forum.ziyouz.com

Maxsus bo'lim => Xorijiy bo'lim/Foreign board => Mavzu boshlandi: gani sher 13 Aprel 2014, 08:50:04

Nom: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: gani sher 13 Aprel 2014, 08:50:04
Salom hammaga,
Kimdir chet elda o'qish istagi bo'lsa, xujjatlarda, imtixonlarda noaniqliklar sezsa, savollarga javob berishim mumkin. O'zim magistraturani, doktoranturani chet elda o'qiganman, grant bilan.
Men hech qanaqa firma xodimi emasman, hech qanday hujjat yoki viza qilib bera olmayman. Faqatgina universitetlarga hujjat topshirish, va grant topish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatishim mumkin. Shunda ham tilni yaxshi bilishingiz, o'z sohangizda yetarlicha bilimga ega bo'lishingiz talab qilinadi.
Savollarni shu forumda yozib qoldiring, shu yerda javob qaytaraman, shahsiy emailimga yozmasligingizni so'rayman.
Hurmat bilan,
AbdulG'ani
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: Otabek.Matqulov 16 Aprel 2014, 03:42:57
Yo'nalishim "axborot tehnologiyalari' ehtmol harakat qilsam IELTS dan 6 yoki undan sal ortiqroq bal ham olishim mumkindir (2 yil oldin 5.5 olgandim). Oilaliman, farzandlarim ham bor. Ularni qoldirib o'zim o'qishga ketishga ko'zim qiymaydi. Yoshim 31 da. Mening holatimga qanday maslahat berasiz?
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: gani sher 16 Aprel 2014, 05:39:21
Salom,
Siz magistraturada o'qish bo'yicha so'rayabsiz shekilli, to'g'rimi? (Yoshingizni hisobga olganda).
Agar shunday bo'lsa, o'zingiz ta'kidlagandek, ingliz tilini yaxshi bilsangiz, Amerikaga va ba'zi Yevropa davlatlariga magistraturaga o'qishga harakat qilsangiz bo'ladi. Agar doktoranturaga bo'lsa ham.
Doktoranturada grant topish osonroq, aniqrog'i, PhD programmalarni ko'pchiligi ish va oylik bilan ta'minlaydi. Doktoranturaga kirish ham nisbatan osonroq (magistraturaga nisbatan). O'z sohangizni bilishingiz albatta shart.
Magistraturada grant topish uchun asosiy mezonlardan biri ingliz tilini mukammal bilish. Sizni sohangiz juda muhim va bozori-chaqqon soha. O'zingizga mos programma topishingiz oson bo'lsa kerak. Agar ish tajribangiz bo'lsa, qabul qilinish va grant topish ehtimolingiz yanada oshadi. Undan tashqari, rivojlanayotgan davlatlardan borgan talabalar uchun alohida grantlar bor. Siz aniqroq savol so'rasangiz, ularni ham imkon qadar yoritib beraman.
Oilangizga viza masalasiga kelsak, men oldin eslatib o'tganimdek, viza jarayonlariga umuman aloqam yo'q. Men viza qilib bera olmayman, va kimga viza berilishi yoki berilmasligini ham aniq ayta olmayman. Mendan chet elda o'qish masalasida, qabul komissiyasidagi jarajonlar, qabul qilinish imkoniyatlari, grantlar topish bo'yicha savol so'rasangiz, javob berishim mumkin.
Bir narsani aniq aytishim mumkin: If there is a will, there is a way.
Sizga omad.
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: Otabek.Matqulov 16 Aprel 2014, 07:55:19
Saudiyaning "King Abdullah University of Science and Technology" hamda JICE Sholarshiplari oilali talabalarga oilasini olib borishda va ularni zaruriy ehtiyojlar bilan ta'minlashlariga yordam berishlari to'g'risida o'qigandim "King Abdullah University of Science and Technology" ni talablari juda ham katta ekan, Men ishlab turgan joy esa JICE ni ro'yhatida yo'q. Menga qaysi scholarshipni tavsiya eta olasiz?
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: gani sher 16 Aprel 2014, 09:44:45
