: «Bular Yahyo va Iso alayhimissalomdurlar, ularga salom beringiz!» — dedilar. Men ularga salom berdim. Ular alik olishgach: «Marhabo, ey solih birodar va solih payg‘am-bar!» — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:47:31
59-bob.

Olloh taoloning qavli: «(Ey habibim), Kitobdagi (Qur’ondagi qavlimni qiroat qilib) Maryamni eslangiz...» («Maryam surasi, 16-oyat); «(Ey habibim), eslangiz, farishtalar: «Yo Maryam, darhaqiqat Olloh senga o‘zidan bir so‘zni xushxabar qilib yo‘lladiki...» — deganlarida...» («Oli Imron» surasi, 45-oyat); «Darhaqiqat, Olloh Odam va Nuh va Ibrohim va Imron sulolasini butun olamga (payg‘ambar qilib) tanladi...» («Olloh u3ts istagan bandalariga behisob rizq berur» dexan qavligacha. «Oli Imron» surasi, 33—37-oyatlar)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytayotganlarini eshitdim: «(Bibi) Maryam va ul muhtaramaning o‘g‘illaridan bo‘lak biror odam bolasi yo‘qki, tug‘ilganida uni shayton chimchilamagan va u shaytonning chimchilashidan chinqirib yig‘lamagan bo‘lsin».

Keyin, Abu Hurayra: «(Imronning xotinlari Bibi Maryamni tuqqach): «Men bu qizni va uning zurriyotini dargohingdan quvilgan shaytonning yomonligidan o‘z panohingda asramog‘ingni iltijo qilurman» (deb duo qilganlar»), — deydilar («Oli Imron» surasi, 36-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:48:37
60-bob.

Olloh taoloning qavli: «(Ey habibim), eslangiz, farishtalar: «Yo Maryam, darhaqiqat Olloh senga o‘zidan bir so‘zni xushxabar qilib yo‘lladiki, uning ismi Al-Masih Iso ibn Maryam...» («Bo‘l!»— desa, bas o‘sha ish buladi» degan qavligacha. «Oli Imron» surasi, 45—47-oyatlar)

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Oishaning (boshqa) ayollardan afzalligi — siriydning boshqa taomlardan afzalligi kabidur. Erkaklardan ko‘pchiligi kamolotga erishdi, ayollardan esa Imron qizm Maryam va Fir’avnning ayoli Osiyodan bo‘laklar kamolotga erishmadi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytayotganlarini eshitdim: «Quraysh ayollari tuya minadirgan (ya’ni, badaviy) ayollarning yaxshirog‘i, ularning bolaga (ta’lim-tarbiya borasida) mehribonrog‘i va eriga (uning molinsh tejab-tergab ishlatishda) g‘amxo‘rrog‘idur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:48:57
Abu Hurayra raziyallohu anhu shunga ko‘ra (ya’ni, Janob Rasulullohning yuqoridagi gaplariga ko‘ra): «Maryam binti Imron sira tuya minmaganlar», — deydilar.

Olloh azza va jallaning qavli: «Ey Kitob ahli, (Isoni xudo deb) diningiz xususida quyushqondan chiqmangiz, Ollohga nisbatan faqat haqiqatni aytingiz! Darhaqiqat, Al-Masih Iso ibn Maryam Ollohning rasuli va uning Maryamga yo‘llagan suzi hamda uning tomonidan (vujudga keltirilgan) bir ruh (sohibidur), xolos. Shunday bo‘lgach, Olloh birlan uning rasuliga iymon keltiringiz, «(Xudo) uchta (ya’ni, Olloh, Maryam va Iso — barchalari xudodir)» — deb aytmangiz! (Ollohga shirk keltirmoqni) bas qilingiz, (bu) o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lur! Darhaqiqat, Olloh yakkayu yagona va farzandli bo‘lmoqdan pok zotdur, osmonlaru Yerdagi barcha narsalar unikidur. Ollohning o‘zi e’tiqod qilinmog‘iga (ishonilmog‘iga) kifoya qilur».

Uboda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Kimki «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu va anna Muhammadan abduhu va rasuluhu va anna Iyso abdullohi va rasuluhu va kalimatuhu alqoho ila Maryama va ruhun minhu val-janna haqqun van-nor haqqun» (ya’ni, «Yakkayu yagona Ollohdan bo‘lak iloh yo‘qdur, Muhammad uning bandasi va rasulidur, Iso ersa uning bandasi, rasuli, Maryamga yo‘llagan so‘zi hamda uning tomonidan vujudga keltirilgan ruh sohibidur. Jannat haqiqatdur, do‘zax ham haqiqatdur») deb shahodat keltirsa, Olloh taolo uni (bu dunyoda) qilgan (yaxshi va yomon) amallariga ko‘ra, (o‘zi istagan darajadagi) jannatga kiritadi».

Al-Valiyd: «Olloh taolo jannatning sakkizta darvozasidan o‘zi istagani orqali kiritadi» — deb qo‘shimcha qiladilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:49:18
61-bob. «(Ey habibim), Kitobdagi (ya’ni, Qur’ondagi qavlimni qiroat qilib) Maryamni eslangiz! U o‘z ahlini tark etib, sharq tomonga borib yashirinib olganda...» («Maryam» surasi, 16—24-oyatlar)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Faqat uchta (go‘dak) beshikda so‘zlagan: (ulardan biri) Iso alayhissalomdurlar. (Ikkinchisi quyidagi voqeada): Banu Isroilda Jurayj ismli bir kishi bo‘lib, u (kunlardan bir kuni, o‘z hujrasida) ibodat qilib turgan erdi. Shunda onasi uning huzuriga kelib: («Ey Jurayj!» — deb) chaqirdi. Jurayj ichida: «Ha deyayinmi yoxud ibodat qilaverayinmi?» - deb aytdi. (Shu tariqa onasi uch bor chaqirganda ham javob qilmay, ibodatni davom ettiraverdi). Onasi (darg‘azab bo‘lib): «Yo parvardigoro, Jurayjni, toki unga zinokor ayollar yuzini ko‘rsatmay turib, o‘ldirmagil!» — deb qargadi. Keyin, Jurayj o‘z hujrasida ekanligida bir (cho‘pon) ayol (kirib keldi-da: «Don olishaylik!» — deb) unga yopishib oldi. Jurayj bundan bosh tortdi. So‘ng, boyagi ayol bir cho‘ponning oldiga bordi-da, unga o‘z vujudidan lazzat olmoqqa imkon berdi. Keyin, u (homilador bo‘lib), bir o‘g‘il tug‘di. (Odamlar): «Bu bolani kimdan orttirding?» — deyishganda,  «Jurayjdan»— deb javob qildi. Odamlar (qishloq) oqsoqolining huzuriga borishib, voqeani unga bayon qilishdi. Oqsoqol: «Uni tutib olib kelingizlar!» — deb amr qildi. Ular Jurayjning oldiga borishdi-da, hujrasini vayron qilgach o‘zini u yerdan tashqariga (sudrab) olib chiqib, rosa so‘kishdi (do‘pposlashdi). (Jurayj hayron bo‘lib: «Nechun bunday qilayotirsizlar?» — dedi. Ular: «Sen falon ayol birlan zino qilishibsan» — deyishdi). So‘ng, u tahorat olib, ibodat qildi. (Ibodat qilib bo‘lgach), go‘dakning oldiga bordi-da: «Sening otang kim?» — dedi. Go‘dak (Olloh taoloning irodasi birlan tilga kirib): «Cho‘pon» — deb javob qildi. Odamlar (Jurayjning karomatini ko‘rib va uning begunoh ekanligini bilishgach): «Hujrangni oltindan qayta qurib bergaymiz», — deyishdi. Jurayj: «Yo‘q, faqat loydan (kesakdan qurib: beringizlar)», — dedi. (Ayrim ulamolar: «Mazkur hadisda nafl namoz o‘qiyotgan kishining o‘z onasi da’vatiga jovob bermog‘i vojibligi nazarda tutilgan», — deyishadi. Ammo, Yazid ibn Xavshabning o‘z otalaridan naql qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Jurayj faqih bo‘lganida erdi, o‘z onasi da’vatiga javob bermog‘i parvardigoriga ibodat qilmog‘idan muhimroq erkanligini bilgan bo‘lur erdi» — deb aytgan emishlar. Shunga ko‘ra, ba’zi ulamolar: «Kishi, xoh nafl va xoh farz namoz o‘qiyotgan bo‘lsin, namozini buzib o‘z onasi da’vatiga javob bermog‘i kerak» deyishadi). (Beshikda so‘zlagan go‘daklarning uchinchisi xususiga kelsak), Banu Isroilga mansub bir ayol o‘g‘ilchasini emizib turgan erdi. Nogahon uning yonidan (jang liboslarini kiyib, qurol-yarog‘larini taqib olgan) bir (xushqomat) otliq o‘tib qoldi. Boyagi ayol (unga havasi kelganidan): «Yo parvardigoro, mening o‘g‘ilchamni ham shu kishiga monand qilgil!» deb duo qildi. Shunda go‘dak onasining ko‘kragidan og‘zini oldi-da, otliqqa o‘girilib qarab: «Yo parvardigoro, meni unga o‘xshash qilmagil!» — deb iltijo qildi. So‘ng, yana onasining ko‘kragini og‘ziga olib, emishda davom etdi. (Abu Hurayra «O’shanda Janob Rasulullohning bola onasi ko‘kragini qanday emganini tushuntirish uchun o‘z barmoqlarini so‘rib ko‘rsatganlari hamon ko‘z oldimda», — deydilar). Keyin, boyagi ayol bir cho‘ri (joriya) yonidan o‘tib ketayotib: «Yo parvardigoro! o‘g‘ilchamni shu cho‘riga o‘xshash qilmagil!» — deb duo qildi! Shunda go‘dak (yana) og‘zini onasining ko‘kragidan olib: «Yo parvardigoro, meni shu cho‘riga o‘xshash qilgil!» — deb iltijo qildi. Onasi (hayron bo‘lib): «Nechun bunday deding?»— dedi. O’g‘ilchasi: «Boyagi otliq zolimlardan biridir, manavi cho‘ri ersa, odamlar unga «o‘g‘risan, zinokorsan» deyishgani birlan, u bunday ishlarni sira qilmagan»,—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:49:39
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Isro’ kechasi Muso alayhissalomni uchratdim», — dedilar-da, ul kishining qiyofalarini bunday deb tavsif qildilar: «Qarasam, ul kishining sochlari to‘lqinsimon bo‘lib («jingalak» deb aytdilar shekilli), go‘yoki Shinva’a qabilasi kishilariga o‘xshaydilar». «Keyin, Iso alayhissalomni ham uchratdim», — dedilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, so‘ng bunday deb ul kishining qiyofalarini tavsif qildilar: «Ul kishi o‘rta buyli, oq-qizil yuzli, go‘yoki hozirgina hammomdan chiqqanga o‘xshaydilar. So‘ng, Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. Men ul kishining o‘zlariga eng o‘xshash farzandlari erkanman. Keyin, menga ikki idish (qadah) keltirildi, birida sut va ikkinchisida mast qilguvchi ichimlik. «Bulardan xohlaganingni olib (ichgil)!» — deyildi. Men sutni olib ichdim. Shunda (Jabroil alayhissalom) menga: «(Ummatingizga) fitratni hadya qildingiz (ya’ni, «Ummatingizga Islom tabiatiga xos ne’matni yoki Olloh taolo Odam bolasiga halol qilgan eng dastlabki ne’matni hadya qildingiz»), agar mast qilguvchi ichimlikni olganingizda, ummatingiz gumroh bo‘lgan bo‘lur erdi», — dedilar («Fitratga yetishdingiz» deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin», — deydilar raviy)».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Men (Isro’ kechasi) Iso, Muso va Ibrohim alayhissalomlarni ko‘rdim. Iso alayhissalom oq-qizil (yuzli), sochlari jingalak, ko‘kraklari keng kishi erkanlar. Muso alayhissalom ersalar, bug‘doyrang, baland bo‘yli va (sochlari) silliq, guyoki Zutt qabilasi kishilariga o‘xshaydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:49:52
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kunlardan bir kuni odamlar davrasida Masih Dajjol xususida eslatib bunday dedilar: «Darhaqiqat, Olloh taolo g‘ilay ermas, Masih Dajjolning ersa, o‘ng ko‘zi g‘ilay bo‘lib, suv betida qalqib turgan uzum donasi kabi (kosasidan chiqib ketay deb turadi). Kechasi uyqumda o‘zimni Ka’ba yonida ko‘rdim. (U yerda) ko‘rib yurilgan bug‘doyrang kishilardan ham chiroyliroq bir bug‘doyrang kishini uchratdim. O’shal kishining sochlari ikki yelkalariga tushib turgan bo‘lib, to‘lqinsimon erdi, boshlari suv tomizib turar erdi (ya’ni, o‘ta pokiza erdi), ikki qo‘llarini ikki kishining yelkasiga qo‘ygan holda Baytullohni tavof qilur erdilar. Men: «Bul kishi kim bo‘ladilar?» — dedim. «Bul kishi Maryam o‘g‘li Masih (Iso alayhissalomdurlar», — deyishdi. Keyin, men o‘ta jingalak sochlari orqasiga tushib turgan bir kishini ko‘rib qoldim. Unint o‘ng ko‘zi g‘ilay bo‘lib, men ko‘rgan kishilardan unga eng o‘xshashi Ibn Qatandur. U ikki qo‘lini bir kishining ikki yelkasiga qo‘ygan holda Baytullohni tavof qilur (ya’ni, Baytullohda aylanib yurur) erdi. Men: «Bu kim?» — dedim. «Bu Masih Dajjol», — deyishdi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xudo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Iso alayhissalomni qizil (yuzli) deb aytmaganlar, aksincha ul zot bunday degan erdilar: «Bir mahal men uyqudaligimda Ka’bani tavof qilayotganimni ko‘rdim. (U yerda) bug‘doyrang, sochlari silliq bir kishi ikki kishi o‘rtasida (ularga) suyangan holda ketib borar erdilar, boshlari suv tomizar erdi (ya’ni, uta pokiza erdi). Men: «Bul kishi kim bo‘ladilar?» — dedim. «Maryamning o‘g‘li», — deyishdi. So‘ng, men ugirilib qaragan erdim, qizil (yuzli), semiz, sochlari jingalak, g‘ilay o‘ng ko‘zi guyoki suv betida qalqib turgan uzum donasidek (kosasidan chiqib ketay deb turgan) bir kishiga ko‘zim tushdi. «Bu kim?» — deb erdim, «Bu Dajjol» — deyishdi. Unga eng o‘xshash kishi — Ibn Qatandur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:50:04
Zuhriy: «Ibn Qatan Xuzo’a qabilasiga mansub bir kishi bo‘lib, u johiliyat davrida halok bo‘lgan», — deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Men Maryam o‘g‘liga (ya’ni, Iso alayhissalomga) eng munosib odamman. Payg‘ambarlar (alayhimissalotu vas-salomu) (bir otaning turli) xotinlaridan tug‘ulgan bolalaridur (ya’ni, payg‘ambarlarning dinlari asosi bir bo‘lib, shari’at borasidagina farq qiladi). Men birlan ul kishi (ya’ni, Iso alayhissalom) o‘rtamizda payg‘ambar yo‘qdur (ya’ni, Iso alayhissalomdan keyin mening payg‘ambarlik davrimga qadar birorta ham payg‘ambar mustaqil shari’at birlan yuborilmagan, ular Iso alayhissalomning shari’atlari hukmlariga tayanib ish ko‘rganlar)».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men Maryam o‘tli Isoga (bu) dunyoda ham, oxiratda ham eng munosib odamman. Payg‘ambarlar (bir otaning turli) xotinlaridan (tug‘ilgan) birodarlardurlar. Ularning onalari boshqa-boshqa va dinlari birdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:50:12
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Maryam o‘g‘li Iso (alayhissalom) o‘g‘rilik qilayotgan bir kishini ko‘rib, unga: «O’g‘rilik qildingmi?» — dedilar. U: «(Mutlaqo o‘g‘rilik qilganim) yo‘q, o‘zi yakkayu yagona Olloh haqi!» — dedi. Iso (alayhissalom): «Olloh (taoloning nomi birlan qasam ichgan kishi)ga ishonib, ko‘zimni yolg‘onchiga chiqardim», — dedilar». (Ya’ni, boyagi odamning biror narsaga qo‘l uzatganini ko‘rib: «O’g‘rilik qildi» — deb uylagan bo‘lsalar, u qasam ichgach, 6u fikrlaridan qaytgan bo‘lishlari ehtimol).

Ibn Abbos Umar raziyallohu anhuning minbarda turib bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb marhamat qilganlarini eshitdim: «Nasorolar Maryam o‘g‘lini (xudo, xudoning o‘g‘li deb) haddan ziyod maqtaganlari kabi meni ortiqcha madh qilmangizlar! Chunki, men (Olloh taoloning) bandasi (va rasuliman), meni «Ollohning bandasi va rasuli» deb aytingizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:50:29
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Agar kishi o‘z cho‘risiga odob o‘rgatib, uning odobini yaxshilasa hamda unga ilm o‘rgatib, bilimini yaxshilasa, so‘ng uni ozod qilib, erga bersa, buning uchun unga ikki savob ato etilur. Shuningdek, Iso alayhissalomga iymon keltirgach, menga ham iymon keltirgan kishiga ham ikki savob berilur. Qul, agar parvardigoridan taqvo qilsa hamda o‘z xojalariga itoat qilsa, unga ham ikki savob ato etilur».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, sizlar (Qiyomat kuni) yalangoyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda (mahsharda) to‘planasizlar», — dedilar. So‘ng, «Dastlab (yo‘qdan) qanday vujudga keltirgan bo‘lsak, shunday yana (yo‘qdan) qayta vujudga keltirurmiz, Biz zimmamizga olgan va’damizni albatta bajarguvchimiz» («Anbiyo» surasi, 104-oyat) degan oyati karimani qiroat qildilar-da, yana bunday deb gaplarida davom etdilar: «Payg‘ambarlardan birinchi bo‘lib Ibrohim alayhissalomga kiyim kiyintiriladi. Keyin, sahobalarimdan bir nechasini (qo‘llaridan) ushlab, o‘ng (jannat) tomonga va (bir nechasini) chap (jahannam) tomonga (etaklashgay). Shunda men (jahannam tomonga olib ketilayotgan sahobalarim xususida): «(Bular) mening sahobalarim-ku! (Bular) mening sahobalarim-ku!» — degayman. «Siz ulardan ajraganingizdan buyon (siz vafot qilganingizdan buyon) ular ortlariga qaytishda davom etganlar» — deyilgay. Men solih banda (Maryam o‘g‘li Iso alayhissalom) aytganlaridek: «Ular orasida ekanligimda (ortlariga qaytmoqqa yo‘l quymay) ularni nazorat qilib turgan erdim («hikmatlisan» degan qavligacha. «Moida» surasi, 117—118-oyatlar)» — deb aytgayman».

Abu Abdulloh: «Ular Abu Bakr as-Siddiq (xalifalik qilgan) davrlarida ortlariga qaytgan kishilar bo‘lib, ul kishi ularga qarshi jang qilganlar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:50:48
62-bob. Maryam o‘g‘li Iso alayhissalomning (osmondan Yerga) tushishlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Jonim qulida bo‘lgan zot haqi, yaqin (kelajaqda) Maryam o‘g‘li (Iso alayhissalom ikki farishtaning qanotlariga ikki kaftlarini qo‘ygan holda mening shariatim bo‘yicha odilona hukm yurgazish uchun osmondan oralaringizga, Damashqning sharqrog‘idagi oq minora yaqiniga) tushadilar-da, xochni sindirib, to‘ng‘izni (cho‘chqani) o‘ldiradilar (ya’ni, xochlarni va to‘ng‘izlarni yo‘q qilmoqni amr qiladilar). Keyin, (zimmiylar bo‘ynidagi) jizyani (ya’ni, jon solig‘ini) bekor qiladilar. (Jobir raziyallohu anhu: «Iso alayhissalom jizyani bekor qiladilar, chunki barcha odamlar Islomni qabul qilib, musulmon bo‘lgach, bunga ehtiyoj qolmaydi», — deydilar. Ammo, ba’zi ulamolar: «Iso alayhissalom Janob Rasulullohning shariatlari buyicha hukm yurgazish uchun osmondan Yerga tushadilar. Shu boisdan ul kishi jizyani bekor qilmay, aksincha uni ado etmoqni zimmiylar buyniga quyib, qayta joriy qiladilar. Chunki, Janob Rasululloh o‘zlari shar’iy qilgan narsani faqat o‘zlarigina bekor qilishlari mumkin»,— deyishadi). So‘ng, mol-dunyo (shu qadar) ko‘payib ketadiki, hatto (biror narsa bersang, qadri yo‘qligidan), hech kim olmaydi va hatto bir sajda butun dunyo va undagi barcha narsalardan afzal bo‘lib qoladi». («Chunki, Yer yuzida adolat urnatilib zulm mahv bo‘lgach, Olloh taoloning barakotidan barcha benihoyat boyib ketadi», — deydilar Navaviy)».

Abu Hurayra bunday deydilar: «Agar istasangizlar, (Olloh taoloning quyidagi qavlini) o‘qingizlar: «Va har bir kitob ahli o‘limi oldidan albatta unga (Isoga) iymon keltirur va u Qiyomat kuni ularga guvoh bulur» («Niso» surasi,: 159-oyat)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 10:51:12
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar Maryam o‘g‘li (Iso alayhissalom osmondan) oralaringizga tushganlarida o‘zlaringizdan bo‘lgan bir kishi sizlarga imomlik qilib turgan bo‘lsa, ne qilgan bo‘lur erdingizlar?» — dedilar». (Muslim ibn Hajjoj: «Shunda Iso alayhissalomga: «Bizga imomlik qilib namoz o‘qingiz!» — deyishadi. Ul kishi bu ummatni izzat qilib: «Yo‘q, sizlar bir-birlaringizdan afzalsizlar» — deydilar-da, safda turib namoz o‘qiydilar. Chunki, Janob Rasululloh: «Mendan keyin payg‘ambar yo‘q» — deganlari uchun hamda bu borada odamlar ko‘nglida ikkilanish paydo qilmaslik niyatida shunday qiladilar», — deydilar. Sa’duddin at-Taftazoniy: «Iso alayhissalom ularga imomlik qilib namoz o‘qiydilar, Mahdiy ersalar ul kishiga iqtido qiladilar, chunki Iso alayhissalom Mahdiydan afzaldurlar», — deydilar. Hofiz Abu Zarr al-Hiraviy: «Bu hadisning ma’nosi shuki, Iso alayhissalom Injilga ermas, balki Qur’onga tayanib hukm yurgizadilar», — deydilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2008, 08:33:19
Bismillahir rohmanir rohim

63-bob. Banu Isroil xususida zikr qilingan hadislar

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Darhaqiqat, agar Dajjol chiqsa, o‘zi birlan suv va o‘t olib yuradi. Ammo, odamlar (undagi) «o‘t» deb o‘ylagan narsa— sovuq suv, «sovuq suv» deb uylagan narsa ersa, kuydirguvchi (yondirguvchi) o‘t bo‘ladi. Agar (sizlardan) qaysi biringiz shunga duchor bo‘lsangiz, «o‘t» deb o‘ylagan narsangizga tushingiz, chunki haqiqatda u sovuq suvdur» (Bu — Olloh taoloning imtihonlaridan biri bo‘lib, shu birlan u o‘z bandalarini sinaydi).

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir kishi qoshiga o‘lim kelib, hayotdan umidini o‘zgach, bola-chaqasiga: «Agar men o‘lsam, jasadim atrofiga ko‘p o‘tin to‘plab, yoqib yuboringizlar. So‘ng, go‘shtlarim yonib bo‘lib, suyaklarim kuygach, ularni olingizlar-da, yanchib kukun qilingizlar. Keyin, kattiqroq shamol bo‘ladirgan kunni kutib turingizlar, (shunday kun kelgach), kulimni dsngizga sochib yuboringizlar!» — deb vasiyat qildi. Bola-chaqalari uning vasiyatini ado etishdi. Shunda Olloh taolo uni (qayta) tarkib topdirib: «Nechun bunday qilding?» — dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan», — dedi. Olloh taolo uning gunohidan o‘tdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2008, 08:44:55
Oisha va Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qilishadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dardlari ko‘chaygach, ko‘ylaklarini yuzlariga yopib oldilar, so‘ng nafaslari bo‘g‘ilib, ko‘ylaklarini yuzlaridan tushirdilar-da: «Yahudiy va nasorolarga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin! Ular o‘z payg‘ambarlarining qabrlari (ustiga) masjidlar qurib oldilar», — dedilar. (Janob Rasululloh bu birlan o‘z ummatlarini yahudiy va nasorolar qilgan ishni qilmaslikka da’vat qilayotirlar)».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Banu Isroilni payg‘ambarlar idora qilur erdilar, har safar bir payg‘ambar vafot etsa, o‘rnini boshqasi egallar erdi. (Ammo), mendan keyin (boshqa) payg‘ambar yo‘q, ko‘plab xalifalar bo‘ladi», — dedilar. Sahobalar: «(Agar sizdan keyin xalifalar ko‘payib ketib, o‘rtalarida janggu jadal va nizolar chiqsa), bizga nima qilmog‘imizni amr qilursiz?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Avvalgi bay’atga vafo qilishda davom etingizlar (ya’ni, «Bir xalifaga bay’at qilgan bo‘lsangiz-u, ayni vaqtda yana boshqa xalifa chiqib qolsa, avvalgi xalifaga qilgan bay’atingizga vafo qilishda davom etingizlar, shunday qilsangizlar fitna va yomonliklarga yo‘l bermagaysizlar), ularga (o‘zlaringiz bay’at qilgan xalifalarga) quloq osib, itoat qilingizlar. Chunki Olloh taolo (Qiyomat kuni) ulardan (ya’ni, xalifalardan) o‘zi ularga rioya qilmoqni buyurgan narsalar xususida so‘ragay», —. dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:28:52
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar, albatta, o‘zlaringizdan avvalgilarning qonun-qoidalari (yo‘llari, urf-odatlari)ga qarichma-qarich va qadam-baqadam ergashursizlar, hatto ular kaltakesak (echkemar) ini(dek tor va yomon yo‘l)dan yursalar, ketlaridan (qolmay) borursizlar», — dedilar. Biz (sahobalar): «Yo Rasulalloh, yahudiy va nasorolar(ning ortlaridan) hammi?» — dedik. Ul zot: «(Ularning bo‘lmay), kimning?!» — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Islomning dastlabki davrida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan sahobalar odamlarni namozga qanday chaqirish kerakligi xususida o‘zaro maslahatlashishdi). Shunda ba’zilar: «Gulxan yoqish kerak», — dedi, ba’zilar ersa: «Qo‘ng‘iroq chalish lozim»— deb aytdi. Keyin, yahudiylar va nasorolarning odamlarni ibodatga qanday chorlashgani haqida eslashdi. Shunda Janob Rasululloh Hazrat Bilolga azonning ko‘pchilik so‘zlarini juft va takbir so‘zlarini toq aytishni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:28:59
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho namozxonning qulini beliga qo‘yishini rad qilib: «Yahudiylar shunday qiladi» — der erdilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Darhaqiqat, sizlarning (Qur’onga amal qilgan) muddatingiz o‘zingizdan avval o‘tgan ummatlarning (o‘zlariga berilgan kitoblarga amal qilgan) muddatiga nisbatan asrdan to quyosh-botguncha bo‘lgan vaqtchaliqdur. Darhaqiqat, sizlar birlan yahudiy va nasorolarni shunga muqoyasa qilish mumkinki, bir kishi ishchilarni yollab, ularga: «Kimki (tongdan) to kunning yarmigacha menga ishlab bersa, unga bir qiyrot-bir qiyrotdan haq beraman (ya’ni, menga ishlab berganlarning har biriga bir qiyrotdan haq beraman)», — dedi. Shunga ko‘ra, yahudiylar bir qiyrot-bir qiyrotdan haq (olishga rozi bo‘lishib, tongdan) kunning yarmigacha ishlashdi (ya’ni, Olloh taolo va’da qilgan bir qiyrot-bir qiyrot ajru savobga rozi bo‘lishib, kelishilgan muddat davomida Tavrotga amal qilishdi). Keyin, boyagi kishi (yana): «Kimki kunning yarmidan to asr namoziga qadar menga ishlab bersa, unga bir qiyrot-bir qiyrotdan haq beraman», — dedi. Shunga ko‘ra, nasorolar bir qiyrot-bir qiyrotdan haq (olishga rozi bo‘lishib), kunning yarmidan to asrgacha ishlashdi (ya’ni, Olloh taolo va’da qilgan haq uchun kelishilgan muddat davomida Injilga amal qilishdi). So‘ng, boyagi kishi (yana:) «Kimki asr namozidan to quyosh botguncha menga ishlab bersa, unga ikki qiyrot-ikki qiyrotdan haq beraman», — dedi. O’sha ikki qiyrot-ikki qiyrot haq uchun asr namozidan to Quyosh botguncha ishlab beradigan kishilar aynan sizdursizlar, ikki barobar ko‘p haq olguvchilar aynan sizdur-sizlar. Shunda yahudiy va nasorolar darg‘azab bo‘lishib: «Bizlar ko‘p ishlagan bo‘lsak ham, kam haq oldik», — deyishdi. Olloh taolo: «Sizlarning haqqingiz xususida zarracha zulm (nohaqlik) qildimmi? (ya’ni, men sizlarga va’da qilgan haqni to‘laligicha bermadimmi?)» — dedi. Ular: «Yo‘q, unday qilmading», — deyishdi. Olloh taolo: «Men bergan savoblarning barchasi fazlu marhamatim bo‘lib, ularni o‘zim istagan bandalarimga ato etgayman (ya’ni, qaysi bandamga qancha savob bermoqlik mening ixtiyorimdadur)», — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:29:08
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Hazrat Umarning: «Olloh taolo falonchini halok qilsin! U Janob Rasulullohning «Yahudiylarga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin! Ularga (mol va qo‘y) yog‘lari harom qilingan erdi, ular ersalar (mol va quy) yog‘larini jamlab sotishdi» deganlarini bilmaydimi?!» — deb aytganlarini eshitdim».

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «(Odamlarga) mening haqimda, ozgina bo‘lsa ham, xabar yetkazingizlar hamda ularga Banu Isroil (qabohatlari) xususida so‘zlab beringizlar. (Mening haqimda kimki bilmay xato gap aytib qo‘ysa), gunohi yo‘q, ammo kimki qasddan mening xususimda yolg‘on gapirsa, joyi jahannamda bo‘lsin!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:29:14
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, yahudiy va nasorolar (soch-soqollarini) bo‘yamaydilar, sizlar ularga aks ish qilingizlar!» — dedilar».

Jundub ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan oldin o‘tgan odamlar orasida bir kishi bo‘lgan erdi. Uning (qo‘lida) jarohati bo‘lib (og‘rigiga) chidolmay pichoqni oldi-da, u birlan qo‘lini kesib tashladi. Keyin, qon ko‘p ketib, o‘ldi. Shunda Olloh taolo: «Bandam men (ajal yubormasimdan) avval o‘zini o‘zi o‘ldirdi, unga jannatni harom qildim!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:29:28
Banu Isroildagi pes, kal va ko‘r haqidagi hadis

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitgan erkanlar: «Darhaqiqat, Banu Isroildagi uch kishini — pes, kal va ko‘rni Olloh taolo sinamoqchi bo‘lib huzurlariga bir farishtani yo‘lladi. Farishta (avval) pesning qoshiga kelib: «Eng ko‘p orzu qiladirgan narsang nedur?» — dedi. Pes: «Chiroyli rang va chiroyli teri, (chunki) odamlar mendan hazar qilayotirlar» — deb javob berdi. Farishta uning (badanini) silagach, pesi yo‘qolib, unga chiroyli rang va chiroyli teri ato etildi. So‘ng, farishta (yana) undan: «Qanday molga (ega bo‘lmog‘ingni) ko‘proq orzu qilursan?» — deb suradi. U: «Tuyaga» — deb erdi, unga qornida o‘n oylik bo‘talog‘i bor bir  (urg‘ochi) tuya ato etildi. Farishta unga: «(Olloh taolo) uyangga baraka ato etsin!» — deb tilak qilgach, kalning qoshiga bordi-da: «Eng ko‘p nimani orzu qilursan?» — dedi. Kal: «Chiroyli sochni hamda mana shu darddan xalos bo‘lmog‘imni, (chunki) odamlar mendan hazar qilayotirlar» — deb javob qildi. Farishta uning (boshini) silag‘ach, (kallig‘i) yo‘qolib, unga chiroyli soch ato etildi. So‘ng, farishta (yana) undan: «Qanday molga (ega bo‘lmog‘ingni) ko‘nroq orzu qilursan?» — deb so‘radi. U: «Sigirga», — dedi. Farishta unga bir bo‘g‘oz sigirni bergach: «(Olloh taolo) sigiringni muborak qilsin!» — dedi-da, ko‘rning qoshiga keldi. Ko‘rdan: «Eng ko‘p orzu qiladirgan narsang nedur?» — deb so‘radi. Ko‘r: «Olloh taolo ko‘zimni qaytarib bermog‘ini hamda uning birla odamlarni ko‘rmog‘imni (orzu qilurman)», — dedi. Farishta uning ko‘zlarini silagach, Olloh taolo uni yana ko‘radirg‘an qildi. So‘ng, farishta unga: «Qanday molni ko‘proq orzu qilursan?» — dedi. U: «Qo‘yni» — deb erdi, farishga unga bir bo‘g‘oz sovliq berdi. Keyin, (tez orada) tuya egasi bo‘taloqli, sigir egasi buzoqli va sovliq egasi qo‘zichoqli bo‘ldi. Natijada birining vodiysi tuyalarga, ikkinchisining vodiysi sigirlarga, uchinchisining vodiysi ersa quylarga to‘lib ketdi. Shundan so‘ng, farishta (o‘shal) pes (bo‘lgan) kishining qoshiga ilgari kelgandagi qiyofasida kelib: «Men bir miskin odamman, safarimda muhtojlikdan qiynaldim. Avvalo Olloh taolo, qolaversa sen tufayli bugun murodimga yetmog‘im mumkin. Senga chiroyli rang, chiroyli teri va ko‘plab mol dunyo ato etgan zot haqqi-hurmati! Menga bitta tuya bersang, murodimga yetgayman», — dedi. (Ilgari pes bo‘lgan) kishi: «Seni qara-yu, ishtahang juda karnay-ku!» — dedi. Farishta: «(Shoshma), men seni taniydirganga o‘xshayman, ilgari pes bo‘lmaganmiding, odamlar sendan hazar qilishmasmidi, faqir ekanligingda Olloh taolo senga mol-dunyo ato etmaganmidi?!» — dedi. U: «Bu mol-dunyoni ota-bobolarim menga meros qilib qoldirgandur» — deb (Olloh taoloning ns’matini inkor qildi). Shunda Farishta: «(Olloh taolo) yolg‘on gapirganing uchun seni asl holingga (pes va faqirlik holingga) qaytarsin» — deb uni duoi bad qildi. So‘ng, ilgari kal bo‘lgan kishining qoshiga avvalgi qiyofasida kelib, unga ham (pesga) aytgan gaplarini aytib erdi, u ham pes kabi javob qildi. Shunda farishta: «(Olloh taolo) yolg‘on gapirganing uchun seni asl holingga qaytarsin!» — deb uni ham duoi bad qildi-da, ilgari ko‘r bo‘lgan kishining qoshiga avvalgi qiyofasida kelib: «Men bir miskin odamman, musofirman, safarimda muhtojlikdan qiynaldim. Avvalo Olloh taolo, qolaversa sen tufayli bugun murodimga yetmog‘im mumkin. Senga ko‘zingni qaytarib bergan zot haqqi-hurmati! Menga bir dona qo‘y bersang, safarimda menga kifoya qilur erdi», — dedi. Shunda ilgari ko‘r bo‘lgan kishi: «Men ko‘r erdim, Olloh taolo ko‘zimni qaytarib berdi, faqir erdim, meni boy qildi, istagan narsangni olaver! Olloh taolo haqi, bugun men parvardigor yo‘lida (molimdan o‘zing muhtoj bo‘lgan har qancha) narsani olmog‘ingga qarshilik qilmasman!» dedi. Shunda farishta: «Molingni olib qolaver, sizlar sinaldingizlar (ya’ni, Olloh taolo sizlarni sinadi) Parvardigor sendan rozi bo‘lib, ikki sherigingga (tuya va sigir sohiblariga) g‘azab qildi (yoki ularni yana pes va kal qildi)», dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:30:28
64-bob. «Balki siz Kahf (g‘or) va (toshga o‘yilgan) yozuvlar sohiblari (xususidagi rivoyatlarni) Bizning eng ajib oyatlarimizdan, deb uylagandirsiz?»

G’or xususidagi hadis


Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Sizlardan avvalgi odamlardan uch nafari yo‘lda ketib borayotganlarida yomg‘irdan qochishib bir g‘orga kirishdi. Shunda (tog‘dan bir katta tosh ko‘chib) ularning yo‘lini (ya’ni, g‘orning og‘zini) to‘sib qo‘ydi. So‘ng, ular bir-birlariga: «Xudo haqi, bizni faqat rost so‘zimizgina bu ahvoldan xalos qila olur. Kelinglar, har birimiz o‘zimiz bilgan rost so‘zimizni (ya’ni, qilgan amali solihimizni) aytib, (Olloh taologa) yolboraylik!» deyishdi. Shunda ulardan biri: «Yo parvardigoro! O’zing voqifdursanki, (bir kuni men) bir farq (taxminan 8 kg) sholi evaziga bir kishini ishlatib erdim, u haqini olmay, tashlab ketib erdi. Keyin, men o‘shal bir farq sholini ekib erdim, mo‘l hosil berdi, uni sotib, puliga sigir xarid qildim. So‘ng, o‘shal odam haqini talab qilib kelib erdi, men unga: «Anavi sigirni olib ketaver!» — dedim. U menga: «Sen menga bir farq sholi berishing kerak erdi-ku?!» — dedi. Men unga: «Anavi sigirni olib ketaver, chunki u o‘shal sholining puliga kelgan», — dedim. Keyin, u sigirni olib ketdi. Yo parvardigoro! o‘zing voqifdursanki, darhaqiqat men sendan qo‘rqqanimdan shunday qilib erdim. Toshni surib, bizga g‘orning og‘zini ochib bergil!» — deb Olloh taologa yolbordi. Shunda ularning (yo‘lini to‘sib turgan) tosh (biroz) surildi. So‘ng, boshqasi: «Yo parvardigoro! o‘zing voqifdursanki, mening qarib munkillab qolgan ota-onam bor erdi. Men har kecha ularga qo‘yimning sutidan olib kelar erdim. Tunlardan birida ularning huzuriga kechikib keldim. Qarasam, ular uxlab qolishgan erkan. Ahlu ayolim ersa meni poylab ochliqda qiynalib o‘ltirishar erdi, chunki avval ota-onam ichmay turi ularga sut quyib bermas erdim. Keyin, ota-onamning uyqularini buzishga ham, ularni sutdan mahrum qilishga ham ko‘nglim bo‘lmay, (o‘zlari uyg‘onishlarini) poylab o‘ltiraverdim, ha tong otib qoldi. Yo parvardigoro! o‘zing voqifdursanki, men sendan qo‘rqqanimdan shunday qildim. Toshni surib, bizga g‘orning og‘zini ochib bergil!» — dedi. Shunda ularning (yo‘lini to‘sib turgan) tosh (yana biroz) surilib, osmonni ko‘rishdi. Keyin, boshqasi: «Yo parvardigoro! o‘zing voqifdursan, amakimning qizi mening uchun eng mahbub odam erdi. (Bi kuni) men undan (lazzat) olmoqchi (jimo’ qilmoqchi) bo‘lib erdim, u ming dinor bersamgina rozi bo‘lmog‘ini aytib, unamadi. Keyin, men ming dinor (ishlab) topib, unga keltirib berdim. Shunda u o‘z vujudini menga topshirdi. So‘ng, men uning oyoqlari orasiga kirganimda, u menga: «Olloh taolodan qo‘rqgil, muhrni haqqing bo‘lgan chog‘dagina (nikoh o‘qitganing dagina) buzgil!» — dedi. Shunda men darhol turib, ming dinorni unda qoldirdim-da, (tashqariga chiqib ketdim). Yo parvardigoro! O’zing voqifdursanki, men sendan qo‘rqqanimdan shunday qildim. Toshni surib, bizga g‘orning og‘zini ochib bergil!» — dedi. Olloh taolo g‘orning og‘zini (butunlay) ochdi-ular g‘ordan chiqdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:31:26
65-bob.

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallalloh alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar. «Bir ayol o‘g‘ilchasini emizib turganda yonidan bir otliq o‘tib qoldi. Shunda ayol: «Yo parvardigoro, o‘g‘ilchamning ana shu (kishiga) o‘xshamog‘ini orzu qilurman!» — dedi. o‘g‘ilchasi: «Yo parvardigoro, meni unga o‘xshash qilmagil!» — dedi-da, yana onasini emishda davom etdi. Keyin, boyagi ayol odamlar tahqiri nazar birlan qaraydirgan, haqorat va izza qiladirgan bir (bechorahol) ayolning yonidan o‘tib ketayotib: «Parvardigoro, o‘g‘ilchamni mana shu ayolga o‘xshash qilmagil!» — dedi. (Bu gal) o‘g‘ilchasi: «Yo parvardigoro, meni ana shu ayolga o‘xshash qilgil!»— dedi-da, so‘ng: «Boyagi otliq kishi kofir erdi, ammo (mana bu) ayol ersa, uni odamlar: «Sen zinokorsan, sen o‘g‘risan!» — deb haqorat qilishgani birlan, (u bunday illatlardan mutlaqo pok bo‘lib, doimo): «Olloh taolo (pokligimni bilur, shu) menga kifoya!» — deb javob berur» — deb aytdi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sadlallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Bir mahal bir it azbaroi tashnaligidan o‘lar holda kuduk labida turib erdi, Banu Isroilga mansub fohishalardan biri uni ko‘rib qolib, kovushini yechdi-da, unda suv olib itga ichirdi. Shunda Olloh taolo o‘sha ayolning (bu amali solyhi uchun gunohlarini) magfirat qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:31:34
Humayd ibn Abdurrahmon rivoyat qiladilar: «Muoviya ibn Abu Sufyon haj qilgan yillari minbarga chiqdilar, so‘ng mening qo‘riqchim qo‘lidagi ulama sochni olib (odamlarga ko‘rsatdilarda): «Ey Madina ahli! Ulamolaringiz qaerda qoldi?! Men Janob Rasulullohning mana bunga o‘xshagan narsadan (ya’ni, ulama soch taqishdan) qaytarib: «Darhaqiqat, Banu Isroil ayollari ulama soch taqishni odat qilganligi oqibatida halokatga uchragan» — deb aytganlarini eshitganman», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan ummatlar orasida gapirguvchilar (ilhomlantirilganlar) bo‘lgandur. Darhaqiqat, agar mening ummatim orasida shunday kishilardan bo‘ladirgan bo‘lsa, u Umar ibn Al-Xattob bo‘lur» — deb marhamat qildilar». (Ya’ni, bunday kishi o‘zi payg‘ambar bo‘lmasa-da, farishtalar tomonidan biror haqiqat ko‘ngliga solinib, tili birlan ayttirilguvchi shaxsdur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:31:48
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Banu Isroilga mansub bir kishi bor erdi. O’shal kishi to‘qson to‘qqizta odamni nohaqdan-nohaq o‘ldirdi. So‘ng, («Tavba qilsam, gunohim kechirilarmikan?» — deb) so‘ragali (o‘sha davr olimlarini izlab yo‘lga) chiqdi-da, bir (nasroniy) rohibning huzuriga keldi. Undan: «(Qilgan gunohim uchun) tavba qilsam, bo‘ladimi?» — deb so‘radi. Rohib: «(To‘qson to‘qqizta odamni nohaqdan-nohaq o‘ldirganingdan keyin, sening uchun tavba (qilmoqqa yo‘l) yo‘q! — deb erdi, u uni ham o‘ldirdi. So‘ng, u surishtira surishtira (yana) bir kishi (rohib)ning huzuriga borib, undan ham shul haqda so‘radi. Rohib unga: «(Ha, tavba qilib, mag‘firat qilinmog‘ing uchun) falon qishloqqa borgil, (ul yerdagi odamlar yolg‘iz Olloh taologagina ibodat qilurlar, sen ham ana o‘shalar birlan birga Olloh taologa ibodat qilgil, ammo o‘z yurtingga aslo qaytmagil, chunki yurting qabohat maskanidur!)» — dedi. (Shundan so‘ng, u o‘shal qishloq tomon yo‘l oldi. Ammo, yo‘lning yarmiga borganda) uning ortidan o‘lim yetib kelib, (yuz tuban yiqildi-da), o‘zi istagan qishloq tomon ko‘kragi birlan intilgancha tek qoldi. Shunda rahmat farishtalari birlan azob farishtalari uning xususida tortishib qolishdi. (Rahmat farishtalari: «U Olloh taologa astoydil tavba qilmoq niyatida kelayotgan erdi», — deyishdi. Azob farishtalari ersa: «U sira ham xayrli ish qilmagandur,— deb aytishdi. Shu asnoda bir boshqa farishta odam qiyofasida ularning oldiga kelib erdi, ular o‘sha ne boisdan tortishayotganlarini ma’lum qilishdi. Boyagi odam qiyofasidagi farishta: «Uning qishlog‘i birlan bormoqchi bo‘lgan qishloq oraligini o‘lchangiz, agar u o‘zi chiqib kelgan kofirlik maskani bo‘lmish qishloqqa yaqinroq yerda o‘lgan bulsa, kofirlar qatorida qoladi va agar tavba qilmoq bo‘lib ketayotgan qishloqqa yaqinroq yerda ulgan bo‘lsa, ul holda tavba qilguvchilar qatoriga o‘tadi», — dedi). Shunda Alloh gaolo tavba qilguvchilar qishlog‘iga: «U (o‘lgan yerga) yaqinlash!» deb, kufr maskani bo‘lmish qishloqqa ersa «U (o‘lgan yerdan) uzoqlash!» — deb vahiy (birla amr) qildi, so‘ng farishtalarga): «Ikki qishloq oralig‘ini o‘lchangizlar!» dedi Farishtalar o‘lchab ko‘rishgan erdi, uning tavba qilguvchitar qishlog‘iga bir qarich yaqinroq yerda o‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, Olloh taolo uni mag‘firat qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:32:01
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namoznni o‘qib bo‘lgach, namozxonlarga o‘girilib: «Bir mahal bir kishi bir ho‘kizni yetaklab kelayotib uni minib oldi-da, (qamchi birlan) urdi Shunda ho‘kiz (Olloh taoloning irodasi birlan tilga kirib): «Men buning uchun (ya’ni, minish uchun) emas, balki yer haydash uchun yaratilgandurman», — dedi» — deb marhamat qildilar. Shunda odamlar: «Subhonalloh! Ho‘kiz ham gapiradimi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Darhaqiqat, men bunga ishonaman, Abu Bakr, Umar va anavi yerdagilar ham (bunga ishonishadi)», — dedilar. So‘ng, ul zot: «Bir mahal bir kishi quylarini boqib yurib erdi, bir bo‘ri tashlanib ulardan birini olib qochdi. Keyin, o‘shal kishi izlab borib, quyini bo‘ridan qutqarib oldi. Bo‘ri unga: «Ey kishi, sen quyingni mendan qutqarib olding, ammo arslon (keladirgan) kuni (sen qo‘ylaringni tashlab, tumtaraqay qochib qotib), ularga mendan bo‘lak cho‘ponlik qiladirgan kimsa qolmaydirgan kuni kim ham ularga cho‘ponlik qilardi?!» dedi, deb marhamat qilib erdilar, odamlar (yana): «Subhonalloh! Bo‘ri ham gapiradimi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Darhaqiqat, men bunga ishonaman, Abu Bakr, Umar va anavi yerdagilar ham (bunga ishonishadi)», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:32:11
Abu Hurayra rashyallohu anhu rivoyat qiladnlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir kishi bir odamning hovlisini sotib oldi Keyin, u o‘shal sotib olgan hovlisidan bir ko‘za oltin topib olib, uning sobiq egasiga: «Mendan oltiningni olgil, chunki men sendan yer sotib olganman, oltin sotib olgan emasman», — dedi. Yerning (hovlining) sobiq egasi esa: «Darhaqiqat, men senga yer va undagi barcha narsalarni sotganman», — dedi. Shul tariqa ular o‘zaro bahslashib, bir kishiga arz qilishdi. Shunda ul ikkisiga: «Bolalaringiz bormi?» —.dedi. Hovli sotib olgan kishi: «Mening o‘g‘lim bor», — dedi. Hovli sotgan kishi esa: «Mening qizim bor», — dedi. Qozilik qilayotgan kishi: «Yigitni qizga nikohlab, oltinning bir qismini ikkisiga nafaqa qilingizlar hamda qolganini shaxsan o‘zlaringiz sadaqa qilingizlar!» — dedi».

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «O’lat (Olloh taolo nozil qiladirgan bir) azob bo‘lib, Banu Isroilga mansub toifaga (yoki sizlardan ilgarigi odamlarga) yuborilgan. Agar biror yerda (o‘lat tarqaganini) eshitsantiz, ul yerga bormangiz va agar o‘zingiz turgan yerda o‘lat chiqsa, undan qochib boshqa yerga ketmangiz!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:32:19
Oisha raziyallohu anhorivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘lat xususida so‘radim. Shunda ul zot menga aytdilarki, o‘lat bir azob bo‘lib, Olloh taolo uni o‘zi istagan (kofirlarga) yuborar erkan hamda Olloh taolo o‘latni mo‘minlar uchun (o‘zining bir) rahmati qilib ta’yin etgan erkan. Yurtida o‘lat tarqagach, Olloh taolo taqdir qilgan narsanigina ko‘rmog‘ini idrok etib, ul yerda sabr qilib qolgan kishiga, (hattoki u bo‘lak sababdan o‘lsa-da), parvardigor shahid bo‘lganlik ajrini ato etar erkan».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Quraysh qabilasi ahli Banu Maxzum urug‘iga mansub o‘g‘rilik qilgan bir ayolning taqdiri bilan qiziqishib: «Kim uning xususida (ya’ni, qo‘lini kesmangiz, deb) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga gapira oladi?» — deyishdi. Shunda odamlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘zlarining suyuklilari bo‘lmish Usoma ibn Zayddan bo‘lak kim ham (bul xususda gapirmoqqa) jur’at qila olardi?!» — deb aytishdi. Keyin, Usoma ibn Zayd Janob Rasulullohga (shul haqda) gapirib erdi, ul zot (unga): «Olloh taolo (gunohkor bandalarini jazolash uchun ta’yin qilgan) hadlardan birini bekor qilmog‘imni iltimos qilursanmi?!»— dedilar. So‘ng, o‘rinlaridan turib (barchaga) bunday deb xitob qildilar: «Darhaqiqat, sizlardan ilgari o‘tgan odamlar (ya’ni, Banu Isroil), agar oralaridagi biror mo‘‘tabar kishi o‘g‘rilik qilsa, unga tegmaganlar (ya’ni, uni jazolamaganlar) va agar biror bechorahol odam o‘g‘rilik qilsa, (darhol) uni jazolaganlar. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, basharti Muhammad qizi Fotima o‘g‘rilik qilsa ham, qo‘lini kesurman!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:32:28
Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men bir kishining (bir surani) qiroat qilayotganini eshitdim, so‘ng Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ham (o‘shal surani) boyagi kishining qiroatidan bo‘lakcha uslubda qiroat qilayotganlarini eshitdim. Keyin men o‘shal kishini ul zotning huzurlariga olib bordim-da, bo‘lgan voqeadan voqif qildim. Shunda ul zotning yuzlaridan qilgan ishimning yoqinqiramaganligini sezdim. Ul zot (menga): «Mutlaqo yaxshi ish qilmabsan! O’zaro ixtilof qilmangizlar, chunki o‘zlaringizdan ilgarigilar ixtilof qilganlari boisidan halokatga uchraganlar»,— dedilar».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qavmi urib (yuzini) qonatgan va yuzidan qonni arta turib: «Parvardigoro, qavmimni kechirgil, chunki ular tushunmaslar» — deb aytgan payg‘ambarlardan biri haqida so‘zlayotganlarini ko‘rib turgandekmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:32:37
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Sizlardan ilgari (o‘tgan) bir kishi bor erdi. Olloh taolo unga ko‘p mol-dunyo ato etgan erdi. O’shal kishi, qoshiga (o‘lim) kelgach, o‘g‘illariga: «Sizlarga qanday otalik qildim?» — dedi. O’g‘illari: «Juda yaxshi otalik qildingiz» — deb javob qilishdi. Shunda u: «Darhaqiqat, men biror kori xayr qilmadim. Agar o‘lsam, meni yondiringizlar, keyin meni yanchib kukun qilingizlar, so‘ng qattiq shamol bo‘lgan kuni meni sochib yuboringizlar!» — deb vasiyat qildi. O’g‘illari aytganidek qilishdi. Olloh taolo uni qayta tarkib topdirib: «Nechun bunday qilding?» — dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan» — deb erdi, Olloh taolo uni o‘z rahmatiga oldi».

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitdim: «Bir kishi qoshiga o‘lim kelib, hayotdan umidini uzgach, ahlu ayoliga: «Agar o‘lsam, atrofimga ko‘p o‘tin to‘plangizlar-da, yoqib yuboringizlar. So‘ng o‘t go‘shtlarimni yondirib, bo‘lib, suyaklarimning o‘zigina qolganda ularni olingizlar-da, yanchib kukun qilingizlar. Keyin, meni (kukunimni) issiq (yoki shamol bo‘lgan) kunlardan birida sochib yuboringizlar!» — deb vasiyat qildi. So‘ng, Olloh taolo uni qayta tarkib topdirib: «Nechun bunday qilding?» — dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan» — deb erdi, Olloh taolo uni mag‘firat qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:32:44
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «(Sizlardan ilgari o‘tgan odamlarning orasida) bir (badavlat) kishi bo‘lgan bo‘lib, u odamlarga (beg‘araz) qarz berib turar erdi hamda xizmatkoriga (doimo): «Agar biror muhtoj odamning qoshiga (olgan qarzini so‘rab) borsang-u, (u hozir uzolmasligini aytsa), olgan qarzidan kechgil, shoyad Olloh taolo bizning ham (gunohlarimizdan) kechsa!» — der erdi. Keyin, (o‘shal kishi vafot qilganda) Olloh taolo uning gunohlaridan o‘tdi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Bir kishi (biror kori xayr qilmay, faqat) o‘ziga sarf qilar erdi. O’shal kishi qoshiga o‘lim kelganda o‘g‘illariga (farzanddariga): «Agar men o‘lsam, jasadimni yeqingizlar, so‘ng (suyaklarimni) yanchib kukun qilingizlar-da, shamol (bo‘lgan)da sochib yuboringizlar. Xudo haqi, agar parvardigorim meni zabtiga olsa, (hali) biror kishiga bermagan azob birlan menga azob bergay!» — dedi. Keyin, u vafot qilganda (aytganlari) ado etildi. So‘ng, Olloh taolo Yerga: «Uning o‘zingdagi qoldiqlarini jamlagil!» — deb amr qildi, Yer Olloh taoloning amrini ado etdi. Shunda boyagi kishi (qayta tarkib topib), tik turdi. Olloh taolo unga: «Bunday qilmog‘ingga seni nima majbur etdi?» — dedi. U: «Yo parvardigoro! Sening haybating (dahshating, qo‘rqinching) meni majbur etdi» — deb erdi, Olloh taolo uni mag‘firat qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:32:52
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir ayolga bir mushuk tufayli (jahannamda) azob berildi. Chunki, u (bu dunyoda) bir mushukni qamab qo‘ygan bo‘lib, mushuk (ochlikdan) o‘lib qolgan erdi. Shu boisdan ayol jahannamga tashlandi. O’shal ayol na o‘zi unga ovqat berdi va na uni yerdagi jonivorlarni tutib yemog‘i uchun qo‘yib yubordi».

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Darhaqiqat, sobiq payg‘ambarlarning so‘zlaridan (ya’ni, shari’atlaridan hozirgi) odamlargacha (o‘zgarishsiz) yetib kelgani — «Gar senda qabohatni man’ qilguvchi hayo yo‘q erkan, (ko‘ngling) tusagan ishni qilursan» (degan so‘zdur)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:32:59
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir mahal bir kishi (Qorun) takabburlik birlan izori(ning pochasini yerda) sudrab ketayotgan erdi, (Yer qa’riga) kiritib yuborildi. Endi u to Qiyomat (qattiq alamu iztirob va dod-voy birla tobora) Yer (qa’ri)ga (chuqurroq) botib boravergay», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Biz (musulmonlar bu dunyoda mavjudlik jihatidan) oxirgilarmiz. (Ammo), barcha ummatlarga bizdan avval va bizga ulardan keyin Kitob berilganiga qaramay, Qiyomat kuni biz (hisob-kitob va jannatga kirish borasida hammadan) oldindamiz. Shuningdek, (Olloh taolo shari’at kuni sifatida farz qilganda yahudiy va nasorolar) ixtilof qilib (qabul qilmagan) mana shu (jum’a) kuni biznikidur, ertangi kun (shanba) yahudiylarnikidur, uning ertasi (yakshanba ersa) nasorolarnikidur. Har bir (balog‘atga yetgan) musulmonning har yetti kunda (haftada) bir kun (jum’a kuni) boshi va (butun) badanini g‘usl qilmog‘i vojibdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:33:08
Sa’id ibn al-Musayyab raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Muoviya ibn Abu Sufyon so‘nggi bor Madinaga qadam ranjida qildilar-da, («Ey Madina ahli!» — deb) bizga xitob qilgach, bir ulama sochni ko‘rsatib: «Men yahudiylardan bo‘lak biror kimsaning shunday qilganini (ya’ni, ulama soch taqqanini) ko‘rmagan erdim. Darhaqiqat Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulama sochni «ko‘zbo‘yamachilik» deb ataganlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:33:17
66-bob. Manoqib (maqtovga sazovor, faxrli xislat va amallar) haqida

Olloh taoloning qavli: «Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam alayhissalom) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda o‘zaro tanishingizlar (bordi-keldi qilib, totuv do‘stu birodar bo‘lingizlar) deb sizlarni (turli) elatu qabilalar qilib quydik. Darhaqiqat, sizlarning Olloh nazdida eng mo‘‘tabaringiz — eng taqvodoringizdur» («Hujurot» surasi, 13-oyat).

