forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Dilmurod Nizamutdinov 04 Noyabr 2006, 14:13:50

Nom: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Dilmurod Nizamutdinov 04 Noyabr 2006, 14:13:50
Osmondagi yulduzlar tanho,
Kuyosh tanho, bu zamin tanho!
Eshit, tingla so'zlarim mudom,
Dustlik tanxo, muhabbat tanxo!

Hayot so'qmog'ida qoqilsam birdan,
Agar yiqilsam, turolmay xech ham.
Kimga suyangayman, kimga ishonay,
Ko'nglimni chulg'asa betinim alam?

Qo'lingni cho'zasan, madadkor bo'lib,
Ko'z yoshim artasan sochlaring ila
Kalbimga qo'l solib, xamsuxbat bo'lib
Alamni yengarsan, q'ayrating ila.

Do'stginam, dunyoda o'zing bebaxo
O'zingsan farishta, o'zingsan zebo.
Eshit, tingla so'zlarim mudom,
Do'stlik tanxodir, muxabbat tanxo!
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: watson 05 Noyabr 2006, 03:38:52
dahshat!!!!!!!!!
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Dilnura 02 Aprel 2007, 16:39:50
Gap bo'lishi mumkunmas :9
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Fatima 10 Aprel 2007, 15:50:06
Do’st

Ko’p ishonibman, afsus uzimga

Dustlarimni xech, ilmay kuzimga

Armon tuz berar, endi suzimga

Insonning dusti, bor bulsin ekan.

 

Yurakda orzu, dustlaring bilan

Niyating ezgu dustlaring bilan

Yutmaysan ogu dustlaring bilan

Insonning dusti bor bulsin ekan.

 

Omading nogox, kaytgan oningda

Dardu alamlar yonsa joningda

Fakat chin dustlar, turar yoningda

Insonning dusti bor bulsin ekan.

 

Yurakda orzu dustlaring bilan

Niyating ezgu dustlaring bilan

Yutmaysan ogu dustlaring bilan

Insonning dusti bor bulsin ekan

 

Yurakda orzu dustlaring bilan

Niyating ezgu dustlaring bilan

Yutmaysan ogu dustlaring bilan

Insonning dusti bor bulsin ekan
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Ashiq Garib 10 May 2007, 18:09:58
Ey, aziz do`st, ko`zlaring giryon, mani tark aylama,
Ketma mandan yiroq, osmon mani tark aylama,
Ey, zamin, poyimda tur, davron mani tark aylama,
O`zga olamda yurib, karvon mani tark aylama.

Ko`k aro sendan sendan munavvardur ul mohi anvari,
Qo`ldagi qutlug` asoying yo`lda jonim rahbari,
Men-ku chavgonman nigohing olmagil mandan nari,
Qistama otingni, ey, armon mani tark aylama.

Goh uyonu, goh buyona talpinar lov-lov yonib,
Titragan ojiz bu tanda e’toqod ham o`rtanib,
Bo`ldi kim sobit bu yo`lda kimdir imondan tonib,
Duo etarman yolvorib, imon mani tark aylama.

Ey, zamin poyimda tur, davron mani tark aylama,
Jism aro jonsan hamisha, jon mani tark aylama.


Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Amina 14 May 2007, 12:08:05
Aslida haqiqiy dost svegidan hamustnro tursa kere manimcha.
she`rla esa juda ta`sirli!
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: lolo 15 May 2007, 21:26:53
Agar sen birov bilan do’st tutinmoqchi bo’lsang bunga amal qil:

Har do’stki, dilida uch xislat bo’lmas,
Kech undan, do’stlikka also arzimas.
Biri vafodorlik, biri sir saqlash,
Biri molin sendan ayamasa bas!

