forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Donishmand 03 Yanvar 2013, 13:24:53

Nom: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Donishmand 03 Yanvar 2013, 13:24:53
 :bsm:

Forumdoshlar, bir narsa haqidagi fikrlaringizni bilmoqchi edik. Yolg'on gapiradigan odamni qanday qilib tarbiyalash mumkin? Qanday fikrlaringiz bor?
Masalan, agar u shogirdingiz bo'lsa.
Javoblar uchun oldindan rahmat!
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: registan 03 Yanvar 2013, 14:14:42
Manda shunaqa holat bo'lgan. Yolg'onni juda yomon ko'rishimni (tabiantan shunaqaman) ilk boshidan bildirganman, juda qattiq turganman. Ta'siri juda katta bo'lgan. Tarbiyalanuvchi kimligiga qarab tarbiya ham o'zgaradi tabiiyki. Agar so'zingiz o'tadigan kishi bo'lsa yuqorida aytgan usul yaxshi natija berishi kerak. Shogirdingiz, achchiq bo'lsa ham to'g'risini aytganda jahl qilmaslik, har-har zamon taqdirlab turish ham kerak. Dinga moyilligi bo'lsa yolg'on haqida, oyat, hadis va hikoyalar ko'p, o'shalardan foydalanish kerak. Ayniqsa yoshlar uchun muhitning ta'siri katta, shunga ham e'tibor berish kerak. Duo ham qilib turing albatta. Alloh yordamchingiz bo'lsin.
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Muxsiya 14 Mart 2013, 10:48:54
menimcha yo'g'onchining jazosi oddiy rost gapirgandayam unga tayin o'zimizni ishonmagandek ko'rsatishimiz kerak
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Lu`lu` 20 Mart 2013, 08:11:57
Алгон - куркоклик белгиси. Фарзандларимни ва ёшларни шундай деб тарбисладим.
Аатижаси ёмонмас  :)

Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Muxsiya 20 Mart 2013, 12:35:34
Bir tanishim aytgan edi "bolalarimni uyimizda yashirin kamera bor deb ishontirganman agar yolg'on gapirayotganligini sezib qolsam (uni men qilmadim yoki ukam qildi deb aybini bo'yniga olmagan paytda) kamerani orqaga aylantirib ko'reymi agar aldagan bo'seng qattiq jazoleyman  deyishim bilan  qo'rqqanidan rostini ayta boshlaydi. Ular katta bo'lgach hech qanaqa kamera yo'qligini tushunib yetishdi lekin yashirin kamera - Alloh hammasini ko'rib  turganini, farishtalar hammasini yozayotganini tushungan holda hech qachon yolg'on gapirishmaydi"
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Donishmand 20 Mart 2013, 17:01:20

