forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 08 Sentyabr 2013, 15:40:37

Nom: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: AbdulAziz 08 Sentyabr 2013, 15:40:37
Assalomu alaykum!
Ko'pchilik muxlislarning talablariga binoan Android uchun tayyorlangan ilk kitobni saytga joylashtirdim:
http://ziyouz.com/books/android/o%27tkan_kunlar_www.ziyouz.com.apk
Bir ko'ringlar-chi, qanday kamchiliklari bor?

PS. O'zimda android moslama bo'lmagani uchun uni faqatgina PCda ko'ra oldim xolos.
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: azizbek_mx 08 Sentyabr 2013, 16:25:12
Umuman, yomon emas, o'qishga qulay, tez ishlayapti. Har holda, java versiyasidan anchagina qulay. "Sahifalarga o'tish" degan buyrug'ini "qidirish" deb o'zgartirilsa bo'larkan, men uni saxifa raqami deb o'ylabman. Keyin, qidiruv maydonchasida so'z yozilib, "Enter" bosilishi bilan qidiradigan qilish mumkinmi? Bosganda yangi qator ochilyapti.
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: Mo'min Mirzo 08 Sentyabr 2013, 17:14:26
Va alaykum assalom. Yaxshi o'ylabsiz, oddiy kitob va kompyuterni ko'chada olib yurish qiyin. Keyingi vaqtlarda kitoblarni asosan smartfonda o'qiyapman.

O'tgan kunlarni ishlatib ko'rdim. Islom.Uzchilar chiqargan "Muhsin", "Minhojul Qosidiyn", "Bulug' al-marom", "Ismul A'zam" kitoblarini o'quvchiga ancha qulay qilib tuzishgan. Mundarijasi boshidayoq keladi, fon rangi ko'zni toliqtirmaydi.
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2013, 11:20:43
Ayni kitobning lotin alifbosidagisini ham ushbu faylga birlashtirdim. Bir ko'ringlar-chi, normal ishlayaptimikan.
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2013, 23:14:50
(https://fbcdn-sphotos-a-a.akamaihd.net/hphotos-ak-frc1/p480x480/1000341_529241810496100_2126634585_n.png)

Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" asari to'lig'icha kirill va lotin alifbosida Android uchun tayyorlandi. Bir ko'ring-chi, yaxshi ishlayptimikan:
http://www.ziyouz.com/books/android/Saodat_asri_qissalari_www.ziyouz.com.apk
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: Mo'min Mirzo 10 Sentyabr 2013, 06:24:03
Ishlatib biroz o'qib ham ko'rdim.
Ayrim-ayrim joylarda grammatik xatolar bor. Bunisi hech narsamas, tushunib ketish oson.
Asosiy muammo. Dastur og'ir ishlayapti, 4 ta lotin va 4 ta kirilldagi kitobni qoyganingizgadir. Dasturdan bir necha sahifadan tezkorlik bilan o'tganda dastur o'chib qolyapti (prilojeniya ostanevleno). Huddi shunday muammo mundarijasida ham kuzatildi. Mundarijadagi 4 kirill va lotindagi birortasiga ham kirib bo'lmayapti, yuqorida aytganimday oshibka chiqdi
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: Donishmand 10 Sentyabr 2013, 09:48:28
Menda "O'tgan kunlar" aji-buji harflar bilan ochildi, yuklab bo'lmadi. "Saodat asri..." yuklandi-yu, ishlagisi kelmay, tashlab yuborayapti.
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2013, 13:03:10
"Saodat asri"ning avvalgi versiyasi sekin ishlayotganini aytishgandi. Hozir kitobni qismlarga bo'lib boshqattan tayyorlab serverga yuklab qo'ydim. Boshqattan o'rnatib olinglar.
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: Abdulhafizaka 10 Sentyabr 2013, 14:30:05
Ha rahmat bunisi ishladi
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2013, 17:41:16
Menda "O'tgan kunlar" aji-buji harflar bilan ochildi, yuklab bo'lmadi. "Saodat asri..." yuklandi-yu, ishlagisi kelmay, tashlab yuborayapti.

Zamon bilan hamnafas telefon ishlating :)

PS. Sochi yo'qning tepakalga aytganlaridan :)
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: Muxsiya 10 Sentyabr 2013, 18:10:28
Faqat androidlar emas bizni kamtarona Nokialar uchun ham kutoblar bormi java kitoblarni birortasiyam ochilmayapti
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: Donishmand 10 Sentyabr 2013, 20:49:21
Menda "O'tgan kunlar" aji-buji harflar bilan ochildi, yuklab bo'lmadi. "Saodat asri..." yuklandi-yu, ishlagisi kelmay, tashlab yuborayapti.

Zamon bilan hamnafas telefon ishlating :)

PS. Sochi yo'qning tepakalga aytganlaridan :)
Sizga ham odamlarning ko'zlarini kuydiradigan "uzun, qop-qora soch" nasib qilsin!
Ishladi.
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2013, 22:33:25
Faqat androidlar emas bizni kamtarona Nokialar uchun ham kutoblar bormi java kitoblarni birortasiyam ochilmayapti

 Ziyouz.com mobile kutubxonasi (java-kitoblar) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5726.0)
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: Shokir 10 Sentyabr 2013, 22:52:22
Endi sahifalari yahshi ochilyapdi
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: AbdulAziz 15 Sentyabr 2013, 10:42:24

Android kitoblarimizni Google Play Marketga ham joyladik.
Ular hozircha 10 ta.
Bir sinab ko'ringlar-chi.
https://play.google.com/store/apps/developer?id=Davronbek+Tojialiyev
Nom: Javob: Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona
Yuborildi: MUSLIM_uz 15 Sentyabr 2013, 13:33:28
manda zo'r ishlitti katta rahmat iktasiniyam ochti
androidla uchun ikta kitop bor holosmi?