forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Ansora 02 Iyul 2013, 19:13:49

Nom: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 02 Iyul 2013, 19:13:49
Assalomu alaykum.

To'grisi bu jihozni O'zbekchasi qanday ekanligini bilmas ekanman, bilganlar bo'lsa aytinglar, mavzu nomini tuzatib qo'yaman:)

Turk tilida "derin dondurucu" ya'ni- qattiq muzlatadigan, degandi. Inglizchasi- deep freeze.

O'tgan yildan beri olishni rejalashtirib yurgandim, bu yilga nasib ekan. Agar oramizda bunday buyumni olish sharoiti bolganlar bor bolsa vaqtni otkazmay olishlarini tavsiya qilaman. Vaqtim bolishiga qarab asta sekin olib, muzlatgan narsalarimni yozib boraman nasib bolsa.

Hozircha:

Olcha- Achchiq gilos (vishnya);

Yashil no'xot (goroh)

Shaftoli

O'rik

Sliva

muzlatdim qishga deb. Bularni yaxshilab yuvdim, quritdim va yangi, ishlatilmagan tselofanlarga solib, havosini qoldan kelguncha chiqarib, boglab joyladim.
Nom: Javob: Mорозильные камеры- Yeguliklarni muzlatib qo'yadigan buyum:)
Yuborildi: Ansora 02 Iyul 2013, 19:20:24
Yozda bilamiz, meva va sabzavotlar mo'l, arzon, tabiiy bo'ladi. Shuning uchun bu yeguliklarni qishga saqlashni eng oson, vitamini o'ldirmay saqlaydigan usullardan biri- muzlatish.


Mevalarni men asosan sharbat- kompot qilish uchun saqladim. Buning uchun togridan bu mevalarni qozonga solib, ustidan suv quyib qaynataman, boldi.


Men olgan muzlatadigan buyum shu:





(http://s13.postimg.org/g49f47c53/Siemens_GS29_VVW30_Cekmeceli_Derin_Dondurucu_774.jpg) (http://postimage.org/)
snagit (http://postimage.org/app.php)

Nom: Javob: Mорозильные камеры- Yeguliklarni muzlatib qo'yadigan buyum:)
Yuborildi: Ansora 02 Iyul 2013, 19:21:08
Oramizda shunday buyum ishlatganlar bolsa ularni ham maslahatlarini kutib qolaman. Yana vaqt bolishi bilan yozaman inshalloh.
Nom: Javob: Mорозильные камеры- Yeguliklarni muzlatib qo'yadigan buyum:)
Yuborildi: Зайнаб 02 Iyul 2013, 22:42:45
Ассалому алайкум. Муборак бслсин, Ансора опа. Буюрсин оилангизга :)


Яхши сйлабсизлар, фойдасидан мукаммал фойдаланиб олинг :) Ичлари каттагина, анча мева-чева сиÒ“иб кетадиганга схшайди.


Морозильникни музлатгич дердик. Кспрок морозильник десверамиз Ò³ам.


Òšишда роÒ³атини ксраркансиз, иншааллоÒ³


 

Nom: Javob: Mорозильные камеры- Yeguliklarni muzlatib qo'yadigan buyum:)
Yuborildi: Abdulhafizaka 03 Iyul 2013, 15:04:01
Бу жихоз асосан икки хил булади (холодилник)-совутгич ва (морозилник)-музлатгич, хужаликда хар иккаласини хам урни бор, лекин бизда асосан холодилник ишлатилади сабаби хужаликдаги асосий егуликларни музлатилган холда смас балки совутилган холда саклаш максадга мувофик.
Nom: Sovutgichlar emas- Muzlatgichlar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 03 Iyul 2013, 16:31:48
Valaykum assalom Zaynabxon, Alloh rozi bolsin. Ha nasib bolsa bu yil meva-chevalardan tabiiylaridan saqlayman xohlaganimcha:) o'g'lim uchun asosan, zotan hozirgi nasl har xil dorilar qo'shilgan meva-cheva bilan katta bo'lyabdi, hech bo'lmasa yozdagi meva, sabzavotlardan yesin, deb niyyat qildik. Ozbekistonda qanday bilmadim-ku, lekin Turkiyada sabzavot-mevaga keragidan ortiq kimyoviy modda qo'shilganligi haqida ko'p gapirishadi.


