Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi bo'ladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi.
Huroyim qalinimga:
O'nta uloq,
Yigirmata bo'ri,
O'ttizta yo'lbars,
Qirqta tulki,
Ellikta no'xta,
Oltmishta axta,
Yetmishta sarg'aldoq,
Saksonta chaqaloq,
To'qsonta tumaloq,
Yusta jumaloq bersin
va shu so'zimning ma'nosini ayirib bersin debdi.
Podsho fikr qilib, Huroyimning aqlli ekanligini aytadi. Bu topishmoqning ma'nosi kishining hayotiga bog'liqligini aytadi. Kishi:
O'nda uloqday bo'ladi,
Yigirmada bo'riday bo'ladi,
O'ttizda yo'lbarsday bo'ladi,
Qirqda tulkiday bo'ladi,
Ellikda no'xtalgan otday aqli raso bo'ladi,
Oltmishda axtalangan otday qaytib qoladi.
Yetmishda sarg'aldoqday tilda boru dilda hech narsa bo'lmaydi,
Saksonda go'dak boladay bo'lib qoladi.
To'qsonda uydan chiqmay dumaloq bo'ladi,
Yuzda bergiligidan nargiligi o'ng'ayliroq bo'lib qoladi.
Sultonxon Huroyimning so'rog'iga javob bergandan keyin, Huroyim unga turmushga chiqib, Rustamxon degan o'g'il tug'adi