forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:10:12

Nom: Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:10:12
OTA - ONA
 RIZOSI

(Ota-ona va farzand munosabatlari
 haqidagi hadislar)

Musanniflar:
Abdulhay Abdulhafiz Tursun
Ahmad Muhammad Tursun

MUNDARIJA:

Farzandlik burchi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25065#msg25065)
Eng zarur vazifangiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25067#msg25067)
Tan bilan xizmatda bo'lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25068#msg25068)
Til bilan xizmatda bo'lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25076#msg25076)
Dil bilan xizmatda bo'lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25085#msg25085)
Mol bilan xizmatda bo'lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25093#msg25093)
Ota-ona vafotidan so'ng... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25102#msg25102)
Qabriston ziyorati odobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25114#msg25114)

Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:10:33
FARZANDLIK BURCHI

Bismillahir rohmanir rohim!

Oila — ota-ona, er-xotin va farzandlar to’g’risidagi munosabatlar asosida quriladi. Ayniqsa ota-ona va farzandlar o’rtasidagi aloqalar juda muhim bo’lib, o’g’il-qizlarning o’z ota-onalari zimmasida muayyan haqlari bo’lgani kabi ota-onaning ham farzandlari zimmasida bir muncha haqlari borki, ushbu kitobimiz shu mavzuga bag’ishlangandir.

Bizning tug’ilib, es-hushimizni tanishimizda, voyaga yetib, bilim va kasb egallashimizda, insoniy fazilatlar va yaxshi xulq sohibi bo’lib yetishishimizda, xullasi jamiyatga munosib komil insonlar qatoridan joy olishimizda ota-onaning buyuk hissasi borligini hech kim inkor qilolmasa kerak. Qur’oni karimda Alloh taolo shunday buyuradi: "œParvardigoringiz, yolg’iz Uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab "œuf" tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma!Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — hokisor bo’l va: "œParvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin", deb (haqlariga duo qil!)". ("œIsro" surasi, 23—24 oyatlar).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:11:51
Darhaqiqat, otamiz bizning dunyoga kelishimizga sababchi bo’ladi, voyaga yetishimizda o’zining sa’yi-harakatlari, ibrati, ro’zg’or yuritishi bilan faol ishtirok etadi. Bizning kamolga erishuvimizdagi onaning beqiyos xizmatlarini ta’riflashga esa til ojiz, qalam noqis, so’z tanqis. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam "œJannat onalarning oyoqlari ostidadir" deganlar va ummatlaridan bu dunyoda jannat izlaganlarni onani rozi qilishga, uning duosini olishga targ’ib qilganlar. Bir a’robiy Payg’ambar alayhissalomdan: "œMenda otamning haqqi ko’pmi yoki onamning?" deb so’raganida u zot uch martagacha "œOnangning haqqi" deb javob qaytarganlar va to’rtinchi marta so’ralganda "œotangning" deganlar. Bir yigit sahobalardan: "œOnamni yelkamga ko’tarib Makkaga olib borib, yetti marta Ka’bani tavof qildirdim, endi uning haqqini ado qiloldimmi?" deb so’raganida ular: "œYo’q, bu xizmating bilan u seni emizish uchun bir marta uyqusini buzganini ham rozi qilolmading" deyishgan ekan.

Ushbu risolamiz farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari va qarzdorligi to’g’risida. Shoyadki, ota-onalarini hurmat qilishni o’rgatishda, ularning xizmatiga shay turib, duosini olishda va oxiratni obod qilishda ko’mak bersa! Alloh taolo barchalarimizni farzandlik burchini to’la ado etishimizni, ota-onalarini rozi qilib, Alloh taolo rizoligiga erishuvimizni nasib etsin, omin!
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:12:06
ENG ZARUR VAZIFANGIZ

