forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:58:04

Nom: Siydik (peshob) xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:58:04
Agar siydik tutilib qolsa, xanzal (Abu Jahl tarvuzi) urug‘idan bir nechasi yedirib yuborilsa, dard chekinadi.

Qiynalib siyadigan bemorning siydik yo‘liga «arman sodasi»dan quyilsa, siydik yo‘li ochilib ketadi.

O’ringa siyib qo‘yadigan bemor kam ovqat yeb, parhez qilishi kerak.
Nom: Re: Siydik (peshob) xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:58:13
Achchiq anor sharbatining siydik haydash xususiyati bor. Loviya ham eng yaxshi siydik haydovchilardan sanaladi.

Sedana yeb yurish siydik yurishini ravon qiladi.

Siyish qiyinlashganda suvda eritilgan «yahud toshi» yaxshi foyda beradi.
Nom: Re: Siydik (peshob) xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:58:24
Agar odam uxlaganida siyib qo‘ysa, shakar, isiriqni yog‘ga aralashtirib yeyish kerak. Agar bu hodisa yozda ro‘y bersa, bir diram kashnich, to‘rt diram shakarni mayda qilib yanchib yeb turish kerak (bir diram 2,995 grammga teng).

Agar siydigingiz tomchilab tursa, chigirtkani pishirib yeng.

5-10 gramm binafsha gulini 200 gramm suvda qaynatib ichilsa, siydikni haydaydi.
Nom: Re: Siydik (peshob) xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:58:34
Chilonjiyda yesangiz, siydik yo‘llarini tozalaydi.

Tuzlangan tipratikan go‘shtini yegan odam uyqusida siyib qo‘ymaydi.

Behi suvidan olatning teshigiga tomizsangiz, siydikning kuydirib chiqishini va siydik yo‘lidagi zahmlarni yo‘qotadi.
Nom: Re: Siydik (peshob) xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:58:46
Sarimsoqning bargi va tanasini suvda qaynating. So‘ng belgacha o‘sha suvda o‘tirsangiz, siyolmasdan qiynalgan bo‘lsangiz, darddan qutilasiz. o‘amginlikdan qutilish davolari Har kuni 9-10 gr. tog‘ yalpizini suvda qaynatib ichilsa, g‘amginlikdan xalos bo‘lasiz.

Kuniga 9-10 gr. quruq choqula bargi yoki ildizini suvda qaynatib ichilsa, me’daga bog‘liq g‘amginlik yo‘qoladi.

Oshqovoqni suvda pishirib yeyish esa safrodan paydo bo‘ladigan g‘amginlikni yo‘qotadi.
Nom: Re: Siydik (peshob) xastaliklari davosi
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:58:52
Muskat yong‘og‘idan yeb yurish ishtahani ochadi, ko‘ngilni yozib, kishini shod-xandon qiladi.

Bir diram ipakni qaychida maydalab, uch hissa asalga iylab iste’mol qilsa, g‘amginlikdan xalos qiladi, shod-xurram etadi, quvvatini kuchaytiradi.

Yetti diram makkai sanoni qaynatib, so‘ng iste’mol qilinsa, g‘amni quvib kishini xursand qiladi.
Nom: Re: shu ishni qilish zarur
Yuborildi: Qoriyu_quron 19 May 2007, 17:08:08
 :)Agar insonda kuchli sidik tutilishi bo'sa bu muolajalarni qilishdan oldin inson qovug'ini katetir yordamida bo'shatish lozim bo'ladi. Bo'lmasam kuchli og'riqqa inson chiday olmaydi. :14 :2 Katetirni shifokorlar  bajarishi lozim akis holda  infeksiya tushishi mumkin.  :'(