"œHar narsaning yangisi yaxshi, ammo do’stning eskisi!" Hakimlarning aytishicha, har kim badavlatlik paytida do’stlarga yordam qo’lini cho’zmasa, bechoralik paytida hech kim unga qo’lini cho’zmaydi. So’radilar: "œDo’st kim?" Javob: "œOg’ir kunlarda qo’llagan kishi!"
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: lolo 15 May 2007, 21:30:52
Hikoyat. Bir ulug’ kishining do’sti tunda eshik qoqib keldi. Ulug’ kishi o’rnidan turdi, bir halta pul oldi, o’tkir qilich osdi va kanizagiga sham olib birga yurishini tayinladi. Eshikni ochib do’stiga dedi: "œSening kelishing sababini uch narsa deb tahmin qildim. 1-biror hodisa yuz berib pulga muhtoj bo’ldingmi deb pul olib chiqdim! 2-dushman senga hujum qildimikin deb qilich ko’tarib chiqdim! 3-biror ishing bo’lsa deb kanizagimni olib chiqdim!" Do’sti undan uzr so’radi va do’stiga ishonchi yanada oshdi.

Bir hakim buyuradi: "œDo’sting senga nasihat qilishdan erinsa, to’g’ri yo’l ko’rsatishga urinmasa, aybingdan seni ogohlantirmasa, unday do’stdan kechmoq va uzoqlashmoq kerak."

Qo’lingda bor ekan toki imkoning,
Birovning ko’ngliga bermagin ozor.
Minglab kishilarni do’st tutmoq yaxshi,
Ammo bitta dushman undan ham bisyor!

Bir hakimdan so’radilar: "œQanday safar eng uzoq safar?" Javob: "œSadoqatli do’stni qidirish safari!"
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: lolo 15 May 2007, 21:33:54
Yaxshi do’st atrfurushga o’xshaydi, u o’z atridan sizga bermasa-da, siz uning atrlari hididan bahramand bo’laverasiz. Yomon ulfat temirchiga o’xshaydi, uning olovi sizni kuydirmasa-da, biroq qora tutuni sizga ta’sir qilaveradi. Shuning uchun yomon ulfatdan qoching.

Anbar sotuvchining oldidan o’tsang,
Libosing anbarning hidin oladi.
Temirchi yonidan o’tganing zamon,
Qora dudi senga yuqib qoladi.

Donolarning aytishicha do’st 3 hil bo’ladi: 1-jon do’st, bunday do’st haqiqiy hisoblanadi va u o’z do’sti uchun jonini ham ayamaydi. 2-til do’st, u rasman tilda do’stlik izhor qiladi, ammo boshga biror kulfat tushsa o’zini ko’rsatmaydi. 3-mol do’st, bunday do’st yeb-ichish uchungina do’st bo’ladi. Puling tugaganda esa qorasini ko’rsatmaydi.

Kulib boqsa kishiga tole’,
Kamayadi dushmanlari ham.
Bevafolik qilsa tolei,
Dushmanlarga to’lar har qadam!
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:55:12
Menga do’st kerakdir, do’st bo’lar faqat,
O , fikri fikrimga gar monand bo’lsa.
Ishoning, ont ichay, umrim hadya,
Xalqila bir yig’lab, birga shod bo’lsa.


Bir beburdlik topgan qadringni,
Sovurishga qilar kifoya.
Kichik ishga ixlos, e’tibor,
Ulug’ ishga bo’lar bir poya.



Mayli, zarralarga aylansin yurak,
Do’stlik, mehr bo’lib singsa har tanga.
Axir, she’r, yurak ne uchun kerak,
Yaxshilik qilmasa agar insonga.      Shukrullo

Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: AL_laziz87 17 Yanvar 2008, 18:36:47
So'zlayin sizga do'stlar do'stlarning bir xolini
Mard do'stlarning qonini nomartlar xam borini
Jonsiz do'stlar xolini ayitmasamda nomini
Shu jonsiz do'stlar diya vijdonini sotganini
Mening bir chin do'stim bor u xaqiqiy do'st bilar
Yig'lasam yig'lab turar kulsam u birga kular
Boshimga tushub tashvish o'ksib qolsam urib bosh
Chin do'st berolmay bardosh ko'zlaridan to'kar yosh
Azroil ostonadaso'rasa do'st jonini
Do'st o'niga jilmayib berarlar o'z jonini
Do'st o'rniga chin do'stlar
To'kkanlar ko'p o'z qonini
U dunyoda faqat do'st bergandir savobini
Do'stlarim so'zladim men chin do'stimning xolini
Shu do'stimni qiyomatli deb atarman nomini
Yana shunday do'stlar bor
u omatning soyasi
Tinglasa anglab olar so'zlarimning boisi
Omading kelsa kelar ketsa U do'st xam ketar
Yomon kunda shu do'sting ustingdan kulib qolar
Shunday do'st atrofda bor tulkidan xam u ayyor
Egib bersang boshingni qilich urishga tayyor
Yovga ko'ksing ochganda u do'st albatta qochar
Seni tashlab dushmanga barcha siringni sotar
Do'stlarim so'zladim men nomard do'st axvolini
Shu do'stimni xiyonatlik deb atarman nomini
Do'stlarim so'zladim men ikki do'stimning xolini
Nasib qilsa yozarman so'ngra men davomini
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: AL_laziz87 21 Yanvar 2008, 17:05:06
Ba'zilar do'st bo'lar shirin so'z uchun
Ba'zilar do'st bo'lar go'zallik uchun
Ba'zilar do'st bo'lar boylik pul uchun
Lekin men do'st bo'laman toza qalb uchun
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Fatima 17 Iyul 2008, 10:39:02
Do’sting agar dushmanlik qilsa
 
Yuragingni tirnaydi alam,
Quchog’iga olar qayg’u g’am,
Ko’zingga tor ko’rinar olam
Do’sting agar dushmanlik qilsa.

Sen joningni berishga tayyor
Zotdan benaf kutding nomus, or,
Bu dunyoda kimga ishonch bor?
Do’sting agar dushmanlik qilsa.

Bu kunlar ham o’tadi, beshak,
U uyalib qolsa ham kerak,
Lek kunlaring qanday kechajak,
Do’sting agar dushmanlik qilsa.

Suyanganing singanday nogoh,
Tekis yo’lda chiqqaniday choh,
Benaf bo’lar qancha cheksang oh,
Do’sting agar dushmanlik qilsa.

Sig’inganim ishonch shevasi,
Sadoqatdir uning mevasi,
Bitmas singan ko’ngil shishasi,
Do’sting agar dushmanlik qilsa"¦

Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Fatima 17 Iyul 2008, 11:26:09
DO'STLARIMGA...

Qalb daftarin, azizlarim, bugun Sizga ochaman,
Yurak-quyosh, uning dardin oq nur kabi sochaman...

Fikrim aniq aytolmasam, aybim ayting - menki shod
Chunki g'azal bo'stonida endi bir debochaman

Barcha baytim, Sizga aytgum, bundan ko'nglim quvonar
Sizni deya darkor ersa, zahri- zaqqum ichaman

"Do'st bilinar mushkulotda" - bu azaliy ko'xna bayt,
Yahshilikka eshigim lang, yomolikdan qochaman

Yiroqdirman balki Sizdan, lek yaqinman ko'ngila,
Darkor ersam, dengiz nima, hatto ummon kechaman.

Zerikdim men yolg'izlikdan, mehmon bo'ling kulbama,
Yo siz keling biz tarafga, yo siz tomon ko'chaman.

O'zingizman o'ngingizda, tunlar esa tushingiz,
Yoki aytgan so'zingizman,Yo siz yurgan ko'chaman.

Do'stlar bisyor, do'stlarimga berajakman jonimni,
Shundan tanam ming poradir, bilmam o'zim nechaman?
Nom: DO`STLI XAQIDA SHERLAR
Yuborildi: javoxir 24 Iyul 2008, 17:20:26
Agar do'stligimiz fasl bo'lsa,
Sen bahori men yoziman.
Agar do'stligimiz navo bo'lsa,
Sen xofizi men soziman.
Agar do'stligimiz butun bo'lsa,
Sen ko'pi men oziman.
Agar do'stligimiz o'lim bo'lsa,
Men o'limga roziman!!!



