Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264526 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:30:23


Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:31:14

Muqaddima

Qalblarimizni iymon nuri bilan oydin qilgan, nuri hidoyati ila iymonga muyassar etgan va bizga ehsonu ofiyatlar bilan fazlu marhamatlar ko‘rsatgan Zotga – yakkayu yolg‘iz Allohga hamdlar bo‘lsin. U bizga bilmagan narsamizni o‘rgatdi. Bizni Islom ne’mati ila haq yo‘lga hidoyat etdi.
Alloh taologa yuzining ulug‘ligiyu saltanatining buyukligi qadar hamd bo‘lsin.

Kuch-qudrat ham, yaxshiligu yomonlik ham yolg‘iz Alloh qo‘lida deb bilguvchi kishi sifatida Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik beraman.

Foyda-ziyon yetkazguvchi ham, adashtirguvchi-yu haq yo‘lga boshlaguvchi ham yolg‘iz Allohdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:32:00

«Alloh xohlagan kishisini adashtirur, xohlagan kishisini to‘g‘ri yo‘lda (barqaror) qilur» (An’om, 39).

Bularning barchasi ayni haqiqat. Bu yerda hech qanday tabdil va ta’vil yo‘q! Hukm qilguvchilarning eng yaxshisi bo‘lgan Alloh barcha aybu nuqsondan pokdir!

«U o‘zi qiladigan biron narsa haqida mas’ul bo‘lmas, ular (ya’ni bandalar esa qiladigan har bir ish-amallari xususida) mas’ul bo‘lurlar» (Anbiyo, 23).

Javome’ul kalim (qisqa so‘zlar bilan ko‘p ma’nolarni ifodalash) sohibi, maqtovli maqom va shirin suvli hovuz egasi Muhammad ibn Abdullohga Allohning saloti va salomlari yog‘ilsin. U zot butun olamlarga rahmat, rasullarga peshvo-imom va insonlar uchun Qiyomatda shafoatchi qilib yuborilganlar. Alloh taolo u zotni go‘zal mukofotlar ila mukofotlasin.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:32:57

Odamlar borliq so‘nggi nafaslarini olayotganini, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) yuborilishlari vaqtlar «nihoyaning avvali» ekanini aqllariga sig‘dira olmayapti. Chunki inson o‘limni uzoq deb o‘ylaydi. Orzu-umidlari juda ko‘p. Unga oxirgi qadamlarini tashlayotganini anglatish oson emas. Hech shak-shubha yo‘qki, aksariyat kavniy oyat-alomatlar hamda yaqiyniy dalillar Qiyomatning yaqin qolganini tasdiqlamoqda.

Kim bunga iymon keltirsa, inshaalloh, haqni tasdiq etgan bo‘ladi. Kim tan olmasa, biz nima ham qila olardik. Zero, kuch ham, qudrat ham yolg‘iz Alloh taolo bilandir.

«(Ey Muhammad, mushriklar) sizdan (o‘sha Qiyomat) soatining qachon voqe bo‘lishini so‘rarlar. Siz qaerdasiz-u, uni (ya’ni, Qiyomat qachon bo‘lishini) zikr qilib eslash (qaerda)? (Ya’ni, siz hech qachon u Kunning vaqtini aytib bera olmaysiz). Uni bilish yolg‘iz Parvardigoringizga borib to‘xtar. Siz faqat o‘sha (Qiyomat)dan qo‘rqadigan kishilarni ogohlantirguvchisiz, xolos. (Ammo u kunning qachon voqe bo‘lishini aytib berish sizning vazifangiz emasdir.) Ular u (Qiyomat soati)ni ko‘radigan Kunda (bu dunyoda) go‘yo birgina peshindan so‘ng yoki choshgoh paytida turgandek (ya’ni, bir kun ham yashamagandek) bo‘lib qolurlar» (Van-noziot, 42-46).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:33:14

Allohdan qo‘rqmaydigan ba’zi bir kimsalar Qiyomat hijriy 1709 (bir ming yetti yuz to‘qqizinchi) sanada bo‘ladi, deb da’vo qiladilar. Bu botil hisob go‘yoki Qur’on suralarining ta’viliga asosan qilingan emish. Suralarning boshida keluvchi harflar ostiga yashirilgan bu «sir»ni go‘yo o‘sha «dono» kimsalardan bo‘lak hech kim payqamaganmish!

Kitob so‘ngida biz bu haqda batafsil to‘xtalamiz, inshaalloh.