Qishda olmalar xuddi shamga o'hshaydi, yasamaday, bazan mevalarni danagi bolmaydi, odam yegani oylanib qoladi.


Xayrlisi bolsin.
Nom: Javob: Sovutgichlar emas- Muzlatgichlar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 03 Iyul 2013, 16:37:57
Abdulhafiz, bu yerda asosan sovutgich+muzlatgich holida sotiladi bu jihozlar. Masalan meni sovutgichimni ustida muzlatadigan bo'lmasi bor, lekin u kamlik qilyabdi, shunga faqat muzlatib qoyadigan alohida moslama oldik.




Bu jihozni katta-kichikligi litr hisobida o'lchilar ekan. Masalan meni eski jihozimni sovutgich qismi 326 litr:





(http://s7.postimg.org/eeo2hrscr/10_51_thickbox.jpg) (http://postimage.org/)
windows 7 screen shot (http://postimage.org/app.php)


Muzlatib qoyadigan qismi esa 99 litr edi, shunga kamlik qildi. Bu esa ichki ko'rinishi:



(http://s23.postimg.org/5zd6w63hn/Vestel_BZP_XL3302_W_Buzdolabi_19995_2.jpg) (http://postimage.org/)
screenshot windows 7 (http://postimage.org/app.php)

Nom: Javob: Sovutgichlar emas- Muzlatgichlar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 03 Iyul 2013, 16:44:32
Bu orada Zaynab va Abdulhafizaka, jihozni nomi uchun rahmat:) Mavzuni nomini o'zgartirib qo'ydim:)


Ertaga nasib bo'lsa qaynonam bilan Turkcha manti, chuchvara qilib muzlatib qo'ymoqchimiz. Ramazon yaqinlashyabdi, vaqt ketkazmay yeguliklarimizni osongina tayyorlash maqsadida shunday usuldan qo'llanmoqchimiz.


Men ilgari shu kichkina muzlatadigan qismiga bulochkani pishirib, sovutib qo'ygandim, kerak bo'lgan paytda u yerdan olib duxovkada isitgandim, xuddi yangiday edi.


Zotan "shok" holda muzlatish sog'liq bilimlari tadqiqotchilari tarafidan tekshirilgan, sog'liqqa zararli bo'lmaganligi uchun bunday moslamalarni ishlab chiqarishga ruhsat berilgan va xalq tarafidan ommaviylashgan ekan.


Xatto yaqinda ilmiy kashfiyotlar bilan bogliq bir multikda (Eco evrika) ilk marotaba muzlatgichlarni qanday o'rtaga chiqqanligi bilan bogliq bolimni tomosha qilgandim:)
Nom: Javob: Sovutgichlar emas- Muzlatgichlar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 03 Iyul 2013, 16:57:10
Yeguliklarni muzlatgichda saqlashni ham o'ziga xos usullari, qoidalari bor. Agar biz bu qoidalarga diqqat etmazsak, yeguliklar muzlatgichda turli xil bakteriyalarni ko'paytirishi, vitaminlari yo'q bo'lishi mumkin.


Mana bu videoda shu haqda ma'lumot berilmoqda:


http://www.uzmantv.com/derin-dondurucuda-hangi-sebzeleri-saklayabiliriz (http://www.uzmantv.com/derin-dondurucuda-hangi-sebzeleri-saklayabiliriz)


Avvalo meva-sabzavotlarni tanlashga jiddiy e'tibor berishimiz kerak: ular chirimagan, ezilmagan bolishi shart. Ularni yaxshilab ajratgandan keyin, mo'l suvda qayta-qayta yuvishimiz kerak.