Olloh taoloning qavli: «Va taqvo qilingizlar (qo‘rqingizlar) Ollohdanki, uning birla (uning nomini o‘rtaga qo‘yib) bir-birlaringizga savol-javob qilursizlar va (taqvo qilingizlar) qon-qarindoshlik (rishtalarini uzmoq)dan! Darhaqiqat, Olloh sizlarni nazorat qilib turguvchi zotdur («Niso» surasi, 1-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh Eng izzat-ikromli odam kim?» — deyishdi. Ul zot: «Eng taqvodor odamdur», — dedilar. «Biz sizdan bu haqda so‘rayotganimiz yo‘q», — deyishdi. Ul zot: «Yusuf nabiyyulloh», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:33:25
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Sizlar (tarkibida ham nodir, ham nokerak jinslar mujassam bo‘lgan) ma’danlar (kabi ham yaxshi, ham yomon xislatlarga ega) insonlarni uchratgaysizlar. Johiliyat davridagi insonlarning yaxshilari, agar ular (din borasida) faqih bo‘lib olgan bo‘lsalar, Islom davridagi insonlarning ham yaxshisidurlar. Shuningdek, sizlar buni (ya’ni, adolat birlan ish yuritishning qiyinligi boisidan xalifa yoki amir bo‘lmoqni) to (Olloh taolo o‘zi) taqdir qilmagunga qadar mutlaqo xushlamaydirgan yaxshi odamni ham, anavilarning qoshiga bu yuzi birlan, mana bularning qoshiga ersa u yuzi birlan boradirgan ikki yuzli yomon (munofiq) odamni ham uchratursizlar».

Abu Hurayra raziyalpohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Odamlar (ya’ni, barcha arablar) bu borada (ya’ni, xalifalik yoki amirlik borasida o‘zlaridan afzal qilingan) Quraysh qabilasiga tobe’durlar. (Islom davrida) ularning (ya’ni, barcha arablarning) musulmonlari bularning (ya’ni, Quraysh qabilasining) musulmonlariga itoat etadilar, (johiliyat davrida ersa) ularning (ya’ni, barcha arablarning) kofirlari ularning (ya’ni Quraysh qabilasining) kofirlariga itoat etganlar. Odamlar (tarkibida ham nodir, ham nokerak jinslar mujassam bo‘lgan) ma’danlar (kabi ham yaxshi, ham yomon xislatlarga ega)durlar. Odamlarning johiliyat davridagi yaxshilari, agar ular din borasida faqih bo‘lib olgan bo‘lsalar, Islom davridagi odamlarning ham yaxshilaridurlar. Sizlar buni (ya’ni, adolat birlan ish yuritishning qiyinligi boisidan xalifa yoki amir bo‘lmoqni) to (Olloh taolo o‘zi) taqdir qilmagunga qadar mutlaqo xushlamaydirgan yaxshi odamni ham uchratursizlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:33:35
67-bob, Olloh taoloning qavli: «...faqat qarindoshliqdagi muhabbatnigina...» («...faqat qarindoshlik muhabbatinigina...») («Sho‘ro» surasi, 23-oyat)

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Quraysh qabilasiga mansub biror qorin bo‘lmaganki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning unga qarindoshliklari bo‘lmagan bo‘lsa (ya’ni, Quraysh qabilasiga mansub har bir odam Janob Rasululloh birlan qarindoshdur). Bul xususda Olloh taoloning («Ey Muhammad, Quraysh kofirlariga bunday deng): «Men sizlardan (Islomga qilayotgan da’vatim uchun) haq talab qilmayman, balki faqat o‘zim birlan sizlar o‘rtamizdagi qarindoshlik muhabbatinigina so‘rayman» (ya’ni, «O’zaro qarindoshligimiz haqqi-hurmati, Islomga kirmasangizlar, loaqal meni himoya qilingizlar!») degan mazmundagi oyati karimasi nozil bo‘lgandur».

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qullari birlan Yaman tomonga ishora qilib bunday dedilar: «Iymon Yaman ahliga mansubdur (ya’ni asli Yaman ahlidan bo‘lgan ansorlarga mansubdur). Shafqatsizlik va bag‘ritoshlik ersa tuyalar dumi ortida baqir-chaqir qilib yuradirgan (ya’ni, tuyaboqar) Muzar va Rabi’a qabilalarida bo‘lib, ularning yeridan shaytonning ikki shoxi chiqur (ya’ni, shayton Quyosh chiqayotgan vaqtda ikki shoxini uning yo‘liga to‘g‘rilab turadi. Quyosh uning shoxlari orasidan o‘tayotganda quyoshparastlar Quyoshga sajda qilmoqchi bo‘lib, shaytonga sajda qilib qo‘yadilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:33:43
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men  Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deyayotganlarini eshitdim: «Maqtanchoqlik va takabburlik baqir-chaqir qilguvchilarda (ya’ni, tuyaboqarlarda), vazminlik ersa qo‘yboqarlarda bo‘lib, iymon ham, hikmat ham Yaman ahliga mansubdur».

Abu Abdulloh: «Yaman deb atalishiga sabab, u Ka’baning o‘ng tomonidadur, Shom ersa uning chap tomonida», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:33:54
68-bob. Quraysh qabilasining manoqibi faxrli va maqtovga sazovor xislatu amallari) xususida

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Muhammad ibn Jubayr ibn Mutim aytar erdilarki, ul kishi Quraysh vakillari birlan birga (xalifa) Muoviyaning huzurida o‘ltirganlarida Abdulloh ibn Amr ibn Al-Osning Qahton qabilasidan podshoh bo‘lajagi (chiqajagi) xususida gapirib yurganlarini Muoviyaga yetkazishibdi. Shunda Muoviya darg‘azab bo‘lib o‘rinlaridan turibdilar-da. Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytgach: «Ammo ba’d, menga yetkazishdiki, sizlardan ba’zi bir kishilar Olloh taoloning Kitobida ham, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hadislarida ham yo‘q gaplarni aytib yurishgan ermish. Ular sizlarning oralaringizdagi johil (nodon) kishilardurlar, zinhor kitob ahlidan olingan sahifalardagi narsalarni (Tavrot, Injil kabilarni) o‘qimangizlar! Chunki, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Darhaqiqat, xalifalik huquqi faqat Qurayshning o‘zigagina berilgandur. Bul xususda biror kimsa Qurayshga, yuki ular dinni mustahkamlashda davom etar erkanlar, dushmanlik qilmasin, aks holda Olloh taolo uning oyog‘ini osmondan qilur»— deb aytganlarini eshitganman», — debdilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu ish (ya’ni, xalifalik to qiyomat) Quraysh (qabilasi qo‘li)da bo‘ladi (ya’ni, bo‘lmog‘i lozim), hattoki ulardan ikki kishi qolsa ham», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:34:12
Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladilar: «Men va Usmon ibn Affon (Janob Rasulullohiish qoshlariga) bordik. Usmon ibn Affon: «Yo Rasulalloh, Banu al-Muttalib (kishilari)ga o‘ljadan berdingiz, ammo bizga bermadingiz. Aslida biz (ya’ni, Banu Abdi Shams urug‘iga mansub men va Navfal urug‘iga mansub Jubayr ibn Mut’im ikkalamiz) hamda ular (ya’ni, Banu al-Muttalib urug‘i) nasab, qarindoshlik borasida sizga (ya’ni, Abdu Manof urug‘iga) nisbatan bir mavqedamiz», dedilar. Shunda ul zot. «Darhaqiqat, Banu Hoshim va Banu al-Muttalib ikkalasi bir narsadur» — deb javob berdilar (Ya’ni, Banu Abdi Shams, Banu al-Muttalib, Banu Navfal va Banu Hoshim barchasi Abdu Manof urug‘idan kelib chiqqan bo‘lib, «Banu al-Muttalibga o‘lja berganim — sizlarga o‘lja berganim emasmi?» — deb aytmoqchi bo‘ldilar shekilli, yana Olloh taolo o‘zi yaxshiroq bilur)».

Urva ibn az-Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn az-Zubayr Banu Zahraga mansub bir guruh kishilar birlan birga Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga bordilar. Oisha raziyallohu anho ularga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarindoshliklari tufayli benihoya lutfu marhamat ko‘rsatdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quraysh, ansorlar (ya’ni, Davs, Xazraj), Juhayna, Muzayna, Aslam, Ashja’ va G’ifor (qabilalari) mening maxsus yordamchilarim bo‘lib, Olloh taolo birlan uning Rasulidan bo‘lak ularning manfaatlariga kafillik qilg‘uvchi zot yo‘qdur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:34:21
69 - bob. Qur’on Quraysh tilida nozil bo‘lgan

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Usmon raziyallohu anhu Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Sa’id ibn al-Os va Abdurrahmon ibn al-Hars ibn Hishomni huzurlariga chaqirdilar-da, (Qur’on sura va oyatlarini jamlab kitob qilishni amr qildilar). Ular Qur’on sura, oyatlarini jamlab mushaflarga ko‘chirishdi. O’shanda Usmon raziyallohu anhu qurayshlik uch kotibga (Abdulloh ibn Zubayr, Sa’id ibn al-Os va Abdurrahmon ibn al-Hars ibn Hishomga): «Basharti Zayd ibn Sobit birlan Qur’onning biror so‘zi xususida kelisha olmay qolsangizlar, uni Quraysh tilida yozaveringizlar, chunki Qur’on Quraysh tilida nozil bo‘lgandur», — dedilar. Kotiblar shunday qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:34:32
70-bob. Yaman (ahli)ning Ismoil (alayhissalom)ga bog‘liqligi (qarindoshligi) haqida

Salama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kamondan o‘q uzib o‘zaro musobaqalashayotgan Aslam qabilasiga mansub (ikki guruh) kishilar qoshiga bordilar-da: «Ey Ismoil alayhissalomning avlodlari, otingizlar! Darhaqiqat, bobongiz (bo‘lmish Ismoil alayhissalom) ham mergan bo‘lganlar, men ersam ikki guruhdan biri Banu falon (ya’ni, Ibn al-Adra’ guruhi) tomonidaman» — deb marhamat qildilar. Shunda ular (ya’ni, ikkinchi guruh xafa bo‘lib), otishdan to‘xtadi. Janob Rasululloh: «Ularga nima bo‘ldi?» — dedilar. Ikkinchi guruh: «Siz Banu falon guruhi tarafida bo‘lgach, biz qandayin ham otardik?» — dedi Ul zot: «Otaveringizlar, men barchangiz tarafingizdaman!» — deb marhamat qildilar». (Yaman ahlining Ismoil alayhissalomga qarindoshligi shuki, Aslam qabilasi asli yamanlik Xuzo’a qabilasidan kelib chiqqan bo‘lib, Ismoil alayhissalom ana shu Xuzo’a qabilasiga mansubdurlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2008, 05:34:43
71-bob.

Abu Zarr raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «O’zining otasi kim erkanligini bila turib boshqa kishini otam deb da’vo qilguvchi odam kofir bo‘lgay. Shuningdek, o‘zi mansub bo‘lmagan qavmga (qabila, elatga) mansubman deb da’vo qilgutsvchi odam ham jahannamdan o‘ziga joy hozirlayversin!».

Voila ibn al-Asqa’ rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Eng katta aldamchilik— kishining o‘z otasidan bo‘lak odamni ogam deb da’vo qilmog‘i yoki o‘zi ko‘rmagan narsani ko‘rdim deb da’vo qilmog‘i yoxud Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytmagan gapni aytganlar deb da’vo qilmog‘idur!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:31:42
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulqays qabilasi vakillari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Biz, (ya’ni, huzuringizdagi) bu mahalla ahli Rabiy’a qabilasiga mansubdur. Biz birlan sizning orangizga Muzar qabilasi kofirlari rahna solib turibdirlar, shu boisdan biz sizning huzuringizga (qon to‘kish man’ qilingan) (Rajab) oyidagina kela olurmiz. Bizga shunday bir amali solihni buyursangiz erdi, biz uni sizdan o‘zimiz ham o‘rganib, ortimizdagilarga ham (ya’ni, 6ola-chaqa va qabiladoshlarimizga ham o‘rgatar erdik!» deyishdi. Shunda Janob Rasululloh ularga) bunday deb marhamat qildilar: «Sizlarga to‘rt narsani buyuraman va sizlarni to‘rt narsadan qaytaraman: «Lo iloha illallohu deb guvohlik berib, Olloh taologa iymon (keltiringizlar), (besh vaqt) namoz o‘qingizlar, zakot beringizlar hamda olgan o‘ljangizning beshdan bir qismini Olloh taolo yo‘lida in’om etingizlar! Sizlarni dubbo’, hantam, naqir va muzaffat (kabi idishlarda ichimlik tayyorlamoqdan) qaytarurman». («Hantam»— yashil yoki qizil ko‘za bo‘lib, sopol, chinni yoki shishadan qilingan. «Dubbo’» — qovoqdur. «Naqir» — xurmo daraxti iddizidan tayyorlanadirgan idish bo‘lib, «Muzaffat» mo‘mlangan yog‘och idishdur).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh satlallohu alayhi va sallam minbarda turib: «Darvoqe’, fitna anavi tomonda, shaytonning ikki shoxi chiqadirgan yerda» — deya mashriq tarafga ishora qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:32:07
72-bob. Aslam, G’ifor, Muzayna, Juhayna va Ashja’ qabilalari bayoni

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quraysh, ansorlar, Juhayna, Muzayna, Aslam va G’ifor mening (maxsus) yordamchilarimdur, Olloh taolo va uning Rasulidan bo‘lak ularning manfaatlariga kafillik qilguvchi zot yo‘qdur» — deb marhamat qildilar».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda turib: «Olloh taolo G’iforning (johiliyat davrida hojilarni talab orttirgan gunohini) mag‘firat qilsin! Olloh taolo Aslamni (dushmanlar birlan kelishuvchilik hamda jangda qochmoqliqdan) salomat saqlasin! Usayya ersa (Bi’ru Ma’unada qorilarni o‘ldirib) Olloh taolo birlan uning Rasuliga osiylik qildi» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:33:02
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Aslamni (dushman birlan kelishuvchilik va jangdan qochmoqliqdan) salomat saqlasin! Olloh taolo G’iforning (johiliyat davrida hojilarni talab orttirgan gunohini) mag‘firat qilsin!» — deb marhamat qildilar».

Abdurrahmon ibn Abu Bakra otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar: «Agar Juhayna, Muzayna, Aslam va G’ifor qabilalari Banu Tamim, Banu Asad, Banu Abdulloh ibn G’atafon va Banu Omir ibn Sa’sa’a qabilalaridan yaxshiroq bo‘lganlarida (johiliyat davrida va Islomning boshida xatog‘a yo‘l qo‘yarmidilar?!)» — deb o‘yladingizlarmi?» — dedilar. Shunda bir kishi (ya’ni, Aqra’ ibn Hobis): «(Ha), ular xato qilib, yo‘ldan ozdilar», — dedi. Janob Rasululloh: «Ular Banu Tamim, Banu Asad, Banu Abdulloh ibn G’atafon va Banu Omir ibn Sa’sa’a qabilalaridan (baribir) yaxshiroqdurlar, (chunki ular bulardan ilgariroq Islomga kirgandurlar)», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:33:34
Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Aqra’ ibn Hobis Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Darhaqiqat sizga Aslam, G’ifor, Muzayna (menimcha, «va Juhayna» deb ham aytgandi) qabilalaridan chiqqan hojilar o‘g‘rilari (ya’ni, hojilarni talaydigan qaroqchilar) ergashishdi (yoki «bay’at qilishdi»)», — dedi. Janob Rasululloh: «Sizlar: «Agar Aslam, G’ifor, Muzayna va Juhayna qabilalari Banu Tamim, Banu Omir, Asad va G’atafon qabilalaridan yaxshiroq bo‘lganlarida xatog‘a yo‘l qo‘yib, yo‘ldan ozarmidilar?!» — deb o‘yladingizlarmi?» — dedilar. Aqra’: «Ha, (ular xatog‘a yo‘l qo‘yib, yo‘ldan ozdilar)», — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi! Ular (ya’ni, Aslam, G’ifor, Muzayna va Juhayna qabilalari Islomga ilgariroq kirganlari boisidan) bulardan yaxshiroqdurlar» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Aslam va G’ifor qabilalari hamda Muzayna va Juhayna qabilalarining ayrim kishilari Olloh taolo nazdida (yoki Qiyomat kuni) Asad, Tamim, Havozin va G’atafon qabilalaridan yaxshiroqdurlar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:33:59
73-bob. Qavm singlisining o‘g‘li ham, qavm ozod qilgan qul ham (shu) qavmdandur.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlarni chaqirib: «Oralaringizda o‘zlaringizdan bo‘lak biror (begona) odam bormi?» — dedilar. Ular: «Singlimizning o‘g‘lidan bo‘lak hech kim yo‘q», deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Darhaqiqat, qavm singlisining o‘g‘li ulardandur (ya’ni, «begona emas») — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:34:26
74-bob. Zamzam qissasi

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Zarr bunday dedilar: «Men G’ifor qabilasiga mansub bir kishi erdim. (Bir kuni) Makkada bir odamning o‘zini payg‘ambar, deb ta’kidlayotgani haqida bizga xabar yetib keldi. Shunda men ukamga: «O’shal odamning qoshiga borib, u birlan gaplashgil-da, uning xususida menga xabar olib kel!» — dedim. Ukam ul tomon yo‘lga chiqli-da, u birlan uchrashgach, qaytib keldi. Men (unga): «Qanday xabar keltirding?» — dedim. Ukam: «Olloh taolo haqi, men (odamlarni) yaxshilikka buyurib, yomonliqdan qaytarguvchi kishini ko‘rdim», — dedi. Men unga: «Meni (jaholat dardidan) xalos qiladirgan xabar (javob) keltirmabsan!» — dedim. So‘ng, turva birlan bir tayoqni oldim-da, Makka tomon yo‘lga tushdim. O’zimni guyoki ul kishini bilmaydirgan (ya’ni, ul kishi haqlarida mutlaqo hech narsa eshitmagan) hamda ul kishini qidirib surishtirmayotgan, faqatgina zamzam suvidan ichib, masjidda bo‘lib (qaytadirgan) bir odam qilib ko‘rsatar erdim. Bir mahal Hazrat Ali yonimdan  o‘tib ketayotib: «Musofir odamga o‘xshaysizmi?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Hazrat Ali: «Uyga boringiz!» — dedilar. Men ul kishi birlan birga indamay ketaverdim, na ul kishi mendan biror narsa so‘radilar va na men ul kishiga biror narsa dedim. Ertalab uygongach, ul zot haqlarida surishtirmoqchi bo‘lib, barvaqt masjidga chiqdim, ammo bul xususda menga xabar berguvchi biror odam topilmadi. Shu asnoda, Hazrat Ali yonimga kelib: «Kishi turar joyini bilib olmog‘i lozim bo‘lgan vaqt kelmadimi? (ya’ni, biror boshpana topdingizmi?)» — dedilar. Men: «Yo‘q», — dedim. Hazrat Ali: «Yuringiz men birlan!» — dedilar. So‘ng, (yo‘lda ketaturib): «Qanday ishingiz bor, bu shaharga qanday yumush birlan keldingiz? — deb so‘radilar. Men: «Agar sirimni yashirsangiz, aytaman», — dedim. Hazrat Ali: «Albatta, shunday qilaman!»— dedilar. Men Hazrat Aliga: «Bizga xabar keldiki, shu yerda bir kishi chiqib, o‘zini payg‘ambar, deb ta’kidlayotgan ermish. Men ukamni jo‘natib erdim, ammo u meni (jaholat dardidan) xalos etadirgan biror javob olib kelmadi. Shul boisdan ul zotga shaxsan o‘zim uchramoqchi bo‘lib (yo‘lga chiqdim)», — dedim».
Shundan so‘ng, Hazrat Ali Abu Zarrga: «Siz to‘g‘ri yo‘ldasiz, men hozir ul zotning qoshlariga ketayotirman, ketimdan kelaveringiz, qaerga kirsam, siz ham o‘sha yerga kiringiz, agar biror begona odamni ko‘rib qolsam, sizni ogohlantirish uchun go‘yoki poyabzalimni to‘g‘rilayotgandek bo‘lib devor tagida to‘xtab turaman, shunda siz o‘tib ketaveringiz!» — dedilar.
«Hazrat Ali yurib ketaverdilar, men ham ul kishi birlan birga boraverdim, — deb davom etadilar Abu Zarr, — nihoyat biz birgalashib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kirib bordik. Shunda men Janob Rasulullohga: «Menga Islomni bayon qilingiz!» — dedim, ul zot bayon qildilar. Men darhol (iymon keltirib) Islomni qabul qildim. So‘ng, ul zot menga: «Ey Abu Zarr, bu ishni (ya’ni, men birlan uchrashganingni va Islomga kirganingni) sir saqla, yurtingga qayt, agar bizning oshkor chiqqanimizni (ya’ni, ochiqdan-ochiq Islomga da’vat qilayotganimizni) eshitsang, bu yerga qaytib kel!» — dedilar. Men: «Sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, men (hoziroq) ularning (mushriklarning) o‘rtasida buni ro‘y-rost aytgayman!» — dedim».
Shundan so‘ng, Abu Zarr Quraysh (mushriklari) o‘ltirgan masjidga (ibodatxonaga) bordilar-da: «Ey Quraysh jamoasi, darhaqiqat men: «Lo iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!» — deb shahodat keltirurman», — dedilar. Shunda ular (Quraysh mushriklari): «Turingizlar, anavi yulduzparastning oldiga boringizlar!» — deyishdi.
«Ular o‘rinlaridan turishib, meni o‘lasi qilib kaltaklashdi, — deb davom etadilar Abu Zarr, — xayriyatki, Abbos yetib kelib, ustimga engashdilar-da, meni ulardan pana qildilar. So‘ng, ularga qayrilib qarab: «Sho‘ringiz qursin! G’ifor qabilasiga mansub kishini o‘ldirasizlarmi, axir savdo (karvon)ingiz ham, o‘zlaringiz ham G’ifor qabilasi yeri orqali o‘tasizlar-ku?!» — dedilar. Shunda ular mendan nari ketishdi. So‘ng, ertasiga ertalab barvaqt yana (ibodatxonaga) bordim-da, kechagi aytgan gaplarimni qaygardim. Shunda ular yana: «Turingizlar, anavi yulduzparastning oldiga boringizlar!» — deyishdi-da, meni kechagidek ahvolga solishdi. Bu gal ham Abbos yetib kelib, meni ulardan pana qildilar-da, kechagi gaplarini qaytardilar».

Ibn Abbos: «Bu (voqea) Abu Zarr raziyallohu taolo anhuning ilk musulmon bo‘lgan kezlarida sodir bo‘lgan erdi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:35:01
75-bob. Qahton haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qahton qabilasiga mansub bir kishi (podshoh) chiqib, odamlarni tabg‘i birlan (poda haydagandek) haydamaguncha Qiyomat bo‘lmaydi» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:36:12
76-bob. Johiliyat davri da’vosidan qaytish (johiliyat davri odatlarini tark etish) lozimligi xususida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azot qildik (Muraysi’ g‘azoti nazarda tutilyapti). Shunda ul zotning (chodirlari) atrofiga ko‘pchilik muhojirlar kelib to‘plandi, ular orasida (Jahjoh ibn Qays nomli) bir muhojir ham bo‘lib, u juda sho‘x va serhazil odam erdi. O’shal muhojir hazillashib bir ansoriyning ketiga urib erdi, ansoriy qattiq darg‘azab bo‘lib: «Ey ansorlar!» — deb ansorlarni yordamga chaqirdi. Boyagi muhojir ham: «Ey muhojirlar!» — deb muhojirlarni yordamga chaqirdi. (Bu odat Islomga zid bo‘lib, johiliyat davrida turli qabilalarga mansub ikki kishi urushib qolsa, har biri o‘z qabila a’zolarini yordamga chaqirar erdi). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (shovqin-suronni eshitib chodirlaridan) chiqdilar-da: «Nechun johiliyat ahliga mansub (xos) da’vo qilinayotir?» - dedilar, so‘ng: «Ularga ne bo‘ldi?» — deb aytdilar. Odamlar bir muhojir birlan bir ansoriy o‘zaro urushib qolganini xabar qilishib erdi, ul zot: «Johiliyat davri da’vosini qo‘yingizlar, chunki u iflosdur (ya’ni, johiliyat ahliga mansub da’vo iflos bo‘lib, u odamlarni noo‘rin darg‘azab bo‘lmoqqa, nohaq urush va qotillik qilmoqqa undab, jahannam sari yetaklaydi)» — deb marhamat qildilar. Shunda Abdulloh ibn Ubay ibn Salul (ansorlarga): «Hali  muhojirlar bizlarga qarshi chiqishdimi?! Shoshmay turishsin, biz Madinaga qaytaylik, ziyoda izzatli (qudratli) odamlar (ya’ni, «men» demoqchi) tubanlarni (yani, «Rasululloh birlan sahobalarini» demoqchi) ul yerdan albatta haydab chiqargaylar!» — dedi. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh! Bu iflos  Abdulloh ibn Ubayni o‘ldirmaysizmi?» — dedilar. Ul zot: «Yo‘q», odamlar: «U o‘z sahobalarini o‘ldirar erdi» — deb aytishadi», — dedilar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:  «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Biror kimsasi o‘lganda) yonoqlar(i)ni urib yergan, yoqa(si)ni yirtgan va johiliyat da’vosini qilgan (ya’ni, Islomdan oldingi odamlar kabi dod-voy qilib yig‘lagan) kishi bizdan emas!» (ya’ni, «Bizning sunnatimiz ahlidan emas, bizning yo‘limizdagi kishi emas!») — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:36:51
77-bob. Xuzo’a qissasi

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Amr ibn Luhay ibn Qam’a ibn Xindaf Xuzo’a Qabilasining otasidir», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Amr ibn Omir ibn Luhay al Xuzo’iyni jahainamda o‘z ichak-chavoqlarini sudrab ketayotgan holda ko‘rdim, u birinchi bo‘lib (Ismoil alayhissalomning dinlarini o‘zgartirib, butlarga sig‘inishni joriy etgan hamda) urg‘ochi tuyalarni butlarga nazr qilgai odamdir».— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:37:24
78-bob Zamzam qissasi va arablarning jaholati xususida

Ibn Abbos raziyachlohu anhu: «Agar arablarning jaholatini bilmoqni istasang, ul holda «Al-An’om» surasidagi 130 dan baland (ya’ni, 130 dan katta raqamli) quyidagi oyatlarni o‘qigil!» — dedilar: «O’z farzandlarini johillik qilib, o‘ylamay-netmay o‘ldirgan kimsalar... («yo‘ldan ozdilar va to‘g‘ri yo‘lga yuruvchi bo‘lmadilar» degan qavligacha)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:37:55
79 bob. Kishining nasl-nasabini uning Islom va johiliyat davridagi ajdodlari nomi birlan bog‘lagan zot haqida

Ibn Umar va Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, kariym o‘g‘li kariym o‘g‘li kariym o‘g‘li kariymdur, ya’ni Ibrohim Xalilulloh o‘g‘li Ishoq o‘g‘li Ya’qub o‘g‘li Yusuf (ularning ashrafidur)» deb aytdilar», — deyishadi.

Baro raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Abdulmuttalib o‘g‘liman» — deb aytdilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:38:22
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «O’zingizning yaqin qarindosh-urug‘laringizni (parvardigoringizning azobidan) ogohlantiringiz!» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurayshga mansub qabilalarni: «Ey Qahr avlodlari! Ey Adiy avlodlari!» — deb chaqira boshladilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «O’zingizning yaqin qarindosh-urug‘laringizni ogohlantiringiz!» degan oyati karima nozil bo‘lganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir qabilani o‘z bobokaloni nomi birlan chaqira boshladilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ey Abdu Manof avlodlari. o‘zlarish izni Olloh taolodan sotib olingizlar (ya’ni, «Islomga kirib, o‘zlaripgizni Olloh taoloning azobidan xalos qilingizlar!»). Ey Abdumuttalib avlodlari, o‘zlaringizni Olloh taolodan sotib olingizlar! Ey Rasulullohning ammasi Ummu Zubayr ibn Avvom, ey Muhammad qizi Fotima, o‘zlaringizni Olloh taolodan sotib olingizlar! (Bu dunyoda) mol-dunyomdan istagan narsalaringizni surangizlar-u, ammo (Qiyomatda) sizlarni Olloh taolo(ning azobi)dan zarracha himoya qilolmayman!». (Ya’ni, Janob payg‘ambarimiz inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Hatto payg‘ambar farzandi bo‘lganida ham, oxirat azobidan xalos bula olmasligini uqdiradilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:38:47
80-bob. Habashlar qissasi va Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ey Banu Arfida!» deb murojaat qilganlari xususida

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Mino kunlaridan birida (qizlari) Oishaning huzuriga kirdilar, shunda ul yerda ikki qizaloq doira chalib (qo‘shiq aytishayotgan erdi). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersalar kiyimlarini ustlariga tashlab yotgan erdilar. Abu Bakr raziyallohu anhu boyagi ikki qizaloqni (doira chalib, ashula aytayotganlari uchun) koyib erdilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kiyimlarini yuzlaridan tortib: «Ey Abu Bakr, ularni o‘z holiga quyingiz, Mino kunlari bayram kunlaridir!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «(Bir kuni) men (hujram eshigi ostonasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning turganlarini ko‘rdim. Shunda men (bir guruh) habashlarning masjid (hovlisi)da o‘tkazayotgan (harbiy) mashqini tamosho qilayotgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersalar (begonalar ko‘zi tushmasin, deb) meni to‘sib turgan erkanlar. (Shu asnoda) Hazrat Umar kelib qoldilar-da, ularni urushib berdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Umar, ularni o‘z holiga qo‘y! Ey Arfida avlodlari, bemalol mashq qilaveringizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:39:05
81-bob. O’z nasabining (qarindoshlarining) haqorat qilinmasligini xushlagan zot haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Shoir) Hasson Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarni hajv qilmoqqa ruxsat suradi. Shunda ul zot: «Mening nasabimni qanday? (ya’ni, «Quraysh mushriklari mening qarindoshlarim bo‘la turib, ularni qanday hajv qilasan?)» — dedilar. Hasson: «Xamirdan qilni sug‘urib olgandek, sizni ulardan ajratib olgayman», — dedi».

Hishom otalaridan naql qiladilar: «Men Oishaning huzurlarida Hassonni so‘ka boshladim. Shunda Oisha: «Uni so‘kmagil, chunki u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (o‘z she’rlari birlan) himoya qilar erdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Avgust 2008, 09:39:29
82-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ismlari xususidagi hadislar

Olloh taoloning qavli: «Muhammad sizlardan biror kishining otasi bo‘lmagan» («Ahzob» surasi, 40-oyat).

Olloh taoloning qavli: «Muhammad Ollohnnig rasulidur va u birlan birga bo‘lgan (musulmonlar) kofirlarga (nisbatan) juda beshafqatdurlar» («Fath» surasi, 29-oyat).

Olloh taoloning qavli: «Eslangiz, Iso ibn Maryam: «Ey Banu Isroil, darhaqiqat men Ollohning sizlarga (yuborgan) rasulidurman. (Men) o‘zimdan ilgarigi (payg‘ambarga nozil qilingan) Tavrotni tasdiqlaguvchi va o‘zimdan keyin Ahmad ismli payg‘ambar kelmog‘i haqida xushxabar berguvchi qilib (yuborildim)» deb aytgan erdi» («Saf» surasi, 6-oyat).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:11:19
Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im otalaridyan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening (ilgarigi ummatlar yaxshi bilgan) besh ismim bor. Men Muhammad va Ahmadman, men al-Mohiyman, (ya’ni) Olloh taolo mening vositam birla kufrni mahv qilur, men al Hoshirman, (ya’ni Qiyomat kuni birinchi bo‘lib) oyoqqa turganimda odamlar (atrofimga) to‘plangaylar va men al-Oqibman, (ya’ni men payg‘ambarlarning eng so‘nggisiman)» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning Quraysh (kofirlari nohaq otayotgan) haqoratu la’nat (toshlarini) qay yo‘sinda mendan qaytarib, (ularning o‘zlariga yo‘naltirayotganidan) taajjub qilmaysizlarmi? Ular (meni «Muhammad» — «G’oyatda maqtovga sazovor» deyish o‘rniga), «Muzammam» («La’nati, nafratli») deb haqorat qiladilar, «Muzammam» deb la’natlaydilar, men ersam (benihoyat maqtovg‘a sazovor) Muhammaddurman!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:11:50
83-bob. Xotamun-nabiyyiyn sallallohu alayhi va sallam xususlarida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men va (mendan ilgarigi) payg‘ambarlar shunga o‘xshaymizki, bir kishi birgina g‘ishtidan bo‘lak barcha yerlarini mukammal va chiroyli qilib bir hovli-joy bunyod qildi. Keyin, odamlar o‘shal hovli-joyga kirishib, (uning go‘zalligidan) taajjub qilishadi-da: «Qani endi, (hovlining binosiga shu) birgina g‘isht ham qo‘yilgan bo‘lganida erdi!» — deb aytishadi», — dedilar». (Ya’ni: «Men o‘zimdan ilgarigi payg‘ambarlar boshlagan ishni nihoyasiga yetkazuvchi, o‘shal so‘nggi birgina g‘ishtni o‘rniga quyib, bino qurilishini tugallovchidurman» — deb aytmoqchilar. Janob Rasululloh hovli-joy qurgan bir kishi misolida o‘zlaridan ilgarigi barcha payg‘ambarlar siymosini umumlashtirmoqdalar).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men va mendan ilgarigi payg‘ambarlar shunga o‘xshaymizki, bir kishi bir burchakdagi birgina g‘ishtdan bo‘lak barcha yerlarini mukammal va chiroyli qilib bir hovli-joy bunyod qildi. Keyin, odamlar o‘shal hovli-joyni zierat qilgani kirishib, uning go‘zalligidan taajjub qilishadi-da: «Mana bu (erdagi) g‘ishti ham qo‘yilgan bo‘lganida erdi!» — deb aytishadi. Men ersam, o‘shal birgina g‘ishtni o‘rniga qo‘yib, (chala qolgan binoni qurib bitkazuvchidurman) va men payg‘ambarlarning eng so‘nggisidurman» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:11:58
84-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vafotlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oltmish uch yoshda vafot qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:12:07
85-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kunyalari (laqablari) xususida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bozorda erdilar, bir kishi ul zotga: «Yo Abulqosim!» — deb murojaat qildi. Shunda ul zot unga o‘girilib qaradilar-da: «(Qosimning otasi) deb kunyam birlan emas, balki (Muhammad) deb ismim birlan atangizlar!» — dedilar».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam» «(Qosimning otasi) deb kunyam birlan emas, balki (Muhammad) deb ismim birlan atangizlar!» — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis qaytarilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:12:16
86-bob.

To‘qson turt yoshda bo‘lsalar-da, hali baquvvat, qomatlari tik Soib ibn Yazid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quloqlarim birla eshitib, ko‘zlarim birla ko‘rgan barcha narsalarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning duolari tufayligina erishganimni anglab yetdim. Darhaqiqat, (bir kuni bolaligimda) xolam meni ul zotning huzurlariga olib bordilar-da: «Yo Rasulalloh, singlimning o‘g‘li betob bo‘lib qoldi, Olloh taolodan shifo so‘rab uni duo qilingiz!» — dedilar. Shunda ul zot meni duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:12:27
87-bob. Payg‘ambarlik muhri haqida

Soib ibn Yazid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xolam meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordilar-da: «Yo Rasulalloh, singlimning o‘g‘li betob bo‘lib qoldi», — dedilar. Shunda ul zot muborak qo‘llari birlan boshimni silab turib, menga barakot tilab duo qildilar. So‘ng, tahorat oldilar, men (muborak badanlaridan tomayotgan) tahorat suvidan ichdim. Keyin, orqa tomonlariga o‘tib turib erdim, ikki kuraklari orasida kaklik tuxumidek keladigan payg‘ambarlik muhri borligini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:12:36
88-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sifatlari xususida

Uqba ibn al-Horis raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhu asr namozini o‘qidilar, so‘ng (masjiddan) chiqib (uylari tomon) yo‘lga tushdilar. Hazrat Ali raziyallohu anhu ham yonlarida erdilar. Bir vaqt Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhu bir to‘da bolalar birlan o‘ynab yurgan Hasanga ko‘zlari tushdi-da, uni yelkalariga ko‘tarib olgach: «Otam haqqi-hurmatlari, bu Janob Rasulullohga o‘xshaydi, ammo Aliga o‘xshamaydi-ku!» — dedilar. Shunda Hazrat Ali (ul kishining gaplarini tasdiqlab) kulib qo‘ydilar».

Abu Juhayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, (nabiralari) Hasan ibn Ali ul zotga o‘xshar erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:12:43
Ismoil ibn Abu Holid Abu Juhayfadan naql qiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, (nabiralari) Hasan ibn Ali ul zotga o‘xshar erkan», — dedilar Abu Juhayfa. Men Abu Juhayfaga: «Ul zotning qiyofalarini menga tasvirlab beringiz!» — dedim. Abu Juhayfa: «Oq yuzli va soqollari mosh-gurunch erkanlar. O’shanda ul zot bizga un uchta urg‘ochi tuya berishni amr qilib erdilar, ammo biz o‘shal tuyalarni olgunimizga qadar vafot etib qoldilar». (Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhu xalifa bo‘lgach, o‘shal va’da qilingan tuyalarni ularga berganlar).

Vahb Abu Juhayfa as-Savoiy rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, shuningdek ul zotning pastki lablarining ostidan iyaklarining (soqollarining) oqarib turganini ham ko‘rdim». (Shu vaqtda soqollarining bor-yo‘g‘i o‘n yettita oqi bo‘lgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:12:56
Hariz ibn Usmon Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari Abdulloh ibn Busrdan: «Siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdingizmi, ul zot keksa erkanlarmi?» — deb so‘radilar. Abdulloh ibn Busr: «Iyaklarida (bir qancha) oq mo‘ylar bor erdi» — deb javob qildilar».

Rabiy’a ibn Abu Abdurrahmon rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qiyofalarini tasvirlayotib bunday deb aytganlarini eshitdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rta buyli bo‘lib, novcha ham, pakana ham ermas erdilar. Ranglari oq-qizil, na o‘ta oq va na o‘ta qora erdi. Sochlari jingalak ham, silliq ham bo‘lmay, (elkalariga) tashlab qo‘yilgan erdi. Ul zot, vahiy nozil bo‘lganda, qirq yashar erdilar. Makkada o‘n yil turdilar, shu vaqt ichida ul zotga vahiy nozil bo‘lib turdi, Madinada ham o‘n yil yashadilar. Vafot qilganlarida boshlarining ham, soqollarining ham loaqal yigirmata oqi yo‘q erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:13:02
Rabiy’a ibn Abu Abdurrahmon: «Keyinchalik men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning soch tolalaridan birini ko‘rdim, u qizg‘ish erkan. Shunda (nega bundayligini) so‘rab erdim, xushbuyliklar ta’sirida shunday rang kasb qilganini aytishdi».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu atayhi va sallam odamlarning eng yuzi chiroylisi va eng xulqi go‘zali erdilar. Buylari boshqalardan farq qiladigan darajada novcha ham, pakana ham ermas erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:13:11
Katoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sochlarini bo‘yaganmilar?» — deb so‘radim. Anas: «Yo‘q, chunki ikki chakkalarigina bir oz oqargan erdi», — dedilar».

Baro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rta bo‘yli, ikki yelkalari orasi keng bo‘lib, sochlari ikki quloqlarining yumshoq yerigacha tushib turar erdi. Men ul zotning qizil hulla (izor va rido) kiyib olganlarini ko‘rdim, bundan go‘zal narsani (ya’ni, qizil hullaning ul zotdan bo‘lak kishiga bul qadar yarashganini) sira ko‘rgan ermasman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:13:18
Abu Ishoq: «Barodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlari qilich kabi jilvali, porloq) erdimi?» — deb so‘rashdi. Shunda Baro: «Yo‘q, balki oy (qamar) monand erdi» — deb javob berdilar», — deydilar.

Abu Juhayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tush vaqtida Batho degan yerga bordilar-da, tahorat olgach, oldilariga (qibla tomonga) anazani (nayzadan kalta, hassadan uzunroq, uchida temir poynagi bor taeqni) sanchib quyib qasr qilib ikki rakat peshin va ikki rak’at asr o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:13:25
Avn otalari Abu Juhayfadan naql qilib, rivoyatni quyidagicha davom ettiradilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikki muborak qo‘llarini ushlashib, o‘z yuzlariga tabarruk qilib surta boshlashdi. Men ham ul zotning qo‘llarini ushlab, yuzimga surtib erdim, (mizojlari birlan salomatliklarining nihoyatda yaxshi erkanligidan) uning qordan ham muzdek va mushkdan ham xushbo‘yroq erkanligini his qildim».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarning eng saxovatlisi erdilar. Ul zot ayniqsa Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom o‘zlari birlan uchrashganlarida har qachongidan ham saxovatliroq bo‘lib ketar erdilar. Jabroil alayhissalom Ramazon oyida har kecha ul zot birlan uchrashib, Qur’onni takrorlattirar erdilar. Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam saxovat borasida (Olloh taolo tomonidan) yuborilgan shamoldan ham tezroq erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:13:51
Urva Oisha raziyallohu anhodan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xursand, yuzlari yorishgan holda Oisha onamizning huzurlariga kirib keldilar-da: «Midlajiyning Zayd va Usomaga nima deganini eshitmadingmi? U ikkalasining oyoqlarini ko‘rib, ularning biri ikkinchisidan (vujudga kelganligini topdi)», — dedilar. (Ya’ni, Zayd ibn Horisa Usomaning otasi erdi. Midlajiy ersa ularning yuzlarini kurmay turib, oyoqlaridangina ota-bola ekanliklarini aytdi. Shunda Janob Rasululloh uning topqirligidan mamnun bo‘lib, bul haqda Oisha onamizga xabar qildilar)».

Abdulloh ibn Ka’b rivoyat qiladilar: «Men Ka’b ibn Molikning Tabuk g‘azotidan qolganlarida bunday deganlarini eshitdim: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berganimda yuzlari xursandliklaridan yorishib turgan erdi. Ul zotning odati shariflari shunday erdiki, agar biror narsadan xursand bo‘lsalar, yuzlari oy parchasidek balqib ketar erdi, biz xursand bo‘lganliklarini shundan bilib olur erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:14:05
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Odam avlodlari asrlarining (tabaqalarining) eng yaxshisidan ko‘chib o‘tib, asrma-asr (tabaqama-tabaqa) o‘zim vujudga keltirilgan asrda (tabaqada) namoyon bo‘ldim» (ya’ni, «Men avval Ismoil alayhissalomning farzandlari pushti kamaridan Kinonaga, Kinonadan Qurayshga ko‘chib o‘tib, nihoyat o‘zim vujudga keltirilgan Banu Hoshimda dunyoga keldim») — deb marhamat qildilar».

Ibn Abbos raznyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dastlabki vaqtlarda old) sochlarini peshonalariga tushirib yurdilar. (O’shal kezlarda) mushriklar boshlarining qoq o‘rtasidan farq ochishardi-da, sochlarini ikki yonga tashlab olishib, peshonalarini ochib yurishar erdi. Kitob ahli ersa aksincha sochlarini peshonalariga tushirib olishar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (soch xususida Olloh taolodan maxsus amr kelguncha) sochlarini peshonalariga tushirib yurishni xush ko‘rdilar, (chunki kitob ahli ilgarigi payg‘ambarlardan qolgan odatni qilar erdi. Shu boisdan) Janob Rasululloh butlarga sig‘inuvchilar odatini qilgandan ko‘ra, o‘z shariatlariga zid bo‘lmagan (kitob ahli) odatini qilmoqni afzap ko‘rdilar. Keyin, (Olloh taolodan amr bo‘lgach), ul zot boshlariga farq ochadirgan bo‘ldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:14:16
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari ham shaloq so‘zlamas, o‘zgalarning ham shaloq so‘zlamog‘iga yo‘l quymas erdilar va ul zot: «Darhaqiqat sizlarning yaxshingiz — xulqi yaxshingizdur!» — deb marhamat qilar erdilar» — deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, (dunyoviy) ikki ishdan birini ixtiyor qilmoqlari lozim bo‘lib qolsa, albatta ulardan gunohovar bo‘lmagan eng yengilinigina tanlar erdilar. Basharti (o‘shal eng yengil ish) gunohovar bo‘lsa, undan barchadan ham ko‘ra yiroqroq bo‘lar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shaxsan o‘zlari(ga yetkazilgan aziyat) uchun intiqom olmaganlar, balki Olloh taoloning hurmati buzilgani uchungina (ya’ni, Olloh taolo ta’qiqlagan, man’ qilgan ishlar qilingani uchungina) intiqom olganlar, xolos».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:14:25
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kaftlaridan ko‘ra mayinroq na biror harirni va na biror debojni ushlab ko‘rmaganman. Shuningdek, men ul zotning hidlaridan ko‘ra xushbo‘yroq hidni ham hidlamaganman». (Bu hadisda «kaftlarining mayin» deyilganligi boshqa bir hadisda «qo‘llari katta va g‘aliz erdi» deyilganiga ziddek tuyulsa-da, aslida «suyaklarining yo‘g‘on va terilarining mayinligi nazarda tutilgandur).

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chochvon yopinib yuradirgan bokira qizdan ham hayoliroq erdilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:14:34
Shu’ba raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biror narsani yoqtirmaganlari yuztaridan bilinib turar erdi», — deydilar.

Abu Hurayra ryashyashrhu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taomga sira nax urmaganlar. Agar ishtahalari bo‘lsa, tanovul qilar, bo‘lmasa, tanovul qilmas erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:14:40
Abdulloh ibn Molik ibn Buhayna al-Asdiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilganlarida ikki qo‘llarini o‘zlaridan oldinroqqa tashlar erdilar, hatto ikki qo‘ltiqlarining oppoqligi ko‘rinar erdi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Olloh taolodan) yomg‘ir so‘rab qiladirgan duolaridan bo‘lak duolarida (fotihaga) qo‘llarini ko‘tarmas erdilar. Ul zot (fotihaga) qo‘llarini (shu darajada baland) ko‘tarar erdilarki, hatto ikki qo‘ltiqlarining oppoqligi ko‘rinar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:14:47
Abu Juhayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (tahorat uchun suv) uzatdim. Shunda ul zot Abtah degan yerda, chodirda bo‘lib, peshin vaqti erdi. Bilol (chodirdan) chiqib azon aytdilar-da, yana (chodirga) qaytib kirib ketdilar. So‘ng, Janob Rasulullohning tahoratlaridan tushgan suvni olib chiqib erdilar, odamlar talashib-tortishib uni bo‘lib olishdi-da, (tabarruk qilib badanlariga surtishdi). Keyin, Bilol yana (chodirga) qaytib kirib, anazani (nayzadan kalta, hassadan uzunroq uchi poynakli taeqni) olib chiqdilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (chodirdan) chiqdilar. Men (o‘shanda) boldirlarining tovlanib turganini (ya’ni, oppoq erkanligini hozir ham) ko‘rib turgandekman. Keyin, ul zot (qasr qilib) ikki rak’at peshin o‘qidilar, shunda oldilaridan eshagu xotinlar (u yoqdan bu yoqqa bemalol) o‘tib turdi, (chunki qibla taraf anaza birlan to‘sib qo‘yilgan erdi-da!)».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hadis aytsalar, (shul qadar dona-dona qilib aytar erdilarki), hatto eshitguvchi, agar istasa, ul zotning barcha so‘zlarini (yoki har bir so‘zlaridagi harflarni) sanab ulgurar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:14:56
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar. «Abu Falonning (qilgan ishidan) taajjub qilmaysizmi? (ya’ni, «Falonchining qilgan ishini qarang!). (Bir kuni) u kelib, hujram yeniga o‘ltirdi-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hadisi shariflaridan (bir nechasini) menga eshittirib ayta boshladi. Shunda men (hujramda) tasbih o‘girayotgan erdim. U men tasbih o‘girib bo‘lmasimdan ilgari (hadislarni shosha-pisha aytib) o‘rnidan turib ketib qoldi. Agar tasbih o‘girib bo‘lgunimcha ketib qolmaganida, unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizlar singari shosha-pisha bir hadis ketidan ikkinchisini aytmas erdilar» — degan bo‘lur erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:15:07
89-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uxlar erdi-yu, ammo qalblari uxlamas erdi

Sa’id raziyallohu anhu rtyuyat qipadilar: «Salama ibn Abdurrahmon Oisha onamizdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida qanday namoz o‘qir erdilar?»— deb so‘radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida ham va boshqa oylarda ham o‘n bir rak’atdan oshirmas erdilar. (Avval) to‘rt rak’at o‘qir erdilar, ularning go‘zalligi-yu uzunligini (uzoqligini) so‘ramay qo‘ya qol! Keyin, (yana) to‘rt rak’at o‘qir erdilar, ularning (ham) go‘zalligi-yu uzunligini so‘ramay qo‘ya qol! So‘ng, uch rak’at o‘qir erdilar. Men: «Yo Rasulalloh, vitrni o‘qimay uxlaysizmi?» — deb erdim, ul zot: «Ko‘zlarim uxlaydi-yu, ammo qalbim uxlamaydi» — deb marhamat qildilar».

Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelmasidan burun uch nafar (farishta) keldi. («Roviy Shariyk ibn Abdulloh «vahiy kelmasidan burun» deb xato qilgan, chunki Isro’ mab’asdan keyin bo‘lgandur», — deydilar Abu Tayyib). Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:15:17
90-bob. Islomdagi payg‘ambarlik alomatlari

Abu Rajo’ rivoyat qiladilar: «Bizga Imron ibn Husayn xabar berdilarki, ular Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birgalikda safarda bo‘lishib, tun bo‘yi yo‘l yurishibdi. So‘ng, tong otay deb qolganda dam olgani to‘xtashibdi. Shunda uyqu g‘oliblik qilib, uxlab qolishibdi, hatto Quyosh (chiqib) baland ko‘tarilib ketibdi. Ulardan birinchi bo‘lib Abu Bakr uyg‘onibdilar, lekin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o‘zlari uyg‘ongunlaricha uyg‘otmabdilar. Keyin, Hazrat Umar uyg‘onibdilar, shunda Abu Bakr ul kishining boshlari yonida o‘ltirgan erkanlar. So‘ng, (Hazrat Umar o‘rinlaridan turib) baland ovoz birlan takbir ayta boshlagan erkanlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyg‘onib, nariroqqa borib qaytib kelibdilar. «Keyin ul zot, — deydilar Imron,— biz birlan bomdod o‘qidilar. Shunda qavmdan bir kishi biz birlan namoz o‘qimay, chetroqda turdi. Janob Rasululloh (namozni tugatib) ortlariga o‘girilgach, (o‘shal kishiga): «Ey falonchi, biz birlan namoz o‘qimog‘ingga nima mone’lik qildi?»— dedilar. U: «Bulg‘anib (nahs) bo‘lib qoldim», —dedi. Shunda Janob Rasululloh unga (toza) tufroq birlan tayammum qilmoqni amr qildilar. Keyin u (tayammum qilgach), namoz o‘qib oldi. So‘ng, ul zot menga ro‘paralarida ulovlarga minib turgan kishilarni shoshirishni buyurdidar. Biz qattiq chanqab qolgan erdik. Yo‘lda ketayotib chochvon yopinib olgan bir ayolga duch keldik. (U tuya minib olgan bo‘lib), ikki oyog‘i ikki katta mesh orasida erdi. Biz unga: «Qaerda suv bor?» — dedik. U (bu atrofda) suv yo‘qligini aytdi. Biz: «(Bu yerdan) qavming yashaydirgan yer va suv bor joy oraligi qancha?» — dedik. U: «Bir kecha-kunduzlik yo‘l», — dedi. Biz: «(Unday bo‘lsa), biz birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga yur!» — dedik. U: «Rasulullohning menda nima ishlari bor?»— deya surishtira ketdi. Biz uning gaplariga e’tibor bermay, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga olib bordik. So‘ng, men Janob Rasulullohga o‘shal ayol bizga nimaiki degan bo‘lsa, barini aytdim. Ammo (musulmonlarga tobe’ bo‘lmagan) g‘ayridin ayol erkanligini ul zotga uning o‘zi aytdi. Keyin, Janob Rasululloh uning ikkala meshini olib kelmoqni amr qildilar-da, ularning pastki og‘izlarini yechdilar. So‘ng, biz qirq kishi meshlardagi suvdan o‘zimiz ham qonib ichdik, ulovlarimizni ham sug‘ordik, hatto barcha idishlarimizni ham to‘ldirib oldik. Biroq biz bir tuyanigina sug‘ormadik, chunki u o‘zi shunday ham ko‘p suv ichib olganidan yorilib ketay deb turgan erdi. Keyin, Janob Rasululloh: «Nimangiz bo‘lsa, hammasini bu ayolga beringizlar!» — dedilar. Odamlar non burdalari va xurmolarini to‘plab unga berishdi. So‘ng, ayol o‘z oilasiga borib: «Men eng sohir odamning qoshiga bordim, (bilmadim) balki u payg‘ambardur?» — dedi. Aytishlaricha, keyin Olloh taolo o‘shal ayol tufayli uning qavmiga hidoyat qilibdi, ayolning o‘zi ham, qavmi ham musulmon bo‘libdi». [Ayolning «Men eng sohir odamning qoshiga bordim, (bilmadim) balki u payg‘ambardur?» deganining boisi shuki, Janob Rasululloh muborak kaftlari birlan meshlardagi suvdan olib, yana qaytib quyib qo‘yganlaridan so‘ng, qirq kishi ichib, ulovlar sug‘orilib va barcha idishlar to‘ldirib olinganda ham ulardagi suv zarracha kamaymadi].
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:15:25
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zavro’ degan yerda erkanliklarida (tahorat uchun) bir idishda suv keltirishdi. Shunda ul zot muborak kaftlarini idish og‘ziga tutib erdilar, barmoqlari orasidan suv otilib chiqa boshladi. So‘ng, (butun) qavm o‘sha suvdan tahorat qilib oldi».

Qatoda: «Men Anasdan: «Necha kishi erdingizlar?» — deb so‘radim. U: «Uch yuz yoki uch yuzga yaqin» — dedi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:15:32
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men (Zavro’ degan yerda) asr namozi vaqtida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, ul zot odamlarga tahorat qilib olmoqni amr qildilar. Ammo, ular (barchaga yetarli) suv topisha olmadi. Keyin, Janob Rasulullohga (o‘zlarigagina yetadigan miqdorda) bir idishda suv keltirishdi. Ul zot o‘shal idishning og‘ziga muborak kaftlarini quyib turib, odamlarga tahorat qilmoqni amr qildilar. Shunda men ul zotning barmoqlari orasidan suv otilib chiqayotganini hamda odamlarning bittasi ham qolmay, tahorat qilib olganini ko‘rdim».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir necha sahobalari birlan birgaliqda safarga chiqdilar Ular yo‘lda ketayotganlarida namoz vaqti bo‘lib qolib, odamlar tahoratga suv izlab topisha olmadi. Shunda qavmdan bir kishi borib, tagi sayoz (yoki og‘zi keng) bir kichik idishda suv keltirdi. Janob Rasululloh uni olib, tahorat qildilar. So‘ng, o‘sha idishning og‘ziga to‘rt barmoqlarini tutdilar-da: «Turingizlar, tahorat qilingizlar!» — dedilar. Shunda tahorat qilmoq niyatida turgan butun qavm (ul zotning muborak barmoqlari orasidan otilib chiqayotgan suvdan) tahorat qilib oldi, vaholanki ular yetmishta yoki shunga yaqin kishi erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:15:47
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Asr) namozi vaqti bo‘lib qolib, masjidga yaqin (turadirgan) kishilar tahorat qilib kelmoq uchun uyiga ravona bo‘ldi, faqat bir qavm (masjidda) qoldi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sopol ko‘zada (bir oz) suv olib keldilar-da, qo‘llarini uning ichiga tiqib suv olmoqchi bo‘ldilar, ammo uning og‘zi kichiklik qildi. Shunda ul zot panjalarini ko‘za og‘ziga tutib turdilar, butun qavm (barmoqlari orasidan sizib chiqayotgan suvga) tahorat qilib oldi».

Humayd at-Tavil: «Ular necha kishi erdi? — deb so‘rasam, Anas: «Sakson kishi erdi» — deb aytdi», — deydilar.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni odamlar (suvsiz qolib) tashna bo‘lishdi. Ammo, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida bir (kichkinagina) meshchada suv bo‘lib, tahorat qildilar. Shunda odamlar (suv olmoq niyatida) shosha-pisha ul zotning tevaraklariga kelib to‘planishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga nima bo‘ldi?» — dedilar. Ular: «Sizdagi suvdan bo‘lak bizning na tahoratga va na ichishga suvimiz bor», — deyishdi. Janob Rasululloh qo‘llarini meshcha og‘ziga tutib erdilar, barmoqlari orasidan buloqdek suv otilib chiqa boshladi. Biz undan (qonib) ichdix hamda tahorat ham qilib oldik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:15:58
Solim bunday deydilar: «Necha kishi erdingizlar?» — deb (Jobirdan) so‘radim. U: «Yuz ming kishi bo‘lganimizda ham suv kifoya qilar erdi, ammo biz o‘shanda bir yarim ming kishi erdik», — dedi».

