Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 96121 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 17 B


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:16:58

Munavvarxonim so‘zlari farosatli bir inson uchun kifoya ekanligini o‘ylab to‘xtadi. Qiz parishon bo‘lib qoldi, umridagi eng kuchli zarbani oldi. Shu bilan birga ko‘nglida  bir maroq, bir qiziqish paydo bo‘ldi. Kim ekan bu Munavvarxonimlarning «moda»chilari? Nega shu paytgacha hech kim eshitmagan ularni. Sekingina so‘radi:
— Kechirasiz, Munavvarxonim, kimlar sizlarning modachilaringiz? Nega hech kim bilmaydi, nega hech kim eshitmagan? Siz aytgan moda qay bichimda?
— Qizim bizning «moda»chilarimiz, Xadicha onamiz, Oysha onamiz va Fotima onamizdir. Biz ularning andozasiga ergashamiz. Bu yuz, qo‘limizdan boshqa joylarimiz yopiq bo‘lishi, nomahramga ko‘rsatmaslik, nomahramlar bilan birga o‘tirmaslik, yolg‘iz holda ham uyatli bir qiyofada qolmaslikdir. Mana, hammasi shu. Bu ulug‘ millatlarni tiklagan, ma’naviyatlarni saqlagandir. Bu ulug‘ zot ayollarni eshitmaganligingiz masalasiga kelsak, ko‘pgina yoshlarnint quloqlari ochig‘u, jon qulog‘i, qalb ko‘zi berkilgan. Aksincha bo‘lsa, yaxshi, edi. Ya’ni, inson qulog‘ini turli zararli shamollar, yomon so‘zlar, ma’naviy xastaliklar kirishidan to‘ssa, berkitsa, shundagina ko‘ngil ko‘zi va qulog‘i ochilsa ajab emas...
— Kim bu Xadicha onamiz, Fotima onamiz, xola?
— Xadicha va Oysha onamiz Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlari. Fotima esa qizlari.
— Xola, unday bo‘lsa onam ikkingiz bir «moda»da ekansiz-da?
— Shunday, qizim. Faqat bitta farqi bor. Sofiya xonim vaqtida bularni qiziga anglatmadi. Qalbiga Allohdan qo‘rqishni joylamadi. Boshiga ro‘mol o‘ratsam bo‘ldi, ish bitadi, deb boshqa tomonlarini esdan chiqardi. Bugun o‘sha unutishning jazosini tortmoqda.
Bu orada Amina mehmonlarga choy keltirdi. Mavzu shu yerda tugadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:17:05

Yana yarim soatcha o‘tirishgan mehmonlar takror-takror shifolar tilab qo‘zg‘alishdi. Qo‘shni qizning holida o‘zgarish borligi ko‘zga tashlandi. Endi avvalgiga nisbatan biroz o‘ransa, yanada odobliroq yo‘ldan ketsa ajabmas. Ular ketishi bilan Amina hayratini yashirolmadi:
— Ona, sizning bunchalik gapirganingizni ko‘rmagandim.
— Qizim, bunday paytlarda gapirish jim turmoqdan xayrlidir. Qiz to‘g‘ri (haq) yo‘lga kirsa ajabmas.
Ko‘shni qiz bir necha kun o‘tib, eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Knyim-kechagi nisbatan odob doirasida edi. Onasiga bir kiyim tiktirmoqchi ekan. O’sha kun eshitganiga ko‘ra qanday bichimda tiktirishni so‘ramoqchi bo‘libdi. Munavvarxonim kulimsiradi:
— Qizim, bizning andozamizning shakli yo‘q. Oson. Faqat chegaralari bor, buni o‘sha kun aytdim. Yuz-qo‘ldan boshqa joylarning yopiq bo‘lishi. Shaklini esa har kimning xohishi, ta’bi, didi belgilaydi. Har kim istaganday tiktiradi va sizning bunga aqlingiz yetadi. Go‘zal bir kiyim tiktiring-ki, yoshlarimizga ham yoqadigan bo‘lsin.
Oradan kunlar, oylar o‘tdi. Amina Munavvarxonimdan faqat yaxshilik va samimiyat ko‘rdi. Munavvarxonim unga ona o‘rnida ona, keragida opa va bir yaqin jigar mavqeida bo‘ldi. Unga yo‘l ko‘rsatdi, qadrladi, rag‘batlantirdi, o‘rni kelganda ko‘nglini og‘ritmay tanbeh-nasihatlar qildi. Bu uning ona mehri bilan birga aqliy, mantiqiy bir shafqati ham edi. Balki bu shafqatni ona o‘z qiziga ko‘rsata olmas, lekin Munavvarxonim kelinini aslo ranjitmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:17:13

