Topishmoqlar  ( 109718 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


shoir  06 Fevral 2008, 17:57:10

To‘rtida tariqday,
O’ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.

Qayd etilgan


shoir  06 Fevral 2008, 17:57:49

O’zi bitta, Kallasi ikkita,
Dumi bitta, Oyog‘i oltita.

Qayd etilgan


shoir  06 Fevral 2008, 17:58:21

Bir to‘bada yetti teshik.

Qayd etilgan


ikbaljohn  06 Fevral 2008, 18:09:58


Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
Inson chaqaloqligida emgaklab yuradi,voyaga yetganda ikki oyoqlab,qariligida xassaga tayanib yuadi!

Qayd etilgan


Mohinur  07 Fevral 2008, 10:52:14

Bir to‘bada yetti teshik.

Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va quloq

Qayd etilgan


shoir  10 Fevral 2008, 14:27:32

Iqboljon, Mohinur, javoblaringiz to'g'ri.

Qayd etilgan


Robiya  29 Fevral 2008, 11:01:01

Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?

Topishmoqning javobi nima?

Qayd etilgan


Robiya  29 Fevral 2008, 11:14:25

Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

Qayd etilgan


Mahzunabonu  29 Fevral 2008, 19:52:31

Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?

Topishmoqning javobi nima?
Manimcha tarvuz bo'lsa kerak

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Mart 2008, 18:04:18

Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.

Qayd etilgan