Hijob: hayo va iffat libosi  ( 278323 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 B


Munira xonim  11 Noyabr 2009, 07:18:51

shu yil yozlarda 13-14 yoshlardaga qizni oppoq hijobda yurganini ko'rib ota-onasiga tasannolar aytdim o'ziga yarashib turibdi tariflashga til ojiz.
Hamkasaba bir ayol uni ko'rsatib ota oansiga qoyil emasman shu yoshida majburlab hijob kiydirib qo'yibdi dib afsus chekdi o'zicha!

Assalamu alaykum.
Haa, to'g'ri aytasiz, bunday baxt egalariga "achinadigan"lar juda ko'p. HAtto ustidan kuladiganlar ham keragidan ortiq topiladi. Bunday bechoralarga rahmim keladi. Shunday o'ylaydiganlarga ancha oldin Kapalak xonim joylagan:"Yalang'och yurish madaniyat hisoblansa, hayvonlar sizlardan ham madaniyatliroq ekanlar..." degan so'zlarni aytgim keladi.
Qaysi kuni qizlarim ko'chaga chiqib, juda hafa holda qaytishdi. Nima bo'ldi, desam, ikkita katta ayol bizni ustimizdan rossa kuldi, kichik bo'p turib, kampir bo'lib olibdi, deb deyishdi. Qo'yaver, Qiyomatda sen xursand ular hafa bo'lishadi bu holatdan dedim. Bizku o'rganib ketganmiz bunday gaplarga, lekin kichik qizlarga juda ta'sir qilarkan. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin.
O'zini roziligini topmagunimizcha jonimizni olmasin. Amiyn.

Qayd etilgan


abuabdulloh  12 Noyabr 2009, 19:17:35

O'zini ko'z-ko'z qilish behayolik va sharmandalikdir.
Rasululloh s.a.v. dedilar:"O'z erining uyidan boshqa joyda libosini yechgan ayol Alloh va o'zi orasidagi pardani yirtibdi. Albatta Alloh taolo har ishga Qodir va Buyuk Zotdir".

 jazakallohu hoyr]

Qayd etilgan


ossiyobinti  09 Dekabr 2009, 21:08:02

Taqinchoq sabosiga emasman asir,
Ustimdan kiyaman Islom Hijobin!
Dunyo qasrlari emas orzuyim,
Kiyaman boshimga Qur'onning tojini!
Qur'on shodalari bezar ustimni,
Boshqa narsalar menga begona, yotdir.
Umidim oxirat kuniga borsam
Qasrlari mo'l bo'lgan mangu Jannatga!
                                                                                          Moy mir saytidan olindi

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Fevral 2010, 21:58:16

Bir tanishim etib berdi.

Bir ayol zamonaviy (modniy) hijobda yurarkan.
Kichkinagina 8 yoshli o'g'ilchasi Qur'onni yodlagan Qori ekan.
Bir kuni onasini yoniga kelib "Oyijon siz qachon hijobga kirasiz?" dib so'rabdi.
Ona hayron "Iya o'g'lim man hijobdamanku" diganakan
shirintoy "siz hijobda emassiz, ahir bu hijobmi?" dibdi kichik da'vatchi  :D
Alloh rozi bo'lsin kichik da'vatchilardan  :)

Qayd etilgan


Zim  21 May 2010, 23:42:36

 :bs1:
olloh Rozi bolsin sizlardan. Yurtimizda sizdek singillar borligini korib sevindim. Safinglar kopayaversin (Amin)

Хатар чсғлари устида, слангоёқ юраман,
Соғинчларим тслиб-тошар, лек сшириб тураман.
Диним учун мен тарк стдим, юртимни-диёримни,
Йиғласа ҳам ташлаб кетдим, ота-онам, ёримни.

Qayd etilgan


Hadija  01 Dekabr 2010, 13:19:35

Anu kuni bir birodarimizning uylariga borgandim. kichkina o'g'illari eshikni ochib qoldilar, Salom berib uyga kirayatgandim, opa siz hijobdamisiz? deb so'rab qoldilar, ha Alhamdulillah desam, nega unda qoshiz ko'rinyapti deb yana savol berdilar... javob berolmay qoldim...

Alloh rozi bo'lsin shunday jajji qalbi ochiq solihlardan!!!

Qayd etilgan


Lu`lu`  10 Yanvar 2011, 09:30:59

Quyidagi hadisni qachonlardir 1marta o`qiganimda, miyamda qattiq qolgan ekan (roviysini bilganlar etvorilar)
Rasuli akram (s.a.v.) Oisha onamiz r.a. huzurlarida o`tirsalar, Oisha onamiz "Yo Rasululloh, negadir ko`zlarim jimirlashib ketyapti" debdilar. Payg`ambarimiz a.s.duo o`qib "O`ttimi Oysha?" deb so`rabdilar.
"Yo`q, o`tmadi"deb javob beribdilar. Rosululloh 2-marta duo o`qisalar ham jimirlash o`tmay,yanada kuchayibdi. SHunda Sayyidimiz s.a.v. jilmayib "Oysha ro`molingni bir oz ko`tar" deb etganlarida, Oisha onamiz ro`molni bir oz ko`tarib "O`tdi Rosululloh,o`tdi. Nega unaqa bo`ldi?" so`rasalar, suyukli Payg`ambarimiz a.s."Ko`zingni jimirlatgan farishtalar edi. Ro`molingni ko`taruvding,sochingni ko`rib darhol tark etishdi" deb marhamat qilgan ekanlar

Qayd etilgan


Ansora  08 Aprel 2011, 12:52:57

 :bs1:

Rabbim, behisob hamdlar bo'lsin. Nasib etganing, bu lazzatni tottirganing uchun...

Bu totni qolgan opa-singlillarimga ham nasib et...

Bu huzurni anglatib bo'lmas, faqat totganlar biladi...

Allohim, Sen qullaring uchun qanchalar mehribon ekanligingni hijob mavzusida ham his qildim. Faqat biz qullaring ko'zimiz ko'r bo'lgani uchun, butun mavzularni o'zimizni "kichkinagina" miyyamizda hal qilishga harakat qilganimiz uchungina charchaymiz. Vaholanki Olamlarni Robbi-Alloh butun masalalarni to qahconlardir hal etmish...

Qayd etilgan


Mahdiyah  16 Iyul 2012, 10:11:27

Assalamu alaykum va rahmatulloh

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=6Q1TZOO5nIs" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=6Q1TZOO5nIs</a>

Qayd etilgan


OJIZA  16 Avgust 2012, 10:11:10

assalamu alaykum vr. vb. Man xijobga kirgan birinchi kun xech qachon esimdan chiqmasa kerak,birinchi marta xijobda köchaga chiqdim,metroga tuwayotganimda (metro ewigini itariw qiyin ayrim bekatlarda bilasizlar) 14 yowlardagi bola mani kördiyu salom berib ewikni ochib turdi,bu birinchi körsatilgan hurmat edi özim yow bölgan bölsam ham metroda hijobda bölganim u.n joy beriwdi hijobga hurmatligini bilib turardim,manzilimga yetb borgunim4a bunaqa vaziyatlar juda köp bdi,uwanda !wun4alik hursand böldimki xijobga kirganim u.n Allohga hamd etdim.

Qayd etilgan