Meva va sabzavotlarni saqlash usullari turlicha:


Ularni yuvib, suvini toza sochiq bilan quritib bo'lgandan keyin shundayligicha tselofan paketlarga solib, shundayligicha muzlatishimiz mumkin;


Biroz (har bir sabzavotni qaynatish muddati har xil, uni ham vaqti bilan yozib boraman inshalloh) qaynatib, sovuq suvda ushlab turgandan keyin muzlatish;


Meva-sabzavotlarni qanday usulda ishlatishimizga qarab ham saqlaymiz, masalan o'rikdan kompot qilish uchun butun holida saqlashimiz mumkin, yoki djem qilmoqchi bo'lsak o'rikni yuvib, maydalab, shakar qoshgan holda muzlatishimiz mumkin.



Nom: Javob: Sovutgichlar emas- Muzlatgichlar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Хадича 03 Iyul 2013, 17:50:26
Assalamu alaykum.
Mavzu muborak bo'lsin Ansora opa.
To'g'risi muzlatkich o'zi alohida ishlab chiqarilayotgani va butun boshli holodilnikdek keladigan muzlatkich borligi haqida hali bilmagandim. :)
Rahmat.

Yaxshi kunlaringizga xizmat qilsin...

Bizgayam nasib qilsin. Havasim keldi. Chindan ham juda qulay ekan. Ichi keng ekan.bizni muzlatkich go'sht bilan to'lib qoladi,mevalarni muzlatishga joyi yetmay qoladi.
InshaAlloh nasib qilsin.

Yana nimalar muzlatish mumkinligi haqida hamda qanday ishlatish va boshqa maslahatlarni kutib qolamiz.
Charchamang...
 
Nom: Javob: Sovutgichlar emas- Muzlatgichlar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Abdulhafizaka 03 Iyul 2013, 20:51:36
хозирда ошхона жихозлари ичида салафан пакетдан хавони суриб ташлайдиган вакуум курилмалари хам сотувга чикган.
 (http://t0.gstatic.com/images?q=tbn:ANd9GcQhKcPygeXmt2xWEYbixzS-ev9ZG3_BZ2sa0IHPsP_LIkdyQWhxyjz8LQ)
Nom: Javob: Sovutgichlar emas- Muzlatgichlar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Muxsiya 03 Iyul 2013, 22:24:07
Muzlatkichni bunaqa xususiyatlari borligidan bexabar faqat go'wt saqlawda foydalanar edim. Bu muzlatkich qande iwlaydi ichini obdon to'ldirgach qiwgacha ochme tokka ulangancha iwlab turoradimi to'g'risi judayam katta ekan kompot qiliwgayam hojat yo'q yilda 12 oy tabiy mevalarni yeb yuraveriladi
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 04 Iyul 2013, 00:03:35
Valaykum assalom Xadichaxon, Alloh rozi bolsin, sizlargayam nasib qilsin. Ozbekistonda qishda sabzavot va mevalar kamayib, narxi osmonga chiqib ketishini nazarda tutsak bu tip muzlatgichlar Ozbek xonadonlari uchun judayam kerakli.


Men 3 haftacha oldin uzum bargi joyladim sovutgichimni muzlatgich qismiga, zotan osha kuni qaror bergandim muzlatgich olishga, chunki ancha joy kamaygandi.


Barglarning eng sifatlilarini (yirtilmagan, ezilmagan) tanlab, yuvdim qayta qayta, chunki ustida oltingugurt bor edi, avval suvga boktirib qoydim barglarni, keyin yuvdim, ohiri suvini suzilishini kutdim, bir safarda ishlatiladigan qilib tselofanlarga soldim, havosini chiqarib ustma ust tahladim muzlatgichga.


O'tgan yili ilk marotaba shu usuldan foydalangandim, barglarni yumshoqligidanmi, yoki muzlatilgan holda yumshaganidanmi bilmadim barglarim yumshoq va judayam mazali edi.