(http://text.glitter-graphics.net/s/w.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/w.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/w.gif)(http://dl3.glitter-graphics.net/empty.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/s.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/h.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/e.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/r.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/l.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/a.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/r.gif)(http://dl3.glitter-graphics.net/empty.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/u.gif)(http://text.glitter-graphics.net/s/z.gif) (http://sherlar.uz)
Nom: Re: DO`STLI XAQIDA SHERLAR
Yuborildi: javoxir 24 Iyul 2008, 17:21:04
Agar bir inson senga bildirdi ishonch,
Yoningda bo'ldi senga kelganda qayg'uyu quvonch,
Kutmadi sendan boylik- taxt,tilasa sog'liq baxt.
Seni aldamas qilmas hiyonat,g'iybat,
Yoningda bo'ldi qilsalar tuhmat.
Bermadi zarra dilingga ozor,
Doim kutdi bo'lib ko'zlari humor,
Demak, bu hislatni barisin bilgan do'st!
Bilamagan esa shubhasiz dushman,
Desa hamki men senga DO'STMAN!
Nom: Re: DO`STLI XAQIDA SHERLAR
Yuborildi: javoxir 24 Iyul 2008, 17:21:29
Istaymanki bu chexralar kormasin g'am,
Istaymanki bu kozlar bolmasin nam.
Istaymanki bu xayot bolmasin barbod,
Istaymanki bu dostlik qolsin umrbod.
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Dilmurod Nizamutdinov 19 Sentyabr 2008, 11:55:15
Qadrli Hamyurtlarim!!!
Do'stlik haqida qanchadan-qancha she'rlar, qanchadan qancha hikoyatu-rivoyatlar yozilgan. Inson hayoti davomida faqatgina do'stlariga suyanadi. Do'stning qandayligiga qarab insonning hayot tarziyu, uning taqdir zarvaraqlari o'zgarib ketishi ayon. Chunki, ziyoli do'stlar faqat ziyoga chorlasa, bema'ni do'stlar tubanlikka yetaklaydi.
Do'st tanlashda hech qachon adashmaylik.

Do'stim, ko'zlaringga qarab to'ymadim,
O'ylarimda faqat seni qutlardim,
Sahovatta tengsiz bo'lsang sen faqat
Taqdirimdan mamnun bo'lib o'tardim!!!

                                 D I L M U R O D
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Hadija 20 Sentyabr 2008, 13:06:03
Agar Do'st

Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Quloq solsa har bir so’zingga,
Yolg’on qo’shmay so’zlaydi u,
Tikka boqib turib ko’zingga.

Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Hiyonatlar qilmaydi ta’sir.
Yomonlarning o’tmaydi zahri,
Dushmaning ham ololmas asir.
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Dilmurod Nizamutdinov 23 Sentyabr 2008, 14:23:11
      Do’stlik — bu ikki va undan ortiq insonlarning yaqin minosabatlaridirki, bu munosabatlar faqatgina mustahkam ishonch va umumiy qiziqish asosida vujudga kelishigina mumkin. Shopengauer do’stlik haqida ushbu tanqidiy mulohazani keltiradi: "žHaqiqiy do’stlik shunday bir ajoyibotlardan biridirki, uning huddi ulkan dengiz ajdarholari kabi o’ylab topilganligi yoki qayerdadir mavjud ekanligi ma’lum emas"œ.
      Do’stlik — bu o’zaro mehrga asoslanib qurilgan munosabatdir. Do’stlik ba'zan qisqa muddatli va o’sha mehr bilan birgalikda yo’q bo’lib ketishi mumkin. Ba’zan do’stlik yillar davomida mustahkamlanib boradi. Haqiqiy do’stlik faqatgina ishonch va o’zaro qo’llab-quvvatlanish hissiyotlariga asoslanadi. Bir-biriga nisbatan do’stlik hissini sezguvchi ikki inson, o’zlarini birgalidagina man’an qulay his qila olishlari mumkin. Ba’zan do’stlar bir-birlariga shunchalar yaqin bo’lishadiki, hatto eng yaqin qarindoshlar bu holni ko’rib havas qilishadi... yoki hasad....

                      D I L M U R O D

Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: honeyless 22 Aprel 2009, 19:07:33
muhabbat sevgi nima o'zi hayotda bormi
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Shokir63 24 Aprel 2009, 13:02:34
muhabbat sevgi nima o'zi hayotda bormi

Bu savolni yana qayerdadir ayni kishi tomonidan berilgandi shekilli.