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Hudaybiya (g‘azoti) kuni bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Hudaybiya bir quduq bo‘lib, biz uning suvini so‘nggi tomchisiga qadar tortib oldik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bundan xabar topib, quduq labiga kelib o‘ltirdilar-da, bir idishda suv keltirmoqni amr qildilar. So‘ng, tahorat olib, og‘iz chayqagach, (Olloh taologa ichlarida) duo qildilar. Keyin, (tahorat olib, og‘iz chayqagan) suvni quduqqa quydilar. So‘ng, biz quduqdan sal nariroqqa borib turdik. Keyin, quduq (Janob Rasululloh quygan suvni) bizga (mo‘l qilib) qaytardi, o‘zimiz ham to‘yguncha ichdik, tuyalarimizni ham sug‘orib oldik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:16:06
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talha (xotinlari) Ummu Sulaymga: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ovozlarini arang eshitdim, bildimki ul zot (juda) och qolganlar. Biror yeguliging bormi?» — dedilar. Xotinlari: «Ha», — dedilar-da, bir necha arpa nonini olib chiqib ro‘mollariga tugib qo‘limga tutqazib qo‘ydilar. So‘ng, meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga jo‘natdilar. Men tugunni olib yo‘lga tushdim. Borsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qancha odamlar birlan birga masjidda o‘ltirgan erkanlar. Tepalariga borib erdim, ul zot menga: «Seni Abu Talha yubordimi?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Ul zot: «Taom berib yubordimi?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Ul zot o‘zlari birlan o‘ltirgan odamlarga: «Turingizlar!» — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh (ularni boshlab) yo‘lga tushdilar. Men ulardan oldinroq yetib bordim-da, Abu Talhaga (Janob Rasululloh birlan bir qancha odamlar kelishayotgani haqida) xabar qildim. Abu Talha (xotinlariga): «Ey Ummu Sulaym, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir necha kishilar birlan kelibdilar, vaholanki bizda ularni to‘ydirarlik (mehmon qilarlik) biror narsamiz yo‘q», — dedilar. Ummu Sulaym: «Olloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq bilgaylar!» — dedilar. So‘ng, Abu Talha tashqariga chiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni kutib oldilar. Keyin, Janob Rasululloh Abu Talha birlan birgaliqda ichkariga kirishdi. Shunda ul zot: «Ey Ummu Sulaym, boringni olib kelaver!» — dedilar. Ummu Sulaym (o‘zlari tugib bergan) boyagi nonlarni keltirib erdilar, ul zot nonga qo‘shib yeydirgan biror nonxurush olib kelmoqni amr qildilar. Ummu Sulaym yog‘ idishlarini silqitib, (mevalardan) nonxurush tayyorlab berdilar. Janob Rasululloh (tanovul qilib bo‘lgach, non birlan) nonxurush xususida Olloh taolo iroda qilgancha (maqtov so‘zlarini) aytdilar. Keyin, ul zot (Abu Talhaga): «(Men birlan kelgan odamlardan) o‘ntasiga ijozat ber, (ichkariga kirsin!)» — dedilar. Abu Talha ularga ijozat berdilar. Ular to‘yguncha yeb chiqib ketishdi. Sung, ul zot: «(Yana) o‘n kishiga ijozat ber!» — dedilar. Abu Talha ularga ijozat berdilar. Ular (ham) to‘yguncha yeb chiqib ketishdi. So‘ng, ul zot: «(Yana) o‘n kishiga ijozat ber!»— dedilar. Shu tariqa butun qavm, ya’ni Janob Rasululloh birlan birga kelganlarning hammasi to‘yguncha tanovul qilishdi, vaholanki ular yetmish yoki sakson kishi erdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:16:21
Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz g‘ayri tabiiy voqea-hodisalarning (ba’zisini) Olloh taoloning barakoti (tufayli ro‘y beradi), deb hisoblar erdik. Sizlar ersangizlar, ularning barchasini (Olloh taolo o‘z bandalarini) qo‘rqitib qo‘yish (uchun sodir qiladi), deb hisoblaysizlar. (Masalan, Janob Rasulullohning ko‘p sonli qo‘shinni ozgina taom birla to‘ydira olganlari Olloh taoloning barakoti tufaylidur. Quyosh yoki Oyning tutilishi ersa, Olloh taoloning o‘z bandalarini qo‘rqitib qo‘ymog‘idur). Biz (bir kuni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda (g‘azotda) bo‘ldik. Shunda suvimiz oz qolgan bo‘lib, Janob Rasululloh: «Qolgan suvni keltiringizlar!» — dedilar. So‘ng, ul zot bir idishda ozgina suv keltirishgach, (muborak) qo‘llarini idishning ichiga tiqdilar-da: «Muborak poklovchi (suv)ga oshiqingizlar, baraka ersa, Olloh taolodandur!» — deb marhamat qildilar. Shundan so‘ng, men Janob Rasulullohning barmoqlari orasidan suv otilib chiqayotganini ko‘rdim. (Ko‘pincha) biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida yeyilayotgan taomning (Olloh taologa) tasbih aytayotganini eshitar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:16:29
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam qarzlarini uzolmay vafot etib qoldilar). Keyin, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, otamning o‘z qarzlarini uzolmay vafot etib qolganlarini hamda menda ul kishining xurmozorlari hosilidan bo‘lak hech vaqo yo‘qligini, qarzlarini uzishga ersa xurmozorlarining ikki yillik hosili ham yetmasligini aytdim. Shunda Janob Rasululloh qarz bo‘ynimda yuk bo‘lib yetmasligi uchun men birlan birga (xurmozorga) bordilar-da, xurmo hosili g‘aramlaridan birining atrofini bir aylanib chiqdilar. So‘ng, duo o‘qib, o‘shal g‘aramning yoniga kelib o‘ltirgach, (qarzini qistab kelganlarga): «Ana shu garamni olingizlar!» — dedilar. O’shal birgina g‘aramning o‘zi qarzni to‘la-to‘kis uzishimga bemalol yetib, yana o‘shancha ortib ham qoldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:16:38
Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Al-Masjid an-Nabaviydagi soyabonli) supada (yashovchilar) faqir odamlar erdi. (Bir kuni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimning ikki kishiga yetadigan yeguligi bo‘lsa, (supada yashovchi kishilardan) uchtasini va kimning to‘rt kishiga kifoya qiladigan taomi bo‘lsa, (ulardan) beshtasini va kimning besh kishilik yeguligi bo‘lsa, (ulardan) oltitasini (uyiga) olib ketsin!» — deb marhamat qildilar. Shunda (otam) Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhu (supa ahlidan) uchtasini. (uyimizga) olib keldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersalar, (ulardan) o‘ntasini olib (uylariga) ravona bo‘ldilar. O’shanda hovlimizda men, otam (Abu Bakr as-Siddiq), onam («xotinim va mening oilam birlan ota-onamga xizmat qilguvchi xodim» deb ham aytgan erdilar shekilli Abdurrahmon) istiqomat qilar erdik. (Otam) Abu Bakr as-Siddiq (mehmonlarni uyda qoldirib, o‘zlari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida kechki ovqatni yeb keldilar, so‘ng (mehmonlar birlan birgalikda) xufton o‘qildi. Keyin, otam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga qaytib ketdilar-da, ul zot kechki ovqatni yegunlariga qadar o‘shal yerda bo‘ldilar. (Bu yerda chalkashlik bo‘lib, yuqorida Abu Bakr as-Siddiqning Janob Rasululloh huzurlarida kechki ovqatni yeb kelganlari aytilgan erdi. Imom Muslim keltirgan hadislarida «ul zotni mudroq bosgunga qadar» deyilgandur). So‘ng, (otam) Abu Bakr as-Siddiq tunning Olloh taolo iroda qilgancha (qismi) o‘tganda (uyga) keldilar. Xotinlari (ya’ni, onam) ul kishiga: «Ne sababdan mehmonlaringiz huzuriga kechikib keldingiz?» — dedilar. (Otam) Abu Bakr as-Siddiq: «Ularni ovqatlantirmadingmi?» — dedilar. (Onam): «Taom keltirilib erdi, siz kelguningizcha yemoqdan bosh tortishdi», — dedilar. Shunda men (otam urishadilar, deb) bir yerga borib berkinib oldim. (Otam) Abu Bakr as-Siddiq (meni mehmonlarga yaxshi qaramagan, deb uylab): «Ey befarosat!» — deb chaqirdilar-da, (burning yoki quloqlaring yoxud lablaring qirqilsin, degan ma’noda) qarg‘adilar. Keyin, (mehmonlarning o‘zlari kechroq ovqatlanmoqni istaganlarini bilgach): «Olingizlar, yengizlar! (Uzr, meni deb) o‘z vaqtida (taomdan) lazzatlana olmabsizlar, xudo haqi, men mutlaqo yemayman!» — dedilar. Olloh taologa ont ichamanki, (taomdan) qancha luqma olib yemaylik, (kamayish o‘rniga) tagidan tobora ko‘payib borar, hatto hamma to‘yib yegandan keyin ham ilgarigidan ko‘p erdi. (Otam) Abu Bakr as-Siddiq taomning boyagidek turganini (yoki ilgarigidan ham ko‘proq ekanligini) ko‘rib, xotinlariga (ya’ni, onamga): «Ey Firoszoda, bu ne hol?» — dedilar. (Onam): «Ko‘zim gavhari(ni yaratgan zot) haqiki, (taom) hozir ilgarigidan uch barobar ko‘p, (deb ayta olaman, xolos)» — dedilar. (Bu g‘ayri tabiiy hodisa Janob Rasulullohning mo‘‘jizalaridan biri bo‘lib, Abu Bakr as-Siddiqning qo‘llarida zohir buldi. Bu ersa, Abu Bakr as-Siddiqning karomat sohibi erkanliklarini ko‘rsatadi). Sung, (otam) Abu Bakr taomdan o‘zlari ham yegach: «Darhaqiqat, bu shaytonning qilmishi erdi (ya’ni, shaytonning vasvasasi tufayli «mutlaqo yemayman» deb qasam ichib erdim)» — dedilar. Keyin, ul kishi (mehmonlar ko‘nglini yozish uchun) yana bir luqma yegach, taomni Janob Rasulullohga (ilinib) olib ketdilar va ul zotning huzurlarida tong ottirdilar. Biz birlan bir qavm o‘rtasida sulh tuzilgan bo‘lib, uning muddati tugagach, (ular Madinaga kelishdi). Biz ulardan o‘n ikkitasini ajratib, har birini bir guruhga boshliq qilib qo‘ydik. Ammo, har birining qo‘l ostida qancha odam borligi Olloh taoloning o‘zigagina ayon». «Abdurrahmon ibn Abu Bakrning aytishicha, — deydilar roviy Abu Usmon, — o‘sha kishilarning barchasi Abu Bakr as-Siddiq keltirgan taomdan tanovul qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:16:45
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Madina ahli qahatchilikka giriftor bo‘ldi. Bir mahal ul zot jum’a kuni xutba qilib turib erdilar, bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, mollar qirilib ketdi, qo‘ylar qirilib ketdi, Olloh taologa duo qilingiz, bizlarga yomg‘ir yuborsin!» — dedi. Shunda ul zot qo‘llarini (fotihaga) ko‘tarib duo qildilar. Osmon shisha kabi tiniq erdi. Birdan shamol ko‘tarilib, bulutlarni haydab kela boshladi. So‘ng, bulutlar quyuqlashib, osmon Madina ustiga yomg‘ir yubordi. Biz tashqariga chiqdik-da, (yomg‘irda) bo‘kkancha uyimizga yetib oldik. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. (Janob Rasululloh kelasi jum’a kuni xutba qilib turganlarida) o‘sha kishi yoki boshqa birov oldilariga kelib: «Yo Rasulalloh, uylar vayron bo‘ldi, Olloh taologa duo qilingiz, yomg‘irni tuxtatsin!» — dedi. Janob Rasululloh bir tabassum qilib qo‘ydilar-da, so‘kg: «(Yo parvardigoro), ustimizga emas, balki atrofimizga (ya’ni, Madinaga emas, balki uning atrofiga yomg‘ir yog‘dirgil!)» — deb duo qildilar. Shunda men bulutlarning (cho‘pon amriga itoat qilib ketayotgan) poda singari Madina atrofiga (chiqib) ketayotganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:16:56
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir xurmo to‘nkasi ustiga chiqib xutba qilar erdilar. Ul zotga (maxsus) minbar yasab berishganda, unga chiqib erdilar, xurmo to‘nkasi (bo‘talog‘idan judo, qilingan tuya yanglig‘) nola qildi. Shunda Janob Rasululloh uning oldiga kelib, muborak qo‘llari birlan silab erdilar, (jimib qoldi)».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kunlari bir yog‘och (to‘nka) yoki xurmo (to‘nkasi) ustiga chiqib xutba aytar erdilar. (Bir kuni) bir ansoriya ayol yoki erkak: «Yo rasulalloh, sizga minbar yasab beraylikmi?» — dedi. Ul zot: «Agar istagingiz (shu bo‘lsa, mayli)», — dedilar. Keyin, ul zotga minbar yasab berishdi. Jum’a kuni kelgach, ul zot minbarga chiqib erdilar, xurmo (to‘nkasi) yosh boladek ingrab yubordi. Shunda ul zot minbardan tushib, uni bag‘rlariga bosdilar, (xurmo to‘nkasi jimib qoldi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:17:04
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Masjid tomini xurmo yog‘ochidan qilingan ustunlar ko‘tarib turar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytadigan bo‘lsalar, (masjid qurilishidan ortib qolgan ana shu) ustunlardan birining ustiga chiqib olar erdilar. Ul zot o‘zlariga (maxsus) minbar yasab berilgach, uning ustida (xutba aytayotgan erdilar), mazkur xurmo yog‘ochidan (bo‘talog‘idan ayrilgan) tuya nolasi yanglig‘ bir (mungli) ovoz chiqayotganini eshitdik. Ul zot borib, uning ustiga muborak qo‘llarini qo‘yib erdilar, jimib qoldi».

Abu Voil raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu: «Qaysi biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna haqidagi hadislarini eslab qolgansiz?» — dedilar. Huzayfa: «Men ul zot bu xususda nima degan bo‘lsalar, shundayligicha eslab qolganman», — dedilar. Hazrat Umar: «Qani, aytaveringiz, sizning bunga jur’atingiz yetadi!» — dedilar. Huzayfa: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam marhamat qilganlarki, kishining fitnasi o‘z oilasida (ya’ni, kishi o‘z oilasini deb har qancha tavba va amali solihlar yuva olmaydigan gunohovar ishlarni qiladi), mol-dunyosida (ya’ni, kishi harom-xalish yo‘llar birlan boylik orttirib, uni bola-chaqasiga sarf qiladi), farzandida (ya’ni, kishi farzandiga ortiqcha muhabbat qo‘yib, u birlan ovora bo‘lib, ko‘p yaxshiliklardan uni mahrum qiladi yoki uni deb Olloh taolo ta’qiqlaridan qo‘rqmay, egri yo‘l birlan pul topish yo‘liga kirib ketadi) va qo‘shnisida (ya’ni, kishi o‘z boshiga tushgan kulfatni qo‘shnisining boshiga ham tushmog‘ini yoxud qo‘shnisining boshi sira kulfatdan chiqmasligini niyat qiladi). Bu fitnalarni (besh vaqt) namoz, Ro‘za, sadaqa, (zakot), amri ma’ruf va nahiy munkar daf qilur», — dedilar. Hazrat Umar: «Men siz nazarda tutgan fitna xususida emas, balki dengiz to‘lqinlari yanglig‘ (ommaviy buzg‘unchilik quvvatiga ega katta) fitna haqida so‘rayotirman», - dedilar. Huzayfa: «Ey Amiral mu’miniyn, siz (bunday) fitnadan xavotir qilmasangiz ham bo‘ladi, siz birlan (bunday) fitna o‘rtasidagi eshik yopiqdur (ya’ni, siz hayot erkansiz, biror fitna sodir bo‘lmas)», — dedilar. -Hazrat Umar: «O’shal eshik (mendan keyin) sindiriladimi yoki ochiladimi?» — dedilar. Huzayfa: «Sindiriladi (buziladi)», __ dedilar. Hazrat Umar: «Agar sindirilsa (buzilsa), to abad (qayta) yopib bo‘lmagay», dedilar. (Bu yerda Hazrat Umardan keyin fitna chiqib, Hazrat Usmonning o‘ldirilishlariga ishora qilinyapti)».
Keyinchalik, Huzayfadan: «Hazrat Umar o‘shal eshikning (kim ekanligini) bilarmidilar?» — deb so‘rashdi. Shunda Huzayfa: «Ha, tunning tongdan yaqinligini (ya’ni, tongdan ilgari tun bo‘lishini) bilganlaridek bilar erdilar», - dedilar. Huzayfa: «Men Hazrat Umarga hadisni xatosiz aytib berdim», — deydilar. Sung: «O’shal eshik kim edi?» — deb so‘rashdi. Huzayfa: «Hazrat Umar» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:17:12
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Poshnalari (yoki oyoq kiyimlari) jundan (qilingan) qavmga qarshi urushmaguningizga qadar va ko‘zlari kichik (qisiq), yuzlari qizg‘ish, burunlari pachoq, yuzlari g‘adir-budir qalqon singari (sergo‘sht va yapaloq), poshnalari jundan (qilingan) turklarga (turkiy elatga) qarshi jang qilmaguningizga qadar Qiyomat bo‘lmas. Sizlar bu ishni (ya’ni, adolat birlan hukmdorlik qilishning qiyinligi boisidan xalifa yoki amir bo‘lmoqni) to (Olloh taolo o‘zi) taqdir qilmagunga qadar mutlaqo xushlamaydigan yaxshi odamni (ham) uchratgaysizlar. Shuningdek, sizlar (tarkibida ham nodir, ham nokerak jinslar mujassam bo‘lgan) ma’danlar (kabi ham yaxshi, ham yomon xislatlarga ega) insonlarni uchratgaysizlar. Johiliyat davridagi insonlarning yaxshilari, agar ular (din borasida) faqih bo‘lib olgan bo‘lsalar, Islom davridagi insonlarning ham yaxshisidurlar. Albatta, (mendan keyin) shunday bir zamon keladiki, unda har biringiz (ya’ni, har bir sahoba hamda ulardan keyin yashaydirgan har bir mo‘‘min) o‘zining oilasi va mol-dunyosi kabi (narsalari) bo‘lmog‘i(ni orzu qilgani)dan ko‘ra ko‘proq meni ko‘rmoqni orzu qiladi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlar (ya’ni, musulmonlar) Xuz va Kirmon (tomondan keladirgan) qizg‘ish yuzli, pachoq burunli, kichik (qisiq) ko‘zli ajamiy (ya’ni, arab bo‘lmagan) ikki elatga qarshi urushmaguningizga qadar Qiyomat bo‘lmas. Ularning yuzlari g‘adir-budir qalqon singari (sergo‘sht va yalpoq) bo‘lib, poshnalari (yoki poyabzallari) jundan (qilingandur)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:17:20
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat arafasida poshnalari (yoki poyabzallari) jundan (qilingan) bir qavm birlan urushursizlar», — dedilar».

Amr ibn Tag‘lib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Sizlar Qiyomat arafasida jun poyabzal kiyadirgan qavmga hamda yuzlari g‘adir-budir qalqon singari (sergo‘sht va yapaloq) qavmga qarshi urushasizlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:17:27
Abdulloh ibn Umar raziyaplohu anhu rizoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Sizlar (Qiyomat arafasida) yahudiylarga qarshi urushib, ularni yengasizlar. Shunda hattoki (Qora) Tosh ham: «Ey musulmon, mening ortimda yahudiy (berkinib) turibdi, uni o‘ldir!» — deydi».

Abu Sa’id raziyaplohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Shunday bir zamon keladiki, unda odamlar (musulmonlar) g‘azot qiladilar. Shunda ularga: «Sizlarning orangizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qilganlar bormi?» — deyiladi. Odamlar: «Ha», — deyishadi. Shundan so‘ng, ularga zafar muyassar bo‘ladi. So‘ng, ular yana g‘azot qiladilar. Shunda ularga: «Sizlarning orangizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalariga sahobalik qilganlar bormi?» — deyiladi. Ular: «Ha», — deyishadi. Shundan so‘ng, ularga zafar muyassar bo‘ladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:17:35
Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirganimda bir kishi kelib qashshoqlikdan shikoyat qildi. So‘ng, yana bir kishi kelib yo‘lto‘sarlardan (qaroqchilardan) shikoyat qildi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Adiy, Hiyra (Furot daryosi yaqinidagi tarixiy shahar)ni ko‘rganmisan?»— dedilar. Men: «Sira ko‘rmaganman, uning haqida eshitganman, xalos», — dsdim. Ul zot: «Agar umring uzun bo‘lsa, bir ayolning Olloh taolodan bo‘lak hech kimsadan qurqmay, Hiyradan taxtiravonda kelib Ka’bani tavof qilganini albatta ko‘rgaysan», — dedilar. Men o‘zimga o‘zim: «Mamlakatda fitna olovini yoqqan ochko‘z (Kisroning) shaytonlari (yo‘lto‘sarlari), hali qarab turinglar! Agar umring uzun bulsa, Kisro (Xusrav) xazinalarini albatta qo‘lga kiritgaysan!» — deb qo‘ydim. So‘ng: «(Ismi) Kisro (Xusrav) ibn Hurmuzmi?» — dedim. Ul zot: «(Ha), Kisro ibn Hurmuz», — dedilar-da, so‘ng bunday deb gaplarida davom etdilar: «Agar umring uzun bulsa, hovuchi to‘la tilla yoki kumush olib chiqib, kimga berishini bilmay, biror sadaqa oladirgan kimsani topolmay yurgan odamni albatta ko‘rgaysan. Sizlardap bir kishi Qiyomat kuni Olloh taologa ro‘para bulgay. Shunda u birlan Olloh taolo urtasida tarjimonlik qilguvchi tilmoch bo‘lmagay. Olloh taolo (undan): «Senga payg‘ambar yubormaganmidim?! U (mening ahkomlarimni) senga yetkazmaganmidi?!» — deb so‘ragay. U: «Ha, payg‘ambar yuborgan erding, u myonga (ahkomlaringni) yetkazgan erdi», — dsgay. Sung, Olloh taolo: «Men senga mol-dunyo (va farzandlar) ato etib, marhamat qilmaganmidim?!» — deb so‘ragay. U: «Ha, menga mol-dunyo va (farzandlar) ato etib marhamat qilgan erding», — degay-da, o‘ng tomoniga qarab jahannamdan bo‘lak narsani kurmagay, keyin chap tomoniga qarab ham jahannamdan bo‘lak narsaga ko‘zi tushmagay»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:17:49
Adiy ibn Hotim: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Yarimta xurmo birlan bo‘lsa ham, do‘zaxdan qo‘rqingiz! (ya’ni, «Loaqal yarimta xurmo sadaqa qilib, o‘zingizni do‘zax azobidan xalos qilingiz!). Yarimta xurmo sadaqa qilishga ham qurbi yetmagan kishi ersa, unga (tilamchiga) yaxshi so‘z aytsin!» — deganlarini eshitganman», — dedilar.

Adiy ibn Hotim: «Keyin, men (Janob Rasululloh aytgan) o‘shal ayolning Olloh taolodan bo‘lak hech kimdan qo‘rqmay, Hiyradan taxtiravonda kelib Ka’bani tavof qilganini ko‘rdim, shuningdek Kisro (Xusrav) ibn Hurmuzning xazinalarini qo‘lga kiritishda ham ishtirok etdim. Sizlar, agar umringiz uzun bo‘lsa, Payg‘ambarimiz sallallohu ayaayhi va sallam aytgan o‘shal sadaqa uchun bir hovuch oltin yoki kumush olib chiqib, tilamchi topolmaydirgan kishini ko‘rursizlar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:17:57
Uqba ibn Omir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, bir kuni  Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidga) chiqdilar-da, (bundan yetti yoki sakkiz yil avval) Uhud g‘azotida shahid bo‘lganlarga bag‘ishlab mayyitga (o‘likka) o‘qiydirgan namozlarini o‘qidilar (ya’ni, odatda mayyitga o‘qiladirgan namoz o‘qib, ularning ruhlariga duoi fotiha qildilar). So‘ng, minbarga chiqib bunday dedilar: "Darhaqiqat, men (Havzi  Kavsarim bo‘yiga) sizlardan ilgari (borgay)man,  men sizlar(ning amallaringizning)  shohidiman. Darhaqiqat,  Olloh taolo haqi,   men  hozir Havzi   (Kavsarim)ni ko‘rib turibman. Darhaqiqat, Yer xazinalari kalitlari menga topshirildi (ya’ni, mendan keyin ummatimga Yer boyliklari ochib beriladi). Olloh taolo haqi, men sizlar o‘zimdan keyin mushrik bo‘lib ketasizlar, deb xavotirlanmayman, balki boylik borasida o‘zaro raqobatlashasizlar, deb cho‘chiyman».

Urva ibn Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qal’a (yoki minora) tepasiga chiqdilar-da: «Men ko‘rayotgan narsani ko‘ryapsizlarmi? Darhaqiqat, men uylaringiz atroflarida fitnalar chiqib, (butun) mamlakatga tarqalishini ko‘rib turibman», - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:18:04
Ummu Habiba binti Abu Sufyon raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘rqinch birla (xotinlari) Zaynabning huzurlariga kirib keldilar-da: «Lo iloha illallohu! Yaqinlashib qolgan yomonliqdan arablarning (ya’ni, musulmonlarning) holi voy bo‘lgay! Bugun Ya’juj va Ma’juj oldidagi to‘siq mana shuncha ochildi» — deb ikki barmoqlarini halqa qilib ko‘rsatdilar. Shunda Zaynab: «Yo Rasulallah, oramizda solih kishilar bo‘la turib halok bo‘lamizmi?» — dedilar. Ul zot: «Ha, agar yomonlik ko‘payib ketsa» — deb aytdilar».

Abu Sa’id al-Xudriy raziyaplohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yaqin kelajaqda qo‘ylar musulmonning eng yaxshi moli bo‘lib qolib, u o‘z dinini fitnalardan olib qochish maqsadida ularni tog‘lar tepasiga va yomg‘ir yog‘adirgan yerlarga (ya’ni, vodiy-u cho‘llarga) haydab ketadi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:18:12
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «(Kelgusida) shunday fitnalar sodir bo‘ladiki, ulardan o‘zini olib qochguvchi kishi ularni chetda turib kuzatguvchi kishidan, ularni chetda turib kuzatguvchi kishi yurguvchi (ya’ni, o‘z ishi birlan ketayotib, beixtiyor fitnaga aralashib qolguvchi) kishidan va yurguvchi kishi ersa yugurguvchi (ya’ni, yugurishi sababli fitnani alangalantirib yuborguvchi) kishidan yaxshiroqdur. Kim fitnaga qarshi tursa, fitna ham unga qarshilik qilur va kim fitnadan o‘zini olib qochsa, fitna ham undan yiroq bo‘lur. Kim (fitnaning yomonligidan) panoh topsa, (o‘shal yerga) qochsin!».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Hozir mavjud) ummatimning halokati Quraysh yoshlari qo‘lidadir», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:18:25
Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan odamlar yaxshilik xususida so‘rashar, men ersam, boshimga tushmog‘idan xavotir olganimdan, yomonlik haqida so‘rar erdim. Shunda men: «Yo Rasulalloh, biz johiliyat davrida ham yashadik, u ersa yomonlik (ya’ni, fitnalar davri) erdi. Keyin, Olloh taolo bizga bu yaxshilikni (ya’ni, Islomni) ato etdi. Aytingizchi, ana shu yaxshiliqdan so‘ng yomonlik bulgaymi?» — dedim. Ul zot: «Ha», — dedilar. Men: «O’shal yomonlikdan so‘ng yana yaxshilik bo‘lgaymi?» — dedim. Ul zot: «Ha, lekin tutun (loyqa, iflos) aralash bo‘lgay»,— dedilar. Men: «Undagi tutun (loyqa, iflos) nima?» — dedim. Ul zot: «Bir qavm (odamlarni) to‘g‘ri yo‘ldan olib bormaydi (ya’ni, mening sunnatim buyicha idora qilmay qo‘yadi). Sen ulardan (ya’ni, o‘shal davr odamlaridan) yaxshisini tanib (ko‘rib), shukr qilasan va yomonini (loyqasini, iflosini) tanib (ko‘rib), nafratlanasan», — dedilar. Men: «O’shal yaxshilikdan keyin yana yomonlik bo‘lgaymi?» — dedim. Ul zot: «Ha, jahannam darvozalari tomon chorlovchilar (ya’ni, zalolat va bid’atga) chorlovchilar chiqqay. Kimda-kim ularning (jahannamga chorlab qilgan) da’vatiga javob bersa, uni jahannamga tashlarlar», — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, bizga ularning belgilarini tasvirlab beringiz!» — dedim. Ul zot: «Ular bizning terimizdan (ya’ni, ular o‘z millatimizdan) bo‘lib, bizning tilimizda (ya’ni, Olloh taolo va Rasululloh va ahkomlari xususida) so‘zlagaylar», — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, agar men (o‘shal odamlar davrigacha) yetib borsam, ne qilmog‘imni buyurursiz?» — dedim. Ul zot: «Musulmonlar jamoasi va ularning imomiga (ya’ni, amiriga) ergashasan, (hattoki u zolim bulsa ham)», — dedilar. Men: «Ularning na jamoasi va na imomi (amiri) bo‘lmasa-chi?» — dedim. Ul zot «Unda o‘la-o‘lguningcha daraxt ildizlarini g‘ajib kun kechirsang-da, o‘shal toifadan o‘zingni olib qochgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:18:33
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qurayshning anavi mahallasi ahli (mol-dunyo uchun urush qilib) odamlarni halok qilgay», — dedilar. Sahobalar: «O’shanda ne qilmog‘imizni buyurgaysiz?» — deyishdi. Ul zot: «Qani endi, odamlar ulardan o‘zlarini olib qochsalar, (o‘zlari uchun yaxshi bo‘lur erdi!)» dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Da’vatlari bir bo‘lgan (ya’ni, bir dinga da’vat qilguvchi) ikki katta guruh odamlari o‘zaro urushmaguncha Qiyomat bo‘lmas. Shuningdek, o‘ttiztacha kazzob (yolg‘onchi, aldoqchi) dajjollar paydo bo‘lib, har biri o‘zini Olloh taoloning rasuli deb da’vo qilmaguncha Qiyomat bo‘lmas», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:18:43
Abu Sa’id alHudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va saldamning huzurlarida ekanligimizda ul zot o‘lja taqsim qilayotgan erdilar. Shunda Tamim qabilasiga mansub Zul-Xuvaysira ismli bir kishi kelib: «Yo Rasulalloh, adolat qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh (unga): «Sho‘ring qursin, men adolat qilmay, kim adolat qiladi? Agar men adolat qilmaganimda aldangan (xarob bo‘lgan) bo‘lur erding! Agar men adolat qilmaganimda zalolatga yuz tutgan bo‘lur erding!» — dedilar. Hazrat Umar «Yo Rasulalloh, ijozat bersangiz, uning bo‘ynini uzib tashlayin!» — dedilar. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Qo‘y, tegma, uning shunday sheriklari borki, ular o‘zlarining namozlari birlan namozlaringizni, ro‘zalari birlan ro‘zangizni tahqirlarlar. Ular Qur’onni bo‘g‘izlaridan nariga o‘tkazmay o‘qirlar va o‘q kamondan otilib chiqqani kabi (tez) dindan chiqurlar. (Bu shunga o‘xshaydiki), kamonchi (biror ovga o‘q uzadi), so‘ng ov etidan biror parcha ilinib qolganmikan, deb o‘qning poynagiga qaraydi, ammo unda hech narsa bo‘lmaydi, keyin u o‘qning bandiga qaraydi, unda ham hech narsa bo‘lmaydi, so‘ng u o‘qning patiga qaraydi, unda ham hech narsa bo‘lmaydi. Keyin, u shubhalanib, poynakning uchiga qarab ham hech narsa ko‘rmaydi, o‘q ovni teshib o‘tib, uning jig‘ildoni (oshqozoni)dagi axlatu qonga belangan bo‘ladi, xolos. Ularning (ya’ni, Qur’onni bo‘g‘zidan nariga o‘tkazmay o‘qiydirgan qavmning) belgilari shuki, ranglari qora, ikki bilaklaridan biri ayol ko‘kragi yoki bir parcha et singari dirkillab xuradi, ular odamlar orasida ixtilof yuzaga kelganda chiqadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:18:54
Abu Sa’id al-Xudriy: «Ont ichamanki, men bu hadisni Janob Rasulullohning o‘zlaridan eshitganman! Olloh taolo haqi, Hazrat Ali va men ikkalamiz ularga qarshi jang qilganmiz. Keyin, Hazrat Ali o‘shal kishilardan birining jasadini olib kelishni buyurganlar, shunda men Janob Rasululloh aytgan belgilarning unda mavjudligini ko‘rganman», — deydilar.

Suvayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu bunday deb aytdilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Zamon oxirida o‘zlari yosh-u orzulari ahmaqona va gapga chechan bir qavm dunyoga kelur. Ular kamondan otilgan o‘q yanglig‘ Islomdan tez chiqurlar, iymonlari bo‘g‘izlaridan nariga o‘tmas (ya’ni, iymonlari qalblarida emas, balki til uchida bo‘lur). Ularni qaerda ko‘rsangizlar, o‘ldiringizlar, chunki ularning o‘limi uchun Qiyomat kuni sizlarga ajru savob ato etilg‘usidur» — deb marhamat qilganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:19:04
Xabbob ibn al-Arat raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qildik, shunda ul zot Ka’ba soyasida choponlarini boshlari ostiga qo‘yib (dam olib) yotgan erdilar. Biz ul zotga: «Yo Rasulalloh, bizga Olloh taolodan nusrat so‘rab duo qilmaysizmi?» — dedik. Ul zot: «Sizlardan ilgari (yashab o‘tgan payg‘ambarlar) orasida bir payg‘ambar bo‘lgan erdi. (Bir kuni) uning ummati yerga chuqur kavlab, uni unga tashlashdi. So‘ng, arra olib kelishib, boshining qoq o‘rtasidan arralashdi, shunda ham u o‘z dinidan voz kechmadi. Keyin, ular temir taroq olib kelishib, uning go‘shtini (suyaklari ko‘ringuncha) tarashdi, shunda ham u o‘z dinidan voz kechmadi. Olloh taolo haqi, bu ish (ya’ni, Islom ishi) albatta nihoyasiga yetib (ya’ni, g‘alaba qilib), hatto ulov mingan kishi Olloh taolodan bo‘lak hech narsadan qo‘rqmay yoki qo‘ylarimni bo‘ri yeb ketadi, deb xavotir olmay (ya’ni, kofirlar tajovuzidan cho‘chimay), San’odan Hazramavtga (ikkalasi ham Yamanda) borguvsidur. Ammo, sizlar shoshilayotirsizlar», — dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir mahal Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sobit ibn Qaysni qidirib qoddilar. Shunda bir kishi: «Yo Rasulalloh, Men uning (qaerdaligini) bilib kelaman», — dedi-da, uni izlab uyidan topdi, u boshini xam qilgan holda o‘ltirar erdi. Boyagi kishi: «Senga nima buldi?» — dedi. Sobit ibn Qays: «Juda yomon ish bo‘ldi, ovozimni Janob Rasulullohning ovozlaridan baland ko‘tarib yubordim, endi barcha amali solihlarim habata bo‘lib, do‘zax ahlidan biri bo‘lib qoldim», — dedi. So‘ng, boyagi kishi Janob Rasulullohning huzurlariga qaytib bor gapdan ul zotni xabardor qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:19:14
Muso ibn Anas (shul xususda) bunday deydilar: «Keyin boyagi kishi Janob Rasulullohning buyuk bashoratlarini yetkazgali Sobit ibn Qaysning huzuriga yana qaytib bordi. O’shanda Janob Rasululloh unga: «Sobit ibn Qaysning oldiga borgil-da, sen do‘zax ahlidan emas, balki jannat ahlidan ekansan, deb ayt!» — degan erdilar».

Baro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Bir kishi «Al-Kahf» surasini qiroat qildi, shunda hovlida ulov bor bo‘lib, u (bir narsadan) hurkiy boshladi. Boyagi kishi (namozini tugatib), ikki yelkasiga salom bergach, tepasida tuman yoki bulutga o‘xshash narsa turganini ko‘rdi. Sung, u shul haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytgan erdi, ul zot: «O’shal surani o‘qiyverganingda u ketib qolmas erdi, u Sakina (orom farishtasi) bo‘lib, Qur’on eshitgali tushgandur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:19:22
Baro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhu otam uydaliklarida oldilariga keldilar-da, ul kishidan egar sotib oldilar. So‘ng, otamga: «O’g‘lingni men birla jo‘nat, egarni uyimga ko‘tarishib borsin!» — dedilar. Men egarni ko‘tarishib oldim. Otam egarning pulini olishga ketimizdan chiqdilar-da, u kishiga: «Ey Abu Bakr, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga kechasi safarga chiqqaningizda ikkingiz nimalar qilganingizni menga hikoya qilib beringiz!» — dedilar. Shunda Abu Bakr as-Siddiq bunday deb aytdilar: «Ha, biz o‘sha kuni tun bo‘yi va ertasiga kunduzi soya tik turgungacha (ya’ni, kunning qoq yarmigacha) yo‘l yurdik. Yo‘l huvillab, biror o‘tkinchi ko‘rinmay qoldi. Keyin, oldimizda bir baland qoya (yoki katta tosh) ko‘rindi, uning ostida soya bo‘lib, ul yerga Quyosh nurlari tushmas (etib kelmas) erdi. Biz o‘shal yerda to‘xtadik. Keyin, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yetib uxlasinlar, deb yerni qo‘lim birlan tekisladim-da, ustiga po‘stak to‘shadim. So‘ng: «Yo Rasulalloh, siz yetib uxlangiz, men ersam atrofingizni bir kuzatib kelaman», — dedim. Ul zot yetib uxlagach, chor atroflarini kuzatib yurib erdim, biz kabi soyada dam olmoq bo‘lib qoya tomon qo‘ylarini haydab kelayottan bir cho‘ponga ko‘zim tushdi. Men unga: «Ey yigit, sen kimning cho‘ponisan?» — dedim. U: «Madinalik (eki Makkalik) bir kishining cho‘poniman» — deb javob berdi. Men unga: «Qo‘ylaring ichida suti bor sovlig‘ing bormi?» — dedim. U: «Ha, bor», — dedi. Men: «Sog‘ib berasanmi?» — dedim. U: «Mayli», — dedi. Keyin, u bir sovliqni tutdi. Men unga: «Uning yelinini turpoq, jun va changdan tozalagil!» — dedim. U (aytganimni qilgach), bir chelakka quyuq sut sog‘ib berdi. Men sutni o‘zimdagi idishga quyib oldim-da, miriqib ichsinlar, (so‘ng turib) tahorat olsinlar, deb Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga olib ketdim. Qoshlariga borgach, uyg‘otgim qelmay, o‘zlari uyg‘onishlarini kutishga qaror qildim. Keyin, sovusin deb sutga bir oz suv quydim. Janob Rasululloh (uyg‘ongach): «Yo Rasulalloh, ichingiz!» — dedim, ul zot ichib erdilar, ko‘p mamnun bo‘ldim. Sung: «Yo‘lga tushish vaqti kelmadimi?» — dedilar. Men: «Ha, (yo‘lga tushaylik)», — dedim. Biz Quyosh oqqandan so‘ng yo‘lga chiqdik, (bir ozdan so‘ng) Suroqa ortimizdan yetib keldi. Shunda men: «Yo Rasulalloh, ta’qibchilardan biri bizga yetib oldi», — dedim. Ul zot: «G’am chekmangiz, Olloh taolo biz birlan!» — dedilar-da, Suroqani duoi bad qildilar. Shunda uning oti oyoqlari chalishib, qorni birlan yerga o‘tirib qoldi. Suroqa: «Ikkingiz meni duoi bad qilganingizni ko‘rib turibman, (yolboraman) meni duoi xayr qilingizlar, Olloh taolo haqi, qarg‘ishlaringizni qaytarib olingizlar!» — dedi. Shutndan so‘ng, Janob Rasululloh Suroqani duoi xayr qilib erdilar, u najot topdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:19:33
Ibn Abbos raziyachlohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir betob badaviyni ko‘rgani (uyiga) kirdilar. Ul zotning odati shariflari shunday erdiki, agar biror kasalni ko‘rgani kirsalar, unga: «Aslo xavotir olma, inshoolloh, dard chekkaning tufayli gunohlaringdan pok bo‘lursan!» — deb dalda berar erdilar. Ul zot boyagi badaviyga ham: «Aslo xavotir olma, inshoolloh, dard chekkaning tufayli gunohlaringdan pok bo‘lursan!» — deb tasalli berdilar. Shunda badaviy: «Darding seni gunohlaringdan poklaydi, dedingizmi». Aslo unday ermas, aksincha bu dard xuruj qilib, mendek bir keksani qabrga yetaklayotir», — dedi. Janob Rasululloh: «Ha, ul holda... (ya’ni, «Men senga: «Aslo xavotir olma, inshoolloh, dard chekkaning tufayli gunohlaringdan pok bo‘lursan, sabr qilgil, gunohlaringni aritguvchi dard yuborgan Olloh taologa shukr qilgil!» — deb nasihat qilganimga qaramay, noumidlik va kufroni ne’matlik qilding. Endi, demak, sen aytganingdek bo‘lur!») — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi nasroniy erdi, keyin u musulmon bo‘lib, «Baqara» va «Oli Imron» suralarini qiroat qilishni o‘rgandi. Bir qancha vaqt Janob Rasulullohga kotiblik qilib yurgach, yana nasroniylikka qaytdi. O’shal kishi: «Muhammad men yozib bergan narsalardan bo‘lak hech narsani bilmaydi» — deb aytar erdi. Olloh taolo uni o‘ldirgach, dafn qilishdi. Ertasiga qarashsa, uni Yer o‘z bag‘ridan chiqarib tashlabdi. Shunda ular (nasroniylar): «Bu Muhammad birlan uning sahobalarining ishi, do‘stimiz ulardan biz tomonga qochib o‘tgani uchun shunday qilishgan» — deb bir chuqurroq qabr kavlab, uni qayta dafn qilishdi. Ertasiga qarashsa, uni Yer yana o‘z bag‘ridan chiqarib tashlabdi. Shunda ular: «Bu Muhammad birlan uning sahobalarining ishi, do‘stimiz ulardan biz tomonga qochib o‘tgani uchun shunday qilishgan» — deya qo‘llaridan kelgancha chuqurroq qabr kavlab, uni yana dafn qilishdi. Ertasiga qarashsa, Yer uni yana o‘z bag‘ridan chiqarib tashlabdi. Shundan so‘ng, nasroniylar uni insonlar toifasidan emas ekan, deb dafn qilmay tashlab ketishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:19:41
Abu Hurayra raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar Xusrav o‘lsa, undan keyin (Iroqda) Xusrav bo‘lmaydi (ya’ni, arablar yeri bo‘lmish Iroqda fors nodshohlari hukmdorlik qilmaydi) va agar Qaysar o‘lsa, undan keyin (Shomda) Qaysar bo‘lmaydi (ya’ni, arablar yeri bo‘lmish Shomda Rum podshohlari hukmronlik qilmaydi).  Albatta,   ikkisinipg  xazinalari (boyliklari) Olloh taolo yo‘lida ulashilgaydur!».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(O’zini payg‘ambar deb da’vo qilib chiqqan)  Musaylima al-Kazzob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida (Madinaga) keldi-da: «Agar Muhammad meni o‘zidan keyin xalifa qilib qoldirsa, unga ergashurman» — deb ovoza qila boshladi.   U (Madinaga) o‘z qavmiga mansub ko‘p kishilar birlan birga   kelgan erdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sobit ibn Qays ibn Shammos birlan birgaliqda Musaylima al-Kazzob tomon yo‘l oldilar, qo‘llarida xurmo novdasi bo‘lagi bor erdi.  Yetib borgach, hamrohlari orasida turgan Musaylima al-Kazzobning oldida to‘xtadilar-da, unga: «Manavi cho‘pni so‘raganingda ham, uni senga bermasdim, sen Olloh taoloning o‘zing xususingdagi hukmidan aslo qochib qutula olmassan! Agar menga itoat qilmoqdan bo‘yin tovlasang, Olloh taologa osiylik qilsang, parvardigor seni halok qilur. Men tushimda nima ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘sha sensan, deb bilurman, (senga bundan bo‘lak gap aytmayman), endi mening nomimdan mana bu Sobit senga javob qilgay» — deya qaytib ketdilar. Keyinchalik, men Janob Rasulullohning «Men tushimda nimaiki ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘sha sensan, deb bilurman» degan gaplarining mazmunini so‘radim. Shunda Abu Hurayra Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini menga xabar qildilar: «Bir mahal uxlab yotgan erdim, tushimda ikki qo‘limda ikki oltin bilaguzuk borligini ko‘rdim. Bu meni tashvishlantirdi. Shunda tushimda ikkalasini puflab yubormog‘im vahiy orqali menga amr qilindi, keyin ikkalasini puflab erdim, uchib ketishdi. Men u ikki bilaguzukni o‘zimdan keyin (payg‘ambarlikni da’vo qilib) chiqadirgan ikki kazzob — biri Al-Ansiy va ikkinchisi Yamoma amiri Al-Musaylima, deb ta’bir qildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:19:49
Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Men tushimda Makkadan bir xurmozor yerga hijrat qilgan ermishman. Shunda men ul yerni Yamoma yoki Hajar deb xayol qilibman, aslida ersa u Madina (Yasrib) erkan. Keyin, men ana shu tushimda qilichimni bir siltashim birlan qoq belidan sinib ketganini ko‘rdim. Bu bir qancha musulmonlarning Uhud g‘azotida shahid bo‘lganidir. So‘ng, qilichimni yana bir siltab erdim, butun bo‘lib qolib, aslidan ham yaxshiroq holga keldi. Bu ersa Olloh taoloning bizga fath (g‘alaba) ato etgani va musulmonlarning hamjihat bo‘lganidir. Keyin, men o‘sha tushimda bir (semiz) sigirni ham ko‘rdim. Olloh taolo haqi, bu yaxshilik (alomati) bo‘lib, parvardigorning Uhud kunidagi (musibatdan so‘ng) mo‘minlarga (yuboradirgan) xayriyati(dan) hamda Badr g‘azotidan keyin uning o‘zi bizga ato etgan ishonch uchun (beradirgan) ajru savobi(dan bir darakdur)».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Fotima raziyallohu anho (Janob Rasulullohning qoshlariga) kirib keldilar, yurishlari (qadam tashlashlari) ul zotning yurishlari kabi erdi. Shunda ul zot Fotimaga: «Xush kelibsan, ey qizalog‘im!» — dedilar-da, uni o‘ng yoki chap yonlariga o‘tqazdilar. So‘ng, uning (qulog‘iga) bir sir aytib erdilar, u yig‘lab yubordi. Men undan: «Nega yig‘layotirsan?» — deb so‘radim. Keyin, ul zot uning (qulog‘iga) yana bir sir aytib erdilar, u kulib yubordi. Men bugungidek xafalikdan so‘ng, shul qadar tez xursand bo‘lgan odamni ko‘rmagan erdim, shul bois men unga: «Ul zot senga nimalar dedilar?» — dedim. U: «Men ul zotning sirlarini, toki hayot erkanlar, fosh qilmasman!» — dedi. Keyin, men Janob Rasululloh vafot qilganlaridan so‘ng shul haqda undan so‘radim. U bunday dedi: «Ul zot (o‘shanda): «Jabroil alayhissalom (ilgarilari) menga Qur’onni bir yilda bir marta o‘rgatur erdilar, bu yil ersa ikki bor o‘rgatdilar. Shundan bildimki, ajalim yaqin erkan. Sen ersang, xonadonim a’zolaridan birinchi bo‘lib menga ergashursan» — deb aytib erdilar. Shunda men yig‘lab yuborgan erdim. Keyin, ul zot: «Sen jannat ahli ayollarining (yoki mo‘minlar ayollarining) sayyidasi bo‘lmog‘ingga rozi ermasmisan?» — deb erdilar, shul bois men kulib yuborgan erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:19:57
Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Ibn Abbosni (o‘zi hali yosh bo‘lsa ham, zakovati tufayli o‘zlariga) yaqin tutar erdilar. (Bir kuni) Hazrat Umar Ibn Abbosni (ulug‘lar davrasiga olib kirib erdilar), Abdurrahmon ibn Avf (e’tiroz bildirib) ul kishiga: «Buning singari bolalar o‘zimizda ham serob, (yosh bolani nega davramizga olib kirdingiz?)» — dedilar. Shunda Hazrat Umar Ibn Abbosni (din ilmidan) o‘rgansin, deb ularning davrasiga olib kirganlarini aytdilar. So‘ng, Ibn Abbosdan «Izo joa nasrullohi val-fathu» oyatining mazmuni xususida so‘radilar. Ibn Abbos: «Bu Janob Rasulullohning ajallari yaqin erkanligiga ishoradur», — dedi. Hazrat Umar: «Men ham bu oyatning mazmunini sen kabi tushunurman» - dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarini ul dunyoga olib ketgan kasalliklari vaqtida yelkalariga choponlarini tashlagan hamda boshlarini qalin belbog‘ birlan tang‘ib olgan holda masjidga chiqdilar-da, minbarga o‘ltirgach, Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar. So‘ng: «(Keyinchalik) odamlar ko‘payib ketur. Ansorlar ersa kamayib ketganlaridan tuz taomda qancha miqdor bo‘lsa, ular ham odamlar orasida shuncha miqdor qolgaylar. Sizlardan qaysiningiz qavmga zararu boshqalarga manfaat yetkazuvchi amaldor bo‘lib qolsangiz, ansorlarning yaxshi ishlarini qabul qilib, yomon ishlarini kechiringizlar!» — deb marhamat qildilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan eng so‘nggi yig‘in erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:20:06
Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari) Hasanni (masjidga) olib chiqdilar-da, u birlan birga minbarga o‘ltirgach: «Mening mana shu o‘g‘lim (nabiram) Hasan tufayli Olloh taolo musulmonlarning ikki (qarama-qarshi) guruhini o‘zaro yarashtirib qo‘ysa, ajab ermas!» — deb marhamat qildilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja’far va Zayd(ning g‘azotda shahid bo‘lganliklari) haqida xabar kelmasidan burun ikki ko‘zlari jiqqa yosh holda shul xususda (sahobalarga) ma’lum qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:20:14
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (uylanganimda menga). «Namatlaringiz bormi?» — dedilar. Men: «Bizda namatlar qayoqdan ham bulsin?!» — dedim. Ul zot: «Nahotki yo‘q bulsa? Kelgusida namatlaringiz bo‘ladi», — dedilar. Men: «(Uyingdagi) namatlaringni biznikiga olib borgil, deb xotinimga aytaman, shunda u: «Axir Janob Rasululloh: «Kelgusida namatlaringiz bo‘ladi» — deb aytmadilarmi? Men namatlarimni qoldirib ketaman» — deydi», — dedim».

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Sa’d ibn Mu’oz umraga niyat qilib yo‘lga chiqdilar-da, Umayya ibn Xalaf Abu Sufyonning uyiga tushdilar. Umayya (ham), agar Shom tomonga boradirgan bo‘lsa, Madina orqali Makkaga o‘tib, Sa’dning uylariga tushar erdi. Umayya Sa’dga: «Tush paytigacha, ya’ni odamlar (issiq elitib tavof qilayotganingizni) bilmay qoladirgan vaqtgacha kutingiz, men ham siz birlan birga chiqib tavof qilurman», — dedi. Keyin. Sa’d tavof qilib turganlarida Abu Jahl kelib qolib: «Ka’bani tavof qilayotgan bul odam kim?» — dedi. Sa’d: «Bu men Sa’dman», — dedilar. Abu Jahl: «Muhammad birlan uning sahobalariga boshpana berib, ularni yashirganlaringizdan keyin ham hech narsadan qo‘rqmay (bamaylixotir) Ka’bani tavof qilayotirsanmi?!» — dedi. Sa’d: «Ha, shunday!» — dedilar. Shul tariqa ikkalalari o‘zaro so‘kishib ketishdi. Shunda Umayya Sa’dga: «Abdulhakimga bunday baqirib gapirmantiz, chunki bul kishi butun vodiy ahlining ulug‘idurlar», — dedi. Sa’d: «Xudo haqi, agar menga Baytullohni tavof qilmog‘imga to‘sqinlik qilsang, men ham senga Shom yo‘lini to‘sib qo‘yaman, savdo karvoning birlan ul yerga o‘tolmaysan!» — dedilar. Umayya: «Bul odamga baqirib gapirmangiz!» — dedi-da, Sa’dni mahkam ushlab oldi. Sa’d darg‘azab bo‘lib: «Bizni o‘z holimizga qo‘yingiz, siz aralashmangiz! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bul odam sizning qotilingiz bo‘lajagini ta’kidlaganlarini eshitganman», — dedilar. Umayya: «Meni-ya?» — dedi. Sa’d: «Ha», — dedilar. Umayya: «Olloh taolo haqi, Muhammad (alayhissalom) faqat rost so‘zlaydilar» — deya xotinining oldiga qaytib bordi-da, unga: «Bilasanmi, yasriblik (madinalik) birodarim menga nima dedi?» — dedi. Xotini: «Qani, aytingiz-chi, nima dedi?» — dedi. Umayya: «U Janob Rasulullohning Abu Jahl mening qotilim bo‘lajagini aytganlarini eshitganini ta’kidladi», — dedi. Xotini: «Olloh taolo haqi, darhaqiqat Muhammad (alayhissalom) yolg‘on gapirmaydilar», — dedi. So‘ng, (Abu Jahl odamlari o‘z savdo karvonlarini himoya qilmoqqa) Badr tomon otlanganida Abu Jahl kelib (Umayyani ham chaqirdi). Shunda uning xotini: «Yasriblik birodaringizning aytgan gaplari yodingizdan chiqdimi?» — dedi. Umayya Badrga borishdan bosh tortib erdi, Abu Jahl unga: «Sen vodiy ulug‘laridan birisan, biz birlan bir-ikki kun birga yurgil!» — dedi. Shundan so‘ng, Umayya ular birlan ikki kun birga yurib erdi, Olloh taolo uni o‘ldirdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:20:22
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Men (tushimda) odamlarning bir yerda (hovuz labida) to‘planishib turganlarini ko‘rdim. Shunda Abu Bakr o‘rinlaridan turib, arang bir (yoki ikki) chelak suv tortib oldilar, ul kishini Olloh taolo mag‘firat qilsin! (Bu yerda Abu Bakr as-Siddiqning qisqa vaqt xalifalik qilishlariga va shu boisdan ul kishi davrlarida Islom fathlari kamroq bo‘lishiga ishora qilingan). Keyin, chelakni Umar quliga olib erdi, u g‘arbga (chelakdan katta idishga) aylandi. (Bu yerda Hazrat Umar davrlarida Islom fathlarining ko‘p bo‘lishiga ishora qilingan). Men odamlar orasida uningdek o‘z ishini mahorat birlan ado etib, unga tobora quvvat baxsh etguvchi yetuk insonni ko‘rmaganman, (u shunchalik ko‘p suv tortib oldiki), hatto odamlar (tuyalar uchun hovuz atrofida) qo‘ralar qurdilar».

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyofasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. O’shal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan so‘zlashib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib chiqib ketdilar. So‘ng, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yoki shunga o‘xshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Xulayfa al-Kalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom ko‘pincha shu kishining qiyofasida kelar erdilar)».

Ummu Salama: «Olloh taolo haqi, men toki Janob Rasululloh xutbada Jabroil alayhissalomning kelib ketganlarini xabar qilgunlariga qadar, ul kishini Dihya deb uylagan erdim», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:20:37
Bismillahir rohmanir rohim.

1-bob. Olloh taoloning «Biz Kitob ato etgan kimsalar (ya’ni, yahudiy va nasorolar) uni (ya’ni, Muhammad alayhissalomni) o‘z bolalarini taniganlaridek (yaxshi) taniydilar (ya’ni, o‘zlariga ato etilgan Kitoblardan uning kim erkanligini bilib olganlar) va darhaqiqat, ulardan bir guruhi bilib turib haqiqatni yashiradilar» degan qavli xususida («Al-Baqara» surasi, 146-oyat).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir to‘da yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelishib, o‘zlaridan bir erkak birlan bir ayol zino qilishganini ul zotga ma’lum qilishdi. Janob Rasululloh ularga: «Rajm (ya’ni, zinokorlarni toshbo‘ron qilish) haqidagi (hukmni) Tavrotdan axtarib topmaysizlarmi?»— dedilar. Yahudiylar: «Biz zinokorlarni sazoyi qilamiz, so‘ng ularga darra uriladi», — deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom: «Yolg‘on aytdingizlar, Tavrotda rajm qilish (toshbo‘ron qilish) buyurilgan!» — dedilar. Keyin, yahudiylar Tavrot olib kelishib, uni varaqlashdi. Shunda ulardan biri qo‘li birlan «Rajm» oyatini berkitdi-da, uning yuqorisi va ostidagi so‘zlarni o‘qiy boshladi. (Buni sezib qolgan) Abdulloh ibn Salom: «Qo‘lingni ol!» — dedi, u qo‘lini olib erdi, «Rajm» oyatini ataylab berkitib turganligi ma’lum buldi. (Makkorliklari fosh bo‘lib qolgan) yahudiylar: «Ey Muhammad, Abdulloh ibn Salomning gapi to‘g‘ri chiqdi, Tavrotda haqiqatan ham «Rajm» oyati bor erkan», — deyishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkala zinokorni rajm qilmoqni amr qildilar. Ular rajm (toshbo‘ron) qilindi. Men yahudiy erkakning (o‘zi birlan zino qilishgan) yahudiy ayolni gavdasi birlan toshlardan pana qilib turganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:20:53
2-bob. Mushriklarning Janob Rasulullohdan mo‘‘jiza ko‘rsatmoqlarini talab qilganlari va ul zotning Oyni ikki bo‘lib ko‘rsatganlari haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Oy qoq ikkiga bo‘lindi. Shunda ul zot: «Guvoh bo‘lingizlar!» (ya’ni, «Mening bu mo‘‘jizamga guvoh bo‘lingizlar!») — dedilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Makka ahli (ya’ni, Makka kofirlari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mo‘‘jiza ko‘rsatmoqlarini talab qilishdi. Shunda ul zot Oyni qoq ikkiga bo‘lib ko‘rsatdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:21:05
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Oy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida qoq ikkiga bo‘lindi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qorong‘u tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikki sahobalari ul zotning huzurlaridan chiqishdi. Shunda chiroqqa o‘xshash ikki narsa ularga hamroh bo‘lib, yo‘llarini yoritib bordi. Ularning yo‘llari ayrilgach, boyagi chiroqqa o‘xshash ikki narsaning biri bir sahobaning va ikkinchisi boshqa sahobaning oldilariga tushib, uylariga yetib olgunlariga qadar yo‘lni yoritib bordi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:21:14
Mug‘iyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ummatimdan bir guruhi o‘zlariga Olloh taoloning amri kelgunga qadar ham (yani, Qiyomatga qadar ham) g‘alaba qilishda davom etadilar va ular (o‘zlariga qarshi turganlar ustidan) g‘olib chiqquvchidurlar» — deb marhamat qildilar».

Muoviya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Ummatimdan bir guruhi Olloh taoloning amrini ado etishda davom etadilar, na o‘z hollariga tashlab qo‘yib yordam bermaganlar va na qarshi chiqqanlar ularga zarar keltira olurlar! Ular Olloh taoloning amri kelganda ham (ya’ni, Qiyomat bo‘lganda ham) shul yo‘sinda kurashayotgan bo‘ladilar».

Muoz raziyallohu anhu: «O’shal ummat Shomda», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:21:25
Shubayb raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qo‘y sotib olib kelgil!» — deb Urvaga bir dinor berdilar. Urva (bozorga borib) o‘shal bir dinorga ikki qo‘y sotib oldilar. So‘ng, qo‘ylardan birini bir dinorga sotdilar-da, Janob Rasulullohga bir dinor birlan bir qo‘yni olib kelib berdilar. Shunda ul zot Muozning savdo-sotiq ishlariga baraka tilab, duo qildilar. Shundan so‘ng Muoz, hattoki tufroq sotib olsa ham, foyda ko‘radirgan bo‘ldi».

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilguvchi) otning yoliga to Qiyomat ajru savob bog‘lab qo‘yilgan»— , deb marhamat qildilar».