Odatda uzum bargini salamura- tuzli suvda saqlashadi, bu tuzli suvda turgan bargni menimcha umuman vitamini qolmaydi va qaytamiga buyraklarimizda tuz yigilishiga sabab boladi, deb oylab ilk marotaba muzlatgandim.
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 04 Iyul 2013, 00:09:41
Muxsiya, yuqorida men sovutgichimni rasmini qoydim, etibor bergan bolsangiz sovutgich va muzlatgich qismi alohida, eshiklari umuman ajratilgan yani. Sovutgich albatta kop ishlatiladi, muzlatgich esa kam. Shuning uchun eshigi kop ochilmaydi muzlatgichni.


Yangi olgan muzlatigichimni xohlagan paytim ochaman, lekin elektro energiya kop sarf qilmasin, bo'lmalarni muzlatib turadigan temirlari muzlab, qorga aylanmasligi uchun mumkin marotaba kam ochish tavsiya etiladi.


2013 yil muzlatgichlarda ham No frost- yani qorlanishga qarshi, uning oldini oladigan No frost muzlatgichlar ishlab chiqarila boshlanibdi. Muzlatishda uflab muzlatgani uchun qor- muz bolmas ekan. Lekin uni narxi ortalama 100-150 dollar qimmatroq va koproq energiya yoqqani uchun hozircha oddiy muzlatgich oldik.


Ozbekistondagi uyimizdagi sovutgichni markasi Yantar edi adashmasam, 25 yil boldiyov:) qutiday muzlatadigan bor, albatta uni eshigi alohida bolmaganligi sabab juda unaqa muzlatmasdi, asosan gosht qoyilardi bizdayam.


Lekin hozirgi yangi tip xolodilniklarda yuqorida aytganimday sovutgich+muzlatgich holida ishlab chiqarilmoqda.
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 04 Iyul 2013, 00:19:32
Turkiyada otgan yillargacha sandiq usuli, sandiqqa ohshab tepadan ochiladigan muzlatgichlar ishlab chiqarilar ekan, lekin ularni uy sharoitida ishlatish biroz qiyin bolganligi uchun yaqindan tortmali muzlatgichlar ishlab chiqarila boshlanibdi.


Sandiq tarzi muzlatgichlardagi noqulayliklar:


Yeguliklarni ustma ust qoyganimiz uchun olish va qaysi yegulikni qayerda ekanligini topishning qiyinlashishi;


Kop joy qoplashi;


Ustiga bolalarni chiqib olishi;


Sandiq tarzini ustiga ogir va issiq yuk qoyish ham mumkin emas ekan.



(http://s22.postimg.org/oqpv5y0f5/derin_dondurucu.jpg) (http://postimage.org/)
screen shots (http://postimage.org/app.php)
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 04 Iyul 2013, 00:20:48
Muzlatgichlarni yana bir turi: dastgoh ostiga qoyiladigan, ofis turi ekan:



(http://s16.postimg.org/ehioyi71h/indesit_tz_1_derin_dondurucu_fiyatlari_2012.jpg) (http://postimage.org/)
image (http://postimage.org/)
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 04 Iyul 2013, 00:22:31
Mana bu maqolalar ham sizlarga foydali boladi, degan umiddaman:


http://bolinet.com.ua/article/freezingfood.htm (http://bolinet.com.ua/article/freezingfood.htm)


http://glav-love.ru/articles/show/blast-freezer.html (http://glav-love.ru/articles/show/blast-freezer.html)
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 20 Avgust 2013, 16:05:11
2 oydan beri shu mavsumda pishayotgan sabzavot, mevalardan olib, muzlatdim ancha. Huzur ichida tanavvul qilish nasib bolsin.