Allomalar farzandlarning o‘z ota-onalari uchun butun borliqlari — ham tani, ham tili, ham dili, ham moli bilan xizmatda bo‘lishlari, ularni rozi qilib duolarini olishlari kerakligini uqtirishgan. Imom Nasafiydan rivoyat etilishicha, farzand ota-onasi oldida 60 sohada burchli va qarzdor ekan. Quyida shularni muxtasar holda alohida-alohida ko‘rib chiqamiz hamda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan shu to‘g‘rida vorid bo‘lgan hadisi shariflarni keltirib o‘tamiz.
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:12:37
TAN BILAN XIZMATDA BO‘LISH

1.   Tanu vujudingiz bilan ota-ona xizmatida hoziru-nozir turing.

Ibn Mas’ud shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasulalloh, amallarning qaysisi yaxshi?” dedim. Rasululloh: “o‘z vaqtida o‘qilgan namoz”, dedilar. “Yana qaysi amal, yo Rasulalloh?” dedim. Rasululloh: “Ota-onaga yaxshilik qilish” dedilar. “Yana qaysi amal?” deb so‘radim. Rasululloh: “Alloh yo‘lida g‘azot qilmoq” dedilar”. (Imo Termiziy rivoyatlari)
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:14:40
2. Gunoh bo‘lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so‘zsiz bajo keltiring.

Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qilindi:Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "œUch toifa kishining duosi mustajob bo‘lur: 1. Mazlumning duosi. 2. Musofirning duosi. 3. Otaning farzandiga qilgan duosi". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:15:04
3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo‘lsangiz ham ularning roziligisiz safarga chiqmang.

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhu aytadilar: bir kishi Rasululloh huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay’at etmoqqa keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo‘lmay, xafalikdan yig‘lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh: "œSen hozir ota-onang oldiga bor! Hijrat qilaman deb, ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo‘ldim, deb, ularni xursand qil",— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari). 
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:15:17
4. Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo‘lmasa) darrov qayting.

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: "œRasululloh menga quyidagi to‘qqiz amalni buyurdilar", shulardan biri: "œota-onangga itoat qil, agar ular dunyodan voz kech desalar ham hurmatlari uchun buyruqlarini ijro qil!".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:15:50
5. Ularni ko‘rganda o‘rningizdan turing va o‘ltirganlaridan keyingina o‘ltiring.

6. Ota-ona bilan ko‘chada ketayotganda oldinga o‘tib ketmay bir qadam orqada yuring. (Faqat loy, muzgarchilikda yoki qo‘riqlash ma’nosida oldinda yoki yonda yurishga ijozat beriladi).

7. Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazax qilmang.


Abu Hurayra roziyallohu anhu ikki kishini ko‘rib, biridan: "œBu kishi kiming bo‘ladi?" deb so‘radilar. Boyagi odam: "œOtam" deb javob qildi. Abu Hurayra: "œUnday bo‘lsa otangning ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda o‘tirma" dedilar.
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:17:29
8. Ular huzurida qovoq solmang, ho‘mrayib qaramang.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu oldilariga bir kishi kelib: "œMen bir xotinga sovchi yubordim. U meni qabul qilmay, boshqa bir kishiga tegib ketdi.Bu ishidan jahlim chiqib, u xotinni o‘ldirgan edim... Endi nima qilsam Alloh taolo tavbamni qabul qiladi?" — deb so‘radi. Shunda Abdulloh: "œOnang barhayotmi?" — dedilar. U: "œYo‘q, vafot etganlar" degan edi, Abdulloh: "œUnday bo‘lsa Alloh taologa tavba qilishga harakat qil",— dedilar. Shu hadisni rivoyat qilgan Ato ibn Yasor aytdilar: "œMen Abdulloh ibn Abbosga borib, siz nima uchun u kishidan onang tirikmi, deb so‘radingiz, deganimda, u kishi Alloh taologa onani rozi qilishdek maqbulroq hech bir amal borligini bilmayman. Shuning uchun undan onang tirikmi, deb so‘ragan edim",— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:18:24
9. Chaqirishsa, "œlabbay" deb huzurlariga tez yetib boring.