Urva raziyallohu anhu: «Men Janob Rasulullohning hovlilarida yetmishta ot turganini ko‘rganman», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:21:36
Ibn Umar raziyalpohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilguvchi) otning yoliga to Qiyomat ajru savob bog‘lab qo‘yilgan» — deb marhamat qildilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilguvchi) otning yoliga (to Qiyomat) ajru savob bog‘lab quyilgan» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:21:44
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Ot uch (xislatga ega): u bir kishi uchun savob (keltirur), ikkinchisi uchun (qashshoqlik va gunohdan asrovchi) to‘siq (bo‘lur), uchinchisi uchun ersa gunoh (orttirur). Oti savob keltiradirgan kishi shuki, u o‘z otini Olloh taolo yo‘lida (jihod qilmoq uchun) hozirlab, so‘ng uni bemalol o‘tlay oladirgan darajada uzun arqon birlan yaylovga bog‘lab qo‘ygan kishidur. O’shal ot, garchi arqoni uzilib ketib, u yoqdan-bu yoqqa irg‘ishlab shataloq otsa-da, ul qoldirgan izu tezaklardan egasiga ajru savoblar yetur va hattoki u o‘z otining bir ariq bo‘yiga borib suv ichmog‘iga qarshilik qilmasa ham, ajru savoblar olur. Oti (qashshoqlik va gunohdan) asrovchi kishi shuki, u  (o‘zi ham) tirikchilik qilishi, (o‘zgalarga ham) manfaat yetkazishi uchun ot boqadi va shuning birlan birga u o‘z otining na bo‘ynidagi va na ustidagi Olloh taoloning haqini unutadi (ya’ni, oti tufayli topayotgan daromadi uchun zakot berishni ham, uni Olloh taolo yo‘lida jihod qilishi uchun minishi kerakligini ham, ustiga ortiqcha yuk ortmasligi lozimligini ham unutmaydi). Shu boisdan ham uning oti (qashshoqlik va gunohdan asrovchi) to‘siqdur. Endi, oti (tufayli o‘ziga) gunoh (orttiruvchi) kishi xususiga kelsak, u maqtanchoqlik, riyokorlik va Islom ahliga xiloflik qilib ot boqadi. Shuning uchun ham uning oti gunohovardur».
So‘ng, Janob Rasulullohdan eshaklar haqida so‘raldi. Shunda ul zot bunday deb aytdilar: «Bul xususda ma’no jihatidan barcha narsalarga taalluqli qisqa oyati karimadan bo‘lak biror (maxsus) oyat menga nozil qilinmagan, o‘shal oyat budur: «Bas, kim zarracha yaxshilik qilsa, (oxiratda unint savobini) ko‘rur va kim zarracha yomonlik qilsa, (oxiratda uning jazosini) ko‘rur». («Zalzala» surasi, 7—8-oyatlar. Ya’ni, mazkur oyati karima o‘zining umumiy ma’nosiga ko‘ra, inson tugul, hattoki hayvonlarga ham yaxshilik qilmoqni, ularni urib, ortiqcha yuk ortib, suvsiz va yemsiz qoldirib qiynamaslikni taqozo qiladi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:21:54
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va. sallam erta tongda Xaybarga kelganlarida uning ahli belkuraklarini olib chiqib, (o‘z ekinzorlarida ishlashayotgan erdi). Ular (Janob Rasululloh boshliq musulmonlar qo‘shinini) ko‘rib qolishgach: «Ana Muhammad, ana (musulmonlar) qo‘shini!» — deya shosha-pisha qo‘rg‘on tomon yugurib ketishdi. Shunda ul zot qo‘llarini ko‘tarib: «Ollohu akbar! Xaybar xarob bo‘ldi! Agar biz biror qavmning yeriga kelib tushsak, (bul haqda bir-birini) ogohlantiruvchilarning tonggi noxush bo‘lur!» - deb aytdilar».

Abu Hurayra razmyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Yo Rasulalloh, men Janobingizdan juda ko‘p hadis eshitaman-u, ammo unutib qo‘yaman», — dedim. Shunda ul zot: «Choponingni yerga yozgil!» — dedilar, men uni yerga yozdim. Sung, ul zot muborak qo‘llari birlan (Olloh taoloning tuganmas fazlidan olib), choponimga solib qo‘ydilar. Keyin: «Choponingni bag‘ringga bos!» — dedilar, men uni bag‘rimga bosdim. Shundan so‘ng, men birorta hadisni unutmaydirgan bo‘ldim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:22:21
Bismillahir rohmanir rohim.

1-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari fazilatlari haqida

Musulmonlardan kimki Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (payg‘ambarlik davrlarida) bir soat bo‘lsa ham hamrohlik qilgan bulsa yoki ul zotni bir lahza bo‘lsa ham ko‘rgan bo‘lsa (ya’ni, birrov bo‘lsa ham uchrashgan bulsa), Janoblarining sahobalaridan hisoblanur.

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Shunday bir zamon keladiki, unda insonlardan bir guruhi g‘azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qilgan bormi? — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan so‘ng, o‘shal kishiga (ya’ni, o‘shal kishi tufayli) zafar muyassar bo‘ladi. Keyin, yana shunday bir zamon keladiki, unda ham insonlardan bir guruhi g‘azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalariga sahobalik qilgan bormi?» — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan so‘ng, o‘shal kishiga zafar muyassar bo‘ladi. Keyin, yana shunday bir zamon keladiki, unda ham insonlardan bir guruhi g‘azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalarining sahobalariga sahobalik qilgan bormi?» — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan so‘ng, o‘shal kishiga zafar muyassar buladi». [Ya’ni, mazkur hadisda uch toifa kishilarning — Janob Rasulullohning sahobalarining, ul zotning sahobalariga sahobalik qilganlarning (tobi’unlarning) hamda ul zotning sahobalarining sahobalariga sahobalik qilganlarning (atbo’ut-tobi’iynlarning) fazilatlari nazarda tutilgandur].
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:22:28
Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening eng yaxshi ummatim menga zamondosh ummatimdur, so‘ng ulardan keyingilari, so‘ng ulardan keyingilari» — deb marhamat qildilar. Janob Rasululloh o‘zlari yashayotgan asrdan ikki yoki uch asr keyin (yoxud undan ham keyinroq) bo‘ladirgan voqealarni nazarda tutib gapirdilarmi, yo‘qmi, buni aniq bilmayman-u, ammo ul zotning yana bunday deb aytganlari esimda: «So‘ng, sizlardan keyin shunday bir qavm dunyoga keladiki, ular yolg‘on guvohlik beradilar, omonatga xiyonat qiladilar va va’da berib, ustidan chiqmaydilar. Ularning alomatlari shuki, yog‘ bosgan (semiz) bo‘ladilar».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarning (ummatimning) yaxshisi menga zamondosh bo‘lganlaridur, so‘ng ulardan keyingilari, so‘ng ulardan keyingilari. Keyin, shunday bir qavm dunyoga keladiki, ularning guvohliklari qasamlaridan va qasamlari guvohliklaridan oldinda bo‘ladi (ya’ni, doimo yolg‘on gapirganlaridan odamlar ularga ishonmaydi. Shul boisdan ham ular odamlarni ishontirmoq uchun guvohlik bergach, qasam ichadilar yoki qasam ichib, so‘ng guvohlik beradilar)» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:22:39
2-bob. Muhojirlarning, xususan ulardan Abu Bakr Abdulloh ibn Abu Qahhofa at-Tamimiy raziyallohu anhuning maqtovga sazovor xislatlari, amali solihlari hamda fazilatlari haqida

Olloh taoloning qavli: «(Shuningdek, ul o‘ljalar) o‘z diyorlaridan haydab chiqarilgan va mol-mulklaridan (mahrum qilingan) faqir muhojirlarniki hamdurki, ular Ollohdan fazlu marhamat va rizolik istarlar hamda Olloh va uning Rasuliga madad berurlar, ana o‘shalar (iymonlarida) sodiq zotlardur» («Hashr» surasi, 8-oyat).

Olloh taoloning qavli: «Agar sizlar unga (payg‘ambarga) yordam qilmasangizlar, Ollohning (o‘zi) unga yordam qilur» («Olloh taolo biz birlan birgadur» degan qavligacha», «Tavba» surasi, 40-oyat).

Oisha, Abu Sa’id va Ibn Abbos raziyallohu anhum: «G’orda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bo‘lgan kishi Abu Bakr erdilar», — deydilar. (Ya’ni, yuqoridagi oyatda nazarda tutilgan, mushriklardan qochib g‘orga berkinib olgan ikki zot Janob Rasululloh birlan Abu Bakr as-Siddiq erdilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2008, 09:22:51
Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu (otam) Ozibdan o‘n uch dirhamga egar sotib oldilar. Shunda Abu Bakr as-Siddiq (otam) Ozibga: «(O’g‘lingiz) Baroga buyuringiz, egarni uyimgacha ko‘tarishib borsin!» — dedilar. (Otam) Ozib: «Yo‘q, toki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan siz ikkalangiz Makkadan (qochib) chiqqaningizda va mushriklar ikkingizni qidirishganda ne qilganingizni aytib bermas erkansiz, (o‘g‘limga bunday deb buyurmayman)», — dedilar. Shundan so‘ng, Abu Bakr as-Siddiq bunday deb rivoyat qildilar: «Biz (Janob Rasululloh va men) ikkalamiz Makkadan chiqib, tun bo‘yi va ertasiga soya tik turadirgan vaqtgacha (ya’ni, Quyosh qoq tepamizga keltuncha) yo‘l yurdik. So‘ng, men dam olmog‘imiz uchun biror soya joy bormikan, deb atrofga nazar tashlab erdim, nariroqda bir katta tosh (yoki qoya) ko‘rindi. Uning oldiga borib qarasam, ostida bir parcha soya bor erkan. Keyin, men o‘shal soya tushib turgan yerni tekisladim-da, Janob Rasululloh yotib orom olsinlar, deb (po‘stak) to‘shab quydim. So‘ng, men ul zotga: «Yo Rasulalloh, keling, yonboshlang!» — dedim, ul zot yonboshladilar. Keyin, men nariroq borib, biror kishini uchratarmikanman, degan maqsadda atrofimni kuzata boshladim. Bir mahal qarasam, bir cho‘pon biz soya joy qidirganimiz kabi salqin yer axtarib boyagi katta tosh tomon qo‘ylarini haydab kelayotir. Men undan: «Ey yigit, sen kimning cho‘ponisan?» — deb so‘radim: U: «Quraysh qabilasiga mansub falonchining cho‘poniman» — deb uning ismini aytdi, men uni tanidim. Men unga: «Qo‘ylaring ichida suti bor sovlig‘ing bormi?» — dedim. U: «Ha, bor», — dedi. Men: «Bizga bir oz sut sog‘ib bermaysanmi?» — dedim. U: «Mayli», — dedi. Men: «Unday bo‘lsa, sog‘ib ber!» — dedim. U qo‘ylaridan birini ushladi. So‘ng, men unga qo‘yning yelinini changu g‘ubordan tozalamoqni buyurdim, keyin o‘zining kaftlarini ham tozalamoqni amr qildim. Shunda u kaftlarini bir-biriga urib: «Mana shunday qilibmi?» — dedi. So‘ng, u menga (bir chelakka) quyuq (yog‘li) sut sog‘ib berdi. Men Janob Rasululloh uchun og‘ziga latta tiqin tiqilgan bir idish tayyorlab qo‘ygan erdim, sutni o‘shanga quydim-da, sovisin deb unga suv qo‘shdim. So‘ng, uni Janob Rasulullohga olib bordim, qarasam hanuz uxlab yotgan erkanlar, uyg‘onishlarini poylamoqqa qaror qildim. Uyg‘onganlaridan keyin: «Yo Rasulalloh, ichingiz!» — dedim, ul zot ichib erdilar, ko‘p mamnun bo‘ldim. Keyin: «Yo Rasulalloh, yo‘lga tushish vaqti bo‘lmadimi?» dedim. Ul zot: «Ha, (vaqt) bo‘ldi» — dedilar. So‘ng, biz yo‘lga tushdik, bizni qidirayotganlardan birortasi ham bizga yetib ololmadi, faqat Suroqa ibn Molik ibn Ja’sam otida yetib keldi. Men: «Yo Rasulalloh, ta’qibchilardan biri bizga yetib  oldi», — dedim. Ul zot: «G’am chekmangiz, Olloh taolo biz birlan!» — dedilar».

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men g‘orda ekanligimda (ya’ni, Janob Rasululloh birlan birga mushriklardan qochib, g‘orga berkinib olganimizda) Janob Rasulullohga: «Agar ulardan (ya’ni, bizni qidirib kelgan mushriklardan) birortasi oyoqlari ostiga nazar tashlaganda, bizni (ya’ni, izimizni) ko‘rib qolgan bo‘lur erdi», — dedim. Shunda ul zot: «Ey Abu Bakr, siz nima deb uylayotirsiz, bu yerda tanho ikkimiz bormiz, deb xayol qildingizmi, uchinchimiz Olloh taolodur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:25:10
3-bob. Janob Rasulullohning: «Abu Bakrning eshiklaridan bo‘lak barcha eshiklarni yopib tashlangizlar!» — deb aytganlari haqida

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xitob qilib: «Darhaqiqat, Olloh taolo (bu) dunyodagi va o‘z huzuridagi bandalari orasidan bir bandani afzal ko‘rdi. Men (ham) Olloh taolo huzuridagi (ya’ni, Olloh taolo afzal ko‘rgan) o‘shal bandani afzal ko‘rdim», — dedilar. Shunda Abu Bakr yig‘lab yubordilar. Biz: «Nechun Abu Bakr Janob Rasululloh Olloh taolo afzal ko‘rgan bandani afzal kurganlari uchun yig‘layotirlar?» — deb taajjub qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrni afzal ko‘rguvchi, Abu Bakr ersalar ul zotni barchamizdan ko‘ra yaxshiroq bilguvchi kishi erdilar. Shul boisdan ham Janob Rasululloh: «Mening uchun o‘zining suhbati va mol-dunyosi borasida eng ishonchli kishilardan biri Abu Bakrdurlar. Agar rabbimdan bo‘lak (yana) bir kishini (o‘zimga) do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim. Ammo, (musulmonlar uchun Olloh taolodan ortiqroq do‘st yo‘q bo‘lib, ular orasida) Islom birodarligi-yu muhabbati (mavjud bo‘lmog‘i kerak). Masjidda Abu Bakrning eshiklaridan bo‘lak birorta eshik qolmasin!» — dedilar, (ya’ni, har kim masjid hovlisiga o‘z hovlisidan eshik ochib olgan erdi, Janob Rasululloh ana o‘shal eshiklarni nazarda tutyaptilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:25:40
4-bob. Abu Bakrning Janob Rasululloh vafot qilganlaridan keyingi davrdagi fazilatlari haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida odamlarni (birini ikkinchisidan) afzal ko‘rib, (birinchi o‘ringa) Hazrat Abu Bakrni, (ikkinchi o‘ringa) Umar ibn al-Xattobni, (uchinchi o‘ringa) Usmon ibn Affon raziyallohu anhumni qo‘yar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:26:36
5-bob. Janob Rasulullohning: «Agar o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam...» — deb aytganlari xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim, ammo ul kishi (Islom buyicha) birodarim va sahobamdurlar» — deb marhamat qildilar».

Ayyub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘zimga (biror kishini) do‘st tutadirgan bo‘lsam, do‘st tutgan bo‘lur erdim, ammo (Olloh taolodan bo‘lak yana bir kishini do‘st tutib, gunohkor bo‘lgandan ko‘ra), Islom birodarligi afzaldur» — deb marhamat qildilar».

Abdulloh ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Kufa ahli ajdodlar xususida (eslatib, do‘st bo‘lmoqni taklif qilib) Ibn Zubayrga maktub yo‘lladi. Shunda Ibn Zubayr: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu ummatdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, (Abu Bakrni) do‘st tutgan bo‘lur erdim» — deb aytmagan bo‘lganlarida erdi...» — deb javob yozdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:27:41
6-bob.

Muhammad ibn Jubayrning otalari Mut’im raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol (bir narsa xususida iltimos qilib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib erdi, ul zot unga oldilariga boshqa safar kelmoqni amr qildilar. Shunda ayol: «Boshqa safar kelganimda sizni topmasam-chi?» — dedi, ya’ni: «Boshqa safar kelgunimcha vafot etib qolsangiz-chi?» — deb aytmoqchi bo‘ldi. Janob Rasululloh unga: «Agar meni topmasang, Abu Bakrning oldilariga borgil!» — dedilar. (Ya’ni, ul zot bu birlan o‘zlaridan so‘ng Abu Bakrni xalifa qilib qoldirajaklariga hamda ul kishining boshqa sahobalardan afzalroq erkanliklariga ishora qilayotirlar)».

Ammor raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni hamda ul zotning yonlarida (musulmonlardan) faqat besh bandani — (Bilol, Zayd ibn Horisa, Omir ibn Fuhayra, Abu Fukayha, Ubayd ibn Zayd al-Habashiyni), shuningdek ikki ayolni (Xadicha va Ummu Aymanni) va Abu Bakrni ko‘rdim». (Ya’ni, Islomning dastlabki vaqtida musulmon bulganlar guruhi mazkur kishilardangina iborat erdi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:27:59
Abu Dardo’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirgan erdim. Bir mahal (Hazrat) Abu Bakr kiyimlari etagini tizzalari ko‘rinadigan darajada ko‘targan holda kirib keldilar. (Ya’ni, biror katta ishga qattiq kirishgan odam shunday qiladi, Abu Bakr ersalar Hazrat Umarni ranjitib qo‘ygan bo‘lib, ul kishi uzrlarini qabul qilmagan erdilar. Shul bois Abu Bakr ne qilmoqlarini bilmay, shosha-pisha Janob Rasulullohdan maslahat so‘ragani kirgan erdilar). Janob Rasululloh (Abu Bakrni bu ahvolda kirganlarini ko‘rib, sahobalarga): «Birodaringizga ne bo‘ldi, janjallashgani kirdilarmi, deyman?» — dedilar. Abu Bakr Janob Rasulullohga salom bergach:  «Yo Rasulalloh,  men birlan (Umar) ibn al-Xattob o‘rtamizda bir ish bo‘lib erdi (ya’ni, bir masala xususida aytishib qolib erdik), shunda men ul kishiga (bir oz) qo‘pollik qilib qo‘ydim, so‘ng (qilgan ishimdan) afsusu nadomatlar qilib, uzr so‘radim, ammo uzrimni qabul qilmadilar. Shul sababdan huzuringizga keldim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Ey Abu Bakr, sizni Olloh taolo mag‘firat qilgay!» — deb uch bor takrorladilar. Keyin, Hazrat Umar (ham Abu Bakr birlan o‘zlari oralarida bulgan ko‘ngilsiz voqeadan) afsuslanib, Abu Bakrning uylariga bordilar-da, (ul kishining bola-chaqalaridan): «Abu Bakr shu yerdalarmi?» — deb so‘radilar. Ular: «(Ul kishi uyda) yo‘qlar» — deb aytishdi. Sung, Hazrat Umar Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, ul zotga salom berdilar. Shunda ul zotning yuzlari (g‘azabdan) shul qadar oqarib ketdiki, hatto Abu Bakr: («Janob Rasululloh Umarga qattiq dashnom bermasalar erdi» — deb) qo‘rqib ketdilar-da, tiz cho‘kib: «Yo Rasulalloh, (bu xususda) men ko‘proq aybdorman!» — deb ikki bor aytdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taolo meni sizlarga payg‘ambar qilib yuborganda, sizlar: «Sen yolg‘onchisan!» — dedingizlar, Abu Bakr ersalar: «Rost aytayotir» — deb o‘zlari ham, mol-dunyolari birlan ham ko‘nglimni oldilar. Mening do‘stimni o‘zimga qo‘yib berasizlarmi, yo‘qmi, axir?!» — deb ikki marta takrorladilar. Shundan so‘ng, Hazrat Abu Bakrga aziyat yetkazilmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:28:39
Abu Usmon raziyallohu anhuAmr ibn al-Osdan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Amr ibn al-Osni qo‘shinga bosh qilib Zotus-Salosilga yubordilar. Amr ibn al-Os bunday deydilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga borib: «(Yo Rasulalloh), odamlardan qaysi biri siz uchun mahbubroq?» — dedim. (Ya’ni, Janob Rasululloh Zotus-Salosil g‘azoti qo‘shiniga, uning tarkibida Abu Bakr va Umar raziyallohu anhumo bo‘la turib, Amrni bosh qilib tayinladilar. Shul bois Amr ul zotga shunday deb savol berdilar). Janob Rasululloh: «Oisha», — dedilar. Men: «Erkaklardan-chi?» — dedim. Ul zot: «Uning otasi (Abu Bakr)», — dedilar. Men: «Ul kishidan keyin-chi?»— dedim. Ul zot: «Sung, Umar ibn al-Xattob», — dedilar-da, ul kishidan keyin yana bir qancha kishilar nomini zikr qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitdim: «Bir cho‘pon qo‘ylari orasida turib erdi, bir mahal bir bo‘ri tashlanib, ulardan birini olib qochdi. Cho‘pon uning ortidan quvdi. Shunda bo‘ri unga o‘girilib: «Qo‘ylarga arslon hujum qilgan kuni, (sen qochib qolib) ularga mendan bo‘lak cho‘ponlik qiladirgan kimsa qolmaydirgan kuni kim (buni mendan tortib ololadi)?!» — dedi. Bir mahal bir kishi sigirini haydab ketayotib, unga minib oldi. Shunda sigir (ho‘kiz) unga qarab: «Men buning uchun yaratilgan ermasman, balki yer haydash uchun yaratilgandurman» — deb aytdi». Sahobalar Janob Rasulullohning bul gaplarini eshitib: «Subhonalloh, ho‘kiz ham so‘zlaydimi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Men bunga ishonaman, Abu Bakr va Umar ibn al-Xattob ham ishonishadi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:31:11
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitdim: «Bir mahal men uxlab yotgan erdim, tushimda o‘zimni bir quduq labida ko‘rdim, ul yerda chelak bor erdi. Men chelakni olib, Olloh taolo iroda qilgancha quduqdan suv tortib oldim. So‘ng, chelakni Ibn Abu Qahhofa (ya’ni, Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhu) olib, quduqdan bir (yoki ikki) chelak suv tortib oldilar, ammo ul kishining tortishlari zaif bo‘ldi (ya’ni, kam suv tortib oldilar). Olloh taolo ul kishini buning uchun mag‘firat qilsin! Keyin, chelak katta bir idishga aylandi. Uni (Umar) ibn al-Xattob (qo‘liga) oldi. Men odamlar orasida Umarchalik (ko‘p suv) tortib oladirgan baquvvat, mohir odamni ko‘rgan ermasman. (U shul qadar ko‘p suv tortib oldiki), hatto odamlar (quduq atrofiga tuyalari uchun) qo‘ralar qurdilar». (Ya’ni, ushbu hadisda Janob Rasululloh Abu Bakrning o‘z xalifalik davrlarida musulmonlar orasidagi ixtiloflarni bartaraf qilish birlan ovora bo‘lib qolib, kofirlarga qarshi kam g‘azot qilishlarini, Hazrat Umarning ersa ul kishiga nisbatan ancha ko‘p fath qilishlarini bashorat qildilar).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimda kim kibru havo birlan kiyimi etagini (erga tekkizib) sudrab yursa, Olloh taolo unga Qiyomat kuni (rahmat) nazarini tashlamaydi», — dedilar. Shunda Abu Bakr: «Agar kiyimimning etaqlaridan biri (ya’ni, etagining bir tomoni) o‘zim bilmagan holda osilib (erga tegib) qolsa-chi?» — dedilar, (chunki ul kishi ozg‘in erdilar). Janob Rasululloh: «Siz buni kibru havo birlan qilmaysiz-ku!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:31:35
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki Olloh taolo yo‘lida nimaiki bo‘lmasin, bir juftdan sadaqa qilsa, (Qiyomat kuni): «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan xayru ehsonlaring uchun ato etilgan savoblardan biridur!» — deb (jannatning barcha) darvozalaridan chaqiriladi. Kimki namoz ahlidan bo‘lgan bo‘lsa, namoz darvozasidan, kimki jihod ahlidan bo‘lgan bo‘lsa, jihod darvozasidan, kimki sadaqa ahlidan bo‘lgan bo‘lsa, sadaqa darvozasidan va kimki ro‘za ahlidan bo‘lgan bo‘lsa, ro‘za darvozasidan («Rayyon» nomli darvozadan) chaqiriladi» — deb marhamat qilganlarini eshitdim. Shunda Abu Bakr: «Barcha darvozalardan chaqirilguvchi kishi uchun (buning) ziyoni yo‘qdur, (aksincha bu Olloh taolo unta ko‘rsatgan izzatu ikromning belgisidur). Yo Rasulalloh, bir kishi o‘shal barcha darvozalardan chaqiriladimi?» — dedilar. Ul zot: «Ha, shunday. Ey Abu Bakr, men sizning barcha darvozalardan chaqirilguvchi kishilardan biri bo‘lmog‘ingizni istarman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:35:49
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlarida (otam) Abu Bakr Sunh degan yerda erdilar. (Ismoil: «Sunh — bu Oliyadur», — deydilar). Shunda Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘lgan emaslar! Olloh taolo haqi, ul zotdan bo‘lak hech kimsaga qalbimizda o‘rin yo‘q erdi! Olloh taolo ul zotni albatta qayta tiriltirur va ul zot hali (ko‘plab) kishilarning (mushriklarning) qo‘lu oyoqlarini qirqurlar!» — dedilar. Keyin, (otam) Abu Bakr kelib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlarini ochdilar-da, ul zotni o‘pdilar. So‘ng: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, hayotligingizda ham xushro‘y erdingiz, vafot qilganingizda ham xushro‘ysiz! Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, Olloh taolo sizga aslo ikki o‘lim bermas!» — deya tashqariga chiqdilar-da, (Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, parvardigor ul zotni albatta qayta tiriltirur!» — deb aytganlari uchun): «Ey ont ichguvchi, o‘ylab gapir!» — dedilar. Abu Bakrning bu gaplaridan Hazrat Umar o‘ltirib qoldilar. Abu Bakr Olloh taologa hamdu sanolar aytgach: «Kimda kim Muhammad (alayhissalom)ga ibodat qilgan bo‘lsa, ul zot vafot qildilar va kimda kim Olloh taologa ibodat qilgan bo‘lsa, u (hamisha barhayot) bo‘lib, (sira) o‘lmas! Olloh taolo: «(Ey Muhammad), darhaqiqat siz ham o‘lguvchidursiz, ular ham (boshqalar ham) o‘lguvchidurlar» («Zumar» surasi, 30-oyat) — deb aytgandur. Shuningdek, Olloh taolo: «Muhammad bir payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandur. Agar u (ya’ni, Muhammad alayhissalbm) vafot qilsa yoki o‘ldirilsa, (Islomdan yuz o‘girib) ortingizga (kufrga) qaytursizlarmi?! Kimda kim ortiga qaytsa, Ollohga zarracha ziyon yetkaza olmas, (bilaks o‘ziga zarar keltirur). Olloh shukrguzorlarni mukofotlagusidur!» («Oli Imron» surasi, 144-oyat) — deb ham aytgandur»,— dedilar. «Shunda, — deydilar Ibn Abbos raziyallohu anhu, — odamlar o‘kirib yig‘lab yuborishdi. Keyin, ansorlar Banu So’ida ayvonida o‘ltirgan Sa’d ibn Ubodaning huzuriga to‘planishdi. Ular: «Bir gal bizlardan (ya’ni, ansorlardan) va bir gal sizlardan (ya’ni, muhojirlardan) amir (xalifa) bo‘lmog‘i lozim», — deyishdi. Keyin, Abu Bakr as-Siddiq, Hazrat Umar ibn al-Xattob va Abu Ubayda ibn al-Jarroh ularning huzuriga borishdi. Shunda Hazrat Umar gapira boshlagan erdilar, Abu Bakr ul kishini jim qildilar. (Shul voqea xususida Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, men o‘zimni katta tutib, ul kishidan ilgari gapirmoqchi ermasdim, balki Abu Bakr aytmoqchi bo‘lgan gaplarini ularga tushuntira olmaydilar, deb xavotir olganimdan o‘zimga ma’qul so‘zlarni avvaldan o‘ylab qo‘ygan erdim», — deydilar). So‘ng, Abu Bakr o‘zlari eng so‘zamol kishilar singari ravon va sodda qilib: «Bizlar amir va sizlar vazir bo‘lmog‘ingiz lozim», — dedilar. Shunda Habbob ibn al-Munzir: «Yo‘q, bo‘lmaydi, Olloh taolo haqi, o‘zimizdan ham, sizlardan ham amir qilmaymiz!» — dedi. Abu Bakr as-Siddiq: «Yo‘q, bo‘lmaydi, bizlar amir va sizlar vazir bo‘lmog‘ingiz lozim, Quraysh Makka arablarining boylik va nasl-nasab jihatidan o‘rta holidurlar. Umar ibn al-Xattobga yoki Abu Ubayda ibn al-Jarrohga bay’at qilingizlar!» — dedilar. Hazrat Umar: «Aksincha, sizning o‘zingizga bay’at qilurmiz, siz bizning ulug‘imiz, eng yaxshimiz va Janob Rasulullohga eng mahbubimizsiz!» — dedilar-da, Abu Bakrning qo‘llarini olib, ul kishiga bay’at qildilar. So‘ng, qolganlar ham bay’at qilishdi. Shunda bir (kishi kinoya birlan): «Sa’dni o‘ldirdingizlar!» — dedi. Hazrat Umar: «Uni Olloh taolo o‘ldirdi!»— deb javob qildilar». («Ya’ni, Abu Bakrga bay’at qilganintiz birlan xalifalik xususida ansorlarni muhojirlarga qarshi qo‘zg‘agan Sa’d ibn Ubodani pichoqsiz so‘ydingizlar!» — deb kinoya qildi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:36:34
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (jon chiqar mahal) ko‘zlarini (shiftga) tikib turib: «Parvardigoro, sen Buyuk Do‘stsan!» — deb uch bor aytdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar va Abu Bakrning Olloh taolo manfaatli qilgan xutbalaridan biri shuki, Hazrat Umar musulmonlar orasida albatta nifoq yuzaga kelishini aytib, odamlarni qo‘rqitdilar va Olloh taolo bu birlan ularni nifoqdan qaytardi. Abu Bakr ersalar (o‘z xutbalarida) odamlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib, ularning zimmasidagi burchni tushuntirib qo‘ydilar. So‘ng, odamlar ul kishi birlan birgaliqda: «Muhammad bir payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandur...» («shukrguzorlarni mukofotlagusidur» degan qavligacha) — deya tashqariga chiqishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:36:56
Muhammad ibn al-Hanafiyya rivoyat qiladilar: «Men otamga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘ng eng yaxshi odam kim?» — dedim. Otam: «Abu Bakr», — dedilar. Men: «Keyin kim?» — dedim. Otam: «Keyin, Umar», — dedilar. Shunda men: «Keyingisi Usmon» deb aytishlaridan cho‘chib: «Keyin, siz o‘zingiz», — dedim. Otam: «Men musulmonlardan biriman, xolos», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning safarlaridan birida ul zot birlan birga yo‘lga chiqdik. Baydo’ (eki Zoto‘ljaysh) degan yerga borganimizda marjonim uzilib, yo‘qolib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari ham, ul zot birlan birga kishilar ham uni qidirib, ushlanib qolishdi. Shunda odamlar suvga yaqin yerda ermas erdilar, o‘zlarida ham suv yo‘q erdi. Shul bois odamlar Abu Bakrning qoshlariga kelishib: «Oishaning qilgan ishini ko‘rmaysizmi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ham, ul zot birlan birga kishilarni ham yo‘ldan qoldirdi! Vaholanki, odamlar suvga yaqin yerda emaslar, o‘zlarida ham suv yo‘qdur», — deyishdi. Abu Bakr tepamga kelganlarida Janob Rasululloh muborak boshlarini tizzamg‘a qo‘yib uxlab qolgan erdilar. Abu Bakr menga: «Janob Rasululloh birlan odamlarni yo‘ldan qoldirding, vaholanki ular suvga yaqin yerda ham emaslar, o‘zlarida ham suv yo‘qdur!»— dedilar-da, Olloh taolo iroda qilgancha menga dashnom berib, qo‘llari birlan biqinimga turta boshladilar. Shunda men Janob Rasulullohning muborak boshlari tizzamda bo‘lgani uchungina chidab, qimirlamadim. So‘ng, Janob Rasululloh o‘shal suvga yaqin bo‘lmagan bir yerda uyqudan uyg‘ondilar. Shunda Olloh taolo ul zotga «Tayammum» oyatini nozil qildi, odamlar tayammum qilishib, (namoz o‘qishdi). Keyin, Usayd ibn Huzayr menga: «Ey Abu Bakr zurriyoti, bu Olloh taoloning siz tufayli ato etgan birinchi barokoti emas!» — dedi. So‘ng, men mingan tuyani turg‘azib erdik, marjonimni ostidan topdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:37:37
Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Zinhor) mening sahobalarimni so‘kmangizlar! Garchi sizlardan qaysi biringizdir Uhud tog‘idek oltin sadaqa qilgan bo‘lsangiz ham, u ulardan birining na muddiga va na mikyoliga (ya’ni, mening birgina sahobamning kichik bir fazilatiga ham, kichik bir qilgan amali solihiga ham) barobar kelmas!» — dedilar».

Abu Muso al-Ash’ariydan naql qilinadiki, ul kishi uylarida tahorat olgach, tashqariga chiqdilar. Abu Muso: «Bugun Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir xizmat qilayin, kunimni ul zot birlan o‘tkazayin!» — deb niyat qildim», — deydilar. So‘ng, Abu Muso masjidga borib, Rasululloh sallallohu alayhi va, sallamni so‘radilar. Masjiddagilar: «Bu yerdan chiqib, hov anavi tarafga ketdilar», — deyishdi. Abu Muso bunday deydilar: «Men masjiddan chiqib, ortlaridan qidirib bordim, bilsam, Bi’ru Arisga (sahnida qudug‘i bor bir boqqa) kirib keggan erkanlar. Ul zot hojatlarini bajarib bo‘lib, tahorat olgunlariga qadar boqqa kirmay, uning xurmo shoxlaridan qilingan eshigi oldida (kutib) o‘ltirdim. Keyin, o‘rnimdan turib, ul zot tomon yo‘naldim. Qarasam, quduq taxtasining o‘rtasida, izorlarini shimarib, oyoqlarini quduq ichiga osiltirib o‘ltiribdilar. Qoshlariga borgach, ul zotga salom berdim. So‘ng, yana eshik oldiga borib o‘ltirdim. O’zimga o‘zim: «Bugun Rasulullohga bir eshikbonlik qilayin!» — dedim. Shu asnoda Abu Bakr raziyallohu anhu kelib, eshikni taqillatdilar. Men: «Kim bu?» — dedim. Ul kishi: «Abu Bakrman», — dedilar. Men: «Shoshmay turingiz!»— dedim-da, ul zotning qoshlariga borib: «Yo Rasulalloh, Abu Bakr kelib, ichkariga kirmoqqa izn so‘rayotirlar», — dedim. Ul zot: «Ijozat ber va jannati ekanliklarini aytib, xushnud qil!» — dedilar. Men eshik oldiga borib, Abu Bakrga: «Kiringiz, Janob Rasululloh sizning jannati ekanligingizni bashorat qildilar», — dedim. Abu Bakr boqqa kirdilar-da, Janob Rasulullohning o‘ng tomonlariga borib, ul zot singari izorlarini shimargach, oyoqlarini quduq ichiga osiltirib o‘ltirdilar. Men yana eshik oldiga borib o‘ltirdim. Men boya birodarim (Abu Burda)ni: «Tahorat qilib, so‘ng ortimdan yetib olgil!» — deb uyda qoldirib kelgan erdim. Shul bois: «Agar Olloh taolo falonchiga (ya’ni, birodarimga) yaxshilikni ravo ko‘rgan bo‘lsa, u bu yerga kelur» — deb endi xayolimdan o‘tkazgan erdim hamki, bir kishi eshikni itara boshladi. Men: «Kim bu?» — dedim. Ul kishi: «Umar ibn al-Xattobman»,— dedilar. Men: «Bir oz kutib turingiz!» — dedim-da, Janob Rasulullohning qoshlariga borib salom berdim. So‘ng: «(Yo Rasulalloh), Umar ibn al-Xattob kelib, ichkariga kirmoqqa ruxsat so‘rayotirlar», — dedim. Ul zot: «Ijozat ber va jannati ekanliklarini aytib, xushnud qil!» — dedilar. Men (eshik oldiga) borib, ul kishiga: «Kiringiz, Janob Rasululloh sizning jannati ekanligingizni bashorat qildilar», — dedim. Hazrat Umar ichkariga kirdilar-da, Janob Rasulullohning chap yonlariga borib, oyoqlarini quduq ichiga osiltirib o‘ltirdilar. Men yana (eshik oldiga) qaytib borib o‘ltirdim. Xayolan: «Agar Olloh taolo falonchiga (ya’ni, birodarimta yaxshilikni iroda qilsa, u bul yerga kelur» — deb erdim hamki, (yana) kimdir kelib, eshikni itara boshladi. Men: «Kim bu?»— dedim. Ul kishi: «Usmon ibn Affonman»,— dedilar. Men: «Bir oz kutib turingiz!» — dedim-da, Janob Rasulullohning qoshlariga borib, (Usmon ibn Affonning ichkariga kirmoqqa izn surayotganlarini) ma’lum qildim. Ul zot: «Ijozat ber va boshlariga tushadirgan musibat oqibatida (shahid bo‘lajaklarini hamda shul tufayli) jannatga kirajaklarini aytib, xushnud qil!» — dedilar. Men Hazrat Usmonning oldilariga borib: «Kiringiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshingizga tushadirgan musibat oqibatida (shahid bo‘lib), jannatga kirajagingizni bashorat qildilar», — dedim. Hazrat Usmon kchkariga kirib, (quduq labidagi) taxtada o‘ltirgali joy qolmaganini ko‘rdilar-da, (quduqning Janob Rasulullohga) qarama-qarshi tarafiga borib o‘ltirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:38:05
Sa’id ibn al-Musayyib: «Men bu voqeani (ya’ni, Janob Rasulullohning o‘ng tomonlarida Abu Bakr, chap tomonlarida Umar va oyoq tomonlarida Usmon raziyallohu anhumning o‘ltirganlarini) ularning qabrlarining qay tartibda joylashishiga yo‘ydim», — deydilar».

Anas ibn Molik raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr, Umar va Usmon Uhud tog‘iga chiqishib erdi, u (azbaroyi xursand bo‘lganidan) titrab ketdi. Shunda ul zot: «Ey, Uhud, tek tur, chunki payg‘ambar va hamisha rostgo‘y (Abu Bakr) hamda ikki shahid (Umar va Usmon) ustingdadur!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:38:30
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rizoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Bir mahal men (tushimda) bir quduq labida turib, undan (suv) tortib olayotgan erdim, oldimga Abu Bakr va Usmon kelishdi. Keyin, Abu Bakr chelakni (qo‘limdan) olib, bir (yoki ikki) chelak suv tortib oldilar, ammo tortishlari zaif bo‘ldi (ya’ni, suv kam chiqdi). Olloh taolo ul kishini mag‘firat qilsin! So‘ng, (Umar) ibn al-Xattob chelakni Abu Bakrning qo‘llaridan olib erdi, u kattakon chelakka aylandi. Men odamlar orasida uningdek baquvvat va mohir kishini ko‘rgan ermasman! U (shul qadar ko‘p) suv tortib oldiki, hatto odamlar (o‘z tuyalari uchun) qo‘ralar qurdilar, (ya’ni, suv mo‘lligidan o‘shal yerda muqim bo‘lib qoldilar)».

Ibn Abbos raziyaplohu anhu rivoyat qiladilar: «Men qavm orasida turib erdim. Barchamiz (jasadlari) chorpoyalariga yotqizib qo‘yilgan Umar ibn al-Xattobga Olloh taolodan rahmat tilab, duo qilayotgan erdik. Bir mahal ortimda turgan kishi qo‘lini yelkamga quyib turib, (Hazrat Umarga qarata): «Olloh taolo sizni (g‘ariqi) rahmat qilsin! Men Olloh taolo sizni ikki do‘stingiz (Janob Rasululloh va Abu Bakr) birlan birga qilsin! (ya’ni, Janob Rasululloh va Abu Bakr qabrlari yonidan joy ato etsin!) deb niyat qilurman. Chunki, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Men Abu Bakr va Umar birlan birga erdim, Abu Bakr va Umar birlan unday qildim, bunday qildim, Abu Bakr va Umar birlan birga u yerga bordim, bu yerga bordim» — deb aytganlarini ko‘p eshitgandurman. Shul boisdan men: «Olloh taolo sizni ikki do‘stingiz birlan birga qilsin!» — deb tilak qilurman», — dedi. Ortimga o‘girilib qarasam, bu Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:39:08
Urva ibn az-Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Amrdan mushriklar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetkazgan eng qattiq ozor xususida so‘radim. Shunda u bunday dedi: «(Bir kuni) men Uqba ibn Abu Mu’iytni ko‘rdim. U Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib turganlarida oldilariga keldi-da, ridosini bo‘yinlariga tashlab, ul zotni qattiq bo‘g‘di. Shul asnoda Abu Bakr kelib qolib, ul zotni Uqbadan himoya qildilar-da: «Mening rabbim Ollohdur, men sizlarga rabbimdan aniq ko‘rsatmalar olib keldim, deb aytguvchi kishini ham o‘ldirasizlarmi?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:39:50
7-bob. Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuning manoqiblari (maqtovga sazovor sifatlari va amali solihlari) xususida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men tushimda jannatga kirganimni ko‘rdim. Qarasam, qarshimda Abu Talhaning xotini Rumayso’ («Rumayso’» o‘shal xotinning laqabi bo‘lib, uning mijjalarida doimo yiringga o‘xshash modda to‘planib turgan) turibdi. Shu asnoda ohista qadam tovushi qulog‘imga chalindi. «Kim bu?» — dedim. (Farishta): «Bu Biloldur», — dedi. (Balki, Hazrat Bilolning o‘zlari: «Bu men, Bilolman»— deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin). Keyin, men (jannatda) bir (muhtasham) qasrni ko‘rdim, uning hovlisida bir yosh qiz turgan erdi. «Bu (qasr) kimniki?» — dedim. (Farishta): «Umarniki», — dedi. Keyin, men qasrga kirib, uni tamosho qilmoqchi bo‘ldim-u, ammo sening (ya’ni, Umarning) rashkchi erkanligingni eslab, (kirmadim)», — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, sizdan rashk qilamanmi?!» — dedilar».

Bu yerda Abu Hurayra raziyallohu anhu shu mazmundagi bir hadisni rivoyat qilganlar.

Hamza otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotganimda (ya’ni, tushimda) sut ichdim, hatto uning tirnoqlarim atroflaridan oqib chiqayottanini ko‘rdim. So‘ng, ortib qolganini Umar ibn al-Xattobga berdim», — dedilar. Shunda (sahobalar): «Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasulalloh?» — deyishdi. Ul zot: «Ilmga», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:40:03
Bu yerda Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Janob Rasulullohning Hazrat Abu Bakr va Umar birlan birga quduqdan suv  tortib olishgani xususidagi tushlarini takroran rivoyat qilganlar.

Muhammad ibn Sa’d ibn Abu Vaqqos otalaridan naql qiladilar: «Umar ibn al-Xattob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa ijozat so‘radilar. Shunda Janob Rasulullohning huzurlarida bir guruh Quraysh ayollari bo‘lib, ular bir-birlariga navbat bermay, bor ovozlari birlan ul zotga so‘zlashayotgan erdilar. Hazrat Umar ichkariga kirmoqqa ruxsat so‘raganlarida ular o‘rinlaridan turishib, shosha-pisha ro‘mollarini yopinib olishdi. Sung, Janob Rasululloh Hazrat Umarga ruxsat berdilar. Ul kishi ichkariga kirib, Janob Rasulullohning kulib turganlarini ko‘rgach: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo sizni umringiz bo‘yi kuldirsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Huzurimdagi ayollarning ichkariga kirmoqqa izn so‘raganingni eshitishib, shosha-pisha ro‘mollarini yopinib olishganidan taajjub qildingmi?» — dedilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, siz ularning hayo qilmoqlariga haqliroqsiz!» — dedilar. Sung, ayollarga o‘girilib: «Ey o‘ziga o‘zi dushmanlar, mendan uyalib, Janob Rasulullohdan uyalmaysizlarmi?» — deb aytdilar. Ayollar: «Ha, shunday, chunki siz Janob Rasulullohga nisbatan dag‘also‘z va qo‘polroqsiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ey Ibn al-Xattob! Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, agar shayton yo‘lingdan chiqib qolsa, (qo‘polligingdan) boshqa yo‘lga burilib ketgay», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:40:12
Abdulloh: «Hazrat Umar Islomga kirganlaridan buyon tobora izzatli (qudratli) bo‘lib bormoqdamiz», — deydilar.

Bu yerda Hazrat Alining Hazrat Umarni: «Olloh taolo sizni ikki do‘stingiz birlan birga qilsin!» — deb duo qilganlari xususidagi hadis takroran keltirilgan.

Bu yerda Janob Rasulullohning Abu Bakr, Umar va Usmon raziyallohu anhum birlan birga Uhud tog‘iga chiqqanlari haqidagi hadis takroran keltirilgan.

Zayd ibn Aslam rivoyat qiladilar: «Ibn Umar otamdan Hazrat Umarning ba’zi fazilatlari xususida so‘rabdilar. Shunda otam: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlaridan to xalifalik Umar ibn al-Xattobga o‘tgunga qadar (otangizdan ko‘ra) jiddiyroq va saxovatliroq kimsani ko‘rmadim», — debdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:40:21
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi, va sallamga Qiyomat xususida savol berib: «Qiyomat qachon?» — dedi. Janob Rasululloh (unga): «Qiyomatga qanday hozirlik ko‘rib qo‘ygansan?» — dedilar. U: «Olloh taolo birlan uning Rasuliga bo‘lgan muhabbatimdan bo‘lak hech qanday tayyorgarligim yo‘q», — dedi. Janob Rasululloh: «Sen o‘zing sevganlar birlan birgasan», — dedilar. Biz Janob Rasulullohning «Sen o‘zing sevganlar birlan birgasan» degan gaplariga quvonganchalik hech narsaga quvonmagan erdik. Men ham Janob Rasulullohni, Hazrat Abu Bakr va Hazrat Umarni sevaman. Garchi men ular qilgan amali solihlarni qilmagan bo‘lsam-da, ularga bo‘lgan muhabbatim tufayli (oxiratda) ular birlan birga bo‘lmog‘imni orzu qilurman!».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgarigi ummatlar orasida gapirguvchilar bo‘lgan erdi. Agar mening ummatim orasida ham shunday bir kishi chiqsa, u Umar bo‘lur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:40:32
Abu Salama (yuqoridagi hadisni oydinlashtirmoq uchun) quyidagicha qo‘shimcha qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u Umar bo‘lur», — dedilar». (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar).

Bu yerda bo‘ri bilan cho‘pon o‘rtasidagi voqea xususidagi hadis takroran keltirilgan.

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «Dinga», — dedilar». (Ya’ni, bu yerda ko‘ylak dinga tashbih qilingan bo‘lib, u odam avratini yopib, sharmandaliqdan asragani kabi, din ham odamni parvardigor oldida sharmisor bo‘lmoqdan hamda jahannam o‘tidan saqlagaydur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:40:59
Bu yerda Janob Rasululloh quduq ichiga oyoqlarini osiltirib o‘ltirganlarida Abu Bakr va Umar raziyallohu anhum ikki yonlariga, Hazrat Usmon ersalar ro‘paralariga kelib o‘ltirganlari haqidagi hadis takroran keltirilgan.

Abdulloh ibn Hishom: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Umarning qo‘llarini ushlab turib (gaplashayotganlarida) yonlarida erdik», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:41:24
Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar yaralanganlarida jarohatlari qattiq azob bera boshladi. Shunda Ibn Abbos ul kishidagi bezovtalikni ko‘rib: «Ey mo‘minlar amiri, boshingizga shunday musibat tushgan erkan, (sabr qilingiz!), agar ajalingiz yetgan bo‘lsa, (oxiratingizdan) xavotir olmog‘ingizga o‘rin yo‘q, axir siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qildingiz, sahobalik qilganda ham, juda yaxshi sahobalik qildingiz. So‘ng, siz ul zotdan ayrilib qoldingiz, ul zot sizdan rozi bo‘lib ketdilar. Keyin, siz Abu Bakr raziyallohu anhuga sahobalik qildingiz, sahobalik qilganda ham, juda yaxshi sahobalik qildingiz. So‘ng, siz ul kishidan (ham) ayrilib qoldingiz, ul kishi sizdan rozi bo‘lib ketdilar. Keyin, siz ularga (ya’ni, Hazrat Usmon va Hazrat Aliga) hamsuhbat bo‘ldingiz, hamsuhbat bo‘lganda ham, juda yaxshi hamsuhbat bo‘ldingiz. Agar siz ularni tark etib, ular sizdan ayrilib qolsalar, sizdan rozi bo‘lib qolgaylar», — dedilar. Hazrat Umar (Ibn Abbosga javoban): «Sen menga aytgan gaplaring, ya’ni Janob Rasulullohga sahobalik qilganim hamda ul zotning mendan rozi bo‘lib ketganlari — bu Olloh taoloning menga qilgan inoyatu marhamatidur. Sening menga aytgan keyingi gaping, ya’ni Hazrat Abu Bakrga sahobalik qilganim hamda ul kishining mendan rozi bo‘lib ketganlari ham Olloh taoloning menga qilgan inoyatu marhamatidur. Ammo, sen ko‘rib turgan mendagi bezovtalik (sen o‘ylagancha jarohatim og‘rig‘idan ermas, balki) sen va sening do‘stlaring (kelajagi xususida) xavotirlanayotganimdandur. Olloh taolo haqi, agar mening Yer kurrasidek oltinim bo‘lganda ham, uni (oxiratda) Olloh taoloning azobidan xalos bo‘lmog‘im uchun bergan bo‘lur erdim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:41:59
8-bob. Usmon ibn Affon raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘shal quduqni Hazrat Usmon qaziganlar (sotib olganlar). Shuningdek, Janob Rasululloh: «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidir» — deb aytganlarida ham (o‘shal g‘azotga) Hazrat Usmon qo‘shin tayyorlaganlar.

Bu yerda Janob Rasululloh quduq ichiga oyoqlarini osiltirib o‘ltirganlarida Abu Bakr va Umar raziyallohu anhumo ikki yonlariga, Hazrat Usmon ersalar ro‘paralariga kelib o‘ltirganlari haqidagi hadis takroran keltirilgan.

Osim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir suv bo‘yida tizzalarini ochib (dam olib) o‘ltirgan erdilar. Hazrat Usmon kelib qoddilar. Shunda ul zot tizzalarini yopib oldilar». (Bu yerda Janob rasulullohning naqadar hayoli ekanliklariga hamda ul zotning Hazrat Usmonga nisbatan hurmatlari baland ekanligiga ishora qilinadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:42:16
Ubaydulloh ibn Adiy ibn al-Xier rivoyat qiladilar: «Misrar ibn Maxrama va Abdurrahmon ibn al-Asvad ibn Abdu Yagus menga: «Usmonga birodarlari Validni (afv etmoqlarini so‘rab) gapirmog‘ingga senga nima mone’lik qiladi? Odamlar uning yonini olib, ko‘p gapirayotirlar», — deyishdi. Shunda men Hazrat Usmonga gapirmoqqa jazm qildim. Ul kishi namozga chiqqanlarida: «Mening sizda bir maslahatli ishim bor», — dedim. Ul kishi: «Sendan bir maslahatli gap chiqarmidi?!» — dedilar. Men (tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushib) ular ikkalasining oldiga qaytib bordim. So‘ng, Hazrat Usmon ortimdan bir odamni yubordilar, men Hazrat Usmonning oldilariga qaytib bordim. Shunda ul kishi: «Qanday maslahatli ishing bor erdi?» — dedilar. Men: «Darhaqiqat, Olloh subhonahu Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haq (din) birla yuborgandur va ul zotga Kitob (Qur’on) nozil qilgandur. Men ersam, Olloh taolo birlan uning Rasuli da’vatiga ijobat qilib, ikki bor hijrat qildim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qildim hamda ul zotning yo‘llarini mahkam tutdim. Odamlar Validning yonini olib, ko‘p gapirayotirlar», — dedim. Hazrat Usmon: «O’zingni Janob Rasulullohga teng qilayotirsanmi?!» — dedilar. Men: «Yo‘q, aslo! Ammo, (men) ichkarida o‘ltiradigan bokira qiz visoliga yetishgan kishi yanglig‘ ul zotning bilimlaridan bahramand bo‘lganman», — dedim. Hazrat Usmon: «Ammr, ba’d: darhaqiqat, Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haq (din) birla yuborgan bo‘lib, men (ham sen kabi) Olloh taolo birlan unint Rasuli da’vatiga ijobat qilganman, Olloh taolo ul zot birlan nimaiki yuborgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirganman, sen aytganingdek, ikki bor hijrat qilganman, ul zotga sahobalik hamda bay’at qilganman. Olloh taolo haqi, parvardigor payg‘ambarimizni vafot ettirguniga qadar ham ul zotga na osiylik va na aldamchilik qildim! So‘ng, (payg‘ambarimizga bay’at qilib, qanday ixlos birlan sahobalik qilgan bo‘lsam), Abu Bakrga (bay’at qilib, xuddi shunday ixlos birla sahobalik qildim). Keyin, Hazrat Umarga ham shunday qildim. So‘ng, o‘zim xalifa bo‘ldim. (Qani, aytchi, ularning huquqlari kabi huquqqa egamanmi, yo‘qmi?!» — dedilar. Men: «Ha, egasiz», — dedim. Hazrat Usmon: «Sizlar xususingizda men eshitayotgan gaplar qanday gap bo‘ldi?! Ammo, sening Valid haqida qilgan iltimosing xususiga kel-sak,  inshoolloh, biz uni qilgan gunohiga yarasha jazolagaymiz!» — dedilar. So‘ng, Hazrat Alini chaqirib, Validga darra urmoqni buyurdilar. Ul kishi Validga sakson darra urdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:42:55
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (hayotlik) vaqtlarida (sahobalardan) hech kimni Abu Bakr as-Siddiqqa tenglashtirmas erdik. Keyingi o‘rinda Hazrat Umar, undan keyingi o‘rinda Hazrat Usmon turardilar. So‘ng, ul zotning sahobalarini bir-birlaridan afzal ko‘rmay quydik».

Usmon ibn Mavhib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Misr ahlidan bo‘lmish bir kishi Baytullohni tavof qildi. So‘ng, (o‘zaro suhbatlashib o‘ltirgan) bir qavmni ko‘rib: «Anavi qavm (kishilar) kim?» — deb so‘radi. Bir kishi: «Ular Quraysh qabilasidan», — dedi. Misrlik: «Ularning oqsoqoli kim?» — deb so‘radi. Odamlar: «Abdulloh ibn Umar» — deb javob qilishdi. Misrlik: «Ey Ibn Umar, men sizdan bir narsa xususida so‘rayman, menga javob beringiz! Uhud g‘azoti kuni Usmonning qochganini bilurmisiz?» — dedi. Ibn Umar: «Ha», — dedilar. Misrlik: «Usmonning Badr g‘azotida bo‘lmaganini hamda uning mag‘lubiyatini ko‘rmaganini ham bilurmisiz?» — dedi. Ibn Umar: «Ha», — dedilar. Misrlik: «Usmonning Bay’atur-rizvonda bo‘lmaganini ham bilurmisiz?» — dedi. Ibn Umar: «Ha», — dedilar. Shunda misrlik: «Ollohu akbar!» — dedi. Ibn Umar bunday dedilar: «Beri kel, senga tushuntirib berayin! Hazrat Usmonning Uhud kuni qochganlari rost. Guvohlik beramanki, Olloh taolo ul kishini afv etib, gunohlarini kechirdi. [Bu Olloh taoloning «Ikki jamoat to‘qnashgan kuni oralaringizdan chiqib, (jang maydonini tashlab) qochgan kishilarni shayton o‘zlari qilgan ayrim gunohlari tufayli yo‘ldan ozdirdi. Bas, Olloh taolo ularni afv etib, gunohlarini kechirdi» degan oyati karimasida aytilgandur. «Oli Imron» surasi, 155-oyat]. Hazrat Usmonning Badr g‘azotida bo‘lmaganlarining boisi shuki, Janob Rasulullohning qizlari ul kishining xotinlari bo‘lib, betob erdi. Shuning uchun Janob Rasululloh Hazrat Usmonga Badr g‘azotidan qolishni amr qildilar. Janob Rasululloh o‘shanda Hazrat Usmonga: «Sizga Badrda ishtirok etganlardan birining ajri va o‘ljasi berilgay» — deb erdilar. Endi, Hazrat Usmonning Bay’atur-rizvonda bo‘lmaganlari xususiga kelsak, agar Makkada Hazrat Usmondan ko‘ra azizroq kishi bo‘lganda, Janob Rasululloh ul kishining o‘rniga o‘shal odamni Makkaga yuborgan bo‘lur erdilar. (Ya’ni, Hazrat Usmon: «Janob Rasululloh Makkaga urushish uchun emas, balki umra qilgani kelayotirlar» — deb Quraysh ahliga ma’lum qilishlari kerak erdi). Bay’atur-rizvon ersa, Hazrat Usmon Makkaga ketganlaridan so‘ng bo‘lgandur. Janob Rasululloh (bay’at vaqtida) o‘ng qo‘llarini ko‘rsatib: «Mana bu qo‘l — Usmonning qo‘lidur» — dedilar-da, (chap qo‘llariga) urdilar. So‘ng: «Bu bay’at — Usmonning (o‘rniga) qilingan bay’atdur» — deb aytdilar. Keyin, Ibn Umar (shu gaplarni misrlikka aytgach): «Mana shu javoblarimni (qulog‘ingga quyib) olgin-da, hoziroq bu yerdan jo‘nab qol!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:43:03
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud tog‘iga ko‘tarildilar, Abu Bakr, Umar va Usmon ham ul zot birlan birga erdilar. Shunda Uhud tog‘i (ularning muborak qadamlari qo‘yilganidan behad xushnud bo‘lganidan) titrab ketdi. Janob Rasululloh (menimcha, oyoqlari birlan tepsinib): «Ey Uhud, tek tur! Ustingda payg‘ambar, Siddiq (hamisha rostgo‘y Abu Bakr) va ikki shahid (ya’ni, Hazrat Umar va Usmon)dan bo‘lak hech kim yo‘q», — dedilar. (Janob Rasululloh «ikki shahid» deyish birlan Hazrat Umar va Usmonning kelgusida shahid bo‘lajaklarini bashorat qildilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:44:42
9-bob. (Hazrat Umar ibn al-Xattobning vafotlaridan keyingi) bay’at haqidagi hamda Usmon ibn Affonni (xalifa qilib saylashga) kelishilgani xususidagi qissa. Bu qissada Umar raziyallohu anhuga qilingan qotillik haqida ham bayon qilinadi.