Bizni haq yo‘lga yo‘llab qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin. Zero, Allohning hidoyatisiz hech qachon bunga qodir bo‘lmas edik. Parvardigorimiz rasullari faqat haq bilan kelgandir!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:33:56

BIRINCHI BOB

Birinchi fasl
Qiyomat yaqin qoldi

«Ular (Makka kofirlari o‘tmishdagi o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilgan qavmlar duchor bo‘lgan halokatlardan eslatma-ibrat olmadilar), endi faqat to‘satdan (Qiyomat) soati kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe, uning alomatlari keldi. Bas, ularga (Qiyomat soati) kelgan vaqtida ularning eslatma-ibrat olishlari (uchun) qanday (imkon) bo‘lur?!»* (Muhammad, 18-oyat)

Insonlarga hayot muhlatining tugayotgani, Qiyomat kuni tobora yaqinlashayotgani haqida xabar beruvchi oyat-alomatlarning ayon qilinishi ham Alloh rahmatidir. Ushbu oyat-alomatlardan ibrat olib, insonlar shoyad o‘zlarini o‘nglab olsalar. Gunohlardan tavba-tazarru etib, Parvardigorlari toat-ibodatiga astoydil kirishsalar.

Qiyomatning yaqinligi haqidagi eng birinchi alomat Muhammad alayhissalomning yuborilishlari edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Men payg‘ambar etib yuborilganimda Qiyomat mana shunday edi», deya o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlariga ishora qildilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:40:39

Xolid ibn Umayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga xutba o‘qidilar. Alloh taologa hamdu sano aytib so‘z boshladilar: «Dunyo uzilishini e’lon qildi. Kovushini orqaga burdi. Undan (dunyodan) faqatgina bir tomchi qoldi. Bu xuddi sohibi oxirgi tomchisini ichayotgan idish (tubi)dagi (so‘nggi) tomchi kabidir» (Ahmad va Ibn Jarirlar rivoyati. Sanadi sahih).

Ya’ni, dunyo oxir bo‘lmoqda. U uzilishini e’lon qildi, ortiga burildi. Idish tubida qolgan, arzimas tomchichalik qoldig‘i — muddati bor, xolos.

Dunyoning oxirlab, Qiyomatning yaqin qolgani shunday ifodalangan. Mazkur hadis aytilganiga ham o‘n to‘rt asr bo‘ldi. Bu muddat ichida Qiyomatning shartlari birin-ketin voqelikda ko‘rindi. Ularning eng oxirgi ro‘y berganiga biz ham guvoh bo‘ldik, yalangoyoq, yalang‘och bo‘lgan kishilar uy qurishda bir-birlari bilan musobaqaga kirishdilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:41:01

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida ko‘ringan Qiyomat alomatlaridan biri oyning bo‘linishi edi. Bu voqea Payg‘ambarimiz hali Makkada turganlarida yuz bergan.

«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi. Agar ular (Quraysh kofirlari Muhammad alayhissalomning payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladigan) biron oyat-mo‘jiza ko‘rsalar (ham u payg‘ambarga iymon keltirish o‘rniga) yuz o‘girurlar va «(Bu) har doimgi sehr-ku!» derlar» (Qamar, 1-2).

Buxoriy va Muslim Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: «Makka ahli Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) oyat-mo‘’jiza ko‘rsatishni so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga oyni ikki bo‘lib ko‘rsatdilar. Makka ahli Hiro tog‘i oyning ikki bo‘lagi o‘rtasida qolganini ko‘rdi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:41:29

Bayhaqiy va Ibn Jarir Abdulloh ibn Mas’uddan sahih sanad bilan rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida oy bo‘lindi. Quraysh ahli: «Bu Abu Kabsha o‘g‘lining sehri», deyishdi. So‘ng aytdilar: «Safarda yurgan kishilar nima deyishiga qaranglar. Chunki Muhammad hammani baravar sehrlay olmaydi». Safardan qaytganlar ham shuni aytishdi». Ya’ni, oyning bo‘linganiga guvohlik berdilar.

Ibn Kasir aytadi: «Bunga ulamolar orasida ittifoq qilingan, ya’ni, oyning bo‘linishi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida bo‘lgan va u eng katta mo‘’jizalardan hisoblanadi».

Inshaalloh, Qiyomatning kichik shartlariga oid hadislarni keyingi faslda keltiramiz. Biz kichik alomatlarning deyarli barchasi voqelikda ko‘ringaniga guvoh bo‘ldik. Faqat bitta alomat hozircha yuz bergan yo‘q va u katta shartlar jumlasiga kiradi. Ba’zilar uni kichik shartlar qatorida sanashgan. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:41:39

«Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning yoyilishi, xamr (mast qiluvchi ichimliklar) ichilishi, zinoning keng tarqalishi va erkaklarning kamayib, ayollarning ko‘payib ketishi Qiyomat qoyim shartlaridandir, hatto ellikta ayolga bitta qarovchi (erkak) bo‘ladi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ushbu hadisda zikr etilgan alomatlarning deyarli barchasi bo‘lib o‘tdi. Faqat ellikta ayolga bir erkakning to‘g‘ri kelib qolishi hali hayotda yuz bermadi. Ulamolar voqelikdagi mazkur alomatlarni Qiyomatning kichik shartlari qatorida sanaydilar.

Alloh taolo bizni fitna domidan salomat saqlasin! Himoyachimiz Alloh! U eng ishonchli himoyachidir!

Qayd etilgan