Bu o'zingizga bog'liq masalan seva olsangiz bor, seva olmasangiz yo'q.
Agar menda olmaning ta'mini bilish qobiliyati yo'q bo'lsa (tilim yaxshi ishlamas), olmada ne ayb. Dili yaxshi ishlamaydinganlar sevgini qayerdan bilishsin.

Jiddiyroq bo'ladigan bo'lsam.
Sevgi va muhabbat bor. Alloh inu bizning qalbimizga O'zini sevishimiz uchun qo'ygan. Qalbimizdagi sevgi Abadiy zotni sevish uchun berilgan. Biz esa u bilan foniy narsalarni sevamiz. Bu bozor iqtisodiyoti tili bilan tushuntirilganda 1000$ berib gugurt  sotib olganga o'xshaydi. Bu odam haqida jinni deyish mumkin. Shuning uchun bir qizni qattiq sevib qolgan ko'p bechoralar jinni bo'lib qolishadi.
Sevish qobiliyatimizni Abadiy zotga emas, foniy narsaga sarf etganimiz uchun ortidan iztirob chekamiz.
"Honeyless" emas "honeyful" bo'ling shunda "sevgi bormi o'zi" deb qiynalib yurmaysiz.
 
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Hadija 25 Aprel 2009, 15:12:28
muhabbat sevgi nima o'zi hayotda bormi

 :as:

Ajib sevgisiz, biror bir hissiz ham yashab bo'larkanmi?! Bu savolni jamoatga berishdan oldin o'zingizdan yaxshilab so'rab ko'ring, ana undan keyin Muhabbat va uning turlari haqidagi shu forumning sahifalarini o'qib ko'rin. InshaAlloh savollarga javob topa olasiz o'shanda...
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Shuxa 01 May 2009, 18:47:04
Salom men shuxratman sherlarga gap bo`lishi mumkin emas! men ham bir marta do`st tanlashda adashganman xudoga shukur hozir eng yaqin do`stim yonimda  :1 :o
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Shuxa 01 May 2009, 19:00:37
Inson dunyoga kelar ekan aynan usha sevgiga muhabbatga intilib yashaydi inson uchun ollohim bergan eng oliy ne`mat sog`liq bo`lsa ikkinchisi sevgi deb uylayman lekin haqiyqiy sevgini har kimga ham beravermasa k-k sevgi muhabbat bular hammasi insonga xos tuyg`u eng toza eng esda qolarli eng guzal sevgi bu birinchi sevgi! barchangizni sevgi muhabbat tark etmasin forum ahli
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Shokir63 04 May 2009, 00:00:58
Inson dunyoga kelar ekan aynan usha sevgiga muhabbatga intilib yashaydi inson uchun ollohim bergan eng oliy ne`mat sog`liq bo`lsa ikkinchisi sevgi deb uylayman lekin haqiyqiy sevgini har kimga ham beravermasa k-k sevgi muhabbat bular hammasi insonga xos tuyg`u eng toza eng esda qolarli eng guzal sevgi bu birinchi sevgi! barchangizni sevgi muhabbat tark etmasin forum ahli

 Do'stim Shuxa fikringizga qo'shilaman, haqiqattan ham sevgi va sog'liq oliy ne'matlardan. Lekin ulardan ham oliyrog'i bor. U sevgiga ma'no beradi, sog'liqqa qadr beradi. U iymondir!
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: MSJON 07 Sentyabr 2009, 18:17:08
do'stim omon bo'lsangiz shu mening baxtim
sog-salomat yursangiz shu mening baxtim
tark etmasin sizni yaxshi kayfiyat
doimo kulib tursangiz shu mening baxtim
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: MSJON 07 Sentyabr 2009, 18:17:33
Дунёда турли хел дуслик булар
Дуслик бор чичакдай сунади
Дустлик бор елдан елга усиб улгаеб боради
Елдан елга тобора кучга тулади
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: MSJON 07 Sentyabr 2009, 18:17:50
ISTAYMANKI BU CHEHRALAR KO`RMASIN HECH G`AM
ISTAYMANKI BU KO`ZLAR BO`LMASIN HECH NAM
ISTAYMANKI BU ISTAK BO`LMASIN BARBOD
ISTAYMANKI BU DO`STLIK QOLSIN UMRBOD
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: MSJON 07 Sentyabr 2009, 18:18:14
Дсст деб чопар ксплар умри стгунча,
Ардам кслин чсзар дасти етгунча.
Дсстни санаб хурсанд бслма, баъзилар,
Дсст бслар сен билан иши битгунча.
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Dekabr 2009, 07:10:50
Do'st bilan obod uying
Gar bo'lsa u vayrona ham
Do'st qadam qo'ymas ekan
Vayronadir koshona ham.
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: MAFIYA 04 Dekabr 2009, 21:17:47
Do'stlik - buyuk tuygudir!
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Abdulhafiz 04 Dekabr 2009, 21:39:11
Do'stlik ipini uzma, ulasang tugun qolar.
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Ansora 04 Dekabr 2009, 22:31:46
Do'stlarimiz dengizga otish uchun to'plagan toshlarimizga o'hshaydi.