Amr ibn Maymun raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuni shahid bo‘lishlaridan bir necha kun ilgari Madinada ko‘rdim. Ul kishi Huzayfa ibn Al-Yamon birlan Usmon ibn Hunayfni to‘xtatib: «Qanday qarorga keldingizlarmi (yoki) sizlar Yerdek ko‘tarib bo‘lmaydirgan bir og‘ir yumushni o‘z zimmalaringizga olib quymog‘ingizdan cho‘chiyotirsizlarmi?!» — dedilar. Ular: «Biz (bu og‘ir) yumushni (shunday) bir (muhim) ish uchun o‘z zimmamizga oldikkim, u ulug‘ fazilatga molik bo‘lganidan toqat qilarlidur», — deyishdi. Hazrat Umar: «O’ylab ko‘ringizlar, tag‘in Yerdek ko‘tarib bo‘lmaydirgan bir og‘ir yumushni zimmangizga olib qo‘ygan bo‘lmangizlar!» — dedilar. Ular: «Yo‘q, unday emas», — deyishdi. Hazrat Umar: «Agar Olloh taolo meni salomat saqlasa, Iroq ahli bevalarini (Islomni qabul qilib, musulmonlarga turmushga chiqmoqqa) da’vat qilurmankim, mendan keyin sira erkakka (erga) muhtoj bo‘lmagaylar», — dedilar. Ammo, shul voqeadan to‘rt kun o‘tmay, ul kishi shahid bo‘ldilar.
Hazrat Umar shahid bo‘ladirgan kunning tonggida men (masjidda) turgan erdim, men birlan ul kishining o‘rtamizda Abdulloh ibn Abbosdan bo‘lak kimsa yo‘q erdi. Hazrat Umarning odati shariflari shunday erdiki, ikki safni oralab o‘tayotib: «Saflarni to‘g‘rilangizlar, oralaringizda bo‘sh joy qolmasin!» — der, so‘ng oldinga o‘tib takbir aytar erdilar. O’shal kuni ersa masjidga kirgach, odamlar yig‘ilsin deb birinchi rak’atda, menimcha «Yusuf» yoki «Nahl» yoxud shunga o‘xshash (uzunroq) bir surani qiroat qildilar. «Keyin, «Ollohu akbar!» deb ruku’ qilishlari birlanoq «Meni o‘ldirdi!» yoki «Meni bir it yedi!» deyayotganlarini eshitdim. Shunda bir ajamiy qul Hazrat Umarga xanjar urgan bo‘lib, namozxonlar orasidan otilib chiqdi-da, o‘nggu so‘lida uchragan har bir odamga xanjar sancha boshladi. Shu tariqa u o‘n uch kishini jarohatladi, ulardan yettitasi o‘ldi. Bu hodisani ko‘rib turgan musulmonlardan biri burnusini (choponini) yechib uning ustiga tashladi. Shunda boyagi qotil qo‘lga tushganini fahmlab, o‘zini o‘zi xanjar urib o‘ldirdi. Hazrat Umar (yiqilib ketmaslik uchun) Abdurrahmon ibn Avfning qo‘lini ushladilar. Men ko‘rgan fojiani Hazrat Umarning ortlarida turganlargina ko‘rgan bo‘lib, ular ul kishining oldilariga kelishdi. Ammo, masjid atrofidagilar (ya’ni, orqadagi saflarda turganlar) bundan bexabar erdilar. Ular Hazrat Umarning ovozlari eshitilmay qolganiga hayron bo‘lishib: «Subhonalloh! Subhonalloh!» — deyishar erdi. Keyin, Hazrat Umar Abdurrahmon ibn Avfni imomlikka o‘tkazdilar. Abdurrahmon ibn Avf namozxonlarga imomlik qilib, tezda namozni tugatdilar. Namozxonlar masjiddan chiqib ketgach, Hazrat Umar: «Ey Ibn Abbos, meni kim o‘ldirganini (ya’ni, menga kim suiqasd qilganini) bilib kel!» — dedilar. Ibn Abbos chiqib ketib, bir ozdan so‘ng qaytib keldi-da: «Sizga suiqasd qilgan Mug‘iyraning (nasroniy) quli erkan», — dedi. Hazrat Umar: «As-Sunu’mi?» — dedilar. Ibn Abbos: «Ha», — dedi. Hazrat Umar: «Uni Olloh taolo halok qildi. Men unga amri ma’ruf qilgan erdim. Olloh taologa shukrkim, u meni musulmonning qo‘li birlan o‘ldirmadi! (Ey Ibn Abbos), sen va sening otang Madinada ulujlarning (ya’ni, arab bo‘lmagan kofir qullarning) ko‘p bo‘lmog‘ini istar erdingizlar!» — dedilar. Darhaqiqat, Ibn Abbosda bunday qullar boshqalardagidan ko‘ra ko‘proq erdi. Shul boisdan Ibn Abbos: «Agar istasangiz, ularni o‘ldiramiz», — dedi. Hazrat Umar: «(Ota-bola ikkalangiz) o‘z tillaringiz birlan: («Madinada ajamiy qullarni ko‘paytiraylik») — deb aytganingizdan keyingi bu gaping yolg‘ondur. (Endi, bo‘lar ish bo‘ldi), o‘z qiblalaringizga qarab namozlaringizni o‘qiyveringizlar, hajlaringizni ado etaveringizlar!» — dedilar. Sung, Hazrat Umarni uylariga olib ketishdi, biz ham birga bordik. Odamlar boshiga ilgari bunday musibat tushmagan bo‘lib, o‘shal kunlari ba’zilar: «Hech nima qilmaydi, tuzalib ketadilar», — desa, ba’zilar: «Men ul kishidan xavotirdaman» — der erdi. (Hazrat Umarning qoshlariga tabib olib kelishgach), u ul kishiga sharbat ichirib erdi, qorinlaridan (ya’ni, qorinlaridagi jarohat o‘rnidan) chiqdi, so‘ng sut ichirib erdi, jarohatlaridan (ya’ni, orqalaridagi jarohat o‘rnidan) chiqdi. Shundan bilishdiki, ul kishining o‘limlari yaqin erkan. Keyin, biz Hazrat Umarning huzurlariga kirdik. Shunda odamlar kelishib, ul kishiga tasalli-yu hamdardlik izhor qilishdi. So‘ng, bir (ansoriy) yigit kirib kelib: «Yo mo‘minlar amiri, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qilganingiz hamda Islomda o‘zingiz bilgan shijoatkorligingiz tufayli Olloh taolo sizga (jannati ekanligingiz xususida) qilgan bashoratidan xursand bo‘lingiz! Keyin, siz adolat birla xalifalik qildingiz, buning ustiga, mana sizga shahidlik ham nasib etib turibdi», — dedi. Hazrat Umar: «Shoyad shunday bo‘lsa! Ey jiyanim, ammo bular mening na (Olloh taolo oldidagi hisob-kitobim) va na (uning bandasiga beradirgan qarzim) uchun kifoya qilmas!» — dedilar. So‘ng, boyagi yigit ishtonini yerda sudragancha chiqib ketayotgan erdi, Hazrat Umar: «Uni huzurimga qaytaringizlar!» — dedilar. U qaytib kelgach, Hazrat Umar: «Ey jiyanim, kiyimingni ko‘tarib olgil, chunki shunday qilsang, kiyimingni ko‘proq asragan va parvardigoringdan ko‘proq qo‘rqqan bo‘lursan. Ey Abdulloh ibn Umar, qara-chi, qancha qarzim bor erkan?» — dedilar. So‘ng, hisoblab chiqishib erdi, sakson olti ming yoki shunga yaqin qarzlari borligi ma’lum bo‘ldi. Shunda Hazrat Umar (o‘g‘illariga): «Agar (qarzimni uzishga) Umar oilasining mol-mulki yetsa, to‘la, basharti yetmasa, Banu Adiy ibn Ka’b qabilasidagi (qarindoshlarimdan) so‘ra, mobodo ularning mol-mulklari ham yetmasa, unda Qurayshdagi (qarindoshlarimdan) so‘ra, ammo ularni o‘zgalar qoshiga bormoqqa majbur qilma, (qarindoshlarim bergan) mol-mulknigina qarzimga to‘la! Hozir ersa, mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga borgil-da: «(Otam) Umar sizga salom aytib yubordilar, deb aytgil, ammo mo‘minlar amiri salom aytdilar, deb aytmagil, chunki men bugundan e’tiboran mo‘minlarning amiri ermasman. So‘ng, (otam) Umar ibn al-Xattob ikki do‘stlari yoniga dafn qilinmoqlariga sizdan ijozat so‘rayotirlar, deb aytgil!» — dedilar. Keyin, o‘g‘illari Oisha onamizning ostonalariga borib, ul yerdagilarga salom bergach, ichkariga kirmoqqa izn so‘radilar. So‘ng, ichkariga kirib, Oisha onamizning yig‘lab o‘ltirganlarini ko‘rdilar. o‘g‘illari: «(Otam) Umar ibn al-Xattob sizga salom aytib yubordilar, ikki do‘stlari (ya’ni, Janob Rasululloh birlan Hazrat Abu Bakr)ning yonlariga dafn qilinmoqlariga sizdan ijozat surayotirlar», — dedilar. Oisha onamiz: «Men buni (ya’ni, o‘zimning ular yoniga dafn qilinmog‘imni) orzu qilar erdim, ammo bugun bunga o‘zimdan ko‘ra Hazrat Umarni munosibroq ko‘rurman», — dedilar. Ibn Umar qaytib kelganlarida «Abdulloh ibn Umar keldi» deb Hazrat Umarga ma’lum qilishdi. Shunda Hazrat Umar: «Meni (ya’ni, boshimni yostikdan bir oz) ko‘taringizlar!» — dedilar. Bir kishi qadlarini ko‘tarib, suyab turdi. Hazrat Umar: «Qanday javob keltirding?» — dedilar. Ibn Umar: «Ey mo‘minlar amiri, siz istagan javobni keltirdim, ul muhtarama ijozat berdilar», — dedilar. Hazrat Umar: «Olloh taologa shukr, mening uchun bundan (ikki do‘stim yoniga dafn qilinmog‘imdan) ko‘ra muhimroq narsa yo‘q erdi! Agar vafot qilsam, tobutimni ko‘tarib (Oisha onamizning huzurlariga olib boringizlar), so‘ng sen (Abdulloh) salom bergil-da: «Umar ibn al-Hattob (ikki do‘stlari yoniga dafn qilinmoqlariga) ijozat surayotirlar» — deb aytgil! Agar ruxsat bersalar, (meni ularning yonlariga) dafn qilingizlar, basharti ruxsat bermasalar, unda meni musulmonlarning (oddiy, umumiy) mozoriga olib borib dafn qilingizlar!» — dedilar. Keyin, mo‘minlar onasi Hafsa bir necha ayollar birlan birga keldilar. Ular biz (erkaklar)ni ko‘rgach, tashqarida qolishdi. Hafsa ersalar, yolg‘iz o‘zlari Hazrat Umarning huzurlariga kirib, birmuncha vaqt tepalarida yig‘lab o‘ltirdilar. So‘ng, erkaklardan izn surab, ular turgan xonaga kirdilar, biz ul muhtaramaning ichkarida yig‘layotgan ovozlarini eshitib turdik. Sahobalar Hazrat Umarga: «Ey mo‘minlar amiri, vasiyat qilib biror kishini o‘rningizga xalifa qilib qoldiringiz!» — deyishdi, Hazrat Umar: «Men bu ishga (ya’ni, xalifalikka) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlari oldida roziliklarini bildirgan o‘shal kishilardan ko‘ra haqliroq biror odamni tomadim. Janob Rasululloh o‘shanda Ali, Usmon, Zubayr, Talha, Sa’d va Abdurrahmonni tilga olgan erdilar. (O’g‘lim) Abdulloh ibn Umar ersa, (mening oldimda «xalifalikni talab qilmayman» deb) so‘z beradi. Uning (xalifalik xususida) hech qanday haq-huquqi yo‘q bo‘lib, (mening bu vasiyatim) uning uchun (xalifalikni talab qilmoqdan tiyib turguvchi) bir (ulug‘) hay’at (obruli siymo) kabidur. Agar xalifalik Sa’dga nasib etsa, bu Olloh taoloning irodasidur. Basharti nasib etmasa, qaysi biringizdir xalifa bo‘lsangiz, o‘z ishingizda unga suyaningiz. Chunki, men uning ojizligu xiyonat qilganini sira bilmayman», — dedilar. So‘ng, Hazrat Umar yana bunday deb aytdilar: «Mening o‘zimdan keyingi xalifaga qiladirgan vasiyatim shuki, avvalgi (birinchi) muhojirlarning haq-huquqlarini e’tirof qilib, ularning izzatu hurmatlarini joyiga quysin! Men unga yana bunday deb vasiyat qilurman: «Madina va iymonni qalblariga jo qilgan ansorlarga yaxshilik qilsin, ularning yaxshi ishlarini qabul qilib, yomon ishlarini kechirsin! Men unga yana bunday deb vasiyat qilurman: shahar ahliga yaxshilik qilsin, chunki ular Islom tayanchi, mol yig‘guvchi va dushmanga qiron keltirguvchi bo‘lib, ulardan, agar rozi bo‘lsalar, ortiqcha mollarigina olinadi. Men unga yana bunday deb vasiyat qilurman: badaviylarga yaxshilik qilsin, chunki ular arablarning ildizi va Islom o‘zagi bo‘lib, ularning sarxil bo‘lmagan mollaridan olinib, faqirlariga qaytariladi. Men unga yana bunday deb vasiyat qilurman: Olloh taolo va uning Rasuli zimmasidagi (ya’ni, zimmiylar birlan musulmonlar o‘rtasidagi) ahdnomaga vafo qilsin, zimmiylarni himoya qilsin, ularga toqatlari yetadirgan yuknigina yuklangizlar!».
Hazrat Umar (yuqoridagi vasiyatlarini aytgach), qazo qildilar. Biz tobutlarini ko‘tarib (Oisha onamizning hujralari tomon) yo‘lga tushdik. Yetib borganimizda Abdulloh ibn Umar ul muhtaramaga salom berdilar, so‘ng: «Umar ibn al-Xattob (ikki do‘stlari yoniga dafn qilinmoqlariga) izn surayotirlar», — dedilar. Oisha onamiz: «Ul kishini (yoki tobutni hujramga) olib kiraveringizlar!» — dedilar. Keyin, Hazrat Umarning jasadlari (Oisha onamizning hujralariga) olib kirilib, ikki do‘stlari yoniga dafn etildi.
Dafn marosimi tugagach, (Janob Rasululloh rozi bo‘lib ketgan) o‘shal (olti kishidan iborat) guruh (ya’ni, Usmon, Ali, Talha, Zubayr, Abdurrahmon ibn Avf va Sa’d ibn Vaqqos) bir yerga to‘planishdi. Shunda Abdurrahmon: «(O’rtada ixtilof chiqmasligi uchun) ishlaringizni o‘zlaringizdan uch (kishiga) tayinlangizlar (ya’ni, oralaringizdan uch kishini xalifalikka nomzod etib tanlangizlar)», — dedilar. Zubayr: «Men Alini nomzod etib tanladim», — dedilar. Talha: «Men Usmonni nomzod etib tanladim», — dedilar. Sa’d ersalar: «Men Abdurrahmon ibn Avfni nomzod etib tanladim» — deb aytdilar. Abdurrahmon (o‘zlari xalifalikka saylanishdan voz kechgach, Hazrat Ali birlan Hazrat Usmonga yuzlanib): «Ikkingizdan qaysi biringiz xalifalik mansabiga halollik birlan erishsangiz, Olloh taolo birlan Islom sizni o‘z panohiga olur hamda musulmonlar sizni o‘zlarining eng afzali deb bilurlar», — dedilar. Shunda ikkala shayx (ya’ni, Hazrat Usmon va Hazrat Ali) indashmadi. Abdurrahmon ularga: «Uni (ya’ni, xalifalik sayloviga rahbarlik qilmoqni) menga (ishonib) topshirursizlarmi? Olloh taolo shohiddurkim, men sizlardan biringizni afzal ko‘rib, qasam ichmasman!» — dedilar. Ikkalalari: «Ha», — deyishdi. Shundan so‘ng, Abdurrahmon ikkalalaridan birining (ya’ni, Hazrat Alining) qo‘llarini ushlab: «Sizning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarindoshligingiz hamda Islomda o‘zingiz bilgan shijoatkorligingiz mavjuddur. Olloh taolo sizni o‘zi nazorat qilib turibdi, agar men sizni xalifalikka saylasam, adolat qilgaysiz va agar Usmonni saylasam, quloq solib, itoat etgaysiz», — dedilar. So‘ng, ikkinchilari (ya’ni, Hazrat Usmon) birlan xoli qolib, ul kishiga ham xuddi shu gaplarni aytdilar. Abdurrahmon har ikkalalarining va’dalarini (qat’iy so‘zlarini) olgach, Hazrat Usmonga: «Ey Usmon, qo‘lingizni ko‘taringiz!» (ya’ni, «beringiz!») — dedilar-da, ul kishiga bay’at qildilar. Shundan so‘ng, Hazrat Ali ham ul kishiga bay’at qildilar, Madina ahli ham birma-bir kirib ul kishiga bay’at qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:57:16
10-bob. Ali ibn Abu Tolib al-Qurashiy al-Hoshimiy Abul-Hasan raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Aliga: «Sen mendan va men sendandurman», — deganlar.

Hazrat Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam  Alidan rozi bo‘lib bu dunyodan ko‘z yumdilar», - deydilar.

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men ertaga bayroqni shunday kishiga berurmanki, Olloh taolo uning qo‘li birlan (Xaybarni) fath qilur», — dedilar. Shunda barcha sahobalar «Bayroqni menga berarmikanlar» degan umidda o‘rinlaridan sapchib  turishdi.   Keyin,   ertasiga  ertalab  har  birlari «Bayroqni menga berarmikanlar» degan   umidda yana ul zotning huzurlariga borishdi. Janob Rasululloh: «Ali qaerda?»— deb suradilar. Sahobalar: «Ko‘zlari og‘rib qolibdi»,— deyishdi. Janob Rasululloh Hazrat Alini chaqirib kelmoqni amr qilib erdilar, ul kishini chaqirib kelishdi. Keyin, ul zot Hazrat Alining ko‘zlariga tupirdilar, shunda ul kishining ko‘zlari ilgari hech narsa bo‘lmagandek tuzalib qoldi. Hazrat Ali: «(Yo Rasulalloh), biz kabi musulmon bo‘lgunlariga qadar ularga qarshi jang qilurmiz!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Oshiqma, avval ularning yerlariga borgil, so‘ng ularni Islomga da’vat qilib, nima qilmoqlari lozimligini tushuntirgil! Olloh taolo haqi, agar sen tufayli bir kishi bo‘lsa ham hidoyat topsa, bu sening uchun eng sarxil tuyalar podasiga ega bo‘lmog‘ingdan ko‘ra afzalroqdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:57:34
Salama (ibn al-Akva’) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali Xaybar g‘azotiga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kechikibroq chiqqan erdilar. Chunki, ko‘zlari og‘rib qolgan bo‘lib, o‘shanda: «Men (Xaybarga) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kechikibroq chiqurman» — deb aytgandilar. Keyin, Hazrat Ali yo‘lga tushib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetib olgandilar. Olloh taolo tonggida (Xaybarni) fath qilgan kechaning (kunning) kechki payti bo‘lganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ertaga bayroqni Olloh taolo va uning Rasuli sevgan kishiga berurman», — dedilar yoki «Ertaga bayroqni Olloh taolo va uning Rasuli sevgan kishi olur» yoxud «Ertaga bayroqni Olloh taoloni va uning Rasulini sevgan kishiga berurman, Olloh taolo uning qo‘li birlan (Xaybarni) fath qilur» deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin. Keyin, (ertasiga ertalab Janob Rasululloh) bizga Alini chaqirib kelmoqni amr qildilar. Biz Ali kelmasalar kerak, deb turganimizda, odamlar: «Ana, ) Ali keldilar» — deb qolishdi. Janob Rasululloh bayroqni Aliga berdilar, Olloh taolo ul kishining qo‘llari birlan (Xaybarni) fath qildi».

Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Sahl ibn Sa’dning qoshiga kelib: «Falonchi minbar oldida turib Alini «Ey Abu Turob!» deb chaqirdi» — deya kuldi. Sahl: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgina Alini shunday deb ataganlar. Ali uchun bundan mahbubroq ism bo‘lmagan», — dedilar. Keyin, men shul xususdagi hadisni aytib bermoqni Sahldan iltimos qildim. Sahl: «(Bir kuni) Ali Fotimaning huzurlariga kirdilar. (Ikkalalari aytishib qolgach), Ali masjidga chiqib, ul yerda cho‘zilib yetib oldilar. Janob Rasululloh (Fotimadan): «Amakingning o‘g‘li (ya’ni, ering) qaerda?» — deb so‘radilar. Fotima: «Masjiddalar», — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh Alining oldilariga borib qarasalar, ul kishining choponlari yelkalaridan tushib, orqalari tufroq bo‘lib yetibdi. Shunda Janob Rasululloh Alining orqalariga tekkan tufroqni qoqa turib: «O’ltiraver, ey Abu Turob!» (ya’ni, «Hamma yog‘i tufroq, tufroqli»)— deb ikki bor aytdilar», — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:58:02
Sa’d ibn Ubayda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Ibn Umarning qoshlariga kelib, «Biror amali solih qilganmi o‘zi?!» degan ma’noda Hazrat Usmon haqlarida surishtirdi. Ibn Umar unga: «Nima, ul kishi senga biror yomonlik qilayotirlarmi, deyman-a?!» — dedilar. U: «Ha», — dedi. Ibn Umar: «Olloh taolo burningni yerga ishqasin!» — deb qarg‘andilar. Keyin, u yana «Biror amali solih qilganmi o‘zi?!» degan ma’noda Hazrat Ali xususlarida ham surishtirdi. Ibn Umar unga tag‘in: «Nima, ul kishi senga biror yomonlik qilayotirlarmi, deyman-a?!» — dedilar. U: «Ha», — dedi. Ibn Umar: «Anavi uy o‘shal kishining uylari bo‘lib, u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylari ichida eng yaxshisidur», — dedilar. Sung: «Nima, ul kishi senga biror yomonlik qilayotirlarmi, deyman-a?!» — dedilar. U: «Ha», — dedi. Ibn Umar: «Olloh taolo burningni yerga ishqasin! Yo‘qol bu yerdan! Qudrating yetsa, kuchingni menga ko‘rsat!» — dedilar». (Ya’ni, «Ularga til tekkizma, mening xususimda qo‘lingdan kelganini qil, senga nimaiki degan bo‘lsam, barisi haqiqatdur, haqiqatgo‘y odam ersa, birovlarning o‘zi xususida aytgan yaramas gaplariga sira parvo qilmas!» — dedilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:58:18
Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom yorg‘uchoq (qo‘l tegirmoni) qo‘llarini qavartirib yuborayotganidan nolidi. Shu kezlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir qancha asirlar keltirilgan bo‘lib, Fotima alayhossalom ulardan birini o‘ziga xizmatkorlikka so‘ramoq niyatida ul zotning huzurlariga bordi. Ammo, ul zotni topolmagach, Oisha raziyallohu anhoga uchrab, ne maqsadda kelganini aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylariga kelgach, Oisha raziyallohu anho Fotima alayhossalomning kelib ketganini ul zotga xabar qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biznikiga kelganlarida biz allaqachon o‘rnimizga kirib yotgan erdik. Men o‘rnimdan turaman deb erdim, ul zot: «Yotaveringizlar!» — dedilar-da, ikkalamizning o‘rtamizga kirib o‘ltirdilar. Shunda men ul zotning ko‘kragimga tegib turgan muborak oyoqlarining sovqotib ketganini sezdim. Janob Rasululloh: «O’zlaringiz mendan so‘ragan narsadan ko‘ra xayrliroq narsani sizlarga o‘rgatayinmi?» — dedilar. (Biz: «Ha», — dedik). Ul zot: «Agar o‘rningizga kirib yotsangizlar, o‘ttiz turt marta takbir, o‘ttiz uch marta tasbih va o‘ttiz uch marta hamd aytingizlar, bu sizlar uchun xizmatkordan ko‘ra xayrliroqdur!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:58:33
Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom yorg‘uchoq (qo‘l tegirmoni) qo‘llarini qavartirib yuborayotganidan nolidi. Shu kezlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir qancha asirlar keltirilgan bo‘lib, Fotima alayhossalom ulardan birini o‘ziga xizmatkorlikka so‘ramoq niyatida ul zotning huzurlariga bordi. Ammo, ul zotni topolmagach, Oisha raziyallohu anhoga uchrab, ne maqsadda kelganini aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylariga kelgach, Oisha raziyallohu anho Fotima alayhossalomning kelib ketganini ul zotga xabar qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biznikiga kelganlarida biz allaqachon o‘rnimizga kirib yotgan erdik. Men o‘rnimdan turaman deb erdim, ul zot: «Yotaveringizlar!» — dedilar-da, ikkalamizning o‘rtamizga kirib o‘ltirdilar. Shunda men ul zotning ko‘kragimga tegib turgan muborak oyoqlarining sovqotib ketganini sezdim. Janob Rasululloh: «O’zlaringiz mendan so‘ragan narsadan ko‘ra xayrliroq narsani sizlarga o‘rgatayinmi?» — dedilar. (Biz: «Ha», — dedik). Ul zot: «Agar o‘rningizga kirib yotsangizlar, o‘ttiz turt marta takbir, o‘ttiz uch marta tasbih va o‘ttiz uch marta hamd aytingizlar, bu sizlar uchun xizmatkordan ko‘ra xayrliroqdur!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:58:50
Ibrohim ibn Sa’dning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Aliga: «Sen mening oldimda Horunning Muso alayhissalom oldilarida tutgan o‘rinlari kabi o‘rin tutmog‘ingga rozi bo‘lmaysanmi?!» — dedilar».

Ubayda rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali: «Sizlar ilgari qanday hukm yuritgan bo‘lsangizlar, shunday hukm yuritaveringizlar, ammo men odamlar hamjihat bo‘lmagunlariga qadar ixtilofga qarshi kurashurman yoki (bu yo‘lda) do‘stlarim kabi halok (shahid) bo‘lurman», — dedilar. Ibn Sirin ersa Hazrat Ali xususlarida aytilgan rivoyatlarning ko‘pchiligini yolg‘on deb hisoblar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:59:00
11-bob. Ja’far ibn Abu Tolib al-Hoshimiy raziyallohu anhuning manoqiblari xususida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja’far ibn Abu Tolibga: «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga uxshaydi» — deb marhamat qilganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, odamlar: «Abu Hurayra (hadisga) boyib ketdi» — deb aytishar erdi. (Hadisga boyligimning boisi shuki), men qornimni to‘yg‘azish maqsadida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga dastyorlik qilib yurar erdim, na ichkilik ichar va na ipak kiyim kiyar erdim, na biror qul va na biror cho‘ri xizmatimni qilmas erdi. (Ya’ni, Abu Hurayra Janob Rasulullohning suhbatlaridan bahramand bo‘lish uchun barcha dunyoviy lazzatlardan voz kechib hamda boriga qanoat qilib, ul zotning xizmatlarini qilib yurar erdilar). Azbaroyi ochligimdan qornimga tosh bog‘lab olar va (sahobalardan birortasiga duch kelsam), qornim ochligini fahmlab meni to‘yg‘azarmikan, degan niyatda o‘zim yaxshi bilsam-da, (Olloh taoloning «Oli Imron» surasidagi) oyati karimasini o‘qib bermog‘ini so‘rar erdim. Miskinlarga eng ko‘p xayr-ehson qilguvchi odam Ja’far ibn Abu Tolib erdilar. Ul kishi doimo bizga muruvvat ko‘rsatib, uylarida bor narsa birlan qornimni to‘yg‘azar erdilar, hattoki ichida hech vaqo yo‘q yog‘ idishlarini olib chiqsalar ham, biz uni yalab tozalab qo‘yar erdik».

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ja’farning o‘g‘illariga salom bersalar: «As-Salomu alayka, ey Ikki qanotlining o‘g‘li!» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:59:29
Abbos ibn Abdulmugtalib raziyallohu anhu xususlaridagi xotira

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob, agar qahatchilik bo‘lib qolsa, (Janob Rasulullohning amakilari) Abbos ibn Abdulmuttalibning nomlarini o‘rtaga qo‘yib Olloh taolodan yomg‘ir so‘rar erdilar. (Ya’ni, shoyad Olloh taolo Abbos ibn Abdulmuttalibning Janob Rasulullohga amaki ekanliklarini yuz-xotir qilib bizga yomg‘ir yuborsa, deb umid qilur erdilar). Hazrat Umar: «Yo parvardigoro, biz (Janob payg‘ambarimiz hayotlik vaqtlarida) ul zotning nomi shariflarini o‘rtaga quyib sendan yomg‘ir so‘rar erdik, sen yomg‘ir yuborur erding. Endi ersa (ul zot vafot etganlari boisidan) amakilarining nomini o‘rtaga qo‘yayotirmiz, bizga yomg‘ir yuborgil!» — deb iltijo qilur erdilar. Shunda ularga yomg‘ir yuborilur erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 09:59:42
12-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qarindoshliklari sharofatlari hamda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qialari Fotima alayhossalomning fazilatlari haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom Olloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga urushsiz ato etgan mol-mulqdan o‘z meroslarini so‘rab Abu Bakrning huzurlariga Hazrat Alini yubordilar. Ya’ni, Janob Rasulullohning Madina, Fadak va Xaybardagi sadaqalarini (hech kimga meros qilib qoldirmay, Olloh taolo yo‘lida sadaqa qilgan yerlarini) talab qildilar. Shunda Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz (payg‘ambarlar) meros qoldirmaymiz, biz nimaiki qoldirsak, u sadaqadur» — deb marhamat qilganlar. Zero Muhammad xonadoni (oilasi) o‘shal mol-mulqdan, ya’ni Olloh taoloning mol-mulkidan ehtiyojlariga yarasha iste’mol qilaveradilar. Men ersam, Olloh taolo haqi, Janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida unga o‘zlari in’om etgan mol-mulkning zarrachasiga ham ko‘z olaytirmasman va men ul zot uz sadaqalari xususida neki qilgan bo‘lsalar, shunday qilurman», — dedilar. Shunda Hazrat Ali kalimai shahodat aytgach: «Ey Abu Bakr, biz sizning fazilatingizni bilurmiz!» — dedilar-da, o‘zlarining Janob Rasulullohga qarindosh erkanliklarini eslatdilar. Hazrat Abu Bakr: «Jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, qarindoshlarimga oqibat qilganimdan (yon bosganimdan) ko‘ra Janob Rasulullohning (vasiyatlariga amal qilib), ul zotga yaqin bo‘lganim menga mahbubroqdur!» — deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:00:20
Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima mening bir bo‘lagimdur. Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» — deb marhamat qildilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etgan bemorliklari vaqtida qizlari Fotimani duo qilib, unga bir sir aytib erdilar, yig‘lab yubordi, keyin uni yana duo qilib, yana bir sir aytib erdilar, kulib yubordi. Men Fotimadan buning boisini so‘rasam, u: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ana shu bemorliklari vaqtida vafot etajaklarini qulog‘imga aytib erdilar, yig‘lab yubordim. Keyin, ul zot yana qulog‘imga: «Sen xotin, bola-chaqalarim ichida birinchi bo‘lib menga ergashursan»—deb erdilar, kulib yubordim», — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:00:32
13-bob. Zubayr ibn al-Avvom raziyallohu anhuning manoqiblari xususida

Ibn Abbos bunday deydilar: «Zubayr ibn al-Avvom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning havoriylari (yordamchilari)durlar. (Iso alayhissalomning sahobalari) kiyimlari oq bo‘lgani uchun «havoriylar» deb atalganlar», — deydilar». («Havoriy» — matoni oq rangga buyovchi yoki oq kiyim kiygan kishidur).

Marvon ibn alHakam rivoyat qiladilar: «Usmon ibn Affon raziyallohu anhu burunlaridan ko‘p qon ketaverganidan haj qilolmay qoldilar. Shunda ul kishi vasiyat qildilar. Keyin, Quraysh qabilasiga mansub bir kishi huzurlariga kirib: «Biror kishini o‘rningizga xalifa qilib qoldiringiz!» — dedi. Hazrat Usmon: «Falonchini xalifa qilib qoldirurman», — dedilar. Sahobalar: «Falonchinimi?» — deyishdi. Hazrat Usmon: «Ha», — dedilar. Keyin, Hazrat Usmon: «Xalifalikka undan ko‘ra kim loyiqroq?!» — dedilar-da, jim qoldilar. So‘ng, Hazrat Usmonning huzurlariga yana bir kishi, menimcha Al-Haras kirib keldi-da: «O’rningizga xalifa qoldiringiz!» — dedi. Hazrat Usmon: «Falonchini xalifa qilib qoldirurman», — dedilar. Sahobalar: «Falonchinimi?» — deyishdi. Hazrat Usmon: «Ha», — dedilar. Keyin, Hazrat Usmon: «Undan munosibroq kim?!» — dedilar-da, jim qoldilar. Sahobalar boya: «Falonchinimi?» — deyishganda, menimcha, «Zubayrnimi?» — deb aytishdi. Shunda Hazrat Usmon: «Ha», — dedilar-da, so‘ng: «Ammo, jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, Zubayr Janob Rasulullohga eng suyukli kishi bo‘lganidan qat’iy nazar, mening bilishimcha, musulmonlarning eng yaxshisidur» — deb aytdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:00:40
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa Zubayr ibn al-Avvomdur» — deb marhamat qildilar».

Abdulloh ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar: «Ahzob kuni (musulmonlar Madinani mudofaa qilish uchun uning atrofiga xandaq qazigan kuni) men va Umar ibn Abu Salama ayollarni (ya’ni, Janob Rasulullohning ayollarini) qo‘riqlab turishga buyurildik. Shunda men (otam) Az-Zubayrning otlarini minib olib Banu Qurayza oldiga ikki yoki uch marta borib kelganlarini ko‘rdim. (Ayollar oldidan) qaytganimda: «Ey otajon, men boya sizning u yoqdan-bu yoqqa borib kelayotganingizni ko‘rdim», — dedim. Otam: «Shundaymi, rostdan ham meni ko‘rdingmi, ey bolaginam?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. Otam bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim Banu Qurayzaning oldiga borib, ular xususida menga xabar olib kelur?» — deb erdilar. Shunda men (ularning oldiga) borib erdim. Qaytib kelganimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (menga tahsinu ofarinlar bildirib): «Ota-onam senga fido bo‘lsinlar!» — dedilar».

Urva riziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari Yarmuk voqeasi kuni Az-Zubayrga: «Dushmanga hamla qilmaysizmi, biz ham siz birlan birga hamla qilur erdik!» — deyishdi. Shunda Az-Zubayr dushmanga hamla qilib erdilar, ular ul kishini yelkalariga ikki bor qilich urib, yarador qilishdi. Ana shu ikki jarohat oraligida Badr kuni yetkazilgan yana bir (eski) jarohatning o‘rni bor erdi. Men bolaligimda o‘shal jarohatlar o‘rniga barmoqlarimni tiqib o‘ynar erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:00:51
14-bob. Talha ibn Ubaydulloh xususlaridagi hadislar

Hazrat Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va saldam vafot qilayotib undan (Talhadan) rozi ekanliklarini aytganlar», — deydilar.

Abu Usmon: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jang qilgan o‘shal ayrim kunlari (Uhud kunlari) ul zotning yonlarida Talha va Sa’ddan bo‘lak hech kim qolmagan erdi», — deydilar.

Qays ibn Abu Hozim: «Men Talhaning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (jangda) pana qilib turgan qo‘llarini ko‘rdim, o‘shal qullari (o‘q tegaverganidan) shol bo‘lib qolibdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:01:00
15-bob. Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) az-Zuhriyning manoqiblari haqida

Banu Zuhra Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tog‘alari [ya’ni, onalari Ominaning amakilari (Sa’d ibn Abu Vaqqos) mansub bo‘lgan Quraysh urug‘i] bo‘lib, ul kishining (asl) nomlari Sa’d ibn Moliqdur.

Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytdilar», — deydilar.

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Men o‘zimni uchinchi bo‘lib Islomga kirganman, deb hisoblayman», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:01:07
Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Men Islomga kirgan kundan bo‘lak kuni hech kim Islomga kirmadi, men yetti kun (Makkada) turib, Islomga uchinchi bo‘lib kirdim», — deydilar.

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Men Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arabdurman. Biz (sahobalar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azot qilur erdik, daraxt barglaridan o‘zga yeguligimiz bo‘lmas erdi, hattoki ba’zi birimizning ichimiz tuya tezagi yoki qo‘y qumalog‘i kabi erdi. Keyin, Banu Asad menga: «Namozni yaxshi ado etmaysan, ilgarigi amali solihlaringni habata qilding!» — deb tanbeh bera boshladi».

Qays: «Banu Asad (o‘shanda) Sa’dni Hazrat Umarning huzurlariga olib borishib: «Sa’d namozni yaxshi ado etmaydi» — deb shikoyat qilishgan erdi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:01:17
16-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kuyovlari, xususan ulardan Abu al-Os ibn ar-Rabiy’ haqida

Misvar ibn al-Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali Abu Jahlning qizi (Juvayriya)ga uylanmoqchi buldilar. Fotima alayhossalom buni eshitib qolib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar-da: «Qavmingiz ta’kidlashayotirki, siz qizlaringizga aziyat yetkazilsa, darg‘azab bo‘lmas emishsiz. Anavi Ali ersa mening ustimga Abu Jahlning qiziga uylanmoqchi», — dedilar. Shunda men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘rinlaridan turib kalimai shahodat aytgach, bunday deganlarini eshitdim: «Ammo ba’d, men (katta qizim Zaynabni) Abu al-Os ibn ar-Rabiyga nikohlab bergan erdim, u (qizim ustiga uylanmaslikka menga va’da berib) so‘zining ustidan chiqdi. Fotima mening bir bo‘lagimdur, men unga biror kimsaning yomonlik qilmog‘ini istamasman. Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizi birlan Olloh taoloning dushmani (bo‘lmish Abu Jahlning) qizi bir erning nikohida bo‘lmas!» — dedilar. Shundan so‘ng, Hazrat Ali o‘shal qizga uylanmadilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:01:31
17-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ozod qilgan qullari Zayd ibn Horisaning manoqiblari

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zayd ibn Horisaga: «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qildilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Rum tarafga yuborish uchun) qo‘shin tayyorlab, unga (Zayd ibn Horisaning o‘g‘illari) Usoma ibn Zaydni amir qilib tayinladilar. (Usomaning otalari Zayd ibn Horisa Rum tarafda halok bo‘lgan erdilar). Shunda ayrim (muhojiru ansorlar) Usomaning amir qilib tayinlanganiga e’tiroz bildirishdi, (chunki ul kishi sobiq qulning o‘g‘li erdilar). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (darg‘azab bo‘lib): «Usomaning amirligiga e’tiroz bildirsangizlar, bundan ilgari uning otasi (Zaydning) amir bo‘lganiga ham e’tiroz bildirgan bo‘lursizlar. Olloh taologa ont ichamanki, Zayd amirlikka haqlig‘ va menga eng mahbub kishi bulgan erkan, demak bu (Usoma) ham (otasidan keyin) menga eng mahbub kishi bo‘lib qolgusidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:01:51
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Bir kuni men hujramda hijobda o‘ltirgan erdim), Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shu yerda erdilar. Usoma ibn Zayd va (uning otasi) Zayd ibn Horisa ikkalalari ersa (ustlariga chopon yoki choyshab yopinib) yotishgan bo‘lib, (ularning faqat oyoqlarigina ko‘rinib turgan erkan). Bir mahal, bir topqir kishi (ya’ni, Mujazziz al-Midlajiy) hujramga kirib kelibdi-da, (ularning oyoqlariga qarab): «Darhaqiqat, bul oyoqlar biri ikkinchisidandur» (ya’ni, ota-bolaning oyoqlaridur), — debdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning topqirligidan mamnun bo‘libdilar hamda taajjub qilibdilar».

Urva raziyallohu anhu: «Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buni Oishaga aytdilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:02:17
18-bob. Usoma ibn Zayd haqlarida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Quraysh ahli Banu Mahzum urug‘iga mansub (o‘g‘rilik qilgan) bir ayolning taqdiriga qiziqib: «Bul xususda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ul zotning suyuklilari Usoma ibn Zayddan bo‘lak kim ham gapira olardi!» — deyishdi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Banu Mahzum urug‘iga mansub (Fotima ismli) bir ayol (birovning taqinchog‘ini) o‘g‘irladi. Shunda (Quraysh ahli): «Bu ayolning (qo‘lini kestirmangiz, deb) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kim gapira olur?» — deyishdi. Ammo, ul zotga gapirmoqqa biror kimsa jur’at qilolmay, faqat Usoma ibn Zaydgina botinib gapira oldi. Janob Rasululloh (unga javoban): «Banu Isroil, agar oralaridan biror aslzoda kishi o‘g‘rilik qilsa, unga tegmaganlar va agar biror bechorahol o‘g‘rilik qilsa, uning qo‘lini kesganlar. Basharti o‘g‘rilik qilgan (o‘shal) Fotima (mening qizim) bo‘lganida ham, albatta qo‘lini kesgan bo‘lur erdim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:02:34
19-bob.

Abdulloh ibn Dinor raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar bir kuni masjidda erkanliklarida bir kishining ko‘ylaklaridan tortib masjidning bir tarafiga qaramoqqa undayotganini ko‘rdilar. Keyin, u: «Qarang, anavi yerda turgan kim? Qani endi, o‘sha mening o‘g‘lim bo‘lib qolsa!» — dedi. Shunda boshqa bir odam unga: «Ey Abu Abdurrahmon, ammo uning kim erkanligini bilursanmi? U Muhammad ibn Usomadur (ya’ni, Usoma ibn Zaydning o‘g‘li Muhammaddur)», — dedi. Ibn Umar boshlarini sarak-sarak qildilar va qo‘llari birlan yerni ura turib: «Agar uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rganlarida erdi, albatta sevib qolgan bo‘lur erdilar!» — dedilar».

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men birlan (nabiralari) Hasanni ko‘tarib olardilar-da: «Yo parvardigoro, bularni (O’zingga) mahbub qilgaysen, chunki men bularni yaxshi ko‘rurmen!» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:02:48
20-bob. Abdulloh ibn Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuning manoqiblari

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayotlik vaqtlarida bir kishi bor erdi, u agar tush ko‘rsa, darhol ul zotga aytib berar erdi. O’shal kezlarda men masjidda yotib yurguvchi bir bo‘ydoq yigitcha bo‘lib, «Qani endi, men ham bir tush ko‘rsam-u, uni Janob Rasulullohga aytib bersam!» — deb orzu qilur erdim. Nihoyat, bir kuni tush ko‘rdim. Tushimda go‘yo ikki farishta meni ushlab jahannam tomon olib borishgan emish. Jahannamning atrofi (ya’ni, og‘zi) quduq (og‘zi) singari (erdan) ko‘tarib qurilgan bo‘lib, (quduqniki kabi) ikki ustuni bor emish. Jahannamda men ilgari tanigan odamlar bor bo‘lib, «Yo parvardigoro, meni jahannamdan o‘z panohingda asragil! Yo parvardigoro, meni jahannamdan o‘z panohingda asragil!» — der emishman. Keyin, bizga boshqa bir farishta duch kelib, u menga: «Qo‘rqma!» — degan emish. Sung, men bu tushimni Hafsaga aytib berdim, u ersa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib beribdi. Janob Rasululloh: «Abdulloh o‘zi ajoyib (solih) yigit, qani endi, kechalari turib namoz o‘qisa!» — deb marhamat qilibdilar».

Solim raziyallohu anhu: «Shundan so‘ng, Abdulloh kechalari juda kam uxlaydigan bo‘lib qoldi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:03:01
21 -bob. Ammor va Huzayfa raziyallohu anhumoning manoqiblari

Alqama ibn Hays raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Shomga kelib, ul yerdagi masjidda ikki rak’at namoz o‘qidim. So‘ng: «Yo parvardigoro, menga bir solih hamsuhbat ato etsang, behad mamnun bo‘lur erdim!» — dedim-da, bir qavmning yoniga borib o‘ltirdim. Shunda bir keksa kishi kelib yonimga o‘ltirdi. Men odamlardan: «Bul kishi kim?» — deb so‘radim. Ular: «Abu ad-Dardo’», — deyishdi. Men Abu ad-Dardo’ga: «Boya men o‘zimga bir solih hamsuhbat so‘rab Olloh taologa iltijo qilgan erdim, mana sizni hamsuhbat qilib, meni ko‘p baxtiyor etdi», — dedim. Abu ad-Dardo’: «Qaerliksan?» — dedilar. Men: «Kufa ahlidanman», — dedim. Abu ad-Dardo’: «Janob Rasulullohga poyabzallarini kiygizib qo‘yguvchi, boshlariga yostiq qo‘yguvchi va ul zotga obdasta tutguvchi Ibn Ummu Abd (ya’ni, Ibn Mas’ud) sizlarda emasmilar?» — dedilar. (Men: «Ha, bizdalar», — dedim). So‘ng, Abu ad-Dardo’ yana: «Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamning tillari birlan (ya’ni, duolari tufayli) shaytondan himoya qilgan kishi (ya’ni, Ammor) oralaringizda emasmilar?» — dedilar. (Men: «Ha, borlar»,— dedim). Abu ad-Dardo’ yana: «O’zidan bo‘lak hech kim bilmaydirgan sirdan voqif kishi (ya’ni, Huzayfa) oralaringizda emasmilar?» — dedilar. (Men: «Ha, borlar», — dedim). Keyin, Abu ad-Dardo’: «Abdulloh (ibn Mas’ud) «Vallayli izo yag‘sho vannahori izo tajallo» oyatini qanday qiroat qilur erdilar?» — dedilar. Shunda men ul kishiga: «Val-layli izo yag‘sho van-nahori izo tajallo vazzakari val-unso» — deb «va mo xalaqa» so‘zlarisiz qiroat qilib berdim. Abu Dardo’: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu oyatni menga qiroat qildirib, o‘z og‘izlaridan (tillaridan) mening og‘zimga (tilimga) o‘tkazganlar», — dedilar» (ya’ni, «va mo xalaqa» so‘zlari yo‘q erdi» demoqchilar).

Bu yerda yuqoridaga hadis mazmunan takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:03:12
22-bob. Abu Ubayda ibn al-Jarroh raziyallohu anhuning manoqiblari

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» — deb marhamat qildilar».

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najron ahliga: «Men sizlarga chin ishonchli kishini yuborurman», — dedilar. Shunda ul zotning sahobalari o‘rinlaridan turishdi, (chunki ularning har biri meni yuborsalar kerak, deb umid qilgan erdi). Ammo, ul zot Abu Ubaydani yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:03:29
23-bob. Mus’ab ibn Umayr zikri

Bu yerda ushbu bobga taalluqli birorta hadis keltirilmagan.

24-bob. Hasan va Husayn raziyallohu anhumo manoqiblari

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari) Hasanni quchoqlab, (bag‘irlariga bosdilar)», — deydilar.

Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari) Hasanni yonlariga olib minbarga o‘ltirdilar. Hasan bir odamlarga va bir ul zotga jovdirab qarar erdi. Shunda ul zot: «Mening mana bu o‘g‘lim (nabiram) sayyiddur. Shoyad Olloh taolo uning vositasi ila musulmonlarning ikki guruhini yarashtirsa!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:03:40
Abu Usmon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usoma ibn Zayd va Hasanni ko‘tarib olib: «Yo parvardigoro, men ikkalasini yaxshi ko‘rurman, sen (ham) ularni (o‘zingga) suyukli qilgaysen!» — dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Husayn ibn Ali Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (yuz tuzilishi jihatidan) o‘xshash kishilar ichida eng o‘xshashi erdilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:03:47
Uqba ibn al-Haras rivoyat qiladilar: «Men Abu Bakr raziyallohu anhuni ko‘rdim. Ul kishi Hasanni ko‘tarib olib: «Otam haqi, bu Rasulullohga o‘xshaydi, Aliga o‘xshamaydi», — dedilar. Shunda Hazrat Ali kulib qo‘ydilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Abu Bakr as-Siddiq: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamni ehtiyot qilingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:03:57
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (gavdasining ko‘krakdan pastki qismi tuzilishi jihatidan) Hasan ibn Alidan ko‘ra uxshashroq kishi bo‘lmagandur», — deydilar.

Bir kishi Ibn Umardan: «Ehrom bog‘lagan odam pashshani o‘ldirsa, ne bo‘lgay?» — deb so‘radi. Shunda Ibn Umar: «Manavi iroqliklarga qarangizlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (Hasan va Husaynni quchoqlab hamda hidlab turib): «Bu ikkisi mening bu dunyodagi ikki (xushbo‘y) rayhonimdur!» — deb aytganlariga qaramay, ul zotning qizlarining farzandlari bo‘lmish (Husaynni) o‘ldirishib, tag‘in: «Ehromdagi odam pashshani o‘ldirsa, ne bo‘lgay?» — deb tahqirona savol berayotirlar», — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:04:07
25-bob. Abu Bakr raziyallohu anhuning ozod qilgan qullari bo‘lmish Bilol ibn Abu Rabohning manoqiblari

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Bilolga: «Men jannatda ro‘paramdan kelayotgan qadamlaring tovushini eshitdim» — deb marhamat qilganlar.

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar: «Abu Bakr bizning sayyidimiz bo‘lib, sayyidimizni (ya’ni, Hazrat Bilolni) qullikdan ozod qilgandurlar» — der erdilar.

Kays raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Bilol Abu Bakr as-Siddiqqa: «Agar meni o‘zingiz uchun sotib olgan bo‘lsangiz, (ozod qilmay) olib qolingiz va agar meni Olloh taolo uchun sotib olgan bo‘lsangiz, ul holda ozod qilingiz!» — dedilar. Shunda Abu Bakr as-Siddiq Hazrat Bilolni Olloh taolo yo‘lida ozod qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:04:19
26-bob. Ibn Abbos raziyallohu anhu haqlarida

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni bag‘rilariga bosib: «Yo parvardigoro, bunga hikmatni (Qur’onni) o‘rgatgil!» (ya’ni, «Qur’on hofizi va faqihi qilgil!») — deb duo qildilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:04:28
27-bob. Xolid ibn Valid raziyallohu anhuning manoqiblari

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lgan holda Zayd, Ja’far va Ibn Ravohaning (g‘azotda) shahid bulajaklarini oldindan odamlarga e’lon qila turib: «Bayroqni Zayd qo‘liga olib erdi, shahid bo‘ldi, keyin uni Ja’far qo‘liga olib erdi, shahid buldi, so‘ng uni Ibn Ravoha qo‘liga olib erdi, u ham shahid bo‘ldi. Nihoyat, bayroqni Olloh taoloning qilichlaridan biri (ya’ni, Xolid ibn Valid) qo‘liga olib erdi, parvardigor musulmonlarga g‘alaba ato etdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:04:37
28-bob. Abu Huzayfaning ozod qilgan qullari bo‘lmish Solim raziyallohu anhuning manoqiblari

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Qur’onni (avvalo) Abdulloh ibn Mas’uddan, (so‘ng) Abu Huzayfaning ozod qilgan quli Solim, Ubay ibn Ka’b va Mu’oz ibn Jabaldan o‘rganingizlar!» — deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:04:49
29-bob. Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhuning manoqiblari

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘kong‘ich ham, sharmsiz ham emas edilar. Ul zot: «Sizlarning mening uchun eng mahbubingiz xulqi eng yaxshingizdur!» — der erdilar. Shuningdek, ul zot: «Qur’onni to‘rt kishidan — Abdulloh ibn Mas’ud, Huzayfaning ozod qilgan quli Solim, Ubay ibn Ka’b va Mu’oz ibn Jabaldan o‘rganingizlar!» — deb ham aytganlar».

Alqama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Shomga kirib (borib), ul yerdagi masjidda ikki rak’at namoz o‘qidim. Sung: «Yo parvardigoro, menga bir (solih) hamsuhbat ato etgil!» — deb xayolimdan o‘tkazdim. Shu asnoda men tomon kelayotgan bir keksa kishiga (Abu ad-Dardo’ga) ko‘zim tushdi. U menga yaqin kelgach: «Shoyad Olloh taolo tilagimni mustajob qilgan bo‘lsa!» — deb qo‘ydim. O’shal keksa: «Qaerliksan?» — dedi. Men: «Kufalikman», — dedim. U: «Janob Rasulullohning poyabzallarini kiygizib qo‘yguvchi, boshlariga yostiq qo‘yguvchi va ul zotga obdasta tutguvchi kishi (ya’ni, Ibn Mas’ud) sizlarning orangizda bo‘lmaganmilar? Shaytondan xalos qilingan kishi (ya’ni, Ammor) sizlarning orangizda bo‘lmaganmilar? O’zidan bo‘lak hech kim bilmaydirgan sirdan xabardor kishi (ya’ni, Huzayfa) sizlarning orangizda bo‘lmaganmilar? Ibn Ummu Abd (ya’ni, Abdulloh ibn Mas’ud) «Val-Layli» oyatini qanday qiroat qilur erdilar?» — dedi. Men: «Val-Layli izo yag‘sho van-nahori izo tajallo vaz-zakari val-unso» — deb qiroat qildim. U: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu oyatni menga qiroat qildirib, o‘z og‘izlaridan mening og‘zimga o‘tkazganlar. Anavilar (ya’ni, shomliklar) bu oyatni («va mo xalaqa» so‘zisiz) o‘qimog‘imga hanuzgacha qarshilik qilayotirlar, hattoki Janob Rasulullohdan qanday eshitgan bo‘lsam, shunday o‘qimog‘imni man’ qilishlariga oz qoldi», — dedilar (ya’ni, ulamolarning aytishlaricha, mazkur oyat dastlab «va mo xalaqa» so‘zisiz nozil qilingan erkan. Keyinchalik, bu oyatga qo‘shimcha tarzda «va mo xalaqa» so‘zi nozil qilingan bo‘lib, Abu Dardo’ va Ibn Mas’ud bundan bexabar qolishgan erkan)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:04:59
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Biz Huzayfadan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga fe’lu atvori va tariqati jihatidan yaqin kishi xususida so‘radik, chunki undan o‘rnak olmoqchi erdik. Shunda Huzayfa: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Ibn Ummu Abd (ya’ni, Abdulloh ibn Mas’ud)dan ko‘ra fe’lu atvori va tariqati yaqinroq kishini bilmasman», — dedilar».

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men va birodarim Yamandan kelib, birmuncha vaqt (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xonadonlarida) turib qoldik. Shunda biz Abdulloh ibn Mas’udni, o‘zi va onasi ul zotning huzurlariga (tez-tez) kirib turishgani uchun, Janob Rasulullohning oila a’zolaridan, deb hisoblagan erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:05:20
30-bob. Muoviya ibn Abu Sufyon raziyallohu anhu haqlarida

Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Muoviya xuftondan keyin bir rak’at vitr o‘qidilar. Shunda ul kishining huzurlarida Ibn Abbosning ozod qilgan qullari bor bo‘lib, u Ibn Abbos kelganlarida (shul haqda shikoyat qildi), Ibn Abbos unga: «Qo‘y, Muoviya xususlarida gapirma, chunki ul kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qilganlar», — dedilar».

Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosga: «Mo‘minlar amiri Muoviya xususlarida nima deysiz? Ul kishi faqat bir rak’at vitr o‘qidilar, xolos!» — deyildi. Shunda Ibn Abbos: «Muoviya faqihdurlar» — deb javob qildilar».

Humron ibn Obon rivoyat qiladilar: «Muoviya raziyallohu anhu: «Sizlar (asrdan keyin) namoz o‘qiysizlar. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qilib, ul zotning (asrdan keyin) namoz o‘qiganlarini ko‘rgan ermasmiz, ul zot (asrdan keyingi) namozdan, ya’ni ikki rak’at namozdan qaytarganlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:05:33
31-bob. Fotima raziyallohu anhoning manoqiblari

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur!» — deb marhamat qilganlar.

Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima mening bir bo‘lagimdur, kimki uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:05:46
32-bob. Oisha raziyallohu anhoning fazilatlari

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:  «Ey  Oisha, Jabroil alayhissalom senga salom aytayotirlar», — dedilar. Men: «Ul kishiga (ham) salom hamda  Olloh taoloning rahmati va barakoti bulsin! Siz, (yo Rasulalloh), men ko‘ra olmaydirgan narsalarni ko‘ra olursiz», — dedim».

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘pchilik erkaklar kamolotga erishdi, ammo Imron qizi Maryam va fir’avnning xotini Osiyodan bo‘lak ayollar kamolotga erishmadi. Oishaning boshqa ayollardan afzalligi ersa sariydning (ya’ni shunday nomli taomning) boshqa taomlardan afzalligi kabidur» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:06:00
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Oishaning bo‘lak ayollardan afzalligi sariydning (boshqa) taom(lar)dan afzalligi kabidur» — deb aytganlarini eshitdim».

Qosim ibn Muhammad raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha   raziyallohu anho betob bo‘lib qoldilar. Shunda Ibn Abbos ko‘rgani keldilar-da, ul muhtaramaga: «Ey mo‘minlar onasi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamda (otangiz) Abu Bakr sizdan ilgari (ul dunyoga) rihlat etishdi, siz ham ularning ortlaridan borgaysiz. Ular siz uchun jannatda joy hozirlab turishibdi, bundan xursand bo‘lingiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:06:13
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men (safarda taqish uchun) Asmo’dan marjonini so‘rab oldim. Keyin, uni yo‘qotib qo‘ydim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam marjonni qidirishga bir necha sahobalarini jo‘natdilar. Ular, namoz vaqti bo‘lib qolib, (suv bo‘lmagani uchun) tahoratsiz namoz o‘qishdi. Keyin, Janob Rasulullohning huzurlariga qaytishib, shul haqda ul zotga shikoyat qilishdi. Shunda «Tayammum» oyati nozil bo‘ldi. Usayd ibn Huzayr menga: «Olloh xaolo sizga xayriyat ato etsin! Xudo haqi, boshingizga bir ish tushdi deguncha parvardigor sizni undan darhol xalos qilib, musulmonlarga ham siz tufayli barakot ato etur», — dedi».