Uyquning eng shirin payti saharga to‘g‘ri keladi. Bomdod vaqti. Bu vaqt Xoliq oshiqlari uchun bedorlik, g‘ofillar uchun g‘aflat paytidir.
Mana shu damlarda Aminaning eshigi ohista chertilar va tashqaridan:
— Mustafo, Amina, turinglar, bolalarim, — degan ovoz eshitilardi.
Ba’zai turmush qurganlariga endigina bir necha oy bo‘lgan ikki yosh uyg‘onishga uyg‘onsalar-da, joylaridan ko‘zg‘alishga qiynalishar, mudrab qolishardi. Bu paytlar joynamoz ustida qiblaga yo‘nalgan, ko‘nglini Parvardigorga bog‘lagan bir mo‘mina o‘rnidan turib, takror eshikni chertardi:
— Mustafo, Amina turinglar endi, hozir quyosh chiqib qoladi, — deb takrorlaydi, «namoz uyqudan xayrli» ekanini eslatardi. Amina bilan Mustafo turib tahorat oladilar. Amina xonasiga Munavvarxonim kabi hozirlagan masjidiga kirar, Mustafo esa jome’ga yo‘l oladi. Bu xonadonda namozdan so‘ng qo‘llar Qur’oni karimga uzanar, ikki-uch sahifa o‘qilgach, o‘pib joyiga qo‘yiladi.
Qizim kech yotdi, o‘g‘lim ishga boradi, deb tonggi nomozga uyg‘otmaydigan onalar ham topiladi. Ammo natijasi zarar keltiradi. Uch kun uyqusiz bo‘lsa ham, namoziga turmasa ma’naviy zarar ko‘rajaklarini yaxshi his etadi. Shu bomdod namozini o‘qigach, ularga yana uxlab olishlari uchun ruxsat beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:17:24

* * *

To‘y o‘tganiga ikki yil bo‘lay deb qoldi. Bu vaqt ichida kelin-qaynona o‘rtasida hech qanday ko‘ngilsiz voqea bo‘lmadi. Ammo, keyingi bir voqea, oq qandday shirin turmushga siyohday sizib dog‘ solmoqchi bo‘ldimi?
O’sha kun Amina yuragi g‘ash bo‘lib uyg‘ondi. Ko‘ngilsiz tushlar ko‘rgan edi. Uni ochiq chehra bilan qarshilagan Munavvarxonim:
— Bugun qalaysiz, qizim? — derkan undagi parishonlikni sezganday bo‘ldi.
— Tuzukman, ona.
— Alloh yanada yaxshi aylasin, qizim.
Munavvarxonim boshqa hech narsa so‘ramadi. Lekin Aminaning ichini bir narsa kemirardi. Sabr etolmadi. Munavvarxonimning yoniga o‘tirdi:
— Ona, sizga bir narsa aytmoqchiman.
— Ayting, Amina.
— Ko‘nglim g‘ash. Aloq-chaloq narsalarni tush ko‘rdim tongda, qo‘rqdim.
— Yaxshilikdir, inshaalloh, Alloh xayrli o‘ng atasin.
— Aytaymi?
— Yo‘q qizim. Aytmang, qo‘rqinchli tushlar aytilmaydi, faqat Allohdan yaxshilik ato etish tilanadi. Hech kimga o‘sha tushni aytmang. Xayrli bo‘lishini Allohdan so‘rang.
Darvoza qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Amina borib ochdi:
— Ona, pochtachi keldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:17:35