Avvalo bir-bir yig'amiz, keyin bitta-bitta uzoqlarga qarab uloqtiramiz....
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Mas'ud 10 Dekabr 2009, 18:33:55
Qalb — mendan yashirgan dil daftaringiz,
Ko’ngil -  siz qizg’angan sirli tuguncha"¦
Ko’z yosh — yuragingiz g’arq etgan dengiz,
Orzu — niyatlardan yaralgan g’uncha.

Jimlik — sizni jumboq aylagan asr,
Tabassum — chehrangiz abad mehmoni
Sabr — malikasi siz bo’lgan qasr,
Sevgi — siz tuymagan tuyg’u ummoni
 
Subhidam — sizni ilk o’ylaganim vaqt,
Oqshom — xiralashib qolgan bir xayol.
Uyqu — men bilmagan o’zga halovat,
Bedorlik —  meni ko’p qiynagan savol"¦

Nur — sizdan taralgan ajib bir yog’du,
Shabboda — sochingiz o’ynagan nasim"¦
Mehr —so’zingizda yashirin jodu"¦
Tundek ko’zingizga kelar havasim"¦


(c) 9 dekabr

Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: ossiyobinti 10 Dekabr 2009, 21:35:46
SENSIZ YASHAB ARMONLAR YUTDIM,
MENI HAFA QILIB KO'NGLING TO'LDIMI?
BIR ON BO'LSA HAM UMID UZMADIM,
DO'STLIKDAN G'URURING USTUN KELDIMI?
MAYLI, ZORLANMASMAN MEN SENGA ASLO,
BAXTLI KUNLARNI SEN UNUTSAN BO'LDIMI?
BO'LOLMADING SUYANGAN DO'STIM TANXO,
MENDAN KO'RA G'URUR USTUN KELDIMI?
O'ZGANI DO'ST DEDING QALBINI TILIB,
MENGA BERGAN OZORLARING XUSH YOQDIMI?
MEN AHIR YASHARDIM SENGA ISHONIB,
MENDAN KO'RA G'URUR USTUN KELDIMI?
NAXOT, OG'IR BO'LSA BIR BOR KO'RISHISH,
MENSIZ YASHAB SENING BAXTING KULDIMI?
SEN UCHUN OG'IRMI MENI KECHIRISH,
DO'STLIKDAN HAM G'URUR USTUN KELDIMI?
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: registan 10 Dekabr 2009, 21:41:08
Juda ham chiroyli "oq she'r" ekan. :)
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Dekabr 2009, 22:29:26
Olimlarning va allomalarning bir gapi bor.

"Sen o'ziningning eng asosiy siringni o'zingning eng yaqin do'stingga ham aytma, sababi o'sha yaqin degan do'stingning ham yaqin do'sti bor... uning do'stining ham yaqin do'sti bor..." ...
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Ansora 10 Dekabr 2009, 22:48:21
Balki: Sevgining nima ekanligini hammamiz bilamiz, lekin Yoshlikning nima ekanligini tushinib yetganimizda qarib bo'lgan bo'lamiz....deb o'ylayman bazan...
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Ansora 10 Dekabr 2009, 22:52:10
İshq bilan do'stlik bir kuni yo'lda uchrashib qolishibdi. İsh o'zidan amin holda so'rabdi: "Men sendan juda ham jonga yaqinman, yagonaman. Sen nima uchun borsin-ki dunyoda"?

