Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264552 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:25:08

Dajjolning jin-shayton  yoki insu jin hosilasi ekaniga dalillar

a) Buxoriy va Muslim Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi:

68. «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hayotining oxirgi kunlarida biz bilan xufton namozini o‘qidilar. Salom berganlaridan so‘ng  shunday dedilar: «Mana shu kechangizni ko‘ryapsizmi? Shu kechadan boshlab yuz yil o‘tgach, bugun yer yuzida bo‘lgan biron kishi (tirik) qolmaydi» (Muttafaqun alayh).

Yaman orollaridan birida kishanlanib yotgan Dajjolning inson emas, jin-shayton yoki ins-jin hosilasi ekaniga mazkur hadis ochiq dalildir. Agar u inson bo‘lganida, 110 yilgacha o‘lgan bo‘lar edi. Bir qancha hadislarda  uning to oxir zamongacha tirik bo‘lishi rivoyat etilgan. Bu ham Dajjol haqidagi yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlaydi;

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:25:39

b) Dajjolning bir orolda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlaridan beri to bugungi kungacha hech narsa yemay-ichmay tutqunlikda yashashi ham uning inson emasligini ko‘rsatadi. Uning taomlangani haqida hech nima deyilmagan. Vaholanki, u hayot. Axir bu hol inson xususiyatlaridan emas. Endi Dajjolning ko‘zlardan yashirin bo‘lishini oling. Uni Tamim Doriydan so‘ng hali hech kim ko‘rgani, ko‘ra olgani yo‘q. Qizil dengiz bo‘yidagi barcha orollar kashf qilingan bo‘lsa-da, hanuz Dajjolning ko‘zga ko‘rinmasligi ham Nuaym ibn Hammod rivoyat etgan ishonchli kishilar so‘zini qo‘llab-quvvatlovchi dalildir. Vallohu a’lam;

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:26:05

v) Ibn Sayyodning Abu Said Xudriyga aytgan quyidagi so‘zlari Dajjolning sof inson bolasi emasligiga eng katta dalil hisoblanadi:
— Allohga qasamki, — dedi Ibn Sayyod, — men uning (ya’ni, Dajjolning) o‘zini ham, tug‘ilishini ham va hozir qaerda ekanini ham bilaman» (Muslim rivoyati).

Ibn Sayyodning bu so‘zi o‘zining  Dajjolligiga iqrori desak ham bo‘ladi. Chunki u katta-katta sahobalar bexabar bo‘lgan Dajjolga tegishli xabarlarni bilishini aytyapti. Unga jin-shaytoni o‘rgatgan deyish noto‘g‘ri. Ibn Sayyodning Alloh nomiga qasam ichishi Dajjol sifatlarini g‘aybiy eshitib bilishga emas, aynan ko‘rib — shohidi bo‘lib bilishiga dalolat qiladi. Aslida sahobalar ham Dajjolning sifatlari orqali yaxshi bilar edilar. Lekin Ibn Sayyod bundan yuqori darajadagi daxldorlikni da’vo qildi: «Uning tug‘ilishini bilaman!»

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:26:26

Ibn Sayyodning bu so‘zini ikki xil tushinish mumkin: Ibn Sayyod Masih Dajjolning birinchi, ya’ni, orolga zanjirband qilinishidan oldingi tug‘ilishini nazarda tutgan.

So‘ng tug‘ilajak joyini aytgan. Bu oxir zamonda bo‘ladi. Uning oxir zamonda tug‘iladigan o‘rni Misr yurtidagi Qavs degan makon:

Buxoriyning shayxi Nuaym ibn Hammod Ka’bul Ahbordan rivoyat qiladi: «Dajjolni onasi Misrdagi Qavs degan joyda tug‘adi».

«Uning tug‘ilishi bilan chiqishi orasi o‘ttiz yil bo‘ladi. Dajjol haqida na Tavrot va na Injilda hech qanday xabar nozil qilinmagan. Faqat ba’zi payg‘ambarlar kitobida bor».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:30:02

Imom Ibn Hajar mazkur asar (sahobiy so‘zi)ni sahih hadisga zid degan hujjat bilan inkor qilgan. Hadisda hamma payg‘ambarlarning o‘z qavmini Dajjoldan ogohlantirgani aytilgan. Yana uning (Dajjolning) chiqishidan o‘ttiz yil ilgari dunyoga kelishi ham «Ibn Sayyod — Dajjol» degan fikrga, Dajjolning qaysi bir orolda zanjirband ekaniga to‘g‘ri kelmaydi».

Lekin Ibn Hajar ko‘rsatgan sabablar Ka’bul Ahbor rivoyatini zaifga chiqarmaydi. Chunki Dajjol haqida Tavrotu Injilda hech narsa nozil qilinmagan bo‘lsa, bu hol Muso va Iso alayhissalomlarning qavmini Dajjoldan ogohlantirmaganini ang-latmaydi.