Ma’oz Juhaniy roziyallohu anhu aytdilar: "œjanob Pay-g‘ambar alayhissalom: "œKimki ota-onasini rozi qilsa unga tubo(jannat daraxti) nasib bo‘lib, Alloh taolo uning umrini ziyoda qiladi", dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:18:42
10. Ular xizmatida bo‘lganda ish buyurishsa erinchoqlik bilan malol ko‘rmang.

Qur’oni karimdagi Alloh taoloning "œrahmdillik yuzasidan ota-onangga kamtarlik qanotingni qoqib tur", mazmunidagi so‘zini Hishomning otasi Urvat ibn az-Zubayr roziyallohu anhu: "œOta-onang nimani istasa, o‘shani ijro qilishdan imtino qilma", deb tafsir qilgan edilar.
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:19:26
TIL BILAN XIZMATDA BO‘LISH

1. Ota-onangiz bilan so‘zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashing.

Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam shunday buyurganlar: "œOdamlar bilan xushmuomala bo‘linglar, ularga qattiqqo‘llik qilib behayo so‘zlamanglar". (Payg‘ambar alayhissalom o‘gitlariga ko‘ra hatto begona odamlarga qattiq va behayo gapirib, dillarini og‘ritish mumkin bo‘lmaganidek, ota-onaga yuz chandon muloyimroq so‘z qilmoq zarur ekan).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:19:36
2.   So‘zlashgan paytda ovozni baland ko‘tarmang.

Rasulullohdan shunday rivoyat qilindi: "œAlloh taolo gunohlardan istaganini qiyomatga qoldirdi, lekin ota-onani ranjitishning azobini kechiktirmaydi. Oqpadarga oqpadarlik azobi tezlashtiriladi".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:20:20
3.   Ota-ona huzurida zaruratdan ortiqcha gaplarni gapirmang.

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "œQiyomat kuni kimga do‘zax o‘ti harom bo‘lishini aytaymi? U yuvvosh, muloyim, yaxshi muomalali, bir gapga oson kelishadigan kishilardir. Sizlarning yaxshilaringiz xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa , og‘zini to‘ldirib, ezmalik ila ko‘p gapiruvchilaringizdir".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:20:31
4.   Gaplashayotganda so‘zlarini bo‘lib tashlab yoki so‘z qistirib ketmang.

Farqad us-Sanjiy aytdilar: "œBa’zi kitoblarda o‘qidimki, bolaning ota-ona huzurida iznsiz gapirmoqligi maqbul emasdir".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:21:11
5.   Ularning so‘zlarini aslo rad qilmang.

Taboroniydan rivoyat qilingan hadisda: "œOtaga itoat qilish — Allohga itoat qilishdir. Unga gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir", deyilgan.
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:21:22
6.   Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.

Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: "œAlloh taolo sharmsiz, behayo so‘z qilganlarni o‘ziga do‘st tutmas".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:21:34
7.   Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang.

Abdulloh ibn Umar aytdilar: "œOta-onaning yig‘lashi boladan norozi bo‘lganlariga dalolatdir, bu esa katta gunohdir". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:22:03
8.   Tanbeh bilan gapirib, dillarini og‘ritmang.

Abdulloh rivoyat qiladilar: Janobi Rasululloh: "œMusulmon odamning so‘kmog‘i — buzuqlik va urushmog‘i — kofirlikdir" — dedilar.
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:22:17
9.   Biror xizmat buyurishsa yoki maslahat berishsa "œuf" demang.