1) Sohangizni aniqroq qilib ayting. Axborot texnologiyalari - bu ancha keng tarmoqli tushuncha. Undan tashqari, magistraturami, yo doktoranturami?
2) JICE yaxshi variant, sal qiyinroq. Agar ish malakangiz davomiyligi, va ish joyini o'ziga hosligi bo'lmasa, qabul komissiyasidan o'tish qiyinroq kechadi.
3) Avval scholarship qidirib, keyin o'quv programmasi topilsa yaxshi, lekin ancha qiyin masala. Maslaxatim, oldin o'qish joyini toping, scholarshipni keyin izlang. Sababi, ko'p universitetlarni o'z grantlari bor. Shu mamlakatga borib, o'qishni boshlab olishingizga yetadigan darajada. Borgandan keyin universitetda ish topsa bo'ladi (ko'p xollarda).
4) O'z sohangizda aynan nimaga qiziqasiz? Aynan nimani o'rganmoqchisiz yoki nima ustida ilmiy ish qilmoqchisiz? Asosiy maqsad chet el bo'lmasin. Qandaydir shaysiy rejangizni oshirish uchun harakatingizda chet el vosita bo'lsin.
O'qishga kirish va grant topish bo'yicha ba'zi bir mulohazalarim:
1) O'z qiziqadigan mavzuingiz bo'yicha biroz ma'lumot to'plang, shu mavzu qaysi chet el universitetlarida yaxshiroq o'rganilishini aniqlang (google orqali). 5-6ta sizni mavzuingizga mos keladigan o'qish joyi topganingizdan keyin, ulardagi izlanishlar haqida ma'lumot to'plang va biroz tanishib chiqing. Keyin shu izlanishlarni olib borayotgan professorlarga bog'laning (email orqali). Kimligingizni, o'z qiziqishlaringizni, nimalar qilishni istashingizni yozasiz. Barcha professorlar bir xil javob beradi deyolmayman. Lekin birontasini sizni mavzuingiz qiziqtirsa, o'qishga qabul qilinishingizga ham, grant olishingizga ham yordam bera oladi. Sizga qiziqishi uchun yetarlicha bilimga ega ekanligingizni ko'rsatishingiz kerak yozgan xatingizda. (Masalan, mavzuingiz bo'yicha qilingan 1-2 ishni sal chuqurroq analiz qilish). Asosiy mezon sizni o'ta aqlli bo'lishingiz emas, balki professorni ilmiy qiziqishi, mavzui siznikiga mos kelishi. Bu narsani Universitet website i orqali professorni CV sini ko'rib bilsa bo'ladi.
Ko'pchilik universitetlarda professor yonida ishlashingiz mumkin (Teaching Assistant yoki Graduate Assistant bo'lib). Ayniqsa, AQSHda.
2) Grantlar odatda sizni o'qishingiz pulini, hamda sizga oylik stipendiyani to'laydi. Lekin ko'pchilik xollarda avval o'qishga qabul qilingan bo'lishingizni talab qiladi. Ko'p grantga hujjat topshirishda Acceptance Letter so'rashadi. Agar yaxshi o'qish joyiga qabul qilingan bo'lsangiz, grant olish imkoningiz yuqoriroq bo'ladi. Lekin birinchi qadam grant izlash emas, o'qish joyi topish.
3) Talab yuqori ekan deb hafsalani pir qilmang. Grantlar va universitetlar yuqori talab bilan kuchli potensiyal kadrlarni topishga harakat qilishi to'g'ri, lekin doim kuchli talabalar bo'ladi degan fikr nato'g'ri. Undan tashqari, siz o'zingizga yetarlicha baho bermayabsiz. Balkim, siz kuchliroqdirsiz. 
4) Agar subspecialty & research topic (oddiy qilib aytganda qiziqqan mavzuingiz)ni bilsam, balki yana qo'shimcha qilarman.
5) Chet elda talaba bo'lib, oilasi bilan yashayotganlar talaygina. Biroq vizani olish jarayoni oson-qiyinligini bilmayman.
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: Otabek.Matqulov 16 Aprel 2014, 20:27:01
1) Bakalavrlik darajasini - "Axborot va axborot texhnologiyalari" yo'nalishida o'qib olganman.
Magistraturada yo'nalishim "Boshqarish va ahborotni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlari" bo'lgan.

2) JICE ohirgi bir necha yildan beri ro'yhat e'lon qilib, o'sha royhatdan tashqari joy hodimlarini talabalikka qabul qilmayapti. Mening ish joyim esa ularning ro'yhatida yo'q.

3) Rahmat, tushunarli.

4) Men dasturlashga qiziqaman. Ayniqsa Java da dasturlashga. Aslida dasturlash ham katta soha, dasturlashda men qiziqqan soha database programming. Yana database administration ga ham qiziqaman.

Mulohazalaringiz uchun rahmat. :)
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: gani sher 17 Aprel 2014, 06:48:54
Magistraturani bitirgan bo'lsangiz, demak, doktoranturaga harakat qilmoqchisiz, to'g'rimi?
Unda grant izlashingizni hojati yo'q, sababi, ko'pchilik universitetlarda PhD uchun funding bo'ladi. Undan tashqari, magistraturaga kirishga nisbatan osonroq.
PhD o'qishingizni maslaxat beraman, sababi 1) bitirganda ish topish imkoni ko'p; 2) oilangiz bilan viza bemalol olishingiz mumkin; 3) o'qish davomida oladigan stipendiya bemalol yetadi (oilangizga).
Qanday hujjatlar qilinishi, qaysilari muhimligini, qachon qilinishini, qay tartibda qilinishini ham yozishim mumkin (agar sizga foydasi tegadigan bo'lsa).

Eng muhimi: (Oldin yozganimni yana qaytaraman, PhD uchun juda muhim)
 O'z qiziqadigan mavzuingiz bo'yicha biroz ma'lumot to'plang, shu mavzu qaysi chet el universitetlarida yaxshiroq o'rganilishini aniqlang (google orqali). 5-6ta sizni mavzuingizga mos keladigan o'qish joyi topganingizdan keyin, ulardagi izlanishlar haqida ma'lumot to'plang va biroz tanishib chiqing. Keyin shu izlanishlarni olib borayotgan professorlarga bog'laning (email orqali). Kimligingizni, o'z qiziqishlaringizni, nimalar qilishni istashingizni yozasiz. Barcha professorlar bir xil javob beradi deyolmayman. Lekin birontasini sizni mavzuingiz qiziqtirsa, o'qishga qabul qilinishingizga ham, grant olishingizga ham yordam bera oladi. Sizga qiziqishi uchun yetarlicha bilimga ega ekanligingizni ko'rsatishingiz kerak yozgan xatingizda. (Masalan, mavzuingiz bo'yicha qilingan 1-2 ishni sal chuqurroq analiz qilish). Asosiy mezon sizni o'ta aqlli bo'lishingiz emas, balki professorni ilmiy qiziqishi, mavzui siznikiga mos kelishi. Bu narsani Universitet website i orqali professorni CV sini ko'rib bilsa bo'ladi.
Ko'pchilik universitetlarda professor yonida ishlashingiz mumkin (Teaching Assistant yoki Graduate Assistant bo'lib). Ayniqsa, AQSHda.
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: Otabek.Matqulov 19 Aprel 2014, 08:20:24
Qanday hujjatlar qilinishi, qaysilari muhimligini, qachon qilinishini, qay tartibda qilinishini ham yozishim mumkin (agar sizga foydasi tegadigan bo'lsa).

Iltimos, shularni ham yozsangiz...
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: gani sher 22 Aprel 2014, 11:41:42
Uzr, ish ko'p bo'lib, vaqtida javob bera olmadim.
1) PhD uchun talab qilinadigan hujjatlar: TOEFL, GRE (agar AQSHga bolsa), resume, personal statement (SOP - Statement of Purpose), 2-3 Recommendation letters, article (agar bo'lsa), Diplom va ilova nushalari (agar diplom faqat o'zbek tilida yozilgan bo'lsa, notariusdan tarjima qildirib olish kerak, ilova bilan birga).
Eng muhimlari - SOP, ikkinchi o'rinda Resume. Keyingi navbatlarda Rec. letter, GRE, TOEFL. Agar SOP yaxshi yozilgan bo'lsa, qolganlari o'rtacha bo'lsa ham, qabul qilinish imkoningiz yuqori bo'ladi.
2) Odatda, qabul dekabrda boshlanadi, fevralgacha, lekin ba'zi universitetlar aprelgacha hujjat qabul qiladi. Shunda javobi taxminan aprel - may oylarida chiqadi.
3) Dekabrda bo'ladigan qabulga taxminan sentyabrlarda harakat qilib boshlash kerak. Imtixonlardan o'tish (TOEFL, GRE), keyin programmalar bilib qiziqib boshlash, hamda professorlar bilan bog'lanish kerak. Shunda programmalar haqida, ulardagi professorlar haqida, olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida tushunchaga dekabrgacha ega bo'lasiz.
4) Universitetlarga hujjat topshirish uchun application fee to'lashingizni hisobga olsak, ko'p universitetlarga topshirish biroz qimmatga tushadi (application fee o'rtacha 50-60$). Lekin application fee to'lashdan oldin, Graduate School ga email da xat yozib, iqtisodiy sharoitingizni tushuntirsangiz, ko'pchilik universitetlarda application fee bekor qilinadi (waive). Shunda hujjat topshirishga ortiqcha harajat qilmagan bo'lasiz.
5) Universitetlarni talabi biroz yuqori ko'rsatiladi, lekin tushkunlikka tushmaslik kerak. Ba'zi bir talablarini bekor qilish mumkin. Buning uchun avval Graduate Schoolga, agar ular xal qilolmasa, o'zingiz kirmoqchi bo'lgan Department Chair ga, yoki Admission Committee Chair ga email orqali bog'laning. Talab qilsangiz, talabingiz 99% xollarda qondiriladi.
6) Universitetlarga hujjat qilganda, kirish ehtimolini oshirish uchun, oddiy - o'rtacha - yuqori universitetlarga hujjat topshiring. Universitetlar reytingini bilish qiyin emas, Google orqali bilsa bo'ladi.
7) Programmalar bilan tanishayotganingizda (hujjat topshirishdan oldin), ularda funding bor-yo'qligiga ham e'tibor bering. Ko'pchilik universitetlarda funding bo'ladi, lekin ba'zi birlari faqat o'z fuqarolariga yordam qilishi mumkin.
8) Bu maslaxatlar Canada, US, New Zealand, Australia, va ko'pchilik Yevropa Ittifoqi davlatlariga mos keladi. Canada, New Zealand, va Australia davlatlariga topshirganda, yuqorida yozganlarimga oldingi javoblarimni qo'shing (hujjat topshirishdan oldin professor bilan bog'lanish haqida, sababi ularda professor sizni ma'qul ko'rsa, bu narsa sizni qabul qilinganingizni bildiradi, qabul komissiyasi esa shunchaki nomiga ishlaydi).
Sizga omad.
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: Qumri 17 Avgust 2014, 21:24:06
Assalomu alaykum, men bu saytga bugundan a`zo bo'ldim. men chet elda o`qishni juda ham xoxlayman. eshitishimcha, internetdan test orqali chet elga borib o`qish ham mumkin ekan. shu haqida ma`lumot bera olasizmi? iltimos javobingizni kutaman. oldindan rahmat!
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: gani sher 18 Avgust 2014, 10:02:59
Vaalaykum.
Savolni sal tushunolmadim.
"Internetdan test orqali chet elga borib o'qish" deganda nimani nazarda tutgansiz? TOEFL yoki IELTS testinimi? Chet elda o'qish uchun hujjatlarni asosiy qismi internet orqali qilinishi to'g'ri.
Savolga aniqlik kiritsangiz, bemalol javob beraman.
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: Абдурроҳман 18 Avgust 2014, 19:28:09
AQSH ning Maharishi universitetida. Magistraturada "Computer Science" yo'nalishida o'qishga borish uchun telefon orqali suhbatdan o'tib, keyin internet orqali imtihon topshirib ketish mumkinligidan habarim bor. Lekin avval, ushbu havolada (http://islom.uz/savollar/smf/index.php?topic=32154.0) keltirilgan, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlariga berilgan savolning javobini ham bir ko'rib qo'yishingizni tavsiya etaman.
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: mirshod123 10 Noyabr 2014, 11:21:18
Salom
meni Ismim Mirshod Men 18 yoshda Tibbiyot Institugiga kirmoqchi man bilasiz u uchun biologiya kimyo fanlarni chuqur o'zlashtirish zarur, menga yordam berishizni iltimos qilib qolaman , Men chet elda o'qishni xoxlayman lekin ingliz tilidan chuqur bilimga ega emasman chunki ko'p vaqtimni kimyo va bilologiya uchun ajratganman , bu fanlar bo'yicha yaxshi mutaxasis bo'lganman iltimos menga yordam bersangiz , Qanday yo'l tutay , chet elda o'qish uchun, Men hozir Akademik litseyda 3 kurs talabasiman , iltimos yordamingizni ayamang , Oldindan sizga raxmat!!!
 :) :)
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: gani sher 15 Noyabr 2014, 03:51:36
Salom,
Adashmasam, chet elda Tibbiyot bo'yicha o'qimoqchisiz, shundaymi?
AQSH dagi qabul jarayoni haqida ozroq ma'lumot berishim mumkin.

Steps to enter a medical school

Complete undergraduate science requirements (bakalavr diplomi bo'lishi kerak, bakalavrni chet elda o'qilgani ma'qul, asosan biologiya yoki kimyo fanlari bo'yicha o'qiladi, lekin boshqa sohalarda ham o'qib, tibbiyotga topshirish mumkin)
Get volunteer/work experience in health-related fields (sog'likka aloqali bolgan joyda volunteer bolish yoki ishlash)
Consider a broad pre-med course selection (bakalavr vaqtida tibbiyotga aloqali kurslarda o'qish)
Prepare for the MCAT (MCAT imtixonini yaxshi topshirish, buni bakalavr bitganidan keyin yoki bakalavrlik davrida qilsa bo'ladi)
Take the MCAT exam
Submit transcripts and application materials. Before you begin, get familiar with the process of applying to medical school.
Monitor application completion/distribution
Interview if invited.

Hozir sizga eng muhimi bakalavrni bitirishingiz kerak. Toshkentda bakalavr uchun chet elga o'qishga tayyorlaydigan, yuboradigan qonuniy firmalar bor. Shularga borib, maslaxat olish mumkin.
Undergraduate Degree
You'll need to attend college before you can apply to medical school. Many schools offer a pre-med degree that provides you with a strong background in biology, physiology and chemistry. You'll need to complete classes in anatomy, biology, physiology and chemistry. A high GPA and strong professor recommendations play a major role in your ability to be accepted to a medical school.

Ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, unda balkim oldin Language Course olishingizga to'g'ri kelar.
Omad sizga.
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: Sherzamin 27 Noyabr 2014, 20:53:57
Avvalombor assalomu alaykum yoshim 18da Koreyaga o'qishga borish u.n nimalar qilishim k.k koreys tilini o'rganishni endi boshladim tog'risi shu yoshgacha yo'nalishim topishga qiynaldim oxiri shu variantga keldim qiziqgan yo'nalishim psihalogiya va iqtisodiyot lekin psihalogiya bo'yicha ketishga ko'zim yetmayapti yordam u.n oldindan rahmat!!!
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: Sherzamin 27 Noyabr 2014, 21:03:51
Assalomu alaykum yoshim 18da Koreyaga o'qishga borish u.n nimalar qilishim k.k yonalishimi topishga qiynaldim shu sabab kareys tilini o'rganishni endi boshladim qaysi yonalish boyicha ketganim ma'qul yordam u. oldindan rahmat!!!!
 
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: mirshod123 17 Dekabr 2014, 08:41:12
Salom yaxshimisiz, kirib kelayotgan yangi yiulingiz bilan , Yana bir savolim bor edi, menda unaqa chet elda o'qish uchun yirik yirik pul miqdori yo'q , lekin qanday garnt bilan o'qishim mumkin, siz hozir meni qanchalik xoxlayatganimni tasavur qilmayapsiz ,iltimos yordam berivoring iltimos!iltimos!, oldindan raxmat
Nom: Javob: Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman
Yuborildi: KTL Yuridik idorasi 18 Dekabr 2014, 12:59:36
Assalomu alaykum!
Bizning "KTL" yuridik idoramizga tashrif buyurganingizdan bag'oyat xursandmiz.
KTL yuridik idorasi 20 yil davomida Janubiy Koreada yuridik xizmatlarni amalga oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda Janubiy Koreada istiqomat qiluvchi O'zbekiston fuqarolariga viza xizmati, shaxsiy muammolar(ajrashish,merosni bo'lish, aliment to'lovi va boshqalar), jinoiy qidiruv ishlari, ish vaqtida yoki avtohalokatb natijasida jabr ko'rgan shaxslarga jarima to'lovi undirish borasida o'z yuridik xizmatlarini taklif qiladi.
Hozirgi kunga kelib Koreada o'qish istagidagi yoshlarimiz orasida hech qanday aniq ma'lumotlarsiz o'zlari har qanday o'quv dargohlarini izlab yoki firibgarlarning tavsiyasi bilan yaxshi o'qitilmaydigan o'qishga borib qimmat narx evaziga yetarlicha bilimga ega bo'lmaslik bilan birga sifatsiz o'quv dargohlari tufayli vizani cho'zdirish yoki o'zgartirish yoxud o'qishni bitira olmaslik kabi muammolar tez tez uchrab turibdi.
KTL yuridik xizmat idorasi mana shunday zarar ko'rayotgan o'zbeklar sonini kamayishini istagan holda chet elda o'qish istagida bo'lgan o'quvchilar hamda ularning ota-onalari uchun sifatli o'quv dargohlariga yuborish kabi xizmatlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek Koreaga kelayotganda viza bilan bog'liq muammolar va yuridik muammolarni hal qilishda yordam beradi

Viza va ma’lumotlar borasida yanada aniqroq tanishishni istagan shaxslar bizning idoramizga murojaat qilishingiz yoki tashrif buyurishingiz mumkin. 
Telefon : 02-3478-8500 FAX : 02-537- 7485
Manzil : Seul shahri, Socho’gu 1575-2 Soryong binosi 6- qavat
Facebook: https://www.facebook.com/pages/KTL-Yuridik-Xizmat-Idorasi/489845701117958