Baqlajonni "karnıyarık" taomida ishlatish uchun avval yaxshilab yuvdim, pijama shaklida boshdan oyoq kesib chiqdim, tuzli suvga achchigi ketsin, qovurayotganda kam yog shimsin, deb 1 soatga yaqin solib qoydim. 1 soatdan keyin sochiq bilan quritib, yogda qovurib oldim va sovugandan keyin 1 martada ishlatadigan 5-6 donadan baqlajonni maxsus paketlarga solib, ogzini mahkam yopdim, havosini chiqarib, bogladim va muzlatgichga qoydim.
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 20 Avgust 2013, 16:28:35
Shaftolilarni yaxshi pishgan, lekin ezilmaganlaridan oldim. Yaxshilab yuvib, po'stini archdim, bo'laklarga bo'lib, maxsus paketlarga solib, ularniyam muzlatdim. Nasib bolsa qishda yo murabbo yoki sharbat qilarman:)
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Zumrad1995 20 Avgust 2013, 19:04:23
Ansora opa, uzrku,  uncha tushunmadim..((
Mevalarni muzlatgichda muzlatdim deb yozibsiz.. muzlagan mevalarni yeb bo`miydiyu..?
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 20 Avgust 2013, 23:17:02
Zumradxon, men ham bu yil oldim muzlatgichni:) orik qoyib, qotirib keyin olib yeb kordim:) mazasi men kutgandan yaxshi edi. Bu biz bilgan muzlashga ohshamaydi:)


Koramizda yana, men asosan kompot va djem qilarman va piroglarda ishlatarman, deb saqladim.

Mevalarim: shaftolini yuqorida yozganimday bolaklarga bolib qoydim. Olcha, gilos va olxo'rini tozalab yuvib, quritib paketlarga soldim.

(http://s7.postimg.org/icyd925ij/DSC08643.jpg) (http://postimage.org/)
çoklu resim upload (http://postimage.org/index.php?lang=turkish)
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 20 Avgust 2013, 23:24:21
Bulgorini ichini tozalab, quritib paketlarga soldim, ularni paketdan chiqarib, hali erimasdan dolma qilsam bolar ekan:


Yana fasol bor. Fasolni yuvib, mayda bolaklarga boldim. 2 kg-ga 1 kg pomidorni qirgichdan otkazib qozonda 15 daqiqa qadar qovurdim, biroz rangi sargayguncha. Keyin sovushini kutdim, biror ovqatlik paketlarga soldim. Kerak bolganda togridan qozonga solaman, asta sekin muzi eriydi.



(http://s16.postimg.org/ojzybxk8l/DSC08644.jpg) (http://postimage.org/)
yükle resim (http://postimage.org/index.php?lang=turkish)
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 20 Avgust 2013, 23:26:23
Bular esa yaxshilab yuzilgandan keyin tortburchak togralgan pomidorlar. Ovqatda tomat orniga pomidor ishlatish uchun muzlatdim. Ularni ham kerak bolganda nimadan keyin qovuradigan bolsam togridan qozonga solaman, 2-3 daqiqa ichida pomidorlar eriydi.



(http://s24.postimg.org/442kuq3bp/DSC08645.jpg) (http://postimage.org/)
resim yükleme servisi (http://postimage.org/index.php?lang=turkish)
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Zumrad1995 21 Avgust 2013, 13:26:52
Ansora opa sal tushungandayman))
Menimcha maxsus muzlatgich haqida aytyapsiz..
Rasmi yöqmi)
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Mo'min Mirzo 21 Avgust 2013, 20:07:46
Zumrad unday muzlatishni o'zimizda ham ko'p qilishadi. Ko'chada turli xil muzqaymoqlar solingan muzlatgich yaxshi saqlaydi, lekin ularga tok ko'p ketadi.
Masalan gilosni saqlashadi. Mahsus selofan paketga qo'qon gilos(qattiqlari, yangi, ezilmagan, chirimagan, cho'pi olinmaganlar)dan solib, paket og'zini mahkam yopib muzlatgichga solinadi. Qishda buni muzlatgichdan olib iste'mol qilsa bo'ladi, mazasi biroz o'zgarsa ham ancha shirin.
Nom: Javob: Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.
Yuborildi: Ansora 22 Avgust 2013, 15:17:36
Zumradxon, mavzuni boshida rasmini qoyganman.