Iso ibn Talxa bin Ubaydulloh Amr bin Mirzo Juhaniydan naql qiladilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "œYo Rasulalloh,  besh vaqt namoz o‘qisam, ramazon oyida ro‘za tutsam, zakotimni ado etsam va haj ham qilsam, menga nima bo‘ladi? — deb so‘radi. Rasululloh unga: "œKim ana shu aytganlaringni qilsa, payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi, ammo ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u amallarning foydasi yo‘qdir",— dedilar".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:22:44
DIL BILAN XIZMATDA BO‘LISH

1.   Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko‘rsating.

Uch xil sifat borki, kimda-kim ularga ega bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni himoya qilib, o‘z jannatiga kirgizur: 1. Zaiflar bilan xushmomala bo‘lmoq. 2. Ota-onaga shafqatli bo‘lish. 3. Qo‘l ostidagilarga himmatli bo‘lmoq.. (Imom Termiziy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:23:32
2.   Ota-onani chin dildan do‘st tuting.

Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilindi: "œOtaga muhabbatingni saqla, agar sen otaga bo‘lgan muhabbatingni yo‘qotsang, Alloh seni har turli fayzlardan mahrum qilur".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:24:24
3.   Ularning shodlik paytlarida xursand bo‘ling.

Musoviy ibn Hayyida aytdilarki:  "œMen Rasulullohdan "œYo Rasulalloh, yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?" deb so‘radim. "œOnangga" dedilar. Yana shu savolni ikki marta qaytarsam ham Rasululloh "œOnangga" dedilar.  To‘rtinchi marta so‘raganimda "œOtangga va yaqin qarindoshlarga",  deb javob berdilar". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:24:36
4.   Ota-onaning g‘amgin holatida hamdard bo‘ling.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh: "œBolaning otasi birovning quli bo‘lsayu, uni xo‘jasidan sotib olib ozod qilmagunicha uning haqini ado qilgan bo‘lmaydi",— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:24:56
5.   Ular tomonidan biror kamchilik o‘tsa ranjimang.

Abu Hurayra aytadilar:t "œRasululloh: "œXor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin", — deb o‘n marta takror qildilar. Shunda sahobalar: "œYo Rasulalloh, kimni aytyapsiz? deb so‘rashdi. Rasululloh: "œOta-onasining ikkalasi, yohud bittalari keksayib qolgan vaqtda ularni rozi qilmay o‘zini do‘zaxga tushishiga mubtalo qilgan kishini" dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:25:06
6.   Qilayotgan ishingiz yoki aytayotgan so‘zingiz haq bo‘lsa ham ularga ozor yetkazishdan tiyiling.

Abud Dardoning aytishicha, bir kishi uning huzuriga kelib, "œmening xotinim bor, onam uni taloq qilishimni talab etyapti", dedi. Abud Dardo javob berdi: "œRasululloh alayhissalomdan eshitganman, u zot shunday deganlar: "œOna jannatning o‘rtasidagi eshiklardan biridir, agar xohlasang, o‘sha eshikni qo‘ldan ber yoki uni saqla". (Imom Termiziy rivoyatidan).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:25:18
7.   Ularga ozor bermaslikni doimo niyat qilib yuring.

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilindi. U kishi: "œAlloh taoloning rozi bo‘lishi ota-onaning rozi bo‘lishiga va Allohning g‘azabi ham ota-onaning g‘azabiga bog‘liqdir", dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:25:29
8.   Ulardan jafo ko‘rsangiz ham umrlari uzun bo‘lishini tilang.

Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilindi: Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikki eshik ochadi. Agar ulardan bittalarini ziyorat qilsa unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Alloh taolo undan rozi bo‘lmaydi, dedilar. Shunda bir kishi: "œAgar ota-ona bolaga zulm qilsa, bola nima qilishi kerak?" deb so‘radi. Abdulloh: "œAgar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak", deydilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:26:04
MOL BILAN XIZMATDA BO‘LISH

 1. O‘zingiz libos kiysangiz ota-onangizga ham olib bering.


Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning qizlari Asmo (r.a.) aytdilar: "œRasulullohning hayot vaqtlarida onam biror narsa umidida huzurimga keldi. Shunda Rasulullohdan: «Onam kelib qoldi. Unga silai rahm qilib biror narsa bersam bo‘ladimi?" deb so‘radim. Rasululloh: "œHa, silai rahm qilsang bo‘ladi", dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:26:28
2. O‘zingiz yegan narsalardan ularni ham bahramand eting.

Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga bir sahoba kelib so‘rabdilar: "œEy Rasululloh, mening kasalmand onam bor, uni o‘zim ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildirib qo‘yaman, orqamda opichlab yuraman — endi haqqini to‘la ado etibmanmi?". "œYo‘q, — dedilar Rasululloh, — yuzdan birini ado etibsan, xolos. Ammo yaxshi ish qilibsan. Alloh o‘zi shu oz ishingga ko‘p savoblar beradi".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:26:41
3. Ular bilan ovqatlanganda lazzatli joyini taklif eting.

Abdulloh ibn Umar Taysala ibn Iyosga dedilar: "œEy Taysala, katta gunohlardan o‘zingni saqlagandan keyin onangga qattiq  gapirmasang, uning ob-ovqatini berib tursang, albatta Jannatga kirasan!".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:27:40
4. Ular o‘zlariga to‘q bo‘lsalar ham sizga izhor qilolmaydigan hojatlari uchun molingizdan berib turing.

Janob Rasulullohdan rivoyat borki: "œO‘zing ham, moling ham otangnikidir".

5. Biror orzu-niyatlari bo‘lsa uni barpo qilishga tirishing.
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:27:54
6. Ota-onaning dillari xohlagan narsaga ularni tez-tez taklif qilib turing.

Ahmad va Abu A’lodan rivoyat qilindi: Rasululloh shunday deganlar: "œShuni bilib qo‘yki, Allohning rizoligi yo‘lida har bir qilgan nafaqang uchun, hatto xotining og‘ziga solib qo‘ygan luqma uchun ham ajr olursan". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:28:18
7. Ularning do‘stlarini do‘st tutib yo‘qlang va bu bilan yuzlarini yorug‘ qiling.

Ibn Umar shunday rivoyat qildi: "œHazrat Rasululloh sollallohu alayhi vassallamdan eshitdimki, ezgulikning eng yaxshisi o‘z otasining sevgan odamlariga yaxshilik qilishdur, deydilar". (Imom Termiziy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:29:03
8.   Ular bemorligida sog‘ligi uchun sadaqa qiling va Alloh taolodan shifo tilang.

Abdulloh ibn Abbos dedilar: "œYo Rasulalloh, onam hech narsani vasiyat qilmay vafot etib ketdilar. Endi onamga sadaqa qilsam unga yetadimi?". Rasululloh: "œHa, uning uchun sadaqa qilsang savobi albatta yetib boradi" deb javob qildilar". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:29:26
9.   Alloh sizga ato etgan mol-dunyo ixtiyorini ularga ham berib qo‘ying.

Jumhur ulamolar "œIsro" surasidagi "œHokisor bo‘lib ota-onangni mehribonlik qanoting ostiga olgin" degan oyati karimani "œota-onang yaxshi ko‘rgan biron narsadan ularni qaytarma", — deb tafsir qilganlar.
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:29:46
10. Ota-onaning dunyoviy ehtiyojlarini muhayyo etishga tirishing.

Abu Burda ibn Abu Muan al-Ash’ariyning aytishlaricha Abdulloh ibn Umar yamanlik bir odam o‘z onasini opichlab, xonai Ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi:

Onai zorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman,
Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam.


U shuni o‘qiy turib Abdullohga qaradi-da: "œEy Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan onamning haqqini ado qiloldimmi", deb so‘radi. "œYo‘q, bu xizmating seni tug‘ish paytida onangni qiynab tutgan to‘lg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas", — dedi. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:30:27
OTA-ONA VAFOTIDAN SO‘NG...

