Tez aytishlar  ( 99702 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Shahina  04 Fevral 2007, 19:52:48

Boqi qoqini Soqiga sotdimi,
Soqi qoqini Boqiga sotdimi?

* * *

Asalari asalini ayiqdan ayamadi.

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:53:01

Soli hovlida xoli qoldi.

* * *

Erkin egatga ekin ekdi.

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:53:13

Ergash Erkinga ergashdimi,
Erkin Ergashga ergashdimi?

* * *

Hamma Xayriga hayron.

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:53:29

Tolib to‘pni tepib toldi,
so‘ngra to‘pni sumkaga soldi.

* * *

Qobil qordan Qorbobo yasadi.

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:53:43

Izg‘irin Izzatni izillatdi.

* * *

Ra’no Ravshandan ranjidimi,
Ravshan Ra’nodan ranjidimi?

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:54:00

Soat soatiga soatlab qaradi.

* * *

Salim sumkasiga patirni soldi,
Salima sumkasidan atirni oldi.

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:54:16

Surayyo, surmani ko‘zingga surma!

* * *

Sabohat bu safar Samar¬qandga safarga chiqdi.

* * *

Chori childirmani chaldi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Mart 2007, 07:25:49

Assalomu alaykum azizlar!

Bu bo'limda bilganingiz, tez aytishlarni birma-bir joylaymiz.
Hohlasangiz bu tez aytishlarni mashq ham qilib ko'ring. Foydasi bor albatta...  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Mart 2007, 07:35:07

OQ CHOYNAKKA OQ QOPQOQ, KO'K CHOYNAKKA KO'K QOPQOQ

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Mart 2007, 07:39:08

rus tilida

SASHA SHLA PO SHOSSE

Qayd etilgan