forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:45:23
-
Quloq og‘riganda sigir peshobidan uch tomchi quloqqa tomizilsa, og‘riqni qoldiradi.
Quloq og‘rig‘ini qoldirish uchun echki o‘tini yanchib, quloq ichiga ohista surtish kerak.
Agar quloq safrodan og‘riyotgan bo‘lsa, unga ayol sutidan o‘n tomchi tomizilsa, inshaalloh, shifo bo‘ladi.
-
Quloqda qurt paydo bo‘lganida yalpiz bilan shaftoli bargini siqib, yotish oldidan suvini quloqqa tomizish kerak.
Aloeni mol yog‘iga qo‘shib iylab, qizdirgach, quloqqa quyilsa, og‘rig‘ini qoldiradi.
Bordi-yu quloq og‘rig‘i qattiq bezovta qilaversa, bir parcha go‘shtni o‘t ustiga kabobday qo‘yib, seli shu zahoti quloqqa tomizilsa, og‘rig‘i qoladi.
-
Agar quloqqa suv kirib ketsa, g‘oz yog‘ini tomizsangiz, suv qaytib chiqadi.
Quloqdagi suvni boshqa usul bilan ham yo‘qotsa bo‘ladi. Buning uchun qamish cho‘pini olib, bir uchi quloqqa tiqiladi, boshqa uchi olov ichiga tiqiladi, shunda darddan xalos bo‘lasiz.
Xardal (gorchitsa) suvi yoki yog‘idan quloqqa tomizganda og‘riqlardan xalos bo‘linadi.
-
Yong‘oq bargining suvini olib issiq holida quloqqa tomizilsa, og‘riqni qoldirib, ichidagi kirlarni chiqaradi.
Shaftoli mag‘zining yog‘ini iliq holida quloqqa yuborilsa, quloq og‘rig‘iga davo bo‘ladi.
Achchiq danakli o‘rik bargining suvini chiqarib quloqqa tomizsangiz, unga kirgan hasharotni chiqaradi va og‘riqni qoldiradi.
-
Kanakunjut (kamfora) moyidan bir-ikki tomchi quloqqa tomizilsa, og‘riqni yo‘qotib, quloqqa kirgan hasharotlarni o‘ldiradi.
Echki o‘tini ezib quloq ichiga ohista surilsa ham, og‘riqni qoldiradi.