Hishomning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (qazo qilgan) betobliklari vaqtida Oishaning uyida bo‘lgilari kelib: «Men ertaga qaerda bo‘laman?» — deb ayollaridan so‘ray boshladilar. Oisha: «Mening uyimda bo‘ladirgan kunlari kelgach, xotirjam bo‘ldilar», — deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2008, 10:06:34
Hishomning otalari rivoyat qiladilar: «Odamlar o‘z hadyalarini (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga) Oishaning (uyida bo‘ladirgan) kunlari topshirishga odat qilgan erdilar. Oisha bul haqda bunday deydilar: «(Bir kuni) kundoshlarim Ummu Salamaning uyida to‘planishib: «Ey Ummu Salama, Olloh taolo haqi, odamlar o‘z hadyalarini Oishaning kunida tortiq qilmoqqa odat qildilar. Ammo, Oisha istagan xayriyatni biz ham istarmiz! Sen Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytgil, ul zot odamlarga: «Qaysi xotinimning uyida bo‘lsam, hadyalaringizni o‘shal yerga olib kelib menga tortiq qilaveringizlar!» — deb buyursinlar», — deyishdi. Ummu Salama (o‘zlarining navbatlari kelgan kuni) ular tayinlagan gaplarni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot teskari o‘girilib oldilar. Keyin, Ummu Salama kundoshlariga: «Men sizlar tayinlagan gaplarni aytib erdim, ul zot teskari o‘girilib oldilar» — deb ma’lum qildilar. Ummu Salama yana navbatlari kelgan kuni o‘shal gapni takrorlab erdilar, ul zot tag‘in teskari o‘girilib oldilar. Uchinchi marta aytganlarida ersa, Janob Rasululloh: «Ey Ummu Salama, Oisha xususida menga ozor bermagil! Olloh taolo haqi, Oishadan bo‘lak sizlarning birortangizning to‘shagingizda menga vahiy nozil bo‘lmagandur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:35:57
Bismillahir Rohmanir Rohim.

33-bob. Ansorlarning manoqiblari haqida

Olloh taoloning qavli: «Ularga (muhojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan» («Anfol» surasi, 72-oyat) «hamda ulardan (muhojirlardan) burun Madinaga kelib o‘rnashgan va iymonni mahkam ushlagan zotlar (ansorlar) o‘zlarining qoshlariga hijrat qilib kelganlarni suyurlar va dillarida ularga ato etilgan o‘ljalar boisidan hasad paydo qilmaslar» («Hashr» surasi, 9-oyat).

G’iylon ibn Jarir rivoyat qiladilar: «Men Anasga: «Ansorlar degan nom xususida fikringiz qanday? O’zlaringiz shunday deb ataysizlarmi yoki Olloh taolo shunday deb atashingingizni buyurganmi?» — dedim. Anas: «Ha, Olloh taolo shunday deb atamog‘imizni amr qilgan», — dedilar. Biz Anasning huzurlariga (tez-tez) kirib turar erdik, ul kishi bizga ansorlarning manoqiblari va ular ishtirok etgan g‘azotlar xususida so‘zlab berayotib, menga yoki Azd qabilasiga mansub biror kishiga qarardilar-da:  «Qavming unday va bunday qilgan erdi» — deb aytar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:36:18
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bu’os kuni (ya’ni, Janob Rasululloh Madinaga kelmaslaridan besh yil burun ul yerdagi Avs va Xazraj qabilalari o‘rtasida urush bo‘lib o‘tgan kun) Olloh taolo uz Rasuli sallallohu alayhi va sallamga taqdim qilgan kun erdi. Janob Rasululloh (Madinaga) kelganlarida ul yerdagi aholi parokanda hamda ulug‘lari o‘ldirilgan, jarohatlangan holda bo‘lib, Olloh taolo Bu’os kunini o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga Madina ahlini Islomga kiritmoqlari uchun taqdim etdi». (Ya’ni, Olloh taolo Madina ahlining Islomga qarshilik qiladirganlarini Janob Rasululloh ul yerga kelmaslaridan besh yil burun — Buos kuniyoq halok qilib yoxud mayib-majruh qilib quygan erdi. Shul boisdan ham Bu’os kuni ul zot uchun Olloh taoloning bir tuhfasi bo‘ldi).

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Makka fathi kuni (ya’ni, Makka fath qilinadirgan yili) ansorlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurayshga (ya’ni, ularning musulmonlariga Xaybar g‘azotida olingan o‘ljalardan) berdilar-u, ammo bizga bermadilar. Bu g‘oyatda   ajablanarlidur. Chunki, bizning qilichlarimizdan Quraysh (kofirlarining) qoni hanuz tomib turgan bulsa-yu, nahot bizga tegishli o‘ljalar ularga (ya’ni, Quraysh musulmonlariga) berilsa!» — deyishdi. Bu gap Janob Rasulullohning quloqlariga yetgach, ul zot ansorlarni huzurlariga chaqirtirdilar-da: «Sizlarning, xususlaringizda menga yetkazilgan gap qanday gap bo‘ldi?!» — dedilar. Ansorlar rost so‘zlaguvchi kishilar bo‘lib, ul zotga: «Nimaiki eshitgan bo‘lsangiz, rostdur», — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Odamlar uylariga o‘ljalar olib qaytsalar, sizlar ersangiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uylaringizga olib qaytsangiz,  rozi bo‘lmaysizlarmi?! Agar ansorlar vodiy yoki dara buylab yursalar, men ham ular yurgan vodiy yoxud dara buylab yurgan bo‘lur erdim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:36:53
34-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Agar hijrat bo‘lmaganda ansorlardan biri bo‘lur erdim!» — deb aytganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhy va sallam (eki Abulqosim sallallohu alayhi va sallam): «Agar ansorlar vodiy (yoxud dara) buylab yo‘l olsalar, men ham ansorlar vodiysi (yoki darasi) bo‘ylab yo‘l olgan bo‘lur erdim va agar hijrat bo‘lmaganda men ansorlardan biri bo‘lur erdim!» — dedilar». (Ya’ni, Janob Rasululloh ansorlarni samimiy do‘st, pokiza qalb va dinda barqaror bo‘lganlari uchun maqtab, mubolag‘a tarzida shunday dedilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:37:15
35-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muhojirlar birlan ansorlarni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘yganlari xususida

Ibrohim ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «(Muhojirlar) Madinaga kelishganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf birlan Sa’d ibn ar-Rabiy’ni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Sa’d Abdurrahmonga: «Men ansorlar ichida eng badavlat odamman, mol-dunyomning yarmini senga in’om qilurman hamda mening ikki xotinim bor, ulardan qaysi birini yoqtirsang, aytgil, uni taloq qilayin, iddasi o‘tgach, unga uylangil!» — dedilar. Shunda Abdurrahmon Sa’dga: «Olloh taolo oilang birlan mol-dunyongga barakot ato etsin! Bozorlaringiz qaerda?» — dedilar. Banu Qaynuqo’ bozori qaerdaligini tushuntirishib erdi, Abdurrahmon borib, tezda anchagina pishloq va yog‘ olib keldilar. Keyin, ertangi kunni kutdilar. Uylanganlaridan so‘ng, bir kuni Abdurrahmon Janob Rasulullohning huzurlariga keldilar, qo‘llarida qandaydir sarig‘ dog‘ bor erdi. Ul zot: «Ahvoling nechuk?» — dedilar. Abdurrahmon: «Bir ayolga uylandim», — dedilar. Ul zot: «Mahriga qancha narsa berding?» — dedilar. Abdurrahmon: «Danaqdek oltin», — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan bo‘lib, faqat uning oxirida Janob Rasulullohning «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, ziyofat qilgil!» degan so‘zlari mavjud.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:41:42
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansorlar (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida): «(Yo Rasulalloh), xurmozorlarimizni biz birlan muhojirlar o‘rtasida bo‘lib bersangiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh (kelajakda Olloh taolo bunday xurmozorlardan ko‘pini ato etajagini bilganlari uchun hamda keyinchalik ansorlar birlan muhojirlar o‘rtasida xurmozorlar xususida biror kelishmovchilik chiqmasin, degan niyatda): «Yo‘q, (bunday qilmayman)», — dedilar. Shunda ansorlar (Janob Rasulullohning xayollariga kelgan fikrni tushunishib), muhojirlarga: «(Xurmozorlarimizni parvarish qilishda) bizga yordam bersangizlar, bo‘ldi, hosiliga sizlarni sherik   qilurmiz», — deyishdi. So‘ng, barchalari (ya’ni, ansorlar birlan muhojirlar): «Quloq soldik va itoat etdik!» — deyishdi. (Ya’ni «Janob Rasululloh uylagan kelishmovchilik chiqmasligi uchun xurmozorlarni bo‘lishib olmay, birgaliqda foydalanaveramiz» — deb kelishib olishdi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:44:13
36-bob. Ansorlarni sevmoqlik iymonning komil ekanligi alomatidur

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlarni faqat mo‘min odamgina sevur va ularni faqat munofiq odamgina yomon ko‘rur. Kimki ularni sevsa, Olloh taolo ham uni sevur, kimki  ularni yomon ko‘rsa, Olloh taolo ham uni yomon ko‘rur» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:44:40
37-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ansorlarga: «Sizlar mening uchun odamlarning eng mahbubidursizlar» — deb marhamat qilganlari haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuydan kelayotgan bir guruh ansoriy ayollaru bolalarni ko‘rib to‘xtadilar-da, ularga: «Sizlar mening uchun odamlarning eng mahbubidursizlar!» — deb uch bor aytdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol bolasini ko‘tarib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi. Shunda ul zot unga: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, sizlar mening uchun odamlarning eng mahbubidursizlar!» — deb ikki bor aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:45:43
38-bob. Ansorlarning izdoshlari xususida

Zayd ibn Arqam raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansorlar: «Yo Rasulalloh, har bir payg‘ambarning izdoshlari bulur. Mana biz sizga izdoshlik qildik. Olloh taologa duo qilingiz, bizning izdoshlarimizni o‘zimizdan qilsin!» — deyishdi. Janob Rasululloh shunday deb duo qildilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:46:10
39-bob. Ansorlar qabilalarining fazilatlari haqida

Abu Sa’id raziyallohuanhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlarning qabilalari ichida eng yaxshisi Banu an-Najjor, keyin Banu Abd al-Ashhal, so‘ng Banu al-Haras ibn Xazraj, keyin Banu So’ida bo‘lib, barcha ansoriy qabilalarda xayriyat mavjuddur», — dedilar».

Sa’d raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshqalarni bizlardan (ya’ni, Xazraj qabilasidan) afzal ko‘rdilar, deb hisoblayman», — dedilar. Shunda: «Ul zot sizlarni (ham) ko‘pchilikdan afzal ko‘rdilar-ku!» — deyishdi».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:47:13
Abu Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (yo‘lda keta turib): «Ansorlar qabilalari ichida yaxshilari Banu an-Najjor, keyin Banu Abd al-Ashhal, so‘ng Banu al-Haras, keyin Banu So’ida bo‘lib, barcha ansoriy qabilalarda xayriyat mavjuddur» — deb marhamat qildilar. Shu asnoda Sa’d ibn Uboda ortimizdan yetib kelib erdi, Abu Usayd (faxrlanib unga): «Janob Rasululloh ansoriy qabilalarning yaxshilarini ayta turib, bizni ular ichida eng yaxshisi deganlariga nima deysan?!» — dedi. Shunda Sa’d Janob Rasulullohga yetib oldi-da: «Yo Rasulalloh, ansorlar qabilalari ichida qaysilari afzal ekanligini aytayotib, bizni keyinroq tilga olibsiz», — dedi. Janob Rasululloh unga: «Yaxshilar qatorida ekanligingizning o‘zi sizlarga kifoya emasmi?!» — deb javob qidtsilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:47:36
40-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ansorlarga: «Havzi Kavsar bo‘yida meni uchratguningizga qadar sabr qilingizlar!» — deb aytganlari haqida

Usayd ibn Huzayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy: «Yo Rasulalloh, falonchini omil (zakot yiguvchi) qilganingiz kabi, meni ham omil qilmaysizmi?» — dedi. Shunda ul zot: «Men vafot qilganimdan keyin sizlardan o‘zgalarni afzal ko‘rguvchi hamda sizlarni davlat va mol-dunyo xususida chetlatib qo‘yguvchi kishilarni uchratursizlar. Havzi Kavsar buyida meni uchratguningizga qadar sabr qilingizlar!» — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlarni (sinamoq uchun) Bahrayn yerlaridan ularga iqto’ (ulush) bermoqchi bo‘lib erdilar, ular: «Toki bizga ulush berganingiz kabi muhojir birodarlarimizga ham ulush bermas erkansiz, biz o‘z ulushimizni olmaymiz»,— deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Men vafot qilganimdan keyin sizlardan o‘zgalarni afzal ko‘rguvchi hamda sizlarni davlat va mol-dunyo xususida chetlatib qo‘yguvchi kishilarni uchratursizlar. Havzi Kavsar buyida meni uchratguningizga qadar sabr qilingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:49:33
41-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Yo, parvardigoro, ansorlar va muhojirlarni solih bandalaringdan qilgil!» — deb duo qilganlari haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Xandaq kuni) bundan deb bayt o‘qidilar:
«Oxiratdin yo‘q erur o‘zga hayot hech, mutlaqo,
Barcha ansor, hijrat ahlin ayla solih, rabbano!»

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik Janob Rasulullohning bunday deb bayt uqiganlarini eshitgan erkanlar:
«Oxiratdin yo‘q erur o‘zga hayot hech, mutlaqo,
Barcha ansor, hijrat ahlin kech gunohin, rabbano!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:50:30
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xandaq kuni ansorlar bunday deb bayt o‘qishdi:
«Qilib bay’at Muhammadga deganmiz:
Jihod aylagaymiz toki bormiz!»

Janob Rasululloh ularga javoban bunday deb bayt o‘qidilar:
«Oxiratdin yo‘q erur o‘zga hayot hech, mutlaqo,
Barcha ansor, hijrat ahlin qil mukarram, rabbano!»


Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz xandaq kavlab, tufrog‘ini yelkalarimizda tashib turganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib,  bunday deb bayt o‘qidilar:
«Oxiratdin yo‘q erur o‘zga hayot hech, mutlaqo,
Barcha ansor, hijrat ahlin kech gunohin, rabbano!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:52:41
42-bob. Olloh taoloning «...o‘zlarida ehtiyoj bula turib, (boshqalarni) o‘zlaridan afzal ko‘rurlar» degan qavli xususida («Hashr» surasi, 9-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi (bir mehmon) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib erdi, ul zot uni ayollari oldiga (ya’ni, uylariga) yubordilar. Ayollari (mehmonni olib borgan kishiga): «Bizning suvdan bo‘lak narsamiz yo‘q», — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalarga): «Kim bu kishini mehmon qila oladi?» — dedilar. Shunda ansorlardan biri: «Men», — dedilar-da, mehmonni xotinlari oldiga (ya’ni, uylariga) olib borib, xotinlariga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mehmonlarini (uyda bor yeguliklar birlan) siylagil!» — dedilar. Xotinlari: «Uyimizda bolalarimga olib quygan ovqatdan bo‘lak hech vaqo yo‘q», — dedi. Ansoriy: «O’shal ovqatingni keltir-da, chirog‘ingni yoq, agar bolalaring ovqat tilashsa, ularni uxlatib qo‘ya qol!» — dedilar. Xotinlari taomni keltirib, chirog‘ini yoqdi-da, bolalarini uxlatdi. So‘ng, go‘yo chirog‘ining (piligini) to‘g‘rilayotgandek bo‘lib, uni (ataylab) o‘chirib qo‘ydi. Eru xotin ikkalalari (qorong‘uda) mehmonning ko‘ziga go‘yoki ovqatdan yeyayotgandek harakat qilishib, qo‘llarini dam idishga, dam og‘izlariga olib borib turishdi, so‘ng to‘ygandek taomdan qo‘llarini tortishdi. Ertasiga tongda ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib erdilar, ul zot: «Olloh taolo bu kecha eru xotin ikkalangiz qilgan ishlaringizdan (mamnun bo‘lib) xo‘b kuldi va «...o‘zlarida ehtiyoj bo‘la turib, (boshqalarni) o‘zlaridan afzal ko‘rurlar. Bas, o‘z nafsining xasisligidan saqlana olganlar — najot topguvchilardurlar» degan oyati karimasini nozil qildi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:53:19
43-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Ularning (ya’ni, ansorlarning) yaxshilariga yaxshilik qilib, yomonlarini afv etingizlar!» — deb aytganlari haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr va Abbos raziyallohu anhumo ansorlarning yig‘inlaridan biriga kelishdi. Shunda (Janob Rasululloh og‘ir betob bo‘lib), ular yig‘lab o‘ltirishgan erdi. Abu Bakr (yoki Abbos): «Nechun yig‘layotirsizlar?» — deb so‘radilar. Ansorlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘zimiz o‘tkazgan yig‘inlarni (suhbatlarni) ko‘msab (va ul zot vafot etib qolsalar, suhbatlaridan mahrum bo‘lib qolmog‘imizni uylab) yig‘layotirmiz», — deyishdi. Keyin, Abu Bakr (yoki Abbos) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirib, ansorlarning bul gaplarini ul zotga ma’lum qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlarini choponlari birlan o‘rab (yopib) ansorlarning oldiga chiqdilar-da, minbarga o‘ltirdilar. Bundan so‘ng minbarga o‘ltirish ul zotga boshqa nasib etmadi. Janob Rasululloh Olloh taologa hamdu sanolar aytgach, bunday deb marhamat qildilar: «Ansorlar xususida sizlarga (ya’ni, muhojirlarga) vasiyatim shuki, ular mening sirim va omonatim (qal’asi) bo‘lib, (o‘zlariga jannatdan joy ato etilajagi uchun Aqaba kechasi qilgan bay’atlariga binoan men birlan muhojirlarga boshpana va ko‘mak berishib), o‘z zimmalaridagi vazifani ado etib bo‘lishdi. Endi ersa ularga berilishi lozim bo‘lgan narsagina qoldi, xolos. (Ya’ni, o‘zlariga va’da qilingan jannatga kirmoqlaridan bo‘lak yumushlari qolmadi). Ularning yaxshilariga yaxshilik qilib, yomonlarini afv etingizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:53:46
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (betoblik vaqtlarida) yelkalariga bir choyshabni tashlab hamda (boshlarini) qora belbog‘ birlan tang‘ib olib (hovliga) chiqdilar-da, minbarga borib o‘ltirdilar. Olloh taologa hamdu sanolar aytgach, bunday deb marhamat qildilar: «Ammo ba’d, ey insonlar, (kelgusida arab va ajam qabilalari Islomga kirishi tufayli musulmon) odamlar soni ko‘payib, ansorlar ular orasida, oz bo‘lganlari sababidan, bamisoli taomdagi tuz kabi (miqdorda) bo‘lib qolurlar. (Ey muhojirlar), qaysi biringiz birovga zarar va birovga manfaat yetkazuvchi mansabga o‘ltirsangiz (ya’ni, «xalifa yoki amir bulsangiz»), ansorlarning yaxshilariga yaxshilik qilib, yomonlarini afv etingiz!».

Bu yerda Anas raziyallohu anhuning yuqoridagi rivoyatlari takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:54:16
44-bob. Sa’d ibn Muoz raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir ipak hulla (ishton va kuylak) hadya qilishdi. Janob Rasulullohning sahobalari hullaning nafisligidan taajjub qilishib uni qo‘llari birlan ushlab ko‘rayotgan erdilar, ul zot ularga: «Buning nafisligidan taajjub qildingizlarmi? Sa’d ibn Muozning (jannatdagi) ro‘molchasi bundan yaxshiroqdur!» — dedilar».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Sa’d ibn Muoz o‘lganida (uning ruhi kelayotganini farishtalarga ma’lum qilish uchun) Arsh (shodiyona) bir tebranib quydi» — deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:55:40
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Muozga bir guruh odamlar (ya’ni, Banu Qurayza mushriklari) ustidan hukm chiqarish huquqi berilib, Janob Rasululloh unga odam yubordilar. Sa’d bir eshakni minib, masjidga yaqin kelganida, ul zot odamlarga (ya’ni, ansorlarga): «Yaxshilaringiz (yoki ulug‘laringiz) (hurmati) uchun o‘rningizdan turingizlar!» — dedilar. Sung: «Ey Sa’d, manavi (Banu Qurayza mushriklari) ustidan hukm chiqarish huquqi senga berildi», — deb aytdilar. Sa’d: «Ularning urushga yaroqli (erkaklari) o‘ldirilsin, xotin va bolalari ersa, asir qilinsin!» — deb hukm qildilar. Shunda ul zot: «Olloh taolo yuborgan (yoki farishta keltirgan) hukmga muvofiq hukm qilding», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:55:53
45-bob. Usayd ibn Huzayr va Abbod ibn Bushr raziyallohu anhumo manoqiblari haqida

Anas raziyallohuanhu rivoyat qiladilar: «Qorong‘u kechalardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikqi sahobalari (Usayd ibn Huzayr va Abbod ibn Bushr) ul zotning huzurlaridan chiqishdi. Shunda ikki chiroqsimon narsa ham birgaliqda chiqib, ularning yo‘llarini yoritib bordi. Ikkalalari ajralishganda ikki chiroqsimon narsa ham ayrilib, har biri bir sahobani uyiga qadar kuzatib qo‘ydi». (Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mo‘‘jizalaridan biri bo‘lib, uz sahobalariga kursatgan izzat-ikromlari belgisi erdi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:56:06
46-bob. Muoz ibn Jabal raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qur’onni to‘rt kishi— Ibn Mas’ud, Abu Huzayfaning mavlosi Solim, Ubay va Muoz ibn Jabaldan urganingizlar!» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:56:25
Sa’d ibn Uboda raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Oisha raziyallohu anho: «U (ya’ni, Sa’d ibn Uboda) bundan ilgari (ya’ni, menga tuhmat qilganlarning yonini olmasidan burun) solih kishi erdi», — deydilar.

Abu Usayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlar qabilalari ichida yaxshilari — Banu an-Najjor, so‘ng Banu Abd al-Ashhal, keyin Banu al-Haras ibn al-Xazraj, so‘ng Banu So’ida bo‘lib, barcha ansoriy qabilalarda xayriya! mavjuddur», — dedilar. Islomga boshqalarga nisbatan ancha ilgari kirgan (Xazraj qabilasi boshlig‘i) Sa’d ibn Uboda: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (boshqa ansoriy qabilalarni) bizdan afzal ko‘ribdilar, deb o‘ylayman», — dedi. Shunda unga: «Sizlarni (ham) ko‘pchilik odamlardan afzal ko‘rdilar-ku!» (ya’ni, «Sizlardan keyin boshqa qabilaning nomini ham aytdilar-ku!») — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Avgust 2008, 08:56:44
47-bob. Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Qur’onni to‘rt kishi — (eng avval) Abdulloh ibn Mas’ud, so‘ng Huzayfaning mavlosi Solim, Muoz ibn Jabal va Ubay ibn Ka’bdan o‘rganingizlar!» — deb aytganlarini eshitdim».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’bga: «Olloh taolo senga «Lam yakunillaziyna kafaruu» (ya’ni, «Bayyina surasini) o‘qib bermog‘imni amr qildi», — dedilar. Ubay «Olloh.taolo sizga mening nomimni aytdimi?» — dedila Ul zot: «Ha», — dedilar. Shunda Ubay (Olloh taoloning ulug‘ ne’matidan xursand bo‘lganlaridan yoki bundayin u ne’matga yarasha shukrguzor bo‘la olarmikanman, deb xavotir olganlaridan) yig‘lab yubordilar». (Bu yerda Janob Rasulullohning o‘ta kamtarin ekanliklariga hattoki o‘zlari payg‘ambar bo‘la turib, sahobalari oldida Qur’on qiroatini ko‘rikdan o‘tkazib turganlariga hamda Ubay ibn Ka’bning Qur’onni yod olish va uni chiroyli qiroat qilishda mohir ekanlariga ishora qilinadi)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:24:50
48-bob. Zayd ibn Sobit raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Anas raziyallohu anhu: «Qur’onni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida barchalari ansorlardan bo‘lmish to‘rt kishi    - Ubay, Muoz ibn Jabal, Abu Zayd va Zayd ibn Sobit jam’ qildilar» - dedilar. Shunda Anasga: «Abu Zayd kim?» — doyishdi, Anas: «Amakilarimdan biri (ya’ni Avs)», — dedilar». (Ayrim ulamolar: «Mazkur hadisda Janob Rasulullohning davrlarida Qur’onni yod olganlar yuqoridagi to‘rt kishi ekanligi yoki Qur’onni faqat ansoriy qabilaga mansub bo‘lganlar jam’ qilganligi nazarda tutilgan bo‘lsa kerak», — deyishadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:25:21
49-bob. Abu Talha raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud voqeasi kuni odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni tashlab qochib, Abu Talhagina (teridan qilingan) qalqonlari birlan ul zotni himoya qilib qoldilar. Abu Talha kamonni nihoyatda qattiq tortib otguvchi mergan kishi erdilar, o‘shal kuni ikki yoki uch kamonni sindirib qo‘ydilar. Shunda bir kishi o‘q to‘la sadoq birlan Abu Talhaning yonlaridan o‘tib, ketayotgan erdi, Janob Rasululloh unga: «Sadog‘ingdagi o‘qlarni Abu Talhaga tashlab ket!» — dedilar. So‘ng, ul zot qadlarini rostlab, dushmanlar tomonga qaradilar, dushmanlar ersa tinmay o‘q uzib turishar erdi. Abu Talha: «YO Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, qaddingizni ko‘tarmangiz, tag‘in dushmanlar otayotgan o‘qlardan birortasi sizga tegib ketmasin, (iloho), sizning ko‘ksingizga (otilgan o‘q) mening ko‘ksimga (qadalsin!)» — dsdilar. Keyin, men Oisha binti Abu Bakr birlan (Abu Talhaning xotinlari) Ummu Sulaymni ko‘rdim, ikkalalari ko‘ylaklari etagini (bir oz) shimarib olishgan bo‘lib, ularning to‘piqlariga ko‘zim tushdi, (bu «Hijob» oyati nozil bo‘lmasidan ilgari bulgan erdi). Ikkalalari og‘ir meshlarni orqalagan holda qoqilib-suqilib (yarador) musulmonlarning oldiga borishar va ularning og‘izlariga suv quyishar erdi. Keyin, ortlariga qaytishib, meshlarni suvga to‘ldirishar, so‘ng yana (yarador) musulmonlarning oldiga kelishib, ularning og‘izlariga suv quyishar erdi. (O’shal kuni, ya’ni Alloh taolo musulmonlarni xotirjam qilish va ularning dillaridan shayton vasvasasini ketkazish uchun orom uyqusini nozil qilgan Uhud voqeasi kuni) Abu Talhaning qo‘llaridan qilichlari ikki yoki uch marta tushib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:25:30
50-bob. Abdulloh ibn Salom raziyallohu anhuning manoqiblari haqida

Sa’d ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (jannati ekanligi bashorat qilingan o‘n kishi olamdan o‘ggach), Abdulloh ibn Salomdan bo‘lak hozir yer yuzida yurguvchi biror kishiga jannati ekanligini aytganlarini eshitmaganman. Olloh taolo uning xususida «...Banu Isroildan bo‘lgan bir guvoh ham guvohlik berib...» degan oyati karimasini nozil qilgan («Ahqof» surasi, 10-oyat)».

Qays ibn Abbod raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Madina masjidida ekanligimda nimadandir qo‘rqqani yuzidan yaqqol sszilib turgan bir kishi (ya’ni, Abdulloh ibn Salom) kirib keldilar. Shunda odamlar: «Bu kishi jannat ahlidandur» — deb aytishdi. O’shal kishi qisqagina ikki rak’at namoz o‘qib, masjiddan chiqdilar. Men ketlaridan borib: «Siz boya masjidga kirib kelganingizda odamlar: «Bu kishi jannat ahlidandur» — deb aytishdi»,— dedim. Ul kishi bunday dedilar: «Olloh taolo haqi, biror odam o‘zi bilmagan narsa xususida gapirmasligi lozim! Endi, men senga nechun meni jannati deyishlarining boisini aytib berayin: men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayotlik vaqtlarida bir tush ko‘rdim. Keyin, uni ul zotga aytib berdim. Tushimda men guyoki bir yam-yashil, bepoyon bog‘da turgan ermishman. Bog‘ning o‘rtasida bir temir ustun bo‘lib, bir uchi yerda va ikkinchi uchi osmonda ermish. Uning tepasida bir tugun bor bo‘lib, menga:  «Ustunga tirmashib chiq!»  — deyildi. Men: «Chiqa olmayman», — dedim. Shunda bir xizmatkor kelib, meni kiyimimning yoqasidan ko‘tarib ustunga chiqarib qo‘ydi, men uning tepasiga tirmashib chiqdim-da, tugunni (mahkam) ushlab oldim. Menga: «Uni qo‘lingdan chiqarma!» — deyildi. So‘ng, men tugunni (mahkam) ushlagancha uyg‘onib ketdim. Tushimni Janob Rasulullohga aytib berganimda, ul zot: «O’shal bog‘ Islom bog‘i (ya’ni, Islomga taalluqli barcha narsalar bog‘i) bo‘lib, ushal ustun Islom ustunidur (ya’ni, Islomning besh rukni yoki faqat kalimai shahodatning o‘zidur), o‘shal tugun ersa, iymondur. O’zing xususinga kelsak, o‘lguningga qadar Islomda barqaror bo‘lursan» — deb marhamat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:25:41
51-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Xadichaga uylanishlari va Xadicha raziyallohu taolo anhoning fazilatlari haqida

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «(Dunyo ahli) ayollarining (o‘z zamonasidagi) yaxshisi Maryam binti Imrondur, (mening ummatim) ayollarining yaxshisi ersa (mo‘minlar onasi) Xadichadur» — deb aytganlarini eshitdim».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Xadichadan rashk qilganchalik birorta xotinlaridan rashk qilgan ermasman. Xadicha Janob Rasululloh menga uylanmaslaridan burun, ul zot uning haqida eslab yurganlarini eshitganim kezlarda vafot qilgan erdi. Olloh taolo Xadichaga uning uchun jannatda shakar qamishdan bir uy hozirlab qo‘yilgani haqida xushxabar yetkazmoqni hamda imkoni bulganda qo‘y so‘yib, go‘shtidan dugonalariga: istaganlaricha tortiq qilmoqni Janob Rasulullohga amr qilgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:25:48
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Xadichadan, hadeb uni eslayverganlari uchun, rashk qilganimchalik birorta xotinlaridan rashk qilgan ermasman. Janob Rasululloh Xadicha vafot etganidan uch yil keyin menga uylanganlar. Olloh taolo (yoki Jabroil alayhissalom) Xadichaga uning uchun jannatda shakar qamishdan bir uy hozirlab qo‘yilgani haqida xushxabar yetkazmoqni ul zotga amr qilgandur».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men o‘zim Xadichani ko‘rmagan bo‘lsam-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ul ayoldan rashk qilganchalik birorta xotinlaridan rashk qilgan ermasman. Chunki, ul zot Xadichani ko‘p eslab hamda tez-tez qo‘y so‘yib, go‘shtini uning dugonalariga yuborib turar erdilar. Men ul zotga: «Siz uchun go‘yo dunyoda Xadichadan bo‘lak ayol yo‘qdek!» — dedim. Ul zot: «Darhaqiqat, Xadicha (fozila) erdi, (oqila) erdi. Undan mening farzandim bo‘lgan erdi», — dedilar». (Janob Rasulullohning Ibrohim ismli o‘g‘illaridan bo‘lak barcha farzandlari Xadicha onamizdan tug‘ilgandur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:25:56
Ismoil raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfoga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xadichaga bashorat qildilarmi?» — dedim. U: «Ha, shakar qamishdan bunyod etilgan bir uy xususidaki, unda na tashvish va na mashaqqat bor», — dedi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Jabroil alayhissalom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Xadicha sizga bir idishda nonxurush (yoki taom yoki sharbat) olib kelibdi, agar (yana) kelsa, unga parvardigoridan va mendan salom aytingiz hamda unga bashorat qilingizki, uning uchun jannatda shakar qamishdan bir uy hozirlab qo‘yilgan bo‘lib, unda na tashvish va na mashaqqat bor», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Xadichaning singlisi Hola binti Xuvaylid Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa ijozat so‘radi. Janob Rasululloh uning izn so‘ragandagi ovozini (marhuma) Xadichaning ovoziga o‘xshatganlaridan g‘alati bo‘lib, titrab ketdilar-da: «Voy, xudoyimay, Holani (Xadicha) deb uylabman!» — dedilar. Shunda men rashk qilib: «Tishlari to‘yushib, og‘zida qizil milkidan bo‘lak narsa qolmagan, bir zamonlar o‘lib ketgan qurayshlik bir kampirning nimasini eslaysiz! Axir, Olloh taolo sizga uning o‘rniga undan yaxshirog‘ini (ya’ni, meni) ato etgan-ku!» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:26:06
52-bob. Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhu haqlari

Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida «Zul-Xalasa» degan bir uy bular erdi. Uni «Al-Ka’ba al-Iamoniyya» yoki «Al-Ka’ba ash-Shomiyya» deb ham atashar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Sen meni «Zul-Xalasa»dan qutqarmaysanmi?» — dedilar. («Zul-Xalasa» Jarirning yurtlaridagi bir butxona bo‘lib, ul zotga ozor berib turgan erdi. Shul boisdan ushal yurtning ulug‘laridan bo‘lmish Jarirga uni vayron qilmoqni amr qilayotirlar). Sung, men Ahmas qabilasiga mansub bir yuz ellik otliqni olib, «Zul-Xalasa»ga bordim, uni vayron qilib, ul yerda uchragan kishini o‘ldirdik. Keyin, qaytib kelib, ul zotga shul haqda xabar qildik. Ul zot bizga (ya’ni, Ahmas qabilasi otliqlariga) va (butun) Ahmas qabilasiga Olloh taolodan barakot tilab duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:26:15
53-bob. Huzayfa ibn al-Yamon al-Abasiy raziyallohu anhu  haqlarida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uhud (voqeasi) kuni mushriklar yengilib, tumtaraqay qochishdi. Shunda iblis (musulmonlarga): «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar!» — deb sayha tortib erdi, musulmonlarning oldingi qatordagilari ortlaridagilarga o‘girilib ularga qarshi jangga kirishib ketishdi. Bir mahal Huzayf (ularning orasida) otalarini ko‘rib qoldilar-da: «Ey musulmonlar, bu  mening otam, bu mening otam!» — deb qichqirdilar. Ammo, Olloh taolo haqi, ular o‘zlarini to‘xtatolmay, Huzayfaning otasini o‘ldirib quyishdi. Huzayfa ularga: «Olloh taolo sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qilsin!» deb qo‘ya qoldilar va to Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgunlari qadar ham ularga yaxshilik qilaverdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:26:26
54-bob. Hind binti Utba ibn Rabiy’a raziyallohu anho haqlarida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Abu Sufyonning xotini) Hind binti Utba kelib: «Yo Rasulalloh, ilgarilari men Yer yuzidagi biror chodir ahlining sizning chodiringiz ahlidan tubanroq bo‘lmog‘ini istamas erdim. Ammo, bugun men Yer yuzidagi biror chodir ahlining sizning chodiringiz ahlidan azizroq bo‘lmog‘ini istamay qoldim», — dedi. Janob Rasululloh: «(Olloh taolo birlan uning Rasuliga muhabbating ortgani sayin iymoning) tobora ziyoda bo‘lur, jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi!» — dsdilar. Hind binti Utba: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon mumsik odam, bolalarimizni (oilamizni) boqish uchun (unga bildirmay) molidan olsam, menga gunoh bo‘lmaydimi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Insof birlan o‘zingga va bolalaringga yetarlicha olgil!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:26:43
55-bob. Zayd ibn Amr ibn Nufayl xususlaridagi hadis

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zayd ibn Amr ibn Nufaylni Baldah degan yerning quyirog‘ida, hali o‘zlariga vahiy kelmasidan burun uchratdilar. Shunda (qurayshliklar) ul zotga yo‘lda yeyish uchun tayyorlab olingan taomni keltirishib erdi, Zayd ibn Amr uni yemoqdan bosh tortdilar-da, (taom keltirgan qurayshliklarga): «Men sizlar o‘z butlaringizga atab qurbon qilgan jonlig‘ go‘shtini yemasman, faqat Olloh taolo ismi aytilib so‘yilgan jonlig‘ go‘shtini yegayman», — dedilar. Darhaqiqat, Zayd ibn Amr Quraysh ahlini (butlarga atab) jonlig qurbon  kilguvchi bulganlari uchun     qoralab: «Qo‘yni Olloh taolo yaratgandur. Uning uchun osmondan suv nozil qilib, yerdan o‘t o‘lanlar o‘stirib qo‘ygan ham Olloh taolodur: Sizlar bo‘lsangizlar buni inkor qilib hamda Olloh taolodan (butlaringizni) afzal ko‘rib, qo‘ylaringizni Ollohdan bo‘lak narsaning nomini atab qurbon qilursizlar» — der erdilar». (Bu yerda Janob Rasulullohning ushal taomdan yeganlari aytilmagan. Basharti yegan bo‘lsalar, johiliyat ahlida Ibrohim alayhissalom dinlarining shari’ati bir oz bo‘lsa-da, saqlanganligini bilganlari uchun yegan bo‘lishlari mumkin. Chunki, Ibrohim alayhissalom dinlari shari’atida Olloh taoloning nomini aytib so‘yilmagan jonlig‘ go‘shtini emas, balki harom o‘lgan jonlig‘ go‘shtini yemoq man’ qilingandur. Olloh taodo ismini aytib so‘yilmagan jonlig‘ go‘shtini harom qilguvchi oyat ersa, islom davrida nozil bo‘lgandur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:28:02
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Zayd ibn Amr ibn Nufayl (johiliyat davrida yashab, Islomdan burun vafot qilgan bo‘lib, bir kuni) ko‘ngliga to‘g‘ri keladigan biror din to‘g‘risida surishtirib bilmoq va unga kirmoq niyatida Shom tarafga yo‘l oldi. Yo‘lda bir yahudiy (din) olimiga duch kelib, ularning dini xususida surishtirdi. Shunda Zayd unga: «Ehtimol, men sizlarning diningizga kirarman, menga dining  to‘g‘risida so‘zlab ber», - dedi. Yahudiy: «Toki Ollohning g‘azabidan o‘z nasibangni olmas erkansan bizningdinimizda bo‘la olmassan (Yani,  bizning dinimiz Ollohning g‘azabiga duchor bo‘lganlar dini)» - dedi. Zayd: «Men faqat (aynan) Olloh taoloning g‘azabndan qochurman hamda Olloh taoloning g‘azabidan zarrachasini to abad zimmamga olmasman, men shunga qodirdurman. Menga, bundan boshqa biror din xususida aytib berolmaysanmi?» - dedi. Yahudiy: «Shunday bir din borki, men o‘shanigina haqiqiy din deb bilurman», — dedi. Zayd: «U qanday din?» - dedi. Yahudiy: «Budin Ibrohimning dini bo‘lib, Ibrohim na yag‘udiy va na  nasroniy bo‘lgan, u faqat Ollohgagina ibodat qilgandur», — dedi. Keyin, Zayd yana yo‘lda davom etib bir nasroniy (din) olimiga yo‘liqdi, unga ham yahudiyga aytgan gaplarini aytdi. Shunda nasroniy: «Toki Ollohning lanatidan o‘z nasibangni olmas erkansan, bizning dinimizda bo‘la olmassan (ya’ni, bizning dinimiz Ollohning la’natiga duchor bo‘lganlar dini)», — dedi. Zayd: «Men faqat (aynan) Olloh taoloning la’natidan qochurman hamda Olloh taoloning la’natidan ham, g‘azabidan ham zarrachasini to abad zimmamga olmasman, men shunga qodirdurman. Menga bundan boshqa biror din xususida aytib berolmaysanmi?» - dedi. Nasroniy: «Shunday bir din borki, men faqat o‘shanigina, haqiqiy din deb bilurman», — dedi. Zayd: «U qanday din» - dedi. Nasroniy: «Bu din Ibrohimning dini bo‘lib, Ibrohim na yahudiy va na nasroniy bo‘lgan, u faqat Ollohgagina ibodat qilgandur», — dedi. Zayd yahudiy birlan nasroniyning gaplaridan Ibrohim alayhissalomning dinlari o‘zi istagan din ekanligini tushunib, ortiga qaytdi-da, (Baytulloh) ko‘ringach, ikki qo‘lini ko‘tarib: «Yo parvardigoro, darhaqiqat men Ibrohim diniga kirdim, deb senga shahodat keltirurman!» — dedi».   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:28:19
Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Zayd ibn Amr ibn Nufaylni ko‘rdim, u Ka’baga orqasi birlan suyanib turib: «Ey Quraysh ahli! Olloh taolo haqi, mendan bo‘lak birortangiz Ibrohim dinida ermassiz!» — der erdi. Buning ustiga u tiriklayin ko‘mib yuboriladirgan qizni o‘limdan saqlab qolishga harakat qilar erdi. Agar biror kishi o‘z qizini (tiriklayin ko‘mib) o‘ldirishga qasd qilgan bo‘lsa, Zayd unga: «Qizingni o‘ldirma, men seni uni boqish yumushidan ozod qilurman» — derdi-da, qizni o‘zi birlan olib ketar va qiz voyaga yetgach, otasiga: «Agar istasang, qizingni o‘zingga qaytarib berurman va agar istamasang, (bundan keyin ham) seni uni boqish tashvishidan ozod qilurman» — deb aytar erdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:32:54
56-bob. Ka’baning (johiliyat davrida, Janob Rasululloh payg‘ambar qilib yuborilmaslaridan ilgari) ta’mirlanishi xususida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ka’ba qurilayotgan (ya’ni, ta’mirlanayotgan) vaqtda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va Abbos tosh tashishayotgan erdi. Shunda Janob Rasulullohga amakilari Abbos: «Tosh botmasligi uchun izoringizni (ishtoningizni yechib) bo‘yningizga (elkangizga) qo‘yib olingiz!» — dedilar. Janob Rasululloh (izorlarini yechib, bo‘yinlariga qo‘yganlari hamonoq) yerga quladilar, ko‘zlari osmonga termulib (orqasiga ketib) qoldi. Sung, o‘zlariga kelib: «Izorim (qani), izorim (qani)?» — dedilar. Odamlar izorlarini olib berishdi».

Amr ibn Dinor va Abdulloh ibn Abu Yazid rivoyat qilishadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Baytulloh atrofida devor bo‘lmagan. Odamlar Baytulloh atrofida namoz o‘qishar erdi. Hazrat Umar (xalifa) bo‘lganlarida uning atrofiga devor qurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:33:34
57-bob. Johiliyat kunlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Oshuro kuni Quraysh johiliyat davrida ro‘za tutadirgan kun bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shu kuni ro‘za tutar erdilar. Ul zot Madinaga kelganlarida Oshuro kuni o‘zlari ham ro‘za tutdilar, sahobalarga ham ro‘za tutmoqni buyurdilar. So‘ng, Ramazon ro‘zasini tutmoqlik xususida oyat nozil bo‘lgach, (ul zot Oshuro ro‘zasini tark qildilar), uni istaganlar tutib, istamaganlar tutmaydirgan bo‘ldi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Johiliyat ahli) haj oylarida umra qilmoqni dunyoda eng og‘ir gunohlardan biri deb e’tiqod qilishar erdi. Shul boisdan ham ular Muharram oyini (ataylabdan) «Safar oyi» deb atashib: «Agar tuyaning (haj vaqtida hosil bo‘lgan) yag‘iri butunlay tuzalib, izi ham qolmasa hamda (o‘zlari ataylabdan «Safar oyi» deb nom quyib olgan Muharram) oyi tugasa, umraga niyat qilgan kishiga umra qilmoq mumkin bo‘lur» — deyishar erdi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamda ul zotning sahobalari (Zul-Hijja oyining) to‘rtinchi kuni (tongda) hajga talbiya aytib kelishdi. Shunda Janob Rasululloh sahobalarga hajni umraga aylantirmoqni amr qildilar (hamda hajda mumkin bo‘lmagan barcha ishlarni qilmoqlik joiz erkanligini aytdilar). Bu ersa sahobalarga ma’qul kelmadi, (chunki ular haj oylarida umra qilmoqni eng ogir gunohlardan biri, deb e’tiqod qilishar erdi). Sahobalar (Janob Rasululloh ularning bu e’tiqodlari johiliyat ahli e’tiqodi ekanligini tushuntirganlaridan so‘ng): «Yo Rasulalloh, barcha ishlar ruxsat qilinadimi, (hattoki ayollarni jimo’ qilmoq hammi)?» — deyishdi. Ul zot: «Barcha ishlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:34:01
Qays ibn Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr as-Siddiq Ahmas qabilasiga mansub bir ayolning huzuriga kirdilar, uni Zaynab deb atashar erdi. Abu Bakr o‘shal ayolning hech kim birlan gaplashmay o‘ltirganini ko‘rib: «Bu ayol nechun gapirmayotir?» — dedilar. Odamlar: «Hech kim birlan so‘zlashmay haj qilmoqni niyat qilgan», — deyishdi. Abu Bakr ayolga: «Odamlar birlan so‘zlash, Islom bunday qilmog‘ishta ruxsat bermaydi, bu johiliyat ahlining ishidur», — dedilar. Shunda ayol so‘zlay boshladi-da, Abu Bakrga: «Siz kimsiz?» — dedi. Abu Bakr: «Muhojirlardan biriman», — dedilar. Ayol: «Qaysi muhojirlarning (birisiz?)» — dedi. Abu Bakr: «Qurayshga mansub (muhojirlarning biriman)», — dedilar. Ayol: «Qurayshning qaysi qabilasidansiz?» — dedi. Abu Bakr: «Biram ezma ekansan, men Abu Bakrman», — dedilar. Ayol: «Olloh taolo johiliyatdan keyin ato etgan bul solih ishda (ya’ni, Islomda) qay vaqtga qadar qolurmiz?» — dedi. Abu Bakr: «Imomlaringiz qancha vaqt haq yo‘ldan ozmay sizlarga rahbarlik qilsalar, shuncha vaqt bu dinda barqaror qolursizlar», — dedilar. Ayol: «Imomlar kim?» — dedi. Abu Bakr: «Qavmingning sizlarga buyruq beradirgan va sizlar itoat qiladirgan boshlig‘u ulug‘lari bo‘lmaganmi?» — dedilar. Ayol: «Ha, bo‘lgan», — dedi. Abu Bakr: «Ana o‘shalar odamlarga rahbar (imom)durlar», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:34:15
Hishomning otalari Oisha raziyallohu anhodan naql qiladilar: «Arab qabilalaridan biriga  mansub bir qora ayol Islomga kirdi. Uning masjid hovlisida bir kulbasi bo‘lib, bizning huzurimizga kelib suhbatlashib turar edi. Bir kuni u gapi tugagach:
«Vishoh kuni rabbimnish ajoyibotlaridan,
Meni o‘zi qutqardi kufur iskanjasidan...» —

deya she’r o‘qiy boshladi. Shunda Oisha onamiz ezmalik qilaverganidan uni to‘xtatib: «Vishoh kuni qanday kun?» — dedilar.  Boyagi ayol bunday deb hikoya  qila  ketdi:  «Bir kuni Juvayriya bo‘yniga vishoh (qimmatbaho toshlar qadalgan halqasimon teri yoki mato) taqib olib, bir necha qanizaklari birlan aylangani chiqib erdi, (vishohi uzilib, yerga) tushdi. Nogahon bir qush uchib keldi-da, vishohni go‘sht deb uylab olib qochdi. Shunda hammalari meni o‘g‘ri qilishib, menga ko‘p azob berishdi, ish shungacha yetib bordiki, hatto oldimni ham qarab ko‘rishdi. So‘ng, ular atrofimda turib (menga tazyiq qilayotgan) va men (ne qilarimni bilmay) xafa bo‘lib turgan bir mahalda boyagi qush yana uchib keldi-da, tepamizga yetganda vishohni yerga tashladi.  Ular vishohni olishdi.  Shunda men: ularga: «Mana o‘sha sizlar meni o‘g‘ri qilib (qidirgan) narsa, vaholanki uni men o‘g‘irlamagan erdim!» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:34:26
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: « Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim qasam (ont) ichmoqchi bo‘lsa, faqat Olloh taoloning nomini (yoki sifatlarini) aytib qasam ichsin!» — dedilar, Chunki, Quraysh ahli otalarining nomini aytib qasam ichar erdi. Shul boisdan ul zot ularga qarata: «Otalarinshz nomini aytib (o‘rtaga qo‘yib) qasam ichmangizlar!» — dsdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Johiliyat ahli janozani (ya’ni, odamlar tobutda ko‘tarib ketayotgan mayyitni) hurmat qilishib o‘rinlaridan turishar erdi-da: «Kuni kecha oilangda ekanligingda uyingda bo‘lgan erdim» — deb ikki bor aytishar erdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:34:35
Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mushriklar (haj vaqtida) toki Quyosh nuri Sabiyr tog‘iga  tushmaguncha Jam’dan tushib kelishmas erdi. Rasululloh salollohu alayhi vasallam ersalar ularning ana shu odatlariga xilof ravishda Quyosh chiqishidan burun tushib keldilar».

Ikrima raziyallohu anhu: «(«Naba’» surasining 34 oyagidagi) «Ka’san dihoqan» — «Limmo-lim qadah(lar) basma-bas (uzatilib turadi)» degan ma’nodadur» — dsydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:34:52
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Johiliyat davrida men otamning «Bizga qadahlarni to‘ldirib to‘ldirib uzatib tur!» deganlarini eshitganman», — deydilar.

Abu Hurayra raznyallohu anhu rivoyat qiladilar: « Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng to‘g‘ri so‘z - shoir Labiydning «Haq taolodin o‘zga har narsa o‘tkinchi erur» degan so‘zidur. Umayya ibn Abu Saltning (ya’ni, Labiydning o‘z she’rlarida) musulmon bo‘lmog‘iga oz qolib erdi», — dedilar (ya’ni, Labiyd Islom davrigacha yetib kelgan bo‘lsa-da, musulmon bo‘lmagan erdi. Ammo, o‘z she’rlarida tavhid xususida juda ko‘p zikr qilur erdi. Shul boisdan Janob Rasululloh: «Umayya ibn Abu Saltning musulmon bo‘lmog‘iga oz qolib erdi» — deb aytdilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:35:03
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Otam) Abu Bakrning bir g‘ulomlari bo‘lib, u ul kishiga (soliq tarzida) taom chiqarib turar, otam ersalar undan iste’mol qilur erdilar. Bir kuni o‘shal g‘ulom qandaydir taom olib kelib erdi, Abu Bakr undan yedilar. Shunda g‘ulom: «Buning nima ekanligini bilasizmi?» — dedi. Abu Bakr: «Nima ekan bu?» — dedilar. G’ulom: «Men johiliyat davrida bir kishiga fol ochdirib erdim, foli noto‘g‘ri chiqqach, uni yolg‘onchiga chiqardim. Keyin, u meni uchratib yolg‘on foli evaziga bir taom berdi. Siz o‘sha taomdan yodingiz», — dedi. Abu Bakr shul zahotiyoq qo‘llarini og‘izlariga tiqib, bor yeganlarini qayt qilib tashladilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat davridagi odamlar tuyani u tug‘ishi ehtimol bo‘lgan bo‘taloqning bo‘talog‘ini hisobga olib sotur erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (musulmonlarni) bunday savdodan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:35:18
Johiliyat davridagi qasam xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat davridagi eng dastlabki qasam «Banu Hoshimning ikki ko‘zi haqqi-hurmati!» degan qasam erdi. (Qurayshning) Banu Hoshim qabilasiga mansub bir kishi bo‘lib, uni Quraysh urug‘laridan biriga mansub bo‘lmish bir kishi o‘ziga yolladi. Keyin, u yollangan kishi birlan o‘z tuyalarini haydab yo‘lga tushdi. Bir mahal Banu hoshimlik tuyasining jilovi uzilgan holda yollagan kishining oldiga keldi-da: «Menga bir chilvir beringiz, tuyamni jilovlab olay, qochib ketmasin, tag‘in», — dedi. Yollagan kishi unga bir chilvir berib erdi, tuyasini jilovlab oldi. Keyin, ular tuyalaridan tushib, bir urg‘ochi tuyadan bo‘lak barcha tuyalar tushovlanganini ko‘rishdi. Yollagan kishi yollangan kishiga: «Manavi urg‘ochi tuya nega tushovlanmagan?» — dedi. Yollangan kishi: «Uning tushovi yo‘q erdi», — dedi. Yollagan kishi: «Nega endi bo‘lmas erkan, uning tushovi qayoqqa yo‘qoldi?» — dedi-da, yollangan kishini tayog‘i birlan bir urdi. Shunda yollangan kishining ajali yetib turgan erkan, u jon taslim qilayotgan vaqtda tepasiga bir yamanlik kishi kelib: «Hajga borasanmi?» — dedi. Yollangan kishi: «Men borolmayman-u, ammo sen borsang kerak. Bu dunyo birlan xayrlashayotib, senga bir topshiriq bersam, bajarasanmi?» - dedi. Yamanlik: «Ha», — dedi. Yollangan kishi: «Hajda bo‘lmog‘ing nasib etsa: «Ey Quraysh ahli!» — deb nido qil, agar ular senga javob qilsalar, unda: «Ey Banu Hoshim ahli!» — deb nido qil!», agar ular ham javob qilsalar, unda Abu Tolibni surishtirib topgil-da, falonchi meni bir chilvir uchun o‘ldirganini ul kishiga ayt!» — dedi-da, jon taslim qildi.
Yollagan kishi (Makkaga) kelgach, Abu Tolib uning oldiga, kelib: «Bizning do‘stimizga ne bo‘ldi?» — dedilar. Yollagan kishi: «Xastalanib (o‘ldi). Men uni kasallik vaqtida yaxshilab parvarish qildim, (o‘lgach) ersa, uni o‘zim bosh bo‘lib dafn qildim. Uning ahli sizga qabiladosh erdi», — dedi-da, birmuncha vaqt sukut qildi. Shu asnoda boyagi marhumning vasiyatini ado etmoqni o‘z buyniga olgan yamanlik kishi hajga yetib kelib: «Ey Quraysh ahli!» — deb nido qildi. Ular: «Quraysh ahli shu yerda» — deb javob qilishdi. Sung, u: «Ey Banu Hoshim ahli!» — deb nido qildi. Ular ham: «Banu Hoshim  ahli shu yerda» — deb javob qilishdi. Keyin, yamanlik: «Abu Tolib qaerdalar?» — dedi. Odamlar: «Abu Tolib ham shu yerdalar», — deyishdi. Yamanlik: «Falon ismli kishi «Falonchi meni bir chilvir uchun o‘ldirganini xabar qil!» deb menga vasiyat qilgan erdi» — dedi. Abu Tolib yamanlikning oldiga kelib, unga: «Bizning uch taklifimizdan birini tanla: xohlasang, yuzta tuya ber, unda do‘stimizni sen o‘zing o‘ldirgan bo‘lasan, xohlasang, qavmingdan elliktasi uni sen o‘ldirmaganingga qasam ichsin, basharti bu takliflarimizga ko‘nmasang, seni o‘ldiramiz!» — dedilar. Shunda yamanlikning qavmi kelib: «Biz (uning qotil emasligiga) qasam ichamiz», — deyishdi. Shu vaqt yamanliklardan biriga tegib, unga farzand tug‘ib bergan Banu Hoshim qabilasidan bir ayol uning oldiga kelib: «Ey Abu Tolib, mening mana bu o‘g‘limni ellik kishidan biri o‘rnida ko‘rib, uni qasamdan soqit qilmog‘ingni istayman, undan ayni vaqtda ham qasam ichmoqni, ham iymonli bo‘lmoqni talab qilma!» — dedi. Abu Tolib shunga ko‘ndilar. Keyin, ulardan bir kishi Abu Tolibning oddilariga kelib: «Ey Abu Tolib, yuzta tuya o‘rniga ellik kishining qasam ichmog‘ini istading, ellik kishidan har biriga ikkitadan tuya to‘g‘ri kelar erkan, mana bu ikki tuyani mendan qabul qilib ol-da, mendan ayni vaqtda ham qasam ichmoqni, ham iymonli bo‘lmoqni talab qilma!» — dedi. Abu Tolib o‘shal ikki tuyani qabul qilib oldilar. Sung, qirq sakkiz kishi kelib qasam ichishdi».

Bu yerda yuqoridagi hadislardan biri takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:35:41
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Vodiydagi Safo va Marva oralig‘ida sa’y qilmoq sunnat emas, chunki johiliyat ahli ul yerda sa’y qila turib: «Biz Batho vodiysidan faqat majburan o‘tamiz», — deyishar erdi».

Ibn Abbosdan rivoyat qilishadi: «Ibn Abbos: «Ey odamlar, sizlarga aytadirgan gapimga quloq solingizlar va o‘zlaringiz aytadirgan gaplaringizni menga eshittiringizlar, keyin borib: «Ibn Abbos unday dedi, Ibn Abbos bunday dedi, deb aytib yurmangizlar. Kimki Baytullohni tavof qilsa, Hijr ortidan tavof qilsin, tag‘in uni «Hatiym» deb aytmangizlar, chunki johiliyat davrida kishi qasam ichib, qamchisini yoki poyabzalini yoxud kamonini otib yuborar erdi», — dedilar».

