Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo
Ma'rifat
Topishmoqlar
Topishmoqlar ( 133562 marta o'qilgan)
Chop etish
1
2
3
4
5
6
...
18
B
Shahina
04 Fevral 2007, 19:54:51
Shakli xuddi shar,
To‘ni beqasam.
Mazasi shakar,
Men totib ko‘rsam.
Qayd etilgan
Shahina
04 Fevral 2007, 19:54:59
Beli bog‘liq, bir tutam,
Lekin emas guldasta.
U bilan uy, hovlini.
Qilsa bo‘lar orasta.
Qayd etilgan
Shahina
04 Fevral 2007, 19:55:07
Kecha-kunduz yurar jadallab,
Yurmoqlikda tinim bilmaydi.
O‘z burchini o‘tar-u, lekin,
Yurgan bilan joydan jilmaydi.
Kunda qarar unga har kishi,
Chunki tushar hammaning ishi.
Qayd etilgan
Shahina
04 Fevral 2007, 19:55:15
Suvda yashar bir hayvon,
O‘zi juda ham polvon.
Qalindir uning tani,
Tanida bor fontani.
Qayd etilgan
mutaallimah
05 Fevral 2007, 06:18:04
1-Tarvuz
2-supurgi
3-soat
4-delfin tugrimi?
Qayd etilgan
ikbaljohn
09 Fevral 2007, 12:48:27
1.Tarvuz
2.Supurgi
3.Soat
4.Kit
O'zimga malades,ozimga ofarin.Qani sovg'am?
Qayd etilgan
Shahina
10 Fevral 2007, 13:21:15
Javoblaringiz to'g'ri.
Masturaxon, 4-chisi kit.
Sizlardan ham kutib qolaman.
Qayd etilgan
AbdulAziz
14 May 2007, 16:32:55
1. O'zini yeb tugatadi.
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
Qayd etilgan
ikbaljohn
14 May 2007, 18:29:24
Iqtibos: AbdulAziz 14 May 2007, 16:32:55
1. O'zini yeb tugatadi.
Sham
Qayd etilgan
AbdulAziz
14 May 2007, 18:38:41
Iqtibos: ikbaljohn 14 May 2007, 18:29:24
Iqtibos: AbdulAziz 14 May 2007, 16:32:55
1. O'zini yeb tugatadi.
Sham
Javobingiz to'g'ri.
Qayd etilgan
Chop etish
1
2
3
4
5
6
...
18
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc