forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 15:58:41

Nom: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 15:58:41
Sarimsoqni suvda yoki o‘tda pishirib, turp urug‘iga qo‘shib yegan kishida buyrak toshidan asar ham qolmaydi. Xom sarimsoq esa xasta buyrakka zarar yetkazadi.

Siydigi tomchilab yuradigan kishi chigirtkani qovurib yesa, bu darddan omonda bo‘ladi.

Siydik yurishi sustlashsa, chilonjiyda yesangiz, siydik yo‘llarini tozalab, ravonlashtiradi.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 15:58:54
Siya olmasdan qiynalayotgan odam sarimsoq poyasini suvda qaynatib, beligacha shu suvga tushib o‘tirsa, albatta foyda beradi, inshaalloh.

Uyqusida siyib qo‘yadigan odam shakar, isiriqni yoqqa aralashtirib yesa, bu darddan forig‘ bo‘ladi.

Zulukni quritib, asal bilan aralashtirib yalansa, buyrakdagi toshlarni maydalaydi.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 15:59:17
Petrushka urug‘i, no‘xat va asaldan iste’mol qilib yurgan kishining qovug‘i mustahkam bo‘ladi.

O’n beshtacha katta zulukni yuvib, quritib, yigirma misqol tuyilgan chuvalchang bilan birga toza kunjut yog‘ida qaynatib, suv oqib kirishi natijasida shishib ketgan moyakka bir necha kuni isitib surkalsa, bu illatni batamom yo‘qotadi.

Buyrakda agar tosh bo‘lsa, igna sanchilgani kabi qiynasa, temirtikan suvini tok kuli bilan aralashtirib nahorda ichilsa, albatta shifo bo‘ladi.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 15:59:35
Buyrak bodidan aziyat chekkan odam tuz yoki kepak qizdirib bossa, xastalikdan qutiladi.

Oshqovoqdan olingan sharbat buyrak xastaliklariga davodir.

No‘xat suvi, turp yaprog‘ining suvi, turpning ingichka va so‘limagani buyrakdagi tosh va chiqitlarni haydab tushirishda eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 15:59:56
Chumchuq go‘shti va chayonning kuli buyrak va qovuqdagi toshni tushiradi.

Maymunjon va beda ildizlari, gulxayri urug‘i, olcha mevasi, do‘lana yelimi buyrakdagi toshni maydalab chiqaradi.

Xirsquloq yaprog‘ining 10 gr.ni suvda 15 daqiqa qaynatib, tindirib ichsangiz, buyrak kasalliklariga shifo bo‘ladi.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 16:00:21
Xina ildizi, tog‘ petrushkasi, yalpiz, erman, dasht bodringining urug‘i va ildizi, shirin ajriq ildizi ham buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalab haydaydi.

Har kuni 3 gr. qalampirmunchoqni choy yoki dog‘ suv bilan ichilsa, buyrakdagi sovuqlikni ketkizadi.

Sariq choy (dalachoy) o‘tini suvda qaynatib, tindirib ichsangiz, buyrak xastaliklaridan xalos bo‘lasiz.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 16:00:48
Sarimsoqni sirka bilan qo‘shib yeyilsa, buyrakdagi shishni daf qiladi.

Yong‘oq mag‘zi bilan asaldan murabbo tayyorlab yeb yurilsa, buyrakni semirtiradi.

Oq tut buyrak yog‘ini mustahkamlashda eng yaxshi davodir.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 16:02:14
Har kuni 2-3 gr. dan zig‘ir urug‘ini yanchib yeb yursangiz, buyrak yarasi va jarohatlaridan forig‘ bo‘lasiz.

Uzumning yangi sharbati buyrakdagi toshlarni yo‘qotishda foyda beradi.

Sigir suti, gurunch va yong‘oq mag‘zidan pishirilgan shirgurunch buyrak va badanni semirtiradi.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 16:02:42
Urug‘i olingan mayiz, baliq kabob, mosh buyrak xastaliklariga davodir.

Achchiq bodom mevasi va ildizi, shirin bodomning shakar solib tayyorlangan murabbosi, shirin pishgan qovun buyrakni turli xastaliklardan xalos qiladi.

Pishgan uzumni po‘sti va urug‘idan tozalab yeb yurilsa, buyrak yog‘ini ko‘paytiradi.
Nom: Re: Buyrak xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 25 Oktyabr 2006, 16:02:58
Zig‘ir urug‘ining qaynatmasini kuniga besh-olti martadan ikki hafta mobaynida ichish buyrak toshlariga davodir.

Kuniga 7-8 gramm yalpizni ezib, shakar va asal aralashtirib ichilsa, zaiflashgan buyrakka shifo bo‘ladi.