:) Tanishingizning o'zi yolg'onchiroq ekan-ku.
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Muxsiya 20 Mart 2013, 17:06:52
нега ёлгончи буларкан 3-4 сшар болага елкасидаги икки фаришта гунохи савобини ёзиб боришини содда тушунарли снг мухими ишонарли холда тушунтирган колаверса А­А­згулик йулида хизмат килган ёлгоннинг зарари йукА­ деган накл бор хадиси шарифларда хам бунга ухшаш куплаб мисоллар келтирилган
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 24 Mart 2013, 23:55:38
Meni shogirdim yolg'onchi bo'lganida oldin men o'zim yolg'on gapirishni to'htatardim yo to'htatishga harakat qilardim.
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 25 Mart 2013, 08:18:40
нега ёлгончи буларкан 3-4 сшар болага елкасидаги икки фаришта гунохи савобини ёзиб боришини содда тушунарли снг мухими ишонарли холда тушунтирган колаверса А­А­згулик йулида хизмат килган ёлгоннинг зарари йукА­ деган накл бор хадиси шарифларда хам бунга ухшаш куплаб мисоллар келтирилган
Shariatda uchta o'rinda yolg'onga ruxsat berilgan holos.
1. Er-xotin ajrashilish darajasiga yetganda orani isloh qilish uchun.
2. Dushman Islomdan chiq deb mo'minni qattiq qiynasa yolg'ondan tasdiqlashi mumkin.
3. Urushda hiyla ishlatish mumkin, josuslik, dushmanga o'zini kam ko'rsatib va hokazo usulda.
Boshqa vaziyatlarda yolg'on gapirilmaydi, ayniqsa bolalarga.
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Donishmand 25 Mart 2013, 08:20:45
Meni shogirdim yolg'onchi bo'lganida oldin men o'zim yolg'on gapirishni to'htatardim yo to'htatishga harakat qilardim.
Agar men ham yolg'onchi bo'lganimda sizday yo'l tutardim...
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 27 Mart 2013, 08:49:57
Men uzr so'rayman  birodarim. Sizni jahlizi chiqarish niyatim yo'q edi. Men haligi bir rivoyat bor ediyu o'sha rivoyatga tayanib yozgandim. To'gri aytdiz men o'zimni yolg'onchimasman desam yolg'onchi bo'lib qolgan bo'laman. Rivoyat:
Bir donishmand oldiga kichik yoshdagi kasal bolani olib kelishibdi. Donishmand uni ko'rib tashhis qo'yib olti oydan keyin olib kelinglar debdi. Bolani olti oydan keyin olib kelishibdi. Donishmand bolaga "asal yema" debdi. Bolani ota onasi shuni olti oy oldin aytsez nima qilardi debdi. Donishmand: olti oy oldin men o'zim ham asal yerdim, aytgan gapimni tasir qilsihi uchun oldin men o'zim o'sha narsani to'xtatishim kerak edi degan ekan.

P.s mazmunan shunday edi. ancha bo'lgandi eshitganimga
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Lu`lu` 27 Mart 2013, 09:39:55
Аха, Донишмандни сураганлари елгончини кандок тарбислаш мумкинлиги хакида сди. Маслахат суралди, маслахат килинди, хатто насихатга хам  утлаб кетибсизлар. :)
Биродарни насихатидан хафа булинмайди.
Шогирдга асли ишонилгани учун хам устоз шогирдини узига скин олади, худди скин дустидек ишонади. Шунгасм А осулуллох сав скин биродарга елгон сузлашни хиенат килиш бн тенглаштирганлар.
Бухорий сахихларидасм "Кимда ким, хатто еш болага хам "Кел, мана буни бераман", деб бермаса, елгончи деб езиб куйилади" дейилган. Имом Бухорийни узлари хам товугини елгондакам дон бериб чакирган сахобадан хадис олмай, кайтиб кетганлар.

Бечора _ банданг хикмат кидирганларигасм юкоридаги ривостни езибдилар.
Одамни одамдан фарки шунака буларкан; биров сшитганига тугридан тугри амал килса, бошкаси хикмат кидираркан. Иккаласисм схшиликка :)
Nom: Javob: Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?
Yuborildi: Donishmand 27 Mart 2013, 12:14:57
Hammaga fikrlari uchun rahmat. Bu mavzuni boshqalarning ham fikrini bilish uchun ochgandim. To'g'rirog'i ozgina jahlim ham chiqib turgandi o'shanda, bir yolg'onchi tufayli.
Yolg'onchilar ustidan hukm chiqarib bo'lganmiz, agar u shogirdim bo'lsa tarbiyalashga urinmayman. Shundoq o'zimdan chetlatib qo'ya qolaman. Chunki men unga dunyoviy bilim o'rgata olaman, ma'naviyati esa mengacha shakllanib bo'lgan. Ya'niki, shogirdlarim bog'cha, maktab bolalari emas, hatto studentlikdan ham o'tib kelishgan.
Bizga qolgani ularning ichidan saralarini ajratib olib, har taraflama yordam berib, jamiyatga kerakli odam bo'lishiga ko'maklashish.
Yolg'onchilarga esa... "Al kazzobu lo ummati!" - shu so'zning o'zi kifoya.
Biz ularga "asal yemang," - demaymiz, "yolg'on gapirarkansiz, o'zingizga boshqa joy qidiring," - deymiz holos. Faqat bungacha qilgan mehnatlarimizga achinib qolamiz...