1.   Ularning vasiyatlarini shariatga muvofiq holda bajo keltiring.
2.   Ota-ona do‘stlarini do‘st tutib yuring.
3.   Qarindosh-urug‘lari bilan aloqani uzmay bordi-keldi qilib turing.


  Abu Usayd roziyallohu anhu hikoya qiladilar:
"œBiz Rasululloh huzurlarida edik, shu vaqtda bir kishi: "œYo Rasulalloh, ota-onamning hayot vaqtlarida qilgan yaxshiligimdan tashqari ularning vafotidan keyin yana nima qilsam, shu yaxshiligim davom etadi?" — deb so‘radi.

Rasululloh: "œTo‘rtta narsani qilib yursang, ularga yaxshiliging davom etavergan bo‘ladi. Ularning birlamchisi ota-onang haqqiga duo qilasan va gunohlarini kechirmakni Alloh taolodan so‘raysan, ikkilamchisi — ularning nasihat va shar’iy vasiyatlarini amalga oshirasan, uchlamchidan — ularning do‘stlarini hurmatlaysan va to‘rtlamchidan — qavm-qarindoshlar bilan ular tufayli qaror topgan qarindoshlik aloqalarini uzmaysan", — dedilar. (Imom Buxoriy va Abu Dovud rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:30:38
* * *

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilindi: "œQaysi bir safarda bir a’robiy (sahroyi) Abdulloh ibn Umar yonlariga kelib: "œSen falonchining o‘g‘li emasmisan?" deb so‘radi. Shu a’robiyning otasi hazrat Umar ibn Xattob bilan do‘st bo‘lgan ekan. Abdulloh a’robiyga: "œHa, otangning do‘sti Umarning o‘g‘liman", dedilar va o‘zlarining tuyalari ortida olib yurgan eshakni hamda boshlaridagi sallani yechib, a’robiyga berdilar.

Shunda yonlaridagi kishilardan biri taajjublanib dedi: "œBu bir  a’robiy bo‘lsa, unga ikki dirham bersangiz kifoya qilardi, siz esa eshakni ham sallani, ham berib yubordingiz". Abdulloh: "œRasululloh otang do‘st tutgan kishilarning do‘stligini saqla, ular bilan aloqani uzma, uzsang Alloh taolo sening nuringni o‘chirib qo‘yadi, degan edilar", — deb javob qildilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:30:55
4.   Dalil-isbotli qarzlari bo‘lsa uzing.

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: "œOtam Badr kuni  shahid bo‘ldilar, keyin u kishiga qarz bergan kishilar qarzlarini qistab kelishdi. Men Rasululloh huzurlariga borib, shu gapni aytdim. Ul zot qarz bergan kishilardan xurmozorim hosilini qabul qilib, otamni qarzdan xalos etishlarini iltimos qildilar". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:31:10
5.   Ota-onangiz hayotliklarida mehmon qilgan kishilarni ular vafotidan so‘ng ham yo‘qlab, mehmon qilib turing.

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilindi: Rasululloh: "œOtaga qilinadigan yaxshiliklarning eng afzali u sevgan kishilar bilan aloqani mustahkamlab, ularga hayrixohlik qilishdir", — deydilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:31:22
6.   O‘z namozingizga qo‘shib ular uchun nofila namozlar o‘qing.

7.   Nafl ro‘za tutib, savobini ota-ona uchun bag‘ishlang.


Abu Hurayra aytdilar: "œRasululloh: banda vafot etgandan keyin undan uchta ulug‘ amaldan boshqasi uzilib qoladi:. O‘sha amallar: sadaqai joriya (ko‘pchilik uchun qurilgan masjid, ko‘prik kabilar), odamlarga manfaati yetsin deb yozib qoldirilgan ilmiy asarlar va uning haqqiga duo qilib turadigan solih farzandlardir". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:31:47
8.   Ota-onangiz nomiga dog‘ tushirmaslik uchun boshqa birov bilan janjallashganda uning ota-onasini haqoratlamang.