Shuningdek, Dajjolning Misr qishloqlaridan birida tug‘ilishi ham Ibn Sayyodning Madinada tug‘ilganiga, uning Yaman dengizi orollaridan birida zanjirband qilinganiga zid emas. Chunki bu Dajjolning jin-shayton yoki insu jin hosilasi ekanini tasdiqlaydi. Demak, uning holati hatto hukmlari insonlar ahvol-ahkomidan to‘la farq qiladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:30:25

Alloh taolo Dajjolga shunday imkoniyatlarni bergan bo‘lishi mumkin. Shu bois uzoq bir orolda zanjirband holda turib, so‘ng yahudiy oilasida yana qaytadan tug‘ila oladi.

Demak, uning yahudiy otasi nomigagina ota. Ibn Sayyod o‘n ikki oy (to‘qqiz oy emas!) ona qornida yotdi va tug‘ilganida xuddi bir yashar go‘dakdek chinqirib yig‘ladi. So‘ng Harra kunida birdan g‘oyib bo‘lib qoldi-da, Isbahon yahudiylari orasida paydo bo‘ldi. Yahudiylar uni tanidilar. Atrofida daf-doiralar chalib raqsga tushishdi. Keyin bu yerdan ham yo‘qolib qoldi. Biron kishi uni ko‘rdim, ham demadi.

Agar yuqoridagi gaplar sahih deb topilsa, Dajjolning yana bir bor Qavsdagi yahudiy oilasida dunyoga kelishi unchalik g‘ayrioddiy bo‘lmaydi. Tug‘ilganidan so‘ng o‘ttiz yil o‘tgach, dunyoga Dajjol bo‘lib chiqadi. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:30:44

g) biz Ibn Sayyodning shaytonligiga uning quyidagi so‘zlarini ham dalil qilib ko‘rsatishimiz mumkin.

«Ibn Sayyod Abu Said Xudriyga (r.a.) dedi:
— Allohga qasamki, men uning (ya’ni Dajjolning) hozir qaerdaligini ham, ota-onasini ham bilaman» (Muslim rivoyati). Ibn Sayyod: «Dajjolning hozir qaerdaligini bilaman», deganida uning uzoq bir orolda kishanlanib yotganini aytayotgani yo‘q. Chunki, buni sahobalarning o‘zlari ham yaxshi biladi.

Bu yerda Ibn Sayyod ko‘proq o‘zini nazarda tutgan va ushbu taxminimizga Abu Saidning quyidagi so‘zlari ham dalolat qiladi: «U meni shubhalantirib qo‘ydi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:31:11

Yana bir dalil: «Ibn Sayyoddan so‘rashdi:
— O‘sha kishi (ya’ni, Dajjol) bo‘lib qolishni xohlarmiding?
— Agar menga taklif qilinsa, yomon ko‘rmasdim (yo‘q demasdim), — javob berdi Ibn Sayyod».
«Men uning ota-onasini ham bilaman!»
So‘z zohiriga ko‘ra, Ibn Sayyod o‘zining haqiqiy jin-shayton ota-onasini nazarda tutgan deyish mumkin. Biz bu haqda avvalroq ham gapirib o‘tgan edik.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:31:38

*  *  *

Savol: Dajjol Isbahondan chiqadi va unga yetmish ming yahudiy ergashadi (39-raqamli hadis), deyildi. Ka’bul Ahbor rivoyatida esa, uning Misrdagi Qavs degan joyda tug‘ilishi aytilgan. Bu ikki rivoyat bir-biriga zid emasmi?

Javob: Biz Ka’b rivoyatini sahih deb topadigan bo‘lsak, unda Dajjol Misrda tug‘ilib, Isbahondan chiqadi va unga shu yerlik yetmish ming yahudiy ergashadi. Axir Ibn Sayyod ham Madinada tug‘ilib, Isbahonga qochmaganmidi?! Uning Isbahonda qaerga yashiringanini hech kim bilmay qolgan edi-ku!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:32:05

Savol: Dajjolning Payg‘ambar zamonida Ibn Sayyod bo‘lib gavdalanishini qanday tushinmoq kerak? Bu yerda qanday hikmat bor?

Javob: Biz Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) faqat ochiq bir yetkazguvchi ekanliklarini, hech kimni o‘z ixtiyorlaricha hidoyatga yo‘llay olmasliklarini yaxshi bilamiz va bunga iymon keltiramiz. Shuningdek, shayton ham garchi hech kimni o‘zicha zalolatga botirib yubora olmasa-da, insonlarga gunoh-ma’siyatlarni imkon qadar chiroyli qilib, ziynatlab ko‘rsatuvchi xolos. Alloh taolo Muhammad alayhissalom ashoblarini shu Dajjol bilan imtihon qiladi. Toki iymoni kuchli zotlar o‘z iymonlarida yana-da kuchli o‘rnashsinlar! Qalblarida munofiqlik kasali bor kimsalar imtihondan yiqilib halokatga yuz tutsin!

Qayd etilgan