Lekin kelgan pochtachi emas, bir faqir edi. Biroz kutib turishini aytib, Amina ichkari kirdi.
— Sadaqa berish yaxshi ish. Shunday tush ko‘rsang sadaqa berishni unutmang. O’z oyog‘i bilan kelibdi, mamnun eting.
— Nima beray, ona?
— So‘rab o‘tirasizmi?! O’zingizni faqir o‘rniga ko‘ying, nima berilsa mamnun bo‘lishini o‘ylab ko‘ring va o‘shani bering. Bu uyda siz yaxshilik qilaman desangiz, kim qarshilik etadi?
Amina ichkaridan bir narsalar olib, faqirga berdi. Sadaqa behuda ketmaydi. Baloni qaytaradi, sadaqa — raddi balo. Oxiratda o‘n barobardan ziyodasi bilan qaytadi. Yana bu faqir duolar qiladi.
Bugun Yusuf afandi amakilar kelmoqchi. Amina bu odamni juda yaxshi ko‘rardi. Avval sovchi bo‘lib borgani uchun xafa bo‘ldi, keyin bu uydagi insoniy muhit uni bu hisdan uzoqlashtirdi. Baribir turmushga chiqishi kerak bo‘lgan Amina uchun Mustafoday er, Munavvarxonimday qaynonani topish oson emas, albatta. Yaxshilikmi? Shuning uchun Amina Yusuf afandini amakisiday yaxshi ko‘rar va hurmat qilar edi.
Ular peshindan so‘ng kelishmoqchi edi. Yusuf afandi kechki ovqatga qolmoqchi edi. Peshingacha ham ancha vaqt bor. Amina bir-ikkita kir-chirlarini yuvib-chayib olmoqchi bo‘ldi. Tashqarida alohida katta qozonda suv isitish zarurati yo‘q, shuning uchun uydagi qozonga suv ko‘ydi.
Aslini olganda Munavvarxonimning ko‘ngli ham bir oz g‘ash edi. Tilovat qilar, Allohdan sabr tilar, yomonlikni to‘sib, yaxshilikka aylantirishni Parvardigordan so‘rardi.
Eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi, kelgan Ali edi. Munavvarxonim unga:
— Kel, onasining guli, qo‘zichog‘im, — dedi. Ali bir oz xasta ko‘rinardi.
— Ona, tobim yo‘q. Yotgim kelyapti.
— Xo‘p mayli, bolam, choyshab yopib qo‘yaman, yotaver.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:17:43

Ali yotdi. Onasi yoniga o‘tirdi, Qur’on o‘qidi, Allohdan shifo tiladi. Amina yuviladigan kirlarni tayyorlab, suv isiganiga qarash uchun ichkariga kirdi. Suv endi iligandi, yana bir oz kutish kerak edi, tashqariga chiqdi.
Yarim soatlar o‘tib, tag‘in ichkari kirganida suv qaynamoqda edi. Issiq bo‘lganidan olish qiyin edi.
— Qo‘lingiz kuymasin Amina, bir narsa bilan ushlang, — dedi Munavvarxonim.
Amina qo‘liga qalinroq ikkita latta olib, ular bilan qozonni ko‘tardi. Tashqari chiqayotib, qaynisi yoniga kelganda negadir qo‘llari titrab, qozon uyqudagi Alining ustiga ag‘darildi. Munavvar xonim o‘qday otilib qozonni olarkan, ayni zamonda Aminani ham itarib yubordi. Bu bir lahzada bo‘ldi. O’n uchlarga kirgan Ali sapchib uyg‘onganida, qo‘lida qozon.
— Bolaginam, nima ham bo‘ldiyu, ag‘darib yubordim-a, — deya faryod chekayotgan onasi bilan bir oz narida bu ibrat sahnasiga hayrat ichra qarab qolgan Aminani ko‘rdi. Suv qaynoq, lekin jun ko‘rpadan o‘tib, Aliga ta’sir qilguncha bir-ikki lahza o‘tgan, bu orada onasi juda ham tez harakat bilan yechintirgan, balki bir hamlada ko‘ylagini ustidan yirtib olib tashlagan edi.
Ali bir oz kuydi. Lekin shunisi ham xasta bolaga yetib ortdi, faryodi ko‘klarga yetdi. Aminaning yuzi sarg‘aydi, qo‘l-oyog‘i titrab, nima deyishini, nima qilishini bilmadi. Qaltirardi. Munavvarxonimga yordam qilsinmi yo qo‘shnilarni yordamga chaqirsinmi? Bir qarorga, bir fikrga kelolmasdi.
Bolaning yelkasi ancha qattiq kuygan, hatto ba’zi joylarining terisi shishib chiqqandi. Busiz ham dardmand bolasining bu ahvolini ko‘rib Munavvarxonimning yuragi ham kuyib-yondi. Ko‘zlaridan injularidek tizilgan yoshlar nurli yuzlariga dumalab tushar, bolaning azobini ziyodaroq his etardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:17:50

