forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:43:35
-
To‘qson gramm bargizub suvini iste’mol qilish bilan burundan oqayotgan qonni to‘xtatish mumkin.
Mo‘miyoni suvda ivitib burunga tomizilsa, qon to‘xtaydi.
Qog‘ozni kuydirib naycha orqali kulini burunga yuborilsa, qon ketishi to‘xtaydi.
-
Surmani peshona va boshning yarmiga qo‘yib bog‘lansa, burun qonini to‘xtatadi.
Tuxum po‘chog‘ini mayin maydalab burunga qo‘yilsa, undan kelayotgan qonni to‘xtatadi.
Burundan yoki boshqa joydan to‘xtamay qon oqaversa, lola suvidan surkasangiz, qon to‘xtaydi.
-
Agar burun qonashdan to‘xtamasa, kabutar bolasining qoni burunga tomizilsa, u batamom to‘xtaydi.
Agar burunga yara chiqib, undan qon va yiring oqsa, halila, za’faronni tovuq yog‘iga qo‘shib surkash yordam beradi.
-
Nodi siz aytganlarni shu zahoti amalga oshirish juda kiyin,chunki birinchi yordamni kancha sekin ko'rsatilsa shuncha ko'p kon ketishiga sabab bo'ladi.
1 chidan kamdan kam oilada kabutar bolasini koni,lola moyi,yana shunga o'hshash noyob narsalar bo'ladi, men sizga aytsam buni kulayrok yo'llari juda ko'p mas:
bemorni boshi yukoriga ko'tarilib,burnini tamponada kilinadi ya'ni pahtani yumalok kilib burun teshiklariga ko'yiladi,so'ngra peshona kismiga sovuk suv to'ldirilgan selafanli bolishcha ko'yiladi yoki sovuk suvga solingan doka ko'yiladi.
Menimcha bu jarayonni amalga oshirish yukoridagilardan ancha kulayrok.
-
Assalomu Alaykum, Kechirasiz man "Gaymorit" kasalligi haqida ma'lumot olmoqchi edim, Kerakli maslahatlar bera olsangiz hursand bo'lar edim.
-
Assalomu Alaykum, Kechirasiz man "Gaymorit" kasalligi haqida ma'lumot olmoqchi edim, Kerakli maslahatlar bera olsangiz hursand bo'lar edim.
Vaaleykum assalam bu kasallik haqidagi ayrim malumotlar mana bu yerda yozilgan.http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4830.15 (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4830.15)
-
Burundan qon ketganda tezda krapiva o'tidan choy damlab ichilsa yahshi yordan beradi, burundan qon ketishi to'htaydi.