forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:54:19
-
Tish zirqirab og‘riyotgan tomonga bargizubni ezib, suvidan bir necha tomchi tomizilsa, tezda tish og‘rig‘i barham topadi.
Tish lo‘qillab yoki simillab og‘riy boshlasa, marmarak, qirqbo‘g‘in, g‘ozpanja yoki bo‘ymadoron o‘tlarining birortasini qaynatib, iliq holida og‘iz chayqaladi yoki og‘riyotgan tish atrofida ushlab turiladi.
Semizo‘tning bargini chaynasangiz, tish milklaridan qon ketishini to‘xtatadi.
-
Yong‘oq ustidagi po‘stning bir bo‘lagini og‘riyotgan tishga qo‘ysangiz, og‘riq to‘xtaydi, milklar mustahkamlanadi.
Tish milklari bo‘shashib ketsa, har kecha qizilgul va anor gullarini ezib, milklarga oz-oz qo‘yib turing.
Oshqovoqning ham «go‘sht»idan olingan suvga limon suvidan aralashtirib, g‘arg‘ara qilinsa, tish og‘rig‘i tuzaladi.
-
Yong‘oq po‘sti, asal yoki uzum shirasidan tayyorlangan sharbat bilan og‘iz bo‘shlig‘i g‘arg‘ara qilinsa, tishning qimirlab qolish holatini tuzatadi.
Tishingizning o‘ng tomoni og‘risa, chap qo‘lingizning tomiriga, aksincha bo‘lsa, o‘ng qo‘lingizning tomiriga qirg‘ichdan o‘tkazilgan sarimsoqni bog‘lang, shunda iztirobli darddan qutilasiz.
Sholg‘om ildizmevasi qirg‘ichdan o‘tkazilib, bir piyola suv bilan 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Suzib olingach, sharbati bilan og‘iz bo‘shlig‘i chayiladigan bo‘lsa, zirqirab og‘riyotgan tishga malham bo‘ladi.
-
Anjir mevasi asosida qaynatma tayyorlanib, iliqligida og‘iz bo‘shlig‘ida tutib turiladigan bo‘lsa, milklarning pilla bog‘lashiga barham beradi.
Lo‘qillab og‘riyotgan tishga yarimta no‘xatcha keladigan kanakunjut (kamfora) qo‘yilib, uni chaynab, yumshatilgan qog‘oz bilan mustahkamlab qo‘yilsa, aziyatdan xoli bo‘linadi.
-
Австралислик олимлар тишларни зарарловчи озиқ-овқат маҳсулотлари рсйхатини тузиб чиқишди.
(http://tashxis.uz/57181001_1.jpg)
Унга содали сув ва обакидан ташқари, соғлиқ учун фойдали ҳисобланувчи озиқ-овқат маҳсулотлари ҳам киритилди, деб хабар қилади ИТАА -ТАСС.Австралис стоматологис ассояиаяисси раиси, доктор Филипп Сойернинг ссзларига қараганда, апельсин шарбати ва «Red Bull» каби қувватбахш ичимликлар тиш смалининг асосий душманлари ҳисобланади. Сабаби тушунарли: бу маҳсулотлар таркибида қанд ва кислота ксп. Шу боисдан уларни ксп истеъмол қилганда болаларнинг тишлари тез шикастланади, деб таъкидлайди Сойер.
Диетолог Таниа Феррареттонинг айтишича, кспгина мевалар таркибида қанд билан бирга кислота ҳам бор. Шунинг учун у масаланинг бундай қсйилишига бутунлай қарши. Ахир тишлар ширин ва нордон маҳсулотлардан зарарланади, деган назарисдан келиб чиқадиган бслсак, ссимликлардан буткул воз кечишимизга тсғри келади. Унинг фикрича, озиқ-овқатни озуқавий қийматига қараб баҳолаш лозим. Тишни кунига икки марта ювиш орқали сса смалга алоқадор муаммолардан қутулиш мумкин. Дарвоқе, қачон ва қандай ейиш ҳам аҳамистга молик. Масалан, шарбатларни похолпос ёрдамида ёки овқат билан бирга ичиш лозим. Бу кислотанинг оғиз бсшлиғига салбий таъсирини камайтиради.