— Uyda kuyishga qarshi dori bor, Amina, tez keltiring qizim.
Amina yugurdi, javonni ochdi, uch-to‘rt xil dori bor edi, qaysi biri ekanini bilmadi, hammasini to‘plab keltirdi. Bu achchiq hodisa qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan Munavvarxonim dorini olib, Alining kuygan joylariga «shifo bo‘lsin» deb mo‘l-mo‘l surdi.
Peshindan so‘ng kelgan Yusuf afandining xotini Alini yuztuban yotgan holda ko‘rdi. «Mazasi yo‘q, xasta», dedilar.
— Nega yuz tuban yotibdi? — dedi. Ali javob berdi:
— Kuyib qoldim. Ustimga suv to‘kildi.
— Kim to‘kdi, bolam.
Ali javob bermadi. Onasiga qaradi. U kuydirdi demoqchi bo‘ldi. Munavvarxonim:
— Na chora, shunday bo‘lib qoldi, jigarim. Falokat oyoq ostida bo‘larkan. Buning ustiga bolamning sal tobi qochgandi, dedi. Amina ich-ichini yerdi, vijdoni qiynalardi. Kuygan bolasining azobi yetarli bo‘lsa ham Munavvarxonim Aminani o‘ylab bu ishni o‘z bo‘yniga oldi. Uning ko‘ziga qaradi. Amina: «Alini men kuydirdim, aybni onam o‘z bo‘yniga olmoqda», demoqchi edi. Munavvarxonim «tovushingni chiqarma» degandek unga ilkis qaradi. Amina indamadi. Lekin ko‘ngli ham tinchimadi. Ichidan qon yig‘lardi Amina.
Oqshom Yusuf afandi va Mustafo kelgach, voqeani qisqacha tushuntirdilar.
— Voh bolam-a, voh bolam, — deb Alining boshini silardi Yusuf afandi.
— Amina yangam shu yerda edi, onam unga qildirsaydi balki to‘kilmasdi, — ilk bor tovushini chiqardi Ali.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:17:58