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhu aytdilar: Rasululloh "œKishi o‘z ota-onasini so‘kishi katta gunohdir", dedilar. Sahobalar: "œYo Rasulalloh, kishi o‘z ota-onasini ham so‘kadimi? — deb so‘rashganda, Rasululloh: "œU kishi bir odamni so‘kadi, u odam ham avval so‘kkan kishining otasini ham, onasini ham so‘kadi", dedilar (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:32:05
9. Fiqh masalalari vojib deb hisoblamasa-da, qodir bo‘lsangiz savob umidida marhum ota-onangiz uchun fitr sadaqa bering.

Abdulloh ibn Abbos: "œYo Rasulalloh! Onam hech narsani vasiyat qilmay vafot etib ketdi. endi men shu onam uchun sadaqa-ehson qilsam unga savobi yetadimi?" — deb so‘radi. Rasululloh: "œHa, uning uchun sadaqa qilsang, savobi albatta tegadi", — dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:32:34
10. Hazrat Ali Janobi Rasululloh vafot etganlaridan so‘ng ham qurbonlik qilganlari rivoyat etilgani uchun qodir bo‘lsangiz ota-ona nomidan qurbonlik qiling.

Oisha roziyallohu anhoning rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar alayhissalom: "œQurbonlik so‘yilgan vaqtda oqqan qon yerga tushmay turib, Allohning huzurida ulug‘ makonga tushadi. Shuning uchun qurbonlikni chin dildan ado eting!" — deganlar.
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:32:52
11. Ota yoki ona vafot etishsa, qabr, kafan va boshqa xarajatlar halol moldan qilinishiga va bu ishlarni bajaruvchilarning roziligi olinishiga erishing (qabrga qo‘yuvchi solih, obid, olim kishilar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir).

Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilingan hadislarda shunday deyiladi:

"œKimki o‘likni yuvsa va uning ayblarini bekitsa, Alloh taolo qirq marta uning gunohini kechiradi".

"œMusulmon banda vafot etganda uning janozasida Allohga shirk keltirmagan qirqta musulmon hozir bo‘lsa, Alloh taolo ularning sharofatidan mayitning gunohlarini kechiradi".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:33:38
12. Ota yoki ona huzuringizda (qo‘lingizda) vafot etishsa, g‘usl va dafn bobidagi shartlarga, ya’ni Payg‘ambar alayhissalom sunnatlariga muvofiq so‘nggi yo‘lga kuzating.

13. Qur’oni karimda ota-ona haqqida duoda bo‘lish buyurilgani uchun Qur’on o‘qish yoki tasbiq-tahlil orqali ular haqqiga duo qiling.


Muhammd ibn Sirin aytadilar: "œKechalarning birida biz Abu Hurayra huzurlarida bo‘ldik. Shunda Abu Hurayra o‘zlari: "œEy Alloh! Abu Hurayraning ham, onasining ham gunohlarini kechirgin va ikkimiz uchun istig‘for etgan kishilarning ham gunohlarini kechirgin!" — deb duo qildilar". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:34:08
14. Motam marosimlarida Payg‘ambar alayhissalom sunnatlariga muvofiq ish tuting (ya’ni gap irib, o‘zingizni buzib-yorib yig‘lamang, jimgina ko‘z yoshi to‘kish bilan motam tuting).

Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qil ingan hadisi sharifda shunday deyilgan: "œBiror yaqini o‘lganda kimki yuzlariga ursa, yoqalarini yirtsa, johiliyat zamonining duolarini qilsa, u bizdan emas!".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:34:51
15. Har juma kuni hamda ikki hayit (iyd) arafasida ota-ona qabrini ziyorat qilib turing.

