forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: Abdulhafiz 18 Yanvar 2014, 12:44:13

Nom: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Abdulhafiz 18 Yanvar 2014, 12:44:13
:as:
Allohga cheksiz hamdu sanolar bo'lsin. Bir qizdan so'ng, Alloh o'g'il farzand ham berdi.
Alhamdulillah...
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: AbdulAziz 18 Yanvar 2014, 15:40:45
Alloh muborak qilsin!
Ota-onasining ko'zlarini quvontiradigan qori, olim va oqil farzand bo'lsin!
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Muxsiya 18 Yanvar 2014, 15:59:23
Muborak bo'lsin farzandingiz kamolini ko'rish nasib qilsin muhimi sog'-salomat bo'lsin
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Ummu Muslima 18 Yanvar 2014, 18:33:55

va aleykum assalom.
Muborak bo'lsin
Alloh chaqaloqni umri-rizqi bilan bahti bilan bergan bo'lsin Ilohim
yomon ko'z-nazardan asrasin.
Ota-Onasi yaqinlari bahtiga salomat kotta bo'lib,oilasi,Vataniga sodiq farzand bo'lsinlar.
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: BilmasOY 18 Yanvar 2014, 18:57:55
O'g'il farzand muborak!.. Rizqi umri bilan bergan bo'sin ilohim. Ota-onasiga, yurtiga, diniga xizmat qiladigan o'g'lon bo'lsin...
Ismlari nima ekan yangi mehmonni? :)
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Mahdiyah 18 Yanvar 2014, 19:45:54
Assalamu alaykum.
Alloh muborak qilsin.
Sog'lom yetuk inson bo'lsin.
Yaqinlarining faxri bo'lsin doimo.
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Sadulla 18 Yanvar 2014, 22:50:57
Assalomu alaykum

Yuqoridagi barcha tilaklarga qo'shilgan holda tabriklayman!Muborak bo'lsin!Umri bilan bergan bo'lsin!Ota-onasiga jannatda toj kiydiradigan farzand bo'lsin!
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Abdulhafizaka 19 Yanvar 2014, 11:57:12
Muborak bo'lsin, ota-onasiga, millati-vataniga hamda diynu- diyonatiga sodiq o'g'lon bo'lsin.

P.S.  2014 forum ahliga juda boshqacha keldimi birinci oydayoq ikkita hush xabar, bu yangi mezbonlarni oshi haqidagi hush habar qachon yangrarkin. (ochki taqgan smaylikni android sensoridan qo'yomadim)
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: NANO 20 Yanvar 2014, 02:04:42
Tekst kopy paste bup qoptiyu! :D


Umri bilan bergan bo'lsin!
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Aqoid 21 Yanvar 2014, 08:20:26
Muborak bo'lsin! Oramizga yangi qo'shilgan musulmon birodarimiz barchamizga muborak bo'lsin!
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: IRFON-2012 21 Yanvar 2014, 14:21:46
Forumdosh akamizni o'g'il farzand ko'rganlari bilan tabriklayman! Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin Marg'iloniy, Imom Buxoriy, Jaloliddin Rumiy, Bahouddin Naqshbandiy kabi buyuk allomayu ahli tariqat pirlarini ilm-ma'rifatlaridan, fayzlaridan bahramand bo'lib voyaga yetsin! Qiyomatda shafoatchi valiyyullohlar safida bo'lsin!
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Abdulhafiz 21 Yanvar 2014, 21:57:59
O'g'il farzand muborak!.. Rizqi umri bilan bergan bo'sin ilohim. Ota-onasiga, yurtiga, diniga xizmat qiladigan o'g'lon bo'lsin...
Ismlari nima ekan yangi mehmonni? :)
Ismini Lutfulloh deb qo'ydik.
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Музаффар 24 Yanvar 2014, 04:17:33
Умри билан ва ризқи билан берган бўлсин! ота-онасини рози қиладиган солиҳ фарзанд бўлиб етишсин илойим...!
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Musannif Adham 25 Yanvar 2014, 01:06:35
Alloh muborak qilsin. Umriga, rizqiga baraka bersin. Ota-onasini rozi qiladigan, Islomga xizmat qiladigan solih farzand bo'lib voyaga yetsin.
Nom: Javob: Alloh o'g'il farzand berdi
Yuborildi: Habib 27 Yanvar 2014, 15:50:48
Assalamu Alaykum!

Farzand muborak bo'lsin! Dinu diyonati, umri va rizqi bilan bergan bo'lsin!
Solih-soliha farzandlar ko'payaversin!