Amr ibn Maymun rivoyat qiladilar: «Men johiliyat davrida bir erkakning bir urg‘ochi maymunni jimo’ qilganini ko‘rdim. Shunda odamlar zino qilgan maymunni toshbo‘ron qilishdi, men ham ular birlan birgaliqda uni toshbo‘ron qildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:36:08
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdu Manof ibn Qusayy ibn Kilob ibn Murra ibn Ka’b ibn Luay ibn G’olib ibn Fihr ibn Molik ibn an-Nazr ibn Kinona ibn Xuzayma ibn Mudrika ibn Iles ibn Muzar ibn Nizor ibn Ma’add ibn Adnon)ga payg‘ambarlik vahiyining kelishi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Vahiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qirq yoshlarida nozil qilindi. Vahiy nozil qilingandan so‘ng, ul zot Makkada un uch yil istiqomat qildilar. Keyin, hijrat qilmoqlari amr qilinib, Madinaga hijrat qildilar. Ul yerda o‘n yil yashadilar. Sung, ul zot vafot qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:36:23
1-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalariga Makkada mushriklar tomonidan yetkazilgan aziyatlar

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga keldim, ul zot Ka’ba soyasida boshlarini choponlariga qo‘yib yetgan erdilar. Shu kuni mushriklardan bizga aziyat yetgan bo‘lib, men: «Yo Rasulalloh, mushriklarni duoi bad qilib» Olloh taologa iltijo qilmaysizmi?» — dedim. Shunda ul zotning yuzlari qizarib ketdi, o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar-da, bunday dedilar: «Sizlardan avval o‘tgan odamlar orasida bir payg‘ambar bo‘lgan erdi. Qavmi uning badanini suyaklari ko‘ringunga qadar temir taroq birlan taraganda ham, u o‘z dinidan qaytmagan. Keyin, uning boshini arra birlan qoq ikkiga bo‘lishgan, shunda ham u o‘z dinidan qaytmagan. Inshoolloh, otliq odam Olloh taolodan bo‘lak hech kimdan qo‘rqmay San’odan Hazramavtga bemalol boradirgan paytlar kelur!».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «An-Najm» surasini qiroat qilib, sajda qildilar. Shunda bir kishidan bo‘lak barcha sajda qildi. Men bir odamning qo‘liga tufroq olib, uni  peshonasiga keltirganini hamda ana o‘shanga sajda qilib: «Menga shu kifoya qilur» — deb aytganining shohidi buldim. Keyinchalik men uning Olloh taologa kufr keltirgan holda o‘ldirilganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:36:37
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilib turgan erdilar, bir qancha qurayshliklar ham atroflarida erdi. Shunda Uqba ibn Abu Mu’it molning ichak-chavoqlarini olib kelib, ul zotning ustlariga tashladi. Janob Rasululloh boshlarini sajdadan ko‘tarmadilar. Shu asnoda Fotima alayhossalom kelib qolib, ichak-chavoqlarni ul zotning ustlaridan olib tashladilar-da, bu ishni qilgan kishini duoi bad qildilar. Janob Rasululloh ham: «Yo parvardigoro, Qurayshdan Abu Jahl ibn Hishom, Utba ibn Rabiy’a, Shayba ibn Rabiy’a, Umayya ibn Xalaf (yoki Ubay ibn Xalaf), Shu’ba ash-Shokka g‘azabingni bisyor qilgaysin!» — deb duoi bad qildilar. Men ularni Badr kuni o‘ldirishib,  quduqqa tashlaganlarini  ko‘rdim.  Umayya  (Ski Ubay) ibn Xalaf ersa, quduqqa tashlanmay, qiyma-qiyma qilingan holda tashqarida qoldirildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:36:51
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Abziy: «Olloh taolo (nohaq o‘ldirmoqni) harom qilgan jonni o‘ldirmangizlar!» va «Kimki qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa...» degan oyatlarning mazmunini Ibn Abbosdan so‘ragil!» — deb menga buyurdilar. Men shul xususda Ibn Abbosdan so‘radim. Ul kishi: «Furqon» surasidagi mazkur oyat nozil bo‘lganda Makka ahli mushriklari: «Olloh taolo (nohaq o‘ldirmoqni) harom qilgan jonni ham o‘ldirganmiz, Olloh taologa shirk ham keltirganmiz, buzuq ishlarni ham qilganmiz», — deyishdi. Shunda Olloh taolo «Tavba qilgan va iymon keltirganlar bundan mustasnodurlar» degan oyatni nozil qildi. Bu oyat ana ushalar xususidadur. Ammo, «Niso» surasidagi oyatning mazmuni shuki, agar kishi Islomni va uning shariatini e’tirof qilgani holda (nohaqdan-nohaq bir mo‘minni) o‘ldirsa, uning joyi abadiy do‘zax bo‘lib, (tavbasi qabul qilinmas)», — dedilar».

Urva ibn az-Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Ibn Amr ibn al-Osga: «Mushriklarning Janob Rasulullohga yetkazgan eng qattiq aziyati haqida menga aytib bergil!»— dedim. Shunda u bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba tevaragidagi hijr ichkarisida namoz o‘qib turgan erdilar, Uqba ibn Abu Mu’it kelib, kiyimini ul zotning muborak buyinlariga tashladi-da, qattiq tortib bo‘g‘a boshladi. Shunda Abu Bakr kelib qolib, Uqbani yelkasidan ushlab, Janob Rasulullohdan nariga itarib tashladilar-da: «Kishini rabbim Ollohdur, deb aytgani uchun o‘ldirasizlarmi?» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:37:03
2-bob. Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhuning Islomga kirganlari haqida

Ammor ibn Yosir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim. Ul zotning huzurlarida Islomga kirganlardan faqat besh banda (ya’ni, Bilol, Zayd ibn Horisa, Omir ibn Fuhayra, Abu Fukayha, Ubayd ibn Zayd al-Habashiy), ikki ayol (ya’ni, muminlar onasi Xadicha va Ummu Ayman yoki Samiyya) va Abu Bakr bor erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:37:13
3-bob. Sa’d raziyallohu anhuning Islomga kirganlari haqida

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Men Islomga kirgan kundan bo‘lak kuni hech kim Islomga kirmadi. Men (Makkada) yetti kun turib, uchinchi bulib Islomga kirdim», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:37:24
4-bob. Jinlar haqida hamda Olloh taoloning «(Ey Muhammad), siz aytingiz: «Menga vahiy qilindiki, jinlarning bir guruhi (mening tilovatimni) eshitib"¦» deb» degan qavli («Jin» surasi, 1-2-oyatlar)

Ma’n ibn Abdurrahmon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men otamning bunday deganlarini eshitdim: «Men Masruqdan: «Jinlar Qur’on (tilovatini) tinglashgan kecha ular xususida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kim ma’lum qildi?» — deb so‘radim. Masruq: «Ular haqida bir daraxt ma’lum qildi», — dedi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurgan kezlarimda ul zotning tahoratlari va hojatlari uchun bir meshchada suv olib yurur erdim. (Bir kuni ul zot hojatga ketganlarida) ortlaridan meshchani olib borib erdim, (sharpamni sezib): «Bul kim?» — dedilar. Men: «Abu Hurayraman»,— dedim. Ul zot: «Poklanmog‘im uchun bir necha tosh (kesak) keltir, ammo suyak yoki tezak keltirma!» — dedilar. Men etagimga bir necha tosh (kesak) solib, ul zotning yonlariga olib borib quydim-da, nariroqqa borib turdim. Ul zot hojatdan qaytgach, birgalashib ketayotib: «(Yo Rasulalloh), suyak va tezak ishlatsa ne bo‘lur?» — dedim. Ul zot: «Suyak va tezak jinlarning taomidur. Mening huzurimga Nasiybiyn jinlarining vakillari — ajoyib (yaxshi) jinlar kelishib: «(Ey Muhammad, ummatingizni suyak va tezak birlan istinjo qilmoqdan qaytaringiz, chunki Olloh taolo suyak va tezakni bizga taom qilib ta’yin etgandur» — deb) iltimos qilishdi. Shunda men: «(Ummatim) na biror suyak va na biror tezak yonidan o‘tmasinlar, uni albatta taom deb bilsinlar!» — deb Olloh taologa duo qildim», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:37:44
5-bob. Abu Zarr al-G’iforiy raziyallohu anhuning Islomga kirganlari haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Zarr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga payg‘ambarlik vahiyi kelganligini eshitib, o‘z birodarlariga: «Ulovingni minib o‘shal vodiyga bor, o‘zining payg‘ambar ekanligini, o‘ziga osmondan xabar kelayotganini ta’kidlayotgan kishini top, uning gaplarini eshitib, menga ul haqda bilib kel!» — dedilar. So‘ng, birodarlari yo‘lga tushib, Janob Rasulullohning huzurlariga bordi, ul zotning so‘zlarini tinglab, ortiga qaytgach, Abu Zarrga: «Men ul kishini ko‘rdim, odamlarni olijanob xulqli bo‘lmoqqa da’vat qilib, she’r singari so‘zlarni aytayotir», — dedi. Abu Zarr: «Meni kufrdan xalos qilg‘uvchi xabar keltirmabsan», — dedilar-da, bir meshchada suv va yegulik olib o‘zlari Makkaga keldilar. So‘ng, masjidga (ibodatxonaga) borib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni qidirdilar, lekin ul zotni o‘zlari tanimaganlari uchun birovlardan so‘ragilari kelmadi. Shul bois bir necha kecha masjidda yetib qoldilar. Hazrat Ali ul kishini ko‘rib, begona ekanliklarini sezdilar-da: «(Musofirmisiz, yuringiz men birlan» — deb uylari tomon boshlab ketdilar). Abu Zarr (indamay) Hazrat Aliga ergashdilar, ikkalalari ham bir-birlaridan kim ekanliklarini so‘rashmadi. So‘ng, Abu Zarr ertalab yana masjidga bordilar-da, kun buyi o‘shal yerda bo‘ldilar, ammo Janob Rasulullohni uchratmadilar. Kech bo‘lgach, masjiddagi yetar joylariga keddilar. Shunda Hazrat Ali yonlaridan o‘tib ketayotib:  «Kishi o‘z turar joyini bilib olmog‘i lozim bo‘lgan vaqt kelmadimi?» (ya’ni, «Biror boshpana topdingizmi?») — dedilar. (Abu Zarr: «Yo‘q» — deganlaridan so‘ng), Hazrat Ali ul kishini turg‘azib, yana uylariga olib ketdilar. Bu safar ham ikkalalari bir-birlaridan hech narsa xususida so‘rashmadi. Uchinchi kuni ham Hazrat Ali Abu Zarrni masjidda yotgan joylaridan turg‘azib, uylariga olib ketdilar. Shundagina Abu Zarrdan: «Bu yerga qanday yumush birlan kelganingizni menga aytmaysizmi?» — dedilar. Abu Zarr: «Agar sirimni yashirsangiz, aytaman», — dedilar. Hazrat Ali shunga so‘z berib erdilar, Abu Zarr bu yerga ne maqsadda kelganlarini aytib berdilar. Hazrat Ali: «Siz to‘g‘ri yo‘ldasiz, (o‘zini payg‘ambar deb ta’kidlayotgan kishi) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdurlar. Ertalab turgach, mening ketimdan kelaveringiz, agar yo‘lda siz uchun biror xatarnok narsani sezsam, suv ichayotgan kishi bo‘lib to‘xtab turaman. Agar yana yo‘lda davom etsam, toki biror ostonaga kirgunimcha ketimdan kelaveringiz», — dedilar. Keyin, ertasiga ertalab Hazrat Ali o‘zlari aytganlaridek, Abu Zarrni ergashtirib ketaverdilar-da, nihoyat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirib bordilar. Abu Zarr ham ul kishi birlan birga kirib, Janob Rasulullohning so‘zlarini tingladilar-da, shul zahoti musulmon bo‘ldilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Zarrga: «Qavming huzuriga qaytgil-da, to mening ishim (ya’ni, Islomga oshkora da’vat qilayotganim) haqidagi xabar o‘zingga yetib borguniga qadar ularni (Islomdan) voqif qilib tur!» — deb marhamat qildilar. Shunda Abu Zarr: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, men hoziroq mushriklar o‘rtasida buni ro‘y-rost aytaman!» — dedilar-da, masjidga borib, bor ovozlari birlan: «Ashhadu allo iloha illallohu va anna Muhammadan rasulullohi!» — deb aytdilar. Shunda masjiddagi (ibodatxonadagi) qavm o‘rnidan turdi-da, Abu Zarrni yotqizib olib do‘pposlay boshladi. Shu vaqt Abbos kelib qolib, gavdalari birlan Abu Zarrni to‘sdilar-da: «Sho‘ringiz qursin! Uning G’ifor qabilasidan ekanligini, savdo karvonlaringiz uning qabilasi yerlari orqali o‘tishini bilmaysizlarmi?!» — deya ul kishini ulardan qutqarib oldilar. Keyin, Abu Zarr ertasiga ham xuddi shunday qilib erdilar, qavm yana darg‘azab bo‘lib ul kishini do‘pposladi. Abbos bu safar ham Abu Zarrni o‘z gavdalari birlan to‘sib qutqarib qoldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:37:54
6-bob. Sa’id ibn Zayd raziyallohu anhuning Islomga kirganlari haqida

Qays raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayl Kufa masjidida: «Olloh taolo haqi, darhaqiqat Hazrat Umar (otam) Amr (Ibrohim alayhissalomning dinlarini qabul qilib) musulmon bo‘lishlaridan burun Islomga kirganimning guvohidurlar. Agar sizlarning Hazrat Usmonga nisbatan qilgan ishlaringiz (ya’ni, ul kishini o‘ldirganingiz) sababli biror kishi o‘z o‘rnini (amalini) tark etsa, noto‘g‘ri qilgan bo‘lur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:39:11
7-bob. Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuning Islomga kirganlari haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu: «Hazrat Umar Islomga kirganlaridan buyon tobora qudratli bo‘lib bormoqdamiz», — dedilar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Umar ibn al-Xattob hovlida qo‘rqib turganlarida Os ibn Voil as-Sahmiy Abu Amr kelib qoldilar, egnilarida yo‘l-yo‘l hulla va ipak qamis bor erdi. Ul kishi Banu Sahm qabilasidan bo‘lib, bul qabila johiliyat davrida bizning ittifoqchimiz erdi. Al-Os (otamning qo‘rqib turganlarini ko‘rib): «Senga nima bo‘ldi?» — dedilar. Otam: «Qavmingiz Islomga kirganim uchun meni o‘ldirajaklarini aytishdi», dedilar. Al-Os: «Bunga yo‘l qo‘ymayman, xotirjam bo‘laver!» dedilar-da, tashqariga chiqib, butun Makka ahli to‘planib kelayotganini ko‘rdilar. Al-Os ularga: «Qaerga ketayotirsizlar?» — dedilar. Ular: «Ota-bobolarimiz dinidan qaytib Islomga kirgan Al-Xattobning o‘g‘lini o‘ldirgani ketayotirmiz», — deyishdi. Al-Os ularga: «Bunga yo‘l qo‘ymayman!» - dedilar. Shunda ular qaytib ketishdi».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Umar Islomga kirganlarida odamlar ul kishining hovlilari oldida to‘planishib:  «Umar dindan qaytdi!» deyishdi. O’shal kezlarda men yosh bola bo‘lib, uyimiz tomiga chiqib olgan erdim. Shu asnoda deboj chopon kiyib olgan bir kishi kelib qolib, odamlarga: «Umar (sizlarning) diningizdan qaytib, (Islomga kirdi), men uni o‘ldirmoqlaringizga yo‘l qo‘ymasman, men uning qo‘shnisi bo‘laman!» — dedi. Shunda men odamlarning ul kishidan hayiqib, qaytib ketganini ko‘rdim. Keyin, (otamdan): «Bul kishi kim?» - so‘radim. (Otam): «Bul kishi Al-Os ibn Voil bo‘ladilar, - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:39:50
8-bob. Oyning (ikkiga) bo‘lingani haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Makka ahli Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan (payg‘ambar ekanliklarining isboti uchun) mo‘‘jiza ko‘rsatmoqlarini talab qildi. Shunda ul zot oyni ikkiga bo‘lib ko‘rsatdilar, hatto odamlar Hiro’ tog‘ini oyning ikki bo‘lagi orasida ko‘rishdi (ya’ni, bir bo‘lagi tog‘ning u tomonida va ikkinchi bo‘lagi tog‘ning bu tomonida turdi)».

Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Minoda turgan erdik, oy ikkiga bo‘lindi. Shunda ul zot: «(Mening mo‘‘jizamning) guvohi bo‘lingizlar!» - dedilar. (Oyning) bir bo‘lagi tog‘ tomonga ketdi».

Abdulloh: «(Oy) Makkada ikkiga bo‘lindi», — deydilar.

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu: «Oy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida ikkiga bo‘lindi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:40:00
9-bob. Musulmonlarning‘ Makkadan Habashiston yeriga qilgan hijrati haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyach qiladilar: «Rasuludloh sallallohu alayhi va sallam (menga): «Ikki toshloq yer (yoki ikki tog‘) oralig‘idagi xurmozor Hijrat uyini (eki Hijrat diyorini, ya’ni Madinani) ko‘rdingmi? Madinaga hijrat qilguvchilar ul yerga hijrat qildilar va Habashiston yeriga hijrat qilgan guruh Madinaga qaytib keldi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:40:10
Ubaydulloh ibn Adiy ibn al-Xisr raziyashohu anhu rivoyat qiladilar: «Misvar ibn Maxrama va Abdurrahmon ibn al-Asvad ibn Abdu Yag‘us menga: «Usmonga birodarlari Validni (afv etmoqlarini so‘rab) gapirmog‘ingga senga nima mone’lik qiladi? Odamlar uning yonini olib ko‘p gapirayotirlar», — deyishdi. Shunda men Hazrat Usmonga gapirmoqqa jazm qildim. Ul kishi namozga chiqqanlarida: «Mening sizda bir maslahatli ishim bor», — dedim. Ul kishi: «Sendan bir maslahatli gap chiqarmidi?!» — dedilar. Men (xafsalam pir bo‘lib) ular ikkalasining oldiga qaytib bordim. Ammo, bir ozdan so‘ng Hazrat Usmon ortimdan bir odamni yubordilar, men ul kishining huzurlariga bordim. Shunda ul kishi: «Qanday maslahatli ishing bor erdi?» — dedilar. Men: «Darhaqiqat, Olloh subhonahu Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haq (din) birla yuborgandur va ul zotga Kitob (Quron) nozil qilgandur. Men ersam, Olloh taolo birlan uning Rasuli da’vatiga javob berib, ikki bor hijrat qildim, ul zotta sahobalik qilib, yo‘llarini mahkam tutdim. Odamlar Validning yonini olib, ko‘p gapirayotirlar», — dsdim. Hazrat Usmon: «Hali o‘zingni Janob Rasulullohg‘a teng qilayotirsanmi?!» — dedilar. Men: «Yo‘q, aslo! Ammo, men ichkarida o‘tiradirgan bokira qiz visoliga yetishgan kishi singari ul zotning bilimlaridan bahramand bo‘lganman», — dedim. Hazrat Usmon: «Ammo, ba’d darhaqiqat, Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haq (din) birla yuborg‘an bo‘lib, men (ham sen kabi) Olloh taolo birlan uning Rasuli da’vatiga ijobat qilg‘anman, Olloh taolo ul zot birlan nimaiki yuborgan bo‘lsa, barisiga iymon keltirganman, sen aytganingdek ikki bor hijrat qilganman, ul zotga sahobalik hamda bay’at qilganman. Olloh taolo haqi, parvardigor Janob Rasulullohni vafot ettirguniga qadar ham ul zotga na osiylik va na aldamchilik qildim! Sung, Abu Bakrga (bay’at qilib, xuddi shunday ixlos birla sahobalik qildim). Keyin, Hazrat Umarga ham shunday qildim. So‘ng, o‘zim xalifa bo‘ldim. (Qani aytchi, ularning huquqlari kabi hukuqqa egamanmi, yo‘qmi?!» — dedilar). Men: «Ha, egasiz», — dedim. Hazrat Usmon: «Sizlar xususingizda men eshitayotgan gaplar qanday gap bo‘ldi?! Ammo, sening Valid haqida qilgan iltimosing xususiga kelsak, biz uni qilgan gunohiga yarasha albatta jazolagaymiz!» — dedilar. So‘ng, Validga qirq darra urdilar, keyin Alini (chaqirib, yana qirq) darra urmoqni amr qildilar. O’shanda Hazrat Ali (Validga qirq) darra urgan erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:40:19
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Ummu Habiba Ummu Salama o‘zlari Habashistonda ko‘rgan, devorlariga suratlar solingan bir kanisa haqida eslashib, shul haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga gapirishdi. Janob Rasululloh: «Darhaqiqat ular, agar o‘zlaridan biror solih kishi o‘lsa, uning qabri ustiga ibodatxona qurishib, (sizlar aytgandek devorlariga), suratlar chizishar erdi. Ana o‘shalar Qiyomat kuni Olloh taolo nazdida eng bmon xalqdurlar», dedilar».

Ummu Xolid binti Xolid raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Habashiston yeridan (mamlakatidan) keldim. Shunda men bir qizaloq bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga bir gulli ko‘ylakchani kiygizib qo‘ydilar-da, gullarini qo‘llari birlan silab turib: «(Biram) chiroyli, (biram) chiroyli!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:40:29
Abdulloh (ibn Mas’ud) raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o‘qib turganlarida ham salom beraverar va ul zot bizga alik olaverar erdilar. Najoshiy huzuridan (ya’ni, Habashiston hijratidan) qaytganimizda ul zotga (namoz o‘qib turganlarida) salom berib erdik, alik olmadilar. Namozni tugatganlaridan so‘ng, biz: «Yo Rasulalloh, ilgari biz (namoz o‘qiyotganingizda) sizga salom bersak, alik olar erdingiz-ku?!» — dedik. Ul zot: «Namozda (buyuk) mashg‘ullik bordur», — dedilar» (ya’ni, «Namozxon namoz vaqtida Olloh taologa bor vujud birlan munojot qilmog‘i, uning zikri birlangina mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim bo‘lib, bo‘lak narsalarga chalg‘imasligi kerak — deb aytdilar. Haqiqatan, ilgari namozxonlar namoz chog‘ida bir-birlari birlan salom-alik qilishaverganlar va hatto dunyoviy ishlar xususida ham gaplashaverganlar. Habashistonga qilingan ikkinchi hijratdan keyin, Olloh taolo maxsus oyat nozil qilib,  namozda sukut saqlamoqni, ya’ni Ollo taoloning zikri va unga ibodat qilish birlangina mashg‘ul bo‘lib, dunyoviy narsalarga chalg‘imaslikni amr qilgandur).

Abdulloh ibn Mas’ud: «Men Ibrohimdan: «(Namoz o‘qiyotganingda senga salom berilsa), nima qilasan?» — deb so‘radim. U: «Ichimda alik olaman» — dedi», — deydilar.

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qitadilar: «Biz Yamandalik vaqtimizda Rasululloh sallallohu atayhi va sallamning payg‘ambar qilib yuborilganlarini (yoki hijrat qilganlarini) eshitiboq, kemaga minib ul zot tomon yo‘lga tushdik. Kemamiz bizni Habashiston (podshohi) Najoshiyning huzuriga eltib qo‘ydi. Biz (ul yerda) Ja’far ibn Abu Tolibni uchratib, to barchamiz (Janob Rasulullohning huzurlariga) borgunimizga qadar u birlan birga bo‘ldik. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Xaybarni fath qilgan kezlarida uchratdik. Shunda ul zot (bizga): «Sizlar, ey kema ahli, ikki bor (biri — Habashistonga, ikkinchisi — mening huzurimga) hijrat qildingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:40:42
10-bob. Najoshiyning vafoti haqida

Jobir raziyallohuanhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najoshiy vafot qilganda: «Bugun bir solih kishi vafot qildi, turingizlar, habash birodaringizga janoza o‘qingizlar!» — dedilar».

Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni orqalariga saf qilib Najoshiyga janoza o‘qidilar. Shunda men ikkinchi yoki uchinchi safda turgan erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:40:52
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam habash Najoshiyga janoza o‘qidilar. Shunda ul zot to‘rt bor takbir aytdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Habashiston podshohi Najoshiyning vafot qilganini bizga uning o‘lgan kuni xabar qildilar, so‘ng: «Birodaringiz uchun Olloh taologa istig‘for aytingizlar!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni namozgohda saf qilib Najoshiyga janoza o‘qidilar. Shunda ul zot to‘rt bor takbir aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:41:03
11-bob. Mushriklarning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarshi o‘zaro til biriktirib, qasam ichganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ertaga, inshoolloh, Banu Kinona (mushriklari meni tutib bermoq bo‘lib) o‘zaro kufrga qasam ichgan joy — Xayfga borgaymiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:41:13
12-bob. Abu Tolib qissasi

Abdulloh ibn al-Xaras rivoyat qiladilar: «Abbos ibn Abdulmuttalib raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Amakingizga biror foydangiz tegdimi? Olloh taolo haqi, ul kishi sizni avaylar, sizni deb o‘egalarga g‘azab qilar erdilar», — dedilar. Shunda ul zot: «Abu Tolib jahannamning sayoz joyidalar, men bo‘lmaganimda uning eng tubida bo‘lar erdilar», — dedilar».

Musayyib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Tolibning qoshlariga o‘lim kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishining huzurlariga kirdilar. Shunda ul yerda Abu Jahl o‘ltirgan erdi. Janob Rasululloh Abu Tolibga: «Ey amaki, «Lo iloha illallohu» deb aytingiz, toki men Olloh taolo huzurida siz uchun bul kalimani hujjat qilayin!» — dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ersa: «Ey Abu Tolib, Abdulmuttalib millatidan (ya’ni, dinidan) voz kechasizmi?! — deya takror-takror aytaverishdiki, hatto pirovardida Abu Tolib: «Abdulmuttalib dinidaman» — degancha jon taslim qildilar. Janob Rasululloh: «Agar (Olloh taolo tomonidan) qaytarilmasam, siz uchun istig‘for aytgayman», — dedilar. Shunda Olloh taoloning «Na payg‘ambar va na mo‘minlarning mushriklar uchun, garchi ular yaqin qarindoshlari bulsalar-da, do‘zax ahli ekanliklari ayon bulganidan keyin, istig‘for aitmoqlari joiz emasdur» («Tavba» surasi, 113-oyat) hamda «(Ey Muhammad), darhaqiqat siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat, qila olmassiz...» («Qasas» surasi, 56oyat) degan oyati karimalari nozil bo‘ldi».

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida ul zotning amakilari (Abu Tolib) haqlarida so‘zlashdi. Shunda Janob Rasululloh: «Shoyad, Qiyomat kuni ul kishiga shafoatimning nafi tegib, jahannamning (otash) to‘piqlarini(gina) ko‘madirgan va miyalarini(gina) qaynatadirgan sayoz joyidan nasib etsa!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:41:28
13-bob. Isro’ haqidagi hadis

Olloh taoloning qavli: «(Olloh) kechalardan birida o‘z bandasi (Muhammad)ni... Masjid al-Haromdan... Masjid al-Aqsoga sayr qildirgan pok zotdur» («Al-Isro’» surasi, 1-oyat).

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytayotganlarini eshitgan erkanlar: «Quraysh (mushriklari Makkadagi Masjid al-Haromdan Quddusdagi Masjid al-Aqsoga bir kechada borib kelganimni aytganimda) meni yolg‘onchiga chiqarishganda Hijr (Ka’baning shimoli-g‘arbidagi muayyan joy)ga borib tek turdim. Shunda Olloh taolo menga Bayt al-Maqdisni (Masjid al-Aqsoni) namoyon qildi. Men unga qarab turib Quraysh mushriklariga (uning) belgilarini (kurinishini) tasvirlab berdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:41:48
14-bob. Me’roj haqida

Molik ibn Sa’sa’a raziyallohu anhu rivoyat qiladilarki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalarga o‘zlarini (Hazrat Jabroil) sayohat qildirgan kecha haqida so‘zlab beribdilar. Ul zot shunda bunday debdilar: «Men Hatiym (Ka’bani o‘rab turgan devorning bir qismi bo‘lib, Janob Rasululloh «Hijr» deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin) ichkarisida yonboshlab yotgan erdim, bir kishi (ya’ni, Hazrat Jabroil) kelib, uzunasiga (ko‘ksimni) yordilar. (Roviy Qatoda: «Men Anasning «Mana bu yerdan bu yergacha yordilar» deb aytayotganlarini eshitdim», — deydilar. Roviy Sa’sa’a: «Bo‘g‘izlari ostidagi chuqurchadan to qovuqlarigacha yordilar», — deydilar). So‘ng, yuragimni chiqarib oldilar. Keyin, yonimga iymon to‘la bir oltin jom keltirildi.  (Ma’lumki,   Islom shariy’ati Oltin va kumush idishlardan foydalanmoqni harom qilgandur. Bu yerda oltin idishdan foydalanilganining boisi, ehtimol, bu voqeannng oltin va kumush idishlardan foydalanmoq harom kilinmasidan burun sodir bo‘lgani uchundur yoki bu hukmning faqat foniy dunyogagina taalluqli ekanligi uchundur? Chunki, jannat ahli bunday idishlardan bemalol foydalanurlar. Isro’ kechasi sodir bo‘lgan voqea ersa, g‘ayb hodisotlaridan biri bo‘lib, ohirat hukmlariga itoat etur). Keyin, yuragim (asli jannatdan bo‘lmish zamzam suvi birlan) yuvildi. So‘ng, (iymon va hikmat birlan) to‘ldirildi. Keyin, qaytib joyiga solib qo‘yildi, So‘ng, menga xachirdan pastroq, eshakdan balandroq bir oq ulov keltirildi. (Roviy: «Bu «Buroq» — chaqmoq kabi tez» ulov bo‘lib, oyoqlarini nihoyatda uzoqqa tashlab yugurar erdi», — deydilar). Men unga mindirildim. Keyin, Hazrat Jabroil men birlan birga yo‘lga tushib, osmonning eng yaqin (qavatiga chiqib) bordilar-da, (osmon eshigini) ochmoqlarini so‘radilar. Shunda: «Kim bu?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Bu men, Jabroilman», — dedilar. «Yoningizdagi  kim?»   —  deyildi.  Hazrat Jabroil:  «Muhammad alayhissalom)», — dedilar. «Ul kishini (o‘zingiz birlan birga) osmonga olib chiqish uchun yuborilgaimi(dingiz)?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Ha». — dedilar. «Marhabo, xush kelibdilar, qadamlariga hasanot!» — deyildi. So‘ng, (osmon eshikboni   eshikni)   ochdi.   Men  ichkariga  kirib,   Odam alayhissalomni) ko‘rdim. (Hazrat Jabroil menga): «Bul otangiz Odam (alayhissalom) bo‘ladilar, ul kishiga salom beringiz!» — dedilar. (Chunki, o‘tib ketayotgan odam o‘ltirgan odamga salom bermog‘i kerak, agarchi u o‘ltirgan odamdan afzalroq bo‘lsa ham). Men ul kishiga salom berdim, salomimga alik oldilar. Keyin, (menga): «Marhabo, (ey) solih o‘g‘il va solih payg‘ambar!» — dsdilar. (Chunki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdek bir ulug‘ zotga ota ekanliklaridan faxrlandilar). So‘ng, (Hazrat Jabroil) men birlan birga ko‘tarilib, ikkinchi osmonga (chiqib) bordilar-da, (osmon eshigini) ochmoqlarini so‘radilar. Shunda: «Bu kim?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Bu men, Jabroilman», — dedilar. «Yoningizdagi kim?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Muhammad. (alayhissalom)», — dedilar. «Ul kishini (osmonga olib chiqishingiz uchun) yuborilganmidingiz?» — deyildi. Hazrat Jabroil: «Ha», — dedilar. «Marhabo, xush kelibdilar, qadamlariga hasanot!» — deyildi. So‘ng, (osmon eshikboni eshikni) ochdi. Men ichkariga kirib, ikki xolavachcha Yahyo va Iso (alayhissalomni) ko‘rdim. Jabroil alayhissalom: «Bular Yahyo va Iso (alayhissalom) bo‘ladilar, ularga salom beringiz!» — dedilar. Men ularga salom berdim, ular salomimga alik olishdi. Sung, ular (menga): «Marhabo, (ey) solih birodar va solih payg‘ambar!» — deyishdi. So‘ng, (Hazrat Jabroil) men birlan birga uchinchi osmonga ko‘tarilib, (osmon eshigini) ochmoqlarini so‘radilar. Shunda: «Kim bu?» — deyildi. (Jabroil alayhissalom): «Bu men, Jabroilman», — dedilar. «Yoningizdagi kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Muhammad (alayhissalom)», — dedilar. «Ul kishini osmonga olib chiqishingiz uchun yuborilganmidingiz?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Ha», — dedilar. «Marhabo, xush kelibdilar, qadamlariga hasanot!» — deyildi. Keyin, (osmon eshikboni eshikni) ochdi. Men ichkariga kirib, Yusuf (alayhissalomni) ko‘rdim. (Hazrat Jabroil menga): «Bul Yusuf (alayhissalom) bo‘ladilar, ul kishiga salom beringiz!»— dedilar. Men ul kishiga salom berdim, salomimga alik oldilar. So‘ng, (menga): «Marhabo, (ey) solih birodar va solih payg‘ambar!» — dedilar. Keyin, (Hazrat Jabroil) men birlan birga ko‘tarilib, to‘rtinchi osmonga (chiqib) bordilar-da, (osmon eshigini) ochmoqlarini so‘radilar. Shunda: «Bu kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Bu men, Jabroilman»,— dedilar. «Yoningizdagi kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Muhammad (alayhissalom)», — dedilar. «Ul kishini (osmonga olib chiqmog‘ingiz uchun) yuborilganmidingiz?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Ha», — dedilar. «Marhabo, xush kelibdilar, qadamlariga hasanot!» — deyildi. Sung, (osmon eshikboni eshikni) ochdi. Men ichkariga kirib, Idris (alayhissalomni) ko‘rdim. (Hazrat Jabroil menga): «Bul Idris (alayhissalom) bo‘ladilar, ul kishiga salom beringiz!» — dedilar. Men ul kishiga salom berdim, salomimga alik oldilar. Keyin, (menga): «Marhabo, (ey) solih birodar va solih payg‘ambar!» — dedilar. So‘ng, (Hazrat Jabroil) men birlan birga ko‘tarilib, beshinchi osmonga (chiqib) bordilar-da, (osmon eshigini) ochmoqlarini so‘radilar. Shunda: «Bu kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Bu men, Jabroilman», — dedilar. «Yoningizdagi kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Muhammad (alayhissalom)», — dedilar. «Ul kishini (osmonga olib chiqmog‘ingiz uchun) yuborilganmidingiz?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Ha», — dedilar. «Marhabo, xush kelibdilar, qadamlariga hasanot!» — deyildi. So‘ng, (osmon eshikboni eshikni) ochdi. Men ichkariga kirib, Horun (alayhissalomni) ko‘rdim. (Hazrat Jabroil): «Bul Horun (alayhissalom bo‘ladilar), ul kishiga salom beringiz!» — dedilar. Men ul kishiga salom berdim, salomimga alik oldilar. Keyin, (menga): «Marhabo, (ey) solih birodar va solih payg‘ambar!» — dedilar. So‘ng, (Hazrat Jabroil) men birlan birga ko‘tarilib, oltinchi osmonga (chiqib) bordilar-da, (osmon eshigini) ochmoqlarini so‘radilar. Shunda: «Bu kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Bu men, Jabroilman», — dedilar. «Yoningizdaga kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Muhammad (alayhissalom)», — dedilar. «Ul kishini (osmonga olib chiqmog‘ingiz uchun) yuborilganmidingiz?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Ha», — dedilar. «Marhabo, xush kelibdilar, qadamlariga hasanot!» — deyildi. Keyin, (osmon eshikboni eshikni) ochdi. Men ichkariga kirib, Muso (alayhissalomni) ko‘rdim. (Jabroil alayhissalom): «Bul Muso (alayhissalom bo‘ladilar), ul kishiga salom beringiz!» — dedilar. Men ul kishiga salom berdim, salomimga alik oldilar. So‘ng, (menga): «Marhabo, (ey) solih birodar va solih payg‘ambar!» — dedilar. Keyin, men Muso (alayhissalomning) yonlaridan o‘tib ketayotgan erdim, yig‘lab yubordilar. Shunda ul kishiga: «Nechun yig‘layotirsiz?» — deyildi: (Muso alayhissalom): «(Olloh taolo umrim davomida menga ato etmagan ne’matni) bir bolaga (ato etib), uni mendan keyin payg‘ambar qilib yuborgani hamda uning ummatidan jannatga kiradirganlari mening ummatimdan jannatga kiradirganlardan ko‘proq ekanligi boisidan (afsus chekib) yig‘layotirman», — dedilar. (Muso alayhissalom payg‘ambarimizni «bola» deganlarida ul zotdan yoshlari ulug‘roq ekanligini nazarda tutganlar). Keyin, (Hazrat Jabroil) men birlan birga yettinchi osmonga ko‘tarildilar-da, (osmon eshigini) ochmoqlarini so‘radilar. Shunda: «Bu kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Bu men, Jabroilman», — dedilar. «Yoningizdagi kim?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Muhammad (alayhissalom)», — dedilar. «Ul kishini (osmonga olib chiqmog‘ingiz uchun) yuborilganmidingiz?» — deyildi. (Hazrat Jabroil): «Ha», — dedilar. «Marhabo, xush kelibdilar, qadamlariga hasanot!» — deyildi. So‘ng, (osmon eshikboni eshikni) ochdi. Men ichkariga kirib, Ibrohim (alayhissalomni) ko‘rdim. (Jabroil alayhissalom menga): «Bul otangiz Ibrohim (alayhissalom) bo‘ladilar, ul kishiga salom beringiz!» — dedilar. Men ul kishiga salom berdim, salomimga alik olgach: «Marhabo, (ey) solih o‘g‘il va solih payg‘ambar!» — dedilar. Keyin, menga Sidrat al-Muntaho (Nilufar daraxti) namoyon qilindi. (Bu daraxt Yerdan osmonga chiqadirganlar uchun chegara bo‘lib, undan nariga o‘tkazilmaslar). Uning mevalari Hajar (o‘lkasida qilinadirgan ko‘zalardek va barglari fil qulog‘idek (katta) erkan. (Hazrat Jabroil menga):  «Bu Sidrat al-Muntahodur»,  — dedilar (Qarasam, uning ildizlari ostidan) to‘rt daryo (oqib chiqayotir), Ikkisi (ko‘zga) yashirin va ikkisi (ko‘zga) zohir bo‘lib, men: «Ey (Hazrat) Jabroil, bu (botiniy) ikki daryo qanday daryo?» — dedim. (Ulamolarning aytishlaricha, Janob Rasululloh ko‘zga zohir ikki daryoni birinchi osmonda ko‘rganlar. Ko‘zga yashirin ikki daryoni ersa Sidrat al-Muntaho namoyon qilingan yettinchi osmonda ko‘rganlar. Shul boisdan boqiy ko‘z birlangina ko‘rib bo‘ladirgan ikki botiniy daryo xususida so‘radilar. Hazrat Jabroil bir yo‘la to‘rttala daryo haqida tushuntirdilar). Hazrat Jabroil: «(Foniy ko‘zga) yashirin (bu) ikki daryo jannatda (oqib turguvchi daryolar bo‘lib, biri — Salsabil va ikkinchisi— Kavsardur). Ammo, (foniy ko‘zga) zohir ikki daryo ersa, (biri) — Nil va (ikkinchisi) — Furotdur», — dedilar. So‘ng, menga Bayt al-Ma’mur (Odam alayhissalom Olloh taoloning amriga binoan qurgan Baytulloh bo‘lib, Nuh to‘foni vaqtida vayron bo‘lmasligi uchun farishtalar uni yettinchi osmonga olib chiqib qo‘yganlar. Har kuni uni yetmish ming farishta tavof qilib turgani boisidan «Baytul Ma’mur» — «Obod uy» deb atalur) namoyon qilindi. Unga har kuni yetmish ming farishta kirib, (tavof qilur erkan). Keyin, menga bir idishda (mast qilguvchi) ichimlik, bir idishda sut va bir idishda asal keltiriddi. Men sutni olib ichdim. Shunda (Hazrat Jabroil menga):   «Bu (ya’ny,  Olloh taolo harom qilgan ichimlikni yoxud dunyoviy nafsni qondirguvchi asalni olmay, inson bolasiga eng dastlab halol qilingan sutni olib ichganingiz) siz va sizning ummatingizga xos islomiy tabiatdur», — dedilar. So‘ng, menga (va mening ummatimga) har kuni (ya’ni, bir kecha-kunduzda) ellik vaqt namoz o‘qimoqlik farz qilindi. Keyin, men Muso (alayhissalomning) huzurlariga qaytib keldim. (Muso alayhissalom menga): «Nima qilmog‘ingiz amr qilindi?» — dedilar. «Menga (ummatimga) har kuni ellik vaqt namoz uqimoqlik amr qilindi», — dedim. (Muso alayhissalom): «Ummatingiz har kuni ellik vaqt namoz o‘qimoqlikka toqat qilolmaslar. Chunki men, Olloh taolo haqi, sizdan ilgari odamlarda (ya’ni, o‘z ummatimda) buni sinab ko‘rganman, Banu Isroilni (Olloh taolo ularga farz qilgan namozlarni kanda qilmay o‘qimoqlikka) ko‘p undaganman, (lekin bo‘lmagan). Rabbingiz qoshiga qaytib borib, ummatingizga yengillik tug‘dirmog‘ini unda iltimos qilingiz!»— dedilar. So‘ng, men (parvardigorim qarshiga) qaytib borib, (ummatimga yengillik tug‘dirmog‘ini undan iltimos qildim), u menga (va ummatimga farz qilingan ellik vaqt namozni) o‘ntaga kamaytirdi. Keyin, men Muso (alayhissalomning) qoshlariga qaytib keldim. Shunda ul kishi yana avvalgi gaplarini qaytardilar. Men (parvardigorimning huzuriga) qaytib borib, (yana kamaytirmog‘ini iltimos qildim), u (tag‘in) o‘ntaga kamaytirdi. So‘ng, men Muso (alayhissalomning) qoshlariga qaytib keldim. Ul kishi yana avvalgi gaplarini qaytardilar. Men (parvardigorimning qoshiga) qaytib bordim, u yana o‘ntaga kamaytirdi. So‘ng, men Muso (alayhissalomning) huzurlariga qaytib keldim. Ul kishi yana avvalgi gaplarini qaytardilar. Men (parvardigorimning) qoshiga qaytib bordim, u yana o‘ntaga kamaytirdi. Men (va ummatim) har kuni o‘n vaqt namoz o‘qimoqlikka buyurildim. Keyin, men Muso (alayhissalomning) qoshlariga qaytib keldim. Ul kishi yana avvalgi gaplarini qaytardilar. Men (parvardigorimning) huzuriga qaytib bordim, shunda men (va ummatim) har kuni besh vaqt namoz o‘qimoqlikka buyurildim. So‘ng, Muso (alayhissalomning) qoshlariga qaytib kelib erdim, ul kishi: «Nima qilmoqlikka buyurildingiz?» — dedilar. Men: «Men (va ummatim) har kuni besh vaqt namoz o‘qimoqlikka buyurildim», — dedim. Ul kishi: «Ummatingiz har kuni besh vaqt namoz o‘qimoqqa toqat qilolmas, chunki men sizdan ilgari odamlarda buni sinab ko‘rganman, Banu Isroilni (Olloh taolo farz qilgan namozlarni kanda qilmay o‘qimoqlikka) ko‘p undaganman. Parvardigoringiz qoshiga qaytib borib, ummatingizga yengillik tug‘dirmog‘ini iltimos qilingiz!» — dedilar. Shunda (men ul kishiga): «Parvardigorimdan hadeb iltimos qilaverib, uyalib ketdim. (Endi qayta iltimos qilmasman. Agar uning qoshiga yana iltimos qilib borsam, unda na uning irodasiga rozi bo‘lgan va na unga bo‘yinsungan bo‘laman), men uning (irodasiga) rozi bo‘lib, unga itoat eturman!»— dedim. So‘ng, (ul kishining qoshlaridan) nari ketayotganimda (hotifdan) menga: «Farzimni (besh vaqt qilib) tasdiqlab, bandalarimga yengillik tug‘dirdim» — deyildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:41:57
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Olloh taoloning («Al-Isro’» surasining 60-oyatidagi) «...Biz sizga ko‘rsatgan tushni va Qur’onda la’natlangan daraxtni odamlar ugun bir sinov qildik...» degan qavlida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Bayt al-Maqdisga sayohat qildirilgan kecha qalban ko‘rgan tushlari nazarda tutilgan bo‘lib, «...Qur’onda la’natlangan daraxt...» — bu zaqqum daraxtidur», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:42:10
15-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada ekanliklarida huzurlariga ansorlar vakillarining kelgani va Aqaba bay’ati haqida

Ka’b ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men (va boshqa ansorlar) Aqaba kechasida Islomga (sadoqat bildirib) ahdu paymon (bay’at) qilganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bo‘lganman. Aqaba kechasida ishtirok qilganim mening uchun Badrda ishtirok qilmoqdan mahbubroqdur, garchi Badr odamlar orasida Aqaba kechasidan ko‘ra ko‘proq gapirilsa-da!».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Ikki tog‘am men birlan birga Aqaba (kechasi)da ishtirok qilganlar», — deydilar.

Ibn Uyayna: «(Jobirning Aqaba kechasida ishtirok qilgan) ikki tog‘asidan biri Baro ibn Ma’rur erdi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:42:20
Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Jobir: «Men, otam va tog‘am Aqaba (kechasida) ishtirok qilganlardanmiz» - deb aytdi».

Aqaba kechasida ishtirok qilgan Uboda ibn as-Somit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning atroflarida bir guruh sahobalari o‘ltirgan erdi, shunda ul zot bunday dedilar: «Olloh taologa biror narsani shirk keltirmasligingizga, o‘g‘rilik qilmasligingizga, zino qilmasligingizga, bolalaringizni o‘ldirmasligingizga (ya’ni, johiliyat odati bo‘yicha qizlaringizni tiriklayin ko‘mmasligingizga yoki boqa olmasligingizdan cho‘chib, o‘g‘ilu qizlaringizni o‘ldirmasligingizga), o‘zlaringiz to‘qiydirgan uydirma (gaplar) birlan (birovlarga) tuhmat qilmasligingizga, (shari’at peshvolari amri) ma’rufiga osiylik qilmasligangizga menga bay’at qilingizlar! Sizlardan kimki (bay’atiga) vafo qilsa, Olloh taolo (oxiratda) unga ajr (mukofot) ato etur va kimki bulardan birortasini buzsa va buning uchun shu dunyoda jazolansa, bu uning uchun kafforat bo‘lib, (oxiratda jazolanmas) va kimki bulardan birortasini buzsa, keyin Olloh taolo uni (jazolamay aybini yashirsa, bu parvardigorning o‘zining ishi bo‘lib xohlasa, uning (gunohini) kechadi, xohlasa, uni jazolaydi». So‘ng, men (barcha birlan birgaliqda) shunday deb bay’at qildim».

Uboda ibn as-Somit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan kishilarning boshliqlaridan biri erdim. O’shanda biz: «Olloh taologa biror narsani shirk keltirmasligamizga, o‘g‘rilik qilmasligimizga, zino qilmasligamizga, Olloh taolo o‘ldirmoqni harom qilgan jonni nohaq o‘ldirmasligimizga, isrof qilmasligimizga, jannatga osiylik qilmasligimizga (ya’ni, bay’atimizni buzib, jannatdan mahrum qilguvchi ishlarni qilmasligimizga) bay’at qildik. Agar bay’atimizga vafo qilsak, Olloh taolo bizga oxiratda ajr berur va agar bay’atimizga xilof biror ish qilib qo‘ysak, keyin Olloh taolo (jazolamay) aybimizni yashirsa, bu uning o‘zining ishi bo‘lib, xohlasa, kechadi, xohlasa, jazolaydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:42:32
16-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Oisha raziyallohu anhoni o‘z nikohlariga olganlari, Oisha raziyallohu anhoning Madinaga kelganlari va Janob Rasulullohning ul muhtaramaga qo‘shilganlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam olti yasharligimda meni o‘z nikohlariga oldilar. (Ul zot va otam Abu Bakr raziyallohu anhu Madinaga hijrat qilganlaridan so‘ng) men, onam Ummu Rumon va singlim Asmo ham ul yerga borib, Banu al-Horis ibn al-Xazraj qabilasi (xonadonlaridan biriga) tushdik. Keyin, men cho‘miltirildim, sochlarim (bundan) yayrab, go‘zal bir tarovat kasb etdi. So‘ng, onam Ummu Rumon dugonalarim birlan arg‘imchoq uchib turganimda meni chaqirdilar. Men oldilariga bordim, ammo nega chaqirganlarini bilmas erdim. Onam (tez)  qo‘limdan yetaklab hovli eshigi oldigacha olib bordilar, harsillaganimdan nafasim tiqilib qolayozdi. So‘ng, bir oz suv oldilar-da, yuzim birlan boshimni artib qo‘ydilar. Keyin, meni hovliga olib kirdilar, qarasam, uy to‘la ansoriya xotinlar o‘ltirishibdi. Ular (menga): «Baxtli bo‘l, uvali-juvali bo‘l, qo‘sha-qaringizlar!» — deb tilak qilishdi. So‘ng, onam meni ularga topshirdilar. Ular meni (silab-siypab, yaxshi gaplar aytib) yupatishdi. Keyin, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bo‘lak (hech narsani o‘ylamay, yuragim) taka-puka bo‘lib turgan erdim, ul zot to‘satdan huzurimga kirib keldilar. (Ansoriya ayollar) meni ul zotning ixtiyorlariga topshirib (chiqib ketishdi). Shunda men to‘qqiz yashar qizaloq erdim».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday dedilar: «Men seni tushimda ikki marta ko‘rganman. Qarasam, sen bir parcha ipak (matog‘a) o‘rab qo‘yilgan emishsan. (Menga): «Bu sening ayolingdur (xotiningdur)», — deyildi. Yuzingni ochib qarasam, bu sen ekansan. Shunda men: «Agar bu (tushim) Olloh taolo tarafidan (ko‘rsatilgan bo‘lsa), ul holda parvardigor uni (albatta) ro‘yobga chiqaradi» — deb aytar emishman».

Hishom otalaridan bunday deb eshitgan erkanlar: «Xadicha raziyallohu anho) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga hijrat qilmaslaridan uch yil burun vafot etdilar. Ul zot ikki yil yoki shunga yaqin vaqt uylanmay yurdilar, keyin Oishani o‘z nikohlariga oldilar. Shunda Oisha olti yashar bo‘lib, to‘qqiz yoshga kirganda unga qo‘shildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:42:42
17-bob. Rasululloh sallaldohu alayhi va sallam birlan  sahobalarining Madinaga hijratlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar hijrat bo‘lmaganda men ansorlardan biri bo‘lgan bo‘lur erdim», — dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men tushimda bir xurmozor yerga hijrat qilayotganimni ko‘rdim. Shunda men ul yerni Yamoma yoki Hajar deb o‘yladim. Bilsam, u Madina (Yasrib) erkan»,— dsdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:42:51
Xabbob raziyachlohu anhu riloyat qnladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Olloh taoloning (rizoligini) istab hijrat qildik. (Buning uchun) bizga ato etilajak ajr Olloh taoloning zimmasida qoldi. Oramizda shunday kishilar borki, ular (oxiratda bisyor ajr olmoqla ri uchun bu dunyoda o‘z nafslarini tiyib, fathu g‘azotlar davrida qo‘lga kiritgan) o‘ljalardan zarracha foydalanmay o‘lib ketdilar. Mus’ab ibn Umayr shular jumlasidandur. (Mus’ab ibn Umayr) Uhud kuni o‘ldirildi, biz uni kafanlash uchun choponidan bo‘lak narsa topolmadik. Choponi birlan boshini  yopsak, oyoqlari, oyoqlarini yopsak, boshi ochilib qoldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga choponi birlan boshini yopib, oyoqlari ustiga izxir (isiriq) tashlab qo‘ymoqni amr qildilar. Ammo, oramizda (ajr daraxtining) msvalari (bu dunyodayoq) g‘arq pishib, ularni terib yeyayotganlar ham bor».

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu riloyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deyayotganlarini eshitdim: «Darhaqiqat, amallar (ishlar) niyatlarga bog‘liqdur. (Ya’ni, har bir ishning savobi uning qanday niyatda qilinganiga bogliqdur). Chunki, har bir kishi o‘zi niyat qilgan narsasiga erishur. Kimki boylik orttirmoq niyatida hijrat qilgan bulsa, boylikka erishur va kimki  xotin olmoq niyatida hijrat qilgan bo‘lsa, xotin olur. (Demak, bunday kishining) hijrati boylik yoxud xotin uchun qilingan hijrat bo‘lur va kimningki hijrati Olloh taolo va uning Rasuli uchun bulgan bo‘lsa, Olloh taolo va uning Rasuli uchun qilingan hijrat bo‘lur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:43:03
Abdulloh ibn U.iar raziyallohu anhu: «(Makka) fathidan so‘ng hijrat yo‘qdur» — der erdilar. (Ya’ni, musulmonlarning bundan buyon o‘zlari fath qilgan Makkani tark qilmoqlari joiz bo‘lmay, ilgari ular o‘z dinlarini oshkor qilmoqlari va uning vojibotlarini ado etmoqlari mumkin bo‘lmaganidan bu yerdan hijrat qilgandurlar).

Ato ibn Abu Raboh rivoyat qiladilar: «Men va Ubayd ibn Umayr al-Laysiy Oisha raziyallohu anhoni ziyorat qilgani bordik. Shunda biz ul muhtaramadan hijrat xususida so‘radik. Ul muhtarama bizga: «Bugungi kunda (ya’ni, Makka fathidan so‘ng hijrat) yo‘qdur. (Chunki), Olloh taolo Islomga (quvvat ato etib), uni yuzaga chiqargandur. Musulmon odam, endi o‘zi xohlagan yerda Olloh taologa ibodat qila olur. Lekin, (bundan buyon Olloh taolo va uning Rasuli yo‘lida) jihod va haj qilmoqlik joizdur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:43:15
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Sa’d raziyallohu anhu: «Yo parvardigoro, o‘zing (yaxshi) bilursanki, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni soxta payg‘ambar deb o‘z oralaridan haydagan Quraysh mushriklariga qarshi sening yo‘lingda jihod qilmoqni istaganimchalik biror qishiga qarshi jihod qilmoqni istamasman! Ammo, o‘ylaymanki, biz birlan ularning o‘rtasidagi urushga sen o‘zing chek qo‘yding», — dedilar».

