11 sentyabr hamda katta oyin  ( 34939 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Улугбек  09 May 2011, 19:26:41

Administrator va moderatorlarga forumda fisqu-fasod, ig'vo va be’mani gaplarni tarqalishiga yo'l qo'ymang deyilayapti xolos, qolaversa musulmonlarga xos bo'lmagan gaplardan tiyilish, savodsizlik va johillikka befarq bo'lmaslikka chaqirildi. Har holda forumning nomi forum.ziyouz.com. Kimga yoqmasa, ana o’zlariga alohida forum ochib olib miyasiga kelganini yozaversin. Musulmonlarga xos odob va vazminlikni, ilmli va savodli bo’lishni, jaholatga befarq va loqayd bo’lmaslik kerakligini unutmaylik. Administrator va moderatorlar ham o’zlaridagi katta mas’uliyatni doim xis qilib turishlari zarur. Aqli bor kishi o'zi xulosa chiqaradi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 May 2011, 19:33:20

AQSh o'ziga kerakli vaqtda kimnidir maydonga chiqaradi, kimnidir o'ldiradi... Va yana boshqa ishlar bilan shug'ullanadi...

Oxirgi voqealardan shunday xulosa chiqyapti - men uchun...

Lekin meni va yana ba'zilarni qiziqtirgan savol bor: Nega Usoma bin Ladinning o'limi haqidagi xabarlarga biz - oddiy, kichkina, siyosat nuqtai-nazaridan arzimas odamlar ishonmayapmiz-u, o'zlarini aqlli, siyosatning ustasi deb biladigan kishilar, xossatan davlat rahbarlari bu masalada AQShni maqtab kelishyapti. Yoki ularga ham AQSh to'qigan yolg'onlar shunchalik yoqadimi?

Yana bir savol. Bunisi endi ancha eski. Ko'pchilik "Закрс‹тс‹й показ. 9/11. А асследование с нулс. Zero investigation into 9/11" filmini ko'rgan. Shaxsan mening fikrimcha, bu filmda 2001 yil hujumlarining tafsiloti to'la ochib berilgan. Qaytaraman, mening fikrimcha. Lekin bu film rasmiy doiralar tomonidan na inkor qilingan, na tasdiqlangan. Umuman, AQSh shu va shunga o'xshagan filmlarga munosabat bildirganmi? Mening bu haqida xabarim yo'q. Ayni paytda shunday tasavvur tug'iladiki, agar AQSh hukumatiga shu kabi dalillar asosida bu hujumlarni ularning o'zi qilganligi isbotlab berilsa ham, ular o'zlari jahon ahliga uqtirgan "Terror hikoya(ssenariy)si"dan qaytishmasa kerak....

Bu haqida ba'zida atrofimdagi kishilar ham so'rab qolishadi: "Mana shu hujjatli filmlarda 2001 yil hujumlari AQShning o'zi tomonidan qilinganligi ochiq-oydin ko'rsatilgan-ku, nega haligacha odamlar buni Usama bin Ladin va Al-Qoidaga to'nkashadi. Keyin o'sha Al-Qoida ham boshida Markaziy Razvedka Byurosi tomonidan tuzilgan ekan-ku?.." Afsuski, bu savolga javobni o'zim ham bilmayman. So'raganlarga javobim esa yelka qisish bo'ladi xolos....

Balki, bu narsalarning haqiqatini Qiyomatda, barcha sirlar oshkor etilgan vaqtda bilib olarmiz. Hozircha umidim shundan...

AQSh esa hali bunday o'yinlarni ko'p qilsa kerak...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 May 2011, 09:55:40

Mavzu yopildi.
Sababini yuqoridagi postlardan qidiring!

PS. Bir-birimizga doimo hurmatda bo'laylik...

Qayd etilgan