forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 09 Yanvar 2013, 14:23:17

Nom: Tovuq go'shtli, baqlajonli taom.
Yuborildi: Ansora 09 Yanvar 2013, 14:23:17
 :asl3:

Eng yaxshi ko'rgan, oson taomlarimdan biri bu. Aniq buni Turk oshnasida ismi bolsa kerak:) hozircha bilmayman. Bu taomda muhimi sarimsoqni hidi kelib turishi, agar sarimsoqni yaxshi korsangiz miqdorni kopaytirishingiz mumkin.

Masalliqlar:

4 kishilik

500 gr baqlajon
150 gr tovuq goshti, yumshoq joyidan
1 dona piyoz
2 dona bulgori
2 dona pomidor
4-5 bo'lak sarimsoq
3-4 qoshiq yog
1 qoshiq tomat (bulgoridan qilingan tomat bolsa yana ham yaxshi)
1 litrga yaqin suv (masalliqlarni komishi shart)
istakka qarab tuz

Tayyorlanishi.

Avvalo baqlajonlarni yuvib, pijama shaklida postlarini kesib, orta yiriklikda tograb, suvli idishga solib qoyamiz, achchigi bolsa chiqsin.

Tovuq goshtlarimizni kichkina bolaklar holida tograb olamiz, qozonga yogni solib avval tovuqlarni ketidan togralgan piyozni qovuramiz, biroz piyozlar qizargandan keyin togralgan bulgorilarni qovuramiz, keyin togralgan pomidorlarni qovurib olamiz. Baqlajonlarni suzib olib, qozonga solamiz, 1-2 marta aralashtirgandan keyin togralgan sarimsoqlarni solamiz, suvini quyamiz. Tuzini solib, qaynashini kutamiz. Qaynab chiqqandan keyin tuzini tekshiramiz, past olovda 25-30 daqiqa qadar pishiramiz.

Yoqimli ishtaha.

(http://s9.postimage.org/i9ers3v4v/DSC07591.jpg) (http://postimage.org/)
online photo sharing (http://postimage.org/)