Ibn Abbos raziyapshohu anhu riloyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qirq yoshlarida payg‘ambar qilib yuborildilar. O’n uch yil Makkada yashadilar, shu vaqt davomida ul zotga vahiy kelib turdi. So‘ng, hijrat qilmoqlari buyurilib, o‘n yil (Madinada) hijratda bo‘ldilar, (bu yerda vahiy kelib turdi). Vafot qilganlarida oltmish uch yoshda edilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:43:29
Abu Said al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga o‘ltirgach: Olloh taolo o‘zi iroda qilgan vaqtda Yer yuzidan dargohiga borguvchi bandalari birlan o‘zining huzuridagi bandalari orasidan bir bandani afzal ko‘rdi. Men (ham) Olloh taolo bandani afzal ko‘rdim», — dedilar. Shunda yubordilar-da: «Yo Rasulalloh, ota-onamizni fido qilaylik!» — dsdilar. Biz bundan taajjub qildik. Odamlar: «Manavi cholga qarangizlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo Yer yuzidan dargohiga borguvchi bandalari birlan o‘z huzuridagi bandalari orasidan ko‘rgan bir bandani afzal ko‘rganlari. uchun yig‘lab: Ota-onamizni sizga fido qilaylik!» — deyayotir», — deyishdi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Abu Bakrni afzal ko‘rguvchi, Abu Bakr ersalar ul zotni hammamizdan ko‘ra ko‘proq (yaxshiroq) bilguvchi kishi erdilar. Shul boisdan ul zot: «Mening uchun o‘zining suhbati va mol-dunyosi borasida eng ishonchli kishilardan biri Abu Bakrdurlar. Agar (rabbimdan bo‘lak) ummatimdan o‘zimdan bir do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim. Ammo, (musulmonlar uchun Alloh taolodan ortiqroq do‘st yo‘q bo‘lib, ular orasida) Islom birodarligi (-yu muhabbati) mavjud bo‘lmog‘i lozim. Masjidda Abu Bakrning eshiklaridan bo‘lak birorta eshik qolmasin!»  -     dedilar».  (Ya’ni, har kim uz hovlisidan masjid hovlisiga eshik ochib olgan erdi, ul zot ana o‘shal eshiklarni nazarda tutyaptilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:44:14
Oisha raziyallohu anhu rilayat qiladilar: «Men ota-onamni Abu Bakr va Ummu Rumon raziyallohu anhumoni) Islom dinidan bo‘lak dinda sira tasavvur qila olmasman, aqlimni tanibmanki, ular Islom diniga e’tiqod qilib kelishadi Shuningdek, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biznikiga kelmagan biror kunni ham eslolmayman. Ul zot biznikiga kunning ikki tarafida, ya’ni ertalab va kechqurun qadam ranjida qilib turar erdilar. Musulmonlarga (Quraysh kofirlari) ozor yetkazganda (Janob Rasululloh uz sahobalariga hijrat qilmoqqa izn berdilar. Ular Habashiston tomon yo‘lga tushdilar). So‘ng, (ularga yetib olmoq niyatida) Abu Bakr ham Habashiston tomon hijrat qilib, Bark al-G’imod degan joyga yetib bordilar. Ul yerda Abu Bakrga Ibn ad-Dag‘ina yo‘liqdi. Ibn ad-Dag‘ina Al-Qorat qabilasi boshligi bo‘lib, Abu Bakrga: «Ey Abu Bakr, qaerga ketayotirsiz?» — dedi. Abu Bakr: «Qavmim meni (o‘z oralaridan) haydadi. Endi, men dunyo kezib, parvardigorimga ibodat qilmoq niyatidaman», — dedilar, (ammo hijrat qilib ketayotganlarini aytmadilar, chunki u kofir erdi). Ibn ad-Dag‘ina: «Sizdek bir (solih) odamning (o‘z qavmini) tashlab ketmog‘i ham, (qavmi tomonidan) haydab yuborilmog‘i ham joiz ermas. Axir, siz (odamlarga o‘zgalarda) topilmaydirgan narsalarni ehson qilursiz, mehru oqibat ko‘rsatursiz, og‘irni yengil qilursiz, mehmondo‘stlik qilursiz, halollik (oqibatida boshga tushadirgan) kulfatlarni (bartaraf qilmoqqa) yordam berursiz-ku! Men ersam, sizning qo‘shningizdurman! (Ya’ni, kishi o‘z qo‘shnisini birovlardan himoya qilmog‘i lozim bo‘lib, Ibn ad-Dag‘ina bir qo‘shni qabila vakili sifatida Abu Bakrga: «Men qavmingizning sizga aziyat yetkazmog‘iga yo‘l qo‘ymasman!» — demoqchi). Ortingizga qaytingiz, parvardigoringizga o‘z yurtingizda (ya’ni, Makkada) ibodat qilingiz!» — dedi. Shundan so‘ng, (Abu Bakr raziyallohu anhu) ortlariga qaytdilar, Ibn ad-Dag‘ina (ham) ul kishi birlan birga ketdi. (Makkaga yetib borishgach), Ibn ad-Dag‘ina kechki payt Quraysh qabilasi ulug‘lari huzuriga kirdi-da, ularga: «(Yurtdoshlariga ko‘plab manfaat yetkazib turguvchi) Abu Bakrdek (bir solih odam, agar o‘ta zarur bo‘lmasa, boshqa yurtda yashamoq niyatida o‘zboshimchalik birlan yurtini) tashlab ketmasligi hamda (bunday odamni biror kishi) majburan yurtidan chiqarib yubormasligi kerak! (Odamlarga o‘zgalarda) topilmaydirgan narsalarni ehson qilguvchi, mehru oqibat ko‘rsatguvchi, og‘irni yengil qilguvchi, mehmonnavoz hamda halollik (tufayli boshga tushadirgan) kulfatlarni (bartaraf qilmoqqa) yordam berguvchi bir (solih) kishini o‘z yurtidan haydaysizlarmi?!» — dedi. Quraysh ulug‘lari Ibn ad-Dag‘ina(ning Abu Bakrni himoya qilib aytgan gaplariga qarshi) lom-mim deya olishmadi. Ular Ibn ad-Dag‘inaga faqat: «Abu Bakrga buyuringiz, parvardigoriga uyida ibodat qilsin, uyida namoz o‘qisin, istagan narsasini tilovat qilsin, ammo bu birlan bizga aziyat yetkazmasin, ibodatu tilovatini maxfiy ado etsin! Chunki, biz u xotinlarimizu bolalarimizni yo‘ldan ozdiradi, deb qo‘rqurmiz» — deya olishdi, xolos. So‘ng, Ibn ad-Dag‘ina ularning bul gaplarini Abu Bakrga aytdi. Shundan so‘ng, Abu Bakr Quraysh kattalari shartiga rioya qilib, parvardigorlariga o‘z uylarida ibodat qiladirgan, namozlarini maxfiy tutadirgan va uylaridan bo‘lak yerda tilovat qilmaydirgan bo‘ldilar. (Birmuncha vaqt o‘tgach), Abu Bakr (raziyallohu anhuning miyalariga) bir (ajoyib) fikr keldi — ul kishi o‘z hovlilari oldiga masjid qurib olib, endi o‘shal yerda namoz o‘qiydirgan va Qur’on tilovat qiladirgan bo‘ldilar. Mushriklarning xotinlari va bolalari Abu Bakrning huzurlariga to‘planishib, ul kishiga ajablanib boqishar erdi. Abu Bakr qalbi nozik kishi bo‘lib,  Qur’on tilovat qilsalar, ko‘z yoshlarini tutib tura olmas erdilar. Bu Quraysh mushriklari kattalarini xavotirga sola boshladi, (chunki ular xotinlari va bolalarining Islomga kirib ketishlaridan cho‘chishar erdi). Shul boisdan ular Ibn ad-Dag‘inaga odam yuborishdi. Ibn ad-Dag‘ina ularning huzuriga keldi. Shunda ular unga: «Biz Abu Bakrga sizning oldingizda parvardigoriga uz uyida ibodat qilmoqqa ruxsat bergan erdik, ammo u haddidan oshib, hovlisi oldiga masjid qurib oldi-da, oshkora namoz o‘qib, oshkora tilovat qila boshladi. Biz xotinlarimiz va  bolalarimizni yo‘ldan ozdirishidan xavflanib (shunday shart qo‘ygan erdik).  Siz uni bunday qilmoqdan qaytaringiz! Agar u parvardigoriga o‘z uyida ibodat qilmoqlik birlan cheklanishni xohlasa, shunday qilsin, mobodo bunday qilmoqdan bo‘yin tovlab, namozi va qiroatini oshkor ado qiladirgan bo‘lsa, ul holda unga bergan omonligingizni o‘zingizga qaytarmog‘ini talab qilingiz (ya’ni, «Bundan buyon men seni himoya qilmayman» — deb aytingiz!»). Biz so‘zingiz ustidan chiqmay, badnom bo‘lmog‘ingizni istamaymiz, ammo xotinlarimiz va bolalarimizdan xavotirda bo‘lganimiz boisidan Abu Bakrning oshkora (namoz o‘qib, oshkora tilovat) qilmog‘iga ham yo‘l qo‘ya olmaymiz», — deyishdi. So‘ng, Ibn ad-Dag‘ina Abu Bakrning huzurlariga kelib: «Siz bo‘yningizga qanday shart qo‘yganimni bilasiz, siz (namozu tilovatingizni uyingizda) ado etmoqlik birlan cheklanasiz yoxud men sizga bergan omonlikni o‘zimga qaytarasiz (ya’ni, men endi sizni himoya qilmasman). Men arablarning bir kishining yonini olib bergan so‘zimning ustidan chiqmaganligimni eshitmoqlarini istamayman!» — dedi. Abu Bakr: «Men sening himoyangni o‘zingga qaytarib, Olloh taoloning himoyasida bo‘lmog‘imga roziman», — dedilar. Shu kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada erdilar. Ul zot musulmonlarga:  «Men sizlar hijrat qiladirgan ikki toshloq yer (yoki ikki tog‘) oralig‘idagi xurmozor diyoringizni tushimda ko‘rdim. Shunda Madinaga hijrat qilguvchilar ul yerga hijrat qilishdi va Habashistonga hijrat qilgan guruh Madinaga qaytib keldi»,— dsdilar. Buni eshitib, Abu Bakr raziyallohu anhu Madinaga hijrat qilmoq uchun hozirlik ko‘ra boshladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Shoshmay turingiz, chunki menga (hijrat qilmoqqa) ijozat berilmog‘ini istayman», — dsdilar. Abu Bakr: «Ona-onam sizga fido bulsinlar,  siz shuni  (ya’ni,  izn berilmog‘ini)  istaysizmi?»— dedilar. Janob Rasuluploh: «Ha» — deb javob qildilar. Shundan so‘ng, Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga hamroh bo‘lish uchun hijrat qilmoqdan tiyildilar-da, o‘zlarida mavjud ikki (baquvvat) tuyani akatsiya barglari birlan to‘rt oy boqdilar. Bir kuni biz choshgoh vaqtidan xiyol o‘tganda (otam) Abu Bakrning uylarida o‘ltirib erdik, bir kishi (Abu Bakrning ozod qilgan qullari Omir ibn Fuhayra yoxud Abu Bakrning qizlari Asmo) Abu Bakrga: «Ana, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (begonalar ko‘rmasin, deb) boshlarini o‘ragan holda odatda biznikiga kelmaydirgan bir vaqtda kelayotirlar», — dedi. Abu Bakr: «Ota-onam ul zotga fido bo‘lsinlar! Olloh taolo haqi, bir zarurat bo‘lmasa, bul vaqtda kelmas erdilar», — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib (ichkariga kirmoqqa) izn so‘radilar. (Abu Bakr) ul zotga izn berdilar.  Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ichkariga) kirib, Abu Bakrga: «Uyingizdagi (begona)larni chiqarib yuboringiz!» — dedilar. Abu Bakr: «Bular sizga begona emaslar, otam sizga fido bo‘lsinlar, yo Rasulalloh!» — dedilar. Ul zot: «(Hijrat qilib) yo‘lga chiqishga menga ijozat berildi», — dsdilar. Abu Bakr: «(Sizga) hamrohlik qilmoqni istayman, otam sizga fido bo‘lsinlar, yo Rasulalloh!» — dedilar. Ul zot: «Ha, (siz menga hamrohlik qilgaysiz)», — dedilar. Abu Bakr: «Otam sizga fido bo‘lsinlar, yo Rasulalloh, mana bu ikki tuyamdan birini olingiz!» — dedilar.   Rasululloh sallallohu alayhi  va sallam:  «Pulga   (ya’ni, sotib olaman)», — dedilar. So‘ng, biz otam Abu Bakr birlan Janob Rasululloh uchun tezda safar tadorikini ko‘rib, bir xurjunga (eb-ichguliklar) soldik. Shunda (singlim) Asmo binti Abu Bakr (belidagi) kamaridan bir bo‘lak qirqib olib, u birlan xurjun og‘zini bog‘lab qo‘ydi. Shul boisdan u «Ikki kamarli» deb ataladirgan bo‘ldi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va (otam) Abu Bakr Savr tog‘idagi bir g‘orga yetib borishdi. Ikkalalari ul yerda uch kecha berkinib yotishdi, Abu Bakrning o‘g‘illari Abdulloh ham ularning huzurida tunadi. Abdulloh yosh yigitcha bo‘lib, (qo‘l-oyog‘i) chaqqon, farosatli erdi. U tong-saharda ularning huzuridan chiqardi-da, (tezda Makkaga borib) guyoki shul yerda tunagandek, Quraysh (ahli) birlan birgalikda uyqudan uyg‘onar erdi. So‘ng, (mushriklarning o‘zaro) gaplarini tinglab, Janob Rasululloh birlan Abu Bakrga qarshi qanday reja tuzishayotganini fahmlagach, qorong‘u tushganda borib ularni bundan voqif qilar erdi. Abu Bakrning ozod qilgan qullari Omir ibn Fuhayra ersa, (ertalab bir idish va kechqurun bir idish sut beradirgan) bir qo‘yni berkitib qo‘ygan bo‘lib, xuftondan bir oz o‘tgach, uni Janob Rasululloh birlan Abu Bakrning oldilariga haydab borib (tashlab kelar) erdi. Ikkalalari, to Omir ibn Fuhayra tun oxirlab qolganda kelib qo‘yni chaqirmaguncha, uni sog‘ib sutini (kuni birlan oftobda qizigan) tosh chuqurchasida pishirib ichib, jimgina tunni o‘tkazishar erdi. Omir ibn Fuhayra o‘shal uch kecha davomida shunday qildi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr Banu addiyl qabilasidan bir usta yo‘l ko‘rsatuvchi qishini o‘zlariga (ishga) yolladilar. Ul odam(ning ismi Abdulloh ibn Urayqiz bo‘lib), asli Banu addiyl qabilasidan ajrab chiqqan Banu Abd ibn Adiy qabilasiga mansub erdi. Buning ustiga u Os ibn Voil as-Sahmiy xonadonining ittifoqchisi bo‘lib, Quraysh kofirlari dinida erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr o‘z tuyalarini unga ishonib topshirishdi-da, ularni uch kechadan so‘ng Savr tog‘idagi g‘orga olib kelishiga va’dalashishdi. U uchinchi kecha tonggida tuyalarni (olib keldi). Keyin, Omir ibn Fuhayra va yo‘l ko‘rsatuvchi Janob Rasululloh va Abu Bakr birlan birga yo‘lga tushishdi. Yo‘l ko‘rsatuvchi ularni (dengiz) sohili tomon boshlab ketdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:44:53
Suroqa ibn Ju’shum bunday deydilar: «Quraysh kofirlari jo‘natgan odamlar bizning (qavmimiz) huzuriga kelishib, kimki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakrdan qaysi birlarini o‘ldirsa yoxud asir olsa, mukofot (yuzta tuya) olajagini aytib ketishdi. Bir mahal men qavmim «Banu Mudlij» yig‘inlaridan birida o‘ltirib erdim, ulardan (Quraysh kofirlari jo‘natgan odamlardan) biri qaytib keldi-da, bizning tepamizda tik turgan holda (ya’ni, beodoblik birlan): «Ey Suroqa, men sohil buylab ketayotgan odamlarni ko‘rdim, ularni Muhammad va uning sahobalari (hamrohlari), deb o‘ylayman», — dedi. Men o‘shal kishilarning Janob Rasululloh birlan ul zotning sahobalari ekanligini fahmlab, unga: «Ular sen aytgan kishilar emas, sen falon va falonchilarni ko‘rgansan, yaqinda ko‘zimiz oldida o‘zlari yo‘qotgan bir narsani qidirib chiqib ketishgan erdi», — dedim. Keyin, yig‘inda bir oz o‘ltirgach, o‘rnimdan turib (uyimga) kirdim-da, joriyamga tepalik ortidagi otimning oldiga borib, uni ushlab turmog‘ini buyurdim. O’zim ersam, nayzamni olib Baytullohning ortiga o‘tib oldim. So‘ng, (ketimdan biror kishi kelayotgan bo‘lsa, Janob Rasululloh birlan ul zotning sahobalarini tutish uchun ketayotganimni bilib qolmasin, degan maqsadda) nayzamning uchini pastga va dastasini tepaga qilib, to otimning oldiga borgunimcha uchi birlan yerni chizib ketdim, (chunki, boshqalar mukofotga sherik bo‘lmog‘ini istamadim). Otimning oldiga yetib borgach, uni mindim-da, ularga tezroq yetib olish uchun qattiq choptirdim. Shunda otim qoqilib, ustidan yuz tuban quladim. Keyin, o‘rnimdan turdim-da, sadog‘imga (o‘qdonimga) qo‘limni uzatib, undan (fol ochadirgan) azlomni oldim. So‘ng, «Ularga zarar yetkaza olamanmi yo yo‘qmi?» — deb fol ochib erdim, o‘zim yoqtirmagan fol chiqdi (ya’ni, ularga zarar keltira olmasligimni ko‘rsatdi). Keyin, men (fol ochadirgan) azlomga osiylik qilib (ya’ni, fol ularga zarar keltira olmasligimni ko‘rsatganligiga qaramay), otimni mindim-da, ularga shunchalik yaqin bordimki, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ortlariga qaramay keta turib qilayotgan qiroatlarini eshitdim. Abu Bakr raziyallohu anhu ersalar, tez-tez alanglab borar erdilar. Shu asnoda otimning (oldingi) ikki oyog‘i (birdan) tizzasigacha yerga botib ketib, ustidan (yana) yuz tuban quladim. So‘ng uni baqirib-chaqirib turg‘azishga harakat qildim, ammo u harchand urinmasin, oyoqlarini (erdan) tortib ololmasdi. (Urnab-urnab, oxiri oyoqlarini yerdan tortib olib), qaddini tiklaganda oyoqlari o‘rnidan bir (alangasiz) tutun chiqib, (osmonga) tarqab ketdi. Keyin, men (yana) azlom birlan fol ko‘rib erdim, (yana) o‘zim yoqtirmagan fol chiqdi (ya’ni, ularga zarar keltira olmasligimni ko‘rsatdi). Shunda men ularga nido qilib, omonlik e’lon qildim (ya’ni, «Men Suroqa ibn Ju’shumman, Olloh taolo haqi, sizlarga zarracha yomonlik qilmayman!» — deb nido qildim). Ular (gapimni eshitib) to‘xtashdi. Men otimni minib ularning oldiga bordim. Ularni asir (olmoqchi bo‘lib ketlaridan quvganim) tufayli o‘zim (yo‘lda) duchor bo‘lgan (boyagi hodisotlar) chog‘ida ko‘nglimda «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ishlari g‘alaba qilajak» degan (bir ishonch) paydo bo‘lgan erdi. Shul boisdan men Janob Rasulullohga: «Qavmingiz (bo‘lmish) Quraysh (qabilasi) sizni (o‘ldirgan yoki asir olgan kishiga) mukofot va’da qildi» — deb Quraysh mushriklari ularni nima qilmoq niyatida ekanligi xususidagi xabarlarni oqizmay-tomizmay ma’lum qildim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va Abu Bakr na menga biror narsa deyishdi va na mendan men bilgan narsalar xususida so‘rashdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam faqat: «Ko‘zimizdan yo‘qol!» — dedilar, xolos. Sung, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘zimga ishonchnoma (ya’ni, Islom qaror topgach, huzurlariga kelsam, meni tanib olmoqlari uchun) yozib bermoqlarini iltimos qildim. Ul zot Omir ibn Fuhayraga buyurib erdilar, u bir bo‘lak teriga yozib berdi. (Men uni olib sadog‘imga soldim-da, ortimga qaytdim). Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (va ul zot birlan birga kishilar ham o‘zlari ko‘zlagan tomonga qarab) ravona bo‘ldilar. Sung, (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) Shomdan qaytib kelayotgan musulmon savdogarlar karvoni orasida Zubayrni uchratib qoldilar. Zubayr Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakrga oq sarpo kiydirdilar, (ba’zi muhaddislar: «Zubayr emas, Talha ibn Ubaydulloh» va ba’zi muhaddislar: «Ikkalalari sarpo kiydirganlar» — deyishadi). Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Makkadan yo‘lga chiqqanlarini eshitgan Madinadagi musulmonlar har tong (Madina tashqarisidagi) toshloq yerga kelishar va to kun chidab bo‘lmaydirgan darajada isib kstgunga qadar ul zotni intizor bo‘lib kutishar erdi. Ular bir necha kun davomida ul zotni kutishgach, bir kuni ortlariga qaytishib uylariga kirib ketishgan vaqtda bir yahudiy ul zotning kelayotganlarini ko‘rish uchun o‘z qo‘rg‘onlaridan birining tepasiga chiqdi. Shunda u Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan sahobalarining oqarishgan (ya’ni, oppoq kiyimlar kiyib olgan holda kun haroratining shiddatidan hosil bo‘lgan) sarob ichra (bir ko‘rinib, bir g‘oyib bo‘lib) kelishayotganini ko‘rib qoldi. Yahudiy (o‘zini) tutolmay, bor ovozi birlan: «Ey arablar, ana sizlar intizor bo‘lib kutayotgan bobolaringiz (ya’ni, sizlar intiqib kutayotgan baxtu davlatingiz) kelayotir!» — deb yubordi. Shunda musulmonlar qattiq hayajon birla (uylaridan) otilib chiqishib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Harrada (toshloq yerda) kutib olishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (har biri o‘z uyiga olib ketmoq orzusida turgan) musulmonlarga adolat qilib, (tuyalarini o‘z holiga qo‘yib qo‘ydilarda, ul qaysi qabila yeriga borib to‘xtasa, o‘shal qabila birlan turmoqqa qaror qildilar. Shunda tuyalari) o‘ng tomonda turgan (qabila yeriga borib to‘xtab erdi, ul zot) ana o‘shal Banu Amr ibn Avf qabilasi yerida tushdilar. Bu (kun) Rabiy’ al-avval oyining dushanba kuni bo‘lib, Abu Bakr (ul zotni ziyorat qilgani kelayotgan) odamlarni tik turib kutib olar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersalar, sukut saqlab o‘ltirar erdilar. Shunda kelaetgan ansorlardan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ilgari sira ko‘rmaganlari (Janob Rasululloh shul kishi bo‘lsalar kerak, deb uylab) Abu Bakrga salom berishar erdi. (Bu hol talay vaqtga qadar davom etib), hatto Janob Rasulullohning tepalariga oftob kelib qoldi. (Buni ko‘rgan) Abu Bakr (Janob Rasulullohning qoshlariga) kelib, ridolari birlan ul zotni (oftobdan) pana qilib qo‘ydilar. Odamlar shundagina (qaysi birlari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ekanliklarini bilib olishdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir necha o‘n kecha Banu Amr ibn Avf qabilasida turib, (ul yerda) taqvoga asoslangan bir masjidga asos soldilar va shul yerda namoz o‘qidilar. So‘ng Janob Rasululloh jum’a kuni tuyalariga minib Qubodan yo‘lga tushdilar, (Banu Solim ibn Avf qabilasi yeriga borganlarida jum’a namozi vaqti bo‘lib qolib), odamlar to ul zotning tuyalari Madinada «Masjidur Rasul sallallohu alayhi va sallam» (quriladirgan joyga) kelib cho‘kkunga qadar birga borishdi. O’shal kuni ul zot (va) bir guruh musulmonlar shul yerda (ya’ni, kelgusida masjid quriladirgan joyda) namoz o‘qishdi.  Bu joy (Rofi’ ibn Amrning) Sa’d ibn Zurora qaramog‘ida (tarbiyalanayotgan) ikki yetim o‘g‘li — Suhayl va Sahlga qarashli xurmo qoqi qilinadirgan joy erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, (boya) tuyalari shul joyga kelib cho‘kkanda: «Bu (joy), inshoolloh, (biz qurmoqchi bo‘lgan masjid) o‘rnidur!» — dedilar. So‘ng, ikki (etim) bolaning haqiga duo qildilar-da, (ularning) xurmo qoqi qiladirgan joyini masjid qilmoq uchun savdolashdilar Shunda ikki (etim) bola: «(Pul olmaymiz), uni sizga tortiq (hadya) qilamiz, yo Rasulalloh!» — deyishdi! Ammo, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bul joyni  hadya tarzida qabul qilmoqqa ko‘nmay, ularga pulini to‘ladilar. So‘ng, shul joyda masjid qurdilar. Janob Rasululloh masjid qurilishi vaqtida odamlar birlan birga g‘isht tashiyotib, bunday der erdilar:
«Xaybar (mayiz, xurmosi) yanglig‘ yuk emasdur bu yuk,
Savobu pokligi rabbim qoshida ko‘proq, buyuk!».
* * *
«Chin mukofot — oxirat ajri erur, parvardigor,
Muhojir birla ansorlarga rahm ayla bisyor!».
Rasululloh saldallohu alayhi va sallam nomi noma’lum bir kishining (yuqoridagi) she’rini misol keltirdilar Ibn Shihob: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (yuqoridagi) baytdan bo‘lak biror tugal she’r baytini misol keltirganlari xususida hadislarda uchratmadim, — deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:45:04
Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan (otam) Abu Bakr uchuni Madinaga hijrat qilishmoqchi bo‘lishganda yo‘lga xurjun tayyorlab berdim. Shunda otamga: «Xurjunning og‘zini bog‘lash uchun kamarimdan bo‘lak narsa topolmadim», — dedim. Otam «Uni bo‘lib (qirqib) qo‘ya qol!» — dedilar. Men aytganlaridek qildim. Shul boisdan «Ikki kamarli» degan nom oldim».

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasuludshoh sallallohu alayhi va sallam Madina tomon yo‘lga chiqdilar. Shunda Suroqa ibn Molik ibn Ju’shum ul zotni ta’qib qildi. Janob Rasululloh uni duoi bad qilib erdilar, oti, (erga) botib ketdi. Suroqa ul zotga: «Olloh taologa iltijo qilib meni duoi xayr qilingiz,  sizga zarar keltirmasman!»— dedi. Janob Rasululloh uni duoi xayr qildilar. So‘ng, ul zot yo‘lda chanqab qoldgshar, shunda bir podachining oldidan o‘tdilar. Abu Bakr bu haqda: «Men bir idish olib, unga to‘ldirib sut sog‘dim-da, Janob Rasulullohga olib bordim, ul zot qonguncha ichdilar», — deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:45:12
Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men (Makkadan Madinaga hijrat qilib) yo‘lga chiqdim. Shunda men (o‘g‘lim Abdulloh ibn az-Zubayrga homilador bo‘lib, homiladorlik muddatim) tug‘ay deb qolgan erdi. (Shu ahvolda) Madinaga yetib kelib, Qubo degan yerda tushdimda, o‘sha joyda ko‘zim yoridi. So‘ng, bolamni olib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim-da, uni qo‘llariga berdim. Keyin, ul zot xurmo keltirmoqni buyurdilar, uni olib chaynadilar. So‘ng, bolamning og‘ziga tupirib qo‘ydilar. Bolamning og‘ziga kirgan eng dastlabki narsa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tupuklari bo‘ldi. Keyin, ul zot chaynalgan xurmo birlan bolamning tanglayini ko‘tarib qo‘ydilar. Sung, uni duo qilib, Olloh taolodan barakot tiladilar. Mening bolam (Madinaga hijrat qilib kelgan muhojirlarning) Islom (davrida) tug‘ilgan birinchi farzandi erdi».

Bu yerda yuqoridagi hadisni mazmunan takrorlovchi hadislar keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:45:22
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrni ergashtirib (Makkadan) Madina tomon yo‘lga tushdilar. Abu Bakr (doimo savdo-sotiq birlan mashg‘ul bo‘lganlaridan) keksalar (yanglig‘ kim qanday odam ekanligini darhol) bilib olar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersalar (bul borada tajribalari kam bo‘lgani uchun) yoshlar kabi (kim qanday odam ekanligini yaxshi) ajrata olmas erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir begona kishini uchratib: «Ey Abu Bakr, ro‘parangizdagi kishi kim?» - dedilar. Abu Bakr: «Bu kishi menga yo‘l ko‘rsatadi» (eki «meni xayriyat yo‘liga yetaklaydi»), - dedilar. (Keyin, o‘shal kishini yo‘l boshlovchi qilib yollashdi). So‘ng, Abu Bakr o‘girilib, ortlaridan yetib kelayotgan bir otliq kishini ko‘rdilar-da: «Yo Rasulalloh, ana bir otliq kishi ortimizdan yetib keldi», — dedilar. (Bu odam Janob Rasululloh .birlan Abu Bakrni o‘ldirish yoxud asir olish maqsadida quvib kelayotgan Suroqa erdi). Janob Rasululloh ortlariga o‘girilib: «Yo parvardigoro, uni qulatgil!» — deb duoi bad qildilar. Shunda u otining (oyoqlari yerga botib ketib, yuz tuban yerga) quladi. So‘ng, oti kishnab o‘rnidan turgach: «Yo Rasulalloh, menga istagan buyrug‘ingizni beringiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Joyingdan qo‘zg‘olma, (shu yerda qolib) biror kishining ortimizdan quvib yetmog‘iga yo‘l qo‘yma!» — dedilar. (Suroqa) kunning boshida Janob Rasulullohga qarshi chiqib, kunning oxirvda ersa ul zotga yaxshilik qilmoq yo‘liga o‘tdi. Sung, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (yo‘lda davom etib), Harra yoniga (etganlarida tuyalaridan tushdilar. Keyin, ansorlarga odam yubordilar, ular huzurlariga (tezda) yetib kelishdi-da, ikkalalariga salom berishdi. So‘ng, (Janob Rasululloh birlan Abu Bakrga): «(Bizga) ishonib  va  (taklifimizga)  ko‘nib,   (tuyalaringizga)  miningizlar!»— deyishdi.  Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamda Abu Bakr (tuyalariga) minib yo‘lga tushishdi. (Odamlar) xursandlik birlan ularga peshvoz chiqishdi. Madina buylab «Rasululloh keldilar! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keldilar!» degan ovozlar taraldi. Odamlar ul zotga yaqin kelishib, (mamnuniyat birlan) termulishar va: «Rasululloh keldilar!» — deyishar erdi. Janob Rasululloh yo‘lda davom etib, Abu Ayyubning hovlilari yeniga (etganlarida tuyalaridan) tushdilar. Shunda (Abu Ayyub) oilalariga (Janob Rasulullohning kelganlari haqida) gapirayotgan erdilar. O’z xurmozorlarida bola-chaqalariga xurmo uzib turgan Abdulloh in Salom ersa ul kishining gaplarini eshitib qoldilar-da terilgan xurmolarni (xaltaga) solgancha (Abu Ayyubning) oldilariga bordilar, so‘ng Janob Rasululloh xususlaridagi (gaplarni) Abu Ayyubdan aniqlab olgach, yana oilalari huzuriga qaytdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ansorlarga):  «Ahlimiz  (ansorlar) uylaridan qaysi biri  bizga yaqinroq?» — dedilar. Abu Ayyub: «Men (yaqinroqman), mana bu mening hovlim,  mana bu ersa mening eshigimdur»,  — dedilar. Janob Rasululloh: «Bor, bizga dam olmoq uchun bir joy tayyorla!» — dedilar. Abu Ayyub (Janob Rasululloh birlan Abu Bakrga): «Turingizlar, Olloh taoloning barakotiga tayanib (yuraveringizlar!)» — dedilar. Janob Rasululloh (Abu Ayyubning uylariga) kelganlarida Abdulloh ibn Salom (kirib) keldilar-da: «Men sizning Ollohning Rasuli ekanligingizga hamda haqiqiy din olib kelganingizga shahodat keltiraman! (Yo Rasulalloh), yahudiylar meni o‘zlarining ulug‘i va ulug‘larining o‘g‘li hamda eng bilimdonlari va eng bilimdonlarining o‘g‘li deb bilishadi. Ularni (huzuringizga) chaqirib, Islomga kirganimni bilmaslaridan burun ulardan mening haqimda surangiz! Chunki, ular Islomga kirganimni bilsalar, mening xususimda menga xos bo‘lmagan gaplarni aytishadi», — dedilar. Janob Rasululloh (yahudiylarni chaqirib kelgani odam) jo‘natdilar, ular kelib, ul zotning huzurlariga kirishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga: «Ey yahudiylar jamoasi, sho‘ringiz qursin, Olloh taolodan qo‘rqingizlar! o‘zi yakka-yu yagona Olloh taolo haqi, sizlar mening haqiqatan ham Olloh taoloning Rasuli ekanligimni hamda sizlarga haqiqiy din olib qelganimni (yaxshi) bilursizlar, Islomga kiringizlar!» — dedilar. Yahudiylar: «Biz uni  bilmaymiz»   (ya’ni,   «Biz  bunday   payg‘ambarni  bilmaymiz») — deb Janob Rasulullohni nazarda tutib aytishdi: o‘l zot ularni uch bor Islomga da’vat qildilar, (ammo ular boyagi gaplarini takrorlashaverdi). Keyin, Janob Rasululloh ularga: «Abdulloh ibn Salom oralaringizda qanday odam?» — dedilar. Ular: «U bizning ulug‘imiz va ulug‘imizning o‘g‘li hamda eng bilimdonimiz va eng bilimdonimizning o‘g‘lidur»,— deyishdi: Janob Rasululloh: «Menga aytingizlar-chi, agar u Islomga kirgan bo‘lsa, (sizlar ham Islomga kirasizlarmi?)» — dedilar. Ular: «Bundan uni Olloh asrasin!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh (ichkarida ataylab berkinib o‘ltirgan Abdulloh ibn Salomga): «Ey Ibn Salom, bularning huzuriga chiq!» — dedilar. Abdulloh ibn Salom chiqib, ularga: «Ey yahudiylar jamoasi, Olloh taolodan qo‘rqingizlar! o‘zi yakkayu-yu yagona Olloh taolo haqi, sizlar bul zotning haqiqatan ham Olloh taoloning Rasuli ekanliklarini hamda haq din olib kelganlarini (yaxshi) bilursizlar», — dedilar. Ular: «Yolg‘on aytding!» — deyishdi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh ularni (huzurlaridan) chiqarib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:45:32
Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umar menga: «Mening otam sening otangga nima deganlarini bilasanmi?» — dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. Abdulloh ibn Umar: «Mening otam sening otangga: «Ey Abu Muso, darhaqiqat Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga musulmon bo‘lganimiz, (ya’ni, shaxsan ul zotning da’vatlari birlan musulmon bo‘lmoqlik baxtiga muyassar bo‘lganimiz), ul zot birlan birga hijrat va jihod qilganimiz, xullas ul zot birlan birga qilgan barcha amallarimiz, garchi biz ul zotdan keyin qiladirgan har bir ishimizdan to‘la-to‘kis qutulgan bo‘lsak-da, (bundan buyon ham odamlarni Islomga da’vat etib, jihodni davom ettirmog‘imizni) bizga vojib qilur, sen shundan mamnunmisan?» — dedilar. Sening otang: «Yo‘q, Olloh taolo haqi, biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga jihod qildik, namoz o‘qidik, ro‘za tutdik, ko‘plab xayrli ishlar qildik va quplab odamlar bizning ko‘magimiz birlan musulmon bo‘ldilar, endi biz shuni (ya’ni, jihodni to‘xtatishni) istaymiz»,— dedilar. Mening otam: «Men ersam, Umarning (ya’ni, o‘zimning) joni ko‘lida bo‘lmish zot haqi, (Janob Rasululloh birlan birga musulmon bo‘lganimiz, hijrat qilganimiz, jihod qilganimiz), garchi biz ul zotdan keyin qiladirgan har bir ishimizdan to‘la-to‘kis qutulgan bo‘lsak-da, (bundan buyon ham odamlarni Islomga da’vat etib, jihodni davom ettirmog‘imizni) bizga vojib qilmog‘ini istayman!» — dedilar», — dedi. Shunda men Abdullohga: «Sening otang, Olloh taolo haqi, mening otamdan yaxshiroqlar!» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:45:43
Abu Usmon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar unga «Otasidan ilgari hijrat qilgan» deyilsa, darg‘azab bo‘lib, bunday der erdi: «Men va otam Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordik, qarasak ul zot qaylula qilib yotgan erkanlar. Shul boisdan uyimizga qaytib keldik. (Bir ozdan keyin), otam Umar menga: «Ul zotning huzurlariga borib qara-chi, uyg‘onganmikanlar?» — dedilar. Men borib, Janob Rasulullohning huzurlariga kirsam, (uyg‘ongan erkanlar), ul zotga bay’at qildim. Keyin, qaytdim-da, ul zotning uyg‘onganlarini otamga aytdim. So‘ng, otam ikkalamiz tez yurib ul zotning huzurlariga bordik, otam ichkariga kirib ul zotga bay’at qildilar. Keyin, men ul zotga (yana) bay’at qildim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:45:57
Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Bakr Ozibdan egar sotib oldilar, men uni uylariga olib borib berdim. O’shanda Ozib Abu Bakrdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (birlan birgalikda qilgan) safarlari haqida so‘radilar. Abu Bakr bunday deb aytdilar: «(Mushriklar) bizni ta’qib qilgach, yo‘lga tushib tun bo‘yi va ertasiga soya tik turadirgan vaqtgacha (ya’ni, Quyosh qoq tepamizga kelguncha) yo‘l yurdik. So‘ng, ro‘paramizda bir katta tosh ko‘rindi, biz uning oldiga borib qarasak, ostida bir oz soya bor erkan. Men o‘shal yerga Janob Rasululloh uchun po‘stak to‘shab berdim, ul zot yonboshladilar. So‘ng, ul zot yotgan yerning atrofini kuzatish uchun nariroq bordim. Shunda bir qo‘ychivonning biz kabi soya joy qidirib boyagi tosh tomon quylarini haydab kelayotganini ko‘rdim. Men undan: «Ey yigit, kimning quychivonisan?»— deb so‘radim. U: «Men falonchining quychivoni bulaman», — dedi. Men unga: «Quylaring ichida suti bor (sovlig‘ing) bormi?» — dedim. U: «Ha, bor», — dedi. Men unga: «(Bir oz sut) sog‘ib berasanmi?» — dedim. U: «Ha», — dedi-da, quylari orasidan bir sovliqni tutdi. Men unga: «Yelinini (chashtu jundan) tozala!» — dedim. Keyin, u menga bir.idishda sut sog‘ib berdi. Men Janob Rasululloh uchun bir idishda suv olib olgan erdim, sutni o‘shanga quyib, sovisin deb unga bir oz suv qushdim. Keyin uni Janob Rasulullohga olib bordim-da: «Yo Rasulalloh, ichingiz!» — dedim, ul zot qonguncha ichdilar. So‘ng, biz endigina yo‘lga tushib ham erdikki, ta’qibchilardan biri (ya’ni, Suroqa) ortimizdan yetib keddi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:46:07
Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Bakr birlan birga ul kishining uylariga kirdim, qizlari Oisha isitmalab yotgan erdilar. Shunda otalari (Abu Bakr)ning Oishaning yonog‘idan o‘pa turib: «Qalaysan, qizalog‘im?» — deganlarini ko‘rdim».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Madinaga) keldilar. Ul zotning sahobalari orasida Abu Bakrdan bo‘lak sochiga oq oralagan kishi yo‘q bo‘lib, soqollarini xina va katam (o‘simlik bo‘lib, undan rang tayyorlanadi) birlan bo‘yab olgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:46:17
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga keldilar. Ul zotning eng yoshi ulug‘ sahobalari — Abu Bakr bo‘lib, soqollarini xina va katam birlan bo‘yab olganlaridan qip-qizarib ketgan erdi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr (Banu) Kalb qabilasiga mansub bir ayolga uylandilar, uni Ummu Bakr deb atashar erdi. Madinaga hijrat qilganlarida uni taloq qildilar. So‘ng, unga Badr kuni o‘ldirilgan Quraysh kofirlari haqida qasida bitgan bir shoir amakivachchasi uylandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:46:28
Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘orda erdim. Shunda boshimni ko‘tarib qavmning qadam tovushlarini eshitdim. So‘ng: «Yo Rasulalloh, agar ulardan birortasi oyoqlari ostiga ko‘z tashlaganda bizni ko‘rib qolar erdi», — dedim. Janob Rasululloh: «Ey Abu Bakr, ovozingizni chiqarmangiz! Biz bul yerda ikki kishimiz, deb o‘yladingizmi? Uchinchimiz Olloh taolodur!» — dedilar».

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib hijrat haqida so‘radi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, hijratning sharti og‘irdur! Tuyalaring bormi?» — dedilar. U: «Ha, bor», — dedi. Janob Rasululloh: «Ularning zakotini to‘lab turibsanmi?» — dedilar. U: «Ha», — dedi. Janob Rasululloh: «Ulardan (ko‘rgan foydangdan) sadaqa qilib turibsanmi?» — dedilar. U: «Ha», — dedi. Janob Rasululloh: «Suv ichgani kelgan kuni ularni sog‘ib turibsanmi?» — dedilar. U: «Ha», — dedi. Janob Rasululloh: «Qishlog‘u shaharlar ortida turib ham amali solihlaringni ado etaver, chunki Olloh taolo qilgan amali solihlaring uchun senga beradirgan savoblarni zarracha kamaytirmaydi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:46:40
18-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan sahobalarining Madinaga kelganlari xususida

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Muhojirlardan eng birinchi bo‘lib bizning huzurimizga (Madinaga) kelgan kishilar — Mus’ab ibn Umayr va Ibn Ummu Maktumdurlar. So‘ng, bizning huzurimizga Ammor ibn Yosir va Bilol raziyallohu anhum keldilar».

Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Muhojirlardan eng birinchi bo‘lib bizning huzurimizga (Madinaga) kelgan kishilar — Mus’ab ibn Umayr va Ibn Ummu Maktum bo‘lib, ikkalalari odamlarga (Qur’on) qiroat qilmoqni o‘rgatishar erdi. Keyin, Bilol, Sa’d va Ammor ibn Yosir kelishdi. (Ulardan) so‘ng, Umar ibn al-Xattob Janob Rasulullohning yigirmata sahobalari birlan birga keldilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keldilar. Men Madina ahlining Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tashriflariga xursand bo‘lganchalik biror narsaga xursand bo‘lganlarini ko‘rmaganman, hatto cho‘rilar ham (mamnun bo‘lganlaridan): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keldilar!» — deyishar erdi. Men ul zot kelishlari hamonoq mufassal suralardan bo‘lmish «Sabbihisma rabbikal-a’lo» surasini qiroat qildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:46:52
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida (otam) Abu Bakr birlan Bilol betob bo‘lib qolishdi. Shunda men ikkalalarining huzurlariga kirib: «Ey otajon, o‘zingizni qanday his qilayotirsiz? Ey Bilol, o‘zingizni qanday his qilayotirsiz?» — dedim. (Otam) Abu Bakr isitma xuruj qilganda bunday der erdilar:
«Har kishiga ahli aytur: «Xayriyatli tong!», biroq,
Chorig‘ini bog‘ichidan qazosidur yaqinroq».
Bilol ersalar isitmalari pasayganda ho‘ngrab bunday der erdilar:
«Nasib o‘lg‘aymu yotmoq vodiyim qo‘ynida bir tun,
Qurshalib men har tarafdin izxiru gulga butun?
Yana bir bor icharmanmu Majinna suvlaridin,
Tafiylu Shoma tog‘in ko‘zlarim ko‘rgaymu bir kun?».
So‘ng, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga borib, shul haqda so‘zlab berdim. Shunda ul zot: «Yo parvardigoro, bizga Madinani Makkani sevganimizchalik yoki undan ortiqroq mahbub qilgil, uni dardlardan forig‘ aylab, toshu tarozusini biz uchun barakali qilgil va undagi bezgakni (Misr. kofirlari yeri bo‘lmish) Juhfaga jo‘natgil!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:47:22
Ubaydulloh ibn Adiy ibn Xiyor rivoyat qiladilar: «Men Hazrat Usmonning huzurlariga kirdim. Shunda ul kishi kalimai shahodat aytdilar. So‘ng, bunday dedilar: «Ammo ba’d, darhaqiqat Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haq (din) birla yuborgan bo‘lib,  men Olloh taolo birlan uning Rasuli da’vatiga ijobat qilgan, Muhammad sallallohu alayhi va sallam nimaiki keltirgan bo‘lsalar, barchasiga iymon keltirgan kishilardandurman. So‘ng, ikki bor hijrat qildim, ul zotga kuyov bo‘ldim, bay’at qildim. Olloh taolo haqi, ul zotga, toki vafot qilgunlariga qadar ham, osiylik va aldamchilik qilmadim».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Hazrat Umar so‘nggi marta haj qilganlarida bir ig‘vogarning: «Agar Umar o‘lsa, men falonchiga bayat qilurman» — deb aytganini eshitib: «Inshoolloh, men bugun kechqurun kimlar ig‘vo qilib odamlarni chalg‘itishga urinaetganini barchaga oshkor qilurman!» — dedilar). Shunda Abdurrahmon ibn Avf: «Yo Amiral-mo‘‘miniyn, bunday qila ko‘rmangiz, chunki hozir haj vaqti bo‘lib, ko‘plab johil va tuban odamlar to‘plangandur. (Odamlarga so‘zlayotgan chog‘ingizda o‘shal toifa kishilar sizni o‘rtaga olishib, yengib qo‘yishmasa erdi), yaxshisi Madinaga borguningizga qadar sabr qilingiz, chunki Madina hijrat va sunnat uyidur. Ul yerga borgach, faqihu ashroflar hamda bir so‘zli odamlar birlan xolis suhbat qilib, bul xususda maslahat qilgaysiz», — dedi. Hazrat Umar: «Madinaga borgach, qiladirgan eng dastlabki ishim shu bo‘lur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:48:07
Xorija ibn Zayd ibn Sobit rivoyat qiladilar: «Ansorlar muhojirlarni o‘z uylariga joylashtirish maqsadida qur’a tashlashganda Usmon ibn Maz’un Ummulalo’ oilasi chekiga chiqdilar. Ummulalo’ bunday deydilar: «Usmon ibn Maz’un biznikida xastalanib, vafot etdilar. Biz ul kishini kiyimlari birlan kafanlab quydik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyimizga kirdilar. Men: «Olloh sizni rahmat qilsin, ey Abu Soib! Sizni Olloh ikrom qilganining shohidi bo‘lib turibman», — dedim. Janob Rasululloh: «Ollohning bul kishini ikrom qilganini qaerdan bilursan?!» — dedilar. Men: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, yo Rasulalloh! Olloh shul kishini ikrom qilmay, kimni ikrom qilur?!» — dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, Usmon (ajali yetib) vafot etdi. Olloh taolo haqi, men unga, shubhasiz, xayriyat tilarman! Olloh taolo haqi, hatto men Ollohning rasuli bo‘la turib, (oxiratda) menga nima qilinmog‘ini bilmasman!» — dedilar. Men: «Olloh taolo haqi, bul kishidan keyin, endi biror kishini rahmatli demasman!» — dedim. Keyin, men dilim g‘ash bo‘lib, uxlab qoldim. Tushimda Usmon ibn Maz’unni ko‘rdim, u ko‘zlari jiqqa yosh holda turar erdi. (Ertalab) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, tushimni aytib berdim. Ul zot: «Bu qilgan amali (solihlari natijasidur!) — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:48:21
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bu’os kuni — Olloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga in’om qilgan kun erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida (ul yerdan ikki mil naridagi Bu’os) jamoati parokanda bo‘lgan, ulug‘lari o‘ldirilgan va jarohatlangan bo‘lib, (Olloh taolo) ul yer aholisini Islomga kiritishni (o‘z Rasuliga osonlashtirib qo‘ygan erdi)».

Hishomning otalari rivoyat qiladilar: «Abu Bakr Ramazon yoki Qurbon hayiti kuni Oishaning huzurlariga kirganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham o‘shal yerda erdilar. Shunda Oishaning qoshlarida ikki (ansoriya) qizaloq Bu’os kuni haqida kuylashar erdi. Abu Bakr (ularga): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida shayton yanglig‘ (Olloh taoloning zikridan chalg‘itib) qo‘shiq aytasizlarmi?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ey Abu Bakr, ularni o‘z hollariga quyingiz, chunki har bir qavmning o‘z bayrami bor, butun ersa bizning bayramimizdur!» — dsdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:48:33
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida ul yerning yuqori tomonida — Banu Amr ibn Avf mahallasida (tuyalaridan) tushdilar. So‘ng, ul zot o‘n to‘rt kecha ular birlan birga turdilar. Keyin, Banu Najjor jamoatini huzurlariga chorlab odam yubordilar. Ular qilichlarini taqib kelishdi. Men Janob Rasulullohning oldinda, Abu Bakrning ul zotning ortlarida tuyada o‘ltirganlarini, atroflarini ersa Banu Najjor jamoati o‘rab turganini hozir ham ko‘rib turgandekman. Ul zot o‘shanda Abu Ayyub hovlisida (tuyalaridan) tushgan erdilar. Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdiki, qaerda namoz vaqti bo‘lib qolsa, o‘shal yerda, hattoki qo‘y qo‘ralarida ham namoz o‘qiyverar erdilar. (Bu gal ham xuddi shunday qildilar, ya’ni Banu Najjor qabilasiga qarashli bir bog‘ga kelganlarida namoz vaqti bo‘lib qolib, tuyalaridan tushdilar-da, shul yerda namoz o‘qidilar). So‘ng, shul yerda bir masjid qurmoqni amr qildilar. (Ammo buning uchun bog‘ni sotib olmoq kerak erdi. Shul boisdan ul zot) Banu Najjor jamoatiga odam  yubordilar. Ular kelishgach:  «Ey Banu Najjor, menga mana bu bog‘ingizning narxini aytingizlar!»  —  dedilar. Ular:  «Yo‘q,  Olloh taolo haqi, pulini olmaymiz, Olloh taolo yo‘lida in’om qilamiz!» — deyishdi. O’shal bog‘da mushriklarning qabrlari, bir xaroba (bino) va xurmo daraxtlari bor erdi. Ul zot amr qilib erdilar, mushriklarning qabrlaridan suyaklar kavlab olinib, yo‘q qilindi, xaroba tekislab tashlandi va xurmo daraxtlari kesildi; So‘ng, xurmo yog‘ochlarini (bo‘lajak) masjidning qibla tarafiga qator qilib o‘rnatishib, uning ikki tarafiga (yoniga) toshlardan devor ura boshlashdi. Ular katta-katta toshlarni tashiyotib bir qo‘shiqni xirgoyi qilishar, Janob Rasululloh ham ularga qushilib bunday der erdilar:
«Chin mukofot — oxirat ajri erur, rabbim, faqat,
Muhojir birla ansorlarni qilg‘il mag‘firat!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:48:42
19-bob. Muhojirning (haj yoki umrani) ado etgach, Makkada turmog‘i haqida

Alo ibn al-Xazramiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Muhojir Sadardan keyin (ya’ni, Minodan qaytgach), uch (kecha Makkada turmog‘i mumkin)», — dedilar». (Ya’ni, Makka fathidan ilgari Madinaga hijrat qilganlar uchun Makkada turmoqlik harom qilingan erdi. Keyinchalik, haj yoki umra qilmoq maqsadida Makkaga kirgan muhojirlarga, haj yoki umra qilib bo‘lganlaridan keyin, Makkada uch kecha turmoqlik ruxsat qilindi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:48:56
20-bob. Tarixni (hijriy yil hisobini) qachondan boshlaganlar?

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «(Hijriy yil hisobini) na Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelgan va na ul zot vafot etgan kundan boshlashdi. (Bu sana hisobini) Janob Rasulullohning aynan Madinaga kelgan kunlaridan boshlashdi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar. «(Olloh taolo tomonidan namoz farz qilingan vaqtda muqimliqda ham, safarda ham) ikki rak’at (namoz o‘qimoq) farz qilindi. (Shom bundan mustasno, chunki u uch rak’atdur). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hijrat qilganlaridan keyin ersa, (muqimliqdaga subh va shom namozlaridan bo‘lak namozlarni) to‘rt rak’at o‘qimoq farz qilinib, safardagi namoz avvalgicha qoldirildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:49:06
21-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Parvardigoro, sahobalarimning hijratlarini poyoniga yetkazgil!» — deb aytg‘anlari va Makkada vafot etgan kishiga achinganlari xususida

Sa’d ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat al-Vido’ yili betob bo‘lib qolganimda meni ko‘rgani kirib turar erdilar. Men Janob Rasulullohga: «Men, ko‘rib turganingizdek, g‘oyatda og‘ir dardga chalinib qoldim. Mol-dunyom ko‘p, ammo qizimdan bo‘lak merosxo‘rim yo‘q. Mol-dunyomning uchdan ikki qismini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q, uchdan ikki qismini sadaqa qilmaysan», — dedilar. Men: «Yarmini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q, yarmini sadaqa qilmaysan», — dedilar. So‘ng: «Uchdan birini sadaqa qilsang, kifoyadur. Uchdan biri ham ancha ko‘pdur. Merosxo‘ringni boy qilib qoldirmog‘ing, uni odamlarga qo‘l cho‘zib tilamchilik qiladirgan holda qoldirmog‘ingdan afzalroqdur. Chunki, Olloh taoloning rizoligani istab nimaiki sadaqa qilma, buning uchun ajru savob topursan, hatto xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taoming uchun ham» — deb aytdilar. Men: «Yo Rasulalloh, men Makkada qolib, do‘stlarim siz birlan birga (Madinaga) qaytib ketishadimi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Sen (Makkada) qolib, nimaiki amali solih qilma, bu birlan faqat darajayu martabangni ziyoda qilursan. Shoyad (o‘lmay) qolsang-u, (sening yetakchiligingda bir qancha kufr o‘lkalari fath qilinib), musulmonlar manfaat, mushriklar ersa zarar ko‘rsa! Yo parvardigoro, sahobalarimning hijratini poyoniga yetkazgil (ya’ni, hijratdan ko‘zlagan maqsadlariga yetkazgil) va ularni (noumid aylab), ortlariga qaytarmagil!» — dedilar».
Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bechora Sa’d ibn Xavlaning (ya’ni, Sa’d ibn Abu Vaqqosning) Makkada vafot qilganidan (ko‘p) achindilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:49:16
22-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z sahobalarini qanday qilib o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘yganlar?

Abu Juhayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Salmon birlan Abu ad-Dardo’ni o‘zaro aka-uka tutintirib quydilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf (Madinaga) keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u birlan Sa’d ibn ar-Rabiy’ al-Ansoriyni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Shunda Sa’d Abdurrahmonga ikki xotinidan birini va mol-dunyosining yarmini taklif qildi. Abdurrahmon: «Olloh taolo oilang birlan mol-dunyongga barakot ato etsin, menga bozorning qaerdaligini ko‘rsat!» — dedi. So‘ng, (bozorga borib) bir oz pishloq va sarig‘yog‘ xarid qilib keldi. Bir necha kundan keyin, Janob Rasululloh undagi bir sarig‘ dog‘ni ko‘rib: «Ey Abdurrahmon, bu nimaning dog‘i?» — dedilar. U: «Yo Rasulalloh, men bir ansoriya ayolga uylandim»,— dedi. Janob Rasululloh: «Mahriga nima berding?» — dedilar. U: «Danakdek oltin berdim», — dedi. Janob Rasululloh: «Bir quy so‘yib bo‘lsa ham, ziyofat (to‘y) qilgil!»— dedilar»;.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:49:27
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga kelganlarini eshitib, ul zotning huzurlariga keldi-da: «Men sizdan payg‘ambarlargina biladirgan uch narsa haqida so‘rayman: Qiyomatning dastlabki belgilari nima? Jannat ahli yeydirgan eng dastlabki taom nima? Bolaning otasi yoki onasiga o‘xshashligi nimadan?» — dedi. Janob Rasululloh: «Sen so‘ragan narsalar xususida Jabroil   alayhissalom menga xabar qildilar», — dedilar. Abdulloh ibn Salom: «Bu o‘sha yahudiylarning dushmani bo‘lmish farishtalardan biri  — (Jabroildur)»,  — dedi.  Keyin, Janob Rasululloh uning savollariga javoban: «Qiyomatning dastlabki belgilari shuki, alanga (chiqib), odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdi. Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom ersa, bu hut (kit, katta baliq) jigar o‘simtasidur. Bolaning (otasi yeki. onasiga) o‘xshashligi xususiga kelsak, agar ayolning maniysi ildamlik qilsa, bola onasiga o‘xshaydi», — dedilar. Shunda Abdulloh ibn Salom: «Ollohdan bo‘lak iloh yo‘qligiga va sizning Ollohning Rasuli ekanligingizga shahodat keltirdim!» — dedi. So‘ng, yana: «Yo Rasulalloh, yahudiylar firibgar qavmdur. Mening musulmon bo‘lganimni bilmaslaridan burun ulardan mening xususimda so‘rangiz!» — dedi. Yahudiylar kelgach, Janob Rasululloh ulardan: «Aytingizlar-chi, agar Abdulloh ibn Salom musulmon bo‘lgan bo‘lsa, (sizlar ham Islomga kirasizlarmi?)» — deb so‘radilar. Yahudiylar: «Uni bundan Ollohning o‘zi asrasin!» — deyishdi. Janob Rasululloh savollarini (uch bor) qaytardilar. Ammo, ular boyagi gaplarini aytishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom (ichkaridan) chiqib kelib: «Ollohdan bo‘lak iloh yo‘q ekanligiga va Muhammadning uning Rasuli ekanliklariga shahodat keltirdim!» — dedi. Yahudiylar: «(Abdulloh) eng yomonimiz va eng yomonimizning o‘g‘lidur!» — deya uni kamsitishdi. Abdulloh: «Yo Rasulalloh, men shundan xavotir olgan erdim!» — dedi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:49:36
Abdurrahmon ibn Mut’im rivoyat qiladilar: «Shariyk bozorda menga nasiyaga (ya’ni, qarzga, keyinroq ko‘proq qilib qaytarish sharti birlan) dirhamlar sotdi. Shunda men: «Subhonalloh, bu (savdomiz) to‘g‘rimi?» — dedim. U: «Subhonalloh, Olloh haqi! Men bozorda (dirhamlarni) xuddi shunday sotdim, hech kim mening bu savdomni qoralamadi», — dedi. Keyin, men (shul haqda) Baro ibn Ozibdan so‘rab erdim, u: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Madinaga) kelganlarida biz shunday savdo qilib turgan erdik. Ul zot: «Agar qo‘lga qo‘l birlan (ya’ni, savdolashilgan yerning o‘zida naqdga naqd tulansa), hechqisi yo‘q va agar nasiyaga (savdolashilsa), yaramaydi» — deb aytdilar. (Ishonmasang) Zayd ibn Arqamga uchrab undan so‘ra, u bizning eng ulug‘ (katta) savdogarimiz bo‘lgandur», — dedi. So‘ng, men Zayd ibn Arqamdan so‘radim, ul ham aynan shu gapni aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:49:46
24-bob.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar yahudiylardan o‘ntasi menga iymon keltirsa, (butun) yahudiylar menga iymon keltirur», — dedilar». (Ya’ni, Janob Rasululloh bul gapni aytgan vaqtlarida o‘ndan ortiq yahudiy iymon keltirgan bo‘lib, «Ul zot: «Agar yahudiylarning o‘nta boshlig‘i menga iymon keltirsa, barcha yahudiylar menga iymon keltirur» — deb aytmoqchi bo‘lganlar», — deyishadi ulamolar).

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida yahudiylar Oshuro ro‘zasini tutishayotganini ko‘rdilar. Shunda nechun bu ro‘zani tutishayotgani haqida so‘rashdi. Yahudiylar: «Bu kun Olloh Muso birlan Banu Isroilni Firavn ustidan g‘olib qilgan kundur, biz o‘sha kunni e’zozlab ro‘za tutamiz», - deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz (musulmonlar) Muso alayhissalomga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz», — dedilar. So‘ng, (sahobalarga) Oshuro ro‘zasini tutmoqni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:49:55
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dastlabki vaqtlarda old) sochlarini peshonalariga tushirib yurdilar. (O’shal kezlarda) mushriklar boshlarining qoq o‘rtasidan farq ochishardi-da, sochlarini ikki yonga tashlab olishib, peshonalarini ochib yurishar erdi. Kitob ahli ersa aksincha sochlarini peshonalariga tushirib olishar erdi. Janob Rasululloh (soch xususida Olloh taolodan maxsus amr kelguncha) sochlarini peshonalariga tushirib yurishni xush ko‘rdilar, (chunki kitob ahli ilgarigi payg‘ambarlardan qolgan odatni qilar erdi. Shu boisdan) ul zot butlarga sig‘inuvchilar odatini qilgandan ko‘ra, o‘z shariatlariga zid bo‘lmagan (kitob ahli) odatini qilmoqni afzal ko‘rdilar. Keyin, (Olloh taolodan amr bo‘lgach), ul zot boshlariga farq ochadirgan bo‘ldilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «(Ollohning Kitobini) bo‘lak-bo‘lak qilib, bir qismiga iymon va bir qismiga kufr keltirganlar kitob ahlidur», — deydilar». (Ya’ni, Qur’onning ba’zi oyatlariga iymon keltirib, ba’zi oyatlarini inkor etgan yahudiy va nasroniylar nazarda tutilgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 07:50:06
25-bob. Salmon al-Forsiy raziyallohu anhuning musulmon bo‘lganlari haqida

Abu Usmon: «Salmon al-Forsiy bir necha un podshohlar qo‘lidan qo‘liga o‘tib, nihoyat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘llari ostida musulmon bo‘ldilar», — dedilar. (Salmon al-Forsiy aytishlaricha, ikki yuz ellik yoxud uch yuz ellik yil umr ko‘rgan emishlar. Shul boisdan ul kishi bir necha o‘n podshohlar hukmronligi davrini boshdan kechirib, oxiri Janob Rasulullohning zamonalarida Islomga kirganlar, deyishadi).

Abu Usmon: «Men Salmon al-Forsiyning: «Men (Erondagi) Romi Hurmu (o‘lkasi)danman» — deb aytganlarini eshitganman», — deydilar.

Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Salmon al-Forsiyga: «Iso alayhissalom bprlan Muxammad sallallohu alayhi va sallam oralaridagi muddat olti yuz yildur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2008, 08:11:49
MUNDARIJA

Savdo-sotiq kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg24694#msg24694)
Bo‘nak berib mol olish haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131820#msg131820)
Shuf’a kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131826#msg131826)
Odam yollab ishlatish haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131829#msg131829)
Bir kishi zimmasidagi qarzning ikkinchi bir kishi zimmasiga havola qilinishi haqidagi boblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131848#msg131848)
Vakolat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131855#msg131855)
Yer haydash va yerni ijaraga berish xususidagi  hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131888#msg131888)
Suv xususidagi hikmatlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131966#msg131966)
Qarz olish. Qarzni uzish hamda (ataylab) qarzni uzmay (birovni) sindirish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg131982#msg131982)
Xusumatlar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132113#msg132113)
Qarzni qistash haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132123#msg132123)
Topilmalar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132125#msg132125)
Zulmkorlik haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132133#msg132133)
Taom borasidagi sheriklik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132346#msg132346)
Muqimlikdagi garov haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132361#msg132361)
Qul ozod qilish hamda qul ozod qilishning fazilati haqidagi hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132367#msg132367)
Mukotab haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132387#msg132387)
Hadya qilmoq va uning fazilati hamda hadya qilmoqqa undamoq haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132509#msg132509)
Umro va ruqbo xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132619#msg132619)
Guvohliklar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132625#msg132625)
Bo‘hton (tuhmat) haqidagi hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132692#msg132692)
Sulh kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg132708#msg132708)
Shartlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg133676#msg133676)
Vasiyatlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg133712#msg133712)
Jihod va yurishlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg133750#msg133750)
Olloh taoloning so‘zi yuksak (ulug‘vor) bo‘lmog‘i uchun jang qilgan kishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg134316#msg134316)
Safardan qaytganda (o‘qiladirgan) namoz xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg135585#msg135585)
Xums(ning) farz (ekanligi) haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg135587#msg135587)
Jizya haqida hamda zimma va harb ahli birlan sulh tuzish xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg137977#msg137977)
Dastlabki yaratish haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg140829#msg140829)
Banu Isroil xususida zikr qilingan hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg142341#msg142341)
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari fazilatlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg143056#msg143056)
Ansorlarning manoqiblari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg143665#msg143665)
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalariga Makkada mushriklar tomonidan yetkazilgan aziyatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.msg144176#msg144176)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyun 2009, 01:13:41
Al-Jome' as-sahih. 2-jild

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahih2.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=253)

Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 3,60 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=253)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=833.0)