Hazrati Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi: "œKimki har juma kuni ota-onasining qabrini yoki ular agar tirik bo‘lsa, marhum qarindoshlarining qabrini ziyorat qilsa, uning barcha gunohlari kechirilib, yaxshilar qatoridan o‘rin beriladi".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:35:25
QABRISTON ZIYORATI ODOBI

Sahoba Burayda roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qildilar: "œRasululloh: "œMen sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim, endi ruxsat etildi, borib ziyorat qilinglar", — dedilar.

Sahoba Buraydaning aytishicha, Payg‘ambar alayhissalom qabristonni ziyorat qilgani borganlarida deganlar: "œEy mo‘minlar va musulmonlar, qabriston ahllari, sizlarga salom bo‘lsin! Xudo xohlasa bizlar ham kelib sizlarga qo‘shilurmiz. O‘zimizga va sizlarga Allohdan ofiyat va ajr so‘raymiz".
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:36:14
Abu Muhammad Samarqandiy "œFazoil" kitoblarida har bir kishi qabristondan o‘ta turib "œIxlos" surasini 11 boro‘qisa va ajrini mayitlarga xadya etsa, qabristondagi amvotlar sonicha ajr beriladi". (Imom Suyutiy rivoyatlari).

Sa’d ibn Aliy az-Zanjoniy "œFavoid" kitoblarida hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "œJanobi Rasululloh aytdilar: Qabristonga kirgan kishi "œFotiha", "œIxlos", "œTakasur" suralarini o‘qisa va savobini qabriston ahli bo‘lgan mo‘’min va mo‘’minalar ruhlariga baxshida etsa uning uchun amvotlar Allohning huzurida shafiy bo‘ladilar".

Sohibi "œHilol" Abdulaziz rivoyati sanadini hazrati Anas roziyallohu anhuga yetkazib rivoyat qiladilar: "œRasululloh aytdilarki, "œQabristonga kirgan kishi surai "œYosin" o‘qisa, Alloh ahli qabrga yengillik ato etadi, o‘quvchiga mayitlar adadicha hasanot bo‘ladi". (Imom Suyutiy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:36:34
Imom G‘azzoliy "œIhyoi ulumid-din" kitoblarida va muhaddis Abdulhaq Dehlaviy "œOqibat" kitoblarida Imom Rahmatullohdan rivoyat qilishadi: u zot aytdilarki, qachon qabristonga kirsangiz, "œFotiha", "œFalaq" va "œNos" hamda "œIxlos suralarini o‘qib shu qabriston ahliga savobini hadya etsalaringiz ruhlariga albatta yetadi". (Imom Suyutiy rivoyatlari).

Qatoda ibni Abu Borzatil Aslaniy roziyallohu anhu rivoyat qildilarki, Rasuli Akram (s.a.v.) bir qabrning oldidan o‘tib ketayotganlarida qabrdagi mayitni azoblanayotganini aytib, qabrga ho‘l ko‘kat bo‘lgan shoxni qo‘yib qo‘ydilar. "œShul shox qurigunga qadar ulardan azob ko‘tariladi" deb marhamat qildilar. (Imom Suyutiy rivoyatlari).
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 08:41:33

MUNDARIJA:

Farzandlik burchi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25065#msg25065)
Eng zarur vazifangiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25067#msg25067)
Tan bilan xizmatda bo'lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25068#msg25068)
Til bilan xizmatda bo'lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25076#msg25076)
Dil bilan xizmatda bo'lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25085#msg25085)
Mol bilan xizmatda bo'lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25093#msg25093)
Ota-ona vafotidan so'ng... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25102#msg25102)
Qabriston ziyorati odobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.msg25114#msg25114)
Nom: Re: OTA-ONA RIZOSI (Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar)
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 01:07:13
Ota-ona rizosi

(http://www.ziyouz.com/images/books/ota_ona.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=64)

Muallif: Abdulhay Abdulhafiz Tursun

Hajmi: 83 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=64)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.0)