Do'stlik unga: "Sen insonlarni tark etib ketganingdan so'ngra orqangda tashlab ketgan ko'z yoshlarni artish uchun", deb javob bergan ekan....
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Ansora 10 Dekabr 2009, 22:54:30
Hayot- yashashni

Baxt-kulimsiray olishni

Sevgi-haq eta olishni

Vafo- xotirlay olishni

Do'stlik esa- Bo'lisha olishni bilganlar uchundir!
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Mas'ud 12 Dekabr 2009, 02:32:47
Сиқилиб, дардлардан бслганда маҳзун,
Йсқолиб кетганда умид ҳисларим.
Бслса тор йслларим узундан-узун,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.

Армонлар дилимни тирнаган онда,
Дунёлар сшитмас бслса ссзларим.
Меҳрга ташна бу фоний жаҳонда,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.

Ҳаётдан гсзаллик истайман холос,
Олтин тоғни ҳавас қилмас ксзларим.
Ҳар қачон, ҳар жойда Сиздан илтимос,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.

Сиз сабаб ногаҳон омадим кулса,
Офтобдек чароғон стса  юзларим.
Мсъжаз бу юрагим қувончга тслса,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.

Ҳаммамиз отлансак боқийлик томон,
Қалбларни безаса сзгулик иймон,
Жаннат гсзаллигин ҳис қилган замон,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.


(c)...
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Abdulhafiz 12 Dekabr 2009, 09:08:46
Сиқилиб, дардлардан бслганда маҳзун,
Йсқолиб кетганда умид ҳисларим.
Бслса тор йслларим узундан-узун,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.




Ajoyib she'r. Mas'udaka she'r muallifi o'zingizmi? Oldin ham qayerdadir o'qigandim muallifi yozilmagandi.
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Mas'ud 12 Dekabr 2009, 14:26:59


Ajoyib she'r. Mas'udaka she'r muallifi o'zingizmi? Oldin ham qayerdadir o'qigandim muallifi yozilmagandi.

rahmat... ha... muallifi men... 3-4 yil avval yozilgan she'r....
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: Akbarjоn 24 Yanvar 2010, 15:34:57
M ay ichayin koyingda afsona bo'lmaguncha
U qubatga dosh beray devona bo'lmaguncha
H oliqliging takrorlab, oshiqligim yod etay
A zroilning domidan vayrona bo'lmaguncha
B exishtingni durlarin hargiz sensiz rad etay
B itay vasfing dildan shoirona bo'lmaguncha
A 'lal oqibat vaslingdan ko'nglimni shod etay
T angrim o'zing umid ber hamxona bo'lmaguncha
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: _IYMONA_ 11 Oktyabr 2010, 09:35:02
ЗИКА И АЛЛОҲ БИА ЛА ДОИМ ҚАЛБАИ СЕА ҚУВВАТЛАГИА,
ЖОА БЕА АА  ВАҚТИАГДА ТИЛГА ЧИА ШАҲОДАТЛАА  КЕЛУА ....
Nom: Re: Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!
Yuborildi: aka sohib 27 Sentyabr 2011, 01:02:36
Nesabab dunyodan ko'ngling to'lmasa,
Garchi seni hech kam-ko'sting bo'lmasa,
O'zgalarga davo qilma birodar,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

Xar yo'lda barchadan sen o'zgan saring,
Oyni tutolmaysan qo'l cho'zgan saring,
Dunyocha bo'lsa ham arzimas zaring,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

Bugun osh yeganlar bir dasturxonda,
Ertaga tosh otsa g'anim tomonda,
Bir joning qiynalar mingta gumonda,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

Garchi raqiblarga tutqin emassan,
Sen mutloq g'olibu ustun emassan,
Mardlar davrasida butun emassan,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

Mol do'sting boshqayu jon do'sting boshqa,
Ne ajab savdolar tushganda boshga,
Malhamga zor boshing tegadi toshga,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

O'g'ilbolacha gap bitta so'z tutgil,
Olislarni ko'zlab ko'kka ko'z tikgil,
Do'st qidirsang har dam Haqni do'st tutgil,
Dunyoda ishongan do'sting bo'lmasa!!!