— Ne iloj, qo‘zim. Shunday bo‘lishini bilibmanmi? Mendan xafa bo‘ldingmi, o‘g‘lim.
— Yo‘q, ona, sizdan xafa bo‘larmidim, siz mening birdan bir onamsiz-ku?!
Shu bilan masala yechildi. Mehmonlar kechgacha o‘tirdi, shifo tiladilar.
Shundan so‘ng Munavvarxonim Aminaning qulog‘iga:
— Meni yaxshi ko‘rasizmi, Amina? — dedi. Amina uning yuziga hayron bo‘lib qaradi:
— Bu nima deganingiz, ona, sizni yaxshi ko‘rmasam, kimni yaxshi ko‘raman?!
— Shunday bo‘lsa, Ali haqida Mustafoga boshqacha gapirmang. Meni yaxshi ko‘rsangiz...
— Lekin, ona, nechun?
— Bu mening sizga buyrug‘im!
Amina g‘alati bo‘lib ketdi, ajablandi.
— Bu bo‘ladigan narsa emas, chidolmayapman, ona.
— Agar gapimga quloq solmasangiz, rozi emasman. Aqlingizni yig‘ing, — dedi Munavvarxonim. Bu orada mehmonlarni kuzatib qaytgan Mustafo ichkari kirdi:
— Nimani gaplashyapsizlar, ona? — dedi. Onasi kulimsirab:
— Ona va qiz nimani gaplashsa, biz ham shuni gaplashyapmiz, — dedi.
Shu kecha tonggacha uxlayolmagan uch juft ko‘z bor edi.
Bu ko‘zlar kuygan bir vujudni, mahzun bir qalbni, zirqiragan bir vijdonni tamsil etardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:22:35

* * *

Bu hodisa... Bunda Munavvarxonimning insoniyligi, vazminligi, oqila va oliyjanobligi qarshisida Amina dovdirab qoldi, hayratlandi. O’yladi. Kechalar o‘yladi, kunduzlar o‘yladi. Qarindosh-urug‘larini, onasining barcha tanigan ayollarini bir-bir ko‘z oldidan o‘tkazdi. Hech birining bu darajadagi oliy fazilatlarini eslayolmadi. Kelinining eng kichik qusurini ham har kelganga aytib, tillarda "doston" qilgan g‘alati qaynonalar oldida o‘z qaynonasi ulug‘lashib, buyuklashib, uning yuksak fazilatlari qarshisida o‘zining naqadar kichik ekanligini o‘yladi. Yana Munavvarxonim shu gapi shu yerda qolishini, kuyish voqeasini ikkisidan boshqa hech kim bilmasligi kerakligini uqtirdi.
Amina ko‘p kutdi. Kunlar, oylar o‘tdi hamki, bir chetga chaqirib: "Bu xatoni o‘z bo‘ynimga oldim, boshqa takrorlanmasin" demadi. Amina shu so‘zlarni behuda kutdi. Qaynonasining qarashlarida, harakatlarida hech o‘zgarish sezmadi. Muomalasi ham xuddi ilgarigidek.
Bir kun Amina qo‘lida paypoq to‘qir, Munavvarxonim tasbeh o‘girish bilan mashg‘ul, pok, nuroniy yuzidan yoqqan samimiyat Parvardigorga bo‘lgan taslimiyatini ifoda etardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:22:41

Amina qo‘lidagi ishini to‘xtatib nimadir so‘ramoqchi bo‘lar, lekin Munavvarxonimning holini ko‘rib, ma’naviy halovatiga to‘sqinlik qilishni istamas va yana ishida davom etardi. Oxiri:
— Ona, — dedi. Munavvarxonim unga qaradi:
— Labbay, marhamat, qizim, gapiring.
— Ona, nega meni hanuzgacha jazolamaysiz, koyimaysiz?
— Nima sababdan jazolashim kerak, Amina?!
— Alini kuydirib qo‘ytanim uchun.
— Bu gapni qaydan topdingiz? O’tdi-ketdi. Bir yil bo‘ldi. Nega haligacha o‘ylab yuribsiz?
— Men o‘ylamay kim o‘ylasin, ona?
— Qizim, eslashdan ne naf? Xafa bo‘lsangiz, Alloh taologa yahshi qul bo‘lmayotganimizdan, yaxshi bandalik qilmayotganimizdan xafa bo‘ling. Siz aytgan ishdan emas. Yaxshilik qiling. Bilmasdan xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, ona sifatida bekitmog‘im lozim. Meni xafa qilishni istamasangiz, buni hech kimga aytmang, yodingizdan o‘chiring. Buni o‘sha kun ham aytganman. Bu gapni boshqa qo‘zg‘amang. Aks holda, kechirmayman, Amina.
Bu gap shu tariqa yakun topdi.

Qayd etilgan